logo

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

335.9755859375 KB
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ijtimoiy-iqtisodiy 
ahamiyati.
Kirish
I Bob. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati, ahamiyati va 
zaruriyati.
1.1. Iqtisodiyot taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadirkorlikning zaruriyati 
1.2. Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlanishining   bosqichlari  
1.3. Kichik   bines   va   xususiy   tadbirkorlikning   klassifikatsiyasi  
II Bob. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi.
2.1   O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqiy asoslari  
2.2   Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni muammolari va hal etish imkoniyatlari 
2.3   “Paxtasanoattrans” mas’ulyati cheklangan jamiyatining iqtisodiy ko’rsatkichlari 
tahlili 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar  KIRISH
Ushbu ish, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bugungi kunda dolzarbligi
sababli   ushbu   mavzu   tanlandi.   Ushbu   ish   II   bobdan   iborat   bo’lib,   uning   birinchi
bobida   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikning   mohiyati,   ahamiyati   va   zaruriyati
ochib berilgan.  Uning rejalarida keltirilgan ma’lumotlar bobni to’liq ochib berilishiga
harakat   qilingan.   Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   iqtisodiyot   taraqqiyotidagi
o’rni, uning ahamiyati va zaruriyati haqida tegishli fikrlar yuritilgan. Bundan tashqari
ikkinchi   bobda   O’zbekistonda   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikning   amaliy
jihatlariga   qaratilgan   bo’lib,   mamlakatdagi   shu   sohaga   tegishli   bo’lgan   huquqiy
asoslar,   muammolar   va   ularni   hal   etish   choralari   to’g’risida   fikr   mulohazalar
keltirilgan.   Bundan   tashqari   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikning   amaliy
jihatlarini   ochib   berish   maqsadida   bir   kichik   biznes   sub’yekti   misolida,   uning
moliyaviy   holatlari   ochib   berilgan   va   tegishli   takliflar   kiritilgan.
Tadbirkorlik! Bu hodisa va tushuncha bir qarashda juda oddiy, hammaga ravshandek
tuyuladi.   Haqiqatan   esa,   u  juda  murakkab,   ko'pqirrali   va  buning  ustiga,   fundamental
ijtimoiy-iqtisodiy   hodisadir.   Tadbirkorlik   ideologi   hisoblangan   Y.Shumpeter:
tadbirkorlikni  barcha  turdagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga  xos hodisa bo'lib,  ularning
nafaqat   tarkibiy   qismi,   balki   iqtisodiyotni   harakatlantiruvchi   kuch,   deb   ta'kidlab
o'tgan.   Tadbirkorlik   O'zbekiston   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotida   hamda   jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy ta'sirini yumshatish va oqibatlarini bartaraf etishda
shunday   kuch   ekanligini   namoyon   etmoqda   va   yetakchi   sohaga   aylanmoqda.
Mamlakatda 2008- yilda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning 48,2 foizi, ish bilan band
bo'lgan   aholining   76   foizi,   aholi   daromadlarining   70   foizi   kichik   biznes   va   xususiy
tadbirkorlik sohasiga to'g'ri keladi. 2010-yilda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini
50 - 52 foizga yetkazish ko'zda tutilgan 1
. Lekin hali tadbirkorlikning barcha qirralari
va funksional xossalari yetarli darajada o'rganilmagan va natijada uning imkoniyatlari
to'liq   safarbar   etilmagan.   Demak,   tad birkorlik   asoslari   fani   oldida   ulkan   vazifalar
turibdi.   Bunday   vazifalani   umumlashtirgan   holda   quyidagicha   ifodalash   mumkin: 1.
nazariya sohasida: tadbirkorlik hodisasini kengroq va chuqqurroq tadqiq qilish,
uning   fundamental   funksional   xossalarini   aniqlab,   yaxlit   nazariy   modelini
shakllantirish;
2.
uslubiyot sohasida: hozirda shakllangan va qo'llab kelinayotgan nazariy-amaliy
tadqiqotlar   uslubiyotini   yangi   va   mavjud   samarali   usullar,   yondashuvlar   bilan
boyitish va jiddiy takomillashtirish;
3.
amaliyot   sohasida:   yangi   nazariy-uslubiy   yondashuvlar   bilan   boyitilgan
mukammal uslubiyot yordamida tadbirkorlik amaliyotini chuqurroq tahlil qilish
va muammolarining samarali yechimlarini tavsiya etish;
4.
ma'rifiy sohada: talabalar, o'quvchilar, tadbirkorlar, mutaxassislami tadbirkorlik
faoliyatini   yuksak   madaniy   darajada   tashkil   etish   va   amalga   oshirishni
ta'minlaydigan bilimlar, ko'nikmalar, dunyoqarash bilan qurollantirish;
5.
targ'ibot   sohasida:   tadbirkorlikning   insoniyat   va   jamiyat   uchun   ahamiyati   va
roli,   jamiyatdagi   yutuqlari   va   istiqbollari,   ilg'or   tajribasini   ilmiy-amaliy
targ'ibot qilish.
Shundan   kelib   chiqqan   holda   ushbu   ishning   vazifasi   quyidagilar   aniqlangan:
tadbirkorlikning   mohiyati,   ahamiyati   va   roli,   belgilari   va   tamoyillari,   ijtimoiy,
huquqiy,   tashkiliy,   moddiy,   moliyaviy,   insoniy,   boshqarish,   marketing,   tahliliy
asoslari   to'g'risida   bilimlar   tizimini   shakllantirish;   O'zbekistonda   tadbirkorlikni
rivojlantirish   va   qo'llab-quvvatlash   siyosati,   amaliyoti,   muammolari   va   istiqbollari
to'g'risida tasavvur hosil qilish; tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish
ko'nikmalarini   shakllantirishdir.   Bu   vazifani   samarali   amalga   oshirish   uchun   ijodiy ishga   yangi   mavzular   va   paragraflar   kiritilgan,   materiallar   mantiiqan   ixchamroq
shaklda   va   izchillikda   keltirilgan,   jadval   va   chizmamodellar   keng   qo'llanilgan,
amaliyotdan   misollar   keltirilgan,   har   bir   reja   bo'yicha   qisqacha   xulosalar
shakllantirilgan.
Tadbirkorlik   jamiyatda   ijtimoiy   va   iqtisodiy   sohalardagi   mavjud   muammolarni   hal
qilishda   va   jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotida   katta   rol   o'ynaydi.   U   ishlab
chiqarish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish o'rinlari yaratib, aholini
ish   bilan   ta'minlash   va   ishsizlikni   kamaytirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ham, O'zbekistonda ham har yili yaratilayotgan yangi ish
o'rinlarining   yarmidan   ortig'i   kichik   va   xususiy   tadbirkorlikka   to'g'ri   keladi.   Demak,
tadbirkorlik   aholining   ish   bilan   bandligi,   mehnat   va   iqtisodiy   faolligining   o'sishi   va
buning   natijasida   uning   daromadlarining   oshishiga   katta   hissa   qo'shadi.   Bu
jarayonning   ikki   oqibatini   e'tiborga   olish   lozim:   bir   tomondan,   aholining   moddiy   va
ma'naviy ehtiyojlarining o'sishi, kengayishi bo'lsa, ikkinchi tomon dan, ularni to'laroq
qondirish   imkoniyatlarining   yaratilishidir.   Bu   pirovard   natijada   aholi   hayotini
yaxshilash,   turmush   darajasini   ko'tarish,   farovonligini   oshirishni   ta'minlaydi.
Tadbirkorlikning   rivojlanishi   bilan   uning   mazkur   sohadagi   roli   ortib   boradi.
Rivojlangan   mamlakatlarda   ishlab   chiqariladigan   yalpi   ichki   mahsulotning   qariyb
yarmi,   ayrim   mamlakatlarda   esa   undan   ham   ко 'prog'i   kichik   biznesga   to'g'ri   keladi.
O'zbekistonda   yaratilayotgan   yalpi   ichki   mahsulotda   kichik   va   o'rta   tadbirkorlik
subyektlarining   hissasi   hozirgi   kunda   52   foizdan   oshdi   va   u   yildan-yilga   o'sib
bormoqda.
Tadbirkorlik   iqtisodiyotning   barcha   sohalari   va   tarmoqlarida   tashkil   etilgan,   amalga
oshirilmoqda   va   rivojlanib   bormoqda.   Lekin   uning   holati   va   rivojlanishi   barcha
tarmoqlarda   bir   xil   emas.   O'zbekistonda   tad birkorlik   subyektlari   (yuridik   shaxslar)
ning 60 foizi qishloq xo'jaligi, 18 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 12 foizi sanoat
va   qurilish   sohalarida   tashkil   etilgan,   xizmat   ko'rsatish   sohasida   ham   rivojlanib
bormoqda.   Yuridik   shaxs   bo'lmagan   yakka   tadbirkorlarning   asosiy   qismi   savdo,
umumiy ovqatlanish va ayrim xizmatlar ko'rsatish sohsida faoliyat olib bormoqdalar.
Tadbirkorlik shu paytgacha ishlatilmay kelgan aholi jamg'armalari, mahalliy resurslar,
ishlab   chiqarish   va   maishiy   chiqindilar,   xorijiy   investitsiyalarni   ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga   faol  jalb  etib,  ishlab   chiqa rishni   kengaytirish,   milliy   mahsulot   va   boylikni
ko'paytirishga   olib   keladi.
Tadbirkorlik   nafaqat   shaxsiy   daromad   manbayi,   balki   davlat   uchun   ham   salmoqli
daromad manbayi bo'lib xizmat qiladi. Davlat budjeti tushumlarining anchagina qismi
tadbirkorlik   sektoriga   to'g'ri   keladi.Tadbirkorlik   -   bu   yaratuvchanlikdir.   Uning   bu
missiyasi va belgisi paydo bo'layotgan ehtiyojga muvofiq yangi taklif yoki taklifning
yangi  uyg'unligi  (kombinatsiyasi)ni  yaratish  va   u orqali  yangi   bozor  shakllantirishda
namoyon   bo'ladi.
I BOB. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING  MOHIYATI,
AHAMIYATI VA ZARURIYATI
O'zbekistonda   tadbirkorlik   jamiyatining   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlari
mujassamlashgan,   yaqqol   namoyon   bo'ladigan   hamda   tez   rivojlanib   borayotgan   va
harakatchan   sohasiga   aylanib   bormoqda.   Mamlakatda   bozor   munosabatlarining
shakllanishi   va   iqtisodiy   taraqqiyotida   uning   o'rni   va   roli   tobora   sezilarli   tus   olib
bormoqda.Tadbirkorlik   ideologi   hisoblangan   XX   asr   buyuk   iqtisodchisi   Yozef
Shumpeter   (1883   -   1950-   yillar):   "Tadbirkorlikning   jamiyat   ijtimoiy-   iqtisodiy
taraqqyotidagi   hal   qiluvchi   rolini   u   bo’lmagan   joyda   juda   his   qilish   mumkin".   deb
ta'kidlab   o'tgan.Tadbirkorlikka   oid   dastlabki   ilmiy   tadqiqotlar   XVIII   asr   buyuk
allomalari   R.Kantil'on,   A.Tyurgo,   F.Kene,   A.Smit,   J.B.Sey   va   boshqalar   tomonidan
amalga   oshirilgan.   Demak,   "tadbirkor”,   "tadbirkorlik"   tushunchalarining   paydo
bo'lishi   shu   davrga   to'g'ri   keladi.   Keyinchalik   bunday   tadqiqotlar   kengayib,   alohida
ilmiy yo'nalish tusini olgan, ularning natijalarini amaliyotda qo'llash esa iqtisodiyotga
samarali   ta'sirini   namoyon   qila   boshlagan.   Shunday   natijalardan   biri   "tadbirkor lik"
tushunchasining   shakllanishi   va   mazmun-mohiyatining   aniqlanib,   boyitilib   borishi
hisoblanadi.
XX   asrda   tadbirkorlikni   ilmiy-amaliy   tahlil   qilishda   yangi   Avstriya   maktabi   atoqli vakili   bo’lgan   Y.Shumpeter   katta   rol   o'ynaydi.   U   tadbir korlikning   harakatchan
iqtisodiy   jarayondagi   rolini,   uning   yaratuvchanlik   funksiyasini   aniqlaydi,
tadbirkorning   psixologik   qiyofasini   chizadi.   Unga   ko'ra,   tadkbirkor   iqtisodiyotni
harakatlantiruvchi   asosiy   kuchdir.   Tadbirkorlikka   ayrim   hollarda   o'z-o'zidan   mavjud
bo'lgan   narsa   deb,   e'tiborsizlik   bilan   qarashlarni   tanqid   qilib,   tadbirkorlik   bo'lmagan
iqti sodiyotni tasavvur qilib ko'rishni tavsiya etadi. U tadbirkorning energiyasi, irodasi,
intilishi   investitsiya   siklini   harakatga   keltiradi,   texnikaviy   taraqqiyotning   yuqori
cho’qqisiga   ko’tarilishiga   imkon   yaratadi,   inqirozga   uchragan   iqtisodiyotni   qayta
jonlantiradi   va   tiklaydi   deb   e’tirof   etdi."Tadbirkorlik"   tushunchasi   XVIII   asrda
shakllangan   bo'lsada,   uning   evolutsiyasi   bizning   zamonda   ham   davom   etmoqda.   Bu
tushuncha o'sha davr mashhur iqtisodchilari R.Kantil'yon, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smid,
J.B.Sey va boshqalar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini ilmiy tadqiq qilish natijasida
shakllangan.   Tadbirkorlik   tushunchasi   qariyb   uch   asr   nazariya   va   amaliyotda
qo'llanilib   kelinayotganiga   qaramay   uning   universal   ta'rifi   shakllanmagan   va   ko'p
ma'noligi saqlanib kelmoqda. Buning asosiy sababi tadbirkorlikning ko'p qirrali, ko'p
sohali,   ko'p   tarmoqli,   ko'p   shaklli   murakkab   faoliyat   bo'lishidir.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati, belgisi noaniq sharoitda
harakat   qilish   hisoblangan.   Chunki   bozorda   talab   va   taklif,   bozor   vaziyati   doimo
o'zgarib   turadigan   sharoitda   tadbirkorlik   faoliyatining   foydalilik   darajasi   aniq
bo'lmaydi   va   tadbirkorga   tavakkal   qilib   ishlashga   to'g'ri   keladi.   Keyingi   bosqichda
"tadbirkor"   va   "sarmoyador"   tushunchalari   farqlana   boshlandi.   Tadbirkor
sarmoyaning   doimiy   harakatda   bo'lishi   va   ko'payib   borishini   ta'minlaydigan   shaxs
sifatida namoyon bo'ladi. Bunday holda tadbirkor jalb qilingan mablag'lardan ustalik
bilan  foydalanib,  biror  ishni  boshlash  va  amalga  oshirishga  o'z  g'oyalarini,   bilimi  va
tajribasini   qo'llab,   foyda   olish   maqsadida   mablag’larni   tavakkalli   ishlarga   sarflaydi.
R.Kantilyondan   keyin   neoklassik   maktabi   namoyandalari   tavakkalchilik   asosida
raqobatlashib,   savdo   faoliyati   bilan   shug'ullanuvchi   korxona   egasini   tadbirkor   deb
hisoblaydilar. Bunday talqinda tadbirkorning daromadiga tavakkalchilik uchun to'lov
deb   qaraladi   va   uning   qo'yilgan   sarmoyadan   keladigan   daromad   hamda   ish   haqidan
farqi   ana   shunda   deb   tushuniladi.   Olinadigan   daromadning   xarakteri   sarmoyador   va
menejerning   tadbirkorlikdagi   vazifalarini   bir-biridan   farqlab   turadi.   Ammo   bu vazifalarni   bir   kishi   bajarishi   ham   mumkin.
Tadbirkorlikning   tavakkalchilik   xarakterini   innovatsiyaga   doir   vazifasi   bilan
birlashtirish   g'oyasi   L.Fon   Tyunenga   tegishlidir.   Uningcha,   tadbirkorning   daromadi
tavakkalchilik   faoliyatidan   keladigan   daromaddan   va   yangilikni   qo'llash   tufayli
iqtisodiy   samaraga   erishish   natijasida   olinadigan   daromaddan   tashkil   topadi.
Innovatsiya   faoliyatining   tadbirkorlikka   doir   asosiy   funksional   tavsif   ekanligini
Y.Shumpeter   asoslab   bergan.   Uning   bu   boradagi   asosiy   g'oyalarini   quyidagicha
ifodalash   mumkin:
1.
innovatsiya faoliyati tadbirkorlikning asosiy tavsifidir;
2.
tadbirkor, asosan, xususiy xo'jalik faoliyati yuritishning maqsadga muvofiqligi
nuqtayi   nazaridan   iqtisodiyotni   qayta   tashkil   etib,   ishlab   chiqaruvchi
kuchlarning taraqqiyotini ta'minlaydigan asosiy (yetakchi) shaxs hisoblanadi;
3.
tadbirkor   iqtisodiy   o'sish   tabiiy   omili   sifatida   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotda
markaziy rol o'ynaydi;
4.
tadbirkorlik   funksiyasining   mohiyati   ishlab   chiqarishni   isloh   qilish,   mazmuni
esa   yangi   texnologiya,   xom-ashyo   va   bozorlarni   jalb   etish,   ishlab   chiqarishni
qayta   qurish   tufayli   ishlab   chiqarish   va   muomala   omillarining   yangi
uyg'unliklarini amalga oshirishdan iborat;
5.
tadbirkor uchun mulk egaligi maqomi shart emas;
6.
tadbirkorlik   funksiyasi   xodimlarning   turli   toifalariga   va   har   qanday   ijtimoiy
tizimga xosdir; 7.
har   bir   ijtimoiy   tizim   (formatsiya)   tadbirkorlik   faoliyatining   usullari,   shakllari
va maqsadlari (motivlari)ni belgilab beradi.
Yangi Avstriya maktabining yana bir vakili F.Fon Xayekning qarashlari Y.Shumpeter
tasavvurlariga   yaqin   turadi.   U   tadbirkorlikka   yangi   iqtisodiy   imkoniyatlarni   izlab
topish va tadbiq qilish deb qaraydi. Shu bilan birga, faoliyati izlash tarzida kechadigan
har   qanday   shaxsni   tadbirkor   deb   hisoblaydi.
Tadbirkorlikning   o'zi   faqat   yakka   shaxs   emas,   balki   tashkilotlar   darajasida   ham
amalga   oshiriladi.   U   qarorlar   qabul   qilish   va   tavakkal chilik,   resurslarni   samarali
yo'nalishlarga   taqsimlash,   boshqarish,   tash kil   etish   va   qabul   qilingan   qarorlarni
bajarish   kabi,   ko'rinishlarda   ochiq   va   yashirin   tarzda   namoyon   bo'ladi.   Demak,
tadbirkorlik   –   iqtisodiy   tizimning   muvozanatlashmagan   holati   sharoitida   talabni
qondirishning   yangi   imkoniyatlarini   kashf   etishga   doir   yaratuvchanlik   faoliyatidir.
O'zbekiston   Respublikasining   "Tadbirkorlik   faoliyati   erkinligining   kafolatlari
to'g'risida"gi   Qonunida   (2000-yil   25-may)   "tadbir korlik"   va   "tadbirkor"
tushunchalariga   quyidagicha   ta'riflar  berilgan:  "Tadbirkorlik  faoliyati  (tadbirkorlik)  -
tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonun  hujjatlariga  muvofiq amalga oshiriladigan,
tavakkal   qilib   va   o'z   mulkiy   javobgarligi   ostida   daromad   (foyda)   olishga   qaratilgan
tashabbuskor faoliyat”. "Tadbirkor - yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, etmagan
holda ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shug'ullanuvchi jismoniy shaxs".
Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyati va ilmi rivojlanib, kengayib, chuqurlashib borishi
bilan   tadbirkorlik   tushunchasining   mazmun-mohiyati   ham   aniqlanib,   boyib
boraveradi.
KICHIK   BIZNES   VA   XUSUSIY   TADBIRKORLIKNING   IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYAT1
Tadbirkorlik   jamiyatda   ijtimoiy   va   iqtisodiy   sohalardagi   mavjud   muammolarni   hal
qilishda   va   jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotida   katta   rol   o'ynaydi.   U   ishlab
chiqarish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish o'rinlari yaratib, aholini
ish   bilan   ta'minlash   va   ishsizlikni   kamaytirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ham, O'zbekistonda ham har yili yaratilayotgan yangi ish
o'rinlarining   yarmidan   ortig'i   kichik   va   xususiy   tadbirkorlikka   to'g'ri   keladi.   Demak,
tadbirkorlik   aholining   ish   bilan   bandligi,   mehnat   va   iqtisodiy   faolligining   o'sishi   va
buning   natijasida   uning   daromadlarining   oshishiga   katta   hissa   qo'shadi.   Bu
jarayonning   ikki   oqibatini   e'tiborga   olish   lozim:   bir   tomondan,   aholining   moddiy   va
ma'naviy ehtiyojlarining o'sishi, kengayishi bo'lsa, ikkinchi tomon dan, ularni to'laroq
qondirish   imkoniyatlarining   yaratilishidir.   Bu   pirovard   natijada   aholi   hayotini
yaxshilash,   turmush   darajasini   ko'tarish,   farovonligini   oshirishni   ta'minlaydi.
Tadbirkorlikning   rivojlanishi   bilan   uning   mazkur   sohadagi   roli   ortib   boradi.
Tadbirkorlarning   ma'lum   qismi   oyoqqa   turib,   yanada   rivojlanishi   oqibatida   ular
mulkdorlarga  aylanadilar.  Bu  esa  jamiyatda  yangicha  fikrlaydigan, harakat qiladigan
yangi avlod-tadbirkorlar, mulkdorlar tabaqasining shakllanishiga olib keladi. Bunday
shaxslar   davlatning   ijtimoiy   tayanchi   va   iqtisodiy   taraqqiyot   manbayi   hisoblanadi.
Tadbirkorlik   subyektlari   kadrlar   tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirishda   ham
ishtirok  etadilar.  Shuning  bilan   birga  tadbirkorlarning   o'zlari  ham  doimiy  izlanishda,
mahalliy   va   xorijiy   hamkasabalari,   hamkorlari,   turli   soha   vakillari   bilan   muloqotda
bo'lib,   tajriba   ortirib,   o'z   kasbiy,   madaniy,   ma'naviy   saviyalarini   oshirib   boradilar.
Tadbirkorlik   inson   qobiliyatini   ro'yobga   chiqarishgayaxshi   imkoniyatlaryaratadi   va
uni   rag'batlantiradi.   Shunday   qilib,   tadbirkorlik   insonlarning   o'zini   o'zi   anglashiga
ko'maklashadi,   dunyoqarashini   kengaytiradi.   o'zgartiradi   va   natijada   jamiyatning
ijtimoiy-madaniy   darajasining   o'sishiga   olib   keladi.
Tadbirkorlar qishloqlarda, mahallalarda  ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish va   boshqa   xizmat   ko'rsatish   korxonalari   barpo   etib,   qishloq   infratuzilmasini
rivojlantirib.   Qishloqlar,   mahallalar   qiyofasini   o'zgartirib   yuboradilar.   Bundan
tashqari,   tadbirkorlik   ijtimoiy   sohada   keng   kirib   bormoqda:   xususiy   va   boshqa
tashkiliy-huquqiy shakllarda bolalar bog'chalari, mehribonlik uylari, nogironlar uchun
inventarlar   ishlab   chiqarish   va   ularga   xizmatlar   ko'rsatish,   sog'liqni   saqlash   va
sog'lomlashtirish,   o'quv   va   boshqa   ijtimoiy   soha   muassasalari   tashkil   etish   va   ularni
rivojlantirish, uy-joylar qurish va ularni ta'mirlash, aholini ichimlik suvi va gaz bilan
ta'minlash   ishlari   bilan   bevosita   shug'ullanib.   ijtimoiy   muammolarni   yechishga   katta
hissa qo'shadi. Tadbirkorlik subyektlari xayriya ishlarida ham faol qatnashib, ijtimoiy
soha   muassasalari,   nogironlar,   kam   ta'minlangan   oilalar,   ijti moiy   himoyaga   muhtoj
kishilarga   yordam   ko'rsatishda   ham   muhim   o'rin   egallaydi.
Tadbirkorlik subyektlari mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yaratib, mamlakat ichki
bozorini   to’ldiradilar.   Natijada   bozorda   taklif   miqdor,   sifat,   assortment   jihatidan
yaxshilanadi,   xaridorlar   uchun   tanlash   va   talabni   qondirish   imkoniyatlari   kengayadi.
Bu borada tadbir korlik muvofiqlashtirish vazifasini bajarish, talab bilan taklifni o'zaro
muvofiqlashtirish,   narxlarni   barqarorlashtirish,   bozorda   muvozanat   o'rnatish   va   uni
ushlab   turish,   mavjud   ehtiyojni   kengaytirish   va   to'laroq   qondirishga   xizmat   qiladi.
Shuning   bilan   birga   tadbirkorlik   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   raqobatning
shakllanishi, rivojlanishida va mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ko'tarish, ishlab
chiqarish   xarajatlari   va   mahsulot   tannarxini   pasaytirish,   faoliyat   samaradorligini
oshirishda   muhim   rol   o'ynaydi.
Mamlakatda   importni   qisqartirish   va   eksportni   kengaytirishda   tadbirkorlik
subyektlarining   roli   ortib   bormoqda.   Ular   bir   tomondan,   im port   o'rnini   bosuvchi
tovarlar   ishlab   chiqarib,   valutaning   tashqariga   chiqib   ketishini   qisqartirish   va
mamlakat iqtisodiy-moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash, ikkinchi tomondan esa,
eksportbop   mahsulotlar   chiqarish,   ularni   tashqi   bozorlarda   sotib,   mamlakat   eksport
salohiyatini   ko'tarish   va   valuta   tushumlarini   oshirishda   ham   salmoqli   o'rin
egallaydilar. Xususiy   tadbirkorlik   subyektlari,   fermer   xo'jaliklari   davlat   buyurtmasini   bajarishda
ham   ishtirok   etadilar.   Ma'lumki,   O'zbekistonda   dav lat   buyurtmasi   bo'yicha   paxta   va
g'alla   yetishtirishda   fermer   xo'jaliklari   yetakchilik   qiladilar.   Bundan   tashqari,   kichik
va   o'rta   korxonalar   yirik   korxonalarning   ayrim   buyurtmasini   ham   bajarib,   ularni
to'ldiradilar. Yirik korxonalar ommaviy mahsulotni katta miqdorda ishlab chiqarishga
moslashganliklari   tufayli   asosiy   mahsulotning   ayrim   detallari,   ehtiyot   qismlari,
boshqa  qo'shimcha  narsalarni  kichik  seriyalarda  ish lab  chiqarish  ular  uchun  ortiqcha
tashvish   hisoblanadi.   Yirik   korxona lar   uchun   shunday   narsalarni   o'zlari   ishlab
chiqargandan   ko'ra,   ularni   boshqa   korxonalardan   olgan   ma'qul.   Shu   boisdan   ular
o'zlarining   ishlab   chiqarishlari   uchun   kerakli   ayrim   narsalarni   ishlab   chiqarish   va
yetkazib   berishni,   asosan,   kichik   va   o'rta   korxonalarga   topshiradilar.   Bu   borada
O'zbekistonda   rivojlangan   va   qo'llab-quvvatlanayotgan   kasanachilik   ham   muhim   rol
o'ynaydi.   Shuning   uchun   kichik   va   o'rta   korxonalar   yirik   korxonalar   va   umuman,
iqtisodiyot tarmoqlarini o'zaro bog'lab, butun iqtisodiyotni yaxlit bir tizim darajasiga
ko'tarishda   katta   ahamiyat   kasb   etadilar.   Kichik,   o'rta,   xususiy   tadbirkorlik
subyektlarining   ana   shu   vazifasi   e'tiborga   olinib,   respublikada   mahalliylashtirish
dasturlarini   amalga   oshirishda   ularga   keng   o'rin   berilgan.
Tadbirkorlikning   innovatsion   vazifasi   XX   asr   o'rtalarida   shakllanib,   hozirgi   kunda
uning roli ortib bormoqda. Tadbirkorlikning bu vazifasi mamlakatlarning innovatsion
(axborot-industrial) taraqqiyot davrga kirishi bilan boshlanib, ishlab chiqarishda fan-
texnika   yutuqlari   va   axborot   rolining   ortib   borishida   namoyon   bo'ladi.   Innovatsiya
bazasining shakllanishi va kengayishi tashkiliy-xo'jalik novatorligi va shu yo'nalishda
tadbirkorlikning   rivojlanishi   bilan   bog'liq.
Tadbirkorlikning   yaratuvchilik   vazifasi   ham   jamiyat   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotida
muhim rol o'ynaydi. Uning bu vazifasi yangi qiymat va yangi bozorlar yaratish, yangi
qiyofadagi   inson-tadbirkorlar,   mulkdorlarni   shallantirishda   namoyon   bo'ladi.
Tadbirkorlar   mamlakatda   milliy   mahsulot   yaratadilar   va   milliy   boylikni
ko'paytiradilar.   Rivojlangan   mamlakatlarda   ishlab   chiqariladigan   yalpi   ichki
mahsulotning   qariyb   yarmi,   ayrim   mamlakatlarda   esa   undan   ham   ко 'prog'i   kichik
biznesga to'g'ri keladi. O'zbekistonda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda kichik va
o'rta tadbirkorlik subyektlarining hissasi hozirgi kunda 54 foizdan oshdi va u yildan- yilga   o'sib   bormoqda.Tadbirkorlik   sub’yektlari   yangi   taklif   yaratish,   mavjud   taklifni
kengaytirish,   uni   yangicha   uyg'unlikda   taqdim   etish   yo'li   bilan   mavjud   ehtiyojni
boyitish,   yangilarini   yuzaga   chiqarish   va   mavjud   bozorni   modifikatsiya   qilish,
yangilarini   shakllantirish,   jozibador   bozorlarni   topish   va   o'zlashtirish   -   bularning
hammasi   tadbirkorlikning   yaratuv chilik   yo'nalishlari   hisoblanadi.Tadbirkorlik   ishlab
chiqarishni qayta qurish, ishlab chiqarish omillari (mehnat, mehnat qurollari, mehnat
predmetlari)ni   yangicha   uyg'unlikda   birlashtirish   va   tashkil   etish,   ishlab   chiqaruvchi
kuchlar   bilan   ishlab   chiqarish   munosabatlarini   samaraliroq   muvofiqlashtirish   orqali
ishlab   chiqarishni   sifat   jihatidan   yangi,   yuqori   bosqichga   ko'tarishga   katta   hissa
qo'shadi.   Bu   esa   ishlab   chiqarishni   amalga   oshirish   va   rivojlantirish   uchun   yangi,
qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularni ro'yobga chiqa rish esa mavjud quvvatlarning
unumdorligini   oshirishni,   qo'shimcha   mahsulot   ishlab   chiqarish   va   samaradorlikning
o'sishini   ta'minlaydi.
Tadbirkorlik shu paytgacha ishlatilmay kelgan aholi jamg'armalari, mahalliy resurslar,
ishlab   chiqarish   va   maishiy   chiqindilar,   xorijiy   investitsiyalarni   ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonga   faol  jalb  etib,  ishlab   chiqa rishni   kengaytirish,   milliy   mahsulot   va   boylikni
ko'paytirishga   olib   keladi.
Tadbirkorlik   nafaqat   shaxsiy   daromad   manbayi,   balki   davlat   uchun   ham   salmoqli
daromad manbayi bo'lib xizmat qiladi. Davlat budjeti tushumlarining anchagina qismi
tadbirkorlik   sektoriga   to'g'ri   keladi.
TADBIRKORLIKDA   SOLIQLAR
Tadbirkorlik   moliyaviy   munosabatlarida   soliqlar   muhim   o'rin   tutadi.   Soliqlar-   bu
davlat budjetiga majburiy to'lov hisoblanadi. Davlat budjeti esa davlat tomonidan o'z
vazifalarini   amalga   oshirish   uchun   sarflanadigan   markazlashtirilgan   pul
jamg'armalaridir.   Soliqlar   har   qanday   davlatning   asosiy   daromad   manbayi   va   shakli
hisoblanadi.  Soliqlarni  davlatga  pul  mablag'lariga  va  boshqa   boyliklarga   ega  bo'lgan
jismoniy   va   yuridik   shaxslar   to'laydilar.   Ular   to'lovchilari   va   obyektlariga   qarab
bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linadi. Bevosita soliqlar daro mad, foyda, mol-mulk,
yer   va   boshqa   boyliklarga   solinadi   va   ularga   ega   bo'lgan   jismoniy   hamda   yuridik
shaxslar   mazkur   soliqlarning   to'lovchilari   hisoblanadilar.   Bilvosita   soliqlar   esa mahsulot narxi ustiga qo'yiladi va ularni to'lash mahsulot iste'molchilari (xaridorlari)
zimmasiga   tushadi.   Bundan   tashqari,   soliqlar   ular   tushadigan   budjetga   qarab
umumdavlat   va   mahalliy   soliqlariga   bo'linadi.   Umumdavlat   soliqlnri   respublika
markaziy budjetiga, mahalliy soliqlar esa mahalliy-viloyat, shahar, tuman budjetlariga
tushadi.
Davlat   soliqqa   tortish   yo’li   bilan   fuqarolar,   korxonalar,   tashkilotlar,   muassasalar
daromadi,   foydasi,   mol-mulki   va   boshqa   boyliklarining   bir   qismini   olib   qo’yadi.
Albatta,   bu   mazkur   boyliklar   egalariga   yoqmaydi.   Ammo   soliq   to'lovchilar   shuni
anglab olishlari zarurki, ular to'laydigan soliqlar hisobidan davlat ularning xavfsizligi,
tinchligi   va   istiqboli,   aholi   farovonligi,   ta'limi,   sog'ligi   va   ijtimoiy   himoyasini
ta'minlaydi,   ularning   unumli   faoliyati   uchun   kerakli   sharoitlar   yaratadi.   Eng   muhimi
soliq   maqbul   bo’lishi   va   tadbirkorlik,   biznesning   rivojlanishiga   to'sqinlik   qilmasligi
lozim.
O'zbekistonda soliqlarning huquqiy asoslarini O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
va soliqqa oid boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari
va   qarorlari,   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   va   O'zbekiston   Respublikasi   Davlat
soliq qo'mitasining me'yoriy hujjatlari tashkil etadi. Har bir tadbir korlik subyekti o'zi
to'laydigan   soliqlar   va   boshqa   majburiy   to'lovlar   to'g'risida   yaxshi   tasavvurga   ega
bo’lishi kerak.   Tadbirkorlik subyektlari to'laydigan soliqlar va to'lovlar quyida ko'rib
chiqiladi.
1.
Yuridik   shaxs   tashkil   etmagan   holda   tadbirkorlik   faoliyati   bilan
shug'ullanadigan   jismoniy   shaxslar   (yakka   tadbirkorlar)   daromadidan   qat'i
belgilangan   soliq.   Bu   soliq   stavkasi   eng   kam   oylik   ish   haqining   karrali
miqdorida   faoliyat   turi,   uni   amalga   oshirish   joyi   (shahar,   tuman,   borish   qiyin
bo'lgan   uzoq   joylar),   faoliyat   hajmi   va   fizik   ko'rsatkichlari   (maydoni,   o'tirish
o'rni,  jihozlangan  joy va boshqalar)ga qarab belgilangan.   Mazkur soliq  har oy
naqd pulda yoki pul ko'chirish yo'li bilan to'lanadi. 2.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari (avtoransportni qisqa muddatga saqlash
joylari, bolalar o'yin avtomatlari, bilyardxonalar) dan daromad oladigan yuridik
va jismoniy shaxslardan undiriladigan qat'i belgilangan soliq.
3.
Yagona   soliq   to'lovi.   Bu   soliq   ko'pgina   umumdavlat   va   mahal liy   soliqlar   va
ayrim   yig'imlar   o'rnida   to'lanadi.   Uni   mikrofirmalar   va   kichik   korxonalar,
barcha   savdo   va   umumiy   ovqatlanish   korxonalari   (ulgurji   savdo   korxonalari
uyushmasiga   kiruvchi   ixtisoslashgan   ulgurji   savdo   bazalaridan   tashqari),
tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etuvchi yuridik shaxslar, xususiy
amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar to'laydilar.
4.
Yuridik   shaxslarning   daromadiga   (foydasiga)   solinadigan   soliq.   Bu   soliqni
yuqoridagi 2,3-bandlarda  ko'rsatib  o'tilgan  yuridik  shaxslardan tashqari umum
belgilangan tartibda soliq to'lovchilar to'laydilar.
5.
Mol-mulk   solig'i.   Uni   mol-mulkka   ega   bo'lgan   barcha   yuridik   va   jismoniy
shaxslar to'laydilar.
6.
Yer solig'i. Bu soliqni yer uchastkasiga egalik qiluvchi va undan foydalanuvchi
barcha   yuridik   shaxslar   (yagona   soliq   to’lovi   va   yagona   yer   solig'i
to'lovchilaridan tashqari) hamda jismoniy shaxslar to'laydilar.
7.
Yagona yer solig'i. Mazkur soliqni fermer va shirkat xo'jalikiari, yuridik shaxs
bo'lgan dehqon xo'jalikiari va boshqa qishloq xo'jaligi korxonalari to'laydilar.
8.
Yer   ostidan   foydalanganlik   uchun   soliq.   Bu   soliqni   yer   osti   boyliklarini   olib,
qayta   ishlaydigan   hamda   yer   ostidan   boshqacha   tarzda   foydalanadigan   barcha
yuridik shaxslar (shu jumladan, mikrofirma va kichik korxonalar) to'laydilar.
9.
Suv   resurslaridan   foydalanganlik   uchun   soliq.   Mazkur   soliqni   suvdan foydalanadigan   barcha   yuridik   va   jismoniy   shaxslar   (yagona   soliq   to'lovi   va
yagona yer solig'i to'lovchilaridan tashqari) to'laydilar.
10.
Obodonlashtirish   va   ijtimoiy   infratuzilmani   rivojlantirish   solig'i.   Uni   barcha
yuridik   shaxslar   (yagona   soliq   to'lovi   va   yagona   yer   solig'i   to'lovchilaridan
tashqari) to'laydilar.
11.
Qo'shilgan qiymat solig'i. Bu soliqni mahsulot ishlab chiqaradigan va tovarlarni
import qiladigan yuridik shaxslar to'laydilar.
12.
Aksiz   solig'i.   Mazkur   soliqni   aksiz   solig'iga   tortiladigan   tovarlar ni   ishlab
chiqaradigan va import qiladigan yuridik shaxslar to'laydilar.
13.
Bojxona   to'lovlari.   Ularni   tovarlarni   import   va   eksport   qiluvchi   yuridik   va
jismoniy shaxslar to'laydilar.
14.
Tadbirkorlik   faoliyati   ayrim   turlari   bilan   shug'ullanish   uchun   litsenziya
yig'imlari.
15.
Maqsadli jamg'armalarga majburiy to'lovlar. Ularga quyidagilar kiradi: Pensiya
jamg'armasi.   Bandlikka   ko'maklashish   jamg'armasi,   Respublika   kasaba
uyushmalari   federatsiyasi   jamg'armasi,   Respublika   yo'l   jamg'armasi,   Maktab
ta'limini rivojlantirish jamg'armasi.
16. Ixtiyoriy to'lovlar: savdo-sanoat palatasi, fermer xo'jaliklari uyushmasi, qassoblar
uyushmasi   va   boshqa   tadbirkorlar   uyushmalariga   a'zolik   badallari,   mol-mulkni   va
shaxsni   ixtiyoriy   sug'urta   qilish,   turli   xayriya   jamg'armalari   va   ishlariga   to'lovlar,
homiylik   va   boshqalar.
Shunday   qilib,   tadbirkorlikda   moliyaviy   resurslarni   shakllantirish   va   ishlatish   katta ahamiyat   kasb   etadi.   Moliyaviy   resurslar   bilan   ta'minlangan   taqdirda   ham   ular
samarali   yo'naltirilmasa   va   ishlatilmasa   ko'zlangan   natijaga   erishib   bo'lmaydi.
Shuning   uchun   har   birtadbirkor   moliyaviy   resurslar   va   jarayonlarni   boshqarishni
yaxshi   yo'lga   qo'yishi   va   u   bilan   jiddiy   shug'ullanishi   lozim.
Tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo'lgan pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash,
ishlatish masalalari tadbirkorlik moliyaviy munosabatlarini tashkil etadi. Tadbirkorlik
faoliyatini   moliyalash   —   bu   tadbirkorlik   faoliyatini   moliyaviy   resurslar,   ya'ni   pul
mablag'lari   bi lan   ta'minlash   demakdir.   Tadbirkorlik   faoliyatini   moliyalash   ikki
manbadan   -   ichki   va   tashqi   manbadan   amalga   oshiriladi.   Moliyalashning   ichki
manbayi   tadbirkorlik   subyektining   o'z   mablag'lari   bo'lib,   unga   ustav   sarmoyasi
tarkibidagi   pul   mablag'lari,   faoliyatdan   olinadigan   foyda,   amortizatsiya   jamg'armasi,
tekinga   berilgan   mablag'lar   kiradi.   Moliyalash   tashqi   manbalariga   kreditorlar,
investorlar   va   boshqa   qarz   beruvchilar   kiradi.
Tadbirkorlik   faoliyatini   moliyalashdakreditlash   muhim   rol   o'ynaydi.   Tadbirkorlik
faoliyatini   kreditlash   -   bu   moliya-kredit   muassasalari   tomonidan   tadbirkorlik
faoliyatini   tashkil   etish   va   amalga   oshirish   uchun   ma'lum   shartlar   asosida   pul
mablag'larini qarzga berishdir. Tadbirkorlik faoliyatini kreditlashda Mikrokreditbank,
boshqa tijorat banklari va kredit uyushmalari asosiy o'rin egallaydilar. Tadbirkorlikni
moliyaviy   qo'llab-quvvatlash   maqsadida   qonunchilikda   uni   kreditlashda   bir   qator
imtiyozlar   belgilangan.
Tadbirkorlikni   rivojlantirishning   asosiy   moliyaviy   manbayi   investitsiyalar
hisoblanadi.   Investitsiya   tadbirkorlik   faoliyati   obyektlariga   kiritiladigan   moddiy   va
nomoddiy   ne'matlar   hamda   ularga   doir   huquqlardir.   Ular   ichki   manbalardan
(tadbirkorlik   subyektlarining   o'z   mablag'lari)   va   tasliqi   manbalardan   (mahalliy   va
xorijiy   investorlar)   kiritilishi   mumkin.   Tadbirkorlik   sohasida   ham   xorijiy
investitsiyalar   salmog'i   ortib   bormoqda.
Tadbirkorlikda investitsiyalarning ma'lum qismi lizing asosida kiritiladi. Lizing asosiy ishlab   chiqarisb   vositalarini   uzoq   muddatga   moliyaviy   ijaraga   berish   bo'lib,
tadbirkorlikda   uning   ham   roli   jiddiy   tus   olmoqda.
Sug'urtalash   ham   tadbirkorlik   faoliyatida   keng   o'rin   egallamoqda.   U   tadbirkorlik
subyektlarining   iqtisodiy   yashovchanligini   ta'minlash,   ko'riladigan   talafotlarni
kamaytirish   va   faoliyatni   barqaror   yuritishga   xizmat   qiladi.
Tadbirkorlikda   moliyaviy   munosabatlarning   muhim   yo'nalishi   soliqlar   va   boshqa
majburiy   to'lovlar   bilan   bog'liqdir.   Bu   yo'nalishda   ham   tadbirkorlikni   qo'llab-
quvvatlashga   qaratilgan   chora-tadbirlar   belgilangan   tadbirkorlik   subyektlari   uchun
soliqqa   tortishning   soddalashtirilgan   tartibi   vaturli   soliq   imtiyozlari   ko'zda   tutilgan.
Tadbirkorlar   ulardan   samarali   foydalanishlari   lozim.
Jahonda   tadbirkorlik   o'z   taraqqiyotida   turli   bosqichlarni   bosib   o'tdi   va   rivojlanishda
davom   etmoqda.   U   har   bir   mamlakatda   o'ziga   xos   tarzda   shakllandi   va   rivojlandi.
O'zbekistonda   uning   taraqqiyoti   zamonaviy   tadbirkorlikka   yaqin   bosqichdan
boshlanib,   tez   sur'atlar   bilan,   izchil   tarzda   yuqori   bosqichga   qarab   bormoqda.   Lekin
bunday   rivojlanish   qiyinchiliklarsiz   kechmadi   va   hozirgi   kunda   ham   bu   yo'nalishda
anchagina   muammolar   o'z   yechimini   kutmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida
katta rol o'ynaydi va yetakchi o'rin egallaydi. Chunki mamlakatda yaratilayotgan yalpi
ichki   mahsulotning   qariyb   yarmi   va   yangi   ish   o'rinlarining   57   foizi,   ish   bilan   band
aholining   76   foizi   va   aholi   daromadlarining   70   foizi   aynan   ana   shu   sohaga   to'g'ri
keladi. Demak. mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti unga bog'liq bo'lib, u ana shu
taraqqiyotni belgilovchi asosiy kuchlardan biri hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik   subyektlari   ixcham,   harakatchan,   tez   moslashuvchanliklari   tufayli   jahon
moliyaviy-iqtisodiy   inqirozini   ham   nisbatan   osonroq   kechib   o'tishga   qodir   va   buni
hayot   ko'rsatmoqda.   Shu   boisdan   ham   ular   inqirozga   tez   moslashib,   uning   ta'sirini
yumshatib,   mamlakat   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotining   to'xtab   qolishi   yoki retsessiyaga   tushishining   oldini   oladilar.   Shuning   uchun   ham   tadbirkorlikning
rivojlanishini davlat har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi.
1.2.   KICHIK   BIZNES   VA   XUSUSIY   TADBIRKORLIKNI   RIVOJLANISHINING
BOSQICHLARI
Tadbirkorlik   o'tgan   ikki   asr   davomida   rivojlanib,   turli   davrlar   va   bosqichlami   bosib
o'tdi.   Har   bir   davr   va   bosqichda   tadbirkorlik   oldida   o'ziga   xos   vazifalar   turadi.
Masalan.   AQShda   tadbirkorlikning   rivojlanishi   quyidagi   besh   davrga   ajratiladi. 1
1.
Ilk   texnikaviy   qurollanish   davri.   Bu   davrda   (1820   -   1900-   yillar)   sanoatda,
ayniqsa, po'lat eritish, paxta tozalash, to'qimachilik, avtomobilsozlik sohalarida
texnika   va   inqilobiy   o'zgarishlarga   asoslangan   in dustrial   ishlab   chiqarish
yaratiladi. Mazkur bosqichda tadbirkorlikning asosiy vazifasi ishlab chiqarishni
yangi texnika vositalari asosida qayta qurish va rivojlantirishdir.
2.
Ommaviy ishlab chiqarish davri. Bu davrda (XX asr boshidan 30-yillarigacha)
konveyer va mehnatni ilmiy tashkil etishni joriy qilish asosida ommaviy ishlab
chiqarishga   o'tish   va   mahsulot   tannarxini   kamaytirish,   raqobatning   yuzaga
kelishiga   erishiladi.   Bu   bosqichda   tadbirkorlik   oldida   turgan   asosiy   vazifa
mahsulotni   ommaviy   miqyosda   ishlab   chiqarish   va   tannarxini   pasaytirish
hisoblanadi.
3.
Ommaviy   ayirboshlash   davri.   Bu   davrda   (XX   asrning   30   -   50   yillari)   asosiy
e'tibor   ishlab   chiqarishdan   bozorga,   ayirboshlash   orqali   iste'molchilar
ehtiyojlarini qondirishga ko'chadi.  Shakllanayotgan  talabni  sezish, aniqlash  va
ishlab   chiqarishni   uni   qondirishga   yo'naltirib   tashkil   etish   tadbirkorlikning
asosiy   vazifasi   bo'ladi.   Shu   paytda   mar keting   nazariyasi   amaliyotda   keng
qo'llanila boshlaydi. 4.
Yuqori   industrlashgan   davr   (XX   asrning   50   -   70-   yillari).   Bu   davrda
tadbirkorlik   sohalari   va   rivojlanishining   kengayishi,   ishlab   chiqarishni
industrial qayta qurish va texnologiyaning muhim raqobat vositasiga aylanishi,
boshqarishda   biznes   muhitini   hisobga   olish   yuz   beradi.   Bu   bosqichda
tadbirkorlikning   asosiy   vazifasi   ishlab   chiqarishni   davomiy   texnik   qayta
qurollantirish, texnologiya, talab mahsulotni o'zaro muvofiqlashtirish va bozor
sharoitlariga moslashish hisoblanadi.
5.
Zamonaviy   tadbirkorlik   davri.   (XX   asrning   70   va   undan   keyingi   yillar)   Bu
davrda   biznes   xalqaro   tus   oladi,   boshqaruv   va   rivojlantirishda   muqobil
variantlar qo'llanila boshlaydi, ishlab chiqarish va sotishda diversifikatsiya kirib
keladi,   jamiyatning   tadbirkorlikka   talablari,   ijtimoiy   mas'uliyat   mezonlari
kuchaydi,   strategik   rejalashtirishning   yangi   usullari   va   jihatlari   shakllanadi.
Bunda   asosiy   vazifa   internatsionallashirish   yo'lidan   borib,   milliy   doiradan
tashqaridagi   bozorlarni   o'zlashtirish   hamda   talab,   texnologiya,   mahsulot
hayotiy davrlarini uzaytirishga intilish hisoblanadi.
Rivojlangan   mamlakatlarda   XX   asrning   70-   yillari   o'rtalaridan   boshlab   iqtisodiy
tanglik davrida iqtisodiyot yangi modeli - innovatsion yoki axborot-industrial modeli
shakllana   boshladi.   Bu   davrda   firmalarda   ishlab   chiqarish   va   boshqarish   bozor
konyunkturasi   va   marketing   konsepsiyasiga   asoslana   borishi   xo’jalik  yuritish  tarzida
o'zgarishlarga   olib   keldi.   O'sha   iqtisodiy   sharoitda   bozorda   muvaffaqiyat   qozonishni
ta'minlaydigan hujumkor xatti-harakat tarzi yuzaga chiqa boshlaydi. Bunda marketing
vositalari   va   usullari   asosiy   o'rin   egallaydi   va   natijada   jamoatchilik  ayrim   qatlamlari
orasida   marketingga   nisbatan   salbiy   munosabat   shakllanadi.   Aynan   shu   davrda
tadbirkorlik   alohida   faoliyat   sifatida   yangi   bosqichga   o'tib,   o'zini   o'zi   tartibga   solib
turuvchi tizim darajasiga ko'tarialadi, ayniqsa, xususiy biznes tez rivojlana boshlaydi. 1 Nasritdinova M. A.. Ahmedov  О . M. Biznes strategiyasi. -  Т ., Sharq. 1996. - 12 - 13
betlar.
Shundan keyingi 20 yil ichida har yili AQSh va Italiyada 300 mingdan, Yaponiyada
200   mingdan   yangi   korxona   paydo   bo'ladi.   Shu   davrda   tadbirkor   jamiyatda   ijtimoiy
muhim   o'rin   egallay   boshlaydi,   turli   xil   ma'muriy-huquqiy   cheklovlar   bekor   qilinib,
tadbirkorlikning   xo'jalik   erkinligi   keskin   kengaytiriladi,   biznes   inkubatorlar,
innovatsion   parklar   rivojlanib,   axborot   ta'minoti   yaxshilanib,   fuqarolarning   biznes
bilan   shug'ullanish   imkoniyatlari   kengayadi.   O'tgan   asrning   oxiri,   joriy   asrning
boshlarida   iqtisodiy   rivojlangan   mamlakatlarda   tadbirkorlik,   biznesning   holatini   1-
jadvalda   keltirilgan   ma'lumotlardan   ko'rish   mumkin.
(Manba:   Russkiy   ekonomicheskiy   jurnal,   1998.)
1- jadval
Davlatlar Kichik biznes subyektlari soni Kichik biznes salmog'i, %
Ming dona Aholi   jon
boshiga,   1000
kishiga, dona Ish   bilan
bandlikda Yalpi   ichki
mahsulotda
Amerika   Qo'shma
Shtatlari 19300 74 54 50-52
Italiya 3920 68 73 57-60
Yaponiya 6450 50 78 52-55
Buyuk Britaniya 2930 46 42 50-53 Germaniya 2290 37 46 50-54
Fransiya 1980 35 54 55-62
Jadvaldan   ko'rinib   turibdiki,   kichik   biznes   subyektlari   jon   boshiga   (1000   kishiga)
olganda AQShda eng yuqori - 74 taga yetgan bo'lsa, Italiyada 68 tani, Yaponiyada 50
tani   tashkil   etgan.   Bu   ko'rsatkichning   nisbatan   past   darajasi   Germaniyada   (37   ta)   va
Fransiyada   (35   tani)   tashkil   etgan.   Ish   bilan   bandlikda   kichik   biznes   salmog'i
Yaponiya va Italiyada yuqori (78 va 73 foiz), Germaniya va Buyuk Britaniyada past
(46   va   42   foizni   tashkil   etgan).   Lekin   shuni   ta'kidlash   joizki,   kichik   biznes
subyektlarining aholi jon boshiga to'g'ri kelishi va ish bilan bandlikda hissasi jadvalda
keltirilgan   davlatlar   bo'yicha   keskin   farq   qilishiga   qaramay,   uning   yalpi   ichki
mahsulotdagi   hissasining   katta   farq   qilmasligi   kichik   biznesning   mazkur
mamlakatlarda   mustahkam,   barqaror   o'rin   egallab   olganidan   darak   beradi.
Tadbirkorlik O'zbekistonda ham sezilarli rivojlanib, o'z taraqqiyotida ma'lum darajaga
erishdi.   O'zbekiston   mustaqillikka   erishishi   bilan   iqtisodiyot   va   savdo-sotiqni
erkinlashtirish, turli mulk shakllarini vujudga keltirish, raqobatni rivojlantirishga katta
e'tibor   berildi.   Bu   masalalarni   hal   qilish   va   umuman,   mamlakat   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida   tadbirkorlik   muhim   rol   o'ynashi   e'tirof   etilib,   respublikada
tadbirkorlikni   shakllantirish   va   yuksaltirish   uchun   zarur   shart-sharoit   yaratishga
kirishildi. Birinchi navbatda, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida
tadbirkorlik   tan   olindi   hamda   uning   shakllanishi   va   rivojlanishiga   yo'l   ochib   berildi.
1991-yil 15-fevralda "O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyati to'g'risida"gi birinchi qonun
qabul   qilindi   va   u   tadbirkorlikning   asosiy   huquqiy   bazasi   bo'lib   xizmat   qildi.
Keyinchalik  mazkur  qonunga  zarur  o'zgartirishlar  va  qo'shimchalar  kiritilib,  u  ancha takomillashtirildi   hamda   yana   bir   qator   qonunlar   va   qarorlar,   qonunosti   me'yoriy-
huquqiy   hujjatlar   bilan   to'ldirildi   va   quvvatlandi.
O'zbekistonda   tadbirkorlikning   rivojlanishida   xo'jalik   erkinligining   oshishi   va
ma'muriy-qonunchilik   cheklovlarining   qisqarishi,   tadbirkor lik   (avvalo,   kichik,
xususiy,   qo'shma   tadbirkorlik)ning   davlat   tomonidan   qo’llab-quvvatlanishi,
tadbirkorlik tashabbusining yangi imkoniyatlari va sohalarining ochib borilishi, soliq
islohotlari   va   ma'muriy   islohotlar   ham   katta   yordam   berdi.   Mamlakatda   sarmoya
bozori   va   biznesni   mablag'   bilan   ta'minlash   imkoniyatlari   kengaydi,   yangi   moliya
muassasalari va axborot ta'minoti rivojlandi, patent-litsenziya tizimi mustahkamlandi,
xo'jalik faoliyatining yangi turlari paydo bo'ldi va kengayib bormoqda. Respublikada
tadbirkorlikni   tezroq   oyoqqa   turg'azish,   rivojlantirish,   jamiyatda   o'ziga   munosib
o'rinni egallab olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi va ularni yaxshilash davom
etmoqda. Ulardan eng muhimi va boshqa shart-sharoitlar uchun asos hisoblanadigani
me'yoriy-huquqiy   bazadir.   Bu   baza   yildan-yilga   ken gayib,   mustahkamlanib,
takomillashib,   rivojlanib   bormoqda.
O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1994-   yil   21-   yanvardagi   "Iqtisodiy
islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish,   xususiy   mulk   muhofazasini   ta'minlash   va
tadbirkorlikni   rivojlantirish   to'g'risida"gi   Farmoni   bilan   xususiy   mulkka   asoslangan
tadbirkorlikning   shakllanishi   iqti sodiy   islohotlarning   eng   asosiy   vazifalaridan   biri
sifatida   e'tirof   etildi.   Bu   vazifani   bajarish   uchun   tadbirkorlikni   rivojlantirish   siyosati
va   qo'llab-quvvatlash   tizimi   yaratildi.   U   O'zbekiston   Respublikasi   qonunlari,
Prezident   farmonlari   va   qarorlari,   Vazirlar   Mahkamasi   qarorlariga   asoslanadi.
1994-yili   O'zbekistonning   barcha   viloyatlari.   Qoraqalpog'iston   Respublikasi   va
Toshkent   shahri   bo'yicha   tadbirkorlikni   rivojlantirish   mintaqaviy   dasturlari   ishlab
chiqildi.   1995-   yil   28-   avgustda   "O'zbekistonda   kichik   biznes   va   xususiy
tadbirkorlikni   rivojlantirishni   qo'llab-quvvatlash"   "Davlat   dasturi"   qabul   qilindi.   Bu
dasturlarga   har   yili   tegishli   aniqliklar   kiritilib,   ular   uzluksiz   amalga   oshirilmoqda.
Bundan tashqari, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash siyosatini samarali amalga oshirishni ta'minlashga yo'naltirilgan qator qonunlar, farmonlar, qarorlar qabul
qilinib   kelmoqda.   Ularni   ro'yobga   chiqarishni   tashkil   etish   va   ta'minlash   uchun
maxsus   davlat   organlari   va   nodavlat   tashkilotlari   tuzildi:   O'zbekiston   Respublikasi
davlat   mulkini   boshqarish   va   tadbirkorlikni   qo'llab-quvvatlash   davlat   qo'mitasi,
Monopoliyadan   chiqarish,   raqobat   va   tadbirkorlikni   qo'llab-quvvatlash   davlat
qo'mitasi   (u   2005-yilda   qayta   tashkil   etilib,   tadbirkorlikni   rivoj lantirish   va   qo'llab-
quvvatlash   vazifalari   Davlat   mulk   qo'mitasidan   unga   o'tkazildi),   tovar   ishlab
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (2004 yilda uning negizida O'zbekiston savdo-
sanoat palatasi tuzil di), kichik va xususiy tadbirkorlikni rivolantiirishni rag'batlantirish
Respublika   muvofiqiashtirish   kengashi,   tadbirkorlarga   xizmat   qiluvchi
Tadbirkorbanku 2006 yilda Mikrokreditbankka aylantirildi, tadbirkorlik subyektlarini
davlat   ro'yxatidan   o'tkazuvchi   organlar,   prokuratura   va   Adliya   vazirligi   tizimlarida
tashkil   etilgan   fermer   va   dehqon   xo'jaliklari,   tadbirkorlik   subyektlari   huquqlarini
himoya   qilish   boshqarmasi   va   bo'limlari   faoliyat   yuritib   kelmoqda.
1.3.   KICHIK   BINES   VA   XUSUSIY   TADBIRKORLIKNING
KLASSIFIKATSIYASI
Tadbirkorlik   turli   sohalarda   amalga   oshiriladi   va   turli   yo'nalishlarga   ega.
Tadbirkorlikning   o'z   xossalari   va   xususiyatlari   bilan   ajralib   turadigan   nisbatan
mustaqil   yo'nalishlari   uning   turlari   bo'lib   hisoblanadi.   Tadbirkorlik   turlari   murakkab
bo'lib,  ularni  turlicha  tartibga  solish va  tasniflash  mumkin.  Biz nazariya  va amaliyot
uchun   tadbirkorlik   turlarini   quyidagi   tartibda   tasniflash   ma'qui   deb   hisoblaymiz.
O'zbekistonda tadbirkorlik yuridik maqomiga ko'ra ikki turga bo'linadi: yuridik shaxs
maqomiga   ega   bo'lgan   va   yuridik   shaxs   maqomiga   ega   bo'lmagan   tadbirkorlik.
Respublikadagi qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxsni tashkil
etgan holda ham, tashkil etmagan holda ham amalga oshirish mumkin. Yuridik shaxs
maqomiga   ega   bo'lgan   tadbirkorlikni   korxonalar,   firmalar,   tashkilotlar,   muassasalar,
termer xo'jaliklari, agrofirmalar va boshqa ko'rinishdagi subyektlar tashkil etadilar va olib   boradilar.   Yuridik   shaxs   deganda   egaligida,   xo'jalik   yuritishida   yoki   operativ
boshqaruvida   mol-mulkka   ega   bo'lgan   va   o'z   majburiyatlari   bo'yicha   shu   mol-   mulk
bilan javob beradigan, shuningdek, mustaqil balansga ega bo'lgan korxona, tashkilot,
muassasalar hamda ularning mustaqil bo'linmalari tushiniladi. Yuridik shaxsni tashkil
etmasdan   tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shug'ullanuvchi   jismoniy   shaxslar   yakka
tartibdagi   tadbirkorlar   hisoblanadilar   va   davlat   ro'yxatidan   o'tgandan   so'ng   tadbirkor
maqomini oladilar. Lekin shuni ham aytib o'tish lozimki, O'zbekiston qonunchiligiga
muvofiq   tadbirkorlik   faoliyatining   ayrim   turlari   bilan   faqat   yuridik   shaxsni   tashkil
etgan holda shug'ullanish mumkin va demak, tadbirkorlik faoliyatining bunday turlari
bilan yakka tartibda shug'ullanish taqiqlangan. Ular Vazirlar Mahkamasining qarorlari
bilan   belgilangan.
Tadbirkorlik   subyektlarining   o'z   oldilariga   qo'ygan   umumiy   maqsadlariga   ko'ra   ham
tadbirkorlikning   ikki   turi   ajratiladi:   tijorat   va   notijorat   tadbirkorligi.   Tijorat
tadbirkorligining   asosiy   maqsadi   foyda   olish,   daromad   ko'rish   hisoblanadi.   Bunday
tadbirkorlik faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) uning ishtirokchilari o'rtasida
taqsimlanadi va o'z xohishlariga ko'ra ishlatiladi. Tadbirkorlik subyektlarining asosiy
qismi   tijorat   tadbirkorligi   bilan   shug'ullanadilar   va   ular   tijoratchi   tadbirkorlar
hisoblanadilar,   yuridik   shaxslar   esa   tijorat   tashkilotlari   deb   ataladi.   Notijorat
tadbirkorligining asosiy maqsadi  foyda olish emas, balki notijorat tusiga  ega bo'lgan
vazifalarni   amalga   oshirish   hisob lanadi.   Bunday   tadbirkorlik   bilan   shug'ullanadigan
yuridik   shaxslar   notijorat   tashkilotlari   deb   ataladi.   Ularga   diniy,   xayriya,   siyosiy   va
boshqa   jamoat   birlashmalari,   ijtimoiy   jamg'armalar,   muassasalar   kiradi.   Notijorat
tashkilotlarining   ayrimlari   notijorat   faoliyati   bilan   birga   unga   qo'shimcha   ravishda
tijorat  faoliyati  bilan   ham  shug'ullanishlari  mumkin.  Lekin  tijorat  faoliyati  natijasida
olingan   foyda   ta'sischilar   (ishtirokchilar)   o'rtasida   taqsimlanmay,   mazkur   tashkilot
nima maqsadda tuzilgan bo'lsa, faqat shu maqsad, ya'ni tashkilot ustavida ko'rsatilgan
maqsadlar   uchun   ishlatiladi.   Respublikada   bunday   tashkilotlar   to'g'risida   maxsus
qonun   qabul   qilingan   va   ularning   faoliyati   shu   qonun   va   boshqa   tegishli   qonunlar
yordamida   tartibda   solinadi. Tadbirkorlik   innovatsion   yo'nalishiga   ko'ra   ilmiy-texnikaviy   va   bozor   tadbirkorligi
(novatorligi)   turlariga   bo'linadi.   Ilmiy-texnikaviy   tad birkorlik   deganda   tadbirkorlar
tomonidan   ilmiy-texnikaviy   yangiliklarni   o'z   faoliyatiga   tatbiq   etib,   ularni   iqtisodiy
jihatdan   amalga   oshirish   ishlari   tushuniladi.   Bozor   tadbirkorligi   (novatorligi)   esa
tadbirkorlar   tomonidan   mavjud   bozorlarni   o'zgartirish   va   modifikatsiya   qilish,   yangi
bozorlar   ochish   va   shakllantirish,   xomashyoning   yangi   manbalarini   topishga
yo'naltirilgan   faoliyat   hisoblanadi.
Tadbirkorlik   iqtisodivotning   barcha   sohalari   va   tarmoqlarida   tashkil   etilgan,   amalga
oshirilmoqda   va   rivojlanib   bormoqda.   Lekin   uning   holati   va   rivojlanishi   barcha
tarmoqlarda   bir   xil   emas.   O'zbekistonda   tad birkorlik   subyektlari   (yuridik   shaxslar)
ning 60 foizi qishloq xo'jaligi, 18 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 12 foizi sanoat
va   qurilish   sohalarida   tashkil   etilgan,   xizmat   ko'rsatish   sohasida   ham   rivojlanib
bormoqda.   Yuridik   shaxs   bo'lmagan   yakka   tadbirkorlarning   asosiy   qismi   savdo,
umumiy ovqatlanish va ayrim xizmatlar ko'rsatish sohsida faoliyat olib bormoqdalar.
O'zbekiston   mustaqillikka   erishgandan   so'ng   mulkchilikning   butun   dunyoda   qabul
qilingan   shakllariga   o'tishni   mo'ljallab,   qonun   hujjatlarini   ham   shunga   moslashtirib
kelmoqda. Shunga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida va boshqa
qonun   hujjatlarida   mulk chilikning   ikki   shakli   e'tirof   etilgan:   xususiy   mulk   va
ommaviy   mulk.   Xususiy   mulk   egalari   xususiy   mulkdorlar   bo'lib,   jismoniy   shaxslar
(fuqarolar)   va   yuridik   shaxslar   hisoblanadilar.   Xususiy   mulk   shaxsiy   ehtiyojni
qondirishga mo'ljallangan. U shaxsiy mulkdan farqli o'laroq, yollanma mehnatni jalb
qilib, tadbirkorlik bilan shug'ullanishda ham ishlatiladi. Xususiy mulk tufayli xususiy
tadbirkorlikka   yo'l   ochiladi.
Xususiy mulk - bu mulk egasi (mulkdor) o'z mulkiga nisbatan o'z huquqlarini xususiy
tarzda, ya'ni boshqalarning roziligi yoki ruxsatini so'rab o'tirmay amalga oshiradigan
mulkdir. Xususiy tadbirkorlik va jamoa tadbirkorligining asosiy qismi ana shu mulkka
asoslanadi. Ommaviy   mulk   -   bu   davlat   va   boshqa   ommaviy   tuzilmalar   mulki   bo'lib,   ommaga
tegishlidir. Davlat mulki haqiqatan ham xalqqa qarashli bo'linmaydigan mol-mulkdan
iborat. Unga yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, havo bo'shlig'i
va   boshqalar,   ya'ni   iqtisodiy   tizimning   bevosita   aholi   foydasiga   ishlaydigan   va
millatning   ijodiy   salohiyatini   yaratadigan   qismi   kiradi.   O'zbekiston   Respublikasi
Fuqarolik   kodeksiga   muvofiq   ommaviy   mulk   -   bu   respublika   mulki   va   ma'muriy-
hududiy   tuzilmalar   mulki   (munitsipal   mulk)   dan   iborat   dav lat   mulkidir.
Ommaviy   (davlat)   mulkka   asoslangan   korxona   unitar   korxona   hisoblanadi.   Unitar
korxona o'ziga biriktirib qo'yilgan mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi
berilmagan tijorat korxonasidir. Faqat davlat va munitsipial korxonalar unitar korxona
bo'ladi.   Bunday   korxonaga   davlat   yoki   munitsipial   tuzilma   (mulkdor)   tomonidan
biriktirib   qo'yilgan   mol-mulk   uning   foydalanishida   yoki   operativ   boshqaruvida
bo'ladi.   Shunga   muvofiq   unitar   korxona   ikki   turga   bo’linadi:
1)   xo'jalik   yuritish   huquqiga   asoslangan   korxona:   Unga   biriktirilgan   mol-mulkdan
xo'jalik   yuritishda   foydalanish   huquqi   beriladi;   foydalanish   huquqi   deganda   mol-
mulkning foydali xossalarini topish, ularni amalda qo'llab, samara yoki daromad olish
imkoniyati   tushiniladi;
2)   operativ   boshqaruv   huquqiga   asoslangan   korxona:   operativ   boshqaruv   huquqi
deganda mulkdor bilan korxona, (korxonalar) o'rtasida unga biriktirib qo'yilgan mol-
mulkka egailk qilish, undan foydalanish va uni  tasarruf etish bo'yicha yuridik tartib-
qoidalar   tushiniladi.
Tadbirkorlik, shuningdek, aralash mulkka asoslangan bo'lishi ham mumkin. Masalan,
ayrim davlat korxonalarida xususiy mulk, ayrim aksiyadorlik jamiyatlarida esa davlat
mulki   ishtirok   etadi,   ayrim   qo'shma   korxonalar   ham   aralash   mulk   shakllariga
asoslangan.
Shuni ta'kidlab o'tish joizki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida   uning   asosiy   qismi   xususiy   sektorda   mujassamlangan.   Hozirgi   paytda
respublikada mavjud korxonalarning 95 foizidan ko'prog'i xususiy mulkka va faqat 5
foiziga   yaqini   davlat   (ommaviy)   mulkka   asoslangandir.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyat miqyosiga ko'ra ham turlarga bo'linadi: kichik, o’rta,
yirik   tadbirkorlik.   Tadbirkorlikni   bunday   tur larga   ajratishda   asosiy   mezon   sifatida
ishlovchilarning   o'rtacha   yillik   soni   olingan.   Ana   shu   mezon   bo'yicha   respublikada
korxonalar   quyidagi   turlarga   bo'linadi.
1.
Mikrofirma - mulkchilik shaklidan qat'i nazar, o'rtacha yillik ishlovchilari soni
quyidagi miqdorgacha bo'lgan mo'"jaz korxonalar:
0.
ishlab chiqarish. sohasida - 20 kishigacha;
1.
savdo.xizmat   ko'rsatish   va   boshqa   noishlab   chiqarish   sohalarida   -   5
kishigacha.
2.
Kichik  korxona  -  mulkchilik  shaklidan  qat'i  nazar,  o'rtacha  yillik  ishlovchilari
soni quyidagi miqdorgacha bo'lgan korxonalar:
0.
sanoatda- 100 kishigacha;
1.
qurilish,   qishloq   xo'jaligi   va   boshqa   ishlab   chiqarish   sohalarida   -   50
kishigacha;
2.
savdo,   xizmat   ko'rsatish   va   boshqa   noishlab   chiqarish   sohalarida   -   25
kishigacha.
3.
O'rta korxona - mulkchilik shaklidan qat'i nazar o'rtacha yillik ishlovchilari soni
quyidagi miqdorgacha bo'lgan korxonalar: 0.
sanoatda - 200 kishigacha;
1.
qurilish.   qishloq   xo'jaligi   va   boshqa   ishlab   chiqarish   sohalarida   -   100
kishigacha;
2.
savdo,   xizmat   ko'rsatish   va   boshqa   noishlab   chiqarish   sohalarida   -   50
kishigacha.
4.  Yirik  korxona  -  mulkchilik  shaklidan  qat’i   nazar,   o'rtacha  yillik  ishlovchilari   soni
o'rta   korxonalar   uchun   belgilangan   miqdordan   ortiq   bo'lgan   korxonalar.
Shuni   aytib   o'tish   lozimki,   tadbirkorlikning   bu   turlari   orasida   son   jihatidan   kichik
tadbirkorlik   yetakchi   o'rirmi   egallaydi.   Chunki   kichik   tadbirkorlikka   uchta
tadbirkorlik   subyekti:   yakka   tadbirkorlar,   mikrofirmalar,   kichik   korxonalar   kiradi.
O'zbekistonda mavjud korxonalarning 90 foizidan ko'prog’ini mikrofirmalar va kichik
korxonalar   tashkil   etadi.
Tadbirkorlik ko'p qirrali murakkab faoliyat bo'lib, o'ziga xos xususiyatlarga ham ega.
Uning   ana   shunday   xususiyatlari,   avvalambor,   mazkur   faoliyat   alomatlari,   belgilari,
tamoyillarida   namoyon   bo'ladi.   Tadbirkorlik   alomatlari,   belgilari,   tamoyillari   turli
adabiyotlarda   turlicha   berilgan.   Ular   ayniqsa,   uning   alomatlari   (belgilari)   to'laroq
yoritilmagan,   ayrim   hollarda   esa   tadbirkorlik   belgilari   va   tamoyillarini   aralashtirib
yuborish ham uchrab turadi. Shuning uchun biz tadbirkor lik belgilari va tamoyillarini
bir joyda keltirib, ularni bir-biridan aniq ajratish va to'liqroq qarab chiqishga harakat
qilamiz.
Tadbirkorlik   belgilari   tadbirkorlik   faoliyatiga   xos   va   ayni   boshqa   faoliyat   turlaridan
ajratib   turadigan   alomatlaridir.   Ana   shunday   alomatlar   (belgilar)ga   ega   bo'lgan
faoliyatgina   tadbirkorlik   faoliyati   yoki   tadbirkorlik   hisoblanadi.   Mazkur   alomatlar (belgilar)   yoki   ularning   ayrimlariga   ega   bo'lmagan   faoliyat   esa   tadbirkorlik   emas,
balki oddiy ish, faoliyat bo'ladi.  Tadbirkorlik asosiy belgilari (alomatlari) 1- chizmada
keltirilgan.
Tadbirkorlikning asosiy belgilari
Tashabbus -
korlik Novatorlik Yaratuvchanlik Islohotchilik Tavakkalchilik
1- chiima. Tadbirkorlikning asosiy belgilari
Tadbirkorlikning   asosiy   belgilaridan   biri   tashabbuskorlikdir.   Tashabbuskorlik   bu
qanday   ish,   operatsiya,   faoliyatni,   uning   katta-kichikligidan,   muhimlik   darajasidan
qat'i   nazar   amalga   oshirishga   o'ziga   xos   tarzda   ijodiy   yondashish,   doimiy   izlanishda
bo'lib, yangi-yangi imkoniyatlarni izlab, ularni ro'yobga chiqarishga harakat qilishdir.
Tashabbuskor kishi biror ish faoliyatning boshqalar e'tibor bermaydigan yoki muhim
deb hisoblamaydigan qirralari, elementlarini, xususan, ko'zga tashlanmaydigan nozik
tomonlarini   topib,   ularni   ham   muhim   omillar   darajasiga   ko'tara   oladi.   U   har   bir   ish,
operatsiya,   faoli yatni   hamda   uni   tashkil   etish   va   amalga   oshirish   usullarini
takomillashtirib,   samaradorlikni   oshirishga   erishadi.   Shunday   qilib,   tadbirkorlik   turli
sohalarda   olinishi   mumkin   bo'lgan   natijalardan   eng   yangi   va   yaxshisiga   qaratilgan
tashabbuskorligi   bilan   ajralib   turadi.
Novatoriik  (innovatorlik)   ham   tadbirkorlikning   asosiy   belgisi   hisoblanadi.   Lining  bu
xususiyati   va   belgisi   XX   asr   o'rtalarida   iqtisodiy   rivojlangan   mamlakatlarning   yangi
taraqqiyot   davri-innovatsiya   (axborot-industrial)   davrida   shakllandi.   Hozirgi   kunda esa   u   yanada   kuchaydi.   Tadbirkorlar   doimo   izlanishda   bo’lib,   paydo   bo'layotgan
yangiliklarni   kuzatib   boradilar.   Shuning   uchun   ular   yangi   texnika,   texnologiya,
xomashyo,   materiallar,   bozorlar,   boshqarish   usullarini   birinchi   bo'lib   qo'llaydilar.
Bunday   tadbirkorlar   mehnat   unumdorligi   va   faoliyat   samaradorligini   oshirishga   va
raqobatda   ustunlikka   erishadilar.   Boshqalar   ham   o'z   raqobatbardoshliklarini
ko'tarishga   harakat   qilib,   ularga   ergashadilar.   Shunday   qilib,   jamiyatda   ijtimoiy-
iqtisodiy   taraqqiyot   jadallashadi.
Tadbirkorlik - bu yaratuvchanlikdir. Uning bu missiyasi va belgisi paydo bo'layotgan
ehtiyojga   muvofiq   yangi   taklif   yoki   taklifning   yangi   uyg'unligi   (kombinatsiyasi)ni
yaratish   va   u   orqali   yangi   bozor   shakllantirishda   namoyon   bo'ladi.   Demak,
tadbirkorlik   yangi   taklif,   ya'ni   qiymat   yaratib,   jamiyat   boyligiga   boylik   qo'shadi.
Tadbirkorlikning   yana   bir   qirrasi   va   belgisi   islohotchilikdir.   Tadbirkorlik   ishlab
chiqarish   omillari   (mehnat,   mehnat   qurollari,   mehnat   predmeti)ning   yangicha
mukammalroq   uyg'unligi  (kombinatsiyasi)ni,   ishlab  chiqarishni   qayta   tashkil  etishni,
tuzilmaviy qayta qurishni amalga oshirib, ij'timoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilishga olib
keladi.   Natijada   ularning   ishlab   chiqaruvchi   kuchlari   rivojlanadi,   ishlab   chiqaruvchi
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining o'zaro muvofiqligi yaxshilanib ishlab
chiqarish   samaradorligi   oshadi.
Tadbirkorlik   tavakkalsiz   bo'lmaydi.   Bozor   iqtisodiyotiga   noaniqlik   xosdir.   Ana
shunday noaniqlik va yangi taklif uchun yangi talab bo'lishiga kafolat yo'qligi hamda
bozor vaziyatining o'zgarib turadigan sharoitida tavakkal qilib ish olib borishga to'g'ri
keladi.   Lekin   tavakkal   ham   baholangan,   asoslangan,   oqilona   bo'lishi   lozim.
Shunday   qilib,   tadbirkorlik   uning   yuqorida   ko'rib   chiqilgan   qirralari   va   belgilari
bilangina   tadbirkorlik   hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati bir qator tamoyillar asosida tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik tamoyillari bu aniq talablar, tartib-qoidalar majmuyi bo’lib, ularga to’liq rioya   etib   tashkil   qilinadigan   va   amalga   oshiriladigan   xo'jalik   faoliyati   haqiqiy
tadbirkorlik   faoliyati   hisoblanadi.   Ularga   turli   xil   cheklovlar   qo'yilishi,   ularning
buzilishi, noto'g'ri talqin qilinishi tadbirkorlikning amalga oshirilishi va rivojlanishiga
xalaqit   beradigan   omillardir.   Tadbirkorlik   tamoyillari   umumiy   tusga   ega   bo’lib,   har
bir   mamlakatda   ularning   ro'yobga   chiqarilishi   turli   darajada   bo'lishi   mumkin.
Mamlakatning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishi   va   demokratiya   asoslari   qancha   yuqori
bo'lsa,   tadbirkorlik   tamoyillari   ham   shunchalik   to'liq   ro'yobga   chiqariladi.
Tadbirkorlik   asosiy   tamoyillari   2-   chizmada   aks   ettirilgan.
Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari
Erkinlik Mustaqillik Teng huquqlilik Ixtiyoriylik Moddiy
Javobgarlik Qonuniylik
2- chizma.   Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari
Ma'lumki,   tadbirkorlik   faoliyati   uchun   sarmoya,   ish   binolari,   asbob-uskunalar,
xomashyo va turli materiallar, mablag' hamda boshqa moddiy va nomoddiy resurslar
zarur. Tadbirkorlik faoliyatida ishlatiladigan bu sarmoya tadbirkor mulki hisoblanadi.
Tadbirkor   ana   shu   mulkdan   foydalanishda   erkindir,   ya'ni   undan   o'zi   ma'qul   ko'rgan
maqsadlarda   foydalanishi   mumkin.   O'zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   va
tegishli   qonunlarida   fuqarolarning   shaxsiy   va   xususiy   mulki   daxlsizligi   va   undan
foydalanish   erkinligi   belgilab   qo'yilgan.   Bundan   tashqari,   tadbirkorlik   sohasi,   turi,
yo'nalishi,   shakli,   joyi,   hamkorlari   va   boshqa   jabhalarini   tanlashda   tadbirkor   erkin
bo’lib,   uning   bunday   erkinligi   ham   qonunlar   yordamida   kafolatlangan.
Tadbirkor  o'z   faoliyatini  tashkil   etish,  yuritish   va   uning  natijasida   oladigan   daromad
(foyda)ni   ishlatishda   to'la   mustaqil   hisoblanadi.   Olgan   foydasini   o'zi   xohlaganday
mustaqil   tasarruf   etishi   mumkin.   Tadbirkorlik   faoliyatida   davlat   va   hokimiyat organlari, ularning mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlangan. Tadbirkorlarning
mustaqilligi   ham   tegishli   qonun   hujjatlarida   kafolatlangan.
Tadbirkorlik   faoliyati   turli   mulk   shakllariga   asoslangan   bo'lishi   mumkin:   xususiy
mulk,   ommaviy   mulk,   aralash   mulk.   Mulkning   barcha   shakllarini   teng   huquqli
ekanligi   qonunlarda   belgilab   qo'yilgan.
Demak,   qanday   mulk   shakliga   asoslanganidan   qat'i   nazar,   hamma   tadbirkorlik
subyektlari   barcha   sohada   teng   huquqli   hisoblanadilar.
Tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shug'ullanish,   tadbirkorlik   sohasida   ishchi-xodimlar
yollash   va   ishga   yollanish   ixtiyoriydir.   Tadbirkor   xohlagan   kishini   ishga   yollashi
mumkin,  ishga   yollanadigan   kishi  ham  o'z   ixtiyori   bilan   ish  joyini   tanlaydi  va  ishga
kiradi.   Lekin   ishga   yol lash   va   ishga   yollanish   bo'yicha   mehnat   munosabatlari
O'zbekiston   Respublikasining   Mehnat   kodeksi,   Fuqarolik   kodeksi   va   boshqa   qonun
hujjatlari   bilan   tartibga   solinadi.
Tadbirkorlik   faoliyati   noaniqlik,   tavakkalchilik   bilan   bog'liq.   Bunday   holat   esa
tadbirkorga o'z faoliyati davomida moddiy javobgarlikni o'z zimmasiga olishni taqozo
etadi. Tadbirkorlik faoliyatidan zarar ko'rgan taqdirda butun zararni tadbirkorning o'zi
qoplaydi   va   zararni   qoplashda   unga   na   davlat,   na   boshqa   tashkilot   yordam   beradi.
Shuning   uchun   tadbirkorlik   bilan   shug'ullanishda   ko'r-ko'rona   tavakkal   qilib   emas,
balki   puxta   ishlab   chiqilgan   rejaga   asosan   ish   yuritish   kerak   bo'ladi.
Ma'lumki,   tadbirkorlik   jamiyatda   amal   qiladigan   qonunlar   doirasida   amalga
oshiriladigan   faoliyatdir.   Tadbirkorlik   faoliyati   amaldagi   umumiy   va   maxsus
me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. Har bir tadbirkor o'z faoliyati
sohasiga   tegishli   me'yoriy-huquqiy   hujjatlar,   ularning   talablari   va   ular   yaratadigan
imkoniyatlarni yaxshi bilishi lozim. Shundagina u o'zining qonuniy huquqlarini bilib
oladi,   huquqlari   va   manfaatlarini   himoya   qila   oladi,   o'z   majburiyatlarini   maqbul
darajada   bajaradi   va   turli   qonunbuzarliklarga   yo'l   qo'ymaydi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, ayrim tadbirkorlar yuqorida ko'rib chiqilgan umumiy
tamoyillarga qo'shimcha ravishda o'zlari uchun muhim hisoblangan alohida tamoyillar
shakllantirib,   ularga   ham   rioya   etib   keladilar.   Masalan,   amerikalik   supermarketlar
qiroli   Sem   Uolton   o'zining   quyidagi   tamoyillariga   amal   qilgan:
1.
barqaror daromad yuqori daromaddan yaxshiroq;
2.
firmani kengaytirish uni boshqa firmalar bilan qo'shishdan yax shiroq;
3.
axborot bebahodir;
4.
hamma narsada yoppasiga tejamkorlik;
5.
ishlab chiqarish korxona ostonasida emas, balki savdo peshtaxtasida tugaydi.
Bundan   tashqari,   rivojlangan   mamlakatlar   tajribasi   asosida   tadbirkorlar   uchun   bir
qator ko'rsatmalar, maslahatlar ishlab chiqilgan. Quyida ulardan ayrimlari keltiriladi.
1. Tijoratli g'oyani topish.   Tadbirkorning bozorga taklif etishi mumkin bo'lgan tovar,
xizmatni   aniq   tasavvurqilishidir.   Oldin   tovarni   ishlab   chiqarib,   so'ng   uni   sotishni
o'ylash katta xatodir. Oldin ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan tovarlardan qaysilarini
sotaolish mumkinligini aniqlash, undan so'ng ularni ishlab chiqarishga kirishish lozim.
Doimo   yangilik   izlash   kerak.
2.   Raqobatdan   qo'rqmaslik.   Bu   tovardan   bozorga   bor   deb   xavotirlanmaslik   kerak.
Raqiblarga qarshi uchta kuchli vosita (qurol) bor: sifat, narx, reklama.  Ulardan ustalik
bilan   foydalanish   raqobatbardoshlikni   ta'minlaydi. 1.
Sifat   -   bu   faqatgina   yaxshi   tovar   emas,   balki   iste'mol   xossalar   majmuyidir.
Xaridorni   oddiy   tovar   emas,   balki   shu   tovar   yordamida   o'z   muammosini   hal
qilish qiziqtiradi. Uni tovardan ko'radigan naf qiziqtiradi va ana shu naf uchun
pul to'laydi.
2.
Biznes reja tuzish.   Ishlab chiqarilishi mo'ljallangan rnahsulot, uning xomashyo,
materiallar va moliyaviy ta'minoti, tannarxi, iste'molchilari va reklamasi, ishlab
chiqaruvchi xodimlar, ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqarish masalalari
aniq rejalashtirilishi kerak.
3.
Narxni   pasaytirishdan   qo'rqmay,   uni   ko'tarishdan   qo'rqish.   Mahsulotni   oz
miqdorda qimmatroq sotishdan, ko'p miqdorda xaridorga ma'qul narxda sotish
ko'proq foyda keltiradi.
4.
Mahsulotni   reklama   qilish.   Xaridorni   mahsulot   bilan   tanishtiradigan   asosiy
vosita   reklama   hisoblanadi.   Reklama   vositalaridan   unumli   foydalanish,
mahsulot to'g'risidagi ma'lumotlarni qisqa va aniq ifodalash hamda xaridorlarga
yetkazishni bilish zarur.
7. Kredit olish mumkin bo'lsa, uni olishdan qo'rqmaslik,   Ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilsa,
kreditning   qaytarilishi   aniq.
8. Odamlarga xayrixohlik.   Tadbirkor ham hamma kabi odam. Unga eng ma'qul odam
qanday bo'lsa,  u ham  shunday bo'lishga  harakat  qilishi kerak.  Odamlardan  birdaniga
ko'p   narsani   talab   qilmaslik   kerak.
9.   Hamma   tuxumlarni   bir   savatda   saqlamaslik.   Biznes   tilida   bu   -   faqat   birgina   ish
bilan shug'ullanib qolmay, asta-sekinlik bilan boshqa ishlarni ham o'zlashtirib borish,
biri   omadsizlikka   uchrasa,   boshqalari   omadli   bo'lishi   mumkin   degan   gap. 10.   Asosiy   kapital   tadbirkorning   o'zi   hisoblanadi.   Bu   kapitalni   sutkada   24   soat
samarali ishlashiga erishish lozim. Ichmaslik va chekmaslik kerak, chunki bu odamni
holdan   toydiradi.
TADBIRKORLIK   SHAKLLARI   VA   ULARNING   TASNIFI
Tadbirkorlik   shakllarini   tasniflash   va   tahlil   qilishda   qo'yilgan   maqsadga   muvofiq
turlicha yondashish mumkin. Amaliyotda tad birkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari
keng tarqalgan va  ko'proq  qo'llaniladi. Shuning  uchun  ham buyerda tadbirkorlikning
tashkily-   huquqiy   shakllari   tahlil   predmeti   sifatida   olindi.
Tadbirkorlikning   tashkiliy   shakli   deganda   tadbirkorlik   (tadbirkorlik   faoliyati)   ning
tarkibiy   qismlari   va   elementlari,   ular   o'rtasidagi   aloqalar   va   munosabatlarning
barqaror   bir   holati,   ya'ni   tadbirkorlikning   tash kiliy   tuzilmasi   tushiniladi.
Tadbirkorlikning huquqiy shakli deganda esa tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) ning
yuridik   ko'rinishi   bo'lib,   yuridik   belgilarining   o'ziga   xos   muayyan   bir   tartibda
ifodalanish usuli, ya'ni tadbirkorlikning yuridik tuzilmasi tushiniladi. Tadbirkorlikning
tashkiliy va huquqiy shakllari o'zaro uzviy bog'liq bo'lib, ular bir-birini taqozo etadi,
to'ldiradi   va   amaliyotda   birgalikda   qo'llaniladi.   Demak,   ular   birgalikda   yaxlit   bir
tizimni   aks   ettiradilar.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllarini tabaqalash va tasni flash, bir tomondan
ularni   birlashtiradigan   umumiy,   ikkinchi   tomondan   esa,   ularni   bir-biridan   ajratib
turadigan   muhim   tashkiliy   va   yuridik   belgilari   (xususiyatlari)ga   asoslanishi   lozim.
Umumiylik   darajada   tadbir korlikning   quyidagi   to'rt   umumiy   tashkiliy-huquqiy
shakllarini   ajratish   mumkin:
1.
yakka tartibdagi tadbirkorlik; 2.
xususiy tadbirkorlik;
3.
jamoa tadbirklorligi;
4.
qo'shma tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni tadbirkorlikning boshqa shakllaridan ajratib turadigan
rnuhim belgilari uning yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmasligi, tadbirkorning shaxsiy
mehnatiga   asoslanishi,   oddiy   tashkiliy   tuzilishi   va   boshqaruvi   hisoblanadi.
Xususiy   tadbirkorlikning   o'ziga   xos   muhim   belgilari   uning   mulkdori   ham,   tashkil
etuvchisi   ham,   boshqaruvchisi   ham   yagona   jismoniy   shaxs   bo'lishi,   yuridik   shaxs
maqomiga ega bo'lib, yuridik shaxs ko'rinishida tashkil etilishi, yollanma mehnatdan
foydalanishidir. Jamoa tadbirkorligida mulkdorlar va ishtirokchilar ko'proq bo'lib, ular
jismoniy shaxs ham, yuridik shaxs ham bo'lishi hamda unda davlat ham ishtirok etishi
mumkin,   yollanma   mehnat   jalb   qilinadi.   Qo'shma   tadbirkorlik   bir   necha   davlat
fuqarolari   va   (yoki)   yuridik   shaxslari   (kompaniyalari,   firmalari)   tomonidan
kiritiladigan   qo'shma   mulk,   foydani   taqsimlash   va   boshqaruvda   qatnashish   bo'yicha
kelishuvga asoslanadi, unda davlat ham ishtirok etishi mumkin, yollanma mehnat jalb
qilinadi.
Tadbirkorlikning   tashkiliy-huquqiy   shakllarining   quyi   darajalardagi   ko'rinishlari
uning   mos   ravishda   xususiy,   ayrim,   alohida   shakllari   bo'lib   hisoblanadi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllarining iyerarxik va tashkiliy yaxlit tizimi 3-
chizmada   aks   ettirilgan,   batafsil   tavsifi   esa   keyingi   mavzuda   berilgan.
Tadbirkorlik   bir   qator   turlarda   va   shakllarda   tashkil   etiladi.   rasmiylashtiriladi   va
amalga   oshiriladi.   Tadbirkorlik   turi   o'z   elementlari,   ularning   aloqalari   va
munosabatlarini mujassamlashtirgan xossalari va xususiyatlari bilan ajralib turadigan tadbirkorlik   yo'nalishidir.   Tadbirkorlik   turlari   sifatida   yuridik   shaxs   maqomiga   ega
bo'lgan   va   ega   bo'lmagan   tadbirkorlik,   tijorat   va   notijorat   tadbirkorligi,   ilmiy-
texnikaviy,   tovar   ishlab   chiqarish,   ish   bajarish,   xizmatlar   ko'rsatish   va   savdo-sotiq
tadbirkorligi,   kichik,   o'rta   va   yirik   tadbirkorlikni   ajratish   mumkin.   Tadbirkorlik
turlarining   har   biri   turli   shakllarga   ega   bo'lishi   mumkin.
Tadbirkorlik   shakli   -   bu   tadbirkorlikning   (alohida   turining)   yaxlit   holda   tashqi
ifodalanishi   va   strukturasi,   elementlari   aloqalari   va   munosabatlarining   barqaror
muayyanligi   tipidir.   Tadbirkorlikning   tashkiliy-huquqiy   shakllariga   yakka   tartibdagi
tadbirkorlik,   xususiy   tadbirkorlik,   jamoa   tadbirkorligi,   qo'shma   tadbirkorlik   kiradi.
Mazkur   shakllarning   har   biri   o'z   turlariga   ega,   bular   esa   o'z   ko'rinishlariga
(variantlariga) ega. Shuni ta'kidlash lozimki, tadbirkorlik turlari va shakllari bir necha
darajalarda   aniqlanadi,   tahlil   darajasi   o'zgarishi   bilan   ularning   o'rni   va   roli,   mavqeyi
o'zgarishi  mumkin,  ya'ni  bir-biriga  o'tib   turishi  mumkin.  Shuning  uchun  tadbirkorlik
turlari   va   shakllari   harakatchan   murakkab   hodisadir.   Uni   tushinish   osonroq   bo’lishi
uchun tadbirkorlik turlarining va tadbirkorlik shakllarining alohida-alohida chizmalari
tuzilgan   va   keltirilgan. 3- chizma.   Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllarining tasnifi.
TADBIRKORLIK   INFRATUZILMASI,   UNING   TARKIBI   VA   ROLI
O'zbekistonda   tadbirkorlikni   tashkil   etish,   amalga   oshirish,   rivoj lantirish,   qo'llab-
quvvatlashda   tadkbirkorlik   infratuzilmasi   katta   rol   o'ynaydi.   Tadbirkorlik
infratuzilmasi - tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish. amalga oshirish, rivojlantirishga
uyoki   bu   ko'rinishda   vadarajada   aloqador   bo'lgan   davlat   organlari   va   nodavlat
tashkilotlari   majmuyidir.   Uning   asosiy   maqsadi   tadbirkorlikka   har   tomonlama ko'maklashish   va   uni   qo'llab-quvvatlash   hisoblanadi.
Tadbirkorlik   infratuzilmasi   turli-tuman   davlat   va   nodavlat   ma'muriy,   iqtisodiy,
huquqiy,   tashkiiiy   tuzilmalarni   o'z   ichiga   oladi   (4-chizmaga   qarang).   Ulardan
ayrimlari   tadbirkorlikni   qo’llab-quvvatlash   siyosatini   amalga   oshirish   uchun   maxsus
tashkil   etilgan   davlat   va   nodavlat   tuzilmalari   bo'lsa,   boshqalari   tadbirkorlik   sohasiga
xizmat   ko'rsatuvchi   korxona,   firma   kompaniya,   agentlik   va   boshqa   ko'rinishdagi
tashkilotlardir.   Ularning   tashkil   etilishi   va   faoliyat   yuritish   tartibi,   maqsadi   va
vazifalari   tegishli   me'yoriy-huquqiy   hujjatlarda   belgilab   qo'yilgan   va   ustavlarida   aks
ettirilgan.
Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga mas'ul bo'lgan organlar va tashkilotlarning aynan
tadbirkorlikni   qo'llab-quvvatlash   borasidagi   vakolatlari,   majburiyatlari,   vazifalari,
mas'uliyatlari   O'zbekiston   Respublikasining   tegishli   qonunlari.   Prezident   farmonlari,
Vazirlar Mahkamasi qarorlarida aniq belgilab berilgan va ularning bajarilishi - doimiy
nazoratda.   Shunday   organlardan   biri   O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   1997-   yil   28-   fevraldagi   qarori   bilan   tashkil   etilgan   "Kichik   va
xususiy   tadbikorlikni   rivojlantirishni   rag'batlantirishni   muvofiqlashtirish   Respublika
kengashi   hisoblanadi.   Uning   asosiy   vazifalari   quyidagilar:

kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish davlat siyosatini
amalga oshirishni ta'minlash;

davlat  boshqaruvi  organlari,  nodavlat  tashkilotlari  va  bozor  infratuzilmasining
kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirishni   qo'llab-quvvatlash
bo'yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

investitsiya   loyihalarini   mablag'   bilan   ta'minlash,   shu   jumladan,   xorijiy   kredit liniyalari   hisobiga   mablag'   bilan   ta'minlash   uchun   kredit   resurslaridan
foydalanishda   ularning   kafolatlari   va   imtiyozlariga   rioya   etilishini   nazorat
qilish;

investitsiya loyihalarini mablag' bilan ta'minlash mexanizmini ishlab chiqish;

kreditlashning   muammoli   masalalarini   hal   qilish   va   bunda   sansolarlik,
buyruqbozlik   hamda   boshqa   salbiy   hoiatlarni   bartaraf   etish   yuzasidan   qattiq
nazorat o'rnatish;

mablag' bilan ta'minlash uchun qabul qilingan investitsiya loyihalarini hisobga
olish   tizimini   tashkil   etish,   ularning   amalga   oshirilishini,   ajratilgan   kredit
resurslarining   samaradorligini   va   ulardan   maqsadli   foydalanishni   muntazam
ravishda tahlil qilib borish;

shu maqsadlarda monitoring tashkil etish va olib borish va boshqalar 4   -   chizma.   Tadbirkorlik   infratuzilmasi   tarkibi.
Tadbirkorlikni   qo'llab-quvvatlash   vazifasi   yuklatilgan   davlat   organlaridan   asosiysi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005- yil 2- maydagi farmoni bilan tuzilgan
O'zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-
quvvatlash   davlat   qo'mitasi   hisoblanadi.   Uning   tadbirkorlikni   qo'llab-quvvatlash
sohasidagi   vazifalari   quyidagilar   hisoblanadi: 1.
xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va dasturlari, ularni
amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishda  ishtirok  etish va  bajarilishini
ta'minlash;
2.
o'z   vakolatlari   doirasida   investitsiya   va   bozor   tuzilmalarini   tashkil   etish   va
rivojlantirish, xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash, ular uchun
moddiy-texnika   resurslari   va   mahsulotiarini   sotish   bozorlaridan   keng
foydalanish   uchun   teng   sharoitlar   yaratishga   yo'naltirilgan   chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
3.
o'z   vakolatlari   doirasida   tadbirkorlik   subyektlarining   qonuniy   huquqlarini
nohalol raqobatdan himoya qilish;
4.
tadbirkorlik subyektlarining tovarlar va xizmatlar, ko'chmas rnulk va qimmatli
qog'ozlar   bozorlaridan   (shu   jumladan,   birja   savdolari   orqali)   keng
foydalanishlarini   ta'minlash   borasidagi   qonunlarning   bajari lishini   nazorat
qilish;
5.
tovar,   xizmatlar   moliya   bozorlariga   yangi   xo'jalik   yurituvchi   sub’yektlarning
kirishi   uchun   mavjud   to'siqlarni   bartaraf   etish   yo'li   bilan   tadbirkorlikni
rivojlantirishga ko'maklashish.
Monopoliyadan   chiqarish,   raqobat   va   tadbirkorlikni   qo'llab-quv vatlash   davlat
qo'mitasi   huzurida   "Tadbirkorlikni   qo'llab-quvvatlash   va   korxonalarni   tarkibiy
o'zgartirish jamg'armasi” tuzilgan bo'lib, u mazkur masalalarni hal qilishda moliyaviy
ta'minotni   amalga   oshiradi.
Tadbirkorlikni   qo'llab-quvvatlash   asosiy   vazifasi   hisoblangan   nodavlat
tashkilotlaridan   biri   O'zbekiston   savdo-sanoat   palatasidir.   Savdo-sanoat   palatasi tadbirkorlik   subyektlarini   ixtiyoriylik   asosida   birlashtiruvchi   nodavlat   notijorat
tashkiloti   hisoblanadi.   O'zbekiston   savdo-sanoat   palatasi   O'zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2004-   yil   7-   iyuldagi   farmoni   asosida   tashkil   etilgan.   Uning   asosiy
maqsadi   tadbirkorlikni   rivojlantirish   uchun   qulay   sharoitlar   yaratish,   ishchanlik
muhitini   takomillashtirish,   o'z   a'zolarining   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   ifoda
etish hamda himoya qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yo'lga
qo'yishga   ko'maklashishdir.   Uning   asosiy   vazifalari   quyidagilardan   iborat:
-   O'zbekistonda   tadbirkorlikni,   eng   avvalo,   kichik   va   xususiy   tadbirkorlikni
rivojlantirishga   ko'maklashish;
-   tadbirkorlarga   chet   ellik   sheriklar   bilan   amaliy   muloqotlar   va   aloqalarni
kengaytirishga,   eksport   mahsulotlarini   tashqi   bozorlarga   olib   chiqishga,   shuningdek
raqobatbardosh   tayyor   mahsulot   chiqarishni   ta'minlovchi   yangi   ishlab   chiqarishlar
barpo etish hamda mavjud ish- lab chiqarishlarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlash
uchun   to'g'ridan-   to'g'ri   chet   el   investitsiyalarini   jalb   etishga   ko'maklashish:
-   boshqa   davlatlarning   savdo-sanoat   palatalari   va   tadbirkorlar   jamoat   birlashmalari
bilan   hamkorlikni   yo'lga   qo'yish   hamda   rivojlantirish;
- tadbirkorlarga keng turdagi xizmatlar ko'rsatish, shu jumladan, axboroi ta'minoti va
maslahat   yordami   berish,   respublika   ishlab   chiqaruvchilari,   ularning   mahsulotlari   va
investitsiyaviy   imkoniyatlari,   sheriklari   va   zamonaviy   texnologiyalar   xarid   qilish
imkoniyatlari   to'g'risidagi   axborotlar   aks   ettirilgan   biznes-kataloglar   tashkil   etish   va
tarqatish;
-   tadbirkorlikni   rivojlantirish   uchun   qulay   muhitni   shakllantirish,   xalqaro   huquq   va
biznes   yuritish   amaliyotining   umum   e'tirof   etilgan   me'yorlarini   joriy   qilish,
tadbirkorlik   faoliyatining   amalga   oshirishning   huquqiy   va   iqtisodiy   sharoitlarini
yaxshilashga   qaratilgan   qonun   hujjatlarini   takomillashtirish   bo'yicha   takliflar
tayyorlash; -   tadbirkorlarning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   ifoda   etish   hamda   himoya
qilish,   shu   jumladan.   sudda,   davlat   va   xo'jalik   boshqaruvi   organlari   bilan
munosabatlarda;
-   tadbirkorlik   sohasi   uchun   kadrlar   tayyorlash,   tadbirkorlarni   o'qitish   va   ularning
malakasini   oshirish   tizimini   tashkil   etish   va   rivojlantirishni   qo'llab-quvvatlash;
-   palata   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa   vazifalarni   ham   bajarishi   mumkin.
Tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlashni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   1995-yil   26-iyuldagi   farmoni   asosida   "Xususiy
tadbirkorlik   va   kichik   biznesni   qo'llab   -   quvvatlash   jamg'armasi"   2005-   yilda
“Tadbirkorlikni   qo'ilab-quvvatlash   va   korxonalarni   qayta   o'zgartirish   jamg'armasi"
ko'rinishida qayta tuzilgan va 1998- yil apreldagi farmoni asosida "Dehqon va fermer
xo'jaliklarini   qo'llab-quvvatlash   jamg'armasi"   tuzildi.   Ularning   tashkiliy-huquqiy
shakli   aksiyadorlik   jamiyati   bo'lib,   asosiy   vazifalari   quyidagilar:
1.
davlat   korxonalarini   xususiylashtirish   va   davlat   tasarrufidan   chiqarishdan
tushadigan   hamda   nodavlat   sektori   bandlik   jamg'armasi   mablag'larini   xususiy
tadbirkorlik, kichik biznesni qo'llab-quvvatlashga jalb qilish;
2.
o'z aksiyalari bilan ishtirok etib, mulkdorlar tabaqasini shakllantirish;
3.
kichik va xususiy korxonalar ustav jamg'armasiga ishtirok etish;
4.
kichik   va   xususiy   tadbirkorlik   subyektlariga   axborot-maslahat   xizmatlari
ko'rsatish; 5.
tadbirkorlik   infratuzilmasi   va   bozor   infratuzilmasining   rivojlantirishga
ko'maklashish;
6.
kichik   va   xususiy   tadbirkorlik   subyektlari   tomonidan   kredit   olishda   kafil
bo'lish;
7.
kichik   va   xususiy   tadbirkorlik   uchun   kadrlar   tayyorlash   va   ularni   qayta
tayyorlashda ishtirok etish va boshqalar.
Tadbirkorlik   subyektlarini   huquqiy   qo'llab-quvvatlash   maqsadida   O'zbekiton
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarori   bilan   (2000-   yil   17-   fevral)   Adliya
vazirligi   tarkibida   Tadbirkorlik   subyektlari   huquqlarini   himoya   qilish   boshqarmasi,
viloyat   adliya   boshqarmalarida   esa   xuddi   shunday   bo'limlar   tuzildi.   Vazirlar
Mahkamasi qarori bilan (2003- yil 4- sentabr) O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi
va   uning   quyi   organlari   tarkibida   fermer   va   dehqon   xo'jaliklari   huquqlarini   hi moya
qilish   tuzilmalari   tashkil   etildi.   Tadbirkorlikni   qo'llab-quvvat lash   bo'yicha   sud
organlariga aniq vazifalar yuklatilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-
yil   14-iyundagi   "Tadbirkorlik   sub yektlarini   huquqiy   himoya   qilish   tizimini   yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to’g'risida”gi   farmoniga   asosan   tadbirkorlik
subyektlari   bilan   bog'liq   nizolarni   (ularning   ro'yxati   keltirilgan)   faqat   sud   ko'rib
chiqishi va hal qilishi belgilab qo'yilgan. Mazkur farmonda tadbirkor lik subyektlari va
birlashmalari   tomonidan   nizolarni   tez   va   samarali   ko'rib   chiqish   uchun   "Hakamlik
sudlari"   tuzish   tartibi   ham   belgilangan.
O'zbekiston   Respublikasi   Davlat   soliq   qo'mitasi   va   uning   joylardagi   organlariga
tadbirkorlik   subyektlarini   tekshirishlarni   tartibga   solish,   muvofiqiashtirish,   ularga
soliqlar   va   yig'imlar   bo'yicha   kerakli   ma'lumotlarni   o'z   vaqtida   yetkazish   va
maslahatlar berish, boshqa turdagi yordam ko'rsatish singari vazifalar yuklangan. Ushbu   ishni   xulosa   qilib,   shu   fikrlarni   keltirish   mumkinki,   Kichik   biznes   va
xususiy   tadbirkorlikni   iqtisodiyotning   asosiy   tayanchi   bo’lib,   uning   rivojlantirilishi
iqtisodiyotni   va   ijtimoiy   sohaning   ham   rivojlanishiga   olib   keladi.   Jahon   tajribasiga
tayangan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini
hisoblanib,   uning   ko’payishi   va   rivojlanishi   mamlakatning   yuksalishiga   olib   keladi.
Yuksak   madaniy   tadbirkorlik   aniq   bir   missiyani   bajarishga   harakat   qiladi   va   aniq
falsafaga   asoslanadi.   Tadbirkorlik   missiyasi   -   bu   tadbirkor   faoliyatining   tamoyillari,
mezonlari,   me'yorlari,   qoidalari,   yo'nalishlarini   belgilab   beruvchi   yuksak   ijtimoiy-
iqtisodiy   maqsadidir.   Tadbirkorlik   falsafasi   tadbirkorlik   to'g'risidagi   qoidalar,
qarashlar,   tasavvurlar   yaxlit   tizimi   va   uning   asosida   shakllantirilgan   umumiy
yondashuv hisoblanadi. Alohida tadbirkor falsafasi esa o'z ishiga madaniy, ma'naviy,
ma'rifiy   nuqtayi   nazaridan   yuksak   mezonlar   va   andozalar   (standartlar)ga   muvofiq
shakllantirilgan   o'ziga   xos   yondashuvdir.   O'zbekistonda   ham   bu   narsalarga   e'tibor
qaratish   vaqti   keldi.
Tadbirkorlikning   tashkiliy-huquqiy   shakllaridan   xususiy   tadbirkor lik   alohida   o'rin
egallaydi. U xususiy firma (korxona), fermer xo'jaligi va yuridik shaxs bo'lgan dehqon
xo'jaligi ko'rinishlarida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Yuridik shaxs  maqomiga
ega bo'lgan tad birkorlik subyektlarining asosiy qismini xususiy korxonalar va fermer
xo'jaliklari   tashkil   etadi   va   tadbirkorlik   sektorida   ularning   roli   kattadir.   Bundan
tashqari,   jamiyatda   mulkdorlar   qatlamining   shakllanishida   ham   ular   asosiy   rol
o'ynaydilar.
O'zbekistonda   kichik   tadbirkorlik   ham   tez   sur'atlar   bilan   rivojlanmoqda.   Kichik
tadbirkorlik ishlovchilar soni cheklangan xo'jalik yurituvchi yuridik shaxslar va yakka
tadbirkorlar   majmuyidir.   Bundan   tashqari,   tadbirkorlik   subyektlarining   asosiy   qismi
kichik   tadbirkorlikka   tegishli.   Uni   qo'llab-quvvatlashga   davlat   ham   alohida   e'tibor
bermoqda   va   nati jada   uning   salohiyati   ko'tarilib   bormoqda.
Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab- quvvatlash   davlat   iqtisodiy   siyosatining   mustaqil   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.
O'zbekistonda ham shunday siyosat amalga oshirilib kelmoqda. Buning uchun tegishli
qonunlar   va   maxsus   davlat   dasturi   qabul   qilingan   davlat   organlari   va   nodavlat
tashkilotlari   tuzilgan   hamda   tadbirkorlikni   qo’llab-quvvatlash   bo'yicha   ularning
vazifalari   belgilab   berilgan,   tadbirkorlik   infratuzilmasi   shakllantirilgan.
Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirish   natijasida   iqtisodiyotda   bozor
erkinligini, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida kechadigan raqobatning sog’lomlashishini,
narxlarning   liberallashuvini,   mahsulot   sifatini   oshishiga   va   aholining   turmush
darajasini   yuksalishiga   olib   keladi.   Bu   esa   o’z   o’zidan   O’zbekiston   iqtisodiyotining
kelajakdagi   jahon   hamjamiyatida   egallaydigan   o’rniga   asos   bo’lib   xizmat   qiladi.
Mamlakatimizda   2011   yil   “Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik”   yili   deb   e’lon
qilindi.   Shu   munosabatlar   bilan   yurtimizda   bir   qator   shu   sohani   rivojlantirishga
qaratilgan   chora-tadbirlar   ishlab   chiqildi.   Bulardan   ko’zlangan   asosiy   maqsad   davlat
tayanchi   bo’lgan   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   hududlar   bo’yicha   keng
tarqalishini   tarqalishga   yo’l   ochib   berish.   Buning   natijasi   o’laroq   kichik   biznes   va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilayotgan kreditlar miqdori oxirgi o’n
yil ichida 15,7 barobarga(2001-yil 171,5 mlrd. so’m, 2010-yilda esa 2700 mlrd. so’m)
oshdi.   Ushbu   ishlar   nafaqat   2011   yil   uchun   balki,   bundan   keyingi   yillar   uchun   ham
kerakli dasturlar tuzilgan bo’lib, hozirda amalga oshirilayotganligini ko’rish mumkin.
Shunday   qilib,   tadbirkorlik   mamlakatda   yalpi   ichki   mahsulot   ishlab   chiqarish,   yangi
ish   o'rinlari   yaratish   va   aholi   bandligi,   daromadlari,   farovonligini   ta'minlash,
mulkdorlar   qatlamini   shakllantirish,   ishlab   chiqarish   samaradorligini   oshirish   va
boshqa   ijtimoiy-iqtisodiy   muammolarni   hal   qilishda   katta   rol   o'ynaydi   va   yetakchi
o'rin   egallaydi.   Uning   bunday   roli   va   o'rni   mamlakat   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyoti
lokomotivi,   yetakchisi   maqomini   belgilab   beradi. FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RO'YXATI
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992.
1.
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. 1998.
2.
O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. 1987.
3.
Me'yoriy-huquqiy hujjatlar to'g'risida. O'R qonuni, 1999.
4.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida.   O'R qonuni, 2000 yil
25 may.
5.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish to'g'risida. O'R
qonuni, 1995- yil 21- dekabr.
6.
Mas'uliyati   cheklangan   va   qo'shimcha   mas'uliyatli   jamiyatlari   to'g'risida.   O'R
qonuni, 2001- yil 6- dekabr.
7.
Xususiy korxona to'g'risida. O'R qonuni, 2003- yil 11- dekabr.
8.
Karimov   I.A.   Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi,   O'zbekiston   sharoitida   uni
bartaraf etishning yo'llari va choralari. - Т.: O'zbekiston, 2009.
9.
Karimov   I.A.   O'zbekiston   iqtisodiy   islohotlarni   chuqurlashtirish   yo'lida.   -   Т.:
O'zbekiston, 1995.
10.
Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda.  Т., O'zbekiston, 1999. 11.
Karimov   I.A.   Mamlakatimizni   modernizatsiya   qilish   va   yangilashni   izchil
davom etirish - davr talabi.  Xalq so'zi, 2009- yil 14- fevral.
12.
Karimov   I.A.   Inson   manfaatlari   ustuvorligini   ta'minlash   -   barcha   islohot   va
o'zgarishlarimizning bosh maqsadidir.  Xalq so'zi, 2009 yil 9 fevral.
13.
Tadbirkorlik   faoliyatini   yanada   qullab-quvvatlash   va   rivojlantirish   chora-
tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikanung qarori, 2009- yil 15- may.
14.
Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirishni   qo'llab-quvvatlash
Davlat dasturi. 1995- yil 28- avgust.
15.
Kichik  va  o'rta   tadbirkorlikni  rivojlantirishni   rag'batlantirishga  oid  qo'shimcha
chora-tadbirlar to'g'risida. O'R Prezidentining farmoni, 1997- yil 31 - yanvar.
16.
Xususiy   tadbirkorlik,   kichik   va   o'rta   biznesni   rivojlantirishni   yanada
rag'batlantirish   chora-tadbirlari   to'g'risida.   O'R   Prezidentining   farmoni,   1998-
yil 9- aprel.
17.
O'zbekiston   iqtisodiyotida   xususiy   sektorning   ulushi   va   ahamiyatini   tubdan
oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida. O'R Prezidentining farmoni, 2003-
yil.
18.
Kichik   tadbirkorlik   subyektlarini   moliyaviy   qo'llab-quvvatlash   mexanizmini
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida. O'R Prezidentining farmoni,
2003- yil 23- dekabr.
19.
Tadbirkorlik   subyektlarini   huquqiy   himoya   qilish   tizimini   yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida. O'R Prezidentining farmoni, 2005-
yil 14- iyun. 20.
Tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shug'uilanuvchi   jismoniy   shaxslardan   soliqlar   va
yig'imlarni   undirishni   tartibga   solish   to'g'risida.   O'R   VM   qarori,   1997-yil   23-
oktabr.
21.
Kichik   va   o'rta   tadbirkorlikni   rivojlantirishni   rag'batlantirish   mexanizmini
takomillashtirish to'g'risida. O'R VM qarori, 1998- yil 27- may.
22.
O'zbekiston   Respublikasida   xususiy   tadbirkorlik   to'g'risida   Nizom.   1995-   yil
15- senryabr.
23.
Tijorat   banklari   tomonidan   fermer   xo'jaliklarini,   shuningdek,   kichik   va   o'rta
biznes sub’yektlarini milliy valutada kreditlash tartibi.  2000- yil 4- mart.
24.
Hamroyev   H.   R.   “Tadbirkorlik   asoslari”.   O'quv-uslubiy   majmuasi.   Buxoro,
BDU, 2007.
25.
Hamroyev   H.   R.   “Tadbirkorlik   asoslari”.   O'quv   qo’llanma.   Toshkent,   “Yangi
Nashr” Nashriyoti, 2010.
26.
“2011-yildagi makroiqtisodiy holat va real sektor tahlili va monetar siyosatning
2012 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlar” Xalq so'zi, 2012- yil 11- yanvar.
27.
“2011-yildagi pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2012 yilga
mo’ljallangan asosiy yo’nalishlar” Bank axborotnomasi, 2012- yil 1- fevral.
28.
“Soliq va bojxona xabarlari”. 2006 № 37
29.
“Bozor, pul va kredit” ilmiy-amaliy oylik jurnal, 03/2011.
30.
“Bozor, pul va kredit” ilmiy-amaliy oylik jurnal, 07/2011. 31.
“Bozor, pul va kredit” ilmiy-amaliy oylik jurnal, 08/2011.
32.
“Bozor, pul va kredit” ilmiy-amaliy oylik jurnal, 01/2012.
33.
www.gov.uz
34.
www.olam.uz
35.
www.lex.uz
36.
www.bpk.uz
37.
www.TDIU.uz

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. Kirish I Bob. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati, ahamiyati va zaruriyati. 1.1. Iqtisodiyot taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadirkorlikning zaruriyati 1.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishining bosqichlari 1.3. Kichik bines va xususiy tadbirkorlikning klassifikatsiyasi II Bob. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi. 2.1 O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqiy asoslari 2.2 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni muammolari va hal etish imkoniyatlari 2.3 “Paxtasanoattrans” mas’ulyati cheklangan jamiyatining iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH Ushbu ish, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bugungi kunda dolzarbligi sababli ushbu mavzu tanlandi. Ushbu ish II bobdan iborat bo’lib, uning birinchi bobida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati, ahamiyati va zaruriyati ochib berilgan. Uning rejalarida keltirilgan ma’lumotlar bobni to’liq ochib berilishiga harakat qilingan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyot taraqqiyotidagi o’rni, uning ahamiyati va zaruriyati haqida tegishli fikrlar yuritilgan. Bundan tashqari ikkinchi bobda O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning amaliy jihatlariga qaratilgan bo’lib, mamlakatdagi shu sohaga tegishli bo’lgan huquqiy asoslar, muammolar va ularni hal etish choralari to’g’risida fikr mulohazalar keltirilgan. Bundan tashqari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning amaliy jihatlarini ochib berish maqsadida bir kichik biznes sub’yekti misolida, uning moliyaviy holatlari ochib berilgan va tegishli takliflar kiritilgan. Tadbirkorlik! Bu hodisa va tushuncha bir qarashda juda oddiy, hammaga ravshandek tuyuladi. Haqiqatan esa, u juda murakkab, ko'pqirrali va buning ustiga, fundamental ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Tadbirkorlik ideologi hisoblangan Y.Shumpeter: tadbirkorlikni barcha turdagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga xos hodisa bo'lib, ularning nafaqat tarkibiy qismi, balki iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch, deb ta'kidlab o'tgan. Tadbirkorlik O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy ta'sirini yumshatish va oqibatlarini bartaraf etishda shunday kuch ekanligini namoyon etmoqda va yetakchi sohaga aylanmoqda. Mamlakatda 2008- yilda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning 48,2 foizi, ish bilan band bo'lgan aholining 76 foizi, aholi daromadlarining 70 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga to'g'ri keladi. 2010-yilda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 50 - 52 foizga yetkazish ko'zda tutilgan 1 . Lekin hali tadbirkorlikning barcha qirralari va funksional xossalari yetarli darajada o'rganilmagan va natijada uning imkoniyatlari to'liq safarbar etilmagan. Demak, tad birkorlik asoslari fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Bunday vazifalani umumlashtirgan holda quyidagicha ifodalash mumkin:

1. nazariya sohasida: tadbirkorlik hodisasini kengroq va chuqqurroq tadqiq qilish, uning fundamental funksional xossalarini aniqlab, yaxlit nazariy modelini shakllantirish; 2. uslubiyot sohasida: hozirda shakllangan va qo'llab kelinayotgan nazariy-amaliy tadqiqotlar uslubiyotini yangi va mavjud samarali usullar, yondashuvlar bilan boyitish va jiddiy takomillashtirish; 3. amaliyot sohasida: yangi nazariy-uslubiy yondashuvlar bilan boyitilgan mukammal uslubiyot yordamida tadbirkorlik amaliyotini chuqurroq tahlil qilish va muammolarining samarali yechimlarini tavsiya etish; 4. ma'rifiy sohada: talabalar, o'quvchilar, tadbirkorlar, mutaxassislami tadbirkorlik faoliyatini yuksak madaniy darajada tashkil etish va amalga oshirishni ta'minlaydigan bilimlar, ko'nikmalar, dunyoqarash bilan qurollantirish; 5. targ'ibot sohasida: tadbirkorlikning insoniyat va jamiyat uchun ahamiyati va roli, jamiyatdagi yutuqlari va istiqbollari, ilg'or tajribasini ilmiy-amaliy targ'ibot qilish. Shundan kelib chiqqan holda ushbu ishning vazifasi quyidagilar aniqlangan: tadbirkorlikning mohiyati, ahamiyati va roli, belgilari va tamoyillari, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, insoniy, boshqarish, marketing, tahliliy asoslari to'g'risida bilimlar tizimini shakllantirish; O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash siyosati, amaliyoti, muammolari va istiqbollari to'g'risida tasavvur hosil qilish; tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish ko'nikmalarini shakllantirishdir. Bu vazifani samarali amalga oshirish uchun ijodiy

ishga yangi mavzular va paragraflar kiritilgan, materiallar mantiiqan ixchamroq shaklda va izchillikda keltirilgan, jadval va chizmamodellar keng qo'llanilgan, amaliyotdan misollar keltirilgan, har bir reja bo'yicha qisqacha xulosalar shakllantirilgan. Tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mavjud muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida katta rol o'ynaydi. U ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish o'rinlari yaratib, aholini ish bilan ta'minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ham, O'zbekistonda ham har yili yaratilayotgan yangi ish o'rinlarining yarmidan ortig'i kichik va xususiy tadbirkorlikka to'g'ri keladi. Demak, tadbirkorlik aholining ish bilan bandligi, mehnat va iqtisodiy faolligining o'sishi va buning natijasida uning daromadlarining oshishiga katta hissa qo'shadi. Bu jarayonning ikki oqibatini e'tiborga olish lozim: bir tomondan, aholining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining o'sishi, kengayishi bo'lsa, ikkinchi tomon dan, ularni to'laroq qondirish imkoniyatlarining yaratilishidir. Bu pirovard natijada aholi hayotini yaxshilash, turmush darajasini ko'tarish, farovonligini oshirishni ta'minlaydi. Tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uning mazkur sohadagi roli ortib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan yalpi ichki mahsulotning qariyb yarmi, ayrim mamlakatlarda esa undan ham ко 'prog'i kichik biznesga to'g'ri keladi. O'zbekistonda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarining hissasi hozirgi kunda 52 foizdan oshdi va u yildan-yilga o'sib bormoqda. Tadbirkorlik iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida tashkil etilgan, amalga oshirilmoqda va rivojlanib bormoqda. Lekin uning holati va rivojlanishi barcha tarmoqlarda bir xil emas. O'zbekistonda tad birkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) ning 60 foizi qishloq xo'jaligi, 18 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 12 foizi sanoat va qurilish sohalarida tashkil etilgan, xizmat ko'rsatish sohasida ham rivojlanib bormoqda. Yuridik shaxs bo'lmagan yakka tadbirkorlarning asosiy qismi savdo, umumiy ovqatlanish va ayrim xizmatlar ko'rsatish sohsida faoliyat olib bormoqdalar. Tadbirkorlik shu paytgacha ishlatilmay kelgan aholi jamg'armalari, mahalliy resurslar, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar, xorijiy investitsiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy

jarayonga faol jalb etib, ishlab chiqa rishni kengaytirish, milliy mahsulot va boylikni ko'paytirishga olib keladi. Tadbirkorlik nafaqat shaxsiy daromad manbayi, balki davlat uchun ham salmoqli daromad manbayi bo'lib xizmat qiladi. Davlat budjeti tushumlarining anchagina qismi tadbirkorlik sektoriga to'g'ri keladi.Tadbirkorlik - bu yaratuvchanlikdir. Uning bu missiyasi va belgisi paydo bo'layotgan ehtiyojga muvofiq yangi taklif yoki taklifning yangi uyg'unligi (kombinatsiyasi)ni yaratish va u orqali yangi bozor shakllantirishda namoyon bo'ladi. I BOB. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING MOHIYATI, AHAMIYATI VA ZARURIYATI O'zbekistonda tadbirkorlik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari mujassamlashgan, yaqqol namoyon bo'ladigan hamda tez rivojlanib borayotgan va harakatchan sohasiga aylanib bormoqda. Mamlakatda bozor munosabatlarining shakllanishi va iqtisodiy taraqqiyotida uning o'rni va roli tobora sezilarli tus olib bormoqda.Tadbirkorlik ideologi hisoblangan XX asr buyuk iqtisodchisi Yozef Shumpeter (1883 - 1950- yillar): "Tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy- iqtisodiy taraqqyotidagi hal qiluvchi rolini u bo’lmagan joyda juda his qilish mumkin". deb ta'kidlab o'tgan.Tadbirkorlikka oid dastlabki ilmiy tadqiqotlar XVIII asr buyuk allomalari R.Kantil'on, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smit, J.B.Sey va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. Demak, "tadbirkor”, "tadbirkorlik" tushunchalarining paydo bo'lishi shu davrga to'g'ri keladi. Keyinchalik bunday tadqiqotlar kengayib, alohida ilmiy yo'nalish tusini olgan, ularning natijalarini amaliyotda qo'llash esa iqtisodiyotga samarali ta'sirini namoyon qila boshlagan. Shunday natijalardan biri "tadbirkor lik" tushunchasining shakllanishi va mazmun-mohiyatining aniqlanib, boyitilib borishi hisoblanadi. XX asrda tadbirkorlikni ilmiy-amaliy tahlil qilishda yangi Avstriya maktabi atoqli