logo

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ota-ona vazifalari va farzandlarning burchlari yoritilishi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

47.5380859375 KB
Mavzu; O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ota-ona vazifalari
va farzandlarning burchlari yoritilishi
Mundar ija
Kirish
I BOB  O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA 
OTA-ONA VAZIFALARI VA BURCHLARI
1.1. Respublikamizda onalik va bolalalik huquqlarining himoya 
qilinishi
1.2. Qonunchiligimizda vasiylik va homiylik tushunchalari
II BOB KOSTITUTSIYAMIZDA FARZANDLARNING ASOSIY 
BURCHLARI
2.1.Voyaga yetmagan farzandlarning huquqlari majburiyatlari
2.2. Qonunchiligimizda voyaga yetgan fuqarolarning ota-onalariga 
g’amxo’rlik qilishi masalalari
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1 Kirish
Oila-muqaddas   dargoh.   Birgina   shu   muqaddas   so’zning   oilaga   nisbatan
ishlatilishida   chuqur   ma’no   va   mohiyat     mujassam.Zotan,     millatning     ertangi
kuniga     dastlab     oilada     poydevor     qo’yiladi,     unda     hayotning   davomiyligini
ta’minlovchi   avlod   shakllanadi,   milliy   madaniyat,   urf-odatlar,axloqiy-ma’naviy
qadriyatlar  asrab     avaylanadi,    jamiyat    taraqqiyotining    iqtisodiy     farovonlik    va
madaniy     yuksalishlariga     asos     solinadi,   mustahkamlanadi.Insonga   xos   bo’lgan
chinakam   xayotni,   farovon   va   baxtli   turmushsharoitini     mana     shu   amallarsiz
tasavvur   etib  bo’lmaydi,  albatta.   Yurtimizda   amalga   oshirilayotgan  islohotlarning
tub mohiyatida inson va uning manfaatlari ustuvor ekan,biz ko’zlagan maqsadlarga
erishishda   hayotimizning   tayanchi   va   suyanchiga     aylangan     oilaningo’rni
benihoya   kattadir.   Oila     qurish     bu   –mas’uliyatli   ish   bo’lib,   yoshlarning   o’zlari
uchun   yangi   bo’lgan   ijtimoiy   maqomga   har   tomonlama   tayyorgarlik   ko’rishlarini
taqozo   etadi.   Ularni   oiladagi   munosabatlarni   tartibga   solishda   qonunchilikning
o’rni   ajralib   turadi.   Yoshlarning   oila   to’g’risidagi   qonunchilikni   bilishi   o’z
huquqlarini himoya qilish, mustahkam va sog’lom oila qurish uchun zarurdir.Oila
sog’lom   ekan   –jamiyat     nustahkam,     jamiyat     mustahkam     ekan-mamlakat
barqarordir.     Shuning     uchun     ham   oila     jamiyatning     asosiy     bo’g’ini     sifatida
e’tirof     etilib,     bolaning     shaxs     sifatida     shakllanishi,     kelgusida   jamiyatda     o’z
o’rnini     topishi     hamda     ma’naviy     barkamol     inson     bo’lib     yetishishida     asosiy
poydevor hisoblanadi.  
Ota onalarning huquq va majburiyatlari 2 turga bo linadi: shaxsiy huquq vaʻ
majburiyatlar;   mulkiy   ququq   va   majburiyatlar.   O zbekiston   Respublikasi   oila	
ʻ
qonuniga   ko ra,   Ota   onalarning   huquq   va   majburiyatlariga   o z   farzandlari   bilan	
ʻ ʻ
birga   yashash,   ularning   tarbiyasi   bilan   shug ullanish,   ota-onalik   huquklarini	
ʻ
mustaqil ravishda amalga oshirish, bolalarning sog lig i, jismoniy, ruhiy, ma naviy	
ʻ ʻ ʼ
va   axlo-qiy   kamoloti   haqida   g amxo rlik   kilish,   bolalarning   qonun   hujjatlarida	
ʻ ʻ
belgilangan   zarur   darajada   ta lim   olishini   ta minlash,   bolalarning   huquq   va
ʼ ʼ
manfaatlarini   himoya   qilish   kabilar   kiradi.   Oilaviyhuquqiy   munosabatlarda
2 qonunchilik   bolalar   manfaatining   ustuvorligini   belgilaydi.   Ota-ona   va   bolalar
o rtasida   kelish-movchiliklar   mavjud   bo lganda,   vasiylik   va   homiylik   organiʻ ʻ
bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlaydi. 1
 
1
    O zME
ʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
3 I BOB  O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA
OTA-ONA VAZIFALARI VA BURCHLARI
1.1. Respublikamizda   onalik   va   bolalalik   huquqlarining   himoya
qilinishi
Oilani       mustahkamlash,       ota-onalar       vabolalarning       huquqini       himoya
qilishga       jahondagi       nufuzli   tashkilotlar   ham   katta   hissa   qo’shdi.   Mustaqillik
sharofati   bilan   yurtimizda   inson   manfaatlari,   oila,   onalik   va   bolalikni   ijtimoiy
muhofaza   qilish   xalqaro   huquq   normalariga   binoan   amalga   oshirildi.   Jumladan,
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   “Inson   huquqlari   umumjahon   deklaratsiyasi”
(1948-yil),   “Xotin-qizlar     huquqlari   kamsitilishining   barcha   shakllariga   barham
berish   to’g’risida   konvensiya”(1979   18-dekabr)   va   boshqa   qator   hujjatlarning
parlamentizm tomonidan  ratifikasiya  qilinishi  mustaqillik  yillarida  oila,  onalik
va     bolalik   manfaatlarini     xalqaro     huquq     normalari     asosida   himoya     etish
sohasidagi     ijobiy     qadamdir.     Mamlakatimizda   oilaviy-huquqiy     munosabatlar
O’zbekiston     Respublikasining     Konstitutsiyasi,   Oila       kodeksi,       Prezident
farmonlari   va   farmoyishlari,   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   va   farmoyishlari,
vazirliklar   va   idoralarning   me’yoriy     hujjatlari,     xalqaro     huquqiy     normalar,
Fuqarolik     holatlarini     qayd     etish     tartibi     to’g’risidagi   Yo’riqnoma,   Fuqarolik
holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari, O’zbekiston Respublikasida vasiylik
va   homiylik   to’g’risida   Nizom,   Voyaga   yetmagan   bolalarni   farzandlikka   va
tarbiyaga     olish     to’g’risida   Nizom,     Voyaga     yetmaganlar     ishlari     bo’yicha
komissiyalar     faoliyatini     takomillashtirish     haqidagi     qaror,   shuningdek,
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   sudi   Plenumining   oila   huquqi   masalalariga
qaratilgan     dasturiy   ko’rgazmalari   bilan   tartibga   solindi.   Birinchi   Prezidentimiz
Islom   Karimov   tashabbusi   bilan   2012-yilga   mamlakatimizda “Mustahkam oila
yili”,   deb   nom   berilishi   oila   mustahkamligi   masalasiga   umumdavlat   miqyosida
e’tibor   qaratilayotgani,uning   ijtimoiy-iqtisodiy     va     madaniy-ma’naviy   vazifalar
tizimidagi   o’rni   va   ulkan   ahamiyatini     yaqqol   ko’rsatib   berdi.Oilaning     jamiyat
hayoti   va   taraqqiyotidagi   ahamiyati   xususida   to’xtalib,   atoqli   olim   va   adib
4 Abdurauf   Fitrat   bunday   degan   edi:   “Har   bir   oilaning   saodati   va   izzati,albatta,shu
xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat
oilalarining   intizomiga   tayanadi,   oilada   tartib   bo’lsa,mamlakat   va   millat   ham
shuncha   kuchli   va   tartibli   bo’ladi.   Agarda   bir   mamlakatning   aholisi   axloqsiz   va
johillik   bilan   oilaviy   munosabatlarni   zaiflashtirib   yuborsa   va   intizomsizlikka   yo’l
qo’ysa,   shunda   bu   millatning   saodati   va   hayoti   shubha   ostida   qoladi”.   Milliy
qonunchiligimiz       oilani       mustahkamlash,       oilaviy       munosabatlarni       huquqiy
asosda     qurishga ko’maklashdi va ushbu sohadagi asosiy huquqiy hujjat 1998-yil
30-aprelda   qabul   qilingan   Oila   Kodeksi hisoblanadi.   Mamalakatimizda   oilani
ijtimoiy –iqtisodiy,  huquqiy  jihatdan  qo’llab  quvvatlash  borasida izchil amalga
oshirilayotgan ishlar samarasida ushbu qoida hayotimizda o’zining yorqin ifodasini
topdi.  Oila   Kodeksini     oilada     tinchlik,     totuvlik    va     osoyishtalikni   ta’minlashga
xizmat   qiladigan   huquqiy   hujjat   desak   xato   bo’lmaydi.   Chunonchi   bu   kodeks
oilaviy   huquqiy   munosabatlarni   tartibga   solib,   oila   a’zolari   (ya’ni,   er   –xotinlar,
ota-onalar,   bolalar,   shuningdek,   oilaning   boshqa   a’zolari)   o’rtasidagi   shaxsiy
vamulkiy munosabatlarni  tartibga  soluvchi  va  mustahkamlovchi  qonun  hujjati.
Huquqning     alohida     tarmog’i   hisoblangan   oila   huquqining   maxsus   manbaidir.
E’tiborlisi,   Oila   Kodeksi   mamalakatimizda   “Oila   yili”   deb   e’lon   qilingan   yilda
qabul   qilingan.   Kodeks   8   bo’lim,   30   bob,   238   moddadan   iborat.   Amaldagi   Oila
Kodeksi   bir     qator     huquqiy     munosabatlarni     yangicha     hal     etgan.     Chunonchi,
milliy     negizlarga     asoslanganligi     (quad-andachilik,     qarindosh   –urug’chilik,
bobo-buvilar     va     nabiralar     o’rtasidagi     munosabatlarning     yangicha   talqini),
umuminsoniy   qadriyatlar   aks   etganligi   (   nikoh   shartnomasining   kiritilishi,
nikohlanuvchi   shaxslarning   tibbiy   ko’rikdan   o’tkazilishi)   kabi   hollar   shular
jumlasidandir.Oila     huquqining     asosiy     manbai     O’zbekiston     Respublikasining
Konstitutsiyasidir.  U  XII  chaqiriq O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining
XI  sessiyasida  1992-yil   8-dekabrda   qabul   qilingan.O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining   III   bo’lim,   XIV   bobi   “Oila”   deb   nomlanib,   63-66-moddalar
oilaviy-huquqiy   munosabatlarni   tartibga   solishga   qaratilgan
qoidalardir.O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  oila  jamiyatning  asosiy
5 bo’g’ini  ekani  hamda  uning jamiyat  va  davlat  muhofazasida  bo’lish  huquqiga
egaligi   mustahkamlab   qo’yilgan.   (O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi  63-
modda).Konstitutsiyamizning   alohida   bir   bobi   oilaga   bag’ishlanib,   uning   ijtimoiy
maqomi   aniq   ravshan   belgilab   qo’yilgani   dunyo   davlatlarining   bosh   qonunlarida
uchraydigan   kamyob   voqelikdir.   Shu   bilan   birga   oilaning   davlat       tomonidan
himoya       qilinishi     O’zbekiston     Respublikasining     Oila,     Fuqarolik,     Uy-joy,
Mehnat  Kodekslarida,   “Aholini   ish   bilan   ta’minlash    to’g’risida”   gi,   “Xotin-
qizlarga    qo’shimcha     imtiyozlar  to’g’risida”     gi     qator    qonunlar    bilan    tartibga
solinmoqda.Bu     boradagi     huquqiy     mexanizmlarniyanada   takomillashtirish,
mavjud     qonunchilikni bugungi   shiddatkor   zamon   talablariga   uyg’unlashtirish,
oila institutini mustahkamlash borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz
Shavkat   Miromonovich   Mirziyoyevning   2018-yil   2-fevraldagi   “Xotin-qizlarni
qo’llab-quvvatlash     va     oila     institutini     mustahkamlash     sohasidagi     faoliyatni
tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari to’g’risida” gi farmoniga asosan Vazirlar
Mahkamasi   huzuridagi   “Oila”   ilmiy-amaliy     tadqiqot     markazi     va   hududiy
boshqarmalari,   tuman,   shaxar   bo’limlari   tashkil   etildi.   Bu   oilalar   huquqlari
buzilganda   markazga   murojaat     qilish     imkoniyatini     yaratdi.     Bugunga
qadar“Oila”   ilmiy-amaliy     tadqiqot     markazining     hududiy   boshqarmalari,   tuman
va shahar bo’limlari tomonidan oilaviy muammolar, ish bilan ta’minlash, moddiy
yordam,   huquqiy   maslahat   va   tibbiy   yordam   ko’rsatish   yuzasidan   qilingan
murojaatlar  bo’yicha fuqarolarga tegishli ko’mak berildi. Shu   bilan   bir   qatorda
oila     mustahkamligiga     erishish,     erta     nikohning     oldini     olish   borasida     “Oila”
ilmiy-amaliy     tadqiqot     markazi     bilan     O’zbekiston     Xotin-qizlar     qo’mitasi,
O’zbekiston   “Mahalla”   hayriya   jamoat   fondi,   “Nuroniy”   jamg’armasi,   Yoshlar
ittifoqi,   O’zbekiston   musulmonlari   idorasi   vakillari,   tibbiyot   birlashmalari   hamda
ta’lim   muassasalari   tomonidan   hamkorlik   tizimli   yo’lga   qo’yilgan.
Xususan,Respublikamizda     barcha     oilaviy     poliklinikalar     va     qishloq     vrachlik
punktlarida     xotin-qizlar     uchun   ayollar   maslahatxonalari   tashkil   etilgan.
Mamlakatimizda   oila   institutini   mustahkamlash   borasida   mutlaqo   yangicha   tizim
ishlab   chiqildi,   keng   ko’lamli     chora-tadbirlar     amalga     oshirildi.     Prezidentimiz
6 2018-yil     27-iyun     kuni     imzolagan     “O’zbekiston   Respublikasida   oila   institutini
mustahkamlash   Konsepsiyasini   tasdiqlash   to’g’risida”gi   qarorining   maqsad   va
vazifalariga     ko’ra,     mamlakatimizda     oilalar     mustahkamligi     yo’lida     keng
ko’lamli     islohotlar     amalga   oshirilishini   ta’minlashga   qaratilgan.   Mazkur
konsepsiyani   amalga   oshirish   bo’yicha   chora-tadbirlar   belgilangan   bo’lib,   unda
oila   institutini   mustahkamlashning     institutsional     va     huquqiy     asoslarini
takomillashtirish,     ijtimoiy     sheriklikni     kuchaytirish,   qiyin   hayotiy   sharoitga   ega
oilalar   to’g’risidagi   ma’lumotlarni   o’z   vaqtida   olish   maqsadida   “Oila”   ilmiy-
amaliy     tadqiqot     markazining     yagona     idoralararo     axborot     bazasini     yaratish
ko’zda     tutilgan.     Shuningdek,   oilaviy     biznesni,     oilalarga     ijtimoiy     xizmatlar
ko’rsatish     tizimini     yanada     rivojlantirish,     Oila     kodeksining   oiladagi     huquqiy
munosabatlar     mezonlarini     aniqlash,     alimentlarni     belgilash,     ajrashish     vaqtida
ayollar     va   bolalar     huquqlarini     himoya     qilishga     oid     normalarini     yanada
takomillashtirish,  ko’p  bolali  va  muhtoj oilalarga  imtiyozli  kreditlar  berish  va
yer   maydonlarini   taqdim   etish   ham   nazardan   chetda   qolmagan.Konsepsiyada
nikohdan   oldin   tibbiyko’rikdan   o’tish   tizimini  takomillashtirish,   erta  turmush
qurish     va   qarindoshlar     o’rtasidagi     nikohning,     tug’ma     nuqsonli     bolalar
tug’ilishining  oldini  olish  bo’yicha  chora-tadbirlarni   kuchaytirish   masalasiga
ham   ahamiyat   berilgan.   Hujjatda   ijtimoiy   himoyaga  ham  e’tibor qaratilgan
bo’lib,   voyaga   yetmagan   yoki   nogironligi   bo’lgan   farzandlarni   tarbiyalayotgan
yolg’iz   va   ko’p   bolali   ota-onalarga   yer   uchastkalaridan   samarali   foydalanishida
ko’maklashish,   ota-onalar   uchun   nogironligi   bo’lgan   farzandlarni   to’g’ri
parvarishlash va tarbiyalash bo’yicha metodik hamda amaliy qo’llanmalarni ishlab
chiqish,     patronaj     va     ijtimoiy     xizmatlar     yordamida     ularning     ko’nikmalarini
oshirish  va  boshqalar nazarda  tutilgan.  Shuningdek  oilalarda  ichki  oilaviy  va
shaxsiy     munosabatlarni,xususan,ota-ona     va   farzandlar,   er   va   xotin,   qaynona   va
kelin   o’rtasidagi   munosabatlarni   yaxshilash,   oilada   mojaroli   va   og’ir   turmush
sharoitlarini   amaliy   hal   qilish   mexanizmlarini   joriy   etish   ko’zda   tutilgan.Oila
huquqi     mohiyatini     ochib     berishda   faqat   uning   tushunchasi,   predmetini   o’ziga
xos     xususiyati   va   shu   bilan   birga   uning   eng   muhim   tamoyillarini   ham   inobatga
7 olish   lozim,   chunki   uning   tamoyillari   bu   huquq   sohasining   o’ziga   xos
xususiyatlarini aks ettiradi. 2
2
 https://conferencepublication.com/index.php/aoc/article/view/433/494
8 Qonunchiligimizda vasiylik va homiylik tushunchalari
Vasiylik o`n to`rt yoshga to`lmagan bolalarga va sud tomonidan muomalaga
layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan belgilanadi.
Homiylik   o`n   to`rt   yoshdan   o`n   sakkiz   yoshgacha   bo`lgan   voyaga
yetmaganlarga,   shuningdek,   sud   tomonidan   muomala   layoqati   cheklangan   deb
topilgan shaxslarga nisbatan belgilanadi.
Sog`lig`ining   yomonligi   sababli   mustaqil   ravishda   o`z   huquqlarini   amalga
oshira   olmaydigan   va   majburiyatlarini   bajara   olmaydigan   voyaga   yetgan
muomalaga   layoqatli   shaxslarga   nisbatan   homiylik   shu   shaxslarning   iltimosiga
binoan belgilanishi mumkin.
Bolaning ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi bo`lib, vasiylik
va   homiylik   organlari   uning   ota-ona   tarbiyasida   qolishi   bola   manfaatlariga   javob
bermasligini,   shuningdek,   bolaning   hayoti   va   sog`lig`i   uchun   bevosita   xavf
borligini aniqlasa, unga vasiy yoki homiy tayinlanadi.
Vasiylik 14 yoshgacha bo'lgan bolalarni o'z ichiga olgan voyaga etmaganlarga
nisbatan   belgilanadi.   Vasiyning   homiyni   tarbiyalash   bo'yicha   uning   aqliy,
ma'naviy, axloqiy rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan huquqlari va majburiyatlari, uni
tarbiyalash   usullarini   belgilash,   ta'lim   muassasasini   tanlash,   bolaning   muloqotini
ta'minlash uning ota-onasi, yaqin qarindoshlari bilan, palataning etuklik darajasiga
bog'liq   emas,   lekin   har   safar   maqsadga   muvofiqligi   bilan   belgilanadi.   Faqatgina
ba'zi bir istisno holatlarda, voyaga etmagan shaxsning fikrini hisobga olish kerak.
Yana bir narsa - vasiylik ostida bo'lgan bolaning mulkiy huquqlarini himoya
qilish. Bu erda vasiy o'z tarbiyalanuvchisining etishmayotgan muomala layoqatini
qoplab,   o'zi   uchun   barcha   huquqiy   ahamiyatga   ega   harakatlarni   amalga   oshiradi.
Ammo   har   qanday   holatda,   bolaning   shaxsiy   va   mulkiy   huquqlarini   amalga
oshirishda va himoya qilishda, vasiy tufayli, voyaga etmagan har qanday huquqiy
munosabatlarning   to'laqonli   ishtirokchisiga   aylanadi,   uning   fuqaro   sifatida
konstitutsiyaviy huquqlari haqiqatga aylanadi.
9 Voyaga   etmaganlarga   14   yoshga   to'lganida,   vasiylik   to'xtatiladi.   Bunday
hollarda, vasiy avtomatik ravishda bu borada hech qanday qo'shimcha qaror qabul
qilmasdan   vasiyga   aylanadi.   Shunday   qilib,   bolaga   nisbatan   vasiylikni   o'rnatish
uchun uning sharti emas, balki yosh mezonidir. Ammo, bu shuni hisobga oladiki,
bu   yoshda   u   mustaqil   harakatlar   va   amallar   uchun   etarli   aqliy,   ijtimoiy   etuklikka
ega. To'g'ri, uning shaxsiy huquqlarini amalga oshirish, ishonchli shaxs tomonidan
ushbu  huquqlarni   himoya  qilish  bilan  bog'liq  qismida,   umuman   olganda,  vasiylik
va   homiylik   o'rtasida   farq   yo'q.   Vasiylikka   olingan   shaxsning   mulkiy   va   uy-joy
huquqlariga   kelsak,   ularni   ishonchli   shaxs   tomonidan   himoya   qilish   o'ziga   xos
xususiyatlarga ega va fuqarolik qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
14   yoshdan   18   yoshgacha   bo'lgan   voyaga   etmaganlarga,   shu   jumladan
fuqarolik   huquqi   sohasidagi   nisbatan   erkinlik,   ular   o'zlariga   tegishli   huquq   va
majburiyatlarni   amalga   oshirishda   yordamga   muhtoj   emasligini   anglatmaydi.
Tarbiyachining   bu   yordami   juda   xilma-xil:   u   muayyan   vaziyatda   qanday   harakat
qilish   kerakligi,   o'spiringa   u   yoki   bu   tarzda   yordam   beradigan   muassasalar,
tashkilotlarga tashrif buyurish bo'yicha tavsiyalardan iborat bo'lishi mumkin.
Ishonchli   shaxs,   shuningdek,   o'z   xonasini   uchinchi   shaxslar   tomonidan   har
qanday   suiiste'mollikdan   himoya   qilishga,   uning   hushyor   turmush   tarzi   uchun
kurashishga   va   boshqalarga   chaqiriladi.   Bu   erda   tarbiyachi   bir   nechta   rollarni
bajaradi:   birinchidan,   farzandlariga   befarq   bo'la   olmaydigan   ota-ona   sifatida;
ikkinchidan,   voyaga   etmaganning   huquqlari   va   manfaatlarini   himoya   qilishga
vakolatli ularning qonuniy vakili sifatida; uchinchidan, vasiy tomonidan o'z huquq
va majburiyatlarini amalga oshirishda yordam beradigan shaxs sifatida.
Shunday qilib, vasiylik va homiylik instituti yordamida davlat o'zlarini bajara
olmaydigan fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini va manfaatlarini himoya
qiladi   va   voyaga   etmaganlar   uchun   vasiylik   (homiylik)   ham   ularni   oilaga
joylashtirishning bir usuli hisoblanadi.
Ota-ona   qaramog'idan   mahrum   bo'lishning   boshqa   sabablari   -   bu   bolani
himoya qila olmaslik, unga g'amxo'rlik qilish, ota-onasining izolyatsiyasida qolishi
10 (qamoq   joylari,   tibbiy   muassasalar)muassasa   va   boshqalar)   yoki   ota-ona   burchini
bajarishni   istamaslik.   To'g'ri,   bunday   istaksizlikni,   o'z   navbatida,   ota-ona
majburiyatlaridan   motivatsiz   ravishda   qochish   bilan   ham,   vaziyatlarning
tasodifiyligi bilan ham izohlash mumkin (yangi  oila, boshqa hududda yashash  va
hk).
Ota-onalarning   bolaga   nisbatan   befarqligining   eng   o'tkir   shakli   bu   uni   o'zi
turgan   muassasadan   olib   chiqishdan   bosh   tortishdir.   Agar   bu   kasalxona   yoki
boshqa   tibbiy   muassasa   bo'lsa,   unda   bunday   rad   etish   natijasida   sog'aygandan
so'ng,   voyaga   etmagan   bola   ota-ona   qaramog'idan   mahrum   bo'lgan   bolalar
toifasiga   kiradi.   Xuddi   shu   narsani   bola   ota-onasi   tomonidan   bir   muddat
joylashtirilgan   ta'lim   muassasasida,   aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   muassasasida
yoki   boshqa   shunga   o'xshash   muassasada   bo'lganida   ham   aytish   mumkin.   Bolani
olib ketishni  istamaslik uni keyinchalik joylashtirish uchun asos bo'lishi  mumkin.
Bunday   holda,   ota-ona   qanday   fikrlarni   boshqarishi,   bolasini   o'zi   bilan   olib
ketishiga nima to'sqinlik qilishi muhim emas. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish
uchun asos - bu bolani uzrli sababsiz olishdan bosh tortishdir.
Ehtimol,   ota-onasi   tomonidan   bolani   parvarish   qilishni   tugatishga   olib
keladigan   boshqa   hayotiy   holatlar   paydo   bo'lishi   mumkin.   Buyuk   Britaniyada
bunday   holatning   sabablari   va   belgilarini   aniqlashda   cheklovlarning   yo'qligi
qonunning   ushbu   qoidasini   qiynalayotgan   bolalarga   yordam   berishning
moslashuvchan   vositasiga   aylantiradi.   Ammo   agar   bola   qochoq   ota-onalar,
vaqtinchalik   ko'chmanchilar   oilasida   o'ssa,   u   holda,   odatda,   u   barcha
qiyinchiliklarni ular bilan baham ko'radi. Shuning uchun, uni ota-ona qaramog'isiz
qolgan   bolalar   qatoriga   kiritish   mumkin   emas:   ular   bolaga   imkoni   boricha
g'amxo'rlik qilishadi. Agar biron sababga ko'ra bunday parvarish bo'lmasa, ota-ona
qaramog'idan   mahrum   bo'lishning   barcha   belgilari   mavjud,   bu   qochqin   bola,
vaqtinchalik migrantning ahvoli og'irlashadi.
Ota-onaning  o'limi   o'lim   to'g'risidagi   guvohnoma   bilan   tasdiqlanadi.   Bunday
holda,   ota-ona   qaramog'idan   mahrum   bo'lishning   boshlanishi   u   boshlangan   kun
11 bo'ladi.   Ota-ona   huquqlaridan   mahrum   qilingan,   ota-ona   huquqlari   cheklangan,
ota-onalar   muomalaga   layoqatsiz   deb   topilgan   taqdirda,   ota-ona   qaramog'idan
mahrum   bo'lish   sud   qarori   qonuniy   kuchga   kirgan   paytdan   boshlab   sodir   bo'ladi.
Xuddi shu narsa ota-ona ozodlikdan mahrum qilinganida ham qo'llaniladi. Bunday
hollarda, hibsga olingan sana boshlang'ich nuqta sifatida qabul qilinishi kerak. Ota-
onalar   kasal   bo'lsa,   vaziyat   biroz   murakkablashadi.   Agar   bu   uzoq   muddatli
joylashtirish   bilan   bog'liq   bo'lsa,   unda   ota-ona   qaramog'ining   yo'qolishi   ota-ona
tibbiy   muassasaga   yotqizilganda   sodir   bo'ladi.   Xuddi   shunday,   agar   ota-onalar
alkogolizm yoki giyohvandlikka chalingan bo'lsa, muammo hal qilinadi.
Ota-onalarning   o'z   farzandiga   nisbatan   g'amxo'rlik   darajasini   belgilashda
muammo yuzaga kelganda, u katta yoki oz bo'lishi mumkin, ota-ona qaramog'ining
yo'qolishi   bolaning   asosiy   ehtiyojlari   va   (yoki)   uning   tarbiyasi   to'g'risida   hech
qanday   tashvishlanmaslik   bilan   tavsiflanadi.   Aynan   o'sha   paytda   voyaga
etmaganning   hayoti,   sog'lig'i,   o'qishi   uchun   xavf   yoki   uning   paydo   bo'lish   xavfi
mavjud.   Ushbu   tashvish   minimal   darajaga   tushganda,   ogohlantiruvchi   alomat
paydo   bo'lishini   ko'rsatadigan   vaziyat   yuzaga   keladi   -   bu   oilada   muammolar,   bu
profilaktika choralarini qo'llashni talab qiladi.
Shuni   yodda   tutish   kerakki,   har   doim   ham   har   bir   ota-onadan   bolaga
g'amxo'rlik   etishmasligi   bir   xil   holatlar   bilan   izohlanmaydi.   Odatda   har   bir   ota-
onaga   tegishli   bo'lgan   turli   xil   sabablarning   kombinatsiyasi   mavjud:   onasi
kasalxonada - otasi qamoqda, otasi ota-ona huquqlaridan mahrum - onasi, bolasini
tashlab, noma'lum tomonga ketgan va hokazo.
Agar   ota-ona   qaramog'idan   mahrum   bo'lishning   aniq   sanasini   belgilash
mumkin bo'lmasa, u aniq vaziyatga qarab bolaning joylashgan joyidagi vasiylik va
homiylik organining vakili tomonidan belgilanadi. Ushbu organlarga kelib tushgan
ma'lumotlarni tekshirgandan so'ng, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lish faktining
mavjudligi yoki yo'qligi to'g'risida xulosalar bilan tekshiruv xulosasi tuziladi.
Vasiylik   va   homiylik   majburiyatlarini   bevosita   amalga   oshirish   uchun
vasiylik va homiylik organi vasiy yoki homiy tayinlaydi.
12 Vasiy   yoki   homiy   etib   voyaga   yetgan   har   ikki   jinsdagi   fuqarolar   ularning
roziligi bilangina tayinlanishi mumkin.
Vasiylik   va   homiylik   tayinlash   lozimligi   vasiylik   va   homiylik   organlariga
ma`lum   bo`lgan   vaqtdan   boshlab   bir   oydan   kechiktirmay   vasiy   yoki   homiy
tayinlanishi lozim.
Quyidagi shaxslar vasiy va homiy qilib tayinlanishi mumkin emas:
ota-onalik   huquqidan   mahrum   qilinganlar   yoki   ota-onalik   huquqi
cheklanganlar;
qonunda   belgilangan   tartibda   muomalaga   layoqatsiz   yoki   muomala   layoqati
cheklangan deb topilganlar;
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olganligi ushbu Kodeks 169-
moddasining   birinchi   qismida   nazarda   tutilgan   asoslar   bo`yicha   bekor   qilingan
bo`lsa;
qonun   bilan   zimmalariga   yuklatilgan   majburiyatlarini   lozim   darajada
bajarmaganliklari yoki o`z huquqlarini suiste`mol qilganliklari uchun vasiylik yoki
homiylik vazifalaridan chetlatilganlar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.
Vasiylik quyidagi hollarda tugaydi:
vasiy yoki vasiylikdan shaxs vafot etganda;
voyaga   yetmaganlarga   nisbatan   –   ular   o`n   to`rt   yoshga   to`lganda   yoki   ular
ota-onasi tarbiyasiga qaytarilganda;
qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganlar uchun –
ularning muomala layoqati sud tomonidan taqiqlangan taqdirda tugaydi.
Voyaga   yetmagan   bola   o`n   to`rt   yoshga   to`lganligi   sababli   vasiylik
tugaganida   vasiy   vazifasini   bajaruvchi   shaxs   maxsus   tayinlanmasdan   voyaga
yetmagan shaxsning homiysi bo`lib qoladi.
Homiylik quyidagi hollarda tugaydi:
homiy yoki homiylikdagi shaxs vafot etganida;
homiylikdagi shaxs voyaga yetganda;
homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganida;
13 homiylikdagi shaxs nikohga kirganda;
voyaga   yetmagan   shaxs   to`la   muomalaga   layoqatli   deb   e`lon   qilinganda
(emansipatsiya);
fuqaroning   muomala   layoqatini   cheklash   haqidagi   sudning   hal   qiluv   qarori
bekor qilinganda;
homiylikdagi   voyaga   yetgan   shaxsning   sog`lig`i   yaxshilanganligi   tufayli   u
mustaqil   ravishda   o`z   huquqlarini   amalga   oshirish   va   majburiyatlarini   bajarish
imkoniyatiga ega bo`lganda tugaydi.
Ota-ona   qaramog'isiz   qolgan   bolalarning   shaxsiy   va   mulkiy   huquqlari   va
manfaatlarini   himoya   qilish   Buyuk   Britaniyaga   vasiylik   va   homiylik   organlari
tomonidan topshiriladi.
Shunday qilib, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lish qonuniy ahamiyatga ega
bo'lgan haqiqatdir. Bu voyaga etmagan fuqaroning himoyasizligini va shunga mos
ravishda uni himoya qilish choralarini ko'rish zarurligini keltirib chiqaradi. Ulardan
biri vasiylik yoki homiylikka o'tkaziladi.
Ota-ona qaramog'ining yo'qolishi quyidagilarga bog'liq bo'lishi mumkin:
Ota-onalarning o'limi;
Ota-ona huquqlaridan mahrum etish;
Ota-ona huquqlarini cheklash;
Ota-onalarni layoqatsiz deb tan olish;
Kasallik, ota-onaning uzoq vaqt yo'qligi;
Ota-onalarning   bolalarni   tarbiyalashdan   yoki   ularning   huquqlari   va
manfaatlarini himoya qilishdan qochish.
Ota-ona  qaramog'idan   mahrum  bo'lish  faktini   vasiylik  va  homiylik  organlari
belgilaydi.
Vasiylik   va  homiylik   institutining  asosiy   muammolaridan   biri   bu  vasiy   yoki
homiy   tanlash   masalasidir,   chunki   tarbiyalanuvchilarning   huquqlari   va
manfaatlarini haqiqiy himoya qilish ko'p jihatdan vasiy va homiy shaxsining to'g'ri
14 tanlanishiga   bog'liq.   Ilgari   o'zlarini   o'qituvchi   sifatida   obro'sizlantirgan   shaxslar
vasiy   (kurator)   etib   tayinlanishi   mumkin   emas:   ota-ona   huquqlaridan   mahrum
bo'lgan   yoki   ota-ona   huquqlari   cheklangan   shaxslar;   sobiq   farzand   asrab
oluvchilar,   agar   ularning   aybi   bilan   farzandlikka   olish   bekor   qilingan   bo'lsa;
vasiylar   (homiylar)   vazifalaridan   chetlatilgan   shaxslar.   Sog'lig'i   sababli   o'z
vazifalarini bajara olmaydigan shaxsni vasiy (kurator) tayinlash (A ilova).
Ota-ona   qaramog`idan   mahrum   bo`lgan   voyaga   yetmagan   bolalar,   shu
jumladan   tarbiya   va   davolash   muassasalarida,   shuningdek,   aholini   ijtimoiy
himoyalash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.
Quyidagi bolalr oilaga tarbiyaga beriladi:
yetim bolalar;
ota-onasi noma`lum bo`lgan yoki tashlab ketgan bolalar;
ota-onasi,   ota-onalik   huquqidan   mahrum   qilingan   yoki   ota-onalik   huquqi
cheklangan, sud tartibi muomalaga layoqatsiz deb topilgan, daraksiz yo`qolgan deb
e`lon qilingan, ozodlikdan mahrum qilingan bolalar;
sog`lig`iga   ko`ra   farzandlarining   tarbiyasi   va   ta`minoti   bilan   shaxsan
shug`ullanolmaydigan ota-onalarning bolalari;
ota-ona   qaramog`idan   mahrum   bo`lgan,   tarbiya   va   davolanish
muassasalaridagi,   shuningdek   aholini   ijtioiy   himoyalash   va   shunga   o`xshash
muassasalardagi bolalar.
Oilaga tarbiyaga beriladigan bolalar vasiylik va homiylik organlari tomonidan
aniqlanadi va hisobga olinadi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-
sonli   qarori   bilan   tasdiqlangan   «Voyaga   yetmagan   bolalarni   farzandlikka   va
tarbiyaga olish (patronat) to`g`risida Nizom» ga ko`ra, vasiylik va homiylik organi
bolalarni   tarbiyaga   olishni   istovchilarning   oilaviy   sharoiti,   moddiy   ta`minoti   va
ahvolini tahlil qilib, ularni ro`yxatga oladi.
Bolalarni   tarbiyaga   olishni   istagan   shaxslar   o`zlari   yashaydigan   joydagi
vasiylik   va   homiylik   organlariga   ro`yxatga   olinishlarini   so`rab   ariza   berishadi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
15 ish   joyidan   vazifasi   va   maoshi   miqdori   ko`rsatilgan   ma`lumotnoma   yoki
tegishli tartibda tasdiqlangan daromadlari haqida deklaratsiya nusxasi;
uy-joy borligini tasdiqlovchi hujjat;
agar nikohda tursa, nikoh guvoxnomasi nusxasi;
bolani  tarbiyaga  olishni  istagan   shaxs  va  uning oila  a`zolari   sog`lig`i   haqida
tibbiy ma`lumotnoma.
Bolalarni   oilaga   tarbiyaga   olish   to`g`risidagi   kelishuv   vasiylik   va   homiylik
organlari bilan tutingan ota-ona o`rtasida tuziladi.
Tutingan   ota-onalar,   bolalarni   oilaga   tarbiyaga   olishni   istagan,   bolani   oilaga
tarbiyaga olishga huquqi bo`lgan fuqarolar orasidan vasiylik va homiylik organlari
tomonidan tanlanadi. Tutingan ota-onalikka nomzodlar tanlashda ularning shaxsiy
xususiyatlari,   fe`l-atvori,   sog`lig`i,   o`zi   bilan   birga   yashaydigan   oila   a`zolari   va
boshqalar   bilan   munosabati   hamda   bola   tarbiyasi   sohasidagi   tajribasi   e`tiborga
olinadi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berish to`g`risidagi kelishuvda uning tuzilgan vaqti
va   joyi,   kelishuvni   tuzayotgan   vasiylik   va   homiylik   organining   nomi,   yuridik
manzili,   tutingan   ota-onaning   shaxsini   tavsiflovchi   ma`lumotnomalar   (jumladan,
turar   joyi,  pasportining tartib raqami), tarbiyaga  berilayotgan  bola  haqida batafsil
ma`lumotnomalar,   tutingan   ota-onaning   asosiy   huquq   va   majburiyatlari,   vasiylik
va homiylik organing tutingan oilaga nisbatan  majburiyatlari  hamda kelishuvning
amal qilish muddati, uni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko`rsatilishi lozim.
Kelishuvda   tutingan   ota-onaning   asosiy   majburiyatlari   sifatida   quyidagilar
ko`rsatilishi mumkin:
tutilgan bolani o`zaro yordam va hurmat asosida tarbiyalash;
bolaning   ta`lim   olishi,   jismonan,   ruhan,   ma`nan   va   axloqiy   sog`lom   o`sishi
uchun sharoit yaratish;
bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
16 bolaning sog`lig`i va sog`lig`i haqidagi tibbiy tavsiyalardan kelib chiqib, uni
vaqti-vaqti   bilan   mutaxassis-vrachlar   ko`rigidan   o`tkazib   turish,   bolaning
davolanishini ta`minlash;
bolaning   umumiy   ta`lim   muassasalarida   ta`lim   olishini   ta`minlash,   uning
fanlarni o`zlashtirishini kuzatib borish va maktab ma`muriyati bilan aloqada bo`lib
turish;
tutingan   oilada   bolaning   tarbiyasiga   salbiy   ta`sir   qiladigan   yoki   kelgusida
uning   bu   oilada   yashashi   va   tarbiyalanishini   istisno   qiluvchi   holatlar   yuzaga
kelganda,   bu   haqda   darhol   vasiylik   va   homiylik   organlariga   xabar   qilish   va
boshqalar.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berish to`g`risidagi kelishuvda vasiylik va homiylik
organlarining majburiyatlari sifatida quyidagilar ko`rsatilishi mumkin:
tutingan   bolani   maktabga,   tarbiya   muassasalariga   joylashtirishga   yordam
berish;
bolaning   davlat   tibbiy   muassasalarida   tibbiy   ko`rikdan   o`tkazilishi   va   bepul
davolanishini ta`minlash;
bola   tarbiyasida   tutingan   ota-onaga   turli   maslahatlar   berib   turish   va   uslubiy
yordam ko`rsatish;
bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilishda tutingan ota-onaga huquqiy
yordam ko`rsatish;
tarbiyaga   olingan   bolaning   ta`minoti   uchun   belgilangan   tartibda   nafaqalar
to`lab turish;
tutingan   bola   uchun   sog`lomlashtirish   muassasalariga   bepul   qo`llanmalar
ajratish;
turli xayriya va otaliq yordamlari uyushtirish va boshqalar.
Bolalarni   oilaga   tarbiyaga   berish   to`g`risidagi   kelishuv   quyidagi   sabablarga
ko`ra bekor qilinishi mumkin:
tutingan   ota-onaning   (ayrim   hollarda,   ularning   oila   a`zolaridan   birining)
tutingan   farzand   tarbiyasi   bilan   to`laqonli   shug`ullanishi   imkonini   bermaydigan
17 yoki   bola   sog`lig`i   yoki   hayoti   uchun   xavf   tug`diradigan   kasallik   bilan
kasallanganida;
tutingan   ota-ona   oilaviy   ahvolning   keskin   o`zgarishi   (yangi   oila   qurilishi,
tutingan ota-onadan birining vafoti va boshqalar)da;
tutingan ota-onaning mulkiy mavqeining tutingan bola tarbiyasi va ta`minoti
bilan shug`ullanish imkoniyatiga jiddiy ta`sir ko`rsatadigan darajada o`zgarishida;
tutingan   ota-ona   bilan   bola   o`rtasida   bartaraf   qilish   imkoni   bo`lmagan
tushunmovchiliklar paydo bo`lganda;
tutingan ota-onaning o`z farzandlari (yoki boshqa oila a`zolari) bilan tutingan
bola o`rtasida jiddiy nizolar vujudga kelganda;
tutingan   oilada   tarbiyaga   berilgan   bolaning   yashashi,   ta`lim   va   tarbiya
olishiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi boshqa noqulay sharoit vujudga kelganda;
bola o`z ota-onasiga qaytarilganda;
bola farzandlikka olinganda (shu jumladan tutingan ota-ona tomonidan).
Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar:
O`zlariga   tegishli   bo`lgan   aliment,   shuningdek,   pensiya,   nafaqa   va   boshqa
ijtimoiy to`lovlarni olish;
Uy-joyga bo`lgan mulk huquqi yoki uy-joylardan foydalanish;
qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy olish kabi huquqlarini saqlab qoladilar.
Oilaga   tarbiyaga   berilgan   bolalar   o`z   huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilish,
ota-onasi va qarindoshlari bilan ko`rishish huquqiga ham egadir.
Bolaning   manfaatiga   daxldor   har   qanday   masala   oilada   hal   qilinayotganida
bola o`z fikrini bildirishga haqli.
Voyaga   yetgan   har   ikki   jinsdagi   shaxslar   tutingan   ota-ona   bo`lishi   mumkin,
quyidagilar bundan mustasno:
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb
topilgan shaxslar;
Sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi
cheklangan shaxslar;
18 Qonun   bilan   o`z   zimmasiga   yuklatilgan   majburiyatni   lozim   darajada
bajarmaganligi   uchun   vasiylik   yoki   homiylik   vazifalarini   bajarishdan
chetlashtirilgan shaxslar;
Ilgari farzandlikka bola olgan, lekin ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi
qismida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha sud tomonidan farzandlikka olish bekor
qilingan shaxslar;
Qasddan qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;
Ssog`lig`ining   holatiga   ko`ra   bolani   tarbiyalash   majburiyatini   bajara
olmaydigan shaxslar.
Bolalarni   tarbiyaga   olgan   shaxslar   (tutingan   ota-ona)   qonun   tomonidan
o`zlariga berilgan huquqlardan faqat bola manfaatlarini ta`minlash maqsadidagina
foydalanishlari lozim. 3
3
 https://hozir.org/vasiylik-qilish-va-homiylik-qilish-tushunchalari-mohiyati-kiri.html
19 II BOB KOSTITUTSIYAMIZDA FARZANDLARNING ASOSIY
BURCHLARI
2.1.Voyaga yetmagan farzandlarning huquqlari majburiyatlari
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya
qilish   hamda   qonuniy   manfaatlarini   ta minlash   davlat   siyosati   darajasigaʼ
ko‘tarildi.
Xususan,   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   45-moddasida
“Voyaga   yetmaganlar,   mehnatga   layoqatsizlar   va   yolg‘iz   keksalarning   huquqlari
davlat   himoyasida”   ekanligi   hamda   64-moddasida   “Ota-onalar   o‘z   farzandlarini
voyaga   yetgunlariga   qadar   boqish   va   tarbiyalashga   majburiyligi”   mustahkamlab
qo‘yilgan.
O‘zbekiston   MDH   davlatlari   orasida   birinchilardan   bo‘lib   1992   yili   «Bola
huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyani ratifikatsiya qildi. Milliy qonunchiligimizni
konvensiya qoidalariga implementatsiya qilish asnosida 2008 yil 7 yanvarda «Bola
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
Ayniqsa, so‘ngi yillarda mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquq va
erkinliklarini   ta minlash   bilan   bog‘liq   islohotlar   natijasi   halqaro   hamjamiyat	
ʼ
tomonidan ham munosib baholanmoqda.
Xususan, Xalqaro Mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasida amalga
oshirgan monitoring natijasida hamda dunyo hamjamiyati vakillari bolalar mehnati
va   majburiy   mehnatga   barham   berish   bo‘yicha   O‘zbekistonda   ijobiy   ishlar
qilinganini   e tirof   etdi.   2019   yilning   1   aprelida   Bryussel   shahrida   e lon   qilingan	
ʼ ʼ
Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotida Jahon banki O‘zbekiston paxta sanoatida
bolalar   va   majburiy   mehnatdan   tizimli   foydalanishga   barham   berilgani   e lon	
ʼ
qilindi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.Mirziyoyev   Birlashgan   Millatlar
Tashkiloti   Bosh   assambleyasining   75-sessiyasida   o‘zbek   tilida   nutq   so‘zlab   unda
20 inson   huquqlari   sohasidagi   holat   ham   butunlay   o‘zgarganligi   hamda   majburiy   va
bolalar mehnati to‘liq tugatilganligi ma lum qilindi.ʼ
BMTning   Bola   huquqlari   to‘g‘risidagi   konvensiyasi   talablariga   rioya
etilishini   ta minlash   maqsadida   2019   yilning   22   aprel   kuni   O‘zbekiston	
ʼ
Respublikasi   Prezidentining   “Bola   huquqlari   kafolatlarini   yana-da   kuchaytirishga
oid   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   4296-sonli   qarori   qabul   qilindi.
Mazkur   qarorga   muvofiq   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Inson
huquqlari   bo‘yicha   vakili   (ombudsman)   o‘rinbosari   —   Bola   huquqlari   bo‘yicha
vakil   lavozimi   joriy   etildi   va   Kotibiyat   tuzilmasida   bola   huquqlarini   ta minlash	
ʼ
faoliyatiga ko‘maklashuvchi yangi sektor tuzildi.
Bugungi   kunda   mamlkatimizda   voyaga   yetmaganlarning   huquq   va
erkinliklarini   himoya   qilishda   Bola   huquqlari   bo‘yicha   vakili   o‘zining   munosib
hissasini qo‘shib kelmoqda. Joriy yilning 6 oyi davomida Bola huquqlari bo‘yicha
vakil   tomonidan   bola   huquqlarini   ta minlash   yuzasidan   Qashqadaryo,   Toshkent,	
ʼ
Andijon,   Jizzax,   Sirdaryo,   Farg‘ona,   Namangan   viloyatlari   va   Toshkent   shahrida
joylashgan muassasalarida 30 dan ortiq monitoringlar o‘tkazildi.
Xususan,   Bola   huquqlari   bo‘yicha   Vakil   tomonidan   respublikamizdagi
ixtisoslashtirilgan   o‘quv-tarbiya   muassasalarida,   jumladan   “Maxsus   yengil   sanoat
kasb-hunar   koleji”,   “Respublika   qiz   bolalar   o‘quv-tarbiya   muassasasi”   hamda
“Respublika   o‘g‘il   bolalar   o‘quv-tarbiya   muassasa”larida   monitoring   amalga
oshirildi.
Monitoring   doirasida   ushbu   muassasalardagi   voyaga   yetmaganlar   bilan
uchrashuvlar   o‘tkazildi.   Uchrashuv   jarayonida   muassasalarga   joylashtirish
sabablari,   u   yerdagi   sharoitlar   va   ular   bilan   muomalada   bo‘lish,   tibbiy   xizmat
ko‘rsatish, ovqatlantirish, mehnat, tarbiyaviy va ma naviy-ma rifiy ishlarni tashkil	
ʼ ʼ
etish samaradorligi o‘rganildi.
21 Monitoring   natijalari   tahlili   ixtisoslashtirilgan   o‘quv-tarbiya   muassasalarida
voyaga   yetmaganlar   huquqlari   va   erkinliklarini   himoya   qilish   samaradorligiga
ta sir ko‘rsatadigan bir qator masalalarni aniqlash imkonini berdi. Jumladan:ʼ
-   voyaga   yetmaganlarni   ixtisoslashtirilgan   o‘quv-tarbiya   muassasalariga
joylashtirishda oiladagi ijtimoiy muhitning yomonligi, ota-ona yoki ota-ona o‘rnini
bosuvchi shaxslarning farzand tarbiyasiga be etibor bo‘lishi sabab bo‘layotganligi;	
ʼ
Vaholanki,   BMTning   voyaga   yetmaganlar   orasida   jinoyatning   oldini   olish
uchun boshqaruv prinsiplarining (Ar-Riyod boshqaruv prinsiplari) 12-bandida oila
bolalarni   jamiyatdagi   hayotga   tayyorlash   uchun   mas ul   bo‘lgan   asosiy   birlik	
ʼ
bo‘lgani   uchun,   hukumat   va   jamoat   institutlari   oilaning,   butunligini   saqlashga
harakat  qilishlari  kerakligi, jamiyat  oilalarga bolalarni  parvarish  qilish  va himoya
qilish,   ularning   jismoniy   va   ruhiy   salomatligini   yaxshilashda   yordam   berishga
majburligi, bolalar uchun kunduzgi parvarishlashni o‘z ichiga olgan holda, yetarli
darajada choralar ko‘rish kerakligi ta kidlangan.	
ʼ
-   voyaga   yetmagan   tomonidan   huquqbuzarlik   sodir   etilmagan   bo‘lsada,
uning   yaqin   qarindoshlarining   murojaatiga   asosan   maxsus   turdagi   o‘quv
muassasasiga voyaga yetguniga qadar joylashtirilayotganligi;
Ar-Riyod   boshqaruv   prinsiplarining   46-bandida   voyaga   yetmaganlarni
ta lim va axloq tuzatish muassasalariga joylashtirish eng so‘nggi chora sifatida va	
ʼ
eng   kam   zarur   muddat   davomida,   ularning   eng   ustun   manfaatlari   bo‘yicha
belgilanishi lozimligi ta kidlangan.	
ʼ
-   voyaga   yetmaganni   ijtimoiy-huquqiy   yordam   ko‘rsatish   markaziga
joylashtirish   to‘g‘risida   materiallarni   tayyorlash   hamda   sudlar   tomonidan   ko‘rib
chiqilishida   ba zi   hollarda   qonunda   belgilangan   talablarga   amal   qilinmaganligi.	
ʼ
Xususan,   O‘zbekiston   Respublikasining   “Voyaga   yetmaganlar   o‘rtasida
nazoratsizlik   va   huquqbuzarliklarning   profilaktikasi   to‘g‘risida”gi   Qonunning   26-
moddasida   “O‘ziga   nisbatan   ijtimoiy-huquqiy   yordam   ko‘rsatish   markaziga
22 joylashtirish   to‘g‘risidagi   iltimosnoma   ko‘rib   chiqilayotganda   voyaga   yetmagan,
prokuror,   vasiylik   va   homiylik   organining,   ichki   ishlar   organining   vakillari   sud
majlisida   ishtirok   etishi   shart”   ekanligi   belgilangan   bo‘lsada   ba zi   hollarda   sudʼ
ishida voyaga yetmagan yoki mas ul idora xodimlarining ishtirok etmaganligi;	
ʼ
Bola   huquqlari   bo‘yicha   Vakil   tomonidan   olib   borilgan   monitoring
natijalarini   umumlashtirish   hamda   kelib   tushgan   murojaatlarning   tahlili   voyaga
yetmaganlarning   huquq   va   erkinliklarini   himoya   qilishga   qaratilgan   normativ
huquqiy   hujjatlarni   yana-da   takomillashtirish   bo‘yicha   takliflar   ishlab   chiqish
imkonini berdi:
-   mehr-shafqat   va   insonparvarlik   tamoyillariga   asoslanib   sodir   etgan
qilmishining   ahamiyatini   to‘la   ravishda   anglab   yetgan   voyaga   yetmaganlarni
ijtimoiy-huquqiy   yordam   ko‘rsatish   markazidan   muddatidan   oldin   ozod   etish
talablarini belgilash;
-   voyaga   yetmaganlar   ishlari   bo‘yicha   idoralararo   komissiyalar   tarkibiga
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Inson   huquqlari   bo‘yicha   Vakili
(Ombudsman)   o‘rinbosari   –   Bola   huquqlari   bo‘yicha   Vakil   va   uning   joylardagi
mintaqaviy vakillarini ham kiritib o‘tish maqsadga muvofiq. 4
4
 http://www.ombudsman.uz/oz/docs/voyaga-yetmaganlarning-huquq-va-erkinliklarini-taminlash-samaradorligini-
oshirish
23 Qonunchiligimizda voyaga yetgan fuqarolarning ota-onalariga
g’amxo’rlik qilishi masalalari
Amaldagi   qonunchilik   tamoyillari   va   me’yorlariga   ko‘ra,   ota-onalar
farzandlarining   nafaqat   ma’naviy,   jismoniy   va   intellektual   rivojlanishini
ta’minlash, balki ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun ham tarbiyalash
va   qo‘llab-quvvatlash   vazifasi   hisoblanadi.   Bola   18   yoshga   to'lgunga   qadar   uni
saqlash   uchun   barcha   xarajatlar   ota-onalar   tomonidan   qoplanadi.   Ota-onalarning
bolalarni   tarbiyalash   va   boqish   bo'yicha   konstitutsiyaviy   majburiyatlari   Bolani
barcha zarur narsalar bilan moddiy ta'minlash ota-onalarning bolalarni tarbiyalash
va saqlash uchun asosiy mas'uliyatidir. Bu norma mamlakatimizning asosiy qonun
hujjatlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, RF IKning 80-moddasiga muvofiq,
ota-onalarning bolalarni tarbiyalash va qo'llab-quvvatlash majburiyatlari an'anaviy
hisoblanadi  va shuning uchun davlat  ushbu majburiyatning afzalligini qayd etadi.
Bu   majburiyat   shuni   anglatadiki,   bola   18   yoshga   to'lgunga   qadar   va   rasmiy
ravishda   voyaga   etgunga   qadar   uning   ota-onasi   uning   ovqatlanish,   dam   olish,
davolanish, ko'ngilochar va kiyim-kechak ehtiyojlarini qondirishi shart. Shu bilan
birga, bu majburiyat ixtiyoriydir, ya'ni hech kim ota-onalarga bosim va majburlash
qilmaydi.   Shuni   ta'kidlash   kerakki,   bolani   parvarish   qilish   tartibi   va   shakli   ota-
onalarning   o'zlari   tomonidan   belgilanadi.   Masalan,   ular   o'rtasida   bolani   moddiy
ta'minlash   to'g'risida   shartnoma   tuzilishi   mumkin,   unda   unga   barcha   asosiy
ehtiyojlarni   ta'minlash   uchun   ajratiladigan   aniq   miqdorlar   ko'rsatilgan.   Oila
huquqidan   tashqari,   bolalarni   ta'minlash   majburiyati   ham   Rossiya   Federatsiyasi
Konstitutsiyasida mustahkamlangan. 38-moddaning 2-qismida to'g'ridan-to'g'ri ota-
onalar o'z farzandlariga g'amxo'rlik qilish va ularni barcha zarur narsalar bilan, shu
jumladan moddiy jihatdan ta'minlash majburiyatini ko'rsatadi. Shu bilan birga, ota-
onalarning   farzandlari   oldidagi   majburiyatlarini   qanday   bajarayotgani   davlat
tomonidan   nazorat   qilinishi,   bola   huquqlari   buzilgan   taqdirda   aniq   faktlarga
nisbatan   keskin   munosabatda   bo‘lishiga   e’tibor   qaratish   lozim.   Voyaga   etmagan
bolalarni   parvarish   qilish   bo'yicha   ota-onalarning   majburiyatlari   Ota-onalarning
24 voyaga etmagan bolalarni boqish bo'yicha majburiyatlari mamlakatimizning asosiy
qonun hujjatlari va standartlariga muvofiq tartibga solinadi. Tegishli qoidalar Oila
kodeksida   ham,   Konstitutsiyada   ham   mavjud.   Shu   bilan   birga,   bolani   ta'minlash
bo'yicha barcha majburiyatlar teng miqdorda uning ota-onasi zimmasiga yuklanishi
belgilangan   va   shu   bilan   birga,   ota-onalardan   biri   boshqasini   bu   majburiyatdan
ozod   qilishga   haqli   emas.   Bolani   ta'minlash   tartibi   va   shakliga   kelsak,   ular   ota-
onalar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Xususan, ular o'rtasida RF ICning
16-bobi   bilan   tartibga   solinadigan   aliment   to'lovlarini   to'lash   to'g'risida   kelishuv
tuzilishi   mumkin.   Bunday   bitimlar   og'zaki   bo'lishi   mumkin   emas,   shuning   uchun
notarius tomonidan tasdiqlanishi va yozma ravishda tuzilishi kerak. Agar biron bir
vaqtda   ota-onalardan   biri   o'ziga   yuklangan   majburiyatlarni   e'tiborsiz   qoldira
boshlasa,   unda   bu   holda   shartnoma   haqiqiy   emas   deb   e'lon   qilinishi   mumkin   va
ikkinchi   ota-ona   sudga   murojaat   qilish   uchun   zarur   holatlarni   oladi.   Bundan
tashqari,   agar   u   biron-bir   tarzda   bolaning   huquqlarini   buzganligi   va   bolaning
manfaatlariga   mos   kelmasligi   aniqlansa,   shartnoma   bekor   qilinishi   mumkin.
Shuningdek,   ota-onalarning   nogiron   bolalarni   parvarish   qilish   bo'yicha
mas'uliyatini   ta'kidlash   kerak.   Agar   bola   18   yoshga   to'lganda   mehnat   faoliyatini
amalga   oshirishda   cheklovlar   bo'lsa,   uning   moddiy   ta'minoti   ota-onasining
qaramog'ida qolmaydi. Shuningdek, bola voyaga etganidan keyin moddiy ta'minot
ota-onasiga,   agar   u   kunduzgi   ta'limda   bo'lsa,   ishonib   topshiriladi.   Ota-onalar
tomonidan bolalarni ta'minlash normalarini buzish Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik
Kodeksining   60-moddasida   har   bir   bola   o'z   ota-onasi   yoki   vasiylaridan   munosib
ta'minot   olish   huquqiga   ega.   Ammo,   afsuski,   ota-onalar   har   doim   ham   o'z
farzandlariga moddiy jihatdan g'amxo'rlik qilishmaydi. Bu, ayniqsa, bolaning ota-
onasi   ajrashgan   va   ulardan   biri   ajralish   jarayonida   tuzilgan   shartnomalarga
muvofiq   aliment   to'laydigan   holatlarga   to'g'ri   keladi.   Ota-onalar   o'zaro
munosabatlarni   buzganlaridan   keyin,   ular   hali   ham   farzandlarini   moddiy   jihatdan
ta'minlash   majburiyatiga   ega.   Ammo,   amaliyot   shuni   ko'rsatadiki,   ko'pincha   o'z
farzandlari bilan yashamaydigan va aliment to'lash uchun mas'ul bo'lgan ota-onalar
o'z   farzandlarining   huquqlarini   buzadilar   va   ularga   yuklangan   majburiyatlarni
25 e'tiborsiz   qoldiradilar.   Ikkinchi   ota-onaning   bolani   qo'llab-quvvatlashdan   bosh
tortishi   (to'g'ridan-to'g'ri   yoki   rasmiy)   bilan   duch   kelganda,   birinchi   ota-ona
yordam so'rab sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bolaning huquqlariga nisbatan
qo'llaniladigan   qoidalarga   muvofiq,   sud   ish   yuritishni   boshlaydi,   uning   davomida
ota-onalarni   aliment   bo'yicha   barcha   qarzlarni   to'lash   majburiyatini   olgan   hukm
chiqariladi.   Agar   hukm   chiqarilgandan   keyin   vaziyat   o'zgarmasa,   ota-onalarning
bolalar oldidagi javobgarligini tartibga solishning fuqarolik va jinoiy mexanizmlari
huquqbuzarga   nisbatan   qo'llanilishi   mumkin.   Ota-onalarning   bolalarga   yordam
berishdan   bosh   tortishi   Ota-onalarning   o'z   farzandlariga   nisbatan   asosiy
vazifalaridan   biri   ularni   moddiy   darajada   ta'minlashdir.   Va   agar   ota-onalar   aslida
birga   yashamasalar   va   ular   o'rtasida   hech   qanday   munosabat   bo'lmasa   ham,   bu
bolalarning   parvarishiga   ta'sir   qilmasligi   kerak.   Asosiy   davlat   normalariga
muvofiq,   ota-onalarning   aliment   majburiyatlari   uchun   quyidagilar   asos   bo'lishi
mumkin: Bola va uning ota-onasi o'rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
tasdiqlangan   oilaviy   munosabatlarning   mavjudligi;   Agar   aliment   undirish
to'g'risidagi   bitimlar   ota-onalar   o'rtasida   tuzilgan   bo'lsa,   ularning   ikkalasi
tomonidan tasdiqlangan va tasdiqlangan va notarius tomonidan tasdiqlangan bo'lsa;
Agar   bola   ko'pchilik   yoshga   etmagan   bo'lsa.   Bunday   holda,   u   nogiron   deb   tan
olinadi   va   uni   ta'minlashning   barcha   moddiy   asoslari   ota-onasining   zimmasida
bo'ladi. Ota-onalar bolani boqishdan bosh tortishga haqli emas. Faqatgina istisno,
agar   sud   ishlarini   yuritish   jarayonida   bolaning   boshqa   biologik   ota-onasi   borligi
aniqlansa, istisno qilinadi. Shu bilan birga, qonun ota-onalarga doimiy daromadga
ega   bo'lmagan   holatlarda   ham   bolalarni   qo'llab-quvvatlashdan   bosh   tortish
imkoniyatini   bermaydi.   Agar   aliment   olinmasa,   sud   ota-onaning   bolaga   nisbatan
huquqlarini   cheklashga   haqli   va   uni   fuqarolik   yoki   jinoiy   javobgarlikka   tortishi
mumkin.   Ota-onalarning   aliment   to'lash   to'g'risidagi   kelishuvi   Ta'minot   to'lovlari
haqida   gapirganda,   ko'p   odamlar   katta   asabiy   va   moliyaviy   xarajatlar   bilan   birga
bo'lgan uzoq muddatli sud ishlarini tasavvur qilishadi. Ba'zi hollarda, bu butunlay
to'g'ri.   Ammo   agar   ota-onalar   voqealarning   bunday   rivojlanishini   xohlamasalar,
unda bu holda ular o'zaro tinch yo'l bilan kelishib olish va bolani moddiy qo'llab-
26 quvvatlashning   asosiy   qoidalarini   o'rnatish   imkoniyatiga   ega.   Bu   aliment   to‘lash
bo‘yicha   kelishuv   haqida.   Qonun   talablariga   muvofiq,   bolaning   ota-onalari
o'rtasida   aliment   to'lash   tartibini   ko'rsatadigan   shartnoma   tuzilishi   mumkin.   Bitta
shart - bu shartnoma ixtiyoriy bo'lishi va notarial idorada ro'yxatdan o'tgan bo'lishi
kerak. Shuni ta'kidlash kerakki, shartnoma nafaqat masalaning moliyaviy tomonini
tartibga solishi mumkin. U ikkinchi ota-onaning bola bilan muloqot qilish tartibini,
shuningdek   alimentning   bolaga   etib   borishini   va   uning   ehtiyojlariga   qarab   uning
ehtiyojlariga   sarflanishini   nazorat   qilish   usullarini   nazarda   tutuvchi   bandlarni   o'z
ichiga olishi mumkin. 5
Voyaga   yetmagan   bolalarning     oiladagi   xuquqlariga   bag’ishlangan   qoidalar
birinchi marta mazkur Oila Kodeksida     nazarda tutilmoqda. Avvalgi nikoh va oila
kodekida   bevosita   bolalar   xuquqiga   bag’ishlangan   qoidalar   yo’q   edi,   ularning
xuquqlari   ota-ona   va   bolalar   o’rtasida   vujudga   keladigan   xuquqiy   munosabatlar
orqali belgilanar hamda ular voyaga yetmagan bo’lganlari tufatli aksariyat xollarda
mustaqil   xuquqqa   ega   emasdirlar,   bundaylar   ota-ona   qarmog’idagi   obyektlar
sifatida   qabul   qilinadilar.   Voyaga   yetmagan   bolalarga   bag’ishlangan   mustaqil
bobning   kiritilishi   Oila   Kodeksiga     o’tmishda   bolalar   xuquqni   cheklashga
qaratilgan qoidalarni bartaraf qilish qonunchilik tajribasida qo’lga kiritilgan ijobiy
yutuq bo’ldi. Bu bilan BMT tomonidan     1989- yil 20-noyabrda qabul qilingan     va
O’zbekistan   Respublikasi     Oliy   Kengashning   1992-yil   9-dekabrdagi   qarori   bilan
radifikatsiya     qilingan “ Bola     xuquqlari  to’g’risida”gi  Konvensiyaga amal qilindi.
O’zbekiston   Respublikasi   Konsitutsiyasi     Muqaddimasining   5-   bandiga   binoan,
O’zbekistonda   xalqaro   xuquqning   umumiy   e’tirof   etilgan   qoidalari   ustunligining
tan olinishi va bu ustunlikning     Bolalar xuquqlari Konvensiyasiga qo’shilishi     Oila
Kodeksi   tomondan   voyaga   yetmagan     bolalarni   mustaqil   shaxs   sifatida
muayyan     xuquqlariga   ega   qilish,     ularni   ma’lum   darajada     amalga   oshirish     va
himoya qila     bilish uchun imkoniyat yaratdi.
5
 https://minikar.ru/uz/spirituality/kakie-obyazannosti-u-rebenka-pered-roditelyami-kakie
27 Bola   tushunchasi     “Bola   xuquqlari   to’g’risida”gi
BMT     Konvensiyasining     1-moddasida,     O’zbekiston     Respublikasi   Fuqorolar
Kodeksining     22, 27,     29-moddalarida, Oila kodekining     71-moddasida ifodalanadi.
Umumiy   qoidaga   ko’ra,   o’n   sakkiz   yoshga   to’lmagan     bolalar   voyaga   yetmagan
deb hisoblanadi.  
Fuqorolar   oilaviy   munosabatdan   kelib     chiqadigan   xuquqlarni   o’z
hoxishiga     ko’ra   tasaruf   etadilar.   Oila   a’zolarini   o’z   huquqlarini   amalga
oshirishdagi hamda o’z majburiyatlarini     bajarishlari oilaning boshqa a’zolarini va
boshqa   shaxslarning   huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy   manfaatlarini   buzmasligi
shart.        
O’zbekiston Respublikasi  Oila Kodeksining 18-moddasigam asosan  , nikoh
fuqorolik   xolati     dalolatnomalarini   qayd   etish     o’rganlarida   ro’yxatga   olingan
paytdan   boshlab   nihokni   tuzganalar   er-xotin   deb   hisoblanadilar     va   shu   paytdan
e’tiboran ular  o’rtasida er-xotinlik     huquq va majburiyatlari  vujudga keladi.     “ Er-
xotin   oilada   teng   xuquqlardan   foydalanadilar   va   ikkala   taraf   ,   ya’ni   er-xotin   teng
majburiyatlarga egadirlar” ( Oila kodeksi-19).
Qonunga   binoan     faqat   fuqorolik   xolati   faqat   dalolatnomalarini   yozish
organida   qayt   etilgan   nikohgina   er-xotinlik   xuquq   va   majburiyatlarining   kelib
chiqishiga asos bo’ladi.
  Oila quruvchilarning qonuniy nikoh munosabatiga kirishi ularning xuquqiy
xolatini   o’zgartirib   yuboradi.   Nikoh   tufayli   er-xotinlik   o’rtasigadi   munosabatlar
axloqiy   qoidalar   bilan   emas,   balki   xuquqiy   normalar   bilan   tartibga   solinadi.   Er-
xotin   qayd   etilgan   nikoh   munosabati   bilan   vujudga   keladigan     xuquq   va
majburiyatlari ikki xil shaxsiy va mulkiy bo’ladi.  
Ota-ona   va   bolalarning     o’zaro   munosabatlari   oilada   alohida   o’rin   tutadi.
Bular shaxsiy (nomulkiy) va mulkiy huquq va majburiyatlardir.  
28 Shaxsiy     xuquqlar,   er-xotinni   nikoh   tufayli   yuzaga   keladigan   xuquqi   kabi,
nikohga   o’tgunga   qadar   ham   ularga   tegishli   bo’ladi.   Masalan   ,   familiya   tanlash
xuquqi,  bolalar   tarbiyasi     va  oila   turmush   masalalarini   xal   qilish,   mashg’ulat   turi,
kabi va turar joy     tanlash xuquqlari shular jumlasidandir. Bunday xollarda mehnat
va   fuqorolik   xuquqi   muomila   layoqati   elementi   bo’lib   ,   oila   xuquqi     sohasiga
kirmaydi.  Nikoh  qayd  etilgan     paytdan  boshlab   ,  shaxsiy   xuquqlar  er  va  xotindan
har   birining   sub’yektiv   oila   xuquqini   tashkil   etib,   faqat   oilaviy   xuquqiy
munosabatda   nomoyon   bo’ladi.     Demak,   u   faqat   shu   ma’noda   oilaga   oid   qonun
hijjatlari   bilan   himoya   qilinadi.   Er-xotinning   xar   biriga   tegishIi   bo’lgan   shaxsiy
xuquq  va  majburiyatlar     faqat   oila   huquqi   emas,  balki  xuquqning  boshqa   sohalari
bilan   ham   tartibga   solina.     Fuqoroni   shaxsi   va   qadr-qimmati   O’zbekiston
Respublikasi   Fuqorolik   kodekining   20-moddasiga   asosan,   o’z   ismi   bilan   yashash
huquqiga   e’tiroz   bildirayotgan     yoki   ismidan   qonunsiz   foydalanayotganligi
munosabati   bilan   manfaatlari   buzilayotgan   shaxs   manfaatlarini   buzuvchidan
bunday xarakatlarga chek o’qiyishi     va raddiya berishini talab qilish mumkin. Agar
manfaatlar   qasddan   buzilayotgan     bo’lsa,   jabrlangan   shaxs   qo’shimcha   sur’atda
zararni qoplashini talab qilishi mumkin.     Manfaat qasddan buzilganda jabrlanuvchi
ma’naviy   ziyonning     qoplashini   ham   talab   qilish   xuquqiga   ega.     Ushbu   modda
asosan oila a’zolari o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarga ham tegishlidir.  
Voyaga yetmagan bolalarning quyidagi huquqlari mavjud: oilada yashash va
tarbiyalanish,   ota-onasi   va   boshqa   qarindoshlari   bilan   ko’rishish   ,   o’z   huquqi   va
qonuniy   manfaatlarini     himoya   qilish,   o’z   fikrini   ifoda   etish   ,   ism,   ota   ismi
va     familiya   olish,   ism   va   familiyasini   o’zgartirish,     oilada   umumiy   mulk   ,   o’z
hususiy mulkiga ega bo’lish va boshqalar.  
65-modda. Bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi.
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning
g’amxo’rligidan   foydalanish   ,   ular   bilan   birga   yashash   huquqiga   ega,   bola
manfaatlariga zid bo’lgan xolar bunday istasnodir.
29 Bola   o’z   ota-onasi   tomondan   tarbiyalanish,   o’z   manfaatlari   ta’minlanishi,
har taraflama komol topishi insoniy qadr-qimmatlari xurmat qilishi xuquqiga ega.
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari
ko’rishish   huquqiga   ega.   Bolaning   ota-onasi   bo’lmaganda   yoki   ular   ota-onalik
huquqidan   mahrum   qilinganda   va   bola   ota-ona   qaramog’idan   maxrum   bo’lgan
boshqa   xollarda   uning   oilada   tarbiyalanish   xuquqi   vasiylik   va   homiylik   organi
tomonidan ta’minlanadi.     Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
uning ota-onasi (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar)       tomondan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to’la muomila layoqatiga ega deb e’tirof
etilsa   u   o’z   huquq   va   majburiyatlarini,   shu   jumladan,   himoya   huquqini   mustaqil
amalga   oshirishga
haqlidir.                                                                                                                                                                                 Bolaning   yashashi,
komol   topishi   uchun   oila   birdan-bir   makon   tabiiy   muhit   hisoblanadi.   Shuning
uchun   ham,     Oila   Kodeksning     2-moddasiga   binoan,   ota-ona   zimmasiga   oilada,
ya’ni   bola   tug’ilgan   va   yashab     turgan   oilada   uning   faravon     hayot   kechirishi   va
kamolga   yetishi   haqida   g’amxo’rlik   qilish   vazifasi   yuklatiladi.   Oilaning   ichki
hayotiga   va   bolalarning   tarbiyasiga   boshqalarning   o’z   boshimchalik   bilan
aralashishiga   bola   tarbiyasiga   salbiy   ta’sir   o’tkazishga   qonun   bo’yisha   yo’l
qo’yilmaydi.   Shu   bilan   qonun   oila   va   bolaning   huquqlarini   muhofaza   qilishga
qaratilgan   o’z   funksiyasini   bajaradi.   Ammo   bolani   huquqi   oilada   kamsitilsa,
bunday oilaga nisbatan qonun yo’li bilan zarur ta’sir     o’tkazishga ota-onaning ota-
onalik   huquqini   cheklashga,   xattoki,   umuman   maxrum   qilish   chorasini
qo’llashga     ham   to’g’ri   keladi.       Voyaga   yetmagan   bolalarning     oilada   yashash   va
tarbiyalanish huquqi ularni jismoniy va ruhiy sog’lom qilib o’stirish bo’yicha ota-
onalarning majburiyatlaridan kelib chiqadi. Voyaga yetmagan bolalarning o’z ota-
onasi   tomonidan   shaxsan   tarbiyalanishi,   manfaatlarining   ta’minlnishi,   ota-ona
bilan  oilada  birga   yashashi,   ularni  har  tomonlama  komol  topishiga,  insoniy   qadr-
qimmatning   xurmat   qilishga,   yaxshilik   va   muruvat   tuyg’ulari   asosida
tarbiyalanishlarga   imkon   beradi.     Voyaga   yetmagan   bolalarni   huquqlarini
kamsitish,   ular   bilan   qo’pol   muomolada   bo’lish,   ularga   jismoniy   azob   berish   va
30 ularning   manfaatlariga   zid   bo’lgan   boshqa   g’ayri   qonuniy   xatti-   xarakatlar   sodir
qilish qonun bilan qoralanadi va tegishli. javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi.
Voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalarning ota-onasiga ta’minot berish 
majburiyati:
Voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy 
ravishda   moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasalar, ta’minot miqdori bolalarning
oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan 
belgilanadi.
Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni o‘z bolalarining biriga yoki bir 
nechtasiga nisbatan qo‘yganligidan qat’i nazar, aliment miqdorini belgilashda sud 
voyaga etgan, mehnatga layoqatli   bolalarning barchasini hisobga olishi lozim.
Voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-
kesil hal bo‘lgunga qadar sudьya shu nizo bo‘yicha vaqtincha to‘lab turilishi lozim 
bo‘lgan summani ko‘rsatib,   ajrim chiqarishi mumkin.
Voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment 
miqdori qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam 
miqdorining   11,75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. 6
6
 https://advice.uz/oz/document/632
31 Xulosa
  Ota-onalar bolalari oldidagi huquqlarini bajarishlari, bolalar ham ota-onalari
oldidagi   huquq   va   burchlarini   bajarishlari   ularni     qiynamasliklari   ruhan,jismonan
sog’lom   tarbiylashlari   lozim.   Ularga   yuklatilgan   vazifalarni   amalga   oshirishlari
ularni   qiziqishlari,     nimani   istashlarini,   ularni   fikrini,   e’tibor   berishlari   lozim.
Ularga   manan   va   ruhan   yordam   berishlari   shart.   Afsuski   ba’zi   ota-onalar   o’z
majburiyatlarini   bajarishdan   bosh   tortadilar,   ota-onalik   xuquqlarini   suiste’mol
qiladilar,   bolalari   bilan     shavqatsiz   munosabatda   bo’ladilar,   ularni
taxqirlaydilar.         Shu   qatorda   bolalar   ham   o’z   huquqlarini   eslaridan
chiqarmasliklari   va   ota-onalariga   g’amxo’rlik   qilishlari
lozim.       Agar     voyaga     yetgan   bolalar   o’z     navbatida   mehnatga   layoqatiz     va
yordanga   muhtoj   ota-onalariga   moddiy   tarafdan   yordam   berishdan   bo’yin
tovlasalar ular farzandlarini sudga berishlari ham mumkin. Xulosa qilib aytadigan
bo’lsak   ota-onalar   va   farzandlar   o’z   xuquq   va   majburiyatlarini   bajarishlari   shart
bo’lmasa ularniga qonunda belgilangan jazo turlari qo’llaniladi.
 
32 Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasi qonunchilik asoslari-Xrestomatiya Toshkent “Adolat”
2.O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi-Toshkent “Adolat”
3.Fuqorolik va oila huquqi. T.Xolmo’minov. N.S.Narmatov N.A.Qo’ldoshev.
4.O’zbekiston Respublikasining oila kodeksiga sharxlar Toshkent “Adolat”
5.www.ziyonet.uz
33

Mavzu; O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ota-ona vazifalari va farzandlarning burchlari yoritilishi Mundar ija Kirish I BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA OTA-ONA VAZIFALARI VA BURCHLARI 1.1. Respublikamizda onalik va bolalalik huquqlarining himoya qilinishi 1.2. Qonunchiligimizda vasiylik va homiylik tushunchalari II BOB KOSTITUTSIYAMIZDA FARZANDLARNING ASOSIY BURCHLARI 2.1.Voyaga yetmagan farzandlarning huquqlari majburiyatlari 2.2. Qonunchiligimizda voyaga yetgan fuqarolarning ota-onalariga g’amxo’rlik qilishi masalalari XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1

Kirish Oila-muqaddas dargoh. Birgina shu muqaddas so’zning oilaga nisbatan ishlatilishida chuqur ma’no va mohiyat mujassam.Zotan, millatning ertangi kuniga dastlab oilada poydevor qo’yiladi, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi avlod shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar,axloqiy-ma’naviy qadriyatlar asrab avaylanadi, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy farovonlik va madaniy yuksalishlariga asos solinadi, mustahkamlanadi.Insonga xos bo’lgan chinakam xayotni, farovon va baxtli turmushsharoitini mana shu amallarsiz tasavvur etib bo’lmaydi, albatta. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatida inson va uning manfaatlari ustuvor ekan,biz ko’zlagan maqsadlarga erishishda hayotimizning tayanchi va suyanchiga aylangan oilaningo’rni benihoya kattadir. Oila qurish bu –mas’uliyatli ish bo’lib, yoshlarning o’zlari uchun yangi bo’lgan ijtimoiy maqomga har tomonlama tayyorgarlik ko’rishlarini taqozo etadi. Ularni oiladagi munosabatlarni tartibga solishda qonunchilikning o’rni ajralib turadi. Yoshlarning oila to’g’risidagi qonunchilikni bilishi o’z huquqlarini himoya qilish, mustahkam va sog’lom oila qurish uchun zarurdir.Oila sog’lom ekan –jamiyat nustahkam, jamiyat mustahkam ekan-mamlakat barqarordir. Shuning uchun ham oila jamiyatning asosiy bo’g’ini sifatida e’tirof etilib, bolaning shaxs sifatida shakllanishi, kelgusida jamiyatda o’z o’rnini topishi hamda ma’naviy barkamol inson bo’lib yetishishida asosiy poydevor hisoblanadi. Ota onalarning huquq va majburiyatlari 2 turga bo linadi: shaxsiy huquq vaʻ majburiyatlar; mulkiy ququq va majburiyatlar. O zbekiston Respublikasi oila ʻ qonuniga ko ra, Ota onalarning huquq va majburiyatlariga o z farzandlari bilan ʻ ʻ birga yashash, ularning tarbiyasi bilan shug ullanish, ota-onalik huquklarini ʻ mustaqil ravishda amalga oshirish, bolalarning sog lig i, jismoniy, ruhiy, ma naviy ʻ ʻ ʼ va axlo-qiy kamoloti haqida g amxo rlik kilish, bolalarning qonun hujjatlarida ʻ ʻ belgilangan zarur darajada ta lim olishini ta minlash, bolalarning huquq va ʼ ʼ manfaatlarini himoya qilish kabilar kiradi. Oilaviyhuquqiy munosabatlarda 2

qonunchilik bolalar manfaatining ustuvorligini belgilaydi. Ota-ona va bolalar o rtasida kelish-movchiliklar mavjud bo lganda, vasiylik va homiylik organiʻ ʻ bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlaydi. 1 1 O zME ʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 3

I BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA OTA-ONA VAZIFALARI VA BURCHLARI 1.1. Respublikamizda onalik va bolalalik huquqlarining himoya qilinishi Oilani mustahkamlash, ota-onalar vabolalarning huquqini himoya qilishga jahondagi nufuzli tashkilotlar ham katta hissa qo’shdi. Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda inson manfaatlari, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish xalqaro huquq normalariga binoan amalga oshirildi. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” (1948-yil), “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to’g’risida konvensiya”(1979 18-dekabr) va boshqa qator hujjatlarning parlamentizm tomonidan ratifikasiya qilinishi mustaqillik yillarida oila, onalik va bolalik manfaatlarini xalqaro huquq normalari asosida himoya etish sohasidagi ijobiy qadamdir. Mamlakatimizda oilaviy-huquqiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari, xalqaro huquqiy normalar, Fuqarolik holatlarini qayd etish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnoma, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari, O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida Nizom, Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish to’g’risida Nizom, Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaror, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining oila huquqi masalalariga qaratilgan dasturiy ko’rgazmalari bilan tartibga solindi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2012-yilga mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”, deb nom berilishi oila mustahkamligi masalasiga umumdavlat miqyosida e’tibor qaratilayotgani,uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy vazifalar tizimidagi o’rni va ulkan ahamiyatini yaqqol ko’rsatib berdi.Oilaning jamiyat hayoti va taraqqiyotidagi ahamiyati xususida to’xtalib, atoqli olim va adib 4

Abdurauf Fitrat bunday degan edi: “Har bir oilaning saodati va izzati,albatta,shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi, oilada tartib bo’lsa,mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo’ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo’l qo’ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi”. Milliy qonunchiligimiz oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni huquqiy asosda qurishga ko’maklashdi va ushbu sohadagi asosiy huquqiy hujjat 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Oila Kodeksi hisoblanadi. Mamalakatimizda oilani ijtimoiy –iqtisodiy, huquqiy jihatdan qo’llab quvvatlash borasida izchil amalga oshirilayotgan ishlar samarasida ushbu qoida hayotimizda o’zining yorqin ifodasini topdi. Oila Kodeksini oilada tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladigan huquqiy hujjat desak xato bo’lmaydi. Chunonchi bu kodeks oilaviy huquqiy munosabatlarni tartibga solib, oila a’zolari (ya’ni, er –xotinlar, ota-onalar, bolalar, shuningdek, oilaning boshqa a’zolari) o’rtasidagi shaxsiy vamulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi qonun hujjati. Huquqning alohida tarmog’i hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. E’tiborlisi, Oila Kodeksi mamalakatimizda “Oila yili” deb e’lon qilingan yilda qabul qilingan. Kodeks 8 bo’lim, 30 bob, 238 moddadan iborat. Amaldagi Oila Kodeksi bir qator huquqiy munosabatlarni yangicha hal etgan. Chunonchi, milliy negizlarga asoslanganligi (quad-andachilik, qarindosh –urug’chilik, bobo-buvilar va nabiralar o’rtasidagi munosabatlarning yangicha talqini), umuminsoniy qadriyatlar aks etganligi ( nikoh shartnomasining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi) kabi hollar shular jumlasidandir.Oila huquqining asosiy manbai O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidir. U XII chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bo’lim, XIV bobi “Oila” deb nomlanib, 63-66-moddalar oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalardir.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy 5