logo

XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

442.5 KB
XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI                                       
Mundarija
betlar
Kirish……………………………………………………………. 3
I BOB. XORAZM  VILOYATIDA  TURIZMNI    TASHKIL  ETISH
VA RIVOJLANTIRISH ASOSLARI……………………….. 6
1.1. Geografik o’rni va joylashuvi…………………………………. 6
1.2. Tabiy sharoiti va resurslari …………………………………… 9
1.3. Xo’jalik tarmoqlari va ixtisoslashuvining turizmdagi 
ahamyati ………………………………………………………… 11
II  BOB XORAZM      VILOYATIDA    TURIZMNI    
RIVOJLANTIRISH  IMKONIYATLARI  ……………........... 14
2.1. Xorazm viloyatida tabiiy turistik imkoniyatlar ………………. 14
2.2. Xorazm viloyati madaniy turistik salohiyati …………………. 18
2.3 Viloyat  tumanlarida  turizmni rivojlantirish  salohiyati…….. 35
III  BOB XORAZM  VILOYATIDA  TURIZMNI  RIVOJLANTIRISH
МUАММО VА ISTIQBOLLARI ……………………………. 46
3.1. Viloyatda turizmni rivojlantirish muammolari ……………… 46
3.2. Viloyat tumanlarida turizmni rivojlantirish istiqbollari 47
Xulosa…..………………………………………………… .. …….. 57
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………… … . 60
                          
               
1                                                              Kirish
Mavzuning   dolzarbligi.     Jahonda   daromadlilik   darajasi   bo‘yicha   turizm
sohasi uchinchi,  tovarlari va xizmatlari eksportida to‘rtinchi  o‘rinni egallab,  global
yalpi   ichki   mahsulotidagi   ulushi   10,0   foizni   tashkil   etadi 1
.   K oronavirus
pandemiyasi davrida eng ko‘p zarar ko‘rgan iqtisodiyot tarmoqlaridan biri bo‘lgan
mazkur   sohaga   2022   yilning   yanvar-iyul   oylarida   xalqaro   sayyohlar   kelishi   2021
yilning   shu   davriga   nisbatan   deyarli   uch   baravar   ko‘paygan.   Butunjahon   sayohat
va   turizm   kengashi   (WCTT)   ma’lumotlariga   ko‘ra,   2025   yilga   borib   turizm
sohasidagi   ish   o‘rinlari   soni   350   mln.ga   kishiga   yetadi 2
.   Buning   uchun
mintaqalarning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy, tarixiy, etnogeografik jihatlarini turizm
maqsadida tadqiq etishning geografik asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
O‘zbekistonda turizmning salohiyatli va istiqbolli turlaridan biri   gastronomik
turizm   hisoblanadi.   Uning   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   biri,   bu   turizmni
rivojlantirish   maqsadida   mamlakat   pazandachiligi   va   milliy   taomlarining   o‘ziga
xos jihatlarini butun dunyoga ko‘rsatish  bilan bog‘liq.
O‘zbekiston   Respublikasining   2022-2026   yillarga   mo‘ljallangan   Yangi
O‘zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi   35-maqsadida   “O‘zbekiston   bo‘ylab
sayohat   qiling”   dasturi   doirasida   mahalliy   sayyohlar   sonini   12   million   nafardan
oshirish, hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million
nafarga   yetkazish,   to‘siqsiz   turizm   infratuzilmasini   mamlakatning   asosiy   turizm
shaharlarida   keng   joriy   qilish.   2026   yilgacha   turizm   sohasida   band   bo‘lgan   aholi
sonini 2 baravar oshirib, 520 ming nafarga yetkazish, qolaversa Qoraqalpog‘iston
Respublikasi   va   Orol   bo‘yida   turizmni   rivojlantirish,   Xorazm   viloyatida   turizm
yangi   ish  o‘rinlarini   yaratishda  asosiy  drayver   soha   bo‘lishi  uchun   alohida  dastur
qabul   qilish   belgilab   berilgan 3
.   Ushbu   vazifani   bajarish   uchun   turizm   sohasini
hududiy   jihatdan   samarali   tashkil   etish   va   rivojlantirishning   tashkiliy-iqtisodiy
1
  http://vawilon.ru/statistika-v-turizme/
2
 Butunjanon sayohat va turizm kengashi (WCTT) ma’lumoti. https://wttc.org/Research/EconomicImpact
3
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni.  
2 mexanizmlarini   takomillashtirish   bo‘yicha   taklif   va   tavsiyalar   ishlab   chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-son
«O‘zbekiston   Respublikasining   turizm   sohasini   jadal   rivojlantirishni   taminlash
chora-tadbirlari   to‘g‘risida»   gi   Farmoni,   2018   yil   3   fevraldagi   PF-5326-son
«O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar
yaratish   bo‘yicha   qo‘shimcha   tashkiliy   chora-tadbirlar   to‘g‘risida»gi   Farmoni,
2019   yil   5   yanvardagi   PF-5611-son   «O‘zbekiston   Respublikasida   turizmni   jadal
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida», 2019 yil 13 avgustdagi
PF-5781-son   «O‘zbekiston   Respublikasida   turizm   sohasini   yanada   rivojlantirish
chora-tadbirlari   to‘g‘risida»,   2020   yil   28   maydagi   PF-6002-son   «Koronavirus
pandemiyasining   salbiy   ta’sirini   kamaytirish   uchun   turizm   sohasini   qo‘llab-
quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmonlari,
2017   yil   16   avgustdagi   PQ-3217-son   «2018-2019   yillarda   turizm   sohasini
rivojlantirish   bo‘yicha   birinchi   navbatdagi   chora-tadbirlar   to‘g‘risida»gi   q arori,
Vazirlar   Mahkamasining   2019   yil   13   fevraldagi   “Xorazm   viloyatida   turizm
sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 119-sonli
hamda   2021   yil   14   iyundagi   “2021-2022   yillarda   Xorazm   viloyatining   turizm
salohiyatini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 369-sonli qarorlari
ushbu ishda muayyan darajada xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibiy jihatdan kirish, 3 bob. Xulosa va foydalangan
adabiyotlardan iborat. Ishning 1 bobi Xorazm  viloyatida  turizmni    tashkil  etish
va   rivojlantirish   asoslari   deb   nomlanib,   unda   viloyatning   geografik   o’rni   va
joylashuvi,   t abiy   sharoiti   va   resurslari   hamda   x o’jalik   tarmoqlari   va
ixtisoslashuvining   turizmdagi   ahamyati   yoritilgan.   Ishning   2   bobi   Xorazm
viloyatida       turizmni        rivojlantirish   imkoniyatlari   deb nomlangan bo`lib ushbu
bobda     Xorazm   viloyatida   tabiiy     va   madaniy   turistik   imkoniyatlar   va   v iloyat
tumanlarida   turizmni   rivojlantirish   salohiyati   bayon   etilgan.   Yakuniy   3   bob
Xorazm   viloyatida   turizmni   rivojlantirish мuаммо vа istiqbollari   deb nomlanib,
3 unda  v loyat   tumanlarida   turizmni   rivojlantirish   muammo  va   istiqbollari   yozilgan.
Ishning yakunida umumiy xulosa va tavsiyalar bayon etilgan.  Bitiruv   malakaviy
ishi   umumiy   hajmi   66   betni   tashkil   etadi   va   unda   jadval,   diagramma   va   karta
sxemalar berilgan
4     I BOB.     XORAZM  VILOYATIDA  TURIZMNI    TASHKIL  ETISH VA
RIVOJLANTIRISH ASOSLARI
             1.1  . Geografik o’rni va joylashuvi
Xorazm viloyati O‘zbekiston Respublikasining shimoliy garbida joylashgan.
O‘zbekiston   hududining   1,4   foizini   egallaydi.   1925-yil   fevralidan   1938-yil
yanvarigacha   Xorazm   okrugi   bo'lgan.   1938-yil   15-yanvarda   tashkil   etilgan.
Respublikaning   shimoli-g arbida,   Amudaryo   quyi   oqimining   chap   sohilidaʻ
joylashgan. Shimol  va shimoli-sharqdan Qoraqalpog iston Respublikasi,  janub va	
ʻ
janubi-g arbdan   Turkmaniston   Respublikasi,   janubi-sharqdan   Buxoro   viloyati	
ʻ
bilan   chegaradosh.   Maydoni:   6,1   ming   kv.kmAholi   soni:   1   mln.   924   ming   200
kishidan ortiq (01.01.2022-yil).Markazi: Urganch shahri (41°33′0″ sh.k.   60°38′0″
shq.uz). 
Ma`muriy bo`linishi: 10 ta tuman, 3 ta shahar va 56 ta shaharcha Viloyat geografik
o‘rniga   ko‘ra   40°-31°   va   42°   shimoliy   kengliklar   60°-62°   sharqiy   uzunliklar
oralig‘ida   joylashgan [3] .   Hududi   shimoliy-g‘arbdan   janubiy-sharqqa   280   km,
Urganch shahri joylashgan kenglikda g‘arbdan sharqqa 80 km atrofida cho‘zilgan.
Viloyatning   eng   shimoliy   chekka   nuqtasi   Gurlan   tumani   Olchin   qishlog‘i
yaqinidagi   Nuronbobo   to‘qayiga   to‘gri   keladi.   Janubiy   chekka   nuqtasi   esa
Tupraqqal’adan bir muncha janubda joylashgan. 
Xorazm viloyati yer tuzilishi jihatidan ikki qismga. Dengiz sathidan 100-110
m   baland   bo‘lgan   katta   shimoliy   qismga   va   dengiz   sathidan   120-150   metrgacha
baland   bo‘lgan   chekka   janubiy   qismga   bo‘lish   mumkin.   Viloyat   iqlimi   keskin
kontinental   bo‘lib,   maksimal   va   minimal   haroratlar   orasidagi   farq   78°   ga   teng.
Viloyat hududining qumlar bilan o‘ralganligi sababli yoz kunlari harorat +43°+45°
C   darajaga   ko‘tariladi.   Qish   faslida   eng   past   harorat   -30°-33°   C   sovuqni   tashkil
etadi. Bu yerda yozning issiq, qishning sovuq kelishi ob-havoning sutka davomida
keskin   o‘zgarishi,   yog‘in   sochinning   kamligi,   havoning   quruqligi   viloyat
iqlimining asosiy xususiyatlaridir.
5 6 Xorazm   viloyati   ma ’ muriy   hududiy   tuzilishi   bo ‘ yicha   10   ta   tuman   va   bitta
ganch   shahriga   ajratiladi . 
Bular o‘z navbatida 101 qishloq fuqorolar yig‘ini, 612 aholi punktlari, 3 ta shahar
va   7   ta   shahar   tipidagi   shaharchalarga   bo‘linadi.   Viloyatda   27   ta   yirik   sanoat
korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib shundan 13tasi engil sanoat korxonasiga
qarashlidir.   Viloyatda tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish dasturiga ko‘ra
sanoatni qayta jixozlash, kommunikatsiya infratuzilmasini    rivozlantirish, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yaxshilash va ularnin qayishlashini
rivojlantirish, xizmat   ko‘rsatish soxasini ham sayyoxlikni     rivojlantirishga  katta
e’tibor   qaratilgan.   Xozirgi   vaqtda   viloyatda   39   ta   zamonaviy   mexmonxonalar
faoliyat olib bormoqda.
Avtomobil   yo‘llarining   uzunligi   2296   kilometrni,   shundan   qattiq   qoplamli
yo‘llar   2218   kmni   tashkil   qiladi.   Viloyatda   xalqaro   klassdagi   aeroport   bo‘lib,
hozirda   turli   yo‘nalishlar   bo‘yicha   havo   yo‘llari   bilan   bog‘langan.   Viloyatda
zamonaviy telefon tarmoqlari, kommunikatsiya sistemalari (aloqa, peydjer, modem
va   uyali   telefon)   radio   va   tedevidenie   mavjud.   Viloyatda   asosan   agrar   soha
rivojlangan bo‘lib, yiliga 280-290 ming tonna ya’ni respublikada etishtirilayotgan
paxta   xom   ashyosining   7   foizini   ishlab   chiqaradi.   Xorazmning   boy   ko‘p   qirrali
tarixi   qadim   zamonlardan   buyon   xorijiy   va   yurtdosh   olimlarning   diqqatini   o‘ziga
jalb  qilib  keladi.  Viloyat   hududida  ko‘plab  tarixiy  yodgorliklar  mavjud.  Ayniqsa,
Xiva   shahridagi   me’moriy   obidalar   bugun   dunyo   ahlining   e’tiborini   tortib
kelmoqda.   Bu   erda   Ark,   Kaltaminor,   Pahlavon   Mahmud   maqbarasi,   Dishanqal’a
yodgorliklari   alohida   ajralib   turadi.   Xivadagi   Ichanqa’la   yodgorlik   majmui   esa
YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sharq durdonasi bo‘lgan
qadimiy   Xiva   shahrining   2500   yilligi   1997-yilda   xalqaro   miqyosda   keng
nishonlandiXorazm   viloyati   mustaqil   o‘zbek   davlatchiligini   qayta   tiklash,
istiqlolimizni   mustahkamlash,   yurtimiz   salohiyatini   yanada   oshirish,   milliy
qadriyatlarimizni ko‘z qorachigidek asrash va boyitish, yosh avlodni milliy istiqlol
g‘oyasi ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun 2003-yilda Vatanimizning
7 yuksak   mukofoti   -   Jaloliddin   Manguberdi   ordeni   bilan   taqdirlangan.Bu   ham
xorazm viloyatining nufuzini yutuqlarini kopaytiradi.
Ma’lumki,   Xorazm   diyori   dunyo   sivilizatsiyasining   eng   qadimiy
beshiklaridan   biri   hisoblanadi.   Olimlarning   xulosalariga   ko‘ra,   milliy
davlatchiligimizning   asoslari   ham   dastlab   mana   shu   yerda   yaratilgan.   Xalqimiz
manaviyatining noyob yodgorligi bo‘lgan «Avesto» kitobi ham Xorazm tuprog‘ida
yaratilgani   bugungi   kunda   ko‘pchilikka   yaxshi   ma’lum.   «Xorazm»   so‘zi   ham   ilk
bor   ana   shu   noyob   kitobda   uchraydi.   Xorazm   so‘zi   forscha   «xvar»   -   quyosh   va
«azm» - o‘lka, yer, yurt so‘zlarining birikmasidan kelib chiqqan bo‘lib, «quyoshli
o‘lka»  degan  ma’noni   anglatadi.  Qadimda bu  zaminda  massaget,   sak,  apasak,  os,
dax kabi urug‘ va qabilalar yashagan. Bu ko‘hna zamin dunyoga algebra, algoritm
kabi fanlarga asos solgan Muhammad Muso Xorazmiy, Xristofor Kolumbdan besh
yuz   yil   oldin   Atlantika   ummoni   ortida   quruklik,   noma’lum   qit’a   borligini   aytib,
yerning   aylana   shakldagi   xaritasini   yaratgan   Abu   Rayhon   Beruniy,   arab   tilining
mukammal   qonun-qoidalarini   ishlab   chiqqan,   butun   musulmon   olamida   Jorilloh,
ya’ni   Ollohning   qo‘shnisi   degan   nomga   sazovor   bo‘lgan   Mahmud   Zamahshariy
singari   allomalarni   bergan.   Xorazm   viloyati   Paxlavon   Mahmud,   Sulton   Uvays,
Nosiruddin Rabg‘uziy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Bahouddin  Valad va uning buyuk
o‘g‘li   Jaloliddin   Rumiy,   Abulqosim   Ali   Xorazmiy,   Ismoil   Jurjoniy,   Sirojiddin
Sakkokiy,   Munis,   Bayoniy,   Chokar,   Hojixon   Boltaev,   Komiljon   Otaniyozov
singari   ko‘plab   mutafakkir,   ilm-fan   va   san’at   namoyandalarining   vatani
hisoblanadi.
1.2. Tabiy sharoiti va resurslari
Viloyat     Amudaryoning   quyi   qismida,   O’zbekiston   Respublikasining
shimoli-g’arbida   joylashgan.   Qoraqalpag’iston   Respublikasi   va   janubda   Buxoro
viloyati bilan, g’arbda va janubi-g’arbda  Turkmaniston davlati bilan chegaradosh.
Hududining asosiy qismi Amudaryoning   so’l sohilida joylashgan. Amudaryo boy
tarix va madaniyatga ega bo’lgan Xorazm
8 davridagi   keng   ro’l   o’ynagan.   Nil   daryosi   qadimgi   Misr   daryosi   uchun   qanchalik
ahamyatli bo’lgan bo’lsa Amudaryo (Oks) xam Xorazm o’lkasi uchun shunchalik
ahamyatli   bo’lgan.   Binobarin   bu   daryo   Xorazm   viloyati   va   qo’shni   hududlar
ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishining   asosiy   tarixiy   geografik   omili   hisoblanadi.Shu
o’rinda   aytish   joizki,   bu   hududning   qadimgi   madaniyati   tili   va   mentalitetining
saqlanib qolishi ko’p jihatdan uning geografik o’rniga xam bog’liq bo’lgan. Xorazm
mintaqasining   chor   atrofi   cho’llar   bilan   o’ralganligi   uning   ijtimoiy-iqtisodiy   va
siyosiy   mavqeyini   belgilaydi. Xorazm   hududining   geologik   tuzilishi,   ayni   vaqtda,
qazilma boyliklar boy emasligidan xam darak beradi. Darhaqiqat bu yerda ko’zga
ko’rinarli   qazilma   boyliklari   topilmagan   (extimol,   uning   janubiy   va   o’ng   qirg’oq
qismida   kelajakda   yoqilg’I   resurslari,   jumladan   tabiy   gaz   konlari   aniqlanishi
mumkin.   Viloyatda   mineral   xomashyo   va   yoqilg’I   resurslarining   o’ta   tanqisligi
og’ir   sanoat   tarmoqlarini   rivojlantirishga   to’sqinlik   qiladi.   Bu   yerda   g’isht
cherepitsa xom ashyosi (Shovot, Pitnak b.), qum (Xiva Qorako’l) da bor xolos. 
Viloyat   geografik   o‘rniga   ko‘ra   40°-31°   va   42°   shimoliy   kengliklar   60°-62°
sharqiy   uzunliklar   oralig‘ida   joylashgan.   Hududi   shimoliy-g‘arbdan   janubiy-
sharqqa   280   km,   Urganch   shahri   joylashgan   kenglikda   g‘arbdan   sharqqa   80   km
atrofida   cho‘zilgan.   Viloyatning   eng   shimoliy   chekka   nuqtasi   Gurlan   tumani
Olchin   qishlog‘i   yaqinidagi   Nuronbobo   to‘qayiga   to‘gri   keladi.   Janubiy   chekka
nuqtasi esa Tupraqqal’adan bir muncha janubda joylashgan.  
Xorazm   viloyati   yer   tuzilishi   jihatidan   ikki   qismga.   Dengiz   sathidan   100-
110   m   baland   bo‘lgan   katta   shimoliy   qismga   va   dengiz   sathidan   120-150
metrgacha  baland bo‘lgan chekka janubiy qismga  bo‘lish  mumkin.   Viloyat  iqlimi
keskin   kontinental   bo‘lib,   maksimal   va   minimal   haroratlar   orasidagi   farq   78°   ga
teng.   Viloyat   hududining   qumlar   bilan   o‘ralganligi   sababli   yoz   kunlari   harorat
+43°+45° C darajaga ko‘tariladi. Qish faslida eng past harorat -30°-33° C sovuqni
tashkil   etadi.   Bu   yerda   yozning   issiq,   qishning   sovuq   kelishi   ob-havoning   sutka
davomida keskin o‘zgarishi, yog‘in sochinning kamligi, havoning quruqligi viloyat
iqlimining asosiy xususiyatlaridir .  
9   Shimol va shimoli-sharqdan Qoraqalpog iston Respublikasi, janub va janubi-ʻ
g arbdan Turkmaniston Respublikasi, janubi-sharqdan Buxoro viloyati bilan 	
ʻ
chegaradosh .
   
1.3.    Xo’jalik tarmoqlari va ixtisoslashuvining turizmdagi ahamyati
      
                        Xorazm  viloyati  iqtisodiyotida qishloq xo jaligi  bilan birga sanoat  ham	
ʻ
salmoqli o rinni egallaydi. Paxta tolasi, kalava ip, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari,	
ʻ
mashina   uskunalari   eksport   qilinadi.   Viloyatda  paxta   tozalash   sanoati   rivojlangan
(barcha   tuman   markazlari   va   Urganch   shahrida   paxta   tozalash   zavodlari   bor).
Gurlan,   Bog ot,   Xonqa,   Urganch,   Xiva   va   Hazoraspda   to qimachilik,   pillachilik,	
ʻ ʻ
tikuvchilik;   Xivada   gilam   fabrikasi,   „Xiva   gilami“   aksiyadorlik   jamiyati   ishlab
turibdi.   Faoliyat   ko rsatayotgan   jami   korxona   va   tashkilotlar   13748   ta.	
ʻ
Mikrofirmalar soni 11340 dan ziyod
Viloyatda   36   qo shma   korxona   va   ularning   filiallari   ishlab   turibdi.	
ʻ
O zbekiston   —   Turkiya   „Bagat   Tekstil“,   „Xorazm-Nurtop“,   „Semurg SanTe“,	
ʻ ʻ
„Xorazm   Tekstil“,   „Memgilam“;   O zbekiston   —   AQSh   „Amerozindustriyes“,	
ʻ
„Xiva malikasi“, „Nurlayt“, „Rahnamo Hyp“; O zbekiston - Germaniya „Unixo“,	
ʻ
„O zOlmonXotelz“,   „Xiva   Karpet“;   O zbekiston-Britaniya   „Xiva“;   O zbekiston-	
ʻ ʻ ʻ
Rossiya   „NamunaAgrofud“;   O zbekiston   -   Italiya   „Meva“;   O zbekiston-Ukraina	
ʻ ʻ
„KiyevXorazm“;   O zbekiston   —   Xitoy   „Aziya   Tekstil   LTD“;   O zbekiston-	
ʻ ʻ
Turkmaniston „G ayratXumoyun“ va boshqa shular jumlasidandir.	
ʻ
Qishloq xo jaligi asosini paxtachilik va g allachilik tashkil etadi. Polizchilik,
ʻ ʻ
sabzavotchilik,   bog dorchilik,   chorvachilik,   pillachilik   ham   rivojlangan.   Shirkat,	
ʻ
ijapa   va   xususiy   fermer,   dehqon   xo jaliklari,   aksiyadorlik   jamiyatlari   faoliyat	
ʻ
ko rsatadi.   Viloyatda   jami   ekin   maydoni   232,1   ming   ga,   shundan   129,4   ming   ga	
ʻ
qishloq xojaligi shirkatlari (69 ming ga yer xususiy fermerlar, 33,7 ming gektar yer
dehqon xo jaliklari)ga tegishli. Umumiy yer  fondining 38,4 %  haydaladi, 18,2 %	
ʻ
yaylov, o tloq, 1,3%  bog  va  tokzor;  o rmon  va changalzorlar   9,6 %  ni,  tutzorlar
ʻ ʻ ʻ
10 0,9 %ni tashkil etadi. 1991—2003-yillarda kanal va ariqlar rekonstruksiya qilinib,
suv   yo llarining   umumiy   uzunligi   ko paydi.   Xorazm   viloyatidagi   sho r   suvlarʻ ʻ ʻ
viloyat tashqarisiga zaxkashlar orqali chiqarib tashlanadi. Viloyatda irrigatsiya va
melioratsiya   ishlariga   alohida   e tibor   berib   kelinmoqda.   Jami   ekin   maydonining	
ʼ
102,3 ming gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9
ming   gektariga   sabzavot   ekiladi   (2003).   Don   (asosan,   bug doy,   sholi)	
ʻ
yetishtiriladigan   maydonlar   kengaydi.   Xorazm   viloyati   mamlakatda   sholi
yetishtirish bo yicha 1o rinda turadi. Viloyat xususiy va jamoa xo jaliklarida 492,3	
ʻ ʻ ʻ
ming qoramol (shu jumladan, 202,1 ming sigir), 247,1 ming qo y va echki, 1437,6	
ʻ
ming   parranda   boqiladi.   6500   dan   ziyod   fermer   xo jaligi   chorvachilikka	
ʻ
ixtisoslashgan.   Urganch,   Xiva   parrandachilik   fabrikalari   faoliyat   ko rsatadi.	
ʻ
Xorazm viloyatida Paxtachilik ilmiy tadqiqot stansiyasining paxtachilik-bedachilik
zonal   kompleks   tajriba   styasi   (Urganch   shahrida),   Qoraqum   ilmiy   tadqiqot
stansiyasi,   paxta   navlarini   tajriba   qilish   uchastkasi   (Xiva   tumanida),   mevali
daraxtzorlar ko chatzori, o rmon ko chatzori (Urganch tumanida) va boshqa bor.	
ʻ ʻ ʻ
1996—2004-yillarda   Islom   Bobojonov,   Masharip   Quvoqov,   Bekturdi
Jumaniyozov,   Vera   Pak,   Anor   Mahmudova   „O zbekiston   Qahramoni“   unvoniga	
ʻ
sazovor bo ldilar.	
ʻ
Viloyatda 32 ta xorijiy investitsiyali qo shma korxona faoliyat yuritadi. Ular	
ʻ
budjeti   1997-yilda   301,7   million   AQSh   dollarini   tashkil   etdi.   Viloyat   iqtisodiyoti
paxtani   qayta   ishlash   va   oziq-ovqat   sanoatiga   asoslangan.   Ko p   sonli   paxta	
ʻ
tozalash zavodlari, neft qazib oladigan va ipak yigiradigan fabrikalar, to qimachilik	
ʻ
va vinochilik korxonalari  va hokazolar. Shuningdek, qurilish materiallarini  ishlab
chiqarish   taraqqiy   etgan.   Xiva   gilam   fabrikasida   tayyorlangan   gilamlar   butun
dunyoga   mashhur.   Mashinasozlik   va   to qimachilik   tarmoqlari   rivojlanib	
ʻ
bormoqda.   Mahalliy   qishloq   xo jaligining   asosiy   yo nalishi   —   albatta,   paxtadir.	
ʻ ʻ
Boshoqlilar,   ayniqsa,   guruch   yetishtirish   so nggi   bir   necha   yilda   keskin   oshdi.	
ʻ
Shuningdek,   ko plab   bog   va   uzumzorlar,   qovun   va   qovoq   plantatsiyalari   bor,	
ʻ ʻ
11 kartoshka  dalalari  butun viloyatni  qamrab  olgan.  Shakar  tozalash  zavodi  qurilishi
rejalashtirilmoqda. Viloyat iqtisodiy jihatdan o sishga tayyor.ʻ
Xorazm   viloyatida   xalq   amaliy   san ati   va   hunarmandchilik,   ayniqsa,   Xiva,	
ʼ
Hazorasp va Xonqa shaharlarida qadimdan taraqqiy etgan. Yog och o ymakorligi,	
ʻ ʻ
zargarlik,   kandakorlik,   gilamchilik,   kulolchilik   va   boshqa   rivojlangan.   Xiva
gilamchilik fabrikasi, „Xiva sopoli“ aksiyadorlik jamiyati va boshqa ishlab turibdi.
O zbekiston   xalq   rassomi   A.   Boltayev,   xalq   naqqoshlari   va   yog och   o ymakor	
ʻ ʻ ʻ
ustalari O. Polvonov, R. Masharipov, S. Bog bekov, mashhur kulol, koshinkor usta	
ʻ
R. Matchonov va boshqalarning nomlari mashhur.
Viloyatda 6269 o rinli 36 kasalxona va 211 tibbiy muassasalarda 3882 vrach (har	
ʻ
10 ming  kishiga  27,1 vrach), 13337  o rta tibbiy  xodim   ishlaydi.  Davlat   dasturiga	
ʻ
asosan,   viloyatda   Respublika   shoshilinch   tibbiy   yordam   markazining   viloyat
bo limi va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning bo linmalari tashkil	
ʻ ʻ
etilgan   hamda   zaruriy   tibbiy   va   texnik   jihozlar   bilan   ta minlangan.   Xorazm	
ʼ
viloyatida 4010 o rinli 20 sanatoriy faoliyat ko rsatadi.	
ʻ ʻ
Viloyatda 14 sport majmuasi, shuningdek, 16 stadion, 8 suzish havzasi, 136 tennis
korti, otchopar, sport zallari, otish tiri, basketbol, gandbol, futbol maydonlari bor.
389   ming   kishi   jismoniy   tarbiya   va   sport   bilan   shug ullanadi.   Turli   miqyosdagi	
ʻ
respublika   va   xalqaro   sport   musobaqalarida   viloyatning   9   sportchisi   oltin,   8   tasi
kumush   medallarga   sazovor   bo lishdi.   Xorazmda   „Umid   nihollari-2003“   tadbiri	
ʻ
katta   bayram   sifatida   nishonlandi.   „Umid   nihollari“,   „Prezident   kubogi   uchun“,
Pahlavon   Mahmud   xotirasiga   bag ishlab   o tkazilgan   respublika   va   xalqaro   sport	
ʻ ʻ
bellashuvlarida 6 sportchi respublika va jahon chempioni unvonlarini oldilar.
Xorazm viloyatida 10 dan ortiq xalqaro toifadagi sport ustasi, 100 dan ortiq sport
ustasi,   300   dan   ziyod   sport   ustaligiga   nomzod,   shuningdek,   ko plab   1-toifadagi	
ʻ
sportchi   tayyorlandi.   Viloyatning   30   dan   ortiq   sportchisi   O zbekistonning   turli	
ʻ
milliy   terma   jamoalari   a zolaridir.   Bu   o’rinda   xorazm   viloyati   boshqa   viloyatlar	
ʼ
orasida xam oldingi o’rinlarni egallab kelmoqda.
12 II BOB   XORAZM  VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI
                         2.1 Xorazm viloyatida tabiy turistik imkonyatlar  
                  Xorazm   viloyatidagi   tarixiy   va   me moriy   yodgorliklar   jahonga   mashhur.ʼ
Viloyatda 149 me moriy va shaharsozlik, 16 arxeologik, 21 monumental san at va	
ʼ ʼ
haykaltaroshlik   yodgorligi   bor.   Me moriy   yodgorliklarning   asosiy   qismi   Xiva	
ʼ
shahrida   joylashgan.   Uning   Ichan   qal a   qismi   esa   UNESCOning   Jahon   merosi	
ʼ
qo mitasi   hisobiga   kiritilgan.   Xivadagi   yodgorliklardan   Juma   masjid   (X-XVIII	
ʻ
asrlar),   Pahlavon   Mahmud   me moriy   majmuasi   (XIV   asr,   XIX-XX   asr   boshlari),	
ʼ
Said   Alouddin   (XIV-XVIII   asrlar),   Uch   Avliyo   (1549,   1821)   maqbaralari,
Toshhovli   (XIX   asr),   Ko hna   Ark   (XVII-XIX   asrlar)   saroylari,   Muhammad	
ʻ
Aminxon   madrasa   va   minorasi   va   boshqa   mehmonlar   va   sayohatchilar   diqqatini
o ziga   tortadi.   Shuningdek,   Xiva,   Hazorasp,   Xonqa,   Shovot,   Yangiariq,	
ʻ
Qo shko pir,   Bog ot   va   boshqa   tumanlarida   ham   tarixiy   obidalar   mavjud.	
ʻ ʻ ʻ
Shulardan   Xiva   tumanidagi   Chodra   hovli   (XVIII-XIXasrlar),   Shohimardon
me moriy majmuasi (XIX asr), Qubla tozabog  saroyi (1893-1913), Hazoraspdagi
ʼ ʻ
Muzrobshoh   (XVI-XVIII   asrlar),   Shayx   Qosim   eshon   maqbaralari   (XVIII-XIX
asrlar),   qadimgi   Hazorasp   qal asi   (mil.   av.   VI-V   asrlar),   Xonqa   tumanidagi   Said	
ʼ
ota   masjidi   (1766),   Shovot   tumanidagi   Vayangan   bobo   maqbarasi   (XVI-XIX
asrlar);   Yangiariq   tumanidagi   Shayx   Muxtor   Valiy   me moriy   majmuasi	
ʼ
(Ostonabobo, XIV asr) ; Qo shko pir tumanidagi Imorat bobo me moriy majmuasi	
ʻ ʻ ʼ
(XVI-XIX asrlar) va boshqalarni aytish mumkin.
Xorazmda   olib   borilgan   arxeologiya   va   etnografiya   ekspeditsiyalari
natijasida   bu   hududda   eramizdan   avval   VI-V   asrdayoq   an’analar   tarkib
topganligiga oid ma’lumotlar mavjud. eramizdan avvalgi  IV asr Jonbosqal’a I-IV
asr   To’proqqal’a   qo’rg’onlari   ichida   olovxona   borligi   va   u   erda   tantanalar
o’tkazilganligi   aniqlangan.   Qadimgi   Xorazmshoxlarning   Afrigiylar   davrigacha
bo’lgan   qarorgohi   To’proqqal’ada   “Shoxlar   zali”,   “G’alaba   zali”   “Raqsga
13 tushuvchi   niqoblar   zali”   borligi   aniqlangan.   “Raqsga   tushuvchi   niqoblar   zali”da
topilgan sur’atlarda sozandalar qo’llaridagi arfa, ikki tomoni qum soatiga o’xshash
nog’ora, ikki torli dutor aks ettirilgan. Ushbu dalillarda islomgacha bo’lgan davrda
madaniyat,   san’at,   kuy,   qo’shiq,   doston   ham   ma’lum   darajada   rivojlanganligidan
darak beradi.
Eramizning   V-   VI   asrlarida   Xorazmda   turmush   va   siyosiy   hayot   keskin
sur’atda   o’zgardi.   Bu   taraqqiyot   o’sha   davrdagi   Xorazm   hukumdori   sur’ati
tushirilgan   tangalarda   ham   o’z   aksini   topdi.   Siyovushni   otga   mingan   tasviri
tushirilgan   tangalar   islomgacha   bo’lgan   davrga   oid.   Siyovush   tasvirining   old
tomonida   musiqachi   ayol   mutriba   san’atkorga   xos   kiyimlarni   kiyib   olgan   go’zal
malika   sifatida   tasvirlvngan.   Tangachalardagi   tasvir   islomgacha   bo’lgan   davrda
ayollar   musiqa   chalish,   qo’shiq   kuylash,   raqsga   tushish   san’atlarini   mukammal
o’rganib olib, uni  ko’pchilik oldida namoyish  etganini  tasavvur  qilishimizga  asos
bo’ladi.   Islom   dini   kirib   kelgach   Xorazmda   musulmonchilik   urf   odatlariga
moslashgan   xalfachilik,   dostonchilik   hamda   shu   tarzda   bizgacha   etib   kelgan
uslublar joriy etila boshlandi. Shariat asoslarini  targ’ibot qiluvchi har xil qissalar,
qo’shiqlar,   xikoyalar,   dostonlar   nomalardan   “Bobo   Ravshan”,   “Payg’ambarlar
hikoyati”,   “Sultonbobo   xikoyati”,”Merojnoma”,   “Yusuf   va   Zulayxo”,”   Juhud
o’g’lon” kabi musiqiy jixatdan boy dostonlar yaratilib keng tarqaldi.
Keyingi   davrda   Xorazm   madaniyati   va   san’atining   eng   yuksak   rivojlanish
davri bo’ldi, Al Xorazmiy, Al Beruniy, qomusiy olimlar Al Farobiy, Al Roziy, Ibn
Sino, Az Zamaxshariy, matematika ilmiga asos solgan Abu Abdullox Muhammad
Xorazmiy   IX-XIII   asrlarda   yashab   ijod   qilganlar   va   Xorazm   san’ati,   to’y   va
marosimlari   haqida   turli   musiqiy   janrlar,   maqomlar,   cholg’uchilar   va   cholg’u
asboblar   turlari,   ularning   nomlari,   ashulachilar   haqida   qimmatli   ma’lumotlar
qoldirganlar.   Buyuk ipak yo’li orqali Buxoro, Eron, Turkiya, Hindiston, Astraxan,
Rusiya   O’rta   Osiyo   jumladan   Xorazm   bilan   o’zaro   aloqalar   rivojlandi.   Savdo–
sotiq,   tijorat   ishlarini   rivojlantirish   bilan   birgalikda   madanyat   taraqqiy   ettirish
borasida   xarakatlar   bo’ldi.   Abdulg’oziy   Bahodirxondan   keyingi   barcha   xonlar
14 musiqaga   ihlos   va   ishtiyoq   bilan   qarashganlar   Abdullaxon(1854)   g’ijjak   va
tanburda   Sayid   Muhammadxon   davrida   soz   va   suhbat   kechalari   uyushtirib   o’zi
ham dutor va g’ijjakni o’rganib chalgan.
Xorazm mintaqasidagi ekologik yo‘nalishlari va Xorazm milliy tabiiy bog‘i
5384Xorazm   viloyati   va   Janubiy   Qoraqalpog'iston   nafaqat   tarixiy   yodgorliklarga
boyligi,   balki   tabiatning   ko'plab   qiziqarli   tabiat   joylari   tufayli   ham   tashrif
buyurishga  arziydi. Amudaryo bo'yida  siz noyob turdagi  qirg'oq  o'simligi  -  toqay
o'rmonchalarini uchratishingiz mumkin. Toqay o'rmoni, yovvoyi cho'chqa, buhoro
kiyiklari,   jayron,   tulki,   shoqol,   tolai   quyon   kabi   ko'plab   yovvoyi   hayvonlar   va
ko'plab   qush   turlari   uchun   muhim   yashash   maskanidir.   Ushbu   hududda
mintaqaning   tarixiy   va   tabiiy   yodgorliklari   bo'ylab   o‘tuvchi   uchta   ekoturizm
yo‘nalishlari yaratilmoqda.
Xorazm viloyati va Janubiy Qoraqalpog'iston nafaqat tarixiy yodgorliklarga
boyligi,   balki   tabiatning   ko'plab   qiziqarli   tabiat   joylari   tufayli   ham   tashrif
buyurishga  arziydi. Amudaryo bo'yida  siz noyob turdagi  qirg'oq  o'simligi  -  toqay
o'rmonchalarini uchratishingiz mumkin. Toqay o'rmoni, yovvoyi cho'chqa, buhoro
kiyiklari,   jayron,   tulki,   shoqol,   tolai   quyon   kabi   ko'plab   yovvoyi   hayvonlar   va
ko'plab   qush   turlari   uchun   muhim   yashash   maskanidir.   Ushbu   hududda
mintaqaning   tarixiy   va   tabiiy   yodgorliklari   bo'ylab   o‘tuvchi   uchta   ekoturizm
yo‘nalishlari yaratilmoqda.№ 
1   Yo'nalish   raqami   Ekoturizm   ob'ektlari     Xiva   tumanidagi   “Eshonrovot”
tabiiy   suv   omborining   qirg‘og‘ida   joylashgan   “Qizilqum”   lageridagi   “Deshan-
Qala”   va   “Ichan-Qala”   tarixiy   yodgorliklari,   “Boltaboy   oqsoqol”,   “Valiko   plyus”
va “Qoraqum” xo‘jaliklarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Yangiariq tumanida
2400 gektar maydonda suv o‘z havzasiga ega bo‘lgan “Ulli Sho‘rko‘l” (“Xorazm
dengizi”)   dam   olish   zonasi,   Bog‘ot   tumanida   “QALAJIQQAL’A   OASIS
ECOTURISM” ekoturizm fermasi, Urganch tumanida esa juda chiroyli “Urganch
ELtur”   ekozonasi   joylashgan.“Urganch   El   tur”   ekozonasi,   Xorazm   viloyati,
Urganch tumanida, Amudaryo bo‘yida joylashgan. Parkning maydoni, 26 gektarni
15 tashkil   etadi.   Daryo   bo‘yida   siz   o‘tovda   yashashingiz,   yozgi   oshxona
jihozlashingiz,   baliq   ovlashga   borishingiz   va   shunchaki   to‘qayzorning   o‘rtasida
hayratlanarli darajada go‘zal tabiat qo‘ynida dam olishingiz mumkin.
“Boltaboy   oqsoqol”   xo‘jaligi,   “Eshonravot”   tabiiy   suv   havzasi   yoqasida
joylashgan.   U   erda   siz   barcha   qulayliklarga   ega   bo‘lgan   o‘tovlar   oromgohlarida
dam olishingiz mumkin, shuningdek u yerda, zamonaviy jahon standartlariga to‘liq
javob beradigan kichik mehmonxona, zamonaviy tennis korti, motorli va mexanik
qayiqlar,   skuterlar,   katamaranlar   ham   mavjud.   200   gektarlik   qumli   qo‘riqxona
bo‘ylab piyoda va tuyada sayohatlar uyushtiriladi.
Qoraqum”   fermasi ,   “Boltaboy   oqsoqol”   xo‘jaligiga   tutash   hududda
joylashgan. Bu yerda, milliy uslubda bezalgan restorani bo‘lgan kemping maydoni
mavjud.   Ob’ekt   shuningdek,   o‘tovlar   lageri,   motorli   va   mexanik   qayiqlar,
skuterlar,   katamaranlar   bilan   ham   jihozlangan.   Qadimgi   Xivadagi   Islom-Xoja
minorasining   nusxasi   qurilgan   bo‘lib,   u   yerdan   hududning   go‘zal   ko‘rinishini
tomosha qilishingiz mumkin.
“Valiko   Plyus”   ekoturizm   fermasi,   Xivadan   atigi   12   km   uzoqlikda
joylashgan.   Ekoturizm   yo‘nalishlari   fermaning   700   gektarlik   tepaliklari   bo‘ylab
tashkil   etilgan.   16   gektar   maydonda   baliqli   yetishtiriladigan   ko‘l   mavjud.
Sayyohlar   baliq   ovlashlari   va   yangi   tutilgan   baliqlardan   milliy   baliq   taomlari
tayyorlanishini kuzatishlari mumkin.
«Qalajiqqal’a   oasis   ecoturism»   ekoturistik   fermasi,   Bog‘ot   tumanining
Xo‘jat   qishlog‘ida   joylashgan.   Bu   yerda,   «Каладжик   оромгохи»   sanatoriysi
joylashgan,   ko‘chatzor   yaratilgan,   qum   tepaliklari   va   114   gektarlik
ishlatilmaydigan yerlar bo'ylab qo‘shimcha ekoyo‘nalishlar ochilmoqda.
  2-yo‘nalish,   Xorazm   milliy   tabiat   parkining   ob’ektlariAmudaryoning   quyi
oqimida,   Turon   tekisligining   shimoliy   qismida,   Amudaryoning   qadimgi   deltasi
bor, u chap qirg‘oqning bir qismi va o‘ng qirg‘oqdagi Qizilqumning kichik qismini
egallaydi.   Xorazm milliy tabiat parki, cho‘lli - quruq zonada joylashgan va keskin
kontinental   iqlimga   ega.   Park   ko‘paytirish   va   saqlash   maqsadida   manashu   milliy
16 bog’  tashkil   etilgan.  Parkning  maydoni  21,7  gektarni  tashkil   etadi.Tabiy  turizmni
rivojlantirish uchun qulay joy hisoblanadi.
                  2.2.Xorazm viloyati madaniy turistik salohiyati
                        Qadimgi   yozma   va   arxeologik   manbalarni   o’rganish   natijasi   shuni
ko’rsatadiki, qadimgi xorazmliklar ilm-fan sohasida o’z davri uchun ilg’or bo’lgan
yutuqlarga  erishganlar   va hayotga  tadbiq qila  olganlar. Xorazmliklar  astranomiya
va   matematikadan   yaxshi   xabardor   bo’lib,   burchak   o’lchovi   uskunalarini
yaratganlar   va   ulardan   foydalanganlar.   Osmon   jismlarini   o’rganish,   tabiat
xodisalarini   kuzatishga   ixtisoslashgan   falakkiyot   fani   ko’hna   Xorazmda   taraqqiy
qilib,   shu   davrda   qurilgan   inshootlar   bizning   kunlarimizgacha   yetib   kelgan.   Ana
shu   inshootlardan   biri   ko’hna   Xorazmning     madaniy   yogorligi   Qo’yqirilgan
qal’asidir, eramizdan avvalgi IV asrda bunyod etilgan bu qal’a To’rtko’ldan 22 km
shimoli sharqda joylashgan. Xorazmda tarixiy madaniy obidalar juda ko’p mavzu
davomida ularning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.
Ichan   qal aʼ   —   O rta   Osiyodagi   yirik   va   noyob   me moriy   yodgorliklardan	ʻ ʼ
biri. Xivaning ichki qal a (Shahriston) qismi. Ichan qal a shaharning Dishan qal a
ʼ ʼ ʼ
(tashqi   qal a)   qismidan   kungurador   devor   bilan   ajratilgan.   U   Xiva   rabotidan	
ʼ
(Dishan   qal adan)   baland   qo rg ontepaga   o xshab   ko rinadi.   Ichan   qal aga   4
ʼ ʻ ʻ ʻ ʻ ʼ
darvozadan   (Bog cha   darvoza,   Polvon   darvoza,   Toshdarvoza,   Ota   darvozadan)	
ʻ
kirilgan.Xorazm   xalq  me morligining   ajoyib  obidalari:   madrasa,   masjid,   saroy   va	
ʼ
minoralar,   asosan,   Ichan   qal ada   joylashgan.   Undagi   me moriy   yodgorliklarning	
ʼ ʼ
yaratilish   tarixi,   asosan,   4   davrga   taalluqli:   birinchisi   Xorazmning   qadimgi
davridan  to  mo g ullar   istilosi   davriga  qadar,  bu davrdan Ko hna  arkning  g arbiy	
ʻ ʻ ʻ ʻ
devori, qal a devorining shimoli-sharqiy burchagidagi qadimgi davrga mansub burj	
ʼ
va   qal a   devori   qoldiqlari   saqlanib   qolgan.   Ikkinchisi   Xorazmning   1220-yildagi	
ʼ
mo g ullar   istilosidan   keyingi   tiklanish   davri.   Bu   davrda   Sayid   Alovuddin	
ʻ ʻ
maqbarasi   va   boshqalar   mahobatli   binolar   qurilgan.   Uchinchi   davri   XVI—XVII
17 asrlarga   to g ri   keladi.   Shu   paytda   (Abulg ozixon   va   Asfandiyorxon   hukmronlikʻ ʻ ʻ
davrida)   Ichan   qal ada   Anushaxon   hammomi   (1657),   peshayvonli   Oq   masjid	
ʼ
(1675),   Xo jamberdibiy   madrasasi   (1688)   kabilar   bunyod   etildi.   Ko hna   ark	
ʻ ʻ
istehkomlari   mustaqkamlandi,   ko rinishxona   (xonning   qabulxonasi)   qurildi   (1686	
ʻ
—1688).   Buxoro   bilan   Eron   o rtasida   Xiva   xonligi   uchun   boshlangan   urush
ʻ
natijasida   (XVIII   asrning   1-yarmi)   Ichan   qal a   va,   umuman,   Xiva   shahri   qattiq	
ʼ
shikastlandi   (Xiva   bir   qancha   vaqt   Eronga   tobe   viloyat   bo lib   turdi).   To rtinchi	
ʻ ʻ
davri   XVIII—XX   asrlarni   o z   ichiga   oladi.   Bu   davrda   O rta   Osiyo   mahalliy	
ʻ ʻ
me morligi   an analari   asosida   masjid,   madrasa,   tim   va   toqilar   qurildi.   Ota	
ʼ ʼ
darvozadan   Polvon   darvozagacha   katta   yo l   o tkazildi.   XVIII-asr   oxirida   Juma	
ʻ ʻ
masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora qad ko tardi. Ichan qal aning	
ʻ ʼ
haroba   devorlari   tiklandi,   bir   qancha   imoratlar   ta mirlandi.   1840—1842-yillarda	
ʼ
ikki   qavatli   Qutlug murod   inoq   madrasasiga   qaratib   tim   va   toqilar   qurildi.	
ʻ
Muhammad   Rahimxon   I   (1806—1825),   Olloqulixon   (1825—1842),   Muhammad
Aminxon   (1845—1855)   hukmronligi   davrida   Ichan   qal ada   qurilish   avj   oldi.	
ʼ
Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etildi: Ko hna arkda saroy qurilishi	
ʻ
tugallandi.   Yangi   va   katta   Toshhovli   saroyi   qurildi.   Polvon   darvozaga   yaqin
qo rg on   devorining   bir   qismi   buzilib,   o rniga   Olloqulixon   karvon   saroyi,	
ʻ ʻ ʻ
madrasasi   va   timi   qurildi,   xalq   ijodining   ajoyib   namunasi   Pahlavon   Mahmud
maqbarasi   qad   ko tardi.   Arab   Muhammadxon   va   Musa   to ra   madrasasi   ham   shu	
ʻ ʻ
davrda yaratildi. Muhammad Aminxon Ichan qal aning g arbiy qismiga — Ko hna	
ʼ ʻ ʻ
ark   yoniga   Kaltaminor   nomi   bilan   mashhur   bo lgan   minora   qurdirdi.   Bu   minora
ʻ
garchi bitkazilmay qolgan bo lsada, Ichan qal a mujassamotida katta o rin tutadi.	
ʻ ʼ ʻ
Ichan qal a qurilishida Xiva me morlari O rta Osiyoda qadimdan qo llanib kelgan	
ʼ ʼ ʻ ʻ
uslub   —   inshootlarni   ro parama-ro para   qurish   uslubidan   (qo shdan)	
ʻ ʻ ʻ
foydalanishgan.   Masalan,   Olloqulixon   madrasasi   bilan   Qutlug   Murod   inoq	
ʻ
madrasasi,   Sherg ozixon   madrasasi   bilan   Pahlavon   Mahmud   maqbarasi   shu	
ʻ
uslubda   qurilgan.   Ichan   qal a   me morligining   yana   bir   o ziga   xos   xususiyati	
ʼ ʼ ʻ
binolarning   alohida   ansambl   holida   qurilganligi.   Masalan,   Juma   masjid   yonidagi
18 ikkita   kichik   madrasa,   Muhammad   Amin   inoq   va   Matpanoboy   madrasasi   hamda
Matniyoz   devonbegi   madrasasi   ancha   yirik   ansambldir.   Polvon   darvoza   oldidagi
bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi o zigaʻ
xos   ansamblni   tashkil   etadi.   Qutlug   Murod   inoq   bilan   Olloqulixon   madrasasi,	
ʻ
Tosh   hovli   bilan   Oq   masjid   o rtasidagi   maydoncha   shu   ansamblning   mujassamot	
ʻ
markazidir.   Ichan   qal a   me moriy   yodgorliklari   yog och   o ymakorligi,	
ʼ ʼ ʻ ʻ
sangtaroshlik,   ganchkorlik,   sirkor   sopol   va   boshqalar   rang-barang   naqqoshlik
bezaklari   bilan   bezatilgan.   Ichan   qal a   ansambli   me moriy   yodgorlik   sifatida	
ʼ ʼ
muhofazaga   olinib,   muzeyga   aylantirilgan   (1961).   1990-yildan   Ichan   qal a	
ʼ
UNESCOning   Butun   jahon   yodgorliklari   ro yxatiga   kiritilgan.   1997   yilda   Xiva	
ʻ
shahrining   2500   yilligi   munosabati   bilan   asosiy   yo nalishlarda   joylashgan	
ʻ
yodgorliklarni muntazam ravishda ta mirlash, tiklash ishlar	
ʼ
            Kalta minor .  Bugungi kunda Ko‘hna Xiva shahrini bu me'moriy yodgorlik
obidasiz   tasavvur   etish   qiyin.   Kalta   minor   shahar   ramziy   belgisi   sifatida   tan
olingan.   Uning   o‘lchami   va   noyob   bezaklari   har   bir   shaxsni   hayratga   solmasdan
qo‘ymaydi.   Minora   poydevori   15   metr   chuqurlikda,   uning   diametr   asosi   14,5
metrni,   balandligi   29   metrni   tashkil   topadi.   Minora   hozirgi   paytda   kesik   konus
shaklida bo‘lib hozirni o‘zida ham haybatli ko‘rinishga ega. Dinamik qisqarishiga
qarab   xulosa   qilinadigan   bo‘lsa,   bitganidan   so‘ng   uning   balandligi   100   metrga
yaqin   bo‘lib   O‘rta   Osiyoda   eng   katta   va   baland   minora   bo‘lishi   mumkin   edi.
Minoraga tushgan insolyatsiya (quyosh nurlarini tushushi va sinishi)ga qaraydigan
bo‘lsak   minoradagi   koshinlarning   rangi   o‘zgarmaydi.   Chunki   quyosh   nuri   har
qanday jismni  rangini o‘zgartiradi, ya'ni oqartiradi yoki ochiq tusga kirgizadi. Bu
holat   minorada   sezilmaydi.   Mana   qancha   vaqt   o‘tgan   bo‘lsa   ham   xuddi   yangi
qurilganday   saqlanib   turibdi.   Minorada   asosan   geometrik   naqshlar   (gireh)   ko‘p
qo‘llanilgan   minoraga   ikkinchi   qavatdan   ko‘tarilish   mumkin,   ya'ni   minoraga
yog‘och   zinapoya   orqali   chiqiladi.   Minora   1853   yilda   Muhammad   Aminxon
tomonidan qurila boshlangan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning
o‘ldirilishi va Abdullaxonning taxtga o‘tirishi bilan qurilish ishlari to‘xtab qolgan.
19 Lekin   uning   balandligi   yana   70   metrga   qad   rostlashi   kerak   edi.   Ba'zi   bir
manbalarda   110   metrga   yetkazilishi   qayd   etilgan.   Me'mor   rejasiga   ko‘ra,   faqat
kengligini   mustahkamlab,   balandligi   kuchli   toraytirilgan.   Ammo   bu   minoraning
qurilishi   oxiriga   yetkazilmagan   u   xuddi   bahaybat   sirli   bochkaga   o‘xshab   qolgan.
Shunga ko‘ra unga "Kalta minora" deb nom berilgan.                  
Juma   masjid .   Xiva   juma   masjidi   me moriy   yodgorlik   (10—18-asrlar).ʼ
Ichan   qal aning   markaziy   qismida   Ota   darvoza   va   Polvon   darvozalarni	
ʼ
birlashtiruvchi ko chada joylashgan. Juma masjid haqidagi ilk ma lumot 10-asrda	
ʻ ʼ
Xorazmga   kelgan   arab   sayyohlari   al-Muqaddasiy   (Maqdisiy)   va   al-Istaxriy
yozmalarida uchraydi. Manbalarga ko ra, J. m.ning dastlabki binosi buzilib ketgan	
ʻ
va o rniga Abdurahmon Mehtar buyrug iga binoan xuddi shu usulda kattaroq yangi	
ʻ ʻ
masjid qurilgan (1788). Masjid o ziga xos tarhi va hajmi bilan ajralib turgan. Bir	
ʻ
qavatli bo lib, atrofi g ishtin devor bilan o ralgan. Uning boshqa masjidlardan farqi	
ʻ ʻ ʻ
qad.   arab   me morligiga   xos   uslubda   (yopiq,   ko p   ustunli   hamda   hovlisiz   qilib)	
ʼ ʻ
qurilganligidadir.   Unda   ayvonlar   bilan   o ralgan   hovli   ham,   ulkan   peshtoq   ham,	
ʻ
gumbazli   xonalar   ham   yo q.   Xonaqoh   ichi   shipdagi   ikki   tuynuk   orqali   yoritiladi.	
ʻ
Tomi yassi, to sinli, shipini 212 ustun ko tarib turadi. Ustunlar 17 qatorli, oralig i	
ʻ ʻ ʻ
3,15×3,15   m.   Mehrobi   jan.   devor   markazida   joylashgan.   Tashqi   devorlari   oddiy
bezaksiz.   Bosh   tarzidagi   eshik   yog och   o ymakorligida   ishlangan   noyob   namuna	
ʻ ʻ
hisoblanadi.   Ichki   bezaklari   sodda   ganch   suvoq   qilingan.   Mehrob   ravog ida   iroqi	
ʻ
muqarnas va ko k rangli bo yama naqsh (18-asrga oid) saqlangan. Ustunlar masjid	
ʻ ʻ
tuzilishining   asosini   tashkil   etish   bilan   birga   uning   badiiy   bezagi   hamdir.   Ular
o ziga xos mutanosiblik va ko rinishga ega. 212 ustundan 10—14-asrlarga oid 25	
ʻ ʻ
ustun   eng   qad.si   bo lib,   tuzilishida   bir   qancha   uslub   namunalari   bor.   10—11-	
ʻ
asrlarga   oid   4   ustun   chuqur   bo rtma   naqshli,   kufiy   xati   islimiy   naqsh   bilan	
ʻ
uyg unlashgan. Unda faqih Abul Fadal Muhammad Laysi farmoni bilan qurilgani	
ʻ
yozilgan. 11 — 12-asrlarga oid 17 ustun nisbatan sayoz o yilgan, undagi handasiy	
ʻ
naqshlar   oralig i   uslublashtirilgan,   nabotiy   shakllar   bilan   to ldirilgan,   yozuvlari	
ʻ ʻ
kufiy   xatida   bitilgan   (yaxshi   saqlanmagan)   15-asrga   oid   3   ustun   islimiy,   girih
20 naqshlar va nasx xatida hoshiya qilib terilgan. Bu uslubdagi o ymakorlik bezaklariʻ
mehrob   yaqinidagi   yog och   taxtachalarda   va   eshik   tabaqalarida   uchraydi.	
ʻ
Ustunlarning   birida   mil.   1510   y.   saqlangan.   Ular   mehrob   yaqinidagi   marmar
taxtalar bilan bir vaqtda o rnatilgan bo lishi mumkin. Kichik marmar taxtada 1666
ʻ ʻ
y.,   ikkinchi   marmar   taxta   yozuvidagi   vaqfnomada   vazir   Abdurahmon   amri   bilan
Quyuqtom   va   Bekobod   qishloqlarida   masjidga   vaqf   yerlari   ajratilganligi   va
daromadni   xayr-ehsonga   hamda  masjid  zaruriyatiga  sarf   qilish  lozimligi   yozilgan
(1788—89).   Qolgan   ustunlar   Xorazmdagi   turli   binolardan   yig ib   keltirilgan.	
ʻ
Uzunlari masjid qurilishiga moslab qirqilgan, kaltaroqlari murabba shakldagi tosh
poyustun   ustiga   ko zagi   va   kallaklar   ishlanib   o rnatilgan.   Hamma   ustunlar	
ʻ ʻ
muayyan   mujassamot   asosida   joylashtirilgan.   Macjid   yonidagi   minora   17-asrda
qulab tushgan, 18-asrda mayda pishiq g ishtdan qayta tiklangan. Minora yuqoriga	
ʻ
tomon   ingichkalashib   boradi.   Tepasiga   sharafa   va   g ishtdan   dandana   xoshiya	
ʻ
belbog lar   ishlangan.   J.   m.   bir   necha   bor   ta mirlangan.   Oxirgi   ta miri   1990   yilda	
ʻ ʼ ʼ
Xivaning 2500 yilligi arafasida bajarilgan. Umumiy o lchamlari: masjid — 55×46	
ʻ
m, minora bal. 42 m.
                      Sherg‘ozixon madrasasi.   Sherg‘ozixon (1714-1726) aqlli, jasur, tadbirkor,
harbiy ishlarda juda mohir bo‘lgan. Uning ayniqsa rus podshosi  Petr I tomonidan
Xorazmdagi   oltin   qumni   qo‘lga   kiritish   uchun   yuborilgan   knyazь   Bekovich-
Cherkasskiy   boshchilik   qilgan   rus   qo‘shinini   harbiy   hiyla   bilan   tor-mor   qilgani
barcha tarixchilarni xayratga solgan. 1717-yilning yozida 4000 piyoda, 100 otliq, 6
ta   to‘p,   200   tuya,   300   ot   (yuk   ko‘taradigan)   bilan   kelgan   qo‘shinga   qarshi   xon
ochiq jang olib bormay harbiy hiyla ishlatadi. Xon yuborgan choparlar Bekovich-
Cherkasskiyga   askarlarni   bo‘lib   bersa   mehmon   qilish   qulay   bo‘lishini   aytishadi.
Aldangan   lashkaboshi   qo‘shinni   bo‘lib   beradi.   Xivaliklar   rus   qo‘shinini   er   bilan
yakson   qilib,   Bekovich   -Cherkasskiyni   bosh   terisiga   somon   tiqib,   Buxoro   xoniga
sovg‘a   qilib   yuboradilar.   Sherg‘ozixon   Vazir,   Gurlan,   Shohobod,   Bog‘olon,
Xonqa,   Uyg‘ur,   Hazorasp   qal’alarini   o‘z   tug‘i   atrofiga   birlashtirdi.   Xon   o‘zining
Mashhadga   qilgan   yurishi   davrida   5000   dan   ziyod   qizilboshni   asir   qilib   olib
21 kelgan.   O‘sha   qullar   Sherg‘ozixon   nomidagi   madrasani   kurilishida   ishlatilgan.
Ko‘pgina   tarixchilar   Xiva   xoni   Sherg‘ozixonni   olim   va   odil   xon,   e’tiqodli   va
diyonatli   inson   bo‘lganligini   ta’riflashgan.   Shuning   uchun   ham   xon   ilm   ahllarini
hush ko‘rar ular suhbatidan bahra olar edi. 
Pahlavon Mahmud maqbarasi .  Pahlavon Mahmud maqbarasi asosan XIV-
asrda   kichik   go‘rxona   shaklida   qurilgan   bo‘lib   unda   o‘z   davrining   katta   “Piri”   -
Pahlavon   Mahmud   (1247-1326)   jasadi   ko‘milgan.   Pahlavon   Mahmud   1247   yilda
Xiva   shahrida   po‘stindo‘z   (kosib-hunarmand)   oilasida   tug‘ilgan.   Yoshlik   yillarda
ota   kasbi   po‘stindo‘zlik   bilan   shug‘ullangan,   so‘ngra   xat-savod   chiqarib,   buyuk
shoir faylasuf darajasiga erishgan. U juda ham zabardast pahlavon bo‘lib 79 yillik
hayotida   biron   marta   kuragi   erga   tegmagan.   Pahlavon   Mahmud   haqida   ko‘plab
rivoyatlar   saqlanib   qolgan.   Shulardan   biri:   Bir   zamonlar   Xivani   o‘rnida   suvsiz
dasht   bo‘lgan.   Ko‘hna   Urganch   vayron   qilinganidan   so‘ng   mo‘g‘ullar   istilosidan
keyin,   uning   aholisi   har   tomonga   tarqalib   ketgan.   Shu   jumladan   Pahlavon
Mahmudning   onasi   ham   homilador   holida   Xiva   atrofiga   etib   kelib,   hozirgi   Qiyot
qishlog‘ida   o‘g‘il   tuqqan.   Bu   bola   15   yoshga   etgan   mard   kurashchi,   mashhur
pahlavon   bo‘lib   nom   chiqargan.   U   uzoq   mamlakatdagi   bir   podshoni   zo‘r
pahlavonlarini   enggan.   Podsho   xivalik   pahlavonning   kuchiga   qoyil   qolib   unga
“Senga nima kerak bo‘lsa so‘ragin” -debdi. Pahlavon Mahmud podshoga: “Menga
bir ho‘kizni xomiga (ho‘kiz terisiga) siqqan vatandoshlarimni ozod qilib bering” -
deb   javob   qilibdi.   Podsho   rozi   bo‘libdi   va   ho‘kiz   terisini   keltirishni   buyuribdi.
Pahlavon Mahmud teridan ingichka tasmalar qirqib olgan va ularni bir-biriga ulab
uzun   kamar   (qo‘ra)   qilib   shunga   siqquncha   odamlarni   olib   Xivaga   jo‘nagan,   u
bilan   kelgan   odamlarni   shahar   tashqarisidagi   Shixlar   qishlog‘iga   joylashtirgan,
hozirgi   vaqtgacha   qishloq   aholisini   ko‘pchiligi   bu   rivoyat   haqiqat,   inqilobgacha
bo‘lgan   davrda   qishloq   aholisi   Pahlavon   Mahmud   maqbarasida   xizmatda
bo‘lishgan deb aytishadi.
Hozirgi   maqbara   Muhammad   Rahimxon-I   (1806-1825   )   tomonidan   1810
yilda Qo‘ng‘irot shahriga qilingan muvaffaqiyatli yurishdan so‘ng qurila boshlagan
22 va   uning   o‘g‘li   Ollaqulixon   davrida   qurib   bitkazilgan.   Maqbara   3   ta   qismdan
iborat.   Qabrxona,   Xonaqo   va   Yo‘lak.   Maqbaraning   g‘arbiy   qismida   joylashgan
xonaga   Pahlavon   Mahmud   dafn   qilingan.Xonaqoni   shimoliy   devori   yonida
Muhammad   Rahimxon   qabri   joylashgan,   uning   yaqiniga   esa   Xiva   xonlari
Abulg‘ozixon   va   Anushaxonlarning   qabr   toshlari   o‘rnatilgan.   Yo‘lakda   esa
Ollaqulixon   dafn   etilgan.   Pahlavon   Mahmud   maqbarasi   atrofi   XIX   asr   oxiriga
kelib   Xiva   xonlari   va   ularning   yaqinlari   dafn   qilinadigan   xilxonaga   aylantirilgan.
Bino qurilishini Hazorasplik usta Odinamuhammad Murod boshqargan, usta katta-
kichik   jismlarni   (sirli   koshin)   yagona   memorchilik   inshootiga   mohirlik   bilan
birlashtira olgan, irkor bezaklar sag‘anani, tashqi gumbaz va peshtoq qismini bezab
turardi,   shu   vaqtda   xonalarning   ichi   ganch   suvoq   qilingan   edi.   1825   yilga   kelib
Olloqulixon   (1825-1842   )   buyrug‘i   bilan   qabrxona,   ya’ni   ziyoratxonaga   va
xonaqoga   sirkor   bezak   berildi.   Xuddi   shu   davrda   ziyoratxona   va   qabrxona
gumbazlari   tashqi   tomondan   zangori   yashil   sirkor   g‘ishtchalar   bilan   qoplandi.
Maqbara   peshtoqining   ba’zi   ko‘chib   ketgan   koshinlari   o‘rniga   o‘ziga   o‘xshatib
yangi   koshinlar   o‘rnatildi.   1910-1913   yillarda   maqbaraning  g‘arbiy  qismida   Xiva
xoni   Isfandiyorxon   (1910-1918   )   onasi,   o‘zi   va   o‘g‘li   uchun   qabrxona   va   to‘rtta
hujradan   iborat   ikki   oshyonli   qorixona   bunyod   qildirgan.   Qurilish   ishlariga   usta
Qurbonniyoz   boshchilik   qilib,   qorixona   qarshisiga   o‘ymakori   ustunli   ayvon
qurilgan.   Pahlavon   Mahmud   majmuasi   1960   yilda   usta   Ro‘zmat   Masharipov
“Ro‘zmat arbob” ishtirokida katta gumbazning usti, qorixona va ayvon ta’mirlanib
maqbaraga   qayta   jon   bag‘ishlangan.   Hozirgi   vaqtda   binoda   O‘zbekiston
Musulmonlarning   diniy   idorasi,   “Pahlavon   Mahmud   jamg‘armasi”   faoliyat
ko‘rsatmoqda. Inshootning ayrim joylari ta’mirtalab bo‘lganligi uchun 2007 yilda,
ayvon   ustunlari,   yo‘laklar,   quduq   atrofi   va   uning   tepasidagi   chiroyli   oshyonli
yog‘och gumbaz, peshtoqning ba’zi tushib ketgan sirli koshinlari qayta ta’mirlandi.
                “Dishan-qal a”.ʼ   Dishan Qal’ani XIX asr o‘rtalarida Allaqulixon buyrug‘i
bilan   3   yil   davomida   barpo   etilgan.   O‘sha   paytlarda   shaharga   tez-tez   turkman
qabilalari   hujum   qilishardi.   Xonning   200   mingga   yaqin   fuqarosining   har   biri
23 qurilishda   yilda   bir   marotaba   12   kun   bepul   tarzda   ishlab   bergan.   Shunday   qilib
uzunligi 6 ming metr, balandligi  8 metr va kengligi 6 metrgacha bo‘lgan devorni
qurish   uchun   bor-yo‘g‘i   3   yil   vaqt   sarflandi.   Bu   o‘sha   davr   uchun   rekord
ko‘rsatkichdir.Qurilishning   asosiy   xom-ashyosi   somon   bo‘lgan.   Loydan   g‘isht
quyishgan,   keyin   quyoshda   quritishgan.   Shunday   xom-ashyodan   deyarli   barcha
turar   joy   inshootlari   qurilgan   edi.   Ammo   ular   vaqt   o‘tishi   bilan   eskirib   borar   va
yaroqsiz holga kelib qolardi. Shunda ular ajratib olingan, loy ivitilgan, undan yana
g‘isht yasalgan va quyoshda quritilgan. Aytish mumkin bu shaharsozlik uchun eng
qulay vosita edi.Ichan Qal’ada bo‘lgani  kabi  devorlarning uchida  kamondan yoki
boshqa quroldan otish mumkin bo‘lgan kichik tuynuklarga ega dandanali to‘siqlar
bor edi. Teng masofa oralig‘ida katta mudofaa minoralari joylashtirilgan. Shaharni
yana   suv   to‘ldirilgan   handaq   himoya   qilgan.   Qorong‘i   tushishi   bilan   shahar
darvozalari   berkitilgan.U   muhim   mudofaa   vazifasini   bajarganligi   uchun   uning
tepasida   kuzatuv   galereyalari   joylashgan.   Ark   shaklidagi   o‘tish   joyining   ikki
tarafida   hujumkor   minoralar   qurilgan   edi.   Soqchilar   har   doim   jangovor   shaylik
holatida   turganlar.Dishan   qal’aning   10   ta   darvozasi   bo‘lgan.   Sharqiy   darvoza
qishloq   nomiga   Pishqaniq   deb   nomlangan.   G‘arbiy   Shohimardon   shu   nomli
qabriston   nomi   bilan   atalgan.   Ma lumotlarga   ko ra,   devor   joriy   yilning   23-fevralʼ ʻ
kuni soat 01:00 da qulagan. Vayronagarchilik sababi tabiiy qor va yomg ir suvlari	
ʻ
tufayliligi   aytilmoqda.   Ayni   paytda   yodgorlik   devorining   yog och   ustunli   qolgan	
ʻ
qismlarini   saqlab   qolish   choralari   ko rilmoqda.	
ʻ   Bugungi   kunga   qadar   taxminan
1400-1600   metr   saqlanib   qolgan.   2005-yilda   YUNESKOning   O zbekistondagi	
ʻ
vakolatxonasi   ishtirokida   shimoliy   qismining   80   metri   to liq   ta mirlanib,   qayta	
ʻ ʼ
tiklandi.
Muhammad   Aminxon   madrasasi.   Muhammad   Aminxon   madrasasi   —
Xivadagi me moriy yodgorlik (1852—55). Muhammad Aminxon qurdirgan. Ichan	
ʼ
qal aning   g arbiy   qismida   joylashgan.   Madrasa   ikki   qavatli.   Birinchi   qavatidagi	
ʼ ʻ
hujralar   dahlizli,   ikkinchi   qavatdagilar   ayvonli.   Bu   uslub   Xiva   madrasalari
me morligida   ilk   bor   shu   binoda   qo llanilgan.   Ayvonlarning   qurilishi   sodda,
ʼ ʻ
24 hovlining   umumiy   me morligiga   moye.   Ikki   qavatli   ayvonlardagi   qanoslar   vaʼ
qarama-qarshi   qo yilgan   peshtoqlar   sirkor   parchinlar   bilan   naqshlangan.   Hujralar	
ʻ
tomi   balxi   gumbaz   bilan   berkitilgan.   Sharqiy   qanotidagi   masjid   va   g arbiy	
ʻ
qanotidagi   darsxonaning   gumbazlari   burchaklaridan   chiqarilgan   toqili   qiya
sathbag alga   qo yilgan.   Peshtoqining   6   qirrali   kurkam   ravog i   ham   sirkor	
ʻ ʻ ʻ
parchinlar bilan bezatilgan. Masjidning baland gumbazi peshtokidan ancha yuqori
ko tarilib   turadi.   Madrasaning   baland   va   bezakdor   peshtoqi   o ziga   xos   mayda	
ʻ ʻ
ravoqchalarga   bo lingan,   burchaklaridagi   mezanali   guldastalar   binoga   salobat   va	
ʻ
go zallik   bag ishlaydi.   Binoda   Xiva   me morlik   maktabiga   xos   uslublarning   eng	
ʻ ʻ ʼ
yaxshi namunalari qo llangan. Bosh tarzidagi miyonsaroy 2 oshyonli, 5 gumbazli	
ʻ
bo g imlarga   ajratilgan.   Yog och   o ymakorligida   ishlangan   eshik   va   panjaralar	
ʻ ʻ ʻ ʻ
noyob san at  asari  hisoblanadi. Umumiy tarhi — 77×60,0 m;  hovli 38,0×38,0 m;	
ʼ
masjid 9,4×8,4 m; darsxona 5,6×5,6 m. Madrasa ta mirlanib, mehmonxona uchun	
ʼ
moslashtirilgan, o tmishda yirik o quv dargohi va shahar devonxonasi  bo lgan.[1]	
ʻ ʻ ʻ
Madrasaning   baland   va   bezakdor   peshtoqi   o‘ziga   xos   mayda   ravoqchalarga
bo‘lingan,   burcha-klaridagi   mezanali   guldastalar   bi-noga   salobat   va   go‘zallik
bag‘ishlaydi.   Binoda   Xiva   me'morlik   maktabiga   xos   uslublarning   eng   yaxshi
namunalari   qo‘llangan.   Bosh   tarzidagi   miyonsaroy   2   oshyonli,   5   gumbazli
bo‘g‘imlarga   ajra-tilgan.   YOg‘och   o‘ymakorligida   ishlangan   eshik   va   panjaralar
noyob   san'at   asari   hisoblanadi.   Umumiy   tarhi-   77x60,0   m;   hovli38,0x38,0   m;
masjid9,4x8,4   m;   darsxona5,6x5,6   m.   Madrasa   ta'mirla-nib,   mehmonxona   uchun
moslashtirilgan, o‘tmishda yirik o‘quv dargohi va shahar devonxonasi bo‘lgan.
                   Ko‘hna Ark majmuasi .   “Ko‘xna -Ark” Xivaning qadimiy qal’asi “Ichan-
Qal’a”dagi   xon   saroylaridan   biri.   Bu   erda   “Qadimgi   Xorazm”   bo‘limi
ekspozitsiyasi   tashkil   qilingan.   Umumiy   maydoni   130x93m.   «Qadimgi   Xorazm»
bo‘limi   ko‘rgazmasi   xonlar   masjidida   «Qadimgi   Xorazm»   ko‘rgazmasi   tashkil
topdi.   Ko‘rgazmada   joylashgan   eksponatlar   soni   439   tashkil   qiladi.   Ular   asosan
Xorazm tarixining antik davridan Xiva xonligi tashkil topishigacha bo‘lgan tarixiy
davrni   o‘z   ichiga   oladi.   Muzey   1920   yilda   tashkil   qilingan.   “Qadimgi   Xorazm”
25 bo‘limida   Xiva   xonlarining   taxti   turgan   zal   va   qabulxona   ayvoni,   o‘tov,   2   ta
devonbegi   ekspozitsiyalari,   “Xorazm   sopoli”   ekspozitsiyasi,   Xiva  xonligi   davrida
tanga,   pul   ishlab   chiqarilgan   zarbxona,   xonlarning   yozgi   va   qishki   masjidlari,
qishki masjidda “Qadimgi Xorazm” ekspozitsiyasi joylashgan. Bo‘limda jami 984
ta   eksponat   bor.   Bo‘limda   eng   qiziqarli   eksponat   -   bu   Xitoy   kulollari   tomonidan
ishlangan   Xitoyning   Tanь   imperiyasi   davriga   oid   700   yillik   tarixga   ega   Xitoy
chinni   lagani.   Bo‘limda   qayta   jihozlash   ishlari   amalga   oshirilmoqda.   Navbatdagi
vazifalarimizdan   biri   O‘zbekiston   Respublikasi   mustaqilligining   24   yilligiga
bag‘ishlab ko‘rgazmalar tashkil qilish, mustakillik bayramini munosib kutib olish,
sayyohlarga   namunali   muzey   xizmati   ko‘rsatishdan   iborat.Masjid   qurilishi   sanasi
XIX asr. Ko‘rgazma joylashgan foydali maydoni 160kv.m. Arkni Eltuzarxon Xiva
binolari qayta tiklanayotgan davrda (1804-1806) qayta qurdirgan. Qurilishga Yusuf
Mеxtar   boshchilik   qilgan,   Olloqulixon   davrida   (1825-1842)   yangidan   qurilib,
dеvorlariga   sirli   koshin   yopishtirilgan,   mе'mor   usta   Abdulla   jin   jonbozlik
ko’rsatgan.   Ko’rinishxona   ayvoni   1855   yilgi   janjallarda   vayron   bo’lgan   bo’lib,
1864 yilda Sayid Muhammadxon tomonidan qayta ta'mirlangan. Surat 1890 yilda
Muhammad   Rahimxon   madrasasining   tеpasidan   tushirilgan.   Uning   xududi   1
gеktardan   ziyodroq   maydonni   egallab,   to’rtburchak   shaklda   (123x93   mеtr)
qurilgan bo’lib, baland qalin dеvor bilan o’ralgan. Ko’hna ark katta-kichik to’rtta
hovlidan   tashkil   topgan.   Haram   va   xonga   qarashli   uy-joylar   shimol   tomondagi
ichkari xovlida joylashgan.
26 Kalta   Uch avliyo majmuasi   - Xivadagi  me moriy yodgorlik (1549, 1821). Ichanʼ
qal aning sharqiy qismida joylashgan. Maqbara 3 avliyo shayx (Boqiy, Maqsud va	
ʼ
Latif)lar nomi bilan bog langan.Maqbara bir xonali, murabba tarhli (6×6 m), pishiq	
ʻ
g isht   (27×27×5   sm)dan   qurilgan.   Poliga   ham   pishiq   g isht   (26×26×5   sm)	
ʻ ʻ
yotqizilgan.   Gumbazi   16-asr   Buxoro   me morligiga   xos   "qolibkori"   uslubida	
ʼ
qurilgan   bo lib,   katakkatak   yulduzchalar   bilan   bezatilgan.   Maqbaraning   shim.	
ʻ
devoridagi ravoqda supa ustiga 6 ta sag ana yonmayon joylashtirilgan. Ularning 3	
ʻ
tasi   pastki   shim.sharqiy   qismida.   Maqbara   bezaksiz,   unga   3   tomondan   kiriladi.
Bosh   tarzi   baland   peshtoqli   (bal.   12   m).   Peshtoq   tokchasi   va   tepasidagi   yassi
ravoqlar   g ishtdan   hoshiyali   qilib   terilgan.   Maqbaraning   yagona   bezagi   yog och	
ʻ ʻ
uymakori   eshigi   bo lib,   uni   ishlashda   qatnashgan   xivalik   ustalardan  Abdulla   ibn	
ʻ
Sayid, Ahmad Samarqandiyning o g li va shogirdi Asad Husayn nomlari yozilgan.	
ʻ ʻ
Keyinchalik   peshtoq   qarshisida   qorixona,   xonaqoh   va   bir   ustunli   ayvon   qurilgan.
Ayvondagi   yozuvda   Hoji   Maqsud   tomonidan   qurdirilgani   (1893)   qayd   etilgan.
Peshtoqdagi   marmar   taxtachada   mutavalli   Nazarxo ja   buyrug i   bilan	
ʻ ʻ
ta mirlanganligi (1821—22) yozilgan. Uch Avliyo majmuasim. I. Notkin (1956—	
ʼ
59) va A. Rahmonov (198182) raxbarligida ilmiy o rganilgan.	
ʻ
Tosh   hovli   saroyi   Olloqulixon   tomonidan   1832-1838   yillarda   qurilgan.
Hozirgi   kunda   Tosh   hovli   saroyi   2   qismga   bo‘lingan   bo‘lib,   birinchi   qismi
«Haram». Bu qismda 1987 yil «Hunarmandchilik» muzeyi tashkil topgan. Ikkinchi
qism   «Arzxona»   bo‘lib,   2001   yil   Mustakilligimiz   sharofati   bilan   qaytadan   ta’mir
talab   joylari   ta’mirlanib,   «Xorazm   hunarmandchiligi»   muzeyi   sifatida   ochildi   va
yanada   chiroy   ochdi.   Hozirgi   kunda   ham   o‘z   faoliyatini   davom   ettirib   kelmoqda.
Hozirgi   kunga   kelib   Tosh   hovli   saroyida   jami   591   ta   eksponat   mavjud   bo‘lib,
shundan   539   tasi   asosiy   fond,   52   tasi   yordamchi   fond.   Muzey   eksponatlarimiz
ichida o‘ziga xosligi bilan chet ellik mehmonlarni va shu bilan birgalikda maxalliy
mehmonlarimizni   o‘ziga   jalb   qilayotgan   Xiva   xoni   Muhammad   Rahimxon   II
(Feruz)   ning   1876   yilga   tegishli   KP   1222   raqamli   Foytun   arvasi   va   XX   asr
boshlariga tegishli KP 4107 raqamli Mura tosh muzey ekspozitsiyasidan joy olgan.
27 Hozirda   muzey   ilmiy   xodimlari   tomonidan   moddiy   ma’daniy   meros   ob’ektlarini
saqlash,   o‘rganish,   ommalashtirish   maqsadida   XIX   asr   oxiri   XX   asr   boshlarida
Xorazm   hunarmandchilik  san’atiga   oid  ishlar   ilmiy  ish  sifatida  olinib,  to‘plangan
adabiyotlar o‘qib, o‘rganilib borilmoqda va shu bilan birgalikda Xorazm haqiqati,
Xiva   tongi   gazetalarida   maqolalar   chop   etilib   kelinyapti.   Kelgusida   moddiy   va
madaniy   meros   ob’ektlarini   asrab   avaylash,   ularni   chuqurroq   o‘rganish   va
muzeybop   ashyolarni   yig‘ish,   ilmiy   jihatdan   o‘rganish   vazifalari   belgilangan.   Bu
esa   o‘z   navbatida   muzey   ekspozitsiyasini   yanada   boyitib,   chet   ellik   va   mahalliy
mehmonlarni   «Hunarmandchilik»   muzeyiga   ko‘proq   jalb   qilishga   xissasini
qo‘shadi. Qurilish sanasi 1830-38y.y. Foydali maydoni. 120kv.m.
Polvon darvoza  — Xiva shahridagi Ichan qal attg sharqiy darvozasi (1806).ʼ
Darvoza   bosh   tarzi   peshtoq-ravoqli,   yog och   darvozaning   2   yoniga   guldasta-	
ʻ
minora   ishlangan.   Darvoza   tepasida   va   guldasta   kafasasi-daravoqli   darchalar   bor.
Peshtog i va guldastalariga g ishtlar mavjli us-lubda bezakdor qilib terilgan, moviy	
ʻ ʻ
rang sirkori koshinlar saqlangan. Darvozaxona uzun dalon bo lib (tarhi 51,76×17,5	
ʻ
m),   usti   6   ta   gumbaz   bilan   qoplangan.   Katta   gumbaz   diametri   5,2   m,   kichik
gumbaz   diametri   esa   4,5   m   dir.   Dalonning   ikki   tomonida   do kon   (2,8×4,4   m)lar
ʻ
(jan.da   8   ta,   shim.da   11   ta)   joylashgan.   Darvozaga   qurilgan   yili   yozilgan.
Olloqulixon madrasasi, Olloqulixon karvonsaroyi va timi Polvon darvozagatutash.
1954—55 va 1982—84 yillarda ta mirlangan.[1]	
ʼ
Ota darvoza  — Ichan qal aning g arbiy darvozasi. Olloqulixon hukmronligi
ʼ ʻ
davrida   qurilgan   (1828—29).   Shermuhammad   ota   nomi   bilan   ham   atalgan.
Darvozaxona   to g ri   to rtburchak   tarhli   (17,50×15,40   m),   ichkarisi   uzun   dalon	
ʻ ʻ ʻ
bo lib, usti ikki katta gumbaz (diametri — 15,07 m) bilan krplangan. Da-lonning 2	
ʻ
tomonida bir-biriga o tiladigan oldi ochiq, gumbazli xonalar darvozabonlar xonasi	
ʻ
vazifasini   o tagan.   Xonalarning   biridan   hujraga   o tiladi.   Hujradagi   aylanma	
ʻ ʻ
zinadan   tomga   chiqiladi.   Darvoza   peshtog i   baland   bo lib,   ikki   yon   tomonini	
ʻ ʻ
guldastalar egallagan. Peshtoqining ravokli darchalari guldastalar qafasasi bilan bir
28 balandlikda   bo lib,   kunguralar   bilan   yakunlangan.   Ota   darvoza   ning   dastlabkiʻ
ko rinishi   saklanmagan,   arxiv   materiallari   asosida   qayta   tiklangan   (1974).   1978-	
ʻ
yildan do kon uchun moslashtirilgan.[1]	
ʻ
              Tosh darvoza . Shahar devorining olamning to‘rt tomoniga qarata qurilgan
to‘rtta darvozasi bor. Bu darvozalar bir-biridan ajratilishi uchun o‘rnashgan joyiga
qarab yoki biron xos belgisiga qarab nomlangan.  XVIII asr oxirida qurilgan ushbu
Tosh   darvozaning   avvalgi   nomi   undan   Angarik   qishlog‘iga   chiqilishi   sababli
Angarik darvoza edi.  Olloqulixon tomonidan 1842 yilda Deshon qal’a devorining
qurilishi   va   bir-biriga   yaqin   bo‘lgan   ikkita   darvozaning   paydo   bo‘lishi       Angarik
darvoza   va   Tosh   darvoza   nomlarini   paydo   qildi.   Eski   qal’aning   janubiy   Angarik
darvozasi endilikda ichkarida qolib, yangi nom – Tosh      darvoza    nomini   olgan.
XX   asr   boshida   bu   darvoza   oldida   bozor   bo‘lgani   sabab,   bu   maydon   va   Tosh
darvoza   ham   Ko‘hna   bozor   nomini   olgan   edi.   Darvoza   ichki   tuzilishi   shimoldan
janubga cho‘zilgan   ko‘p xonali imorat bo‘lib, shahar himoyasi vazifasini bajargan
va   u   kechalari   berkitib   qo‘yilgan.   Darvozani   qadimda   o‘nga   yaqin   mirshablar
qo‘riqlashgan   va   ularning   maoshi   to‘rt   tilladan   o‘n   tillagacha   bo‘lgan.Tosh
darvozaning ichki qismi ikkita katta gumbaz va o‘rta yo‘lak chekkalaridagi to‘rtta
xonasi   kichik   gumbazlar   bilan   bostirilgan.   Bu   xonalar   qadimda   bojxona,
qorovulxona   vazifalarini   bajargan.Tosh   darvoza   xivaning   ko’rkiga   ko’rk
bag’ishlab turadi.   Turistlarni jalb qilish juda xushmanzara joy hisoblanadi.
Qo shdarvoza  
ʻ —   Xiva   shahridagi   me -moriy   yodgorlik   (20-asr   boshlari);	ʼ
Di-shan   qal a tt   shim.   darvozasi.   Urganchga	
ʼ ʼ   olib   boradigan   serqatnov   yo ʻ lda
joylashgan .   Darvoza   2   ( qo ʻ sh )   ravoqqa   o ʻ rnatilgan   ( nomi   shundan ).   Q.ning
umumiy   tarhi   to rtburchak   (25x17   m,   balandligi   9,45   m,   yo lak   ravog ining	
ʻ ʻ ʻ
kengligi 4,2 m), 4 ta gumbaz bilan yopilgan. Uning g arbiga bir uzun va sharqiga 2	
ʻ
yordamchi   (qorovulxona,   bojxona   vazifalarini   bajargan)   xonalar   (yassi   tomli)
tutashgan;   ularga   alohida   eshik   orqali   kiriladi.   Inshootning   old   (shim.)   va   orqa
(jan.)   tarafi   bir   xil   me moriy   yechimga   ega.   Ravoqlar   ora-lig i   va   chetlarida   3   ta	
ʼ ʻ
minorasimon   burjlar   mavjud,   ularga   enli   va   in-gichka   sirkori   halqa-belbog lar	
ʻ
29 ishlangan; burjlar o zaro kungurali ravoqlar qatori bilan bog langan. Darvozaningʻ ʻ
eng   yuqorisi   burjlarning   moviy   gumbazchalari   va   ravoqlarning   kunguralari   bilan
nihoyalangan. Darvo-za tarzlarining chetki qismlari sodda, ularda yassi ravoqlar va
yordamchi xonalarning eshiklarigina mavjud.
Oq masjid   —  Xivadagi   me moriy yodgorlik (18— 19-asrlar).  Uch tomoni	
ʼ
ayvonli,   bir   xonali   guzar   masjidi.   Tar-hi   25,5x   13,5   m.   Xonaqoh(6,3x6,3   m)ning
gumbazi   chorsi   asosga   o rnatilgan.   Gumbazi   va   asosi   uzokdan   oppoq   bo lib	
ʻ ʻ
ko rinadi   (nomi   ham   shundan).   Xonaqox.   ichiga   ishlangan   chuqur   ravoklar	
ʻ
hisobiga   keng   ko rinadi.   Jan.   devorida   meh-rob   bor.   Gumbaz   osti   bag allari   4	
ʻ ʻ
pog o-nali muqarnaslar bilan to ldirilgan. Panjaralar va 3 eshik girih naqshlar bilan	
ʻ ʻ
o ziga xos uslubda bezatilgan (naqshlarni otabola Nurmuhammad Odina Qalandar	
ʻ
o g li va Kalandar  Saidmuhammad o g li  bezagan). Yogochustunlar  oddiy, fa-qat
ʻ ʻ ʻ ʻ
ustunlarning   yuqori   qismi   xotam-kori   piliklardan   terib   bezatilgan.   Oq   masjid
(me moriy   yodgorlik)   ta mirlangan,   ayvon   sufasi   tiklangan,   tomi   va   devorlari	
ʼ ʼ
tuzatilgan.[1]
                Gozi kalon madrasa.   Qozi  – kalon       madrasasi  1905 yilda     Xiva     xonining  
bosh     qozisi     Muhammad     Salim     Oxun     tomonidan     qurdirilgan.   Salim   oxun   30
yoshida   Xiva   shahrining   bosh   qozisi   mansabiga   ko‘tarilib,   o‘zining   kuchli   bilimi
va   iqtidori   tufayli   umrining   oxirigacha   uzoq   yillar   bu   mansabda   ishlagan.
Madrasaning   bosh       fasadi     shahar     ko‘chasiga     qaragan     mo‘’jazgina     bu   inshoot
g‘arbiy   va   sharqiy     darvozalarni     ko‘ndalang     o‘qini     bir-   biri     bilan     birlashtirib  
turadi.   Madrasaning     burchak     devoriga     tashqi     tomondan     tirgak     sifatida     to‘rtta
guldasta     qurilgan.     Guldasta     oq,   ko‘k   va   yashil   koshin     qoplamalari     bilan  
bezatilgan.               Baland     peshtoq     ostidagi     kichikroq     darvoza (o‘yma eshik, qo‘sh
tabaqali) orqali usti yopiq 3 ta     gumbaz     bilan     bostirilgan     miyonsaroyga     kiriladi.
Madrasaga   kirilgach   chapda   darsxona,     o‘ngda       masjid   joylashgan   bo‘lib,   uning  
16   hujrasi     bor.     Hujralarning     eshik     va     derazalari     ayvon     tomonga     qarab  
qurilgan.     Har     bir     hujrada     o‘choq     bor.   Ayvonda     quduq   bo‘lib     chuqurligi     8-
30 10m.     Madrasaning     tashqi     va     ichki     peshtoqlarida     arab     alifbosida     falsafiy  
ma’nodagi     yozuvlar     bor.     Madrasa     o‘z     qiyofasi     va     sahni     bilan     uncha     katta  
bo‘lmasada     o‘qitish     uslubi     bilan     boshqa     madrasalardan     farq     qilgan.   Unda
diniy     bilimlar     bilan     bir     qatorda     fiqh-shariat qonunlari,     turli     zakot     va     soliqlar  
yig‘ish,    yani    huquqshunoslik    bilimlari    berilgan. Hozirda bu madrasada «Xorazm
musiqa tarixi” muzeyi joylashgan.
Mozori   Sharif   madrasasi   -   Xivadagi   me moriy   yodgorlik   (1882).ʼ
Muhammad   Rahimxon   II   (Feruz)   buyrugi   bilan   usta   Qalandar   Kochim   qurgan.
Madrasa   (28,6x15,8   m)   bir   qavatli,   bosh   tarzi   janubga   qaragan.   Peshtog i   yashil	
ʻ
rangli   sirkor   koshinlar   bilan   "bantak"   uslubida   bezatilgan.   Darvozasi   va   uning
tepasidagi   to sin   yog och   o ymakorligida   ishlangan.   Bosh   tarzidagi   xocheimon	
ʻ ʻ ʻ
gumbazli   miyonsaroy   opkali   hovliga   o tiladi.   Hovli   (11,6x6,2   m)   atrofida   balxi	
ʻ
gumbazli   hujralar   joylashgan.   Mozori   sharif   madrasasida   darexona   va   masjid
uchun alohida xonalar qurilmagan.[1]
Oq   Shayx   bobo   qasri   (qo rg oni)   —   O zbekistondagi   madaniy   meros	
ʻ ʻ ʻ
obyekti.   Arxeologiya   yodgorligi.   Obyekt   davri:   VI—VIII   asrlar.   Xorazm
viloyatining   Xiva   shahrida   joylashgan.   Obyekt   manzili:   “Ichan-qal’a”   MFY.
Ko chmas   mulkka   bo lgan   huquq:   Davlat   mulki.   Xorazm   viloyati   Madaniyat	
ʻ ʻ
boshqarmasi   operativ   boshqaruv   xuquqi   asosida.   O zbekiston   Respublikasi	
ʻ
Vazirlar   Mahkamasining   qarori   bilan   2019-yil   4-oktabrda   Moddiy   madaniy
merosning   ko chmas   mulk   obyektlari   milliy   ro yxatiga   kiritilgan   —   davlat	
ʻ ʻ
muhofazasiga olingan[1][2].
31                         Musa   to ra   madrasasi.  ʻ Xiva   yaqinidagi   Qiyot   qishlog‘ida   XIX   asrda
qurilgan   bo‘lib   masjid,   qabriston   va   minora   majmuasidan   iborat.   Ushbu   erdagi
qabristonda   Shermuhammad   Munis   va   Muhammad   Rizo   Erniyozbek   o‘g‘li
Ogohiyning   qabri   bor   Maqbara   1989-1999   yillarda   ta’mirlangan,   sahni120   kv
metr,balandligi 11-metr. Majmua 1999 yilda Ogohiyning 190, 2010 yilda 200 yillik
to‘ylari  arafasida ta’mirlangan. Shermuhammad Munis Xorazimiy (1778-1829yy)
iste’dodli shoir, hassos san’atkor, hushhat hattot, mohir tarjimon, tarixchi, olim, jon
kuyar ma’rifatparvar va xalqparvar madaniyat arbobi, o‘tkir siyosatdon. U hayotda
juda   yaxshi   «Mirob»   undan   «Munisul-ushshoq»   “Oshiqlar   do‘sti”   nomli   devoni
hamda, marifatparvar pedogog sifatida “Savodi ta’lim”asari va «Firdavs-ul-iqbol»
nomli asarlar me’ros qolgan, tarjimon sifatida Mirxondning «Ravzat-us-safo» “Sof
hovo   bog‘i”   asarini   tarjima   qilgan.   Muhammad   Rizo   Erniyozbek   o‘g‘li   Ogohiy
(1879-1874) XIX asr adabiyotining ko‘zga ko‘ringan buyuk vakillaridan biridir. U
Munisning jiyani bo‘lib, Munis qo‘lida tarbiyalanilgan. Ogahiy etuk olim va shoir,
tarjimon   va   tarixchi,   Munisdan   keyin   xonlikni   mirobi   bo‘lgan.   Ogahiy   jahon
adabiyoti,   madaniyatining   nodir   durdonalari   sanalgan   20   madan   ortiq   asarlarni
o‘zbek   tiliga   o‘girib   tarjimashunoslik   maktabini   yaratgan.   U   “Riyoz   ud-davla”
(1825-1842yy)   1844   yilda   yozilgan.   «Zubdat   ut-tavorix»   (1843-1846yy)   1846
yilda   yozilgan,   «Jome’-ul   voqeoti   Sultoniy»   (1846-1855yy)   asar   1856   yilda
yozilgan,   “   Gulshani   davlat”   (1856-1865yy)   asar1865   yilda   yozilgan,   «Shohidi
iqbol» (1865-1873yy) voqealarni yozish bilan uzilib qolgan, ayrim sahifalarida suv
dog‘lari   bor,   Qo‘qon   qog‘oziga   yozilgan,   sarlavhalari   qizil   siyoh   bilan   yozilgan,
qizil   charm   muqovada,   ko‘chiruvchining   ismi   va   yili   ko‘rsatilmagan,   227-varaq,
14-25   sm   o‘lchamda.   Asarda   Xorazm   tarixi   emas,   Buxoro   amirligi   va   Qo‘qon
xonlarini   Rossiya   bilan   olib   borgan   urushlari,   bitimlari   va   uning   oqibatlari
mukammal   ravishda   yoritilgan.Ogahiy   tarixga   oid   asarlar   yaratib   Munisning   bu
sohadagi   an’analarini   ham   yanada   rivojlantiradi   va   yuksaklikka   ko‘taradi.   Munis
va Ogahiy hamkorlikda yozgan «Firdavs-ul- iqbol», o‘zining Xorazm tarixiga oid
beshta   asari   faqat   o‘zbek   xalqining   tarixini   o‘rganish   jixatdan   ahamiyatli   bo‘lib
32 qolmasdan, balki qardosh tojik, qozoq, turkman, qoraqolpoq, rus, eron, afg‘oniston
xalqlarining tarixi, madaniyati, san’ati, urf-odatlari, psixologiyasi, shu xalqlarning
kelib   chiqishi,   tirikchilik   manbai,   kabilarni   o‘rganishda   ham   boy   material   beradi.
Shunisi   xarakterliki,   bu   asarlar   iste’dodli   shoir,   taraqqiyparvar   adiblar   Munis,
Ogahiylar   tomonidan   yozilganligi   sababli   ularda   xalqlarning   tarixi,   hayoti,
kundalik   mashg‘uloti,   masjid,   madrasalarning   qurilishi,   turli   hil   voqea   xodisa
bayoni,   xalq   qo‘zg‘olonlari,   urushlar   tarixi,   buyuk   kishilar,   olimlar,   shoirlarning
hayoti va faoliyatlari va boshqa ma’lumotlar realistik asosda to‘g‘ri, aniq ifodalab
berilgan.Adib   qalamiga   mansub   26   asardan   hozirgi   kunda   4   tasi   topilgani   yo‘q,
uning asarlarining 22 tasidan 16 tasi Beruniy nomidagi Respublika Sharqshunoslik
oliygohida 11 nushada saqlanmoqda.
Xorazm   Ma'mun   akademiyasi   1997   yil   17   noyabrda   tashkil   qilingan
Xorazm   Ma'mun   akademiyasi   17   noyabr ь   1997   yilda   tashkil   topgan.
Akademiyada   zamonaviy   jihozlar   bilan   ji?ozlangan   to'rtta   laboratoriya   hamda
Urganch   davlat   universiteti   bilan   hamkorlikda   yaratilgan   7   ta   kafedra   filiallari
mavjud.  Eramizdan avvalgi 5 asrga mansub zardushtiylik ibodathona topilgan, u ?
ozirgi   kunda   O'rta   Osiyo   hududida   topilgan   eng   qadimgi   ibodathona
hisoblanmoqda.     460   yig'ma   jilddan   iborat   Xiva   xonlari   arxiv   xujjatlari   katalogi
yaratildi.     “Xiva   me'moriy   yodgorliklari   va   ularning   texnik   holatlari”
monografiyasi   chop   qilindi,   EHM   uchun   “Janubiy   Orolbo'yi   me'moriy
yodgorliklari (Ichan-Qal'a misolida) dasturi yaratildi, G'o'zaning ikki navi “Niyat”
va   “Hurma”   Xorazm   viloyati   sharoitlariga   moslashtirildi.     Akademiya   bazasida
UrDU ning biologiya, kimyo, tuproqshunoslik va agronomiya yo'nalishi talabalari
amaliyot   o'taydilar,   shuningdek   Akademiyada   o'simliklar   fiziologiyasi,   noorganik
kimyo   kabi   ixtisosliklar   bo'yicha   doktorantlar   ilmiy   ishlarini   bajarmoqdalar.
Bundan   ming   yil   muqaddam   Хоrazmning   pоytaхt   shahri   Gurganjda   (Ko'hna
Urganch)   ma’rifatparvar   ma’muniylar   sulоlasiga   mansub   Хоrazmshоx   Ali   Ibn
Ma’mun   va   Ma’mun   ibn   Ma’munning   sa’yi-harakati   hamda   qоmusiy   оlim   Abu
Rayhоn Bеruniyning bеvоsita rahnamоligida Sharqning yirik ilmiy markazi "Dor-
33 ul   hikma   va   ma’rifa"   tashkil   qilingan   edi.   Fanning   dоlzarb   muammоlari   bilan
shug’ullangan   bu   ilm   dargоhi   shundan   ikki   asr   avval   Bag’dоdda   faоliyat
ko’rsatgan   "Bayt-ul   hikma"   hamda   O’rta   Оsiyo,   хususan   Хоrazmda   shakllangan
qadimiy   ilmiy-ma’rifiy   an’analarni   davоm   qildirib,   jahоn   ilm-fani   taraqqiyotida
munоsib o’rinni egalladi. "Dor-ul hikma va ma’orif"da ijоd qilgan оlimlar faоliyati
o’tgan   asrdayoq   yevrоpalik   va   rus   sharqshunоs   оlimlarida   juda   katta   qiziqish
uyg’оtdi.   Yevrоpalik   оlim   E.Zaхau,   rus   sharqshunоslaridan   akad.   S.P.Tоlstоv,
I.Yu.Krachkоvskiy,   A.Yu.Yakubоvskiy,   P.G.Bulgakоv,   o’zbеk   оlimlaridan
akad.Ya.G’ulоmоv,   I.Mo’minоv,   M.Хayrullaеv,   A.Ahmеdоv,   B.Abduhalimov   va
bоshqalar o’z tadqiqоtlarida shu ilmiy dargоh faоliyatini chuqur o’rganib, uni o’z
davrining   Fanlar   akadеmiyasi   bo’lganligini   asоslab   bеrdilar.   Bu   ilmiy   dargоh
endilikda   Хоrazm   Ma’mun   akadеmiyasi   nоmi   bilan   yuritilib   kеlmoqda.   B е runiy
tari х ,   etn о grafiya,   til,   adabiyot   va   tab о bat   ilmlari   s о hasida   ham   b о y   m е r о s
q о ldirgan q о musiy  о limdir.         
2.3. Viloyat  tumanlarida  turizmni rivojlantirish  salohiyati
Bog ot   tumaniʻ   —   O zbekiston   Respublikasining   Xorazm   viloyati	ʻ
tarkibidagi   tuman.   1926-yil   29-sentabrda   tashkil   etilgan   (1930   va   50-yillarda   bir
necha   marta   yondosh   tumanlarga   qo shib   yuborilgan   va   qayta   tiklangan,   osh	
ʻ
tumanlarga   qo shib   yuborilgan   va   qayta   tiklangan,   1970-yil   7-dekabrda   qayta	
ʻ
tashkil   etildi).   Bog ot   tumani   Xorazm   viloyatining   janubi-sharqiy   qismida	
ʻ
joylashgan.   G arb   va   shimolda   viloyatning   Yangiariq   va   Xonqa   tumanlari,	
ʻ
Amudaryo   bilan,   sharqda   Hazorasp   tumani   va   janubida   Turkmaniston   bilan
chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km2. Aholisi 170 ming kishidan ziyod (2022). .
Bog ot   tumanida   11   qishloq   fuqarolari   yig ini   (Beshariq,   Bog ot,   Dehqonbozor	
ʻ ʻ ʻ
(Kirov),   Madaniyat   (Pobeda),   Nayman   (Leninizm),   Xitoy   (Jdanov),   Xo jalik,	
ʻ
Qizilravot, Qipchoq, Qorayantoq (Dmitrov), Qulonqorabog  (Lenin)) bor. Markazi	
ʻ
— Bog ot shaharchasi[2].	
ʻ
34 1999/2000   o quv   yilida   50   umumiy   ta lim   maktabida   27   ming   o quvchi,   2ʻ ʼ ʻ
litseyda   500   o quvchi   ta lim   oldi.   2   sport   maktabi   va   tennis   korti   faoliyat	
ʻ ʼ
ko rsatmoqda. 40 ommaviy va bolalar  kutubxonasi, 42 klub, 14 madaniyat  uyi, 1	
ʻ
musiqa   maktabi,   1   xalq   ansambli,   39   sport   zali,   tennis   korti,   204   sport
maydonchalari ishlab turibdi. 10 ming kishiga mo ljallangan stadion mavjud. 510	
ʻ
o rinli   5   kasalxona,   10   qishloq   vrachlik   ambulatoriyasi,   30   feldsherlik   punkti	
ʻ
bo lib, ularda 1469 vrach va o rta ma lumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1971-
ʻ ʻ ʼ
yildan   „Hurriyat“   tuman   gazetasi   chiqadi   (adadi   3,4   ming).   O zbekiston	
ʻ
Qahramoni   „Bog ot“   jamoa   xo jaligining   raisi   Masharif   Quvoqov   shu   tumanning	
ʻ ʻ
Qulonqorabog   qishlog idan.   Tumanda   50   dan   ziyod   ko l   (Otako l,   Sho rko l,	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
Ko kko l,   Gajli,   To qayko l   va   boshqalar)   bor.   Ko llarning   aksariyat   qismi	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
tumanning Qoraqumga tutash pastqam joylarida joylashgan
        Qalajiq qal’a.  Qalajiq-qadimiy Xorazmning sog‘lomlashtirish markazi
Urganch shahridan 90 km. uzoqlikda, qumli Qoraqum cho‘lining o‘rtasida g‘aroyib
voha   –   “Qalajiq”   ekoturistik   shaharchasi   joylashgan.   Shaharcha   hududida,   ikkita
asosiy diqqatga sazovor joy – yoshi qariyb uch ming yilga teng qal’a va shifobaxsh
xususiyatlarga   ega   sho‘r   ko‘l   mavjud.Qalajiq-Qala   qal’asi   sho‘r   ko‘l   bo‘yida
joylashgan   bo‘lib,   ko‘hna   Xorazm   hududidagi   eng   qadimiy   qal’alardan   biri
hisoblanadi.   Devorlarning   balandligi   14   metr   va   kengligi   2,5   esa   metrni   tashkil
qiladi.   Qoraqum   cho‘li   qum   tepalarining   qal’a   tepasidan   ko‘rinishi   kishilarni
hayratga   soladi.   Issiq   cho‘l   qumlari,   sug‘orish   tizimiga   ega   bo‘lgan   qishloq
xo‘jaligi   maydonlari   bilan   tutashib   ketgan.   “Qalajiq”   sog‘lomlashtirish   markazi,
dam   olishning   jarayonining   asosi   hisoblanadi.   Aytishlaricha,   bu   erda   revmatizm,
bel og‘rig‘i va bo‘g‘im og‘rig‘ini davolash uchun juda yaxshi tabiiy iqlim sharoiti
mavjud   bo‘lganligi   uchun   odamlar   ko‘lga   qadim   zamonlardan   beri   davolanish
uchun   kelishar   ekan.   Ko‘l   suvi   tarkibidagi   foydali   elementlar,   yurak-qon   tomir
tizimining   faoliyatini   yaxshilashga,   qon   aylanishini   barqarorlashtirishga   yordam
beradi. Suvning o‘ziga xos shifobaxsh xususiyatlarining mashhurligi shu kungacha
saqlanib   qolgan,   shuning   uchun   bu   erga   butun   dunyodan   sayyohlar   kelib   dam
35 olishadi.   Shifobaxsh   dam   olish   maskanida,   samarali   va   yoqimli   dam   olish   uchun
barcha   imkoniyatlar   mavjud.   Bu   yerda   mehmonxona,   o‘tovli   lager,   atrofdagi
hududlarda esa tuyaqush fermasi va tuyalarni ko‘paytirish joylari ham mavjud. Siz
bu   erda   siz   otda   sayr   qilishingiz,   Qalajiq-Qala   qal’asidan   topilgan   qadimiy
buyumlar   muzeyiga   tashrif   buyurishingiz,   turli   milliy   taomlarni   tatib   ko'rishingiz
mumkin.   Ko‘lning   suvi   juda   g‘ayrioddiy   xususiyatlarga   ega,   unda   hech   qachon
hech   kim   cho‘kib   ketmaydi,   chunki   u   sho‘r   bo‘lganligi   uchun   juda   zich   va   shu
bilan   birga   yumshoq   va   o‘rab   oluvchi   suvdir.   Ko‘lning   xususiyatlari   Isroildagi
O‘lik   dengizni   eslatadi.   Cho‘milishdan   so‘ng,   bemor   avval   nam   qumga,   so‘ngra
quruq   qumga   ko‘milib   yotishi   kerak.   Bu   joy   cho‘lda   joylashganiga   qaramay,
hududdagi   havo   toza   va   shaffof,   nafas   oson   va   erkin   olinadi.   Uch-to‘rtta   bunday
muolajadan   so‘ng,   og‘riq   ketadi.   Bemorlar,   dam   oluvchilarning   ahvolini
kuzatuvchi   shifokorlarning   nazorati   ostida   bo‘lishadiBunday   ko‘l   cho‘lda   qanday
paydo   bo‘lib   qolgan?   Olimlarning   fikriga   ko‘ra,   ko‘l,   tez-tez   toshqinlar   tufayli
paydo   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   qo‘shni   ko‘llarning   yer   osti   suvlari   oqimidan
paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekan. Bundan tashqari, ko‘lning bitta g‘ayritabiiy
xususiyati bor, mintaqada quruq mavsum bo‘lganida ko‘lning suvi ko‘payadi, agar
mavsum   ko‘p   suvli   bo‘lsa,   aksincha,   ko‘l   suvi   kamayadi.   Qalajiq-Qala   qal’asini,
O‘zbekistonning   “Xumson”,   “Omonxona”,   “Oqtosh”,   “Zomin”   kabi   boshqa
mashhur   sog‘lomlashtirish   markazlari   bilan   taqqoslash   mumkin.   Yaqin   yillarda,
shaharchani   kattalashtirish,   bu   erda   qo‘shimcha   sayyohlik   ob’ektlari   barpo   etosh
mo‘ljallangan..
Xorazm   viloyatidagi   uch  ming   yillik   tarixga   ega   Qalajiq   qal’asi   esa   tarixiy
va   ekoturizm   imkoniyatlari   uyg‘unlashgan   ajoyib   maskanlardan   biri.   Qoraqum
barxanlari   orasida   joylashgan   qal’aning   janubiy   qismida   mo‘jizaviy   ko‘l   mavjud
bo‘lib, uning suvi shifobaxshligi bois har yili iyul-avgust oylarida bu yerga 10-15
ming   nafar   dam   oluvchilar   tashrif   buyuradi.   Kimdir   tabiat   qo‘ynida   oila   a’zolari
bilan   dam   olib,   hordiq   chiqarsa,   yana   birov   ko‘l   suvi   va   balchig‘idan   turli
xastaliklarga davo istab keladi.
36 Ammo   dam   olish   maskanining   bugungi   ahvoli,   sanitariya   holati   dilni   xijil
qiladi.   Dam   oluvchilar   uchun   mo‘ljallangan   o‘tovlardan   atigi   10   metr   uzoqlikda
o‘rnatilgan   maxsus   idishlardagi   maishiy   chiqindilar   o‘z   vaqtida   olib   ketilmagani
bois kunning jazirama issig‘ida atrofga taralayotgan badbo‘y hid har qanday dam
oluvchini   bu   maskandan   tezroq   uzoqlashishga   undaydi.   Bir   vaqtlar   ko‘lda
cho‘miluvchilar   uchun   kiyinish   bo‘lmalari,   ichimlik   suvi   ta’minoti,   tibbiyot
xizmati   tashkil   qilingandi.   Afsus   dam   oluvchilarga   ko‘rsatiladigan   xizmat   turlari
ko‘payish   o‘rniga   borlari   ham   yo‘qolib   ketibdi.   Dam   olish   maskanidagi   noxush
manzaralar   esa   tashrif   buyuruvchilarning   haqli   e’tirozlariga   sabab   bo‘lmoqda.
Xizmat ko’rsatishni rivojlantirish kerak hotel va hostellarni ko’paytirish kerak.
                            Shovot   tumani.     Shovot   tumanidagi   Beshmergan   “turizm   qishlog i”ʻ
Qishloqda   Abduxoliq   G ijduvoniy   va   Ahmad   Yassaviyning   ustozi   hisoblangan	
ʻ
Yusuf   Hamadoniy   ziyoratgohi   joylashgan.Bu   qadamjo   ziyoratchilar   oqimi
bo yicha   Xivadagi   Pahlavon   Mahmud   ziyoratgohidan   keyin     ikkinchi   o rinda	
ʻ ʻ
turadi. Qishloq markazidan   ikki kilometr uzoqlikda turistik yo nalishga kiritilgan	
ʻ
Xorazmning ko hna shaharlaridan biri –  Katqal a yodgorliklari joylashgan.  2000-	
ʻ ʼ
yillik tarixga ega, bag rida 40 dan ortiq baliq turlari mavjud bo lgan   Achchiqko l	
ʻ ʻ ʻ
esa   ekoturizmni   rivojlantirishda   juda   qulay   imkoniyatlarga   ega.   Qishloqning   20
nafardan   ortiq   tadbirkorlari   ziyorat,   gastronomik   va   ekoturizm,   hunarmandchilik,
uy   mehmonxonalari   tashkil   etish   uchun   loyihalarini     taqdim   etishgan.Ushbu
tashabbuslarning   qo llab-quvvatlanishi   natijasida   Beshmergan   qishlog i   yaqin
ʻ ʻ
yillarda viloyatning yirik sayyohlik markazlaridan biriga aylanishi mumkin.
                  Kunikecha   SHovot   tuman   hokimligi,   viloyat   Turizmni   rivojlantirish
departamenti   Shovot   tumani   "Beshmergan"   qishloq   fuqarolari   yig ini   bilan	
ʻ
hamkorlikda ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi uchun Xiva shahriga sayohat
uyushtirildi.Ushbu   sayohatdan   maqsad,   qishloq   aholisining   "Turizm   qishlog'i"
yaratish   borasidagi   bilim   va   ko nikmalarini   oshirish   va   tajriba   orttirishdan	
ʻ
iboratdir.Bu   borada   ularga   "Ichan   Qal a"   majmuasidagi   usta-hunarmandlar   va	
ʼ
viloyat   Turizmni   rivojlantirish   departamenti   xodimlari   yaqindan   yordam   berdi.
37 Ular sayohat davomida ziyorat turizmi, ishlab chiqarish va milliy hunarmandchilik,
oilaviy   mehmon   uyi   tashkil   etish,   ekoturizm   va   bir   qator   yo nalishlar   borasidaʻ
"Turizm   qishlog i"   uchun   qilinishi   kerak   bo lgan   ishlarni   belgilab   olishdi.   Ushbu	
ʻ ʻ
sayohatda   70   ga   yaqin   qishloq   fuqarolari   ishtirok   etganligining   o zi,   ularning	
ʻ
turizm sohasiga qanchalik qiziqish bildirayotganligini yaqqol namoyon qilmoqda -
deydi   Xorazm   viloyati   Turizmni   rivojlantirish   departamenti   bosh   mutaxassisi
Shahlo Rajabova - Bundan tashqari, bir nechta qishloq fuqarolari o z uyida muzey	
ʻ
tashkil   qilish,   mahallada   milliy   hunarmandchilik   ustaxonalarini   yaratish   xususida
ham   yangi   g oyalar   va   takliflar   bildirishmoqda.   Ushbu   tashkil   qilingan   sayohat	
ʻ
orqali   biz   ko zlagan   maqsadimizga   yetdik   desak,   mubolag a   bo lmaydi.Shovot
ʻ ʻ ʻ
qishlog‘i   Xorazm   viloyati,   Shovot   tumanida   joylashgan.   Qishloq   xo‘jaligi,
baliqchilik   va   hunarmandchilik   markazlari   rivojlangan.   Qishloq   hududida
muqaddas   joylar,   qadimiy   qabriston   va   ziyoratgohlarning   mavjudligi   bilan
mashhur. Ziyoratgoh uchun mo‘ljallangan obyektlar orasida “Voyangan bobo” va
“Shayx   bobo”   maqbaralari,   “Yusuf   Hamadoniy”,   “Gilovdor   bobo”   komplekslari
mavjud.   Bugungi   kunda   hududda   ziyoratgohlarga   ekskursiyalar   tashkil   etilmoqda
va   barcha   infratuzilma   rivojlanmoqda.   Shovot   qishlog‘i   Urganch   shahridagi
Xorazm   viloyati   ma’muriy   markazining   37   km   shimoli   -   g‘arbida   joylashgan.
Urganchdan avtobusda yoki taksida qishloqqa borish mumkin.
        Voyangan   qal’a   —   SHovot   tumanidagi   Manoq   qishlog’idagi   Xorazm   fermer
xo’jaligidagi   hududida   joylashgan   (Sobirov,   63-64   betlar).   Rejalashtirilishi
jihatdan   to’g’riburchak   shaklida,   yer   sathidan   2-3   m   balandlikka   qurilgan.   Uning
hajmi 280x360 m. Yodgorlikning ichki tuzilishi jihatidan ikki qismga ajratilganligi
yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   Qadimda   devor   bilan   o’rab   olingan   bo’lib,   uning
saqlanib   qolishi   turlicha   2-6   m.   Ayniqsa   janubiy   qismda   yaxshi   saqlanib   qolgan
devor   va   yarim   aylanali   burjlar   qoldig’i   ko’zga   tashlanadi.   Burchakda   yarim
aylanali   burjlar   mavjud.   Devor   avval,   paxsadan,   keyin,   to’rt   tamoni   teng
xomg’ishtdan qurilgan (40x41x9-11 sm). SHarqiy tamonda yodgorlikning ikkinchi
qismi   joylashgan,   uning   hajmi   320x220   m.   SHaharning   g’arbiy   tamoni   10   ga
38 tashkil etgan. Yodgorlikning g’arbiy qismidagi devorni kesish ishlari olib borildi,
natijada ikki qurilish davri aniqlangan:  1- qurilish davri devor paxsadan qurilgan,
balandligi 2,94 m, yo’lak kengligi 2,5 m, devor qalinligi 4, 5. M. 2 – qurilish davri
paxsadevor ustiga xomg’ishtli kvadrat shaklda devor qurilgan (40x40x10). Milodiy
V-IX   asrlarda   mudofaa   devorining   yuqori   qismi,   ya’ni   uchinchi   qurilish   davrida
paxsadevor   qurilgan.   Antik   davrdagi   yo’lak   paxsadevor   bilan   to’ldirilgan.   Bu
davrda  paxsadevor  balandligi  1  m.  qalinligi   esa   4  m.  Mudofaa  devorga  tashqi   va
ichki tamonidan qo’shimcha devor qurilmagan. Bunday holatni devor burjida ham
kuzatish   mumkin.   Ilk   o’rta   asrlarda   yodgorlikning   g’arbiy   va   sharqiy   qismlarida
madaniy   hayot   davom   etgan.   SHahar   hududi   sharqiy   tamon   kengayib,   IX-X
asrlarga   kelib   umumiy   maydoni   17   ga   bo’lgan.   O’rta   asrlar   ma’lumotlariga
asoslanib,   Ya.G’ulomov   Ardaxushmiton   Ambarmanoq   yonidagi   Rait   (Voyangon)
shahri   xarobalarining   o’zginasidir   deb   ta’kidlagan   (G’ulomov,   151-bet).
Ziyorat-obyektlar “Voyangan bobo” majmuasi ikki maqbara (“Voyangan bobo” va
“Hazrati   Eshon   bobo”)   va   masjiddan   iborat   ansambldir.   Majmua   40   gektar
maydonni o‘z ichiga oladi. Ikkita maqbaralar katta qabriston bilan o‘ralgan va bir
vaqtlar bu yerda qadimiy Voyangan qal’asi bo‘lgan.“Yusuf Hamadoniy” majmuasi
XIX   asrga   taaluqli   masjidi   va   maqbarasidan   iborat   ansambldir.   Bu   yerda
Hamadondan   boy   savdogar   Xoji   Yusuf   dafn   etilgan.   Bino   tepalikning   tepasida
qurilganligi sabab uzoqdan ko‘rinadi. Maqbaraning ichida 6x13 metrlik maqbaralar
joylashgan. 
Hamadoniy  Yusuf   Abu  Ya qub  ʼ (1048,  Hamadonning   Buzanjird  qishlog i	ʻ
—   1141,   Afg onistonning   bomiyon   shahri)   —   tasavvufning   yirik   namoyandasi,	
ʻ
olim.   Bag dodda   Abu   Ishoq   Sheroziydan   tahsil   olgan.   Isfahon     Samarqand	
ʻ
Buxoroda  bilimini oshirgan. Tasavvufni Abu Ali Formadiy, Abdulloh Juvayniy va
Hasan   Simnoniydan   o rgangan     Zamonasining   yetuk   allomalari   Abdulqodir	
ʻ
Giloniy   Hamiduddin   Multoniy   bilan   muloqotda   bo lgan.   30   marta   haj   ziyoratiga	
ʻ
borgan.   Buxoroda   uzoq   muddat   yashab,   Ahmad   Yassaviy   va   Abduxoliq
G ijduvoniy va boshqa yirik mashoyixlarga ustozlik qilgan   . U keyinchalik xoja-	
ʻ
39 gon-naqshbandiya   tariqatining   ayrim   qoidalarini   ishlab   chiqqan.   Xoja   Ab-dulloh
Barraqiy   Xorazmiy,   Xoja   Hasan   Andoqiy   Buxoriy,   Ahmad   Yassaviy,   Abduxoliq
G ijduvoniy   H.dan   so ng   uning   xalifalari   sifatida   muridlarning   tarbiyasi   bilanʻ ʻ
shug ullanganlar. "Rutbat ul-hayot" ("Hayot mezoni"), "Kashf", "Ri-sola dar odobi	
ʻ
tariqat",   "Risola   dar   axloq   va   munojot"   kabi   asarlar   yozgan.   "Hayot   mezoni"
risolasi   o zbek   tilida   nashr   qilingan   (Toshkent,   2003).   Xoki   Bomiyondan   Marv	
ʻ
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Marv)   shahriga   olib   kelinib,   qayta   dafn   etilgan.)
asarlarida H. haqida ma lumotlar bor. Uning ziyoratgohi Xorazm vohasiga bunyod	
ʼ
etildi. Hozirgi Shovot tumanida (ulli pir) Yusuf Hamadoniy Ziyoratgohida.
Ekologik   obyektlar.   Xuddi   shu   nomdagi   kanal   butun   Shovot   qishlog‘idan
o‘tadi. Yurt lagerlari kanal bo‘yida joylashgan. Bundan tashqari, Shovot tumanida
noyob Achchiqul  ko‘li   bor. Ko‘lda kemping  hududlari   va  baliq ovlash  uchun  joy
bor.
Madaniy   obyektlar.   O‘zbekiston,   Qoraqalpog‘iston   va   Turkmanistonning
mashhur   xalq   musiqachisi   Komiljon   Otaniyozov   Shovot   viloyatida   tug‘ilgan   va
yashagan.   Shovotda   Komiljon   Otaniyozov   nomidagi   markaziy   bog‘   ochildi   va
rassomning tug‘ilgan qishlog‘i Bairachida uy-muzey yaratildi, unda musiqachining
portretlari, musiqa asboblari va shaxsiy buyumlari saqlanib qolgan.
Hazorasp tumani . Hazorasp – Xorazmning sharqiy hududidagi ko‘p asrlik
tarixga ega shahar bo‘lib, bu yerda qad rostlagan qal’a «Devsolgan», «Hazorasp»
va   «Sulaymonqal’a»   nomlari   bilan   mashhur.   Akademik   S.P.Tolstov,   Yahyo
G‘ulomov  o‘tgan  asrning  o‘rtalarida  bu  yerda  ilmiy-qidiruv  ishlarini   olib  borgan.
Har  ikkala  olim  ushbu  tarixiy inshoot   yoshini   2700 yilga  teng deb  taxmin qiladi.
O‘lkashunos-olim   R.Olloyorov   o‘zining   «Hazorasp   qal’asi:   afsona   va   haqiqat»
nomli   asarida   «Avesto»da   mazkur   qal’a   «Hadoros»   tarzida   tilga   olinganini
ta’kidlaydi. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek «Ziji Ko‘ragoniy» asarida qayd etilgan
683   ta   shahar   va   qal’alar   ichida   Xorazm   vohasidan   faqat   Hazorasp   joylashgan
koordinat-kengliklar   aniq   ko‘rsatib   o‘tilgan.   Bu   ma’lumotlarning   barchasi   bu
joyning juda qadimiy tarixga ega ekanligini anglatadi.
40 XX   asrning   50-yillarida   Hazorasp   kompartiyasi   birinchi   kotibi   topshirig‘i
bilan   tarixiy   qal’a   devorlari   va   u   yerdagi   boshqa   obidalar   buzilib,   uning
tuprog‘idan   g‘isht   ishlab   chiqarish   to‘g‘risida   farmoyish   qabul   qilinadi.   Oqibatda
hayhotday   qal’a   devorining   katta   qismi   buzilib,   g‘isht   ishlab   chiqariladi.   Sergey
Pavlovich Tolstovning Moskvaga – Markazqo‘mga yozgan shikoyatidan keyingina
bu   buzg‘unchilikka   barham   berilgan.   Biroq   Moskva   kaltafahm   raykomning
tanobini tortib qo‘ygunicha odamlar «Shishali saroy», nihoyatda naqshinkor jome
masjidi   va   uning   uzunligi   20   metr   bo‘lgan   minorasini   yer   bilan   yakson   qilishga
ulgurishgan   edi.Tolstov   aralashuvidan   keyin   hazoraspliklar   Sulaymonqal’aning
nihoyatda   tarixiy   ahamiyatga   ega   ekanini   anglab   yetgandek   bo‘ladi.   Yaqin
yillargacha   ushbu   obida   Hazorasp   shahri   markazida   o‘ziga   xos   ko‘rk   bag‘ishlab,
salobat   kasb   etib   turardi.   Bundan   20   yillar   muqaddam   qal’aga   qilgan   ijodiy
safarimiz   jarayonida   besh-olti   o‘smir   bolalar   qal’a   devorlarini   buzib,   tuprog‘igini
elakdan o‘tkazib, g‘isht quyib yurganiga guvoh bo‘lgan edik. O‘shanda bu bolalar
tuproqni  elash jarayonida tilla va kumush tangalar topganini gapirib bergandi. Bu
ayanchli holat yuzasidan mahalliy televideniye orqali bong urilgach, buzg‘unchilik
ishlariga chek qo‘yilgandek bo‘lindi.Afsuski, ana shu xayrli  ishlar  bugun to‘xtab,
tarixiy  obidaga  tajovuz battar  avj  olganiga  guvoh bo‘lyapmiz. Qisqa   besh-olti  yil
ichida   Sulaymonqal’asining   g‘arbiy   devorlarining   ikki   joyi   buzilib,   mashinalar
kirib-chiqishi   uchun   yo‘lak   ochilganiga   ajablandik.   Axir   ana   shu   g‘arbiy   devor
nihoyatda muhtasham   va mustahkamligi  bilan  e’tiborni  jalb  qilar   edi. Uni   kimdir
buzib, tuprog‘ini biron joyga tashimasa, yo‘lak o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi-
ku!Agar qo‘yib berilsa, yana besh-olti yildan so‘ng bu tarixiy obida o‘rni tep-tekis
maydonga aylanishi mumkin.
Sulaymonqal’ani   turistik   yo‘nalishga   kiritish   masalasi   tez-tez   o‘rtaga
tashlanadi.   Fikrimizcha,   bu   yerga   xorijlik   sayyohlarni   jalb  qilishdan   avval   tarixiy
inshoot  va obidalarga qanday munosabatda  bo‘lishni  o‘rganishimiz zarur. Ustiga-
ustak qal’a atrofi «Sulaymonqal’a» mahallasida yashovchi aholi tashlayotgan axlat
bilan   to‘lib-toshmoqda.   Bunday   manzara   bilan   sayyohlarni   qabul   qilish   uchun
41 umuman   javob   bera   olmaydi.   Chunki   bu   yerdagi   aholi   qal’a   ichida   qadimdan
yashab keloyitir. Qal’ani tiklashimiz uchun aholini boshqa joiyga ko’chirish kerak
bo’ladi.
Top‘rak-qal'a   ("Yer   qal'asi"   deb   tarjima   qilingan)   Sulton   Uvays   tog‘
tizmasidan   bir   necha   kilometr   janubda,   Nukus-To‘rtko‘l   avtomobil   yo‘liga   yaqin
joyda   joylashgan.   Bu   atrofdagi   qishloq   xo‘jaligi   erlaridan   20   metr   balandlikda
joylashgan ulkan xaroba. Qadimiy kanal tizimi bu yerga Oxus daryosining bugungi
kunda  qurib  qolgan   tarmog‘idan   suv   olib  kelgan.   Ishonish   qiyin,  ammo   To‘prak-
qal'aning ko‘plab binolari qurilish materiallarining sifatsizligiga qaramay, bugungi
kungacha   saqlanib   qolgan.   Quruvchilar   katta   xom   g‘isht,   gil,   mayda   toshlar   va
daryo  qumidan   foydalanganlar.   Ularning   mehnati   natijasida   aholi   barcha   noqulay
ob-havo sharoitlariga bardosh bera oladigan issiq va quruq uylarga ega bo‘ldi.
Qal'a Xorazm podsholarining qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan. U shimoldan janubga
cho‘zilgan   to‘rtburchak   shaklida   qurilgan   va   o‘lchamlari   500x350   metr   edi.
Devorlarning balandligi 14 metrga etgan. Inshoot  kamonchilar uchun galereyalari
bo‘lgan   to‘g‘ri   devorlardan,   qanotlari   bo‘ylab   teng   oraliqda   joylashgan   to‘g‘ri
burchakli minoralardan va shimoli-sharqiy burchakdagi kattaroq minoradan iborat
edi. Devorlarning ichida ikki qavatli mudofaa galereyalari bor edi. Pastki galereya
askarlarning yashirin harakati va dam olishi uchun xizmat qilgan, yuqori qismi esa
jangovar   edi.   Qo‘shimcha   to‘siq   sifatida   shaharni   har   tomondan   o'rab   turgan   va
devorlardan  15  metr   masofada  joylashgan  qal'a   devorlari   oldida  xandaq  qurilgan.
Uning   kengligi   16   metr   va   chuqurligi   3   metr   edi.   Qal'aga   yagona   kirish   eshigi
janubiy   devorning   o‘rtasida   qurilgan.   Saroyning   ko‘p   xonalari   devor   rasmlari   va
loydan   yasalgan   haykallar   bilan   bezatilgan.   Ulkan   markaziy   old   zal   –   280   kv.m
maydonga   ega   "Qirollar   zali"   o‘zining   bezaklari   bilan   alohida   ajralib   turardi.
Yorqin   bo‘yalgan   devorlar   bo‘ylab   Xorazm   hukmdorlarining   har   biri   tabiiy
o‘lchamidan ikki baravar katta bo‘lgan 23 ta loydan yasalgan haykalchalar turardi.
Afsuski, bu haykallar faqat parcha-parcha holda saqlanib qolgan. Bu haykallarning
aynan podshohlar timsoli ekanligi tangalardagi tasvirlardan ma'lum bo‘lgan ikkita
42 haykaltarosh   toj   topilmalaridan   dalolat   beradi.   Saroyning   ko‘p   xonalari   devor
rasmlari va loydan yasalgan haykallar bilan bezatilgan. Ulkan markaziy old zal  –
280   kv.m   maydonga   ega   "Qirollar   zali"   o‘zining   bezaklari   bilan   alohida   ajralib
turardi. Yorqin bo‘yalgan devorlar bo‘ylab Xorazm hukmdorlarining har biri tabiiy
o‘lchamidan ikki baravar katta bo‘lgan 23 ta loydan yasalgan haykalchalar turardi.
Afsuski, bu haykallar faqat parcha-parcha holda saqlanib qolgan. Bu haykallarning
aynan podshohlar timsoli ekanligi tangalardagi tasvirlardan ma'lum bo‘lgan ikkita
haykaltarosh   toj   topilmalaridan   dalolat   beradi.   Afsuski,   To‘prak-Qal'aning
aksariyat   moddiy   topilmalari   bizning   davrimizga   qadar   saqlanib   qolmagan.
Qazilgan eng qimmatli topilmalarning ko‘pchiligi – haykallar va freskalar yomg‘ir
va haroratning o‘zgarishi natijasida qattiq shikastlangan, chunki ularning aksariyati
ulug‘vor inshootlarning o‘zlari kabi bir xil materialdan – oddiy loydan qilingan.
Xonqa   tumani.   Xonqa   tumanida   Qizil-qal'a   deb   nomlangan   yana   bir
qiziqarli   qal'a   bor.   Uning   nomi   qal'aning   qizg‘ish   tusga   ega   ekanligi   bilan
izohlanadi, bu ayniqsa quyosh chiqishi  va botishi paytida seziladi. Qal'a mudofaa
sifatida   qurilgan   bo‘lib,   qadimgi   To‘prak-qal'a   shahrining   istehkom   tizimiga
kirgan.   Hozirgacha   ushbu   qal'adan   qanday   maqsadlarda   foydalanish   mumkinligi
haqida   bahslar   mavjud.   Ba'zi   olimlar   u   qo‘shinlar   uchun   garnizon   kazarmasi
sifatida foydalanilgan, deb hisoblasa, boshqalari esa bu ilk o‘rta asr Xorazmga xos
bo‘lgan   ko‘plab   mustahkamlangan   qasrlardan   birining   dastlabki   namunasi,   deb
hisoblaydi. . U 65x63 metr o‘lchamdagi deyarli kvadrat shaklga ega. Devorlarning
balandligi   16   metrga   etadi   va   burchaklar   to‘rtta   asosiy   nuqtaga   yo‘naltirilgan.
Shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy devorlarining markazida to‘g‘ri burchakli ikkita
chiqib   turuvchi   minora   joylashgan.   Ular   bir   nechta   kichik   xonalarni   o‘z   ichiga
olgan.   Devorlarning   uch   tomonida   askarlarning   harakatlanishi   uchun   xizmat
qiladigan keng ikki metrli yo‘lak bor edi. Qal'aga kirish devorning janubi-sharqiy
tomonidan qal'a darvozasiga olib boruvchi maxsus rampa orqali olib borilgan. Bu
qal'aning eng himoyalangan qismi edi.
43 Xorazmning   eng   ta'sirchan   qal'alaridan   biri   Ayaz   qal'adir.   Darhaqiqat,   u
Sulton   Uvays   tog‘   tizmasining   sharqiy   tomonidagi   baland   tepalik   atrofida
to‘plangan   uchta   qal'adan   iborat. Qal'a   tepalikning   tepasida   joylashgan   bo‘lib,
Qizilqum cho‘li chetidagi mustahkam qo‘rg‘onlardan biridir. U shimolda Sirdaryo
deltasida   yashagan   ko‘chmanchilar   va   skiflarning   bosqinlaridan   himoyalangan.
Qal'aning   tepasidan   g‘arbga   cho‘zilgan   atrofning   hayratlanarli   manzarasi   bor,   u
erda siz chegara mudofaasi zanjirining boshqa bo‘g‘inlarini – Mali qal'asi va Katta
Qirk-Qiz   qal'ani   ko‘rishingiz   mumkin.   Qal'a   2,7   gektar   maydonni   egallaydi   va
to‘rtburchak   shaklga   ega.   Devorlari   10   metr   balandlikda   yaxshi   saqlanib   qolgan.
Hozirgacha   devorlarda   bir-biridan   teng   masofada   joylashgan   minoralar,
kamonchilar   uchun   ikki   qavatli   galereyalar   va   bo‘shliqlar   aniq   ko‘rinadi.
Shuningdek, quyi galereyalarning kamarli gumbazlari bugungi kungacha saqlanib
qolgan   va   tashrif   buyuruvchilar   bu   gumbazlar   ichida   yurishlari   mumkin.
Maqbaralar   qurilishi   miloddan   avvalgi   4-asrda,   yarusli   to‘siq   qurilgan   paytda
boshlangan.   Keyinchalik,   miloddan   avvalgi   III   asrda   bundan   tashqari,   dumaloq
minoralar  qurilgan. Xorazm  chegara qal'alari uchun murakkab darvoza tizimi xos
edi. Taxminan eramizdan avvalgi 1-asrgacha qal'adan foydalanishda davom etgan,
ammo u erta o‘rta asrlargacha mahalliy aholi uchun boshpana bo‘lib xizmat qilgan
bo‘lishi   mumkin,   deb   ishoniladi.   Qal'a   birinchi   qal'a   ostidagi   ochiq   tekislikda
joylashgan parallelogramm shaklidagi mustahkamlangan inshoot edi. Uning butun
perimetri   bo‘ylab   to‘rtburchaklar   minoralar   bilan   himoyalangan   qo'sh   devor   va
g‘arbiy   devorning   o‘rta   qismida   murakkab   darvoza   bor   edi.   Qal'a   taxminan   5
gektar   maydonni   egallagan.   Tashqi   devorlari   eramizning   1-2-asrlarida   qurilgan
bo‘lsa,   qal'aning   shimoliy-sharqiy   burchagidagi   monumental   bino   bundan   ham
avvalroq   –   taxminan   miloddan   avvalgi   5-4-asrlarda   qurilgan   bo‘lishi   mumkin.
Ayaz-qal'a III hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Mo‘g‘ullar istilosi paytida vayron
qilingan.
                   
44 III BOB.  XORAZM  VILOYATIDA  TURIZMNI  RIVOJLANTIRISH
МUАММО VА ISTIQBOLLARI
3 . 1 .Viloyatda turizmni rivojlantirish muammolaari
Viloyat   turizmni   rivojlantirish   departamenti   tomonidan   turizm   sohasi
vakillarining   taklif   va   muammolari   doimiy   ravishda   atroflicha   o rganibʻ
kelinmoqda.Turizm   sohasida   faoliyat   yuritayotgan   tadbirkorlik   subyektlarini
qo llab-quvvatlash   maqsadida   O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018-yil	
ʻ ʻ
11-sentabrdagi   PQ-3939-sonli   “Hududlarda   tadbirkorlik   tashabbuslari   va
loyihalarini   jadal   amalga   oshirilishini   tashkil   qilish   chora-tadbirlari   to g risida”gi	
ʻ ʻ
qaroriga   muvofiq   Xorazm   viloyati   bo yicha   tashkil   qilingan   Respublika   Ishchi	
ʻ
guruhi bilan hamkorlikda departament tomonidan viloyatdagi mavjud holat chuqur
tahlil   qilinib,   vohaning   turistik   imkoniyatlarini   aniqlash   hamda   ulardan   samarali
foydalanish bo yicha qilinishi lozim bo lgan ishlarga alohida ahamiyat berilmoqda.	
ʻ ʻ
45 Hududda   tadbirkorlik   tashabbuslari   va   loyihalarini   jadal   amalga   oshirilishini
ta minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya kiritish shartiʼ
bilan bo sh turgan madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanishni ta minlash	
ʻ ʼ
yuzasidan   amaliy   choralar   ko rilmoqda.   Xususan,   o rganishlar   natijasida   Xorazm	
ʻ ʻ
viloyatida   davlat   ko chmas   mulki   obyektlaridan   foydalanganlik   uchun	
ʻ
qo llaniladigan   ijara   to lovining   hududiy   koeffitsiyentiga   joriy   yilning   1-noyabr	
ʻ ʻ
sanasidan   o zgartirish   kiritilgan   bo lib,   ushbu   o zgartirishga   asosan   hududdagi	
ʻ ʻ ʻ
madaniy meros obyektlarini tadbirkorlar tomonidan ijaraga olish haq miqdorlarini
40 foizgacha arzonlashtirilishiga erishildi.   Buning natijasida birgina “Orient Star”
MCHJ   tomonidan   Xiva   shahrida   Muhammad   Aminxon   va   Matniyoz   Devonbegi
madrasalarini   ijaraga   olib   mehmonxona   va   restoran   faoliyatini   yurgizish   uchun
yiliga 399 mln. so m miqdorida ijara to lovlari amalga oshirib kelinayotgan bo lsa,	
ʻ ʻ ʻ
endilikda   ushbu   kiritilgan   o zgarishga   muvofiq   ijara   haqqining   to lovi   237   mln.	
ʻ ʻ
so mgacha   kamaytirilishiga   erishildi   va   tejab   qolingan   mablag lar   evaziga	
ʻ ʻ
tadbirkor   tomonidan   mehmonxona   faoliyatini   yanada   rivojlantirish   va   qayta
investitsiya   kiritish   uchun   imkoniyat   yaratib   berildi.   Buning   natijasida   birgina
“Orient Star” MCHJ tomonidan Xiva shahrida Muhammad Aminxon va Matniyoz
Devonbegi   madrasalarini   ijaraga   olib   mehmonxona   va   restoran   faoliyatini
yurgizish   uchun   yiliga   399   mln.   so m   miqdorida   ijara   to lovlari   amalga   oshirib	
ʻ ʻ
kelinayotgan   bo lsa,   endilikda   ushbu   kiritilgan   o zgarishga   muvofiq   ijara	
ʻ ʻ
haqqining to lovi 237 mln. so mgacha kamaytirilishiga erishildi va tejab qolingan	
ʻ ʻ
mablag lar   evaziga   tadbirkor   tomonidan   mehmonxona   faoliyatini   yanada	
ʻ
rivojlantirish va qayta investitsiya kiritish uchun imkoniyat yaratib berildi.
             
    3. 2 .Viloyat tumanlarida turizmni rivojlantirish istiqbollar
    Xorazm   viloyatining   turizm   salohiyatini   yanada   rivojlantirish,   turistlarni
vohaning   noyob   tarixiy-madaniy   va   me’moriy   meros   obyektlari   bilan   keng
tanishtirish   uchun   qulay   shart-sharoitlar   yaratish,   turistlar   oqimini   yanada
46 ko‘paytirish,   hududda   zamonaviy   turizm   infratuzilmasining   izchil   rivojlanishini
ta’minlash, zamonaviy talablarga muvofiq ko‘rsatiladigan turizm, mehmonxona va
transport   xizmatlari   turlarini   kengaytirish   hamda   sifatini   yaxshilash   maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.   Xorazm   viloyati   hokimligi,   O‘zbekiston   Respublikasi   Turizmni   rivojlantirish
davlat   qo‘mitasi   va   Qurilish   vazirligining   Urganch   shahridagi   Shovot   kanali
bo‘yida   —   “Shovot”   kichik   turizm   zonasini   hamda   Xiva   shahrida   “G‘ovuk   ko‘l”
kichik   turizm   zonasini   tashkil   etish   hamda   ularda   zamonaviy   mehmonxona
komplekslari,   madaniy-sog‘lomlashtirish,   savdo-ko‘ngilochar   va   turizm
ahamiyatiga   ega   bo‘lgan   boshqa   obyektlarni   qurish,   shuningdek,   zamonaviy
muhandislik   infratuzilma   obyektlarini   tashkil   etish   to‘g‘risidagi   taklifi
ma’qullansin.
2.   Belgilab   qo‘yilsinki,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Erkin   iqtisodiy
zonalar   va   kichik   sanoat   zonalari   faoliyati   samaradorligini   oshirish   borasidagi
qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”   2017-yil   25-oktabrdagi   PQ-3356-son
qaroriga muvofiq tashkil etilgan Xorazm viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik
sanoat   zonalari   ma’muriy   kengashi:   “Shovot”   va   “G‘ovuk   ko‘l”   kichik   turizm
zonalarining   (keyingi   o‘rinlarda   kichik   turizm   zonalari   deb   ataladi)   faoliyatini
muvofiqlashtiradi;   kichik   turizm   zonalarida   investitsiya   loyihalari   uchun   yer
uchastkalarining   ushbu   loyihalarga   mutanosib   ravishda   ajratilishini   ta’minlaydi;
O‘zbekiston   Respublikasi   Qurilish   vazirligi   bilan   birgalikda   kichik   turizm
zonalarida   investitsiya   loyihalarini   amalga   oshirish   doirasida   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   “Qurilish   sohasini   davlat   tomonidan   tartibga  solishni
takomillashtirish   qo‘shimcha   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”   2018-yil   14-noyabrdagi
PF-5577-son Farmoni talablariga qat’iy rioya etilishini taminlaydi.
3. Xorazm viloyati hokimligi:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri
davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish
davlat   qo‘mitasi   hamda   manfaatdor   vazirlik   va   idoralar   bilan   birgalikda   ikki   oy
47 muddatda   kichik   turizm   zonalarining   aniq   chegaralarini   belgilasin;O‘zbekiston
Respublikasi   Iqtisodiyot   va   sanoat   vazirligi,   Moliya   vazirligi,   Uy-joy   kommunal
xizmat   ko‘rsatish   vazirligi,   Turizmni   rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   hamda
manfaatdor   vazirlik   va   idoralar   bilan   birgalikda   kichik   turizm   zonalarining   aniq
chegarasi   belgilangandan   so‘ng   ularning   hududida   yo‘l-transport,   muhandislik-
kommunikatsiya,   qayta   tiklanadigan   energiya   manbalaridan   foydalangan   holda
muhandislik   infratuzilma   obyektlarini   tashkil   etish,   shuningdek,   kichik   turizm
zonalarida issiqlik bilan ta’minlash obyektlarini qurish bo‘yicha uch oy muddatda
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.  
4.   Xorazm   viloyati   hokimligi   O‘zbekiston   Respublikasi   Investitsiyalar   va   tashqi
savdo vazirligi, Tashqi  ishlar  vazirligi  va Turizmni  rivojlantirish davlat  qo‘mitasi
bilan   birgalikda   kichik   turizm   zonalarining   hududida   amalga   oshiriladigan
investitsiya loyihalarida ishtirok etish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb
qilish choralarini ko‘rsin.
5.   “Shovot”   va   “G‘ovuk   ko‘l”   kichik   turizm   zonalarini   tashkil   etish   va
rivojlantirish   loyihalarining   o‘z   vaqtida   va   sifatli   amalga   oshirilishiga
ko‘maklashuvchi   respublika   ishchi   guruhi   tarkibi   1-ilovaga   muvofiq   tasdiqlasin.
Quyidagilar   respublika   ishchi   guruhining   asosiy   vazifalari   etib   belgilansin:kichik
turizm   zonalarida   amalga   oshiriladigan   loyihalar   uchun   investorlarni   jalb
etish;loyiha   tashabbuskorlari   bilan   birgalikda   investitsiya   loyihalarining   o‘z
muddatida   va   sifatli   amalga   oshirilishini   ta’minlash;muammoli   masalalarni   har
oyda joyiga chiqqan holda o‘rganib borish, ularni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha
amaliy choralar ko‘rish.
6.   Xorazm   viloyati   hokimligi   O‘zbekiston   Respublikasi   Turizmni   rivojlantirish
davlat   qo‘mitasi   bilan   birgalikda   ikki   oy   muddatda   Xorazm   viloyatida   turizm
sohasini   rivojlantirish   bo‘yicha   amalga   oshiriladigan   qo‘shimcha   investitsiya
loyihalarining   manzilli   ro‘yxatini   shakllantirsin   va   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori
48 bilan   tashkil   etilgan   Turizmni   rivojlantirish   bo‘yicha   muvofiqlashtiruvchi
kengashga (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) tasdiqlash
uchun kiritsin.
7.   2019-2020-yillarda   Xorazm   viloyatida   turizm   sohasini   rivojlantirish   bo‘yicha
qo‘shimcha   chora-tadbirlar   dasturi   (keyingi   o‘rinlarda   Dastur   deb   ataladi)   2-
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki,   Dasturga   kiritilgan   tegishli   chora-tadbirlar   mahalliy   budjet
parametrlarida   nazarda   tutilgan   mablag‘lar   va   ijrochilar   mablag‘lari   doirasida
moliyalashtiriladi.
8. Xorazm viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi Dasturdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilsin va har chorak
yakuni   bilan   keyingi   oyning   10   sanasiga   qadar   ularni   bajarish   holati   yuzasidan
Muvofiqlashtiruvchi kengashga ma’lumot kiritib borsin.
9.   Mazkur   qarorning   bajarilishini   nazorat   qilish   O‘zbekiston   Respublikasi   Bosh
vazirining   birinchi   o‘rinbosari   —   transport   vaziri   A.J.   Ramatov,   O‘zbekiston
Respublikasi   Bosh   vazirining   o‘rinbosari   A.A.   Abduxakimov,   Turizmni
rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi  raisi  vazifasini   vaqtincha  bajaruvchi   A.U.  Aqqulov
va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Turistlar   tashrif   buyuradigan   obyektlar,   umumiy   ovqatlanish   obyektlari
hamda   aholi   gavjum   joylar,   markaziy   ko‘chalar,   yo‘l   bo‘yi   xizmat   ko‘rsatish
shohobchalari   va   istirohat   bog‘larida   Urganch   va   Xiva   shaharlarining   tarixidan
kelib   chiqqan   holda,   turistlarning   vaqtini   mazmunli   o‘tkazish   maqsadida   har   xil
noyob   haykaltaroshlik   namunalarini,   jumladan,   tarixiy   dalillarga   asoslangan   jang
maydonlari va strategik obyektlar o‘rnida (“Ichan qal’a” majmuasidan tashqarida)
tarixiy   shaxslar   timsollarini   gavdalantirish,   joylashtirish   va   ular   atrofida   suratga
olish   maydonchalari   tashkil   etish.   Turistlar   ko‘p   tashrif   buyuradigan   obyektlar,
umumiy   ovqatlanish   maskanlari   hamda   aholi   gavjum   joylar,   markaziy   ko‘chalar,
yo‘l   bo‘yi   xizmat   ko‘rsatish   shohobchalari   va   istirohat   bog‘larining   manzilli
ro‘yxatlarini   shakllantirish.   Turli   noyob   haykaltaroshlik   namunalarini,   jang
49 maydonlari   va   tarixiy   shaxslar   timsollarini   gavdalantirish   va   joylashtirish
manzillarini   aniqlash.Joylashtirish   ishlarini   amalga   oshirish   hamda   ular   atrofida
suratga olish maydonchalarini tashkil etish.
Xiva   temir   yo‘l   vokzalidan   “Ichan-qal’a”   majmuasigacha   bo‘lgan
ko‘chadagi   barpo   etilayotgan   obyektlarda   turistlar   uchun   xizmat   ko‘rsatuvchi
hududning tarixiy-madaniy muhitiga uyg‘un holda har xil ko‘ngil ochar maskanlar
va   savdo   shohobchalarini   joylashtirilishini   ta’minlash.   .   Ko‘ngil   ochar   maskanlar
va   savdo   shohobchalari   joylashtiriladigan   hududlar   manzillarining   ro‘yxatini
shakllantirish.   Shakllantirilgan   manzillar   asosida   hududning   tarixiy-madaniy
muhitiga uyg‘un holda har xil ko‘ngil ochar maskanlar va savdo shoxobchalarining
joylashtirilishini ta’minlash.
Xorazm viloyatiga tashrif buyurayotgan turistlar vaqtini mazmunli o‘tkazish,
ularni   qadimda   o‘tgan   xonlar   va   buyuk   sarkardalar   hayoti   bilan   tanishtirish
maqsadida   turli   xil   tomoshalarni   bir   yil   mobaynida   namoyish   etish   dasturini,
shuningdek,   2019-yilning   sentyabr   oyiga   qadar   budjetdan   tashqari   mablag‘lar
hisobidan   kinofilmlar,   videoroliklarni   suratga   olish   va   turistlarga   taqdim   etish.   1.
Qadimda o‘tgan xonlar  va buyuk sarkardalar  hayotini  aks ettiruvchi  tomoshalarni
tayyorlash.
  Yil   mobaynida   yuqoridagi   tomoshalarni   o‘tkazish   dasturini   tasdiqlash
hamda turistlarga namoyish etish. Hududning tarixda tutgan o‘rni, xonlar va buyuk
sarkardalar hayoti hamda boshqa qiziqarli voqealarni o‘z ichiga olgan kinofilmlar
hamda   videoroliklarning   bir   nechta   tillarda   (o‘zbek,   rus,   ingliz   va   boshqa   tillar)
taqdim etilishini ta’minlash.
Urganch tumanida joylashgan “Ulli hovli” va Xiva shahridagi “Nurullaboy”
majmualari   hamda   Chimboy   tumanidagi   hunarmandlar   tomonidan   ishlab
chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlarini  targ‘ib qilish maqsadida  2019-yil
turizm   mavsumiga   qadar   respublikada   turizm   sohasida   faoliyat   yuritayotgan
subyektlar   hamda   respublika   ommaviy   axborot   vositalari   vakillarining
axborotturlarini   tashkil   qilish.     Axborot   turlarining   yo‘nalishini   ishlab   chiqish.
50 Turizm   sohasi   subyektlari   uchun   axborot   turlarini   tashkil   etish.   “Dunyo   bo‘ylab”
telekanali  va boshqa ommaviy axborot vositalari  vakillari  uchun axborot  turlarini
tashkil etish
Xorazm   viloyatining   turizm   va   transport   salohiyatini   oshirish   maqsadida
Samarqand,   Buxoro,   Farg‘ona,   Namangan   shaharlaridan   mahalliy,   shuningdek,
Frankfurt,   Volgograd,   Istanbul,   Anqara,   Izmir,   Dehli   va   Futszyan   shaharlaridan
Urganch   shahriga   xalqaro   aviareyslarni   yo‘lga   qo‘yish   yuzasidan   asoslangan
takliflarni   Vazirlar   Mahkamasiga   kiritish.   Bunda   yo‘lga   qo‘yilishi   belgilangan
aviareyslarni   3   oy   oldin   e’lon   qilish   va   O‘zbekiston   Respublikasi   Turizmni
rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   bilan   birgalikda   keng   targ‘ibot   ishlarini   amalga
oshirish.   Mahalliy   va   xalqaro   aviareyslar   qatnovlarini   yo‘lga   qo‘yish   yuzasidan
marketing tadqiqotlarini amalga oshirish. Mahalliy va xalqaro aviareyslarni yo‘lga
qo‘yish   yuzasidan   Vazirlar   Mahkamasiga   takliflar   kiritish.   Aviareyslarni   yo‘lga
qo‘yishdan   oldin   mahalliy   va   xorijiy   ommaviy   axborot   vositalari   hamda
O‘zbekistonning   xorijiy   davlatlardagi   diplomatik   korpuslari   orqali   keng   targ‘ibot
ishlari   olib   borilishini   ta’minlash.   Parvozlar   xavfsizligini   nazorat   qilish   davlat
inspeksiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi.
“Ilm,   ma rifat   va   raqamli   iqtisodiyotni   rivojlantirish   yili”   Davlat   dasturigaʼ
muvofiq,   viloyatda   ta lim   yo nalishida   loyihalar   amalga   oshiriladi.   Jumladan,	
ʼ ʻ
Xorazm   viloyatida   Malayziyaning   “Binary”   universiteti   filialini,   Urganch   davlat
universitetida   madaniy   merosni   boshqarish,   gid   hamrohligi   va   tarjimonlik
yo nalishlarini   ochish   rejalashtirilgan.   Buning   natijasida   viloyatda   har   yili   turizm	
ʻ
yo nalishida 50-60 nafar malakali kadr tayyorlanadi.
ʻ
Xorazm lazgisi o tgan yil dekabr oyida YUNESKOning nomoddiy madaniy	
ʻ
meros   ro yxatiga   kiritilgan   edi.   Bugungi   kunda   Yaponiya,   AQSH   va   Yevropa	
ʻ
davlatlarida lazgiga qiziqish ortib bormoqda. Ushbu san atni  yoshlarga yetkazish,	
ʼ
xorijliklarga   mahorat   darslari   o tish   uchun   Xorazmda   lazgi   akademiyasi   tashkil	
ʻ
etiladi. Bu ham xalqimizning nomoddiy madaniy merosini dunyoga targ ib etishga	
ʻ
xizmat   qiladi.   Ayni   paytda   viloyatda   600   dan   ortiq   baliqchilik   fermer   xo jaligi	
ʻ
51 mavjud. Bu gastronomik turizmni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatdir. Undan
foydalanish   maqsadida   71   ta   ko lda   xalqaro   standartlar   darajasida   xizmatʻ
ko rsatishni yo lga qo yish orqali sayyohlar oqimini ko paytirish mo ljallanmoqda.	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
Afsuski, bizda hozir faqat baliq ovi va gastronomik xizmatlar ko rsatiladi. Aslida	
ʻ
Xorazmda   birgina   ushbu   yo nalishda   o ndan   ortiq   xizmatni   yo lga   qo yish	
ʻ ʻ ʻ ʻ
mumkin.   Bu   yo nalishni   rivojlantirish   va   kelgusida   Xorazmni   baliqchilik,   ya ni	
ʻ ʼ
“Fishing culture” markaziga aylantirish ko zda tutilgan. Hozirgi kunda Fransiya va	
ʻ
Rossiya telekompaniyalari bilan Xorazm baliqchiligiga bag ishlangan ko rsatuvlar	
ʻ ʻ
suratga olinmoqda.
Qishloqlarda   yangi   ish   o rinlari   yaratishda   turizmning   roli   katta.   Xorazm	
ʻ
misolida   “Turistik   mahalla”,   “Turistik   qishloq”   konsepsiyalari   rivojlantiriladi.
Buning uchun to rtta qishloq tanlab olinib, ularda saksonga  yaqin mehmon uylari	
ʻ
barpo   etish,   hududlarning   hunarmandligi,   agro   va   etnoturizmini   ko rsatish	
ʻ
mo ljallanayapti. Viloyatda tematik parklarni rivojlantirish bo yicha ham loyihalar	
ʻ ʻ
ishlab chiqilgan. Masalan, Xorazm zaminidan ko plab buyuk ajdodlarimiz yetishib	
ʻ
chiqqan.   Ularning   mum   haykallari   va   foto   zonalarini   tashkil   etish
mo ljallanmoqda.   Ulardan   dastlabki   to rttasi   “Ichan   qal a”da   o rnatiladi.   Yil	
ʻ ʻ ʼ ʻ
oxirigacha o ndan ziyod ajdodlarimizning haykallari o rin oladi.	
ʻ ʻ
Davlatimiz   rahbari   turizm   loyihalari   bilan   tanishar   ekan,   Xivada   xonlar
shaharchasi  barpo etish, bu yerda Xorazm  xonlari  tarixini  ko rsatish,  xalqimiz va	
ʻ
xorijiy sayyohlarga yetkazish lozimligini ta kidladi.	
ʼ   Prezidentimiz Xiva shahridagi
birorta   obida   e tiborsiz   qolmasligi,   amalga   oshiriladigan   loyihalar   natijasida	
ʼ
dunyodagi   go zal   turistik   maskanlardan   biriga   aylanishi   lozimligini   ta kidladi.	
ʻ ʼ
Viloyatda turizmni rivojlantirish borasida mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Urganch   shahrida   mahalliy   va   xorijiy   sayyohlarga   sifatli   xizmat   ko rsatish	
ʻ
maqsadida   Pahlavon   Mahmud   ko chasida   gastronomik   ko cha   tashkil   qilinib,	
ʻ ʻ
yangi   restoran   hamda   kafelarda   200   ta   ish   o rni   yaratdik.   Bundan   tashqari,	
ʻ
Yangiariq   tumanida   barpo   etilgan   kulolchilik   markazi   sayyohlarni   jalb   qiladigan
maskanlardan biriga aylandi.
52 Xiva   shahridagi   4,5   kilometr   uzunlikdagi   Alleya   qurilishi   jadal   sur atlardaʼ
olib   borilmoqda.   Shu   bilan   bir   qatorda,   viloyatda   ichki   turizmni   rivojlantirish
borasida   mavjud   imkoniyatlardan   to liq   foydalanilmayotganini   ta kidlab   o tish	
ʻ ʼ ʻ
lozim»,   —   dedi   Farhod   Ermanov.   Viloyat   hokimining   so zlariga   ko ra,	
ʻ ʻ
ekoturizmni   rivojlantirish   bo yicha   Urganch   tumani   Yuqori   Do rman   qishlog ida	
ʻ ʻ ʻ
2,6   gektar   maydonga   1,5   milliard   so mlik,   Gurlan   tumani   Vazir   qishlog ida   5	
ʻ ʻ
gektar   maydonga   800   million   so mlik,   Xiva   tumanida   40   gektar   maydonda   4	
ʻ
milliard so mlik investitsiya jalb qilinishi belgilanga	
ʻ
Turistik mavzelar, spektakllar va Wi-Fi zonalari: Xorazmda yil oxiriga qadar
nimalar   o'zgaradi?   17.07.2021     267Yurtimizda   dastlabki   yillarda   har   jabhalarda
katta   yangilanishni   kuzatmoqdamiz.   Turizm   sohasiga   yurtboshimiz   hamda
hukumatimiz   tomondan   alohida   e tibor   qaratilmoqda.   14   iyun   kuni   O‘zbekiston	
ʼ
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “2021-2022   yillarda   Xorazm   viloyatining
turizm   salohiyatini   yana-da   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”   qarori
imzolanishi   buni  yaqqol   isbotidir.Unda  Xorazm   viloyatining  turizm   salohiyatidan
samarali  foydalangan  holda  uni  yana-da  rivojlantirish   uchun  Vazirlar  Mahkamasi
tomonidan   qator   vazifalar   belgilangan.   Turizm   infratuzilmasini   rivojlantirish,   shu
jumladan   «turizm   mahallalari»ni   tashkil   etish,   tashrif   buyuruvchi   turistlar   uchun
qo‘shimcha xizmat turlari va qulay shart-sharoitlar yaratilishi belgilangan. Asosiy
maqsadlardan   biri   milliy   hunarmandchilikni   rivojlantirish,   madaniy   ko‘ngilochar
tadbirlar va festivallarni tashkil etish hamda yoshlarni sportga jalb qilish bo‘yicha
katta   ishlar   olib   borilmoqda.   Ushbu   qarorda   ekoturizm,   tibbiyot,   ta lim   hamda	
ʼ
etnografik,   gastronomik,   ishbilarmonlik   turizmini   rivojlantirish   ham   ko‘zda
tutilgan.Turizm   loyihalariga   xorijiy   va   mahalliy   investitsiyalarni   hamda   moliya
institutlarining   mablag‘larini   jalb   qilish   yurtimizni   Tur   izm   sohasini   salohiyatini
yana-da   oshiradi.   2021   yil   1   iyuldan   boshlab   esa   Xiva   shahridagi   YUNESKO
Umumjahon merosi  ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va moddiy madaniy merosning
ko‘chmas   mulk   obyektlarining   qo‘riqlanadigan   tegrasidan   tashqari,   yer
uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga «E-IJRO
53 AUKSION»   yagona   elektron   savdo   maydonchasidagi   elektron   auksion   orqali
taqdim   etiladi   va   quyidagi   qo‘shimcha   investitsiya   majburiyatlari   yuklanadi.
Savdoga   qo‘yiladigan   yer   maydonlari   YUNESKO   ishlari   bo‘yicha   O‘zbekiston
Respublikasi   Milliy   komissiyasi   bilan   kelishilishgan   holda   ish   yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 fevraldagi «2019-
2020   yillarda   Xorazm   viloyatida   turizm   sohasini   rivojlantirish   bo‘yicha
qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida»gi   119-son   qaroriga   muvofiq   «Shovot»
kichik   turizm   zonasi   tashkil   etildi   va   uni   rivojlantirish   bo‘yicha   konsepsiyalar
ishlab   chiqilmoqda.Ekologiya   va   atrof-muhitni   muhofaza   qilish   davlat   qo‘mitasi
bilan   birgalikda   turizm   infratuzilmasi   obyektlarining   loyihasini   belgilangan
tartibda   davlat   ekologik   ekspertizadan   o‘tkazilishini   ta minlanadi.   2021   yil   1ʼ
noyabrga   qadar   «Xiva   turistik   transport   koridori»   hududida   ishga   tushirishning
aniq   muddatlarini   belgilagan   holda   quriladigan   turizm   infratuzilmasi
obyektlarining   manzilli   ro‘yxatini   tuzib   chiqilmoqda.   «Xiva   turistik   transport
koridori»   hududida   Wi-Fi   zonalarini   tashkil   etish   bo‘yicha   choralar   ko‘rilmoqda.
«Ichan   qal a»   davlat   muzeyida   2021   yil   1   avgustdan   boshlab   turizm   mavsumi	
ʼ
(mart — iyun, avgust — noyabr) davomida har kuni soat 5:00 dan 24:00 gacha ish
yuritadi.   Spektakl   shoulari,   havo   sharida   ekskursiya,   majmua   tarixi   haqida   qisqa
metrajli   filmlar   namoyishi   bo‘lib   o‘tadi.   Ushbu   qaror   Xorazm   viloyati   turizm
salohiyatini rivojlantirish uchun juda katta ahamiyatga ega va umid qilamiz ushbu
qaror Xorazm viloyati turizm sohasini yangi darajaga olib chiqadi.
Hozirgi   kunda   xorijlik   hamda   mahalliy   sayyohlar   uchun   keng   qulayliklar
yaratish   va   natijada   hududning   turizm   salohiyatini   rivojlantirish   hamda
sayohatchilar   oqimini   yanada   kuchaytirishga   katta   e tibor   qaratilmoqda.   Bu	
ʼ
borada,   shubhasiz,   Prezidentimizning   joriy   yil   29-30   noyabr   kunlari   viloyatga
tashrifi chog ida bildirgan taklif va tavsiyalari muhim ahamiyat kasb etyapti.	
ʻ
Darhaqiqat,   bugun   mintaqa   boy   moddiy-ma naviy   merosi   va   yaratilgan	
ʼ
infratuzilmalari,   xalqaro   aviareyslarni   qabul   qila   oladigan   zamonaviy   aeroporti
bilan   sayyohlarni   o ziga   jalb   etmoqda.   Yaqinda   Urganchdan   Xivaga   temir   yo l	
ʻ ʻ
54 liniyasining   ochilishi   hamda   Xiva   shahrida   zamonaviy   vokzal   ishga   tushirilishi
ular uchun yanada katta qulaylik yaratadi. Quvonarlisi, Buyuk Ipak yo li o tgan buʻ ʻ
ajoyib   zaminga   kelayotgan   turistlarda   qayerda   to xtash,   milliy   taomlardan   tatib	
ʻ
ko rish, qanday yo nalishni tanlash masalasida savollar deyarli paydo bo lmayapti.	
ʻ ʻ ʻ
Zero,   mehmonxona,   kafe   va   restoranlar   ular   xizmatidadir.   Xivadagi   temir   yo l	
ʻ
vokzalida   axborot   markazi   tashkil   etilgan.   U   orqali   avtotransport   vositalari
ijarasidan   tortib,   o tkazilayotgan   madaniy   dam   olish   tadbirlarigacha   bo lgan   har	
ʻ ʻ
qanday zarur ma lumotga ega bo lish, avia hamda temir yo lchiptalari narxi haqida	
ʼ ʻ ʻ
bilib   olish,   mehmonxona   bron   qilish   mumkin.   Umuman,   vohada   turizm   jabhasini
yanada   rivojlantirish   uchun   umumiy   qiymati   152   milliard   so mlik   85   ta   loyihani	
ʻ
hayotga   tatbiq   etish   mo ljallanyapti.   Turistlar   oqimi   yildan-yilga   o sib	
ʻ ʻ
borayotganini   inobatga   olib,   kelgusida   yana   14   ta   mehmonxona,   11   mehmon   uyi
quriladi, 16 ta sayyohlik avtobusi va mikroavtobus sotib olinadi, yangi ish o rinlari	
ʻ
yaratiladi.   Zero,   ekspertlarning   prognoziga   ko ra,   kelgusi   yilning   o zidayoq	
ʻ ʻ
hududga keladigan turistlar soni kamida 40 — 50 foiz o sadi.	
ʻ
55 Xulosa
Xorazm   viloyatida   qishloq   turizimini   rivojlantirish   qishloq   aholosi   uchun
katta   daromad   keltiradi.   Qishloq   turizmining   keng   miqyosda   maqsadsiz   va
nazoratsiz rivojlanishi mahalliy landshaftlar va ekotizimlar uchun halokatli bo‘lishi
mumkin.   O‘zbekiston   Respublikasining   2022-2026   yillarga   mo‘ljallangan   Yangi
O‘zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi   35-maqsadida   “O‘zbekiston   bo‘ylab
sayohat   qiling”   dasturi   doirasida   mahalliy   sayyohlar   sonini   12   million   nafardan
oshirish, hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million
nafarga   yetkazish,   to‘siqsiz   turizm   infratuzilmasini   mamlakatning   asosiy   turizm
shaharlarida   keng   joriy   qilish.   2026   yilgacha   turizm   sohasida   band   bo‘lgan   aholi
sonini   2   baravar   oshirib,   520   ming   nafarga   yetkazish,   Xorazm   viloyatida   turizm
yangi   ish  o‘rinlarini   yaratishda  asosiy  drayver   soha   bo‘lishi  uchun   alohida  dastur
qabul   qilish   belgilab   berilgan.   Tadqiqot   jarayonida   Xorazm   viloyatining   qishloq
hududlari   katta   turistik   salohiyatga   ega   ekanligi   va   ulardan   samarali   foydalanish
imkoniyatlari   tahlil   qilindi.   Tarixiy-arxeologik   etnografik   turizm,   agroturizm,
56 tanishuv   sayohati,   ziyorat   turizmi,   ekologik   turizm,   sog‘lomlashtirish
turizmi.viloyatda   qishloq   joylarida   o`ziga   xos   etnosalohiyatga   boyligi;   Qishloq
joylari   aholisi   turmush   tarzi   va   gostronomik   imkoniyati;Qishloq   joylarida   sholi
etishtirish   va   uni   qayta   ishlash   agroturistik   imkoniyati   mavjudligi;Qishloq
joylaridagi xalfachilik sana`tining mavjudligi. qishloq turizmi aholining daromadi
va kambag`allikni qisqartirishga xizmat qiladi;qishloq joylarida qo‘shimcha ishchi
o‘rinlarini yaratiladi;qishloq joylarida kichik biznes va   tadbirkorlik
rivojlanadi;va ijtimoiy infratuzilma   ob’ektlari hisobiga rivojlanadi;xorijiy turistlar
turish vaqti oshadi va daromad ko`rsatkichi  ortadi.
2012–2016   yillar   davomida   Xorazm   viloyatiga   tashrif   buyurgan   sayyohlar
soni   2012   yilga   nisbatan   viloyatimizda   sayyohlik   tashkilotlari   soni   36   tadan   72
taga,   shundan   mehmonhonalar   soni   26   tadan   52   taga,   turoperator   va   turagentlik
faoliyati   bilan   shug‘ullanuvchi   tashkilotlar   soni   10   tadan   20   taga   etdi.   Xususan,
2016   yilning   o‘zida   10   ta   mehmonxona   va   3   ta   turoperatorlik   faoliyati   bilan
shug‘ullanuvchi   sayyohlik   tashkilotlari   ish   boshlashdi.   Bugungi   kunda   chet   el
investitsiyasini   jalb   qilgan   holda   tashkil   etilgan   5   ta   mehmonxona   faoliyat
ko‘rsatmoqda.   Mehmonxonalardagi   o‘rinlar   soni   1477   tadan   2300   taga   etdi.
Viloyatda turizm  sohasidagi  o‘zgarishlar  hamda yangi  ish o‘rinlarining yaratilishi
natijasida   bugungi   kunda   jami   sayyohlik   tashkilotlarida   450   nafardan   ortiq
xodimlar   mexnat   qilib   kelmoqda.   2017   yil   1   yanvar   holatiga   ko’ra   jami   xorijiy
sayyohlar   soni   46   600   kishini   tashkil   qiladi.   Bu   ko’rsatgich   o’tgan   yilning   shu
davriga   nisbatan   15   foizda   ortganligi   kuzatiladi.   Viloyatda   turizmni   rivojlantirish
dasturiga   asosan   2013–2015   yillarda   jami   214,3   mlrd.   so‘mlik   200   ta   loyihani
amalga   oshirish   rejalashtirilgan.   Bugungi   kungacha   108   ta   loyiha   to‘liq   bajarilib,
49,3   mln.   dollarga   teng   investitsiya   mablag‘lari   o‘zlashtirildi,   36,5   mln.   dollarlik
46 ta loyihada ishlar davom etmoqda. 2017–2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva
shaxrining turistik  salohiyatini  oshirish bo’yicha kompleks  chora-tadbirlar  dasturi
ishlab   chiqilgan.   Tahlillar   xorijlik   turistlar   ba’zan   Xorazmga   tashrif   buyurushni
rejalashtirmasliklariga   bu   yerdagi   mavjud   afzalliklar   haqida   yetarlicha
57 ma’lumotlarga   ega   emasliklari   asosiy   sabab   sifatida   ko’rsatilgan.   Ayni   paytda
Xorazmga   tashrif   buyurgan   xorijiy   sayyohlar   olingan   taasurotlarni   Samarqand   va
Buxoro   shaxarlaridagidan   aslo   kam   emasligini   ta’kidlashadi.   Bundan   tashqari,
xalqaro   turizm   axborot   vositalarida   turli   xalqlar   ovqatlarini   tayyorlash   faqat
Toshkent   shaxrida   yaxshi   rivojlanganligi,   boshqa   joylarda,   hususan   Xorazm
viloyatida   chet   ellik   sayyohlar   uchun   ovqatlanish   uchun   joylar   nisbatan
chegaralanganligi aytib o’tilgan.   
Xorazmda savodxon, gapga chegan, ayni paytda xonandalik qobiliyatiga ega
bo’lgan zukko  ayollarni “xalfa” deb yuritishadi. Ushbu atama arabcha so’z bo’lib,
uning ma’nosi   shariat                    aqidalarini  yaxshi  biluvchi,  o’qimishli   kishi   tarzida
shakllangan. Xalfa qo’shiqlari xalq ruhini, xalq orzu-armonlarini yorqin aks ettirib,
odamlar yuragiga ta’sir  etib xususan  ayollar tomonidan ijro etiladigan san’at  turi.
Aynan xalfa qo’shiqlari mehnatkash ommaning ozodlik va baxt uchun ko’rashida
madadkor bo’lib, xalqning dardi ayniqsa, ayollarning hayoti, noxaklik, ayollarning
manfaati   kuylangan,   g’oyalarni   jonli   gavdalantirib   sodda,   ravshan   til   bilan
kuylarga   solib   badiiy   shaklda   tarannum   qilgan   janrdir.   Keksalarning   bergan
ma’lumotiga   qaraganda   qadimiy   davrlardan   Xorazmda   “Qizil   gul”   bayrami
o’tkazilgan,   bu   bayramda   qo’buz   chala   olmaydigan,   qo’shiq   ayta   olmaydigan,
o’yinga   tushmagan   qiz   bo’lmas   ekan.   “Qizil   gul”   bayrami   XX   asrning   20-
yillarigacha   bahor   bayrami   sifatida   nishonlangan.   Uzoq   davrlardan   buyon
Xorazmdagi to’y, sayl, aza marosimlarida xotin-qizlar davrasida “xalfa”lar san’ati
ijodi   ma’lum   bo’lib   kelgan.   Xorazmda   savodxon,   gapga   chegan,   ayni   paytda
xonandalik qobiliyatiga ega bo’lgan zukko ayollarni “xalfa” deb yuritishadi. Ushbu
atama   arabcha   so’z   bo’lib,   uning   ma’nosi   shariat   aqidalarini   yaxshi   biluvchi,
o’qimishli   kishi   tarzida   shakllangan.   Xorazmda   ayol   qo’shiqchilar   “xalfa”   deb
yuritiladi,   ular   faqat   ashula   aytish   bilan   cheklanmaganlar,   chunki   xalfalar
san’atning   ko’p   turlaridan   xabardor   bo’lganlar   1939   yilda   Toshkent   va
respublikamiz   bo’ylab   gastrol   safarda   bo’ladi   Bu   ansamblda   Onajon   Sabirova
(Anash   xalfa)   Saraxon   Ollaberganova,   Roviya   Otajanova,   Reyma   Xakimova,
58 O’g’iljon   Masharipova,   Poshshaxon   Matchanova   kabi   iste’dodli   xalfalar   xizmati
katta.
 Tuman   turizm   salohiyatidan   foydalanish   uchun   infratuzilmani
rivojlantirish
 Qishloq   joylar   turizm   imkoniyatlarini   ilmiy   jihatdan   chuqurroq
o`rganish
 Agroturizm,   gastronomik   turizm,   etnoturizm   imkoniyatlarini   tadqiq
etish
Foydalangan adabiyotlar
1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг 2016 йил 2-
декабрдаги   ПФ-4861   сон   “Ўзбекистон   Республикасининг   туризм   соҳасини
жадал   ривожлантиришни   таъминлаш   чора-тадбирлари   тўғрисида”ги
Фармони.   Ўзбекистон   Республикаси   қонун   ҳужжатлари   тўплами,   2016   й.   //
https://lex.uz/docs/3077025  
2. Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш.Мирзиёевнинг
“Ўзбекистон   Республикаси   туризм   салоҳиятини   ривожлантириш   учун   қулай
шароитлар яратиш  бўйича   қўшимча  ташкилий чора-тадбирлар   тўғрисида”ги
2018   йил   3   февралдаги   ПФ-5326-сонли   Фармони.   Халқ   сўзи.   2018   йил,   8-
февраль. №26-сон.  //  https://lex.uz/docs/3548467  
3. Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш.Мирзиёевнинг
“Ўзбекистон   Республикасида   туризмни   жадал   ривожлантиришга   оид
қўшимча   чора-тадбирлар   тўғрисида”ги   2019   йил   5   январдаги   ПФ-5611-сон
Фармони ва шу фармон билан тасдиқланган “2019-2025 йилларда Ўзбекистон
59 Республикасида туризм соҳасини ривожлантириш Концепцияси” 2019 йил. //
https://lex.uz/docs/4143188  
4. Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасининг   2002   йил   29
июлдаги   269-сонли   “Маданий   мерос   объектларини   муҳофаза   қилиш   ва
улардан   фойдаланишни   янада   такомиллаштириш   чора-тадбирлари
тўғрисида”ги Қарори.  //  https://lex.uz/docs/285207  
5. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2022   йил   28
январдаги   ПФ-60-сон   “2022-2026   йилларга   мўлжалланган   Янги
Ўзбекистоннинг   тараққиёт   Стратегияси”   Фармони.//
https://lex.uz/docs/5841063       
6. Ўзбекистон   Республикасининг   “Туризм   тўғрисида”ги   Қонуни.
2019 йил 18 июль   ( ЎРҚ-549-сон ). //  https://lex.uz/docs/4428097  
7. Александрова   А.Ю     Международный   туризм:   учебник   для
вузов /А.Ю. Александрова. – М.: Норма, 2008. 450 с.
8. Аллабергенов   А.Ф.   Индустрия   туризма.   Ташкент:   Изд.   Шарк,
2003.86 с.
9. Глушко   А.А.,   Сазыкин   А.М.   География   туризма.   Владивосток.
Изд. Дальневосточного университета 2002.- 265 с.
10. Komilova   N.K.,   Matchanova   A.E.,   Safarova   N.I.,   Usmanov   M.R.,
Makhmudov   M.M.   Some   Socio-Economic   Aspects   of   Gastronomic   Tourism
Study.   Studies   of   Applied   Economics.   Monographic   Section.   Volume   39-6,
July 2021 // ISSN: 1133-3197. 
11. Komilova   N.K.,   Usmanov   M.R.,   Safarova   N.I.,   Matchanova   A.E.,
Murtazaeva   G.I.   Tourist   destination   as   an   object   of   research   of   social   and
economic geography //   Psychology and education (2021) 58(1): pp. 2058-2067 .
ISSN: 00333077.  
12. Мирзаев   А.Т.   “Ўзбекистонда   туристик-рекреация   фаолиятини
бошқаришнинг   услубий   жиҳатлари:   ўзгаришлар   ва   истиқболлар”
Монография. “Al – Ferganus” нашриёти. Фарғона – 2021. 164б.
60 13. Мирзаев М.А., Алиева М.Т. Туризм асослари: Ўқув қўлланма. -Т.:
ТДИУ, 2006. -234 б. 
14. Мироненко   Н.С.,   Трердохлебов   И.Т.   Рекреационная   география.
М.: МГУ, 1981.-208 с.
15. Наврўз-Зода   Б.Н.,   Ибрагимов   Н.С   ва   бошқалар.   Туристик   худуд
рақобатбардошлиги.   Монография.   Бухоро:   “Садриддин   Салим   Бухорий”
Дурдона нашриёти, 2017.  - 153 бет.  
16. Назарова   Г.М.,   Алиева   М.Г.   Роль   финансов   в   международном
туризме. Ташкент: Изд. Узбекистан, 2002. 49 с.
17. Солиев А.,Усмонов М. Туризм географияси. - С.: 2005. -131 бет.
18. Солиев   А.   Ўзбекистон   географияси   (Ўзбекистон   иқтисодий   ва
ижтимоий географияси). -Т.: 2012. 97-100 б. 
19. Солиев А.С. Иқтисодий география: назария, методика ва амалиёт
(Танланган асарлар) Монография. -Т.: Камалак, 2013. -227 б.  
20. Солиев А. Ўзбекистон иқтисодий ва ижтимоий географияси. -Т.:
Дарслик, 2014. -387 б. 
21. Ташмуратов   Т.М.   Международный   туризм.   Ташкент:   Изд.
Узбекистан, 1997.-80 с.
22.Usmanov   M.R.   Turizm   geografiyasi:   O‘quv   qo‘llanma.   -S.:
“SamDU”, 2019. -256 bet. 
23. Усманов   М.Р.,   Қурбонов   К.,   Бурхонов   Э.   “ Туризм   ва   унинг
ривожланиш   босқичлари ”   //   Ўзбекистон   география   жамияти   IX -сезди
материаллари . -Т.: 2014.  220-222  б. 
24. Ҳайитбоев Р., Тўхлиев И. Туристик маршрутларни ишлаб чиқиш.
-С.: Ўқув қўлланма, 2016. -66 б. 
25. Хусанбаев Б.М., Тула г анов Л.А., Разина В.Г. Дорогами великого
Шелкового пути. Ташкент: Изд. Шарк, 1996. 327 с.
26. Якубов Ў., Вахобов Х. Рекреацион география асослари. -Т.: “Fan va
texnologiya”, 2012. -144 б
61 27. Матчанова   А.Э.,   Матсаидова   С.Х.,   Авезов   Н.Ш.   Хоразм
вилоятида тарихий – маданий туризмни ривожлантириш масалалари // “ Ёш
олимлар   Республика   илмий   амалий     конференцияси   ”.   –   Термиз,   2017.   –   Б.
145 – 146.
28. Матчанова   А.Э.,   Дусанова   Ш.Б.,   Қосимов   О.С.   Агротуризм
туризмнинг   янги   истиқболли   йўналиши   //   “Қуйи   Амударё   минтақасида
табиий,ижтимоий   ва   экологик   жараёнлар   ривожланишининг   замонавий
жиҳатлари”   мавзуидаги   республика   илмий-амалий   анжумани   материаллари.
–Урганч, 2017. –Б. 44-46.
29. Дусанова   Ш.Б.,   Матчанова   А.Э.,   Хурсанов   С.М.   Хоразм
вилоятида   маҳаллий   туризмни   ривожлантириш   истиқболлари   //     “Қуйи
Амударё   минтақасида   табиий,ижтимоий   ва   экологик   жараёнлар
ривожланишининг   замонавий   жиҳатлари”   мавзуидаги   республика   илмий-
амалий анжумани материаллари. –Урганч, 2017. –Б. 34-36.
30. Матчанова   А.Э.,   Давлетова   Д.Б.Туризмни   ривожланишида
экскурсиянинг   ў рни   ва   роли   //     “Орол   минтақаси   ва   қўшни   ҳудудларда
комплекс   географик   тадқиқотларнинг   муаммо   ва   истиқболлари”   мавзуидаги
Халқаро илмий-амалий конференцияси.  – Нукус, 2018.  – Б. 302-304. ҚДУ.  
31. Матчанова   А.Э.,   Бектурдиева   С.,   Кенжаева   М.   Туризмнинг
ривожланишида   агротуризмни   роли   //   “Биология   ва   қишлоқ   хўжалигининг
ютуқлари,   муаммолари   ва   истиқболлари”   мавзуидаги   республика   илмий-
амалий анжумани материаллари. –Урганч, 2018. –Б. 23-25.
32. Матчанова   А.Э.,   Рўзимбоева   М.У.,   Раджапова   С.Б.   Миллий
туризмни   ривожлантиришда   туристик   маҳсулот   ишлаб   чиқариш   / /
“Конститутция   хуқуқ   ва   эркинлигимиз   кафолати”   мавзусидаги   республика
илмий амалий семинари материаллари. –Тошкент, 2018. –Б. 172-174.
33. Матчанова   А.Э.,   Аминов   Б .Б.,   Холмуратов   Р.Ў.   Хоразм
вилоятида   ноаънанавий   туризмни   ривожлантириш   имкониятлари   / /
“Ўзбекистонда   география   таълими   методикаси   ва   топонимика:   тарихи,
62 муаммолари   ва   истиқболлари”   мавзуидаги   Республика   илмий-амалий
конференция материаллари.  –  Тошкент, 2019. -Б.115-116.
34. Матчанова   А.Э,   Археологик   ва   тарихий   манзилгоҳларни
ўрганишнинг туристик рекреацион имкониятларини оширишнинг географик
жиҳатлари   //   “ Ўзбекистонда   туризм   ва   рекреацияни   ривожлантиришнинг
географик   муаммолари   ва   имкониятлари ”   мавзуидаги   Республика   илмий-
амалий конференция материаллари -Қарши, 20 21 . –Б.73-76.
35. Xorazm viloyati turizm va madaniy me`ros boshqarmasi ma`lumotlari
63

XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Mundarija betlar Kirish……………………………………………………………. 3 I BOB. XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH ASOSLARI……………………….. 6 1.1. Geografik o’rni va joylashuvi…………………………………. 6 1.2. Tabiy sharoiti va resurslari …………………………………… 9 1.3. Xo’jalik tarmoqlari va ixtisoslashuvining turizmdagi ahamyati ………………………………………………………… 11 II BOB XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI ……………........... 14 2.1. Xorazm viloyatida tabiiy turistik imkoniyatlar ………………. 14 2.2. Xorazm viloyati madaniy turistik salohiyati …………………. 18 2.3 Viloyat tumanlarida turizmni rivojlantirish salohiyati…….. 35 III BOB XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH МUАММО VА ISTIQBOLLARI ……………………………. 46 3.1. Viloyatda turizmni rivojlantirish muammolari ……………… 46 3.2. Viloyat tumanlarida turizmni rivojlantirish istiqbollari 47 Xulosa…..………………………………………………… .. …….. 57 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………… … . 60 1

Kirish Mavzuning dolzarbligi. Jahonda daromadlilik darajasi bo‘yicha turizm sohasi uchinchi, tovarlari va xizmatlari eksportida to‘rtinchi o‘rinni egallab, global yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10,0 foizni tashkil etadi 1 . K oronavirus pandemiyasi davrida eng ko‘p zarar ko‘rgan iqtisodiyot tarmoqlaridan biri bo‘lgan mazkur sohaga 2022 yilning yanvar-iyul oylarida xalqaro sayyohlar kelishi 2021 yilning shu davriga nisbatan deyarli uch baravar ko‘paygan. Butunjahon sayohat va turizm kengashi (WCTT) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilga borib turizm sohasidagi ish o‘rinlari soni 350 mln.ga kishiga yetadi 2 . Buning uchun mintaqalarning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy, tarixiy, etnogeografik jihatlarini turizm maqsadida tadqiq etishning geografik asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. O‘zbekistonda turizmning salohiyatli va istiqbolli turlaridan biri gastronomik turizm hisoblanadi. Uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakat pazandachiligi va milliy taomlarining o‘ziga xos jihatlarini butun dunyoga ko‘rsatish bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 35-maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish, hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish, to‘siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy qilish. 2026 yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming nafarga yetkazish, qolaversa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida turizmni rivojlantirish, Xorazm viloyatida turizm yangi ish o‘rinlarini yaratishda asosiy drayver soha bo‘lishi uchun alohida dastur qabul qilish belgilab berilgan 3 . Ushbu vazifani bajarish uchun turizm sohasini hududiy jihatdan samarali tashkil etish va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy 1 http://vawilon.ru/statistika-v-turizme/ 2 Butunjanon sayohat va turizm kengashi (WCTT) ma’lumoti. https://wttc.org/Research/EconomicImpact 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni. 2

mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-son «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Farmoni, 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni, 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son «O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida», 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2020 yil 28 maydagi PF-6002-son «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab- quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmonlari, 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son «2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi q arori, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 fevraldagi “Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 119-sonli hamda 2021 yil 14 iyundagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 369-sonli qarorlari ushbu ishda muayyan darajada xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishi tarkibiy jihatdan kirish, 3 bob. Xulosa va foydalangan adabiyotlardan iborat. Ishning 1 bobi Xorazm viloyatida turizmni tashkil etish va rivojlantirish asoslari deb nomlanib, unda viloyatning geografik o’rni va joylashuvi, t abiy sharoiti va resurslari hamda x o’jalik tarmoqlari va ixtisoslashuvining turizmdagi ahamyati yoritilgan. Ishning 2 bobi Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirish imkoniyatlari deb nomlangan bo`lib ushbu bobda Xorazm viloyatida tabiiy va madaniy turistik imkoniyatlar va v iloyat tumanlarida turizmni rivojlantirish salohiyati bayon etilgan. Yakuniy 3 bob Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirish мuаммо vа istiqbollari deb nomlanib, 3

unda v loyat tumanlarida turizmni rivojlantirish muammo va istiqbollari yozilgan. Ishning yakunida umumiy xulosa va tavsiyalar bayon etilgan. Bitiruv malakaviy ishi umumiy hajmi 66 betni tashkil etadi va unda jadval, diagramma va karta sxemalar berilgan 4

I BOB. XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH ASOSLARI 1.1 . Geografik o’rni va joylashuvi Xorazm viloyati O‘zbekiston Respublikasining shimoliy garbida joylashgan. O‘zbekiston hududining 1,4 foizini egallaydi. 1925-yil fevralidan 1938-yil yanvarigacha Xorazm okrugi bo'lgan. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning shimoli-g arbida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilidaʻ joylashgan. Shimol va shimoli-sharqdan Qoraqalpog iston Respublikasi, janub va ʻ janubi-g arbdan Turkmaniston Respublikasi, janubi-sharqdan Buxoro viloyati ʻ bilan chegaradosh. Maydoni: 6,1 ming kv.kmAholi soni: 1 mln. 924 ming 200 kishidan ortiq (01.01.2022-yil).Markazi: Urganch shahri (41°33′0″ sh.k. 60°38′0″ shq.uz). Ma`muriy bo`linishi: 10 ta tuman, 3 ta shahar va 56 ta shaharcha Viloyat geografik o‘rniga ko‘ra 40°-31° va 42° shimoliy kengliklar 60°-62° sharqiy uzunliklar oralig‘ida joylashgan [3] . Hududi shimoliy-g‘arbdan janubiy-sharqqa 280 km, Urganch shahri joylashgan kenglikda g‘arbdan sharqqa 80 km atrofida cho‘zilgan. Viloyatning eng shimoliy chekka nuqtasi Gurlan tumani Olchin qishlog‘i yaqinidagi Nuronbobo to‘qayiga to‘gri keladi. Janubiy chekka nuqtasi esa Tupraqqal’adan bir muncha janubda joylashgan. Xorazm viloyati yer tuzilishi jihatidan ikki qismga. Dengiz sathidan 100-110 m baland bo‘lgan katta shimoliy qismga va dengiz sathidan 120-150 metrgacha baland bo‘lgan chekka janubiy qismga bo‘lish mumkin. Viloyat iqlimi keskin kontinental bo‘lib, maksimal va minimal haroratlar orasidagi farq 78° ga teng. Viloyat hududining qumlar bilan o‘ralganligi sababli yoz kunlari harorat +43°+45° C darajaga ko‘tariladi. Qish faslida eng past harorat -30°-33° C sovuqni tashkil etadi. Bu yerda yozning issiq, qishning sovuq kelishi ob-havoning sutka davomida keskin o‘zgarishi, yog‘in sochinning kamligi, havoning quruqligi viloyat iqlimining asosiy xususiyatlaridir. 5