O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMAMASINING TA’LIM SOHASIDA KAFOLATLARI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMAMASINING TA’LIM SOHASIDA KAFOLATLARI Reja: I Kirish II O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi qonunlar hamda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar 1 Ta’lim to’g’risidagi qonun 2. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi III O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamamasining ta’lim sohasida kafolatlari 1 Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari haqidagi qonun 2. Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlati haqidagi qonun IV Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Hozirda O‘zbekistonda ta’lim sohasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Yaqin o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, sovet mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston hududida sanoqli ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning aksariyati talab darajasida bo‘lmagan. Ularda yetishib chiqgan mutaxassislar mamlakat aholisining juda oz qismini tashkil etgan. Ba’zi hollarda odamlar savodsiz hatto oralaridan umumiy 11 yillik ta’limni egallamaganlari ham bor edi. Bu sovet hukumatining chuqur o‘ylangan nayrangi bo‘lib, o‘zbek xalqi uchun yod bo‘lgan komunistik mafkura bilan millat ongini zabt etishga harakat qilgan. Shu asnoda xalqni qaramlikda, kuchli tazyiq ostida tutib turish, ularning pirovard maqsadi bo‘lgan. Ammo ularning ko‘zlagan rejasi amalga oshmadi, ozodlik ruhi ostida kamol topgan xalqimiz mustaqillik uchun kurash olib bordi va uzoq kutilgan kunga erishdi. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab har bir sohaga ulkan e’tibor qaratildi shu bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham tub burilish yuz berdi. Yildan yilga yoshlarga ko‘rsatiladigan e’tibor ortib bordi. Jumladan, jahonning sanoqli mamlakatlaridagina mavjud majburiy 12 yillik bepul ta’lim tizimi yaratildi. Bir qancha oliy ta’lim muassasalarini biz kabi yoshlarni chuqur ta’lim olishi uchun eng ilg‘or ta’lim texnologiyaliri bilan jihozlandi. Buning samarasi o‘laroq, o‘zbek yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib kelmoqda. Yurtboshimiz har bir nutqida: “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” deb takror va takror ta’kidlab kelmoqdalar. Buni biz kabi yoshlarga bildirilgan yuksak darajali ishonch deb bilaman. Buguni o‘tmishidan, ertasi bugunidan nurafshon bo‘ldan yurtda yashayotganimdan faxrlanaman.
II O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi qonunlar hamda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar Har bir mamlakat o‘z mezonlari asosida ta'lim tizimi tamoyillarini belgilaydi. Ana shu jihatdan turli davlatlarda ta'lim olish imkoniyatlari turlicha bo‘ladi. Tizimga asos solinayotgan paytda mamlakatning tarixiy an'analari, bugungi kun talablari, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj darajasi, iqtisodiy, ijtimoiy imkoniyat va qonuniyatlari inobatga olinadi. Jahon mamlakatlari ta'lim tizimiga nazar tashlar ekansiz, ba'zida ibratli, gohida hayratlanarli holatlarga duch kelasiz. Shunday ta'lim tizimiga ega davlatlardan biri Lyuksemburgdir. Bilasizmi, bu yerda oliy ta'lim muassasalari umuman mavjud emas. To‘g‘ri, mamlakatda 4 ta institut faoliyat ko‘rsatadi. Ularning barchasi davlatga tegishli. Biroq ular haqiqiy ma'nodagi oliy akademik ta'lim beruvchi muassasalar hisoblanmaydi, balki ko‘proq kasbiy ta'lim yo‘nalishidagi institutlar vazifasini bajaradi. Ta'lim tizimi haqida gapirsak... Lyuksemburg ta'lim tizimi 1912 yildan buyon (shu yili tizimga asos solingan) o‘zgarmagan. 16 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar ta'lim olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim. O‘qish jami 11 yil davom etadi. Bu muddat ichiga 2 yillik tayyorlov kurslari ham kiritilgan. Xalq ta'limi tizimi 4-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan maktabgacha muassasalardan boshlanadi. Keyingi bosqich esa boshlang‘ich majburiy maktablardir. Ularda o‘qish muddati 6 yil (6 -12 yosh). Mazkur bosqichda bepul ta'lim beriladi. Maktablar davlatga qarashli yoki xususiy muassasa bo‘lishi mumkin. Bola 12 yoshida o‘rta maktabga boradi va unda 3 yil tahsil oladi. Mamlakatda o‘rta ta'lim umumiy va ikkinchi darajali texnik ta'limga bo‘linadi. Shuningdek, o‘rta maktab ta'limi klassik va zamonaviy litseylarda
ham amalga oshiriladi. O‘qish klassik litseylarda 7 yil, zamonaviy litseylarda 6 yil davom etadi. Bunday maktablar pulli asosda ta'lim berib, u yerda o‘qish majburiy hisoblanmaydi. O‘quv yili oktyabrda boshlanib, iyul oyida yakunlanadi. Kamida uchta chet tilini bilishadi Majburiy maktabda ta'lim nemis tilida olib boriladi. O‘rta maktabda esa darslar frantsuz tilida o‘tiladi. Frantsuz tili xuddi shu tartibda majburiy maktablarda ham o‘rgatiladi. Aytish lozimki, xorijiy tillarni o‘rganishda bolalar ham, kattalar ham davlat tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanadi. Buning uchun Lyuksemburg tillar markazi doimiy xizmatda. Ushbu markazning oddiy til markazlari qatorida emasligini ta'kidlash lozim. U shunchalar mashhurki, muassasa barcha murojaat etuvchilarga ham "labbay" deyishga imkon topolmay qoladi. Markaz til o‘rganish uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklar, jumladan, bepul kompyuter ta'limini berish imkoniyatiga ega. Davlat tomonidan ko‘rsatilgan yordam hamda fuqarolarning intiluvchanligi samarasi o‘laroq, mamlakat fuqarolarining deyarli har biri kamida 3 tadan xorijiy tilni o‘zlashtirgan. 1798 yildan buyon ishlayotgan kutubxona Yuqorida aytilganidek, Lyuksemburgda oliy o‘quv yurtlari yo‘q. 1969 yilda xorijiy universitetlarga o‘qishga tayyorlovchi universitet markazi ochilgan. Mazkur markazda o‘qishni yakunlagach yoshlar chet davlatlari oliy o‘quv yurtlarining 2-kursiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, bu yerda 1973 yilda asos solingan Mehnat universiteti kabi bir necha universitet yoki institutlar bor, ammo ularda to‘la maxsus ma'lumot berilmaydi. Mamlakatda bir necha kollej va konservatoriya bor. Shu bilan birgalikda shaharda 1798 yildan buyon ishlab kelayotgan Milliy kutubxona mavjud bo‘lib, uning jamg‘armasi g‘oyat katta. Milliy muzey ham xuddi shu
yerda joylashgan. Bundan tashqari, Tabiatshunoslar jamiyati va Buyuk gertsog instituti ham faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu institutda tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar, adabiyot va san'at sektsiyalari mavjud. Qaerda mutaxassis bo‘lishadi? Lyuksemburgda mavjud muhandis-texniklar yoki boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari kurslari yoki 2 yillik amaliy kurslar bitiruvchilarining nufuzi nihoyatda baland. Ular uchun ishga joylashish yoki dunyoning biror boshqa mamlakatida o‘qishni davom ettirish uchun hech qanday qiyinchiliklar bo‘lmaydi. Ammo ular oliy ma'lumotli mutaxassislar hisoblanmaydi. Agar to‘liq oliy ta'lim olish xohishi bo‘lsa, u holda fuqarolar universitet ta'limining 1-kursini Lyuksemburgda o‘qiydilar, keyin esa Frantsiya yoki Belgiyaning biror universitetiga o‘tishlari mumkin. Ana shu tarzda Lyuksemburg fuqarolari akademik ta'limni xorijda oladilar. O‘rta hisobda chegara ortida ta'lim oluvchilar soni 3,2 ming nafardan (2002) ortadi. Lyuksemburgliklar uchun oliy ta'lim olishda eng ma'qul ko‘rilgan mamlakatlar - Belgiya, Frantsiya, Germaniya, Avstriya va Buyuk Britaniya. Xo‘sh, mamlakat fuqarolari nima asosda oliy ta'limni xorijda olish yoki u yerdagi o‘qishni bir yo‘la ikkinchi kursdan boshlash huquqiga ega bo‘ladi? O‘z rivojining asosiy kaliti va tayanch nuqtasi sifatida ta'lim sohasini ko‘rgan Yevropa mamlakatlari Yevropa oliy ta'lim hududini yaratish uchun salmoqli ishlarni amalga oshirgan. 1998 yil 25 mayda qabul qilingan Sorbon deklaratsiyasi universitetlarning Yevropa madaniy qadriyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta'kidlab ko‘rsatdi. Bu hujjat Yevropa oliy ta'lim Hududini yaratish imkonini berdi. Undan ko‘zlangan maqsad qit'aning umumiy rivoji uchun malakali mutaxassislarni yetkazib berish bo‘ldi.