ILK O’RTA ASRLAR SUG’DDA AN’ANAVIY DAVLATCHILIK HUQUQIY ASOSLARI, MAHKAMA, SOLIQ, QONUNCHILIK VA IJRO
ILK O’RTA ASRLAR SUG’DDA AN’ANAVIY DAVLATCHILIK: HUQUQIY ASOSLARI, MAHKAMA, SOLIQ, QONUNCHILIK VA IJRO MUNDARIJA: Kirish ....................................................................................................................... 1-BOB. «DAVLAT» TUSHUNChASI VA MARKAZIY OSIYO XALQLARIDA DAVLATCHILIKNING S H AKLLANISHI 1.1.§ - «Davlat», «davlatchilik» va «davlat tuzumi» tushunchalari hamda ularning Markaziy Osiyo xalqlari davlatchiligida aks etishi ............................... 1.2.§ - Markaziy Osiyo hududidagi ko chmanchi qabilalardaʻ davlatchilikning kelib chiqishi va uning o ziga xos xususiyatlari ........................ ʻ 2-BOB. SUG DDAGI DAVLATChILIK MASALALARINING YOZMA ʻ MANBALARDA AKS ETISHI 2.1.§ - Arab xalifaligi yurishlari arafasida Sug ddagi davlatchili ʻ gi manbalarining tavsifi ....................................................................................... 2.2.§ - Ilk o rta asrlar Sug d boshqaruvining ma’naviy-huquqiy ʻ ʻ asoslar ........................................................................................................................ ............ 3-BOB. ILK O RTA ASRLAR SUG D AN’ANAVIY BOShQARUVIDA ʻ ʻ MAHKAMA VA DEVON XIZMATI 3.1.§ - Sug ddagi boshqaruvda qonunchilik va ijro: davlatchilikdagi ʻ unvonlarning nazorat vazifalari .............................................................................. 3.2.§ - Ilk o rta asr Sug dda devon xizmati: hujjatlar tuzulishi, mazmun ʻ ʻ mohiyati, sarfiyot va soliq tizimi masalasi ............................................................. XULOSA ................................................................................................................... ILOVA ....................................................................................................................... FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR ............................................ 1
KIRISh Mavzuning dolzarbligi. O zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandanʻ so ng fanning barcha sohalariga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Shu j ʻ umladan, tarix fani va uning rivojiga katta ham e’tibor berildi. Bu borada 1998 yilda O zbekiston Prezidentining Fanlar Akademiyasi qoshidaga Tarix instituti ʻ faoliyatini takomil lashtirish to g risidagi farmoni bu yo ldagi dastlabki qadam ʻ ʻ ʻ bo ldi ʻ 1 . Bundan tashqari, O zbekiston Respublikasining birinchi ʻ Prezident I.A. Karimovning o sha yili bir guruh tarixchi olimlar bilan ʻ uchrashuvi chog ida ʻ O zbekistonning yangi tarixini yaratish borasidagi fikrlari va ko rsatmalari ʻ ʻ tarixchilar zimmasiga asl tarixni yaratishdek mashaqqatli hamda sharafli vazifani ko ndalang qo yd ʻ ʻ i 2 . Bugungi kunda tarix faniga bo lgan munosabat va talablardan kelib chiqqan ʻ holda O zbekiston tarixining ilk o rta asrlar davrini tadqiq etish muhim va ʻ ʻ dolzarbdir. Bu davrda davlatchiligimiz tarixining muhim tarixiy jarayonlari sodir bo lgan. Albatta bu tarixiy jarayonlar va ular bilan bog liq voqyeliklar siyosiy ʻ ʻ munosabatlar bilan jambarchas bog liq bo lgan. Shuning bilan birga davlatchi ʻ ʻ - likning turli tarixiy bosqichlarida O zbekiston hududida yashagan xalqlarning, ʻ ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarini qamrab olgan tadqiqotlar yuzaga keldi. Bunday tadqiqotlar jumlasiga Sug d konfederasiyasi tarixiga doir ʻ tadiqotlarni misol tariqasida ko rsatish mumkin. O rta Osiyo, xususan, O zbekiston ʻ ʻ ʻ xalqlari tarixida qadimiy va ilk o rta asr Sug dning o rni va ahamiyatini belgi ʻ ʻ ʻ - lovchi ma’lumotlar mavjud. Ilk o rta asrlar davriga kelib mulkka bo lgan ʻ ʻ munosabatlarning o zgarib borishi natijasida bu yerdagi davlat boshqaruvi va ʻ mahkama ishlari rivojiga ham sezilarli ta’sir ko rsatdi. ʻ Bu davrga kelib Sug diyonada sug orma dehqonchilik va hunarmand ʻ ʻ - chilikning yuksak darajada rivojlanishi ushbu mintaqada shaharsozlik madaniyati - ning shakllanishi hamda taraqqiy yetishiga olib keldi. Buning natijasida 1 Ўзбекистон Республикаси ФА қошидаги Тарих институти фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида Вазирлар маҳкамасининг қарори / Халқ сўзи. 1998 йил. 28 июль. 2 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т ошкент: Ў збекистон , 1998. – Б. 3-4. 2
Sug diyonada Sarazm, Samarqand, Ko ktepa, Qarshi, Shahrisabz va Buxoro kabiʻ ʻ qadimiy shaharlar paydo bo lgan. Bu shaharlarning tarixiy taraqqiyoti natijasida ʻ Sug d zaminida shaharsozlik madaniyati va davlat boshqaruvi asoslarining rivoj ʻ - lanishiga sabab bo lgan va mazkur holat qo shni mintaqalarga ham yoyilgandir. ʻ ʻ Bu esa ilk o rta asrlarga kelib Zarafshon va Qashqadaryo vohalarining ʻ egallagan Sug dda an’anaviy davlat boshqaruvining huquqiy asoslari va bunga ʻ xizmat qilgan mahkama hamda devon ishlarining taraqqiyoti masalasini yozma manbalarning nashrlari asosida yoritib berish muhim va dolzarb masala ekanligini ko rsatmoqda. ʻ Tadqiqot obyektini ilk o rta asrlar (V-VIII asrlar) Sug d boshqaruvi tashkil ʻ ʻ etadi. Ilk o rta asrlar Sug ddagi davlat boshqaruvining an’anaviy xususiyatlari ʻ ʻ (qonunchilik, ijro, mahakama, devon) dissertasiyaning predmeti hisoblanadi. Dissertasiya ning maqsadi yozma manbalarning nashrlari asosida ilk o rta ʻ asrlar Sug ddagi davlat boshqaruv tizimi o rganishdan iborat. ʻ ʻ Mazkur bosh maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi: - “Davlat”, “davlatchilik”, “davlat tuzumi” tushunchalarining mohiya tini ochib berish va ilk o rta asr Markaziy Osiyo davlatlari boshqaruvining ʻ xususiyatlarini ochib berish; - Sug ddagi davlat boshqaruv tizimining ma’naviy-huquqiy asoslari va ʻ ularning omillarini ko rsatish; ʻ - Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridagi Sug dning arablar bosqini ʻ arafasidagi siyosiy holatini o rganish; ʻ - Turk xoqonligi hukmronligi davrida Sug ddagi davlat boshqaruvining o ziga ʻ ʻ xos xususiyatlari va boshqaruvda amal qilgan mahkamachilik tizimining mohiyatini yozma manbalarning nashrlari asosida aniqlash; - Davlat boshqaruvidagi hujjatchilik tizimining mohiyati va buning qonunchilikdagi o rnini ochib berish. ʻ Dissertasiyaning ilmiy yangiligi. Ushbu magistrlik dissertasiyasida ilk o rta ʻ asrlar Sug d ʻ davlatchiligining an’anaviy xususiyatlarining qadim mahalliy 3
madaniyatga asoslanilganligi va Sug dʻ ustidan hukmron bo lgan ʻ sulolalar boshqaruvining mahalliy boshqaruv tizimiga moslashtiril ganligi manbalar asosida ochib berilganligi ishning yangiligi hisoblanadi . Tadqiqotning asosiy vazifalari va farazlari . Mazkur magistrlik disserta - siyasida zamonaviy tadqiqot yondashuvlariga asoslangan holda umumjahon tarixiy jarayonlari doirasida ilk o rta asrlar Sug ddagi davlat boshqaruvining an’anaviy ʻ ʻ xususiyatlari o rganiladi. Dissertasiya vazifalarining amalga oshirilishi Markaziy ʻ Osiyo, xususan, ilk o rta asrlar Turk xoqonligi tarkibidagi va arablar bosqini ʻ davrida Sug d boshqaruv tarixi va siyosiy jarayonlarini tadqiq etishda muayyan ʻ darajada xizmat qiladi. Dissertasiya mavzusi bo yicha adabiyotlar sharhi. ʻ Bugungi O zbekiston ʻ hududining markaziy mintaqasini tashkil etgan tarixiy Sug d ʻ tarixi yuz yildan ko proq ʻ vaqt davomida o rganib ʻ kelinmoqda . XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa fanga ma’lum manbalarni (asosan arabiy, forsiy va xitoy manbalari) umumlashtirish asosida bir qator tadqiqotlar yuzaga kela boshlaganligi ma’lum. Ayni mana shu davrdan boshlab Sug d tarixi ʻ o rganish boshlangan deyish asoslidir. 1877 yilda V.Tomashek xitoy va arab-fors ʻ manbalari asosida qadimgi Sug d va o rta asr Sug dining tarixiy-geografik va ʻ ʻ ʻ siyosiy xaritasini tiklash maqsadida birinchi monografik tadqiqotni chop ettirdi 3 hamda xitoy yilnomalari asosida Sug dning boshqaruviga oid bir qator xulosalarini ʻ ilgari surgan. Sug ddagi boshqaruv va mazkur boshqaruvning huquqiy asoslari va sug diy ʻ ʻ hukmdorlarning tanga zarbi to g risida muhim fikrlar numizmat olima ʻ ʻ O.I.Smirnova tomonidan ilgari surildi. Ushbu tadqiqotlarning qiyosiy tahlil asosida olima o zining qator ilmiy qarashlarini ilgari surdi ʻ 4 . Olima V.V. Bartoldning Sug d ʻ boshqaruvining mohiyatiga doir firklarini rad etib 5 , olimning Syuan-Szanning Chu daryosidan Sug dlar mamlakati boshlanadi degan fikriga izoh berib o tdi. 1970 ʻ ʻ 3 Tomaschek W. Sogdiana. Central Asiatische Studian I. (Sitzungsber, der Phil - hist. Classe der Kais - Kön. Akad. Der Wissensch. LXXXVIII. – Wien, 1877. – 187 р. 4 Смирнова О.И. Каталог монет с городища Пенджикент. –М.: Наука, 1963. -С. 24-26; Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. – Москва: Наука, 1970. – С. 10-12; Смирнова О.И. С водный каталог согдийских монет. Бронза. – Москва: Наука, 1981. – С. 18. 5 Бартольд В.В. Согд // Собрание сочинений. Т. III . -М.: Наука, 1965. -С. 487-488. 4
yilda chop etilgan «Sug d tarixidan lavhalar» kitobida O.I.Smirnova Sug dning ilkʻ ʻ o rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hamda hukmdorliklarning ma’muriy ʻ tuzulishini sug d, arab, fors va xitoy tilli manbalar asosida tahlil qildi ʻ 6 . Mazkur kitobda turli mazmundagi hujjatlar, epigrafik yodgorliklar, sug d tangalari ʻ tadqiqotlari o z aksini topdi. Tadqiqotda Sug d jamiyati tarkibi, davlatning ʻ ʻ boshqaruv tizimi pog onalari, ichki iqtisodiy hayoti va mamlakatning arablar ʻ tomonidan bosib olinishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. O.I. Smirnova o zining yuqorida qayd etilgan «Katalog»ida Sug d bronza tangalari tadqiqotlari ʻ ʻ asosida o lkaning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayotiga oid bebaho ʻ ma’lumotlar berdi 7 . Xususan, davlatning boshqaruv tizimi, uning pog onalari, ʻ jamiyatning tabaqalari, Sug d konfederativ davlati tizimi doirasida viloyatlarning ʻ davlat bilan va o zaro munosabatlari, ichki bozorning ahvoli, mamlakatning ʻ xo jaligiga oid ko plab faktik materiallar o z aksini topdi. ʻ ʻ ʻ O tgan asrning boshlariga kelib V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy va ʻ Afrosiyobda ish olib borgan tadqiqotchilarning Samarqand tarixi va shu asnoda Sug d tarixiga oid asarlari vujudga keldi. Xususan, sharqshunos V.V.Bartold o z ʻ ʻ asarlarida ulkan miqdordagi manbalarni jalb etish orqali Turonzamin bo yicha ʻ boshqaruv tarixiga oid bir qatorda Markaziy Osiyoning ijtimoiy va etno-siyosiy tarixini davrlashtirish hamda hududiy aloqadorligini ko rsatish yuzasidan o z ʻ ʻ xulosalarini ilgari surdi 8 . Sug d boshqaruvi va mahalliy hukmdorlarning tanga zarblariga doir qimmatli ʻ tadqiqotlar E.V.Rtveladze tomonidan ham amalga oshirilgan bo lib ʻ 9 , olimning ishlari turli tillardagi manbalarni o zida jamlaganligi bilan anchayin originallik ʻ kasb etadi. XX asr o rtalaridan buyon chop etib kelingan akademik nashrlarda, jumladan, ʻ 1950 yilda nashr etilgan «O zbekiston xalqlarining tarixi» nomli tadqiqotda biz ʻ o rganayotgan davr bo yicha yozma manbalar tahlili asosida bir qator qimmatli ʻ ʻ 6 Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. –М.: Наука, 1970. –288 с. 7 Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет. –М: Наука, 1970. –548 с. 8 Бартольд В.В. Очерки истории Семиречья. Сочинения. Т. II . –М.: Наука, 1963. -С. 104. 9 Ртвеладзе Э.В. Монеты Тунуканда (Тунката) и других владений // Нумизматика Центральной Азии. Сборник статей. – Ташкент, 2002. – Вып. IV. - С.208; Ртвеладзе Э.В. Цивилизации, государства, культуры Центральной Азии. – Ташкент,2005. – С. 22. 5