Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv.
![Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv.
Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo yicha ijro hujjatlarini ijroʻ
etish. Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo yicha ijro hujjatlarini ijro
ʻ
etish.
Reja:
1. Undiruvni jazoni o'tayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish.
2. Alitlar va aliment majburiyatlari bo'yicha qarzlarni undirish tartibi.
3. Qurzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga
oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning
umumiy shartlari.
4. Ishga tiklash to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish.
5. Imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish.
6. Yer uchastkasini olib qo'yish va o'tkazish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro
etish.
7. Qarzdorni ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish.
8. Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish.](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_1.png)
![UNDIRUVNI JAZONI O'TAYOTGAN QARZDORNING ISH
HAQIGA QARATISH
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari bo'yicha
undiruv sud hukmi yoki qaroriga ko'ra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini
hisobga olmagan holda ish haqining to'liq summasi hisobidan amalga oshirilishi
lozim.
Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalari qamoqxonalarda jazo
o'tayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini ijro
etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv butun ish haqidan. ish
haqining ularning mazkur muassasalardagi ta'minoti bo'yicha xarajatlarni qisman
qoplash uchun ajratiladigan qismini ham qo'shgan holda amalga oshiriladi. Axloq
tuzatish ishiga hukm qilinganlarning oylik ish haqidan ushlab qolish mahkumming
jazo muddatini o'tashni boshlagan kunidan amalga oshiriladi.
Ushlab qolish jami ish haqidan soliq va boshqa to'lovlarni istisno qilmagan
holda, shuningdek mahkumlarga ijro hujjatlari bo'yicha da'volar mavjudligidan
qat'i nazar, amalga oshiriladi va har oyning ikkinchi yarmi uchun to'langan ish
haqidan, ishdan bo'shaganda esa oyning ishlagan qismi uchun olinadi.
Ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy sug'urta tartibida olinayotgan nafaqa va yordam
pullaridan, ish haqi tizimida nazarda tutilmagan to'lovlardan va bir marta
to'lanadigan pul mukofotlaridan (foydalanilmagan ta'til uchun heriladigan), ish
jadvalidan ortiq ishlagan oylik ish haqidan. ishdan bo'shaganda qonunga muvofiq
beriladigan puldan, yangidan ishga tushganda, boshqa ishga o'tganda, safarga
borganda beriladigan pullardan, ishchining shaxsiy asboblaridan foydalanganligiga
va berilmagan maxsus kiyimlar va poyabzallar uchun to'lanadigan pullardan va
boshqa badal to'lovlaridan ushlanmaydi.
Qishloq xo'jalik a'zosi bo'lgan mahkumning ish haqidan ushlab qolishda ish
haqi daromadining pul va mahsulot tarzida olingan qismi ham qo'shiladi. Bunda
mahkumlardan ushlab qolingan mahsulot tarzidagi daromad qismi xo'jalik](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_2.png)
![ixtiyorida qoladi va davlat xarid qilish narxlaridagi qiymati davlat foydasiga
o'tkaziladi.
Harbiy o'quv yig'inlariga chaqirilgan mahkumlarning ish haqidan ushlab
qolish ish joyida amalga oshiriladi. Korxonalar ishining yil yakuni bo'yicha
to'lanadigan mukofot pulları berilayotganda, qishloq xo'jalik yilining yakuni
bo'yicha oxirgi hisob kitob davrida berilayotgan hamna pul miqdoridan emas. faqat
jazo o'talgan davr uchungina ushlab qolinadi.
Mahkumlarning ish haqidan davlat foydasiga ushlab qolayed.m pullami
korxona ina'muriyati har oyda oylik ish haq wapan k tegishli davlat banklarining
hisob-kitob raqamiga o'tkazib bahol qog'ozlari bilan birgalikda bank
muassasalariga ushlab qolingan ajratmala haqida hisob ma'lumoti yuboriladi.
Hisob ma'lumotlari landa to qog'ozlarining orqasida ko'rsatiladi. Ish haqidan
ushlab qolingan pul miqdorini naqd pul bilan yoki pl orqali o'tkazish yo'li bilan
olish qat'iyan man qilinadi.
Jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimlari hisobvaraqalari bo'yicha oyma-oy
ushlangan pullarning tushganligini tekshiradi va o'tkazib berishning to'xtab
qolganligi aniqlangan holda darhol undirish choralarini ko`radi.
Mahkumlarning ish haqidan to'g'ri va o'z vaqtida chegirib qolinishini hamda
chegirib qolingan ajratmalarni davlat foydasiga o'tkazilishi ta'minlamagan, shu
bilan birga, ularning ishlagan davri. oyligi va chegirib qolingan ajratmalar
to'g'risidagi hisob ma'lumotini doimiy ravishda noto'g'ri yoki o'z vaqtida bermagan
hollarda jazoni ijro etish inspeksiyasi tegishli aybdor mansabdor shaxslarni
qonunda belgilangan javobgarlikka tortish choralarini ko'radi.
Mahkumlarning ishlagan kunlari va oyligidan ushlanib o'tkazilgan pullar
to'g'risidagi ma'lumotlar bank muassasalarining joriy schyotlari ko'chirmalariga
asosan ulaming hisobvaraqalariga uch kun mobaynida kiritilishi kerak. Hisob
ma'lumotlari va to'lov qog'ozlari maxsus jildlarga tikiladi.
Sud hukmi bekor qilingan barcha holatlarda oylik ish haqidan ushlab qolingan
hamma pollar mahkumga qaytarib beriladi. Hukmning o'zgartirilishi yoki bekor](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_3.png)
![qilinishi haqida sudning ajrimi (qaron) pullarning qaytarib berilishiga asos bo'lib
hisoblanadi.
ALIMENTLAR VA ALIMENT MAJBURIYATLARI BO YICHAʻ
QARZLARNI UNDIRISH TARTIBI
Aliment voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz oila
a'zolarining ta'minotiga ajratiladigan pul mablag'lari O'zbekiston Respublikasining
Oila kodeksiga muvofiq ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berishi shart.
Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda
bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug'iga asosan
aliment undiriladi. Aliment to'lash haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmaganida
yoki aliment ixtiyoriy ravishda to'lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment
undirish to'g'risida sudga da'vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda,
vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta'minoti uchun ota yoki
onalan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to'g'risida da'vo
qo'zg'atishga haqlidir.
Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi. Aliment undirish
to'g'risida sudda da'vo qo'zg'atishga bolaning ota-onasidan birortasi, farzadlikka
oluvchi, agar farzandlikka olish er-xotinning bittasi tomonidan amalga
oshirilayotgan bo'lsa va bolaning ota-onasining birortasi bilan huquqiy aloqasi
saqlanib kelayotgan bo'lsa, holaning vasiysi yoki homiysi. bola tarbiyalanayotgan
bolalar muassalari ma'muriyati haqlidirlar.
Davlat ijrochisi alimentlar undirish haqidagi ijro hujjati qonunda belgilangan
talablarga muvofiq bo'lsa, ijroga qabul qiladi va kelib tushganidan so'ng bir kundan
kechiktirmasdan ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqaradi. Qonunda
alimentlar undirish haqidagi ijro hujjatlari darhol ijro etilishi belgilanganligi tufayli
bu hujjatlar bo'yicha ijro ishi yuritish qo'zg'atilganda qarzdorga ixtiyoriy ijro etish
uchun muddat belgilanmaydi.](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_4.png)
![Davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarori. u
chiqarilgan kunning crtasidan kechkitirilmasdan undiruvchiga qarzdorga,
shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yuboriladi. Agarda aliment to'lash
majburiyati yuklangan shaxs doimiy ish joyiga ega bo'lsa. davlat ijrochisi ijro
varaqasini undiruvni uning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratish
uchun uning ish joyiga yuboradi.
Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi yoki
pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot ma'muriyati aliment to
lash to'g'risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga yoki ijro varaqasiga
asosan aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish haqidan va (yoki) boshqa
daromadidan har oyda aliment ushlab qolib, aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsga
ish haq to'langan va (yoki) boshqa daromadlar olingan kundan boshlab, uch
kundan kechiktirmay aliment oluvchi shaxsga aliment to'lashi yoki aliment to'lashi
shart bo'lgan shaxsning hisobidan unga o'tkazishi shart.
Voyaga yetmagan bolalarga ta'minot herish haqida ota-ona o'rtasida kelishuv
bo'lmasa, aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi yoki boshqa
daromadining bir bola uchun to'rtdan bir qismi, ikki bola uchun uchdan bir
qismi.uch va undan ortiq bola uchun yarmisi miqdorida undiriladi. Aliment
qarzining miqdori davlat ijrochisi tomonidan sudning hal qiluv qarori yoki aliment
to'lash to'g'risislags notarial Ladsla tasdiqlangan kelishuvda belgilangan aliment
milorida kells cupp holda aniqlanadi. Bu to'lovlarning miqdori taraflarning moddiy
yoki oilaviy ahvolini va boshqa e'tiborga loyiq holatlami hisobga olgan sud
tomonidan kamaytirilishi yoki ko'paytirilishi mumkin. Har bir bola uchun
undiriladigan aliment miqdori qonum hugatlans bilan belgilangan eng kam ish
haqining yetmish besh fozislan kam bo'lmasligi kerak.
Voyaga yetmagan bolalariga aliment to'lash va ularni ta'minlashda ota-
onaning majburiyatlari, shuningdek voyaga yetgan, mehnatga layoqatsiz,
yordamga muhtoj bolalariga ta'minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir.
Oila kodeksiga binoan ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish
uchun aliment to'lash tartibini o'zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar.](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_5.png)
![Voyaga yetmagan bolalarini ta'minlash uchun aliment to'lash tartibi va shakli
haqida ota-ona o'rtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning
manfaatlariga zid bo'lmasligi kerak. Ota-ona voyaga yetgan lekin mehnatga
layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalarini ta'minlashi shartdir.
Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta'minot
berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o'rtasida bunday
kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi. Ota-onadan
voyaga yetgan, lekin mehnatga layoqatsiz. yordamga muhtoj bolalariga
undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment to'lashi shart bo'lgan
ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olinib, har oyda pul bilan
to'lanadigan qat'iy summada belgilanadi.
Aliment O'zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida pul yoki
natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab golinadi.Chet el
valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda bo lganʻ
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo'yicha so'mlarda
hisoblanadi. Aliment to layotgan ola onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari
bo lib, ulardan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda o'sha bolalar
ʻ
aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta'minlands
qoladigan bo'lsa, shuningdek aliment to'layotgan ota (ona) nogiron bo'lib. moddiy
jihatdan qiynalib kelayotgan bo'lsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil
daromadga ega bo'lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi
mumkin.
Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining to'liq
ta'minotida bo'lsa, sud aliment to'layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini
hisobga olib, to'lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment
to'lashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz. yordamga
muhtoj o'z ota-onasini ta'minlashlari va ular to'g'risida g'amxo'rlik qilishlari shart.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar o'z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda
moddiy yordam berishdan bo'yin tovlasalar. ta'minot miqdori bolalarning oilaviy](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_6.png)
![va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan
belgilanadi.
Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni o'z bolalarining biriga yoki bir
nechtasiga nisbatan qo'yganligidan qat'i nazar, aliment miqdorini belgilashda sud
voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi kim.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil
hal bo'lgunga qadar sudya shu nizo bo'yicha vaqtincha to'lab turilishi lozim bo'lgan
summani ko'rsatib, ajrim chiqarishi mumkin. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli
bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam
ish haqi miqdorining uchdan bir qismidan kam bo'lmasligi kerak.
Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvga muvofiq aliment to'lashi shart bo'lgan
shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo'lsa, aybdor shaxs ushbu kelishuvda
belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.
Qarzdor aliment to'lashdan bosh tortish maqsadida o'z ish, o'qish joyi yoki
turar joyi o'zgarganligi haqida, shuningdek qo'shimcha ish haqi yoki boshqa
daromadi to'g'risida xabar bermagan yoki yolg'on ma'lumotlar taqdim etgan
taqdirda davlat ijrochisi O'zbekiston Respublikasining Ma mariy javobgarlik
to'g'risidagi Kodeksining 198-2-moddasiga muvofiq o'z qarori bilan qarzdorga eng
kam ish haqining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorida jarima soladi.
Agarda qarzdor aliment to'lashdan ma'muriy jazo qo'llanilgandan keyin ikki oydan
ortiq mudda davomida bosh tortsa, davlat ijrochisi qarzdorga nisbatan O'zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'ash
masalasida taqdimnoma kiritishi shart.
Aliment va aliment majburiyatlari bo'yicha qarzlarni undirish tartibi. Aliment
va aliment majburiyatlari bo'yicha qarzlarni undirish tartibi O'zbekiston
Respublikasining Oila kodeksida belgilangan.
O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ota ona voyaga
yetmagan bolalarni ta'minlashi shart. Voyaga yetmagan bolalarmi ta'minlash
majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (onaldan sudning hal qiluv
uaroriga yoki sud buyrug'iga asosan aliment undiriladi.](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_7.png)
![Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs alimentni ixtiyory avelul shaxsan yoki o'z
arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud peava nafaqa, stipendiya va boshqa
turdagi mablag' olayotgan joyida to'laydi Alimentning ixtiyoriy ravishda to'lab
turilishi aliment undiruvchm aliment undirish haqidagi da'vo yoki ariza bilan
xohlagan vaqtda siya murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Aliment olish huquqiga ega bo'lgan shaxs, aliment talab qilish luxu vujudga
kelganidan so'ng qancha muddat o'tganidan qat'i nazar, xohlagan vaqtda aliment
undirish to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Mazkur shaxs, nizo bo'lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun
aliment undirish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo'lib, bu
ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko'rib chiqiladi. Aliment sudga murojaat
etilgan paytdan boshlab undiriladi. Qonunda alimentlar undirish haqidagi ijro
hujjatlari darhol ijro etilishi belgilangan Davlat ijrochisi alimentlar undirish
haqidagi ijro hujjati qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo'lsa. ijroga qabul
qiladi va kelih tushganidan so'ng uch kundan kechiktirmasdan ijro ishi yuritishni
qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqaradi. Davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni
qo'zg'atish to'g'risidagi qarori, u chiqarilgan kunning ertasidan kechkitirilmasdan
undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yuboriladi.
Aliment undirish to'g'risidagi ijro ishi yuritish qo'zg'atilganidan keyin davlat
ijrochisi darhol qarzdorning yashash joyi, ish joyi daromadlari va mol-mulkini
aniqlashga qaratilgan choralarni ko'radi. Bu maqsadda ijro ishi qo'zg'atilgan kuni
soliq organiga so'rovnoma yuborish va zudlik bilan qarzdorning yashash joyi
bo'yicha chiqishi lozim. Davlat ijrochisi qarzdorning mulkiy ahvolini aniqlash
maqsadida DAN, bank yoki boshqa kredit tashkilotlari. ro'yxatga olish xizmatlari
va boshqa organlarga so'rovnomalar yuboradi.
Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi yoki
pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot ma'muriyati aliment to'lash
to'g'risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga yoki ijro varaqasiga asosan
aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish haqidan va (yoki) boshqa daromadidan
har oyda aliment ushlab qolib, aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsga ish haqi](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_8.png)
![to'langan va (yoki) boshqa daromadlar olingan kundan boshlab, uch kundan
kechiktirmay aliment oluvchi shaxsga aliment to'lashi yoki aliment to'lashi shart
bo'lgan shaxsning hisobidan unga o'tkazishi shart.
Sudning hal qiluv qarori yoki aliment to'lash to'g'risidagi notarial tartibda
tasdiqlangan kelishuv bo'yicha aliment ushlab qolishi lozim bo'lgan ish beruvchi
(tashkilot ma'muriyati) aliment to'lovchi shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor
qilinganligi haqida, shuningdek uning yangi ish. o'qish joyi yoki turar joyi ma'lum
bo'lsa, bu haqida sutning hal qiluv qarori ijro etiladigan joydagi davlat ijrochisiga
yoki aliment oluvchi shaxsga uch kun muddat ichida xabar berishi shart.
Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs uch kun muddatda o'z ish, o'qish joyi yoki
turar joyi o'zgarganligi haqida, shuningdek qo'shimcha ish haqi yoki boshqa
daromadi to'g'risida davlat ijrochisini hamda aliment oluvchi shaxsni xabardor
qilishi shart.
Aliment qarzi aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish haqi va (yoki)
boshqa daromadidan undiriladi. Ish haqi va (yoki) boshqa daromad yetarli
bo`lmaganda, aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning banklar va boshqa kredit
tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag'idan. tijorat va tijoratchi
bo'lmagan tashkilotlarga shartnoma asosida o'tkazilgan pul mablag'idan undiriladi.
mulk huquqining o'tishiga olib keluvchi shartnomalar bundan mustasno. Bu
mablag' yetarli bo'lmaganda undirish aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning
qonun bo'yicha undirish qaratilishi mumkin bo'lgan har qanday mol-mulkiga
qaratiladi.
Alimentlar ijro varaqasi yoki aliment to'lash to'g'risidagi notarial tartibda
tasdiqlangan kelishuv bo'yicha aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning aybi bilan
undirilmagan bo'lsa, alimentlar ko'rsatilgan uch yillik muddatdan qat'i nazar, o'tgan
barcha vaqt uchun undiriladi. Voyaga yetmagan bolalariga aliment to lash va ularni
ta'minlashda ota-onaning majburiyatlari, shuningdek voyaga yetgan, mehnatga
layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta'minot berishda ota-onaning
majburiyatlari tengdir. Aliment qarzining miqdori davlat ijrochisi tomonidan
sudning hal qiluv qarori yoki aliment to'lash to'g'risidagi notarial tartibda](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_9.png)
![tasdiqlangan kelishuvda belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda
aniqlanadi.
Oila kodeksining 99-moddasiga asosan voyaga yetmagan bolalarga
to'lanadigan aliment qarzining miqdori aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish
haqi va boshqa daromadi miqdoridan kelib chiqqan holda aliment undirilmagan
vaqt uchun hisoblab chiqiladi. Agar aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs shu davrda
ishlamagan bo'lsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar
taqdim qilinmagan bo'lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O'zbekiston
Respublikasidagi o'rtacha oylik ish haqi miqdori bo'yicha hisoblab chiqiladi. Agar
qarzni bunday belgilash taraflardan birining manfaatlariga jiddiy putur yetkazsa,
manfaatlariga putur yetkazilgan taraf sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud
taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini va boshqa e'tiborga loyiq holatlarni
inobatga olib, qarzning pul bilan to'lanadigan qat'iy summasini belgilashi mumkin.
Taraflar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq aliment qarzini to'lashdan ozod qilish yoki
uni kamaytirishga taraflarning o'zaro roziligi bo'lgandagina yo'l qo'yiladi.
Agar sud aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs kasalligi yoki boshqa uzrli
sabablarga ko'ra aliment to'lamaganligini aniqlasa hamda uning moddiy va oilaviy
ahvoli yig'ilgan aliment qarzni to'lashga imkon bermaydi deb topsa, aliment
to'lovchining da'vosiga binoan uni aliment qarzlarini to'lashdan to'la yoki qisman
ozod etishga haqlidir.
Sudning hal qiluv qaroriga ko'ra aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning aybi
bilan qarz vujudga kelgan bo'lsa, aybdor shaxs kechiktirilgan har bir kun uchun
to'lanmay qolgan aliment summasining o'ndan bir foizi miqdorida aliment
oluvchiga jarima to'laydi. Aliment oluvchi aliment o'z vaqtida to'lanmaganligida
aybdor bo'lgan aliment to'lashi shart shaxsdan aliment to'lash majburiyatlarini o'z
vaqtida bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan barcha zararlarning jarima bilan
qoplanmagan qismini undirishga ham haqlidir.
Aliment qarshi qo'yilgan boshqa talablar bilan hisobga o'tkazilish mumkin
emas. Alimentni qaytarib olishga yo'l qo'yilmaydi. Quyidays hollar bundan
mustasno:](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_10.png)
![*aliment oluvchi tomonidan yolg'on ma'lumotlar berish yoki qalbak hujjatlar
taqdim etish oqibatida, aliment undirish to'g'risida chuqurilgan sudning hal qiluv
qarori bekor qilinganda; aliment oluvchi tomonidan aldash, qo'rqitish yoki zolik ta
in ostida tuzilgan aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv haqiqiy emas deb
topilganda;
*aliment to'lanishiga asos bo'lgan sudning hal qiluv qarori, aliment to'lash
to'g'risidagi kelishuv yoki ijro varaqasi qalbakiligi fakti sud hukmi bilan
aniqlanganda.
Agar yuqorida ko`rsatilgan harakatlar, voyaga yetmagan bolaning yoki
voyaga yetgan u muomalaga layoqatsiz aliment oluvchining vakili tomonidan sodir
etilgan bo'lsa. aliment qaytarib olinmaydi, to'langan aliment summalari esa aliment
to'lashi shart bo'lgan shaxsning da'vosiga ko'ra aybdor vakildan undiriladi.
Sudning hal qiluv qaroriga asosan pul bilan to'lanadigan qat'iy summada
undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qilish alimentlar ushlab qolinayotgan
joyda qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam oylik ish haqiga mutanosib
ravishda amalga oshiriladi.
Indeksatsiya qilish maqsadida alimentning miqdori sud tomonidan qonun
hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining muayyan qismiga mos
ravishda pul bilan to'lanadigan qat'iy summada belgilanadi. Aliment to'lashi shart
bo'lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga
ketayotganida, qonunga muvofiq, o'zi ta'minot berishi lozim bo'lgan aliment
oluvchilar bilan Oila kodeksining 130-134-moddalariga asosan aliment to'lash
to'g'risida kelishuv tuzishi shart. Aliment to'lash to'g'risida kelishuvga erishilmagan
taqdirda shaxs aliment miqdorining pul bilan to'lanadigan qat'iy summada
belgilanishi va alimentni bir yo'la to'lash to'g'risida yoki aliment evaziga muayyan
mol mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to'lash to'g'risidagi talab bilan
sudga murojaat qilishga haqli. Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun alimentlar
oldindan to'langan yoki aliment to'lash majburiyatini ta'minlash uchun garov
shartnomasi tuzilgan bo'lsa, shaxs aliment to'lash to'g'risida kelishuv tuzish
majburiyatidan ozod etiladi.](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_11.png)
![Aliment miqdori sud tartibida belgilangandan keyin taraflardan birining
moddiy yoki oilaviy ahvoli o'zgarsa, sud ulardan har birining talabiga ko'ra
alimentning belgilangan miqdorini o'zgartirishga yoki aliment to lashi shart bo'lgan
shaxsni aliment to'lashdan ozod qilishga hagh. Aliment miqdorini o'zgartirishda
yoki uni to'lashdan ozod qilishda sud taraflarning e'tiborga loyiq boshqa
manfaatlarini hisobga olishga Aliment undirish haqidagi ijro hujjatlari va aliment
to'lash to'g'risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar bo'yicha aliment
undirish. Aliment undirish to'g'risidagi ijro hujjatlari undiruvchi tomonidan MIB
tuman bo'limiga: qarzdorning yashash joyi. ish joyi yoki imlo mulkini turgan joyi
bo'yicha taqdim etiladi. Aliment undirish haqidagi ijro hujjatlariga quyidagilar
kiradi:
-fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarning qarorlariga asosan berilgan ijro
varaqalari:
- sud buyruqlari:
- alimentlar to'lash to'g'risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar.
Aliment to lash to'g'risidagi kelishuvga muvofiq aliment to'lashi shart bo'lgan
shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo'lsa, aybdor shaxs ushbu kelishuvda
belgilangan tartibda javobgar boladi. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv (aliment
miqdori, shartlari va to'lash tartibi) aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs bilan
aliment oluvchi o'rtasida tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz
bo'lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi.
Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda
tasdiqlanishi lozim. Aliment to lash to'g'risida kelishuv tuzishning qonunda
belgilangan shakliga rioya qilmaslik O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida
nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi. Notarial tartibda tasdiqlangan aliment
to'lash to'g'risidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega bo'ladi. Aliment to'lash
to'g'risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv yoki ijro varaqasi asosida o'tgan
davrdagi aliment qarzi ijro varaqasi yoki aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv
aliment undirish uchun taqdim qilingunga qadar o'tgan uch yildan ortiq bo'lmagan
muddat uchun undiriladi.](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_12.png)
![Aliment to'lash to'g'risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bo'yicha
aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning aybi bilan undirilmagan bo'lsa, aliment uch
yillik muddatdan qat'i nazar, o'tgan barcha vaqt uchun undiriladi.
Aliment to lash to'g'risidagi kelishuv taraflarning o'zaro roziligi bilan istalgan
vaqtda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Aliment to'lash to'g'risidagi
kelishuv qanday shaklda tuzilgan bo'lsa, umi o'zgartirish yoki bekor qilish ham
o'sha shaklda amalga oshiriladi. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvning
bajarilishini bir taraflama rad qilishga yoki uning shartlarini bir taraflama
o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi.
Taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolida jiddiy ozgarishlar yuz berganda
hamda aliment to lash to'g'risidagi kelishuvni o'zgartirish yoki bekor qilish
to'g'risida ular o'zaro kelisha olmaganda. manfaatden taal kelishuvni o'zgartirish
yoki bekor qilish to'g'risidagi da'vo bilan suda murojaat qilishga haqli Sud aliment
to lash to'g'risidagi kelishuvi o'zgartirish yoki bekor qilish masalasini hal qilishda
taraflarning e'tiboriga loyiq har danday manfaatini hisobga olishga haqli.
Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvga binoan to'lanadigan alimentlarning
miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar. Voyaga yetmagan bolalarga
aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvga binoan to'lanadigan alimentning miqdori
aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo'lgan miqdordan kam
bo'lmasligi kerak. Aliment tolash to'g'risidagi kelishuv bo'yicha aliment to'lash
usullari va tartibi shu kelishuv bilan belgilanadi.
Alimentlar:
-aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga
nisbatan ulushlarda; - vaqti-vaqtida pul bilan to'lanadigan qat'iy summada:
- bir yola pul bilan to'lanadigan qat'iy summada;
- mol-mulk bilan yoki kelishuvda qayd etilgan boshqa usullarda to`lanishi
mumkin. Aliment to'lash haqidagi kelishuvda aliment to'lashning turli usullarini
birga qo'shib qo'llash nazarda tutilishi mumkin.
Aliment to lash to'g'risidagi kelishuv bo'yicha to'lanadigan aliment miqdorini
indeksatsiya qilish shu kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_13.png)
![Agar aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvda indeksatsiya qilish tartibi
ko'rsatilmagan bo'lsa. alimentlar ushlab qolinayotgan joyda qonun hujjatlari bilan
belgilangan eng kam oylik ish haqiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Indeksatsiya qilish maqsadida alimentning miqdori sud tomonidan qonun
hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining muayyan qismiga mos
ravishda pul bilan to'lanadigan qat'iy summada belgilanadi.
Aliment to lash to'g'risidagi kelishuvda belgilangan aliment majburiyatlari
taraflardan birining o'limi, mazkur kelishuv muddatining o'tishi yoki unda nazarda
tutilgan boshqa asoslarga ko'ra tugaydi. Sud tartibida undiriladigan aliment to'lash:
-bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to la muomala layoqatigaʻ
ega bo'lganda: - foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda:
- sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga
muhtoj bo'lmay qolgan deb topganda: mehnatga layoqatsiz. yordamga muhtoj
aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda: aliment oluvchi yoki
aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs vafot etganda tugatiladi.
Aliment undirish bo'yicha ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi
voyaga yetmagan bolalarga undiriladigan aliment bolalarming voyaga yetganligi
sababli amalda ijro etilganligi Besla shaxslarga undiriladigan aliment to'lanishi
lozim bo'lgan muddat tugaganligi sababli (qarzdorlik bo'lmasay ijro hujjati uni
bergan sud yoki bosdupa organning yoxud undiruvchinig talabiga binoan ijro
etilmasdan qaytarilganla
- ijro hujjati aliment yoki qarzdorlik bo'yicha davriy to'lovlarni undirish va
qarzdorning ish haqiga qaratish uchun yuborilganda;
- ijro hujjati qarzdorning yashash joyi o'zgarganligini tasdiqlovchi aniq
ma'lumotlar mavjud bo'lsa bir hududiy boshqarma yoki bo'limdan ikkinchisiga
yuborilganda. ijro ishi yuritish sud qaroriga asosan tugatilgan bo'lsa; ijro hujjati
undiruvni imkoniyati yo'qligi sababli quyidagi hollarda dalolatnoma bilan
qaytarilsa:
- qarzdor doimiy istiqomat qilish uchun chet davlatga chiqib ketganda:](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_14.png)
![-bola ta'minoti uchun undiriladigan aliment bo'yicha qarzdorlikni voyaga
yetgan bolaga undirishda boshqa shaxslarga undiriladigan aliment to'lanishi lozim
bo'lgan muddat tugaganda.
Aliment undirish bo'yicha ijro ishi yuritishda qarzdorning mol-mulki, yashash
joyi, ish joyi va daromadlari to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lmaganda undiruv
imkoniyati yo'qligi to'g'risida dalolatnoma asosida qaytarishga yo'l qo'yilmaydi.
QARZDORGA MUAYYAN HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH
YOKI ULARNI AMALGA OSHIRISHDAN O'ZINI TIYISH
MAJBURIYATINI YUKLOVCHI IJRO HUJJATLARINI IJRO
ETISHNING UMUMIY SHARTLARI
Davlat ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarm amalga oshirish yoki ularni
amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati bo'yicha ro
ishini yuritishni qo'zg'atayotganda ularni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga
o'n besh kunlik muddat belgilaydi.
Davlat ijrochisi ijro hujjatining o'zi belgilagan musklatda ixtiyoriy ravishda
ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. pro hujjatini davlat ijrochisi olgach,
uro ishi yuritishni qo'zg'alish to'g'risidagi masalan, ure hujjati kelib tushgan
vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida hal etadi.
Qarorda ijro hujjatida ijro etish muddatlari ko'rsatilmagan bo lsa. ixtiyoriyʻ
ravishda ijro etish uchun o'n besh kunlik muddat belgilah, ijro hujjati talablarini
belgilangan muddatda ijro etmagan taqdirda, unga nisbatan ma'muriy jarima va ijro
yig'imi (jismoniy shaxslardan eng kam ish haqining besh barobari, yuridik
shaxslardan esa-eng kam ish haqining o'n barobari miqdorida) undirilishi
ko'rsatilib, qarzdorga tushuntirishi lozim.
Davlat ijrochisi nomulkiy xarakterdagi ijro ishi bo'yicha qarzdorga ijro
hujjatini talabini ixtiyoriy ravishda belgilangan mucklatda uzrsiz sabablarga ko'ra
ijro etmasa yoki uning zimmasiga muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni
sodir etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini uzrsiz sabablarga](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_15.png)
![ko'ra belgilagan muddatda qarzdor ijro etmasa, fuqarolarga eng kam ish haqining
besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o'n baravaridan o'n
besh baravarigacha miqdorda jarima soladi.
Agar qarzdor muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan
o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlashni
ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin ham davom ettirsa, Jinoyat kodeksiga
muvofiq, sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilgani uchun eng kam oylik ish
haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha
ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mansabdor shaxsning muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir
etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini hajarishdan bo'yin
tovlashni ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin ham davom ettirishi eng kam oylik
ish haqming yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki hesh
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Davlat ijrochisi ijro hujjatining talablarini qarzdor tomonidan helgilangan
muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etmagan taqdirda. davlat ijrochisi qarzdorga
nisbatan ma'muriy jazo qo'llaydi: sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlagan taqdirda
esa uni jinoiy javobgarlik to'g'risida yozma shaklda ogohlantiradi. Qarzdor
shundan so'ng ham ijro hujjatini jro etishdan bo'yin tovlagan taqdirda, davlat
ijrochisi qonanda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini
hal qiladi.
ISHGA TIKLASH TO'G'RISIDAGI IJRO HUJJATINI IJRO ETISH
Xodimni ishga tiklash to'g'risidagi ijro hujjati. basharti, u bilan tuzilgan
mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki qonunga xilof
ravishda boshqa ishga o'tkazilgan bo'lsa, darhol ijro etiladi.](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_16.png)
![O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 111-moddasida mehnat
shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g'ayriqonuniy
ravishda boshqa ishga o'tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o'zi, sud yoki
boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozimligi, 273-
moddasida esa xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda
bekor qilinganda uni ishga tiklash. shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish
asoslari ta'rifini o'zgartirish to'g'risida sud chiqargan hal qiluv qarori yoki
g'ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash
haqida mehnat nizolarini ko'ruvchi organ chiqargan qaror darhol ijro etilishi
lozimligi belgilangan.
Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorida ish
beruvchini, agarda ijro hujjati ijrosini darxol, ya'ni qaror taqdim qilingan kundan
bir kunlik muddat ichida ijrosini ta'minlamagan taqdirda, jro hujjati bo'yicha ijro
yig'imi va jarima jazosi qo'llanilishi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 1-48-moddasida belgilangan mehnat qilish huquqini buzish hamda
232-moddasiga asosan, sud qarorini hajanmaganlik uchun jinoiy javobgarlik
mavjudligi haqida ogohlantirishi lozim.
Ijro hujjati ijrosini ta'minlash jarayonida davlat ijrochisi ish beruvchi
tomonidan noqonuniy farmoyishini bekor qilish to'g'risidagi buyrug'i nusxasini
olgandan so'ng undiruvchining o'z vazifalarini bajarishga kirishganligi to'g'risida
va ishga tiklanganligi yuzasidan qarzdor va undiruvchi tegishli dalolatnoma
rasmiylashtiradi.
Ish beruvchining mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga
o'tkazish haqidagi o'zining noqonuniy farmoyishini bekor qilish to'g'risidagi
buyrug'i nusxasi ijro ishini yuritish materiallariga tikiladi O'zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari fuqarolar melumat huquqlarning ishonchli kafolatlarini nazarda
tutadi. Jumladan, melmat qonunchiligiga muvofiq, mehnat shartnomasi
g'ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g'ayriqonuniy ravishda boshqa
isha o'tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o'zi, sud yoki boshqa vakolatli organ
tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim.](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_17.png)
![Ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga yetkazilgan zarami qoplash
majburiyati yuklatiladi.
Mehnat kodeksining 273-moddasiga ko'ra, xodim bilan tuzilgan mehnat
shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda uni ishga tiklash, shuningdek
mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari ta'rifini o'zgartirish to'g'risida sud
chiqargan hal qiluv qarori yoki g'ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazilgan
xodimni avvalgi ishiga tiklash haqida mehnat nizolarini ko'ruvchi organ chiqargan
qaror darhol ijro etilishi lozim.
Ishga tiklash to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi melinal
shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga o'tkazish haqidagi o'zining
noqonuniy farmoyishini bekor qilish to'g'risida buyruq chiqarib, xodim ilgarigi
mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qo'yilgan vaqtdan boshlab
tamomlangan hisoblanadi. Ish beruvchining mehnat shartnomasini bekor qilish
yoki boshqa ishga o'tkazish haqidagi o'zining noqonuniy farmoyishini bekor qilish
to'g'risida buyrug'i nusxasi ijro ishi yuritish materiallariga tikib qo'yiladi.
IMORATNI BUZIB TASHLASH TO'G'RISIDAGI IJRO HUJJATINI
IJRO ETISH
Imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ijro hujjati jismoniy va yuridik shaxslar
tomonidan imorat o'zboshimchalik bilan qurilgan hollarda ijro etiladi. Qarzdorning
imoratini majburiy buzib tashlash faqat sud qarori asosida berilgan ijro hujjatiga
muvofiq xolislar ishtirokida va ichki ishlar organlarining xodimlari ko'magida
davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun
ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma
olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan
holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o'zga ko'chmas mulk
o'zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi. O'zboshimchalik bilan imoral
qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. O'zboshimchalik bilan imorat qurgan](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_18.png)
![shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga, sotishga, hadya etishga. ijaraga berishga,
imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.
Shaxs o'ziga qarashli bo'lmagan yer uchastkasida o'zboshimchalik bilan
imorat qurgan bo'lsa, uning bu imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan
basharti mazkur uchastka shu shaxsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda
beriladigan bo'lsa, etirof e'tishi mumkin.
O'zboshimchalik hilan qurilgan imoratning saqlab qolarlu weh shaxslaming
huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlan buzilishiga sabah bo'lsa,
yoxud fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga sav tug'dirsa, yuqorida ko'rsatilgan
shaxslarning o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e'tirof
etilishi mumkin ema O'zboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari
buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining da'vosi bilan bunday inwat
sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan
buzib tashlanishi lozim.
Imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ijro varaqasini olgach, davlat ijrochisi ijro
ishi yuritishni qo'zg'atadi va qarzdorga ijro hujjatlari talabini ixtiyoriy bajarish
uchun muddat belgilaydi. Ixtiyoriy ijro uchun belgilangan muddat tugaganidan
so'ng davlat ijrochisiz agarda ijm harakatlarini keyinga qoldirish, ijro ishi
yuritishni to'xtatib turish yoki tugatish uchun asoslar bo'lmasa, qarzdorning
imoratini majburiy buzib tashlashga kirishadi. Noqonuniy qurilishlarni buzish
to'g'risidagi ijro hujjatlarini ijro etishda, davlat ijrochisi tegishli tuman (shahar)
arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo'limi) mutaxassisi, tuman (shahar) yer
resurslari va davlat kadastri bo'limi mutaxassisi, tegishli tuman (shahar) kommunal
ekspluatatsiya boshqarmasining obodonlashtirish va irrigatsiya xizmati
mutaxassisini, shuningdek fuqarolarning mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi
vakilini taklif etadi va ular ishtirokida ijro hujjatini ijrosini amalga oshiradi, bu
haqda dalolatnoma tuzadi.
Belgilangan tartibda majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi joyi va vaqti
to'g'risida rasman xabardor qilingan mutaxassis belgilangan joyga belgilangan
vaqtda yetib kelmasa. buzish uning ishtirokisiz amalga oshiriladi. Noqonuniy](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_19.png)
![qurilishlarni buzish to'g'risidagi ijro ishi yurituvi buzilish obyektining to'liq buzib
tashlanganidan keyin tamomlangan hisoblanadi.
YER UCHASTKASINI OLIB QO'YISH VA O'TKAZISHI
TO'G'RISIDAGI IJRO HUJJATINI IJRO ETISH
O'zbekistonda qonunga ko'ra yer davlat mulki wwwmulle buylikdir. undan
oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-setdi
qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi garovga qo'yilmaydi. Yuridik
shaxslar yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish,
doimiy foydalanish mal (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi
asosida yer uchastkalariga ega bo'lishlari mumkin.
Jismoniy shaxslar yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq meros
qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha)
foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lishlari
mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi
savdo va xizmat ko'rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan
birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga keladi.
O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasiga ko'ra. yer uchastkasi yoki
uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki
yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tegishincha tuman,
shahar, viloyat hokimining qaroriga yoxud O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaroriga binoun olib qo'yiladi.
O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan
foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli
tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga
ko'ra amalga oshiriladi.
"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi
Qonunning 73-moddasiga muvofiq qarzdordan yer uchastkasini majburiy olib
qo'yish yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organi mutaxassisi](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_20.png)
![albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi. Yer uchastkalarini qaytarib berish
to'g'risidagi ijro hujjatlarini ijro etishda. davlat ijrochisi tegishli tuman (shahar)
arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo'limi) mutaxassisi va tuman (shahar) yer
resurslari va davlat kadastri bo'limi mutaxassisi, shuningdek fuqarolarning
mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi vakilini taklif etadi va ular ishtirokida ijro
hujjatining ijrosini amalga oshiradi, bu haqda dalolatnoma tuzadi. To'siqlar mavjud
bo lganda (yer maydonida qishloq xo'jalik ekinlari ekilganligi, qurilishlarʻ
mavjudligi va hokazo) va bu to'siqlarning taqdiri haqida ijro varaqasida
ko rsatilmagan bo'lsa, davlat ijrochisi Qonunga muvofiq, tegishli sudga
ʻ
tushuntirish berishni so'rab murojaat qiladi.
Davlat ijrochisi yer uchastkasini majburiy olib qo'yish kuni va vaqti haqida
qarzdorni xabardor qiladi. Yer uchastkasini majburiy olib qo'yish kuni va vaqti
haqida xabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga
to'sqinlik qilmaydi. Yer uchastkasini olib qo'yish to'g'risidagi ijro hujjatining ijrosi
yer uchastkasi davlat rochisining dalolatnomasi asosida undiruvchiga o'tkazilgan
paytdan e'tiboran tamomlangan hisoblanadi.
Agar undiruvchining yer uchastkasiga bo'lgan tegishli huquqi ro'yxatga
olinmagan bo'lsa, davlat rochisi o'z qarori bilan yer resurslari. geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri organiga undiruvchining ijro hujjatida korsatilgan
yer uchastkasiga bo'lgan huquqini davlat ro'yxatidan o'tkazish majburiyatini
yuklaydi. Bunda yer uchastkasini olib qo'yish to'g'risidagi ijro hujjatining ijrosi
undiruvchining yer uchastkasiga bo'lgan huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan
paytdan e'tiboran tamomlangan hisoblanadi.
QARZDORNI KO'CHIRISH TO'G'RISIDAGI IJRO HUJJATINI
IJRO ETISH TARTIBI
Uy-joy munosabatlariga oid qarzdorni ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjatlari
sud qarori asosida, shuningdek o'zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_21.png)
![yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma'muriy
tartibda ko'chirish tartibi prokurorlarning qarorlari asosida ijro etiladi.
Qarzdorni ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjati davlat ijrochisi belgilagan
muddatda ijro etilmagan taqdirda ko'chirish davlat ijrochisi tomonidan majburiy
tartibda amalga oshiriladi. Ko'chirish ijro hujjatida ko'rsatilgan binoni
ko'chiriluvchidan, uning mol-mulkidan. uy hayvonlaridan bo'shatishdan va
ko'chiriluvchining bo'shatilgan binodan foydalanishini man qilishdan iborat boladi.
Davlat ijrochisi majburiy ko'chirish kuni va vaqti to'g'risida qarzdorga
xabarnoma orqali rasman ma'lum qiladi. Ko'chirish kuni to'g'risida xabardor
qilingan qarzdorning hozir bo'lmasligi ijro hujjatini ijro etish uchun to'sqinlik
qilmaydi. Ko'chirish xolislar, qarzdor bo lmagan taqdirda mahalla yoki uy-joyʻ
shirkati vakillari ishtirokida. zarur hollarda ichki ishlar organlari xodimlarining
ko'magida, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli mol-mulkni, albatta,
xatlagan holda amalga oshiriladi.
Ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan
ko'chirish to'g'risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi va ijro ishi
yuritishni tamomlash to'g'risida qaror chiqariladi. Ko'chirish to'g'risidagi
dalolatnoma uch nusxada tuzilib. ulardan biri qarzdorga beriladi, ikkinchisi ijro
hujjatini chiqargan sud yoki boshqa organga yuborilib, uchinchisi ijro ishi yuritish
materiallanda qoldiriladi.
Ko'chirish xolislar, qarzdor bo'lmagan taqdirda mahalla yoki uy-joy shirkati
vakillari ishtirokida, zarur hollarda ichki ishlar organlari xodimlarining ko'magida,
davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli mol-mulkni, albatta, xatlagan holda
amalga oshiriladi.
Ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan
ko'chirish to'g'risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi va ijro ishi
yuritishni tamomlash to'g'risida qaror chiqariladi.
Qarzdorni ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjatini talablari qarzdor tomonidan
davlat ijrochisi belgilangan muddatda, ya'ni 5 kun ichida uzrsiz sabablar bilan
bajarilmagan taqdirda davlat ijrochisi qarzdorga "Sud hujjatlari va boshqa organlar](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_22.png)
![hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 82-moddasiga muvofiq. O'zbekiston
Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksining 198'-moddasiga
asosan jarima soladi. Shundan so'ng davlat ijrochisi qarzdorni ko'chirish.
to'g'risidagi ijro hujjatini majburiy ijro etish kuni va vaqtini belgilaydi hamda bu
haqida qarzdorga xabar beradi. Ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etishda
qarzdorning ishtiroki majburiy bo'lmaganligi tufayli. ko'chirish vaqti haqida
xabardor qilingan qarzdorning kelmasligi ijro hujjatini ijro etishlik uchun to'siq
bo'la olmaydi. Agarda sud tomonidan berilgan ijro hujjatida ko'chirilayotgan
qarzdorni uy joy bilan ta'minlash majburiyati yuklangan shaxs ko'rsatilgan bo'lsa.
ijro hujjati bo'yicha qarzdorni ko'chirish u uy joy bilan ta'minlanganidan so'ng
amalga oshiriladi.
Agar qarzdor uydan ko'chirilgan kundan e'tiboran olti oy ichida mazkur mol-
mulkni olib ketmasa, davlat ijrochisi qarzdorni yozma shaklda ogohlantirganidan
so'ng mazkur mol-mulkni "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
to'g'risida"gi Qonunida belgilangan tartibda realizatsiya qilishga topshiradi.
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan va ijro yig'imi. davlat
ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlarining o'rni
qoplanganidan keyin ortib qolgan pul mablag'lari qarzdorga qaytariladi. Qarzdor
tomonidan talab qilib olinmagan pul mablag'lari MIB organining depozit
hisobvarag'ida uch yil mobaynida saqlanadi. Mazkur pul mablag'lari ushbu muddat
o'tganidan so'ng O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga o'tkaziladi.
Davlat ijrochilarining ichki ishlar organlari bilan o'zaro hamkorligs ijro
harakatlari amalga oshirilayotganda jamoat tartibi saqlanishini ta'minlashga
ko'maklashish va ijro hujjatini majburiy ijro qilishda vujudga keladigan
to'sqinliklarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat ijrochilari o'zlariga yuklatilgan majburiyatlari amalga oshirishda sad
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini bajarish jarayonida ko'rsatilgan
qarshiliklar va to'sqinliklarni bartaraf etish va tartib saqlash maqsadida zarur
yordam olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat qilishiga
haqli. Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda jamoat tartibi saqlanishini](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_23.png)
![ta'minlash talab etilsa, davlat ijrochisi bu haqda davlat ijrochilari tuman (shahar)
bo'limi katta davlat ijrochisiga ma'lum qiladi.
Katta davlat ijrochisi shu kunning o'zida tegishli tuman (shahar) ichki ishlar
bo'limi boshlig'i nomiga yozma talabnoma bilan murojaat qiladi. Katta davlat
ijrochisining yozma talabnomasida ijro harakatlarini amalga oshirish uchun asos,
ijro harakatlari amalga oshiriladigan joy va sana, ijro harakatlarini amalga oshirish
muddatlari va boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi. Tuman (shahar) ichki ishlar bo'limi
boshlig'i katta davlat ijrochisi tomonidan yuborilgan yozma talabnomani olgach,
ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan ichki ishlar organlari
xodimlarini belgilaydi. Bunda ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok
etadigan ichki ishlar organi xodimlarining soni ikki kishidan kam bo'lmasligi
lozim. Ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan ichki ishlar organlari
xodimlari tuman (shahar) ichki ishlar bo'limi boshlig'iga yuborilgan yozma
talabnomada ko'rsatilgan joyga o'z vaqtida yetib kelishlari lozim.
Ijro harakatlari amalga oshiriladigan joyga yetib kelgan ichki ishlar organlari
xodimlari jamoat tartibi saqlanishini ta'minlash hamda yuzaga keladigan to'siqlarni
bartaraf etish choralarini ko'radilar.
Ichki ishlar organlari xodimlari yordamiga ehtiyoj kelib chiqqanda. davlat
ijrochisi, qoida tariqasida, ijro harakatlarini amalga oshirishdan bir kun oldin ichki
ishlar organlari xodimlarining kelish vaqti va aniq joyi shuningdek ijro harakati
yoki harakatlarining taxminiy davomiylig ko'rsatilgan yozma talabnoma bilan
tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari ijro harakatlari tamom bo'lgunga qadar
ishtirok etadilar. Davlat ijrochisi ijro harakatlari tamom bo'lganligi to'g'risida ichki
ishlar organlarining lavozimi bo'yicha yuqori turuvchi xodimini xabardor qiladi.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari amalga oshirilishi vaqtida. qarzdor
yoki boshqa shaxslar o'zlarining harakatlari bilan ijro hujjatlarini ijro etishga
to'sqinlik qilganlarida, ichki ishlar organlari xodimlari zudlik bilan to'sqinliklarni
bartaraf etish choralarini ko'radi. Qarzdor yoki boshqa shaxslar davlat ijrochisi
yoki ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarishdan bo'yin](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_24.png)
![tovlasalar, bu haqda dalolatnoma tuziladi, tegishli materiallar qonunda belgilangan
tartibda ko'rib chiqilishi uchun ijro harakatlari amalga oshirilgan joydagi jinoyat
ishlari bo'yicha sudga topshiriladi.
Ichki ishlar organlarining lavozimi bo'yicha yuqori turuvchi xodimi ijro
harakatlarida ichki ishlar organlari xodimlarining ishtiroki to'g'risidagi tegishli
dalolatnomani imzolaydi va hu haqda ho'ysinuvi bo`yicha ichki ishlar organlari
boshlig'ini xabardor qiladi.
Davlat ijrochilari va tuman (shahar) ichki ishlar organlari ijro harakatlari
jarayonida tegishli hamkorlikni o'matish bo'yicha o'zlarining ishlarini doimiy
muvofiqlashtirib borishlari lozim.
UNDIRUVCHINI KO'CHIRIB KIRITISH TO'G'RISIDAGI
IJRO HUJJATINI IJRO ETISH TARTIBI
Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjati ixtiyoriy ravishda ijro
etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, ko'chirib
kiritish davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ko'chirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining ijro hujjatida
ko'rsatilgan xonaga moneliksiz kirishini va unda yashashini ta'minlashdan iborat
bo'ladi. Bunda qarzdorga majburiy ko'chirib kiritish amalga oshirilayotgani va u
undiruvchining yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi.
Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatining ijro etilishiga
qarzdor monelik qilgan taqdirda, tro harakatlari xolislar ishtirokida, zarur hollarda
esa ichki ishlar organlari xodimlarining ko'magida amalga oshiriladi.
Undiruvchining yashashiga monclik qilish keyinchalik ham davom etsa, mazkur
harakatlar yana amalga oshiriladi va qonunda nazarda tutilgan javobgarlik
choralari qo'llaniladi.
Ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjati talablarini davlat ijrochisi
belgilangan muddatda uzrsiz sabablar bilan ijro etmagan qarzdorga nisbatan davlat
ijrochisi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_25.png)
![Qonunning 82-moddasida nazarda tutilgan ijro hujjatini ijro etmaganlik,
shuningdek uning ijrosiga to'sqinlik qilganlik uchun javobgarlik choralarni ko'radi
va qarzdorni majburiy ko'chirib kiritish amalga oshiriladi. Undiruvchini ko'chirib
kiritish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan ko'chirib
kiritish to'g'risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Davlat ijrochisi bu
haqida dalolatnomda qarzdorga undiruvchining yashashiga monelik qilmaslik shart
ekanligini tushuntiradi. Agar undiruvchining tegishli xonadan har kuni moneliksiz
foydalanish imkoniyati ta'minlangan bo'lsa. ijro hujjati ijro etilgan hisoblanadi.
Qarador ko'chirib kiritilgan undiruvchining tegishli xonadan ijro ishi yuritish
tamomlangandan keyin foydalanishiga monelik qilgan taqdirda. davlat ijrochisi
ijro ishi yuritishni qayta tiklaydi, qarzdorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 198-1-moddasiga asosan jarima
soladi hamda uni jinoiy javobgarlik haqida ogohlantiradi va "Sad hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonun talablariga rioya qilgan
holda majburiy ko'chirib kiritish yangidan amalga oshiriladi. Ijro hujjati bo'yicha
qarzdor bo'lmagan shaxs undiruvchining yashashiga monelik qilsa, ijro ishi
yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda ko'chirib kiritish to'g'risidagi masala sud
tartibida hal qilinadi. Davlat ijrochisi qarzdorni ko'chirish yoki undiruvchini
ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatlarining ijrosini ta'minlash xolislar va zarur
hollarda militsiya xodimlari, mahalla fuqarolar yig'ini, yong'in xavfsizligi
xodimlari, tez tibbiy yordam xodimlari ko'magida amalga oshiriladi. Davlat
ijrochisi majburiy ko'chirish kuni va vaqti to'g'risida qarzdorga xabarnoma orqali
rasman ma'lum qiladi. Ko'chirish kuni to'g'risida xabardor qilingan qarzdorning
hozir bo'lmasligi ijro hujjatini ijro etish uchun to'sqmlik qilmaydi.
Ko'chirish xolislar, qarzdor bo'lmagan taqdirda mahalla yoki uy-joy shirkati
vakillari ishtirokida, zarur hollarda: ichki ishlar organlar xodimlarining ko'magida.
davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga toshli mol-mulkni, albatta, xatlagan holda
amalga oshiriladi.
Ko'chirish to'g'risidagi dalolatnoma uch nusxada tuzilib, ulardan biri
qarzdorga beriladi, ikkinchisi ijro hujjatini chiqargan sud yoki boshqa organga](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_26.png)
![yuborilib, uchinchisi ijro ishi yuritish materiallarida qoldiriladi. Ko'chirib kiritish
davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining ijro hujjatida ko'rsatilgan xonaga
moneliksiz kirishini va unda yashashini ta'minlashdan iborat bo`ladi. Bunda
qarzdorga majburiy ko'chirib kiritish amalga oshirilayotgani va u undiruvchining
yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi.
Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat
ijrochisi tomonidan ko'chirib kiritish to'g'risida dalolatnoma tuzish orqali
rasmiylashtiriladi.
Agar undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risida dalolatnoma tuzilganidan keyin
qarzdor undiruvchining yashashiga yana monelik qilsa.
ijro hujjati bo'yicha ijro ishi yuritish yangidan tiklanishi mumkin Ijro hujjati
bo'yicha qarzdor bo'lmagan shaxs undiruvchining yashashiga monelik qilsa, ijro
ishi yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda ko'chirib kiritish to'g'risidagi masala
sud tartibida hal qilinadi.](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_27.png)
![A dabiyotlar
1.Tuxtasheva U.A. Ijro ishi yuritish: Darslik. 2-nashr Toshkent: TDYI, 2009.-308
h.
2.Yusupov B. Sud hujjatlarini bujurmaganlik uchun jinoiy javobgarlik
muammolari: Monografiya - T.TDYI, 2011.-173 b.
3.M.Q.O'razaliyev Ijro ishi yuritish Darslik. - T TDYU nashriyoti 2019. - 239 bet
4.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., O'zbekiston. 2018. - 80 b.
5.O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi "Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi № 258-II-sonli Qonuni // O zbekistonʻ
Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2001.-Ne 21. 145-modda.
6.O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi. O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
7.O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
8.O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi. O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
9.O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi
10.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son
qarori. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2007. No 45. 541-
modda.
11. O'razaliyev Murod Qorayevich. Ijro ishi yuritish. Darslik. T.: TDYU
nashriyoti, 2019.-239 bet.](/data/documents/9db5fe8a-4484-42b0-8e35-e1b6db10e880/page_28.png)
Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv. Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo yicha ijro hujjatlarini ijroʻ etish. Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo yicha ijro hujjatlarini ijro ʻ etish. Reja: 1. Undiruvni jazoni o'tayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish. 2. Alitlar va aliment majburiyatlari bo'yicha qarzlarni undirish tartibi. 3. Qurzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy shartlari. 4. Ishga tiklash to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish. 5. Imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish. 6. Yer uchastkasini olib qo'yish va o'tkazish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish. 7. Qarzdorni ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish. 8. Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish.
UNDIRUVNI JAZONI O'TAYOTGAN QARZDORNING ISH HAQIGA QARATISH Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari bo'yicha undiruv sud hukmi yoki qaroriga ko'ra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining to'liq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim. Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalari qamoqxonalarda jazo o'tayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv butun ish haqidan. ish haqining ularning mazkur muassasalardagi ta'minoti bo'yicha xarajatlarni qisman qoplash uchun ajratiladigan qismini ham qo'shgan holda amalga oshiriladi. Axloq tuzatish ishiga hukm qilinganlarning oylik ish haqidan ushlab qolish mahkumming jazo muddatini o'tashni boshlagan kunidan amalga oshiriladi. Ushlab qolish jami ish haqidan soliq va boshqa to'lovlarni istisno qilmagan holda, shuningdek mahkumlarga ijro hujjatlari bo'yicha da'volar mavjudligidan qat'i nazar, amalga oshiriladi va har oyning ikkinchi yarmi uchun to'langan ish haqidan, ishdan bo'shaganda esa oyning ishlagan qismi uchun olinadi. Ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy sug'urta tartibida olinayotgan nafaqa va yordam pullaridan, ish haqi tizimida nazarda tutilmagan to'lovlardan va bir marta to'lanadigan pul mukofotlaridan (foydalanilmagan ta'til uchun heriladigan), ish jadvalidan ortiq ishlagan oylik ish haqidan. ishdan bo'shaganda qonunga muvofiq beriladigan puldan, yangidan ishga tushganda, boshqa ishga o'tganda, safarga borganda beriladigan pullardan, ishchining shaxsiy asboblaridan foydalanganligiga va berilmagan maxsus kiyimlar va poyabzallar uchun to'lanadigan pullardan va boshqa badal to'lovlaridan ushlanmaydi. Qishloq xo'jalik a'zosi bo'lgan mahkumning ish haqidan ushlab qolishda ish haqi daromadining pul va mahsulot tarzida olingan qismi ham qo'shiladi. Bunda mahkumlardan ushlab qolingan mahsulot tarzidagi daromad qismi xo'jalik
ixtiyorida qoladi va davlat xarid qilish narxlaridagi qiymati davlat foydasiga o'tkaziladi. Harbiy o'quv yig'inlariga chaqirilgan mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish ish joyida amalga oshiriladi. Korxonalar ishining yil yakuni bo'yicha to'lanadigan mukofot pulları berilayotganda, qishloq xo'jalik yilining yakuni bo'yicha oxirgi hisob kitob davrida berilayotgan hamna pul miqdoridan emas. faqat jazo o'talgan davr uchungina ushlab qolinadi. Mahkumlarning ish haqidan davlat foydasiga ushlab qolayed.m pullami korxona ina'muriyati har oyda oylik ish haq wapan k tegishli davlat banklarining hisob-kitob raqamiga o'tkazib bahol qog'ozlari bilan birgalikda bank muassasalariga ushlab qolingan ajratmala haqida hisob ma'lumoti yuboriladi. Hisob ma'lumotlari landa to qog'ozlarining orqasida ko'rsatiladi. Ish haqidan ushlab qolingan pul miqdorini naqd pul bilan yoki pl orqali o'tkazish yo'li bilan olish qat'iyan man qilinadi. Jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimlari hisobvaraqalari bo'yicha oyma-oy ushlangan pullarning tushganligini tekshiradi va o'tkazib berishning to'xtab qolganligi aniqlangan holda darhol undirish choralarini ko`radi. Mahkumlarning ish haqidan to'g'ri va o'z vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan ajratmalarni davlat foydasiga o'tkazilishi ta'minlamagan, shu bilan birga, ularning ishlagan davri. oyligi va chegirib qolingan ajratmalar to'g'risidagi hisob ma'lumotini doimiy ravishda noto'g'ri yoki o'z vaqtida bermagan hollarda jazoni ijro etish inspeksiyasi tegishli aybdor mansabdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish choralarini ko'radi. Mahkumlarning ishlagan kunlari va oyligidan ushlanib o'tkazilgan pullar to'g'risidagi ma'lumotlar bank muassasalarining joriy schyotlari ko'chirmalariga asosan ulaming hisobvaraqalariga uch kun mobaynida kiritilishi kerak. Hisob ma'lumotlari va to'lov qog'ozlari maxsus jildlarga tikiladi. Sud hukmi bekor qilingan barcha holatlarda oylik ish haqidan ushlab qolingan hamma pollar mahkumga qaytarib beriladi. Hukmning o'zgartirilishi yoki bekor
qilinishi haqida sudning ajrimi (qaron) pullarning qaytarib berilishiga asos bo'lib hisoblanadi. ALIMENTLAR VA ALIMENT MAJBURIYATLARI BO YICHAʻ QARZLARNI UNDIRISH TARTIBI Aliment voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz oila a'zolarining ta'minotiga ajratiladigan pul mablag'lari O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug'iga asosan aliment undiriladi. Aliment to'lash haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmaganida yoki aliment ixtiyoriy ravishda to'lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to'g'risida sudga da'vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta'minoti uchun ota yoki onalan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to'g'risida da'vo qo'zg'atishga haqlidir. Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi. Aliment undirish to'g'risida sudda da'vo qo'zg'atishga bolaning ota-onasidan birortasi, farzadlikka oluvchi, agar farzandlikka olish er-xotinning bittasi tomonidan amalga oshirilayotgan bo'lsa va bolaning ota-onasining birortasi bilan huquqiy aloqasi saqlanib kelayotgan bo'lsa, holaning vasiysi yoki homiysi. bola tarbiyalanayotgan bolalar muassalari ma'muriyati haqlidirlar. Davlat ijrochisi alimentlar undirish haqidagi ijro hujjati qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo'lsa, ijroga qabul qiladi va kelib tushganidan so'ng bir kundan kechiktirmasdan ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqaradi. Qonunda alimentlar undirish haqidagi ijro hujjatlari darhol ijro etilishi belgilanganligi tufayli bu hujjatlar bo'yicha ijro ishi yuritish qo'zg'atilganda qarzdorga ixtiyoriy ijro etish uchun muddat belgilanmaydi.
Davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarori. u chiqarilgan kunning crtasidan kechkitirilmasdan undiruvchiga qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yuboriladi. Agarda aliment to'lash majburiyati yuklangan shaxs doimiy ish joyiga ega bo'lsa. davlat ijrochisi ijro varaqasini undiruvni uning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratish uchun uning ish joyiga yuboradi. Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot ma'muriyati aliment to lash to'g'risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga yoki ijro varaqasiga asosan aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish haqidan va (yoki) boshqa daromadidan har oyda aliment ushlab qolib, aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsga ish haq to'langan va (yoki) boshqa daromadlar olingan kundan boshlab, uch kundan kechiktirmay aliment oluvchi shaxsga aliment to'lashi yoki aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning hisobidan unga o'tkazishi shart. Voyaga yetmagan bolalarga ta'minot herish haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmasa, aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi yoki boshqa daromadining bir bola uchun to'rtdan bir qismi, ikki bola uchun uchdan bir qismi.uch va undan ortiq bola uchun yarmisi miqdorida undiriladi. Aliment qarzining miqdori davlat ijrochisi tomonidan sudning hal qiluv qarori yoki aliment to'lash to'g'risislags notarial Ladsla tasdiqlangan kelishuvda belgilangan aliment milorida kells cupp holda aniqlanadi. Bu to'lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e'tiborga loyiq holatlami hisobga olgan sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko'paytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonum hugatlans bilan belgilangan eng kam ish haqining yetmish besh fozislan kam bo'lmasligi kerak. Voyaga yetmagan bolalariga aliment to'lash va ularni ta'minlashda ota- onaning majburiyatlari, shuningdek voyaga yetgan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta'minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir. Oila kodeksiga binoan ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish uchun aliment to'lash tartibini o'zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar.