URBOEKOTIZIM TUPROQLARI HOLATINI EKOLOGIK BAHOLASH” (SAMARQAND SHAHRI MISOLIDA)
![URBOEKOTIZIM TUPROQLARI HOLATINI EKOLOGIK
BAHOLASH” (SAMARQAND SHAHRI MISOLIDA )
MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………….…………………………..5
UMUMIY QISM
I-BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1. Urboekotizim tuproqlarining o‘rganilishi, tarixi.........................................9
1.2. Samarqand viloyatining tabiiy-geografik sharoiti ...... ................................15
I I-BOB. TADQIQOT SHAROITLARI, OB ’ EKTI VA USLUBLARI
2.1. Tadqiqot sharoiti: ………… ..... ………… ………...…... ………… ............23
2.2. Tadqiqot ob ’ ekt i:............. ……………………… ……... ……………… ....25
2.3. Tadqiqot uslublari : Kimyoviy tadqiqot usullari yordamida tuproqning
minerologik tarkibidagi moddalar miqdorini aniqlash......................................26
ASOSIY QISM
III-BOB. TADQIQOT NATIJALARI, SAMARQAND SHAHRI
TUPROQLARI TARKIBI, IFLOSLANISHI, SHAHAR SHAROITIDA
TUPROQLARNI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI
3.1. Urboekotizimlarda yashil maydonlarni tutgan o‘rni.............. ....................27
3.2 . Samarqand shahri Universitet xiyoboni tuproqlarining tarkibi, ekologik
holati.... .............................................................................................................30
3.3. Urboekotizimlarga ko‘rsatilayotgan antropogen omillar ta’siri,
tuproqlarning ifloslanishi..................................................................................52
3.4. Shahar sharoitida tuproqlarning ekologik holatini yaxshilash chora-
tadbirlari............................................................................................................56
IV-BOB. URBOEKOTIZIMLAR FLORA VA FAUNASI,
SHAHARLARDA DARAXTLAR VA BUTALAR ASSORTIMENTINI
TANLASH.
4.1. Urboekotizimlarda flora va faunasi............................................................61
4.2. Urboekotizimlar yashil ekinlari..................................................................69
4.3. Urboekotizimlarda daraxtlar va butalar assortimentini tanlash..................70](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_1.png)
![XULOSALAR ...…………………………........................................ ...............75
TAVSIYALAR ..………………………….................................... ................. .. 76
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……….................. .....77
ATAMALAR ....................................................................................................82
ILOVALAR ……………………………………………………… ..................83
3](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_2.png)
![KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati: Bugungi
globallashuv zamonida urbanizatsiya jarayonlari tobora kuchayib, shaharlar
soni va ularning ko‘lami doimiy ravishda o‘ sib bormoqda. Buning natijasida
urbanizatsiyalashgan hududlarda atrof-muhitga doimiy texnogen bosim
tushmoqda va bu esa urboekotizimlarda turli ekologik muammolarni keltirib
chiqarmoqda.
Ma’lumki, urboekotizimlarda tuproq eng ko‘p ta’sirga uchraydi. Tuproq
holati va xossalariga ta’sir qiluvchi eng kuchli omil esa bu – antropogen omil
hisoblanadi. Ushbu omilning bugungi kunda yuqori darajada ta’sir etishi
natijasida urboekotizimlarda ifloslanishlar jadal sur’atlarda ortib bormoqda.
Bunday ifloslanishlar asosan, transport, ishlab chiqarish, sanoat korxonalari
faoliyati va yonilg‘i mahsulotlarining yo n ishi natijasida ro‘ y bermoqda. Bu esa
albatta, atmosfera va suvning ifloslanishiga, tuproq sifati, tarkibining
buzilishiga va boshqa bir qator salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda.
Tuproqlarning ekologik holatini urboekotizimlarda o‘rganish chet-el davlatlari
mutaxassislari tomonidan yaxshi o‘rganilgan bo‘ lib, yurtimizda esa
urboekotizimlar va uni ekologik baholash hali to‘liq tadqiq et ilmagan.
Tadqiqot ob’ekti: Samarqand shahri ko‘ kalamzorlashtirilgan yashil
maydonlari ( Universitet xiyobon i) tuproqlari tarkibi, ekologik holatini
o‘rganish.
Tadqiqot predmeti: Samarqand shahri Universitet xiyoboni tuproqlariga
ko‘rsatilayotgan antropogen omillar ta’siri darajasini o‘rganish.
Tadqiqot maqsadi: Izlanishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad
urboekotizimlar haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish, antropogen omil
ta’sirida urbanizatsiya darajasi rivojlanishining atrof-muhitga, mavjud
ekotizimlarga buning ta’siri natijasida tuproq tarkibiga, sifatiga, atmosferaning
va suvning ifloslanishiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini aniqlash va yuzaga
4](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_3.png)
![kelishi mumkin bo‘lgan ta’sir oqibatlarini oldini olish chora tadbirlarini ishlab
chiqish.
Tadqiqot vazifasi: Urboekotizimlarda asosiy tuproq tipi va uning
morfologik xususiyatlarini o‘rganish:
Urboekotizim tuproqlari tarkibidagi organik va noorganik moddalar
miqdorini aniqlash;
Urboekotizim tuproqlarining kimyoviy xossalarini tahlil qilish;
Urboekotizim tuproqlari ifloslanishi jarayonlarining oldini olish va
zamonaviy shahar ekotizimlarida yashil zonalar maydonini ko‘paytirish;
Urboekotizimlar sharoitiga mos va manzarali bo‘lgan o‘simliklarni
aniqlash va ekish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Urboekotizim tuproqlari holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini
oshirish va ularni oziqlantirish bo‘yicha foydalanish uchun tavsiyalar ishlab
chiqish:
Tadqiqot usullari: Tadqiqot usullarida dissertatsiya ishining
dolzarbligini asoslash, yurtimizdagi va xorijiy adabiyotlar shu jumladan
internet-resurslari orqali axborot ma’lumotlari izlash va ishning maqsad
vazifalarini aniqlashga asoslangan.
Tadqiqot ishini “ marshrut” usulida olib borish va laboratoriya tajriba-
tahlillarini o‘tkazish, olingan ma’lumotlar natijalarni tahlil qilish kabi
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Dissertatsiya ishi tuproqshunoslikda umumiy
qabul qilingan usullar, Tahlillar uchun namuna olish tadqiqot maqsadlariga
qarab belgilangan standartlar ГОСТ 28168, ГОСТ 17.4.4.02 va ГОСТ ГОСТ
17.4.3.01 bo ‘ yicha organik moddalarni aniqlash usullari: ГОСТ 2620413
ГОСТ 26213-84 ; hujjati asosida:
ГОСТ 26213-91 bo‘yicha xromni fotometrik usulda;
ГОСТ 26483-85-26490-85 bo‘yicha Ph-Tsiano usuli shuningdek Maxsus
apparatlar yordamida;
ГОСТ 26213-91 bo‘yicha Gumus- I. V. Tyurin usulida;
5](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_4.png)
![ГОСТ 26488-85 bo‘yicha Nitrat-Tsinao usulida O‘zStandart bo‘yicha RH
68.02.14:2002 asosida;
ГОСТ 26211-91 bo‘yicha Fosfor-Arrenius usulida;
ГОСТ 50683-94 bo‘yicha Mis ning harakatlanuvchi birikmalarini Krupskiy va
Aleksandrova usuli T sinao modifikatsiyasida aniqlash РД 118.3897485.30-96 ;
Ftor- ГОСТ РД 118.3897485.3 3 -9 6 asosida tuproq tarkibidagi moddalar
miqdorini aniqlandi.
Shuningdek tadqiqotga oid dala tajribasi va statistik ma’lumotlar bilan
ishlashda Dospexov Boris Aleksandrovichning metodik ko‘rsatmalari
keltirilgan adabiyotlar asosida dala tajriba usullari ma’lumotlaridan
foydalanildi.
Ishning ilmiy yangiligi: Ilk bor Samarqand shahri
ko‘ kalamzorlashtirilgan yashil maydonlari (Universitet xiyoboni)ning
antropogen jihatdan o‘zgartirilgan tuproqlarning tarkibi va unga ta’sir etuvchi
manbalari o‘rganilgan. S haharlarining tabiiy va antropogen jihatdan
o‘zgartirilgan tuproqlari dan olingan ma’lumotlarni sanoat va tabiiy
ekotizimlardan olingan tuproq namunalari bilan qiyosiy tahlil qilingan .
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Urboekotizim tuproqlari
holati, tarkibi, tuproqdagi moddalarning o ‘zgargan miqdoriy ko‘rsatkichlari va
ifloslanish darajalari va ularni muhofaza etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Ushbu
magistrlik dissertatsiya ish i:
T abiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan urboekotizimlar ( shahar ) ning
tuproq qoplamini, ayniqsa buzilmagan (o‘zgartirilmagan) tabiiy tuproq
farqlarini o‘rganish alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni ajratish
uchun asos bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, urboekotizimlarni rejalashtirish obodonlashtirish
loyihalarini ishlab chiqishda , urboekotizimlar dagi ekologik vaziyatni nazorat
qilishda foydali bo‘lishi mumkin.
6](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_5.png)
![ Dissertatsiyada Samarqand viloyati urboekotizimlari tuproqlari, tabiiy
ob’ektlar va sanoat ob’ektlari tuproqlari bo‘yicha olib borilgan tuproq tahlili
natijalari umumlashtirildi, ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini
o‘rganishning eng zamonaviy usullari qo‘llanildi, bu esa antropogen omil
ta’sirida tuproqlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarni tushunishni
chuqurlashtirishga imkon berdi.
Ishning amaliy ahamiyati shundaki, dissertatsiya ishida keltirilgan
ma’lumotlar shahar hududlarining antropogen o‘zgartirilgan tuproqlarining
tarkibi va ekologik holati bo‘yicha mavjud g‘oyalarni sezilarli darajada
to‘ldiradi. Shuningdek, urboekotizimlar tuproqlarini tadqiq etish jarayonida
foydalangan maxsus jihoz esa ta’lim muassasalarida tuproqshunoslik fani
bo‘yicha laboratoriya dars mashg‘ulotlarida dala tajribalarini olib borishda va
bilimlarni chuqur o‘zlashtirishda foydali bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot natijalarini e’lon qilinganligi: Dissertatsiya ishi bo‘yicha
quyidagi ilmiy ishlar chop etilgan.
1. Abduraximov M.K., Xudoyberdiyev J. R. SHAHAR EKOTIZIMLARINI
HOSIL QILISHDA YASHIL MAYDONLARNING TUTGAN O‘RNI
(SAMARQAND SHAHRI MISOLIDA) “INTERNATIONAL СONFERENCE
ON LEARNING AND TEACHING 2022/15” TASHKENT, UZBEKISTAN
2022/ AUGUST 30 PAGE NO.: 188-194 bet.
2. Abduraximov M.K., Xudoyberdiyev J.R. “Shahar ekotizimlarining
tavsifi” Ilmiy tadqiqotlar sammiti. Respublika ko‘p tarmoqli ilmiy sammit
materiallari to‘plami (22-fevral, 2022-yil) 48-bet.
3. Madjidova T. R., Xudoyberdiyev J. R. The Impact of the Ecological State
of the Soil on the Quality of Food. Vital Annex: International Journal of Novel
Research in Advanced Sciences (IJNRAS) Page 191-193.
4. Madjidova T.R., Xudoyberdiyev J.R. URBOEKOTIZIMLAR
TUPROQLARI HOLATINI EKOLOGIK BAHOLASH (SAMARQAND
SHAHRI MISOLIDA) Innovative Development in Educational Activities
(IDEA) ISSN: (https://t.me/openidea_uz) 2181-3523 №23 Page 206 -216.
7](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_6.png)
![Ish tuzilmasining tavsifi : Dissertatsiya kirish, 4 bob, 89 sahifa matn, 21
rasm va 10 jadval, xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar, atamalar va
8 ilovalar ro‘yxatidan iborat.
I -BOB. ADABIYOTLAR SHARXI
1.1. Urboekotizim tuproqlarining o‘rganilishi, tarixi .
Ma’lumki, shaharlar kishilik jamiyatining ilk antik davrlarida yuqоri
darajada shakllangan va jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan.
Shaharlar
sonining ortishi rivojlanishi XIX – asrda ommaviy ravishda yuz berdi. [5]
Ayrim adabiyotlarda esa “XX – asrning ikkinchi yarmidagi ilmiy–texnika
inqilobi esa butun dunyoda ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishiga va
shaharlarda aholi kontsentratsiyasi ortishiga, urbanizatsiya jarayonining jadal
rivojlanishiga olib keldi” deb keltiriladi. [6] Urbanizatsiya (frans.– urbanisation,
ing.–urbanization, lot. Urbanus–shaharga mansub, urbs–shahar) jamiyat
hayotida shaharlar ro‘lining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning
joylashuvi, aholining ijtimoiy, dеmografik tarkibi, turmush tarzi va
madaniyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. U tarixiy rivojlanish asosida
shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mеhnat taqsimoti natijasida sodir
bo‘lgan ko‘p qirrali gеografik, ijtimoiy-iqtisodiy va dеmografik jarayondir.
Uning torroq doiradagi dеmografik statistik tushunchasi dunyoda, alohida
hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va
shahar aholisi salmog‘ining ko‘payib borishini anglatadi.[7]
U rbanizatsiya darajasi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga
bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda
urbanizatsiya katta – katta hududlarni egallab tobora kengayib bormoqda.
Adabiyotlarda ushbu hodisa “shahar portlashi” deb ham ataladi va bu jarayonni
aslo nazorat qilib bo‘lmaydi. Ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, 1980 – yilda
yer yuzida urbanizatsiyalangan hududlarining umumiy maydoni 4,69 mln km 2
ni tashkil etgan. 2007 – yilga kelib esa u 19 mln km 2
ga yetib, jami 12,8 foizini,
yashashga yaroqli yer maydonining 20 foizi dan ortig‘ini ishg‘ol etgan.
8](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_7.png)
![Tadqiqotchi olimlarning ta’kidlashicha, “bu jarayon agar shunday davom
etadigan bo‘lsa, 2030 – yilga borib dunyo aholisining deyarli barchasi shahar
tipidagi aholi punktlarida yashaydi” degan bashoratni ilgari surmoqdalar.
Lekin unutmaslik kerakki, shahar muhiti insonni tabiatdan uzoqlashtiradi. [8 ]
Fanda shahar ekologiyasi va urbanizatsiya jarayonlarini ekologiyaning bo‘limi
bo‘lgan “Urboekologiya” o‘rganadi. Urboekologiya lotin tilidan tarjima
qilinganda “Urbanus (urbos; urbs,)–shahar, oikos-uy, makon, logos–fan,
o‘rganish” degan ma’noni bildiradi. Urboekologiya—urbanizatsiya va tabiiy–
muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonlarini o‘rganadi. Shuningdek aholi
punktlarida aholi salomatligini muhofaza qilish, litosfera, gidrosfera va
atmosferani muhofaza qilish choralari va shaharsozlik bo‘yicha takliflar ishlab
chiqishni o‘z ichiga qamrab oladi.
Shahar bu nisbatan katta va doimiy aholi
istiqomat qiladigan punkt. Rus adadiyotlarida unga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Shahar bu–aholisi qishloq xo‘jaligidan tashqari ishlar bilan shug‘ullanadigan
yirik aholi punkti”.[9] Shu bilan birga shahar bu tabiiy–texnogen tizim bo‘lib,
u insonlar tomonidan o‘zlashtirilgan yashaydigan, faoliyat olib boradigan
hudud yoki dinamik to‘plamdir. Uning asosiy tizimli omillariga yoki tizim
elementlariga inson (u o‘zi va shahar hududida amalga oshiriladigan barcha
faoliyat turlari) va tabiiy–muhit (relyef, geologiya, iqlim, suv va boshqalar)
kiradi. Ushbu ikki omilning o‘zaro ta’siri o‘ziga xos tabiiy antropogen shahar
muhitini yoki o‘ziga xos urboekotizimni yaratadi.[10]
Urboekotizimlar — bu sun’iy ravishda yaratilgan muhit va u shahar
muhitida hosil bo‘ladi. Unga shaharlar, qishloqlar aholi, turar–joy va sanoat
binolari va inshootlarining markazlari kiradi. Rus olimi N.F.Reymersning
(1990) ta’kidlashicha, ,,urboekotizimlar — me’moriy va qurilish ob’ektlaridan
tashkil topgan va tabiiy ekotizimlarni keskin ravishda buzgan beqaror tabiiy–
antropogen tizim” hisoblanadi.
U u rbanizatsiyaning rivojlanishi tabiiy
muhitning deyarli barcha tarkibiy qismlari – atmosfera, o‘simliklar, tuproqlar,
relyef, gidrografik tarmoq, yer osti suvlari, va hatto iqlimni o‘zgarishiga olib
keladi. Urboekotizimlarda shahar aholisining o‘sishi va binolar
9](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_8.png)
![infratuzilmasining atrof–muhitga va shaharga qo‘shni bo‘lgan ma’lum
hududlar, maydonlarga bo‘lgan salbiy ta’sirlari ham mavjud. Bu esa
shaharlarga va uning yaqinidagi qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi hududlarga, tabiiy landshaftlarga bevosita o‘z ta’sirini
o‘tkazadi.
Urboekotizimlar quyidagi hududlarga ajratiladi:
— iqtisodiyotning muhim tarmoqlari bo‘lgan sanoat zonalari;
— ma’muriy binolar, yashash va turar–joy binolari;
— insonlarni dam olishi uchun mo‘ljallangan dam olish joylari va dam olish
markazlari;
— barcha urboekotizimlarga kiradigan transport tizimlari va inshootlari
avtomobil yo‘llari, (metro va temir yo‘llar, yoqilg‘i quyish shaxobchalari,
avtomobil turar joylari garajlar, parklar, aerodromlar va boshqalar).[11]
Urboekotizimlar doimo faqat inson tomonidan qo‘llab–quvvatlanganligi uchun
ular biotik va abiotik ekologik omillarga nisbatan juda zaif bo‘lib, tabiatning
rekreatsion qiymatini pasaytiradi, tarkibi va turlari bo‘yicha biologik xilma–
xillikni kamaytiradi, tuproqlar va suvlarning o‘z–o‘zini tozalash kabi
xususiyatini ham pasaytiradi.[12]
Urboekotizimlarda tuproq eng ko‘p ta’sirga uchraydi. Bu holat tabiiy
muhitda ekologik muvozanatni o‘zgarishi va buzilishiga olib keladi. [5] Biz
tuproqni bejizga keltirmadik ma’lumki, tuproq tirik organizmlar va
insonlarning hayotida juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, tuproqda barcha yer
usti o‘simliklari o‘sadi, rivojlanadi. Insonlar esa o‘zlarining yashashi, hayot
kechirishi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa resurslarni
tuproqdan oladi. Umuman olganda, tuproq qoplami biosferada muhim
hisoblanadi. Shuningdek tuproq bir qator almashtirib bo‘lmaydigan vazifalarni
ham bajaradi. Bular: biologik, bioenergetik, biokimyoviy, girdologik, azot
oqsil to‘plash va atmosfera gaz tarkibiga ta’siri shular jumlasidandir.
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, tuproq haqidagi dastlabki tushunchalar
qadimgi davrlarda ya’ni dehqonchilikni rivojlanishi bilan bog‘liq. Bundan 2-
2,5 ming yil avval O‘rta Osiyo, Misr, Xitoy, Hindiston, Vavilon, Armanistonlik
10](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_9.png)
![faylasuf olimlar bu haqida o‘z asarlarida ma’lumotlar yozib qoldirishgan. O‘rta
Osiyolik allomalardan esa Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud
Qoshg‘ariy asarlari va “Avesto” kitobida tuproq haqida ko‘plab ma’lumotlarni
topish mumkin. Fan sifatida XIX asrning oxirlarida Rossiyada
V.V.Dokuchayev (1846-1903)., P.A Kostichev (1845-1895)., N.M.Sibirtsev.,
V.R. Vilyams (1868-1939) tomonidan ilmiy asoslangan. O‘zbekiston
tuproqlarini o‘rganish ham uzoq tarixga ega bo‘lib, dastlabki ilmiy ma’lumotlar
XIX asrning 80-yillariga to‘g‘ri keladi. Ba’zi adabiyotlarda O‘zbekiston
tuproqlarini o‘rganish 7 davrga bo‘lib keltirilgan. [13] 1.1.Jadval
1.1. 1 .Jadval. O‘zbekiston tuproqlarini o‘rganish bosqichlari.
O‘zbekiston
tuproqlarini
o‘rganish
bosqichlari. Tadqiqot olib borgan olimlar.
Birinchi davr
(1920-yilgacha) Bu davrda P.A.Kostichev., N.M.Sibirtsev.,
S.S.Neustruyev., P.S.Kossovich, I.G.Negodnov.,
N.A.Dimo kabi olimlar tadqiqot olib borgan.
(S.S.Neustruyev 1907-y. Turiston o‘lkasida tuproq
geobotanika ekspeditsiyasini tashkil etgan, O‘zbekiston
tuprog‘ining genetik tipi-Bo‘z tuproqlar terminini fanga
kiritgan).
Ikkinchi davr
(1919-1930y) Bu davrda O‘rta Osiyo davlat universiteti SAGU (hozirgi
Samarqand davlat universiteti) qoshida tuproqshunoslik
va geobotanika instituti tashkil etilgan N.A. Dimo unga
rahbarlik qilgan. Bu davrda olimlardan S.N.Pustovoyt.,
A.N Rozanov.G.P.Popov., K.M.Klavdienko.,
A.P.Livanov., M.A.Pankov., M.A.Orlov., N.V.Kimberg.,
A.Z.Zaychikov.,
M.N.Voskresenskiy.,V.N.Bogdanovich.,N.Otamuxamedo
v., S.P.Suchkov., I.N.Felitsiant va boshqalar Samarqand,
Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyati, Buxoro vohasiga
yondashgan hududlar tuproqlar tarkibini o‘rgangan.
11](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_10.png)
![Uchinchi davr
(1931-1937y) Bu davrda O‘zbekiston Respublikasining tuproq xaritasi
M.A.Orlov, (Tojikiston Respublikasi M.A.Pankov.,
Turkmaniston va Qirg‘iziston Respublikalari
K.M.Klavdienko) tomonidan tuzilgan. Keyinchalik,
S.N.Rijov., S.P.Suchkov, R qo‘ziyevlar tomonidan voha
tuproqlari tadqiq etilgan.
To‘rtinchi
davr
(1937-1947y) Bu davrda O‘zbekistonda tog‘li mintaqalar tuproqlari
B.V.Gorbunov., A.Z.Zaychikov., N.V.Kimberg.,
M.A.Pankov., Z.N.Antoshina tomonidan o‘rganilagan.
A.A.Rode., A.F.Bolshakov., V.b.Gussak., Y.M.Nasirov.,
S.Mamaniyazov., L.T.Tursunovlar esa O‘zbekiston lalmi
tuproqlarini o‘rgangan. Bu davrda 1947-yil “O‘zbekiston
SSR tuproqlari” (I-jild) nomli monografiya nashr etildi.
Beshinchi davr
(1947-1960y) N.V.Kimberg., A.N.Kalashnikov., M.I.Kochubey.,
A.N.Rozanov (A.N.Rozanov “O‘rta Osiyoning bo‘z
tuproqlari” nomli monografiyani yozgan)., M.A.Pankov.,
B.V.Gorbunov., S.N.Rijov., V.B.Gussak va boshqalar
tomonidan 1957-yil “O‘zbekiston SSR tuproqlari” II-jildi
yaratilgan.
Oltinchi davr
(1960-1970y) Bu davrda tuproq ekspeditsiyasi tashkil etildi.
V.B.Gussak., N.V.Kimberg., M.I..Kochubey.,
S.P.Suchkov., V.R Shreder tomonidan uslubiy
qo‘llanmalar yaratildi. O.Komilov., M.U.Umarov.,
V.A.Kovda., V.V.Yegorov., N.G.Minashina.,
D.A.Rachinskiy., A.M.Rasulov., R.M.Reshetnika.,
M.A.Pankov., O. Komilov., L.Tursunov., K.G‘ofurov.,
M.A.Rasulov., X.Maxsudov., K.Mirzajonov.,
M.B.Xamrayev. S.M.Elyubayevlar tuproq melioratsiyasi,
unumdorligini yaxshilash borasida ilmiy tadqiqot
ishlarini olib borishdi.
12](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_11.png)
![Yettinchi davr
(1970-yildan
keyingi yillar) Bu davrda X.Maxsudov., S.P.Suchkov., M.I.Kochubey.,
S.M.Elyubayev., B.Axmedov., A.Nigmatov.,
N.V.Kimberg., N.V.Bogdanovich., B.V. Gorbunov., A.Z.
Genusov., P.V.Prosatov., B.Isayev., X.Risqiyeva.,
T.Piraxunov., J.Sattarov., F.Xoshimov., K.Mo‘minovlar
“O‘zbekiston tuproqlari erroziya” xaritalarini tuzdilar va
boshqa agrotexnik tadbirlar borasida tadqiqot olib
bordilar.1974-yil A.Z.Genusov., B.V.Gorbunov.,
N.V.Kimberg M.A.Rasulov “O‘zbekiston tuproqlari va
diagnostikasi” nomli ishlarni dunyo kongressida ommaga
taqdim etdi. 1975-yil. “ Почв ы Ўзбекистана ” “Fan”
Toshkent nomli monografiya nashr etilgan.
Hozirgi davr Hozirgi kunda yurtimizda tuproqshunos olimlardan
L.T.Tursunov., K.M.Mirzajonov., X.M.Maxsudov.,
I.T.Turapov ., J.Sattarov., J.Ismatov., R.Q.Qo‘ziyev.,
X.T.Rixsiyeva., P.O‘zaqov., M.Toshqo‘ziyev.,
O.Ramazonov., A.Xonazarov., L.A.G‘afurova.,
S.Azimbayev., X.T.Tursunov., S.A.Abdullayev.,
J.Maxsudov., T.X.Xojiyev., B.Mambetnazarov.,
Sh.Xoliqulov., M.Xamrayev., F.Xoshimov.,
G‘.Yuldashev., V.Isaqov., R.Kurvantayev., A.Axmedov.,
Sektimenko., Kogay., T.Abduraxmonov., A.Tursunov.,
I.Akramovlar so‘ngi yillarda tuproqlar bo‘yicha ilmiy-
nazariy va amaliy ishlar olib bormoqdalar.
Yuqorida qayd etilgan olimlar, O‘rta Osiyo va O‘zbekiston hududi tuproq
qoplamini o‘gangan olimlarning ishlarida asosiy e’tibor ko‘proq qishloq
xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan.
Urboekotizimlar (shahar) hududlari, tuproqlarini o‘rganish esa XX-asrning
oxirlariga kelib esa dunyo mamlakatlari olimlarini qiziqtira boshladi. 1963-
yilda esa rus olimi Zemlyanitskiy L.T. tomonidan birinchi marotaba
“ Г ородская почва ( shahar tuprog‘i ) ” atamasi “Почвоведение
(Tuproqshunoslik)” jurnalida chop etilgan, “Городские почвы и их
характеристики (Shahar tuproqlari va ularning xususiyatlari)” nomli
maqolasida qo‘llanilgan. “Shahar tuproqlari” tushunchasini 1974-yilda
amerikalik tadqiqotchi Bokgeym J fanga kiritgan. Ushbu tushunchaga u
quyidagicha: “shahar va shahar atrofi hududlarida yer yuzasini aralashtirish,
13](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_12.png)
![to‘ldirish, ifloslantirish natijasida hosil bo‘lgan, qalinligi 50 sm dan ortiq
bo‘lmagan qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan antropogen qatlamni o‘z ichiga
olgan tuproq materiali” deb ta’rif bergan. Shahar tuproqlarini tadqiq qilishning
taklif etilayotgan usullarining nazariy asoslanishi va mazmuni eng to‘liq
shaklda Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Dobrovolskiy G.V.
tahririyatida nashr etilgan “Tuproqlar, shahar, ekologiya” (1997) fundamental
monografik to‘plamida bayon etilgan. Keyingi yillarda esa rus tadqiqotchilari
Stragonova M.N., Gerasimova M.I., Krupenikov I.A., Polinov B.B., Zelikov
V.D., Zaharov S.A, gollandiyalik olimlar Vink A va Kroul F. ning ushbu
yo‘nalishda olib borgan ishlari tadqiqotlarda muhim ahamiyat kasb etib
kelmoqda. Yurtimizda esa ushbu yo‘nalishda Samarqand davlar universitetida
faoliyat olib borayotgan tadqiqotchi Radjabov A.I., Istamqulova M.,
Allayorova F., Gafforova N.lar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini olib
borishmoqda.
1. 2 . Samarqand viloyatining tabiiy-geografik sharoiti .
Samarqand viloyati – O‘zbekiston Respublikasining viloyatlaridan biri
hisoblanadi. Samarqand viloyati 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Maydoni
16,8 ming kv.km viloyat respublika hududining 3,2 foizini tashkil etadi.
Doimiy aholisi soni 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 4 118,4 ming kishi,
shundan 1 513,4 ming aholi shaharlarda 2, 605 0 ming aholisi esa qishloqlarda
yashaydi. Samarqand viloyati respublikaning markaziy qismida joylashgan
bo‘lib, g‘arb va shimoli-g‘arbdan O‘zbekiston Navoiy, shimoli-sharqdan
Jizzax va janubdan Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqdan Tojikiston
Respublikasi bilan chegaradosh. Viloyat Turkiston va Zarafshon tog‘ tizmalari
oralig‘ida joylashgan.[14] P. Baratovning ta’kidlashicha, O‘rta Zarafshon
okrugi (Samarqand viloyati hududi) Turkistonning markaziy yer po‘stining
tektonik jarayonlar natijasida cho‘kkan qismida joylashgan Zarafshon
vodiysining O‘rta qismini o‘z ichiga oladi. Zarafshon vodiysi deyarli kenglik
bo‘yicha sharqdan g‘arbga 766 km masofaga cho‘zilgan bo‘lib, g‘arb tomoni
ochiq va nishabdir. O‘rta Zarafshon shimol tomondan Chumqortov,
14](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_13.png)
![G‘o‘bdintov, Qaroqchitov, Oqtov va Qoratov, janubdan Qoratepa, Ziyovuddin
va Zirabuloq tog‘lari bilan o‘ralgan, sharqiy chegarasi esa shartli ravishda
Tojikiston bilan bo‘lgan chegara orqali o‘tadi.[15] I. Hasanov va boshqalarning
yozishicha, O‘rta Zarafshon okrugiga Samarqand va Sangzor-Nurota botiqlari
to‘g‘ri keladi. Okrug g‘arbda Hazar yo‘lagi orqali Quyi Zarafshon okrugidan
ajralib turadi. Sharqdan Chumqortog‘, shimoldan Nurota va Sangzor tizma
tog‘lari bilan, janubdan esa Qoratepa, Ziyovuddin va Zirabuloq tog‘lari bilan
o‘ralgan. Sharqiy chegarasi Tojikiston bilan bo‘lgan davlat chegarasi orqali
o‘tadi. Janubda Nurota-Sangzor botig‘iga parallel holda Zarafshon botig‘i
joylashgan. Uning o‘rta qismidan Zarafshon daryosi oqib o‘tadi. Zarafshon
botig‘ini shimoldan va janubdan o‘rab turgan tog‘ tizmalari botiqning sharqida
– Panjakent yaqinida bir-biriga juda yaqinlashib keladi. G‘arbga tomon esa
tog‘ tizmalari bir-biridan uzoqlashib, mutlaq balandligi pasayib boradi.[16] M.
Umarovning ta’kidlashicha, Samarqand viloyatini shimoldan Turkiston
tog‘ining davomi bo‘lgan Nurota tog‘ tizmasi, janubdan esa Zarafshon tog‘i
o‘rab turadi. Zarafshon vodiysining markaziy qismini Samarqand kotlovinasi
ishg‘ol etib, shimoliy va janubiy tomonlardan o‘rta qismiga qiyalanib boradi,
sharqdan g‘arbga ham 800 m dan 350 metrgacha pasayib boradi.
Kotlovinaning markaziy qismini Zarafshon daryosi kesib o‘tib, bir necha
terrassalarni vujudga keltirgan. Samarqand viloyati janubidagi Zarafshon tog‘i
asosan paleozoyning ohaktosh, gips va kristalli slaneslaridan iborat. Bu t og‘
tizmasi viloyat hududida Chaqilkalon, Qoratepa va Ziyovuddin kabi tog‘larni
hosil etib, eng baland nuqtasi Qumg‘aza cho‘qqisi bo‘lib, balandligi 2204
metrni tashkil etadi. Qoratepa tog‘i g‘arbiy tomonga pasayib borib, Jom
cho‘liga qo‘shilib ketadi. Shimoliy qismidagi Nurota tog‘i, Turkiston tog‘ini
Sangzor daryosi kesib o‘tish joyidagi “Amir Temur” darvozasidan boshlanib,
eng baland nuqtasi Hayotboshi cho‘qqisi hisoblanib, uning balandligi 2165
metr. Nurota tog‘i g‘arbga borgan sari G‘o‘bdin, Qaroqchi, Pista, Oqtog‘ va
Qoratog‘ massivlarini tashkil etadi. Butun Nurota tog‘ massivining janubiy
qismi keng va biroz qiyalashib borsa, shimoliy qismining yonbag‘ri aksincha
15](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_14.png)
![tikdir. Viloyatning markaziy qismini Zarafshon daryo vodiysi tashkil etadi.
Vodiy Rovotхo‘ja aholi punktidan g‘arbga tomon kengayib, ayrim joylarda
uning kengligi 50-55 metrgacha etadi. Zarafshon vodiysi sharqdan g‘arbga
tomon pasayib boradi va allyuvial yotqiziqlardan iborat bo‘lgan keng
terrassalarni vujudga keltiradi. 1.2.1-rasm [ 1 7]
1.2.1-rasm. Samarqand viloyatining geografik joylashuvi
Samarqand viloyatini Zarafshon va Turkiston tog‘lari o‘rab turganligi va
murakkab relyefi shuningdek, bu yerda Zarafshon daryosining oqib o‘tishi,
kanallar qolaversa, suv omborlarining mavjudligi iqlim hosil qiluvchi muhim
omillardan hisoblanadi. Viloyat hududining iqlimi keskin kontinental
hisoblanib, yozi issiq, qishi sovuq bo‘ladi. Lekin viloyatni shimol, shimoli-
sharq va sharq tomondan Nurota, Turkiston va Zarafshon tog‘lari bilan
o‘ralganligi sababli shimoldan kelgan ortiqcha sovuq havo massasini tog‘lar
qaytaradi, shuning uchun qishda havo harorati yuqori darajada sovuq
bo‘lmaydi. Yanvar oyida havo harorati o‘rtacha 0–10 atrofida qishda esa℃
ba’zan havo –35 gacha sovuq bo‘ladi. Yoz oylarida o‘rtacha havo harorati
℃
+28 atrofida bo‘ladi, ba’zan esa harorat +45 gacha isiydi. Yoz oylarida
℃ ℃
havo odatda ochiq bo‘ladi, yog‘ingarchilik deyarli bo‘lmaydi. Yillik o‘rtacha
yog‘in miqdori 500-900 mm.ni tashkil etib bu g‘arbiy qismga 100-300 mm,
300-500 mm, sharqiy qismga esa 700-900 mm ga to‘g‘ri keladi. Yog‘inlar
asosan bahor va qish oylarida yog‘adi. Viloyat hududida shamollar shimoliy,
shimoli-g‘arbiy, shimoli-sharqiy yo‘nalishda esadi. Samarqand shahri yaqinida
Zarafshon daryosi (uz. 215 km) oqib o‘tadi. P.Baratovning yozishicha, O‘rta
Zarafshon okrugining asosiy daryosi Zarafshondir.[18] Daryo shahardan 8 km
16](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_15.png)
![o‘tgach ikkiga Oqdaryo (uz. 130 km) va Qoradaryoga (uz. 127 km) bo‘linadi.
Daryoning 90% suvi sug‘orish uchun sarfalanadi. Shuningdek hududda
yerlarni sug‘orish uchun mo‘ljallangan Eski-Anhor, Bulung‘ur va Darg‘om
kanallari ham mavjud. Viloyat hududi yerlarining yarmidan ortig‘ini yaylovlar
tashkil etadi. Samarqand vohasining katta qismi Zarafshon daryosining
allyuvial oqindi jinslaridan tashkil topgan o‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqlardan
iborat [17] Viloyatning balandlik mintaqalarida: kuchsiz karbonatli jigarrang,
to‘q tusli bo‘z, tipik bo‘z, och tusli bo‘z tuproqlar, lalmi tuproqlar, cho‘l
zonasida esa sur-qo‘ng‘ir, taqirli va taqirlar, tub sho‘rxoklar kabi tuproqlar,
tekisliklarida sug‘oriladigan yerlarda och tusli bo‘z tuproqlar, bo‘z o‘tloqi,
o‘tloqi-soz, o‘tloqi-bo‘z va o‘tloqi-allyuvial tuproq tiplari uchraydi. Buni
quyidagi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilda yangi tahrirda tayyorlangan
“O‘zbekiston Milliy Atlasi”da ham ko‘rish mumkin. Unda O‘zbekiston
Respublikasi hududida tarqalgan tuproqlar (1.2.2-rasm) shuningdek,
Samarqand viloyatidagi tuproqlarning xaritasi keltirilgan. 1.2.3-rasmlar.
17](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_16.png)
![1.2.2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi tuproq xaritasi
18](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_17.png)
![1.2.3-rasm. Samarqand viloyati tuproq xaritasi.
Keltirilgan ma’lumotlarga asosan, Samarqand viloyatida keng tarqalgan
tuproqlarining umumiy maydoni quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topgan. 1.2.1
Jadval [19;14]
1.2.1. Jadval. Samarqand viloyatidagi tuproq tiplari.
19](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_18.png)
![Tuproqlar Samarqand viloyati ming ga.(ming
gektar)
Och tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi dasht
Jigarrang 218,8 ming ga
To‘q tusli bo‘z 194,1 ming ga
Tipik bo‘z 619,7 ming ga
Och tusli bo‘z 285,1 ming ga
O‘tloqi-bo‘z va bo‘z o‘tloqi 142,6 ming ga
Sur tusli qo‘ng‘ir taqirlar bilan 37,0 ming ga
Sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi
Taqirlar 6,5 ming ga
Taqir-o‘tloqi va o‘tloqi taqir
Qumli-cho‘l
С ho‘l-o‘tloqi
O‘tloqi, botqoq-o‘tloqi bilan 140,3 ming ga
Kontinental sho‘rxoklar 13,2 ming ga
Dengizbo‘yi sho‘rxoklari
Boshqa yerlar 20,1 ming ga
Jami: 1677,4 ming gektar
Ushbu jadvalga yana umumiy holatda shuni qo‘shimcha qilish kerakki,
viloyatdagi tuproqlarning mexanik tarkibiga ko‘ra esa 58,2 % o‘rta qumoq,
21,3 % yengil qumoq, 19,8 % og‘ir qumoq tuproqlardir. Shuningdek,
Samarqand viloyati o‘zining o‘simlik va hayvonot dunyosining xilma–xilligi
bilan respublikaning boshqa viloyatlaridan alohida ajralib turadi. Viloyatda
o‘simlik va hayvonot dunyosi saqlash muhofaza qilish maqsadida 1975-yilda
2,5 ming gektar maydonida Zarafshon qo‘riqхonasi tashkil etilgan.[14]
Viloyat tabiiy xomashyo resurslaridan granit, marmar, oltin, uran, volfram,
sement ishlab chiqarish uchun xomashyo bo‘r, gips, keramzit va ohaktosh,
qora va rangli metallar, tog‘ rudalari, qoplama uchun toshlar, keramzit
xomashyosi, gips, beton qum, shag‘al va silikat xomashyosi zahiralariga boy.
20](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_19.png)
![Ma’muriy-hududiy jihatidan Samarqand viloyati 14 ta: Bulung‘ur, Ishtixon,
Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Paxtachi,
Payariq, Qo‘shrabot, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlariga 2018-yil
ma’lumotlariga ko‘ra esa 14 tuman; 11 ta shahar va 88 ta shaharcha, 125 ta
qishloq fuqarolar yig‘inlari va 1829 ta qishloq aholi punktlari, 1112 ta mahalla
va 430 ta shahar mahallalariga bo‘lingan. Viloyatning ma’muriy markazi
Samarqand shahri hisoblanadi. 1.2.4-rasm. Samarqand shahri respublikadagi
qadimiy shaharlardan biri shuningdek, aholi sonining ko‘pligi bilan ham u
alohida ahamiyatga egadir. Shaharning maydoni 0,12 ming kv km. bo‘lib, bu
yerda 529,9 ming kishi yashaydi.[18] 1.2.4-rasm.
1.2.4-rasm. Samarqand shahri xaritasi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab viloyatda va Samarqand
shahrida juda katta qurilish bunyodkorlik ishlari birinchi Prezidentimiz
Karimov I.A. (1938-2016-y.) tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, bugungi
21](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_20.png)
![kunda esa bu ishlarni amaldagi Prezidentimiz Mirziyoyev Sh.M izchil va
davomli tarzda amalga oshirib kelmoqda. Xususan, keyingi yillarda
Prezidentimiz Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqand shahrini million aholiga
ega shaharga aylantirish maqsadida uchun dastlabki qadamlar tashlandi.
Ma’lumki, million aholiga ega shaharga aylantirish uchun avvalo uning
hududini kengaytirish zarur. Shuning uchun shaharga unga yaqin hududlar:
Samarqand tumanidan 12 975 gektar, Oqdaryo tumanidan 1 654 gektar, Toyloq
tumanidan 1 269 gektar, Pastdarg‘om tumanidan 1 245 gektar, yer maydonlari
uning tarkibiga qo‘shilishi nazarda tutilgan. Ushbu rejaviy dastur amalga
oshirilsa Samarqand shahri maydoni esa 28 415 ming gektarga, aholisi 820,4
ming kishiga talabalar, tumanlardan kelib ro‘yhatsiz yashaydiganlar va
ishlaydiganlar holatiga ko‘ra, shahar aholisi 1 million kishidan oshadi. Bundan
tashqari, aholi soni bir milliondan ortiq bo‘lgan yangi shahar hududida:
Bog‘ishamol tumani-maydoni 3,246 ming gektar, 55 ta MFY 170,5 ming aholi;
Siyob tumani-maydoni 4,846 ming gektar 100 ta MFY 301,3 ming aholi;
So‘g‘diyona tumani-maydoni 3,741 ming gektar 54 ta MFY 184,9 ming aholi;
Qorasuv tumani-maydoni 7,921 ming gektar 33 ta MFY 134,7 ming aholi;
Maroqand tumani-maydoni 8,333 ming gektar 51 ta MFY 226,6 ming aholiga
ega bo‘lgan aholi punktlari tashkil etiladi.[20]
I I-BOB. TADQIQOT SHAROITI, OB ’ EKTI VA USLUBLARI .
2.1. Tadqiqot sharoiti: Tadqiqot 2021-2023-yillarda Samarqand viloyati,
Samarqand shahrining ko‘ kalamzorlashtirilgan yashil maydonlari Universitet
22](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_21.png)
![xiyobonida olib borildi. Ushbu Universitet xiyoboni Samarqand shahrining
markaziy qismida joylashgan. Xiyobon 19-asr oxirida ya’ni 1871-
yilda Samarqand gubernatori Aleksandr Konstantinovich Abramov
boshchiligida barpo etilgan. Uzunligi 1044 m, kengligi esa 128 metrni tashkil
etib, u 3 ta xiyobonni o‘z ichiga oladi. Xiyobon tufayli shahar ko‘chasi ikki
qismga bo‘linadi. Bu yerda chinor, terak, qayrag‘ach, akatsiya va aylantus,
botqoq sarvi, archa kabi daraxtlar o‘sadi. Xiyobonni yaratilish tarixiga nazar
soladigan bo‘lsak, uni obodonlashtirish ishlari bilan harbiy muhandis,
topograf, irrigator Aleksandr Nikolayevich Chernevskiy shug‘ullangan.
Daraxtlar va butalar ko‘chatlari bulvarning g‘arbiy qismida yashagan biolog,
harbiy gubernator Mixail Ivanovich Nevesskiyning uyida o‘stirilgan.
Nevesskiy asosan botqoq sarvini olib kelgan. 1995-yillarning boshlariga qadar
Universitet xiyobonida trolleybuslar harakatlangan. Bugungi kunga kelib esa
trolleybuslar harakatlanmaydi, ammo boshqa transportlar yengil mashinalar va
avtobuslar harakatlanadi. Vatanimiz mustaqillikka erishgunga qadar bu joy
“Abramovskaya bulvari” deb nomlangan. Mustaqillikdan keyin esa unga
Universitet xiyoboni deb nom berilgan. Bu yerdagi daraxtlarning o‘rtacha
yoshi 600 yoshni, hattoki 4000 va undan katta yoshdagi o‘simlik dunyosining
haqiqiy patriarxlari ham o‘sadi. Ushbu daraxtning individual namunalarining
balandligi 50 metrga diametri esa 10 metrdan oshadi.[21] Bugungi kunda
xiyobonda Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi
hodimlari tomonidan doimiy ravishda obodonlashtirish ishlari olib borilib,
ko‘plab yangi turdagi daraxt ko‘chatlari ham o‘tqazilyapti. Albatta bu ishlar
Samarqand shahrining barcha tabiiy sharoitlari, xususiyatlari soha
mutaxasssislari tomonidan keng o‘rganilgan holda amalga oshirilmoqda.
Bunda shahar hududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi atrof-tabiiy
muhiti ifloslanishi monitoringi Gidrometeorologiya markazining 4 ta
postlaridan olingan gidrometeorologik ma’lumotlar asosiy manba bo‘lib
xizmat qilmoqda. Mazkur postlarda Samarqand viloyati hududidagi
23](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_22.png)
![meteorologik hodisalar kuzatiladi va gidrometeorologik ko‘rsatkichlari doimiy
qayd etib boriladi. 2.1.1; 2.1.2; 2.1.3. Ilovalar .
Shuningdek postlarda ГОСТ 17.2.3.186 standarti asosida quyidagilar:
chang, oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi, azot dioksidi, azot oksidi, vodorod
ftoridi, qattiq ftorid, xlor, fenol va ammiak kabi zararli moddalar aniqlanadi.
Quyida gidrometeorologik nazorot postlarining joylashuv xaritasi keltirilgan.
[22] 2.1.1-rasm.
№ Barcha punktlar nomlari Joylashgan manzili:
1 ИКП №1 - Samarqand Registon ko‘chasi.,7
2 ИКП №2 - Samarqand Abu Rayhon Beruniy ko‘chasi.,171
3 ИКП №3 - Samarqand Sattepo daxasi
4 ИКП №4 - Samarqand Shoxi – Zinda ko‘chasi.,151
2.1.1-rasm. Samarqand shahrida joylashgan Gidrometeorologik
nazorot postlari.
Keltirilgan ilovalardan ko‘rinib turibdiki, yillar davomida viloyatning
gidrometeorologik ko‘rsatkichlarida unchalik farq katta emas ekan.
24](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_23.png)
![2.2. Tadqiqot ob ’ ekt i: Tadqiqotning ob’ekti sifatida Samarqand viloyati
Samarqand shahri ko‘kalamzorlashtirilgan yashil maydonlar (Universitet
xiyoboni)ning o‘zgartirilgan tuproqlari tarkibi, va uning ekologik holati
shuningdek unga ta’sir ko‘rsatayotgan antropogen omillar va u bilan bog‘liq
bo‘lgan ifloslantiruvchi manbalarning ta’siri oqibatida yuzaga keladigan
ekologik muammolarni aniqlash asosiy maqsad qilib olingan. Ushbu
xiyobonda 2 ta asosiy ko‘cha bo‘lib, bu yerda yengil va jamoat transportlari
qatnovi yuqori darajada bo‘lib, buning natijasida atrof-muhit ifloslanishi
xususan, tuproqlar tarkibidagi o‘zgarishlar va turli xil toksikantlar, shu
jumladan og‘ir metallarni to‘planishiga ham olib keladi. Quyidagi rasmda
xiyobonning joylashuvi keltirilgan. 2.2.1-rasm.
2.2.1-rasm. Universitet xiyobonining joylashuvi
Tuproqlarning kimyoviy tarkibini o‘rganish shahar atrof-muhit holati texnogen
ifloslanishining xususiyatlarini ob’ektiv baholashga imkon beradi
25](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_24.png)
![2.3. Tadqiqot uslublari : Kimyoviy tadqiqot usullari va ГОСТ
standartlari:
ГОСТ 26213-91 bo‘yicha xromni fotometrik usulda;
ГОСТ 26483-85-26490-85 bo‘yicha Ph-Tsiano usuli shuningdek
Maxsus apparatlar yordamida;
ГОСТ 26213-91 bo‘yicha Gumus- I. V. Tyurin usulida;
ГОСТ 26488-85 bo‘yicha Nitrat-Tsinao usulida O‘zStandart
bo‘yicha RH 68.02.14:2002 asosida;
ГОСТ 26211-91 bo‘yicha Fosfor-Arrenius usulida;
ГОСТ 50683-94 bo‘yicha Mis ning harakatlanuvchi birikmalarini
Krupskiy va Aleksandrova usuli T sinao modifikatsiyasida aniqlash
РД 118.3897485.30-96 ;
Ftor- ГОСТ РД 118.3897485.3 3 -9 6 asosida tuproq tarkibidagi
moddalar miqdorini aniqlash.
Shuningdek tadqiqotga oid dala tajribasi va statistik ma’lumotlar bilan
ishlashda Dospexov Boris Aleksandrovichning metodik ko‘rsatmalar
keltirilgan adabiyotlari va dala tajriba usullaridan foydalanildi.
26](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_25.png)
![III-BOB. TADQIQOT NATIJALARI, SAMARQAND SHAHRI
TUPROQLARI VA ULARNING IFLOSLANISHINI OLDINI OLISH
CHORA-TADBIRLARI
3.1. Urboekotizimlarda yashil maydonlarni tutgan o‘rni.
Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida urbanizatsiya darajasining jadal
rivojlanishi buning natijasida shaharlarda istiqomat qiluvchilar sonining tobora
ortib borishi yuz bermoqda. Bu esa shaharsozlikda zamonaviy ekologik
shaharlarni barpo etish, muqobil energiya resurslaridan foydalanish,
shuningdek shaharlarda yashil maydonlarni barpo etish va shu kabi boshqa
muhim ekologik-ijtimoiy masalalarni hal etishni taqozo etmoqda. Negaki,
bugungi kunda shahar aholisi urbanizatsiyadan kelib chiqadigan ekologik
hayotiy tahdidlarga duch kelmoqdalar. O‘sib borayotgan urbanizatsiya
natijasida urboekotizimlarda kuchli bosim yuzaga kelib, u insonlarning
jismoniy va ruhiy holatiga, tabiiy muhitning deyarli barcha tarkibiy qismlariga
urboekotizimlardagi ko‘kalamzorlashtirilgan yashil maydonlarga ham katta
zarar yetkazmoqda. Bu esa juda ham salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda.
Aslida urboekotizimlarda joylashgan yashil maydonlar jamiyat rivojlanishida
ekotizimning muhim tarkibiy qismi va inson uchun foydali maskandir. Bu
maskanlar shahar aholisining mehnat va dam olishlari uchun maqbul
sharoitlarni yaratishga yordam beradi va o‘ziga xos bo‘lgan bir qator
funksiyalarni bajaradi. Ular orasida eng asosiy funksiyalardan biri bu shahar
havosini va uning mikroiqlimini yaxshilashdir. Bunga ko‘kalamzorlashtirilgan
yashil maydonlarning quyidagi xususiyatlari yordam beradi:
— o‘simliklardagi fiziologik jarayon ya’ni fotosintez jarayonida karbonat
angidridning o‘simliklar tomonidan qabul qilinib kislorod chiqishi;
— o‘simliklar tomonidan namlikning doimiy bug‘lanishi va havo haroratining
pasayib me’yorlashishi;
— transportlar va boshqa xil vositalar natijasida yuzaga keladigan shovqinni
kamaytirish;
— atmosfera havosini chang va gaz bilan ifloslanishini kamaytirish,
27](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_26.png)
![ifloslantiruvchi moddalarni o‘zlashtirish; masalan 20 ta daraxt kuniga 60 mil
(96 km) yuradigan avtomobilning ifloslanishini bartaraf eta oladi.
— turli xil shamollar ta’siridan himoya qilish;
— o‘simliklar tomonidan uchuvchan fitontsid moddalarining chiqarilishi;
— insonlarning hayot faoliyatiga va asab tizimiga ijobiy ta’sir;
— iqlim isishi ta’sirini yumshatish, bundan tashqari ushbu maydonlar turli xil
qushlar, baliqlar, hayvonlar, hasharotlar va boshqa organizmlar uchun yashash
muhitini ta’minlaydi va tuproq eroziyasini oldini oladi, shuningdek yomg‘ir
suvini faol o‘zlashtirib drenajni yaxshilaydi.
Ma’lumki, ko‘kalamzorlashtirilgan yashil maydonlar 3 asosiy toifaga bo‘linadi:
— umumiy tarzda foydalanish uchun mo‘ljallangan joylar (bog‘lar, maydonlar,
bulvarlar);
— cheklangan tarzda foydalanish uchun mo‘ljallangan joylar (maktablar,
kasalxonalar va turar-joy binolari boshqa muassasalar hududida);
— maxsus maqsadlar uchun tashkil etilgan joylar (pitomniklar va boshqalar).
Ko‘kalamzorlashtirilgan y ashil maydonlar bu jamiyatning ekologik
barqarorligini baholashda muhim o‘ringa ega bo‘lgan ekotizim hisoblanadi.
So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, inson salomatligi jismoniy harakatsizlik,
yashash muhitining yomonligi va ko‘kalamzorlashtirilgan yashil
maydonlarning kamayishi, dam olish joylarining yetishmasligi bilan bog‘liq
bo‘lib, bu holatlar global o‘limlarning 3,3 foizini tashkil qiladi. Bugungi kunda
yuqorida keltirilgan aholi sonining ortishi, urbanizatsiya jarayonlari jadal
sur’atlarda rivojlanmoqda. Albatta, bu jarayonni nazorot qilib bo‘lmasligini
inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini tashkil etishda joyni tanlash,
shamol yo‘nalishi, quyosh tushishi va shu kabi boshqa omillarni inobatga olgan
holda zamonaviy shahar muhiti urboekotizimlarni hosil qilishda doimiy
ravishda tashkiliy-amaliy ishlarni olib borish zarur. Yurtimizda hozirda ko‘plab
shaharlar va ko‘kalamzorlashtirilgan yashil maydonlar bo‘lib, xususan
Samarqand shahrida ham bunday joylar ko‘plab topiladi. Quyida ular haqida
ma’lumot keltirilgan. 3.1.1.Jadval.
28](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_27.png)
![3.1.1.Jadval. Samarqand shahrida joylashgan ko‘kalamzorlashtirilgan
hududlar .
T/r Hiyobon nomi Ko‘kalamzorlashtirish
maydoni (gektar)
1 Samarqand shahar Islom Karimov haykali 21,31 ga
2 Samarqand shahar Registon maydoni 105,20 ga
3 Samarqand shahar Bibi-Xonim maqbarasi 2,25 ga
4 Samarqand shahar Hamid Olimjon nomli
drama teatri 5,1 ga
5 Samarqand shahar Universitet hiyoboni Umumiy maydoni 10,9 ga
ko‘kalamzorlashtirilgan
maydoni 4,3 ga
6 Samarqand shahar Ruhobod maqbarasi Umumiy maydoni 16,1 ga
ko‘kalamzorlashtirilgan
maydoni 4,40 ga
7 Samarqand shahar Go‘ri Amir maqbarasi 8,2 ga
8 Samarqand shahar Alisher Navoiy bog‘i 0,78 ga
9 Samarqand shahar Ona haykali 1,14 ga
10 Samarqand shahar Hazrati-Hizir
majmuasi 0,63 ga
11 Samarqand shahar Afrosiyob muzeyi 0,99 ga
12 Samarqand shahar Hazrati Doniyor
majmuasi 2,05 ga
13 Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek
Observatoriyasi 2,24 ga
14 Samarqand shahar “ Afrosiyob ” Umumiy maydoni 140,84
ga ko‘kalamzorlashtirilgan
maydoni 10,05 ga
15 Samarqand shahar Abu Mansur
Moturudiy majmuasi 1,04 ga
16 Samarqand shahar Aeroporti Umumiy maydoni 270,90
ga ko‘kalamzorlashtirilgan
maydoni 9,40 ga
17 Samarqand shahar Temir yo‘l vokzali 25,24 ga
18 Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek bog‘i 5,80 ga
19 Samarqand shahar S. Buxoriy bulvari 3,03 ga
29](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_28.png)
![20 Samarqand shahar hokimligi
Obodonlashtirish boshqarmasi
balansidagi ko‘kalamzorlashtiriladigan
maydonlar jami : 623,74 gektar
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, Universitet xiyoboni alohida
ahamiyatga ega bo‘lgan hudud hisoblanadi. Bugungi kunda xiyobonda bargli
daraxtlar soni 1192 dona, archalar soni esa 2700 donani shuningdek
ko‘kalamzorlashtirilgan gazonlar maydoni 47 884 m 2
(kvadrat metr) ni tashkil
etadi.[21] Ushbu xiyobon urboekotizim tuproqlarini tadqiq etish uchun eng
maqbul joy hisoblanadi. Chunki urboekotizimlar tuproqlari doimo bir xil ya’ni
dominant bo‘lgan antropogen omillar ta’sirida bo‘ladi.[23]
3.2. Samarqand shahri Universitet xiyoboni tuproqlarining tarkibi,
ekologik holati.
“Shahar tuprog‘i — inson faoliyati natijasida hosil bo‘lgan, urbanogen kelib
chiqadigan materiallarni aralashtirish, to‘ldirish, ko‘mish yoki ifloslanish
natijasida hosil bo‘lgan 50 sm dan ortiq sirt qatlamiga ega bo‘lgan antropogen
o‘zgargan tuproqlardir” deb adabiyotlarda keltirilgan.3.2.1-rasm [24]
3.2.1-rasm. Urboekotizim tuproqlari.
30](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_29.png)
![Shuningdek uning quyidagi turlari adabiyotlarda keltiriladi:
1. Konstruktozem — tabiiy tuproqga o‘xshash, profilni qurish (yaratish)
uchun maqsadli ravishda yaratiladigan, turli xil organik birikmalar va turli
tarkibga ega bo‘lgan o‘zgarib turadigan qatlamlardan tashkil topgan tuproqlar
kiradi.[25]
2. Industrizem — mexanik qo‘shimchalar, toksik moddalar va og‘ir metallar,
bilan ifloslangan sanoat ob’ektlarining tuproqlari kiradi.[26]
3. Agrourbanozemlar (kulturozem) — tuproqlar gumus gorizonti 40 sm
gacha alohida ajralib turadigan, shaharga yaqin joylashgan bog‘larning
tuproqlari kiradi.
4. Nekrozemlar — tuproqlar chuqurligi 200 sm dan ortiq bo‘lgan turli
qo‘shimchalar aralashgan tuproqlar kiradi.
5. Ekranozem — tuproqlari bular asfaltlar, tosh va beton qoplamalar binolar,
inshootlar ostida qolishi natijasida hosil bo‘ladigan tuproqlarga aytiladi.. Ular
ham deyiladi asfaltlangan, muhrlangan. Zamonaviy shaharlarda turar-joy
zonalari maydonining 30-40 foizigacha muhrlangan tuproqlar egallaydi.
Bundan tashqari tuproq gorizontlari ham o‘ziga xos rangi, tuzilishi shuningdek
boshqa morfologik xususiyatlari tufayli bir-biridan farq qiladigan bir necha
qatlamlardan tashkil topgan bo‘lib, tuproq namunalarini olganda vertikal kesim
holatida bu yana ham aniq ko‘zga tashlanadi.. Ushbu qatlamlar genetik
gorizontlar (ufqlar) deb ham ataladi. Ular tuproqning genezisi (rivojlanishi)
jarayonida dastlab ona jinsining bir hil qalinligidan hosil bo‘lgan.
Tuproqshunos olim V.V.Dokuchayevning tasniflashiga ko‘ra tuproq profilining
tarkibi quyidagi genetik gorizontlar ajratiladi. 3.2.2-rasm.
31](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_30.png)
![3.2.2-rasm. V.V.Dokuchayevning tasniflashiga ko‘ra tuproq profilining tarkibi .
Bunda O – tuproqning bir qismi emas, balki uning anatomik tuzilishini
saqlaydigan o‘simlik qoldiqlari va boshqalar; A gorizont – ( A
1 va A
2 organik
qoldiqlarni mineral moddalarni o‘z ichiga olgan organik moddalarga boy
bo‘lgan tuproq qatlami; B gorizont – organik tuproqning organik fazasi bilan
yaqin aloqada bo‘lgan tuproq hosil bo‘lish jarayonidan qisman ta’sirlangan
ilyuvial tuproq qatlami; C gorizont – tuproq hosil qilish jarayoni ta’sir
qilmagan tosh qatlam hisoblanadi. Keltirilgan tuproq gorizontlarini
urboekotizimlarda kamdan-kam hollarda uchratish mumkin. Bu holat
tuproqlarning turli darajada o‘zgarishga, buzilishga uchrashi bilan bog‘liqdir.
Shuning uchun urboekotizim tuproqlari “Urbic” diagnostik gorizont indeksi
bilan ifodalanadi ya’ni U
0 ; U
1 (0-10 sm); U
2 (10-20 sm); U
3 (20-30 sm); U
4
(30-40 sm); U
5 (40-50 sm) :
Mahalliy va xorijiy adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, hozirgi
vaqtda urboekotizim tuproqlarini tasniflash muammosiga yagona yondashuv
ishlab chiqilmagan. Urboekotizim tuproqlarining tasnifi quyidagi tamoyillar
asosida tuzilgan.
Morfologik profiliga ko‘ra;
Substratning tabiati;
Kelib chiqishi;
Rivojlanish bosqichlari.
32](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_31.png)
![Shuningdek bugungi kunda, urboekotizimlarni o‘rganishda tadqiqotchilar
yaqin yillardan beri atmosfera havosining ifloslanishi masalalariga ham alohida
e’tibor qaratib kelmoqdalar. Ma’lumki barcha sanoat, ishlab chiqarish transport
va boshqa ko‘plab jamiyat rivoji uchun foydalaniladigan sohalarda turli xil
o‘g‘ir metallar, zaharli gazlar va chang holatidagi birikmalar atmosferaga
chiqariladi. Keyin esa gaz va chang zarralari tabiatdagi iqlimiy omillar,
yog‘ingarchiliklar natijasida tuproq, suv o‘simliklar yuzasiga tushadi. Albatta
bunday ifloslangan havo insonni ham chetlab o‘tmaydi.[22] Shu munosabat
bilan atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar tarkibini aniqlash zarurati
tug‘iladi.[27] Shuning uchun ham biz dastlab, Samarqand viloyati va
Samarqand shahri hududida atmosfera havosi ifloslanishiga ta’sir etayotgan
transport vositalari, sanoat ob’ektlarini to‘g‘risida ma’lumot keltirishni joiz deb
topdik. Ular haqidagi ma’lumotlar quyidagi jadvallarda o‘z aksini topgan.
3.2.1.Jadval
3.2.1. Jadval. Atmosfera havosiga ta’siri bo‘lgan va nazorat ostidagi korхona
va tashkilotlar to‘g‘risida (Samarqand vil. bo‘yicha 2022y)
T/r Nomlanishi Kor x ona va
tashkilotlar
soni Izoh
Jami: 1154
Ishlab chiqarish kor х ona va
tashkilotlari
1. Kimyo sanoati 3
2. Neft va gaz sanoati 4
3. Energetika sanoati 3
4. Qurilish sanoati 78
5. Mashinasozlik sanoati 3
5.1
. Metallurgiya sanoati 4
33](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_32.png)
![6. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AKga
qarashli kor х onalar 6
7. Oziq-ovqat sanoatiga 44
8. Paхta sanoati 12
9. Ye ngil sanoat 53
10. Aeroportlar 1
… …va boshqalar 158
shu jumladan:
785 Transport korхonalari
1. Avtotransport korхonalari 46
2. Avtoremont zavodlari 0
3. Avtoteххizmat shahobchalari 57
4. Avtomobillarga yonilg‘i quyish
shahobchalari 288
5. Avtomobillarga gaz quyish
shahobchalari 394 metan 144 t а,
propan 250 ta
3.2.2 . Jadval. Foydalanishda bo‘lgan avtotransport lar soni
( Samarqand vil. bo‘yicha yillik 2022y)
Nomlanishi JAMI X ususiy
sektorda Davlat
sektorida
Avtobenzin 43188 33870 9318
ulardan:
Avtobuslar 0 0 0
Yuk avtomobillari 0 0 0
Engil avtomobillari 43188 33870 9318
34](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_33.png)
![Dizelь yonilg‘isi 1668 741 927
ulardan:
Avtobuslar 124 0 124
Yuk avtomobillari 1544 741 803
Engil avtomobillari 0 0 0
Gaz yonilg‘isi 336131 324320 11811
ulardan:
Avtobuslar 1735 386 1349
Yuk avtomobillari 23922 19104 4818
Engil avtomobillari 310474 304830 5644
J ami : 380987 358931 22056
3.2.3 . Jadval. Sanoat manbalaridan tashlamalari
( Samarqand vil. bo‘yicha yillik 2022y)
T/r Shahar va
tumanlar soni Hisobot yilidan oldingi
yil Hisobot yiliTransport
Sanoat
Jami
Transport
Sanoat Jami
1 Samar q and sh 20,415 15,631 36,046 20,412 15,627 36,039
2 Jomboy t. 4,952 0,519 5,471 4,865 0,516 5,381
3 Taylo q t. 4,406 0,487 4,893 4,402 0,484 4,886
4 Samar q and t 5,647 0,474 6,121 5,641 0,471 6,112
5 Nurobod t 1,731 0,571 2,302 1,698 0,569 2,267
6 Urgut t 5,876 0,623 6,499 5,725 0,621 6,346
7 Pastdarg‘om 6,108 1,475 7,583 6,102 1,469 7,571
35](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_34.png)
![8 Katta q urg‘on
t 4,816 0,142 4,958 3,806 0,138 3,944
9 Narpay t 3,628 17,226 23,08 3,581 17,125 23,08
10 Paхtachi t 2,862 0,542 3,404 2,844 0,541 3,385
11 Qo‘ shrabot t 1,663 0,305 1,968 1,641 0,303 1,944
12 Payari q t 5,852 0,151 6,003 5,832 0,149 5,981
13 Ishtiхon t 3,746 0,162 3,908 3,669 0,161 3,83
14 O q daryo t 2,941 0,403 3,344 2,963 0,498 3,461
15 Bulung‘ur t 3,643 0,316 3,959 3,644 0,311 3,955
16 Katta qo‘ rg‘on
sh 3,964 0,338 4,302 3,962 0,321 4,283
Jami: 82,25 39,365 121,615 80,787 39,304 120,091
Izoh: Sanoat manbalaridan tashlamalar dast la bki miqdori 39,304 ming
tonnani tashkil qiladi. Stat svod farqi bo‘yicha 2023 yil 1-yarim yillikda
o‘zgaradi.
3.2.4 . Jadval. Atmosferaga sanoat kor х onalari tomonidan chiqarilgan zararli
moddalar miqdori ming tonna. ( Samarqand vil. bo‘yicha yillik 2022y)
Nomlanishi Yillar
2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Jami, h udud
bo‘yicha: 51,63 51,6 52,6 44,17 39,892 39,365 39,304
Energetika
korхonalari 0,103 0,1 0,36 0,068 0,056 0,055 0,054
Neft va gaz
korхonalari 44,44 44,78 45,1 38,2 33,893 33,565 33,562
Temir
yo‘llari 1,04 1,011 1,01 0,862 0,748 0,696 0,683
Paхta
sanoati
korхonalari 0,58 0,53 0,65 0,483 0,549 0,437 0,416
Kimyo
0,11 0,103 0,32 0,096 0,083 0,046 0,026
36](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_35.png)
![korхonalari
Qurilish
korхonalari 3,555 3,99 3,99 3,306 3,253 3,213 3,211
Boshqalar.
1,797 1,086 1,09 1,153 1,366 1,408 1,406
Umuman olganda, viloyatda sanoat, ishlab chiqarish, transportlar soni ham
yildan yilga ortib bormoqda. Bu esa ekologik-ijtimoiy muammolarni yaqin
yillarda yuzaga keltirishi mumkin. Yuqorida keltirligan ma’lumotlarga yana
shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, viloyatdagi jami zararli moddalar
chiqaruvchi manbalarning umumiy soni 1954 ta bo‘lib shundan 1225 tasi
tashkillashtirilgan, 459 tasi tozalash uskunalari bilan jihozlangan, tozalash
uskunasining umumiy soni esa juda kam 539 tani tashkil etadi. [28] Bu albatta
Samarqand viloyati va shahri atmosfera havosiga tuproqlariga va suvlariga o‘z
ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasida yuqorida
keltirilgan ma’lumotlar asosida, Samarqand shahri tuproqlariga
ko‘rsatilayotgan ta’sirlarni ko‘rib chiqamiz. Bunda dastlab barcha kerakli
ma’lumotlar, shaharning geografik joylashuvi, gidrometeorolik ko‘rsatkichlari,
hududda tarqalgan tuproqlar va tupoqdan namuna olish va uni laboratoriya
tahlillari asosida aniqlash uchun kerakli jihozlar internet manbalari orqali
dissertatsiya ishiga doir yurtimizda va chet elda olib borilayotgan ilmiy ishlar
o‘rganildi. Shunga asosan Samarqand shahri Universitet xiyobinining
geografik xaritasi va joylashuv koordinatalari olindi. 3.2.3-rasm.
37](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_36.png)
![3.2.3-rasm. Samarqand shahri Universitet xiyoboni joylashuvining fazoviy
ko‘rinishi va koordinatalari.
Dastlabki amaliy ishlar davomida urboekotizim tuproqlariga berilgan
ta’rifga asosan tuproq namunalarini olish uchun foydalaniladigan maxsus
jihozning kerakli o‘lchamdagisi tanlab olindi. Albatta bu asbob yurtimizda
kamligi rivojlangan davlatlarda esa ko‘plab topilishi mumkinligini inobatga
olib ushbu jihozining nusxa varianti yaratildi. U ham yuqorida qayd etilgan
jihozning barcha funksiyalarini o‘z ichiga olgan va undan farq qilmagan holda
tayyorlandi. 3.2.1; 3.2.2; 3.2.3-Ilovalar. Shundan so‘ng, Samarqand shahri
universitet xiyobonining tuproqlaridan namuna olish tartibi belgilandi. Bunda
tuproqshunoslikda keng qo‘llaniladigan “konvert” usuli tanlangan hudud uchun
to‘g‘ri kelmasligini inobatga olgan holda asosan geologik tadqiqotlarda
qo‘llaniladigan “Marshrut” yoki “Zig-zag” deb yuritiladigan tadqiqot usulidan
foydalanildi. Odatda, marshrut usuli keng ko‘lamli dala tadqiqotlarini
38](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_37.png)
![o‘tkazish, organizmning turli xil hayot shakllari mavjudligini aniqlash,
tuproqlarni, o‘simliklarni va relyefni o‘rganish tavsiflash, sxemalar va
xaritalash uchun ishlatiladi. 3.2.4-rasm.
3.2.4-rasm. Tuproqdan namuna olishning “Marshrut” ( Zig-zag) usuli
Maxsus jihoz yordamida Samarqand shahri universitet xiyobonining turli
nuqtalaridan 50 sm chuqurlikdagi tuproq namunalari olindi.3.2.5-rasm.
39](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_38.png)
![3.2.5- rasm. Tuproq namunalar ini olish jarayonidan lavhalar .
3.2.6-rasm. Tuproq monitoring tahlillari laboratoriya xonasi.
40](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_39.png)
![3.2.7- rasm. Tuproq namunalar ini qabul qilish joyi.
41](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_40.png)
![Quyida esa hududdagi tuproq namunalari olingan joylarning geografik
koordinatalari keltirilgan. 3.2.8-rasm. 3.2.5. Jadval.
3.2.8-rasm. Universitet xiyobonining tuproq namunalari olingan nuqtalari.
42](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_41.png)
![3.2.5. Jadval . Samarqand shahri Universitet xiyoboni tuproq namunalari
olingan joylarning geografik koordinatalari
№ Samarqand shahri Universitet xiyobonining geografik
koordinatalari :
N 39° 38' 48" E 66° 57' 40"
O‘nli kasrlar bilan darajalarda esa 39,646571°; 66,961113°:
Tuproq namunalari olingan joylarning geografik koordinatalari:
Shimoliy kenglik
( N ) Sharqiy uzunlik
( E ) O‘nli kasrlar bilan darajalarda
1 39°39'00.5256" 66°57'53.7804" 39,650146°; 66,964939°:
2 39°38'59.1972" 66°57'50.9004" 39,649777°; 66,964139°:
3 39°38'57.408" 66°57'51.516" 39,649280°; 66,964310°:
4 39°38'57.7176" 66°57'49.014" 39,649366°; 66,963615°:
5 39°38'49.7112" 66°57'44.6472" 39,647142°; 66,962402°:
6 39°38'48.2352" 66°57'41.6772" 39,646732°; 66,961577°:
7 39°38'45.852" 66°57'39.4308" 39,646070°; 66,960953°:
8 39°38'44.124" 66°57'39.7404" 39,645590°; 66,961039°:
9 39°38'41.6868" 66°57'37.71" 39,644913°; 66,960475°:
10 39°38'40.7796" 66°57'34.5852" 39,644661°; 66,959607°:
11 39°38'38.4792" 66°57'34.9308" 39,644022°; 66,959703°:
12 39°38'37.2876" 66°57'32.4252" 39,643691°; 66,959007°:
13 39°38'36.2472" 66°57'32.4252" 39,643402°; 66,959007°:
2 021-2023-yillarda Samarqand shahri Universitet xiyobonidan olingan
tuproq namunalari belgilangan ГОСТ standartlari: ГОСТ standartlari:
ГОСТ 26213-91 bo‘yicha xromni fotometrik usulda
ГОСТ 26483-85-26490-85 bo‘yicha Ph-Tsiano usuli shuningdek Maxsus
apparatlar yordamida;
ГОСТ 26213-91 bo‘yicha Gumus- I. V. Tyurin usulida;
43](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_42.png)
![ГОСТ 26488-85 bo‘yicha Nitrat-Tsinao usulida O‘zStandart bo‘yicha RH
68.02.14:2002 asosida;
ГОСТ 26211-91 bo‘yicha Fosfor-Arrenius usulida;
ГОСТ 50683-94 bo‘yicha Mis ning harakatlanuvchi birikmalarini Krupskiy va
Aleksandrova usuli T sinao modifikatsiyasida aniqlash РД 118.3897485.30-96 ;
Ftor- ГОСТ РД 118.3897485.3 3 -9 6 asosida tuproq tarkibidagi moddalar
miqdorini aniqlash.
Shuningdek tadqiqotga oid dala tajribasi va statistik ma’lumotlar bilan
ishlashda Dospexov Boris Aleksandrovichning metodik ko‘rsatmalar, dala
tajriba usullaridan foydalanildi. Tuproq tarkibi bo‘yicha laboratoriya tahlillari
Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi “Atrof-muhit
ifloslanishi monitoring bo‘limi (sinov laboratoriya)” ning moddiy texnik
bazasidan kelib chiqqan holda tuproqshunoslikda qabul qilingan usullar
yordamida amalga oshirildi va dissertatsiya ishi uchun zarur ma’lumolar
olindi. 3.2.6. Jadval.
3.2.6. Jadval. Samarqand shahri “Universitet xiyoboni” tuproq tarkibidagi
moddalarning miqdori.
№ Tuproq
tarkibidagi
ingradientlar Moddalarning tuproq tarkibidagi miqdori (100 mg/kg)
Qatlam
chuqurlik,
sm Amaldagi
konsentratsiya
(28.04 .2022-y)
1-chorak Amaldagi
konsentratsiy
a
(4.12.2022-y)
2-chorak ND hujjat
raqami
(miqdori
ПДК )
1 Ph miqdori 0-10 sm,
10-20 sm,
20-30 sm,
30-40 sm,
40-50 sm. 7,6 7,8 6,5-8,5
2 Gumus 1,5 1,8 Fon
3 Nitratlar mg/l
(NO
3 ) 110,0 112,0 130
4 Fosfat (P
2 O
5 ) 10,0 12,0 27,2
44](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_43.png)
![Sharq;
Janub;
G‘arb;
Shimol:5 Mis (Cu) 1,8 1,8 3
6 Xrom (Cr) 3,7 3,7 6
7 Ftor (F) xx xx 2,8
8 Rux (Zn) xx xx 23,6
3.2.7. Jadval. Samarqand shahri Universitet xiyoboni tuproq namunalaridagi
to‘la va gigroskopik namlik miqdori.
hududlarning tuproq tarkibidagi tahlil qilingan moddalar miqdori.
Tuproq namunalari hudud joyi va qatlamlari va namuna og ‘ irligi
gr.
Hudud joyi
va qatlamlar 0-10sm;
g r 10-20sm;
g r 20 -30
sm; g r 30 -40
sm; g r 40 -50 sm;
g r
I 11,32 11,29 11,45 11,56 13,32
II 11,45 11,54 12 12,45 13,16
III 12 11,45 11,55 11,48 13,14
IV 11,21 11,48 11,45 12,54 13,51
V 11,41 11,53 11,35 11,54 13,11
VI 12,33 11,48 11,42 12,49 12,56
VII 11,46 11,41 12,04 12,5 13,22
VIII 11,44 11,47 12,09 12,45 13,25
IX 12 11,55 10,29 12,45 13,48
X 11,48 11,35 11,34 12,56 12,59
XI 11,55 11,44 12,3 12,45 13,02
XII 12 11,46 12,05 12,55 13,45
XIII 12,36 11,39 12,35 13,05 13,34
Tuproqning
vazni 152,01 148,84 151,68 160,07 171,15
Hududdan olingan tuproq vazni: [gr] 783,75 gr.
Silindr bilan tuproq vazni: [gr] 911,45 gr.
Byukslar
og ‘ irligi 21,7 27,1 22,5 21,2 20,4
45](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_44.png)
![1-marta
Termostatda
105 da℃
quritilgandan
2 soat
oraliqdagi
og ‘ irlik 144,05 140,03 144,15 151,01 162,25
1-marta Termostatda 105 da quritilgandan so
℃ ‘ ng og ‘ irlik vazni:
741,49 g
2-marta
Termostatda
105 da
℃
quritilgandan
2 soat
oraliqdagi
og ‘ irlik 136,35 132,12 136,05 145,4 156,21
1-marta Termostatda 105 da quritilgandan so'ng og'irlik vazni:
℃
706,13 g
3-marta
Termostatda
105 da
℃
quritilgandan
oxirgi
og ‘ irlik 130,4 127,3 130,25 138,01 147,25
3-marta Termostatda 105 da quritilgandan so
℃ ‘ ng og ‘ irlik vazni:
673,21 g
Tuproqdagi
suv miqdori 21,61 21,54 21,43 22,06 23,9
Tuproqdagi
hajmiy
og ‘ irlikka
nisbatan
Gigroskopik
namlik
miqdori % 17 17 16 16 16
Tuproqning
to ‘ la nam
sig ‘ imi % 14 14 14 14 14
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tuproq tarkibidagi moddalar
kontsentratsiyasining miqdor ko‘rsatkichlari belgilangan REK ( ПДК )
46](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_45.png)
![me’yoridan oshmaganligini ko‘rsatdi. Buning sababi urboekotizim tuproqlariga
doimiy mos keladigan “yangi” tuproqlarning qo‘shilishi bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Shunga ko‘ra, qayd etilgan urboekotizimlar tuproqlari natijalarini
hududda yaqin joylashgan boshqa sanoat obe’ktlari va tabiiy tabiat zonalari
hududlaridan olingan tuproqlar tarkibi va natijalarini keltirish orqali qiyosiy
tahlil asosida rasm, gistogramma yordamida ifodalab ko‘rib chiqamiz. 3.2.8.
Jadval. 3.2.9-dan 3.2.15-gacha bo‘lgan rasmlar. 3.2.4-3.2.5. Ilovalar
3.2.8. Jadval. Samarqand shahri “Universitet xiyoboni” va unga yaqin
bo‘lgan hududlarning tuproq tarkibidagi moddalar miqdori
T/r Hududlar va
tuproq
tarkibidagi
moddalar. Ph Gumus Nitrat
mg/l Fosfat
ioni Mis Xrom
1 Universitet
xiyoboni
tuproqlari
tarkibi 7,8 1,8 112 12 1,8 3,7
2 Zarafshon
milliy tabiat
bog‘i
tuproqlari
tarkibi 7 2,8 56 14 1 2
3 UZBIOKOMBI
NAT sanoat
majmuasi
tuproqlari
tarkibi 7,2 1, 8 120 20 1,2 2
47](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_46.png)
![Universitet xiyoboni tuproqlari tarkibi
UZBIOKOMBINAT sanoat majmuasi tuproqlari tarkibi6.46.66.8 77.27.47.67.8 Ph miqdori
Ph miqdori
3.2.9- rasm. Tuproq tarkibidagi Ph miqdori.(%) 0
1
2
3
Gumus 100 gr tuproq tarkibida %
Gumus %
3.2.10- rasm. Tuproq tarkibidagi gumusning miqdori.(%)
48](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_47.png)
![0
40
80
120
Nitratlar 100 gr tuproq tarkibida %
Nitratlar 100 g tuproqda %3.2.11- rasm. Tuproq tarkibidagi nitratning miqdori.(%)
0
6
12
18
Fosfatning 100 gr tuproq tarkibidagi miqdori
%
Fosfatning 100 g tuproq tarkibidagi miqdori %
3.2.12- rasm. Tuproq tarkibidagi fosfatning miqdori.(%)
49](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_48.png)
![0
0.6
1.2
1.8
Misning tuproq 100 gr tuproqdagi miqdori %
Misning tuproq 100 g
tuproqdagi miqdori %3.2.13- rasm. Tuproq tarkibidagi misning miqdori.(%)
0
1.5
3
Xromning 100 gr tuproq tarkibidagi miqdori
%
Xromning 100 g tuproq tarkibidagi miqdori
3.2.14- rasm. Tuproq tarkibidagi xromning miqdori.(%)
50](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_49.png)
![Universitet xiyoboni tuproqlari tarkibi
Zarafshon milliy tabiat bog'i tuproqlari tarkibi
UZBIOKOMBINAT sanoat majmuasi tuproqlari tarkibi020406080100120140
Ph2
Gumus3
Nitratlar mg/l4
Fosfat ioni5
Mis
Xrom
Ftor
Rux
3.2.15- rasm. Gistogramma ko‘rinishida tuproq tarkibidagi moddalarning
solishtirma qiyosiy holati (%)
Yuqorida keltirilgan jadval va ilovalardan hududlar tuproqlarining ekologik
holatidan ko‘rish mumkinki, tuproq unumdorligi ya’ni tuproqning o‘simliklarni
suv va turli oziq moddalar bilan ta’minlash xususiyati, gumusligi Zarafshon
milliy tabiat bog‘ida yuqori darajada bo‘lib, qolgan ingradientlar miqdori esa
eng kam miqdorda ekan.
Ma’lumki tuproq unumdorligi tabiiy holatda antropogen ta’sirga
uchramagan daraxtzorlar, o‘rmonzorlarda shuningdek antropogen ta’sirga
uchragan yerlarda ongli ta’sir etgandagina yaxshilanib boradi, noto‘g‘ri ishlov
berilganda esa aksincha pasayib boradi. O‘ simliklarning hayoti uchun zarur
shart-sharoitlarni ta ’ minla sh t uproq unumdorligi ni oshirishda ГОСТ 16265-89
tuproq xususiyatlari to‘plami mavjud bo‘lib, uning bugungi kunda ushbu
yo‘nalishda ahamiyati kattadir. Shuningdek hozirgi paytda urboekotizim
tuproqlari takibida og‘ir metallarning ham miqdori ortib ularning ifloslanishi
ham yuz bermoqda. Ma’lumki, og‘ir metallarga Mendeleyev D.I. tuzgan
davriy jadvaldagi 40 dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi. Ularning atom
massasi 50 dan ortiq. Og‘ir metallarning asosiy antropogen manbalariga:
51](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_50.png)
![ hududlarni shakllantirishning davomiyligi shaharlashishlar,
sanoat zonalari hududlari, sanoat chiqindilari, maishiy chiqindilar va
boshqalar.
issiqlik elektr stantsiyalari, rangli va qora korxonalar;
metallurgiya, avtomobil transporti, kanalizatsiya loylari
Eng zaharli og‘ir metallarga esa kadmiy, simob, mishyak rux, mis va
qo‘rg‘oshin kiradi. Bu metallar tuproqqa asosan havo orqali kirib, biologik
siklda oziq-ovqat zanjirida qatnashadi, va ular inson salomatligi uchun bir
qator salbiy oqibatlarni namoyon etadi. Og‘ir metallar ko‘plab biokimyoviy
reaksiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatib, tuproq tarkibidagi organik moddalarning
parchalanish tezligini pasaytiradi. Faqat ayrim metallarning suvda eriydigan
harakatlanuvchi shakllari tuproqning suvli eritmasiga va tuproq profilidan
tashqarida yerosti suvlariga o‘tishi mumkin. Shuningdek qish mavsumida
muzga qarshi tuzlar: kaltsiy, natriy xloridlar va boshqalarni piyodalar
yo‘laklari, avtomobil yo‘llariga sepilishi natijasida esa yerusti va yerosti
suvlari, drenaj suvlari ifloslanadi. Turli xil moddalar bu suvlar bilan orqali
tuproqqa tushadi va singiydi . Ushbu tuzlarning mavjudligi shahar
tuproqlarining ishqoriyligi oshishi ga olib keladi . Urboekotizim tuproqlarining
ishqoriyligining yana bir sababi kislotali yog ‘ ingarchilik ta ’ sirida qurilish
chiqindilaridan (sement changlari, qurilish qoldiqlari, g ‘ isht qoldiqlari) kaltsiy
birikmalarining chiqarilishi hisoblanadi . Tuproqning yuqori ishqoriyligi uni
o'simlik o ‘ sishi uchun yaroqsiz holga keltirishi mumkin. Shuningdek
shaharlarning turli chiqindi gazlar bilan ifloslanishi natijasida shahar
tuproqlarining gaz tarkibidagi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu holat daraxtlar va
butalarning qurib ketishiga olib kelishi oqibatda anaerob mikroorganizmlar
guruhlarining faol rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Aerob mikroorganizmlar
esa kislorod iste’mol qilish va karbonat angidrid ishlab chiqarish orqali tabiiy
gazning oksidlanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari shahar tuproqlari
patogen organizmlar, gelmint tuxumlari va hasharotlar lichinkalari bilan
ifloslanishga moyil bo‘lib, ularning alohida guruhlari turli xil etiologiyalar
52](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_51.png)
![(ichak infektsiyalari, gelmintozlar, parazitar kasalliklar) kasalliklarining paydo
bo‘lishi va yuqishini keltirib chiqarishi mumkin. Ularning tuproq tarkibida
ko‘payishi hozirgi paytda ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarmoqda. Lekin
tuproqlar bakteriyalardan xalos bo‘lishga qodir. Ushbu jarayon tuproq turi va
ularning ifloslanish darajasi bilan bog‘liqdir. Juda kuchli bakterial ifloslanish,
tuproqning o‘z-o‘zini tozalash jarayonini bir necha oyga uzaytirishi mumkin.
Umuman olganda, avtotransport va sanoat korxonalarining gaz chiqindilari,
zaharli moddalar, shahar tuproqlariga va hudud o‘simligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Shuni inobatga olgan holda, bugungi kunda chet-el mamlakatlarida
ko‘plab yirik shaharlar hududlarining turli manbalar ta’sirida ifloslanish
xaritalari tuzilmoqda.
Eng kam ifloslangan tuproqlar esa tabiiy hududlarda bo‘lib, ushbu
hududlarga turar-joy zonalari, transport harakati kam bo‘lgan va sanoat
ob’ektlari hududlaridan uzoqda joylashganligi bilan ifodalanadi.
3.3. Urboekotizimlarga ko‘rsatilayotgan antropogen omillar ta’siri,
tuproqlarning ifloslanishi.
Shaharlar hududlarida tuproqlar ifloslanishga duch kelib, ularni mexanik,
kimyoviy va biologik turlarga ajratish mumkin.
Mexanik ifloslanish, tuproqni yirik siniq parchalar bilan ifloslanish
ko‘rinishida bo‘lib, qurilish chiqindilari, singan oyna, keramika va boshqa inert
chiqindilardan iborat. Bunday holat tuproqlarningi mexanik xususiyatlariga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi, ularning tarkibida kimyoviy
elementlaming tabiiy kontsentratsiyasini, me'yordan yuqo ni darajada
o‘zgartirib yuboradigan moddalarning sizib kirishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning
oqibatida tuproqning fizik-kimyoviy xossalari o‘zgarib ketadi. Ifloslanishning
bunday turi keng tarqalgan bo lib, uzoq muddatli va xavfli hisoblanadi.ʻ
Biologik ifloslanish, inson organizmiga xavf tug‘diruvchi organizmlaming
tuproqqa singib borishi va ko‘payib borishi bilan bog‘liq Shahar tuproqlarining
bakteriologik, gelontologik va entemologik ko‘rsatkichlari, ularning
53](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_52.png)
![epidemilogik xavflilik darajasini belgilab beradi. Ifloslanishning bunday turlari
birinchi navbatda seliteb va rekreatsion zonalarda nazorot qilinishi nazarda
tutiladi. Antropogen faoliyat natijasida tuproqlarning ifloslanishi ulaming
kimyoviy tarkibi o‘zgarishi va sifati buzilishiga olib keladi. Bir qancha salbiy
oqibatlarga, jumladan bioproduktivlik qobiliyati va o‘zini-o‘zi tozalash
xususiyatlarini yo‘qotishiga olib keladi.
Urbanizatsiyalashgan hududlarda tuproqlarning ifloslanishi odatda sanoat
korxonalari, transport, issiqlik energiyasi korxonalari chiqindilari, kanalizatsiya
va tindirgichlardan sizib chiqishlar, sanoat va maishiy chiqindilar ta’siri,
shuningdek muayyan tarzda o'g'itlar pestitsidlardan foydalanish natijasida yuz
beradi. Zararli moddalar tuproq tarkibiga binolami qurish va buzish. transport,
metallurgiya, neftni qayta ishlash va kimyoviy korxonalarning chiqindilari.
oqava suvlarni oqizib yuborish. muzlashga qarshi kimyoviy moddalardan
foydalanish natijasida kelib tushadi.
Tuproqlar texnogen ifloslanishining eng xavfli komponentlari – og‘ir
metallar bo‘lib, ularga simob, qo‘g‘oshin, kadmiy, rux. mis kiradi. Og‘ir
metallar asosan, tuproqqa havodan kelib tushadi, biologik aylanmaga jalb
qilinib, oziqlanish zanjirlari bo‘ylab tarqaladi va inson salomatligi uchun salbiy
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Og‘ir metallar ko‘pgina biokimyoviy reaksiyalar
jarayonlarini to‘sib qo‘yadi, tuproqda organik moddalar parchalanish tezligini
susaytiradi. Faqat suvda eruvchan mettallarning harakatchan shakllari
tuproqning suv eritmasiga singib ketishi va tuproq profilidan tashqariga sizot
suvlarga chiqib ketishi mumkin. Bugungi kunda ko‘pgina yirik shaharlar uchun
og‘ir metallar bilan ifloslanishning kartosxemalari tuzilmoqda.
Muzlashga qarshi tuzlar: xlorid kalsiysi, natriy va boshqalar. ushbu
moddalar bilan qishda trotuar va yo‘llar qayta ishlanib, yer yuzasi oqimlari va
drenaj suvlari bilan tuproq tarkibiga kelib tushadi. Ushbu tuzlaming tuproq
tarkibiga kelib tushishi bilan shaharlar tuprog‘i ildizlar rivojlanuvchi
qatlamining ishqorlilik darajasi oshib ketadi. Shahar tuproqlarining yuqori
darajada ishqorligining boshqa sabablari, qurilish chiqindilaridan ishqorli
54](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_53.png)
![atmosfera yog‘inlari ta’sirida ajralib chiquvchi kalsiy birikmalari hisoblanadi.
Bularga: beton parchalari, sement changi, qurilish chiqindilari, g‘isht parchalari
kiradi.Tuproqning yuqori darajada ishqorligi o‘simliklar o‘sishi uchun yaroqsiz
qilib qo‘yishi mumkin. Tuproqning shahar kommunikatsiyalaridan sizib
chiqqan tabiiy gaz bilan ifloslanishi. uning gaz tarkibi o‘zgarishiga sabab
bo‘ladi. Bu holat daraxtlar va butalarning so‘lishiga, shuningdek anaerob
mikroorganizm guruhlarining faol rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Mikroorganizmlar kislorodni iste’mol qilish orqali, karbonat angidridni ishlab
chiqarish orqali, tabiiy gazning oksidlanishini keltirib chiqaradi. Gaz sizib
chiqishi masofasi va ta’sir ko‘rsatish intensivligi 20 m radiusgacha bo‘lishi
mumkin.
Shahar hududlari tuproqlari patogen organizmlar, gelmintlar tuxumlari va
hasharotlar lichinkalari bilan ifloslanishga moyil bo‘lishi mumkin bo‘lib,
ularning alohida guruhlari turli etiologiyadagi kasalliklarni qo‘zg‘atish va
yuqtirish xususiyatlariga ega (ichak-qorin infeksiyalar, gelmintozlar, parazitar
kasalliklar). Tuproq tarkibiga najas massalari bilan tushuvchi ichak
infeksiyalarini qo‘zg‘atuvchilar katta sanitar xavfga ega. Turli
mikroorganizmlarning tuproqda halok bo lish tezligi bir xil emas. Ba’ziʻ
kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar tuproq va gruntlarda uzoq muddat saqlanib
turishi va hatto ko‘payishi ham mumkin. Ular qatoriga qoqshol. gaz
gangrenasi, kuydirgi, botulizm va boshqa mikroblar kiradi. Tuproqlar
bakteriyalardan xalos bo‘lish xususiyatiga ega. Juda kuchli bakterial
ifloslanishda ham tuproqning o‘zini-o‘zi tozalash jarayoni bir-necha oylarda
amalga oshishi mumkin. Bu jarayonda tuproqning turi va uning ifloslanish
darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproqlarning ifloslanish darajasi undagi
mavjud ifloslantiruvchilarni boshga muhitlarga tarqalishi bilan bog‘liq bo ladi:
ʻ
havoda va suvda tuproqdagi zararli moddalar o‘simliklarga ham o‘tadi
Shahar tuproqlarining asosiy ekologik funksiyalari - shahar muhitini
zararli moddalar bilan ifloslanishdan tozalash. Bunday funksiya tuproqlaming
o‘ziga singdirish, adsorbsion va biologik funksiyalaridan iborat.
55](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_54.png)
![Tuproqlar turk ifloslantiruvchilarni samarali chiqarib tashlaydi.
o'zgartiradi va zararsizlantiradi. Shahar tuproqlari gazsmion modda- larni,
shuningdek avtotransport. IEM, saonat korxonalardan chiqqan zararli
moddalarni o'ziga singdirib. atmosfera havosi tarkibini tartibga solib turadi.
Havo tarkibini o'zgartirishda tuproqning to'g' ridan-to'g'ri ishtirok etishi, unda
yashovchi mikroorganizmlaming. gazlami mikrobiologik oksidlash
reaksiyalarida faol ishtirok etishi bilan bog liq.ʻ
Tuproq shuningdek, atmosfera havosidan sizot suvlar va daryo tarmog‘iga
ko‘chib ishida ko‘pchilik zaharli birikmalar (og‘ir metallar, pestitsidlar, neft
mahsulotlari va h.k.) uchun yaxshi biogeokimyoviy to‘siq hamdir. Tuproq
orqali yer yuzasi oqava suvlari sizot sovlar hovuzlar ya suv oqimlari tarkibiga
qo‘shiladi. Bu o‘rinda tuproq tozalovchi filtr polini o‘ynaydi. Tuproq
shuningdek yaxshigina antiseptik ham hisoblanib, patogen mikroorganizmlar
qilib, turli organik qoldiqlar va tirik organizmlarning mahsulotlarini parchalab
tashlaydi. Lekin, tuproqlarni turli ifloslantiruvchi moddalar bilan
ifloslantirishning muayyan chegarasi ham mavjud. Ushbu chegaradan oshib
ketish tuproqlar patologiyasi rivojlanishiga olib keladi. Shahar tuproqlariga
qo‘yiladigan asosiy talablardan - bu yashil o‘simliklarning o‘sishi uchun
optimal sharoitni ta’minlash.
Tuproqlarning unumdorligini belgilovchi omillarga ulami yetarli miqdorda
to‘yimli moddalar bilan ta’minlash, vodorod ko‘rsatkichi ahamiyati, tuproq
zichligi, og‘ir metallar, uglevodorodlar va boshqa zaharli moddalar bilan
ifloslanish darajalari kiritiladi. Tuproqlami ifloslantiruvchi asosiy moddalarga
metallar, neft mahsulotlari, radioaktiv moddalar, o‘g‘itlar va pestitsidlar
hisoblanadi. Ular inson organizmiga asosan tuproq bilan aloqada bo‘lgan
muhitlar orqali kirib keladi: havo va suv orqali ya’ni tuproqlar muhitning
ikkilamchi ifloslanish manbai hisoblanadi va birinchi navbatda shahar
sharoitlari uchun, yer usti qismining atmosfera havo qatlami uchun.
Tuproqning ifloslantiruvchi moddalari inson organizmiga oziq-ovqat zanjirlari
orqali kirib kelishi mumkin. (o‘simlik va chorvachilik oziq-ovqat mahsulotlari
56](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_55.png)
![orqali). Bundan tashqari, tuproq ifloslanishi, uni turli kasallik uyg‘otuvchi
mikroorganizmlardan o‘zini-o‘zi tozalash xususiyatini pasaytiradi, bunday
holat esa shahar aholisi uchun epidemiologik xavfni keltirib chiqaradi. Shuning
uchun gigiyenik jihatdan tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi
uning havo va suvga oziq-ovqat mahsulotlariga bevosita insonlarga,
shuningdek tuproqning biologik faolligi va o‘zini-o‘zi tozalash jarayonlariga
salbiy ko‘rsatishi darajasi bilan baholanadi. Tuproqdagi og‘ir metallar
atmosfera havosining va boshqa ifloslantiruvchilar bilan ifloslanganligining
indikatorlari (ko‘rsat kichlari) hisoblanadi.
Seliteb hududlar tuproqlari ekologik holatining qo‘shimcha
ko‘rsatkichlariga genotoksiklik va biologik ifloslanish ko‘rastkichlarini kiritish
mumkin. Genotoksiklik nazorat miqdoriga nisbatan taqqoslanganda
mutatsiyalarning soni bilan belgilanadi.
Biologik ifloslanish patogen mikroorganizmlar soniga qarab baholanadi,
koli-titrga (1 ichak tayoqchasi mavjud bo‘lgan, tuproqning grammlardagi eng
kam massasi) va gelmintlar tuxumlariga qarab. Seliteb hududlarning ekologik
holati, quyidagi sharoitlarga amal qilgan holda qoniqarli hisoblanadi:
Kimyoviy zararlanishning yalpi ko'rsatkichlari 16 oshmagan holda:
1 g tuproqqa to‘g‘ri keluvchi patogen mikroorganizmlar soni
104 dan kam:
koli-titr 1.0 yuqori:
1 kg tuproqda gelmintlar tuxumlari mavjud bo‘lmaganda;
Tuproqning genotoksikligi 2 dan oshmaganda.
3.4. Shahar sharoitida tuproqlarning ekologik holatini yaxshilash
chora-tadbirlari.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan yerdan foydalanuvchilar yer
unumdorligini oshirish bo‘yicha samarali choralar, agrotexnik chora-tadbirlar
majmuasini amalga oshirishga majbur, yerlarning botqoqlashishi, ifloslanishi
va begona o‘tlar bilan qoplanishiga yo‘l qo‘ymasliklari zarur. Tuproq qatlamini
buzish bilan bog‘liq sanoat yoki boshqa qurilishlarni olib borayotgan qurilish
57](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_56.png)
![yoki boshqa korxonalar, yerning unumdor qatlamini kesib olib yashil
qurilishlarda ishlatish uchun saqlashlari zarur, shuningdek, qurilish ishlarini
olib borish davrida buzilgan yer uchastkalari va yashil o‘simliklarni, qurilish
ishlari tugagandan so‘ng, darhol o‘z hisobiga tiklashga majbur. Tuproqlarni
muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar, uning unumdor qatlamini kesish va
saqlash O‘zR SanMQ talablari asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumki, urboekotizim tuproqlari va ularning asosiy ekologik funksiyalari
bajarish qobiliyatini saqlash muhim bo‘lib, bu jarayon doimiy tadbirlarni talab
etadi. Ifloslangan tuproqlarni ifloslanish xavfini gigiyenik tadqiqotlarda
“tuproq-o‘simlik”, “tuproq-mikroorganizmlar, “biologik faollik”, “tuproq-
yerosti suvlari”, “tuproq-atmosfera havosi” tizimlariga va bilvosita-inson
salomatligiga ta’siri darajasiga qarab baholashga imkon beradi.[29]
Gigienik nuqtai nazardan, tuproqning ifloslanish xavfi uning aloqa
muhitlariga, oziq-ovqat mahsulotlariga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlarga,
shuningdek tuproqning biologik faolligiga va o‘z-o‘zini tozalash jarayonlariga
mumkin bo‘lgan salbiy ta’sir darajasi bilan belgilanadi. Zamonaviy
shaharsozlikda tuproqlarning “buzilishi, o‘zgarishini” cheklash va asosan tabiiy
ekotizimlarning o‘ziga xos xususiyatlarini saqlaydigan bir-biriga bog‘langan
yashil ko‘kalamzorlashtirilgan zonalarni barpo etish zarur. Shuningdek
shaharda inson uchun qulay yashash muhitini yaratishning zaruriy sharti
tuproqning unumdor qatlamiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishdir.
Ma’lumki, shaharlashish doirasida intensiv qurilish-muhandislik faoliyati
tuproq qatlamiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan katta hajmdagi tuproq ishlari
(yo‘llar, kommunikatsiyalar yotqizish, poydevor uchun chuqur qazish,
meliorativ ishlar va boshqalar) amalga oshiriladi. Bunda unumdor va potentsial
tuproq qatlamini saqlab qolish yerlarning pastki tuproq qatlamlarini alohida
olib tashlash kerak. Olingan tuproq qatlamining kuchi ma’lum bir hududda
yerga tushadigan unumdor bo‘lmagan yerlarning unumdorligi darajasi bilan
belgilanadi. Agar unumdor qatlamning sanitariya ko‘rsatkichlari qishloq
xo‘jaligi hududlari tuproqlari talablariga javob bersa, olib tashlangan unumdor
58](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_57.png)
![tuproq qatlami qishloq xo‘jaligi zonasining eroziyalangan yoki boshqa xil
holatdagi tuproqlarini tiklash uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu amaliy ishlar
ГОСТ 17.5.3.06-85 asosida tartibga solinadi.
Bugungi kunda urboekotizimlardagi tuproqlar ko‘pincha toksikantlar bilan
ifloslanganligi sababli, atmosferaning ikkilamchi ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik
eng asosiy masalalardan biri bo‘lib turibdi. Bu holatni barqarorlashtirish uchun
esa shaharlarda yashil maydonlar hosil qilish, daraxtlar, butalar va o‘simliklar
ekish orqali amalga oshirish mumkin. Aytish joizki, urboekotizimlarda og‘ir
metallar va boshqa zaharli moddalar bilan kuchli ifloslangan tuproqlar
ekologik holatini tiklash uchun universal usul yo‘q. Ammo ifloslangan
tuproqlarni holatini yaxshilashda hudud tuprog‘ining yuqori qatlamini
ifloslanmagan tuproq bilan aralashtirish yoki yuqori ifloslangan qatlamni olib
tashlash va import qilingan ifloslanmagan tuproq bilan to‘ldirish usuli;
Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproqlarni tiklash uchun esa
mikrobiologik tozalash usullari va tuproqni sirt faol moddalar bilan ohak bilan
ishlov berish usuli qo‘llaniladi. Unutmaslik kerakki, har bir ishlov berish
usulining ta’siri tuproqning xususiyatlariga va unda o‘sadigan o‘simliklarning
o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holda olib borilishi zarur. Shuning uchun har
bir holat uchun maxsus tadqiqotlar talab etiladi.[30] Shuni alohida qayd etish
kerakki, bugungi kunda respublika bo‘yicha tuproq ifloslanishini nazorot qilish
bo‘yicha kuzatuvlar doimiy ravishda olib borilmoqda. Xususan,
respublikamizda o‘tgan yillar davomida va 2022-yilda ham tuproq ifloslanishi
holati ustidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta viloyatdagi qishloq
хo‘jalik maydonlarida, shaharlar atrofidagi 261 ta namuna olish punktlarida
doimiy kuzatuvlar olib borilgan. 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi hududida
tuproqni qishloq хo‘jaligi va sanoat toksikantlari bilan ifloslanish holati
kuzatuv tahlil natijalariga ko‘ra, o‘rganilgan tuproqlarda gumus miqdori
o‘rtacha 1,0 foizni tashkil etdi. Gumusning eng yuqori miqdori esa Andijon
viloyatida kuzatildi - 1,35 foiz, Samarqand viloyatida esa gumusning o‘rtacha
miqdori 1 foiz atrofida ekanligi qayd etilgan.
59](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_58.png)
![Tuproqlarni sanoatdan kelib chiqadigan toksikantlarning tarkibi bo‘yicha
tekshirish natijalari shuni ko‘rsatdiki: Samarqand shahrida neft mahsulotlari,
qo‘rg‘oshinning ko‘chma shakli ustuvor bo‘lib, mis, qo‘rg‘oshin va ruхning
suvda eruvchan shakllari, qo‘rg‘oshinning kislotada eruvchan shakllari, ruх va
misning harakatchan shakllari, simob va suvda eruvchan ftor tarkibining
o‘rtacha ko‘rsatkichlari REM dan oshmadi. Shuningdek Samarqand shahri
atmosferasi va daryo suvlari tarkibidagi fenol, neft mahsulotlari, nitritli azot,
хrom VI, ammoniyli azot va minerallashuv miqdori bo‘yicha ham hech qanday
yuqori ifloslanish kuzatilmagan . Shahar atmosferasi ifloslanishi 2021 - yil bilan
solishtirilganda chang konsentrasiyasi pasaygani qayd etilgan. Atmosfera
ifloslanish indeksi 2.08 past darajada. Daryo suvlarida esa mis va sulfatlar
konsentratsiyasi miqdori bo‘yicha ortish qayd qayd etilgan. Suv ifloslanish
indeksi suv sifati bo‘yicha esa Samarqand shahri III sinf – o‘rtacha ifloslangan
suvlarga to‘g‘ri kelgan. Yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni oldini olish
urboekotizimlarda atrof-muhit sifatining sanitariya-gigiyena me’yorlarini
ta’minlash uchun esa avvalo, yashil maydonlarni yaratish kerak. Ular ekologik
muvozanat va hayot muhitini, biologik xilma-xillikni saqlashga imkon beradi.
Yashil o‘simliklar atrof-muhitni kislorod bilan boyitishda va hosil bo‘lgan
karbonat angidridni o‘zlashtirishda katta rol o‘ynaydi. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti (JSST) 1 shahar aholisiga 50 m 2
shahar yashil maydoni va 300 m 2
shahar atrofi to‘g‘ri kelishi kerak deb hisoblaydi. Yashil maydonlar shahar
hududining mikroiqlimini yaxshilaydi, tuproqni, binolarning devorlarini,
yo‘laklarni haddan tashqari qizib ketishdan saqlaydi, havo namligini oshiradi,
chang zarralarini ushlab turadi, mayda aerozollarni cho‘ktiradi va gazsimon
ifloslantiruvchi moddalarni o‘zlashtiradi.
Ko‘pgina o‘simliklar patogen bakteriyalarni o‘ldiradigan yoki ularning
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan uchuvchi moddalar–fitonsidlarni ishlab
chiqaradi. Shahar atrofidagi hududlarni shovqin ta’siridan himoya qilib,
insonning aqliy va hissiy holatiga foydali ta’sir etadi. Yashil maydonlarning
qo‘shni hududlarning mikroiqlimiga ta’siri samaradorligini oshirish uchun
60](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_59.png)
![shaharlarda har 400-500 m kenglikda 75-100 m kenglikdagi yoki har bir tuman
shaharlarning 30 foizini yashil chiziqlar bilan qoplash mutaxassislar tomonidan
tavsiya etiladi. Bu borada ishlar yurtimizda ham doimiy tarzda amalga oshirib
kelinmoqda. O‘tgan yillar mobaynida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev
tomonidan “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish,
daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni, “2030 yilgacha O‘zbekistan Respublikasining “yashil”
iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (PQ–436-son, 02.12.2022 y.) Prezident qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2023 - yil 29 - apreldagi “Buzilgan y erlarni
rekultiva t siya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona
foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to ‘g‘ risida” 169-son qarori ning
qabul qilin ganligi ham urboekotizimlarni tashkil etish va urboekotizimlardagi
tuproqlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab masalalarni hal etishda alohida
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Ushbu qaror, farmonlar doirasida
yiliga 200 million ko‘chat ekish va ko‘chatlarning umumiy sonini 1
milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan
ortiqroqqa kengaytirish, yashil maydonlarni yaratish maqsadida “Yashil
makon” loyihasi amalga oshirish, har bir shahar va tumanlarda atmosfera
havosi ifloslanishini monitoring qilish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar
tashkil etish ko‘zda tutilgan. Xususan, loyiha doirasida Samarqand shahrida
ham, gujum, lola, ko‘ksarvi, leynadini, olov ko‘zi, soz oshig‘i, katta tuya guli,
oya manzarali, londra chinori, klyon, yasin, goluboy keparis, eldor sasna,
kampak tuya, kashtan, safura, katalpa, majivelnik kabi 101 ming tup daraxt
ko‘chatlari, 5 million tup gul ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
61](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_60.png)
![IV-BOB. URBOEKOTIZIMLAR FLORA VA FAUNASI,
SHAHARLARDA DARAXTLAR VA BUTALAR ASSORTIMENTINI
TANLASH.
4.1. Urboekotizimlarda flora va faunasi. Shahar nafaqat insonlar
populyatsiyasining yashash joyi, balki, turli tuman hayvonlar, o‘simliklar,
qo‘ziqorinlar, eng sodda, prokariotlar uchun yashash muhiti bo lib, shaharlikʻ
insonning yashash muhitining ajralmas qismi hisoblanadi va quyidagi
guruhlarda ifodalanadi.
Birinchi guruh faqat xonakilashtirilgan (hayvonlar) yoki
madaniylashtirilgan (o‘simliklar) holda uchraydi va inson tomonidan o‘zining
ehtiyojlarini qondirishi uchun foydalaniladi - dorivor o‘simliklarda, uy-joyni
qurish va bezashda foydalaniladigan qurilish materiallari, harakatlanish
vositalari (misol uchun, ot, eshak), muloqotda (misol uchun, it va mushuklar).
Shaharda yashovchi insonlar uchun so‘nggilaming ahamiyati juda yuqori
bo‘lib, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va o‘simliklarining ahamiyati shahar
turg‘uni uchun qishloq turg‘uniga qaraganda past.
Ikkinchi guruh - ushbu so‘zlaming to‘liq mazmunidan kelib chiqqan holda
xonakilashtirilmagan va madaniylashtirilmagan hayvonlar va o‘simliklar
bo‘lib, bundan farqli, boshqa tabiiy-iqlimning urbanizatsiyalashmagan
muhitida yashagan, faqat insonlar uy-joyida yoki maxsus binolarda yashashi
mumkin (oranjereyalar, issiqxonalar. terrariumlar, akvariumlar. qafaslar va
h.k.), va sun‘iy ravishda ularning ko‘payishi va yashashi uchun sharoitlar
yaratiladi. Ushbu guruhga, ekzotik o‘simliklar va hayvonlar kiritilib ular ilmiy
to‘plamlar (zoologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, pitomniklar) va xususiy
kolleksiyalar asosini tashkil etadi xonaki va oranjereya o‘simliklari, akvarium
baliqlari, terrarium, insektariylarda yashovchilar, xonaki va dekorativ qushlar
va sut emizuvchilar.
Uchinchi guruh turlari bular shuningdek, xonakilashtirilmagan va
madaniylashtirilmagan hayvonlar va o‘simliklar bo‘lib, inson ularni ongli
ravishda (biror bir maqsadda) shaharlarda joylashtiradi va yetishtiradi, lekin
62](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_61.png)
![endi uy-joylarda emas, tabiiy-antropogen yoki antropogen yashash joyida.
Ushbu guruh ikkita kichik guruhlarga ajratiladi:
1) mintaqa uchun yangi bo'lgan (introdusentlar) va
2) aborigen (avtoxtonlar) turlar, ular yangi yoki o‘zgartirilgan sharoitlarda
o‘sadi. Introdutsiyalangan turlari, yangi sharoitlarga moslashish jarayonini
o‘tkazib, ushbu jarayondan keyin ular mahalliylashadi, ya’ni inson
aralashuvisiz yashashi va ko‘payishi mumkin yoki ulaming mavjud bo‘lishi
(ko‘payishi) uchun doimiy ravishda insonning yordam choralari zarur bo‘ladi,
agrotexnik to‘simliklar uchun) yoki biotexnik (hayvonlar uchun) shaharliklar
ushbu turdagi xayvonlar va o‘simliklarga oddiy hayotda ko‘p duch kelishadi -
shahar ko‘chalar, bog‘lar, sayilgohlarda lekin ko‘pchilik hollarda ularning
nomlarini bilmaydilar.
Ushbu turlarning to‘rtinchi guruhi - bu ko‘zda tutilmagan introdusentlar,
“kelgindi turlar” ulaming muayyan mintaqa yoki shaharda paydo bo‘lishi inson
tomonidan ko‘zda tutilmagan, lekin ular urbanizatsiya jarayonlariga hamohang,
landshaftlarning antropogen o zgarishlari natijasida organizmlarning yokiʻ
ularning uyqudagi bosqichida insonlarning ko‘chirish agenti sifatida va
yordamida tarqalgan va mahalliylashgan turlari kiradi.
Beshinchi guruh turlari-sinantroplar, ya’ni, seliteb landshaftda bevosita
insonlar bilan qo‘shnichilikda yashovchi turlar: uy-joylar va boshqa
inshootlarda, uy-joylar va vaqtinchalik qurilmalar yaqinida va ushbu turdagi
landshaftlar kengayishi bilan tarqaluvchilar, Bularga quyidagilar kiradi:
a) neolit davridan, evolyutsiyasi inson populyatsiyasi bilan aloqada
bo‘lgan turlari (misol uchun, dala begona o‘ti, tarakanlarning ba’zi turlari,
bitlar. uy sichqoni ( Mus musculus L .), va boshqalar), yangi va eng yangi davrda
inson turmush tarzining ko‘lamlari bilan belgilanadigan, ekologik joylami
o‘zlashtirgan turlari, uning xonakilashtirilgan hayvonlari va
madaniylashtirilgan o‘simliklari, misol uchun, uy chumchugi (Passer
domesticus LL). kulrang kabutar (Columba livia Gm.), qora qaldirg‘och (Apus
apus L.) kulrang kalamush (Rattus norvegicus L.). Shu bilan birga, ancha yosh
63](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_62.png)
![sinantrop turlar, o‘zining boshlang‘ich tabiiy tarqalish joylari bilan aloqalarni
to‘liq uzmaydilar va ulardan muayyan vaziyatdan kelib chiqib antropogen
sharoit bilan bir qatorda foydalanadilar.
Nihoyat eng so‘nggi oltinchisi va eng ko‘p guruhlar turi yovvoyi holda
o‘suvchi o‘simliklar va yovvoyi hayvonlar (ing. wildlife), shaharlarda turli
yashash joylarda tarqalganlar-kam buzilgan va tabiiy-dan antropogengacha
transformatsiyalangan. Bu yerda biz turli-tuman turlarni uchratishimiz mumkin
qachondir yashovchanligi yuqori bo lgan populyatsiyalaring yo‘qolib ketishʻ
arafasida turgan qoldiqlari bilan, shaharlarga faol yoki passiv kinb borayotgan
va ularda ko‘payib borayotgan turlargacha Ya’ni o‘simliklar hayvonlar.
Zamburug‘lamig “ittifoqchilar”, “nomaqbul qo‘shnilar yoki zararkunanlar ular
beshinchi, to‘rtinchi va qisman uchinchi guruhdagilar bilan birga shahar florasi
va faunasini, insonning xohishiga qarshi va uning istaklaridan o'laroq
rivojlanadigan “hayot orasidagi hayotni” shakllantiradilar
Shahar iqlimi, tuproq xususiyatlarini yaxshilashda, hovoni turli
aralashmalardan va kasallik qo‘zg‘atuvchi agentlardan tozalashda, shovqinni
bartaraf qilishda, yashil o‘simliklarning o‘rni, ya’ni fitomelionatsiyaning o‘rni
beqiyos. Boshqa tomondan, o‘simliklar insonni o‘rab turuvchi muhitga,
insonda allergik reaksiya qo‘zg‘atuvchi moddalar va zarrachalari ajratib
chiqaradi (huddi shu narsa hayvonlarga ham taaluqli).
Begona o‘simliklar ham urboekotizimning noma’qul bo‘lgan, lekin ajralmas
qismi hisoblanadi, shuningdek. shaharlarda tarqalgan ko‘pchilik hayvonlar va
mikroorganizmlar, kasallik qo‘zg‘atuvchi yoki tashuvchisi hisoblanadi. Shu
bilan birga ularning ba‘zilari, organik moddalar va maishiy chiqindilarni
parchalash jarayonida ishtirok etish orqali sanitariya funksiyalarini bajaradi.
Shaharlarning bugungi kundagi atrof-muhiti va hayot sifatini belgilovchi
asosiy ko‘rsatkichlardan o‘simliklar bilan biri hayvonot dunyosi ham katta
ahamiyatga ega. Ba’zi hayvonlaming soni va turi tarkibi, urbanizatsiyalashgan
hududlarning u yoki bu tumanining ekologik farovonlik darajasini belgilab
beradi. Shahar tizimlari faoliyatining ekologik jihatlarini, shahardagi atrof-
64](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_63.png)
![muhit sifatining optimal holati va yuzaga kelayotgan ekologik muanunolarni
ko‘rib chiqish, biotik komponentlarni ajratishni nazarda tutadi (fitogen va
zoogen komponentlar).
Shahar tizimining zoogen komponenti deganda, biz shahar hududining
hayvonot olamini tushunamiz. Urbanizatsiyalashgan muhitda yashayotgan
hayvonlar yig‘indisi, ya’ni antropogen jihatdan o‘zgartirilgan yashash joylariga
muayyan moslashgan. Shahar hududlari faunasi asosan adventiv turlar hisobiga
shakllanadi. Shahar faunasining sinantroplashuvi ba’zi hayvonlarning inson
bilan, inson faoliyati bilan bog‘liq yangi sharoitlarda yashashga
moslashganligidan iborat.
Olib borilgan turli tadqiqotlarga ko‘ra, shaharda yuz berayotgan, o‘rab turgan
atrof-muhitni antropogea o‘zgarishtirishiar ta‘sirida hayvonlar olamida
quyidagi tavsifdagi o‘zgarishlarni ajratish mumkin:
1) tabiiy populyatsiyalarning deyarli to‘liq yo‘q bo‘lib ketishi va turlar xilma-
xilligining keskin transformatsiyasi, bunday holat qadimiy (relikt) turlarning
yo‘q bo‘lib ketishi va yangi adventiv turlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
Shahar sharoitlarida relikt turlar ustuvor ravishda oqava suvlarda, tuproqda va
uzoq yashovchi daraxtlarda saqlanib qolgan:
2) tabiiy tropik aloqalarning buzilishi:
3) alohida turlar sonining o‘zgarishi, shuningdek turlar xilma-xilligining
o‘zgarishi hisobiga shahar ekotizimlari turlar xilma-xilligining pasayishi va
uning oqibatida barqarorlikning pastligi va o‘zini-o‘zi tartibga solishning
imkoniyati yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Bunday ekotizimlarning gomeostazi
insonlar aralashuviga binoan saqlanib turiladi. Shahar hududlarining hayvonot
olamiga insonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi (muyayan turdagi hay-
vonlarning yo‘q qilinishi va yangilarning olib kelinishi) yoki bevosita ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Shahar faunasining xususiyatlaridan biri bu hayvonlarning sinantrop turi
mavjudligi bo‘lib, uning sinantroplashuvi o‘rab turgan atrof-muhitning omillari
bilan, birinchi navbatda ozuqa bazasining mavjudligi va birlamchi
65](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_64.png)
![biotoplarning o‘zgarishi bilan. shu jumladan atrof-muhitning yuqori darajada
ifloslanganligiga bog‘liq. Sinantroplashuv namoyon bo lish shakli, tarqalishiʻ
va namoyon bo‘lish davrida farqlanadi. Lekin umumiy holatda bir nechta
haqiqiy sinantroplami (misol uchun, malla suvarak (Blattella germanica), xona
moli (Tineola bisselliella) , inson parazitlari) va qisman sinantroplarni (misol
uchun, kulrang qarg‘a (Corvus cornix) , uy sichqoni (Mus musculus) kabilarni
ajratib ko‘rsatish mumkin. Haqiqiy sinantroplar sifatida. uy hayvonlarini
alohida ko‘rsatib o‘tish zarur. Hayvonot olamining ijtimoiy-psixologik
funksiyalari birinchi navbatda uy hayvonlari tomonidan ta’minlanadi itlar
(Canis lupus familiaris ), mushuklar (Felis silvestris catus), turli xil qushlar
(kanareykalar (Passeriformes ), to‘lqinli to tiqushlar
ʻ (Melipsittacus undulatu s),
akvarium baliqlari. Boshqa tomondan uy hayvonlarini saqlash muhim estetik
ahamiyat kash etadi. Undan tashqari inson salomatligini tibbiy tiklashda
hayvonlardan foydalanish dasturlari ham mavjud. Yana boshqa bir tomondan,
hayvonlar, bu - parazitologik-gigiyenik muammolar va xavfsizlik muammosi.
Egasiz hayvonlar turli xil kasalliklami tarqatuvchi bo‘lib, yovvoyi itlar galalari
inson uchun xavf tug‘diradi. Shuning uchun, qonunchilik darajasida uy
hayvonlarini saqlash va yovvoyi hayvonlarni uy hayvonlari sifatida saqlash
sharoitlarini tartibga solish zaruriyati mavjud. “Kichik ukalarmizga bo‘lgan”
tolerant munosabatda bo lishni tarbiyalash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
ʻ
Inson bilan yonma-yon yashashga hayvonalrning nisbatan kamchilik turi
moslasha oldi. Ular, mazmunan, ular tomonidan yaratilmagan landshaftdan
foydaladigan kvartirant hisoblanadi. Inson tabiiy muhitni buzar ekan, unda
organizmlarning kichik bir guruhlar turiga joy qoldiradi. Odatda, bular uy
hayvonlari va o‘simliklar, shuningdek kichik xonadoshlar guruhi, ba’zida inson
parazitlari. Ularni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin:
1) bu barcha turlarning vakillari-birlamchi faunaning qoldiqlari bo‘lib, u
yoki bu darajada o‘zgartirilgan “tabiat orolchalarida” omon qolishgan
sayilgohlar, bog‘lar va yalangliklar turg‘unlari (turli-tuman hasharotlar, sayroqi
qushlar va kemiruvchilar, yoki o‘rmon bog‘lardagi quyonlar, tulkilar va
66](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_65.png)
![olmaxonlar). Bunday hayvonlar ba’zida fakultativ sinantrop deb ham ataladi,
chunki ular, shunday muvaffaqiyat bilan ham tabiiy tizimlarda va
urbanizatsiyalashgan tizimlarda ham agar inson ularga yetarli sharoit qoldirgan
bo‘lsa yashab ketish qobiliyatiga ega. Unday hayvon turlari, shahar chekkalari
odatiy bo‘lib u yerda shahar muhiti inson tomonidan kam o‘zgartirilgan
orolchalar ekotizimi bilan aralashib ketadi o‘rmon bog‘lar. ikkilamchi
o‘rmonlar, dalalar, bosh maydonchalar) kottedj qurilmalari, dala-hovli
qo‘rg‘onlari, shahar tashqarisiga chiqarilgan korxonalar keng tarqalishi bilan,
ko‘pgina turdagi yovvoyi hayvonlar bunday chegaradosh hududlarga bevosita
integratsiyalashuvi mumkin
2) bu shunday hayvonlarki, butun shahar ular uchun yashash joyi
hisoblanib, ular tabiat orolchalariga emas, aksincha zich qurilmalarga intiladi.
Aynan shu hayvonlari sinantrop deb ataydilar: kulrang kabutar, uy chumchug i,ʻ
kulrang kalamush. uy sichqoni. Ular inson tomonidan o‘zlari bilmagan holda
shaharga olib kelingan, yoki ularning o‘zlari shaharga o‘tib olgan.
Shahar joylashgan tabiiy-iqlim sharoitlariga ko‘ra, ularga quyidagilar
kirishi mumkin:
o‘rab turgan tabiiy biotsenozlarga xos bo‘lgan turlar - ular shaharga
mustaqil ravishda ko‘chib o‘tadilar.
ushbu geografik zonaning tabiiy ekotizimlarida yashamagan turlari
uchun bunday misol - kulrang kalamush.
Bunday hayvonlar inson bilan birga joylashadi, asosan ko‘proq tasodifiy olib
kelinishi tufayli ba’zida, aholi punktlari bir biriga nisbatan zich joylashganda -
punktdan punktgacha migratsiya qilishi orqali. Shahar sharoitlarida bunday
hayvonlar obligat sinantroplarga kiritilishi mumkin (ya’ni, ular insonlar
yashaydigan aholi punktlari bor joylarda yashaydi).
3) Bu shahar uy hayvonlari. Bular inson tomonidan atayin shahar
faunasiga kirtilgan turlar. Oldingi ikkita guruhga nisbatan olganda, ular inson
bilan yashashga o‘zlari moslashmagan, aksincha insonlarning o‘zlari ulami o‘z
ehtiyojlaridan kelib chiqib, xonakilashtirish jarayonlari va sun’iy tanlash
67](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_66.png)
![natijasida moslashtirigan. Shaharlar uchun bunday turlarga itlar va mushuklar
kiradi. (shahar sharoitida ularning bir qismi doimiy ravishda ko‘chada bo‘lib,
nazoratsiz, egasiz qolib ikkilamchi ravishda yovvoyilashuvi mumkin) Shunisi
qiziqki, turli guruhlarning paydo bo‘lishi, turli ravishda insonning maqsadi va
maqsadsiz faoliyati bilan bog‘liq. Uchinchi guruh vakillari uy hayvonlari
atayin shahar hayvonot olamiga kiritilgan. Ikkinchi guruh hech qachon ataylab
kiritilmagan. Yovvoyilashgan kulrang kabutarlari istisno qilganda), lekin
paradoks. shundan iboratki, aynan ushbu guruh vakillari soni ko‘pchilikni
tashkil etmoqda. Birinchi guruh vakillari odatda kamchilikni tashkil etadi.
shahar faunasi tarkibiga ataylab kiritilmaydi, lekin, shaharning odatiy
Landshaftiga estetik qo‘shimcha sifatida jalb qilinadi va shaharliklar
tomonidan iliq kutib olinadi. Ulardan faqat bir nechta turigina, birinchi
guruhdan ikkinchi guruhga o‘tadi.
Shahar faunasidagilardan insonlarda eng katta tashvish uyg‘otuvchi
hayvonlar, egasiz hayvonlar hisoblanib, ularga asosan, itlar va mushuklar
kiradi. Ular inson uchun juda xavfli: sanitar epidemiologik vaziyatni
yomonlashtiradi, chunki ba’zi kasalliklami tarqatishi mumkin (quturish,
leptospiroz, gelmintozlar va boshqalar); insonlarga hujum qilish holatlari ham
uchraydi. Ko'pincha egasiz itlar galalarga uyushib, nafaqat insonlarga, balki
boshqa uy hayvonlariga ham xavf tug‘diradi. Yuqorilardagidan kelib chiqqan
holda, yovvoyilashgan hayvonlar sonini tartibga solib turish shart.
Shahar hududlarida qushlar ichida eng ko‘p tarqalganlari kulrang qarg‘a,
kulrang kabutar va uy chumchug‘i hisoblanadi. Ushbu turlarga qushlaming
70% dan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Suzib yuruvchi qushlar, yetarli sharoitlar mavjud
bo‘lganda shahar hududlarini nisbatan osongina o‘zlashtiradi. Ulardan ekologik
jihatdan eng moslashuvchan turi bu maldard-o‘rdak bo‘lib, ular kichik suv
havzalarida, shahar va shahar atrofidagi hovuzlarda, daryolar vodiylari va
o'zanlarida istiqomat qilisha qobiliyatiga ega. Shahar sharoitlariga sinitsalar,
tez moslashadi, ko‘pincha qorachiqlar, pikalar, yog‘och o‘roqchilar,
tryasoguzkalar, va boshqa qushlarni uchratish mumkin. Skvorets qaldirg‘och,
68](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_67.png)
![zyabli va shchegol kabi qushlar shaharlarda nomuntazam ravishda kam
miqdorda uya quradi.
Shahar muhitida amfibiyalar va sudralib yuruvchilarga amfibiyalar
oyoqsizlar (qurtlar), damlilar tsalamandralar, tritenlari va dumsiz amfibiyalar
kiradi (qurbaqalar) kiradi. Sudralib yuruvchilar sinfidan quyidagilarni ajratish
mumkin: Ular inson zararli bo‘lgan hasharotlarni yeyish bilan unga foyda
keltiradi. Shahar sharoitida hasharotler. Hadamlar bizning sayyoramizda 50
mln yildan beri xo‘jayinlik qilmoqda.
Xonaki pashsha-insoning ajralmas sherigidir (sinantrop), u yovvoyi
muhitni allaqachon tark etgan bo‘lib, shahar muhitida yashashni afzal biladi.
Pashsha turli kasalliklarni faol tarqatuvchi hisoblanadi. Pashsha salmonells,
stafilokokk, ichak tayoqchalor shigella mikroblarini tarqatishi mumkin. Ushbu
bakteriyalar hayvonlarda, vabo, ich ketish, gopati, poliomiyelit, sil
kasalliklarini qo‘zg‘atadi. Lekin, boshqa tomondan, pashshaning lichinkalari,
katta miqdordagi chirindilarni yo‘q qiladi.
Suvaraklar, ayniqsa malla (prusak) va qoralari, haqiqiy) yoki jiddiy
sinantrop hisoblanadi. O‘zbekistonda malt suvaraklar keng tarqalgan.
Suvaraklar o‘zini 30 da juda qulay his qiladi, undan past haroratda ularning℃
rivojlanishi sekinlashadi, temperaturaning -5 gacha tushishi ular uchun
℃
halokatli hisoblanadi, Suvaraklar insonlar uchun katta xavf tug‘diradi: ular
nafaqat oziq-ovqatlari buzadi balki turli kasalliklarni tarqatadi (tif, vabo, ich
ketish, oil, qurtar tuxumlari ), o‘lik suvaraklar terisi o‘zidan kuchli allergen
moddalar chiqaradi. Xonaki suvaraklar bilan kurashish muhim ahamiyat kasb
etadi. Chivinlar barcha joylarda tarqalgan. Ushbu hasharotning 20 mingdan
ortiq turi ma’lum. Shaharda uchraydigan chivinlarning asosiy turlari chiyildoq-
chivin (an’aviy “yerto‘la chivini, bezgak chivini. Chivinlaming so‘nggi turida
so‘lak bezlarida plazmodiy mavjud-inson qoni paraziti.
Qon so‘ruvchi, shundan kelib chiqqan holda inson uchun xavfli bu
chivinlarning urg‘ochisi sanaladi, erkak chivinlar esa o‘simliklarning sharbati
bilan oziqlanadi. Chivinlar bilan kurashish muhim ahamiyat kasb etadi.
69](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_68.png)
![Chumolilar insonlar yonida birinchi marta XVIII asrlarning oxirida janubiy
yarimsharda suzib yuruvchi kemalarda paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi.
Endi chumolilar deyarli barcha joyda yashaydi. Chumolilar, arilar singari,
sanitarlar funksiyasini bajaradi, o‘zining naslini o‘simlik yashil massasini
iste’mol qiluvchi o‘lik yoki shol bo‘lib qolgan hasharotlar bilan boqadi. Turar
joylarda paydo bo‘lishi bilan, insonga noqulaylik keltirishi mumkin bo‘lgan
chumolilar. inson va hayvonlarga turli kasalliklar yuqtirishi mumkin.
Katta harakatlarga qaramasdan, chumolilarga ekologik jihatdan ziyonsiz va
samarali kurash vositasi hanuzgacha topilmagan. Turli zaharlarni qo‘llash esa,
chumolilardan tashqari insoning o‘ziga ham xavf tug‘diradi. Shunday qilib,
hayvonlar shaharda, ekologik va ijtimoiy-psixologik funksiyalarni bajaradi.
Hayvonlarning ekologik o‘mi, shundan iboratki, ular turli darajadagi
urboekotizimning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ularsiz, insonni o‘rab turuvchi
muhitning mavjudligi va faoliyati ya’ni “tabiiyligini” ta’minlash mumkin
emas.
4.2. Urboekotizimlar yashil ekinlari.
Yashil ekinlarning asosiy ekologik funksiyasi fotosintez hisobiga
birlamchi mahsulot olish. Shahar ekotizimi yashil o‘simliklar bajaradigan
boshqa funksiyalar ham muhim ahamiyatga ega. Ular qatoriga shahar havo
muhiti sifatini yaxshilash va sog‘lomlashtirish, mikroiqlimga foydali ta’sir
ko‘rsatish kiradi. Bundan tashqari, yashil o‘simliklar eroziyaga qarshi, estetik
va me’moriy- rejalashtirish funksiyalarini bajaradi. O‘simliklar tomonidan
havo sifatini yaxshilash, ular tomonidan kislorod chiqarish va gaz oksidini
yutish hisobiga amalga oshiriladi. Terak eng kop kislorod chiqaruvchi daraxt
hisoblanadi. Bundan tashqari, 196 daraxt-buta ekinlari ustidagi atmosferada
manfiy zaryadlangan ionlar konsentratsiyasi oshib boradi, o‘z navbatida bu
inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Yashil ekinlar atmosfera havosini
ifloslantiruvchilaming assimulyatsiyasi va filtratsiyasini kuchaytiradi. Ular
chang, aerozollar va zararli gazlami ushlab qolish xususiyatiga ega. Changni
70](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_69.png)
![eng ko‘p turib qolish xususiyatiga ega daraxtlarga nilufar va qarag‘ay, eng kam
eman va archa kiradi.
Yashil ekinlar, havodagi og‘ir metallami o‘ziga singdiradi. Ignabargli
daraxtlarning yuqori qismi qo‘rg‘oshin, rux. kobalt. xrom, mis, titan,
molibdenlarni adsorbsiyalash xususiyatiga ega. Qo‘rg‘oshinni terak va zarang
daraxtlari yutadi. Yashil o‘simliklar atmosfera havosida patogen agentlar
rivojlanishi bartaraf qiluvchi biologik faol moddalarni ajratadi. Yashil ekinlar
tovush tebranishlarini bartaraf qilish hisobiga shovqin darajasini pasaytiradi.
Mikroiqlim yaxshilanishi quyidagi jarayonlar hisobiga amalga oshadi. Yashil
ekinlar shamol rejimini barqarorlashtirib, havo oqimini diffuziya jarayonlariga
jalb etadi. Ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar havoning namligini oshirishga
qodir. Daraxtlar va butalar, o‘tlar va gullarning barglar yuzasi, shu o‘simliklar
band etgan maydonni 20 baravar va undan ham ortiqroq. Yashil o‘simliklar
namlik darajasining sutkalik va mavsumiy tebranishlarini kamaytiradi.
O‘simlik qatlami yog'inlarning bir qismini to‘xtatib qoladi va yer yuzi oqimini
kamaytiradi. O‘simliklar sachraydigan gruntlarni, yonbag‘irlardagi tuproqlarni
mustahkamlaydi, shu bilan eroziya darajasini kamaytiradi. Yashil qurilish
zamonaviy shaharsozlikning ajralmas qismi hisoblanadi. Bog'lar. sayilgohlar,
xiyobonlar, bulvarlar, himoya ekinlari. O‘rmon bog‘lari, shahar atrofidagi
o‘rmonlar shahar landshaftining ajralmas qismi bo‘lib, shaharning rejalashtirish
tarkibiga kiradi. Har bir shahar turg‘uniga umumfoydalaniladigan yashil
ekinlar maydoni 11.8 m 2
ni tashkil etadi.
4.3. Urboekotizimlarda daraxtlar va butalar assortimentini tanlash.
Avtotransport va sanoat korxonalarining gaz chiqindilari. zaharli
moddalar, shahar o‘simligiga ta‘sir ko‘rsatadi. Daraxt tanasi asosiy qismining
shohlarining tezkor ravishda qurishi, tanasi va shohlarning chiziqli o‘sishi
sekinlashadi, kurtak yozish jarayonlari kurtaklarning o‘lishi hisobiga
kamayadi. Bu yerda shahardagi boshqa turdagi o‘simliklarga nisbatan,
ko‘chada ekilgan daraxt o‘simliklarining holati sezilarli ravishda murakkab
O‘simliklarning eng ko‘p siqilishi holatlari, chorrahalarda kuzatiladi. Transport
71](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_70.png)
![oqimlaridan chiqadigan gaz-chang chiqindilari intensivligi va daraxtlarning
tashqi ko‘rinishi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud.
Shahar sharoitida yashil ekinlar nisbatan nimjon bo‘lib, xasharotlar
hujumiga va zamburug‘li kasalliklarga dosh bera olmaydi. Qarag‘ay ekinlarini,
ilm oqimli zabolonnik lichinkalari egallaydi, bu esa o‘z navbatida daraxtlarni
“golland kasalligi” bilan zararlaydi. Shu yerda bir-ikki oy ichida ilmlaming
qurishi yuz heradi. Uning og‘ir shakli qurg‘oqchil yillarda kuzatiladi. Ba’zi
yillarda beresklet o‘rgimchak moli bereskletdagi barglarni butunlay yo‘q
qiladi. Uning natijasida, xasharotlar va zamburug‘li kasalliklar kuchayishi
natijasida, daraxtlar o‘zining chiroyini yo‘qotadi, muhitni muhofaza qilish
xususiyatlari pasayib boradi va qurib qoladi. Yo‘l bo‘yi hududlari, sanoat
korxonalari sanitar-himoya qilish zonalari va shahaming boshqa sanoat va
avtotransport funksiyalari rivojlangan qismlarini ko‘kalamzorlashtirishda
daraxtlar va butalar assortimentini tanlashda ulaming atmosferani
ifloslantirishga biologik chidamligi va muhitni muhofaza qilishi xususiyatlarini
e’tiborga olish, ushbu joyda o‘suvchi o'simliklarni tanlash zarur.
Yo‘l bo‘yi hududlarining, shovqindan himoya qilish ekranlar funksiyasini
bajaruvchi o‘simliklar, shohdor qalin va zich barglarga yoki ignalarga ega
bo‘lishi kerak. Daraxtlar qalin va zich barglarga yoki ignalarga ega bo‘lishi
kerak. Daraxtlar balandligi 5.8 metrdan past bo‘lmasligi kerak. Darat ostidagi
bo‘shliqlar maksimal darajadagi zichlikka ega bo‘lgan butalar bilan to‘ldirilishi
kerak. Shovqindan himoya qiluvchi yashil ekinlar qatori bir qator daraxtlardan
ihorat bo‘lishi mumkin bir qatorli. Shovqindan himoya qilishda eng samarali
bo‘lgan, daraxtlari shaxmat tarzida ekish usulidan keng foydalaniladi.
Qatorning eni 10 m dan 20 m gacha bo‘lishi shovqin darajasini 4-8 Dba gacha
pasaytirish imkonini beradi. Eni 20 m dan 25 m gacha va oralig‘i 3-5 m
bo‘lgan ikki qatorli ekinlar shovqin darajasini 8-10 Dba gacha pasaytiradi. Eni
26 m dan 30 m gacha bo‘lgan ikki yoki uchqatorli ekinlar shovqin darajasini
10-12 Dba gacha pasaytiradi. Ushbu iqlim mintaqasida o‘suvchi va shahar
muhitiga moslashuvchan, tez o‘suvchi daraxtlar va butalar tavsiya etiladi.
72](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_71.png)
![Shaharlarning me’moriy-rejalashtirish kompozitsiyalarida o‘simliklar
estetik xususiyatlarga ega bo‘lishlari zarur chiroyli kronalar, kurtaklar, barglar,
gullar, mevalarga ega bo‘lishi kerak. Yashil ekinlar rekonstruksiyasini ularning
yosh tarkibini hisobga olgan holda o‘tkazish zarur. Yetuk va yetishib ketgan
daraxt poyalar yosh o‘zgarishlaridan kelib chiqib o‘zlarining biologik muhitni
muhofaza qilish va estetik funksiyalarini yo‘qotadi.
O‘simliklar assortimentini tanlashda ulaming allergopatologik
xususiyatlarini hisobga olish zarur. Shahar havo muhitining sanitar gigiyenik
holatiga terakning urg‘ochi utralari urug‘larni sochish davrida salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bunday holat ayniqsa so‘nggi yillarda ko‘payib borayotgan bo‘lib,
aholi orasida allergik kasallikning oshib borayotganligini kuzatish mumkin.
Sanitar-muhofaza va ishlab chiqarish zonalarining hududlari korxonani
qurishni va qayta qurishni loyihasi bilan birvarakayiga ishlab chiqilgan loyiha
asosida obodonlashtirilishi va ko‘kalamzorlashtirilishi lozim.
Ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlami qurilishi boshlanishidan oldin bo‘sh
uchastkalarda boshlash mumkin bo lib, korxonani ishga tushirgunga qadarʻ
zararli chiqindilarni bartaraf qilish uchun yashil ekinlar mavjud bo‘lishi kerak.
Sanitar-muhofaza zonasining umumiy balansida maydonning 10 foizi bino va
inshootlarga. 20 foizi barcha turdagi kommunikatsiyalar uchun, 30 foizi
qishloq xo‘jalik ekinlari uchun (asosan texnik ekinlar) ajratiladi. Yashil ekinlar
maydonning 40% idan kam bo‘lmagan hududini egallashi, lekin
ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar maydoni 70-80% ga qadar ko‘paytirilishi
mumkin. Sanitar-muhofaza zona hududida mevali bog‘lar va tomorqalar
joylashtirilishi mumkin emas.
O‘simliklar assortimentiga, ushbu geografik rayonda tabiiy sharoitlar o‘suvchi
va pitomniklarda yetishtiriluvchi o‘simliklar kiritiladi, shu bilan birga ularning
uzoq muddatligi, o‘sish tezligi, o‘sish sharoitlariga talabchanligi, vegetatsiya
davrining davomiyligi, bakteritsidlik xususiyatlari, gazni yutish qobiliyati,
ishlab chiqarish ta’sirlariga bardoshligi, o‘simlikning hayvonlar va insonlarga
ta’siri hisobga olinishi zarur.
73](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_72.png)
![Ko‘kalamzorlashtirish tarkibi - bu yashil o‘simliklarni hajm - makon
jihatdan tashkillashtirilishi bo‘lib, ya’ni ochiq va yopiq maydonlarni ketma-
ketligini ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirishni hajm jihatidan yechimini topish,
ekish turi esa bu daraxtlar va butalarni ko‘kalamzorlashtirilayotgan hududlarda
joylashtirish usullaridan iborat (qatorlar soni, qator oralig‘idagi masofa, daraxt
turlarining ketma-ketligi). Daraxtlarning toq guruhlarini shakllantirish va ularni
shaxmat tartibida joylashtirmaslik tavsiya etiladi.
Ixcham o‘tqazilgan atrofi butalar bilan o‘ralgan bir-nechta daraxtlar guruhi eng
keng tarqalgan usul hisoblanadi. Butalar guruh atrofida yarimaylana bo‘lib
yoki tomoshabinga qaratilgan holda bir tomondan joylashtirilishi mumkin.
Butalar guruhning va daraxtlarning pastki qismini yaxshi dekoratsiyalaydi,
ekinnni zich va qomatli qilib ko‘rsatadi.
Daraxt va butalarni qatorlab ekish:
yayov yuruvchi yo‘lovchilar harakati trassani aniqlash imkonini beradi;
sanoat korxonalari hududlarida turli maqsadlarga qaratilgan
uchastkalarni ajratishning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi;
makon kompozitsiyasining muhim elementi hisoblanadi.
Qatorli ekinlar issiq kunlarda quyoshdan himoya qiladi, trotuar va
alleyalarda ko lanka va yorug'likning jozibador o'yinlarini hosil qiladi. Alleyaliʻ
ekinlar uchun tanasi to'g'ri va piramidali, oval yoki sharsimon kronaga ega
daraxtlar qo'llanilib, alleyaning doimiyligini ta'kidlab turadi: keng yoyilgan
shakllari alleyaga jozibadorlik xususiyatini ato etadi, cheksiz yashil gumbaz
hosil qiladi. Daraxtlarning qatorli ekinlari bir-ikki- va ko'p qatorli bo'lishi
mumkin. Ko'pqatorli ekishda, daraxtlari kvadrat perimetrlari bo'ylab, shaxmat
tartibida (qator oralig'idagi masofa bir xil qilib) yoki guruh qilib, shuningdek
yarusli qilib ekish mumkin.
O‘tish yo‘llari bo‘ylab daraxtlar ekilganda, yayov yo‘lovchilar uchun
qulayliklar yaratish zarur. Buning uchun daraxtlar shtambining balandligi 2
metr va yo‘lovchilar yuradigan alleya bulvar yoki trotuardan masofa 1.5 m. ni
tashkil etishi kerak. Yashil chimlarni turlariga qarab ajratish mumkin.
74](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_73.png)
![Parterli gazonni (inglizcha) muayyan o‘tlar assortimentidan shakllantiriladi
Ular yashil qurilish ob’yektlarining porterlari va boshqa ochiq dekorativ
qismlari uchun ishlatilib, doimiy ravishda tekislab (har o‘n kunda bir) turishni
talab etadi. O‘tloqlardagi gazon teksilanmaydi. aksincha o‘rib turiladi. U oddiy
o‘tloqlardan farqlanib, o‘tlar maxsus tanlanadi, bog‘lar va o‘rmon bog‘lari
massivlarida o‘tloqlarda keng qo‘llaniladi. Gullab turgan gazon (markitan) bir
yillik gullar bilan aralashmadan hosil qilinadi, katta yaylovlarda keng
qo‘llaniladi. Sport uchun gazonlar, sportmaydonchalari uchun qo‘llaniladigan
maxsus barqaror, bosishga chidamli o‘tlarni va maxsus qarovni talab etadi.
O‘simlik qatlamini muhofaza qilishning chora-tadbirlari. O zR qonunchiligigaʻ
binoan barcha yashil ekinlar davlat muhofazasiga olingan. Yerdan foydalanish
huquq berilgan tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, yashil ekinlar muhofazasi
va takror barpo bo‘lishini ta’minlashlari zarur, yashil ekinlarni axlatlar, qurilish
chiqindilari, oqava suvlari bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymasliklari zarur. Yashil
ekinlarni o‘zboshimchalik bilan yo‘qotganlik yoki ziyon yetkazganlik uchun
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari, shuningdek yashil ekinlarga
ziyon yetkazishda bevosita aybdor shaxslar, segishli tartibda javobgarlikka
tortiladi va yetkazilgan ziyon undiriladi.
75](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_74.png)
![XULOSALAR.
Urboekotizim tuproqlarini o ‘ rganish quyidagi xulosalar chiqarishga imkon
beradi:
1. Urboekotizimlar — bu sun’iy ravishda yaratilgan muhit hisoblanadi va u
shahar muhitida hosil bo‘ladi. Shahar muhiti bu – aholisi qishloq xo‘jaligidan
tashqari ishlar bilan shug‘ullanadigan yirik aholi punktlari bo‘lib, u me’moriy
va qurilish ob’ektlaridan tashkil topgan va tabiiy ekotizimlarni keskin ravishda
buzgan beqaror tabiiy–antropogen tizimdir.
2. Samarqand shahar ekotizimidagi tuproq va o‘simliklarning
yomonlashuvining asosiy omillari quyidagilardan iborat: atmosfera
ifloslanishiga ta’sir qilish, rekreatsion yukning yuqori darajasi va antropogen
ta’sirlar bo‘lib, ushbu holatlarni tadqiq etishda shahardagi
ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar asosan, Universitet xiyoboni antropogen
o‘zgargan tuproq qoplami o‘rganildi. Tuproq namunalari hududning turli
nuqtalaridan olindi va namuna olingan joy koordinatalari keltirildi.
3. Urboekotizim tuproqlari holatini ekologik baholash “tuproq — atmosfera
havosi” ta’siri darajasiga qarab baholandi. Bunda tuproq tarkibidagi moddalar
kontsentratsiyasining miqdor ko‘rsatkichlari belgilangan REM (PЭМ)
me’yorlardan oshmaganligini ko‘rsatdi. Buning sababi urboekotizim
tuproqlariga doimiy mos keladigan “yangi” tuproqlarning qo‘shilishi bilan
bog‘liq. Shuningdek urboekotizim tuproqlarini ekologik baholashda “tuproq-
o‘simlik” tadqiqotlarini olib borishning ahamiyati katta. Shahar hududida
yashil maydonlarni tashkil etish mikroiqlimini yaxshilaydi, tuproqni,
binolarning devorlarini, yo‘laklarni haddan tashqari qizib ketishdan saqlaydi,
havo namligini oshiradi, chang zarralarini ushlab turadi, mayda aerozollarni
cho‘ktiradi va gazsimon ifloslantiruvchi moddalarni o‘zlashtiradi.
76](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_75.png)
![TAVSIYALAR.
Urboekotizim tuproqlari holatini ekologik baholash bo‘yicha
o‘rganishlarimiz natijasida quyidagi tuproqlarni yaxshilash chora-tadbirlari
tavsiya etiladi:
1. Urboekotizim tuproqlari tarkibini belgilangan me’yorlar asosida nazorot
qilish, tadqiq etish, amalga oshirilayotgan har qanday qurilish bunyodkorlik
ishlarini olib borishda tuproq qatlamidan oqilona foydalanishni
tashkillashtirish;
2. Antropogen omillarning urboekotizimlarga ta’sirini kamaytirishda
dissertatsiya ishida keltirilganidek, atmosfera ifloslanishini (sanoat, ishlab
chiqarish, turg‘un va ko‘chma manbalardan hosil bo‘ladigan ifloslanishlar)
oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish, shahar yashil maydonlarini barpo
etish. Yashil maydonlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishda
atmosfera isfloslanishiga chidamli bo‘lgan: gujum, lola, ko‘ksarvi, leynadini,
olov ko‘zi, soz oshig‘i, katta tuya guli, oya manzarali, londra chinori, klyon,
yasin, goluboy keparis, eldor sasna, kampak tuya, kashtan, safura, katalpa,
majivelnik, kashtan, oddiy eman, bunduk, gledichiya, yapon saforasi, lola
daraxti, aylant, archa (oddiy, kazak, virgin archasi), sharq biotasi, qarag‘ay
(oddiy, Qrim) kabi daraxt turlarini ekish;
3. Bundan tashqari, urboekotizimlarni hosil qilgan o‘simliklarni
qo‘shimcha oziqlantirish ishlarini amalga oshirish zarur. Ushbu oziqlantirishda
azot, fosfor, kaliy o‘g‘itlari o‘simliklarni butun o‘suv davrida, ayniqsa oziq
moddalariga talab qo‘yiladigan davrda oziq elementlari bilan ta’minlash uchun
eritma sifatida qo‘llanilganda yaxshi samara beradi. Chunki urboekotizimlar
doimiy antropogen ta’sir ostida bo‘ladi. Yilning kuz faslida esa to‘kilgan
daraxt barglarini yig‘ish va obodonlashtirish ishlarining olib borilishi natijasida
urboekotizim tuproqlari tarkibidagi moddalar, xususan gumuslik miqdorini
qashshoqlashishi yuz beradi.
77](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_76.png)
![FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik
nashrlar.
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob хalqimiz
bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston. 2017y.
2. Mirziyoyev Sh.M “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoni.-Toshkent. (O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda), “Xalq so‘zi" gazetasi,
2017 yil 8 fevral 28(6722)-soni. -1 -2 betlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2019 yildagi PF-5863-
son. “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-
muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2021 yildagi PF-46-son
“Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar
muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmoni.
5. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-436-son, 02.12.2022y.
“2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga
o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar.
1. Milliy nashrlar
6. O‘lkashunoslik atlasi Samarqand viloyati [14] Toshkent 2016-y.
7. Баратов П. Ўзбекистон табиий географияси. [15] –Т., Ўқитувчи,
1996- г.
8. Hasanov I., G‘ulomov P.N., Qayumov A. O‘zbekiston tabiiy
geografiyasi (2-qism).[16] O‘quv qo‘llanma. - T.:Universitet, 2010y.
78](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_77.png)
![9. Umarov M., Ashurov G., Saidmurodov F. Samarqand oblasti
geografiyasi. [17] T.: O‘qituvchi, 1989y. – 73 b.
10. Kadirov M.A. Samarqand viloyati geografiyasi [18] Toshkent 2019-y.
11. O‘zbekiston Milliy Atlasi [19] Toshkent 2020-y.
12. Samarqand viloyati hokimligi ma’lumoti [20].
13. Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi ma’lumoti [21].
14. Samarqand viloyati Gidrometeorologiya markazi ma’lumoti [22].
15. Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi
ma’lumoti[28].
16. Egamberdiyeva L.Sh., Egamberdiyev K.F. SHAHAR VA SANOAT
EKOLOGIYASI O‘quv qo‘llanma Toshkent “Shafoat Nur Fayz” 2021y.
17. Косимова С.Т., Бадер О.А.. Шоджалилов Ш. Городская
климатология. ТАСИ, 2005 й .
2. Xorijiy nashrlar
18. Соболева Н.П., Замятина Ю.Л., Барановская Н.В., Жорняк Л.В.
ГЕОУРБАНИСТИКА [9] Томского политехнического университета
2012 г.-301с
19. Тюменцева В.Г., Чубарева М.В. Урбоэкология и мониторинг
Иркутский государственный аграрный университет им. А.А. [10]
Ежевского, 2018г.
20. Реймерс Н. Экология. [11] – Москвa 1998г.
21. Денисова В.В., Экология города [12] 2008г.
22. Литвенкова И.А. Экология городской среды: урбоэкология Курс
лекций.[29] – Витебск: Издательство УО «ВГУ им.
П.М.Машерова», 2005 – 163 с.
23. Петрянина Л.Н., Викторова О.Л., Разживин В.М. УРБАНИСТИКА
И ЭКОЛОГИЯ ГОРОДСКИХ ТЕРРИТОРИЙ Пенза 2015 г.
24. БИТЮКОВА ВИКТОРИЯ РАСУЛОВНА ЭКОЛОГИЯ ГОРОДА
ГЕОФАК МГУ
79](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_78.png)
![25. Еремченко О.З., Шестаков И.Е, Москвина Н.В. “ПОЧВЫ И
ТЕХНОГЕННЫЕ ПОВЕРХНОСТНЫЕ ОБРАЗОВАНИЯ
УРБАНИЗИРОВАННЫХ ТЕРРИТОРИЙ ПЕРМСКОГО
ПРИКАМЬЯ” МОНОГРАФИЯ Пермь 2016 г. 251с.
26. Федорец Н.Г., Медведева М.В. “МЕТОДИКА ИССЛЕДОВАНИЯ
ПОЧВ УРБАНИЗИРОВАННЫХ ТЕРРИТОРИЙ” (учебно-
методическое пособие для студентов и аспирантов эколого-
биологических специальностей) Петрозавод
III. Lug‘atlar
27. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi [7] 2000-2005y.
IV. Arxiv materiallari
28. ГОСТ 17.4.1.02-83. Охрана природы. Почвы. Классификация
химических веществ для контроля загрязнения.
29. ГОСТ 17.4.4.02-84. Охрана природы. Почвы. Методы отбора и
подготовки проб почвы для химического, бактериологического и
гельминтологического анализа.
30. ГОСТ 26204-84, 26213-84. Почвы. Методы анализа.
31. ГОСТ 17.4.3.06-86. Охрана природы. Почвы. Общие требования к
методам определения загрязняющих веществ.
V. Dissertatsiya va avtorefaratlar
32. Шумилова Л.П. “Оценка экологического состояния почв и
воздушной среды г. [5] Благовещенска” 2012г.
33. Александра Б. В . АНТРОПОГЕННЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ ПОЧВ НА
УРБАНИЗИРОВАННЫХ ТЕРРИТОРИЯХ 2020г.
34. Нефедова Т.Г., Трейвиш А.И. (Москва) ПЕРЕСТРОЙКА
РАССЕЛЕНИЯ В СОВРЕМЕННОЙ РОССИИ: УРБАНИЗАЦИЯ
ИЛИ ДЕЗУРБАНИЗАЦИЯ? “УРБАНИЗАЦИЯ И ГЕОГРАФИЯ
ГОРОДОВ” РЕГИОНАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ №2 (56), 2017 г .
80](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_79.png)
![35. Шестаков Игорь Евгеньевич ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ
ПОЧВЕННОГО ПОКРОВА г. ПЕРМИ Автореферат диссертации
Пермь – 2012
36. ПОПОВА Л.Ф., НАКВАСИНА Е.Н. НОРМИРОВАНИЕ
КАЧЕСТВА ГОРОДСКИХ ПОЧВ И ОРГАНИЗАЦИЯ ПОЧВЕННО-
ХИМИЧЕСКОГО МОНИТОРИНГА Учебное пособие Архангельск
– 2014
VI. Ilmiy to‘plam, jurnal va gazetalardagi maqolalar
37. Вестник Университета правителства Москвa., Научно-практический
журнал. [8]
38. Гладков Е.А. Влияние комплексного взаимодействия тяжелых
металлов на растения мегаполисов // Экология. [23] 2007 г . № 1. С.
71-74.
39. Строганова М.Н., Мягкова А.Д., Прокофьева Т.В. Роль почв в
городских экосистемах// [23] Почвоведение. 1997 г . № 1. С. 96-101 с .
40. Прокофьева Т.В., Строганова М.Н. Почвы Москвы. [24] М.: ГЕОС,
2004 г . 60 с.
41. Рохмистров, В.Л. Изменение дерново-подзолистых почв в условиях
крупного промышленного центра / [25] В.Л. Рохмистров, Г.Т.
Иванова //Почвоведение. – 1985. – №5. – С. 71-76.
42. Богданов, Н.А. Анализ микроэлементного состава почвогрунта при
диагностике изменчивости состояния урбанизированных
территорий /Н.А. Богданов, А.Н. Бармин, М.М. Иолин // Проблемы
региональной экологии. – [26] 2011. – № 4. – С. 76-81.
43. Баранова JI.A. Экологический мониторинг состояния атмосферного
воздуха, почвы и растительности вокруг ТЭЦ г. Тюмени // [27]
Материалы 5-ой Международной.
44. Anne Blanchart, Geoffroy Séré, Johan Cherel, Gilles Warot, Marie
Stas, т Consalès Jean Noël, Jean-Louis Morel, Christophe Schwartz
81](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_80.png)
![“ Towards an operational methodology to optimize ecosystem services
provided by urban soils 5 Feb 2019.
45. Современная экология: образование, наука, практика Материалы
международной научно-практической конференции (г. Воронеж, 4 -
6 октября 2017 г.) Том 2 Воронеж Издательство «Научная книга»
2017
46. Тригуб В.И., Городские почвы как особий вид почв Ученые записки
таврического национального университета имени В.И. Вернадского
серия География Том 24 (63). 2011г. 321-325с.
VII. Internet saytlari
47. https://znaytovar.ru
48. https: //www.wikipedia.org
49. https: //www.Ziyonet.uz
50. https: //www.stat.uz
51. https: //www.tpfdiakom.ru
52. https://studentopedia.ru
53. https:// yuz.uz
82](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_81.png)
![ATAMALAR
1. Urbanizatsiya — (frans.– urbanisation, ing.– urbanization, lot. Urbanus
shaharga mansub, urbs.–shahar) jamiyat hayotida shaharlar ro‘lining
ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining
ijtimoiy, d е mografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi
o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
2. Urboekologiya — lotin tilidan tarjima qilinganda ,,Urbanus (urbos;
urbs,)–shahar, oikos-uy, makon, logos–fan, o‘rganish“ degan ma’noni
bildiradi. Urboekologiya—urbanizatsiya va tabiiy–muhit o‘rtasidagi
o‘zaro ta’sir jarayonlarini o‘rganadi.
3. Urboekotizimlar — me’moriy va qurilish ob’ektlaridan tashkil topgan
va tabiiy ekotizimlarni keskin ravishda buzgan beqaror tabiiy–
antropogen tizim” hisoblanadi.
4. Shahar tuproqlari — inson faoliyati natijasida hosil bo‘lgan, urbanogen
kelib chiqadigan materiallarni aralashtirish, to‘ldirish, ko‘mish yoki
ifloslanish natijasida hosil bo‘lgan 50 sm dan ortiq sirt qatlamiga ega
bo‘lgan antropogen o‘zgargan tuproqlar.
5. ГОСТ (Государственный стандарт) — davlat standarti me э yoriy
hujjat bo‘lib, uning talablariga muvofiq ishlab chiqarish jarayonlarini
standartlashtirish va xizmatlar ko‘rsatish amalga oshiriladi; MDH ning
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha
davlatlararo kengashi tomonidan qabul qilingan mintaqaviy standart.
6. ПДК (предельно допустимая концентрация)- ruxsat etilgan maksimal
konsentrasiya ( REK ) — atrof-muhitdagi kimyoviy elementlar va ular
birikmalarining maksimal kontsentratsiyasi. Bu birikmalar uzoq vaqt
davomida insonga kundalik ta’sir etganda ham uning salomatligiga
amalda ta’sir qilmaydigan va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan
zararli moddaning atrof-muhitdagi tarkibining qonuniy ravishda
belgilangan standarti.
83](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_82.png)
![ILOVALAR.
2.1.1. Ilova. 2019-yil davomida Samarqand viloyatining gidrometeorologik
ko‘rsatkichlari.
Meteorologik
h odisalarYanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Dekabr
Havo harorati
oylar uchun
o‘rtacha
mak/min harorat 6,4 6,7 10,5/
11,4 15,9/1
6,7 22,2/
-19,4 27,2/
25,0 32,4/
-30,6 29,0/
20 23,8/-
25,4 13,3/
20,3 11,1 7,7
Oylik o‘rtacha
havo harorati 5,7 4,6 11,5 14,7 20,8 24,4 29,5 26 20,4 15,3 5 6,5
Quyosh
yog‘dusi
davomiyligi
o‘rtacha oylar
uchun (soat) 115,3 96,9 194,7 138 310,9 323,6 391,4 356 1048
2 252,7 183,8 132,
1
Bulutlanish
umumiy
ko‘rsatkichi
(o‘rtacha) (ball) 193 96,9 195 224 100 110 31 17 65 88 107 191
Shamolning
tezligi m/sek 9-
18m/
s 6-
13m/s 5-
12m/s 7-
13m/s 4-
11m/s 5-
12m/s 6-
12m/s 5-
11m/s 5-
12m/s 4-
10m/s 4-
12m/s 9-
18
m/s
Yog‘in miqdori
oylik (o‘rtacha
mm) 61,1 30,1 79,2 147,3 34,7 18 37 x 5,2 17,8 30,3 21,7
Havo namligi
(oylik o‘rtacha
%) 66 73 73 80 53 44 x 41/
38,2 47 53 75 69
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining
2019-yil 12 oy mobaynida Samarqand shahrining tuproq yuzidagi
havo harorati
T/r Oylar Tuproq yuzidagi harorat
2 sm
balandlikda
minimal
harorat.
maksimal minimal
1 Yanvar 20,4 -4,4 -4,4
2 Fevral 23,2 -3,9 -3,9
3 Mart 46,7 -1,5 -1,5
4 Aprel 49 5,5 5,5
5 May 33,4 9,6 9,6
6 Iyun 69,1 11 11
7 Iyul 40,4 19 19
8 Avgust 69 9 9
9 Sentabr 58,5 5,5 5,5
10 Oktabr 48,1 1 1
11 Noyabr 28,2 -7,4 -7,4
12 Dekabr 28 -4,8 -4,8
84](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_83.png)
![2.1.2. Ilova. 2020-yil davomida Samarqand viloyatining gidrometeorologik
ko‘rsatkichlari.
Meteorologik
h odisalarYanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Dekabr
Havo harorati
oylar uchun
o‘rtacha
mak/min harorat 21,3/
4 24,0/-
5,2 13,4/-
7,3 34,4/-
1,5 34,9/
11,8 38,0/
11,7 38,4/
18,8 37,4/
13,3 19,8/
9,2 24,5/
0,5 4,0/-
3,1 4,7/
-8,1
Oylik o‘rtacha
havo harorati 1,4 6,6 11 15 20,6 25,7 27,7 26,5 19,1 12,3 13,6 0,4
Quyosh
yog‘dusi
davomiyligi
o‘rtacha oylar
uchun (soat) 99,7 133 183,1 203 287,5 108,4 11,5 102,4 2850/
9,5 263,3
/8,5 142,3 82,9
Bulutlanish
umumiy
ko‘rsatkichi
(o‘rtacha) (ball) 224 184 179 177 127 35 24 27 48 47 147 212
Shamolning
tezligi m/sek 8-
15m/
s 9-
19m/s 6-
12m/s 9-
15m/s 4-
16m/s 4-
12m/s 4-
11m/s 3-
9m/s 4-
12m/s 4-
10m/s 4-
13m/s 3-
9m/
s
Yog‘in miqdori
oylik (o‘rtacha
mm) 66,5 52,6 74,3 99,1 101,8 x 0,3 15,4 4 x 35,7 20,9
Havo namligi
(oylik o‘rtacha
%) 82 6,9 67 70 61,8 35 38 46 45 51 67,4 83
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining
2020-yil 12 oy mobaynida Samarqand shahrining tuproq yuzidagi havo
harorati
T/r Oylar Tuproq yuzidagi harorat
2 sm balandlikda
minimal harorat.
maksimal minimal
1 Yanvar 18,6 -9 -9
2 Fevral 31,7 -4,4 -4,4
3 Mart 43,5 -2,9 -2,9
4 Aprel 56,5 -1 -1
5 May 62,5 8 8
6 Iyun 65 9,2 9,2
7 Iyul 70,6 12 12
8 Avgust 67,5 12,8 12,8
9 Sentabr 58,4 3,6 3,6
10 Oktabr 47,5 -2,5 -2,5
11 Noyabr 38,7 -16 16
85](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_84.png)
![12 Dekabr 14 -14,2 -14,2
2.1.3. Ilova. 2021-yil davomida Samarqand viloyatining gidrometeorologik
ko‘rsatkichlari.
Meteorologik
h odisalarYanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Dekabr
Havo harorati
oylar uchun
o‘rtacha
mak/min harorat 2,6 7,8 11,0/-
9,5 21,8/-
18,6 26,2/
22,8 33,2/
-29,1 35,3/-
31,1 32,5/-
30,6 24,3/-
26,0 12,0/-
20,1 11,2 8,2
Oylik o‘rtacha
havo harorati 2,3 8,2 9,5 19,8 23,3 27,7 29,2 26,7 23 11,5 6,7 6,9
Quyosh
yog‘dusi
davomiyligi
o‘rtacha oylar
uchun (soat) 66 16,6 156,1 102 313,7 131,2
/13,2 138,8 341,7 310,3 228,8 170,7 141,
9
Bulutlanish
umumiy
ko‘rsatkichi
(o‘rtacha) (ball) 107 157 212 25 104 5 7 20 8 99 106 153
Shamolning
tezligi m/sek 5-
14m/
s 4-
12m/s 8-
16m/s 7-
10m/s 4-
16m/s 3-
9m/s 4-
12m/s 6-
12m/s 4-
9m/s 4-
10m/s 5-
13m/s 8-
17
m/s
Yog‘in miqdori
oylik (o‘rtacha
mm) 0,1 23,8 72,7 x 12,8 x x x x 7,5 14,9 19,4
Havo namligi
(oylik o‘rtacha
%) 64 63 68 44 44 30 33 36 37 55 66 63
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining
2021-yil 12 oy mobaynida Samarqand shaxrining tuproq yuzidagi havo
harorati
T/r Oylar Tuproq yuzidagi harorat
2 sm balandlikda
minimal harorat.
maksimal minimal
1 Yanvar 22,5 -9,9 -9,9
2 Fevral 37,5 -10,3 -10,3
3 Mart 35,5 -5,5 -5,5
4 Aprel 58,5 4,5 4,5
5 May 66 8 8
6 Iyun 65 10 10
7 Iyul 68,5 16,6 16,6
8 Avgust 64,5 12 12
9 Sentabr 61 9 9
10 Oktabr 43,5 -4,7 -4,7
86](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_85.png)
![11 Noyabr 27,6 -7 -7
12 Dekabr 23,5 -8,9 -8,9
3.1.1. Ilova. Bolg‘a boshi bilan tuproqdan namuna olish vositasi.
3.1.2. Ilova. Tuproqdan namuna oluvchi Puerckhauer vositasi
87](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_86.png)
![3.1. 3 . Ilova. Tuproqdan namuna oluvchi jihozning nusxa modeli
Umumiy uzunlik 81 sm , namuna olish chuqurligi 60 sm , tashqi diametri 25
mm , ichki diametri 15 mm , umumiy og ‘ irligi 3,5 kg .
88](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_87.png)
![3.2.4. Ilova. Samarqand shahriga yaqin hududda joylashgan
“UZBIOKOMBINAT” sanoat ob’ekti tuproq tarkibidagi
moddalarning miqdori.
№
Tuproq
tarkibidagi
ingradientla
r Moddalarning tuproq tarkibidagi miqdori (100
mg/kg)
Qatlam
chuqurlik
, 0-30 sm, Amaldagi
konsentratsiy
a
(24.02.2022-y)
1-chorak Amaldagi
konsentratsiy
a
(9.09.2022-y)
2-chorak ND
hujjat
raqami
(miqdor
i ПДК )
1 Ph
miqdori
0-10 sm
10-20 sm
20-30 sm
1.Sharq;
2.Janub;
3.G‘arb;
4.Shimol: 7,0; 6,5; 7,2;
6,8: 7,0; 7,0; 7,0;
7,0: 6,5-8,5
2 Gumus 1,8; 1,6; 1,4;
1,2: 1,2; 1,2; 1,2;
1,2; Fon
3 Nitratlar
mg/l (NO
3 ) 60,5; 62,4;
61,6; 61,8: 120,0; 120,0;
120,0; 120,0: 130
4 Fosfat ioni
(P
2 O
5 ) 10,2; 10,4;
10,0; 10,2; 20,0; 20,0;
20,0; 20,0: 27,2
5 Mis (Cu) 1,2; 0,98;
0,96; 0,96: 1,2; 1,2; 1,2;
1,2: 3
6 Xrom (Cr) 0,88; 0,86;
0,84; 0,86: 2,0; 2,0; 2,0;
2,0: 6
7 Ftor (F) 0,88; 0,86;
0,84; 0,86: xx 2,8
8 Rux (Zn) xx xx 23,6
89](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_88.png)
![3.2.5. Ilova. Samarqand shahriga yaqin hududda joylashgan
“Zarafshon milliy tabiat bog‘i” tuproq tarkibidagi moddalarning miqdori.
№ Tuproq
tarkibidagi
ingradientlar Moddalarning tuproq tarkibidagi miqdori (100 mg/kg)
Qatlam
chuqurlik
0-30 sm Amaldagi
konsentratsiya
(28.02.2022-y)
1-chorak Amaldagi
konsentratsiya
(24.11.2022-y)
2-chorak ND
hujjat
raqami
(miqdori
ПДК )
1 Ph
miqdori
0-10 sm
10-20 sm
20-30 sm
1.Sharq;
2.Janub;
3.G‘arb;
4.Shimol: 6,5; 7,2; 7,8;
6,8: 6,5; 7,0; 7,5;
8,0 6,5-8,5
2 Gumus 2,2; 2,8; 2,2;
2,8: 1,6; 1,8; 1,4;
1,2: Fon
3 Nitratlar
mg/l (NO
3 ) 92,0; 88,0;
87,0; 88,0: 58,0; 60,0;
56,0; 62,0 130
4 Fosfat ioni
(P
2 O
5 ) 18,4; 18,6;
18,3; 18,7: 16,0; 14,0;
18,0; 16,0; 27,2
5 Mis (Cu) 1,4; 1,5; 1,3;
1,4: 1,0; 1,2; 1,0;
1,4: 3
6 Xrom (Cr) 2,5; 2,4; 2,4;
2,2: 2,0; 2,2; 2,0;
2,4: 6
7 Ftor (F) 1,8; 1,5; 1,8;
1,5: 2,8
8 Rux (Zn) xx xx 23,6
90](/data/documents/be49d58c-f8d4-4eb3-85ed-fbc08903e356/page_89.png)
URBOEKOTIZIM TUPROQLARI HOLATINI EKOLOGIK BAHOLASH” (SAMARQAND SHAHRI MISOLIDA ) MUNDARIJA KIRISH …………………………………………….…………………………..5 UMUMIY QISM I-BOB. ADABIYOTLAR SHARHI 1.1. Urboekotizim tuproqlarining o‘rganilishi, tarixi.........................................9 1.2. Samarqand viloyatining tabiiy-geografik sharoiti ...... ................................15 I I-BOB. TADQIQOT SHAROITLARI, OB ’ EKTI VA USLUBLARI 2.1. Tadqiqot sharoiti: ………… ..... ………… ………...…... ………… ............23 2.2. Tadqiqot ob ’ ekt i:............. ……………………… ……... ……………… ....25 2.3. Tadqiqot uslublari : Kimyoviy tadqiqot usullari yordamida tuproqning minerologik tarkibidagi moddalar miqdorini aniqlash......................................26 ASOSIY QISM III-BOB. TADQIQOT NATIJALARI, SAMARQAND SHAHRI TUPROQLARI TARKIBI, IFLOSLANISHI, SHAHAR SHAROITIDA TUPROQLARNI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI 3.1. Urboekotizimlarda yashil maydonlarni tutgan o‘rni.............. ....................27 3.2 . Samarqand shahri Universitet xiyoboni tuproqlarining tarkibi, ekologik holati.... .............................................................................................................30 3.3. Urboekotizimlarga ko‘rsatilayotgan antropogen omillar ta’siri, tuproqlarning ifloslanishi..................................................................................52 3.4. Shahar sharoitida tuproqlarning ekologik holatini yaxshilash chora- tadbirlari............................................................................................................56 IV-BOB. URBOEKOTIZIMLAR FLORA VA FAUNASI, SHAHARLARDA DARAXTLAR VA BUTALAR ASSORTIMENTINI TANLASH. 4.1. Urboekotizimlarda flora va faunasi............................................................61 4.2. Urboekotizimlar yashil ekinlari..................................................................69 4.3. Urboekotizimlarda daraxtlar va butalar assortimentini tanlash..................70
XULOSALAR ...…………………………........................................ ...............75 TAVSIYALAR ..………………………….................................... ................. .. 76 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……….................. .....77 ATAMALAR ....................................................................................................82 ILOVALAR ……………………………………………………… ..................83 3
KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati: Bugungi globallashuv zamonida urbanizatsiya jarayonlari tobora kuchayib, shaharlar soni va ularning ko‘lami doimiy ravishda o‘ sib bormoqda. Buning natijasida urbanizatsiyalashgan hududlarda atrof-muhitga doimiy texnogen bosim tushmoqda va bu esa urboekotizimlarda turli ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ma’lumki, urboekotizimlarda tuproq eng ko‘p ta’sirga uchraydi. Tuproq holati va xossalariga ta’sir qiluvchi eng kuchli omil esa bu – antropogen omil hisoblanadi. Ushbu omilning bugungi kunda yuqori darajada ta’sir etishi natijasida urboekotizimlarda ifloslanishlar jadal sur’atlarda ortib bormoqda. Bunday ifloslanishlar asosan, transport, ishlab chiqarish, sanoat korxonalari faoliyati va yonilg‘i mahsulotlarining yo n ishi natijasida ro‘ y bermoqda. Bu esa albatta, atmosfera va suvning ifloslanishiga, tuproq sifati, tarkibining buzilishiga va boshqa bir qator salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda. Tuproqlarning ekologik holatini urboekotizimlarda o‘rganish chet-el davlatlari mutaxassislari tomonidan yaxshi o‘rganilgan bo‘ lib, yurtimizda esa urboekotizimlar va uni ekologik baholash hali to‘liq tadqiq et ilmagan. Tadqiqot ob’ekti: Samarqand shahri ko‘ kalamzorlashtirilgan yashil maydonlari ( Universitet xiyobon i) tuproqlari tarkibi, ekologik holatini o‘rganish. Tadqiqot predmeti: Samarqand shahri Universitet xiyoboni tuproqlariga ko‘rsatilayotgan antropogen omillar ta’siri darajasini o‘rganish. Tadqiqot maqsadi: Izlanishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad urboekotizimlar haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish, antropogen omil ta’sirida urbanizatsiya darajasi rivojlanishining atrof-muhitga, mavjud ekotizimlarga buning ta’siri natijasida tuproq tarkibiga, sifatiga, atmosferaning va suvning ifloslanishiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini aniqlash va yuzaga 4
kelishi mumkin bo‘lgan ta’sir oqibatlarini oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish. Tadqiqot vazifasi: Urboekotizimlarda asosiy tuproq tipi va uning morfologik xususiyatlarini o‘rganish: Urboekotizim tuproqlari tarkibidagi organik va noorganik moddalar miqdorini aniqlash; Urboekotizim tuproqlarining kimyoviy xossalarini tahlil qilish; Urboekotizim tuproqlari ifloslanishi jarayonlarining oldini olish va zamonaviy shahar ekotizimlarida yashil zonalar maydonini ko‘paytirish; Urboekotizimlar sharoitiga mos va manzarali bo‘lgan o‘simliklarni aniqlash va ekish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; Urboekotizim tuproqlari holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish va ularni oziqlantirish bo‘yicha foydalanish uchun tavsiyalar ishlab chiqish: Tadqiqot usullari: Tadqiqot usullarida dissertatsiya ishining dolzarbligini asoslash, yurtimizdagi va xorijiy adabiyotlar shu jumladan internet-resurslari orqali axborot ma’lumotlari izlash va ishning maqsad vazifalarini aniqlashga asoslangan. Tadqiqot ishini “ marshrut” usulida olib borish va laboratoriya tajriba- tahlillarini o‘tkazish, olingan ma’lumotlar natijalarni tahlil qilish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Dissertatsiya ishi tuproqshunoslikda umumiy qabul qilingan usullar, Tahlillar uchun namuna olish tadqiqot maqsadlariga qarab belgilangan standartlar ГОСТ 28168, ГОСТ 17.4.4.02 va ГОСТ ГОСТ 17.4.3.01 bo ‘ yicha organik moddalarni aniqlash usullari: ГОСТ 2620413 ГОСТ 26213-84 ; hujjati asosida: ГОСТ 26213-91 bo‘yicha xromni fotometrik usulda; ГОСТ 26483-85-26490-85 bo‘yicha Ph-Tsiano usuli shuningdek Maxsus apparatlar yordamida; ГОСТ 26213-91 bo‘yicha Gumus- I. V. Tyurin usulida; 5
ГОСТ 26488-85 bo‘yicha Nitrat-Tsinao usulida O‘zStandart bo‘yicha RH 68.02.14:2002 asosida; ГОСТ 26211-91 bo‘yicha Fosfor-Arrenius usulida; ГОСТ 50683-94 bo‘yicha Mis ning harakatlanuvchi birikmalarini Krupskiy va Aleksandrova usuli T sinao modifikatsiyasida aniqlash РД 118.3897485.30-96 ; Ftor- ГОСТ РД 118.3897485.3 3 -9 6 asosida tuproq tarkibidagi moddalar miqdorini aniqlandi. Shuningdek tadqiqotga oid dala tajribasi va statistik ma’lumotlar bilan ishlashda Dospexov Boris Aleksandrovichning metodik ko‘rsatmalari keltirilgan adabiyotlar asosida dala tajriba usullari ma’lumotlaridan foydalanildi. Ishning ilmiy yangiligi: Ilk bor Samarqand shahri ko‘ kalamzorlashtirilgan yashil maydonlari (Universitet xiyoboni)ning antropogen jihatdan o‘zgartirilgan tuproqlarning tarkibi va unga ta’sir etuvchi manbalari o‘rganilgan. S haharlarining tabiiy va antropogen jihatdan o‘zgartirilgan tuproqlari dan olingan ma’lumotlarni sanoat va tabiiy ekotizimlardan olingan tuproq namunalari bilan qiyosiy tahlil qilingan . Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Urboekotizim tuproqlari holati, tarkibi, tuproqdagi moddalarning o ‘zgargan miqdoriy ko‘rsatkichlari va ifloslanish darajalari va ularni muhofaza etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Ushbu magistrlik dissertatsiya ish i: T abiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan urboekotizimlar ( shahar ) ning tuproq qoplamini, ayniqsa buzilmagan (o‘zgartirilmagan) tabiiy tuproq farqlarini o‘rganish alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni ajratish uchun asos bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, urboekotizimlarni rejalashtirish obodonlashtirish loyihalarini ishlab chiqishda , urboekotizimlar dagi ekologik vaziyatni nazorat qilishda foydali bo‘lishi mumkin. 6