Ijro ishi yuritish tushunchasi, mohiyati va pryedmyeti. Ijro ishi yuritishning umumiy qoidalari.
![Ijro ishi yuritish tushunchasi, mohiyati va pryedmyeti. Ijro ishi
yuritishning umumiy qoidalari.
Reja :
1. Ijro ishi yuritish predmeti, tushunchasi va uning xususiyatlari;
2. Ijro ishi yuritishning asosiy prinsiplari..
3. Ijro ishi yuritish fanining huquqning boshqa sohalari bilan aloqasi.
4. Ijro ishi yuritishning isloh qilinishi.
5. Ijro ishi yuritish manbalari.
6. Ijro etish organlari.
7. Ijro hujjatlari va ularning mazmuni.
8. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_1.png)
![IJRO ISHI YURITISH PREDMETI, TUSHUNCHASI VA UNING
XUSUSIYATLARI
O'tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda sud-huquq sohasida qator
islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar bevosita ijro ishi yuritish sohasida ham
amalga oshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Har bir sud
qarorining qonuniy kuchi uning amalda qanday amalga oshirilishi bilan bevosita
bog'liq. Shuning uchun ham fuqarolarimiz, jamiyat va davlat manfaatlarini
kafolatli himoya qilish maqsadida sud qarorlarining so'zsiz va to'liq ijrosini
ta'minlash, ijro hujjatlarini harakati va natijalarini nazorat qilish bo'yicha samarali
mexanizm yaratishimiz kerak" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
7-fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida qonun ustuvorligini va
sudning chinakam mustaqilligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta'minlash; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini
oshirish. elektron tartibda ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini
joriy etish hamda aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish vazifalari
qo'yilgan Hozirda 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonun' ijro hujjatlarini majburiy ijro
etish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjati
hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi "Elektr
energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to'lov
intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5059-son Farmoni bilan
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun
to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash
tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash,
bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek sud hujjatlarining so'zsiz ijrosini](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_2.png)
![ta'minlashga mas'ul bo'lgan Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. O'zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti faoliyati tugatildi.
Prezidentning "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 2017-yil 30-maydagi
PQ-3016-son Qarori bilan "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Majburiy ijro byurosi to'g'risida"gi nizom tasdiqlandi. Qabul qilingan
mazkur hujjatlar tufayli ijro ishi yuritish tizimi rivojida sifat jihatidan yangi davr
boshlandi. Tizim tashkiliy jihatdan mutlaqo yangilandi. Ijro tizimining huquqiy
asoslari mustahkamlanishi sari ildam qadamlar tashlandi.
Yaqin kunlargacha huquq nazariyasida ijro ishi yurituviga fuqarolik
protsessining. fuqarolik sud ishlari yuritishning yakuniy bosqichi sifatida qarab
kelingan. Ijro ishi yuritish respublikamiz huquq tizimidagi rivojlanib kelayotgan va
bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega huquq sohasi hisoblanadi. Ijro ishi
yuritishning qonunchilik asosi konstitutsiyaviy normalarda o'z aksini topgan bo'lib,
davlat va sud tomonidan fuqarolar huquq va erkinliklari himoyasini kafolatlaydi.
Ijro ishi yuritish faoliyatini tartibga solish uchun 2001-yil 29-avgustda "Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston
Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi bilan ijro
ishi yuritish huquqning alohida mustaqil sohasi ekanligi aniq-ravshan bo'ldi.
Ungacha ijro ishi yuritish fuqarolik protsessining bosqichi hisoblanib, fuqarolik
protsessual huquqi fani ichida o'tib kelinardi.
Ayni paytda davlat ijro hokimiyati organlari tizimida mustaqil organ sifatida
tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy
ijro byurosining davlat ijrochilari zimmasiga sud hujjatlar va boshqa organlar
hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlash vakolati yuklatilgan. Davlat ijrochilari
davlat xizmatchilari, hokimiyat vakili hisoblanadi va keng huquqlarga ega. Aynan
davlat ijrochilari jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini himoya
qilishning oxirgi bosqichida turib, uni hal etish vakolatiga ega bo'ladilar. Sud
hujjatlari va boshqa organ hujjatlarining past darajadagi faktik ijrosi nafaqat
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari buzilishiga, balki boshqa salbiy](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_3.png)
![oqibatlarga olib keladi. O'z huquqlarini himoya qilayotgan shaxslar huzilgan
huquqlarini faqat nazariy tan olinishi emas, balki amaliy, real himoya qilinishini
kutadilar.
Ijro ishi yuritishda sud va boshqa organlar hujjatlari ijro etilib, huquq
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinadi. 1975-yilda ijro
ishini huquqning alohida mustaqil sohasi deb e'lon qilgan rossiyalik protsessualist
olim M.K. Yukov edi. Uning fikricha, sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
bu fuqarolik protsessining mantiqiy davomi (bir qismi, bo'lagi) emas. M.K.
Yukovning fikricha, ijro huquqi bu huquq sohasida mustaqil huquq tarmog'i bo'lib,
huquq tizimi bu huquq tarmog'isiz to'g'ri ishlay olmaydi. Ijro huquqi ijro ishi
yuritish davomida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va
davlatning majburlov kuchi bilan subyektiv-moddiy huquq yoki qonun bilan
qo'riqlanadigan manfaatlarni maxsus normativ akt (ijro varaqasi) orqali himoya
qiladi. Olimning xulosasiga ko'ra, bu huquq sohasi yuridik butunlikka ega, ya'ni
o'zining predmeti va maxsus huquqiy tartibga solish metodiga, xususiy tamoyillar
va umumiy qoidalarga ega.
Bizning fikrimizcha, ushbu yondashuv boshqalariga qaraganda ancha to'g'ri.
Lekin shuni inobatga olish kerakki, ijro ishi yuritishga protsessual huquq
sohalarining asosi sifatida qarashimiz kerak. Zamonaviy huquqshunoslik fanida
aksariyat huquqshunoslar ijro ishi yuritishni fuqarolik yoki iqtisodiy protsessual
huquqining bosqichi sifatida qaraydilar. Bunday qarash an'anaviy yondashuv
hisoblanadi. Boshqa huquqshunos protsessualist olimlarning ta'kidlashicha esa, ijro
ishi yuritish bu fuqarolik yoki iqtisodiy protsessual huquqining bosqichi emas,
balki huquqning mustaqil sohasidir.
Ijro ishi yuritish vaqtida davlat ijrochisi huquqi buzilgan fuqaroning sud
tomonidan chiqarilgan qonuniy qarori yoki hukmi asosida tiklar ekan. o'z o'mida
bunday harakat boshqalar uchun ularning qonuniy huquq va manfaatlariga zarar
yetkazmaslik uchun da'vat etishga qaratilgan bo'ladi.
Ijro ishi yuritishning mohiyati qonunda nazarda tutilgan tartibda qarzdorga
nisbatan undiruvchining qonuniy talablarini qondirishga qaratilgan majburlov](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_4.png)
![choralari (majburiy ijro) qo'llashdan iborat. Ijro ishi yuritishni huquqiy tartibga
solish predmeti esa sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish
doirasida vujudga keladigan nazorat, ma'muriy, moliyaviy, mulkiy, protsessual va
boshqa turli sohadagi ijtimoiy munosabatlardir.
Ijro ishi yuritish fuqarolik protsessual huquqi va iqtisodiy protsessual huquqi
hamda boshqa ko'plab huquq sohalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi. Ijro ishi
yuritish qonunda belgilangan tartibda ijro hujjatida ko'rsatilgan (qarzdorga nisbatan
undiruvchining) talabni davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirishga qaratilgan
faoliyat tushuniladi. Ijro ishi yuritish - bu, eng avvalo, protsessual huquq sohasidir,
uning ichida vujudga keladigan qolgan boshqa barcha munosabatlar esa aynan shu
sohaga davlat ijrochisining ijro ishi yuritishiga oid protsessual munosabatlar
hisoblanadi.
Ijro huquqini huquqiy tartibga solish predmetini ijro ishi yuritishda davlat
ijrochisining majburiy ijro etish faoliyati bo'yicha vujudga keladigan protsessual
munosabatlar majmui tashkil qiladi. Shu o'rinda majburiy ijro etish tushunchasiga
ta'rif berib o'tsak. Majburiy ijro ijro hujjati talabini bajarmagan shaxsga nisbatan
sud hujjatlari yoki boshqa organning hujjati asosida uni muayyan harakatlar,
mulkiy va nomulkiy xarakterdagi munosabatlar (majburiy jarima, ijro yig'imi
undirish v.b.)ni majburan bajarishga qaratilgan maxsus choradir. Majburiy ijro
faoliyatini qonun bilan nazarda tutilgan o'ziga xos protsessual harakatlarning
yig'indisi sifatida e'tirof etish mumkin. Ijro hujjati talabi davlat ijrochisi tomonidan
belgilangan o'n besh kunlik ixtiyoriy muddatda qarzdor tomonidan bajarilmasa,
davlat ijrochisi majburiy ijro harakatlariga kirishadi. Qarzdor tomonidan ijro
hujjatlari talablari ixtiyoriy ravishda ijro etilsa, majburiy ijro choralari
qo'llanilmaydi. Fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongi yuqori bo'lsa,
ijro hujjatlarini o'z xohishi bilan ixtiyoriy ijro etadi. O'zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek: "Odamlarimizda huquqiy ong.
huquqiy madaniyatning yetarli emasligi jamiyatda adolat mezonlarining
buzilishiga olib kelmoqda. Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni
bilish. huquqiy ma'lumotlardan xabardor bo'lishdangina iborat emas. U qonunlarga](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_5.png)
![amal qilish va ularga bo'ysinish madaniyati demakdir. Xalqimiz hamma narsadan
ustun qo'yadigan adolat tuyg'usini hayotimizda tom ma'noda qaror toptirish eng
asosiy vazifamizga aylanishi shart.
Ijro ishi yuritishning asosiy vazifasi - bu sud va boshqa organlar hujjatlarini
o'z vaqtida va aniq ijro etish. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda
tutilgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq. erkinlik va qonuniy manfaatlarini
himoya qilishdir.
Ijro jarayoni qonun bilan belgilangan protsessual shaklga ega bo'lib, ishda
ishtirok etuvchi shaxslarga muayyan protsessual huquqlar berilishi bilan namoyon
bo'ladi. Huquqiy tartibga solish uslubi bu yuridik vositalar va usullar yig'indisi
bo'lib, ular yordamida ijtimoiy munosabatlarning muayyan turlariga huquqiy ta'sir
ko'rsatiladi.
Huquqiy tartibga solish uslubining imperativligi bir tarafdan davlat ijrochisi,
ikkinchi tarafdan boshqa subyektlar, shu jumladan ijro ishi yuritishda ishtirok
etuvchi shaxslar o'rtasida ijro ishi yuritishda vujudga keladigan protsessual
munosabatlarda namoyon bo'ladi.
Uslubning dispozitivligi ijro harakatlarni sodir etish (harakatlari sodir
etmaslik) ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning erkiga bog'liqligida
namoyon bo`ladi. Ijro ishi yuritishning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat: maxsus predmet va huquqiy tartibga solish usuliga egaligi;
ijro ishi yuritishning prinsiplariga egaligi; ijro ishi yuritish bilan bog'liq
alohida qonun hujjatlarining mavjudligi:
- o'z subyektlariga ega ekanligi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, ijro ishi yuritish
ishtirokchilari fuqarolik yoki iqtisodiy protsessi ishtirokchilaridan tarkibi va ular
amalga oshiradigan vazifalari bilan ham tubdan farq qiladi;
- davlat ijrochisi faoliyatining alohida predmetga egaligi. Ya'ni bunda davlat
ijrochisining predmeti sud yoki boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish
hisoblanadi; ijro ishi yurituvida nafaqat sud hujjatlari, balki boshqa organlarning
(prokuratura, notariat va b.) hujjatlari ham ijro etilishi mumkin.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_6.png)
![IJRO ISHI YURITISHNING ASOSIY PRINSIPLARI
Ijro ishi yuritishning prinsiplari ijro ishini yuritish jarayonida vujudga
keladigan protsessual munosabatlarning mazmun va mohiyatini belgilab beruvchi
qonun hujjatlarida mustahkamlangan asosiy qoidalar majmuyidir. Ijro ishini tashkil
etishning asosiy prinsiplari ijro hujjatlarini o'z vaqtida. to'g'ri va samarali ijro
etilishini, ijro ishi yuritish ishtirokchilari huquqlarini himoya etilishini kafolatlaydi.
Davlat ijrochisi majburiy ijro jarayonini ma'lum prinsiplarga asoslangan holda
amalga oshirishi kerak. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
to'g'risida"gi qonun hujjatlari tahlili ijro ishi yuritishning bir qator prinsiplari
haqida so'z yuritishga imkon beradi. Ijro ishi yuritishning prinsiplarini quyidagi
uch guruhga ajratish mumkin:
*konstitutsiyaviy prinsiplar:
* sohalararo prinsiplar:
* ijro ishi yuritish prinsiplari.
Ma'lumki, konstitutsiyaviy prinsiplar butun protsessual munosabatlarga,
jumladan, ijro ishi yuritish bilan bog'liq munosabatlarga nisbatan ham qo'llaniladi.
Ijro ishi yuritishdagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplarga: qonuniylik prinsipi -
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq. O'zbekiston
Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining
ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari. mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalari. fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar.
Barchaning qonun oldida tengligi prinsipi O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 18-moddasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,ʻ
ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, qonun
oldida tengdirlar.
Adolatlilik prinsipi Bosh Qomusimizning 14-moddasida davlatning o'z
faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_7.png)
![prinsiplari asosida amalga oshirishi prinsipi mustahkamlangan. Ayni paytda davlat
ijrochisi hain ijro ishini yuritishda ijro harakatlarini haqiqatga mos ravishda amalga
oshiradi, ijro ishida ishtirok etuvchi shaxslarga nisbatan xolisona, adolatli
munosabatda bo'lishini anglatadi.
Yuridik yordamning kafolatlanishi prinsipi Asosiy Qomusimizning 22-
moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida
ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni
kafolatlashi mustahkamlangan. ⚫ ijro etishga oid materiallar bilan tanishish
prinsipi - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasida O'zbekiston
Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor
shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar,
qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi
lozimligi mustahkamlangan. Sohalararo prinsiplar huquqning aynan bir emas, balki
bir nechta sohasi uchungina xos. Jumladan, fuqarolik protsessual huquqining ba'zi
prinsiplari nafaqat fuqarolik protsessual huquqi, balki iqtisodiy protsessual huquqi
va ijro ishi yuritish uchun ham xosdir. Bunday prinsiplarga misol sifatida sud
ishlari yuritiladigan til prinsipini keltirib o'tishimiz mumkin.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish yuritiladigan tilni
bilmasa, tarjimondan foydalanish prinsipi. ya'ni bunda ijro harakatlari amalga
oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon
xizmatidan foydalanish huquqi ta'minlanadi.
Ijro ishi yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qarzdor shaxsning daxlsizligi prinsipi. Ya'ni bunda undiruv bilan bog'liq
harakatlar qarzdor shaxsiga emas, faqatgina qarzdorning mulkiga qaratilishini
anglatadi:
qarzdor mulkining minimum daxlsizligi prinsipi. Ma'lumki, ijro ishi
yuritishda undiruv qarzdorning barcha mulkiga qaratilmasdan undiruv qaratilishi
mumkin bo'lmagan mulklar ham mavjud bo'lib, bunday mulklar bevosita
qarzdorning minimal ehtiyojlari uchun ishlatishga mo ljallangan mulklar bo'ladi:
ʻ](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_8.png)
![- ijro harakatlarining o'z vaqtida amalga oshirilishi majburiy ijro choralarini
qo'llash prinsipi ushbu prinsipning mazmuni "Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunida
mustahkamlangan bo'lib, unga ko'ra, davlat ijrochisi ijro hujjatlarining o'z vaqtida,
qonunda belgilangan muddatda to`liq va to'g'ri ijro etilishi choralarini ko'rishi
shartdir. Agarda ijro hujjatlari unda ko'rsatilgan muddatda bajarilmasa, davlat
ijrochisi tomonidan majburiy ijro choralari qo'llaniladi: qonuniylik prinsipi - davlat
ijrochisi tomonidan ijro ishlarining faqatgina qonunga muvofiq olib borilishini
hamda qonun normalarini to'g'ri qo'llash lozimligini anglatadi; yuridik yordamning
kafolatlanishi prinsipi Asosiy Qomusimizning 22-moddasiga binoan O'zbekiston
Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy
himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlashi mustahkamlangan. ⚫
ijro etishga oid materiallar bilan tanishish prinsipi - O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 30-moddasida O'zbekiston Respublikasining barcha davlat
organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq
va manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan
tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi mustahkamlangan.
Sohalararo prinsiplar huquqning aynan bir emas, balki bir nechta sohasi uchungina
xos. Jumladan, fuqarolik protsessual huquqining ba'zi prinsiplari nafaqat fuqarolik
protsessual huquqi, balki iqtisodiy protsessual huquqi va ijro ishi yuritish uchun
ham xosdir. Bunday prinsiplarga misol sifatida sud ishlari yuritiladigan til
prinsipini keltirib o'tishimiz mumkin.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish yuritiladigan tilni
bilmasa, tarjimondan foydalanish prinsipi. ya'ni bunda ijro harakatlari amalga
oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon
xizmatidan foydalanish huquqi ta'minlanadi.
Ijro ishi yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qarzdor shaxsning daxlsizligi prinsipi. Ya'ni bunda undiruv bilan bog'liq
harakatlar qarzdor shaxsiga emas, faqatgina qarzdorning mulkiga qaratilishini
anglatadi:](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_9.png)
![qarzdor mulkining minimum daxlsizligi prinsipi. Ma'lumki, ijro ishi
yuritishda undiruv qarzdorning barcha mulkiga qaratilmasdan undiruv qaratilishi
mumkin bo'lmagan mulklar ham mavjud bo'lib, bunday mulklar bevosita
qarzdorning minimal ehtiyojlari uchun ishlatishga mo ljallangan mulklar bo'ladi:ʻ
- ijro harakatlarining o'z vaqtida amalga oshirilishi majburiy ijro choralarini
qo'llash prinsipi ushbu prinsipning mazmuni "Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunida
mustahkamlangan bo'lib, unga ko'ra, davlat ijrochisi ijro hujjatlarining o'z vaqtida,
qonunda belgilangan muddatda to`liq va to'g'ri ijro etilishi choralarini ko'rishi
shartdir. Agarda ijro hujjatlari unda ko'rsatilgan muddatda bajarilmasa, davlat
ijrochisi tomonidan majburiy ijro choralari qo'llaniladi: qonuniylik prinsipi - davlat
ijrochisi tomonidan ijro ishlarining faqatgina qonunga muvofiq olib borilishini
hamda qonun normalarini to'g'ri qo'llash lozimligini anglatadi;
- undirilgan pul summalariai teng taqsimlash prinsipi ijro
harakatlari amalga oshirilgan vaqtda qarzdordan undirilgan pul summalarini
undiruvchilar o'rtasida teng taqsimlash tushuniladi;
- dispozitivlik prinsipi ijro ishida qatnashuvchi shaxslarning mulkiy yoki
nomulkiy xarakterdagi harakatlarini o'z xohishiga ko'ra amalga oshirishi
tushuniladi.
IJRO ISHI YURITISH FANINING HUQUQNING BOSHQA
SOHALARI BILAN ALOQASI
Ijro ishi yuritish fani boshqa huquqshunoslik fanlari bilan ham chambarchas
bog'liq. Quyida ularning har birini alohida ko'rib o'tamiz. Ijro ishi yuritish, eng
avvalo, huquqshunoslik fanlari tizimidagi davlat va huquq nazariyasi fani bilan
bog'liq. Ma'lumki, davlat va huquq nazariyasi barcha davlat-huquq hodisalari va
jarayonlari uchun umumiy qonuniyatlarni o'rganadi, davlat va huquqni yaxlit
ijtimoiy institut sifatida qarab chiqadi. Bunda ijro ishi yuritish davlat va huquq
nazariyasining qator yo'nalishlari bilan chambarchas bog'liqligini kuzatishimiz](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_10.png)
![mumkin. Masalan, Ijro ishi yuritish fani davlat va huquq nazariyasining
tarmoqlaridan biri bo'lgan davlat funksiyalari bilan o'zaro bog'liq hisoblanadi.
Xususan, davlatning asosiy funksiyalaridan biri bu huquq tartibotni qo'riqlash,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini og'ishmay. mulkchilikning hamma
shakllarida himoya qilish, huquqbuzarlikka va jinoyatchilikka qarshi kurash bilan
bog'liq. Bu funksiya o'z mohiyati va mazmuni bilan adolat o'rnatishga,
insonparvarlikka, qonunchilikni mustahkamlashga, huquqiy davlat va
madaniyatning shakllanishiga xizmat qiladi. Aynan ana shu funksiyani bajarish
maqsadida, ya'ni huquqi buzilgan shaxsning huquqlarini tiklash to'g'risidagi
sudning qarori yoki ajrimini ijro etish bevosita davlatning yuqorida qayd etib
o'tilgan funksiyasini ta'minlashga qaratilgan. Bundan tashqari, huquqiy tartibot va
qonuniylikni ta'minlashga qaratilganligidan bevosita davlat va huquq nazariyasi
fani bilan ham chambarchas bog'liqligiga guvoh bo'lamiz..
Shuningdek prokuror nazorati fanida huquqni muhofaza qiluvchi organ
sifatida prokuratura organlari va faoliyatining umumiy yo'nalishlari ham ko'rsatib
o'tilgan. Ijro ishi yuritishda ijro organlari "Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi qonunining 5-moddasiga muvofiq
o'zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan
uylarda yashayotgan shaxslarni ma'muriy tartibda ko'chirish to'g'risidagi
prokurorlarning qarorlari ham ijro etilishi lozim bo'lgan hujjatlarga kiritilgan.
Shuningdek ijro ishi yuritish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va
qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishda
namoyon bo'ladi.
Ijro ishi yuritish fani bevosita ma'muriy huquq fani bilan aloqador.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi
ma'muriy organlarning hujjatlari majburiy ijrosini ta'minlaydi, shuningdek
ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rish vakolatiga ega bo'lgan davlat
organi tomonidan chiqarilgan qarorlarning majburiy ijrosi davlat ijrochisi
tomonidan amalga oshiriladi.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_11.png)
![Ijro ishi yuritish fani jinoyat huquqi fani bilan ham o'zaro aloqadordir.
Xususan, ijro ishi yuritish jarayonida voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz
shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash, ota-onani moddiy ta'minlashdan
bo'yin tovlash, elektr. issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish
qoidalarini buzish, sud hujjatini ijro etmaslik va band solingan mulkni qonunga
xilof ravishda tasarruf etilganda fuqarolarga nisbatan jinoiy javobgarlikning kelib
chiqishiga asos bo'ladi. Bunda esa bevosita jinoyat huquqining normalari ishga
tushadi. Shu bilan birgalikda, sud tomonidan chiqarilgan jarima jazosi tayinlash
haqidagi ijro hujjati ham bevosita davlat ijrochisi tomonidan bajariladi. Guvoh
bo'lganimizdek, ijro ishi yuritish fani bevosita jinoyat huquqi fani bilan ham
chambarchas bog'liq. Ijro ishi yuritish fani fuqarolik huquqi bilan aloqadorligi,
jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi
moddiy huquq normalari, buzilgan huquqlarni tiklash to'g'risidagi qarorlarini
majburiy ijro etish orqali ta'minlashda namoyon bo'ladi.
Ijro ishi yuritish fani boshqa huquqshunoslik fanlari, jumladan, Fuqarolik
protsessual huquqi va Iqtisodiy protsessual huquqi, Jinoyat protsessual huquqi
hamda Mamuriy sud ishini yuritish fanlari bilan ham uzviy bog'liq. Ushbu fanlarda
sud qarorlarini ijro etish alohida sud ishlarini yuritishning bosqichi sifatida
o'rganiladi. Fuqarolik protsessual kodeksining V bo'limi "Sud qarorlarining ijrosi"
deb nomlanib, unda sud qarorlarini ijro etish tartibi, ijro varaqasi, uni berish,
yuborish, dublikatini berish va ijro varaqasining mazmuni, ijro qilinishi lozim
bo'lgan hal qiluv qarorini tushuntirish, ijro varaqasini ijroga topshirish muddatlari.
muddatning uzilishi va o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash. hal qiluv qarorining
ijrosini kechiktirish yoki uning bo'lib-bo'lib bajarilishiga yo'l qo'yish, uni ijro etish
usuli va tartibini o'zgartirish hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi, hal qiluv
qarorining qaytarma ijrosi to'g'risidagi masalaning birinchi instansiya sudi
tomonidan hal qilinishi hamda boshqa ijro ishi yuritish bilan bog'liq masalalar o'z
ifodasini topgan.
IJRO ISHI YURITISHNING ISLOH QILINISHI](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_12.png)
![O'tgan yillar mobaynida mamlakatimizda sud-huquq sohasida qator islohotlar
amalga oshirildi. Bu islohotlar bevosita ijro ishi yuritish sohasida ham amalga
oshirildi. Ijro ishi yuritishning isloh qilinishi, amalga oshirilgan ishlarning ma'no-
mohiyati va ahamiyati haqida so'z yuritganda bu yo'lni alohida uch davrga ajratib
o'rganamiz. Bu davrning har biri mamlakatimiz tarixida ijro ishi yuritish sohasida
muhim o'rin egallaydi.
O'tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog'liq
birinchi galdagi islohot va o'zgarishlarni o'z ichiga olgan dastlabki bosqich 1991-
2000-yillar. Ijro ishi yuritish faoliyati, ya'ni majburiy ijro tuman sud tarkibidagi
sud ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan davr.
2001-yildan 2017-yilgacha bo'lgan muddatni o'z ichiga olgan ikkinchi
bosqich faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O'zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar
faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti (Sud
departamenti) organlarining sud ijrochilari zimmasiga yuklatilgan davr.
Uchinchi bosqichi 2017-yildan keyingi yillarni qamrab oladi. O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz
yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to'lov intizomini yanada
mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5059-son Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun to'lovlarning o'z vaqtida va
to'liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda
talon-toroj qilish holatlarini aniqlash. bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek
sud hujjatlarining so'zsiz ijrosini ta'minlashga mas'ul bo'lgan Majburiy ijro byurosi
tashkil etildi. Davlat ijrochisiga ijro etuvchi hokimiyat vakili sifatida sud hujjatlari
va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini taminlash vakolati berildi.
Birinchi bosqichda ijro ishi yuritish faoliyati 1963-yil 23-martda qabul
qilingan Fuqarolik protsessual kodeksi hamda 1985-yil 15-noyabrda tasdiqlangan
"Ijro ishi yuritish to'g'risida"gi qo'llanma hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_13.png)
![vazirligi tomonidan 1993-yil 28-dekabrda tasdiqlangan Ijroni yuritish qo'llanma
bilan tartibga solingan Bu davrda amalda bo'lgan Fuqarolik protsessual kodeksi
normalari va boshqa nunosti hujjatlariga muvofiq sud ijrochilari tuman (shahar)
sudlari shtatiga kirar va o'zlari qaysi sud huzurida bo'lgan bo'lsa, shu sudning
yurisdiksiyasida bo'lgan hududda ijro harakatlarini amalga oshirgan. Demak, bu
bosqichda ijro ishi yuritish sud tarkibida bo'lgan. Yaqin kunlargacha nazariyada
ijro ishi yurituviga fuqarolik protsessining, fuqarolik sud ishlari yuritishning
yakuniy bosqichi sifatida qarab kelingan. Agar sudning qarzdordan muayyan
harakatlarni amalga oshirishni belgilovchi qarori ixtiyoriy ijro etilmasa, qarzdorni
sud qarorini majburan ijro ettirish zarurati vujudga keladi.
Olimlar tomonidan ijro ishi yurituviga nisbatan bunday qarashlarning
shakllanganligining sababi shundaki, ijro ishi yuritish bilan bog'liq qoidalar 1997-
yil 30-avgustda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual
kodeksida o'z ifodasini topgan edi. Xususan, kodeksning IV bo'limi "Sud
qarorlarining ijrosi" deb nomlanib, ijro ishi yuritish bilan bog'liq masalalar o'z
ifodasini topgan. Ilgari ijro ishi yuritish bilan bog'liq qoidalar fuqarolik protsessual
qonunchiligi bilan tartibga solingan va fuqarolik sud ishlari yuritishning bir qismi
hisoblangan.
2001-yilning 22-sentyabrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Sud qarorlarini
ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta'minlash
departamenti to'g'risida"gi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi qaror asosida Sud
departamentining tashkil etilishi hamda 2006-yil 31-avgustda O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va
moliyaviy ta'minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida"gi qarorning qabul qilinishi, shuningdek O'zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar
faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta'minlash departamenti](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_14.png)
![nizomining yangi tahrirda qabul qilinishi ikkinchi bosqichdagi ijro ishi yuritishdagi
burilishlardan bo'ldi.
Ijro ishi yuritish sohasidagi qonunchilikda 2001-yil 29-avgustda "Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston
Respublikasi qonunining qabul qilinishi tub burilish yasadi. Bunda ijro etish bilan
bog'liq munosabatlar batafsil tartibga solinib, qator yangi institutlar, jumladan,
davlat ijrochisining maqomi, uning huquq va majburiyatlari doirasi aniq belgilab
berildi. Bundan tashqari, turli toifadagi sud qarorlarini ijro etish ishlarining
xususiyatidan kelib chiqib alohida tartiblari mustahkamlab qo'yildi.
Ijro ishi yuritish sohasidagi islohotlar tizimida O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatining 2008-yil 4-5-dekabr kunlari bo'lib o'tgan o'n oltinchi yalpi
majlisida ma'qullangan "Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan
O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar
kiritish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni alohida ahamiyatga ega
bo'ldi.
Ta'kidlash joizki, ushbu Qonunning qabul qilinishi O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-sonli "O'zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-
texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-
722-sonli "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud
departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy
ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari
asosida ushbu sohada izchil ravishda amalga oshirilayotgan islohotlarning
mantiqiy davomi bo'ldi.
"Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish
to'g'risida"gi Qonunga binoan, Jinoyat kodeksining 232-moddasi yangi tahrirda
bayon etilib, unga ko'ra muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_15.png)
![etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo'yin
tovlaganlik, basharti shunday harakatlar uchun Ma'muriy jazo qo'llanilganidan
keyin ham davom ettirilsa, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik
qilganlik uchun jismoniy shaxslarning javobgarligi belgilandi. Qayd etish kerakki,
232-moddaning eski tahriri faqat mansabdor shaxslarning javobgarligini nazarda
tutib, jismoniy shaxslarning javobgarligini e'tibordan chetda qoldirgan edi.
Endilikda esa sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
fuqarolar uchun majburiy ekanligi haqidagi konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqib
hamda sud hujjatlarining so'zsiz ijro etilishini ta'minlash maqsadida jismoniy
shaxslarning javobgarligi ham joriy etildi. Shu bilan birga, mazkur moddada xuddi
shunday qilmishlarni sodir etganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi
kuchaytirildi.
Shuningdek, band solingan mol-mulkdan maqsadli foydalanilishini ta'minlash
uchun Jinoyat kodeksining 233-moddasi bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi
tomonidan band solingan pul mablag'lari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini
amalga oshirganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi qoidalar bilan to'ldirildi.
Qonunga binoan, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o'zgartishlar sud
qarorlarini ijro etish bilan bog'liq protsessual qoidalari takomillashtirishni nazarda
tutadi. Xususan, sud qarorlarini bajarishdan bo'yin tovlaganlik yoki ijro etishga
to'sqinlik qilganlik bilan bog'liq jinoyatlarga o'z vaqtida chek qo'yish, bunday xatti-
harakatlar uchun jazoning muqarrarligini ta'minlash, shuningdek sud qarorlarini
majburiy ijro etish chog'ida surishtiruvning sifatini oshirish maqsadida Surishtiruv
organlari deb nomlangan 38-modda yangi 9 band bilan to'ldirildi. Ushbu band sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish
vakolatiga ega bo'lgan mansabdor shaxslariga surishtiruvni amalga oshirish
vakolatini berdi.
O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga
kiritilgan o'zgartishlar bilan qarzdorning ijro hujjatini uning ixtiyoriy ravishda ijro
etilishi uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko`ra ijro etmasligi yoki](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_16.png)
![uning zimmasiga muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ulami sodir etishdan
o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini uzrsiz sabablarga ko'ra davlat
ijrochisi belgilagan muddatda ijro etmaganlik uchun ma'muriy javobgarlikni
belgilaydigan 1981-modda bilan to'ldirildi. Ayni vaqtda kodeks sud hujjatlari va
boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik
uchun ma'muriy javobgarlikni belgilaydigan 1982-modda bilan to'ldirildi hamda
jarima tarzidagi ma'muriy jazo qo'llash huquqini beradigan 245-modda bilan ham
to'ldirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-martdagi "Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish
chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4236-son qarorlari bilan 2019-yil 1-apreldan
boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga
mediatsiya instituti joriy etildi. Mediatsiya kelib chiqqan nizoni taraflar o'zaro
maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator
ko'magida hal qilish usuli. Unga ko'ra, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini
majburiy ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish
undiruvchining arizasi bo'yicha o'n besh kundan ko'p bo'lmagan muddatga ijro ishi
yuritishni to'xtatib turish uchun asos hisoblanishi belgilandi.
IJRO ISHI YURITISH MANBALARI
Ijro ishi yuritish manbalari sud hujjatlari, shuningdek boshqa organlarning
(mansabdor shaxslar) hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlardir. Shu
o'rinda ta'kidlash joizki, ijro ishi yuritish aynan sud organlari va boshqa
organlarning hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan
munosabatlarni tartibga soladi. Ixtiyoriy ijro etilishi bilan bog'liq munosabatlar,
bizning fikrimizcha, bevosita ijro ishi yuritish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga
solmaydi.
O'zbekiston Respublikasida ijro ishi yuritishga doir manbalarga quyidagi
normativ-huquqiy hujjatlarni kiritishimiz mumkin: O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi. Ma'lumki, Konstitutsiyada to'g'ridan-to'g'ri ijro ishi yuritish bilan
bog liq modda mavjud bo`lmasada, bilvosita ijro ishi yuritishga taalluqli normalarʻ](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_17.png)
![uchraydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13, 43, 44, 53, 54, 111,
114-moddalari tegishincha fuqarolar va tashkilotlarning huquq va erkinliklarini
ta'minlashga qaratilgan. Jumladan, Konstitutsiyaning 13-moddasiga muvofiq,
O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi,
ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklarning
Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi mustahkamlab qo'yilgan. O'z
o'mida huquq va qonuniy manfaatlarni tiklash maqsadida ijro ishi yuritilishini ham
Konstitutsiyaning aynan ana shu moddasi bilan bevosita bog'liqligini ko'rishimiz
mumkin.
O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan "Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi qonuni. Mazkur
qonun bevosita ijro ishi yuritishning manbai bo'lib, ijro ishi yuritishga oid
protsessual munosabatlarni tartibga soladi. Qonunning loyihasi O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi II chaqiriq V sessiyasida 2001-yil 11-12-may kunlari
muhokama etilgan. O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi "Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi qonuni qabul
qilinishi bilan ijro ishi yuritish huquqning alohida mustaqil sohasi ekanligi aniq
ravshan bo'ldi. Bu Qonun ijro ishini tashkil etish bilan bog'liq huquqiy
munosabatlarni tartibga solib, ijro tizimining huquqiy asosi bo'lib xizmat
qilmoqda. Mazkur Qonunda sud organlari va boshka organlar (ma'muriy va solik
organlari mehnat nizolari komissiyasi va boshqalarning qarorlarini ham ijro etish
tartibi belgilab qo'yilgan.
Yuqoridagi Qonun sud hujjatlari, shuningdek qonunda belgilangan
vakolatlarini amalga oshirayotganlarida jismoniy yoki yuridik shaxslar zimmasiga
pul mablag'lari va boshqa mol-mulkni o'zga shaxslarga berish yoxud ular
foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlari amalga
oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklash huquqi berilgan boshqa
organlarning (mansabdor shaxslarning) hujjatlari majburiy ijro etilayotganda
yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur qonun bevosita ijro ishi](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_18.png)
![yuritishning manbai bo'lib, 12 bob 90 moddadan iborat. Ushbu qonunning qabul
qilinishi bilan ijro ishi yuritish sohasida quyidagi masalalar hal etildi. Jumladan;
- ijro ishi yuritish institutini isloh etishning asosiy g'oyalaridan biri amalga
oshirildi. Ya'ni muqaddam ijro masalalari O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslari normalari bilan tartibga solingan
bo'lsa, endilikda ijro ishi yuritish huquqning mustaqil sohasi bo'lganligi tufayli
alohida qonunda mujassamlandi:
- hokimiyatlar bo'linishi prinsipiga muvofiq, majburiy ijro organi
sud va sud ishlarini yuritishdan ajratilib, alohida mustaqil organ tasarrufiga
berildi: ijro ishi yuritishda barcha mulk shakllarining teng huquqligi va
huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi qonun bilan ta'minlandi. Ijro ishi
yuritishda davlat mulki mulkning boshqa shakllariga nisbatan biron-bir ustunlikka
ega emas:
davlat ijrochilarining tarkibini yaxshilash va ularning malakaviy darajasini
ko'tarishning me'yoriy asoslari yaratildi. Davlat ijrochisi qoida tariqasida, oliy
yuridik yoki o'rta maxsus (yuridik) ma'lumotga ega bo'lishi lozimligi qonunda
belgilab qo'yildi:
davlat ijrochisining hokimiyat vakili ekanligi birinchi bor qonun hujjatida
e'tirof etildi;
qarzdorlar tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini
bajarmaganligi uchun, shuningdek fuqarolar va mansabdor shaxslarning davlat
ijrochisi qonuniy talablarini bajarmagani hamda ijro ishi yuritish to'g'risidagi
qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi;
ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun muddat belgilandi;
pul mablag'larini undirish haqidagi ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun bank
va boshqa kredit tashkilotlariga davlat ijrochisining taqdimnomasiga binoan sud
tomonidan jarima solish nazarda tutildi: va nihoyat, davlat ijrochisi harakatlari
ustidan samarali nazorat (ichki nazorat, sud va prokuror nazorati) o'rnatildi.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_19.png)
![O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. O'zbekiston
Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
to'g'risida"gi Qonuni qabul qilinguniga qadar ijro ishi yuritishning muhim manbai
bo'lib, mazkur kodeksning alohida "Sud qarorlarining ijrosi" deb nomlanuvchi 40-
bobi, 42-bobi va V bo'limi ijro ishi yuritish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga
solgan. Kodeksning o'ziga xos xususiyati shundaki, bunda faqatgina sud qarorlarini
ijro etishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo'lib,
boshqa organlarning hujjatlarini ijro etishda vujudga keladigan munosabatlarni
tartibga solish bilan bog'liq munosabatlar aks etmagan. Xususan, Fuqarolik
protsessual kodeksining 446-moddasiga muvofiq, sud hujjatlari ular qonuniy
kuchga kirgandan keyin ijroga qaratiladi, uning qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda darhol ijro etilishi hollari bundan mustasno. Sud hujjatining majburiy ijrosi
sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. O'zbekiston
Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 2018-yil 24-yanvarda qabul
qilingan. Ma'lumki, iqtisodiy sudlar iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud
qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. Iqtisodiy protsessual
kodeksining 15-moddasiga ko'ra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha
davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, boshqa organlar,
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
fuqarolar uchun majburiy hamda ushbu hujjatlar O'zbekiston Respublikasining
butun hududida ijro etilishi lozim.
Sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu kodeksda va boshqa qonunlarda
belgilangan javobgarlikka sabab bo'ladi. Kodeksning V bo'limi 334-347-moddalari
"Iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini ijro etish" deb nomlanib, u o'z ichiga
iqtisodiy sudlar hujjatlarini ijro etish tartibi. ijro varaqasining mazmuni, ijroga
taqdim etish muddati, muddatning uzilishi, o'tkazib yuborilgan muddatning
tiklanishi, ijro varaqasining dublikatini berish, sud hujjatining ijrosini kechiktirish
yoki uni bo'lib bo'lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o'zgartirish, sud](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_20.png)
![hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik, sud hujjatining qaytarma ijrosi va bu
masalalarni hal qilish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi. O'zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk
huquqi va boshqa ashyoviy huquqiaming, intellektual faoliyat natijalariga bo'lgan
huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini
belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o'zga majburiyatlari, shuningdek boshqa
mulkiy hamda u bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Bunda kodeksda ijro ishi yuritish bilan bog'liq qator umumiy qoidalar o'z
ifodasini topgan. Jumladan, kodeksning 22-bobi majburiyatlarning bajarilishini
ta'minlash deb nomlanib, unda majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usullari
sifatida garov, zakalat, neustoyka haqidagi umumiy qoidalar bilan birga undiruvni
garovga qaratish tartibi bilan bog'liq qoidalar ham o'z ifodasini topgan.
O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Jazo tayinlash masalalari
O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan tartibga solinadi. Jazo
tariqasida jarima tayinlash to'g'risidagi hukm asosida berilgan ijro hujjatini
majburiy ijro etish majburiyati davlat ijrochisi zimmasida. Shuningdek kodeksda
ijro ishi yuritish jarayonida javobgarlikni belgilovchi normalari mavjud. Voyaga
yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin
tovlash, ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash, sud hujjatini ijro etmaslik.
band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, ya'ni bank yoki boshqa
kredit tashkiloti xodimi tomonidan xatlangan pul mablag'lari bilan bank
operatsiyalarini amalga oshirganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan.
O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. Sud hukmlarini
ijroga qaratish va hukmlarni ijro etish jarayonida vujudga keladigan masalallarni
hal qilish Jinoyat-protsessual kodeksi bilan tartibga solinadi. Sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bilan bog'liq jinoyatlarni tez va to'liq
ochilishini ta'minlash maqsadida Majburiy ijro byurosining alohida mansabdor
shaxslari surishtiruvni amalga oshirishda Jinoyat protsessual kodeksining 38, 39-
moddalariga muvofiq ish ko'radi.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_21.png)
![O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ijro hujjati talabini bajarish uchun berilgan
ixtiyoriy muddatning o'tishida mazkur kodeksning normalari ishga tushib
ma'muriy jazo qo'llashga asos bo'ladi. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi
ishlarni ko'rish vakolatiga ega bo'lgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan
chiqarilgan qarorlarning majburiy ijrosini davlat ijrochisi qonunga asosan amalga
oshiradi. Ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorlarni ijro etish masalalari
O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks bilan
tartibga solinadi.
O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi
kodeksi. Ma'muriy sud ishlarini yuritish vazifalari ma'muriy va boshqa ommaviy
huquqiy munosabatlar sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan yoki
nizolashilayotgan huquqlari. erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
hisoblanadi. 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan mazkur kodeksning IV bo'limida
sud hujjatlarini ijro etish to'g'risida so'z boradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari. O'tgan qisqa
davr mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko'plab ijro ishi
yuritishni takomillashtirishga qaratilgan bir nechta farmon va qarorlar qabul
qilindi. Ular qatoriga 2017-yil 29-maydagi O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol
qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi
yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5059-
son Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi
"O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi
faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3016-son qarori hamda 2019-yil 12-
martdagi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini
yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4236-son qarorlarini kiritish
mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari. O'zbekiston
Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijro ishi yuritish bilan bog'liq](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_22.png)
![munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qarorlar qabul qilingan. Bunday
qarorlarga misol sifatida 2009-yilning 14-aprelida qabul qilingan "Qarzdor va
uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur bo'lgan, ijro hujjatlari
bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar
hamda boshqa buyumlar ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori', 2009-yilning 8-
mayida qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro
etishda xatlangan va olib qo'yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari
to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlarini keltirib o'tishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi
tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro va davlatlararo shartnomalar. Ma'lumki,
O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritib xalqaro huquqning teng
huquqli subyekti sifatida tan olinganidan so'ng qator xalqaro va davlatlararo
shartnomalami ratifikatsiya qildi. Bunday shartnomalar tizimida bevosita ijro ishi
yuritish bilan bog'liq shartnomalar ham mavjud. Bunday shartnomalar jumlasiga
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 488-1-son
qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan hamda 1998-yil 15-iyundan kuchga kirgan
O'zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o'rtasida "Puqarolik, oilaviy
va jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar
to'g'risida"gi shartnomani keltirishimiz mumkin. Ushbu shartnomaning 39-
moddasiga muvofiq, ahdlashuvchi tomonlardan birining qonuniy kuchga kirgan
sud qarorlari, shuningdek vasiylik va homiylik organlarining, davlat notariati
hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish bo'limlarining qarorlari
boshqa ahdlashuvchi tomon hududida e'tirof etiladi, mol-mulkka nisbatan qarorlar
esa shartnomada belgilangan shartlarda e'tirof etilishi va bajarilishi
mustahkamlangan. Shuningdek mazkur shartnomaga binoan quyidagi hujjatlar
ikkala ahdlashuvchi davlatlar tomonidan ijro etiladi:
-fuqarolik va oila ishlari bo'yicha qarorlar. sudlarda tuzilgan kelishuv
bitimlari; hukmlarning jinoyat natijasida yetkazilgan zarami qoplashga taalluqli
qismi;](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_23.png)
![- otalikni tan olish va nafaqa majburiyatlarini e'tirof etish haqidagi ijro etish
yozuviga ega bo'lgan hujjatlar,hujjatlar.
-sud xarajatlarini to'lash to'g'risidagi qarorlar.
Ta'kidlash joizki, bunday shartnomalar Qozog'iston, Turkmaniston, Latviya,
Litva, Ukraina, Xitoy, Turkiya, Chexiya, Bolgariya va boshqa davlatlar bilan ham
tuzilgan bo'lib, ayni paytda ushbu shartnomalar ijro ishi yuritish fanining
manbalari hisoblanadi.
IJRO ETISH ORGANLARI
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlash
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son
Farmoni bilan tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatilgan,
ularning vakolatlari O'zbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari
bilan belgilanadi.
Pul mablag'larini undirish to'g'risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar
hujjatlarining talablarini ijro etish qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq
organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari qonunda nazarda
tutilgan hollarda o'zga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ham ijro etilishi
mumkin. Lekin bular majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi, ular faqat ijroni
ta'minlaydi. Agar undiruvchi bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning
hisobvaraqlari mavjudligi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lsa, pul mablag'larini
undirish to'g'risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari
bayon etilgan ijro hujjatini undiruvchi bevosita ana shu bankka yoki boshqa kredit
tashkilotiga yuborishi mumkin.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_24.png)
![Qarzdorning hisobvaraqlari bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi bank yoki boshqa
kredit tashkiloti ijro hujjati olingan kundan e'tiboran uch kunlik muddat ichida ijro
hujjatida bayon etilgan pul mablag'larini undirish to'g'risidagi talablarni ijro etadi
yoxud qarzdoring hisobvaraqlarida undiruvchining talablarini qanoatlantirish
uchun yetarli pul mablag'i yo'qligi sababli ko'rsatilgan talablar to'la yoki qisman
ijro etilmaganligini qayd etib qo'yadi.
Pul mablag'larini undirish to'g'risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar
hujjatlarining talablari bayon etilgan ijro hujjatini undiruvchi bevosita ana shu
bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga yubormaslik sudning qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda va miqdorda bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga
jarima solishi uchun asos bo'ladi.
IJRO HUJJATLARI VA ULARNING MAZMUNI
Ijro hujjatlari deganda davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlarini olib borish
uchun asos bo'ladigan sud va boshqa organlarning hujjatlari tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish to'g'risida"gi Qonunida belgilangan qoidalarga binoan quyidagilar ijro etilishi
lozim:
- fuqarolik ishlari va iqtisodiy nizolar bo'yicha sudlarning hal qiluv qarorlari,
ajrimlari va qarorlari;
- jinoyat ishlari bo'yicha sud hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy
undirishga oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi
hukmlari, ajrimlari va qarorlari:
- ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud qarorlarining
mulkiy undirishga oid qismi: alimentlar to'lash to'g'risidagi notarial tarzda
tasdiqlangan kelishuvlar,
- notariuslarning ijro xatlari: mehnat nizolari komissiyalarining qarorlari;
- ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega
bo'lgan organlar (mansabdor shaxslar)ning chiqargan qarorlari:](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_25.png)
![- hakamlik sudining qarorlari;
Respublikasi qonun hujjatlari yoki xalqaro O'zbekiston Respublikasi
arbitrajlarining shartnomada nazarda tutilgan hollarda chet el sudlari va qarorlari;
- o'zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb
topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma'muriy tartibda ko'chirish to'g'risidagi
prokurorlarning qarorlari:
O'zbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini
ijro etish to'g'risida"gi Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat ijrochilarining
qarorlari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.
Quyidagilar ijro hujjatlari hisoblanadi:
*sudlar o'zlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari:
*hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan
ijro varaqalari:
*chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida O'zbekiston Respublikasi
sudlari beradigan ijro varaqalari:
*sud buyruqlari:
*alimentlar to'lash to'g'risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
*notariuslarning ijro xatlari;
*mehnat nizolari komissiyalari o'z qarorlari asosida beradigan guvohnomalar:
*ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega
organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlari:
*o'zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb
topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma'muriy tartibda ko'chirish to'g'risidagi
prokurorlaming qarorlari;
*davlat ijrochilarining qarorlari:
*qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.
O'zbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish to'g'risida"gi Qonuni ijro hujjatlarining mazmuniga bir qator talablar qo'ygan.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_26.png)
![✔ Ijro hujjatida quyidagilar ko'rsatilishi lozim: ijro hujjatini bergan sud yoki
boshqa organ nomi ijro hujjatining qaysi ish bo'yicha berilgani va uning tartib
raqami: ijro etilishi shart bo'lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjati qabul
qilingan sana;
✔ undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari, jismoniy shaxslar
uchun qarzdorning tug'ilgan sanasi va joyi, ish joyi:
✔ sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining qaror qismi va kuchga kirgan
sanasi;
✔ ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.
✔ Mol-mulkni davlat daromadiga o'tkazish yoki yo'q qilib tashlash
to'g'risidagi ijro hujjatiga quyidagilar qo'shimcha ravishda ilova qilinadi: olib
qo'yish to'g'risidagi dalolatnoma nusxasi;
✔ mol-mulkning iste'mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun.
✔ yaroqliligi yoki yaroqsizligi to'g'risidagi ekspert xulosasi;
✔ mol-mulk baholanganligi to'g'risidagi xulosa:
✔ saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
✔ ijroni yuritish uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlar.
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati sudya tomonidan imzolanadi va
sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Boshqa organning hujjati asosida berilgan
ijro hujjati mazkur hujjatni qabul qilgan organning vakolatli mansabdor shaxsi
tomonidan imzolanadi va tegishli organning muhri bilan tasdiqlanadi. Notariusning
ijro xatida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi lozim:
- ijro xatini yozayotgan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi,
lavozimi;
- undirib oluvchining nomi va manzili;
- qarzdorning nomi va manzili; undirish amalga oshiriladigan muddat:
- undirilishi lozim bo'lgan summalar yoki talab qilib olinishi lozim bo'lgan
narsalar, shu jumladan to'lanishi kerak bo'lgan penya, foizlar; undiruvchi to'lagan
yoki qarzdordan undirilishi lozim bo lgan davlat boji yoki tarif summalari:ʻ](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_27.png)
![- ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun); ijro xatining reestrda qayd etilgan
raqami:
- ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
- notariusning muhri Ijro ishi yuritishdagi protsessual hujjat - bu ijro
harakatlarini amalga oshirish uchun rasmiylashtirishi lozim bo'lgan, o'zining nomi,
shakli va mazmuni jihatidan shu hujjatlar tuzilishini nazarda tutuvchi qonunlarga
muvofiq davlat ijrochilari tomonidan tuziladigan hujjatdir.
Ijro ishi yuritishda quyidagilar protsessual hujjat hisoblanadi: davlat
ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qabul qiladigan qarorlari:
- davlat ijrochisining ijro harakatlari jarayonida tuzadigan davlat ijrochisining
ijro harakatlarini amalga oshirishda yuboradigan xabarnomalari:
- davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda yuboradigan
so'rovnomalari; davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda
yuboradigan dalolatnomalari:
- davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda beradigan
talabnomalari:
- davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda kiritadigan
taqdimnomalari;
- arizalari;
- davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda yuboradigan
chaqiruv qog'ozi:
- qonunda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
CHET EL SUDLARI VA ARBITRAJLARI QARORLARINI
IJRO ETISH
O'zbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini
ijro etish to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq chet el sudlari va arbitrajlarining
qarorlarini ijro etish tartibi O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va
xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_28.png)
![Xalqaro shartnoma bu ikki yoki bir necha davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar
o'rtasida tuzilgan bitim bo'lib, ishtirokchilarning siyosiy, iqtisodiy va boshqa
munosabatlarida o'zaro majburiyatlarini belgilash, o'zgartirish va tugatishni
nazarda tutadi. O'zbekiston Respublikasi sudi tomonidan chet el sudining yoki
arbitrajining qarori asosida berilgan ijro varaqasi, agar O'zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo'lmasa, qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan e'tiboran uch yil ichida majburiy
ijro etish uchun topshirilishi mumkin. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro
etish O'zbekiston Respublikasining ikki tomonlama va boshqa ko'p tomonlama
xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi.
Har qanday yuridik hujjat faqat shu hujjatni qabul qilgan davlat hududidagina
huquqiy kuchga ega. Biroq yuridik hujjatning qonuniy kuchini boshqa davlat
hududida xalqaro bitimga binoan o'zaro kelishuv asosida tatbiq etish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi hududida chet el davlatlari hakamlik sudlari
qarorlarini e'tirof va ijro etilishi mamlakatimiz xalqaro huquqiy faoliyatining
muhim tarkiblaridan biridir.
O'zbekiston Respublikasi ham Oliy Majlis tomonidan 1995-yil 20-dekabrda
qabul qilingan qarorga binoan 1958-yil 10-iyundagi "Chet el davlatlari hakamlik
qarorlarini e'tirof va ijro etish haqida"gi Nyu-York konvensiyasi'ga qo'shilgan
davlatlar tarkibiga kiradi. Ushbu Konvensiya qatorida mamlakatimizda chet el
davlatlari hakamlik sudlari qarorlarini e'tirof va ijro etishni tartibga soluvchi va
boshqa xalqaro hujjatlar ham amaldadir.
Masalan, 1992-yil 20-martda Kiyev shahrida MDH davlatlari rahbarlari
tomonidan shu davlatlar xo'jalik subyektlari o'rtasida shartnomaviy va boshqa
fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni ko'rib hal etish hamda
ular bo'yicha qarorlar ijrosini ta'minlash haqidagi bitim imzolangan. Bundan
tashqari, Minsk shahrida 1993-yil 22-yanvarda MDHga a'zo davlatlar tomonidan
"Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam va huquqiy
munosabatlar to'g'risida"gi Konvensiya imzolangan. Konvensiya O'zbekiston
Respublikasi tomonidan 1994-yil 6-mayda ratifikatsiya qilingan va 1994-yil 19-](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_29.png)
![maydan boshlab kuchga kirgan. Shuningdek O'zbekiston Respublikasi bir qator
davlatlar bilan huquqiy yordam ko'rsatish bo'yicha ikki taraflama shartnomalar
tuzgan. Konvensiya. bitim va shartnomalar qaysi holatlar chet el davlatlari
hakamlik sudida qanday e'tirof va ijro etilishi lozimligini, shuningdek chet el
davlatlari hakamlik sudlari qarorlarini ijro etish holatlarini belgilaydi.
Konvensiya, bitim va shartnomalar ularni qabul qilgan har bir davlat
Konvensiya ishtirokchilarining hakamlik sudlari qarorlarini e'tirof etishlarini va
ularning ijrosi so'ralayotgan davlat hududida amalda bo'lgan huquqiy me'yorlar
asosida ijro etilishini ko'zda tutadi.
Chet el davlatlari korxona va tashkilotlarining chet el davlatlari hakamlik
sudlari qarorlarini e'tirof va ijro etish haqida iltimos bilan murojaat qilganlarida
iqtisodiy sudlari yuqorida qayd etilgan konvensiya, bitim va shartnomalarda ko'zda
tutilgan umumiy qoidalarga va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual
kodeksiga amal qilib ish yuritishlari lozim.
Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining iqtisodiyot sohasida yuzaga
keladigan nizolar hamda boshqa ishlar bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari,
agar bunday qarorlarni tan olish va ijroga qaratish O'zbekiston Respublikasining
tegishli xalqaro shartnomalari hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo'lsa,
ular O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan tan olinadi va ijroga
qaratiladi. Chet davlat sudining va arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish hamda
ijroga qaratish masalalari iqtisodiy sud tomonidan nizo bo'yicha hal qiluv qarori o'z
foydasiga chiqarilgan tarafning arizasi bo yicha hal etiladi.ʻ
Chet davlat sudi deganda chet davlatning taraflar o'rtasidagi nizoni hal
etuvchi vakolatli organi tushuniladi, chet el arbitraji deganda chet davlatning
taraflar o'rtasidagi nizoni hal etish uchun doimiy yoki vaqtincha asosda faoliyat
ko'rsatadigan nodavlat tashkiloti tushuniladi.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori, agar O'zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo'lsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan e'tiboran uch yil muddat ichida, tan olish
va ijroga qaratish uchun taqdim etilishi mumkin.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_30.png)
![Chet el davlatlari hakamlik sudlari qarorlarini e'tirof etish va ijrosini
ta'minlashni ikkita mustaqil bosqichga bo'lish mumkin: birinchisi qarorni e'tirof
etish; ikkinchisi e'tirof etilgan qarorni ijro etish. Chet davlat sudining yoki
arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ariza
undiruvchi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar iqtisodiy sudiga qarzdorning joylashgan yeri yoki yashash joyi bo'yicha
yoxud agar qarzdorning joylashgan yeri yoki yashash joyi noma'lum bo'lsa,
qarzdor davlat ro'yxatidan o'tkazilgan joy bo'yicha beriladi.
Nyu-York konvensiyasiga binoan hakamlik sudlari qarorlarini e'tirof va ijro
etish haqidagi murojaatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: lozim darajada
tasdiqlangan hakamlik qarorining asl nusxasi yoki tegishlicha tasdiqlangan
nusxasi; biror-bir shartnoma yoki boshqa huquqiy munosabatlar bilan bog'liq
bo'lgan ularning obyekti hakamlikda ko'rish uchun asos bo'lib, barcha yoki ba'zi bir
nizolarni hakamlikka berish bo'yicha taraflar bitimining asl nusxasi.
Agar hakamlik sudi qarori yoki kelishuv shu qarorni e'tirof etish va ijrosini
ta'minlash so'ralayotgan davlatning rasmiy tilida yozilmagan bo'lsa, u holda
undiruvchi shu tilga tarjima qilingan hujjatlar nusxasini ilova qiladi. Tarjima
rasmiy yoki qasamyod qilgan tarjimon yoxud vakolatxona yoki elchixonalar
tomonidan tasdiqlangan bo'lishi lozim.
"Xo'jalik munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan nizolarni hal etish tartibi
haqida"gi Kiyev bitimi ishtirokchilariga MDH davlatlarining hakamlik, iqtisodiy
sudlari qarorlarini ijro etish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
- majburiy ijro etilishi so'ralgan qarorning tegishlicha tasdiqlangan nusxasi;
- agar qaror matnining mazmuni qonuniy kuchga kirganligini ko'rsatuvchi
rasmiy hujjat;
-ish ko'rilishini ikkinchi tarafga bildirganligi haqida rasmiy xabarnoma; ijro
varaqasi.
Alohida xususiyatlarga ega bo'lgan talablar O'zbekiston Respublikasi
tomonidan imzolangan "Huquqiy yordam ko'rsatish haqida"gi ikki taraflama](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_31.png)
![shartnomasiga asoslangan holda berilgan qarorlarni tan olish haqidagi talabnomaga
taqdim etiladi.
Masalan, O'zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi o'rtasida 1997-yil
20-fevrakla tuzilgan "Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam
va huquqiy munosabatlar to'g'risida"gi shartnomaning 53-moddasiga asosan ijro
etishni ta'minlash haqidagi talabnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- sud tomonidan tasdiqlangan ruxsatnoma;
- hal qiluv qarorini qonuniy kuchga kiritish haqidagi rasmiy hujjat bu qaror
matnida qayd etilmagan bo'lsa;
- ish ko'rilishi jarayonida ishtirok etmagan javobgarga sud majlisiga chaqiriq
qog'ozi o'z vaqtida va tegishli tartibda berilganligini tasdiqlovchi hujjat;
- shartnomaning 53-moddasi 1-2-bandlarida ko'rsatilgan hujjatlar
tarjimasining tasdiqlanganligi.
Avval ta'kidlanganidek, qarorni e'tirof etish chet el davlatlari hakamlik sudlari
qarorlarini ijro etishning birinchi bosqichidir. Konvensiya, bitim va
shartnomalarning mazmunidan kelib chiqqan holda, fikrimizcha, manfaatdor taraf
qarzdoring manzili yoki uning mulki joylashgan joydagi tegishli sudga murojaat
qilishi lozim.
Murojaat qanoatlantirilganda iqtisodiy sud tomonidan undirilgan miqdor va
chet el davlatlari hakamlik sudi qarorida va ijro varaqasidagi valyuta qiymati
ko'rsatilgan ijro varaqasi beriladi. Ajrim ijro varaqa bilan undiruvchiga, nusxasi esa
qarzdorga yuboriladi.
Qarzdorning hisobida mablag'i bo'lmagan taqdirda murojaatni ko'rayotgan
iqtisodiy sudi qarorni ijro etish usulini o'zgartirib, undirishni qarzdor mulkiga
qaratishi mumkin.
Qarorni ijro etishni, u qarshi qaratilgan taraf iltimosiga binoan rad etish
mumkin, faqat agar shu taraf ijro etilishi so'ralgan iqtisodiy sudiga, chet el
davlatlari hakamlik sudi qarorining ijrosini bajarishga to'sqinlik qiluvchi
konvensiya, bitim va shartnomada ko'rsatilgan asoslarning biri mavjudligini
isbotlovchi dalil keltirsa.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_32.png)
![Nyu-York konvensiyasiga binoan hakamlik qarorini e'tirof etish va ijro
qilishni javobgar iltimosiga binoan rad etish mumkin, basharti shu taraf e'tirof va
ijro qilinishi so'ralgan joydagi tegishli hokimiyatga quyidagi dalillarni keltirsa:
*2-moddada ko'rsatilgan bitim taraflari, ularga nisbatan qo'llanilgan qonunga
ko'ra qandaydir darajada layoqatsiz yoki taraflar shu bitimni bo'ysundirishga qonun
bo'yicha qonuniy kuchga ega bo'lmaganligi tan olinadi va bunday farmoyishning
yo'qligida qaror chiqarilgan davlatning qonuni bo'yicha tan olingan bo'lsa yoki
hakam tayinlanganligi yoki hakamlik muhokamasi haqida javobgar lozim darajada
xabardor qilinmagan yoxud boshqa bir sababga binoan o'z dalil isbotlarini
keltirolmagan bo'lsa;
*qaror hakam bitimi shartlariga yoki shartnomadagi hakam izohiga mos
kelmagan yoki ko'zda tutilmagan nizo bo'yicha qabul qilingan yoxud hakam bitimi
yoki shartnomadagi hakam sharhi chegarasidan chiqadigan masalalar bo'yicha
chiqarilgan bo'lsa, biroq hakam bitimi yoki sharhi bilan ko'zda tutilgan
farmoyishlar ular tomonidan ko'zda tutilmaganidan ajratilishi mumkin bo'lsa, u
holda hakam bitimi yoki shartnomadagi hakam sharhida ko'zda tutilgan qaror
qismi e'tirof etilishi va ijroga qaratilishi mumkin; hakamlik organi yoki hakamlik
jarayoni taraflar bitimiga mos kelmagan yoxud bunday holat bo'lmasada, hakam
joylashgan davlat qonuniga muvofiq bo'lmagan taqdirda; qaror taraflar uchun
tugallanmagan yoki u qabul qilingan yoxud qonuni qo'llanilayotgan davlat
hokimiyati tomonidan bekor qilingan yoki ijrosi to'xtatilgan bo'lsa. Shu bilan birga,
hakamlik qarorini e'tirof etish va ijrosini ta'minlash rad etilishi mumkin, agar e'tirof
etish va ijroni ta'minlash so'ralgan davlatning tegishli hokimiyati tomonidan
quyidagilar aniqlangan bo'lsa: o'sha davlat qonunlariga ko'ra nizo obyekti hakamlik
muhokamasining asosi bo'la olmasa:
*qarorni e'tirof etish va ijrosini ta'minlash shu davlatning ommaviy ko'rish
tartibiga zid bo'lsa. Kiyev bitimi 9-moddasiga binoan agarda javobgar quyidagi
dalillarnikeltirmagan bo'lsa, bu qarorning ijrosini ta'minlashni rad etish mumkin:](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_33.png)
![*iltimos qilinayotgan MDH ishtirokchisi bo'lgan davlat sudi tomonidan xuddi
shu taraflar ishi va xuddi shunday asos va shu mavzu bo'yicha qonuniy kuchga
kirgan qaror qabul qilingan bo'lsa;
- MDH ishtirokchisi bo'lgan vakolatli uchinchi davlatning yoxud hamjamiyat
a'zosi bo'lmagan davlatning xuddi shu taraflar xuddi shunday predmet va asosi
bo'yicha e'tirof etilgan qarori bo'lsa;
- ikkinchi taraf ish yuritilganligi haqida xabardor etilmagan bo'lsa;
- qarorning majburiy ijro etish 3 yillik da'vo muddati o'tib ketgan bo'lsa.
O'zbekiston va Litva Respublikalari o'rtasida tuzilgan "Huquqiy yordam
ko'rsatish haqida"gi Shartnomaning 57-moddasiga binoan sud qarorlarini e'tirof va
ijro etishni qaysi hollarda rad etish mumkin:
- iltimosnoma yuborgan shaxs yoki ish bo'yicha javobgar ish ko'rishda o'sha
yoki uning vakiliga o'z vaqtida va lozim bo'lgan darajada chaqiruv qog'ozi
yuborilmaganligi uchun ishtirok etmagan bo'lsa;
- tegishli taraflar hududida xuddi shu taraflar va shu nizo bo'yicha qonuniy
kuchga kirgan qaror avval qabul qilingan bo'lsa yoki shu nizo bo'yicha kelishilgan
taraf muassasasi tomonidan avval ish qo'zg'atilgan bo'lsa;
- agar ushbu shartnoma shartiga binoan, shartnomada ko rsatilmagan hollardaʻ
esa kelishilgan taraflar qonunchiligiga binoan qarorning e'tirof va ijro etilishi lozim
bo'lgan hududdagi ish faqat shu muassasa vakolatiga tegishli bo'lsa.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_34.png)
![A dabiyotlar
1.Tuxtasheva U.A. Ijro ishi yuritish: Darslik. 2-nashr Toshkent: TDYI, 2009.-308
h.
2.Yusupov B. Sud hujjatlarini bujurmaganlik uchun jinoiy javobgarlik
muammolari: Monografiya - T.TDYI, 2011.-173 b.
3.M.Q.O'razaliyev Ijro ishi yuritish Darslik. - T TDYU nashriyoti 2019. - 239 bet
4.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., O'zbekiston. 2018. - 80 b.
5.O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi "Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi № 258-II-sonli Qonuni // O zbekistonʻ
Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2001.-Ne 21. 145-modda.
6.O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi. O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
7.O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
8.O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi. O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
9.O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi
10.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son
qarori. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2007. No 45. 541-
modda.
11. O'razaliyev Murod Qorayevich. Ijro ishi yuritish. Darslik. T.: TDYU
nashriyoti, 2019.-239 bet.](/data/documents/7ad5365d-f76b-4846-b29e-fd79bf21c314/page_35.png)
Ijro ishi yuritish tushunchasi, mohiyati va pryedmyeti. Ijro ishi yuritishning umumiy qoidalari. Reja : 1. Ijro ishi yuritish predmeti, tushunchasi va uning xususiyatlari; 2. Ijro ishi yuritishning asosiy prinsiplari.. 3. Ijro ishi yuritish fanining huquqning boshqa sohalari bilan aloqasi. 4. Ijro ishi yuritishning isloh qilinishi. 5. Ijro ishi yuritish manbalari. 6. Ijro etish organlari. 7. Ijro hujjatlari va ularning mazmuni. 8. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish.
IJRO ISHI YURITISH PREDMETI, TUSHUNCHASI VA UNING XUSUSIYATLARI O'tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda sud-huquq sohasida qator islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar bevosita ijro ishi yuritish sohasida ham amalga oshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Har bir sud qarorining qonuniy kuchi uning amalda qanday amalga oshirilishi bilan bevosita bog'liq. Shuning uchun ham fuqarolarimiz, jamiyat va davlat manfaatlarini kafolatli himoya qilish maqsadida sud qarorlarining so'zsiz va to'liq ijrosini ta'minlash, ijro hujjatlarini harakati va natijalarini nazorat qilish bo'yicha samarali mexanizm yaratishimiz kerak" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. elektron tartibda ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish hamda aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish vazifalari qo'yilgan Hozirda 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonun' ijro hujjatlarini majburiy ijro etish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjati hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5059-son Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek sud hujjatlarining so'zsiz ijrosini
ta'minlashga mas'ul bo'lgan Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti faoliyati tugatildi. Prezidentning "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son Qarori bilan "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to'g'risida"gi nizom tasdiqlandi. Qabul qilingan mazkur hujjatlar tufayli ijro ishi yuritish tizimi rivojida sifat jihatidan yangi davr boshlandi. Tizim tashkiliy jihatdan mutlaqo yangilandi. Ijro tizimining huquqiy asoslari mustahkamlanishi sari ildam qadamlar tashlandi. Yaqin kunlargacha huquq nazariyasida ijro ishi yurituviga fuqarolik protsessining. fuqarolik sud ishlari yuritishning yakuniy bosqichi sifatida qarab kelingan. Ijro ishi yuritish respublikamiz huquq tizimidagi rivojlanib kelayotgan va bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega huquq sohasi hisoblanadi. Ijro ishi yuritishning qonunchilik asosi konstitutsiyaviy normalarda o'z aksini topgan bo'lib, davlat va sud tomonidan fuqarolar huquq va erkinliklari himoyasini kafolatlaydi. Ijro ishi yuritish faoliyatini tartibga solish uchun 2001-yil 29-avgustda "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi bilan ijro ishi yuritish huquqning alohida mustaqil sohasi ekanligi aniq-ravshan bo'ldi. Ungacha ijro ishi yuritish fuqarolik protsessining bosqichi hisoblanib, fuqarolik protsessual huquqi fani ichida o'tib kelinardi. Ayni paytda davlat ijro hokimiyati organlari tizimida mustaqil organ sifatida tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari zimmasiga sud hujjatlar va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlash vakolati yuklatilgan. Davlat ijrochilari davlat xizmatchilari, hokimiyat vakili hisoblanadi va keng huquqlarga ega. Aynan davlat ijrochilari jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini himoya qilishning oxirgi bosqichida turib, uni hal etish vakolatiga ega bo'ladilar. Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarining past darajadagi faktik ijrosi nafaqat jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari buzilishiga, balki boshqa salbiy
oqibatlarga olib keladi. O'z huquqlarini himoya qilayotgan shaxslar huzilgan huquqlarini faqat nazariy tan olinishi emas, balki amaliy, real himoya qilinishini kutadilar. Ijro ishi yuritishda sud va boshqa organlar hujjatlari ijro etilib, huquq subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinadi. 1975-yilda ijro ishini huquqning alohida mustaqil sohasi deb e'lon qilgan rossiyalik protsessualist olim M.K. Yukov edi. Uning fikricha, sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bu fuqarolik protsessining mantiqiy davomi (bir qismi, bo'lagi) emas. M.K. Yukovning fikricha, ijro huquqi bu huquq sohasida mustaqil huquq tarmog'i bo'lib, huquq tizimi bu huquq tarmog'isiz to'g'ri ishlay olmaydi. Ijro huquqi ijro ishi yuritish davomida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va davlatning majburlov kuchi bilan subyektiv-moddiy huquq yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarni maxsus normativ akt (ijro varaqasi) orqali himoya qiladi. Olimning xulosasiga ko'ra, bu huquq sohasi yuridik butunlikka ega, ya'ni o'zining predmeti va maxsus huquqiy tartibga solish metodiga, xususiy tamoyillar va umumiy qoidalarga ega. Bizning fikrimizcha, ushbu yondashuv boshqalariga qaraganda ancha to'g'ri. Lekin shuni inobatga olish kerakki, ijro ishi yuritishga protsessual huquq sohalarining asosi sifatida qarashimiz kerak. Zamonaviy huquqshunoslik fanida aksariyat huquqshunoslar ijro ishi yuritishni fuqarolik yoki iqtisodiy protsessual huquqining bosqichi sifatida qaraydilar. Bunday qarash an'anaviy yondashuv hisoblanadi. Boshqa huquqshunos protsessualist olimlarning ta'kidlashicha esa, ijro ishi yuritish bu fuqarolik yoki iqtisodiy protsessual huquqining bosqichi emas, balki huquqning mustaqil sohasidir. Ijro ishi yuritish vaqtida davlat ijrochisi huquqi buzilgan fuqaroning sud tomonidan chiqarilgan qonuniy qarori yoki hukmi asosida tiklar ekan. o'z o'mida bunday harakat boshqalar uchun ularning qonuniy huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslik uchun da'vat etishga qaratilgan bo'ladi. Ijro ishi yuritishning mohiyati qonunda nazarda tutilgan tartibda qarzdorga nisbatan undiruvchining qonuniy talablarini qondirishga qaratilgan majburlov
choralari (majburiy ijro) qo'llashdan iborat. Ijro ishi yuritishni huquqiy tartibga solish predmeti esa sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish doirasida vujudga keladigan nazorat, ma'muriy, moliyaviy, mulkiy, protsessual va boshqa turli sohadagi ijtimoiy munosabatlardir. Ijro ishi yuritish fuqarolik protsessual huquqi va iqtisodiy protsessual huquqi hamda boshqa ko'plab huquq sohalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi. Ijro ishi yuritish qonunda belgilangan tartibda ijro hujjatida ko'rsatilgan (qarzdorga nisbatan undiruvchining) talabni davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Ijro ishi yuritish - bu, eng avvalo, protsessual huquq sohasidir, uning ichida vujudga keladigan qolgan boshqa barcha munosabatlar esa aynan shu sohaga davlat ijrochisining ijro ishi yuritishiga oid protsessual munosabatlar hisoblanadi. Ijro huquqini huquqiy tartibga solish predmetini ijro ishi yuritishda davlat ijrochisining majburiy ijro etish faoliyati bo'yicha vujudga keladigan protsessual munosabatlar majmui tashkil qiladi. Shu o'rinda majburiy ijro etish tushunchasiga ta'rif berib o'tsak. Majburiy ijro ijro hujjati talabini bajarmagan shaxsga nisbatan sud hujjatlari yoki boshqa organning hujjati asosida uni muayyan harakatlar, mulkiy va nomulkiy xarakterdagi munosabatlar (majburiy jarima, ijro yig'imi undirish v.b.)ni majburan bajarishga qaratilgan maxsus choradir. Majburiy ijro faoliyatini qonun bilan nazarda tutilgan o'ziga xos protsessual harakatlarning yig'indisi sifatida e'tirof etish mumkin. Ijro hujjati talabi davlat ijrochisi tomonidan belgilangan o'n besh kunlik ixtiyoriy muddatda qarzdor tomonidan bajarilmasa, davlat ijrochisi majburiy ijro harakatlariga kirishadi. Qarzdor tomonidan ijro hujjatlari talablari ixtiyoriy ravishda ijro etilsa, majburiy ijro choralari qo'llanilmaydi. Fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongi yuqori bo'lsa, ijro hujjatlarini o'z xohishi bilan ixtiyoriy ijro etadi. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek: "Odamlarimizda huquqiy ong. huquqiy madaniyatning yetarli emasligi jamiyatda adolat mezonlarining buzilishiga olib kelmoqda. Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish. huquqiy ma'lumotlardan xabardor bo'lishdangina iborat emas. U qonunlarga