O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisining shaxsiy va kasbiy maydoni
O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisining shaxsiy va kasbiy maydoni Reja: I. Kirish I.1. Filolog o‘qituvchisining elektron portfoliosi II. Asosiy qism: II.1. Portfolio va uning tarkibiy qismlari. II.2. Shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashtirish. II.3. Elektron portfolio bilan ishlash va uni shakllantirish. III. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Taklif va ilovalar Mundarija 1
1.1. Filolog o‘qituvchisining elektron portfoliosi Ta`lim-tarbiya jarayonlarini modernizatsiyalashtirish ijodiy fikrlovchi, ta`limning zamonaviy metod va texnologiyalarini, pedagogik-psixologik diagnostika usullarini, aniq amaliy faoliyat asosida pedagogik jarayonni mustaqil loyihalash usullarini qo‘llay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirishni talab etadi. Hozirgi kunda pedagoglarga nisbatan o‘zining samarali faoliyatini tashkil qilishda o‘quv, ilmiy hamda madaniy-ma`rifiy tadbirlarni to‘g`ri rejalashtirishi va amalga oshirishi, kasbiy pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishda o‘zgarib boruvchi zamonaviy talablarga tezkor ravishda moslashib borish kabi talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, pedagog kadrlarning ta`lim-tarbiya jarayonlaridagi raqobatbardoshligi uning ilg`or ta`lim texnologiyalarini o‘zlashtirish qobiliyati, o‘zgaruvchan hamda oshib borayotgan kasbiy talablarga moslasha olishiga bog`liq. Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini pedagogik faoliyat hamda kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi sifatida shakllantirish ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Shu sababdan pedagoglarning kasbiy ma`lumotlar bazasi va talabalar bilan o‘quv muloqotlarini elektron resurslar asosida tashkil etish pedagogik jihatdan muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bunday vazifalar pedagog kadrlarning elektron portfoliosini ishlab chiqishni taqozo etadi. “Portfolio” tushunchasi XV-XVI asrlarda G`arbiy Yevropadan kirib kelgan bo‘lib, uyg`onish davrida arxitektorlar o‘z buyurtmachilariga qurilish loyihalarini tayyor va homaki variantlarini "portfolio" deb nomlangan alohida papkada taqdim etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan hujjatlar talabgorda qurilish loyihasining kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan. Hozirgi vaqtda esa biznes olamida portfolio firmaning yutuqlarini ko‘rsatish, fotosuratchi va fotomodellar sohasida esa – suratlar albomi sifatida ishlatiladi. Portfolioni ta`lim sohasida qo‘llash g`oyasi, 80-yillarning o‘rtalarida AQSHda paydo bo‘ldi. AQSH va Kanadadan so‘ng, portfolio g`oyasi Yevropa va YAponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g`oya Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi kunda bu g`oya O‘zbekistonda ham keng yoyilmoqda. Portfolio ( ingl . – portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka. frans . – bayon qilmoq, ifoda etmoq, tashimoq. ital . –hujjatlar solingan papka) – bu hujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to‘plamidan iborat. Pedagogning portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga ega: • pedagogning ma`lum bir vaqt oralig`ida erishgan kasbiy yutuqlari va faoliyat natijalarini qayd etish usuli ; • faoliyati davomida kasbiy sohadagi erishilgan yutuqlarini namoyish etuvchi majmua ; • pedagogning dars berayotgan fani bo‘yicha o‘quv materiallarini talabalarga yetkazib beruvchi vosita ; 2
• pedagog va talabalar o‘rtasidagi o‘quv muloqotini ta`minlashga xizmat qiluvchi tizim ; • talabalar bilan teskari aloqani o‘rnatishga xizmat qiluvchi hamda bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini monitoring qilish tizimi. Pedagogning portfoliosi ta`lim muassasalari rahbariyati uchun o‘qituvchilarning ish faoliyati unumdorligini monitoringini olib borish va yana ham muhim tomoni o‘qituvchilarni o‘z-o‘zini kuzatish va o‘z ustida ishlashi uchun muhim vosita hisoblanadi. Turli manbalardagi ma`lumotlarga ko‘ra pedagog portfoliosi – bu o‘qituvchining aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi. Bundan tashqari portfolioda o‘qituvchining individual yutuqlari, turli loyihalarda qatnashganliklari, talabalarining fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalarda g`olib bo‘lganliklari qayd etib boriladi. SHu bilan birga pedagog portfoliosi pedagogik-psixologik diagnostika natijalari, talabalar uchun fanlar bo‘yicha nazorat qilish topshiriq va testlarini qamrab oladi. Portfolio joriy etilishi bilan pedagogik faoliyatni baholashning va o‘zo‘ziga baho berishning ko‘p funktsiyali vositasi shakllanadi. Bunda portfolio qator pedagogik masalalarni yechishda yordam beradi[3]: • ta`lim berishda yuqori motivatsiyani rivojlantirish; • talabalarning mustaqil ta`limi va o‘z ustida ishlashga intilishni oshirish; • uzluksiz rivojlanishni rag`batlantiruvchi omilni joriy etish; • bilimlarning samarali o‘zlashtirilishiga intilish; • pedagogik faoliyat natijalarini tashhis qilish. Bundan tashqari portfolio o‘qituvchiga o‘z yutuqlarini yanada kengroq va xilmaxil taqdim etish imkonini beradi. http://www.uchportal.ru/ «The Teaching Portfolio» kitobi muallifi Piter Zeldin fikriga ko‘ra o‘qituvchi portfoliosi, kasb mahoratini shakllantirishdagi navbatdagi bosqich hisoblanadi. Portfolio – o‘qituvchining kasbiy faoliyatida turli pedagogik masalalarni hal eta olish malakalarini ko‘rsatuvchi, shuningdek o‘qituvchining professionallik darajasini baholashga qaratilgan materiallarni qamrab oladi. 1 Portfolio quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: • portfolio sayti (sayt ko‘rinishidagi portfolio); • veb sahifa (biror sayt tarkibidagi shaxsiy sahifa); • elektron taqdimot; • natijalar papkasi. 1 Peter Wallet. Information and communication technology in education in Asia. –Montreal: UNESCO UIS. 2014. – 35 p. 3
Elektron portfolio ko‘rgazmaliligi, qulayligi, resurslarining aniq tuzilishiga egaligi bilan bir qatorda yana bir qancha o‘ziga xos xususiyatlar va afzalliklarga ega: • zamonaviyligi; • tezkorligi (kerakli o‘zgarishni tezda kiritish imkoniyati); • funktsionalligi (katta sondagi ekspertlarga, hamkasb-mutaxassislarga, qiziquvchilarga o‘z tajribasini namoyish etish ikmoniyati) hamda o‘z muvaffaqiyatlarini qayd etib borish, bir vaqtning o‘zida doimiy ravishda to‘ldirib borish mumkin bo‘lgan raqamli ta`lim resurslarining tizimlashtirilgan mediatekasini yaratish imkoniyatining mavjudligi; • effektivligi (o‘qituvchini o‘z-o‘zini baholashi, boshqaruvchi hamda talabalarga ijobiy ta`sir ko‘rsatish); Portfolioning taqdimot shakli ma`lumotlarni ko‘rgazmali tarzda namoyish etishni amalga oshirsa, sayt-portfolio shakli esa ko‘proq ma`lumot olish va izlash imkoniyatini beradi. Internet izimining o‘quv jarayoniga keng joriy etish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar portfolioning sayt-portfolio shaklida yaratish va uning resurslarini doimiy yangilanib borishini markazlashgan holda tizimli yo‘lga qo‘yish orqali samara berishi mumkin. Shuning uchun portfolioni tarmoqda saytportfolio sifatida joylashtirilishi maqsadga muvofiq. Portfolioning muhim jihati – pedagogning kasbiy kompetentligini baholash uchun amaliy faoliyatdagi natijalarini (bajargan loyihalari, talabalarining olimpiada va tanlovlarda qatnashganligi, olib borgan ilmiy izlanishlari kabilarni) namoyish etishdan iborat. Portfolio o‘qituvchiga o‘z ishlari natijalarini tahlil etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, o‘z imkoniyatlarini ob`ektiv baholash va qiyinchiliklarni bartaraf etishni rejalashtirish hamda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi. Portfolio resurslarini shakllantirishda quyidagi jihatlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: • tizimlilik; • taqdimotlilik; • yutuqlarni haqqoniy, to‘g`ri baholash; • taqdim etilayotgan axborotlarning to‘liqligi, aniqligi va ishonchliligi; ma`lumotlarning ob`ektivligi. Shunday qilib, portfolio pedagogik faoliyatning turli xil ko‘rinishlarida (o‘quv, tarbiyaviy, ijodiy, metodik, tadqiqot) o‘qituvchi tomonidan erishilgan yutuqlarini yuzaga chiqarish imkonini beradi. Bir qancha mualliflar o‘z maqolalarida elektron portfolioni bir nechta variantlarini taklif etishgan[4]: • yutuqlar portfoliosi – ushbu portfolioda ahamiyat faoliyatdagi yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlarga qaratiladi; 4
• taqdimot portfoliosi – o‘qituvchining eng yaxshi ishlari to‘plami, ushbu portfolio yangi ishga kirayotganda, suhbatdan o‘tish uchun yoki turli tanlovlarda qatnashish uchun kerak bo‘ladi; • hisobot ko‘rinishidagi portfolio – biror-bir loyiha ishini tugatayotgan vaqtda bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida ma`lumot beradi; • majmuaviy portfolio – yuqorida ko‘rsatilgan portfolio ko‘rinishlarini qamrab oladi va o‘qituvchi portfoliosini namoyish etishga xizmat qiladi. 2.1. Portfolio va uning tarkibiy qismlari . Umumta’lim maktabi o‘qituvchisining tadqiqotchilik faoliyati boshlanishida portfolio muhim rol o‘ynaydi. “Portfolio” italyan tilidan tarjima qilganda “xujjatlar yig‘ma jildi, mutaxassis yig‘ma jildi”- degan ma’noni beradi. Portfolio bu, asosan, o‘qituvchining o‘z imkoniyatlarini namoyish qilish uchun mo‘ljallangan ishlar to‘plami bo‘lib, un ing asosiy mazmuni – o‘qituvchiga barcha imkoniyatlardan foydalanish, uning kasbiy va aqliy o‘sishiga ko‘maklashishdan iborat. Portfolioning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, birinchi turi – o‘qituvchining erishgan natijalari portfoliosidir. U uch qismdan iborat bo‘lishi mumkin: 1. “Hujjatlar”, 2. “Bajarilgan ishlar”, 3. “Bajarilgan ishlar to‘g‘risida fikrlar”. Hujjatlar q ismiga o‘qishdagi va ish jarayonidagi shaxsiy yutuqlari kiradi (yorliq, diplom, sertifikat, guvohnomalar). Bu o‘qituvchining erishgan natijalariga baho berish imkoniyatini beradi. Ishlar qismi – bu o‘qituvchining ijodiy, tadqiqot va loyiha ishlarining to‘plami, uning o‘quv va ijodiy faoliyatining yo‘nalishlari ifodalanadi. Bajarilgan ishlar to‘g‘risida fikrlar qismi – bu o‘qituvchining turli faoliyatga bo‘lgan munosabatining yozma tahlili (test xulosalari, retsenziyalar, rezyume va boshqalar) yig‘ib boriladi. Portfolioning ikkinchi turi – refleksiv portfolio , u o‘qituvchining kasbiy rivojlanish dinamikasi o‘zida jamlaydi. Unda o‘qituvchining o‘z ishiga bergan bahosi va o‘quv ishlarining natijalari, jarayoni va maqsadlari thlillari o‘rin oladi. O‘z ish faoliyatiga baho berish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun kuzatish kundaliklarini olib borish samarali vosita hisoblanadi. Portfolioning uchinchi turi – muammolar portfoliosidir. Unda ma’lum bir muammoni yechish maqsadida to‘plangan ma’lumotlar, muammoni yechish jarayoni va natijalari yig‘ib boriladi. Portfolioning bu turi o‘qituvchining tahlil – sintez – baho berish darajasida anglatadi. Bunday portfolioda ma’lumotlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ib borish tavsiya etiladi: • muammoni o‘rganish uchun adabiyot ro‘yxati; • kichik mavzular, muammo doirasi, tadqiqot rejasi; • muhokamadagi nuqtai nazarlar; • tsitatalar, aforizmlar; • boshqa fanlar doirasiga integratsiya; • tadqiqot natijalari asosida xulosalar; • tadqiqot usullari; • bashoratlar va istiqbol; 5