logo

o`quvchilarni tarbilashda inshoning ahamiyati

Загружено в:

13.08.2023

Скачано:

0

Размер:

54.6494140625 KB
MUNDARIJA
KIRISH. 
1.BOB.Insho yozish malakasi va uni shakllantirish usullari.  
1.1.Insho turlari va uni tashkil etish.
1.2.Inshoni tashkil etish bosqichlari 
2.BOB.Boshlang`ich   sinf   “O`qish   kitob”   darsligida   berilgan   tabiat
mavzusidagi matnlar asosida insho tashkil etish. 
2.1. Tabiat mavzusidagi insholarni tashkil etish 
2.2.O`quvchilarni tarbiyalashda inshoning ahamiyati.  
XULOSA. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  KIRISH
Mavzuning dolzarbligi . Insho - ijodiy ish: o`quvchidan faollik, qiziqish, fikr
bildirishni   talab   qiladi.   Material   tayyorlash,   uni   tartibga   solish,   insho
kompozitsiyasi   va   rejasi   haqida   o`ylash,   logik   bog`lanishni   belgilash,   so`z,   so`z
birikmasini   tanlash,   gap   tuzish   va   uni   o`zaro   bog`lash,   imloni   tekshirish   kabi
barcha   murakkab   ishlar   o`quvchidan   aqliy   kuchini   to`la   ishga   solish   bilan   birga,
o`z ma`naviy faoliyatini boshqarish ko`nikmasini ham talab etadi. 
Inshoda   til   nazariyasi   nutq   tajribasi   bilan   qo`shiladi.   O´quvchi   inshoni,   u
mustaqil, ijodiy xarakterda bo`lgani, «o`ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi. 
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi
- inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o`quvchilar nutqini o`stirish,
aqliy,   ijodiy   o`sishiga   mo`ljallangan   dasturga   o`tishi   munosabati   bilan   uning
ahamiyati yanada o`sdi. Bugungi kunda tabiat mavzusi global muammolardan biri
hisoblanadi. Shuning uchun ham o`quvchilarni kichik maktab yoshidanoq tabiatni
asrash,   uning   boyliklaridan   oqilona   foydalanish,   tabiat   ne`matlarini   ko`paytirish
vaboshqa   ijobiy   munosabatlar   doirasida   tarbiyalashda   bu   mavzudagi   inshoning
o`rni kattadir.  
Mavzuning   o’rganilganlik   darajasi . Boshlang`ich   sinflarda   tabiat   mavzusi
bilan   bog`liq   o’qish   samaradorligini   ijobiy   tomonga   ta’sir   qilishning   eng   qulay
usulidir.   Sinfda   va   sinfdan   tashqari   o’qish   darslari   boshlang’ich   sinflarda
o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish
darslarida   o’tilgan   mavzular   asosida   badiiy   kitoblar   axtarish,   asar
qahramonlarining   nomlarini   yozish,   ularni   tasvirlab   berish,   ijodiy   rasm   ishlash,
fikrni   yakunlash   uchun   mos   maqollar   yod   olish   ko’nikmalarini   shakllantirish
dolzarb   metodik   manba   ekanligini   aniqlash,   ularning   didaktik   asosini   belgilash
ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi.   
Og`zaki   va   yozma   inshoga   o`rgatish   jarayonida   o`quvchilarda   mavzuni
tushunish va yoritish, o`z inshoini aniq fikrga bo`ysundirish, material to`plash, uni
tartibga   solish   va   joylashtirish,   reja   tuzish   va   reja   asosida   yozish,   mazmunga   va
nutq   vaziyatiga   mos   ravishda   til   vositalaridan   foydalanish,   yozgan   inshosini
2  
  takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar
ham   amalga   oshiriladi,   ya`ni   matnni   yozishda   imloviy   va  husnixatga   doir   matnni
abzaslarga bo`lish, xat boshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham
amal qilinadi. 
Og`zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash
usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. 
Ishning   maqsadi   va   vazifasi .   Savod   o`rgatish   mashg`ulotlarida   va   unga
ma`lum   bir   o`zgartirishlar   kiritishda   yangi   pedagogik   texnologiyalardan
foydalanishning   samarali   usullarini   shakllantirish,   insho   yozish   orqali
o`quvchilarning   aqliy   va   ijodiy   faolligini   oshirishbitiruv   malakaviy   ishi   mavzusi
bo`yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi. 
Yuqorida oldimizga qo`ygan maqasadimizdan kelib chiqib: 
Kurs   ishida   tanlangan   mavzu   bo`yicha   ijtimoiy   pedagogik,   falsafiy-ma`rifiy,
ilmiy-metodik hamda o`quv adabiyotlarni o`rganib chiqish va umumlashtirish. 
O`qish   darsligidagi   tabiat   mavzusiga   oid   matnlar   bilan   ishlash   jarayonini
o`rganish va tahlil qilish. 
Mavzuga   oid   ilmiy   metodik   manbalarni   o`rganish   va   tahlil   qilish   asosida
savod   o`rgatish   mashg`ulotlarini   shakllantirishga   oid   mashg`ulot   mazmuni,
maqsadi   va   qurilishini   o`rganish   hamda   qayta   takomillashtirish   dolzarb   nuammo
ekanligini aniqlash. Boshlang`ich  sinflarda  tabiat  mavzusi  bilan  bog`liq
o`qish   mashg`ulotlariga   oid   mashqlarning   samaradorligini   oshirishga
yo`naltirilgan   yangi   pedagogik   texnologiyalar   asosida   dars   ishlanmalarini
yaratish.Tabiat   mavzusiga   bag`ishlangan   insholarni   tashkil   qilish   orqali
o`quvchilarda ona tabiatga bo`lgan ijobiy munosabatini shakllantirish. 
Ishining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati .   Ushbu   kurs   ishini   bajarish   natijasida
boshlang’ich sinflarda   tabiat  mavzusi  bilan  bog`liq   kichik yoshdagi  o’quvchilarni
ona   tilini   puxta   o’zlashtirishga   tayyorlashning   ajralmas   qismi,   ta’lim   jarayonida
ularni   ahloqiy-estetik   tarbiyalashning   muhum   vositasi     sifatida   qaraladi.   Tabiat
mavzusiga   bag’ishlangan   janrlarning     xilma-xil   namunalari   bilan   tanishtirish,
ularda   kitobxonlik   madaniyatini   tiklashga   oid     mashg‘ulot   ishlanmalarini,   uning
3  
  maqsadi,   mazmuni,   tipi,   qurilishiga   oid   yangi   tushunchalari   bilan   boyitishning
didaktik   asoslari   ko‘rib   chiqildi   hamda   ilmiy-metodik   tavsiyalar   bilan   boyitish
nazarda tutildi.  Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan
tavsiyalardan   nutq   madaniyatini   shakllantirishga   oid   mashg`ulotlarini   boyitish,
kichik maktab yoshidagi  o`quvchilarida olib boriladigan turli o`quv predmetlarini
takomillashtirish   hamda       ularning   bilimini,   malakasini   oshirishda   keng
foydalaniladi. 
Kurs   ishining   tarkibiy   tuzilishi .   Ushbu   kurs   ishi   kirish,   ikki   bob,   har   bir
bobda  ikta dan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4  
  1 BOB
INSHO YOZISH MALAKASI VA UNI SHAKLLANTIRISH
USULLARI.
1.1.Insho turlari va uni tashkil etish.
Avvalombor,   boshlang`ich   sinf   o`quvchilarining   ona   tilidan   egallagan   bilim
saviyasi   ko`pdan   biri   hammamizni   tashvishga   solayotgan   hech   kimga   sir   emas.
Samaradorlik avvalo o`quvchilarga “Nimani o`qitish” masalasi bilan chambarchas
bog`liq.   Ona   tili   ta`limidan   o`quvchilar   egallashi   lozim   bo`lgan   zaruriy   bilimlar
hamda   shu   bilimlarga   muvofiq   keladigan   malaka   va   ko`nikmalar   tizimi   to`g`ri
belgilansagina “Qanday o`qitish kerak” degan savolga javob topish mumkin. Yosh
avlodni tarbiyalashda o`z ona tilida aniq, tushunarli, ta`sirchan, chiroyli so`zlarga
o`rgatish   masalasi   asosiy   o`rinda   turadi.   Insho   arabcha   so`z   bo`lib,   “yaratish”,
“bunyod   qilish”,   “qurish”   ma`nosini   anglatadi.   Inshoda   muallifning   so`z   qo`llash
mahorati,  fikriy tafakkuri, bilim  va  dunyoqarashi,  savodi  namoyon  bo`ladi.  Insho
mazmun va mohiyatiga ko`ra uch guruhga bo`linadi: 
Adabiy mavzudagi insholar; 
Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar; 
Erkin mavzudagi insholar. 
Insho   1-sinfda   kichik   og`zaki   axborot   va   extirosli   hikoyadan   boshlanib,   o`z
fikrini   ifodalashga,   o`quvchi   shaxsining   tashkil   topishiga   xizmat   qiladigan,
ta`limtarbiyaiy   ahamiyatga   ega   bo`lgan   jiddiy   rejali   aqliy   ishga   aylanadi.   Insho
shaxsni   shakllantirishda   foydali   vosita   bo`lib,   his-hayajon   uyg`otadi,   aqliy
mustaqillikka,  fikrlashga,   ko`rgan-kechirganlari  va   o`zlashtirganlarini   baholashga,
kuzatuvchanlikka,   voqea-hodisalar   o`rtasidagi   sabab-natija   bog`lanishni   topishga,
ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga o`rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi. Tabiat
hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto undan ko`proq davom etadi, rasmlar esa insho
yozishdan   oldin   ko`riladi.   Insho   yozish   yoki   og`zaki   hikoya   qilish   darsni   ilgari
bajarilgan   ishlarning   yakunidir.   Insho   darsning   umumlshtiruvchilik   roli
bog`lanishli nutq sohasidagi ko`nikmalarni egallash me`yoriga qarab ortib boradi.
Insho yozish uchun 2-sinfda, odatda, bir dars zarur bo`lib qolsa, ikkinchi darsdan
5  
  15-20   daqiqa   3-4   sinflarda   bir   yoki   bir   yarim   dars   ayrim   vaqtlarda   2-   darsgacha
ajratiladi. 
O`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirish bugungi kungacha umumta`lim
maktablri   oldida   turgan   asosiy   vazifalarda   hisoblanadi.   Boshlang`ich   sinflarda
yozdiriladigan   inshoning   muhim   turlaridan   biri   kichik   yoshdagi   o`quvchilarning
hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir. Rasm asosida va tabiatni kuzatish asosida
yoziladigan   insho   maktablarda   tez-tez   o`tkaziladi,   chunki   rasm   bolalar   nutqiy
ijodini,   tasavvurini   boyitishga   xizmat   qiladi.   Rasm,   ekskursiyagaa   olib   chiqish
bolalar   sezgisiga   ta`sir   etadi.   Hayotning   bola   tajribasida   hali   uchramagan
tomonlarini   ochadi.   Rasm   o`quvchilarga   tanish   bo`lgan   hodisalarni   chuqur
anglashga ham yordam beradi. 
  Tabiatni kuzatish asosida yoziladigan insho o`quvchilar tasavvurini, hayolot
dunyosini   boyitadi.   O`quvchilar   tabiatda   qanday   o`zgarishlar   sodir   bo`lishini   va
nimalarning guvohi bo`lganini o`zlaricha bayon qiladilar. 
Inshoning   tarbiyaviy   ahamiyati   tanlandigan   mavzuga,   shuningdek,   insho
ustida o`quvchilar qanchalik mustaqil ihlashi v a qiziqishiga, inshoning g`oyasiga
ham bog`liq. 
Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil
fikrlashga   o`rgatadi,   tilga   va   abadiy   ijodga   qiziqishlarini   oshiradi.   Bolalar   eng
qiziqarli va o`zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoyalar qiladilar va yozadilar,
ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o`stiradi, ommaviy faollikni oshiradi. 
Tabiatda biz turli  xil  o`zgarishlarni  kuzatamiz. Fasllar  haqida she`rlarni  ham
bilgan o`quvchilar keltirib o`tishadi: 
Kuz: Shukur Sa`dulla 
G`ir-g`ir shamol yeladi,  
Buni hamma biladi. 
 O`giradi yelga yuz, 
 Marhamat, kel, oltin kuz! 
   Maktab borar o`g`il-qiz, 
 Qo`lda kitob hamda gul 
6  
  Oltin oqar daladan, 
Tong yorishgan palladan.
Quyosh tushar taftidan,
Qo`rqib qishning aftidan
Sarg`ayadi ko`katlar,
Barg to`kadi daraxtlar
Hosil yig`ib olinar  
Qishga zamin solinar. 
Mana  masalan, “Men nimalarni  bilaman” mavzusidagi  tanlovga bolalar  juda
qiziqadilar.  Tanlov   bolalarning   mehnat   ko`nikmalarini   aniqlabgina   qolmay,   ularni
uyda,   polizda,   bog`da   ishlashga   rag`batlantiradi.   Maqsad   kishilarga   foyda
keltiruvchi   mehnatga   hurmatni   tarbiyalashdir.   Qishloq   maktab   o`quvchilari
otaonalariga   sabzavotlar   ekish,   hosilni   yig`ish,   o`tin   tayyorlash   kabi   ishlarda
qanday   yordamlashganliklari   haqida   yozadilar.   Insho   uchun   iloji   boricha   tor-aniq
chegaralash   mumkin   bo`lgan   mavzuni   tavsiya   qilish   foydali.   Misol   uchun   “Kuz”
mavzusi   o`quvchilar   uchun   juda   keng   mavzu   bo`lib,   bunda   o`quvchi   umuman
kuzda   qilinadigan   ishlar   haqida   yozishi   mumkin.,   lekin   mavzuning   aniq
chegarasini bilmaydi. 
Ekskursiya asosidagi insho uchun material yig`ish uni yozishdan ancha ilgari
boshlanadi; tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto undan ko`proq davom etadi;
rasmlar esa insho yozishdan oldin ko`riladi. 
Juda   yaxshi   yozilgan   inshoni   sinfda   ifodali   o`qib   berish   va   tahlil   qilish
bolalarni tarbiyalaydi. Ba`zi maktablarda bolalar inshosi  va hatto bolalar she`rlari
to`plami   tuziladi,   yaxshi   yoziladigan   hikoya   uchun   tanlov   e`lon   qilinadi.     Ilyos
Muslimning “Quvnoq o`tsin ta`tilingiz!” she`rini  ifodali o`qib berib, ularga zanjir
metodidan   o`qib   borishlarni   davom   ettiraman.   yozda   qanday   mevalar   pishishi,
qanday ishlar amalga oshirilishi haqida ular bilan suhbat darsini olib boraman. 
Mana shu she`r mazmuniga mos hamma oq varaqqa rasm chizib kelishlarini
aytaman.   Ular   bilan   dars   davomida   tabiatning   o`zgaruvchan   manzarasini
kuzatishlaringiz asosida so`zlab berishlarini aytaman. 
7  
    Tabiat ham inson misoli 
  Ardoqlashni istaydi dildan 
  E`tiborsiz befarqliklarni 
  So`zlay olmas, aytolmas dildan. 
Inshoni   yozishga   o`rgatishda   avvalo   o`quvchilarga   ular   bilan   birgalikda
“Sinkven” metodidan foydalanaman. Bu metodda 6 ta o`quvchini doskaga chiqarib
oltoviga   6   ta   tabiat   mavzusida   6   ta   so`z   beraman.   ular   bu   so`zlardan   foydalanib
mazmunli matn tuza olishlari  kerak. Bu metod o`quvchilarni  fikrlashga o`rgatadi.
Shu   orqali   o`quvchilarni   insho   yozishga   tayyorlayman.   Bundan   tashqari   ularga
“Yoz   o`tmoqda   soz”   mavzusida   insho   yozdiraman.   Shunda   ularga   yozgi   ta`tilda
nimalar   bilan   shug`ullanganini   insho   qilib   yozishlarini   aytaman.   3-sinf   o`qish
kitobida Abdulla Avloniyning “Yoz” nomli  she`rini  ham tushuntirib berib, yodlab
kelishlarini aytaman.  
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang`ich ta`limning hozirgi kundagi
muhim   vazifalaridan   biri   kichik   yoshdagi   o`quvchilarni   vatanparvarlik,
xalqparvarlik ruhida tarbiyalashdir. Negaki bugungi jajji bolajonlar mustaqil 
O`zbekistonimizning kelajagidir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek,
“Vatanparvarlik,   fuqarolar   yakdilligini   yosh   va   mustaqil   O`zbekiston   davlatining
barpo etilayotgan negizi” hisoblanadi. 
Biz   bo`lajak   pedagoglar   ana   shu   nuqtai   nazar   orqali   o`quvchilarga   ta`lim   va
tarbiya   berishimiz   lozim.   Maktab   ostonasiga   qadam   qo`ygan   yosh   bolaning
yozilmagan oppoq daftarga o`xshaydi. 
1.2.Inshoni tashkil etish bosqichlari
Insho yozishning hech qiyin tomoni yo`q, asosiysi – o`quvchida o`ziga yaqin
va   qiziqarli   mavzuni   tanlay   bilish   qobiliyatining   rivojlangan   darajada   bo`lishi
sanaladi.   Insho   mavzulari   maktab   dasturidagi   adabiy   asarlar   yoki   umuminsoniy
qadriyatlar   haqida   bo`lishi   buzilmas   qoidaga   aylangan.   Har   kim   o`ziga   yoqqan
mavzuni   tanlashi   mumkin.   Insho   yozma   tafakkur   va   bilimlarga,   shaxsiy   tahlil,
tajriba va hissiyotlarga asoslangan shaxsiy fikrni yozma tarzda ifodalashni nazarda
tutadi.  
8  
  Agar   mavzu   o`quvchiga   yaxshi   tanish   bo`lsa,     u   bu   haqda   istagancha   uzoq
gapirishi mumkin. Mana shu davomli nutq va suhbatlarni qog`ozga tushirish kerak.
Havoning   global   tarzda   isib   ketishi   haqida   nima   deb   o`ylaysiz?   Kumushni
Abdulla Qodiriyning sevimli  qahramoni deb hisoblaysizmi? Yozgi  ta`tilni  qanday
o`tkazdingiz? 
Yoshlar   yelkalarida   bo`m-bo`sh   tuvakni   emas,   balki   fikrlar   va   qarashlar
qaynagan boshlarni ko`tarib yuribdilar. Bu fikrlar darsliklarda bayon qilingan yoki
o`qituvchi   tomonidan   xattaxta   yonida   aytib   turilgan   fikrlarga   mos   kelmasligi
mumkin, biroq ular mavjudlik huquqiga ega.  
Insho   reja   talab   qilmasa   ham,   har   bir   o`quvchining   ongida   uning   bayoni
ma`lum   darajada   o`z   aksini   topadi.   O`quvchidan   inshoni   yozishga   kirisharkan,
mavzu doirasidan chetga chiqmagan holda reja tuzib olishi kerak, olaylik, dastlab
personajning   xarakteri   va   biografiyasi   haqida   qisqacha   ma`lumot   berish,   so`ng
epizodik bayonlar bilan uning xulqiga baho berilishi kerak. Keyin asar muallifining
kundaliklar   va   xatlarida   bayon   qilingan   fikrlarini   keltirish   joiz.   Xulosada   esa
to`qima   obraz   va   zamonaviylik   o`rtasidagi   mutanosiblikni   ko`rsatish   maqsadga
muvofiqdir. 
Inshoda   uning   mavzusiga   mos   keladigan   iqtiboslar   va   hikmatli   so`zlardan
ham foydalanish mumkin.  
Matnga   mavzuga   mos   tushadigan   epigraf   alohida   ko`rk   bag`ishlaydi,   unga
tanlangan   iqtibos   qisqa   bo`lishi   va   muallifga   emas,   balki   insho   matniga
yo`naltirilgan   bo`lishi   lozim.   Keng   tarqalgan,   ko`p   takrorlanadigan   “qanotli
so`zlar”dan qochish lozim. Iboralardan epigraf sifatida foydalanib bo`lmaydi. 
Inshoni   qanday   qilib   to`g`ri   yozish   haqida   aniq   bir   qoida   yo`q.   Insho
hajmining minimum va maksimum darajasi berilishi mumkin yoki qancha so`zdan
iborat   bo`lishi   belgilanishi   mumkin,   qolgani   barchasi   ijodiy   fikrlash   uchun
qoldiriladi.   Biroq   zamonaviy,   ma`lumotli,   tilni   yaxshi   biladigan   o`quvchining
inshosida nimalar bo`lishi shart emasligi haqida gapirish mumkin, xolos. 
Shunday   qilib,   yaxshi   inshoda   quyidagilarga   yo`l   qo`ymasligi   kerak:g`aliz
leksik konstruksiyalar, sodda yig`iq gaplar (mazmunni intonatsion ta`kidlash uchun
9  
  qo`llanilgan   yig`iq   gaplar   bundan   mustasno);kamida   ikkita   xatboshida   so`zlar   va
so`z  birikmalarini  asossiz   takrorlash   o`zbek   tilida  ma`nodosh   so`zlar  ko`pchilikni
tashkil   qiladi;   juda   ham   murakkab   sodda   yoyiq   (hatto   butun   bir   xatboshini
egallagan,   butun   bir   tinish   belgilar   jamlanmasini   to`plagan)   gaplar   tuzish;   etita
gapdan iborat bo`lgan katta xatboshilardan foydalanish; bayon qilingan fikrni yana
qayta   yozish;     fikrni   mantiqsiz   dalillash;   hajvdan   ortiqcha   foydalanish;   oddiy
so`zlashuv   uslubi   va   slengdan   foydalanish;   “hujjatlartili”ga   xos   qoli   so`zlardan;
inson, narsa-buyum yoki hodisaga nisbatan “berilgan” so`zini qo`llash; me`yordan
ortiq badiiylikka berilish, sifatlash va ko`chimlardan ortiqcha foydalanish; imloviy,
ishoraviy va uslubiy xatolarga yo`l qo`yish 
Hammasidan   oldin   mavzuni   ochib   beradigan   tayanch   tushunchalarning
mavjudligi   yoki   yo`qligidan   qat`i   nazar,   insho   matnini   hayotiy   dalillar   bilan
mustahkamlash uchun asosiy g`oyani shakllantirib olish lozim. Shuning qoralama
nusxada   inshoning   namunaviy   rejasini   tuzib   olish   kerak.   Ana       o`shanda   ishni
bajarish jarayonida o`quvchi mavzuni yoritishda “chekkaga o`tib ketmaydi”. 
Eslatib o`tmoqchimizki, to`g`ri yozilgan insho uch qismga bo`linadi. Quyida
ana shu uch qismning o`ziga  xosliklari keltirilgan: 
Kirish: tezis, asosiy g`oya 
O`quvchi   muhokama-insho   yozishga   kirishganida,   uning   birinchi
satrlaridanoq   kishi   diqqatini   tortish   maqsadida   muammoning   mohiyatini   bayon
qilishi   juda   muhim.   Qoidaga   muvofiq,   mavzuning   yoritilishida   o`quvchi   o`z
nuqtayi nazarini aniqlab olishi uchun 3-4 gap yetarli sanaladi. 
Asosiy  qism: dalillar va isbotlar 
Asosiy qism insho hajmining 2/3 qismidan iborat bo`lishi kerak. Bu bo`limda
insho mavzusida ilgari surilgan fikrni kamida uchta har xil isbotlar 
(barchaga   ma`lum   tarixiy   voqealar,   statistika   ma`lumotlari,   mavzuga   doir
vaziyatlar tasvirlangan badiiy asarlar) bilan dalillashi, mavzuning mohiyatini ochib
berish kerak. Shuni yodda tutish lozimki, shaxsiy tajriba faqatgina asosiy dalillarga
qo`shimcha   bo`la   oladi.   O`quvchiga   o`z   mulohazalarining   nechog`li   to`g`riligini
aniqlab, tushunib olishi uchun o`z tezisini ichida, ovoz chiqarmay aytib berish va 
10  
  “Nima uchun?” degan savolga javob berish topshiriladi. 
Bunda   dalillarni   to`g`ri   joylashtirish   uchun   zinapoya   tamoyilidan   foydanish
tavsiya qilinadi: butunlay ishonchli→yetarlicha ishonchli→ eng ishonchli 
Inshoning xulosa qismida natijalar, albatta, keltirilishi  zarur:  o`quvchi  bunda
olg`a   surilgan   muammoni   hal   qilish   bo`yicha   o`z   fikrlarini   keltirishi,
maslahatlashishi   va   hatto   yangi   qoidalarni   keltirishi   mumkin.   Xulosa   qismining
hajmi, taxminan, kirish qismi hajmi bilan bir xil bo`lishi kerak. 
Muhokama-insho yozish sirlari 
Maktab   insholari   –   tasviriy   insho,   rivoya-insho,   muhokama-insholar   orasida
eng   murakkabi   muhokama-insho   sanaladi.     Birinchidan,   muhokama-insho
o`quvchidan nafaqat o`z fikrlarini chiroyli tarzda savodxonlik bilan ifodalash, balki
mavzu   bo`yicha   o`z   shaxsiy   fikriga   ega   bo`lishni,   uni   badiiy   ifodalab,   homiya
qilish   qobiliyatini   ham   talab   qiladi.   Ikkinchidan,   o`quvchi   o`rganilayotgan
muammo   bayon   qilinayotgan   daliliy   materialni   chuqur   bilishi   lozim   bo`ladi.   Shu
sababli,   muhokama-insho   va   uni   yozish   bu   boradagi   dolzarb   masalalardan   biri
sanaladi. 
Muhokama-insho haqidagi fikrlarimizni quyidagicha rejalashtirsak bo`ladi: 
*muhokama-inshoning qurilishi; 
*kirish qismini yozish; 
*fikrlarni dalillash; 
*xulosa qismini yozish; 
*muhokama-inshoni “bezash”; 
Muhokama-inshoning qurilishi 
Muhokama-inshoning qurilishi quyidagicha bo`ladi: 
Isbot talab qiladigan tezis-holatdan iborat kirish. 
Dalillash: tezisda ifodalangan muammoning 2-3tadan kam bo`lmagan isboti. 
Tezisda ko`rsatilgan fikrning qat`iy isboti ifodalangan xulosa. 
Insho hajmi quyidagicha bo`lishi lozim: 
Kirish+xulosa=insho   hajmining   1/3   qismi–   ya`ni   agar   insho   uch   sahifadan
iborat bo`lsa, kirish va xulosa qismi bir betdan oshmasligi lozim. 
11  
  Muhokama-inshoning har bir qismini qizil chiziqdan boshlash lozim. 
Kirish qanday yoziladi? 
Muhokama-inshoning   kirish   qismi   o`quvchini   muammoning   qo`yilishi   bilan
tanishtirishi,   ya`ni   qoidaga   muvofiq,   savol   yoki   sitata   bilan   ifodalanishi   lozim.
Masalan: 
“O`tkan kunlar” romanida Otabek-Kumush fojeasining aybdori kim? 
“Zamonaviy manqurtlar” – ular kimlar? 
Navoiyning “Hayratul-abror” dostonida so`z qudratini tasvirlash masalalari.   
Bu   mavzular   o`quvchini   mumtoz   adabiy   asarlar   haqida   o`ylashga   undaydi,
shuning uchun inshoning kirish qismida aynan nimani tasvirlash, nima haqida fikr
yuritish lozimligini ko`rsatadi.  
Insho bayonida yoritilishi zarur bo`lgan asosiy tezis shakllantiriladi. 
“Zamonaviy   manqurtlar”   –   ular   kimlar?”   mavzusining   kirish   qismi   uchun
namuna: 
“Ch.Aytmatovning   “Asrga   tatigulik   kun”   romani,   garchi   yaratilganiga   ancha
yillar   bo`lgan   bo`lsa-da,   ayni   damda   ham   o`zining   dolzarbligini   yo`qotmagan.
Buning   sababi   nimada?   Jo`lomonova   Nayman   ona   qanday   kishilarning   timsoli?
Inson o`zligi va ajdodlar xotirasi o`rtasidagi uzilmas halqa nimalardan iborat? Ayni
damda,   ya`ni   globallashuv   davrida   inson   o`zligi   nimalarga   tayanadi?   O`ta
“zamonaviylashgan”   odam   xarakterida   “o`zlik”dan   uzoqlashish   bilan
manqurtlikning munosabati qanday? 
Birinchi   navbatda,   o`quvchini   asar   berilgan  “Manqurt   afsonasi”   rivoyatining
bosh   qahramoni   Nayman   ona   shaxsiyati   qiziqtiradi.   Nayman   ona   –   kuchli   shaxs.
Jo`ng   janglar   qo`liga   asir   tushib,   xotirasidan   ayrilgan   o`g`lini   qutqarish   uchun
yol g`iz   o`zi   yo`lga   otlanadi.   O`g`liga   xotirasini   qaytarish   maqsadida   ungaʻ
bolalagida   aytgan   qo`shiqlarini   aytib   beradi.   Biroq,   xotirasidan,   o`zligidan
batamom   ayrilgan,   allaqachon   manqurtga   aylangan   o`g`il   oxir-oqibat,   jo`ng   jang
xo`jayinining undovi bilan o`z onasini kamondan o`qotib o`ldiradi. Manqurtda ona,
ona-Vatan va ularni anglash kabi tuyg`ular butunlay so`ngan bo`ladi. Shu sababli u
hatto o`z tuqqan onasiga ham o`q uzish va uni o`ldirish darajasiga boradi. 
12  
  Insho yozishning hech qiyin tomoni yo`q, asosiysi – o`quvchida o`ziga yaqin
va   qiziqarli   mavzuni   tanlay   bilish   qobiliyatining   rivojlangan   darajada   bo`lishi
sanaladi.   Insho   mavzulari   maktab   dasturidagi   adabiy   asarlar   yoki   umuminsoniy
qadriyatlar   haqida   bo`lishi   buzilmas   qoidaga   aylangan.   Har   kim   o`ziga   yoqqan
mavzuni   tanlashi   mumkin.   Insho   yozma   tafakkur   va   bilimlarga,   shaxsiy   tahlil,
tajriba va hissiyotlarga asoslangan shaxsiy fikrni yozma tarzda ifodalashni nazarda
tutadi.  
 
 
 
   
 
 
 
13  
  2 BOB
Boshlang`ich sinf “O`qish kitobi” darsligida berilgan tabiat mavzusidagi
matnlar asosida insho tashkil etish.
2.1. Tabiat mavzusidagi insholarni tashkil etish
Boshlang`ich   sinflarda   yoziladigan   inshoning   muhim   turlaridan   biri   kichik
yoshdagi o`quvchilarning shaxsiy hayoti tajribasiga asoslanib yoziladigan insho.  
Mening mavzuyim “Tabiat to`g`risidagi insholarni tashkil etish”. Bu mavzuni
boshlang`ich   sinf   o`quvchilarga   qanday   tushuntiraman,   ya`ni   qanday   mavzuni
yoritib beraman. Avval inshoning o`zi nima va uning turlari haqida gapiraman. 
Aziz,   bolajonlar,   insho   deb   biz   va   siz   ko`rgan-kechirgan   va   eshitgan
voqealarni  yoki  biron bir  mavzuni  olib shu mavzu asosda  o`z fikrimizni  chiroyli,
bexato qilib daftarimizga yoritib yozishimizga aytiladi. Misol uchun men biror bir
mavzu   aytaman   shu   mavzuni   birgalikda   muhokama   qilamiz   va   shu   mavzuga   oid
qisqa-qiqa gaplar tuzamiz. Bu fikrlarni birlashtirib daftarimizga yozamiz. Mavzuni
yoritish   uchun   men   sizlarga   rejalar   tuzib   beraman,   ya`ni   bu   sizlarga   yo`nalish
bo`ladi.   Agar   3-4   sinf   o`quvchilari   bo`lsa   o`zlari   mustaqil   reja   tuza   olishlariga
imkon   beraman.   Mening   mavzuyim   “Tabiat   to`g`risidagi   insholarni   tashkil   etish”
bo`lgani  sababli  “Chiroyli  bahor”, “Tabiatdagi  o`zgaruishlar”  va shunga  o`xshash
mavzular  olib yuqoridagidek insho  yozishga o`rgataman. Bunday inshoni  og`zaki
va   yozma   tarzda   olish   mumkin.     Bunday   insho   turiga   o`quvchilar   eshitganlarini,
o`zlari   tasavvur   etganlarini   va   koz   oldiga   keltirgan   voqealarni   daftariga   yoritib
kengaytirib   yozadilar.   Bunday   mavzudagi   insholarni   boshlang`ich   sinf
o`quvchilariga o`rgatishda rasmlar va plakatlardan foydalanaman.  
Biz   bilamizki,   maktabda   rasm   asosidagi   insholar   tez-tez   o`tkaziladi,   chunki
rasm bolalar nutqiy ijodiy tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. 
Rasm   bolalar   sezgisiga   ta`sir   etadi.   Rasm   o`quvchilarga   tanish   bo`lgan
hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi. Rasm asosida insholarning uch
asosiy turi bor: 
14  
  Rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho.
Inshoning bu turida mavzuga oid rasm doskaga o`rnatiladi va shu rasm asosda reja
tuzib   insho   yoziladi.   Rasmda   tasvirlanmagan   narsa,   voqea,   hodisalarni   har   bir
o`quvchi   o`zi   qo`shib   kengaytirib   yozadi.Tuzilgan   rejalar   albatta   shu   rasmgada
tasvirlangan hodisalarga mos kelishi kerak. 
Syujetli,   o`quvchini   o`ylashga,   faraz   qilishga   undaydigan   bir   rasm   asosida
yoziladigan   hikoya   tarzidagi   insho.   Bu     turdagi   insholar   uchun   men   tabiat
manzaralari   tasvirlangan   rasmlarni   o`quvchilarga   ko`rsataman.   Rasm   asosida
o`quvchilarga bir qancha savolar beraman. Rasm asosida o`quvchilar   o`zlari ham
bu   manzarada   ishtirok   etishganday   bo`lishlarini   ta`minlayman.   Hikoyalarida   turli
xildagi obrazlarni yaratishadilar. 
Rasmni   tasvirlash   (tasviriy).   Bunday   insho   turida   mavzuga   oid   biror   rasm
ko`rsatiladi.   O`quvchilar   rasmni   kuzatishadilar   va   rasmdan   tashqariga   chiqmagan
holda insho yozishga kirishadilar. O`quvchilar o`zlaridan hech qanday qo`shimcha
fikr   qo`shib   yozmaydilar.   Rasm   qanday   bo`lsa,     shundayligicha   tariff   berish
aytiladi.   
Boshlang'ich   sinf   ona   tili   darslariga   qo’yilgan   muhim   talablardan   biri
o'quvchilar   bilimini  shakllantirish   borasida  ularning  qobiliyatlarini  o'stirish   ustida
ishlash   bilimlarni   ongli   bo'lishiga   erishish,   o'quvchilarga   har   bir   ishni   o'ylab
bajarishga odatlantirishdir. 
Maktabda   amaliy   ishlarning   ahamiyati   o'quvchilar   tomonidan   to'g'ri
baholansa-da,   o'quvchilarning   nazariy   bilimlaridan   amalda   foydalanishga
qiynaladilar.   Yozma   ishlarni   bajarishda   grammatika   qoidalaridan   kam
foydalanadilar.  Aslida   esa   imlo   savodxonlikni   oshirish   uchun   ko'chirib   yozish   va
amaliy mashqlar muhim o'rin tutadi. 
Psixologik  tadqiqodlardan   ma'lum   bo'lishicha,   imlo   savodxonlik   astasekinlik
bilan   shakllanadi.   Amaliy   ishlardan   qoidaga   o'tishda   ham   o'zlashtirish   jarayoni
sekinlik bilan kechadi. Dastlab o'qituvchi rahbarligida og'zaki muhokama qilinadi.
Asta-sekin   o'quvchilar   o'ylab,   mulohaza   qilib   anglay   boshlaydilar.   Barcha   yozuv
15  
  darslarida o'quvchilarga to'g'ri yozish qoidalarini ta'kidlab turish va amaliy ishlarni
bajarish orqali ularning imlo savodxonliklarini oshirish mumkin. 
Barcha   ona   tili   darslarida   o'quvchilar   bilishini   va   malaka   qobiliyatlarini
takomillashtirish   maqsadida   oldin   o'tilgan   darslarni   takrorlashga   vaqt   ajratiladi.
Takrorlash   bilimlarni   aniqlashga,   hisobga   olish   va   shu   bilan   bir   vaqtda
mustahkamlashga   yordam   beradi.   Boshlang'ich   sinflarda   oldin   o'tilganlarni
takrorlash bilan bir vaqtda va takrorlash jarayonida oz-ozdan yangi bilimlar berib
boriladi.   Takrorlash   orqali   o'quvchilar   o'z   bilimlarini   tartibga   soladilar,
mustahkamlaydilar. 
Ilg'or   tajribali   o'qituvchilar   darslarni   tashkil   etishda   oldin   o'tilganlarni
mustahkamlash,   yangi   bilimlarni   o'zlashtirish   bilan   bir   vaqtda   keyingi   darsda
o'rganiladigan mavzu uchun zamin tayyorlaydilar. 
Hozirgi   zamon   darsi   shundan   iboratki,   o'quvchi,   tinglovchi,   o'qituvchi   esa
ma'ruzachi   bo'lib   qolmasligi   kerak.   Balki   o'qituvchi     darsni   kuzatib   tartibga
soluvchi   rejissorga   aylanmog'i   lozim.   O'qituvchi   darsni   shunday   tashkil   etishi
kerakki,   hamma   o'quvchi   shu   mavzu   yuzasidan   mustaqil   fikr   yuritsin,   o'z   fikrini
ayta olsin, kamchiligi bo'lsa o'rtoqlari va o'qituvchi javobidan kelib chiqib to'g'rilay
olsin.   Darsning   xarakter   xususiyatiga   qarab   dars   interfaol   usulda   bo'lishiga
erishishi  lozim.  Hozirgi  kunda   darslarni  integratsion  usulda  o’tish  orqali  samarali
natijaga erishish mumkinligi kuzatilib borilmoqda. Ma'lumki, boshlang'ich sinf ona
tili   darsligining   adabiy   til   meyorida   amaliy   o'zlashtirishlarga   yordam   berishdir.
Darslikning asosiy qismini xilma-xil mashqlar tashkil etadi. 
Masalan,   K.Qosimova,   S.Fuzailov   va  A.Ne'matova   muallifligidagi   2sinf   ona
tili   darsligi   1-sinfda   o'tilganlarni   takrorlashdan   boshlanadi.   Bunda   gap   va   so'z
haqidagi   bilimlar   takrorlanib   mustahkamlanadi   va   asta-sekin   navbatdagi   bilimlar
berib   boriladi.   2014-yilda   to'ldirilgan   nashrning   muqovasida   ikkita   o'quvchining
maktab   tomon   ketayotgan   rasmi   berilgan.   Bu   rasm   o'quvchilarning   shu   darslikka
qiziqishini   oshiradi.   Mashqlarda   uyga   vazifa   va   o'ylab   ko'rish   uchun   berilgan
mashqlarga   alohida   belgi   qo'yilgani   juda   ma'qul. Ayniqsa   kitobning  sahifalari   did
bilan   jihozlangan.   Berilgan   rasmlar   aniq,   chiroyli   qilib   chizilgan.   Qoidalar   aniq,
16  
  tushunarli   qilib   chiziqlar   ichida   berilgan.   Darslik   ohirida   lug'at   berilgan   bo'lib
jarangli   va   jarrangsiz   undoshlar   aniq   ajratib   ko'rsatilgan.   Darslik   foydalanishga
loyiq. 
S.Fuzailov   va   M.Xudayberganovalar   tomonidan   2014-yilda   nashr   etilgan   7-
nashri   ham   3-sinf   o'quvchilari   uchun   juda   mos   tayyorlangan.   Muqovadagi
tanlangan rasmlar  va bobomiz A.Navoiyning  yodgorliklari  va o'gitlari  juda o'rinli
berilgan.   Darslik   sahifalari   ham   sifatli   qog'oz   va   ranglar   asosida   yaratilgan.
Darslikning   3-   sahifasida   Mustaqillik   maydoni   rasmini   berilishi   o'quvchilarni   o'z
vataniga, xalqiga, prezidentiga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Shuningdek,   darslik   sahifalariga   ishlangan     rasmlar   ham   juda   o'rinli,   aniq   qilib
berilgan.   Qoidalar   ham   chiziqlar   ichida   alohida   rang   bilan   berilgan.   Bu   ham
o'quvchilarni ona tilidan grammatik  qoidalarni tez va puxta o'zlashtirib olishlarida
alohida ahamiyat kasb etadi. 
2.2.O`quvchilarni tarbiyalashda inshoning ahamiyati.
Inshoning   tarbiyaviy   ahamiyati   tanlanadigan   mavzuga,   shuningdek,         insho
ustida o`quvchilar  qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g`oyasiga ham
bog`liq. 
Insho   bolalarni   voqea-hodisalarni   chuqur   his   etishga   yordam   beradi,   izchil
fikrlashga   o`rgatadi,   tilga   va   adabiy   ijodga   qiziqishlarini   o`stiradi.   Bolalar   eng
qiziqarli   va   o`zlariga   yaqin   voqea-hodisalar   haqida   hikoya   qiladilar   va   yozadilar,
ularning inshosi  mustaqil ishlash malakasini o`stiradi, ommaviy faollikni oshiradi.
Tanlangan   mavzuning   g`oyaviy   yo`nalishini   ochish   tarbiyaviy   vazifani   hal
qilishga   imkon   beradi.   Bu   jihatdan   mehnat,   mehnat   qahramonlari   haqidagi,
bolalarning   hayoti,   maktab,   tug`ilib   o`sgan   qishlog`i   yoki   shahri   haqidagi,   urush
qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa qulay. Bu mavzulardagi insholar  mehnat
kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi. 
Insho   jamiyat   hayotini   tushunishga   o`rgatadi.   Tabiatga,   kishilarga,   ularning
yaxshilikka   intilishlari   va   harakatlariga,   mehnatga   va   mehnat   mahsuliga
muhabbatni   tarbiyalaydi,   kishilar   xatti-harakatidagi   chiroyli   jihatlarni   egallashga,
hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashda bolalarga yordam beradi. 
17  
  Inshoning   tarbiyaviy   ahamiyatini   oshirish   uchun   quyidagilarga   rioya   qilish
talab etiladi: 
Osondan   qiyinga   tamoyiliga   rioya   qilgan   holda   og`zaki   va   yozma   inshoni
muntazam o`tkazib borish bilan o`quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash. 
Mustaqil insho o`quvchilar faolligini o`stiradi. 
Inshoni   hayot   bilan   bog`lash.   Bunda   kuzatishlar   asosidagi   insho,   kundalik
yuritish, qilingan ishlar yuzasidan «hisobot» tarzidagi insho, xat,  maqola, o`qilgan
kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. 
Insho   uchun   maktab   va   o`qituvchining   tarbiyaviy   vazifalariga   mos   bo`lgan
mavzu tanlash. Bunday mavzularga mehnat haqidagi, kishilarning maqtovga loyiq
ishlari   haqidagi,   axloqiy   muammolar,   Vatan   haqidagi   mavzular   kiradi.   Mavzuni
o`qituvchi   maktab   sharoiti   va   o`z   sinfi   o`quvchilarining   xususiyatlarini   hisobga
olgan holda tanlaydi. 
Insho   ustida   ishlashda   ishning   emotsionallik   darajasini-   ta`sirini   oshirish.
Tabiatni   obrazli,   emotsional   tasvirlash,   qahramonlikni   yoki   foydali   harakatni
qiziqarli, ta`sirchan qilib tasvirlash. 
Vatan   so`zida   kishining   bolalikda   o`sib-ulg`aygan   joyi   tasviri   ko`z   oldiga
keladi.   Ishlab   chiqarishga   ekskursiya   materiali   asosida   mehnat   haqidagi   insho
yangi   tarbiyaviy   imkoniyatlarni   ochib   beradi:   unda   bolalar   ishlab   chiqarishdagi
muvaffaqiyat   va   qiyinchiliklar,   ilg`or   kishilar   haqidagi,   kasb   va   mutaxassislik
haqidagi,   texnika   haqidagi   ma`lumotlardan   foydalanadilar.   Ishlab   chiqarishga
ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog`liq holda kasb haqida suhbatlashishga
to`g`ri   keladi   va   bu   inshoda   o`z   aksini   topadi.   Mehnat   haqidagi   insho   gazetaga
maqola   shaklida   yozilishi   mumkin.   Mehnat   yoki   ishlab   chiqarish   haqidagi   insho
mavzulariga   «Bizning   qishloq»,   «Karam   uzish»,   «Bog`da»,   «Bizning   jamoa
xo`jaligimiz»,   «Pochtada»,   «Do`konda»,   «Paxtakorlarga   yordamimiz»,   «Bizning
hashar»,   «Maktab   yer   uchastkasida»,   «Daraxt   o`tqazish»   kabilar   kiradi.   «Men
nimalarni   bilaman»   mavzusidagi   tanlovga   bolalar   juda   qiziqadilar.   Tanlov
bolalarning   mehnat   ko`nikmalarini   aniqlabgina   qolmay,   ularni   uyda,   polizda,
bog`da   ishlashga   rag`batlantiradi.   Maqsad   kishilarga   foyda   keltiruvchi   mehnatga
18  
  hurmatni   tarbiyalashdir.   Qishloq   maktab   o`quvchilari   ota-onalariga   sabzavotlar
ekish,   hosilni   yig`ish,   o`tin   tayyorlash   kabi   ishlarda   qanday   yordamlashganliklari
haqida   yozadilar.   Sinfda   mehnat   haqidagi   insho   muhokama   qilinadi.   Bolalar
foydali, zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning mohiyatini tushuntiradilar. 
Ular har qanday mehnat e`zozlanishini aytadilar. 
Kelajak   haqida   «Kim   bo`lishni   xohlayman?»   mavzusida   tayyorgarliksiz
hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. 
Juda   yaxshi   yozilgan   inshoni   sinfda   ifodali   o`qib   berish   va   tahlil   qilish
bolalarni tarbiyalaydi. Ba`zi maktablarda bolalar inshosi  va hatto bolalar she`rlari
to`plami tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov e`lon qilinadi. 
Insho   mavzusi   va   uni   yoritish.   Mavzu   insho   predmeti   bo`lib,   uning
mazmunini   tashkil   etadi.   Mavzuga   qarab   inshoda   aks   ettiriladigan   materiallar,
dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to`g`ri va to`liq bo`lishi o`qituvchi mavzuni
qanday shakllantirishi, o`quvchilar uni qanday tushunishlariga bog`liq. 
Insho   ustida   ishlashda   mavzu   tanlash,   uni   rejalashtirishda   esa   og`zaki   va
yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rol o`ynaydi. 
O`quvchilar   mavzuni   yoritishga     1-sinfdan   boshlab   o`rganadilar.   Ular
mavzuga   oid   gap   tuzadilar.   Masalan,   qish   havosi   haqida,   ona   qishlog`i   (shahri)
haqida, qo`rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar. Keyin savollar asosida bir
mavzuga oid bir necha gap tuzib, uni yozadilar. Insho uchun iloji boricha tor - aniq
chegaralash   mumkin   bo`lgan   mavzuni   tavsiya   qilish   foydali.   «Kuz»   mavzusi
o`quvchilar   uchun juda  keng  mavzu bo`lib, bunda  o`quvchi  umuman  kuz haqida,
kuzda   qilinadigan   ishlar   haqida   yozishi   mumkin,   u   yozadi   -   gaplarining   aniq
chegarasini   bilmaydi.   O´quvchilarga   kuzga   oid   «Paxta   terimiga   yordam»,   «Kuz
kunlarining   birida»,   «Oktyabrda   ob-havo»,   «Bog`da   olma   terdik»,   «Pomidor
terishga   yordamlashdik»,   «Kech   kuzda   bog`   manzarasi»   kabi   mavzularni   tavsiya
qilish mumkin. 
Og`zaki   va   yozma   insho   ustida   ishlashda   mavzu   berib   uni   yoritishni   talab
qilishdan   tashqari,   avval   material   to`plash   va   shu   yig`ilgan   materiallar   asosida
mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin. Masalan, kech kuzda tabiatni
19  
  kuzatish va material yig`ish tavsiya qilinadi: kuzatishlar «Kech kuzda» mavzusida
insho yozish bilan yakunlanadi. Bunda o`quvchilar mavzuni to`liq yoritadilar. 
Reja   tuzish.   Reja   har   qanday   og`zaki   yoki   yozma   hikoya   qilishning   zaruriy
pog`onasi,   uning   «loyihasi»dir.   Kishi   o`z   nutqi   haqida   o`ylab,   asosiy   gaplarini
belgilab   oladi.   Insho   uchun   reja   tuzish   shuning   uchun   ham   zarur.   1   -   sinfda   reja
rolini o`qituvchi savollari, ya`ni so`roq gaplar tarzidagi reja bajaradi; 2 - sinfda reja
jamoa o`qituvchi rahbarligida tuziladi; 3 - sinfda esa mustaqil tuziladi. 
Boshlang`ich sinflarda 3 - 5 talik reja tavsiya qilinadi. 
Bolalar   avval   o`qigan   hikoyalariga   reja   tuzadilar   va   uni   reja   asosida   qayta
hikoya   qiladilar,   keyin   insho   rejasini   tuzadilar,   so`ng   bir   mavzuga   oid   bir   necha
rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi insho rejasini, ya`ni rasmli reja tuzadilar, inshoga
sarlavha   topadilar.   Shundan   so`ng   tasvirlangan   voqea-harakatlar   aniq   ajratilgan,
reja   tuzishga   qulay   bo`lgan   rasm   yoki   kuzatishlar   asosida   yoziladigan   insho
rejasini   tuzishga   o`tiladi.   Reja   tuzishga   o`rgatishda   oldin   nima   haqida   to`xtalish,
keyin uni qanday davom ettirish, undan so`ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani
qanday   tugatish   kerakligini   o`quvchilarga   tushuntirish   foydali   usul   hisoblanadi.
Reja   avval   so`roq   gap   tarzida,   keyin   darak   gap,   oxiri   nominativ   gap   tarzida
tuziladi. 
Reja   ko`pincha   insho   yozishdan   oldin   unga   tayyorlanish   jarayonida   (rasm
asosida   yoziladigan   insho   rejasi   kabi)   tuziladi.   Ba`zan   rejani   ekskursiya,
kuzatishdan   oldin,   unga   tayyorgarlik   jarayonida   tuzish   maqsadga   muvofiq.
Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu ishlar bajarilishidan oldin
yoki ular yuzasidan material to`plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga
solish jarayonida tuziladi.   Bunday   reja   insho   yozishdan   oldin   ko ` rib   chiqilib ,  unga
ayrim   aniqliklar   kiritiladi .Inshoni   yozishga   tayyorlash.   Og`zaki   yoki   yozma
inshoning turi va vazifasiga  qarab unga  tayyorgarlik ko`riladi. 
Inshoga   tayyorgarlikni   o`qituvchi   boshqaradi,   bunga   o`quvchilarni   ishtirok
ettiradi,   ularning   o`ta   faolligi   va   mustaqilligiga   erishadi.   Tayyorlik   deganda,
birinchidan,   o`quvchilarda   nimanidir   tasvirlashga,   hikoya   qilishga   talab
uyg`otadigan   vaziyat   yaratish;   ikkinchidan,   insho   uchun   yetarli   bo`lgan   zarur
20  
  material   yig`ish;   uchinchidan,   mavzuga   oid,   uni   yoritishga   mos   bo`lgan   til
vositalarini tanlash tushuniladi. 
. 
21  
  XULOSA
Xulosa   qilib   aytadigan   bo`lsak,   o`quvchilar   ongida   tabiatga   bo`lgan
muhabbatni   shakllantirish   uchun   avvalo   ularni   tabiatda   bo`ladigan   o`zgarishlar
haqida   tushuncha   hosil   qilish   lozim.   O`quvchilarga   tabiatda   bo`ladigan
o`zgarishlarni, yomg`ir  yog`ishini, chaqmoq chaqishi-yu, qor  yog`ish hodisalarini
to`g`ri tushuntirishdan iborat bo`ladi. 
O`quvchilarga   atrof-muhit   tozaligini   asrash   va   uni   ifloslantirmasliklarini
o`rgatish   kerak.   O`quvchilar   og`zaki   va   yozma   nutqida   yo`l   qo`ygan   nutqiy
xatolarni   o`z   vaqtida   to`g`rilab   borish   zarur.   O`quvchi   yo`l   qo`ygan   xatosining
to`g`ri   variantini   o`zlashtirsin,   imkoni   bo`lsa,   xatoning   kelib   chiqish   sababini
tushunsin.   Xatoni   to`g`rilashning   eng   foydali   usuli   yo`l   qo`ygan   xatosini
o`quvchining o`zi to`g`rilashi hisoblanadi. O`quvchi xatosini to`g`rilay olmasa, uni
o`qituvchi   to`g`rilaydi.   Xato   turiga   qarab   to`g`rilanadi,     gap   yoki   so`z   birikmasi
qayta  tuziladi,  so`z  boshqasi  bilan  almashtiriladi, zarur  so`z  qo`shiladi,  ortiqchasi
ustidan chiziladi. 
Insho  yoki   inshoni   tahlil   qilish  darsida  xatolar   ustida  ishlash  maqsadi  uchun
darsning   ikkinchi   qismi   –   20-25   minuti   ajratiladi.   O´qituvchi   o`quvchilar   insho
yoki inshoni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan
matnni  o`qib beradi,  mazmundagi, mavzuni   yoritishdagi  kamchiliklar,  imloviy va
nutqiy   xatolar   aniqlanadi.   Yo`l   qo`yilgan   xatoni   to`g`rilash   yo`li   tushuntiriladi.
Shundan     so`ng     xato   ustida   birgalikda   ishlanadi:   o`qituvchi   yo`l   qo`yilgan
xatoning   bir   turini   to`g`rilash   yuzasidan   topshiriq   beradi:   «Noo`rin   ishlatilgan
so`zni   boshqasi   bilan   almashtiring».   Xatosi   bor   matnni   o`qib   yoki   yozib   beradi,
o`quvchilar   yo`l   qo`yilgan   xatoni   topadilar,   maqsadga   muvofiq   so`z   bilan
almashtirib, uni  to`g`rilaydilar  va tushuntiradilar.   Ayrim  o`quvchilar  yo`l  qo`ygan
individual   xatolar   darsdan   tashqari   vaqtda,   qo`shimcha   mashg`ulot   jarayonida
to`g`rilanadi. O´quvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa bo`lib ishlash
jarayonidagi   kabi,   bolalarning   aqliy   faolligiga,   ya`ni   u   xatosi   nimadaligini
tushunibgina qolmay, balki uni to`g`rilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir. 
22  
  Grammatik   mavzuni   o`rganishda   o`quvchilar   yo`l   qo`yishi   mumkin   bo`lgan
xatoning   oldini   olish   uchun   mazkur   mavzu   ularga   qanday   imkoniyatlar   yaratishi
tushuntiriladi.  Masalan, «Olmosh» mavzusini o`rganganda, kishilik olmoshlarining
takrorlangan   so`zlar   o`rnida   qanday   ishlatilishi   o`quvchilarga   misollar   bilan
tushuntirilsa,   ular   ham   insho   yoki   insho   yozishda   shunga   rioya   qiladilar.
O`quvchilarning  og`zaki   va  yozma nutqini   o`stirishdagi  muvaffaqiyati   uch asosiy
omilga bog`liq: birinchidan, so`zga e`tibor bilan munosabatda 
bo`lish,   bolalarning   ko`p   mutolaa   qilishi,   atrofidagi   kishilarning   to`g`ri   va
ifodali nutqi, ya`ni nutqiy sharoit; ikkinchidan, bolalarning nutqiy tajribasi qanday
tashkil   etilishi;   uchinchidan,   nutq   o`stirishda   o`qituvchining   til   nazariyasiga,
grammatikaga,   leksikologiya   va   stilistika   elementlariga   asoslanish   ko`nikmasiga
bog`liq. 
 
 
 
 
23  
  ADABIYOTLAR
1.Karimov.I.A.   Yuksak   ma`naviyat   –   yengilmas   kuch.   Toshkent.   “Ma`naviyat”
2008.172. 
2.O`zbekiston Respublikasi Davlat ta`lim standartlari. Toshkent.2015. 
3.Barkamol avlod -O`zbekiston taraqqiyotining  poydevori. –Toshkent, 1997. 
4.O`zbekiston   Respublikasi   xalq   ta`limi   Vazirligi     “Bolajon”   tayanch   dasturi,
Toshkent. 2010.
5. Ta`lim taraqqiyoti. Axborotnoma. 1- maxsus son, 2014 . 
6.Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standartlari va o`quv dasturi // 
7.O`zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta`limi   vazirligining   axborotnomasi,   7-maxsus
son. T.: Sharq,  2015. 
8.Boshlang`ich   ta`lim   bo`yicha   yangi   tahrirdagi   o`quv   dasturi   //   Boshlang`ich.
ta`lim jurnali. Toshkent, 2015.№5.  
9. R.   Safarova.   Nutqiy   ko`nikmalarni   tekshirish   asoslari.   //Boshl.   ta`l.   jurnali.
Toshkent, 2014. №3. 
10.Zaynutdinova   M.   –   O`quvchilarning   mustaqil   fikrlash     faoliyatlarini
rivojlantirish omillari. Xalq ta`limi  jurnali, № 1, 2013.  
11.Husanboyeva.Q.   Tahlil   -   adabiyotni   anglash   yo`li.   Toshkent.   “Muharrir”
nashriyoti. 2013.432 bet. 
12. Husanboyeva.Q.    Adabiyot  – Ma`naviyat  va mustaqil  fikr  shakllantirish  omili.
Toshkent.   Alisher   navoiy   nomidagi   O`zbekiston   Milliy   kutubxonasi
nashriyoti.2009.-368 bet. 
13.Abdullayeva   K.   Nazarov   K.   Yo`ldosheva   Sh.   Savod   o`rgatish   darslari   .   T.:
O`qituvchi.1913 .
14.G`afforova   T.   G`ulomova   X.   Eshturdiyeva   G.   1-   sinfda   savod     o`rgatish.   T.:
Sharq. 1915. 
15.G`afforova T, Shodmonov E, Eshturdiyeva  G.    Ona tili . 1-sinf uchun. T .:
O`qituvchi .1915. 
16. Abdullayeva K. Ona tili .  T.O`qituvchi .2014. 
24  
  17.Gapparova T, Shodmonov E, G`ulomova X.   Ona tili . 1-sinf uchun. T .Sharq.
2015. 
18.G`ulomova X. G`afforova T. 1- sinfda ona tili darslari. T.: Sharq. 2015.
19.Qosimova   K.   Fuzailov   S.   Ne`matova  A.   Ona   tili   .   2-   sinf   uchun  T.:Cho`lpon.
2015.
20.Qosimova K. Ne`matova A. 2- sinfda ona tili  darslari T. Cho`lpon.  2014.
21.Fuzailov S, Xudoberganova  M,  Ona tili . 3- sinf  uchun T. O`qituvchi .2014.
22. Xudoyberganova  M. Muxtorova M.  3- sinfda ona tili darslari. 3- sinf  uchun T.
O`qituvchi .2014.
23.Ikromova   R.   G`ulomova   X,  Yo`ldosheva   Sh,   Shodmonqulova   D.     Ona   tili   4-
sinf uchun T. O`qituvchi. 2014-yil.
24.Alеksеyеv   M.N.   Dеduksiya   i   induksiya   v   uchеbnom   prosеssе.       Sovеtskaya
pеdagogika, 1969, № 1, s. 104
25. G ` ulomov   A .,  N е` matov   H .  Ona   tili   ta ` limi   mazmuni . – T .:  O ` qituvchi , 2005.
Elektron resurslar
www.ziyonet.uz       
www.pedagog.uz       
www.tdpu.uz       
25

MUNDARIJA KIRISH. 1.BOB.Insho yozish malakasi va uni shakllantirish usullari. 1.1.Insho turlari va uni tashkil etish. 1.2.Inshoni tashkil etish bosqichlari 2.BOB.Boshlang`ich sinf “O`qish kitob” darsligida berilgan tabiat mavzusidagi matnlar asosida insho tashkil etish. 2.1. Tabiat mavzusidagi insholarni tashkil etish 2.2.O`quvchilarni tarbiyalashda inshoning ahamiyati. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Insho - ijodiy ish: o`quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o`ylash, logik bog`lanishni belgilash, so`z, so`z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o`zaro bog`lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o`quvchidan aqliy kuchini to`la ishga solish bilan birga, o`z ma`naviy faoliyatini boshqarish ko`nikmasini ham talab etadi. Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo`shiladi. O´quvchi inshoni, u mustaqil, ijodiy xarakterda bo`lgani, «o`ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi. Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi - inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o`quvchilar nutqini o`stirish, aqliy, ijodiy o`sishiga mo`ljallangan dasturga o`tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada o`sdi. Bugungi kunda tabiat mavzusi global muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham o`quvchilarni kichik maktab yoshidanoq tabiatni asrash, uning boyliklaridan oqilona foydalanish, tabiat ne`matlarini ko`paytirish vaboshqa ijobiy munosabatlar doirasida tarbiyalashda bu mavzudagi inshoning o`rni kattadir. Mavzuning o’rganilganlik darajasi . Boshlang`ich sinflarda tabiat mavzusi bilan bog`liq o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko’nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi. Og`zaki va yozma inshoga o`rgatish jarayonida o`quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o`z inshoini aniq fikrga bo`ysundirish, material to`plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini 2

takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar ham amalga oshiriladi, ya`ni matnni yozishda imloviy va husnixatga doir matnni abzaslarga bo`lish, xat boshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. Og`zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. Ishning maqsadi va vazifasi . Savod o`rgatish mashg`ulotlarida va unga ma`lum bir o`zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish, insho yozish orqali o`quvchilarning aqliy va ijodiy faolligini oshirishbitiruv malakaviy ishi mavzusi bo`yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi. Yuqorida oldimizga qo`ygan maqasadimizdan kelib chiqib: Kurs ishida tanlangan mavzu bo`yicha ijtimoiy pedagogik, falsafiy-ma`rifiy, ilmiy-metodik hamda o`quv adabiyotlarni o`rganib chiqish va umumlashtirish. O`qish darsligidagi tabiat mavzusiga oid matnlar bilan ishlash jarayonini o`rganish va tahlil qilish. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o`rganish va tahlil qilish asosida savod o`rgatish mashg`ulotlarini shakllantirishga oid mashg`ulot mazmuni, maqsadi va qurilishini o`rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash. Boshlang`ich sinflarda tabiat mavzusi bilan bog`liq o`qish mashg`ulotlariga oid mashqlarning samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish.Tabiat mavzusiga bag`ishlangan insholarni tashkil qilish orqali o`quvchilarda ona tabiatga bo`lgan ijobiy munosabatini shakllantirish. Ishining ilmiy va amaliy ahamiyati . Ushbu kurs ishini bajarish natijasida boshlang’ich sinflarda tabiat mavzusi bilan bog`liq kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi. Tabiat mavzusiga bag’ishlangan janrlarning xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning 3

maqsadi, mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi. Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan nutq madaniyatini shakllantirishga oid mashg`ulotlarini boyitish, kichik maktab yoshidagi o`quvchilarida olib boriladigan turli o`quv predmetlarini takomillashtirish hamda ularning bilimini, malakasini oshirishda keng foydalaniladi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi . Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, har bir bobda ikta dan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 4

1 BOB INSHO YOZISH MALAKASI VA UNI SHAKLLANTIRISH USULLARI. 1.1.Insho turlari va uni tashkil etish. Avvalombor, boshlang`ich sinf o`quvchilarining ona tilidan egallagan bilim saviyasi ko`pdan biri hammamizni tashvishga solayotgan hech kimga sir emas. Samaradorlik avvalo o`quvchilarga “Nimani o`qitish” masalasi bilan chambarchas bog`liq. Ona tili ta`limidan o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan zaruriy bilimlar hamda shu bilimlarga muvofiq keladigan malaka va ko`nikmalar tizimi to`g`ri belgilansagina “Qanday o`qitish kerak” degan savolga javob topish mumkin. Yosh avlodni tarbiyalashda o`z ona tilida aniq, tushunarli, ta`sirchan, chiroyli so`zlarga o`rgatish masalasi asosiy o`rinda turadi. Insho arabcha so`z bo`lib, “yaratish”, “bunyod qilish”, “qurish” ma`nosini anglatadi. Inshoda muallifning so`z qo`llash mahorati, fikriy tafakkuri, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo`ladi. Insho mazmun va mohiyatiga ko`ra uch guruhga bo`linadi: Adabiy mavzudagi insholar; Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar; Erkin mavzudagi insholar. Insho 1-sinfda kichik og`zaki axborot va extirosli hikoyadan boshlanib, o`z fikrini ifodalashga, o`quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta`limtarbiyaiy ahamiyatga ega bo`lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi. Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo`lib, his-hayajon uyg`otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko`rgan-kechirganlari va o`zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o`rtasidagi sabab-natija bog`lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga o`rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi. Tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto undan ko`proq davom etadi, rasmlar esa insho yozishdan oldin ko`riladi. Insho yozish yoki og`zaki hikoya qilish darsni ilgari bajarilgan ishlarning yakunidir. Insho darsning umumlshtiruvchilik roli bog`lanishli nutq sohasidagi ko`nikmalarni egallash me`yoriga qarab ortib boradi. Insho yozish uchun 2-sinfda, odatda, bir dars zarur bo`lib qolsa, ikkinchi darsdan 5