OʻRTA ZARAFSHON SHAROITIDA AN’ANAVIY TOʻQAY OʻSIMLIKLARINI BIO-EKOLOGIYASINI OʻRGANISH
O RTA ZARAFSHON SHAROITIDA AN’ANAVIY TO QAYʻ ʻ O SIMLIKLARINI BIO-EKOLOGIYASINI O RGANISH ʻ ʻ MUNDARIJA KIRISH .....................................................................................................................3 I-BOB . Adabiyotlar sharhi .....................................................................................6 1.1. O rta Zarafshondagi to qayzorlar ekologiyasi....................................................6 ʻ ʻ 1.2. To qayzor florasidagi an’anaviy o simliklar ʻ ʻ bioekologiyasi............................15 II-BOB. TADQIQOT SHAROITLARI, OB’EKTLARI VA USLUBLARI ..........................................................................................................2 4 2.1. Tadqiqot sharoitlari..........................................................................................24 2.2. Tadqiqot ob’ektlari...........................................................................................24 2.3. Tadqiqot uslublari.............................................................................................25 III-BOB. TADQIQOTDAGI SHAHSIY IZLANISHLAR ........... .......... ..........2 7 3.1. To‘qayzorning o‘ziga xos xususiyatlar i ...........................................................2 7 3.1.1. Zarafshon to‘qay landshaftlari va ularni muhofaza qilish .......................... .29 3.2. To‘qoyzorda uchraydigan o‘simlik turlari, oilasi, t asnifi ............... . .................3 2 3.2.1. Vegatatsiya va generatsiya davri...................................... .. ...........................3 6 3.2.2. Biotopi................................................................ .. .........................................39 3.2.3. Soni............................................................................. . ..................................39 3. 3.Chakanda o‘simligi haqida....................................................... .. .....................41 3.3.1. Chakanda mevasi va ko ' payishi.....................................................................43 3.3.2. Ahamiyati......................................................................................................45 3.4. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan va to‘qayzorda uchraydigan o‘simliklar turlari.............................................................. . ......................................51 XULOSA ................................................................................................................53 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .......................................... ...... ..............54
Kirish Mavzuning dolzarbligi . Vatanimiz xalq xo‘jaligini yuksaltirishning manfaatlari bepoyon mamlakatimizdagi tabiiy boyliklarni keng miqyosda rivojlantirishni,o‘rganishni, ulardan eng ko‘p foydalanishni talab qiladi. Mo‘l-ko‘l oziq-ovqat mahsuloti va xomashyo hosil qilish, keng iste’mol ashyolari ishlab chiqarish masalalarini hal etishda Vatanimizning tabiiy boyliklari ichida uning o‘simlik boyliklari alohida o‘rinda turadi. O‘simlik boyliklari ham, tabiiy ishlab chiqarish kuchlari qatorida kishilar hayotida g‘oyat muhim rol o‘ynab kelgan va o‘ynamoqda. Ular orasida oziq-ovqat, yem-xashak, kauchuk, bo‘yoq moddalari beradigan, vitaminli, efirli, shuningdek, dorivor juda ko‘p qimmatli o‘simliklar bor. Inson hayotini butunlay deyarli o ‘simlikka bog‘liq deyish mumkin. Chunki insonlar uchun zarur oziq-ovqat, qandi-qandolat, yoqilg‘i, kiyim-bosh, qurilish materiallari, tabiiy bo‘yoq, dorivor xomashyosi, nihoyat, sanoatning ko‘p sohalari uchun zarur bo‘ladigan xomashyolarni faqat o‘simliklar beradi. Endilikda sanoatimizning juda ko‘p tarmoqlari Vatanimizda yetishtirilgan xom-ashyo hisobiga ishlamoqda. Shuning uchun ham xalq xo‘jaligini tabiiy o‘simliklar homashyosi bilan ta’minlash va shu maqsad bilan o‘simlik resurslarini aniqlash hamda o‘rganish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Keyingi yillarda Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tuproq va iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, ikkinchi tomondan sanoatning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, qishloq xo‘jaligida turli kimyoviy moddalarning qo‘llanilishi hamda insonning tabiatga nooqilona tazyiq ko‘rsatishi natijasida biologik resurslarga keskin ta’sir etish holatlari kuzatilmoqda. Natijada o‘simliklarning kamayishi, nobud bo‘lish holatlari yuzaga kelmoqdaki, bu bevosita ekologik himoyani taqazo etadi. Ma’lumki, O‘zbekiston hududida Zarafshon vohasi nafaqat tuproq-iqlim sharoitlari, balki o‘simliklar dunyosi bilan boshqa tabiiy geografik nohiyalardan 2
farq qiladi. Shu bois, Zarafshon vohasi tabiiy o‘simlik resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish aholining o‘simliklar mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji va sanoatni xomashyo bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy ilmiy manbalarda Zarafshon vohasining tabiiy o‘simliklar resurslariga oid ma’lumot mavjud bo‘lsada, ammo uning turli iqlim-sharoitlarida tarqalishi, foydalanilishi va nodir o‘simliklar muhofazasiga oid ma’lumotlar deyarli kam uchraydi. Shunday kelib chiqqan holda o‘zbekiston, jumladan, Zarafshon vohasining o‘simliklar resurslarini o‘rganish, ularning zahiraviy holatlarini baholash hamda ularni muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. O‘ zbekistonda umumiy yer madonining 4,3% qo‘riqxonalar hududiga to‘g‘ri keladi. Ammo hayvonot dunyosini asrab qolish uchun kamida qo‘riqxonalar hududi kamida 10%ni tashkil etishi zarur bo‘ladi. Muhofaza etiladi gan tabiiy hududlari tarmog‘ini tashkil etish buyicha Davlat dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, dasturning amalgam oshirilishi natijasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari maydonining mamlakat umumiy maydonidagi ulushi 17% gacha kengayadi, bu esa hayvonot va o‘simlik dunyosi endemik turlarini kamrab olgan holda, barcha turdagi ekotizimlarni muhofaza etishni ta’minlaydi Ekotizim va biologik xilma- hillikni qayta tiklash va asrab-avaylash masalalari davlat miqyosidagi hamda tarmoqlar doirasidagi dasturlarga kiritilgan. O‘zbekistonda daryo qayirlari keskin o‘zgarishlarga uchragan xududlar xisoblanadi. Qayir o‘rmonlari deyarli yo‘qolib ketgan. Masalan, Zarafshon daryosi bo‘ylaridagi 500 ming gektar to‘qayzorlardan hozirgi kunga kelib 50 ming gektari saqlanib qolingan. 50-yillarda O‘zbekiston hududidagi to‘qayzorlar 3 mln 880 ming gektarni tashkil etgan. To‘qayzorlarning o‘zlashtirilishi, o‘rmonzorlarining qurilish materiallari sifatida kesilishi, mol boqilishi, suv omborlarining qisqarishi, suv bosishi, yong‘inlar va boshqa sabablar oqibatida to‘qayzorlar maydoni keskin qisqarib ketdi. 3
1 -Rasm. Zarafshon Milliy tabiat bog‘i. E kotizimlar maydonining 10 barobar qisqarishi natijasida uning tarkibidagi turlar soni o‘rtacha 30 % ga kamayib ketadi. To‘qayzorlarda o‘simliklarning yo‘qolishi bilan buo‘simliklar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan hayvonlar turlari ham qisqarib boradi. To‘qayzorlarning o‘ziga xos ekotizimini saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston hududida Zarafshon, Baday to‘qay, Qizilqum qo‘riqxonalari tashkil etilgan. Zarafshon qo‘riqxonasi 1975 yilda tashkil kilingan. Uning maydoni Samarqandning Cho‘pon ota tepaliklardan boshlanib, daryoning o‘ng qirg‘oq bo‘yi olab oqimga qarshi 47 kilometrga chuziladi, eni esa, 300-1500 metrlar oraligida. Qo‘riqxona maydoni 2352ga bo‘lib, shundan 680 ga o‘rmon bilan qoplangan va u milliy boyligimiz hisoblanadi. 4
I-BOB . Adabiyotlar sharhi 1.1. O rta Zarafshondagi to qayzorlar ekologiyasi. ʻ ʻ O‘zbekiston biologik resurslari orasida o‘simliklar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘simliklar resurslari nafaqat qishloq xo‘jaligi, sanoat balki inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Binobarin, aholini ekologik toza mahsulotlar bilan ta’minlash, ishlab chiqarishda yangi qishloq xo‘jaligi ekinlarini joriy etish hamda sanoatni uzluksiz xomashyo bilan ta’minlashda o‘simliklar resurslari strategik ahamiyatga molik. Tabiiy o‘simlik zahiralari tugallanmaydigan resurslar hisoblanib, mahsulotlarni cheksiz muddatda beradi. O‘simliklar va hayvonot olami bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Agar o‘simlikning bir turi yo‘qolsa hashoratlarning 10 dan 30 turigacha qirilishi mumkinligi aniqlangan yoki ba’zi hayvonlar shu joyni tark etishi mumkin. Shu jihatdan qaraganda o‘simlik va hayvonot dunyosi barcha joylarda saqlanishi zarur. Yer kurrasida qariyb 1-1,5 mln. hayvon turlari yashaydi. Bu miqdor o‘simlik turlaridan uch marta ko‘p. YuNESKO ma’lumotiga ko‘ra, keyingi yuz yil mobaynida insonning xo‘jalik faoliyati 25 ming turdagi oliy o‘simliklar va 1 ming turdagi umurtqali hayvonlarning qirilib ketish xavfini keltirib chiqaradi. O‘simliklarning inson hayotidagi ahamiyati nihoyatda katta. Ular atmosferada kislorod balansini tartibga solib turadi, davolovchi va sanitariya gigiyenik xususiyatlarga ega. O‘rmonlar havodan is gazini iste’mol qilib tirik organizm uchun naqadar zarur bo‘lgan kislorodni fotosintez Yo‘li bilan yetkazib beradi. Aniqlanishicha, 1 ga maydondagi yaxshi holdagi daraxtzor bir yilda 4,6-6,5tonna is gazini yutib 3,5-5,0 tonna kislorod ishlab chiqaradi. Shuningdek, quruqlikdagi fitomassa is gazini ko‘l, dengiz va okeanlardagi fitoplanktonga nisbatan ikki marta ko‘p iste’mol qilar ekan. Sayyoraviy miqyosda kislorod balansini barqarorlashtirishda shimoliy yarim shardagi igna bargli va tropik hamda subtriklarning abadiy yam-yashil bargli o‘rmonlari eng ko‘p ahamiyatga ega. O‘simlik qoplami yog‘in-sochinning asosiy qismini o‘z tanalarida tutib qolganligi tufayli yuzaki eroziyaning oldini oladi, daraxtzorlar zich o‘sgan daryo va soy vodiylarida surilma, sel va chuqurlama, eroziya kabi hodisalarning sodir 5