logo

O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi va uning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi tahlili

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

180.24609375 KB
Mundarija:
KIRISH .......................................................................................................................................................... 2
1. O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi va uning yalpi hududiy mahsulotdagi 
ulushi tahlili. ............................................................................................................................................ 3
2. O’zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini qo’llab-quvvatlashni takomillashtirish yo’nalishlari . . . 6
3. Bozor xizmatlari ko’rsatish sohasi tarkibi, shakllari ............................................................................ 12
ХULОSА ...................................................................................................................................................... 18
Adabiyotlar ro’yxati: .................................................................................................................................. 19 KIRISH
Kurs   ishining   dolzarbligi:   Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoyev
ta‘kidlaganidek:   ―Xizmatlar   sohasida   faoliyat   yuritidshga   ixtisoslashgan   kichik
biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   iqtisodiyotning   tez   o’zgarib   turadigan   bozor
talablariga javob berishini ta‘minlaydigan zamonaviy tuzilmalarini   shakllantirishda
yangi   ish   o’rinlarini   tashkil   qilishda   va   axoli   daromadlarini   oshirishda   qanchalik
o’ta muxim rol o‘ynashini albatta chuqur anglashimiz zarur.  
Jahon   iqtisodiyotidagi   o’zgarishlar   O’zbekiston   iqtisodiyotining   boshqa
sohalari   singari   xizmatlar   sohasini   ham   ustuvor   darajada   rivojlantirishni   taqozo
etmoqda.   Shu   sababli   mamlakatimizda   islohatlarni   chuqurlashtirish   sharoitida
xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Xizmat   ko’rsatish   sohasini   mamlakatimiz   ichki   imkoniyatlaridan   kelib
chiqib,   rivojlantirish   mexanizmlarini   takomillashtirish   dolzarbligicha   qolmoqda.
Shu   bilаn   birgа,   mаzkur   tаrmоqni   rivоjlаntirishdаgi   jiddiy   kаmchiliklаrni
tа‘kidlаsh   jоiz,   хususаn,   bаndlikni   оshirish   vа   аhоli   dаrоmаdlаrini   ko‘pаytirish
hаmdа   mаhаlliy
byudjеtlаrni   to‘ldirishning   istiqbоlli   mаnbаi   sifаtidа   хizmаt   ko‘rsаtish
imkоniyаtlаridаn kаm fоydаlаnilmоqdа. Хizmаt ko‘rsаtish sоhаsi, аyniqsа, qishlоq
jоylаridа   sust   rivоjlаnmоqdа,   bu   еrdа   kаttа   kаpitаl   mаblаg‘   tаlаb   qilmаydigаn   vа
хususiy   tаdbirkоrlik   uchun   jоzibаdоr   bo‘lgаn   ko‘pginа   аn‘аnаviy   хizmаt   turlаri
еtаrli   dаrаjаdа   rivоjlаnmаyаpti   vа   qishlоq   аhоlisining   ulаrdаn   fоydаlаnish
imkоniyаtlаri pаstligichа qоlmоqdа.
Kurs ishining obekti:  O’zbekistonda xizmat ko’rsatish soxasi
Kurs ishining vazifasi:
 O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi va uning yalpi 
hududiy mahsulotdagi ulushi tahlili.
 O’zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini qo’llab-quvvatlashni 
takomillashtirish yo’nalishlari
 Bozor xizmatlari ko’rsatish sohasi tarkibi, shakllari 1. O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi va
uning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi tahlili.
O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   statistika   ishlari   dasturiga   muvofiq,
qo‘mita tomonidan har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahri   bo‘yicha   yalpi   hududiy   mahsulotni   (keyingi   o‘rinlarda   –   YaHM)   dastlabki
baholash ishlari amalga oshiriladi. 
YaHM   –   milliy   hisoblar   tizimining   asosiy   ko‘rsatkichi   bo‘lib,   muayyan
davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident – institutsional birliklar
ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. YaHM ishlab chiqarish
usulida,   iqtisodiy   faoliyat   turlari   bo‘yicha   yalpi   qo‘shilgan   qiymat   hajmi   va
mahsulotlarga   sof   soliqlar   yig‘indisi   orqali   hisoblanadi.   Olib   borgan
tadqiqotlarimiz   asosida   respublika   hududlarida   (viloyatlarda)   ishlab   chiqarilgan
YaHM   tarkibida   xizmatlar   soasining   ulushini   tahlil   qilib   chiqdik   va   bu   orqali
hududlarning xizmatlar ishlab chiqarish salohiyati hamda viloyatlarda xizmatlarga
bo‘lgan   talab   hajmini   aniqlab   oldik.   Xususan,   o‘tgan   2018-yil   mobaynida   ishlab
chiqarilgan YaHM ga nazar tashlaymiz:
1-jadval   O’zbekiston   hududlarida   ishlab   chiqarilgan   yalpi   ichki
(hududiy) mahsulot(2018 yil) 1-jadvaldan   ko‘rishimiz   mumkinki,   2018-yil   yakunlari   bo‘yicha   YaHM
ko‘rsatkichlarida   Toshkent   shahri   (108,1   %),   Andijon   (112,1   %)   va   Toshkent
viloyatlarida (106,4 %) yuqori o‘sish sur‘atlari qayd etilgan. Respublika darajasiga
(105,1   %)   nisbatan   past   o‘sish   sur`atlari   Qashqadaryo   (101,0   %),   va   Sirdaryo
(102,1%)   viloyatlarida   kuzatilgan.   Samarqand   (99,3   %),   Surxondaryo   (98,9   %)
viloyatlarida esa umuman o‘sish kuzatilmagan. 
O‘tgan   yilda   Respublika   bo‘yicha   YaIM   ning   shakllanishida   Toshkent
shahri   13,1   %   ulush   bilan   eng   katta   hissa   qo‘shdi.   Toshkent   viloyati   9,4   %   va
Samarqand   viloyati   7,7   %   ko‘rsatkich   bilan   keyingi   o‘rinlarni   egallab   turibdi.
Respublika   YaIM   ni   shakllantirishda   eng   kam   ulush   Sirdaryo   (2,0   %)   va   Jizzax
viloyatlariga   (2,9   %)   hamda   Qoraqalpog‘iston   Respublikasiga   (3,5   %)   to‘g‘ri
kelmoqda   (-   rasmga   qarang).   Zamonaviy   O‘zbekistonning   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish   istiqbollari   milliy   va   mahalliy   manfaatlarni   hisobga   olgan   holda respublikaning   har   bir   iqtisodiy
tuman   va   viloyatlarining   barcha   resurslaridan   oqilona   foydalanishiga   bog‘liqdir.
Shuni   hisobga   olgan   holda   har   bir   hududning   iqtisodiy   ko‘rsatkichlarini   chuqur
tahlil  qilib chiqish  hamda  xulosalar   asosida   chora-tadbirlar   rejasini   ishlab  chiqish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Davlat   statistika   qo‘mitasi   ma‘lumotlariga   qaraydigan   bo‘lsak,   2018-yilda
hududlar   o‘rtasida   xizmatlar   umumiy   hajmida   eng   katta   ulushni   Toshkent   shahri
(32,9   %),   Toshkent   (7,5   %),   Samarqand   (6,7   %),   Farg'ona   (6,2   %)   va   Andijon
(5,4%) viloyatlari egallaydi.
Ma‘lumki, respublikamizda xizmatlar asosan 13 ta katta guruhga bo‘linadi,
bular:   aloqa   va   axborotlashtirish   xizmatlari,   moliyaviy   xizmatlar,   transport
xizmatlari,   yashash   va   ovqatlanish   xizmatlari,   savdo   xizmatlari,   ko‘chmas   mulk
bilan   bog‘liq   xizmatlar,   ta‘lim   sohasidagi   xizmatlar,   sog‘liqni   saqlash   sohasidagi
xizmatlar, ijara xizmatlari, kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta‘mirlash bo‘yicha
xizmatlar,   shaxsiy   xizmatlar,   me‘morchilik,   muhandislik   izlanishlari,   texnik
sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hamda boshqa xizmatlar. 2. O’zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini qo’llab-
quvvatlashni takomillashtirish yo’nalishlari
Bugungi   kunda   xizmat   sohalarida   tadbirkorlikni   rivojlantirish   mamlakat
iqtisodiyotini   yuksaltiribgina   qolmmasdan,   axoli   farovonligini   ta‘minlashda   ham
muxim ahamiyat kasb etishini 1-bobda ko’rib chiqgan edik. Axoli   daromadlarining
mazmuni va tarkibi bozor munosabatlari sharoitida tubdan   o’zgardi. Chunki, oldin
daromadi   asosan   mehnat   daromadidan   tarkib   topgan   bo’lsa,   endilikda   bu   manba
etarli   bo’lmasdan   qoldi.   Shu   tufayli,   har   bir   oila   endilikda   tadbirkorlik   faoliyati
bilan shug’ullanishini xayotning o’zi taqozo etadi.  
Bugungi   kunda   respublikamiz   iqtisodiyotida   biznes   korxonalari   xisasini
oshirishga   ko’plab   shart-sharoitlar   yaratilmoqda.   Ayniqsabu   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   Oliy   Majlisga   murojjatmoasida
«xususiy   tarmoqning   jadal   rivojlanishi,   uning   mamlakat   iqtisodiyotidagi   ulushini
ko’payishini ta‘minlaydi» – deb ta‘kidlaydi.  
Ushbu   yig’ilishda   kichik   biznes   sub‘ektlari   uchun   keng   imkoniyatlar
yaratish   maksadida,   bu   sohadagi   eng   muxim   vazifalar   quyidagilardan  iborat   qilib
belgilab   qo‘yildi:
1.   Davlat   tuzilmalarining   xususiy   tadbirkorlik   faoliyatiga   aralashuvini
yanada   ko’proq cheklash.
2.   Xo’jalik   sub‘ektlariga   nisbatan   qo’llaniladigan   jazo   choralari   tizimini
to’liq   qayta   ko’rib   chiqish.   Qasddan   sodir   etilmagan   va   katta   bo’lmagan
qoidabuzarliklar   uchun   jazo   choralarini   kamaytirish   va   tadbirkorlar   etkazilgan
zararni  ixtiyoriy   ravishda  to’liq qoplagan hollarda jazoni  qo’llashdan voz kechish
kerak.
3.   Xususiy   tadbirkorlarga   zarur   resurslarni   sotib   olish   va   o’z   maxsulotini
sotish uchun bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha boshlangan
ishlarni davom ettirish, birja va auktsion savdolari orqali sotilayotgan tovarlar turi
va   xajmini   kengaytirishga   qaratilgan   qat‘iy   chora-tadbirlar   ko’rish, markazlashtirilgan   taqsimot   tizimiga   qaytishga   bo’lgan   har   qanday   o’rinishlarga
barham berish ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
4.   Xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirish,   shubhasiz,   bu   sohaga   moliyaviy
ko’mak, qo’shimcha soliq imtiyozlari va preferentsiyalar berishni taqozo etadi. Bu
yordamni zamonaviy rivojlangan bank tizimi orqali, ishlab chiqarish korxonalariga
foiz   stavkalari   uncha   yuqori   bo’lmagan   kreditlar   ajratish   yo‘li   bilan   amalga
oshirish   mumkin.   Mikrokreditlash   tizimini   kengaytirish,   bu   ishni   Xalqaro   moliya
korporatsiyasi,   Jaxon   banki,   Osiyo   banki   kabi   xalqaro   moliya   tashkilotlari
yordamida amalga oshirish talab etiladi.
Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   davlat   tomonidan   ham
qo’llabquvvatlanyapti.   Shu   maqsadda   vazirlik   va   idoralarga   kichik   biznes   uchun
qo’shimcha   kafolat   va   imtiyozlar   berish   bo’yicha   xukumat   qarorlari   loyixasini
tayorlash vazifasi  topshiriladi. Bunda quyidagi masalalar  ko’zda tutilishi  zarurligi
ta‘kidlangan:
1.   Soliqqa   tortish   tizimida   qo’shimcha   imtiyozlar   va   proferentsiyalar
berish,   soliq   qonunchiligining   barqarorligini   ta‘minlash,   soliqlarni   xisoblash   va
to’lashning oshkora, soddalashtirilgan usullarini ishlab chiqish.
2.   Faoliyatning   ayrim   turlari   bilan   shug’ullanish   uchun   ruxsat   berish
tartiblarini   qisqartirish   va   soddalashtirish,   kichik   biznesni   ariza   berish   asosida
ro’yxatga olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.
3.   Yirik   korxonalarning   buyurtmalari   asosida   mayda   butlovchi   qismlarni
ishlab   chiqarish   bilan   shug’ullanadigan   yangi   korxonalar   tashkil   etish,
xonadonlarda mayda xususiy tsexlar ochishni rag’batlantirish.
4. Kichik korxonalarda ishlaydigan, ayniqsa, qishloq joylarda kasanachilik
bilan   shug’ullanadigan   fuqarolar   uchun   moddiy-texnik   ta‘minot   bo’yicha   xizmat
ko’rsatadigan   va   ular   tomonidan   tayorlangan   maxsulotlarni   sotishga
ko’maklashadigan   tuzilmalar   yaratish.   Xizmat   sohasida   tadbirkorlikning
rivojlanishi   uchun   yana   bir   muhim   tadbirlardan   biri,   ularga   soliq   imtiyozlarining
berilishi bo’ldi. Xizmat   ko‘rsatish   va   servis   soxasini   qo’llab-quvvatlashda   bozor
infratuzilmasi  va  tadbirkorlik sub‘ektlarini  ishonchli  huquqiy himoyalash  tizimini
yaratish,   xususan   tadbirkorlarni   birlashtirib,   ular   manfaatini   himoya   qiluvchi
jamoat   va   nodavlat   tashkilotlari   katta   ahamiyatga   ega.   Bozor   infratuzilmasini
yaratish,   tadbirkorlarni   o’qitish,   imtiyozlar   berish,   tadbirkorlik   sub‘ektlarini
ro’yxatga   olishning   huquqiy   asosini   takomillashtirish   va   ularning   faoliyatiga
aralashishni   cheklash   kabilar   davlat   tomonidan   xususiy   tadbirkorlikni
rag’batlantirish bo’yicha ko’rilayotgan choralarning faqat bir   qismidir.  
Respublikada,   xususan,   viloyatda   tadbirkorlikni   rivojlanishi   uchun   qulay
sharoitlarning yaratilganligi quyidagilar bilan izohlanadi:
1)   Turli   rivojlangan   bozor   infratuzilmalari   faoliyat   ko’rsatmoqda:
Respublika   tovar–xomashyo   birjasi,   Agrosanoatbirja,   Ko’chmas   mulk   birjasi,
dehqon   va   fermer   xo’jaliklarini   qo’llab–quvvatlash   fondi,   sug’urta   agentliklari,
tadbirkorlik   sub‘ktlariga   konsalting,   auditorlik   va   axborot   xizmati   ko’rsatuvchi
«Konsauditinform»   agentligi,   muhandislik   va   lizing   firmalari,   kadrlar   tayorlash
markazi, kichik ulgurji do’konlar tarmog’i va boshqalar.
2) Chet el kredit yo’nalishlari ochildi va ularni o’zlashtirish yo’lga qo’yildi.
3)   2002   yilda   qabul   qilingan   «Kredit   uyushmalari   to’g’risida»gi   qonun
yakka   va   oilaviy   tadbirkorlik   sub‘ektlarini   bankdan   tashqari   kreditlash   faoliyatini
kengaytirishga imkon yaratdi.
4)   Xizmat   sohasi   tadbirkorlik   sub‘ektlariga   bir   qator   imtiyozlar   berildi.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2006-yil   5-yanvarda   «Yirik   sanoat
korxonalari   bilan   kasanachilikni   rivojlantirish   asosidagi   ishlab   chiqarish   va
xizmatlar   o’rtasida   kooperatsiyani   kengaytirishni   rag’batlantirish   chora-tadbirlari
to’g’risida» gi Farmoni va «Kasanachilik to’g’risida Nizom»ga ko’ra, kasanachilar
ish   stajini   hisoblash,   ularga   pensiya   va   ijtimoiy   sug’urta   bo’yicha   nafaqalar
tayinlash huquqi ta‘minlanadi.
5)   Vazirlar   Mahkamasining   ―Tadbirkorlik   faoliyatini   tashkil   etish   uchun
ro’yxatdan   o’tkazish   tartibotlari   tizimini   tubdan   takomillashtirish   to’g’risida gi‖ qaroriga   binoan   tadbirkorlik   sub‘ektlarini   davlat   ro’yxatidan   o’tkazish   va
tadbirkorlik   faoliyati   yuritish   uchun   ruxsatnomalar   rasmiylashtirishning
soddalashtirilgan mexanizmlari joriy etildi.
6)   Davlat   kichik   va   xususiy   tadbirkorlik   uchun   kadrlar   tayyorlash,   qayta
o’qitish, malaka oshirish tizimining rivojlanishini ta‘minlaydi.
7) Tadbirkorlar faoliyatiga g’ayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilishda
hokimiyatlarda,   vakolatli   vazirlik   va   tashkilotlarda   o’rnatilgan   ―Ishonch
telefonlari   hamda   tadbirkorlik   sub‘ektlari   ro’yxatga   olingan   vaqtida   beriluvchi‖
―tekshirishlarni qayd etish daftari  ijobiy rol o’ynaydi.	
‖
Bu   imkoniyatlar   esa   har   bir   tadbirkor   uchun   keng   sharoitlar
yaratilganligidan   dalolatdir.   Shu   bilan   birga   aytib   o’tish   kerakki,   tadbirkorlik
faoliyatini tartibga   solish hamda rag’batlantirish sohasida hali ko’p ishlarni amalga
oshirish   zarur.   Tadbirkorlikni   yuritishda   teng   bo’lgan   imkoniyatlar,   to’siqlar
xaligacha   saqlanib   turibdi.   Bu   muammolarning   hal   etilishi   davlatning   tartibga
solish   bo’yicha   funksiyalarini   sezilarli   darajada   qisqartirishni   ko’zda   tutadi.
Bizning hisob kitoblar bo’yicha O’zbekistonda 7,2 mln. oila mavjud.   Shulardan 4,1
millioni   qishloq   hududlarida   joylashgan.   Hozirgi   paytda   qishloqlarda   ham
tadbirkorlik   bilan   shug’ullanish   uchun   sharoit   yetarli.   Zero,   uning   qonuniy   asosi
yaratildi.   Prezidentimiz   ta‘kidlaganidek:   ―2025-   yilgacha   bo’lgan   davrda   xizmat
ko’rsatish   va   servis   sohasini,   birinchi   navbatda,   qishloq   joylarda   rivojlantirish	
‖
lozimdir.   Xizmat   soxasini   rivojlantirish   orqali   qishloq   xo’jaligida   o’tkazilayotgan
islohotlar bir muncha tezlashadi.  
Bunday   chora-tadbirlar   tadbirkorlikning   rivojiga   xam   yordam   beradi,
daromadlarni   oshirish   va   oilalar   turmush   darajasini   tezroq   yaxshilanishiga   olib
keladi. Shu tufayli, xizmatlar soxasini  rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimiz
uchun   o’ta   muhim   tadbir   ekanlini   idrok   qilishimiz   va   unga   tegishli   e‘tibor
qaratishimiz zarur.
Xizmat   ko‘rsatish   va   servis   soxasini   qo’llab-quvvatlash   tizimlarini   tahlil
qilish quyidagi vazifalarni aniqlash imkonini beradi: -   infratuzilma   rivojlanmagan   qishloq   joylarda   ayollarga   oilaviy
tadbirkorlikni   rivojlantirish   uchun   mikrokreditlar   ajratish   bo’yicha   resurs
imkoniyatlarni   aniqlash;
-   yirik   sanoat   korxonalari   tomonidan   uyda   bajariladigan   ishlar   va
xizmatlarga   buyurtma   berish   hisobiga   uy   mehnati   ishchi   o’rinlarini   yaratish
parametrlarini   aniqlash.
Jahon  tajribasining  ko’rsatishicha,   barqaror   iqtisodiy  o’sishga   ega  bo’lgan
ko’plab  davlatlarda  xizmat   ko’rsatish   sohasida   ishlovchilarning  ulushi  50  foizdan
kam   emas   va   bu   bozor   infratuzilmasi   tarmoqlarini   rag’batlantirish   va   quvvatlash,
intensiv   omillar   va   mehnat   unumdorligining   o’sishi   hisobiga   xizmat   ko’rsatish
tarmoqlarini rivojlantirish orqali ta‘minlanadi.  
Xizmat   ko‘rsatish   soxasining   yanada   rivojlantirish   uchun   quyidagilarni
amalga oshirish maqsadga muvofiq:
-   Respublikaning   olis   tumanlarida,   borish   qiyin   va   ish   topishga   talab
haddan   ortiq   ko’p   bo’lgan   qishloq   punktlari   aholisiga   har   qanday   xizmat
ko’rsatayotgan   tadbirkorlarga 3-5 yilgacha soliqlarning bir qismi yoki barchasidan
ozod   qilish.   Bu
tadbirkorlarning   o’z   mablag’lari   bilan   xizmat   ko‘rsatish   yoki   boshqa   faoliyat
turlarini kengaytirish imkonini beradi.  
Soliqdan   imtiyozlar   berish   hozirgi   davrda   juda   muximdir.   Chunki,
ko’pchilik   tadbirkorlar   bozor   qonuniyatlariga   ko’nikma   hosil   qilmaganlar.   Bu
holat,   albatta   tadbirkorlik   faoliyatiga   salbiy   ta‘sir   ko’rsatadi.   Shu   tufayli,   xizmat
soxasida
tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shug’ullanuvchilarga   soliq   stavkasini   pasaytirish
hamda,   byudjetdan   tashqari   jamg’armalarga   to’lanadigan   majburiy   ajratmalarni
kamaytirish lozim;
- Xizmat soxasi tadbirkorlik sub‘ektlarini to’g’ridan to’g’ri moliyalashtirish
va engil shartlar bilan kredit va qaytimsiz grantlar berish; -   Ish   bilan   bandlikni   ta‘minlash   maqsadida   yirik   sanoat   korxonalari
o’rtasidagi   ishlab   chiqarish   va   xizmatlar   (kasanachilik)   bo‘yicha   hamkorlikka
yanada keng sharoitlar yaratish;
-   Xizmat   soxasi   tadbirkorlik   sub‘ektlariga   axborot   maslahatlarini   berishda
ko’maklashish;
-   Xizmat   soxasi   tadbirkorlik   faoliyati   uchun   kadrlar   tayorlash   va   ularning
malakasini   oshirish.   Yuqorida   qayd   etilgan   tadbirlarni   amalga   oshirish
mamlakatimizda   xizmat   soxasini   rivojlantirish   va   davlat   tomonidan   qo’llab   –
quvvatlash   mexanizmini   yanada   takomillashtirish   imkonini   beradi.   Bu   borada
xorijiy ilg’or tajribaga   respublikaning o’ziga xos milliy xususiyatlari hisobga olinib
yondashilsa   maqsadga muvofiqdir.  
Amalga   oshirilgan   tadqiqotlarimizda   Respublikada   xizmatlar   sohasini
rivilantirishning   kelgusi   istiqbollari   haqida   so‘z   yuritdik   hamda   buni   amalga
oshirish uchun amaliy tavsiyalar  berishga  harakat  qildik. Izlanishlar natijasida bir
qancha xulosalarga ega bo‘ldik. Xususan:
-   Xizmat   ko‘rsatish   va   servis   soxasini   qo’llab-quvvatlashda   bozor
infratuzilmasi  va  tadbirkorlik sub‘ektlarini  ishonchli  huquqiy himoyalash  tizimini
yaratish,   xususan   tadbirkorlarni   birlashtirib,   ular   manfaatini   himoya   qiluvchi
jamoat va nodavlat tashkilotlari katta ahamiyatga ega.
- Jahon tajribasining ko’rsatishicha, barqaror iqtisodiy o’sishga ega bo’lgan
ko’plab  davlatlarda  xizmat   ko’rsatish   sohasida   ishlovchilarning  ulushi  50  foizdan
kam   emas   va   bu   bozor   infratuzilmasi   tarmoqlarini   rag’batlantirish   va   quvvatlash,
intensiv   omillar   va   mehnat   unumdorligining   o’sishi   hisobiga   xizmat   ko’rsatish
tarmoqlarini rivojlantirish orqali ta‘minlanadi.
-   xizmatlar   eksporti   tovarlar   eksportiga   qaraganda   ancha   samarali
hisoblanadi.   Buning   asosiy   sababi,   xizmatlar   ko‘rsatishga   katta   capital
qo‘yilmalarning talab   etilmasligidir. 3. Bozor xizmatlari ko’rsatish sohasi tarkibi, shakllari
Xizmatlar   ko’rsatish   sohasi   ─   bu   milliy   iqtisodiyotning   xizmatlar
ko’rsatishga   tegishli   har   xil   tarmoqlari   yig’indisi   hisoblanadi   va   u   o‘z   navbatida
ijtimoiy xarakterga ega tushuncha: o’z xizmatlarini aholi bilan bir qatorda, yuridik
shaxslarga   ham   taklif   qiladi.   Aholiga   ko’rsatilayotgan   xizmatlar   –   ijtimoiy
xizmatlardir.   Xizmat   ko’rsatish   sohasining   asosiy   vazifasi   ─   aholi   hamda
yuridikshaxslar uchun kerak bo’lgan xizmatlarni yaratish hisoblanadi.
Xizmatlar sohasi quyidagi tarmoqlar yig‘indisni o‘z ichiga oladi:
  Moliyaviy xizmatlar;
  kredit va sug’urta tizimi;
  ulgurji va chakana savdo;
  ta‘lim;
  tibbiyot;
  uy-joy komunal xo’jaligi;
  aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tarmog’I;
  jismoniy tarbiya va sport;
  madaniyat va san‘a;
  atrof muhitni muhofaza qilish;
  ijtimoiy taminot va boshqalar.
Bularning   barchasi   iste‘molchilarning   ma‘lum   bir   turdagi   ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qiluvchi tarmoqlardir. 
Xizmatlar sohasi nazariy jihatdan: 
1) moddiy ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va 
2)   nomoddiy   ishlab   chiqarish   (xizmat   ko‘rsatish)ga   ajratiladi.   Moddiy
xizmatlar - ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan mahsulotlarni iste‘molchilarga
yetkazib   berish   va   ularni   saqlash   (savdo   xizmatlari),   uy-joy   kommunal   xo’jaligi
xizmati   (gaz,   suv,   elektr   va   issiqlik   energiyasi,   uy-joy   jamg’armasining
ekspluatatsiyasi,   ko’chalarni   tozalash   va   boshqa),   maishiy   xizmat   (poyabzal,
kiyim-kechak, mebel, uy-joy texnikasi, avtomobil remontlari va hokazo). 1
1
  Shuhratov A.B. ―Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish orqali bandlikni oshirishning ustuvor yo‘nalishlari , 18-‖
bet. Nomoddiy   xizmatlar   ─   moddiy   shaklga   ega   bo’lmagan   hamda
iste‘molchilarga   moddiy   boylik   bermaydigan   mehnatlar   kiradi.   Bu   madaniyat
markazlari,   sog’liqni   saqlash,   ta‘lim   tarbiya,   fizkultura   va   sport,   dam   olish   va
turizm, shuningdek, maishiy xizmatning nomoddiy xizmatlaridir (bolalar tarbiyasi
xizmati,   sartaroshlik,   hammom   xizmatlari   va   boshqalar). 12   Moddiy   va   nomoddiy
xizmatlarga   bo‘lgan   ehtiyoj   bir   qancha   vajlar,   xususan,   ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlar,   fan   va   texnika   taraqqiyoti,   iqlim,   geografik   tarixiy   va   milliy   sharoitlar
asosida   vujudga   keladi.   Nazariy   jixatdan   barcha   turdagi   xizmatlarga   va   iste‘mol
tovarlarga bo’lgan ehtiyojlar bir-biri bilan bog’liqdir. 
Ushbu   ehtiyojlarga   ta‘sir   etadigan   eng   asosiy   omil   bo’lib   moddiy   ishlab
chiqarishning rivojlanish darajasi  hisoblanadi. Bu bir paytda, xizmatlarga bo’lgan
ehtiyojlar ishlab chiqarishga (moddiy ishlab chiqarishda yangi ishlab chiqarishning
paydo   bo’lishiga,   eski   (mavjud)   ishlab   chiqarishning   kengayishiga)   ta‘sir
ko’rsatadi.
Rivojlangan   mamlakatlarda   bu   munosabatlarni   davlat   tartibga   soladi   va
rejalashtiradi.   Moddiy   ishlab   chiqarishni   rivojlantirish   uchun   asosiy   sharoitlardan
biri   bo’lib,   moddiy   xizmatlarga   va   iste‘mol   mahsulotlariga   bo’lgan   ehtiyojlarni
to’g’ri va sifatli aniqlash hisoblanadi. Soha xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarga aholi
soni, uning daromadlari, baholar darajasi, korxona (tashkilot, muassasalar) soni va
ularning texnik jihatdan jihozlanish darajasi va boshqalar katta ta‘sir etadi.
Bozor   xizmatlari   hajmi   barcha   iqtisodiy   faoliyat   turlari   bo‘yicha
mahsulotlarning   (tovarlar,   ishlar,   xizmatlarning)   statistik   tasniflagichiga   asosan
tasniflangan   xizmatlarning   t е gishli   qismi   (G-S   s е ktsiyalar)   bo‘yicha
shakllantiriladi:
1. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari.
2. Moliyaviy xizmatlar.
3. Transport xizmatlari.
4. Yashash va ovqatlanish xizmatlari.
5. Savdo xizmatlari.
6. Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar. 7. Ta'lim sohasidagi xizmatlar.
8. Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar.
9. Ijara xizmatlari.
10. Kompyut е rlar va maishiy tovarlarni ta'mirlash bo‘yicha xizmatlar.
11. Shaxsiy xizmatlar.
12.   M е 'morchilik,   muhandislik   izlanishlari,   t е xnik   sinovlar   va   tahlil
sohasidagi xizmatlar.
13. Boshqa xizmatlar. 
O‘zb е kiston   R е spublikasida   iqtisodiy   faoliyat   turlari   bo‘yicha
xizmatlarning   rivojlanirish   O‘zb е kiston   R е spublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
2016   yil   26   f е vraldagi   ―2016-2020   yillarda   xizmatlar   sohasini   rivojlantirish
dasturi   to‘g‘risida gi   55-son   qarori   bilan   tasdiqlangan   Xizmatlar   sohasini‖
rivojlantirish dasturiga muvofiq amalga oshirilmoqda .
Ishlab   chiqarilgan   (ko‘rsatilgan)   xizmatlar   hajmi,   bu   xizmatlar   ishlab
chiqarishga   ixtisoslashgan   va   xizmat   ko‘rsatish   asosiy   faoliyat   turi
hisoblanmaydigan   barcha   xizmatlar   ishlab   chiqaruvchilari   (yuridik   va   jismoniy
shaxslar)   tomonidan   ko‘rsatilgan   bozor   xizmatlari   qiymatini   anglatadi.   Iqtisodiy
faoliyatning   alohida   turlari   bo‘yicha   bozor   xizmatlari   hajmi   nimalar   hisobiga
shakllantiriladig‘ Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari kommunikatsiya sohasidagi
xizmatlarni,   jumladan,   t е l е fon   aloqasi,   t е l е ks,   t е l е graf,   radioeshittirish,   el е ktron
pochta,   sun'iy   yo‘ldosh   va   faksimil   aloqasi   orqali   tovushli   axborot,   tasvirlar   va
boshqa   axborot   oqimlarini   uzatish   kabi   xizmatlarni   qamrab   oladi.   SHuningd е k,
tijorat   axborot   kanallariga   xizmat   ko‘rsatish,   t е l е aloqa   yordamida
konf е r е ntsiyalarni   o‘tkazish   va   ularga   t е gishli   xizmatlar   ko‘rsatish,   ma'lumot   va
axborot   xabarlarini   qayta   ishlash   bilan   bog‘liq   axborot   xizmatlari,   dasturiy
ta'minotni ishlab chiqish va joriy etish xizmatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy   xizmatlar   moliyaviy   vositachilik   va   sug‘urta   faoliyatini   o‘z
ichiga oladi. Moliyaviy vositachilik xizmatlariga pul-kr е dit vositachiligi xizmatlari
(moliyaviy lizing, kr е dit b е rish, shu jumladan lombardlar), dil е rlar va inv е stitsiya
fondlarining   moliyaviy   vositachiligi,   moliya   bozorlari   (tovar,   fond   va   valyuta birjalari) uchun yordamchi moliyaviy vositachilik xizmatlari va boshqa moliyaviy
xizmatlar kiradi.
Moliyaviy   xizmatlar   hajmida   moliyaviy   vositachilik   hisobidan   olingan
foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun b е lgilangan to‘lovlar miqdorida), hamda
qarz b е rish yoki omonatni saqlash bo‘yicha moliyaviy muassasalarning xizmatlari
uchun to‘lovlar hisobga olinadi.
Hayotni,   mol-mulkni,   transport   vositalarini   sug‘urta   qilish   xizmatlari   va
boshqa   sug‘urta   turlari   sug‘urta   tashkilotlari   tomonidan   taqdim   etiladi.
Sug‘urtalovchilarning   sug‘urta   xizmatlari   hajmi   b е vosita   sug‘urta   qilish   bo‘yicha
sug‘urta   mukofotlari   tushumi   hisoblanadi.   Bunda   qayta   sug‘urta   qilish   bo‘yicha
qabul qilingan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hisobga olinadi hamda
sug‘urtalovchilarga   qayta   sug‘urta   qilish   uchun   b е rilgan   shartnomalar   bo‘yicha
sug‘urta   mukofotlari   chiqarib   tashlanadi.   Bundan   tashqari,   moliyaviy   xizmatlar
sug‘urta   sohasidagi   yordamchi   xizmatlarni   (aktuariylar,   adjast е rlar,   sug‘urta
syurv е y е rlari va assistanslar) ham o‘z ichiga oladi.
Transport   xizmatlari   transportning   barcha   turlarida   yuklar   va
yo‘lovchilarnitashish faoliyati hamda tashish uchun yordamchi xizmat turlari, shu
jumladan logistika xizmatlarini o‘z ichiga oladi.
Logistika   –   iqtisodiy   sub' е ktlar   o‘rtasida   tovarlar,   xizmatlar   va   axborot
almashinuvi   bilan   bog‘liq   faoliyat   turi   hisoblanadi.   Logistik   funktsiyalarga
buyurtmani qayta ishlash, mat е riallar oqimini shakllantirish, mahsulotlarni yig‘ish,
qadoqlash,   tashish,   saqlash   va   h.k.   kiradi.   Amaldagi   narxlarda   transport   faoliyati
bo‘yicha   bozor   xizmatlari   ko‘rsatish   tashishdan   hamda   transport   turlari   bo‘yicha
transport   faoliyatini   amalga   oshirish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   boshqa   faoliyatdan
(yuklash   va   tushirish,   transporteksp е ditorlik   xizmatlari   va   b.q.)   tushgan   tushum
summasi   sifatida   aniqlanadi.   Avtomobil   transportida   yuklarni   tashish   bo‘yicha
bozor   xizmatlari   hajmiga   o‘z   ehtiyojlari   uchun   (masalan,   o‘z   mahsulotlarini
(tovarlarini) o‘zining chakana savdo tarmog‘iga, ichki xo‘jalik, ichki zavod, ichki
ob' е kt va shunga o‘xshash)  е tkazib b е rish bo‘yicha xizmatlar hajmi qo‘shilmaydi. Yashash   va   ovqatlanish   xizmatlari   qisqa   muddatli   turar   joylar,
m е hmonxonalar, mot е llar va boshqa turar joylar bilan ta'minlash hamda oziq ovqat
va   ichimliklar   е tkazib   b е rish   bo‘yicha   xizmatlar   ko‘rsatishni   o‘z   ichiga   oladi.
Savdo   xizmatlari   ulgurji   va   chakana   savdo   xizmatlarini   birlashtirgan   holda
shartnomalar,   buyurtmalar,   komissiyalar   yoki   ag е ntlik   shartnomalari   asosida
boshqa   shaxs   manfaatlari   uchun   tovarlarni   oldi-sotdisi   bo‘yicha   vositachilik
xizmatlari   hamda   avtomobillar   va   mototsikllarni   ta'mirlash   va   t е xnik   xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi. Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq
xizmatlar   –   turar   joy   va   noturar   joy   binolarini   ijaraga   b е rish   xizmatlari   hamda
ko‘chmas mulkni sotib olish va sotishda vositachilik xizmatlarini o‘z ichiga olgan
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq op е ratsiyalar bo‘yicha faoliyat hisoblanadi.
Ta'lim   sohasidagi   xizmatlar   davlat   muassasalarida,   jumladan,   oliy,   o‘rta
maxsus,   kasb-hunar,   umumta'lim   maktablari,   maktabgacha   ta'lim   muassasalarida
tijorat   ta'lim   xizmatlari,   shuningd е k,   har   qanday   darajadagi   xususiy   ta'lim   va   har
qanday   kasbga   o‘qitish,   radio   va   t е l е vid е ni е ,   Int е rn е t-kanallar   va   pochta
jo‘natmalari   orqali   o‘qitish   bilan   bog‘liq   xizmatlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Sog‘liqni
saqlash   sohasidagi   xizmatlar   statsionar   shifoxona   muassasalari,   poliklinikalar,
stomatologiya   muassasalari,   tibbiy   laboratoriyalar   tomonidan   pullik
asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar kompl е ksini o‘z ichiga oladi. 
Ijara   xizmatlari   –   op е ratorsiz   mashina   va   uskunalarni   ijaraga   b е rish,
maishiy   jihozlar   va   shaxsiy   buyumlarni   ijaraga   b е rish   bo‘yicha   xizmatlar.
M е 'morchilik,   muhandislik   izlanishlari,   t е xnik   sinovlar   va   tahlil   sohasidagi
xizmatlar   loyihalash,   tadqiqot,   konstruktorlik,   t е xnologik   va   boshqa   muhandislik
xizmatlari,   shuningd е k   ixtisoslashgan   tashkilotlar   tomonidan   shartnoma   asosida
bajariladigan   qurilish   nazorati   xizmatlarini   o‘zida   aks   ettiradi. 13   Ayni   vaqtda
mamlakatimizda   uy-joy   qurilishi   va   kommunal   xizmatlar   kompleksida   amalga
oshirilgan   islohotlar   natijasida   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   subyektlari
tomonidan   aynan   shu   sohalarda   oilalarni   maishiy   xizmatga   bo‘lgan   talablarini
qondirishga qaratilgan takliflarga alohida urg‘u berilmoqda.  Bularning   barchasini   umumlashtirib,   quyidagi   hulosaga   kelishimiz   mukin
xizmat sohasiga ixtisoslashgan tadbirkorlik faoliyatiga quyidagilar kiradi: umumiy
ovqatlanish   shahobchalari   tashkil   qilish   (turli   xil   tansiq   taomlar   tayyorlash);
oziqovqat   mahsulotlarini   ishlab   chiqarish,   qayta   ishlash   va   saqlash;   kiyim-
kechaklar (shu jumladanoyoq kiyimlar) tikish va ta‘mirlash; mebellar, xo‘jalik va
madaniymaishiy   jihozlar,   inventarlar   (asbob-uskunalar),   avtomobillar   va   shu
kabilarni   ta‘mirlash;   uy-joy,   dala   hovli,   garajlar   va   shu   kabi   xo‘jalik   binolarini
qurish hamda ta‘mirlash va hokazo shu kabi xizmatlarni ko‘rsatish.   Х UL О S А
Xizmat   ko’rsatish   sohasi   (iqtisodiy   munosabatlarda)   o’ziga   xos
xususiyatlarga   ega. Ularni quyidagilarda ko’rish mumkin:
- moddiy ne‘matlar ishlab chiqaruvchi sohadan (sanoat, qishloq xo’jaligi va
boshqalardan) o’zining yo’nalishi bilan farq qiladi. Bu soha faoliyati inson hayoti
uchun   ijtimoiy   sharoitlar   hamda   korxona(tashkilot,   muassasalar)   faoliyatining
uzluksiz davom etishiga qo’layliklar yaratishga qaratilgan;
-   xizmat   ko’rsatish   sohasidagi   mehnat   ishlab   chiqarishdagi   mehnatdan
tubdan   farq qiladi. Soha xizmatchisi  mehnati jismoniy va yuridik shaxslar  ehtiyoj
(talab)lariga bog’liq bo’lib, unda faoliyat yuritayotgan xizmatchilardan fidoyilikni
talab qiladi;
- sohada tabiiy omil ishlab chiqarishdagidek muhim emas;
-   xizmat   ko’rsatish   sohasi   nisbatan   kamroq   mexanizatsiyalashtiriladi   va
avtomatlashtiriladi;
- soha xizmati iste‘mol uchun xizmat qiladi;
- xizmat ko’rsatish sohasi tarmoqlari (jumladan, ta‘lim va sog’liqni saqlash
muassasalari)   mamlakatning   barcha   hududlarida   joylashgan.   Boshqa   soha
tarmoqlari bunday xususiyatga ega emas;
-   xizmat   ko’rsatish   sohasining   ayrim   tarmoqlarini   moliyalashtirish   ikki
usulda: smeta va budjetdan tashqari mablag’lar asosida amalga oshiriladi;
-   soha   xizmatchilariga   maosh   berishni   tashkillashtirishning   o’z
xususiyatlari   mavjud.
Sohaning   yana   bir   ustun   jihatlaridan   biri   unda   resurs   manbalari   asosan
inson   mehnati   bilan   bog’liqligi.   Ya‘ni,   ishlab   chiqarishda   deyarli   60-65   foizdan
ko’proq   tabiiy   resusrlardan   (xom   ashyo   va   materiallardan)   foydalanilsa,   xizmat
ko’rsatish   sohasida bunday resurslar kam ishlatiladi. Sohada nisbatan kam material
harajatlardan foydalanilib, ko’proq xizmat ko’rsatiladi. Adabiyotlar ro’yxati:
1. Mirziyoev   Sh.M.   El-yurtga   sadoqat   bilan   xizmat   qilish   –   asosiy
burchimizdir. - // Xalq so‘zi, 2017 yil 7 may, №91 (6785).
2. Mirziyoev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – T.: O‘zbekiston, 2016. - 56 b.
3. Mirziyov   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib-intizom   va   shaxsiy
javobgarlik   –   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   –   T.:
O‘zbekiston, 2017. – 104 b.
4. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash
– yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 48
b.
5. Mirziyoev   Sh.   M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz
bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
6. Karimov.   I.A.   Bosh   maqsadimiz   –   mavjud   qiyinchiliklarga
qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni
izchil   davom   ettirish,   xususiy   mulkchilik,   kichik   biznes   va   tadbirkorlikka   yanada
keng   yo‘l   ochib   berish   hisobidan   oldinga   yurishdir.   ––   T.,   “Xalq   so‘zi”.   №   11
(6446).  2016  yil  16  yanvar .397
7. Ergashxodjaeva   Sh.J.   Innovatsion   marketing.   Darslik.   -T.:   Cho’lpon,
2014. - 175 b.
8. Ergashxodjaeva   Sh.J.   Strategik   marketing.   Darslik.   -T.:   Ozbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2014. - 240b.
9. Ergashxodjaeva   Sh.J.,   Qosimova   M.S.,   Yusupov   M.A.   Marketing.
Darslik. -T.: TDIU, 2011. – 202 b.
10. Florian   V.   Wangenheim   &   Tomás   Bayón.   The   chain   from   customer
satisfaction   via   word-of-mouth   referrals   to   new   customer   acquisition.   Journal   of
the Academy of Marketing Science. Published online: 27 April  2007 # Academy
of Marketing Science 2007.  Manba:  http    ://    web    .   b    .   ebscohost    .   com    /   ehost    ;

Mundarija: KIRISH .......................................................................................................................................................... 2 1. O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi va uning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi tahlili. ............................................................................................................................................ 3 2. O’zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini qo’llab-quvvatlashni takomillashtirish yo’nalishlari . . . 6 3. Bozor xizmatlari ko’rsatish sohasi tarkibi, shakllari ............................................................................ 12 ХULОSА ...................................................................................................................................................... 18 Adabiyotlar ro’yxati: .................................................................................................................................. 19

KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek: ―Xizmatlar sohasida faoliyat yuritidshga ixtisoslashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning tez o’zgarib turadigan bozor talablariga javob berishini ta‘minlaydigan zamonaviy tuzilmalarini shakllantirishda yangi ish o’rinlarini tashkil qilishda va axoli daromadlarini oshirishda qanchalik o’ta muxim rol o‘ynashini albatta chuqur anglashimiz zarur. Jahon iqtisodiyotidagi o’zgarishlar O’zbekiston iqtisodiyotining boshqa sohalari singari xizmatlar sohasini ham ustuvor darajada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Shu sababli mamlakatimizda islohatlarni chuqurlashtirish sharoitida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish sohasini mamlakatimiz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish dolzarbligicha qolmoqda. Shu bilаn birgа, mаzkur tаrmоqni rivоjlаntirishdаgi jiddiy kаmchiliklаrni tа‘kidlаsh jоiz, хususаn, bаndlikni оshirish vа аhоli dаrоmаdlаrini ko‘pаytirish hаmdа mаhаlliy byudjеtlаrni to‘ldirishning istiqbоlli mаnbаi sifаtidа хizmаt ko‘rsаtish imkоniyаtlаridаn kаm fоydаlаnilmоqdа. Хizmаt ko‘rsаtish sоhаsi, аyniqsа, qishlоq jоylаridа sust rivоjlаnmоqdа, bu еrdа kаttа kаpitаl mаblаg‘ tаlаb qilmаydigаn vа хususiy tаdbirkоrlik uchun jоzibаdоr bo‘lgаn ko‘pginа аn‘аnаviy хizmаt turlаri еtаrli dаrаjаdа rivоjlаnmаyаpti vа qishlоq аhоlisining ulаrdаn fоydаlаnish imkоniyаtlаri pаstligichа qоlmоqdа. Kurs ishining obekti: O’zbekistonda xizmat ko’rsatish soxasi Kurs ishining vazifasi:  O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi va uning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi tahlili.  O’zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini qo’llab-quvvatlashni takomillashtirish yo’nalishlari  Bozor xizmatlari ko’rsatish sohasi tarkibi, shakllari

1. O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi va uning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi tahlili. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, qo‘mita tomonidan har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotni (keyingi o‘rinlarda – YaHM) dastlabki baholash ishlari amalga oshiriladi. YaHM – milliy hisoblar tizimining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, muayyan davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident – institutsional birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. YaHM ishlab chiqarish usulida, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi va mahsulotlarga sof soliqlar yig‘indisi orqali hisoblanadi. Olib borgan tadqiqotlarimiz asosida respublika hududlarida (viloyatlarda) ishlab chiqarilgan YaHM tarkibida xizmatlar soasining ulushini tahlil qilib chiqdik va bu orqali hududlarning xizmatlar ishlab chiqarish salohiyati hamda viloyatlarda xizmatlarga bo‘lgan talab hajmini aniqlab oldik. Xususan, o‘tgan 2018-yil mobaynida ishlab chiqarilgan YaHM ga nazar tashlaymiz: 1-jadval O’zbekiston hududlarida ishlab chiqarilgan yalpi ichki (hududiy) mahsulot(2018 yil)

1-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, 2018-yil yakunlari bo‘yicha YaHM ko‘rsatkichlarida Toshkent shahri (108,1 %), Andijon (112,1 %) va Toshkent viloyatlarida (106,4 %) yuqori o‘sish sur‘atlari qayd etilgan. Respublika darajasiga (105,1 %) nisbatan past o‘sish sur`atlari Qashqadaryo (101,0 %), va Sirdaryo (102,1%) viloyatlarida kuzatilgan. Samarqand (99,3 %), Surxondaryo (98,9 %) viloyatlarida esa umuman o‘sish kuzatilmagan. O‘tgan yilda Respublika bo‘yicha YaIM ning shakllanishida Toshkent shahri 13,1 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent viloyati 9,4 % va Samarqand viloyati 7,7 % ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YaIM ni shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2,0 %) va Jizzax viloyatlariga (2,9 %) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (3,5 %) to‘g‘ri kelmoqda (- rasmga qarang). Zamonaviy O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari milliy va mahalliy manfaatlarni hisobga olgan holda

respublikaning har bir iqtisodiy tuman va viloyatlarining barcha resurslaridan oqilona foydalanishiga bog‘liqdir. Shuni hisobga olgan holda har bir hududning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilib chiqish hamda xulosalar asosida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, 2018-yilda hududlar o‘rtasida xizmatlar umumiy hajmida eng katta ulushni Toshkent shahri (32,9 %), Toshkent (7,5 %), Samarqand (6,7 %), Farg'ona (6,2 %) va Andijon (5,4%) viloyatlari egallaydi. Ma‘lumki, respublikamizda xizmatlar asosan 13 ta katta guruhga bo‘linadi, bular: aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, transport xizmatlari, yashash va ovqatlanish xizmatlari, savdo xizmatlari, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar, ta‘lim sohasidagi xizmatlar, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar, ijara xizmatlari, kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta‘mirlash bo‘yicha xizmatlar, shaxsiy xizmatlar, me‘morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hamda boshqa xizmatlar.