logo

PSIXOLGIYA FANINING DOLZARB VAZIFALARI, PREDMETI VA МЕТОDLАRI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

92.232421875 KB
MAVZU. PSIXOLGIYA FANINING DOLZARB VAZIFALARI, PREDMETI
VA  МЕТО DL А RI
Reja
1. Psixologiyaning predmetiva  psixologiyaning fan sifatida shakllanishi
2. Miya va psixika
3. Psixologiyaning   fanlar   tizimida   tutgan   o’rni   va   hozirgi   zamon   psixologiyasining
tuzilishi
4. Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari
5. Psixika va ongning taraqqiyoti Psixologiyaning predmeti
Insonmavjudekan ,   uo ’ zhayotiytajribacigaasoslanib ,   uyokibuholdaidroketish ,
olamnianglash ,
narsavahodisalarniajratishkabixususiyatlargaegaekanligihaqidao ’ zigao ’ zihisobberadi .
Bizkundaqushlarningsho ’ xnavosini ,   musiqaasboblariningxonishini ,   insonnutqini ,
uchibo ’ tayotgansamolyotshovqininieshitamiz ,   atrofimiznio ’ rabturgannarsa ,   daraxt ,
hayvonlar ,   mashinalarniko ’ ramiz . Ularning   rangi   va   hajmini   ajrata   olamiz .   Mazkur
jarayonlar   insondagi   aks   ettirish   xususiyati   bilan   chambarchas   bog ’ liq .
Psixologiya   fanining   predmetini   tahlil   qilishda   asosiy   e ' tiborni   quyidagilarga   qaratish
lozim .  Jumladan ,  shaxs   haqida   fikr   yurituvchi   fanlar   sirasiga     psixologiya   va   pedagogika
fanlarini   kiritish   mumkin .   Shunga   ko ’ ra   pedagogika   shaxsni   ta ' lim - tarbiya   jarayonida
kamol   topishini   tadqiq   qilsa ,   psixologiya   shaxsda   kechadigan   ruhiy   jarayonlarni
o ’ rganadi .   Shundan   xulosa   qilishimiz   mumkinki ,   psixologiya   fanining   predmetini   -
shaxsning   psixikasi   va    uning   psixologik   xususiyatlari   tashkil  
qiladi .
Psixologiya   so ’ zining   lug ’ aviy   ma ' nosi   grekcha   psyuxe   -   jon ,   ruh ,   logos   -   fan ,
ta ' limot   degan   ma ' noni   anglatadi .   Psixologiya   fan   sifatida   psixik   faktlar ,   ularning
qonuniyatlari   va   mexanizmlarini   o ’ rganadi . 
Psixologiya   asosan   psixikani   keng   doirada   tadqiq   qiladi . Shunga   ko ’ ra   psixikaning
yuzga   keltiruvchi   asosiy   psixik   faoliyatlari   ko ’ rsatilgan .   Aynan   psixik   faoliyatlar
quyidagi   jarayonlarni   o ’ z   ichiga   oladi :
-  bilish   faoliyatlari :  diqqat ,  nutq ,  faoliyat ;
-  bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;
-  shaxsning, hissiy , irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;
-  shaxsning individual psixologik xususiyatlari : temperament, xarakter, qobiliyat.
Psixikaning paydo bo’lishining asosiy shakllari M.Gamezo va Domashenkolarning
"Atlas po psixologii" nomli qo’llanmasida quyidagicha ifodalanadi: 
Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zoro bog’ligi
Psixik   jarayonlar
(Bilish jarayonlari) Shaxsning   hissiy-
irodaviy sohalari Shaxsning   individual
xususiyatlari
Sezgilar
Idrok
Xotira
Xayol
Diqqat
Nutq
Tafakkur Hissiyot (Emosiya)
Iroda Temperament
Xarakter
Qobiliyat
Shunga muvofiq bir qator olimlar tomonidan psixikaga ta'riflar berilib, uning mazmun
mohiyati ochib berilgan. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha,  psixika  deganda -
oliy   darajadagi   materiyaning   (miyaning)   xususiyati   tushunilib,   u   ob'ektiv   borliqni   aks
ettirilishida   namoyon   bo’ladi,   sub'ekt   faoliyatini   ma'lum   maqsad   asosida   yo’naltiradi
hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor V.M.Karimova fikricha  psixika  - inson ruhiyatining   shunday   holatiki,   u   tashqi   olamni   (ichki   ruhiy   olamni)   ongli   tarzda   aks
ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi. 
Psixika  bu  aks  ettirishdir.  Jonli  va  jonsiz  tabiatda  aks  ettirishning  o’ziga  xos  usullari
mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin. 
Jonsiz   materiya   uchun   aks   ettirishning   mexanik,   kimyoviy   va   fizik   turlari   xosdir.
Masalan, ko’zguning  aks ettirishi, suvdagi  ta'sir  va  boshqalar. Jonli materiya uchun aks
ettirishning   fiziologik,   psixik   aks   ettirish   turlari   xos   bo’lib,   ong   va   o’zini-o’zi   anglash
uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega:
1) ob'ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi;
2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;
3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi.
4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi.
Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi
Insonda   jismoniy   tanadan   tashqari   undan   farqlanuvchi   yana   nimadir   borligi   haqidagi
tasavvurlar   qadimdanoq   mavjud   bo’lgan.   Eng   qadimgi   davrlardayoq   inson   tush   ko’rish
hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar)
o’lim   va   boshqa   hodisalarning   sabablarini   tushuntirishga   intilgan.   Ammo   dastlabki
qarashlar   mifologik   xarakterda   edi.   Ular   fikrlash   orqali   emas,   ko’r-ko’rona   ishonch
vositasida   egallanardi.   Ruh   haqidagi   qarashlar   ko’pincha   nafas   bilan   bog’lanardi,   ruhni
esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar.
Psixologiya   haqidagi   fikrlar   qadim   zamonlardan   beri   mavjuddir.   Ilk   davrlarda
psixologik   xususiyatlarni   jonning   ishi   deb   tushuntirilgan.   Jonning   o’zi   esa   odam
tanasidagi   maxsus   ikkilamchi   jism   deb   qaralgan.   Bunday   tasavvurlar   "animizm"   deb
ataladi.   Animizm   so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon o’z mohiyatiga ko’ra
olovsimon   uchqundan   iborat   ekanligi   Geraklit   tomonidan,   yoki   olovsimon   atomdan
iboratligi  Demokrit  tomonidan ta'kidlangan.
Platonning   "ideyalar   tug’ma   bo’ladi"   degan   g’oyalari   psixologik   fikr   taraqqiyotiga
juda   katta   hissa   qo’shdi.   Platon   ta'limotiga   ko’ra   "ideyalar"   mohiyati   abadiy   va
o’zgarmas,   ularning   tabiiy   olamdan   tashqarida   oliy   olam   mavjud   bo’lib,   ularni   odam
ko’zi bilan ko’ra olmaydi.
Platon  psixologiyada  "dualizm"  oqimining asoschisi hisoblanadi.  Dualizm  so’zi ikki
yoqlamalik  yoki  ikki mustaqil fikr  degan ma'noni  anglatadi. Dualizm ta'limoti  mohiyati Biologik
PsixikMATERIYANING AKS ETTIRIS H SXEMASI
Anorganik materiya Organik materiyaM
exanik	
Fizik	
Xim
ik moddiy   va   ruhiy   olam   tana   va   psixikaning   bir-biriga   bog’liq   bo’lmagan   holda   mavjud
bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi.
Platonning   dualizm   shogirdi   Arastu   (Aristotel   eramizdan   oldingi   IV   asr   384-322
yillar)  tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli  bartaraf  etildi. Aristotelning   "Jon  haqida"
asari   o’sha   davrdayoq   psixologiya   maxsus   fan   sifatida   maydonga   kela   boshlaganidan
dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va
hozirgi kunda psixologiya fani o’z mazmunini batamom o’zgartirgan.
Arastu   kishilik   tafakkuri   tarixida   birinchi   bo’lib   ruh   va   jonli   tananing   ajralmasligini
isbotlab   berdi.   Unga   ko’ra,   jon   qismlarga   bo’linmaydi,   lekin   u   faoliyatimiz   davomida
oziqlanishi,   his   etishi   va   harakatga   kelishi,   aql-idrok   kabi   turlarga   oid   qobiliyatlarda
namoyon bo’lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar o’simlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi
hayvonlarga,   to’rtinchisi   esa   insonlar   uchun   xosdir.   O’simliklar,   hayvonlar   ruhi   va   aql
idrok   odam   ruhi   ta'limoti   bilan   Arastu   oliy   qobiliyatlar   va   ularning   negizida   paydo
bo’lishini   bildiradigan   rivojlanish   tamoyilini   joriy   etdi.   Arastu   organizmning   tabiatdan
olgan qobiliyatlarni faqat o’zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan
holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi.
Geraklit,   Demokrit,   Aflotun,   Arastularning   ta'limotlari   keyingi   asrlarda   psixologik
g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo’lib hisoblanadi.
Miya va psixika
Psixika  yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo’lib, u ob'ektiv
olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda
biz   miyani   tushunamiz.   Demak   inson   va   hayvonlar   psixikasining   moddiy   asosini
markaziy nerv sistemasining eng yuksak qismi bo’lmish bosh miya tashkil etadi. Ammo
insonlar   miyasi   hayvonlar   miyasiga   qaraganda   qancha   murakkabroq   tuzilgan   bo’ladi.
Odam   miyasi   hajmi   jihatidan   ham   katta.   Agar   maymun   miyasining   og’irligi   400-500   g
bo’lsa, odam miyasining og’irligi o’rta hisobda 1400 g dir. 
Miya   funksiyasi   organizm   hayotida   shunchalik   murakkabki,   buni   biz   miya   butun
gavda og’irligining 2 foizini tashkil qilishidan va organizmga kiradigan kislorodning 18
foizidan   ortiqrog’ini   ishlashidan   ham   ko’rishimiz   mumkin.   Hayvon   taraqqiyotining
qanchalik yuqoriroq bosqichida tursa, uning tanasiga nisbatan miyasi shunchalik og’irroq
bo’lib boraveradi. 
Bosh   miya   orqa   miya   bilan   markaziy   nerv   tuzilmasini   tashkil   qilib,   odam
organizmidagi barcha organlarning o’zaro faoliyati va bir-biri bilan bog’lanishini hamda
uning tashqi muhit bilan bo’ladigan aloqasini ta'minlaydi. Psixik faoliyatlarning ko’pgina
qismi   bir   necha   qator   bo’lib,   joylashgan   nihoyatda   ko’p   nerv   hujayralaridan   (15
milliarddan   ko’p)   tashkil   topgan,   kulrang   modda   qatlamidan   iborat   bo’lgan   bosh   miya
katta yarim sharlari qobiq ining faoliyati bilan bog’liqdir. 
Nerv   sistemasining   tuzilishi,   nerv   to’qimasi,   uning   elementlari   va   x ossalari. Nerv
sistemasi nerv to’qimasidan iborat, bu to’qima esa nerv hujayralaridan tuzilgan.  Nerv   hujayrasi   protoplazmadan   tuzilgan   tana   bo’lib,   ikki   turli   o’simtalari   bor,   bu
o’simtalarning   bir   xillari   kalta,   boshqa   bir   xillari   uzun   bo’ladi.   Kalta   o’simtalari
sertarmoq   bo’lib,   dendrit lar   deb   ataladi.   Uzun   o’simtalari
akson lar   yoki   neyrit lar   deb   ataladi.   Har   bir   hujayrada   bu
o’simtalar   ikkitadan   ortiq   bo’lmaydi.   Neyrit   ikkita   parda
bilan   o’ralgan.   Neyritga   yopishib   turadigan   birinchi   pardasi
yoysimon parda bo’lib, uni et parda yoki   mielin   pardasi deb
ataladi.   Ikkinchi   pardasini   shvain   pardasi   deyiladi.   Bu
pardalar toladan o’tuvchi nerv qo’zg’alishini  ajratib turuvchi
izolyasiya dek bir vazifani o’taydi. Neyrit, odatda,  nerv tolasi
deb ata ladi.
Nerv   hujayrasi,   uning   o’simtalari   va   ularni   qoplovchi
pardalar birgalikda   neyron   deb ataladi.   Nerv sistemasi juda
ko’p   neyronlardan   tuzilgan.   Nerv   tolalari   miyadan   tutam-
tutam bo’lib chiqib nerv stvolini yoki, oddiy so’z bilan aytganda, nervni hosil qiladi. 
Nerv   hujayralari   va   mielinsiz   tolalar   to’plami   miyaning   kul   rang   moddasini,   mielinli
nerv tolalarining to’plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi.
Hujayralar   ularning   yadrolari   va   tolalari   sinapslar   degani   mahsus   mayda   tolachalar
yordami   bilan   bevosita   bog’lanadi   (sinaps   grekcha   so’z   bo’lib,   «ilgak»   degan   ma’noni
bildiradi).
Nerv sistemasining mahsus xossalari bor, bu xossalardan asosiylari qo’zg’aluvchanlik
va o’tkazuvchanlikdir. Bu xossalar shundan iborat.
Agar   nerv   tolasining   joyiga   tegilsa,   issiq,   sovuq,   elektr   toki,   ximiyaviy   moddalar   va
boshqa   shu   kabilar   bilan   ta’sir   etilsa,   yoki   o’zgartirilsa,   nerv   tolasining   qo’zg’atilgan
joyida mahsus fiziologik jarayonlar ro’y beradi, buni qo’zg’alishdeyiladi.
Agar nerv tolasi yetarli darajada qo’zg’atilsa, bu qo’zg’alish sodir bo’lgan joyidagina
qolmay,   balki   nerv   tolasi   bo’ylab   tarqaladi   va   bir   nerv   hujayrasidan   ikkinchi   nerv
hujayrasiga   o’tadi,   nihoyat,   qo’zg’atish   kuchi   muayyan   darajaga   yetganda   qo’zg’alish
butun nerv sistemasiga yoyilishi mumkin.
Nerv   to’qimasida   qo’zg’alish   jarayoni   yuz   berganda   bir   qancha   hodisalar:   elektr,
ximik, issiqlik hodisalari paydo bo’ladi. Yonma-yon turgan bir nerv hujayrasining aksoni
bi lan   ikkinchi   nerv   hujayrasining   tutashadigan   joyi   sinapslar   borligi   tufayli,   qo’zg’alish
nerv tolalarida bir tomonga tarqaladi. Mielin pardasi borligidan, qo’zg’alish nerv tolasida
ayrim-ayrim tarqaladi. Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining uzoq, evolyusiyasi
jarayonida va odamning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan.
Markaziy   nerv   sistemasi. Markaziy   nerv   sistemasi   bosh   miya   bilan   orqa   miy adan
tarkib topgan.
Bosh   miya   va   psixik   funksiyalar.   Po’st   ostidagi   soha   va   po’st   ostidagi   tugunlar
differensiallashmagan   va   umumiy   sezuvchanlik   markazidir.   Emosiya   va   instinktlarimiz
shu soha bilan chambarchas bog’liqdir. Harakatlarimizni idora etish uchun po’st ostidagi
tugunlardan   targ’il   jismning   ahamiyati   ayniqsa   kattadir.   Targ’il   jism   zararlanganda,
odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-poy bo’ladi. Yuksak   darajada   tashkil   topgan   hayvonlarda   psixik   jarayonlarning   va   odamda   ongli
jarayonlarning   bevosita   moddiy   asosi   bosh   miya   po’stidir.   Bosh   miyaning   pastroqdagi
boshqa   hamma   qismlari,   shuningdek,   orqa   miya   –   ongsiz   reflektor   harakatlarning
markazlari bo’lib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni idora etadi. Bu yerda yana shuni aytib
o’tish kerak.
Bosh   miyaning   yuqorida   aytilgan   hamma   qismlari   va   orqa   miya   markaziy   nerv
sistemani bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining bosqichlaridir. Bosh miyaning taraqqiyotidagi
har   bir   qismi   (pastdan   yuqoriga   qarab   hisob   qilganda)   o’zidan   avvalgi   qismning   ustiga
qoplangan. Orqa miya, undan keyin esa uzunchoq miya markaziy nerv sistemasining eng
qadimgi   qismlaridir.   Oldingi   miya   va   po’st   genetik   jihatdan   miyaning   eng   yosh
qismlaridir.  Markaziy nerv  sistemasining  yuqorigi  qismlari  taraqqiy qilgunicha pastdagi
(qadimgi) qismlari murakkabroq psixik funksiyalarni ham bajargan deb o’ylash mumkin.
Markaziy   nerv   sistemasining   yuqorigi   qismlari   tarkib   topib   taraqqiy   qilishi   bilan,
murakkabroq,  psixik  funksiyalar  miyaning yuksak taraqqiy qilgan  qismlariga  o’tdi. Shu
bilan   birga   psixik   funksiyalar   tobora   murakkablashib   va   takomillashib   bordi.   Psixik
funksiyalar   miyaning  yuksak  taraqqiy  qilgan   qismlariga   o’tishi  bilan   miyaning   pastdagi
qismlari muayyan refleks va instinktiv harakatlarinigina idora etadigan bo’lib qoldi.
Buning  xaqiqatan  ham   shunday  ekanligini  quyidagi  hol lar  ko’rsatib  turibdi.  Biologik
taraqqiyotning   ancha   past   bosqichlarida   turgan   hayvonlarning   miya   po’sti   va   oldingi
miyasi   olib   tashlanganda,   bu   qismlarning   funksiyasini   pastroqdagi   qismlar   o’tay
boshlaydi   (garchi   mukammal   shaklda   bo’lmasa   ham,   har   holda,   o’taydi).   Masalan,
oldingi   miyasi   olib   tashlangan   baqa   tamomila   normal   baqaga   o’xshaydi.   Bunday   baqa
odatdagicha   o’tiradi;   baqa   turgan   taxta   ag’darila   boshlasa,   u   ag’anab   tushmaslikka
harakat qiladi; agar baqa chalqancha ag’anab tushsa, o’nglanib oladi. Shunday qilib (baqa
miya   yarim   sharlaridan   mahrum   bo’lsa   ham   harakat   qilish   va   o’z   harakatlarini
muvofiqlashtirish qobiliyatini saqlab qoladi.
Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og’ziga solingan ovqatni yeydi, turtib yuborilsa
yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib yuborilmasa, odatda,
qimirlamay   turaveradi.   Agar   it   miyasining   ikkala   yarim   shari   olib   tashlansa,   sun’iy
suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi. Bunday it og’ziga solingan ovqatni
yeydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq, tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo
bunday  it   o’zicha  ovqat  qidirib  topolmaydi  va  hatto  yaqinidagi  ovqatni  ham  topib  yeya
olmaydi.   Bu   it   uni   boquvchi   kishilarni   tanimaydi.   Avval   hosil   qilgan   malakalari
yo’qoladi, shu bilan birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo’qoladi.
Ba’zi   fiziologlar   maymunlarning   yarim   sharlarini   olib   tashlab   tajribalar   qilganlar.
Maymunlar   operasiya   qilingandan   keyin   psixik   funksiyalari   yo’qolishi   bilan   birga,
harakatlar,   harakatni   muvofiqlashtirish   ham   buzilgan.   Ular   to’ppa-to’g’ri   o’tirib   tura
olgan, shuningdek, narsalarni changallay olgan, ammo, murakkabroq harakatlar, ayniqsa
yurish qobiliyati buzilgan, shunday qilib, evolyusiyaning yuqori bosqichlarida murakkab
harakatlar va ularni muvofiqlashtirish funksiyalari ham miya po’stiga o’tadi.
I.P.Pavlov   yuksak   nerv   faoliyatiga   doir   tekshirishlarida   shunday   hodisalarni   ilmiy
asosda tushuntirib berdi. Hayvonlar   bosh   miyasining   ayrim   qismlarini   olib   tashlash   ustidagi   tajribalar   shuni
ko’rsatdiki,   hayvon   biologik   taraqqiyotning   qancha   yuqori   bosqichida   tursa,   quyi
qismlarining yuksak psixik funksiyalarni bajara olish imkoniyati o’shancha kam bo’ladi.
Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni bajarishga mutlaqo qobil
emas.   Odam   miyasining   po’sti   ostidagi   qismlari   po’st   funksiyasini   loaqal   qisman   ham
bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug’ilgan bolalar (anzisefallar) ni kuzatish bu holni
juda ravshan tasdiqlaydi. Odatda bunday bolalar uzoq, yashamaydi. Shunday bolalardan
birining   faqat   uch   yil-u   to’qqiz   oy   yashagani   ma’lum.   Bu   bola   doim   yotgan,   turishga
biron marta ham harakat qilib ko’rmagan. U narsalarni ushlashga hyech urinmagan, hatto
nar salarni   qo’lda   ushlab   turishni   ham   bilmagan.   Faqat   yuzida   ba’zi   bir   harakatlar
ko’rilgan;   u   ba’zan   ijirg’angan;   emganda   va   qoshiqlab   ovqat   berilganda   lablari   va   tili
harakatga   kelgan.   Bola   tagi   xo’l   bo’lganganda   ham   h yech   bir   parvo   qilmagan.   Bu   bola
bilan gaplashish yoki unga biron narsa o’rgatish aslo mumkin bo’lmagan. Unda hatto eng
oddiy ko’nikmalar ham hosil bo’lmagan.
Yuqorida   aytilganlardan,   miyaning   po’st   ostidagi   qismlarining   psixik   hayotga   hyech
qanday aloqasi yo’q degan ma’no chiqmaydi. Yarim sharlar po’sti o’z tolalari bilan bosh
miyaning   hamma   qismlariga   va   orqa   miyaga   bog’langan.   Shu   bilan   birga,   yuqorida
aytilganidek,   orqa   miyadagi   nerv   hujayralarining   tolalari   va   po’st   ostidagi   sohalarning
tolalari   yarim   sharlar   po’stining   qismlariga   bog’langandir.   Shu   sababli   butun   markaziy
nerv sistemasi va uning faoliyati bo’lmasa, psixik hayot ham bo’lmas edi.
Odam   bosh   miyasi,   miya   katta   yarim   sharlarining   ixtisoslashgan   funksiyalarining
mavjudligi haqidagi ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
№ Chap yarim shar O'ng yarim shar
1. Xronologik tarkib O'tayotgan vaqt
2. Xarita va chizmalarni o'qish Aniq makon
3. Nomlarni,   izlarni   belgilarni   yodda
saqlab qolish Tasavvurlar,   aniq     voqealarni   yodda
saqlab qolish
4. Nutq faoliyati mohiyatini his etish Emosional holatni idrok etish
5. Olamni   xursandchilikda   osoyishta
k o’ rish Olamni g'amgin holda ko'rish
6. Batafsil idrok qilish Yaxlit idrok qilish
Odamning   har   bir   psixik   jarayoni   holati   va   xususiyati   butun   markaziy   nerv
tizimining faoliyati bilan bog’liqdir.
Ong haqida tushuncha
Ong -psixikaning eng yuksak darajasi bo’lib u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy
tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar
bilan   doimiy   munosabatda   bo’lish   natijasidir.   Bu   ma'noda   ong   mutafakkirlar   ta'kidlab
o’tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir. 
Ongning birinchi xossasi   - bu anglash demakdir. Inson ongi tevarak atrofdagi tashqi
olamga   doir   bilimlar   yig’indisidan   iboratdir.   Anglash   tashqi   olamdagi   narsalarni
tushunish bo’lib, uning tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ongning  ikkinchi  xossasiga   binoan, ongda ob'ekt  bilan sub'ekt o’rtasidagi  aniq  farq
o’z   ifodasini   topadi,   ya'ni   odam   "men"   degan   tushunchani   "men   emas"   tushunchasidan
farqini ajratadi. Odam o’zini bilish qobiliyatiga ega bo’lgan, ya'ni psixik faoliyatda o’z-
o’zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir.
Ongning uchinchi xossasiga   asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko’zlash
faoliyati  ta'minlanadi.  Faoliyat  maqsadlarini  yaratish   ongning   vazifasiga   kiradi.   Bunday
faoliyat motivlari  yuzaga keladi va  chamalab  ko’riladi, irodaviy  qarorlar  qabul  qilinadi,
harakatlarni bajarish yo’llari hisobga olinadi.
Ongning   to’rtinchi   xossasiga   asosan   turli   munosabatlardan   ongli   ravishda   turli   his-
tuyg’ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig’indisidir.
Ong   yuzaga   kelishining   asosiy   sharti,   vositasi   tildir.   Psixikaning   eng   quyi   darajasi
ongsizlikdir.   Ongsizlik   -   bu   shunday   psixik   jarayonlar   va   hodisalar   yig’indisiki,   unda
inson   o’z   xatti-harakatlariga   javob   bermaydi,   anglamaydi.   Bunga   tush   ko’rish,   ba'zi
patologik hodisalar, alaxlash, gallyusinasiya kabilar kiradi.  Xulosa   qilib   aytganda,
psixologiya hayot faoliyatining o’ziga xos shakli bo’lib, psixik rivojlanishning qonuniyat
va   mexanizmlarini   o’rganuvchi   fandir.   Psixologiya   fanining   asosiy   vazifasi   psixik
hodisalarni   o’rganish   va   ilmiy   asoslashdir.   Psixik   hodisalar   ma'lum   qonuniyatlarga
bo’ysunadi. Psixologiya shunday  qonuniyatlarni   mohiyatini   ochishga,   ularni   tarkib
topishi   va   rivojlanishini   o’rganishga   qaratilgandir.   Ushbu   qonuniyatlarni   bilish,   ularni
boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri olib borishga yordam beradi.
5. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni
Psixologiya   ko’plab   fanlar   bilan   uzviy   bog’liq   holda   rivojlanib   bormoqda.   Fanlar
orasidagi   bog’liqliklar   psixologiyaning   fanlar   tizimidagi   o’rnini   belgilab   beradi.   Bizga
ma'lumki, mavjud fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo’linadi. Bir qator bir-biri
bilan   yondosh   bo’lgan   fanlar   mazkur   tasniflashga   kiritiladi,   lekin   psixologiya   mustaqil
fan   sifatida   namoyon   bo’ladi.   U   inson   ruhiy   faoliyatining   tabiiy,   tarixiy   va   ijtimoiy
tomonini   o’rganadi.   Psixologiya   barcha   turdagi   fanlar   orasida   muhim   o’rinni   egallaydi.
Psixologiya   falsafa,   tarix,   san'atshunoslik,   texnika,   pedagogika   fanlari   bilan   uzviy
bog’liq.   Shunga   muvofiq   psixologiyani   fanlar   orasidagi   bog’liqligini   tahlil   qilsak.
Ayniqsa   psixologiya   fanining   fanlar   tizimida   tutgan   o’rni   xususida   quyidagi   jadvalda
ma'lumotlar keltiriladi:
Psixologiya   falsafa   fani  bilan  chambarchas  bog’langan.  Bu  bog’liqlik  ikkala  fanning
inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va rivojlantirish an'analarini belgilashdagi
o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. 
Tabiat,   jamiyat   va   inson   tafakkurini   rivojlanishiga   oid   bo’lgan   umumiy   qonuniyatlar
va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson
ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega
bo’lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy
ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan -
falsafa   va   psixologiyaning   hamkorligi   bevosita   sezilmoqda.   Bu   bog’liqlik   avvalo
yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol qoyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida   shakllantirish kabi
dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda. 
Sosiologiya   fani   ham   yangicha   munosabatlar   sharoitida   o’z   taraqqiyotining   muhim
bosqichiga  erishar  ekan,  psixologiya  ushbu  fan  tomonidan  qo’lga  kiritilgan  yutuqlardan
foydalanadi hamda ularning qo’llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi.
Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib chiqqan bugungi taraqqiyot
davrimizda   alohida   ahamiyat   kasb   etgan   ijtimoiy   psixologiyaning   sosiologiya   bilan
aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta'minlash ishiga
xizmat   qiladi.   qolaversa,   huquqiy-demokratik   davlat   qurish   ishini   sobitqadamlik   bilan
amalga   oshirayotgan   O’zbekiston   aholisining   huquqiy   madaniyatini   va   demokratik
o’zgarishlarga   psixologik   jihatdan   tayyorligini   amalda   ta'minlash   bu   sohada   muntazam
tarzda   ijtimoiy   fikr,   insonlar   fikr   va   qarashlaridagi   o’zgarishlarni   o’rganish,   bashorat
qilish   va   taraqqiyot   mezonlarini   ishlab   chiqishda   ikkala   fan   metodologiyasi   va
metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogika   bilan   psixologiyaning   o’zaro   hamkorligi   va   aloqasi   an'anaviy   va   azaliy
bo’lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va
nufuziga xosdir. O’z-o’zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha ham mavjud bo’lib kelgan
va   buni   ilg’or   psixologlar   va   pedagoglar   tushuntirib   berishga   harakat   qilishgan.   Rus
pedagogi   va   psixologi   K.D.Ushinskiy   pedagogika   uchun   o’z   ahamiyatiga   ko’ra
psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o’rinda turadi, deb ta'kidlagan edi. Kishini har
jihatdan   tarbiyalamoq   uchun,   -   deb   qayd   etgan   edi   K.D.Ushinskiy,   uni   har   jihatdan
o’rganmoq darkor.
  Respublikamizda   amalga   oshirilayotgan   yangi   "Ta'lim   to’g’risida"gi   qonun   hamda
"Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi"ni   amalga   oshirilishi   ham   ikki   fan   hamkorligi   va
o’zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan
yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uni chuqur bilimlar sohibi bo’lib yetishishi,
barkamolligini   kafolatlovchi   shart-sharoitlar   orasida   yangi   pedagogik   texnologiyalarni
ta'lim   va   tarbiya   jarayonlariga   tadbiq   etishda   pedagogikaning   o’z   uslub   va   qoidalari
yetarli   bo’lmaydi.   Shuning   uchun   ham   psixologiya   u   bilan   hamkorlikda   yosh   avlod
ongining  ta'lim  olish   davrlaridagi   rivojlanish  an'analaridan   tortib,  toki  yangicha   o’qitish
texnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy qobiliyatlarga nechog’li
ta'sir   ko’rsatayotganligini   o’rganish,   shu   asosda   ishni   tashkil   etish,   psixologiyadagi
metodlarni   didaktik   metodlar   bilan   uyg’unlashtirishni   taqozo   etadi.   Ayniqsa,   ma'naviy
barkamollik   tamoyillarini   maktabda   va   yangi   tipdagi   ta'lim   muassasalarida   joriy   etish
ham   shaxs   psixologiyasini   teran   bilgan   holda   o’qitishning   eng   ilg’or   va   zamonaviy
shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi. 
Tabiiy   fanlar   -   biologiya,   fiziologiya,   ximiya,   fizika   va   boshqalar   psixik
jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechish
qonuniyatlarini   ob'ektiv   o’rganish   uchun   materiallar   beradi.   Ayniqsa,   bosh   miyaning
hamda   markaziy   asab   tizi-mining   psixik   faoliyatlarini   boshqarishda   va   ularni
muvofiqlash-tirishdagi   rolini   e'tirof   etgan   holda   psixologiya   fani   tabiiy   fanlar   erishgan
yutuqlar   va   ulardagi   tadqiqot   usularidan   omilkorona   foydalanadi.   Masalan,   shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug’ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir
vaqtda   bilishni   taqozo   etganligi   sababli   unga   tabiiy   layoqatning   xususiyatlarini
aniqlashda   psixofiziologiyaning   qator   usullaridan   o’z   o’rnida   foydalanadi   va   biologiya,
anatomiya,   fiziologiya,   neyrofiziologiya   kabi   fanlarning   shu   kungacha   erishgan
yutuqlaridan   foydalanadi.   Shuning   uchun   tabiiy   fanlar   sohasida   erishilgan   barcha
yutuqlar   psixologiya   fanining   predmetini   mukammalroq   yoritishga   o’z   hissasini
qo’shgan. 
Kibernetika fani  sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va
zarur   bo’lib,   u   inson   shaxsining   o’z-o’zini   boshqarish   va   psixik   jarayonlarni
takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika fani tomonidan qo’lgan
kiritilgan   yutuqlar   va   tadqiqot   metodlari,   maxsus   dasturlardan   o’z   o’rnida   foydalanadi.
Ayniqsa,   ma'lumotlar   asri   bo’lgan   XX-asrda   va   har   bir   alohida   ma'lumotning   qadr-
qimmatini oshishi bashorat qilingan XXI-asrda global 
axboriy   jarayonlar   va   yangi   ilg’or   texnologiyalarni   modellashtirish   borasida
psixologiya hamda kibernetika hamkorligining  salohiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy
muloqot   jarayonini   yanada   takomillashtirish,   har   bir   so’zning   shaxslararo
munosabatlardagi   ta'sirchanligini   oshirish   maqsadida,   hamda   ana   shunday   ijtimoiy
faoliyatli jarayonda shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellardan o’rinli
foydalanish   zamonaviy   psixologiyaning   jamiyatdagi   o’rni   va   rolini   oshiradi   va   maxsus
kompyuter dasturlarining keng qo’llanilishi, inson miyasi va ruhiy olami sirlarini tez va
aniq o’rganishni kafolatlaydi. 
Texnika   fanlari   bilan  psixologiyaning  o’zaro  aloqasi  va  hamkorligi  ayniqsa,  hozirgi
kunga   kelib  yaqqol   sezilmoqda.  Bir   tomondan,   murakkab   texnikani  boshqaruvchi   inson
muammosini yechishda, ikkinchi tomondan psixik holatni murakkab qirralarini ochishda
maxsus   texnik   vositalardan   foydalanish   zarurati   bu   ikki   yo’nalishning   erishgan
yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki,
u   ham   bo’lsa,   texnika   taraqqiyotiga   bir   vaqtda   murakkab   texnika   va   mashinalar   bilan
muloqot qilayotgan shaxs faoliyatini yanada takomil-lashtirish va uning imkoniyatlariga
mosligi masalasi ham ana shu hamkorlikda qilinishi lozim bo’lgan masalalardir. Ayniqsa,
mustaqil O’zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini biladigan, uning
jamiyat   va   fan   ravnaqiga   xizmatini   ta'minlash   qanchalik   dolzarb   bo’lsa,   ana   shu
texnikaga qar bir oddiy fuqaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va odam-
mashina   dialogining   eng   samarali   yo’llarini   izlab   topish   juda   muhim.   Texnika   bilan
bemalol   "tillashadigan"   malakali   mutaxassislar   tayyorlash   borasida   ham   texnika   fani
pedagogika   va   psixologiya   fanlari   metodlaridan   foydalana   olsagina   muvaffaqiyatga
erishadi. 
Iqtisodiyot   bilan   psixologiyaning   o’zaro   aloqasi   va   hamkorligi   XX   asrning
yangiliklaridan   bo’lib,   ayniqsa,   bozor   munosabatlariga   bosqichma-bosqich   o’tish
sharoitida   iqtisodiy   ong   ham   iqtisodiy   xulqning   o’ziga   xos   namoyon   bo’lish
qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fanga xizmat qiladi. 
Prezident   I.A.Karimov   mustaqillikning   dastlabki   yillaridanoq   fuqarolarning   birinchi
navbatda   onglarida   yangicha   iqtisodiy   tafakkurni   shakllantirishning   jamiyat   iqtisodiy taraqqiyotidagi   ahamiyatiga   e'tiborni   qaratgan   edilar.   Demak,   yangi   davr   shaxsni
tarbiyalash   va   uning   jamiyatga   moslashuvi   masalasida   psixologiya   iqtisodiyot   fanida
qo’lga   kiritilgan   yutuqlar,   yangiliklar   va   iqtisodiy   samaraga   erishish   amaliyotlarini
hisobga   olsa,   iqtisodiyot   o’z   navbatida   islohotlarning   ob'ekti   hamda   sub'ekti   bo’lmish
inson  olamidagi barcha  psixologik  o’zgartirishlarni  aniqlash,  tahlil qilish  va  shu  asnoda
bashorat   qilish   vazifalarini   yechishi   kerak.   Bundan   tashqari   menejment,   marketing
boshqaruvi   sohasidagi   har   bir   izlanish   hoh   u   iqtisodchi   tomonidan   amalga   oshiriladimi,
hoh   psixologlar   tomonidanmi,   baribir   ishlab   chiqarishning   samaradorligini   oshirishda
shaxsning   individual   qobiliyatlarini   inobatga   olish   insonlar   o’rtasidagi   o’zaro
munosabatlarning   sirlarini   mustahkamlash   bilan   inson   resurslari   masalasiga   to’g’ri,
odilona   yondashishni   taqozo   etadi.   Bu   esa   o’z   navbatida   shaxs   va   guruhlar
psixologiyasini   bilish   va   ishlab   chiqarishning   iqtisodiy   omillarini   odam   qobiliyatiga
muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.
Psixologiyaning   tabiatshunoslik   bilan   aloqasining   tobora   mustahkamlanishiga
quyidagi   omil   asosiy   sabab   bo’lgan.   Bu   jarayon   XIX   asrning   ikkinchi   yarmida
boshlangan edi. Eksperiment metodining  G.Fexner  tomonidan fanga joriy etilganligi ana
shu   jumladan   bo’lib,   bu   I.   M.   Sechenovning   "Bosh   miya   reflekslari   kitobi   bosmadan
chiqqanidan   keyin   ayniqsa   keng   tus   olgan   edi.   Bu   kitobda   psixik   hodisalar   ham   xuddi
odam   organizmining   boshqa   barcha   funksiyalari   kabi   tabiiy   hodisalar   ekanligi,   ular
sababsiz   yuz   bermasdan,   balki   nerv   sistemasining   reflektor   aks   etishi   faoliyati   natijasi
ekanligi   ko’rsatib   berilgan   edi.   I.M.   Sechenovning   reflektor   nazariyasi   psixologik
bilimlarning tabiiy-ilmiy negizini tashkil etadi. 
Albatta,   bugungi   kunda   psixologiya   fani   ko’plab   fanlar   bilan   uzviy   bog’liqdir.   Buni
psixofizika,   psixofiziologiya,   psixolingivistika,   matematik   psixologiya   va   hokazolar
misolida  ko’rish  mumkin.  Akademik   B.M.Kedrovning   klassifikasiyasi  bo’yicha  barcha
fanlar   3   guruhga   bo’linadi:   gumanitar,   falsafiy   va   tabiiy   fanlar.   Psixologiya   faniga
to’xtaladigan   bo’lsak:   B.M.Kedrov   fikricha,   bu   katta   uch   guruhdan   fanlar   tizimida
psixologiya   mustaqil   fan   sifatida   namoyon   bo’ladi,   hamda   u   inson   psixik   faoliyatini
tabiiy- tarixiy va ijtimoiy tomonini o’rganadi. 
2. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi
Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi.
Bu sohalar o’ziga xos ob'ektga ega bo’lib, bir-biridan farq qiladi. Shu bois fan sohalarini
o’rganish   qulay   bo’lishi   uchun   tarmoqlarni   ma'lum   tizimga   keltirish   maqsadida   ma'lum
guruhlarga tasniflash joriy qilingan. Bu borada professor  A.V.Petrovskiy  psixologiya fan
sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi: 
A. Aniq faoliyat turlari bilan bog’liq bo’lgan psixologiya sohalari:
1.  Mehnat psixologiyasi
Mehnat psixologiyasining bir nechta bo’limlari mavjud;
a)muhandislik  psixologiyasi   - inson bilan mashina o’rtasidagi vazifalarni taqsimlash
masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o’rganadi;
b)aviasiya   psixologiyasi -   uchishga   o’rganish   jarayoni   va   uchish   moslamalarini
boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganadi;  v)   kosmik   psixologiya   -   vaznsizlik   holati,   fazoviy   tasavvurlar   chalkashib   ketgan
vaqtda   va   organizmga   juda   ko’p   ortiqcha   ta'sirlar   yuklangan   paytda   asab   va   ruhiy   zo’r
berish   bilan   bog’liq   bo’lgan   alohida   holatlar   tug’ilganda   odam   faoliyatining
xususiyatlarini o’rganadi.
2.  Pedagogik psixologiya
Pedagogik psixologiya bo’limlari quyidagilardir:
a) ta'lim psixologiyasi;
b) tarbiya psixologiyasi;
v) o’qituvchi psixologiyasi;
6.  Tibbiyot psixologiyasi
a) neyropsixologiya  - psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi
nisbatni o’rganadi;
b)   psixofarmakalogiya   -   dorivor   moddalarning   shaxs   ruhiy   holatiga   ta'sirini
o’rganadi;
v) psixoterapiya  - bemorni davolash uchun ruhiy ta'sir vositalarini o’rganadi;
3.  Yuridik psixologiya
Uning quyidagi tarmoqlari mavjud .
a)sud   psixologiyasi   -   jinoiy   jarayon   ishtirokchilarining   xulq-atvorini,   ruhiy
xususiyatlarini tahlil qiladi;
b)   kriminal   psixologiya   -   jinoyatchining   xulq-atvori,   shaxsining   shakllanishiga   doir
psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi.
4.  Harbiy psixologiya
5.  Savdo psixologiyasi
6.  San’at psixologiyasi
7.  Ilmiy ijodiyot psixologiyasi
Kelajakda   shu   kungacha   ma’lum   bo’lmagan   faoliyat   turlari   bilan   birga
psixologiyaning yangi sohalari ham vujudga kelishi va rivojlanishi mumkin.
B. Rivojlanish sohalari bilan shug’ullanuvchi psixologiya:
1.  Yosh psixologiyasi
2.   Patopsixologiya   miya   faoliyati   buzilishlari   natijasida   kelib   chiqadigan   turli
shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o’rganadi.
Oligofrenopsixologiya   -   miyaning   tug’ma   kamchiliklari   tufayli   paydo   bo’ladigan
bo’limlarni o’rganadi. 
Surdopsixologiya  - eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning 
rivojlanishini o’rganadi. 
Tiflopsixologiya  - ko’rish qobiliyati past yoki umuman ko’rmaydigan kishi faoliyatini
o’rganadi.
3.  Qiyosiy psixologiya (zoopsixologiya)
4.   Akmeologiya   –   komillik   darajasiga   erishgan   shaxsning   rivojlanishini   yuqori
darajasi,   ularning   qonuniyatlari   va   mexanizmlarini,   ayniqsa   rivojlanishning   eng   yuqori
cho’qqisiga erishish xususiyatlarini o’rganadi. V.   Inson   va   jamiyat   o’rtasidagi   munosabatlarning   psixologik   tomonlarini
o’rganuvchi psixologiya sohalari:
1.  Ijtimoiy psixologiya
2.  Shaxs psixologiyasi  (differensial psixologiya) 
3.  Etnopsixologiya
4.  Boshqaruv 
5.  Siyosiy psixologiya
6.  Marketing psixologiyasi
 7.  Din psixologiyasi
Zamonaviy psixologiya fanining tarmoqlari ana shulardan iborat.
Shu bilan birga psixologiyaning bir qator tadbiqiy sohalari ham mavjud. 
Eksperimental   psixologiya   -   eksperimental   metodlar   yordamida   psixik   hodisalarni
tadqiq   qilishning   umumiy   sohasi.   Psixologiya   fan   sifatida   falsafadan   ajralib   chiqishida,
eksperimental tadqiqotlar o’tkazishda asosiy rol o’ynagan. 
Ekstremal   psixologiya   -   insonnning   o’zgargan   muhit   shart-sharoitlarida   psixik
faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya sohasi.
Psixofiziologiya   -   odamlarning   individual   psixologik   va   psixofiziologik   farqlarini
tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi.
Siyosiy psixologiya  - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar,
qonuniyatlar,   ta'sirchanlik   va   ta'sir   ko’rsatish   jarayonlari   kabi   jabhalarni   tekshiruvchi
psixologiya so?asi. 
Oila   psixologiyasi   -   oila   psixologiyasini   o’rganuvchi,   fanlararo   tadqiqot   qilishga
yo’nalgan psixologiya sohasi.
Parapsixologiya   -   Hozirgi   zamon   fanining   chegarasidan   tashqaridagi,   tushuntirish
qiyin bo’lgan psixik hodisalarni o’rganadi.
Fan   rivojlanib,   taraqqiy   etib   borishi   jarayonida   uning   sohalari   ham   kengayib
bormoqda. 
Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to’xtalib o’tamiz. 
Psixologiyaning asosiy metodlari.  Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday
fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar
va vositalardan foydalanadi va ular fanning   metodlari   deb yuritiladi. Fanning salohiyati
va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning
ishonchliligi   va   validliligiga   bog’liq   bo’ladi.   Bu   fikrlar   bevosita   psixologiyaga   ham
aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida
qaraladi.   Chunki   yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   psixik   xodisalarni   bevosita   qo’l   bilan
ushlab,   ko’z   bilan   ilg’ab,   quloq   bilan   sezish   qiyin.   Lekin   juda   ko’plab   fanlar   bilan   faol
hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini yechish
va   ma’lumotlarga   ega   bo’lish   uchun   ko’plab   metodlarni   sinovlardan   o’tkazib,   eng
ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va
unda   erishilgan   muvaffaqiyatlar   avvalo   har   bir   metodning   ishonchlilik   darajasini aniqlash,   qolaversa,   to’plangan   ma’lumotlarning   qay   darajada   asosli   va   valid   ekanligini
isbotlashga yordam beradi.
2-jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan.
Jadval 2.
Psixologiyaning asosiy metodlari
Asosiy metodlar Asosiy metodlarning variantlari
kuzatish metodi Tashqi (obyektiv kuzatish)
Ichki (subyektiv, o’z-o’zini kuzatish)
Erkin kuzatuv Standartlashtirilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish
so’roq metodlari Og’zaki so’roq, Yozma so’roq
Erkin so’roq (suhbat) Standartlashtirilgan so’roq
testlar metodi Test-so’rov, Test-topshiriq
Proyektiv test Sosiometrik test
Eksperiment Tabiiy eksperiment Laboratoriya eksperimenti
Modellashtirish Matematik modellashtirish Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish Kibernetik modellashtirish
PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI
Psixikaning   taraqqiyoti   haqida   so’zlaganda:   1)   hayvonlar   psixikasining   taraqqiyotini,
2)   odam   ongining   tarixiy   taraqqiyotini,   3)   odam   psixikasining   yoshga   qarab   taraqqiy
qilishini nazarda tutiladi.
Hayvonlar psixikasi.
Yuqorida   ko’rsatilganidek,   psixika   organik   hayotning   taraqqiyoti   jarayonida   paydo
bo’lgan.   Organik   materiyaning   anorganik   materiyadan   farq   qiladigan   hususiyatlaridan
biri   shuki,   organik   materiya   seskanuvchandir,   ya’ni   tashqaridan   bo’lgan   ta’sirlarga
seskanib javob beradi. Muhitning ta’siri bilan qo’zg’aladi. Masalan, bittagina hujayradan
iborat bo’lgan amyoba tashqi ta’sirga javob berar ekan, shu ta’sirga qarab harakatlanadi
yoki undan kochadi.
Organik   materiyaning   bundan   buyongi   taraqqiyot   bosqichlarida   yangi   xossa   –
sezuvchanlik,  sezish xossasi  paydo bo’ladi, ya’ni organizmga ta’sir etadigan narsalarning
xossalarini   aks   ettiruvchi   sezish   qobiliyati   paydo   bo’lgan.   Bu   sezish   xossasi   nerv
sistemasining   kurtaklariga   ega   bo’lgan   hayvonlar
vujudga   kelgan   vaqtda,   balki   undan   ham   ilgarirok   eng   boshlang’ich   formada   paydo
bo’lgan   A.N.Leontev   gipotezasiga   ko’ra,   sezuvchanlik   «…genetik   jihatdan   olib
qaraganda   muhitning   organizmni   boshqa   ta’sirlar   bilan   bog’lovchi,   ya’ni   organizmning
muhitda   oriyentirovka   qilishga   yordam   beruvchi   signallik   vazifasini   o’tovchi   ta’sirlarga
seskanuvchanlikdan   boshqa   narsa   emas».   A.N.Leontev   seskanuvchanlikdan
sezuvchanlikka   o’tish   boshqacha   hayot   tarixi   bilan   bog’liq   deb   ko’rsatadi   va   yuksak
tashkil   topgan  hayvonlarda   sezuvchanlik   taraqqiy  etadi,   sezgi  a’zolari  tarkib   topadi  deb
ko’rsatadi.  Seskanuvchanlik va tropizm
Hamma   tirik   organizmlar   o’simliklardan   tortib,   hayvonlargacha   aks   ettirishning
biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir. 
Seskanuvchanlik   -   tirik   organizmning   biologik   ahamiyatiga   ega   bo’lgan   ta'sirlariga
javob   qaytarish   qobiliyatidir.   Biotik,   ya'ni   biologik   ahamiyatga   ega   bo’lgan   omillariga
maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga  tropizm yoki taksislar  deyiladi.
Tropizm turlari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga:
1.Fototropizm   -   bu   tirik   organizmning   yorug’lik   ta'sirida   harakatga   kelishidir.
Masalan , yoz kuni tungi chiroq yorug’ligiga mayda chivinlarning uchib kelishi.
2.Termotropizm  - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga 
moyilligidir.  Masalan,  bahor kelishi bilan qashoratlarning jonlanib harakatga kelishi.
3.Xemotropizm   -   tirik   organizmning   fizik-ximiyaviy   muhitni   tanlab   olishga   bo’lgan
moyilligidir.  Masalan , achigan, qatiq, mevalarga mayda chivinlarning yig’ilishi.
4.Topotropizm  - tirik organizmlarning mexanik qo’zg’atuvchilar ta'siri ostida harakat
qilishiga   moyiligidir.   Masalan,   chirigan   olmaga   tegilsa,   unga   yig’ilgan   mayda
hashoratlarning   hammasi   uchib   ketadi.   Mimoza   o’simligiga   tegilsa,   u   darhol   yaproqini
yopib oladi.
5.Gemotropizm   -   tirik   organizmning   quyosh   nuri   ta'siri   ostida   harakat   qilishga
moyilligidir.  Masalan , kungaboqar o’simligining quyosh nuri tomon harakatlanishi.
6.Barotropizm   - tirik organizmning havo bosimi ostida harakat qilishga moyilligidir.
Masalan,   havo   bulut   bo’lganida,   havoda   uchib   yurgan   hashoratlar   yerga   pastga   qarab
uchadilar.
7.Gidrotropizm   -   tirik   organizmning   namlik   suv   ta'siri   ostida   harakat   qilishiga
moyilligidir.
Hayvonlarning instinktlari.
Instinktlar hayvonlarning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug’ma
harakatlaridir.
Masalan,   ko’p   qushlar   juda   ustalik   bilan   in   yasar   ekan,   material   (chup-char,   loy)
tanlash   va   inni   pishiq   qilib   qurish   yo’lida   xilma-xil   harakatlarni   bajaradi.
Qaldirg’ochlarning   ini   bunga   yaxshi   misol   bo’la   oladi.   O’rgimchaklar   garchi   in   to’qish
«san’atini»   oldindan   o’rganmagan   bo’lsa   ham,   o’z   inlarini   zo’r   «mahorat»   bilan
to’qiydilar.   Asalari   o’z   kataklarini,   go’yo   puxta   hisob   qilib   turganday,   aniq   reja   bilan Tropizm turlari.
Fototropizm
Termotropizm
Xemotropizm
Gidrotropizm Topotropizm
Geleotropizm
Barotropizm ko’radi.   Hayvonlarning   instinktlari   juda   xilma-xil   bo’ladi.   Hayvonlarning   biologik
ehtiyojlariga   qarab,   ularning   instinktiv   harakatlarini   quyidagi   turlarga   bo’lish   mumkin;
ovqatlanish   instinkti,   saqlanish   instinkti,   nasl   qoldirish   instinkti   va   poda   (to’da)   bo’lib
yashash instinkti.
Ovqatlanish   instinkti.   Bu   instinkt   hayvonning   o’zi   uchun   zarur   ovqat   qidirib   topish,
ovqat   g’amlash   va   shu   kabi   harakatlarida   zohir   bo’ladi.   Masalan,   endigina   tuxum
po’chog’ini   yorib   chiqqan   jo’ja   donni   va   non   uvoqlarini   cho’qiydi,   ularni   qidirib   topa
biladi. Asalarilarning asal qidirib to’plashi va g’amlab qo’yishi hammaga ma’lum.
Saqlanish   instinkti.   Bu   instinkt   hayvonlarning   dushmandan   saqlanish   tug’ma
usullarida va dushmanga hujum qilish qobiliyatida zuhur etadi. Masalan, mushuk bolasi
o’ziga tikilib turgan kuchukni birinchi marta ko’rganda yo shkafning tagiga kirib ketadi
yoki stulning  ustiga, daraxtga  chiqib oladi. Bordi-yu, mushukning  o’zi hujum  qiladigan
bo’lsa, kuchukning nozik joylariga yuz-ko’ziga chang solmoqchi bo’ladi. 
Nasl   qoldirish   instinkti.   Bu   instinkt   jumladan,   ota-onalik   instinkti   sifatida   yaqqolroq
ko’rinadi.   Hayvonlar   o’z   bolalarini   parvarish   qilish   tug’ma   mahoratiga   ega   bo’lib,   u
naslining   kelajagi   haqida   katta   g’amxo’rlik   qiladi.   Hayvonlarning   ba’zi   bir   turlari,
xususan,   hasharotlar,   o’z   avlodini   ko’rmaydi,   ammo,   bolalari   o’sib   mustaqil   hayot
kechira   olishi   uchun,   ular   tuxum   qo’yganda   o’z   nasliga   qulay   joy   va   ovqatni   oldindan
tayyorlab ketadi.
Ko’klamda yo’lda yoki yo’l yoqasida bir juft qo’ng’izning go’ngni dumalata-dumalata
yumaloqlab   ketayotganini   ko’rish   mumkin.   Bu   yumaloqlangan   go’ng   qo’ng’izdan
tarqaydigan nasl uchun turar joy va ovqat bo’ladi. Qo’ng’izlar go’ngni ma’lum kattalikda
yumaloqlaydi.   Urg’ochi   qo’ng’iz   shu   yumaloqlangan   go’ng   ichiga   tuxum   qo’yadi,
shundan   keyin   uning   og’zini   berkitib,   havf-xatarsiz   joyga   dumalatib   boradi.
Yumaloqlangan go’ng ichidagi tuxumdan bir necha vaqtdan keyin qurt chiqadi. Bu qurt
go’ngdagi moddalar bilan oziqlanib o’sadi, qurt shu joyning o’zida g’umbakka aylanadi,
keyin   bu   g’umbak   qo’ng’izga   aylanadi.   Yosh   qo’ng’iz   yumaloq   go’ng   ichidan   teshib
chiqib,   erkin   hayot   kechira   boshlaydi.   Shunday   qilib,   qo’ng’iz   o’zining   g’amxo’r   ota-
onasini ko’rmaydi, ota-onasi esa qo’ng’izni ko’rmaydi.
Poda   (to’da)   bo’lib   yashash   instinkti.   Bu   instinkt   hayvonlarning   turli   usullar   bilan
o’zaro   aloqa   qilishida   va   xilma-xil   shaklda   birgalashib   yashashida   zohir   bo’ladi.
Hayvonlarning   ba’zi   turlari,   asosan,   o’txo’r   va   sut   emizuvchi   hayvonlar   doimo   to’da
bo’lib   yashaydi,   hayvonlarning   boshqa   tur lari,   asosan,   yirtqich   hayvonlar   esa   o’ziga
o’xshash   hayvonlar   bilan   vaqt   bevaqt   birgalashib   yashaydi.   Hasharotlar   galasi,   qushlar
galasi, sut emizuvchilar to’dasi – hayvonlarning poda (to’da) bo’lib yashash formalaridir.
Instinktlar  mashq  qilish   yoki  o’rganish  yo’li  bilan   hosil   bo’lmaydi   –  ular   ota-onadan
naslga biologik irsiyat sifati da o’tadi.
Instinktlarning   nerv-fiziologik   asosi–shartsiz   reflekslardir.   I.P.Pavlov   ta’limotiga
ko’ra, instinktlar shartsiz reflekslarning o’zi-yu, lekin ancha murakkab turidir. I.P.Pavlov
bunday deydi: «Hozirgi vaqtda instinktlarning ham reflekslardan iborat ekanligi, faqat bir
oz   murakkabroq   reflekslar   ekanligi   yetarli   aniqlangan   deb   hisoblash   mumkin»   1.
Instinktlar   –   bir   qancha   shartsiz   reflekslardan   iborat   bo’lgan   reflekslar   zanjiridir.   Bu reflekslardan   har   birining   harakatga   kelgan   payti   navbatdagi   refleks   uchun   qo’zg’ovchi
bo’ladi.
Avvalo   shuni   aytish   kerakki,   hayvonlardagi   instinktlarning   obyektiv   suratda
bama’niligi bilan g’oyat ajablantiradi.
Xo’sh   hayvonlardagi   instinktiv   harakatlarning   ro’yi   rost   ko’rinadigan   bu   bama’niligi
va «oqilonaligi» qanday izohlanadi?
Instinktlarning qanday paydo bo’lganligini birinchi marta Ch.Darvin tushuntirib berdi.
Darvin   ta’limotiga   ko’ra,   hayvonlarning   instinktlari   uzoq,   evolyusion   taraqqiyot
jarayonida,  tashqi  muhitga   moslashish   jarayonida,  hayot  sharoitiga  bog’liq  holda  paydo
bo’lgan.
Bu   kurashda,   tevarak-atrofdagi   muhitga   moslashishda   foydasiz   bo’lib   qolgan
harakatlar,   shuningdek,   befoyda   organlar   yo’qolib   ketgan,   zararli   harakatlar   hayvonni
halokatga   olib   borgan,   foydali   harakatlar   esa   taraqqiyot   jarayonida   mustahkamlanib,
nasldan-naslga o’tgan. Shu bilan birga, iistinktlar butun bir avlodga yoki hayvonlarning,
butun bir turiga mustahkam o’rnashib qolgan harakatlardan iborat.
Hayvonlarning ko’nikmalari.
Ko’nikma   –hayvonlarning   individual   hayoti   davomida   paydo   qiladigan
harakatlaridir.
Masalan,   o’rgangan   it   qo’l   uzatilsa,   oldingi   oyog’ini   beradi;   it   eshikni   oyog’i   yoki
tumshug’i bilan ochadi, «o’yinga tushadi», keyingi oyoqlari bilan tikka yuradi, ot aravaga
kiradi va hokazo. Bunday harakatlar ko’nikmalar deb ataladi. 
Hayvon   instinktiv   harakatlar   yordami   bilan   qanday   ehtiyojlarini   qondirsa,   hosil
qilingan ko’nikma yo’li bilan ham  o’sha  ehtiyojlarini qondiradi. Itning «o’yinga tushishi»
yoki «oldingi oyog’ini berishi» uning ovqat olishiga yordam beradigan harakatlardir.
Hayvonlarning ko’nikmalari  shartsiz reflekslar, instinktlar asosida, shuningdek, ilgari
hosil   bo’lgan   shartli   reflekslar   asosida   vujudga   keladi.   Ko’nikmalar   hayvonning   biron
ehtiyojini   qondirishga   yordam   beradigan   yangi   (instinktiv   harakatlardan   uzgacha)
harakatlarni   qayta-qayta   takrorlash   yo’li   bilan   vujudga   keladi.   Shunday   qilib,
ko’nikmaning   nerv-fiziologik   mexanizmi   shartli   refleksdir.   Ko’nikma   hosil   qilish
hayvonda shartli reflekslarning birinchi yoki butun bir sistemasini hosil qilish demakdir.
Hayvonlar   ko’nikmalar   hosil   qilish   tufayli,   tashqi   muhitning   o’zgaruvchi
sharoitiga chaqqonroq va yaxshiroq moslashadigan bo’lib qoladi.
Hayvonlardagi tafakkur kurtaklari
Yuqori   darajada   taraqqiy   qilgan   hayvonlarning   (masalan,   it,   maymunlarning)   ba’zi
harakatlarini ko’rganimizda ba’zan ularga «ziyrak», «sezgir», «tiyrak» degan va boshqa
shu kabi sifatlar beramiz.
Hayvonlarda   shunday   harakatlar   ko’rinadiki,   bu   harakatlardan   bizga   hayvon   qanday
bo’lmasin   maqsadga   yetish   yo’llari   yoki   vositalarini   tanlaganday,   qanday   bo’lmasin
masalani  hal  etganday,  avvalgi  tajribani  yangi  sharoitga  qarab  tatbiq  etganday  tuyuladi.
Hayvonlarning   tafakkuri   haqidagi   masala   sohasida   so’nggi   vaqtlarda   g’oyat   ko’p eksperimental tekshirish o’tkazildi, bu tajriba ishlarining ko’pchiligi maymunlarning turli
zotlari ustida olib borildi.
Hayvonlar o’ylamaydi, ularning fikrni ifodalaydigan va ma’lum bir shaklga kiritadigan
tili yo’q. Yuqori darajada taraqqiy qilgan hayvonlarda faqat birinchi signal sistemasining
muvaqqat bog’lanishlari tafakkurning nerv fiziologik mexanizmlari bo’lib xizmat qiladi.
Hayvonlarda   vujudga   kelgan   harakat   usullari   biridan   ikkinchisiga   o’tmaydi.   Bu
harakat   usullarini   qaysi   hayvon   topgan   bo’lsa,   faqat   o’sha   ayrim   hayvonniki   bo’lib
qoladi. Hayvonlarning kurtak holidagi tafakkuri taraqqiy etmaydi. Bu tafakkurning zohir
bo’lishi tafakkurning navbatdagi, yuksak va murakkabroq formalari taraqqiy etishi uchun
bir   bosqich   bo’lolmaydi.   Hayvonlarning   tafakkuri   namoyon   bo’ladigan   harakatlar
ularning   fe’l-atvorida   asosiy   o’rin   tutmaydi.   Hayvonlarning   fe’l-atvori   (xatti-
harakatlari)dagi asosiy formalari instinktlari bilan ko’nikmalardan iborat. Hayvonlarning
ana   shu   oddiy   kurtak   holidagi   tafakkur   faoliyati   ayni   vaqtda   hayvon   psixika
taraqqiyotidagi yuksak bosqich hisoblanadi.
Hayvonlar   psixologiyasi   –   zoopsixologiya   degan   mahsus   fan   hayvonlar   psixikasini
tekshirish   bilan   shug’ullanadi.   Bu   fan   hayvonlardagi   psixik   hayot   formalarining
taraqqiyotini   ulardagi   nerv   sistemasining   taraqqiyotiga   va   biologik   sistematikaga
(hayvonlarning   har   xil   turlariga),   shuningdek,   hayvonlarning   hayot   kechirish
hususiyatlariga qarab o’rganadi. 
Zoopsixologiya turli hayvonlar psixikasining taqqoslab tekshirganidan   chog’ishtirma
psixologiya   deb   ham   ataladi.   Shu   psixologiyaning   o’zi   psixika   taraqqiyotini   hayvon
organizmlarining biologik tuzilishiga qarab tekshirgani uchun yana  biologik psixologiya
deb ham yuritiladi. 
3. Ongning paydo bo’lishi va uning ijtimoiy-tarixiy mohiyati
Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan hayvon psixikasi orasida katta farqqa ega
bo’lgan   ijtimoiy   voqyelik   hukm   suradi.   Hayvon   o’z   to’dasidagi   a’zolariga   yaqqol   holat
bilan   bog’liq   bo’lgan,   bevosita   favquloddagi   vaziyat   bilan   cheklangan   hodisalar
yuzasidan «o’zining tili»da xabar uzatishi odatiy hodisa. Odam undan farkli o’laroq nutq
vositasida   o’z   qabiladoshlariga   o’tmish   (xotirot),   hozirgi   davr   va   kelajak   to’g’risida
ma’lumot (axborot) berish hamda ijtimoiy turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega.
Hayvonot   olami   bilan   insoniyatning   xabar   uzatish   vositasi   orasidagi   farqi   tafakkurda
ham   o’z   aksini   topadi.   Chunki   har   qanday   psixik   funksiya   boshqa   turdagi,   shakldagi,
mazmundagi funksiyalar qobig’ida namoyon bo’ladi va muayyan shart-sharoitlar vujudga
kelganida   rivojlanadi.   Yuksak   taraqqiy   etgan   hayvonlarda   amaliy   (sodda)   tafakkur
mavjud  bo’lib,   chamalash  orqali  mo’ljal   olishga,  favquloddagi  vaziyat  yuzaga   keltirgan
vazifani   bajarishga   yo’naltirilgandir.   Hayvonlar,   aniqrog’i   maymunlar   ayrim   hollarda
«qurol» yasash va undan muayyan masala hal etishda foydalanish hodisalari tajribalarda
kuzatilgan,   lekin   ulardan   birontasi   tafakkurni   mavhum   tarzda   amaliyotga   tatbiq   eta
bilmagan.   Holbuki   shunday   ekan,   hayvonlar   idrok   qilish   ko’lamidan   tashqariga   chiqish
imkoniyatiga   ega   emas,   binobarin,   u   yaqqollikdan   mavhumlikka   o’ta   olmaydi,   hatto
bunday   vaziyatni   aks   ettirish   imkoni   ham   yo’q.   Hayvon   yaqqollik,   bevosita   idrok
qilishlikni   quli   bo’lsa,   aksincha   inson   mavhum   fikrlashning   gultojisidir .   Inson   bilan hayvon   o’rtasidagi   bu   boradagi   tafovut   quyidagilarda   mujassamlashadi:   a)   shaxsning
xulq-atvori,   faoliyati   yaqqollikdan   mavhum   holatga   o’tish   imkoniyatiga   ega;   b)
favquloddagi   vaziyat   munosabati   tufayli   vujudga   kelishi   ehtimol   oqibatni   oldindan
payqash   layoqati   mavjud;   v)   qiyinchiliklar   uchrasa,   ularni   yengish   uchun   qo’shimcha
vositalar   qo’llash,   o’zgartirishlar   kiritish   bilan   ajralib   turadi.   Shuning   uchun   avtomobil
ishdan   chiqsa   inson   uni   sozlaydi,   yomg’ir   yog’sa   narsalarni   panaga   oladi,   ayb   ish   qilib
qo’ysa   himoyalanish   yo’l-yo’riqlarini   o’ylaydi,   muammo   yechimini   qidiradi   va   hokazo.
Shaxs   favquloddagi   vaziyatning   quliga   aylanmaydi,   aksincha   u   kelajakni   ko’ra   bilishga
qodir, aql-farosat esa  bashorat qilish  imkoniyatini yaratadi.  Faoliyat mahsulini  oldindan
payqash, fe’l-atvor oqibatini ilgarilab ketib sezish uquviga egaligi bilan inson ustuvorlik
qiladi.   Hayvonlarning   amaliy   tafakkuri   ularni   yaqqol   vaziyatdan   bevosita   ta’sirotga
bo’ysunishni   taqozo   etadi.   Shaxsni   mavhum   fikrlashga   nisbatan   qobiliyati   muayyan
vaziyatga   bevosita   bog’liqlikdan   uni   xalos   etadi.   Inson   bevosita   muhim   ta’siriga   javob
berish   bilan   qanoatlanib   qolmasdan,   balki   uni   kutayotgan   ta’sirini   ham   bartaraf   etish
qurbiga egadir. Inson psixikasi bilan hayvon psixikasi o’rtasidagi birinchi farq shaxsning
o’zi anglagan qadriyatga binoan ongli xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudligidir.
Inson psixikasi xayvon psixikasidan uzining quyidagi xususiyatlari bilan farq kiladi:
1. Inson uzi anglagan zaruratga ko’ra ongli xatti-harakat qilish qobiliyatiga ega.
2. Odamning   xayvondan   ikkinchi   farqi   uning   qurollarni   yaratishga   va   saqlashga
layoqatli   ekanligidir.   Xayvonlar   xam   qurol   yasashi   mumkin,   lekin   ular   qurolni   odamlar
singari birgalashib,jamoa bo’lib yasamaydi.
3. Inson   psixik   faoliyatining   ajralib   turadigan   uchinchi   belgisi   ijtimoiy   tajribaning
biridan ikkinchisiga o’tkazilib turishidir.
4. His-tuygulardagi   tafovut   xayvon   bilan   inson   o’rtasidagi   turtinchi   juda   muxim
tafovut bulib hisoblanadi. His-tuygu ikkisida xam bor. Faqat inson boshqa kishining gam-
gussasini   va   quvonchini   birgalikda   baxam   ko’ra   oladi,   faqat   odamgina   tabiat
manzaralaridan zavqlanadi.
5. Inson psixikasining xayvon psixikasidan eng muxim farqi ularning rivojlanish shart-
sharoitlarida   ko’rinadi.   Agar   xayvonlar   psixakasining   o’sishi   biologik   qonunlar   asosida
ro’y   bersa.   Inson   tajribani   o’zlashtirmasdan,   uziga   o’xshaganlar   bilan   muloqotda
bo’lmasdan turib uning ongi rivojlanmaydi. Masalan, Amola va Kamola. Shunday ekan,
inson ijtimoiy  munosabatlar maxsulidir.

MAVZU. PSIXOLGIYA FANINING DOLZARB VAZIFALARI, PREDMETI VA МЕТО DL А RI Reja 1. Psixologiyaning predmetiva psixologiyaning fan sifatida shakllanishi 2. Miya va psixika 3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni va hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi 4. Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari 5. Psixika va ongning taraqqiyoti

Psixologiyaning predmeti Insonmavjudekan , uo ’ zhayotiytajribacigaasoslanib , uyokibuholdaidroketish , olamnianglash , narsavahodisalarniajratishkabixususiyatlargaegaekanligihaqidao ’ zigao ’ zihisobberadi . Bizkundaqushlarningsho ’ xnavosini , musiqaasboblariningxonishini , insonnutqini , uchibo ’ tayotgansamolyotshovqininieshitamiz , atrofimiznio ’ rabturgannarsa , daraxt , hayvonlar , mashinalarniko ’ ramiz . Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz . Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas bog ’ liq . Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e ' tiborni quyidagilarga qaratish lozim . Jumladan , shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin . Shunga ko ’ ra pedagogika shaxsni ta ' lim - tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa , psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o ’ rganadi . Shundan xulosa qilishimiz mumkinki , psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi . Psixologiya so ’ zining lug ’ aviy ma ' nosi grekcha psyuxe - jon , ruh , logos - fan , ta ' limot degan ma ' noni anglatadi . Psixologiya fan sifatida psixik faktlar , ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o ’ rganadi . Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi . Shunga ko ’ ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko ’ rsatilgan . Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o ’ z ichiga oladi : - bilish faoliyatlari : diqqat , nutq , faoliyat ; - bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur; - shaxsning, hissiy , irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda; - shaxsning individual psixologik xususiyatlari : temperament, xarakter, qobiliyat. Psixikaning paydo bo’lishining asosiy shakllari M.Gamezo va Domashenkolarning "Atlas po psixologii" nomli qo’llanmasida quyidagicha ifodalanadi: Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zoro bog’ligi Psixik jarayonlar (Bilish jarayonlari) Shaxsning hissiy- irodaviy sohalari Shaxsning individual xususiyatlari Sezgilar Idrok Xotira Xayol Diqqat Nutq Tafakkur Hissiyot (Emosiya) Iroda Temperament Xarakter Qobiliyat Shunga muvofiq bir qator olimlar tomonidan psixikaga ta'riflar berilib, uning mazmun mohiyati ochib berilgan. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha, psixika deganda - oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob'ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo’ladi, sub'ekt faoliyatini ma'lum maqsad asosida yo’naltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor V.M.Karimova fikricha psixika - inson

ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi. Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o’ziga xos usullari mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin. Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko’zguning aks ettirishi, suvdagi ta'sir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo’lib, ong va o’zini-o’zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ob'ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi; 2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi. 4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi. Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo’lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o’lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko’r-ko’rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko’pincha nafas bilan bog’lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar. Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o’zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar "animizm" deb ataladi. Animizm so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta'kidlangan. Platonning "ideyalar tug’ma bo’ladi" degan g’oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi. Platon ta'limotiga ko’ra "ideyalar" mohiyati abadiy va o’zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib, ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi. Platon psixologiyada "dualizm" oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm so’zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma'noni anglatadi. Dualizm ta'limoti mohiyati Biologik PsixikMATERIYANING AKS ETTIRIS H SXEMASI Anorganik materiya Organik materiyaM exanik Fizik Xim ik

moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning "Jon haqida" asari o’sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o’z mazmunini batamom o’zgartirgan. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko’ra, jon qismlarga bo’linmaydi, lekin u faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo’lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar o’simlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlarga, to’rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. O’simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta'limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o’zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta'limotlari keyingi asrlarda psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo’lib hisoblanadi. Miya va psixika Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo’lib, u ob'ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak inson va hayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv sistemasining eng yuksak qismi bo’lmish bosh miya tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi hayvonlar miyasiga qaraganda qancha murakkabroq tuzilgan bo’ladi. Odam miyasi hajmi jihatidan ham katta. Agar maymun miyasining og’irligi 400-500 g bo’lsa, odam miyasining og’irligi o’rta hisobda 1400 g dir. Miya funksiyasi organizm hayotida shunchalik murakkabki, buni biz miya butun gavda og’irligining 2 foizini tashkil qilishidan va organizmga kiradigan kislorodning 18 foizidan ortiqrog’ini ishlashidan ham ko’rishimiz mumkin. Hayvon taraqqiyotining qanchalik yuqoriroq bosqichida tursa, uning tanasiga nisbatan miyasi shunchalik og’irroq bo’lib boraveradi. Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv tuzilmasini tashkil qilib, odam organizmidagi barcha organlarning o’zaro faoliyati va bir-biri bilan bog’lanishini hamda uning tashqi muhit bilan bo’ladigan aloqasini ta'minlaydi. Psixik faoliyatlarning ko’pgina qismi bir necha qator bo’lib, joylashgan nihoyatda ko’p nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko’p) tashkil topgan, kulrang modda qatlamidan iborat bo’lgan bosh miya katta yarim sharlari qobiq ining faoliyati bilan bog’liqdir. Nerv sistemasining tuzilishi, nerv to’qimasi, uning elementlari va x ossalari. Nerv sistemasi nerv to’qimasidan iborat, bu to’qima esa nerv hujayralaridan tuzilgan.

Nerv hujayrasi protoplazmadan tuzilgan tana bo’lib, ikki turli o’simtalari bor, bu o’simtalarning bir xillari kalta, boshqa bir xillari uzun bo’ladi. Kalta o’simtalari sertarmoq bo’lib, dendrit lar deb ataladi. Uzun o’simtalari akson lar yoki neyrit lar deb ataladi. Har bir hujayrada bu o’simtalar ikkitadan ortiq bo’lmaydi. Neyrit ikkita parda bilan o’ralgan. Neyritga yopishib turadigan birinchi pardasi yoysimon parda bo’lib, uni et parda yoki mielin pardasi deb ataladi. Ikkinchi pardasini shvain pardasi deyiladi. Bu pardalar toladan o’tuvchi nerv qo’zg’alishini ajratib turuvchi izolyasiya dek bir vazifani o’taydi. Neyrit, odatda, nerv tolasi deb ata ladi. Nerv hujayrasi, uning o’simtalari va ularni qoplovchi pardalar birgalikda neyron deb ataladi. Nerv sistemasi juda ko’p neyronlardan tuzilgan. Nerv tolalari miyadan tutam- tutam bo’lib chiqib nerv stvolini yoki, oddiy so’z bilan aytganda, nervni hosil qiladi. Nerv hujayralari va mielinsiz tolalar to’plami miyaning kul rang moddasini, mielinli nerv tolalarining to’plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi. Hujayralar ularning yadrolari va tolalari sinapslar degani mahsus mayda tolachalar yordami bilan bevosita bog’lanadi (sinaps grekcha so’z bo’lib, «ilgak» degan ma’noni bildiradi). Nerv sistemasining mahsus xossalari bor, bu xossalardan asosiylari qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlikdir. Bu xossalar shundan iborat. Agar nerv tolasining joyiga tegilsa, issiq, sovuq, elektr toki, ximiyaviy moddalar va boshqa shu kabilar bilan ta’sir etilsa, yoki o’zgartirilsa, nerv tolasining qo’zg’atilgan joyida mahsus fiziologik jarayonlar ro’y beradi, buni qo’zg’alishdeyiladi. Agar nerv tolasi yetarli darajada qo’zg’atilsa, bu qo’zg’alish sodir bo’lgan joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bo’ylab tarqaladi va bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o’tadi, nihoyat, qo’zg’atish kuchi muayyan darajaga yetganda qo’zg’alish butun nerv sistemasiga yoyilishi mumkin. Nerv to’qimasida qo’zg’alish jarayoni yuz berganda bir qancha hodisalar: elektr, ximik, issiqlik hodisalari paydo bo’ladi. Yonma-yon turgan bir nerv hujayrasining aksoni bi lan ikkinchi nerv hujayrasining tutashadigan joyi sinapslar borligi tufayli, qo’zg’alish nerv tolalarida bir tomonga tarqaladi. Mielin pardasi borligidan, qo’zg’alish nerv tolasida ayrim-ayrim tarqaladi. Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining uzoq, evolyusiyasi jarayonida va odamning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan. Markaziy nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya bilan orqa miy adan tarkib topgan. Bosh miya va psixik funksiyalar. Po’st ostidagi soha va po’st ostidagi tugunlar differensiallashmagan va umumiy sezuvchanlik markazidir. Emosiya va instinktlarimiz shu soha bilan chambarchas bog’liqdir. Harakatlarimizni idora etish uchun po’st ostidagi tugunlardan targ’il jismning ahamiyati ayniqsa kattadir. Targ’il jism zararlanganda, odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-poy bo’ladi.