ZARAFSHON VODIYSI SHAROITIDA JUMRATSIMON CHAKANDANING SUV ALMASHINUV XUSUSIYATLARI
ZARAFSHON VODIYSI SHAROITIDA JUMRATSIMON CHAKANDANING SUV ALMASHINUV XUSUSIYATLARI MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………... 3 1. ADABIYOTLAR TAHLILI 1.1 Chakanda turkumining qisqacha o‘rganilish tarixi…………………….. 9 1.2 Jumratsimon chakandaning tavsifi, tarqalishi va ishlatilishi…………... 14 1.3 Zarafshon milliy tabiat bog‘idagi chakandazorlarning holati…………. 19 1.4 Chakanda o‘simligiga abiotik omillar a’siri…………………………… 22 2. TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTI VA USLUBLARI 2.1 Tadqiqot sharoitlari…………………………………………………….. 35 2.2 Tadqiqot obyekti……………………………………………………….. 39 2.3 Tadqiqot uslublari……………………………………………………… 41 3. TADQIQOT NATIJALARI 3.1 Zarafshon vodiysida o‘sadigan jumratsimon chakandaning biologik ususiytlari................................................................................. 45 3.2 Jumratsimon chakanda o‘simligida transpiratsiya jadalligi…………… 51 3.2 Jumratsimon chakanda o‘simligining barglarida suv saqlash qobiliyati ……………………………………………………… 60 3.3 Jumratsimon chakanda o‘simligida suv taqchilligi…………………… 66 Xulosa …………………………………………………………………. 74 Tavsiyalar …………………………………………………................... 75 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………….... 78 Ilovalar ………………………………………………………………… 88 1
K irish Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-aprelda “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 4670 son hamda 2020-yil 26-noyabrda “ Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4901 son qaror lar i qabul qilindi. Qabul qilingan q aror larda ixtisoslashtirilgan hududlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, urug‘liklar va ko‘chatlar tayyorlash, bosqichma- bosqich zamonaviy dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va urug‘chiligini tashkil etishda ilg‘or ilm-fan yutuqlarini qo‘llash, respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlash, 2020/2021 o‘quv yili boshlangunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalarga dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar kiritilishini ta’minlash, ta’lim muassasalarida fitobarlarni tashkil etish , Respublika hududlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ilmiy tadqiqotlarning yagona bazasini yaratish, xorijiy davlatlarning ilg‘or ilmiy ishlanmalarini o‘rganib borish, yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik o‘rnatish hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikaga joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish, 2
dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish, respublika hududidagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini o‘rganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tashkil etish, urug‘lik materiallarini yetishtirish va tayyorlash, ko‘paytirish, kolleksion ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ularning xomashyolarini qayta ishlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish, dorivor o‘simliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish, tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib, madaniy holda yetishtiriladigan dorivor o‘simliklarning agrotexnologik xaritalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqish, dorivor o‘simliklar kimyoviy tarkibini o‘rganish, mahsulotini standartlash va sertifikatlash, dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ichki va tashqi bozorlar talabini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi va qayta ishlovchi fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar va boshqa subyektlar rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirib borishga yo‘naltirilgan dasturlarni tayyorlash va o‘qitish tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlash, tibbiyotda va xalq tabobatida faol qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar kolleksiyasi uchastkasi va genbankini tashkil etish, respublika oliy ta’lim muassasalari biologiya yo‘nalishlarining 3- va 4-kurslari tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, barcha qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda mutaxassisliklar klassifikatsiyasini inobatga olgan holda “Dorivor o‘simliklar yetishtirish 3
agrotexnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalar yuqorida keltirilgan qarorlarda belgilandi [1; 2]. O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o‘sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o‘simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlarning qariyib 40-47 % o‘simlik xomashyolaridan olinadi. O‘simliklar murakkab tuzilishiga ega bo‘lgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya bo‘lib, oddiy noorganik modalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Biz ish olib borayotgan o‘simliklardan biri bo‘lgan c hakanda o‘simligi ham dorivor o‘simliklar qatoriga kirib, XIX asrda veterinariya sohasida keng ishlatilgan, greklar bu o simlikni barglarini va yosh novdalarini otlarniʻ oziqlanishida ishlatganlar. Qadimgi Gretsiyada bu mevaga qiziq nom berishgan: “ yaltiroq ot ” – hatto eng nimjon jonivorlar ham chakandadan iste’mol qilgandan so‘ng, sog‘lom va baquvvat bo‘lib, ularning terisi esa yaltirashni boshlagan. Kasallangan otlar chakanda ta siri natijasida sog yishi ʼ ʻ tezlashgan. Bu ularning immunitetini oshishi asosida amalga oshgan. Chakanda mevalari Sibirda qadim zamonlardan beri ishlatilgan. Nemis qomusiy olimi, tabiatshunos, sayohatchi P.S.Pallas chakanda mevasini tasvirlab, uning nordonligi haqida yozgan. Chakanda mevalarini aholi ko p ʻ miqdorda iste mol qilib, ulardan qiyom, murabbo va boshqa mahsulotlar ʼ tayyorlaganlar. Hozirgi vaqtda chakanda mevalari Mongoliyada ham keng qo llaniladi. Bu yerda chakanda mevalaridan oziqa mahsulotlar va chakanda ʻ yog i tayyorlanadi. Chakanda mevalarini Sibir xalqi ham keng ishlatadi. ʻ Chakanda yashil-kumush rangli barglari va chiroyli rangli mevalari orqali manzarali o simlik bo lib hisoblanadi. Chakanda mevalari uzoq vaqt ʻ ʻ mobaynida daraxtlarda saqlanganligi sababli manzarali bog dorchilikda ham ʻ qo llaniladi. ʻ Chakanda tirik devor bo lib ham ishlatiladi. Yog ochidan ʻ ʻ ko pgina mayda qurilish materiallar tayyorlanadi. Chakandaning yog ochi ʻ ʻ 4
qattiq, chiroyli bo ladi. Chakandaning yosh barglar va novdalaridan qoramtirʻ va mevalarining neytral suvli eritmasidan bo yoqlar tayyorlanadi, ular ʻ gazmollarni sariq va yashil ranglarga bo yaydi. ʻ Chakanda qadim zamonlardan buyon shifobaxsh o simlik sifatida ʻ ishlatilib kelinmoqda. Gretsiya, Xitoy, Rim, Mongoliya qadimgi xalq tabobatida chakanda o pka, jigar, oshqozon, suyak kasalliklarida ishlatilgan. ʻ Sibir sharoitida chakandadan dizenteriya, teri kasalliklari, revmatizmga qarshi shifobaxsh moddalar tayyorlagan. Ko pgina qadimiy tibbiy asarlarda ʻ chakanda o pka kasalliklarga qarshi ishlatilgan. Bundan tashqari chakanda ʻ preparatlari organizmlarda qon harakatlanishiga yordam berib, mevalari tomoq kasalliklariga ham davo hisoblanadi. Chakanda – kam kaloriyali o simlik bo lib, uning 100 gramm mevasi ʻ ʻ 30 kalloriya ajratadi. Mevlarining nordonligi 1,3 to 2,7 % gacha bo ladi. ʻ Chakanda mevalarida olma, shavel, yantar kislotalar uchraydi, ular yuqori fiziologik faollikga ega. Chakandaning ko pgina o rgangan navlarida shakar ʻ ʻ miqdori past bo lib, 3-6 % tashkil etadi. Chakanda mevalarining shifobaxsh ʻ xususiyatlari ularning tarkibiga yog bo lishi bilan bog liq. Chakanda yog i ʻ ʻ ʻ ʻ tarkibida ko p vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar topilgan. Ularning ʻ miqdori 1 % dan to 18 % bo ladi. Chakanda yog ida vitaminlardan E, K, C, ʻ ʻ B 1, B 2, B 6, A bo ladi, yog qoldiqlari tarkibida stearin tabiatidagi moddalar ʻ ʻ topilgan – sitosterin, fosfolipidlar, xolinlar, karotin va boshqalar. Chakanda mevalarining tarkibida aminokislotalar ham uchraydi, masalan, alanin, fenilalanin, glutamin, sistein, leysin, lizin, arginin, serin, valin va boshqalar. Bundan tashqari mevalarda efir yog lar, mikro- va makroelementlar ham ʻ uchraydi. Chakanda mevalari tarkibida 15 mikroelementlar topilgan, ular temir, magniy, marganes, mis, bor, oltingugurt, xlor, alyuminiy, kremniy va boshqalar. Bundan tashqari mevalarning tarkibida 8 % yog topilgan, shu ʻ tufayli u juda yaxshi immunomodulyator va immunoprotektor bo lib ʻ hisoblanadi. Shunday qilib, chakanda organizmning tabiiy mahsulotlariga 5