logo

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OILAVIY HUQUQ. OILA TUSHUNCHASI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

48.6494140625 KB
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OILAVIY HUQUQ. OILA
TUSHUNCHASI
                                               
REJA:
KIRISH 
ASOSIY QISIM 
1.Oila huquqi tushunchasi 
2.Oilaning huquqiy asoslari 
3.Oila huquqi.Uning manbalari va prinsiplari. 
4. Oila a’zolarining majburiyatlari va vazifalari
XULOSA 
ADABIYOTLAR 
  
  
  
  
  
  
  
  
     
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.   Oila tushunchasi  shundaki  odamlarning o’zaro er-
xotin   yoki   qarindoshlik   rishtalari   bilan   mustahkamlangan   guruhi   emas,   balki
qonunda   belgilangan   huquq   va   majburiyatlarga   ega   bo’lgan   shaxslar   guruhidir.
Binobarin,oila   a’zolari   o’rtasidagi   munosabatlar   oila   huquqi   normalari   bilan
belgilangan bo’lib,ular oilaviy-huquqit munosabatlar deyiladi. 
 Oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qununiy hujjatlar quyidagilar: 
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi,   Fuqorolik   kodeksi,   Oila   kodeksi   va
munosabatlarni   tartibga   soluvchi   boshqa   normativ   hujjatlar.   O’zbekiston
Respublikasining  yangi Oila kodeksi 1998 yil 30 aprelda qa’bul qilingan. 
Kurs   ishining   maqsadi.   Oila   huquqi   sohasida   xalqaro     shartnomalar   va   xalqaro
huquq   ham   oila   qonunchiligining   manbai   bo’lib   hisoblanadi.Fuqorolarnning
O’zbekiston   Respublikasining   oila   qonunchiligida   nazarda   tutilgan   huquqlari,
erkinliklari, manfatlari va albatta,majburiyatlari tarkibiga kiradi: 
Er-xotin (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; 
Ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari tva majburiyatlari; 
Nikoh tuzishga teng huquqlar; 
Voyaga yetmagan bolalarning  (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; 
Ota-   onalar   va   bolalar   er-xotin   va   sobiq   er-xotin,qarindoshlar   va   boshqa
shaxslarning aliment majburiyatlari; 
Nikoh tugatilish asoslari (OK 37-m); 
Kurs   ishining   vazifalari.   Yoshlarga   oila   huquqini   o’rgatishdan   asosiy   maqsad,
ularni   kelajak   turmushga   tayyorlash,   o’z   kasblarida   olgan   bilimini   joriy   etish
ko’nikmasini   xosil   qilish.   Ularda   oila   qonunchiligi   haqida   chuqur   bilimni shakllantirish,   qonunning   tamoyillarini   o’rgatish   va   oilaviy   –   huquqiy
munosabatlar   doirasidan   kelib   chiqadigan   muammolarni   yechishda   olingan   bilim
bilan hal qila olishni o’rgatishdan iborat. Oila uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot
natijasidir, jamiyat tuzilishining ob`yektiv zarur,  ajralmas qismidir.  
Kurs ishining ob’yekti, subyekti va predmeti.    Oila   huquqi   predmeti   –
oilaviy   huquq   normalari   bilan   tartibga   solinadigan   munosabatlardan   iborat.   Oila
huquqi normalari quyidagilardir: 
- nikohdan o`tish tartibini va shartlarini  belgilaydi; 
- oilada   er-xotin   o`rtasida,   ota-onalar   va   bolalar,   oilaning   boshqa   a`zolari
o`rtasida   paydo   bo`ladigan   shaxsiy   va   mulkiy   munosabatlarni   tartibga   solib
turadi;   -   boshqalarning   bolalarini   o`ziga   bola   qilib   olish,   vasiylikka   olish,
homiylik   qilish,   bolalarni   o`z   tarbiyasiga   olish   munosabati   bilan   vujudga
keladigan munosabatlarni tartibga   solib turadi;  
Oilaviy   huquq   sub`yektlarining   huquq   va   majburiyatlari   begonalashtirilmaydigan,
ya`ni boshqalarga topshirib bo`lmaydigan huquq va majburiyatlardan  iborat. 
Kurs   ishining   amaliy   ahamiyati.   Kurs   ishining   amaliy   ahamiyati   shundan   iboratki
undagi huquqiy madaniyat va uning tarixiy shakillari hamda shkillanishining ijtimoiy,
ta’limiy va metodik asoslarning tahlil qilishi ochib berishi, demokratik jamiyat uchun
muhum   bo’lgan   bu   vazifalarni   o’quvchilarda   shakillantrish   hamda   rivojlantrishning
ilmiy asoslarini yaxshiroq bilib olishga yordamlashadi.
Kurs   ishining   tuzulishi   va   hajmi.   Kurs   ishiga   kirish,   asosiy   qism,   4   ta   paragrif,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
  1.   Oila huquqi tushunchasi va predmeti 
Oilaviy  huquqiy  munosabatlarning  subekti  bo’lib  er-xotin,  ota-ona,  bolalar,
vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh urug’larhamda oila qonunchiligi soxasida u
yoki   bu   munosabatlarni   hal   etishda   ishtirok   etuvchi   yuridik   shaxslar,   fuqorolar
uyishmasi, muassasalar, o’rganlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi. 
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasida   «Oila   jamiyatning   asosiy   bo’g’inidir
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish –huquqiga ega», deb yozilgan. 
Ma’lumki,   oila   hayotning   abadiyligini   ta’minlaydi,   vorislar   ota   -   ona   boshlagan
ishni   davom   etishini   amalga   oshiruvchi   muqaddas   dargoh.   Bu   dargoh   millatning
urfodatlarini   saqlashga   ko’maklashadi.   Shu   bilan   birga   oila,   kelajakda   farzandlar
qanday inson bo’lib yetilishiga ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’idir. 
   Oila huquqi fani nikoh to’zish, nikohdagilarning huquqiy munosabatlarini, ota –
ona   va   farzandlarning   mulkiy   va   shaxsiy   majburiyatlarini,   nikohni   bekor   qilish,
uning oqibatlarini va boshqa oilaviy turmush bilan bog’liq huquqiy munosabatlarni
tartibga soladi. 
       Yoshlarga oila huquqini o’rgatishdan asosiy maqsad, ularni kelajak turmushga
tayyorlash,   o’z   kasblarida   olgan   bilimini   joriy   etish   ko’nikmasini   xosil   qilish.
Ularda   oila   qonunchiligi   haqida   chuqur   bilimni   shakllantirish,   qonunning
tamoyillarini   o’rgatish   va   oilaviy   –   huquqiy   munosabatlar   doirasidan   kelib
chiqadigan   muammolarni   yechishda   olingan   bilim   bilan   hal   qila   olishni
o’rgatishdan   iborat.   Oila   uzoq   davom   etgan   tarixiy   taraqqiyot   natijasidir,   jamiyat
tuzilishining ob`yektiv zarur,  ajralmas qismidir.  
Oila   eng   muhim   ijtimoiy   vazifalarni:   insonni   yaratish,   bolalarni   tarbiyalash,
odamlarni   jismoniy   va   ma`naviy   jihatdan   kamol   toptirish,   ularni   ma`naviy
birlashtirish,   birgalikda   xo`jalik   yuritishni   ta`minlash,   o`zaro   yordam   ko`rsatish,
jamiyatning   iqtisodiy   va   ijtimoiy   taraqqiyotini   ta`minlash,   demografiya
jarayonlarini  yaxshilash vazifalarini bajaradi.  Oila  bolalar   to`g`risida   g`amxo`rlik  qilishga,   ona  va  bola  manfaatlarini   muhofaza
etishga, onalikni rag`batlantirishga qaratilgan tadbirlar turkumini nazarda tutuvchi
huquq   oilaviy   munosabatlarni   mustahkamlashning   muhim   vositasi   hisoblanadi.
Oila davlat himoyasiga olingan bo`lib, Konstitutsiyada bu haqda shunday deyiladi: 
“Oila   jamiyatning   asosiy   bo`g`inidir,   hamda   jamiyat   va   davlat   muhofazasida
bo`lish   huquqiga   ega”.   Oila-kishilarning   tabiiy-biologik,   huquqiy   va   ma`naviy
munosabatlariga asoslangan birlik. 
Oila huquqi er-xotinlar, ota-onalar va bolalar, shuningdek oilaning boshqa a`zolari
o`rtasidagi   shaxsiy   va   mulkiy   munosabatlarni   tartibga   solib   turuvchi   huquq
tarmog`idir.   Ammo   oilaviy   munosabatlarning   barchasi   ham   huquq   tomonidan
tartibga   solinmaydi.   Bu   munosabatlarning   aksariyati   axloqiy,   ruhiy   tusda   bo`lib,
o`z mohiyatiga ko`ra ularni huquq yo`li bilan tartibga solib bo`lmaydi. Oila huquqi
fuqarolik   huquqi   bilan   chambarshas   bog`liqdir.Oila   huquqi   fuqarolik   huquqidan
quyidagi  xususiyatlari  bilan farqlanadi: 
1) Oilaviy   munosabatlar   fuqarolik   huquqiga   xos   bo`lmagan   yuridik   faktlardan
vujudga keladi; 
2) Oilaviy   munosabatlar   fuqarolik   huquqidan   farqli   o`laroq,   ko`proq
shaxsiyhuquqiy   mohiyatga ega; 
3) Oilaviy   huquq   sub`yektlarining   huquq   va   majburiyatlari
begonalashtirilmaydigan,   ya`ni   boshqalarga   topshirib   bo`lmaydigan   huquq   va
majburiyatlardan  iborat. 
Oila   huquqi   predmeti   –   oilaviy   huquq   normalari   bilan   tartibga   solinadigan
munosabatlardan iborat.  Oila huquqi normalari quyidagilardir: 
- nikohdan o`tish tartibini va shartlarini  belgilaydi; 
- oilada   er-xotin   o`rtasida,   ota-onalar   va   bolalar,   oilaning   boshqa   a`zolari
o`rtasida   paydo   bo`ladigan   shaxsiy   va   mulkiy   munosabatlarni   tartibga   solib
turadi;   -   boshqalarning   bolalarini   o`ziga   bola   qilib   olish,   vasiylikka   olish,
homiylik   qilish,   bolalarni   o`z   tarbiyasiga   olish   munosabati   bilan   vujudga
keladigan munosabatlarni tartibga   solib turadi;  - nikohni  bekor  qilish  tartibi  va  shartlarini  belgilaydi; 
- fuqarolik   holati   to`g`risidagi   hujjatlarni   ro`yxatdan   o`tkazish   tartibini
belgilaydi. 
 
Oila  huquqining manbasi: 
- O`zbekiston   Respublikasi  Konstitutsiyasi; 
- 1998 yil 30 aprelda qabul qilinib, 1998 yil 1 sentyabridan kushga kiritilgan. 
Oila Kodeksi; -O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ayrim moddalari; 
 
- Oila to`g`risidagi  qonunlar. 
 
   Oila  huquqining  asosiy  qoidalari: 
 
- oilada barsha  masalalarni  hal qilishda  er-xotinning teng  huquqligi; 
 
- onalikni muhofaza  qilish va rag`batlantirish; 
 
- balog`atga yetmagan bolalarni tarbiyalash to`g`risida g`amxo`rlik qilish; 
 
- bir nikohlik; 
 
- nikoh ittifoqining erkinligi va ixtiyoriyligi; 
- oilaviy   munosabatlar   qatnashchilarining   bir-birini   ma`naviy   va   moddiy
jihatdan   qo`llab   –quvvatlashi   hamda   bir-biri   to`g`risida   g`amxo`rlik   qilishi.
Nikoh   tushunchasi.   Bu   tushuncha   oila   huquqining   asosiy   tushunchalaridan
biri   hisoblanadi.   Nikohning   ta`riflari   xilma-xil   bo`lib,   ulardan   eng   maqbuli
quyidagishadir:   “Nikoh-bir-birini   sevgan   va   nikoh   yoshiga   yetgan   erkak   va
ayolning   umuminsoniy   qadriyatlar   va   Sharq   an`analariga   asoslangan   oilada
bolalarni   tarbiyalashga   yo`naltirilgan,   o`zaro   shaxsiy   nomulkiy   va   mulkiy
huquq   va   majburiyatlarni   keltirib   chiqaradigan   qonun   asosidagi   oilani yaratish   maqsadidagi   o`zaro   kelishilgan,   butun   umrga   mo`ljallangan
ittifoqdir”. 
 
Nikoh   va   oila   bir-biri   bilan   uzviy   bog`liq   tushunchalar.   Shu   jihatdan,   oila-eng
avvalo jamiyat asosini tashkil etuvchi, bolalarni tarbiyalash va ularni shaxs sifatida
shakllantirish   muhiti   bo`lgan   birlamchi   yacheykadir.   Yoki   boshqacha   qilib
aytganda,  oila   jamiyatning  ilbo`g`inidir. 
Oila   muqaddasdir.   Jamiyat   unga   g`amho`rlik   qiladi.   Oilaning   muqaddasligiga
yondashuv   turlicha   bo`lishi   mumkin.   Bugungi   kunda   ayrim   mutaxassislar,
masalan,sotsiologlar   oila   bo`lishi   uchun   erkak   va   ayolning   o`zaro   munosabati
yetarli asos deb hisoblamoqchi bo`ladilar. Ularning fikricha farzandlar bu yerda rol
o`ynamaydi. Yuristlar esa oila bo`lishi uchun, albatta qonuniy nikoh bo`lishi, ya`ni
erkak   va   ayolning   o`zaro   ittifoqi   tegishli   organlar   ro`yxatidan   o`tishi   kerak,   aks
holda   erkak   va   ayolning   birga   yashashi   (   necha   yilligidan   qat`iy   nazar)   nikohni
keltirib   chiqarmaydi   deb   hisoblaydilar.   Shundan   kelib   chiqib   diniy   rasm-rusmga
asoslangan nikohni huquqiy ahamiyatga ega emas deb e`tirof etiladi. 
Nikoh shartlari: 
1) o`zaro  nikoh  tuzishni  istagan  shaxsning  nikoh  
yoshiga  yetishi; 
2) nikohdan o`tuvchilarning o`zaro  roziliklari. 
Bundan   boshqa   shartlar   ham   mavjud,   ya`ni   muhabbat   bo`lishi,   biri-birisi   bilan
bog`lanib   qolishi,   bir-birini   yoqtirishi   kabi.   Bunday   shartlarni   ayrim
huquqshunoslar tan olsa,  ayrimlari  rad etishadi. 
Nikoh   yoshi.   Oila   kodeksining   15-moddasiga   binoan   O`zbekistonda   erkaklar
uchun o`n sakkiz yosh, ayollar uchun o`n etti yosh yetib belgilangan. Nikoh yoshi
uzrli sababalarga ko`ra, mahalliy hokimiyat organlarining ruxsati bilan, ko`pi bilan
bir   yilga   kamaytirilishi   mumkin.   Nikoh   yoshi   har   bir   mamlakatning   o`z
shartsharoitidan   kelib   chiqadi   va   u   hamma   joyda   bir   xil   qilib   belgilangan   emas.
Quyidagi holatlar nikoh tuzishga qarshilik qilishi mumkin: 
- nikohga  kiruvchilardan  birining  boshqa  nikohda  bo`lishi;  - nasl-nasab   shajarasi   bo`yicha   to`g`ri   tutashgan   qarindoshlar   o`rtasida,
tug`ishgan   va   o`gay   aka-ukalar   bilan   opa-singillar   o`rtasida,   shuningdek,
farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o`rtasida; 
- nikohga kiruvchilardan birining ruhiy kasalligi  yoki  aqli  zaifligi  sababli  sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz   deb topilishi. 
 
Tibbiy ko`rikdan o`tish. Oila Kodeksining 17-moddasi  “Nikohlanuvchi shaxslarni
tibbiy ko`rikdan o`tkazish” deb nomlangan. Unga binoan, nikohlanuvchi shaxslarni
tibbiy   ko`rikdan   o`tkazish,   shuningdek,   tibbiy-irsiy   hamda   oilani   rejalashtirish
masalalari bo`yicha maslahatlar berish nikohlanuvchi shaxslar roziligi bilan davlat
sog`liqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Nikoh tuzish tartibi. Qonunga ko`ra, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd
etish organlarida tuziladi. 
Nikoh   tuzish   nikohlanuvchilarning   fuqarolik   holati   dalolatnomalarini   qayd   etish
organlariga ariza bergan kundan boshlab bir oy o`tganidan keyin, ularning shaxsan
o`zlari ishtirokida amalga oshiriladi. 
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni ro`yxatga olishni rad
etganda,   shikoyat   bilan   sudga   yoki   bo`ysunishiga   ko`ra   yuqori   turuvchi   organga
murojaat qilinishi mumkin. 
Quyidagi holatlarda nikoh tugatilishi mumkin: 
- er-xotindan   birining   vafoti   yoki   ulardan   birini   vafot   etgan   deb   e`lon   qilinishi
oqibatida; 
- er-xotindan   biri   yoki   har   ikkalasining   arizasiga   muvofiq   nikohdan   ajratish
oqibatida; 
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er-xotinning vasiysi bergan
ariza natijasida. 
Nikohni  ajratish.  U  ikki  xil  yo`l  bilan  amalga  oshiriladi. 
1) Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohni ajratish. 
  Bu   balog`atga   yetmagan   bolalari   bo`lmagan   er-xotinning   o`zaro   roziligi   asosida
amalga   oshiriladi.   Quyidagi   holatlarda   nikohdan   ajratish   er-xotinning   arizasiga
binoan balog`atga yetmagan bolalarining borligidan qat`iy nazar amalga oshiriladi:
- sud tomonidan bedarak deb topilgan bo`lsa; 
- sud   tomonidan   muomalaga   layoqatsiz   deb   topilgan   bo`lsa   (ruhiy   kasalligi   yoki
aqliy zaifligi  sababli); 
 
- sodir   etgan   jinoyati   uchun   uch   yildan   kam   bo`lmagan   muddatga   ozodlikdan
mahrum etilgan bo`lsa. 
2) Sud tartibida nikohdan ajratish. U quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
- nikohdan  ajratishda  er-xotindan  birining  yo`qligi  sababli; 
- umumiy   balog`atga   yetmagan   bolalari   bo`lgan   er-xotinning   o`zaro   roziligi
bilan.   Nikohdan   fuqarolik   holati   dalolatnomalarini   qayd   etish   organlarida
ajratilganda   ajratilganlik   ro`yxatga   olingan   kundan,   nikohdan   sudda
ajratilganda   esa,   sudning   hal   qiluv   qarori   qonuniy   kuchga   kirgan   kundan
boshlab   nikoh   tugatiladi.   Nikohni   haqiqiy   emas   deb   topish.   U   sud   tartibida
amalga oshirilib, quyidagilar asos deb olinadi: 
- nikohni tuzish shartlarining  buzilishi; 
- nikohni  tuzishga  halaqit  beruvchi  holatlarning  
mavjudligi; 
- er-xotin yoki ulardan biri oila qurishni maqsad qilmagan, ya`ni sohta nikoh, -
nikohlanuvchi   shaxslardan   birining   tanosil   kasalligi   yoki   odam   immuniteti
taqchilligi virusi borligini yashirishi. 
 
   
2. Oila huquqi asoslari  
Oila   huquqida   talabalar  va tinglovchilar:  oila
tushunchasini va uning asosiy vazifasini; 
• oila huquqi tushunchasi, tamoyillari va tizimini; 
• O’zbekistonda oila huquqining tarixini;  • mazkur huquq manbalarini; 
• oilaviy – huquqiy munosabatlarni; 
• nikoh tuzilish tartibini; 
• nikohlanuvcxilarning tibbiy ko’rikdan o’tish sabablarini; 
• nikohdagilarning huquqiy holatlarini; 
• nikoh shartnomasi tushunchasini, uni to’zish tartibini; 
• oila a’zolarining shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarini; 
• farzandlarning ota – onasi oldidagi huquq va majburiyatlarini; 
• vasiylik va homiylik tushunchasi va ularni o’rnatish maqsadlarini; 
• oilaga tarbiyaga olish asoslarini; 
• chet   el   fuqarolarining   oilaviy   munosabatlarini   O’zbekistonda   tartibga
solinish tartibini va boshqalarini o’rgatadi. 
Oila   huquqi   tizimi   deyilganda   oila   kodeksi   bilan   huquqiy   tartibga   solinadigan
munosabatlar tushuniladi. 
Oila   huquqi   huquqning   mustaqil   tarmog’i   sifatida   oilaviy   huquqiy   munosabatlar,
oilaviy   huquqiy   munosabatlarning   sub’ektlari,   oilaviy   huquqiy   munosabatlarning
ob’ektlari,   oilaviy   huquqiy   munosabatlarning   yuzaga   kelish   sabablari,   nikoh,
nikohning   bekor   bo’lishi,   er-xotin   oilaviy   huquqiy   munosabatlarning   mazmuni,
ota-onalar va bolalar o’rtasidagi shaxsiy, mulkiy, huquqiy munosabatlar, ota-onalar
va   farzandlar   o’rtasidagi   shaxsiy   nomulkiy   munosabatlar,   oila   a’zolarining   va
boshqa   shaxslarning   aliment   majburiyatlari,   ota-ona   qaramog’idan   mahrum
bo’lgan bolalarni  joylashtirish  shakllaridan iborat. 
        Oila   huquqining   tizimi   O’zbekiston   Respublikasi   Oila   Kodeksida   o’z   aksini
topgan.   Oila   huquqining   asosiy   manbai   hisoblangan   Oila   Kodeksi   8   bo’lim,   30
bob,   238   moddadan   iborat.   I   –   bo’lim   Umumiy   qoidalar   deb   nomlanib   1   va   2
boblarni o’z ichiga oladi: 
1. Asosiy qoidalar 
2. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish .  II – bo’lim Nikoh deb nomlanib 3, 4, 5, 6, 7, 8 boblarni o’z ichiga oladi: 
3. Nikoh tuzish tartibi va shartlari 
4. Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari 
5. Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari 
6. Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi 
7. Nikohning tugatilishi 
8. Nikohning haqiqiy emasligi 
III   –   bo’lim   Qon   –   qarindoshlik   va   bolalarning   nasl   –   nasabini   belgilash   deb
nomlanib, 9, 10 boblarni o’z ichiga oladi: 
9. Qarindoshlik, qayin-bo’yinchilik va quda – andachilik 
10. Bolalarning nasl-nasabini belgilash 
IV – bo’lim Ota – ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va
majburiyatlari deb nomlanib, 11, 12, 13 boblarni o’z ichiga oladi: 11.
Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquqlari 
12. Ota – onaning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari 
13. Ota – ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari 
V   –   bo’lim   Oila   a’zolarining   va   boshqa   shaxslarning   aliment   majburiyatlari   deb
nomlanib, 14, 15, 16, 17, 18 boblarni o’z ichiga oladi. 
14. Ota – ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari 
15. Er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning aliment majburiyatlari 
16. Qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari 
17. Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv 
18. Alimentlarni to’lash va undirish tartibi 
VI   –   bo’lim   Ota   –   ona   qaramog’idan   mahrum   bo’lgan   bolalarni   joylashtirish
shakllari deb nomlanib, u 19, 20, 21, 22 boblarni o’z ichiga oladi: 
19. Ota – ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish 
20. Farzandlikka olish 
21. Vasiylik va homiylik 
22. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat)  VII – bo’lim Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish deb nomlanib, u 23, 24, 
25, 26, 27, 28, 29, 30 boblarni o’z ichiga oladi. 
23. Umumiy qoidalar 
24. Tug’ilishni qayd etish 
25. Nikoh tuzilganligini qayd etish 
26. Nikohdan ajralishni qayd etish 
27. O’limni qayd etish 
28. Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish 
29. Dalolatnoma yozuvlariga to’zatish, o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish 
30. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklash va bekor qilish 
VIII – bo’lim Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ishtirokidagi 
oilaviy munosabatlarni tartibga solish deb nomlanib, u o’z ichiga bir nechta 
moddalarni oladi.       Oila a’zolariga yoki oilaning sobiq a’zolarida tegishli, qonun 
bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qadiryatlar yuzasida oila huquqi 
subektlari qabul qiladigan harakat va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlarning 
obektlari bo’lishi mumkin; 
        Bir-biriga nisabatan uyzaga kelgan muommolarni hal qilish jarayonida oilaviy
huquqiy munosabatlarning subektlariga ega bo’lgan huquq va majburiyatlarning 
yig’indisi huquqiy subektlardir. 
Ma’lumki   ibtidoiy   jamoa   tzumidan   boshlab   nikoh   munosabatlari   mavjud.   Ilk
davrda   odamlar   bilar-bilmas   er-xotin,   farzand   tuyg’ularini   his   qilib,   bir-birlari
orasida   burchlarini   ham   bajarar   edilar.   Avvalo,   bu   munisabatlar   “guruh   nikoh”,
keyinchalik “juft  nikoh”deb ataladi. Jamiyatda  inson ongi  rivoj  topgan sari  nikoh
munosabatlarida   ham   o’zgarishlar   yuzaga   keldi.   Jamiyatdagi   urug’chilik
davrionalik   davridan   patriarxat-otalik   davriga   o’ta   boshladi.Bu   davrga   kelib
erkaklar o’z xotiniga, ulardan tug’ilgan farzandlarga, topilgan daromadiga o’zi ega
bo’lishi   tuyg’usi   vujudga   keldi.   Bu   davr   sivilizatsiya   deb   atalib   yakka   nikoh monogamiyaning   kelib   chiqishiga   asos   soladi.   Shunday   qilib,   nikoh
munosabattidagi o’zgarishlar, oilada ham ulkan o’zgarish tug’dirdi. 
Urug’chilik davrida ham,bugun ham oilaviy munosabatdagilarning asosiy maqsadi
bir-birlariga   yordam   berish,tarbiyalash,g’amxo’rlik   qilsh   hysusiyatlari   bilan
bog’liq bo’lib, bu tashkilotda eng yaqin insonlar birlashadi. Ma’lumki, kishi oilada
rivojlanadi,kamol   topadi.Mustaqil   Respublikamiz   kelajagiga   o’z   hissasini
qo’shadigan shaxs eng avvalo oilada tarbiyalanadi. Oila, nikohdailarning o’rtasida
ahillik   bo’lsagina,mustahkam   bo’la   oladi.   Shuning   uchun   nikph   nima,   qanday
tuziladi, jamiyatimizda uning o’rnini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Oila   bu   ota-ona,er-xotin,farzand   va   qarindosh-urug’lardan   tuzilgan   uyushma
bo’lib,oila   a’zolari   o’rtasida   mulkiy   va   shaxsiy   huquq,majburiyatlarni   vujudga
keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir. 
Oilaning   davlatimizning   kelajagidagi   o’rniga   keng   baho   berib,asosiy   qonun
Konstitutsiyaning   “jamiyat   va   shaxs”   bobida   oila   jamiyatning   asosiy   bo’g’ini
ekanligi,u davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega ekanligi tasdiqlangan. 
          Oila   munosabatlari   “O’zbakiston   Respublikasi   oila   kodeksi”bilan   tartibga
solinadi.Bu   munosabatlarni   nikoh,er-xotin,   ota-ona,   farzandlar,   oilaning   boshqa
a’zolari o’rtasidagi munosabatlardir. 
    Oila   qonunlarning   asosiy   vazifalari   oilani   mustahkamlashdan,oilaviy
munosabatlarni  o’zaro muhabbat,ishonch  va hurmat,hamjihatlik,bir-biriga yordam
berish   hamda   oila   oldida   uning   barcha   a’zolarining   mas’ullik   hissi   asosida
ko’rishdan,biron   bir   shaxsning   oila   masalalariga   o’z   boshimchalik   bilan
aralashishga   yo’l   qo’ymaslik,oila   a’zolari   o’z   huquqlarini   to’sqinliksiz   amalga
oshirishni hamda bu huquqlarnig himoya qilishdan iboratdir. 
        Oila   bu-   jamiyatning   bir   bo’lagi,kichik   bir   vatan,insoniy   muhabbat
ifodasi,insonni   dunyoga   keltiradigan   makon,ilk   tarbiya   o’chog’I   yurt   boyligi   va
tayanchi,mehrmuhabbat ramzi.bu barcha fuqorolardan o’z oilasini mustahkamlash, uning   har   bir   a’zosini   vatanparvar,davlatimiz   uchun   sidqidildan   xizmat
etuvchi,sodiq farzand qilib tarbiyalashni talab qiladi. 
    Oila-jamiyat   taraqqiyotining   muayyan   bosqichida   vujudga   keladigan   ichtimoiy
hodisa   bo’lib,   u   muayyan   ijtimoiy   munosabatlarni   o’zida   aks   ettiradi.Respublika
Prezident I.A.Karimov takidlaganidek:”Oila-bu jamiyatning asosi va boshlang’ich
zarrachasidir.Oila   farovonligi,bolalarni   ma’naviy   va   jismoniy   jihatdan   sog’lom
qilib tarbiyalash mamlakat boyligining va kuch-qudratining negizidir”. 
   Respublikamizda oilaning jamiyatdagi tutgan o’rni va ishtirokini yanada oshirish
oilaning   huquqiy,   ijtimoiy,   iqtisodiy   ma’naviy-axloqiy   manfatlarini   va
farovonligini   davlat   tomonidan   qo’llab-quvatlashni   kuchaytirish   maqsadida   bir
qator ishlar amalga oshirildi. 
  Ma’lumki,1998-yil”Oila   yili”deb   e’lon   qilindi.O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   tomonidan   Oila   manfatlarini   taminlash   borasida   1998-yilda   amalga
oshiriladigan   tadbirlar   borasida   davlat   dastiri   tasdiqlandi.Shunigdek   1998-yil
2fevraldagi   qarori   bilan   Respublika   “oila”   ilmiy-amaliy   markaziy   tashkil
etildi.Mustaqil   O’zbekistonimiz   1995-yil   6-martda   “Onalikni   muhofaza   qilish
to’g’risida”gi Konvebsiya qo’shildi. 
Davlat tomonidan oilalarga kun sayin g’amxo’rlik qilsh unga har taraflama yordam
berish   insonparvar   demokratik   davlatning   muhim   vazifalaridan   biriga
aylangandir.Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz 
Prezidentimizning   farmonlari   o’z   asini   topmoqda.Prezidentning   1990-yil   3-
maydagi 
Farmoni   “Ko’p   bolali   oilalarga   nafaqa   miqdorini   ko’paytirish   to’g’risida”deb
nomlangan edi. 
Yurtboshimiz   I.A.Karimov   bu   borada:”eng   muhim   vazifa   xalqchilik,adolatparvar
jamiyatni   vujudga   keltirish.Bu   jamiyatb   poydevirini,   ens   avvalo,boy   va   badavlat, mehnat   qadrini   biladigan,ma’naviy   sog’lom   hamda   madaniy   saviyasi   baland
minglab milllionlab oilalar tashkil etildi” degan edi. 
Oila   to’g’risidagi   qonunlar   davlat   tomobnida   izga   solinishi   talab   etiladigan
munisabatlarni   tartibga   solib   turadi.Bu   munosabatlar   nikoh   tuzish   tartibi   va
shartnomalarni   belgilaydi;   oilada   er-xotin   o’rtasida   ota-onalar   (farzandlikga
oluvchilar) bolalar, oilaning boshqa a’zolari o’rtasida paydo bo’ladigan shaxsiy va
mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; boshqalarning bolalarni o’ziga farzand
qilib   olish;vasiylikga   olish;   homiylik   qilsh;   bolalarni   o’z   tarbiyasiga   olish
munosabati  bilan  vujudga  keladigan   munosabatlarni  tartibga  solib  turadi;   nikohni
bekor   qilish   tartibi   shartlarini   belgilaydi;   fuqorolik   holati   to’g’risidagi   hujjatlarni
ro’yhatdan o’tkazish qoidalarini belgilaydi. 
Oila   huquqi   boshqa   huquq   sohalaridan   farq   qiluvchi   hususiyatlarga   qaramay
fuqorolik   huquqi   bilan   chambarchast   bog’liqligini   sezish   mumkin.   Bu   farqlar
quyidagilardan iborat: 
-Oilaviy   munosabatlar   fuqorolik   huquqiga   xos   bo’lmagan   yuridik   faktlardan
(nikoh,   qarndoshlik,   onalik,   otalik,   farzandlikga   olish   va   boshqalardan   vujudga
keladi;) 
-Oilaviy   munosabatlar   fuqorolik   huquqidan   farqli   o’laroq,   ko’proq   shaxsiy-
huquqiy mohiyatga ega. 
-Oliaviy   huquq   subektlaring   huquq   va   majburiyatlari   begonalashtirilmaydigan,
yangi boshqalarga topshirib bo’lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat. 
Olia   huquqi   predmeti-oilaviy   huquq   normalari   bilan   tartibga   solinadigan
munosabatlarni tashkil etadi. 
Nikoh,qarindoshlik,bolalarni   oilaga   tarbiyaga   olish   kabilardan   yuzaga   keladigan
ijtimoiy   munosabatlardan   iborat   bo’lib   oila   huquqi   inson   va   fuqorolarning
fuqorolik huquqining normalari bilan tartibga solinadi.  Oila huquqining manbalari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: 
-O’zbekiston   Respublikasi   Oila   Kodeksi   (1998-yil   30-aprelda   №607-1sonli
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   tomonidan   imzolangan   va   1998-yil
1sentabrdan boshlab kuchga kiritilgan); 
 O’zbekiston Respublikasining fuqorolik kodeksi. 
-O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   tomonidan   qa’bul   qilingan   oila   huquqiga
oid qonunlar; 
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig oila huquqiga oid farmon va farmoyishlar
qarorlar: 
-O’zbekiston Respublikasi hukumatning normative huquqiy hujjatlari; 
-Xalqaro huquq normalari kabilar hisoblanadi. 
              Oila-   jamiyatning   tabiiy   va   asosiy   bo’g’inidir.   Har   bir   oila,   har   bir   fuqoro
tinchhotirjam   va   tokin-sochin   yashasa,   davlatimiz   obod,   boy   bo’ladi,   gullab
yashaydi. 
Davlatimizni harakatda bir oila deb tushunish mumkin. Bundan o’zaro hurmat va
tartib-intizom bo’lmasa,oiling barcha a’zolaro o’z burchlarini ado etmas, bir-birida
nisbatan mehr-oqibat ba ezgulik ko’rsatmasa, hotirjam va munosib tarizda yashash
mumkin emas. Oila o’zinig ko’p arslik mustahkam va ma’naviy tayanchlarga ega
bo’lib,   turmush   vijdon   qonunlari   asosida   quriladi.   Oilada   kishilarning
talabehtiyojlari   va   qadriyatlari   shakllanadi.   Xalqimizning   aksaryat   qismi   o’zining
shaxsiy   farovonligidan   jo’ra   oilasining   omon-esonligi   to’g’risida   g’amxo’rlik
qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa  oily darajadagi  qadriyat, inson qalbining
gavharidir. 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi 1992-yil 2-iyul qonunida ham
oiladagi   ta’lim   masalasiga   alohida   e’tibor   berilgan.   Uning   16-moddasida   qayd etilganidek,   ota-onalar   va   oilaning   boshqa   a’zolari   shaxsning   jismoniy,   ma’naviy
kamoloti va aql zakovato rivojlanishiga g’amxo’rlik qilshlari lozim. 
Ota-onalar   va   ularning   o’rnini   bosuvchilar   bolaning   ma’lumotini   oilada   oilsh
uchun imkoniyat yaratib berishga haqlidir. Bunday hollarda o’quvchilar ota-onalar
yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar bilan ta’lim muassasasi Ta’lim boshqaruvchi
tegishli   idoralar   o’rtasida   shartnoma   tuzilib,   unda   bola,   oila   va   jamiyatning
manfatlarini   hisobga   olgan   holda   tomonlarnong   huquqiy,   iqtisodiy   va   boshqa
majburiyatlarina belgilab qo’yiladi. 
Oilada ta’lim olayotgaqn shaxslar tegishli atstatsitadan o’tkach ta’limning istalgan
bosqichidan boshlab ta’lim muassasasida o’qishni davom ettirishga haqlidir. 
Davlat   oiladagi   ta’limga   yordam   ko’rsatsadi.   Tegishli   davlat   muassasalari
tomonidan   qonunlarda   belgilangan   tartibda   metodik   deagnostik   maslahat
yordamlari   beriladi.   Qonunlarda   belgilangan   hollarda   va   tartibda     oilaga
koppensiyatsiya   to’lanishi   mumkin.   Mamlakatimizda   qa’bul   qilingan   ko’pchilik
qonunchilik   hujatlarida   oila,   farzand   tarbiyasi   masalalariga   katta   etibor   beriladi.
Jumladan, 
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   “O’zbekiston   Respublikasida
yoshlariga   oid   davlat   siyosatining   asoslari   to’g’risida”gi   1991-yil   20-noyabr
16moddasida   fuqorolar   va   yosh   oilalarga   ijtimoiy   omtiozlar   chunonchi:yakka
tartibga   uy   qurush   uchun   yer   ajratish,   uy   joy   sotib   olish,uy   joy   qurush,
kopirativlarga   a’zo   bo’lish   uchun   pay   badallari   to’lash,   ro’zg’or   buyumlari   (shu
jumladan chorvo mollari), uzoq muddat foydalanadigan kundalik  uy jihojlari sotib
olish, tijorat sosida amal qiladigan o’quv yurtlarida ta’lom olish uchun hqa to’lash
va boshqa maqsadlarga amal qiladigan uzoq muddatli kreditlar beriladi. Yoshlarga
kreditlar   banklar   tomonidan   kam   foiz   sharti   bilan   belgilab   “O’zbekiston
Respublikasida qonunlarida belgilangan imtiyozli tartibda tuziladi. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasinig 63-moddasida takidlanganidek,  ”Oila   jamiyatning   asosoy   bo’g’inidir   hamda   jamiyat   va   davlat   muhofazasida
bo’lish   huququga   ega”.   Asosiy   qonunimizda   belgilangan   ijtimoiy   tuzum   yangi
jamiyat   bilan   oila   o’rtasida   uzviy   aloqodorlik   mavjud.   O’zbekiston
Respublikasining  Konstitutsiyasida  belgilangan barcha prinsiplar  va qoidalar, oila
hayoti   oilaviy   munosabatlari   ularni   tartibga   spladigan   boshqa   nornativ   huquqiy
hujjatlar Oila Kodeksining mazmuni va tabiatini o’rganishda katta ahamiyatga ega.
Oilaning davlat muhofazasida bo’lishi haqidagi qoida Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasida   keltirilganidek,   davlatlar   zimmasiga   yuklatilgan   muhim
vazifalardan biri hisoblanib keng ma’noga ega bunda oilani jamiyatninh tabiiy va
asosiy   quyi   bo’g’ini   sifatida   ulug’lanadi.Bolalarga   ta’lim   tarbiya   berish,onalar   va
mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga zarur moddiy imtiyozlar yarating hamda oilani
mustahkamlash borasida muhim bo’lgan boshqa masalalar nazarda tutiladi. 
Oila huquqi-   Fuqorolik huquqi fanining ajralmas qismi hisoblanib,u asosan erkak
va   ayol   o’rtasida   nikoh   tuzish   tartibi   va   shartlari,er-xotinning   mulkiy   va   mulkiy
bo’lmagan   shaxsiy   munosabatlaridan   kelib   chiqadigan   huquq   va   majburiyatlari
nikohning tugatilishi va uning haqiqiy hisablanmaslik oqibatlari, asoslari va tartibi,
qon-qarindoshlik   va   farzandlarning   nasl-nasabini   belgilash   qoidalari,   ota-onalar
hamda   farzandlarning   shaxsiy   va   no’mulkiy   va   mulkiy   huquq   hamda
majburiyatlari   farzandlikga   olish,vasiylik   va   homiylik   belgilash   qoidalari   va   shu
kabi boshqa bir munosabatlarni tartibga soladi. 
Oila   huquqining   asosiy   manbai   hisoblanadi.   O’zbekiston   Respublikasi   Oila
Kodeksi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-aprel qarori bilan
qa’bul qilindi va 1998-yil 1-sentabrdan kuchga kiritildi. O’zbekiston Respublikasi
Oila Kodeksi 8-bo’lim, 30-bob, 238ta moddadan iborat.  O’zbekiston Respublikasi
Oila   Kodeksiga     O’zbekiston   Qonunchiligi   uchun   yangilik   bo’lgan   nikoh
shartnomasi,   qon-qarindosnlik   va   bolalarning   nasl-nasabini   belgilash,alimentlar
to’lash to’g’risida kelishish bolalarning oiladagi huquqlari va ota-onalarni moddiy
taminlash   to’g’risidagi   majburiyatlar   hamda   ota-onalarning   voyaga   yetmagan
farzandlarini   moddiy   ta’minlash   majburiyatlari,ota-ona   qamrog’dan   mahrum bo’lgan   bolalarning   huquq   va   manfatlarini   himoya   qilish   va   shunga   o’xsgasg
muhim yangi qoidalar kiritilgan. 
  O’zbekiston   Respublikasi   Oila   Kodeksing   qa’bul   qilishni   bilan   oila
munosabatlarining   huququy   tartibga   solinishi   O’zbekiston   Respublikasining
Konstitrusiyasi va boshqa qonunlari, yangi fuqorolik kodeksi bilan 
muvofiqlashtirildi   shuningdek,   Oila   Kodeksi   O’zbekiston   Respublikasi   Oily
Majlisi   tomonidan   ratifikatsiya   qilingan   BMTning   “Bola   huquqlari   to’g’risida”gi
BMT   Konvensiyasi   ba   boshqa   xalqaro   huquqiy   hujjatlarda   nazarda   tutilgan
qoidalar   bilan   boyitiladi.   Shu   bilan   birga   Oila   kodeksining   chet   el   fuqorolari
ishtirokida   vujudga   keladigan   oila   munosabatlarini     tartibga   solish   bag’ishlangan
qoidalari   O’zbekiston   Respublikasi   qo’shilgan   yoki   rativikatsiya   qilgan   xalqaro
bitimlar va konvensiyalar hisobga olingan holda ishlab chiqildi. 
3. Oila huquqi.Uning manbalari va prinsiplari. 
Oilaga   g’amxo’rlik   qilish,unga   har   taraflama   moddiy   yordam   berish   insonparvar
huquqiy   davlatning   muhim   vazifalaridan   biridir.   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   I.A.Karimov   tomonidan   1998-yilni   Oila   yili,   1999-yil   Ayollar   yili
2000yil   Sog’lom   Avlod   yili   2001-yilini   Onalar   va   bolalar   yili   deb   e’lon   qilinishi
bunga yaqqol misol bo’la oladi. 
Olia jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy muassasasidir.Oilaning bu hususiyati birinchi
galda   unin   g   jamiyat   manfatlari   bilan   bog’liqligida   hamda   ijtimoiy   vazifalarda
ifodalanadi. 
Oilaning umumiy(ijtimoiy)va mahsus(yuridik)tushunchasi mavjud. 
Ijtimoiy   ma’noda   oila   kishilarning   nikohga,qarindoshlikga,bolalarni   tarbiyalash
uchun   qa’bul   qilishga,umumiy   hayot   maqsad,o’zaro   g’amxo’rlikga   asoslangan
ittifoqdan iboratdir oilaviy ittifoqda kishilar o’rtasida axloqiy,pisixalogik,jismoniy
va   maishiy   xo’jolik   aloqalari   yuz   berib   ular   hayotda   va   oila   maqsadlarda
umumiylikni vujudga keltiradi.Oilaviy ittifoq mahsus va shu bilan birga murakkab ijtimoiy   munosabatlardan   tashkil   topadi.   Odatda,   oilaning   vujudga   kelishi   nikoh
asasida bo’ladi, shu bois oilada bola tug’ilmagan bo’lsa ham nikoh munosabating
o’zi   yoq   oilani   tashkil   etadi.   Oilada   er-xotin   bilan   bir   qatorda   bolalarning   ham
bo’lishi   tipik   oilani   vujudga   keltiradi.   Ota-onani   va   bolalar   har   taraflama
jipislashgan   oila   birligini   hosil   qiladi.   Ular   o’rtasida   juda   yaqin   oilaviy
munosabatlar   bo’ladi.   Bu   shaxslar   oilaning   yadrosini   tashkil   etadi.   O’zining
ijtimoyi mazmuniga qarab oila, odatda, uch o’zaro aloqadagi ijtimoyi guruh, uning
asasi  sifatida nikoh, nikohning natijasi sifatida farzandlardan tashkil  topadi. Tipik
oilaviy   munosabatlardan   tashkari   bolali   yolg’iz   ona   va   uning   farzandi   boshqa
qarindoshlar   o’rtasidagi   munosabatlar,   ayrim   holarda   esa   tug’ishmaganlar
o’rtasidagi   (farzandlikka   olganlar)   munosabatlar   ham   oilaviy   munosabatlarni
tashkil etadi. 
Huquqiy ma’noda oila-yuridik alaqadir. Oilaviy munosabatlardagi yuridik harakter
huquqiy   no’rmalar   bilan   oila   a’zolarining   hulqiga   ta’sir   etadi,   oilani   jamiyat
hohlagan   asasida   rivojlantirishga   yordam   beradi.   Yuridik   faqat   sifatida   qilgan
nikoh   va   yaqin   qarindoshlik   oilaviy-huquqiy   munosabatlarning   vujudga   kelishida
muhim   huquqiy   asas   bo’ladi.   Maxsus   huquqiy   adabiyotda   huquqshunos   olimlar
tamonidan   oilaga   tariff   berilgan.   Inson   parvar   huquqiy   davlatdagi   oilaga
quydagicha tariff berish mumkin: Oila jamiyatning tabiiy va asasiy bo’g’ini bo’lib
yuridik   ma’noda   nikoh,   qarindoshlik,   farzandlika   olish   yoki   boshqa   shakillarda
bolalarda doimiy tarbiyaga oilishga kelib chiqqan tegishli huquq va majburiyatlar
bilan   bog’langan   shaxslar   doirasidan   iborat.   Milliy   mustaqillik   mafkurasiga,
umuminsoniy   qadiriyatlar   va   sharqona   an’analariga   asaslangan   oilaviy
munosabatlarni   rivojlantirib   uni   mustahkamlashga   qaratilgan   fuqorolar   ittifoqida
iborat. 
Oilaviy munosabatlar  aksariyat  hollarda axloqiy no’rmalar bilan tartibga solinadi.
Oilaviy-huquqiy   munosabatlar   nikoh   va   oila   doirasidagina   aniq   ijtimoyi
munosabatlarni   nikoh   va   oila   qonunchilik   nuqtayiy   nazardan   tadbiq   etishdir. Oilaviy-huquqiy   munosabatlar   davomli   huquqiy   munosabatlar   hisoblanadi.   Bu
hususiyat huquqiy munosabatning maqsadlari bilan belgilanadi. Nikohdan maqsad
oila   qurish   bo’lib,   u   er-xotinning   butun   umri   davomida   birga   yashashga
mo’ljallanadi. Ota-onalik huquqiy munosabati  bolalarning tarbiyasi  va  taminotiga
qaratilad.   Oilaviy   huquqiy   munosabatlar   ko’pincha   muddatsiz   bo’ladi.   Er-
xotinning   huquq   va   majburiyatlari   nikohdan   ajralish   holatini   hisobga   olmaganda
butun umr  davom  etadi. Ayni  paytda shunday oilaviy huquqiy munosabatlar  ham
mavjudkiy,   ular   ma’lum   muddat   bilan   cheklanadi,   biroq   belgilangan   davirgacha
albbatda   davom   etadi.   Masalan,   ota-onalarning   o’z   bolalarini   tarbiyalash
majburiyatlari   farzand   18   yoshga   to’lgunga   qadar   davom   etadi.   Qonunchilik,
oilaviy-huquqiy   munosabatlarni   huquqiy   munosabatlarning   mahsus   turi   deb
hisoblanadi.   O’zbekiston   Respublikasining   Oila   Kodeksi   bilan   huquqiy   jihatdan
tartibga   solinadigan   munosabatlar   ikki   turga   bo’linadi:shaxsiy   va   mulkiy
munosabatlar.   Shaxsiy   munosabatlar-   qiz   bilan   nikohga   kirayatgan   familiya
tanlash,   turmush   davrida   esa   kasb,   mashg’ulot   va   turar-joy   tanlash   huquqlari,
shuningdek, bolalarni farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalari yuzasida
kelib   chiqadigan   munosabatlardan   iborat.   Bu   sohada   qonunlar   oilaviy
munosabatlarda er-xotinning huquqiy tengligi, bolalarni to’g’ri tarbiyalash, oilada
to’g’ri   sharoit   yaratish   kabilardan   iborat.   Mulkiy   munosabatlar-   er-xotinning
shaxsiy   va   umumiy   mulk   huquqidan,   aliment   majburiyatlardan   kelib   chiqadigan,
ota-onalari   bilan   bolalari   shuningdek,   boshqa   qarindosh-urug’larning   bir-biriga
moddiy ta’minot berish majburiyatlaridan, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik
masalalaridan   kelib   chiqadigan   mulkiy   harakterga   ega   bo’lgan   munosabatlardan
iborat. 
           Oila huquqining vazifalari  Oila kodeksining  1-moddasida  belgilangan bo’lib
bular quydagilardan iborat: 
       Oilani yanada mustahkamlash:                Ayol   bilan   erkakning   ixtiyoriy   nikohlanib   tuzgan   ittifoqiga   moddiy
manfaatlarni   ko’zlashda   holi   bo’lgan,   oila   a’zolarining   hammasi   bir-biri   bilan
do’st, inoq bo’lib, bir-birini hurmatlashga asoslangan oilaviy munosabatlar kirish: 
             Oilada  bolalar  tarbiyasini   ijtimoyi   tarbiya  bilan  uzviy ravishda  qo’shib  olib
brogan   holda   ularni   Vatanga   sodiqlik,   vatanparvarlik,   ruhida   tarbiyalash,   ularni
mehnatsevar va insonparvar qilib tayyorlash: 
               Ona-bola manfaatlarini butun choralar bilan muhofaza qilish hamda har bir
bolaning baxtiyor yoshligini ta’minlash; 
                  Oilaviy   munosabatlarda   o’tmishning   zararli   sartiklarini   va   urf   -odatlarini
tamomila yo’qotish; 
         Oila oldida masuliyat hissini tarbiyalash; 
                 Biron-bir  shaxsning  oila masalalariga o’zboshimchalik  bilan aralashishiga
yo’l qo’ymaslik; 
                  Oila   a’zolari   o’z   huquqlarini   to’sqinliksiz   amalga   oshirishni   hamda   bu
huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash. 
      Demak,   Oila   kodeksi   vazifalarining   har   biri   oilaviy   munosabatlarning   qonun
bilan   tartibga   solish   zarur   ekanligini   ifodalash   bilan   birga   oilaviy   munosabatda
qatnashuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilashda ham ahamiyatga egadir.
Oilaviy munosabatlarga oid axloqiy normalar huquq normalari bilan chambarchas
bog’liqdir.   Oila   kodeksining   asosiy   vazifalaridan   yana   biri   fuqorolarning   oila
oldidagi   burchalarini   his   qilish   ruxida   tarbiyalash.   Bunday   vazifaning   bajarlishi
erxotin,   ota-onalar   bilan   bolalar,   shuningdek,   qarindosh-urug’lar   o’rtasidagi
munosabatlarni yaxshi va to’g’ri amalga oshirilshda katta ro’l o’ynaydi. 
       Oila huquqining asosiy prinsplari quydagilardan iborat: 
   -ixtiyorlik va tenglik;     -yakka nikohlik; 
   -fuqaroviy oila; 
   -nikohdan ixtiyoriy ajralish; 
   -ayol bilan erkakning teng huquqligi. 
Oila huquqi fani quydagi tizimdan iborat: 
   -oilaviy huquq. Uning pridmeti, prinsplari va tartibi; 
   -“nikoh va oila” tushunchasi; 
   -nikohdan o’tish va ajralish shartlari; 
   -amaldagi haqiqiy er-xotinlik munosabatlari; 
   -ota-onalar ham boshqa shaxslarning aliment huquqi va majburiyatlari; 
   -farzandlikka olish, vasiylik va xomiylik. 
Oilada   bolalar   tarbiyasi   borasida   otan-bobolarimizdan,   momolarimizdan   qolgan,
ming   yillik   xayot   sinovlaridan   o’tgan   yaxshi   udum   va   odatlar   mavjud.   Hozirgi
vaqtda   aholi   o’rtasida   kishilarni   oilaviy   hayotga,   nikohdan   o’tish   tayyorlash
borasida   tegilshli   tibbiy-tarbiyaviy   ishlar   amalga   oshiriladi.   Hayotni   nikoh   va
oilasiz   tasavvur   qilish   mushkul.   shu   bois   jamiyatda   oila   obrosini,   uning   nufuzini
mustahkamlash   lozim.   Oilaning   iktisodiy,   ijtimoiy,   demografik,   psixologik   va
boshqa muommolarni ko’rib chiqish davr talabidir. 
O’zbekiston   Respublikasi   Oila   kodeksining   1-bolimida   mujasam   topgan   umumiy
qoidalar   OK   ning   boshqa   bo’limlarida   moddalarning   mohiyatini   va   mazmunini
belgilash,   ularni   talqin   qilish   va   amaliyotda   qo’llash,   shuningdek,   kelajakda   oila
qonuni   hujjatlarini   takomillashtirish   uchun   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Ushbu   qoidalar   avvalgi   Nikoh   va   oila   kodeksidan   ma’lum   darajada   farq   qiladi.
Ular   tegishli   tizimga   solinib,   ikkita:   ‘’Asosiy   qoidalar”   va   “Oilaviy   huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish” kabi boblarga bo’linadi. Ushbu boblarda oilaviy
munosabatlarga   nisbatdan   fuqorolik   qonun   hujatlarning   qo’shimcha   ravishda
qo’llanishi,   oila   to’g’irisidagi   va   fuqorolik   qonun   hujatlarining   o’xshashlik
bo’yicha   qo’llanishi,   oilaviy   munosabatlarda   mahaliy   urf-odat   va   an’analarning,
xalqaro  
shartnomalarning   qo’llanishi,   oilaviy   huquqlarni   amamlga   oshirish   va   himoya
qilish   haqidagi   qoidalar   birinchi   marta   nazarda   tutiladi.   Avvalgi   Nikoh   va   oila
kodeksidagi   satsiyalistik   jamiyatda   oilaning   ahamiyatiga   bsg’ishlangan   kirish
qismiga o’rniga hozirgi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda oilaviy munosabatlarni
huquqiy   tartibga   solishning   asosiy   maqsadi   va   tamoillari   OKning   1-moddasida
atroflicha   ifodalaniladi.   Shu   birga   oila   qonun   hujatlari   vositasida   tartibga
solinadigan   munosabatlarning   doirasi   qator   aniqliklar   kiritish   yo’ili   bilan   diyarli
saqlab qolinadi. 
1-modda. Oila to’g’risidagi qonun hujatlari hamda ularning vazifalari. 
  Oila   to’g’risidagi   qonun   hujatlari   Ushbu   kodeksdan   hamda   unga   muvofiq
qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlardan iborat.  
    Oila   to’g’risidagi   qonun   hujjatlarining   vazifalari   oilanini
mustahkamlashdan,   oilaviy   munosabatlarni   o’zaro   muhabbat,   ishonch   va
hurmat hamjihatlik, birbirga yordam berish hamda oila oldida uning barcha
a’zolaring   mas’uligi   hissi   asosida   qurishdan   biron-bir   shaxsning   oila
masalalariga   o’zboshimchalik   bilan   aralashishiga   yo’l   qo’ymaslikdan,   oila
a’zolari   o’zi   huquqlarini   to’sqinsizlik   amalga   oshirishini   hamda   bu
huquqlarning himoya qilishni taminlashdan iboratdir.  
1.   Sharxlanayotgan 1-moddadan uning nomidan ayon bo’lishicha, ikkita masala, yani
oila   to’g’risidagi   qonun   hujjatlariga   va   unlearning   vazifalariga   bag’ishlangan
qoidalar   nazarda   tutilgan.   Oila   haqidagi   qonun   hujjatlari   mazkur   Kodeksning
5moddasi   (ushbu   modda   shrxlkariga   qaralsin)   doirasida   belgilangan
munosabatlarni tartibga solishga bag'ishlangan qonun hujjatlaring tizimidan iborat. Oilaviy   munosabatlar   ushbu   tizimga   kirmagan   qon   hujjatlari   bilan   ham   tartibga
solinishi mumkin (OK 6-9-moddalari sharxlariga qaralsin). Oila kodeksi va boshqa
qonun   hujjatlari,   o’z   navbatida   O’zbekiston   Respublikasida   Konstitutsiyasi
qoidalariga zid kelmasligi shart. Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq (birorta
qonun yoki boshqa narmativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga
zid kelishi mumkin emas). 
Oila   to’g’risidagi   qonun   hujjatlari   bn   tartibga   solinadigan,   doirasi   belgilangan
munosabatlar   (OK   5-moddasi   )   O’zbekiston   Respublikasi   Prizidentining
Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi hukumati tamonidan qobul qilingan qarorlar
bilan   ham   hal   qilinishi   mumkin.   O’zbekiston   Pespublikasi   Konsitutisuyasining
94moddasiga   muvofiq   O’zbekiston   Respublikasi   Prizidenti   Konsitutsiyaga   va
qonunlarga, yani Oila kodeksiga asoslanib majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar,
qarorlar   va   farmoishlar   chiqaradi.   O’zbekiston   Respublikasi   Konstutsiyasining
98moddasiga   muvofiq     Vazirlar   Mahkamasi   amaldagi   qonunlariga,   yani   Oila
kodeksiga   ham   muvofiq     O’zbekiston   Respublikasi   hududida   barcha
tashkilotlar,mansabdor   shaxslar   va   fuqorolar   tomonidan   bajarilishi   majburiy
bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 
2.Sharxlanayotgan   mazkur   moddaning   ikkinchi   qismida   Nikoh   va   oila
kodeksidan   farqli   o’laroq   O’zbekistonda   oila   munosabatlarini   huquqiy   tartibga
solishning   vazifalarini   va   mohiyatini,ma’nosini,shuningdek   O’zbekiston
Respublikasi Konstutsiyasining  ikkinchi bo’limida inson va fuqorolarning asosiy
huquqlarini,erkinliklari   va   burchlari   to’g’risida   qoidalar   bilan   bevosita   yoki
bilvosita   uzviy   bog’langan.Ushbu   vazifalar   va   tamoillarning   har   biri   oilaviy
munosabatlarning   ma’lum   sohasiga   ta’luqli   bo’lib,ommaviy   munosabatlarni
qunun   yordamida   tartibga   solishning,axloq   nazaridan   qanchalik   zarur   ekanligini
ko’rsatish   bilan   birga   munosabat   ishtirokchilarning   muayyan   huquq   va
majburiyatlarini belgilashda muhim ahamiyatga egadir.Huquqiy davlatda oilaviy
munosabatlarga oid axloqiy normalar huquqiy normalar bilan bog’liqdir. Huquqiy normalarni   muyyan   munosabatlarga   tadbiq   qilishi,umumiy   insoniy   talablarini
amalga   oshirishni   taminlasa,axloqiy   normalar   esa,o’z   navbatida,qonunlarni
buzmasdan   to’g’ri   amalga   oshirish   qonun   talablariga   og’ishmay   roiya   qilish
uchun zarur hissiyotlarni tug’diradi. 
Adolat va tenglik qaror topgan demokratik jamiyatni oilaviy munosabat yuksak
ideallar-muhabbat,do’stlik,biridarlik,o’zaro   hurmat-izzat   tamoillari   asosida
tuzilishi   muqarrar.Nikohning   ozod   bo’lishi,er   va   xotinning   nikohga   o’tishning
erkin   bo’lishi   oila   munosabatlarining   mustahkam   va   abadiy   bo’lishi   uchun
kerakdir. 
Oilaviy   munosabatlarni   huquqiy   tartibga   solishdan   asosiy   maqsad   oilaning
mustahkam   bo’lishida   munosabatlarni   o’zaro   mahabbat,   ishonch,hurmat   va
hamjihatlik   zamirida,barcha   a’zolarning   mas’ulliga   hissi   asosida   qurishdan
iborat.Ushbu   maqsad   oila   kodeksining   va   boshqa   qonun   hujjatlarning   asosiy
g’oyasi   bo’lib   hisoblanadi.Ushbu   g’oya   Oila   Kodeksining   barcha   istitutlari;nikoh
tuzish   va   uni   bekor   qilish;er-xotinning,ota-ona   va   bolalarning   huquq   va
majburiyatlariga   bag’ishlangan   qoidalarining   hususiyatini   belgilovchi   mezon
hisoblanadi. 
3.Oila   qonunlarinig   muhim   vazifalaridan   va   maqsadlaridan   biri-Fuqorolarning
oila   oldidagi   mas’ulyatlarini   his   qilish   ruhida   tarbiyalashdan   iborat.Bu   vazifa   va
maqsadini amalga oshirishda boshqa faktlar bilan birga er va xotin, ota-onalar bilan
bolalar   hamda   boshqa   qarindosh-urug’lar   o’rtasidagi   qonunlar   bilan   belgilangan
majburiyatlar va ularni bekam-ko’st bajarish muhim o’rin egallaydi. 
4. Oila tushunchasi.Oila a’zolarining majburiyatlari 
 Oila haqida tushuncha. Oila – kishilarning nikoh yoki   qon - qarindoshlik rishtalari ,  
umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi 
kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas 
bog‘liq. Bu bog‘liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligi hamda o‘z 
navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va  yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar 
ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari 
asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud 
bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik 
darajasiga bevosita bog‘liqdir. CHunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga 
qo‘yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo‘lmasa, aksincha, oilalar 
farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy 
talablarning qo‘llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash 
ko‘rsatkichi shuncha yuqori bo‘ladi. 
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni
ko‘rsatdiki,   oila   bola   uchun   eng   asosiy   tarbiya   muhiti   bo‘lib,   bu   muhitda   shaxs
kamoloti   uchun   muhim   hisoblangan   xulq-atvor,   iroda,   harakter   va   dunyoqarash
shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi,
jamiyat   talablari   mohiyatini   ilk   bora   shu   kichik   jamoa   orasida,   oilaviy
munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi. 
 
 
Oilaviy   munosabatlar   –   ota-onalar   yoki   bolaning   kamoloti   uchun   mas’ul   bo‘lgan
shaxslar   (buva-buvilar)   hamda   farzandlar   o‘rtasida   turli   yo‘nalishlarda   tashkil
etiluvchi munosabatlardir. 
Oilaviy   munosabatlar   farzandlarning   aqliy,   ruhiy   kamolotini   ta’minlab,
otaonalarda   o‘ziga   hos   faollikni   ham   yuzaga   keltiradi.   Xususan,   farzandlarning
bevosita   ta’siri   tufayli   ularning   qiziqish   hamda   faoliyatlari   doirasi   kengayadi,
o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash,
ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini kurish holati
ro‘y beradi. 
Shaxsning   ma’naviy   sifatlarga   ega   bo‘lishi,   unda   ma’naviy   bilimlarni
egallashga   nisbatan   ehtiyoj   va   qiziqishning   paydo   bo‘lishida   oila   tarbiyasi   asosiy
rolni   bajaradi.   Oilada   qaror   topgan   sog‘lom   ma’naviy-ruhiy   muhit   farzandlarning
etuk, barkamol bo‘lib voyaga etishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir.  SHarqda   azal-azaldan   oila   tarbiyasiga   yuksak   baho   berib   kelingan.   Totalitar
tuzum davrida esa oilaning shaxs tarbiyasida tutgan o‘rni inkor etilib, uni ijtimoiy
borliq vositasida tarbiyalashga harakat qilindi. 
O‘zbekiston   Respublikasida   mustaqillik   yillarida   fuqarolarda   milliy   o‘zlikni
anglash   tuyg‘usining   qaror   topganligi,   o‘tmish   hadriyatlarini   o‘rganishga   bo‘lgan
qiziqishning   ortganligi   oilaning   shaxs   kamolotida   tutgan   o‘rni   va   rolini   holisona
baholash   imkonini   berdi.   Bu   borada   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
I.A.Karimov   quyidagi   fikrlarni   bayon   etadi:   «Oila   turmush   va   vijdon   qonunlari
asosiga   quriladi,   o‘zining   ko‘p   asrlik   mustahkam   va   ma’naviy   tayanchlariga   ega
bo‘ladi. Oilada demokratik negizlarga asos  solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari
va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbekistonning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi
to‘g‘risida   emas,   balki   oilaning,   qarindosh-urug‘lari   va   yaqin   odamlarining,
qo‘shnilarining   omon-esonligi   to‘g‘risida   g‘amho‘rlik   qilishni   birinchi   o‘ringa
qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir». 
Davlatning oilaga nisbatan g‘amho‘rligi qabul qilinayotgan qonun va qarorlarda
o‘z   ifodasini   topmoqda.   Respublikada   «Oila»   ilmiy-amaliy   Markazi   tashkil
etilganligi buning yorqin dalilidir. 
 
 
Oila   va   islom.   Donishmandlar   oila   haqida.   Ma’lumki,   Islom   dinining   muqaddas
manbalari  –  «Qur’oni  Karim» va  «Hadisi  SHarif»da  oila,  oilaviy  munosabatlarga
oid   qarashlar   o‘z   ifodasini   topgan.   «Qur’oni   Karimda»:   «Xotinlaringiz
zirotgohingizdir»   deyiladi.   Buning   ma’nosi   oila   qurishdan   ko‘zlangan   asosiy
maqsad   –   farzand   ko‘rish,   ularning   komil   insonlar   bo‘lib   voyaga   etishlarini
ta’minlash ekanligidir. SHuningdek, Islom ma’naviyatida oilani halol, pok saqlash,
erkak   va   ayolning   bir-biriga   bo‘lgan   sadoqati,   maishiy   buzuqlikning   katta   gunoh
ekanligi takror-takror uqtiriladi. CHunonchi, «Agar bir shaharda loqal bir ayol bir
marta   buzug‘lik   ko‘chasiga   kirib,   harom   orttirsa,   bu   shahardan   qirq   yil   fayzu barakat   ko‘tarilib   ketadi»   deyilgan.   SHunday   ekan,   ma’naviy   jihatdan   kamolotga
etishmay turib, iqtisodiy farovonlikni ta’minlash mumkin emas. 
Oila   qurish   balog‘atga   etgan   har   bir   yigit-qiz   uchun   hayotiy   zaruriyat   bo‘lib,
ularning   o‘zaro   ahdu-paymoni   asosidagi   ijtimoiy   birlik   sifatida   namoyon   bo‘ladi.
Oilaning   mustahkamligi   oila   a’zolarining   totuvligi,   er-xotinning   oila   yuritish
ko‘nikma   va   malakalariga   egalik   darajasiga   bog‘liq.     Oilaning   mustahkamligida
ayolning   alohida   roli   bor.   Zero,   oila   tashvishlarining   aksariyati   uning   zimmasida
bo‘ladi. Bu borada buyuk mutafakkir Alisher Navoiy quyidagilarni qayd etadi: «...
Er   bilan   xotin   bir-biriga   mos   tushsa,   o‘rtada   boylik   va   saranjomlik   bo‘lur.   Uy
bezagi   undan   va   uylanganning   tinchligi   undan.   Husni   bo‘lsa   ko‘ngilga   yoqimli
bo‘lur,  yaxshiligi   bo‘lsa   eon   ozig‘idir.  Aqlli   bo‘lsa   turmush   intizomli   va  ro‘zg‘or
kerak yorog‘i tartibli va saranjomli bo‘ladi. 
Kishi   bu hildagi juftga erishsa,   balki bunday baht qo‘lga tushsa, yashirin g‘am
va kulfatda sirdosh va hamdaming bo‘lur. Turmushdan har jafo ersa, hasratdoshing
ul va aylanuvchi osmondan har balo kelsa ko‘makdoshing ul. Ko‘ngling g‘amidin
ul   g‘am   chekadi,   badaning   zaifligi   horg‘inligidan   u   qiynaladi.   ...   Nosoz   juft   uy
uchun   ham   ochiq   ham   yashiring   qo‘rqinchli   kasallikdir.   Uyatsiz   bo‘lsa   ko‘ngil
undan ozorlanadi, yaramas bo‘lsa undan azob tortadi. Tili yomon bo‘lsa kuyovning
ko‘ngli yaralanadi, yomon ishlik bo‘lsa erga yuz qoralik keladi. Mayho‘r bo‘lsa, uy
obodligi yo‘qoladi va buzuqi bo‘lsa, uy ichi rasvogarchilikka aylanadi. 
Oila   tarbiyasining   mohiyati.   Oila   tarbiyasi,   yuqorida   ta’kidlab   o‘tilganidek,
otaonalar   yoki   shaxs   kamoloti   uchun   mas’ul   shaxslar   tomonidan   tashkil   etiluvchi
hamda farzandlarni har tomonlama etuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan
pedagogik   jarayon.   Ota-onalar   o‘zlarining   ijtimoiy   burchlarini   bajarar   ekanlar,
farzandlarida mehnatga, uni  tashkil  etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat
tuyg‘usini   shakllantirish,   ularni   ijtimoiy-foydali   mehnatga   tayyorlash,   turli
ko‘rinishdagi   munosabatlarni   uyushtirish   vaqtida   tartib-intizomga   amal   qilish,
ijtimoiy  me’yorlarga og‘ishmay  rioya  etish,  sog‘lom   turmush  tarzini  yaratish,  o‘z shaxsiy   hayotlari   mazmunini   belgilashda   maqsad,   so‘z   va   faoliyat   birligini
ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko‘rsatadi. 
Shaxs shakllanishiga ta’sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning
ajralmas   bo‘lagi   sifatida   ijtimoiy   vazifalarni   bajarish   bilan   birga   o‘ziga   hos
xususiyatlarni   ham   akslantiradiki,   bunday   xislat   psixologik   qarama-qarshilik
hamda   harakterlar   to‘qnashuvidan   iborat   ijtimoiy  munosabatlardan   toliqqan   inson
organizmi ning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mo‘’tadil
iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg‘u halqimiz ruhiyatidagi o‘ziga hos xususiyatlardan
biridir. 
Oila  tarbiyasida   ob’ektiv  va   sub’ektiv   omillarning  roli   katta.   Oilaning  moddiy
ta’minoti   va   farovonlik   (maishiy   turmush)   darajasi,   oila   byudjetining   mavjud
holati ,   undan   oqilona   foydalanish   borasidagi   tajriba,   sog‘lom   ruhiy   muhitning
barqarorligi   va   hokazolar   ob’ektiv   omillar   sanalsa,   oiladagi   shaxslararo
munosabatlar   mazmuni, oila  a’zolarining  fiziologik,  psixologik, madaniy  jihatdan
komillik   hamda   ma’lumot   darajasi,   ularning   qiziqish   va   ehtiyojlari   o‘rtasidagi
mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o‘zaro yordam, hamkorlik,
birlik tamoyillariga tayanish kabilar sub’ektiv omillar sirasiga kiradi. 
Bolalarda   ijtimoiy-dunyoviy   bilimlarni   egallashga   bo‘lgan   intilish,   ijtimoiy
faoliyatning   shakllanishida   ota-onalarning   samarali   ishtirok   etishlari   hal   qiluvchi
omil bo‘lib, bu oia tarbiyasini muvafiqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan
biri. 
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to‘g‘ri yuritish ularni vaqtdan to‘g‘ri va unumli
foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o‘yin, mehnat va
o‘qish faoliyatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. 
Oila   jismoniy   va   psixologik   jihatdan   sog‘lom,   ma’naviy   barkamol,   mehnat,
ijtimoiy   hamda   oilaviy   hayotga   tayyor   shaxsni   shakllantirib   berishi   lozim.   Oila
tarbiyasining   mazmuni   bolalarga   ijtimoiy   tarbiyaning   mazkur   yo‘nalishlari   – jismoniy,   axloqiy,   aqliy,   estetik,   mehnat,   ekologik,   iqtisodiy,   huquqiy,
siyosiyg‘oyaviy   hamda   jinsiy   ta’lim   berish,   ularda   faoliyat   ko‘nikma   va
malakalarini shakllantirishdan iborat. 
Oila   muhitida   tashkil   etiladigan   jinsiy   tarbiya   o‘zida   bolani   jinsiy   jihatdan
chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o‘rgatish, o‘z sog‘ligi uchun g‘amho‘rlik
qilish  va  mas’uliyatli  bo‘lishni   ta’minlashga  qaratilgan  harakatlarning  mazmunini
ifoda   etadi.   Bolalarning   sog‘lom   bo‘lishlarida   ularning   kundalik   hayotiy   rejimga
amal qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari
bolalarning   mehnat   qilishlari   va   dam   olishlarini   tartibga   solishga   ahamiyat
berishlari kerak. 
Organizmning   bir   maromda   ishlashi   bola   salomatligini   saqlash   va
mustahkmlashgagina   yordam   berib   qolmay,   shu   bilan   birga   uning   barcha
yumushlarni tartibli va sifatli bajarishi uchun imkon yaratadi. 
Markaziy asab tizimining mustahkamlanishi uchun yaxshi dam olish talab etiladi. 
Tiniqib uhlash bosh miya asab hujayralarini to‘la orom olishini ta’minlaydi. Bu esa
butun   organizmning   mo‘’tadil   o‘sishiga,   uning   ish   qobiliyatini   saqlash   va   qayta
tiklashga yordam beradi. 
Inson salomatligini saqlashda ertalabki badan tarbiyaning ahamiyatini bolalarga
tushuntirish   hamda   ularning   ertalabki   badan   tarbiya   bilan   shug‘ullanishga
ko‘niktirib borish ota-ona nazoratini talab etadi. Badan   tarbiya bolani saranjomlik ,
intizomga ham o‘rgatib boradi. 
Ovqatlanishning to‘g‘ri tashkil etilishi ham bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishining
asosiy   omillaridan   biridir.   Ota-onalar   tomonidan   bolaning   belgilangan   muayyan
soatlarda ovqatlanish, ovqatlanishdan avval qo‘lni  yuvish, ovqatdan keyin og‘izni
chayish,   shuningdek,   kuniga   ikki   marta   (ertalab   va   kechqurun)   tish   tozalash,
haftada   bir   marta   vanna   (yoki   dush,   hammom)da   cho‘milish,   qo‘l   va   oyoq tirnoqlarini olishga odatlantirib borishlari zarur. Ushbu holatlar bolalarda jismoniy
madaniyat unsurlarini shakllantiradi. 
Oila tarbiyasida bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o‘rin tutadi. Bu
boradagi   dastlabki   va   muhim   vazifa   ota-ona   tomonidan   bolaning   qiziqish   va
ehtiyojlarini   ko‘ra   bilish   asosida   tasavvur,   idrok,   tafakkur,   hotira   hamda   diqqatni
takomillashtirishga yordam beruvchi mashg‘ulotlarga jalb etishdan iborat. 
SHuningdek,  ma’lum  yo‘nalishlar  bo‘yicha  bolada  qg‘iziqishni  uyg‘ota  olish,  uni
rivojlantirib   borish   ham   talab   etiladi.   Bu   borada   ota-ona   yoki   oilaning   boshqa
a’zolarining   dunyoqarashi,   ehtiyoj   va   qiziqishlari   doirasi   hamda   ular   tomonidan
ko‘rsatilayotgan   namuna   muhim   tarbiyaviy   omil   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Oila
muhitida   bolaning   aqliy   jihatidan   tarbiyalab   borishda   konstruktorlik   o‘yinlari
(kubiklar yordamida uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va
boshqalar), fikr doirasini kengaytirishga yordam beruvchi sport o‘yinlari (shahmat,
shashka)ni   tashkil   etish,   turli   mavzulardagi   krossvord,   chaynvord   va   rebus
topishmoqlarini hal qilish, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga tashrif buyurish hamda
ilm-fan,   texnika   va   texnologiya   taraqqiyoti   yuzasidan   suhbatlarning   uyushtirilishi
bu borada o‘zining ijobiy samarasini beradi. 
Axloqiy   tarbiya   oila   tarbiyasining   o‘zagini   tashkil   etadi.   Oilada   uyushtirilajak
axloqiy   tarbiyaning   maqsadi   bolalarda   eng   oliy   axloqiy   sifatlar   ota-ona   hamda
oilaning   boshqa   a’zolari,   shuningdek,   atrofdagilarga   nisbatan   mehrmuhabbat,
kattalarga hurmat,   kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik,
sahovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g‘urur, intizom, ijtimoiy burchni
anglash   va   hokazolarni   shakllantirishdan   iboratdir.   Shaxsda   mazkur   sifatlarning
qaror topishida oiladagi sog‘lom muhit, oila a’zolarining psixologik jihatdan o‘zaro
yaqinliklari,   ehtiyoj,   qiziqish   va   hayotiy   yondoshuvilaridagi   umumiylik,   bir-
birlarini   har   qanday   vaziyatda   qo‘llab-quvvatlay   olishlari,   ota-onalar   tomonidan
barcha   farzandlariga   nisbatan   qo‘yilayotgan   talablar,   shuningdek,     ularga
ko‘rsatilayotgan   e’tiborning   bir   hil   bo‘lishi   oila   tarbiyasida   ijobiy   natijalarga erishishning  omillari sanaladi. Oilada muayyan an’ananing qaror  topganligi, unga
oila   a’zolari   tomonidan   bildirilayotgan   hurmat,   shuningdek,   keksa   avlod
vakillarining   shaxsi,   ularning   ijobiy   sifatlari,   mehnatda   erishgan   (garchi   u   oddiy
bo‘lsa   ham)   yutuqlari,   atrofdagilar   bilan   munosabati   borasidagi   suhbat   yoki
hotiralarning   tashkil   etilishi   bolalarda   hayotiy   e’tiqodning   shakllanishini
ta’minlaydi. 
Oilada   tashkil   etiladigan   estetik   tarbiya   bolalarda   go‘zallikni   his   qilish,   undan
zavqlanish,   tabiat   go‘zalliklaridan   bahra   olish   asosida   his-tuyg‘u,   idrok,   tasavvur
hamda   qarashlarni   yuzaga   keltirish,   ularni   hayotni   sevishga   o‘rgatishdek
vazifalarning   ijobiy   hal   etilishini   nazarda   tutadi.   Axloqiy   va   estetik   qarashlar
mazmuni   o‘zgargan   bir   sharoitda   oilada   axloqiy   va   estetik   tarbiyani   to‘g‘ri   va
samarali   tashkil   etilishi   ayniqsa   muhimdir.   Bolalar   juda   yoshligidanoq   sohta
go‘zalliklar   (yarim   yalang‘och   yoki   yalang‘och   badan,   me’yoridan   ortiq
qo‘llanilgan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar «mahsuli», o‘ta
darajadagi yaltiroq mato yoki taqinchoqlar) go‘zallikning timsoli emasligini anglab
etishlari lozim. Bola tasavvurida haqiqiy, tabiiy go‘zallik (yam-yashil tabiat, nafis
qor   uchquni,   nozik   gullar,   beg‘ubor   osmon,   viqorli   tog‘lar,   tiniq   zilol   suv,   toza,
musaffao   havo,   bepoyon   dalalar,   qushlarning   yoqimli   ovozi,   sharqiroq   suv,
«chuchvara»lar   hosil   qilayotgan   yomg‘ir   tomchilari,   kamalak   jilosi,   shuningdek,
ochiq,   hushsurat,   chiroyli   tabassum,   shirali   ovoz,   ta’sirchan   badiiy   va   san’at
asarlari,  yuksak mahorat bilan yaratilgan o‘yinchoqlar (bolaning asabini junbushga
keltiradigan   elektron   o‘yinchoqlar   emas),   yarashiqli   liboslar   va   boshqalar)ning
namoyon   bo‘lishi   uchun   shart-sharoit   yaratib   berish   maqsadga   muvofiqdir.
Bolalarda haqiqiy go‘zallikni his etish tuyg‘usi tabiat bag‘rida, muzey, ko‘rgazma,
kino va teatrlarda bo‘lish tufayli shakllanadi.  
                                       XULOSA  
          Oila   munosabatlari   “O’zbakiston   Respublikasi   oila   kodeksi”   bilan   tartibga
solinadi.   Bu   munosabatlarni   nikoh,   er-xotin,   ota-ona,   farzandlar,   oilaning   boshqa a’zolari   o’rtasidagi   munosabatlardir.   Oila   bu   ota-ona,   er-xotin,   farzand   va
qarindoshurug’lardan   tuzilgan   uyushma   bo’lib,   oila   a’zolari   o’rtasida   mulkiy   va
shaxsiy huquq, majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir. Oila
bu-   jamiyatning   bir   bo’lagi,   kichik   bir   vatan,   insoniy,   muhabbat   ifodasi,   insonni
dunyoga keltiradigan makon, ilk tarbiya o’chog’i, yurt boyligi va tayanchi, mehr-
muhabbat ramzi. Bu barcha fuqorolardan o’z oilasini mustahkamlash, uning har bir
a’zosini   vatanparvar,   davlatimiz   uchun   sidqidildan   xizmat   etuvchi,   sodiq   farzand
qilib tarbiyalashni talab qiladi. Oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan
asosiy   maqsad   oilaning   mustahkam   bo’lishida   munosabatlarni   o’zaro   mahabbat,
ishonch,hurmat va hamjihatlik zamirida,barcha a’zolarning mas’ulliga hissi asosida
qurishdan iborat. 
  О il а ning   а s о siy   v а zif а si   h а m   j а miyatg а   fid о yi   k о mil   ins о nl а rni   е tishtirib
b е rishd а n   ib о r а t.   Z е r о ,   s о g`l о m   b о l а   bu   s о g`l о m   о il а ning   m е v а sidir.   S о g`l о m
ins о n   d е g а nd а ,   f а q а t   jism о niy   sih а t-s а l о m а tlikni   em а s,   b а lki   o`zb е k   ха lqig а   хо s
sh а rq о n а   о d о b- ах l о q, milliy g` о ya v а   b а g`rik е nglik, ins о np а rv а rlik k а bi ezgu his-
tuyg`ul а r ruhid а   k а m о l t о pg а n m а `n а n   е tuk ins о nni tushunishimiz mumkin. Z е r о ,
m а `n а viy   s о g`l о m   ins о nl а r   а vv а l о   yurt   tinchligi,   ха lq   f а r о v о nligi   v а   ха lqning
ert а ngi   kuni   uchun   q а yg`ur а   о l а dil а r.   B е v о sit а   о il а d а gi   s о g`l о m   muhit,   s о g`l о m
m а fkur а ,   m а `n а viy   s о g`l о m   ins о nning   t а yanch   m а nb а idir   d е ya   о l а miz.
J а miyatimiz   must а hk а m   t а yanchi   bo`lmish   о il а   n а f а q а t   ert а ngi   kun   sh ах sl а rini
t а rbiyal а ydi,   b а lki   v а t а n   v а   ert а ngi   kun   uchun   q а yg`ur а   о lish   q о biliyatini   h а m
sh а kll а ntir а   о lishi shubh а sizdir 
  
  
    
  Foydanilgan adabiyotlar ro’yhati.     
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”-T; Ma’naviyat 
2009-yil
3. O’zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi-Toshkent”Adolat”            
           Fuqarolik va oila  huquqi.  T.Xolmoo’minov.
4. O’zbekiston   Respublikasi   qonunchilik   asoslari-Xrestomatiya   T
Toshlent”Adolat”. 
5. O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga sharxlar.  Toshkent”adolat”.
6. Qayumov  Abdumalik Abdukamol o’g’li "Tarrbiya va madaniyat jamiyat 
rivojidagi muhum yo;nalish." Scientific progress 1.5  (2021).  
7. Inomova K.M. “oilada bolalarning ma’naviy ahloqiy tarbiyasi”-T; fan-1999., 
151 b
8. Tadjiyeva S. N. Sobirova A.D. “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” kurs 
o’tkazish uchun xrestomatiya T;-2009, 320-bet.
Elektron manbalar
www.Ziyo.uz
www. Pedagog.uz
www.my.gov.uz
www.arxiv.uz

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OILAVIY HUQUQ. OILA TUSHUNCHASI REJA: KIRISH ASOSIY QISIM 1.Oila huquqi tushunchasi 2.Oilaning huquqiy asoslari 3.Oila huquqi.Uning manbalari va prinsiplari. 4. Oila a’zolarining majburiyatlari va vazifalari XULOSA ADABIYOTLAR

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Oila tushunchasi shundaki odamlarning o’zaro er- xotin yoki qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlangan guruhi emas, balki qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo’lgan shaxslar guruhidir. Binobarin,oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar oila huquqi normalari bilan belgilangan bo’lib,ular oilaviy-huquqit munosabatlar deyiladi. Oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qununiy hujjatlar quyidagilar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqorolik kodeksi, Oila kodeksi va munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar. O’zbekiston Respublikasining yangi Oila kodeksi 1998 yil 30 aprelda qa’bul qilingan. Kurs ishining maqsadi. Oila huquqi sohasida xalqaro shartnomalar va xalqaro huquq ham oila qonunchiligining manbai bo’lib hisoblanadi.Fuqorolarnning O’zbekiston Respublikasining oila qonunchiligida nazarda tutilgan huquqlari, erkinliklari, manfatlari va albatta,majburiyatlari tarkibiga kiradi: Er-xotin (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; Ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari tva majburiyatlari; Nikoh tuzishga teng huquqlar; Voyaga yetmagan bolalarning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; Ota- onalar va bolalar er-xotin va sobiq er-xotin,qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari; Nikoh tugatilish asoslari (OK 37-m); Kurs ishining vazifalari. Yoshlarga oila huquqini o’rgatishdan asosiy maqsad, ularni kelajak turmushga tayyorlash, o’z kasblarida olgan bilimini joriy etish ko’nikmasini xosil qilish. Ularda oila qonunchiligi haqida chuqur bilimni

shakllantirish, qonunning tamoyillarini o’rgatish va oilaviy – huquqiy munosabatlar doirasidan kelib chiqadigan muammolarni yechishda olingan bilim bilan hal qila olishni o’rgatishdan iborat. Oila uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir, jamiyat tuzilishining ob`yektiv zarur, ajralmas qismidir. Kurs ishining ob’yekti, subyekti va predmeti. Oila huquqi predmeti – oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardan iborat. Oila huquqi normalari quyidagilardir: - nikohdan o`tish tartibini va shartlarini belgilaydi; - oilada er-xotin o`rtasida, ota-onalar va bolalar, oilaning boshqa a`zolari o`rtasida paydo bo`ladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; - boshqalarning bolalarini o`ziga bola qilib olish, vasiylikka olish, homiylik qilish, bolalarni o`z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi; Oilaviy huquq sub`yektlarining huquq va majburiyatlari begonalashtirilmaydigan, ya`ni boshqalarga topshirib bo`lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat. Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki undagi huquqiy madaniyat va uning tarixiy shakillari hamda shkillanishining ijtimoiy, ta’limiy va metodik asoslarning tahlil qilishi ochib berishi, demokratik jamiyat uchun muhum bo’lgan bu vazifalarni o’quvchilarda shakillantrish hamda rivojlantrishning ilmiy asoslarini yaxshiroq bilib olishga yordamlashadi. Kurs ishining tuzulishi va hajmi. Kurs ishiga kirish, asosiy qism, 4 ta paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1. Oila huquqi tushunchasi va predmeti Oilaviy huquqiy munosabatlarning subekti bo’lib er-xotin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh urug’larhamda oila qonunchiligi soxasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqorolar uyishmasi, muassasalar, o’rganlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish –huquqiga ega», deb yozilgan. Ma’lumki, oila hayotning abadiyligini ta’minlaydi, vorislar ota - ona boshlagan ishni davom etishini amalga oshiruvchi muqaddas dargoh. Bu dargoh millatning urfodatlarini saqlashga ko’maklashadi. Shu bilan birga oila, kelajakda farzandlar qanday inson bo’lib yetilishiga ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’idir. Oila huquqi fani nikoh to’zish, nikohdagilarning huquqiy munosabatlarini, ota – ona va farzandlarning mulkiy va shaxsiy majburiyatlarini, nikohni bekor qilish, uning oqibatlarini va boshqa oilaviy turmush bilan bog’liq huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Yoshlarga oila huquqini o’rgatishdan asosiy maqsad, ularni kelajak turmushga tayyorlash, o’z kasblarida olgan bilimini joriy etish ko’nikmasini xosil qilish. Ularda oila qonunchiligi haqida chuqur bilimni shakllantirish, qonunning tamoyillarini o’rgatish va oilaviy – huquqiy munosabatlar doirasidan kelib chiqadigan muammolarni yechishda olingan bilim bilan hal qila olishni o’rgatishdan iborat. Oila uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir, jamiyat tuzilishining ob`yektiv zarur, ajralmas qismidir. Oila eng muhim ijtimoiy vazifalarni: insonni yaratish, bolalarni tarbiyalash, odamlarni jismoniy va ma`naviy jihatdan kamol toptirish, ularni ma`naviy birlashtirish, birgalikda xo`jalik yuritishni ta`minlash, o`zaro yordam ko`rsatish, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta`minlash, demografiya jarayonlarini yaxshilash vazifalarini bajaradi.

Oila bolalar to`g`risida g`amxo`rlik qilishga, ona va bola manfaatlarini muhofaza etishga, onalikni rag`batlantirishga qaratilgan tadbirlar turkumini nazarda tutuvchi huquq oilaviy munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi. Oila davlat himoyasiga olingan bo`lib, Konstitutsiyada bu haqda shunday deyiladi: “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega”. Oila-kishilarning tabiiy-biologik, huquqiy va ma`naviy munosabatlariga asoslangan birlik. Oila huquqi er-xotinlar, ota-onalar va bolalar, shuningdek oilaning boshqa a`zolari o`rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi huquq tarmog`idir. Ammo oilaviy munosabatlarning barchasi ham huquq tomonidan tartibga solinmaydi. Bu munosabatlarning aksariyati axloqiy, ruhiy tusda bo`lib, o`z mohiyatiga ko`ra ularni huquq yo`li bilan tartibga solib bo`lmaydi. Oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarshas bog`liqdir.Oila huquqi fuqarolik huquqidan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: 1) Oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqiga xos bo`lmagan yuridik faktlardan vujudga keladi; 2) Oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqidan farqli o`laroq, ko`proq shaxsiyhuquqiy mohiyatga ega; 3) Oilaviy huquq sub`yektlarining huquq va majburiyatlari begonalashtirilmaydigan, ya`ni boshqalarga topshirib bo`lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat. Oila huquqi predmeti – oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardan iborat. Oila huquqi normalari quyidagilardir: - nikohdan o`tish tartibini va shartlarini belgilaydi; - oilada er-xotin o`rtasida, ota-onalar va bolalar, oilaning boshqa a`zolari o`rtasida paydo bo`ladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; - boshqalarning bolalarini o`ziga bola qilib olish, vasiylikka olish, homiylik qilish, bolalarni o`z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi;