logo

Zamonaviy O'zbekistonda oila institutini mustahkamlashning huquqiy-axloqiy asoslari

Загружено в:

13.08.2023

Скачано:

0

Размер:

365.5 KB
 “ Zamonaviy O'zbekistonda oila institutini
mustahkamlashning huquqiy-axloqiy asoslari ” 
MUNDARIJA
KIRISH ...............................................................................................................3
I BOB. OILANING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI.
1.1. Oila tushunchasi va uning mohiyati.............................................................8
1.2. Oila paydo bo'lishining tarixiy asoslari.......................................................12
II   BOB.   ZAMONAVIY   O'ZBEKISTONDA   OILA   INSTITUTI   VA   UNI
MUSTAXKAMLASHNING HUQUQIY-AXLOQIY ASOSLARI.
2.1.   O'zbekistonda   oilaga   bo'lgan   munosabat   va   oiladagi   axloqiy   tarbiya
masalalari............................................................................................................27
2.2. Oila instituti va uni mustahkamlashning huquqiy jihatlari..........................39
III   BOB.   ZAMONAVIY   O'ZBEKISTON   TARAQQIYOTIDA   OILA
INSTITUTINING MUAMMOLARI HAMDA VAZIFALARI.
3.1.   O'zbekistonda   Oila   institutining   asosiy   muammolari   va   ustuvor
vazifalari.............................................................................................................56
3.2. Yoshlarni tarbiyalashda Oila institutining o'rni va istiqbolli rejalari...........68
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
 
1 KIRISH
Bitiruv   malakaviy   ishi   mavzusining   dolzarbligi.   Oila   bu   jamiyatning
eng   kichik   bo‘g‘ini   sifatida   jamiyatning   tarkibiy   qismini   tashkil   etadi.   Shu
sababdan bugungi kunda jamiyat hayotida oila istitutini mustahkamlash muhim
axamiyat kasb etmoqda.   Oila tinch totuv bo‘lsa, ota ona o‘rtasidagi munosabat
samimiyat   va   mehr   muhabbat   asosiga   qurilsa,   inshaalloh,   farzandlar   odobli,
bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon e’tiqodli bo‘lib tarbiyalanadilar. Demak,
yoshlarimizning   har   tomonlama   sog‘lom   va   barkamol   etib   tarbiyalash,
ma’naviyat   qo‘rg‘oni   bo‘lmish   oilani   mustahkamlash   barchamizning
burchimizdir.
Oila   -   kishi   tafakkuri,   ma’naviyati   shakllanadigan,   uning   jamiyatdagi
o‘rnini belgilab beradigan, qolaversa, qadriyatlarni asrdan-asrlarga olib o‘tishda
bosh omil hisoblanuvchi muhim ijtimoiy muhitdir.
Yurtimizda   oilalarni   mustahkamlash   borasidagi   davlat   siyosatining
afzalligi   shundaki,   davlat   oilani   o‘ziga   xos   suveren   tuzilma   sifatida   qadrlaydi,
uning   ichki   ishlariga   aralashmaydi,   lekin   muayyan   sabablarga   ko‘ra,   oilada
ba’zi   qiyinchiliklar,   muammolar   yuzaga   kelgan   bo‘lsa,   oila   a’zolari
fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlariga   murojaat   qilish   orqali   o‘z
manfaatlarini   muhofaza   etishlari,   zarur   hollarda   esa   davlatning   madadidan
bahramand bo‘lishlari mumkin.
Oila masalasi  davlatimizning doimiy e’tiborida. Harakatlar strategiyasini
Faol   tadbirkorlik,   innovatsion   g‘oyalar   va   texnologiyalarni   qo‘llab-quvvatlash
yilida   amalga   oshirishga   oid   Davlat   dasturi   barcha   sohadagi   davlat   siyosatini
yangi   bosqichga   ko‘tarishda   muhim   dasturilamal   bo‘lib   xizmat   qilmoqda.
Xususan, Davlat dasturida og‘ir maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini
2 yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy
yordam   ko‘rsatishga   qaratilgan   qator   tadbirlarning   belgilangani   xalqimizning
o‘lmas   qadriyatlariga   xosdir.   Quvonarlisi,   joriy   yilda   ham   aholining   turli
qatlamlari   uchun   arzon   hamda   sifatli   uy-joylar   qurishga   alohida   e’tibor
qaratilmoqda. Aholi, ayniqsa, yosh oilalar, eski uylarda yashovchilar va boshqa
toifadagi   fuqarolarning   ehtiyoji   muttasil   oshib   borayotganidan   kelib   chiqib,
arzon   hamda   sifatli   uy-joylar   qurish   ko‘lami   1,5-2   barobar   oshirilishi   nazarda
tutilgan.
Shu   bilan   birga,   Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoyevning   2018   yil   2
fevraldagi  “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash
sohasidagi   faoliyatni   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi
Farmonida   xotin-qizlar   turmushini   yaxshilash,   jamiyatimiz   tayanchi   bo‘lgan
oilani   mustahkamlash   borasida   mamlakatimiz   oldida   turgan   eng   muhim
vazifalar,   bugun   hamda   kelgusida   qilishimiz   lozim   bo‘lgan   ishlar   aniq,   lo‘nda
belgilab berilgan.
Mazkur   hujjatga   muvofiq,   xotin-qizlarni   har   tomonlama   qo‘llab-
quvvatlash,   yordamga   muhtoj   bo‘lgan   va   og‘ir   ijtimoiy   ahvolga   tushib   qolgan
ayollarni   ish  bilan ta’minlash,  ayniqsa,  qishloqlarda  yashayotgan  yosh  qizlarni
tadbirkorlikka   keng   jalb   etish   maqsadida   Xotin-qizlarni   va   oilani   qo‘llab-
quvvatlash jamoat fondining tashkil qilinishi nur ustiga nur bo‘ldi.
Bu   haqda   gap   ketganda,   bir   jihatga   to‘xtalmaslikning   iloji   yo‘q.   Onalik
hamda   bolalikni   ijtimoiy   muhofazalash   borasida   maqtovga   arzigulik   ishlar
amalga   oshirilganiga   qaramasdan,   oila   va   turmush   munosabatlarida,   ota-
onalarning   farzand   tarbiyasi   masalasida   befarqligi   holatlarining   hali   ham
mavjudligi,   albatta,     achinarlidir.   Ma’lumotlarga   qaraganda,   o‘tgan   yili
nazoratsiz   qolgan   voyaga   yetmaganlarning   39   ming   327   nafar   ota-onasiga
nisbatan   choralar   ko‘rilgan.   Respublikamiz   bo‘yicha   ichki   ishlar   organlari
profilaktik   hisobida   turgan   oila-turmush   munosabatlari   doirasida
huquqbuzarliklar   sodir   etuvchi   shaxslar   2016   yilda   16673   tani,   2017   yilda
3 12932 tani  tashkil  etgan bo‘lib, 3741 ta kamaygan. Sud organlariga ota-onalik
huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida materiallari taqdim etilgan ota-onalar soni
2016   yilda   88   tani,   2017   yilda   64   tani   tashkil   qilib,   avvalgidan   kamaygan
bo‘lsa-da, bu raqamlar har birimizni chuqur o‘yga toldiradi.
Ota-onalik   huquqidan   mahrum   bo‘lganlarning   farzandlari   davlatimiz
qaramog‘ida   -   Mehribonlik   uylari   hamda   Bolalar   shaharchalarida
tarbiyalanmoqda.   Bunday   bolalar   soni   2016   yilda   536   nafarni   tashkil   etgan
bo‘lsa,   2017   yilda   677   nafarga   yetgani,   kamayish   o‘rniga   141   nafar   ortgani
tashvishlanarli   hol,   albatta.   2017   yilning   1   yanvar   holatiga   ko‘ra,   34   mingga
yaqin bolalar farzandlikka berilgan.
Mavzuning   o‘rganilganlik   darajasi.   Mamlakatimiz   aholisining   deyarli
yuz foizi oilalarga birlashib yashaydi. Oilaga birlashish an’anasi, avvalo, nikoh,
to‘y-tantanalardan   boshlanadi.   Bu   tadbir   orqali   oila   qurilganini   yaqinlarga
ma’lum   qilib,   o‘z   orzu-havaslarini   ro‘yobga   chiqaradilar.   Afsuski,   bugungi
kunda   ayrim   hududlarda   ba’zi   kimsalarga   ergashib   qarzga   botib,   kimo‘zarga
to‘y qilayotgan ota-onalarning ko‘payib borayotgani, oqibatda oilaviy halovatini
yo‘qotayotgani   butun   jamoatchilikni   tashvishga   solmoqda.   Achinarlisi
shundaki,   to‘ydan   hech   qancha   vaqt   o‘tmasdan,   sodir   bo‘layotgan   oilaviy
mojarolar,   ajralishlar,   qudalar   o‘rtasidagi   sovuqchilik   sabablari   ham   aksariyat
hollarda aynan shu masalaga borib taqaladi. Haddan ziyod ko‘payib ketayotgan
va   asosan,   ayollar   tomonidan   “o‘ylab   topilayotgan”   yangicha,   to‘ydan   oldin
hamda   keyingi   turli-tuman   tadbirlarni   o‘tkazishga   yo‘l   qo‘yilayotgani   bot-bot
takrorlanmoqda.
Tahlillarga  ko‘ra, har   yili   300 mingdan  ortiq  nikohlar   rasmiylashtiriladi.
Shu bilan birga, 25 - 30 mingta nikoh bekor qilinadi. Xususan, 2017 yilda 306,2
ming nikoh rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 31 ming 930 ta ajrim qayd etilgan, ya’ni
2016   yildagiga   nisbatan   8,1   foiz   ko‘pdir.   Birgina   poytaxtimiz   misolida   oxirgi
ikki   yilda   oilaviy   ajrimlarning   20   -   25   foiziga   aynan   to‘y-hashamlarimizdagi
ortiqcha dabdababozlik, soxta obro‘ ketidan quvish, shu bilan birga, yoshlarning
4 mustaqil   hayotga   tayyor   emasligi,   ularda   mehr-muhabbat   va   sadoqat
tuyg‘ularining shakllanmagani sabab bo‘lmoqda.
Bitiruv   malakaviy   ish i ning     maqsadi .   Oila   inistitutini
mustahkamlashning   huquqiy   axloqiy   jihatlarini   tahlil   qlish   orqali   jamiyatda
ajrimlarni   oldini   olish.   Oila   va   oilaviy   qadriyatlarni   mustahkalash,   jamiyat
oilaga   bo’lgan   e’tiborni   kuchaytirsh,   oilalardagi   ma’naviy   muhitni   yanada
yaxsilash.   Millatimiz   o’tmishi   va   kelajagini   uyg’unlashtirgan   xolda   ma’naviy
qadriyatlarni shakillantirish.
Bitiruv malakaviy i shning vazifalari: 
  Zamonaviy O’zbekistonda oilaning jamiyat rivojiga ta’sirini o’rganish.
  Oilalarda ma’naviy muhitni yaxshilash.
  Yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiq xolda tarbiylas
  Oila istitutini mustahkamlashning axloqiy jihatlarini takomillashtirish.
  Oila istutini mustahkamlashning huquqiy jihatlarini takomillashirish.
Bitiruv malakaviy ishining   ilmiy yangiligi:
 Oila tarbiyasiga doir bir butun  muammo larni hal qilish;
 Oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish va uning davlatni ustuvor 
talablariga javob beradigan komil insonni tarbiyalashdir;
 Oila tarbiyasida milliy qadriyatlardan o‘rinli foydalanish pedagogik 
qonun-qoidalarga rioya qilishdir;
 Fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish;
 Ilg‘or oilalardagi muvaffaqiyatli ish uslublarini o‘rganish;
 Ota–onalarni pedagog mutaxassislar bilan hamkorligini o‘rnatish 
kabilarni amalga oshirish;
 Barkamol inson tarbiyasiga doir  muammo larni hal qilish doimiy va 
hayotiy izlanishlarni talab etadi.
Bitiruv malakaviy ish i ning    ob’ekti    oila va oila instituti.
Bitiruv   malakaviy   ishning     predmeti   Oiladagi   huquqiy   munosabatlar,
oilani mustahkamlashda oila institutining o`rni.   
5 Bitiruv   malakaviy   ishining     nazariy   va   uslubiy   asoslari:   Oila   va
oilaviy qadriyatlarni mustahkalash, jamiyat oilaga bo’lgan e’tiborni kuchaytirsh,
oilalardagi   ma’naviy   muhitni   yanada   yaxshilash.   Millatimiz   o’tmishi   va
kelajagini uyg’unlashtirgan xolda ma’naviy qadriyatlarni shakillantirish.
Bitiruv   malakaviy   ishining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati .   Yurtimizda
oilalarni   mustahkamlash   borasidagi   davlat   siyosatining   afzalligi   shundaki,
davlat oilani o‘ziga xos suveren tuzilma sifatida qadrlaydi, uning ichki ishlariga
aralashmaydi,   lekin   muayyan   sabablarga   ko‘ra,   oilada   ba’zi   qiyinchiliklar,
muammolar   yuzaga   kelgan   bo‘lsa,   oila   a’zolari   fuqarolarning   o‘zini   o‘zi
boshqarish   organlariga   murojaat   qilish   orqali   o‘z   manfaatlarini   muhofaza
etishlari,   zarur   hollarda   esa   davlatning   madadidan   bahramand   bo‘lishlari
mumkin.
Oila masalasi  davlatimizning doimiy e’tiborida. Harakatlar strategiyasini
Faol   tadbirkorlik,   innovatsion   g‘oyalar   va   texnologiyalarni   qo‘llab-quvvatlash
yilida   amalga   oshirishga   oid   Davlat   dasturi   barcha   sohadagi   davlat   siyosatini
yangi   bosqichga   ko‘tarishda   muhim   dasturilamal   bo‘lib   xizmat   qilmoqda.
Xususan, Davlat dasturida og‘ir maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini
yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy
yordam   ko‘rsatishga   qaratilgan   qator   tadbirlarning   belgilangani   xalqimizning
o‘lmas   qadriyatlariga   xosdir.   Quvonarlisi,   joriy   yilda   ham   aholining   turli
qatlamlari   uchun   arzon   hamda   sifatli   uy-joylar   qurishga   alohida   e’tibor
qaratilmoqda. Aholi, ayniqsa, yosh oilalar, eski uylarda yashovchilar va boshqa
toifadagi   fuqarolarning   ehtiyoji   muttasil   oshib   borayotganidan   kelib   chiqib,
arzon   hamda   sifatli   uy-joylar   qurish   ko‘lami   1,5-2   barobar   oshirilishi   nazarda
tutilgan.
Bitiruv   malakaviy   ish i ning     tarkibi:   Kirish,   uch   bob,   6   ta   paragraf ,
Xulosa ,   Foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxatidan   iborat.   Matning   umumiy   hajmi
betni tashkil etadi.
6 I. BOB. OILANING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISH
TARIXI.
1.1. Oila tushunchasi va uning mohiyati.
O‘zbek   oilasi   o‘zining   chuqur   ma’naviy-iqtisodiy   poydevoriga   ega.   Biz
bu   poydevorni   yanada   mustahkamlash   chora-tadbirlarini   ko‘rishimiz   lozim.
Buzg‘unchilik,   behayolik,   befarqlik   razolatiga   botgan   “ommaviy   madaniyat”
girdobidan   yoshlarimizni   asrab,   milliy   qadriyatlarimizga   asoslangan
an’analarimizni,   urf-odatlarimizni,   ma’naviy   merosimizni   ular   qalbiga
singdirishimiz   darkor.   Toki,   oila   atalmish   muqaddas   qo‘rg‘onimizga   aslo   darz
ketmasin.
Oila   deb   qon-qarindoshlik,   qarindoshchilik   (nikoh   orqali)   yoki   birga
istiqomat   qilish   orqali   bog langan   odamlardan   iborat   ijtimoiy   guruhdir.   Ko pʻ ʻ
jamiyatlarda   oila   bolalar   sotsializatsiyasi   uchun   asosiy   institut   vazifasini
o taydi.	
ʻ   Antropologlar   oilalarni   matrilokal   (ona   va   uning   bolalari),   er-xotin
(bolalari   bo lsa,   nuklear   oila   deyilad)   va   qon-qarindosh   (nuklear   oila   va	
ʻ
qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.
Oila   - nikoh yoki tug ishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning a zolari	
ʻ ʼ
ro zg orining   birligi,   o zaro   yordami   va   ma naviy   mas uliyati   bilan   bir-biriga	
ʻ ʻ ʻ ʼ ʼ
boglangan.   Oilaning   eng   muhim   ijtimoiy   vazifalari   -   inson   zotini   davom
ettirishdan,   bolalarni   tarbiyalashdan,   oila   a zolarining   turmush   sharoitini   va	
ʼ
bo sh   vaqtini   samarali   uyushtirishdan   iboratdir.  Oilaviy   munosabatlar   nisbatan	
ʻ
mustaqil   hodisa   sanalsada,   jamiyatdagi   mavjud   ijtimoiy,   iqtisodiy,   mafkuraviy
munosabatlar   bilan   belgilanadi   va   ular   ta sirida   o zgarib   boradi.   Shunga	
ʼ ʻ
muvofiq,   har   bir   jamiyat   o zgarib   mos   oila   tipini,   oilaviy   munosabatlarni	
ʻ
o rnatadi.	
ʻ
7 Oila   jamiyat   tarixida   azaldan   mavjud   bo lmagan.   Ibtidoiy   jamoaʻ
tuzumining birinchi bosqichida, kishilar  to da-to da bo lib yashayotgan  davrda	
ʻ ʻ ʻ
jinslar   orasidagi   munosabatlar   muayyan   tartib-qoidaga   ega   bo lmay,   to dadagi	
ʻ ʻ
barcha   erkaklar   va   ayollar   bir-birlariga   umumiy   er-xotin   hisoblangan.   Tarixiy
taraqqiyot   jarayonida   jinsiy   munosabatlar   asta-sekin   muayyan   tartibga   solina
boshlandi.   Dastlab   ota-ona   bilan   farzandlar,   so ngra   aka-uka   va   opa-singillar	
ʻ
orasidagi  jinsiy  munosabatlar   taqiqlanib  guruxli  oila  paydo  bo lgan.  Lekin,  bu	
ʻ
oilalarda   hali   er-xotin   nikohi   bar-qaror   alohida   xo jalikka   ega   bo lmagan.   Bu	
ʻ ʻ
davrda tabiiy omil o z vazi-fasini tugalladi, ya ni jinsiy munosabatlar doirasidan	
ʻ ʼ
qonqarin-doshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol
munosabatiga   aylandi   (yana   k,.   Patriarxal   oila,   Poliandriya,   Poligamiya,
Poliginiya).
Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi
bilan   erkaklar   mehnatining   qadri   oshdi,   mah-sulot   ishlab   chiqarishda   ulushi
ortdi,  binobarin,  ularning  ijtimoiy  mavqei  ham  tubdan  o zgardi.  Mavjud  qoida	
ʻ
tartiblar   —   farzandlarning   onagagina   tegishli   bo lishi,   ona   mulkiga   merosxo r	
ʻ ʻ
sanalishi   erkaklarning   yangi   mavqeiga   zid   kelib   qoldi.   Natijada   ota   xuquqiga
asoslangan   patriarxal   oila   vujudga   keldi.   Shunday   qilib,   hozirgi   individual
oilaning o tmishdoshi — monogam oila vujudga kelgan (k,. Monogamiya).	
ʻ
Oila   xalqning   ,   jamiyatning   hayoti,   turmushiga   oid   urf-odatlarni   o zida	
ʻ
sinovdan o tkazadi. Yaxshilarini  o z bag rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga	
ʻ ʻ ʻ
yetkazadi.   Oila   o z   farzandlarini   tarbiyalab,   ularga   umuminsoniy   qadriyatlarni	
ʻ
singdirish bilan ularga boshlang ich ij-timoiy yo nalish beradi. O z farzandlarini	
ʻ ʻ ʻ
katta   oqimga   —   jamiyatga   qo shish   bilan   esa   oila   jamiyat   yo nalishi,   iqtiso-
ʻ ʻ
diyoti,   madaniyati   va   ma rifatini   ham   belgilashga   o z   ta sirini   ko rsatadi.	
ʼ ʻ ʼ ʻ
Shuning   uchun   ham   Sharqsa   oila   qadim-qadimdan   muqaddas   qo rg on	
ʻ ʻ
hisoblanib   kelingan.   Xususan,   o zbek   oilalarining   serildizlik,   serbutoklik	
ʻ
xususiyatlari   hozir   ham   saqlanib   turibdi.   O zbeklarda   oilalarning   muayyan	
ʻ
turmush   tarzi   shakllanib   hayotiy   tajriba   orttirib   borishi,   tejamli   va   sarishta
8 ro zg or   tutishi,   farzandlarni   odobli,   ma na-viy   yetuk   bo lib   kamol   topishidaʻ ʻ ʼ ʻ
keksalar,   ota-onaning   roli   katta.   o zbek   oilalari   o zlarining   mustahkamligi,	
ʻ ʻ
saran-jom-sarishtaligi,   bolajonligi,   qarindosh-qondoshlik   rishtalarini   hurmat
qilishi, mexr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi.
O zbekistonning   davlat   mustaqilligi   tufayli   xalqimizning   azaliy   milliy	
ʻ
urf-odat   va   marosimlari   qaytadan   tiklana   boshlandi,   bu   udumlar   oilani
mustahkamlashda   muhim   o rin   egallaydi.   O zbekiston   hukumati   oila	
ʻ ʻ
masalalariga  davlat   siyosati   darajasida  bajarilishi   lozim   bo lgan  ustuvor   vazifa	
ʻ
sifatida   qaraydi.   O’zbekiston   RespublikasiKonstitutsiyasining   63-moddasiga
kura,   “oila   jamiyatning   asosiy   bo g ini   hisoblanadi,   u   jamiyat   xdmda   davlat	
ʻ ʻ
tomonidan   muhofazada   bo lish   huquqiga   ega”.	
ʻ 1
  Onalik   va   bolalikni   muhofaza
qilish   bo yicha   boshqa   qonuniy   hujjatlar   ham   qabul   qilinib,   amaliy   tadbirlar	
ʻ
belgilangan.   Jumladan,   "Kam   ta minlangan   oilalarni   ijtimoiy   himoya   qilish	
ʼ
choralari   to g risida"   1994-yil   22   avg   .da   farmon   chiqarilib,   muhtoj   oilalarga	
ʻ ʻ
moddiy   va   ma naviy   yordam   berishning   ko lami   kengaytirildi.   Oilani	
ʼ ʻ
jamiyatning   ravnaq   topilishidash   tutgan   o rni   va   ishtirokini   yanada   oshirish,	
ʻ
oilalarning   huquqiy,   ijtimoiy,   iqtisodiy,   ma naviy-axloqiy   manfaatlarini   va	
ʼ
farovonligini   yaxshilashni   davlat   tomonidan   qo llab-quvvatlashni   kuchaytirish	
ʻ
hamda   izchil   ta minlash   maqsadida   1998-yilni   "Oila   yili"   deb   e lon   qildi.	
ʼ ʼ
Shunga   asosan,   oila   manfaatlarini   ta minlash   borasida   amalga   oshiriladigan	
ʼ
tadbirlar   to g ri-sida   davlat   dasturi   ishlab   chiqildi.   O’zbekiston   Respublikasi	
ʻ ʻ
Xotin-qizlar qo mitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiyamaliy markazi tashkil	
ʻ
etildi.   Oilaviy   hayot   masalalarini   huquqiy   tartibga   solishga   bag ishlangan	
ʻ
O zbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan	
ʻ
Oilaning shakllanishi va rivojlanishi jamiyat hayotidagi siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy,   ma’naviy   munosabatlar   bilan   bevosita   bog’liqligi,   uning   axloqiy,
huquqiy va ijtimoiy omillari
1
  O’zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasining 63-moddas i
9 Sharq   halqlarida   qadimdan   kattalarni   hurmat   qilish,   kichiklarga   izzatda
bo‘lish, insofli bo‘lish, rostgo‘ylik, xushmuomalalik, mehmondo‘stlik kishining
odob-axloqini ko‘rsatib beruvchi qoidalar sifatida amal qilinib keladi.
Bu axloq qoidalari har bir shaxsda to‘liq namoyon bo‘lgan taqdirdagina u
ma’naviy barkamol shaxs hisoblanadi.
Demakki,   u   jamiyat   oldidagi,   kishilar   oldidagi   insoniylik   burchini   ado
etgan hisoblanadi. Burch muhim axloqiy-ma’naviy qadriyat hisoblanib, har bir
shaxsning   jamiyat   oldidagi   fuqarolik,   ota-ona   oldidagi   farzandlik,   xalq,   millat
oldidagi   insonparvarlik,   jamoatchilik   oldidagi   odamiylik   vazifalarini   bajarish
demakdir.
Burch   —   ado   etilishi   majburiy   bo‘lgan   insoniy   vazifalar   va   insoniylik
yuzasidan   bajarilishi   mumkin   bo‘lgan   axloqiy   qoidalarni   o‘z   ichiga   qamrab
oladi.   Ota-onaning   farzand   oldidagi,   jamiyat   oldidagi   burchi,   farzandning   ota-
ona   oldidagi   burchi,   nnsoniyatning   o‘tmish   merosini   asrash   va   kelgusi
avlodlarga   etkazish   burchi,   millat   oldidagi,   kelajak   avlod   oldidagi   burchi,
tabiatni asrash burchi, Vatan oldidagi burch - majburiy vazifalardir.
Ota-onaning farzand oldidagi  burchlari  «Qobusnoma»da zikr etilishicha,
«...farzandga   yaxshi   ot   qo‘yish,   farzandni   yaxshi   doyaga   topshirish,   sunnat
qilish, to‘y-tomosha berish, ilm va kasb-hunar o‘rgatishdan iboratdir».
Yuqoridagilardan. ko‘rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat
oldida   ham   javobgardirlar.   Har   tomonlama   yetuk   farzandni   tarbiyalash   ota-
onaning asosiy , majburiy burchidir.
Jismonan   yetuk,   muayyan   ma’naviy   fazilatlarni   egallagan,   ijtimoiy   va
huquqiy   burchini   anglagan   insonni   shakllantirishda   oilaning   roli   sharq
halqlarida qadimdan kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzatda bo‘lish, insofli
bo‘lish,  rostgo‘ylik, xushmuomalalik,  mehmondo‘stlik kishining  odob-axloqini
ko‘rsatib beruvchi qoidalar sifatida amal qilinib keladi.
Bu axloq qoidalari har bir shaxsda to‘liq namoyon bo‘lgan taqdirdagina u
ma’naviy barkamol shaxs hisoblanadi.
10 Demakki,   u   jamiyat   oldidagi,   kishilar   oldidagi   insoniylik   burchini   ado
etgan hisoblanadi.
Vatan   oldidagi   insonparvarlik,   jamoatchilik   oldidagi   odamiylik
vazifalarini bajarish demakdir.
2.2. Oila paydo bo'lishining tarixiy asoslari.
Tarixan   oila   va   nikoh   masalalarining   qanday   bo’lganligi,   ushbu
qadriyatlarga   olimlar   va   allomalarning   munosabatlari   qanday   bo’lganligi   o’ta
muhim va amaliy ahamiyatli hisoblangan.
Oilaviy munosabatlar tizimining rivojlanishi nikohga kiruvchilar sonining
kamayishi   va   nikoh   uchun   sherik   tanlash   tartiblarining   qat’iy   belgilanishi
yo’nalishida   ro’y   bergan.   Insoniyat   ijtimoiy   tashkil   topishining   eng   qadimiy
shakli bu urug’-qabila bo’lib, u bir ayol urug’idan tarqagan, matriarxat zotidan
kelib   chiqadigan   (uning   qizlari,   qizlarning   farzandlari   va   ularning   avlodlari)
barcha odamlarni o’zida birlashtirgan. Shu tariqa urug’ – mohiyatan matriarxal
oila   bo’lib,   onaning   zotidan   tarqalgan   barcha   avlodni   bir-biriga   chatishtirib
boravergan.   Bunday   urug’   shaklining   saqlanib   qolgan   andozalaridan   biri
ruslardagi “matreshka” o’yinchog’i bo’lib, u bizga ona avlodlarining o’zaro bir-
birlaridan kelib chiqishini ifodalaydi.
Gruppaviy   yoki   guruhiy   oila   –   bir   necha   opa-singillarning   boshqa   bir
toifa   erkaklar   guruhi   bilan   nikohga   kirishini   taqozo   etgan.   Bunday   ayollar   yo
o’z qavmidan bo’lgan erkakka yoki tamoman boshqa – begona urug’ning vakili
bo’lmish   erkakka   turmushga   chiqishi   mumkin   bo’lgan.   Lekin   avlodning   kelib
chiqishi   onalik   urug’iga   bog’langan,   otalikni   belgilash   holatlari   inobatga
olinmagan.   S.   Golodning   yozishicha   (1998   y.),   onadan   tarqagan   avlodlar   XIX
asr oxiri va XX asr boshlarida ham ko’pgina xalqlarda saqlanib kelgan.
Juftlik   oila   –   alohida,   bir-biriga   unchalik   yaqin   bo’lmagan   yoki   mutloq
begona   ikki   kishi   o’rtasidagi   nikohni   nazarda   tutgan   bo’lib,   ular   o’rtasidagi
11 munosabatlar   har   doim   ham   mustahkam   bo’lmagan   va   tomonlarning   xohish-
irodasiga   ko’ra   u   istalgan   vaqtda   barbod   bo’lishi   ham   mumkin   edi.   Hozirda
mavjud bo’lgan oilalarda shaklan shu model saqlab qolingan.
Patriarxal   oila   –   bir   erkak   kishining   bir   yoki   bir   nechta   ayol   o’rtasidagi
nikohiga   asoslangan   bo’lib,   bunda   erkakning   huquqlari   xotinnikidan   ko’proq
bo’lgan,   nikohning   bu   shakli   ayni   xususiy   mulkchilik   rivojlangan   davrlarda
keng tarqalgan. Bunday oilada, tabiiy, erkak huquqlari ustivor bo’lib, uning har
qanday   oila   masalalarini   echish   va   qarorlar   qabul   qilishdagi   mavqei   yuqori
hisoblangan.   Shu  sababli   avlodlarning   kelib  chiqishi,   urug’ning   tarqalishi   kabi
masalalar  erkakning avlodlari shajarasidan  boshlangan, mulkka egalik va unga
vorislik ham erkaklar tabaqasi orqali yuritilgan.
Monogam   oila   –   bir   erkak   va   bir   ayol   juftligi   o’rtasidagi   nikoh
munosabatlarini nazarda tutadi. Ularning er-xotinlik munosabatlari ham umrbod
hisoblangan  (qadimgi   grek  so’zlaridan  olingan:   “monos”  –  bir,  yagona,  tanho;
“gamos”   –   nikoh   ma’nosini   bildiradi).   Oilaning   bunday   shakli   taxminan   uch
ming yillar avval paydo bo’lgan. O’z mohiyatiga ko’ra bu – patriarxal oilaning
bir   ko’rinishi   hisoblanib,   yaqin   yillardan   buyon   oilaning   bu   shakli   ayollar   va
ayollarning   teng   huquqliligi,   bolalar   tarbiyasidagi   muayyan   erkinlik,   ona   va
bolaning oila hayotidagi nufuzi ortishi shaklida rivojlanib kelmoqda.
Lekin   biz   oila   va   nikoh   tushunchalarining   allomalar   va   taniqli   olimlar
izlanishlarida qanday ifoda etilganiga e’tiborni qaratamiz.
Ana   shunday   nikoh   tarixiga   qiziqqan   olimlardan   biri   qadimgi   grek
faylasufi   Platon   bo’lgan.   Uning   fikricha,   barcha   zamon   va   makonlarda
patriarxal   oila   ijtimoiy   munosabatlarning,   jamiyat   hayotining   asosi   bo’ladi,
davlat   esa   ana   shu   kabi   oilalarning   birlashuvidan   paydo   bo’lgan. 2
  Lekin
Platonning   o’zi   o’z   qarashlarini   oxirigacha   himoya   qilib,   fikrlarini   yakunlay
olmadi.   “Ideal   davlat” 3
  deb   nomlangan   loyihasida   u   jamiyatda   hamjihatlikni
ta’minlash   uchun   ayollar,   bolalar   birlashmalari   va   sarmoyalarning
2
  Платон.   Законы //  Соч. .:  в  3  т .  -  M.: 1972. – T.3. –  Ч .2. –  С .148-150.
3
  Платон.  Государство  //  Соч .:  в  3  т .  -  M.: 1972.  - T.3. –  Ч .1. –  С .244-459.
12 umumiyligiga   erishish   lozim,   degan   fikrni   ilgari   surdi.   Lekin   ayni   shu   oxirgi
fikr   aslida   yangi   emas   edi.   Qadimgi   grek   tarixchi   olimi   Geradot   o’zining
mashhur   “Tarixlar”   deb   nomlangan   asarida   ayollar   birlashmalari   bir   qator
qabilalar   uchun   o’ziga   xos   xususiyat   ekanligini   ta’kidlagan   edi 4
.   Bu   kabi
ma’lumotlar antik davrga xos bo’lgan qator manbalarda o’z ifodasini topgan.
Aristotel  Platonning izdoshi sifatida uning “ideal davlat”ga oid fikrlarini
rivojlantirib,   ustozining   patriarxal,   ya’ni,   erkak   kishi   etakchi   bo’lgan   oila
modelini yoqlab fikr bildirgan. Uning fikricha, oilalar birlashib, “turar-joylarni”,
“turar-joylar” birlashib, yaxlit davlatni tashkil etadi. 5
  Platon va Aristotellarning
shu   kabi   nuqtai   nazarlari   anchagina   davrgacha   hukmron   bo’ldi   va   oila
jamiyatning   bo’lagi   sifatida,   o’ziga   xos   bo’linmas   patriarxal   institut   sifatida
idrok   etildi.   Frantsuz   ma’rifatparvari   Jan-Jak   Russo   o’z   davrida   “Oila   –   eng
qadimiy  va  asli  tabiiy  bo’lgan  jamiyat   bo’lagidir.  Oila  –  kerak  bo’lsa,  jamiyat
siyosiy qiyofasini belgilovchi obraz, bunda etakchi, rahbar – go’yoki ota misoli,
xalq esa – farzandlar kabidir” 6
 deb yozgan edi. Bu aslida insoniyat tarixida uzoq
vaqtgacha ustivor bo’lgan paternalizm tamoyilining yaqqol timsolidir (“patern”
– ota, otalik, etakchilik ma’nosini bildiradi).
Shunday qilib, antik davrning faylasuflari ham, ulardan keyingi o’rta asr,
hattoki,   yangi   davrga   kelib   ham   ko’plab   tadqiqotchilar   va   allomalar   oila
institutiga   alohida   ahamiyat   berib,   o’z   asarlarida   ijtimoiy   munosabatlarning
tabiati   va   namoyon   bo’lishini   aynan   oilaviy   munosabatlarning   xarakteridan
qidirish lozimligi fikrini yoqlab keldilar. Shu kabi fikrni nemis faylasuflari Kant
va   Gegelning   mutloq   g’oyaga   aloqador   asarlarida   ham   ko’rish   mumkin.   Ular
avvalo   “oila”   va   “nikoh”   tushunchalari   o’rtasida   bevosita   aloqa   mavjudligini
ta’kidlaydilar. Shu bois bo’lsa kerak, hanuzgacha shu ikki tushuncha ko’pincha
sinonimlarday   o’zrao   bog’liqlikda   ishlatiladi.   Shunday   bo’lsada,   oilashunoslar
bu ikki tushunchaning o’rtasida  nafaqat  farq borligini, balki ular  aslida  tarixan
4
 Герадот .  Истории . –  Л .: 1972. –  С. 232.
5
Aristotel. Politika // Politika Aristotelya. – M.: 1911. – S. 4-32.
6
  Russo J.-J. Ob obщestvennom dogovore, ili Prinsipы politicheskogo prava // Ped. soch.: V 2 t. – M.: 1981. –
T.2. – S. 170.
13 turli davrlarda paydo bo’lganligini ham isbot qila oldilar.
Masalan,   rus   olimi   A.G.   Xarchevning   kitoblarida   bu   ikki   tushunchani
farqlovchi jihatlar aniq belgilangan. Xususan, uning talqinida “nikoh – erkak va
ayol o’rtasidagi tarixan o’zgaruvchan o’zaro munosabatlarni bildirib, shu orqali
jamiyat   ularning   jinsiy   hayotlarini   tartibga   soladi,   o’zaro   er-xotinlik
munosabatlarini   hamda   farzandlari   bilan   shakllanadigan   munosabatlarni,   bu
boradagi   huquq   va   majburiyatlarni   belgilaydi,   yo’naltiradi” 7
.   Oila   esa   nikohga
nisbatan murakkabroq tabiatli munosabatlarni ifodalaydi, chunki u nafaqat er va
xotinlarning   o’zaro   munosabatlarini,   balki   ularning   farzandlari,   qarindosh-
urug’lar,  ikkalalari   uchun   yaqin   bo’lgan   insonlar   munosabatlarini   ham   qamrab
oladi.
Oila   va   nikoh   masalalariga   tarixiy   yondashuv   shveytsariyalik   olim
I.Baxoven   (1815-1887)   ishlarida,   ayniqsa,   uning   “Onalik   huquqi”   kitobida
yoritilgan.   Undan   tashqari,   amerikalik   tadqiqotchi   L.Morgan   (1818-1881)ning
asarlarida   ham   oilaga   nisbatan   evolyutsion   qarashlar   bayon   etilgan   bo’lib,
“Qadimgi   jamiyat”   kitobi   buning   yaqqol   namunasi   hisoblanadi.   Bu   asarlarda
oila   institutining   bevosita   jamiyat   tarqqiyoti   bilan   bog’liqligi,   jamiyatdagi
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning takomili oilaning mustahkamligiga bog’liq
ekanligi g’oyasi  o’z isbotini  topgan. Bu o’zgarishlar  tarix mobaynida turli jins
vakillari   o’rtasidagi   o’zaro   munosabatlarga   bog’liq   tarzda   kechishi   ham
ta’kidlangan.
Shunday   qilib,   iilani   ijtimoiy   institut   sifatida   idrok   etish   va   uni   ilmiy
jihatdan o’rganish an’analari tarixi XIX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Ayni
shu   davrdan   boshlab   jahonning   turli   burchaklaridagi   taniqli   sotsiologlar   va
antropologlar   (L.Morgan,   M.Kovalevskiy,   B.Malinovkiy,   P.Sorokin,
keyinchalik A.Xarchev, S.Golod va boshqalar.)  oila muammolarini  o’zlarining
aniq tadqiqot mavzulari sifatida o’rgana boshladilar.
Bir   qarashda   yangicha   tuyulgan   monogam   oiladagi   o’zgarishlar   XX
7
Xarchev A.G. Brak i semya. – 2-e izd., pererab. i dop. – M.: 1979. – S. 66.
14 asrning   boshlaridayoq   kuzatila   boshlangan.   Olimlarning   ta’kidlashicha,   oila
institutining   o’zi   tabiati   nuqtai   nazaridan   ancha   konservativ,   ya’ni   o’zgarmas,
turg’un tizim bo’lgani bois, jamiyat miqyosida ro’y beradigan o’zgarishlar oila
doirasida   taxminan   10-30-yillardan   keyingina   aks   eta   boshlaydi.   Bundan
tashqari,   rus   sotsiologi   S.Golodning   yozishicha,   Yevropa   xalqlari   hayotida,
oilaviy   munosabatlarda   kuzatiladigan   barcha   ijobiy   jarayonlar   monogam,
patriarxal oilaning saqlanib qolingani sababli ro’y bergan bo’lsa, qolgan barcha
salbiy   holatlar   aksincha,   oilada   ro’y   berayotgan   salbiy,   yomon   jarayonlardan
kelib chiqadi. Bu kabi talqinlar tabiiyki, ko’plab tadqiqotchilarga oila va uning
istiqbolini   tushunishga,   mazkur   yo’nalishda   jiddiy   tadqiqotlar   olib   borishga
xalaqit beradi.
Shunga qaramay, oila institutida kuzatilayotgan har  qanday o’zgarishlari
odatda   eng   avvalo,   ayolning   –   xotin-qizlarning   jamiyat   va   oilada   tutgan
maqomlarining   o’zgarib   borayotganligi,   ular   malakalarining   oshib
borayotganligi   va   kasb-hunar,   lavozim   pog’onalarida   erkaklardan
qolishmaslikka   intilayotganligi   bilan   izohlanadi.   Qayd   etilgan   holat   bevosita
oila   hayotida   ro’y   berayotgan   turli   xil   o’zgarishlarga,   ham   salbiy,   ham   ijobiy
hodisalarga sabab bo’lmoqda.
Ikkala   jins   vakillari   xaq-huquqlarining   amalda   tenglashib   borayotganligi
xotin-qizlarning   erkaklar   –   yigitlar   oldida   o’zini   tutishi   va   o’z   navbatida
yigitlarning   qizlarga,   erkaklarning   ayoliga   bo’lgan   munosabatlari,   xushomad
qilishlarida   o’z   aksini   topmoqda.   Ayniqsa,   Evropa   xalqlarida   nikoh   oldi
sovchilik   instituti   yo’qolib,   uning   o’rniga   o’z   xohishi   bilan   o’ziga   nikoh
sheriginini   tanlashi   an’anasi   barqarorlashdi.   Lekin   ayni   holat   saqlanib   qolgan
mamlakatlarda,   jumladan,   O’zbekistonda   oila   institutiga   munosabat
boshqacharoq,   ya’ni   an’analarga   sodiqlik   saqlanib   qolgan.   Sovchilikning
ahamiyati   shundaki,   bunda   o’rtada   turganlar,   kelin-kuyov   oilasini   tanigan,
bilgan, surishtirgan odamlar bo’lgani sababli ham ular yosh oilaning mustahkam
bo’lishidan juda manfaatdordirlar, shuning uchun haqiqiy o’zbekona mezonlar,
15 “teng-tengi   bilan”   tamoyili   asosida,   sovchilar   yordamida   qurilgan   nikohlar
aksariyat holatlarda mustahkam bo’ladi.
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   har   bir   davrda   bo’lgani   kabi   hozir   ham
yoshlarning   o’z   ihtiyori   bilan,   bir-birlarini   yoqtirib   qolishlari   oqibatida   paydo
bo’lgan oilalar mavjud. yoshlarning ayrimlari o’z ixtiyori bilan qalliq tanlashni,
yoqtirib,   sevib   turmush   qurishni   oldindan   niyat   qiladi.   SHunisi   borki,   o’z
ihtiyori bilan turmush o’rtog’i tanlashda ota-ona va oilasi manfaatlari, ularning
istak-xohishlari   deyarli   inobatga   olinmaydi.   Odatda   bu   kabi   yoshlar   nikoh
oldidan  ota-otasining   roziligini  olmaydi,  shu   sababli,  ko’pincha,  bunday  nikoh
engil-elpi   qarorlar   oqibati   bo’lib,   uzoqqa   bormasligi   mumkin.   Respublika
“Oila”   ilmiy-amaliy   markazi   2003   yilda   o’tkazgan   tadqiqot   natijalariga   ko’ra,
ajralishib   ketgan   yosh   oilalarning   90   foizidan   ortig’i   nikoh   motivi-sababi
sifatida “sevish-sevilish”ni ko’rsatganlar.
Xotin-qizlarning   iqtisodiy   mustaqilligi   tufayli   XX   asrga   kelib   ayolning
oila   va   jamiyatda   tutgan   o’rni   va   maqomi   keskin   o’zgardi.   Oxirgi   paytlarda
butun   dunyoda   matriarxat   davridagi   kabi   oilaning   etakchisi,   boshlig’i   roliga
ko’pincha   ayol   da’vogarlik   qila   boshlashi   kuzatildi.   Buning   oqibatida   erkak
kishining   oiladagi   etakchilik   roli,   oilada   resurslarni   boshqarish,   qarorlar   qabul
qilish va farzandlarni jamiyat hayotiga jalb etishdagi maqomi sezilarli darajada
pastladi.
Ikkinchi   tomondan,   ayol-onaning   oilasi   va   bola   tarbiyasi   uchun   bo’sh
vaqtining   kamayib   borayotganligi,   reproduktiv   mas’uliyatning   jamiyatda
lavozimlar   pog’onasida   yuqoriroq   o’rin   egallash   istagiga   nisbatan   pastlab
borayotganligi   salbiy   oqibatlarga   olib   kelmoqda.   SHu   sababli   sanoati
rivojlangan   mamlakatlarda   tug’ilishlar   sonining   kamayib   borayotganligi,
oqibatda   aholi   sonining   keskin   pasayishi   kuzatilmoqda.   Afsuski,   bunday
holatlar O’zbekistonning shahar hududlarida ham kuzatilmoqda.
Oilaning   tarbiyalovchi   vazifasi   oila   a’zolaridan   tashqari   boshqa
insonlarga, muassasalarga – enaga va guvernantkalarga, yoki davlat tomonidan
16 to’la muhofazaga olingan tashkilotlar – Mehribonlik uylari, Muruvvat uylari va
boshqalar   zimmasiga   yuklatilmoqda.   Sobiq   totalitar   tuzum   davrida   ushbu
vazifaning davlat zimmasida ekanligi, individual, oilaviy tarbiyaning gruppaviy
tarbiya   bilan,   tarbiyalanuvchi   shaxsiga   e’tiborning   keskin   kamayishi   bilan
o’zgartirildi.   Oqibatda   hech   kimga   tegishli   bo’lmagan,   psixik   va   aqliy
rivojlanishi   o’rtamiyona   bo’lgan   bolalar   paydo   bo’ldi.   Bu   ochiq   yoki   yashirin
onalik deprivatsiyasini keltirib chiqardi.
Ya’ni,   XX   asr   o’rtalariga   kelib,   monogam   oilada   o’zgacha   uyg’unlik
kashf   etgan,   yaxlit   guruhday   tasavvur   etilgan   oilaning   vazifalari   –   nikohga
kirish,   jinsiy   hayotni   ta’minlash   va   o’zidan   nasl   qoldirish   –   reproduktsiya   bir-
biri   bilan   bog’lanmagan   vazifalar   tarzida   ayrocha,   alohida   funktsiyalarday
tasavvur   etila   boshlandi.   Agar   XIX   asr   oxirlarigacha   oila   paydo   bo’lishi   bilan
unda  farzandlar  tug’ilishini   kutish  odatga  aylangan   bo’lsa,  yangi  davrga  kelib,
qachon   tashkil   bo’lganligiga   qaramay,   bola   tug’ilishini   rejalashtirmaydigan
oilalar   hamda   boshqa   tomondan,   oilasiz,   nikohsiz   ham   tug’iladigan   bolalar
ko’paydi. Ochiqroq aytadigan bo’lsak, turmushga chiqmasa-da, bola tug’adigan
yolg’iz   onalar   ham   paydo   bo’ldi.   SHu   tariqa   nikoh   bilan   oilaning   reproduktiv
vazifasi o’rtasida tafovut paydo bo’ldi.
Jinsiy hayot borasida sodir bo’lgan o’zgarishlar shuki, agar ilgari bunday
munosabat oiladan tashqarida ro’y bersa, jamiyat ham, din ham uni qoralar edi.
So’nggi o’n yilliklarda dunyo miqyosida erkaklar ham, ayollar ham erkin jinsiy
hayotga   oddiy   munosabat   sifatida   qaraydigan   bo’lishdi.   Ma’naviy   inqiroz
hisoblanmish   bunday   munosabatlarga   jamiyatning   befarqligi   ilg’or   fikrlovchi
insonlarni   jiddiy   tashvishga   solmoqda.   Buning   asosiy   sababi   jamiyatda
ma’naviy   qadriyatlar   inqirozga   yuz   tutgani   bo’lsa,   ikkinchi   tomondan,   bunga
ayollar o’rtasida kontratseptiv vositalardan foydalanishning urf bo’lishi va ular
o’zlariga   berilgan   ijtimoiy   erkinliklarni   noto’g’ri   idrok   etishlari,   ommaviy
axborot   vositalari   orqali   u   yoki   bu   xalq   mentalitetiga   mos   kelmaydigan
axborotlarning keng tarqalishi sabab bo’layotir.
17 Eng  achinarlisi,   ayrim  yoshlar  va  ularning  ota-onalari  uchun   “nikoh”  va
“ajrim” tushunchalari oddiy narsaday, ziddiyatsiz qabul qilinadigan bo’ldi. Ular
o’z shaxsiy mas’uliyatini his etmayaptilar. Sanoat rivojlangan mamlakatlarda 51
foizgacha   bo’lgan   nikohlar   muayyan   muddatdan   so’ng   barbod   bo’layotganligi
odatiy holday qabul qilinadi. Chet el axborot vositalarining ba’zi taniqli shaxs,
aktyor   yoki   millionerning   har   3-4   yilda   almashinib   turiladigan   nikohlari
to’g’risida   yozilayotgan   maqolalari   eng   o’qimishli,   qiziqarli   axborotday   talqin
etilmoqda. Tabiiyki, bu ularni o’qiyotgan yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ta’kidlash   joizki,   bunday   holatlarda   ajrimlarning   tashabbuskorlari   ko’pincha
ayollar   bo’lib,   bu   o’z   navbatida   oila   ajrimlari   sonining   ortib   borishiga,
farzandlarning   aybsiz   aybdorlarday   noto’liq   oilalarda   tarbiyalanishiga   olib
keladi.
Oilani   turlarga   bo’lganda,   turli   olimlar   turlicha   yondashadilar.   Masalan,
Sank-Piterburglik   olim   S.I.Golod   (1998)   faqat   er   va   xotin   hamda   ularning
farzandlaridan   iborat   oilalarni   tasavvur   etgan   holda   ularning   oila   davrasidagi
ijtimoiy nufuzlari va rollari nuqtai nazaridan oilani toifalarga bo’lib o’rganishni
taklif   etadi.   Xususan,   u   monogam   oiladagi   munosabatlarni   oilaviy   tabaqalar
nuqtai   nazaridan   farqlashni   taklif   etgan.   Undan   tashqari,   Golod   o’z   kitobida
oxirgi   yillarda  Rossiyada  keng  tarqab  borayotgan o’ziga  xos  tabaqali  oilalarga
ham ilmiy jamoatchilikning diqqatini qaratadi.
Patriarxal   monogam   oila   –   bu   o’z   mohiyatiga   ko’ra   oiladagi   erkak
kishining   nufuzi,   etakchilik   roli,   xotinning   unga,   farzandlarning   ota-onaga
tobeligini nazarda tutadi. Bundany oilada o’g’il bolalar otaning oilasini sira tark
etmaydi,   aksincha,   uylangan   taqdirda   ham   turmush   o’rtog’ini   shu   xonadonga
olib   keladi,   qizlar   esa   kimga   turmushga   chiqsa,   uning   familiyasiga   o’tib,   o’z
ota-onasining   uyini   tark   etadi.   Bunday   oilada   urug’ning   atalashi   (familiya),
shajara  va mulkka  egalik  otaning yo’lidan amalga  oshiriladi, oilaviy  rollar   esa
erkaklarniki   yoki   xotinlarniki   tarzida   aniq   tafovutlanadi.   Erkaklar   oilaning
moddiy boyliklari, resurslari, ta’minoti bilan shug’ullansalar, ayollar asosan uy
18 ishlari bilan band bo’ladilar.
Oilaning   ijtimoiy   nufuzi,   obro’si   otaning,   erning,   o’g’ilning   iqtisodiy
maqomidan kelib chiqadi, ayolniki esa – farzandlar soni bilan belgilanib, uning
professional   maqomi   ko’p   hollarda   oilaning,   turmush   o’rtog’ining   ijtimoiy
maqomiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi,   farxzandlar   ko’z   o’ngida   otaning   avtoriterti
pastlaganday  bo’ladi, ayrim  holatlarda erning oila ta’minotaidagi  ulushi  tushib
ketishi   ham   ayolning   oila   moddiy   ta’minotiga   bevosita   aralashishiga   sabab
bo’ladi.
Monogam oila – bola manfaatiga yo’nalgan oila (detotsentrik) XIX asrning
oxiri   –   XX   asrning   boshlarida   paydo   bo’lgan   hodisadir.   U   xotin-qizlarning
ijtimoiy hayotdagi rolining ortishi hamda bola huquqlarining oshib borishi bilan
izohlanadi. Bunday holatlarda gap ko’proq oilada farzandlar soni haqida emas,
balki oilada umuman bola borligining qadrlanishi to’g’risida boradi. Ota-onalar
bunday   sharoitda   ko’proq   bolaning   kelajakda   kim   bo’lishi,   u   egallashi   lozim
bo’lgan   martabalar,   uning   istiqboli   xususida   qayg’uradigan,   shu   bois   ham   oila
budjetining  asosiy   qismi   uni   ta’minlash,   unga   zarur   ta’lim   va   tarbiyani   berish,
g’amxo’rlik qilishga sarflanadi. 
Bolalar   bilan   bog’liq   ehtiyojlarning   o’sib   borishi   oqibatida   mamlakatda
ham   bolalar   ta’minoti,   ularning   ozuqasi,   kiyim-kechagi,   o’yinchoqlar,
bolalarning   madaniy-ma’rifiy   maskanlarini   rivojlantirishga   ixtisoslashgan
sanoat  korxonalari ko’payadi, rivojlanadi. Bolalar va yoshlarning turli ma’rifiy
o’choqlarining   kengayishi,   yangi   texnika   va   texnologiyalarning   asosan   bolalar
manfaatiga   bevosita   bog’lanishi,   yoshlarning   kasb   ta’limini   takomillashtirish
ishlari, ular o’qishi va bilim olishi muddatlarining uzaytirilishi ularning mehnat
sohasiga  kechroq  kirib  borishiga  olib  keladi.  Ya’ni,  ilgarigiga  nisbatan  bolalar
kechroq  mustaqil   hayotga   kirishadi.   Buning   oqibatida   nikoh  yoshi   ham   tobora
kattalashib boradi. Kattalar tomonidan bolaga e’tiborning, shu bilan bir qatorda
tashvishlarning   ortishi,   o’z   navbatida   bolalarning   tug’ilish   soni   kamayishiga
olib   keladi.   Bolalar   erka   bo’lib,   ular   erkinligi   ortib   boradi,   ota-onaning   butun
19 diqqat-e’tibori   ularga   qaratiladi.   Bu   toifa   oiladagi   bola   manfaati   shu   qadarki,
ba’zan   ona   faqat   bolani   o’ylash,   unga   e’tibor   qilishni   afzal   bilganidan,   eridan
ham voz kechishi holatlari ham kuzatiladi.
Bola manfaatiga yo’nalgan oilaning ham turli ko’rinishlari bo’lib, ulardan
biri avtoritar tipdir. Bunda bola soni bittami yoki ikkitami ota-onaning cheksiz
g’amxo’rligi,   ular   obro’si   bilan   parallel   tashkil   etiladi.   Masalan,   ko’pgina
amaldorlarning   oilasi   shunday.   Ota-ona   bola   nazarida   eng   nufuzli,   aqli   har
narsaga   etadigan,   shuning   uchun   bola   ham   xuddi   otasi   yoki   onasiday   bo’lib
etishish motivatsiyasi kuchli bo’ladi.
Ambivalent   detotsentrik   oiladagi   bola   ko’proq   ota-onaning   hissiy-
emotsional   g’amxo’rligi   ta’sirida   bo’ladi.   Masalan,   bu   agar   qiz   bo’lsa,   u   faqat
otasi   yoki   onasi,   yoki   ikkisining   doimiy   erkalashlari   og’ushida   katta   bo’lib,
oxir-oqibat shunday  holatga ko’nikib ketadi. Oilaviy munosabat  faqat  shunday
bo’lsa   kerak,   degan   fikr   ba’zan   o’zi   mustaqil   oila   qurganda,   uning   yangi
xonadonga ko’nikishiga jiddiy xalaqit beradi.
Kvaziavtonom detotsentrik oilada bola huquqlari kattalarniki bilan deyarli
tenglashtiriladi,   ularga   kattalar   bilan   bir   qatorda   oilaviy   yumushlarni   bajarish
erki, o’z holicha qarorlar qabul qilish huquqlari berilgan bo’ladi. Buning albatta,
ham ijobiy, ham salbiy jihatlari bor.
Er-xotin   oilasi   XX   asrning   60-chi   yillarida   paydo   bo’lib,   u   ham   ayollar,
ham   bolalar   emansipatsiya   jarayonlarining   oqibati   sifatida   qaraladi.   Bunday
oiladagi   o’zaro   munosabatlar   asosan   erkak   va   xotin   o’rtasidagi   muomalaga,
uning qanchalik samimiy, iliqligiga bog’liq bo’ladi. Ayolga o’z xohish-irodasini
mumkin   qadar   namoyon   etish,   unga   ma’lum   ma’noda   mustaqil   erishish
imkoniyati   yaratiladi.   U   ko’p   holatlarda   turmush   o’rtog’iga   suyukli,   erka   va
zarur yor rolini o’ynaydi. Golod er-xotinning bir-birlariga yaqin bo’lishlarining
4 xil jihatini farqlaydi: simpatiya (yoqtirish), samimiyat, minnatdorlik va erotik
jihatdan bog’liqlik.
Monogam   bo’lmagan   oila   toifasi   chin   ma’noda   nikoh   munosabatlariga
20 tayanmaydi. Bundan oilaning uch xil ko’rinishi mavjud: 
Ajrimlar   tufayli   paydo   bo’lgan   noto’liq   oila   –   XX   asrning   oxirlarida
ko’payib ketgan noto’liq oila turi. Golodning ma’lumotlariga ko’ra, Rossiyadagi
oilalar ajrimi shu qadar ko’paydiki, har 100 ta nikohga 51 ta oila ajrimi to’g’ri
keldi. Bunga sabablardan biri ota-onalik rollarining bajarilmasligi, otaning bola
tarbiyasidan   sovuqqonlik   bilan   chetlashishidir,   chunki   ko’pgina   otalar
ajralishgandan   so’ng   ma’lum   muddat   o’tgach,   farzandlari   bilan   umuman   yuz
ko’rmas   bo’lib   ketishadi.   Afsuski,   O’zbekistonda   oila   va   nikoh   nechog’li
qadrlanmasin, oilaviy ajrimlar ham qayd etiladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra,
oxirgi   yillarda   yiliga   o’rtacha   14,5   mingdan   15   mingacha   oila   ajrimlari   qayd
etiladi,   ajrimlarning   sudlar   orqali   rasmiylashtiriladigan   turlari   FXDYO   orqali
rasmiylashtiriladiganidan   ko’proqdir.   Ajrim   bo’lgan   oialalrning   70   foizi   yosh
oilalar   bo’lib,   ularda   o’rtacha   2,5   ta   bola   chala   etim   bo’lib   qoladi.   Bu   kabi
noto’liq oilalarda o’ziga yarasha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar paydo bo’ldaiki,
shu  bois   ham   davlatimizning  oila  siyosatining   mazmuni   noto’liq  oilalar   sonini
kamaytirishga   qaratilgandir.   Bunda   masalaning   moddiy   tomonidan   ham   uning
ma’naviy-ahloqiy tomonlari bizni ko’proq tashvishga soladi.
Beva   bo’lib   qolish,   yoki   turmush   o’rtog’ining   vafoti   munosabati   bilan
noto’liq   bo’lgan   oila   ham   ko’proq   onaning   farzandi   bilan   yolg’iz   qolishidir.
Bunday   oilalardagi   ma’naviy   muhit   ajrim   tufayli   paydo   bo’lgan   noto’liq
oilanikidan   farq   qiladi.   O’zbek   onalari   bunday   holatlarda   otasining   ruhi
hurmatidan   farzandlarida   yuksak   insoniy   fazilatlarni   tarbiyalashga   intiladi.
Bunday   o’ziga   xoslik   qator   tadqiqotlarda   alohida   qayd   etilgan   (G.Yadgarova,
2003).
Nikohdan   tashqari   oila   90-chi   yillarda   ko’paygan   oila   turi,   unda   asosan
yolg’iz qolgan ayol-ona oilani tebratadi. Bunday oilalar o’sha davrda Rossiyada
20-21   foizni,   Buyuk   Britaniyada   va   Fransiyada   –   32-35   foizni   tashkil   etgan
bo’lib,   ko’proq   yoshgina   bo’la   turib   ona   bo’lganlar   (15-19   yoshlilar)   yoki
aksincha,   reproduktiv   yoshdan   o’tib   qolganlar   –   40-44   yoshlilar   tashkil   etadi.
21 Bu o’rinda ikkala holatda xotin-qizlarning nikohga kirmasdan tug’ish motivlari
turlicha bo’ladi.
Rossiyada   ota-onalardan  bittasigina  bo’lgan oilalarda  1989 yilda  4,5 mln.
bola yashagan  bo’lsa,  bu ko’rsatgich  1994 yilda 5 millonga etdi  (A.G.Volkov,
E.L.Soroko,  1999).  O’zbekiston  sharoitida  bu  kabi  holatlar  favqulotda  holatlar
sifatida   qaraladi,   chunki   ayrim   udumlar   va   milliy   qadriyatlarimiz   farzandning
nikohdan tashqari paydo bo’lishini qoralaydi, Shunday bo’lsa-da, turli sabablar
va   otag’onalarning   vaziyatlar   qurboni   bo’lishi   natijasida   mamlkataimizda
otalikni   belgilash  holatlari   ortib  bormoqdaki,  unda  ham  ko’pincha  rasman  oila
nikohsiz oiladay tasavvur etiladi. Sha’riy nikoh o’qilgani bilan rasmiy ravishda
nikohning   o’z   vaqtida   qayd   etilmasligi   mentalitetimizga   zid   bo’lgan   shu   toifa
oilaalrning rasmiylashtirilib qolishiga sabab bo’lmoqda.
Alternativ   oila   turlari   –   kam   uchraydigan   oila   turlari   bo’lib,   ular   ayrim
jihatlari   bilan   boshqalardan   farqlanib   turadi   va   o’z   navbatida   toifalarga
bo’linadi.   Masalan,   ulardan   biri   –   fuqarolik   nikohi   deb   atalib,   unda   erkak   va
ayol   o’z   ixtiyorlari   bilan   rasmiy   nikohni   qayd   emay,   yashayveradi.   Ba’zan
bunday   qarorga   ular   kutilmagan   homiladorlik   paydo   bo’lganda   ham   kelishlari
mumkin.   Bunday   nikoh   bizning   sharoitimizga,   musulmonchilikka   sira   ham
to’g’ri   kelmaydi.   Alternativ   nkiohlar   ko’proq   g’arb   mamlakatlariga   xosdir.
Lekin   Golodning   ta’kidlashicha,   hozirda   Rossiyada   mavjud   oilalarning   7%
shunday nikoh asosida tashkil topgan. Oilaning muqaddasligini tinimsiz targ’ib
etishimiz   azaliy   qadriyatlarni   ardoqlab   kelayotgan   yurtimizda   bunday   salbiy
holatlarning bo’lmasligiga xizmat qiladi.
Alternativ nikohning yana bir ko’rinishi qayta nikohlardir. Odatda bunday
nikoh turi beva yoki tul qolgan shaxslarda uchraydi. Aslida ham birinchi qayta
nikohlar   XVI   asrda   Angliyada   qayd   etila   boshlagan.   Hozirda   esa   bunday
nikohlar   odatda   beva   qolganlar   yoki   ajrashib   ketganlar   o’rtasida   qayd   etilishi
mumkin.   Bunday   oila   turi   ham   ajrimlar   ko’payishiga   mos   tarzda   ortib
bormoqda.
22 Aralash   oilalar   yoki   begona   ota-onalar   bilan   yashaydiganlar   oilasi.   Bu   –
etimlarni boqib olish hisobiga paydo bo’ladigan, otalikka olish, o’gay ota yoki
ona bilan yashaydiganlar oilasidir. Ming afsuski, turli hayotiy vaziyatlar tufayli
shunday   oila   ham   bor,   ular   nisbatan   ko’p   bo’lmasa-da,   O’zbekistonda   ham
mavjud.
Godvin   –   nikohlar,   uning   asoschisi   bo’lgan   ingliz   sotsial-monarxi
U.Godvin   (1756-1836)   nomi   bilan   bog’liq.   U   bunday   oilani   ideal   deb
hisoblagan,   chunki   bunday   oilalar,   asosan,   ota-onaning   xohish-irodasiga   ko’ra
paydo   bo’ladi,   yoshlarning   istaklari   bunda   inobatga   olinmaydi.   Bunday
nikohlarda   jinsiy   yaqinlik   ko’zda   tutilmaganligi   sababli,   o’zaro   hurmat   va   bir
tom  ostida alohida yashashga  mo’ljallangan bo’ladi, er  va xotin bir-birlarining
oldida faqat ma’naviy jihatdan majburiyatlarga ega xolos. To’g’ri, bir qarashda
bunday   nikoh   bizdagi   sovchilik   yo’li   bilan   quriladigan   oilaga   o’hshab   ketadi,
lekin bizda zurriyod qoldirish, birga yashash talab etiladi. SHuning uchun yigit
va   qiz   bir-birlarini   sevmagan   bo’lsalar-da,   nikoh   o’qilayotganda   ularning
rizochiliklari so’raladi, javob ijobiy bo’lgach, ular chimildiqqa kiritiladi.
Godvin   tipidagi   nikohlar   ko’pincha   O’zbekistonda   keksalar   o’rtasida
rsmiylashtiriladi. Masalan, kampiridan uning qazosi tufayli juda bo’lgan otaxon
o’zaro   kelishuv   natijasida   o’zga   bir   beva   ayolga   uylanadi,   ular   o’rtasidagi
munosabatlar o’zaro samimiyat, hurmat, qo’llab-quvvatlov, keksalikni bezashga
yo’naltirilgan. Lekin bu oila o’zidan zurriyod qoldirish kabi haqiqiy oilaga xos
funktsiyalarning barchasini bajarmaydi. Bunday oila Islom dini arkonlariga ham
mos bo’lib, bu ikki  keksa  odamning bir-birlari  umrlarini  cho’zishga  qaratilgan
samimiy munosabatlari majmuidir.
Qo’shxotinlilik ham alternativ nikoh turlaridan biri bo’lib, bunda bir erkak
ko’pincha hufyona o’z qonuniy nikohidagi ayoldan tashqari yana boshqasi bilan
shar’iy   nikohda   yashaydi.   Qo’shxotinlilik   ko’proq   Osiyo   va   SHarq
mamlakatlari   aholisiga   xos   deb   hisoblansa-da,   hozirda   bunday   oilalar   hattoki,
Rossiyada ham kuzatilmoqda. Lekin bunday oila turi qonunan man etilgan.
23 24 Bobga oid xulosa
Zamonaviy   jamiyat   juda   tez   o'zgarishlarni   boshdan   kechirmoqda,   unda
odamlar   doimo   navigatsiya   qilish   uchun   vaqt   topa   olmaydilar.   Inqilobiy
o'zgarishlar   jarayonida   odamlarga   omon   qolish   va   qiyinchiliklarni   engishga
yordam   bergan   eng   muhim   ijtimoiy   qadriyatlar   yo'qoladi.   Oila   inqirozga
uchradi,   bu   ko'p   odamlar   uchun   xotirjamlik,   ishonchlilik   oroli,   axloqiy   va
jismoniy kuchni to'ldirish manbai edi.
O zbekistonning   davlat   mustaqilligi   tufayli   xalqimizning   azaliy   milliyʻ
urf-odat   va   marosimlari   qaytadan   tiklana   boshlandi,   bu   udumlar   oilani
mustahkamlashda   muhim   o rin   egallaydi.   O zbekiston   hukumati   oila	
ʻ ʻ
masalalariga  davlat   siyosati   darajasida  bajarilishi   lozim   bo lgan  ustuvor   vazifa	
ʻ
sifatida   qaraydi.   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   63-moddasiga
kura,   “oila   jamiyatning   asosiy   bo g ini   hisoblanadi,   u   jamiyat   xdmda   davlat	
ʻ ʻ
tomonidan   muhofazada   bo lish   huquqiga   ega”.	
ʻ 8
  Onalik   va   bolalikni   muhofaza
qilish   bo yicha   boshqa   qonuniy   hujjatlar   ham   qabul   qilinib,   amaliy   tadbirlar	
ʻ
belgilangan.   Jumladan,   "Kam   ta minlangan   oilalarni   ijtimoiy   himoya   qilish	
ʼ
choralari   to g risida"   1994-yil   22   avg   .da   farmon   chiqarilib,   muhtoj   oilalarga	
ʻ ʻ
moddiy   va   ma naviy   yordam   berishning   ko lami   kengaytirildi.   Oilani	
ʼ ʻ
jamiyatning   ravnaq   topilishidash   tutgan   o rni   va   ishtirokini   yanada   oshirish,	
ʻ
oilalarning   huquqiy,   ijtimoiy,   iqtisodiy,   ma naviy-axloqiy   manfaatlarini   va	
ʼ
farovonligini   yaxshilashni   davlat   tomonidan   qo llab-quvvatlashni   kuchaytirish	
ʻ
hamda   izchil   ta minlash   maqsadida   1998-yilni   "Oila   yili"   deb   e lon   qildi.	
ʼ ʼ
Shunga   asosan,   oila   manfaatlarini   ta minlash   borasida   amalga   oshiriladigan	
ʼ
tadbirlar   to g ri-sida   davlat   dasturi   ishlab   chiqildi.   O’zbekiston   Respublikasi	
ʻ ʻ
Xotin-qizlar qo mitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiyamaliy markazi tashkil	
ʻ
etildi.   Oilaviy   hayot   masalalarini   huquqiy   tartibga   solishga   bag ishlangan	
ʻ
O zbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan.	
ʻ
8
  O’zbekiston Respublikasi   Konstitutsiyasi .  63-modda .
25 II BOB ZAMONAVIY O'ZBEKISTONDA OILA
INSTITUTI VA UNI  MUSTAXKAMLASHNING HUQUQIY-
AXLOQIY ASOSLARI.
2.1. O'zbekistonda oilaga bo'lgan munosabat va oiladagi axloqiy
tarbiya masalalari.
Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda an analarimizdanʼ
ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat
sanalgan.   Binobarin,   tarbiyaviy,   ma naviy-ma rifiy,   ruhiy-axloqiy,   iqtisodiy-	
ʼ ʼ
huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik
mustahkam   bo lsa,   jamiyat   ham   shunchalik   barqaror   taraqqiy   etishini	
ʻ
ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan.
Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta e tibor bilan qarashgan. Buyuk	
ʼ
allomalarimiz   Mahmud   Koshg ariy,   Ahmad   Yugnakiy,   Kaykovusdan   tortib	
ʻ
Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug bek va boshqalargacha	
ʻ
o z   asarlarida   oilaviy   masalalar,   xususan,   oila   a zolari   o rtasidagi   o zaro	
ʻ ʼ ʻ ʻ
munosabatlar,   bola   tarbiyasida   ota-ona,   bobo-buvining   o rni,   komil   va	
ʻ
vatanparvar shaxsni yetishtirishda bu muhim ijtimoiy institutning roliga alohida
yondashib,   ibratli   hikoyatlar,   rivoyatlar,   farzandlarga   maktublar,   hikmatli
so zlar,   she riy   satrlar   orqali   pand-nasihatlar,   hayotiy   xulosalar   yozib	
ʻ ʼ
qoldirganlar.   Mahmudxo ja   Behbudiy,   Abdurauf   Fitrat,   Abdulla   Avloniy,	
ʻ
Abdulla   Qodiriy,   Cho lpon,   Munavvarqori   Abdurashidxonov   kabi
ʻ
ma rifatparvarlarimiz   ham   odob-axloqi   go zal,   jismonan   va   ma nan   yetuk	
ʼ ʻ ʼ
avlodni   tarbiyalashning   yagona   yo li   -   barqaror   oila   qurish   ekanini,   oilani	
ʻ
mustahkamlamasdan   davlat   va   jamiyat   taraqqiyotiga   erishib   bo lmasligini	
ʻ
ta kidlashgan.	
ʼ
Bugungi   shiddat   bilan   o zgarib   borayotgan   globallashuv   davriga   kelib	
ʻ
ham   O zbekiston   o z   istiqboli   va   kelajagini   oilani   rivojlantirish,   uni	
ʻ ʻ
e zozlashda,   deb   bilayotgani   yuqoridagi   an anaviy   qadriyatlarimizni   yanada	
ʼ ʼ
26 boyitgan   holda   zamonaviy,   namunali   va   farovon   oilani   barpo   etish   davlat
siyosatining   ustuvor   yo nalishlaridan   biriga   aylanganida   ham   yaqqol   namoyonʻ
bo lmoqda.	
ʻ
Prezidentimizning   joriy   yil   2   fevraldagi   “Xotin-qizlarni   qo llab-	
ʻ
quvvatlash   va   oila   institutini   mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatni   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to g risida”gi   Farmoni   bilan   milliy   hamda	
ʻ ʻ
ma naviy   qadriyatlarimiz   asosida   ushbu   sohada   yillar   davomida   to planib	
ʼ ʻ
qolgan, e tibordan chetda  qolib kelgan  muammolar  yechimi  yuzasidan  tegishli	
ʼ
davlat   organlari   hamda   jamoat   tashkilotlari   oldiga   eng   muhim   va   dolzarb
vazifalar   qo yildi.   Mazkur   Farmonga   binoan,   Vazirlar   Mahkamasi   huzurida	
ʻ
“Oila”   ilmiy-amaliy   tadqiqot   markazi   oila   instituti   sohasida   yagona   davlat
siyosatini   yurituvchi   tizim   sifatida   tashkil   etildi.   Markazning   asosiy   vazifasi
davlat   va   jamoat   tashkilotlari,   parlament,   siyosiy   partiyalar,   ommaviy   axborot
vositalari   hamda   fuqarolik   jamiyatining   boshqa   institutlarini   O zbekiston	
ʻ
oilalarini   mustahkamlash   g oyasi   atrofida   birlashtirish,   bu   boradagi   ishlarni	
ʻ
muvofiqlashtirib   borish,   mamlakatda   faqat   sog lom   oila   -   sog lom   jamiyat	
ʻ ʻ
ustuni   bo la   olishini   aholi   ongiga   singdirish,   ilmiy-innovatsion   tadqiqotlarni	
ʻ
amalga   oshirish   orqali   oila   institutini   mustahkamlash   etib   belgilangani
mamlakatimizda   bu   borada   mutlaqo   yangi   bosqichdagi   sa y-harakatlar	
ʼ
boshlanganidan dalolat beradi.
O z   navbatida,   umuminsoniy   va   milliy   oilaviy   qadriyatlarni   tahlil   qilish	
ʻ
asosida zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat va
davlat   himoyasida”   konstitutsiyaviy   prinsipini   keng   targ ib   etish   va   jamiyatga	
ʻ
singdirish   masalalariga   kompleks   yondashish   faoliyatimizda   ustuvor   ahamiyat
kasb etmoqda.
Xususan,   oilani   mustahkamlash   va   rivojlantirish,   oilalarda   ma naviy-	
ʼ
axloqiy   muhitni   yaxshilash,   jamiyatda   eng   ibratli   oilaviy   an analarni   saqlab	
ʼ
qolish hamda targ ibot qilish masalalari bo yicha hududlarda qator fundamental,	
ʻ ʻ
amaliy   va   innovatsion   tadqiqotlar   olib   borilayotir.   Misol   uchun,   zamonaviy
27 muvaffaqiyatli   oila   mezonlari   qanday   bo lishi   kerak,   degan   mavzudaʻ
respublikamizning   turli   viloyatlarida   800   dan   ortiq   oilalarda   ijtimoiy   so rovlar	
ʻ
o tkazilib, yakuniy natijalar bo yicha zamonaviy oilaning modeli ishlab chiqildi.	
ʻ ʻ
Tadqiqot   o tkazilgan   oilalar   vakillarining   fikrlariga   ko ra,   oiladagi   sog lom   va	
ʻ ʻ ʻ
barqaror, osoyishta  psixologik muhit;  yuksak ma naviy-axloqiy tarbiya;  yetarli	
ʼ
darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar;  oila a zolarining ta lim  yo nalishida
ʼ ʼ ʻ
oliy   ma lumotlilik   darajasi;   sihat-salomatlikka   alohida   e tibor   qaratish	
ʼ ʼ
zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi.
Shu   o rinda   har   qancha   achchiq   bo lmasin,   ochiq   aytish   kerak,	
ʻ ʻ
tadqiqotlarimizning ko rsatishicha, keyingi paytlarda xalqimizga xos bo lmagan	
ʻ ʻ
ayrim   illatlar   -   oilaviy   ajrashishlar,   turli   nizoli   vaziyatlar,   ishsizlik,   oiladagi
nosog lom   muhit,   ma naviy   tushkunlik,   ehtiyojmandlik,   jinoyatga   qo l   urish	
ʻ ʼ ʻ
holatlari   kabi   omillar   notinch,   noqobil,   kemtik   oilalar   va   qator   ijtimoiy-
ma naviy   muammolarni   paydo   qilmoqda.   Ayniqsa,   ajrashishlar   sonining	
ʼ
kamaymayotgani   kishida   jiddiy   tashvish   uyg otadi.   Respublikamizning   uchta	
ʻ
viloyatida   olib   borgan   tadqiqotlarimizdan   ma lum   bo ldiki,   oilalar   barbod	
ʼ ʻ
bo lishiga quyidagi omillar asosiy sabab bo lmoqda:	
ʻ ʻ
Psixologik   omil   -   oiladagi   og ir   psixologik   muhit,   o zaro   tushunishning	
ʻ ʻ
yo qligi,   oiladagi   doimiy   nizolar,   ota-onalarning   yosh   er-xotin   hayotiga	
ʻ
aralashishlari, yosh er-xotinlarni begonalashtirib qo yish, bir-biriga befarqlik;	
ʻ
Ijtimoiy omil - ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotinning salomatligi
yaxshi emasligi;
Ma naviy-axloqiy   omil   -   er-xotindan   birining   uzoq   vaqt   davomidagi	
ʼ
nikohdan tashqari aloqalari;
Iqtisodiy   omil   -   turarjoy   sharoitlarining   qoniqarli   emasligi,   moddiy
yetishmovchilik,   ishsizlik,   erning   oilani   ta minlamasligi,   mehnat   migranti	
ʼ
sifatida   chet   elga   ketgan   er-xotindan   birining   oilasi   bilan   aloqasi   uzilgani,
qarzlarni uzolmaslik.
28 E tirof etish lozim, hozirgi kunga qadar 11800 dan ortiq nizoli oilalarningʼ
ishi   sudga   yetib   bormasdan,   FHDYO   organi   va   sudga   ajrashish   uchun   ariza
bergan   3100   dan   ziyod   oilalarni   esa   hamkor   tashkilotlar   bilan   birgalikda
yarashtirishga erishildi. Umuman, buzilib ketish arafasida turgan 14645 ta oila
saqlab qolindi.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz xulosalariga tayanib, ajrashishlarning oldini
olish,   oilalarni   mustahkamlashga   qaratilgan   qator   takliflar   ishlab   chiqdik.
Bizningcha,   eng   avvalo,   mahalla   fuqarolar   yig inlari   huzuridagi   Yarashtirish	
ʻ
komissiyalari   va   “Ota-onalar   universiteti”   tuzilmalari   uchun   malakali   kadrlar
tayyorlashni   yo lga   qo yish   zarur.   Oila   qurayotgan   fuqarolarni   tegishli	
ʻ ʻ
qonunchilik   asosida   er-xotinning   huquq   va   majburiyatlari,   xususan,   nikoh
shartnomasini   tuzish   tartiblari,   shart-sharoitlari,   oqibatlari   yuzasidan   huquqiy
savodxonligini   oshirish   lozim.   Bu   borada   keng   qamrovli   targ ibot   ishlarini	
ʻ
yuritish, tegishli uslubiy qo llanmalar yaratish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish	
ʻ
maqsadga   muvofiq.   Umumta lim   maktablaridan   tortib,   oliy   o quv   yurtlarining	
ʼ ʻ
dasturlarigacha   oila   saboqlarini   o rgatuvchi   dars   mashg ulotlarini   kiritish	
ʻ ʻ
foydadan xoli bo lmaydi.	
ʻ
Joylardagi   o rganishlarimiz   shuni   ko rsatmoqdaki,   bugun   oila   atalmish	
ʻ ʻ
muqaddas   dargoh   ostonasidan   xatlayotgan   ko pchilik   yoshlarimiz,   afsuski,	
ʻ
mustaqil  hayotga na iqtisodiy, na ma naviy, na huquqiy, na ruhiy va na diniy-	
ʼ
ma rifiy tomondan tayyor. Bu  muammoga  yechim  izlab Toshkent  viloyatining	
ʼ
Parkent   tumanida   FHDYO   organiga   nikohdan   o tishga   ariza   bergan   bo lg usi	
ʻ ʻ ʻ
kelin-kuyovlar   uchun   maxsus   o quv-kursi   tashkil   etib,   bir   oy   mobaynida	
ʻ
ularning   bilim   va   ko nikmalarini   oshirishga   harakat   qildik.   15   juftlikka   o z	
ʻ ʻ
kasbining mohir ustasi bo lgan mutaxassislar tomonidan interaktiv, innovatsion	
ʻ
usullarda mashg ulotlar o tildi. Parkent tumanida izchil davom ettirilayotgan bu	
ʻ ʻ
o quv-kursi   yoshlarga   nihoyatda   ma qul   kelgani   bois   ushbu   tajribani   butun	
ʻ ʼ
respublikamiz   bo ylab   ommalashtirmoqdamiz.   Yaqin   kunlar   ichida   esa	
ʻ
markazimizning   O zbekiston   yoshlar   ittifoqi   bilan   birgalikdagi   loyihasi   -
ʻ
29 Toshkent   shahrining   Shayxontohur   tumanida   “Bo lg usi   kelin-kuyovlarʻ ʻ
innovatsion maktabi” faoliyat boshlayapti.
Bundan tashqari, mutaxassislarimiz tomonidan Namangan viloyatida oila
masalalariga   yangicha   innovatsion   yondashuv   joriy   etilmoqda.   Buning   uchun
avval   oilaga   ko rsatiladigan   xizmatlar   To raqo rg on   tumanidagi   qator	
ʻ ʻ ʻ ʻ
muassasalar bilan hamkorlikda kompleks o rganib chiqildi. Oilalar bilan ishlash	
ʻ
bo yicha  treninglar   tashkil   etish  orqali   soha  mutaxassislariga   mukammal  bilim	
ʻ
va ko nikmalar berildi. O z navbatida, “Oila” markazining mutaxassislari davlat	
ʻ ʻ
hamda   nodavlat   tashkilotlariga   oilaga   xizmat   ko rsatishni   ta minlab   beruvchi	
ʻ ʼ
mutaxassis   sifatida   yaqinlashtirilmoqda.   Natijada   murakkab   sharoitda   qolgan,
muammoli   oilalar   davlat   xizmatidan   bahramand   bo lyapti.   Ayni   vaqtga   qadar	
ʻ
To raqo rg on   tumanidagi   oilalar   holati   to liq   ilmiy-amaliy   tahlil   qilinib,   84	
ʻ ʻ ʻ ʻ
tasini nochor holatdan chiqarish bo yicha har biri uchun alohida “Yo l xaritasi”	
ʻ ʻ
ishlab chiqildi va ushbu hujjatlar hayotga joriy etilayotir.
Markazimiz   bo yicha   10000   dan   ortiq   notinch   oilalar   aniqlanib,   barcha	
ʻ
hududiy bo linmalarimizda ma lumotlar bazasi  shakllantirildi hamda ular bilan	
ʻ ʼ
individual   ish   olib   borilyapti.   Shu   bilan   birga,   4343   ta   o ta   nochor   oilaning	
ʻ
asosiy   muammolarini   hal   etish   bo yicha   tumanlardagi   sektorlar,   hamkor	
ʻ
tashkilotlar   bilan   birgalikda   amaliy   yordam   berish   choralari   ishlab   chiqildi.
Oilaning   ichki   munosabatlari,   shaxslararo   munosabatlar,   boy   madaniy   tarixiy
meros   va   an anaviy   oilaviy   qadriyatlarni   saqlashda   muammolari   bo lgan   3819	
ʼ ʻ
ta   oila   bilan   to g ridan-to g ri   aloqa   yo lga   qo yildi.   1,5   milliondan   ortiq	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
namunali oilalar bo yicha ma lumotlar bazasi shakllantirildi.	
ʻ ʼ
Albatta,   oilalar   bilan   ishlashda   soha   mutaxassislaridan   yuqori   bilim
hamda   ko nikma,   o ziga   xos   tajriba   talab   etiladi.   Shuni   e tiborga   olib,	
ʻ ʻ ʼ
markazimizning   viloyat   boshqarmalari   qoshida   tashkil   qilingan   kadrlar
malakasini   oshirish   va   ularni   qayta   tayyorlash   bo yicha   maxsus   o quv-	
ʻ ʻ
kurslarida,   birinchi   navbatda,   markaz   hamda   hududiy   bo linmalari   xodimlari	
ʻ
uchun   o quv-kurslari   tashkil   etilib,   mashg ulotlarni   o taganlarga   maxsus	
ʻ ʻ ʻ
30 sertifikatlar   berildi.   Hozirgi   kunda   esa   butun   respublika   bo ylab   mahallaʻ
fuqarolar yig inlarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma naviy-axloqiy	
ʻ ʼ
qadriyatlarni   mustahkamlash   bo yicha   mutaxassislari   o quvlari   izchil   davom	
ʻ ʻ
ettirilmoqda.
Oila   instituti   sohasida   markazimiz   bir   qator   davlat   va   nodavlat,   xalqaro
tashkilotlar   bilan   ham   o zaro   hamkorlik   aloqalarini   mustahkamlamoqda.  	
ʻ Ayni
paytga   qadar   20   dan   ortiq   tashkilotlar   bilan   Memorandum   imzolanib,   faol
hamkorlik o rnatildi.	
ʻ
Shu   o rinda   alohida   ta kidlash   joiz,   joriy   yilning   27   iyun   kuni
ʻ ʼ
Prezidentimiz   qarori   bilan   O zbekiston   Respublikasida   oila   institutini	
ʻ
mustahkamlash   konsepsiyasi   va   uni   amalga   oshirish   bo yicha   “Yo l   xaritasi”	
ʻ ʻ
tasdiqlangani   ham   yurtimizda   oilalar   farovonligi   uchun   davlat   hamda   jamiyat
astoydil qayg urayotganining hayotiy ifodasi bo ldi.	
ʻ ʻ
Ushbu   Konsepsiyani   amalga   oshirishdan   ko zlangan   asosiy   maqsad	
ʻ
mamlakatimizdagi   har   bir   oilaning   huquq   va   manfaatlarini   to liq   ro yobga	
ʻ ʻ
chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar
muvozanatini   ta minlash,   oila   farovonligini   oshirish,   muxtasar   aytganda,   oila	
ʼ
institutini   har   tomonlama   qo llab-quvvatlagan   holda,   davlatimizning   izchil   va	
ʻ
barqaror   taraqqiyotiga   erishishdir.   Niyatimiz,   har   bir   oila   ma naviy   sog lom,	
ʼ ʻ
baxtli va xotirjam hayot kechirsin. Oila bag rida ulg ayayotgan farzandlar komil	
ʻ ʻ
inson   sifatida   voyaga   yetib,   davlatimizning   kuchiga   kuch,   qudratiga   qudrat
qo shaversin.   Zero,   oila   jamiyatning   asosiy   bo g ini   ekan,   uning   mustahkam	
ʻ ʻ ʻ
bo lishi,   farovonligi   davlatimiz   va   jamiyatimiz   ravnaqiga   xizmat   qilishi,
ʻ
shubhasizdir.
Har   qanday   bolaning   odob-axloqi   oiladan   boshlanadi.   Sog‘lom   axloqiy
muhit   hukmron   bo‘lgan,   munosabatlarda   ikkiyuzlamachilik,   yolg‘on,
insofsizlik,   yolg‘onchilikka   yo‘l   qo‘yilmaydigan   oilada   mehr-oqibat,   insof,
adolat,   rostgo‘ylik   tarbiyasi   bo‘lishi   mumkin.   Bolaning   axloqi   yolg'on
bo'lmagan, bir-biriga ishonch, uyda iliqlik va ezgulik bor joyda, siz boshingizga
31 tushgan baxtsizlik uchun sizni  ayblamaydigan, balki qo'llab-quvvatlagan joyda
mumkin.   Lekin   qo'llab-quvvatlash   haqiqat,   halol,   adolatli   bo'lishi   kerak.
Axloqiy tarbiyaning asosi - oilaning haqiqati va ob'ektivligi, bolada noto'g'ri ish
qilgani uchun qo'rquvning yo'qligi. Bola qo'rqmasligi kerak, balki uning yomon
ishidan uyalishi, u haqida qayg'urishi, azoblanishi va azoblanishi kerak, shunda
u hech qachon sodir bo'lmaydi. "Dunyodagi eng go'zal manzara bu siz unga yo'l
ko'rsatganingizdan   keyin   hayot   yo'lida   ishonch   bilan   ketayotgan   bolaning
ko'rinishidir."   Konfutsiy.   Bolalarning   ijtimoiy   va   axloqiy   tarbiyasi
muammosining   dolzarbligi   zamonaviy   rus   jamiyatining   chuqur   inqirozi   bilan
bog'liq.   Inqirozning   asosiy   sababi   ma'naviy   qadriyatlarga   e'tiborsizlikdir.
Ta'limning   maqsadi   Axloqiy   tarbiyaning   asosiy   maqsadi   zamonaviylik
talablariga muvofiq ichki qadriyatlar tizimini egallashdir. Bolaga nafaqat xatti-
harakatlar   qoidalarini   o'rgatish,   balki   ular   bilan   yashash   istagini   topishga
yordam   berish   muhimdir.   "Axloqning   shakllanishi   axloqiy   me'yorlar,   qoidalar
va   talablarni   bilim,   ko'nikma   va   odatlarga   insonning   xulq-atvori   va   odatlariga
aylantirish va ularga qat'iy rioya qilishdan boshqa narsa emas". 
I.F.Xarlamov Oilaning inson hayotidagi o'rni. Shaxsning ijtimoiy-axloqiy
asoslari   oilada   tug'iladi   va   rivojlanadi.   Voyaga   etgan   odam   butun   umri
davomida faqat bolaligida uning qalbida rivojlangan narsalarni kengaytiradi va
chuqurlashtiradi. Ota-ona farzandiga bera oladigan eng yaxshi meros bu yaxshi
tarbiya bo‘lib, u yer yuzidagi barcha boylik va ne’matlardan ham qadrliroqdir.
Oila   tarbiyasi   Oilada   bola   barcha   hayotiy   faoliyatga   -   intellektual,   kognitiv,
mehnat,   ijtimoiy,   o'yin,   ijodiy   va   boshqalarga   kiradi.   Oilaviy   ta'limning   o'ziga
xos   xususiyati   shundaki,   u   butun   insoniyat   hayoti   bilan   uzviy   ravishda
birlashadi. 9
O’tmishda   ajdodlarimiz   insonning   psixologik   qonuniyatlarini,   ta’lim
tarbiya     masalalarini   muayyan   ilmiy   yo’nalishda   o’rganmagan   bo’lsalar-da,
biroq   allomalarning   qo’lyozmalarida   mazkur   holatlarning   namoyon   bo’liish,
9
  https://minikar.ru/uz/love-and-relationship/duhovno-nravstvennoe-vospitanie-v-seme-i-shkole-prezentaciya/
32 inson   kamoloti   borasidagi   qimmatli   fikrlari   hozirgacha   yuksak   ahamiyat   kasb
etadi.
Jumladan,   Abu   Nasr   Forobiy   pedagogika   masalalarini   va   ular   bilan
bog’liq   bo’lgan   psixologik,   fiziologik   pedagogik   muammolarni   ijobiy   hal
etishda   insonni   har   tomonlama   yaxlit   va   o’zaro   uzviy   bog’liq   bo’lgan
qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni  bo’lishda  ilm-fanning rolini
hal   etuvchi   omil   deb   biladi,   uningcha   inson   tanasi,   miyasi,   sezgi   organlari
tugilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, manaviyligi, ruhi, intellektual  va ahloqiy
xislatlari, xarakteri, dini, urfodatlari, malumoti tashqi muhit, boshqa insonlar va
shu   kabilar   bilan   muloqotda   vujudga   keladi,   inson   o’z   faoliyati   yordamida
ularni egallaydi, ularga erishadi.
Uning   aqli,   fikri,   ruhiy   yuksalishyning   eng   etuk   mahsuli   bo’ladi,   deb
takidlaydi.   Abu   Rayhon   Beruniy   talim   va   tarbiyaning   maqsadi,   vazifalari   va
mavqei,   inson,   yosh   avlodning   rivojlanishi   haqidagi   fikrlar   chin   manoda
insonparvarlik   va   insonshunoslik   zamirida   yaratilgan.   Bilim   va   tarbiyaning
tabiatga   uyg’unlik   tamoyillarini   mutafakkirning   barcha   asarlarida   kuzatish
mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb takidlaydi.
Beruniy talim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh
xususiyatlarini   hisobga   olish   asosida   qurilgan   o’qitish   tabiatga   uygunligini
uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, talim-tarbiyasi,
kamoloti bosh masala bo’lgan.
O’rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu
Ali   ibn   Sino   inson   ruhiyati,   tana   va   qalbning   birligi,   inson   organizmining
tuzilishi,   undagi   nerv   faoliyati   va   ularning   tarmoqlanishi,   holatlari   haqidagi
qimmatli malumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.
Yusuf   Xos   Xojib   ijodining   bosh   masalalaridan   biri   –   komil   insonni
tarbiyalashdir.   Adib   o’z   asarlarida   eng   komil,   jamiyatning   o’sha   davrdagi
talablariga   javob   bera   oladigan   insonni   qanday   tasavvur   qilgan   bo’lsa,   shu
asosda   u   o’z   tamoyillarini   izchil   bayon   etadi.   “Qutadg’u   bilig”   (“Saodatga
33 yo’llovchi”)   asari   talim   va   tarbiya,   manaviy   kamolotning   yo’l-yuriqlarini,
usullarini,   chora   tadbirlarini   o’zida   mujassamlashtirgan,   ahloq   va   odobga   doir
manaviy manbadir.
Abdurahmon   Jomiyning   “Bahoriston”,   “Xirandnomai   Iskandari”,
“Tuhfatul   ahror”   va   boshqa   asarlarida   ilm-marifat.   talim-tarbiya,   kasb-   hunar
o’rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan.
Alisher   Navoiyning   “Xazoyinul   maoniy”,   “Mahbubul   qulub”   va   boshqa
shu  singari  asarlarida   etuk,  barkamol  insonning   ahloqi,  manaviyati,  o’zgalarga
munosabati,   istedodi   va   qobiliyati   to’g’risida   qimmatli   mulohazalar   yuritilgan.
Ana   shu   psixologik   mezonlar   ijtimoiy   adolatning   qaror   topishi   uchun   muhim
ahamiyatga ega ekani takidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni
barkamol   inson   sifatida   shakllanishida   ota-onaning   roli,   ayollarning   iffatliligi,
kishilarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohazalari alohida o’rin egallaydi.
Navoiy   “Xamsa”sining   har   bir   dostonida   bukilmas   iroda,   qatiyatlilik,
itoat,   insonparvarlik   tuyg’ulari,   ijodiy   xayolot,   insonning   murakkab   ichki
kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek, bu borada Mashmud Qoshgariy,
Ulugbek,   Naqshbandiy,   Ogahiy   singari   buyuk   harq   mutafakkirlarining   yoshlar
tarbiyasiga, o’qituvchi, tarbiyachining jamiyatdagi o’rni, ahloq-odob, fel-atvor,
oilaviy   hayot,   kishilararo   munosabatlarga   doir   qarashlari   ularning   asarlarida
ravon va ixcham bayon etilganligini takidlash mumkin.
Sharq   mutafakkirlari   (Forobiy,   Beruniy,   Ibn   Sino,   Jomiy,   Davoniy,
Navoiy, Avloniy va boshqalar.) barkamol shahs tarbiyasi haqida.
Pedagog   olimlarning   Sharq   mutafakkirlari   ijodida   ta’lim-tarbiya,   shahs
ma’naviy   kamoloti   masalalariga   bao’ishlangan   ilmiy   tadqiqotlari   pedagogika
fanining rivojida muhim o’rni bor.
Lekin   ular   allomalar   merosida   olg’a   surilgan   ta’lim-tarbiya   masalalarini
yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar. Aslida esa
Markaziy   Osiyo   allomalarining   ta’lim-tarbiyaga   oid   qarashlarida   ma’naviy
34 qadriyatlarga   bo’lgan   e’tibor   asosiy   o’rinda   turadiki,   bu   bevosita   inson
kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir.
Sharq   Renessansi   deb   nomlangan   IX-XV   asr   Markaziy   Osiyo   ma’naviy
madaniyatining   eng   yuksaklikka   ko’tarilgan,   boy   davri   bo’lib,   bu   davrda
ilmfanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi
bilan   egallanadi,   ikkinchisi)   bu   fanlar   inson   tomonidan   (boshqa)   kishilardan
taqlid   qilib   o’rganiladi,   ular   asosida   shariat   qonunlari   yotadi.   Bu   fanlarning
asosini   Qur’onda   va   Sunnada   bo’lgan   Alloh   va   uning   elchisining   oldindan
belgilab bergan yo’lyo’riqlari tashkil etadi.
Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish
markazi   “Ma’mun   akademiyasi”   (IX   asr,   Bao’dod,”Baytul   hikma”)   tashkil
etildi.   Akademiya   ilmiy   ijodkorlari   faoliyatida”   Yaqin   va   O’rta   Sharq   halqlari
moddiy va ma’naviy madaniyatining qo’shilishi asosida hozirgi Markaziy Osiyo
madaniyatining   mahsus   bir-biridan   ajratilmagan   ko’p   qirrali   qorishiq   turi
vujudga keldi[1]. Bunday ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning maydonga kelishida
vatandoshlarimiz   Muhammad   ibn   Muso   al-Horazmiy   (780-850),   Ahmad
alFaro’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al – Marvaziy (IX asr), Abu Nasr
Forobiy   (870-950),   Abu   Ali   Ibn   Sino   (980-1037),   Abu   Rayhon   Beruniy   (975-
1050) va boshqalarning hizmatlari katta bo’lgan.
Demak,   bu   davr   o’zining   har   tomonlama   yuksakligi,   yaratgan   boy
madaniy   merosi,   milliy   qadriyatlari,   jahonga   mashhur   allomalarning   etishib
chiqqanligi   bilan   qimmatlidir.   Sharq   mutafakkirlarining   ma’naviy   madaniyat
sohasiga   qo’shgan   ulushlari   nihoyatda   boy   bo’lib,   mazmunan   qadriyatlarning
barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan harakterlidir. Ular:
- aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langan qadriyatlar;
- ma’naviy-ruhiy qadriyatlar;
- ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;
- badiiy-nafis qadriyatlar;
- diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan.
35 Inson   axloqi   aqlga,   hulq   va   hatti-harakati   esa   ilm-fanni   o’rganishga   va
ma’rifatga   asoslangandagina   ma’naviy   kamolotga   erishadi.   Mutafakkir
allomalarning   fikricha,   insonparvarlik   g’oyalarining   amalga   oshishi,   ma’naviy
barkamollikka   erishuv   chuqur   bilim   olish   va   ma’rifatli   bo’lishga   boo’liq.
Shuning   uchun   ham   ular   ilmlilikni   umuminsoniy   qadriyat   darajasida
uluo’laydilar, jamiyatning barcha a’zolarini ilm egallashga chaqiradilar, ilmning
inson ma’naviy hayotda tutgan o’rnini yuqori baholaydilar.
Forobiy   pedagogik   qarashlarini,   ta’lim-tarbiya   haqidagi   ta’limotini
o’rganishda   inson   hislatlari   to’g’risidagi   falsafiy   fikrlari   nihoyat   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Forobiy   o’zining   falsafiy   qarashlarida   odamning
tuzilishini,   ruhiyatini,   moddiy   va   ma’naviy   olamini   o’rganishga   ahamiyat
beradi.
Forobiy   ta’limotiga,   inson   barcha   boshqa   jismlarda   bo’lmagan   qobiliyat
va   kuchga-ruhiy   quvvatga-aql   va   so’zlash   qobiliyatiga   ega,   bu   kuch   uni
tabiatdagi   boshqa   jismlardan   ajratib   turadi   va   uning   ustidan   hokim   bo’lish
imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi.
Forobiy   bu   dunyoqarashida   narsa   hodisalarni   bilish,   inson   aqlini   bilim
bilan   boyitish   uni   ilmli,   ma’rifatli   qilish   uchun   hizmat   qiluvchi   ruhiy
jarayonlarga alohida e’tibor beradi.
Forobiy   o’zining   “Baht-saodatga   erishuv   haqida”,   “Fanlarning   tasnifi”,
“Falsafani   o’rganishdan   oldin   nimani   bilish   kerakligi   to’g’risida”,   “Ilmlar   va
san’atlar   fazilati”   kabi   ko’plab   risolalarida   insonning   ma’naviy   rivojlanishi
ilmma’rifatga boo’liqligini ta’kidlaydi.
Abu   Rayhon   Beruniy   bilim   umuminsoniy   qadriyatlarni   o’rganishning
kaliti   ekanligini   alohida   ta’kidlaydi.   Ilm-ma’rifatli   odam   jamiyat   taqdiri,
insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. “Ilmning
foydasi   ochko’zlik   bilan   oltin-kumush   to’plash   uchun   bo’lmay,   balki   u   orqali
inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir”.
36 Umuman,   Abu   Rayhon   Beruniy   ilm-fanning   buyuk   homiysi   va   muhlisi
sifatida   mamlakatning   obodonchiligi   ilm-fanning   gullashida,   odamning   bahti
esa uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida u ta’lim-tarbiyaga
doir   she’r   va   hikmatlardan   misollar   keltirib,   ular   orqali   har   bir   inson   o’z
qalbining   farmoyishiga   ko’ra   hayr-ezgulikka   intilishi,   sun’iy   obro’,   shuhrat
qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidlaydi.
Yusuf   Hos   Hojibning   “Qutadg’u   bilig”   asarida   aqliy,   ahloqiy,   mehnat,
jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
U   insonni   uluo’laydi.   Uning   fikricha,   insonning   ulug’ligi   aql-idroki,   so’zlash
qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir.
37 2.2. Oila instituti va uni mustahkamlashning huquqiy jihatlari. 
Oilani     mustahkamlash,     ota-onalar     vabolalarning     huquqini     himoya
qilishga      jahondagi      nufuzli  tashkilotlar   ham   katta hissa   qo’shdi.  Mustaqillik
sharofati   bilan   yurtimizda   inson   manfaatlari,   oila,   onalik   va   bolalikni   ijtimoiy
muhofaza qilish xalqaro huquq normalariga binoan amalga oshirildi. Jumladan,
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   “Inson   huquqlari   umumjahon
deklaratsiyasi”   (1948-yil),   “Xotin-qizlar     huquqlari   kamsitilishining   barcha
shakllariga   barham   berish   to’g’risida   konvensiya”(1979   18-dekabr)   va   boshqa
qator hujjatlarning  parlamentizm tomonidan  ratifikasiya  qilinishi  mustaqillik
yillarida     oila,     onalik     va     bolalik   manfaatlarini     xalqaro     huquq     normalari
asosida himoya   etish   sohasidagi   ijobiy   qadamdir.   Mamlakatimizda oilaviy-
huquqiy     munosabatlar     O’zbekiston     Respublikasining     Konstitutsiyasi,   Oila
kodeksi,       Prezident   farmonlari   va   farmoyishlari,   Vazirlar   Mahkamasining
qarorlari   va   farmoyishlari,   vazirliklar   va   idoralarning   me’yoriy     hujjatlari,
xalqaro     huquqiy     normalar,     Fuqarolik     holatlarini     qayd     etish     tartibi
to’g’risidagi   Yo’riqnoma,   Fuqarolik   holati   dalolatnomalarini   qayd   etish
Qoidalari,   O’zbekiston   Respublikasida   vasiylik   va     homiylik     to’g’risida
Nizom,     Voyaga     yetmagan     bolalarni     farzandlikka     va     tarbiyaga     olish
to’g’risida   Nizom,     Voyaga     yetmaganlar     ishlari     bo’yicha     komissiyalar
faoliyatini     takomillashtirish     haqidagi     qaror,   shuningdek,   O’zbekiston
Respublikasi   Oliy   sudi   Plenumining   oila   huquqi   masalalariga     qaratilgan
dasturiy ko’rgazmalari bilan tartibga solindi. 
Birinchi   Prezidentimiz     Islom     Karimov     tashabbusi     bilan     2012-yilga
mamlakatimizda   “Mustahkam   oila   yili”,   deb   nom   berilishi   oila   mustahkamligi
masalasiga   umumdavlat   miqyosida   e’tibor   qaratilayotgani,uning   ijtimoiy-
38 iqtisodiy  va  madaniy-ma’naviy vazifalar tizimidagi o’rni va ulkan ahamiyatini
yaqqol   ko’rsatib   berdi.Oilaning     jamiyat   hayoti   va   taraqqiyotidagi   ahamiyati
xususida to’xtalib, atoqli olim va adib Abdurauf Fitrat bunday degan edi: “Har
bir  oilaning  saodati   va  izzati,albatta,shu  xalqning  ichki  intizomi   va  totuvligiga
bog’liq.   Tinchlik   va   totuvlik   esa   shu   millat   oilalarining   intizomiga   tayanadi,
oilada  tartib  bo’lsa,mamlakat   va  millat   ham   shuncha   kuchli   va  tartibli  bo’ladi.
Agarda   bir   mamlakatning   aholisi   axloqsiz   va   johillik   bilan   oilaviy
munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo’l qo’ysa, shunda bu
millatning   saodati   va   hayoti   shubha   ostida   qoladi”.   Milliy       qonunchiligimiz
oilani   mustahkamlash,   oilaviy   munosabatlarni   huquqiy   asosda   qurishga
ko’maklashdi   va   ushbu   sohadagi   asosiy   huquqiy   hujjat   1998-yil     30-aprelda
qabul  qilingan  Oila  Kodeksi hisoblanadi.  Mamalakatimizda  oilani  ijtimoiy –
iqtisodiy,     huquqiy     jihatdan     qo’llab     quvvatlash     borasida   izchil   amalga
oshirilayotgan   ishlar   samarasida   ushbu   qoida   hayotimizda   o’zining   yorqin
ifodasini   topdi.   Oila   Kodeksini     oilada     tinchlik,     totuvlik     va     osoyishtalikni
ta’minlashga xizmat qiladigan huquqiy hujjat desak xato bo’lmaydi. Chunonchi
bu kodeks oilaviy huquqiy munosabatlarni tartibga solib, oila a’zolari (ya’ni, er
–xotinlar,       ota-onalar,     bolalar,     shuningdek,     oilaning     boshqa     a’zolari)
o’rtasidagi     shaxsiy     vamulkiy   munosabatlarni     tartibga     soluvchi     va
mustahkamlovchi     qonun     hujjati.     Huquqning     alohida     tarmog’i   hisoblangan
oila huquqining maxsus manbaidir. E’tiborlisi, Oila Kodeksi  mamalakatimizda
“Oila   yili”   deb   e’lon   qilingan   yilda   qabul   qilingan.   Kodeks   8   bo’lim,   30   bob,
238   moddadan   iborat.   Amaldagi   Oila   Kodeksi   bir     qator     huquqiy
munosabatlarni     yangicha     hal     etgan.     Chunonchi,     milliy     negizlarga
asoslanganligi     (quad-andachilik,     qarindosh   –urug’chilik,     bobo-buvilar     va
nabiralar     o’rtasidagi     munosabatlarning     yangicha   talqini),       umuminsoniy
qadriyatlar   aks   etganligi   (nikoh shartnomasining   kiritilishi,   nikohlanuvchi
shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi) kabi hollar shular jumlasidandir.Oila
huquqining   asosiy   manbai   O’zbekiston  Respublikasining   Konstitutsiyasidir.
39 U   XII   chaqiriq   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining     XI   sessiyasida
1992-yil   8-dekabrda   qabul   qilingan.   O’zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining III bo’lim, XIV bobi “Oila” deb nomlanib, 63-66-moddalar
oilaviy-huquqiy   munosabatlarni   tartibga   solishga   qaratilgan   qoidalardir.
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  oila  jamiyatning  asosiy  bo’g’ini
ekani     hamda     uning   jamiyat     va     davlat     muhofazasida     bo’lish     huquqiga
egaligi     mustahkamlab     qo’yilgan.   (O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi
63-modda).   Konstitutsiyamizning   alohida   bir   bobi   oilaga   bag’ishlanib,   uning
ijtimoiy   maqomi   aniq   ravshan   belgilab   qo’yilgani   dunyo   davlatlarining   bosh
qonunlarida   uchraydigan   kamyob   voqelikdir.   Shu   bilan   birga   oilaning   davlat
tomonidan   himoya   qilinishi  O’zbekiston  Respublikasining  Oila,  Fuqarolik,
Uy-joy,      Mehnat  Kodekslarida,     “Aholini     ish    bilan    ta’minlash    to’g’risida”
gi,     “Xotin-qizlarga     qo’shimcha     imtiyozlar   to’g’risida”     gi     qator     qonunlar
bilan     tartibga     solinmoqda.Bu     boradagi     huquqiy     mexanizmlarniyanada
takomillashtirish,       mavjud       qonunchilikni   bugungi     shiddatkor     zamon
talablariga     uyg’unlashtirish,     oila   institutini   mustahkamlash   borasida   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Prezidentimiz   Shavkat   Miromonovich   Mirziyoyevning
2018-yil   2-fevraldagi   “Xotin-qizlarni   qo’llab-quvvatlash     va     oila     institutini
mustahkamlash     sohasidagi     faoliyatni     tubdan     takomillashtirish     chora-
tadbirlari   to’g’risida”   gi   farmoniga   asosan   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi
“Oila”   ilmiy-amaliy     tadqiqot     markazi     va   hududiy   boshqarmalari,   tuman,
shaxar   bo’limlari   tashkil   etildi.   Bu   oilalar   huquqlari   buzilganda   markazga
murojaat     qilish     imkoniyatini     yaratdi.     Bugunga     qadar   “Oila”   ilmiy-amaliy
tadqiqot     markazining     hududiy   boshqarmalari,   tuman   va   shahar   bo’limlari
tomonidan oilaviy muammolar, ish  bilan  ta’minlash,  moddiy yordam, huquqiy
maslahat   va   tibbiy   yordam   ko’rsatish   yuzasidan   qilingan   murojaatlar   bo’yicha
fuqarolarga   tegishli   ko’mak   berildi.   Shu     bilan     bir     qatorda     oila
mustahkamligiga     erishish,     erta     nikohning     oldini     olish   borasida     “Oila”
ilmiy-amaliy     tadqiqot     markazi     bilan     O’zbekiston     Xotin-qizlar     qo’mitasi,
40 O’zbekiston  “Mahalla”  hayriya jamoat  fondi, “Nuroniy”  jamg’armasi, Yoshlar
ittifoqi,   O’zbekiston   musulmonlari   idorasi   vakillari,   tibbiyot   birlashmalari
hamda   ta’lim   muassasalari   tomonidan   hamkorlik   tizimli   yo’lga   qo’yilgan.
Xususan,Respublikamizda  barcha  oilaviy  poliklinikalar  va  qishloq  vrachlik
punktlarida     xotin-qizlar     uchun   ayollar   maslahatxonalari   tashkil   etilgan.
Mamlakatimizda   oila   institutini   mustahkamlash   borasida   mutlaqo   yangicha
tizim   ishlab   chiqildi,   keng   ko’lamli     chora-tadbirlar     amalga     oshirildi.
Prezidentimiz  2018-yil  27-iyun  kuni  imzolagan  “O’zbekiston Respublikasida
oila   institutini   mustahkamlash   Konsepsiyasini   tasdiqlash   to’g’risida”gi
qarorining   maqsad   va   vazifalariga     ko’ra,     mamlakatimizda     oilalar
mustahkamligi     yo’lida     keng     ko’lamli     islohotlar     amalga   oshirilishini
ta’minlashga qaratilgan. Mazkur konsepsiyani  amalga oshirish bo’yicha chora-
tadbirlar   belgilangan   bo’lib,   unda   oila   institutini   mustahkamlashning
institutsional     va     huquqiy     asoslarini     takomillashtirish,     ijtimoiy     sheriklikni
kuchaytirish,   qiyin hayotiy sharoitga ega oilalar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z
vaqtida   olish   maqsadida   “Oila”   ilmiy-amaliy     tadqiqot     markazining     yagona
idoralararo   axborot   bazasini    yaratish   ko’zda   tutilgan.   Shuningdek, oilaviy
biznesni,     oilalarga     ijtimoiy     xizmatlar     ko’rsatish     tizimini     yanada
rivojlantirish,   Oila   kodeksining oiladagi   huquqiy   munosabatlar   mezonlarini
aniqlash,     alimentlarni     belgilash,     ajrashish     vaqtida     ayollar     va   bolalar
huquqlarini  himoya  qilishga  oid  normalarini  yanada  takomillashtirish,  ko’p
bolali   va   muhtoj oilalarga   imtiyozli   kreditlar   berish   va   yer   maydonlarini
taqdim  etish  ham  nazardan  chetda  qolmagan.Konsepsiyada  nikohdan  oldin
tibbiyko’rikdan     o’tish     tizimini     takomillashtirish,     erta     turmush     qurish     va
qarindoshlar    o’rtasidagi    nikohning,   tug’ma   nuqsonli    bolalar    tug’ilishining
oldini     olish     bo’yicha     chora-tadbirlarni       kuchaytirish       masalasiga       ham
ahamiyat      berilgan.      Hujjatda      ijtimoiy      himoyaga     ham     e’tibor   qaratilgan
bo’lib,  voyaga  yetmagan yoki   nogironligi   bo’lgan  farzandlarni  tarbiyalayotgan
yolg’iz va ko’p bolali ota-onalarga yer uchastkalaridan samarali foydalanishida
41 ko’maklashish,   ota-onalar   uchun   nogironligi   bo’lgan   farzandlarni   to’g’ri
parvarishlash   va   tarbiyalash   bo’yicha   metodik   hamda   amaliy   qo’llanmalarni
ishlab     chiqish,     patronaj     va     ijtimoiy     xizmatlar     yordamida     ularning
ko’nikmalarini  oshirish  va  boshqalar nazarda  tutilgan.  Shuningdek  oilalarda
ichki  oilaviy  va  shaxsiy  munosabatlarni,xususan,ota-ona  va farzandlar, er va
xotin, qaynona  va  kelin o’rtasidagi  munosabatlarni  yaxshilash,   oilada mojaroli
va   og’ir   turmush   sharoitlarini   amaliy   hal   qilish   mexanizmlarini   joriy   etish
ko’zda   tutilgan.Oila     huquqi     mohiyatini     ochib     berishda   faqat   uning
tushunchasi,   predmetini   o’ziga     xos     xususiyati   va   shu   bilan   birga   uning   eng
muhim   tamoyillarini   ham   inobatga   olish   lozim,   chunki   uning   tamoyillari   bu
huquq sohasining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. 10
Mamlakatimizda   voyaga   yetmaganlarning   huquq   va   erkinliklarini
himoya   qilish   hamda   qonuniy   manfaatlarini   ta minlash   davlat   siyosatiʼ
darajasiga ko‘tarildi.
Xususan,   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   45-moddasida
“Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari
davlat himoyasida” ekanligi hamda 64-moddasida “Ota-onalar o‘z farzandlarini
voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburiyligi” mustahkamlab
qo‘yilgan.
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib 1992 yili “Bola
huquqlari   to‘g‘risida”gi   Konvensiyani   ratifikatsiya   qildi.   Milliy
qonunchiligimizni konvensiya qoidalariga implementatsiya qilish asnosida 2008
yil   7   yanvarda   “Bola   huquqlarining   kafolatlari   to‘g‘risida”gi   Qonun   qabul
qilindi.
Ayniqsa, so‘ngi yillarda mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquq
va erkinliklarini ta minlash bilan bog‘liq islohotlar natijasi halqaro hamjamiyat	
ʼ
tomonidan ham munosib baholanmoqda.
10
 https://conferencepublication.com/index.php/aoc/article/view/433/494
42 Xususan,   Xalqaro   Mehnat   tashkilotining   O‘zbekiston   Respublikasida
amalga   oshirgan   monitoring   natijasida   hamda   dunyo   hamjamiyati   vakillari
bolalar   mehnati   va   majburiy   mehnatga   barham   berish   bo‘yicha   O‘zbekistonda
ijobiy   ishlar   qilinganini   e tirof   etdi.   2019   yilning   1   aprelida   Bryussel   shahridaʼ
e lon   qilingan   Xalqaro   mehnat   tashkilotining   hisobotida   Jahon   banki	
ʼ
O‘zbekiston   paxta   sanoatida   bolalar   va   majburiy   mehnatdan   tizimli
foydalanishga barham berilgani e lon qilindi.	
ʼ
O‘zbekiston  Respublikasi   Prezidenti  Sh.Mirziyoyev  Birlashgan  Millatlar
Tashkiloti   Bosh   assambleyasining   75-sessiyasida   o‘zbek   tilida   nutq   so‘zlab
unda   inson   huquqlari   sohasidagi   holat   ham   butunlay   o‘zgarganligi   hamda
majburiy va bolalar mehnati to‘liq tugatilganligi ma lum qilindi.	
ʼ
BMTning   Bola   huquqlari   to‘g‘risidagi   konvensiyasi   talablariga   rioya
etilishini   ta minlash   maqsadida   2019   yilning   22   aprel   kuni   O‘zbekiston	
ʼ
Respublikasi   Prezidentining   “Bola   huquqlari   kafolatlarini   yana-da
kuchaytirishga   oid   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   4296-sonli   qarori
qabul   qilindi.   Mazkur   qarorga   muvofiq   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlisining   Inson   huquqlari   bo‘yicha   vakili   (ombudsman)   o‘rinbosari   —   Bola
huquqlari   bo‘yicha   vakil   lavozimi   joriy   etildi   va   Kotibiyat   tuzilmasida   bola
huquqlarini ta minlash faoliyatiga ko‘maklashuvchi yangi sektor tuzildi.
ʼ
Bugungi   kunda   mamlkatimizda   voyaga   yetmaganlarning   huquq   va
erkinliklarini himoya qilishda Bola huquqlari bo‘yicha vakili o‘zining munosib
hissasini   qo‘shib   kelmoqda.   Joriy   yilning   6   oyi   davomida   Bola   huquqlari
bo‘yicha vakil tomonidan bola huquqlarini ta minlash yuzasidan Qashqadaryo,	
ʼ
Toshkent,   Andijon,   Jizzax,   Sirdaryo,   Farg‘ona,   Namangan   viloyatlari   va
Toshkent   shahrida   joylashgan   muassasalarida   30   dan   ortiq   monitoringlar
o‘tkazildi.
Xususan,   Bola   huquqlari   bo‘yicha   Vakil   tomonidan   respublikamizdagi
ixtisoslashtirilgan   o‘quv-tarbiya   muassasalarida,   jumladan   “Maxsus   yengil
sanoat   kasb-hunar   koleji”,   “Respublika   qiz   bolalar   o‘quv-tarbiya   muassasasi”
43 hamda   “Respublika   o‘g‘il   bolalar   o‘quv-tarbiya   muassasa”larida   monitoring
amalga oshirildi.
Monitoring   doirasida   ushbu   muassasalardagi   voyaga   yetmaganlar   bilan
uchrashuvlar   o‘tkazildi.   Uchrashuv   jarayonida   muassasalarga   joylashtirish
sabablari,   u   yerdagi   sharoitlar   va   ular   bilan   muomalada   bo‘lish,   tibbiy   xizmat
ko‘rsatish,   ovqatlantirish,   mehnat,   tarbiyaviy   va   ma naviy-ma rifiy   ishlarniʼ ʼ
tashkil etish samaradorligi o‘rganildi.
Monitoring   natijalari   tahlili   ixtisoslashtirilgan   o‘quv-tarbiya
muassasalarida   voyaga   yetmaganlar   huquqlari   va   erkinliklarini   himoya   qilish
samaradorligiga   ta sir   ko‘rsatadigan   bir   qator   masalalarni   aniqlash   imkonini	
ʼ
berdi. Jumladan:
-   voyaga   yetmaganlarni   ixtisoslashtirilgan   o‘quv-tarbiya   muassasalariga
joylashtirishda   oiladagi   ijtimoiy   muhitning   yomonligi,   ota-ona   yoki   ota-ona
o‘rnini   bosuvchi   shaxslarning   farzand   tarbiyasiga   be etibor   bo‘lishi   sabab	
ʼ
bo‘layotganligi;
Vaholanki, BMTning voyaga yetmaganlar orasida jinoyatning oldini olish
uchun   boshqaruv   prinsiplarining   (Ar-Riyod   boshqaruv   prinsiplari)   12-bandida
oila   bolalarni   jamiyatdagi   hayotga   tayyorlash   uchun   mas ul   bo‘lgan   asosiy	
ʼ
birlik   bo‘lgani   uchun,   hukumat   va   jamoat   institutlari   oilaning,   butunligini
saqlashga harakat qilishlari kerakligi, jamiyat oilalarga bolalarni parvarish qilish
va himoya qilish, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilashda yordam
berishga   majburligi,   bolalar   uchun   kunduzgi   parvarishlashni   o‘z   ichiga   olgan
holda, yetarli darajada choralar ko‘rish kerakligi ta kidlangan.	
ʼ
-   voyaga   yetmagan   tomonidan   huquqbuzarlik   sodir   etilmagan   bo‘lsada,
uning   yaqin   qarindoshlarining   murojaatiga   asosan   maxsus   turdagi   o‘quv
muassasasiga voyaga yetguniga qadar joylashtirilayotganligi;
Ar-Riyod   boshqaruv   prinsiplarining   46-bandida   voyaga   yetmaganlarni
ta lim va axloq tuzatish muassasalariga joylashtirish eng so‘nggi chora sifatida	
ʼ
44 va   eng   kam   zarur   muddat   davomida,   ularning   eng   ustun   manfaatlari   bo‘yicha
belgilanishi lozimligi ta kidlangan.ʼ
-   voyaga   yetmaganni   ijtimoiy-huquqiy   yordam   ko‘rsatish   markaziga
joylashtirish to‘g‘risida materiallarni tayyorlash hamda sudlar tomonidan ko‘rib
chiqilishida ba zi hollarda qonunda belgilangan talablarga amal qilinmaganligi.	
ʼ
Xususan,   O‘zbekiston   Respublikasining   “Voyaga   yetmaganlar   o‘rtasida
nazoratsizlik   va   huquqbuzarliklarning   profilaktikasi   to‘g‘risida”gi   Qonunning
26-moddasida   “O‘ziga  nisbatan  ijtimoiy-huquqiy  yordam   ko‘rsatish   markaziga
joylashtirish   to‘g‘risidagi   iltimosnoma   ko‘rib   chiqilayotganda   voyaga
yetmagan,   prokuror,   vasiylik   va   homiylik   organining,   ichki   ishlar   organining
vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart” ekanligi belgilangan bo‘lsada ba zi	
ʼ
hollarda sud ishida voyaga yetmagan yoki mas ul  idora xodimlarining ishtirok	
ʼ
etmaganligi;
Bola   huquqlari   bo‘yicha   Vakil   tomonidan   olib   borilgan   monitoring
natijalarini umumlashtirish hamda kelib tushgan murojaatlarning tahlili voyaga
yetmaganlarning   huquq   va   erkinliklarini   himoya   qilishga   qaratilgan   normativ
huquqiy   hujjatlarni   yana-da   takomillashtirish   bo‘yicha   takliflar   ishlab   chiqish
imkonini berdi:
-   mehr-shafqat   va   insonparvarlik   tamoyillariga   asoslanib   sodir   etgan
qilmishining   ahamiyatini   to‘la   ravishda   anglab   yetgan   voyaga   yetmaganlarni
ijtimoiy-huquqiy   yordam   ko‘rsatish   markazidan   muddatidan   oldin   ozod   etish
talablarini belgilash;
-  voyaga  yetmaganlar  ishlari   bo‘yicha  idoralararo  komissiyalar   tarkibiga
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Inson   huquqlari   bo‘yicha   Vakili
(Ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha Vakil va uning joylardagi
mintaqaviy vakillarini ham kiritib o‘tish maqsadga muvofiq. 11
Amaldagi   qonunchilik   tamoyillari   va   me’yorlariga   ko‘ra,   ota-onalar
farzandlarining   nafaqat   ma’naviy,   jismoniy   va   intellektual   rivojlanishini
11
 http://www.ombudsman.uz/oz/docs/voyaga-yetmaganlarning-huquq-va-erkinliklarini-taminlash-
samaradorligini-oshirish
45 ta’minlash,   balki   ularni   moddiy   jihatdan   qo‘llab-quvvatlash   uchun   ham
tarbiyalash va qo‘llab-quvvatlash vazifasi hisoblanadi. Bola 18 yoshga to'lgunga
qadar uni saqlash uchun barcha xarajatlar ota-onalar tomonidan qoplanadi. Ota-
onalarning   bolalarni   tarbiyalash   va   boqish   bo'yicha   konstitutsiyaviy
majburiyatlari   Bolani   barcha   zarur   narsalar   bilan   moddiy   ta'minlash   ota-
onalarning   bolalarni   tarbiyalash   va   saqlash   uchun   asosiy   mas'uliyatidir.   Bu
norma   mamlakatimizning   asosiy   qonun   hujjatlarida   ham   o‘z   ifodasini   topgan.
Xususan,   RF   IKning   80-moddasiga   muvofiq,   ota-onalarning   bolalarni
tarbiyalash   va   qo'llab-quvvatlash   majburiyatlari   an'anaviy   hisoblanadi   va
shuning   uchun   davlat   ushbu   majburiyatning   afzalligini   qayd   etadi.   Bu
majburiyat shuni anglatadiki, bola 18 yoshga to'lgunga qadar va rasmiy ravishda
voyaga etgunga qadar uning ota-onasi uning ovqatlanish, dam olish, davolanish,
ko'ngilochar va kiyim-kechak ehtiyojlarini qondirishi shart. Shu bilan birga, bu
majburiyat   ixtiyoriydir,   ya'ni   hech   kim   ota-onalarga   bosim   va   majburlash
qilmaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, bolani parvarish qilish tartibi va shakli ota-
onalarning o'zlari tomonidan belgilanadi. Masalan, ular o'rtasida bolani moddiy
ta'minlash   to'g'risida   shartnoma   tuzilishi   mumkin,   unda   unga   barcha   asosiy
ehtiyojlarni   ta'minlash   uchun   ajratiladigan   aniq   miqdorlar   ko'rsatilgan.   Oila
huquqidan tashqari, bolalarni ta'minlash majburiyati ham Rossiya Federatsiyasi
Konstitutsiyasida   mustahkamlangan.   38-moddaning   2-qismida   to'g'ridan-to'g'ri
ota-onalar   o'z   farzandlariga   g'amxo'rlik   qilish   va   ularni   barcha   zarur   narsalar
bilan,   shu   jumladan   moddiy   jihatdan   ta'minlash   majburiyatini   ko'rsatadi.   Shu
bilan   birga,   ota-onalarning   farzandlari   oldidagi   majburiyatlarini   qanday
bajarayotgani   davlat   tomonidan   nazorat   qilinishi,   bola   huquqlari   buzilgan
taqdirda aniq faktlarga nisbatan keskin munosabatda bo‘lishiga e’tibor qaratish
lozim.   Voyaga   etmagan   bolalarni   parvarish   qilish   bo'yicha   ota-onalarning
majburiyatlari   Ota-onalarning   voyaga   etmagan   bolalarni   boqish   bo'yicha
majburiyatlari   mamlakatimizning   asosiy   qonun   hujjatlari   va   standartlariga
muvofiq   tartibga   solinadi.   Tegishli   qoidalar   Oila   kodeksida   ham,
46 Konstitutsiyada ham mavjud. Shu bilan birga, bolani ta'minlash bo'yicha barcha
majburiyatlar teng miqdorda uning ota-onasi zimmasiga yuklanishi belgilangan
va shu bilan birga, ota-onalardan biri boshqasini bu majburiyatdan ozod qilishga
haqli   emas.   Bolani   ta'minlash   tartibi   va   shakliga   kelsak,   ular   ota-onalar
tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Xususan, ular o'rtasida RF ICning 16-
bobi   bilan   tartibga   solinadigan   aliment   to'lovlarini   to'lash   to'g'risida   kelishuv
tuzilishi   mumkin.   Bunday   bitimlar   og'zaki   bo'lishi   mumkin   emas,   shuning
uchun notarius tomonidan tasdiqlanishi va yozma ravishda tuzilishi kerak. Agar
biron   bir   vaqtda   ota-onalardan   biri   o'ziga   yuklangan   majburiyatlarni   e'tiborsiz
qoldira   boshlasa,   unda   bu   holda   shartnoma   haqiqiy   emas   deb   e'lon   qilinishi
mumkin va ikkinchi ota-ona sudga murojaat qilish uchun zarur holatlarni oladi.
Bundan   tashqari,   agar   u   biron-bir   tarzda   bolaning   huquqlarini   buzganligi   va
bolaning   manfaatlariga   mos   kelmasligi   aniqlansa,   shartnoma   bekor   qilinishi
mumkin. Shuningdek, ota-onalarning nogiron bolalarni parvarish qilish bo'yicha
mas'uliyatini ta'kidlash kerak. Agar bola 18 yoshga to'lganda mehnat faoliyatini
amalga   oshirishda   cheklovlar   bo'lsa,   uning   moddiy   ta'minoti   ota-onasining
qaramog'ida   qolmaydi.   Shuningdek,   bola   voyaga   etganidan   keyin   moddiy
ta'minot ota-onasiga, agar u kunduzgi ta'limda bo'lsa, ishonib topshiriladi. Ota-
onalar tomonidan bolalarni ta'minlash normalarini buzish Rossiya Federatsiyasi
Fuqarolik   Kodeksining   60-moddasida   har   bir   bola   o'z   ota-onasi   yoki
vasiylaridan   munosib   ta'minot   olish   huquqiga   ega.   Ammo,   afsuski,   ota-onalar
har   doim   ham   o'z   farzandlariga   moddiy   jihatdan   g'amxo'rlik   qilishmaydi.   Bu,
ayniqsa,   bolaning   ota-onasi   ajrashgan   va   ulardan   biri   ajralish   jarayonida
tuzilgan   shartnomalarga   muvofiq   aliment   to'laydigan   holatlarga   to'g'ri   keladi.
Ota-onalar   o'zaro   munosabatlarni   buzganlaridan   keyin,   ular   hali   ham
farzandlarini   moddiy   jihatdan   ta'minlash   majburiyatiga   ega.   Ammo,   amaliyot
shuni   ko'rsatadiki,   ko'pincha   o'z   farzandlari   bilan   yashamaydigan   va   aliment
to'lash uchun mas'ul bo'lgan ota-onalar o'z farzandlarining huquqlarini buzadilar
va ularga yuklangan majburiyatlarni e'tiborsiz qoldiradilar. Ikkinchi ota-onaning
47 bolani   qo'llab-quvvatlashdan   bosh   tortishi   (to'g'ridan-to'g'ri   yoki   rasmiy)   bilan
duch kelganda, birinchi ota-ona yordam  so'rab sudga murojaat  qilish huquqiga
ega. Bolaning huquqlariga nisbatan qo'llaniladigan qoidalarga muvofiq, sud ish
yuritishni   boshlaydi,   uning   davomida   ota-onalarni   aliment   bo'yicha   barcha
qarzlarni   to'lash   majburiyatini   olgan   hukm   chiqariladi.   Agar   hukm
chiqarilgandan   keyin   vaziyat   o'zgarmasa,   ota-onalarning   bolalar   oldidagi
javobgarligini   tartibga   solishning   fuqarolik   va   jinoiy   mexanizmlari
huquqbuzarga  nisbatan   qo'llanilishi   mumkin.  Ota-onalarning  bolalarga  yordam
berishdan   bosh   tortishi   Ota-onalarning   o'z   farzandlariga   nisbatan   asosiy
vazifalaridan   biri   ularni   moddiy   darajada   ta'minlashdir.   Va   agar   ota-onalar
aslida   birga   yashamasalar   va   ular   o'rtasida   hech   qanday   munosabat   bo'lmasa
ham,   bu   bolalarning   parvarishiga   ta'sir   qilmasligi   kerak.   Asosiy   davlat
normalariga   muvofiq,   ota-onalarning   aliment   majburiyatlari   uchun   quyidagilar
asos   bo'lishi   mumkin:   Bola   va   uning   ota-onasi   o'rtasida   qonun   hujjatlarida
belgilangan   tartibda   tasdiqlangan   oilaviy   munosabatlarning   mavjudligi;   Agar
aliment   undirish   to'g'risidagi   bitimlar   ota-onalar   o'rtasida   tuzilgan   bo'lsa,
ularning ikkalasi tomonidan tasdiqlangan va tasdiqlangan va notarius tomonidan
tasdiqlangan bo'lsa; Agar bola ko'pchilik yoshga etmagan bo'lsa. Bunday holda,
u   nogiron   deb   tan   olinadi   va   uni   ta'minlashning   barcha   moddiy   asoslari   ota-
onasining zimmasida  bo'ladi. Ota-onalar  bolani  boqishdan bosh  tortishga  haqli
emas. Faqatgina istisno, agar sud ishlarini  yuritish jarayonida bolaning boshqa
biologik ota-onasi borligi aniqlansa, istisno qilinadi. Shu bilan birga, qonun ota-
onalarga   doimiy   daromadga   ega   bo'lmagan   holatlarda   ham   bolalarni   qo'llab-
quvvatlashdan bosh tortish imkoniyatini bermaydi. Agar aliment olinmasa, sud
ota-onaning bolaga nisbatan huquqlarini cheklashga haqli va uni fuqarolik yoki
jinoiy   javobgarlikka   tortishi   mumkin.   Ota-onalarning   aliment   to'lash
to'g'risidagi kelishuvi Ta'minot to'lovlari haqida gapirganda, ko'p odamlar katta
asabiy   va   moliyaviy   xarajatlar   bilan   birga   bo'lgan   uzoq   muddatli   sud   ishlarini
tasavvur   qilishadi.   Ba'zi   hollarda,   bu   butunlay   to'g'ri.   Ammo   agar   ota-onalar
48 voqealarning   bunday   rivojlanishini   xohlamasalar,   unda   bu   holda   ular   o'zaro
tinch   yo'l   bilan   kelishib   olish   va   bolani   moddiy   qo'llab-quvvatlashning   asosiy
qoidalarini   o'rnatish   imkoniyatiga   ega.   Bu   aliment   to‘lash   bo‘yicha   kelishuv
haqida.   Qonun   talablariga   muvofiq,   bolaning   ota-onalari   o'rtasida   aliment
to'lash   tartibini   ko'rsatadigan   shartnoma   tuzilishi   mumkin.   Bitta   shart   -   bu
shartnoma ixtiyoriy bo'lishi va notarial idorada ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak.
Shuni   ta'kidlash   kerakki,   shartnoma   nafaqat   masalaning   moliyaviy   tomonini
tartibga   solishi   mumkin.   U   ikkinchi   ota-onaning   bola   bilan   muloqot   qilish
tartibini,   shuningdek   alimentning   bolaga   etib   borishini   va   uning   ehtiyojlariga
qarab uning ehtiyojlariga sarflanishini nazorat qilish usullarini nazarda tutuvchi
bandlarni o'z ichiga olishi mumkin. 12
Voyaga   yetmagan   bolalarning     oiladagi   xuquqlariga   bag’ishlangan
qoidalar   birinchi   marta   mazkur   Oila   Kodeksida     nazarda   tutilmoqda.   Avvalgi
nikoh   va   oila   kodekida   bevosita   bolalar   xuquqiga   bag’ishlangan   qoidalar   yo’q
edi, ularning xuquqlari ota-ona va bolalar o’rtasida vujudga keladigan xuquqiy
munosabatlar  orqali belgilanar hamda ular  voyaga yetmagan bo’lganlari  tufatli
aksariyat   xollarda   mustaqil   xuquqqa   ega   emasdirlar,   bundaylar   ota-ona
qarmog’idagi   obyektlar   sifatida   qabul   qilinadilar.   Voyaga   yetmagan   bolalarga
bag’ishlangan   mustaqil   bobning   kiritilishi   Oila   Kodeksiga     o’tmishda   bolalar
xuquqni cheklashga qaratilgan qoidalarni bartaraf qilish qonunchilik tajribasida
qo’lga   kiritilgan   ijobiy   yutuq   bo’ldi.   Bu   bilan   BMT   tomonidan     1989-   yil   20-
noyabrda qabul qilingan     va O’zbekistan Respublikasi     Oliy Kengashning 1992-
yil   9-dekabrdagi   qarori   bilan   radifikatsiya     qilingan   “   Bola     xuquqlari
to’g’risida”gi   Konvensiyaga   amal   qilindi.   O’zbekiston   Respublikasi
Konsitutsiyasi     Muqaddimasining   5-   bandiga   binoan,   O’zbekistonda   xalqaro
xuquqning   umumiy   e’tirof   etilgan   qoidalari   ustunligining   tan   olinishi   va   bu
ustunlikning     Bolalar   xuquqlari   Konvensiyasiga   qo’shilishi     Oila   Kodeksi
tomondan   voyaga   yetmagan     bolalarni   mustaqil   shaxs   sifatida
12
 https://minikar.ru/uz/spirituality/kakie-obyazannosti-u-rebenka-pered-roditelyami-kakie
49 muayyan     xuquqlariga   ega   qilish,     ularni   ma’lum   darajada     amalga   oshirish     va
himoya qila     bilish uchun imkoniyat yaratdi.
Bola   tushunchasi     “Bola   xuquqlari   to’g’risida”gi
BMT     Konvensiyasining     1-moddasida,     O’zbekiston     Respublikasi   Fuqorolar
Kodeksining     22,   27,     29-moddalarida,   Oila   kodekining     71-moddasida
ifodalanadi.   Umumiy   qoidaga   ko’ra,   o’n   sakkiz   yoshga   to’lmagan     bolalar
voyaga yetmagan deb hisoblanadi.  
Fuqorolar   oilaviy   munosabatdan   kelib     chiqadigan   xuquqlarni   o’z
hoxishiga     ko’ra   tasaruf   etadilar.   Oila   a’zolarini   o’z   huquqlarini   amalga
oshirishdagi hamda o’z majburiyatlarini     bajarishlari oilaning boshqa a’zolarini
va   boshqa   shaxslarning   huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy   manfaatlarini
buzmasligi shart.        
O’zbekiston   Respublikasi   Oila   Kodeksining   18-moddasigam   asosan   ,
nikoh   fuqorolik   xolati     dalolatnomalarini   qayd   etish     o’rganlarida   ro’yxatga
olingan paytdan boshlab nihokni tuzganalar er-xotin deb hisoblanadilar     va shu
paytdan   e’tiboran   ular   o’rtasida   er-xotinlik     huquq   va   majburiyatlari   vujudga
keladi.     “ Er- xotin oilada teng xuquqlardan foydalanadilar va ikkala taraf , ya’ni
er-xotin teng majburiyatlarga egadirlar” ( Oila kodeksi-19).
Qonunga   binoan     faqat   fuqorolik   xolati   faqat   dalolatnomalarini   yozish
organida   qayt   etilgan   nikohgina   er-xotinlik   xuquq   va   majburiyatlarining   kelib
chiqishiga asos bo’ladi.
  Oila   quruvchilarning   qonuniy   nikoh   munosabatiga   kirishi   ularning
xuquqiy   xolatini   o’zgartirib   yuboradi.   Nikoh   tufayli   er-xotinlik   o’rtasigadi
munosabatlar axloqiy qoidalar bilan emas, balki xuquqiy normalar bilan tartibga
solinadi.   Er-xotin   qayd   etilgan   nikoh   munosabati   bilan   vujudga
keladigan     xuquq va majburiyatlari ikki xil shaxsiy va mulkiy bo’ladi.  
Ota-ona va bolalarning     o’zaro munosabatlari  oilada alohida o’rin tutadi.
Bular shaxsiy (nomulkiy) va mulkiy huquq va majburiyatlardir.  
50 Shaxsiy     xuquqlar, er-xotinni nikoh tufayli yuzaga keladigan xuquqi kabi,
nikohga o’tgunga qadar ham ularga tegishli bo’ladi. Masalan , familiya tanlash
xuquqi,   bolalar   tarbiyasi     va   oila   turmush   masalalarini   xal   qilish,   mashg’ulat
turi, kabi va turar joy     tanlash xuquqlari shular jumlasidandir. Bunday xollarda
mehnat   va   fuqorolik   xuquqi   muomila   layoqati   elementi   bo’lib   ,   oila
xuquqi     sohasiga   kirmaydi.   Nikoh   qayd   etilgan     paytdan   boshlab   ,   shaxsiy
xuquqlar er va xotindan har birining sub’yektiv oila xuquqini tashkil etib, faqat
oilaviy   xuquqiy   munosabatda   nomoyon   bo’ladi.     Demak,   u   faqat   shu   ma’noda
oilaga oid qonun hijjatlari bilan himoya qilinadi. Er-xotinning xar biriga tegishIi
bo’lgan   shaxsiy   xuquq   va   majburiyatlar     faqat   oila   huquqi   emas,   balki
xuquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solina.     Fuqoroni shaxsi va qadr-
qimmati O’zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodekining 20-moddasiga asosan,
o’z   ismi   bilan   yashash   huquqiga   e’tiroz   bildirayotgan   yoki   ismidan   qonunsiz
foydalanayotganligi   munosabati   bilan   manfaatlari   buzilayotgan   shaxs
manfaatlarini   buzuvchidan   bunday   xarakatlarga   chek   o’qiyishi   va   raddiya
berishini   talab   qilish   mumkin.   Agar   manfaatlar   qasddan   buzilayotgan   bo’lsa,
jabrlangan   shaxs   qo’shimcha   sur’atda   zararni   qoplashini   talab   qilishi
mumkin.     Manfaat   qasddan   buzilganda   jabrlanuvchi   ma’naviy
ziyonning   qoplashini ham talab qilish xuquqiga ega.     Ushbu modda asosan oila
a’zolari o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarga ham tegishlidir.  
Voyaga yetmagan bolalarning quyidagi huquqlari mavjud: oilada yashash
va tarbiyalanish, ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish, o’z huquqi
va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilish,   o’z   fikrini   ifoda   etish,   ism,   ota   ismi
va   familiya   olish,   ism   va   familiyasini   o’zgartirish,   oilada   umumiy   mulk,   o’z
hususiy mulkiga ega bo’lish va boshqalar.  
65-modda. Bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi.
Har   bir   bola   oilada   yashash   va   tarbiyalanish,   o’z   ota-onasini   bilish,
ularning   g’amxo’rligidan   foydalanish,   ular   bilan   birga   yashash   huquqiga   ega,
bola manfaatlariga zid bo’lgan xolar bunday istasnodir.
51 Bola o’z ota-onasi tomondan tarbiyalanish, o’z manfaatlari ta’minlanishi,
har   taraflama   komol   topishi   insoniy   qadr-qimmatlari   xurmat   qilishi   xuquqiga
ega.   Bola   otasi,   onasi,   bobosi,   buvisi,   aka-ukalari,   opa-singillari   va   boshqa
qarindoshlari   ko’rishish   huquqiga   ega.   Bolaning   ota-onasi   bo’lmaganda   yoki
ular   ota-onalik   huquqidan   mahrum   qilinganda   va   bola   ota-ona   qaramog’idan
maxrum bo’lgan boshqa xollarda uning oilada tarbiyalanish xuquqi vasiylik va
homiylik   organi   tomonidan   ta’minlanadi.     Bolaning   huquqi   va   qonuniy
manfaatlarini   himoya   qilish   uning   ota-onasi   (ularning   o’rnini   bosuvchi
shaxslar)   tomondan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq
to’la muomila layoqatiga ega deb e’tirof etilsa u o’z huquq va majburiyatlarini,
shu jumladan, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir.
Bolaning   yashashi,   komol   topishi   uchun   oila   birdan-bir   makon   tabiiy
muhit hisoblanadi. Shuning uchun ham,   Oila Kodeksning   2-moddasiga  binoan,
ota-ona   zimmasiga   oilada,   ya’ni   bola   tug’ilgan   va   yashab   turgan   oilada   uning
faravon   hayot   kechirishi   va   kamolga   yetishi   haqida   g’amxo’rlik   qilish   vazifasi
yuklatiladi.   Oilaning   ichki   hayotiga   va   bolalarning   tarbiyasiga   boshqalarning
o’z   boshimchalik   bilan   aralashishiga   bola   tarbiyasiga   salbiy   ta’sir   o’tkazishga
qonun bo’yisha yo’l qo’yilmaydi. Shu bilan qonun oila va bolaning huquqlarini
muhofaza   qilishga   qaratilgan   o’z   funksiyasini   bajaradi.   Ammo   bolani   huquqi
oilada   kamsitilsa,   bunday   oilaga   nisbatan   qonun   yo’li   bilan   zarur
ta’sir   o’tkazishga ota-onaning ota-onalik huquqini cheklashga, xattoki, umuman
maxrum   qilish   chorasini   qo’llashga   ham   to’g’ri   keladi.       Voyaga   yetmagan
bolalarning   oilada   yashash   va   tarbiyalanish   huquqi   ularni   jismoniy   va   ruhiy
sog’lom qilib o’stirish bo’yicha ota-onalarning majburiyatlaridan kelib chiqadi.
Voyaga   yetmagan   bolalarning   o’z   ota-onasi   tomonidan   shaxsan   tarbiyalanishi,
manfaatlarining   ta’minlnishi,   ota-ona   bilan   oilada   birga   yashashi,   ularni   har
tomonlama   komol   topishiga,   insoniy   qadr-qimmatning   xurmat   qilishga,
yaxshilik   va   muruvat   tuyg’ulari   asosida   tarbiyalanishlarga   imkon
beradi.     Voyaga   yetmagan   bolalarni   huquqlarini   kamsitish,   ular   bilan   qo’pol
52 muomolada bo’lish,  ularga  jismoniy  azob berish va ularning manfaatlariga zid
bo’lgan   boshqa   g’ayri   qonuniy   xatti-   xarakatlar   sodir   qilish   qonun   bilan
qoralanadi va tegishli. javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi.
Voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalarning ota-onasiga ta’minot berish
majburiyati:
Voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy 
ravishda   moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasalar, ta’minot miqdori 
bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv 
qaroriga asosan belgilanadi.
Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni o‘z bolalarining biriga yoki bir
nechtasiga nisbatan qo‘yganligidan qat’i nazar, aliment miqdorini belgilashda 
sud voyaga etgan, mehnatga layoqatli   bolalarning barchasini hisobga olishi 
lozim.
Voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-
kesil hal bo‘lgunga qadar sudьya shu nizo bo‘yicha vaqtincha to‘lab turilishi 
lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib,   ajrim chiqarishi mumkin.
Voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment 
miqdori qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam 
miqdorining   11,75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. 13
Bobga oid xulosa.
Ota-onalar   bolalari   oldidagi   huquqlarini   bajarishlari,   bolalar   ham   ota-
onalari   oldidagi   huquq   va   burchlarini   bajarishlari   ularni     qiynamasliklari
ruhan,jismonan   sog’lom   tarbiylashlari   lozim.   Ularga   yuklatilgan   vazifalarni
amalga oshirishlari ularni qiziqishlari,     nimani istashlarini, ularni fikrini, e’tibor
berishlari lozim. Ularga manan va ruhan yordam berishlari shart. Afsuski ba’zi
ota-onalar   o’z   majburiyatlarini   bajarishdan   bosh   tortadilar,   ota-onalik
xuquqlarini   suiste’mol   qiladilar,   bolalari   bilan     shavqatsiz   munosabatda
bo’ladilar,   ularni   taxqirlaydilar.         Shu   qatorda   bolalar   ham   o’z   huquqlarini
13
 https://advice.uz/oz/document/632
53 eslaridan   chiqarmasliklari   va   ota-onalariga   g’amxo’rlik   qilishlari
lozim.       Agar     voyaga     yetgan   bolalar   o’z     navbatida   mehnatga   layoqatiz     va
yordanga   muhtoj   ota-onalariga   moddiy   tarafdan   yordam   berishdan   bo’yin
tovlasalar   ular   farzandlarini   sudga   berishlari   ham   mumkin.   Xulosa   qilib
aytadigan   bo’lsak   ota-onalar   va   farzandlar   o’z   xuquq   va   majburiyatlarini
bajarishlari   shart   bo’lmasa   ularniga   qonunda   belgilangan   jazo   turlari
qo’llaniladi.
54 III BOB. ZAMONAVIY O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA OILA
INSTITUTINING MUAMMOLARI HAMDA VAZIFALARI.
3.1. O'zbekistonda Oila institutining asosiy muammolari va ustuvor
vazifalari.
Boy   ilmiy-madaniy   merosimiz,   qadimiy   urf-odat   hamda
an analarimizdan   ayonki,   har   qanday   zamon   va   makonda   ham   oila   biz   uchunʼ
muqaddas   qadriyat   sanalgan.   Binobarin,   tarbiyaviy,   ma naviy-ma rifiy,   ruhiy-	
ʼ ʼ
axloqiy,   iqtisodiy-huquqiy   munosabatlarga   asoslangan   ijtimoiy   birlik
hisoblanmish   oila   qanchalik   mustahkam   bo lsa,   jamiyat   ham   shunchalik	
ʻ
barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan.
Shu   bois   ota-bobolarimiz   oilaga   juda   katta   e tibor   bilan   qarashgan.	
ʼ
Buyuk   allomalarimiz   Mahmud   Koshg ariy,   Ahmad   Yugnakiy,   Kaykovusdan	
ʻ
tortib   Beruniy,   Ibn   Sino,   Forobiy,   Alisher   Navoiy,   Mirzo   Ulug bek   va	
ʻ
boshqalargacha   o z   asarlarida   oilaviy   masalalar,   xususan,   oila   a zolari	
ʻ ʼ
o rtasidagi o zaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining o rni,	
ʻ ʻ ʻ
komil   va   vatanparvar   shaxsni   yetishtirishda   bu   muhim   ijtimoiy   institutning
roliga alohida  yondashib, ibratli  hikoyatlar, rivoyatlar, farzandlarga maktublar,
hikmatli   so zlar,   she riy   satrlar   orqali   pand-nasihatlar,   hayotiy   xulosalar   yozib	
ʻ ʼ
qoldirganlar.   Mahmudxo ja   Behbudiy,   Abdurauf   Fitrat,   Abdulla   Avloniy,	
ʻ
Abdulla   Qodiriy,   Cho lpon,   Munavvarqori   Abdurashidxonov   kabi
ʻ
ma rifatparvarlarimiz   ham   odob-axloqi   go zal,   jismonan   va   ma nan   yetuk	
ʼ ʻ ʼ
avlodni   tarbiyalashning   yagona   yo li   —   barqaror   oila   qurish   ekanini,   oilani	
ʻ
mustahkamlamasdan   davlat   va   jamiyat   taraqqiyotiga   erishib   bo lmasligini	
ʻ
ta kidlashgan.	
ʼ
Bugungi   shiddat   bilan   o zgarib   borayotgan   globallashuv   davriga   kelib	
ʻ
ham   O zbekiston   o z   istiqboli   va   kelajagini   oilani   rivojlantirish,   uni	
ʻ ʻ
e zozlashda,   deb   bilayotgani   yuqoridagi   an anaviy   qadriyatlarimizni   yanada	
ʼ ʼ
boyitgan   holda   zamonaviy,   namunali   va   farovon   oilani   barpo   etish   davlat
55 siyosatining   ustuvor   yo nalishlaridan   biriga   aylanganida   ham   yaqqol   namoyonʻ
bo lmoqda.	
ʻ
Prezidentimizning   joriy   yil   2   fevraldagi   “Xotin-qizlarni   qo llab-	
ʻ
quvvatlash   va   oila   institutini   mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatni   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to g risida”gi   Farmoni   bilan   milliy   hamda	
ʻ ʻ
ma naviy   qadriyatlarimiz   asosida   ushbu   sohada   yillar   davomida   to planib	
ʼ ʻ
qolgan, e tibordan chetda  qolib kelgan  muammolar  yechimi  yuzasidan  tegishli	
ʼ
davlat   organlari   hamda   jamoat   tashkilotlari   oldiga   eng   muhim   va   dolzarb
vazifalar   qo yildi.   Mazkur   Farmonga   binoan,   Vazirlar   Mahkamasi   huzurida	
ʻ
“Oila”   ilmiy-amaliy   tadqiqot   markazi   oila   instituti   sohasida   yagona   davlat
siyosatini   yurituvchi   tizim   sifatida   tashkil   etildi.   Markazning   asosiy   vazifasi
davlat   va   jamoat   tashkilotlari,   parlament,   siyosiy   partiyalar,   ommaviy   axborot
vositalari   hamda   fuqarolik   jamiyatining   boshqa   institutlarini   O zbekiston	
ʻ
oilalarini   mustahkamlash   g oyasi   atrofida   birlashtirish,   bu   boradagi   ishlarni	
ʻ
muvofiqlashtirib   borish,   mamlakatda   faqat   sog lom   oila   —   sog lom   jamiyat	
ʻ ʻ
ustuni   bo la   olishini   aholi   ongiga   singdirish,   ilmiy-innovatsion   tadqiqotlarni	
ʻ
amalga   oshirish   orqali   oila   institutini   mustahkamlash   etib   belgilangani
mamlakatimizda   bu   borada   mutlaqo   yangi   bosqichdagi   sa y-harakatlar	
ʼ
boshlanganidan dalolat beradi.
O z navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil qilish	
ʻ
asosida zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat va
davlat   himoyasida”   konstitutsiyaviy   prinsipini   keng   targ ib   etish   va   jamiyatga	
ʻ
singdirish   masalalariga   kompleks   yondashish   faoliyatimizda   ustuvor   ahamiyat
kasb etmoqda.
Xususan,   oilani   mustahkamlash   va   rivojlantirish,   oilalarda   ma naviy-	
ʼ
axloqiy   muhitni   yaxshilash,   jamiyatda   eng   ibratli   oilaviy   an analarni   saqlab	
ʼ
qolish hamda targ ibot qilish masalalari bo yicha hududlarda qator fundamental,	
ʻ ʻ
amaliy   va   innovatsion   tadqiqotlar   olib   borilayotir.   Misol   uchun,   zamonaviy
muvaffaqiyatli   oila   mezonlari   qanday   bo lishi   kerak,   degan   mavzuda	
ʻ
56 respublikamizning   turli   viloyatlarida   800   dan   ortiq   oilalarda   ijtimoiy   so rovlarʻ
o tkazilib, yakuniy natijalar bo yicha zamonaviy oilaning modeli ishlab chiqildi.	
ʻ ʻ
Tadqiqot   o tkazilgan   oilalar   vakillarining   fikrlariga   ko ra,   oiladagi   sog lom   va	
ʻ ʻ ʻ
barqaror, osoyishta  psixologik muhit;  yuksak ma naviy-axloqiy tarbiya;  yetarli	
ʼ
darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar;  oila a zolarining ta lim  yo nalishida
ʼ ʼ ʻ
oliy   ma lumotlilik   darajasi;   sihat-salomatlikka   alohida   e tibor   qaratish	
ʼ ʼ
zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi.
Shu   o rinda   har   qancha   achchiq   bo lmasin,   ochiq   aytish   kerak,	
ʻ ʻ
tadqiqotlarimizning ko rsatishicha, keyingi paytlarda xalqimizga xos bo lmagan	
ʻ ʻ
ayrim   illatlar   —   oilaviy   ajrashishlar,   turli   nizoli   vaziyatlar,   ishsizlik,   oiladagi
nosog lom   muhit,   ma naviy   tushkunlik,   ehtiyojmandlik,   jinoyatga   qo l   urish	
ʻ ʼ ʻ
holatlari   kabi   omillar   notinch,   noqobil,   kemtik   oilalar   va   qator   ijtimoiy-
ma naviy   muammolarni   paydo   qilmoqda.   Ayniqsa,   ajrashishlar   sonining	
ʼ
kamaymayotgani   kishida   jiddiy   tashvish   uyg otadi.   Respublikamizning   uchta	
ʻ
viloyatida   olib   borgan   tadqiqotlarimizdan   ma lum   bo ldiki,   oilalar   barbod	
ʼ ʻ
bo lishiga quyidagi omillar asosiy sabab bo lmoqda:	
ʻ ʻ
Psixologik   omil   —   oiladagi   og ir   psixologik   muhit,   o zaro	
ʻ ʻ
tushunishning   yo qligi,   oiladagi   doimiy   nizolar,   ota-onalarning   yosh   er-xotin	
ʻ
hayotiga   aralashishlari,   yosh   er-xotinlarni   begonalashtirib   qo yish,   bir-biriga	
ʻ
befarqlik;
Ijtimoiy   omil   —   ichkilikbozlik,   farzandsizlik,   er   yoki   xotinning
salomatligi yaxshi emasligi;
Ma naviy-axloqiy   omil   —   er-xotindan   birining   uzoq   vaqt   davomidagi	
ʼ
nikohdan tashqari aloqalari;
Iqtisodiy   omil   —   turarjoy   sharoitlarining   qoniqarli   emasligi,   moddiy
yetishmovchilik,   ishsizlik,   erning   oilani   ta minlamasligi,   mehnat   migranti	
ʼ
sifatida   chet   elga   ketgan   er-xotindan   birining   oilasi   bilan   aloqasi   uzilgani,
qarzlarni uzolmaslik.
57 E tirof   etish   lozim,   hozirgi   kunga   qadar   11800   dan   ortiq   nizoliʼ
oilalarning   ishi   sudga   yetib   bormasdan,   FHDYO   organi   va   sudga   ajrashish
uchun   ariza   bergan   3100   dan   ziyod   oilalarni   esa   hamkor   tashkilotlar   bilan
birgalikda   yarashtirishga   erishildi.   Umuman,   buzilib   ketish   arafasida   turgan
14645 ta oila saqlab qolindi.
Olib   borilgan   tadqiqotlarimiz   xulosalariga   tayanib,   ajrashishlarning
oldini olish, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan qator takliflar ishlab chiqdik.
Bizningcha,   eng   avvalo,   mahalla   fuqarolar   yig inlari   huzuridagi   Yarashtirish	
ʻ
komissiyalari   va   “Ota-onalar   universiteti”   tuzilmalari   uchun   malakali   kadrlar
tayyorlashni   yo lga   qo yish   zarur.   Oila   qurayotgan   fuqarolarni   tegishli	
ʻ ʻ
qonunchilik   asosida   er-xotinning   huquq   va   majburiyatlari,   xususan,   nikoh
shartnomasini   tuzish   tartiblari,   shart-sharoitlari,   oqibatlari   yuzasidan   huquqiy
savodxonligini   oshirish   lozim.   Bu   borada   keng   qamrovli   targ ibot   ishlarini	
ʻ
yuritish, tegishli uslubiy qo llanmalar yaratish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish	
ʻ
maqsadga   muvofiq.   Umumta lim   maktablaridan   tortib,   oliy   o quv   yurtlarining	
ʼ ʻ
dasturlarigacha   oila   saboqlarini   o rgatuvchi   dars   mashg ulotlarini   kiritish	
ʻ ʻ
foydadan xoli bo lmaydi.	
ʻ
Joylardagi   o rganishlarimiz   shuni   ko rsatmoqdaki,   bugun   oila   atalmish	
ʻ ʻ
muqaddas   dargoh   ostonasidan   xatlayotgan   ko pchilik   yoshlarimiz,   afsuski,	
ʻ
mustaqil  hayotga na iqtisodiy, na ma naviy, na huquqiy, na ruhiy va na diniy-	
ʼ
ma rifiy tomondan tayyor. Bu  muammoga  yechim  izlab Toshkent  viloyatining	
ʼ
Parkent   tumanida   FHDYO   organiga   nikohdan   o tishga   ariza   bergan   bo lg usi	
ʻ ʻ ʻ
kelin-kuyovlar   uchun   maxsus   o quv-kursi   tashkil   etib,   bir   oy   mobaynida	
ʻ
ularning   bilim   va   ko nikmalarini   oshirishga   harakat   qildik.   15   juftlikka   o z	
ʻ ʻ
kasbining mohir ustasi bo lgan mutaxassislar tomonidan interaktiv, innovatsion	
ʻ
usullarda mashg ulotlar o tildi. Parkent tumanida izchil davom ettirilayotgan bu	
ʻ ʻ
o quv-kursi   yoshlarga   nihoyatda   ma qul   kelgani   bois   ushbu   tajribani   butun	
ʻ ʼ
respublikamiz   bo ylab   ommalashtirmoqdamiz.   Yaqin   kunlar   ichida   esa	
ʻ
markazimizning   O zbekiston   yoshlar   ittifoqi   bilan   birgalikdagi   loyihasi   —
ʻ
58 Toshkent   shahrining   Shayxontohur   tumanida   “Bo lg usi   kelin-kuyovlarʻ ʻ
innovatsion maktabi” faoliyat boshlayapti.
Bundan   tashqari,   mutaxassislarimiz   tomonidan   Namangan   viloyatida
oila   masalalariga   yangicha   innovatsion   yondashuv   joriy   etilmoqda.   Buning
uchun   avval   oilaga   ko rsatiladigan   xizmatlar   To raqo rg on   tumanidagi   qator	
ʻ ʻ ʻ ʻ
muassasalar bilan hamkorlikda kompleks o rganib chiqildi. Oilalar bilan ishlash	
ʻ
bo yicha  treninglar   tashkil   etish  orqali   soha  mutaxassislariga   mukammal  bilim	
ʻ
va ko nikmalar berildi. O z navbatida, “Oila” markazining mutaxassislari davlat	
ʻ ʻ
hamda   nodavlat   tashkilotlariga   oilaga   xizmat   ko rsatishni   ta minlab   beruvchi	
ʻ ʼ
mutaxassis   sifatida   yaqinlashtirilmoqda.   Natijada   murakkab   sharoitda   qolgan,
muammoli   oilalar   davlat   xizmatidan   bahramand   bo lyapti.   Ayni   vaqtga   qadar	
ʻ
To raqo rg on   tumanidagi   oilalar   holati   to liq   ilmiy-amaliy   tahlil   qilinib,   84	
ʻ ʻ ʻ ʻ
tasini nochor holatdan chiqarish bo yicha har biri uchun alohida “Yo l xaritasi”	
ʻ ʻ
ishlab chiqildi va ushbu hujjatlar hayotga joriy etilayotir.
Markazimiz  bo yicha  10000  dan ortiq notinch  oilalar   aniqlanib, barcha	
ʻ
hududiy bo linmalarimizda ma lumotlar bazasi  shakllantirildi hamda ular bilan	
ʻ ʼ
individual   ish   olib   borilyapti.   Shu   bilan   birga,   4343   ta   o ta   nochor   oilaning	
ʻ
asosiy   muammolarini   hal   etish   bo yicha   tumanlardagi   sektorlar,   hamkor	
ʻ
tashkilotlar   bilan   birgalikda   amaliy   yordam   berish   choralari   ishlab   chiqildi.
Oilaning   ichki   munosabatlari,   shaxslararo   munosabatlar,   boy   madaniy   tarixiy
meros   va   an anaviy   oilaviy   qadriyatlarni   saqlashda   muammolari   bo lgan   3819	
ʼ ʻ
ta   oila   bilan   to g ridan-to g ri   aloqa   yo lga   qo yildi.   1,5   milliondan   ortiq	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
namunali oilalar bo yicha ma lumotlar bazasi shakllantirildi.	
ʻ ʼ
Albatta,   oilalar   bilan   ishlashda   soha   mutaxassislaridan   yuqori   bilim
hamda   ko nikma,   o ziga   xos   tajriba   talab   etiladi.   Shuni   e tiborga   olib,	
ʻ ʻ ʼ
markazimizning   viloyat   boshqarmalari   qoshida   tashkil   qilingan   kadrlar
malakasini   oshirish   va   ularni   qayta   tayyorlash   bo yicha   maxsus   o quv-	
ʻ ʻ
kurslarida,   birinchi   navbatda,   markaz   hamda   hududiy   bo linmalari   xodimlari	
ʻ
uchun   o quv-kurslari   tashkil   etilib,   mashg ulotlarni   o taganlarga   maxsus	
ʻ ʻ ʻ
59 sertifikatlar   berildi.   Hozirgi   kunda   esa   butun   respublika   bo ylab   mahallaʻ
fuqarolar yig inlarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma naviy-axloqiy	
ʻ ʼ
qadriyatlarni   mustahkamlash   bo yicha   mutaxassislari   o quvlari   izchil   davom	
ʻ ʻ
ettirilmoqda.
Oila instituti sohasida markazimiz bir qator davlat va nodavlat, xalqaro
tashkilotlar   bilan   ham   o zaro   hamkorlik   aloqalarini   mustahkamlamoqda.   Ayni	
ʻ
paytga   qadar   20   dan   ortiq   tashkilotlar   bilan   Memorandum   imzolanib,   faol
hamkorlik o rnatildi.	
ʻ
Shu   o rinda   alohida   ta kidlash   joiz,   joriy   yilning   27   iyun   kuni	
ʻ ʼ
Prezidentimiz   qarori   bilan   O zbekiston   Respublikasida   oila   institutini	
ʻ
mustahkamlash   konsepsiyasi   va   uni   amalga   oshirish   bo yicha   “Yo l   xaritasi”	
ʻ ʻ
tasdiqlangani   ham   yurtimizda   oilalar   farovonligi   uchun   davlat   hamda   jamiyat
astoydil qayg urayotganining hayotiy ifodasi bo ldi.	
ʻ ʻ
Ushbu   Konsepsiyani   amalga   oshirishdan   ko zlangan   asosiy   maqsad	
ʻ
mamlakatimizdagi   har   bir   oilaning   huquq   va   manfaatlarini   to liq   ro yobga	
ʻ ʻ
chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar
muvozanatini   ta minlash,   oila   farovonligini   oshirish,   muxtasar   aytganda,   oila	
ʼ
institutini   har   tomonlama   qo llab-quvvatlagan   holda,   davlatimizning   izchil   va	
ʻ
barqaror   taraqqiyotiga   erishishdir.   Niyatimiz,   har   bir   oila   ma naviy   sog lom,	
ʼ ʻ
baxtli va xotirjam hayot kechirsin. Oila bag rida ulg ayayotgan farzandlar komil	
ʻ ʻ
inson   sifatida   voyaga   yetib,   davlatimizning   kuchiga   kuch,   qudratiga   qudrat
qo shaversin.   Zero,   oila   jamiyatning   asosiy   bo g ini   ekan,   uning   mustahkam	
ʻ ʻ ʻ
bo lishi,   farovonligi   davlatimiz   va   jamiyatimiz   ravnaqiga   xizmat   qilishi,
ʻ
shubhasizdir. 14
O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar
strategiyasining   4.2.   “Aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   va   sog‘liqni   saqlash
tizimini   takomillashtirish,   xotin-qizlarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish”
bandida   belgilab   berilgan   ustuvor   vazifalar,   xususan,   xotin-qizlarni   ijtimoiy
14
 https://xs.uz/uz/post/oila-zhamiyat-va-davlat-himoyasida
60 himoya   qilish,   gender   tengligini   ta’minlash,   davlat   boshqaruvidagi   ishtirokini
oshirish,   og‘ir   ahvolga   tushib   qolgan xotin-qizlarga moddiy, psixologik, tibbiy
yordam   ko‘rsatish,   ularni   uy-joy   va   ish   bilan   ta’minlash,   oilaviy   qadriyatlarni
mustahkamlash,   oilada   ma’naviy   muhit   barqarorligini   ta’minlash 15
  borasida
amalga   oshirilayotgan   ishlar   natijasida   xotin-qizlarni   ijtimoiy-himoya   qilish
masalasi yangi bosqichga ko‘tarildi.   Yangi O‘zbekistonni yaratish yo‘lida keng
ko‘lamli   innovatsion   faoliyat   va   bunyodkorlik,   yaratuvchanlik   harakatining
asoschisi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek:   “Biz   bu   yil   xotin-qizlar   va   yoshlarni   qo‘llab-quvvatlash
borasidagi ishlarni yangi bosqichga   ko‘taramiz” 16
.
Zero,   oila,   onalik   va   bolalikni   himoya   qilish,   ayollar   o‘rtasida
tadbirkorlikni   rivojlantirish,   ular   uchun   yangi   ish   o‘rinlari   yaratish,   mehnat   va
turmush   sharoitlarini   yaxshilash   davlat   siyosatining   ustuvor   yo‘nalishiga
aylandi.   Davlat   organlari,   fuqarolik   jamiyati   vakillari   faoliyatini
muvofiqlashtirishni   ta’minlash   maqsadida   Respublika   xotin-qizlar   jamoatchilik
Kengashi   o‘z   ishini   boshladi.   Kengash   tarkibiga   hayotiy   tajribaga   ega
yurtdoshlarimiz,   deputat   va   senator   ayollar,   olim   va   professorlar   hamda
jamoatchilik   vakillari   kiritildi.   Kengash   xotin-qizlarning   turmush   sharoitlarini
yaxshilash,   ularga   kerakli   bilim   va   ko‘nikmalarni   o‘qitish,   shuningdek,   o‘z
biznesini   boshlashlari   uchun   zarur   mablag‘   bilan   ta’minlash   orqali   aholi,
ayniqsa,   ayollar   va   qizlarning   turmush   darajasi   yaxshilanishiga   erishish
maqsadida tashkil qilindi.
Keyingi   yillarda   mamlakatimizda   ayollar   huquqlarini   himoya   qilish   va
ularning   imkoniyatlarini   kengaytirish   sohasida   20   ga   yaqin   huquqiy   hujjatlar
qabul   qilinganligi,   2030-yilgacha   bo‘lgan   davrda   gender   tengligiga   erishish
strategiyasi   ishlab   chiqilgani,   unga   muvofiq   barcha   yangi   qonun   loyihalarini
15
 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar 
strategiyasi to'g'risida”gi Farmoni. – Toshkent, “Adolat”, 2018. B.22-23.
16
 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardaO'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
Murojaatnomasi. / https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-
01-2020
61 gender   nuqtayi   nazaridan   tahlil   qilish   bo‘yicha   maxsus   protseduralar   kiritildi.
O‘zbekistonda   davlat   boshqaruvidagi   ayollar   soni,   ularning   jamoat   ishlarida
ishtirok   etishi   va   qarorlar   qabul   qilish   darajasi   oshib   bormoqda.   Mas’ul   va
o‘rtog‘i   tomonidan   amalga   oshiriladi   va   zo‘ravonlikka   duch   kelgan   ayollarning
42   foizigina   muammo   haqida  ochiq   so‘zlaydi.
Mamlakatimizning   turli   hududlarida   o‘tkazilgan   sotsiologik   tadqiqotlar
natijalari   asosida   dunyo   turmush   tarzida   ko‘p   uchraydigan   maishiy
zo‘ravonlikning   axloqiy   va   iqtisodiy   zo‘ravonlik   usullari   O‘zbekistonda   ham
kuzatilib,   uni   keng   jamoatchilik   e’tiboriga   chiqarib,   ijtimoiy   maqbul
yechimlarga kelish zaruratini   dolzarb   masala sifatida   kun tartibiga qo‘yadi.
Zo‘ravonlikka   qarshi   kurashda   huquqiy   mexanizmlar   ta’siri   kuchli
bo‘lishi   bilan   birga,   zo‘ravonlik   qurbonlari   tomonidan   ham   ularni
zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   uchun   qonun   ishlashiga   yordam   berilishi
maqsadga   muvofiq.   Aksar   hollarda,   zo‘ravonlik   qurbonlari   bunday   holatlarni   sir
tutishga   harakat   qilishadi.   Shunday   ekan,   ularni   zo‘ravonlik   faktini   tan   olish,
zo‘ravonlikdan normal  hayotgacha bo‘lgan qadamlarga   o‘rgatish kerak. Bunda
eng   asosiy   bo‘g‘in   odamlar   va   atrof-muhit   bo‘ladi,   ya’ni   jamoatchilikning
faolligi   muhim o‘rin tutadi.
Sotsiologik tadqiqot natijalari asosida xulosa qilish mumkinki, bir marta
zo‘ravonlik   holatini   sodir   etgan   shaxs,   bu   holatni   yana   takrorlashi   ehtimoli
yuqori   bo‘ladi.   Zo‘ravonlikka   imkon   berishning   barcha   ko‘rinishlaridan   ogoh
bo‘lish   va   oldini   olish   juda   zarurdir.   Oilaviy   zo‘ravonlikdan   aziyat   chekayotgan
ayol,   hatto   ba’zi   sabablarga   ko‘ra   yordamdan   voz   kechayotgan   ayol   ham
jamiyatning   ijtimoiy   yordamiga   muhtoj   bo‘ladi.
Oilaviy   zo‘ravonlikdan   eng   ko‘p   aziyat   chekadigan   oila   a’zolari
bolalardir.   Ular   zo‘ravonlikning   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   qurboni   bo‘lishi   bilan   birga,
onaga   nisbatan   qo‘llanayotgan   xatti-harakatlarning   ma’lum   qismini
o‘zlashtirishi   xavfi   ham   bor.   Bunday   oilada   bolaning   reallikni   qabul   qilishi
buziladi,   zero,   u   uchun   haqorat   va   kaltaklar   asta-sekin   normal   holatga   aylanib
62 boradi.   Katta   bo‘lgach   uning   o‘zi   ham   ana   shunday   zo‘ravonlik   xatti-
harakatlarini   qo‘llashi   mumkin   yoki   shunchaki   bunday   “yuk”ni   ko‘tara   olmay
ko‘pincha   o‘z joniga qasd qilishi mumkin.
Zo‘ravonlikdan   o‘zini   himoya   qilish   har   bir   ayolning   huquqidir.
Zo‘ravonlikni   hech   qanday   sharoitda   oqlab   bo‘lmaydi,   chunki   u   insonning
asosiy huquqlariga (hayoti, sog‘ligi, sha’ni, qadr-qimmati, erkinligi)   daxl   qiladi.
Zo‘ravonlik   faqat   jismoniy   kuch   ishlatish   bilan   emas,   ruhiy,   axloqiy,   iqtisodiy
va   maishiy   bosim   ko‘rinishlarida   namoyon   bo‘lishi   va   oilaning   har   qanday
a’zosiga   nisbatan   qo‘llanishi   mumkin.   Haqoratlash,   majburlash,   zo‘rlash,
iqtisodiy cheklovlar qo‘yish, muntazam ruhiy qiynoqqa solish kabi holatlar ham
zo‘ravonlik   sifatida   baholanadi.
Oilaviy   zo‘ravonlikdan   jabr   ko‘rgan   ayollarning   muammolarini   hal
qilish   bo‘yicha   hududlardagi   Mahalla   va   oilani   qo‘llab   quvvatlash
boshqarmalari   va   bo‘limlari,   sog‘liqni   saqlash,   ichki   ishlar,   prokuratura   organlari
va   boshqa   daxldor   tashkilotlar   bilan   izchil   hamkorlikda   faoliyat   yuritilmoqda.
Muammolarning   hal   qilinishi   O‘zbekiston   Respublikasi   Gender   tenglikni
ta’minlash   masalalari   bo‘yicha   komissiyasi   nazoratida   turibdi.
Oilaviy   zo‘ravonlik   faqat   bir   mamlakat   va   millatga   xos   illat   emas,   u   bilan
butun   dunyo   kurashib   keladi.
Shuning   uchun   ta’rifni   xalqaro   manbalardan   keltiramiz.
Dunyoda   zo‘ravonlikka   qarshi   kurash   ramzi   sifatida   siyohrang   tasma
olingan.   “Ishonch   telefon”lari   uchun   maxfiy   so‘zlar   quyidagicha   bo‘lishi
mumkin:   “Mening   buyurtmamga   siyohrang   tasmani   ham   qo‘shing”   yoki   “Men
buyurtma   bergandim,   unga   siyohrang   tasma   qo‘shishni   iltimos   qilgandim”.
Operator  ayol  kishi   yordam  so‘rab  murojaat   qilayotganini   tushunadi  va   darhol
xabarni zo‘ravonlikka qarshi kurashayotgan   markazlarga   beradi.
Bunday   sxemalar   ko‘pgina   xorijiy   mamlakatlarda   amalda   keng
qo‘llaniladi, ba’zilarida esa davlat   idoralari   tizimida   va   tizimli   nazorat   doirasida
ishlaydi.   Masalan,   Ispaniyada,   hattoki   yordam   so‘rab   dorixonalarga   murojaat
63 qilish   mumkin:   buning   uchun   sotuvchidan   “19   raqamli   niqob   bormi?”   deb
so‘rash   kerak.   Bu   maxfiy   so‘z   bo‘lib,   uni   eshitgan   farmatsevt   ichki   ishlar   bilan
bog‘lanib,   xabarni   yetkazadi.   Xuddi   shunday   tizim   Fransiya,   Germaniya,
Italiya,   Norvegiya   va   Argentinada   mavjud.
Polshada   esa   politsiyachilar   zo‘ravonlik   qurbonlarining   ariza   yozishiga
yo‘l   qo‘yishmaydi,   shu   sababli   mamlakatda   mazkur   yo‘nalishda   fuqarolik
tashabbuslari   rivojlanmoqda.   Masalan,   maktab   o‘quvchisi   kosmetika   do‘koni
ostida,   oilaviy   zo‘ravonlikdan   jabrlanganlar   uchun   markaz   ochgan.   Unda,
masalan,   “ko‘kargan   va   qizargan   joylarni   davolovchi   surtma”ga   buyurtma   berish
mumkin.   Buyurtma   asosida   sotuvchi   jabrlanuvchining   holati   bilan   qiziqadi   va
zarur bo‘lsa politsiya chaqiradi.
2020-yilning   boshlanishida   butun   dunyo   bo‘ylab   shiddat   bilan   tarqalgan
koronavirus   epidemiyasi   mana,   oradan   yarim   yil   o‘tib,   barcha   davlatlarning
iqtisodiy-ijtimoiy   hayotiga   ijobiydan   ko‘ra   ko‘proq   salbiy   jihatdan   ta’sir etganini
ekspert-mutaxassislarning   mustaqil   izlanishlari,   o‘tkazilgan   tadqiqotlar,
pandemiyaning   tarqalish ko‘rsatkichlari yaqqol namoyon etmoqda.
Xususan,   karantin   davrida   jahondagi   3   milliardga   yaqin   aholining
“o‘zini   o‘zi   yakkalash”   rejimida   butun   oila   a’zolari   bilan   uyida   qolgani,   o‘z
navbatida,   turli   oilaviy   muammolar,   mojaro   va   nizolarning   avj   olishiga   ham
sabab   bo‘ldi.
Statistik   ma’lumotlarga   ko‘ra,   2020-yilning   birinchi   choragida   Xitoyda
oilaviy   zo‘ravonlikka   uchragan   fuqarolarning murojaatlari   3 barobarga  oshgan.
Fransiyada   esa   cheklovlar   belgilangan   kunning   birinchi   haftasidayoq   bunday
shikoyatlar   30   foizga   ko‘paygan.   Buyuk   Britaniyada   oiladagi   zo‘ravonlik
holatlari   125 foizga ortib ketgani kuzatilgan. Qozog‘iston Respublikasida joriy
yilning   birgina   mart   oyida   “Ishonch   telefonlari”ga   16   310   ta   qo‘ng‘iroq
bo‘lgan 17
.
17
  https:www.minjust.uz/uz/press-center/news/99071/.
64 “Reuters”   agentligi   e’lon   qilgan   ma’lumotlarga   ko‘ra,   oilaviy   zo‘ravonlik
natijalari   bo‘yicha   Hindiston,   Afg‘oniston,  Suriya,  Somali, Saudiya  Arabistoni,
Pokiston,   Kongo   Demokratik   respublikasi,   Ummon,   Nigeriya   va   AQSh
davlatlari   birinchi   o‘ntalikdan   o‘rin   egallagan.   Yevropa   ittifoqi   miqyosida   esa
Latviya,   Daniya,   Albaniya,   Finlyandiya,   Buyuk   Britaniya,   Shvetsiya,   Norvegiya,
Fransiya   davlatlari   “yetakchilik”ni   qo‘ldan   bermay   kelishmoqda.   Umuman,
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   ma’lumotiga   ko‘ra,   bugun   dunyo   bo‘ylab,
har uchinchi ayol jismoniy va jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda.
Shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   mamlakatimizda   zo‘ravonlikning   har
qanday   shakllariga   qarshi   kurash   masalalari   “Xotin-qizlarni   tazyiq   va
zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa   tegishli   me’yoriy-
huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Jumladan,   bu   sohada   sodir   etilgan   qilmishlarning   turi   va   og‘irlashtiruvchi
holatlariga   qarab,   O‘zbekiston   Respublikasi   Jinoyat   kodeksi   birinchi   bo‘limining
(shaxsga   qarshi   jinoyatlar)   bir   qancha   moddalarida   jinoiy   javobgarlik
belgilangan.   Oilaviy   zo‘ravonlikning   kelib   chiqish   sabablarining   har   biri   o‘ziga
xosdir.   Shu   bilan   birga   ular bir qator umumiylikka ham egadir.
Azaldan   xalqimizda   ayollarning,   ayniqsa,   kelinlarning   sabr-toqatli
bo‘lishi lozimligi, uyning gapini   ko‘chaga olib chiqmaslik, o‘z dardini birovga
dasturxon qilmaslik milliy qadriyat, axloq va odob ziynati   hisoblangan. Shuning
uchun   ham   ko‘pgina   ayollarimiz   oila   a’zolari   tomonidan   kamsitilib,   eri
tomonidan   haqoratlansa   ham,   oilada   kuch   ishlatishdan   aziyat   cheksa   yoki
kaltaklansa ham oilasini saqlab qolish   uchun   sabr-toqat   bilan   yashashga   harakat
qilishadi.   Lekin   bunday   chidamlilik   oqibati   har   doim   ham   yaxshi
bo‘lavermaydi.
Bunday   muammolarning   mavjudligi   mamlakatimizda   gender
masalalarini   rivojlantirishga,   ayollarimizning   ijtimoiy-siysiy   faolligiga   alohida
e’tibor   berishimiz   lozimligini   anglatadi.   Chunki   ijtimoiy   siyosiy   faol   ayol
65 bunday   vaziyatlarda   qanday   harakat   qilish   lozimligini,   o‘z   huquqlarini   yaxshi
biladi.
Bizda   shu   kunga   qadar   ko‘proq   qizlarni   oila   qurishga   tayyorlashga
e’tibor   qaratilgan.   Ammo   oilaviy   hayotga   yigitlarni   tayyorlash   ishlari   hozirgacha
e’tibordan   chetda   qolib   keldi.   Endilikda   yigitlarni   ham   “Oila   institutlari ”da   oila
qurishga   tayyorlash,   shuningdek,   qaynonalar   bilan   ham   faol   ish   olib   borish
maqsadga    muvofiqdir.
66 3.2. Yoshlarni tarbiyalashda Oila institutining o'rni va istiqbolli
rejalari.
Vatanimiz   mustaqilligining   qisqa   davri   ichida   oila,   onalik   va   bolalikni
huquqiy   manfaatlarini   qonuniy   muhofaza   qilish,   fuqa rol arning   huquqiy
madaniyatini   oshirish,   oilaning   ijtimoiy-iqtisodiy   manfaatlarini   ta’minlash,   uy
mehnati va madaniy-maishiy turmush sharoitini yaxshilash, oilaning ma’naviy-
axloq iy   asoslarini   takomillashtirish,   ko‘p   bolali,   kam   ta’minlangan,   nochor
oilalarni,   nogironlarni,   qarovchisiz   keksalar,   yolg‘izlarni,   yetim-yesirlarni
ijtimoiy   qo‘llab   quvvatlash,   oilada   ma’naviy   va   jismoniy   barkamol   shaxs ni
shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi.
Darhaqiqat,   oila   a’zolarining   huquqiy   savodxonligi   va   ma’naviy
madaniyatini   shakllantirish;   har   tomonlama   sog‘lom   turmush   tarzi ni   qaror
toptirish;   oilaning   ijtimoiy   va   iqtisodiy   barqarorligi,   farovonligiga   erishish;
oilada   tadbirkorlikni   keng   yo‘lga   qo‘yish;   nogironlikning   turli   ko‘rinishlarini
oldini   olish   chora-tadbirlarini   belgi lash;   oilada   komil   insonni   tarbiyalash;
yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligida mustaqil hayotga
tayyorlash   tizimini   yaratish   va   amalga   oshirish   zamirida   oila   masalalari   bilan
shug‘ullanuvchi mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari, oila, mahalla, maktab
va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash;  oilada sog‘lom psixologik muhit
yaratish   zamirida   oilada   ba’zan   uchraydigan   jinoyatchilik,   nikohning   bekor
qilinishi,   giyohvandlik ,   nosog‘lom   e’tiqod,   maishiy   nopoklik,   axloq sizlikning
turli   ko‘rinishlarga   yo‘l   qo‘ymaslik   kabi   masalalar   bugungi   kunda
oilalarni   jamiyat   talablari darajasida shakllanishi uchun zamindir.
Mamlakatimizda   adolatli,   huquqiy,   demokratik   jamiyat   qurish   jarayoni
shaxdam qadamlar bilan borayotgan bir sharoitda qonun ustivorligini ta’minlash
zamirida   oila   a’zolarining   huquqiy   madaniyatini   shakllantirish   oila
manfaatlarini   ta’minlash   borasida   amalga   oshirilayotgan   ustivor
yo‘nalishlaridan biriga aylanib qoldi.
67 O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   tomonidan   qabul   qilinayotgan
Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, oila-nikoh
munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalar
va   deklaratsiyalar   va   boshqa   huquqiy   xujjatlarning   mohiyatini   chuqur   anglash
hamda   o‘z   faoliyatlari   jarayonida   amal   qilishga   erishish   jamiyat ning   huquqiy
savodxonligini   oshirishning   garovidir.   Buning   uchun   oilaning   turli   qatlamli
a’zolari huquqiy ongi va dunyoqarashi darajasini o‘stirish mexanizmini yaratish
va   amaliyotga   keng   tadbiq   etish   zarur.   Chunki,   huquqiy   madaniyat   darajasi
yuksak   jamiyat da   oila,   ona,   ota   va   bola   huquq   va   burchlari   hamma   vaqt
Konstitutsiya   bilan   himoya   qilinib,   oila   ajrimlariga,   oilada   uchraydigan
sharqona   axloq   norma lariga   zid   sodir   etiladigan   ba’zi   hatti   harakatlarga   yo‘l
quyilmaydi.
Bu   borada   davlatimiz   tomonidan   amalga   oshirilayotgan   ishlar   butun
dunyo   tinchliksevar   xalqlarning   diqqat-e’tiborini   jalb   qilmoqda.   Jumladan,
mustaqilligimizning   qisqa   davri   ichida   respublikamizda   inson   huquqlari
bo‘yicha   Milliy   Markaz,   Oliy   Majlis   huzuridagi   amaldagi   qonun   hujjatlari
Monitoringi   instituti,   Adliya   vazirligi   qoshidagi   huquqiy   yordam   ko‘rsatish
Markazi,   Oliy   Majlisning   inson   huquqlari   bo‘yicha   vakili- Ombudsman ning
tashkil etilganligi oila, ota, ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan muhim qadamlardir. Inson huquqlarini himoya qilish institutlarining
asosiy   maqsadi   oila   deb   atalmish   kichik   jamiyat ning   huquqiy   madaniyatini
oshirishga, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Mamlakatimizda   oila   huquqlari   xalqaro   huquq   norma lariga   mos
ravishda   muhofaza   etilmoqda.   Mustaqillik   yillarida   hukumatimiz   tomonidan
oila-nikoh   munosabatlari,   xotin-qizlar   va   bolalar   huquqlari   bo‘yicha   xalqaro
hujjatlar   va   deklaratsiyalarining   ratifikatsiya   qilinishi   buning   yaqqol
namunasidir.   Jumladan,   Inson   huquqlari   umumiy   deklaratsiyasi   (BMT   Bosh
Assambleyasining   1948   yil   10   dekabrdagi   217   A(SH)   rezolyusiyasi),     Xotin-
qizlarning   siyosiy   huquqlari   to‘g‘risidagi   konvensiya   (BMT   Bosh
68 Assambleyasining   1952   yil   20   dekabrdagi   640-son   rezolyusiyasi),     Bir   xil
qiymatdagi   ish   uchun   erkaklar   va   xotin-qizlarga   teng   haq   to‘lash   to‘g‘risidagi
(100)   Konvensiya   (XMT   Bosh   Konferensiyasining   34-sessiyasida   1951   yil   29
iyunda   qabul   qilingan),   Onalikni   himoya   etishga   qaratilgan   (103}   konvensiya
(Jeneva,   XMT   tomonidan   1952   yil   28   iyunda   qayta   ko‘rib   chiqilgan),   Bolalar
huquqlari   to‘g‘risidagi   Konvensiya   (BMT   43   Bosh   Assambleyasi   tomonidan
1989   yil   20   noyabrda),   Fuqa rol ikhuquqlari   va   siyosiy   huquqlar   to‘g‘risidagi
xalqaro   pakt   (BMT   Bosh   Assambleyasining   1966   yil   16   yanvardagi   2200-
rezolyutsiyasi),   xotin-qizlarga   nisbatan   kamsitishning   barcha   shakllarini
tugatish   to‘g‘risidagi   Konvensiya   (BMT   Bosh   Assambleyasining   1979   yil   18
dekabrdagi 34, 180-son rezolyusiyasi), Bolalarning yashashini, himoyalanishini
va   rivojlanishini   ta’minlash   to‘g‘risidagi   umumjahon   Deklaratsiyasi,   boshqa
mamlakatlarga   bolalarni   ug‘irlab   ketishning   fuqa rol ik   jixatlari   to‘g‘risidagi
Gaaga   konvensiyasi   (Gaaga   1980   yil   25   oktyabr),   1995   yilda   Pekinda   4-
Butunjahon xotin-qizlar konferensiyasida qabul qilingan xotin-qizlarning ahvoli
bo‘yicha   asosiy   harakatlar   dasturi   mamlakatimizda   oila,   onalik   va   bolalikni
xalqaro   huquq   norma lariga   mos   holda   muhofaza   qilish   borasidagi   dastlabki
muhim   qadamlardir,   maqsad   har   bir   fuqaroning,   har   bir   oila   a’zosining
huquqlarini   himoya   etilishini   xalqaro   huquq   norma lari   doirasida   yo‘lga
qo‘yishga   erishishdir.   Oila   a’zolarining   huquqiy   savodxonligi   uning   huquqiy
himoya qilinishi huquqiy   jamiyat   barpo etishning negizidir.
Buning zamirida:
-   aholi,   shu   jumladan,   oila   a’zolarining   yosh tabaqa larga   mos   huquqiy
bilim  berish dasturlarini  yaratish,huquqiy ong va tafakkurini shakllantirishning
samarali   shakl   va   metodlarini   aniqlash,   bu   borada   noan’anaviy   ta’lim-tarbiya
usullaridan keng foydalanish;
-   o‘quv   yurtlari,   idora   va   tashkilotlarda   huquqiy   mavzuni   yorituvchi
burchaklar,   xonalar   tashkil   etish,   huquqiy   bilim   kunlari   o‘tkazish,   radio
o‘quvlari uyushtirish;
69 -   huquqiy   mavzuga   bag‘ishlangan   ommabop   risolalar,   gazeta   va   jurnal
maqolalari,   mutaxassis   maslaxatlarini   chop   etishni   kuchaytirish,   ruknlar   rang-
barangligiga erishish;
-   oila   huquqi   bo‘yicha   mutaxassis   kadrlar   tayyorlash   tizimini
takomillashtirish;
-joylarda   baxt   va   nikoh   uylari   qoshida   bo‘lajak   kelin-   kuyovlar   uchun
maxsus   o‘quv  kurslari,   «Oila»  klublari,  «huquqiy   maslahat»   telefonlari   tashkil
etish va targ‘ibot- tashviqot guruxlarini tayyorlash;
-oilalarda   huquqiy   bilim   berishni   takomillashtirishga   yordam   beruvchi
sotsiologik   tadqiqot   ishlari   olib   borish   va   uning   natijalari   asosida   metodik
tavsiyalar   ishlab   chiqish   va   amaliyotga   keng   tadbiq,   etish,   bu   borada   huquqni
muhofaza   qilish   tashkilotlari   bilan   boshqa   mutasaddi   davlat   va   jamoat
tashkilotlarining   hamkorligini   mustahkamlash   kabi   masalalarga   alohida   e’tibor
berish   yotadi.   Jamiyat da   yuz   beradigan   barcha   o‘zgarishlar   oilaga,   oiladagi
ma’naviy   muhit,   uning   ijtimoiy-iqtisodiy,   madaniy   darajasi   esa   jamiyat ning
ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotiga ta’sir qiladi.  
Har   bir   davrning   o`z   dardi,   talabi   va   ehtiyojlari   bo`ladi.   Mustaqillik
odamlar   va   jamiyat   taqdiriga   ta’lluqli   juda   ko`p   jumboqlarni   yechib   tashlash
bilan barobar  ma’naviyatimizning qator   muammo larini  kundalang qilib qo‘ydi.
Ayniqsa,   axloq -odob   masalalari   katta   ahamiyat   kasb   etib   qoldi.   Buning
sabablari   ko‘p:   bir   tomondan,   inson   deb   atalmish   hayot   gultojisiga   bo‘lgan
munosabat   o‘zgardi,   uni   azaliy   va   abadiy   pok   ma’naviyat   yo`liga   qaytarish
rejalari tuzila boshlandi; katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon ilg‘or yoki joxil
millat   bo‘lmasligi   yomonliklarning   millati-yu,   yaxshiliklarning   chegarasi
yo‘qligiga   qanoat   hosil   qildik.   Inson   o‘z   millati   an’analar i   va   umumbashariy
qadriyatlar  asosidagina   kamolotga   erishishi  qog‘ozda  emas,   amalda  tan  olindi;
ikkinchidan   soxta   baynalminalchilik,   qog‘ozdagi   xalqlar   do‘stligi   g‘oyalar
odamlar   orasida   uzoq   zamonlardan   buyon   shakllanib,   rivojlanib   kelayotgan
birodarlik   tuyg‘ulariga   rahna   solib   quyganda   odamlarning   millat   ajratmasligi
70 uchun bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishi uchun urush yoki qahatchilik zilzila yoki
tabiiy ofatlarni boshidan kechirishlari shart emasligi,   ijtimoiy adolat   o‘rnatilgan
joyda xalqlar va millatlarning chin insoniy fazilatlari gurkirab unishiga ishonch
hosil   qila   boshladik.   Ayrim   odamlarni   aldash   mumkin   bo‘lsa   ham   millatlarni
uzoq aldab bo‘lmasligiga endi hamma tushunib yetdi.
Bobga oid xulosa
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,     bugungi   kunda   Insoniyat   yangi
yengiliklar bilan bir qatorda ko plab global muammolarga ham duch kelmoqda,ʻ
bunga   yechim   sifatida   ma naviy   jihatdan   shakllangan,   zamonaviy   bilimlarga	
ʼ
ega bo lgan va insoniyat manfaati uchun xizmat qiluvchi ma'nan yuksak avlodni	
ʻ
tarbiyalash   muhim   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Prezidentimiz   2019-yil   19-mart
kuni o tkazilgan videoselektor yig ilishida aholi, ayniqsa, yoshlar ma naviyatini
ʻ ʻ ʼ
yuksaltirish   masalasiga   to xtalib,   har   bir   rahbar   o zining   shaxsiy	
ʻ ʻ
kutubxonasidan   o zi   ta lim   olgan   maktab   kutubxonasiga   kitoblar   sovg a   qilsa,	
ʻ ʼ ʻ
bu   yaxshi   tashabbus   bo lib   kitobxonlikni   rivojlantirish   bilan   farzandlarimiz	
ʻ
tarbiyasiga  ijobiy ta sir ko rsatishini  ta kidlagan edi. Bugun davlatimiz rahbari	
ʼ ʻ ʼ
tomonidan   ilgari   surilgan   bu   amaliy   tashabbus   eng   avvalo,   o sib   kelayotgan	
ʻ
yoshlarda   bolalik   chog idan   kitobga   mehr   uyg otish,   mustaqil   fikr   va   keng	
ʻ ʻ
dunyoqarashni shakllantirish, ularning hayot yo llarida mustahkam zamin bo lib	
ʻ ʻ
xizmat   qilayotir.   Zero,   ma naviy   ozuqa   olishning,   chin   inson   bo lib	
ʼ ʻ
yetishishning   birdan   bir   yo li   bu   kitob   mutolaasi   hisoblanadi.   Boshqacha
ʻ
aytganda,   inson   kamoloti   va   bilimining   manbai   kitob   bilan   bog liq.   Bolaning	
ʻ
ma naviy tarbiyasidan ota-ona qanchalik manfaatdor bo lsa, davlat ham ulardan	
ʼ ʻ
kam foyda ko rmaydi. Faqat ota-ona o z farzandini o ylasa, davlat uchun barcha	
ʻ ʻ ʻ
bola aziz va ularning ma naviy barkamol bo lib voyaga yetishini istaydi. Zero,	
ʼ ʻ
bugun   ma naviyatni   o rgangan   bolalar   ertaga   ulg ayib,   ma naviyatli   jamiyatni	
ʼ ʻ ʻ ʼ
barpo   etishadi.   Xulosa   shuki,   ma naviyatsiz   madaniyat   puch   yong oq,   sun iy	
ʼ ʻ ʼ
madaniyat   bo lib   qoladi.   Shunday   ekan,   bugun   yurtimizda   milliy   madaniyatni	
ʻ
yana-da   rivojlantirish,   yangi   O zbekistonning   yangi   tarixini   yaratish   yo lida	
ʻ ʻ
71 izchil islohotlar olib borilayotgan bir paytda, ma naviyatsizlikka intilishga asloʼ
yo l qo yib bo lmaydi.	
ʻ ʻ ʻ
 
XULOSA
Oila   ijtimoiy   institut   sifatida   hozirgi   paytda   bir   qator   o‘zgarishlarni
boshdan   kechirmoqda.   U   bugun   juda   ko‘plab   ta’sirlar   qurshovida   qolmoqda.
Xususan,   iqtisodiy,   ijtimoiy,   madaniy   va   ma’naviy   sohadagi   o‘zgarishlar,   oilaviy
ajrimlarning   ko‘payishi   va   boshqalar   oilaviy   tarbiya   ta’sirchanligining
susayishiga   olib   kelmoqda.   Bular,   o‘z   navbatida,   oilaviy   muhitning   buzilishiga,
farzandlar   tarbiyasidagi   nuqsonlarning   kelib   chiqishiga zamin yaratmoqda.
Mamlakatimiz   aholisining   deyarli   yuz   foizi   oilalarga   birlashib   yashaydi.
Oilaga   birlashish   an’anasi,   avvalo,   nikoh,   to‘y-tantanalardan   boshlanadi.   Bu
tadbir   orqali   oila   qurilganini   yaqinlarga   ma’lum   qilib,   o‘z   orzu-havaslarini
ro‘yobga   chiqaradilar.   Afsuski,   bugungi   kunda   ayrim   hududlarda   ba’zi
kimsalarga   ergashib   qarzga   botib,   kimo‘zarga   to‘y   qilayotgan   ota-onalarning
ko‘payib   borayotgani,   oqibatda   oilaviy   halovatini   yo‘qotayotgani   butun
jamoatchilikni tashvishga solmoqda. Achinarlisi shundaki, to‘ydan hech qancha
vaqt   o‘tmasdan,   sodir   bo‘layotgan   oilaviy   mojarolar,   ajralishlar,   qudalar
o‘rtasidagi   sovuqchilik   sabablari   ham   aksariyat   hollarda   aynan   shu   masalaga
borib taqaladi. Haddan ziyod ko‘payib ketayotgan va asosan, ayollar tomonidan
“o‘ylab   topilayotgan”   yangicha,   to‘ydan   oldin   hamda   keyingi   turli-tuman
tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilayotgani bot-bot takrorlanmoqda.
Tahlillarga  ko‘ra, har   yili   300 mingdan  ortiq  nikohlar   rasmiylashtiriladi.
Shu bilan birga, 25 - 30 mingta nikoh bekor qilinadi. Xususan, 2017 yilda 306,2
ming nikoh rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 31 ming 930 ta ajrim qayd etilgan, ya’ni
2016   yildagiga   nisbatan   8,1   foiz   ko‘pdir.   Birgina   poytaxtimiz   misolida   oxirgi
ikki   yilda   oilaviy   ajrimlarning   20   -   25   foiziga   aynan   to‘y-hashamlarimizdagi
ortiqcha dabdababozlik, soxta obro‘ ketidan quvish, shu bilan birga, yoshlarning
72 mustaqil   hayotga   tayyor   emasligi,   ularda   mehr-muhabbat   va   sadoqat
tuyg‘ularining shakllanmagani sabab bo‘lmoqda.
                         
73 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I Rasmiy hujjatlar.
1.     O'zbеkiston   Rеspublikasi   Konstitusiyasi.   Toshkеnt:   O'zbеkiston   NMIU,
2018 y. B. 45
2.   “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta'minlashga   doir   qo'shimcha   chora-tadbirlar   qabul   qilinganligi   munosabati
bilan   O'zbеkiston   Rеspublikasining   ayrim   qonun   hujjatlariga   o'zgartish   va
qo'shimchalar kiritish to'g'risida” O'RQ-421-son. 2017 yil 29 mart. O'zbеkiston
Rеspublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2017 yil.
II O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning nutq va
ma’ruzalari.
3.                 Mirziyoеv   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib-intizom   va   Shaxsiy
javobgarlik   –   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo'lishi   kerak.
Mamlakatimizni   2016   yilda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirishning   asosiy
yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim  ustuvor
yo'nalishlariga   bag‘ishlangan   Vazirlar   Mahkamasining   kengaytirilgan
majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar: O'zbekiston, 2017. – 104 b.       
4.  Mirziyoеv Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – Yurt
taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   O'zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasi   qabul   qilinganining   24   yilligiga   bag‘ishlangan   tantanali
marosimdagi   ma’ruza.     2016   yil   7   dekabr   /Sh.M.Mirziyoev.   –   Toshkent:
“O'zbekiston”,   2017.   –   48   O'zbеkiston   Rеspublikasi   Prеzidеntining   farmoni.
“Aholi   muammolari   bilan   ishlash   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-
tadbirlari to'g'risida” // lex.uz, 2019, 17yanvari.
5.     O'zbеkiston   Rеspublikasi   Prеzidеntining   Farmoni.   “Jismoniy   va   yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini  tubdan takomillashtirishga doir
chora-tadbirlari to'g'risida” // lex.uz, 2016, 28 dеkabri
74 6.   O'zbеkiston Rеspublikasi  Prеzidеntining Farmoni. “Mamlakatni dеmokratik
yangilash   jarayonida   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   rolini   tubdan   oshirish
chora-tadbirlari to'g'risida” // Xalq so'zi, 2018, 5 may.
7.   O'zbеkiston Rеspublikasi  Prеzidеntining Farmoni. “Mamlakatni dеmokratik
yangilash   jarayonida   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   rolini   tubdan   oshirish
chora-tadbirlari to'g'risida” // Xalq so'zi, 2018, 5 may.
8.     O'zbеkiston   Rеspublikasini   yanada   rivojlantirish   bo'yicha   Harakatlar
stratеgiyasi   to'g'risida:O'zbеkiston   Rеspublikasi   Prеzidеntining   Farmoni.   –
Toshkеnt: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. - 92 b.
9.  O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining Farmoni. “O'zbеkiston Rеspublikasi
Prеzidеnti   huzuridagi   Tadbirkorlik   sub'еktlarining   huquqlari   va   qonuniy
manfaatlarini   himoya   qilish   bo'yicha   vakili   institutini   ta'sis   etish   to'g'risida”//
Xalq so'zi, 2017, 6 may.
10.   O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining Farmoni. «Xalq bilan muloqot va
inson   manfaatlari   yili»   davlat   dasturini   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirishning
tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida” // lex.uz, 2016, 17 dеkabr
III Buyuk davlat va siyosat arbobi I.A.Karimov asarlari.
11.    Karimov  I.A. Ona  yurtimiz  iqboli  va  buyuk kеlajagi   yo'lida  xizmat  qilish
eng oliy saodatdir. Toshkеnt: O'zbеkiston NMIU, 2015. 304 b.
12.  Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch. –Toshkеnt: Ma'naviyat,
2008. – B.112.
IV Darsliklar, o’quv qo’llanmalar va maqolalar to’plami.
13.  Atavullaеv M. Jamiyatni modеrnizasiyalashda huquqiy qadriyatlarning o'rni
(falsafiy-huquqiy jihatlari). Toshkеnt: Univеrsitеt, 2017.   186 b.
14.   Ataullaеv M. Jamiyatni modеrnizasiyalashda huquqiy qadriyatlarning o'rni
(falsafiy-huquqiy jihatlar) –Toshkеnt: Univеrsitеt, 2017. -186 b.
15.  Jo'raеv R. Davlat va jamiyat: dеmokratlashtirish yshlida. – T.: Sharq. 1998
  16.     Zikirova   N.   Markaziy   Osiyo   davlatlarida   milliy   taraqqiyot   modеllari
(ijtimoiy falsafiy tahlil). – Toshkеnt: “TAMADDUN”, 2017. 
75 17.  Ibn Sino (Avisеnna). Izbranniе filosofskiе proizvеdеniya. – M., 1980.
18.   Inson taraqqiyoti. Darslik. I.f.d. prof. Q.X.Abdurahmonov tahriri ostida. –
Toshkеnt: Fan va texnologiya, 2013. 214 b.
19.     Musaеv   F.   Dеmokratik   davlat   qurishning   falsafiy   –   huquqiy   asoslari.   –
Toshkеnt: O'zbеkiston, 2007. -192 b.
20.  Navoiy Alishеr. Saddi Iskandariy. – T.: _._ulom nomidagi nashr., 1991.
21.  Nizomulmulk.  Siyosatnoma yoki Siyar ul-muluk. – T.: Adolat, 1997.
22.     Norqulov   S.   Fuqarolik   jamiyati   va   ijtimoiy   ongda   transformasiya
jarayonlari. Toshkеnt: Navroz. 2015.
23.     Ro'ziеv   Z.   Inson   huquqlarini   himoya   qilishda   fuqarolar   o'zini   o'zi
boshqarish organlarining o'rni. – Toshkеnt: O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti
huzuridagi   Amaldagi   qonun   hujjatlari   monitoringi   instituti   nashriyoti,   2012.   –
B. 192.
24.  Saidov A. O'zbеkiston Rеspublikasi Konstitusiyasi: mustaqil va dеmokratik
taraqqiyotning   huquqiy   asosi.   –   Toshkеnt:   Inson   huquqlari   bo'yicha   Milliy
markaz, 2012.
25.     Sindarov   K.,   Jumanazarov   I.   Tadbirkorlik   sub'еktlarini   tеkshirishning
huquqiy asoslari (qonunchilik va sud amaliyoti). –  Toshkеnt: Yangi asr avlodi,
2006. 11-12 b.
26.    To'raqulov   M.   O'zbеkistonda   fuqarolik  jamiyati   va   mahalliy   hokimiyat.   –
Toshkеnt: Alishеr Navoiy nomidagi O'zbеkiston Milliy kutubxonasi, 2009. – B.
124
27.     Uzbеkistan:   modеrnizasiya   i   razvitiе   politichеskoy   sistеmi   –   Toshkеnt:
Akadеmiya, 2009. 
28.     Forobiy,   Abu   Nasr.   Fozil   odamlar   shahri.   –   Toshkеnt:   Abdulla   Qodiriy
nomidagi Xalq mеrosi nashriyoti, 1993. – 246 b.
29.     Chjеn   V.A.,   Raxmankulov   X.R.,   Okyulov   O.,   Tansikbaеva   G.M.,   Figlin
G.M. Zakonodatеliniе osnovi rinka. –Tashkеnt: Shark, 1996. S.179.
30.  Minavarov. A. Oila pedagogikasi. T., “O’qituvchi”, 1991 y.
76 31.  Yusupov E. Oila - ma’naviyat bulog’i. T., 2003y. 
32.  Musurmonova O. Oila ma’naviyati - milliy g’urur.T., “O’qituvchi”, 2000y. 
33.  Erkaev A. Milliy g’oya va ma’naviyat. T., “Ma’naviyat”, 2002 y.
34.  Qamar Armon. Ma’naviyat nazariyasi va tarixi. “Sharq” 2002 y.
35.  Xoliqov Q. Ma’naviyat, ruhiyat va moddiyat. T., “Fan”, 2003 y.
36.     Imomnazarov   M.   Milliy   ma’naviyatimizning   takomili   bosqichlari.
Toshkent, “Sharq”, 1996 y. 
37.   Imomnazarov M.  Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. Toshkent,
“Sharq”, 1998 y.
38.     Imomnazarov   M.,   Eshmuhammedova.   Milliy   ma’naviyatimiz   asoslari.
Toshkent, “Toshkent Islom Uniniversiteti”, 2002 y.
39.     Komilov   N.   Tasavvuf   yoki   komil   inson   axloqi.   Toshkent,   “Yozuvchi”,
1996 y.
40.     Miiliy   va   umuminsoniy   madaniyatlar   uygunligi:   nazariya   va   amaliyot.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2016.
V Intеrnеt saytlari.
 www.lex.uz
 www.president.uz
 www.xz.uz
77

“ Zamonaviy O'zbekistonda oila institutini mustahkamlashning huquqiy-axloqiy asoslari ” MUNDARIJA KIRISH ...............................................................................................................3 I BOB. OILANING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI. 1.1. Oila tushunchasi va uning mohiyati.............................................................8 1.2. Oila paydo bo'lishining tarixiy asoslari.......................................................12 II BOB. ZAMONAVIY O'ZBEKISTONDA OILA INSTITUTI VA UNI MUSTAXKAMLASHNING HUQUQIY-AXLOQIY ASOSLARI. 2.1. O'zbekistonda oilaga bo'lgan munosabat va oiladagi axloqiy tarbiya masalalari............................................................................................................27 2.2. Oila instituti va uni mustahkamlashning huquqiy jihatlari..........................39 III BOB. ZAMONAVIY O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA OILA INSTITUTINING MUAMMOLARI HAMDA VAZIFALARI. 3.1. O'zbekistonda Oila institutining asosiy muammolari va ustuvor vazifalari.............................................................................................................56 3.2. Yoshlarni tarbiyalashda Oila institutining o'rni va istiqbolli rejalari...........68 Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1

KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Oila bu jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini sifatida jamiyatning tarkibiy qismini tashkil etadi. Shu sababdan bugungi kunda jamiyat hayotida oila istitutini mustahkamlash muhim axamiyat kasb etmoqda. Oila tinch totuv bo‘lsa, ota ona o‘rtasidagi munosabat samimiyat va mehr muhabbat asosiga qurilsa, inshaalloh, farzandlar odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon e’tiqodli bo‘lib tarbiyalanadilar. Demak, yoshlarimizning har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash barchamizning burchimizdir. Oila - kishi tafakkuri, ma’naviyati shakllanadigan, uning jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradigan, qolaversa, qadriyatlarni asrdan-asrlarga olib o‘tishda bosh omil hisoblanuvchi muhim ijtimoiy muhitdir. Yurtimizda oilalarni mustahkamlash borasidagi davlat siyosatining afzalligi shundaki, davlat oilani o‘ziga xos suveren tuzilma sifatida qadrlaydi, uning ichki ishlariga aralashmaydi, lekin muayyan sabablarga ko‘ra, oilada ba’zi qiyinchiliklar, muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa, oila a’zolari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilish orqali o‘z manfaatlarini muhofaza etishlari, zarur hollarda esa davlatning madadidan bahramand bo‘lishlari mumkin. Oila masalasi davlatimizning doimiy e’tiborida. Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi barcha sohadagi davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, Davlat dasturida og‘ir maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini 2

yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan qator tadbirlarning belgilangani xalqimizning o‘lmas qadriyatlariga xosdir. Quvonarlisi, joriy yilda ham aholining turli qatlamlari uchun arzon hamda sifatli uy-joylar qurishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholi, ayniqsa, yosh oilalar, eski uylarda yashovchilar va boshqa toifadagi fuqarolarning ehtiyoji muttasil oshib borayotganidan kelib chiqib, arzon hamda sifatli uy-joylar qurish ko‘lami 1,5-2 barobar oshirilishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida xotin-qizlar turmushini yaxshilash, jamiyatimiz tayanchi bo‘lgan oilani mustahkamlash borasida mamlakatimiz oldida turgan eng muhim vazifalar, bugun hamda kelgusida qilishimiz lozim bo‘lgan ishlar aniq, lo‘nda belgilab berilgan. Mazkur hujjatga muvofiq, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarni ish bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloqlarda yashayotgan yosh qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab- quvvatlash jamoat fondining tashkil qilinishi nur ustiga nur bo‘ldi. Bu haqda gap ketganda, bir jihatga to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Onalik hamda bolalikni ijtimoiy muhofazalash borasida maqtovga arzigulik ishlar amalga oshirilganiga qaramasdan, oila va turmush munosabatlarida, ota- onalarning farzand tarbiyasi masalasida befarqligi holatlarining hali ham mavjudligi, albatta, achinarlidir. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan yili nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarning 39 ming 327 nafar ota-onasiga nisbatan choralar ko‘rilgan. Respublikamiz bo‘yicha ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turgan oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarliklar sodir etuvchi shaxslar 2016 yilda 16673 tani, 2017 yilda 3

12932 tani tashkil etgan bo‘lib, 3741 ta kamaygan. Sud organlariga ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida materiallari taqdim etilgan ota-onalar soni 2016 yilda 88 tani, 2017 yilda 64 tani tashkil qilib, avvalgidan kamaygan bo‘lsa-da, bu raqamlar har birimizni chuqur o‘yga toldiradi. Ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lganlarning farzandlari davlatimiz qaramog‘ida - Mehribonlik uylari hamda Bolalar shaharchalarida tarbiyalanmoqda. Bunday bolalar soni 2016 yilda 536 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda 677 nafarga yetgani, kamayish o‘rniga 141 nafar ortgani tashvishlanarli hol, albatta. 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 34 mingga yaqin bolalar farzandlikka berilgan. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimiz aholisining deyarli yuz foizi oilalarga birlashib yashaydi. Oilaga birlashish an’anasi, avvalo, nikoh, to‘y-tantanalardan boshlanadi. Bu tadbir orqali oila qurilganini yaqinlarga ma’lum qilib, o‘z orzu-havaslarini ro‘yobga chiqaradilar. Afsuski, bugungi kunda ayrim hududlarda ba’zi kimsalarga ergashib qarzga botib, kimo‘zarga to‘y qilayotgan ota-onalarning ko‘payib borayotgani, oqibatda oilaviy halovatini yo‘qotayotgani butun jamoatchilikni tashvishga solmoqda. Achinarlisi shundaki, to‘ydan hech qancha vaqt o‘tmasdan, sodir bo‘layotgan oilaviy mojarolar, ajralishlar, qudalar o‘rtasidagi sovuqchilik sabablari ham aksariyat hollarda aynan shu masalaga borib taqaladi. Haddan ziyod ko‘payib ketayotgan va asosan, ayollar tomonidan “o‘ylab topilayotgan” yangicha, to‘ydan oldin hamda keyingi turli-tuman tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilayotgani bot-bot takrorlanmoqda. Tahlillarga ko‘ra, har yili 300 mingdan ortiq nikohlar rasmiylashtiriladi. Shu bilan birga, 25 - 30 mingta nikoh bekor qilinadi. Xususan, 2017 yilda 306,2 ming nikoh rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 31 ming 930 ta ajrim qayd etilgan, ya’ni 2016 yildagiga nisbatan 8,1 foiz ko‘pdir. Birgina poytaxtimiz misolida oxirgi ikki yilda oilaviy ajrimlarning 20 - 25 foiziga aynan to‘y-hashamlarimizdagi ortiqcha dabdababozlik, soxta obro‘ ketidan quvish, shu bilan birga, yoshlarning 4

mustaqil hayotga tayyor emasligi, ularda mehr-muhabbat va sadoqat tuyg‘ularining shakllanmagani sabab bo‘lmoqda. Bitiruv malakaviy ish i ning maqsadi . Oila inistitutini mustahkamlashning huquqiy axloqiy jihatlarini tahlil qlish orqali jamiyatda ajrimlarni oldini olish. Oila va oilaviy qadriyatlarni mustahkalash, jamiyat oilaga bo’lgan e’tiborni kuchaytirsh, oilalardagi ma’naviy muhitni yanada yaxsilash. Millatimiz o’tmishi va kelajagini uyg’unlashtirgan xolda ma’naviy qadriyatlarni shakillantirish. Bitiruv malakaviy i shning vazifalari:  Zamonaviy O’zbekistonda oilaning jamiyat rivojiga ta’sirini o’rganish.  Oilalarda ma’naviy muhitni yaxshilash.  Yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiq xolda tarbiylas  Oila istitutini mustahkamlashning axloqiy jihatlarini takomillashtirish.  Oila istutini mustahkamlashning huquqiy jihatlarini takomillashirish. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi:  Oila tarbiyasiga doir bir butun muammo larni hal qilish;  Oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish va uning davlatni ustuvor talablariga javob beradigan komil insonni tarbiyalashdir;  Oila tarbiyasida milliy qadriyatlardan o‘rinli foydalanish pedagogik qonun-qoidalarga rioya qilishdir;  Fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish;  Ilg‘or oilalardagi muvaffaqiyatli ish uslublarini o‘rganish;  Ota–onalarni pedagog mutaxassislar bilan hamkorligini o‘rnatish kabilarni amalga oshirish;  Barkamol inson tarbiyasiga doir muammo larni hal qilish doimiy va hayotiy izlanishlarni talab etadi. Bitiruv malakaviy ish i ning ob’ekti oila va oila instituti. Bitiruv malakaviy ishning predmeti Oiladagi huquqiy munosabatlar, oilani mustahkamlashda oila institutining o`rni. 5