PUL TIZIMI EVOLYUTSIYASI VA UNING TURLARI
PUL TIZIMI EVOLYUTSIYASI VA UNING TURLARI Kirish……………………………………………………………………………3 1. Pulning mohiyati va rivojlanish bosqichlari………………………………7 2. Pul tizimi, uning tarkibiy elementlari……………………………………11 3. Pul tizimini evolutsion rivojlanishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar…………14 4. O'zbekistonda pul tizimi takomillashtirish yo`llari………………………..17 Xulosa…………………………………………………………………………….23 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….25
Kirish XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi. Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi. Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 1.pul tizimini tashkil etish tamoyillari; 2.pul birligi; 3. baho masshtabi; 4. pulning turlari; 5. pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning ta’minlanganlik asoslari; 6. pul muomalasini tartibga solishning usullari; 7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul tizimini tashkil etish tamoyillari – pul tizimini tashkil etishning asosiy elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul tizimini tashkil etishning tartib vaqoidalari nazarda tutiladi. Ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir – biriga o‘xshasada har bir mamlakatda pul – kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan. 1 1 Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз
1. Pulning mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va derektiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi. Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olishqobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi. Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi. Pul birligi . Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar asosida belgilab qo‘yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Mamlakat iqtisodiyotida muomalada bo‘lgan pul birligi o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Milliy valyutaning nomi barcha mamlakatlarda turlicha nomda yuritiladi. Masalan, AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt sterling, Xitoyda yuan va boshqalar (quyidagi jadvalda jahon mamlakatlarining pul birliklarining nomlari keltirilgan). 2 Pul tizimining turlari Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‘ldi. Xususan: – metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala 2 Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз
vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funktsiyalari namoyon bo‘ladi; – qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqarildi. Metall pullar tizimi sharoitida metall qanday shaklda bo‘lishidan qa’tiy nazar, to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi ikkiga bo‘linib, birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm sifatida guruhlanadi. Bimetallizm – bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi. O‘z navbatida bimetllizm tizimi uchta shaklda amal qildi: – birinchidan, parallel valyuta tizimi, ushbu metall pullar o‘rtasidagi munosabat ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda stixiyali ravishda o‘rnatildi; – ikkinchidan, ikkiyoqlamali valyuta tizimi, metall pullar o‘rtasidagi munosabat davlat tomonidan belgilandi va shuning asosida oltin va kumush tangalar zarb qilindi; – uchinchidan, «oqsoq» valyuta tizimi – ushbu tizimda oltin va kumush tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida xizmat qildi, lekin kumush tangalar yopiq holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. «Oqsoq» valyuta tizimi
deyilishiga sabab kumush tangalar ushbu davrda to‘laqonli valyuta sifatida umum ekvivalent rolini amalga oshirmaydi. 2. Pul tizimi, uning tarkibiy elementlari. Muomalada ikkita metall pulning vazifasini bajargan paytda ular o‘rtasida bahoni aniqlashda muammolar va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Shu bilan birga, pul tizimining bimetllizm shakli beqaror va bir – biriga o‘zaro qarama – qarshi edi. Shuningdek, rivojlangan tovar – pul munosabatlari sharoiti talablariga yetarli darajada javob bermas edi. Pul tizimining bimetallizm shakli hukm surgan davri asosan XVI – XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866 yillarda bimetallizm pul tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning qiymatini oltinga nisbati rasmiy belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, o‘sha paytda kumush va oltin o‘rtasida munosabat 15,5:1nisbatda o‘rnatildi. XIX asrning o‘rtalarida ushbu tenglik o‘rtasida farq kengayib 22:1 tartibda belgilandi. Buning natijasida oltin va kumush tangalar muomaladan chiqib, boylik jamg‘armasini bajara boshladi. Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va ijtimoiy – iqtisodiy yagona umumekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish zarurligini ko‘rsatdi. Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi. 3 Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib kela boshladi. 3 Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: “Ўзбекистон”