logo

O‘ZBEKISTONDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHNING TARIXIY, IJTIMOIY VA PEDAGOGIK AHAMIYATI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

163.283203125 KB
O‘ZBEKISTONDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT MUTAXASSISLARINI
TAYYORLASHNING TARIXIY, IJTIMOIY VA PEDAGOGIK AHAMIYATI
MUNDARIJA
KIRISH .
4-9
I   BOB .   O‘ZBEKISTONDA   JISMONIY   MADANIYAT   VA   SPORT
MUTAXASSISLARINI   TAYYORLASHNING   TARIXIY,   IJTIMOIY   VA
PEDAGOGIK AHAMIYAT LAR I NING   O ’ ZIGA   XOS   XUSUSIYATLARI . 10-40
I.1.  O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlashning tashkil
qilinishi va rivojlanishi . 10-22
I.2.   Respublikada   jismoniy   madaniyat   va   sport   xodimlari   bilan   ta’minlash   shart-
sharoitlari va istiqbollari . 23-28
I .3.   Ommaviy   sog ’ lomlashtiruvchi   jismoniy   tarbiya   va   sport   xodimlari   hamda   xalq
milliy   o ‘ yinlari   bo ‘ yicha    mutaxassislar   tayyorlash   masalalari . 28-31
I .4.  Xalq milliy o‘yinlari sog’lomlashtiruvchi omillar sifatida .
31-35
I.5.   Mutaxassislar   tayyorlash   va   ularni   malakasini   oshirishdagi   yangi   yo‘nalishlar   va
ularning ahamiyati. 35-39
I Bob bo’yicha xulosa.
39-40
II BOB. TADQIQOT USULLARI VA UNI TASHKIL ETISH…
41-43
2.1. Tadqiqot vazifasi .
41
2.2. Tadqiqot uslublari 
42
2.3.   Ilmiy - uslubiy   adabiyot   manbalarini   tahlil   qilish   va   amaliy   tajribalarni
umumlashtirish  42
2.4. So‘rovnomani o‘tkazilishi va tashkil etilishi
42
2.5.  Matematik-statistik uslub
43
2 .6.  Tadqiqotning o‘tkazilishi
43
III   BOB .   O‘ZBEKISTONDA   JISMONIY   MADANIYAT   VA   SPORT
MUTAXASSISLARINI   TAYYORLASHNING   TARIXIY,   IJTIMOIY   VA
PEDAGOGIK AHAMIYAT I   TAHLIL LAR NING VOSITA VA USLUBLARI . 44-70
3.1.   Talabalarni   jismoniy   madaniyat   va   sportga   oid   ilmiy   malakalarni   hosil
qildirish ni ng  rivojlanganligini aniqlash bo’yicha anketa natijalari tahlili . 44-49
3.2.   Talabalarni ijtimoiy foydali mehnatga va tashkiliy ishlarga o’rgatish  samaradorligi .
49-59
3.3.   Jismoniy   madaniyat   va   sport   mutaxassislarini   tayyorlashda   tavsiya   etiladigan
modeli dan foydalanish uslublari. 60-69
3.4.Pedagogik tadqiqot natijalari .
69-70
III BOB BO’YICHA XULOSА .
70-71
UMUMIY XULOSA .
72-75
AMALIY TAVSIYALAR .
76-77
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI .
78-82
1 Kirish.
Dissertatsiya ishining dolzarbligi.  Mustaqil davlatimizning ertangi kuni
uning   gullab   yashnashi   va   rivojlanishi   ko‘p   jihatdan   o‘sib   kelayotgan   avlodning
sog’lom   bo‘lishiga   bog’liq.   Bu   esa   o‘z   navbatida   Vatanimizning   kelajagi,
farzandlarimiz   jismoniy,   aqliy   va   ma’naviy   kamol   topishi   uchun   qulay   sharoitlar
yaratishini taqozo etadi. Jismoniy madaniyat va sport hamisha jamiyat hayotining
ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Bizgacha mavjud bo‘lgan ijtimoiy jamoalar ham o‘z
rivojlanishida   jismoniy   tarbiya   va   sportga   kata   ahamiyat   bergan.   Jismoniy
madaniyat va sport,  jamiyatdagi insonlarning manfaatini ifodalashga xizmat qilib,
uni   himoya   qilgan   va   yo‘l   ko‘rsatgan.   O‘rta   Osiyoning   mashhur   olimi,   o‘rta   asr
yuksalish   kurashchisi   Abu   Ali   ibn   Sino   (mil.   980-1037)   1002-1011   yillarda
Xorazmshohning vaziri Abul Hasan Ahmad ibn Muhammad al- Sahlidan “Tozalik
haqida   risola”   nomli   kitob   yozishga   buyurtma   olgan.   U   Abu   Ali   ibn   Sinoning
butun dunyoga mashhur “Tib qonunlari” ga asos bo‘ldi. 
Olim risolasining qo‘yidagi beshta mustaqil boblarga bo‘lgan:
1.  Toza havo
2.  Hammom
3.  Taom
4.  Jismoniy harakat
5.  Uyqu va (Harakat) tetiklik
Ibn Sino o‘z risolasining to‘rtinchi bobi o‘n yettinchi faslida:  jismoniy tarbiya
mashqlari saviya va son jihatdan juda uzoq va kishini charchatadigan bo‘lmasligi
kerak.   Ular   juda   tez   ham   bo‘lmasligi   kerak   aks   holda   ular   qisqa   davom   etishiga
qaramay   kishiga   uzoq   bo‘lib   tuyuladi,   shuningdek   bu   mashqlar   o‘ta   bo‘sh
bo‘lmasligi ham kerak.
Bundan   ko‘rinadiki,   Abu   Ali   ibn   Sino   o‘rta   asrlardayoq   jismoniy   tarbiya
mashg’ulotlarining   inson   hayotida   tutgan   o‘rni   va   mohiyatini   nazariy   jihatdan
asoslab   bergan.   Bu   nazariy   asoslarga   tayanib   jismoniy   tarbiya   va   sport
2 mashg’ulotlarining  asoschilari va pedagoglari P. F. Lestgaft, L. P. Motveev, N. G.
Ozolin, M. Zauifskiy.   O‘zbek olimlaridan   F. A. Karimov, R. S. Usmonxo‘jayev,
SH.   Xonkeldiyev   va   boshqalar     hozirgi   zamon   jismoniy   tarbiya   mashg’ulotlari
nazariyasini   ishlab   chiqishdi   va   hozirgi   yangi   innovatsiyalarni   joriy   qilmoqdalar.
XII-XIV asr o‘zbek poeziyasining atoqli namoyondasi mashhur ruboiy nafis shoir
otash xalqparvar ajoyib sportchisi ham bo‘lgan. Umumiy kurash bo‘yicha xalqaro
musobaqalarda  qatnashib xamma raqiblarini  yenganda g’oliblik evaziga mukofot
emas   balki   shu   joylar   hokimlari   Xorazmdan   keltirilgan   qullar   va   olimlarni   ozod
etishni  talab qilgan. O‘sha davrda   sportning bu turi Turkiston hududida gurkirab
rivojlangan hamda xalq orasida juda ommabop bo‘lgan. 
Ajdodlarimiz   jismoniy   tarbiya   va   sportning   keyingi   taraqqiyoti   Temuriylar
davriga   to‘g’ri   keladi.   Davlat   tuzumi   va   kuchli   qo‘shinlarni   tuzgan   A.Temur   o‘z
askarlarini   jismoniy   tayyorgarligiga   katta   e’tibor   bergan.   “Temurnoma”   da
yozishlaricha,   Temur   o‘spirinlik   davrida   tengdoshlari   bilan   o‘zining   ko‘p   vaqtini
harbiy o‘yinlarga ajratgan. Ulug’ shoir va mutaffakir Alisher Navoiy o‘z asarlarida
jismoniy  tarbiya   g’oyalarini   oldinga   surib,  o‘z   qahramonliklarini   jismonan   kuchli
va baquvvat insonlar sifatida ta’riflagan.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixi chuqur ildizga ega. O‘tmishda
kurash, yugurish, uloq va boshqa milliy o‘yinlar xalq orasida keng tarqalgan har xil
tantanalar,   Navro‘z   dini   bayram   va   to‘ylarda   musobaqalar   o‘tkazilgan.   Bu   urf-
odatlar bizning hozirgi kunlarimizda ham davom etib taraqqiy etmoqda.
1991-yil Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng , barcha sohalar kabi
jismoniy   tarbiya   va   sportga   katta   e’tibor   qaratildi.   Mustaqil   O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy va milliy madaniy
istiqlol   sari   rivojlanib   tarkib   topmoqda.   Bu   o‘z   navbatida   ixtisosli   xodimlarni
tayyorlash sifatini yaxshilash hamda ularning malakasini oshirish kabi masalalarni
keskin   rivojda   olg’a   surmoqda.   Ma’lumki,   barcha   oliy   va   o‘rta   maxsus   o‘quv
yurtlari   hamda   umumta’lim   maktablarida   jismoniy   tarbiya   darslari   o‘tkaziladi.
Sport   maktablari,  sport  jamiyatlari  va  turli   tashkilotlarda   sport   mashg’ulotlari   va
musobaqalari   olib   boriladi.   Korxona   va   tashkilotlarda   mehnat   unumdorligini
3 oshirish   maqsadida   ishlab   chiqarish   jismoniy   tarbiya   mashg’ulotlari   olib
borilmoqda va tashkil  etilmoqda. Eng muhimi  sog’lom  avlodni  kamol  toptirishda
maktabgacha   bolalar   muassasalarida   jismoniy   tarbiya   ishlarini   tashkil   qilishning
zamonaviy ish uslublaridan foydalanishga alohida urg’u berilmoqda.
Bunday faoliyat  turini  tashkil  qilish   va boshqarish  jismoniy tarbiya va sport
xodimlari   zimmasidadir.   O‘zbekistonda   jismoniy   tarbiya   sohasida   mutaxassis
xodimlarni tayyorlashning o‘zihga xos xususiyatlari, talablari va vazifalari mavjud.
Shuningdek, sport tashkilotlari, jamiyatlari, uchrashmalari va turli assosatsiyalarda
ixtisosli   rahbar   xodimlar   faoiliyat   yuritadilar.   Bunda   Respublika   Prezidentining
“Sog’lom avlod uchun” farmoni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu sohalarda ishlash
uchun mutaxassis xodimlar tayyorlash muhim va dolzarb muammolardan biridir.
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   navbatdan   tashqari   IX-
sessiyasida   “Jismoniy   tarbiya   va   sport   to‘g’risida”gi     qonunning   qabul   qilinishi,
O‘zbekiston   Milliy   Olimpiya   qo‘mitasi     (1992   yil   21-yanvar)   tarkibiga     rasman
a’zo   bo‘lib   kirishi   Respublika   aholisi   o‘rtasida   milliy   sport   turlari   va   o‘yinlarini
targ’ibot qilish hamda rivojlantirish, maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy
tarbiya   ishlarini   tashkil   qilish   kabi   muhim   talablar   qo‘yilmoqda.   Bu   jarayonlar
mutaxassis   xodimlar   tayyorlash   va   ularga   bo‘lgan   ehtiyojlarni   o‘rganish   va
ularning   malakasini   oshirish   sifatlarini   yanada   takomollashtirishni   taqozo   etadi.
Shu   sababdan   bu   muammolarni   ilmiy   pedagogik   jihatdan   asoslab   berish   va   hal
qilish yo‘llarini ko‘rsatish mavzuning o‘ta dolzarb  ekanligini isbotlaydi.
Dissertatsiyasining   maqsadi:   Bo‘lajak   jismoniy   madaniyat   ixtisosli
xodimlarini tayyorlashdagi faoliyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, hamda
hozirgi   zamon   talablari   asosida   xodimlar   tayyorlash   yo‘llari   va   jarayonlarini
o’rganishdan  iboratdir.
Dissertatsiyasining vazifalari:  qo‘yidagilardan iborat:
1. Respublikada   mutaxassis   xodimlarni   tayyorlashning   tarixiy   rivojlanish
yo‘llarini o‘rganish.
2. Hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xodimlarga bo‘lgan talab
va ehtiyojlarni o‘rganish.
4 3. Mutaxassislar tayyorlashdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatlarini nazariy tahlil
qilish va amaliy takliflar ishlab chiqish.
4. Ommaviy   sog’lomlashtirish   va   xalq   milliy   o‘yinlarini   tashkil   qilishga   doir
xodimlar tayyorlashni asosiy yo‘llarini o‘rganib chiqish.
Tadqiqot  ishini  olib borishda  ixtisosli  xodimlarni  tayyorlash ularga bo‘lgan
ehtiyojlar   va   talablarni   nazariy   taxlil   qilish   va   ularning   malakasini   oshirish   shu
sifatlarni o‘rganish maqsadida qo‘yidagi usullar qo‘llaniladi:
1. OZK   larida   mutaxassislar   tayyorlash,     rasmiy   hujjatlar   bilan   tanishish   ,
mutaxassislar tayyorlashga doir maxsus adabiyotlarni taxlil qilish.
2. O‘quv   amaliyotlari   jarayonida   talabalarning   ixtisoslikka   bo‘lgan   qiziqishi,
e’tiqodi va amaliy malakalarini nazariy jihatdan tahlil qilish. Pedagogik kuzatishlar
olib borish.
3. Aholi   o‘rtasida   mutaxassis   xodimlarga   bo‘lgan   talablar   va   ehtiyojlarni
o‘rganish uchun sosialogik tadqiqotlar o‘tkazish.
4. Amaliy   tavsiyalar   va   metodik   tavsiyanomalar   ishlab   chiqish.   Tadqiqot
ishlarini o‘tkazishda asosan qo‘yidagi davrlarni oldik.
Ya’ni   O‘zbekistonning   1991   va   undan   keyingi   yillar   hamda   respublikaning
mustaqillik sharoitida faoliyat ko‘rsatish davridir.
Dissertatsiyasining   tadqiqot   ob’ekti   va   predmeti:   Tadqiqotlar   asosan
SamDU   axborot   resurslar   markazida   ilmiy   adabiyotlar   tashkil   qilinib,   20 2 1   yil
sentabr oyidan 2022 yil mart oyigacha bo’lgan vaqt oralig’ida   jismoniy tarbiya va
sport sohasiga yo‘naltirilgan Samarqand Olimpiya zaxiralari kollejida olib borildi.
Ilmiy izlanish va tadqiqot jarayonlarida Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji
o’quvchilari   faoliyati   hamda   mutasaddi   xodimlari   faoliyati   tadqiqotni   predmeti
sifatida qamrab olindi.
Tadqiqotni   asosi   qilib,   avvalo   jamiyat   taraqqiyoti   haqida   qonuniyatlar
respublika boshqaruv idoralarining qonun va qarorlari hamda jismoniy madaniyat
va sportning ijtimoiy- iqtisodiy va tarbiyaviy mohiyatlariga tayanadi. Shuningdek
milliy qadriyatlar ma’naviy ma’rifiy tavsilotlardan maqsad yo‘lida foydalanildi.
5 Dissertasiyasining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati:   Tadqiqot   davomida
qayd   etilgan   ilmiy   natijalar,   ularning   muhokamasi,   foydalanilgan   test   uslublari,
anketa   so’rovnomalari,   ishning   yakuniy   xulosalari   O‘zbekistonda   jismoniy
madaniyat va sport mutaxassislarini  tayyorlashning tarixiy, ijtimoiy va pedagogik
ahamiyat i   asosida   pedagogik   nazorat   vositalari   va   uslublarini   ishlab   chiqishda
samarali foydalanish mumkin.
Dissertasiyasining   ilmiy   yangiligi:   1991-2022   yillar.   O’zbekistonda
jismoniy tarbiya va sportning rivojlanish bosqichlarini to’rtta asosiy yo’nalishlarga
ajratishimiz   mumkin   bo’ldi:   birinchi   ommaviy   sport,   ikkinchisi   bolalar   sporti,
uchinchi   yo’nalish   xotin-qizlar   sporti,   so’ngi   yo’nalish   yuqori   natijalar   sporti.
Boshqaruv   idoralari   rahbariyati   hamda   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi
mutaxassis   xodim   tayyorlash,   malakalarini   oshirish,   ularni   faoliyatini   yaxshilash
bilan   bog’liq   bo‘lgan   ko‘rsatmalar,   belgilab   qo’yilgan   ijtimoiy   soha   yo’nalish
kategoriyalariga amal qilindi. Samarqand va Tayloq Olimpiya Zahiralari Kollejida
faoliyat   ko‘rsatayotgan   mutaxassis   xodimlarning   ishlari,   istak   va   talablari   bilan
bevosita tanishildi. Ularga maxsus anketa tarqatildi, suhbatlar o‘tkazildi.
Ikkala   kollejda   tahsil   olayotgan   talabalar   mashg’ulotlarida   qatnashib,
ularning   amaliy   tayyorgarlik   va   bo‘lajak   ish   faoliyatiga   bo‘lgan   munosabatlari
o‘rganildi.
Tadqiqotda  O‘zbekiston   Respublikasi  mustaqillik  yillarida  jismoniy  tarbiya
va   sport   sohasida   erishilgan   yutuqlarni   qiyosiy   tahlil   qilish   asosida   mazkur
sohaning   rivojlanish   yo’nalishini   aniqlash   asosiy   maqsad   qilib   olindi   hamda
joylarda   ommaviy   sog’lomlashtiruvchi   jismoniy   tarbiya   va   sport   ishlarini   tashkil
qilishda mutaxassis xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlar o‘rganildi.
Dissertasiyasining   ilmiy   farazi:   Respublikada   jismoniy   tarbiya   va   sport
mutaxassis xodimlar tayyorlash ma’lum darajada yangi talablar va rejalar asosida
olib   borilmoqda,   lekin   xozirgi   kunning   talablari   bo‘yicha   ommaviy
sog’lomlashtirish ayniqsa xalq milliy o‘yinlarini tashkil qilish bo‘yicha   xodimlar
tayyorlash,   jismoniy   madaniyat   va   sport   harakatida   vujudga   kelayotgan
6 menejment, marketing, tijorat va tadbirkorlik sohalari bo‘yicha ixtisosli xodimlarni
tayyorlashda ishlar endigina tashkil qilinmoqda.
Magistrlik   dissertasiyasining   tuzilishi   va   hajmi:   Dissertasiya   ishi   82
betdan   iborat,   xulosa,   adabiyotlar   ro’yxati.   Dissertasiya   ishi   5   ta   jadval   bilan
boyitilgan. 
Adabiyotlar   sharhi   va   tahlili:   Shuni   eslatish   kerakki,   Respublika   hayoti
bilan   bog’lanib   bir   qancha   olimlarimiz:   A.   K.   Atoyev,     R.   I.   Islomov,     R.   A.
Abdumalikov,  J. E. Eshnazarov, A. A. Abdullayev, K.A.Alimov,  K. K. Xoldarov,
F.Ahmedov   va   boshqalar   jismoniy   tarbiya   va   sport   sohasida   ixtisosli   xodimlarni
tayyorlash   hamda   ularni   faoliyatini   rivojlantirish   masalalari   muammo   sifatida   bir
muncha   ko‘tarilgan.   E’tirof   etish   kerakki   ,   jismoniy   tarbiya   va   sport   sohasida
mutaxassis   xodimlarni   tayyorlash     masalallariga     doir   samarali     usullarni     ishlab
chiqqan   H.   Xamidov     hamda     K.   D.   Yarashev   mutaxassislar   tayyorlashda   milliy
shart-sharoitlarni,   milliy   bayram   va   ommaviy   tadbirlarni   tashkillashtiruvchi
xodimlar tarbiyalash xususida bir qancha samarali tavsiyalarni berib o‘tgan.
7 I   BOB.   O‘ZBEKISTONDA   JISMONIY   MADANIYAT   VA   SPORT
MUTAXASSISLARINI   TAYYORLASHNING   TARIXIY,   IJTIMOIY   VA
PEDAGOGIK AHAMIYAT LAR I NING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
O‘zbekistonda   jismoniy   tarbiya   va   sport   tarixiy   bosqichlari   jismoniy
madaniyat va sport har doim jamiyat hayotining ajralmas bir qismi bo‘lib kelgan.
XIII-XIV   asrlarda Movarounnaxrda markazlashgan davlat tuzish bilan san’at ilm
fan   taraqqiy etib bordi. Bu jarayonda olim va ulamolar Samarqandga yig’ilishgan.
1370-yillarda A. Temur markazlashgan davlatni tashkillashtirish jarayonida harbiy
xizmatchilarni kuchli jasur bo‘lish uchun jismoniy mashqlarga e’tibor qaratgan.
Ulug’ shoir va mutaffakir Alisher Navoiy o‘z asarlarida jismoniy tarbiya
va sport g’oyalarini oldinga surib, o‘z qahramonlarini jismonan kuchli , baquvvat
va  chiroyli  inson   sifatida  ta’riflagan.  1917-yillarda  yangi  tizim  maktablari   tashkil
qilingandan so‘ng, diniy bilimlar uyg’unlashtirilib olib borilgan. 
Oliy   va   o‘rta   maxsus   o‘quv   yurtlarida   jismoniy   tarbiya   va   sport
to‘garaklari   talabalarni   insonparvarlik   ruhida   o‘z   mutaxassisligi   bo‘yicha
zamonaviy   talablarga   mos   ravishda   tayyorlashda   umumiy   fanlarning   ajralmas   bir
qismi   hisoblanadi.   U   har   bir   talabaning   o‘z   mutaxassisligiga   jismonan
tayyorlashida shaxs sifatida shakllanishida muhim bir vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Shu bilan birga u sog’liqni mustahkamlash omili bo‘lib talabani kelajakda
yetuk mutaxassis qilib tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tarbiya
oliy   o‘quv   yurtlari   dasturiga   fan   sifatida   1928-yildan   kiritilgan.   Ungacha
mutaxassislar qisqa kurslarda tayyorlangan.
1921   yilda   Farg’ona   va   Toshkent   shaharlarida   jismoniy   tarbiya
mutaxassislarini   tayyorlashni   ko‘zda   tutib   3   oylik   kurslar   ochildi.   Shu   yili   bu
kurslarni   60   kishi   tugatdi.   1926   yilda   ham   jismoniy   tarbiya   yo‘riqchilarini
tayyorlaydigan 3 oylik kurslar ochildi. O‘sha yilning o‘zida ularni 30 kishi bitirib
chiqdi. 
1926 yilning noyabr oyida o‘rta Osiyo xalq xo‘jaligini tezda yuksaltirish
va bu o‘lkada mutaxassislar kamligini hisobga olib mamlakatning sharqida birinchi
8 oliy   texnika   o‘quv   yurti   o‘rta   Osiyo   paxtachilik   irrigatsiya-   politexnika     oliygohi
hozirda Toshkent davlat texnika universiteti tashkil etildi.
Pedagoglarni   va   mutaxassislarni   tayyorlashda   turli   Oliygohlar   va   O‘quv
yurtlari tashkil qilindi. Jumladan: 
1933-yilda   Jismoniy   tarbiya   mutaxassislarini   tayyorlash   uchun
Samarqand shahrida bir yillik kurs ochildi.
1935-yilda   O‘zbekistonning   birinchi   Prezidenti   Yo‘.Oxunboboyevning
farmoyishi bilan birinchi jismoniy tarbiya texnikumi ochildi.
1949-yilda   Toshkent   Davlat   muallimlar   tayyorlash   Instituti   qoshida
birinchi marta Oliy malakali Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlash
bo‘limi ochildi.
1954-yilda   Farg’ona,   Nukus,   Andijon   Davlat   muallimlar   oliygohida
Jismoniy tarbiya fakulteti ochildi.
1955-yilda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya texnikumi asosida
O‘zbekiston   Davlat   jismoniy   tarbiya   Instituti   ochildi.   Bugungi   kunda   mustaqil
O‘zbekistonda   56  Oliy   o‘quv   yurti   shu   jumladan   Universitet   600  dan   ziyod   o‘rta
maxsus   kasb   hunar   kollejlari   bo‘lib,   ularning   hammasida   jismoniy   tarbiya
kafedrasi  ishlab  turganini  qayd  etish  mumkin. Jismoniy   tarbiya  va sport   talabalar
kun tartibida muhim o‘rin olgan ko‘pgina o‘quv yurtlarida va yotoqxonalarda sport
shu’balari ishlab turibdi. Shu’balarni yuqori malakali o‘qituvchi va sport ustozlari
boshqarib borishadi. Jismoniy madaniyat va sport sohasida Respublikamizning bir
qancha   olimlari   va   ilmiy   tadqiqotchilar,   asperantlar   izlanishlar   olib   bormoqdalar.
Hozirda   davlatlar   o‘rtasidagi   o‘zaro   musobaqa   kuch   qudratini     namoyon   etish
bellashuvi   asosan   ikki   yo‘nalishda   sport   va   jismoniy   tarbiya   hamda   aql-zakovat
ya’ni intellektual faoliyat sohasida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Ilmiy   ta’bir   bilan   aytganda     xalqning   jismoniy   intellektual   salohiyatini
ro‘yobga   chiqarish.   Bu   borada   tegishli   zahiralarini   shakllantirish   XXI   arsda
taraqqiyot va yuksalish kafolatiga aylanib bormoqda.
Bu   xaqiqatni   chuqur   va   har   tamonlama   idrok   etish   mamlakatimiz
Prezidenti   Islom   Abdug’aniyevich   Karimov   mustaqillikka   erishgan   dastlabki
9 kunlarimizdan   boshlab   yurtimizda   sog’lom   va   barkamol   avlod   tarbiyasini   davlat
siyosatining   eng   muhim   va   ustuvor   yo‘nalishlaridan   biriga   aylantirish   bu   borada
o‘ziga xos milliy tizim yaratish chora tadbirlarini ko‘rdi.
Ana   shu   maqsadda   istiqlolning   dastlabki   yillaridayoq   “   Sog’lom     avlod
uchun ” xalqaro hayriya jamg’armasi tashkil etildi, onalar va bolalar salomatligini
mustahkamlash, sog’lom bola , sog’lom nasl uchun kurash yo‘lida salmoqli qadam
qo‘yildi. Birinchi davlat mukofotining “Sog’lom avlod uchun ” ordeni deb atalgani
bu boradagi intilishlar qanchalar qat’iy va uzoq maqsadlarini ko‘zlaganidan dalolat
edi.
Muhimi   shundaki,   davlatimiz   rahbari   mamlakatimizda   jismoniy   tarbiya
va sportni rivojlantirish nafaqat bolalar va o‘smirlarni balki butun xalqni ommaviy
sport   harakatiga   jalb   qila   oladigan   o‘ziga   xos   samarali   tizimni   shakllantirish,
sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlarining uzviy va ajralmas qismi
deb bildi. Bu sohadagi tadbirlarni o‘zaro uyg’un va mushtarak tarzda tashkil etish
taklifini berdi.Bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining
turli   qatlamlarini   qamrab   olgan   samarali   milliy   tizim   vujudga   kelgani   va   u
hozirdanoq   yaxshi   natijalar   berayotgani   nafaqat   o‘zimizning   balki   horijiy
mutahasislar     tamonidan   tan   olinib   e’tirof   etilayotganligi   mazkur   sohadagi
ishlarning   naqadar   puhta   o‘ylab   uzoqni   ko‘zlab   amalga   oshirganini
ko‘rsatadi.Takidlash   joizki   bunday   oliyjanob   ishlar   o‘tish   davrining   nihoyatda
murakkab   bosqichida   amalga   oshirila   boshlagani   bilan   yanada   ahamyatlidir.Ana
shu ezgu ishlar hozirgi kunda ham izchillik va qatiyat bilan davom etirilib xalqimiz
avvalo   yoshlarimiz   o‘rtasida   sog’lom   turmush   tarixini   targ’ib   etishga   mustahkam
zamin   bo‘lmoqda.Mamlakatimizda   jismoniy   intellektual   resurslarining   ro‘yobga
chiqarishni taminlamoqda. Zero jismoniy tarbiya va sport sohasida yangi bir avlod
vakilarining   maydonga   chiqqani   ularning   jahon   miqyosida   qo’lga   kiritgan
yutuqlari,hammani g’ururlantiradi .Jumladan boks bo’yicha olimpiyada chempioni
Muhammad   Qodir   Abdullayev,jahon   chempioni   Artur   Grigoryan,   Tennisimiz
malikasi   Iroda   To’laganova   Shaxmatimiz   va   futbolimiz   yulduzlari   Rustam
Qosimjonov   hamda   Mirjalol   Qosimov   kabi   ko’p   sport   sohasida   erishgan   ulkan
10 yutuqlari mamlakatizmda amalga oshiralayotgan ijobiy islohatlar –yaratilgan shart
sharoitlar   mevasidir.   Yoshlarimzning   sog’lom   va   baquvvat   bo’lib   voyaga   yetgan
va   O’zbekiston   sharafini   dunyo   miqyosida   munosib   himoya   qilayotgani
mamlakatimiz nufuzining tobora ortib borayotganidan darak beradi. Mana shunday
sport yulduzlari timsolida yurtimizning yorug’ kelajagiga ishonch mustahkamlanib
boradi.   Bugungi   kunda   respublikamizda   sportning   ayniqsa   yoshlar   orasida
ommaviylashib   borishini   taminlovchin   birlamchi   omil   munosib   shart-sharoitlar
yaratildi.   Zamonaviy   sport   inshoatlari   ,o’yingoh   va   majmualarining   barpo   etilishi
o’quvchi   yoshlarning   ommaviy   sport   musobaqalari   bilan   to’la   qamrab   oladigan
“Umid   nihollari”,   “Barkamol   avlod”,     “Universiada”   o’yinlaridan   iborat     uch
bosqichli   milliy   tizmning   shakllanishiga   asos   bo’ldi.   Natijada   sport   jismoniy
tarbiya   yoshlar   dunyo   qarashiga   ijobiy   ta’sir   etib,   jismoniy   intellektual   resurslar
rivojini yangi bosqichga ko’tarilishini ta’minlamoqda.
1.1. O’zbekistonda jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini
tayyorlashni tashkil qilinishi va rivojlanishi.
Jismoniy   madaniyat   va   sport   mutaxassislarini   tayyorlashning   tarixiy   va   ijtimoiy
pedagogik   ahamiyati,   mamlakatimiz   ijtimoiy   iqtisodiy,   siyosiy   va   milliy
mustaqillikni   qo’lga   kiritib   buyuk   davlat   qurish   uchun   zo’r   ishtiyoq   bilan   qadam
tashlayotgan jamiyat  hayotining hamma sohalarida islohatlar o’tkazish hamda tub
burilishlar   sodir   bo’layotgan   tarixiy   bir   davrda   yashayapmiz.   Ma’lumki,   jamiyat
hayoti   ijtimoiy-iqtisodiy,   shart   sharoitlar   o’zgarib   borishi   bilan   maktabga   ta’lim
muassasalariga   umuman   mutaxassislar   tayyorlash   sohasiga   yangicha   talablar
qo’shila   boshladi.  Jamiyatimizni   yangilash  va   iqtisodiyotni   yangicha  tashkil  etish
respublikamizni   qudratli   va   gullab   yashnagan   o’lkaga   aylantirish   borasida
oldimizdagi   ulug’vor   vazifalarni   jisman   va   ma’nan   sog’lom   o’qimishli   avlodgina
amalga   oshira   olishini   unutmasligimiz   kerak   deb   ta’kidlaydi   birinchi   Prezident
I.A.Karimov Ozbekiston Respublikasi Oliy kengashning o’n to’rtinchi sessiyasida
so’zlagan nutqida.
11 Darxaqiqat   Respublikamiz   xalq   xo’jaligining   barcha   sohalari   bo’yicha
yetuk   mutaxassis   xodimlarni   tayyorlash   mustaqilligimizni   mustahkamlashning
muhim omillaridan biridir.
Prezidentimiz   uqtirib   o’tganlaridek   “Jismonan   va   ma’nan   sog’lom
o’qimishli   avlod   ”ni   tarbiyalab   yetishtirish   masalasi   umuman   mamlakatimizning
kelajak   taqdiri   bilan   bog’liq   jiddiy   muammo   ekanligi   kun   sayin   oydinlashib
bormoqda. Bu esa respublikamizda   XXI asr pedagoglar, murabbiylar, xalq ta’limi
xodimlari qisqasi  yosh avlodni kamolga yetkazish uchun xizmat qiladigan barcha
kishilar   ota-onalar   zimmasiga   katta   ma’suliyat   va   vazifalar   yuklaydi.   Jahon
madaniyati   fan   va   texnika   taraqqiyotining   hozirgi   bosqichi   insoniy   tafakko’rning
yuksak   parvozi   fikr   inqilobi   bilan   chambarchas   bog’lanib   ketgan     “   Sog’   tanda
sog’lom aql ” – deydi dono xalqimiz. Aqliy kamolot sari intilgan jamiyat jismoniy
kamolot orqali o’z maqsadiga erishadi. Boshqacha aytganda, kishining jismoniy va
ma’naviy   ,   ruhiy   asoslari   uyg’un   ravishda   rivojlanadi,   inson   barkamollik   yuzaga
keladi.   Bularning   barchasi   jamiyat   hayotida     umumxalq   madaniyatining   uzviy
qismi   bo’lgan   jismoniy   madaniyatining   naqadar   katta   ahamiyatga   ega   ekanligini
bildiradi.   Binobarin   xar   bir   millatning   madaniylik   darajasi   uning   sog’lomligi
jismoniy   kamolotidarajasi   bilan   ham   belgilanadi.   Ma’naviy,   moddiy   va   jismoniy
madaniyati   bir-biriga   mutanosib   ravishda   taraqqiy   topgan   xalqlarni,
millatlarniyuksak   madaniyat   sohiblari   deb   atash   mumkin.   Ma’lumki   jismoniy
madaniyatni   ko’tarish   muayyan   moddiy,   ijtimoiy,   iqtisodiy,   siyosiy,   pedagogik,
tabiiy shart-sharoitlarning mavjudligi bilan bog’liq. Bizning tariximizdan shu narsa
ayon   bo’ldiki,   mustamlakachilik   asoratida   qolgan   xalqning   umuman   milliy
madaniyatiga,   qadriyatlariga   putr   yetgani   singari   milliy   jismoniy   madaniyatning
taraqqiyotiga   ham   jiddiy   ziyon   keltirar   ekan.   Bunga   xalqning   milliy   an’analarini
yo’qotish   ma’naviy   sarchashmalaridan   begona   qilish   orqali   erishish   paydo
bo’lishar ekanlar.
Xususan   milliy   madaniyatimizning,   qadriyatlarimizning   bir   bo’lagi
bo’lgan   xalq   millat   o’yinlarini   sport   turlarini   olaylik.   Ma’lumki   xalq   milliy
o’yinlari   va   sport   turlari   avvalo   maxalliy   sharoitdan,   tabiat   va   iqlim
12 xususiyatlaridan kelib chiqqan va unga moslashgan. Shu bilan birga turli yosh va
jinsdagi   kishilarga   muvofiq   keladigan   xilma-xil   ko’rinishlarga   ega.   Ular
shug’ullanuvchilarga turli tuman jismoniy va ma’naviy sifatlarni kamol toptirishga
xizmat   qiladi.   Xalq   milliy   o’yinlari   turlari   o’z   ishqibozlariga,   muxlislariga,
hakamlarga   ega   bo’lib   tomoshabinlarda   doimo   zavq   va   faxr   uyg’otib   kelgan.
Masalan, ko’pkari chopadigan moxir chavandozlar haqida uloqchi, poygachi otlar
haqida kurash yerga o’tgan polvonlar haqida aytilgan hikoyalar xalq orasida sayyor
rivoyatlarga   aylanib   ketgan.   Mexmonxonalarda   to’y   xashamlarda,   yig’inlarda
ularning   nomlari   va   maxoratlari   qayta-qayta   tilga   olingan.   Bularning   hammasi
yosh   avlodni   tarbiyalashga,   ularning   ham   jismonan   ham   tarixan   baquvvat,   tetik,
shijoatkor,   mard,   halol   bo’lib   o’sishiga   zamin   tayyorlagan   ya’ni   uning   qalbida
xavas   uyg’otish   uchun   xizmat   qilgan.   Bilamizki   bolaning   yuragida   ungan   xavas
kurtagi   obrazli   qilib   aytganda   u   bilan   birga   voyaga   yetib   boradi   va   bir   kun   kelib
ajoyib   samaralar   berishi   tayin.   Bu   esa   kishini   komillik   sari   boshlaydigan   davrlar
sinovidan   o’tgan   vositalaridan   biridir.   Xalqimiz   boshidan   kechirgan
mustamlakachilik   davrida   ham   iloji   boricha   milliy   qadriyatlarimizdan
yiroqlashtirishga, hayotiy, ma’naviy ildizlarimizdan maxrum etishga xarakat  qilib
kelingan.   Xususan   yigitlarni   abjir,   kuchli,   chaqqon,   mard   eng   muhimi   mag’rur
qilib   tarbiyalaydigan   milliy   sport   turlaridan   biri   ko’pkurashni   turli   yo’llar   bilan
ta’qib   ostiga   olingani   xatto   sho’ro   zaminida   asl   zotli   uloqchi   otlarning   go’shtga
tortishib   qirib   yuborganligi   puxta   rejalashtirilib   o’tkazib   kelingantadbirlardan
boshqa   narsa   emas.   Chunki   buning   tagida   ikki   boshli   g’addol   niyat   ko’zga
tashlanadi. Birinchisi yoshlarni ota-bobolari asrlar mobaynida shug’ullanib kelgan
jismoniy   rivojlanish   vositalarining   biridan   maxrum   qilish   bo’lsa,   ikkinchisi
ularning   g’ururini   so’ndirish,   o’z   oti,   o’z   yurti   uning   go’zal   an’analari   bilan
faxrlanish xissini yo’qotish edi.
Umuman   mashum   mustamlakachilik   siyosatini   oqibatlari   shunga   olib
keldiki,   80-yillarda   sobiq   markaz   matbuotida   o’zbek   yigitlarining   ko’pchiligi
xarbiy xizmatni o’tashga jismoniy jixatdan yaroqsiz degan maqolalar paydo bo’la
boshladi.   Garchi   bu   maqolalarning   zaminida   xalqimiz   sha’niga   nopisandlik,
13 pastnazar   bilan   tosh   otish   istagi   bo’lsada   unda   necha   o’n   yillar   davomida   olib
borilgan   shum   tadbirlarning   natijasi   yuzaga   chiqqanligi   ham   sir   emas.   Masalani
yana   bir   tomoni   sobiq   ittifoq   davrida   jismoniy   madaniyat   va   sport   bilan   bog’liq
xarakatlar   haqida   hiyla   rejalar,   qaror   va   farmonlar   paydo   bo’lganligiga   qaramay
ularning   juda   ko’pchiligi   amalga   oshmasdan   qog’ozlarda   qolib   ketganligiga   ham
bog’liq.   Ma’lumki   jismoniy   tarbiyaning   vositalari   bo’lgan   xalq   milliy   o’yinlari
ko’pkari, poyga, yayov poygaga quloq cho’zma chillik o’yini chavgon, podabosh,
kurash,   oqsuyak,   oltin   qovoq   va   xokazolar   odatda   maxsus   sport   inshootlarini
moddiy   mablag’larni   talab   qilmagan   xar   yerning   o’z   tabiiy   sharoitdan   kelib
chiqqan   holda   o’yinlar   tashkil   etilavergan.   Yevropa   tipidagi   jismoniy   tarbiya   va
sport   mashg’ulotlariga   xali   o’tib   ketish   xalqimizning   an’anaviy   jismoniy
mashg’ulotlaridan   rasmiy   jismoniy   madaniyat  va  sport  xarakatlaridan  deyarli   voz
kechish   bu   soxada   keskin   uzilish   ro’y   berishiga   olib   keldi.   Ehtimol   xalqimizning
jismoniy madaniyatini  yanada oshirishga jiddiy e’tibor berilib buning uchun ko’p
miqdorda   mablag’lar   ajratilganida   yaxshi   natijalarga   erishish   ham   mumkin   edi.
Ammo   yuqorida   aytganimizdek,   xalq   ko’zidan   yiroq   botiniy   maqsadlar   bo’yicha
yo’l bermas edi.
Yevropaga   jismoniy   mashg’ulotlar   va   sport   o’yinlarining   joriy   etilishi
kutilgan natijalarni bermaganligi, keng xalq jismoniy madaniyat harakatiga aylanib
ketmaganligining   sabablaridan   yana   biri   bu   sohaning   murabbiylari,   ustozlari,
mutaxassis xodimlari, maxalliy xalq orasida deyarli yo’q ekanligidadir. Bilamizki,
masalan   milliy   kurash   bo’ladigan   bo’lsa,   uning   qoidalariyu   mezonlari,   uslub   va
usullari xalq orasidav ma’lum keksa polvonlar yoshlarga ustozlik qilib, tarbiyalab
boravergan. Ko’pkari haqida ham shuni aytish mumkin. Uning ham o’z mashqlari,
tarbiya   usullari   davomida   shakllanib   kelgan   ustozlar,   tarbiyachilar   xalq   orasida
son-sanoqsiz.   Har   bir   yosh   polvon   yoki   chavandoz   o’z   iqtidoriga,   maxorat
darajasiga   qarab   ustozlardan   ta’lim   va   tarbiya   olaverishgan.   Maxorati   oshgani
sayin nomdor ustozlarning, polvonlarining nazariga tushib boravergan. Qarabsizki
bu   borada,   ya’ni   hozirgi   ta’bir   bilan   aytganda   mutaxassis   hodimlarga   zoriqish
sezilmagan. Hamma narsa o’zining tibbiy tarixiy oqimida davom etgan.
14 Demak,   Yevropacha   jismoniy   tarbiya   va   sportni   joriy   etish   uchun
mutaxassis   hodimlar   tayyorlash   zaruriyati   umuman   xalqimizning   jismoniy
madaniyat   taraqqiyotining   garovi   hisoblangan.   Biroq   butun   Respublikaning
ehtiyojini   butunlay   qondirishga   yetadigan   miqdordagi   mutaxassis   hodimlarni
tayyorlash oson ish emas. Bu o’n yillar davomida kuchli say harakatlar natijasida
amalga   oshirilishi   mumkin   bo’lgan   katta   vazifa   edi.   Muhimi   shundaki,
O’zbekistonimiz istiqlolga erishib yangicha ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sharoitlarda
yashayotgan   hozirgi   pallada   jismoniy   madaniyat   va   sport   harakatini   keng   avj
oldirish   uchun   bu   sohaning   mutaxassis   hodimlarini   yetarli   darajada   tayyorlash
muammosi   yana   ko’ndalang   bo’lib   qoldi.   Jismoniy   tarbiya   va   sport   sohasidagi
axvol tahlikali bir holatda ekanligi milliy mustaqillikni qo’lga kiritilganidan keyin
oshkor   aytila   boshladi.   Shuning   uchun   ham   1992-yil   14-yanvardayoq   Birinchi
Prezidentimiz   I.A.Karimov   “   Jismoniy   tarbiya   va   sport   to’g’risida”   gi   qonunga
imzo   chekdi.   Bu   qonun   2000-yilda   yangi   tahriri   ishlab   chiqildi.   Shubhasiz   bu
qonun O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun
muxim asos va dasturi amalda vazifasini o’taydi. U “ jismoniy tarbiya va sport shu
jumladan   sportning   texnik   turlari   soxasidagi   munosabatlarning   xuquqiy,   iqtisodiy
va tashkiliy asoslarini belgilab beradi”. Qonunlarda xuquqlarning jismoniy tarbiya
va sport soxasidagi xuquqlari bayon etilib ,   Davlat “Jismoniy tarbiya va sport”ni,
shu   jumladan   sportning   texnik   turlarini   rivojlantirishga     mablag’   ajratadi,   bu
soxada  davlat boshqaruvi idoralarini tuzadi, axolining barcha guruxlarini jismoniy
chiniqtirish tizimini ishlab chiqadi. Mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash
jismoniy tarbiya va sport soxasida ilmiy tadqiqotlar o’tkazish hamda fuqarolarning
bu boradagi ma’naviyatlarini xuquqiy jihatdan  himoya qilish ishlarini uyushtiradi.
Anashu   ko’rsatmalardan   kelib   chiqqan   holda   tadqiqotchilar   oldida   O’zbekistonda
jismoniy madaniyat va sport soxasida mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash
shuni   yangicha   ishga   solish   uning   pedagogik   negizlarini   ishlab   chiqish,   ta’lim-
tarbiya   jarayonining   mazmuni   va   usullarini   tashkillashtirish   vazifalari   turadi.
To’g’ri respublikamizda jismoniy va sportni rivojlantirish yoshlarning bu soxadagi
bilim,   malaka   va   ko’nikmalarini   xosil   qilish   va   mustaxkamlash   O’zbekistondagi
15 jismoniy   madaniyat   va   sport   xarakati   juda   keng   ko’lamga   ega.   Uning   ravnaqini
ta’minlashda   ko’p   yillik   tajribalardan   sinovdan   o’tgan   jismoniy   tarbiya   tizimimiz
munosib xizmat qilib kelmoqda. Ma’lumki jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslar   va
faqat jismoniy madaniyat va sport bilangina emas shuningdek tibbiyot, biologiya,
fiziologiya,   pedagogika,   psixologiya,   tarix,   sotsiologiya,   iqtisod,   matematika,
texnika,   ekologiya   singari   xilma-xil   soxalar   bilan   ham   chambarchas   bog’lanib
kelgan.   Shuning   uchun   ham   O’zbekistonda   jismoniy   madaniyat   va   sportning
xilma-xil   masalalarga   jismoniy   tarbiya   muammolariga   bag’ishlab   yaratilgan
darsliklar,   o’quv   metodik   qo’llanmalar   tavsiyanomalarni   ham   qo’shsak,   qilingan
ishlarning miqyosi yanada kengayib, salmog’i oshadi.
O’zbekiston   axolisi   o’rtasida   jismoniy   tarbiya   va   sport   ishlari   quyidagi
soxalar bo’yicha davlat dasturi asosida amalga oshiriladi va buning uchun jismoniy
madaniyat va sport soxasidagi mutaxassis xodimlar jalb etiladi.
1. Maktabgacha bolalar muassasalarida
2. Barcha turdagi umumta’lim va maxsus maktablarda
3. O’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida 
4.  Oliy o’quv yurtlarida 
5. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari malaka oshirish muassasalarida
Anashu   bosqichlarda   ilmiy   metodik   jihatdan   to’g’ri   jismoniy   tarbiya   berishda
tegishli   manbalardan   foydalanib   kelinmoqda.   Xususan   davlat   ixtiyorida   bo’lgan
muassasalar   maxsus   oliy   va   o’rta   maxsus   o’quv   yurtlarida   jismoniy   tarbiyaning
o’ta   muxim   va   murakkab   vositalari   o’rganiladi.   Maktabgacha   yoshdagi   va   kichik
yoshdagi   maktab   o’quvchilarini   jismoniy   tarbiyalash   borasida   T.   S.
Usmonxo’jayev,   D.   J.   Sharipova,   F.   N.   Nasriddinova,   R.   S.   Salomov,   M.
Maxkamjonov kabi olimlarning ishlari jismoniy tarbiya va sport xodimlari ayniqsa
o’qituvchilariga   asosiy   qo’llanma   bo’lib   xizmat   qilmoqda.   Bolalarni   jismoniy
kamolotga erishtirishda maktab va oilaning vazifalari haqida A. Orifboyev, A. K.
Atoyev,   J.   Eshnazarovni   ilmiy   tadqiqotlari   dissertasiyani   yoritishda   juda   katta
ahamiyatga   ega.   Maktab   o’quvchilarini   jismoniy   tarbiya   va   sport   bilan
shug’ullantirish   (   T.   S.   Usmonxo’jayev,   A.   K.   Atoyev,   S.   T.   Ardumonov)   ularni
16 ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlariga jalb etish ( R. Abdumalikov, J. T.
Toshpulatov,   A.   A.   Abdullayev)   yoshlarni   sayohatlarga   olib   chiqish   (   T.   X.
Xoldarov   )   masalalari   bo’yicha   ham   ancha   tadqiqotlar   o’tkazilib   darsliklar   o’quv
qo’llanmalar   va   metodik   tavsiyanomalar   yaratilgan.   Respublika   axolisining   katta
yoshdagi barcha tabaqalari orasida jamoatchilik asosida ommaviy jismoniy tarbiya
va sog’lomlashtirish tadbirlari olib boriladi. Bular:
1.Ishlab   chiqarish   korxonalari   va   turli   muassasalardagi
sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya
2.   Maxalla,   qishloq   va   axoli   istiqomat   qiladigan   joylardagi   jismoniy
tarbiya va sport
3. Sog’lomlashtirish markazlaridagi jismoniy tarbiya
Ishlab chiqarish korxonalarida mexnat unumdorligini oshirish maqsadida
sog’lomlashtiruvchi   jismoniy   tarbiyani   tashkil   qilishda   mutaxassis   xodimlar
tomonidan   qo’llanma   sifatida   tavsiya   etilgan   adabiyotlar   orasida   V.   D.
Chernevskiyning   ilmiy   ishlari   va   metodik   tavsiyalari   muhim   ahamiyatga   egadir.
Iqtidorli   yoshlarning   sport   mashg’ulotlari   ularni   yirik   jamoa   yig’inlarida   jaxon
sport   musobaqalarida   mamlakat   sharafini   himoya   qilishga   tayyorlash   eng   muhim
vazifalardan biridir.
Bu vazifalar asosan quyidagi muassasalarda bajariladi:
1. Bolalar va o’smirlar sport maktabi
2. Olimpiya o’rinbosarlarini tayyorlovchi sport maktablari
3. Oliy sport mahorati maktabi
4.   Sport  klublarida tuman, shaxar, viloyat  va respublika  sport  tashkilotlari
va jamiyatlarining terma jamoalarida
Shuni ta’kidlash  kerakki barcha o’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari,
turli   muassasa   axoli   turar   joylarida   jismoniy     tarbiya   va   sport   bo’yicha   tashkil
qilinadigan   tadbirlarning   turlari   benixoya   ko’p.   Ularni   tashkil   qilish   uchun   katta
miqdorda   mutaxassis   xodimlar   talab   etiladi.   Yana   shunisi   muhimki   sport
musobaqalarini turli xil sog’lomlashtirish va sayohat tadbirlarni tashkil qilish, unda
faoliyat   ko’rsatuvchi   raxbar,   xodimlar,   mutaxassislar   jamoatchi   faollarning
17 vazifasini   belgilovchi     xamda   ularga   qo’llanma   sifatida   xizmat   qiluvchi   bir   qator
dasturlar,   o’quv   metidik   qo’llanmalar,   metodik   tavsiyanomalar   yaratishdi.   R.
Abdumannonov,   T.   T.   Yunusov,   A.   K.   Akramov,   A   K.   Mamadiyorov   va
boshqalarning   xizmatlarini   ko’rsatish   lozim.Biroq   shuni   aytish   lozimki,   jismoniy
tarbiya   va   sport   soxasidagi   mutaxassis   xodimlarning   ish   faoliyatini   yaxshilash
uchun   mazmuniy   shakllariva   vazifalari   haqida   qanchalik   o’quv   metodik
qo’llanmalar   yaratilmasin,   ilmiy   tadqiqotlar   o’tkazilmasin   ularda   bevosita
mutaxassislarni   tayyorlash   ayniqsa     ommaviy   sog’lomlashtirish   ishlarini,   xalq
milliy   o’yinlarini   tashkil   qiluvchi   malakali   xodimlarni   tayyorlash   va   qayta
tayyorlash masalalari jiddiy yaratilmagan, uning pedagogik asoslari ilmiy jihatdan
ishlab   chiqilmagan.   Bu   muammolar   keyingi   yillarda   R.   Abdumannonov,   T.   T.
Yunusov hamda K. O. Yarashevlarning ba’zi tadqiqotlarida e’lon qilingan metodik
qo’llanma   va   tavsiyanomalarida   bir   muncha   tilga   olingan,   baxolangki   hammaga
xaqiqat o’qitish uchun o’qigan bo’lishi, ta’lim berish uchun ta’limni bilishi  zarur.
Agar   jismoniy   tarbiyaning   turli   bo’g’inlari   sport   va   sog’lomlashtiruvchi
faoliyatning xilma-xil ko’rinishlariga mos mutaxassislarni tayyorlab yetishtirilmas
ekan   zamonaviy   ta’lim   mazmuni   va   usullari   bilan   yana   va   malaka   bilan
qo’llantirilmas ekan barcha sayi harakatlar kutilgan natijani bermaydi. Mutaxassis
xodimlar   tayyorlashning   sifatini   yaxshilash   soxalarini   aniqlash,   ularga   bo’lgan
ehtiyojini belgilab berish uchun bu boradagi tajribalarni umumlashtirish kechagi va
bugungi   quyidagi   holatlarni   taqqoslash   yangicha   ijtimoiy,   siyosiy   va   iqtisodiy
sharoitlarning xususiyatlarini xisobga olish zarur.  Ma’lumki jismoniy ma’lumotga
intilish   extiyoji   inson   vujudining   o’sib   kelishi,   o’sishi   voyaga   yetishi   bilan
uzviylikda   sodir   bo’ladigan   tabiiy   asosga   ega.   Inson   tanasining   go’zalligi,   qomat
va   jussasining   nuqsonsizligiga   intilish,   shu   yo’lda   uni   jismonan   parvarishlash,
chiniqtirish,   takomiliga   yetkazish   uchun   kurashish   odamzotning   eng   qadimgi
kashfiyotlaridan   biri   xisoblanadi.   Odamni   mexnatga   va   mudofaga   tayyorlash
uchun   jismoniy   mashqlar   bilan   shug’ullanishi   ham   eng     ko’xna   faoliyatlaridan
biridir   .   Demak   o’z-o’zidan   ma’lumki   insoniyat   tarixi   jismoniy   madaniyat   tarixi
hamdir.   Inson   bolasining   tarbiyasi   esa     har   doim   o’zida   jismoniy   tarbiyani
18 mujassam   etgan   yana   shu   narsa   ayonki   tarbiya   jarayonida   tarbiyalanuvchi   va
tarbiyachi   muqarrar   sur’atda   ishtirok   etadi.   Qadimgi   insoniy   tarbiya
mutaxassislarning   ustoz   va   murabbiylarning   faoliyati   haqida   mazkur   tadqiqot
doirasida   kuzatuv   olib   borishning   imkoniyati   yo’q.   Shuning   uchun   ishda   asosan
hozirgi   zamon   tushunchasidagi   jismoniy   tarbiya   va   sportga   oid   mutaxassislar
tayyorlash     tarixiga   nazar   solish   bilan   kifoyalanamiz.   Ta’lim-tarbiyaning   o’sishi
ishlab   chiqarishda   texnikaning   qo’llashni   mexnatkashlar   turmush     sharoitining
ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan yaxshilanib borishi jismoniy tarbiya sport va turmushni
rivojlantirish hamda bu soxalar uchun mutaxassis tayyorlashni talab etmoqda. Shu
sababdan   jismoniy   tarbiya   soxasidagi   xodimlarning   sifati   ularga   bo’lgan
ehtiyojlarini   o’rgatib   chiqish   hozirgi   kunning   dolzarb   muammolaridan   biri   bo’lib
xisoblanadi. 
Bu shuning uchun :
O’zbekistonda   jismoniy   tarbiya     bo’yicha   xodimlarining   xolatini   o’rganib
chiqish.
Respublika oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya xodimlarni
tarbiyalash bilan bog’liq masalalarni o’rganish zarur.
Ilmiy   izlanishlar   sport   ta’limotlari   va   o’quv   yurtlarining   faoliyati   bilan
yaqindan   tanishish   xamda   kuzatishlar   shuni   ko’rsatadiki,   respublikada   jiamoniy
tarbiya   mutaxassislarini   tayyorlashga   doir   katta   tadbirlar   amalga   oshirilmoqda.
Respublikamizda   davom   etayotgan   islohatlar   jarayonida   iqtisodiy   ,   ijtimoiy   ,
madaniy   va   boshqa   ko’pgina   sohalarda   katta   muammolar   borligi   hammaga
ma’lum.   Shunday   bo’lsada   aholini   ayniqsa   yosh   avlodni   sog’lig’ini   muhofaza
qilish, ularni jismonan  kamol  toptirish har qanday muhit va sharoitda ham  diqqat
markazida   bo’lishi   kerak   chunki   inson   doimo   tarbiyaga   jumladan   jismoniy
tarbiyaga   muhtojdir.   Zamon   talablariga   to’la   javob   bera   oladigan   eng   yetuk
malakali   mutaxassislar   tayyorlash   ularni   o’rniga   qo’yish   va   ularga   g’amxo’rlik
qilish   nazariy   va   amaliy   bilim   hamda   malakalarini   doimiy   ravishda
takomillashtirib   borish   ancha   murakkab   ma’suliyatli   vazifalardan   hisoblanadi.
19 Ma’lumki, xalq xo’jaligi korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishning asosiy
omillaridan   biri   jismoniy   tarbiya   vositalari   hisoblanadi.   O’quvchi   va   ishchi
yoshlarni   mehnat   va   Vatan   mudofaasiga   tayyorlash,   aholini   sog’lig’ini
mustahkamlash,   ularning   umrini   uzaytirish,   jismoniy   tarbiya   va   sportning
ahamiyati amaliy jihatdan to’la isbotlangan.
Respublika   davlat   Jismoniy   tarbiya   va   sport   qo’mitasining   rasmiy
ma’lumotlariga   ko’ra   1993-yilgi   yirik   ishlab   chiqarish   korxonalarida   jismoniy
tarbiya   bo’yicha   kamida   2-3   yo’riqchi   metodistlar   bo’lgan.   Umumta’lim
maktablarida   ham   4-5   tadan   jismoniy   tarbiya   o’qituvchilari   dars   bergan,   o’rta
maxsus   o’quv   yurtlarida     6-7   tadan   jismoniy   tarbiya   o’qituvchilari   faoliyat
ko’rsatgan.   Respublika   oliy   o’quv   yurtlarida   jismoniy   tarbiya   kafedrasi   va   sport
klubi   kollejlarida   10-15   tadan   o’qituvchilar   faoliyat   ko’rsatgan   Universitetlar
pedagogika   institutlari   jismoniy   tarbiya   fakultetlarida   200   dan   ortiq   professor
o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. 
Ma’lumotlarga   qaraganda   Respublikamizda   8.5   mingdan   ortiq
umumta’lim   maktablari   bor.   608   ta   kasb   hunar   kollejlari   mavjud.   Ularga   28
mingdan   ortiq   jismoniy   tarbiya   mutaxassislari   dars   beradi   va   yo’riqchilar
mehnatkashlarning   ishlab   chiqarishi   jismoniy   tarbiyasini   o’tkazishda   hamda
ommaviy   jismoniy   tarbiya   sog’lomlashtirishi   va   sport   ishlarini   uyushtirib   unga
rahbarlik   qiladi.   Toshkent   ,  Samarqand  ,   Buxoro  ,   Andijon  ,   Navoiy   ,  Farg’ona   ,
Namangan   ,   Qashqadaryo   ,   Surxondaryo   ,   Sirdaryo   ,   Jizzax   ,   Qoraqalpog’iston   ,
Xorazm kabi barcha viloyat va tumanlarda, mahallalarda sport sog’lomlashtiruvchi
sport inshoatlari qurilib, amalda sog’lom turmush tarsi shakllantirilmoqda.
20 1.2. Respublikada jismoniy madaniyat va sport xodimlari bilan ta’minlanish
shart sharoitlari va istiqbollari.
Mustaqil respublikamiz aholisining ijtimoiy-madaniy va jismoniy kamolotga
yanada   yaxshilash   XXI     asr   arafasida   amalga   oshirilishi   lozim   bo’lgan   juda   ko’p
muammolar mavjud.
Respublika   birinchi   prezidenti   I.A.Karimovning   ta’kidlashicha   “
Yoshlarga   harbiy   ta’lim   beruvchi   butun   tizimning   roli   ham   beqiyosdir   .   U
jamiyatimizning   jismoniy   va   ma’nan   baquvvat   a’zolarini   jaxon   sivilizatsiyasi
yutuqlarini xalqimizning madaniy-ma’naviy qadriyatlarini o’zlashtirib olgan vatan
fidoiylarini tayyorlash kerak ”.
E’tirof   etish   lozimki,   respublikamizning     bir   qancha   olimlari   SH.   R.
Salomov   va   boshqalarning   O’zbekiston   sport   ravnaqi   mutaxassis   xodimlarini
tayyorlash   borasidagi   xizmatlari   kattadir:   Respublikamiz   prezidenti   va   Vazirlar
mahkamasi   tomonidan   ishlab   chiqarilgan   farmon   va   qonunlar   ichida   “   Jismoniy
madaniyat   va   sport   to’g’risidagi   ”   (1992-2015)   mutaxassis   xodimlarni   tayyorlash
va ularni malakasini oshirish (1997) bo’yicha qabul qilingan hujjatlar hayotda  o’z
ifodasini  topdi. Shuningdek respublika aholisi  orasida jismoniy tarbiya va sportni
targ’ibot   qilish   bo’yicha   (1993)   madaniy   tadbirlarga   sportni   qo’shib   olib   borish,
(1996) jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirish (1999) xususida qabul
qilingan   qarorlarni   hayotga   joriy   etishda   jismoniy   tarbiya   va   sport   turizm
sohasidagi   mutaxassislar   hamda   jamoatchi   faollar   kata   xizmat   qildi.   Ma’lumki,
respublikamizda jismoniy madaniyat  va sportni  rivojlantirishda asosan  madaniyat
va sport idoralari tomonidan belgilangan tadbirlar bajarib kelindi. Shu tufayli jahon
sporti musobaqalari tarkibiga kiritilgan sport turlariga alohida e’tibor berildi. 
Aholi turar joylarida ishlab chiqarish korxonalari va turli muassasalarida
ommaviy     sog’lomlashtiruvchi   jismoniy   madaniyat   va   sport   sayyohat   ishlarini
tashkil     qilishga     doir   maxsus   xodimlarni     tayyorlash   asosan   respublikada   1997
yildan   boshlab   amalga   oshirildi.   E’tirof   etish   joizki   sport   turlari   bo’yicha
murabbiylar   va   o’qituvchilar   tayyorlashda   O’zbekiston   davlat   jismoniy   tarbiya
21 Instituti   viloyatlardagi   oliy   o’quv   yurtlarining   jismoniy   madaniyat   fakultetlari
faoliyat   ko’rsatib   kelinmoqda.   Shu   tufayli   mutaxassis   tayyorlash   son   va   sifat
jihatidan   birmuncha   o’sganligi   kuzatish   mumkin.   Xususan   respublika   Turizm   va
sport   Vazirligi     ma’lumotlariga   qaraganda   respublikada   1987-yilda   25218   nafar
jismoniy   madaniyati   mutaxassisi   bo’lgan   bo’lsa,   1992-yilga   kelib   ularning   soni
29301 kishiga yetdi. Qaraqalpog’istonda 1987-yilda xodimlar soni 1464 nafar kishi
bo’lsa,   1992-yilga   kelib   uning   soni   2004   kishiga   yetdi.   Samarqand   viloyatida
(3427),   Jizzax   (896-1046),   Sirdaryo   (799-966)   va   boshqa   viloyatlarda   ham
ko’rsatkichlarni ancha o’sganligi ko’zga tashlandi.
Toshkent shaxrida bunday ko’rsatkichlar dinamik taraqqiyotga ega emas.
Chunki   aksariyat   sport   maktablari,   umumta’lim   maktablari   va   barcha   o’quv
yurtlarida   ish   joylari   xodimlar   bilan   avvaldan   birmuncha   to’ldirilgan.   Shu   tufayli
xodimlarning   soni   aytaylik   1987   yilda   3508   kishini   tashkil   qilgan   bo’lsa,   1992
yilda bu raqam 3170 ga tushgan. 1997 yilda esa bu ko’rsatgichlar yanada pasaydi.
Respublikada   jismoniy   madaniyat   va   sport   soxasida   faoliyat   ko’rsatayotgan
xodimlar   tarkibini   aniqlash   natijasida   shu   narsa   ma’lum   bo’ldiki,   mustaqillik
yillarida   ham   O’zbekistonda   jismoniy   madaniyat   harakati   bo’yicha   ishlayotgan
kishilarning anchagina qismi shu soxaning mutaxassislari emas.
Xususan   1987   yil   respublika   bo’yicha   25218   xodim   ishlagan   bo’lsa,
ularni   4117   nafari   na   oliy   van   a   o’rta   maxsus   jismoniy   tarbiya   ma’lumotiga   ega
bo’lmagan   kishilardan   iborat.   Bu   esa   jami   ishlovchilarning   116   qismini   tashkil
etadi. Shuningdek  1991 yili   2931 kishidan  4125  nafari,  1992 yili  29301  kishidan
4116 nafari shu soxa bo’yicha ma’lumotga ega bo’lmagan xodimlardir ya’ni 1991-
1992 yillari “Begonalar” soni jami xodimlarning o’rta hisobda 117 qismini tashkil
etgan. 1996-1997 yillarda bunday holat yanada ko’paygan.
Bu   esa   respublika   bo’yicha   jismoniy   tarbiya   sport   turizm   axolini
ommaviy   sog’lomlashtirish   bilan   shug’ullanuvchilar   orasida   maxsus   ma’lumotga
ega  bo’lmagan  xodimlarning  ortib  borish  tamoyili  mavjudligini   ko’rsatdi.  To’g’ri
Toshkent  shaxri  Samarqand, Buxoro, Toshkent  viloyatlarida buni aksi  ko’rsatildi.
Ularga  mutaxassis  xodimlar   ortib  brogan.  Ammo  Namangan,  Jizzax  viloyatlarida
22 “Begona” larning salmog’i ancha oshgan. Bularning hammasi jismoniy tarbiya va
sport   soxasida   mutaxassis   xodimlar   tayyorlashga   kuchli   ehtiyoj   borligidan
mutaxassis   xodimlar   tayyorlashning   istiqbolli   rejalari   yaxshi   ishlanmaganligini,
yohud  bajarilmay   kelganligini   dalolat   beradi.   Respublikaning   jismoniy   tarbiya  va
sport   mutaxassislari   bilan   ta’minlash   darajasi   o’rganilar   ekan   yana   bir   muammo
diqqatni   o’ziga   tortadi.   Bu   ham   bo’lsa   xotin-qizlar   jismoniy   tarbiya   masalasidir.
Ma’lumki   mamlakatimiz   axolining   yarmidan   ko’pini   xotin-qizlar   tashkil   etadi.
Biroq   jismoniy   madaniyat   va   sport   soxasidagi   mutaxassis   xotin-qizlarga   kelsak,
ularning   soni   1987   yilda   respublika   bo’yicha   jami   jismoniy   tarbiya   xodimlariga
nisbatan oliy o’rta xisobda 1113, 1991 yil 1116 ni, 1992 yil 1120ni tashkil etgan.
Bularning orasida maxalliy millat vakillari qancha ekanligi haqida ma’lumotga ega
ekanmiz, har qalay ular juda kam sonni tashkil etishi o’z-o’zidan ma’lum. Keyingi
paytlarda   xotin-qizlar   jismoniy   tarbiyasi   masalasi   turli   ilmiy   matbuot   soxalarida
tez-tez   ko’tarilib   turibdi.   Xatto   maktablarda,   o’quv   yurtlarida   bolalarga   jismoniy
tarbiya darslarida alohida-alohida mashg’ulotlar o’tkazish xaqidagi fikrlar eshitilib
turibdi.   Biz   bu   milliy   psixologik   va   ijtimoiy     muammoning   qanday   xal   etishi
xususida   yuritmoqchi   emasmiz.   Ammo   xotin-qizlarga   ularning   fiziologik
xususiyatlariga  muvofiq   jismoniy  yuklama  berish  ularni   rivojlantirish  o’ziga  xos
jihatlarini ma’naviy tarixiy xolatlarini xisobga olib ish tutish tarafdorimiz. Buning
uchun   esa   xalqimiz   “   qush   tilini   qush   biladi”   deb   aytganiday   xotin-qizlardan
jismoniy   madaniyat   xususiyatlarini   maktabgacha   tarbiya   ommaviy
sog’lomlashtirishi   va   turmushi   milliy   o’yinlarda   o’zlashtiruvchi   tashkilotga
yo’riqchilar   to’plab   tayyorlab   yetishtirish   kerak.   Bu   shunchaki   gap   emas   balki,
mamlakatimizning   umumiy   jismoniy   madaniyatini   ko’tarishga,   sog’lom   avlodni
tarbiyalab   yetishtirishga   jiddiy   zamin   tayyorlashi   muhim   ijtimoiy   pedagogik
omillardan   biridir.   Kuzatishlar   natijasida   shu   narsa   ayon   bo’ldiki   respublikadagi
jismoniy   madaniyat   va   sport   harakatining   soxalari   sport   murabbiylari   bilan   xar
holda   talabga   javob   beradi.   Biroq   axolini   ommaviy   sog’lomlashtirish,   maktabga
tayyorlash   muassasalarida   jismoniy   madaniyat   mashg’ulotlarini   olib   borish   va
joylarda turli  harakatli xalq milliy o’yinlarini tashkil  etish bo’yicha mutaxassislar
23 tayyorlash masalasi ham talab darajasidan juda past. Prezidantimizning tashabbusi
bilan   boshlangan   sog’lom   avlod   uchun   harakatli   dasturni   bajarish   avvalo
maktabgacha   bolalar   muassasalarida   jismoniy   tarbiyalash   kichkintoylar
organizmini   chiniqtirishdan   boshlashlari   lozim.   Buning   uchun   esa   ular   bilan
ishlashga maktabgacha yoshlarning fiziologik, psixiologik xususiyatlarini xisobga
olgan   xolda   mashg’ulotlar   o’tkazishga   yarasha   bilim,   malaka   va   mahoratga   ega
bo’lgam   mutaxassislar   zarur.   Ma’lumki   umumta’lim   maktablari   respublikalarda
ko’p   jamoalarni   tashkil   qiluvchi   soxadir.   Shu   tafayli   mutaxassis   xodimlarni
tayyorlashda ana shu turlariga alohida e’tibor beriladi lekin maktab o’qituvchisidan
darsdagi   barcha   turlaridan   dars   berish   talab   qilinsayu   talablarni   institutda   sport
ixtisosiga ajratib o’qitilsa, bu turga ko’proq ishtirok berilmasa, to’g’ri boshqa turlar
ham   o’rgatiladi   yetarli   yo’l   yo’riqlar   beriladi   lekin   talabaning   e’tibori   sportning
bittagina   turiga   ko’proq   qaratiladi.   Viloyatlardagi   raxbarlar   jismoniy   tarbiya
o’qituvchilari   va   maktab   o’qituvchilari   bilan   o’tkazilgan   rasmiy   uchrashuvlar,
suxbatlar Toshkent shaxri maktablaridagi faoliyatlarni pedagogik kuzatishlar shuni
ko’rsatadiki,   maktab   dasturidan   barcha   turlardan   dars   berish   va   o’quvchilarni
qanoatlantirish borasida katta kamchiliklar mavjud. Ya’ni ba’zi sport turlari uchun
inshootlar   va   jihozlar   yetishmasligi   tuman   shaxar   sport   musobaqalari   rejalarida
gimnastika,   suvda   suzish   kabi   turlar   yil   sayin   kamayib   borishi   oqibatida   faqat
futbol,   voleybol,   basketbol,   qo’l   to’pi,   kurash   turlaridangina   darslar   va
musobaqalar   jonli   o’tkazilmoqda.   Buning   asosiy   sabablari   yuqorida
ta’kidlaganimizdek sport turining bittasigina ixtisos qilinib olinishi barcha xolatlar
deyarli   barcha   jismoniy   tarbiya   fakultetlari   faoliyatida   kam   uchraydi.   Oliy   ta’lim
berishda   yo’l   qo’yilayotgan   bu   kamchilikni   jismoniy   tarbiya   va   sport   xodimlari
malakasini oshirish vaqtida bir muncha bartaraf etishga erishilayotganligini e’tirof
etish kerak.
Jismoniy   tarbiya   va   sport   soxasidagi   mutaxassislarning   ko’payishi   va
sport tadbirlarining ommalashishi natijasida respublikada mutaxassis xodimlarning
malakasini   oshirish   katta   muammo   bo’lib   qoldi.   Shu   tufayli   1976   yilda
O’zbekiston   Davlat   jismoniy   tarbiya   instituti   qoshida   malaka   oshirish   fakulteti
24 tashkil   etildi.   Unga   dastlabki   davrlarda   faqat   oliy   va   o’rta   maxsus   o’quv
yurtlarining jismoniy tarbiya o’qituvchilarigina jalb etildi. 1980 yildan boshlab esa
ishlab   chiqarish   korxonalari   tuman   sport   tashkilotlaridagi   yo’riqchi   metodistlar
kursi   ham   faoliyat   ko’rsata   boshladi.   O’zbekiston   respublikasi   mustaqillikka   ega
bo’lgandan  keyin  unda respublika  oliy o’quv  yurtlari  xuzuridagi  jismoniy  tarbiya
fakultetlarining   o’qituvchilari,   sport   maktablarning   muarabbiylari   ham   o’z
malakalarini  oshirishga muyassar bo’ldilar.
1980   yilda   74   ta   yo’riqchi   murabbiylar   sport   qo’mitalari   jamiyatlarni
raxbarlari   malaka   oshirgan   bo’lsalar,   1985   yilda  esa   ularning   soni   100  dan,   1990
yilda   esa   150   dan   oshdi.   1991   yildan   boshlab   bu   fakultetda   pullik   kurslar   tashkil
qilindi. Unda zamonaviy sport turlari bo’yicha murabbiylar tayyorlash va ularning
malakasini   oshirish   ishlari   talablar   asosida   amalga   oshirib   kelinmoqda.   Birgina
1991-yilning   o’zida   sharqona   yakkakurash   turlaridan   523   kishi   yo’riqchi
metodistlardan  229  kishi  va  shahar   tumanlarining  sport  rahbarlaridan   26  kishi   bu
kursdan   o’tdilar.   Bu   faoliyatlar   1992-1994   yil   va   1995-1997,   1998-2008   yillarda
yanada takomillashtirildi. 
Ma’lumki,   respublikada   jismonoy   tarbiya   va   sportni   rivojlantirish
ommaviy   sog’lomlashtirish   tadbirlarini   tashkil   qilish   eng   muhim   o’quvchi
yoshlarning jismoniy kamolotini ta’minlashda o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya
o’qituvchilari   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Shu   sababdan   oliy   va   o’rta   maxsus
o’quv   yurtlaridagi   mutaxassis   xodimlarining   malakasini   oshirish,   ularni   qayta
tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib kelinmooqda.   
Malaka   oshirish   fakulteti   o’quv   rejasi   sport   turlaridagi   texnik-taktik
yangiliklar   ,   o’yin   qoidalari,   mashqlarining   o’rgatilishining   yangi   usullariga   katta
o’rin   berilgan.   Fakultet   tashkil   qilinganidan   beri   uning   shu   rejasiga   har   yili   150-
175   kishining   malakasini   oshirish   mo’ljallangan.   O’qigan   davrlarda   respublikada
jismoniy   tarbiya   va   sport   sohasidagi   mutaxassislarning   aksariyati   kamida   2-3
marttadan   malaka   oshirish   kurslaridan   o’tib   bo’ldi.   Juda   ko’p   o’quv   yurtlari   o’z
xodimlari   tarkibini   yosh   mutaxassislar   bilan   to’ldirdilar.   Shu   sababli   1991-1993
yillarda o’z malakasini oshiruvchilar soni nisbatan kamaydi: 1991 yilda 120 kishi,
25 1992   yilda   135   kishi,   1993   yili   110   kishi.   Umuman   olganda   1976-1992   yillar
mobaynida   oliy   o’quv   yurtlaridan   1343   va   o’rta   maxsus   o’quv   yurtlaridan   1329
kishi   malakalarini   oshirdilar.   Bozor   iqtisodiyoti   munosabatlari   tufayli   bu
ko’rsatgichlar 1995-1996 yillarda bir muncha kamayganligini ko’rish mumkin.
1.3.Ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport xodimlari hamda
xalq milliy o‘yinlari bo‘yicha  mutaxassislar tayyorlash masalalari .
Ozbekiston   Respublikasining   mustaqil   taraqqiyoti   aholini   turmush
madaniyatini tobora yuksaltirish va sog’lom turmush tarzini joriy eta bilishda ham
sezilmoqda. Yurtimizda aholining sog’ligini muhofaza qilish o’quvchi yoshlarning
jismoniy kamolotini ta’minlash yuzasidan tajribalar orttirilmoqda. Keyingi yillarda
ommaviy   sog’lomlashtirishga   qaratilgan   juda   ko’p   tadbirlar   o’tkazildi.   Ishlab
chiqarish   korxonalarida   “   yaxshi   dam   ,   mehnatga   hamdam   ”   shiori   ostida
musobaqalar   va   sayyohatlar   respublikaning   deyarli   barcha   sanoat   shaharlarida
o’tkazildi   va   ular   mehnatkashlarning   turmush   madaniyatiga   singib   bordi.
Shunungdek   stadionlar,   sport   klublari,   sog;lomlashtirish   markazlari   o’quv
yurtlarining   sport   majmualarida   sport   to’garaklari   jamoalar   sog’lomlashtiruvchi
turli   guruhlar   tashkil   qilindi.   Ularda   sog’ligi   zaiflashgan   turli   yoshdagi   kishilar
o’quvchi   yoshlar   ixtiyoriy   ravishda   muntazam   shug;ullandilar.   Xususan
Toshkentdagi”Traktor”,   “To’qimachi”,   Navoiydagi   “Navoiyazot”   ,   “Sug’diyona”,
Samarqand   viloyati   Kattaqo’rg’on   tumanidagi   “Yog’”   ,   zavodini   markaziy
stadionlar,   suv   havzalari,   sport   zallarida   shug’ullanuvchilarning   sog’ligi   va
xoxishiga   qarab,   ularni   turli   guruhlarga   bo’lish   hamda   ularga   chipta   berib,
shug’ullantirish vaqtlarini belgilashga to’g’ri keladi. Bu jarayonning o’zi eng oddiy
va zarur mashqlarni  o’rganish, suvda suzish, yugurish, turli vositalar  bilan mashq
bajarishni   tashkil   qilishni   taqozo   etadi.   Buning   uchun   esa   eng   avvalo
mutaxassislar,   shart-sharoitlar,   asbob-uskunalar,   shuningdek   tibbiy   xizmat
ta’minoti   talab   qilindi.   Ma’lumki   bu   tadbirlar   O’zbekistonning   bozor
munosabatlariga   o’tishi   tufayli   yangi   shakl   va   mazmun   asosida   rivojlanmoqda.
Hozirgi   kunda   faqat   yirik   ishlab   chiqarish   korxonalarining  sport   majmualari   yoki
26 markazlashgan sog’lomlashtirish joylaridagina emas, balki o’quv yurtlarining sport
bazalarida,   barcha   sport   maydonlarida   va   boshqa   sport   majmualarida
sog’lomlashtiruvchi   guruhlar   pullik   shaklda   katta   faoliyat   ko’rsatmoqda.   Muhimi
mahalla , ko’cha va qishloqlardagi futbol, voleybol, basketbol maydonlarida katta
va o’rta yoshdagi kishilar hamda o’quvchi yoshlarning o’zaro sport musobaqalarini
tashkil  qilish kengaymoqda. Bu o’yin va tayyorgarlik mashqlari pulsiz o’tkazilib,
g’oliblar   mahalla   oqsoqollari   qo’mitasi   tuman   hokimiyati   tomonidan   moddiy
rag’batlantirilmoqda.
Bu   tadbirlarni   tashkil   etish   ommaning   ularga   jalb   qilishning   ahamiyati
shundaki   kishilar   o’zlarining   sog’ligini   mustahkamlash   uchun   tushungan   hamda
harakat   qilishga   o’rgatilmoqda.   Bunday   tadbirlar   jamoatchilik   o’zaro   hurmat,
qadriyatlarni   tiklash,   yoshlarni   har   tomonlama   tarbiyalashga   asos   bo’lmoqda.
Aholi o’rtasida sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil qilishning
o’ziga xos jihatlari bor. Bu avvalo xalqning milliy madaniyati, urf- odatlari rasm-
rusumlari   va   an’analari   bilan   bog’lanadi.   Shu   sababdan   O’zbekiston   jaxonda
jismoniy   tarbiya   vositalari   va   sportning   barcha   turlari   va   shakllarini   majbo’riy
ravishda   qo’llab     bo’lmasligi   sobiq   ittifoq   davridagi   qariyb   70   yil   ichida   ma’lum
bo’ldi.   Aholi   sog’ligini   muhofaza   qilish   sog’lom   avlodni   tarbiyalab   yetishtirish
mustaqil   O’zbekistonning   hozirgi   kuni   va   kelajagini   ta’minlashda   asosiy
omillardan   biri   ekanligi   endilikda   ko’pchilik   tomonigdan   tan   olinmoqda.   Shu
boisdan   aholi   o’rtasida   ommaviy   sog’lomlashtirish   tadbirlarini   yaxshi   yo’lga
qo’yish   choralari   ko’rilmoqda.   Respublikada   jismoniy   tarbiya   va   sport   sohasida
mutaxassis   xodimlarni   tayyorlashda   bu  narsa   e’tibordan   chetta   qolayotgani   emas.
1900   yildan   boshlab   bu   ixtisosdagi   talablarga   asosan   “   Sog’lomlashtiruvchi
jismoniy tarbiya ” maxsus fan sifatida o’rgatilmoqda. Ularning nazariy va amaliy
mashg’ulotlari   hamda   o’quv   amaliyotlari   asosan   ishlab   chiqarish   korxonalarining
sport   klublari,   yirik   mahalla   ,   mavze’lar   tuman   sport   bo’limlari   faoliyati   bilan
bog’langan holda hamkorlikda o’tkaziladi. Lekin achinarli holati shundan iboratki
tashkilotlardagi   o’qituvchi   ixtisosligi   bo’yicha   bitirib   chiqqanlar   o’z   sohalarida
faoliyat   ko’rsatmayotgani.   Chunki   viloyat   sport   tashkilotlari   va   ularning   quyi
27 jamoalarida   ularni   rejali   ravishda   ishga   joylashtirishda   deyarli   e’tibor
qaratishmaydi. Maktabgacha bolalar muassasalari respublikada keng tarmoqqa ega
bolalarnikichik   yoshdan     sog’lom   qilib   o’stirish,   ularni   salomatligini   yaxshilash
sohasida   qonunlar,   qarorlar   juda   ko’p.   Ba’zi   sog’lomlashtirish   tadbirlari   maxsus
dasturlarda   o’z   ifodasini   topgan.   Ular   yuzasidan   metodik   qo’llanmalar
tayyorlangan hozirgi paytda bolalar bog’chalarida pedagogika fakultetlari va o’rta
maxsus   pedagogika   bilim   yurtlarining   bitiruvchilari   faoliyat   ko’rsatmoqda.   Yosh
bollarni bog’chada ko’p kasal bo’lishlari, jismoniy harakatning kamligini inobatga
olgan   holda   hozirgi   sharoitda   bog’chalarga   oliy   ma’lumotli   pedagog   jismoniy
tarbiya   yo’riqchisini   shtat   birligi   asosida   ishga   qabul   qilmoqda.   Bu   esa   o’z
navbatida bolajonlarimizni sog’lom va chiniqqan baquvvat bo’lib voyaga yetishiga
turtki bo’lmoqda. Keyingi 4-5 yil ichida yirik shahar va tumanlarda sharoiti yaxshi
bo’lgan jismoniy tarbiya mutaxassislari  faoliyat  ko’rsatmoqda. Dastlabki  natijalar
juda   yaxshi   ya’ni   maxsus   dastur   va   rejalar   asosida   bolalar   bilan   mashg’ulotlar
ochiq   havoda   o’tkazilmoqda.   Turli   o’yinlar   bo’yicha   musobaqalar   tashkil
qilinmoqda.   Ular   haqida   respublika   televideniyasi   muntazam   ravishda   yaxshi
ko’rsatuvlar   berib   borayotganini   guvohi   bo’lishimiz   mumkin.   Yana   shunisi
quvonchliki, Samarqand, Toshkent, Farg’ona viloyatlaridagi  bir qator pedagogika
bilim yurtlari ham boshlang’ich sinf va bolalar bog’chalari uchun jismoniy tarbiya
o’qituvchilarini   tayyorlamoqda.   Yaqin   4-5   yil   ichida   bu   sohadagi   mutaxassis
xodimlarni   mehnat   samarasi   ko’rinib   qolishi   kerak.   Respublikada   milliy
qadriyatlar   qayta   tiklanib   aholining   madaniy   va   ma’naviy   saviyalari   tobora   ortib
bormoqda.   Navro’z   mustaqillik   kuni   sayllar   hosil   kabi   ommaviy   namoyishlarda
“Ot o’yinlari” , “tosh ko’tarish”, “arqon tortish” va turli  xil harakatli o’yinlar o’z
mazmun   mohiyatini   shakllarini   boyitib   bormoqda.   Bunday   tadbirlarning
zamonaviy   rejalari   o’yinlarni   tarbiyaviy   ,   ijtimoiy   ahamiyatlarini   oshirish,   ularni
tashkil   qilish   uchun   mablag’lar   ajratish   hamda   daromad   mablag’larini   topish
masalalari hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Uning murakkabligi yana
shu   bilan   izohlanadiki,   bu   tadbirlarni   yetarli   darajada   muvafaqqiyatli   uyushtirish
28 mutaxassisning   qo’lidan   kelishi   mumkin.   Demak,   bu   mutaxassis   xodimlarni
tayyorlashni zamon taqozo qilmoqda. 
1.4. Xalq milliy  o’yinlari sog’lomlashtiruvchi omil sifatida.
Ishning   avvalgi   sahifalarida   ta’kidlaganidek,   O’zbekistonning
mustaqillikka   erishuvi   milliy   qadriyatlarimizni   qayta   tiklash,   ularni   zamon   ruhi
bilan sug’orishga beqiyos imkoniyat yaratdi. Ma’lumki, milliy qadriyatlar sarasiga
xalq milliy o’yinlari  ham   kiradi.  Zero kurash,  ot   o’yinlari  (ko’pkari   poyga, otdan
ag’darish,     kamondan   o’q   otish,   qilichbozlik)   dolzarblik   harakatli   o’yinlar   qadim
zamonlardan   buyon   xalq   orasida   keng   qo’llanilib   kelinayotgan   milliy
boyligimizdir.   Anashulardan   faqat   kurashga   sport   maqomi   berilgan   va   kurash
bo’yicha rasmiy musobaqalar o’tkazildi, sport darajalari berildi. Lekin shuni aytish
kerakki , milliy istiqlolimiz kurashning jonlanishiga , keng targ’ib qilinishiga sabab
bo’ldi.   Xususan,   Termiz   shahrida   o’tkazilib   kelinayotgan   (1993-1995-1997)
sharqning   buyuk   allomasi   xakim   At-Termiziy   xotirasiga   bag’ishlangan
kurashchilar   turniriga   ko’rsatilayotgan   e’tibor   alohida   taqsinga   loyiqdir.   Bu
turnirga Markaziy Osiyo  mamalakatlari polvonlaridan tashqari Afg’oniston, Eron,
Turkiya   va   boshqa   davlatlardan   kelgan   kurashchilar   ham   turnir   ishtirokchilariga  
O’zbekiston   Respublikasi     birinchi   Prezidenti   I.A.Karimovning
tabriknoma   yo’llashi   va   musobaqada   maxsus   Prezident   sovrinini   ta’sis   etilishi
hamda unga musobaqa maqomini berilishi uning baland mavqe’idan dalolatdir.
“Sport”   gazetasining   xabar   berishicha   (1995   yil   14-20   aprel   soni   )
musobaqani   saralash   bosqichlarida   300   mingdan   ziyod   polvonlar   qatnashgan.
Anashu   dalilning   o’zi   xalqimiz   orasida   kurashning   naqadar   ommalashganidan
darak beradi.
Kurash singari azaldan xalqimizda keng tarqalgan milliy sport turlaridan
yana biri ot  o’yinlaridir. Ot  o’yinlari  1000 yillardan beri  kishilarning jismoniy va
ruhiy   kamolotiga   xizmat   qilib   kelgan.   Shuning   uchun   xam   eng   qadimgi   xalq
og’zaki ijodida ham ot o’yinlari haqida ko’plab ma’lumotlar bor.
29 Tarixdan   ma’lumki,   kishilar   ot   yordamida   turli   xayotiy     faoliyatlarini
amalga   oshirganlar.   Ayniqsa,   harbiy   yurishlar   otsiz   bo’lmagan,   askarlar   ot   ustida
jang qilishni o’rganganlar.
Iskandar   Zulqarnay   yoki   Amir   Temur   qo’shinlari   minglab   chaqirim
masofalarni   otlarda   yurib   o’tishgan.   Bunday   faoliyatlar   o’z-o’zidan   ma’lumki,
xalq,     ot   o’yinlarini   takomillashtirish   turli   tadbirlarni   amalga   oshirishda   sababchi
bo’lgan.   Shunga   asosan   hozirgi   ot   o’yinlarining   kelib   chiqishi   va   rivojlanishi   bir
necha  ming yillar  avvalgi   davrga borib taqaladi   deyish  mumkin. Ot   o’yinlarining
turlari mazmuni va ularni o’tkazish tartibi hamda qoidalari avloddan-avlodga  o’tib
o’rganilib   kelgan.   Biroq,   fan   texnika   rivoji   otlardan   ulov   va   ish   xayvoni   sifatida
foydalanish   ehtiyojining   susayganligi   sababli   ot     o’yinlari   rasman   ta’qiqlanishi
oqibatida xalqimizning muhim qadriyatlarining biriga zarba berilgan edi. Endilikda
bu yo’qotishning bartaraf etish choralari ko’rilmoqda, ammo bu oson kechmaydi.
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   O’zbekistonda   milliy   ot   o’yinlari   haqida   birorta
durustroq   o’quv   yoki   metodik   qo’llanma   yaratilgan   emas.   Ammo   quvonarlisi
shundaki, xalq milliy o’yinlarining tarixiy, ijtimoiy, tarbiyaviy mohiyatlari haqida
juda ko’p mulohazalar  yoritilmoqda. Keyingi yillarda Respublika matbuoti milliy
o’yinlaridan   foydalanish   va   ularni   ommaga   keng   singdirishga   katta   xizmat
qilmoqda.   Buning   dalili   sifatida   “Sport”   gazetasida   e’lon   qilingan   N.Jalilning
“Chavandozlar   o’tgan  bu  yurtda”  (1991  yil  8-yanvar),  I.Qurbonalining    “El  netib
topgan  meni   kim   men  o’zimni  topmasam”  (1992  yil  20-  aprel),  I.Abdurahmonov
o’zining   “Ko’pkari”   (1992   yil   18-noyabr)   maqolalari   ,   T.S.Usmonxo’jayevning
“Milliy   xarakatli   o’yinlar”   (1996-   yil   )   kabi   ko’plab   maqolalarni   ko’rsatish
mumkin.
Xalq   milliy   o’yinlarining   aksariyati   tarixiy   rivojlanish   natijasida   o’z
mazmuni   va   shakllarini   boyitib   kelgan.   Ular   bizning   zamonamizda   ham   yangi
mazmun   va   shaklga   ega   bo’lgan   holda   rivoj   topib   bormoqda.   Buning   guvohi
sifatida   1991   yildan   beri   Jizzax   viloyatining   Forish   tumanida   o’tkazilib
kelinayotgan xalq milliy o’yinlari  Respublikada  musobaqasini  ko’rsatishning  o’zi
kifoyadir.   1994   yil   8-mayda   Forishda   o’tkazilgan   navbatdagi   o’yinlarga     “Xalq
30 milliy o’yinlari olimpiadasi” deb nom berildi. “Xalq   so’zi” ro’znomasining 1994
yil   19-may   sonida     “Alpomishlar   o’tgan   bu   elda”   nomli   kattagina   maqolada   bu
o’yin   dasturlariga   kirgan   “Bo’ron”   ,   “Chavandozlar”   ,   “Qirqtosh”   ,   “Elkada
kurash”   ,   “Olib   qochar”   ,   “Tortishmachoq”   ,   “Mindi”   kabi   turlar   haqida   maroqli
hikoya qilishgan bu o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyatlari nihoyatda katta ekanligini
qatl   etish   bilan   birga   ,   mamlakatimizda   sog’lom   avlod   uchun   kurash   bu   faqat
bemor kishilarni davolash yoki turli kasalliklar tarqatishga yo’l qo’ymaslik degani
emas, balki shu jarayonlargacha bo’lgan sport sog’lomlashtirish ishlariga e’tiborini
kuchaytirish lozimligini xam bildirishini mualliflar X. Nabiraev va R. Jumonovlar
to’g’ri ta’kidlashgan.
Xalq   milliy   o’yinlari   milliy   qadriyatlarimizning   ulug’vorligini   olamga
tarqatishda   benihoyat   katta   omildir.   Bu   o’yinlarning   dovrug’ini   yanada   oshirish
uchun respublika olimpiadasi emas “Alpomishlar ” deb atashni taklif qiladi.  Zero,
xalq o’yinlari musobaqasini  o’tkazishdan asosiy maqsad xam Alpomishdek mard,
alp qomat paxlavon yigitlarni ,   Barchinoydek go’zal      qizlarni tarbiyalab voyaga
yetkazishdan   iborat.   Xalq   milliy   o’yinlaridan   musobaqalar   o’tkazish   qo’’lab
quvvatlansa,   yangi   tashabbuslar   yuzaga   kelsa,   darxaqiqat   o’zbek   sporti     Osiyo
o’yinlari  qolaversa jaxon birinchiliklari  hamda  Xalqaro olimpiya o’yinlari  dasturi
tarkibiga   kirishi   ehtimoldan   holi   emas.   Bu   istak   va   orzularga   erishish   uchun   esa
juda katta ishlarni amalga oshirish lozim bo’ladi.  Chunki xalq milliy o’yinlari xalq
qonuniy   ravishda   sport   darajasiga   erishgan   emas,   ya’ni   sport   maqomini   olgan
emas.   Ba’zi   mualliflar   jurnalistlarning   yo’lidan   borib   xarakatli   o’yinlarni,
mashqlarni   “Milliy   sport”   deb   aytganimiz   bilan   xech   narsa   o’zgarib   qolmaydi.
Chunki   sportning  o’ziga  yarasha   qonun-qoida     va   tartiblari   bo’ladi.  Bu   qonun   va
qoidalarga   rasmiy   jixatdan   ega   bo’lmagan   turlar,   o’yinlar,   musobaqalarning
taqvimiy   rejalariga   kiritilmaydi.   Oqibatda   o’yinlardan   rasmiy   musobaqalar
o’tkazilmaydi.   Shu   sababdan   ham   ular   bo’yicha   sport   unvonlari   berilmaydi.
Xozirgi paytda xalq milliy o’yinlarining mazmunini yoritish ularni sport darajasiga
ko’tarish uchunbiq qator  olimlar  mutaxassislar  izchil  harakat qilmoqdalar. Ularga
sport maqom berishga tayyorlanayapti. Xususan 1991 yil aprelda  Forish tumanida
31 xalq milliy o’yinlari birinchi Respublika musobaqasi o’tkazish oldida professor R.
Abdumalikov   va   T.   T.   Yusupov   tomonidan   “   Ko’pkari   xalq   milliy   o’yinidir
“risolasi  ko’pchilikka xavola etildi. 1993 yil  aprelida Termiz shaxrida “ Jismoniy
tarbiya   va   sportda   qo’llaniladigan   o’zbekcha   atamalar”   mavzusida   Respublika
ilmiy anjuman o’tkazildi. Unda pedagogika fanlari doktori professor A. K. Atoyev,
professor R. Abdumalikov, J. T. Toshpo’latov, X. T. Rofiyev ot o’yinlari va milliy
xarakatli     o’yinlar   xaqida   juda   qimmatli   muloxazalar   bildirilib   ularning
ayrimlariga sport maqomini berish taklifini kiritganlar.
1994 yil may oyida bo’lib o’tgan “ Xalqaro olimpiya qo’mitasining 100 yilligiga
bag’ishlangan   birinchi   Respublika   ilmiy   anjumanida”   ham   milliy   o’yinlarining
turlari ularning ijtimoiy pedagogik asoslari haqida  ko’p muloxazalar bo’ldi.
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   1997   yilda   jismoniy   tarbiya   va   sport   mavzusida
o’tkazilgan   respublika   ilmiy   ommaviy   kengashlarining   materiallarida   ham
respublika seminar kengashlarini  “ Samarqand Davlat Universiteti “ maqolalarida
xalq milliy o’yinlari bo’yicha muammolarini xal qilish yo’llari ishlab chiqildi.
Lekin   xalq   milliy   o’yinlarini   axoli   o’rtasida   yanada   ommalashtirish,   ularning
mazmunlarini o’quvchi yoshlarga o’rgatishda ham jiddiy kamchiliklar bor. 
Respublikada   bozor   iqtisodiyoti   munosabatlari   chuqurlashayotgan   sharoitda
axolini   ommaviy   sog’lomlashtirish   va   sport   tadbirlariga   jalb   qilishning   yangicha
yo’llarini topish va joriy etish lozim. Buning   uchun sport soxasidagi umumdavlat
tadbirlaridan   tashqari   xususiy   sarmoyani   ham   bu   yo’nalishga   qaratish   choralarini
ko’rish kerak. 
Xususan:
-Sport   inshootlarini   barpo   etish,   sog’lomlashtiruvchi   jismoniy   tarbiya   bilan
shug’ullanish maskanlari qurish;
-Jismoniy   madaniyat   va   sportning   tarbiyaviy   sog’lomlashtiruvchi   moxiyatini
keng targ’ib qilish;
-Ommaviy   sog’lomlashtirish   va   jismoniy   tarbiya   ishlari   uchun   maxallalar,
mavzeylar,   qo’rg’onlar   shuningdek   mexnat   jamoalarida   maxsus   shtat   yo’qligi,
32 borlarida   ham   mutaxassis   xodimlar   ishlamasligini   nazarda   tutib   bu   kamchilikni
bartaraf qilishga kirishish;
-Shuningdek   sog’lomlashtiruvchi   jismoniy   tarbiya   va   milliy   o’yinlar   bo’yicha
mutaxassis xodimlar tayyorlash ishini ham rejali ishga solish; 
-Navro’z   mustaqillik   kuni   xosil   bayrami   va   boshqa   ko’pgina   an’anaviy
bayramlarda milliy o’yinlar ko’p qo’llanib kelinsada, ularga Respublikada mavjud
sport   turlari   orasidan   o’rin   berilgan   emasligini   nazarda   tutib,   bu   o’yinlarga   sport
maqomini berishni tezlashtirish zarur;
-Bularning hammasi bugungi hayotimizning xususiyatlaridan kelib chiqayotgan
muhim tashkiliy tadbirlardir.
1.5. Mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishdagi yangi
yo’nalishlar va ularning ahamiyati.
Yuqori   malakali   jismoniy   madaniyat   va   sport   xodimini   tayyorlash   keng
qamrovli  va o’ta murakkab pedagogik va psixologik jarayon hisoblanadi.
Ma’lumki,   jismoniy   tarbiya   va   sport   bilan   aholining   deyarli   barcha
tabaqalari   shug’ullanadi.   Shu   sababdan   mutaxassisdan   shug’ullanuvchilarning
psixologik   xususiyatlari   jismoniy   holati   va   boshqa   ijtimoiy   funksional   jihatlarini
yaxshi bilishini taqozo etadi. Shuningdek tashkilotchilik tadbirkorlik faoliyatlarini
ham   o’zlashtirib   olish   zarurati   tug’iladi.   Demak,   bo’lajak   mutaxassis   turlicha   fan
egallashi   ijtimoiy   pedagogik   tadqiqotining   tamoyil   va   metodlaridan   xabardor
bo’lishi   shart.   Jismoniy   tarbiya   o’quv   yurtlari   mutaxassislarini   tayyorlashda
talablarni yuqorida qayd etilgan pedagogik jarayonining nazariy va amaliyoti bilan
to’la   qurollantirish   lozim.   Buning   uchun   esa   o’quv   rejalariva   dasturlarini   zamon
talablari asosida takomillashtirish talab etiladi.
Bu sohada UZDJTU Respublika oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya
fakultetlari,   pedagogik   bilim   yurtlari,   olimpiya   zahiralari   bilim   yurtlari   o’z   ish
faoliyatlarini yangi tartibda olib borishga kirishmoqdalar. Respublikamizning iqlim
ekologik   va   ijtimoiy   madaniy   turmush   sharoitlarini   hisobga   olgan   holda   barcha
fanlar va sport turlari bo’yicha yangi dasturlarni ishlab chiqmoqda.
33 Umumiy dunyoqarashni shakllantiruvchi fanlardan hamda pedagogika va
psixologiyadan   tashqari     “Jismoniy   tarbiya   nazariyasi   va   metodikasi”   ,   “Odam
anatomiyasi”   ,   “Odam   fiziologiyasi”   ,   “Jismoniy   madaniyat   va   sportni
boshqarish” , kabi fanlar hamda gimnastika, yengil atletika, suzish, kurash, futbol
va   boshqa   sport   o’yinlarining   o’quv   rejasiga   kiritilishi   shuningdek,   talabalarni
amaliy   faoliyatga   tayyorlovchi   sayyohat   va   o’quv   amaliyotga   yetarli   o’rin
ajratilishi   O’zbekiston   mustaqilligi   sharoitida   maydonga   kelgan   yangicha   talablar
taqazosidir.   “Jismoniy   tarbiya   va   to’g’risida   ”   ,   “Ta’lim   to’g’risida”   gi
O’zbekiston Respublikasi qonunlari xamda “Sog’lom avlod uchun” ordenini ta’sis
etish   haqida   prezident   farmonida   ommaviy   sog’lomlashtirish   ishlarini   tashkil
qilish,   milliy   sport   o’yinlarini   jonlashtirish   va   xalq   ommasi   orasida   keng   targ’ib
etish,   jismoniy   tarbiya   va   sport   tashkilotlari   oldiga   ulkan   vazigfalar   yuklatiladi.
Bularni   amalga   oshirishda   mutaxassis   xodimlarni   tayyorlash,   ularning   nazariy
bilim   va   amaliy   ko’nikmalarini,   birgina   sport   mashg’ulotlarini   o’tkazish,   sport
musobaqalarini   tashkil   qilishgagina   qaratish   emas   balki,   milliy   sport   o’yinlari
xamda   sog’lomlashtirish   tadbirlarini   uyushtirishga   ham   ularni   o’rgatish   lozim
bo’ladi. Talabalar  bilan dastlabki  mashg’ulotlarida “ixtisoslikka qarshi” kursining
mazmuni   bilan   tanishtiriladi.   Unda   qayd   qilinishicha   oliy   jismoniy   tarbiya   o’quv
yurtlari   talabalarining   asosiy   ish   faoliyatlari   o’quv   ishlari   ,   ilmiy   tadqiqot   ishlari,
sport mahoratini oshirish va ijtimoiy ishlardan iborat.
O’quv   ishlar   asosan   maxsus   jadvallar   asosida   tashkil   qilinadi.   Unda
talabalar ma’ruza tinglaydilar. Seminar va ommaviy labalatoriya mashg’ulotlarida
qatnashadilar. O’tkazilgan pedagogik tajribalar va kuzatishlar natijasida shu narsa
ayon   bo’ldiki,   fanlarning   mazmuni   va   kundalik   hayoti   bilan   bog’liqligini   to’la
o’zlashtirib   olish   muayyan   qiyinchiliklar   bilan   kechadi.   Shu   sababdan   talabalar
ma’lum   rejalar   asosida   vazifalar   va   topshiriqlarni   mustaqil   ravishda   bajarishlari
zarur.   Kuzatishlar   shuni   ko’rsatadiki,   talabalar   quyidagi   talablar   asosida   o’z
faoliyatlarini tashkil etsalar ijobiy natijaga erishadilar.
1.   Ma’ruzalarni     yozib   olish,   vazifa   va   topshiriqlarni   aniq   bilib   olish,
maslahatlarga kelish, savol javobga qatnashish.
34 2.     Adabiyotlarni   tanlash,   ular   bilan   ishlash   va   mustaqil   ravishda   mulohaza
qilish.
3.  Mashg’ulotlar vaqtida dalil va aniq javob berish barchada qanoat hosil qilish.
4.  Ilg’or talab darajasiga erishish uchun intilish, faollik ko’rsatish.
5.  Reyting tizimi talablariga to’la rioya qilish.
Jismoniy   tarbiya   va   o’quv   yurtlarining   o’quv   rejasida   boshqa   nazariy   fanlar
qatorida   “Jismoniy   tarbiya   va   sportni   boshqarish”   hamda   “Jismoniy   madaniyat
tarixi” fanlari alohida o’rin tutadi. Shuning uchun ham talabalarni mazkur fanlarni
o’zlashtirish   jarayonini   bayon   qilish   maqsadga   muvofiq   deb   hisoblaymiz.   Bir-
birlari   bilan   uzviy   bog’liq   bo’lgan   bu   fanlarda   jismoniy   tarbiyava   sportni   kelib
chiqishi,   uning   taraqqiy   taraqqiyotio’tkaziladigan   sport   tadbirlari   ularga   ommani
jalb   qilish   ishlarini   tashkil   qilish   va   boshqarish   kabi   faoliyatlar   ularni   asosiy
mazmunini   tashkil   etadi.   “Jismoniy   tarbiya   va   sportni   boshqarish   ”   fani   jismoniy
tarbiya   vositalari   undan   foydanlanish   tartiblari   axolini   sport   bilan
shug’ullanishdagi turli jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Ommani jismoniy tarbiya va sport sayyohatiga ko’proq jalb qilish, ishlab
chiqarish   korxonalari,   turli   muassasalarda   ishlab   chiqish   gimnastikasi,   ertalabgi
gigiyenik gimnastika  ,  sog’lomlashtirish  jismoniy  tarbiya mashg’ulotlarini  tashkil
qilish,   jismoniy   tarbiya   va   sport   bo’yicha   jamoatchi   xodimlar   tayyorlashda   bu
fanlarning   ahamiyati   kattadir.   Sababi   ,   fanning   mazmunidan   qo’yidagi   katta
boshqaruvchilik sohalar mujassamlashgandir.
- Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari;
- Jismoniy   madaniyat   va   sportni   boshqarishda   respublika   organlari
kengashi ishtiroki;
- Jismoniy   madaniyat   va   sportni   boshqarish   vazifalari   ishlarni
rejalashtirish, targ’ib qilish, ularni joylashtirish;
- Bolalar va o’smirlar sport maktablari ishlarini uyushtirish;
- Xalqaro sport harakatini tashkil qilish va boshqarish ishlari.
Jismoniy   madaniyat   yo’nalishlari   ish   faoliyatini   o’rganish   va   uning   va
uning btahlili shundan dalolat beradiki, ma’ruzalarni o’tishda o’quvchilar ba’zan
35 eng zarur matireallarni  yozdirish va qiziqarli voqealarga bir necha bor to’xtalish
mumkin.   Xayotiy   misollar   keltirish   bilan   barchaning   diqqati   va   e’tiborini
alohida   jalb   qilishlari   mumkin.   Shu   sababga   ko’ra   har   bir   talaba   avvalo
ma’ruzalarni   diqqat   bilan   eshitishi,   imkoni   boricha   uni   boshidan   ohirigacha
yozib   ulgurishi   lozim.   Buning   uchun   talaba   tezkorlik   bilan   ishlanma   tuzishga
o’rganishi, ma’ruza mazmunini tez tahlil qilish va uni o’z so’zlari bilan yozma
bayon   eta   olishi,   yillar,   nomlar,   tadbirlar,   qarorlar   va   boshqa   muhim   dalillarni
o’z   nomi   bilan   yozib   borishi,   foydalanishi   uchun   tavsiya   qilingan   asosiy   va
qo’shimcha adabiyotlarni to’la yozib olishi zarur.
Ma’ruzalar jarayonida seminarlarga tayyorlanish , referatlar tayyorlash va
mustaqil o’rganishga doir vazifalar, mavzular, ko’rsatib beriladi. Ma’lumki, har bir
talaba faqat yaxshi trener yoki o’qituvchi bo’lishgina emas, balkimohir tashkilotchi
, yetuk sport tijoratchisi, homiy, zamon talabiga javob bera oladigan rahbar xodim
bo;lishini ham o’rganish , uni oldindan yaxshi tasavvur qila bilishi lozim.
Bo’lajak   mutaxassislarning   asosiy   faoliyati   sport   ixtisosi   bilan   bevosita
bog’liq.   Chunki   u   bilan   shug’ullanish   birinchi   kursdan   oxirgi   davlat
imtixonlarigacha davom etadi. Samarqand shahar OZK dars jarayonlarida bevosita
qatnashib   talabalarning   faoliyatini   kuzatish   imtixon   kurs   ishlarining   natijalarini
tahlil   qilish   sayohat   dars   mashg’ulotlari   ,   o’quv   amaliyotlarini   o’tkazishdagi   ish
faoliyatlarini o’rganish shuni ko’rsatdiki, bitiruvchi talabalarning o’zlashtirishlarini
juda   yuqori   deb   ham   bo’lmaydi.   (80-85   %)   o’z   ixtisoslariga     bo’lgan   qiziqish
ya’ni , gimnastika (40-50%), yengil atletika (60-65 %) , sport o’yinlari (70-80 %)
va   boshqa   turlarda   dastlabki   vaqtdagi   (2-3   kurslarga   nisbatan   90-100   %)   ancha
pastlagan. Bu narsa ayniqsa, hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida kuchaygan
talabalar buning tub sabablarini qo’yidagicha ifodalaydi:
- Axoli o’rtasida jismoniy tarbiyaga qiziqish kam (70-75 %)
- Qishloqlarda sportga kam e’tibor (60-70 %)
- O’qituvchilarning moddiy manfaatlari juda past darajada.
36 Shuni   qayd   etish   kerakki,   bu   xollarning   o’tkinchligi   va   inson   sog’ligini
muhofaza   qilish,   sog’lom   avlod   uchun   kurash   tobora   borayotganini   va   unda
jismoniy tarbiya muhim o’rin egallashi talabalarga tushuntirilmoqda. 
Ma’lumki,   jismoniy   tarbiya   xodimlari   jumladan   jismoniy   tarbiya
muammolari   maktabdagi   o’z   vazifalarini   bajarishlari   uchun   mahoratli   sportchi
bo’lishi  bilan birga kuchli pedagog, keng dunyoqarashga ega , bilimli, inson ham
bo’lishi kerak. Zero, buyuk ma’rifatchi Abdulla Avloniy o’zining  “Turkiy guliston
yohud     axloq”   asarida   yozilganidek   “   Badan   tarbiyaning   fikr   tarbiyasiga   ham
yordami bordir. Jism ila ruh ikkisi bir chaponning o’ng ila tersi kabidir. Agar jism
tozalik   ila   ziynat   turmasa   yomon   qiliqlardan   saqlanmasa,   har   vaqt   ustidagi   kiri
ichiga   o’tadur   ”.   O’zbekistonning   mustaqillik   davri   tarixiga   ham   ko’p   vaqt
bo’lmasada,   oliy   jismoniy   tarbiya   o’quv   yurtlarida   yuqorida   ta’kidlangan   klassik
pedagogik ta;lim amalga oshirishi zarur shart-sharoitlar yaratilganligini qayd etish
lozim.
I Bob bo’yicha xulosa
Mavzu   yo’nalishi   doirasida   qayd   etilgan   ilmiy-uslubiy   ma’lumotlar   va
mutaxassis  olimlar  fikri-mulohazalari  tahliliga asosan  quyidagi  xulosalarni  e’tirof
etish   mumkin.Ushbu   muammo   bo’yicha   adabiyotlarni   tahlil   qilish   orqali   biz
O‘zbekistonda   jismoniy   madaniyat   va   sport   mutaxassislarini   tayyorlashning
tarixiy,   ijtimoiy   va   pedagogik   ahamiyati   adabiyotlarda   keltirilgan   ma’lumotlarga
ko’ra   O‘zbekistonda  jismoniy madaniyat  va sport mutaxassislarini  tayyorlashning
tarixiy,   ijtimoiy   va   pedagogik   ahamiyatining   amaliy   ahamiyati   beqiyos   ekanligi
e’tirof etilgan.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixi chuqur ildizga ega. O‘tmishda
kurash, yugurish, uloq va boshqa milliy o‘yinlar xalq orasida keng tarqalgan har xil
tantanalar,   Navro‘z   dini   bayram   va   to‘ylarda   musobaqalar   o‘tkazilgan.   Bu   urf-
odatlar bizning hozirgi kunlarimizda ham davom etib taraqqiy etmoqda.
1991-yil Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng , barcha sohalar kabi
jismoniy   tarbiya   va   sportga   katta   e’tibor   qaratildi.   Mustaqil   O‘zbekiston
37 Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy va milliy madaniy
istiqlol   sari   rivojlanib   tarkib   topmoqda.   Bu   o‘z   navbatida   ixtisosli   xodimlarni
tayyorlash sifatini yaxshilash hamda ularning malakasini oshirish kabi masalalarni
keskin   rivojda   olg’a   surmoqda.   Ma’lumki,   barcha   oliy   va   o‘rta   maxsus   o‘quv
yurtlari   hamda   umumta’lim   maktablarida   jismoniy   tarbiya   darslari   o‘tkaziladi.
Sport   maktablari,  sport  jamiyatlari  va  turli   tashkilotlarda   sport   mashg’ulotlari   va
musobaqalari   olib   boriladi.   Korxona   va   tashkilotlarda   mehnat   unumdorligini
oshirish   maqsadida   ishlab   chiqarish   jismoniy   tarbiya   mashg’ulotlari   olib
borilmoqda va tashkil  etilmoqda. Eng muhimi  sog’lom  avlodni  kamol  toptirishda
maktabgacha   bolalar   muassasalarida   jismoniy   tarbiya   ishlarini   tashkil   qilishning
zamonaviy ish uslublaridan foydalanishga alohida urg’u berilmoqda.
38 II BOB.TADQIQOT USULLARI VA UNI TASHKIL ETISH.
O‘zbekistonda   jismoniy   madaniyat   va   sport   mutaxassislarini   tayyorlashning
tarixiy, ijtimoiy va pedagogik ahamiyat larida asosan m utaxassislarni tayyorlash va
ularni malakasini oshirish masalalari muhim ahamiyat kasib etadi.
Jismoniy   madaniyat   va   sport   sohasida   kasb   tanlash   ,   uni   egallash   hamda
samarali  mehnat qilish tushunchalari talabalik  yillarida  tom ma’noda shakllanadi.
Kasbga   mahorat   masalasi   keyinchalik     ham   mutaxassisning   ish   faoliyati
samaradorligini   belgilab   beruvchi     jiddiy   ijtimoiy   psixologik   omillardan
hisoblanadi. Shu tufayli o’zlari tanlagan ixtisosliklari yuzasidan talabalarning fikr-
mulohazalarini   bilish   va  shunga   yarasha  yo’l-yo’riqlar  ko’rsatish  hozirgi   kunning
dolzarb vazifalaridan biridir.
1985-1995   yillarda   O’zbekiston   Davlat   Jismoniy   tarbiya   instituti   hamda
viloyatlardagi universitet va pedagogik institutlari jismoniy tarbiya fakultetlarining
bitiruvchi   talabalari   o’rtasida   maxsus   varaqa   (anketa)   tarqatilib,   ularning
mutaxassislikni   egallash   va   keyingi   istiqbollari   haqidagi   fikrlari   o’rganiladi.   Bu
anketa tarqatish usulida Samarqand OZK hamda Tayloq OZK bitiruvchi sinf, kurs
talabalari o’rganiladi hamda  meyzonlar asosida qo’llash tavsiya etiladi.
2.1. Tadqiqot vazifalari
1.   A nketa tarqatish usulida Samarqand OZK hamda Tayloq OZK bitiruvchi
sinf,   kurs   talabalarining   O‘zbekistonda   jismoniy   madaniyat   va   sport
mutaxassislarini   tayyorlashning   tarixiy,   ijtimoiy   va   pedagogik   ahamiyat lari ning
samarasini o’rganish ;
2.   Samarqand OZK hamda Tayloq OZK bitiruvchi  sinf, kurs talabalarining
O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlashning tarixiy,
ijtimoiy va pedagogik ahamiyat laridan foydalanishda   pedagogik testlashni  qo’llash
samaradorligini aniqlash.  
3.   Samarqand OZK hamda Tayloq OZK bitiruvchi  sinf, kurs talabalarining
O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlashning tarixiy,
39 ijtimoiy   va   pedagogik   ahamiyat lari   yuzasidan   tayyorgarlik   holatini   aniqlash   va
ularni bilim darajalarini oshirish.
2.2. Tadqiqot uslublari.
Ishda quyidagi tadqiqot uslublaridan foydalaniladi:
1. Maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarning nazariy ta h lili.
2. Anketa so‘rovi.
3. Pedagogik kuzatuvlar.  
4. Pedagogik testlash.
5. Matematik statistika uslublari.   
2.3.Ilmiy-uslubiy adabiyot manbalarini tahlil qilish va amaliy
tajribalarni umumlashtirish
Ilmiy-uslubiy   adabiyotlar   tahliliga   ko‘ra,   Samarqand   OZK   hamda   Tayloq
OZK   bitiruvchi   sinf,   kurs   talabalarining   O‘zbekistonda   jismoniy   madaniyat   va
sport   mutaxassislarini   tayyorlashning   tarixiy,   ijtimoiy   va   pedagogik   ahamiyat lari
oid   o‘quv-uslubiy   va   ilmiy   adabiyotlar   o‘rganildi   va   tahlil   qilindi.   Bilim   darajasi
rivojlanishi, testlar nazariyasi, o‘quv-mashg’ulotlarni tashkil etish va rejalashtirish,
shuningdek,   tadqiqot   natijalarini   ishlab   chiqish   uchun   matematik   statistika
uslublarini   qo‘llash   bo‘yicha   adabiyotlar   o‘rganildi.   O‘zbekistonda   jismoniy
madaniyat va sport mutaxassislarini  tayyorlashning tarixiy, ijtimoiy va pedagogik
ahamiyat lari  tahlil qilindi va kerakli ma’lumotlar dissertatsiya ishiga kiritildi. 
2.4 So‘rovnomani o‘tkazilishi va tashkil etilishi
So‘rovnoma   Samarqand   OZK   hamda   Tayloq   OZK   bitiruvchi   sinf,   kurs
talabalarining   O‘zbekistonda   jismoniy   madaniyat   va   sport   mutaxassislarini
tayyorlashning   tarixiy,   ijtimoiy   va   pedagogik   ahamiyat lari ga   oid   testlar   hamda
qo‘llanilishiga oid savollar bo’yicha o‘tkazildi.
So‘rovnomada 6 ta savol tuzilib shular asosida faoliyat turi o‘rganildi. 
40 2.5. Matimatik-statistik  uslub
Tadqiqot   natijasiga   ko‘ra   ko‘rsatkichlari   aniqlanib,   ularning   samaradorlik
ko‘rsatkichlari   o‘rganildi   va   olingan   natijalarni   o‘rtacha   arifmetik   ko‘rsatkichlari
aniqlandi.
2.6. Tadqiqotning o‘tkazilishi
Magisrtrlik   dissertatsiya   ishida   pedagogik   kuzatuvlar   va   tadqiqot   ishlari
2020-   yil   sentyabrdan   2022-yil   aprel   oylarida   Samarqand   OZK   hamda   Tayloq
OZK   bitiruvchi   sinf,   kurs   talabalari   ishtirokida   olib   borildi.   Unda   O‘zbekistonda
jismoniy   madaniyat   va   sport   mutaxassislarini   tayyorlashning   tarixiy,   ijtimoiy   va
pedagogik ahamiyat lari   o‘rganildi va tadqiq qilindi. 
41 III   BOB.   O‘ZBEKISTONDA   JISMONIY   MADANIYAT   VA   SPORT
MUTAXASSISLARINI   TAYYORLASHNING   TARIXIY,   IJTIMOIY   VA
PEDAGOGIK AHAMIYAT I TAHLIL LAR NING VOSITA VA USLUBLARI .
3.1. Talabalarni jismoniy madaniyat va sportga oid ilmiy malakalarni
hosil qildirish ni ng  rivojlanganligini aniqlash bo’yicha anketa natijalari tahlili .
Mutaxassislarni tayyorlash va ularni malakasini oshirish masalalari.
Jismoniy madaniyat va sport sohasida kasb tanlash , uni egallash hamda samarali
mehnat qilish tushunchalari talabalik  yillarida  tom ma’noda shakllanadi. 
Kasbga   mahorat   masalasi   keyinchalik     ham   mutaxassisning   ish   faoliyati
samaradorligini   belgilab   beruvchi     jiddiy   ijtimoiy   psixologik   omillardan
hisoblanadi. Shu tufayli o’zlari tanlagan ixtisosliklari yuzasidan talabalarning fikr-
mulohazalarini   bilish   va  shunga   yarasha  yo’l-yo’riqlar  ko’rsatish  hozirgi   kunning
dolzarb vazifalaridan biridir.
1985-1995     yillarda   O’zbekiston   Davlat   Jismoniy   tarbiya   instituti   hamda
viloyatlardagi universitet va pedagogik institutlari jismoniy tarbiya fakultetlarining
bitiruvchi   talabalari   o’rtasida   maxsus   varaqa   (anketa)   tarqatilib,   ularning
mutaxassislikni   egallash   va   keyingi   istiqbollari   haqidagi   fikrlari   o’rganilgan.   Biz
ham   bu   anketa   tarqatish   usulida   (2020-2022   yillar   mobaynida)   Samarqand   OZK
hamda Tayloq OZK bitiruvchi sinf , kurs talabalarini o’rgandik. 
A nketa natijalari tahlili
Tadqiqotdan oldin olingan natija
№ Javoblar Tayloq
OZK Samarqand
OZK
1. O’z yo’nalishimni bilaman. 55 % 60%
2. Sport turlarini men uchun ahamiyat yo’q. 30 % 25 %
3. Ota-onamning   xoxishi   tufayli   o’qishga
kirganman 15 % 15%
42 № Talabalarning ish faoliyati haqida fikri. Tayloq
OZK Samarqand
OZK
1. Maktablarda   musobaqa   o’tkazishga   sharoit   bor,
o’qituvchilik qilish qiyin emas 25% 35%
2. Jismoniy   tarbiya   dasturidagi   turlarni to’la tashkil
eta   olish   oson   emas,   sharoitdan   kelib   chiqqan
holda. 25% 35%
3. Darsdan   keyin   o’quvchilar   shaxsiy   ishlari   bilan
band, mashg’ulot va musobaqalarga kelishmaydi. 10% 15%
4. Keyinchalik boshqa soha bo’yicha o’qiyman 10% 15%
Tadqiqotdan so’ng olingan natijalar
№ Javoblar Tayloq
OZK Samarqand
OZK
1. O’z sohamni to’g’ri tanlaganman. 70 % 75 %
2. Futbol,   voleybolga   qiziqanimdan   o’qishga
kirganman. 25 % 25 %
3. Ota-onam,   o’qituvchilarning   xoxishi   tufayli
o’qishga kirganman 5 % -
43 № Talabalarning ish faoliyati haqida fikri. Tayloq
OZK Samarqand
OZK
1. Maktablarda   musobaqa   o’tkazishga   sharoit   bor,
o’qituvchilik qilish qiyin emas 30 35
2. Jismoniy   tarbiya   dasturidagi   turlarni to’la tashkil
eta   olish   oson   emas,   sharoitdan   kelib   chiqqan
holda. 30 40
3. Darsdan   keyin   o’quvchilar   shaxsiy   ishlari   bilan
band, mashg’ulot va musobaqalarga kelishmaydi. 10 15
4. Keyinchalik boshqa soha bo’yicha o’qiyman 5 10
Ko’rinib   turibdiki,   yoshlarning   muayyan   qismi   jismoniy   tarbiya   hamda
uning asl  mohiyati  haqida chuqur  tushunchaga ega bo’lmaganligi  tufayli  bo’lajak
kasbga   chin   xavas   qilib,   keyin   o’qishga   kirmagan.   Oqibatda   kollejlarda   ma’lum
darajada   qiynalgan   ,   o’qishga   qiziqmagan   va   jismoniy   tarbiya   o’qituvchiligiga
ixlos uyg’onmagan talabalar bitiruvchilar orasida ham anchagina uchraydi.
Yana  shuni   ta’kidlash   o’rinliki,  jismoniy   tarbiya   harakatini  boshqarishni
tashkil qilish (nazariy fan) , o’quv amaliyotlari, xatto o’z mutaxassisligidan boshqa
sport   turlarini   mashg’ulotlaridan   masalan:   gimnastika,   yengil   atletika   ,   darsida
ularning   shug’ullanishlari   yuzasidan   kuzatishlar   olib   borilganda   ko’pchilik   1-2
kurs talabalarining o’z sport turidan boshqasiga qiziqishi  deyarli yo’qligi ma’lum
bo’ldi.
Bu albatta fanlarning o’qitish , o’rgatish va metodika bilan qurollantirish
ishlarida   hali   anchagina   zaif   jihatlar   borligidan   dalolat   beradi.   Talabalarga
tarqatilgan varaqalardagi savollarga berilgan javoblar , tahlil qilinganda shu narsa
ma’lum bo’ldiki, aksariyat bitiruvchilar voleybol, (70 %) futbol (80 %) , basketbol
(60 %) , qo’l to’pi (55 %) , yengil atletika (45 %) gimnastika (35 %).
44 Suvda   suzish   kabi   turlar   bo’yicha   mutaxassis   xodim   tayyorlash   zarur,
o’quv   rejasiga   binoan   sharqona   bellashuvlar   va   milliy   o’yinlarni   kiritish   ,   ularni
barchaga barobar (45-50 %) o’rgatish zarurligini ta’kidlaydilar.
Ularning ayrimlari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi  mutaxassislarga,
pedagogika,   psixologiya,   kimyo,   metrologiya,   chet   tillarni   o’rganishi   va   ular
ajratilgan   o’quv   soatlarni   oshirib   borishining   xojati   (35-40   %)   deb   hisoblaydilar.
Talabalarning bo’lajak ixtisosligi tasavvur qilishlarini aniqlash maqsadida berilgan
savollarga   javoblari   ularning   jismoniy   tarbiya   o’qituvchisining   vazifalari   va
faoliyatlari   va   xislatalari   to’g’risida   bir   muncha   aniq   fikrga   ega   ekanligini
ko’rsatdi.
Jismoniy tarbiya o’qituvchilarining yaxshi xislatlari:
( so’ralganda nisbatan % hisobida)
№ XISLATLAR BO’SM  Sam.shahar
1. Mashqlarni o’zini bajarib ko’rsatish 20 %
2. Madaniyati, toza va ozoda kiyinishi 25%
  3. Boshqa   fan   o’qituvchilaridan   talabchanligi
bilan ajralib turishi 20%
4. Darsni o’z vaqtida o’tish, qattiq qo’lligi 23%
5. O’z bilimini takomillashtirib borishi 25%
6. Kamtarinligi, xushmuomalaligi 20%
7. O’quvchilar bilan til topishi 30%
8. O’quvchilarga o’rnak bo’lishi 15%
Jismoniy   tarbiya   o’qituvchilari   va   sport   to’garaklari   murabbiylari
yoshlarga   barcha   mashqlarni     albatta   o’zlari   bajarib   ko’rsatishlari   shart.   Buning
boisi shundaki, o’quvchi yoshlar ko’pincha namuna ko’rsatishlariga ishtiyoqmand
bo’lish   bilan   birgalikda   amalda   ular   ko’rgan   narsalarni   tezroq   qabul   qilish
qobiliyatlariga egadir. 
Jadvaldagi   ko’rsatgichlar   shundan   dalolat   beradiki,   talabalar   o’qituvchi
va murabbiyning madaniyati, kiyinishi va toza yurishi yoshlarni ko’proq jalb etadi
45 va   ularga   katta   havas   uyg’otadi.   Shu   boisdan   talabalar   o’qituvchi   va
murabbiylarning eng yaxshi xislatlari deb talabchanlik ni e’tirof etadi.
Dars     va   mashg’ulotlarni   o’z   vaqtida   boshlash   va   talabalarni   sevishni
alohida   ko’rsatadilar.   Talabalarni   diqqat   e’tiboriga   sazovor   bo’lgan   xislatlardan
yana   mutaxassis   xodimlarining   kamtarligi,   xushmuomalaligi   o’quvchi   yoshlar
bilan tez til topa bilishi kabilarni tan olishdi.
Talabalarning   yuqorida   qayd   etilgan   o’qituvchi   va   murabbiylarining
xislatlariga   yuqori   baho   berishi   bejizga   emas.   Albatta   ,   chunki   ular   jismoniy
tarbiya va sportni boshqarish, sport ixtisosligi, pedagogika, sport psixologiyasi  va
boshqa fanlarda nazariy jihatdan o’qituvchi va murabbiyning siymosi haqida to’la
tushunchaga ega bo’ladilar.
Eng   muhimi   shundaki,   talabalar   ta’lim   berayotgan   ustozlarining
birinchiliklari, turnirlar va boshqa sport musobaqalarida barcha faoliyatlarini izchil
kuzatish   hamda   3-va   4   kurslardagi   o’quv   amaliyotlari   jarayonida,   shunungdek
sayyohatlar   chog’ida   o’zaro   muloqotlar,   turli   suhbatlarda   ulardagi   xislatlarini
o’rganib,   o’z   navbatida   ustozlarining   yaxshi   fazilatlarini   o’zlariga   singdirib,
kelajak faoliyatiga tayyorlanib boradilar.
Talabalarning   mulohazalaridan   xo’jalik,   ishlab   chiqarish   korxonalari   va
boshqa   ko’pgina   jamoalarda   jismoniy   madaniyat   jamoasi   va   sport   klublarining
tashkil   qilinishi   hamda   ularda   faoliyat   ko’rsatayotgan   mutaxassis   xodimlar   va
jamoatchi faollarning xizmatlariga ham e’tibor berayotganligini guvohi bo’lishimiz
mumkin.
Respublikaning   deyarli   barcha   viloyatlaridagi   ko’pgina   maktablar,   o’rta
maxsus va oliy o’quv yurtlarining sport zallari, futbol va boshqa o’yin aydonlari ,
ayniqsa   suv   havzalarida   pullik   xizmatlar   yaxshi   yo’lga   qo’yilgan.   Shu   sababdan
talabalar bu sohani yanada rivojlantirishni afzal ko’rmoqdalar. 
Mutaxassis   xodimlarning   ish   faoliyatini     yaxshilash   va   ommani
sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga xar bir jamoa o’zining
moddiy-texnikaviy bazasiga ega bo’lishi zarurligi ta’kidlanadi.
46 Axoli   o’rtasida   jismoniy   tarbiya   va   sportni   rivojlantirish   yo’llari   haqida   talabalar
o’z   munosabatlarini   bildirganlarida   shu   narsa   ma’lum   bo’ldiki,   bitiruvchi
talabalarning nazariy bilim va hayotiy tajribalarini ortirgan malakalarini faol ishga
solib  ,  kechayotgan   voqealarni   chuqur  tasavvur   etadilar.  Shu  bilan  birga  ularning
respublika Prezidenti tomonidan chiqarilgan “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis
etish   haqidagi   farmon,   “   Jismoniy   tarbiya   va   sport   to’g’risida   ”   gi   qonun   va
respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan.
3.2 Talabalarni ijtimoiy foydali mehnatga va tashkiliy ishlarga o’rgatish
samaradorligi .
Bo’lajak jismoniy tarbiya xodimlarining ilmiy salohiyatini shakllantirish,
ularni   pedagogik   tadqiqot   usullari   bilan   oliy   jismoniy   tarbiya   ta’limining   muhim
shartlaridan   biridir.   Binobarin,   O’zbekiston   Davlat   jismoniy   tarbiya   instituti,
Farg’ona,   Samarqand,   Buxoro,   Andijon   davlat   universitetlari,   Qo’qon   va   Jizzax
davlat   pedagogika   institutlarining   jismoniy   tarbiya   fakultetlarida   talabalarning
ilmiy   tadqiqot   ishlarini   tashkil   qilish,   turli   ko’riklar,   ilmiy-nazariy   anjumanlar
o’tkazish yo’lga qo’yilgan. Bunda talabalar ilmiy jamiyati va kafedralaridagi ilmiy
to’garaklar   namunali   faoliyat   ko’rsatmoqda.   Ma’lumotlar   va   rasmiy   hujjatlarni
o’rganish   natijasida   ma’lum   bo’lishicha   ,   1985-1900   yillar   mobaynida   Tbilisi,
Riga,   Selinograd,   Almati   va   boshqa   shaharlarda   o’tkazilgan   ilmiy-nazariy
anjumanlar,   ko’riktanlovlarda   respublikamizda   100   dan   ortiq   talabalar   qatnashib,
ularning ko’pchiligi faxriy yorliqlar va mukofotlar olishga sazovor bo’lishgan.
Keyingi   yillarda   O’zbekiston   Davlat   jismoniy   tarbiya   institutida
respublika   talabalarining   ilmiy-nazariy   anjumanlari   ,   ko’rik   tanlovlar   o’tkazilishi
an’anaga   aylanib   qoldi.   Bunday   anjumanlarda   har   yili   barcha   oliy   o’quv
yurtlarining   200   dan   ortiq   vakillari   o’zlarining   ilmiy   tadqiqot   ishlari   bilan
qatnashmoqdalar.   Jismoniy   tarbiya   nazariyasi   va   metodikasi   ,   fiziologiya
kafedralari   o’tkazib   kelayotgan   an’anaviy   respublika   talabalar   olimpiadasida   ham
juda   ko’p   ilmiy   ma’ruzalar   ,   diplom   loyihalari   va   referativ   ishlar   muhokama
qilinmoqda.
47 Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligi egallashda ilmiy izlanishning bunday
ilk   qadamlari   o’z   samarasini   bermoqda.   Buni   ilmiy   to’garaklarning   sobiq   faol
a’zolari   ,   xozirgi   kunda   taniqli   mutaxassis   va   olim   sifatida   shakllangan   ba’zi
mutaxassislar   misolida   ham   ko’rish   mumkin.   Masalan,   O’zbekiston   Davlat
jismoniy   tarbiya   institutida   o’qigan   va   hozirgi   paytda   shu   yerda   pedagogika
faoliyati   bilan   barchaga   namuna   bo’layotgan   professorlar   K.T.Raximjonova   ,
Yu.M.Yusupova   ,   G.G.Arzumanov   ,   R.D.Xolmuxammedov   ,   J.A.Akramov   va
boshqalar, Buxoro   Davlat   universitetining professori, pedagogika fanlari doktori
A.K.Atoyev   ,   dosent   X.A.Botirov   ,   Farg’ona   Davlat   universiteti   professori,
pedagogika   fanlari   doktori   SH.X.Xonkeldiyev,   Samarqand   Davlat   universiteti
dosenti   X.T.Rofiyev   shular   jumlasihdandir.   Jismoniy   tarbiya   fakultetlarida   tahsil
olgan   A.A.Abdullayev   (Farg’ona),   J.Eshnazarov   (Samarqand)   ,   T.Xoldorov   ,
X.Meliyev   va   shunga   o’xshash   bir   qator   yoshlar   nomzodlik   dissertatsiyalarini
muvaffaqiyatli yoqladilar.
            Ilmiy tadqiqot ishlari asosan ilmiy to’garaklar , labaratoriyadan boshlanadi.
Xususan,   O’ZDJTI   ning   jismoniy   tarbiya   tarixi   va   harakatini   boshqarish
kafedrasida uchta fan bo’yicha to’garaklar faoliyat ko’rsatadi:
          1. O’zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixini o’rganish.
          2. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish muammolarini o’rganish.
           3. Ommaviy jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish ishlari, sayyohat va xalq
milliy o’yinlarini o’rganish.   
                          Bu   to’garaklarda  xar   yili   100  ga   yaqin   talabalar   faol   ishtirok   etadilar.
Ularga   kafedraga   ishlab   chiqilgan   va   uning   muammoviy   mavzulari   bilan
bog’langan   sohalar   bo’yicha   aniq   mavzular   berildi.   1986-1997   yillar   mobaynida
o’tkazilgan   institut   va   respublika   talabalarining   ilmiy-nazariy   anjumanlarida   shu
kafedraning olimlari va yetakchi  mutaxassislaridan  T.T.Yunusova , R.A.Qoziyev,
R.A.Abdumalikov   ,   R.A.Rafiqova   ,   A.K.Akramov   ,   N.M.Mallaboyev   ,
R.D.Xolmuhammedov   ,   E.Yu.Daurenov   ,   L.O.Jalilova   kabilar   ilmiy   rahbarlik
qilgan talabalar o’z ma’ruzalari bilan muvaffaqiyatli qatnashdilar.
48 Shuni   ta’kidlash   lozimki,   O’zbekiston   mustaqil   bo’lgach,   talabalarning
ilmiy   metodik   ishlari   milliy   o’yinlarni   o’rganish,   ularni   hayotga   keng   ko’lamda
tadbiq   etish   yo’llariga   qaratildi.   1992-1997   yillarda   o’tkazilgan   talabalarning
ilmiy-nazariy anjumanlari buning dalili bo’la oladi.
Ilmiy   to’garaklar   ishlari   fandagi   yangi   yutuqlarni   o’rganish   va   xal
qilinishi   kerak   bo’lgan   muammolarni   ko’tarib   chiqishi,   iloji   boricha   ularni
yechishga   qaratilgan.   Talabalarni   ilmiy   tadqiqot   ishlariga   jalb   etishga   ularning
kundalik turmush tarzini to’g’ri rejalashtirish muhimdir.
Ma’lumki, haftaning ba’zi kunlarida sport trenirovkasi yoki musobaqalar
bo’lmaydi.   Shu   sababdan   kundalik   rejimda   kamida   bir   ikki   soat   vaqtni   ilmiy
adabiyotlar o’qish, to’garak yoki konsultatsiya , turli labaratoriya tajriba ishlarida
qatnashish, ma’ruzalar tayyorlash va shunga o’xshash faoliyatlarga ajratilsa, ilmiy
to’garak   rahbari   yoki   mavzuning   ilmiy   rahbari   ko’rsatmasiga   rioya   qilib,
vazifalarni o’ta puxta bajarib borilsa ayni muddao bo’ladi.
Hozirgi   yangilanish   sharoitida   jismoniy   tarbiya   va   sport   sayyohatga
mehnatkash   ommani   hamda   o’quvchi   yoshlarni   jalb   qilish   muhim   vazifalardan
biridir.   Aholi   turar   joylari,   ishlab   chiqarish   muassasalari   madaniy   sport
komplekslari,   qishloqlarda   ayniqsa   mahalliy   xotin   qizlar   orasida   jismoniy   tarbiya
sportni   tashkil   qilishning   yangi   shakl   va   usullarini   ishlab   chiqish   ,   bu   ishda
jismoniy tarbiya faollarning ma’suliyatini yanada oshirish eng dolzarb muammolar
sirasiga kiradi.
Ertalabgi gigiyenik gimnastika , ishlab chiqarishdagi sog’lomlashtiruvchi
jismoniy tarbiya guruhlardagi mashg’ulotlarning umrni uzaytirish , ishlab chiqarish
qobiliyatini oshirishdagi o’rnini o’rgava diplom ishlarini nish ham talabalar uchun
zaruriy jarayonlardan hisoblanadi. Ilmiy to’garaklarda ana shu muammolar ustida
ish olib borish maqsadga muvofiqdir.
Bu   muammolarni   o’rganish   va   ba’zi   ilmiy   natijalarga   erishish   talaba
uchun ilmiy dunyoqarash doirasini  kengaytirish , kurs va diplom ishlarini yozish,
referatlar   tayyorlash   ,   institut   va   respublika   miqyosidagi   ilmiy-nazariy
49 anjumanlarda   ishtirok   etish   ,   ilmiy   to’plamlarda,   jurnal   va   gazetalarda
maqolalarbilan chiqish kabi imkoniyatlarni beradi.
Kuzatishlar   natijasida   shu   narsa   ayyon   bo’ldiki,   agar   talaba   qo’yidagi
shartlarga   rioya   qilgan   holda   harakat   qilsa,   uning   ilmiy   amaliy   faoliyati   yaxshi
samara berar ekan:
- o’zi   qiziqqan   sohani   yaxshi   bilish   uchun   kafedralardagi   ilmiy
to’garaklarga a’zo bo’lib kirish;
To’garak rahbari yoki ilmiy rahbarningmavzular ustida ishlashga doir maslahat va
topshiriqlarga to’la amal qilish;
- materiallar   yig’ish,   tegishli   adabiyotlarni   o’qish   va   uni   izchil   taxlil   qilishga
o’rganish;
- eksperiment o’tkazish yo’llarini, usulini egallab olish;
- yangi ilmiy adabiyotlarni to’plab borish, shaxsiy kutubxona hosil qilish;
- yig’ilgan   materiallarni   raxbar   bilan   birgalikda   ishlab   chiqish,   ilmiy
ma’ruzalar, tezislar tayyorlash va anjumanlarda ishtirok etish;
- kurs va diplom ishlarini ilmiy mavzular, muammolarga bog’lash;
- ilmiy   munozalarda,   baxslarda   faol   ishtirok   etish,   ilmiy   farazlar   tuzishga
o’rganish;
- ilmiy to’plamlarda, gazeta va jurnallarda maqolalar bilan qatnashish;
Talabalarning sport mahoratini muntazam oshirib borish yo’llari:
Jismoniy   tarbiya   va   sport   sohasida   mutaxassis   bo’lib   yetishish   uchun
avvalo   biron   sport   turini   to’la   egallash,   mahoratini   sayqallashtirib   borish   talab
qilinadi. Shu bilan birgalikda o’quv rejasi  va maktab jismoniy tarbiya dasturidagi
sport turlari bo’yicha xam amaliy malakaga ega bo’lish zarur.
Sport     mahorati,   texnika,   taktika,   nazariy   bilimlar,   qoidalar   va   yuqori
razryad normativlarini bajara olish darajasi bilan belgilanadi.
50 Jismoniy   tarbiya   instituti   va   fakultetlarida   sport   mahoratini   oshirish
masalasi   sport   ixtisoslari   bo’yicha   mavjud   kafedralarda   amalga   oshiriladi.
Mahoratli murabbiy, o’qituvchi yoki tashkilotchi rahbar ko’pgina sport turlarining
sirlari,   qoidalari,  mazmuni,   texnika  va   taktikasidan   to’liq   xabardor   bo’lishi   zarur.
Bu   malaka   va   amaliy   ko’nikmalarni   sport   trenirovkasi   va   sport   turlari   bo’yicha
o’tkaziladigan   majbo’riy   darslar   jarayonida,   shuningdek   sport   musobaqalari
davrida qo’lga kiritish mumkin.
Sport mahoratini egallash xar bir talabadan sport trenirovkasi jarayonida
texnik   va   taktik   qoidalar,   harakatlar   majmuini   yaxshi   o’zlashtirish,   trenirlar
tomonidan   berilgan   tegishli   vazifalarni   mustaqil   bajarishni   ,   ularga   qayta   qayta
takrorlashni talab etadi.
Shuni   ta’kidlash   kerakki,   sport   mahoratini   oshirib   borish   jarayonlarida
talabalar   jismoniy   tarbiya   jamoalari,   sport     to’garaklardagi,   sport     tashkilotlari
ishlaridagi   rahbarlik   uslublarini     xam   o’rganib   borishi   lozim.   Shunday   paytlarda
o’z ixtisosi bo’yicha sport turi bilan jismoniy madaniyat harakatini boshqarish fani
qo’ygan   vazifalarni   bog’lab   o’rganishi,   olgan   bilim   va   orttirgan   ko’nikmalarini
o’quv  amaliyoti jarayonlarida amalda qo’llashlari  kerak.
Tadqiqotlar   natijasida   talabalarning   sport   mahoratini   oshirish   yuzasidan
bajariladigan   ishlari   va   ixtisosligi   bo’yicha   mustaqil   izlanishlar   uchun   zarur
bo’lgan ba’zi tavsiyalar ishlab chiqildi. Ular asosan qo’yidagilar:
- o’z   ixtisosligidagi   sportga   aloqador   yoki   turdosh   sport   turlariga   ko’proq
e’tibor berish, ularning asosiy mazmuni va qoidalarini to’la o’rganish:
- amaliyotlar jarayonida hakamlik qilish, jamoatchilik asosida mashg’ulotlar
o’tkazishga to’g’ri keladi, shu sabali bu faoliyatlarga  doir maxsus o’quv va
metodik hamda ilmiy adabiyotlarni o’qib borish;
- sport turlari, ayniqsa o’z ixtisosligi bo’yicha maxsus mashqlar  majmuasini
tuzish, yig’ish va to’plab borish, amaliyotda uni to’la qo’llash;
51 - trenirlarning   ilg’or   tajribalarini   o’rganish,   yirik   musobaqalarni   kuzatish,
sportdagi  yangi  texnika, taktika va qoidalarni  o’z vaqtida o’rganib borish,
bu sohadagi seminar mashg’ulotlarida ishtirok etish;
- yuqori sinf o’quvchilari orasida jismoniy tarbiya, sport va sayyohatni keng
targ’ibot qilib borish, ular bilan tez-tez uchrashib turish;
- pedagogik   va   ixtisoslik   bo’yicha   o’quv   amaliyoti   va   jarayonlaridayoq
bolalarni trenirovka qildirish ish usullarini chuqur o’rganib borish.
Tadqiqot   natijalarining   ko’rsatishicha   talabalarning   sport   mahoratini
oshirishga   bo’lgan   talablar     O’ZDJTI   Samarqand,   Buxoro,   Farg’ona   va   boshqa
viloyatlardagi   jismoniy   tarbiya   fakultetlarida   eng   muhim   vazifalardan   biri   qilib
qo’yilgan.   Shu   sababdan   talabalar   sport   musobaqalarida   yaxshi   natijalarga
erishmoqdalar. Bu esa yaxshi mutaxassis bo’lishning garovidir.
Talabalarni foydali mehnat va tashkiliy ishlarga o’rgatish.
Respublikamizda milliy qadriyatlarni to’la tiklash va ma’naviy – ma’rifiy
ishlarni   chuqurlashtirish   borasida   katta   tadbirlar   olib   borilmoqda.   Hozirgi
yangilanish   va   mustaqillik   har   bir   mutaxassis   xodimdan   yuksak   ongli   bo’lish,
ijtimoiy   siyosiy   jihatdan   yetuk,   tadbirkor   bo’lishni   talab   etadi.   Bu   fazilatlarni
talabalik   yillarida   shakllantirish   ta’lim   va   tarbiyaning   dolzarb   vazifalaridandir.
Bugungi   talaba   ertangi   mutaxassis,   ya’ni   tarbiyachi,   tashkilotchi,   targ’ibotchi,
tadbirkor   bo’lar   ekan,   yoshlarga   zamon   ruhi   bilan   yashahsni   o’rgatish,   eng   ilg’or
va   xayot   uchun   zarur   barcha   faoliyatlarni   singdirish   juda   muhim.   Hozirgi
oshkoralik   qaror   topayotgan   va   bozor   iqtisodiyoti   munosabatlariga   o’tilayotgan
sharoitda   bo’lajak   sport   mutaxassislarining   g’oyaviy   siyosiy   jihatdan   yetuk   va
yuksak   ongli   bo’lish   talab   qilinadi.   Zero   busiz   to’la   ma’nodagi   zamonaviy
mutaxassis   bo’lish   mushkuldir.   Bo’lajak   jismoniy   tarbiya   va   sport
mutaxassislarining bu fazilatlarini rivojlantirish uchun qo’yidagi tavsiyalarga amal
qilish yaxshi natijalar beradi:
52 - ota-onalarga , o’qituvchilarga taqlid qilish va ularning ijobiy tomonlarini
o’zlashtirishga intilish;
- milliy qadriyatlar, yangi urf-odatlarini taqlid qilib o’rganish;
- odob-axloqqa   doir   kitoblar,   turli   nashrlarni   o’qib   borish   va   o’zaro
muhokama qilish, ulardan to’g’ri xulosa chiqarish;
- jamoa   bo’lib   o’tkaziladigan   milliy   madaniy   va   sport   tadbirlarida   faol
ishtirok etish;
- guruh,   kurs,   fakultet   va   institut   xayotida   faol   qatnashib   borish,   o’zining
yaxshi xususiyatlari bilan namuna bo’lish;
- yangilanish   va   mustaqillik   ruhi   bilan   o’tkazilayotgan   ma’rifiy
yig’ilishlarda qatnashish;
- topshiriqlarni   o’z   vaqtida   bajarish,   boshqalardan   xam   huddi   shuni   talab
qilish
- talabalar   yotoqxonasi,   kafedralar,   o’quv   auditoriyalari,   sport   bazalarida
o’z-o’zini boshqarishga tegishli bo’lgan faoliyatlarda namuna ko’rsatish;
- xorijiy   tillarni   o’qish.   turmush   madaniyati     va   ish   faoliyatlari   bilan
tanishib borish;
- qishloqda   zamonaviy   madaniyat   va   turmush   sharoitini   yaxshilashga   doir
tadbirlarda   faol   targ’ibotchi   bo’lish,   ko’ngilochar   sport   kechalarida
qatnashish;
- o’z   kasbiga   hurmat   bilan   qarashga   o’rganish,   shu   sohada   ishlayotgan
ustozlar   faoliyatlarini   izchil   o’rganib   borish,   ularni   sport   muxlislari   va
axoli o’rtasida muntazam targ’ib qilish;
- televideniya   va   matbuot   sahifalardagi   kundalik   voqealar,   xalqaro   axvol,
sport axborotlarini doimiy ravishda  ko’rib o’qib borishga odatlanish;
- tashkiliy   yig’ilish   mashg’ulotlarida   va   o’zaro   munozaralarda   g’oyaviy-
siyosiy mavzularda ma’ruzalar bilan tez tez chiqib turish va faol qatnashib
borish;
- ixtisoslik bo’yicha o’quv amaliyotlari jarayonlarida targ’ibotchi vazifasini
bajarish;
53 - Milliy   o’yinlarni   o’rganish   va   anjumanlarda   ma’ruza   qilish,   uning   keng
yoyishga harakat qilish;
- Jismoniy   tarbiya   harakatining   turli   tarmoqlari   ish   faoliyatini   o’rganib
borish,   ularni   mablag’   bilan   ta’minlanish   manbaalari,   yo’l   va   usullarini
o’zlashtirib olish;
- Yangicha ish yuritish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik uslublarini o’rganish va
jismoniy tarbiya sohasiga uni tadbiq qilishni bilib olish;
- Sport matbuotlariga muntazam ravishda obuna bo’lish, buni targ’ib qilish;
- Olimpiya harakatining tarixini, hozirgi muammolarini puxta o’rganish;
Talabalarning o’quv amaloiyotlarini tashkil qilish.
Mutaxassis xodimlarni tayyorlashda talabalarning olgan nazariy bilim va
amaliy   ko’nikmalarini   mustahkamlashda   o’quv   amaliyotlarini   to’g’ri   tashkil
qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oliy   o’quv   yurtlarining   o’quv   rejasida   talabalarning   o’quv   amaliyotini
o’tkazishga alohida o’rin berilgan. 
1990-1991 yil   va undan oldingi oldingi davrlarda o’quv amaliyoti deyarli barcha
kurslarda qo’yidagicha tashkil qilingan: 1 kursda 6 hafta 1991-1992 o’quv yilidan
boshlab   1   kurslarda   o’quv   amaliyoti   o’tkazilmaydigan   bo’ldi,   bu   bizning
fikrimizcha   maqsadga   mvofiqdir.     Chunki   1   kurs   talabalari   nazariy   bilimlarni
chuqurroq   o’rganishlari   lozim.   2   kurs   talabalari   o’quv   amaliyotiga   qo’yilgan
talablar hozirgi kunning muhim vazifalarini tahlil qilish, pedagogika, psixologiya,
jismoniy   tarbiya   nazariyasi   va   sport   mutaxassisligidan   olgan   ma’lumotlarini
xayotda   qo’llash   kabi   juda   zarur   masalalarga   qaratildi.   Shu   sababdan   talabalar
hafta   mobaynida   umumta’lim   maktablar,   sport   maktablari,   ishlab   chiqarish
korxonalarida   (jismoniy   tarbiya   jamoalari,   sport   klublari)   bo’lib,   ularning   ish
mazmuni,tuzilishi,   vazifalari   va   sharoitlari   bilan   tanishadilar.   Rahbariyat,
mutaxassis   xodimlar,   tashkilotlarning   rahbar   yoki   vakillari   bilan   suhbatda
bo’lishadi,   ularning   ish   uslublarini   o’rganadilar.   Jismoniy   tarbiya   darslari,   sport
54 to’garaklari mashg’ulotlar  o’tkazishda yordamchi  sifati yoki mustaqil  tashkilotchi
bo’lib   qatnashishlari   mumkin.   O’quvchilar,   ishchilar,   sportchilar   bilan   jismoniy
tarbiyaning   mohiyati,   sportdagi   yutuqlariva   boshqa   mavzularda   jonli   suhbatlar
tashkil   qilishadi.   O’quv   va   to’garak   mashg’ulotlarini   rejalashtirish,   ularga
konspektlar   tayyorlash,   mashg’ulot   joylariga   kerakli   sport   jihozlarini   qo’yish,
joylashtirish   ishlarida   ko’maklashadilar.   Yana   shu   faoliyatlar   asosida   tegishli
hujjatlarni   rasmiylashtiradi.   So’ngra   o’z   faoliyatlarini   baholash   uchun   barcha
xujjatlarni   rahbar   va   o’qituvchilarga   topshiradilar.   O’quv   amaliyoti   yakuniga
bag’ishlangan   anjuman   (konferensiyalar)   rahbar   axborot   beradi   va   talabalarning
baholarini e’lon qiladi.
Bu   faoliyat   kengroq   mazmunda     va   ish   miqdorlari   oshirilgan   holda   3
kursda   yana   davom   ettiriladi.   Bunda   ta’lim-tarbiya,   sport   to’garaklarni   tashkil
qiliosh, musobaqalar o’tkazishga alohida e’tibor beriladi. Eng katta talab darslarni
to’g’ri   tashkil   qilish,   uni   sifatli   qilib   o’tkazish,   o’qituvchiga   qo’yilgan   barcha
talablar   talabalarga   yuklatiladi.   Sport   maktablari,   sport   tashkilotlari   va   quyi
jismoniy tarbiya jamoalari  ish faoliyatida bevosita qatnashish murabbiy, yo’riqchi
o’quv amaliyotining ikkinchi bosqichida tashkil qilinadi.
O’quv  amaliyoti  darslarida  talabalar  barcha  ish   turlari   bo’yicha   (dars   va
dasdan   tashqari   )   tegishli   hujjatlarni   tayyorlab,   o’z   rahbariga   topshiradi.   Ular
tomonidan   tuzilgan   hujjatlar   va   amaliy   faoliyatlar   baholanadi.   O’quv   amaliyoti
yakuni maxsus anjumanda muhokama etilib, talabalar bahosi e’lon qilinadi. Sport
jamoalarida band bo’lgan yoki biron sabab bilan o’quv amaliyotida qatnashmagan
talabalarga alohida vaqt ajratilib beriladi va ular bu faoliyatni bajaradilar.
4   kursdagi   o’quv   amaliyoti   o’tgan   amaliyotlarni   mustahkamlash   o’quv
tashkiliy ishlarni uyushtirishga qaratilgan. Bunda har bir talaba bo’lajak ish sohasi
(o’qituvchi, murabbiy, tashkilotchi) bo’yicha o’quv amaliyotiga jalb etiladi. Ya’ni
maxsus hay’atda qaysi joyda va kim bo’lish ishlashi xaqida taqsimotdan o’tishiga
qarab o’quv amaliyotiga yuboriladi. Xususan, maktablarga taqsimlanganlar albatta
maktabga   o’quv   amaliyotini   o’taydilar,   oliy   va   o’rta   maxsus   o’quv   yurtlariga
55 taqsimlanganlar oliy o’quv yurtlariga amaliyot o’tash uchun yuboriladi., trenirlik-
murabbiylakga   taqsimlanganlar   asosan   sport   maktablariga   yuboriladi,   sport
tashkilotlari,   korxonalar   va   shunga   o’xshash   sohalarga   taqsimlanganlar   biron
tuman sport qo’mitasi yoki sport klubiga yuboriladi.
Har   bir   talaba   o’z   sohasi   bo’yicha   o’quv   amaliyoti   jarayonida   asosan
qo’yidagi faoliyatlarni bajaradi:
1) shaxsiy rejalarni (har xaftaga alohida) tuzish;
2) kundalik daftar tutish va unda qilingan ishlarni qayd qilib borish;
3)   o’quv   mashg’ulot   trenirovkalarining   yillik   ish   rejalari   va
konspektlarini tayyorlash;
4) sport tadbirlarining yillik kalendar rejasini tuzish;
5) sport musobaqalarini o’tkazish nizomini tayyorlash;
6) o’z sport turi bo’yicha muntazam mashg’ulot o’tkazish;
7)   jamoatchi   xodim   (   xakam,   trener,   yo’riqchi)   tayyorlash,   semenar
mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish;
8) o’rtoqlarining darsi va mashg’ulotlarini pedagogik tahlil qilish;
9)  jismoniy  tarbiya va sportning hozirgo kundagi  mohiyati  , taraqqiyoti,
va muammolariga bag’ishlangan mavzularda suxbat o’tkazish;
10)   sport   jihozlarini   harid   qilish,   o’quv   yig’inlarini   o’tkazish,
musobaqalar   tashkil   qilish   uchun   moliyaviy   hujjatlar   (smeta)   tuzish   yoki   sport
klubining yillik moliyaviy hujjatlarini o’rganib, smeta tayyorlash;
11)   o’quv   amaliyoti   o’tkazayotgan   jamoaning   barcha   faoliyatlarini
chuqur o’rganish asosida ma’lumotnima tayyorlash;
12) o’quv amaliyoti jarayonida qilingan ishlar asosida yozma va statistik
hisobot tayyorlash;
13)  o’quv amaliyoti o’tkazganlik haqida tavsifnoma olish;
14)   o’quv   amaliyotidan   tutilgan   daftarni   baholash   uchun   rahbarga
topshirish;
15) yakuniy anjumanda qatnashish va bahoni eshitish;
56 Yuqorida   ko’rsatilgan   ish   turlari   va   ularning   miqdori,   hajmiga   o’quv
amaliyotining umumiy rahbari(fakultet  vakili)  tomonidan o’zgartirishlar kiritilishi
mumkin.     Keyingi   yillardagi   tajribalar   shuni  ko’rsatadiki,  har   bir   talaba  bo’lajak
ish joyiga borib o’quv amaliyotini o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun
talaba va raxbarlar astoydil ishonch asosihda kelishib , o’quv amaliyotini o’tkazish
uchun   viloyatlarga   (fakultet   raxbari   ruxsati   bilan)   yuborishi   mumkin.   O’quv
amalioyotlarini   maqsad   yo’lida   sifatli   va   tashkiliy   asosda   o’tkazish   uchun
qo’yidagiliarni bajarishi kerak:
1) jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, jismoniy tarbiya va sportni
boshqarish, sport mutaxassisligi va ularga aloqador bo’lgan fanlarni bevosita xayot
bilan bog’lab, talabalarga chuqurroq bilim va malakalar berib borish;
2)   talabalarning o’quv amaliyoti   bilan bevosita  bog’langan  faoliyatlarini
aniq belgilash, ularning ma’suliyatini yanada oshirish, talabchanlikni kuchaytirish;
3)   guruhlarga   bo’lingan   talabalarga   eng   tajribali   o’qituvchilarni   raxbar
etib  tayinlash;
4) o’quv amaliyoti o’tkaziladigan joylardagi(maktab, sport klublari, sport
maktablari   va   x.k.)   mas’ul   xodimlarning   talabalarga   bo’lgan   e’tibori   va
ma’suliyatini oshirish;
5)   tartib   va   intizomga   qat’iy   rioya   qilish,   talabalarning   bir   xilligiga
erishish;
Shuni   ham   ta’kidlash   joizki,   1994/95   o’quv   yilida   O’ZDJTI   o’zining
o’quv rejasini qayta ishlab chiqdi va uni tasdiqlatish uchun oliy ta’lim vazirligiga
tavsiya   etdi.   Unda   ba’zi   bir   fanlarga   ajratilgan   ortiqcha   soatlar   qisqartirilib,   ular
asosan sport mutaxassisligi  va amaliy mashg’ulotlarga berildi. Shuningdek, o’quv
amaliyotiga   doir   ba’zi   masalalar   xam   ixchamlashtirildi.   Yangi   o’quv   yili   rejada
sog’lomlashtirish, maktabgacha bolalar muassasalari va sport menejmenti bo’yicha
mutaxassis xodimlarni tayyorlashga alohida e’tibor berildi.    
57   3.3. Jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini  tayyorlashda tavsiya
etiladigan modeli dan foydalanish uslublari.
O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng boshqa soxa kabi jismoniy
madaniyat   va   sportga   ham   katta   e’tibor   berildi.   Uni   tashkiliy   qo’mita,   boshqaruv
ishlarida   o’zgarishlar   qilindi   va   takomillaashtirildi.   Milliy   sport   turlariga   katta
e’tibor   berib,   xalqaro   sport   turiga   aylantirldi.   Jismoniy   madaniyat   va   sportni
ommalashtirish   ishlari   tashkil   qilindi   va   amalga   oshirilmoqda.     Ta’lim
muassasalarida   jismoniy   madaniyat   darslari   o’rganib   chiqildi   va   qo’shimchalar
kiritilib   milliylik,   milliy   urf   odatlarimizga   moslashtirilib   yangi   dastur   ishlab
chiqildi   va   amalda   joriy   etildi.     O’zbekistonda   jismoniy   madaniyat   tizimi   to’liq
ishlab chiqildi, tizimni yurgizish uchun jismoniy madaniyat  mutaxassislari  yetarli
bo’lmog’i va shu bilan birgalikda mutaxassislikni  puxta egallaganliklariga e’tibor
oshdi.   Umuman   olganda   mustaqil   O’zbekistonda   rivojlangan   davlatlar   qatoriga
chiqarish   uchun   barkamol   yetuk   kishilarga   ehtiyoj   oshib   bormoqda.   Bunday
kishilarni   tarbiyalash   omillaridan   biri   jismoniy   tarbiya,   shu   bois   jismoniy
madaniyat  va sport davlat siyosati darajasigacha ko’tarildi. Respublikani dunyoga
tanitishni,   uni   qudratini   kishilarni   jismoniy   imkoniyatlarini   namoyon   qilishni
asosiy vositalaridan biri shubhasiz sportdir.
Jismoniy   madaniyat   va   sport   hozirgi   kunda   jamiyatni   ajralmas   qismiga
aylanib   ulgurgan.   U   kishilarni   sog’ligini   mustahkamlash   bilan   birga   millatlararo,
davlatlararo   totuvlikni   saqlashga   do’stona   munosabatda   bo’lishga   yaqindan
yordam   beradi.   Shuni   to’g’ri   tushungan   hukumat   jismoniy   madaniyat   va   sportni
rivojlantirish   to’g’risida   bir   qancha   qaror   va   farmonlar   qabul   qildi,   hamda
jamg’armalar tashkil qilindi. Ularni ijrosi doimo nazorat qilib boriladi.
Modellashtirish   so’zlarini   ta’rifi   tushunchalari .   –   modelchi   model
yasovchi   usta,   ishchi.     Model,   biror   narsaning   huddi   o’zidek   yoki   kichraytirib
olingan,   kattalashtirib   olingan   nusxasi.   Andoza,   nusxa,   ko’ylakni   yangi   modeli
tasviriylar uchun xomaki material bo’ladigannarsa. Rassom bu asarni boshlar ekan,
58 eng   avvalo   ma’lum   estetik   kechinmalarni   uyg’otadigan,   o’y   so’rishga   majbur
etadigan zavq baxsh etadigan model tanlash kerak.
Quruvchilik   qolip   tayyorlash   uchun   yog’och   yoki   metaldan   yasalgan
nusxa  model sex i.
Modernizatsiya   zamonaviy   talab   va   didga   moslab   o’zgartirish,
zamonaviylashtirish, uskunalarni modernizatsiya qilish;
Modernizasiyalamoq,   modernizatsiya   qilmoq,   zamonaviylashtirmoq,
uskunalarni   modernizatsiyalash   va   yangi   yalpi   o’zlashtirish   yo’li   bilan   ishlab
chiqarish quvvatini oshirmoq;
Modellash-   fizik   hodisa   va   jarayonlarni   model   yordamida   tadbiq   qilish,
obektlar   (jonli   va   jonsiz   tizimlar,   muhandislik   konstruksiyalari,   fizik,   kimyoviy,
bilologik,   ijtimoiy   jarayonlar   hamda   loyihalanishdagi   obyektlar)ning   modellarini
yasash.   Fizik,   Matematik,   elektro-kibernetik   va   boshqa   xillariga   bo’linadi.   Fizik
modellashga   tadqiqot   tekshirilayotgan   jarayonning   fizik   tabiati   va   geometric
tuzilishi   asl   nusxasidek   ammo   undan   miqdori   o’lchami   va   tezligi   jihatidan   farq
qiladigan modelda olib boriladi. 
Mutaxassislik tushunchasi.
Mutaxassislik biror bir kasb sohaga yo’naltirilgan. Shu sohaga oid barcha
nazariy   va   amaliy   bilimlarni   o’ziga   jamlagan   yo’nalish   demakdir.   Biz   yashab
turgan   xozirgi   zamonda   bir   qancha   mutaxassisliklar   mavjud.   Har   bir   soha   o’z
tarixiy   taraqqiyotga   egadir.   Sohalar,   mutaxassisliklar   xayot   kechirish   yashash
sharoitidan turli ehtiyojlar sababli vujudga keladi. Ularni ayrimlarini juda qadimda
paydo bo’lgan bo’lsa, ayrimlari yaqin o’tmishga borib taqaladi.
Masalan ustachilik, hunarmandchilik, quruvchilar qadimda paydo bo’lgan
bo’lsa, mashinasozlik, elektron hisoblash kompyuter, dasturlash, programma tuzish
va   shu   kabi   sohalar   mutaxassisliklar   tarixi   yaqin   o’tmishga   borib   taqaladi.
Mutaxassis     ma’lum   bir   yo’nalish   yoki   jamiyat   uchun   ma’lum   bir   ishni   amalga
59 oshirish uni tashkil qilish, olib boorish va nazorat qilishkabilarni o’z ichiga oladi.
Shunday   sohalar   borki,   biror   soha   mutaxassisi   ikkinchi   bir   sohani   tushunmasligi
mumkin. Shu bois mutaxassis tushunchasini  ayni  shu yo’nalishni puxta egallagan
kishilarga nisbatan aytiladi.
Mutaxassislikni modellashtirish.
Mutaxassislikni   modellashtirish   biror   soha   ma’lum   bir   darajada
chegaralash   yoki   aniqlashtirish   demakdir.   Biz   ma’lum   moddiy   predmetlarni
ob’yektlarini   modellashni   ma’lum   darajada   tushunamiz.   Mutaxassislikni
modellashtirish   unga   nisbatan   ancha   murakkab   ya’ni   u   sohani   puxta   bilmasdan
turib   modellashtirib   bo’lmaydi.   Yana   shuni   aytish   mumkinki,   bir   kishi
modellashtirishni amalga oshirishi ancha murakkab. Chunki ayrim mutaxassisliklar
keng qamrovli bo’lib, anchagina bilim va tajriba talab qilinadi. Jismoniy madaniyat
mutaxassisligini modellash anchagina murakkab hisoblanadi, chunki u ancha keng
qamrovli   soha   hisoblanadi.   Ba’zida   bir   sohani   bir   necha   yo’nalishi   alohida   –
alohida   modellashtirib,   so’ngra   ular   birlashtiriladi   va   yaxlit   model   hosil   bo’ladi.
Masalan,   jismoniy   tarbiya   o’qituvchisini   modeli,   sportchi   tayyorlaydigan
murabbiyni   modeli,   hakamlik   modeli,   sport   klublarini   modeli,   federatsiyalarni
modeli, sport tashkilotlarining modeli, sportchilarni modeli va xkz.
Yuqorida aytib o’tilganidek bu sohani modellashtirish bir kishini qo’lidan
kelishi juda qiyin. Anashu har bir yo’nalish ustalari shu sohaga pishgan uni yaxshi
yomon tomonlarini ko’rgan. 
Kishilar   yuqori   natijaga   erishgan   kishilar   soha   yo’nalishlarini   modelini
yaratadi   va   ular   yuqori   bilimga   ega   mutaxassislar   tomonidan
umumlashtirilibbirlashtiriladiva yagona mutaxassislik modeli yaratiladi.
Mutaxassislikni   egallash   degani   yuqoriga   keltirilgan   yo’nalishlarni
mukammal   egallash   degani   emas,   balki   bir   yo’nalishni   chuqur   egallash
boshqalarini ma’lum darajada egallash, lekin har bir yo’nalishdan xabardor uning
asosiy mazmunini bilishlari shart. Shundagina mutaxassis deyish mumkin. 
60 Modellashtirishni   maqsadi   mazmuni   shundan   iboratki,   sohani
aniqlashtirish,   sohani   mutaxassislikni   egallamasdan   turib   uni   ma’lum   ma’noda
ko’ra   bilish,   uni   murakkab   va   oson   tomonlarini   anglash   mutaxassis   bilishi   amal
qilishi   lozim   bo’lgan   ishlarni   oldindan   anglay   bilish.   Shu   orqali   mutaxassislarni
yo’naltirishdan   oldin   unga   qobiliyati,   qiziqishi,   fiziologik   jihatlari   va   individual
xususiyatlarini   hisobga   olib   sohaga   yo’naltiriladi.   Modellashtirish   ilmiy-amaliy
bilimlarni   yetuk   va   kamchiliklarini   hisobga   olgan   holda   amalga   oshiriladi.   Shu
bois eng samarali tomonlari mujassamlashtirilib, modellashtiriladi. Tavakkalchilik
albatta   yaxshi   samara   bermaydi.   Undan   tashqari   mutaxassis   kishini   adashtirishi
sohani zaiflashuviga shu orqali uni jamiyatdagi mavqe’iga zarar keltirishi mumkin.
Modellashtirishdan   asosiy   maqsad,   ko’zda   tutilgan   narsani,   sohani   ma’lum
ma’noda   oldindan   ko’ra   bilish   va   shunga   qarab   ishni   oldindan   rejalashtirish
imkonini beradi. 
Mazmunli   modellashtirishni   amalga   oshirish   uchun   ko’zda   tutilgan
nazariy   va   amaliy   bilimlar   tajribaga   tayanish   ilmiylikka   asoslanish   va   undan
chekkaga   chiqmagan   holda   ish   tutish   demakdir.   Masalan,   modellashtirilmagan
soha tavakkalchilik kishilarga va davlatga katta zarar yetkazadi va aytilgan natijani
bermasligi kishi umrini befoyda o’tkazishi mumkin. 
Shu fandan kelib chiqadigan vazifalar:
1. Modellashtirishni maqsadini chuqur anglash;
       2. Modellashtirshni ahamiyati;
3. Modellashtiriladigan sohani chuqur anglash;
4.   Modellashtirishda   nimalarga   ahamiyat   berishini   va   nimalarni   hisobga
olishini;
5.   Modellashtiriladigan   mutaxassislikni   kichik   yo’nalishlarga   bo’lishni   va
ularni umumlashtirishni;
6. Mutaxassislikni tarixini uni istiqbollarini o’rganish;
7. Jaxon andozalarini zamon talablarini o’rganish;
8. Xalqaro zamonaviy bilimlarni o’rganish ulardan nusxa olish;
61 9.   Oldinni   ko’ra   bilishni   zamon   taraqqiyotini   hisobga   olishi-yu   boshqa
mutaxassisliklardan   ularga   bo’ladigan   yangiliklardan   xabardor   bo’lishini,
kerak   bo’lsa   ularga   moslashtirishni   hisobga   olishni,   omma   ehtiyojlarini
hisobga   olishni,   oldinni   ko’ra   bilish   va   to’g’ri   qaror   qabul   qilishni,
yo’qotishlarga   va  isrofgarchilikka  yo’l   qo’ymaslikni,   sohani  jamiyat  oldidagi
o’rni   va   mavqeini   yanada   oshirishni,   sohani   sifat   samaradorligini   oshirish
jamiyat   taraqqiyotidagi   o’rnini   oshirishini,   sohani   ijobiy   tomonlarini   yanada
kengaytirishni,   zamonaviy   va   istiqbol   talablariga   javob   beradigan
mutaxassislarni   modelini   yaratish.   Fandan   kelib   chiqadigan   vazifalar
anashular.
Jismoniy madaniyat o’qituvchisining modeli.
Jismoniy madaniyat o’qituvchisining modeli haqida gap ketganda biz bir
soxa  mutaxassisini   uni  ustasini   yaratilish,  tayyorlanishi   tasavvur   qila boshlaymiz,
yani   o’z   bilim   doiramizda   kelib   chiqib   tajribamizga   tayanib   uni   o’z   ongimizda
tasavvur qilamiz, ya’ni modelni  o’ngimizda yaratimiz. 
Jismoniy tarbiya o’qituvchisini tayyorlash uchun avvalam bor shu soxaga
munosib kishini ya’ni fiziologiya jismoniy, psixik, ruhiy ichki dunyosi qobiliyati,
iqtidori va shu kabi tomonlari talabga javob beradigan bo’lishi shart. Uning ya’ni
shaxsning   shu   qobiliyatlari   asosan   mutaxassislikka   kirish   imtihonlari   sinovidan
o’tadi. Mutaxassislik bo’yicha o’qishga qabul qilingan  shaxs DTS bo’yicha ta’lim
olib   boradi   va   olgan   bilimlarini   o’zlashtirishi   baholanib   shu   asosida   kursdan-
kursga  o’tkaziladi va o’qishni  unutadi. Jismoniy mutaxassisi  olinishi  kerak degan
narsalar:  
1. Har bir sport turidan xabardor bo’lishini, uning musobaqa qonun-qoidasini
bilishi;
2.   DTS   ga   kiritilgan   sport   turlarini   puxta   o’zlashtirish   har   bir   sport   turini
musobaqa qoidasi va mashg’ulot o’tkazishni bilishi.
62 Sport   turlariga   oid   sport   maydonlarini,   ular   o’lchamlari   standart
nostandart sport turlarini ham amaliy ham nazariy tomonlarini puxta o’zlashtirish,
odam   organizmini   morfologik   global   imkoniyatlarini,   uni   tuzilishini   bilishi   shart.
Har   bir   beriladigan   mashqni   o’zi   amalda   bajara   olishi,   bajarilishi   texnikasini
tushuntira   olishi,   sport   yangiliklaridan   xabardor   bo’lishi,   o’z   xuquqini   bilishi,
o’quvchilarga namuna bo’lishi, tartib-intizomga qattiq rioya qilishi.
Yaxshi   pedagog,   psixologik   bo’lishi,   o’quvchilar   bilan   ishlay   bilishi
o’quvchilarni   ergashtira   olishi,   o’quvchilarni   individual   qobiliyatlarini   farqlay
olishi va shunga ko’ra yuklama bera olishi, o’quvchilarni musobaqalarga tayyorlay
olishi   va   yutuqlarni   qo’lga   kiritishi,   jismoniy   tarbiya   o’qituvchisini   ishbilarmon,
kerak   bo’lsa   tadbirkor     bo’lishi   lozim.   Shundagina   o’ziga-o’zi   sharoit   yaratibo’z
dars mashg’ulotlarini o’ta oladi.
Murabbiy ishining modeli.
Murabbiy o’zini sport turini mukammal egallagan bo’lishi, shu sport turi
bilan shug’ullanishi va musobaqalarda ishtirok etgan bo’lishi kerak. Murabbiy o’zi
tayyorlaydigan   sport   turini   umumiy   va   maxsus   texnik,   taktik,   psixik   tomondan
mukammal   tayyorlashi   sportchi   organizmini   morfofunksional   imkoniyatlarini
mukammal bilishi kerak va sportchilarni individual xususiyatlarini ulardagi harakat
qobiliyatlarini anglay olishi lozim. Sportchini mazkur bilim bilan tayyorlab, undagi
har bir ichki kechinmalarini hisobga olishi va shunga qarab muomala qilishi lozim.
Murabbiy   sport   turini   nozir   tomonidan   guruh   bilan   unga   asoslanib   shogirtiga
yoqlab   boradi.   Murabbiy   shogird   o’rtasidagi   muomala   nozik   bo’lib   ayniqsa
musobaqa sharoitida namoyon bo’ladi. Birgina imo-ishoralari orqali o’z shogirtiga
ko’rsatma beradi. Raqibni  aniq tomonini ko’rsata  oladi. Kuchli  murabbiy raqibga
qarab   uni   taktikasiga   qarab   shogirtiga   ko’rsatma   beradi   va   o’z   taktikasini
o’zgartiradi, musobaqada g’olib chiqadi.
Yaxshi   murabbiy   sportchilarni   saralab   olishga   kata   ahamiyat   beradi   va
adolatli   yondashadi,   chunki   qobiliyatli   iqtidorli   sportchi   kelajakda   yuqori
63 ko’rsatkichlarga   erishadi,   bu   murabbiyni   yutug’i   hisoblanadi.   Kuchli   murabbiy
sportchi   birgina   bellashuvini   ko’rib,   uni   kamchiligini   aniq   ayta   oladi   va   kerakli
ko’rsatmalar   beradi.   Musobaqalarda   faqatgina   sportchi   g’olib   chiqmaydi,   asosan
murabbiyni   mehnati   to’g’ri   taktika   tanlay   bilishi   raqib   va   o’z   sportchisini
imkoniyatlarini  taqqoslash  va shunga  ko’ra taktik usullarni  to’g’ri tanlash, yaxshi
murabbiyni   ishi   murabbiy   saxiy,   bag’ri   keng,   uzoqni   ko’ra   oladigan,   kechirimli,
kuchli psixologik pedagog bo’lishi lozim, shundagina yaxshi murabbiy bo’la oladi.
Undan   tashqari   sport   turini   uni   asbob-anjomlari   mukammal   bilishi   gigiyenik
omillarga   qat’iy   rioya   qilishi,   jihozlarni   avaylab   asrashi,   kerak   bo’lsa   ta’mirlab
borishi shart.
Murabbiy sport klublari va qo’mitalari bilan hamkorlikda ish olib borishi,
yangiliklaridan   xabardor   bo’lishi   kerak.   O’zini   sport   turidan   bo’lib   o’tadigan
yuqori   darajali   musobaqalarini   borishi   va   malakali   sportchilar   bellashuvidan
nimanidir olishi va o’z shogirtlariga o’rgatishi kerak.
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotchisi.
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotchisi-  bu jismoniy tarbiya va sportdan
xabardor   bo’lmog’i   ,   eng   muhimi   sportni   hurmat   qiladigan,   sportchilarni
qadrlaydigan bo’lishi shart. Undan tashqari o’zlari ham  sport bilan shug’ullangan,
sport   turlarini   tushunadigan   musobaqa   qoidalarini   biladigan   intizomli,   qat’iyatli
bo’lishi   shart.   Sport   tashkilotchilari   mutaxassislikka   ega   bo’lishlari,   ya’ni   shu
sohada tehsil olgan bo’lishlari kerak. Sport tashkilotchilari o’z mutaxassisliklarini
puxta   egallamagan   bo’lmasalar   ishni   yaxshi   olib   borolmaydilar.   Sport
tashkilotchilari,   sport   maydonlari,   jihozlarini   mukammal   bilishlarini,   ulardan
foydalanishlarini   va   asrashlarini   bilishlari   shart.   Hozirgi   zamon   sport
tashkilotchilari ishbilarmon tadbirkor, xushmuomalali bo’lishlari shart. Shundagina
kishilar   qalbidan   joy   egallay   oladi   va   rejalashtirilgan   ishlarini   amalga   oshira
oladilar. Sport tashkilotchilari nafaqat rasmiy balki norasmiy sport musobaqalarini
ko’ngil ochar sport o’yinlariyu, musobaqalarini tashkil qila olishlari lozim.   Sport
tashkilotchilari,   sport   qo’mitalari,   klublari   va   sport   maydonlarida   ish   yuritadilar.
64 Undan tashqari norasmiy sport tashkilotchilarini ham biz bilamizki, ular aholi turar
joylarida   mahallalarda,   qishloqlarda   ish   olib   boradilar,   ular   bundan   moddiy   naf
ko’rmaydilar,   lekin   qiziqish,   qobiliyat,   iqtidor   tufayli   shunday   ishlarni   amalga
oshiradilar.   Ular   tashkil   qilgan   sport   musobaqalarini   o’zlari   boshqaradilar,   ya’ni
xakamlik  qiladilar.  Ana   shunday  kishilar  mutaxassislikka   o’qitilib,  tashkilotchilik
lavozimiga   joylashsalar   ulardan   haqiqiy,   halol   vijdonan   ishlaydigan     xodimlar
chiqadi.   Tashkilotchilar   nafaqat   sport   musobaqalarini   tashkil   qiladi,   balki   shu
ishlari orqali jismoniy tarbiya va sportni ommalshuviga sababchi  bo’ladi. Bundan
tashqari kishilar ruhini ko’tarib xursandchilik olib keladi, do’stona munosabatlarni
tiklaydi   va   kishilarga   ko’tarinki   ruh   kelajakda   ishonch   hislatlarini   tarbiyalaydi.
Tashkilotchilar   shu   orqalijamoaga   foydasi   tegadi   va   o’z   sohasini   targ’ibot   qiladi.
Tashkilotchilar   doimo   tashabbuskor   serg’ayrat   bo’lishlari   maqsadga   muvofiq
bo’ladi.
                   Shodmonov Jamol  Karimovich. 1973-yil Qashqadaryo viloyati Chiroqchi
tumanida   tug’ilgan.   1996   yil   Samarqand   Davlat   Universiteti   Jismoniy   madaniyat
fakultetini   tugatgan.   Dzyudo   bo’yicha   oliy   toifali   murabbiy.   1995   yildan   buyon
SamOZK   da   faoliyat   yuritib   kelgan.   Uning   qo’l   ostidagi   shogirtlari   Dzyudo
bo’yicha   talabalar   o’rtasida   Jaxon   chempioni,   qurolli   kuchlar   o’rtasida   jaxon
chempioni,   Osiyo   chempioni   sovrindori,   jaxon   chempionati   kumush   medali
sovrindori. Pekin shahridagi 29-Olimpiada o’yinlari qatnashchisi.
Kurbanov  Jaxongir   Axadovich.  1983-yil   tug’ilgan.  1998 yil  SamOZKga
o’qishga   kirgan,   2002   yil   bitirgan.   Samarqand   Davlat   Universiteti   Jismoniy
madaniyat   fakultetini   2006   yilda   bitirgan.   Boks   sport   turi   bo’yicha   mutaxassis,
natijalari:   2   karra   O’zbekiston   chempioni,   Jaxon   chempionati   saralash   g’olibi,
Xalqaro turnirlar g’olibi, O’zbekiston chempioni, birinchi toifali murabbiy.
Raximov   Akmal   1976   yil   Qashqadaryo   viloyatining   Qarshi   tumanida
tug’ilgan. 1995 yil sport maktabiga o’qishga kirgan. 1995 yil Jismoniy madaniyat
fakultetiga   o’qishga   kirgan.   Sambo   sport   turi   bo’yicha   oliy   toifali   murabbiy,   2
65 karra   Jaxon   chempioni,   3   karra   Osiyo   chempioni.   1997   yil   Jaxonning   eng   kuchli
sambochisi.
Sport yo’riqchisi.
Jismoniy tarbiya va sport yo’riqchisi shu soha bo’yicha ma’lumotga ega
bo’lishi   o’zi   sport   bilan   shug’ullangan,   hech   bo’lmasa   oddiy   musobaqalarga
xakamlik qila bilishi va barcha jismoniy madaniyat va sportni tashkiliy ishlaridan
xabardor   bo’lishishart.   Undan   tashqari   sportni   sevishi,   hurmat   qilishi,   uni   asl
mazmunini anglay bilishi lozim.
Sport   yo’riqchisi   asosan   hujjatlar   bilan   shug’ullanib,   u   sport   tadbirlarini
asosiy   tashkilotchisi   hisoblanadi   va   shu   bilan   birga   o’tgan   har   bir   tadbirni
rasmiylashtirib, , xujjatlashtirib, ma’lum vaqtga kerakli tashkilotlarga hisobot berib
boradi.   Sport   yo’riqchilari   mutaxassislarini   qo’l   ostidagi   murabbiy   yoki
o’qituvchilarini nazorat qilib, ularga kerakli ko’rsatmalar berib boradi va yaqindan
yordam beradi. Uslubchilar asosan sport klublari, sport maktablari federatsiyalarga
bo’lib,   ular   murabbiy   va   xodimlarga   uslubiy   ko’rsatmalar   berib,   amalga
oshiriladigan va  amalga  oshgan  ishlar   xujjatlari   ustida  ko’proq ish  olib  boradi   va
eng so’ngi uslubiy tavsiyalarni beradi.
Sport inshoati xodimi.
Sport   inshoati   hodimi   o’z   kasbini   sevadigan   ,   halol,   vatanparvar   va   sportni
sevadigan bo’lishi shart, shundagina u haqiqiy mutaxassis bo’ladi. Undan tashqari,
u bilishi kerak bo’ladigan tomonlar ham mavjud.
1. Sport maydon va binolarini o’lchamlari;
2. Bino qurilishi , arxitekturani bilishi;
3. Xar bir sport turiga xos sport jihoz va anjomlarini;
4. Anjomlarni o’rnatilishini bilishi;
5. Sport jihozlarini saqlash va ta’mirlash;
66 6. Sport maydon, zalni va jihozlarni, maydonlarini sonini va uni yaroqlilik 
darajasini.
7. O’ziga tegishli sport jihozlarini, maydonlarni sonini va uni yaroqlilik darajasini;
8. Binolarni umumiy ahvolini, unu yaroqlilik darajasi;
9. Gigiyenadan xabardor bo’lishni-yu javobgarlikni his qilish;
10. Sport maydon, zal va jihozlarni musobaqaga tayyorlay bilishni;
11. Tashkilotchilik qobiliyati;
12. Sport turidan xabardor bo’lish va favqulodda xakamlik qila bilish.
13. Albatta birinchi yordam ko’rsata bilish.
Sport   inshoati   hodimi   o’ziga   tegishli   barcha   jihozlaru   maydonlar   va
binolarga   javobgar   shaxsdir.   Uni   ya’ni   bin   ova   jixozlarni   talon-taroj   bo’lib
ketishiga,   yo’qolishiga   aslo   yo’l   qo’ymasliklari,   o’z   mulkidek   asrab   avaylashlari,
kerak bo’lsa qo’ldan kelsa ta’mirlashlari shart.
3.4.Pedagogik tadqiqot natijalari .
                              Yuqoridagilarni   inobatga   olgan   holda   tadqiqot   natijalari   shuni
ko’rsatadiki,   o’quvchi   yoshlar   va   talabalarning   o’ziga   xos   individual   tartibdagi
faoliyatlariga   doir   ma’lumotlar   tahlil   qilindi,   xulosalar   chiqarildi.   Maqsad,
O’zbekiston yoshlarining tipik obrazlari va ularda ijobiy xislatlarni shakllantirish.
Ilmiy   tadqiqot   metodlari   ichida   yetakchi   metod   so’rovnoma   va   test   savollaridan
foydalanishdir.   So’rovnoma-anketa   (fransuzcha-   “tekshirish”   ma’nosini   bildiradi)
metodi   qo’llanilganda   yaratilgan   ilmiy   farazning   yangiligini   bilish,   aniqlash,
o’quvchilarning   yakka   yoki   guruhli   fikrlarini,   qarashlarini,   qanday   kasblarga
qiziqishlarini,   kelajak   orzu-istaklarini   bilish   va   tegishli   xulosalar   chiqarish,
tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi. 
67 Ko’rinib   turibdiki,   yoshlarning   muayyan   qismi   jismoniy   tarbiya   hamda   uning   asl
mohiyati   haqida   chuqur   tushunchaga   ega   bo’lmaganligi   tufayli   bo’lajak   kasbga
chin xavas   qilib,  keyin  o’qishga  kirmagan. Oqibatda  kollejlarda ma’lum  darajada
qiynalgan   ,   o’qishga   qiziqmagan   va   jismoniy   tarbiya   o’qituvchiligiga   ixlos
uyg’onmagan talabalar bitiruvchilar orasida ham anchagina uchraydi.
Yana  shuni   ta’kidlash   o’rinliki,  jismoniy   tarbiya   harakatini  boshqarishni
tashkil qilish (nazariy fan) , o’quv amaliyotlari, xatto o’z mutaxassisligidan boshqa
sport   turlarini   mashg’ulotlaridan   masalan:   gimnastika,   yengil   atletika   ,   darsida
ularning   shug’ullanishlari   yuzasidan   kuzatishlar   olib   borilganda   ko’pchilik   1-2
kurs talabalarining o’z sport turidan boshqasiga qiziqishi  deyarli yo’qligi ma’lum
bo’ldi.
Bu albatta fanlarning o’qitish , o’rgatish va metodika bilan qurollantirish 
ishlarida hali anchagina zaif jihatlar borligidan dalolat beradi.
III BOB BO’YICHA XULOS А .  
          Umumiy xulosalar yig’ilgan holda asosiy  maqsad qilib, yoshlarni jismonan
va   ma’nan   sog’lom   bo’lib   tarbiyalashda   asosiy   ko’rsatgich   bo’lib,   jismoniy
madaniyat va sport mutaxassislarini o’z sohasi ustasi qilib tarbiyalash va o’qitish,
malakasini   oshirish   yo’llarini   va   samaradorligini   kengaytirish   borasida   amalga
oshiril   iyotgan   ishlar   salmog’ini   ko’paytrirsh   iboratdir.   Ayniqsa,   yuqori   natijalar
sportini   rivojlantirish,   xalqaro   maydonda   kuchli   raqobat   qila   oladigan   yuqori
malakali   sportchilarni   tarbiyalash,   turli   sport   turlarida   munosib   zaxira   tayyorlash
va   ilmiy-amaliy   salohiyatga   ega   yetuk   mutaxassis   kadrlarni   yetishtirish
mamlakatimiz   siyosatining   ustuvor   yo’nalishiga   aylandi.   O’tgan   davr   ichida
sportchilarimiz erishgan yutuqlarni tahlil qilib, O’zbekistonda sportning rivojlanish
istiqbolini belgilab olish imkoniyati tug’ildi. Tadqiqotda O’zbekiston Respublikasi
mustaqillik   yillarida   jismoniy   tarbiya   va   sport   sohasida   erishilgan   yutuqlarni
qiyosiy   tahlil   qilish   asosida   mazkur   sohaning   rivojlanish   yo’nalishini   aniqlash
asosiy maqsad qilib olindi. 
68 Shuni   ta’kidlash   kerakki,   sport   mahoratini   oshirib   borish   jarayonlarida   talabalar
jismoniy   tarbiya   jamoalari,   sport     to’garaklardagi,   sport     tashkilotlari   ishlaridagi
rahbarlik   uslublarini     xam   o’rganib   borishi   lozim.   Shunday   paytlarda   o’z   ixtisosi
bo’yicha   sport   turi   bilan   jismoniy   madaniyat   harakatini   boshqarish   fani   qo’ygan
vazifalarni   bog’lab   o’rganishi,   olgan   bilim   va   orttirgan   ko’nikmalarini   o’quv
amaliyoti jarayonlarida amalda qo’llashlari  kerak.
Tadqiqotlar   natijasida   talabalarning   sport   mahoratini   oshirish   yuzasidan
bajariladigan   ishlari   va   ixtisosligi   bo’yicha   mustaqil   izlanishlar   uchun   zarur
bo’lgan   ba’zi   tavsiyalar   ishlab   chiqildi.   Respublikaning   deyarli   barcha
viloyatlaridagi   ko’pgina   maktablar,   o’rta   maxsus   va   oliy   o’quv   yurtlarining   sport
zallari, futbol va boshqa o’yin aydonlari , ayniqsa suv havzalarida pullik xizmatlar
yaxshi yo’lga qo’yilgan. Shu sababdan talabalar bu sohani  yanada rivojlantirishni
afzal ko’rmoqdalar. 
Mutaxassis xodimlarning ish faoliyatini  yaxshilash va ommani 
sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga xar bir jamoa o’zining
moddiy-texnikaviy bazasiga ega bo’lishi zarurligi ta’kidlanadi.
69                                             UMUMIY XULOSA .
O’zbekistonda   mustaqillik   tufayli   sodir   bo’layotgan   tub   iqtisodiy,
madaniy   va   ma’rifiy   o’zgarishlar   Respublika   aholisining   turmush   tarzini   yanada
yaxshilash, sog’lom avlodni tarbiyalash omiliga aylanmoqda.
Ma’lumki,   aholi   turmush   madaniyatining   ko’tarishning   negizini   aholi
salomatligini,   mehnatga   layoqatligini   ta’minlash   tashkil   etiladi.   Bu   esa   o’z
navbatida   jismoniy   tarbiya   va   sportni   jonlashtirish,   uni   axolining   turmush
qatlamlari orasida keng yoyish, chinakam ommaviy xarakatga aylantirishni taqozo
qiladi.   Bularni   amalga   oshirish   mutaxassis   xodimlarning     yetarliligiga,   ularning
samarali   faoliyatiga   bog’liq.     O’tgan   davr   ichida   sportchilarimiz   erishgan
yutuqlarni tahlil qilib, O’zbekistonda sportning rivojlanish istiqbolini belgilab olish
imkoniyati   tug’ildi.     Tadqiqotda   O’zbekiston   Respublikasi   mustaqillik   yillarida
jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan yutuqlarni qiyosiy tahlil qilish asosida
mazko’r   sohaning   rivojlanish   yo’nalishini   aniqlash   asosiy   maqsad   qilib   olindi.
“Jismoniy  tarbiya va  sport  to’g’risida”  gi  Qonunning qabul  qilinishi  (1992 yil  14
yanvar)   ,   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Sog’lom   avlod   uchun”
ordenini   ta’sis   etish   to’g’risidagi   farmon  chiqarishi   (1993  yil   mart)   ,   O’zbekiston
milliy   Olimpiya   qo’mitasi   tashkil   etilib   (1992-   yil   yanvar)   ,   uning   Xalqaro
Olimpiya   qo’mitasiga   rasman   a’zo   bo’lishi     (1992-yil   mart),   O’zbekistonda
jismoniy   tarbiya   va   sportni   rivojlantirish,   bu   sohada   mutaxassis   xodimlarni
tayyorlash   va   qayta   tayyorlashga   chinakam   qonuniy   zamin   hozirladi.   1991   yil
aprelidan buyon Jizzax viloyati Forish tumanida xalq milliy o’yinlari Respublikasi
musobaqasi   an’anaviy   ravishda   muvaffaqiyatli   o’tkazilib   kelinmoqda.   1991-2016
yillar   davomida   O’zbekistonda   jismoniy   tarbiya   va   sportning   rivojlanishi   to’rtta
asosiy yo’nalishlarda kuzatish mumkin: ommaviy sport, bolalar sporti, xotin-qizlar
sporti,   yuqori   natijalar   sporti.   Statistik   ma’lumotlarga   qaralganda   O’zbekistonda
sport   bilan  shug’ullanuvchilar   soni  1990-yilda   448  ming  800  nafar   o’quvchi   turli
sport   turlari   bilan   shug’ullangan   bo’lsa,   2014-yilga   kelib   esa   bu   ko’rsatgich
2   million   219   ming     nafar,   2015-yilga   kelib   esa   2   million   900   ming   nafar
70 o’quvchilar   sport   bilan   shug’ullanmoqda,   bu   esa   yuqoridagilarni   inobatga   olib,
shuni   anglatadiki,   mamlakatimizda   sportga   berilayotgan   e’tiborning   yuksak   bir
ko’rinishidir.
Mahalla, mavze’, qo’rg’onlarda milliy o’yinlar va xalqning sevimli sport
turlari bo’yicha ommaviy sog’lomlashtirish sport musobaqalari o’tkazilmoqda.
1992-2022   yillar   mobaynida   Respublika   jismoniy   tarbiya   va   sportni
aholining   kundalik   turmush   tarzi   madaniyatiga   singdirish,   ayniqsa   xalq   milliy
o’yinlarini   sog’lomlashtirish   tadbirlarida   qo’llash   hamda   ular   bilan   bevosita
bog’liq   bo’lgan   muammolarga   bag’ishlab   20   ga   yaqin   ilmiy-nazariy   va   amaliy
respublika anjuman kengashlari o’tkazildi.
Yuqorida   qayd   etilgan   tadbirlarni   tashkil   qilish   va   ularni   boshqarish
asosan   jismoniy   tarbiya,   sport   va   sayohat   sohasidagi   mutaxassis   xodimlar   katta
faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Tadqiqotlarning natijalariga ko’ra Respublikada misli
ko’rilmagan   juda   katta   tadbirlar   amalga   oshirilayotib   kelinmoqda,   xususan     aholi
o’rtasida   ommaviy       sog’lomlashtiruvchi   jismoniy   tarbiya,   sport,   sayohat   ishlari
hozirgi   davrga   kelib   ancha   o’sib   bormoqda.   Bunga   asosiy   sabab   qilib,   sport
inshoatlarining yetarli bo’lishi, mutaxassis xodimlarning ko’payib borishi va aholi
o’rtasida   jismoniy   tarbiyaning   mohiyatini   targ’ibot   qilish   ishlari   yaxshi
ekanligidadir. 
O’zbekistonning   istiqbolini   ta’minlash,   aholi   salomatligini   mustahkam-
lash   kelajak   avlodning   sog’lom   bo’lishiga   erishishida   mutaxassis   xodimlar
tayyorlash, ularni ish bilan ta’minlash va malakasini oshirib borish zarur bo’ladi.
Respublika   birinchi   Prezidenti   I.A.Karimovning   iborasi   bilan   aytganda:
“   Bizning   yana   bir   maqsadimiz-   har   tomonlama   kamol   topgan,   yetuk   sog’lom
avlodni   tarbiyalashdir   .   Shu   tufayli   mustaqil   davlatimizning   birinchi   ordeni   xam
“   Sog’lom   avlod   uchun   ”     deb   ataldi.   Sog’lom   avlodni   esa   sportsiz   tasavvur   etib
bo’lmaydi ”. 
Mustaqil   bo’lgandan   so’ng,     ildam   odimlayotgan   va   dadil   qadam
tashlayotgan  O’zbekiston  Respublikasida  jismoniy  tarbiya xarakati  o’z faoliyatini
71 og’ishmay amalga oshirib bormoqda. Bu albatta jismoniy tarbiya sohasidagi  ko’p
mingli   mutaxassislar   va   bir   necha   millionli   sportchilar,   jismoniy   tarbiya   bilan
shug’ullanuvchilarning faol mehnati  xamda hamda so’nmas ixlosining natijasidir.
Bunda jismoniy tarbiya sohasidagi oliy va o’rta ma’lumotli xodimlar tayyorlashda
ibratli   mehnat   qilayotgan   O’zbekiston   Davlat   jismoniy   tarbiya   instituti,
viloyatlardagi   universitet   va   pedagogika   institutlarining   jismoniy   tarbiya
fakultetlari   hamda   Samarqand,   Termiz,   Kosonsoy,   Angren   pedagogika   bilim
yurtlari   professor-o’qituvchilarining   g’oyat   katta   hissasi   bor.   Respublikada
“Jismoniy   tarbiya   va   sport   to’g’risida”gi   qonunning   qabul   qilinishi,   O’zbekiston
milliy   Olimpiya   qo’mitasining   ta’sis   etilishi,   shunga   o’xshash   bir   qator
tadbirlarning   o’tkazilayotganligi   aholi   o’rtasida   ,   ayniqsa   o’quvchi   yoshlarning
jismoniy   tarbiya   va   sportning   yaxshilashga   qaratilganidan   dalolat   beradi.   Bu   o’z
navbatida mutaxassislar tayyorlash tartibiga ham yangiliklar kiritishda ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.
Shunday   bo’lsada,   gimnastika,   yengil   atletika,   suzish,   o’zbek   milliy
kurashi   va   boshqa   bir   qator   zarur   sport   turlari   bo’yicha   mutaxassislar   unchalik
yetishmaydi.   Tashkilotlarning   nazariy   va   amaliy   saviyalari   xali   uncha   yuqori
darajada   emas.   O’zbek   milliy   ot   o’yinlari   va   omma   o’rtasida   milliy   o’yinlarni
tashkil qilishga doir mutaxassis yo’q hisobi.
Jismoniy   tarbiya   sohasida   mutaxassislar   tayyorlovchi   o’quv   yurtlarining
moddiy-texnika   va   o’quv-sport   bazalari   qoniqarli   darajada   emas.   Talabalar
foydalanishi uchun zarir darsliklar va o’quv qio’llanmalari o’zbek tilida juda kam.
Talabalarning   nazariy   bilim   va   amaliy   malakalarini   takomillashtirish,   o’quv
amaliyotlarini sifatli qilib o’tkazishda hali kamchiliklarimiz bor.
Mutaxassis   tayyorlashning   istiqbolli   rejalari   hozirgi   kunning   talabiga
to’la   javob   bermaydi.   Bu   muammolarni   hal   qilish   uchun   oliy   o’quv   yurtlari
raxbariyati faoliyatini kuchaytirish lozim. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va
institutini   Respublika   Oliy   ta’lim   vazirligi   ixtiyoriga   o’tkazish   kerak   bo’ladi.
Respublikada   jismoniy   tarbiya   va   sport   ishlariga   rahbarlikni   tubdan   o’zgartirish
kerak.   Buning   sababi   shuki,   boshqaruvchilikka   ikki   hokimiyatchilik   mavjud.   Bu
72 faoliyat   fikrimizcha   yangilanayotgan   davrda   mustaqil   davlat   uchun   ortiqchadir.
Ya’ni   iqtisodiyot   va   moliyalashtirishda   chalkashlik   ko’p.   O’quvchi   yoshlar
mexnatkashlar ommasini sog’lomlashtirishda va milliy sport ishlarida kam manfaat
keltirmoqda.   Buning   ba’zi   bir   tomonlari   oydinlashtirilsa,   qo’yidagi   xulosalarga
kelishimiz mumkin:
1. O’zbekistonda  jismoniy tarbiya va yuqori  turuvchi    vazirlik, tashkilot
umumiy   rahbarli   qilish   bilan   birga   juda   ko’p   vazifalarni   o’z   zimmasiga   olgan,
ya’ni   terma   jamoa   tuzish,   tayyorlash,   sport   maktablariga   rahbarlik,   sport
inshoatlarni o’ziga qaratish va h.k. bularning hammasi moliyaviy mablag’lar bilan
bog’liq bo’lib, uni asosan davlat fondidan oladi. Bu manbalar yetarli emas.
2. Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi  qoshidagi “O’zbekiston”
jismoniy   tarbiya-sport   jamiyatlari   (SO)   ham   deyarli   shu   ishlarni   olib   boradi.   Bu
oradagi   farq   shundaki,   bu   jamiyat   moliyaviy   faoliyatlarni   asosan   kasaba
uyushmalari va o’zlarining xo’jalik hisobiga yuritiladi.
  Shu   boisdan   aholi   o’rtasida,   ayniqsa   o’rta   va   katta   yoshdagi   mehnatga   yaroqli
kishilar o’rtasida jismoniy tarbiya va sport ommalashayotir. Respublikada jismoniy
tarbiya va sportni tashkil qilishning yana bir katta tarmog’i yuzaga keldi. 
1992   yil   yanvarida   O’zbekiston   Milliy   Olimpiya   qo’mitasi   tashkil   qilindi.   Bu
tashkilot   ham   o’z   navbatida   boshqaruvchilikda   yirik   muammolarni   keltirib
chiqardi. 
Maktabgacha   bolalar   muassasalarida   sog’lomlashtirish   jismoniy
tarbiyasini   tashkil   qilish   va   unga   ixtisosli   xodimlarni   tayyorlashda   dadil     qadam
qo’yilmoqda.     Bu   sohaning   moddiy-texnik   bazasini   yaratish   va   mutaxassislar
tayyorlash   ishlarini   jadallashtirish   lozim   bo’ladi.   Oliy   va   o’rta   maxsus   o’quv
yurtlarida   ixtisosli   xodimlarni   tayyorlashva   xalq   ta’limi   tizimida   qisqa   kurslar
tashkil   etish   lozim.   Shuni   e’tirof   etish   joizki,   Respublikada   jismoniy   madaniyat
harakatini   boshqarish   va   jamoalarda   ommaviy   sog’lomlashtirish   hamda   sport
ishlarini   tashkil   qilish   va   sohada   ixtisosli   xodimlarning   ish   faoliyati   bilan   uzviy
bog’liqdir.   Shu   sababdan   bu   mutaxassislarni   tayyorlash   va   ularning   malakasini
oshirish muammolarini yaxlit ravishda baholash zarur. 
73                               AMALIY TAVSIYALAR.
Rahbarlik yoki boshqarishni tashkil qilish davlat ixtiyorida bo’lishi 
adolatdan bo’lar edi. Agar shu inobatga olinadigan bo’lsa, qo’yidagi tartib asosida 
rahbarlik ishlarini olib borilishini tavsiya qilar edik:
1.   O’quvchi   yoshlarning   jismoniy   tarbiya,   sog’lomlashtirish   va   sport
ishlariga   rahbarlik   faqat   xalq   ta’limi   va   Oliy   ta’lim   vazirliklar   tomonidan   olib
borilishi va tegishli sport inshoatlari, trenirlar ular hisobiga o’tkazilishi kerak.
2. Ishchi,  xizmatchi va boshqa qatlamdagi kishilarning jismoniy tarbiya,
sog’lomlashtirish va sportiga kasaba uyushmalari qoshida tashkil qilingan jamiyat
rahbarlik qilsa yaxshi bo’lardi.
3.   Respublikadan   tashqari   bo’ladigan   sport   tadbirlariga   qatnashishni
ta’minlovchi   mutasaddi   tashkilot   faqat   O’zbekiston   Milliy   Olimpiya   qo’mitasi
bo’lishi   lozim.   Bu   tashkilot   vazirliklar   va   kasaba   uyushmalari   Markaziy   sport
klublari hamkorligida ish olib boradi.
4. Ishlab chiqarish   korxonalari va turli muassasalarda xar 300-500 kishi
hisobiga   1   tadan   jismoniy   tarbiya   va   sport   tashkilotchisi       (instructor   metodist)
shtatini belgilash.
5. Mutasaddi  tashkilotlat, o’quv yurtlaridagi olimlar, yetuk mutaxassislar
aholi   o’rtasida,   ayniqsa   qishloq   mehnatkashlari   ongiga   jismoniy   tarbiyaning
nazariy   va   amaliy   bilimlarini   singdirishda   tegishli   targ’ibot   ishlarini   muntazam
ravishda olib borishi kerak.
6.   Osiyo   o’yinlari   va   Olimpiya   dasturiga   sport   turlari   bo’yicha   maxsus
murabbiy tayyorlash, ular uchun seminarlar, kurslar tashkil qilish lozim. Jismoniy
tarbiya o’qituvchilarini tayyorlashda faqat ish tajribasiga ega bo’lgan va tarbiyaviy
ishlarni xush ko’radigan yoshlarnigina institut va fakultetlarga qabul qilish.
7.   Viloyatlardagi   universitet   va   pedagogika   institutlari   jismoniy   tarbiya
fakultetlarini qisqartirish.
8.   a)   O’zbekiston   Davlat   jismoniy   tarbiya   va   sport   qo’mitasi   qoshida
ilmiy   markaz   tashkil   qilish,   barcha   maxsus   adabiyotlar   muhokamasini   shu
markazda o’tishini tashkil qilish.
74      b) O’zDJTI da o’qish muddatini murabbiylar uchun 2 yillik muddatga
qisqartirish lozim, ya’ni yetuk sport mahoratiga ega bo’lgan sportchilarga ko’proq
nazariy,   metodik   va   ilmiy   yo’nalishdagi   fanlargina   o’qitilishi   lozim,   ularni   faqat
nazariy o’qitish.
9.   Respublikamizdagi   turli   ishlab   chiqarish   korxonalarida,   turli
mutaxassislar,   ayniqsa   qishloq   sharoitidagi   xo’jaliklar   xamda   aholi   turar
joylarining   katta  va   kichikligidagi   miqdorlarga   qarab   xalq  milliy  o’yinlari   xamda
sog’lomlashtiruvchi   tadbirlarni   tashkil   qilish   uchun   xar   yili   kamida   500-700   ta
ixtisosli xodimlarni tayyorlash, ularni ish bilan ta’minlash.
10.   Xalq   xo’jaligining   barcha   tarmoqlari   kabi   jismoniy   madaniyat   va
sport   sohasida   xam   iqtisodiy   munosabatlar,   tijorat   ishlari,   marketing,   menejment
kabi   yangi   sohalar   vujudga   keldi.   Ular   bozor   iqtisodiyoti   qonunlari   asosida   o’z
mazmun   va   shakllarini   rivojlantirmoqda.   Shu   sababli   bu   sohada   ham   ehtiyoj   va
talablarga qarab ixtisosli xodimlar tayyorlashni zamon taqozo etmoqda.
75                         FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI .
1.Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov   “O’zbekistonning o’z istiqlol va
taraqqiyot yo’li”. Toshkent O’zbekiston, 1992-yil 1 tom 36 bet.
2.Mamlakatimiz   birinchi   prezidenti   I.A.Karimov       “Buyuk   kelajagimizning
huquqiy kamoloti” T. Sharq. 1993-yil   2 tom  92-bet.
3.Mamlakatimiz   birinchi   prezidenti   I.A.Karimov     “O’zbekiston   XXI   asr
bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” T.
O’zbekiston, 1997-yil. II-bob. 32 bet.
4.Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov   “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”
T. O’zbekiston, 1998-yil 132-bet 7 tom.
5.Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov   “O’zbekiston Respublikasi  Oliy
kengashining XIV sessiyasi materiallarini ta’lim muassasalarining o’quv dasturiga
kiritish to’g’risida”. T. 1999-yil. 7 tom. 396-bet
6.Mamlakatimiz   birinchi   prezidenti   I.A.Karimov     “O’zbekiston-   bozor
munosabatlariga   o’tishning   o’ziga   xos   yo’li”.   T.   O’zbekiston,   1998-yil.   1   tom.
213-bet.
7.SH.M.Mirziyoyev   “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz” . Toshkent: “ O’zbekiston ”, 2017-yil
8.SH.M.Mirziyoyev   “ Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi ”. Toshkent:  “ O’zbekiston ” 2017-yil
9.SH.M.Mirziyoyev     “   Erkin   va   farovon,     demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz ”. Toshkent:  “ O’zbekiston ”. 2016-yil
10.O’zbekiston Respublikasi “Konstitutsiyasi”  T.: O’zbekiston  1992-yil
11.O’zbekiston   Respublikasi     “Jismoniy   tarbiya   va   sport   to’g’risida”   gi   qonuni
(1992-yil 14-yanvar).
12. O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining   “Sog’lom  avlod uchun” .   Ordenini
ta’sis etish to’g’risidagi Farmoni (1993-yil 4 mart).
13.O’zbekiston Respublikasi  “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni.
76 14.“O’quv   talaba   yoshlarni   sportga   jalb   qilishga   qaratilgan   uzluksiz   sport
musobaqalari tizimini tashkil etish to’g’risida”gi 244-sonli qarori.
15.J.E.Eshnazarov   “Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish”. Darslik 2007 yil
16. J.E.Eshnazarov     “Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida zamonaviy pedagogic va
axborot texnologiyalari”. Toshkent 2008 yil
17.J.E.Eshnazarov,   T.Xayitov       “O’zbekistonda   jismoniy   tarbiya   va   sportning
dolzarb muammolari” mavzusidagi Xalqaro konferensiyalar to’plami. Termiz 2001
18.J.E.Eshnazarov   N.Xayitov   “Ta’lim tizimida sportni rivojlantirishning dolzarb
psixologik muammolari”. Samarqand 2005-yil.
19.   Abdumalikov   R.A,   Alibekov   Sh.,   Norqulov   Sh.,     “Xalq   milliy   o’yinlari
mazmunida ma’naviyat asoslari”. Toshkent, 1995 yil 9-bet
20.   Axmatov   M     Jismoniy   intellektual     resurslarini   boshqarishni
takomillashtirishning   ba’zi   masalalari.   Тезис   научной   конфер.   “ Десять   лет
экономических   реформ   в   Узбекистане     :     достижения   проблеми   и
перспективи ”. Т.: Берлин-Бону . 2001 
21.Axmatov   M.     “O’zbekistonda   jismoniy   intellektual   o’yinlarini   shakllantirish
masalalari   ”     Xalqaro   –ilmiy   amaliy   anjuman   materiallari.   Jismoniy   tarbiya   va
nazariyasi hamda amaliyotning muammolari. T. 20-21-bet
22.   Axmatov   M.     “   Respublika   uzluksiz   sport   musobaqalar   tizimining
qatnashchilari  sog’lig’ining holatini  monitoringi” ma’lumotlar bazasi  O’zbekiston
Respublikasi Davlar patent idorasi 5(43), Bet., 182-183
23. Axmatov M. “Respublika uzluksiz sport musobaqalar tizimining qatnashchilari
jismoniy   ko’rsatgichlari   va   sport   natijalari   monitoringi”   ma’lumotlar   bazasi
O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 5(43), 2003 P-183
24.   Axmatov   M.     “Ommaviy   sport   tadbirlari   kundaligi”   ma’lumotlar   bazasi
O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 5(43), 2003 P-183-184
25. Axmatov M. Umumta’lim maktablari o’quvchilarining “Umid nihollari” sport
musobaqalarining yangi tashkiliy asoslari. Xalq ta’limi, 2004 Bet. 4-11
26. Axmatov M.   “Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport harakatining tashkiliy
va boshqaruv asoslari”   “Fan-sportga” 2004 №2 S 10-26
77 27. O’zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport
to’g’risida”gi qonuni. 2000
28.   “Ma’naviyat   va   ma’rifat”   jamoatchilik   markazi   faoliyatining   yanada
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida Prezidenti farmoni.
29. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining “O’zbekiston Bolalar sportini
rivojlantirish to’g’risida” gi farmoni 24-sentyabr 2002 yi
30.   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   28-may   1999-yil   qarori
“O’zbekistonda   jismoniy   tarbiya   va   sportni   yanada   rivojlantirish   chora   tadbirlar
to’g’risida” gi 271-sonli qarori.
31.O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   31   oktyabr   2002   yil
“O’zbekiston   bolalar   sportini   rivojlantirish   jamg’arrmasi   faoliyatini   tashkil   etish
to’g’risida” gi 374 sonli qarori.
32.Rizqiyev   T.T,       Axmatov   M.   “Uzluksiz   sport   harakati   umumuzoq   dasturiy
majmuasi” . O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 5(43), 2003 yil B.178-
179
33.Rizqiyev   T.T     Axmatov   M.   “Milliy   ta’lim   modeli   asosida   o’quvchi   yoshlar
o’rtasida   uzluksiz   sport   musobaqalarini   tashkil   etish   va   samarali   boshqarish”
dasturiy   majmuasi.   O’zbekiston   Respublikasi   Davlat   patent   idorasi   5(43),   2003
1.180X
34.Maxkamjonov   K.   M.     Nasriddinov   F.   N   “Maktabgacha   va   maktab   yoshidagi
bolalarning   jismoniy   rivojlanishi   va   tayyorligini   takomillashtirish”.   Toshkent   .
1995 yil 74- bet
35.Maxkamjonov  K.  M.   “Katta  sinovlarga  yo’llanma”  Fan  sporti   1998 yil   №11.
40-41 BET
36. Maxkamjonov K. M.  “Sog’lom avlod uchun” 1997 yil №2 Bet 27
37. Normurodov A. N. “Jismoniy tarbiya” Toshkent  , “O’zbekiston” 1998 yil bet
47
38.   Normuhammedov   K .   I .   Б абаков   A .   Н .   “Реализация   закона   о   физкультуре
дошколних учреждения важных этап формирования здорового поколения” 
78   “Sog’lom avlod tarbiyasi buyuk davlat qurish zaminidir ”. Ilmiy amaliy anjuman
materiallari , I qism . Toshkent : 1993 yil 202 Bet
39. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom avlod uchun ” ordeni ta’sis
etish to’g’risidagi Farmoni (1993 yil 4 mart) Turkiston gazetasi 1993.
40.Abdumalikov   R,       Yunusov   T.T       Akramov   A.   K,   “Fizkultura   harakatini
kengaytirish yo’llari”. : Toshkent  “Medesina” 1998.
41.   Abdumalikov   R,   Ten     K.P,   “Jismoniy   tarbiya   fakultetlarida   talabalarning
pedagogic   praktikalarini   tashkil   qilish.   Metodik   tavsiyanoma”   .   Toshkent   .:   1998
yil 102 bet
42.  Abdumalikov  R,  “Ko’pkari   xalq  milliy  o’yini”.  Toshkent  O’zDJTI   nashriyoti
bo’limi 1991 yil 16-bet
43.   Abdumalikov   R,   Yarashev   K.   D       “Sog’lomlashtiruvchi   jismoniy   tarbiya
ishlarini   tashkil   qilish.   Metodik   tavsiyanoma”   .   Toshkent   O’zDJTI   nashriyot
bo’limi 1992 yil 64 bet
44.   Abdumalikov   R,   Yarashev   K.   D       “Jismoniy   tarbiya   mutaxassis   kadrlarga
bo’lgan talablarni o’rganish masalasi. Metodik tavsiyanoma ” . Toshkent O’zDJTI
nashriyot bo’limi 1992 yil 92 bet
45.   Abdumalikov   R,   Yarashev   K.   D,   Qudratov   R,   “Ko’pkari.   Milliy   ommabop
kitob”. Toshkent O’zDJTI nashriyot bo’limi 1997 yil.  103 bet
46.   Amir   Temurning   jangovor   faoliyatida   jismoniy   chiniqish   masalasi.   Ilmiy
to’plam . Toshkent O’zDJTI nashriyot bo’limi 1996 yil.  54 bet
47.   Atoyev   A.   K.   “Farzandingiz   barkamol   bo’lsin”.   Toshkent   O’zDJTI   nashriyot
bo’limi 1997 yil. 
48. Mirsaidov   M .   S . ,   Shokirov   A . D . “Физическая культура и спорт в условиях
рынка ”.  Toshkent   “ O ’ zbekiston ”, 1992, 118  bet .
49.    Nasriddinov   F . N .,  Shaternikov   E .  K ., “ Inson   omilini   shakllantirishda   jismoniy
tarbiya   va   sport ”  Toshkent  “ O ’ qituvchi ”, 1993  yil  ,83- bet .
50.   Yunusov   T .   T .,    Abdumalikov   R , “ O ’ zbekistonda   jismoniy   tarbiya   va   sportni
boshqarishni   tashkil   qilish   yo ’ llari ”   O ’ quv   qo ’ llanma .   Toshkent   :   O ’ zDJTI
nashriyot   bo ’ limi  1992  yil .  222-  bet
79 51 .  Djalilova   L . A    “ Jismoniy   tarbiya   va   sport   tarixi ”  T ., 2013- 143  bet
52.   Shakirjanova     K . T   “ Jismoniy   tarbiya   va   sportdagi   uzliksiz   ta ’ limni   tashkil
qilish ”  O ’ quv   uslubiy   qo ’ llanma .  T., O’zDJTI, 2012.- 116-bet.
Internet saytlari
1. http://www.twirpx.com     – adabiyotlarning elektron varianti.
2. http://www.referat.ru     - referat va elektron darsliklar
3.   http://www.SamDU.uz  - adabiyotlarning elektron variantlari
4. www.istedot.uz     -     elektron variantlari
5. www.sport.uz     -     elektron variantlari
6. www.ziyoUz.uz     -     elektron variantlari
7.   www.matbuot.zn.uz     -     elektron variantlari
8. www.fan.zn.uz     -     elektron variantlari
9. www.jamiyat.zn.uz     -     elektron variantlari
10. www.dissertant.uz     -     elektron variantlari
 
80

O‘ZBEKISTONDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHNING TARIXIY, IJTIMOIY VA PEDAGOGIK AHAMIYATI MUNDARIJA KIRISH . 4-9 I BOB . O‘ZBEKISTONDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHNING TARIXIY, IJTIMOIY VA PEDAGOGIK AHAMIYAT LAR I NING O ’ ZIGA XOS XUSUSIYATLARI . 10-40 I.1. O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlashning tashkil qilinishi va rivojlanishi . 10-22 I.2. Respublikada jismoniy madaniyat va sport xodimlari bilan ta’minlash shart- sharoitlari va istiqbollari . 23-28 I .3. Ommaviy sog ’ lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport xodimlari hamda xalq milliy o ‘ yinlari bo ‘ yicha mutaxassislar tayyorlash masalalari . 28-31 I .4. Xalq milliy o‘yinlari sog’lomlashtiruvchi omillar sifatida . 31-35 I.5. Mutaxassislar tayyorlash va ularni malakasini oshirishdagi yangi yo‘nalishlar va ularning ahamiyati. 35-39 I Bob bo’yicha xulosa. 39-40 II BOB. TADQIQOT USULLARI VA UNI TASHKIL ETISH… 41-43 2.1. Tadqiqot vazifasi . 41 2.2. Tadqiqot uslublari 42 2.3. Ilmiy - uslubiy adabiyot manbalarini tahlil qilish va amaliy tajribalarni umumlashtirish 42 2.4. So‘rovnomani o‘tkazilishi va tashkil etilishi 42 2.5. Matematik-statistik uslub 43 2 .6. Tadqiqotning o‘tkazilishi 43 III BOB . O‘ZBEKISTONDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHNING TARIXIY, IJTIMOIY VA PEDAGOGIK AHAMIYAT I TAHLIL LAR NING VOSITA VA USLUBLARI . 44-70 3.1. Talabalarni jismoniy madaniyat va sportga oid ilmiy malakalarni hosil qildirish ni ng rivojlanganligini aniqlash bo’yicha anketa natijalari tahlili . 44-49 3.2. Talabalarni ijtimoiy foydali mehnatga va tashkiliy ishlarga o’rgatish samaradorligi . 49-59 3.3. Jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlashda tavsiya etiladigan modeli dan foydalanish uslublari. 60-69 3.4.Pedagogik tadqiqot natijalari . 69-70 III BOB BO’YICHA XULOSА . 70-71 UMUMIY XULOSA . 72-75 AMALIY TAVSIYALAR . 76-77 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI . 78-82 1

Kirish. Dissertatsiya ishining dolzarbligi. Mustaqil davlatimizning ertangi kuni uning gullab yashnashi va rivojlanishi ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan avlodning sog’lom bo‘lishiga bog’liq. Bu esa o‘z navbatida Vatanimizning kelajagi, farzandlarimiz jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishini taqozo etadi. Jismoniy madaniyat va sport hamisha jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Bizgacha mavjud bo‘lgan ijtimoiy jamoalar ham o‘z rivojlanishida jismoniy tarbiya va sportga kata ahamiyat bergan. Jismoniy madaniyat va sport, jamiyatdagi insonlarning manfaatini ifodalashga xizmat qilib, uni himoya qilgan va yo‘l ko‘rsatgan. O‘rta Osiyoning mashhur olimi, o‘rta asr yuksalish kurashchisi Abu Ali ibn Sino (mil. 980-1037) 1002-1011 yillarda Xorazmshohning vaziri Abul Hasan Ahmad ibn Muhammad al- Sahlidan “Tozalik haqida risola” nomli kitob yozishga buyurtma olgan. U Abu Ali ibn Sinoning butun dunyoga mashhur “Tib qonunlari” ga asos bo‘ldi. Olim risolasining qo‘yidagi beshta mustaqil boblarga bo‘lgan: 1. Toza havo 2. Hammom 3. Taom 4. Jismoniy harakat 5. Uyqu va (Harakat) tetiklik Ibn Sino o‘z risolasining to‘rtinchi bobi o‘n yettinchi faslida: jismoniy tarbiya mashqlari saviya va son jihatdan juda uzoq va kishini charchatadigan bo‘lmasligi kerak. Ular juda tez ham bo‘lmasligi kerak aks holda ular qisqa davom etishiga qaramay kishiga uzoq bo‘lib tuyuladi, shuningdek bu mashqlar o‘ta bo‘sh bo‘lmasligi ham kerak. Bundan ko‘rinadiki, Abu Ali ibn Sino o‘rta asrlardayoq jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining inson hayotida tutgan o‘rni va mohiyatini nazariy jihatdan asoslab bergan. Bu nazariy asoslarga tayanib jismoniy tarbiya va sport 2

mashg’ulotlarining asoschilari va pedagoglari P. F. Lestgaft, L. P. Motveev, N. G. Ozolin, M. Zauifskiy. O‘zbek olimlaridan F. A. Karimov, R. S. Usmonxo‘jayev, SH. Xonkeldiyev va boshqalar hozirgi zamon jismoniy tarbiya mashg’ulotlari nazariyasini ishlab chiqishdi va hozirgi yangi innovatsiyalarni joriy qilmoqdalar. XII-XIV asr o‘zbek poeziyasining atoqli namoyondasi mashhur ruboiy nafis shoir otash xalqparvar ajoyib sportchisi ham bo‘lgan. Umumiy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalarda qatnashib xamma raqiblarini yenganda g’oliblik evaziga mukofot emas balki shu joylar hokimlari Xorazmdan keltirilgan qullar va olimlarni ozod etishni talab qilgan. O‘sha davrda sportning bu turi Turkiston hududida gurkirab rivojlangan hamda xalq orasida juda ommabop bo‘lgan. Ajdodlarimiz jismoniy tarbiya va sportning keyingi taraqqiyoti Temuriylar davriga to‘g’ri keladi. Davlat tuzumi va kuchli qo‘shinlarni tuzgan A.Temur o‘z askarlarini jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bergan. “Temurnoma” da yozishlaricha, Temur o‘spirinlik davrida tengdoshlari bilan o‘zining ko‘p vaqtini harbiy o‘yinlarga ajratgan. Ulug’ shoir va mutaffakir Alisher Navoiy o‘z asarlarida jismoniy tarbiya g’oyalarini oldinga surib, o‘z qahramonliklarini jismonan kuchli va baquvvat insonlar sifatida ta’riflagan. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixi chuqur ildizga ega. O‘tmishda kurash, yugurish, uloq va boshqa milliy o‘yinlar xalq orasida keng tarqalgan har xil tantanalar, Navro‘z dini bayram va to‘ylarda musobaqalar o‘tkazilgan. Bu urf- odatlar bizning hozirgi kunlarimizda ham davom etib taraqqiy etmoqda. 1991-yil Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng , barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratildi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy va milliy madaniy istiqlol sari rivojlanib tarkib topmoqda. Bu o‘z navbatida ixtisosli xodimlarni tayyorlash sifatini yaxshilash hamda ularning malakasini oshirish kabi masalalarni keskin rivojda olg’a surmoqda. Ma’lumki, barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslari o‘tkaziladi. Sport maktablari, sport jamiyatlari va turli tashkilotlarda sport mashg’ulotlari va musobaqalari olib boriladi. Korxona va tashkilotlarda mehnat unumdorligini 3

oshirish maqsadida ishlab chiqarish jismoniy tarbiya mashg’ulotlari olib borilmoqda va tashkil etilmoqda. Eng muhimi sog’lom avlodni kamol toptirishda maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilishning zamonaviy ish uslublaridan foydalanishga alohida urg’u berilmoqda. Bunday faoliyat turini tashkil qilish va boshqarish jismoniy tarbiya va sport xodimlari zimmasidadir. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya sohasida mutaxassis xodimlarni tayyorlashning o‘zihga xos xususiyatlari, talablari va vazifalari mavjud. Shuningdek, sport tashkilotlari, jamiyatlari, uchrashmalari va turli assosatsiyalarda ixtisosli rahbar xodimlar faoiliyat yuritadilar. Bunda Respublika Prezidentining “Sog’lom avlod uchun” farmoni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu sohalarda ishlash uchun mutaxassis xodimlar tayyorlash muhim va dolzarb muammolardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX- sessiyasida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g’risida”gi qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (1992 yil 21-yanvar) tarkibiga rasman a’zo bo‘lib kirishi Respublika aholisi o‘rtasida milliy sport turlari va o‘yinlarini targ’ibot qilish hamda rivojlantirish, maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish kabi muhim talablar qo‘yilmoqda. Bu jarayonlar mutaxassis xodimlar tayyorlash va ularga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish va ularning malakasini oshirish sifatlarini yanada takomollashtirishni taqozo etadi. Shu sababdan bu muammolarni ilmiy pedagogik jihatdan asoslab berish va hal qilish yo‘llarini ko‘rsatish mavzuning o‘ta dolzarb ekanligini isbotlaydi. Dissertatsiyasining maqsadi: Bo‘lajak jismoniy madaniyat ixtisosli xodimlarini tayyorlashdagi faoliyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, hamda hozirgi zamon talablari asosida xodimlar tayyorlash yo‘llari va jarayonlarini o’rganishdan iboratdir. Dissertatsiyasining vazifalari: qo‘yidagilardan iborat: 1. Respublikada mutaxassis xodimlarni tayyorlashning tarixiy rivojlanish yo‘llarini o‘rganish. 2. Hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xodimlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni o‘rganish. 4

3. Mutaxassislar tayyorlashdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatlarini nazariy tahlil qilish va amaliy takliflar ishlab chiqish. 4. Ommaviy sog’lomlashtirish va xalq milliy o‘yinlarini tashkil qilishga doir xodimlar tayyorlashni asosiy yo‘llarini o‘rganib chiqish. Tadqiqot ishini olib borishda ixtisosli xodimlarni tayyorlash ularga bo‘lgan ehtiyojlar va talablarni nazariy taxlil qilish va ularning malakasini oshirish shu sifatlarni o‘rganish maqsadida qo‘yidagi usullar qo‘llaniladi: 1. OZK larida mutaxassislar tayyorlash, rasmiy hujjatlar bilan tanishish , mutaxassislar tayyorlashga doir maxsus adabiyotlarni taxlil qilish. 2. O‘quv amaliyotlari jarayonida talabalarning ixtisoslikka bo‘lgan qiziqishi, e’tiqodi va amaliy malakalarini nazariy jihatdan tahlil qilish. Pedagogik kuzatishlar olib borish. 3. Aholi o‘rtasida mutaxassis xodimlarga bo‘lgan talablar va ehtiyojlarni o‘rganish uchun sosialogik tadqiqotlar o‘tkazish. 4. Amaliy tavsiyalar va metodik tavsiyanomalar ishlab chiqish. Tadqiqot ishlarini o‘tkazishda asosan qo‘yidagi davrlarni oldik. Ya’ni O‘zbekistonning 1991 va undan keyingi yillar hamda respublikaning mustaqillik sharoitida faoliyat ko‘rsatish davridir. Dissertatsiyasining tadqiqot ob’ekti va predmeti: Tadqiqotlar asosan SamDU axborot resurslar markazida ilmiy adabiyotlar tashkil qilinib, 20 2 1 yil sentabr oyidan 2022 yil mart oyigacha bo’lgan vaqt oralig’ida jismoniy tarbiya va sport sohasiga yo‘naltirilgan Samarqand Olimpiya zaxiralari kollejida olib borildi. Ilmiy izlanish va tadqiqot jarayonlarida Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji o’quvchilari faoliyati hamda mutasaddi xodimlari faoliyati tadqiqotni predmeti sifatida qamrab olindi. Tadqiqotni asosi qilib, avvalo jamiyat taraqqiyoti haqida qonuniyatlar respublika boshqaruv idoralarining qonun va qarorlari hamda jismoniy madaniyat va sportning ijtimoiy- iqtisodiy va tarbiyaviy mohiyatlariga tayanadi. Shuningdek milliy qadriyatlar ma’naviy ma’rifiy tavsilotlardan maqsad yo‘lida foydalanildi. 5