Samarqand shahri sirfidlari xilma-xilligi, o’zgaruvchanligi hamda ahamiyati
Samarqand shahri sirfidlari xilma-xilligi, o’zgaruvchanligi hamda ahamiyati Mundarija Kirish ......................................................................... ... ...... ................. .. ............. 3 I BOB. Adabiyotlar tahlili ………………………….......................................... 1.1. Sirfid pashshalarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlarning umumiy sharhi ............................. ............................................................................. 1.2. O’zbekistonda sirfid pashshalarining o‘rganilish holati …………… 6 6 14 II BOB. Tadqiqot sharoiti , materiali va uslublari……………………............... 2.1. Tadqiqot sharoitlari………………………………………………... 2. 2 . Tadqiqot materiali . ............................................... ....... ....... .............. 2 . 3 . Tadqiqot uslublar i. .............................................................. ........ 29 29 33 33 III BOB. Samarqand shahrida tarqalgan sirfidlarning bioekologik xususiyatlari............................................................................................... 3.1. Samarqand shahrida tarqalgan sirfidlarning tur tarkibi…………….. 3 . 2 . Samarqand shahri sirfidlar faunasining xorologik tarkibi…………. 3 . 3 . Samarqand shahrida tarqalgan sirfidlarning mavsumiy xususiyatlari 3 . 4 . Samarqand shahrida uchraydigan ayrim sirfidlarning o’zgaruvchanligi. 37 37 49 52 55 Xulosalar ................................................. Amaliy tavsiyalar ......................................... ...... ... . 59 60 Foydalanilgan adabiyotlar ................................................ ... ....... .............. 61 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Urbanizatsiya – shaharlashish jarayoni so’ngi yillarda dutun dunyoda kuchayib bormoqda. Buning natijasida ushbu hududdagi fauna tarkibi ham o’zgarishga uchrab boradi. Urbanizatsiya darajasiga mos ravishda birinchi navbatda biologik xilma-xillik darajasi va uning tarkibi o’zgaradi. Organizmlarning urbanizatsiyaga moslanish jarayonlarini o’rganish ham nazariy (moslanish mexanizmlari va ekologik munosabatlarning shakllanishini aniqlash) ham amaliy (antropogen ta’sirni baholash) ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonlarni baholashda taksonomik va ekologik xilma-xilligi yuqori bo’lgan ozganizmlar guruhlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Sirfidlar (Diptera, Syrphidae) oilasi vakillari ana shunday hasharotlardan hisoblanadi. Sirfidlar kaltamo’ylovli ikkiqanotlilar kenja turkumining eng yirik oilalridan hisoblanib, hozirgacha 6000 dan ziyod turlari ma’lum. Shulardan O’rta Osiyoda 350 ga yaqin tur, O’zbekistonda esa 128 tur qayd etilgan. Sirfidologik tadqiqotlar Zarafshon vodiysida ham olib borilmoqda, hozirgacha vodiyning chap qirg’og’i va Zarafshon tizmasida 91 tur sirfid aniqlaqlangan. Sirfidlar yirik va nisbatan yaxshi o’rganilgan guruh bo’lishiga qaramasdan Respublikamiz shaxarlari xususan Samarqand shahrida bunday tadqiqotlar olib borilmagan. Shularni hisobga olgan holda SamDU Zoologiya kafedrasi tomonidan Samarqand shahri entomofaunasini o’rganish bo’yicha dastur amalga oshirilmoqda. Bunda shahar entomofaunasi ekologik va sistematik guruhlarga ajratilib alohida tadqiqotchi-talabalar tomonidan o’rganish ko’zda tutilgan. Ushbu bitiruv malakaviy ish ham yuqoridagi dastur tarkibiga kirib, Samarqand shahrida uchraydigan Syrphidae oilalariga mansub ikkiqanotli hashorotlarni o’rganishga bag’ishlanadi . Bu oila vakillarining ko’pchiligi yirtqich entomofaglar hisoblanadi. Ular bog’lar, g’alla, g’o’za va sabzavot ekinlarining asosiy zararkunandalaridan hisoblangan tunlamlar va shiralarni qirib foyda keltiradi. Lekin shahardagi urbanizatsion jarayonlar davomida ular uchun mos mikrostatsiyalar qisqarib 2
bormoqda. Bundan tashqari xiyobonlar, uy xo’jaliklari va shaxsiy tomorqalarda uzoq muddat qo’llanilgan kimyoviy moddalar ta’sirida ularning soni va tur tarkibi keskin qisqarib ketgan. Bunga teskari ravishda shahar xududida oqova suvlar, chiqindixonalar va boshqa antropogen organik moddaga boy mikrostatsiyalarning paydo bo’lishi ushbu sharoitlarda rivojlanadigan Eristalinae kenja oilasi turlarining ko’payishiga sabab bo’lmoqda. Umuman sirfidlarning tur tarkibi, biologik va ekologik xususiyatlari, zararkunandalar sonini cheklashdagi ahamiyatini hamda ayrim kasalliklarning tarqalishidagi rolini o’rganish, shahar ekosistemalarini optimallashtirish uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadi: Samarqand shahri va uning atrofida tarqalgan sirfid pashshalari faunasining tur tarkibini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: 1. Samarqand aglomeratsiyasi tarkibiga kiruvchi hududlardagi bog ’ va xiyobonlarda , xususiy uylarda va tomorqa maydonlarida tarqalgan Syrphidae oilasiga mansub pashshalardan namunalar yig ’ ish ; 2. Yig’ilgan namunalar tur tarkibini aniqlash; 3. Samarqand shahri sirfid pashshalar faunasining sistematik ro’yxatini shakllantirish; 4. Fauna tarkibidagi turlarning miqdoriy ko’rsatkichlarini o’rganish; 5. Fauna tarkibidagi turlarning xorologik xususiyatlarini tahlil qilish; 6. Fauna tarkibidagi turlarning fenologik xususiyatlarini tahlil qilish; 7. Sirfidlar ayrim belgilarining Samarqand shahri sharoitidagi o’zgaruvchanligini tahlil qilish; Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili. Sirfid pashshalar ikkiqanotli hasharotlar orasida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan guruhdir. Bu pashshalar gulli o’simliklarning asosiy changlatuvchilari sifatida faoliyat ko’rsatib, ekosistemalarda o’simlik qoplamining barqaror saqlanishida va qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, ularning lichinkalari yirtqich hayot tarziga ega va qishloq xo’jaligi zararkunandalari sonini tabiiy boshqarib turadigan asosiy entomofaglar qatoriga 3
kiradi. Shundan kelib chiqib, mavzu dolzarb muammoga bag’ishlangan deyish mumkin. Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti qilib bo’g’imoyoqlilar(Arthropoda) tipi, hasharotlar (Insecta) sinfi, ikkiqqanotlilar (Diptera) turkumi, kaltamo’ylovlilar yoki pashshalar (Brachycera) kenja turkumi, sirfidlar yoki g’ingpashshalar (Syrphidae) oilasiga mansub hasharotlar tanlandi. Ushbu hasharotlarning ekologo-faunistik xususiyatlari tadqiqotning predmeti hisoblanadi. Tadqiqot usullari. Tadqiqotlar davomida qabul qilingan entomologik uslublardan foydalaniladi. Asosan marshrutli usulda, entomologik matrab yordamida pashshalar yig’ib boriladi. Yig’ilgan hasharotlardan kolleksiyalar tuziladi. Ularning tur tarkibi aniqlanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishining natijalari entomologiya sohasidagi bilimlarni yanada k е ngaytirishda, sirfid pashshalarining faunasi va ekologik xususiyatlariga oid ma’lumotlarni yanada boyitadi. Yirtqich pashshalarning Samarqand shahridagi ekologik xususiyatlariga oid ma’lumotlar, shaxar xududidagi o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashda ularning samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini b е radi. Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 ta bob, xulosalar va adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 7 4 bet hajmda yozilgan. Ishda 3ta jadval va 9 ta rasm keltirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 138 ta ilmiy manbani o’z ichiga olgan . 4
I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI 1.1 Sirfid pashshalarning bioekologiyasini o‘rganishga bag’ishlangan tadqiqotlarning umumiy sharhi Sirfidlar (Diptera, Syrphidae) ikkiqanotlilar turkumi ichida eng yaxshi o’rganilgan guruh bo’lishiga qaramasdan, har yili yana o’nlab turi, uchrash nuqtalari aniqlanadi, tarqalgan areali haqida yangi ma’lumotlar olinadi.Bundan tashqari ushbu oila vakillarining biologiyasi faol ravishda o‘rganilib ularning entomofaglar va gulli o‘simliklarning changlatuvchilari sifatidagi amaliy ahamiyati asoslanib bormoqda. XVIII asr oxiri XX asr boshlarida sirfidlar I.X.Fabritsius, K.Rondani, K.Videmann, K.F.Fallen, I.Settershtedt, P.Latrey, P.Makvart, G.Leovom, T.Bekker tomonidan o'rganilgan.Oilaga ilmiy nomni fransuz entomologi Pyer Andre Latrey 1802-yilda bergan. XX asrda sirfidologiyaga A.A.Shtakelberg, L.V.Pek, Matsumura, J.Dushek, P.Laska, J.R.Vokerot kabi olimlar katta hissa qo’shdilar. Hozirgi paytda dunyo bo’yicha F.K.Tomson, M.Speyt, A.Vujich, G.Stals, A.Barkalov, V.Mutin, T.Nilson, X.Mengual kabi olimlar samarali faoliyat olib bormoqdalar. Sirfid pashshalar oilasini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlarni bir necha yo'nalishga bo'lish mumkin: yangi turlarning tavsifi, nasllarning taksonomiyasi, ayrim hududlarning faunasi, sirfidlar-afidofaglar va ularning samaradorligi, sirfidlar yordamida changlatish kabi bir necha yo‘nalishga bo‘lish mumkin. Internet tarmog’ida sirfidlarni o’rganishga qaratilgan maxsus sayt www.syrphidae.com faoliyat yuritmoqda. Bir necha yillar davomida Germaniyada sirfidologik tadqiqotlar natijalari e’lon qilinadigan ilmiy jurnal “Volucella” faoliyat ko'rsatgan. Sirfidlarning morfologiyasi va anatomiyasi bo'yicha tadqiqotlar unchalik katta emas. Sirfid lichinkalari shakli va oziqlanish usuli jihatdan xilma-xildir. Ularning ba‘zilari afidofag sifatida ma’lum, ba‘zilari fitifaglar va yana boshqalari jamoaviy hasharotlarning uyalarida yashab ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. 5