logo

O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish uslubiyoti

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

96.380859375 KB
O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish uslubiyoti
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………..
ASOSIY QISM……………………………………………...
Birinchi bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida …..
1.1. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish ….
1.2. O’qishning o’ziga xos turlari ……………………………
Ikkinchi bob. O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish ………...
2.1.She’r va uni o’qitishning usullari ………………………..
2.2. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at …………………..
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR       REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
Birinchi bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida
1.1. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish 
1.2. O’qishning o’ziga xos turlari
Ikkinchi bob. O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish
2.1.She’r va uni o’qitishning usullari
2.2. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR      Mavzuning dolzarbligi.  Bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar
tomondan oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutloqo bexabar bo’ladilar. Shunga 
qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o’rganishga 
intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa 
o’qituvchilar yaqinda yordam beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalar 
o’qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o’rganadilar. Badiiy kitoblarning 
rasmlarini rang-barang harflarini o’qish o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib 
ketayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining 
ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar 
adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, 
iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar 
avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta’lim to’g’risida» qabul qilingan 
Qonunda ham xuddi ana shu masala ko’ndalang qilib quyilgan. Zotan xalqning bir 
bo’ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga yetib ulg’ayib qoladi. 
Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat bilan qarash lozim. 
Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, 
saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur uy-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar
va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilxomlantirishi 
zarur. 
Prezidentimiz I.A.Karimov alohida uqtirganidek, «Xalq-bamisoli ulug’ sharafli
yo’ldan ilgarilab borayotgan karvon. Uni yo’ldan chalg’itishga urunuvchilar, payt 
poylab orqasidan hamda qiluvchilar hamisha bo’lgan, bundan keyin ham bo’lishi 
mumkin. Karvon bexatar bo’lmas, degangap bejiz aytilmagan. Ammo xalq 
karvonini hyech qanday kuch ortga qaytarolmaydi»1. 
1 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, «Маънавият» 
нашриёти. 2008 йил 172 бет  Xudi shu g’oya maqsad va tushuncha «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» 
hamda «Ta’lim to’g’risida» qonunda o’z ifodasini topgan. demak, shunday ekan, 
tarbiyachilar, murabbiy va o’qituvchi ustozlarning, shoir va adib, olim va 
adabiyotshunoslarning oldida turgan eng asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib 
tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g’urur tushunchasini shakllantirish, tarix sahnasida
chaqnagan ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat yulduzlarining asarlarini o’rgatish va 
shu e’tiqod asosida tarbiyalab voyaga yetkazish muhim ishdir. 
Biz, o’zimizning mazkur kurs ishimizda yuqoridagi buyuk ma’suliyatini 
chuqur anglagan holda boshlang’ich sinflarning 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi» ga 
kiritilgan Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyevlar ijodi 
namunalaridan kiritilgan asarlarni tahlil qilishni lozim topdik. 
Kurs ishining oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida ta’kidlangan o’rta umumiy ta’lim 
maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilariga, xususan  1-2-3-4  sinflarga 
beriladigan bilim va tushunchalar hozirgi davr talabalari nuqtai-nazaridan ishlab 
chiqilmoqda. 
Shu nuqtai-nazardan, biz o’z bitiruv malakaviy ishimizda boshlang’ich sinf 
darsliklariga kiritilgan zamondosh shoirlar, yozuvchilar Safar Barnoyev, Miraziz 
A’zam Tursunboy Adashboyevlarning asarlarini tahlil qilishni o’z oldimizga 
maqsad qilib quydik. 
Darsda va darsdan tashqari vaqtlarda ham mazkur o’qish uchun topshiriladi. 
Albatta bu o’qishlarning boshida o’qituvchi-murabbiylar turadi. Bolalarning 
o’qishlariga rahbarlik qiladi. 
Shuning uchun bo’lsa kerakki, Prezidentimiz I.A.Karimov alohida 
ta’kidlaganidek boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bunday buyuk xizmatlarini 
ta’riflab degan edi: «Dunyoda nufuzli kasblar ko’p, ammo ular orasida 
o’qituvchilik kasbi alohida yuksak mavqyeiga ega. Ayni zamonda o’qituvchi 
kasbiga nihoyatda katta talablar quyiladi, chunki biz murabbiy, muallimni qo’liga 
farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz»             Mazkur ishni yozilishda Prezidentimiz I.A.Karimovning qator asarlari, 
xususan, «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida», «O’zbekiston buyuk kelajak sari», 
«Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Barkamol avlod -O’zbekiston 
taraqqiyotining poydevori», «Barkamol avlod orzusi», «Yuksak ma’naviyat – 
yengilmas kuch», «Ta’lim to’g’risida» Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
singari zaruriy adabiyotlardan foydalandik. Shuningdek, Q. Abdullayeva, K. 
Qosimova, S. Dolimov, A.Zunnunov, T.Jo’rayev, E.Shodmonov, Yu. Abdullayev, 
T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, O.Safarov, M.Jumaboyev, X.Razzoqov, Yu.Sultonov, 
M.Qo’shjonov, S.Mamajonov, U.Normatov, S.Mirzayev, O.Sharafiddinov, 
P.Shermuxammedov, X.Umurov S.Matchonov, X.G’ulomova, Sh.Yo’ldosheva, 
Sh.Sariyev kabi unglab metodistlar va taniqli pedagoglar ma’rifatparvarlar va 
ijodkorlarning ilmiy, uslubiy nazariy asar va maqolalaridan foydalanib ish ko’rdik. 
Ishning yozilishida qo’lanilgan metod 
Albatta, boshlang’ich ta’lim maktablarining 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi» 
darsliklariga kiritilgan mavzular, xususan Safar Barnoyev, Miraziz A’zam 
Tursunboy Adashboyev asarlarini, she’rlarini o’qish va o’rganish, mustaqil ishlar 
tashkil qilish o’qituvchi tomonidan uning rahbarligi ostida o’tkaziladi. Bu o’z 
navbatida, o’qituvchi tomonidan puxta o’ylangan, rejalashtirilgan, ma’lum 
sistemaga solingan va mazmunli bo’lishi talab qilinadi. 
Biz mazkur kurs ishimizni Past Darg’om tumanidagi 53 umum ta’lim 
maktabining 4 sinfda o’tkazgan tajribamiz asosida yoritishga lozim topdik. 
4 – sinfimizda hozirgi kunda 42 talaba tahsil olayapti. Bilim va tajribamizga 
tayangan holda, shuningdek, pedagogik amaliyot o’tgan maktabdagi 
o’qituvchilarning ish tajribasiga suyangan holda yoritishda harakat qildik. 
Ishning ilmiy yangiligi 
Darhaqiqat, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyevlarning 
asarlarini, she’rlarini dars jarayonida o’qish ishlarini, tahlil qilish shuningdek,  mustaqil o’qish ishlarini tashkil etish o’z e’tibori bilan yangilik sanaladi. 
Chunki, mustaqil o’qish boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yangilik bo’lmasada,
uni tashkil etish, unumli va foydali bo’lishiga erishish ko’p jihatdan sinf 
o’qituvchisining mahoratiga bog’liq. 
O’qish jarayoni o’quvchilar ongini rivojlantiradi. Fikrlash qobiliyatini o’stiradi,
dadil fikr-mulohazalar aytishga chorlaydi. O’z fikrini aytish, yozish uchun 
imkoniyat yaratadi. Kelajakda ilmiy salohiyatga erishish uchun keng yo’l ochib 
beradi. 
Ishning amaliy ahamiyati 
Mazkur kurs ishidan pedagogika va psixologiya, defektologiya bo’limlarining 
talablari kurs va bitiruv ishlarini yozishda, o’zbek adabiyoti tarixini o’rganishda, 
shuningdek, boshlang’ich sinf o’qituvchilari fakultativ mashg’ulotlarda, sinf 
rahbarlari va adabiyot o’qituvchilari esa, sinfdan tashqari badiiy kechalarni 
o’tkazishda, xalq og’zaki ijodi va folklorga doir adabiy munozara va suhbatlar 
o’tkazishda foydalanishlari mumkin. 
Ishning muhokamasi 
Kurs ishning dastlabki muhokamasi pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim 
metodikasi kafedrasida o’tkaziladi. 
Ishning tuzilishi 
      Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan 
iborat. 
Ishning mundarijasi 
Kirish qismida, umuman mavzuning dolzarbligi, uning oldiga qo’ygan maqsad 
va vazifalari, ishning ilmiy yangiligi, tashkil etish uslubi, ishning amaliy ahamiyati
hamda shakliy tuzilishi haqida fikr yuritilgan. 
Kurs ishning birinchi bobi: «3 sinf «o’qish kitobi»da she’rlari berilgan yosh 
shoirlar ijodlari haqida» deb nomlanadi. 
Bu bobda nazariy va ilmiy adabiyotlarga murojaat qilinadi. Nazariy, ilmiy, 
uslubiy fikr-mulohazalar jamlanib, yosh avlodni tarbiyalashdagi muhim roli ochib 
beriladi.  Kurs ishning ikkinchi bobi: «O’qish kitobi» darsligida berilgan yosh shoirlar 
she’rlarini o’tish usullari (3-sinf darsligi misolida)» deb nomlanadi. Bu bobda 
maktabda o’tayotgan darslarimiz tajribasidan kelib chiqib o’qishning foydali 
tomonlarini ko’rsatib berishdan iborat.  B irinchi bob . O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida. 
1.1. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish 
Boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida yuzdan ortiq shoirlarning ko’plab xilma-
xil mavzulardagi she’rlari berilga. Albatta, ularning har biridan ulug’ maqsadlar 
ko’zlangan. Chunki sh’er ham, avvalo, badiiy adabiyotdir. Adabiyotni o’z 
mohiyatiga ko’ra jo’shqin daryoga qiyos qilsa bo’ladi. Daryo suvlaridan dalalar, 
dov-daraxtlar gullab-yashnasa, adabiyot inson qalbiga ezgulik urug’ini sepadi, uni 
hayotda to’g’ri yashashga, ulug’ maqsadlar yo’lida kurashishga o’rgatadi. Daryo 
irmoqlardan vujudga keladi. Adabiyotimiz irmoqlari esa adiblarimiz yaratgan 
asarlardan iborat. Daryolarning sersuvligi, hayqirib oqishi irmoqlar suviga bog’liq 
bo’lgani singari, adabiyotning jo’shqinligi, kurashchanligi – hayotda tutgan o’rni 
undagi asarlarning sifatiga qarab belgilanadi. Shunga ko’ra 
adabiyot ta’limi o‘z oldiga bir qator maqsadlarni qo‘yadi. Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablaridagi adabiy ta’lim asosan sof ilmiy maqsadlarni emas, balki ma’naviy-
axloqiy yo‘nalishlar ustuvorligini ko‘zda tutadi. 
Ular orasida eng muhimlari quyidagilar: 
· o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, milliy va jahon 
adabiyotining eng munosib namunalari bilan tanishtirish asosida ularning qalbida 
vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan 
rag‘bat, mehr va muhabbat uyg‘otish; 
· ularni fuqarolik va vatanparvarlik ruhida, adabiyotga, milliy, madaniy-
ma’rifiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash; 
· ularning boy ma’naviy dunyosini shakllantirish; 
· badiiy asar va uning poetik xususiyatlarini o‘rganish asosida o‘quvchida 
tanqidiy fikrlashga oid ko‘nikma va malakalarni hosil qilish; 
· ulardagi mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishi va rivoji 
uchun imkoniyat yaratish; 
· ularda har qanday ma’naviy xurujlarga nisbatan sog‘lom va baquvvat 
e’tiqodga tayanadigan immunitetni shakllantirish; 
· so‘z san’ati vositasida o‘quvchining individual va shaxslik fazilatlarini  rivojlantirish. 
Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta’lim to’g’risida» qabul qilingan 
Qonunda bola tarbiyasi asosiy masala qilib qo’yilgan. Bolalar tarbiyasi asosan ota-
onalar va tarbiyachilar tomonidan oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni 
bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutloqo 
bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga 
uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa 
tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqindan yordam beradilar, ya’ni ular 
badiiy asarlardan parchalab o’qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni 
o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o’qish 
o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar 
qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar 
adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti o’z oldiga kelajak avlodni 
jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimi 
ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va 
murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi. 
Zotan xalqning bir bo’ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga 
yetib ulg’ayib qoladi. Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat 
bilan qarash lozim. Bolalar uchun beriladigan har qanday badiiy asar ularning yosh
xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur uy-fikrlar 
uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va 
porloq ishlarga ilxomlantirishi zarur. 
Yuqorida ta’kidlangan fikrlarga hamohang g’oya, maqsad va tushuncha 
«Kadrlar tayyorlash milliy dastur» hamda «Ta’lim to’g’risida» Qonunda o’z 
ifodasini topgan. demak, shunday ekan, tarbiyachilar, murabbiy va o’qituvchi 
ustozlarning, shoir va adib, olim va adabiyotshunoslarning oldida turgan eng 
asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g’urur 
tushunchasini shakllantirish, tarix sahnasida chaqnagan ilm-fan, ma’rifat va 
ma’naviyat yulduzlarining asarlarini o’rgatish va shu e’tiqod asosida tarbiyalab 
voyaga yetkazish muhim ishdir.  Mustaqillik yillari mamlakatimiz ta’lim tizimida farzandlarimizni har 
tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash maqsadida “Talim to’g’risida” gi 
Qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ta’limning har bir 
bosqichida islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. 
2004-yil esa Respublikamizda maktab ta’limini rivojlantirish bo’yicha muhim 
xujjatlar qabul qilingan yil sifatida yodimizda qoldi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2004-2009- yillarda maktab ta’limini rivojlantirish. “Davlat 
Umummilliy Dasturi to’g’risi” dagi farmoni va ushbu farmon asosida qabul 
qilingan qarorlarida maktablarimizning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 
hamda uzluksiz ta’limining yagona tizimini shakllantirish bilan bog’liq ustuvor 
vazifalar belgilab berildi. Bugun ushbu farmon talablarini bajarish bo’yicha 
joylarda keng ko’lamli sa’y-harakatlar olib borilmoqda. 
Ta’lim tizimi islohotiga doir chiqarilgan farmon va qarorlar xalq ta’limi 
hodimlari, jumladan boshlang’ich ta’lim mutahassislariga ham ma’sulyatli 
vazifalarni yukladi. 
Boshlang`ich ta`limni takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan 
biri xisoblanadi. Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim fanlari orqali o’quvchilarning 
umuminsoniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari 
shakllantiriladi. Ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, 
aqliy rivojlanishini dunyo qarashini, o’z-o’zini anglash, jismoniy sog’lom 
bo’lishga, milliy urf-odatlarni o’zida singdirishga, mamlakatimiz boyliklarini ko’z-
qorachig’iday asrashga, tabiatga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatadi. O`quvchi 
maktabga kelgan dastlabki kunidan boshlaboq o`qishga havas qo`yishi savodli 
o`qishi, dastlabki amallarni to`g`ri bajarishga o`rgatishi kerak O`qish inson 
hayotida muhim ahamiyatga ega. O`qishni bilmagan odamning ko`zi ojiz kishidan 
farqi yo`q. O`qish faoliyati boshlang`ich sinflarda barcha fanlar tarkibida amalga 
oshiriladi., lekin o`qishga o`rgatish o`qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik 
yoshdagi o`quvchini o`qishga o`rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, 
psixologiyasini hisobga olish zarur. Ta`limga ilg`or pedagogik  texnologiyalarni olib kirish va eng zamonaviy, takomillashgan o`qitish 
usullarini qo`llagan holda yuqori samaraga erishish bugungi kunning oldidagi 
dolzarb vazifalaridan biridir. O`quvchilarni qiziqarli topshiriqlar asosida o`qitish 
o`qishga o`yin tusini beradi. Bola o`ynab charchamaganidek, o`qib charchaganini 
sezmaydi. O`qishga qiziqmaydigan, darslarga kelib-kelmaydigan o`quvchilar ham 
o`yinga qiziqadi. Darslarda turli o`yin mashg`ulotlarini tashkil etish bu 
o`quvchilarda ham qiziqish uyg`otadi. 
O`quv materiali hajmini oshirib yuborish, tinmay bir maromdagi o`qishni 
tashkil etish, bolani o`qish mashg`ulotidan bezdiradi. Natijada o`quvcilarda bo`sh 
o`zlashtirush va ulgirmovcilik sabablari yuzaga keladi. 
O`qish fanlaridan bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlash 
samaradorligini oshirish uchun nimalarga alohida e`tibor qaratish lozim? 
-Darslarda yangi pedagogik, zamonaviy texnalogiyalar, noan`anaviy usullardan
keng qo`llash; 
-Ko`rgazmali, didaktik, test, tarqatma materiallaridan keng foydalanish; 
-O`quvchilarga do`stona munosabatda bo`lish; 
-O`qish sifati va samaradorligiga e`tibor berish; 
-O`quvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga orgatishda turli mashqlardan 
foydalanish; 
-Nutq o`stirishga alohida e`tibor qaratish; 
-Yanga axborot texnalogiyalardan foydalanish; 
-Lug`at ustuda ishlashga o`rgatish; 
-Xalq og`zaki ijodidan foydalanish; 
-“She`riyat gulshani”, “Ifodali o`qish” kabi to`garaklar tashkil etish; 
-Bo`sh vaqtlarda ulgurmovchi o`quvchilar bilan alohida, yakka tartibda ish olib
borish; 
- Fanlar a`robogjiqlikka ahamiyat berish. 
O`quvchilar bilishini nazorat qilib borishda albatta past o`zlashtirgan 
o`quvchiga alohida e`tibor qaratish lozim.  1.2. O’qishning o’ziga xos turlari. 
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni o`qishning bir necha turlari yani, ongli, 
tez, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatib boriladi. O`qituvchi ongli tez, to`g`ri, 
ifodali o`qishga o`rganishda ulgurmayotgan o`quvchilar bilan qanday ishlar olib 
borish kerak? 
To`g`ri o`qish  tushinarli qilib xatosiz o`qishdir. Ma`lumki ayrim o`quvchilar 
ko`pincha ba`zi xarflarni tushurib, bog`inlar, so`zlarning o`rnini o`zgartirib 
o`qiydilar. Bunday xatolarga yo`l qo`ymasliklari uchun qiynalib o`qiydigan 
o`quvchilarga katta xajmdagi matnlarni qismlarga bo`lib o`qishni tavsiya qilish 
anchagina yengillik yaratadi. To`g`ri o`qishga o`rgatish uchun quyidagi ishlarni 
amalga oshirish mumkin: 
-dastlab 3-4 bo`g`inli so`zlarni o`qish , 5-6 bo`ginli so`zlarni esa bo`g`inlarga 
bo`lgan xolda o`qish; 
-tanish matnlarni o`qitishda o`qish surati biroz oshiriladi. Shunday qilinganda 
bolalar notanish matnlarni ham tutilmay o`qish malakasiga ega bo`ladilar; 
-to`g`ri o`qishni bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar o`zlashtirishi uchun tovush, 
bo`g`in va so`zlarni to`g`ri, aniq, sof talaffuz etish katta ahamiyat kasb etadi. 
Masalan, talaffuzda  p  yozuvda esa  b  yoziladigan so`zlarni to`g`ri o`qushga 
o`rgatish (oftob,serob);  r  tovushini  l ,  y  deb (bayroq,-bayloq,o`rtoq-o`ytoq) talaffuz 
etishlarining oldini olish uchun bunday so`zlar yo`zilgan ko`rgazmalardan 
foydalanish maqsadga muvofiq. 
O`qish tezligini  oshirish ancha murakkab jarayonlarini o`z ichiga oladi. Bola 
tez o`qiyman deb shoshiladi,natijada xatolarga yo`l qo`yadi. O`qituvchi bo`sh 
o`zlashtiruvchi o`quvchilarda yaxshi kayfiyat uyg`ota olishi, sinfda yaxshi muhit 
yaratishi, har bir bolada “To`g`ri va ravon o`qiy olaman” degan ishonchni 
uyg`otishi lozim. 
Ongli o`qish  jaroyonida o`qilayotgan matnni tushunib, asosiy maqsadni uqib, 
asardagi ayrim o`z va ko`chma ma`noli so`zlarni izohlash, bunday so`zlar 
ishtirokida gaplar tuzish, tuzilgan gaplarni mazmun tomondan jamlab, kichik 
hikoya hosil qilish, matnning tugallangan qismidagi asosiy fikrni topish  mashqlarini tez-tez o`tkazish, matndagi tabiat tasvirini, insonlarning yaxshi-
yomon odatlarini misollar yordamida, asardagi voqealarga bog`lab gapirib berish 
maqsadga muvofiq. Qaysi ishlar yaxshi va ularga ergashish mumkin, qaysilari 
yomon, ulardan nafratlanish kerakligini izohlab berishni o`quvchilarga topsjiriq 
tariqasida tavsiya etish mumkin. O`quvhilar to`g`ri, ongli, tez o`qishni egallagan 
taqdirdagina ifodali o`qiy oladilar .  Ifodali o`qishga o`rgatish, o`qishga o`rgatish 
bilan bir paytda amalga oshiriladi. Ifodali o`qishga ulgurmayotgan o`quvchilarga 
kichik misrali she’rlardan yod olishga topshiriq berish, kichik misradagi she’rdagi 
ohangga, tinish belgilariga alohida e`tibor bilan yod olish aytiladi. 
Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi.  bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni 
mustaqil ishlashga o`rgatish yaxshi samara beradi.Mustaqil faoliyat insonni ziyrak 
va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida uyg`un 
holda rivojlanishi kerak. Buning uchun, avvalo, o`quvchilarni mustaqil faoliyatga 
ruhan tayorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga 
ishonch hosil qilish lozim. 
Mustaqil ish turlari qanday turlari bo`lishi kerak? Avvalo, ish turlari o`qituvchi 
tomonidan puxta o`ylangan, ta`lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo`lishi 
kerak. Bunda har bir o`quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh 
xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak. 
O`quvchilarni aqliy rivojlantirishning sitatlaridan biri topshiriqlarni to`la “eslab
qolib”bajarishlaridir. 
Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda, 
uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo`l qo`yilgan xatolarni mustaqil 
topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e`tibor beriladi. 
O`quvchilarning topshiriqlarni tez, to`g`ri bajarishlari uchun qulay usullarni 
tanlash, uni tashkil etish uchun doimiy yetakchi savollar berib, tayanch so`zlar 
tavsiya etish foydalidir. O`quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli qilib bajarishda 
qiyinchiliklar paydo bo`lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvurlari yorqin, so`z 
boyligi yetarli emas.  Tajribalar shuni ko`rsatadiki, bolalar o`qituchi rahbarligida ishlaganda tez 
mushohada qiladilar. Bu holga o`rganib qolmasliklari uchun ko`proq ularning 
o`zlarini mustaqil fikrlashga da`vat etish lozim. O`quvchilar e`tiborini jalb etish 
maqsadida matndagi voqealarni eslatib:Nega?Nega shunday bo`ldi?Seningcha 
qanday bo`lishi kerak edi? kabi savollar berib, uning fikrini ma`qullab, yana 
o`ylasang topasan, juda yaxshi, juda soz! kabi rag`batlanttiruvchi so`zlarni 
ishlatish foydalidir. Masalan, “O`roq va Kombayn” masalasi yuzasidan: O`roq 
nega afsuslanadi? Kombayn unga nima dedi? Kabi savollar berib, har ikkisini 
solishtirish orqali texnikaning kuch-quvvatiga bolalar e`tiborini tortiladi, har bir 
texnika asbobining hayotimizdagi ahamiyatini baholashga o`rgatiladi. 
Dastlabki bajargan mustaqil ishdan bola mamnun bo`lsa, uning qiziqishlari 
ortib, yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi. 
Mustaqil ish natijalarini hamisha tekrishish lozim. Tekshirish og`zaki yoki 
yozma tarzda bo`lishi mumkin. 
Bola yozishidan oldin o`ylaydi, fikrini og`zaki jamlaydi, so`ng uni yozishga 
kirishadi. O`z fikrini bayon qilish, yo`l qo`yilgan biror savol yoki masala 
yuzasidan mushohada yuritish uchun jiddiy fikrlaydi. Bu jarayon (og`zaki) nutq 
asosida paydo bo`ladi va mustahkamlanadi. 
Masalan, o`quvchi o`z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o`ylaydi. Pichirlab 
allanimalar haqida o`z-o`zicha gapiradi (pedagogikada bu faol faoliyat 
hisoblanadi). Insho yozishning dastlabki shakllari ana shunday ishlardan 
boshlanadi. Bola matnni o`qib, og`zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o`ylab topib, 
qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalaydi. 
O`quvchilarni mustaqil faoliyatga o`rgatishda quyidagilarga amal qilishi lozim:
-beriladigan har bir topshiriq o`quvchilarning imkoniyatlariga mos bo`lsin va 
qiziqish uyg`ota olsin; 
-ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo`naltirilsin, o`quvchiga 
tushunarli bo`lsin;  -ishni bajarishda bolalarda o`ziga ishonch hissi uyg`onsin, ishga kirishishda 
ular o`zlarida dadillik sezsin; 
-mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin 
(hamma o`quvchi uchun bir xil topshiriq berish bu mustaqil faoliyat emasligini 
eslatamiz), albatta bunda bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchiga e‘tibor berish kerak. 
-topshiriqlarni doimo navbatlashtirib, turini almashtirishga alohida ahamiyat 
berish kerak; 
-topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma`lum vaqtda tugatishi kerakligini 
eslatib, bo`sh o`zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko`niktirish lozim; 
-ish joyi hamisha qulay, saramjon-sarishta bo`lishi (parta ustida ortiqcha 
narsalar bo`lmasligi) kerak; 
-topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin; 
-darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo`lishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji 
boricha, sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar 
berishni me`yorlash kerak. Bolalar darsdan keyin (og`ir, mashaqqatli mehnatdan 
keyin) tiniqib dam olsalar, ko`proq ochiq havoda bo`lib, harakatli o`yinlar, sayr, 
kuzatishlar bilan vaqtlarini o`tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga 
yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o`zlashtirish yaxshi bo`ladi. Shuning uchun 
uy vazifalari oson bo`lishi, asosan, bolalarni kuzatishlarga undashi lozim. 
Boshlang`ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarning so`z 
zahirasini boyitishdir. Bunda lug`at ustida ishlashga e’tibor qaratishimiz, lozim. 
Ona tili bilan o`qish fanlarini doimo bog`lab borish maqsadga muvofiq. 
Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlashda testlar bilan ishlash ham 
yaxshi natija beradi. Ma’lumki respublikamizda o`quvchilar bilimini baholashda 
test sinovlaridan unumli foyalanilmoqdalar. Masalan asarni o`zlashtirishga 
ulgurmayotgan past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga yozma yoki og`zaki holda 
quyidagicha testlar bilan murojaat etish mumkin.  “Ochko`z boy” ertagining salbiy qahramoni kim? 
a) o`tinchi chol 
b) kampir 
c) boy 
Hiylagarning jazosi xalq og`zaki ijodining qaysi turi hisoblanadi? 
a) maqol 
b) ertak 
c) afsona 
Bundan tashqari xalq og`zaki ijodiyoti turlaridan foydalanib ham bo`sh 
o`zlashtiruvchi o`quvchilarni o`zlashtirish foizlarini oshirish mumkin. Ma’lumki 
boshlang`ich sinf oquvchilari ertaklarga juda ham qiziqadilar ulardan foydalanib 
bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni faolliklarini oshirish ,erkin mustaqil fikrlashga 
o`rgatish nutq boyliklarini oshirish maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Xulosa qilib aytganda bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlash ancha 
murakkab jarayon. O`qituvchining pedagogik mahorati zamonaviy dars o`tish 
usullaridan foydalanishi bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchi bilan yakka tartibda ish 
olib borishi natijasida uning oldini olishga imkon yaratadi. Jahon- keng Dunyoda 
mamlakat kop, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz O`zbekistonimiz yakka-yu 
yagona. O`zbekistonning kelajakdagi ravnaqi bugungi yosh avlodning to`la qonli 
ta’lim va tarbiyasiga ko`p jihatdan bog`liqdir.Ana shularni kelajagimiz poydevori 
bo`lmish boshlang`ich sinf o`qiuvchilari diliga jo etib hayotlari mazmuniga 
aylantirishimiz ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashimiz lozim.  Adabiy asarlarni estetik idrok qilishning emosionalligiga suyanish ijtimoiy-
siyosiy va axloqiy tasavvurlarni o’zlashtirishga yordam beradi. 
Vatanga muhabbat, do’stlik, mehnat, burch kabi axloqiy tushunchalarni 
o’quvchilar emosional his qilgandagina anglab oladilar Muhabbat Umarova, 
Sharofat Hakimovalar 3-sinf uchun darslikda (To’ldirilgan tuqqizinchi nashri. 
Toshkent «Cho’lpon» nashriyoti, 2010 yil) yosh shoir va yozuvchilarning 
bolalarbop she’r va hikoyalaridan berilgan. Jumladan, Tohir Qahhor, Ullibibi, 
M.Yusuf, Toshpo’lat Xolmatov, Zohir A’lam, Sulton Jabbor, Yoqutxon Raximova,
Abdusalom Umarov, Rahmat Azizxodjayev, Mirzo Karim, Xoji Abdurazzoq 
Yunus singari ijodkorlar asarlaridan namunalar, parchalar keltirilgan. 
Biz, mazkur bitiruv malakaviy ishimizda 3-sinf «O’qish kitobi»da berilgan. 
Shoir va yozuvchilardan: Miraziz A’zam Tursonboy Adashboyev, haqida va 
ularning asarlari haqida fikr yuritamiz. 
Dastlab, mazkur yozuvchi va shoirlarning tarjimai holi, undan so’ng esa 
ularning asarlarini umumta’lim o’rta maktablarida o’tish usullari haqida fikr 
yuritamiz. She’rlarida olg’a surilgan g’oyada bola qo’pollik bilan emas, 
muloyimlik va xushmuomalalik bilan tevarak-atrofdagilarning o’ziga nisbatan 
yaxshi muomalada bo’lishiga sazovor bo’ladi. Bolalar she’r qahramoniniig 
muvaffaqiyatsizliklariga achinadilar va sehrli so’z yordamida erishgan 
yutuqlaridan quvonadilar. Agar bolalar o’qituvchining she’r qahramoniga bo’lgan 
munosabatidan mamnun bo’lsalar, o’qituvchi she’r g’oyasining estetik jihatdan 
idrok qilinishini ta’minlagan bo’ladi. 
O’quvchilarning xayolini tarbiyalashda adabiy asarning estetik idrok qilinishini
to’g’ri tashkil etish va tekstni ifodali o’qish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O’qituvchi adabiy asarning idrok qilinishini tashkil etar ekan, bolalar diqqatini 
asarda aks ettirilgan narsa va hodisalarning go’zalligini payqashga, ularga nisbatan 
o’z munosabatini aniqlashga qaratmog’i kerak. Shuning uchun o’qituvchining 
so’zlari, uning o’quvchiga bergan savollari katta ahamiyat kasb etadi. Bunda 
bolalarga emosional xarakterdagi, masalan, «Hikoyani o’qiyotganingda qayerida 
qo’rqding?», «Qayeri kulgili ekan?», «Qayerida  quvonding?» savollar berish yaramaydi. Bunday savollar bolani chalg’itib 
qo’yadi, kitobni o’qiyotganda bola qo’rqmagan, kulmagan, quvonmagan bo’lsa-da,
kitobning shunday o’rinlarini borligini u taxmin qila boshlaydi. 
O’qituvchining savoli o’quvchining o’qilgan asarga nisbatan munosabatini, 
ya’ni kitobning qayeri uni hayratlantirganini, hayron qoldirganini, quvontirganini, 
qo’rquv, sevinch, nafrat va boshqa tuyg’ular uyg’otganini aniqlashga undashi 
kerak. «Biror munosabat»ga bog’lab berilgan savollar asarni estetik idrok qilishga 
yordam bermaydi. Masalan, dalaning yozgi ko’rinishi haqidagi she’r o’qilganda, 
dala qanday rangda edi, unda qanday gullar o’sib yotardi kabi savollar yosh 
kitobxonni yoz tabiatining rango-rang bo’yoqlaridan zavqlanishga, ya’ni she’rni 
estetik idrok qilishga rag’batlantirmaydi. Badiiy asarga nisbatan savollar 
qo’yilayotganda savollarning xarakteri, ularning izchilligi haqida o’ylash va 
bolalarga asarni o’qish jarayonida tug’ilgan fikr va mulohazalarini, o’zlarini 
hayajonga solgan tuyg’ularni ifodalashga imkon berish lozim. 
O’zi o’qigan asar uyg’otgan tuyg’ular haqida to’liq gapirib bera olmaydi. 
Ularda tuyg’ular asosan: yoqdi — yoqmadi, qiziqarli- qiziqarli emas shaklida 
paydo bo’ladi. Bu tuyg’ular aksari asarda ifodalangan odamlarning ayrim sifatlari, 
kishilarning o’zaro munosabatlari, xulq-atvorlari, ijtimony hayot hodisalari va 
tabiatga bo’lgan munosabatni ochib beradigan asar mazmuni orqali uyg’onadi. 
Boshqa so’z bilan aytganda, yosh kitobxonning tuyg’ulari har bir asarda mudom 
mavjud bo’ladigan «axloqiy masala»ga mansubdir. Estetik va axloqiy idrok 
birligining asoslari xuddi mana shundan iboratdir. 
S.Barnoyev, M.A’zam, T.Adashboyevlar ijodi haqida gapiradigan bo’lsak, bola
esini taniganidan boshlab, tevarak-atrofidagi muhitga qiziqib qaraydi. Uning 
sirlarini, umuman, hayot haqiqatini bilishga intiladi. Bu intilish bora-bora 
taqlidchilikni tug’diradi. Darhaqiqat, yaxshilikka, yangilikka taqlid qilish 
bolalarning azaliy odati. Shu ma’noda bolalarga o’rnak bo’larli darajadagi lirik 
qahramon yaratish-boshqa janrlar kabi bolalar she’riyatining ham doimiy talabidir. 
Bolalar poeziyasida jozibali, kurashchan xarakterlar yaratish borasida katta 
yutuqlar qo’lga kiritildi. Bunday qahramonlar obrazi bolalarda ona-Vatanga  muhabbat, dushmanta nafrat, ilmga, mehnatga ishtiyoq, sadoqat kabi ezgu his-
tuygularni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 
Kichkintoylarning katta dunyosini badiiy «kashf» etish, umuman intellektual 
lirik qahramon yaratishda har bir shoirning o’ziga xos, izdividual uslubi bor. 
Shunga muvofiq, qahramonlar bir tomondan o’zaro farqlansa, ikkinchi tomondan, 
mushtarak xususiyatlarga ham ega. Ayniqsa bu o’ziga xosliklar yosh shoirlar 
ijodida ham yaqqol kuzga tashlanadi. Chunonchim, Safar Barnoyev she’rlarining 
qahramoni-kurashchan obraz-o’qishda a’lochiligi, jamoat ishlarida ilg’orligi, tabiat
sirlariga qiziquvchanligi, hayotda jasurligi bilan sadoqatli do’st va qadrdon o’rtoq 
sifatida alohida ajralib turadi. Uning hayot haqida o’z falsafasi bor. Bizni 
kurshagan olam qahramon nazarida sirli bir jumboq bo’lib gavdalanadi. Lekin 
jumboq jumboqligicha qochib ketavermaydi. Shoir uning siri va sababini bolalar 
dunyoqarashiga mos tarzda badiiy psixologik tahlil qilish orqali ocha boradi. Lirik 
qahramon bugungi farovon turmushimizning tub mohiyatini o’ylar ekan, uning 
osonlik bilan qo’lga kiritilmaganligini qalbdan his etadi. Otalar ishidan faxrlanish 
uning qalbida iftixor tuyg’ularini uyg’otadi: 
Dadamning ko’llari miltiq ham ushlagan, 
Gulni ham ekkandir dadamningg qo’llari. 
Otalar yaratgan totli hayot nash’asi o’z navbatida uni sevishga, ardoqlashga 
burchli qilib qo’yadi. Buning uchun, avvalo, o’qish, mehnatga muhabbat bog’lash 
lozim. O’qish va mehnat jarayonida esa boshqalar bilan qudratli do’stlik rishtalari 
bog’lanadi. Shoirning lirik qahramoni tor hayot qobig’iga o’ralib qolgan emas, 
aksincha, ertangi kunga jiddiy boqadi. Undan yangicha ma’no, yetuklik izlaydi: 
Umrning yo’li-yu, mazmuni, 
Kaftimda sanoqsiz chiziqlar. 
Kaftimning so’qmog’i, yo’llari. 
Bekorchi damlarga qiziqmay, 
Quyoshga cho’zganman qo’llarim. 
Shunisi diqqatga sazovorki, qahramon o’z baxtini, taqdirini xalq va Vatan 
taqdiri bilan bog’laydi. Uning uchun ona va Vatan mushtarak tushunchalar bo’lib,  ular oldida o’zini qarzdor his etadi. Chunki ona unga jon baxsh etgan bo’lsa, 
Vatan o’z quchog’ida avaylab o’stirmoqda. «Shu tufayli ona, yurt, bizga doim 
suyuksiz», deydi u. Shu tariqa konkretlikdan umumiylikka qarab boriladi, muhim 
ijtimoiy xulosalar chiqariladi, hayot haqiqatini badiiy tasdiqlaydigan yorqin 
obrazlar qiyofasi tavdalantiriladi. Buni shoirning «Yuz dona lola», «Tinchlik 
qo’shig’i», «Ona madhi», «Samarqand bilan quyosh», «Dadamning qo’llari», 
«Dedi-dedi fosh bo’ldi»  щ ye’rlarida qo’rsa bo’ladi. 
Yaxshi she’r she’rxonlar qalbiga hyech qanday vositasiz o’zi oqib kiradi, 
tillardan tushmay qoladi. 
Yosh shoir S.Barnoyev bolalarga o’rnak bo’larli darajadagi lirik qahramon 
yaratish ustida samarali ijod etgan. Uning she’rlarining qahramoni, shoirning o’zi 
e’tirof etganidek, qo’zichoq, qo’ng’iroq va qo’g’irchoq doirasidagi tor muhitda 
o’ralashib yurmaydi. U hayotni, tabiatni, ona-Vatanni jon-dilidan sevuvchi o’spirin
bo’lib, ilmga chanqoq, olam oirlariiing mag’zini chaqishga harakat qiladi. Borliqni
dialektik birlikda kuzatadi: 
Biri-biriga monand, 
Biri-biriga payvand. 
Birlashgan butun olam, 
Quchoqlashgan tog’lar ham. 
Bu birlik shunchaki qayd qilinmaydi, balki uning zamirida do’stlik iplari bor 
degan yuksak ijtimoiy ma’no chiqariladi: 
Quyosh bobo himmati, 
Daryolarning qudrati, 
Shamolning harakati, 
Ona yerning mehnati 
Ulkan do’stlik hurmati. 
Qahramon hayot va taraqqiyot haqida falsafiy fikr yuritib, butun olam ijodkori 
insondir, degan haqqoniy xulosaga keladi: 
Inson qo’li — besh barmoq, 
Besh qit’ani zabt etgan.  Muz-tog’larni eritgan. 
Olam inson kaftida. 
Inson-ijodkor. U tabiatni o’z mehnati bilan bo’ysundirib, unga chiroy baxsh 
etadi. Olam go’zalligidan zavqlanadi. Hayotga, tabiat va Vatanga bo’lgan 
muhabbat tuyg’usi ana shunday shakllanadi. Bu shoirning «Bahs», «Kech kuz», 
«Yur, dalalar qo’yniga», «Tog’lar bayrami», «Yurt mehri» singari she’rlarida 
ravshan ko’rinadi. 
Odam va olam, zamin va zamon o’rtasidagi doimiy aloqa, insonning 
hukmronlik roli Qambar O’tayevning «Qizil galstuk», «Tog’ boshidagi lola», 
«Soat», Mashrab Boboyevning «Qaldirg’och nima deydi?», «Yangra gornim!» 
kabi jajji kitobxonni o’ylashga majbur etadigan she’rlarida o’zining yaxshigina 
ifodasini topgan. 
Bolalar uchun jon kuydirib qalam tebratayotgan Miraziz A’zam, Tursunboy 
Adashboyev manzumalarining qahramoni kichik maktab yoshidagi bolalar bo’lsa 
ham, ziyrakligi tufayli tabiat jumboqlarini yechishga urinadi, insoniy 
munosabatlarni sinchkovlik bilan kuzatadi. M. A’zam «Azizning orzulari», 
«Yo’lchilar qo’shig’i», «Tong bilan birga turdik», «Yerga dovrug’ olamiz» hamda 
«Bir cho’ntak yong’oq» turkum she’rlarida g’oyaviy niyatini to’laroq ochish 
maqsadida so’z o’yinidan takrordan foydalansa, T. Adashboyev she’rlarida 
yumoristik talqin asosiy o’rin tutadi. Ularda qadrdon qishloq dalalari, keng 
vodiylar tarannum etiladi. 
M. A’zam qo’liga qalam tutar ekan, o’quvchisining kimligini bir daqiqa ham 
unutmaydi, qahramon bilan birga o’ylaydi, uning uchqur xayollariga sherik 
bo’ladi. Bu — tizginni qahramon qo’liga tutqazib qo’yadi, degan so’z emas, 
albatta. Balki jo’shqin tuyg’ularini, qaynoq ehtirosini bosh maqsadga 
bo’ysundirishi samarasidir. Buni she’rlaridagi har bir so’zga katta mas’uliyat bilan 
yondoshishida, so’zlarni o’z o’rnida ishlatishida, bolalar psixikasiga mos o’ynoqi 
ruh baxsh eta olishida ko’rishimiz mumkin. Shoir xuddi shu yo’l bilan sovet xalqi 
o’rtasidagi qudratli do’stlikni ulug’laydi. 
Bizlar o’n besh bolamiz,  Oqmiz, sariq, qoramiz. 
Oramizdan o’tmas qil, 
Garchi bizda har xil til. 
Tursunboy Adashboyev ijodida qishloq yoshlari hayoti badiiy tadqiq qilinadi. 
She’rlarining lirik qahramoni oddiygina qishloq bolasi. U qayerda bo’lmasii, 
tug’ilib o’sgan qishlog’ini, sevimli diyorini qo’msaydi, unga muhabbati jo’sh 
uradi. Qishloqning har bir qarich yeri unra to’tiyo. Chunki olam jamoliga ilk bor 
o’sha yerdan bokqan. Inson mehrini o’sha yerda tuygan. «Do’ngliklardan mis 
laganda sirpanib», bolalik zavqini surgan. Bu holni shoirning «Qishlog’im», 
«Yaylovda», «Zira» kabi she’rlari misolida ko’rish mumkin. «Hisob darsida», 
«Qatiq», «Oy», «Dazmol» singari qator she’rlarida esa asosny g’oyani yengil 
yumor vositasida ifodalaydi. 
Mazkur muloqazalarimiz yoshlar she’riyati faqat zafar quchyapti, u yuksak 
taraqqiyot bosqichida, degan fikrni tug’dirmasligi kerak. Chunki ular izlanish 
pallasidadir. Bu davrda ba’zan kamchiliklarning ro’y berishi hchm tabiiy. Asarning
tematik doirasi, mavzu ulug’vorligi hamda g’oyaviy mundarijasi uning estetik-
tarbiyavny qimmatini tayin qilolmaganidek, ma’lum g’oya atrofida ortiqcha takror 
jimjimadorlik, taqlidchilik, quruq didaktika ham fikrning o’quvchiga to’liq yetib 
borishiga monelik qilishi sir emas. Bunday qusurlar M. A’zamning «Onam ishga 
ketganda», S. Barnoyevning «Shirinlik», G. Jo’rayevaning «Inoq oila», R. 
Tolipovning «Derlar: baxting qo’lingda» singari she’rlarida ko’zga tashlanadi. 
Davrimiz yuksalish davri. Kashf etilgan biron bir yangilik hali hayotga singib 
ketmasdan, ikkinchisi vujudga keladi. Yutuqlarimiz jasorat va kurash samarasidir. 
Bugungi kunda qahramonlikni hayotning o’zi tug’dirmoqda. Davrimizda 
qahramonlik an’anaga aylanib qoldi. 
Buni kattalar hayotida emas, balki o’quvchi bolalar hayotida ham ko’rish 
mumkin. Yosh grajdanlar kattalar mehnatiga o’z ulushlarini qo’shmoqdalar, 
tonnalab paxta termoqdalar. Turli hunar o’rganmoqdalar. Mehnat desantlari tashkil
qilmoqdalar. Xullas, ularning o’qishi, mehnati, intilishi doston va balladalar 
yozishga arziydi. Afsuski bolalar shoirlari bu ishga qalam urmayotirlar. Katta  janrlar e’tibordan chetda qolmoqda. Bu hol bolalar prozasiga nisbatan bolalar 
poeziyasida ochiq-oydin ko’zga tashlanadi. 
Shularni hisobga oladigan bo’lsak, ba’zi shoirlarimiz juda jo’n ganlarni she’rga
solayotganga o’xshaydi. Pand-nasihatdan nariga o’tilmaydi. 
Bolalar she’riyati rivojiga mavzu torligi, bir xilligi ham sezilarli salbiy ta’sir 
qilmoqda. Ba’zi she’rlarda a’lochi va jamoatchi o’quvchilar sha’niga quruq 
maqtovlar yog’iladi. Ularning ishi hamisha «besh». Kiyim-boshi toza, kattalarpp 
hurmat qiladi, uy ishlarida ota-onasiga dastyor. Bular, so’zsiz yaxshi sifatlar. 
Qachonki, ichki mohiyati ochib berilsa ma’qul. Afsuski, his-tuyg’udan yiroq, 
badiiylikdan mahrum bunday asarlarda farishta qahramonlar obrazi yaratilib, 
ularga hayotda yashashning tayyor sxematik «resepti» qo’sh qo’llab topshiriladi. 
Sxematizm, quruq didaktika D. Matjonning «Tuzatib ol», J. Rahimning 
«Buzoq nega qalampirdan xafa?», «G’ishtlar qo’shig’i», S. Jabborning «Shirin» 
kabi bir talay she’rlariga xos xususiyatdir. Kichkintoylarning ma’naviy dunyosi 
ijodkordan g’oyatda noziklik va ehtiyotkorlik bilan yondoshishni talab etadi. Hayot
- murakkab. Tabiat va jamiyat voqyea-hodisalarga boy bo’lib, ijodkorga istagancha
material berishi mumkin. Ammo ularni tanlamasdan qalamga olaverish ko’zlangan
natijani beravermaydi.  Ikkinchi bob. O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish 
2.1.She’r va uni o’qitishning usullari. 
Ma’limki, o’qish kitoblaridagi aksariyat mavzularni she’rlar qamrab olgan. 
Quyidagi she’r nomlari va mualliflarining ro’yxatiga e’tibor beraylik: 
O’qish 1-sinf 
She’r: 
1. Vatan – bu… Po’lat Mo’min, 5-bet. 
2. O’zbekiston askarlari. Odil Abdurahmon, 8-bet. 
3. Ota rozi – Vatan rozi. Eson Rahimov, 9-bet. 
4. Qish. Tursunboy Aashboyev, 11-bet. 
5. Oy allasi. Odil Abdurahmon, 13-bet. 
6. Vatan. Miraziz A’zam, 1-bet. 
7. Quyoshdan erta turib. Yo’ldosh Sulaymon, 17-18-bet. 
8. Bahor kelgach. Tursunboy Adashboyev, 36-bet. 
9. Lola. Hamid Olimjon, 37-bet. 
10. Mehribon oyijonim. Po’lat Mo’min, 39-40-bet. 
11. Bekinmachoq. Anvar Obidjon, 41-bet. 
12. Navruz. Rauf Tolib, 44-bet. 
13. Maktab – oftob qo’shig’i. Quddus Muhammadiy, 47-bet. 
14. Kitob, mening do’stim. Zafar Diyor, 49-bet. 
15. Yaxshi niyat. Anvar Obidjon, 53-bet. 
16. Maslahat. Ikandar Rahmon, 74-75-bet. 
17. Yer nima der? Po’lat Mo’min, 87-bet. 
18. O’zbek elim. Odil Abdurahmon, 96-bet. 
19. Ming yashang. Yo’ldosh Sulaymon, 99-100-bet. 
20. Ulug’bek bobom. Po’lat Mo’min, 103-bet. 
21. Boychechak. Muhtarama, 104-bet. 
22. Ota – ona. Tolib Yo’ldosh, 105-bet. 
23. Qushcha. Abdulla Oripov, 106-bet. 
24. Oftob va odob. Po’lat Mo’min, 107-bet.  25. Dil so’zlari. Habib Rahmat, 110-bet. 
26. Ochiq gap. Nurllo Oston, 112-bet. 
27. Oltin quyosh. Miraziz A’zam, 119-bet. 
28. Turnalar. Ilyos Muslim, 121-bet. 
O’qish 2-sinf 
She’r: 
1. O’zbekiston. Abdulla Oripov, 4-bet. 
2. O’zbekistonim. Hamza Imonberdiyev, 5-bet. 
3. Istiqlol. Jumaniyoz Jabbor, 6-7-bet. 
4. Humo qushi. Po’lat Mo’min, 7-bet. 
5. O’lka. Erkin Vohidov, 11-bet. 
6. Sohibqiron bobomiz. Muxtor Xudayqulov, 14-15-bet. 
7. Vatan. Narimon Orifjonov, 15-bet. 
8. Yur tog’larga. Usmon Nosir, 17-18-bet. 
9. Tilagim. Yo’ldosh Sulaymon, 18-19-bet. 
10. Kuz. Kavsar Turdiyev, 21-bet. 
11. Olma. Erkin Vohidov, 22-bet. 
12. Gilos. Erkin Vohidov, 22-bet. 
13. Bog’da. Qambar ota, 24-bet. 
14. Dehqonga ta’zim. Tursunboy Adashboyev, 25-bet. 
15. Kuzda. Habib Rahmat, 26-bet. 
16. O’quvchiga esdalik. Quddus Muhammadiy, 28-bet. 
17. Kitob deydi. Quddus Muhammadiy, 29-bet. 
18. Orzular Rauf Tolib, 30-31-bet. Bu ro’yxatni uchunchi hamda to’rtinchi sinf
darslilaridagi she’rlar hisobiga yanada kengaytirish mumkin. Ammo shulardan 
ham ko’rinib turibdiki, she’r ilmi – jiddiy ilmdir. 
Albatta, darslikda berilgan har bir mavzu o’quvchilarning ongi va tushunchasi 
darajada berilib, mavzuning g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini qanchalik idroq qila 
olishlari hisobga olinishi zarur.  Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining «Barkamol avlod o’rzusi» nomli kitobda 
«Farzandlarimiz bizdan ko’ra bilimli, kuchli dono va albatta baxtli bo’lishlari 
kerak» deb ta’kidladanidek, yosh o’sib kelayotgan avlod yoshligidanoq tarbiyali, 
o’qimishli qilib tarbiyalanishi kerak. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda «Ta’lim to’g’risida» Qonun ham shu 
maqsadga qaratilgan. 
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga 
ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va 
axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar 
ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk
bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat 
ta’lim standartli (DTS) talabalari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-
biluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlari egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan 
o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan 
intilishlariga turtki beriladi. 
Shu maqsadda «O’qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan
olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, 
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik
kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy,
axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. 
O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar 
bilan tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida 
uyushtirilsa, o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular 
bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. 
Boshlang’ich sinf «o’qish kitobi» darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular 
o’quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib Kirishi, dunyoqarashlarini 
milliy istiqlol mafkurasi asosida to’g’ri shakllantirishga qaratilishi bilan 
belgilanadi. shunga ko’ra, o’qish darslarining yetakchi xususiyati o’quvchilarning  savodxonligini ta’minlash bilan birga, o’quvchilarni milliy mafkura asosida 
yuksak axloqiy qadriyatlarruhida tarbiyalashga qaratiladi. 
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’rganiladishgan asarlarning mavzu 
doirasi ancha keng bo’lib, ular ona tabiat yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga 
muxabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy 
mavzular doirasida birlashtirilgan. 
O’qish darslari uchun tanlangan mavzular o’quvchilarga kundalik hayot, 
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo’yicha ham bilim va 
tarbiya berishni ko’zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat 
mavzular alohida ajralib turadi. ulardan ko’zlangan maqsad o’zlikni anglash, 
istiqlol, vatan va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularni uyg’otishdir. 
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam. mehnatsevarlik kabi mavzular o’qish 
darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo’lib, 2 sinf «O’qish kitobi»dagi «Ona
yurtim-oltin beshigim» bo’limiga kiritilgan «O’zbekistonim» (H.Imonberdiyev), 
«Istiqlol» (J.Jabborov), «O’lka» (E.Voxidov), «Yur tog’larga» (U.Nosir), 3-sinfda 
«Ona bita, Vatanyagona» bo’limidagi «Vatan haqida she’r» (A.Avloniy), 
«O’zbegim» (E.Voxidov), «Vatan mo’tabirdir» (X.Davron), «Bilib qo’yki, seni 
Vatan kutadi» (T.Malik), 4-sinfda «O’zbekiston» - Vatan manim bo’limidagi 
«Serquyosh o’lka» (Z.Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma» 
(M.(Shayxzoda), «Xarita» (N.Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga 
tortiladi. 
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti, 
mardonavor kurashi, ilug’ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy 
sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, amir Temur, Alisher Navoiy,
Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi 
asarlar o’quvchilarni faqat o’tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, vatan oldidagi 
farzandlik burchi va masuliyatini teran anglashga ham yordam beradi. ularda 
Vatanga muxabbat tuyg’usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o’timishi haqida 
hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar 
o’tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar, jamiyat  taraqqiyoti xususida qisqacha bo’lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Tabiatga oid
mavzular yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil fasllarining 
almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi 
asarlar o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga. unga nisbatan to’g’ri 
munosabatda bo’lishga o’rgatadi. 
Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashga tabiat bag’riga sayohat 
uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o’rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlil
vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar 
namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. 
Umuman, «O’qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga 
ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma 
nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi. 
Amaldagi «O’qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o’tgan 
sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.
Masalan, 1-sinfda o’rgatiladigan «Ajdodlarimiz - faxrimiz», «Ilm – aql chirog’i», 
«Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4 sinflarda ham davom 
ettirilgan. Bu esa o’quvchilarning oldingi bilimlarini to’ldiradi va boyitadi. 
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o’laroq, boshlang’ich 
sinflarning o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalarini shakllantirish, 
asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli 
mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-axloqiy, adabiy-estetik tarbiya 
bilan chambarchas bog’lab olib boriladi. 
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-
barangligiga, poetik mukammalligiga, o’quvchilarning bilim darajasi va yosh 
xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi. 
O’quvchilar darsliklar yordamida o’zlashtiriladigan bilim, ko’nikma va 
malakalarning kelajak hayotda zarur bo’lishini tushunib yetishishlariga erishish 
o’quvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. 
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha DTS va «Ona tili» o’quv dasturida o’qish ta’limi 
oldiga qo’yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o’qishni to’g’ri tashkil  qilish, o’qish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg’or 
pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanishga ko’p jihatdan bog’likdir. 
Shu o’rinda, bir fikrni aytib o’tishni o’rinli hisoblaymiz. 
Bir qancha o’qituvchilar, metodik qo’llanmalarning avtorlari adabiyotni faqat 
o’quv materiali deb hisoblab, adabiyot darslari bolalarga faqat plan tuzishni, 
qahramonga xarakteristika berish yo’llarini, ularning og’zaki va yozma nutqini 
o’stirishni o’rgatadi, deb talqin qildilar. Ular adabiyotning estetik ta’sirini, 
shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam berishni ikkinchi o’ringa 
qo’ydilar, ba’zan adabiyotning bu xususiyatini batamom unutib qo’ydilar. 
Shuningdek maktabga adabiyot darsi hozirgi zamon hayoti bilan yaqndan 
bog’lanmadi va o’quvchilarni uncha qiziqtirmadi. Bu hol o’qituvchining 
zimmasiga adabiyot darsini qayta ko’rish va uni yangi talablarga mos shaklda 
tashkil qilish kabi g’oyat muhim vazifani qo’ydi. Hozirgi o’rta maktablarda 
adabiyot o’qitishni ijtimoiy hayot talablari bilan o’quvchilarning mehnati bilan 
uzviy bog’lash ta’limning bosh masalasidir. O’quvchilarga beriladigan bilim va 
ularga hosil qilinadigan ko’nikmalar ta’sirli, o’quvchilarning yangicha yashashlari 
va ijodiy mehnatlari uchun yordam beradigan bo’lishi lozim. Bu talab 
o’qituvchining diqqat markazida turishi kerak. 
O’qituvchi o’quvchilarga adabiyot fani asoslarini, adabiyot tarixi va nazariyasi 
puxta tushuntirib borishi lozim. Lekin fan asoslarini tushuntirishda uning 
hayotiyligini, biror maqsadga qaratilganligini o’quvchilar ongiga singdirib borish 
zarur. Shundagina adabiyotning zamonaviyligi to’g’ri ochiladi va o’quvchilar 
adabiyotni o’z hayotiy tajribalari bilan bog’lay oladilar. 
O’quvchilarning hayotiy tajribalari cheklangan, ularning odamlar haqidagi 
tushunchalari hali zaif, subyektiv va beqaror bo’ladi. Badiiy adabiyot 
o’quvchilarning tasavvurini kengaytiradi, ularning ko’zi oldida yangi dunyo yangi 
hayot ochadi, ularning xilma-xil davrlarga olib kiradi, har xil odamlar va ijtimoiy 
sinflar bilan tanishtiradi. Shu tariqa, badiiy adabiyot o’quvchilarning inson va 
jamiyat haqidagi tasavvurlarini kengaytirib boradi, ularning shaxsiy tajribalarini  tartibga soladi va chuqurlashtiradi, kuzatishlarini o’tkirlashtiradi, insonning 
tabiatini bilishga o’rgatadi. 
Adabiyot o’qitishning yana bir fazilati shundan iboratki, o’qish va asarni 
o’rganish o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishga kuchli ta’sir etadi. 
Bolalar maktabga kirgan vaqtlarida ozgina so’z zapasiga ega bo’ladilar. Ular 
o’z nutqlarida shevaga xos so’z va iboralarni ko’proq ishlatadilar, jumladan 
ko’pincha noto’g’ri tug’ri tuzadilar. So’z san’atkorlarining programmaga kiritilgan 
asarlari nutq madaniyatini taraqqiy ettirishda asosiy rol o’ynaydi, o’quvchilarni 
adabiy nutqqa o’rgatishda katta yordam beradi. O’qituvchi esa o’quvchilar 
nutqining lug’aviy, mantiqiy va grammatik jihatdan o’sishiga alohida diqqat qilishi
lozim. 
Demak, o’quvchilarga badiiy adabiyot vositasi bilan axloqiy-estetik tarbiya 
berish hozirgi maktablarimizning asosiy vazifasidir. 
O’quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga 
o’rgatish, kitobga muhammat uyg’otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur 
mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish. 
O’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish 
hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 
O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yutuk va mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalash. 
O’quvchilarning bog’lanishni nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o’stirish. 
O’quvchilarning xayolot olamini boyitish. 
Elementar adabiy tasavvurini shakllantirish. 
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy 
metodik usullari mavjud bo’lib ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib 
borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari 
o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi. 
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta’lim berishning ilg’or pedagogik 
texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy
o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan.  Ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi 
faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. 
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet 
darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish 
metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning 
umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida 
takomillashtirilib boriladi. 
O’qish darslarining samaradorligi ko’p jihatdan ta’lim metodlarining to’g’ri 
tanlanishiga bog’liq. Binobarin, fanning o’zi kabi o’qish metodlari ham doimiy 
rivojlanishga bo’ladi. Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish metod 
asosida o’rgatilgan bo’lsa, hozir izohli o’qish asosida olib boriladi. Yod olish 
metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o’qilganni 
qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishga mutlaqo e’tibor 
berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish ifodali o’qish 
nazarda tutilgan. 
Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, 
quyidagicha savol tug’iladi: Izohli o’qish nima? 
Izohli o’qishga XIX asrning 60-70 yillarida rus pedagogi K.D. Ushinsikiy asos 
solgan, u o’qishga o’quvchilarni «ongli tushunib, o’ylab o’qishga» o’rgatishni 
alohida ta’kidlaydi va uni «Izohli o’qish» deb nomlaydi. 
Izohli o’qish K.D.Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf 
va Vaxterev izohli o’qish o’quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov
va Bunakov o’quvchilarga o’qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning 
tarbiyaviy xarakteri bilan bog’liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar. 
Professor Asqar Zunnunov o’qitishning mazmuni va usullari haqida fikr 
yuritib, o’quvchilarning oldin bilimlarini o’zlashtirishga, so’ng yod olishlariga 
e’tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli o’qish deb nomlanganini ta’kidlaydi. 
Demak, izohli o’qish deb o’ylashga, his qilishga, asarni to’liq idrok qilishga, 
o’qilganning mazmunini o’zlashtirishga olib keladigan o’qishga aytiladi. Izohli  o’qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari 
surayotgan qoyani anglashni ta’minlaydi. 
Izohli o’qish quyidagi tamoyillarga to’liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli 
bo’ladi: 
1. O’qishni hayot bilan bog’liq holda tashkil etish. 
2. O’qishning ongli va ta’sirchan bo’lishi uchun o’quvchilarning hayotiy 
tajribalariga, taassurotlariga asoslanish. 
3. O’qishni ko’rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar 
uyushtirish, hayvonot olami va o’simliklar dunyosini kizatish, rasmlar, jadvallar, 
predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o’quvchilarning ifodali o’qishi tarzida 
olib borish. 
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar, 
hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o’qib 
o’rganiladi. Tabiyki ularning har biri o’ziga xos shakl, uslub va mazmunda 
yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o’ziga xos usulda 
o’qib o’rganish taqozo qilinadi. 
Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biri ijodiy 
o’qishlardir. Atoqli emetodist olim N.I.Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga 
quyidagi ish usullarini kiritadi: 
a) o’qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o’qishi hamda o’quvchilarning 
asarni to’g’ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emosional idrok etishlarini 
t’minlash maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi; 
b) o’qilgan asardan o’quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini 
chuqurlashtirish maqsadida ega bo’lgan va ularning diqqatini matnning muhim 
g’oyaviy va badiiy xususiyatlari sari yo’naltirilgan suhbat uyushtirish yoki 
o’qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning 
qo’yilishi;  d) o’qituvchining asar o’qilganidan keyin o’quvchilarning asarni tadqiq etish 
jarayonida tug’ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko’zda 
tutuvchi so’zi. 
Ko’rinadiki, ijodiy o’qish izohli o’qishdan farqli o’laroq, to’g’ridan-to’g’ri 
matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashini taqoxzo etadi. Masalan, 4-sinfda 
A.Oripovning «Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi» asarini ijodiy o’qish 
metodi asosida o’rganish jarayonida matn mazmuni va shoir qoyaviy niyatidan 
kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog’liq milliy 
xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda «O’tinchi yigit», 3-
sinfda O’tkir Xoshimovning «Xazonchinak», 4-sinfda S.Anorboyevning 
«Qo’rqoq» asarlarini ham ijodiy o’qish metodi asosida o’qitish ijobiy o’qish 
metodi asosida o’qitish ijobiy samaralar beradi. 
Avvalo, o’qituvchi shunday temani bir butun holda tasavvur qilishi zarur, ya’ni
turmushni bilish nuqtai nazaridan bu tema o’quvchilar uchun qanday yangiliklar 
berishi, bu tema bolani axloqiy-estetik jihatdan qanday tarbiyalashi, badiiy 
mahoratni tushunish va o’quvchilarning nutqini o’stirish kabi masalalar 
o’qituvchining diqqat markazida turishi zarur. Mana shunday umumiy vazifalar 
aniqlangandan so’ng, adabiy materiallarni har bir darsga bo’li zarur. Har bir dars 
metod va usul tomonidan xilma-xil bo’lishi mumkin va o’quvchilarning 
qiziqishlarini so’ndirmaslik, ularning asardan olgan taassurotlarini 
zaoiflashtirmaslik lozim. Har bir dars tamomlangan bo’lishi va o’tgan dars bilan, 
kelgusi yangi dars bilan bog’lanishi zarur. O’qituvchi dars planini tuzayotgan 
vaqtida sinfning ahvoli uning diqqat markazida turishi kerak. Agar darsga kirgan 
ilmiy bo’lim mudiri yoki biror ona tili va adabiyot o’qituvchisi asarni murakkab va
zerikarli deb topsa, dars planini qaytadan tuzish va materialga ijodiy munosabat 
bo’lish zarur. 
Materialni takrorlash asosida yangi materialni o’zlashtirish darsi tashkil 
qilinadi (takrorlash o’quvchilarning bilimini tekshirish va baholash bilan 
bog’lanmaydi).  O’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning yangi materialni o’zlashtirishlari va 
ayni vaqtda ularning o’zlashtirganliklarini tekshirish. 
Bilimni mustahkamlash asosida o’quvchilarning mustaqil ishlari. 
Boshqa dars materiallari asosida uzoq o’tilganlarni takrorlash.  Darsning hamma bosqichlarida o’quvchilarning bilimlarini aniqlash. Jurnalga 
baho qo’yish. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarga ifodali o’qish ham boshlang’ich ta’lim 
tizimida mantiqiy o’qish (matnni to’g’ri, tushunib, tez (me’yorida) o’qish) va 
adabiy o’qish mukammal o’zlashtirilganidan so’ng ifodali o’qishga o’tiladi. U yod 
olingan she’riy asarlarni ifodali o’qishni ham o’z ichiga oladi. Ifodali o’qishning 
muvaffaqiyati o’quvchilarning asar mazmuni, g’oyaviy-badiy xususiyatlari haqida 
muayan tushunchaga ega bo’lishi bilan bog’liq. 
Ohang va intonasiya she’riy asarlarni ifodali o’qishga qay darajada muhim 
bo’lsa, nasriy asarlarni o’qishga ham muhim talablardan biridir. 
Nasriy asarlarni ifodali o’qishdan oldin unda qanday g’oya ilgari 
surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To’xtaboyevning «Xatosini 
tushungan bola» hikoyasini ifodali o’qishdan oldin o’quvchilarga xatosini 
tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo’lganligi, 
maqtanchoqlikning illat ekanligi to’g’risida tushuncha beriladi. 
Ifodali o’qish oldiga qo’yilgan bu talab M.Abdurashidxonovning «Har kim 
ekkanini o’rar», Sh. Sa’dullaning «Laqma it», A.Oripovning «Dehqonbobo va o’n 
uch bolakay qissasi» kabi she’riy hikoyalarini o’qishga ham xosdir. 
Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o’qish katta ahamiyatga ega. 
Badiiy o’qish ifodali o’qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so’z 
san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o’quvchidan asar ruhiga 
batamom kirishi, san’atkorona o’qishni talab etadi. Badiiy o’qishga asar 
qahramonlarining ruhiy holat, kechinmalari to’la anglab etilgandagina 
ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o’qishga tayyorgarlik ko’rishda 
aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi 
samara beradi. 
Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o’qishning muvaffaqiyatini 
ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o’qishdir. Masalan, 3-sinfda 
X.To’xtaboyevning «Xassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning 
savollariga Shavkatning javoblari yoki S.Anorboyevning «Bahs» hikoyasidagi  bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan o’qituvchi topshirig’iga ko’ra 
mazkur o’rinlarni tanlab qayta o’qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy estetik 
qimmatini chuqurroq o’zlashtirishga erishiladi. 
Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida voqyea va tafsilotlar asosida 
o’quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qaxramonlarga baho berishda keng 
qo’llaniladigan usuldir. 
O’qish darslarida reproduktiv metod keng qo’llaniladi. Masalan, o’qituvchi 
dastlabki darslarda o’zi asar matnini qismlarga bo’ladi, yozuvchi yoki shoirning 
aytmoqchi bo’lgan muhim fikriga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab 
ko’rsatadi, o’quvchilar bilan birga tasivr vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, 
o’quvchilariga ko’maklashadi.Bularning bari o’quvchilar uchun bir ko’rsatma 
vazifasini o’tadi. Shundan so’ng o’quvchilar o’qituvchilarning ko’rsatmalari 
yordamida yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni o’zlari mustaqil ravishda 
bajaradilar. 
Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang’ich sinf o’qish 
darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan «Aqliy xujum», 
«Tarmoqlash», «Guruhlar bilan ishlash», «Blis texnologiyasi» kabilardan ham 
foydalanish yaxshi samara beradi. 
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, 
darsda qanday usullarni qo’llash o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi 
va ruxta ishlab chiqilishi kerak. 
O’qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari. Dastur talablarini to’liq 
bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o’qish ko’nikmalarini to’g’ri 
va puxta egallash va takomillashtirilib borish zarur. O’qish ko’nikmalari savod 
o’rgatish jarayonida shakllanadi, o’qitishning keyingi bosqichlarida 
takomillashadi. 
O’qish malakalari deganda badiiy asar matnini to’g’ri tez, ongli va ifodali 
o’qish tushuniladi. O’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari 
shakllantiriladi va takomillashtiriladi.  O’qish malakasining sifatlari o’zaro bog’liq bo’lib, ularningasosi ongli o’qish 
hisoblanadi. O’quvchi matnni tez va to’g’ri o’qisa-yu. anglab o’qimasa yoki uning 
tez o’qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to’g’ri o’qisa-yu, 
o’ta sekin o’qisa, nutq birliklari orasida to’xtamlarga e’tibor bermasa, matnda ifoda
etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to’g’ri o’qish ongli o’qishga 
xizmat qiladi, to’g’ri, tez va ongli o’qish esa ifodali o’qishning asosi hisoblanadi. 
O’qish malakalarini egallash maktabda o’qitiladigan barcha predmetlarni 
muvaffaqiyatli o’zlashtirishning muhim sharti xisoblanadi. 3-sinf «O’qish kitobi» 
darsligida berilgan Miraziz A’zamning bir talay she’rlari oddiy haqiqatni lo’nda 
qilib berishga bag’ishlangan. Masalan, Miraziz A’zamning «Yer aylanadi» she’rini
olib qaraylik. Bu bir oddiy gap, axir necha ming asrdanberi u aylanadi, yana 
aylanavereradi, bu haqda jozibali eshe’r bo’lishi mumkin emas, degan tushuncha 
xayolingizdan o’tadi. Lekin she’rni o’qiydigan bo’lsanshgiz sizning tasavvuringiz 
butunlay o’zgaradi. Murg’ak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham yerning 
aylanishi, onlarning o’tishi, shamolning esib turishi bidlan o’sib-ulg’ayishimiz, 
kamodl topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko’z o’ngimizdan o’tadi. Qilgan 
yaxshi-yomon ishlarimizni o’ylaymiz. «Yer aylanadi» - xuddi shu haqda bahs 
yuritadi: 
Asta-asta shamol esadi, 
Asta-asta yer aylanadi. 
Asta-asta odam o’sadi, 
Asta-asta aylanadi. 
Asta-asta ulg’ayar aql, 
Asta-asta yer aylanadi. 
Asta-asta yetilar naql, 
Asta-asta yer aylanadi… 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari, xususan, 3-4 sinflar hayot murakkabligidan 
unchalik xabardor emas. Ular o’qituvchilarning ko’magida, o’zlari tinglagan badiiy
asarlar yordamida olam mujizalari, va turmush bilan tanishib boradilar.  O’qish faoliyatning asosiy turi bo’lib, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, aqliy, 
estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu 
jarayon esa o’qish malakalarini o’stirish va takomillashtirish ustida tizimli va 
maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi. 
O’qish malakasini egallash ancha murakkab bo’lib, uni shakllantirish uzoq 
vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T.G.Yegorov o’zining «Ocherki psixologii 
obucheni detey chteniyu» nomli asarida o’qish malakalarini shakllantirish 
jarayonini ish bosqichiga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqichi va 
avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi, 
bunda so’zni bo’g’in harf tomonidan tahlil qilish va bo’g’inlab o’qish malakasi 
shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so’zni sidirg’a o’qish xarakteridir; bunda 
so’zni ko’rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so’z ma’nosini anglash bilan 
asosan mos keladi. O’qish so’z ma’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. 
O’quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o’tadilar. Bundan keyingi yillarda o’qish 
avtomatlasha boradi. 
O’qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar 
mazmunini tahlil qilish o’qish malakalarini takomillashtirishga yo’naltirilgan 
bo’lsin. 
To’g’ri o’qish xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri
o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarini buzmasdan, so’zdagi 
tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushi qo’shmay, harflar 
o’rganini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qish 
hisoblanadi. M.Odilova va T.Ashrapovalar «Adabiy talaffuz me’yorlariga 
qo’yilgan barcha talablar to’g’ri o’qish ko’nikmasiga ham taalluqlidir», - deb 
ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to’g’ri o’qishga qo’yilgancha ta’rif 
bergan: «To’g’ri o’qish – bu materialning tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda 
ravon nusxa ko’chirishdir». Demak, to’g’ri o’qish so’zning tovushi tarkibini, 
grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me’yorlar asosida o’qishdir. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga Miraziz A’zamning «Metallurg», «Aqlli 
bolalar», «Senga nima bo’ldi?», «G’alati tush», «Yer aylanadi», «Yerga dovruq  solamiz» singari she’r, qo’shiq, ertak dostonlari kichik bolalarga 
bag’ishlangandir. U har bir asarida bolajonlar uchun albatta bir yangilik, bir yaxshi
gap aytish ishtiyoqi bilan qaynab toshadi va uni uddasidan chiqadi. Shu mavzularni
idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish o’rtasida puxta sintez 
bo’lgani uchun ular o’qishda xatoga yo’l qo’ymaydidlar. Ba’zilarda esa puxta 
sintez bo’lmashganligi uchun xatoga yo’l quyadilar. Bu esa matn mazmunini 
tushunishni qiynlashtiradi. 
2.2. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at. 
To’g’ri o’qish so’zning uzun-qisqaligiga, o’quvchining so’z boyligiga, ya’ni 
so’zning leksik ma’nosini qanchalik bilishishga hamda so’zning bo’g’in va 
morfemik tarkibiga bog’lik. O’quvchilar ko’pincha quyidagi sabablarga ko’ra 
xatoga yo’l qo’yadilar: 
1. So’zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o’rtasida ruxta sintez 
bo’lmagani uchun bola so’zning oldin tovush tomonini ko’radi, uni talaffuz 
qilishga oshiqadi. So’zning ma’nosini esa e’tiboran chetda qoldiradi. 
2. So’z ko’p bo’g’inli bo’lib, bola uni oldin eshitmagan bo’lsa, xatoga yo’l 
qo’yadi. 
3. So’zning ma’nosini bilmaslik tufayli xatoga yo’l qo’yadi. 
4. Tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadi. 
5. To’g’ri o’qish yorug’likka va yorug’likning tushishiga ham bog’liq. 
6. Undosh tovush so’zning o’rtasida va oxirida kelgan yopiq bo’g’inli so’zlarni
o’qishga qiynaladilar. 
Xato o’qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi: 
1. Matnni o’qitishdan oldin undagi o’qilishi qiyin so’z, birikma va gaplarni 
aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab 
so’zlarni bo’g’inlab o’qilishini mashq qildirish. 
2. Matnni o’qishdan oldinuning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan 
so’zlarning lug’aviy ma’nosini tushuntirish. So’z ma’nosini izohlash usullarini 
aniqlash.  3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish. 
4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o’qishlari uchun sharoit yaratish. 
5. Oldin ichda o’qitish, so’ng ovoz chiqarib o’qitish. 
6. O’qitishda o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni 
matnni oson, o’rtacha qiynlikda va qiyin o’qiladigan o’rinlarini belgilab olib, unga 
kuchli yetadigan o’quvvchilarga oldindan taqsimlab berish. 
7. O’quvchilarning o’qishini muntazam tekshirib turish. 
8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to’g’ri tuzatish yo’lini 
aniqlash. 
9. O’quvchilarni xato qilish mumkin bo’lgan o’rindan ogohlantirib turish. 
10. Xatchupdan foydalanish. 
11. Xato o’qish o’quvchining shaxsiy ko’ruv sezgisiga bog’liq bo’lsa, bu 
jihatni ham xisobga olish. 
O’qituvchining tuzilishi murakkab so’zlarni oldindan xat-taxtaga yoki kartonga
bo’g’inlarga bo’lib yozib qo’yib, o’quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o’qitish 
yaxshi natija beradi. 
O’quvchilar yo’l qo’ygan xato ikki xil yo’l bilan tuzatiladi: 
1. O’quvchi so’z oxirdagi qo’shimchani noto’g’ri o’qisa, uni o’qishdan 
to’xtatmasdan xatoni to’g’rilash mumkin. 
2. Xato o’qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o’qitish usulidan 
foydalaniladi. Bunda o’quvchiga o’qigan matni yuzasidan savol berilsa, o’quvchi 
e’tiborli bo’lib qayta o’qiydi. 
Tez o’qish me’yoriy tezlikda o’qish bo’lib, bunda o’qish sur’at matning 
mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O’qish tezligi matnni tushunish 
tezligi bilan muvofiq ravishda o’sib borishi lozim. O’qilayotgan asar mazmunini 
o’zlashtirishni, matn mazmunini ongli idroq etishni ta’minlaydigan o’qish tez 
o’qish deyiladi. 
O’qish sifatlarini eyaxshi o’zlashtirgan holda o’quvchilarning o’qish sur’ati 
bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og’zaki  nutq tempiga to’g’ri keladigan o’qish sur’at normal tezlik hisoblanadi. Chunki o’ta 
tez ham, sekin o’qish ham matn mazmunini o’zlashtirishni qiynlashtiradi. 
O’qish tezligi bir daqiqada o’qiladigan so’zlar soni bilan belgilanadi. 2005 
yilda e’lon qilingan o’qish dasturida 1-sinfning 2-yarim yiligida o’qish sur’at 20-
25 so’z (notanish matnni o’qish tezligi ham 20-25 so’z); o’quv yili oxirida 25-30 
so’z; 2-sinfning 1-yarim yilligida matnni o’qish tezligi 30-35 so’z; 2-yarim 
yilligida 40-50 so’z; 3-sinfning 1-yarim yilligida 60-70 so’z; 2-yarim yilligida 70-
80 so’z; 4-sinfning 1-yarim yilligida ichida ovozsiz 110-130 so’z, ovozli o’qishga 
90-100 so’z deb belgilangan. 
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir daqiqada bol 250 so’zli matnni o’qisa, undagi 
200 ta so’zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo’g’inlab o’qisa, uning diqqat 
markazida so’z emas, bo’g’in bo’ladi. Natijada u so’zlarni eslab qola olmaydi. Bu 
4-sinf o’quvchilarning o’qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so’zdan 100 so’zni eslab 
qoladi. Bu esayuqori ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4-sinfda bir 
daqiqada 170-180 ta so’z o’qiydigan o’quvchilar ham bor. 
O’qish tezligi to’rt davomida to’g’ri va ongli o’qish bilan bog’liq holda asta 
ortib boradi. O’qish tezligini tekshirganda o’qituvchi o’qiladigan materialning 
xarakterini, ya’ni g’oyaviy-mavzuviy marakkabligini, so’z va gaplarning 
tuzilishini, ularning bolalar nutqida qay darajada ishlatilishini, o’qishning to’g’ri 
va ongli bo’lishini hisobga oladi. O’quvchilarning o’qish tezligi har xil bo’ladi, 
albatta. O’qituvchining vazifasi barcha o’quvchilarning o’qish tezligini, iloji 
boricha bir xillikka keltirishdan iborat. O’qish san’atini oshirishga tez aytishlari, 
maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o’qishni mashq qilish kabilar 
samarali usullardan xisoblanadi. 
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet 
darslarda amalga oshiriladi. Lekin, o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish 
metodikasi ishlab chiqaradi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning 
umumiy rivojlanishi takomillashtrib boradi. 
Ongli o’qish yaxshi o’qishning asosiy sifati xisoblanadi. Ongli o’qish o’qilgan 
matnning aniq mazmunini asarning g’oyaviy yo’nalishini, obrazlarni va badiiy  vositalarning rolini tushunib o’qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqyea-
hodisalarga o’z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o’qish o’z navbatida,  o’quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so’zning leksik ma’nosini, gapda 
so’zlarning bog’lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog’liq. 
Hozirgi ongli o’qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma’noda: 
birinchidan. O’qish jarayonini egallashga nisbatan o’qish texnikasi ma’nosida, 
ikkinchidan, keng ma’nodagi o’qishga nisbatan o’qish texnikasi ma’nosida, 
ikkinchidan, keng ma’nodagi o’qishga nisbatan o’qish sifatlaridan biri ma’nosida 
qo’llanadi. 
Matnni ongli o’qish uchun o’quvchilar to’g’ri, me’yorida o’qishni egallangan 
bo’lishlari va o’qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O’quvchilar matnni 
ongli o’qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi. 
Tursunboy Adashboyevning yuqorida keltirilgan she’rlari ongli o’qish uchun 
namuna bo’la oladi. Ongli o’qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini 
tushunish xisoblanadi. O’qituvchi ongli o’qishni matnni ifodali o’qishga (agar 
ovoz chiqarib o’qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning 
to’g’riligiga, asar voqyealari va kahramonlarning xatti-harakatiga bildirilgan 
munosabatiga qarab baholaydi. Ongli o’qish va ifodali o’qish bir-birini taqozo 
qiladi, ammo bir-biriga aynan o’xshamaydigan o’qish sifatlaridir. 
Ifodali o’qish intonasiya – ohang yordamida asarningg’oyasi va jozibasini 
to’g’ri, aniq yozuvchi niyatiga mosravishda ifodali bilishdir. «ifodali o’qish 
adabiyotni aniq va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy shaklidir», deb 
ta’kidlaydi metodist olima M.A.R ы bnikova. 
Demak, «Ifodali o’qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va 
emosionalligini intonasiya orqali o’quvchilarga ko’rgazmali qilib ko’rsatishdir. 
Ifodali o’qishning asosiy tamoyili o’qiladigan asar g’oyasi va badiiy qimmatini 
chuqur tushuntirishdir». 
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga dars jarayonida intonasiyaning ham roli katta 
ekanligini e’tiborga olish lozim, intonasiya og’zaki nutqning birgalikda harakat 
qiluvchi elementari: urg’u, nutq yempi va ritmi, pauza, ovozning past-
balandligining yig’indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi  birgalikda asarning mazmunini, g’oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, 
ichki kechinmalarini ifodalaydi. 
O’quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar 
quyidagilardan iborat: 
1. Nutq jarayonida nafasni to’g’ri olish va to’g’ri taqsimlay bilish. 
2. Har bir tovushning to’g’ri artikulasiyasi va aniq diksiya (burro gapirish) 
malakasini egallash. 
3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash 
Bu shartlar faqat ifodali o’qishgagina emas, balki ifodali nutqa, ya’ni hikoya 
qilishga ham taalluqlidir. O’quvchining har qanday og’zaki hikoyasi ifodali 
bo’lishi zarur. 
Ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy 
bog’lanadi. Shuning uchun o’qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni 
talaffuz qilayotganda o’z nafasini boshqara olish va ovozdan to’g’ri foydalanishga 
o’rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi balan-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), 
yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O’quvchilar matn 
mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o’qish (gapirish)ga, nutqda tez, 
o’rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg’uni ifodalashga o’rganadilar. 
Ifodali o’qishga o’rgatishga o’quvchilar pauza va logik urg’u bilan ham 
tanishtiriladi. 
Ifodali o’qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi: 
1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-
harakatini tahlil qilish, asarning g’oyasini belgilash, ya’ni sarning g’oyaviy-
mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish. 
2. Matnning qaysi joyda to’xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg’uning o’rnini, 
o’qish tempini belgilab olish. 
3. O’qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqyea-
hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodali olish 
matnni qayta o’qish.   4. Asrning mazmuni va g’oyaviy yo’nalishini tahlil qilish ifodali o’qishga 
o’rgatish bilan bog’lab olib boriladi. Ifodali o’qishga o’rgatishda matn mazmunini 
tushunish, muallif hikoya qilgan voqyealarga o’z munosabatini bildirish asosiy 
vazifa hisoblanadi. O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shaklantirish uchun 
asarni o’qituvchining ifodali o’qishni muhim ahamiyatga ega.  XULOSA 
Ma’lumki, kurs ishini yoritish o’ziga xos qiyinchiliklarga ega. Biz imkon qadar
o’z oldimizga qo’ygan rejalarni uddalashga intildik. Zero, bolalar tarbiyasi asosan 
ota-onalar va tarbiyachilar tomondan oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni 
bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutlaqo 
bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga 
uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa 
tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqinda yordam beradilar, ya’ni ular 
badiiy asarlardan parchalar o’qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni 
o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o’qish 
o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar 
qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar 
adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni 
jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi 
ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va 
murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dastur» hamda «Ta’lim to’g’risida» qonunda o’z 
ifodasini topgan. demak, shunday ekan, tarbiyachilar, murabbiy va o’qituvchi 
ustozlarning, shoir va adib, olim va adabiyotshunoslarning oldida turgan eng 
asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g’urur 
tushunchasini shakllantirish, tarix sahnasida chaqnagan ilm-fan, ma’rifat va 
ma’naviyat yulduzlarining asarlarini o’rgatish va shu e’tiqod asosida tarbiyalab 
voyaga yetkazish muhim ishdir. 
Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, 
fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, 
vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan 
ajralib turadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta’lim to’g’risida» qabul qilingan 
Qonunda ham xuddi ana shu masala ko’ndalang qilib quyilgan. Zotan xalqning bir  bo’ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga etib ulg’ayib qoladi. 
Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat bilan qarash lozim. 
Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, 
saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chiqir uy-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar 
va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirish 
zarur. 
Biz o’zimizning mazkur kurs ishimizda yuqoridagi buyuk ma’suliyatini chuqur
anglagan holda boshlang’ich sinflarning 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi»ga kiritilgan 
Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam, Tursunboy Adashboyevlar 
ijodidan namunalardan kiritilgan asarlarni tahlil qilishni lozim topdik. 
Albatta, boshlang’ich ta’lim maktablarining 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi» 
darsliklariga kiritilgan mavzular, xususan Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz
A’zam Tursunboy Adashboyev asarlarini, she’rlarini o’qish va o’rganish, mustaqil 
ishlar tashkil qilish o’qituvchi tomonidan uning rahbarligi ostida o’tkaziladi. Bu 
o’z navbatida, o’qituvchi tomonidan puxta o’ylangan, rejalashtirilgan, ma’lum 
sistemaga solingan va mazmunli bo’lishi talab qilinadi. 
Darhaqiqat, Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam, Tursunboy 
Adashboyevlarning asarlarini, she’rlarini dars jarayonida o’qish ishlarini, tahlil 
qilish, shuningdek, mustaqil o’qish ishlarini tashkil etish o’z e’tibori bilan yangilik 
sanaladi. 
Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan 
iborat. Shoir Anvar Obidjon aytganidek: 
Obro’yingni baland tutmoq, 
E bolam, o’z qo’lingdadir. 
Sening olamdagi narxing 
Vatan, millat, tilingdadir.  Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent, 
O’zbekiston, 2011-yil. 
2.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent, 
Ma’naviyat,2008-yil. 
3.Umumiy o’rtata’limning davlat standartlari va o’quv dasturi // O’zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Axborotnomasi, 7-maxsus son. Toshkent. 
«Sharq», 1999. 
4.Boshlang’ich ta’lim bo’yicha Yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti // 
«Boshlang’ich ta’lim». Jurnali. Toshkent, 2005. - №5.5,6. 
5.Boshlang’ich ta’lim bo’yicha Yangi tahrirdagi o’quv dasturi // «Boshlang’ich
ta’lim». Jurnali. Toshkent, 2005. - № 5. 
6.A. Zunnunov va boshqalar. Adabiyot o’qitish metodikasi. Toshkent 
«O’qituvchi», 1992. 
7.A.G’ulomov. ona tili o’qitish prinsiplari va metodlari. Toshkent. 
«O’qituvchi», 1992. 
8.B.Ma’qulova, T.Adashboyev. Kitobim – oftobim (1-sinf uchun sinfdan 
tashqari o’qish kitobi). Toshkent.: «O’qituvchi», 1999. 
9.B.Ma’qulova, S.Sa’diyeva. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari (1-sinf 
o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma). Toshkent. «O’qituvchi», 1997. 
10.B.Ma’qulova, S.Matchonov. Kitobim-oftobim (2-sinf uchun sinfdan 
tashqari o’qish kitobi). Toshkent. «O’qituvchi», 2000. 
11.B.Ma’qulova, D.Nasriddinova. Kitobim – oftobim (1-sinfdan tashqari 
o’qish kitobi). Toshkent. «O’qituvchi» NMIU, 2008. 
12. G’afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. O’qish kitobi. Umumiy 
o’rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. –Toshkent, Sharq,2011. 
13. Abdullayeva Q., Yusupov M., Rahmonbekova S. O’qish kitobi. Umumiy 
o’rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. –Toshkent, Sharq,2010.  14. Umarova M., Hakimova Sh. O’qish kitobi. Umumiy o’rta ta’lim 
maktablarining 3-sinfi uchun darslik. –Toshkent, Sharq,2011. 
15. Matchonov S., Shojalilov A., G’ulomova X., Sariyev Sh., Dolimov Z. 
O’qish kitobi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. –
Toshkent, Sharq,2011. 
16. Qosimova K., Matchonov S., G’ulomova X., Yo’ldoshova Sh., Sariyev Sh. 
Ona tili o’qitish metodikasi. –Toshkent, Noshir nashriyoti, 2009. 
17. O’zbek bolalar adabyoti antologiyasi. I-II-jildlar. To’plovchi Safo Matjon. 
– Toshkent, Cho’lpon, 2006, 480-bet. 
18.Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent, O’qituvchi, 2005,272-bet. 
19.Ziyomuhammedov B., Tojiyev M. Pedagogik texnologiya: Zamonaviy 
o’zbek milliy modeli. – Toshkent, Lider-Prees nashriyoti,2009, 104-bet. 
20.http://www.ziyonet.uz/ 
21.http://www.pedagog.uz/ 
22.http://www.edu.uz/ 
23. Anvar Obidjon // XX asr o’zbek she’riyati antologiyasi. –Toshkent, O’ME 
nashriyoti, 2007, 207-212.  Mundarija….3 
Kirish………..3 
Birinchi bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida…6 
1.1. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish….6 
1.2. O’qishning o’ziga xos turlari….9 
Ikkinchi bob. O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish 
2.1.She’r va uni o’qitishning usullari…..22 
2.2. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at……36 
Xulosa………41 
Foydalanilgan adabiyotlar…….43

O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish uslubiyoti MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………….. ASOSIY QISM……………………………………………... Birinchi bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida ….. 1.1. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish …. 1.2. O’qishning o’ziga xos turlari …………………………… Ikkinchi bob. O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish ………... 2.1.She’r va uni o’qitishning usullari ……………………….. 2.2. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at ………………….. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

REJA: KIRISH ASOSIY QISM Birinchi bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida 1.1. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish 1.2. O’qishning o’ziga xos turlari Ikkinchi bob. O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish 2.1.She’r va uni o’qitishning usullari 2.2. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Mavzuning dolzarbligi. Bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomondan oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutloqo bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqinda yordam beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalar o’qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o’qish o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi. Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta’lim to’g’risida» qabul qilingan Qonunda ham xuddi ana shu masala ko’ndalang qilib quyilgan. Zotan xalqning bir bo’ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga yetib ulg’ayib qoladi. Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat bilan qarash lozim. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur uy-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilxomlantirishi zarur. Prezidentimiz I.A.Karimov alohida uqtirganidek, «Xalq-bamisoli ulug’ sharafli yo’ldan ilgarilab borayotgan karvon. Uni yo’ldan chalg’itishga urunuvchilar, payt poylab orqasidan hamda qiluvchilar hamisha bo’lgan, bundan keyin ham bo’lishi mumkin. Karvon bexatar bo’lmas, degangap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hyech qanday kuch ortga qaytarolmaydi»1. 1 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, «Маънавият» нашриёти. 2008 йил 172 бет

Xudi shu g’oya maqsad va tushuncha «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» hamda «Ta’lim to’g’risida» qonunda o’z ifodasini topgan. demak, shunday ekan, tarbiyachilar, murabbiy va o’qituvchi ustozlarning, shoir va adib, olim va adabiyotshunoslarning oldida turgan eng asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g’urur tushunchasini shakllantirish, tarix sahnasida chaqnagan ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat yulduzlarining asarlarini o’rgatish va shu e’tiqod asosida tarbiyalab voyaga yetkazish muhim ishdir. Biz, o’zimizning mazkur kurs ishimizda yuqoridagi buyuk ma’suliyatini chuqur anglagan holda boshlang’ich sinflarning 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi» ga kiritilgan Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyevlar ijodi namunalaridan kiritilgan asarlarni tahlil qilishni lozim topdik. Kurs ishining oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida ta’kidlangan o’rta umumiy ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilariga, xususan 1-2-3-4 sinflarga beriladigan bilim va tushunchalar hozirgi davr talabalari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilmoqda. Shu nuqtai-nazardan, biz o’z bitiruv malakaviy ishimizda boshlang’ich sinf darsliklariga kiritilgan zamondosh shoirlar, yozuvchilar Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyevlarning asarlarini tahlil qilishni o’z oldimizga maqsad qilib quydik. Darsda va darsdan tashqari vaqtlarda ham mazkur o’qish uchun topshiriladi. Albatta bu o’qishlarning boshida o’qituvchi-murabbiylar turadi. Bolalarning o’qishlariga rahbarlik qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerakki, Prezidentimiz I.A.Karimov alohida ta’kidlaganidek boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bunday buyuk xizmatlarini ta’riflab degan edi: «Dunyoda nufuzli kasblar ko’p, ammo ular orasida o’qituvchilik kasbi alohida yuksak mavqyeiga ega. Ayni zamonda o’qituvchi kasbiga nihoyatda katta talablar quyiladi, chunki biz murabbiy, muallimni qo’liga farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz»

Mazkur ishni yozilishda Prezidentimiz I.A.Karimovning qator asarlari, xususan, «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida», «O’zbekiston buyuk kelajak sari», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Barkamol avlod -O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», «Barkamol avlod orzusi», «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch», «Ta’lim to’g’risida» Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» singari zaruriy adabiyotlardan foydalandik. Shuningdek, Q. Abdullayeva, K. Qosimova, S. Dolimov, A.Zunnunov, T.Jo’rayev, E.Shodmonov, Yu. Abdullayev, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, O.Safarov, M.Jumaboyev, X.Razzoqov, Yu.Sultonov, M.Qo’shjonov, S.Mamajonov, U.Normatov, S.Mirzayev, O.Sharafiddinov, P.Shermuxammedov, X.Umurov S.Matchonov, X.G’ulomova, Sh.Yo’ldosheva, Sh.Sariyev kabi unglab metodistlar va taniqli pedagoglar ma’rifatparvarlar va ijodkorlarning ilmiy, uslubiy nazariy asar va maqolalaridan foydalanib ish ko’rdik. Ishning yozilishida qo’lanilgan metod Albatta, boshlang’ich ta’lim maktablarining 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi» darsliklariga kiritilgan mavzular, xususan Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyev asarlarini, she’rlarini o’qish va o’rganish, mustaqil ishlar tashkil qilish o’qituvchi tomonidan uning rahbarligi ostida o’tkaziladi. Bu o’z navbatida, o’qituvchi tomonidan puxta o’ylangan, rejalashtirilgan, ma’lum sistemaga solingan va mazmunli bo’lishi talab qilinadi. Biz mazkur kurs ishimizni Past Darg’om tumanidagi 53 umum ta’lim maktabining 4 sinfda o’tkazgan tajribamiz asosida yoritishga lozim topdik. 4 – sinfimizda hozirgi kunda 42 talaba tahsil olayapti. Bilim va tajribamizga tayangan holda, shuningdek, pedagogik amaliyot o’tgan maktabdagi o’qituvchilarning ish tajribasiga suyangan holda yoritishda harakat qildik. Ishning ilmiy yangiligi Darhaqiqat, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyevlarning asarlarini, she’rlarini dars jarayonida o’qish ishlarini, tahlil qilish shuningdek,