logo

“Turizm sohasi loyihalariga investitsiyalar jalb qilishda marketing tamoyillaridan foydalanish” (Samarqand viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi misolida

Загружено в:

13.08.2023

Скачано:

0

Размер:

216.1083984375 KB
“Turizm sohasi loyihalariga investitsiyalar jalb qilishda
marketing tamoyillaridan foydalanish”  (Samarqand viloyat Turizm
va madaniy meros bosh boshqarmasi misolida)
Kirish......................................................................................... 3
I BOB Turizm   soxasiga   investitsiyalar   jalb   qilishda   marketing
vositalaridan foydalanishning nazariy asoslari 8
1.1-§. Hududiy turizm bozorida integratsiyalashgan marketing
konsepsiyasini amalga oshirish......................... 8
1.2-§. Turizmni   istiqbolli   rivojlantirishda   investisiyalarning   roli,
mazmuni va ahamiyati ........................................... 23
II BOB O‘zbekiston   turizm   xizmatlar   bozorining   tahlili   bo‘yicha
marketing tadqiqotlari............................................ 37
2.1-§. O‘zbekiston turizm xizmatlar bozorining rivojlanish holati 
37
2.2-§. Samarqand  turizm xizmatlar bozorining rivojlanish holati tahlili
48
III BOB Turizm   sohasiga   jalb   etilayotgan   investisiyalarni   samarali
yo‘naltirishga oid muammolar va echimlar 58
3.1-§. Samarqand   viloyatida   uzoq   muddatli   istiqbolda   turizm   sohasini
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari 58
3.2-§. Turizm   soxasi   loyixalariga   investisiyalar   jalb   kilishda   klasterli
yondashuvdan foydalanish yo‘nalishlari 75
Xulosa  va takliflar......................................................................... 79
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.............................................
82
1 Kirish
Hozirgi   kunda   turizm   shunday   o‘ziga   xos   xususiyatga   egaki,   u   bir   necha
tarmoqlarni   harakatga   keltiradi   hamda   tabiiy   resurslar   sarflarini   keskin
kamaytiradi.   Chunki,   u shbu   sohada   yuqori   sarmoyaviy   multiplikativ   samara
mavjud:   har   bir   birlik   investisiya   iqtisodiyotning   boshqa   sohalarida   4   birlik
daromad   keltiradi.   Bandlikda   ham   xuddi   shunday   samara   mavjud,   turizmda
yaratilgan   1ta ish o‘rni boshqa sohalarda 4 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishga olib
keladi. 1
  O‘zbekistonda   ham   turizm   sohasining   YAIM   tarkibidagi   ulushini   keskin
oshirish,   uni   milliy   i qtisodiyotning   ustun   rivojlangan     yetakchi   tarmoqlaridan
biriga aylantirish zarurligi e’tirof etildi.
O‘zbekiston   Prezidenti   Sh.M.Mirziyo ye v   2018-yilning   28-dekabrida   Oliy
Majlisga   Murojaatnomasida   “Turizmni   rivojlantirish   sohaga   invyestisiyalarni   jalb
etish,   kadrlar   salohiyatini   oshirish   bo‘yicha   kompleks   choralar   ko‘rishimiz
zarurligini,   respublikamizda   turizm   ko‘pincha   qadimiy   shaharlarimiz,   tarixiy-
madaniy   yodgorliklar   doirasida   cheklanib   qolganini”   alohida   ta’kidlagan 2
.   Shu
jihatdan   olib   qaralganda   mamlakatimizda   turizmning   ulkan   salohiyatini   ro‘yobga
chi q arish   muammolarini   amaliy   jihatdan   tadqiq   etish,   ayniqsa   turizm   sohasidagi
loyihalarga   investisiyalarni   jalb   qilishda   marketing   vositalaridan   samarali
foydalanishga   qaratilgan   ilmiy   izlanishlarni   olib   borish   bugungi   kunning   dolzarb
vazifasi hisoblanadi. 
O‘zbekiston   Respublikasi     Prezidentining   2016-yil   2-dekabrdagi   PF-4861-
sonli   “O‘zbekiston   Respublikasining   turizm   sohasini   jadal   rivojlantirishni
ta’minlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   va   2017-yil   7-fevraldagi   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   7-fevraldagi   “O‘zbekiston   Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli
Farmoni ,   2017-yil   16-avgustdagi   “2018-2019-yillarda   turizm   sohasini
rivojlantirish   bo‘yicha   birinchi   navbatdagi   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi  
1
Моисеева Н.К. Стратегия управления туристической фирмой./Учебник.   М.: Финанси и статистика, 2007. –
С. 110-114.   Электронный документ. Режим доступа:  business . gov . kz › ru / files / download . php ?…109592
2
  O ‘ zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoevning   Oliy   Majlisga   Murojaatnomasi .   //   « Xalq   so ‘ zi »
gazetasi , 2018- yil  29- dekabr .
2 PQ-3217-sonli   Qarorida,   “O‘zbekiston   Respublikasida   turizmni   jadal
rivojlantirishga   oid   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   PQ-5611-sonli   Qarori   bilan
tasdiqlangan   “2019-2025-yillarda   turizm   sohasini   rivojlantirish   Konsepsiyasi”
hamda   2019-yil   18-iyulda   qabul   qilingan   “Turizm   to‘g‘risida”gi   Qonun   hamda
mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda   belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada hizmat qiladi.
Ushbu   dissertasiya   tadqiqoti   natijalari   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2016-yil   2-dekabrdagi   PF-4861-sonli   “O‘zbekiston
Respublikasining   turizm   sohasini   jadal   rivojlantirishni   ta’minlash   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi  Farmoni, 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini  yanada
rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   Strategiyasi   to‘g‘risida”gi   PF-4947-sonli
Farmoni,   2017-yil   16-avgustdagi   PQ-3217-sonli   “2018-2019-yillarda   turizm
sohasini   rivojlantirish   bo‘yicha   birinchi   navbatdagi   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi
Qarorida,   O‘zbekiston   Respublikasining   “2019-2025-yillarda   turizm   sohasini
rivojlantirish   Konsepsiyasi”   hamda   2019-yil   18-iyulda   qabul   qilingan   “Turizm
to‘g‘risida”gi     Qonunda   belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishda   muayyan
darajada xizmat qiladi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.  Turizmni rivojlantirishning nazariy
va   umumiqtisodiy   muammolarini     V.Azar,   A.Aleksandrova,   V.Kvartalnov,
N.Zayseva,   D.Ismayev,   M.Birjakov,   V.Senin   va   boshqalar   o‘z   asarlarida   tahlil
qilishgan 3
.   O‘zbekistonda   turizmni   rivojlantirishning   nazariy-uslubiy   masalalari
N.Tuxliyev,   T.Abdullayeva,   A.Taksanov,   M.Po‘latov,   M.Pardayev,   R.Atabayev,
I.Tuxliyev,   M.Muxammedov,   M.Alimova,   Z.Adilova,   M.Aliyeva,   D.Aslanova,
3
  Азар   В.И.   Экономика   и   организация   туризма.-М.:     Аспект-Пресс,   2003.   -   49   с.;   Александрова   С.Ю.
Международный туризм: Учеб. Пособие для вузов. М., 200 -    470 с..; Кварталнов В.А. Туризм: учебник.-М.:
Финансы  и  статистика,  2002.-320 с.;  Зайсева  Н.А.  Менеджмент   в сотсиално-културном  сервисе   и  туризме.
Учебник   для   студентов   высших   учебных   заведений.-М.:   Издателский   сентр   «Академия»,   2003.-224с.;
Исмаев   Д.К.   Основы   стратегии   и   планирования   маркетинга   в   иностранном   туризме.   М.:   1994-   459   с.;
Биржаков   М.Б.   Введение   в   туризм.-М-СПб.:   Невский   фонд,   2005.-387   с.;   Волков   Ю.Ф.   Гостиничный   и
туристский  бизнес.  Изд.2-е.-  Ростов  н/Д.:  Феникс,   2009.-637  с.;  Сенин   В.С.  Организатсия  международного
туризма.-М.: «Финансы и статистика» 2004,-379 с.
3 O.Hamidov,   B.To‘rayev,   D.Usmanova   B.Safarov,   Z.Usmanova,   Z.Muxamedova
kabi iqtisodchi olimlarning asarlarida tadqiq etilgan 4
.
Tadqiqot   usullari.   Magistrlik   dissertasiyasi       ishida     kuzatish,
qiyoslash(taqqoslash),   ilmiy   abstraksiyalash,   analiz   va sintez,   induksiya   va
deduksiya,   monografik  kuzatuv  kabi metodlardan   foydalanildi.
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifalari .   Turizm   sohasidagi   mavjud
salohiyatni     inobatga     olgan     holda   marketing   strategiyalarni   qo‘llash   orqali
turizm  sohasiga  investisiyalarni  faol jalb etish va ulardan samarali foydalanish
magistrlik   dissertasiyasining   maqsadini   ifodalaydi.   Yuqoridagi   maqsaddan
kelib chiqib quyidagi vazifalarni yechish ko‘zda tutilgan.
- Turizm sohasida marketingning konseptual asoslarini o‘rganib  chiqish;
Turizmni   istiqbolli   rivojlantirishda   investisiyalardan   samarali
foydalanishning nazariy asoslarini tadqiq  etish;
-   Samarqand   viloyatidagi   turizm   xizmatlar   bozorini   holatini     o‘rganib
chiqish.
- Turizm sohasining investision jozibadorligini oshirish va  investisiyalarni
jalb qilish usullarini  aniqlash.
-   Turizm   sohasini   rivojlantirishda   turizm   klasterlarining   o‘rnini   tadqiq
qilish.
4
  Tuxliev  N., Abdullaeva  T. Menedjment  i organizatsiya  biznesa  v turizme  Uzbekistana.  –T.:  Gos. Nauch.  Izd-vo
“O’zbekiston  milliy ensiklopediyasi”, 2006. – 386 b.;    Tuxliev N., Abdullaeva  T. Uslugi, texnologii i  produkt ы   v
turizme.-T.:   Gos.   Nauch.   Izd-vo   “O‘zbekiston   milliy   ensiklopediyasi”,   2009   –   624   s.;     Taksanov   A.   Ekonomika
bolshogo turizma. T.: «O’zbekiston milliy ensiklopediyasi», 2001.- 208 s.;  Pardaev M.Q., Atabaev R., Pardaev B.R.
Turizmni   rivojlantirish   imkoniyatlari.   -   T.:   “Fan   va   texnologiya”.   2007.-   32   b.;     Tuxliev   I.S.,   Qudratov   G‘.H.,
Pardaev   M.Q.   Turizmni   rejalashtirish.   Darslik.   –   T.:   Iqtisod-moliya,   2010.   -   264   b.;     Muxammedov   M.M.,
Maxmudov   S.X..   Minta q a   tarixiy-madaniy   turistik   ob’ektlar   salohiyatini   baholashga   innovatsion   yondashuv.
Urgench,   2020.-   265   b..;   Po‘latov   M.E.,   Mirzaev   Q.J.,.Sultonov   Sh.A,   Shavqiev   E.   Global   iqtisodiy   rivojlanish
(turizm   iqtisodiyoti).   O‘quv   qullanma.T.:Fan   va   texnalogiya,   2018.   –   296   bet.;   Alimova   M.   Hududiy   turizm
bozorining   rivojlanish   xususiyatlari   va   tendensiyalari.   Doktorlik   dissertatsiyasi   avtoreferati.   Samarqand:   SamISI,
2017 yil.-96 b. Adilova Z.D., Sodiqov T.V. Halqaro turizm biznesi. O‘quv qo‘llanma, -Toshkent, TDIU, 2009 y.-
156   b.;   Alieva   M.T,Tariqulov   Turizm   iqtisodi.   O‘quv   qo‘llanma.-TDIU,   2012   y.-144b.;   Hamidov   O.H.
O‘zbekistonning   ekoturistik   salohiyati.   Monografiya.   Toshkent,   «FAN».2010.-120   b.;   Turaev   B.X.   Teoretika   –
metodologicheskie osnov ы  razvitiya turizma. T.: izd. «Fan», 2008. – 166 s.; Safarov B.Sh. Milliy turizm xizmatlar
bozorini innovatsion rivojlantirishning metodologik asoslari // Monografiya. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2016. -
184 b.;  
4 Tadqiqotning ilmiy yangiligi q u yidagilardan iborat:
- turistik   korxonalarda   investisiya   loyihalari   samaradorligini   oshirishda
marketing vositalaridan foydalanilgan; 
- turizm sohasidagi xo‘jalik sub’yektlari marketing faoliyatini rag‘batlantirish
va   turizm   xizmatlari   sohasida   investision   jarayonlarni   faollashtirish   maqsadida
takliflar ishlab chiqilgan; 
- hududda   turizm   xizmatlari   ko‘rsatish   sohasini   rivojlantirish   bo‘yicha
marketing dasturini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar taklif etilgan. 
Tadqiqot   natijalarining   ishonchliligi .   Tadqiqotda   foydalanilgan
ma’lumotlar rasmiy manbalardan, ishonchli internet  saytlaridan va yurtimizdagi
mashhur     iqtisodchi   olimlarning   turizm   va   investisiyaga   oid   ma’lumotlaridan
foydalanildi.   Shu   bilan   birgalikda   O‘zbekiston   Respublikasi   Turizm   va
madaniyat   meros   vazirligi   va   tegishli   vazirlik   va   idoralar   ma’lumotlari
tahlillariga  asoslanganligi  bilan izohlanadi.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati .   Tadqiqotning
nazariy   va   amaliy   ahamiyati   shundan   iboratki,   tadqiqot   natijasida   ishlab
chiqarilgan nazariy va amaliy  tavsiyalar iqtisodiyot, undagi tarkibiy o‘zgarishlar
va   turizmning   iqtisodiyot   tarmoqlaridagi     o‘rnini   o‘zgarishiga   xizmat   qiladi.
Turizm sohasidagi mavjud muammolarni  bartaraf etishda yordam beradi. 
Dissertasiya   ishining   tuzilishi.   Dissertasiya   ishi   kirish,   uch   bobdan,   xulosa
va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Magistrlik   dissertasiyasining   I   bobida   “Turizm   xizmatlar   va   innovasion
loyihalar   sohasida--marketingning   nazariy   asosolari”   turizmda   marketingning
konsepsiyasi,   turizmni   istiqbolli   rivojlantirishda   investisiyalarning   roli,   mazmuni
va ahamiyati tadqiq etilgan. 
Magistrlik   dissertasiyasining   II   bobi   “ O‘zbekiston   turizm   xizmatlar
bozorining   tahlili   va   marketing   tadqiqotlari”   deb   nomlangan   bo‘lib,   unda
O‘zbekiston   hududlarida   turizm   xizmatlar   bozorini   rivojlantirish   xususiyatlari,
Samarqand viloyatining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi holati va unda Samarqand
5 turizm   xizmatlar   bozorining   marketing   tadqiqotlarini   o‘tkazishning   amaliy
jabhalari tadqiq etilgan . 
Dissertasiyaning   “Turizm   sohasiga   jalb   yetilayotgan   investisiyalarni   samarali
yo‘naltirishga   oid   muammolar   va   yechimlar”   nomli   III   bobida   Samarqand
viloyatida   uzoq   muddatli   istiqbolda   turizm   sohasini   rivojlantirishning   ustuvor
yo‘nalishlari   hamda   t urizm   sohasini   rivojlantirishda   turizm   klasterlarining
ahamiyati  ko‘rib chiqilgan.
6 I Bob.Turizm soxasiga investitsiyalar jalb qilishda marketing vositalaridan
foydalanishning nazariy asoslari
1.1 Hududiy turizm bozorida integratsiyalashgan marketing
konsepsiyasini amalga oshirish
Bugungi   kunda   jahon   turizm   bozoridagi   keskin   raqobat   kurashi
mamlakatimizda turizm tarmog‘ining samarali faoliyatini ta’minlash uchun sohada
marketing   konsepsiyasi   elementlaridan   keng   ko‘lamda   foydalanishni   taqozo
etmoqda.   Ammo,   milliy   turistik   tashkilotlar   amaliyotida   ushbu   elementlardan
tizimsiz   ravishda   foydalanilishi   oqibatida   sohada   ko‘rilayotgan   samara   uning
mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish darajadasidan ortda qolmoqda.
Turizm   sohasi   bo‘yicha   jahon   amaliyotiga   nazar   soladigan   bo‘lsak,   unda
boshqaruv   faoliyatining   barcha   (korxona,   hudud,   mintaqa,   milliy)   darajalarida
o‘zaro   kooperatsiyalashgan   tarzda   olib   borilayotgan   marketing   faoliyati   milliy
turistik   tashkilotlarning   jahon   bozorida   raqobatbardosh   pozitsiyalarni   egallashga
qaratilgan   samarali   faoliyatlarining   muhim   katalizatori   hisoblanadi.   Bundan
tashqari, turizm bozorida amalga oshirilayotgan marketing faoliyatiga oid tadbirlar
majmui   turistik   marketing   xususiyatlariga   bog‘liq   shaklda   tashkil   etilmoqda.
Demak,   mamlakatimizda   ham   ushbu   sohani   rivojlantirish   uchun   turizm
marketingining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   ilmiy   jihatdan   tahlil   qilish   asosida,
marketing   konsepsiyasini   amalga   oshirish   yuzasidan   xulosa   va   takliflar   ishlab
chiqishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. 
Turizmda   marketing   faoliyatinining   o‘ziga   xos   xususiyatlari   mavjud.   Bu,
birinchidan,   turli   xil   xizmatlarning   moddiy-ashyoviy   mahsulotlardan   farqli
xususiyatlarida   va   ikkinchidan,   turistik   mahsulotning   boshqa   xizmatlar   umumiy
xususiyatlaridan farqli alohida xossalarida yorqin namoyon bo‘ladi.(1.1-rasm). 
7 1.1-rasm. Turizm marketingining o‘ziga xos xususiyatlari
Turistik xizmatlarning umumiy jihatlari, eng avvalo, turli-tuman xizmatlarga
xos   bo‘lgan   umumiy   xususiyatlar,   ya’ni:   sezilmaslik;   ishlab   chiqarish   va
iste’molning   ajralmasligi;   sifatning   o‘zgaruvchanligi;   saqlab   bo‘lmaslik   kabi
xususiyatlarga   asoslanadi.   Bu   xususiyatlarning   har   birini   alohida   tahlil   etib
chiqamiz,   chunki   sohada   marketing   konsepsiyasini   amalga   oshirishda   ularning
o‘rni va roli katta ahamiyat kasb etadi.
Sezilmaslik   yoki xizmatlarning nomoddiy xarakterga ega bo‘lishi xususiyati
bu   ularni   ko‘rish,   tatib   ko‘rish,   sezish   imkonining   yo‘qligidir.   Biron   bir   turistik
hududga   sayoxatga   chiqishidan   oldin   turist   turistik   tashkilotdan   “unutilmas   dam
olish   va’dasi”   sifatidagi   turpaketni   sotib   oladi.   Xizmatlarga   xos   “sezilmaslik”
xossasi tufayli turistik paket xaridori xizmatlarni sotib olishdan oldin (gohida keyin
ham)   nima   sotilayotganligini   baholashi   qiyin   kechadi.   Shu   sababli,   turizm
marketingida   “turistik   mahsulotni   moddiylashtirish”   usulidan   foydalaniladi.
Bugungi   kunda   turizm   amaliyotida   turistik   xizmatlarni   moddiylashtirish   usullari
sifatida   ularni   namoyish   qilish   imkonini   beruvchi   bukletlar,   reklama   materiallari,
plakatlar   hamda   xizmatlarni   vizuallashtirishning   zamonaviy   va   innovatsion
vositalaridan (multimediya va virtual maxsulotlar) keng foydalanilmoqda. Hozirgi
vaqtda   turizm   amaliyotida   ushbu   vositalardan   foydalangan   holda,   turistik
mahsulotlarning   potensial     iste’molchilari   kutishlariga   ta’sir   qiluvchi   va   ularni
sayohat   qilishga     motivlashtiruvchi   ma’lum   bir   ijobiy   obrazni   yaratish,   qo‘llab
quvvatlash va kelajakda shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
8Turizm marketingining o‘ziga 
xos xususiyatlari
Xizmatlarning xususiyatlari
Xizmatlarning moddiy- ashyoviy 
mahsulotlardan farqli xususiyatlari Turistik mahsulotning xususiyatlari
Aynan turistik xizmatlarga tegishli xizmatlar 
umumiy xususiyatlaridan farqli xossalari Ishlab   chiqarishning   iste’moldan   ajralmasligi   natijasi   esa   xizmatlar
sifatining   o‘zgaruvchanligi   hisoblanadi.   Xizmatlarning   sifat   uzgaruvchanligiga
ikki   gurux,   ya’ni:   tashkilotda   xizmat   qiluvchi   ishchi-xodimlarning   faoliyatiga
(bilimi,   malakasi   va   saviyasiga   hamda   tashkilotda   xodimlar   faoliyatini   tartibga
solish   samarasiga)   bog‘liq   bo‘lgan   omillar;   ko‘rsatilayotgan   xizmatlarning
iste’molchi   talablariga   muvofiq   ravishda   individuallashuvida   (turistning   xohish-
istaklari ta’sirida) namoyon bo‘luvchi omillar ta’sir etadi.
Xizmatlarni moddiy tovardan ajratuvchi muhim xususiyati   ishlab chiqarish
va   iste’molning   ajralmasligi   yoki   xizmatlarning   ularni   ko‘rsatuvchi   shaxsdan
uzilmasligi   hisoblanadi.   Bunda   xizmatlarning   mijoz   buyurtma   berganda   yoki
faqatgina   mijoz   paydo   bo‘lganda   ko‘rsatilishi   mumkinligi   nazarda   tutiladi.
Xizmatning   ko‘rsatilishi   va   uning   mijoz   tomonidan   iste’mol   qilinishi   ajralmas
umumiy   jarayondir.   Shu   nuqtai-nazardan   kelib   chiqib,   ko‘pchilik   soha
mutaxassislarining   fikriga   ko‘ra,   ishlab   chiqarishning   iste’moldan   ajralmasligi
xizmatlarning moddiy shakldagi tovarlardan farqini ifodalovchi eng asosiy xossasi
hisoblanadi.
Xizmatlarning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri ularni   saqlab bo‘lmasligi dir.
Turizm   bozorida   xizmatga   talab   taklifdan   ko‘p   bo‘lsa,   taklifning   yetishmaydigan
qismini   ombordan   olib   kelish   orqali   to‘ldirishning   iloji   yo‘q.   Aksincha,
ko‘rsatilayotgan   taklif   hajmi   talabdan   yuqori   bo‘lsa,   daromadning   pasayishi
kuzatiladi. Demak, xizmatlarning saqlanmasligi holati xizmatlar bozorida talab va
taklifni   o‘zaro   muvofiqlashtirish   uchun   choralar   (tabaqalashtirilgan   narxlar
o‘rnatish;   imtiyoz   va   chegirmalarning   turli   shakllaridan   foydalanish;   oldindan
buyurtma qilish tizimini shakllantirish va hk.) ishlab chiqilishini talab etadi. 
Turizm   industriyasi   o‘zining   asosiy   tavsifiga   ko‘ra,   xo‘jalik   faoliyatining
boshqa shakllaridan tubdan farq qiluvchi xususiyatlarga ega emas. Shuning uchun
ham, fikrimizcha, zamonaviy marketing tizimining asosiy qoidalarini to‘liq turizm
sohasida qo‘llash mumkin. O‘z navbatida, turistik mahsulotning moddiy-ashyoviy
tovarlardan, shuningdek boshqa xizmat turlaridan farqlovchi jihatlari uning o‘ziga
9 xos xususiyatlarini vujudga keltiradi. Turizm bozorida xizmatlar savdosi bilan bir
qatorda   moddiy-ashyoviy   tovarlar   (mutaxassislarning   fikriga   ko‘ra,   turistik
mahsulotning tarkibi 75% xizmatlar, 25% moddiy-ashyoviy tovarlardan iboratdir)
savdosining amalga oshirilishi ushbu xususiyatlarning asosini tashkil etadi.
Xizmatlarga   xos   umumiy   xususiyatlar   bilan   bir   qatorda   turistik
mahsulotlarning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
– ularning murakkab tarkibiy tuzilmaviy aloqalar tizimi bilan xarakterlanuvchi
xizmatlar va (moddiy va nomoddiy) tovarlar  majmui hisoblanishi; 
– turistik   xizmatlarga   bo‘lgan   talab   daromad   va   narx   darajasiga   nisbatan
elastik hisoblanib, siyosiy va ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq bo‘lishi;
– turistik mahsulot iste’moli bevosita turistik xizmat ishlab chiqiladigan joyda
amalga oshirilishi;  
– boshqa   tovarlar   realizatsiya   jarayonidan   farqli,   turmahsulot
iste’molchilarining   ularni   mahsulotdan   yoki   iste’mol   joyidan   ajratib   turuvchi
masofani kechib o‘tishi;
– turistik   mahsulotning   taklifi   va   talabiga   mavsumiylik   omili   ta’siridagi
tebranishlarning   xosligi   (turizmning   turli   xil   mavsumlarida   marketing   tizimining
zaruriy   unsurlaridan   foydalanish   marketing   faoliyatini   tashkil   etish   samarasini
oshiradi);
– turistik   mahsulotlar   taklifining   egiluvchan   bo‘lmasligi   (turistik   mahsulotlar
faqatgina   ishlab   chiqarilgan   joyida   iste’mol   qilinishi   mumkin;   mexmonxona,
aeroport,   dam   olish   bazasini   mavsum   oxirida   boshqa   joyga   ko‘chirib   bo‘lmaydi)
bilan tavsiflanishi;  
– turistik   mahsulotni   yaratish   uslubining   o‘ziga   xosligi,   ya’ni   alohida
extiyojlar va turli xil tijorat maqsadlariga ega bo‘lgan korxonalarning birgalikdagi
say-harakati bilan yaratilishi;
– arzimas   kamchiliklar   sababli   ham   yuqori   sifatli   turistik   xizmatlarga   erishib
bo‘lmasligi   (chunki   turistlarga   xizmat   ko‘rsatish   tizimi   o‘sha   arzimas   va   mayda
unsurlardan tashkil topgan);
10 – turistik   xizmatlar   sifatini   baholashda   bir   qator   sub’ektiv   omillarning,
xususan,   iste’molchining   bahosiga   (uning   ko‘rsatilgan   xizmatdan   qanoatlanishi
darajasiga),   ko‘p   hollarda,   xarid   qilingan   xizmatlar   paketi   bilan   bevosita   bog‘liq
bo‘lmagan   boshqa   shaxslarning   (masalan,   maxalliy   fuqarolar,   turistik   guruh
a’zolari) ta’sir etishi:
– turistik   xizmat   sifatiga   fors-major   xususiyatidagi   tashqi   omillarning   (tabiiy
sharoit,   ob-havo,   turizm   sohasiga   oid   siyosat,   xalqaro   hodisalar   va   hk.)   ta’sir
kursatishi va h.k.
Turistik   maxsulotning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   turizm   industriyasida
marketing   konsepsiyasini   amalga   oshirishda   sezilarli   ta’sir   ko‘rsatadi.   Xizmat
ko‘rsatish   sohasida   marketingning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   tadqiq   etishga
bag‘ishlangan   xorijiy   ilmiy   adabiyotlarda   xizmatlar   marketingining   modellari
keltirilgan   bo‘lib,   ular   turizm   bozorida   marketing   konsepsiyasini   amalga   oshirish
amaliyotida   ilmiy-nazariy   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Xizmatlar   marketingi
modellaridan   birini   fransuz   olimi   P.Eyglie   va   Ye.Langeardlar   taklif   etishgan.  
(17-ilovaga qarang). 
P.Eyglie   va   Ye.Langearlar   tomonidan   taklif   etilgan   xizmatlar   marketingi
modeli   “ Servuction ”   yoki   “Harakatda   xizmat   ko‘rsatish”   deb   nomlanadi.
“ Servuction ”   modeliga   ko‘ra,   xizmatlar   marketingi   ishlab   chiqarish   tarmoqlarida
foydalaniladigan   an’anaviy   marketing   strategiyalaridan   (tovar,   narx,
kommunikatsiya,   taqsimot   kanallari)   tashqari,     qo‘shimcha   uchta   strategiyani,
ya’ni,   xizmat   ko‘rsatish   jarayonining   moddiy   muhitini   yaratishga   doir,   xizmat
ko‘rsatuvchi   xodimlarning   faoliyatini   tashkil   etishga   doir,   xizmatlarni   amalga
oshirish   jarayonining   ijtimoiy   muhitini   shakllantirishga   doir   marketing
strategiyalarini o‘z ichiga oladi.
“ Nordic   School ”   nomli   marketing   xizmatlari   Shimoliy   maktabining
vakillaridan   biri   Kristian   Gryonros   o‘z   qarashlarida   Ratmel,   Eyglie   va   Langear
tomonidan   ilgari   surilgan   fikrlarni   o‘z   g‘oyalari   bilan   yanada   boyitdi   va
kengaytirdi.   Ushbu   maktab   vakillari   xizmatlar   marketingiga   xos   o‘zlarining
konseptual   ta’riflarini   ishlab   chiqqanligi   hamda   ilmiy   muomalaga   “ichki
11 marketing”, “interfaol marketing” kabi konseptual tushunchalarni kiritganligi bilan
xizmatlar   marketingi   konsepsiyasini   yanada   boyitdi.   Bunda   D.Ratmelning
“marketingning qo‘shimcha vazifasi” g‘oyasi, K.Gryonros tomonidan xizmatlarga
xos   hisoblangan   “interfaol     marketing”   tushunchasi   orqali   talqin   etildi.   Interfaol
marketing   iste’molchi   va   xizmat   ko‘rsatish   tashkiloti   xodimlarining   o‘zaro
aloqalari   jarayoniga   yunaltirilgan   konsepsiya   hisoblanadi.   K.Gryonros   fikricha,
ko‘rsatiladigan   xizmatlar   sifati   interfaol   marketing   jarayonida   yaratiladi   hamda
interfaol   marketingning   asosiy   vazifasi   xizmat   ko‘rsatishning   sifatli   standartlarini
yaratish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Bunda ushbu jarayonga ta’sir etuvchi
asosiy   omillar     sifatli   xizmat   ko‘rsatish     jarayoni   va   xizmat   ko‘rsatuvchi‒
xodimlarning harakatlari hisoblanadi. Shu sababli, ushbu omillarga strategik ta’sir
ko‘rsatish   imkoniyatlari   sifatida   K.Gryonros   tomonidan   xizmatlar   marketingining
konsepsiyasiga   ikkita   qo‘shimcha   konsepsiya:   xizmat   ko‘rsatish   sifatining
funksional-instrumental modeli va ichki marketing konsepsiyasi kiritildi.
Xizmat   ko‘rsatish   sifatining   “funksional-instrumental   modeli”ga   binoan,
iste’molchiga xizmat ko‘rsatish jarayoni natijasida nimaga ega bo‘lishi bilan birga
(instrumental   sifat),   bu   jarayonning   qanday   kechishishi   (funksional   sifat)   ham
muhimdir.  K.Gryonrosning fikriga ko‘ra, xizmat ko‘rsatishning funksional sifatini
yaratish   uchun   xizmat   ko‘rsatuvchi   tashkilot   rahbari   tomonidan   “internal
matketing”   deb   nomlanuvchi   ichki   marketing   strategiyasi   amalga   oshiririlishi
zarur hisoblanadi.
Ichki marketing   firmaning xaridorlar bilan aloqada bo‘luvchi   xodimlariga
yo‘naltirilib,   xizmat   ko‘rsatishning   funksional   sifatini     yaratishga,
motivlashtiruvchi   mehnat   sharoitlarini   tashkil   etishga   qaratilgan.     K.Gryonros
ilmiy   muomalaga   “ichki   maxsulot”(ish)   va   “ichki   iste’molchi”   (firma   xodimlari)
kabi   tushunchalarni   kiritdi.   K.Gryonrosning   “xizmatlar   marketingi”   modeliga
asosan,   tashqi   iste’molchiga   sifatli   xizmatni   sotishdan   oldin,   u   “ichki
iste’molchi”ga,   ya’ni     “o‘rindoshlik   asosida   faoliyat   yuritayotgan   marketolog”ga
(firmaning xodimiga) “sotilishi” lozim. Boshqacha qilib aytganda, xodimlar tashqi
12 iste’molchilarga   sifatli   xizmat   ko‘rsatish   standartlarini   amalga   oshirishga   ongli
ravishda motivlashtirilgan bo‘lishi zarur.
Marketing   bo‘yicha   “Amerika   maktabi”   tarafdorlarining   marketing
konsepsiyasini   amalga   oshirish   borasidagi   yondashuvlari   1960-yillar   Dj.Makkarti
tomonidan  ishlab   chiqilgan   “To‘rt     R”   qoidasiga   asoslanadi.   Arizona   universeteti
qoshidagi   marketing   xizmatlarini   o‘rganish   Markazi   tadqiqotchisi   M.Bitner   o‘z
ilmiy   qarashlarida   bu   formulani   xizmatlar   sohasiga   qo‘llab,   “Yetti   R”   gacha
kengaytirdi.   An’anaviy   “To‘rt   R”   formulasi   marketing   kompleksining   to‘rtta
elementini: tovar, narx, taqsimot kanallari va kommunikatsiya unsurlarini (product,
price,   place,   promo tion)   o‘zida   mujassamlashtiradi.   Tashkilot   tomonidan   amalga
oshiriladigan   konseptual   marketing   faoliyati     maqsadli   bozorga     raqobatchi‒
tashkilotdan   samaraliroq   ta’sir   etishiga   mo‘ljallangan   marketing   elementlari
“qorishma”sini   tayyorlashga   yo‘naltirilgandir.   M.Bitner   xizmatlarning   tovar
sifatidagi   xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda,   qo‘shimcha   ravishda   xizmatlar
marketingi  modelini  “uchta  P”:  ya’ni  jarayon, moddiy isbot  va odamlar  (process,
physical   evidence,   people)   kabi   elementlar   bilan   boyitishni   taklif   qildi.   O‘zining
mantiqiy mohiyatiga ko‘ra M.Bitnerning xizmatlar marketingi modelini D.Ratmel,
P.Eyglie   va   Ye.Langeard,   K   Gryonrosning   modellariga   uzviy   hamohang   ekanligi
sezish qiyin emas. 
Turizm   marketingi   yo‘nalishidagi   yetakchi   olimlardan   biri   F.Kotlerning
mehmon   qabul   qilish   va   turizm   xizmatlari   marketingiga   bag‘ishlangan
izlanishlarida   ushbu   modellardan   nazariy   asos   sifatida   foydalangan.   Bu   modelda
F.Kotler turistik tashkilotlarda marketing konsepsiyasini amalga oshirishda o‘zaro
integratsiyadagi   uchta   konsepsiya:   an’anaviy   marketing,   interaktiv   marketing   va
ichki marketing konsepsiyasining o‘zaro uyg‘unlikdagi harakatiga e’tibor qaratgan.
Tashkilotning   ichki   kommunikatsion   aloqalariga   oid   jarayonlarning
tadqiqotlari   hamda  “munosabatlar   marketingi”  konsepsiyasiga  asoslanib,   F.Kotler
xizmatlar marketingi modelida o‘zaro bog‘langan uchta halqani ajratib ko‘rsatgan.
Bular:   1)   firma   raxbariyati;   2)   iste’molchilar   bilan   aloqadagi   xodimlar;  
3) iste’molchilarni  ajratishni taklif qildi (3.2-rasm)
13 3.2-rasm
1.2-rasm. F.Kotlerning xizmatlar marketingi uchburchak modeli
Rasmda   aks   ettirilgan   konsepsiyaga   asosan,   uchta   halqalarning   o‘zaro
aloqasi   nazorat   ostidagi   uchta   bo‘g‘inni:   1)   “firma iste’molchi”;   2)   “firma‒ ‒
xodimlar”; 3) “xodimlar–iste’molchi” bo‘g‘inlarini shakllantiradi. Hududiy turizm
bozorida   raqobatbardosh   pozitsiyani   egallash   uchun   tashkilotlar   ana   shu   uchta
bo‘g‘inga   yo‘naltirilgan   uchta   strategiyani:   “firma iste’molchi”   bo‘g‘iniga
‒
yunaltirilgan an’anaviy marketing strategiyasi, ya’ni narxni shakllantirish, aloqa va
taqsimot   kanallari     masalalari   bilan   bog‘liq   strategiya;   “firma xodimlar”	
‒
bo‘g‘iniga yo‘naltirilgan ichki marketing strategiyasi, ya’ni iste’molchilarga sifatli
xizmat   ko‘rsatishga   xodimlarni   motivlashtirishga   yo‘naltirilgan   strategiya;
“xodimlar iste’molchi”   bo‘g‘iniga   yo‘naltirilgan   “interfaol   marketing”,   ya’ni	
‒
xodim   va   iste’molchining   o‘zaro   aloqalari   jarayonida   kelib   chiqadigan   xizmat
ko‘rsatish   sifatining   nazorati   bilan   bog‘liq   strategiyani   ishlab   chiqishi   va   amalga
oshirishi lozim hisoblanadi.
Xizmatlar   ko‘rsatish   sohalarida   marketing   konsepsiyalariga   oid   modellar
tahlillaridan   xulosa   qilishimiz   mumkinki,   ular   turli   mamlakat   tadqiqotchilari
tomonidan,   turlicha   tamoyillarga   asoslanib   yaratilgan   bo‘lishiga   qaramay,   ushbu
modellar   umumiy  tuzilmaviy   va  konseptual   unsurlarga   ega.   Bular   quyidagilardan
iborat:   birinchidan,     barcha   modellar   xizmatlarning   tovar     sifatidagi   uziga   xos
xususiyatlaridan   kelib   chiqqan;   ikkinchidan,   barcha   modellarda   xizmatlar
marketingining strategik omillari hisoblangan xodim, xizmat ko‘rsatish jarayoni va
xizmat   ko‘rsatishning   moddiy   isbotiga   alohida   e’tibor   qaratish   lozimligiga   urg‘u
berilgan;   uchinchidan,     barcha   modellarda   xizmat   ko‘rsatish   tashkilotlarida
14TAShKILOT
XODIM ISTE’MOLChIIchki
  маркетинг An’anaviy
  маркетинг
Inter faol
  маркетинг marketing konsepsiyasini amalga oshirishda qo‘shimcha strategiyalarni, ya’ni ichki
va   interaktiv   marketing   konsepsiyalarini   qo‘llashga   oid   strategiyalarni   amalga
oshirish zarurligi ta’kidlangan. 
Yuqorida   keltirilgan   tahlil   natijasidan   xulosa   qiladigan   bo‘lsak,   turizm
bozorida   marketing   konsepsiyasini   ichki   marketing,   an’anaviy   marketing   va
interfaol   marketing   konsepsiyalarining   o‘zaro   integratsiyasi   tarzida   amalga
oshirish   kutilgan   natijalarni   beradi.   Bundan   tashqari   marketing   konsepsiyasi
hududiy   turizm   bozorini   tartibga   solishning   barcha   darajalarida   o‘zaro   muvofiq,
integratsiyalashgan   (kooperatsiyalashgan)   tarzda   amalga   oshirilishi   maqsadga
muvofiqdir. 
Shunday   qilib,   hududiy   turizm   bozorida   integratsiyalashgan   marketing
konsepsiyasini amalga oshirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
1. Marketing   tadbirlarini   aniq   iste’molchilar   muammolarining   samarali
yechimlariga   yo‘naltirish.   Marketing   konsepsiyasining   mohiyati   turistik
mahsulotlar   taklifi   doimo   iste’molchiga   qaratilishi   hamda   tashkilotning
imkoniyatlari   doimiy   ravishda   bozor   talablariga   moslashtirilishi   zarurligini
ifodalaydi.   Aniq   ehtiyojlarga   ega   va   ularning   qondirilishini   istovchi   va   buning
uchun   turistik   mahsulotni   sotib   olish   imkoniyatlari   mavjud   iste’molchilar   turizm
bozorida talabni tashkil etadilar. Aynan ushbu iste’molchilar so‘rovlarini aniqlash,
o‘rganish va qoniqtirish marketingning o‘zagini tashkil etadi. Bundan kelib chiqib,
bozorga   taklif   etilayotgan   maxsulotlar   iste’molchilarning   xohish-istaklariga   qay
darajada mos kelishi nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqilishi lozim hisoblanadi;
2. Aniq   ifodalangan   tijorat   natijalariga   erishish   tashkilot   uchun   yakuniy
hisobda   uzoq   kutilgan   maqsadga   hamda   bozorda   ko‘zlangan   ulushga   ega
bo‘lishiga   olib   keladi.   Qisqa   davr   ichida   mahsulot   realizatsiyasi   hajmini   oshirish
maqsadiga   qaratilgan   tijorat   harakatlarini   kuchaytirish   konsepsiyasidan   farqli
ravishda   marketing   konsepsiyasi   bozorda   uzoq   muddatda   mustahkam
raqobatbardosh   pozitsiyani   egallashga   qaratilgan   hisoblanadi.   Mazkur   tamoyilni
strategik   menejmentning   samarali   usullarini   qo‘llash   bilan   birgalikda   amalga
15 oshirish   orqali   tashqi   muhitning   turg‘un   bulmagan   xolatida   ham   korxonaning
samarali faoliyatini ta’minlashi mumkin; 
3. Qo‘yilgan   maqsadga   эrishishda   kompleks   ёndashuv   tamoyili   bajarilishiga
faqatgina   marketing   эlementlari   va   vositalarining   o‘zaro   aloqa   va   bog‘liqligida
эrishish   mumkinligini   ifodalaydi.   Turizm   marketingida   “komplekslilik”
tushunchasi   alohida   marketing   faoliyatining   yakka   holatda   amalga   oshirilishi
(extiyojlarning taxlili,  bozor   konyukturasini  prognozlashtirish,  turistik  mahsulotni
o‘rganish,   reklama,   savdoni   rag‘batlantirish   va   hk.),   marketingni   tizim   sifatida
qo‘llash orqali olinadigan samara kabi natija bera olmasligini ifodalaydi; 
4. Tanlangan bozor sharoitlari va talablarini maksimal inobatga olish bilan bir
vaqtda   unga   maqsadli   ta’sir   etish.   Ushbu   tamoyil   bozorni   segmentlashda   o‘z
aksini   topadi.   Bozorni   segmentlash   (potensial   xaridorlarni   maqsadli   guruhlarga
ajratish)   tashkilot   uchun   xaridorning   o‘ziga   xos     extiyojlariga   moslashish   hamda
xususiy marketing strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi. 
5. Faollik, xujumkorlik, tashabbuskorlik  firmaning tashqi muxit o‘zgarishlariga
tez   va  samarali   ta’sirchanligini   ta’minlaydi.  Ushbu   jihatlarsiz   tijorat   yutug‘iga   va
raqobatbardoshlik   ustunligiga   erishish   mushkuldir.   O‘z   faoliyatida   marketing
konsepsiyasini   “ijodkorona”   qo‘llaydigan   hamda   ushbu   konsepsiya   doirasida
doimiy o‘zgarib turuvchi atrof-muhit sharoitlariga moslashish yo‘llarini qidiruvchi
tashkilotgina samarali faoliyat yurita olishi mumkin;
6. Marketing   tadbirlarining   o‘zaro   muvofiqligi.   Turizm   marketingi   tizimiga
turli xil: hududiy davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, tarmoq va tarmoqlararo
jamoatchilik   tashkilotlari   va   turli   xil   institusional   birliklarning
mujassamlashganligi   marketing   tadbirlarining   vertikal   muvofiqligini   ta’minlash
zaruratini   keltirib   chiqaradi.   Marketing   tadbirlarini   vertikal   jihatdan
muvofiqlashtirish,   ularning   turli   darajalarda   o‘zaro   muvofiq   shaklda   amalga
oshirilishi   lozimligini   anglatadi.   Hududiy   turizm   bozorida   marketing
konsepsiyasini   amalga   oshirishning   turli   xil   darajalarida   chambarchas   o‘zaro
bog‘liqlik va muvofiqlik bo‘lishi (masalan, ichki marketing konsepsiyasini amalga
oshirishda:   korxona   miqyosida   kadrlarni   uzviy   ravishda   malakasini   oshirib
16 borishni   motivlash;   assosiasiya   doirasida   hududiy   turizm   tizimida   kadrlarga
bo‘lgan ehtiyojni tadqiq etish va talabni shakllantirish; davlat boshqaruvi organlari
tomonidan turizm sohasiga zaruriy mutaxassislarni tayyorlash va malakasini uzviy
ravishda   oshirishning   samarali   mexanizmini   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish)
lozim. 
Turizm marketingida vertikal muvofiqlashtirish bilan bir qatorda gorizontal
muvofiqlashtirish   hamda   marketing   tadbirlari   kooperaцiyasi   zarurati   mavjud.
Ushbu zaruriyat negizida quyidagilar yotadi:
– o‘zaro   nisbiy   bir   xillikka   erishish,   ya’ni   bir   nechta   xuquqiy   va   iqtisodiy
mustaqillikka   ega   korxona   qatnashadigan   jarayon   hisoblangan   turistik   mahsulot
ishlab   chiqarilishi   hamda   uni   iste’mol   qilishning   barcha   bosqichlarida   sifat   va
narxni o‘zaro muvofiqlashtirish zarurati; 
– turizm marketingiga oid salmoqli xarajatlarning (masalan, reklama xarajatlari)
mavjudligi. 
Bugungi kunda nafaqat xalqaro turizm bozorida, balki milliy turizm bozorida
kuchayib   boruvchi   raqobat   kurashida   turizm   industriyasi   tashkilotlari   “omon
qolish”ining   eng   samarali   usullaridan   biri     bu   ushbu   korxonalar   marketing‒
faoliyatlarining   kooperasiyasi   hisoblanadi.   Marketing   faoliyati   kooperasiyasining
quyidagi   shakllarini   alohida   ajratib   ko‘rsatish   mumkin:   bozorda   hamkorlikda
marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, qo‘shma reklama faoliyatini, investision
faoliyatni amalga oshirish, xodimlarning malakasini oshirish va qayta   tayyorlash,
kurgazma va yarmarkalardagi ishtirok. 
Yuqoridagi   fikrlardan   kelib   chiqib,   hududiy   turizm   bozorida
integrasiyalashgan   marketing  konsepsiyasi  amalga   oshirish   modeli   ishlab  chiqildi
(1.3-rasm):
Turistik   tashkilotlar   darajasida   amalga   oshiriladigan   integrasiyalashgan
marketing   konsepsiyasi   turistik   tashkilotning   imkoniyatlarini   turistik   mahsulot
iste’molchilari   xohish-istaklariga   moslashtirishga   qaratilgan   marketing   tadbirlari
majmuasida   o‘z   aksini   topib,   uning   natijasi   iste’molchilar   talablarini   qondiruvchi
17 turistik   mahsulotlarni   taqdim   etish   va   realizasiya   qilish   orqali   kelajakda
iste’molchilar   ehtiyojlarini   yanada   yaxshiroq   qondirish   hamda   bozorda
raqobatbardoshlik   pozisiyasini   mustahkamlash   uchun   korxona   tomonidan   zaruriy
foydaning olinishiga qaratilgan hisoblanadi. 
18 1.3-rasm. Hududiy turizm bozorida integraцiyalashgan marketing konцepцiyasini amalga oshirish modeli
19Hududiy turizm 
bozorida istiqbol-li 
talabni aniq-lash; 
taklifning shakllanish 
tendensiyalarini 
tadqiq etishTurizm bozorining 
rivojlanish 
tendensiyalarini 
ani qlash  Hududiy turizm bozorida marketing konsepsiyasini 
amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar realizatsiyasini 
qo‘llab-quvvatlash,  ko‘maklashish, muvofiqlashtirish.
Marketing tadbirlari amalga oshirilishining nazorati va monitoringi Yechilishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash, maqsadlarni belgilash, 
faoliyat strategiyalarini tanlash
Tovar 
strategiyasi Narx 
strategiyasi C otish strategiyasi Xodimlarga oid 
strategiya
Servis strategiyasi  Infratuzilmaga oid 
strategiya  
Belgilangan vazifalarni  amalga oshirish vositalarini tanlash
Innovaso
n 
turmahsu
lot i/ch Mavsumdan 
tashqari 
davrlarda 
chegirma
lardan 
foydalanish  Internet 
orqali 
onlayn 
savdoni 
shakllantiri
sh  Xodimlar 
malakasini 
oshirish,ilg‘or 
xodimlar 
faoliyatini 
rag‘bat-sh  Yangi 
rusmdagi 
avtobuslar
ni xarid 
qilish  Xizmat 
ko‘rsatish 
standartlari
ni belgilash 
Turistik mahsulotni realizatsiya qilish faoliyatiHudud va mamlakat miqyosida marketing 
konsepsiyasiga oid tadbirlar yo‘nalishlarini  ishlab 
chiqish va amalga oshirish 
Turizmni rivojlantirishga oid hududiy va mamlakat 
miqyosidagi dasturlarni i/ch va amalga oshirish 
Jozibador turistik hudud imidjini yaratish 
Marketing tadbirlarini amalga oshirilishining 
nazorati va monitoringi Integratsiyalashgan marketing konsepsiyasini amalga 
oshirish
Turistik tashkilotlar 
darajasida
Marketing axborot tizimini 
shakllantirish
Shaxsiy axborotlar bazasini 
yaratish
Axborotlar tahlili
Bozor 
ko’yunkturasi
Joriy/
istiqboldagiTaklif
Real/
potensial Talab
Real/
potensial Ichki 
resurslar Tashqi 
omillarTuristik tashkilotlar Assotsiatsiyasi 
darajasidaHudud va mamlakat darajasida
Интеграциялашган Марказий 
ахборотлар базасини 
шакллантириш
Turizm bozorida talabni 
prognozlashtirishning 
matematik -statistik  
usullaridan foydalangan 
holda marketing 
tadqiqotlarini o‘tkazish:
;;
;
; 
  y
t = u
t +S
t +
t  ;   y
t = u
t S
tt
  Keyingi ikkita daraja turizmning notijorat marketingi muhitini  tavsiflaydi
hamda   hududiy   turizm   bozorida   integrasiyalashgan   marketing   konsepsiyasini
amalga   oshirishning   kompleks   harakatlarini   qo‘llab-quvvatlovchi   va
muvofiqlashtiruvchi bo‘g‘inlarini tashkil etadi.
Notijoriy   turistik   tashkilotlar   (ittifoqlar,   assosiasiyalar)   darajasida
integrasiyalashgan   marketing   konsepsiyasini   amalga   oshirish   turizm   soxasida
faoliyat   yurituvchi   tadbirkorlar   va   ishbilarmonlarning   jamoa   manfaatlarini
namoyon   etish   va   ximoya   qilish   faoliyati   asosida   hududiy   turizmni   samarali
rivojlantirishga oid ommaviy fikrni o‘rganish, shakllantirish, qo‘llab-quvvatlash
va o‘zgartirishga qaratilgan tadbirlar majmuidan tarkib topgan.
Xudud,   mintaqa   yoki   mamlakat   miqyosida   amalga   oshiriladigan
marketing   konsepsiyasi   mamlakat   (hudud,   mintaqa)ning   jozibador   imidjini
yaratish   orqali   mamlakat,   turistik   hududga   nisbatan   milliy   turistik   mahsulot
xaridorlarida   ijobiy   qarashlarini   shakllantirish,   turistik   biznesni   qo‘llab-
quvvatlash va  tartibga solish  maqsadlariga  yo‘naltirilgan marketing tadbirlarini
amalga oshirishga qaratiladi.
Hududiy   turizm   bozorida   integrasiyalashgan   marketing   konsepsiyasini
amalga oshirish maqsadida turistik tashkilotlarning marketing tadbirlari sifatida
quyidagilarni kiritish:
– bozor   imkoniyatlarini   tahlil   qilish   va   istiqbolli   maqsadli   bozorlarga
yo‘naltirilgan marketing tadbirlarni amalga oshirish; 
– marketing   strategisini   (marketingning   kompleks   strategiyalari:   narx
strategiyasi,   tovar   strategiyasi,   sotish   strategiyasi,   siljitish   strategiyasi,
xodimlarlarga oid strategiya, servis strategiyasi) ishlab chiqish;
– maqsadli   bozor   uchun   turistik   mahsulotni   (jumladan   innovasion   turistik
mahsulotni) shakllantirish;
– turistik maxsulotning bozorda harakatini ta’minlash;
– turizmda   marketingni     rivojlantirishning   milliy,   mintaqaviy   va   maxalliy
konsepsiyalarini   amalga   oshirish   tadbirlarida   ishtirok   etish   kabi   masalalarga
qaratilishi maqsadga muvofiqdir.
20 Notijoriy   turistik   tashkilotlar   tomonidan   amalga   oshiriladigan   marketing
tadbirlari quyidagi:
– hudud miqyosida marketing tadbirlarini ishlab chiqish jarayonida xususiy
biznes va davlat o‘rtasidagi vositachilik vazifasini amalga oshirish;
– hamkorlikdagi   reklama   siyosatini   va   marketing   tadqiqotlarini   amalga
oshirish;
– sifatli   turistik   mahsulotlarning   samarali   realizasiyasini   ta’minlovchi
tarmoqlarni (virtual magazin) shakllantirish;
– innovasion turmahsulotni ishlab chiqish yo‘nalishlarini tadqiq etish va bu
borada tavsiyalar ishlab chiqish;
– kichik   biznes   tashkilotlarining   ish   yuritishiga   ko‘maklashish   va
konsultasion yordam ko‘rsatish kabi vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan
bo‘lishi lozim.
Integrasiyalashgan   marketing   konsepsiyasini   amalga   oshirishda   hududiy
(mamlakat) davlat boshqaruv organlarining asosiy vazifalari:
– marketing   tadqiqotlarini   (hududiy   darajada   turizm   bozorining   rivojlanish
tendensiyalarini,   milliy   va   ichki   turizm   bozorlarining   maqsadli   segmentlarini
aniqlash, turizm bozorining rivojlanishini prognozlashtirish) o‘tkazish;
–  hududiy turizm sohasiga oid marketing strategiyasini va tadbirlar rejasini
ishlab   chiqish   bilan   birga   ularni   turistik   tashkilotlarda   amalga   oshirish
tavsiyalarini ishlab chiqish;
– marketing konsepsiyalarini  amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahat
xizmatlarini amalga oshirish;
– mamlakat (turistik hudud) obrazini, imidjini yaratish;
– milliy   turistik   mahsulotlar   reklamasi   va   jamoatchilik   aloqalari   buyicha
tadbirlar tashkil etish;
– turizm   industriyasi   tashkilotlarining   marketing   faoliyatini   hamda   milliy
turistik mahsulot iste’molchilarini turizmga oid axborotlar bilan ta’minlash;
– hududiy   turizmni   innovasion   rivojlantirish   yo‘nalishlarini   tadqiq   etishga
qaratilgan bo‘ladi.
21 Shunday   qilib,   turizmda   integraцiyalashgan   marketing   konцepцiyasini
o‘zaro kooperaцiyalashgan bir  nechta darajada amalga oshirish hududiy turizm
bozorida юqori ijobiy samaraga эrishishning asosiy shartlaridan biridir.
Integraцiyalashgan   marketing   konцepцiyasini   amalga   oshirish   samarasi,
avvalambor,   marketing   tadbirlarining   axborot   bilan   ta’minlanganlik   darajasiga
bog‘liqdir. Jahon turizm amaliёtiga nazar soladigan bo‘lsak, hudud(mamlakat)da
marketing   faoliyatiga   ixtisoslashgan   tashkilotlarning   (Maison   de   la   Frans,
Turespaca,   ENIT),   xususiy   korxonalarda   maxsus   marketing   bo‘limining
mavjudligi   hududiy   turizm   marketingining   barcha   muammolariga   echim   bo‘la
olmaydi.   Bu   borada   hududiy   turizm   sohasida   marketing   faoliyatini   tizimli
ravishda   tashkil   эtish,   o‘z   navbatida,   mavjud   axborot   resurslarini   yig‘ish   va
foydalanuvchilarga   uzatishda   tizimli   ravishdagi   ёndashuvlarni   talab   эtadi.
Shubhasiz,   nafaqat   marketing   vositalari   va   g‘oyalaridan   foydalanish   jaraёnida,
balki   marketing   faoliyatini   axborot   bilan   ta’minlashda   tizimli   qarashlarga
asoslangan   innovaцion   ёndashuvni   shakllantirishda   vujudga   keladigan
masalalarning metodologik echimlarini izlash zarur. 
1.2.Turizmni innovaцion rivojlantirishda investiцiyalarning roli, iqtisodiy
mazmuni va tasnifi
Investision   jarayonlar   rivojlanayotgan   mamlakatlar   iqtisodiyoti   uchun,
xususan   yuksalishga   yuz   tutgan,   rivojlangan   mamlakatlar   qatoridan   munosib
o‘rin   olishga   intilayotgan   mamlakatimiz   uchun   ham   ustuvor   ahamiyatga   ega
hamda   o‘ta   dolzarb   hisoblanadi.   Iqtisodiy   o‘sish   sur’atlari   va   investisiyalar
o‘rtasidagi   chambarchas   bog‘liqlikni   hisobga   olgan   holda,   O‘zbekiston
Respublikasida   investision   muhitni   yaxshilash,   investisiyalar   hajmini
kengaytirishga   qaratilgan   investision   siyosat   olib   borishga   jiddiy   e’tibor
qaratilmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish va yalpi
ichki mahsulot hajmini ko‘paytirish maqsadida 2019 yilda xorijiy sarmoyachilar
22 bilan  xamkorlikda  24,8  mlrd.  dollarlik  243  ta  loyiha  ishlab   chiqilgan  va  ularni
amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan 5
.
Investisiyalarning   nazariy   va   amaliy   muammolarini   hal   etish   nafaqat
moddiy   ishlab   chiqarish,   balki   nomoddiy   soha,   jumladan   turizmni
rivojlantirish   uchun   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Chunki   turizm   sohasi
milliy   iqtisodiyot,   uning   alohida   mintaqalarida   boy   tarixiy-madaniy
salohiyatdan   unumli   foydalanishning   muhim   omili,   ularning   ijobiy
samarasini   bir   necha   barobar   ko‘paytiruvchi   multiplikator   hisoblanadi.
Lekin   turizm   sohasini   jadal   rivojlantirishning   dolzarb   muammolarini
muvaffaqiyatli   hal   etishda   avvalo   transport,   ijtimoiy   va   muhandislik-
kommunikasiya   infratuzilmasi,   rekreasion   xududlarda   xizmat   ko‘rsatish,
yo‘l   bo‘ylari   infratuzilmasi   ob’ektlarini   rivojlantirish   zarur.   Miqdor   va
sifat   jihatidan   tez   rivojlantirish   davlat   makroiqtisodiy   siyosatining
ustuvor   yo‘nalishiga   aylangan   turizm   ko‘pdan-ko‘p   yangi   turistik
ob’ektlarni   yaratishni,   mavjud   ob’ektlarni   modernizasiyalashni,   yangi
texnika   va   uskunalar   bilan   jihozlashni,   turistik   bozor   va   iste’molchilar
talabidan   kelib   chiqqan   holda   yangi   turmahsulot   va   qo‘shimcha
xizmatturlari   bilan   boyitishni   taqozo   etadi.   Tabiiyki,   bularning   barchasi
katta   moliyaviy   xarajatlarni,   salmoqli   investisiyalarni   talab   etadi.   Soha
mutaxassislari   fikricha,   turizmdan   tushgan   bevosita   va   bilvosita
daromadlar   sohani   jadal   rivojlantirishning   muhim   dastaklaridan   biriga
aylantiradi.
Mutaxassislarning   turizmni   rivojlantirishga   yo‘naltirilgan
investisiyalarning   qisqa   muddatda   o‘zini   qoplashi   to‘g‘risidagi   fikriga
qo‘shimcha   ravishda   shuni   ta’kidlash   lozimki,   milliy   iqtisodiyotni   jadal
rivojlantirishda   moliyaviy   resurslar   taqchilligi   kuzatilayotgan
O‘zbekiston   amaliyotida   ularning   mazkur   xulosasimuhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Turizm   sohasini   investisiyalash   deganda,   avvalambor   sohaga   foyda
5
 O‘zbekiston Respublikasi Investitsilar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotlari.
23 olish   maqsadida   mamlakat   ichkarisida   yoki   mamlakat   tashqarisida
bo‘lishidan   qat’iy   nazar   (bir   yil   yoki   undan   ortiqroq   muddatda)   uzoq
muddatli kapital shaklida moliyaviy resurslarni sarflash hisoblanadi. 
Turizmning   hozirgi   holatini   baholashda,   shuni   alohida   qayd   etish
lozimki,   O‘zbekistonda   turizm   infratuzilmasining   rivojlanish   darajasi
xorijiy   turistlarning   ehtiyojlarini   to‘liq   qondirish   imkoniyatiga   ega   emas.
Infratuzilma etarlicha rivojlanmagan sharoitda turistlar oqimini va shunga
mos   ravishda   valyuta   tushumini   ko‘paytirish   imkoni   bo‘lmaydi.   Bundan
kelib   chiqqan   holda,   infratuzilmaning   holati   turizmning   rivojlanishini
ta’minlash   bilan   birga,   mamlakat   xalqaro   turistik   nufuzi   va   imijini   ham
shakllantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Mamlakatimizda   mavjud   turistik   resurslardan   foydalanishda
investisiyalarning   o‘rni,   turistik   resurslarga   bevosita   investisiyalarni   keng
ko‘lamda   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   jalb   etish   va   foydalanish   samaradorligini   oshirish
imkoniyatlari   deyarli   o‘rganilmagan.  Bular, o‘z  navbatida,  turizmni  innovasion
rivojlantirishda   investisiyalarning   rolini   ochib   berish   va   iqtisodiy
samaradorligini   oshirish   strategiyasiga   bag‘ishlangan   mavzuni   tadqiq   qilishga
asos   bo‘ldi.   Yana   bir   muhim   jihati   shundan   iboratkai,   yuqorida   qayd   etilgan
mualliflarning   ilmyi   ishlarida   “innovasion   faoliyatning   moliyaviy   ta’minoti”
tushunchasining   izohi   va   mualliflik   talqinlarini   keltirib   o‘tilmagan.
Kengaytirilgan ishlab chiqarishga moliyaviy hamda nomoliyaviy sarflar jarayoni
iqtisodiyotga doir adabiyotlarda va qonunchilikda “investisiyalash” tushunchasi
bilan bog‘lanadi. 
Innovasion   loyihalarni   investisiyalash   tizimi   innovasion   dastur   va
loyihalarni,   ilmiy   tadqiqot   va   tajribaviy   ishlanmalarni   yaratish   hamda
amaliyotga   tadbiq   etish,   ishlab   chiqarishni   tashkil   etish   va   texnologiyalarni
takomillashtirish,   mamlakat   yoki   uning   muayyan   ma’muriy   hududlarida
innovasion   faollikni   oshirishga   ko‘maklashuvchi   innovasion   infratuzilmani
24 shakllantirishga   mo‘ljallangan   moliyalashtirishning   manbalari,   usullari   va
shakllarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonda   investision   muhitning   yaxshilanishiga,   investisiya
jarayonlarining  sezilarli  darajada  faollashuviga  erishildi. 2019  yilda mulkchilik
shakllari   bo‘yicha   asosiy   kapitalga   kiritilgan   investisiyalar   189924,3   mlrd.
so‘mni   tashkil   etgan.   Shundan,   35614,5   mlrd.   so‘m   davlat   sektoriga,   154309,8
mlrd.   so‘m   nodavlat   sektoriga   to‘g‘ri   keladi.   2019   yilda   asosiy   kapitalga
kiritilgan investisiyalar tarkibi respublika byudjetiga 7,6 foizni, suv ta’minoti va
kanalizasiya   tizimlarini   rivojlantirish   jag‘armasi   0,9   foizni,   korxona  va   aholiga
29,3 foizni, bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lariga 13,1 foizni, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri   xorijiy   investisiyalar   va   kreditlariga   19,6   foizni,   respublika   kafolati
ostidagi kreditlar 14,7 foizni, boshqa xorijiy investisiya va kreditlar 11,4 foizni,
tiklanish va taraqqiyotga 3,4 foizni  tashkil  etgan 6
.   Shuni  ham  ta’kidlash  joizki,
O‘zbekiston   hududida   turizm   infratuzilmasi   bir   tekisda   taqsimlanmagan.
Toshkent   shahri   va   viloyatida   respublika   turizm   salohiyatining   40   foizi
to‘plangan.   To‘rt   viloyat   (Toshkent,   Samarqand,   Buxoro   va   Xorazm)   va
Toshkent   shahri   yirik   infratuzilma   salohiyatiga   ega.   Turizmni   rivojlantirish
uchun   mavjud   turistik   resurslardan   samarali   foydalanishni   ta’minlash   bilan
birga,   har   bir   viloyatning   turizm   infratuzilmasini   talab   darajasida   rivojlantirish
muhimdir. Bularning barchasi yirik moliyaviy xarajatlarni, ya’ni investisiyalarni
amalga oshirishni taqozo qiladi.
Tadqiqotlarimizning   natijalari   investisiyalarning   iqtisodiy   mazmun-
mohiyatini   yoritishga   qaratilgan   tadqiqotlar   iqtisodchi   olimlar   tomonidan
turlicha   fikrlar   mavjud   degan   xulosaga   kelishga   asos   bo‘ldi.   Fikrimizcha,
“Investisiya”   deganda   kelgusida   daromad   (foyda)   olish   yoki   ijtimoiy
samaraga   erishish   maqsadida   qonun   doirasida   iqtisodiyotning   turli
tarmoqlari   va   boshqa   sohalariga   investorlar   tomonidan   qo‘yiladigan
6
  O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   statistika   qo‘mitasi   ma’lumotlari.   [Elektron   resurs].   –   Kirish   yo‘li:
https://www.stat.uz /uz/
25 barcha   turdagi   mulkiy,   moliyaviy   va   intellektual   boyliklar   tushuniladi.
Boshqacha   qilib   aytganda,   investisiyalar   –   mulkchilikning   har   xil
ko‘rinishlaridagi   moddiy   moliyaviy   va   nomoddiy   boyliklarni   ijtimoiy-
iqtisodiy   yoki   samara   (daromad)   olish   maqsadida   muomalaga
kiritilishidir.Rossiyalik   iqtisodchilar   L.S.Tarasevich,   P.I.Grebennikov,
A.I.Leusskiylar   investisiyalarni   tor   ma’noda   uy   xo‘jaliklarining   uzoq
muddat   foydalanish   tovarlari   yoki   shaxsiy   uy   qurish   uchun   xarajatlari
sifatida talqin etganlar 7
. Bizning fikrimizcha, ushbu ta’rif muayyan ob’ekt
doirasida   tor   talqin   qilingan   bo‘lib,   investisiyalarning   aholi   iste’moli
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   jihatlarini   o‘zida   aks   ettirgan.   Bunda   mualliflar
yalpi   ishlab   chiqarishni   kengaytirish   va   xizmat   sohasining   moddiy-
texnika   bazasini   kuchaytirish   bilan   bog‘liq   investisiyalarni   e’tibordan
chetda qoldirib ketishgan. 
Bizning   fikrimizcha,   yuqorida   keltirilgan   va   ta’rif   va   mulliflik
talqinlarining   ushbu   murakkab,   lekin   tadqiqotimiz   nuqtai-nazaridan   o‘ta
ahamiyatli   tushunchaning   mohiyatini   to‘la   ochib   berishga   da’vogarlik
qilolmaydi.   Keltirilgan   ta’riflarning   xilma-xilligi,   ko‘p   hollarda   mazmun
jihatdan   bir-biridan   keskin   farqlanishi,   ushbu   tushunchaga   nisbatan   yaxlit
yondashuvning   yo‘qligi   investision   faoliyat   bilan   bog‘liq   ilmiy   muammolarni
hal   etishda   jiddiy   ziddiyatlarni   keltirib   chiqaradi,   mazkur   yo‘nalishda   xato   va
kamchiliklarga yo‘l quyishga olib ketadi.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, investisiya tushunchasiga yagona va
to‘liq   ta’rif   berish   juda   mushkul.   Bu   birinchidan,   investisiya   tushunchasi   keng
qamrovli   va   murakkab   iqtisodiy   tushuncha.   Ikkinchidan,   investisiya   o‘zaro
dinamik bog‘liklikda bo‘lgan turli jarayonlarni o‘zida aks ettiradi. Uchinchidan,
investisiya iqtisodiyot fanining turli jabhalarida hamda amaliy faoliyatning turli
darajalarida (mikro, mezo va makro) o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Makroiqtisodiyotda   investisiyalar   ishlab   chiqarishda   yangi   vositalarga,
7
  Tarasevich   L.   S.   Makroekonomika:   uchebnik   i     praktikum   dlya   akademicheskogo   bakalavriata   /   L.   S.
Tarasevich, P.I.Grebennikov, A.I. Leusskiy. − 10-ye izd., per. i dop.  –  M . : Izdatelstvo Yurayt, 2014. –  S.  84.  
26 turar-joylarga   investisiyalar   va   moddiy   zahiralarning   o‘sishiga   qilinadigan
harajatlardan tashkil topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi. Makro
darajada investisiyalar – bu jamiyat tomonidan joriy davrda iste’mol qilinmagan
va iqtisodiyotda kapital o‘sishini ta’minlovchi YaIMning bir qismidir. 
Ishlab  chiqarish  nazariyasi   va  umuman  makroiqtisodiyotda   investisiyalar
yangi   kapitalni   (ishlab   chiqarish   vositalarini   hamda   inson   kapitalini   qo‘shib
hisoblaganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investisiya deganda
real   yoki   moliyaviy   aktivlarni   maqsadli   joylashtirish   orqali   kelajakda   daromad
olish tushuniladi. 
Iqtisodiy   resurslar   inson   yashashi   va   kamol   topishi   uchun   zarur   bo‘lgan
moddiy   ne’matlarni   (tovar   va   xizmatlarni)   ishlab   chiqarishni   tashkil   etish   va
amalga   oshirishning   zaruriy   shartidir.   Tanlangan   tadqiqot   mavzusi   nuqtai-
nazaridan investision resurslar, yuqoridagilarning mazmuni, mohiyati, ahamiyati
va boshqa muhim jihatlarini batafsil bayon etishi muhim ahamiyatga ega.
Birinchi   navbatda   “investision   resurslar”   tushunchasining   mohiyatini
tushunib   etish,   uning   mazmunini   ochib   berish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Nazariy   tadqiqot   natijalari   shuni   ko‘rsatadiki,   “investision   resurslar”
tushunchasini   turli   iqtisodiy   adabiyotlarda   turlicha   talqin   etilgan,   bu   esa   uning
iqtisodiy mazmuni ham to‘la aniqlanmaganligidan dalolat beradi.
Investision   resurslarning   u   yoki   bu   jihatlari   xorijiy   tadqiqotchilar   va
mahalliy   iqtisodchilarning   ilmiy   ishlarida   o‘z   aksini   topgan.   Ularni   tanqidiy
o‘rganish   “investisiya”   tushunchasining   o‘zini   talqin   etishda   xilma-xil
yondashuv va nuqtai-nazarlar borligini ko‘rsatdi. Har qanday ilmiy tushunchaga,
uning   mohiyatiga   nisbatan   turli-tuman   qarashlar   va   fikr-mulohazalarning
bo‘lishligi   tabiiy   hol.   Lekin   tadqiqot   nuqtai   nazaridan   ularni   chuqur   o‘rganish,
ilmiy tahlil qilish asosida masalaning tub mohiyatini ochib berish hisoblanadi.
Mazkur mavzuga bag‘ishlagan ilmiy manbalarni o‘rganish va tahlil qilish
asosida   investision   resurslarning   mohiyatini   yoritishga   qaratilgan   ikki   xil
yondashuv mavjud, degan ilmiy hulosaga kelindi. Ularning mazmun-mohiyatiga
alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq.
27 Birinchi yondashuvga ko‘ra investision resurslar   innovasion ob’ektlarga‒
jalb   etilgan   barcha   moliyaviy   aktiv   turlari   sifatida   talqin   etiladi 8
.   Ko‘rinib
turibdiki,   ushbu   talqinda   investision   resurslar   moliyaviy   resurslarning   bir
ko‘rinishi   sifatida   qaralgan.   Mazkur   yondashuv   iqtisodchilar   tomonidan   keng
tarqalgan   bo‘lib,   unda   investisiyalarning   moliyaviy   jihatlariga   asosiy   urg‘u
beriladi.   Bunday   olimlar   jumlasiga   Dj.M.Keyns,   Y.A.Shumpeter,   A.Martens,
D.A.Evdoviskiy,   V.A.Babushkin,   N.A.   Baturin,   T.S.Kolmыkova,
L.S.Tarasevich,   P.I.Grebennikov,   A.I.Leusskiy   A.S.Neshitoy,   L.A.Zubchenko,
Yu.I.Abulyan,   o‘zbekistonlik   olimlardan   D.G‘.G‘ozibekov,   Sh.R.Fayzieva,
D.X.Aslanova, M.T.Alimova 9
 kabi iqtisodchi olimlarni kiritish mumkin. 
Masalan,   A.S.Neshitoy   investisiyaning   mazmunini   quyidagicha   talqin
etgan: “Foyda olish yoki boshqa samaralarga erishish maqsadida o‘z yoki o‘zga
mamlakatning   turli   tarmoqlariga,   tadbirkorlik   loyihalari,   ijtimoiy-iqtisodiy
dasturlar   hamda   innovasiya   loyihalarini   amalga   oshirishga   yo‘naltirilgan   pul
mablag‘larini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirishdir” 10
. 
D.G‘.G‘ozibekov   investisiyalarning   iqtisodiy   mazmun-mohiyatini
moliyaviy   kategoriya   sifatida   talqin   etib,   “Investisiyalarning   mazmuni   aniq   va
ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar
darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani
8
  Ojegov   S.I.   Tolkovыy   slovar   russkogo   yaz ы ka.   –   M.:   Mir   i   Obrazovanie,   Oniks,   2011.   –   S.   236. ;   Bolshoy
tolkov ы y slovar russkogo yaz ы ka pod redaksiey D.N.Ushakova.   −   M.: Slavyanskiy Dom Knigi. – 2014 S. 332.;
Finansovo-kreditn ы y   ensiklopedicheskiy   slovar   /   Pod   obsh.pred.   A.G.Gryaznovoy   −   M.:   Finans ы   i   statistika,
2004. – S. 294.; Rozenberg DJ.M. Terminologicheskiy slovar   / Ler.Songya. A.V.Volkvoy, A.V.Shedrina. –   M.:
Infra – M, 1997. S. 138.
9
  Keyns   Dj.M.   Obщaya   teoriya   zanyatosti,   protsenta   i   deneg.   Izdatelstvo:   Gednos,   2002.   –   S.   48.;   Shumpeter
Y.A.   Istoriya   ekonomicheskogo   analiza   v   3   tt.   SPb.:   Ekonomicheskaya   shkola,   2004.   –   S.127.;   Yevdoviskiy
D.A.,   Babushkin   V.A.,   Baturin   N.A.   Analiz   investitsionnoy   privlekatelnosti   organizatsii:   uchebnik.   –   M.:
KNORUS,   2017.   –   S.   41.;   Martens   A.V.   Investitsii.   –   Kiev.   2002.   –   S.63.;   Kolmыkova   T.S.   Investitsionnыy
analiz: ucheb. posobie. – M.: INFRA-M, 2009. – S. 7; Neshitoy A. S. Investitsii: Uchebnik. – 5-ye izd., pererab.
i   ispr.   –   M.:   Izdatelsko-torgovaya   korporatsiya   Dashkov   i   K,   2007.   –   S.13.;   Zubchenko   L.A.   Иностранные
инвестиции:   учеб.   posobie.   –   M.:   KNIGODEL.   2006.   –   S.   7.;   Abulyan   Yu.   I.   Osobennosti   innovatsiy   v
turizme   //   Ekonomika.   Pravo.   Pechat.   Vestn.   KSEI.   –   2013.   –   №   3.   –   S.   241-250. ;   G‘ozibekov   D.G‘.
Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: Moliya, 2003. – B. 26.; Fayzieva Sh.R. O‘zbekistonda turizm
rivojlanishining   iqtisodiy   mexanizmini   takomillashtirish.   I.f.n.   ilmiy   darajasini   olish   uchun   dissertatsiya.   –   T.:
2006.   –   B.   36. ;   Aslanova   D.X.   Rol   innovatsiy   i   ix   znachenie   v   investitsiyax   na   rыnke   turistskix   uslug   v
Uzbekistane  /   D.X.Aslanova,  B.Sh.Safarov,  A.Xayrullaev  //   Ekonomika   i  biznes:   teoriya  i   praktika.   –  2016.  –
№3.   B.18-22.;   Alimova   M.T.   Hududiy   turizm   bozorining   rivojlanish   xususiyatlari   va   tendensiyalari   //
Monografiya.  –  T. Iqtisodiyot, – 2015. – B. 88.
10
 Neshitoy A.S.  Investitsii: Uchebnik.   –  4-ye izd.  –  M.: Dashkov i K, 2006.  –  S. 13. Neshitoy A. S. Investitsii:
Uchebnik. — 5-ye izd., pererab. i ispr.  –  M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya Dashkov i K, 2007.  –  S.13.
28 olishdan   iborat   bo‘ladi” 11
  mazmunida   ta’rif   bergan.   T.S.   Kolmыkovaning
ta’rifiga ko‘ra “Investisiyalar o‘zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va
xorijiy   iqtisodiyotning   turli   tarmog‘iga   xususiy   yoki   davlat   kapitalining   uzoq
muddatli   qo‘yilmasi   sifatida   namoyon   etadi 12
.   Shunga   yaqin   ta’rifni
L.A.Zubchenko   tomonidan   chop   etilgan   o‘quv   qo‘llanmada   ham   uchratish
mumkin:   “Investisiya   tushunchasi   foyda   olish   maqsadida   qandaydir   korxona,
tashkilot,   uzoq   muddatli   loyihalar   va   shu   kabilarga   kapital,   pul   mablag‘larini
uzoq muddatga kiritishni anglatadi” 13
.
Ikkinchi   yondashuvga   muvofiq,   investision   resurslar   boylikni   o‘stirish
maqsadida   tikiladigan   barcha   turdagi   qiymatlar   (moddiy   ,   intellektual,   mehnat
va   moliyaviy)   sifatida   qaraladi.   G.S.Staroverova,   A.Yu.Medvedev   va
A.V.Sarokinalarning   ta’rifini   bunga   misol   tariqasida   keltirish   mumkin:
“Investisiyalar   iqtisodiy   foyda   va   ijtimoiy   samara   olish   maqsadida   investisiya
sohasi ob’ektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni
aks ettiradi” 14
.
Mamlakatimiz   olimlaridan   N.H.Haydarov   investisiyalarning   mazmun-
mohiyatiga   quyidagi   ta’rifni   beradi:   “Investisiya   –   bu   mulk   shaklidan   qat’iy
nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar
yoki   davlatning   iqtisodiy   va   ijtimoiy   samara   olish   maqsadida   o‘z   boyliklarini
qonun doirasida bo‘lgan har qanday
tadbirkorlik ob’ektiga sarflashidir” 15
.
“Investisiya” tushunchasining  ta’rifi amaldagi  qonunchilik darajasida
ham   e’tirof   etilgan.   Masalan,   O‘zbekiston   Respublikasining   2019   yil   25
dekabrdagi 598-sonli  “Investisiyalar  va investisiya  faoliyati  to‘g‘risida”gi
Qonunda   investisiyaga   quyidagicha   ta’rif   berilgan:   “ Investisiyalar   —
11
 G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: Moliya, 2003. – B. 26.
12
 Kolm ы kova T.S. Investitsionn ы y analiz: ucheb. posobie.  –  M.: INFRA-M, 2009.  – S. 7.
13
 Zu bchenko L.A. Inostrann ы e investitsii: ucheb.  po sobie . –  M.: KNIGODEL , 2006. – S. 7.
14
 Staroverova G.S., Medvedev A.Yu., Sorokina I.V. Ekonomicheskaya otsenka investitsiy: uchebnoe posobie. –
M.: KNORUS, 2006. – S. 11.
15
  Haydarov   N.H.   Iqtisodiyotni   erkinlashtirish   sharoitida   korxonalar   investitsion   faoliyatidagi   moliya-soliq
munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.f.d ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T.: 2003.
– B. 29. 
29 investor   tomonidan   foyda   olish   maqsadida   ijtimoiy   soha,   tadbirkorlik,
ilmiy   va   boshqa   faoliyat   turlari   ob’ektlariga   tavakkalchiliklar   asosida
kiritiladigan   moddiy   va   nomoddiy   boyliklar   hamda   ularga   bo‘lgan
huquqlar,   shu   jumladan   intellektual   mulk   ob’ektlariga   bo‘lgan   huquqlar,
shuningdek reinvestisiyalar ” 1 6
.
Investisiyaga   oid   nazariy   qarashlar   uzoq   xorijiy   mamlakatlar
adabiyotlarida   ham   keng   yoritilgan.   U.Sharp 1 7
,   K.R.Makkonell,
S.L.Bryu 1 8
  investisiyalarning   mazmun-mohiyati   yuzasidan   turlicha
ta’riflarni   bayon   etishgan.   Iqtisodiy   rivojlangan   xorij   mamlakatlarida
investisiyalarni   ko‘proq   fond   bozorida   muomalada   bo‘lgan   qimmatli
qog‘ozlar   sifatida   qarash   keng   tus   olgan.   Buning   sababi   mazkur
mamlakatlarda   investisiyalarning   asosiy   qismi   aynan   qimmatli
qog‘ozlarda   mujassamlashgan   bo‘lib,   ular   ishlab   chiqarishni
moliyalashtirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Bundan   farqli   o‘laroq,
mamlakatimizda   (boshqa   rivojlanayotgan   mamlakatlarda   ham)   investision
sarflarning   asosiy   qismi   real   investisiyalarga   to‘g‘ri   keladi.   Buning
yaqqol dalili sifatida quyidagi ta’riflarni keltirib o‘tamiz.
Shved   iqtisodchi   olimi   K.Eklund   fikricha:   “Investisiya   –   bu   kelajakda
ko‘proq   iste’mol   qilish   sharoitiga   ega   bo‘lish   uchun   ertangi   kunga   qoldirilgan
narsa.   Uning   bir   qismi   hozirda   ishlatilmasdan   zaxiraga   qoldiriladigan   iste’mol
buyumlari   bo‘lib,   boshqa   qismi   esa   bu   ishlab   chiqarishni   kengaytirishga
yo‘naltirilgan   resurslardir” 19
.   Kempbell   R.Makkonell   va   Stenli   L.Bryular
“Investisiya (investment) – bu moddiy zahiralarning ko‘payishi, ishlab chiqarish
vositalarining   jamg‘arilishi   va   ishlab   chiqarishga   xarajatlardir”   tarzda
sharhlaydilar. Ayni paytda ular bir  tomondan investisiya  va ikkinchi  tomondan
kapital   qo‘yilmalar   tushunchalarini   farqlashni   taklif   etadilar.   Boisi
16
 O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. 2019
yil 25 dekabr. 3 – modda.  [Elektron resurs].  –   Kirish yo‘li :   http://lex.uz / docs/4664142
17
 Sharp U. Investitsii.: inglizchadan tarj. - M.: INFRA-M, 2018. B. 17.
18
  Makkonell   K.R.,   Bryu   S.L.   Ekonomiks:   prinsip ы ,   problem ы   i   politika:   Uchebnik:   Per.   s   angl.   /   K.R.
Makkonnell, S.L. Bryu.  –  17-e izd., angl.  –  M.: INFRA-M, 2009. – S. 26.
19
 Eklund K. Effektivnaya ekonomika :  shvedskaya model . –  M.: Ekonomika ,  1991.  – S.  96.
30 investisiyalarning   o‘ziga   xos   xususiyati   unumlilik   bo‘lsa,   kapital   qo‘yilmalar
moliyaviy   aktivlarni   xarid   qilishni   anglatadi 20
.   Bunday   yondashuv,   bizningcha,
alohida ahamiyatga molik. Ushbu ta’rif o‘z mazmuniga ko‘ra, ko‘proq “kapital
qo‘yilmalar” tushunchasiga mos kelishini ta’kidlab o‘tish joiz.
G‘arb   iqtisodchilarining   nufuzli   adabiyotlarida   “investisiya”   tushunchasi
bilan   “kapital   qo‘yilma”   tushunchasini   farqlash   lozimligi   to‘g‘risida   ilmiy
qarashlar, ayniqsa, mamlakatimizda investisiyalar  bilan bog‘liq nazariy fikri va
qarashlarni   takomillashtirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Sababi   ushbu
tushuncha   bizning   amaliyotimiz   uchun   nisbatan   yangi   bo‘lib,   o‘tgan   asrning
oxirlarida   kiritildi.   Bugungi   kungacha   kechayotgan   transformasion   jarayonlar
ta’sirida   investisiya   tushunchasi   to‘g‘risida   aniq   tasavvur   va   ilmiy   asoslangan
qarashlar   to‘laqonli   shakllanganicha   yo‘q.   Ushbu   jarayonlarning   dastlabki
bosqichlarida investisiya tushunchasi biz uchun yaxshi tanish bo‘lgan an’anaviy
kapital qo‘yilmalar tushunchasi  sifatida qabul qilindi. Bu esa ishlab chiqarishni
investisiyalash   bilan   bog‘liq   dolzarb   muammolarni   hal   etishda   ayrim
ziddiyatlarni   yuzaga   keltiradi.   Investisiyalarni   kapital   qo‘yilmalarga
tenglashtirish   oqibatida   investisiyalar   asosiy   fondlarni   takror   ishlab   chiqarish
jarayonidagi   qiymatning   doirasida   talqin   etildi.   Ushbu   doiraviy   aylanishning
alohida   bosqichlarida   o‘tkazilgan   tadqiqotlar   natijasida   investisiyalar   iqtisodiy
mohiyatini   aniqlashda   ikki   xil   yondashuvlarning   shakllanishiga   olib   keldi.
Birinchi yondashuv investisiyalarni sarf-xarajatlar sifatida qarashga asoslangan.
Ikkinchi yondashuv investisiyalarni asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishning
vositalari   sifatida  talqin  etilgan.  Har   ikkala  yondashuv   o‘zaro  ziddiyatli  bo‘lib,
investision   jarayonlarga   turli   munosabatda   bo‘lishni   taqozo   etadi.   Biz   bu   erda
investisiyalarning samaradorligini oshirish muammolarini nazarda tutdik.
Birinchi   yondashuvga   muvofiq,   investisiyalar   xo‘jalik   sub’ektlarining
asosiy   fondlarni   takror   ishlab   chiqarish,   ularni   ko‘paytirish   hamda
20
  Makkonell   K.R.,   Bryu   S.L.   Ekonomiks:   prinsip ы ,   problem ы   i   politika:   Uchebnik:   Per.   s   angl.   /   K.R.
Makkonnell, S.L. Bryu.  –  17-e izd., angl.  –  M.: INFRA-M, 2009. – S. 26.
31 takomillashtirishga   qaratilgan   sarf-xarajatlari   sifatida   olib   qaraladi.   Demak,
investisiyalash ishlab chiqarish jarayonlari boshlanishidan oldin amalga oshadi.
Bizningcha,   mazkur   holatda   investisiya   jarayonining   mazmun-mohiyati   va
uzviyligi qo‘pol  tarzda buzilishiga olib keladi, investisiyalar  faoliyat doirasi  va
mazmunini   sun’iy   ravishda   qisqartirishga   olib   keladi.   Vaholanki,   investision
jarayon   uzoq   davom   etadigan   jarayon   bo‘lib,   asosiy   fondlar   doiraviy
harakatining barcha bosqichlari uchun ahamiyatlidir. 
Ikkinchi   yondashuv   investisiyalarni   asosiy   fondlarni   takror   ishlab
chiqarishning   vositalari   sifatida   talqin   etadi.   Bizning   nazarimizda,   ushbu
yondashuv investision jarayonlarning davomiyligini va mantiqiy ketma-ketligini
e’tiborga olgan holda, ayni paytda, resursli yondashuvda kapitalning investision
faoliyat mahsuliga aylanishi bo‘yicha keyingi harakatlarini inkor etadi.
Fikrimizcha,   yuqoridagilardan   shunday   xulosa   chiqarish   mumkinki,   har
ikkala yondashuvda ham ushbu murakkab tushunchaning faqat bir jihatini, ya’ni
sarf-harajatlar   yoki   resurs   manbalarini   o‘zida   aks   ettiradi.   Bu   holat   investision
faoliyatning   barcha   qirralarini   o‘zida   aks   ettiruvchi   yaxlit   jarayon   sifatida
namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. 
Lorens   Dj.Gitman   va   Maykl   D.Djonkning   “Investisiyalash   asoslari”
kitobida   investisiyalarga   quyidagicha   ta’rif   beriladi:   “Investisiya   moliyaviy
natijalar   olishni   ko‘zlab   aksiya   va   obligasiyalarni   sotib   olishni   anglatadi” 21
.
Bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish
va   sotish   uchun   mashinalarni   olishni   nazarda   tutadi.   Umuman,   olganda,
investisiyalar mamlakat iqtisodiyotining o‘sishini ta’minlash va   rivojlantirishni
moliyalashtirish uchun zarur mexanizmlarni ta’minlaydi.
Xorijiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, investisiya atamasiga nisbatan
tadqiqotchilarning   sodda   va   shu   bilan   birga   mazmunan   to‘laqonli   ta’riflarini
ko‘plab   uchratish   mumkin.   Investisiyalar   –   qo‘yilmani   kelgusida   ko‘paytirish
maqsadida uning bugungi iste’molidan voz kechish” 22
 tarzida ham e’tirof etiladi.
21
  Gitman L Dj., Djonk M.D. Osnov ы  investirovaniya . Per. s angl. – M.: Delo, 1999. – S. 26.
22
 Samuelson P.A. Ekonomika: per. s angl.  –  M.: BINOM, 1997.  – S. 23 .
32 Investisiya   – ishlab  chiqarish  davri  mobaynida  paydo  bo‘lgan  kapital  qo‘yilma
qiymatining   joriy   o‘sishi.   Investisiyalar   atamasini   kapitalning   kelgusida
ko‘payishi   maqsadida   uning   turli   xil   shaklda   joylashtirilishi   sifatida   belgilash
mumkin” 23
. “Kelajakda foyda olish uchun bugungi mablag‘ni saarflash” kabilar
shular   jumlasidandir.   Ushbu   ta’riflarda   ular   haqli   ravishda   investisiya
atamasining mazmunini kelajakda foyda (daromad) olish maqsadida bugun pul
bilan “xayrlashish”da ko‘radilar. 
Shuni ham alohida qayd etish lozimki, investisiya tushunchasiga oid ilmiy
qarashlarni   o‘rganish,   tahlil   qilish   faqat   bugungi   kunda   bu   borada   mavjud
yondashuv   va   nuqtai-nazarlarni   o‘rganish   asosida   ularni   umumlashtirish   va
mazmuniga aniqlik kiritish bilan cheklanmaydi. Bu muhim ish bilan bir qatorda
ushbu   yo‘nalishdagi   nazariy   tadqiqotlarning   dolzarblashuvi   iqtisodiy   yuksalish
natijasida   tabiiy   tarzda   yuzaga   kelgan   ehtiyojlarni   qisqartirish   zarurati   bilan
belgilanadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   investisiya   atamasining   iqtisodiy
mohiyatiga   hozirgi   zamon   bozor   iqtisodiyotining   talablari   asosida   tamoman
yangi   innovasion   ahamiyat   kasb   etuvchi   metodologik   yondashuvlarni   qo‘llash
lozim   bo‘ladi.   Bu   birinchi   navbatda,   investision   jarayon   ishtirokchilari
o‘rtasidagi   iqtisodiy   munosabatlarning   tobora   murakkablashib   borayotganligi,
investisiya   manbalari   turlarining   kuchayishi,   investisiya   bozorlarining
kengayishi va boshqa ob’ektiv jarayonlarning kuchayishida o‘z ifodasini topadi. 
“Investisiya”   va   “investision   resurslar”   tushunchalariga   oid   yuqorida
bayon   etilgan   ilmiy   qarash   va   fikr-mulohazalarni   umumlashtirib,   ularning
mohiyati va mazmunini ochishda e’tiborga olinishi  lozim bo‘lgan jihatlarini va
o‘ziga   xos   xususiyatlarini   ilmiy   asoslab   berishga   harakat   qildik.   Ularni
quyidagilar bilan izohlashimiz maqsadga muvofiq:
Birinchidan, investision resurslarni ishlab chiqarishni tashkil etish hamda
amalga oshirish jarayonlarida faol ishtirok etib, investorga ijobiy samara berish
qobiliyatiga ega bo‘ladi.
23
 Tkachenko I.Yu. Investitsii: ucheb. posobie. – M.: Akademiya, 2009. – S. 6.
33 Ikkinchidan, investision resurslar shakllarining turli-tumanligi bilan o‘ziga
xos bo‘lib, ularning har biridan foydalanish imkoniyatlari va pirovard natijalari
ham keskin farqlanadi. 
Uchinchidan,   investision   resurslar   bozor   munosabatlari   ob’ekti   sifatida
oldi-sotdi munosabatlarida ishtirok etadi. 
To‘rtinchidan,   investision   resurslar   tadbirkorlik   daromadlarini
shakllantirishning   muhim   manbai   sifatida   risk   omilining   kuchli   ta’siri   ostida
bo‘ladi.   Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   tadbirkor   investision   resurslar   xataridan
tamoman   kafolatlanmagan.   Ushbu   xatarlar   zarar   ko‘rishdan   tortib,
investisiyalangan kapitaldan batamom mahrum bo‘lish darajasida sodir bo‘lishi
mumkin.
Bizning   nazarimizda,   O‘zbekistonni   rivojlantirishning   Harakatlar
strategiyasi   doirasida   amalga   oshirilayotgan   turizmni   jadal   rivojlantirish
va   uni   milliy   iqtisodiyotning   etakchi   tarmoqlaridan   biriga   aylantirish
konsepsiyasini   hayotga   muvaffaqiyatli   tadbiq   etishning   eng   murakkab   va
og‘ir bo‘g‘ini – bu investision resurslar ta’minotidir. Bizning ushbu qat’iy
xulosamizning   boisi   shundaki,   iqtisodiy   o‘sishga   qaratilgan   har   qanday
ijobiy   konsepsiyani   amalga   oshirishning   ikkita   asosiy   sharti   bor:
konsepsiyani   amalga   oshirish   imkoniyatlari,   ikkinchisi   esa   uni   amalga
oshirish   zarur   bo‘lgan   moliyaviy   resurslarning   mavjudligi.   O‘zbekistonda
turizm   sohasini   tez   sur’atlar   bilan   rivojlantirish   uchun   etarli   darajada
turistik   salohiyat   va   qulay   sharoitlar   mavjud.   Lekin   mamlakatda   turizmni
tez   sur’atlar   bilan   rivojlantirish   konsepsiyasini   amalga   oshirishda   kerakli
investision resurslarni jalb etish muammosi dolzarbligicha qolmoqda.
Ushbu xulosamizga asos sifatida quyidagilarni keltirmoqchimiz:
-   turizm   va   unga   turdosh   tarmoq   infratuzilmasining   etarli   darajada
yaxshi   rivojlanmaganligi   (transport,   ijtimoiy,   muhandislik,   axborot-
kommunikasiya,   kommunal   xizmatlar)   va   uni   davr   talablari   darajasiga
ko‘tarish zarurati;
34 -   mexmonxona   xo‘jaligida   xizmatlar   sifatining   hozirgi   zamon
standartlari darajasida emasligi;
-   turizm   sohasini,   tarkibidagi   korxona   va   tashkilotlarni   samarali
boshqarish   va   faoliyat   jarayonida   yuzaga   keladigan   barcha   muammo   va
to‘siqlarni bartaraf etishda malakali kadrlarning etishmasligi; 
-   innovasion   turmahsulotlarni   yaratish   va   ularning   turistik   xizmatlar
bozorida   muvaffaqiyatli   siljitish   bo‘yicha   o‘zaro   muvofiqlashtirilgan
marketing strategiyalarining ishlab chiqilmaganligi.
Tabiiyki,   yuqorida   bayon   etilgan   kamchiliklarni   bartaraf   etish   katta
investision  sarf  xarajatlar   evaziga  amalga oshishi   mumkin. O‘zbekistonda
turizmni   jadal   rivojlantirish   zamonaviy   yo‘llar   qurish,   aeroport,
avtomobil   turar   joylari,   raqobatbardosh   transport   vositalari,   sifatli
ovqatlanish   korxonalari,   suvenir   buyumlar   bozorini   shakllantirish,
mexmonxonalarni   qulay   joylashtirish,   kemping,   turbaza   va   boshqa
sayyohlik   majmualari   sonini   ko‘paytirish   bilan   bog‘liq.   Bularning
barchasi investision resurslarga talabni yanada kuchaytiradi.
II BOB.  O‘zbyekiston Respublikasida turistik xizmatlarni rivojlanish holati
va tahlili
2.1.  O‘zbekiston hududlarida turistik xizmatlarni rivojlantirish
xususiyatlari
35 O‘zbekiston   tabiati   boy   va   rang-barang   bo‘lib,   mamlakatning   turli
hududlarida   200   dan   ortiq   shifobaxsh   yer   osti   ma’danli   suvi   va   balchiq
manbalari   aniqlangan.   Yer   osti   suvlari   kimyoviy   tarkibi,   tibiiy-biologik   va
boshqa   xususiyatlariga   ko‘ra   turli-tumandir.   Ushbu   manbalar   asosida
fizioterapevtik   shifoxonalar,   sanatoriy-kurortlar   va   boshqa   sog‘lomlashtirish
muassasalari   tashkil   etilgan.   Ulardan     “Chimyon”,   “Chortoq”,
“Shohimardon”kabi   va   boshqa   dam   olish   maskanlari   dunyo   ahamiyatiga   ega.
Umuman olganda, bugungi kunda respublikada  76456 dan ziyod kishiga xizmat
qiladigan   maxsus   sanatoriy,   profilaktoriy,   dam   olish   uylari   faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Samarqand viloyati ko’plab o’zining   tarixiy obidalari, go’zal me’morchilik
namunalari va ko’ngilochar maskanlariga boydir. Quyidagi jadvalda Samarqand
viloyatida mavjud turizm madaniy meros obyektlari keltirilgan(2.1.2-jadval):
2.1.2-jadval.
 Madaniy meros, madaniyat va ziyorat obyektlarisoni. 24
Madaniy meros, madaniyat va ziyorat
obyektlari Soni
Tarixiy va madaniy meros obyektlari 
soni 634
Arxeologik obidalar
973
Vaqf  obyektlari
15
Masjitlar
287
Restoranlar
95
Kinoteatrlar
11
Muzey
10
Teatrlar
4
Ko’ngilochar va tematik parklar
26
24
Samarqand viloyat ma’daniy meros va turizm boshqarmasi axborot markazi
36 Bundan   ko’rinadiki   Samarqand   viloyatida   ko’plab   arxeologik   obyektlarga
ega   va   ularni   barchasida   sayyohlarni   qabul   qilish   bo’yicha   barcha   shart-
sharoitlar   yaratilgan.   Samarqandga   tashrif   buyiruvchi   sayyohlarning   katta
qismini   arxeologik   obidalar   va   madaniy   meros   obyektlar   qiziqtirishi   malum.
Samarqand   o’zining   tarixiy   ahamiyatiga   ega   bo’lgan   viloyatdir.   Samarqand
Temuriylar   saltanatining   poytaxti   bo’lgan.   O’sha   davrda   ilm   fan   san’at   va
madaniyat   gullab   yashnagan.   O’sha   davrda   qurilgan   madrasa   va   maqbaralar
hozirgi   kunga   qadar   o’zining   jozibadorligini   yo’qotmagan.   Sopolga   ishlov
berish   natijasida   qadimgi   ganj   namunalarini   yaratish   va   ulardan   qurilishlarda
faol foydalanish me’moriy obidalarga o’zgacha bir ko’rk berib turibdi.  
Samarqandda   634   ta   tarixiy   va   madaniy   meros   obyektlari   mavjud.   Ular
Samarqand shahri va Samarqand viloyatining 12 ta tumanida joylashgan.  Urgut,
Jomboy   va   Nurota     tumanlarida   nisbatan   ko’proq   qolgan   tumanlarda   kamroq
madaniy   meros   obyektlari   joylashgan.   Har   bir   tumanning   o’ziga   yarasha   o’z
tarixi,   boy   madaniy   merosi   bor,   shu   boisdan   Samarqandda   tumanlararo
sayohatlar ham tashkil etilib boriladi. Tumanlararo sayohatlarning katta qismini
Urgut   tumaniga   to’g’ri   keladi.   Bunga   sabab   Urgut   tumani   tog’li   rayon
hisoblanib dam olish uchun ko’plab dam olish maskanlarifaoliyat yuritmoqda .
Endi   turizmning   asosiy   elementlari   haqida   gapiradigan   bo’lsak   sayohatlarni
tashkil qilishda bir nechta turizm subyektlari faoliyat ko’rsatadi. Viloyatda 175
ta mehmonxona mavjud bo’lib,  ularda 7218 kishini o’z bag’riga olishi mumkin
bo’ladi.   Ulardan   yana   biri   bu   turoperatorlar   va   turkompaniyalardir.
Turoperatorlar  ichki va tashqi sayohatlarni tashkil etadigan agentlik hissoblanib
turizm   sohasida   sayohatlarni   tashkil   etish   bilan   shug’ullanadi.   Samarqand
viloyatida   194   ta   turoperatorlar   faoliyat   yuritmoqda.       Ular   turizm   sohasida
faoliyatyuritadigan   barcha   subyektlar   bilan   yaxshi   aloqalarni   yo’lga   qo’yib
olishgan.   Xususan   O’zbekiston   havo   yo’llari,   O’zbekiston   temir   yo’llari   AJ
restaranlar   ovqatlanish   shaxobchalari,   mexmonxonalar   va  yana   boshqa   ko’plab
subyektlar bilan faol aloqaga ega. Siz sayoxat  qilishingiz uchun ularga murojat
qilsangiz ular sizga maroqli sayohatni taminlaydi. 
37 Samarqandni   sayohat   qilish   mobaynida   gidlar-ekskursovodlarga   ehtiyoj
sezasiz.   Gidlar   sayohat   mobaynida   sizga   me’moriy   obida   sayohat   maskanlari
haqida ma’lumot  berib boradi. Gidlar  turizm sohasi  bo’yicha malum bilimlarni
egallagan   ikki   va   undan   ortiq   tillarda   bemalol   gaplasha   oladigan   shaxslardir.
Samarqandda   330   ta   gidlar   maxsus   litsenziyaga   ega   va   sohada   faoliyat   yuritib
kelmoqda.
Samarqandda   18   ta   monumental   san’at   yodgorliklari   mavjud.   Ularning
barchasida   turistlarning   maroqli   dam   olishlari   uchun   qulayliklar   yaratilgan.
Monumental   san’at   yodgorliklari   yaqinlarida   turli   xildagi   hunarmandchilik
namunalari sotiladigan do’konlar majmualari mavjud.
Viloyatga   tashrif     buyurgan   sayyohlar   o’zlari   bilan   estalik   sovg’alari   olishni
xush   ko’rishadi.   Shu   boisdan   viloyatda   barcha   sayyohlar   tashrif   buyuradigan
maskanlarda   suvinerlar   do’konlari   barpo   etilgan.   Samarqand   viloyatida     123
tadan   oshiqroq   suvinerlar   do’konlari   faoliyat   yuritmoqda.   Bunday   do’konlarda
barcha   turdagi   suvinerlar   mavjud.   Ularda   turli   xildagi   xalq   hunarmandchilik
namunalari, attorlik buyumlari, kitoblar, sopolidishlar    va  yana boshqa  ko’plab
buyumlarni uchratish mumkin.
Samarqand   viloyatida   sayohat   maskanlari   birmuncha   tarqoq   joylashgan.
Bu   sayohat   qiluvchilarga   malum   bir   uzoqroq   masofalarni   bosib   o’tishni   talab
qiladi.   Bir   tomondan   bu   muammoli   ko’rinsada   sayyohlarga   Samarqandning
boshqa   nuqtalarini   ham   ko’rishga   imkoniyat   beradi.   Viloyatda   171   ta   yangi
turistik marshrutlar qatnovi yo’lga qo’yilgan. Bunday transportlardan sayyohlar
va   mahalliy   aholi   foydalanmoqda.   Bu   esa   barchaga   birday   qulaylik   yaratish
uchun amalga oshirilgan.
So‘nggi   yillarda   sog‘lomlashtirish   maskanlarida   ekzotika   ko‘payib
borayotgani bejiz emas. Hozir qizdirilgan toshlar bilan massaj qilish, sun’iy tuzli
tog‘ muhitini yaratish yo‘li bilan o‘tkaziladigan muolajalar, chang‘i tayoqchalari
ishlatiladigan maxsus davolovchi yurish, kedrli bochkalar kabi sog‘lomlashtirish
usullari   joriy   etilayapti.   Shuningdek,   sanatoriylar   sog‘lomlashtirishning   eng
zamonaviy   fizioterapevtik   usullarini,   jumladan,   lazerli,   zarba-to‘lqinli   terapiya
38 va   boshqa   ko‘plab   texnologiyalarni   joriy   etish   bo‘yicha   ham   yetakchi
pozisiyalarni   egallayapti.   Bularning   barchasi   aholi   talabi   va   so‘roviga   muvofiq
ado etilayapti. Eng yaxshi  sanatoriylardagi xonalar zamonaviy mebel, televizor
va   boshqa   maishiy   texnikaga   ega   lyuks   mehmonxona   xona   larini
eslatadi.Bundan   tashqari,   sanatoriylar   va   sanatoriy-profilaktoriylarda   mavjud
nomerlar   hamda   yotishga   mo‘ljallangan   joylar   sonining   2019-2021   yillardagi
prognoz ko‘rsatkichlari aniqlandi. 2010-2018 yillarda esa har ikkala ko‘rsatkich
ham barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan.
2.1-jadval.
O‘zbekiston   Respublikasida   2010-2018   yillarda   sanatoriylar   va
sanatoriy-profilaktoriylardagi   mavjud   nomerlar   hamda   yotishga
mo‘ljallangan joylar soniYillar	
Sanatoriylar 	va 	sanatoriy-	
pro- 	filaktoriylarda 	mavjud	
nomerlar 
soni,
birlik	
Sanatoriylar va sanatoriy-profi-
laktoriylardagi yotishga	mo‘ljallan-	
gan joylar soni,  o‘rin
2010 6546 16938
2011 7149 16999
2012 7522 17228
2013 7953 18182
2014 8909 21350
2015 9379 22098
2016 9629 22215
2017 9747 22625
39 2018 10430 23979
O‘zbekiston   O‘rta   Osiyo   respubliklari   o‘rtasida   eng   yirik   sayyohlik
salohiyatiga   ega.   Yurtimiz   o‘zining   tarixiy   maskanlari,   Buyuk   Ipak   yo‘lining
rivojlanishini   o‘ziga   aks   ettiradigan   ko‘p   asrlik   tarixiy   va   madaniy   7   mingdan
ziyod   tarixiy-arxitektura   yodgorliklari   bo‘lgan   boy   merosga   egaligi   jihatidan
dunyoda   yetakchi   o‘rin   tutadi. O‘zbekistonning   2030   yilgacha   turizmni
rivojlantirish   strategiyasida   maqsadli   vazifalar   qatorida   “...turizmning   ijtimoiy
rolini oshirish va joriy qilish, shu jumladan, ijtimoiy, davolash-sog‘lomlashtirish
(rekreasion),   bolalar   va   yoshlar   turizmini   rivojlantirish...”   yullari   belgilangan.
Ushbu   vazifalarning bajarilishi   rekreasiyadan   foydalanishning   mexanizmlarini
takomillashtirish,   turistik - rekreasionmintaqalar ,   klasterlarbarpoetish ,   aholini   yangi
ish   o‘rinlari   bilan   ta’minlash   maqsadida   O‘zbekistonda   turistik-rekreasion
xizmatlar   bozorining   rivojlanish   tendensiyalarini   o‘rganish   zarurati   paydo
bo‘lmoqda.
Sohaga   doir   adabiyotlar   tahlili   rekreasion   resurslar   tabiiy   rekreasion
resurslarga   va   tarixiy-madaniy   salohiyatga   ajratilishini   ko‘rsatmoqda.   Tabiiy
rekreasion   resurslar   o‘z   ichiga   landshaftlar,   bioiqlim,   gidromineral   resurslarni
qamrab   oladi.   Tabiiy   rekreasion   resurslar   yaroqli   bo‘lishining   majburiy   sharti
tabiiy   muhitning   ekologik   muvofiq   sharoiti   hisoblanadi.   Rekreasion   xizmatlar
insonlarning   mehnat   qobiliyati   va   sog‘lig‘ini   tiklash,   ularning   dam   olish
jarayonlariga   bevosita   aloqador   bo‘lgan,   iste’molchi-rekreantlarga   ishlab
chiquvchilar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni taqdim etish xususiyati bilan
farqlanadi.   Bunda   rekreasion   xizmatlar   ishlab   chiquvchilari   sifatida   sanatoriy-
kurort   sohasining   ixtisoslashgan   korxonalari   xizmat   qiladi:   sanatoriylar,
pansionatlar, dam olish uylari, turistik bazalar va boshqalar. Shu nuqtai nazardan
rekreasion   xizmatlar   turistik   xizmatlarning   bir   ko‘rinishi   sifatida   namoyon
bo‘ladi. 
40 Ma’lumki,   sanatoriy-rekreasion   hududlarni   boshqarish   masalalariga
majmuili   yondashilgandagina   hududlarga   rekreasion   maqomni   berish
masalalarida   muhim   hisoblangan   ekologik   vaziyatni   muvozanatga   keltirish   va
yaxshilashga imkon beradi. Sanatoriy-kurort hududlari, agrosanoat va rekreasion
majmuilar   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlarni   nazorat   qilib,   dinamik   tarzda
rivojlanayotgan   muvozanatlashgan   tizimni   yaratish,   katta     landshaft-iqlimiy   va
rekreasion   salohiyatga   ega   bo‘lgan,   hozirgi     bu   tizimga     qo‘shilmagan
hududlarni   jalb   qilish   hisobiga   rekreasiya   faoliyatini   sezilarli   darajada
kengaytirish imkonini beradi.
Turistik-rekreasion   xizmatlarni   rivojlantirish   tendensiyasini   aniqlashda,
O‘zbekistonga   mehmonxona   va   boshqa   joylashtiruv   vositalari   orqali
shaxslarning   safar   maqsadlari   bo‘yicha   tahlili   olib     borildi.   Unga   ko‘ra.   2018
yilda O‘zbekiston fuqarolarining jami  kelib joylashganlar soni  1193324 kishini
tashkil   qilgan   bo‘lsa,   shundan   ishbilarmonlik   va   kasbiy   maqsadlar   bo‘yicha
joylashganlar   46,4%   ni,   dam   olish   maqsadi   bo‘yicha   20,43   %   ni,   bevosita
davolanish va profilaktika maqsadi  bo‘yicha atigi  3 %-ni    tashkil  qilmoqda (1-
jadval).
Jadvaldagi mehmonxona va boshqa joylashtiruv vositalari orqali tashrif
buyurgan   O‘zbekiston   fuqarolarining   safar   maqsadlari   bo‘yicha   viloyatlararo
taqsimotini   ko‘radigan   bo‘lsak,   dam   olish   va   davolanish   maqsadida
joylashganlar   soni   bo‘yicha   Samarqand   viloyatida   30846   kishiga   xizmat
ko‘rsatilib, boshqa viloyatlarga nisbatan respublikada birinchi o‘rinni egallaydi,
davolanish   va   profilaktika   maqsadida   joylashganlar   soni   (2731)   bo‘yicha   esa
Toshkent  viloyatidan  keyingi o‘rinda turibdi. 
2.2-jadvalO‘zbekiston 
Respublikasi	
mintaqalar	
Jami,
kishi 	
Shu jumladan, maqsadlar bo‘yicha	
Dam olish 
va 
davolanish	
Ish 
yuzasidan 
va kasbga 
oid 
maqsadlar	
Davolovchi
sog‘lomlashti
ruvchi 
muolajalar	
Boshqa 
maqsadla
r
1193324 243874 551851 35032 362567
41 Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 31259 1209 23045 59 6946
Andijon viloyati 46621 811 30251 627 14932
Buxoro  viloyati 65160 30890 20417 314 13539
Jizzax  viloyati 33151 2767 24708 108 5568
Qashkadaryo viloyati 75236 8544 61600 14 5078
Navoiy
viloyati 45846 1105 37769 210 6762
Namangan viloyati 47017 10051 21050 2539 13377
Samarqand viloyati 83525 30846 18945 2731 31003
Surxandaryo
viloyati 57491 2708 45103 1291 8389
Sirdaryo
viloyati 12767 - 7135 78 5554
Toshkent
viloyati 76299 27896 25905 3062 19436
Farg‘ona
viloyati 49740 2109 27152 640 19839
Xorazm
viloyati 44219 17639 17714 - 8866
Toshkent. sh. 524993 107299 191057 1728 224909
O‘zbekistonga safar maqsadlari va hududlar bo‘yicha 2018 yilda
mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalarida
joylashganlar soni  (kishi)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi  ma’lumotlari asosida
tayyorlangan.
O‘zbekiston   Respublikasi   va   Samarqand   viloyati   bo‘yicha   dam   olish
xamda   davolanish   maqsadida   joylashganlar   jami   sonidagi   ulushining   qiyosiy
tahlili   natijalariga   asosan   2011-2018   yillar   davomida   Samarqand   viloyati
bo‘yicha   tahlil   etilayotgan   ko‘rsatkichning   o‘sish   darajasi   O‘zbekiston
Respublikasi mos ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lmoqda .
2.3-jadval
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha
viloyatlararo taqsimoti
Viloyatlar 2011 2014 2016 2018
Jami Dam
olish va
davolani Jami Dam
olish
va Jami Dam
olish va
davolanis Jami Dam
olish va
davolanis
42 sh davola
nish h h
O‘zbyekiston 
Respublikasi 654310 116157 80751
5 165531 101393
4 205431 119332
4 243874
Qoraqolpog‘ist
on Respublikasi 22770 13853 25856 4711 32659 2878 31259 1209
Andijon 
viloyati 35586 3328 30433 1520 35298 1964 46621 811
Buxoro viloyati 36529 9816 33257 15600 49892 20901 65160 30890
Jizzax viloyati 26698 1238 55182 1551 48170 125 33151 2767
Qashqadaryo 
viloyati 41402 1330 46065 1620 72261 5191 75236 8544
Navoiy viloyati 35936 6079 39616 9690 58029 6559 45846 1105
Namangan 
viloyati 37630 12404 35049 7780 46847 8228 47017 10051
Samarqand 
viloyati 57498 13641 58685 15990 78628 32349 83525 30846
Surxondaryo 
viloyati 29470 6141 32916 2655 46188 1843 5741 2708
Sirdaryo 
viloyati 11074 0 3979 0 7429 222 12767 -
Toshkent 
viloyati 28365 4412 59791 17677 91965 42883 76299 27896
Farg‘ona 
viloyati 27447 4554 38790 6285 36689 5252 49740 2109
Xorazm 
viloyati 19720 6392 21380 10700 28425 9851 44219 17639
Toshkent shahri 24419
1 45883 32681
9 69752 381454 67185 524993 107299
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi  ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan ishlab
chiqilgan
Xususan,   O‘zbekiston   Respublikasida   dam   olish   va   davolanish
maqsadida  joylashganlarni  jami  kishilar  sonidagi  ulushi  2011 yilda 17,75 %  ni
43 tashkil   etgan   bo‘lsa,   ushbu   ko‘rsatkich   2018   yilda   1,15   marotaba   o‘sish
tendensiyasini namoyon etib, 20,43%   ga oshgan. 
Samarqand   viloyati   bo‘yicha   esa   dam   olish   va   davolanish   maqsadida
joylashganlarning jami sonidagi ulushi 2011 yilda 23,72% ni tashkil etgan holda
bu   ko‘rsatkich   2018   yilda   respublikaning   mos   ko‘rsatkichlaridan   shiddatliroq,
ya’ni 1,55 marotaba o‘sish tendensiyasini  namoyon etib   36,93% ga yetgan (2-
rasm). Shuni  ta’kidlash lozimki, 2018 yilda 2016 yilga nisbatan bu ko‘rsatkich
pasayish   tyendensiyasiga   ega   (1-diagram
2.1-diagramma.  Hududlarda dam olish va davolanish  maqsadida
joylashganlarlarning  o‘sish tendensiyasi (%da)
Turistik-rekreasion   xizmatlarni   rivojlantirishda   fuqarolarning   tashrif
buyurish   maqsadlari   bo‘yicha   tahlili     Samarqand   viloyatiga   dam   olish   va
sog‘lomlashtirish   maqsadida   keladiganlar   soni   kelajakda   yanada   ko‘payishni
hisobga   olib,   viloyatdagi   Kattaqo‘rg‘on,   Oqdaryo,   Zarafshon,   Nuroboddagi
sog‘lomlashtirish   maskanlarida   qo‘shimcha   qurilish   va   ta’mirlash   ishlarini
amalga   oshirish,   shuningdek   Omonqo‘ton   tog‘   o‘rmoni   xo‘jaligiga,   Urgut
shahridagi yuqori “Chor-chinor” va “Ohalik” maskanlariga olib boruvchi yo‘l va
infratizimni shakllantirishni taqozo etmoqda.
Samarqand   viloyati   beqiyos   turistik-rekreasion   salohiyatga   ega   bo‘lgani
bilan   ulardan   samarali   foydalanish   borasida   2018   yilda   boshqa   davrlarda
nisbatan   pasayish   tendensiyasi   kuzatilgan.   Buning   asosiy   sabablaridan   biri
44 viloyatda   yoshi   kattalar   uchun   mo‘ljallangan   sog‘lomlashtirish   sanatoriy   va
sanatoriy-profilaktoriylar   kamligi   bo‘lsa,   ikkinchidan,   hozirgi   talabga   javob
beradigan   zamonaviy   boshqa   turdagi   sanatoriy-kurort   maskanlarining
yo‘qligidir.   Viloyatda   bu   turdagi   xususiy   sanatoriy-kurort   ob’yektlarini   qurish
uchun   yetarli   darajada   mablag‘ga   ega   bo‘lgan   tadbirkor   investorlar   salohiyati
mavjud   bo‘lib,   ularni   turistik-rekreasion   biznesiga   jalb   qilish   orqali   ushbu
masalani hal qilish mumkin.
O‘zbekistonda   rekreasiya   ob’yektlari   yetarli   darajada   bo‘lishiga
qaramay,   aholi   sonining   ortib   borishi,   xorijiy     fuqarolarning   dam   olish   va
davolanish   maqsadida   kelishini   hisobga   olganda,   mavjud   ob’yektlar   barcha
rekreantlar talabini qondira olmasligi ayon bo‘lmoqda. Jumladan, Surxondaryo,
Navoiy,   Andijon,   Buxoro,   Samarqand   va   Jizzax   viloyatlarida     juda   ko‘plab
sanatoriy,   dam   olish   tashkilotlari,   pansionat,   bolalar   oromgohlari   bunyod   etish
uchun imkoniyatlar mavjud. Bu mintaqalarda tegishli rekreasiya infratuzilmalari
tashkil   etilsa,   mamlakatimiz   aholisining   sog‘lig‘ini   tiklashga   katta   hissa
qo‘shilgan bo‘lib  xorijiy turistlar oqimining oshishiga imkoniyat yaratilardi.
Bizningcha, ushbu masalani hal qilishda rekreasion faoliyatda Turizmni
rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan yangi imtiyozlar tizimi ishlab chiqilsa,
mamlakatimiz aholisi va chet elliklarda qiziqish yanada kuchayadi. Bu, o‘z 
navbatida,   mavjud   sanatoriy   va   sog‘lomlashtirish   maskanlaridan   samarali
foydalanish   va   natijasida   turistik-rekreasion   xizmatlar   sohasining   jadal
rivojlanishiga olib kelishiga keng yo‘l ochgan bo‘lardi. 
2022   yil   boshidan   Samarqand   viloyatiga   114   ta   davlatdan  
240   ming     302   nafar   xorijiy   turistlar   va   1   mln.   244   ming   823   nafar   mahalliy
turistlar tashrif buyurdi.
№ Ko‘rsatkichlar 2019 yil
1 iyun 2021 yil 
1 iyun 2022 yil
1 iyun holatiga
1 Xorijiy turistlar soni 198 ming 38
  ming 240
ming
45 kunlik o‘rtacha xarajati
$ 100 120 152
o‘rtacha qolish kunlari 2 2 2,6
2 Mahalliy turistlar 1 mln
84 ming 715  
ming 1 mln
244 ming
kunlik o‘rtacha xarajati 235 350 400
o‘rtacha qolish kunlari 2 1 2
Natijada,   2021   yilda   YAHM   dagi   turizm   xizmatlari   xajmining   ulushi
0.8%ni,   2022   yil   1-chorak   YAHM   dagi   turizm   xizmatlari   xajmining   ulushi
1,2%ni tashkil etdi.
Viloyatga   tashrif   buyuruvchi   sayohlar   uchun   qulayliklar   yaratish
maqsadida   aynan  2022  yil   boshidan  bugungi  kunga  qadar                                    (5  oy
ichida) jami 14 ta mehmonxona, 28 ta mehmon uylari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Turoperatorlar soni 10 taga oshdi. 
2022   yilning   birgina   may   oyida   Kattaqo‘rg‘on   tumanida   25   ta   o‘ringa
mo‘ljallangan   1   ta   mehmonxona,   Samarqand   shahrida   jami   91   ta   o‘ringa
mo‘ljallangan 39 ta, Toyloq tumanida jami 18 ta o‘ringa mo‘ljallangan 6 ta va
Nurobod tumanida jami 17 ta o‘ringa mo‘ljallangan 4 ta oilaviy mehmon uylari
ochildi.
Mavjud joylashtirish vositalari (mehmonxonalar): 
Mehmonxonalar Xostellar Mehmon uylari Jami
154 ta
(6642 ta o‘rin) 32 ta 
(791 ta o‘rin) 270 ta 
(2585 ta o‘rin) 456 ta
(10 018 ta
o‘rin)
Turoperatorlar Turistik
avtobuslar Mikroavtobuslar Gid-tarjimonlar
196 ta 136 ta 126 ta 336 nafar
2.2.Samarqand viloyatining turizm  xizmatlar
 bozorinining rivojlanish strategiyasini
Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirishga  katta
ahamiyat berilib, o‘rta muddatli istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining
maqsadli   vazifalari   va   ustuvor   yo‘nalishlaridan   biri   sifatida   «...turizmga
iqtisodiyotning   strategik   sektori   maqomini   berish,   ushbu   sohani   barcha
hududlarni   va   o‘zaro   bog‘liq   tarmoqlarni   kompleks   ravishda   jadal
46 rivojlantirishning   yetakchi   kuchiga   aylanishi   lozim   bo‘lgan   iqtisodiyotni
diversifikasiyalash,   tarkibiy   o‘zgartirish   va   barqaror   rivojlanishning   qudratli
vositasiga   aylantirish...» 25
  belgilandi.   Mazkur   vazifalarning   bajarilishi   turizm
sohasini yanada rivojlantirish,  uning YAIMdagi ulushini oshirish, aholini yangi
ishchi   o‘rinlari   bilan   ta’minlash   maqsadida   turistik-rekreasion   bozorni   chuqur
tahlil   qilish   va   tegishli   dasturlar   ishlab   chiqishga   asos   yaratadigan   mukammal
marketing strategiyasida ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatmoqda.
  Xar   qanday   firma   odatda,   bir   necha   marketing   strategiyalarini   qo‘llashi
mumkin.   Bu   jarayonida     zarur   bozor   sharoitlarini,   xizmat   ko‘rsatishni   va
boshqarishni   tashkil   etishga   bo‘lgan   talablarni   va   barqarorsizlik   omillarini
hisobga   olish   lozim   bo‘ladi.   Ushbu   omillar   bo‘yicha   turli   xil   strategiyalar   1-
jadvalda taqqoslangan.
Turizm xizmatlar sohani rivojlantirish strategiyasini tanlashda uni sohada
yuzaga kelgan iste’mol tarkibiga etibor berish zarur bo‘ladi. Strategiyani tanlash
deyilganda,   iste’mol   tarkibini   istalgan   yo‘nalishga   o‘zgartirish   uchun   shart-
sharoitlar yaratishda  zarur bo‘lgan hatti-harakatlarni tanlash tushuniladi. 
Mintaqa   turistik   majmuasini   rivojlantirish   strategiyasini   tanlashga   o‘tishdan
oldin turistik majmua xizmat  ko‘rsatuvchi  korxonalarning xizmatlariga mavjud
bo‘lgan   talab   tarkibini   va   uning   o‘zgarish   tendensiyalarini   tahlil   qilish   zarur.
Samarqandda   turistik   faoliyat   bilan   shug’ullanuvchi   turizm   subyektlari
turoperatorlari   birmuncha   kamligi   ko’zga   tashlanmoqda.   Viloyat   hokimligi
mahalliy   budjetdagi   pullarni   ma’lum   qismini   yuqorida   biz   sanab   o’tgan
subyektlarni rivojlantirish va ularni qo’llab quvvatlash uchun sarflanmoqda. Shu
bilan   birga   turizm   sohasiga   faol   invetitsiyalarni   jalb   qilishga   harakat   qilinib
kelinmoqda.   Mahalliy   va   xorijiy   investrlarni   soha   bilan   tanishtirilib   ularga
imtiyozlar   ajratilmoqda.   Yuzaga   kelishi   mumkin   bo’lgan   muammolarni   oldi
olinib barcha jarayonlarda investrga qulayliklar yaratilmoqda.
25
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-sonli   «O‘zbekiston
Respublikasining   turizm   sohasini   jadal   rivojlantirishni   ta’minlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016 y.
47 Samarqand viloyatidagi turizm sohasi bilan tanishar ekanmiz, unda sohaga
oid statistik ma’lumotlarni ko’rib chiqish joiz hisoblanadi. Samarqand viloyatiga
tashrif buyuruvchi sayohlar soni quyidagicha(  2.1.1-jadval ): 
2.1.1-jadval. 
2021-yilda Samarqand viloyatiga tashrif buyuruvchi sayohlar soni  26
Turistlar  2021-yil
1-chorakda 2021-yil
2-
choragda 2021-yil
3-
choragda 2021-yil
yakuniga
ko’ra 2022-yil
1-
chorakda 
Xorijiy
sayyohlar 16   314 ta 38   124ta  46   477 ta 123   910 ta 240   302 ta 
Mahalliy
sayyohlar 216   700 ta 815   300 ta 718   920 ta 1   943   382 ta 1.244823
ta 
Jami: 233   014 ta 853 424 ta 765 397 ta 2   067 292 ta 1   485   125
ta
Yuqoridagi     jadvaldan   ma’lumki,         Samarqandga     1   yil   mobaynida
2   067   292   ta     turist   tashrif   buyurgan.   2022   birinchi   yarimida   esa   jami   tashrif
qilgan   touristlar   soni   1mln.   485   ming   125   ta   ni   tashkil   etdi.   Ularning   asosiy
qismini   mahalliy   sayyohlar   tashkil   qilmoqda.     Samarqan   viloyatiga   tashrif
buyiruvchi   sayyohlarning   soni   bahor   va   kuz   fasllarida   sezilarli   oshadi.   Yoz   va
qish  fasllarida sayyohlar sonini birmuncha kamayishi mumkin. Lekin bu degani
sayyohlar oqimi butunlay to’xtadi degani emas. Sayyohlar kam tashrif buyurgan
vaqtida turizm 
Strategiya Ustunlik Bozor
sharoitlari Ishlab 
chiqarishvaboshqaris
hni tashkiletish Barqarorsizlikka
olib keluvchi
omillar
Mahsulot
tannarxini
pasayishi Sotuvlar       hajmini
o‘sishi,
foydaning
ko‘payishi,    kirish Bozordagi katta 
ulush,  
mahsulotga narx  
bo‘yicha  elastik  Ishlab         
chiqarishning   
optimal   o‘lchami,     Texnologik 
yangiliklar, 
raqobatdoshlar 
26
Samarqand viloyat ma’daniy meros va turizm boshqarmasi axborot markazi.
48 to‘siqlarining
o‘sishi,   ta’minot
narxlari
oshgandagi
qo‘shimcha
zaxiralar talab, narx 
raqobati,  yuqori darajadagi 
texnologik 
tayyorgarlik,       
mahsulot tannarxining
qattiq nazorati tomonidan 
o‘xshatishlar, 
talabdagi 
o‘zgarishlar, yangi
mahsulotlar
Mahsulot
differen-
siasiyasi Sotuvlar   hajmini 
o‘sishi,    
foydaning 
ko‘payishi,    kirish
to‘siqlarining 
o‘sishi, ta’minot 
narxlari 
oshgandagi qo‘-
shimcha zaxiralar Tovarning       
farqli tomonlari 
tushunarli va       
iste’molchilar 
tomonidan      
qadrlanadi, 
raqobat asosan 
narxga bog‘liq 
emas, differen-
siasiya 
strategiyasi  
tarmoqdagi kam 
sonli firmalar 
tomonidan 
qo‘llaniladi Ishlab  chiqarish 
egiluvchanligi-ning, 
yuqori darajadagi  
konstruktorlik     
tayyorgarligining 
mavjud-digi, tajriba-
viy ishlab 
chiqarishning    
rivojlanishi,   kuchli   
marketing xizmati Tovar imidjini 
yaratishga yuqori 
xarajatlar narxlar 
oshishi, 
raqobatdoshlar 
tomonidan 
o‘xshatishlar
Bozorni
segmentlash Sotuvlar   hajmini 
o‘sishi,       
qushimcha foyda    
olish, muayyan 
segmentga 
majmuaviy xizmat 
ko‘rsatish  Aniq belgilangan
iste’molchilargur
uhlari,
raqobatdoshlar
segmentlarda
ixtisoslashuvdan
foydalanmay-
dilar Egiluvchan ishlab 
chiqarish, ishlab   
chiqarishning   mayda 
seriyalik turi Analogik 
tovarlarga 
narxlarning 
pasayishi 
raqobatdoshlar 
segmentining   bir 
qismigagina o‘z 
e’tiborini 
qaratadilar
Bozor
ehtiyoj-
lariga tezda
javob
qaytarish Foydaning   
o‘sishi, mijozlar 
zaruriyatlarini        
hisobga oladigan    
korxona imidjini 
yaratish Mahsulotga 
bo‘lgan talab 
noelastik,  kirish 
va chiqish 
to‘siqlarining      
pastligi to‘siqlari,
kam sonli 
raqobat-doshlar, 
bozor 
barqarorsizligi Yuqori rentabelli va 
qisqa muddatli  
mahsulotlarga    
yo‘naltirilgan        
marketing xizmati Yuqori umumiy 
harajatlar,   tashqi 
muhit 
barqarorsizligiban
krot bo‘lish  
ehtimolining 
yuqoriligi
sohasi   kelgusidagi   turizm   mavsumiga   tayyorgarlik   ko’radi.   Turli   xildagi
ta’mirlash ishlari qayta jihozlash va boshqa shunga o’xshash ishlar.
Samarqand   viloyatida   zamonaviy   turizmni   rivojlantirish   strategiyasi
turistik-rekreasion   xizmat   iste’molchilarini   ham,   mazkur   xizmatlarni   taqdim
49 etuvchi   turistik   korxonalarning   vakillarini   ham   manfaatlarini   birgalikda   va
uyg‘unlikda ko‘zda tutishi zarur bo‘ladi. 
2.4- jadval
Turli xil marketing strategiyalarini taqqoslash
Manba: Turizm to‘g‘risidagi adabiyotlarni o‘rganish asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
                  Samarqand   viloyatida   turistik-rekreasion   xizmatlarning   rivojlanish
strategiyasini   shakllantirishda       SWOT–tahlil   usulini   qo‘llashni   lozim   topdik.
Ushbu  usul   orqali  turistik-rekreasion   sohaning  ichki  va   tashqi  muhit   omillarini
aniqlashda   (kuchli   va   kuchsiz   tomonlari),   turizm   rivojlanishi   va   rekreasiya
sohasida turistik firmalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xavf-xatarlari va
ular ta’sirini bartaraf etuvchi imkoniyatlar aniqlandi.
2.5-jadval
Samarqand turistik-rekreasion salohiyatining
SWOT-taxlili
Kuchli tomonlari Kuchsiz tomonlari
I. Viloyatning jozibadorligi
1. noyob tabiiy  ob’yektlar (milliy,  
kuriqxonalar, daryo, tog‘lar, 
xavzalar),
2. boy madaniy-tarixiy meros, 
mahalliy aholining 
mexmondustligi,
3. viloyatning ijobiy imidji,
4. qo‘lay geografik joylashuvi,
5. transport aloqalarning  
rivojlanganligi 1. ayrim tog‘ oldi xududlarga 
o‘tishning  murakkabligi;
tarixiy   obidalarning   buzilishi   va
yemirilishi;
raqobatli xududlarning mavjudligi 
(Toshkent sh.,  Buxoro viloyati,  Xiva 
viloyati va boshkalar.)
II.Turizm ob’yektlari
qadimgi shaharlar,
tarixiy   yodgorliklar   va   madaniy   meros sog‘lomlashtirish   va   dam   olish
ob’yektlarining yetishmasligi;
50 ob’yektlari;
yorqin   tarixiy   va   zamonaviy   arxitektura
inshoatlari;
muzey va qo‘riqxona ob’yektlarining 
mavjudligi. ko‘plab   turistik   ob’yektlarning   o‘ta
eskirganligi;
namoyish   etiladigan   alohida   ob’yekt -
larning mavsumiyligi;
ko‘plab turistik ob’yektlarda qo‘shimcha 
tovar va xizmatlarning yo‘qligi.
III. Xizmatlar va xizmat ko‘rsatish
1. malakali   gidlar   va   tarjimonlar,
animatorlarning mavjudligi;
turistik   maxsulotning   xilma-xilligi   va
ko‘pligi;
2. maxsulot iste’molchining 
daromadlariga qarab turistik 
mahsulotni tayyorlash 1. qo‘shimcha   xizmat   va   servisning
past sifati;
2. turistik   mahsulotning   bahosiga
nisbatan sifatningnomutanosibligi;
3. turistik   mahsulot   sifati   xaqida
potensial   iste’molchiga   noto‘g‘ri
ma’lumot berish;
sog‘lomlashtirish va dam olish 
xizmatlarining kamligi;
turistlar bo‘sh vaqtini tashkil etishning 
sustligi.
IV.Hodimlarning kasb mahorati
o‘rta   bug‘undagi     menejerlar   kasb
mahoratining yuqori darajasi;
turizm   bo‘yicha   ixtisoslashgan   o‘quv
dargohlarlardagi   professor-
o‘qituvchilarning yuqori salohiyati;
1. hukumat, fan va biznes vakillari 
ishtiroqida rejali seminarlarni 
o‘tkazish. bevosita turizm  soxasida ishlash tajribasi
yetarli emasligi;
mehmonxona   va   turistlarni
joylashtirishning   boshqa   vositalaridagi
xizmat ko‘rsatuvchi hodimlarning  sohasi
bo‘yicha ma’lumotining yuqligi;
turistik firmalar menejerlarda maxsus 
(o‘rta, oliy) ma’lumotning yo‘qligi.
V .  Qulaylik va shinamlik
qulay   avtobuslar,   mehmonxonalar,
ovqatlanish joylarining mavjudligi; qulay   transport,   mexmonxonalar,
ovkatlanish   joylari   asosan   turistlarning
51 1. barqaror siyosiy ijtimoiy vaziyat; kichik guruhlari uchun muljallangan;
VIP - turistlar   uchun   mo‘ljallangan
joylarning kamligi;
sanitariya   va   gigiyena   holatining   yetarli
darajada emasligi
Imkoniyatlar Xavf-xatarlar
I.Xalqaro munosabatlarda
Investision jozibadorlik;
Xorijda   aniq     iste’molchilarning
mavjudligi;
xorijiy hamkorlar bilan aloqalar;
1. jaxon tajribasini egallash. turizm   sohasiga   investisiyalarni   jalb   etish
bo‘yicha   faoliyatning   sust   tashkil
etilganligi;
ikki tomonlama loyihalarni amalga 
oshirilishi past darajasi.
II.Geosiyosiy
qulay geosiyosiy joylashuvi;
1. turistik mahsulot asosiy 
iste’molchilarining yaqinligi 
(Toshkent,  Buxoro va Xiva 
shaharlari); Samarqand   viloyatga   chegaradosh
viloyatlarning   rivojlanayotgan   turistik
bozorlari;
qo‘shni mamlakatlarning siyosiy va 
iqtisodiy notinchligi.
III.Iqtisodiy
tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan 
sanoat va qishloq hujaligi;
viloyat byudjetiga soliq tushumlarning 
ko‘payishi. 1.  viloyat iqtisodiy erkinligining past 
darajasi;
2. turistik soxani davlat tomonidan yetarli 
darajada moliyalashtirilmaganligi;
xaridorlarning talab va didining o‘zgarishi.
turizm xizmatlariga aholi talablarning past 
to‘lov qobiliyati.
IV. Ilmiy-texnik
ko‘chli ilmiy salohiyat;
1. ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv 
yurtlarining mavjudligi axborotda   extiyoj   va   kommunikasion
muxitning sustligi;
  strategik   menedjmentning   yo‘qligi   va
52 marketingning past darajasi;
turfirmalar  moddiy-texnik bazaning  
eskirganligi.
Manba: Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
SWOT-tahlil   natijasida   O‘zbekistonda   turistik-rekreasiya   faoliyatini
rivojlantirish   strategiyasini   shakllantirish   imkoniyatini   beruvchi   uning   kuchli
tomonlari quyidagilardan iborat ekanligi aniqlandi:
 keng  tabiiy  hududlar   va  boy  tarixiy-madaniy  meros  bilan  belgilanuvchi
yuqori turistik salohiyat;
 rahbariyat, tadbirkorlar va hokimiyat organlari xodimlarining xalqaro va
mintaqalararo hamkorlikka ochiqligi;
 turistik mahsulotni siljitish va reklamasi;
 an’anaviy mehmondo‘stlik.
Ushbu   omillar   quyidagi   tashqi   muhit   imkoniyatlari   bilan
mustahkamlanishi tavsiya qilindi:
 O‘zbekistonnning qulay geosiyosiy holati va hamkorlikka intilish istagi;
 viloyatda turizm sohasidagi faol davlat siyosati;
 ilmiy-ta’lim va o‘quv muassasalarining rivojlangan tarmog‘i;
 O‘zbekistonda   axborot   va   telekommunikasiya   tizimlarining   jadal
rivojlanayotganligi;
 turli   tarmoqlarning   ishlab   chiqarish   salohiyati,   turizmni   rivojlanishida
ularning qiziqishining ortishi.
        Turistik-rekreasiya faoliyatining aniqlangan muhim imkoniyatlari va kuchli
tomonlari   uni   rivojlantirish   resurslari   va   shartlarini   belgilab   olish   imkonini
berdi:
 tajriba ortirish uchun turizmning xalqaro amaliyotini qo‘llash;
 ilmiy-asosli   tizimli   yondashuvga   asoslangan   turizm   sohasini
boshqarishning yangi usullarini joriy etish;
53  turistik-rekreasiya   bozorining   nazorati   va   faoliyati   amaliyotida   yangi
axborot texnologiyalarini joriy etish, yagona viloyat axborot muhitini yaratish va
uni mintaqalararo va xalqaro marketing tarmog‘iga integrasiyalash;
 hamkorlikda   mahsulotlar   yaratishda,   hamkorlikdagi   menejment   va
marketing   asosida   transchegaraviy   va   transmintaqaviy   turmarshrutlar   ishlab
chiqish   orqali   Toshkent   va   Samarqand   shaharlarining   yaqin   va   uzoqxorijdan
turistik oqimini oshirish.
  Tashqi   va   ichki   muhit   omillarining   tahlili,   rivojlanish   imkoniyatlari   va
kuchsiz   tomonlarning   sintezi   shuni   aniqlash   imkonini   berdiki,   xalqaro
investisiya   resurslarini   jalb   qilish,   turizmni   boshqarish   tizimi   va   qonunini
takomillashtirish,   axborot   texnologiyalarini   joriy   qilish,   ilmiy,   ta’lim   va   turli
tarmoqlarning   ishlab   chiqish   salohiyatini   hamkorlikka   jalb   qilish   hisobidan
turistik-rekreasiya   sohasining   hal   qiluvchi   quyidagi   salbiy   omillarini   bartaraf
etish mumkin bo‘ladi:
 sifatli   va   turli   barcha   mavsumiy   turmahsulotni   yaratish   hisobidan
marketingli siyosat samaradorligini oshirish;
 turistik-rekreasiya salohiyatining axborot qulayligini oshirish;
 turistik-rekreasiya   faoliyatinining   yetarlicha   investision   jozibador
bo‘lmagan holatini yaxshilash;
 turistik-rekreasiya   sohasining   strategik   mintaqaviy   menejment   va
marketingi tizimini doimiy takomillashtirish;
Kuchsiz   tomonlar   va   xavflarning   omilli   tahlili   va   sintezi   yordamida
aniqlangan   O‘zbekiston   turistik-rekreasiya   xizmatlari   rivojlanishining   quyidagi
asosiy to‘siqlariga alohida e’tibor qaratmoq lozim bo‘lmoqda:
 ichki   aylanma   mablag‘lar   yetishmovchiligi   oqibatida   turizm
infratuzilmasining   rivojlanmaganligi,   xususiy   investisiyalar   va   respublika
moliyalashtirishida davlat kafolatining mavjud emasligi;
 mintaqa   iqtisodiyotida   turistik-rekreasiya   faoliyatining   ta’sirini
yetarlicha baholanmaganligi natijada YAXM dagi ulushining pastligi;
54  tarmoq   rivojiga   mahalliy   o‘zini   boshqarish   organlari   ishtiroki   ulushining
pastligi;
  O‘zbekistonni qulay turizm mintaqasi sifatida ko‘rsatishda turistik biznes
tashabbusining yetarli darajada bo‘lmaganligi;
 mintaqaning sust rivojlangan turistik infratuzilmasi.
O‘zbekistonda   turistik-rekreasion   xizmatlarning   rivojlanish   strategiyasini
shakllantirishda   SWOT-tahlil   usuli   orqali   aniqlangan   muammolar   tizimli
xarakterga ega bo‘lib, ularning yechimi olimlar, boshqaruvchilar, tadbirkorlar va
turfirma rahbarlarining muvofiqlashtirilgan hamkorona harakatlari orqali amalga
oshiriladi. Samarqand viloyatining turistik-rekreasion xizmatlarini rivojlantirish
strategiyani   shakllantirishda   quyidagi   hal   qilinishi   lozim   bo‘lgan   masalalar
mavjud:
 respublika   rahbariyati   bilan   birgalikda   turistik-rekreasiya   faoliyati
huquqiy   ta’minotini   taminlash   (legitimlik   va   turizm   sohasidagi   munosabatlarni
boshqaruvchi   qabul   qilingan   me’yoriy-huquqiy   aktlarning   ilmiy   asoslarini
tayyorlash);
 viloyat   iqtisodiy   bazasining   asosi   bo‘lgan   sektorlardan   investisiyalarni
faol jalb etish;
 viloyatda   turizmni   rivojlantirishni   qo‘llab-quvvatlashning   dasturiy
chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
 turistik-rekreasiya   bozorining   amal   qilishi   masalalariga   mintaqaviy   va
mahalliy   hokimiyat   organlari   rahbarlari   e’tiborini   oshirish   va   ular   tomonidan
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilish;
 axborot   to‘plash   uchun   instrumentariy   yaratish(anketa-surov   o‘tkazish,
statistik kuzatuv, axborot turistik markazlar va tizimlar);
 raqobatbardosh   turistik     mahsulot   ishlab   chiqishni   va   tashqi   bozorga
chiqarishni rag‘batlantirish;
 turizmning   ijtimoiy-iqtisodiy   mohiyatini   to‘liq   ko‘rsatish   imkonini
beruvchi     turizm   va   rekreasiya   iqtisodiyoti   bo‘yicha   bazaviy   ilmiy   tadqiqotlar
o‘tkazish, uni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha  chora-tadbirlar  ishlab chiqish.
55                   Ushbu   usul   orqali   turistik-rekreasion   sohaning   ichki   va   tashqi   muhit
omillarini   aniqlashda   (kuchli   va   kuchsiz   tomonlari),   turizm   rivojlanishi   va
rekreasiya   sohasida   turistik   firmalar   faoliyatiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadigan   xavf-
xatarlari   va   ular   ta’sirini   bartaraf   etuvchi   imkoniyatlar   aniqlandi.   SWOT-tahlil
usuli   orqali   aniqlangan   muammolar   tizimli   xarakterga   ega   bo‘lib,   ularning
yechimi   olimlar,   boshqaruvchilar,   tadbirkorlar   va   turfirma   rahbarlarining
muvofiqlashtirilgan  hamkorona  harakatlari   orqali  amalga   oshiriladi.  Strategiyani
shakllantirishda       asosiy   muammolarni     bartaraf   qilishdagi   birinchi   galda   hal
qilinishi lozim bo‘lgan masalalar aniqlandi.  
3-BOB.Turizm sohasiga jalb etilayotgan ivestitsiyalarni samarali
yo‘naltirishga oid muammolar va yechimlar
3.1.   Samarqand viloyatida uzoq muddatli istiqbolda turizm sohasini
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoevning   2018   yil   6
fevralda “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining
faoliyatini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-3510-
sonli   qarori   qabul   qilindi.   Ushbu   qarorda   mamlakatning   yuqori   turistik   imijini
saqlash   maqsadida   turizm   sohasini   targ‘ib   qiluvchi   reklama   va   boshqa
mahsulotlarni   (mamlakatning   turizm   salohiyatini   aks   ettiruvchi   reklama   audio-
videomateriallar,   risolalar,   fotoalbomlar,   kitoblar,   xaritalar   va   boshqa   reklama-
axborot   materiallari,   maqolalar,   kompyuter   dasturlari,   veb-saytlar,   potallar)
yaratish,   chop   etish,   ko‘paytirishni   amalga   oshirish,   suvenirlar   va   boshqa
56 mahsulotlar   sotib   olish,   shuningdek,   mamlakat   hududida   va   xorijda   tadbirlar
tashkil   etish   uchun   mehmonxona,   transport,   umumiy   ovqatlanish   va   boshqa
xizmatlar ko‘rsatuvchi  tadbirkorlik sub’ektlarini  jalb qilish maqsadida  mustaqil
yoki   idoraviy   mansub   tashkilotlar   orqali   belgilangan   tartibda   shartnomalar
tuzish 27
 kabi innovatsiyalarni tadbiq etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoev
2018   yilning   22   fevral   kuni   bo‘lib   o‘tgan   videselektor   yig‘ilishda   turizm
sohasida   yangi   xizmat   va   savdolar   tashkil   etish   orqali   valyuta   tushumini
ko‘paytirish   masalasiga   alohida   ahamiyat   qaratilib,   suvenirlar   ishlab   chiqraish
va   ularni   maxsus   kiosklarda   sotish,   aeroportlarda   faoliyat   yuritadigan   “Duty
free”,   “Tax   Free”   tizimidagi   savdo   shoxobchalarini   turistik   shaharlarda   ham
ochish, tadbirkorlik sub’ektlarini  jalb qilgan holda avtomobil ijarasi  markazlari
va   Wi-Fi   zonalar   tashkil   etish   zarurligi   ta’kidlandi   hamda   qadimiy   shaharlarda
tunu-kun   ishlaydigan   sayyohlik   hududlari,   “Qadimiy   Buxoro”   va   “Samarqand
siti”   turistik   zonalari   tashkil   etish   bo‘yicha   amalga   oshirilgan   ishlar   hisoboti 28
eshitildi.
Bugungi   kunda   turizm   jahon   iqtisodiyotining   yetakchi   tarmog‘i   sifatida
mamlakatlar   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishida   o‘zining   salmoqli   hissasiga   ega.
Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda «jahon yalpi
mahsulotining 10,4 foizi, tovarlar va xizmatlar eksporti hajmining 7 foizi, jami
xizmatlar eksporti hajmining 30 foizi, umumiy bandlik ko‘rsatkichining esa 10,2
foizi ushbu soha hissasiga to‘g‘ri kelgan hamda dunyo bo‘yicha har o‘n birinchi
yangi ish o‘rni turizm sohasida yaratilgan» 29
. 
Mustaqillikning   dastlabki   yillaridan   boshlab   mamlakatimizda   turizm
sohasini   rivojlantirishga   alohida   e’tibor   qaratildi.   Bu   borada   maqsadli   chora-
tadbirlar   amalga   oshirilib,   muayyan   natijalarga   erishildi,   jumladan   sohaning
27
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Шавкат   Мирзиёевнинг   2018   йил   6   февралда   “Ўзбекистон   Республикаси
Туризмни   ривожлантириш   давлат   қўмитасининг   фаолиятини   янада   такомиллаштириш   чора-тадбирлари
тўғрисида”ги ПҚ-3510-сонли қарори // ww.lex.uz
28
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Шавкат   Мирзиёев   раислигида   туризмни   ривожлантириш   бўйича   2018
йилнинг 22 февраль куни бўлиб ўтган видеселектор йиғилиши // ww.lex.uz
29
UNWTO Tourizm Highlights 2016 Edition,  p.  3  //  http:// www.unwto.org ;  Travel & Tourism Economic Impact
2016 World ,  p.  7//  http:// www.wttc.org .
57 «mamlakat   yalpi   ichki   mahsulotidagi   ulushining   3,2   foizga,   eksport
salohiyatidagi   hissasining   1,5   foizga» 30
yetishi   ta’minlandi.   Bugungi   kunda
mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlanti-rishga muhim ahamiyat berilib,
o‘rta   muddatli   istiqbolda   turizm   sohasidagi   davlat   siyosatining   maqsadli
vazifalari   va   ustuvor   yo‘nalishlaridan   biri   sifatida   «...turizmga   iqtisodiyotning
strategik   sektori   maqomini   berish,   ushbu   sohani   barcha   hududlarni   va   o‘zaro
bog‘liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishning yetakchi kuchiga
aylanishi   lozim   bo‘lgan   iqtisodiyotni   diversifikatsiyalash,   tarkibiy   o‘zgartirish
va   barqaror   rivojlanishning   qudratli   vositasiga   aylantirish...» 31
belgilandi.
“Turizm   industriyasini   jadal   rivojlantirish,   iqtisodiyotda   uning   roli   va   ulushini
oshirish,   turistik   xizmatlarni   diversifikatsiya   qilish   va   sifatini
yaxshilash...» 32
O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha
Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Ma’lumki,   har   bir   hudud   iqtisodiyotining   ma’lum   yo‘nalishda
ixtisoslashuvi  ushbu  hududda mavjud resurslarning  nisbiy, ba’zan esa  absolyut
miqdordagi   ustunligidan   kelib   chiqishi   lozim.   Xalqaro   amaliyotda   qabul
qilingan   ushbu   tamoyil   har   bir   hududda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishning
samarali   parametrlariga   ega   milliy   xo‘jaliklarni   yaratish   imkonini   beruvchi
resurslar   dastagi   mavjudligi   hamda   mana   shu   resurslar   asosida   hududlarni
kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash
lozimligini   bildiradi.   Shunday   resurslardan   biri   Samarqand   viloyatida   turistik
resurslar hisoblanadi. 
Samarqand   ulkan   sayyohlik   salohiyatiga   ega   viloyat   hisoblanadi.   Qo‘hna
va hamisha navqiron Samarqand betakror sharqona ruhi va qiyofasi, boy tarixi,
bu   yerda   saqlanib   qolgan   noyob,   har   qanday   odamni   hayratga   soladigan
obidalari   bilan   sayyoramizning   turli   o‘lkalarida   afsonaviy   shahar   sifatida
30
Travel & Tourism Economic Impact 2016 Uzbekistan, p. 8 //  http://www.wttc.org
31
Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш.М.Мирзиёевнинг   2016   йил   2   декабрдаги   ПФ-4861-сонли
«Ўзбекистон Республикасининг туризм соҳасини жадал   ривожлантиришни таъминлаш чора-тадбирлари
тўғрисида»ги Фармони. Ўзбекистон Республикаси  қонун ҳужжатлари тўплами, 2016 й.
32
Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш.М.Мирзиёевнинг   2017   йил   7   февралдаги   №   ПФ-4947
«Ўзбекистон   Республикасини   янада   ривожлантириш   бўйича   Ҳаракатлар   стратегияси   тўғрисида»ги
Фармони.  Ўзбекистон Республикаси  қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й
58 mashhurdir.   Moviy   gumbazlari   millionlab   sayyohlarni   o‘ziga   maftun   etadigan
Samarqand   Rim   bilan   bir   qatorda   “Abadiy   shahar”   degan   nom   bilan   butun
dunyoda   shuhrat   qozongan.Mamlakatimiz   miqyosida   mavjud   turistik
ob’ektlarning 37,7% (jami 2642ta) Samarqand viloyatida joylashgan bo‘lib, ular
780   me’moriy,   1530   arxeologik,   36   tarixiy,   225   monumental   san’at   va   71
xaykaltaroshlik  yodgorliklaridan iborat.
Bunday  tashqari,   yer  osti   va  yer   usti   gidrologik  suv   resurslari,  shifobaxsh
buloqlar (Qaynar buloq, Rohatbuloq, Muz buloq), tabiiy manzaralar, yam-yashil
o‘rmonzorlar   va   ming   yillik   daraxtlar   (Omonqo‘ton   o‘rmonzorlari,   Urgut
shahridagi Chor Chinor (1020 yillik) va h.k.), mashhur g‘orlar (Hazrati Dovud,
Kelsi,   Lev),   go‘zal   shar-sharalar   (G‘ussoy,   Kamangaron),   noyob   tabiat
yodgorliklari   (Kamangaron,   G‘us),   ajoyib   ko‘llar   (Alvasti   ko‘li),   Zarafshon
qo‘riqxonasi kabi tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand, Nurobod,
Qo‘shrobod   va   boshqa   tumanlarida   joylashgan   bo‘lib,   joylarda   zaruriy
infratuzilma   ob’ektlarini   shakllantirish   mexanizmlarini   takomillashtirish   orqali
turistik oqimni sezilarli darajada oshirish mumkin.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, birgina nodir tabiiy resurslar, boy tarixiy va
madaniy   merosning   mavjudligi   mamlakatda   turizmni   rivojlantirishni
ta’minlovchi yagona va yetarli shart bo‘la olmaydi.Zamon shiddatiga mos tarzda
rivojlantirishga   qaratilgan   amaliy   sa’y-harakatlar   strategiyasining   ishlab
chiqilishi   va   amalga   oshirilishi   tanlangan   marraga   yetishishning   aniq
chegaralarini belgilashga xizmat qiladi.
Samarqand   viloyatida   uzoq   muddatli   istiqbolda   turizm   sohasini
rivojlantirishning   strategik   maqsadi   –   mamlakat   fuqarolari   va   xorijiy   tashrif
buyuruvchilarning   turli   turistik   xizmatlarga   bo‘lgan   talabini   qondirish,   uning
xalqaro   turistik   hamjamiyatga   integratsiyasini   ta’minlashga   keng   imkoniyatlar
yaratishni ta’minlaydigan zamonaviy yuqori samarali va raqobatbardosh turistik
kompleksni yaratish.
Ushbu   maqsaddan   kelib   chiqqan   holda,   quyidagi   vazifalarni   amalga
oshirish maqsadga muvofiq:
59 – turizmning hududiy ichki mahsulotdagi ulushini sezilarli darajada oshirish; 
– mavjud ulkan salohiyatdan to‘liq foydalanishga imkon beruvchi zamonaviy
turistik infratuzilmani shakllantirish; 
– turizm   sohasida   tadbirkorlik   faolligini   rag‘batlantirish   mexanizmini
takomillashtirish va turizm bozorida sog‘lom raqobat muhitining amal  qilishini
qo‘llab-quvvatlash;
– davlat   va   xususiy   biznes   sherikchiligiga   asoslangan   mexanizmlarni   joriy
qilish asosida hududda qulay investitsion muhitini yaratish;
– turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish;
– tumanlarning   turistik   salohiyatidan   kelib   chiqqan   holda,   an’anaviy
madaniy-tarixiy   turizm   bilan   birgalikda   turizmning   boshqa   istiqbolli   turlarini,
jumladan,   ekologik,   etnografik,   gastronomik,   ziyorat   qilish,     sportga   oid,
davolash-sog‘lomlashtirish,   agroturizm,   ishbilarmonlik,   bolalar   va   yoshlar
turizmi hamda boshqa turlarini jadal rivojlantirish;
– turizm sohasining malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan ta’minlanganlik
darajasini oshirish; 
– mahalliy   aholiga   ko‘rsatiladigan   turistik   xizmatlar   xilma-xilligi,   yuqori
sifati va xarid qobiliyatiga mosligini ta’minlash; 
– raqobatbardosh   (brend   asosidagi)   hududiy   turistik   mahsulotlarni
shakllantirish va xalqaro turizm bozorida samarali siljitish;
– viloyatning turistik-rekreatsion potensialidan ratsional foydalanish.
Samarqand   viloyatida   uzoq   muddatli   istiqbolda   turizm   sohasini
rivojlantirishning  ustuvor yo‘nalishlari quyida keltirilgan.
1.   Samarqand   viloyati   hududlarida   turizm   sohasini   rivojlantirish
loyihalarini tumanlarning turizm salohiyatini baholash asosida ishlab chiqish;
2.   Zamonaviy   jahon   standartlari,   turistlar   talabiga   javob   bera   oladigan
turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
3. Transport va yo‘l bo‘yi transport infratuzilmasini rivojlantirish;
4.  Turizm   sohasiga   axborot-kommunikatsion   texnologiyalarini   joriy   qilish
orqali turizmning innovatsion rivojlanish mexanizmlarini shakllantirish;
60 5. Turistik mahsulotni diversifikatsiya qilish va yangi turistik mahsulotlarni
yaratish;
6. Sotsial turizmni rivojlantirish;
7.   Turizm   sohasi   uchun   malakali   kadrlarni   tayyorlash   tizimini
takomillashtirish;
8.   Hududiy   turmahsulotni   xalqaro   va   ichki   turizm   bozorlarida   samarali
siljitish   tizimini   takomillashtirish,   keng   qamrovli   reklama   kampaniyalarini
o‘tkazish va Samarqand brendini targ‘ib etish;
9. Ichki turizmni jadal rivojlantirish;
10.   Viloyatda   turizm   sohasini   jadal   rivojlantirishda   davlat,   xususiy   biznes
va ilm-fan hamkorligi mexanizmlarini shakllantirish:
– davlat,   xususiy   biznes   va   ilm-fan   hamkorligi   samarali   mexanizmi   sifatida
hududlarda turistik klasterlari shakllantirish;
– hududiy   turistik   klaster   faoliyatini   muvofiqlashtiruvchi   Kengash   hamda
turistik klaster a’zolari Konsorsiumini tashkil etish. 
Klaster   –   bu   bir-biri   bilan   raqobatlashuvchi,   lekin   shu   bilan   birga   butun
klasterning   raqobatbardoshligini   ta’minlash   maqsadida   o‘zaro   hamkorlikda
faoliyat   yurituvchi,   geografik   jihatdan   konsentratsiyalashgan   tashkilotlarning
o‘zaro   bog‘langan   guruhlari,   ular   faoliyatiga   ixtisoslashgan   xizmat   ko‘rsatish
tashkilotlari,   jihozlar   yetkazib   beruvchi   tashkilotlar,   ularga   hamroh   tarmoq
tashkilotlari, shuningdek, ularning faoliyati bilan bog‘liq turli soha tashkilotlari
(ilmiy-tadqiqot   institutlari,   OO‘Yulari,   standartlashtirish   bo‘yicha   agentliklar,
savdo   uyushmalari   va   h.k.)   va   boshqa   bir   qator   tashkilotlar   guruhidir 33
.
Gorizontal   va   vertikal   aloqalar   orqali   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘langan
tashkilotlarning   talab   va   istaklarini   o‘zaro   muvofiqlashtirish   hamda   axborotlar
harakatini   ta’minlovchi   sharoitlar   klasterni   samarali   faoliyat   ko‘rsatishining
asosiy mexanizmlari bo‘lib xizmat qiladi 34
.
33
Портер М. Конкуренция.  Пер. с англ. – М.: Издательский дом «Вильямс», 2005, 610 с., С.256.
34
  Корчагина   Н.   А.   Кластерная   политика   –   технология   повышения   эффективности   управления
компаниями: моногр. – Астрахань: Изд. дом «Астраханский университет», 2009., C .68.
61 Shunday qilib, taklif etilgan Samarqand viloyatida uzoq muddatli istiqbolda
turizm   sohasini   rivojlantirishning   ustuvor   yo‘nalishlari   bo‘yicha   harakatlanish
mamlakatimiz   fuqarolari   va   xorijiy   tashrif   buyuruvchilarning   turli   turistik
xizmatlarga   bo‘lgan   talabini   qondirish,   uning   xalqaro   turistik   hamjamiyatga
integratsiyasini   ta’minlashga   keng   imkoniyatlar   yaratishni   ta’minlaydigan
zamonaviy   yuqori   samarali   va   raqobatbardosh   turistik   kompleksni   yaratishga
xizmat qiladi.
2019   yil   5   yanvarda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
“ O‘zbekiston   Respublikasida   turizmni   jadal   rivojlantirishga   oid   qo‘shimcha
chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   PF-5611-sonli   Farmoni   e’lon   qilindi.   Farmonda
turizm   tarmog‘ini   tartibga   soluvchi   normativ-huquqiy   asosning
nomukammalligi,   alohida   turizm   xizmatlarini   ko‘rsatish   qoidalarining,
shuningdek   chet   el   fuqarolarining   toifalari,   bo‘lish   muddatlari   va   maqsadlari
bo‘yicha   dunyo   amaliyotida   keng   qo‘llaniladigan   alohida   viza   rejimlarining
mavjud emasligi, joylashtirish vositalari va infratuzilma ob’ektlarining, ayniqsa
turizm   mavsumida   yetishmasligi,   turli   transportlarda   yo‘lovchilarni   tashish
tizimining   yetarli   darajada   muvofiqlashtirilmaganligi,   shuningdek,   turistlarni
mavjud   turizm   salohiyati   to‘g‘risidagi   ma’lumotlar   bilan   ta’minlashni
tashkillashtirish   darajasining   pastligi,   ichki   turizmni,   mamlakat   hududlaridagi
madaniy   meros   ob’ektlarining   va   ziyoratning   o‘ziga   xosliklarini   targ‘ib   qilish
bo‘yicha   marketing   kampaniyalarining   samarasizligi   turizmni   jadal
rivojlantirishga salbiy ta’sir qilayotganligi 35
 ko‘rsatib o‘tildi. 
Farmonda   turizmni,   avvalambor,   xususiy   sektorda   rivojlantirish   uchun
qulay   shart-sharoitlar   yaratish,   ko‘rsatilayotgan   xizmatlarning
raqobatbardoshligini   va   sifatini   oshirish,   milliy   turizm   mahsulotini   dunyo
bozorida   faol   va   kompleks   ravishda   targ‘ib   qilish   bo‘yicha   vazifalar   belgilab
berildi   va   2019-2025   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasida   turizm   sohasini
rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiyaning amalga oshirilishi 2019-
35
  Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   “Ўзбекистон   Республикасида   туризмни   жадал   ривожлантиришга   оид
қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони, 05.01.2019й. ПФ-5611 // ww.lex.uz 
62 2025   yillarda   turizm   faoliyati   sohasidagi   normativ-huquqiy   bazani
takomillashtirish,   turizmni   rivojlantirish   uchun   qulay   sharoitlar   yaratishga
qaratilgan   xalqaro   me’yor   va   standartlarni   implementatsiya   qilish,   turizm
infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish,
transport  logistikasini  rivojlantirish, ichki  va  tashqi  yo‘nalishlarni  kengaytirish,
transport   xizmatlari   sifatini   oshirish,   turizm   bozorining   turli   segmentlariga
yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, respublika
ichida   turizm   xizmatlariga   bo‘lgan   ehtiyojni   qondirishga   yo‘naltirilgan   turizm
faoliyati sub’ektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni
rivojlantirish,   O‘zbekiston   Respublikasi   turizm   mahsulotini   xalqaro   va   ichki
turizm   bozorlarida   targ‘ib   qilish,   mamlakatning   sayohat   va   dam   olish   uchun
xavfsiz   sifatidagi   imidjini   mustahkamlash,   turizm   tarmog‘i   uchun   kadrlar
tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   tizimini   takomillashtirish
ko‘zda tutadi.
Birinchidan,   Turizm   sohasini   qo‘llab-quvvatlash   jamg‘armasidan
quyidagilar uchun grantlar ajratiladi:
 O‘zbekistonning   tarixiy   va   afsonaviy   shaxslari   to‘g‘risidagi   to‘liq
metrajli   badiiy,   qisqa   metrajli   badiiy,   xronikal   hujjatli   filmlarni   suratga   olish
uchun - loyiha qiymatining 30%i, lekin 3 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda;
 turizm  uchun innovatsion  biznes  g‘oya va  startaplarni  amalga  oshirish
uchun - loyiha qiymatining 30%i, lekin 100 mln so‘mdan oshmagan miqdorda;
 tematik   xiyobonlar,   mehmonxonalar   va   boshqa   joylashtirish   vositalari
uchun   olib   kiriladigan   mebel   va   inventar   ham   bojxona   to‘lovlaridan   (bojxona
rasmiylashtiruvi uchun yig‘imdan tashqari) ozod etiladi.
Mamlakatimiz   hududiga   olib   kiriladigan   dor   (osma)   yo‘llarini,   “banji-
jamping” va “ziplayn” attraksionlarini, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va
boshqarilmaydigan   (erkin   uchish)   aerostatlar,   gondolalar,   “rafting”   va
“flaybording”   uchun   uskunalar,   shuningdek,   “buggy   car”,   faetonlar,
joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (g‘ildirak ustidagi
uylar)   yoki   kafe-furgonlarga   aylantirilgan   (“fudtrak”)   yer   usti   transport
63 vositalari 2023 yil 1 yanvargacha bojxona boji va aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod
etiladi.
Bugungi   kunda   turizm   sohasini   yanada   rivojlantirish,     innovatsiyalarni
tadbiq etishning asosiy yo‘nalishlari: 
  Har bir turistik hududda yagona dizayndagi informatsion ko‘rsatkichlar
o‘rnatish; 
   Yirik   axborot   informatsion   markazi,   vokzal   va   aeroportlar,   aholi
gavjum joylarida esa uning shoxobchalarini yaratish; 
   O‘rnatilgan   bank   terminallarida   turistik   hudud   haqidagi   informatsion
dasturni o‘rnatish va uni yangilab turish; 
  Turistik ob’ektlarda statsionar durbinlarni o‘rnatish; 
   Yagona internet portali yaratib, unda shaharda mavjud bo‘lgan barcha
turistik   tashkilotlar,   diqqatga   sazovor   joylar,   do‘konlar   va   hokazolar   haqidagi
barcha ma’lumotlarni joylashtirish; 
  Turistlar uchun “Call ”  markazni tashkil qilish;
  Mehmonxonalarda turistlarga ma’lumot beruvchi punktlarni yaratish;
   Piyoda   yurishga   mo‘ljallangan   zonalarni   tashkil   qilish   va
takomillashtirish;
  Namoyish ob’ektlarning ko‘rsatkichlariga QR-kodlarini o‘rnatish.
Viloyatga   tashrif   buyuruvchi   sayohlar   uchun   qulayliklar   yaratish
maqsadida RENT CAR -yengil avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga
berish   xizmati   joriy   etildi.   joriy   etilib,   ayni   vaqda   ularning   soni   5   tani   tashkil
etmoqda.
Endilikda   ushbu   xizmatlar   doirasida   "Volkswagen"   va   "Mersedes-Benz"
elektromobillari   xorijiy   turistlarga   ijaraga   berilib,   ularda   wi-fi   orqali   internet
ham   uzatiladi.   Talablarga   ko‘ra   chet   tillardan   tarjimon   va   gid   xizmatlari   ham
ajratiladi.   Mazkur   xizmat   tajriba   sifatida   Samarqand   xalqaro   aeroportida
bugundan ya’ni 10 iyun kunidan ish boshladi.
64 Shuningdek,   Samarqand   shahrining   markaziy   va   sayyohlar   ko‘p
xarakatlanadigan   ko‘chalarda   30   dan   ziyod   FOOD   TRUCK   (ko‘chma
ovqatlanish shaxobchalari) faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Turizm ob’ektlari atrofida 30 dan ortiq vending avtomatlari o‘rnatildi.
Alisher   Navoiy  turizm   va  san’at  ko‘chasining  Universitet   xiyoboni  bilan
kesishgan qismida velosiped to‘xtash joyi va ijara xizmati tashkil etildi.
M37  va  M39   magistral  yo‘llari  bo‘yidagi   mavjud  163  ta  yoqilg‘i  quyish
shahaobchalaridagi   xizmatlar   soni   oshirildi.   Jumladan,   2   ta   elektromobillarni
quvvatlantirish   stansiyalari,   evakuatorlar,   kofe   va   tamaddi   qilish   xizmatlari
tashkil etilib, sanitariya-gigiena shaxobchalari tartibga keltirildi.
Ayni vaqtda tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan                                               M37
avtomagistralining   Jomboy   tumani,   Samarqand   shahri,   Samarqand   tumani
hududidan o‘tuvchi qismlarida 3 ta karvonsaroylar hamda Samarqand shahri va
Toyloq   tumanlarida                       1   tadan   mehmonxona   va   logistika   markazlari
qurilmoqda. Ushbu obektlar yil oxiriga qadar to‘liq ishga tushiriladi. 
Turizm ko‘chalari va ob’ektlarning jozibadorligini oshirish maqsadida selfi
nuqtalar tashkil etildi. 
Bugungi   kunda   sayyohlarning   asosiy   tashrif   ob’ekti   sifatida
26 ta muzey va madaniy meros obektlari xizmat ko‘rsatmoqda. 
Imkoniyati   cheklangan   fuqarolar   uchun   shart-sharoitlar   yaratish   bo‘yicha
alohida e’tibor qaratilmoqda.
26   tadan   21   tasida   panduslar   o‘rnatilgan,   5   ta   ob’ektda   loyiha-smeta
xujjatlari asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek,   ob’ektlarda   audiogid,   gid-tarjimon,   milliy   liboslar   ijarasi
xizmatlari tashkil etilgan.
Registon maydonida madaniy konsert dasturlari belgilangan grafik asosida
o‘tkazilib kelinmoqda.
Muzeylarning ish vaqti 22:00 gacha etib belgilandi.
65 Shu bilan bir qatorda, o‘tgan davr mobaynida qo‘shimcha                           21 ta
yangi turizm yo‘nalishlar tashkil etildi. Jumladan:
1. 12 ta ekoturizm yo‘nalishi 
2. 3 ta etnoturizm yo‘nalishi, 
3. 5 ta ekstremal turizm yo‘nalishilari sayyohlar uchun xizmat qilmoqda.
Turistik ob’ektlar
Ziyorat
turizmi
ob’ektlari Gostronomik
turizm Etnoturizm
ob’ektlari Ekoturizm
ob’ektlari Agroturizm Tibbiy
turizm
ob’ektlari
51 ta 42ta 10 ta 25 ta 16 ta 21 ta
Ma’lumki,   mamlakatimizga   tashrif   buyuruvchi   xorijiy   turistlar   asosan
xalqimizning   milliy   turmush-tarziga,   urf-odatlariga   qiziqish   bildirishadi.   Shu
sababli,   viloyatda   sayohlar   uchun   yangi   turizm   yo‘nalishlarini   tashikl   etish
yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Urgut tumanidagi Tersak qishlog‘i,
Payariq tumanidagi Choshtepa qishlog‘i, Nurobod tumanidagi Oqsoy qishlog‘i,
Kattaqo‘rg‘on   tumanidagi   Andoqsoy   va   Qo‘shrabot   tumanidagi   Pangat
qishloqlarini turizm qishlog‘iga aylantirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur   turizm   qishloqlarida   bir   qator   xizmat   ko‘rsatish   turlari,   ya’ni
oilaviy   mehmon   uylari,   milliy   tamolar   tayyorladigan   umumiy   ovqatlanish
shohobchalari, kulolchilik, kashtachilik kabi xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu   loyihalar   ishga   tushirilishi   orqali   400   nafar   yangi   ish   o‘rinlari
yaratiladi.
66 -   Samarqand   tumanida   Konigil   turizm   qishlog‘ining   2-bosqichi   doirasida
100 ta  turizm   ob’ekti   va  500 dan  ortiq  yangi  ish  o‘rinlari  yaratiladi.  Bu  loyiha
Samarqand turizm markazi bilan bog‘lanib ketadi.
Davlat   tomonidan   boshqarish   va   qo‘llab-quvvatlash   iqtisodiyotning
barcha   sohalarini,   jumladan,   turizm   sohasida   faoliyat   ko‘rsatayotgan
tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. 
Davlatimiz   rahbari   Samarqand   viloyatining   turizm   salohiyatini
rivojlantirish   yuzasidan   amalga   oshirilgan   loyihalarga   ham   alohida   e’tibor
qaratdi.
2017-2018   yillarda   Samarqand   viloyatining   turistik   salohiyatini
rivojlantirish   dasturi   bu   boradagi   ishlarni   yangi   bosqichga   kutardi.   Dasturga
binoan, 2018 yil viloyatda 19 ta mehmonxona qurilib foydalanishga topshirildi.
Natijada sohada mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.
Samarqand   shahrida   qo‘shimcha   mehmonxonalar   qurish   uchun   o‘ndan
ortiq   joy   tanlandi.   Jumladan,   Turkiyaning   “APEAS”   kompaniyasining   20
million   dollar   miqdorida   investitsiya   kiritish   hisobiga   nufuzli   mehmonxona
qurish   uchun   yer   ajratib   berilgan.   Zamonaviy   mehmonxonalar   bilan   birga,
xorijiy   sayyohlar   orasida   katta   qiziqish   uyg‘atayotgan   uy   mehmonxonalar
tizimini barpo etish rejalashtirilgan.
Prezidentimiz joriy yilda xorijdan kelgan sayyohlar viloyat iqtisodiyotiga
keltirgan foyda boshqa ko‘plab sohalardan yuqori ekanini ta’kidladi. Viloyatda
turizm   infratuzilmasini   jadal   rivojlantirish   xorijiy   sayyohlar   oqimini
ko‘paytirish, iqtisodiyot taraqqiyotiga yangicha sur’at berishi qayd etildi.
Davlatimiz rahbarining viloyatga tashriflari chog‘ida bergan ko‘rsatmalari
asosida   Samarqand   shahrining   Cho‘ponota   massivini   obodonlashtirish,   yangi
avtomobil   yo‘li   ochish,   shahar   aholisi   hamda   sayyohlar   uchun   zamonaviy
xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va mehmonxonalar barpo etish mo‘ljallanmoqda.
Viloyat   turizmiga   taaluqli   yana   bir   yirik   loyiha   –   Amir   Temur
ko‘chasidagi   sobiq   “Alpomish”   zavodi   hududida   barpo   etiladigan   “Samarkand
67 city”   turistik   zonasidir.   Shuningdek,   Samarqand   eshkak   eshish   kanali   atrofida
ham zamonaviy sayyohlik shaharchasi barpo qilinadi.
Prezidentimiz xorijlik mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilgan sayyohlik
maskanlari loyhalari bilan tanishar ekan, turistik xizmatlarga bo‘lgan talab oshib
borayotganlini   inobatga   olib,   sayyohlar   uchun   barcha   sharoitni   yaratish
zarurligini ta’kidladi.
Shavkat   Mirziyoev   shu   yerda   zamonaviy   loyihalarni   amalga   oshirish
yuzasidan turkiyalik ishbilarmonlar bilan suhbatlashdi.
Prezidentimizga   2018-2019   yillarda   Samarqand   viloyatini   kapital
rivojlantirish   dasturi   doirasida   amalga   oshiriladigan   loyihalar   to‘g‘risida
ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 5,2 trillion sumlik 2020 ta loyiha
hayotga tadbiq etildi, 19 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Mazkur   dastur   rejasida   Samarqand   kelgusida   aholi   daromadlarini   2
barobar,  sanoat mahsulotlari hajmini 1,7 barobar, xizmat ko‘rsatish hajmini 1,8
barobar,   pudrat   ishlari   ko‘lamini   1,9   barobar,   qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlari
yetkazish hajmini 1,4 marotaba oshirish rejalashtirilgan .
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.Mirziyoev   hududlarni   ijtimoiy
iqtisodiy rivojlantirish borasidagi islohotlarni amalga oshirayotgan bunyodkorlik
ishlari   va   yirik   loyihalar   bilan   tanishish   maqsadida   2019   yil   26   iyul   kuni
Samarqand   viloyatiga   tashrifidan   maqsad   –   Samarqandni   jahon   turizm
markaziga   aylantirish,   aholi   uchun   zamonaviy   turmush   sharoitini   yaratishga
alohida e’tibor qaratishdir.
Davlatimiz rahbari safarlari chog‘ida tuman va shaharlarda bunyodkorlik
ishlari   ko‘lamini   kengaytirish,   sanoat,   turizm,   qishloq   xo‘jaligi,   xizmat
ko‘rsatish   kabi   sohalarni   jadal   rivojlantirish,   aholi   uchun   munosib   turmush
sharoiti   yaratish   masalalariga   alohida   e’tibor   qaratdi.   Shu   asosda   dasturlar
tuzilayapti, ularni amalga oshirish buyicha “Yo‘l xarita”lari tasdiqlanib hayotga
tadbiq etilmoqda.
Xususan,   joriy   yilning   birinchi   yarmida   2019-2020   yillarda   amalga
oshirish   belgilangan   umumiy   qiymati   19,6   trillion   so‘mlik   987   loyihaning   572
68 tasi   buyicha   2,3   trillion     so‘mlik   investitsiyalar   o‘zlashtirilib,   300   tasi   to‘liq
yakuniga   yetkazildi.   4   mingdan   ziyod   yangi   ish   o‘rinlari   yaratildi.   To‘g‘ridan-
to‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalar   jalb   etish   borasida   88,2   million   AQSh   dollari
o‘zlashtiildi.   Bu   2018   yilning   shudavri   bilan   taqqoslangan   qariyib   1,5   barobar
ko‘pdir.
Investitsiya   dasturiga   ko‘ra   bu   yil   Samarqand   viloyatida   565,7   milliard
so‘m   mablag‘   o‘zlashtirilib,   151   ob’ektda   qurilish   ta’mirlash   ishlari   amalga
oshirilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha 22 ta maktab, 8 ta tibbiyot muassasasi va
12 ta ichimlik suv ob’ektida belgilangan ishlar  yakunlandi.
Keyingi   yillarda   yurtimizda   turizmni   rivojlantirish   borasidagi   islohotlar
tufayli   Samarqandga   keladigan   sayyohlar   oqimi   sezilarli   darajada   oshdi.
Ma’lumotlarga  ko‘ra,  joriy  yilning dastlabki  olti  oyida  viloyatga  1 million 433
ming   turist   tashrif   buyurgan.   Ularning   227   ming   nafarini   xorijiy   sayyohlar
tashkil etadi.
Ushbu ko‘rsatkichlarni ikki yil  oldingi  ko‘rsatkichlar  bilan qiyoslaganda,
turistlar oqimi to‘rt barobar oshganligini ko‘rish mumkin. 
Viloyatimiz   sayohliq   salohiyatini   yanada   oshirish,   turistlar   uchun
zamonaviy   sharoit   va   imkoniyatlar   yaratish   maqsadida   Samarqand   tumanidagi
eshkak eshish kanali atrofida turistik markaz qurish rejalashtirilmoqda. 
Prezident   Sh.Mirziyoev   bu   yerga   tashrif   buyurib,   markaz   loyihasi   bilan
tanishdi.   Unda   belgilanishicha.   Majmua   uchun   360   gektar   yer   ajratib,   80
gektarida   anjumanlar   saroyi,   mehmonxonalar   va   boshqa   ob’ektlar   qurilishi
mo‘ljallangan.   Mehmonxonalar   3,4   va   5   yulduzli   bo‘lib,   barcha   toifadagi
sayyohlarni   qamrab   oladi.   Shuningdek   saylgohlar,   suzish   joylari,   sun’iy
oromgohlar, restoranlar tashkil etiladi.
Samarqandga   kelgan   sayyohlar   mahalliy   aholi   dam   olishi   uchun   qaerga
boradi? Hozircha aytarli ko‘zga ko‘ringan bunday joy yo‘q. Shuning uchun chet
ellik   sayyohlar,   asosan   tarixiy   obidalarni   ko‘rish   va   muqaddas   qadamjolarni
ziyorat qilish bilan cheklanmoqda. Vaholanki, Samarqandda turistlardam olishi,
madaniy   hordiq   chiqarishi   uchun   sharoit   yaratishga   imkoniyat   juda   katta.
69 Hududda bu maskanga alohida e’tibor qartiladi. Bu makon ziyorat turizmi bilan
hamohang bo‘lishi, xalqimiz, chet ellik sayyohlar bu yerga kelib maroqli hordiq
chiqarishi uchun har tomonlama qulay joyga aylanishi kerak.
Joriy   2019   yilning   9-10   iyul   kunlari   Samarqandda   MDH   Turizm
kengashining   navbatdagi   majlisi   va   Hamdo‘stlik   mamlakatlarining   birinchi
turistlar   yarmarkasi   o‘tkazildi.   Mazkur   tadbir   chog‘ida   yurtimizga,   jumladan,
Samarqandga   chet   ellik   sayyohlarni   jalb   etish   bo‘yicha   xorijiy   firma   va
kompaniyalar bilan 50 dan ortiq shartnomalar imzolandi.
Shuningdek,   bu   yil   Samarqand   shahri   Jahon   sayyohlik   shaharlari
federatsiyasiga   (WTCF)   a’zo   bo‘ldi.   Yaqin   yillarda   Samarqand   shahrini
“Turistik xab”ga aylantirish rejalashtirilmoqda.
Xalqaro   reyting   agentliklarining   e’tirof   etishicha,   O‘zbekiston   turizm
industriyasini   jadal   rivojlantirayotgan   davlatlardan   biri   hisoblanadi.
Mamlakatimizning   sayyohlik   salohiyati   nihoyatda   yuqori   bo‘lib,   undan
to‘laqonlik   foydalanish   uchun   barcha   shart-sharoitlar   yaratib   berilmoqda.
Infratuzilmani   rivojlantirish,   xizmat   ko‘rsatish   sifatini   tubdan   yaxshilash
maqsadida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga 20 dan ziyod
imtiyoz va yangiliklar taqdim etilgani, shu bilan birga 65 davlat fuqarolari uchun
vizasiz   tizim   joriy   qilinganligi   sayyohlar   oqimini   ko‘payishida   muhim   omil
bo‘lmoqda .
Darhaqiqat,   o‘tgan   yili   sohada   eng   muhim   ko‘rsatkichlar   ikki   barobar
o‘sgani   kuzatildi.   Har   yili   sayyohlar   soni   2,6   milliondan   5,3   millon   nafarga
yetgan bo‘lsa, turistik xizmatlar eksporti 546 million AQSh dollaridan 1 milliard
40 million AQSh dollariga o‘sgan. Joriy yilning dastlabki besh oyida yurtimizga
tashrif buyurgan chet ellik turistlar soni 39 foiz ko‘paydi .
Mamnuniyat bilan qayd etish joizki, yaqin olti yil ichida O‘zbekistonning
yalpi   ichki   mahsulotida   turizmning   ulushini   2,3   foizdan   5   foizgacha   9-10
millionga   yetkazish   ko‘zda   tutilmoqda.   Shuningdek,   mahalliy   turistlar   sonini
ham deyarli ikki barobar oshirish orqali 25 millionga olib chiqish belgilangan.
70 Darhaqiqat,   iqtisodiyotning   strategik   tarmog‘i   maqomi   berilgan   mazkur
sohada  maqsadlar  ulkan,  rejalar   ham  bisyor.  Ammo bunday  natijalarga qanday
erishiladi?   Albatta,   yurtimizning   mavjud   sayohlik   salohiyatidan   samarali
foydalanish   orqali.   Bu   jarayonda   hali   ishga   solinmagan   nodavlat,   notijorat
tashkilotlarini   (NNT)   ning   ko‘magi   yangi   imkoniyatlarni   ochib   berishi,
shubhasiz.   Binobarin,   dunyo   tajribasidan   ayonki,   davlat   organlari   o‘z
vakolatlarining   bir   qismini   NNT   ga   bosqichma-bosqich   o‘tkazib   bormoqda.
Natijada jahonda NNT sonining mutasil oshishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Bugungi   kunda   mamlakatimizda   aynan   turizm   sohasida   faoliyat
ko‘rsatayotgan NNT faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi
diqqatga   sazovor.   Xususan,   Prezidentimizning   2019   yil   5   yanvardagi
“O‘zbekiston   Respublikasida   turizmni   jadal   rivojlantirishga   oid   qo‘shimcha
chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   farmoni   hamda   2018   yil   7   fevraldagi   “Ichki
turizmni   jadal   rivojlantirishni   ta’minlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarori
ijrosi   doirasida   Turizmni   rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   Jamoat   tashkilotlari   va
chet   eldagi   vatandoshlar   bilan   ishlash   boshqarmasi   tashkil   etildi.   Uning   asosiy
vazifasi   sifatida   NNT   bilan   ijtimoiy   sheriklik   munosabatlarini   yo‘lga   qo‘yish,
chet   eldagi   turdosh   tashkilotlar   bilan   o‘zaro   hamkorlik   aloqalarini
mustahkamlashga ko‘maklashish belgilandi.
Shundan   kelib   chiqib,   dastlab   O‘zbekiston   Oshpazlar   uyushmasi,
Aeronavtika   fedratsiyasi,   Geografiya   jamiyati,   Ekstremal   va   tog‘   turizmi
federatsiyasi,   Xususiy   turistik   tashkilotlari   assotsiatsiyasi   hamda   boshqa   shu
kabi   jamoat   tashkilotlari   bilan   hamkorlik   aloqalari   yo‘lga  quyildi.   Ayni   paytda
ularning   turizm   ravnaqiga   qaratilgan   loyihalari   qo‘mita   tomonidan   qullab-
quvvatlanmoqda.   2018   yilda   to‘rtta   NNT   ga   jami   1   milliard   580   million   200
ming so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratilganligi joriy yilda esa bu ko‘rsatkich
2 milliard so‘mga yetkazish rejalashtirilganligi bunga misol bo‘la oladi.
Quvonarlisi,   bu   kabi   amaliy   sa’iy   –   harakatlar   tufayli   davlatning   turizm
sohasida   bir   qator   funksiyalari   bosqichma-bosqich   NNT   ga   o‘tkazilishi
belgilangan   bo‘lib,   bu   borada   ijobiy   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Jumladan,
71 turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilayotgan “Mehmonnovozlik
maktabi”   loyihasi   doirasida   150   dan   ortiq   xodimlarning   malakasi   oshirildi.
Bundan   tashqari   “O‘zbekcha   nonushta   keng   ommalashtirilmoqda,   sportning
ekstremal   turlari   bo‘lmish   aeronavtikani   (havo   sharlarida   parvoz   qilish)
rivojlantirishda   jamoat   tashkilotlari   roli   kuchaytirilmoqda.   Bu   haqda   gap
ketganda,   O‘zbekiston   Aeronavtika   federatsiyasi   loyihasi   doirasida   Toshkent,
Samarqandga   va   Buxoro   shaharlarida   325   marta   aerostatlar   (havo   sharlari)
parvozi amalga oshirilganini, ularda 2100 dan ziyod kishilar ishtirok etganligini
aytish joiz.
Joriy   yilda   sayyohlik   jabhasidagi   jamoat   tashkilotlari   yangidan   tashkil
etilgan   ikkita   assotsiatsiyasi   hisobiga   yanada   kengaydi.   Shu   bois   2019   yilning
o‘zida   NNT   faoliyatini   institutsional   qullab-quvvatlash   orqali   katta   natijalarga
erishish kutilmoqda.
Jumladan, xorijning yetakchi mehmonxona va restoranlar vakillarini keng
jalb   qilgan   holda,   turli   o‘quv   mashg‘ulotlarini   o‘tkazish,   gidlarning   o‘zaro
tajriba   almashinuv   imkoniyatini   yaratish,   AQSh,   Germaniya,   Indoneziya,
Janubiy   Koreya,   Rossiya,   Saudiya   Arabistoni,   Turkiya,   Xitoy,   Yaponiya   kabi
davlatlarning   turizm   sohasidagi   xususiy   hamda   jamoat   tashkilotlari   bilan
hamkorlik   aloqalarini   o‘rnatish,   ular   ko‘magida   sayyohlar   sig‘imini   oshirish
bo‘yicha “Oped Air” xalqaro festevali  “Silk Rodu Air” xalqaro musobaqasi  va
boshqa tadbirlarni o‘tkazish ishlar sirasiga kiradi.
Bu   kabi   jozibali   loyihalar   ijrosida   joriy   yilda   Oliy   majlis   huzurida
“Nodavlat   notijorat   tashkilotlari   va   fuqarolik   jamiyatining   boshqa   institutlarini
qullab-quvvatlash   jamoat   fondi   tomonidan   turizm   sohasidagi   jamoat
tashkilotlariga   davlat   ijtmoiy   buyurtmalarini   taqdim   etish   uchun   jami   400
million so‘m mablag‘ ajratilgani qul kelmoqda.
Gap   shundaki,   mazkur   buyurtmani   amalga   oshirish   orqali
O‘zbekistonning   turizm   salohiyatini   yuksaltirish,   tarixiy   –   madaniy   merosini
keng   targ‘ib   qilish,   aholini   ichki   turizmga   jalb   etishga   yo‘naltirilgan
“O‘zbekiston   bo‘ylab   sayohat   qil”,   “Men   Vatanimni   sevaman”,   “Biz   oilaviy
72 sayohatchilarimiz”   kabi   shiorlar   ostida   festevallar   va   boshqa   yirik   tadbirlarni
uyushtirish, shuningdek  mamlakatdagi  14 hududning har  biri  uchun o‘ziga xos
jihatlarini tasvirlovchi turizm mahsulotlarini yaratishga qaratilgan tanlov tashkil
etilmoqda.
Shu   bilan   birga,   turizm   sohasidagi   jamoat   tashkilotlari   xorijiy   turizm
tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini urnatishlari o‘zaro tajriba almashishlari,
eng   asosiysi,   qo‘shma   loyihalarni   amalga   oshirishga   ko‘maklashish   maqsadida
qo‘mita   tomonidan   muloqot   maydoni   yaratilmoqda.   Xususan,   Turkiyadagi
sayohlikka   ixtisoslashtirilgan   tashkilotlarning   tajribalarini   qo‘llash   bo‘yicha
muzokaralar   olib   borilmoqda.   Tomanlar   o‘rtasida   sayyohlik   ko‘rgazmalari
“V2V”   formatidagi   uchrashuvlar,   mehmon   uylari,   ekoturizmni   rivojlantirish
bo‘yicha seminar tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishish kutilmoqda.      
Demak,   turizmga   jamoat   tashkilotlarining   sayyohlik   yo‘nalishlarini
ko‘paytirish   va   ammalashtirishga   katta   hissa   bo‘lib   qo‘shiladi.   Shunday   ekan,
ushbu   jabhaga   qo‘shimcha   sarmoyalar   yo‘naltirib,   inestitsiyaviy   salohiyatni
kuchaytirish,   yangi   ish   o‘rinlarini   yaratishda   jamoat   tashkilotlarining   rolini
oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
3.2. Turizm soxasi loyixalariga investisiyalar jalb kilishda klasterli
yondashuvdan foydalanish yo‘nalishlari
Turizm   sohasini   rivojlantirishda   sohani   kompleks   tarzda   rivojlantirish
yanada   samaraliroq   hisoblanadi.   Chunki   barcha   sohalar   birgalikda   rivojlanishi
turizm infratuzilmasini yaxshilashga yordam beradi. Bunda turistik klasterlarga
bo’lgan   talab   ortadi.   Kompleks   turistik   xizmatlar   hamda   turistning   va
ekskursantning   ehtiyojlarini   qanoatlantirish   uchun   zarur   bo‘lgan   boshqa
qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatuvchi mustaqil tashkilotlar hamda yakka tartibdagi
tadbirkorlar majmui turistik klasterdir.
Odatda   turizm   klasterlari   ikki   xilda   tasniflash   qulay   deb   o’ylayman:
gorizantal   va   vertikal.   Gorizantal   tashkil   etilgan   turizm   klasterlari   o’z   ishiga
73 turizm sohasidagi bir nechta tarmoqlarni jamlab oladi. Vertikal turizm klasterlari
esa bir tarmoq bilan cheklanadi.
Turistik   klasterlar   kompleks   turistik   xizmatlar   ko‘rsatish,   turistik
faoliyatning   raqobatbardoshliligi   va   sifatini   oshirish   maqsadida   turistik
mahsulotni shakllantiradi, targ‘ib etadi va realizatsiya qiladi. 36
Turizm   sohasidagi   ishbilarmonlik   aloqalari   ko'plab   turli   sheriklik
tizimlari  shaklida  bo'ladi. Yani  ular  quyidagilar:  strategik alyanslar, qo'shma
korxonalar,   konsortsiumlar,   xoldinglar,   koalitsiyalar,   franchayzing
shartnomalari   va   boshqalar.   Ishbilarmonlik   aloqalari   ko'pincha   hukumat,
mahalliy   hokimiyat   organlari,   mahalliy   fuqarolar   bilan   hamkorlik   qilish
yo'lida   kengayib   bormoqda.   Tarmoqlararo   mintaqaviy   va   mahalliy   sheriklik
mahalliy   sub'ektlar   o'rtasida   konsensusni   o'rnatish,   umumiy   strategiyalar   va
faoliyatni   muvofiqlashtirish,   asosiy   vakolatlardan   foydalanish,
innovatsiyalarni   rag'batlantirish   va   yaratish,   innovatsiyalarni   aniqlashni
kuchaytirish imkonini beruvchi endogen jarayonlarning ta'siri sifatida barcha
turistik taraqqiy etgan davlatlar   tomonidan afzal ko'riladi. Mahalliy ijtimoiy,
madaniy   va   tabiiy   muhitda   mahalliy   ishtirokchilar,   mintaqaviy   va   mahalliy
tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirishga harakat qilishadi.
Turizm   klasteri   har   xil   tizimlardan   tashkil   topgan,   har   biri   o'ziga   xos,
turli   axborot   infratuzilmasiga   ega   bo'lgan   murakkab   tashkilotdir.   Klaster
a'zolari   o'zlarining   huquqiy   sub'ektivligi   va   iqtisodiy   mustaqilligini   saqlab
qolgan   holda,   umumiy   maqsadga   erishishga   qaratilgan   iqtisodiy
integratsiyaning moslashuvchan shaklini ifodalaydi.
Turizm   klasteri     bir   nechta   turdagi   ishtirokchilarni   o'z   ichiga   olganligi
sababli,   turizm   sanoati   klasteri   quyidagi   savdo   va   mahalliy   segmentlarni   o'z
ichiga   olishi   kerak:   attraksionlar   (golf   maydonchalari,   muzeylar/galereyalar,
bog'lar, jonli  ko'ngilochar  joylar  va boshqa  saytlar), transport  (aeroport/havo
xizmati,   charter   avtobuslari   xizmati).   ,   jamoat   transporti),   qo'llab-quvvatlash
36
 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni,O‘RQ-549-son 18.07.2019 yildagi 
74 xizmatlari   (ob'ektlarni   boshqarish,   jamoatchilik   bilan   aloqalar,   reklama,
moliya,   sug'urta),   turar   joy,   chakana   savdo,   restoranlar,   ixtisoslashtirilgan
o'quv   dasturlari,   shuningdek,   mahalliy   hokimiyat   organlari,   turizm   notijorat
tashkilotlari,  biznes  muhiti  institutlari,  ta'lim   darajasi  (   universitetlar,  R&D),
ularning   barchasi   bir   turistik   brend   (mintaqaviy   yoki   mahalliy   turistik
mahsulot)   doirasida   bir-biri   bilan   hamkorlik   qiladi   va   shu   bilan   birga   sifat,
innovatsionlik   va   o ziga   xos   turistik   taklifning   o ziga   xosligi   bo yichaʻ ʻ ʻ
raqobatlashadi.
Klaster   a'zolarining   geografik   kontsentratsiyasi   tarqatish   va   logistika
xarajatlarini   pasaytiradi   va   bilim   va   malakalarga   ega   bo'lishni
ta'minlaydi.   Shuning   uchun   klasterlar   odatda   nisbatan   kichik   hududdagi
ob'ektlarni   o'z   ichiga   oladi.   Biroq,   turizm   klasteri     doirasida   faoliyat
yurituvchi   qo'shni   sub'ektlar   guruhi   bilan   cheklanmasligi   kerak.   Aksincha,
turizm   klasteriga   turizm   ishlab   chiqaruvchi   hududlarda     masofaviy   (chet   el)
bozorlarda   faoliyat   yurituvchi   korxonalar   ham   kirishi   tabiiy.   Bu   qabul
qilingan   raqobat   strategiyasining   to'g'ridan-to'g'ri   natijasi   bo'lib,   u     bozor
segmentatsiyasi   (bozor   yo'nalishi)   bilan   birgalikda   xarajatlar   bo'yicha
etakchilik   yoki   farqlash   strategiyasi   bo'lishi   mumkin.   Uni   muvaffaqiyatli
amalga oshirishning asosiy sharti maqsadli bozor(lar)da klaster vakili bo'lgan
sub'ektlar   bilan   yaqin   hamkorlik   bilan   belgilanadigan   tarqatish   kanallari   va
reklama   vositalarini   puxta   o'ylangan   bo’lishi   kerak.   Har   bir   turizm
klasterining   samaradorligi   uning   geografik,   iqtisodiy   (daromad   darajasi)   va
ijtimoiy-demografik   joylashuvida   belgilangan   maqsadli   bozorlarni   aniqlash
(yoki   yangisini   shakllantirish)   qobiliyati   bilan   bog'liq.   Bu   jihatni   alohida
ta'kidlash kerak.
Turizm klasterini tashkil etish jarayoni uzluksiz xarakterga ega bo'lishi
kerak,   chunki   faqat   uzoq   muddatda   ijobiy   ta'sir   ko'rsatishi   mumkin.   Turizm
klasterlarini tashkil etish orqali biz quyidagilarga ega bo’lamiz:
 turizm taklifining ixtisoslashuvi va differentsiatsiyasi;  
75  daromadning   o'sishi,   mahalliy   fuqarolarni   turizm   yoki   yo'naltiruvchi
sohalarda tadbirkorlik faoliyatiga ilhomlantirish;  
 tadbirkorlikni   rag'batlantirish   va   yangi   biznes   va   turizm   mahsulotining
innovatsionligini jadal yaratish;  
 ish o'rinlarini yaratish va turistik takliflarning sifatini oshirish;  
 ijtimoiy kapitalni to'plash va tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish;
   alians  va barcha klaster a'zolarining raqobat ustunligini oshirish;
   biznes riskini kamaytirish va javobgarlikning tarqalishi;  
 mintaqadagi   ko'plab   sub'ektlarning   tadbirkorlik   ko'nikmalaridan
foydalanish;
   yaxshiroq muloqot va tashkiliy ta'limning ta'siri.
Va boshqa shu kabi ijobiy o’zgarishlarga ega bo’lamiz.
Muvaffaqiyatli klaster tashabbuslarining hal qiluvchi omillari quyidagilardan
iborat:   xususiy   omilning   ustuvor   majburiyatlari;   davlat   institutlarining
katalitik   funktsiyasi   (investitsiya   siyosati,   innovatsiya   va   tadbirkorlikni
rag'batlantirish);   uzoq   muddatda   jamoatchilik   rolining   pasayishi;   shaffof
innovatsiyalar   va   klaster   siyosati   (masalan,   umumiy   tashabbuslarni
moliyalashtirish);   benefitsiarlarning   keng   tarqalishi   va   samarali   maslahat   va
baholash mexanizmlari.
Turizm klasterini chegaralash uchun quyidagi jihatlarni aniqlash tavsiya
etiladi:
-mahsulot   yoki   turistik   mahsulot   va   ularning   jozibadorligi   va   xilma-xillik
salohiyati;
-potentsial tuzilmani tashkil etuvchi korxonalar to'plami;
-   taklif   etilayotgan   turizm   mahsulotiga   (restoranlar,   mehmonxonalar,
sayyohlik   agentliklari,   savdo,   hunarmandchilik,   turizmni   qo llab-quvvatlashʻ
xizmati va boshqalar) qo llab-quvvatlash;	
ʻ
76 -yordamchi infratuzilma (yo'llar, sanitariya, energetika, aloqa va boshqalar);
-institutsional   qo'llab-quvvatlash   xizmatlari   (davlat   muassasalari,   korxonalar
va   ishchilar   uyushmalari,   ishchilarni   o'qitish   markazlari,   ta'lim   muassasalari
va boshqalar).
Turizm sohasida klasterlarni tashkil etish va ularni rivojlantirish uchun
turizm   sohasini   yaxshiroq   tahlil   qilishimiz   va   undagi   barcha   subyektlarning
o’zaro   aloqasini   tahlil   qilishimiz   lozim   bo’ladi.Turizm   klasterining
chegaralanishidan   tahlil   qilishda   klaster   xususiyatlarini   va   xilma-xilligini
aniqlash uchun quyidagi bosqichlarni bajarish tavsiya etiladi:
 -sektor diagnostikasi, ichki va tashqi darajada;
 -raqobatbardoshlik   va   barqarorlikni   oshirishdan   iborat   umumiy   klaster
maqsadini anglatuvchi umumiy maqsadlarni aniqlash;
Yuqoridagilar   aniqlangach   maqsadlarga   erishish   uchun   strategiyalar   yoki
umumiy harakatlar ishlab chiqilishi kerak. Bu bilan yangi klasterlar yaratilishi
mumkin bo’ladi.
Xulosa  va takliflar
Mamlakat   uchun   eng   serdaromad   va   qulay   sohalardan   biri   bu   turizm
sohasidir.   Turizmni   rivojlantirish   o’zining   turistik   salohiyatiga   ega   bo’lgan
davlar uchun muhim va ustuvor maqsadlardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi.
Turizm   infratuzilmasini   yaxshilash   nafaqat   turistlar   uchun   foydali   balki   aholi
turmush   farovonligini   yaxshilashga   xizmat   qiladi.   Shu   boisdan   turizmni
rivojlantirish har tomonlama manfatdor hissoblanadi.
Turizm   shunday   o‘ziga   xos   xususiyatga   egaki,   u   bir   necha   tarmoqlarni
harakatga keltiradi hamda tabiiy resurslar sarflarini keskin kamaytiradi. Chunki,
ushbu   sohada   yuqori   sarmoyaviy   mul'tiplikativ   samara   mavjud:   har   bir   birlik
investisiya   iqtisodiyotning   boshqa   sohalarida   4   birlik   daromad   keltiradi.
Bandlikda ham xuddi shunday samara mavjud, turizmda yaratilgan  1ta ish o‘rni
77 boshqa sohalarda 4 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishga olib keladi.  O‘zbekistonda
ham   turizm   sohasining   YaIM   tarkibidagi   ulushini   keskin   oshirish,   uni   milliy
iqtisodiyotning   ustun   rivojlangan     yetakchi   tarmoqlaridan   biriga   aylantirish
zarurligi e'tirof etildi.
Dissertatsiyani   yozish   jarayonida   olib   borilgan   izlanish   va   tadqiqotlar
jarayonida   aniqlangan   muammolarni   hal   qilishda   bir   qancha   fikr   va   to’xtamga
keldik: Maqsadli sayyohlik segmentlarini shakllantirish
 Xizmat   ko‘rsatish   sohasida   milliy   va   alohida   xalqaro   sifat   mezonlari
to‘plamini   shakllantirish   va   joriy   etish   hamda   ushbu   mezonlarni   xalqaro
darajada muvofiqlashtirish va uyg‘unlashtirish
 Transport   tarmog‘ining   raqamli   infratuzilmasini   yaratish   uchun   axborot
bazasini shakllantirish
 Sayyohlik sohasini raqamlashtirish uchun milliy platformalarni yaratish
 Transport va sayyohlik sohasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
 Xalqaro   sayyohlik   sohasidagi   tajribaga   ega   xorijiy   sayyohlik
operatorlarini jalb qilish
Yashash   joylarida   sayyohlarning   uy   sharoitida   yashashini   rivojlantirish,
xususan imtiyozli soliqqa tortish yo‘li bilan
 Ichki   sayyohlikning   maqsadli   ko‘rsatkichlarini   aniqlab   olish   bilan
rivojlantirish
O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   so`nggi   yillarida   turizmga   oid
e`lon   qilingan   farmonlari   va   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   millatlararo
aloqalarni   kengaytirish   va   mustahkamlash,   xalqaro   turistik   bozorga
integratsiyalashish,   O`zbekistonning   madaniy-tarixiy   va   ma`naviy   merosini
jahon hamjamiyatiga targ`ib qilish hamda sayyohlarga xizmat ko`rsatish sifatini
jahon andozalari darajasiga etkazishga qaratilgan tadbirlarni o`z ichiga oladi. Bu
qonuniy   hujjatlar   Respublikada   turizm   sohasi   va   uning   infratuzilmasini
rivojlantirish   bo`yicha   ko`pgina   tadbirlar   bilan   birga   qator   muammolar
echimlarini   ham   ko`zda   tutadi.   Turizm   sohasining   raqobatbardoshligini
78 oshirishni ta`minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishda davlatning rolini oshirish,
turizm rivojlanishning jahon amaliyotida jamlangan ilg`or tajribasini, usullari va
vositalarini milliy iqtisodiyotimizga joriy qilish shular jumlasidandir.
Hozirgi   davrda   respublikamizda   milliy   turizmning   barqaror   rivojlanish
muammolarini   hal   qilishning   nazariy,   uslubiy   va   amaliy   yondashuvlarini
ishlab   chiqish,   turistik   mahsulotlar   bozorini   shakllantirish,   mazkur   soha
faoliyatini   tartibga   solishning   iqtisodiy   usullari   va   uni   boshqarishning
tashkiliy   tuzilmalarini,   turizmni   rivojlantirishning   iqtisodiy   mexanizmini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xar   qanday   ob'ektga   investisiyaning   samaradorligini   aniqlash   uchun
investision   loyiha   ishlab   chiqiladi,   unda   kapital   qo‘yilmalarni   amalga
oshirishning   iqtisodiy   maqsadga   muvofiqlikning   asosnomasi,   hajmi   va
muddatlari beriladi. Turistik ob'ektga bo‘lgan investorlarning katta qiziqishi shu
bilan ifodalanadiki,  unga kiritilgan kapital  bahosizlanish  riskining past  darajasi
bilan   tavsiflannadi.   Turistik   ob'ektlarga   katta   mablag‘   kiritilishi,   eng
avvalambor,   salbiy   inflyasion   jarayonlardan   kompensasiyalanish   imkoniyati
bilan   ifodalanadi.   Turistik   ob'ektni   joriy   daromad   keltirishi   mumkin   bo‘lgan
investision instrumentlarga kiritish  mumkin.. Hozirgi vaqtda har bir investor o‘z
mablag‘larini qo‘yishning maksimal samaradorligini ta'minlash uchun u yoki bu
kapital   kiritish   ob'ektining   investision   jozibadorligini   qisqa   muddat   ichida
baholash   imkoniyatiga   ega   bo‘lishi   lozim.   Ma'lum   ob'ektning   investision
jozibadorligi   haqidagi   tasavvur   investor   uchun   ob'ektning   iqtisodiy   potensiali,
ob'ektga   kiritiladigan   investisiyadan   kutilayotgan   foyda   (naf)   va   kuchsiz
tomonlarini   tushunish   uchun   zarur   bo‘ladi.   Turistik   ob'ektlarining   investision
jozibadorligiga ko‘pgina ichki va tashqi  omillar ta'sir  etadi. Ularning kompleks
baholanishi   turistik   ob'ektning   investision   jozibadorligini   aniqlash   imkonini
beradi.
79 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5611 sonli farmoni. 
2. O’zbekiston   Respublikasi   turizm   to’g’risidagi   qonuni.   –T.;     O’zbekiston   ,
Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2019-yil   16-aprelda   qabul   qilingan   Senat
tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma’qullangan.
3. .   Mirziyoev   Sh.M.   Yangi   O‘zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi.   –
Toshkent: «O‘zbekiston» 2022 yil. 400
4. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining     Oliy   Majlisga   Murojaatnomasi.
//Xalq so‘zi, 2020 yil 29 dekabr
5. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni
2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga
mo‘ljallangan   iqtisodiy   dasturning   eng   muhim   ustuvor   yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan   Vazirlar   Mahkamasining   kengaytirilgan   majlisidagi
ma'ruzasi.// Xalq so‘zi, 2017 yil 16 yanvar
80 6. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining     Oliy   Majlisga   Murojaatnomasi.
//Xalq so‘zi, 2020 yil 29 dekabr
7. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining     Oliy   Majlisga   Murojaatnomasi.
//Xalq so‘zi, 2020 yil 29 dekabr
8. .   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoevning
mamlakatimizni   2016-yilda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirishning   asosiy
yakunlari   va   2017-yilga   mo‘ljallangan   iqtisodiy   dasturning   eng   muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
majlisidagi ma'ruzasi.// Xalq so‘zi, 2017 yil 16 yanvar
9. Mirziyoev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda   barpo   etamiz.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag‘ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining
qo‘shma   majlisidagi   nutq   /   Sh.M.   Mirziyoev.   –     Toshkent:   «O‘zbekiston»
NMIU. – B. 16. 2016
10. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoevning
mamlakatimizni   2016-yilda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirishning   asosiy
yakunlari   va   2017-yilga   mo‘ljallangan   iqtisodiy   dasturning   eng   muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
majlisidagi   ma'ruzasi.//   Xalq   so‘zi,   2017   yil   16   yanvar' Xalqaro   turizmda
sarmoya siyosatini shakllantirish. — Т.: Moliya, 2005
11. Kvartalnov V.A. Mejdunarodno‘y turizm. Uchebnik. – M.: FiS, 2007. – 235 
12. Vahobov   A.   va   boshq.   Moliyaviy   va   boshqaruv   tahlili.   Darslik.   –   T.:
―Sharq , 2005.‖
13. Alieva M.T., Salimova B.X. Mehmonxona menejmenti. – T.: Moliya 2005,
14. .Buturov I.N. Marketing i  menedjment inostrannogo turizma. - M.:  Finanso‘
istatistika, 2003, 
15. Pardaev A. Boshqaruv hisobi. Darslik. – T.: Akademiya, 2002
16. Rahimbayev   A.O     Turizm   nazariya   va   amaliyoti,;     -T.;       O’zbekiston
2017-yil.
17. X.M.   Mamatqulov,   А.В.   Bektemirov,   I.S.   Tuxliyev.       Xalqaro   turizm.   –
T .;  O’zbekiston.
18. M.T.   Aliyeva.   Turistik   mamlakatlar   iqtisodiyoti.   Darslik.   -T.:   TDIU,
2007. 
19. M.M. Irmatov, Aliyeva M.T. va boshqalar. Turizmni rejalashtirish. — Т.:
Moliya, 2005.
20. M.T. Aliyeva. Mehmonxona menejmenti. Darslik. — T.: TDIU, 2007.
81 21. «JAHON   IQTISODIYOTI   GLOBALIZATSIYASI   SHAROITIDA
TURIZM   INDUSTRIYASI   RIVOJLANISHINING   USTUVOR
YO‘NALISHLARI»   Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman.
22. Devid   L.   Edgell,   Sr   Mariya   DelMastro   Allen,   Ginger   Smit   Jeyson,
Swanson “ tourism policy and planning”
23. M.Mirzayev, M.Aliyeva Turizm asoslari. O’quv qo’llanma, T;.2011-y
24. G.Xdirova, F.Raxmatullayev “ Mintaqaviy turizm”  Buxoro -2020 .
25. R,   Xayitboyev,   R.   Amriddinova   –“turizmning   maxsus   turlari”   uslubiy
qo’llanma Samarqand-2008 y .
Internet sayitlari: 
1. www.edu.uz   
2. www.ziyonet.uz   
3. www.aim.uz   
4. Google academy   
5. Mendeley  apk    
6. https://www.norma.uz/   
7. https://doi.org/10.1016/j.jretai.2016.12.008   
8. http://vestnik.bukep.ru/arh/full/2016-2.pdf   
9. www.uniconf.ru     
 
82

“Turizm sohasi loyihalariga investitsiyalar jalb qilishda marketing tamoyillaridan foydalanish” (Samarqand viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi misolida) Kirish......................................................................................... 3 I BOB Turizm soxasiga investitsiyalar jalb qilishda marketing vositalaridan foydalanishning nazariy asoslari 8 1.1-§. Hududiy turizm bozorida integratsiyalashgan marketing konsepsiyasini amalga oshirish......................... 8 1.2-§. Turizmni istiqbolli rivojlantirishda investisiyalarning roli, mazmuni va ahamiyati ........................................... 23 II BOB O‘zbekiston turizm xizmatlar bozorining tahlili bo‘yicha marketing tadqiqotlari............................................ 37 2.1-§. O‘zbekiston turizm xizmatlar bozorining rivojlanish holati 37 2.2-§. Samarqand turizm xizmatlar bozorining rivojlanish holati tahlili 48 III BOB Turizm sohasiga jalb etilayotgan investisiyalarni samarali yo‘naltirishga oid muammolar va echimlar 58 3.1-§. Samarqand viloyatida uzoq muddatli istiqbolda turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari 58 3.2-§. Turizm soxasi loyixalariga investisiyalar jalb kilishda klasterli yondashuvdan foydalanish yo‘nalishlari 75 Xulosa va takliflar......................................................................... 79 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati............................................. 82 1

Kirish Hozirgi kunda turizm shunday o‘ziga xos xususiyatga egaki, u bir necha tarmoqlarni harakatga keltiradi hamda tabiiy resurslar sarflarini keskin kamaytiradi. Chunki, u shbu sohada yuqori sarmoyaviy multiplikativ samara mavjud: har bir birlik investisiya iqtisodiyotning boshqa sohalarida 4 birlik daromad keltiradi. Bandlikda ham xuddi shunday samara mavjud, turizmda yaratilgan 1ta ish o‘rni boshqa sohalarda 4 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishga olib keladi. 1 O‘zbekistonda ham turizm sohasining YAIM tarkibidagi ulushini keskin oshirish, uni milliy i qtisodiyotning ustun rivojlangan yetakchi tarmoqlaridan biriga aylantirish zarurligi e’tirof etildi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyo ye v 2018-yilning 28-dekabrida Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Turizmni rivojlantirish sohaga invyestisiyalarni jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rishimiz zarurligini, respublikamizda turizm ko‘pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy- madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolganini” alohida ta’kidlagan 2 . Shu jihatdan olib qaralganda mamlakatimizda turizmning ulkan salohiyatini ro‘yobga chi q arish muammolarini amaliy jihatdan tadqiq etish, ayniqsa turizm sohasidagi loyihalarga investisiyalarni jalb qilishda marketing vositalaridan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni olib borish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861- sonli “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni , 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1 Моисеева Н.К. Стратегия управления туристической фирмой./Учебник. М.: Финанси и статистика, 2007. – С. 110-114. Электронный документ. Режим доступа: business . gov . kz › ru / files / download . php ?…109592 2 O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi . // « Xalq so ‘ zi » gazetasi , 2018- yil 29- dekabr . 2

PQ-3217-sonli Qarorida, “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5611-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2019-2025-yillarda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi” hamda 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi Qonun hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada hizmat qiladi. Ushbu dissertasiya tadqiqoti natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-sonli “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida, O‘zbekiston Respublikasining “2019-2025-yillarda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi” hamda 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Turizmni rivojlantirishning nazariy va umumiqtisodiy muammolarini V.Azar, A.Aleksandrova, V.Kvartalnov, N.Zayseva, D.Ismayev, M.Birjakov, V.Senin va boshqalar o‘z asarlarida tahlil qilishgan 3 . O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning nazariy-uslubiy masalalari N.Tuxliyev, T.Abdullayeva, A.Taksanov, M.Po‘latov, M.Pardayev, R.Atabayev, I.Tuxliyev, M.Muxammedov, M.Alimova, Z.Adilova, M.Aliyeva, D.Aslanova, 3 Азар В.И. Экономика и организация туризма.-М.: Аспект-Пресс, 2003. - 49 с.; Александрова С.Ю. Международный туризм: Учеб. Пособие для вузов. М., 200 - 470 с..; Кварталнов В.А. Туризм: учебник.-М.: Финансы и статистика, 2002.-320 с.; Зайсева Н.А. Менеджмент в сотсиално-културном сервисе и туризме. Учебник для студентов высших учебных заведений.-М.: Издателский сентр «Академия», 2003.-224с.; Исмаев Д.К. Основы стратегии и планирования маркетинга в иностранном туризме. М.: 1994- 459 с.; Биржаков М.Б. Введение в туризм.-М-СПб.: Невский фонд, 2005.-387 с.; Волков Ю.Ф. Гостиничный и туристский бизнес. Изд.2-е.- Ростов н/Д.: Феникс, 2009.-637 с.; Сенин В.С. Организатсия международного туризма.-М.: «Финансы и статистика» 2004,-379 с. 3

O.Hamidov, B.To‘rayev, D.Usmanova B.Safarov, Z.Usmanova, Z.Muxamedova kabi iqtisodchi olimlarning asarlarida tadqiq etilgan 4 . Tadqiqot usullari. Magistrlik dissertasiyasi ishida kuzatish, qiyoslash(taqqoslash), ilmiy abstraksiyalash, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, monografik kuzatuv kabi metodlardan foydalanildi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari . Turizm sohasidagi mavjud salohiyatni inobatga olgan holda marketing strategiyalarni qo‘llash orqali turizm sohasiga investisiyalarni faol jalb etish va ulardan samarali foydalanish magistrlik dissertasiyasining maqsadini ifodalaydi. Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni yechish ko‘zda tutilgan. - Turizm sohasida marketingning konseptual asoslarini o‘rganib chiqish; Turizmni istiqbolli rivojlantirishda investisiyalardan samarali foydalanishning nazariy asoslarini tadqiq etish; - Samarqand viloyatidagi turizm xizmatlar bozorini holatini o‘rganib chiqish. - Turizm sohasining investision jozibadorligini oshirish va investisiyalarni jalb qilish usullarini aniqlash. - Turizm sohasini rivojlantirishda turizm klasterlarining o‘rnini tadqiq qilish. 4 Tuxliev N., Abdullaeva T. Menedjment i organizatsiya biznesa v turizme Uzbekistana. –T.: Gos. Nauch. Izd-vo “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2006. – 386 b.; Tuxliev N., Abdullaeva T. Uslugi, texnologii i produkt ы v turizme.-T.: Gos. Nauch. Izd-vo “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2009 – 624 s.; Taksanov A. Ekonomika bolshogo turizma. T.: «O’zbekiston milliy ensiklopediyasi», 2001.- 208 s.; Pardaev M.Q., Atabaev R., Pardaev B.R. Turizmni rivojlantirish imkoniyatlari. - T.: “Fan va texnologiya”. 2007.- 32 b.; Tuxliev I.S., Qudratov G‘.H., Pardaev M.Q. Turizmni rejalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya, 2010. - 264 b.; Muxammedov M.M., Maxmudov S.X.. Minta q a tarixiy-madaniy turistik ob’ektlar salohiyatini baholashga innovatsion yondashuv. Urgench, 2020.- 265 b..; Po‘latov M.E., Mirzaev Q.J.,.Sultonov Sh.A, Shavqiev E. Global iqtisodiy rivojlanish (turizm iqtisodiyoti). O‘quv qullanma.T.:Fan va texnalogiya, 2018. – 296 bet.; Alimova M. Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari. Doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand: SamISI, 2017 yil.-96 b. Adilova Z.D., Sodiqov T.V. Halqaro turizm biznesi. O‘quv qo‘llanma, -Toshkent, TDIU, 2009 y.- 156 b.; Alieva M.T,Tariqulov Turizm iqtisodi. O‘quv qo‘llanma.-TDIU, 2012 y.-144b.; Hamidov O.H. O‘zbekistonning ekoturistik salohiyati. Monografiya. Toshkent, «FAN».2010.-120 b.; Turaev B.X. Teoretika – metodologicheskie osnov ы razvitiya turizma. T.: izd. «Fan», 2008. – 166 s.; Safarov B.Sh. Milliy turizm xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishning metodologik asoslari // Monografiya. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2016. - 184 b.; 4

Tadqiqotning ilmiy yangiligi q u yidagilardan iborat: - turistik korxonalarda investisiya loyihalari samaradorligini oshirishda marketing vositalaridan foydalanilgan; - turizm sohasidagi xo‘jalik sub’yektlari marketing faoliyatini rag‘batlantirish va turizm xizmatlari sohasida investision jarayonlarni faollashtirish maqsadida takliflar ishlab chiqilgan; - hududda turizm xizmatlari ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha marketing dasturini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar taklif etilgan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi . Tadqiqotda foydalanilgan ma’lumotlar rasmiy manbalardan, ishonchli internet saytlaridan va yurtimizdagi mashhur iqtisodchi olimlarning turizm va investisiyaga oid ma’lumotlaridan foydalanildi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniyat meros vazirligi va tegishli vazirlik va idoralar ma’lumotlari tahlillariga asoslanganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati . Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot natijasida ishlab chiqarilgan nazariy va amaliy tavsiyalar iqtisodiyot, undagi tarkibiy o‘zgarishlar va turizmning iqtisodiyot tarmoqlaridagi o‘rnini o‘zgarishiga xizmat qiladi. Turizm sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etishda yordam beradi. Dissertasiya ishining tuzilishi. Dissertasiya ishi kirish, uch bobdan, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Magistrlik dissertasiyasining I bobida “Turizm xizmatlar va innovasion loyihalar sohasida--marketingning nazariy asosolari” turizmda marketingning konsepsiyasi, turizmni istiqbolli rivojlantirishda investisiyalarning roli, mazmuni va ahamiyati tadqiq etilgan. Magistrlik dissertasiyasining II bobi “ O‘zbekiston turizm xizmatlar bozorining tahlili va marketing tadqiqotlari” deb nomlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston hududlarida turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish xususiyatlari, Samarqand viloyatining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi holati va unda Samarqand 5