logo

O‘ZBEK ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZINING GENEZISI VA BADIIY EVOLYUTSIYASI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

173.1220703125 KB
O ‘ZBEK ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZINING GENEZISI VA
BADIIY EVOLYU T SIYASI 
REJА
KIRISH ............................................................................................ ......... 3
I -BOB.   O‘ZBEK ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZINING GENEZISI 
VA BADIIY EVOLYU T SIY ASI ……………………………………………….10
1.1. Hotam obrazi evolyusiyasida tarixiy haqiqat va badiiy talqin… …..10
1.2. Hotam   haqidagi   epik   syujetlar   tipologiyasi………………………..3 0
Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………41
2-bob.  O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZI … …..42
2.1. O‘rta asr yozma manbalari va Hotam syujeti …… ................... … ….43
2.2. Hotam obrazining mumtoz adabiyot badiiyatida tutgan o‘ rni… ..... .......54
Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………….…61
3-BOB.   “HOTAMNOMAI   TURKIY”     FOLKLOR   SYUJETLARI‒
ASOSIGA QURILGAN QISSA …………………………………………… …63
3.1. “Hotamnoma”ning yaratilishi tarixi va syujet tuzilishi.................... ....63
3.2.   Hotam   obrazining   xalq   qissasidagi   badiiy   ifodasi………… ………….67
Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………86
XULOSA ......................................................................................... .......................88
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................... ......................91
1 Kirish
Mavzuning   dolzarbligi .   Hozirgi   zamon   jahon   adabiyotshunosligida   badiiy
obrazlarning   tarixiy-genetik   asoslari,   epik   syujetlarning   manbalari,   shakllanish
bosqichlari   va   taraqqiyoti,   “sayyor   syujet”larning   tarixiy-folkloriy   jarayon   va
adabiy an’ana rivojiga ta’siri masalalarini tadqiq etish etakchi tamoyillardan biriga
aylandi. Ayniqsa, adabiy ta’sir va badiiy tarjima amaliyoti natijasida   xalq og‘zaki
ijodi   va   yozma   adabiyotdagi   an’anaviy   epik   syujetlarning   shakllanishiga   asos
bo‘lgan   yozma   manbalarni   aniqlash   hamda   qiyosiy   tahlilga   tortishga   alohida
e’tibor   qaratilmoqda.   Xususan ,  qadimgi   a nglosakson   eposi   «Beovulf»ga   aloqador
qahramonlik   qo‘shiqlari ning   VII-VIII   asrlarga   mansub   yangi   manbalarning
aniqlanishi,   irland   sagalari   syujetining   migratsiyasi   qamrovi   haqidagi   ilmiy
qarashlarning takomillashtirilganligi hamda «Mening Sidim haqida qo‘shiq» nomli
ispan   eposi   parchalari   aks   etgan   yozma   yodgorliklar   topilishi   epik   syujetlar
evolyusiyasi   va   poetik   transformatsiyasi   xususidagi   nazariy   qarashlarni   yanada
boyitdi. Jahon adabiyotshunosligining epik  obraz va syujetlar migratsiyasini tadqiq
etishga   doir     ilmiy-nazariy   konsepsiyalari   arab,   fors-tojik   va   boshqa   xalqlar
adabiyoti   hamda   folkloridagi   an’anaviy   syujetlarning   o‘zbek   adabiyoti
taraqqiyotida   tutgan   o‘rnini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   tadqiqotlar   ko‘lamini
kengaytirishni taqazo etadi.
Ma’lumki,   dunyo   xalqlari   adabiyotida   bo‘lgani   singari   o‘zbek   adabiyoti   va
folklori rivojida ham o‘zaro adabiy aloqalar va adabiy ta’sir muhim rol o‘ynagan.
Ayniqsa, Xuroson va Movaraunnahrga islom dinining kirib kelishi natijasida diniy
manbalar bilan bir qatorda arab tilidagi adabiy va ma’rifiy asarlar ham keng yoyila
boshlagan.  Arablar bilan birga ularning og‘zaki ijodi va qissaxonlik an’analari ham
kirib   kelgan.   “Alf-laylo   va   laylo”   majmuasi   ertakchilik   an’anasiga   o‘z   ta’sirini
o‘tkazganligi   kabi   o‘rta   asr   arab   xalq   adabiyoti   –   siyratlarning   bevosita   ta’sirida
ko‘plab qissalar ham yaratilgan. O‘zbek folklori va yozma adabiyotidagi Luqmon,
Xizr,   Hotam,   Iskandar,   Odami   Od,   anqo   qush,   Xorut   va   Morut   kabi   ko‘pgina
obrazlar   bilan   bog‘liq   badiiy   talqinlar   hamda   epik   syujetlarning   tarixiy-genetik
ildizlari   bevosita   arab   xalq   ijodiga   borib   taqaladi.   Mumtoz   adabiyotimizga
2 aloqador   fors-tojik   va   arab   tilidagi   juda   ko‘p   manbalar   chop   etilib,   ilmiy
o‘rganilgan   bugungi   kunda   ana   shunday   obrazlarning   tarixiy   asoslari   va   badiiy
adabiyotdagi poetik evolyusiyasi jarayonlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganish
dolzarblik kasb etadi.
Ma’lumki, H otam yoki Hotamtoy    benihoya saxiy va qo‘li ochiq kishi sifatida
tasvirlangan   Hotamtoy   obrazining   tarixiy   asoslari   qadimgi   arab   folklori
an’analariga   borib   taqaladi.   Uning   ismi   aslida   Hotam   ibn   Tay     bo‘lib,   xalq   tilida
“ H otamtoy”   bo‘lib   ketgan.   XIX   asrning   oxirida   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilingan
“Hotamnoma”   asarida   keltirilishicha,   o‘zining   benihoya   saxiyligi,   qo‘li   ochiqligi
va   muruvvatliligi   bilan   dong   qozongan   Hotam   at-Tayi   (yoki   Hatim   at-tayi)   VI
asrda arablarning tay qabilasidan etishib chiqqan shoir bo‘lib, uning otasi  Adi ibn
H otam   bo‘lgan.   U   Muhammad   payg‘ambarimiz   zamonasidan   150   yil   avval   vafot
etgan.   “G‘iyos   ul-lug‘at”da   qayd   etilishicha,   “ T ay   −   Yamandagi   qabila   nomi
bo‘lib, Hotam toyi shu qabilaga mansubdir”. 1
  
O‘zbek   xal q   og‘zaki   badiiy   ijodi   va   yozma   adabiyotidagi   Hotam   obrazining
kelib   chiqishi   S h arq   xalqlari,   jumladan,   arab   va   fors-tojik   adabiyotining   ta’siri
bilan belgilanadi. Bu obraz bilan bog‘liq epik talqinlar arablardan Y a qin va O‘rta
S h arq, shuningdek,  O‘rta  Osiyo  xalqlariga o‘tib, milliy folklor   an’analari   va  epik
ijodiyot   rivoji   davomida   o‘ziga   xos   syujetlarning   yuzaga   kelishiga   asos   bo‘lgan.
O‘zbek adabiyotidagi Hotam bilan bog‘liq epik syujetlarni mazmuni va mohiyatiga
ko‘ra uch tipga bo‘lib tasnif qilish mumkin: 1) Hotam-toyni behisob boylik egasi
sifatida   tasvirlaydigan   sehrli   ertaklar;   2)   Hotamni   kambag‘al   bo‘lishiga   qaramay,
g‘oyat   qo‘li   ochiq   va   saxiy   kishi   sifatida   tasvirlaydigan   maishiy   ertaklar;   3)
Hotamni boylik va saxiylik timsoli o‘laroq tasvirlaydigan rivoyat va afsonalar.
Bundan   tashqari,   Husayn   Voiz   Koshifiyning   “Risala-i   Hotamiya”   asarining
yuzaga   kelishi,   shuningdek,   O‘rta   Osiyo   xalqlari   orasida   keng   tarqalgan   fors
tilidagi   xalq   kitobi     “Hotamnoma”ning  ‒ XIX   asr   oxirida   o‘zbek   tiliga   tarjima
qilinishi   Hotam   haqidagi   epik   syujetlar   ko‘lamini   yanada   kengaytirdi.
“Hotamnoma y i   turkiy”ning   kompozitsion   qurilishi,   uning   tarkibidagi
1
    Ҳотамнома .   Нашрга  тайёрловчи  ва  сўзбоши  муаллифи:  А.Матғозиев.  − Тошкент:  Адабиёт  ва  санъат
нашриёти, 1988. − Б.   3-5.
3 hikoyatlarning   badiiy   xususiyatlari,   bu   manbaning   ertakchilar   va   qissaxonlar
repertuariga ta’siri kabi masalasi ham hozirga qadar o‘rganilganicha yo‘q. S h uning
uchun   ham   o‘zbek   adabiyotida   Hotam   obrazining   genetik   asoslari   va   badiiy
evolyusiyasi masalasini folklor va yozma adabiyot materiallari asosida tadqiq etish
epik syujetlar tizimining shakllanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
Ushbu   mavzuning   magistrlik   dissertatsiyasi   sifatida   ishlanishining   nazariy-
metodologik asoslari mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni chuqur idrok etgan
holda   yangicha   tamoyillar   asosida   tadqiq   va   targ‘ib   qilish   jarayoni   milliy
tiklanishdan   milliy   yuksalish   sari   taraqqiy   etayotganligi   bilan   belgilanadi.
Mamlakatimiz   Prezidentining   2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini  chop
etish   va   tarqatish   tizimini   rivojlantirish,   kitob   mutolaasi   va   kitobxonlik
madaniyatini   oshirish   hamda   targ‘ibot   qilish   bo‘yicha   komissiya   tuzish
to‘g‘risida»gi   F-4789 -son Farmoyishi, 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-sonli «Oliy
o‘quv   yurtlaridan   keyingi   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   to‘g‘risida»gi
Farmoni,   2017   yil   18   apreldagi   PQ   –28-29-son   Alisher   Navoiy   nomidagi
O‘zbekiston   Milliy   bog‘i   hududida   Adiblar   xiyobonini   barpo   etish   to‘g‘risida”gi
q arori, 2017 yil 17 fevraldagi   PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-
tadqiqot   ishlarini   tashkil   etish,   boshqarish   va   moliyalashtirishni   yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi,   2017   yil   24   maydagi   PQ-2995-
son li   “ Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida ” gi ,   2017   yil  
13 sentabrdagi PQ-3271-son «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini
rivojlantirish, kitob mutolaasi  va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib
qilish   bo‘yicha   kompleks   chora-tadbirlar   dasturi   to‘g‘risida»gi ,   2019   yil   14
maydagi   PQ -4320- sonli   “ Baxshichilik   san’atini   yanada   rivojlantirish   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida»gi   qaror lar i   va   mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa   me’yoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilangan  vazifalarni  amalga  oshirishda ushbu  tadqiqot  ishi
muayyan darajada xizmat qiladi. 
Tadqiqotning   ob’ekti .   Hotam   haqidagi   folklor   asarlari,   mumtoz   adabiyot
manbalari va “Hotamnoma y i turkiy”ning 1988 yilgi nashri.
4 Tadqiqotning   predmetini   adabiy   aloqalar   va   tarjima   amaliyoti   orqali
o‘zlashgan   badiiy   obrazlar   hamda   epik   syujetlarning   tarixiy-genetik   asoslari   va
tadrijiy rivoji tashkil etadi. 
Tadqiqotning   maqsadi:   O‘zbek   folklori   va   mumtoz   yozma   adabiyotida
Hotam   obrazining   tarixiy   asoslarini   ochib   berish,   Hotam   bilan   bog‘liq   epik
syujetlarning manbalarini aniqlash hamda “Hotamnoma y i turkiy”ning folklor asari
sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirish orqali epik obraz va syujetning
tadrijiy rivoji bosqichlarini tavsiflashdan iboratdir.
Tadqiqotning vazifalari :  
o‘zbek folklori va mumtoz yozma adabiyotidagi Hotam obrazining manbalari
va tarixiy-genetik asoslarini aniqlash;
o‘rta   asr   yozma   manbalaridagi   Hotam   haqidagi   hikoyat   va   rivoyatlarning
o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodidagi mushtarak talqinlarini  aniqlash;
Hotam   haqidagi   ertaklarning   etakchi   motivlar   tarkibini   turkiy   xalqlar
folkloridagi mushtarak syujet elementlari bilan qiyosiy tahlil qilish;
Hotam   obrazining   o‘zbek   mumtoz   adabiyotidagi   badiiy   ifodasi   va   poetik
evolyusiyasini yoritish;
“Hotamnoma y i   turkiy”ning   kompozitsion   qurilishi,   syujet   tizimi   va   obrazlar
tarkibini o‘rganish.
  Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   O‘zbek   adabiyotshunosligi   va
folklorshunosligida   ilk   bor   Hotam   obrazining   xalq   og‘zaki   badiiy   ijodida
ommalashishi   tarixi,   uning   mumtoz   adabiyot   badiiyatini   boyitishdagi   o‘rni
ko‘rsatib   berildi.   XIX   asrda   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilingan   “Hotamnoma”   qissasi
tarkibidagi   hikoyalarning   turkiy   badiiy   nasr   rivojida   tutgan   o‘rni   va   epik
syujetlarning poetik evolyusiyasiga xos xususiyatlar aniqlandi.   
Mavzuning   o‘rganilish   tarixi .   Hotam   obrazining   turkiy   xalqlar,   jumladan,
qozoq   va   turkman   xalq   ertaklaridagi   epik   talqini   masalasi   S.Qasqabasov 2
  hamda
M.Sakali 3
  tomonidan   o‘rganilgan.   Hotam   haqidagi   hikoyatlar   majmasi
2
 Каскабасов С. Таңдамалы. Т.3. Фольклорная проза казахов.   Астана, 2014.   С.11-12.‒ ‒
3
  Сакали М.А. Туркменский сказочный эпос. – Ашхабад, 1956. – С. 69.
5 “Sarguzashti   Hotam”   1967   va   1997   yillarda   ikki   marta   nashr   etilgan. 4
  Tilshunos
olim   A.Matg‘ozi y ev   “Hotamnomai   turkiy”ni   nashrga   tayyorlab,   1988   yilda
so‘zboshi   va   lug‘at-izohlar   bilan   chop   ettirgan. 5
  Olimning   ushbu   nashrga   yozgan
so‘zboshisida   “Hotamnoma”   folklor   asari     sifatida   baholangan   bo‘lib,   uning
yuzaga   kelishi,   turli   tillarga   tarjima   qilinishi   tarixi   hamda   tarkibidagi   hikoyalar
mohiyati xususida muxtasar ma’lumot berilgan. 6
Hotam   obrazining   kelib   chiqish   tarixi   va   badiiy   adabiyotdagi   o‘ziga   xos
talqinlari   tojik   olimi   N.Tumanov   (Davlatzoda)   tomonidan   maxsus   o‘rganilgan.
Uning tojik tilida chop etilgan ilmiy maqolalarida Hotam shaxsi va u haqda yozma
manbalardagi   ma’lumotlar,   o‘rta   asr   fors-tojik   she’riyatida   Hotam   obrazi   talqini,
axloqiy-didaktik   nasrda   Hotam   bilan   bog‘liq   epik   syujetlar   tahlil   qilingan. 7
  2019
yilda   u   fors-tojik   adabiyotida   Hotam   obrazining   shakllanishi   va   badiiy
evolyusiyasiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 8
Y u qoridagi   qisqacha   tahlil   shuni   ko‘rsatadiki,   Hotam   obrazining   tarixiy
ildizlari   va   badiiy   talqini   masalasi   o‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodi,   jumladan,   ertak,
rivoyat  va afsonalar  hamda xalqissai  “Hotamnoma y i turkiy” misolida o‘rganilgan
emas.  
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi:   Tadqiqot   mavzusini
yoritishda   qiyosiy,   qiyosiy-tipologik,   struktural   tahlil   metodlaridan   foydalanildi.
4
  Саргузашти   Ҳотам   /   Тайёркунандаи   матн   Ҳ.Азизқулов   ва   С.Давронов.   Муаллифони   сарсухан
Ю.Салимов ва Ҳ.Азизқулов. – Душанбе, 1967. – 281 с.; Саргузашти Ҳотами Той. – Душанбе, 1997. – 272 с.
5
  Ҳотамнома   /  нашрга   тайёрловчи   ва  сўзбоши   муаллифи:   А.Матғозиев.   −  Тошкент:  Адабиёт  ва   санъат
нашриёти, 1988. − 224 б.
6
  Матғозиев   А.   “Ҳотамнома”   ҳақида   //   Ҳотамнома   /   нашрга   тайёрловчи   ва   сўзбоши   муаллифи:
А.Матғозиев. − Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. − Б.   3-6.
7
 Туманов Н. Историческая личность Хатама в «Китаб альагани» Абулфараджа аль-Исфагани // Вестник
Таджикского национального университета. Серия: Филология.   Душанбе, 2016. – №4/6. – С.243-246 (тожик‒
тилида);  Шу муаллиф. Отражение  облика Хатама  в поэзии  Х-Х II   вв. Вестник  Таджикского национального
университета.   Серия:   Филология.     Душанбе,   2017.   –   №4/1.   –   С.196-199   (тожик   тилида);   Шу   муаллиф.	
‒
Отражение   личности   Хатама   в   нравственно-дидактической   прозе   //   Вестник   Бохтарского   университета
имени   Носира   Хусрава.   Серия   гуманитарно-экономических   наук.     Бохтар,   2018.   –   №1/3   (59).   –   С.59-62	
‒
(тожик   тилида);   Шу   муаллиф.   О   поэтической   деятельности   Хатама   ат-Тайи   //   Известия   АН   Республики
Таджикистан.   Отд.   обществоведческих   наук.     Душанбе,   2018.   –   №5/4.   –   С.131-137   (тожик   тилида);   Шу	
‒
муаллиф. Сведения о потомках Хатама в «Равзат ас-сафа» Мирхонда // Вестник Таджикского национального
университета.   Серия:   Филология.     Душанбе,   2018.   –   №5/8.   –   С.104-107   (тожик   тилида);   Шу   муаллиф.	
‒
Художественный   образ   Хатама   в   «Ахлоки   мухсини»   Хусайна   Ваиза   Кашифи   //   Вестник   Таджикского
национального университета. Серия: Филология.   Душанбе, 2019. – №5/1. – С.121-125 (тожик тилида).	
‒
8
  Давлатзода Н.Д. Формирование и эволюция художественного образа Хатама в персидско-таджикской
литературе (классический период): АКД.   Душанбе, 2019.   24 с.	
‒ ‒
6 Shuningdek, Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning milliy o‘zlikni anglash,
milliy   ma’naviy   qadriyatlarni   tiklash,   ularni   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha
bildirgan fikr mulohazalari tadqiqot  uchun  metodologik asos sifatida xizmat qildi.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati:   Hotami   Toy
obrazining   genetik   asoslari,   evolutsiyasi,   tipologiyasi ,   o‘zbek   folkloridagi   badiiy
vazifalari   va   uning   tarixiy   shaxs   ekanligi   tadqiqiga   bag‘ishlangan   ushbu
dissertatsiya   ishi   o‘zbek   xalq   og‘zaki   poetik   ijodidagi   hamda   mumtoz   adabiyot
badiyatidagi  obrazlarni o‘rganish uchun keng ko‘lamli  nazariy  materiallar beradi.
Dissertatsiyaning  amaliy ahamiyati  esa  mazkur  ishning materiallaridan oliy
o‘quv   yurtlarining   filologiya   fakultetlarida   ma’ruzalar   matni   tayyorlash,   o‘zbek
xalq   og‘zaki   badiiy   ijodiyoti   va   mumtoz   adabiyot   bo‘yicha   darslik,   o‘quv
qo‘llanmalari,   ilmiy   -   metodik   tavsiyalar   tayyorlashda   samarali   foydalanish
mumkinligi bilan belgilanadi.
Ish   tuzilmasining   tavsifi:   ushbu   magistrlik   dissertatsiyasi   kirish,   3   bob,
xulosa   va   foydalangan   adabiyotlar   ro yxatidan   iborat   bo‘lib,   9ʻ 5   sahifani   tashkil
etadi.
I -BOB.   HOTAM   OBRAZINING   TARIXIY   ASOSLARI   VA   O‘ZBEK
FOLKLORIDAGI BADIIY  IFODASI
1.1. Hotam obrazi evolyusiyasida tarixiy haqiqat va badiiy talqin. 
7 Insoniyatni  komillik sari  yetaklaydigan bir qancha fazilatlar bor. Ular to ʻ g ʻ ri
yashashga,   haqni   nohaqdan,   pokni   nopokdan   ajratishga   xizmat   qiladi.   Bunday
fazilatlarga   donolik,   adolatlilik,   halimlik,   rostgo’ylik,   sadoqatlilik,   diyonat
kabilarni   kiritish   mumkin.   Shu   kabi   fazilatlardan   yana   biri   saxovatlilikdir.   Kishi
mol-u   dunyoga,   quvvat   va   qudratga   ega   ekan,   yo ʻ qsil,   g’arib   va   yetimlarga
shavqat,   marhamat   qilishdan,   moddiy   va   ma’naviy   yordam   berishdan
chekinmasligi   lozim. 9
  Saxiylik   borasida   muqaddas   manbalarda   ham   qator   fikrlar
aytilgan:   “O ʻ zingiz   kasb   etgan   va   Biz   sizlar   uchun   chiqargan   narsalarning
yaxshilaridan   ehson   qilingiz   “ 10
  (Baqara   surasidan).   “Olloh   taolo   senga   ehson
qilgani   kabi   sen   ham   odamlarga   ehson   qil!” 11
  (Qasos   surasi).   Abu   H urayra
(r.a.)dan rivoyat qilinadi: «Saxiy Allohga yaqindir, odamlarga yaqindir, jannatga
yaqindir,   do‘zaxdan   uzoqdir.   Baxil   esa   Allohdan   uzoqdir,   odamlardan   uzoqdir,
jannatdan   uzoqdir,   do‘zaxga   yaqindir.   Alloh   taologa   johil   saxiy   obid   (ibodatga
berilgan)   baxildan   suyukliroqdir»   (Imom   Termiziy).   ”Adabiyot   namoyondalari
ham bu fazilatni yuksak baholashgan. Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq asarida
saxovat   –insoniyat   bog ʻ ining   hosildor   daraxti,   shuning   barobarida,   ul   daraxtning
foydali mevasidir”,- desa, hazrat Navoiy unga quyidagicha ta’rif beradi:
Kishida barcha axloqi hamida,
Chu jam o ʻ ldi qo ʻ yarlar otini ehson.
Biri andin saxodur, biri muruvvat,
Bular gar yo ʻ qtur, inson ermas inson.
Ma’lumki, adabiyot olamida saxiylikning yorqin timsoli sifatida Hotami Toy
nomi   tilga   olinadi.   Hatto   uning   nomi   hozirgi   o‘zbek   tilida   “hotam”,   “hotamtoy”
kabi   sifat lash   vazifasida   qo‘llanilib   “saxiy,   qo‘li   ochiq”   singari   ma’nolarni
ifodalaydi,   keyingi   so‘z   esa   (ya’ni,   Hotam   ibn   Tay)   atoqli   otlardan   hosil   bo‘lgan
qo‘shma sifatdir 12
.   Hotamitoy   (to‘liq nomi Abu Safona Hotam ibni Abdulloh ibni
9
  Тоҳир Малик Одамийлик мулки . –  Т o шкент: Шарқ, 2014.  3 25-б.
10
  Қуръони   Карим   ва   Ўзбек   тилидаги   маънолар   таржимаси.”Бақара”   сураси   267-оят.   Таржимон:   Шайх
Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. –Тошкент: Ҳилол нашр, 2018 .   – Б .  45.  
11
  Қуръони   Карим  ва  Ўзбек   тилидаги   маънолар  таржимаси.  Таржимон:  Шайх  Муҳаммад  Содиқ   Муҳаммад
Юсуф. –Тошкент: Ҳилол нашр, 2018 .  –  Б .  393.
12
  Ҳотамнома .   Нашрга   тайёрловчи   ва   сўзбоши   муаллифи:   А.Матғозиев.   −   Тошкент:   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти, 1988. – Б. 3.
8 Sa’di Toyi ,   taxm inan VI   a sr   oxiri   VII   asr   boshi da   Yaman da yashagan ) – saxiyligi
va oliyjanobligi bilan sharq mamlakatlarida dong taratgan shaxs. Yamandagi Toy
qabilasining   boshlig‘i,   mashhur   lashkarboshi   va   shoir   bo‘lgan.   Adl - u   insofi,
saxiyligi  va yaxshiligi  bilan  dastlab atrofdagi  qabilalar, keyin  butun Arabiston  va
Sharq   xalqlari   orasida   Hotami   Toy   –   Toy   qabilasidan   bo‘lgan   Hotam   nomi   bilan
shuhrat   qozongan.   Uning   saxovat   va   himmatiga   qoyil   qolgan   Muhammad
payg‘ambar   (sav)   ham   Toy   sharofatidan   uning   avlodini   e’zozda   tutishini
buyurgan. 13
 
Hotamtoy   mislsiz   saxiyligi   bilan   tarixda   nom   qoldirgan   mashhur   shaxs
bo ʻ lib,   u   Payg ʻ ambarimizning   davrlariga   yetib   kelmagan,   balki   johiliyat   davrida
islomdan benasib holda dunyodan o ʻ tgan. 14
Hotami   Toiy   yoki   Hotam   ut   Toiy   –   islomdan   oldingi   davrda   o ʻ tgan   (VII
asrning boshlarida vafot etgan) yarim afsonaviy qahramon va shoir bo ʻ lgan. 15
 
Arab   adabiy   va   tarixiy   manbalarida   va   zamonaviy   rus   va   evropalik
sharqshunoslarning   ilmiy   tadqiqotlarida   Hotamning   haqiqiy   ismi   “Xatim”   deb
qayd etilgan.   Islom davri manbalarining ko‘plab mualliflari, shuningdek, bir qator
tadqiqotchilar Abulfaraj Isfahaniyga suyanib, Hotamning to‘liq ismini “Hotam ibn
Abdulloh   ibn   Sa’d   ibn   al-Xashraj   ibn   Imrulqays   ibn   Adiy   ibn   Ahzam”,   –   deb
yozadilar.
Lug‘atlarda,   xususan,   arab   tilining   izohli   lug‘atlarida   “Hotam”   so‘zi
“qarorlarida   qat’iyatli”,   “mas’uliyatli   va   o‘z   so‘ziga   sodiq”   deb
izohlanadi.   Bundan tashqari, ko‘plab izohli lug‘atlarda Hotam at-Toyining ramziy
shaxsiga   asoslangan   “Hotam”   so‘zi   “saxiylik   va   olijanoblik”   deb   talqin   qilinadi.
Hotam     obarzining   nomi   turli   manbalarda   turlicha   berilgan.   Qur’oni   K arimning
Shayx   Abdulaziz   Mansur   tomonidan   tarjima   va   izohlari   bilan,   to ʻ ldirilgan   7-
nashrida “Oli Imron” surasining 64-oyatining   sharhi berilgan. 16
  Unda muallif bu
13
  Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 12 томлик. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси давлат
илмий нашриёти, 2002-2006.   –   B . 348.
14
  Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri .  Tarjima va tafsir muallifi: Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent:
Movarounnahr, 2020.  –  B .  58.
15
  Ming  bir   kecha:   Arab   ertaklari:   8jildlik.     4-jild:   270-434-kechalar.   Tarjimon   Karimov   U.,  nashrga   tayyorlovchi
Ziyodov A. – Toshkent: O’zbekiston,  2015.  – B. 356.
16
  Qur’oni   karim   ma’nolarining   tarjima   va   tafsiri .   Tarjima   va   tafsir   muallifi:   Shayx   Abdulaziz   Mansur.   –   T.
Movarounnahr, 2020.  –  B .  58.
9 nomni     “Hotamtoy”   shaklida     ketiradi,   arab   xalq   ertaklari   jamlanmasi   “Ming   bir
kecha”   da   esa   “Hotam   ut-Toiy”   yoki     “Hotami   Toiy”   tarzida     kelgan. 17
  O’zbek
xalq   ertak,   rivoyat   va   afsonalarida   “Hotamtoy”   “Hotami   Toiy”   yoki   “Hotam”;
Eron,   Afg‘oniston,   Tojikiston,   Qozog‘iston   kabi   forsiy   va   turkiyzabon   xalqlarda
bu   nom   Hotam   Toyi,   Hatimtay   sifatida   tanilgan.     Fors-tojik   shoir   va
yozuvchilarining   adabiy   va   tarixiy   manbalari,   badiiy   asarlari,   shuningdek,
ilmiy   tadqiqot   adabiyotlarida "Hotam at-Tayi" varianti qo‘llaniladi.   Shunga ko’ra,
bu   obrazning   fors-tojik   adabiyotidagi   evolutsiyasi   masalalari   bilan   shug‘illangan
olim   N.Tumanov   (Davlatzoda)   o‘z   dissertatsiyasida   Hotam   Taiyi   variantini
ishlatgan, yoki qisqartirilgan holda Hotam deb nomlagan.
Biz   tadqiqot   ishimizda   O‘zbekiston   milliy   ensiklopediyasiga   asoslangan
holda Hotami Toy variantini qo‘lladik 18
.
Hotami   Toy   arablarning   mashhur   vakillaridan   biri   bo‘lib,   islomning   paydo
bo‘lishi davrida ham saxiyligi va olijanobligi bilan mashhur bo‘lgan.   IX asrda   bir
qator   arab   tarixiy   manbalarida:   Zubayr   ibn   Baqqorning   “Al-Axbor-al-
mvaffaqiyat”,   Abulfaraj   al-Isfahoniyning   “Kitob-al-Aganiy”,   Ibn   Qutaybaning
“Ash-she’r   va   shuaro”,   Mas’udiyning   “Muruj-az-zaxab”,   Abdulqodir   al-
Bag‘dodiyning   “Xizonat-al-adab”   Muhammad   ibn   Jarir   Tabariyning   “Torix-ar-
rusul   va-l-muluk”   (“Payg‘ambarlar   va   shohlar   tarixi”)   kabi   asarlarda   Hotam
shaxsiyati yarim haqiqat, yarim afsona tarzida tasvirlangan 19
. 
Hotami   Toyning   shaxsiyati   va   tarjima y i   holi   to‘g‘risida   ma’lumot   bergan
birinchi   arab   mualliflari   orasida   “Al-Axbor-al-muvaffaqiyat”   kitobining   muallifi
Zubayr   ibn   Baqqor   va   “Kitob   al-Aganiy”   muallifi   Abulfaraj   al-Isfaxoniylar
bo‘lgan.   Shuni   ta’kidlash   kerakki,   Hotamning   tarjimayi   holi   va   hayotining   ba’zi
tafsilotlarini   tasvirlashda   ko‘plab   yillar   davomida   yozilgan   adabiy   va   tarixiy
manbalar   va   ilmiy   tadqiqotlarning   mualliflari   Abulfaraj   al-Isfaxoniyning   “Kitob-
al-Aganiy” ma’lumotlariga asoslangan.
17
  Ming  bir   kecha:   Arab   ertaklari:   8jildlik.     4-jild:   270-434-kechalar.   Tarjimon   Karimov   U.,  nashrga   tayyorlovchi
Ziyodov A. – Toshkent: O’zbekiston,  2015.  – B. 357.
18
  Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 12 томлик. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси давлат
илмий нашриёти, 2002-2006.    –   B . 204.
19
  Давлатзода   Н.Д.   Формирование   и   эволюция   художественного   образа   Хатама   в   персидско-таджикской
литературе (классический период): АКД.   ‒ Душанбе , 2019. – 19  с .
10 Hotami   Toy   va   uning   ajdodlarining   yashash   muhiti,   jug‘rofiy   joylashuvi
to‘g‘risida   faqat   adabiy   va   tarixiy   manbalarda   ba’zi   ma’lumotlar
keltirilgan.   Ma’lumki, Hotam shoir bo‘lgan degan qarashlar ham bor. Hotamning
she’riy   devoni   mavjud   bo‘lib,   uning   tuzuvchisi   Zuhayr   ibn   Abdulloh   o‘zining
so‘zboshida   arab   tarixchilari   asarlariga   asoslanib   Hotam   tug‘ilib   o‘sgan   hudud
hozirgi   paytda   Xail   viloyati   deb   nomlanishini,   bu   hududda   Uvariz   tog‘i   deb
nomlanuvchi   tepalik   mavjud   bo‘lib,   Hotamning   qabri   uning   tepasida   joylashgan
degan fikrlarni yozadi.
Hotam   Taiyining   vatani   Uvariz   va   Kana   tepaliklarida   joylashgan   joy   edi,   u
shu   erda   Bani   Su’al   va   Bani   Sa’d   qabilalari   yaqinida   joylashgan   Tay   nomli
qabilaning sarkardasi bo‘lgan. 20
Tay   sifatida   tanilgan   Hotam   qabilasi   dastlab   Yaman   janubida   joylashgan
bo‘lib,   keyinchalik   Jazirat   al-arabning   shimoliga   ko‘chib   o‘tdi   va   Asad   Bani   va
Tamim Bani kabi shimoliy arab qabilalari bilan birlashdi.   Hotamning qabilasi Tay
deb nomlanishining sababi shundaki, go‘yo uning aholisi birinchi marta sug‘orish
teshigini  (suv manbai)  kashf  etgan yoki  bir  buloqdan boshqasiga  ko‘chib o‘tgan,
ammo  ularning birortasida   to‘xtamagan. Arab tarixchisi  Ali   Javadning  so‘zlariga
ko‘ra,   Tay   nomi   bu   qabilaning   boshqa   arab   qabilalariga   nisbatan   kuchli
bo‘lganligini anglatishi mumkin 21
. 
Hotamning   tug‘ilgan   hamda   vafot   etgan   sanasiga   oid   ko‘plab   bahs-
munozaralar   mavjud,   ba’zi   tadqiqotchilar,   shu   jumladan,   Nolino   u   milodning   VI
asrning   ikkinchi   yarmi   va   VII   asrning   boshlarida   yashagan   deb
hisoblagan.     Hotamning   devon   tuzuvchisi   Rizqulloh   Hassun   ham   VI   asrda
yashagan   degan   fikrga   ega.   K.Brokkelmanning   ta’kidlashicha,   Hotam   arab
shoirlari Ubayd ibn al-Abras va Nabig al-Zubyaniy bilan suhbatlashgan 22
.
Yuqoridagi ilmiy qarshlarga tayanab Hotamni VI asrning birinchi yarmining
oxirida tug‘ilgan va VII asr boshlarida yashashgan deb taxmin qilish mumkin.
Ko‘pgina   tadqiqotchilar   Hotamning   vafot   etgan   sanasini   605   yil   deb
20
 O‘sha asar. – 24 c.
21
 O‘sha asar. – 26 c.
22
 O‘sha asar. 31  с .
11 ko`rsatishsa,   ba’zi   manbalarda   uni     575-yilda,   yana   ayrim   tarixiy   asarlarda   607-
yilda   vafot   etganligi   aytilgan.   Shu   jumladan,   U.Farrux   va   A.Zayat   fikriga   ko‘ra,
Hotam Muhammad  payg‘ambar  tug‘ilganidan sakkiz yil keyin vafot etgan degan
mulohaza mavjud.   23
Hotamning  shaxsiyati  va  uning  fe’l-atvori  va  ishlarini   anglash   bilan  bog‘liq
asosiy   masalalardan   biri   bu   uning   she’riy   iste’dodi   va   she’rlarida   shaxsiyatining
namoyon bo‘lishidir.   Hatto Abulfaraj  al-Isfaxoniy “Kitob al-Aganiy” da shunday
deb   yozgan:   “Hotam   saxiy   odam   edi,   uning   she’riyati   uning   saxiyligiga   o‘xshar
edi va uning so‘zlari amallar bilan tasdiqlangan”.  
Ba’zi   tadqiqotchilar   uning   devoniga   kiritilgan   ko‘plab   she’rlar   Hotamga
tegishli   ekanligini   inkor   etishlariga   va   uning   shoir   bo‘lganligiga   shubha
qilishlariga   qaramay,   Hotamning   devoni   1872-yildan   beri   bir   necha   marta   nashr
etilgan.   Zuhayr   Abdullohning   ta’kidlashicha,   Hotamning   barcha   she’rlarini   o‘z
ichiga   olgan   devon   hali   nashr   etilmagan.   1872-yilda   Londonda   Rizqulloh
Hassunning   tashabbusi   bilan   nashr   etilgan   “Hotam   at-Tayi   devoni   va   u   haqida
ma’lumot” deb nomlangan devonda uning she’rlarining yarmidan ko‘pi kiritilgan.  
Ma’lum   bo‘lishicha,   Hotam   o‘z   she’rlarida   boylikni   xayr-ehson   qilish   va
muhtojlarga, kambag‘allarga va musofirlarga yordam berish vositasi deb biladigan
odam sifatida tasvirlangan.   Uning fikricha, boylik o‘tkinchi va saxovat va himmat
esa   kishini   abadiylikka   daxldor   qiladi.   Hotam   rafiqasi   Maviyaga   murojaat   qilib,
shunday deydi:
Ey Maviya, boylik o‘tkinchi, 
Boylikdan faqat yaxshi xotira qoladi.
Hotami   Toyning   she’rlari   va   uning   mazmuni   bilan   tanishish   u   shoir
bo‘lganiga   shubha   yo‘q,   degan   xulosaga   olib   keladi,   chunki   bu   haqiqat   uning
hayotiga   yaqin   manbalar   mualliflari   tomonidan   bir   necha   bor   tilga
olingan.   Shuningdek,   Hotami   Toyning   saqlanib   qolgan   she’rlari   mavzusi   va
mazmuni   uning   shaxsiyati   va   axloqiy   fazilatlariga   muvofiqligi   she’rlarning   unga
tegishli ekanligini ko‘rsatishi mumkin.
23
 O‘sha asar. 26  с .
12 Ko‘pgina   arab   manbalarining   mualliflari   Hotam   saxiylikni   onasidan   meros
qilib   olganligini   aytadilar.     Xususan,   Ibn   Qutayba   “Ash-she’r   va   shuaro”   asarida
Hotamning onasini  Inaba  deb atalgan,  “U  Tay qabilasidan  bo‘lgan  Afif   Amr   ibn
Imrulqaysning   qizi   edi”.   Abulfaraj   Isfahoniyning   fikrlariga   ko‘ra,   Hotamning
onasining   ismi   Inaba   emas,   balki   Ganiya   deb   ko‘rsatilgan:   “Ganiya   bint   Afif
Hotamning   onasi   edi,   u   barcha   odamlarning   eng   rostgo‘y   va   saxiysi   edi,   u   juda
mehmondo‘st edi .” Uqbari al-Bag‘dodiy va boshqa ba’zi arab tarixiy manbalarida
Hotamning onasining ismi “Ataba” deb berilgan. Manbalarda uning ismi turlicha
berilishidan   qat’iy   nazar,   barcha   arab   manbalarining   mualliflari   uning   Afif   ibn
Amr   ibn Imrulqays  ibn  Adiy  ibn Ahzamning  qizi  ekanligini  va Toy qabilasining
badavlat oilalaridan biriga tegishli ekanligini tasdiqlashadi. 
Hotam   ikki   marotaba   turmush   qurganligi   haqida   ma’lumotlar   mavjud.   U
birinchi marotaba Navar ismli ayolga uylangan. 
Abulfaraj   Isfahoniyning   so‘zlariga   ko‘ra,   Hotam   birinchi   xotini   vafotidan
keyin   Maviya   ismli   arab   malikasiga   uylanadi.   Abulfarajning   ma’lumotlariga
ko‘ra,   Maviya   ibn   Afzar   boshqalarga   qaraganda   saxiy   va   aqlli   bo‘lgan   kishiga
turmushga   chiqishga   qasam   ichgan.     Ularning   nikohidan   Adiy   ismli   o‘g‘il
tug‘iladi.   Ibn   Qutaybaning   so‘zlariga   ko‘ra,   Adiy   Maviyadan   emas,   balki
Hotamning   Navar   ismli   birinchi   ayolidan   tug‘ilgan   farzanddir.   Ushbu   tafovut
ocharchilik   voqeasini   keltirgan   Ibn   Qutaybaning   quyidagi   hikoyatidan   Adiy
Hotamning   Navar   ismli   birinchi   turmush   o‘rtog‘idan   tug‘ilgan   degan   xulosaga
kelishga sabab bo‘ladi.  
Navar   -   Hotamning   xotini:   Bir   yili   qurg‘oqchilik   va   qattiq   ocharchilik
bo‘ldi.   Bir  kuni  kechqurun o‘g‘llarimiz Abdulloh, Adiy va qizimiz Saffona  bilan
birga o‘tirdik.   Bolalar ochlikdan zo‘rg‘a uxlashdi. Yarim tunda Hotam chodirdagi
teshikdan   bir   odamning   yaqinlashib   kelayotgan   soyasini   ko‘rdi.   Hotam   so‘radi:
Siz   kimsiz?   U   javob   berdi:   “Men   qo‘shningizman.”   U   ochlikdan   aziyat
chekayotgan   bolalari   tufayli   kelgan   edi.   Hotam   dedi:   “Farzandlaringizni   olib
keling,   Allohga   qasamki,   men   ularni   boqaman”.   Hotamning   xotini:   “o‘zimizning
bolalarimiz och-ku siz ularni nima bilan to‘ydirasiz?”, – dedi.   Hotam javob berdi:
13 Xudoga   qasamki,   men   uning   bolalari   bilan   birga   bolalarimizni   ham
taomlantiraman. 
So‘ng   Hotam   oxirgi   otiga   borib,   uni   pichoqladi,   o‘t   yoqdi   va   ot   go‘shtini
qovurdi.   Bolalar va barcha qishloq ahli ot go‘shtidan tanovvul qilishdi.   Hotamning
o‘zi esa,  undan og‘ziga bir parcha ham olmagan. 
Abulfaraj   al-Isfaxoniy,   Ibn   Qutayba,   Mas’udi,   Ibn   Xisham   va   boshqa   arab
manbalarining   mualliflariga   ko‘ra,   Hotam   vafotidan   keyin   uning   o‘g‘li   Adiy   va
qizi   Saffona   payg‘ambar   (s.a.v.)   bilan   uchrashdilar,   natijada   ular   Islomni   qabul
qildilar.   Adiy   ibn   Hotam   Muhammad   sollallohu   alayhi   vasallamning   sahobalari
safiga   qo‘shildi.   “Islom   armiyasi   Tay   qabilasini   zabt   etib,   Saffonani   asir   oldi   va
Adiy qochib ketdi, lekin oxir oqibat islomga kirdi va keyin islom uchun jangchilar
safiga   qo‘shildi”   -   ,   degan   hikoya   ko‘plab   adabiy   va   tarixiy   manbalarda   qayd
etilgan.   Qur’oni   karimning   Shayx   Abdulaziz   Mansur   tomonidan   tarjima   va
izohlari   bilan,   to’ldirilgan   7-   nashrida   “Oli   Imron”   surasining   64-oyatining
sharhida payg’ambar Muhammad (s.a.v.)ga   savol bilan murojaat qilgan Adiy ibn
Hotam va Hotami Toy nomi keltirilgan. Kitobda ular haqida quyidagi ma’lumotlar
bor: Hotamtoy mislsiz saxiyligi bilan tarixda nom qoldirgan mashhur shaxs bo’lib,
u   Payg’ambarimizning   davrlariga   yetib   kelmagan,   balki   johiliyat   davrida
islomdan   benasib   holda   dunyodan   o’tgan.   Uning   o’g’li   Adiy   esa,   imon   keltirib
sahobalar   qatoridan   munosib   o’rin   egallagan. 24
  Hotami   Toy   obrazining   kelib
chiqish   tarixi   va   bu   obrazning   fors-tojik   adabiyotidagi   o‘ziga   xos   talqinlari
masalasi   bilan   shug‘ullangan     tojikistonlik   tadqiqotchi   N.Tumanov   (Davlatzoda)
islom davridagi arab manbalari mualliflariga tayanib Hotam, uning shaxsi va fe’l-
atvori to‘g‘risidagi hikoyatlarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganishni tavsiya qiladi:  
1.   Hotamning   tarjimayi   holi   va   tarixiy   shaxsiga   yaqin   bo‘lgan   va   uning
haqiqiy hayotiga mos keladigan hikoyatlar. 
2.   Hotamning   asl   shaxsi   bilan   hech   qanday   aloqasi   bo‘lmagan,   shunday
bo‘lsada, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan afsonalar.
24
  Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri .  Tarjima va tafsir muallifi: Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent :
Movarounnahr, 2020.  –  B .  58.
14 “Fors-tojik   adabiyotida   Hotam   obrazining   shakllanish   evolutsiyasi”   deb
nomlangan   mazkur   tadqiqot   ishida   Hotamning   tarjimayi   holi   bilan   bog‘liq
bo‘lgan,   bu   obrazni   tarixiy   shaxs   sifatida   tasvirlovchi   bir   qancha   hikoyatlar
keltirilgan.   Xususan,   islom   davri   muallifi   Shahobiddin   Muhammad   al-
Abishahiyning   “Al-Mustatraf”   asariga   tayanib,   Hotamning   qizi   Saffonani   Islom
armiyasi   tomonidan   qo‘lga   olingani   to‘g‘risidagi   ma’lumotni   keltiradi,   uning
qisqacha mazmuni quyidagicha:
Payg‘ambar   Muhammad   Ali   ibn   Abutalib   Tay   qabilasini   zabt   etish   uchun
kelganida,   Adiy   ibn   Hotam   qochib   ketdi   va   singlisi   Saffona   asir   olindi.   Uni
Payg‘ambarning   oldiga   olib   kelishganida,   u   otasi   Hotam   haqida   quyidagilarni
aytdi:   “U   qabila   boshlig‘i   edi,   mahbuslarni   ozod   qildi,   jinoyatchilarni   jazoladi,
qo‘shnilarini qo‘riqladi   , ochlarga taom berdi, muhtoj bo‘lganlarga yordam qo‘lini
cho‘zdi. 
Ollohning Payg‘ambari aytdilar:
-   Ey qiz, bu sodiqlarning fazilatlari.   Agar otangiz Islomni qabul qilganda  biz
unga shafoatchi bo‘lardik.      
Keyin   Islom   payg‘ambarining   buyrug‘i   bilan   Hotamning   qizi   qo‘yib
yuborildi.   U   o‘z   qabilasiga   qaytib   akasiga:   “Muhammadga   boring   va   islomni
qabul   qiling,   shunda   xor   bo‘lmaysiz,   chunki   Saffona   undan   ko‘ra   mehribon   va
olijanob odamni ko‘rmagan”, - dedi. Adiy ibn Hotamning Muhammad (s.a.v.)ning
huzuriga borganligi to’g’risida ba’zi manbalarda ma’lumotlar  mavjud. 
Abulfaraj   al-Isfaxoniy   tomonidan   keltirilgan   quyidagi   voqea   Hotamning
saxiyligi   va   buyukligini   namoyon   etish   bilan   birgalikda   uning   tarixiy   shaxs
ekanligiga ham ishora qiladi:
“Asad va Qays qabilasidan bo‘lgan odamlar No‘monning oldiga kelishdi  va
Hotamni ko‘rishib unga aytishdi: 
– Biz seni ulug‘lash uchun o‘z qavmimizdan ketdik.   Sizga xat yuborilgan.
–    Said: Xatda nima bor?  
– Bani Asad, Ubayd va Bishr nomani o‘qidilar. Nomani o‘qib bo‘lgach ular:
“Sizga bitta iltimosimiz bor”, - dedilar.  
15 – U so‘radi: qanday iltimos?
–   Ular javob berishdi: bizning safdoshlarimizdan birining ulovi yo‘q.  
–   Hotam   otiga   ishora   qilib:   “Do‘stingizga   olib   boring”,   –   dedi.   Hotam
ularning   xizmatkori   uning   ayvoniga   yaqinlashayotganini   ko‘rib   dedi:   “Hech
narsadan tashvishlanmang, u ham siznikidir”.  
– Ular otxonadagi ayg‘irni ham olib ketishdi. 
Ibn Arabiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Abulfarajning quyidagi hikoyasi
Hotamning shaxsiyati va fazilatlarini ma’lum darajada xarakterlaydi:
Ibn   Arabiy   aytadiki:   Hotam   arab   shoirlaridan   biri   edi,   she’rlari   uning
amallariga o‘xshash edi. U jang qilganida, g‘alaba qozonardi,   agar kimdir undan
biron   narsa   so‘rasa,   darhol   berardi.   Allohga   qasamki,   u   hech   kimni   o‘ldirmagan.
Islomgacha  bo‘lgan davrda har   kuni  o‘nta  tuyani   so‘yib, odamlarni  boqib, ularni
to‘ydirgan.   Ibn   Qutaybaning   “Ash-she’r   va   shuaro”   asarida   Hotamning   shon-
sharafi Rim Qaysarining qulog‘iga etib borgani uning saxiyligi va g‘ayratliligidan
dalolat beradi.   Ushbu voqeaga ko‘ra, Rim Qaysari, bu haqda eshitadi.   Hotamning
shon-sharafi   haqidagi   mish-mishlarning   to‘g‘riligini   tekshirish   uchun   u   Toy
qabilasiga o‘z vakillarini yubordi,   shunda ular Hotamdan eng sevimli otini talab
qiladilar.
Qaysarning   elchilari   Hotamning   uyiga   kelishganda,   u   kim   ekanliklarini
so‘ramasdan,   ularga   eng   yaxshi   mehmondo‘stlikni   ko‘rsatadi.   Mehmonlarga
manzur   taom   pishirish   uchun,   sevimli   otini   pichoqlaydi   va   go‘shtini   qaynatish
uchun olov yoqadi.
Hotam   mehmonlarning   oldiga   qaytib   kelib,   ularning   Rim   Qaysarining
elchilari   ekanligidan   xabar   topib,   sevimli   otini   talab   qilib   kelganida,   ularning
niyati   to‘g‘risida   bilmaganidan   pushaymon   bo‘ldi   va   mehmonlarga   ularni
taomlantirish uchun so’yilgan  otdan boshqasi yo’q ekanligini aytdi. 
Qaysarning elchilaridan biri Hotamning saxiyligidan hayratda qoldi va aytdi:
Xudo   haqi,   biz   u   haqda   eshitganimizdan   ko‘ra   ko‘proq   saxiyligini   ko‘rdik.
Mazkur  hikoyat real-tarixiylik xarakteriga ega ekanligi   bilan bir qatorda Hotami
Toyni   badiiy   obraz   darajasiga   olib   chiqqan   hikoya   ekanligi   bilan   ham
16 ahamiyatlidir.   Chunonchi,   o‘rta   asr   sharq   adabiyotining   buyuk   namoyondasi
Sa’diy   Sheroziy   Hotam   obrazini   badiiy   obraz   sifatida   shakllantirib,   o‘zining
“Bo‘ston”   va   “   Guliston”   asarlariga   kiritadi.   Ibn   Qutaybaning   “Ash-she’r   va
shuaro”   asarida   keltirilgan   hikoyat   sujeti   “Bo‘ston”   da   o‘zining   badiiy   ifodasini
topgan.
Islom   davri   mualliflarining   tarixiy   asarlariga   tayanib   keltrilgan   quyidagi
ma’lumotlar   Hotami   Toy   obrazining   tarixiy   shaxs   ekanligini   yana   bir   bor
tasdiqlaydi. 
Hotami Toy haqida shunday hikoyatlar borki, tarbiyaviy jihatdan ahamiyatli
bo‘lsa-da,   ammo   tadqiqotchilar   ularni   Hotamning   asl   shaxsi   bilan   aloqasi
bo‘lmagan   hikoyatlar   sirasiga   kiritadi.   Ularning   aksariyati   Hotamning   o‘limidan
keyin   tarqalgan   afsonalar   bo‘lib,   mubolag‘a   xarakteriga   ega.   Shunday
hikoyatlardan biri Shahobiddin Muhammad Abishaxiyning “Al-mustatraf” asarida
keltirilgan.   Abishaxiyning   so‘zlariga   ko‘ra,   Hotamning   saxiyligi   shu   darajaga
etganki, bir kun urush paytida u nayzasini so‘ragan dushmanga beradi va shu bilan
uning hayoti barham topadi”.
Abulfaraj   Isfaxoniy   “Kitob   al-Aganiy”da   Hotam   qabridagi   voqea   bilan
bog‘liq ertakka o‘xshash afsonani keltiradi:
“Abulxaybariy ismli bir kishi bor edi. U karvon ahli   bilan Hotamning qabri
yonida to‘xtab dam olmoqchi bo‘ldi.   Tun bo‘yi Abulxaybariy qabrga qarab  xitob
qildi: ”Ey saxiylarning podshohi, sening saxiyliging haqida ko‘p eshitganmiz, shu
gaplar   rost   bo‘lsa   bizni   bir   mehmon   qilmaysanmi?”   karvon   ahli   orasida   uning
hazil- mutoyibasidan kulgi ko‘tarildi. Keyin o‘sha vodiyda chodir tikilib, hamma
uyquga   ketdi.   Abulxaybarining   tushiga   oq   soqolli   bir   chol   kirib,   hassa   bilan   uni
turtkiladi:   “Tur   o‘rningdan,   tuyangdan   xabar   ol,   u   jon   talvasasida,   harom
qotmasdan   bo‘g‘ziga   pichoq   tort”   -   deya   pichirladi.   U   uyg‘onib   tuyani   halollab
oldi   va   safdoshlarini   uyg‘otdi,   ularni   voqeadan   xabardor   qildi.   Karvon   ahli   tuya
go‘shtidan   tanavvul   qilishdi.   Ular   uzoqdan   tuya   yetaklagan   otliqni   ko‘rishdi.   U
so‘radi: “Sizlardan qay biringiz Abulxaybariy?”  “Menman”-javob berdi u.
“Otam   kecha   tushimga   kirdi”   -dedi   haligi   otliq.   “Bugun   bir   karvon   ahli
17 mening   mehmonim   bo‘lib   turubdi.   Ularni   mehmon   qilishim   kerak.   Dasturxon
yozishning  iloji  bo‘lmadi. Suruvdagi  tuyalardan birini  olib borib ber  – dedi. Shu
bois   bu   tuyani   olib   keldim”   –   deya   jilovni   Abulxaybariga   tutqazdi.   Bu   otliq
Hotamning o‘g‘li Adiy edi. 25
 
Mazkur   hikoyatning   badiiy   talqini   Sa’diy   She’roziyning   “Bo‘ston”   asarida
uchraydi.   Unda   tuyani   olib   kelgan   kishi   Adiy   emas.   Hotami   Toy   va   uning   qabri
bilan   bog’liq   yuqoridagi   sujetning   bizgacha   yetib   kelishida   yana   bir   manba
mavjud.   Bu   arab   xalq   eraklari   jamlanmasi   –   “Ming   bir   kecha”dir.   Kitobning   4-
jildi   ikki   yuz   yetmishinchi   kechasida     Shahrizoda   hukmdorga   saxiylik
to’g’risidagi   “Hotam   ut   Toiy”   deb   nomlangan   hikoyatni   so’zlab   beradi.   Uning
mazmuni quyidagicha:
Hotami Toiy bandalikni bajo keltirgach, uni bir tog ʻ   tepasiga dafn qilibdilar.
Qabr   yonida   ikkita   tosh   havza   bunyod   etib,   toshdan   sochlarini   yoyib   o ʻ tirgan
qizlar   haykalini   tiklabdilar.   Shu   tog ʻ   etagidan   daryo   oqib   o ʻ tar   ekan.   Bu   yerga
qo ʻ ngan   yo ʻ lovchilar   tuni   bilan   dodu-faryod   urib   nola   qilayotgan   kishilarning
ovozlarini   eshitar,   tong   otganda   esa,   tosh   qizlardan   bo ʻ lak   hech   narsa   topmas
ekanlar.   O ʻ z   qabilasidan   ajralgan   himyariylar   (eramizning   birinchi   asrida
hukmronlik qilgan janubiy arab qabilasi) podshohi  Zul-Kuro shu vodiyga tushib,
tunab   qolibdi.   Haligi   joyga   yaqinroq   kelsa,   qulog ʻ iga   dodu   faryod   eshitilibdi.
Shunda podsho ” Bu qanday faryod?” – deb so ʻ rabdi. “Bu Hotami Toiyning qabri,
oldida   ikkita   tosh   havza   va   sochlarini   yoyib   o ʻ tirgan   qizlarning   tosh   haykallari
bor.   Bu   yerda   tunab   qolgan   kishiga   mana   shunday   dod-u   faryodlar   eshitiladi”   ,–
deb   javob   beribdilar   unga.   Himyariylar   podshohi   Hotami   Toiydan   kulib:   “Ey
Hotam, bu kecha sening mehmoningmiz, qornimiz och,” – debdi.
Shundan   keyin   uni   uyqu   bosib   uxlab   qolibdi,   bir   payt   cho ʻ chib   uyg ʻ onibdi-
yu:   “Ey   arablar,   bu   yoqqa   kelib   tuyamdan   xabar   olinglar!”   –   deb   baqiribdi.
Xizmatchilar   kelib   qarashsa,   Zul-Kuroning   tuyasi   o’lim   talvasasida   tipirchilab
yotgan   emish.   Uni   darrov   so ʻ yib,   go ʻ shtini   qovurub   yeyishibdi.   Podshodan
25
  Давлатзода   Н.Д.   Формирование   и   эволюция   художественного   образа   Хатама   в   персидско-таджикской
литературе (классический период): АКД.   Душанбе, 2019. – 42 с.‒
18 voqeani   so ʻ rashgan   ekan,   u:   “Tushimda   Hotami   Toiyni   ko’rdim,  u   qo ʻ lida   qilich
bilan   yonimga   kelib:   “   sen   bizning   mehmonimizsan,   ammo   seni   ziyofat   qilgani
hech   narsamiz   yo ʻ q   edi”,   -   dedi-da,   tuyamni   qilichi   bilan   urdi.   Agar   so ʻ yib
yubormaganimizda harom o ʻ lardi” -  debdi.  
Tong   otgach,   Zul-Kuro   o’z   mulozimlaridan   birining   tuyasiga   minibdi-da,
tuya egasini orqasiga mingashtirib yo ʻ lga ravona bo ʻ libdi. Tush vaqtida ularga bir
yo ʻ lovchi ro ʻ baro ʻ  kelibdi. Yo ʻ lovchi bir tuyaga minib ikkinchisini yetaklab olgan
emish. “Kim bo’lasan?”    - deb so ʻ rashibdi  undan. “Hotami  Toiyning o ʻ g ʻ li  Adiy
bo ʻ laman.   Himyariylar   amiri   Zul-Kuroni   ko ʻ rsatishgan   ekan,   “Tuyangizning
o ʻ rniga   mana   bu   tuyani   minib   oling,   otam   tuyangizni   siz   uchun   so ʻ ydi”,   -   debdi
Adiy.   “Bu   ishlardan   qanday   voqif   bo ʻ lding   ”,   -   deb   so ʻ rabdi   podsho.   “Bu   kecha
tushimga   otam   kirib:”Ey   dilbandim,   himyariylar   podshohi   Zul-Kuro   mendan
mehmon   qilishni   so ʻ radi,   uni   ziyofat   qilgani   hech   narsam   yo ʻ qligi   sababli   o ʻ z
tuyasi   bilan   mehmon   qildim.   Bir   tuya  olib  uning   ketidan  yetib   bor,  u   shu   tuyani
minib olsin, dedilar” .
Zul-Kuro   tuyani   olibdi,   Hotami   Toiyning   ham   tirikligidagi,   ham   o ʻ lgandan
keying saxiyligidan taajjubda qolibdi.
“Kitob   al-Aganiy”   va   “Ming   bir   kecha”   da   kelirilgan   hikoyatning   sujeti   bir
xil.   Faqat   Hotamga   murojaat   qilgan   kishilarda   farq   bor.   “Kitob   al-Aganiy”da
Hotamning qabriga murojaat qilgan kishi Abulxaybariy deyilgan bo’lsa, “Ming bir
kecha”da himyariylar podshohi Zul-Kuro deyilgan. Bizningcha, bu hikoyatlarning
sujeti Hotamning o ʻ limidan keyin tarqalgan, uning hayoti bilan aloqasi bo’lmagan
mubolag ʻ ali xarakterdagi hikoyalardan biri bo ʻ lishi mumkin. 
Tabiiyki,   Sharq   adabiyotining   ta ʻ siri   o‘zbek   mumtoz   adabiyoti
namoyondalarini   ham   chetlab   o‘tmagan.   Hotami   Toy   obraziga   murojaat   qilgan
ijodkor       Haydar   Xorazmiy   Nizomiy   Ganjaviyning   “Mahzan   ul-asror”   asariga
turkiy   tilda   javob   sifatida   yozgan,   zamona   hukumdori   Sulton   Iskandarga
bag‘ishlangan   “Gulshan   ul-asror”   asarida   ham   aynan   shu   sujet   qalamga   olingan.
Hikoyat   masnaviy   shaklida   yozilgan   bo‘lib   22   baytdan   iborat .   Bu   haqda
dissertatsiyaning 2- b o bida batafsil to’xtalingan.
19 Husayn Vaiz “Javohir-al-amorat” kitobi ma’lumotiga murojaat qilib, “Hotam
vafot etganida, dafn qilindi.  U    ning qabri jarning yonida edi.   Birozdan keyin kuchli
yomg‘ir   yog‘a   boshladi.   Kutilmaganda   bu   yomg‘ir   sel   va   toshqinga   aylandi.
Buning natijasida   Hotamning qabri vayron bo‘ldi.   O‘g‘li jasadini boshqa xavfsiz
joyga   ko‘chirmoqchi   edi.   Qabr   ochilganda,   tanasining   barcha   qismlari   qulab
tushdi.   Uning o‘ng qo‘li bundan mustasno, u deyarli o‘zgarmagan edi.   Odamlar bu
holatdan   hayron   bo‘lishdi.   Kuzatayotgan   odamlar   orasida   bitta   dono   qariya
shunday   degan   edi:   “Hey   odamlar!   Hotamning   qo‘li   omon   qolganiga   hayron
bo‘lmang, chunki u bu qo‘li bilan muhtojlarga ko‘p xayrli ishlarni amalga oshirdi,
shuning   uchun   uning   saxiyligi   himoyasi   ostida   zarar   ko‘rmadi”.   Mazkur   hikoyat
Husain Voiz Koshifiyning “Risolayi Hotamiya” asarida keltirilgan.
Hotam   obrazining   xalq   og’zaki   ijodidagi   epi k   talqini   masalasi   alohida
yondashuvni talab qiladi. O’zbek xalq og’zaki badiiy ijodi  va yozma adabiyotidagi
Hotam   obrazining   kelib   chiqishi   Sharq   xalqlari,   jumladan,   arab   va   fors   tojik
adabiyotining   ta’siri   bilan   belgilanadi.   Bu   obraz   bilan   bog’liq   epik   talqinlar
arablardan Yaqin va O’rta Sharq, shuningdek, O’rta Osiyo xalqlariga o’tib milliy
folklor an’analari va epik  ijodiyot rivoji davomida o ʻ ziga xos sujetlarning yuzaga
kelishiga   asos   bo’lgan.   Qiyosiy   adabiyotshunoslik   borasida   olib   borilgan
izlanishlar   o ʻ zaro   adabiy   ta’sir   va   ijodiy   o‘zlashtirish   masalasini   folklor
materiallari asosida tekshirishning keng imkoniyatlarini ochadi. Binobarin, o‘zbek
folklorining dunyo xalqlari og'zaki ijodi an’analari bilan ijodiy aloqalari, xususan,
o‘zbek-arab folklor aloqalari tizimida syujet ko‘chishi hodisasining yuzaga kelishi,
bu   epik   jarayonning   o‘ziga   xos   estetik   qonuniyatlari   va   tarixiy-tadrijiy   rivoji
masalalari   folklorshunoslar   tomonidan   endigina   o‘rganilmoqda.   Holbuki,   o‘zbek
xalq ertaklari, afsona va rivoyatlari, xalq kitoblari va mifologik tasavvurlarida arab
folkloridan   o‘tgan   katta   epik   qatlam   mavjud.   Tarixan   arab   folklorining   syujet
tizimiga   mansub   bo‘lgan   bu   epik   qatlamning   o‘zbek   xalq   og'zaki   poetik   ijodi
estetik   an’analari   doirasiga   transformatsiyalanish   qonuniyatlarini   ochish   esa
tarixiy-folkloriy jarayonning yetakchi xossalarini aniqlash imkonini beradi. 
Arab   xalq   og’zaki   ijodining   nodir   namunasi   bo’lgan   “Ming   bir   kecha”
20 tarkibidagi   ertaklardan   o’zbek   xalq   og’zaki   ijodiga   turli   motiv   va   sujetlarning
transformatsiyalanishi   bilan   bir   qatorda   ayrim   obrazlarning   ko’chganligini   ham
ko’rish   mumkin.   Bunga   Hotami   Toy   obrazi   misol   bo’la   oladi.   “Ming   bir
kecha”ning   4-   jildi   270-kechada   Shahrizoda   hukmdorga   Hotami   Toy   va   uning
saxiyligi   to’g’risidagi   yuqorida   tahlil   qilingan   hikoyatni   keltiradi.   Hikoyat   sujeti
garchi   tarixiy   asosga   ega   bo’lmasa-da,   uning   “Ming   bir   kecha”   orqali   tarqalishi
ahamiyatli.   Bu   obrazning     o’zbek   folkloridag   o’rni   ham   salmoqli.   Saxiylik,
olijanoblik,   donolik,   shijoatlilik   xislatlarini   targ’ib   qiluvchi   bir   qator   o’zbek   xalq
ertaklari, ibratli hikoyat va rivoyatlar borki, ularning asosida Hotami   T oy obrazini
ko’rish   mumkin.     Biz     tadqiqot   ishimizda   o’zbek     folkloridagi   Hotami   T oy   bilan
bog’liq   epik   sujetlarni   mazmun   -mohiyatiga   ko’ra   3   tipga   bo’lib   tasnif   qildik.   1)
Hotami   T oyni   behisob   boylik   egasi   sifatida   tasvirlovchi   ertaklar;   2)   Hotamni
kambag’al bo’lishiga qaramay   g’oyat qo’li ochiq, saxiy kishi sifatida tasvirlovchi
ertaklar;   3)     Hotamni   boylik  va   saxiylik   timsoli   o’laroq  tasvirlaydigan   rivoyat   va
afsonalar.   Tasnifimizning   1-   guruhiga,   ya’ni   Hotami   T oyni   behisob   boylik   egasi
sifatida   tasvirlovchi   ertaklar     sirasiga     “Muqbil   Toshotar”,   “Yaxshi   niyat   yarim
davlat”     kabilarni;   2-turga,   Hotamni   kambag’al   bo’lishiga   qaramay     g’oyat   qo’li
ochiq, saxiy kishi sifatida tasvirlovchi ertaklar sirasiga “Hotam”, “Podsho va to’ti”
kabi ertaklarni; 3-turga, Hotamni boylik va saxiylik timsoli o’laroq tasvirlaydigan
rivoyat va afsonalar sirasiga esa, “Hotamning oti”, “Hotamning ukasi”, “Hotamdan
saxiy”, “Hotamning mardligi”, ”Tanti Hotamitoy” kabi xalq rivoyat va afsonalarini
kiritdik.  
Sehirli   ertaklar   sirasiga   kiruvchi     “Muqbiltoshotar” 26
  ertagi   sujetida   Hotami
Toy obrazi  muhim rol o’ynaydi. Ertak hajman ancha katta bo’lganligi bois quyida
Hotami Toy bilan bog’liq sujet chizig’ini keltirdik xolos.
  Podsho   Muqbilga   qizini   bermaslik   uchun   bahona   qilib,   Hotamning   boshini
kesib,   minib   yurgan   otini   olib   kelishini   buyuradi.   Muqbil   uning   shartini   bajarish
uchun safarga otlanadi. Ittifoqo, bir shaharda bir   o damning uyiga mehmon bo’lib
tushadi.   Uy   egasi   Muqbilni   izzat-hurmat   bilan   kutib   oladi,   mehmon   qiladi,   va
26
  Ўзбек халқ эртаклари.   – Тошкент: Ёш гвардия ,  1981. –  Б. 11-15.
21 safarining   boisini   so’raydi.   Muqbil   butun   sarguzashtini   hikoya   qilib,   Hotamning
otini  va boshini  keltirish  uchun yo’lga chiqqanini  aytadi.   S hunda uy egasi  ta’zim
qilib:   Hotam   men   bo’laman,   boshim   kerak   bo’lsa   kesib   oling,   ammo   otni   endi
berolmayman,   chunki   sizni   mehmon   qilish   uchun   uni   so’ygan   edim”   deydi.
Bundan   g’oyatda   ta’sirlangan   Muqbil   uning   oyog’iga   yiqilib,   uzr   so’raydi   va
niyatidan qaytadi.
  Mazkur   sujet   yozma   adabiyotda   ham   o’z   badiiy   qimmatiga   ega.   Sharq
adabiyotining   atoqli   namoyondasi   Sa’diyning   “Bo’ston”,   o’n   beshinchi   asrda
yashab   ijod   qilgan   Husain   Voiz   Koshifiyning   “Axloqi   Muhsiniy   ”   asarlarida   bu
sujetni ko’rish mumkin. Shuningdek, o’zbek xalq og’zaki ijodida ham Hotami Toy
nomi bilan bog’liq “Hotamning oti” 27
 deb nomlangan rivoyat mavjud:
Hotamning   uchqur   tulpori   bo’lgan   ekan.   Hotamning   saxiyligi   rostmi,
yolg’onmi   sinash   maqsadida   bir-ikki   odam   o’sha   tulporni   so’rab   oldiga   boribdi.
Hotam ularni kechasi bilan mehmon qilibdi. Ertasiga ertalab mehmonlardan biri:
“Biz   sizning   huzuringizga   iltimos   bilan   keldik.     Ukamiz   uylanmoqchi   edi,
ammo   qiz   poygada   yutib   chiqqan   odamga   tegaman   deb   shart   qo’ygan.   Sizda
uchqurlikda   tengi   yo’q   tulpor   bor   deb   eshitdik,   shuni   so’rab   kelgan   edik”,-   desa,
Hotam:
“Bir emas o’nta shunday otim bo’lsa ham sizlardan ayamas edim. Lekin sizlar
kecha tunda keldingiz. Oyoqlaringiz ostiga jonliq so’yay desam, ularning hammasi
yaylovda   ekan,   mehmonning   hurmati,   ilojim   bo’lmaganidan   o’sha   siz   aytgan
tulporni so’yib yuborgan edim”, - deya javob bergan ekan.
Ertak va rivoyat sujeti deyarli bir xil. Ertakda Muqbil Buxoro amirining qizi
Mehrnigorga   yetishish   uchun   Hotamning   boshi   va   uchqur   otini   so’rab   boradi.
Rivoyatda   esa   bir   ikki   -   odam   ukasining   baxti   uchun   tulporni   so’rab   boradi.
Ertakda   ham,   rivoyatda   ham   shart,   saxiylik   kabi     motivlar   yetakchilik   qiladi.
Ertakda   shart   Buxoro   amiri   tomonidan,   rivoyatda   esa   yigit   uylamnoqchi   bo’lgan
27
 Hotamning   ot i.  Majoz va haqiqat.  –  Т oshkent: Kitobdornashr, 2018.  – B. 65-66. 
22 qiz tomonidan qo’yiladi. Har ikkala sujetni birlashtirib turgan hodisa bu Hotam va
uning oti obrazining mavjudligidir.
“Yaxshi   niyat   –   yarim   davlat” 28
  ertagining   g’oyasi   halollikni,   saxiylikni
targ’ib   qilish   bo’lib,   yomon   yo’lga   kirgan   yigitni   Hotami   Toyga   o’xshash   inson
to’g’ri   yo’lga   boshlaydi.   Bir   qator   saxiyliklar   ko’rsatib   evaziga   hech   narsa   ta’ma
qilmaydi. Garchi ertakda saxiy nuroniy chol aynan Hotam deyilmasa ham, Hotami
Toyga   o’xshash   saxiy   bir   kishi   deb   aytiladi.  Shu   boisdan   mazkur   ertakni   Hotami
Toy bilan bog’liq ertaklar sirasiga kiritdik.  
Har ikkala ertakda ham Hotami Toy behisob boylik egasi sifatida tasvirlanadi.
Hotamni   kambag’al   bo’lishiga   qaramay   g’oyatda   qo’li   ochiq,   saxiy   kishi
sifatida   tasvirlovchi     ertaklardan   biri   “Hotam” 29
  ertagidir.     Bu   ertak   sujeti   ko’p
tarmoqli   bo’lib,   qoliplash   usuli   asosida   yozilgan.   Unda   yo‘qsil   oiladan   chiqqan
Hotam   ismli   16-17   yoshli   yigit   bir   qator   qahramonliklar   ko‘rsatadi.   Bu   ertakda
Hotam   boshqa   ertaklardagidan   farqli   o’laroq   yosh   yigit   qiyofasida   tasvirlangan.
Qolaversa,   unda   Hotamning   faqat   saxiylik   xislati   emas,   balki   o’zgalarning
yumushi   uchun   olis   safar   mashaqqatlarini   tortgan   qahramon   qiyofasi   tasviri
ustunlik qiladi.  Bunga misol qilib devlar tomonidan o’g’irlangan 4ta malikani o’z
uylariga   qaytarishi,   parilarga   oshiq   bo’lgan   shaxzodalarning   mushkulini   oson
qilishi   kabilarni   eslash   kifoya.   Shuningdek,   ertakda   Hotam   qushlarning   tilini
tushuna   oladi.   Chunonchi,   u   parilar   podshohining   qiziga   oshiq   bo’lgan   yigitning
chinor daraxtining bargidan shifo topishini ikki kaptarning suhbatidan bilib oladi.
Qush   (qarg’a)   tilini   bilish   motivining   tarixiy   ildizlari   qadimgi   totemistik
tasavvurlarga bog’lanadi. O’tmishda totem sifatida qadrlangan jonivor tilini biladi,
u   bilan   tillasha   oladi,   deb   tasavvur   qilingan   kohinlar   magiya   va   boshqa   sehirli
yo’llar   vositasida   totem   bilan   muloqotga   kirishganlar.   Yoshlarni   jangovorlik
iqtidori, ruhiy va jismoniy kamolotini sinab ko’rish marosimi – initiatsiya chog’ida
ularga   totem   bilan   “gaplashish”   undan   madad   so’rashning   magik   usullari
o’rgatilgan.   Dastlab   totemistik   mifning   an’anaviy   sujet   elementi   sifatida   yuzaga
kelgan   bu   motiv   keyinchalik   epik   janrlarga,   xususan,   ertaklarga   diffuziyalangan.
28
 Oyjamol. O’zbek xalq ijodi ko’p tomlik.  –  Toshkent:  Gafur Gulom ,  1969 .   – B. 6.
29
 O’zbek xalq ertaklari.  3-jild. – Toshkent: O’qituvchi,  2014. – B. 295-313.
23 Qush   tilini   bilish   motivi   dunyo   xalqlari   folklorining   tipologik   mushtarakligiga
misol bo’la oladigan hodisalardan biri. 30
 
Shuningdek, ertak sujetida demonologik qahramonlar ham faol ishtirok etgan.
Malikalarni   o’g’irlab   g’orga   berkitib   qo’ygan   devlar,   shaxzodalar   oshiq   bo’lgan
pari qizlar va hakozo. Folklorga oid asarlarda demonik obrazlaridan bo’lgan devlar
insonlarga   yovuzlik   keltirishi,   ammo   ularning   aql-zakovati   oldida   ojiz   ekanligi
qayd   qilingan.   Hotam   obrazi   ishtirok   etgan   yuqoridagi   ertakda   ham   dev   obrazi
insonlarga   zarar   yetkazuvchi,   ammo   uning   kuch-qudrati,   aql-zakovati   qarshisida
ilojsiz holda tasvirlangan. Savdogar Jalolboyning hujrasiga kirmoqchi bo’lgan qora
dev   va   uning   sheriklarining   Hotam   tomonidan   o’ldirilishi,   malikalarni   ularning
zulmidan ozod qilishi kabi lavhalarni misol qilib keltirish mumkin.
    Pari obrazi demonologik xarakterga ega bo‘lib, ularning xalq og’zaki ijodi
asarlaridagi   o‘rni   turlicha.   Ertaklarda   Pari   nihoyatda   go zal,   aqlli,   donishmand,ʻ
latofat va nazokat egasi sifatida ta riflangan.	
ʼ  Biz tahlilga tortgan  “Hotam” ertagida
parilar   insonlarga   yomonlik   keltiruvchi   kuch   sifatida   talqin   qilingan.   Parilar
podshohining   qiziga   oshiq   bo’lgan   Ibrohim   ismli   shahzoda   ular   tomonigan   ikki
marotaba   sehru-jodu   qilinib,   aqldan   ozdiriladi.   Har   ikkalasida   ham   Hotamning
sa’y- harakatlari bilan omon qoladi. Ikkinchi bor bu hol qaytarilgach, Hotam Hirot
podshosining huzuriga joduning kuchini qaytaradigan dorini  izlab yo’lga chiqadi.
U   yerda   shaharda   bir   ajdaho   paydo   bo’lganligini,   u   kuniga   bir   qoramol   bilan   bir
odamni   yeyayotganligini,  navbat  podshoning   qiziga   kelganini,  yurtni  va  malikani
kim   ajdahodan   qutqarsa,   podsho   dorini   o’shanga   berishini   bilib  oladi.   Hotam   o’z
aql-zakovati   bilan   ajdahoni   yengib   shaharni   va   podshoning   qizini   ajdaho
changalidan qutqaradi. Xalq kitobi “Hotamnoma”ning “Yomonliq qilmag‘in, agar
qilsang,   ul   yomonliqni   topasan”   nomli   uchinchi   bo‘limida   ham   shunga   o‘xshash
sujetni ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, biri filning, oltitasi sherning boshiga o‘xshash
yetti   boshli   maxluq   bir   qishloqqa   talofat   yog‘diradi.   ”Hotam   ilojig‘a   say   bo‘lib
erdi, andog‘kim  ko‘rdi, bildiki, samnoni  hashtpodir  va  eshitib erdiki, kimarsa  ani
daf qilmoqni xohlasa, ul ko‘zigaki, filning boshiga o‘xshagan boshida bordur o‘q
30
 ХХ аср ўзбек фолъклоршунослиги. Антология. Тузувчилар: Тўлабоев О., Жўраев М., Каримов Б., Абдиев
Ҳ., Саидов И. – Tошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2017. – Б. 530.
24 ursa,   vaqtiki   ul   ko‘zi   ko‘r   bo‘lsa   qochadir   yana   hargiz   odamlarning   obodlig‘
tarafig‘a   bormaydur” 31
.   Shunday   qilib,   Hotam   bu   maxluqni   o‘ldiradi   va   o‘sha
qishloq   odamlarini   qutqarib   qoladi.   Har   ikkala   manbada   ham   Hotam   o‘z   jonini
xatarga   qo‘yib   xalqni   ofatdan   qutqargan   mard,   jasur   qahramon   qiyofasida
tasvirlanadi. 
Hotam   obrazi   va   u   bilan   bog’liq   sujetning   dastlab   xalq   ertagida,   keyin   xalq
qissasida tasvirlanishi uning badiiy evolutsiyasini, tadrijiy taraqqiyotini aniqlashga
yordam   beradi.Yuqoridagi   xususiyatlari   bilan   ertakdagi   Hotam   xalq   qissasi
“Hotamnoma”ning   bosh   qahramoni   Hotam   at-Toyi   tasviriga   nihoyatda   yaqin.
Hattoki,   ertakdagi   ba’zi   lavhalar   ya’ni,   dev   tomonidan   malikalarning   saroydan
o’g’irlab   ketilishi   va   g’orga   berkitib   qo’yilishi,   shu   sababli   podsholar   o’z
mamlakatlarida  motam   e’lon   qilishi,  Hotam   tomonidan  bu   muommoning  bartaraf
etilishi kabi lavhalar “Hotamnoma”da aynan keltirilgan. Bu holat esa xalq qissasi
“Hotamnoma”ning folklor sujetlari asosiga qurilganligini anglatadi.
“Podsho va to’ti“ 32
  ertagida   ham  Hotam obrazi  ishtirok etgan. Unda Hotam
jabru- zulm ko’rganlarga himoyachi, odil, bilimdon, xalqni qiynagan podsholarga
o’z haddini ko’rsatib qo’yuvchi kishi sifatida tasvirlangan. Ertak sujetini harakatga
keltiruvchi   personajlar:   podsho,   to’ti,   Hotam.   Shart,   qahramonlik,   zolimlik
motivlari ham sujetning harakatini ta’minlagan. 
        Ertakda   Hotam   xalqqa   moddiy   manfaat   yetkaza   olish   imkoniyatiga   ega
bo’lmasa-da,   xalqni   zolim   podsholarning   zulmidan   himoya   qiladigan,   shijoatli
qahramon qiyofasida tasvirlanadi. Aynan shu ertakda Hotami Toyning saxiylikdan
tashqari yana bir insoniy fazilati-shijoatlilik xususiyati ham namoyon bo’lganligini
ko’rish mumkin.
3-guruhga   Hotamni boylik va saxiylik timsoli o’laroq tasvirlaydigan rivoyat
va afsonalar  sirasiga kiruvchi “Hotamning mardligi” 33
 rivoyatini tahlilga tortdik:
Bir   nodon   odam   Hotami   Toyga   ko’p   jabru-jafo   yetkazdi,   og’ziga   kelgan
31
  Ҳотамнома .   Нашрга   тайёрловчи   ва   сўзбоши   муаллифи:   А.Матғозиев.   −   Тошкент:   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти, 1988. –  Б . 73.
32
  Ўзбек халқ эртаклари. –  Тошкент:  Ёш гвардия, 1981. – Б. 97.
33
 Оз-оз ўрганиб доно бўлур. Таржимон ва тўпловчи Зуннунов Ш. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти,
1988. – Б1. 72.
25 yaramas   so’zni   aytishdan   toymadi.   Aqilli   kishining   nodon   bilan   olishishi   to’g’ri
emasligini   bilgan   Hotam   u   bilan   olishmasdan   sukut   etib   turdi.   U   kishi   charchab
so’zdan to’xtaganidan so’ng Hotam aytdi:
- Yana   aytadigan   haqoratli   so’zlaring   bormi?   Mening   oldimda   aytib   bitir.
“Aqlsiz, nodon odam adabsizlik qilsa, u bilan olishmay adabsizligini kechirishdan
boshqa   chora   yo’qdir”,   -   deganlar.   Shunga   ko’ra,   men   ham   haqoratli   so’zlarga
javob   qaytarmay   sukut   qildim.   Seni   avf   etdim.   Mening   odamlarim   orasida   senga
o’xshash   past   tabiatli   aqlsizlari   ham   bor.   Ular   orasida   haqorat   qilsang,   seni   ham
o’zlari kabi nodon ekanligingni bilmay hujum qilib, man etishimga qaramay senga
ozor   berishlari   mumkin.   Shuning   uchun   hamma   haqoratli   so’zlaringni   o’zimga
aytib bitira qol. 
Rivoyatda   Hotam   o’zgalarga   yetishi   mumkin   bo’lgan   dilozorliklarga   ham
qalqon   bo’la   oladigan   qahramon   sifatida   tasvirlangan.   Shuningdek,   o’zbek
folklorida   Hotami   Toy   nomi   bilan   bog’liq   yana   bir   qancha   rivoyatlar   mavjud
bo’lib,   ularda   ham   bu   obrazning   saxiylik,   shijoatlilik   xususiyatlariga   urg’u
berilgan.   “Hotamning   ukasi” 34
  rivoyati   shular   jumlasidandir.   Rivoyatda
keltirilishicha, Hotam olamdan o’tgach, ukasi uning o’rnini egallab, ishini davom
ettirmoqchi   bo’libdi.   Hotam   hayotlik   chog’ida   bir   gumbaz   soldirgan   bo’lib,   bu
gumbazning 70ta darchasi bor edi. Tilanchilar har kuni gumbaz atrofiga tizilishib,
har   bir   darchaga   qo’l   cho’zar,   Hotam   ularning   qo’liga   biror   nima   berar   ekan.
Hotamning   vafotidan   keyin   ukasi   shu   gumbaz   ichiga   kirib   o’tirmoqchi   bo’libdi.
Onasi unga:
- “Bolam,   sen   bu   niyatingdan   qayt,   sen   ikki   dunyoda   ham   Hotamdek
bo’lolmaysan”, - desa ham quloq solmabdi. 
Shundan   keyin   ona   bolasini   sinab   ko’rmoqchi   bo’libdi.   Eski   kiyim   kiyib,
gumbazning   avval   birinchi,   keyin   ikkinchi,   so’ng   uchinchi   darchasiga   qo’l
cho’zibdi. Hotamning ukasi qo’lni tanib:
- Hoy   kampir,   hozirgina   qo’l   cho’zgan   eding-ku,   uchinchi   marotaba   qo’l
34
 Hotamning ukasi. Majoz va haqiqat.  –  Т oshkent: Kitobdornashr. 2018  – B. 97-98.
26 cho’zishga uyalmaysanmi? – deb urishib beribdi. 
Shunda onasi o’zini tanitib:
- Bolaginam,   sening   qo’lingdan   bu   ish   kelmaydi   demaganmidim?!   Bir   kuni
akangni   sinab   ko’rish   maqsadida   yetmish   darchadan   yetmish   marotaba   qo’limni
cho’zib sadaqa   so’raganman.  Akang  qo’limni   tanigan bo’lsa  ham   biror  marta uni
bo’sh qaytarmagan va meni mulzam qilmagan edi – degan ekan. 
Mazkur   rivoyatda   Hotam   yaratgan   tomonidan   berilgan   yuksak   fazl,   ya’ni
boylikka   ega   bo’lgan   va   uni   yaxshilik   yo’lida   sarf   qilgan   obraz   sifatida
tasvirlangan.     Manbalarda   Hotamning   ukasi   yoki   akasi   haqida   hech   qanday
ma’lumotlar   keltirilmagan.   Shu   boisdan   bu   rivoyatni   Hotami   Toyning   haqiqiy
hayoti bilan bog’liq bo’lmagan, rivoyatlar  sirasiga kiritish mumkin. 
Hotamni boylik va saxiylik timsoli o’laroq tasvirlaydigan o’zbek folkloridagi
rivoyatlardan yana biri bu “Hotamdan saxiy” 35
  rivoyatidir. Mazkur rivoyat yozma
adabiyotda   ham   mavjud   bo’lib,   dastlab   Shayx   Sa’diy   Sheroziyning   “Guliston”
asarining   “Qanoatning   fazilati   bayoni”   deb   nomlangan   uchinchi   bobida,
shuningdek,   sharq   mutafakkirlaridan   biri   Abdurahmon   Jomiyning   “Bahoriston”
asarida va hazrat  Navoiyning “Xamsa”si  tarkibidagi “Hayrat ul-  abror” dostonida
ham keltirilgan. Rivoyatning mazmuni quyidagicha:
Hotamdan so’rashibdi: 
– ”Sen o’zingdan ham saxiyroq insonni ko’rganmisan? Ha, deb javob beribdi
u. Bir kuni sahroda ov qilib yurib adashib qoldim. Bir badaviyning uyida tunab
qolishimga   to’g’ri   keldi.   U   qo’rasidagi   bir   qo’yni   so’yib     go’shtini   pishirib
keldi. Menga qo’yning bir azosi yoqib qoldi va maqtay-maqtay yedim. Oradan
ko’p o’tmay qo’y go’shtining aynan men maqtagan qismini pishirib keldi. Men
uning uyida ikki kun mehmon bo’ldim. Ikki kun ichida u mening oldimga faqat
menga  manzur   bo’lgan   taomni  pishirib  kelaverdi.  Nihoyat,  uchinchi  kun  uyga
qaytmoqchi   bo’lib   tashqariga   chiqsam,   hovli   qonga   to’lib   ketibdi.   Hayron
bo’lib   buning   boisini   so’radim.   Ma’lum   bo’lishicha,   uning   bisotida   10   bosh
qo’yi   bo’lib,   ikki   kun   ichida   hamma   qo’ylarini   so’yib,   go’shtning   menga
35
 Hotamdan saxiy. Majoz va haqiqat. –  Т oshkent: Kitobdornashr.  2018.  –  B . 45-46.
27 manzur qismidan yemak tayyorlagan ekan. Men uning bu qilmishi uchun qattiq
koyidim.   Shu   kuniyoq   uyimga   qaytib,   unga   besh   yuzta   tuya   hadya   qildim.
Undagi saxovat meni tamoman lol qoldirgan edi.
–   Ey   Hotam   ,   axir,   uning   10   bosh   qo’yi   qayoqda-yu,   sen   bergan   tuyalar
qayoqda. Sen uning himmatini bir necha barobar qaytaribsan-ku?
– Yo’q javob beribdi Hotam. – U men uchun bor-yo’q davlatini sarfladi. Men
esa boyligimning arzimasgina qismini  berdim, xolos. 
Rivoyatdan   anglanganidek,   Hotamitoy   faqat   sahiy,   qo’li   ochiq   bo’libgina
qolmay,   o’zgalarning   yuksak   fazilatlaraini   qadrlay   oladigan   inson   sifatida
ulug’langan. 
–   Yuqoridagilardan   shunday   xulosaga   kelish   mumkinki,   Hotami   Toy   obrazi
ishtirok   etgan   o’zbek   xalq   og’zaki   ijodidagi   asarlar   sujeti   turlicha   bo’lsa-da,   bu
obraz   zamiridagi   saxiylik,   shijoatlilik,   o’zgalar   koriga   yarash   kabi   xususiyatlar
ularni   birlashtirib   turadi.   Shuningdek,   bu   obrazining   o’zbek   adabiyotidagi
evolutsiyasini   aniqlashda   tahlilga   tortilgan   ertaklar   va   rivoyatlar   muhim   rol
o’ynaydi. 
Biz yuqorida tahlilga tortgan Hotami Toy bilan bog’liq ertak va rivoyatlar bu
obrazning   o’zbek   folkloridagi   ahamiyatini   ko’rsatib   beradi.   Arab   folkloridan
adabiy   ta’sir   va   badiiy   tarjima   amaliyoti   natijasida   o’zbek   xalq   og‘zaki   ijodi   va
yozma adabiyotiga transformatsiyalashgan Hotami Toy obrazi tasviri dastlab xalq
ertaklarida,   keyin   xalq   rivoyat   va   afsonalarida,   va   nihoyat,   xalq   qissasi
“Hotamnoma”da aks etgan. Bu Hotami Toy obrazining o’zbek folkloridagi badiiy
evolutsiyasini va tadrijiy taraqqiyotini aniqlash imkonini beradi. 
1.2. Hotami Toy bilan bog‘liq epik sujetlar tipologiyasi.   Dissertatsiyaning
dastlabki   faslidan   ma’lum   bo‘ldiki,   Hotami   Toy   obrazi   arab   folkloridan   O‘rta
Osiyo   xalqlari   adabiyotiga   adabiy   ta’sir   va   badiiy   tarjima   amaliyoti   natijasida
transformatsiyalashgan obrazdir. Bu obraz o‘zbek folkloridan tashqari qozoq, turk,
turkman,   fors-tojik   adabiyotida   ham   o‘zining   badiiy   qimmatiga   ega.   Jumladan,
Hotam   obrazining   to‘laqonli   tasviri   aks   etgan   “Hotamnoma”   asarining   qozoqcha
varianti ham mavjud bo‘lib, uning kompozitsiyasi, sujet tuzilishi, motivlar tarkibi
28 o‘zbek   folkloridagi   “Hotamnoma”   dan   (Fors-tojik   tilidan   tarjima   qilingan,   1988-
yilda A.Matg‘oziyev tomonidan nashrga tayyorlangan asar nazarda tutilyapti) farq
qiladi, ayni paytda ular o‘rtasida bir qancha o‘xshashliklar ham ko‘zga tashlanadi.
Biz   tadqiqot   ishimizda   har   ikkala   manbani   tipologik   o‘rganish   natijasida   ular
o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlash harakat qildik.
XIX   asrda   fors-tojik   tilidan   turkiy   tilga   tarjima   qilingan,   1988-yilda
A.Matg‘oziyev   tomonidan   nashrga   tayyorlangan   o‘zbek   folkloridagi
“Hotamnoma”   Hotamning   yetti   ajdodini   tilga   olish,   uning   fe’l-atvorini
tavsiflashdan   boshlanadi.   Shundan   so‘ng   “Xuroson   podshohi   Kurdonshoh   va
Barzax   bozorgonning   qizi   Husnbonu   hikoyati”,   “Shahzoda   Munirshoh   hikoyati”
keladi.   Asar   sujeti   Xorazm   shahzodasi   Munirshohning   Barzax   savdogarning   qizi
Husnbonuga   bo‘lgan   sevgisi,   Husnbonuning   yetti   sharti   asosiga   qurilgan.   Bu
boblarning har biri qissa boblariga sarlavha sifatida qo‘yilgan. Ularning bajarilishi
esa Hotami Toy bilan bog‘liq.
Qozoq   adabiyotida   Hotami   Toy   haqidagi   asar   “Ikayat   dastan   Hatimtay”   deb
nomlanadi.   U   she’riy   shaklda   bo‘lib,   muqaddimada   asar   aniq   muallif   tomonidan
yozilgani, to‘g‘rirog‘i, she’riy yo‘l bilan tarjima qilinganligi aytib o‘tilgan. 
Муни ёз ган шаирдин Есжан аты,
Нурбай ибн Алтай асл зоти.
Ғ ибрат к ў рганларга б ў лама деп,
Есжаннинг таржималаб жаз ғ ан хати. 36
Parchadan   ma’lum   bo‘ladiki,   asarni   yozgan   muallifning   ismi   sharifi   Esjan
Nurboy ibn Altay. Keyingi parchada bu doston nasriy asardan tarjima qilish yo‘li
bilan nazmga aylantirilganligi, muallif uni milodning to‘qqiz yuz to‘qqizinchisida
Qozon shahriga nashrga berganligi ma’lum bo‘ladi:
Бу китобим наср экан назм эмас
Нус қ а ол ғ ан китабим жазм эмас…
Т ўққ из жуз т ўққ изинчи милодида, 
Қ азан ғ а бастирувга жибер ғ аним.  37
36
  Бабалар сўзи. Ҳикаялық дастандар. 4 том .   – Астана: Медени Мура, 2004. – Б . 1 9.
37
  O`sha asar.   – Б . 20 .
29 Bundan ma’lum bo‘ladiki,   boshqa tilda ayni shu sujet asosida gi   Hotami Toy
bilan   bog ‘ liq  nasriy yo‘lda yozilgan asar mavjud .  Muallif undan ilhomlangan holda
she’riy shaklga aylantirgan. 
Biz tadqiqot ishiga materiallar to‘plash jarayonida   “ O‘zbek tili va adabiyoti ”
jurnalining 1986-yil 5-sonida muallifi Safo Zufarov bo‘lgan “Hotami Toyi qissasi”
deb   nomlangan   maqola   bilan   tanishdik.   Maqolada   O‘zSSSR   FA   Hamid
Sulaymonov   nomidagi   qo‘lyozmalar   institiuti   fondida   “Hotami   Toyi”   dostoniga
aloqador   uchta   (№76,854,2921   raqamli)   fors-tojik   tilida   yozilgan   qo‘lyozma,
ikkita   “Hotamnomayi   turkiy”   nomida   (1866,   3596)   raqamlarida   Toshkentda
(1330\1911) nashr etilgani,  har ikkisi ham bir nusxa kitoblar bo`lib, 260 varaqdan
iborat nodir asarlar mavjudligi aytilgan. 38
  Unda bu asarning mazmun-mundarijasi
haqida   ham   qisqacha   ma’lumot   berilgan:   Toy   o‘g‘li   Hotami   Toy   ismida   juda
saxiy,   adolatparvar,   mard   bir   kishi   maydonga   keladi.   U   o‘zidan   yuqoriroq   odil
kishining borligini eshitgan emas. U haddan tashqari o‘ziga ishongan, tanho, odil
va   saxiy.   Manmanlik   uchiga   chiqqanligini   o‘zi   ham   payqamay   qolgan.   Vaziri
ta’riflagan  qiz  podshoni  topib, Andalusiya,  Tabariston,  Xuroson  kabi  hududlarda
sodir bo‘lgan sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Maqolada keltirilgan sujet bilan
qozoq adabiyotidagi Hotami Toy bilan bog’liq qissa sujeti deyarli bir xil. Bundan
qozoq   muallifi   Esjan   Nurboy   ibn   Altay   nazarda   tutgan   nasriy   asar   shu   bo‘lishi
mumkin degan xulosaga keldik.
Shunday qilib, “Ikayat dastan Hatimtay” muqaddimasidan so‘ng Hotami Toy
ta’rifiga o‘tiladi. U hazrati Odam Atodan keyingi saxiy kishi ekanligi, eshik qoqib
kelganlarga   har   kuni   ming   tillo   berishi,   uning   Sayid   Emen   (Amin)   degan
xazinaboni bo‘lib, Hotam butun mol-mulkini unga topshirib qo‘yganligi aytilgan.
Shuningdek,   asar   sujetiga   Janid   ismli   o‘g‘ri   yigit   obrazi   ham   kiritilgan.   U
Hotamning   muhridek   muhr   yasab,   xazinachidan   har   kuni   ming   tillo   olar   edi.
Podshoga   hisob   topshirish   vaqti   kelgan   kunda   Janidning   siri   ochiladi.   U
Hotamdan   kechirim   so‘raydi.   Hotamning   vazirlari   esa   unga   o‘lim   jazosini
tayinlashni   so‘rashadi,   ammo   Hotam   saxovat   ko‘rsatib,   o‘g‘ri   yigit   Janidga
38
  Зуфаров С .  Ҳотами той қиссаси . //  Ўзбек тили ва адабиёти , 1986.  №-5 32-б.
30 behisob boyliklar berib, bu boyliklarni yaxshilik yo‘lida sarf qilishini tayinlab afv
etadi.   Yig‘ilganlar   uning   saxiyligiga   tahsin   o‘qiydilar.   Shunda   Hotam   haloyiqqa
qarata  “Men kabi saxiyni ko‘rganmisizlar?” – deydi. Bir vazir  “Ray shahrida bir
qiz   podsho   bor.   Uning   odilligi,   saxiyligi   shu   qadar   yuqori   darajadaki,   har   bir
muhtoj   so‘rovchiga   darhol   ming   oltin   berar   ekan,   uning   saxiyligi   sendan
ortiqroqdir”,  – deydi. U qiz podshoning ta’rifini keltirib maqtaydi. Podsho Hotam
bu   voqeani   eshitgach,   juda   ranjiydi,   jahli   chiqib   vazirni   zindonga   soladi.
Vazirning gapi rostmi, yolg‘onmi bilish uchun o‘zini oddiy qiyofaga solib, sodda
kiyinib Ray shahriga safarga chiqadi. Ko‘p mashaqqatlardan so‘ng o‘sha shaharni
topadi.  Chindan   ham   qiz  podsho   saxiy,   mardonavor   ekanligini   ko‘radi,  ishonadi.
Hotam qiz podshodan bir necha marotaba mingtadan oltin oladi. Nihoyat, Hotam
qizdan: “Bu qadar boylik senga qayerdan keldi?” - deb so‘raydi. 
Qiz unga:  “ Bundan uch oylik yerda Andalusiyada bir  savdogar  yigit bor, u
kun sayin bir-ikki javharni bozorga chiqarib baholatadi-da, ming oltinga yetgach,
gavharni   toshga   qo‘yib   cho‘kich   bilan   yorib   kul-kul   qiladi.   Ana   shuning   nima
uchun   bunday   bema’ni   ish   qilishini   bilib,   menga   xabarini   keltirsang,   so‘ng   men
sening savolingga javob beraman”, – deydi.
Hotam   ming   mashaqqatlar   bilan   Andalusiyaga   boradi.   Yigitni   topadi,
so‘zlashadi.   U   yigit   esa   Hotamga   shunday   deb   aytadi:   “Tabaristonda   bir
qahvaxonada ko‘zi ojiz bir arab bor. Kun sayin peshonasiga bir musht uradi. Agar
sen shuning sababini bilib kelsang, so‘ng senga javob beraman”, – deydi.
Hotam   yana   yo‘lga   tushib,   uch   oylik   yo‘l   bosadi.   Qanchadan-qancha
mashaqqatlardan so‘ng arabni topadi, so‘zlashadi. Ko‘zi ojiz arab ham to‘g‘ridan-
to‘g‘ri javob bermay, shart qo‘yadi. “Bobilda bir azonchi kun sayin bir minoraga
minadi,   tushadi,   yana   minadi,   yana   tushadi.   Ana   shuning   sababini   bilib   kelsang,
men ham sening savolinga javob beraman”, – deydi.
Hotam   Bobilga   ketadi.   Azonchini   qidirib   topadi,   so‘zlashadi.   U   ham   o‘z
sirini aytishdan oldin quyidagicha shart qo‘yadi: “Badaxshonda bir kishi bor, goh
yig‘laydi, goh qichqirib kuladi. Shuning sababini  bilib kelsang,  so‘ng men senga
javob beraman”.
31 Mana,   Hotam   ne-ne   azoblar   bilan   Badaxshonga   boradi.   U   kishini   topib
so‘zlashadi. U ham bir shart qo‘yadi: “Qarshi degan joy bundan uzoq emas, yo‘lni
bilib   ket,   qarshingda   bir   sahro   paydo   bo‘ladi.   Unda   shu   dashti   biyobonlarda
devonasifat   bir   yigit   odamzod   naslidan   uzoqda   yovvoyi   kiyiklar   bilan   birga
yuradi. Dunyo ishidan bezgan. Shuning sababini bilib kel, so‘ng o‘z sirimni senga
so‘zlarman”, – deydi.
U   yigit   esa:   “Xurosonda   bir   nuroniy   shayx   bor.   Shundan   borib   mening
holimni so‘ra, so‘ng men sening savolinga javob beraman”, – deydi.
Hotami  Toy ming mashaqqatlar  bilan shayxni  topadi. Mo‘ysafid shayx “Bir
kecha qo‘noq bo‘l, ertaga so‘zlarman” – deb, Hotamni o‘z uyida mehmon qiladi.
Ko‘pni  ko‘rgan,  hayotiy tajribasi   zo‘r  mo‘ysafid shayx  o‘z  hikoyasini  boshlaydi,
hamma   voqealar   bir-biriga   ulanib   ketadi.   Hamma   sir,   jumboqlar   ochilib,
hikoyadagi   voqealar   o`zaro   qo‘shilib,   katta   doston   yuzaga   keladi.   Voqealarning
asosiy   mohiyatini   anglagan   Hotam   iziga   qaytadi.   Unga   shart   qo‘ygan   kishilar
uzundan   uzun,   ammo   nihoyatda   qiziq   va   jozibali   hikoyalarini   so‘zlab   beradilar.
Nihoyat,   Hotam   qiz   podshoga   ro‘para   bo‘ladi.   Unga   hamma   voqealarni   hikoya
qiladi.   Natijada,   ko‘ngillari   to‘lgan   har   ikki   haqiqat   izlovchilar   bir-birlariga
muhabbat izhor qiladilar. Hotam qiz podshoni o‘z nikohiga oladi. Yurtiga xursand
bo‘lib   qaytadi.   Vazirni   hibsdan   ozod   qiladi.   Adolat   va   to‘g‘rilik   tantana   qiladi.
Ular shod-u  xurram hayot kechirishadi. 
Qozoq   adabiyotidgi   “Ikayat   dastan   Hatimtay”ning   qisqacha   mazmuni
shundan iborat. Mazkur doston bilan o‘zbek folkloridagi “Hotamnoma”ni qiyosiy
o‘rganish   jarayonida   ular   o‘rtasidagi   ayrim   o‘xshash   va   farqli   jihatlariga   guvoh
bo‘ldik. Quyida ikkala asarning o‘xshash jihatlarini keltiramiz:
Hotam safari mobaynida xurosonlik shayxdan badaxshonlik yigitning tilsimli
hovuz   va   nozanin   qizlar   haqidagi   hikoyasini   tinglaydi.   Yigit   tilsimli   hovuzga
sho‘ng‘iydi va bir qancha ajoyibotlarga duch keladi. “Hotamnomayi turkiy ”ning
birinchi   safari   “Bir   marotaba   ko‘rdim,   yana   ko‘rmakka   havasim   bor”   –   deb
nomlangan   bobda   ham   aynan   tilsimli   hovuz,   pari   qizlar   haqidagi   hikoyat
keltiriladi.   Garchi   bu   bobda   sujet   talqini,   personajlar   tarkibida   farq   bo‘lsa-da,
32 ulardan   anglanadigan   umumiy   xulosa   bir   xil.   Ya’ni   bu   dunyoga   kelib   ketmoq
hovuzga   sho‘ng‘imoqqa   o‘xshaydi.   Aqilli   kishilar   shu   qisqa   umrdan   oqilona
foydalanmog‘i lozim degan xulosa kelib chiqadi.
Har   ikkala   manbada   uchraydigan   yana   bir   o‘xshash   lavha   bu   omonatga
xiyonat   qilish   motivining   mavjudligidir.   “Hotamnoma”ning   uchinchi   safarida
Hotam   “Kishiga   yomonlik   qilma,   agar   qilsang   o‘zing   ham   yomonlik   topasan”   –
deya   nola   qilayotgan   Hamro   ismli   kishining   hikoyatini   tinglaydi.   Bu   kimsa
bozorda   “Kimning   uyida   mol-dunyo   ko‘milgan   bo‘lsa,   men   topib   beraman.
Evaziga   xazinaning   to‘rtdan   biri   meniki   bo‘ladi”   –   degan   yigit   bilan   tanishadi.
Yigit   Hamroga   ancha   miqdordagi   oltinlarni   topib   beradi,   lekin   Hamroning
badnafsligi   tutib   u   yigitga   hech   narsa   bermay   haydab   yuboradi.   Bunga   javoban
yigit   Hamroning   ko‘zlariga   ko‘r   qiluvchi   surma   tortadi   va   shunday   deydi:   “Bir
kuni   bir   kishi   kelib   seni   bu   darddan   forig‘   qiladi,   Humro   sahrosida   nur   deb
ataluvchi giyoh bor, uni olib kelib ko‘zingga sursa, ko‘zing yana ko‘ra boshlaydi“.
Oradan   30   yil   o‘tib   Hotam   Hamro   ismli   bu   yigitga   yo‘liqadi   va   parizodlar
yordamida o‘sha giyohni olib kelib yigitning dardiga shifo ulashadi.
Qozoqcha “Ikayat dastan Hatimtay”da esa darvesh bilan hammollik qiluvchi
arab   o‘rtasidagi   munosabatlar   aks   etgan   lavha   keltirilgan   bo‘lib,   unga   ko‘ra,
behisob xazina joylashgan tilsimli tog‘ni ilmi bilan ochgan badaxshonlik darvesh
hammol   arabning   xachiriga   bir   qancha   oltin-u   javohirlarni   yuklab,   ortiga
qaytayotganida o‘ziga berilgan moldan ko‘prog‘iga ega bo‘lishni istagan hammol
arab   darveshdan   yanada   ko‘proq   boylik   tama   qiladi.   Darvesh   o‘z   ulushini   ham
berishga   majbur   bo‘ladi.   Darvesh   g‘ordan   qaytayotganida   bir   qutichani   qo‘yniga
solgan edi. Hammol  uning ichidagilarni ham berishini, yo‘qsa, o‘ldirishini aytadi.
Darvesh   qutichaning   ichida   to‘tiyo   borligini,   kimki   uni   ko‘ziga   sursa   ochiq
ko‘zlarni ko‘r qilishini, ko‘r ko‘zlarga sursa, ochilishini aytadi. Hammol arab uni
ko‘ziga suradi va ko‘r bo‘lib qoladi. Shundan buyon u  “Kimki birovga yomonlik
qilsa,   o‘ziga   qaytadi”,   –   deya   nola   qilib   yurar   edi.   Bundan   ma’lum   bo‘ladiki,
va’daga   vafo   qilmaslik,   omonatga   xiyonat   qilish   yomon   oqibatlarga   olib   kelishi
o‘zbekcha “Hotamnoma”da Hamro ismli yigit taqdiri misolida, qozoqcha “Ikayat
33 dastan Hatimtay”da esa hammol arab qismati misolida ochib berilgan.
Har ikkala manba talqinidagi mushtarakliklardan yana biri soxta shayx bilan
bog‘liq   lavhalarning   mavjudligidir.   “Hotamnoma”da   “Xuroson   podshohi
Kurdonshoh   va   Barzax   bozorgonning   qizi   Husnbonu   hikoyati”   bo‘limida   o‘g‘ri
shayx   obrazi     bilan   bog‘liq   voqea   keltirilgan.   Unga   ko‘ra   Kurdanshoh   e’tiqod
qo‘ygan shayxni Husnbonu o‘z uyiga mehmonga taklif qiladi, darvesh 40 xodimi
bilan keladi. Husnbonu unga shohona liboslar qimmatbaho tortiqlar qiladi. Ammo
darvesh:   “Bu   dunyoning   kundayi   oloyishi   korg‘a   kelmaydur”,   –   deya   rad   etadi.
Husnbonuning unga ixlosi ortadi. Ammo bu darvesh zohirda odam suratida bo‘lsa
ham botinda shayton-u ma’lun edi. Husnbonuning bu qadar mol davlatini ko‘rib,
“bu   kecha   bu   duxtarning   uyiga   kelib   oncha   zarri   surxu   safid   va   asbobi   nuqra   va
garonbaho matolardin olmoq zarur  ekan”, – degan fikrga keladi. Xullas,  darvesh
Husnbonuning   uyiga   o‘g‘rilikka   tushib,   qimmatbaho   mollarini   olib   ketadi.   Buni
bilgan   Husnbonu   podshoning   oldiga   arzga   boradi.   Darveshni   ma’naviy   piri   deb
biladigan   podsho   uning   arzidan   jahli   chiqadi,   Husnbonuni   shakkoklikda   ayblab
shahardan   surgun   qiladi.   Tush   vositasida   behad   boylikka   ega   bo‘lgan   Husnbonu
soxta darveshni fosh qiladi.  
Soxta   shayx   bilan   bog‘liq   ushbu   sujet   “Ikayat   dastan   Hatimtay”da   biroz
o‘zgarishga uchragan holda keltirilgan. Uning mazmuni quyidagicha:
Ray shahrida bir o‘g‘ri paydo bo‘ladi. Dastlab podshoning o‘ng qo‘l vazirini,
keyin   chap   qo‘l   vazirini,   bora-bora   butun   xalqni   xonavayron   qiladi.   Ahin   nomli
shaharda bir shayx bo‘lib, u har juma kuni Ray shahri aholisiga amr-u ma’ruf qilib
ketar   edi.   Bu   paytda   Rayni   saxiylikda   dong‘i   ketgan   qiz   podsho   boshqarar   edi.
Unga   shayxning   qo‘li   egri   ekanligi   to‘g‘risidagi   xabar   yetib   keladi.   Qiz   podsho
shayxni   huzuriga   chorlab,   kelayotib   o‘zi   bilan   salla   va   tasbehini   olib   kelishini
buyuradi.   Ayni   shu   paytda   bir   fuqaro   xazina   to‘ldirilgan   sandig‘ini   va   oltin
tasbehlarini   o‘g‘irlatib   podshoga   arzga   kelgan   edi.   Qo‘lida   tasbeh,   boshida   salla
bilan yetib kelgan shayxning sallasi va tasbehini olib shayxning uyiga bir odamni
jo‘natadi.   Shayxning   rafiqasiga   xojasi   Hindistondan   kelgan   savdogar   bilan
qolganini,   uydagi   inju   tasbeh   to‘ldirilgan   sandiqchani   olib   berishini,   agar
34 shubhaga   borsa,   shayxning   sallasi   va   tasbehi   guvohlik   berishi   mumkinligini
aytadi.   Shayxning   ayoli   qimmatbaho   tasbehlarni   olib   beradi.   Ular   egasiga
ko‘rsatilib, uniki ekanligi ma’lum bo‘lgach, qiz podsho shayx va uning yaqinlarini
zindonga tashlaydi. 
Ma’lum   bo‘lganidek,   har   ikkala   manbada   ham   yolg‘onchilik,   kishi   moliga
ko‘z olaytirish motivi  yetakchilik qiladi. 
Hotami   Toyga   bag‘ishlangan   bu   asarlarni   qiyoslab   o‘rganish   natijasida   ular
o‘rtasidagi farqli jihatlarga ham ahamiyat berdik:
1. O‘zbek   folkloridagi   “Hotamnoma”   nasriy   yo‘lda   yozilgan   bo‘lsa,
qozoqcha “Ikayat dastan Hatimtay” she’riy shaklda  yozilgan.
2.   “ I kayat   dastan   Hatimtay”da   pandona   o‘rinlar   ham   keltirilgan   bo‘lib,   bu
holat   islom   dinini   ulug‘ash,   undagi   besh   farzning   mohiyatini   izohlash   bilan
bog‘lanadi.   Muallif   Hotami   Toyning   saxiyligi,   qo‘li   ochiqligini   islom   dinining   5
farzidan biri- zakot berish masalasi bilan bog‘laydi:
Бес парыздын бирейи зекет берм е к,
Зекет берган кисинин сонына ермак,
Зекет берип малдарын халалда ған,
Женнатта ол малынын ажарин кермек. 39
Muallif   bu   kabi   pandona   baytlarni   keltirish   orqali   Hotami   Toy   garchi
musulmon   bo‘lmagan   bo‘lsa-da,   islomda   ulug‘langan   saxiylikning   oliy   timsoli
ekanligini ta’kidlaydi.
3.   “Hotamnoma”da   soxta   shayxning   kirdikorlari   Husnbonu   tomonidan,
“Ikayat   dastan   Hatimtay”da   esa   ana   shunday   xiyonatni   boshidan   kechirgan   bir
kishi tomonidan aniqlanadi, “Hotamnoma”da shayxni qo‘lga olishda vosita bo‘lib
xizmat   qilgan   ashyolar:   turli   qimmatbaho   matolar,   oltin-u   javohirlar   bo‘lsa,
qozoqcha qissada salla, tasbeh kabilardir. 
4.   “Ikayat   dastan   Hatimtay”   muqaddimasida   Hazrati   Ali,   Abu   Bakr   (r.a.)
larning   shaxsiyatlariga   ham   to‘xtalib   o‘tiladi.   Asarda     Hazrati   Ali   bilan   bog‘liq
hikoyat keltirilgan:
39
  Бабалар сўзи. Ҳикаялық дастандар. 4 том .   – Астана: Медени Мура, 2004. – Б. 178.
35 Madinalik   bir   musulmon   yigit   Yaman   podshosining   qizini   sevib   qoladi.
Podsho   esa,   Alining   boshini   olib   kelsagina   uni   kuyov   qilishini   aytadi.   Yigit   rozi
bo‘ladi va o‘z shahriga keladi. Uning qarshisidan Hazrati Ali chiqadi. U yigitning
muddaosini anglaydi.
Жумысин   шу   жигиттин   билади   енди ,
Конглина   жомарттиги   киради   енди .
Керек болса босимди берейин дер,
Бир азирак сойласиб туради енди.
Shunday qilib, yigitning dardini tinglagan Ali unga “Boshim kerak bo‘lsa ol”,
–   deydi.   Oshiq   yigit   esa   o‘zgalarning   mushkuli   uchun   o‘z   jonini   ayamagan   bu
insonning   oyoqlariga   tiz   cho‘kib   uzr   so‘raydi.   Bu   kabi   o‘rinlar   “Hotamnomayi
turkiy” da mavjud emas.
Aynan shu sujet  o‘zbek xalq eraklaridan biri  “Muqbil  Toshotar” ertagi  bilan
bir xil bo‘lib, ertakda Hazrati Alining o‘rniga Hotami Toy obrazi qatnashgan. 
Bu ikkala asarni qiyosiy o‘rganish natijasida quyidagi xulosalarga keldik:   
1. Har   ikkala   manba   talqinida   qoliplash   usuli,   ya’ni   hikoya   ichida   hikoya
qilish   usuli   yetakchilik   qiladi.   Bu   holat   o‘zbekcha   “Hotamnoma”da   Hotamning
Husnbonuning   shartlarini   bajarish   asnosida   bir-biriga   bog‘liq   bo‘lmagan,   lekin
barchasida   Hotamning   ishtiroki   aks   etgan   sarguzashtlar   fonida   namoyon   bo‘lsa,
qozoqcha   “Ikayat   dastan   Hatimtay”da   Ray   podshosining   bu   qadar   boyligining
sirini   bilishni   istagan   Hotam   bir   qancha   personajlarning,   xususan,   andalusiyalik
savdogar   yigitning,   tabaristonlik   ko‘zi   ojiz   arabning,   bobillik   azonchining,
xurosonlik   yigitning   iltimoslarini   bajarish   mobaynida   biri   ikkinchisiga   ulanib
ketuvchi voqealarni tinglaydi.
2. Har   ikkala   asar   sujetida   bir   xil   xarakter   xususiyatiga   ega   bo‘lgan,   asar
badiyatida bir xil yuk tashuvchi personajlar mavjud. Ular sirasiga, avvalo, Hotam
obrazini,   soxta   shayx,   va’dasiga   vafosizlik   qilgan   Hamro   ismli   yigit   va   hammol
arab,   darvesh   kabilarni   keltirish   mumkin.   Bu   obrazlar   ikkala   asarda   ham   sujet
harakatida faol ishtirok etgan. 
36 3. Ikkala   asar   sujetida   ham   o‘zbek   xalq   ertaklaridagi   sujet   va   motivlarning
transformatsiyalashganini   ko‘rish   mumkin.   O‘zbek   folkloridagi   “Hotamnoma”
sujeti   tarkibida   o‘zbek   xalq   ertaklaridan   “Hotam”,   “Gul   Sanobarga   nima   qildi,
Sanobar   Gulga   nima   qildi?”,   “Husniyabonu”   yoki   “Husnbonu”   kabi   ertaklarning
sujeti to‘liq aks etgan. “Ikayat dastan Hatimtay”da “Ilonpari”, “Muqbil Toshotar”,
“Hotam”,   “Husniyabonu”   kabi   ertaklar   sujeti   mavjud.   Shuningdek,   zolimlik
xiyonat, yolg‘onchilik singari motivlarga ham duch kelish mumkin.
4. Har ikkala asarning bosh qahramoni va yetakchi g‘oyasi bir xil. Ya’ni, bu
asarlar   islomdan   avval   yashab   o‘tgan   saxiylikning   oliy   timsoli   Hotami   Toy
obrazini ulug‘lash, barcha davrlarda ham insoniyat uchun yuksak fazilatlardan biri
deb   baholangan   saxovatlilikni   targ‘ib   qilish   g‘oyasi   yoritilgan   degan   xulosaga
kelish mumkin.
5. Ikkala   asarda   ham   bir   xil   tarixiy  obrazlarga   murojaat   qilingan.   Sulaymon
payg‘ambar,   nuroniy   chol,   bizningcha,   bu   o‘rinda   Xo‘jayi   Xizr   nazarda   tutilgan.
Sulaymon   va   Xizr   obrazi   bilan   bog‘liq   lavhalar   har   ikkala   asar   badiyatida
yetakchilik qiladi. 
Yuqoridagilarga   qo‘shimcha   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   ikkala   asar   ham
saxiylikning   ol i y   timsoli   bo‘lgan   Hotami   Toy   obrazini   ulug‘lash,   yuksak   insoniy
fazilat   –   saxovatni   targ‘ib   qilishga   qaratilgan.   Ulardagi   hikoyalarning   mazmun-
mohiyati o‘zgalar g‘ami bilan yashash, insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash kabi ezgu
maqsadlarga xizmat qiladi.
  
37 Bob bo`yicha xulosa
1. Tadqiqot   natijasida   a rab   adabiyotida   paydo   bo‘lgan,   fors-tojik   adabiyoti
ta’sirida   sharq   xalqlarining   yozma   va   og‘zaki     adabiyotiga   kirib   kelgan   Hotami
Toy obrazini tarixiy shaxs   bo‘lib, to‘liq ismi  Hotam ibn Abd u lloh ibn Sa’d ibn Xashraj
ibn Imrul q ays ibn Adiy ibn Ahzam VI   asrning   ikkinchi yarmi   VII   asr   boshlarida   yashagan
arab   tarixidagi   mashhur   shaxslardan   biri   degan   fikrga   keldik.   Uning   shoir   bo‘lganligi,
she’rlarida saxiylikni targ‘ib qilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar  ham mavjud.
2. Biz  tadqiqot    ishimizda o’zbek  folkloridagi Hotami  T oy bilan bog’liq epik
sujetlarni mazmun-mohiyatiga ko’ra 3 tipga bo’lib tasnif qildik.   1) Hotami   T oyni
behisob   boylik   egasi   sifatida   tasvirlovchi   ertaklar   (“Muqbil   Toshotar”,     “Yaxshi
niyat yarim davlat” ertaklarida);  2) Hotamni kambag’al bo’lishiga qaramay  g’oyat
38 qo’li   ochiq,   saxiy   kishi   sifatida   tasvirlovchi   ertaklar:   (   “Hotam”,   “Podsho   va
to’ti”ertaklarida);   3)     Hotamni   boylik   va   saxiylik   timsoli   o’laroq   tasvirlaydigan
rivoyat   va   afsonalar:   (   “Hotamning   oti”,   “Hotamning   ukasi”,   “Hotamdan   saxiy”,
“Hotamning mardligi” , ”Tanti Hotamitoy” kabi rivoyat va afsonalarda). Bu ertak
va   rivoyat,   afsonalarni   tahlil   qilish   natijasida   Hotami   Toy   obrazining   o’zbek
folkloridagi badiiy evolutsiyasini va tadrijiy taraqqiyotini aniqladik.  
3. Hotami   Toy   obrazi   ishtirok   etgan   o’zbek   xalq   og’zaki   ijodidagi   asarlar
sujeti turlicha bo’lsa-da, bu obraz zamiridagi saxiylik, shijoatlilik, o’zgalar koriga
yarash   kabi   xususiyatlar   ularni   birlashtirib   turadi.   Shuningdek,   Hotami   Toy
obrazning o’zbek adabiyotidagi evolutsiyasini aniqlashda tahlilga tortilgan ertaklar
va rivoyatlar muhim rol o’ynaydi.
4. O’zbek folkloridagi “Hotamnoma” va qozoq adabiyotidagi “Ikayat dastan
Hatimtay”   talqinida   qoliplash   usuli,   ya’ni   hikoya   ichida   hikoya   qilish   usuli
yetakchilik   qiladi.   Ushbu   asar lar   badiyatida   bir   xil   yuk   tashuvchi   personajlar
mavjud :   u larga Hotam, soxta shayx, va’dasiga vafosizlik qilgan Hamro ismli yigit
va   hammol   arab,   darvesh   kabi   obrazlarni   k iritish   mumkin.   Bu   obrazlar   ikkala
asarda ham sujet harakatida faol ishtirok etgan.
5.   “Hotamnoma”   va   “Ikayat   dastan   Hatimtay”   sujetida   ham   o‘zbek   xalq
ertaklari sujeti va motivlarining transformatsiyalashganligi ma’lum bo’ldi. O‘zbek
folkloridagi   “Hotamnoma”   sujeti   tarkibida   o‘zbek   xalq   ertaklaridan   “Hotam”,
“Gul   Sanobarga   nima   qildi,   Sanobar   Gulga   nima   qildi?”,   “Husniyabonu”   yoki
“Husnbonu” kabi ertaklarning sujeti to‘liq aks etgan.   “Ikayat dastan Hatimtay”da
“Ilonpari”,   “Muqbil   Toshotar”,   “Hotam”,   “Husniyabonu”   kabi   ertaklar   sujeti
mavjud.   Shuningdek,   zolimlik,   xiyonat,   yolg‘onchilik   singari   motivlar   ham   asar
kompozitsiyasida o’ziga xos ahamiyatga ega ekanligiga guvoh bo’ldik. 
6. Tahlil qilingan har ikkala asarning bosh qahramoni va yetakchi g‘oyasi bir
xil,   ya’ni   bu   asarlar   islomdan   avval   yashab   o‘tgan   saxiylikning   oliy   timsoli
Hotami   Toy   obrazini   ulug‘lash,   barcha   davrlarda   ham   insoniyat   uchun   yuksak
fazilatlardan   biri   deb   baholangan   saxovatlilikni   targ‘ib   qilish   g‘oyasi   yoritilgan.
39 Asar dagi hikoyalarning mazmun-mohiyati o‘zgalar g‘ami bilan yashash, insonlarni
to‘g‘ri yo‘lga boshlash kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
2-BOB. O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZI 
2 .1 .  O‘rta asr yozma manbalarida Hotam  sujeti.  
O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o‘zbek va tojik xalqlari orasidagi qadimiy
do‘stlik   bu   xalqlarning   taraqqiyotiga   zamin   hozirladi.   O‘zbek   adabiyoti   o‘zining
ko‘p asrlik taraqqiyoti tarixida qo‘shni xalqlar adabiyoti bilan zich aloqada bo‘lib,
o‘zaro   bahramandlik   qonuniyati   asosida   rivojlanib   keldi.   Aslini   olganda,   turkiy
tildagi   adabiyot   umummusulmon   adabiyotining   bir   qismi.   Ma’lumki,   musulmon
dunyosidagi   ilm-fan,  madaniyat   asosan   uch   tilda   yaratilgan.   Buning   biri   arab   tili,
ikkinchisi   fors   tili   va   uchunchisi   turkiy   tildir.   Arab   tili   –   Qur’on   va   hadislar   tili
sifatida diniy adabiyotlar, diniy ilm, shariat qonunlariga oid asarlarda, shuningdek,
40 tib,   falsafa,   riyoziyot   va   boshqa   sohalarda   yetakchilik   qilgan.   Millati   arab
bo‘lmagan   ko‘p   olimlar,   ilm-ma’rifat   arboblari   ham   arab   tilida   asarlar   yaratgan.
IX-X   asrlarga   kelib   fors   tili   arab   tili   bilan   raqobat   qila   boshladi.   Ayniqsa,
she’riyatda   bu   til   shuhrat   qozonib,   olamga   mashhur   badiiy   obidalarning
yaratilishiga sabab bo‘ldi. Tarixiy, ilmiy, falsafiy asarlarning ko‘p qismi ham fors
tilda  yozilgandir.  Turkiy   tildagi   adabiyot   arab  va   fors   tilidagi   yaratilgan   adabiyot
bilan   birga   rivojlanib   adabiy   an’analar,   janrlar,   g‘oya   va   obrazlarda   mushtaraklik
kasb   etdi.   O‘zbek   adabiyoti   tarixan,   ayniqsa,   fors-tojik   adabiyoti   bilan   uzviy
aloqada inkishof topdi. Sharq xalqlarining badiiy ijodi xilma-xil, ajoyib afsonaviy
va   tarixiy   dostonlarga,   masal   va   rivoyatlarga   boy   bo‘lib,   mavzu   jihatdan   bir-
birlariga chambarchas bog‘langan. 
Ma’lumki, hikoyat Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan
janrlardan   biridir.   Hikoyat   –   yozma   adabiyot   bilan   og‘zaki   ijodiyotni   bir-biriga
bog‘lagan muhum omil. Xalq hikoyatlari bilan yozma hikoyatlar o‘zaro chunonan
yaqinki,   ularni   qat’iy   chegaralash   ko‘pincha   amri   maholdir.   Chunki   hikoyat   xalq
rivoyatidan   kitobga,   kitobdan   xalq   hikoyachiligiga   o‘tib   borgan.   Shu   bilan   birga,
ma’lum   bir   xalqning   adabiyoti   (yoki   folklori)   zaminida   vujudga   kelgan   hikoyat
ikkinchi   bir   xalq   tomonidan   qayta   ishlanib,   o‘zlashib,   uning   adabiyoti   hisobiga
qo‘shilib ketar edi. Binobarin, sujet va kompozitsiya, obrazlar tizimi jihatdan bir-
biriga   monand   hikoyalar,   bir   tomondan,   ijtimoiy   hayot,   tarixiy   sharoitning
o‘xshashligi   natijasida   bir-biridan   mustasno   holatda   vujudga   kelsa,   ikkinchi
tomondan,   adabiy   aloqalarning   mahsuli   sifatida   paydo   bo‘ladi.   Yaqin   va   O‘rta
Sharq   xalqlari   hikoyachiligida   bir   qator   an’anaviy   obrazlar   bor.   Hotami   Toy,
No‘shiravon,   Xizr,   Sulaymon,   odami   Od,   Luqmon,   va   boshqalar   shular
jumlasidandir.   Bu   qahramonlar   ma’lum   bir   xalqning,   uning   badiiy   ijodiyotining
qahramoni   sifatida   vujudga   kelgan.   Ammo   bu   qahramonlar   o‘z   zamini   bilan
chegaralanib qolmay,  boshqa o‘lka va xalqlarga ham manzur bo‘lib, o‘sha xalqlar
adabiyotining   qahramonlari   qatoridan   o‘rin   oldi,   ularning   og‘zaki   ijodi   va   yozma
adabiyotida   turli   hikoyalarning   paydo   bo‘lishiga   turtki   bo‘ldi.   Ana   shunday
obrazlar sirasiga Hotami Toy obrazini ham kiritish mumkin.
41 Hotami Toy  obrazi keltirilgan manbalaridan biri Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy
Nizomulmulkning 1091-yilda yozilgan “Siyosatnoma”  yoki “Siyar ul-mulk” asari
hisoblanadi.   Muallif   o‘z   asarini   39   bobdan   iborat   qilib   yaratgan.   “Siyosatnoma”
Sharq madaniyatini, saljuqiylar tarixi va siyosiy hayotini o’rganishda eng ishonchli
manba bo’lishi bilan birga fors adabiyotining dastlabki badiiy asarlaridan sanaladi.
Mazkur asarning o’ttiz oltinchi fasli “To‘kin sochin dasturxon yasatish va ziyofat
berish   tartibi   haqida”   nomli   bobida   podsholar   doimo   saxovatli   va   muruvvatli
bo‘lishi   kerakligi,   qo‘l   ostidagilarga   dasturxoni   hamisha   ochiq   bo‘lishi   lozimligi
ta’kidlanib, muallif Hotami Toy obrazini Ibrohim alayhissalom nomi bilan yonma
-yon   qo‘llaydi.   “Olloh   taolo   Ibrohim   alahissalomni   xalqqa   non   berganligi   uchun
yoqtirgan.   Hotami   Toyning   saxiyligi   va   mehmondo‘stligi   uchun   xudo   Azza   ava
Jalla unga do‘zaxga yo‘l bermagan” 40
 - deb yozadi.
Hotami   Toy   obrazi   keyingi   manbalaridan   biri   Muhammad   Avfiyning
“Javome-ul   hikoyat   va   lavome   ul-rivoyat”   (Hikoyatlar   to’plami   va   rivoyatlar
ziyosi)   asarida   tilga   olnadi.   Muhammad   Avfiy   bu   asarini   1233-yilda   yozib
tugatadi.   Asarni   yaratishda   fors-tojik   va   arab   tilidagi   yuzga   yaqin   manbalardan
foydalangan,   hind   adabiyotidan   bahramand   bo‘lgan.     “Javome   ul-hikoyat”   to‘rt
qismdan   iborat.   Asar   ikki   mingdan   ziyod   hikoyatni   o‘z   ichiga   olgan.   Kitobning
to’rtinchi   qismi   “Sodir   bo’lgan   ahvol   va   dengiz   va   shaharlar   ajoyibliklari   va
hayvonlar   tabiati   bayonida”  deb  nomlanadi.  Bu   qism  xilma-xil  mavzudagi   ajoyib
va   g’aroyib   hikoyatlarni   qamrab   olgan.   Yazdijurd,   Bahrom,   Xisrav   Parvez,
Anushervon   kabi   Ajam   shohlar,   Aflotun,   Arastu,   Buqrot   kabi   yunon   hakimlari,
Iskandar,   Hotami   Toy   va   Majnun   kabi   o’nlab   an’anaviy   obrazlar   Muhammad
Avfiy hikoyatlarining bosh qahramonlaridir.
Mashhur   fors-tojik   shoiri,   adibi   va   mutafakkiri   Muslihiddin   Sa’diy
Sheroziyning   “ Guliston ”   va   “ Bo’ston ”   asarlari   ham   Hotami   Toy   obrazining
bizgacha   yetib   kelishida   mahim   manba   sifatida   xizmat   qildi.   Sa’diy   hayot   ilmini
chuqur   o‘rganib,   inson   fe’lini   butun   murakkabligi   bilan   anglab,   o ` z   davrining
ko`pni   ko`rgan   donishmand   kishisi   bo`lib   yetishdi.   Sharq   adabiyotida   Sa’diyning
40
 Низомулмулк. Сиёсатнома (Сияр ул мулук). – Тошкент: Янги аср авлоди, 2008. 121-б
42 maqomi   juda   yuksak,   hayotiy   tajriba   asosida   yaratgan   “Bo‘ston”   va   “Guliston”
asarlari   unga   olamshumul   shuhrat   keltirdi.   “Bo’ston”   o`n   qismdan   iborat   bo`lib,
uning tarkibi muallif tomonidan mahorat bilan tuzilgan. “Bo’ston” bevosita qaynoq
ijtimoiy-siyosiy   hayotdan,   jonli   xalq   tilidan   oziqlangan   shuning   uchun   ham
jamiyatning hamma tabaqalariga tushunarli bo`lgan. Bu asarda Hotami Toy haqida
to‘rtta   hikoyat   kiritilgan   bo‘lib,   Birinchi   va   ikkinchi   hikoyalar   Rum   qaysari,
Yaman sultoni va Hotam o‘rtasidagi voqealarni, uchinchi hikoyat - Hotamning bir
keksa   odamga   nisbatan   saxiyligi   haqida,   to‘rtinchi   hikoyada   Hotamning   qizi
Saffona va Islom payg‘ambari o‘rtasidagi suhbat haqida hikoya qilinadi.   Garchi bu
hikoyalarning   poydevori   turli   xil   arab   va   forsiy   manbalardan   olingan   bo‘lsa-da,
Hotam timsolining  mavjud ekanligi ularni birlashtirib turadi.
Birinchi   hikoyaning   mazmuni   quyidagicha:   Rim   Qaysari   Hotamning   shon-
sharafi   haqida   eshitib,   uning   haqiqat   ekanligiini   tasdiqlash   uchun   Tay   qabilasiga
o‘z   vakillarini   yuborib,   Hotamning   suyukli   otini   talab   qilmoqchi   bo‘ladi.   Sa’diy
Hotamning otini quyidagicha tasvirlaydi:
Eshitdimki, Hotamda bir tim qaro,
Oti bor ekan uchqur-u bebaho.
Momoguldurakdek ekan kishnashi,
Chaqindan o‘zar unga mingan kishi.
Shaharlarda Hotamni el maqtashar,
Uning madhi sultoni Rumga yetar.
Dedi shunda dono vaziriga shoh:
Uyatdir, adovat qilish begunoh,
Tilay zotli tulporini bir safar,
Muruvvat-la topshirsa Hotam agar, 
Bilurman saxiydir, agar rad qilur –
Dovul bongidek shuhrati puch erur. 41
Keyin   Rim   Qaysari   o‘zining   ishonchli   elchisini   o‘nta   odam   bilan   birga
Hotamdan otni talab qilish uchun Tay qabilasiga yuboradi.
41
  Sa’diy Sheroziy. Bo‘ston. Forsiydan Chustiy tarjimasi. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019. –  66  b.
43 Rim   Qaysarining   elchilari   Hotamning   qarorgohiga   kelishganda,   allaqachon
tun   bo‘lgan   edi   va   ular   och   va   chanqagan   edilar.   Shuningdek,   kuchli   yomg‘ir
yog‘gan   edi.   Bunday   ob-havoda   mehmonlarni   ovqatlantirish   uchun   yaylovga
borish   va   chorva   mollarini   olib   kelishning   iloji   yo‘q   edi.   Hotamning   uyida   faqat
uning eng sevimli  oti  bo‘lib,   o‘sha  kuni  Hotam  shu  otni  pichoqlab,  mehmonlarga
ovqat tayyorladi. Bundan bexabar bo‘lgan mehmonlar ertalab Hotamga tashrifining
maqsadi   haqida   xabar   berishadi.   Hotam   ularning   nima   uchun   kelganliklarini
bilgach, afsus bilan javob berdi:
Der erdi: Ayo oqilu zufunun,
Burunroq menga aytmading ne uchun.
Men ul uchqur otimni so‘ygan edim,
Pishirgan edim, sizga qo‘ygan edim.
Kecha bo‘ldik-u shuncha bo‘ron – shamol,
Borish qo‘raga bo‘ldi amri mahol.
Qo‘limda yo‘q edi shu otdan bo‘lak,
Shuni noiloj kecha etdim gazak.
Menimcha, muruvvat emasdi shu on,
Qarab tursam-u och yotsa mehmon.
Saxiylik-la dunyoda qolsin otim,
Agar ketsa ham mayli bunday otim.
Ushbu hikoya quyidagi bayt bilan yakunlanadi:
Yetib Rumga Tay mardidan xush xabar,
Dedi shah: “Yasha, ofarin, top zafar”. 42
 
Muallif  birinchi hikoyani aytib bo‘lgach, o‘quvchini bundan ham qiziqarliroq
voqea kutayotganligi haqida ogohlantiradi.
Shu birlan tugal dema Hotam ishin,
Eshit yaxshiroq qissasin aytayin.
Darhaqiqat,   Sa’diyning   galdagi   hikoyasi   avvalgisidan   ham   qiziqroq.   Ushbu
hikoyaning   mazmuniga   ko‘ra,   Yamanda   o‘zini   saxiylik   va   ulug‘vorlikda   yagona
42
 O’sha asar, 70-b.
44 deb biladigan bir shoh bor edi. Bir kuni u xalqni yig‘ib ziyofat berayotgan chog‘ida
mehmonlardan   biri   saxiylikda   tengi   yo‘q   bo‘lgan   Hotamni   esga   oladi,   yana   biri
uning shaniga maqtov aytadi. Bundan g‘azablangan Yaman maliki:
 “Zamonamda Hotam tirik bor ekan,
Tanilmayman elda saxiylik bilan” - deya uni o‘ldirish uchun Tay qabilasiga
bir yigitni jo‘natadi. U na Hotamni, na uning qabilasidan biror kishini bilmas edi.
U   qabilalar   hududiga   yetib   borgach,   tasodifan,   Hotamning   o‘zi   bilan
uchrashdi.   Hotam   tungi   mehmonni   uyiga   olib   boradi,   unga   mehmondo‘stlikni
ko‘rsatib,   bir   necha   kun   turishini   so‘raydi.   Yigit   esa     undan   bir   necha   kun
qololmagani uchun uzr so‘raydi va Tay qabilasiga tashrifining maqsadini bildiradi:
Taniysanmi, Hotam degan bor ekan,
Bu yurt ichra dono-yu xushyor ekan.
Yaman shohiga boshi darkor emish,
Bilolmamki, qanday gunoh aylamish?
Makonin agar ko‘rsatarsan bu kun,
Sening do‘stliging shu bo‘lar men uchun. 43
Yigitning gaplarini tinglagan mezbon   “Hotam men bo‘laman, boshim kerak
bo‘lsa   mana   olaqol”,   deydi.   Bundan   qattiq   ta’jubga   tushgan   yigit   Hotamdan
kechirim   so‘rab   Yaman   shahriga   qaytib   ketadi.   Shohga   Hotam   bilan   bo‘lgan
voqealarni aytib beradi:
Dedi: men uni ko‘rdim - odam ekan,
Butun yaxshilik birla Hotam ekan.
Egildim uning himmat-u lutfidan,
Boshim kesdi ehson qilichi bilan.
Bu   so‘zlarni   eshitgan   podshoh   Hotamning   saxiyligi   va   olijanobligini   tan
oladi, qilgan ishidan afsuslanadi,  Hotam va uning qabilasi odamlarini maqtaydi.
Ko‘rinib turibdiki, Sa’diyning ikkala hikoyasi ham badiiy jihatdan qimmatli.
Birinchi   hikoyatda   Rim   Qaysari   Hotamdan  eng   sevimli   otini   talab   qilsa,   ikkinchi
hikoyatda   Yaman   podshosi   hasaddan   Hotamni   o‘ldirish   uchun   odam
43
  O’sha asar, 71-b.
45 yuboradi.   Ikkala holatda ham, Hotam o‘z harakatlari bilan ularning ustidan g‘alaba
qozondi, boshqacha aytganda, ularni “olijanoblik va mehmondo‘stlik qilichi” bilan
o‘ldiradi. Ya’ni Hotamning saxiyligiga shubha bilan qaragan, unga hasad qilganlar
o‘z xatti-harakatlaridan qattiq hijolat chekishadi.
Sa’diy tomonidan ibrat shaklida “Bo‘ston”da berilgan uchinchi hikoyat Amir
al-mo‘min   Ali   ibn   Abutalib   boshchiligidagi   islomiy   qo‘shin   Toy   qabilasini   zabt
etgani, Hotamning qizi Saffonani asir olgani va u jasorati va topqirligi, otasi kabi
o‘zgalar g‘amini yeyuvchi ekanligi tufayli payg‘ambar tomonidan ozod qilinadi. 
“Bo‘ston”dagi bu voqea juda kichik va 11 baydan iborat, ammo Shayx Sa’diy
bitta   badiiy   hikoyat   ichida   ikkita   muhim   jihatni   ajratib   ko‘rsatdi.   Birinchidan,   bu
oliyjanoblik   va   saxiylik   islomda   qadrlanadigan   eng   yaxshi   insoniy   fazilatlar
ekanligiga urg‘u beradi.   Ikkinchidan, arab tilidagi   “Hamma narsa o‘z mohiyatiga
qaytadi”   so‘zlariga   ko‘ra,   Hotamning   olijanobligi   va   saxiyligi   vafotidan   keyin
to‘xtamaydi va qizi o‘z ishini davom ettirdi degan xulosani yoritadi.
“Bo‘ston”da bu voqea quyidagicha tasvirlangan:
Payg‘ambar zamonida islom diniga e’tiqod qilishni istamagan Tay qabilasiga
qo‘shin   yuborildi.   Qo‘shin   bir   guruh   mahbuslarni   olib   keldi.   Ular   orasida
Hotamning qizi ham bor edi. U yig‘lab qabilasining ozod qilinishini so‘radi. Uning
ovozi payg‘ambarning qulog‘iga yetib bordi. Payg‘ambar butun qabilani avf etdi.
Bu hikoyatning asl manbasi Abulfaraj Isfahoniyning “Kitob al-Aganiy” asari
bo‘lib, unda berilgan ma’lumotlar Sa’diy Sheroziyning hikoyati bilan taqqoslansa,
ular orasida jiddiy farqlar borligini ko‘rish mumkin. “Kitob al-Aganiy” da amir al-
mo‘minin Ali ibn Abutolib nomidan quyidagilar aytilgan:
Tay qabilasining asir olingan qizlarini olib kelishganida, ular orasida oq, qora
ko‘zli,   chiroyli   labli,   to‘g‘ri   burunli,   o‘rtacha   bo‘yli   bir   qiz   bor   edi..   Men   unga
aytdim:   Payg‘ambardan  nima  istayotganingni   ayt!     U  dedi:   Ey  Muhammad!   otam
vafot etdi va mening akam  yashirinishga kirishdi.   Agar siz otamni ko‘rganingizda
edi,   u   va   men   juda   o‘xshashmiz.   Men   o‘z   qabilam   sardorining   qiziman.   Mening
otam   saxiy   odam   edi   va   zaiflarni   himoya   qildi,   mehmondo‘st,   ochlarni   to‘ydirdi,
muammolarga duch kelganlarga yo‘l ko‘rsatdi, odamlarni tinchlik va hamjihatlikka
46 chaqirdi,    Men Hotami Toyning qiziman.
Rasululloh   (sollallohu   alayhi   va   sallam)   unga   dedi:   “Ey   qiz,   bu
mo‘minlarning   fazilatlari.   Agar   otang   musulmon   bo‘lganida,   biz   u   uchun   shafoat
qilardik.
Uni ozod qiling, chunki otasi saxiy edi.   Alloh odamlardagi saxiylikni sevadi. 44
Ko‘rinib   turibdiki,   “Kitob-al-Aganiy”da   muallif   hikoyasi   tarixiy   asosga   ega,
badiiy hikoyaning shakli va tizimli xususiyati yo‘q.   Til va uslubi nuqtayi nazaridan
u   oddiy   ma’lumotlardan   farq   qilmaydi.   Shayx   Sa’diy   qissasi   badiiy   shaklga
keltirilgan.   Hikoya   badiiy   maqsadni   ko‘zlaydi,   unda   boshlanma,   tugallanma   va
muallif qo‘shimchalari mavjud.   Abulfaraj Isfahoniy va boshqa tarixiy manbalarda,
asosan,   Hotam   qizining   jasurligi   va   zukkoligi   tufayli   asirlikdan   ozod   qilinishi
haqida   yozilgan.   Sa’diyning   hikoyasida   Hotamaning   qizi   ozod   qilinishiga   rozi
emas,   u     qat’iyat   bilan   shunday   deydi:   “Toki   do‘stlarim   asirlikda   ekan,   ozodlik
menga harom”. Shunday qilib, u o‘z jasorati, tirishqoqligi va mehribonligi tufayli
Hotamning munosib vorisi ekanligini va unga o‘xshab boshqalarni qutqarish uchun
o‘z hayotini qurbon qilishga tayyorligini isbotlaydi.  
Shayx   Sa’diyning   “Bo‘ston”dagi   Hotam   haqidagi   so‘nggi   hikoyasi   ham
saxiylik   mavzusiga   bag‘ishlangan.   14   baytdan   iborat   ushbu   hikoyatning
mazmuniga   ko‘ra,   bir   keksa   odam   Hotamning   uyiga   kelib,   o‘n   dirham   (1
diramning   og‘irligi   3,12   gramm)   holva   so‘raydi.   Hotam   unga   bir   qop   shakar
beradi. Bu holni kuzatib turgan Hotamning xotini “U biroz shirinlik so‘radi xolos,
siz esa bir qop shakar berib yubordingiz”, - deya norozilik bildirdi. Shunda Hotam:
“U o’z holicha so’radi, men ham o’z holimcha berdim, so‘raganini bersam mening
hotamitoyligim qayerda qoladi”, - deb javob beradi.
Shunday   qilib,   Sa’diyning   “Bo‘ston”   asarida   birinchi   marotaba   Hotamning
badiiy qiyofasiga duch kelamiz, u orqali Sa’diyning adolat va saxiylik, olijanoblik
va   ezgulik   haqidagi   g‘oyalari   va   qarashlari   mujassamlanadi.   Ushbu   hikoyalarni
taqdim etishdan muallifning asosiy maqsadi saxovat va saxiylik, muhtoj odamlarga
rahm-shafqat   -   eng   yaxshi   axloqiy   fazilatlardir,   buning   yordamida   inson   yaxshi
44
  Давлатзода   Н.Д.   Формирование   и   эволюция   художественного   образа   Хатама   в   персидско-таджикской
литературе (классический период): АКД.   Душанбе, 2019. – 80 с.‒
47 nomga ega bo‘ladi degan g‘oyani ilgari surish bo‘lgan.
Shayx   Sa’diy   Sheroziyning   hikmatlarga   boy   “Guliston”   asarining
“Qanoatning   fazilati   bayoni”   deb   nomlangan   uchinchi   bobida   ham   Hotami   Toy
bilan bog‘liq hikoyat mavjud. Uning mazmuni quyidagicha:
Hotami   Toydan   “o‘zingdan   saxiyroq   biror   kimsani   ko‘rganmisan   yoxud
eshitganmisan”, - deb so‘radilar. Hotami Toy javob berdi: Ha ko‘rganman, men bir
kuni   arab   amrlarini   ziyofat   qilish   uchun   40  tuya   so‘ygandim.   Ittifoqo,  bir   zarurat
bilan   sahroga   chiqdim   va   bir   o‘tinchini   ko‘rdim.   Men   unga   dedim:   “Nechun
Hotamning uyiga bormaysan, axir, hozir bir talay odam uning dasturxoni atrofida”.
U dedi:
“O‘z mehnatidan non yegan kishi,
Hotam minnatidan ozod yoz- qishi.”
Hotam   dedi:   “Ana   shu   o‘tinchini   men   o‘zimdan   ko‘ra   saxovatliroq   deb
bildim” 45
Sharq   mutafakkirlaridan   yana   biri   Abdurahmon   Jomiy   ham   o‘zining
“Bahoriston” asarida 46
 Hotam va uning tantiligi to‘g‘risida bir rivoyat keltiradi:
Hotamdan  so‘rashibdi:  ”Sen  o‘zingdan  ham  saxiyroq  insonni   ko‘rganmisan?
Ha,   deb   javob   beribdi   u.   Bir   kuni   sahroda   ov   qilib   yurib   adashib   qoldim.   Bir
badaviyning uyida tunab qolishimga to‘g‘ri keldi. U qo‘rasidagi bir qo‘yni so‘yib
go‘shtini  pishirib keldi. Menga  qo‘yning bir  azosi  yoqib qoldi  va maqtay-maqtay
yedim. Oradan ko‘p o‘tmay qo‘y go‘shtining aynan men maqtagan qismini pishirib
keldi. Men uning uyida 2 kun mehmon bo‘ldim. Ikki kun ichida u mening oldimga
faqat menga manzur bo‘lgan taomni pishirib kelaverdi. Nihoyat, uchinchi kun uyga
qaytmoqchi   bo‘lib   tashqariga   chiqsam,   hovli   qonga   to‘lib   ketibdi.   Hayron   bo‘lib
buning boisini so‘radim. Ma’lum bo‘lishicha, uning bisotida 10 bosh qo‘yi bo‘lib,
ikki   kun   ichida   hamma   qo‘ylarini   so‘yib,   go‘shtning   menga   manzur   qismidan
yemak   tayyorlagan   ekan.   Men   uning   bu   qilmishi   uchun   qattiq   koyidim.   Shu
kuniyoq uyimga qaytib, unga besh yuzta tuya hadya qildim. Undagi saxovat meni
tamoman lol qoldirgan edi.
45
 Саъдий “Гулистон” форсчадан Ғуломов  Шоисломов Ш, Комилов Р . ,   б 99 ziyocom.uz kutubxonasi .   
46
 Абдурахмон Жомий .  Баҳористон .  Янги аср авлоди .  2007й.
48 –   Ey   Hotam,   axir,   uning   10   bosh   qo‘yi   qayoqda-yu,   sen   bergan   tuyalar
qayoqda. Sen uning himmatini bir necha barobar qaytaribsan-ku?
–  Yo‘q javob beribdi Hotam. – U men uchun bor- yo‘q davlatini sarfladi. Men
esa boyligimning arzimasgina qismini  berdim, xolos. 
Rivoyatdan   anglanganidek,   Hotami   Toy   faqat   saxiy,   qo‘li   ochiq   bo‘libgina
qolmay,   o‘zgalarning   yuksak   fazilatlaraini   qadrlay   oladigan   inson   sifatida
ulug‘langan.   Uni   mehmon   qilish   uchun   10   bosh   qo’yini   so’ygan   yigitni   o’zidan
ko’ra saxiyroq deb biladi. 
Xuddi shu hikoyat mazmuni Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida
ham keltirilgan.
Islom   davrining   dastlabki   asrlariga   oid   arab   manbalarida   muhim   o‘rin
egallagan Hotami Toy haqidagi ma’lumotlar keyingi davr mualliflarining tarixiy,
axloqiy,   so‘fiylik,   geografik   va   adabiy   asarlarida   bu   obraz   haqidagi   afsonalar   va
hikoyalarning   paydo   bo‘lishi   va   keng   tarqalishiga   zamin   yaratdi.   Chunonchi   XV
asrda   temuriylar   hukmronligi   davrida   yashab   ijod   etgan   ijodkor   Husain   Voiz
Koshifiy   Hotami   Toy   shaxsiyatiga   bag‘ishlangan   “Risolaiy   Hotamiya”   asarini
yozdi.   Shuningdek,   uning   qalamiga   mansub   “Axloqi   Muhsiniy”   asarda   ham   bu
obrazga   atroflicha   to‘xtalingan.   Muallif   “Axloqi   Muhsiniy”   asarining   “Judu
saxovat   va   ehson   bobida”   deb   nomlangan   yigirma   birinchi   bobida   Hotami
Toyning saxovati to‘g‘risida quyidagi baytni keltiradi:
Hotam Toiy jahondan ketti, lekin to abad,
Yaxshi avsofi saho ahli aro qoldi sanad.
Abru dil aning judidin erdi sharmsor,
Himmati olida olam molig‘a yo‘q e’tibor. 47
Mazkur   asarda   keltirilishicha,   Hotamning   javonmardligi   ovozasi
Arabistondan   Yaman   mamlakatigacha   yetib   boradi.   Saxovatining   shuhrati   Shom
mamlakati,   Rum   viloyatigacha   yetadi.   Har   biri   o‘zicha   saxovat   da’vosini   qilib
yurgan   Yaman   maliki,   Shom   podshohi   va   Rum   qaysarining   unga   adovati   paydo
47
  Кошифий   Хусаин   Воиз.   Ахло қи   Муҳсиний   //   нашрга   тайёрловчилар:   М.Аминов   Ф.   Хасанов.   –Тошкент:
Ўзбекистон илмий нашриёти, 2011. – 3 8  b.
49 bo‘ladi. Ularning har biri saxovat yo‘lida Hotam bilan bahslashmoqchi bo‘ladi.
Birinchi   bo‘lib,   Shom   podshohi   Hotamni   sinash   maqsadida   100   bosh   qizil
yungli qora ko‘z tuya so‘rab kishi yuboradi. Bu paytda shunday rangli tuya Hotam
mollari ichida yo‘q edi. Hotam mulozimlarini yig‘ib, “Arab qabilalariga boringlar,
kimda   –   kim   bunday   tuyani   Hotam   huzuriga   olib   kelsa,   ikki   barobar   bahosiga
oladi, yana u kishiga yo‘l qiyinchiliklari uchun in’om hadya qiladi deb aytinglar”
– deya buyruq beradi. Shu yo‘l bilan so‘ralgan 100 bosh tuyani qarzga olib shom
podshohiga   yuboradi.   Bu   holatdan   hayratga   tushgan   podsho   tuyalarga   Misr   va
Shomning   qimmatbaho   matolaridan   yuklab,   Hotamga   yuboradi.   Bularni   olib
borganda,   kimki   menga   tuya   sotgan   bo‘lsa,   o‘z   tuyalarini   tanib   ustidagi   yuklari
bilan   olsinlar   deb   buyuradi.   Tuya   egalari   ularni   olib   ketadi.   Bu   xabar   Shom
mamlakatiga yetgach, podsho Hotamning saxovat va himmatiga qoyil qoladi.
Sahoye Hotamkim shuhrat olmish, 
Degondek rostdur behuda ermas.
Xiraql   otli   Rum   qaysari   Hotamning   sahiyligini   tekshirib   ko‘rmoqchi   bo‘lib,
uchqurlikda   shamoldan   tez,   oqlikda   yashin   unga   o‘zini   o‘xshatishdan   ibo
qiladigan, chaqqonlikda sabo nasimi uning gardini ko‘ziga to‘tiyo qiladigan otini
so‘raydi. Husain Voiz Koshifiy bu holatni quyidagi qit’a orqali sharhlaydi:
Tilay andin bu yanglig‘ bodponi,
Saxovatpesh etib gar bersa oni.
Solaykim, jud ishida himmati nag‘z,
Va gar, na shuhratidir, po‘sti bemag‘z . 48
Shunday   qilib   Rum   qaysari   o‘z   elchisini   yuboradi.   Hotam   xodimlariga
mehmonlar uchun ot so‘yishni buyuradi. Mulozimlar otlarning hammasi yaylovda
ekanligini, uyda faqatgina o‘sha  uchqur  ot  borligini  aytadi. “shu  otni  so‘yinglar”
deb   yuboradi   Hotam.   Ertasi   kuni   elchilar   Rum   qaysarining   nomasini   berishadi.
Hotam   nomaning   mazmunidan   xabardor   bo‘lib   xomush   tortadi.   Buni   ko‘rgan
elchilar “Ey Hotam, agar tulporni berishga shunchlaik parishon bo‘lsang biz seni
majburlamaymiz”-   deydi.   Agar   bu   nomaning   mazmunidan   ertaroq   ogoh
48
 O’sha asar, 46  b.
50 bo‘lganimda u tulporni sizlarga bergan bo‘lardim  deydi Hotam afsus bilan:
Ul ot dersiz oni bod sur’at
Tunu kun ayladim sizga ziyofat.
Havo behad sovuq erdi yog‘ib qor
Ki yilqi sori bormoq erdi dushvor.
Yo‘q o‘lg‘och o‘zga ot eshigimda bog‘liq
Oni ko‘rdim ziyofatga yarog‘liq.
Muruvvatdin emaskim bir zamone,
Gurusna bo‘lg‘ay uyda mehmone.
Ming ot andog‘ agar yo‘q bo‘lsa bo‘lg‘ay,
Ki olam yaxshi otim bilan to‘lg‘ay.
Garchi   Rum   qaysariga   bu   ot   nasib   bo‘lmasa-da,   Hotam   unga   shunga
o‘xshash boshqa otni hadya qiladi.
“Axloqi   Muhsiniy”da   Yaman   podshosining   Hotamning   xayirli   ishlariga
g‘ayirligi   kelib,   uni   o‘ldirishni   buyurgani   va   bunga   javoban   Hotam   boshini
elchining oyoqlari ostiga qo‘yganligi, uning Hotam ekanligini bilgan elchi poyiga
tiz cho‘kib uzr so‘raganligi haqidagi rivoyat ham keltirilgan:
Chu ayyor ul zamon Hotamni bildi,
Hurush aylab oyog‘ig‘a yiqildi.
Ayo ey oliyhimmat so‘zi totlig‘
Kechurgilkim sanga bo‘ldim uyotlig‘.
Seningdek yaxshig‘a bo‘lg‘och badandesh,
Hijolatdan uribman man jonimg‘a nish.
Agarchi tig‘dek erdim bir ofat,
Ki holi qiling‘ong‘a yo‘q menda toqat.
Sening sorig‘a hargiz tig‘ otmam,
Ki hosho, tig‘kim gul birla otmam.
Bu yanglig‘ uzrdan behad dam urdi,
Yo‘lin tutib Yaman sorig‘a burdi.
“Axloqi   Muhsiniy”da   keltirilgan   yuqoridagi   hikoyatning   sujeti   “Muqbil
51 toshotar”   ertagida,   Shayx   Sa’diyning   “Bo’ston”   asarida,   qozoq   adabiyotidagi
“Ikayat   dastan   Hatimtay”da   ham   mavjud.   Keltirilgan   manbalardan   farqli   o’laroq
“Ikayat   dastan   Hatimtay”da   voqealar   Hotami   Toy   bilan   emas   balki,     Hazrati   Ali
nomi bilan bog’liq holda tasvirlanadi (1- bobning 1-qismida bunga to`xtalganmiz).
2.2. Hotam obrazining mumtoz adabiyot badiiyatida tutgan o‘ rni.  O’zbek
mumtoz adabiyotida  Hotami Toy nomi bot-bot tilga olinadi. Adiblar o’z asarlarida
bu   nomni   keltirar   ekanlar   o’zlarining   saxovat   haqidagi   orzu-o’ylarini,   istaklarini
aks   ettirishni   maqsad   qilganlar.   Buni   biz   o’zbek   mumtoz   adabiyoti   namoyondasi
Sayfi Saroiyning “Guliston bit turkiy” asari badiyatida ham ko’rishimiz mumkin..
U   tarjima   asar   bo’lib,   Sa’diyning   “Guliston”   asarining   asosiy   mag’zini   olib,   uni
zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar
bilan to’ldirgan. Asar 8 bobdan iborat bo`lib, har bir bobda hikoyatlar keltirilgan.
Hikoyatlarning   ko’pchiligi   didaktik   mazmun-mohiyat   kasb   etadi.   Shoir   pand-
nasihat   qilish   yo’li   bilan   adolat   va   osoyishtalik   o’rnatish,   zolim   podsho   va
amaldorlarni   insof   va   adolatga   chaqirish,   davlatni   qat’iy   qonun-qoidalar   asosida
boshqarish   orqali   kishilar   xulq-atvorini   yaxshilash   mumkin   deb   hisoblaydi.   Shu
maqsadda   to’g’rilik,   rostg’ylik,   sadoqat   va   marhamat,   saxiylik,   adolat   kabi
fazilatlarni   targ’ib   etadi.   Undan   zamona   hukmdori   Tayxosbek   madhi   ham   o’rin
olgan.
Misr ichinda bor bir orif-u amir,
Eyguliklar dam badam elga ishi.
Lutf-u axloqu karam konidurur,
eygu oti doimo tilda yurur.   
Bu guliston ziynati Tayxosbek,
Hojibul-hujjob sultana xos bek.
Ey malak surat, malik nusrat ayon,
Jud ichinda Hotami Toyi zamon.
Muallif   zamona   hukmdorining   ezgu   ishlarini   ulug’lar   ekan,   uning   go’zal
axloqiy fazilatlari tufayli ezgu oti doimo tillardan tushmasligini yozadi. Saxovatda
uni Hotami Toyga tenglashtiradi. Demak, Hotami Toy nomi barcha davrlarda ham
52 saxiylikning yorqin namunasi bo’lib kelgan.  Bu obrazning Alisher Navoiy ijodida
ham   keng   ko’lamda   aks   etganligini   kuzatishimiz   mumkin.   Saxovat   va   himmat
Navoiy   ijodining   yetakchi   g’oyalaridan   biridir.   Mutafakkir   o’zining   “Mahbub   ul-
qulub”, “Lison ut-tayr” kabi asarlarida saxiylikning yuksak fazilat ekanligini bayon
etadi.     “Xamsa”   tarkibidagi   “Hayrat   ul   abror”   dostonining   beshinchi   maqolotida
saxiylik haqidagi  qimmatli  fikrlar  keltirilgan bo’lib, Navoiy o’z  fikrlarini  Hotami
Toy haqidagi hikoyat bilan mustahkamlaydi. Mazkur hikoyating sujeti Hotami Toy
va   o’tinchi   chol   o’rtasidagi   suhbat   aks   etgan   lavhadan   iborat.   Unga   ko’ra,
kishilardan biri Hotamdan: “O’zingdan ko’ra saxiyroq kishini ko’rdingmi?” – deya
savol   beradi.   Shunda   Hotam   bir   kuni   butun   shahar   ahliga   ziyohat   berayotgan
chog’da   sahroda   bir   o’tinchini   ko’rganini,   nega   Hotamning   ziyofatga
bormaganlikgini so’raganida quyidagicha javob olganligini aytadi:
“K-ey solibon hirs oyog’ig’a band,
Ozu ta’ma bo’ynig’a bog’lab kamand.
Vodiyi g’aratqa qadam urmag’on,
Kunguru himmatqa alam urmag’on.
Sen dog’i chekkil bu tikan mehnatin,
Tortmag’il Hotami Toy minnatin.
Bir diram olmoq chekibon dast ranj 
Yaxshiroq andinki, birov bersa ganj.”
Hotami Toy o’z so’zini quyidagicha yakunlaydi :
Ulki bu yanglig’ so’zi mavzun edi, 
Mendin aning himmati afzun edi. 49
Alisher   Navoiy   bu   hikoyatni   keltirish   orqali   saxiylikni   ulug’lab,   o’z-o’ziga
qarata,   “Ey   Navoiy,   agar   sen   himmatli   bo’lsang,   Hotami   T oy   ham   senga   qul
bo’ladi, ey soqiy, karam izhor qilib bir qadah tut, xayru-ehson nimaligini Hotamga
ko’rsatib qo’y, bizdan yetishmovchilik bo’lsa, sendan karam bo’lsin ” deya fikrini
yakunlaydi.
49
   Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. – Toshkent: G`ofur G`ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. – B.
258.  
53 Bu hikoyatning manbalaridan biri Shayx Sa’diyning ”Bo’ston” asari bo’lib, u
quyidagi bayt bilan xulosalanadi:
O’z mehnatidan non yegan kishi,
Hotam minnatidan ozod yoz-qishi.
Hotami   Toy   obrazi   aks   etgan   hikoyat   Haydar   Xorazmiyning   ”Gulshan   ul
asror”   asari   tarkibida   ham   mavjud.   Haydar   Xorazmiy   Nizomiy   Ganjaviyning
“Mahzan ul-asror” asariga “Gulshan ul-asror” nomi bilan turkiy tilda javob yozib,
unu Sulton Iskandarga bag ishlagan. Asar Nizomiynikidan farq qilib, avval hikoya,ʻ
so ng   shu   hikoyadan   kelib   chiqadigan   xulosa   va   fikrlarni   umumlashtiruvchi   bob	
ʻ
bilan   ta minlangan.   Haydar   Xorazmiy   bu   asari   bilan   o zbek   adabiyotida   she riy	
ʼ ʻ ʼ
hikoyani rivojlantirgan. Ko pchilik hikoyalarida olijanob insoniy fazilatlar  targ ib	
ʻ ʻ
qilingan,   mehnat   va   mehnat   ahli   ulug langan.   Dostonda   markazlashgan   davlat   va	
ʻ
odil   hukmdor   g oyasi   ilgari   surilgan;   axloq-odob,   mehnatsevarlik,   saxiylik,	
ʻ
rostgo ylik targ ib etilgan.	
ʻ ʻ
“Gulshan   ul-asror”   o zbek   epik   she riyati   tarixida   muhim   hodisa   va   turkiy	
ʻ ʼ
tildagi   axloqiy-falsafiy   dostonchilikning   yirik   namunasi   hisoblanadi.   Muallif
saxovat   haqida   fikr   yuritar   ekan,   saxiylik   barcha   ayblarni   yopishini,   baxillik   esa
insonlarni   it   kabi   xorlikka   duchor   qilishini   ta’kidlaydi.   Unda   Hotami   Toy   bilan
bog’liq quyidagi hikoyat keltirladi:
Qofilai bir arabdin magar,
Qildi bani Toy hashamina guzar.
Yo’l oziqib otkali qo’rqushdilar,
Hotami Toy turbatina tushdilar.
Qofilaning o’rtasidin bir fuzul,
Dedi: - kimey Hotami sohib qabul. 
Dunyoda nomus ila qilding maosh,
Yaxshi oting karam birla bo’ldi fosh.
Chun sanga mehmonbiz ey sohib karam,
Har nechuk et, bizni og’irla bu dam. 
So’zladi-yu turbatina tikdi ko’z,
54 Rost hanuz og’zinda edi bu so’z.
Kim tevalarindan semizroq biri,
Bo’ldi saqat ko’rgin eranlar siri.
Bo’ldi yigit so’zlaganidin xijil,
Qo’p tegura boshladi Hotamga til. 50
Shunday qilib shu kecha karvon ahli tuya go shtidan tanavvul qilishdi. Subhiʻ
sahar   vaqtida   uzoqdan   bir   otliqni   ko rdilar.   U   o’zi   bilan   birga   so yilgan   tuyadan	
ʻ ʻ
farq   qilmaydigan   bir   tuyani   yetaklab   kelayotgan   edi.   Qofila   xalqi   u   otliqdan
kelmog ining sababini so radi. Otliq javob berdi:	
ʻ ʻ
Dedikim: - ushbu kecha Hotam o ʻ zi,
Kirdi tushimizga yosharib ko ʻ zi.
Bizga xabar berdiki bir mehmon,
Keldi-yu, mandin tiladi bazla xon.
Bir teva burch oldim alardin dedi,
Ul tevaning belgularin so ʻ zladi.
Bizni oshiqturdiki, ham dar zamon, 
Tong boshida ko ʻ chqusidir karvon.
Hech nimaga boqmay itikroq surung,
Ul tevasining o ʻ zina yetkurung.
Ko ʻ rdi egin ul teva uchun malol,
Uzr qo ʻ ling kim manga qilsun halol.
Hotami   Toy  nomi   bilan   bog’liq  mazkur   hikoyaning   asl   manbasi   islom   davri
namoyondalaridan   bir   Abulfaraj   Isfaxoniyning     “Kitob   al-Aganiy”   asaridir.
Hotami   Toy   va   uning   qabri   atrofida   sodir   bo`lgan   sujetni   badiiy   adabiyotga
birinchi   bo`lib   olib   kirgan   ijodkor   Sa’diy   Sheroziy   hisoblanadi.   Bizningcha,
Haydar   Xorazmiy   Sa’diydan   ta’sirlanib   yozgan   bo’lishi   mumkin.   Chunki   har
ikkala   asarda   ham   tuyani   yetaklab   kelgan   kishining   ismi   aytilmagan.   Abulfaraj
Isfahoniyning   “Kitob al-Aganiy” asarida esa tuyani olib kelgan kishi Hotamning
50
 Haydar Xorazmiy. Gulshan ul –asror.  ziyo uz com.
55 o ʻ gli Adiy ibn Hotam edi deyiladi. Nima bo’lganda ham, bu asarlarning umumiy
sujeti bir xil. Ularda Hotami Toy nomi sharaflangan. 
Shuningdek,   mumtoz   adabiyotimiz   badiyatida   Hotami   Toy   nomini   Xorazm
tarixnavisligining   yirik   namoyondalaridan   biri   Muhammad   Yusuf   Bayoniyning
hamda   Ogahiylarning   asarlarida   uchratamiz.   Xorazm   va   O rta   Osiyo   xalqlariʻ
tarixini   o rganishda   juda   nodir   manba   bo'lgan   ”Shajarayi   Xorazmshohiy”   asarida	
ʻ
Ogahiyning   Muhammad   Rahimxonga   bag ishlab   yozilgan   bir   qasidasida   Hotami	
ʻ
Toy   nomini   tilga   olinadi.   Qasidada   saltanat   komol   topishi   uchun   qanday   ishlar
amalga oshirilmog i kerak, qanday siyosat yurgizish ma‘qulligi haqida batafsil fikr	
ʻ
yuritilgan.   Unda   Muhammad   Rahimxon   adolatda   No shiravonga,   saxovatlilikda	
ʻ
Hotami Toyga qiyoslanadi:
Erur ismi shohi Muhammad Rahim, 
Bahodir abulfathi sohibqiron. 
Raiyat zamonida emin bo ʻ lub, 
Erur barcha lutfidin shodmon. 
Hamono iki ilkidur bahri kon.
 Saxovatda andog ʻ ki, Hotamdurur,
Adolatda andog ʻ ki, No ʻ shiravon. 51
 
  Bu   qasidada   Muhammad   Rahimxonni   ham   adolatli   hukmdor   bo lganligi,	
ʻ
uning   hukmdorligi   davrida   oddiy   xalq   erkin   yashashi,   hukmdorning   lutfidan
hamma   bahramand   bo lganligi   qayd   etiladi.   Eng   asosiysi,   u   karam   va   saxovatda	
ʻ
Hotami Toyga, adolati esa No shiravonga qiyoslanadi. 	
ʻ
Hotami   Toy   nomi   ulug langan   yana   bir   asar   Ogahiy   va   Munis   qalamiga
ʻ
mansub   ”Firdavs   ul-iqbol”   asaridir.   Unda   Xorazm   tarixi   bilan   bir   qatorda   bu
zaminda   hukmronlik   qilgan   hukmdorlar   to g risida   ham   ma’lumotlar   mavjud.	
ʻ ʻ
Shunday   hukmdorlardan   Eltuzar   Muhammad   Bahodirxon   haqida   fikr   yuritilib,
uning   saxovati   madh   etiladi.   Bu   o rinda   muallif   mubolag ali   tasvir   usulidan	
ʻ ʻ
foydalanadi:
51
  Муҳаммад   Юсуф   Баёний .  Шажарайи   Хоразмшоҳий . – Тошкент : F афур  F улом   н o мидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти , 1994. 18- б .
56 Kafi judi andoq sochib siymu-zar,
Ki ul nav yerga sochilmay matar .
Chekib Hotam ollida sharmandaliq,
Tanin tufroq etmish sarafkandaliq.
“Uning himmatli kafti shu qadar siym - u zar sochar ediki, ko’kdan yog adiganʻ
yomg ir ham bu qadar mo l bo lmaydi, u   shunday saxovatli  zotki, biror bir faqir	
ʻ ʻ ʻ
uning dargohidan mahrum qaytmagan”, - deya Eluzarxonni Hotami Toydan ustun
qo yadi. 	
ʻ
O zbek   adabiyoti   badiyatida   Hotami   Toy   obrazi   haqida   so z   borar   ekan,	
ʻ ʻ
ko pgina   yozuvchilar   bu   obrazni   turli   asarlarda   ta’rif-tavsif   etilganligi   ayon	
ʻ
bo lmoqda. Jumladan, “noma” janrida yaratilgan asarlarda ham Hotami Toy obrazi
ʻ
salmoqli   o rin   egallaganligining   guvohi   bo lish   mumkin.   Bu   an’anani   Xorazmiy	
ʻ ʻ
o zining   “Muhabbatnoma”sida   boshlab   bergan   bo lsa,   keyinchalik   Sayyid	
ʻ ʻ
Qosimiy,   Xo jandiy   kabi   ijodkorlar   uni   munosib   davom   ettirganlar.   Sayyid	
ʻ
Qosimiyning   “Sadoqatnoma”   asarida   Hotami   Toy   obrazi   bir   qator   tarixiy   va
afsonaviy   obrazlar   bilan   birga   qo llanilib,   insonni   hayotning   o tkinchi   hoyu-	
ʻ ʻ
havaslariga aldanib qolmaslikka chaqiradi.
Iskandar yetmadi obi hayota
Xizr fe’li kerak ushbu sifota.
Qani Kayxisrav-u Zahhoku Jamshid,
Jahondin bordilar borisi navmid. 52
 
Bu o rinda muallif Iskandarning obi hayot suvini topib ichmoqchi bo lganini,	
ʻ ʻ
ammo   abadiylik   suvi   Xizr   alayhisalomga   nasib   etganligi   to g risidagi   afsonaga	
ʻ ʻ
ishora   qilmoqda.   Ya’ni   Iskandar   shuncha   boylikka   ega   bo lsa-da,   taqdiri   azal
ʻ
oldida   ojiz   ekanligi,   uning   boyliklari   bu   dunyoda   abadiy   qolishiga   yordam
bermaganligi   ta’kidlamoqda.   Shuningdek,   Eron   mifologiyasidagi   afsonaviy
pahlavon   Kayxisrav-u,    Jamshid   va   Zahhoklar   ham   qanchalik   qudratli   bo lmasin,	
ʻ
bu   dunyoni   tark   etganligi   haqida   fikr   yuritiladi.   Muallif   keyingi   o rinlarda
ʻ
o’quvchining   diqqatini   saxiylik   timsoli   Hotami   Toy   va   adolatparvar   shoh
52
  Саййид Қосимий. Садоқатнома.  www.ziyocom . 
57 No shiravon obrazlariga qaratadi:ʻ
Nazar qil Hotam-u No shiravona,	
ʻ
Jahondin qildilar oxir karona.
Said   Qosimiy   bu   obrazlarni   qo llash   orqali   barcha   odamlar   bu   dunyoni   tark	
ʻ
etadi,   faqat   insondan   qoladigan   yaxshi   nomgina   abadiylikka   daxldordir   degan
xulosani   ifodalashni   maqsad   qilgan.   Aynan   ana   shu   fikrlar   adibning
”Haqiqatnoma”   asarining   ham   bosh   g oyasi   hisoblanadi.   Unda   ibrat   uchun	
ʻ
keltirilgan   quyidagi   hikoyatda   boshqa   asarlardan   farqli   o laroq   Hotami   Toyning	
ʻ
shijoatlilik fazilatiga urg u berilgan.  	
ʻ
Bir   otliq   hech   kimni   nazar   pisand   qilmay   saltanatni   egallash   umidi   bilan
yo lga chiqdi. 	
ʻ
Ko ziga ilmay Zahhok-u Kayni,	
ʻ
Teng etmay, bir javiga Judi Tayni. 53
U   shu   darajada   kibrga   berilgan   ediki,   Zahhok-u   Kayxusravlarning   kuchini
ham, Hotami Toyning shijoatini ham ko’zga ilmas edi. Bu o rinda muallif qofiya	
ʻ
talabi   bilan   Hotami   Toy   nomini   qisqartirgan   holda   “Tay”   shaklida   keltirgan.
Shuningdek,   shijoatlilik   ma’nosini   anglatuvchi   “jud”   so zini   yonma-yon   qo’llash	
ʻ
orqali saxiylik va shijoatlilik timsoli Hotami Toy nazarda tutilayotganligiga ishora
qilgan. 
Shunda qilib, haligi otliqning oti ag darilib, o’zi yerga yiqildi-yu, shu zahoti	
ʻ
jon berdi. Boyagina mag rur yo l bosayotgan bu kimsadan ko z ochib yumguncha	
ʻ ʻ ʻ
nom-nishon   ham   qolmadi.   Kibr   insonlarni   falokatga   boshlovchi   illat   ekanligini
ta’kidlash   uchun   keltirilgan   ushbu   hikoyatni   xulosalash   uchun   Sayyid   Qosimiy
yana afsonaviy obrazlarga murojaat qiladi: 
Sulaymon qo ydi taxti xotamini,	
ʻ
Sikandar oldi mulki olamini.
Qani Afrosiyobu hashmati Kay,
Qani No shiravon-u, Hotami Tay.	
ʻ
Bunda   Sayyid   Qosimiy   bir   qator   afsonaviy   obrazlarni:   Hotami   Toy,
53
  Саййид Қосимий. Ҳақиқатнома.  www    .   ziyocom    .  
58 Sulaymon, Iskandar, Afrosiyob, Kayxusrav, No shiravoni odil obrazlarini yonma-ʻ
yon qo llash orqali asar g oyasining ta sirchanligini oshirishga erishgan. 	
ʻ ʻ ʻ
XIV asrning ikkinchi yarmi, XV asrning birinchi choragida yashab ijod etgan
ijodkor Xo jandiyning “Latofatnoma” asarida ham Hotami Toy obrazi keltirilgan.	
ʻ
Ayo faxri salotun shohi davron, 
Zamona maxfari Mahmud Tarxon.
Saxovat bobida chun Hotami Tay,
Shijoat mulkida chun Kovus-u Kay. 54
Xo jandiy hukmdor Mahmud Tarxonni zamonasining faxirli shohlaridan biri	
ʻ
ekanligini madh etar ekan, uni saxovat bobida Hotami Toyga qiyoslaydi. 
 
Bob bo’yicha xulosa
Ikkinchi   bobda   Hotami   Toy   obrazining   o ʻ rta   asr   ijodkorlari   asarlaridagi   talqinini,
shuningdek,   o ʻ zbek   mumtoz   adabiyoti   badiyatida   tutgan   o ʻ rnini   tadqiq   qilish   natijasida
quyidagi xulosalarga keldik:
1.O ʻ rta asrlarda ijod qilgan ijodkorlarning asarlari Hotami Toy obrazining bizgacha
yetib   kelishida   muhim   manba   bo’lib   xizmat   qilganligi   ma’lum   bo ʻ ldi.   Ularga:
Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Muhammad Avfiyning “Javome ul-hikoyat va lavome
ul-rivoyat”,   ”Sa’diyning   “Bo ʻ ston”   va   “Guliston”   asari,   Husayin   Voiz   Koshifiyning
“Risolayi Hotamiya” va “Axloqiy muhsiniy” kabi asarlari kiradi.  Ushbu asarlarda saxovat
va   saxiylik,   muhtoj   odamlarga   rahm-shafqat   kabi   eng   yaxshi   axloqiy   fazilatlar
Hotami Toy obrazi orqali tasvirlanib , bular yordamida inson yaxshi nomga ega bo‘ladi
degan g‘oya ilgari surilgan.
2.   Hotami Toy obrazi o‘zbek mumtoz adabiyotida ham salmoqli o‘ringa ega
54
  Хўжандий. Латофатнома.  www    .   ziyocom    .  
59 bo‘lgan   an’anaviy   obrazlar   qatoriga   kirganligini   kuzatdik.   Haydar   Xorazmiy,
Abdurahmon   Jomiy,   Alisher   Navoiy,   kabi   ijodkorlar   asarlarida   Hotami   Toyning
hayoti   bilan   bog ʻ liq   rivoyatlar   keltirilgan   bo’lsa,   Said   Qosimiy,   Xo’jandiy,
Muhammad Yusuf Bayoniy, Ogahiy, Munis, kabi ijodkorlarning asarlarida talmeh
san’ati   vositasida   Hotami   Toy   bilan   bo’g’liq   mubolag’ali   tasvir   usulidan
foydalanilganligi ma’lum bo’ldi. 
3.   Hotami   Toy   obrazi   asosan   lirik   asarlarda   saxiylikni   targ’ib   qilish   bilan
birgalikda   zamona   hukmdorini   ulug’lash,   uni   saxovatpeshalikda   Hotami   Toyga
mengzash   maqsadida   qo’llanilganligi   aniqlandi.   Hotami   Toy   obrazini   mumtoz
adabiyot badiyatida Iskandar, Doro, Faridun, Jamshid, Afrosiyob, Rustami doston,
ayniqsa,   No ʻ shiravoni   odil   kabi   buyuk   va   afsonaviy   obrazlar   bilan   yon-yon
tasvirlanganligining guvohi bo’ldik.
4.   Tahlil   qilingan   asarlarda   ikki   muhim   jihatga   etibor   qilindi:     birinchidan,
oliyjanoblik   va   saxiylik   islomda   qadrlanadigan   eng   yaxshi   insoniy   fazilatlar
ekanligiga urg‘u berilsa,   ikkinchidan, arab tilidagi   “Hamma narsa o‘z mohiyatiga
qaytadi”   tamoyiliga   ko‘ra,   Hotamning   oliyjanobligi   va   saxiyligi   vafotidan   keyin
to‘xtamaydi va uning qizi ishini davom ettiradi.
III -BOB. “HOTAMNOMAI TURKIY”   FOLKLOR SYUJETLARI ‒
ASOSIGA QURILGAN QISSA
3.1.   “Hotamnoma”ning   yaratilish   tarixi   va   syujet   tuzilishi.   Fors-tojik
adabiyotida Hotam va uning ajoyib sarguzashtlari haqida afsonalarning yaratilish
an’anasi   XVI-XVII   asrlarda   boshlangan.   Fors-tojik   tilidagi   rivoyatlar   ustida
tadqiqot   olib   brogan   olim   Yuriy   Salimovning   so‘zlariga   ko‘ra,   “Sarguzashti
Hotam”   (Hotamning   sarguzashtlari)   XVI   asrda   va   undan   keyingi   davrlarda
tuzilgan deb taxmin qilish mumkin .   Yozuvchi Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy
“Risolayi   Hotamiya”   asarida   ham   Hotami   Toy   haqida   juda   ko‘p   ma’lumotlar   va
bir   qator   hikoya   va   afsonalar   keltirilgan.   Biroq   Hotam   haqidagi   ma’lumot   va
afsonalar tilga olingan ushbu asarda “Hotamnoma” kitobi haqida   biror ma’lumot
mavjud   emas.   “Eron   xalq   ertaklari”   kitobining   muallifi   Alirizo   Zakovati
Karoguzluning   fikricha,   “Haft   Sayri   Hotam”   (Hotamning   etti   sayohati),   ”Haft
60 Insofi Hotam” (Hotamning yetti adolatli ishi) nomlari bilan mashhur “Hotamning
sarguzashtlari” kitobi hijriy XI-XII asrlarda yozilgan, bu asarlar Hotami Toyning
sarguzashtlari aks ettirilgan fors-tojik tilidagi asosiy manba hisoblanadi.
O‘rta     asrlardagi   fors-tojik   adabiyotining   yozma   va   og‘zaki   nasri
tadqiqotchilarining   nuqtayi   nazari   va   ilmiy   izlanishlarining   natijalari   bilan
tanishish   shuni   ko‘rsatadiki,   XVI   asr   va   undan   keyingi   davrlarda   Eron,   O‘rta
Osiyo,   Hindiston,   Turkiya   va   boshqa   sharq   mamlakatlarida   qahramoni   Hotam
bo‘lgan   ko‘plab   afsonalar   paydo   bo‘lgan.   Ayniqsa,   fors   tilida   so‘zlashadigan
mamlakatlarda Hotam haqida afsonalarni yozishga qiziqish kuchli bo’lgan. 
H. Ismoiliyning taxminlariga ko‘ra, XVI asrning birinchi yarmigacha Hotam
bilan   bog‘liq   hikoyalar   og‘zaki   shaklda   mavjud   bo‘lgan.   O’n   yettinchi   asrning
boshlaridanoq   eronlik   muhojir   yozuvchilar   Hindistonga   o‘zlari   bilan   og‘zaki
hikoyalarni   olib   kelishdi,   bu   esa   XVII   asrda   mashhur   hind   roviylari   tomonidan
“Hotamnoma”ning   yozma   nusxalarini   yaratilishiga   sabab   bo`ladi .   Shuni   ham
ta’kidlash   lozimki,   XVI   asr   oxiri   XVII   asr   boshlarida   Eron   olimlari   va
yozuvchilari uchun yashash sharoitlari va ijod qilish tobora murakkablashgani  va
Hindiston   Temuriylar   sulolasi   ilm   ahli   uchun   yaratgan   qulay   sharoitlari   tufayli
ko‘plab     yozuvchilar   va   olimlar   bu   mamlakatga   hijrat   qilishgan.   Natijada
podsholar saroylarida, shaharlar adabiy muhitida hikoya va afsonalar to‘plamlarini
yozish va tuzish rivojlandi. 
Hotami   Toy   obrazining   fors-tojik   adabiyotidagi   badiiy   talqini   bilan
shug‘ullangan N. Tumanov (Davlatzoda) o‘z tatqiqotida garchi Hotam at-Toyi asli
arab millatiga mansub va arab tarixiga tegishli  bo‘lsa-da,  og‘zaki  va yozma arab
adabiyotida   qahramoni   Hotam   bo‘lgan   badiiy   asar   hali   paydo   bo‘lmagan   degan
fikrni   keltirgan.   ”Hotamnoma”ni   1988-yilda   nashrga   tayyorlagan   Akbar
Matg‘oziyev esa Hotam  haqidagi  asar  dastlab arab tilida vujudga kelgan bo‘lishi
ehtimoldan   holi   emasligini,   bu   fikrni   asarning   so‘ngi   hikoyasida   hammomi
bodgardning darvozasiga  “suryoniy til  bila  butubdurki” deb qayd qilingan yozuv
ham   tasdiqlashi   mumkinligini   aytadi.   Lekin   har   ikkala   olim   ham     yozma   fors
adabiyotida   va   og‘zaki   xalq   ijodida   Hotam   haqida   afsonalar   va   rivoyatlarning
61 ko‘plab variantlari mavjudligini ta’kidlashgan.
Tadqiqotchilar   Husayin   Ismoiliy   va   Yusufjon   Salimov   “Hotamnoma”lar
orasida  mavjud bo‘lgan tavofutlar  ro‘yxatlarni  farqlash  va tavsiflash  masalalariga
katta e’tibor berishadi. Hindiston, Eron va boshqa bir qator mamlakatlarda mavjud
bo‘lgan “Hotamnoma”ning qo‘lyozma nusxalari va bosma nashrlari haqida batafsil
ma’lumot   bergan   Husayin   Ismoiliy   asarning   turli   tillarga   tarjima   qilinish   tarixini
ham ko‘rib chiqadi.
Forscha   “Hotamnoma”larning   yozma   variantlari   unchalik   erta   emasligi   va
ularning   paydo   bo‘lishi   tarixi   taxminan   XVII - XVIII   asrlarga   to‘g‘ri   kelishi,
bugungi kungacha saqlanib qolgan “Hotamnoma”ning eng qadimgi nusxasi   XVIII
asrning boshlarida topilishi bu taxminning isboti bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi
to‘g‘risidagi fikrlar ham aynan Husayin Ismoiliyga tegishli. 
Tadqiqotchi   S.Zufarovning   so‘zlariga   ko‘ra,   “Hotamnoma”ning   bir   nechta
yozma   nusxalari   ham   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasining
kutubxonasida   saqlanadi. 55
  Ushbu   nusxalarda   hikoya   muallifi   sifatida   Mirashraf
Rumuzi   yoki   Ashraf   Ramzi   ismlari   tilga   olingan.   Nusxalardan   birida   “Rivoyat
qiluvchilarning ta’kidlashicha, Miromashraf Rumuziy ismli bir rivoyatchi o‘zining
“Javom-ul-hikayat “da aytadi”.   Mirashraf Rumuziyning rivoyat qiluvchi va uning
“Javomi-ul-hikoyat”   kitobining   sarlavhasi   Tojikiston   Respublikasi   Fanlar
akademiyasi   Til   va   adabiyot   institutida   saqlanadigan   73-sonli   qo‘lyozma
nusxasida   ham   qayd   etilgan,   undan   Yu.Salimov   “Hotamning   sarguzashtlari”ni
nashr   etishda   foydalangan.   Shuni   ta’kidlash   kerakki,   Mirashraf   Rumuzi   yoki
Ashraf   Ramzi   ismli   rivoyat   qiluvchi   Hindiston,   Eron   va   O‘rta   Osiyo
kutubxonalarida   saqlanadigan   ro‘yxatlarning   birortasida   ham   uchramaydi.   U
ulamolar   yoki   rivoyat   qiluvchilardan   biri   bo‘lgan   deb   taxmin   qilish   mumkin 56
Fors-tojikcha rivoyat nasrini tadqiq etuvchi Y. Salimov 1967 yilda J.Azizqulov va
S.Davronov   bilan   birgalikda   Tojikistonda   saqlangan   “Hotamnoma”
qo‘lyozmasining ikki nusxasi va Hindistonda 1894-yilda litografik tarzda bosilgan
55
Зуфаров С .  Ҳотами той қиссаси /  ўзбек тили ва адабиёти 1986, №-5 б 32.
56
  Давлатзода   Н.Д.   Формирование   и   эволюция   художественного   образа   Хатама   в   персидско-таджикской
литературе (классический период): АКД.   Душанбе, 2019. – 99 с.‒
62 bitta   nusxasi   asosida   “Sarguzashti   Hotam” 57
  (Hotamning   sarguzashtlari)ning
birinchi nashrini kirill alifbosida nashr etishgan.  
“ O‘zbek tili va adabiyoti ”  jurnalining 1986-yil 5-sonida muallifi Safo Zufarov
bo‘lgan  “Hotami   Toyi  qissasi”   nomli  maqola   e’lon  qilingan.  Maqolada  O‘zSSSR
FA   Hamid  Sulaymonov  nomidagi   qo‘lyozmalar   institiuti   fondida   “Hotami   Toyi”
dostoniga   aloqador   uchta   (№76,854,2921   raqamli)   fors-tojik   tilida   qo‘lyozma,
ikkita   “Hotamnomai   turkiy”   nomidagi   qo’lyozma   (1866,   3596)   raqamlarida
Toshkentda   (1330\1911)   nashr   etilgani,     har   ikkisi   ham   bir   nusxa   kitoblar   260
varaqdan iborat nodir asarlar mavjudligi aytilgan. 58
“Hotamning sarguzashtlari” nashr etilishiga asos bo‘lgan birinchi qo‘lyozma
Tojikiston   Fanlar   akademiyasi   tojik   tili   va   adabiyoti   instituti   kutubxonasida   73-
raqam   ostida   saqlanadi.   Ushbu   qo‘lyozma   1273   hijriy   (1856-1857)   yilda     Mirzo
Abdulloh   Xushxat   ismli   xattot   tomonidan   Buxoroda   yozilgan.   Mazkur   nusxa     til
va uslub nuqtayi nazaridan ko‘plab qo‘lyozma va bosma nusxalardan ustundir.
Tojikiston   nashriyotlari   tomonidan   “Hotamning   sarguzashtlari”ni   nashrga
tayyorlashda foydalanilgan yana bir nusxasi Tojikiston Fanlar akademiyasi Til va
adabiyot   institutining   o‘sha   paytdagi   ilmiy   xodimi   (akademik   M.   Shakuri)   M.
Shukurovning mulki hisoblanadi.  
“Hotamning   sarguzashtlari”   qissasi   Hindistonning   “Safdari”   bosmaxonasida
1894 yilgi nashr qilingan.
Shunday   qilib,   Hindiston,   Eron   va   O‘rta   Osiyo   kutubxonalarida
saqlanayotgan   “Hotamnoma”   qo‘lyozmasining   og‘zaki   varianti   XVI   asr   oxiri
XVII   asr   boshlarida   og‘zaki   ravishda   mavjud   bo‘lgan.   Keyinchalik,   Safaviylar,
Shayboniylar   va   Ashtarxoniylar   sulolalari   davrida   ko‘plab   shoirlar,   olimlar,
yozuvchilar   va   hikoyachilar   Eron   va   Movaraunnahrdan   Hindistonga   ko‘chib
o‘tishgan,   ular   o‘zlari   bilan   “Hotamnoma”ning   og‘zaki   variantini     ham   bu
mamlakatga olib kelishgan. Bu erda u yozma shaklga ega bo‘lgan. Shunday qilib,
Safaviylar davrida Erondan Hindistonga borgan ko‘plab hikoyachilar o‘zlari bilan
Eronda tarqalgan afsonalar va she’rlarni Hindistonga olib borishgan va shu tariqa
57
  Саргузашти Ҳотам. Ирфон. Душанбе, 1967Й, б 297.
58
Зуфаров С. Ҳотами той қиссаси/ ўзбек тили ва адабиёти 1986 №-5, б 32.
63 Hindistonda  rivoyat   nasrining  gullab-yashnashiga  sababchi   bo‘lganlar.  Bularning
natijasida   XVII-XVIII   asrlarda   fors-tojik   rivoyat   nasrida   “Hotam   Tayi   afsonasi”
va uning variantlari “Hotamnoma”, “Hotamning etti sayohati”, “Hotamning ettita
adolatli ishi, “Hotamning sarguzashtlari” kabi asarlar vujudga keldi.
“Hotamnoma”   XIX   asr   oxirida   turkiy   tilga   tarjima   qilingan.   Ilk   tarjima
nusxalaridan   biri   SSSR   FA   Sharqshunoslik   instituti   Leningrad   bo‘limining
qo‘lyozmalar   fondida   С -172   raqam   nomeri   bilan   saqlanadi.   Mazkur   nusxa
Oqsuvda   Muhammadhasan   Olim   tomonidan     forschadan   tarjima   qilingan   bo‘lib,
hijriy   1311(milodiy   1893-1894)   yilda   Mirzo   Abdulqodir   oxun   ko‘chirgan.
Qo‘lyozma   jami   182   varaqdan   iborat   bo‘lib,   o‘rtadan   taxminan   10-12   varaq
yo‘qolgan. 59
 Tadqiqot ob’yektimiz bo‘lgan A. Matg‘oziyev tomonidan 1988-yilda
nashrga tayyorlangan  “Hotamnoma”ning matni  aynan shu  nusxa asosida  nashrga
tayyorlangan.   Yo‘qolgan   sahifalari   esa   1900-yilda   Toshkentda   O.A.Porsev
litografiyasida “Hotamnomayi turkiy” nomi bilan chop etilgan kitobdan olingan.  
3.2.   Hotam   obrazining   xalq   qissasidagi   badiiy   ifodasi.   Sharq   adabiyotiga
xos   No‘shiravon,   Jamshid,   Qorun,   Luqmon,   Hotam   kabi   bir   qator   an’anaviy
obrazlar borki, ularning har  biri ma’lum  bir  insoniy fazilatni  ifodalash va targ’ib
qilish uchun xizmat qiladi. Adolat timsoli No‘shiravoni odil obrazi bilan, donolik,
yuksak   aql-idrok   sohibi   sifatida   Luqmoni   hakim   tilga   olinsa,   qo‘li   ochiqlik,
bag’rikenglik,   saxovat   kabi   insoniy   fazilatlar   Hotami   Toy   nomi   bilan   bog’liqdir.
Sharq adabiyotida Hotamning sarguzashtlari aks etgan asar mavjud bo‘lib, u fors -
tojik   adabiyotida   “Hotamning   yetti   sayohati”,   “Hotamning   yetti   adolatli   ishi”
nomlari   bilan,   qozoq   folklorida   “Hatimtay   jomart”   o‘zbek   folklorida   esa
“Hotamnoma” yoki “Hotamnomayi turkiy” nomi bilan mashhur.   “Hotamnoma” –
folklor   asar   bo‘lib,   muallifi   va   yaratilgan   vaqti   ma’lum   emas.   Asardagi   voqealar
quldorlik va feodalizm tuzumi oralig’ida bo‘lib o‘tgan. Garchi Hotam Yamandagi
Tay   qabilasiga   mansub   ekanligi   tilga   olinsa-da,   uning   boshidan   kechirgan
sarguzashtlari   faqat   Arabistonda   emas,   balki   Hindiston,   Eron,   O‘rta   Osiyo,
Kavkaz, Xitoy kabi bir qancha mamlakatlarda sodir bo‘ladi.
59
  Ҳотамнома/   нашрга   тайёрловчи   ва   сўзбоши   муаллифи:   А.   Матғозиев-   Тошкент:   Адабиёт   ва   санъат
нашриётиб 1988. 4-б
64 “Hotamnoma”   XIX   asr   oxirida   turkiy   tilga   tarjima   qilingan.   Ilk   tarjima
nusxalaridan   biri   SSSR   FA   Sharqshunoslik   instituti   Leningrad   bo‘limining
qo‘lyozmalar   fondida   с-172   raqam   bilan   saqlanadi.   Mazkur   nusxa   Oqsuvda
Muhammad   Hasan   Olim   tomonidan   forschadan   tarjima   qilingan   bo‘lib,   hijriy
1311 (milodiy 1893-1894) yilda Mirzo Abdulqodir Oxun ko‘chirgan. Qo‘lyozma
jami   182   varaqdan   iborat   bo‘lib,   o‘rtadan   taxminan   10-12   varaq   yo‘qolgan 60
.
1988-yilda   Akbar   Matg’oziyev   shu   qo‘lyozma   nusxa   asosida   “Hotamnoma”
kitobini nashr etdi. Yo‘qolgan sahifalarini esa 1900-yilda Toshkentda O.A.Porsev
litografiyasida “Hotamnimayi turkiy” nomi bilan chop etilgan kitobdan to‘ldirgan.
“Hotamnoma”   xalq   og’zaki   ijodining   nodir   namunalaridan   biri   bo‘lib,   unda
inson   tafakkurining   kengligi,   orzu-o‘ylarining   go‘zal   va   beadadligi,   yaxshilik   va
hayotga beqiyos muhabbat o‘z in’ikosini topgan. Saxiylik timsoli Hotami Toyning
ajabtovur sarguzashtlari orqali himmat va muruvvat, do‘stlik va muhabbat, poklik
va   vafodorlik   targ’ib   qilinadi.   Mazkur   asar   fantaziyaga   boyligi,   mantiqiy
mushohadalari,   chiroyli   va   xushmanzara   tasvirlari,   hayotga   optimistik
munosabatlari   bilan   o‘quvchining   diqqatini   o‘ziga   jalb   qiladi.   Bu   asarning
“To‘tinamo”,   “Qirq   vazir”,   “Alif   laylo”   (Ming   bir   kecha)   singarilarga   o‘xshatib,
hikoya   ichiga   hikoya   ulab,   jumboqli   qilib   yozilishi   muallifning   Sharq   adabiyoti
an’anaviy usuli yo‘lidan borganligini ko‘rsatadi 61
.
“Hotamnoma”   –   sarguzasht   qissa.   Asar   kompozitsiyasi   qissa   ichida   qissa
shaklida   bo‘lib,   an’anaviy   qoliplash   usulidan   foydalanilgan.   U   yettita   mustaqil
hikoyadan   tashkil   topgan.   Lekin   har   bitta   hikoyaning   ichida   bir   qancha   kichik-
kichik   hikoyalar   ham   berilgan.   Aynan   shu   jihati   bilan   “Ming   bir   kecha”,   “Chor
darvesh”,   “Kalila   va   Dimna”   kabi   asarlar   kompozitsiyasiga   o‘xshab   ketadi.
Shunday bo‘lsa-da, “Hotamnoma” kompozitsiyasi ba’zi jihatlari bilan ulardan farq
qiladi,   yuqoridagi   asarlarda   asosiy   hikoyachining   o‘zi   qissaning   qahramonidir,
ammo   “Hotamnoma”da   bosh   qahramon   hikoyachi   emas,   Hotam   barcha   voqea-
hodisalarning   faol   ishtirokchisi.   Bundan   tashqari,   yuqorida   tilga   olingan
60
  Ҳотамнома. Нашрга тайёрловчи ва сўзбоши муаллифи: А.Матғозиев. − Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. –  4  б .
61
  Зуфаров С .  Ҳотами тойи қиссаси. / / «Ўзбек тили ва адабиёти», 1986. № 5. –  32-34 б .  
65 asarlarning   turli   boblarida   berilgan   afsonalar   va   hikoyalar   o‘rtasida   birlik   va
yaxlitlik yo‘q.   “Hotamnoma”da barcha qissalar va afsonalarda bosh qahramonning
mavjudligi, shuningdek, ular orasidagi bog’liqlik sujetning kompozitsion birligini
mustahkamlaydi.
“Hotamnoma”da   saxiylik,   to‘g’rilik   rostgo‘ylik,   sevgi   va   sadoqat,   insonlar
o‘rtasidagi   do‘stlik,   mehr-shavqat,   tinchlik,   farovonlik   kabi   ezgu   g’oyalar
tarannum etilgan. Bu g’oyalarning ko‘pi Husnbonu tominidan berilgan shartlarda
ham o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham asarda ular shartli ravishda har bir
bobning   sarlavhasi   qilib   olingan:   1-safar   “Bir   martaba   ko‘rdim,   yana   ko‘rmak
havasim   bor”,   2-safar   “O‘bdanliq   qilg’in,   daryog’a   tashla”,   3-safar   “Yomonliq
qilmag’in,   agar   qilsang,   ul   yomonliqni   topasan”,   4-safar   “Rost   aytg’uchig’a
hamisha   rohat   oldidadur”,   5-sahar   “Bor   emishkim   jahonda   ko‘hi   Nido,   nega   ul
ism   erur   anga   paydo?”,   6-safar   “Murg’obi   tuxumidek   marvaridning   juftini
qidirib”, 7-safar “Hammomi bodgardning siri”, deya nomlangan.
Asarning   bosh   qahramoni   Hotam.   U   asarning   boshidan   oxirigacha   ishtirok
etadi.   Asar   muqaddimasida   uning   yetti   ajdodi   sanab   o‘tilgan:   Hotam   binni   Tay
binni   Qahlon   binni   Rasan   binni   Naxshab   binni   Qahton   binni   Hud.   Shuningdek,
unda   Hotamning   onasi   haqida   ham   ma’lumot   berilgan   …Adan   otlig’   duxtarki,
Tayning   ammasining   qizi   erdi 62
.   Muqaddimadan   so‘ng   “Xuroson   podshohi
Kurdonshoh va Barzax bozorgonning qizi Husnbonu hikoyati” keltiriladi.
Unda   asar   voqealari   zanjirining   asosiy   sababchisi   bo‘lgan   Husnbonu   ismli
qiz,   Otasi   savdogar   Barzax,   Xuroson   padshohi   Kurdanshoh   haqida   hikoya
qilingan.   Qiz   12   yoshga   yetgach   otasi   safarda   halok   bo‘ladi,   unga   Kurdonshoh
mehribonliklar   ko‘rsatadi.   Beqiyos   go‘zal   bo‘lganligi   sababli,   ko‘p   sonli
shahzodalar   unga   uylanish   uchun   sovchi   qo‘ya   boshlaydilar.   Sovchilardan
qutulish uchun u enaganing maslahati bilan yettita qiyin savollarni taklif qiladi va
kimda-kim bu savollarga javob bersa, shunga turmushga chiqishini ma’lum qiladi.
Malika   Husnbonuga   oshiq   bo‘lgan   ko‘pchilik   uning   sirli   savollariga   javob   bera
62
  Ҳотамнома. Нашрга тайёрловчи ва сўзбоши муаллифи: А.Матғозиев. − Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. –  9  б .  
66 olmaydi   va   umidsizlikka   tushib,   o‘z   mamlakatiga   qaytib   ketadi.   Ulardan   biri,
Xorazm   shahzodasi   Munirshoh,   Husnbonuning   savollariga   javob   bera
olmaganidan   so‘ng   sahroga   chiqib,   uning   atrofida   shikoyat   va   nola   qilib
yuradi.   Bir   kuni   u   Yaman   davlati   chegaralariga   borib   qoladi   va   bu   mamlakat
shahzodasi Hotamni uchratadi. Boshidan o‘tgan voqealarni so‘zlab beradi.    Hotam
u bilan do‘stlik ahd-u paymonini tuzib, yigitga sevgilisi bilan birlashishga yordam
berish   uchun   yo‘l   oladi.   Shu   maqsadda   u   Munirshoh   bilan   birgalikda   Yamandan
Husnbonu   mamlakatiga   jo‘naydi.   Shundan   so‘ng   qissaning   asosiy   voqealari
boshlanadi. 
Hotamning birinchi sayohati Husnbonuning quyidagi savoli bilan boshlanadi:
”Bir kishi aytadur, bir martaba ko’rdim, ikkinchi martaba ko’rmak havasim bor”.
Ul kishi qayondur, nimani ko’ribdurki, ikkinchi marta ko’rmak havasidadur?
Hotam   ushbu   baytning   muallifi   qayerdaligini   aniqlashi   va   u   nimani
ko'rganini va ikkinchi marta ko'rishni orzu qilganini aniqlashi kerak edi.
Shu maqsadda Hotam birinchi safariga jo'naydi va u bilan bir-biriga aloqasi
bo'lmagan   va   faqat   uning   ishtirokida   birlashgan   alohida   hikoyalarni   tashkil
etuvchi   bir   nechta   voqealar   sodir   bo'ladi.   Avvalo,   Hotam   och   bo'rining
changalidan ona  kiyikni qutqaradi.   Bo’ri kiyikini yemasligi uchun u tizzasidan bir
bo'lak   go'shtni   kesib,   bo'riga   beradi.   Buning   uchun   bo'ri   Huvaydo   dashtining
joylashgan joyini ko'rsatadi.
Jarohatdan aziyat chekkan Hotam bir daraxtning soyasida o’tirganda bir juft
shog’ol   keladi.   Shag’ol   bu   zot   Hotam   ekanligini   bilib   Mozandaron   o'rmonidan
tovusning narining boshini Hotamning sag’risiga suradi, Hotam tuzaladi. Ularning
yaxshiligiga javoban Hotam shog’ollarning bolalarini yirtqich qushlardan himoya
qiladi.
  Asarda     Hotam   jonivorlarning   tilini   tushuna   oladigan   qahramon   qiyofasida
gavdalangan.   Bunga   misol   qilib   moda   kiyikni   yemoqchi   bo’lgan   bo’ri   bilan
Hotamning suhabatini keltirish mumkin:
-Ey nomard hayvon, bu moda kiyikni qo’yib bermading. Bolalari bor.  
-Bo’ri turib zabong’a keldi, aytdiki:
67 - Magar sen Hotammu, mundoq shavqatni dilingda tutibsan? 
Shuningdek,   Hotamning   shog’ollar     bilan   bo’lgan   suhbatini   ham     eslash
o’rinli.   Ona   kiyikni   qo’yib   yuborishi   uchun   bo’riga   o’z   sag’risidan   bir   bo’lak   et
kesib   bergan   Hotam   Shog’ollarning   muolajasidan   so’ng   darddan   forig’   bo’ldi.
Hotam shog’ol tarafga mangib ayttiki:
- Ey hayvon, nima ehsondurki, man g’aribning borasida qilding. Ammo xo’b
qilmadingki, maning uchun birovni o’ldirding. Aning vuboli manga bo’ldi.
Shag’ol ayttiki:
-Bu gunoh  maning bo’ynimda san xotiringni jam qilgin… 
 Folklor asarlarida qush (qarg’a) yoki jonivorlar tilini bilish motivining tarixiy
ildizlari   qadimgi   totemistik   tasavvurlarga   bog’lanadi.   O’tmishda   totem   sifatida
qadrlangan   jonivor   tilini   biladi,   u   bilan   tillasha   oladi,   deb   tasavvur   qilingan
kohinlar   magiya   va   boshqa   sehirli   yo’llar   vositasida   totem   bilan   muloqotga
kirishganlar.   Yoshlarni   jangovorlik   iqtidori,   ruhiy   va   jismoniy   kamolotini   sinab
ko’rish   marosimi   –   initiatsiya   chog’ida   ularga   totem   bilan   “gaplashish”   undan
madad   so’rashning   magik   usullari   o’rgatilgan.   Dastlab   totemistik   mifning
an’anaviy   sujet   elementi   sifatida   yuzaga   kelgan   bu   motiv   keyinchalik   epik
janrlarga,   xususan,   ertaklarga   diffuziyalangan.   Qush   yoki   jonivorlar     tilini   bilish
motivi dunyo xalqlari folklorining tipologik mushtarakligiga misol bo’la oladigan
hodisalardan   biri.   Atoqli   folklorshunos   Sh.Shomusarov   monografiyasida   qush
(jonivorlar)tilini   bilish   motivining   o’zbek   folkloriga,   xususan,   ertaklarga   arab
folkloridan   transformatsiyalashganligini   ta’kidlaydi.   Arab   va   o’zbek   xalq
ertaklarida   qahramonning   qushlar   (jonvorlar)   tilini   qanday   qilib   o’rganganligi
haqidagi   epik   motiv   uchramaydi.   Ammo   dunyo   xalqlari   folklori   materiallarining
tahlili arab va o’zbek xalq ertaklarida shunday mifologik talqin mavjud bo’lganini
bildiradi. 63
 
      Shuningdek,   Hotam   bu   safari   davomida   xirslar   (ayiqlar)   to’dasiga   duch
kelib   ayiqlar   podshosining   qiziga   uylanib   sehirli   muhrani   qo’lga   kiritadi,
63
  Шомусаров Ш. Араб ва ўзбек фольклори тарихий-қиёсий таҳ лили. – Тошкент : Фан, 2002.
68 sahrodagi cho’ldan dashti Huvaydoning daragini, tilsimli hovuzning sir-asrorlarini
o’rganib   oladi.   Va   nihoyat,   dashti   Huvaydoga   kelib   “Bir   martaba   ko’rdim,
ikkinchi martaba ko’rmakka havasim bor” - deya nido qilayotgan pirni topadi va
undan   bu   xitobning   sirini   bilishga   muvofaq   bo’ladi.   Shohobodga   borib   ko’rgan-
kechirganlarining   barchasini   Husnbonuga   aytib   berish   bilan   birinchi   safarini
yakunlaydi. 
Huvaydo   dashtidagi   chol,   tilsimli   hovuz,   pari   qizlar,   to’kin   daturxon
bularning   barchasi   qissada   ramziy   ma’noga   ega.   Ular   o’quvchini   hayotning
o’tkinchi   ekanligiga,   bir   marotaba   ko’rgulik   hoyu-havasga   aldanib   qolmaslik
kerakligiga chorlaydi.  
Hotamning   ikkinchi   safari   “O’bdanliq   qilg’in   –   daryog’a   tashla”   deb
nomlanadi.   Bu   safar   voqealaridan   kelib   chiqadigan   umumiy   xulosa   “Yaxshilik
qilgin   –   daryoga   tashla,   bilsa   baliq   bilar,   bilmasa   –   xoliq”   degan   o’zbek   xalq
maqoliga to’g’ri keladi. Safari mobaynida Hotam Shahrobi otliq shaharning Xoris
bozorgon   degan   savdogarining   qiziga   oshiq   bo’lgan   yigitning   murodini   hosil
qilishga   bel   bog’laydi.   O’z   muhabbatiga   erishish   uchun   qator   qiyinchiliklarni
boshidan   kechirgan   oshiq   personaj   va   unga   yordamga   shaylangan   qahramon
obrazi   adabiyotda,   ayniqsa,   folklor   asarlarida   ko’p   uchraydi.   “Qiron   botir”
ertagida   Qiron   botir,   “Alpomish   ”   dostonida   Qorajonning   Alpomishga   bo’lgan
munosabati   kabilarni   eslash   kifoya.   Hotam   ham   ana   shunday   obrazlar   sirasidan
bo’lib,   Xoris   bozorgonning   qizi   tomonidan   qo’yilgan   shartlarni   bajarishga   bel
bog’laydi.   Qizning   uch   sharti   bo’lib,   birinchisi:   “Shaharning   toshida   bir   g’or
bordur.   Hech   kishi   ul   g’org’a   borg’on   yo’q.   Ma’lum   emasdurki,   bu   g’orning
xabari   nimadur?”,   ikkinchisi:   Juma   kuni   sahrodan   shunday   ovoz   keladi   ”Koreki
korg’a   keladurg’on   bo’lsa   bu   kecha   korg’a   kelur   edi   –   men   qilmadim”.
Uchinchisi:   “Shoh   muhraki,   parining   qo’lida   bordur,   kelturib   menga   bergin”.
Hotam birinchi topshiriqni bajarish uchun yo’lga chiqadi. Bu safar davomida g’or
ichida   devlar   makoniga   yo’liqib,   Xiradshohni   va   uning   qizini   davolaydi.   Bunda
unga  xirsning  qizi   bergan  muhra  yordam   bradi. Shunday  qilib,  g’or   tavsilotlarini
Horis bozorgonning qiziga aytib, ikkinchi shartni bajarishga otlanadi. 
69 G’orning   tavsilotlarini   aniqlashda   Hotamga   ayiqning   qizi   bergan   muhra
asqotadi. Bu muhra (tumor) sehirli kuchga ega bo’lib, Hotamga og’ir vaziyatlarda
qo’l   keladi.   Chunonchi,   Hotam   g’orda   yashovchi   devlarning   hukmdori   va   uning
oila   a’zolarini   shu   muhra   yordamida   davolaydi   va   devlarning   qahridan   qutiladi.
Umuman,   folklor   asarlarida   sehirli   predmetlarga   murojat   qilish   o’rinlari   ko’plab
uchraydi.   Bunday   buyumlar   qahramonning   eng   yaqin   yordamchisi   bo’libgina
qolmay, asar sujetining g’ayrioddiy ahamiyat kasb etishida ham o’ziga xos o’ringa
ega.   Ot   yoli,   sehirli   ko’zgu,   sehirli   olma,   sehirli   taroq   kabilarni   misol   qilib
keltirish   mumkin.   Qolaversa,   ular   qahramon   epik   sarguzashtlarini   boyituvchi
badiiy   detall   sifatida   ishtirok   etadi.   “Hotamnoma”da   ham   bunday   buyumlar   asar
poetikasida   o’ziga   xos   o’ringa   ega.   Hotam   sarguzashtlari   davomida   bir   qancha
sehrli   buyumlardan   (xirsning   qizi   bergan   muhradan,   ilonlar   podshohi   Xurjun
tomonidan ilon tishlasa zahri kor qilmaydigan, ushlaganda o‘t yaqin kelmaydigan,
sohir   sehr   qilsa,   uni   botil   qiladigan   asodan 64
  foydalanadi.   Ularning   sehrli
xususiyatlari   qissa   qahramoni   og’ir   ahvolda   qolganligida:   baliqning   qornidan
omon chiqishda, qaynab turgan yog’da, changalzorda ilonlar  zahridan qutilishda,
azim  daryodan o‘tishda, daryodagi saratonni  yengish kabilarda namoyon bo‘ladi.
Lekin   shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,   Hotami   Toy   obrazining   to‘laqonli
tasvirida   bu   sehrli   vositalar   yordamchi   motiv   rolini   o‘ynaydi,   xolos.   Chunki
Hotam eng og’ir vaziyatlarda ham, asosan, o‘z aql-zakovati va jasoratiga tayanib
ish ko‘radi (Malikaning 3 savoliga javob topadi ) va adolat tantanasiga erishadi. 
  Qissadagi   yuqorida   tilga   olingan     sehrli   buyumlar   o‘ziga   xos   xususiyatlari
shundan   iboratki,   muhrani   tutg’uvchi   daryoda   g’arq   bo‘lmaydi,   ilon   va
kajdumning   zaxri   kor   qilmaydi,   o‘tda   kuymaydi,   ko‘zining   ko‘rligi   bartaraf
bo‘ladi,   kimki   o‘zi   bilan   tutsa,   jangda   g’olib   bo‘ladur,   barcha   vahushu   tuyur   ul
kishiga mute bo‘ladur, aqli ziyoda bo‘ladur, moli to‘la jam bo‘ladur 65
... 
Shuni   takidlash   kerakki,   mazkur   sehrli   buyumlar   xalqning   asriy   orzu   –
istaklarining   nishonasi   sifatida   qissada   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu
64
  Ҳотамнома. Нашрга тайёрловчи ва сўзбоши муаллифи: А.Матғозиев. − Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. –  102  б .
65
 O`sha asar.  –  112  б .
70 detallarning   qissa   sujetiga   kiritilishida   o‘ziga   xos   ramziylik   mavjud.   Ularda
xalqning   asriy   orzulari:   bedavo   dardlarga   davo   bo‘ladigan   dorilarning   bo‘lishi,
turli   tabiiy   ofatlarning   bartaraf   etilishi,   insonlar   turmush   tarzining   yengillashishi
kabi istaklar aynan mana shu sehrli predmetlar vositasida ifodalangan. 
Ikkinchi   shartni   bajarish   uchun   yo’lga   chiqqan   Hotam   bir   qishloqqa   Haluqa
otliq   maxluq   hujum   qilganligini,   qishloq   ahli   unga   chora   topolmayotganligini
ko’radi. Shahar ustalariga ko’zgu yasatib, u maxluqni o’ldirishga muvofaq bo’ladi.
Shaharni   bu   balodan   qutqargan   Hotam   bir   qabristonga   duch   keladi.   Bu   yerda   u
hayotlik   chog’ida   insonlarga   yaxshiliklar   qilgan   marhumlarga,   va   imkoni   bo’la
turib   bunday   xayrli   ishlarni   amalga   oshirmagan,   shu   sababli   “ Koreki   korg’a
keladurg’on   bo’lsa   bu   kecha   korg’a   kelur   edi   –   men   qilmadim”,   -   deya   afsus
chekayotgan   marhum   –Yusuf   savdogarning   ahvoliga   guvoh   bo’ladi.   Yusuf
bozorgonning   iltimosini   bajarish   uchun   Chin   shahriga   otlangan   Hotam   bir-biriga
aloqasi   bo’lmagan,   ammo   barchasida   uning   ishtiroki   bo’lgan   sarguzashtlarni
boshidan   kechiradi.   Chunonchi,   bir   musofirni   o’ldirishga   uringan   qora   ilon
voqeasi, “Bedod” otlig’ shahar va uning malikasing 3 savoliga yo’liqadi.
“Hotamnoma”ning   sujeti   sarguzasht   voqealar   tizimidan   iborat.   Voqealar
rivojida   tilsim   muhim   o‘rin   tutadi.   Tilsim   o‘zbek   folklor   asarlarining   ertaklar,
dostonlar,   xalq   qissalarining   ajralmas   qismidir,   u   ilmiy   tushunchaga   ko‘ra   sehr-
jodu   notabiiy   kuchining   g’ayrioddiy   hosilasini   ifodalaydi.   Uning   epik   namunasi
narsa va hodisalarning yo‘qdan bor, bordan yo‘q bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Eng
muhimi u notabiiy narsa hodisalarni yaratib, qahramon qiyofasini ideallashtirishga
xizmat qiladi 66
.
“Tilsim”  arabcha so‘z bo‘lib, jodu quvvatiga egaligi bois turli-tuman qiziq va
ajoyib   shakllarda   mavhum   xayollarning   namoyon   bo‘lishi   yoki   yerga   ko‘milgan
xazina   ustida   ko‘rinadigan   qo‘rqinchli   jimjimalardir.   “ Jodu”   forscha   so‘z   bo‘lib,
sehr, arvohni  anglatadi. Narsa va hodisalardagi  g'ayritabiiy favqulodda kuch yoki
xususiyatlari hisoblanadi 67
. 
66
  Jo‘rayev M., Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Barkamol fayz media, 2017.
– 180 b.
67
 Safarov O. O‘zbek xalq og’zaki ijodi: – Toshkent: Musiqa, 2010. – 368 b.
71 “Hotamnoma” asarida ham tilsim va tilsimli hodisalar ta’sirchanlikni orttirib,
qissa ga   o‘ziga   xos   ruh   bag’ishlagan.   Tilsim   sujetning   asosiy   bezagi,   asar
poetikasining   tarkibiy   qismi   bo‘lib   xizmat   qilgan .   Yettita   bobning   deyarli   har
birida qandaydir tilsimli voqeaga guvoh bo‘lish mumkin. Asarda ilon bilan bog’liq
tilsimli   lavhalar   ko‘p   uchraydi.   Oq   va   qora   ilon   voqeasi,   ”Bedod”   otli   shahar
malikasining   ilon   tomonidan   jodulab   qo‘yilishi,   asli   jin   qavmidan   bo‘lgan,
otasining   xunini   olish   uchun   jang   qilayotgan   oq   va   qora   ilonlar   bilan   bog’liq
tilsimotlar shular jumlasidandir. 
Asar  sujetini  harakatga  keltirishda  bir   qancha  motivlar:  sayohat,  sarguzasht,
qahramonlik   shart-sinov,   tush   kabilar   yetakchilik   qilgan.   Shu   o‘rinda   folklor
asarlarda   motiv   tushunchasiga   to‘xtalib   o‘tish   o‘rinli.   “Adabiyotshunoslik
terminlarining   ruscha   –o‘zbekcha   izohli   lug‘ati”da   “motiv ”   –   sujet   tarkibidagi
halqalardan   biri”,   deyilgan.   Sujet   asar   mazmunini   tashkil   etgan   voqealar   tizimi
bo‘lsa,   motiv   shu   voqelikni   yuzaga   keltiruvchi   asosiy   unsur   hisoblanadi.   Ya ’ ni
epik   asar   qurilma-strukturasini   motivlarsiz   tasavvur   etish   mumkin   emas.   Epik
asarlarning sujet va motivi haqida mutaxassis olimlarning qarashlari turlicha. Biroq
ko‘pchilik   folklorshunoslar   rus   olimi   A.N.Veselovskiyning   bu  boradagi   fikrlariga
asos   sifatida   tayanishadi.   Olim   motivlarning     s   u   j   e   t   n   i   yuzaga   keltiruvchi   eng
asosiy   bo‘g‘   in   ekanini   ta’kidlab,   “Motivlar   birlashib   sujet   halqasini   yuzaga
keltiradi”   deydi.   U   motivlarni   sujetning   eng   kichik   bir   bo‘linmas   bo‘lagi   sifatida
tahlil etadi 68
. 
Har qanday epik ijod o‘z qurilmasiga ega. Motiv esa ana shu qurilmada asosiy
o‘rin   tutadi.   Shunday   ekan,   folklor   asarlari   tahlili   motivlar   tahlili   orqali   amalga
oshmog’i   kerak.   Epik   asarlardagi   motivlarni   aniqlash,   har   bir   motivning   boshqa
motivlar bilan bog’liqlik jihatlarini, ichki harakat va xususiyatlarini, badiiy-estetik
vazifalarini tahlil etish folklorshunoslikdagi muhim masalalardan biridir. 
Malumki, epik asar  sujeti, albatta, biror  makon va zamonda kechar  ekan, bu
harakat, shubhasiz, motivlar harakati orqali amalga oshiriladi.  Hotamnoma sujetida
ham bir nechta motivlarning ishtiroki butun sujetdagi davomiylikni ta’minlagan.
68
  Jo‘rayev M., Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Barkamol fayz media, 2017.
– 105 b.
72 Asar   sujetida   shart-sinov   motivi   alohida   ahamiyatga   ega.   Sujetda   sinov
motivining  ikki  xil    ko‘rinishi:   a)  jumboqli  sinov;  b)  qo‘l  kuchi-musobaqa  sinovi
tarzidagi   lavhalar     salmoqli   o‘rin   egallagan.   Jumboqli   sinov   qahramon   aql
quvvatini   sinash   orqali   inson   aql-u   zakovatini   ulug‘lashga   xizmat   qilsa,     qo‘l
kuchi-musobaqa   sinovi   qahramonning   jismoniy   kuch-qudratini   sinab,   inson
jismoniy kamolotini sharaflashga xizmat qiladi. 
Asar   sujetida   shart-sinov   motivi   alohida   ahamiyatga   ega.   Zotan   qissaning
boshlanishi, ya’ni Husnbonuning yetti savolining javobini topishning o‘zi asarning
bosh   qahramoni   Hotamning   aql-zakovatini   sinash,   irodasini   toblashning   bir
ko‘rinishidir.   Bundan   tashqari,   qissa   ichida   kichik   hikoyalar   borki,   ularning
aksariyati   sinov   motivi   negizida   shakllangan.   Chunonchi,   Hotam   Yusuf
bozorgonning   istagini   bajarish   uchun   Chin   shahriga   kelganida   Bedod   otlig’
shaharga   kiradi.   Malika   shaharga   kelgan   musofirlarning   aql-zakovatini   sinash
uchun  uchta   savol   berar,  kim   bu  savolning   javobini   topa   olmasa,   boshini   tanidan
judo qilar edi. Qissa qahramoni Hotamga ham quyidagi uch savol beriladi: 
1-savol.   Ul   qatra   qaysi   daryodirki,   aningdin   jondor   paydo   bo‘ladi?     Hotam
javob   beradi:   Ul   daryo   odamning   boshidir,   ul   qatra   nutfaidirki,   odam   paydo
bo‘ladur. 
2-savol. Ul qaysi  mevaki, shirindur, hamma vuhush-u tuyur, odamg’a undan
lazizrog’i   bo‘lmaydur?   “Ul   farzanddir”,   -   deb   javob   beradi   Hotam.   3-savol.   Ul
nimadurki, hech kishiga lozim emas va ul albatta keladur?   “U o‘limdir”, - deydi
Hotam. Shunday qilib, u o‘z aql-zakovati tufayli bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tadi
va   malikani   ham   tilsimotdan   qutqaradi.   Sinov   maqsadida   murakkab   savollarning
berilishi   va   unga   oqilona   yondashuv   xalq   og’zaki   ijodiga   xos   bo’lgan   sujet
elementlaridan   biri   hisoblanadi.   Buni   ko’plab   ertak   va   dostonlar   sujeti   misolida
ko’rish mumkin. O’zbek xalq ertaklaridan biri  “Dono qiz” ertagiga diqqat qilaylik:
Qadim   zamonlarda   bir   podsho   o’tgan   ekan.   Kunlardan   bir   kun   podsho   o’z
eliga   ikkita   savol   beribdi.   Shirindan   shirin   nima-yu,   achchiqdan   achchiq   nima?
Podsho   bu   savolning   javobini   topish   uchun   40   kun   muhlat   beribdi.   “Agar   biror
kimsa savolning javobini bilmasa yurtga qirg’in solaman” - debdi. Bu savolga hech
73 kim   javob   topa   olmabdi.   Shu   mamlakatda   bir   kambag’al   chol   qizi   bilan   kun
kechirar ekan. Qizi otasini chaqirib: “otajon siz podshoning oldiga borib savolning
javobini   ayting   va   yurtni   qutqaring”,   –   debdi.   Shirindan-shirin   –   bola   shirin,
achchiqdan-achchiq   –   o’lim   achchiq   deng”   -     debdi.   Chol   bu   gaplarni   podshoga
aytibdi. Podsho qizning donoligiga qoyil qolibdi.
  “Hotamnoma”da   tush   motivining   o‘rni,   boshqa   motivlar   bilan   munosabati,
voqelikni yuzaga keltirishdagi tadrijiy rivoji o‘ziga xos tahlilni talab qiladi.  O zbekʻ
xalq   og’zaki   ijodida   badiiy   tasvirlangan   tushlar   sinchiklab   o rganilsa,   ularda	
ʻ
xalqimizning   tush   hodisasi   va   bu   o ziga   xos   tizim   haqidagi   e tiqodiy   qarashlari	
ʻ ʼ
yanada   oydinlashadi.   Ushbu   holat,   birinchi   galda,   tush   ko rish   bilan   bog liq	
ʻ ʻ
tasavvurlar   tasviri   misolida   yaqqol   namoyon   bo ladi.   Ma lumki,   xalqning   qadim	
ʻ ʼ
dunyoqarashiga   ko ra,   kishi   uyqudaligi   vaqti   uning   ruhi   ravoni   tanani   ma lum	
ʻ ʼ
muddatga   tark   etib,   tashqi   dunyo,   o zga   olam   va   o lchamlarda   sayr-sayohatda	
ʻ ʻ
bo ladi.   Ruhning   ana   shu   sayohati   davomida   ko rgan-kechirgan,   eshitgan,	
ʻ ʻ
bilganlari   tush   deyiladi.   “Hotamnoma”   sujetida   tush   motivi   qahramonlar   qiyin
vaziyatda   qolganida,   qanday   yo‘l   tutishni   bilmay   turgan   bir   paytda,   sujetning
mantiqiy davomini ta’minlashda yordamga keladi. Misol uchun, asarning uchinchi
bobida Hotam yettita o‘g’rining qo‘liga tushib chohga tashlanadi. Chohdan qanday
chiqishni   bilmay   boshi   qotgan   qahramon   o‘zini   taqdirning   hukmiga   tashlaydi   va
uyquga   ketadi.   Tushida   bir   kishi   chohda   ganj   borligini   va   tongla   ikki   kishi   kelib
uni   bu   chohdan   chiqarishini   aytadi.   Ertasi   kuni   tushida   aytilgan   voqealar   sodir
bo‘ladi.   Shuningdek,   asarda   “O‘bdanliq   qil,   daryog’a   tashla”   jumlalarini   o‘ziga
shior   qilib   olgan   personaj   ham   unga  g’oyibdan  berilgan   tillalarni   tushi   vositasida
bilib oladi. Barzax bozordonning qizi Husnbonu Kurdonshoh tomonidan shahardan
quvilgach,   sahroning   o‘rtasida   tush   ko‘radi   va   tush   vositasida   hayotini   tamomila
o‘zgartirib   yuboradigan   boylik   ko‘milgan   joyning   xabarini   bilib   oladi.
Anglanganidek,   tush   qissa   qahramonlariga   g’oyibdan   berilagan,   ezgulik   yo‘lida
sarflanishi   lozim   bo‘lgan   boylik   to‘g’risida   xabar   beruvchi   vosita   rolini   ham
bajaradi.
O‘zgalarning   yumishi   uchun   safarga   chiqqan   Hotam   manzilga   yetishda
74 parilar,   devlar   makonidan   o‘tadi.   Sharq   xalqlari   folklorlarida   keng   tarqalgan,
ildizlari   qadimiy   miflarga   borib   taqaluvchi,   ma shuqa   timsolining   ideallashganʼ
shakli   bo’lgan     pari   obrazi   demonologik   xarakterga   ega   bo‘lib,   ularning   xalq
og’zaki   ijodi   asarlaridagi   o‘rni   turlicha.   Pari   haqidagi   eng   ko’hna   ma’lumotlarni
o’zida ifoda etgan yozma yodgorlik “Avesto” bo’lib, uning barcha qismlarida bu
obraz   “payrika”   nomi   bilan   qayd   qilingan.   Payrika   mifologik   personaj   nomi
bo’lib, genetik jihatdan pari  obrazining arxaik ko’rinishlaridan biri  hisoblanadi. 69
Rivoyatlarga   ko ra,   Parilar	
ʻ   Ko hi   Qof	ʻ   tog i   yaqinidagi	ʻ   eram   bog ida   yashaganlar,	ʻ
o z   shohi   va   saltanatiga   ega   bo lishgan,   ularni   g ayritabiiy   kuchlar   —   devlar	
ʻ ʻ ʻ
qo riqlagan. 
ʻ Ertaklarda Pari nihoyatda go zal, aqlli, donishmand, latofat va nazokat	ʻ
egasi  sifatida ta riflangan.  U sehrli  xususiyatlarga  ega bo lib, o rni  kelganda turli	
ʼ ʻ ʻ
qiyofaga   kira   oladi,   o zining   adolatli   harakati,   to g ri   va   aniq   maslahatlari   bilan	
ʻ ʻ ʻ
qahramon g alabasiga imkon yaratadi (“Oypari”, “Guliqahqahpari”, “	
ʻ Xurshid   bilan
Laylo”,   “Odilbek   bilan   Xurram”   kabi   ertaklarda).   “Go ro g li”   turkumi	
ʻ ʻ ʻ
dostonlarida   Pari   vafodor   ayol,   do st,   maslahatgo y,   aql-u   farosatda,   jasoratda   va	
ʻ ʻ
obro da ko pincha erkaklardan ham qolishmaydigan, ular bilan birga jangga kirib,	
ʻ ʻ
qahramonlik   ko rsata   oladigan   obraz   sifatida   tasvirlangan.	
ʻ   Folklor   asarlarida
parilar hayoti orqali inson turmushining   ideal   manzaralari aks etgan.   Pari obraziga
doir tadqiqotlarni amalga oshirgan folklorshunos tadqiqotchi Olim Qayumov pari
obrazining  tarixiy  ildizlari   va  mifologik obraz  sifatidagi   rivojlanish  bosqichlarini
quyidagicha  davrlashtiradi:   Pari   -     ezgulikka xizmat  qiluvchi  homiy kuch timsoli
(zardushtilikdan oldingi davr);   Pariy – yovuzlik olamiga mansub shaytoniy kuch
timsoli   (zardushtiylik   davri);   Pari   mifologik   va   badiiy   obraz   (zardushtiylikdan
keying   davr)   . 70
  Tadqiqot   obyektimiz   bo’lgan   “Hotamnoma”da   parilarning
insonlarga   yaxshilik   yoki   yomonlik   keltiruvchi   har   ikkla   talqinini   ko’rishimiz
mumkin.   Asarning   uchinchi   bobida   Yatim   Xorazmiy   otlig’   yigit   Ko‘hi   Alqoda
istoqomat qiluvchi Alkanparini sevib qoladi. Yigit bilan ko’rishgan joyiga qaytib
kelishni   va’da   qilib,   o’z   yurtiga   ketgan   pari   yigitni   ham   va’dasini   ham   unutadi.
69
  ХХ аср ўзбек фолъклоршунослиги. Антология. Тузувчилар: Тўлабоев О., Жўраев М., Каримов Б., Абдиев
Ҳ., Саидов И. – Tошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2017. – Б. 592.  
70
 O’sha asar, 
75 Ishq dardidan ado bo’lgan   Yatim Xorazmiy esa yetti yildan buyon uning hajrida
“Kelgin, hajrga toqatim qolmadi”, - deya nola qiladi. Uning holiga rahmi kelgan
Hotam Ko’hi Alqoga borib Alkanparini yigitning ahvolidan voqif qiladi. Shundan
so’ng   Alkanpari   ham   Yatim   Xorazmiyga   iliq   munosabat   bildirib   demonologik
qahramonlarning insonlarga bo‘lgan ijobiy munosabatini ko’rsatadi. 
To'rtinchi   marta   Hotam   “Rost   aytg’uchiga   hamisha   rohat   oldidadur”
jumlasining   sirini   ochish   uchun   safarga   chiqadi.   Safarning   boshida   Hotam
cho'ldan   o'tib,   tog'   etagidagi   buloqni   ko’radi,   uning   suvi   qonga   o'xshardi.   Buloq
yonidagi daraxtda kesilgan boshlar osib qo’yilgan bo’lib, ular parilarning boshlari
edi.   Ularning   orasida   hammasidan   yuqoriroqqa   osilgan   bosh   bor   ediki,   u
nihoyatda   go’zal   bo’lib,   Hotam   uni   ko’rishi   bilan   hushidan   ketadi.   Bu   bosh
malikaning boshi edi.   Kechalari bu boshlar tanalarga bog'lanib, go'zal qiyofa kasb
etar,   ertalabgacha ular xursand bo'lishib bazm qilishar, va ertalab boshlar tanadan
ajralib, yana daraxt shoxlariga ulanishardi.   Hotam ularning sirini bilishni istadi va
ettinchi   kechada   u   o’zini   o’sha   hovuzga   tashladi,   ammo   u   hovuzning   tubiga
yetgach   bir   cho’l   paydo   bo’ldi.   Ushbu   cho'lda   Hotam   nuroniy   chol   (Xo'jai   Xizr)
bilan   uchrashadi   va   undan   parilarning   boshlari   va   hovuz   haqida   so’raydi.
chol   (Xizr)   )yordamida   u   go’zal   sehrgar   Som   Ahmarning   qizi,   qolganlari   uning
xizmatkori   ekanligini   bilib   oladi.   Sehrgar   Ahmar   qizining   voyaga   etganini   va
turmushga   chiqish   da’vosini   qilganligi   uchun   otasi   tomonidan   sehrlab
qo’yiliganini va unga Ahmar o'ldirilmaguncha qiziga yetisha  olmasligini aytadi.
Hotam   sehrgar   Ahmarni   o'ldirmoqchi   va   nuroniy   choldan   najot   duosini
o'qishni  o'rgangan va shu duo yordamida Axmar tog'ining sehrgarlari sehrlaridan
parilarni   va   malikayi   Zarrinpo’shni   qutqaradi.   U   sehrgar   Ahmarning   qizi   malika
Zarrinpo’shga   uylanib,   uni   vataniga   -   Yamanga   yuboradi,   o'zi   esa   malika
Husnbonu   savoliga   javob   topish   uchun   Qirimga   boradi.   Qirimdan   uch   faransang
uzoqlikda bir qal'aga yetib boradi va u qal’aning peshtoqida  Husnbonu tomonidan
aytilgan jumlalar yozilgan edi. 
Hotam bu qal’ada sakkiz yuz yildan ziyodroq umr kechirgan yoshlik yillarida
o’grilik   va   qimorbozlik   bilan   shug’ullangan   chol   bilan   tanishadi.   Hotam   undan
76 qal’a peshtoqiga bitilgan “Rost aytg’uchiga hamisha rohat oldidadur” jumlasining
ma’nosini   so’raydi.   Chol   uni   mehmon   qiladi   va   bo’lgan   voqeani   so’zlab   beradi.
Shunday   qilib,     Hotam   choldan   bir   vaqtlar   podshoning   xazinasiga   o’g’rilik
maqsadida tushib anchagina oltinu-javohirlarni olgach, ketayotib o’grilar to’dasini
ko’rib   ularga   qo’shilganligini,   o’g’irlangan   mollarni   taqsimlash   vaqtida   o’g’rilar
uni   o’ldirmoqchi   bo’lganligini,   bir   soqchi   kelib   ularni   so’roqqa   tutganida   barcha
o’g’rilar qochib ketib, faqatgina u qolganligini, podshoning xazinasiga o’g’rilikka
tushganini va bu oltinlar o’g’irlangan mollar ekanligini ro’yi-rost aytganligi uchun
soqchi   uni   qo’yib   yuborganligini,   oltinlarni   ham   o’zi   bilan   olib   ketishga   ruxsat
berganligini, bu boyliklarni xayrli ishlarga sarf qilishini aytganligini bilib oladi.
“Tez   fursatda   bu   qadar   boylikka   erishganimni   eshitgan   podsho   meni   o’z
dargohiga chaqirdi, podshoning huzurida ham bo’lgan voqealarni rost so’zlaganim
uchun   u   menga   yana   bir   qancha   oltinlar   berdi,   ularni   hayr-ehson   yo’lida
sarflayapman”- deb so’zini yakunlaydi chol. 
Hikoyadan ma’lum bo’lganidek, Hotam Husnbonuning topshirig’ini bajarish
asnosida   o’z   muhabbatiga   yetishishga   muvofaq   bo’ladi.   Tabiiyki,   bunda   bir
qancha   qiyinchiliklarga   ham   duch   keladi.   Chunonchi,   Malikayi   Zarrinpo’shga
yetishish   uchun   Sehrgar   Ahmarning   bir   qancha   sehru-jodularini   yengadi.   U
tashlagan chohdan sog’-omon chiqadi (Muxra yordamida). Bir paytlar turmushga
chiqish   da’vosini   qilganligi   uchun   otasi   tomonidan   jodulab   qo’yilgan   Malikayi
Zarrinpo’sh   ham   o’z   navbatida   Hotamning   muhabbatiga   javoban   o’zining   iliq
munosabatini bildiradi. 
Hotam   va   Malikayi   Zarrinpo’sh   muhabbati   aks   etgan   mazkur   sujetning
tuguni, ya’ni zolim ota motivi o’z qizining balog’at yoshiga yetganini tan olishni
istamagan   va   turmushga   chiqishga   qarshilik   qilishga   urungan   otaning   xatti-
harakatlari   tasvirlangan   lavhalar   xalq   ertaklarida   ham   aks   etganligi
“Hotamnoma”ning folklor sujetlari asosiga  qurilgan qissa ekanligini yana bir bor
tasdiqlaydi. O’zbek xalq ertaklari III jildligidan o’rin olgan “Malikayi Husnobod”
ertagining sujetiga diqqat qarataylik:
Zamonlarning   zamonida   bir   zolim   podshoh   bor   ekan.   Podshohning   bir   qizi
77 bor ekan, oti Malikai Husnobod ekan. Oyni xira qilar ekan. Suv ichsa tomog‘idan,
sabzi  yesa biqinidan ko‘rinar  ekan. Malikaga  ko‘p joylardan  sovchi  kelibdi, otasi
bermabdi.   Kunlardan   bir   kun   podshohning   taxti   tepasidagi   daraxtga   bir   qarg‘a
kelib   qo‘nibdi.   Qarg‘a   “qag‘…   qag‘“   deb   qag‘illabdi.   Podshohning   to‘rt   yuz
ulamosi bor ekan. Podshoh ularni chaqirib:
- “E, ulamolar, qarg‘a nima deyapti?”, - deb so‘rabdi. Ulamolarning hech biri
javobini   ayta olmabdi.
Shu zamon Malika : “Qarg‘aning “qag‘“ degani, erni bor qiladigan ham xotin,
yo‘q qiladigan ham xotin, deganidir”, - deb javob beribdi.
Podshoh   darg‘azab   bo‘lib,   har   bir   tuki   nishtari   obdor   bo‘lib:
“Ey  soching  qirqilgur,  sening   ko‘ngling  er   tilabdi,   men  seni  zindonga  solib,   yetti
yil saqlab, keyin teringga somon tiqayin, toki bu ish boshqa qizlarga ibrat bo‘lsin,
bundan   keyin   hech   kim   ota-onasidan   javobsiz   erni   tilga   olmasin!   -   deb   qizini
zindonga solibdi. Podshohning bir vaziri bu ishlardan xabardor ekan. Qizga rahmi
kelib, kechasi uni zindondan qutqarib olibdi. Uyiga olib kelib, bir duradgorga hech
bir   joyidan   shamol,   suv   kirmaydigan   qilib   mustahkam   bir   sandiq   yasattiribdi.
So‘ngra   qizni   oqizib   yuboribdi.   Xullas,   qiz   boshidan   qator   qiyinchiliklarni
kechirib,  o’z baxtini topibdi.  Taqdir taqozosi bilan Otasi undan kechirim so’rabdi.
Ma’lum   bo’lganidek,   ertak   sujetidagi   zolim   podsho   va   qissadagi   sehrgar   Ahmar
obrazlari   bir   xil   xarakter   xususiyatiga   ega   bo’lib,   har   ikkisi   ham   o’z   qizining
baxtiga to’g’anoq bo’lgan zolim   ota qiyofasida  tasvirlangan.  Demak,  xalq qissasi
“Hotamnoma”   tarkibida   nafaqat   o’zbek   xalq   ertaklaridagi   sujetlar,   balki   ayrim
obraz va motivlar ham mavjud ekanligini ko’rish mumkin.
“Hotamnoma”   tarkibidagi   hikoyalar   sujetini   o‘zbek   xalq   ertaklarida     ham
uchratish   mumkinligi   ahamiyatga   molik   hodisa.   Buning   isbotini   asar
muqaddimasidagi voqealar misolida ham ko‘rish mumkin. “Oltin beshik” 71
  nomli
o‘zbek   xalq   ertaklari   to‘plamidan   joy   olgan   “Husniyabonu”   ertagining   sujeti
“Hotamnoma”dagi “Xuroson podshohi Kurdonshoh va Barzax bozorgonning qizi
Husbonu   hikoyati”   bobidagi   voqealar   bilan   deyarli   bir   xil.   Ertakda   Husnbonu
71
 Олтин бешик. Эртаклар. / Нашрга тайёрловчи Азимов С. ва бошқалар. – Тошкент:  Ғофур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1985. –   256   б .  
78 Husniyabonu,   Kurdonshoh   –   Gardonshoh   tarzda   berilgan.   Shuningdek,   unda
Husniyabonu Gardonshohning nevarasi sifatida tasvirlanadi. Qissada Kurdonshoh
e’tiqod qo‘ygan soxta shayxning 40 xodimi tilga olinsa, ertakda eshon va 400 ta
murid deb aytiladi.
Shuningdek,   ushbu   hikoya   ichida   Kurdanshohning   ma'naviy   ustozi   bo‘lgan
va shogirdlari bilan odamlarni talon-taroj qilgan ikki yuzli shayx haqida yana bir
hikoya   mavjud.   U   tufayli   Kurdanshoh   malika   Husnbonuni   shahardan   badarg’a
qiladi. Husnbonu bu soxta shayxning sirlari oshkor bo‘lmaguncha qiyinchiliklarga
duch keldi.   Garchi ushbu hikoya tarbiyaviy jihatdan ahamiyatga molik bo‘lsa-da,
asarning   tuzilishiga   va   umumiy   sujetiga   hech   qanday   aloqasi   yo‘q.   Shu   sababli
ham   u   keyinchalik   hikoya   qiluvchi   tomonidan   qo‘shilgan   degan   xulosaga   kelish
mumkin. 
Mazkur   qissada   boshiga   mix   qoqilgan   it   hikoyati   ham   keltirilgan.   Unda   o’z
eriga   xiyonat   qilgan   ayol   qismati   hikoya   qilinadi.  Boshiga   mix  qoqilgan   it   aslida
odamzod   jinsidan   ekanligi,   xotini   va   qulining   xiyonatiga   uchraganligini   so’zlab
beradi.   Hotamning   yordami   bilan   ulardan   o’ch   oladi.   Ayni   shu   kabi   sujet   o’zbek
xalq   ertaklaridan   biri   “Gul   Sanobarga   nima   qildi,   Sanobar   gulaga   nima   qildi?” 72
ertagida   ham   mavjud.   Unga   ko’ra   bir   podshoning   kenja   o’g’li   malikaga   uylanish
uchun  “Gul   Sanobarga   nima   qildi,  Sanobar   gulaga   nima   qildi?”  degan   jumlaning
ma’nosiga  oydinlik kiritishi  kerak edi. Shahzoda bu so’zlarni aytgan do’kondorni
topadi   unikida   mehmon   bo’ladi.   Do’kondor   ikki   laganda   ovqat   keltirib   birisini
mehmonning oldiga, ikkinchisini itning oldiga qo’yibdi. Itdan ortgan oshni qushga
va quruq kallaga qo’yibdi. Shahzoda buning sababini so’raganida u shunday javob
beribdi:
  “Bu   qush   mening   xotinim.   Anavi   quruq   kalla   esa,   uning   jazmani.   Men
rafiqamni   juda   sevardim.   Ammo   shayton   yo’ldan   urib   u   menga   xiyonat   qildi.
Kunlardan bir kuni ular meni o’ldirishga qaror qilibdi. Buni fahmlagan itim o’sha
zangining kallasini olibdi. Men xotinimni duo bilan qushga aylantirib qafasga solib
qo’ydim.   Uning   ismi   Gul   edi,   meniki   Sanobar.   “Gul   Sanobarga   nima   qildi,
72
 O’sha asar, 55b.
79 Sanobar gulaga nima qildi?”-degan biz bo’lamiz. Xotinim Gulga men vafodor yor
bo’ldim, ammo Gul Sanobarga xiyonat qildi. Sanobar Gulni duo bilan qush qildi.
“Gul   Sanobarga   nima   qildi,   Sanobar   gulaga   nima   qildi?”-   degan   jumlaning
ma’nosi   shu.   Ma’lum   bo’lganidek,   ertakdagi   sujet   “Hotamnoma”   tarkibidagi
hikoyaning   sujeti   bilan   bir   xil.   Bu   holatni   xalq   qissasi   “Hotamnoma”ning
ertakchilar repertuariga ta’siri bilan baholash mumkin. 
“Hotamnoma”ning   beshinchi   safarida   Hotam   Nido   tog’ining   sirini   bilib
kelishi   kerak   edi.   Bu   safari   davomida   bir   qancha   sarguzashtlarni   boshidan
kechiradi. Hindularning yurtida dafn marosimida ishtirok etadi, u yerda ayollarning
vafot etgan eri bilan tiriklayin kuydirilayotganligining guvohi bo’ladi, bir shaharni
qora   quloq  deb   ataluvchi   zaharli   maxluqdan  xolos  etadi   va  nihoyat,  Nido  tog’iga
yetib, uning sirini bilishga muvofaq bo’ladi. Bu tog’ning siri shundan iborat ediki,
undan ovoz kelib odamlardan birining ismini aytar, o’sha kishi tog’ ichidagi g’orga
kirib g’oyib bo’lar edi. Odamlarning nima uchun g’orga kirib nom-nishonsiz yo’q
bo’layotganligini   bilish   uchun   Hotam   o’zi   do’st   tutingan   Xom   ibn   Som   bilan
g’orga   kiradi.   Ular   g’orga   kirgach   do’sti   jon   beradi,   yer   yorilib   uni   yutadi   va
ustidan   maysalar   unib   chiqadi.   Tog’   tavsilotlarini   bilgan   Hotam   ortiga
qaytayotganida   oltinu-javohirlar   to’la   tog’   yoniga   yetib   keladi.   Ulardan
anchaginasini o’zi bilan oladi. Shunda suvdan ikki pari chiqib, shunday deydi:
“Bu   oltinu-javohirlarni   qo’y,   ularni   olma.   San   to’la   ul   joydin   bu   yo’lga
kelding   va   salomat   bo’lding.   Necha   kishiki   bu   hadg’a   kelibdur,   jonini     salomat
eltmadi. Saning umring uzundur. Yo’lda ikki daryo bor. Alardan salomat o’tsang,
o’z   mulkinga   yetarsan.   Ammo   lozimdurki,   hech   narsaga   ta’ma   qilmagaysan,
saning salomatliging shuningdandur. 73
 
Hotam   ularning   maslahatiga   quloq   tutadi.   Yo’lda   uchragan   qimmatbaho
buyumlarga qiyo boqmaydi va yurtiga sog’ -  salomat yetib boradi.
Bu safarni  o’qish mobaynida inson taqdiri  azal  oldida ojiz ekanligi, uzoq va
xotirjam   yashashning   siri   mol   davlatga   ruju   qo’ymaslikda   ekanligi   kabi   falsafiy
73
  Ҳотамнома. Нашрга тайёрловчи ва сўзбоши муаллифи: А.Матғозиев. − Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. –  96  б .
80 xulosalarga kelish mumkin.
“Hotamnoma”ning 6-safari “Murg’obi tuxumidek marvaridning juftini qidirib
”   deb   nomlanadi.   Husnbonuda   qushning   tuxumidek   kattalikdagi   marvarid   bor
bo’lib, Hotam xuddi shunga o’xshash yana bir marvaridni keltirishi kerak edi. Bu
safarda   qush   tilini   bilish   motivi   yetakchilik   qiladi.   Zero   Hotam   ikkinchi
marvaridning   qayerda   ekanligini,   uni   qanday   qo’lga   kiritish   mumkinligini
Qahramon   otli   daryoning   qirg’og’ida   turgan   bir   juft   qushning   o’zaro   suhbatidan
bilib oladi:
…   bu   oloyish   tuxumedurki,vaqtiki   Qahramon   daryosi   biz   murg’larning
vatanidur. O’tgan zamonda bizning jins murg’onlar shunday tuxumni o’ttiz yildan
keyin,   umrining   tamomasida   bir   marvarid   berur   ekan.   Muddatidurki   bu   oloyish
bizning   qavmimizdan   bartaraf   bo’libdur.   Va   ul   tuxum   ham   daryoda   g’arq
bo’lubdur.   Ul   bayzalardin   ikki   tuxum   shoh   Jamjoh   Qahramoniyning   qo’liga
tushibdur. Bas zamonlar va oylar o’tib, ul ikki adad marvariddin biri Shams shohga
yetdi… 74
Hotam   bu   safari   davomida   ham   bir   qator   qahramonliklar   ko’rsatadi:
bolalaridan   ayrilgan   tulkining   mushkulini   oson   qiladi,   ilonga   aylangan   parizodni
asl   holiga   qaytarishga   yordam   beradi,   Jazirai   Tuman   viloyatining   shaxzodasi
Mehrovardni   Mohyor   parining   qiziga   yetishishiga   yordam   beradi.   Ana   shunday
qahramonliklarni   ko’rsatib,   Sulaymon   payg’ambarning   avlodlaridan   bo’lgan
Mohyor   parining   marvarid   haqidagi   “Bu   marvarid   qaysi   daryodandur?   Muning
paydolig’i nechuk bo’ladur? Buning yana biri ne yerda bordur?” savollariga javob
topib marvaridni qo’lga kiritadi va o’z safarini yakunlaydi.
Oltinchi safarni tahlil qilish mobaynida qahramonlik, sarguzasht, shart – sinov
kabi   motivlar     bilan   bir   qatorda   evrilish   motivi   ham   qissa   sujetida   o’ziga   xos
ahamiyat   kasb   etganligining   guvohi   bo’lamiz.   Hotam   marvaridni   qo’lga   kiritish
uchun yo’l yuradi. Devlar makonidan o’tishida ular hujum qilmasliklari uchun dev
qiyofasiga   kirishi   kerak   edi.   Shunda   Qahramon   daryosining   qirg’og’idagi
qushlarning   qizil   patina   kuydirib,   kulini   suvga   solib   badaniga   surkaydi,   dev
74
 O’sha asar, 103-b.
81 suratiga   kiradi,   oq   patina   kuydirib,   kulini   suvga   solib   badaniga   sursa,   asl   holiga
qaytadi.   Shuningdek,   bir   paytlar   Sulaymon   payg’ambarga   odamzodga   ozor
bermaslik   va’dasini   bergan,   ammo   buning   ustidan   chiqmagan   parining   ilonga
aylanib   qolishi,   Hotamning   duosi   bilan   yana   pari   holiga   qaytishi   kabilarni   misol
qilib keltirish mumkin.
Dastlabki bobda Hotam tarixiy shaxs bo’lib, islomdan oldingi davrda yashab
o’tganligi   haqidagi   ma’lumotlarni   keltirgan   edik.   Qissada   esa   bu   obrazni   islom
dunyosiga   yaqin   obraz   sifatida   tasvirlashga   urinish   hollari   seziladi.   Jumladan,
Hotam bilan do’stlik ahd-u paymonini qilgan Sulaymon payg’ambarga odamzodga
ozor   yetkazmaslik   va’dasini   bergan,   ammo   keyinchalik   yer   yuzidagi   jamiki
odamlarni   o’ldirishni   niyat   qilib   o’z   va’dasini   buzganligi   uchun   ilon   qiyofasiga
aylantirilgan   parizod   Hotamdan   duoyi   xayr   qilishini   so’raydi.   Zotan,   unga
g’oyibdan   o’ttiz   yoshli   yamanlik   Hotam   kelib   sening   haqqinga   duo   qilsagina   asl
holinga   qaytasan   degan   ovoz   kelgan   edi.   “Hotam   qo’pti.   G’usl   va   tahorat   qildi.
Yangi   libos   kiydi.   Boshini   sajdaga   qo’yib,   duo   qildi.   Duosi   mustajob   bo’ldi.
Agarchi   Hotam   yahud   qavmidan   erdi,   ammo   dilida   hamisha   xudoyi   taoloning
yodig’a mashg’ul erdi, ahli kitobdan erdi.”  75
 G’usl qilib tahorat olish, sajdaga bosh
qo’yish   islom   dini   amallaridan   ekanligini   inobatga   olib   Hotamni   musulmonlikka
yaqin obraz sifatida tasvirlashga urinish mavjud ekanligini ko’rish mumkin.
Hotamning yettinchi safari “Hammomi bodgardning siri” deb nomlangan. Bu
safari   mobaynida   Hotam   Qayumars   shoh   tomonidan   nur   taratuvchi   olmosni
saqlash uchun qilingan tilsimotning sirini bilishi va quyunli hammomning daragini
Husnbonuga   yetkazishi   lozim   edi.   Hotam   ko’pdan   ko’p   mashaqqatlarni   tortib
hammomga   kirishga   erishadi   va   tilsimotni   ochib   uning   siridan   voqif   bo’ladi.
Tilsimotni   ochish   chog’ida   bir   bog’ga   kirib   bir   qancha   tosh   butlarni   ko’radi.
Bog’ning teparog’ida bir to’ti bo’lib, u tilga kiradi:
- Hammomi   bodgardga   kelgan   hech   kishi   ortiga   sog’-salomat   qaytib
ketmagan. Agar bu tilsimotdan qutilishni istasang, qo’linga o’q yoyni olib menga
75
 O’sha asar, 173-b.
82 ot.   Nishonga   tegasa,   tilsimotdan   qutilasan,   aksincha   bo’lsa,   sen   ham   toshga
aylanasan.
Hotam   uchinchi   urinishida   o’q   to’tiga   tegadi,   tilsimot   tugab,   tosh   butga
aylangan odamlar o’z hollariga qaytadi.
Shunday   qilib   Hotam   yettinchi   shartni   ham   muvaffaqiyatli   ado   qilib,
Munirshohning   Husnbonu   visoliga   yetishishiga   muvofaq   bo’ladi.   O’z   yurti
Yamanga   borib   qolgan   umrini   Malikayi   Zarrinpo’sh   bilan   rohat-farog’atda
o’tkazadi.
Bob bo’yicha xulosalar
Uchinchi   bobda   xalq   qissasi   “Hotamnoma”ning   yaratilish   tarixi,   sujet
tuzilishi,   obrazlar   tizimi,   tarkibidagi   hikoyalarning   badiiy   xususiyatlarini   tahlil
qilish natijasida quyidagi xulosalarga keldik:  
1.   “Hotamnoma”   –   sarguzasht   qissa .   Asar   kompozitsiyasi   qissa   ichida
qissa   shaklida   bo‘lib,   an’anaviy   qoliplash   usulidan   foydalanilgan.   U   yettita
mustaqil hikoyadan tashkil topgan. Har bitta hikoyaning ichida bir qancha kichik-
kichik   hikoyalar   ham   berilgan.   “Hotamnoma”da   barcha   qissalar   va   afsonalarda
bosh   qahramonning   mavjudligi,   shuningdek,   ular   orasidagi   bog’liqlik   sujetning
kompozitsion birligini mustahkamlagan.
2.   “Hotamnoma”ni   tahlil   qilish   natijasida   asar   sujetida   sehrli   predmetlar
alohida   ahamiyatga   ega   ekanligiga   guvoh   bo’ldik.   Ular   xalqning   asriy   orzu-
istaklarining nishonasi sifatida qissada poetik qimmatga ega. Bu sehirli buyumlar
(muxra,   aso)   Hotamga   o‘tda   yonmaslikda,   suvda   cho‘kmaslikda,   baliqning
qornidan   omon   chiqishida,   devlarning   makonida   bemorlarga   shifo   ulashishda
asqotadi. 
3.   “Hotamnoma”   tarkibidagi   hikoyatlarning   badiiy   xususiyatlarini
o’rganish   mobaynida   sujet   tarkibida   o‘zbek   xalq   ertaklaridan   “Hotam”,   “Gul
Sanobarga   nima   qildi,   Sanobar   Gulga   nima   qildi?”,   “Husniyabonu”   yoki
83 “Husnbonu”   kabi   ertaklarning   sujeti   to‘liq   aks   etganligini,   shuningdek,   xalq
ertaklarida keng qo’llaniladigan zolim ota, omonatga xiyonat qilish, yolg‘onchilik
singari motivlar ham o’rin olganligi ma’lum bo’ldi.
4.  “Hotamnoma”ning sujeti sarguzasht voqealar tizimidan iborat. Voqealar
rivojida   tilsim   muhim   o‘rin   tutadi.   Tilsim   o‘zbek   folklor   asarlarining:   ertaklar,
dostonlar,   xalq   qissalarining   ajralmas   qismidir,   u   ilmiy   tushunchaga   ko‘ra   sehr-
jodu   notabiiy   kuchining   g’ayrioddiy   hosilasini   ifodalaydi.   Uning   epik   namunasi
narsa va hodisalarning yo‘qdan bor, bordan yo‘q bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Eng
muhimi u notabiiy narsa hodisalarni yaratib, qahramon qiyofasini ideallashtirishga
xizmat qiladi.
                                      XULOSA
Yaqin   va   O’rta   Sharq   xalqlari   hikoyachiligida   bir   qator   an‘anaviy   obrazlar
borki,   ular   ma‘lum   bir   xalqning,   uning   badiiy   ijodiyotining   qahramoni   sifatida
vujudga   kelgan.   Ammo   bu   qahramonlar   o’z   zamini   bilan   chegaralanib   qolmay,
boshqa   o’lka   va   xalqlarga   ham   manzur   bo’lib,   o’sha   xalqlar   adabiyotining
qahramonlari   qatoridan   o ʻ rin   oldi,   ularning   og ʻ zaki   ijodi   va   yozma   adabiyotida
turli   hikoya,   rivoyat,   afsonalarning   paydo   bo’lishiga   turtki   bo ʻ ldi.   Ana   shunday
obrazlar   sirasiga   Hotami   Toy   obrazini   ham   kiritish   mumkin.   Bu   obrazning   xalq
og ʻ zaki   ijodi   va   yozma   adabiyot   badiyatidagi   o ʻ rnini   aniqlash   maqsadida   o’zbek
adabiyotida   Hotami   Toy   obrazi   genezisi   va   badiiy   evolutsiyasiga   oid   tadqiqotni
amalga oshirdik va quyidagi umumiy xulosalarga keldik: 
1.   Sharq   adabiyotiga   xos   Xizr,   No‘shiravon,   Jamshid,   Qorun,   Luqmon,
Hotam   kabi   bir   qator   an’anaviy   obrazlar   borki,   ularning   har   biri   ma’lum   bir
insoniy   fazilatni   ifodalash   va   targ ʻ ib   qilish   uchun   xizmat   qiladi.   O ʻ zbek
mifologiyasida   g`ayrioddiy   paydo   bo`lib,   odamlarga   yaxshilik   qiladigan,   ezgu
homiylik Xizr obrazi orqali, adolat timsoli No‘shiravoni odil obrazi bilan, donolik,
yuksak   aql-idrok   sohibi   sifatida   Luqmoni   hakim   tilga   olinsa,   qo‘li   ochiqlik,
bag ʻ rikenglik,   saxovat,   shijoat   kabi   insoniy   fazilatlar   Hotami   Toy   nomi   bilan
bog ʻ liqdir . 
84 2.   Arab   adabiyotida   paydo   bo ʻ lgan ,   fors - tojik   adabiyoti   ta ’ sirida   sharq
xalqlarining   yozma   va   og ʻ zaki   adabiyotiga   kirib   kelgan   Hotami   Toy   obrazini
islom   davri   olimlarining   asarlariga   tayanib ,    tarixiy   shaxs   deyish   mumkin .   Uning
to ʻ liq   ismi   Hotam   ibn   Abdalloh   ibn   Sa ’ d   ibn   Xashraj   ibn   Imrulqays   ibn   Adiy   ibn
Ahzam   VI   asrning   ikkinchi   yarmi   VII   asr   boshlarida   yashagan   degan   xulosaga   kelish
mumkin .  Bundan tashqari, Hotami Toyning  shoir bo ʻ lganligi, she’rlarida saxiylikni targ ʻ i b
qilganligi to ʻ g ʻ risida ma’lumotlar  ham  mavjud.    
3.   Hotam   otasi   vafotidan   so ʻ ng   bobosi   Sa ’ d   ibn   Xashrajning   qaramog ʻ ida
o ʻ sgan.   Hotamning onasi badavlat oilada tug ʻ ilgan va yoshligida haqiqat va saxiylikning
namunasi sifatida tan olingan.   Hotam saxovat, saxiylik va oli y janoblikni onasidan meros
qilib olgan.   Arab  tilidagi    “Hamma narsa o‘z mohiyatiga qaytadi” tamoyiliga ko‘ra,
Hotamning   oliyjanobligi   va   saxiyligi   vafotidan   keyin   ham   to‘xtamaydi   va   uning
qizi ishini davom ettiradi.
4 .   O’zbek     folkloridagi   Hotami   T oy   bilan   bog’liq   epik   sujetlar   mazmun   -
mohiyatiga   ko’ra   3   tipga   bo’lib   tasnif   qil indi:   1)   Hotami   T oyni   behisob   boylik
egasi   sifatida   tasvirlovchi   ertaklar:   (“Muqbil   Toshotar”,     “Yaxshi   niyat   yarim
davlat”); 2) Hotamni kambag’al bo’lishiga qaramay  g’oyat qo’li ochiq, saxiy kishi
sifatida tasvirlovchi ertaklar: (“Hotam”, “Podsho va to’ti”); 3)  Hotamni boylik va
saxiylik   timsoli   o’laroq   tasvirlaydigan   rivoyat   va   afsonalar:   (“Hotamning   oti”,
“Hotamning   ukasi”,   “Hotamdan   saxiy”,     “Hotamning   mardligi”,   ”Tanti
Hotamitoy”).  
5 . Hotami Toy  obrazi  bilan bog ʻ liq ertak va rivoyatlar  a rab folkloridan adabiy
ta’sir   va   badiiy   tarjima   amaliyoti   natijasida   o’zbek   xalq   og‘zaki   ijodi   va   yozma
adabiyotiga   transformatsiyalash ish   natijasida   xalq   ertaklari d a,     xalq   rivoyat   va
afsonalari d a   hamda   xalq   qissasi   “Hotamnoma”da   aks   etgan.   Bizningcha,   bu
jarayon  Hotami Toy obrazning o ʻ zbek folkloridagi badiiy evolutsiyasini va tadrijiy
taraqqiyoti ni ko`rsatadi . 
6 .   O ‘ zbek   folkloridagi   “Hotamnoma”   kabi   qardosh   qozoq   adabiyotidagi
“Ikayat dastan Hatimtay” nomli asar sujetida ham o ʻ zbek xalq ertaklarining sujet
va   motivlari   ishtirok   etganligini   ko’rish   mumkin.   O’zbek   folkloridagi
85 “Hotamnoma” sujeti tarkibida o’zbek xalq ertaklaridan “Hotam”, “Gul Sanobarga
nima   qildi,   Sanobar   Gulga   nima   qildi?”   ,   “Husniyabonu”   yoki   “Husnbonu”   kabi
ertaklarning   sujeti   to’liq   aks   etgan.   “Ikayat   dastan   Hatimtay”da   “Ilonpari”,
“Muqbil   Toshotar”,   “Hotam”,   “Husniyabonu”   kabi   ertaklar   sujeti   mavjud.
Shuningdek,   ayrim   ertaklardagi   zolim   ota,   xiyonat,   yolg’onchilik   singari
motivlarga ham duch kelish mumkin.
7.   O’rta asrlarda ijod qilgan ijodkorlarning asarlari Hotami Toy obrazining bizgacha
yetib   kelishida   muhim   manba   bo’lib   xizmat   qilganligi   ma’lum   bo’ldi.   Ularga:
Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Muhammad Avfiyning “Javome ul-hikoyat va lavome
ul-rivoyat”,   ”Sa’diyning   “Bo ʻ ston”   va   “Guliston”   asari,   Husayin   Voiz   Koshifiyning
“Risolayi Hotamiya” va “Axloqiy muhsiniy” kabi asarlari kiradi.  Ushbu asarlarda saxovat
va saxiylik, muhtoj odamlarga rahm-shafqat kabi fazilatlar   Hotami Toy obrazi orqali
tasvirlanib ,   bular   yordamida   inson   yaxshi   nomga   ega   bo‘ladi   degan   g‘oya   ilgari
surilgan.
8.   Hotam   obrazi   o ʻ zbek   mumtoz   adabiyoti   namoyondalarining   asarlarida
keng   qo’llanilgan   bo’lib,   talmeh   san’ati   orqali   tasvirlangan.   Shohlar   va
hukmdorlar   saxiylikda   Hotami   Toyga   tenglashtirilgan.   Bu   obraz   asarlarda
afsonaviy   va   tarixiy   shaxslar:   Iskandar,   Doro,   Jamshid,   Rustami   doston,   Xizr,
ayniqsa, No ʻ shiravoni odil bilan yonma -yon tasvirlanadi. 
9.   “Hotamnoma”   –  sarguzasht   qissa.   Asar   kompozitsiyasi   qissa   ichida  qissa
shaklida   bo‘lib,   an’anaviy   qoliplash   usulidan   foydalanilgan.   U   yettita   mustaqil
hikoyadan   tashkil   topgan.   Lekin   har   bitta   hikoyaning   ichida   bir   qancha   kichik-
kichik  hikoyalar  ham  berilgan.  Aynan  shu   jihati   bilan  “”Ming  bir   kecha”,  “Chor
darvesh”, “Kalila va Dimna” kabi asarlar kompozitsiyasiga o‘xshaydi. 
10. “Hotamnoma”  sujetini harakatga keltirishda bir qancha motivlar: sayohat,
sarguzasht,   shart-sinov,   tush,   evrilish   kabilar   yetakchilik   qilganligining   guvohi
bo ʻ ldik.   Asar sujetining salmoqli qismi o ʻ zbek xalq ertaklari sujeti bilan o ʻ xshash
ekanligi   uning   folklor   sujetlari   asosiga   qurilgan   xalq   qissasi   ekanligini   anglatadi.
Eng   muhimi   “Hotamnoma”da   saxiylik,   to‘g ʻ rilik   rostgo‘ylik,   sevgi   va   sadoqat,
insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, mehr-shavqat, tinchlik, farovonlik kabi ezgu g ʻ oyalar
86 tarannum etilgan.   Insonni ulug’lash g’oyasi qissaning markazida turadi.
11.   Hotam   tarixiy   shaxs   bo’lib,   islomdan   oldingi   davrda   yashab   o’tganligi
haqidagi   ma’lumotlar   mavjud.   “Hotamnoma”   qissada   esa   uni   islom   dunyosiga
yaqin   obraz   sifatida   tasvirlashga   urinish   hollari   seziladi.   Jumladan,   Hotam   bilan
do’stlik   ahd-u   paymonini   qilgan,   Sulaymon   payg ʻ ambarga   odamzodga   ozor
yetkazmaslik   va’dasini   bergan,   ammo   keyinchalik   yer   yuzidagi   jamiki   odamlarni
o ʻ ldirishni  niyat  qilib o ʻ z va’dasini buzganligi uchun ilon qiyofasiga aylantirilgan
parizod   Hotamdan   duoyi   xayr   qilishini   so’raydi.   Zotan   unga   g ʻ oyibdan   o ʻ ttiz
yoshli yamanlik Hotam kelib sening haqqingga duo qilsagina asl holinga qaytasan
degan   ovoz   kelgan   edi.   Shunda   Hotam   tahorat   qiladi,   yangi   libos   kiyadi,   boshini
sajdaga qo ʻ yib, duo qiladi va uning duosi mustajob bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI   
I. D a s t u r i y   a d a b i y o t l a r :  
1. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   “Ўзбекистон
Республикасини   янада   ривожлантириш   бўйича   Ҳаракатлар   Стратегияси
тўғрисидаги” ПФ-4947-сон Фармони // Халқ сўзи. 2017, 8 феврал. №28.
2. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2019   йил   8   октябрдаги
«Ўзбекистон   Республикаси   олий   таълим   тизимини   2030   йилгача
ривожлантириш   концепциясини   тасдиқлаш   тўғрисида»ги   ПФ-5847-сон
Фармони   //   Қонун   ҳужжатлари   маълумотлари   миллий   базаси,   09.10.2019   й.,
06/19/5847/3887-сон.
3. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2019   йил   21   октябрдаги
“Ўзбек   тилининг   давлат   тили   сифатидаги   нуфузи   ва   мавқеини   тубдан
ошириш  чора-тадбирлари  тўғрисида”ги  ПФ-5850-сон  Фармони //   Халқ сўзи,
2019 йил, 22 октябрь. № 218.
4. Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасининг   2019   йил   12
декабрдаги   984-сон   Қарори   билан   “Давлат   тилини   ривожлантириш
департаменти   тўғрисидаги”   Низоми   //   Қонун   ҳужжатлари   маълумотлари
миллий   базаси,   12.12.2019   й.,   09/19/984/4138-сон;   23.04.2020   й.,
87 09/20/250/0491-сон.
5. Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасининг   2020   йил   11
мартдаги   “Ўзбек   тили   ва   адабиёти   бўйича   фундаминтал   ва   амалий
тадқиқотлар   самрадорлигини   янада   ошириш   чора-тадбирлари   тўғрисидаги”
Қарори   //   Қонун   ҳужжатлари   маълумотлари   миллий   базаси,   11.03.2020   й.,
09/20/139/0283-сон.
I I .   I l m i y   a d a b i y o t l a r
6. Бабалар   сўзи.   Ҳикаялық   дастандар.   4   том .     –   Астана:   Медени   Мура,
2004. – 329 б.
7. Давлатзода Н.Д. Формированние и эвалюция художественного образа
Хатама   в   персидского -таджикской   литературе   (классический   период).
дисс....канд. филол. наук. –  Душанбе, 2019. – 196 с.
8. Эшонқулов   Ж.   Ўзбек   фольклорида   дев   образи.   Филол.   фанлари
номзоди дисс. автореф. – Тошкент ,  1997.
9. Эшонқул Ж. Фольклор: образ ва талқин. – Қ арши : Насаф, 1998 .
10. Иброҳимов Н. Ўрта аср араб халқ  адабиёти. – Тошкент : Фан, 1994.
11. Илон   пари.   Ўзбек   халқ   фантастикаси.   3-китоб.   Нашрга
тайёрловчилар: М.Муродов, Ҳ .Шайхов.  –  Тошкент : Ёш гвардия, 1985 .
12. Имомов К. Ўзбек халқ насри поэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008. – 250
б.
13. Имомов К. Ўзбек халқ  прозаси. – Тошкент : Фан, 1981.
14. Имомов К. Афсона // Ўзбек фольклори очерклари. 2-том. - Тошкент.:
Фан, 1989. 
15. Ипак   йўли   афсоналари.   Тўплаб,   нашрга   тайёрлович:   М.Жўраев.   –
Тошкент: Фан, 1993.
16. Жалолов Ғ. Ўзбек халқ  эртаклари поэтикаси.  –  Тошкент : Фан, 1978.  –
186  б .
17. Жуманиёзов   Б.   Ўзбек   эпик   фолькорларида   ялмоғиз   образи.   Филол.
фанлари номзоди. дисс. автореф.  –  Тошкент.   1996 .
88 18. Jo‘rayev M., Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: Barkamol fayz media, 2017. – 180 b.
19. Жўраев М., Холмуҳамедов К. Етти иқлимдаги «Етти»лар.  –  Тошкент:
Фан,   1989.
20. Жўраев   М.   Ўзбек   халқ   эртакларида   сеҳрли   рақ амлар.   –   Тошкент :
Фан, 1991.
21. Жўраев   М.   Ўзбек   халқ   насри   жанрларини   тасниф   қилиш
мезонлари .  // Ўзбек тили ва адабиёти, 1996, №5. – Б.28-34.
22. Жўраев   М.   «Алпомиш»   достонида   мифологик   образлар .
–  Тошкент :   Фан, 1999. 
23. Жўраев   М.   «Одами   Од»   афсонаси   сюжетининг   манбалари .   //   Ўзбек
тили ва адабиёти , 2000, №2, 31-37-бетлар  
24. Жўраев   М.   «Анқо»   образи   талқинига   доир   баъзи   мулоҳазалар .   //
Ўзбек тили ва адабиёти , 2001, №2, 52-54-бетлар  
25. Жўраев М.  Гавомард образининг ўзбек фольклоридаги талқинлари .   //
Ўзбек тили ва адабиёти , 2001, №5 . 31 - 36 -б .
26. Жўраев М. Шомусаров Ш. Ўзбек мифология си ва араб фольклори. -
Тошкент : Фан, 2001
27. Жўраев   М.   Ҳубби   образининг   мифологик   асосларига   доир .   //   Ўзбек
тили ва адабиёти , 2002, №2 . 50 - 55 -б .
28. Жўраев М., Саидова Р.     Бухоро афсоналари (тадқиқот ва матнлар). -
Тошкент., А бдулла   Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2002.
29. Жўраев М., Нарзиқулова М. Миф,   фольклор ва адабиёт. – Тошкент :
Ўзбекистон Ми ллий кутубхонаси нашриёти, 2006.  
30. Каскабасов С. Таңдамалы. Т.3. Фольклорная проза казахов.   Астана,‒
2014.  – 372 c.
31. Кошифий Хусаин Воиз. Ахло қи Муҳсиний // нашрга тайёрловчилар:
М.Аминов Ф. Хасанов. –Тошкент:  Ўзбекистон илмий нашриёти, 2011. – 376
б.
89 32. Лапасов   Ж.   Мумтоз   адабий   асарлар   учун   ўқув   луғати.   –   Тошкент:
Ўқитувчи, 1994.
33. Нурмонов   Фурқат  Исмоилович.   Хизр   образининг   генезиси   ва   унинг
ўзбек   фольклоридаги   талқини.   Филол.   фанлари   номзоди.   дисс.   автореф.   –
Тошкент.  200 6.
34. Қосимов   Б.   Миллий   уйғониш   даври   ўзбек   адабиёти.   –Тошкент:
Маънавият, 2004. – 450 б.
35. Қуръони   Карим .   Ўзбек   тилидаги   маънолар   таржимаси.   Таржимон:
Шайх   Муҳаммад   Содиқ   Муҳаммад   Юсуф.   –   Тошкент:   Ҳилол   нашр,   2018 .   –
604   б.
36. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri .   Tarjima va tafsir muallifi:
Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent: Movarounnahr, 2020.  –  255 b.
37. Раҳмонов Т. Қадимги мифлар ўзбек фольклори эпик мотивларининг
ўзаги сифатида.  Филол. фанлари номзоди. дисс. автореф.  –  Тошкент. 1996.
38. Safarov O. O‘zbek xalq og’zaki ijodi. – Toshkent: Musiqa, 2010. – 368 b.
39. Саримсоқов   Б.   Эпик   жанрлар   диффузияси .   //   Ўзбек   фольклорининг
эпик жанрлари. – Тошкент, Фан, 1981. - Б.106-115.
40. Саримсоқов Б. Ўзбек маросим фольклори. – Тошкент: Фан, 1986.
41. Сакали М.А. Туркменский сказочный эпос. – Ашхабад, 1956. – С. 69.
42. Турдимов Ш. Этнос ва эпос.  –  Тошкент: O'zbekiston, 2012 .  –   96 б.
43. Туманов   Н.   Историческая   личность   Хатама   в   «Китаб   альагани»
Абулфараджа   аль-Исфагани   //   Вестник   Таджикского   национального
университета. Серия: Филология.   Душанбе, 2016. – №4/6. – С.243-246‒ .   
44. Туманов   Н.   Отражение   облика   Хатама   в   поэзии   Х-Х II   вв.   Вестник
Таджикского   национального   университета.   Серия:   Филология.     Душанбе,	
‒
2017. – №4/1. – С.196-199 .  
45. Туманов   Н.   Отражение   личности   Хатама   в   нравственно-
дидактической   прозе   //   Вестник   Бохтарского   университета   имени   Носира
Хусрава.   Серия   гуманитарно-экономических   наук.     Бохтар,   2018.   –   №1/3	
‒
(59). – С.59-62 .  
90 46. Туманов Н. О поэтической деятельности Хатама ат-Тайи // Известия
АН   Республики   Таджикистан.   Отд.   обществоведческих   наук.     Душанбе,‒
2018. – №5/4. – С.131-137 .
47. Туманов   Н.   Сведения   о   потомках   Хатама   в   «Равзат   ас-сафа»
Мирхонда   //   Вестник   Таджикского   национального   университета.   Серия:
Филология.   Душанбе, 2018. – №5/8. – С.104-107 (тожик тилида); 	
‒
48. Туманов   Н.   Художественный   образ   Хатама   в   «Ахлоки   мухсини»
Хусайна   Ваиза   Кашифи   //   Вестник   Таджикского   национального
университета. Серия: Филология.   Душанбе, 2019. – №5/1. – С.121-125	
‒ .
49.	
Хўжаев   Т.Р.  	Мифик   образ   ва   ёзма   адабиёт	.  //   Адабий   мерос.   1991.	
№2. –Б. 63-68. 
50.	
Хўжаев   Т.Р.   ХV  	аср   биринчи   ярми   ўзбек   адабиёти   ва   фольклор:
Филол. фан. номз. ... дисс. автореф.  –  Тошкент,	
 1996.
51. Юсупов Ж. Эртак ва ҳ аёт. – Тошкент : Фан, 1997.
52. Юсупов Ж. Хоразм эртакларининг генезиси, асосий хусусиятлари ва
поэтикаси. Филол. фанлари д октори дисс. автореф. – Тошкент : 1999 .
53. Шомусаров Ш. Араб ва ўзбек фольклори тарихий-қиёсий таҳ лили. –
Тошкент : Фан, 2002 .
54. Зарифов   Ҳ.   Ўзбек   халқ   достонларининг   тарихий   асослари   бўйича
текширишлар.     Жанговар от образининг қадимий асосларига доир .   // Пўлкан
шоир.  – Тошкент,  1976.
55. Зуфаров С .  Ҳотами той қиссаси . //  Ўзбек тили ва адабиёти №-5 32-б.
56. ХХ аср ўзбек фолъклоршунослиги. Антология. Тузувчилар: Тўлабоев
О.,   Жўраев   М.,   Каримов   Б.,   Абдиев   Ҳ.,   Саидов   И.,   –Тошкент:   Ўзбекистон
миллий энциклопедияси, Давлат илмий нашриёти, 2017 .   –  580   b.
III. Badiiy adabiyotlar:
57. Абдураҳмон Жомий. Баҳористон. – Тошкент: Ёш гвардия, 1979. – 99
б.
58. Alisher   Navoiy.   Hayrat   ul-abror.   –   Toshkent:   G`ofur   G`ulom   nomidagi
adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. –258 b.  
91 59. Алпомиш .   Ў збек   халк   қ ахрамонлик   эпоси .   Нашрга   тайёрловчи
Т . Мирзаев .  –  Тошкент :  Фан , 1999 . – 2 45  б .
60. Боболардан   қолган   нақллар.   Тўплаб,   нашрга   тайёрловчилар:
М .Жўраев, У. Сатторов. – Тошкент : Фан, 1998.
61. Haydar Xorazmiy. Gulshan ul –asror.  Ziyouz. com kutubxonasi.
62. Ҳотамнома. Нашрга тайёрловчи ва сўзбоши муаллифи: А.Матғозиев.
− Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. –   223
б . 
63. Hotamning   ukasi .  Majoz va haqiqat.    – Т oshkent:  Kitobdornashr, 2018.   –
213 b.
64. Ҳусайин Воиз  Кошифий. Ахлоқи Муҳсиний. –Тошкент:  Ўзбекистон
миллий энциклопедияси, Давлат илмий нашриёти, 2011.  –  145 б .
65. Ming   bir   kecha:   Arab   ertaklari:   8jildlik.   4-jild:   270-434-kechalar.
Tarjimon Karimov U., nashrga tayyorlovchi Ziyodov A. – Toshkent: O’zbekiston,
2015.  – 365 b.
66. Muhammad Avfiy. Nodir hikoyatlar. –Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2011. – 175 b. 
67. Муҳаммад   Юсуф   Баёний.   Шажарайи   Хоразмшоҳий.   –   Тошкент:
Fафур Fулом нoмидаги  a дабиёт ва санъат нашриёти, 1994. – 103 б .
68. Низомулмулк.   Сиёсатнома   (Сияр   ул   мулук).   –   Тошкент:   Янги   аср
авлоди, 2008.  2 39   б .
69. Oyjamol.  O’zbek xalq ijodi ko’p tomlik. –  Toshkent:  Gafur Gulom, 1969 .
– 380  b.
70. Олтин   бешик.   Ўзбек   халқ   ижоди.   –   Тошкент.:   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти, 1985 .
71. Рабғузий   Носируддин   Бурҳониддин.   Қисаси   Рабғ узий.   Иккинчи
китоб.  –  Тошкент : Ёзувчи, 1990.
72. Сайфи   Сарoий.   Шеърлар.   Гулистон.   –   Тошкент:   Fафур   Fулом
нoмидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1968. – 256 б.
92 73. Саъдий     Шеърозий.   Гулистон.   Таржимонлар:   Ғуломов   А.,
Шоисломов Ш, Комилов Р.  –  Тошкент .  199 9 .
74. Sa’diy   Sheroziy.   Bo‘ston.   Forsiydan   Chustiy   tarjimasi.   –   Toshkent:
Yoshlar nashriyot uyi. 2019. – 143 b.
75. Саргузашти Ҳотам. Тайёркунандаи матн Ҳ.Азизқулов ва С.Давронов.
Муаллифони   сарсухан   Ю.Салимов   ва   Ҳ.Азизқулов.   –   Душанбе,   1967.   –   281
с.; 
76. Саргузашти Ҳотами Той. – Душанбе, 1997. – 272 с.
77. Тоҳир Малик. Одамийлик мулки . –  Т o шкент: Шарқ, 2014. – 935 б.
78. O ‘ zbek   xalq   ertaklari .   3- jild .   –   Toshkent :   O ` qituvchi   nashriyoti - matbaa
ijodiy   uyi , 2014. –   457  b .
IV.   Foydalanilgan lug`atlar:  
79.   Философский   словарь.   Под   ред.   И.Т.Фролова.   –   4-е   изд.   –
М осква :Политиздат, 1981. – 445 с.
80. Ўзбекистон   Миллий   энциклопедияси.   12   томлик.   –   Тошкент:
Ўзбекистон   Миллий   энциклопедияси   давлат   илмий   нашриёти,   2002-2006.   –
926 б.
81. Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   5   жилдли.   –   Тошкент:   «Ўзбекистон
миллий   энциклопедияси»   Давлат   илмий   наштирёти,   2006.   www.ziyouz.com
kutubxonasi.
V.  Internet saytlari
82. www.ziyouz.com
83. www.Lex.uz   
84. www.ziyonet.uz   
85. www.twipx.com   
86. www.yazikoznanie.ru   
93 94

O ‘ZBEK ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZINING GENEZISI VA BADIIY EVOLYU T SIYASI REJА KIRISH ............................................................................................ ......... 3 I -BOB. O‘ZBEK ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZINING GENEZISI VA BADIIY EVOLYU T SIY ASI ……………………………………………….10 1.1. Hotam obrazi evolyusiyasida tarixiy haqiqat va badiiy talqin… …..10 1.2. Hotam haqidagi epik syujetlar tipologiyasi………………………..3 0 Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………41 2-bob. O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZI … …..42 2.1. O‘rta asr yozma manbalari va Hotam syujeti …… ................... … ….43 2.2. Hotam obrazining mumtoz adabiyot badiiyatida tutgan o‘ rni… ..... .......54 Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………….…61 3-BOB. “HOTAMNOMAI TURKIY” FOLKLOR SYUJETLARI‒ ASOSIGA QURILGAN QISSA …………………………………………… …63 3.1. “Hotamnoma”ning yaratilishi tarixi va syujet tuzilishi.................... ....63 3.2. Hotam obrazining xalq qissasidagi badiiy ifodasi………… ………….67 Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………86 XULOSA ......................................................................................... .......................88 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................... ......................91 1

Kirish Mavzuning dolzarbligi . Hozirgi zamon jahon adabiyotshunosligida badiiy obrazlarning tarixiy-genetik asoslari, epik syujetlarning manbalari, shakllanish bosqichlari va taraqqiyoti, “sayyor syujet”larning tarixiy-folkloriy jarayon va adabiy an’ana rivojiga ta’siri masalalarini tadqiq etish etakchi tamoyillardan biriga aylandi. Ayniqsa, adabiy ta’sir va badiiy tarjima amaliyoti natijasida xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi an’anaviy epik syujetlarning shakllanishiga asos bo‘lgan yozma manbalarni aniqlash hamda qiyosiy tahlilga tortishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan , qadimgi a nglosakson eposi «Beovulf»ga aloqador qahramonlik qo‘shiqlari ning VII-VIII asrlarga mansub yangi manbalarning aniqlanishi, irland sagalari syujetining migratsiyasi qamrovi haqidagi ilmiy qarashlarning takomillashtirilganligi hamda «Mening Sidim haqida qo‘shiq» nomli ispan eposi parchalari aks etgan yozma yodgorliklar topilishi epik syujetlar evolyusiyasi va poetik transformatsiyasi xususidagi nazariy qarashlarni yanada boyitdi. Jahon adabiyotshunosligining epik obraz va syujetlar migratsiyasini tadqiq etishga doir ilmiy-nazariy konsepsiyalari arab, fors-tojik va boshqa xalqlar adabiyoti hamda folkloridagi an’anaviy syujetlarning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishni taqazo etadi. Ma’lumki, dunyo xalqlari adabiyotida bo‘lgani singari o‘zbek adabiyoti va folklori rivojida ham o‘zaro adabiy aloqalar va adabiy ta’sir muhim rol o‘ynagan. Ayniqsa, Xuroson va Movaraunnahrga islom dinining kirib kelishi natijasida diniy manbalar bilan bir qatorda arab tilidagi adabiy va ma’rifiy asarlar ham keng yoyila boshlagan. Arablar bilan birga ularning og‘zaki ijodi va qissaxonlik an’analari ham kirib kelgan. “Alf-laylo va laylo” majmuasi ertakchilik an’anasiga o‘z ta’sirini o‘tkazganligi kabi o‘rta asr arab xalq adabiyoti – siyratlarning bevosita ta’sirida ko‘plab qissalar ham yaratilgan. O‘zbek folklori va yozma adabiyotidagi Luqmon, Xizr, Hotam, Iskandar, Odami Od, anqo qush, Xorut va Morut kabi ko‘pgina obrazlar bilan bog‘liq badiiy talqinlar hamda epik syujetlarning tarixiy-genetik ildizlari bevosita arab xalq ijodiga borib taqaladi. Mumtoz adabiyotimizga 2

aloqador fors-tojik va arab tilidagi juda ko‘p manbalar chop etilib, ilmiy o‘rganilgan bugungi kunda ana shunday obrazlarning tarixiy asoslari va badiiy adabiyotdagi poetik evolyusiyasi jarayonlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganish dolzarblik kasb etadi. Ma’lumki, H otam yoki Hotamtoy benihoya saxiy va qo‘li ochiq kishi sifatida tasvirlangan Hotamtoy obrazining tarixiy asoslari qadimgi arab folklori an’analariga borib taqaladi. Uning ismi aslida Hotam ibn Tay bo‘lib, xalq tilida “ H otamtoy” bo‘lib ketgan. XIX asrning oxirida o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Hotamnoma” asarida keltirilishicha, o‘zining benihoya saxiyligi, qo‘li ochiqligi va muruvvatliligi bilan dong qozongan Hotam at-Tayi (yoki Hatim at-tayi) VI asrda arablarning tay qabilasidan etishib chiqqan shoir bo‘lib, uning otasi Adi ibn H otam bo‘lgan. U Muhammad payg‘ambarimiz zamonasidan 150 yil avval vafot etgan. “G‘iyos ul-lug‘at”da qayd etilishicha, “ T ay − Yamandagi qabila nomi bo‘lib, Hotam toyi shu qabilaga mansubdir”. 1 O‘zbek xal q og‘zaki badiiy ijodi va yozma adabiyotidagi Hotam obrazining kelib chiqishi S h arq xalqlari, jumladan, arab va fors-tojik adabiyotining ta’siri bilan belgilanadi. Bu obraz bilan bog‘liq epik talqinlar arablardan Y a qin va O‘rta S h arq, shuningdek, O‘rta Osiyo xalqlariga o‘tib, milliy folklor an’analari va epik ijodiyot rivoji davomida o‘ziga xos syujetlarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan. O‘zbek adabiyotidagi Hotam bilan bog‘liq epik syujetlarni mazmuni va mohiyatiga ko‘ra uch tipga bo‘lib tasnif qilish mumkin: 1) Hotam-toyni behisob boylik egasi sifatida tasvirlaydigan sehrli ertaklar; 2) Hotamni kambag‘al bo‘lishiga qaramay, g‘oyat qo‘li ochiq va saxiy kishi sifatida tasvirlaydigan maishiy ertaklar; 3) Hotamni boylik va saxiylik timsoli o‘laroq tasvirlaydigan rivoyat va afsonalar. Bundan tashqari, Husayn Voiz Koshifiyning “Risala-i Hotamiya” asarining yuzaga kelishi, shuningdek, O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan fors tilidagi xalq kitobi “Hotamnoma”ning ‒ XIX asr oxirida o‘zbek tiliga tarjima qilinishi Hotam haqidagi epik syujetlar ko‘lamini yanada kengaytirdi. “Hotamnoma y i turkiy”ning kompozitsion qurilishi, uning tarkibidagi 1 Ҳотамнома . Нашрга тайёрловчи ва сўзбоши муаллифи: А.Матғозиев. − Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. − Б. 3-5. 3

hikoyatlarning badiiy xususiyatlari, bu manbaning ertakchilar va qissaxonlar repertuariga ta’siri kabi masalasi ham hozirga qadar o‘rganilganicha yo‘q. S h uning uchun ham o‘zbek adabiyotida Hotam obrazining genetik asoslari va badiiy evolyusiyasi masalasini folklor va yozma adabiyot materiallari asosida tadqiq etish epik syujetlar tizimining shakllanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi. Ushbu mavzuning magistrlik dissertatsiyasi sifatida ishlanishining nazariy- metodologik asoslari mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni chuqur idrok etgan holda yangicha tamoyillar asosida tadqiq va targ‘ib qilish jarayoni milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari taraqqiy etayotganligi bilan belgilanadi. Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi F-4789 -son Farmoyishi, 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-sonli «Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 18 apreldagi PQ –28-29-son Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi q arori, 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy- tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017 yil 24 maydagi PQ-2995- son li “ Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” gi , 2017 yil 13 sentabrdagi PQ-3271-son «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi , 2019 yil 14 maydagi PQ -4320- sonli “ Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror lar i va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning ob’ekti . Hotam haqidagi folklor asarlari, mumtoz adabiyot manbalari va “Hotamnoma y i turkiy”ning 1988 yilgi nashri. 4

Tadqiqotning predmetini adabiy aloqalar va tarjima amaliyoti orqali o‘zlashgan badiiy obrazlar hamda epik syujetlarning tarixiy-genetik asoslari va tadrijiy rivoji tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek folklori va mumtoz yozma adabiyotida Hotam obrazining tarixiy asoslarini ochib berish, Hotam bilan bog‘liq epik syujetlarning manbalarini aniqlash hamda “Hotamnoma y i turkiy”ning folklor asari sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirish orqali epik obraz va syujetning tadrijiy rivoji bosqichlarini tavsiflashdan iboratdir. Tadqiqotning vazifalari : o‘zbek folklori va mumtoz yozma adabiyotidagi Hotam obrazining manbalari va tarixiy-genetik asoslarini aniqlash; o‘rta asr yozma manbalaridagi Hotam haqidagi hikoyat va rivoyatlarning o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodidagi mushtarak talqinlarini aniqlash; Hotam haqidagi ertaklarning etakchi motivlar tarkibini turkiy xalqlar folkloridagi mushtarak syujet elementlari bilan qiyosiy tahlil qilish; Hotam obrazining o‘zbek mumtoz adabiyotidagi badiiy ifodasi va poetik evolyusiyasini yoritish; “Hotamnoma y i turkiy”ning kompozitsion qurilishi, syujet tizimi va obrazlar tarkibini o‘rganish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘zbek adabiyotshunosligi va folklorshunosligida ilk bor Hotam obrazining xalq og‘zaki badiiy ijodida ommalashishi tarixi, uning mumtoz adabiyot badiiyatini boyitishdagi o‘rni ko‘rsatib berildi. XIX asrda o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Hotamnoma” qissasi tarkibidagi hikoyalarning turkiy badiiy nasr rivojida tutgan o‘rni va epik syujetlarning poetik evolyusiyasiga xos xususiyatlar aniqlandi. Mavzuning o‘rganilish tarixi . Hotam obrazining turkiy xalqlar, jumladan, qozoq va turkman xalq ertaklaridagi epik talqini masalasi S.Qasqabasov 2 hamda M.Sakali 3 tomonidan o‘rganilgan. Hotam haqidagi hikoyatlar majmasi 2 Каскабасов С. Таңдамалы. Т.3. Фольклорная проза казахов. Астана, 2014. С.11-12.‒ ‒ 3 Сакали М.А. Туркменский сказочный эпос. – Ашхабад, 1956. – С. 69. 5