Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O`zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
Mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O`zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‗nalishlari, bosqichlari va х ususiyatlari. 2. Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. 3. Pul islohotlarining o‘tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi. 4. Soliq tizimidagi islohotlar.
1. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va х ususiyatlari . O’zbek xalqining demokratik jamiyat qurishdan ko‗zlagan maqsadi, shu yurtda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat‘i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan yuqori va yangi sifatdagi turmush darajasi hamda erkinliklami ta‘minlashdan iboratdir. Bunday strategik maqsadni amalga oshirishning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Qadimlan ajdodlamiz ishlab chiqargan mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyo bozorlariga chiqargani, mol almashganliklari bozor munosabatlari o‗zbek xalqi uchun yangilik emasligini ko‗rsatadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor munosabatlariga o‗tish uchun imkoniyatlar eshigi ochildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yo‗nalishlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlaming yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi. Mazkur taraqqiyot modelini ishlab chiqishda aynan Prezident tomonidan milliy davlatchilik asoslarini qayta tiklash va yangicha asosda shakllantirish, mamlakatni iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, milliy qadriyatlar va g‗urur-iftixor tuyg‗usini yuksaltirish, jamiyatni tubdan yangilash, zamonaviy dunyoqarashga, yuksak ma‘naviyatga ega shaxsni tarbiyalash kabi dolzarb masalalarga alohida e‘tibor qaratildi. Buning natijasida faqat iqtisodiy sohani emas, balki davlat qurilishi, ijtimoiy va ma‘naviy jabhalari qatori jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgani bilan jahondagi boshqa milliy modellardan farq qiladigan taraqqiyotning o‗zbek modeliga asos solindi. Islom Karimovning mustaqillikning dastlabki yillarda nashr etilgan asarlari va ma‘ruzalaridayoq bozor iqtisodiyotiga o‗tishdan ko‗zlangan maqsadni aniq belgilab berdi. Xususan, 1992-yil 2-3-iyulda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qilgan nutqida Prezident ―Bozor munosabatlariga o‗tish - ko‗r-ko‗rona maqsad emas, balki iqtisodni o‗nglash, jamiyatni yangilash yo‗li. Demokratik davlat qurmoqchi ekanmiz, eng avval,
ijtimoiy adolat prinsiplariga sodiq bo‗lib qolishimiz kerak ... ―Agar bozor‖ yetimyesirlarning, qariyalar va kambag‗al-nochor odamlaming ko‗z yoshi evaziga quriladigan bo‗lsa, bunaqa bozoming uyi kuysin degan edi. Prezident tomonidan ‖ ishlab chiqilgan ―o‗zbek modeli tamoyillarining asosiy mazmuni quyidagilardan ‖ iborat: – iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, uning har qanday mafkuraviy tazyiqlardan xoli bo‗lishi va o‗ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‗i kerak; – davlat bosh islohotchi bo‘lib, u islohotlaming ustuvor yo‗nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; – bozor munosabatlariga o‗tishda qonun ustuvorligi, qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga hamma amal qilishi shart; – bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‗tkazish; – bozor iqtisodiyotiga o‗tish hech qanday sakrashlarsiz, evolyutsion yo‗l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida o‗tmish madaniyati va qadriyatlarini tiklash, yetimyesir, qariya va kambag‗al, kam ta‘minlangan aholi qatlamlarini himoya qilish, qoilabquvvatlash, kishilami ruhiy va ma‘naviy jihatdan yuksaltirish kabi vazifalar bosh maqsad qilib qo‗yildi. Yurtboshining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi X sessiyasi (1992) da qilgan nutqida ―Bozor iqtisodiyoti deb inson ma‘naviyatini unutish gunoh bo‗ladi. Nuqul pul va foyda ketidan quvsak-da, ammo odamlarimiz ruhan qashshoq bo‗lib qolishsa - bunday jamiyatning hech kimga keragi yo‗q ', deb qayd etgan edi. ‖ Shu tariqa hayotga joriy etila boshlagan ―0‗zbek modeli mamlakatda ‖ jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlarini o‗zida aks ettirdi. Jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‗nalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilandi: – iqtisodiy siyosatda dehqonchilik, umuman, qishloq xo‗jaligi yetakchi tarmoq hisoblanadi;
– rubl amal qiladigan sharoitda iste‘mol bozorini himoya etish, davlat mustaqilligining asosiy belgisi hisoblanadigan milliy valyutaga o‗tish; – bozor infrastrukturasini shakllantirish, avvalo, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‗rsatish hamda savdo sohasidan boshlanib, asta-sekin banklami, birjalami, auditorlik firmalari, sug‗urta kompaniyalarini qamrab olishi; – iqtisodni jonlantirish uchun korxonalarni xususiylashtirish ishiga jiddiy kirishish; – iqtisodni to‗g‗ri yo‗lga solishda ishlab chiqaruvchining iste‘molchiga nisbatan zo‗ravonligini tugatish uchun monopolizmga qarshi choralar belgilash, erkin raqobatni vujudga keltirish uchun shart-sharoitlami yaratish. Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‗ra, ustuvor vazifalar bosqichma- bosqich hal qilinadi. Birinchi bosqichda totalitar tuzumdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‗tish davridagi bir-biriga bog‗liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‗g‗ri keldi: ma‘muriy buyruqbozlik tizimining og‗ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqichda iqtisodiy islohotning g‗oyat muhim yo‗nalishlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berildi. Bular quyidagilar: – o‗tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy- huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish; – qishloq xo‗jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; – ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish. Iqtisodiy islohotlami huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va yetuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan quvvatlanib tan olindi. Dastlabki vaqtning o‗zida iqtisodiy munosabatlaming huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‗yicha esa Prezident huzurida maxsus idoralararo kengash tuzildi. Prezident Oliy Kengashning X sessiyasi (1992)da qilgan ma‘ruzasida oldinda turgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlatning xo‗jalik ishlariga
aralashuvini kamaytirish lozimligi xususida ―Yana takror aytaman: odamlarga, xo‗jaliklarga iqtisodiy erkinlik berish kerak. Iqtisodiy erkinlik diyorimizda tezroq qaror topsin , - deb bozor munosabatlariga o‗tishdan ko‘zlangan maqsadning‖ mohiyatini ochib berdi. Ushbu nutqda iqtisodiy islohotlarning butun dasturida aytib o‗tilgan eng asosiy ustuvor vazifalar bilan bir qatorda quyidagi: – ta‘lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish; – aqliy va ma‘naviy salohiyatni mustahkamlash; – aholini ijtimoiy himoya qilish kabi ustuvor yo‗nalishlar ham aniq- ravshan ko‗rsatib berildi. I.A.Karimovning ―O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida nomli asarida O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning ‖ strategik maqsadlari, ustuvor vazifalari ishlab chiqilib, strategik maqsadlar mohiyati ochib berildi: 1. Ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, milliy boylikning ortishini, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlami ta‘minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish. 2. Ko‗p tarmoqli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo‗lishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo‗lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta‘minlash. 3. Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‗jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma‘muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag‗batlantirish vositalaridan keng foydalanish. 4. Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta‘minlaydigan chuqur strukturaviy o‗zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo‗shilib borish.