Ijro harakatlarini amalga oshirishning umumiy shartlari. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish asos va choralari.
![Ijro harakatlarini amalga oshirishning umumiy shartlari. Sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish asos va choralari.
Reja:
1. Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish.
2. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi va vaqti.
3. Yig'ma ijro ishi yuritish.
4. Ijro ishi yuritishda muddat.
5. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish, ijro ishi yuritishni to'xtatib turish,
tugatish va tamomlash.
6. Ijro hujjatlarini qaytarish
7. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish.
8. Qurdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini
vaqtincha cheklash.
9. Yo'qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash.
10. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish asasi
va choralari.](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_1.png)
![IJRO ISHI YURITISHNI QO'ZG'ATISH
Ijro ishi qo'zg'atish ijro jarayonining birinchi va majburiy bosqichi
hisoblanadi. Ijro ishi qo'zg'atish nafaqat majburiy ijro uchun, balki boshqa ijro
harakatlarini amalga oshirish uchun asos bo'ladi. Ijro ishi qo'zg'atish haqidagi qaror
chiqarmasdan turib qarzdorning moliyaviy ahvoli haqida ma'lumot olishga davlat
ijrochisining haqqi yo'q. Ijro ishi qo'zg'atishni davlat ijrochisi yakka tartibda
amalga oshiradi. Davlat ijrochisiga ijro hujjati yetib kelganidan so'ng unga ikki
majburiyat yuklatiladi. Birinchidan. sud. davlat organi yoki undiruvchidan kelib
tushgan ijro hujjatini ijroga qabul qiladi. Ikkinchidan. aniq bir shartlar mavjud
bo'lganida ijro ishi qo'zg'atadi. Bunday shartlar ikkita. Birinchi shart ijro
hujjatining amal qilish muddati o'tib ketmagan bo'lsa. Ikkinchi shart ijro hujjati
qonun tomonidan ijro hujjatlariga qo'yilgan talablarga javob berishi kerak.
Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish davlat ijrochisi tomonidan sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda majburlov choralarini qo'llashning
qonuniyligini ta'minlash bosqichidir. Sud yoki boshqa organdan yoxud
undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o'tmagan va mazkur
hujjat O'zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish to'g'risida"gi Qonunining 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq
bo'lsa) davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi
yuritishni qo'zg'atishi shart. Agar qonun hujjatlarida ijro hujjatlarining ayrim
turlariga majburiy ilovalar nazarda tutilgan bo'lsa, ular davlat ijrochisiga ijro
hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak.
Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi masala ijro hujjati kelib tushgan
vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida hal etiladi.
Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda quyidagilar ko'rsatilishi
kerak:
qaror chiqarilgan sana va joyi:
qarorni chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi,
qaror qaysi ijro ishini yuritish yuzasidan chiqarilganligi;](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_2.png)
![qaror orqali hal qilinadigan masala;
davlat ijrochisi qaror qabul qilishda amal qilgan qonun va boshqa qonun
hujjatlariga havola qilingan asoslar;
ko'rilayotgan masala bo'yicha xulosa:
qaror ustidan shikoyat berish yoki protest keltirish tartibi va muddati.
Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda ijro
hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish
qo'zg'atilgan kundan e'tiboran ko'pi bilan o'n besh kun muddat belgilaydi (darhol
ijro etilishi lozim bo'lgan ijro hujjatlari bo'yicha ixtiyoriy muddat belgilanmaydi)
va qarzdorga belgilangan muddat tugagandan keyin ijro hujjatidagi talablar, unda,
"Sud hujjatlari va boshka organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning
82-moddasida nazarda tutilgan jarimani undirgan holda majburiy ijro etilishi
to'g'risida, shuningdek belgilangan hollarda ijro yig'imi undirilishi va O'zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddalarida belgilangan jinoiy javobgarlik
to'g'risida ma'lum qiladi.
Jarima tariqasidagi jazoni tayinlash to'g'risidagi hukm asosida berilgan ijro
varaqasi bo'yicha ijro ishi yuritish qo'zg'atilgan taqdirda, ixtiyoriy ijro etish
muddati ijro ishi yuritishi qo'zg'atish haqida qaror chiqarilgan kundan emas, balki
hukm qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran bir oy etib belgilanadi va ijro ishi
yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda qarzdor sud hukmi asosida tayinlangan
jarimani belgilangan muddatda to'lashdan bo'yin toylasa, jarima jazosi jazoning
boshqa turi bilan almashtirilishi to'g'risida ogohlantiriladi.
Tim ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qaror nusxasi undiruvchiga
qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim bo'lgan sud yoki boshqa organga u
chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay yuboriladi.
Undiruvchining arizasiga binoan yoki o'z tashabbusi bilan davlat ijrochisi
mulkiy undiruv bo'yicha ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqarish
bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini ro'yxatga olib, ularni xatlashga haqlidir.
Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest
bildirish mumkin. Ish yurituvida bir qarzdorga nisbatan qo'zg'atilgan ikki va undan](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_3.png)
![ortiq ijro ish yurituvlari mavjud bo'lganda, tuman (shahar) MIB hududiy bo'limi
mazkur ijro ish yurituvlari birlashtiriladi. Ijro ish yurituvlari topshirilgan davlat
ijrochisi katta davlat ijrochisining topshirig'iga muvofiq, mazkur ijro ish
yurituvlarini birlashtirish to'g'risida qaror chiqaradi.
Agar ijro hujjati "Sud organlari yoki boshqa davlat organlari hujjat larini ijro
etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida ko'zda tutilgan talablarga
muvofiq bo'lmasa yoki ijroga topshirish muddati o'tkazib yuborilgan holda
jo'natilgan bo'lsa. ijro hujjati kelib tushgan kundan e'tiboran uch kunlik muddat
ichida davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo'zg'atmasdan qaytarib yuboradi. Ijro
hujjatini qaytarib yuborish to'g'risida davlat ijrochisi qaror chiqaradi hamda uning
nusxasi qaror chiqarilgan kunning crtasidan kechiktirmay undiruvchiga, ijro
hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi. Davlat ijrochisi ijro hujjatini
qaytarish to'g'risidagi qarorda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan. qaysi talablar
buzilganligini ko'rsatadi.
Ijro hujjatining yo'l qo'yilgan nuqsonlarni bartaraf etish uchun qaytarib
yuborilishi bunday nuqsonlar bartaraf qilinganidan so'ng ijro hujjatini davlat
ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda yuborish uchun to'sqinlik qilmaydi.
Ijro hujjatini qabul qilishni rad etishga davlat ijrochisi haqli emas. Bir tuman
(shahar) MIB hududiy bo'limi ish yuritishida bitta qarzdorga nisbatan qo'zg'atilgan
ikki va undan ortiq ijro ishlari mavjud bo'lganda mazkur ijro ishlari birlashtiriladi.
IJRO HARAKATLARINI AMALGA OSHIRISH JOYI VA VAQTI
Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi deyilganda, ijro harakatlari amalga
oshiriladigan va majburiy ijro choralari qo'llaniladigan hudud tushuniladi.
Qonunchilikka muvofiq, qarzdor jismoniy shaxs bo'lsa, davlat ijrochisi ijro
harakatlarini uning yashash joyi yoki ish joyida yoxud uning mol-mulki turgan
joyda amalga oshiradi. Shuningdek qarzdor yuridik shaxs bo'lsa, davlat ijrochisi
ijro harakatlarini uning organi joylashgan yoki mol-mulki turgan joyda amalga
oshiradi.](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_4.png)
![Qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini
yuklovchi ijro hujjatlarining talablari bunday harakatlar amalga oshiriladigan joyda
bajariladi.
Qarzdorning yashash joyi, ish joyi yoki turgan joyi o'zgargan bo'lsa yoki
ilgarigi turgan joyida undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulki yo'q ekanligi
yoxud undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli emasligi ijro
hujjatini ijro etish jarayonida ma'lum bo'lib qolsa, bu haqda davlat ijrochisi darhol
dalolamoma tuzadi hamda dalolatnoma tuzgan kunning ertasidan kechiktirmay ijro
hujjatini dalolatnomaning nusxasi bilan birga qarzdorning ma'lum bo'lgan yangi
yashash joyidagi, ish joyidagi, turgan joyidagi yoki qarzdorning mol-mulki turgan
yangi joydagi davlat ijrochisiga yuboradi. ayni bir vaqtda bu haqda undiruvchini,
ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organni xabardor qiladi. Ijro hujjatini olgan
davlat ijrochisi birinchi ijrochiga (ijro xujjatini yuborgan ijrochiga) ijro hujjati
kelib tushgan kundan ikki oy muddatda uning ijrosini ta'minlashi kerak. Agarda
ijro hujjatini ko'rsatilgan muddat ichida ijro etishning imkoni bo'lmasa, davlat
ijrochisi belgilangan tartibda ijroni keyinga qoldirish choralarini ko'radi.
Agar davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro etish jarayonida zarurat tug'ilsa, ijro
harakatlarini o'z vazifalarini bajara olishi mumkin bo'lgan hududdan tashqarida
ham amalga oshirishi mumkin. Bu holda davlat ijrochisi dalolatnoma tuzib,
ko'rsatilgan hududga boradi. U yetib borgan paytdan boshlab bir sutka ichida ijro
harakatlarini amalga oshirish joyidagi katta davlat ijrochisiga ijro harakatlarini shu
hududda amalga oshirishi zarurligi to'g'risida ma'lum qiladi, katta davlat ijrochisi
bu yerga kelgan davlat ijrochisiga ko'maklashadi. Bir davlat ijrochisining boshqa
davlat ijrochisiga yuborgan ijro hujjati ijro etish uchun qabul qilib olinishi lozim.
Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi to'g'risida davlat ijrochilari o'rtasida kelib
chiqadigan nizolar quyidagicha hal etiladi:
- turli viloyatlarda joylashgan ijro harakatlarini amalga oshirish joyi
yuzasidan vujudga kelgan nizolarga oid qismi Majburiy ijro byurosi tomonidan:](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_5.png)
![- viloyatlar (shu jumladan, Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasi)
hududida ijro harakatlarini amalga oshirish joyi yuzasidan vujudga kelgan
nizolarga oid qismi - uning hududiy boshqarmalari tomonidan hal qilinadi.
Ijro harakatlari ish kunlarida soat 8:00 dan 22:00 gacha amalga oshiriladi. Ijro
harakatlarini amalga oshirishning aniq vaqtini davlat ijrochisi belgilaydi. Ijro ishi
yuritishda qatnashuvchi taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishning o'zlari uchun
qulay vaqtini taklif etishga haqlidirlar. Ijro harakatlarini sutkaning boshqa vaqtida,
shuningdek dam olish va bayram kunlarida amalga oshirishga belgilangan tartibda
faqat kechiktirib bo'lmaydigan yoki qarzdorning aybiga ko'ra ularni boshqa vaqtda
amalga oshirish mumkin bo'lmagan hollarda yo'l qo'yiladi.
YIG'MA IJRO ISHI YURITISH
Bitta qarzdorga nisbatan qo'zg'atilgan mulkiy tusga ega bo'lgan bir nechta ijro
hujjati, shuningdek solidar javobgar bo'lgan bir nechtal qarzdorga nisbatan bir
undiruvchi foydasiga undiruv bo'yicha qo'zg'atilgan ijro ishi yuritishlar yig'ma ijro
ishi yuritishga birlashtiriladi. Bir qarzdorga yoki solidar javobgar bo'lgan bir
nechta qarzdorga nisbatan undiruv bo'yicha MIB bir nechta hududiy boshqarmasi
bo'limlariga kelib tushgan ijro hujjatlari yuzasidan yig'ma ijro ishi yuritish MIB
direktori yoxud uning o'rinbosari belgilaydigan bo'lim tomonidan qo'zg'atiladi va
yuritiladi. Bir qarzdorga yoki solidar javobgar bo'lgan bir nechta qarzdorga
nisbatan undiruv bo'yicha MIB hitta hududiy boshqarmasining bir nechta
bo'linmasiga kelib tushgan ijro hujjatlari yuzasidan yig'ma ijro ishi yuritish MIB
hududiy boshqarmasi boshlig'i yoxud uning o'rinbosari belgilaydigan hududiy
bo'lim tomonidan qo'zg'atiladi va yuritiladi.
Yig'ma ijro ishi yuritish qo'zg'atilganidan keyin kelib tushgan va yig'ma ijro
ishi yuritilayotgan qarzdorga nisbatan mulkiy tusdagi talablar ko'rsatilgan ijro
hujjatlari yig'ma ijro ishini yuritayotgan davlat ijrochisiga topshiriladi. Bu haqda
undiruvchi, qarzdor, sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ xabardor qilinadi.
Bir tuman (shahar) MIB hududiy bo`limi ish yuritishida bitta qarzdorga nisbatan](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_6.png)
![qo'zg'atilgan ikki va undan ortiq ijro ishlari mavjud bo'lganda mazkur ijro ishlari
yig'ma ijro ishi yuritishga birlashtiriladi.
Bo'lim katta davlat ijrochisining topshirig'iga muvofiq, ijro ishlari
topshirilgan davlat ijrochisi mazkur ijro ishlarini birlashtirish to'g'risida qaror
chiqaradi. Qaror nusxalari u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay taraflarga
yuboriladi. Ijro ishlari asosan undiruvlar bilan bog'liq ijro hujjatlari bo'yicha
birlashtiriladi. Nomulkiy ijro ishlarini mulkiy ijro ishlari bilan birlashtirishga
faqatgina ishi holatidan kelib chiqqan va davlat ijrochisi lozim deb topgan hollarda
yo'l qo'yiladi. Ijro ishlarini birlashtirishga davlat ijrochisi ijro ishishni o'z ish
yuritishiga olgandan keyin yo'l qo'yiladi. Masalan, Davlat ijrochilari Uchtepa
tuman bo'limi ish yurituviga qarzdor Nabiyevga nisbatan fuqarolik ishlari bo'yicha
Uchtepa tumanlararo sudining 2018-yil 10-dekabrdagi undiruvchi Tolipov
foydasiga 5400000 so'm undirish to'g'risidagi 2-1223-sonli ijro hujjati yuzasidan
2019-yil 7-yanvarda qo'zgatilgan 132-sonli va jinoyat ishlari bo'yicha Uchtepa
tuman sudining 2019-yil 18-yanvardagi undiruvchi davlat foydasiga 2400000 so'm
jinoiy jarimani undirish to'g'risidagi 1-34-sonli ijro hujjati yuzasidan 30 yanvarda
qo'zg'atilgan 156-sonli ijro ishlari mavjud. Bunday hollarda bitta qarzdorga
nisbatan qo'zgatilgan mulkiy tusga ega bo'lgan bir nechta ijro hujjati qonunga
muvofiq yig'ma ijro ishi yuritishga birlashtirilishi kerak. Shuning uchun qarzdor
Nabiyevga nisbatan qo'zg'atilgan 132-sonli va 156-sonli, jami 2940000 so'm
undirish to'g'risidagi ijro ishlari 132/156-sonli yig'ma ijro ishi yuritishga
birlashtiriladi.
Yig'ma ijro ishi yuritish qo'zg'atilganidan keyin kelib tushgan va yig'ma ijro
ishi yuritilayotgan qarzdorga nisbatan mulkiy tusdagi talablar ko'rsatilgan ijro
hujjatlari yig'ma ijro ishini yuritayotgan davlat ijrochisiga topshiriladi. Bu haqda
qarzdor, sud, undiruvchi yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ xabardor qilinadi.
IJRO ISHI YURITISHDA MUDDAT](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_7.png)
![Tjro ishi yuritishda muddatlar deyilganda, davlat ijrochisi hamda ijro ishi
yuritishning boshqa ishtirokchilarining ijro ishi yuritilishi munosabati bilan zarur
bo'lgan protsessual harakatlarni amalga oshirish kerak bo'lgan vaqt oralig'i
tushuniladi. Qonunda belgilangan muddatlardan ilgari ham, bu muddatlar
o'tganidan keyin ham ijro harakatlarini amalga oshirish mumkin emas, muddatlar
tiklanishi bundan mustasno.
O'zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish to'g'risida"gi Qonunining 27-moddasi 1-qismi talablariga ko'ra ijro hujjatlari
quyidagi muddatlarda ijroga topshirilishi mumkin:
- umumiy yurisdiksiya sudlarining sud hujjatlari asosida beriladigan ijro
varaqalari uch yil mobaynida, iqtisodiy sudlarning sud hujjatlari esa -olti oy
mobaynida;
- hakamlik sadining qarorlarini majburiy ijro etish to'g'risidagi sud hujjatlari
asosida beriladigan ijro varaqalari - olti oy mobaynida;
- notariuslarning ijro xatlari - uch yil mobaynida;
mehnat nizolari komissiyalarining guvohnomalari - uch oy mobaynida:
- ishlarni ma'muriy tartibda ko'rish vakolatiga ega organlarning (mansabdor
shaxslarning) qarorlari - uch oy mobaynida. Boshqa ijro hujjatlarini ijroga
topshirish muddatlari tegishli ijro hujjatlarini berish shartlari va tartibini
belgilovchi qonun hujjatlarida ko'rsatiladi.
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatlari quyidagicha hisoblanadi: - "Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunining 27-
moddasi 1-qismining 1-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari (sud buyrug'i bundan
mustasno) ijroga topshirilganda - sud hujjati qonuniy kuchga kirgan yoki uning
ijrosini kechiktirish yoki bo'lib bo'lib ijro etish uchun belgilangan muddat tugagan
kundan boshlab yoxud ijro hujjatini ijroga topshirishning o'tkazib yuborilgan
muddatini tiklash to'g'risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab, sud hujjati darhol
ijro etilishi lozim bo'lgan hollarda esa hujjat chiqarilgan kunning ertasidan boshlab:
- sud buyruqlari ijroga topshirilganda ular berilgan kundan boshlab o'n kunlik
muddat o'tganidan keyin:](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_8.png)
![- ishlarni ma'muriy tartibda ko'rish vakolatiga ega organlarning (mansabdor
shaxslarning) qarorlari ijroga topshirilganda qaror chiqarilgan kundan boshlab.
Umumiy yurisdiksiya sudlarining sud hujjatlari asosida beriladigan ijro
varaqalari bo'yicha ularni ijroga topshirish muddatlari. agar qonunda boshqacha
tartib belgilangan bo'lmasa, ular berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi.
Davriy to'lovlarni undirish to'g'risidagi (alimentlar undirish, sog'liqqa shikast
yetkazilgani oqibatidagi zararni qoplash to'g'risidagi va shu kabi ishlarga doir) sud
hujjatlari bo'yicha ijro hujjatlari to'lovlarni undirishning belgilangan butun davrida
o'z kuchini saqlab qoladi. Bunday tartib alimentlar to'lash to'g'risidagi notarial
tarzda tasdiqlangan kelishuvlarga nisbatan ham amal qiladi. Bunday hollarda ijro
hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari har bir to'lov uchun alohida hisoblanadi.
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati quyidagi hollarda uzilgan hisoblanadi:
ijro hujjati ijroga topshirilganda; jro hujjati qarzdor tomonidan qisman ijro
etilganda uziladi.
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati uzilgandan so'ng muddatning o'tish
davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilgunga qadar o'tgan vaqt yangi muddat
hisobiga kiritilmaydi. Ijro hujjati uni to'liq yoki qisman ijro etishning imkoniyati
yo'qligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, uni ijroga topshirish muddati
uzilgandan keyin ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ijroga topshirish muddati o'tkazib yuborilgan ijm hujjatini davlat ijrochisi ish
yuritish uchun qabul qilmasdan, bu haqda tegishli qaror chiqaradi.
Ijro varaqasi yoki sud buyrug'ini ijroga topshirish muddatini o'tkazib
yuborgan undiruvchi tegishli hujjatni qabul qilgan sudga yoki bu hujjat ijro
etiladigan joydagi sudga o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risidagi ariza
bilan murojaat qilishga haqlidir. Boshqa ijro hujjatlari bo'yicha o'tkazib yuborilgan
muddatlar tiklanmaydi.
IJRO HARAKATLARINI KEYINGA QOLDIRISH, IJRO ISHI
YURITISHNI TO'XTATIB TURISH, TUGATISH VA TAMOMLASH](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_9.png)
![Davlat ijrochisi undiruvchining arizasiga asosan, shuningdek ijro harakatlarini
amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, ijro
harakatlarini qarzdorning arizasiga binoan yoki o'z tashabbusi bilan ko'pi bilan o'n
kun muddatga kechiktirishi mumkin.
Arizada ijro harakatlarini keyinga qoldirishning so'ralayotgan muddati
ko'rsatilishi kerak.
Ayrim hollarda davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlarini amalga ushirish,
davlat ijrochisi tomonidan belgilangan vaqtda amalga oshirib bo'lmaydi yoki ijro
harakatlarini amalga oshirishda ijro hujjatini ijrosini ta'minlashga to'sqinlik
qiladigan holatlar mavjud bo'lishi mumkin. Bunda davlat ijrochisi ijro harakatlarini
keyinga qoldirishi lozim.
Ijro harakatlarini keyinga qoldirish ijro hujjati ijrosini boshqa aniq
tayinlanadigan ijro harakatlarini amalga oshirish joyi, kuni va vaqtini belgilashdan
iboratdir. Ijro harakatlari keyinga qoldirilgan taqdirda, davlat ijrochisi ijro
harakatlarini keyinga qoldirish asosini va ijro harakatlari qaysi muddatga
qoldirilganligini ko'rsatgan holda qaror chiqaradi. Chiqarilgan qaror haqida ijro
ishi yuritishdagi taraflar, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ xabardor
qilinadi.
Ijro harakatlarini amalga oshirishda to'sqinlik qiladigan holatlarga quyidagilar
kiradi:
- ijro harakatlarini amalga oshirish joyiga tarjimonning yoki qarzdor va
undiruvchining kelmasligi, agarda ulaming ishtirokisiz ijro hujjatining ijrosini
ta'minlash imkoniyati bo'lmasa;
- mutaxassis oldiga qo'yilgan vazifalarga xulosa olinmagan bo'lsa:
taraflarning davlat ijrochisini rad qilish yuzasidan berilgan arizasi
qanoatlantirilganda yoki boshqa holatlar bo'yicha mazkur ijro hujjatini umuman
ijro etish mumkin bo'lmasa va ijro harakatlarini amalga oshirilganda taraflarning
huquqlarini buzilishiga olib kelsa:
- qonunda belgilangan boshqa holatlar. Davlat ijrochisi qarzdorning ijro
harakatlarini keyinga qoldirish yuzasidan yozgan arizasida keltirilgan vajlarini](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_10.png)
![asossiz deb topganda ijro harakatlarini keyinga qoldirishni rad qiladi va bu
to'g'risida qaror chiqarilib, uni nusxasi taraflarga yuboriladi.
Davlat ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirish (keyinga qoldirishni
rad etish) to'g'risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Arizada ijro
harakatlarini keyinga qoldirishning so'ralayotgan muddati ko'rsatilishi kerak.
Uzrli sabablar bo'lganda, odatda bu sabablar ijro harakatlarini amalga
oshirishga to'sqinlik kilganda ijro harakatlari keyinga qoldirilishi mumkin.
Qonunda qanday holatlar ijro harakatlarini keyinga qoldirishga asos bo'lishi
ko'rsatilmagan. Shuning uchun ham ijro harakatlarini keyinga qoldirish masalasini
davlat ijrochisi mavjud holatlardan kelib chiqqan holda hal qiladi. Ijro harakatlarini
keyinga qoldirishga asos bo'ladigan holatlarga qarzdor yoki undiruvchining
kasalligi, ijro ishi yuritish ishtirokchilarining ijro harakatlarini amalga oshirish
vaqti haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi va aynan bir ijro harakatini
amalga oshirilishiga to'sqinlik qiluvchi boshqa holatlarni kiritish mumkin.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi holatlar mavjud
bo'lgan taqdirda, mazkur harakatlar qarzdorning arizasiga yoki davlat ijrochisining
o'z tashabbusiga ko'ra ko'pi bilan ikki marta kechiktiriladi. Muayyan ijro harakatini
kechiktirishning eng ko'p muddati 20 kun. amalga oshirilishini.
Demak, ijro harakatlari ko'pi bilan ikki marta kechiktirilishi mumkin. Ammo
ijro harakatlarni kechiktirishning umumiy muddati yigirma kundan oshmasligi
kerak. Bu muddatning yigirma kundan oshishi ijro hujjatlarini ijro etish
muddatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Davlat ijrochisi ijro harakatlari
keyinga qoldirilgan taqdirda qaror chiqaradi va bu haqda ijro ishi yuritish taraflari,
ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga ma'lum qiladi.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan obyektiv (tabiiy
ofatlar. ijro hujjatida ko'rsatilgan ashyolari olib berish lozim bo'lgan mol-mulklarni
bo'lmaganligi va shu kabilar) holatlar bo'lgan taqdirda, davlat ijrochisi o'z
tashabbusi bilan yoxud taraflardan birining arizasiga ko'ra, shuningdek taraflarning
har biri mustaqil tarzda ijroni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib ijro etish hamda ijro
etish usuli va tartibini o'zgartirish to'g'risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sud](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_11.png)
![yoki boshqa organga murojaat qilishga haqlidir. Ijro etish usuli va tartibini
o'zgartirish to'g'risidagi ariza MIB hududiy bo'limining gerbli muhri bilan
tasdiqlanadi va uning nusxasi ma'lumot uchun undiruvchiga yuboriladi.
Sudning tegishli ajrimiga asosan ijro hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki
bo'lib-bo'lib ijro etish belgilangan hollarda majburiy ijro harakatlarini amalga
oshirilishiga yo'l qo'yilmaydi. Ijro hujjati ijrosini bo'lib-bo'lib ijro etishda undiruvni
belgilangan muddatda ta'minlanmagan qismi bundan mustasnodir.
Ijro hujjatining ijrosini kechiktirish bu ijro muddati boshlanishining ijro ishi
yuritishning umumiy qoidalarida nazarda tutilgan muddatdan ko'ra kechroq
muddatga ko'chirilishidir. Ijro harakatlarini amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi
holatlar mavjud bo'lganda davlat ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga
ko'ra yoki o'z tashabbusiga ko'ra kechiktirishi mumkin. Kechiktirish barcha ijro
harakatlarni nazarda tutmagan holda ijroni to'xtatib turishni anglatadi. Masalan,
ijro ishi kechiktirilgan paytda davlat ijrochisi qarzdorning mulkini xatlay olmaydi.
lekin qarzdorning moliyaviy ahvoli haqida ma'lumot yig'ishni davom etishga haqqi
bor. Kechiktirishni ma'nosi ijroni ta'minlash uchun qo llaniladigan majburiyʻ
choralarni to'xtatib turish.
Ijro hujjati ho'lib-bo'lib ijro etilgan taqdirda, ijro hujjati uni bo'lib bo'lib ijro
etish to'g'risidagi qarorda belgilangan qism va muddatlar bo'yicha ijro etiladi. Ijro
hujjati bo'lib-bo'lib ijro etish esa majburiy choralarni qo'llamaslikni nazarda
tutmaydi, balki majburiyatlarni bo'lib bajarishni anglatadi.
Ijro hujjati ijrosini kechiktirishda va bo'lib bo'lib ijro etishda uni ijro elish
muddatlari o'zgaradi. Shu bilan birga bu ikki tushunchani bir-biridan farqlash
zarur. Sud hujjati yoki boshqa organlar hujjatlari ijrosini kechiktirish bu ijro etish
muddatini qonun, sud yoki boshqa organ tomonidan belgilangan sanadan sud yoki
qaror qabul qilgan boshqa organ tomonidan belgilangan boshqa sanaga
ko'chirishdir. Sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini bo'lib-bo'lib ijro etishda esa
qarzdorga yuklatilgan majburiyatni ijro hujjatini qonun yoki qaror qabul qilgan
organ belgilangan aniq bir muddatda to'liq ijro etish emas, balki bo'lib-bo'lib ijro](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_12.png)
![etish huquqi beriladi. Bunda ijro hujjatining har bir qismini ijro etishning, aniq
sana yoki davriy vaqt bilan belgilanadigan, aniq muddati ko'rsatiladi.
Ijro usuli va tartibini o'zgartirish davlat ijrochisiga majburiy choralar
qo'llashni taqiqlamaydi va qarzdomi majburiyatlarini bo'lib bajarishini
anglatmaydi. Bu o'z navbatida ijro hujjatidagi talablarni boshqa usul va boshqa
tartibda amalga oshirilishini anglatadi. Ijro etish usuli yoki tartibini o'zgarishida bir
ijro turining boshqasi bilan almashtirilishi tushuniladi. Masalan, qarzdordan mol-
mulkni undirish pul mablag'larini undirish bilan almashtirilishi mumkin. Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib
ijro etish, ularni ijro etish usuli va tartibini o'zgartish masalasini ijro hujjatini
bergan sud yoki boshqa organ hal qiladi.
Ijro muddatini kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib ijro etish va ijro etish usuli va
tartibini o'zgartirishga "Agar ijroga to'sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo'lsa"
degan aniq bo'lmagan asos keltirilgan. Ya'ni qanday holatlar ijro etishga to'sqinlik
qilishi va ijroni ta'minlashning iloji yo'qligini Qonunuda nazarda tutish lozim.
Bunday holatlarni mavjudligini shu haqidagi ariza bilan murojaat qilgan subyekt
isbotlashi kerak. Odatda tomonlar kutmagan va ularga bog'liq bo'lmagan sabablar
bunday holatlar qatoriga kiradi. Masalan, kutilmagan uydagi yong'in. Yong'in bu
uyga ko'chib o'tish va yashashga vaqtinchalik to'sqinlik qiladi. Shunday bo'lsa. bu
holatlar kim sabab vujudga kelganligi muhim emas degan xayolga kelamiz.
Shaxslar tomonidan qilingan, ijroga to'sqinlik qilgan noqonuniy harakatlar bo'lsa,
davlat ijrochisi kerakli organlarga bu shaxslarni qonunchilikda belgilangan tarzda
ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qiladi.
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro
etish uchun belgilangan muddatlarda to'lashdan bo'yin tovlasa yoxud qarzdorda
undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy
ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni
bo'lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima
to'lanmagan yoki jarimani bo'lib-bo'lib to'lash shartlari buzilgan taqdirda, davlat](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_13.png)
![ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish
to'g'risidagi taqdimnoma bilan sudga o'n kunlik muddat ichida murojaat qiladi.
Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jarimani bir oy muddatda
jarimani ixtiyoriy ravishda to'lamagan taqdirda, jarima davlat ijrochisi tomonidan
majburiy tartibda undirib olinishi. 18 yoshga to'lmagan jinoyat sodir etgan va
jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan
kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda to'lashi
shartligi hamda agar belgilangan muddatda jarimani to'liq miqdorda to'lashga
imkoni bo'lmasa, sud uning iltimosnomasiga ko'ra hukmining ijrosini Jinoyat-
protsessual kodeksida helgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani bo'lib-bo'lib
to'lashga ruxsat etishi mumkinligi qonunchilikda belilangan.
Ijro ishi yuritishni to'xtatib turish bu ijro harakatlarini amalga ushirishni
vaqtincha to'xtatib turishdir. Ijro harakatlarini vaqtincha to'xtatib qo'yish zaruriyati
odatda ijro ishi yuritishga to'sqinlik qiluvchi va qachon bartaraf etilishi hamda ijro
ishi yuritishni tiklash muddatini aniq belgilash imkonini bermaydigan obyektiv
holatlar tufayli vujudga keladi. Ijro ishi yuritishni majburiy to'xtatib turish asoslari
ikkiga bo linadi. Birinchi holatda ijro ishi yuritish sud tomonidan to'xtatib turilsa,ʻ
ikkinchi holatda esa ijro ishi yuritish bevosita davlat ijrochisi tomonidan to'xtatib
turiladi.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan to'xtatib turilishi shart: agar
sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo'l qo'ysa,
qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e'lon qilinganda yoki bedarak yo'qolgan
deb topilganda: -qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda:
*agar qonun hujjatlarida nizolashishga yo'l qo'yilgan bo'lsa, qarzdor ijro
hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;
*ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega
organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat
berilganda;
*ijro hujjati bo'yicha undiruv qaratilgan mol-mulkni ro'yxatdan chiqarish
(xatlashdan ozod qilish) to'g'risida sudga da'vo arizasi berilganda:](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_14.png)
![*-qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan to'xtatib turilishi
shart: qarzdor muddatli harbiy xizmatda bo'lganda yoki muddatli harbiy xizmatda
bo`lgan undiruvchi iltimos qilganda,
- qarzdorning nochorligi (bankrotligi to'g'risidagi ish bo'yicha iqtisodiy sudi
tomonidan ish yuritish qo'zg'atilganda, shu jumladan kuzatuvni joriy etish
to'g'risida, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning
muddatini uzaytirish to'g'risida iqtisodiy sudi tomonidan ajrim qabul qilinganda,
"Bankrollik to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijro etilishi
to'xtatib turilishi mumkin bo'lmagan ijro hujjatlari bundan mustasno;
- ijro hujjatini berish uchun asos bo'lgan sud hujjati yoki boshqa organ
hujjatini ijro etishni to'xtatib turish huquqi qonunda qaysi mansabdor shaxsga
berilgan bo'lsa, o'sha mansabdor shaxs tomonidan qaror chiqarilganda.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan to'xtatib turilishi mumkin:
-qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa
organga ijro hujjatini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib ijro etish, ijro etish usuli va
tartibini o'zgartirish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilganda;
-qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida bo'lganda: qarzdor statsionar davolash
muassasasida davolanayotganda;
- davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;
- royxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda;
-undiruvchi iltimos qilganda.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan to'xtatib turilishi
mumkin:
*davlat ijrochisi ijro etilishi lozim bo'lgan sud hujjati yoki boshqa organ
hujjatini tushuntirish to'g'risidagi, ijro hujjatini kechiktirib yoki bo'lib-bolib ijro
etish haqidagi, ijro etish usuli va tartibini o'zgartirish to'g'risidagi arizalar bilan ijro
hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga murojaat qilganda:](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_15.png)
![*qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo'yilishi lozim bo'lgan
bola qidirilayotganda, davlat ijrochisi tomonidan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni
boshqa jazo turiga almashtirish to'g'risida sudga taqdimnoma kiritilganda.
O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog'iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari ularga
bo'ysunuvchi davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan
shikoyat kelib tushganda, zarur bo'lgan hollarda. ijro ishi yuritishni to'xtatib
turishga haqli.
Tiro ishi yuritish quyidagi hollarda to'xtatib turiladi: qarzdor vafot etganda, u
vafot etgan deb e'lon qilinganda yoki bedarak yo'qolgan, muomalaga layoqatsiz
deb topilganda qarzdorning Inquqiy vorislari aniqlanganiga, bedarak yo'qolganning
mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli
boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy
tayinlanguniga qadar- qarzdoring nochorligi (bankrotligi) to'g'risidagi ish bo'yicha
iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qo'zg'atilganda, kuzatuvni joriy etish
to'g'risida sud sunatsiyasi yoki tashqi boshqaruv taomilini joriy etish va (yoki)
muddatini uzaytirish to'g'risida iqtisodiy sud tomonidan ajrim chiqarilganda
qarzdorning nochorligi (bankrotligi) to'g'risidagi ish - bo'yicha qaror qabul
qilinguniga qadar;
- undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy xizmatni o'tayotganda, qarzdor
kasal bo'lib qolganda, xizmat safarida bo'lganda yoki qarzdor jismoniy shaxs,
uning mol-mulki yoki olib qo'yilishi lozim bo'lgan bola qidirilayotganda muddatli
harbiy xizmatdan bo'shatilganiga yoki statsionar davolash muassasasidan
chiqquniga, xizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-
mulki yoki olib qo'yilishi lozim bo'lgan bola qidirib topilguniga qadar
- ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos bo'lgan hujjat yuzasidan,
shuningdek ro'yxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan
nizolashilayotganda masala mazmunan uzil-kesil ko'rib chiqilguniga qadar:
- davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda
shikoyat ko'rib chiqilguniga qadar. Ijro ishi yuritishni to'xtatib turishga sabab](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_16.png)
![bo'lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni to'xtatib turgan sud
yoki davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki davlat ijrochisining
tashabbusiga ko'ra ijro ishi yuritish uni to'xtatib qo'ygan sud tomonidan tiklanadi.
Ijro ishi yuritishni to'xtatib turishning ko'rsatilgan muddatlarini sud qisqartirishi
mumkin.
Ijro ishi yuritishni tugatish bu mazkur ijro ishi yuritish bo yicha barcha ijroʻ
harakatlarini tugatish demakdir. Bunda ijro harakatlari qayta tiklanmaydi. Sud
tomonidan quyidagi hollarda ijro ishi yuritish tugatiladi: undiruvchi yoki qarzdor
vafot etganda, u vafot etgan deb e'lon qilinganda, bedarak yo'qolgan deb
topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organning hujjatida qo'yilgan talablar
yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yo'qolganning mol-mulkini
ishonchli boshqarib turgan shaxsga o'tishi mumkin bo'lmasa, - muayyan
harakatlarni amalga oshirish yoxud hunday harakatlarni amalga oshirishdan o'zini
tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yo'qolganda.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan tugatiladi:
- undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan
qabul qilingan bo'lsa;
- undiruvchi va qarzdor o'rtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi
tuzilganda: - jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish
asosan ozod
yoxud jarima tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga qilish to'g'risida sud
tomonidan ajrim chiqarilganda:
- ijro hujjatini berishga asos bo'lgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati
bekor qilinganda yoxud qonunga ko'ra ijro hujjati bo'lgan hujjat bekor qilinganda
yoki haqiqiy emas deb topilganda. Iqtisodiy sud bergan ijro hujjati asosida
qo'zg'atilgan ijro ishi yuritishni to'xtatib turish va tugatish o'sha iqtisodiy sudi yoki
davlat ijrochisi turgan joydagi iqtisodiy sud tomonidan amalga oshiriladi. Ijro ishi
yuritishni tamomlash bu ijro ishi yuritishni davlat ijrochisi tomonidan qonunda](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_17.png)
![nazarda tutilgan turli asoslarga ko'ra tamomlanishidir. Ijro ishi yuritish quyidagi
hollarda tamomlanadi:
⚫ ijro hujjati amalda ijro etilganda: yig'ma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan
ijro hujjatlaridagi undiruv to'g'risidagi talablar bir yoki bir nechta solidar javobgar
qarzdor hisobidan amalda ijro etilganda;
⚫ ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga binoan ijro
etilmasdan qaytarilganda:
⚫ ijro hujjati O'zbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 40-moddasida ko'rsatilgan
asoslar bo'yicha qaytarilganda:
⚫ ijro hujjati ijro etish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda
boshqa davlat ijrochisiga yuborilganda:
⚫ ijro hujjati ijro etish uchun tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga tugatish
boshqaruvchisiga) yuborilganda. Ijro ishi yuritish tamomlanganda davlat ijrochisi
bu haqda qaror chiqaradi. Ijro ishi yuritishni tamomlash to'g'risidagi qarorda
qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qo'yilishi lozim bo'lgan bolani
qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu jumladan
O'zbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklashlar va qarzdorning o'z mol-
mulkiga bo'lgan huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi.
Ijro ishi yuritish boshqa davlat ijrochisiga yuborilishi munosabati bilan
tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini. olib qo'yilishi
lozim bo'lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar
bekor qilinmaydi. Mazkur vakolatlar ijro ishini yuritishga yuborilgan davlat
ijrochisiga o'tadi.
Davlat ijrochisi qarorining ko'chirma nusxalari u chiqarilgan kunning
crtasidan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan
sudga yoki boshqa organga yuboriladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning
hisobvaraqlariga qo'yilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek
cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlarning bekor qilinganligi
to'g'risida yozma shaklda xabardor qiladi.](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_18.png)
![IJRO HUJJATLARINI QAYTARISH
Ijro hujjati ijroga topshirish muddati o'tib ketganidan keyin yuborilgan bo'lsa
yoki Qonunda nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lmasa yoxud zarur hujjatlarni
ularga qo'yiladigan talablarga muvofiq holda rasmiylashtirib ijro hujjatiga ilova
qilish to'g'risidagi talabga rioya qilinmagan bo'lsa, davlat ijrochisi ijro hujjatini
olgan kundan e'tiboran uch kunlik muddat ichida ijro ishi qo'zg'atmasdan qaytarib
yuboradi. Ijro hujjatini qaytarib yuborish to'g'risida qaror chiqariladi, uning nusxasi
qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, ijro hujjatini
bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to'g'risidagi qarorda "Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 8-moddasida va boshqa
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qaysi talablar buzilganligi ko'rsatiladi. Masalan,
Davlat ijrochisi Botirovning ish yuritishiga 2018-yil 23-aprelda fuqarolik ishlari
bo'yicha tumanlararo sudining 2018-yil 20-martdagi 231-09 sonli, qarzdor
Xaitovdan undiruvchi Ikramov foydasiga 500000 so'm qarz undirish to'g'risidagi
ijro hujjati kelib tushadi. Davlat ijrochisi ijro hujjatini o'rganib 2018-yil 25-aprelda
ijro hujjatida "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi
Qonunning 8-moddasi 1-qismi 4-bandi talablari, ya'ni undiruvchining yashash
manzili ko'rsatilmaganligi sababli fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudining
231-09 sonli, qarzdor Xaitovdan undiruvchi Ikramov foydasiga 500000 so'm qarz
undirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro ishi qo'zg'atmasdan ijro hujjatini qaytarib
yuborish to'g'risida qaror chiqarib ijro hujjatini fuqarolik ishlari bo'yicha
tumanlararo sudiga qaytarib yuboradi.
Ijro hujjatining yo'l qo'yilgan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun qaytarib
yuborilishi bunday nuqsonlar hartaraf qilinganidan keyin ijro hujjatini davlat
ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda yuborish uchun to'sqinlik qilmaydi.
Ijro ishi yuritish qo'zg'atilganidan keyin ijro hujjatlarini qaytarish tartibi. Ijro
hujjatlarida ko'rsatilgan undiruv amalga oshirilmagan yoki qisman amalga
oshirilgan bo'lsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi:](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_19.png)
![- undiruvchining arizasiga ko'ra agar qarzdoring manzilini yoki uning mol-
mulki turgan joyni aniqlash yoxud banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi
hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablag'lari hamda boshqa
qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni olish
mumkin bo'lmasa (O'zbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunga muvofiq qarzdorni yoki uning
mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
-agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulki yoki
daromadlari bo'lmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan
davlat ijrochisi tomonidan qonunda yo'l qo'yiladigan doirada ko'rilgan barcha
choralar natijasiz bo'lsa;
- agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-
mulkini o'ziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni
o'ziga olish to'g'risidagi davlat ijrochisining taklifi bo'yicha o'z qarorini belgilangan
muddatda taqdim etmagan bo'lsa.
- agar undiruvchi o'z harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro
etilishiga to'sqinlik qilayotgan bo'lsa, shu jumladan ijro hujjatida ko'rsatilgan,
qarzdordan olib qo'yilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa.
Agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulki yoki
daromadlari bo'lmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan
davlat ijrochisi tomonidan qonunda yo'l qo'yiladigan doirada ko'rilgan barcha
choralar natijasiz bo'lsa, agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning
sotilmagan mol-mulkini o'ziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan
ushbu mol-mulkni o'ziga olish to'g'risidagi davlat ijrochisining taklifi bo'yicha o'z
qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan bo'lsa va agar undiruvchi o'z
harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilayotgan
bo'lsa, shu jumladan ijro hujjatida ko'rsatilgan, qarzdordan olib qo'yilgan muayyan
ashyolarni olishdan voz kechgan asoslar bo'yicha undiruvni amalga oshirish
mumkin bo'lmagan taqdirda, davlat ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi.
dalolatnomani katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi.](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_20.png)
![Agar qarzdoring undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulki yoki
daromadlari bo'lmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan
davlat ijrochisi tomonidan qonunda yo'l qo'yiladigan doirada ko'rilgan barcha
choralar natijasiz bo'lsa va qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-
mulki yoki daromadlari bo'lmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish
yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda yo'l qo'yiladigan doirada ko'rilgan
barcha choralar natijasizligi bilan bog'liq asoslar bo'yicha undiruvni amalga
oshirish mumkin bo'lmagan taqdirda, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga
soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha boqimanda qarzdorlikni undirishni
nazarda tutuvchi ijro hujjati davlat soliq xizmati organiga, davlat daromadiga o'zga
undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa tegishli ushbu hujjatni bergan sudga
yoki boshqa organga qaytariladi.
Undiruvchiga ijro hujjatining qaytarilishi mazkur hujjatni hisoblab
chiqariladigan muddat doirasida yangidan ijroga topshirish uchun to'siq bo'lmaydi.
QARZDORNI. UNING MOL-MULKINI YOKI BOLANI QIDIRISH
Davlat ijrochisi ijro hujjatlari bo'yicha qarzdorning yashash joyi yoki uning
mol-mulki turgan joyi haqida ma'lumotlar bo'lmagan taqdirda qarzdorni, uning
mol-mulkini yoki bolani qidirish bilan bog'lik qidiruv harakatlarini amalga
oshiradi. Qidiruv e'lon qilishga quyidagi ikkita shart bo'lgandagina yo'l qo'yiladi:
- qidirishga ketadigan xarajatlarni to'lashga undiruvchining roziligi:
- undiruvchining bo'nak bilan ta'minlashga roziligi.
Bu holda undiruvchi qidiruv xarajatlarini to'lashni qarzdordan sud tartibida
talab qilishga haqlidir.
Qidiruv ijro hujjatini ijro etish joyida, qarzdorning ma'lum bo'lgan oxirgi
yashash joyida (turgan joyida) yoki uning mol-mulki turgan joyida yoxud
undiruvchining yashash joyida (turgan joyida) e'lon qilinadi.
Qarzdor jismoniy shaxsni va olib qo'yilishi lozim bo'lgan bolani qidirish ichki
ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. Qarzdor yuridik shaxsni, shuningdek](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_21.png)
![qarzdorning Gismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish davlat
ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish davlat
ijrochisining qaroriga ko'ra ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Quyidagi ijro hujjatlari bo'yicha qarzdorning turgan joyi haqida ma'lumotlar
bo'lmaganda, davlat ijrochisi o'z tashabbusi bilan yoki undiruvchining arizasiga
ko'ra qarzdorning mol-mulkini yoki bolani qidirish to'g'risida quror chiqaradi.
qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi:
- alimentlar undirish to'g'risida; mayib bo'lganlik yoki sog'liqqa boshqacha
tarzda shikast yetkazganlik oqibatidagi zararni qoplash to'g'risidagi yoxud
hoquvchisining vafoti natijasida ziyon ko'rgan shaxslarga zararni to'lash to'g'risida:
- zarami davlat foydasiga undirish to'g'risidagi.
- bolani olib qo'yish to'g'risida;
- mol-mulkni qidirish to'g'risida.
Ijro hujjatlarining boshqa turlari bo'yicha davlat ijrochisi qarzdorni yoki uning
mol-mulkini qidirishga ketadigan xarajatlarini hamda ko'rsatilgan xarajatlar
yuzasidan bo'nak to'lash uchun undiruvchining roziligi bo'lgan taqdirda qidiruv
e'lon qilishga haqlidir. Bu holda undiruvchi qidiruv xarajatlarini to'lashni
qarzdordan sud tartibida talab qilishga haqlidir.
Davlat ijrochisi qidirish to'g'risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda ijro ishi
yuritishni qidiruv yakunlangunga qadar to`xtatib turish masalasini hal qilish uchun
sudga murojaat qilishi mumkin.
Davlat ijrochisining qarzdor- jismoniy shaxsni yoki bolani qidirish
to'g'risidagi qarori, qaror chiqarilgan kundan uch kundan kechiktirmay tegishli
tuman (shahar) ichki ishlar bo'limiga yuboriladi. Ichki ishlar bo'limining vakolatli
shaxsi qidirish to'g'risidagi qarorni olgandan 3 kundan kechiktirmay tegishli davlat
ijrochisini mazkur qaror ijroga qabul qilinganligi haqida yozma ravishda xabardor
qiladi.
Har chorak yakunlangandan so'ng, keyingi oyning beshinchi kunidan
kechiktirmasdan, qidiruv e'lon qilingan ish yurituvlari yuzasidan katta davlat
ijrochisi va tegishli ichki ishlar bo'limi boshlig'i tomonidan tasdiqlanadigan, davlat](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_22.png)
![ijrochilarining qidiruv to'g'risidagi qarorlarini ijrosi yuzasidan solishtirma
dalolatnoma tuziladi. Solishtirma dalolatnoma Majburiy ijro byurosining tegishli
hududiy boshqarmasiga yuboriladi. hududiy boshqarma solishtirma
dalolatnomalarni umumlashtirib, chorak tugaganidan keyingi oyning o'ninichi
sanasidan kechiktirmay MIBga yuboradi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor yuridik shaxsni, shuningdek qarzdorning
(jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish amalga oshiriladi. Davlat
ijrochisi tomonidan qidiruv qarori chiqarilib. katta davlat ijrochisi qarorni
tasdiqlagandan so'ng qidiruv to'g'risidagi qaror asosida tegishli organlardan
qarzdor va uning mol-mulki to'g'risida ma'lumotlar so'rash, shuningdek ulaming
taxminiy joylashgan joyiga chiqish orqali amalga oshiriladi. Qidiruv ijro hujjatini
ijro etish joyida. qarzdorning ma'lum bo'lgan oxirgi yashash joyida (turgan joyida)
yoki uning mol-mulki turgan joyida yoxud undiruvchining yashash joyida (turgan
joyida) e'lon qilinadi.
Davlat ijrochisining qaroriga ko'ra, avtotransport vositasini qidirish ichki
ishlar organlari zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning avtotransport vositalarini qidirish
DYHXX ning tegishli organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Qarzdorning
avtotransport vositasini qidirish to'g'risida davlat ijrochisi qaror chiqaradi.
Qarzdorning avtomototransport vositasini qidirish to'g'risidagi davlat ijrochisining
qarori chiqarilgan kundan so'ng uch DYHXX organlariga yuboriladi. kundan
kechiktirmay tegishli DYHXXning tegishli organi davlat ijrochisining qarzdorning
avtotransport vositasini qidirish to'g'risidagi qarorini olgandan uch kundan
kechiktirmay tegishli MIB hududiy bo'limini mazkur qarorni ijroga qabul qilgani
haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Qarzdordan uning mol-mulkini va olib qo'yilishi lozim bo'lgan bolani qidirish
xarajatlari undiriladi, davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. katta davlat
ijrochisi qarorni tasdiqlaydi. Qarzdor jismoniy shaxsni, avtomototransport
vositasini yoxud olib qo'yilishi lozim bo'lgan bolani qidirish bo'yicha xarajatlar
ichki ishlar organining arizasiga ko'ra, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_23.png)
![(jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol mulkini qidirish xarajatlari bo'yicha esa
tegishli davlat ijrochisi tomonidan qilingan xarajatlar hisob-kitobi asosida
aniqlanadi.
Davlat ijrochisining qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishni rad etish
to'g'risidagi va qidirish xarajatlarini undirish to'g'risidagi qarori ustidan shikoyat
qilish yoki protest bildirish mumkin.
QARZDOR JISMONIY SHAXSNING O'ZBEKISTON
RESPUBLIKASIDAN CHIQISHINI VAQTINCHA CHEKLASH
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo`lgan sud
hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz
sabablarga ko'ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo'yicha
yoki o'z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan
chiqishini vaqtincha cheklash to'g'risida qaror chiqarishga haqli.
Davlat ijrochisi qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan
chiqishini vaqtincha cheklash to'g'risidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan
tasdiqlanadi. Mazkur qarorning ko'chirma nusxalari qarzdor jismoniy shaxsga
(agar uning turgan joyi ma'lum bo'lsa) ichki ishlar organlarining migratsiya va
fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limiga hamda Davlat chegarasini qo'riqlash
organlariga yuboriladi.
Agar ijm hujjati sud hujjati bo'lmasa va sud hujjati asosida berilmagan bo'lsa,
undiruvchi qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini
vaqtincha cheklashni belgilash to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga
haqli.
Qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini
vaqtincha cheklash to'g'risidagi davlat ijrochisining qarori ustidan shikoyat
qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.
Qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini
vaqtincha cheklashga asos bo'lgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_24.png)
![yoxud u bo'yicha ijro ishi yuritish qonunchilikda belgilangan asoslarga ko'ra
tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan
qarzdor jismoniy shaxsni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo'riqlash
organlarini qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishiga
cheklov olib tashlanganligi to'g'risida yozma shaklda xabardor qiladi.
Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun alimentlar oldindan to'langan yoki
aliment to'lash majburiyatini ta'minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo'lsa,
davlat ijrochisi to'lov yoki garov shartnomasi to'g'risidagi tegishli hujjat olingan
kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini
va davlat chegarasini qo'riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning
O'zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to'g'risida
yozma shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida
belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam bo'lmasligi lozim.
Alimentlarni oldindan to'lash, shuningdek chiqib ketishga cheklashni olib tashlash
uchun aliment to'lash majburiyatini ta'minlash bo'yicha garov shartnomasini tuzish
tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini
vaqtincha cheklashni ta'minlash yuzasidan davlat ijrochilarining, ichki ishlar
organlari va Davlat chegarasini qo'riqlash organlarining hamkorligi tartibi
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat
xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash sud hujjati asosida
berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo'lgan sud hujjatidagi (keyingi o'rinlarda
ijro hujjati) talablar qarzdor tomonidan uzrli sabablarsiz belgilangan muddatda ijro
etilmaganda qo'llaniladi. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi
qarorida qarzdor tomonidan ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish
uchun belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz ijro etilmagan taqdirda unga
nishatan majburiy ijro harakatlari qo'llanilishi, shu jumladan O'zbekiston
Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishini ko'rsatadi.](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_25.png)
![Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash quyidagi hollarda
qo'llanilmaydi:
- ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qaror qabul qilingan kunda eng
kam oylik ish haqining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda summa undirishni
nazarda tutuvchi ijro ishi bo'yicha, shuningdek sud qarorini ijro etish uchun yetarli
mol-mulk olib qo'yilgan taqdirda qarzdor sifatida yuridik shaxs ishtirok etgan ijro
hujjati bo'yicha.
Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to'g'risidagi davlat
ijrochisining qarori ijro etilishi shart va faqat sud yoki davlat ijrochisi tomonidan
qonunda belgilangan tartibda to'xtatilishi mumkin. Qarzdorning chiqish
huquqlarini vaqtincha cheklash qarzdor tomonidan ijro hujjatidagi talablar
belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz ijro etilmaganda davlat ijrochisi tomonidan
qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to'g'risida qaror chiqarish yo'li
bilan qo'llanilishi mumkin.
Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash o'rnatishga asos bo'lgan
ijro hujjati talablari amalda ijro etilganda yoxud qonunda belgilangan asoslarga
ko'ra ijro hujjati tugatilgan yoki tamomlangan. taqdirda davlat ijrochisi:
- ertasi kundan kechiktirmay katta davlat ijrochisining imzosi bilan qarzdorni
yozma ravishda xabardor qiladi:
- zudlik bilan faks yoki hujjatli ma'lumotni tezkor jo'natish imkonini
beradigan boshqa aka vositalari orqali MIB hududiy boshqarmasini xabardor
qiladi.
Byuroning hududiy boshqarmasi qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha
cheklash olib tashlanganligi to'g'risida qarzdorning O'zbekiston Respublikasidan
chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to'g'risidagi qarorlarni ro'yxatga olish
kitobi va elektron ma'lumotlar bazasiga tegishli belgi kiritadi va ertasi kundan
kechiktirmasdan bu haqda ichki ishlar organlarining migratsiya fuqarolikni
rasmiylashtirish bo'limi va (boshqarmasi) hamda davlat chegarasini qo'riqlash
organlariga qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash olib tashlanganligi
haqida xabardor qiladi.](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_26.png)
![Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi
(boshqarmasi) hamda davlat chegarasini qo'riqlash organlari xabarni olgandan
so'ng zudlik bilan qarzdorga nisbatan O'zbekiston Respublikasidan chiqish
huquqlarini vaqtincha cheklashni olib tashlaydi.
Davlat ijrochisi, zarurat tug'ilganda, qarzdorning iltimosnomasiga asosan
qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklashni quyidagi hollarda harakatdan
to'xtatib turishga haqli: - O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qarzdorni
kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan sog'lig'ini tiklash zaruriyatini tasdiqlovchi
hujjatlar mavjud bo'lganda:
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti yoki O'zbekiston Respublikasi Hukumatining qarzdorni O'zbekiston
Respublikasidan chiqib ketuvchi rasmiy delegatsiya tarkibiga kiritish haqidagi
qarori mavjud bolganda.
YO'QOLGAN IJRO ISHI YURITILISHINI TIKLASH
Sud tomonidan yo'qolgan ijro ishi yuritilishi ishda ishtirok etgan.
shaxslarning, ijro ishi yuritilishi taraflarining. davlat ijrochisining. prokurorning,
shuningdek ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning tashabbusiga binoan
tiklanishi mumkin. Yo'qolgan ijro ishi yuritilishi to'liq yoki u sud fikriga ko'ra
tiklanishi zarur deb hisoblagan qismida tiklanadi.
Ijro etiladigan joydagi sudga yo'qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash
to'g'risidagi ariza beriladi. Unda ijro ishining yuritilishiga doir ma'lumotlar to'liq
bayon etilishi lozim. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishining yuritilishiga
daxldor bo'lgan hujjatlar yoki ularning nusxalari arizaga ilova qilinadi.
Ishni ko'rayotganda sud ijro ishi yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish
yo'qolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan
hujjatlardan, bu hujjatlarning nusxalaridan, shuningdek ijro ishi yuritilishiga
daxldor bo'lgan boshqa ma'lumotnoma va hujjatlardan foydalanadi. Ijro
harakatlarini bajarish vaqtida ishtirok etgan yoki hozir bo'lgan shaxslarni sud](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_27.png)
![guvoh sifatida so'roq qilishi mumkin. Yo'qolgan ijro ishi yuritilishini aniq tiklash
uchun to'plangan materiallar yetarli bo'lmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishi
yuritilishini tiklash to'g'risidagi arizani ko'rib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi
umumiy tartibda da'vo taqdim etishga haqli. Yo'qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash
to'g'risidagi ish korib chiqilishi vaqtida arizachi sud tomonidan qilingan sud
xarajatlarini to'lashdan ozod qilinadi. Bila turib, yolg'on ariza berilgan bo'lsa, sud
xarajatlari arizachidan undirib olinishi lozim. Masalan, Fuqarolik ishlari bo'yicha
tumanlararo sudning qarzdordan undiruvchi foydasiga qarzni undirish to'g'risidagi
ijro hujjati davlat ijrochilar bo'limiga kelib tushgan bo'lib, ro'yxatga olinib davlat
ijrochisiga topshirilib, uning ish yuritishiga beriladi. Davlat ijrochisi ikki oydan
keyin lavozimidan ozod etilganidan No'ng ijro ishini topshirmaganligi natijasida
ish yo'qolganligi uchun qayta davlat ijrochisi ariza bilan yo'qolgan ijro ishi
yuritilishini tiklash to'g'risida ariza bilan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda
sudga murojaat qiladi.
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI
MAJBURIY IJRO ETISH ASOSI VA CHORALARI
Sud qarorlarini bajarilishini ta'minlash borasida yurtimizda zarur huquqiy
asoslar yaratilgan. Sud qarorlari lozim darajada ijro etilmas ekan, sudlar tomonidan
qabul qilingan odil sudlov aktlarining tarbiyaviy va amaliy ahamiyatiga putur
yetaveradi. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi
Qonun ijro hujjatlarini majburiy ijro etish sohasidagi huquqiy munosabatlarni
tartibga soladi.
Majburiy ijro etish choralari to'g'ri rasmiylashtirilgan ijro hujjati qonunda
belgilangan tartibda topshirilganda hamda ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida
davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinganda qo'llaniladi. Ixtiyoriy ravishda
ijro etish uchun davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatning o'tganligi
majburiy ijro etish choralarini qo'llash uchun asos bo'ladi.](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_28.png)
!["Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi
Qonunning 71-moddasiga ko'ra, davlat ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni
amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini
yuklovchi ijro hujjati bo'yicha ijro ishi yuritishni qo'zg'atayotganda ularni ixtiyoriy
ravishda ijro etish uchun unga o'n besh kunlik muddat belgilaydi.
Majburiy ijro ijro hujjati talabini bajarmagan shaxsga nisbatan sud hujjatlari
yoki boshqa organning hujjati asosida uni muayyan harakatlar, mulkiy va
nomulkiy xarakterdagi munosabatlar (majburiy jarima, ijro yig'imi undirish vab.)
ni majburan bajarishga qaratilgan maxsus choradir. Majburiy ijro faoliyatini qonun
bilan nazarda tutilgan o'ziga xos protsessual xarakatlarning yig'indisi sifatida e'tirof
etish mumkin. Davlat majburiy ijro choralarini qo'llash yo'llari bilan yurisdiksion
organlar qarorida ko'rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning buzilgan
huquqlarini tiklab beradi.
Majburiy ijro etish choralarning asosiy turlari "Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 46-moddasida ko'rsatib
o'tilgan. Bu choralar quyidagilardan iborat:
- undiruvni qarzdorning pul mablag'lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish;
- undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan pul mablag'lariga va boshqa
mol-mulkiga qaratish;
- undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga, shu jumladan qarzdor undiruvchi
sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati bo'yicha unga tegishli bo'lgan mablag'larga
qaratish;
- undiruvni qarzdorga tegishli bo'lgan alohida mulkiy huquqlarga qaratish;
- undiruvni qarzdorning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi va boshqa turdagi
daromadlariga qaratish;
- ijro hujjatida ko'rsatilgan muayyan ashyolari qarzdordan olib qo'yish va
undiruvchiga topshirish;
- ijro hujjatining ijro etilishini ta'minlovchi qonunlarga muvofiq ko'riladigan
boshqa choralar.](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_29.png)
![Ijro hujjati talabi davlat ijrochisi tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddatda
qarzdor tomonidan bajarilmasa, davlat ijrochisi majburiy ijro harakatlariga
kirishib, undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratadi.
Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol-mulkini
xatlash (ro'yxatga olish), olib qo'yish va majburiy realizatsiya qilishdan iboratdir.
Qarzdorning mol-mulki ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qaror
qarzdorga topshirilgan kundan e'tiboran bir oy muddatdan kechiktirmay, zarur
hollarda esa uni topshirish bilan bir vaqtda mol-mulkni xatlash (ro'yxatga olish) va
realizatsiya qilish navbati bo'yicha xatlanadi. Mol-mulkni xatlash (ro'yxatga olish)
to'g'risida davlat ijrochisi dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Dalolatnomada quyidagilar ko'rsatilishi shart.
- dalolatnomani tuzish vaqti va joyi:
- dalolatnomani tuzayotgan davlat ijrochisining hamda dalolatnoma tuzish
chog'ida ishtirok etgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi:
- ijro hujjatining rekvizitlari va mazmuni: qarzdor va undiruvchining nomlari:
- dalolatnomaga kiritilgan har bir ashyoning nomi, o'ziga xos xususiyatlari,
belgilari (og'irligi, o'lchovi, eskirganlik darajasi, foydalanish yoki foydalanishda
emasligi va h.k.), har bir ashyoning alohida bahosi va barcha mol-mulkning
qiymati;
-ashyolaming muhrlangani, agar u amalga oshirilgan bo'lsa:
- agar mol-mulkni saqlash qarzdorning o'ziga yuklatilgan bo'lmasa, mol-mulk
saqlash uchun berilgan shaxsning nomi va manzili:
- qarzdor va boshqa shaxslarga davlat ijrochisining harakatlari yuzasidan shikoyat
qilish tartibi va muddati, shuningdek qarzdor yoki mol mulkni saqlovchiga saqlash
bo'yicha majburiyatlari va saqlashga berilgan mol-mulkni talon-taroj qilish, boshqa
shaxsga berish yoki yashirganlik uchun javobgarlik haqida tushuntirilganligi to'g'risida
belgi:
-undinuvchi. qarzdor va xatlash (ro'yxatga olish)da ishtirok etgan shaxslarning
e'tiroz va hayonotlari hamda ular bo'yicha davlat ijrochisining ko'rsatmalari.](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_30.png)
![Mol-mulkni xatlash (ro'yxatga olish) dalolatnomasida undiruv qaratilishi mumkin
bo'lmagan mol-mulklarning qarzdorga qoldirilganligi, yuridik shaxslarni mol-mulkini
xatlashda esa mol-mulkni xatlash navbatiga rioya qilinganligi ko'rsatilishi lozim.
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan birinchisi ijro ishi yuritishida qoladi,
ikkinchisi qarzdorga topshiriladi.
Qarzdor jismoniy shaxslarning mol-mulkini saqlovchi sifatida qarzdorning o'zi,
uning oila a'zolari, undiruvchi hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi vakillari
yoki boshqa shaxslar tayinlanishlari mumkin. Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini
saqlovchi sifatida qarzdor yuridik shaxsning vakillari, undiruvchi yoki boshqa shaxslar
tayinlanishi mumkin.
Xatlangan mol-mulk saqlash uchun qarzdorga emas, boshqa shaxsga topshirilsa,
mol-mulkni xatlash (ro'yxatga olish) dalolatnomasi uch nusxada tuzilib, ulardan biri
saqlovchiga, ikkinchisi qarzdorga berilib, uchinchisi ijro ishida qoldiriladi.
Xatlash (ro'yxatga olish) dalolatnomasida, ro'yxatga olingan mol mulkning
materiali, o'lchamlari, vazni, savdo belgisi, ishlab chiqarilgan sanasi va raqami, sotib
olingan sanasi va uni tavsiflovchi boshqa belgilar ko'rsatib o'tilishi lozim.
Agar mol-mulk egasida ashyolarni sotib olganligi to'g'risidagi hujjatlar saqlanib
qolgan bo'lsa, dalolatnomada ularga asoslanishi lozim.
Mol-mulkni xatlash (ro'yxatga olish) dalolatnomasida agar davlat ijrochisi
tomonidan mol-mulkni tasarruf etish, olib qo'yish yoki undan foydalanishni cheklash
kabilar qo'llanilgan bo'lsa, bu haqida belgi qo'yiladi.
Mol-mulkni xatlash (ro'yxatga olish) vaqtida davlat ijrochisi xatlangan ashyolari
muhrlash huquqiga ega. Qoida tariqasida bu harakat xatlangan ashyolar qimmati pastroq
ashyolarga almashtirilishi xavfi bo'lganda. shuningdek saqlovchilarga mol-mulkdan
foydalanish taqiqlanganda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi avtotransport vositasidan o'zga shaxslar tomonidan foydalanilishiga
va boshqacha tarzda unga tegilishiga cheklovni ta'minlashi (muhrlashi) shart. Qarzdoring.
xatlangan mol-mulkini tasarruf qilish yuzasidan davlat ijrochisining taqiqini buzish yoki
undan foydalanish huquqining cheklanganligiga rioya qilmaslik qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo'ladi.](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_31.png)
![A dabiyotlar
1.Tuxtasheva U.A. Ijro ishi yuritish: Darslik. 2-nashr Toshkent: TDYI, 2009.-308
h.
2.Yusupov B. Sud hujjatlarini bujurmaganlik uchun jinoiy javobgarlik
muammolari: Monografiya - T.TDYI, 2011.-173 b.
3.M.Q.O'razaliyev Ijro ishi yuritish Darslik. - T TDYU nashriyoti 2019. - 239 bet
4.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., O'zbekiston. 2018. - 80 b.
5.O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi "Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi № 258-II-sonli Qonuni // O zbekistonʻ
Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2001.-Ne 21. 145-modda.
6.O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi. O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
7.O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
8.O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi. O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
9.O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi
10.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son
qarori. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2007. No 45. 541-
modda.
11. O'razaliyev Murod Qorayevich. Ijro ishi yuritish. Darslik. T.: TDYU
nashriyoti, 2019.-239 bet.](/data/documents/3c85f0e6-525b-46ca-9a82-f5c3ff90be87/page_32.png)
Ijro harakatlarini amalga oshirishning umumiy shartlari. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish asos va choralari. Reja: 1. Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish. 2. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi va vaqti. 3. Yig'ma ijro ishi yuritish. 4. Ijro ishi yuritishda muddat. 5. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish, ijro ishi yuritishni to'xtatib turish, tugatish va tamomlash. 6. Ijro hujjatlarini qaytarish 7. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish. 8. Qurdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash. 9. Yo'qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash. 10. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish asasi va choralari.
IJRO ISHI YURITISHNI QO'ZG'ATISH Ijro ishi qo'zg'atish ijro jarayonining birinchi va majburiy bosqichi hisoblanadi. Ijro ishi qo'zg'atish nafaqat majburiy ijro uchun, balki boshqa ijro harakatlarini amalga oshirish uchun asos bo'ladi. Ijro ishi qo'zg'atish haqidagi qaror chiqarmasdan turib qarzdorning moliyaviy ahvoli haqida ma'lumot olishga davlat ijrochisining haqqi yo'q. Ijro ishi qo'zg'atishni davlat ijrochisi yakka tartibda amalga oshiradi. Davlat ijrochisiga ijro hujjati yetib kelganidan so'ng unga ikki majburiyat yuklatiladi. Birinchidan. sud. davlat organi yoki undiruvchidan kelib tushgan ijro hujjatini ijroga qabul qiladi. Ikkinchidan. aniq bir shartlar mavjud bo'lganida ijro ishi qo'zg'atadi. Bunday shartlar ikkita. Birinchi shart ijro hujjatining amal qilish muddati o'tib ketmagan bo'lsa. Ikkinchi shart ijro hujjati qonun tomonidan ijro hujjatlariga qo'yilgan talablarga javob berishi kerak. Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish davlat ijrochisi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda majburlov choralarini qo'llashning qonuniyligini ta'minlash bosqichidir. Sud yoki boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o'tmagan va mazkur hujjat O'zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunining 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lsa) davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo'zg'atishi shart. Agar qonun hujjatlarida ijro hujjatlarining ayrim turlariga majburiy ilovalar nazarda tutilgan bo'lsa, ular davlat ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak. Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi masala ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida hal etiladi. Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda quyidagilar ko'rsatilishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joyi: qarorni chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi, qaror qaysi ijro ishini yuritish yuzasidan chiqarilganligi;
qaror orqali hal qilinadigan masala; davlat ijrochisi qaror qabul qilishda amal qilgan qonun va boshqa qonun hujjatlariga havola qilingan asoslar; ko'rilayotgan masala bo'yicha xulosa: qaror ustidan shikoyat berish yoki protest keltirish tartibi va muddati. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qo'zg'atilgan kundan e'tiboran ko'pi bilan o'n besh kun muddat belgilaydi (darhol ijro etilishi lozim bo'lgan ijro hujjatlari bo'yicha ixtiyoriy muddat belgilanmaydi) va qarzdorga belgilangan muddat tugagandan keyin ijro hujjatidagi talablar, unda, "Sud hujjatlari va boshka organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 82-moddasida nazarda tutilgan jarimani undirgan holda majburiy ijro etilishi to'g'risida, shuningdek belgilangan hollarda ijro yig'imi undirilishi va O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddalarida belgilangan jinoiy javobgarlik to'g'risida ma'lum qiladi. Jarima tariqasidagi jazoni tayinlash to'g'risidagi hukm asosida berilgan ijro varaqasi bo'yicha ijro ishi yuritish qo'zg'atilgan taqdirda, ixtiyoriy ijro etish muddati ijro ishi yuritishi qo'zg'atish haqida qaror chiqarilgan kundan emas, balki hukm qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran bir oy etib belgilanadi va ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda qarzdor sud hukmi asosida tayinlangan jarimani belgilangan muddatda to'lashdan bo'yin toylasa, jarima jazosi jazoning boshqa turi bilan almashtirilishi to'g'risida ogohlantiriladi. Tim ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qaror nusxasi undiruvchiga qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim bo'lgan sud yoki boshqa organga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay yuboriladi. Undiruvchining arizasiga binoan yoki o'z tashabbusi bilan davlat ijrochisi mulkiy undiruv bo'yicha ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini ro'yxatga olib, ularni xatlashga haqlidir. Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin. Ish yurituvida bir qarzdorga nisbatan qo'zg'atilgan ikki va undan
ortiq ijro ish yurituvlari mavjud bo'lganda, tuman (shahar) MIB hududiy bo'limi mazkur ijro ish yurituvlari birlashtiriladi. Ijro ish yurituvlari topshirilgan davlat ijrochisi katta davlat ijrochisining topshirig'iga muvofiq, mazkur ijro ish yurituvlarini birlashtirish to'g'risida qaror chiqaradi. Agar ijro hujjati "Sud organlari yoki boshqa davlat organlari hujjat larini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida ko'zda tutilgan talablarga muvofiq bo'lmasa yoki ijroga topshirish muddati o'tkazib yuborilgan holda jo'natilgan bo'lsa. ijro hujjati kelib tushgan kundan e'tiboran uch kunlik muddat ichida davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo'zg'atmasdan qaytarib yuboradi. Ijro hujjatini qaytarib yuborish to'g'risida davlat ijrochisi qaror chiqaradi hamda uning nusxasi qaror chiqarilgan kunning crtasidan kechiktirmay undiruvchiga, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi. Davlat ijrochisi ijro hujjatini qaytarish to'g'risidagi qarorda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan. qaysi talablar buzilganligini ko'rsatadi. Ijro hujjatining yo'l qo'yilgan nuqsonlarni bartaraf etish uchun qaytarib yuborilishi bunday nuqsonlar bartaraf qilinganidan so'ng ijro hujjatini davlat ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda yuborish uchun to'sqinlik qilmaydi. Ijro hujjatini qabul qilishni rad etishga davlat ijrochisi haqli emas. Bir tuman (shahar) MIB hududiy bo'limi ish yuritishida bitta qarzdorga nisbatan qo'zg'atilgan ikki va undan ortiq ijro ishlari mavjud bo'lganda mazkur ijro ishlari birlashtiriladi. IJRO HARAKATLARINI AMALGA OSHIRISH JOYI VA VAQTI Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi deyilganda, ijro harakatlari amalga oshiriladigan va majburiy ijro choralari qo'llaniladigan hudud tushuniladi. Qonunchilikka muvofiq, qarzdor jismoniy shaxs bo'lsa, davlat ijrochisi ijro harakatlarini uning yashash joyi yoki ish joyida yoxud uning mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi. Shuningdek qarzdor yuridik shaxs bo'lsa, davlat ijrochisi ijro harakatlarini uning organi joylashgan yoki mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.
Qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarining talablari bunday harakatlar amalga oshiriladigan joyda bajariladi. Qarzdorning yashash joyi, ish joyi yoki turgan joyi o'zgargan bo'lsa yoki ilgarigi turgan joyida undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulki yo'q ekanligi yoxud undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli emasligi ijro hujjatini ijro etish jarayonida ma'lum bo'lib qolsa, bu haqda davlat ijrochisi darhol dalolamoma tuzadi hamda dalolatnoma tuzgan kunning ertasidan kechiktirmay ijro hujjatini dalolatnomaning nusxasi bilan birga qarzdorning ma'lum bo'lgan yangi yashash joyidagi, ish joyidagi, turgan joyidagi yoki qarzdorning mol-mulki turgan yangi joydagi davlat ijrochisiga yuboradi. ayni bir vaqtda bu haqda undiruvchini, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organni xabardor qiladi. Ijro hujjatini olgan davlat ijrochisi birinchi ijrochiga (ijro xujjatini yuborgan ijrochiga) ijro hujjati kelib tushgan kundan ikki oy muddatda uning ijrosini ta'minlashi kerak. Agarda ijro hujjatini ko'rsatilgan muddat ichida ijro etishning imkoni bo'lmasa, davlat ijrochisi belgilangan tartibda ijroni keyinga qoldirish choralarini ko'radi. Agar davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro etish jarayonida zarurat tug'ilsa, ijro harakatlarini o'z vazifalarini bajara olishi mumkin bo'lgan hududdan tashqarida ham amalga oshirishi mumkin. Bu holda davlat ijrochisi dalolatnoma tuzib, ko'rsatilgan hududga boradi. U yetib borgan paytdan boshlab bir sutka ichida ijro harakatlarini amalga oshirish joyidagi katta davlat ijrochisiga ijro harakatlarini shu hududda amalga oshirishi zarurligi to'g'risida ma'lum qiladi, katta davlat ijrochisi bu yerga kelgan davlat ijrochisiga ko'maklashadi. Bir davlat ijrochisining boshqa davlat ijrochisiga yuborgan ijro hujjati ijro etish uchun qabul qilib olinishi lozim. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi to'g'risida davlat ijrochilari o'rtasida kelib chiqadigan nizolar quyidagicha hal etiladi: - turli viloyatlarda joylashgan ijro harakatlarini amalga oshirish joyi yuzasidan vujudga kelgan nizolarga oid qismi Majburiy ijro byurosi tomonidan: