logo

TURIZM SOHASIDA TRANSPORT XIZMATLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

817.8525390625 KB
Mavzu    :   TURIZM  SOHASIDA TRANSPORT XIZMATLARI
Reja:
• Kirish
• ASOSIY  QISM
1.   Turizm sohasida transport  xizmatlarining mohiyati
2. Turistda  transport xizmatlarining  turlari
2.1 Quruqlik  transport turlari
2.2 Suv  transport turlari  
2.3 Havo  transport turlari
3.  Turzim sohasida  transport vositalariga ehtiyojlari va talablar
3 . Xulosalar 
4 . Takliflar
5 . Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
2 K I R I S H
Bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish   sharoitida   iqtisodiyotning   tarmoqlaridan   biri
bo‘lgan   transport   sohasi   eng   muhim   sohalardan   biri   hisoblanadi.   Transport
sohasining   jadal   sur’atlarda   rivojlanishi,   bevosita   turizm   sohasining   barqaror
o‘sishiga  tug‘ridan-tug‘ri  ta’sir  ko‘rsatadi.  Yulovchilarni, shu  jumladan turistlarni
tashish   turli   transport   vositalari   yordamida,   chunonchi:   havo,   yer   usti,   suv
transportida   amalga   oshiriladi.   Turistlarni   tashish   uchun   transport   turlarining
ommaviyligi   yoki   talab   etilish   darajasi   mamlakatning   jug‘rofiy   o‘rni   va   iklim
sharoitlariga,   iqtisodiy   rivojlanish   darajasiga,   milliy   an’analariga,   odamlarning
ijtimoiy holati va turmush darajasiga hamda boshqa omillarga bogliq bo‘ladi. Har
bir transport turining uz ustun jihatlari va kamchiliklari mavjud bo‘lib, ular tarixiy
rivojlanish,   texnik,   iqtisodiy   va   ekologik   kursatkichlar   bilan   belgilanadi,   ammo
transport   tizimlarining   barcha   turlari   bir   asosiy   maqsadni   —   tashish   xizmatlarini
ko‘rsatishda   sayohatchilarning   ehtiyojlarini   to‘la     kondirishni   ko‘zlaydi.   Shundan
kelib   chikib,   turistlarga   transport   xizmatlari   ko‘rsatishni   turistlarni   va   ularning
yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish
uchun   mo‘ljallangan   xizmatlar   majmui   deb   ta’riflash   mumkin.   Respublikada
turizm  industriyasini   rivojlantirish   uchun  yangi  yillarni   intensiv  ravishda  to‘plash
va   o‘zlashtirish   hamda   shu   asosda   butun   xo‘jalik   mexanizmini   o‘zgartirishning
istiqbolli   dasturini   shakllantirish   zarur.   Bu   jarayon   ko‘prok   darajada   maqsadga
yo‘naltirilgan   holda   borishi   uchun   turli-tuman   usullar,   ish   yuritish   shakllari   tahlil
qilib chiqildi, chet el tajribasidan foydalanildi.  
Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi
sohalarning   o‘rni   va   roli   g‘oyat   sezilarli   bo‘lib,   bunda   turizmning   ahamiyati
boshqa   xizmat   ko‘rsatish   sohalariga   qaraganda   yuqori   sur’atlar   darajasida
rivojlanishi  bilan belgilanadi. Shuning uchun ham  keyingi yillarda O‘zbekistonda
turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning
turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari shakllanmokda.
3 Buni   shundan   ham   anglash   mumkinki,   keyingi   yillarda   uni   rivojlantirish   va
takomillashtirishga   qaratilgan   O‘zbekiston     Respublikasi   Prezidenti   va
Hukumatining   bir   qancha   farmon   va   qarorlari,   viloyatlarda   esa   uning   ijrosini
ta’minlashga   bag‘ishlangan   qarorlari   qabul   qilindi.   Bular   jumlasiga   «O‘zbekiston
Respublikasida   2006-2010   yillarda   xizmat   ko‘rsatish   va   servis   sohasini
rivojlantirishni   jadallashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»   gi   qarorini   kiritish
mumkin.   Ushbu   qaror   bilan   xizmat   ko‘rsatish,   servis   va   turizm   sohasini
rivojlantirishning   mamlakatimiz   va   hududlar   bo‘yicha   aniq   dasturlari   ham
tasdiqlangan.   Bulardan   ham   ko‘rinib   turibdiki,   ushbu   sohada   faoliyat   yuritadigan
sub’ektlar   soni   keskin   o‘sadi,   ular   ko‘rsatadigan   xizmatlarning   sifati   esa   zamon
talabiga mos ravishda oshadi.
4 Turizm sohasida transport  xizmatlarining mohiyati                                            
Transporttizimlariningbarchaturlariyagonamaqsadni   —
tashishxizmatlariniko‘rsatishdasayohatchilarningehtiyojlarinito‘laqonliqondirish
niko‘zlaydi. 
Turistlarga   transport   xizmatlarini   ko‘rsatish   turistlarni   va   ularning
yuklarini   bir   joydan   ikkinchi   joyga   mumkin   qadar   tez   va   qulay   sharoitlarda
tashish uchun mo‘ljallangan xizmatlar majmui deb ta’riflanadi. 
Transport   xizmatlari   ko‘rsatish   qonun   hujjatlari   bilan   mustahkamlangan
huquqiy bazaga asoslanadi. Ushbu hujjatlar: 1) turli xalqaro transport tashkilotlari
tomonidan;   2)   mamlakatlarning   milliy   qonunchiligi   doirasida;   3)   yuk   va
yo‘lovchi   tashuvchilarning   ichki   qoidalari   tarzida   ishlab   chiqilgan.   Xalqaro
turizmni   amalga   oshirishda   transport   xizmatlari   ko‘rsatishning   turli   jihatlariga
alohida   diqqat-e’tibor   berish   lozim.   Sayohatlar   sohasida   xalqaro   hamkorlik
chegaralarining   kengayishi   bojxona,   chegara   va   sanitariya   nazoratini   amalga
oshirish normalari va qoidalarini muttasil takomillashtirib borishni taqozo etadi. 
Fan va texnika taraqqiyotining odamlarni yer yuzining istalgan nuqtasiga tez
eltib qo‘yishga qodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar
poyezdlar,  avtomobillar,  muzyorar   va   suvosti   transporti   va   b.)   paydo   bo‘lishiga,
shuningdek   transport   xizmatlari   ko‘rsatish   sohasiga   yangi   texnologiyalar   joriy
etilishiga   olib   keldi.   Bu   chiptalarni   bronlashning   global   tizimlarida   va   chiptalar
sotishning   noan’anaviy   usullarida,   yuk   va   yo‘lovchi   tashuvchilarning   charter
dasturlari   vujudga   kelishi   va   rivojlanishida,   turli   axborot   tizimlari   ishlab
chiqilishida, yo‘lovchi tashishning texnik va texnologik rejimlarini nazorat qilish
elektron   qurilmalaridan   foydalanilishida,   ularning   xavfsizligi   oshirilishida   o‘z
ifodasini topmoqda. 
Muayyan   transport   tuzilmalari   o‘rtasida   hamda   har   bir   transport   turi
doirasida   yo‘lovchi   tashuvchilar   o‘rtasidagi   raqobat   kurashi   yo‘lovchilarga
xizmat   ko‘rsatishning   takomillashuvi  jarayoniga  kuchli  turtki   berdi.  Servis  sifati
5 va darajasining oshishi harakatlanadigan tarkibning hozirgi texnik jihozlanishida,
yo‘lovchilarga  qulay  va  shinam   shart-sharoitlar  yaratilishida,   transport  vositalari
bortida   yo‘lovchilarning   dam   olishi   tashkil   etilishida,   yo‘lovchilarni
ovqatlantirish sifatining oshishida, transport  kompaniyalarining doimiy mijozlari
uchun   rag‘batlantirish   dasturlari   ishlab   chiqilishida   namoyon   bo‘lmoqda.
Yo‘lovchi   tashuvchilar   transportda   bolalar   va   nogironlarga,   shuningdek   boshqa
toifa   yo‘lovchilarga   xizmat   ko‘rsatish   bo‘yicha   maxsus   tadbirlarni   amalga
oshirmoqdalarki,   bu   yo‘lovchilarning   ehtiyojlarini   to‘laqonli   qondirish   uchun
imkoniyat yaratmoqda.
6 Turistda  transport xizmatlarining turlari
Quruqlik  transport turlari
O‘zbekiston   Temir   yo‘llari»   Davlat   aksionerlik   temiryo‘l   kompaniyasi
(«O‘zbekiston   Temir   yo‘llari»   DATK).   U   O‘zbekiston   respublikasi   xududida
joylashgan sobiq O‘rta Osiyo temir yo‘llari  bazasida  1994-yil  7-noyabrda  tashkil
etilgan. Kompaniyaning asosiy yo‘llari tarmog‘i 3645 km. ni tashkil etadi va unda
hozirgi kunda 54,7 ming kishidan ko'p-rok ishchilar ishlaydi.
O'zbekistonda   temir   yo’lda   tashish   O'zbekiston   Respublikasi   1999   yil   15
aprelda   qabul   qilingan   «Temir   yo'l   transporti   haqidagi»   Qonuni,   shuningdek,
O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   22.06.2000   yilda   qabul
qilingan   «O'zbekiston   temir   yo'llari»   Davlat   hissadorlik   temir   yo'l   kompaniyasi
nizomiga   qo'shimchalar   kiritish   to'g'risida»gi   qarori   bilan   tartiblanadi.   Xalqaro
yo'llarda,   jumladan   temir   yo'l   transporti   bilan   yo'lovchi   tashishning   umumiy
qoidalari   1970   yil   22   oktyabrda   tuzilgan   «Sayohatga   shartnoma   tuzish   bo'yicha
7 xalqaro   konventsiya»,   1921   yil   20   aprelda   imzolangan   «Tranzitning   statusi   va
erkinligi   haqidagi   konventsiya»,   1961   yildagi   «Bern   konventsiyasi»   va   boshqa
ko'plab   halqaro   meyoriy   hujjatlar   doirasida   hukumatlararo   kelishuvlar   orqali
tartibga solinadi.
O'zbekiston   temir   yo'l   tarmog'ini   modernizatsiya   qilish   bo'yicha   2013
yilgacha   bo'lgan   davrni   o'z   ichiga   olgan   kompleks   dastur   qabul   qilingan.   Bu
poyezdlar   parkini   yangilash,   yo'llarni   qayta   tiklash,   ixtisoslashtirilgan   sanoat
korxonalarini   rekonstruktsiya   va   modernizatsiya   qilish   kabi   chora-tadbirlardir.
Shuningdek,   ushbu   dasturda   biz   uchun   va   butun   mintaqa   uchun   yangi   bo'lgan
yuqori  tezlikda harakatlanadigan yo'lovchi  poezdlar  qatnovini yo'lga qo'yish ham
ko'zda   tutilgan.   Bu   temir   yo'l   transporti   va   unga   nisbatan   odamlarning
munosabatini tubdan o'zgartiradi.
«O'ztemiryo'lyo'lovchi»   tashkiloti   31.12.1997   yil   tashkil   topdi   va
28.06.2002 yilda  О chiq Aktsiyadorlik Jamoasi "O'ztemiryo'lyo`lovchi"ga aylandi.
«O'ztemiryo'lyo'lovchi»   О AJ   temiryo'l   yo'lovchi   transporti   ishini   yanada
yaxshilash,   yo'lovchilarga   xizmat   ko'rsatish   madaniyatini   ko'tarish,   yo'lovchilarni
tashish   boshqaruvini   takomillashtirish   va   temir   yo'l   transporti   boshqarmalarini
bozor   iqtisodiyoti   muomilalarini   tashkil  qilishda   sharoitlar  yaratish   uchun  tashkil
topdi.
Tashkilotning markaziy boshqarmasi quyidagi manzil bo'yicha
joylashgan: Toshkent sh., Turkiston ko'chasi 7. Tashkilot asosiy faoliyati bo'yicha
7   ta   regional   filiallardan   iborat:   Toshkent,   Farg'ona,   Samarqand,   Xorezm,
Surxandaryo,   Qashqadaryo   va   Orolbo'yi,   O'zbekiston   Respublikasi   o'sha
viloyatlarida   joylashgan.   Undan   tashqari,   tashkilot   quyidagi   filiallardan   ham
iborat:
• Passajir poyezdlarida yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish;
• passajir vagonlarini ekipirovkasi va xizmat ko'rsatish filiali;
• temiryo'l agenttligi;
• turizm,   reklama   va   marketing   tadqiqotlar   agentligi;   mahalliy   yo'nalishda
yo'lovchilar tashishini tashkil qilish servis-ekspress filiali;
8 • davlatlararo   yo'nalishi   va   kommertsiya   ishlarida   yo'lovchilar   tashishini
tashkil qilish filiali.
Jamoaning   ustav   bo'yicha   kapitali   51,4   mlrd.   sumni   tashkil   qiladi,   500
nominal   miqdorida   102   812   890   oddiy   aksiyalarga   bulingan.   Aksiya   kapitali
quyidagicha bo'lingan:
• «O'zbekiston temir yo'llari» DAK - 51%;
• jamoada   mexnat   qiluvchi   kollektiv   va   «O'zbekiston   temir   yo'llari»   DAK
xodimlari- 2%;
• chet el investorlari - 47%.
«O'ztemiryo'lyo'lovchi»   OAJning   ishchilar   miqdori   01.09.2006   yilda   4204
odamni tashkil qildi.
. Yo`lovchilarga servis xizmatarini oshirish maqsadida yangi vokzal binosida
6 ta juda qulay zallar tashkil qilindi:
• Yo'lovchilarni   hamma   kerakli   ma'lumotlar   bilan   ta'minlash   maqsadida   vokzal
binosining   markaziy   xolida   zamonaviy   talablarga   javob   beradigan
ma'lumotlar tablosi qo'yildi;
• Xollning birinchi qavatida bolalar kafesi va maydonchasidan iborat bolalar zali
joylashgan.
• O`yin   zali   orqasida   dam   olish   uchun   qulay   25   joyli   ona   va   bola   xonasi
joylashgan.   SHuningdek   ikkinchi   qavatda   xarbiy   xizmatga   chaqirilganlarni
xizmat kursatish uchun komendatura tuzildi;
• Markaziy   kirishning   o`ng   tarafida   6   ta   kassadan   iborat   kassa   zali   joylashgan.
Kassalar   yo'lovchilarni   tashish   avtomatik   boshqaruvidan   iborat   yangi
«Ekspress- З »   terminallardan   tashkil   topgan.   Ikkinchi   qavatda   ishbilarmon
kishilar   uchun   Internet   klub,   kafe   bardan   va   boshqa   kompleks   xizmatlardan
iborat biznes zal joylashgan.  Quyidagi kompleks bir vaqtda 65 kishiga xizmat
ko'rsata oladi.
• Kutish   zali   tomon   yurganizda   o`ng   tomonda   VIP   zal   joylashgan,   u   2   qavatni
egallagan.   VIP   zal   kompleksiga   40   kishilik   r е storan,   30   kishilik   dam   olish
zali, dam olish uchun yumshoq kr е slolik qishki bog' kiradi. Zaldan passajirlar
9 poy е zdlar   p е rroniga   chiqish   va   ikkinchi   qavatdagi   kutish   zaliga   kirish
mumkin;
• Kutish   zali   birinchi   va   ikkinchi   qavatlarda   joylashgan.   Ular   yo`lovchilarga
k е rakli   ma'lumot   b е rish   uchun   vid е o   va   t е l е apparatura   bilan   ta'minlangan,
shuningd е k 1 soat davomida 500 kishiga   х izmat ko'rsatish uchun qo'shimcha
zallardan (bar, tual е t,ch е kish  х onalaridan) tashkil topgan;
• Kutish   zalidan   chiqishda   bir   vaqtda   500   ta   yo'lovchini   qabul   qiladigan,
poy е zdlarni kutish uchun dam olish joylari b е rk zal-perron joylashgan;
• Vokzal binosining chap tarafida d е l е gatsiyalarni qabul qilish muhtasham zali
joylashgan;
• Markaziy   xollning   chap   va   o`ng   tarafida   yo'lovchilar   uchun   qulay   o'tirish
joylari va fontanlardan iborat ichki hovli joylashgan.
To'la   ta'mirlash   ishlari   tugagandan   sung   vokzal   o'rta   х isobda   50   mingta
odamga   х izmat   ko`rsatishi   mumkin   bo`ladi.   Hozirgi   kunda   hamma   k е luvchi   va
k е tuvchi yo'lovchilarni inobatga olganda markaziy Toshk е nt vokzali o'rta hisobda
29 ming odamni qabul qilyapti. O'rta  х isobda bir kunda vokzaldan 6 ta  х alqaro va
20 ta mahalliy poy е zdlar jo`natilmoqda va kutib olinmoqda.
Markaziy   Toshk е nt   vokzali   qoshida   «Ekspress-3»   yangi   t е rminallar   bilan
jihozlangan,   shuningd е k   yo'lovchilar   uchun   kompleks   х izmatlar   ko'rsatadigan
yangi tranzit kassalari qurildi.
Markaziy   Toshk е nt   vokzali   hamma   O'zb е kiston   R е spublikasi   fuqrolari   va
m е hmonlarini kutish uchun tayyor.
«O'zt е miryo'lyo'lovchi» GAJ faoliyatini mukammallashtirish hozirgi kunda
tashkilot tomonidan kompleks tadbirlar amalga oshmoqda:
• boshqaruv strukturasi va ishlab chiqarishni takomillashtirish;
• vagonlar parkini yangilash;
• yo'lovchilarga progressiv xizmat ko'rsatish sistemalarini kiritish;
-bozor konyunkturasi, xohish va talablarni inobatga olga holda qulay narx
siyosatini olib borish;
-marketing tadqiqotlarni kengaytirish.
10 Undan tashqari, 2003 yil fevraldan Toshkent - Samarqandn yo'nalishi bo'yicha №
49/50   elektropoezdi   yurishni   boshladi   .   Yoz   paytida   Chimyon   va   Chorvoq   dam
olish   zonalarini   bog'lovchi   Toshkent   -   Xojikent   elektropoezda   yurishi
mo'ljallangan.
Yangi va mustaqqil O'zbekiston Respublikasiga, uning tarixi, madaniyati, qadimiy
tarixiy   obidalariga   qiziqish   kuchayganini   inobatga   olgan   holda
«O'ztemiryo'lyo'lovchi» OAJda turizm, reklama va marketing tadqiqotlar agentligi
mavjud bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri "Buyuk ipak yo'li" shaharlari bo'ylab
temir   yo'l   transportida   turistlarni   tashish   va   hamma   turistik   xizmatlarni
ko'rsatishdir.
Temir yo'l yo'lovchi transporti faoliyatining asosi xalqaro hamda, shaharlar
va   mintaqalararo   ichki   tashishlar,   ya'ni   tashish   bo'yicha   xizmat   ko'rsatishdan
iborat.   Xalqaro   qoidalar   bo'yicha   yotoq   vagonlarning   xizmatlari   jamoaviy
joylashtirish   xizmatlariga,   vagon-restoranlarning   xizmatlari   esa   ovqatlanish
xizmatlariga kiradi.
Temir yo'lda tashish shartnomasiga muvofiq yo'l yo`lovchi va uning yukini
manziliga   yetkazib   berish,   hamda   unga   chiptasiga   muvofiq   joy   berish
11 majburiyatini,   yo'lovchi   esa   yo'l   haqini   va   agarda   yuki   normadan   ko'p   bo'lsa   uni
tashish haqini belgilangan tarif bo'yicha to'lash majburiyatini oladi.
Tashish shartnomasining tuzilganligi chipta olinishi bilan ro'y beradi.
Tashish qiymatiga qo'yidagilar kiradi:
-tashish tarifi bo'yicha yo'lda ma'lum masofaga borish haqini to`lash;
-platskarta bahosi (yo'lovchining turli klassdagi yotoq vagonlarda joylashish
huquqi);
-yo'lda baxtsiz hodisalar ro'y berishi mumkin bo'lgandagi sug'urta
haqi;
-biletlarni oldindan sotish xizmati uchun haq to'lash va h.k.
Qo'shimcha   xizmatlarga   (ovqat,   ichimliklar,   choyshab)   alohida   haq
to`lanadi.   Temir   yo'l   transportida   xizmatning   sifati   poezdning   shakli   (pochta,
yo'lovchi,   tezyurar,   firma   poyezdlari)   va   joylashtirish   klassiga   (umumiy   vagon,
qattiq, yumshoq platskart, shuningdek I klass yotoq vagon) bog'liq.
  Dam   olish   joyida   xizmat   ko'rsatish   mehmonxona,   turbaza   yoki   boshqa
joylarda amalga oshirilishi mumkin.
Doimiy jadvalli yo'lovchi poyezdlarida turistlarni  tashish  -transport  guruhli
marshrutini   tashkil   qilishning   asosiy   elementlaridan   biri   hisoblanadi.   Xuddi   shu
sayohatni tashkillashtirish talablarini aniqlab beradi:
• Turistik marshrutlarni tuzish;
• Har   bir   turistik   tashkilot   tomonidan   ma'qullangan   jadvallarga
muvofiq   holda   turistik   guruhlarning   yo'nalishi   va   qabuli   haqida
turistik tashkilotlar bilan kelishuvni amalga oshirish;
• Turistik - ekskursion tashkilotlar bilan temir yo`l transport 
korxonalari orasidagi o'zaro aloqalarni amalga oshirish.
Yo`lovchi poyezdida joylarni band qilish va biletlarni oldindan sotish.
Joylarni band qilish o'zaro kelishilgan rejalar asosida amalga oshiriladi. O'z
poyezdlari   mavjudligida   yoki   to`g'ri   platskart   bilan   chiptalarni   rasmiylashtirish
imkoniyati borligida tranzit poyezdlariga guruhlarni olish rejalashtirilmaydi. 
12 Avtomobil    transport
Avtobus   –   o‘tirish   uchun   8   kishidan   ortiq   o‘rindiqli   (haydovchining
o‘rindig‘idan   tashqari)   yo‘lovchilar   tashish   uchun   mo‘ljallangan   dvigatelli
avtotransport   vositasi.   Avtobuslar   belgilangan   marshrutlar   bo‘yicha   nazarda
tutilgan   bekatlarda   yo‘lovchilarni   olgan   va   tushirgan   holda   yoki   buyurtmachi   –
yuridik   yoki   jismoniy   shaxs   tomonidan   belgilangan   marshrutlar   bo‘yicha
yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan. 
Tashish   vazifasiga   qarab,   umumiy   foydalaniladigan   avtobuslar,   turistik-
ekskursiya   avtobuslari   va   maxsus   avtobuslar   (maktab   avtobuslari;   vaxta
13 avtobuslari;   xodimlarni   shahar   yo‘lovchi   transporti   umumiy   yo‘nalishlaridan
uzoqda   joylashgan   ishlab   chiqarish   ob’yektlariga   eltish   uchun   mo‘ljallangan
avtobuslar va sh.k.) farqlanadi. Mazkur avtobuslarning sig‘imi, shinamlik darajasi,
salonlarining ichki tuzilishi, tashqi ko‘rinishi har xil bo‘ladi. 
O‘rinlar soniga ko‘ra,  juda kichkina sig‘imli avtobuslar (8-15 o‘rinli 
mikroavtobuslar – UAZ, RAF, «Gazel» va sh.k.); kichik sig‘imli  (21 — 26 o‘rinli)
avtobuslar; o‘rtacha sig‘imli (33 — 34 o‘rinli) avtobuslar; katta sig‘imli (41 — 45 
kishiga mo‘ljallangan) avtobuslar hamda o‘ta katta sig‘imli (54 — 56 tadan 80 
tagacha o‘rinli) avtobuslar farqlanadi. 
Kichik   sig‘imli   avtobuslarga   “Otoyo‘l”   firmasining   avtobuslari,   Rossiyada
ishlab chiqariladigan KAVZ va PAZ rusumli avtobuslar kiradi.  
O‘
rtacha   sig‘imli   avtotransport   vositalariga   Rossiyada   ishlab   chiqariladigan
LAZ   va   MARZ   avtobuslarining   ayrim   (umumiy   foydalaniladigan   va   yumshoq
o‘rindiqli) modifikatsiyalarini kiritish mumkin. 
Katta   sig‘imli   avtobuslar   orasida   Rossiyaning   LAZ,   Vengriyaning   «Ikarus»
avtobuslari   mashhur.   Uzoq   masofalarga   turistlarni   tashish   uchun   ko‘pincha   chet
elda   ishlab   chiqarilgan   «Bova»,   DAF,   «Ikarus»,   MAN,   «Mersedes»,
«Neoplan», .«Skania», «Setra», «Volvo», «Vanhool» avtobuslaridan foydalaniladi.
14 Qavatlari soniga qarab,   bir, bir yarim va ikki qavatli avtobuslar farqlanadi.
Aksariyat   turistik   firmalar   bir   yarim   qavatli   avtobuslar   bilan   ishlashni   ma’qul
ko‘radi,   chunki   yo‘lovchilar   saloni   poldan   haydovchining   kabinasiga   nisbatan
yuqorida   joylashganligi   tufayli   oynadan   atrof   yaxshi   ko‘rinadi.   Ikki   qavatli
avtobuslarning   pastki   qavatlaridan   qisqa   ekskursiyalarda   transport   vositasining
sig‘imini   oshirish   maqsadida   yo‘lovchilar   saloni   sifatida   yoki   kichkina   stol-
Avtotransport   vositalarini   ishlatiladigan   yonilg‘i   turiga   qarab   ham   tasniflash
mumkin.   Hozirda   yo‘lovchi   tashishga   mo‘ljallangan   avtobuslarning   aksariyati
benzinda, dizel yonilg‘ida yoki tabiiy (suyultirilgan yoki siqilgan) gazda ishlaydi.
Lekin   so‘nggi   yillarda   chet   elda   elektr   batareyalarda   ishlaydigan   avtobuslar   —
elektromobillar   (elektrobuslar)   ham   qo‘llanila   boshlandi.   Masalan,   Rossiyada
ishlab   chiqarilgan   «Kornet»   elektromobili   elektr   dvigatel   va   akkumulyator
batareyalari bilan jihozlangan bo‘lib, bir zaryadlash bilan 60 — 70 km yo‘l bosishi
mumkin.   U   30   o‘rindiqli   bo‘lib,   yo‘lovchilar   chiqib-tushadigan   maydonchada
zinapoya   yo‘q.   Bu   yo‘lovchilar   stullar   bilan   jihozlangan   bufet   tarzida
foydalanilishi   mumkin.   chiqib-tushishini   yengillashtiradi.   Elektrobuslar   parklarda
va   piyodalar   yuradigan   zonalarda   foydalanish,   shuningdek   turistlar   bilan   shahar
bo‘ylab   ekskursiya   qilish   uchun   qulay.   Ilk   elektrobuslar   Moskvada   Poklonnaya
gora hududidagi marshrutda qatnay boshladi. 
Turistlarni   tashiydigan   avtobuslarning   qulay   va   shinamligiga   butun   dunyoda
katta   talablar   qo‘yiladi.   Xalqaro   yo‘nalishda   qatnaydigan   avtobuslarda
konditsioner,   audio-   va   videosistemalar,   oshxona,   garderob,   biotualet   bo‘lishi
lozim.  Aksariyat   avtobuslarning   salonlari   individual   yoritish   lampochkalari,  oyoq
qo‘yish uchun maxsus joylar, kreslolar suyanchig‘ida yig‘iladigan stolchalar bilan
jihozlanadi.   Kreslolar   qulay   va   yumshoq,   orqaga   tashlanadigan,   qiyaligi
rostlanadigan bo‘lishi lozim. 
Avtomobil transport xalqaro uyushmasi huzuridagi Klassifikatsion komissiya
tomonidan   turli   toifadagi   turistik   avtobuslarga   qo‘yiladigan   muayyan   talablar
ishlab   chiqilgan.   Avtobus   toifasi   uning   klassi   bilan   belgilanadi   va   1   tadan   5
tagacha   yulduz   bilan   ifodalanadi.   «1   yulduzli»   avtobuslar   toifasiga   shahar   bilan
15 tanishtirish   ekskursiyalari   hamda   mahalliy   ekskursiyalar   o‘tkazish   uchun
mo‘ljallangan  xalqaro klassga  mansub  avtobuslar   kiradi.  Qisqa  masofalarga  ichki
va   xalqaro   turizmni   amalga   oshirishda   ishtirok   etuvchi   transport   vositalari   «2
yulduzli»   avtobuslar   toifasiga   mansubdir.   Oliy   klassga   hamda   «lyuks»   klassiga
mansub avtobuslar tegishincha «3 yulduzli», «4 yulduzli» va «5 yulduzli» toifalar
bilan tavsiflanadi. Ulardan uzoq masofaga va uzoq muddatli turistik marshrutlarda
foydalaniladi.   Avtobuslarni   toifalar   bo‘yicha   tasniflash   quyidagi   texnik
ko‘rsatkichlarga asosan amalga oshiriladi:
• dvigatel quvvati;
• tormoz sistemasi va amortizatsiyaga qo‘yiladigan talablar;
• ventilyatsiya turi (tabiiy-havoli yoki konditsioner); 
• isitish usuli (haroratni avtomatik rostlagich moslamasiga ega yoki bunday
moslamasiz);
• oynalarga   qo‘yiladigan   talablar   (tumanga   qarshi   qoplamali,   vakuum
qatlamli, terlash yoki muzlashning oldini oluvchi, quyosh nuridan saqlovchi);
• ichki (shu jumladan individual) yoritgichlarga egaligi;
• radiokarnay, mikrofon va magnitolaning mavjudligi;
• bagaj   bo‘limi   uchun   sig‘imlar   hajmining   hamda   qo‘l   yuki   uchun
tokchalarning kattaligi;
• avtobus muzlatgich, tualet, videosistema,  ichimliklar  uchun termoisitgich,
stakanlar uchun taglik, yig‘ma stollar, chiqindi to‘plagich bilan jihozlanganligi;
• gid uchun lozim darajada jihozlangan joyning mavjudligi.
Ushbu   atributlarning   to‘liq   holda   mavjudligi   «4   yulduzli»   va   «5   yulduzli»
avtobuslar uchun majburiydir.
26 — 28 kishiga mo‘ljallangan VIP-klassga mansub avtobuslar ham mavjud.
Ular komfortabel kreslolar bilan jihozlangan bo‘lib, pastki qavatning orqa qismida
dam olish xonasi bor. Ushbu xonaga divan, yig‘iladigan stollar, ikkita muzlatgich
va kichik oshxona qo‘yilgan. 
16 Qaysi   toifaga   mansubligidan   qat’i   nazar,   barcha   avtobuslar   eng   avvalo
transport   vositasining   texnik   holatiga   qo‘yiladigan   talablar   bilan   belgilanadigan
xavfsizlik   shartlariga   mos   kelishi   lozim.   Avtobuslarning   egalari   ular   majburiy
texnik   ko‘rikdan   o‘tkazilishini,   turli   mamlakatlarda   amalda   bo‘lgan   normativ
hujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda ularga texnik xizmat ko‘rsatilishini
ta’minlashlari   shart.   Shuningdek   avtotransport   vositalaridan   foydalanish
qoidalariga ham rioya qilish lozim. 
Yo‘lovchi   tashish   xavfsizligini   ta’minlash   uchun   turistlarni   ommaviy   tarzda
tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositalaridan foydalanish muddatlari tartibga
solinadi.   Yevropaning   ko‘pgina   davlatlarida   turistik   avtobuslardan   foydalanish
muddati 8 — 10 yildan oshmasligi lozim. 
Suv  transport turlari
Odamlarni   suvda   tashish   transport   vositalari   yordamida   sayohat   qilishning
eng   qadimgi   turlaridan   biridir.   Dastlab   odamlar   buning   uchun   yog‘och   sollar   va
qayiqlardan foydalanganlar. Hozirgi zamon turizmida ularni noan’anaviy transport
turlariga kiritish mumkin.  Fan-texnika taraqqiyoti ulkan teploxodlar — o‘z bortiga
yuzlab yo‘lovchilar olish, ularni qulay shart-sharoitlarda uzoq masofalarga tashish,
dengiz   va   okeanlar   bo‘ylab,   hatto   muzliklar   orasida   sayohatlar   qilishga   qodir
laynerlar yaratilishiga olib keldi. 
Xizmat   ko‘rsatish   sohasiga   qarab,   hozirgi   zamon   suv   transporti   dengiz   va
daryo transportiga bo‘linadi. Dengiz transportiga mansub bo‘lgan kemalar xalqaro
yo‘nalishlarda, uzoq masofalarga va kabotaj tashuvlarini amalga oshiradi. Xalqaro
dengiz   aloqalari   deganda   yo‘lovchi   va   yuklarni   mamlakat   hududidan   tashqariga
tashish   va   mamlakat   tashqarisidan   tashib   keltirish   tushuniladi.   Kabotaj   reyslari
dengiz   portlari   o‘rtasida   sohil   bo‘ylab,   ochiq   dengizga   chiqmasdan   amalga
oshiriladi. 
17 Daryo floti kemalari davlat hududi doirasida  joylashgan suv yo‘llari  bo‘ylab
yo‘lovchi va yuk tashishni amalga oshiradi. Ichki suv yo‘llariga quyidagilar kiradi:
daryolar, ko‘llar, yirik suv omborlari, kanallar, shlyuzlar. Shu munosabat bilan suv
transportida yo‘lovchi va yuk tashishning huquqiy sohasi dengiz transporti va ichki
suv transporti faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni o‘z ichiga oladi. 
Dengiz   transportida   yo‘lovchi   va   yuk   tashish   xalqaro   va   milliy   qonun
hujjatlari   bilan   tartibga   solinadi.   Xalqaro   tashuvlarga   nisbatan   shartnomalar   va
konvensiyalar amal qiladi. 1974 yilda Afinada qabul qilingan «Dengizda yo‘lovchi
va yuk tashish to‘g‘risidagi Konvensiya» shunday hujjatlardan biridir. Konvensiya
qoidalari   barcha   kemalarga   nisbatan   (havo   yostig‘i   ustidagi   kemalardan   tashqari)
amal   qiladi   va   har   qanday   xalqaro   tashuvga   nisbatan   qo‘llaniladi,   basharti   kema
Konvensiyaga   a’zo   davlat   bayrog‘i   ostida   suzsa   yoki   shunday   davlatda  ro‘yxatga
olingan   bo‘lsa.   Afina   Konvensiyasida   yo‘lovchining   o‘limi   yoki   uning   badaniga
shikast   yetkazilishi   natijasida,   shuningdek   bagajning   yo‘qotilishi   yoki
shikastlanishi   natijasida   unga   yetkazilgan   zarar   uchun   tashuvchining   javobgarligi
nazarda   tutilgan.   1958   yilda   tuzilgan   Xalqaro   dengiz   tashkiloti   –   IMO
(International   Maritime   Organization)   dengizda   kema   qatnovi   masalalari   bilan
shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. U dengizda yo‘lovchi va
yuk   tashish   sohasida,   shu   jumladan   dengizda   suzish   xavfsizligi   va   dengizni
ifloslanishdan   saqlash   bilan   bog‘liq   xalqaro   hujjatlarni   ishlab   chiqadi.   Ushbu
tashkilot faoliyati natijasida dengizda xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi va yuk tashish
masalalarini   tartibga   soluvchi   bir   qancha   konvensiyalar   imzolandi:   «Dengizda
inson   hayotini   qo‘riqlash   to‘g‘risidagi   xalqaro   Konvensiya»   (1974);   «Dengizda
yo‘lovchi   va   yuk   tashishning   ba’zi   bir   qoidalarini   yagonalashtirish   to‘g‘risidagi
xalqaro Konvensiya» (1967); «Dengizda yo‘lovchi tashishning ba’zi bir qoidalarini
yagonalashtirish    to‘g‘risidagi  xalqaro Konvensiya»  (1981);  «Dengizda  halokatga
uchraganlarni   qidirish   va   qutqarish   to‘g‘risidagi   xalqaro   Konvensiya»   (1979);
«Dengizni   chiqindilar   va   boshqa   materiallar   bilan   ifloslanishining   oldini   olish
to‘g‘risidagi Konvensiya» (1972) va b.
18 Agar   dengizda   yo‘lovchi   tashish   kruiz   xususiyatiga   ega   bo‘lsa ,   dengizda
yo‘lovchi   tashish   to‘g‘risidagi   shartnomaga   mijozga   xizmat   ko‘rsatish   sohasiga,
chunonchi:   ovqatlanish,   ko‘ngilochar   tadbirlar,   ekskursiya   dasturiga   tegishli
bo‘lgan qo‘shimcha bitimlar tuziladi. 
Savdo   maqsadlarida   dengizda   suzish   kodeksining   boblaridan   biri   kemani
muayyan   muddatga   fraxt   qilish   (taym-charter)   to‘g‘risidagi
shartnomagabag‘ishlanadi.   Ushbu   shartnoma   turistik   va   boshqa   maqsadlarda
yo‘lovchilarni   ommaviy   tashish   uchun   dengiz   kemalaridan   foydalanuvchi
turfirmalar va boshqa tashkilotlarga qiziqarlidir. 
Butun   taym-charter   muddati   mobaynida   kemani   soz   holatda   saqlash   kema
egasining   majburiyati   hisoblanadi.   Fraxt   qiluvchi   kemadan   foydalanganlik   uchun
haqni o‘z vaqtida to‘lashi shart — odatda haq muayyan muddat (yarim oy, bir oy)
uchun   oldindan   avans   tariqasida   to‘lanadi.   Haq   to‘lash   muddatlariga   rioya
qilinmagan   hollarda   kema   egasi   shartnomani   bekor   qilish   va   kemani   chaqirib
olishga haqli. 
Taym-charter shartnomasiga ko‘ra kapitan hamda ekipajning boshqa a’zolari
kema   egasining   kemani   boshqarish,   ichki   tartib   va   ekipaj   tarkibiga   oid
farmoyishlariga   bo‘ysunishi   lozim.   Kemadan   tijorat   maqsadlarida   foydalanishga
oid   farmoyishlarni   fraxt   qiluvchi   beradi.   Bunda   fraxt   qiluvchi   kemadan
19 shartnomada   nazarda   tutilmagan   maqsadlarda   yoki   bitimda   nazarda   tutilmagan
suzish hududida foydalanishga haqli emas. 
Savdo maqsadlarida dengizda suzish kodeksida kemani ekipajsiz   fraxt qilish
(berbout-charter)   shartnomasiham   nazarda   tutilgan.Kemani   ekipajsiz   fraxt   qilish
shartnomasiga   ko‘ra   kema   egasi   belgilangan   haq   (fraxt)   evaziga   fraxt   qiluvchiga
muayyan muddatga foydalanish va egalik qilishga ekipaj bilan komplektlanmagan
va   jihozlanmagan   kemani   yo‘lovchi,   yuk   tashish   uchun   yoki   boshqa   tijorat
maqsadlarida   taqdim   etish   majburiyatini   oladi.   Bu   holda   fraxt   qiluvchi   kema
ekipajini   mustaqil   ravishda   komplektlaydi.   Komanda   ilgari   mazkur   kema   ekipaji
a’zosi   bo‘lgan   yoki   bo‘lmagan   shaxslardan   tashkil   topishi   mumkin.   Ekipajni
komplektlash usulidan qat’iy nazar, uning barcha a’zolari fraxt qiluvchining barcha
buyruqlariga   bo‘ysunishlari   shart.   Berbout-charter   shartnomasida   quyidagilar
ko‘rsatilishi   lozim:   taraflarning   nomi;   kema   nomi,   klassi,   bayrog‘i,   texnik   va
foydalanish   ko‘rsatkichlari;   sarflaydigan   yonilg‘i   miqdori;   suzish   hududi;   fraxt
qilish maqsadi; kemani topshirish va qaytarish vaqti va joyi; fraxt qiymati hamda
shartnomaning amal qilish muddati.
Turizmda berbout-charterdan ko‘pincha kichik yelkanli kemalar – yaxtalarda
sayohat qilishda foydalaniladi. Yaxtalarning ko‘plab modellari mavjud bo‘lib, ular
katta-kichikligi va komfortabelligi bilan farq qiladi. Yaxta ekipajsiz ijaraga olingan
taqdirda,   kemani   mustaqil   boshqarishni   xohlagan   ijarachi   shkiperlik
guvohnomasiga ega bo‘lishi lozim. Yaxtada sayohat qilish uchun chet el portlariga
kirishda viza talab etilmaydi. 
XX asr oxirida kruiz industriyasi turistik biznesning eng jadal rivojlanayotgan
sektoriga   aylandi.   Ma’lumki,   kruizdeganda   suv   transporti   turlarida   sayohat   qilish
tushuniladi.   U   orol   qirg‘og‘i   bo‘ylab   ekskursiya   qilishni,   port   shaharlarning
diqqatga   sazovor   joylari   bilan   tanishishni,   shuningdek   dengiz   va   daryo   laynerlari
bortida dam olishni o‘z ichiga oladi. 
Jahonda   kruiz   kompaniyalari   juda   ko‘p   (100   dan   ortiq)   bo‘lib,   ularning   bir
qismi Kruiz kompaniyalari xalqaro uyushmasiga a’zodir. Kruiz biznesi sohasidagi
20 eng mashhur  tashuvchilar  qatoriga «Carnival  Cruise Lines»,  «Celebrate Cruises»,
«Royal   Caribbean   International»,   «Princess   Cruises»,   «Costa   Cruises»,
«Norwegian Cruise Lines» kompaniyalari kiradi.
Kruiz   kompaniyalari,   shuningdek   ularning   floti   ko‘rsatiladigan   xizmatlar
toifasiga qarab (mehmonxonalar singari) toifalarga ajratiladi. Aksariyat yirik kruiz
kompaniyalari   ommaviy   iste’molchiga   qarab   mo‘ljal   olsa-da,   ular   ko‘rsatadigan
xizmatlar «4 — 5 yulduz» darajasidadir.
Mazkur   kompaniyalarning   kemalari   kamida   200   —   250   yo‘lovchiga
mo‘ljallangan   bo‘lib,   ularga   hashamatli   apartamentlarda   eksklyuziv   dam   olish
hamda   sayohatchilarning   odatlari   va   xohish-istaklarini   hisobga   oluvchi   xizmatlar
taklif   qilinadi.   Bunday   kompaniyalarning   xizmatlaridan   kema   bortida   o‘tkazilgan
har bir  kun uchun 1000 AQSH dollari va undan ko‘proq haq to‘lashga qodir  boy
odamlar foydalanadi. 
«Royal   Caribbean   International»   va   «Celebrate   Cruises»   kompaniyalarining
dengiz   laynerlari   o‘zining   qulayliklari   bilan   ajralib   turadi.   «Royal   Caribbean»
kompaniyasining dengiz  floti  uch klass:  Radiance,  Vision va  Voyager  klasslariga
mansub kemalardan iborat.
21 Bugungi   kunda   jahondagi   eng   katta   (va   qimmat)   kruiz   layneri   17   palubali
gigant   «Voyager   of  the  Seas»  hisoblanadi.   1999  yilda  suvga  tushirilgan  bu  kema
«Royal   Caribbean   International»   kompaniyasiga   tegishli.   Uning   suv   sig‘imi   142
000 t, bortga olishi  mumkin bo‘lgan yo‘lovchilar  soni  — 2200 mehmon va 1180
ekipaj a’zosi, o‘rtacha tezligi — 50 km/soat. Kemaning o‘lchamlari ham aqlni lol
qoldiradi: uzunligi – 311 m, kengligi – 47 m, balandligi – 70 m.
Shuni   ta’kidlab   o‘tish   kerakki,   2000   va   2001   yillarda   yana   ikkita   shunday
megalayner – «Explorer of the Seas» va «Adventure of the Seas» suvga tushirildi. 
Dengiz kruiz laynerlarining kayutalari maydoni, interyerining rang-barangligi,
qulayliklar   (dush,   vanna,   jakuzi)   to‘plamining   kattaligi   bilan   ajralib   turadi.   Bu,
tabiiyki, ularning narxida ham aks etadi. Kayutalar narxi ularning katta-kichikligi,
uxlash   o‘rinlari   soni   va   joylashishi   (ustma-ust   yoki   yonma-yon),   palubaning
balandligi   (odatda   yuqori   palubadagi   kayutalar   quyi   palubadagi   kayutalardan
qimmatroq), paluba uzunligi bo‘yicha joylashgan o‘rni (kemaning orqa qismi, old
qismi, o‘rta qismi), balkonlar, darchalar, illyuminatorlar bor-yo‘qligiga bog‘liq.
Ichki   kayutalar   nisbatan   arzon   yuradi.   Ular   sun’iy   manbalar   —   lampalar,
torsherlar, bra yordamida yoritiladi. Kayutalar turli kemalarda har xil tasniflanadi,
ammo   umumiy   holda   u   quyidagi   ko‘rinishga   ega   bo‘ladi:   balkonli   «lyuks»
kayutalar; darchali kayutalar; ichki kayutalar. 
22 Kruizlarni   amalga   oshirishda   mijozlarning   dam   olishini   tashkil   etish   ularga
xizmat ko‘rsatishning muhim jihati hisoblanadi. Kruiz kemalarida turli klublar (shu
jumladan   bolalar   klublari)   ishlaydi,   mashhur   rassomlar   va   haykaltaroshlarning
ko‘rgazmalari   o‘tkaziladi,   turli   tomosha   va   shoular   o‘tkazish   uchun   aktyor   va
«estrada yulduzlari» taklif qilinadi.
Kruiz   kompaniyalari   mijozlarga   xizmat   ko‘rsatish   tadbirlarini   muntazam
kengaytirib   boradi.   Masalan,   «Royal   Caribbean   International»   kompaniyasi   o‘z
laynerlarida   to‘y   o‘tkazish,   yubileylarni   tantanali   ravishda   nishonlashni   taklif
qiladi. 
Kruiz   kemalari   bortida   oilaviy   dam   olish   uchun   barcha   shart-sharoitlar
yaratilgan. 
Har   qanday   kruiz   layneri   bortida   sayohat   «hammasi   kiritilgan»   prinsipida
tashkil etiladi. 
O‘rtayer dengizi bo‘ylab kruizlar turistlarga Yevropa mamlakatlari (Ispaniya,
Fransiya,   Italiya,   Gretsiya)   va   Shimoliy   Afrika   mamlakatlari   (Marokash,   Tunis,
Misr   va   b.)ning   boy   madaniyati   va   tarixi   bilan   tanishishni   taklif   qiladi.
Kruizlarning   Yevropa   bo‘ylab   marshrutlari   Britaniya,   Skandinaviya   va   Rossiya
qirg‘oqlari   yaqinidagi   suv   yo‘llarini   ham   qamrab   oladi.   Dengiz   kruiz
23 sayohatlarining   boshqa   yo‘nalishlari   —   Hind   okeani   qirg‘oqlari,   Janubi-Sharqiy
Osiyo,   Avstraliya   orollari,   Shimoliy   Amerika   va   Alyaskaning   g‘arbiy   sohili   ham
mashhur.   Ayrim   kruiz   kompaniyalari   to‘rt   oydan   ortiq   davom   etadigan   dunyo
bo‘ylab sayohatlar tashkil etadi. 
Xalqaro  kruizlar  1974  yilda  Afinada  qabul  qilingan  «Dengizda  yo‘lovchi  va
yuk tashish  to‘g‘risidagi  Konvensiya»  qoidalariga  hamda muayyan tashuvchining
qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qoidalarga binoan aksariyat hollarda
21   yoshga   to‘lmagan   shaxslar   kattalar   kuzatuvisiz   kruizlarda   ishtirok   etishga
qo‘yilmaydi;   maktab   o‘quvchilaridan   iborat   guruhlardan   bronlashtirishga   arizalar
qabul   qilinmaydi;   kruiz   kompaniyalari   sog‘lig‘i   yaxshi   bo‘lmagan   yo‘lovchini
laynerga chiqarishni rad etish huquqiga ega. Shu sababli kruizga shartnoma tuzish
paytida   turistlar   uni   amalga   oshirish   qoidalari   va   shartlari   bilan   puxta   tanishib
chiqishlari lozim. 
Eng   komfortabel   parom   kruizlari   Boltiq   dengizida   «Silja   Line»   va   «Viking
Line»   kompaniyalari   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Ularda   mijozlar   uchun
diskotekalar,   restoranlar,   kafelar,   saunalar,   basseynlar,   poshlinasiz   savdo
do‘konlari va shu kabilar tashkil etilgan.
Daryo   va   ko‘llar   bo‘ylab   sayohat   ichki   suv   sistemalari   rivojlangan
mamlakatlarda   dam   olishning   eng   ommaviy   usullaridan   biridir.   O‘tgan   asrning
o‘rtalarida   turistik   marshrutlarda   ishlashga   mo‘ljallangan   komfortabel   daryo
kemalarining qurilishi dengiz kruizlari jadal sur’atlarda rivojlanishiga olib keldi. 
Masalan,   Rossiyada   Volga   daryo   kemachilik   boshqarmasi   «Rihard   Zorge»,
«Aleksandr   Sveshnikov»   teploxodlarida   quyidagi   kruizlarni   amalga   oshiradi:
«Moskva—Nijniy   Novgorod—   Moskva»   marshruti   bo‘yicha   «Zolotie   kupola
Rossii»   kruizi   (10   kun),   Uglich,   Mishkin,   Kostroma,   Plyos,   Murom   shaharlarida
to‘xtagan   holda;   «Moskva—   Plyos—   Moskva»   marshruti   bo‘yicha   «Uzori
Kostromi»   kruizi   (6   kun),   Uglich,   Mishkin,   Yaroslavl,   Kostroma   shaharlarida
to‘xtagan   holda;   «Moskva—Uglich—Moskva»   va   «Moskva—Tver—Moskva»
marshrutlari   bo‘ylab   qisqa   muddatli   uch   kunlik   sayohatlar.   Yana   bir   mashhur
tashuvchi   —   Moskva   daryo   kemachilik   boshqarmasi   «Moskva—Astraxan—
24 Moskva»   (20   kun),   «Moskva—Sankt-Peterburg—Moskva»   (9   va   13   kun),
«Moskva—Yaroslavl—Moskva»   (5   kun),   «Moskva—Uglich—Moskva»   (3   kun)
kruiz dasturlarini taklif qiladi.   
Daryo   sayohatlari   va   kruizlari   bilan   shug‘ullanadigan   turistik   kompaniyalar
o‘z   flotiga   ega   bo‘ladi   yoki   kemalarni   ularning   egalaridan   fraxt   qiladi.   Kemani
fraxtga   berishda   kema   egasi   to‘xtash   paytlarida   unga   xizmat   ko‘rsatish,
buyurtmachiga   yonilg‘i   quyilgan   teploxod   taqdim   etishga   shartnoma   tuzishi
mumkin.   Mazkur   hamkorlik   usuli   firmalarga   ancha   qimmatga   tushadi.   Ikkinchi
holda   operator   to‘xtash   joylari   bilan   shartnoma   tuzish,   yonilg‘i,   oziq-ovqat
mahsulotlari harid qilish va h.k. bilan o‘zi  shug‘ullanadi. Kruizni shunday tashkil
etish turistik firmalarga harajatlarni kamaytirish va tegishlicha xizmatlar ko‘rsatish
paketini arzonlashtirish imkonini beradi. Umuman olganda, yirik teploxodni  fraxt
qilish bahosi bir kunda 4000-8000 AQSH dollarini tashkil etishi mumkin. 
Kruiz kemalarida safar qilayotgan yo‘lovchilarga nisbatan, maxsus qoidalarda
nazarda   tutilmagan   barcha   hollarda   odatdagi   yo‘lovchilar   uchun   belgilangan
yo‘lovchi,   qo‘l   yuki   va   bagaj   tashishning   barcha   qoidalari   amal   qiladi.   Kruiz
kemasiga   yo‘lovchilarni   ro‘yxatga   olish   kema   jo‘nashidan   ikki   soat   oldin
boshlanadi. 
Reys   boshida   kema   kapitani ,   kruiz   rahbari ,   restoran   direktori   va   kema   vrachi
turistlar   bilan   suhbat   o ‘ tkazadi .  Suhbatda   ular   safar   maqsadi   va   shartlarini ,  kemada ,
qirg ‘ oqda   hamda   daryoda   cho ‘ milish   paytida   o ‘ zini   tutish   qoidalarini   bayon   etadi . 
Yo ‘ lda   to ‘ xtaganda   va   qirg ‘ oqqa   tushganda   turistning   yonida   kemaga
qaytishda   yaxtada   turgan   dengizchiga   ko ‘ rsatish   uchun   turist   daftarchasi   yoki
yo ‘ llanma   koreshogi   bo ‘ lishi   lozim .   Qirg ‘ oqqa   tushgan   barcha   yo ‘ lovchilar
teploxodga   belgilangan   vaqtda   qaytib   kelishlari   zarur ,   chunki   turist   kechikkanligi
uchun   reysni   kechiktirishga   yo ‘ l   qo ‘ yilmaydi . 
Odatda   kemachalar   ( qayiqlar )   tezligi   soatiga   15   km   dan   oshmaydi .   Bu   tabiat
yoki   shahar   manzarasi   bilan   yaxshi   tanishish   imkonini   beradi .  Afrikada   Nil   daryosi
bo ‘ ylab ,   Janubiy   Amerikada   —   Amazonka   bo ‘ ylab ,   Shimoliy   Amerikada   —
25 kanallar   sistemasi   bilan   o ‘ zaro   bog ‘ langan   Buyuk   Ko ‘ llar   bo ‘ ylab   kruizlar
mashhur . 
Dengiz   industriyasi   uyushmalari   xalqaro   kengashi   ( ICOMIA )   bergan
statistika   ma ’ lumotlari   har   yili   750   mingdan   ortiq   sayr   kemalari   ishlab
chiqarilishini   ko ‘ rsatadi .   Bu   kemalarning   yarmi   AQShda   ishlab   chiqariladi .
Kanada   100   mingta ,   Fransiya   –   40   mingta   shunday   kemalar   ishlab   chiqaradi .
ICOMIA   ma ’ lumotlariga   ko ‘ ra ,  jahonda  20  mln . ga   yaqin   shunday   kemalar   mavjud
bo ‘ lib ,   ularning   17   mln .   –   ichki   suv   havzalarida   va   dengizlarda   foydalaniladigan
motorli   qayiqlar , 3  mln . –  yelkanli   kemalardir . 
Havo    transport   turlari
  “ O ‘ zbekiston   Havo   Yo ‘ llari ”   milliy   aviakompaniyasini   tashkil   etish   to ‘ g ‘ risidagi
farmon   1992   yil   28   yanvarda   imzolandi .   Shu   sanadan   e ’ tiboran   mustaqil
O ‘ zbekistonning   fuqaro   aviatsiyasini   rivojlantirish   davlat   dasturi   amalga   oshirila
boshlandi .   U   samolyot   parkini   qayta     tashkil   etishni ,   mavjud   aeroportlarni
rekonstruksiya   qilish   va   yangi   aerovokzal   komplekslari   qurishni ,  IKAO   talablariga
muvofiq   aeroportlarni   qayta   jihozlashni ,   yuqori   malakali   kadrlar   tayyorlash
bazasini   vujudga   keltirishni   o ‘ z   ichiga   olar   edi .   Mamlakat   Havo   kodeksi   qabul
qilindi   va   tez   orada   havo   harakatini   boshqarish   tizimini   jahon   andozalariga
muvofiq   modernizatsiya   qilishga   kirishildi . 
Bugungi   kunda   MAK   tarkibiga   Uchish   kompleksi   ( UK ),   Aviatsiya   texnikasi
kompleksi   ( ATK ),   Maxsus   aviatsiya   ishlari   aviakompaniyasi   ( MAI ),   Ta ’ minot
26 markazi   ( TM ),   Havo   aloqalari   bosh   agentligi   ( HABA ),     “ Uzbekistan   Airways
Technic ”   aviatsiya   korxonasi ,   Havo   harakatini   boshqarish   markazi   ( HHBM ),
Ketring ,  O ‘ quv   markazi  ( O ‘ M )  kiradi . 
Bugung
i   kunda   “ O ‘ zbekiston   Havo   Yo ‘ llari ”   milliy   aviakompaniyasi   jahonning   yetakchi
aviatashuvchilari   qatoridan   munosib   o ‘ rin   egallagan .   Aviakompaniyaning   xalqaro
havo   yo ‘ llari   Amerika   va   G ‘ arbiy   Yevropadan   Yaponiya   va   Malayziyagacha
bo ‘ lgan   hududlarni   qamrab   oladi .
Bugungi   kunga   kelib   MAK   samolyotlar   parkida   o‘n   ikkita   “Boing”   bor.
Yilning oxirigacha ularning soni 40 tadan ortiq
Musta
qil Davlatlar Hamdo . Xalqaro charter yuk va yo‘lovchi tashishni rejalashtirish
va ta’minlash borasida to‘plangan katta tajriba, “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” milliy
aviakompaniyasida   barcha   yo‘nalishlar,   shu   jumladan   Xurgada   (Misr),   Urumchi
(Xitoy),   Antaliya   (Turkiya),   Aleppo   (Suriya),   Dubay   (BAA),   Utapao   (Tayland)
kabi ommaviy turistik marshrutlar bo‘yicha uchishga litsenziyalarning mavjudligi
charter tashuvlari bozorida muvaffaqiyatli ish olib borish imkonini beradi. 
Xalqaro   aviatransport   bozoriga   “O‘zbekiston   Havo   Yo‘llari”   milliy
aviakompaniyasining   kirib   kelishi   yangi   aviatsiya   texnikasini,   rivojlangan   G‘arb
mamlakatlari   foydalanayotgan   ilg‘or   texnologiyalarni   jadal   sur’atlarda
27 o‘zlashtirishdan,   axborot   maydonini   kengaytirishdan   boshlandi.   Birinchi   A-310
aerobusi   “O‘zbekiston   Havo   Yo‘llari”da   1993   yili   paydo   bo‘lgan   edi.   Bugungi
kunda kompaniya aviaparkining uchdan bir qismini A-310, Boing 767 va 757, RJ-
85   kabi   havo   kemalari   tashkil   etadi.   “O‘zbekiston   Havo   Yo‘llari”   marshrutlari
tarmog‘i   jahonning   20   dan   ortiq   mamlakatini   qamrab   oladi.   MDHning   ko‘pgina
shaharlari   bilan   mustahkam   havo   aloqalari   o‘rnatilgan.   Yer   kurrasining   turli
mintaqalarida kompaniyaning qirqqa yaqin vakolatxonasi ishlab turibdi. 
Bugungi   kunda   O‘zbekistonda   11   ta   aeroport   ishlab   turibdi.   Toshkent
aeroporti   Markaziy   Osiyodagi   eng   yirik   aeroportdir.   Uning   o‘tkazish   qobiliyati
soatiga 1000    yo‘lovchiga jahon andozalari darajasida xizmat ko‘rsatish imkonini
beradi. 
MAKning xalqaro aeroportlari hamda O‘zbekiston aeroportlari
28   O‘tgan davrda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Navoiy
shaharlari aeroportlari modernizatsiya qilindi va bugungi kunda O‘zbekistonda 11
ta   xalqaro   aeroport   faoliyat   yuritmoqda.   Milliy   aviakompaniyamiz   zamonaviy
«Eyrbas»   va   «Boing»   avialaynerlari   bilan   ta’minlangan.   Ushbu   samolyotlar
Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Amerikaning 50 dan ortiq shaharlariga
muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.
“TOSHKENT”   xalqaro   aeroporti   Poytaxtning   «Toshkent»   aeroporti  
so‘zsiz yetakchi aeroportdir. Yaqin chet el mamlakatlari aeroportlariga qaraganda
geografik   jihatdan   juda   qulay,   yani   MDH   davlatlaridan   Janubi-Sharqiy   Osiyo,
Yevropa va Amerikaga havo transport  vositalari trassalarining   kesishgan
nuqtasida joylashgan. 
«Toshkent»   xalqaro   aeroporti   dunyoning   barcha   katta   shaharlari   bilan   havo
yo‘llari   orqali   bog‘langan.     U   IKAOning   ikkinchi   kategoryasiga   ega   bo‘lib,   turli
rusumdagi   samolyotlarni       qabul   qiladi.   Har   yil   uning   xizmatidan   2   milliondan  
ortiq yo‘lovchi foydalanadi.
“SAMARQAND”   xalqaro   aeroporti   Samarqand   shahri   nafaqat
O‘zbekistonda,   balki   Markaziy   Osiyoda   mashhur   sayyohlik   markazidir.  
Zamonaviy   RJ-45   havo   kemasi   45   daqiqada   sayyohlarni   poytaxtdan   qadimiy
shaharga   yetkazib   keladi.   Hozirgi   kunda   «Samarqand»   xalqaro   aeroporti   xalqaro
29 tranzit   yo‘nalishlar   uchun   muhim   zvenolardan   biriga   aylanayapti.     U   qayta
ta’mirlangandan   so‘ng     IKAOning   birinchi   kategoriyasiga   ega   bo‘lgan   aeroport
g‘arbda   ishlab   chiqarilgan   turli   rusumdagi   laynerlarni   hamda   sharqiy   havo
kemalari  qabul  qilish  imkoniyatiga ega.   Yangi  aeroport  soatiga  400ni  yo‘lovchini
o‘tkazish imkoniyatiga ega.
“URGANCH”     xalqaro   aeroporti   takomillashtirish   loyihasi   amalga
oshirilgandan   so‘ng   aeroport   IKAOning   birinchi   kategoriyasi   va     xalqaro
maqomga   ega   bo‘ldi.     Hozir   aerovokzalning   yangi   binosi   soatiga   300   kishiga
xizmat   ko‘rsatish   imkoniyatiga   ega.   Keng   kutish   zali,     bar,   bufet,   tibbiy   xizmat
ko‘rsatish   va   valyuta   almashtirish   punktlari,   yodgorliklar   do‘koni   yo‘lovchilar
xizmatida.   Qayta   ta’mirlangandan   so‘ng   uchish-qo‘nish   yo‘laklari   A-310,   Boing-
767,   757,   747,   RJ-85,   Tu-154,   Il-76,   Il-96   havo   kemalarini   qabul   qilish
imkoniyatiga   ega   bo‘ldi.   Havodagi   harakatni   boshqarish   tizimi   ham
takomillashtirildi. Urganch kundalik qatnovlar orqali Toshkent bilan bog‘langan.
“NAVOI”   xalqaro   aeroporti   1962   yilda   cho‘l   o‘rtasida   barpo   etilib,   uning
hududi gullayotgan oazisga aylantirilgan. 
Navoiy   aeroporti   hududida   bir   kecha-kunduzda   300   tonna   yukka   ishlov
beruvchi   omborlarning   ish   faoliyati   ta’minlandi.   Bir   qator   aeroportlar
infratuzilmasi   yangilandi.   Jahon   standartlariga   javob   beradigan   aeronavigatsiya
qurilmalari   keltirib   o‘rnatildi.Hozirgi   kunda   “O‘zbekiston   havo   yo‘llari”   milliy
aviakompaniyasi   20   dan   ortiq   mamlakatning   45   dan   ortiq   aeroportiga   muntazam
parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. 
“TERMIZ”   Xalqaro   aeroporti.   Xalqaro   Termiz   aeroporti   "O‘zbekiston
havo yo‘llari"    Milliy aviakompaniyasi tarkibiy qismiga kiradi.    U bir soatda    100ta
yo‘lovchiga   xizmat   ko‘rsatish   imkoniyatiga   ega.   Aeroport   kunu-tun   ishlab,   sharq
va   g‘arbda   ishlab   chiqarilgan   turli   rusumdagi   havo   kemalarini   (A-310,   Boing-
737,747,757,767, RJ-85) hamda vertolyotlarni qabul qiladi.
“BUXORO”xalqaro   aeroporti   1997   yilda   chet   ellik   sayyohlarga
mo‘ljallanib   qurilgan   zamonaviy   aerovokzal   soatiga   150   yo‘lovchini   qabul   qilish
imkoniyatiga   ega.   Zamonaviy   uskunalar   bilan   jihozlangan   uchib   kelish   va   ketish
30 hamda keng kutish zallari, bufet, do‘kon, tibbiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, yuk
saqlash kameralari yo‘lovchilar xizmatida. «Buxoro» xalqaro aeroporti g‘arbda va
sharqda   ishlab   chiqarilgan   barcha   rusumdagi   havo   kemalarini   (Yak-40,   An-24,
Boing -767/757/747) qabul qilish imkoniyatiga ega.
“NAMANGAN” aeroporti. 
              Namangan aeroporti kun-u tun xizmat ko‘rsatib, «O‘zbekiston havo yo‘llari»
Milliy   aviakompaniyasi   hamda   MDH   davlatlari   kemalari   uchun   «zaxira»  
aeroportri   vazifasini   o‘taydi.   Namangan   aeroportidan   texnik     jihatdan   yordam
beruvchi   aeroport   sifatida   foydalanish   mumkin.   Bu   yerda   havo   kemalariga   yer
ustida   xizmat   ko‘rsatishning   barcha   turlari,   yo‘lovchi   va   yuk   tashuvlariga   tijoriy
xizmat ko‘rsatish va unga taalluqli qo‘shimcha xizmatlar ham amalga oshiriladi. 
             Boing-767/757, A-310, Il-62, Il-76TD, TU-154, RJ-85 hamda boshqa    rusumli
havo   kemalari   qabul   qilinadi.   Aerovokzal   soatiga   200   yo‘lovchiga   xizmat
ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Hozirgi paytda «Namangan»    aeroportidan    Toshkent,
Moskva,   Sankt-Peterburg   shaharlariga   qatnovlar   amalga   oshiriladi.   Bu   yerda
«Gromov   Eyr»   va     «Uralskiye   avialinii»   aviakompaniyalari   havo   kemalariga
xizmat   ko‘rsatiladi.   Oxirgi   yillarda   yo‘lovchilar   oqimi   ko‘payib   borayapti.   2004-
yilda   11412   yo‘lovchi   jo‘natilgan   bo‘lsa   2005-yilning   birinchi   yarmida   11706
yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi. 
          “ NUKUS” aeroporti.  «Nukus» aeroporti –    Qoraqalpog‘iston respublikasi
«havo   darvozasidir».   Bu   yerdan   har   kuni   Toshkent   shahri,   viloyat   markazlari,
Moskva   va   MDHning   boshqa   shaharlariga     20   dan   ortiq   muntazam   qatnovlar
amalga   oshiriladi.   Aeroport   «O‘zbekiston   havo   yo‘llari»   aviakompaniyasi
foydalanayotgan barcha havo kemalarini  qabul qiladi.       Barcha tadbirlar «Nukus»
aeroporti   yaqin   kelajakda   «xalqaro»   maqomga   ega   bo‘lib,   chet   el
aviakompaniyalari samolyotlarini qabul qilish imkoniyatiga omil yaratadi. 
                  «FARG‘ONA» aeroporti.   Aeroport  1938-yilda qurilgan. U bugungi  kunda
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi foydalanayotgan barcha havo
kemalariga   xizmat   ko‘rsatadi.   «Farg‘ona»   aeroportidan   Toshkent,   Samarqand,
Nukus,   Moskva,   Qozonga   muntazam   qatnovlar,     boshqa   shaharlarga   esa   tijoriy
31 talablarga  asosan   qatnovlar   amalga   oshiriladi.       «ANDIJON»   aeroporti.   Andijon
aeroprti  «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi  tarkibiy qismlaridan
biridir.   Aerovokzal   majmuasi   soatiga     250-300   yo‘lovchiga   xizmat   ko‘rsatish
imkoniyatiga  ega.  Aeroport  turli   rusumdagi   havo  kemalari   –  Boing  757-200,  Tu-
154,   RJ-85,   IL-114,   An-24,   Yak-40,   An-12,   IL-76   yuk   kemalari   va   3-4   klass
samolyotlarini qabul qiladi. 
              Andijondan   muntazam   va   buyurtma   qatnovlar   hamda   mahalliy   va   xalqaro
(MDH)   yo‘nalishlarda,   xususan   Moskva,   Novosibirsk,   Tyumen,   Omsk,
Toshkentga   yuk   tashuvlari   amalga   oshiriladi.   2005-yilning   birinchi   yarmida   11,5
mingdan ortiq yo‘lovchi tashildi. 
Turistda  transport vositalariga ehtiyojlari va talablar
Turizmda transport vositalarining   asosiy maqsadi   ichki va xalqaro turizmda
transport   xizmatlarini   amalga   oshirishda   turistlarning   ehtiyojlarini   to‘la
qondirishdan iborat. 
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar qo‘yiladi :
32 • Turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish
• Aviachipta – aviatashish to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlovchi hujjat
• Aviachiptalarni bronlashtirish zamonaviy tizimlari
• Havo laynerlarida ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari 
• «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKda yo‘lovchilar tashish
• Harakatlanadigan   tarkib   tasnifi   hamda   turistik   avtobuslarga   qo‘yiladigan
talablar
• Turistlarga suv transportida xizmat ko‘rsatish
• Turistlarni hayvonlarda tashish
• Sayohatlarda xavfsizlikning umumiy masalalari
• Buyuk ipak yo‘lidagi transport vositalari
So‘nggi   yillarda   turizm   industriyasi   aksariyat   mamlakatlarda     muhim
o‘rinlardan   birini   egallamoqda.   Turizm   industriyasi   ishlab   chiqaradigan     turistik
mahsulot,   xizmatlar   va   tovarlarning   tarkibi   ancha   katta   va   rang-barang
kompleksini   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   mahsulotlardan   kishilar   sayohat   qilishda,
shuningdek turizm doirasida dam olish, hordiq chiqarish, davolanish, o‘z bilim va
kasbiy darajasini oshirishda foydalanishlari mumkin. Bunda turistik mahsulotning
tarkibiy   qismiga   kiruvchi   transport   xizmatlari   uning   sifatiga   katta   ta’sir
ko‘rsatadi. 
Yo‘lovchilarni,   shu   jumladan   turistlarni   tashish   har   xil   transport   turlarida,
chunonchi:   havo,   yer   usti,   suv   transportida   amalga   oshiriladi.   Turistik   tashuvlar
uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi  mamlakatning
jo‘g‘rofiy   o‘rni   va   iqlim   sharoitlariga,   iqtisodiy   rivojlanish   darajasiga,   milliy
an’analariga,   odamlarning   ijtimoiy   holati   va   turmush   darajasiga   hamda   boshqa
omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Har   bir   transport   turining     ustun   jihatlari   va   kamchiliklari   mavjud   bo‘lib,
ular   tarixiy   rivojlanish,   texnik,   iqtisodiy   va   ekologik   ko‘rsatkichlar   bilan
belgilanadi 
33 Xulosalar:
34 Turizm faoliyatida transport vositalarining xizmatlari muxim axamiyatga ega.  Shu
sababdan xam xar bir turistik hududlarda turizmni rivojlanishi bevosita transport  
vositalari bilan taminlanganligiga bog’liq.
 Milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishda turizmning o’rnini oshirish, bevosita  
transport vositalarining korxonalari faoliyatiga bog’liq bo’lib ,bunda 
mamlakatimizning transport korxonalari xizmatlaridan foydalangan xolda 
turistlarni transport  vositalari bilan  taminlash juda katta vazifalardan biri bo’lib 
hisoblanadi.Shuning uchun xam ushbu faoliyat muxim hisoblanib, ishlab 
chiqarishning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.
Takliflar:
35 Bizning   mamlakatimizda   ham   turistlar   uchun   avtomobillarni   ijaraga   berishni
tashkil qilshimiz mumkin.
Avtomobillarni   ijaraga   berish   bo‘yicha   xizmatlar   («Rent-a-car»)   butun
dunyoda   turistik   biznes   bilan   bog‘liq   eng   daromadli   faoliyat   turlaridan   biri
hisoblanadi. Ularning mohiyati shundan iboratki, muayyan yoshga to‘lgan istalgan
fuqaro avtomobillarni ijaraga berish bilan shug‘ullanadigan kompaniyaga murojaat
etib,   vaqtinchalik   foydalanish   uchun   haydovchi   bilan   yoki   haydovchisiz   mashina
olishi mumkin. 
Avtomobillarni ijaraga berish g‘oyasi XX asr boshida AQShda paydo bo‘ldi.
Dastlab   u   transport   vositasiga   muhtoj   bo‘lgan   mahalliy   aholiga   yordam   berish
uchun   mo‘ljallangan   edi.   Jahonda   turizmning   rivojlanishi   bilan   avtomobillarni
ijaraga   berish   xizmatining   doirasi   kengaydi   va   u   turistik   faoliyatning   mustaqil
tarmog‘iga aylandi. 
Hozirgi   kunda   avtomobillarni   ijaraga   berish   biznesi   ancha   murakkab   xizmat
ko‘rsatish   tizimini   tashkil   etadi.   U   avtoparkni   saqlash   va   unga   texnik   xizmat
ko‘rsatish   xizmatini;   avtomobillarni   bronlashtirish   elektron   sistemalarini;   yo‘l
navigatsiyasi   axborot   tizimlarini;   sug‘urta   xizmatlari,bonus   dasturlari   va   shu
kabilarni  o‘z ichiga oladi. Avtomobillarni  ijaraga  berish  biznesi  G‘arbiy Yevropa
va   Shimoliy   Amerika   mamlakatlarida   ancha   keng   tarqalgan.   Avtomobillarni
ijaraga   berish   bo‘yicha   xizmatlar   Osiyo,   Shimoliy   Afrika,   Markaziy   va   Janubiy
Amerikaning ko‘pgina mamlakatlarida ham yo‘lga qo‘yilgan.
Turistlarning   shaxsiy   avtomashinalari   joylashtirish   uchun   mehmonxonalar
oldida stayenka joylarni tashkil qilishimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
36 1.   “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zbekistonning
yangi qonunlari.-T.: Adolat, 2000, 131-140 b.
2. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning 2005 yilgacha bo‘lgan davlat dasturi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.Karimovning   15.04.1999   yildagi   PF-
№2286 farmoni. //Xalqso‘zi, №74. 1999. 16 aprel
3. «Buyuk   Ipak   Yo‘lini   qayta   tiklashda   O‘zbekiston   Respublikasining   ishtirokini
avj   oldirish   va   respublikada   xalqaro   turizmni   rivojlantirish   borasidagi   chora-
tadbirlar   to‘g‘risida»   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1995   yil   2
iyundagi PF-1162-sonli qarori.
4. “Turistik tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   №   346   sonli   8   avgustda   qabul   qilingan
Farmoyishi. // “Xalq so‘zi” gazetasi, 1998 yil 9 avgust. 
5. Karimov   I.A.   Obod   va   ozod   vatan,   erkin   va   farovon   hayot   pirovard
maqsadimiz.Toshkent, ”O‘zbekiston”,2000,-232 b.
6. I.Karimov.   Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi,   O‘zbekiston   sharoitida   uni
bartaraf etishning yo‘llari va choralari. –T.: O‘zbekiston, 2009 y.
7. Tuxliyev I.S.  вабошқалар  «Turizm asoslari»  Дарслик . –  Тошкент .: 2014 y.
8. ХошимовМ .
БуюкИпакЙўлинингжанубийЎзбекистyдагитармоқлариТуристикбуклет
Самарқанд  – 2014.
9.Internet-saytlari
www.travel.ru
www.transport.ru
www.gsga
www.km.ru
www.avantix.ru
www.airways.ru
www.railways.ru
37

Mavzu : TURIZM SOHASIDA TRANSPORT XIZMATLARI Reja: • Kirish • ASOSIY QISM 1. Turizm sohasida transport xizmatlarining mohiyati 2. Turistda transport xizmatlarining turlari 2.1 Quruqlik transport turlari 2.2 Suv transport turlari 2.3 Havo transport turlari 3. Turzim sohasida transport vositalariga ehtiyojlari va talablar 3 . Xulosalar 4 . Takliflar 5 . Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 2

K I R I S H Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida iqtisodiyotning tarmoqlaridan biri bo‘lgan transport sohasi eng muhim sohalardan biri hisoblanadi. Transport sohasining jadal sur’atlarda rivojlanishi, bevosita turizm sohasining barqaror o‘sishiga tug‘ridan-tug‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Yulovchilarni, shu jumladan turistlarni tashish turli transport vositalari yordamida, chunonchi: havo, yer usti, suv transportida amalga oshiriladi. Turistlarni tashish uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mamlakatning jug‘rofiy o‘rni va iklim sharoitlariga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, milliy an’analariga, odamlarning ijtimoiy holati va turmush darajasiga hamda boshqa omillarga bogliq bo‘ladi. Har bir transport turining uz ustun jihatlari va kamchiliklari mavjud bo‘lib, ular tarixiy rivojlanish, texnik, iqtisodiy va ekologik kursatkichlar bilan belgilanadi, ammo transport tizimlarining barcha turlari bir asosiy maqsadni — tashish xizmatlarini ko‘rsatishda sayohatchilarning ehtiyojlarini to‘la kondirishni ko‘zlaydi. Shundan kelib chikib, turistlarga transport xizmatlari ko‘rsatishni turistlarni va ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun mo‘ljallangan xizmatlar majmui deb ta’riflash mumkin. Respublikada turizm industriyasini rivojlantirish uchun yangi yillarni intensiv ravishda to‘plash va o‘zlashtirish hamda shu asosda butun xo‘jalik mexanizmini o‘zgartirishning istiqbolli dasturini shakllantirish zarur. Bu jarayon ko‘prok darajada maqsadga yo‘naltirilgan holda borishi uchun turli-tuman usullar, ish yuritish shakllari tahlil qilib chiqildi, chet el tajribasidan foydalanildi. Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarning o‘rni va roli g‘oyat sezilarli bo‘lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari shakllanmokda. 3

Buni shundan ham anglash mumkinki, keyingi yillarda uni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining bir qancha farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan qarorlari qabul qilindi. Bular jumlasiga «O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorini kiritish mumkin. Ushbu qaror bilan xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohasini rivojlantirishning mamlakatimiz va hududlar bo‘yicha aniq dasturlari ham tasdiqlangan. Bulardan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu sohada faoliyat yuritadigan sub’ektlar soni keskin o‘sadi, ular ko‘rsatadigan xizmatlarning sifati esa zamon talabiga mos ravishda oshadi. 4

Turizm sohasida transport xizmatlarining mohiyati Transporttizimlariningbarchaturlariyagonamaqsadni — tashishxizmatlariniko‘rsatishdasayohatchilarningehtiyojlarinito‘laqonliqondirish niko‘zlaydi. Turistlarga transport xizmatlarini ko‘rsatish turistlarni va ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun mo‘ljallangan xizmatlar majmui deb ta’riflanadi. Transport xizmatlari ko‘rsatish qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan huquqiy bazaga asoslanadi. Ushbu hujjatlar: 1) turli xalqaro transport tashkilotlari tomonidan; 2) mamlakatlarning milliy qonunchiligi doirasida; 3) yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning ichki qoidalari tarzida ishlab chiqilgan. Xalqaro turizmni amalga oshirishda transport xizmatlari ko‘rsatishning turli jihatlariga alohida diqqat-e’tibor berish lozim. Sayohatlar sohasida xalqaro hamkorlik chegaralarining kengayishi bojxona, chegara va sanitariya nazoratini amalga oshirish normalari va qoidalarini muttasil takomillashtirib borishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining odamlarni yer yuzining istalgan nuqtasiga tez eltib qo‘yishga qodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar poyezdlar, avtomobillar, muzyorar va suvosti transporti va b.) paydo bo‘lishiga, shuningdek transport xizmatlari ko‘rsatish sohasiga yangi texnologiyalar joriy etilishiga olib keldi. Bu chiptalarni bronlashning global tizimlarida va chiptalar sotishning noan’anaviy usullarida, yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning charter dasturlari vujudga kelishi va rivojlanishida, turli axborot tizimlari ishlab chiqilishida, yo‘lovchi tashishning texnik va texnologik rejimlarini nazorat qilish elektron qurilmalaridan foydalanilishida, ularning xavfsizligi oshirilishida o‘z ifodasini topmoqda. Muayyan transport tuzilmalari o‘rtasida hamda har bir transport turi doirasida yo‘lovchi tashuvchilar o‘rtasidagi raqobat kurashi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning takomillashuvi jarayoniga kuchli turtki berdi. Servis sifati 5

va darajasining oshishi harakatlanadigan tarkibning hozirgi texnik jihozlanishida, yo‘lovchilarga qulay va shinam shart-sharoitlar yaratilishida, transport vositalari bortida yo‘lovchilarning dam olishi tashkil etilishida, yo‘lovchilarni ovqatlantirish sifatining oshishida, transport kompaniyalarining doimiy mijozlari uchun rag‘batlantirish dasturlari ishlab chiqilishida namoyon bo‘lmoqda. Yo‘lovchi tashuvchilar transportda bolalar va nogironlarga, shuningdek boshqa toifa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tadbirlarni amalga oshirmoqdalarki, bu yo‘lovchilarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish uchun imkoniyat yaratmoqda. 6