logo

O‘zbek tili uslubshunosligining «Grammatik stilistika» sohasi, uning predmeti, maqsad va vazifalari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

40.9716796875 KB
O‘zbek tili uslubshunosligining «Grammatik stilistika» sohasi, uning
predmeti, maqsad va vazifalari
R e j a :
1. Stilistikaning ob’ekti hisoblanishi mumkin bo‘lgan vositalar.
2. Grammatik uslubshunoslikning ob’ekti.
3. Grammatik uslubshunoslikning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi.
4. Morfologik uslubshunoslik.
5. Sintaktik uslubshunoslik.
6. Grammatik uslubshunoslikni o‘rganishning maqsad va vazifalari. Ta’kidlab   o‘tilganidek,   tildagi   deyarli   barcha   birliklar   –   fonetik,   leksik,
frazeologik,   morfologik   va   sintaktik   elementlar   uslubshunoslikning   predmeti
bo‘lishi   mumkin.   Ammo   ularning   birlamchi   ma’nosi   kengayib,   ma’lum
emotsional-ekspressiv   ottenkaga   va   estetik   ta’sir   kuchiga   ega   bo‘lsa   yoki   amal
qilish   va   vazifaviy   doirasi   kengaysagina   shunday   bo‘ladi.   Bu   esa   matn   bilan
bog‘liq bo‘lib, nutq jarayonidagina  ulardagi  uslubiy  imkoniyatlar  yuzaga  chiqadi.
Grammatik   uslubshunoslik   yo‘nalishida   grammatik   vositalarning,   qurilmalarning
ana shu imkoniyatlari tadqiq etiladi.
O‘zbek   tilshunosligida   grammatik   uslubshunoslik   masalalari   bilan
shug‘ullanish bevosita o‘zbek tili stilistikasiga oid tadqiqotlarning davomi sifatida
maydonga   kelgan   bo‘lib,   hech   mubolag‘asiz   aytish   mumkinki,   bu   sohadagi
dastlabki   umumnazariy   xulosalar   prof.   R.Q.Qo‘ng‘urov   qalamiga   mansub.
Olimning bu sohadagi qarashlari katta-kichik hajmdagi ilmiy maqolalardan tortib,
«O‘zbek   tili   stilistikasidan   ocherklar»   (Samarqand,   1975),   «O‘zbek   tili
grammatikasi»ning   akademik   nashri   (Toshkent,   1975),   «Stilistika   imeni
su щ estvitelnogo   v   uzbekskom   yaz ы ke»   (Tashkent,   1983),   hammualliflikda
yozilgan   «O‘zbek   tili   stilistikasi»   (Toshkent,   1983),   «O‘zbek   tilining   funksional
stillari»   (Samarqand,   1983),   «Nutq   madaniyati   va   uslubiyat   asoslari»   (Toshkent,
1992)   singari   alohida   nashrlari   hamda   «O‘zbek   tilida   otlar   shakl   yasovchi
morfemalarining   semantik-uslubiy   xususiyatlari»   mavzusidagi   doktorlik
dissertatsiyasida   o‘z   ifodasini   topgan.   «O‘zbek   filologiyasi»   to‘plamiga   kiritilgan
yirik   hajmdagi   «Grammatik   stilistika»   (Samrqand,   1976)   va   «Sub’ektiv   baho
formalarining semantik va stilistik xususiyatlari» (Toshkent, 1980) monografiyasi
esa   bevosta   o‘zbek   tili   grammatik   uslubiyati   muammolarini   hal   etishga
bag‘ishlangan.
R.Qo‘ng‘urov   sanab   o‘tilgan   asarlarida   «grammatik   uslubshunoslik»
tushunchasining izohini beradi hamda o‘zbek tili  stilistikasidagi  mazkur  sohaning
predmeti,   maqsad   va   vazifalarini   belgilab   beradi.   Bunday   murakkab   vazifani   hal
qilish   maqsadida   asosan   chex,   rus   va   o‘zbek   tilshunosligida   bayon   etilgan qarashlarni   sinchiklab   o‘rganadi   hamda   shu   qarashlarga   tayangan   holda   o‘z
mulohazalarini bayon etadi.
Ma’lumki,   hozirgi   zamon   uslubshunosligining   mana   shu   tarmog‘i   ikki
termin   –   «uslubiy   grammatika»   va   «grammatik   uslubshunoslik»   atamalari   bilan
nomlanib   kelinmoqda.   Olim   bu   terminlardan   birini   -   «grammatik
uslubshunoslik»ni   qo‘llashni   maqsadga   muvofiq   deb   hisoblaydi.   Bunda   u,
birinchidan,   terminning   ishlatilishida   «fonetik   uslubshunoslik»,   «leksik
uslubshunoslik»,   «funksional   uslubshunoslik»,   «qiyosiy   uslubshunoslik»   singari
atamalarga   muvofiqlikni   ko‘radi.   Ikkinchidan   esa,   o‘zbek   tilshunosligida   bu
sohaning   deyarli   o‘rganilmaganligini   ta’kidlab,   tildagi   morfologik   va   sintaktik
hodisalar   va   vositalarda   nutq   jarayonida   shakllanadigan   uslubiy   xususiyatlar   ana
shu   sohaning   tadqiqot   ob’ekti   bo‘lishi   lozimligini   uqtiradi.   SHu   tarzda
R.Qo‘ng‘urov   tomonidan   grammatik   uslubshunoslik   alohida   bo‘lim   sifatida
ajratilishi   va   o‘rganilishi   kerakmi,   degan   tarzda   o‘rtaga   qo‘yilgan   masala   nazariy
jihatdan asoslab beriladi.
Darhaqiqat, o‘zbek tilidagi grammatik vositalarning juda katta qismi uslubiy
bo‘yoqqa   va   tasviriylikka,   sinonimiya   va   variantlarga   ega   ekanligi   olim
qarashlarining   to‘g‘ri   ekanligidan   dalolat   beradi.   Ma’no   jihatdan   bir-biriga   yaqin
bo‘lgan til birliklarini nutqiy vaziyat talabi bilan tanlab va almashtirib ishlatish va
shu orqali ma’no nozikliklarini farqlash, bir mazmunni ma’nolari bir-biriga yaqin
bo‘lgan   bir   necha   grammatik   vositalar   bilan   ifodalash   sabablarini   topish   va
qonuniyatlarini   belgilash   ham   bu   sohani   alohida   yo‘nalish   sifatida   o‘rganish
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
«Grammatik   stilistikaning   asosiy   vazifalari   ham   umumiy   stilistikaning
vazifalaridan   kelib   chiqadi.   –   deydi   R.Qo‘ng‘urov.   –   SHu   sabali   til   faktlarining
ijtimoiy qo‘llanish sferasi  jihatdan qaysi  biriga tegishli  ekanligini, qaysi  stil  bilan
cheklanganligini,   grammatik   sinonimiya,   ayrim   grammatik   kategoriyalarning
stilistik   imkoniyatlarini   ochb   berish   (qo‘shimcha   ma’no   ottenkalari,   ekspressiv-
baholash   imkoniyatlari),   grammatik   forma,   birikma,   gap   va   boshqa
konstruksiyalarning   kontekst   bilan   bog‘liq   ravishda   hosil   qiladigan   ma’no nozikliklarini   aniqlash   (konnotativ   ma’noni   aniqlash),   hatto   ba’zan   til   faktlariga
struktural   va   funksional   modifikatsiya   nuqtai   nazaridan   qarash,   o‘rganish
(N.Baskakov) grammatik stilistikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi». 1
Uslubshunoslikda   morfologiya   doirasidagi   grammatik   ko‘rsatkichlarda
uslubiy   imkoniyatlar   chegaralangan,   degan   fikr   mavjud.   Bu   mulohazani   hatto
V.V.Vinogradov,   A.M.Peshkovskiydek   taniqli   tilshunoslar   ham   e’tirof   etishgan.
R.Qo‘ng‘urov   ko‘p   yillik   kuzatishlari   natijalariga   tayanib,   ana   shu   qarashning
to‘g‘ri   ekanligini   tasdiqlaydi   hamda   uning   sabablarini   o‘zbek   tilidagi   grammatik
shakllarning semantik-stilistik xususiyatlari to‘g‘risida keng miqyosda monografik
kuzatishlar   amalga   oshirilmayotganligi,   affikslarning   sinonimiyasi,   omonimiya,
polisemiya   va   antonimiyasi   etarli   tadqiq   etilmaganligi   bilan   izohlaydi. 2
  Fikrni
isbotlash uchun keltirilgan dalillar asosli, albatta. Ammo amalda esa  olim  ot so‘z
turkumining   egalik,   kelishik,   sub’ektiv   baho   ifodalovchi   grammatik   shakllari
misolidagi   kuzatishlari   bilan   morfologik   ko‘rsatkichlarda   ham   uslubiy
imkoniyatlarning keng ekanligini isbotlab berdi.
Agar   bu   tadqiqotlar   doirasiga   uning   olmosh,   sifat   va   ko‘makchilar
uslubiyati, 3
  M.Sodiqovaning   fe’l   uslubiyati 4
  yuzasidan   olib   borgan   kuzatishlarini
ham  kiritsak,  o‘zbek  tili  morfologiyasining  uslubiy  imkoniyatlari  haqidagi   xulosa
biroz shoshilibaytilganday tuyuladi.
R.Qo‘ng‘urovning   quyidagi   fikriga   ham   munosabat   bildirishga   to‘g‘ri
keladi:   «To‘g‘ri,   ba’zi   olimlar   grammatik   formalarning   qaysi   biri   qaysi   stilda
ko‘proq   ishlatilishini   aniqlash   ham   stilistikaning   vazifasiga   kiradi,   deyishadi   va
shundan kelib chiqib, grammatik formalarning stillarda qo‘llanish statistikasi bilan
shug‘ullanishni   lozim   ko‘radilar.   Ma’lum   darajada   bu   usul   ham   ayrim
1
 Қўнғуров Р. Субъектив баҳо формаларининг семантик ва стилистик хусусиятлари, 11-бет.
2 2
 Қўнғуров Р. Юқоридаги асар, 12-13-бетлар.
3 3
 Қўнғуров Р. Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // Ўзбек тили стилистикасидан 
кузатишлар. – Самарқанд, 1981, 4-21-бетлар; Шу муаллиф. Сифат стилистикаси // Ўзбек тили 
стилистикаси ва нутқ маданияти масалалари. – Самарқанд, 1982. 3-10-бетлар.Шу муаллиф. 
Кўмакчилар синонимиясига доир // Ўзбек тили стилистикаси ва нутқ маданияти масалалари. –
Самарқанд, 1982. 20-41-бетлар.
4 4
 Содиқова М. Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975. formalarning   qaysi   stilga   xosligini   aniqlashga   yordam   beradi.   Lekin   bu   masalani
to‘liq va to‘g‘ri hal qilib berolmaydi». 5
Harqalay,   grammatik   shakllar   o‘rtasida   sinonimik   munosabatlar   mavjud
bo‘lishining   o‘zi   bir   boylik.   Ularning   qo‘llanishida   ajralishlar   yuz   berib,
farqlanishlar,   nozikliklar   sezilib,   qaysi   vazifaviy   uslubda   qaysi   morfologik
birlikning   faol   qo‘llanilishi   tobora   aniq   bo‘lib   borishi   esa   ona   tilimiz   uslubiy
ko‘lamining yana ham kengayayotganidan dalolat beradi, degan fikr tarafdorimiz.
Lekin «grammatik stilistika, xususan morfologik stilistika ko‘proq ma’no masalasi,
ingrent   adgrent     ekspressivlik   masalalari   bilan   shug‘ullanadi», 6
  deganda   olim
mutlaqo haq.
O‘zbek   tilshunosligida   grammatik   shakllar   o‘rtasidagi   sinonimik
munosabatlarning yirik tadqiqotchisi prof. YO.Tojiev hisoblanadi. Olim faqatgina
shaxs   oti   yasovchi   –chi     qo‘shimchasining   –gar   (sehrchi-sehrgar,   holvachi-
holvagar),   -kor   (xizmatchi-xizmatkor,   paxtachi-paxtakor),   -kash   (juvozchi-
juvozkash,   aravachi-aravakash,   pillachi-pillakash),   -shunos   (tilchi-tilshunos,
tarixchi-tarixshu-nos),   -furush   (eski-eskifurush,   do‘ppichi-do‘ppifurush),   -soz
(mashinachi-mashinasoz,   samolyotchi-samolyotsoz),   -paz   (somsachi-somsapaz,
holvachi-holvapaz,   kabobchi-kabobpaz),   -go‘y   (qasidachi-qasidago‘y,
maslahatchi-maslahatgo‘y),   do‘z   (etikchi-etikdo‘z,   yamoqchi-yamoqdo‘z),   -boz
(qushchi-qushboz,   kaptarchi-kaptarboz),   -dor   (ijarachi-ijarador),   -xo‘r
(qasamchi-qasamxo‘r),   -xon   (mushtumchi-mushtumxon),   -don   (siyosatchi-
siyosatdon),   -navis   (g‘azalchi-g‘azalnavis,   qasidachi-qasidanavis,   hikoyachi-
hikoyanavis)     hamda   rus   tili   va   u   orqali   kirib   kelgan   –ist   (traktorchi-traktorist,
futbolchi-futbolist),           -er/-yor (grimchi-grimer), -(i)oner (pensiyachi-pensioner),
-ant   (muzikachi-muzikant),   -graf   (fotochi-fotograf),   -ator   (ekspluatatsiyachi-
ekspluatator),   -ik/avik   (frontchi-frontovik,   prozachi-prozaik,   satirachi-satirik),   -
shik   (svarkachi-svarshik,   ekskovatorchi-ekskovatorshik),   -on   (pochtachi-
pochtalon),   -smen     (sportchi-sportsmen),   -log   (rentgenchi-rentgenolog) 7
  singari
affikslar,   yana   bu   affikslarning   o‘zaro   sinonimik   munosabatda   bo‘lishini   va   bu
5 5
 Қўнғуров Р. Субъектив баҳо формаларининг семантик ва стилистик хусусиятлари, 13-бет.
6 6
 Қўнғуров Р. Юқоридаги асар, 13-бет. munosabatlarda   vujudga   keladigan   uslubiy   nozikliklarni   tahlil   qilish   bilan   o‘zbek
tilidagi   morfologik   ko‘rsatkichlarning   uslubiy   imkoniyatlari   naqadar   keng
ekanligini amalda isbot qilib berdi.
«Bizningcha,   -   deb   yozadi   olim.   –   har   qanday   affiksning   ma’no   doirasini
belgilashda   ikki   narsaga   e’tibor   qilish   kerak:   birinchidan,   affiksning   qanlay
o‘zakka   qo‘shilayotganligiga   qarab,   uning   ma’nolarini   belgilash   kerak   bo‘lsa,
ikkinchidan, shu affiksning sinonimlarini keltirish orqali belgilash kerak. Bu ikkala
narsani hisobga olmasdan turib, affikslarning ma’no xususiyatlarini to‘la belgilash
mumkin emas.
Agar   shu   nuqtai   nazardan   qaraydigan   bo‘lsak,   -chi     affiksining   ma’nosini
unga   sinonim   bo‘lib   kela   olishi   mumkin   bo‘lgan   affikslarning   va   uni   ma’no
jihatdan   qoplaydigan   boshqa   vositalarning   miqdori   bilan   belgilanishi   mumkin.
Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   –chi     affiksi   20   dan   ortiq   shaxs   otlari   yasovchi
affikslar bilan sinonim bo‘lib kela oladi». 8
-chi     qo‘shimchasining   iste’molda   bo‘lish   imkoniyati   boshqa   manbalarda
ham   ta’kidlangan. 9
  Biz   ularga   ana   shu   imkoniyatning   yana   bir   qirrasi   –   uslubiy
bo‘yoqqa   egalik   yoki   ega   emaslik   nuqtai   nazaridan   yondoshib   ko‘ramiz.   Uning
qo‘llanishidagi birinchi yo‘nalishni olib qaraylik:  kitob+cha, stol+cha, qalam+cha
kabi.   Bu   erda   u   so‘zlar   tarkibida   uslubiy   bo‘yoqning   vujudga   kelishiga   xizmat
qilayotgan emas. Bir predmetning ikkinchisiga nisbatan hajm jihatdan kichikligini
ko‘rsatmoqda,  xolos. Demak, u, eng  avvalo, o‘zbek  tilida  kichraytirish ma’nosini
ifodalovchi   morfologik   ko‘rsatkich   sifatida   baholanadi.   Ammo   qo‘shimchaning
qo‘llanish   ko‘lami   kengaya   borgani   sari   uning   morfologik-uslubiy   imkoniyatlari
ham kengayib boraveradi.
Affiksni   ikkinchi   yo‘nalishda   kuzatamiz:   uka+cha,   jiyan+cha,   singil+cha,
bola+cha   singari.   Aslida   bu   so‘zlarning   o‘zagidan   kichiklik   ma’nosi
7 7
 Мустақиллик шарофати ва ижтимоий-сиёсий тузумнинг ўзгариши билан бу каби сўзларнинг
қўлланиш   имконияти   тобора   камайиб   бораётганлигини   ҳамда   –чи     қўшимчасига   ўз   ўрнин
бўшатиб бераётганини таъкидлаймиз.
8 8
  Тожиев Ё.   Ўзбек тилида шахс отлари ясовчи аффикслар синонимияси.  – Тошкент, 1987,  13-
14-бетлар.
9 9
  Бу ҳақда қаранг:  Ғуломов А., Тихонов А., Қўнғуров Р. Ўзбек тили морфем луғати. – Тошкент,
1977, 442-бет. anglashilmoqda.   CHunki   aytilishi   bilanoq   ongimizda   ularning   aka,   tog‘a,   opa,
katta     singari   botiniy   oppozitsiyasi   shakllanadi.   SHuning   uchun   ham   –cha
qo‘shilgach,   bu   so‘zlarda   erkalash   ottenkasiga   ega   bo‘lgan   ijobiy   uslubiy   bo‘yoq
shakllanadi.   Nutqda   aksincha   bo‘lishi   ham   mumkin.   Buni   uchinchi   yo‘nalishda
kuzatamiz:   erkak+cha,   oyim+cha,   otin+cha,   xotin+cha,   Salim+cha     kabi.
So‘zlarning     -cha       bilan   bu   birikishlarida   matniy   vaziyatga   qarab   kamsitish,
iltifotsizlik,   nazarga   ilmaslik,   mensimaslik,   piching   va,     hatto,   haqorat   singari
salbiy uslubiy ottenkalar vujudga keladi.
SHunday   qilib,   morfologik   uslubshunoslik   doirasida   ham   uslubiy   tahlil
uchun   material   etarli,   deb   aytish   mumkin.   Bu,   bir   tomondan,   grammatik
shakllarning   sinonimiyasi   va   variantlarining   mavjudligida   namoyon   bo‘lsa,
ikkinchi   tomondan,   ulardagi   uslubiy   bo‘yoqdorlikda   ko‘rinadi.   Grammatik
shakllarning   sinonimlar   va   variantlarga   ega   bo‘lishi   ifodada   nozik   jihatlarni   ham
bera olishga imkon tug‘diradi, ularning vazifaviy tarmoqlanishi, chegaralanishi va
ma’lum uslub doirasida mustahkamlanishi va qo‘llanilishining odat tusiga kirishiga
ham sharoit yaratiladi. Qo‘llanishdagi variantlar ko‘paya va imkoniyatlar kengaya
borgani   sari   ifoda   ham   tobora   aniqlasha   va   noziklashaveradi.   Morfologik
ko‘rsatkichlar   o‘zi   qo‘shilayotgan   so‘zlar   ma’nosining   kengayishi,   uslubiy
bo‘yoqdorlikning orta borishida faol aralashadi.
Tilning ijtimoiy vazifasi haqida gap ketganda uning ta’sirchanligi masalasini
e’tibordan   chetda   qoldirmaymiz.   Til   materialining   ta’sir   kuchi,   emotsional-
ekspressivlik   imkoniyati   faqatgina   matnda   namoyon   bo‘lishi   mumkinligi   esa
alohida isbot talab qilmaydi. SHunday ekan, grammatik vositalar va hodisalarning
uslubiy imkoniyatlari ham aynan ana shu matn tufayli ro‘yobga chiqishini yana bir
marta eslab o‘tishimizga to‘g‘ri keladi.
Xo‘sh,   oddiy   nutqdan   emotsional   nutqning,   oddiy   grammatik   qurilishdan
ma’lum   ekspressiv   ottenkaga   ega   bo‘lgan   qurilmaning   farqi   nimada?   Til   qanday
holatlarda   va   qanday   vositalar   yordamida   o‘zining   dastlabki   –   aloqa-xabar
vazifasini bajarishdan tasho‘ari yana tinglovchi yoki o‘quvchiga ijobiy yoki salbiy
ta’sir   ko‘rsatish   vositasiga   aylanadi?   Savollar   ana   shu   mazmunda   qo‘yilganda milliy tilning emotsional-ekspressivlik  kasb etuvchi  nutqi sintaksisini  o‘rganishga
ehtiyoj seziladi.
Grammatikaninggina   emas,   balki   uslubshunoslikning   ham   tadqiqot   ob’ekti
bo‘lgan   emotsional   matn   qurilishi   odatdagi,   aytaylik,   o‘zbek   tilining   tabiiy
qurilishidan   farq   qiladi.   Binobarin,   ana   shu   notabiiy   qurilma   emotsional-
ekspressivlikni   yuzaga   keltiradigan   vositaga   aylanadi.   Bu   o‘rinda   notabiiy   degan
so‘z   biroz   g‘alizday   tuyulishi   mumkin,   albatta.   Bunda   tilning   juda   ko‘p   vaqt
mobaynida qo‘llanilib kelinayotgan, an’anaviy sintaksis me’yorining nutq talabiga
ko‘ra, vazifaviylik nuqtai nazaridan o‘zgarishi nazarda tutiladi.
Uslubiy sintaksis muammolarini o‘rganish milliy tilni o‘rganishning muhim
vazifalaridan   biri   sanaladi.   CHunki   biz   mana   shu   o‘rindagina   tilni   o‘rganish   va
undan   foydalanishdagi   oliy   maqsadimizga   –   fikrimizni   o‘z   niyatimizdan   kelib
chiqib,   muddaomizga   moslab   o‘quvchi   yoki   tinglovchiga   etkazishga   erishamiz.
Nutqning   ma’lum   qurilishda   shakllanishi   esa   bu   borada   yozuvchi   yoki
so‘zlovchiga   fikrini   nozik   jihatlari   bilan   etkazishga   ko‘maklashadigan   muhim
grammatik omil hisoblanadi.
So‘zlashuv   nutqiga   xos   ayrim   xususiyatlarni   ko‘z   oldimizga   keltiraylik.
Emotsionallik   insonning   ruhiy   holati   hisoblanadi.   Bu   o‘rinda   unga   ikki   nuqtai
nazardan   yondashamiz.   Birinchidan,   so‘zlovchi   yoki   yozuvchining   ruhiy-
emotsional holatini hisobga olishimiz lozim. Bu ruhiy holat insonning yoshi, jinsi,
salomatligi, jamiyatdagi mavqei va boshqa kutilmagan vaziyatlar bilan baholanishi
mumkin.   Ruhiy   holatga   qarab   insonning   tildan   foydalanish   darajasi   o‘zgaradi.
SHuning   uchun   ham   yosh   yoki   qari,   ayol   yoki   erakak,   oddiy   ishchi   yoki
mansabdor   kishining   yaxshi   kayfiyatdagi   holati   bilan   kayfiyati   buzuq   paytdagi
nutqiy     vositalarni   tanlashi   bir   xil   kechmaydi.   Oqibatda   emotsional-ruhiy   holatni
turlicha ifoda etadigan ko‘plab nutqiy sintaktik variantlar vujudga keladi.
Grammatikaning,   mana   shu   o‘rinda   sintaktik   vasitalar   va   jarayonlarning
emotsional-ekspressivlikni   yuzaga   keltiruvchi   omil   sifatida   qaralishi   esa
masalaning   ikkinchi   tomoni   hisoblanadi.   Ularni   emotsional-ekspressivlik   va vazifaviylik   nuqtai   nazaridan   tahlil   qilish   ona   tilimizning   keng   lingvostilistik
imkoniyatlarini anglab etishimizga ko‘maklashadi.
Matn   sintaksisining   uslubiy   xususiyatlarini   o‘rganishda   xuddi   morfologik
uslubshunoslikdagi   singari   vositalar   –   sinonimiya   va   vazifaviy   chegaralanishlar
tildagi   grammatik   qurilmalar   va   hodisalar   nuqtai   nazaridan   o‘rganilishi
uslubshunoslik   uchun   qiziqarli   materiallar   beradi.   Buning   ustiga   matndagi   ayrim
leksik,   morfologik   hamda   fonetik   o‘zgarishlar   uning   nafaqat   grammatik
qurilishiga,   ayni   paytda,uslubiy   farqlanishiga   sabab   bo‘lishi   ham   mumkin,
Masalan,  Fayzi Haydar Urgutga ketdi - Fayzi Haydar Urgut ketdi - Fayzi Haydar
Urgutga  qarab  ketdi  -   Fayzi  Haydar  Urgut  qarab  ketdi  -  Fayzi   Haydar  Urgutga
tomon   ketdi   -   Fayzi   Haydar   Urgut   tomon   ketdi.   Ammo   gapdagi   bo‘laklar   va
anglashiladigan uumiy ma’noga putur etmaydigan qilib,   Fayzi Haydar Urgut sari
bordi -   Fayzi  Haydar Urgut sari  ketdi - Fayzi  Haydar Urgut sari  otlandi -   Fayzi
Haydar Urgutga  surdi - Fayzi Haydar Urgutga qarab surdi -   Fayzi Haydar Urgut
tomon   surdi     tarzida   gaplar   tuzilsa,   ular   o‘zaro   sintaktik-uslubiy   paradigmani
tashkil etadi va bunda so‘zlovchining ifodaga munosabati hamda bayon qilish usuli
o‘zgaradi, imkoniyati kengayadi.
SHu   tarzda   grammatik   uslubshunoslik   masalalarini   tahlil   qilishda   matnsiz
ish   ko‘rib   bo‘lmasligi,   uslub   uchun   qimmatli   hisoblangan   til   birliklaridagi
konnotativ ma’no faqat nutqiy jarayondagina yuzaga kelishi haqida xulosa qilamiz.
Matnning   uslubiy   imkoniyatlari   shu   qadar   kengki,   bu   ayniqsa   sintaktik
vositalarning   qo‘llanishida   yaqqol   seziladi.   SHuning   uchun   ham   F.I.Buslaev
quyidagilarni   ta’kidlagan:   «Uslubshunoslik   grammatikaga   asoslanishi   lozim,
chunki   uning   o‘zi   ham   grammatikadan   boshqa   narsa   emas.   Faqatgina   u
yozuvchining   o‘qish-o‘rganish   va   individual   ijod   qilishida   sobitqadamlik   bilan
tatbiq etiladigan grammatikadir». 10
10
Hozirgi   zamon   uslubshunosligining   qamrov   doirasini   tahlil   qilgan
tilshunoslar   uning   til   uslubshunosligi   yoki   tasviriy   uslubshunoslik,   funksional   –
vazifaviy   uslubshunoslik,   individual   nutq   uslubshunosligi,   tashqi   yoki   qiyosiy
10 10
  Буслаев Ф.И.  О преподавании отечественного языка. – Л., 1941. с.168.  uslubshunoslik   singari   to‘rt   yo‘nalishi   mavjud   ekanligini   ta’kidlab,   ularning   har
birining   tadqiqot   ob’ektini,   maqsad   va   vazifalarini   belgilaydilar. 11
11   M.N.Kojina
ham   uslubshunoslikning   yo‘nalishlari   to‘g‘risida   mulohaza   yuritib,   ularni
yuqoridagi  tasnifdan  biroz farq qiladigan  tarzda  izohlagan edi. Bular  quyidagilar:
til   resurslari   uslubshunosligi   yoki   resurslar   uslubshunosligi,   vazifaviy
uslubshunoslik,   badiiy   adabiyot   uslublari   bilan   shug‘ullanuvchi   uslubshunoslik
(indiviual   nutq   uslubshunosligi   mana   shu   yo‘nalishga   kiradi),   amaliy
uslubshunoslik.   Bundan   tashqari   u   qiyosiy   uslubshunoslik   va   matn
uslubshunosliklarini ajratish mumkinligini ham qayd qilib o‘tgan. 12
12
Bu   tasniflar   morfologik   aspektda   grammatik   birliklar   va   vositalarning,
sintaktik   aspektda   grammatik   qurilmalar   va   gap   shakllarining   uslubiy
imkoniyatlarini  tahlil  jarayonida chegaralab va aniqlab olishimizga imkon beradi.
Biz   ham   tilning   grammatik   birliklari   va   vositalariga   uslubiy   resurs   sifatida
qaraymiz   hamda   ularning   nutq   jarayonidagi   uslubiy   chegaralanishi,   ya’ni
uslubshunoslik   nuqtai   nazaridan   tahlil   qilishni   maqsadga   muvofiq   deb
hisoblaymiz.
YUqorida   aytilganlardan   uslubshunoslik,   xususan   grammatik
uslubshunoslikning   predmeti   qanday   til   birliklari   bo‘la   olishi   mumkin   va   ularni
o‘rganishdan   maqsad   nima,   degan   savollarga   javob   kelib   chiqadi.   Zero,
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofatida ona tilimizni yanada chuqur
o‘rganish   va   o‘rgatish   barkamol   avlod   tarbiyasida   muhim   halqa   sanalar   ekan,   bu
avlodning   savodli,   ma’lumotli,   yuksak   saviyali,   ona   tilimizning   uslubiy
imkoniyatlaridan   ijtimoiy   hayotning   barcha   yo‘nalishlarida   yuksak   madaniyat
bilan   foydalana   oladigan   qilib   tarbiyalash   til   ta’limi   tizimining   barcha
bosqichlarida eng muhim vazifalardan bo‘lib qoladi.
Grammatik   stilistika   turli   grammatik   kategoriyalarning,   masalan,   son
kategoriyasi va boshqalarning stilistik imkoniyatlarini o‘rganadi. Sintaktik stilistik
11 11
  Бу ҳақда қаранг: Балли Ш. Французская стилистика. – М.,1961, с.20-21, 27-28; Долинин К.А. 
Стилистика фрацузского языка. – М.,1978, с.54. 
12
Кожина М.Н.  Стилистика русского языка. – М.,1983, с.23-28. so‘z tartibining o‘zgarishini, nutq figuralarini o‘rganadi. Abzatsning, ya’ni gapdan
katta bo‘lgan qurilmaning stilistik vazifasini qarab chiqadi. 1
Adabiyotlar:
1.  Мамажонов  А.   Қўшма гап стилистикаси.- Тошкент, 1990.
2.  Шомақудов А., Расулов И., Қўнғуров Р.  Ўзбек тили              стилистикаси. –
Тошкент, 1983.
3.  Содиқова М.  Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975.
4. Қў нғуров Р.  Ўзбек тили стилистикасидан очерклар.- Самарқанд, 1975.
5.   Қў нғуров   Р.   Грамматик   стилистика   //   “Ўзбек   филологияси”   тўплами.
СамДУ асарлари, янги серия, № 315. – Самарқанд, 1975.
6.   Қў нғуров   Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва   стилистик
хусусиятлари. – Тошкент, 1980.
7. Қў нғуров Р.   Стилистика имени существительного в узбекском языке.
– Ташкент, 1983.
8. Қў нғуров Р.   Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // “Ўзбек
тили стилистикасидан кузатишлар” тўплами. – Самарқанд, 1981. 
9.Қў нғуров Р.   Сифат стилистикаси // “Ўзбек тили стилистикаси
ва нутқ маданияти” тўплами. – Самарқанд, 1982.
10.   Қў нғуров   Р.     Каримов   С.     Ўзбек   тили   стилистикаси   ва   нутқ   маданияти.
Библиографик кўрсаткич.– Самарқанд, 1984.
11.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I     том   –   Тошкент,   1975.   II     том   –   Тошкент,
1975.
1
  Стилистика   английского   языка   Дата   создания   документа:   23.05.2003 .   73   Kb   -
http    ://    www    .   durov    .    com    /   stylistics    .   doc

O‘zbek tili uslubshunosligining «Grammatik stilistika» sohasi, uning predmeti, maqsad va vazifalari R e j a : 1. Stilistikaning ob’ekti hisoblanishi mumkin bo‘lgan vositalar. 2. Grammatik uslubshunoslikning ob’ekti. 3. Grammatik uslubshunoslikning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi. 4. Morfologik uslubshunoslik. 5. Sintaktik uslubshunoslik. 6. Grammatik uslubshunoslikni o‘rganishning maqsad va vazifalari.

Ta’kidlab o‘tilganidek, tildagi deyarli barcha birliklar – fonetik, leksik, frazeologik, morfologik va sintaktik elementlar uslubshunoslikning predmeti bo‘lishi mumkin. Ammo ularning birlamchi ma’nosi kengayib, ma’lum emotsional-ekspressiv ottenkaga va estetik ta’sir kuchiga ega bo‘lsa yoki amal qilish va vazifaviy doirasi kengaysagina shunday bo‘ladi. Bu esa matn bilan bog‘liq bo‘lib, nutq jarayonidagina ulardagi uslubiy imkoniyatlar yuzaga chiqadi. Grammatik uslubshunoslik yo‘nalishida grammatik vositalarning, qurilmalarning ana shu imkoniyatlari tadqiq etiladi. O‘zbek tilshunosligida grammatik uslubshunoslik masalalari bilan shug‘ullanish bevosita o‘zbek tili stilistikasiga oid tadqiqotlarning davomi sifatida maydonga kelgan bo‘lib, hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, bu sohadagi dastlabki umumnazariy xulosalar prof. R.Q.Qo‘ng‘urov qalamiga mansub. Olimning bu sohadagi qarashlari katta-kichik hajmdagi ilmiy maqolalardan tortib, «O‘zbek tili stilistikasidan ocherklar» (Samarqand, 1975), «O‘zbek tili grammatikasi»ning akademik nashri (Toshkent, 1975), «Stilistika imeni su щ estvitelnogo v uzbekskom yaz ы ke» (Tashkent, 1983), hammualliflikda yozilgan «O‘zbek tili stilistikasi» (Toshkent, 1983), «O‘zbek tilining funksional stillari» (Samarqand, 1983), «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari» (Toshkent, 1992) singari alohida nashrlari hamda «O‘zbek tilida otlar shakl yasovchi morfemalarining semantik-uslubiy xususiyatlari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida o‘z ifodasini topgan. «O‘zbek filologiyasi» to‘plamiga kiritilgan yirik hajmdagi «Grammatik stilistika» (Samrqand, 1976) va «Sub’ektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari» (Toshkent, 1980) monografiyasi esa bevosta o‘zbek tili grammatik uslubiyati muammolarini hal etishga bag‘ishlangan. R.Qo‘ng‘urov sanab o‘tilgan asarlarida «grammatik uslubshunoslik» tushunchasining izohini beradi hamda o‘zbek tili stilistikasidagi mazkur sohaning predmeti, maqsad va vazifalarini belgilab beradi. Bunday murakkab vazifani hal qilish maqsadida asosan chex, rus va o‘zbek tilshunosligida bayon etilgan

qarashlarni sinchiklab o‘rganadi hamda shu qarashlarga tayangan holda o‘z mulohazalarini bayon etadi. Ma’lumki, hozirgi zamon uslubshunosligining mana shu tarmog‘i ikki termin – «uslubiy grammatika» va «grammatik uslubshunoslik» atamalari bilan nomlanib kelinmoqda. Olim bu terminlardan birini - «grammatik uslubshunoslik»ni qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Bunda u, birinchidan, terminning ishlatilishida «fonetik uslubshunoslik», «leksik uslubshunoslik», «funksional uslubshunoslik», «qiyosiy uslubshunoslik» singari atamalarga muvofiqlikni ko‘radi. Ikkinchidan esa, o‘zbek tilshunosligida bu sohaning deyarli o‘rganilmaganligini ta’kidlab, tildagi morfologik va sintaktik hodisalar va vositalarda nutq jarayonida shakllanadigan uslubiy xususiyatlar ana shu sohaning tadqiqot ob’ekti bo‘lishi lozimligini uqtiradi. SHu tarzda R.Qo‘ng‘urov tomonidan grammatik uslubshunoslik alohida bo‘lim sifatida ajratilishi va o‘rganilishi kerakmi, degan tarzda o‘rtaga qo‘yilgan masala nazariy jihatdan asoslab beriladi. Darhaqiqat, o‘zbek tilidagi grammatik vositalarning juda katta qismi uslubiy bo‘yoqqa va tasviriylikka, sinonimiya va variantlarga ega ekanligi olim qarashlarining to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi. Ma’no jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan til birliklarini nutqiy vaziyat talabi bilan tanlab va almashtirib ishlatish va shu orqali ma’no nozikliklarini farqlash, bir mazmunni ma’nolari bir-biriga yaqin bo‘lgan bir necha grammatik vositalar bilan ifodalash sabablarini topish va qonuniyatlarini belgilash ham bu sohani alohida yo‘nalish sifatida o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. «Grammatik stilistikaning asosiy vazifalari ham umumiy stilistikaning vazifalaridan kelib chiqadi. – deydi R.Qo‘ng‘urov. – SHu sabali til faktlarining ijtimoiy qo‘llanish sferasi jihatdan qaysi biriga tegishli ekanligini, qaysi stil bilan cheklanganligini, grammatik sinonimiya, ayrim grammatik kategoriyalarning stilistik imkoniyatlarini ochb berish (qo‘shimcha ma’no ottenkalari, ekspressiv- baholash imkoniyatlari), grammatik forma, birikma, gap va boshqa konstruksiyalarning kontekst bilan bog‘liq ravishda hosil qiladigan ma’no

nozikliklarini aniqlash (konnotativ ma’noni aniqlash), hatto ba’zan til faktlariga struktural va funksional modifikatsiya nuqtai nazaridan qarash, o‘rganish (N.Baskakov) grammatik stilistikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi». 1 Uslubshunoslikda morfologiya doirasidagi grammatik ko‘rsatkichlarda uslubiy imkoniyatlar chegaralangan, degan fikr mavjud. Bu mulohazani hatto V.V.Vinogradov, A.M.Peshkovskiydek taniqli tilshunoslar ham e’tirof etishgan. R.Qo‘ng‘urov ko‘p yillik kuzatishlari natijalariga tayanib, ana shu qarashning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi hamda uning sabablarini o‘zbek tilidagi grammatik shakllarning semantik-stilistik xususiyatlari to‘g‘risida keng miqyosda monografik kuzatishlar amalga oshirilmayotganligi, affikslarning sinonimiyasi, omonimiya, polisemiya va antonimiyasi etarli tadqiq etilmaganligi bilan izohlaydi. 2 Fikrni isbotlash uchun keltirilgan dalillar asosli, albatta. Ammo amalda esa olim ot so‘z turkumining egalik, kelishik, sub’ektiv baho ifodalovchi grammatik shakllari misolidagi kuzatishlari bilan morfologik ko‘rsatkichlarda ham uslubiy imkoniyatlarning keng ekanligini isbotlab berdi. Agar bu tadqiqotlar doirasiga uning olmosh, sifat va ko‘makchilar uslubiyati, 3 M.Sodiqovaning fe’l uslubiyati 4 yuzasidan olib borgan kuzatishlarini ham kiritsak, o‘zbek tili morfologiyasining uslubiy imkoniyatlari haqidagi xulosa biroz shoshilibaytilganday tuyuladi. R.Qo‘ng‘urovning quyidagi fikriga ham munosabat bildirishga to‘g‘ri keladi: «To‘g‘ri, ba’zi olimlar grammatik formalarning qaysi biri qaysi stilda ko‘proq ishlatilishini aniqlash ham stilistikaning vazifasiga kiradi, deyishadi va shundan kelib chiqib, grammatik formalarning stillarda qo‘llanish statistikasi bilan shug‘ullanishni lozim ko‘radilar. Ma’lum darajada bu usul ham ayrim 1 Қўнғуров Р. Субъектив баҳо формаларининг семантик ва стилистик хусусиятлари, 11-бет. 2 2 Қўнғуров Р. Юқоридаги асар, 12-13-бетлар. 3 3 Қўнғуров Р. Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // Ўзбек тили стилистикасидан кузатишлар. – Самарқанд, 1981, 4-21-бетлар; Шу муаллиф. Сифат стилистикаси // Ўзбек тили стилистикаси ва нутқ маданияти масалалари. – Самарқанд, 1982. 3-10-бетлар.Шу муаллиф. Кўмакчилар синонимиясига доир // Ўзбек тили стилистикаси ва нутқ маданияти масалалари. – Самарқанд, 1982. 20-41-бетлар. 4 4 Содиқова М. Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975.

formalarning qaysi stilga xosligini aniqlashga yordam beradi. Lekin bu masalani to‘liq va to‘g‘ri hal qilib berolmaydi». 5 Harqalay, grammatik shakllar o‘rtasida sinonimik munosabatlar mavjud bo‘lishining o‘zi bir boylik. Ularning qo‘llanishida ajralishlar yuz berib, farqlanishlar, nozikliklar sezilib, qaysi vazifaviy uslubda qaysi morfologik birlikning faol qo‘llanilishi tobora aniq bo‘lib borishi esa ona tilimiz uslubiy ko‘lamining yana ham kengayayotganidan dalolat beradi, degan fikr tarafdorimiz. Lekin «grammatik stilistika, xususan morfologik stilistika ko‘proq ma’no masalasi, ingrent adgrent ekspressivlik masalalari bilan shug‘ullanadi», 6 deganda olim mutlaqo haq. O‘zbek tilshunosligida grammatik shakllar o‘rtasidagi sinonimik munosabatlarning yirik tadqiqotchisi prof. YO.Tojiev hisoblanadi. Olim faqatgina shaxs oti yasovchi –chi qo‘shimchasining –gar (sehrchi-sehrgar, holvachi- holvagar), -kor (xizmatchi-xizmatkor, paxtachi-paxtakor), -kash (juvozchi- juvozkash, aravachi-aravakash, pillachi-pillakash), -shunos (tilchi-tilshunos, tarixchi-tarixshu-nos), -furush (eski-eskifurush, do‘ppichi-do‘ppifurush), -soz (mashinachi-mashinasoz, samolyotchi-samolyotsoz), -paz (somsachi-somsapaz, holvachi-holvapaz, kabobchi-kabobpaz), -go‘y (qasidachi-qasidago‘y, maslahatchi-maslahatgo‘y), do‘z (etikchi-etikdo‘z, yamoqchi-yamoqdo‘z), -boz (qushchi-qushboz, kaptarchi-kaptarboz), -dor (ijarachi-ijarador), -xo‘r (qasamchi-qasamxo‘r), -xon (mushtumchi-mushtumxon), -don (siyosatchi- siyosatdon), -navis (g‘azalchi-g‘azalnavis, qasidachi-qasidanavis, hikoyachi- hikoyanavis) hamda rus tili va u orqali kirib kelgan –ist (traktorchi-traktorist, futbolchi-futbolist), -er/-yor (grimchi-grimer), -(i)oner (pensiyachi-pensioner), -ant (muzikachi-muzikant), -graf (fotochi-fotograf), -ator (ekspluatatsiyachi- ekspluatator), -ik/avik (frontchi-frontovik, prozachi-prozaik, satirachi-satirik), - shik (svarkachi-svarshik, ekskovatorchi-ekskovatorshik), -on (pochtachi- pochtalon), -smen (sportchi-sportsmen), -log (rentgenchi-rentgenolog) 7 singari affikslar, yana bu affikslarning o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lishini va bu 5 5 Қўнғуров Р. Субъектив баҳо формаларининг семантик ва стилистик хусусиятлари, 13-бет. 6 6 Қўнғуров Р. Юқоридаги асар, 13-бет.