OʻRTA ZARAFSHON TOGʻ VA TOGʻ OLDI GEOKOMPLEKSLARNING LANDSHAFT XOʻJALIK TAHLILI HAMDA BAHOLASH
O RTA ZARAFSHON TOG VA TOG OLDI GEOKOMPLEKSLARNINGʻ ʻ ʻ LANDSHAFT XO JALIK TAHLILI HAMDA BAHOLASH ʻ KIRISH. 1-BOB LANDSHAFTLARDAN XO‘JALIK MAQSADIDA FOYDALANISH HOLATI VA BARQAROR RIVOJLANISH KONSEPSIYALARINING NAZARIY- METODOLOGIK JIHATLARI 1.1. Hududlarni barqaror rivojlantirishda y erlardan foydalanishning o‘rni 1.2. Ekologik-xo‘jalik muvozanati konsepsiyasi va undan foydalanish imkoniyatlari II-BOB. TABIIY LANDSHAFTLARNI XO`JALIK MAQSADIDA BAHOLASH 2 . 1 . Tabiiy landshaftlarning landshaft-xo‘jalik holatini baholash: mezonlar va ko‘rsatkichlar 2.2. Tog` va t og’oldi tekisliklarning rekreatsion-turistik imkoniyatlarini baholash 3-BOB O‘RTA ZARAFSHON TOG‘ VA TOG‘ OLDI TEKISLIK LANDSHAFT KOMPLEKSLARI VA ULARNI BAHOLASH 3.1. Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari va ularning landshaftlarni shakllanishidagi roli 3.2. O‘rta Zarafshon tog‘ va tog‘ oldi tekislik landshaftlarini umumiy tavsifi va ularni baholash XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1
KIRISH. Jahonda aholi va xalq xo‘jaligi tarmoqlarining y er resurslariga bo‘lgan e h tiyojlarini ta’minlash maqsadida yangi y erlarni o‘zlashtirish, o‘zlashtirilgan y erlardan yanada intensiv foydalanish jarayoni kuchaymoqda. Bu esa y er fondi tabiiy-landshaft tarkibining o‘zgarishi, biologik xilma-xillikni pasayishi va uning tashqi antropogen bosim ostida qolib optimal holatini buzilishiga olib kelmoqda. BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish bo‘yicha dasturida “Quruqlik ekosistemalarini muhofaza qilish va tiklash, ulardan oqilona foydalanish, o‘rmonlarni ratsional boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish, y erlarning degradatsiyasini to‘xtatish va biologik xilma-xillik yo‘qolishining oldini olish” bo‘yicha vazifalari belgilangan 1 . Mazkur vazifalar ayniqsa y er resurslari miqdori cheklangan mintaqalarda y erlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tadqiqotlarni taqozo etadi. Dunyoda mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlarga, ayniqsa, y erlardan barqaror rivojlanish tamoyillariga mos holda foydalanish, y er resurslarining tabiiy landshaft tarkibini o‘zgarishi bo‘yicha gomogen guruxlarga ajratish, antropogen bosim ko‘rsatkichlarini xisoblash, hududlarning ekologik-xo‘jalik muvozanati baholash orqali resurslardan oqilona foydalanishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. SHuningdek, landshaftshunoslik va er tuzish sohalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni e’tiborga olib, y erdan foydalanish turlarini, imkon darajasida tabiiy-landshaft talabidan kelib chiqib belgilash, landshaftli rejalashtirish tamoyillaridan foydalanish muhim hisoblanadi. Respublikamizda har bir mintaqa y er fondini toifalarga ajratishda, qishloq ho‘jaligi y er turlarini belgilashda va ekin maydonlari tarkibini aniqlashda joyning tabiiy-landshaft xususiyatlarini xisobga olish hamda y erdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda va sezilarli ijobiy natijalarga erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi PF-5065-son « Ye rlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona 1 Повестки дня в области устойчивого развития на период до 2030 года // Электронный доступ: http:// www.uz/undp/org/content/uzbekistan.ru 2
foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida barqarorlikni ta’minlovchi hududiy dasturlarni y er bilan bog‘liq bandlarini ishlab chiqish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan. Bu borada, xo‘jalikni hududiy tashkil etuvchi hamda barqaror rivojlanishni ta’minlovchi sohalarni qamrab olishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi aholi va xalq xo‘jaligi tarmoqlarining yer resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida yangi yerlarni o‘zlashtirish, o‘zlashtirilgan yerlardan yanada intensiv foydalanish jarayoni kuchayishida namoyon bo’ladi . Tadqiqot ob’ekti: O’rta Zarafshon tog’ va tog’ oldi tekislik landshaftlari sanaladi. Tadqiqot predmeti esa O’rta Zarafshon tog’ va tog’ oldi tekislik landshaftlarid an foydalanish tizimini barqaror rivojlanish tamoyillariga mos holda takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish . Tadqiqot maqsadi: Tog’ va tog’ oldi tekislik tabiiy-landshaft tarkibini o‘zgarish darajasi, ekologik-xo‘jalik balansidagi yillik va hududiy o‘zgarishlar dinamikasini tadqiq etish orqali erdan foydalanishning samarali yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdir. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: tadqiqot oldiga qo`yilgan asosiy masalalar ishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Dissertatasiya ishiga qo`yilgan bosh masala cho llanish jarayonini keltirib chiqarayotganʼ sabablarni ko`rsatib berishdan iborat. Dissertatsiya ishi oldiga qo`yilgan farazlar (g`oya) ning mazmun-mohiyati quyidagilardan iborat. Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan buyon fan, texnika va texnologiyaning ijobiy yutuqlaridan foydalanib o‘z xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilmoqda. Bu jarayonda jamiyatning ta’sir ko‘lami uzuluksiz kengayib borayotgan tabiiy 3
ob’ektlarning asosiysi y er resurslaridir. Tabiiy-hududiy majmualarning asosini tashkil etadigan bu resursning sifati va miqdori kuchli antropogen bosim ostida qolib o‘zgarmoqda, afsuski b u o‘zgarish salbiy tomonga qarab ketayotgan hududlar maydoni ko‘paymoqda. Tog’ va tekislik munosabatlarini tahlili hamda baholash ishlarining to’g’ri olib borilishini monitoring qilish jarayonini o’rnini aniqlash dissertatsiya ishiga qo`yilgan asosiy g`oya hisoblanadi. Mavzu bo`yicha adabiyotlar tahlili: Ye r resurslaridan foydalanishni tashkil etishda joyning o‘ziga xos tabiiy-landshaft xususiyatlarini, ekologik- xo‘jalik jihatdan zo‘riqish darajasini tadqiq etishga bugungi tadqiqotlarda ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘nalishda tadqiqot olib borgan MDX davlatlari olimlaridan A.G.Isachenko, B.I.Kochurov, V.G.Kryuchkov, A.M. Nosonov, Kalutskov V.N . O‘zbekistonlik olimla r dan A.A.Abdulqosimov, L.A.Alibekov, A.Raxmatullaev, A.O‘razbaev, S.B.Abbosov A.Maqsudov, A.A.Rafiqov, YU.SHadametov, T.Djumaev, A.N.Nigmatov, B.Kamolov, K.Boymirzaev, YU.I.Ahmadaliev kabilarning izlanishlari masala moxiyatini ochib berishga yordamlashadi. Ye r fondining ekologik-ho‘jalik holatini baholash asosida hududning barqaror rivojlanishini ta’minlashga ko‘maklashuvchi landshaftli rejalashtirish yo‘nalishidagi ishlar xozircha olib borilmagan . So nggi yillarda ʼ tog’ va tog’ oldi tekislik landshaft komplekslarini turli maqsadlarda baholash ishlari bilan mamlakatimizning ko plab olimlari ʼ shug ullanishgan. Jumladan, L.Alibekov, A.Abdulqosimov, A.Raxmatullayev, ʼ S.B.Abbasov, A.Ravshanov, O’.Badalov, B.Eshquvvatov, B.Meliyev va boshqalar tadqiqotlar olib borishgan. Tadqiqotda qo`llanilgan usullar: Tadqiqotda geografik taqqoslash, tarixiy- geografik, kartografik, statistik, laboratoriya, ekspeditsiya, tayanch-nuqtalar hamda GIS metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalari Respublikaning barcha sug‘oriladigan mintaqalarida y erdan foydalanish turlarini ekologik gomogen guruxlarga ajratishda, landshaft tabiiy tarkibni o‘zgarishi, 4
antropogen yuk miqdorini monitoring qilishda hududning ekologik-xo‘jalik holatini baholash va optimallashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda metodologik ilmiy asos bo‘lib hisoblan a di. Tadqiqot natijalarining a maliy ahamiyati y er resurslaridan barqaror rivojlanish tamoyillariga mos keluvchi normativ asoslar ni , dastur, rejalarini ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratishda xizmat qilishi bilan belgilanadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: O’rta Zarafshon tog’ va tog’ oldi tekislik landshaftlari kompleks tahlil qilingan va baholangan. Olingan natijalar hamda tahlillar asosida 1:1000000 masshtabda yerlardan foydalanish karta si yaratilganligi dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi hisoblanadi. Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi: Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Kirish qismida dissertatsiya ishining dolzarbligi, tadqiqot ob`ekti, prtedmeti, maqsadi va vazifalari, tadqiqot asosiy masalalari, qo`yilgan g`oya, adabiyotlar tahlili, tadqiqotda qo`llanililgan usullar, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiliklari bayon qilingan. Birinchi bob landshaftlardan xo‘jalik maqsadida foydalanish holati va barqaror rivojlanish konsepsiyalarining nazariy-metodologik jihatlari deb nomlanadi va unda hudud landshaftlari geologik tuzilishi, relefi, iqlimi, yer usti va yer osti suvlari, tuproqlari, o`simlik dunyosi va hayvonot olamiga qisqacha tavsif berilgan. Uchinchi bob O‘rta Zarafshon tog‘ va tog‘ oldi tekislik landshaft komplekslari va ularni baholash deb nomlanadi. Uning birinchi paragrifida Hudud komponentlariga tavsif berilgan. Ikkinchi paragrafida esa baholash natijalari keltirilgan. 5