logo

O’ZBEKISTON LANDSHAFTLARINI TASNIFLASH

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

61.705078125 KB
MAVZU: O’ZBEKISTON LANDSHAFTLARINI
TASNIFLASH
REJA
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1. Landshaftlarni tasniflash 
2. O’zbekiston landshaftlarini tasniflash
3. O’zbekiston tog’ landshaftlarini tasniflash
4. O’zbekiston tekislik landshaftlarini tasniflash
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
                                  
KIRISH           Fanda   tasniflash,   tartib  berish,   turlashtirish,   taksonomiya   kabi   bir-biriga   yaqin
tushunchalar   mavjud.     Bulardan     tasniflash     va     tartib     berish   tushunchalari     bir-
biriga     anchagina     yaqin   bo‘lib,   rang-barang   va   turli-tuman   narsa   va   hodisalarni
ma'lum bir tartib bilan, har birining pog‘onama-pog‘ona mavqeini   yoki   ko‘lamini
saqlagan   holda   guruhlarga   ajratish   yoki   birlashtirish   degan ma'noni   anglatadi.
O‘quvchilarga     botanikadagi     o‘simliklar     tasnifi,   zoologiyadagi     tirik   mavjudotlar
tasnifi   yaxshi   tanish.   Shunga   o‘xshash   tasniflar   boshqa   fanlarda   ham   bor.   O‘z
o‘rganish  obyektini  tasnif  qilmagan  yoki  tasnif  qilishiga  urinmagan  bironta  fan
bo‘lmasa   kerak.   Sababi   biror   fanni   fan   sifatida   tanilishi   uchun   ham   uning   o‘z
obyektining   tasnifi   ishlab     chiqilgan   bo‘lishi     kerak.   Buyuk     fransuz     matematigi
A.Puankare   (1906)    "Fan   -  bu   eng avval    tasniflashdir"   degan    edi.   Tasniflash
jarayoniga     borib     yetmagan     ilmiy     izlanishlarni     hali   "Qiyomiga   yetmagan"   deb
baholash   mumkin.   O‘rganish   obyektini   tasniflashning   ham   ilmiy,   ham   amaliy
ahamiyati   kattadir.   Uning   ilmiy   ahamiyati     shundan     iboratki,     obyekt   tasnif
qilinayotganda     uning     kelib     chiqishi,     tuzilishi,   rivojlanishi   kabi   barcha
xususiyatlari   o‘rganilishi   va   u   haqidagi   barcha   ma'lumotlar   batafsil   tahlil   qilinishi
kerak bo‘ladi.
Yer   yuzasida     muayyan     landshaftlar     haddan     tashqari   ko‘p   bo‘lganligi     uchun
ularning     har   birini     alohida-alohida     o‘rganish     va     ta'riflab     berishning     iloji
bo‘lmay     qoladi.     Shuning     uchun   landshaftlarni   ma'lum   maqsadlarda   (masalan,
qishloq   xo‘jaligi,   shahar   qurilishi   va   h.k.)   guruhlab   ta'riflashga     va     shunga     mos
holda     bir     turdagi     tadbirlarni     rejalashtirishga     to‘g‘ri   keladi.     Bu   landshaftlarni
tasnif   qilishining   amaliy   ahamiyatga   ega   ekanligini   ko‘rsatadi.   Fanning   o‘rganish
obyekti  qanchallik  serqirra,  xilma-xil  va  murakkab  bo‘lsa,  uni  tasniflash  ham
shunchalik  murakkab    bo‘ladi.    Har     qanday    tasnifni    amalga    oshirishda     obyekt
haqida to‘la  va  aniq
tushunchaga     ega     bo‘lish     kerak.     Obyektni     turlicha     talqin     qilish   va     tushinish
turlicha  tasnif tarxlarining tuzilishiga sabab bo‘ladi. Landshaftshunoslik   fani  ham
boshqa   tabiiy     fanlar     qatori     juda     ko‘p     va     xilma-xil,     ammo   o‘ziga     xos
xususiyatlarga     ega     bo‘lgan     aniq   obyektlar     -landshaftlarni     tasnif     qiladi.
Landshaftshunoslik uchun puxta   ishlangan,   ilmiy   va   mantiqiy   talablarga   to‘liq
javob     beradigan   tasniflash     jadvalini     tuzib     olish     juda     katta   ahamiyatga     ega.
Chunki     yer     yuzida     ko‘plab   uchraydigan     xilma-xil     landshaftlarni     bir-biriga
o‘xshash     yoki     bir-biridan     farq   qiladigan   tomonlarini     aniqlab,     har   birini     o‘z
mavqeini     saqlagan     holda     ma'lum     bir     tartibga     tushirib   olinmasa,   ularni   to‘g‘ri
tadqiq   qilish,   hatto   landshaft   xaritasini   tuzib   olish   ham   mumkin   bo‘lmay   qoladi.
Keyingi   15-20   yil    ichida   geograflar   tomonidan   bajarilayotgan   ko‘plab   ishlar
uchun, jumladan   xalq xo‘jaligini   rivojlantirish,   aholining   yashashi   va   sog‘lig‘i
nuqtai     nazaridan   landshaftlarni   baholash,   geografik   bashorat   qilish   va   tabiat
muhofazasini ko‘zlab bajarilayotgan ishlar  uchun  ham katta-katta  rayonlar,  tabiiy
geografik   o‘lkalar   miqyosida   barcha   landshaftlar haqida batafsil   ma'lumotlarga
yoki     boshqacharoq   qilib   aytganda     landshaftlar   kadastriga     ega   bo‘lish
ahamiyatlidir.     Mamlakatimiz     landshaftlarining     aniq   va     puxta     tasnif     jadvalini
ishlab chiqish landshaftshunoslikning eng yirik masalalaridan biridir. LANDSHAFTLARNI TASNIFLASH
        Landshaftlarni     tasniflash     bilan     ko‘pchilik     geograflar     shug‘ullanishgan.
Ulardan     ayniqsa   N.A.Gvozdetskiy   (1961),   A.G.Isachenko   (1961,   1975),
V.A.Nikolayev   (1973,   1979)   kabilarning   tajribalari     e'tiborga     loyiq.     Bu     olimlar
tavsiya     etgan     tasniflar     ichida     V.A.Nikolayev     (1979)   bajargan    tasnif     o‘zining
anchagina   mukammalligi   bilan   ajralib   turadi. Bu   tasnifning   yaratilishi asosida
landshaftshunos     olim     N.A.Nikolayev     ko‘p     yillar     davomida     Qozog‘iston
dashtlarida   landshaftlarni     xaritaga     tushirish     borasida     olib     borgan     izlanishlari
yotadi.     Quyida     keltiriladigan   fikrlarning   ko‘pchiligi   V.A.Nikolayev   ilgari   surgan
g‘oyalar   ta'sirida   yuzaga   keldi.   Bu   fikrlardan   eng   asosiysi   landshaft   haqidagi
tushunchaning   o‘ziga   xos   talqini   bo‘ldi.   V.A.Nikolayevning     fikricha,   landshaftni
faqat   regional     birlik     (A.G.Isachenko,     1961)     yoki   faqat   tipologik     birlik
(N.A.Gvozdetskiy,    1961)    sifatida   qabul  kilish   birday   bir    tomonlamalikka  olib
keladi. Agar biz landshaftni tipologik birlik deb qabul qilar ekanmiz, uning asosida
har   bir   muayyan     o‘ziga     xos     landshaftning     tahlili     yotishini     esdan
chiharmasligimiz     kerak.     Har     bir   muayyan     landshaft     -   o‘ziga     xos     geografik
individdir.     Lekin     bir     vaqtning     o‘zida     u     qaysidir   tipologik     landshaftlar
majmausining   bir   qismidir.   Haqiqatan   ham,   yer   yuzida   ikkita   har tomonlama
bir     xil   bo‘lgan     landshaftni   topib  bo‘lmaydi.  Ammo   qaysidir     xususiyatlari     bilan
bir-biriga  o‘xshashlik  tomonlari  bo‘lgan  landshaftlarni  uchratish  va  tasnif  qilish
mumkin.   Landshaftlar     tasnifini     ishlab     chiqishda     turlicha     tamoyillarga     amal
qilingan bo‘lishi  mumkin. Masalan,  tarixiy-evolyutsion tamoyil,  genetik  tamoyil,
morfologik  tamoyil  va  h.k.  Shu 
tamoyillardan  birvarakayiga  bir  nechtasiga  amal  qilgan ma’qul.  Shulardan  faqat
bittasigagina amal  qilib tuzilgan  tasnif  doimo  ham aniq va  puxta  bo‘lavermaydi.
Shu     bilan     birga   landshaftlarning     o‘zini     ma'lum     bir     tamoyilga     asoslanmay,
birma-bir     sanab     o‘tishning     o‘zi     ham   ilmiy   tasnifdan   uzoqdir.   Hozirgacha
qo‘llanib   kelinayotgan   tamoyillarning   eng   asosiylaridan   biri   tarixiy-evolyutsion
tamoyildir.   Bunda   landshaftni   invariant   tushunchasi    nuqtai   nazaridan qarashga
to‘g‘ri   keladi.   Ushbu   tamoyilga   amal   qilinganda   bir   tasnif   jadvalining   o‘zida
geografik tizimlardagi  juda  ko‘p  va  turli-tuman  moddiy  borliqni  qamrab olishi
mumkin  bo‘ladi.  Qo‘l 
ostimizda   ma'lum   miqdorda   paleogeografik   ma'lumotlar   mavjud     bo‘lgan   taqdirda
bu   tamoyildan   foydalanish     juda     yaxshi     natijalar     berish   mumkin,     ya'ni
landshaftlarning  tashkil  topishi  va rivojlanishidagi ichki va tashqi aloqadorliklarni
tasnif   jadvalida   aks   ettirish   mumkin   bo‘ladi.   Landshaftlar   tasnifida   tarixiy
yondashish   albatta   landshaftlarning   kelib   chiqishi   (genezisi)ni   tahlil   qilish   bilan
bog‘liqdir.   Landshaftlarning   kelib   chiqish   va   rivojlanish   tarixi   ularning   ichki
strukturasining  o‘ziga  xosligini  keltirib  chiqaradi.  Shuning  uchun  landshaftlarni
tasniflashda 
foydalanilayotgan  tarixiy  genetik  tamoyil  landshaftlarning  ichki  tuzilishini  tahlil
qilish   bilan   bevosita   bog‘liq   bo‘lib   qoladi.Landshaftlar   tasnifida   landshaftlar   ichki
tuzilishini   tahlil   qilish   qoidasi   asosida   bir   butunni   uning   qismlari   bilan   hamda qismlari   orasidagi   o‘zaro  ta'sir   va  aloqadorliklarni  tahlili   yotadi.  Biz  landshaftlarni
ko‘p  yaruslik  geotizimlar  deb  qabul qilgan edik.  Bu  bilan  biz  har bir  landshaft 
ma'lum  komponentlar  majmuasidan  iboratgina  bo‘lib  qolmasdan,  balki  o‘zidan
kichikroqbo‘lgan     komplekslardan     tuzilganligini     ham   e'tirof     etgan     bo‘lamiz.
Shunday     ekan,   landshaftlarning     ichki     tuzilishi     haqida   gap     borganda     faqat
komponentlar    orasidagi    emas,   balki  kichik   yoki   oddiy   komplekslar   orasidagi
o‘zaro     aloqadorliklar     ham   tushuniladi.     M.A.   Glazovskaya     (1961)     tomonidan
tavsiya    etilgan     geokimyoviy    landshaftlar    tasnifi    ham  ana     shu  tamoyil  asosida
tuzilgandir.   Landshaftlar     ochiq   geotizimlar     bo‘lganligi     sababli,     ular     o‘z     yon-
atroflaridagi  landshaftlar bilan ham modda  va  energiya  almashinishi ko‘rinishida
aloqador   bo‘lib     turadi.   Agar   biz     tasnif   tuzishda     landshaftlarni     o‘z     ichki
tuzilishiga     ega     ma'lum     bir     tizimdir     degan     qoidaga     amal   qiladigan     bo‘lsak,
landshaftlarning     ichki     aloqadorligidan     tashqari   ularning     atrof-muhit   bilan     va
qo‘shni   landshaftlar   bilan   bo‘ladigan   aloqadorliklarini   ham   hisobga   olish   kerak
bo‘ladi.   Odatda     landshaftlarning     ichki     tuzilishining     tahlili     asosida     tasnifning
kichik  taksonomik 
birliklarini     aniqlab     olish     mumkin     bo‘ladi.     Katta     taksonomik     birliklarni
aniqlayotganda     esa   ko‘proq   landshaftlarning     o‘zaro     aloqadorliklariga     va
yondashib  kelish    xususiyatlariga ko‘proq asoslanishga to‘g‘ri keladi. Landshaftlar
tasnifini   tuzganda,   u   puxta     va   "tabiiy"   bo‘lishi   uchun   tarixiy-genetik   tuzilish
tamoyillariga amal  qilgan ma’qul ko‘rinadi. Har   qanday   ilmiy   tasniflash   avvalo
tasnif   qilinayotgan   obyektga   yoki   hodisaga   tegishli bo‘lgan   ma'lum   belgilarni
tanlab     olishni     taqozo   qiladi.     Landshaftlarning     ayrim     guruhlarga   tipologik
birlashtirilishi  yoki  aksincha  tabaqalanishi  turli-tuman  shart-sharoitlarga  bog‘liq.
Masalan,     landshaftlarning     ichki     xususiyatlariga,     qo‘shni     landshaftlarga
yondashib  kelishiga, 
landshaft tashkil qiluvchi omillar   va   hodisalarning majmuiga, ularning rivojlanish
xususiyatlari   va   hokazolarga   bog‘liqdir.   Shuning     uchun     har   qanday     tasnifdagi
birliklarning     mavqeini     aniqlashda     faqat   birgina   belgini     asos     qilib   olish     qiyin
bo‘lib,  hatto bunday belgini  izlab  o‘tirishning  o‘zi ham mantiqan noto‘g‘ri bo‘lar
edi.     Buning     sababi     shundaki,     aniqlanadigan     va     tasniflanadigan     turli-tuman
birliklarni     o‘z     kuchi     va     qiymati     turlicha     bo‘lgan     omillar     asosidagina
umumlashtirish     mumkin   bo‘ladi.     Umuman     olganda,     asosiy     belgilarni     tanlab
olish,     tasniflash     jarayonini     eng     muhim   va   mas'uliyatli     bosqichlaridan     biri
hisoblanadi.   Landshaftlar   tasnifining   asosiy   birliklari.Landshaftlar tasnifida ham
boshqa ko‘pgina tabiiy fanlar tasnifidagidek sinf, tur, turkum, xil kabi tushunchalar
ishlatiladi.   Bunday   tshunchalarni   birma-bir   izohlab   berishdan   oldin   bir-ikki   taniqli
geograf     olimlar     ishlab     chiqqan   tasnif     ko‘rinishlarini     misol     tariqasida     keltirib
o‘tmoqchimiz. Dastlabki   ana shunday   ishlardan biri N. A. Gvozdetskiy (1961) ga
tegishlidir.   U   tavsiya   etgan   landshaftlar   tasnifi:   sinf-tur-kichik   tur-guruh-xil
ko‘rinishda   bo‘lib,   anchagina   ixcham   tarxlardan   biridir.     A.G.Isachenko     (1961)
tavsiya   etgan     landshaftlar     tasnifi:     tur-kichik    tur-sinf-kichik   sinf-xil-kichik  xil-
variant   ko‘rinishiga   ega.Bu   ikki   tasnif   bir-biridan   ozmi-ko‘pmi   farq   qiladi.
Jumladan, eng katta birlik sifatida N.A. Gvozdetskiy sinfni qabul qilar ekan, u eng
avval tog‘lar va tekisliklar landshaftlarini ikki sinfga bo‘lib  tashlashni  tavsiya  etsa, A.G.Isachenko  esa  dastavval  landshaft  turlarini  aniqlab  olishni, so‘ngra sinflarga
bo‘lishni   ma’qul   ko‘radi.   Landshaft   turlarini   aniqlab   olishda   eng   asosiy   mezon
sifatida     landshaftlarning     gidrotermik   rejimi,     ya'ni     namlik   va     issiqlik
taqsimlanishidagi  dunyo miqyosidagi farqlarni olishni tavsiya etadi.
      A.G.Isachenko fikricha, landshaftlarning bir-biriga o‘xshashligi yoki bir-biridan
farqi juda ko‘p   sabablar   bilan   belgilanadi   va   ularning   ichidan   eng   asosiysini
aniqlab  ola  bilish  tasnif tarxidagi eng katta birlikni tanlashga asos bo‘ladi. Hozirgi
vaqtda  eng mukammal ishlangan landshaftlar tasnifining muallifi V.A. Nikolayev 
(1973,     1979)     ekanligi     ko‘pchilik     geograflar     tomonidan     e'tirof     etilmoqda.     U
tavsiya  etgan  ko‘p pog‘onali tasnif tarxi: bo‘lim-qism-kichik qism-sinf-kichik sinf-
guruh-tur-kichik tur-toifa-kichik toifa-xil-variant ko‘rinishida bo‘lib, yer yuzasidagi
barcha   landshaftlarni   ma'lum   bir   tartib   bilan   o‘rganishga   yaxshi   ilmiy   asos   bo‘la
oladi.
Quyida     biz     V.A.Nikolayev     tavsiya   etgan     ana     shu     landshaftlar     tasnifidagi
birliklarni  izohi bilan chegaralanamiz. Chunki bu izohlar boshqa tasnif tarxlaridagi
birliklar   izohiga   ko‘p   jihatdan   mos   keladi.   Shunday     qilib,     landshaftlar     tasnifida
ishlatiladigan  eng  yirik  birlik  landshaftlar  bo‘limi hisoblanadi. Bo‘lim darajasiga
kiruvchi     landshaftlar   asosan   Yerning   geografik   qobig‘ini   tashkil   qiluvchi   turli
geosferalarning     bir-biri     bilan     tutashib     turishi     va     o‘zaro     ta'sir     turiga     qarab
aniqlanadi.   Bu   haqda taniqli    tabiiy   geograf   F.N.Milkov   (1970)   "Landshaftlar
bo‘limi   landshaftshunoslikdagi     eng     yuksak     tipologik     birlikdir"     degan     fikrni
bildiradi.     Bu     birlik     F.N.   Milkov     aytganidek     litosfera,     atmosfera,
gidrosferalarning     o‘zaro     ta'sir     xususiyatiga     va     shunga   bog‘liq   holda     o‘zaro
modda     va     energiya     almashinish     shakli     hamda     jadalligi     o‘xshash     bo‘lgan
landshaftlarni     birlashtiradi.     Landshaftlar     bo‘limiga     misol     sifatida     quruqlik
landshaftlari,  suv landshaftlari, suv osti landshaftlarini kiritish mumkin. Quyida biz
faqat   quruqlik   landshaftlariga   tegishli   bo‘lgan   masalalar   haqidagina   so‘z
yuritamiz.Landshaftlar   bo‘limi   ichida   dastavval   landshaftlar   qismini   ajratamiz.
Landshaftlar     qismi   birligi     landshaftlarning     eng     asosiy     energetika     bazasi
bo‘lmish     namlik     va     issiqlik     balansidagi   farqlar     va     o‘xshashliklarga     qarab
birlashtirishga  imkoniyat  beradi.  Bunday  o‘xshashlik  yoki 
farqlar  joylarning  makroiqlimiy  xususiyatlari  bilan  belgilanadi.  Bu  xususiyatlar
bilan     o‘z   navbatida   joyning   gidrologik   rejimi,   hukmron   bo‘lgan   o‘simlik   turi   va
biologik   modda   aylanish   turi     kabilar   chambarchas     bog‘liqdir.   Bu     yerda     gap
ko‘proq   iqlim   mintaqalari     haqida   borayapti,   ya'ni     bitta     iqlim   mintaqasida
rivojlangan     landshaftlarning       hammasi     xoh   u     tog‘   landshafti,     xoh   tekislik
landshaftlari   bo‘lsin   bitta   qismga   taalluqli hisoblanadi.   Masalan,   Kara   dengizi
bo‘ylaridan   Turkmanistonning   janubigacha   bo‘lgan   makonda: arktik,   subarktik,
boreal, subboreal, subtropik landshaftlar qismini ajratish mumkin. Bizga  ma'lumki,
yuqorida sanab o‘tilgan mintaqalar tabiati g‘arbdan sharqqa tomon,   ya'ni Atlantika
okeanidan   uzoqlashgan   sari,   kontinentallik   ortib   borgan   sari   o‘zgarib   boradi.
Shuni 
e'tiborga   olsak,   landshaftlar   qismi   o‘z   navbatida   landshaftlarning   kichik   qismiga
bo‘linib ketishi mumkinligini ko‘ramiz.
Landshaftlar  tasnifidagi  navbatdagi  birlik-landshaftlar sinfidir .     Bu  birlik  yuqorida  misol keltirilgan  barcha  tasnif  tarixlarida  (N.A.Gvozdetskiy,
A.G.Isachenko)   ishtirok   etadi.   Bu tasniflash   tajribalarining   deyarli   hammasida
ham sinflarni  aniqlashda  birgina  xususiyat,  ya'ni landshaftlarning  morfotektonik
xususiyati  asos  qilib olinadi  va  asosan  ikkita  landshaftlar  sinfi ajratiladi:  tog‘lar
landshaftlari  sinfi  va  tekisliklar  landshaftlari  sinfi. Bu  ikki  sinf  orasidagi  eng 
asosiy   farq   ularda   tabiiy   zonalarning   ikki   xil   ko‘rinishda   (tekislikda   kengliklar
bo‘ylab,   tog‘larda   esa   pastdan   yuqoriga)   bo‘lishidir.   Tog‘   landshaftlarining     ham,
tekislik   landshaftlarining   ham tabaqalanishida   yana   bir gipsometrik   omil,   ya'ni
landshaftlarning     pog‘onalar     hosil   qilib   joylashish     xususiyati     borligini   e'tiborga
olsak,     unda     landshaft   sinflarining     ichida     landshaft     kichik     sinflariniajratish
mumkin 
bo‘ladi.     Masalan,     tekislik     landshaftlari     pastqam,     past     va     baland     tekislik
landshaftlari     kichik   sinflariga,     tog‘   landshaftlari     esa     past     tog‘lar,     o‘rtacha
balandlikdagi  tog‘lar,  baland  tog‘larlandshaftlari kichik sinflariga bo‘linib ketadi.
Navbatdagi     tasnif     birligi-landshaftlar     guruhidir.     Bu     birlikni     aniqlab     olishda
asosiy     belgi   sifatida     landshaftlarning   suv   va   geokimyoviy   tartibi,     ya'ni
landshaftlarning atmosfera yog‘inlari hisobiga,   grunt   suvlari   hisobiga   yoki   yana
bir     boshqa   suvlar     hisobiga     namlanish     nisbati     asos   qilinib   olinadi.   Ana   shu
belgilarga   qarab   tekislik   landshaftlari   ichida   elyuvial,   elyuvial-gidromorf   (yarim
gidromorf), gidromorf landshaftlar guruhlarini ajratish mumkin.Landshaftlar guruhi
birligini     ajratishning     (ayniqsa,   tekislik     landshaftlari     uchun)   ahamiyati   e'tiborga
loyiqdir.     Buning     sababi     o‘tmishda     va     hozirgi     vaqtda     landshaftlarning     ichki
tuzilishi   hamda     ularning     rivojlanish     yo‘nalishi     qay     tarzda     bo‘lganligi     ko‘p
jihatdan     ularning     suv-geokimyoviy     tartibining     o‘ziga     xos     xususiyatlari     bilan
bog‘liqligidadir.     Shuning     uchun   landshaftlar     taraqqiyoti     kelajakda     qanday
bo‘lishini  bashorat  (prognoz)  qilish uchun  hamlandshaftlar guruhini aniqlab olish
katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Landshaftlarning     elyuvial,     gidromorf     yoki     yarim     gidromorf     bo‘lishi     ular
taraqqiyotining   ma'lum     davrdagi     holatini     aks     ettiradi.     Namlanish     xarakteri
o‘zgarishi  bilan  landshaftlar  bir holatdan  ikkinchi  holatga  o‘tishi  mumkin,  ya'ni
bir     guruhga     mansub     landshaftlar     ikkinchi   guruhga     o‘tib     qolishi     mumkin.
Landshaftlarning  suv-geokimyoviy  tartibini  o‘rganishning ahamiyati  katta  bo‘lib,
unga     dastavval     B.B.Polinov     (1956),     A.I.Perelman   (1975),   M.A.Glazovskaya
(1964), keyinchalik V.A.Nikolayev (1973), A.A.Makunina va N.S.Selezneva 
(1974)   kabilar   o‘z   ilmiy   izlanishlarida   alohida   e'tibor   berishgan.   Yana   bir   narsa
haqida to‘xtalib o‘tmoq lozimki,   ba'zi   bir   tasnif   tarxlarida   landshaftlarning   ana
shu  xususiyatlariga  e'tibor berilgan-u, faqat birlikning nomi boshqacha, ya'ni guruh
emas,   balki   qator   deb   atalgan.Landshaftlar     guruhi     o‘z     navbatida     landshaft
turlariga     bo‘linib     ketadi.     Bu     tasnif     birligi   deyarli     barcha     tasnif     tarxlarida
uchraydi.   Uning     izohi   ham   mazmun   jihatidan     deyarli     bir-biriga   yaqin.     Faqat
A.G.Isachenko   tuzgan   tasnif   tarxidagi   tur   birligi   o‘zining   hajmi   va   mazmuni
jihatidan   V.A.Nikolayev   tarxidagi   landshaft   qismlariga   mos   keladi.Landshaft
turlarini     aniqlashda     tuproq   va     bioiqlim   belgilariga     asoslanishga     to‘g‘ri   keladi.
Jumladan, tuproq turlari,   o‘simlik   formatsiyalari    sinfi    va   h.   N.A.Gvozdetskiy,
V.A.Nikolayevlarning     tasnif     tarxlarida     landshaft     turlari     haqida   gap     borganda asosan  landshaftlarning zonal  turlari  nazarda tutiladi. Masalan,  tundra landshaftlari
bir   turga   kirsa,   dasht   landshaftlari   boshqa   turga,   cho‘l   landshaftlari   esa   yana   bir
boshqa   turga   kiradi.Landshaftlarning     bunday     zonal     turlarga     bo‘linib     ketishi
asosan   elyuvial   landshaftlar guruhiga   xosdir.   Lekin   tabiatda   obyektiv   mavjud
bo‘lgan     botqoqlik     landshaftlari,     o‘tloq   landshaftlar,     sho‘rxok     landshaftlar   kabi
boshqa guruhga  kiruvchi  intrazonal  landshaftlarni 
alohida     tur     sifatida     ajratish     lozim     bo‘ladi.     Bunday     bo‘lishi     mumkinligini
N.A.Gvozdetskiy(1961),   M.A.Glazovskaya   (1964),   F.   I.   Milkov   (1967)   lar   ham
e'tirof etadilar.
     Landshaftlar  tasnifinig  keyingi  birligi  kichik  tur   bo‘lib,  kichik  zonalarga
xos  belgilarga asoslanib  aniqlanadi.  Masalan,  (O‘rta Osiyo)  tekisliklaridagi  cho‘l
landshaftlari  ikkita  kichik turga, ya'ni shimoliy cho‘l landshaftlari va janubiy cho‘l
landshaftlariga bo‘linib ketadi. Landshaft turlari  yoki  kichik  turlari  o‘z  navbatida
landshaft  toifalariga  bo‘linadi.   Qaysi landshaft  qaysi toifaga  mansub   ekanligini
aniqlashda     ayrim     landshaftshunoslar     (N.A.   Gvozdetskiy,     V.     A.     Nikolayev)
geomorfologik   belgilarga   asoslanishsa,   ayrimlari   (Yurenkov 1982)   esa   ma'lum
landshaft  turlari  ichidagi  provinsial  xususiyatlarga  ko‘proq e'tibor  berishadi. 
Geomorfologik     omil     asos     qilib   olingan     sharoitda     esa     e'tiborni     ko‘proq
relyefning   genetik turlarini o‘rganishga qaratish kerak bo‘ladi. Landshaft   toifalari
ichida  kichik  toifa  birligini  ajratishga  to‘g‘ri kelib  qolgan hollarda asosiy  belgi
sifatida  landshaft  tashkil  qiluvchi jinslarning  litologik  tuzilishiga  ko‘proq e'tibor
beriladi.   Eng     kichik     tasnif     birligi     landshaft     xillaridir.    Bu     birlik    genezisi     va
ichki  tuzilishi  bir  xil 
bo‘lgan  idividual  landshaftlarning  majmuini   aks   ettiruvchi  birlikdir.   Landshaft
xillarining     bir-biridan     farqlantiruvchi     asosiy     belgisi     landshaftdagi     hukmron
urochishelarning     o‘xshashligidir.   A.G.Isachenko     (1991)     ham   landshaft     xillarini
aniqlashda  landshaftlarning  morfologik  tuzilishi eng asosiy belgi ekanligini e'tirof
etadi.   Bitta     xilga     mansub     bo‘lgan     landshaftlarni     albatta     aynan     yoki     har
tomonlama     bir-biriga   o‘xshash     deb     bo‘lmaydi.     Ko‘pincha     bir     xilga     mansub
landshaftlarda   hukmron urochishelar umumiyligi   bo‘lgan   taqdirda  ham hukmron
bo‘lmagan   urochishelar   va   fatsiyalar   tarkibi   yoki egallagan   maydoni   jihatidan
turlicha   bo‘lishi   mumkin.   Ana   shunday   hollarda   landshaft   xillari ichida   yana
bir     tasnif         birligi     landshaftlarning     kichik     xili     yoki     morfologik     variantini
ajratishga   to‘g‘ri   keladi.     Keyinchalik     V.A.Nikolayev     (1999)     kichik     qism   va
birliklari  oralig‘ida yana  bir tasnif  birligini,  ya'ni  landshaftlar  oilasini  ajratishni
lozim     topdi.     Bir     qism   yoki     kichik     qismga   taalluqli   landshaftlar     turli   tabiiy
geografik     o‘lkalarda     uchrashi     mumkinligini     inobatga     olgan   muallif     muayyan
tabiiy     geografik     o‘lkaga     oid     bo‘lgan     landshaftlarning     kichik     qismlarini     bir
oilaga     birlashtirish   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi,   deb     hisoblaydi.   Bunda
landshaftlarning   regional   xususiyatlari   ham   e'tiborga   olingan   bo‘lar   ekan.Shunday
qilib,   V.A.Nikolayev   ishlab   chiqqan   tasnif     jadvali   ko‘p   pog‘onali   bo‘lib,     har   bir
pog‘onani   aniqlashda   asos   bo‘la   oladigan   ko‘plab   tasnif   belgilari   keltirilgan.
Ushbu     tasnif   jadvaliga   asoslanib   Qarshi   dashti   (I.   Hasanov),   Janubiy   Orolbo‘yi
(A.Rafiqov,   I.Hasanov),   Turon   tekisliklari     (N.A.     Kogay,     Sh.S.     Zokirov),
Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig‘i  (Sh.S.  Zokirov) landshaftlarini  o‘rganish  yaxshi natijalar     berdi.     Quyida     biz     misol     tariqasida     ikki     daryo     oralig‘i   landshaftlari
tasnifini keltiramiz. 
  
  O’ZBEKISTON LANDSHAFTLARINI TASNIFLASH
          Amudaryo   va   Sirdaryo   oralig‘ida   joylashgan     yerlar   tabiiy     sharoiti     jihatidan
o‘ziga   xosdir. Bu   yerlarda   biz   qumliklarni   hozirgi   va   qadimgi   allyuvial-delta
tekisliklarini,  Sharqiy Orolbo‘yidagi  hozirgi  dengiz  ostidan chiqqan tekisliklarni,
Markaziy Qizilqum past tog‘lari  va 
ularga tutashib ketgan prolyuvial tekisliklarni uchratamiz. Ularning   har biri o‘ziga
xos tabiatga ega bo‘lib, kelib chiqishi, yoshi turlichadir va turli ekzogen jarayonlar
hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan  turli  relyef bilan  ta'riflanadi.  Bu, o‘z  navbatida,
bu     yerlarda     turli     landshaftlarning   shakllanishiga   olib   kelgan.Bu   hudud   tabiatiga
xos   bo‘lgan   eng   asosiy   xususiyat   hududning   shimoldan   janubga   ancha   masofaga
cho‘zilganligi   va   tabiiy   sharoitning   kengliklar   bo‘ylab   zonalar   hosil qilishidir.
Bu yerda ikki iqlim zonasini, ya'ni mo‘tadil va subtropik zonalarni ajratish mumkin.
Ular   orasidagi   chegara     janubi-g‘arbdan     shimoli-sharqqa   tomon   taxminan
Janadaryo   quruq   o‘zani     yo‘nalishida   o‘tib,     ikkita     landshaft     qismini     ajratib
olishni     taqazo   etadi.     Chegaradan     shimolda     qurg‘oqchil   hududlar     subboreal
landshaftlar  qismi  va  janubda  juda  qurg‘oqchil  hududlar  subtropik landshaftlar
qismi   joylashgandir.   Ikkala   landshaftlar   qismidagi   asosiy   iqlimiy   farqlar   L.N.
Babushkin   (1964)   tomonidan   yetarli   darajada   izohlab   berilgan.   Bundagi   eng
asosiy     farqlar   atmosfera   sirkulyatsiyasida,     yog‘in-sochinning     fasllar     bo‘ylab
turlicha     nisbatda     tushishida     va   termik   resurslarning   turlicha
taqsimlanishidadir.Janubdagi     landshaftlar     qismi     ikkita     landshaft     sinfiga
bo‘linadi,     ya'ni     tekislik     landshaftlari   va     tog‘   landshaftlari     sinfiga.     Maydon
jihatidan     tekislik     landshaftlari     hukmrondir.     Tog‘   landshaftlari     esa     kenglik
zonasi     ichida     orol     tariqasida     uchraydi.     Tekislik     landshaftlari     o‘z   navbatida
akkumulyativ     tekislik     landshaftlari,     denudatsion     baland     tekislik     landshaftlari
kabi kichik sinflarga bo‘linadi.
Keyingi tasnif birligi - landshaft  guruhi   landshaftlarning namlanish xususiyatiga
qarab,   yer   osti     suvlarining     harakatchanligiga     va     harakatchan     kimyoviy
unsurlarning     chiqib     ketishi     yoki   to‘yinishi     ustunligiga     qarab   (avtomorf
landshaftlar,     yarimgidromorf     landshaftlar     va     gidromorf   landshaftlar     guruhlari)
ajratilgan.   Landshaftlarning   bunday   xususiyatlarini   aniqlab   olish qurg‘oqchil va
juda qurg‘oqchil hududlarda landshaftlar rivojlanishining umumiy yo‘nalishlarini 
bilib   olish   uchun   juda   muhimdir.   Landshaftning   avtomorf   yoki   gidromorf   bo‘lishi
uning   ma'lum   vaqt   davomidagi   holatini   aks   ettiradi   va   landshaft   taraqqiyotini
bashorat qilishda ahamiyatlidir. Avtomorf landshaftlar boshqa guruh landshaftlariga
nisbatan ko‘proq tarqalgan bo‘lib, ular o‘z  navbatida  landshaft  turlariga  bo‘linadi.
Bular     shimoliy     cho‘llar     landshaftlari     va     janubiy   cho‘llar   landshaftlaridir.   Bu
turlar   orasidagi   chegara   biz   yuqorida   aytib   o‘tgan   landshaft   qismlari   orasidagi
chegaraga     mos     keladi.     Landshaft     turlarini     aniqlashda     asosan     tuproq   va
bioiqlimiy   xususiyatlarga     ko‘proq   e'tibor     beriladi.     Turlar     orasidagi     iqlimiy
farqlar     nurash     va     tuproq  hosil   bo‘lish     jarayonida,    asosiy     o‘simlik    turlarining shakillanishida,     ularning     tarkibi,     o‘zgarishi     va   hatto   hosildorligida     ham   o‘z
aksini   topgan.   Gidromorf   landshaftlarda   esa   qo‘shimcha   grunt suvlari hisobiga
to‘yinish holati yuz berganligi uchun zonal farqlar anchagina o‘z izini yo‘qotgan va
ular     botqoq   landshaftlari,     o‘tloq   landshaftlar,     sho‘rxok     landshaftlar,     to‘qay
landshaftlari  va 
voha   landshaftlari   ko‘rinishida   alohida   turlarni   hosil   qiladi.   Landshaftlar     toifasi
landshaft     turlari     ichida     aniqlanib,   asosan     geologik-geomorfologik   shart-
sharoitlarga   qarab,   ya'ni landshaftni   hosil qiluvchi relyefning   genetik   turiga   va
geologik 
tuzilishiga   asoslanib   ajratiladi.   Masalan,   ushbu   hududda   allyuvial   tekisliklar
landshaftlari, dengiz tekisliklari   landshaftlari, prolyuvial tekisliklar landshaftlari va
h.k.Landshaft     toifalari     o‘z     navbatida     landshaft     xillariga     bo‘linadi.     Ular
individual 
landshaftlarning     tipologik     umumiyligi     asosida     aniqlanadi.     Landshaft     xillariga
misol     tariqasida   qumli     cho‘l     tuproqli     oq   saksovulzor     landshafti,     qumli     cho‘l
tuproqli  efemerlar  aralashgan psammofit butazorlar landshaftini aytib o‘tsa bo‘ladi.
Biz   qisqacha   ta'riflab   ko‘rmoqchi   bo‘lgan   landshaftlar     tasnifi     (O‘rta   Osiyo),
jumladan   O‘zbekiston Respublikasi   landshaftlar   xaritasini tuzishda aniq va puxta
asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
LANDSHAFTLAR TASNIFI
TAMOYILLARI
MORFOLOGIK
TARIXIY-EVOLUTSION Landshaftlarni   tasniflashda   paleogeografik   tahlil   ham   tamoyillardan   biri
bo‘lmog‘i   lozim.   Landshaftlarni   tasniflash   ularga   tartib   berish   jarayoni
landshaftlarning katta-kichikligi (morfologik) bilan emas, balki sifat ko‘rsatkichlari
("nisbiy   bir   xilligi")   asosida   amalga   oshiriladi.   Yuqorida   qayd   qilingan   tamoyillar
asosida biz Buxoro viloyat hududi landshaftlarini landshaft turlari guruhi (landshaft
zonasi)-landshaftlar   sinfi-landshaftlar   kichik   sinfi-landshaft   turi-landshaftning
kichik turi birliklari asosida tipologik tasniflab ko‘rdik. 
O’ZBEKISTONNING TOG’LI VA TEKISLIK LANDSHAFTLARI
O’zbekistonning   tog`lik   va   tekislik   qismlari   landshaftlarining   rivojlanishi   va
vujudga   kelishi   jihatidan   ham,   hozirgi   tabiiy   geografik   xususiyatlari   jihatidan   ham
bir-birlaridan farq qiladi. Tog`larda denudastiya (yemirilish va yuvilish) jarayonlari
jadal   ro’y   beradi,   nurigan   jinslar   u   yerlardan   tekislikka   keltirib   yotqiziladi.
Respublikamizning   tekislik   qismi   uzoq   vaqt   davomida   dengiz   tagida   qolib,   qalin
mezozoy-kaynozoy   jinslari   bilan   qoplangan.   Tog`li   qismi,   asosan   paleozoy
jinslaridan tarkib topgan bo’lib, gerstin burmalanishi va so’ngi orogenik jarayonlar
natijasida   ko’tarilib   qolgan.   O’zbekiston   tekislik   qismining   iqlimi   qurg`oqchil
bo’lib,   yoz   juda   issiq   keladi,   tog`larda   esa   yog`in   ko’proq   yog`adi,   yuqoriga
ko’tarilagn   sari   harorat   pasayadi.   Ana   shular   oqibatida   tuproq   va   o’simliklar
tekisliklarda   geografik   kenglik   o’ylab,   tog`lik   qismida   esa   balandlik   bo’ylab
o’zgarib   boradi.   Tekislik   va   tog`   oldi-tog`   kichik   provinstiyalari
o’rtasidagi   chegara   ancha   munozarali.   E.M.Murzayev   chegarani   lyossli   tog`   osti
tekisliklari   bilan   tog`   oldi   tekisliklari   tutashgan   yerdan,   tuproqshunoslar   och   tusli
bo’z   tuproqning   quyi   qismi   chegarasidan,   L.N.Babushkin   va   N.A.Kogay   landshaft
belgilariga qarab ajratishadi. Chegarani ular Mirzacho’lning allyuvial tekisliklari va
Nurota   tog`   oldi   prolyuvial   tekisliklarining   Qizilqum   bilan   tutashgan   yeridan,
Qashqadaryoning   allyuvil   tekisliklarining   Dengizko’l   yassitog`ligi   bilan   tutashgan
joylaridan o’tkazadilar.  
      Tabiiy geografik rayonlashtirishda taksonomik birlikning beshinchi pog`onasi
okrug. Tekislik va tog` oldi-tog` kichik provinstiyalari doirasida bir-biridan yer usti
yotqiziqlarining xarakteri, litologik tuzilishi, tog` tizmalarining umumiy yo’nalishi,
tog` yonbag`irlarining Quyosh nuriga nisbatan joylashishi  (ekspozistiyasi), chetdan
keladigan   havo   massalarining   ta’siriga   ko’ra   farq   qiladigan   hududlar   mavjud.   Ana
shu   xususiyatlar   asosida   tekislik   va   tog`   oldi-tog`   kichik   provinstiyalari   doirasida
okruglar ajratiladi.  
    Okruglar   asosan   hududning   makroiqlimi   o’xshashligiga,   geologik   tuzilishiga
va tabiiy-tarixiy jihatdan bir xilligiga qarab ajratiladi. L.N.Babushkin va N.A.Kogay
O’zbekistonda   tekislik   kichik   provinstiyasida   4   ta   –   Ustyurt,   Quyi   Amudaryo,
Qizilqum,   Quyi   Zarafshon,   tog`   oldi-tog`   kichik   provinstiyasida   6   ta   –   O’rta GENETIK Zarafshon,   Qashqadaryo ,   Surxondaryo,   Mirzacho’l,   Chirchiq-Ohangaron,   Farg`ona
tabiiy geografik okruglarini  ajratadilar.   Okrug tog`  oldi-tog` kichik provinstiyasida
tog` oralig`idagi yoki tog` oldidagi botiqlarga (ularni o’rab turgan tog` yonbag`irlari
bilan birga) yoki tog` daryosi vodiysiga (uni o’rab turgan tog`lari bilan birga) to’g`ri
keladi.   Binobarin,   tog`   oldi-tog`   okruglari   emirilish   (eroziya)   va   akkumlyastiyasi
o’zaro   bog`liq   bo’lgan   tog`lar,   tog`   oldi   va   tog`   oralig`idagi   tekisliklardan   iborat
bo’lib, o’zlariga xos balandlik mintaqalari bilan ajralib turadi.
  Tekislik okruglari   nisbatan yirik geomorflogik birliklarda joylashgan. Ular bir-
biridan   relefining   xarakteri,   geologik   tuzilishi   va   neogen-to’rtlamchi   davrlardagi
geologik   rivojlanishidagi   o’ziga   xosligi   bilan   ajralib   turadilar.   Har   bir   t ekislik
okrugida   butun maydonda makroiqlim sharoiti ma’lum darajada o’xshash, geologik
tuzilishi   va   joy   tarkib   topish   tarixi   bir   xil,   tuproq-o’simlik   qoplami   ozmi-ko’pmi
umumiy xususiyatga ega bo’ladi. Tekislik okruglari asosan hudud makroiqlimining
o’xshashligiga,   geologik   tuzilishi   va   tabiiy-tarixiy   jihatdan   bir   xilligiga   asoslanib
ajratiladi.
Rayonlashtirish taksonomik birligining 6-pog`onasi tabiiy geografik   rayon.
Tog`   oldi-tog`   okruglarida   vodiylar   va   ularni   o’rab   turgan   tog`   tizmalari
joylanishining   o’ziga   xos   xususiyatlari,   ularning   balandligi,   yonbag`irlarining
ekspozistiyasi   okrug   ichida   ichki   farqlanishlarga   sabab   bo’ladi.   Tog`   oldi-tog`
hududlarida   rayon   geomorflogik   va   iqlimiy   jihatdan   bir   xil   bo’lgan   okrugning
qismlari bo’lib, ular bir-biridan litologik tuzilishi, balandlik mintaqalarining o’ziga
xosligi bilan farq qiladi. Tabiiy geografik rayon tog` oldi-tog` okurglarida tog` etagi
prolyuvial   va   allyuvial   tekisliklarga   ularga   tutashgan   tog`   yonbag`irlari   bilan   yoki
vodiyning bir qismini o’rab turgan tog`lari   bilan birga , yoki tog` daryosi havzasiga,
ko’l botig`i havzasiga to’g`ri keladi.
Tekislik   okruglarida   rayonlar   asosan   geologik-geomorfologik   va   iqlimiy
xususiyatlariga   qarab   ajratiladi.   Shuning   uchun   har   bir   tekislik   tabiiy   geografik
rayon bir biridan geologo-geomorfologik tuzilishi va iqlimiy jihatdan ajralib turadi.
Biroq   tabiiy   rayonlar   ajratilganda,   birinchi   galda,   issiqlik   hamda   namni   saqlab
turadigan   va   u   bilan   bog`liq   bo’lgan   barcha   boshqa   oqibatlarga   sabab   bo’ladigan
relef   xususiyati   asos   qilib   olinadi.   Rayonlar   landshaft   xaritalari   asosida   ajratiladi.
Shuning uchun tabiiy rayon landshaftlarning muayyan majmuasidan iborat bo’ladi.
L.N.Babushkin va N.A.Kogay O’zbekistonda tekislik okruglarida 15 ta, tog` oldi va
tog`   okruglarida   25   ta   tabiiy   geografik   rayonni   ajratganlar.   Ularda   jami   66   ta
landshaft xillari ajratilgan (1964). Shundan 61 tasi  tekislik (cho’l) landshaftlari, 23
tasi past tog` va tog` oldi (adir), 5 tasi o’rtacha balandlikdagi tog`, 6 tasi baland tog`
(yaylov)   landshaftlaridan   iboratdir.         O’zbekistonning   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   sxemasi
Markaziy Qozog`iston provinsiyasi
1. Shimoliy Ustyurt
I. Ustyurt okrugi   → 
2. Markaziy Ustyurt
3. Janubiy Ustyurt
Turon provinstiyasi
Tekislik   kichik   provinstiyasi Tog`   – 
tog`   oldi   kichik   podprovinstiyasi
II.Quyi Amudaryo okrugi V. Surxondaryo okrugi
4. Chimboy-Qo’ng`irot 16. Quyi Surxondaryo
5. Beltog` 17. O’rta Surxondaryo
6. Xorazm 18. Yuqori Surxondaryo
III. Qizilqum okrugi VI. Qashqadaryo okrugi
7. Sulton Vaystog` 19. Qarshi
8. Shimoliy Qizilqum 20. Kitob-Shahrisabz
9. Bukan-Etimtog` 21. G`uzor
10. Janubiy Qizilqum VII. O’rta Zarafshon okrugi
11. Tomdi-Quljuqtog` 22. Katta-qo’rg`on IV. Quyi Zarafshon okrugi 23. Samarqand
12. Gazli 24. Nurota
13. Buxoro-Qorako’l 25. G`allaorol
14.   Sandiqli 26. Sangzor
15. Konimeh VIII. Mirzacho’l okrugi
27. Forish
28. Zomin
29. Mirzacho’l
30. Sirdaryo bo’yi
IX. Chirchiq-Ohangaron okrugi
31. Chirchiq tog` oldi
32. Quyi Ohangaron
33.Yuqori Ohangaron
34.Tog`li Chirchiq X. Farg`ona okrugi
35. G`arbiy Oloy
36. Markaziy Tekislik
37. G`ovasoy
38.Chotqol
39.Farg`ona
40.Sharqiy Oloy
Turkistonning   bir   qismi   bo`lgan   O`zbekistonni   tabiiy   geografik   rayonlashtirish
masalasi Abolin, Chetirkin, Mirzayev, Makiyev, Zvonkovo, L. N. Babushkin, N. A.
Kogay va boshqalarning ilmiy ishlarida o`z aksini topgan. L. N. Babushkin va N. A.
Kogay   (1964   yil)   Turkistonni   Yevroosiyo   materigining   katta   qismi,
geomorfologiyasi,   iqlimi   va   gidrogeologiyasining   umumiyligi   bilan   va   gorizontal
tabiat zonalarining vertikal mintaqalar bilan ma'lum darajada bog`liqligini inobatga
olib uni tabiiy geografik o`lka deb qarab, uning hududida tabiiy sharoitiga ko`ra bir
-   biridan   farq   qiluvchi   Turon,   Jung`oriya   -   Tyanshan   va   markaziy   Qozog`iston
pravinsiyalarini   ajratadilar.   Ustyurtning   bir   qismi   O`zbekiston   hududida,   bir   qismi
Markaziy   Qozog`iston   pravinsiyasida   qolgan   qismi   esa   Turon   pravinsiyasida
joylashgan.   Tekislik   va   tog`lardan   iborat   bo`lgan   Turon   provinsiyasida   tekislik   va
tog`oldi  - tog`  kichik provinsiyalari ajratiladi. Ularning har  biri  morfostrukturasiga
ko`ra hududining umumiyligi, vujudga kelishi va rivojlanish tarixini ayniqsa neogen
–   to`rtlamchi   davrda   umumiyligi   va   hududining   o`ziga   xos   zonallik   tipiga
(gorizontal   va   vertikal)   egaligi   bilan   ajralib   turadilar.   Tekislik   va   tog`oldi   -   tog`
kichik   provinsiyalarida   ham   har   birining   ichida   yer   usti   yotqiziqlarining   xarakteri,
litologik   tuzilishi,   tog`   tizmalarining   umumiy   yo`nalishi,   tog`   yonbag`rlarining
Quyosh   nuriga   nisbatan   yotishi,   chetdan   keladigan   havo   massalarining   ta'siridan
kelib chiqadigan farqlanish mavjud. Shu munosabat bilan tekislik va tog`oldi – tog`
kichik provinsiyalari alohida-alohida yirik hududlarga - tabiiy geografik okruglarga ajratilishi mumkin. O`zbekiston hududida L. N. Babushkin va N. A. Kogay Ustyurt,
Quyi   Amudaryo,   Qizilqum   va   Quyi   Zarafshon   -   tekislik   kichik   provinsiyasida,
Surxondaryo, Qashqadaryo, O`rta Zarafshon, Mirzacho`l, Chirchiq - Ohangaron va
Farg`ona tog` oldi - tog` kichik provinsiyasida, jami bo`lib 10 ta tabiiy - geografik
okrug ajratadilar.
   Tog`oldi - tog` okruglarida vodiylarning va ularni o`rab turgan tog` tizmalarining
joylashishining   o`ziga   xos   xususiyatlari,   ularning   balandligi,   yonbag`irlarining
ekspozisiyasi   okrug   ichida   ichki   farqlanishlarga   sabab   bo`ladi   va   okrugni
bo`laklarga,   tabiiy   geografik   rayonlarga   bo`lish   zarurat   bo`lib   qoladi.   Rayon
geomorfologik   va   iqlimiy   jihatdan   bir   xil   bo`lgan   okrugning   bir   qismi   balandlik
mintaqalari faqat uning o`ziga xos.
      Tekislik   okruglarida   rayonlarni   ajratishda   bosh   omil   bo`lib,   geologik-
geomorfologik   yoki   iqlimiy   faktorlar   hisoblanadi.   Shuning   uchun   rayon   -   bu
geomorfologik yoki iqlimiy jihatdan ajralib chiqqan okrugning bir qismidir.
Rayonlar   landshaft   kartalari   asosida   ajratiladi   va   shunday   qilib   landshaftlarning
ma'lum yig`indisidan iborat bo`ladi.
L. N. Babushkin va N. A. Kogay O`zbekiston hududini rayonlashtirishni landshaft -
tipologik asosda bajarib, tekislik okruglarida 15 ta, tog`oldi - tog` okruglarida 25 ta
tabiiy geografik rayonlar ajratganlar. Bularda jami 66 ta landshaft xillari ajratilgan,
shundan  31 tasi  tekislik  (cho`l)   landshaftlari,  23 tasi  past   tog`   va tog`oldi  (adir), 5
tasi   o`rtacha   balandliklardagi   tog`   (tau),   6   tasi   esa   baland   tog`   (yaylov)
landshaftlaridan   iboratdir.
Ustyurt   okrugi.   Okrug   Kaspiy   va   Orol   dengizlari   orasida   joylashgan   Ustyurt
platosining janubi-sharqiy qismini o’z ichiga olib, O’zbekistonning shimoli-g`arbini
egallaydi.   Ustyurt   okrugi   janubda   O’zboyorti   okrugi   bilan,   janubi-sharqda   va
sharqda   Shimoliy   Qoraqum,   Quyi   Amudaryo   okruglari   va   Orol   dengizi   bilan,
g`arbida va shimolida Markaziy Qozog`iston provinstiyasining Ustyurt okrugi bilan
chegaralanadi.   Ustyurt   platosining   umumiy   maydoni   160   ming   km 2
,   shundan   40
ming km 2
  O’zbekistonga to’g`ri keladi. Ustyurtning O’zbekiston hududidagi janubi-
sharqiy qismi Qoraqalpoq Ustyurti deb ham yuritiladi.
Ustyurt arid-denudastion plato (yassi tekislik) bo’lib, mutlaq balandligi O’zbekiston
qismida   300-200   metrni   tashkil   etadi.   Ustyurtda   bir   qancha   botiqlar   (Asakaovdan,
Borsa-kelmas   va   boshqalar)   mavjud.   Ular   tagining   mutlaq   balandligi   30-100
metrdan oshmaydi. Ustyurtning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, uning deyarli
hamma   chekkasi   jarlik   yonbag`ir   (chink)   bilan   tugallanadi.   Chinklarning   nisbiy
balandligi   50-150   m,   Orolbo’yida   esa   190   m   gachaboradi.   Jarlikning   kengligi   bir
necha   yuz   metrdan   1,5   km   gacha   boradi.   Chinklar   tektonik   jarayonlar,   dengizning
obrazion   faoliyati  va  qadimgi  daryolar   eroziyasi  natijasida   vujudga  kelgan.  Ularda
uchlamchi   davrning   ohaktosh,   mergel   va   gildan   tarkib   topgan   gorizonatal
yotqiziqlari   ochilib   qolgan.   Yonbag`irlarda   tik   jarliklar   hosil   bo’lgan.   Chinklar Ustyurtning  tabiiy   chegarasi   hisoblanadi.   Ustyurt   paleozoydan   keyin   tarkib  topgan
platformaning chekka bir qismi bo’lib, negizi paleozoy yotqiziqlaridan iborat, ustini
qalin (3-4,5 km) mezozoy va kaynazoy cho’kindi jinslari qoplab yotadi. Ular asosan
neogenning   (Sarmat   dengizi)   ohaktosh,   gips,   mergel   va   paleogen   gillaridan   tarkib
topgan. Bu jinslar orasida tuz qatlamlari ham uchraydi. Yotqiziqlarning usti 1-1,5 m
qalinlikdagi   shag`al,   qum   va   boshqa   nuroq   jinslar   bilan   qoplangan.   Sarmat
ohaktoshlarining   qalinligi   42-168   m   ni   tashkil   etadi,   ular   paleogen   hamda   bo’r
yotqiziqlari   ustida   yotadi.   Platoning   asl   negizi   kimmeriy   burmalanishida   paydo
bo’lgan   deb   taxmin   qilinadi.   Ustyurtda   geografik   parallellar   bo’ylab   yo’nalgan   bir
necha   tektonik   strukturalar   mavjud.   Platoning   shimoliy   qismida   Shimoliy   Ustyurt
bukilmasi,   undan   janubda   Kassarma   ko’tarilmasi,   yana   janubroqda   Borsa-kelmas
botig`i   joylashgan.   Borsa-kelmasning   janubida   Orol-Kaspiy   (Qarobovur)
ko’tarilmasi, uning janubida esa Asakaovdan botig`i joylashgan. Ustyurtning relyefi
uning   tektonik   xususiyatlariga   to’g`ridan-to’g`ri   bog`liq   bo’lib,   balandliklar
antiklinal burmalarga, botiqlar esa bukilgan cho’kmalarga to’g`ri keladi. Ustyurtda
deyarli   kenglik   bo’yicha   joylashgan   uchta   botiq   va   ikkita   balandlik   mavjud.
Okrugning   shimolida   o’rta   qismi   sho’rhoklardan   iborat   kichik   botiqlar   bo’lib,
ularning mutlaq balandligi 100 m dan oshmaydi. Bu botiqlardan janubda Kassarma
balandligi joylashgan. Kassarma balandligining janubida tubi sho’rhoklardan iborat
Borsa-kelmas botig`i joylashgan. Bu botiq tubining mutlaq balandligi 71 m bo’lib,
atrofiga balandlashib, 150 m ga etadigan yassi tekislikka aylanadi. Tekislikda sho’r
yerlar va karst voronakalari mavjud.
      Borsa-kelmas botig`idan janubda er asta balandlashib borib, Qorabovur qirlariga
tutashib   ketadi.   Uning   usti   yassi,   mutlaq   balandligi   150-290   m.   Qorabovurning
janubida   mutlaq   balandligi   27   m   dan   to   100   m   gacha   bo’lgan   Asakaovdan   botig`i
joylashgan. U sharqda Sariqamish botig`i bilan tutashib ketadi.
Ustyurt   okrugi   yer   yuzasining   mutlaq   balandligi   100-300   m   ekani   va   okrugning
O’zbekistonning   chekka   shimoli-g`arbida   joylashganligi   uning   iqlimiy
xususiyatlarini   belgilovchi   asosiy   omillardan   hisoblanadi.   Okrug   iqlimi   juda   ham
kontinental.   Uning   iqlimiga   xos   xusuiyatlar   –   bu   qishki   havo   haroratining
O’zbekistonning   boshqa   tabiiy   okruglariga   nisbatan   ancha   past   bo’lishi,   haqiqiy
qishning   uzoq   vaqt   davom   etishi   (u   o’rta   hisobda   4   oy   davom   etadi),   yozgi   havo
haroratining   baland   bo’lib,   respublikaning   boshqa   okruglaridan   kam   farq   qilishi,
yog`in-sochinning kamligidir (faqat Quyi Amudaryo va Qizilqum okruglaridagidan
biroz   ko’p).   Ustyurtda   tabiiy   sharoitga   bog`liq   ravishda   zich   cho’kindi   jinslar
tarqalgan   joylarda   sur-qo’ng`ir,   qadimgi   ko’l   yotqiziqlarda   taqir   tuproqlar   keng
tarqalgan. Sur-qo’ng`ir tuproqlar maydoni 6521 ming ga. Bu tuproqlar yupqa bo’lib,
undagi chirindi miqdori 0,5-0,8 % dan oshmaydi, tuproqda gips ko’p, sho’rlangan.
Umuman,   Ustyurtdagi   bu   tuproqlar   sug`orib   ekin   ekish   uchun   yaramaydi.   Taqirli
tuproqlar   357,1   ming   ga,   taqirlar   esa   39   ming   ga   maydonni   egallaydi.   Okrugdagi
botiqlarda   sho’rxoklar,   sho’rxok   botqoqlar,   taqir   sho’rxok   tuproqlar   uchraydi.
Sho’rxoklar   maydoni   306   ming   ga   ni   tashkil   etadi.   Borsa-kelmas   botig`ining
shimoliy qismlarida qum va qumli tuproqlar uchraydi, ularning maydoni 50-60 ming ga   ni   tashkil   etadi.   Iqlimning   noqulayngligi   va   deyarli   bir   xil   tuproq   sharoiti
Ustyurtda o’simliklarni  siyrak o’sishiga  olib kelgan. O’simliklar  asosan  shuvoq va
sho’ralardan   iborat.   Bulardan   tashqari,   qirqbo’g`in,   kovrak,   qorasaksovul,   burgan,
tetir,   sarsazan,   iloq   kabilar   ham   uchraydi,   botiqlarda   esa   asosan   qorasaksovul,
kovrak,   sarsazan   keng   tarqalgan.   Qorasaksovulning   balandligi   3-4   m   ga   boradi.
Okrugda bahorda efemer va efemeroidlar katta maydonni egallaydi. Ular kun isishi
bilan   qurib   qoladi.   Qumli   yerlarda   saksovullar,   ular   orasida   iloq   o’sadi.
Mutaxassislar   Ustyurt   zoogeografik   jihatdan   o’ziga   xos   bir   hudud   deb   qaraydilar.
Chunki   u   oraliq   zonada   joylashgan.   Bu   erda   sutemizuvchilarning   36   xili,
qushlarning   51   xili,   reptelliylarining   20   xili   uchraydi.   Ustyurtda   jayron,   sayg`oq,
yumronqoziq,   qo’shoyoq,   qumsichqon,   qushlardan   to’rg`ay,   qora   qarg`a,
xo’jasavdogar   keng   tarqalgan.   Suvli   erlarda   o’rdak,   qirg`ovul   uchraydi.   Ustyurtda
yashovchi   katta   shamkapalak,   qoplon,   Ustyurt   qo’yi,   olaqo’zan,   hind   asalxo’ri,
qoraquloq va jayron yo’qolishi arafasida turganligidan Qizil kitobga kiritilgan. Ular
muhofazaga muhtoj.         
     Ustyurt okrugi iqlimi va tuproq–geobotanik sharoitiga qarab 3 ta tabiiy geografik
rayonga   bo’linadi.   Bular   Shimoliy,   Markaziy   va   Janubiy   Usyurt   rayonlaridir.
I. Shimoliy	 Ustyurtga	 Q oraqolpog`iston  Ustyurtining  mutlaq  balandligi  150  m  dan
ortmaydigan   shimoliy   tekislik   qismi   kiradi.   Rayon   hududining   sharqiy   qismida
Oqtumshuq burni yaqinida mutlaq balandligi 220-256 m gacha boradigan tekisliklar
mavjud.   Iqlimi   o’ziga   xos,   qishning   qattiqligi   bilan   ajralib   turadi.   Rayonning
shimolida   sutkalik   o’rtacha   harorat   -10 0
  dan   past   bo’lgan   davr   (o’rtacha   ko’p
yillikda) 20 kungacha boradi. Eng past mutlaq harorat esa -36, -38 0
  ni tashkil etadi.
Ayrim   yillar   bahor   oylarida   ham   qattiq   sovuqlar   bo’lib   turadi.   Masalan,   1954   yil
mart oyida Churuqda haroart -37 0
  gacha, Qo’sbuloqda - 34 0
gacha pasaygan. Rayon
hg`ududida   qor   qoplami   60-70   kun   davom   etadi,   yaxmalakli   kunlar   soni   6-10
tagacha   boradi.   Shimoliy   rayonda   yog`in-sochin   boshqalariga   nisbatan   ko’proq
tushadi.   Qish   oylaridagi   manfiy   harorat   yig`indisi   -850-900 0
  ni   tashkil   etadi.   Yoz
Shimoliy   Ustyurtda   issiq,   eng   yuqori   harorat   ayrim   yillari   hatto   +47 0
  gacha
ko’tariladi. Bu rayonda vegetastiyali qishlar ham kuzatiladi. +10 0  
dan yuqori bo’lgan
davrdagi   haroratning   yig`indisi   3500-3700 0
.   Ohaktosh   va   gips   jinslari   negizida
vujudga   kelgan   qumoq,   qumli   sur   qo’ng`ir   tuproqlarda   burgan,   boyalich,   shuvoq
kabi o’simliklar o’sadi.
Shimoliy Ustyurt rayoni quyidagi landshaftlardan tashkil topgan:
1.   Rayon   hududining   90   %   ini   egallagan,   burgan-boyalich   formastiyasi   mavjud
bo’lgan, qumoq va qumli sur-qo’ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti.
2. Burgan o’suvchi sho’rxok, sur-qo’ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti.
3. Sarsazan o’suvchi sho’rxokli mezokaynozoy negizli berk botiqlar landshafti.
4. Burgan bilan qoplangan sur-qo’ng`ir tuproqli chinklar landshafti. II. Markaziy	 Ustyurt   tabiiy geografik rayoni maydoniga ko’ra eng katta rayon 
bo’lib, Qoraqalpoq Ustyurtining markaziy qismini egallaydi. Bu rayon Ustyurtdagi 
mutlaq balandligi eng past rayon hisoblanadi. Borsa-kelmas botig`ida eng past nuqta
63 m bo’lsa, rayon shimolida 150 m ga boradi.   Borsa-kelmas oqimsiz , tubi sho’rxok
bilan qoplangan botiqdir. Uni atrofi dan sal qiya tekislik o’rab turadi.
Rayon iqlimi Shimoliy Ustyurtnikidan kam farq qiladi. Qishi biroz iliqroq, sutkalik
o’rtacha   harorat   -10 0
  bo’ladigan   kunlar   kuzatilmaydi,   mutlaq   past   harorat   -35-36 0
,
qor   40-60   kun   turadi,   yaxmalakli   kunlar   1kundan   10   kungacha,harorat   +10 0
  dan
yuqori bo’lgan davrdagi sutkalik o’rtacha haroratlar yig`indisi 3700-4000 0
  ga teng.
Asosiy   tuprog`i   sur-qo’ng`ir   tuproq   bo’lib,   botiqlarda   sho’rxoklar   keng   tarqalgan,
asosiy o’simligi sho’ralar va burgandir.
Rayon hududida quyidagi landshaftlar mavjud:
1.   Rayonning   g`arbiy   qismida   joylashgan   burgan   o’suvchi   qumoq,   sur-qo’ng`ir
tuproqli neogen platolar landshafti, 29 % maydonni egallaydi.
2.   Rayonning   janubiy   qismida   o’rnashgan,   burgan   o’sadigan   sho’rlashgan   sur-
qo’ng`ir tuproqli neogen platolari landshafti. Bu landshaft rayon maydonining 50%
ini egallaydi.
3.   Borsa-Kelmas   botig`ining   shimoliy   g`arbida   va   g`arbida   joylashgan,   burgan
o’suvchi sho’rlashgan sur-qo’ng`ir tuproqli neogen platolari landshafti.
4.   Borsa-kelmas   botig`ining   shimoliy   qismidagi   eol   qumliklaridan   iborat,   oq
saksovul o’suvchi neogen platolari landshafti.
5. Borsa-kelmas botig`ining markaziy qismidagi sho’rxok va botqoqlar landshafti.
III.   Janubiy   Ustyurt   rayoni   Qoraqolpog`iston   Ustyurtining   Qorabovur   platosidan
janubda   joylashgan   hududlarni   o’z   ichiga   oladi.   Er   yuzasi   asosan   tekislik,   janub
tomonga sal qiya tekisliklardan iborat. Ko’l-akkumlyativ tekislikdan iborat bo’lgan
Asakaovdon   botig`i   er   yuzasining   tekisligini   buzib   turadi.   Rayon   Markaziy
Qozog`iston   va   Turon   provinstiyalari   chegarasida   joylashganligi   uchun   iqlimi
boshqa   rayonlardagiga   nisbatan   ancha   yumshoq,   landshaftida   turon   tipidagi
landshaftlarga xos belgilar paydo bo’la boshlaydi.
Haqiqiy   qish   davri   4   oydan   oshmaydi.   Hattoki   ayrim   yillari   o’aqiqiy   qish
kuzatilmaydi. Vegetastiya davom etadigan qish 5 % ni tashkil etadi. Yanvar oyining
o’rtacha   harorati   -6 0
,   o’rtacha   mutlaq   minimum   -22,   -25 0
,   mutlaq   minimumi   -32,-
34 0
. Qish davridagi manfiy haroratlar yig`indisi -500 0
  dan ortmaydi, qorli kunlar 30-
40, yaxmalakli kunlar esa 1-5 kunni tashkil etadi. Yoz rayonda shimoldagi rayonlarga nisbatan issiq va quruqroqdir. Iyulning o’rtacha
harorati   +28,5 0
  ga,   mutlaq   yuqori   harorat   +46 0
  ga   teng.   O’rtacha   harorat   +10 0
  dan
yuqori   bo’lgan   kunlardagi   haroartning   yig`indisi   4000-4500 0
.   Yillik   yog`in-sochin
kamayib, 100 mm ni tashkil etadi. Lekin qishki yog`in miqdori biroz ortadi va 26 %
ni, yozgi yog`in esa -18% ni tashkil etadi.
Rayonda quyidagi landshaft turlari mavjud:
1.   Burgan   o’suvchi   sho’rlashgan   sur-qo’ng`ir   tuproqli   balandliklar   (Qorabovur
balandligi) landshafti. Rayon hududining 15 % ini egallaydi.
2.   Qora   saksovul   o’sadigan   sho’rlashgan   taqir   tuproqli   botiqlar   (Asakaovdon
botig`i) landshafti.
3.   Burgan   o’sadigan   sho’rtob   sur-qo’ng`ir   tuproqli   Qoplonqir   neogen   platosi
landashfti. Rayon hududining yarmini egallaydi.
4.   Oq   saksovul   tarqalgan   eol   qumliklar   landshafti.   Asakaovdon   bilan   Sariqamish
botig`i oralig`ida joylashgan.
5.   Sarsazan   o’sadigan   sho’rxokli   berk   botiqlar   landshafti.   Sariqamish   botig`ida
joylashgan.   Ustyurt tabiiy geografik okrugi sharqdan Quyi Amudaryo okrugi bilan,
janubdan   esa   Qoraqum   okrugi   bilan   chegaralanadi.   Plato   chinklar   bilan   o`ralgan.
Ustyurtning   yuzasi   Sarmat   (neogen)   ning   gorizontal   qatlamlari   bilan   qoplangan.
Ustyurt   platosining   qo`shni   rayonlaridan   ajralishi   pliosenda   ro`y   bergan.   Chinklar
tektonik   hodisalar   (sbroslar)   qadimgi   Kaspiy   va   Orol   dengizlarining   abrazion
faoliyati   hamda   qadimgi   daryolar   eroziyasi   natijasida   hosil   bo`lgan.   Paleogen
davrida   Ustyurt   Turon   tekisligini   boshqa   qismlariga   o`xshash   iliq   dengiz   ostida
bo`lgan. Shu sababli uning yuzasida Sarmat dengizining ohaktosh, gips, gil, kaolin
jinslari   to`plangan.   Ustyurtning   yer   yuzasi   tekislikdan   iborat   bo`lib,   uning   ayrim
joylarida   qirlar   va   botiqlar   alohida   ajralib   turadi,   Qoraqalpog`iston   Ustyurtining
chekka   janubiy   g`arbidan   sharqga   tomon   cho`zilgan   keng   Asakaovdan   botig`i
yassilanib   yotadi.   Bu   botiqning   Markaziy   qismi   Orol   dengizining   hozirgi   sathidan
38-40   m   tik   jarliklar   bilan   chegaralanadi,   janubda   Sariqamish   botig`iga   borib
tutashadi.   Sariqamish   botig`ining   shimoliy   chekkasi   O`zbekiston   hududida
joylashgan bo`lib, Ustyurt tabiiy o`lkasi doirasiga.  Hozirgi Sariqamish oqova suvini
qabul qiladi. Amudaryo suvi Ko`xnadaryo orqali  Sariqamishga quyilgan. Bulardan
tashqari   Borsakelmas,   Shaxpaxti,   Sho`rja   boshqalari   bor.   Ustyurt   platosini   sharqiy
Orol dengizga qaragan sohili chinki juda baland bo`lib ayrim joylari 200-250 m tik
jarlik hosil qiladi. Sudoshsha ko`lidan janubda chinkning tikligi bir oz kamayadi.
        Asakaovdan   botig`idan   janubda   meridional   yo`nalishda   cho`zilgan   Qoplonqir
balandligi   joylashgan.   Qoplonqirning   shimoliy   qismigina   Ustyurtda   bo`lib,   uning
balandligi 222 m ga yetadi. Okrugning   markaziy   qismida   Borsakelmas   botig`i   joylashgan,   uning   tagi   hozirgi
Orol   dengizi   sathidan   20   m   baland.   Suvlari   -   platoda   oqar   suv   yo`q.   Bahorgi
yog`ingarchilik davrida berk botiqlar suv bilan to`ladi. Okrugning asosiy suvlari yer
osti  suvlar  bo`lib, ular  qumda va  sarmat  qatlamlarida 20-50 m  chuqurlikda yotadi.
Tuproqlari   sur-qo`ng`ir   tuproqlar   katta   maydonni   egallaydi.   Ona   jins   paleogenda
Sarmat   dengizi   tagida   hosil   bo`lgan   ohaktosh   va   gipslardan   iborat.   O`simligi   -
umumiy   florasida   yem-xashak   ahamiyatiga   ega   bo`lgan   o`simlik   turi   kam,   ammo
yaylov chorvachiligini rivojlantirish imkoniyatiga ega. Asosiy yem-xashak o`simligi
tetir (yertezak), buyurgan butasi, shuvoq, saksavul, sho`ralar, qirqbo`g`in, sarsazan,
iloq.   Okrug   O`zbekistonda   o`simligi   eng   kambag`al   o`lka.   Hayvonot   dunyosi   –
Qozog`iston provinsiyasiga kiradi. Okrug hududida 36 tur sut emizuvchi hayvon, 51
tur   qush,   20   tur   sudralib   yuruvchilar   bor.   Hayvonotida   ilon,   kaltakesak ,   toshbaqa
keng   tarqalgan,   tuyoqlilardan   sayg`oq   uchraydi.   Suv   sohillarida   suv   qushlari,
to`qaylarda  qirg`ovul  uchraydi.  L.  N. Babushkin,   N. A.  Kogay  Ustyurt  okrugining
iqlim va tuproq o`simlik sharoitiga qarab shimoliy,O`rta va janubiy Ustyurt deb 3 ta
tabiiy   geografik   rayonlarga   bo`lingan,   bularning   birinchisi   4   ta,   ikkinchi   va
uchinchilariga   5   tadan   landshaftga   ajratilgan.
     Quyi Amudaryo okrugi.
Okrug Tuyamuyuin darasidan to Orol dengizigacha bo’lgan tekisliklarni o’z ichiga
oladi.  Okrugni   shimoldan   dengizning   qurigan   qismi,   sharqdan   Qizilqum   va   Sulton
Uvays   tog`lari,   shimoli-g`arbdan   Ustyurtning   sharqiy   chinklari,   janubi-g`arbdan
Qoraqum   o’rab   turadi.   Okrugning   maydoni   45000   km 2
,   uning   hududi   shimoldan
janubga   365   km   ga,   g`arbdan   sharqqa   eng   keng   erida   319   km   ga   cho’zilgan.
Okrugning   shimoliy   qismi   Amudaryoning   hozirgi   zamon   deltasi,   Aqchadaryoning
allyuvial tekisliklari va Beltog` balandligini, janubiy qismi esa Xorazm vohasini o’z
ichga   oladi.   Tuyamo’yuin   darasidan   Amudaryoning   qadimgi   deltasi   boshlanadi   va
shimoli-g`arbga   qarab   kengayib   borib,   Xorazm-Toshxovuz   tekisligini   hosil   qiladi.
Bu   delta   Taxiatosh   kengligigacha   davom   etadi.   Undan   shimolda   Amudaryoning
hozirgi   zamon   deltasi   boshlanadi.   U   Orol   dengizigacha   davom   etadi.   Amudaryo
deltasining   Orol   dengiziga   tutashgan   mintaqasida   dengiz   suvi   sathining   pasayishi
hisobiga «eng yosh» delta tobora kengayib bormoqda. Umuman Amudaryo deltasi
maydoni   50000   km 2
  bo’lib,   Volga   deltasidan   3,5   marta,   Nil   daryosi   deltasidan   2
hissa kattadir. Quyi Amudaryo allyuvial-delta tekisliklarining yoshi haqida aniq bir
fikr   yo’q.   Yu.A.Skvorstovning   fikricha,   eng   qadimgisi   Sariqamish   deltasi   bo’lib,
undan   keyingisi   Aqchadaryo   deltasi,   eng   yoshi   Amudaryo   deltasining   Orolbo’yi
qismi   hisoblanadi.   B.A.Fedorovich,   A.S.Kes,   S.P.Tolstovlarning   fikricha,   Xvalin
davrida Amudaryo o’z suvini kontinental chuqur cho’kma bo’lgan Xorazm botig`iga
quygan. Uni allyuvial oqiziqlar bilan to’ldirgandan keyin Aqchadaryo deltasini hosil
qilgan.   Shundan   keyin   Amudaryo   shimoli-g`arbga   qarab   oqqan   va   Ustyurt   bilan
O’ng`izorti   Qoraqumi   o’rtasidagi   do’nglikni   yorib   o’tib,   qadimgi   kontinetal
cho’kmalardan   bo’lmish   Sariqamish   va   Asakaovdonni   suv   bilan   to’ldirgan.   Keyin
Amudaryo   shimolga   –   Orolga   tomon   burilgan   va   o’ozirgi   zamon   deltasini   o’osil
qilgan. Xullas, Quyi Amudaryo okrugi hududi delta yotqiziqlari bilan to’ldirilgan bir butun
juda katta cho’kmadan iborat. Bu cho’kma ham o’z navbatida allyuvial yotqiziqlari
bilan to’lgan Sariqamish-Xorazm, Orolbo’yi (Amudaryo), Oqchadaryo deltalaridan
iborat.   Har   bir   delta   kichik   cho’kmalarda   hosil   bo’lgan.   Okrug   hududi   yer   yuzasi
Orolga   va   Sariqamish   cho’kmasi   tomonga   pasayib   boradi.   Delta   yassi
tekisliklarining mutlaq balandligi eng janubida 114 m ni, Nukusda 73 m, Mo’ynoq
atrofida   53   m,   Dengiz   bo’yida   35   m   ni   tashkil   etadi.   Beltog`   (Achchibuloq
cho’qqisi,   101   m),   Qo’shkonatog`   (138   m),   Qiziljar   (118   m),   Mo’ynoq   (98   m)
qoldiq   balandliklari   atrofidagi   tekisliklarga   nisbatan   50-80   m   ko’tarilib   turadi.
Qadimgi   o’zanlar,   insonning   xo’jalik   faoliyati   ta’sirida   Quyi   Amudaryo   relefi
anchao’zgarib,   qadimgi   tabiiy   holatini   o’zgartirgan.   Quyi   Amudaryo   yotqiziqlari
yoshi va litologik tarkibi jihatidan bir xil emas. Bu erdagi eng qadimiy jinslar bo’r
davri   yotqiziqlari   bo’lib,   ular   delta   negizini   tashkil   etadi.   Bular   ustini   paleogen,
neogen va antropogen davrlari jinslari qoplab olgan. Paleogen jinslari Tuyamo’yuin
darasida,   Beltog`   qirlarida,   Qo’shkonatog`da   uchraydi.   Ularning   qalinligi   5-6   m
bo’lib, asosan  yashil gillardan iborat. Neogen jinslari sarmat va xiva qatlamlaridan
iborat bo’lib, bular kamroq uchraydi. To’rtlamchi davr yotqiziqlari asosan allyuvial
va eol yotqiziqlardan iborat. Ularning qalinligi hozirgi zamon deltasida 12 m dan 60
m gacha, qadimgi deltada 20 m dan 100 m gacha etadi. Delta yotqiziqlarining yuza
qismi 2,5-7 m gacha qalinlikdagi qumoq va qumlar, qum-gil aralashmasidan tarkib
topgan.   Orol   dengizining   qurigan   qismida   qumoq,   qum   va   gildan   iborat   hozirgi
zamon   yotqiziqlaritarqalgan,   ular   tarkibida   har   xil   tuzlar   ham   mavjud.   Quyi
Amudaryo   okrugining   qadimdan   sug`orib   dehqonchilik   qilinadigan   erlarida
(Xorazm   vohasida)   qalinligi   2-3   m   ga   etuvchi   agroirrigastiya   qatlami   vujudga
kelgan. Quyi Amudaryo relefiga ko’ra yassi tekislik bo’lib, yer yuzasining qiyaligi
juda ham sezilarsiz bo’lganidan Amudaryo tarmoqlanib, ko’plab ilon izi meandralar
hosil   qilib   juda   sekin   oqqan.   Saqlanib   qolgan   qadimgi   o’zanlar   relyefni   ancha
murakkablashtirgan.   Quyi   Amudaryo   relyefi   tabiiy   holatining   o’zgarishida
insonning   xo’jalik   faoliyati   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etgan,   relyef   ancha
tekislangan.     Okrug   tuproqlari   ularni   hosil   qiluvchi   tarkibiy   qismlarining
xususiyatlariga   bog`liq   ravishda   xilma-xil.   Qadimgi   qoldiq   balandliklarda   va
Aqchadaryo   deltasida   qumoq   va   sur   qo’ng`ir   tuproqlar,   hozirgi   deltaning
chekkalarida taqir, taqirsimon tuproqlar, qoldiq sho’rxoklar tarqalgan. Sizot suvlari
yer   yuziga   yaqin   bo’lgan   joylarda   o’tloq,   o’tloq   taqir,   botqoq-o’tloq   tuproqlar   va
sho’rxoklarning   hamma   turlari   uchraydi.   Bu   tuproqlar   turli   darajada   sho’rlangan.
Amudaryoning   hozirgi   deltasida   o’tloq,   botqoq-o’tloq   va   botqoq   tuproqlar
tarqalgan.   Deltaning   g`arbiy   qismi   eng   past   hisoblanadi.   Shuning   uchun   bu   yerda
ilgarilari   (1974   yilga   qadar)   daryo   suvi   toshganda   ancha   vaqtgacha   ko’lob   bo’lib
turar, markaziy va sharqiy qismi balandroq bo’lgani uchun qisqa mudatda suv bilan
qoplanar   va   tezda   qurib   qolar   edi.   Bu   yerlarda   hozir   sholi   ekiladi.   Hozirgi   zamon
deltasining   quyi   qismida   tarqalgan   o’tloq-qayir   allyuvial   va   o’tloq-botqoq
tuproqlarning ustki qismida chirindi miqdori 2-3 % ga etadi, pastqam, grunt suvlari
yuza erlarda bu tuproqlar sho’rlangan. Sug`oriladigan o’tloq (o’tloq voha) tuproqlari
Amudaryoning   asosan   qadimiy   deltasida   va   hozirgi   zamon   deltasining   quyi   qismi
chekkalarida   tarqalgan.   Okrugda   cho’l   qumloq   tuproqlari   Mo’ynoq   atroflarida, okrugning Qizilqumga tutashgan sharqiy qismida va qadimiy deltaning Qoraqumga
yaqin   yerlarida   tarqalgan.   Okrugda   yerdan   foydalanish   koeffistienti   katta   emas.
Yangi   yerlarni   o’zlashtirish   mumkin.   Okrugda   dehqonchilik   yerlarning
sho’rlanishiga   qarshi   meliorativ   tadbirlarni   qo’llashni   taqozo   qiladi.   Okrugda   turli
xil tuproqlarning tarqalganligi undagi o’simliklarning ham turli – tumanligiga sabab
bo’lgan.   Quyi   Amudaryoda   asosan   to’qay,   galofit   va   psammofit   o’simlik   turlari
keng   tarqalgan.   To’qay   o’simliklari   Amudaryoning   hozirgi   zamon   deltasidagi
o’tloq-allyuvial,   o’tloq-botqoq,   botqoq   va   o’tloq-taqir   tuproqlar   tarqalgan
qayirlarida, Amudaryoning o’zaniga yaqin har ikkala sohilida, ko’l  bo’ylarida, suv
bilan   to’ladigan   o’zanlar   chekkalarida   uchraydi.   To’qaylar   ikki   yarusdan   iborat
bo’lib,   yuqori   yarusda   tol,   jiyda,   turong`il,   pastki   yarusda   esa   yulg`un,   qo’g`alar,
ruvak,   qamish   va   boshqa   o’simliklar   o’sadi.   Okrug   hududida   suv   rejimning
o’zgarishi   700000   gektarga   yaqin   to’qaylarning   qurishiga   olib   keldi.   To’qay
o’simliklari   okurgdagi   Baday-To’qay   qo’riqxonasida   tabiiy   holda   saqlab
kelinmoqda. Galofitlar okrugda Orolning qurigan qismidagi sho’rxoklarda, Sudoche
ko’lining janubida va boshqa sho’rxoklar tarqalgan hududlarda o’sadi. Galofitlardan
sarsazan, qorabarak, yulg`un, shohiloq, itsiygak va bir yillik sho’ra o’simliklari eng
ko’p   tarqalgan.   Okrugdagi   sur-qo’ng`ir   tuproqlar   tarqalgan   past   tog`larda   burgan,
shuvoq   ko’prqr   uchraydi.   Okrugning   Qoraqum   va   Qizilqumga   tutashgan   qum   va
qumli   tuproqlar   tarqalgan   joylarida   cho’lga   xos   psammofit   o’simliklar   –   selin,
juzg`un,   oq   saksovul,   quyonsuyak,   qizilcha,   sho’ra   keng   tarqalgan.   Qamishzor   va
o’tloqlar ham okrugning eng muhim boyliklaridandir. Okrug hududidagi juda katta
maydondagi   qamishzorlar   hozirgi   kunda   Amudaryo   deltasiga   suv   kam   yetib
kelayotganligi uchun asta qurib bormoqda. Lekin ularni sug`orish yo’li bilan qayta
tiklash   ishlari   olib   borilmoqda.   Quyi   Amudaryo   okrugi   hududida   tabiiy   sharoitiga
ko’ra, ayniqsa tuproq-o’simligidagi tafovutlarga qarab 2 ta tabiiy geografik rayonlar
guruhiga   ajratilgan.   Bular   Shimoliy   va   Janubiy   tabiiy   geografik   rayonlar   guruhi.
Shimoliy   guruhda   Chimboy-Qo’ng`irot,   Beltov   va   Orolqum,   Janubiy   guruhda
Xorazm   tabiiy   geografik   rayonlari   ajratiladi.   Keyingi   paytlarda   Orolning   qurigan
qismini alohida tabiiy geografik rayon sifatida ajratish tavsiya etilmoqda.
        Chimboy-qo’ng`irot   rayoni   tarkibiga   okrugning   shimoli-g`arbi,   Amudaryoning
hozirgi   zamon   deltasi   va   unga   sharq   va   g`arb   tomonlardan   yondoshgan   hududlar
kiradi.   U   shimolda   Orol   dengizining   qurigan   qismi   bilan ,   g`arbda   Ustyurt   okrugi
bilan,   sharqda   Beltov   janubda   Xorazm   rayonlari   bilan   chegaralanadi.   Rayon
hududida   quyidagi   tabiiy-   eografik   landshaftlar   mavjud:   1)   botqoq-sho’rxok   va
o’tloq-sho’rxok   tuproqlarda   galofit   o’simliklar   o’suvchi   dengizning   qurigan
qismining landshafti;  2)  bir  yillik sho’ralar  o’suvchi   sho’rxokli   delta  landashfti;  3)
shuvoq   o’suvchi   sur-qo’ng`ir   tuproqli   past   qoldiq   tog`lar   landshafti;   4)   o’tloq,
botqoq   va   qayir   allyuvial   tuproqlarda   to’qay   o’simliklari   o’suvchi   qayirlar
landshafti;   5)   taqir-sho’rxok   tuproqlarda   qora   saksovul   o’suvchi   delta   tekisliklari
landshafti   (chap   sohilda);   6)   o’tloq-allyuvil   va   taqir   tuproqli   allyuvial   delta
tekisliklari va qayirlarning madaniy landshaftlari.         Beltov   tabiiy   geografik   rayoni   okrugning   shimoliy   sharqida   joylashgan.   Rayon
Beltovni,   Orolbo’yini,   Oqdaryo,   Janadaryolarning   delta   tekisliklarini   o’z   ichiga
oladi.   Rayon   okrugda   qishi   eng   sovuq   qish,   yozi   esa   eng   issiq   hudud   hisoblanadi.
Rayonda   4   ta   landshaft   turi   mavjud:   1)   sho’rxok,   o’tloq-sho’rxok,   botqoq-
sho’rxoklarda   siyrak   o’suvchi   galofit   o’simliklar   o’suvchi   dengiz   qirg`oq   -   bo’yi
tekisliklari landshafti; 2) saksovul o’suvchi marzasimon qumli tekisliklar landshafti;
3) shuvoq o’suvchi sur-qo’ng`ir tuproqli past qoldiq tog` (Beltov) landshafti; 4) qora
saksovul o’suvchi taqir tuproqli, sho’r hamda sho’rxokli Oqchadaryo va Janadaryo
delta   tekisliklari   landshafti.   Xorazm   tabiiy   geografik   rayoni   okrugning   janubini,
Amudaryoning   qadimgi   deltasini   o’z   ichiga   oladi.   Uning   hududi   qadimdan
sug`orilib   madaniy   landshaftga   aylantirilgan.   Rayonda   qish   nisbatan   iliq,
vegetastiyali qishlar 10 % ni tashkil etadi.
    Rayonda 6 ta landshaft turi mavjud: 1) efemer o’simliklar bilan band bo’lgan sur-
qo’ng`ir   tuproqli   qadimiy   platolar   landshafti;   2)   qora   saksovul   o’suvchi   taqir-
sho’rxok  tekislik  va delta  sho’rxok tekisliklari   landshafti;  3)  yantoq  o’suvchi   delta
tekisligining  eol  qumli   landshafti;   4)  to’qay  o’simliklari  bilan  qoplangan   o’tloq  va
botqoq   allyuvial   tuproqli   qayirlar   landashfti;   5)   delta   tekisliklaridagi   bir   yillik
sho’ralar   o’suvchi   sho’rxoklar   landshafti;   6)   delta   tekisligidagi   o’tloq   tuproqli
madaniy landshaftlar.
XULOSA
Landshaft   atamasi   umumiy   (keng)   va   tor   (asl-tipologik)   ma’noga   ega.   Bunday
xulosaga kelishning uchta asosi  bor. Birinchidan, landshaft atamasi  bugungi kunda
geografik, nogeografik adabiyotlarda, omma orasida keng tarqalgan. Masalan, “tog’
landshaftlari”,   “tekislik   landshaftlari”,   “oy   landshaftlari”,   “turistik   landshaftlar”,
“cho’l landshaftlari”, “suv landshaftlari”, “agrolandshaftlar”, “sanoat landshaftlari”,
“shahar   landshaftlari”   kabi   atamalar   ommalashib   ketgan.   Ikkinchidan,   landshaft
atamasi   barcha   huquqiy   va   me’yoriy   hujjatlarda   umumiy   ma’noda   kiritilgan.
Uchinchidan,   regional   va   tipologik   komplekslar   orasida   keskin   chegara   yo’q.
Chunki turli ko’lamga ega bo’lgan geotizimlar modda, energiya oqimlari tufayli bir-
biri   bilan   bog’langan.   Geotizimlar   geografik   qobiqning   turli   ko’lamdagi
bo’laklaridir.   Nemis   landshaftshunosi   E.   Neef   ta’kidlaganidek,   landshaftlar
majmui   geosferani tashkil qiladi , geosfera esa landshaftlarda o’z aksini topadi . 
      Landshaftlarni tasniflash birliklarini geografiyaga yondash bo’lgan fanlardagi
mazmundosh   va   nomdosh   tushuncha   va   atamalar   bilan   uyg’unlashtirish   imkoni
bo`ladi.   Ma’lumki,   tabiiy   geografiya   fanini   o’simliklar   geografiyasi,
tuproqshunoslik,   cho’lshunoslik   fanlarisiz   tasavvur   qilib   bo’lmaydi.   Bu   fanlarda
ham   o’ziga   xos   atama,   tushunchalar ,   tasniflash   birliklari   mavjud.   Atamalarni
fanlararo   muqobillashtirish,   ayniqsa   tabiatdan   foydalanuvchilarga   tushunarli
darajaga   keltirish   juda   zarur.   Holbuki   amaliyotda   bunga   ehtiyoj   katta.   Modomiki
geografiya,   ayniqsa,   landshaftshunoslik   fani   sintez   qiluvchi   qudratga   ega   ekan,   bu
vazifa eng avvalo uning zimmasida bo’lmog’i lozim.           O’zbekiston   geobotaniklari   respublika   hududida   13   ta   o’simliklar   tipi
tarqalganligini   qayd   qiladilar.   Shulardan   4   tasi   tekisliklarga   tegishli-psammofil,
gipsofil,   galofil,   to’qay.   Tuproqshunoslar   tomonidan   ishlab   chiqilgan   tasniflashlar
ham   landshaftshunoslik   uchun   alohida   ahamiyatli.   Taniqli   tuproqshunos   N.   V.
Kimberg O’zbekistonning cho’l  zonasi  doirasida 7 ta tuproq tipini (o’tloq, botqoq,
sho’rxok,   taqirli,   qumli,   sur-qo’ng’ir,   voha)   ajratadi.Cho’lshunos   va   yaylovshunos
olimlar   -   M.   P.   Petrov,   A.   G.   Babayev,   A.   P.   Jumashov   kabilar   esa   O’rta   Osiyo
cho’llarining litologiyasi va tuproqlariga ko’ra litoedafik tiplarga ajratadilar. Bular:
qumli,   qum-chag’illi   (galechnik),   qumoqli   (suglina),   gilli,   taqirsimon-gilli,   gilli
bedlend,   sho’rxokli   cho’llardir.   E’tirof   qilish   joizki,   cho’l   o’simliklari,   tuproqlari ,
cho’l   tiplarini   o’rganish   bo’yicha   ko`p   izlanishlar   bajarilgan,   ulardan   samarali
foydalanish   bo’yicha   tavsiyalar   ishlab   chiqilgan.   Demoqchimizki,   tipologik
yondashuv   kundalik   amaliyotga   yaqin,   u   hayotda   o’z   isbotini   topgan.   Biroq,
landshaftshunoslikda   qo’llanib   kelinayotgan   joy   tipi,   urochisha,   fastiya   kabi
atamalar   yuqorida   qayd   qilingan   geografiyaga   yondosh   bo’lgan   fanlarda   qo’llanib
kelinayotgan atamalar bilan muvofiqlashtirilmagan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Бабушкин Л.  Н. Агроклиматическое районирование Средней Азии.-
Ташкент, 1964. 
2. Бабушкин Л.Н., Когай Н.А. Природно  – территориальные комплексы ЮЗ 
Средней Азии. − Ташкент, 1975. 
3. Zokirov Sh. Kichik xududlar tabiiy geografiyasi.  T. 1999.
4. Sultonov Yu. Landshaftlar geografiyasi. T.O‘qituvchi.  1974 .

MAVZU: O’ZBEKISTON LANDSHAFTLARINI TASNIFLASH REJA I. KIRISH II. ASOSIY QISM 1. Landshaftlarni tasniflash 2. O’zbekiston landshaftlarini tasniflash 3. O’zbekiston tog’ landshaftlarini tasniflash 4. O’zbekiston tekislik landshaftlarini tasniflash XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH

Fanda tasniflash, tartib berish, turlashtirish, taksonomiya kabi bir-biriga yaqin tushunchalar mavjud. Bulardan tasniflash va tartib berish tushunchalari bir- biriga anchagina yaqin bo‘lib, rang-barang va turli-tuman narsa va hodisalarni ma'lum bir tartib bilan, har birining pog‘onama-pog‘ona mavqeini yoki ko‘lamini saqlagan holda guruhlarga ajratish yoki birlashtirish degan ma'noni anglatadi. O‘quvchilarga botanikadagi o‘simliklar tasnifi, zoologiyadagi tirik mavjudotlar tasnifi yaxshi tanish. Shunga o‘xshash tasniflar boshqa fanlarda ham bor. O‘z o‘rganish obyektini tasnif qilmagan yoki tasnif qilishiga urinmagan bironta fan bo‘lmasa kerak. Sababi biror fanni fan sifatida tanilishi uchun ham uning o‘z obyektining tasnifi ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Buyuk fransuz matematigi A.Puankare (1906) "Fan - bu eng avval tasniflashdir" degan edi. Tasniflash jarayoniga borib yetmagan ilmiy izlanishlarni hali "Qiyomiga yetmagan" deb baholash mumkin. O‘rganish obyektini tasniflashning ham ilmiy, ham amaliy ahamiyati kattadir. Uning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, obyekt tasnif qilinayotganda uning kelib chiqishi, tuzilishi, rivojlanishi kabi barcha xususiyatlari o‘rganilishi va u haqidagi barcha ma'lumotlar batafsil tahlil qilinishi kerak bo‘ladi. Yer yuzasida muayyan landshaftlar haddan tashqari ko‘p bo‘lganligi uchun ularning har birini alohida-alohida o‘rganish va ta'riflab berishning iloji bo‘lmay qoladi. Shuning uchun landshaftlarni ma'lum maqsadlarda (masalan, qishloq xo‘jaligi, shahar qurilishi va h.k.) guruhlab ta'riflashga va shunga mos holda bir turdagi tadbirlarni rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Bu landshaftlarni tasnif qilishining amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Fanning o‘rganish obyekti qanchallik serqirra, xilma-xil va murakkab bo‘lsa, uni tasniflash ham shunchalik murakkab bo‘ladi. Har qanday tasnifni amalga oshirishda obyekt haqida to‘la va aniq tushunchaga ega bo‘lish kerak. Obyektni turlicha talqin qilish va tushinish turlicha tasnif tarxlarining tuzilishiga sabab bo‘ladi. Landshaftshunoslik fani ham boshqa tabiiy fanlar qatori juda ko‘p va xilma-xil, ammo o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan aniq obyektlar -landshaftlarni tasnif qiladi. Landshaftshunoslik uchun puxta ishlangan, ilmiy va mantiqiy talablarga to‘liq javob beradigan tasniflash jadvalini tuzib olish juda katta ahamiyatga ega. Chunki yer yuzida ko‘plab uchraydigan xilma-xil landshaftlarni bir-biriga o‘xshash yoki bir-biridan farq qiladigan tomonlarini aniqlab, har birini o‘z mavqeini saqlagan holda ma'lum bir tartibga tushirib olinmasa, ularni to‘g‘ri tadqiq qilish, hatto landshaft xaritasini tuzib olish ham mumkin bo‘lmay qoladi. Keyingi 15-20 yil ichida geograflar tomonidan bajarilayotgan ko‘plab ishlar uchun, jumladan xalq xo‘jaligini rivojlantirish, aholining yashashi va sog‘lig‘i nuqtai nazaridan landshaftlarni baholash, geografik bashorat qilish va tabiat muhofazasini ko‘zlab bajarilayotgan ishlar uchun ham katta-katta rayonlar, tabiiy geografik o‘lkalar miqyosida barcha landshaftlar haqida batafsil ma'lumotlarga yoki boshqacharoq qilib aytganda landshaftlar kadastriga ega bo‘lish ahamiyatlidir. Mamlakatimiz landshaftlarining aniq va puxta tasnif jadvalini ishlab chiqish landshaftshunoslikning eng yirik masalalaridan biridir.

LANDSHAFTLARNI TASNIFLASH Landshaftlarni tasniflash bilan ko‘pchilik geograflar shug‘ullanishgan. Ulardan ayniqsa N.A.Gvozdetskiy (1961), A.G.Isachenko (1961, 1975), V.A.Nikolayev (1973, 1979) kabilarning tajribalari e'tiborga loyiq. Bu olimlar tavsiya etgan tasniflar ichida V.A.Nikolayev (1979) bajargan tasnif o‘zining anchagina mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu tasnifning yaratilishi asosida landshaftshunos olim N.A.Nikolayev ko‘p yillar davomida Qozog‘iston dashtlarida landshaftlarni xaritaga tushirish borasida olib borgan izlanishlari yotadi. Quyida keltiriladigan fikrlarning ko‘pchiligi V.A.Nikolayev ilgari surgan g‘oyalar ta'sirida yuzaga keldi. Bu fikrlardan eng asosiysi landshaft haqidagi tushunchaning o‘ziga xos talqini bo‘ldi. V.A.Nikolayevning fikricha, landshaftni faqat regional birlik (A.G.Isachenko, 1961) yoki faqat tipologik birlik (N.A.Gvozdetskiy, 1961) sifatida qabul kilish birday bir tomonlamalikka olib keladi. Agar biz landshaftni tipologik birlik deb qabul qilar ekanmiz, uning asosida har bir muayyan o‘ziga xos landshaftning tahlili yotishini esdan chiharmasligimiz kerak. Har bir muayyan landshaft - o‘ziga xos geografik individdir. Lekin bir vaqtning o‘zida u qaysidir tipologik landshaftlar majmausining bir qismidir. Haqiqatan ham, yer yuzida ikkita har tomonlama bir xil bo‘lgan landshaftni topib bo‘lmaydi. Ammo qaysidir xususiyatlari bilan bir-biriga o‘xshashlik tomonlari bo‘lgan landshaftlarni uchratish va tasnif qilish mumkin. Landshaftlar tasnifini ishlab chiqishda turlicha tamoyillarga amal qilingan bo‘lishi mumkin. Masalan, tarixiy-evolyutsion tamoyil, genetik tamoyil, morfologik tamoyil va h.k. Shu tamoyillardan birvarakayiga bir nechtasiga amal qilgan ma’qul. Shulardan faqat bittasigagina amal qilib tuzilgan tasnif doimo ham aniq va puxta bo‘lavermaydi. Shu bilan birga landshaftlarning o‘zini ma'lum bir tamoyilga asoslanmay, birma-bir sanab o‘tishning o‘zi ham ilmiy tasnifdan uzoqdir. Hozirgacha qo‘llanib kelinayotgan tamoyillarning eng asosiylaridan biri tarixiy-evolyutsion tamoyildir. Bunda landshaftni invariant tushunchasi nuqtai nazaridan qarashga to‘g‘ri keladi. Ushbu tamoyilga amal qilinganda bir tasnif jadvalining o‘zida geografik tizimlardagi juda ko‘p va turli-tuman moddiy borliqni qamrab olishi mumkin bo‘ladi. Qo‘l ostimizda ma'lum miqdorda paleogeografik ma'lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda bu tamoyildan foydalanish juda yaxshi natijalar berish mumkin, ya'ni landshaftlarning tashkil topishi va rivojlanishidagi ichki va tashqi aloqadorliklarni tasnif jadvalida aks ettirish mumkin bo‘ladi. Landshaftlar tasnifida tarixiy yondashish albatta landshaftlarning kelib chiqishi (genezisi)ni tahlil qilish bilan bog‘liqdir. Landshaftlarning kelib chiqish va rivojlanish tarixi ularning ichki strukturasining o‘ziga xosligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun landshaftlarni tasniflashda foydalanilayotgan tarixiy genetik tamoyil landshaftlarning ichki tuzilishini tahlil qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi.Landshaftlar tasnifida landshaftlar ichki tuzilishini tahlil qilish qoidasi asosida bir butunni uning qismlari bilan hamda

qismlari orasidagi o‘zaro ta'sir va aloqadorliklarni tahlili yotadi. Biz landshaftlarni ko‘p yaruslik geotizimlar deb qabul qilgan edik. Bu bilan biz har bir landshaft ma'lum komponentlar majmuasidan iboratgina bo‘lib qolmasdan, balki o‘zidan kichikroqbo‘lgan komplekslardan tuzilganligini ham e'tirof etgan bo‘lamiz. Shunday ekan, landshaftlarning ichki tuzilishi haqida gap borganda faqat komponentlar orasidagi emas, balki kichik yoki oddiy komplekslar orasidagi o‘zaro aloqadorliklar ham tushuniladi. M.A. Glazovskaya (1961) tomonidan tavsiya etilgan geokimyoviy landshaftlar tasnifi ham ana shu tamoyil asosida tuzilgandir. Landshaftlar ochiq geotizimlar bo‘lganligi sababli, ular o‘z yon- atroflaridagi landshaftlar bilan ham modda va energiya almashinishi ko‘rinishida aloqador bo‘lib turadi. Agar biz tasnif tuzishda landshaftlarni o‘z ichki tuzilishiga ega ma'lum bir tizimdir degan qoidaga amal qiladigan bo‘lsak, landshaftlarning ichki aloqadorligidan tashqari ularning atrof-muhit bilan va qo‘shni landshaftlar bilan bo‘ladigan aloqadorliklarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Odatda landshaftlarning ichki tuzilishining tahlili asosida tasnifning kichik taksonomik birliklarini aniqlab olish mumkin bo‘ladi. Katta taksonomik birliklarni aniqlayotganda esa ko‘proq landshaftlarning o‘zaro aloqadorliklariga va yondashib kelish xususiyatlariga ko‘proq asoslanishga to‘g‘ri keladi. Landshaftlar tasnifini tuzganda, u puxta va "tabiiy" bo‘lishi uchun tarixiy-genetik tuzilish tamoyillariga amal qilgan ma’qul ko‘rinadi. Har qanday ilmiy tasniflash avvalo tasnif qilinayotgan obyektga yoki hodisaga tegishli bo‘lgan ma'lum belgilarni tanlab olishni taqozo qiladi. Landshaftlarning ayrim guruhlarga tipologik birlashtirilishi yoki aksincha tabaqalanishi turli-tuman shart-sharoitlarga bog‘liq. Masalan, landshaftlarning ichki xususiyatlariga, qo‘shni landshaftlarga yondashib kelishiga, landshaft tashkil qiluvchi omillar va hodisalarning majmuiga, ularning rivojlanish xususiyatlari va hokazolarga bog‘liqdir. Shuning uchun har qanday tasnifdagi birliklarning mavqeini aniqlashda faqat birgina belgini asos qilib olish qiyin bo‘lib, hatto bunday belgini izlab o‘tirishning o‘zi ham mantiqan noto‘g‘ri bo‘lar edi. Buning sababi shundaki, aniqlanadigan va tasniflanadigan turli-tuman birliklarni o‘z kuchi va qiymati turlicha bo‘lgan omillar asosidagina umumlashtirish mumkin bo‘ladi. Umuman olganda, asosiy belgilarni tanlab olish, tasniflash jarayonini eng muhim va mas'uliyatli bosqichlaridan biri hisoblanadi. Landshaftlar tasnifining asosiy birliklari.Landshaftlar tasnifida ham boshqa ko‘pgina tabiiy fanlar tasnifidagidek sinf, tur, turkum, xil kabi tushunchalar ishlatiladi. Bunday tshunchalarni birma-bir izohlab berishdan oldin bir-ikki taniqli geograf olimlar ishlab chiqqan tasnif ko‘rinishlarini misol tariqasida keltirib o‘tmoqchimiz. Dastlabki ana shunday ishlardan biri N. A. Gvozdetskiy (1961) ga tegishlidir. U tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: sinf-tur-kichik tur-guruh-xil ko‘rinishda bo‘lib, anchagina ixcham tarxlardan biridir. A.G.Isachenko (1961) tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: tur-kichik tur-sinf-kichik sinf-xil-kichik xil- variant ko‘rinishiga ega.Bu ikki tasnif bir-biridan ozmi-ko‘pmi farq qiladi. Jumladan, eng katta birlik sifatida N.A. Gvozdetskiy sinfni qabul qilar ekan, u eng avval tog‘lar va tekisliklar landshaftlarini ikki sinfga bo‘lib tashlashni tavsiya etsa,

A.G.Isachenko esa dastavval landshaft turlarini aniqlab olishni, so‘ngra sinflarga bo‘lishni ma’qul ko‘radi. Landshaft turlarini aniqlab olishda eng asosiy mezon sifatida landshaftlarning gidrotermik rejimi, ya'ni namlik va issiqlik taqsimlanishidagi dunyo miqyosidagi farqlarni olishni tavsiya etadi. A.G.Isachenko fikricha, landshaftlarning bir-biriga o‘xshashligi yoki bir-biridan farqi juda ko‘p sabablar bilan belgilanadi va ularning ichidan eng asosiysini aniqlab ola bilish tasnif tarxidagi eng katta birlikni tanlashga asos bo‘ladi. Hozirgi vaqtda eng mukammal ishlangan landshaftlar tasnifining muallifi V.A. Nikolayev (1973, 1979) ekanligi ko‘pchilik geograflar tomonidan e'tirof etilmoqda. U tavsiya etgan ko‘p pog‘onali tasnif tarxi: bo‘lim-qism-kichik qism-sinf-kichik sinf- guruh-tur-kichik tur-toifa-kichik toifa-xil-variant ko‘rinishida bo‘lib, yer yuzasidagi barcha landshaftlarni ma'lum bir tartib bilan o‘rganishga yaxshi ilmiy asos bo‘la oladi. Quyida biz V.A.Nikolayev tavsiya etgan ana shu landshaftlar tasnifidagi birliklarni izohi bilan chegaralanamiz. Chunki bu izohlar boshqa tasnif tarxlaridagi birliklar izohiga ko‘p jihatdan mos keladi. Shunday qilib, landshaftlar tasnifida ishlatiladigan eng yirik birlik landshaftlar bo‘limi hisoblanadi. Bo‘lim darajasiga kiruvchi landshaftlar asosan Yerning geografik qobig‘ini tashkil qiluvchi turli geosferalarning bir-biri bilan tutashib turishi va o‘zaro ta'sir turiga qarab aniqlanadi. Bu haqda taniqli tabiiy geograf F.N.Milkov (1970) "Landshaftlar bo‘limi landshaftshunoslikdagi eng yuksak tipologik birlikdir" degan fikrni bildiradi. Bu birlik F.N. Milkov aytganidek litosfera, atmosfera, gidrosferalarning o‘zaro ta'sir xususiyatiga va shunga bog‘liq holda o‘zaro modda va energiya almashinish shakli hamda jadalligi o‘xshash bo‘lgan landshaftlarni birlashtiradi. Landshaftlar bo‘limiga misol sifatida quruqlik landshaftlari, suv landshaftlari, suv osti landshaftlarini kiritish mumkin. Quyida biz faqat quruqlik landshaftlariga tegishli bo‘lgan masalalar haqidagina so‘z yuritamiz.Landshaftlar bo‘limi ichida dastavval landshaftlar qismini ajratamiz. Landshaftlar qismi birligi landshaftlarning eng asosiy energetika bazasi bo‘lmish namlik va issiqlik balansidagi farqlar va o‘xshashliklarga qarab birlashtirishga imkoniyat beradi. Bunday o‘xshashlik yoki farqlar joylarning makroiqlimiy xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu xususiyatlar bilan o‘z navbatida joyning gidrologik rejimi, hukmron bo‘lgan o‘simlik turi va biologik modda aylanish turi kabilar chambarchas bog‘liqdir. Bu yerda gap ko‘proq iqlim mintaqalari haqida borayapti, ya'ni bitta iqlim mintaqasida rivojlangan landshaftlarning hammasi xoh u tog‘ landshafti, xoh tekislik landshaftlari bo‘lsin bitta qismga taalluqli hisoblanadi. Masalan, Kara dengizi bo‘ylaridan Turkmanistonning janubigacha bo‘lgan makonda: arktik, subarktik, boreal, subboreal, subtropik landshaftlar qismini ajratish mumkin. Bizga ma'lumki, yuqorida sanab o‘tilgan mintaqalar tabiati g‘arbdan sharqqa tomon, ya'ni Atlantika okeanidan uzoqlashgan sari, kontinentallik ortib borgan sari o‘zgarib boradi. Shuni e'tiborga olsak, landshaftlar qismi o‘z navbatida landshaftlarning kichik qismiga bo‘linib ketishi mumkinligini ko‘ramiz. Landshaftlar tasnifidagi navbatdagi birlik-landshaftlar sinfidir .