BARQAROR IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASHDA TARKIBIY O’ZGARISHLARDA SIYOSATNING ROLI
BARQAROR IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASHDA TARKIBIY O’ZGARISHLARDA SIYOSATNING ROLI KIRIS H……………………………………………………………………………... 3 I B OB. IQTISODIY O ’ SISH VA TARKIBIY O ’ ZGARISHLAR YUZAGA KELISHINING NAZARIY ASOSLARI ……………………………… 7 1.1. Iqtisodiy o ’ sishning mohiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o ’ rni …… 7 1.2. Aholi turmush farovonligini ta’minlashda iqtisodiy islohotlarning ahamiyati ………………………………………………………………… 16 1.3. Iqtisodiy o’sish va tarkibiy o’zgarishlar yuzaga kelishining obyektiv iqtisodiy jihatlari…………………………………………………………. 26 I bob bo’yicha xulosalar …………………………………………….......... 33 II BOB. MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH I HOLATINING TAHLILI……………………………………………… 35 2.1. Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sodir bo’lgan tarkibiy o’zgarishlar tahlili…………………………………………… … 35 2.2. Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendensiyalari……………………………………………………………. 45 2.3. Mamlakatda aholi turmush farovonligi yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining joriy holati tahlili……………………. 55 II bob bo’yicha xulosalar………………………………………………… 61 III BOB. RESPUBLIKADA BARQAROR IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASH ISTIQBOLLARI…………………………………….. 1
63 3.1. Barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashning asosiy omillari va vositalari... 63 3.2. Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishi sharoitida tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari……………………… 72 III bob bo’yicha xulosalar ………………………………………………... 78 XULOSA …………………………………………………………………………… 81 FOYDALANILGAN ADABIY O TLAR RO YXATIʻ …………………………….. 85 MUNDARIJA KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mamlakatimizda i qtisodiy rivojlanishning mazmuni, omillari, o‘lchamlari va muammolarini o‘rganish doimo iqtisodiy fanlar hamda davlat siyosatining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. Shu kabi muhim masalalarni samarali hal qilish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga хos хususiyatlari va sir asrorlari, ularning talab va хususiyatlari, qonun-qoidalari, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsad va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. Respublikamizda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash bo‘yicha tanlangan strategiya va inqirozga qarshi choralar dasturni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlashga, aholining turmush farovonligini yanada oshirishga erishmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni 1 da mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada 1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son Farmoni. //”Xalq so'zi” 28.01.2022 y. 2
rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish ustuvor yo‘nalishlari alohida muhim o‘rin egallaydi. Mamlakatda barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, sanoatni va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, xalq farovonligini oshirish asosida, albatta, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi. Tadqiqot obyekti. Magistrlik dissertatsiya ishining obyekti bo’lib, milliy iqtisodiyotning barcha darajalarida faoliyat yurituvchi tashkiliy tuzilmalar hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti bo’lib, milliy iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish faoliyatini amalga oshirish borasidagi munosabatlar hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi Respublika iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining nazariy asoslarini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning usullari . Tadqiqotda ilmiy abstraktsiya, dialektik tadqiqot, induktsiya va deduktsiya, monografik kuzatuv, tizimli va qiyosiy tahlil, grafik tasvirlash, iqtisodiy statistik tahlil usullardan foydalanilgan. Dissertatsiya ishining vazifalari sifatida quyidagilar belgilab olindi. 3
Barqaror iqtisodiy o’sishning mohiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o’rniga doir iqtisodchi olimlarning ilmiy-nazariy yondashuv va qarashlarini tadqiq qilish asosida mualliflik yondashuvini shakllantirish; Jamiyatda aholi turmush farovonligini ta’minlashda iqtisodiy islohotlarning mohiyatini hamda iqtisodiy rivojlanish va tarkibiy o’zgarishlar yuzaga kelishining obyektiv iqtisodiy jihatlarini ilmiy-nazariy tahlil qilish; Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sodir bo’lgan tarkibiy o’zgarishlar tahlil qilish va rivojlanish jihatlariga baho berish; Respublika hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendensiyalarini va aholi turmush farovonligi yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining joriy holatini tahlilini amalga oshirish. Mamlakatimizning barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashning asosiy omillari va vositalarini aniqlash va ularni yechish bo’yicha ilmiy asoslangan xulosalarni shakllantirish; Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishi sharoitida tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlarini ta’minlashda raqamlashtirishdan foydalanishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sodir bo’layotgan tarkibiy o’zgarishlarni muvofiqlashtirish bo’yicha nazariy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi. Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya ishi Samarqand Davlat Universiteti «Tarmoqlar iqtisodiyoti» kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan uzviy bog’liq. Tadqiqot mavzusini o‘rganilganlik darajasi. Milliy iqtisodiyot rivojlanishi va tarkibiy o’zgarishlar amalga oshishining o'ziga xos xususiyatlarini, yuqori fan sig'imli texnologiyalarning iqtisodiy tizimning tarkibiy tuzilmasiga ta'sirini tadqiq etgan xorijlik olimlar qatorida T.Kun, K.Peres, M.S.Roko, 4
V.S.Beynbridj, T.Jotsana, E.Sebastian, D.Bell, Y.Shumpeter, S.Klark, P.Arnold, G.Dosi kabilarni keltirish mumkin. O'zbekistonlik iqtisodchi olimlardan B.D. Hajiyev, K.K. Mambetjanov, S.S. Gulyamov, X.X Abduramanov, N.U. Arabov, M.M. Xolmuxammedov, Z.T. Gaibnazarova, Sh.A. Isamuxametov, A.V. Vahabov, A.O'lmasov, H.P. Abulqosimov, T.S. Rasulov, T.T. Jo'rayev, S.M. Zaynitdinov, B.Y. Xodiyev, SH.SH. Shodmonov, A.A. Mamatov, D.X. Xasanova va boshqalarning ilmiy izlanishlarida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishning nazariy jihatlari, sanoat inqilobi natijasida shakllanayotgan yangi texnologik ukladning takror ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish, bilimlarni bozorda aniq mahsulotga jadal uzatish masalalari bo'yicha atroflicha tadqiqotlar olib borilgan. Shu bilan birga mamlakatimiz iqtisodiy rivojlantirishni ba‘zi masalalari bo’yicha hali hal etilmagan muammolar mavjud hamda iqtisodiyotni modernizatsiya jarayonida yangi nazariy va amaliy muammolar vujudga kelmoqda. O’rganilayotgan muammoning murakkabligi va hali hal etilmagan muammolar mavjudligi Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash, maqsad va vazifalarni belgilashga sabab bo’ldi. Ishning sinovdan o‘tishi. Dissertatsiya ishining asosiy g’oyasi va uning mazmun-mohiyati, ilmiy-amaliy ahamiyati, tadqiqot jarayonida olingan natijalar, xulosalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar magistrantlarning ilmiy seminarlarida bayon qilingan va respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma‘ruza qilingan va muhokama etilgan. Dissertatsiya ishining tarkibiy qismi. Magistrlik dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat . 5