ONA TILI BO’YICHA YETUK MUTAFAKKIRLARNING MA’NAVIY VA MA’RIFIY, MADANIY MEROSLARI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ULARDAN FOYDALANISH
![1](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_1.png)
![ONA TILI BO’YICHA YETUK MUTAFAKKIRLARNING MA’NAVIY VA
MA’RIFIY, MADANIY MEROSLARI VA TA’LIM-TARBIYA
JARAYONIDA ULARDAN FOYDALANISH
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………….3
I. BOB. Sharq mutafakkirlari ta’lim tarbiya to’g’risidagi fikrlari…..5
II. BOB. Sharq mutafakkirlarining ta'lim - tarbiya tog’risidagi ilmiy
qarashlari………………………………………………………………8
III. BOB. Sharq mutafakkirlari asarlarida ta'lim - tarbiya
masalasining yoritilishi………………………………………………..19
XULOSA…………………………………………………………………..32
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR…………………………………….34
2](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_2.png)
![KIRISH
O’zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga
oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik,
mehnatsevarlik, do’stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi
umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o’ziga xos tajribasini to’plagan.
Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o’z-o’zidan vujudga
kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib
chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har
qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi
va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta’kidlab
o’tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu
tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Tarbiya ham ota-onalarning
burchi va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so’zi arabcha “robba” fe’lidan
olingan bo’lib, o’stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh
qildi ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif
qilganlar. Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: “Tarbiya bir
narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir”. Rog’ib Asfihoniy tarbiyani
quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga
o’tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan
biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unlik hamda
muvozanat ila o’stirishdir”. Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng
mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi
ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya
mas’uliyati bardavom bo’ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne’matiga haqiqiy
shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga
chiqadi [1:339-340]. Odob masalasini insoniyat tarixida to’laqonli ravishda
Islom boshlagan, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Islomda kishining
hayotidagi har bir narsaning o’z odobi bor. Dunyodagi odobga bag’ishlangan
asarlarning asosini va ko’piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan
asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag’a yo’q. Qadimda Sharq
3](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_3.png)
![mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g’oyalar bugungi
kunda ham muhim ta’lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga
ma’naviy ozuqa berib kelmoqda. Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy
Osiyo xalqlari o’zining ta’limtarbiyaga oid boy merosini yaratib,
takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat,
mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do’stlik, sahiylik kabi umuminsoniy
fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan
qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil
etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga keng
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, “Ajdodlarimizdan qolgan meros
millatimizning nafaqat o’tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va
fidoiylik manbai hisoblanadi”. Har bir xalqning ta’lim-tarbiyaga oid
an’analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo’lib xizmat
qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi.
Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o’z farzandlarini barkamol inson
bo’lishini istaydi, o’zlari eta olmagan orzuumidlariga bolalarining etishligini
o’ylaydi. Bolalarning har bir yutug’idan quvonishadi, mag’lubiyatidan
tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko’rish ular uchun eng baxtiyor
damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi.
O’tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob
saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol
mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat
haqidagi o’z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo’lamiz.
4](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_4.png)
![I BOB. SHARQ MUTAFAKKIRLARI TA’LIM TARBIYA
TO’G’RISIDAGI FIKRLARI
Jonajon O’zbekistonimiz zaminidan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga
salmoqli hissa qo’shgan, umumjahon miqyosida e’tirof etilgan qanchadan-
qancha buyuk mutafakkirlar va qomusiy allomalar yetishib chiqqan.
Ajdodlarimizdan qolgan boy meros o’zining o’ta muhimligi va ilmiy
salohiyati bilan hanuzgacha butun dunyo xalqlarini lol qoldirib kelmoqda.
Vatanimiz tarixining ibrat olsa arzigulik zarvaraqlarini holisona o’rganish va
ana shunday meros namunalaridan foydalangan holda komil insonlarni
shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Komil inson tarbiyasiyada o’zidan o’lmas meros qoldirgan ajdodlar
xazinasidan foydalanish bugungi kunning vazifalaridandir.
Darhaqiqat, ajdodlar merosi o’zligimiz, ma’naviyatimiz, aslimizdir.
Tarbiya muammolari, komillik va inson kamoloti masalalarini o’z asarlarida
dasturilamal qilgan ajdodlar ijodiga to’xtalsak.
Hadisshunos olimlar ichida eng kuchlisi Imom al-Buxoriydir. Uning 20
dan ortiq katta va kichik kitoblari mavjud bo’lib, ular orasidan “Al-jome’ as-
saxix” alohida o’rinda turadi. Bu shoh asar ahamiyati jihatidan Qur’ondan
keyingi ikkinchi diniy manba deb e’lon qilingan.
Imom al-Buxoriy o’z asarlarida axloq-odob haqida fikr yuritar ekan,
odamlarni ota-onani e’zozlashga, ular oldidagi o’z burchlarini mukammal ado
etishga da’vat etadi.
Inson sifatlari haqidagi qarashlarida jaholat kishiga o’lim keltiruvchi
fojea deb qaraladi. U odamlarni to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo qilishga
chorlaydi. Munofiq kishining uchta belgisini ko’rsatadi, ular: yolg’on
gapirish, va’daga vafo qilmaslik va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini
aytadi. U insonning kuch-qudratini jismonan paxlavonlikda emas, balki jahil
chiqqanda o’zini tuta olishda, deb hisoblaydi.
5](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_5.png)
![Oilaviy muhitning barqaror, tinch, oila a’zolarining sog’-salomat, to’q
bo’lishi, kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatda bo’lish ... kabi umuminsoniy
axloqiy qadriyatlar uning asarlarida aks ettirilgan.
Hadisshunos alloma at-Termiziy hadislarida odamlarni ahil bo’lishga,
jamoaga foyda keltirishga, do’stlik va birodarlikka da’vat etuvchi hadislar
ko’p uchraydi. “Barcha musulmonlar o’zaro birodardurlar. Ular hech qachon
bir-birlariga yomonlikni ravo ko’rmasliklari kerak. Kimda-kim o’zining
musulmon birodariga yordam qilsa, oxiratda Ollox unga yordam qiladi.
Kimda-kim o’z birodari hojatini yengillatsa, Olloh ham uning oxiratini yengil
qiladi”.
Alloma, sog’lom tanda sog’ fikr bo’ladi, degen xalq maqoliga amal qilib,
yoshlikdanoq sog’liqni saqlashga, vaqtni bekor o’tkazmaslikka da’vat etadi:
“Ikki narsa borkim, ko’pchilik ularning qadriga yetmaydi; biri sog’lik,
ikkinchi bo’sh vaqt”.
Imom at-Termiziyning “Sunan” kitobida keltirilgan kishi ijtimoiy
sifatlariga oid fikrlar ko’p uchraydi. Chunonchi: “Xayrli va yaxshi ishlar
qilishga da’vat etishing va zulmdan qaytarishing – sening sadaqang”,
“Adashgan kishilarga to’g’ri yo’l ko’rsatishing ham – sening sadaqang”, “O’z
paqiringdan boshqalarning idishiga suv solib berishing ham – sening sadaqang
hisoblanadi”.
Buyuk mutafakkir olimlardan yana biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy
o’z qarashlarida ta’limda talabaning shaxsiy kuzatishlariga katta e’tibor
bergan. U sezgi orqali bilish – qisman bilish, mantiqiy bilishni esa haqiqiy
bilish deb hisoblagan.
Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shgan. U insonni aqliy
kamolga etkazishda ilm-fan va ta’lim-tarbiya birlamchi deb hisoblagan.
Abu Nasr Farobiy esa komillikning asosiy mezoni jamiyat talablariga
javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonning
asosiy sifatlarini tuzib chiqqan.
6](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_6.png)
![Farobiy fikricha, insonning eng yuksak xususiyati uning baxtga
erishganligidir. Baxtga esa, deydi alloma, faqat foydali bilimlarni o’zida
jamlash orqali erishish mumkin. Chunki inson dil rohatining eng yuqori
cho’qqisi – bilim olish jarayonidir.
Insonning deyarli barcha ijtimoiy sifatlari tashqi ijtimoiy muhit ta’sirida
shakllanadi va rivojlanadi. Shuning uchun kishining insoniy sifatlarini
shakllantirishda maqsadga yo’naltirilgan ta’lim va tarbiya hamda
tarbiyalanuvchining erkin tanlovi yetakchi o’rin egallaydi, deydi Farobiy.
Qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy ta’limotida bilim oluvchilarga
qalbingni yomon illatlardan, inson o’zi sezishi mumkin bo’lmagan
holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, ochko’zlikdan va shon-
shuhratdan saqlashi lozimligini aytadi.
U barcha illatlarning asosiy sababi bilimsizlikda, deb bilgan. Bilimlarni
o’zlashtirishda kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimoiy muhit o’rnini
alohida ta’kidlaydi.
Beruniy faxrlanishni yaxshi xulk ma’nosida ishlatib, “Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday deydi: “Faxrlanish –
haqiqatda yaxshi xulq va oliy fe’llar oldin ketishi, ilmu-hikmatni egallash va
imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday
sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular etishmasa, hukm uning
zarariga bo’ladi” [2] .
Beruniy inson kamolatida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi
ma’rifat, ilm-fanni ham e’tirof qiluvchi – irsiyat, ijtimoiy muhit va to’g’ri
tarbiyadir.
Beruniy nazarida inson kamolga etishining muhim omillari ko’p bilimga
ega bo’lish va yuksak ahloqiylikdir.
7](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_7.png)
![II BOB. SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA'LIM - TARBIYA
TOG’RISIDAGI ILMIY QARASHLARI
Ibn Sino boshqa mutafakkirlar kabi o’zining komil inson to’g’risidagi
qarashlarini falsafiy, ijtimoiy fikrlari bilan bog’liq holda ifodalagan. Olimning
ijodida “komil inson tarbiyasi to’g’risida”gi qarashlariga to’xtalsak.
Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan
bilimlarga erishishni da’vat etadi. Buning sababi shundaki, ilm-fan tabiat va
jamiyat qonuniyatlarini ochib, avlodlarga etkazadi. Bu maqsadga etishish
uchun inson duch kelinadigan qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi.
“Ey birodarlar: Odamlarning botiri mushkilotdan qo’rqmaydi. Kamolot
hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir” 2
. Zero bilimli
kishi jasur, o’limdan ham qo’rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat
qiladigan bo’ladi, deydi u fikrini davom ettirib.
Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini o’rab turgan muhit
alohida ahamiyat kasb etishini, ana shu muhit insonning atrof dunyoni
bilishigina emas, balki uning xulqida ijobiy yoki salbiy jihatlarning tarkib
topishiga ham ta’sir etishini uqtiradi. Shu bois ham bolalarni tarbiyalashda
ehtiyotkor bo’lish, ularni yomon ijtimoiy muhitdan uzoqroq saqlash zarur deb
hisoblaydi.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiya va ahloqqa oid qaysi asariga ahamiyat
bermaylik bu asarlarning bugunga qadar barkamol avlodlarimizning ta’lim-
tarbiyasida, ularning zamon talablariga javob bera oladigan dono, bilimli va
kuchli bo’lishlaridagi ahamiyati kattaligiga amin bo’lamiz.
Yetuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib ta’limotida ham inson komilligi,
kamoloti masalalari keng o’rin olgan.
Olimning eng mashhur “Qutadg’u bilig” (Saodatga eltuvchi bilim) ta’lim
tarbiyaga oid, har tomonlama komil inson qilib tarbiyalaydigan yetuk ma’rifiy
asari, pand-nasihatlari yoshlarni chin ma’noda komillikka yetaklovchi asardir.
8](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_8.png)
![Asarda ahloqiy xislatlar – insoniylik, rostgo’ylik, ishonch, to’g’rilik,
soflik, mehr-muhabbat, vafo, insof, sodoqat, aql-zakovat, halollik ... kabilar
ulug’lanadi.
Faxr va iftixor bilan ayta olamizki, jonajon zaminimizdan jahon
sivilizatsiyasi rivojiga hissa qo’shgan allomalar, faylasuf olimlar juda ko’p
yetishib chiqqan. Ularning merosidan foydalanib, milliy mentalitimizni,
qadriyatu an’analarimizni, ma’naviyatimizni, insoniy go’zal hislatlarimizni,
tafakkurimizni, samimiy dunyoqarashlarimizni yanada boyitish hamda
o’zlashtirish mumkin. Bu har bir qalb uchun faxrga aylansin!
Farobiy bilimidan ma’rifatli etuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday
deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’
– salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan
chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin,
bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan
mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega
bo’lsin».
Bu fikrlardan Farobiy ning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib
tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib
turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i
lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola etuk bo’lib etishmaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini
bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy –
ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota –
onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir
bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.
Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga
tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.
Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan
o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb
biladi.
9](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_9.png)
![Yusuf Xos Xojib ning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib
kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani
olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning
o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.
Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning
noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.
Mirzo Ulug’bek ning oila muhiti sog’lom avlodni etishtirish haqidagi fikrlari
shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish,
xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota
– onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib
kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Alisher Navoiy bolaning voyaga etishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi
va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va etuk
kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab
tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga
yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir
– birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga
etkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.
Voiz Al – Koshifiy ning o’qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta
tarbiyalash aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik
qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga aloxida
e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni
talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o’rin tutadi. Bola
to’g’ri so’zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng
to’xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng
ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni
egallashiga ko’maklashishi ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi
bo’lmishoziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni etkazib berish
uchun jozibalik ko’rsatishi kerak.
10](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_10.png)
![Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi
Sheroziy Sheroz shaxrida 1184 yilda tug’ildi. Sadining fikricha, oila, bolaning
baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U
ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga
o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.
Sadining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo’lishi
mumkin. Qobiliyat o’z – o’zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani
tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi, tarbiyani 3 asosiy –
aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo’ladi. Adib bolani tarbiyalash
vazifasini ularning ota – onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga kata e’tibor beradi.
Sadi ota – onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning
yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi.
XIX asr o’zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vakillaridan biri Komil
Xorazimiy o’z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g’oyalarini olg’a
surdi.U ilm-ma’rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida
tutgan o’rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik
fikrlarini xam bayon etadi.
Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma’rifat inson axloqiy
kamoloti, ijtimoiy ma’naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik
eskirmaydigan, eng go’zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo’lganlar obro’-
e’tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan
saqlaydi.
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko’p erk
bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so’zmonlik kishi
boshiga olin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin.
Shoir yomon so’zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni
jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo’lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy
o’z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo’lishga, jaxolatdan yiroq turishga
da’vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko’rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U
11](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_11.png)
![yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo’lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga
chorlaydi.
Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta’lim – tarbiyaga oid fikrlar
faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir.
Mohlar oyim Nodira ning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat
shaxsiy tuyg’u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an’analarning roli haqidagi
fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik
g’oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muxim o’rinni egallaydi. Nodira xayotning
tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha,
kimki tiriklik chog’ida yaxshilik bunyod etgan bo’ladi, o’zining bu ezgu ishlari
bilan o’zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o’z
she’rlarida barkamol insonni ulug’laydi. Ta’lim – tarbiyaga oid ko’p foydali
o’gitlarni bayon etdi.
Muxammad Rizo Ogahiy o’z ijodiy faoliyatini pedagogik qarashlarida nafosat
tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy an’analarimiz mexmondo’stlikni
go’zal fazilatlardan biri hisoblaydi. Mehmonga chuqur xurmat bilan qarash,
mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodidan o’z ifodasini topdi, odamlarni bu
fazilatni egallashga da’vat etdi.
Ogahiy ning ta’kidlashicha, insonga do’st va dushmanni ajratib olish xayotda
o’z o’rnini topib olishda g’oyat muximdir. Uning fikricha to’g’ri so’z kishilar
xayotda qiyinchilik bilan yashasalarda, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar,
mangu yashaydilar.
Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda xam muxim
axamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi.
Muxammad Rizo Ogaxiy o’z ijodiy faoliyatida binobarin yoshlarni odamlarni
xalq, vatan, jamiyat farovonligi yo’lida xizmat qilishga da’vat etdi. U do’stlikni
mehmondo’stlikni axloqiy go’zallikni ulug’ladi. Insonlarni ziyraklikka, to’g’ri
so’zli bo’lishga chorlaydi. Ogahiyning buf ikr o’gitlari hozir ham pedagogik
qadriyat sifatida qimmatlidir.
12](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_12.png)
![Berdimurod Berdaq Qaraqolpog’iston xalq shoiri butun ijodi davomida
xalqlar tengligi, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat haqidagi g’oyalarini olg’a
suradi.
Berdaq insonning shaxsiy baxti xalq baxti bilan bog’liq deb biladi. Uning
ta’kidlashicha, har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o’z shaxsiy manfaatini
xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo’lsa jonini ham
ayamasligi kerak. Berdaqning fikricha inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi,
beg’arazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega
bo’lishi lozim.
Berdaq yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning mavqei katta ekanligini
ta’kidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulqi atvorli qilib tarbyalash lozim. Uning
fikricha maktabda dars beruvchi muallim o’z xushmuomilaligi, pok qalbligi,
haqgo’yligi, o’z fanini yaxshi puxta bilishi bilan bolalarga o’rnak bo’lishi kerak.
Berdaq oilaning bola tarbiyasida, muxim o’rin tutishni aloxida ta’kidlaydi,
oila muxitida ota – onalar bilan bolalar o’rtasida o’zaro hurmat bo’lgandagina
tarbiya yaxshi natijalarga erishishi mumkinligini aytadi. Berdaqning uqtirishicha,
inson tug’ilgan kundanoq tarbiyaga muxtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota
– onalardir. Berdaq ning fikricha barcha odamlar insonparvar va adolatli bo’lsa
jamiyat gullab yashnaydi. Buning uchun esa, xalqqa ta’lim berish, unda ijobiy
xulq-atvorni tarbiyalash lozim.
Markaziy Osiyo xalqlari ilm – fani va madaniyatini jaxon miqyosiga olib
chiqqan Markaziy Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib xissa qo’shgan
ulug’ siymolardan biri Mirzo Ulug’bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy
tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da’vat etdi.
Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining komil topishini
ta’minlashga ishondi.
Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo’lgan qiziqishi, havasini
oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar
ayniqsa, o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining xaqiqiy inson bo’lib kamol
topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
13](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_13.png)
![Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom,
harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib etishuviga aloxida axamiyat
beradi. Ulug’bekning fikricha odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik
chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim – tarbiyada
poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak.
Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug’
namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot,
jumladan pedagogikaga doir o’lmas me’ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa,
nasriy yo’lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida
fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z
pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan
zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.
O’zbekistonda islohotlar va yangilanish jarayonlari tezkor su’r'atlar bilan
amalga oshirilmoqda.Mamlakatimizning istiqboli, bozor iqtisodiyoti qonunlariga
asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarning samarasi, yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liq. Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilgan
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to`g`risidagi qonun” shuningdek
“Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni
voyaga etkazish to’g’risida”gi farmoni ana shu maqsadni ro`yobga chiqarishga
qaratilgan. Bu hujjatlarda ilgari surilgan vazifalarni hayotga tadbiq etish davlatimiz
siyosatining ustuvor sohasi bo`lib qolmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta'lim-
tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o`rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta
zarurat seza boshlandi. Shuni ta'kidlash lozimki, ma'rifat xalqimiz, millatimiz
qonidadir. An'anaviy sharqona qarashga ko`ra, ma'rifatlilik faqat bilim va malaka
emas, ayni paytda chuqur ma'naviyat va go`zal axloq degani hamdir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam
bo`lmasligi, farzandlarmizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli
bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz,
14](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_14.png)
![bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”
deb ta'kidlaydilar. Tarbiya — bu shaxsning ijtimoiy, ma'naviy va ishlab chiqarish
faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma'naviy, jismoniy kamolotiga muntazam
ravishda ta'sir ko’rsatish jarayonidir. Biz manashunday chuqur ma'naviyat va
go`zal axloqlilikni, insonning ma'naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda
ta'sir ko’rsatish jarayonlarini sharq mutafakkirlari asarlaridan olishimiz mumkin.
Sharq mutafakkirlaridan biri Farobiyning ta'kidlashicha har bir kishining fe'l
atvoriga qarab ta'lim — tarbiya ikki xil usul: ixtiyoriy va majburiy usullarda
amalga oshirilishi mumkin. Ta'lim oluvchilar fan va hunar o’rganishga moyillik
bildirmasalar, ularga nisbatan rag’batlantirish usuli qo’llaniladi. Maboda ular
o’zboshimcha va itoatsiz bo’lsalar majburiy usulni qo’llash mumkin. Farobiyning
ko’rsatishicha aqlli kishilar o’tkir zehn — idrokli, fazilatli bo’lishi, o’zining
qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarga yo’naltirishi kerak. Farobiy “Aql to’g’risida”
nomli risolasida axloqli odam o’zida o’n ikki xislatni birlashtirgan bo’lishi lozim
deb hisoblaydi. Abu Nasr Farobiyning uqtirishicha insonning barcha qobiliyat va
fazilatlari ikki tomonga ega. Birinchisi- tug’ma irsiy, tabiiy xislatlar bo’lsa,
ikkinchisi- tajriba, amaliyot, sharoit ta'sirida tarkib topadigan xislatlardir.
Shuningdek bola tarbiyasida bir-biri bilan bog`liq bo’lgan xislatlarni hisobga olish
lozimligini ta'kidlaydi. Abu Ali ibn Sino(980-1037)ning fikricha ta'lim-tarbiya
yagona jarayon. Bu jarayonda yoshlarga aqliy va jismoniy, axloqiy tarbiya berish
va hunar o’rgatish nazarda tutiladi. Ibn Sino o’zining “Tib qonunlari” asarida
bolani olti yoshidan boshlab muallimga topshirish xususida fikr yo’ritadi. Ulug’
hakim ta'lim jarayonida o’qitishda oddiydan murakkabga qarab borish qoidasiga
amal qilish lozimligini uqtiradi, ayniqsa bolaga kuchi etadigan mashqlarni
bajartirish amali bu jarayonda katta ahamiyat kasb etadi. Ibn Sino bolalarni yakka-
yakka o’qitishdan ko’ra jamoada ta'lim berish afzal ekanligini e'tirof etadi.
Ibn Sinoning inson aqli, bilimi orqali erishiladigan natijalari haqidagi ta'limoti
o’qitish nazariyasida alohida o`rin egallaydi. Uning fikricha buyumlarni chinakam
bilishga tashqi ko’rinishini tahlil qilish sabablarini aniqlash asosida aql bilan
erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada
15](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_15.png)
![bilan idrok qilishni birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarni tushuntirishdir. Ikkinchi
bosqich, ikki xil fikrni idrok etishdir. Aql rivojlanishining uchinchi bosqichida,
o`zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyish
mumkin.
Ibn Sino aql deganda insonning tug`ma istedodini, shuningdek tajriba asosida
va bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. U ona
allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi deydi.
Birinchisi,beshikni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bagishlanadi; ikkinchisi
beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan
muhabbatidan, onaning orzu umidi yo’rak to’ridan silqib chiqadi. Bu o’ziga xos
qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg`ak qalbiga, butun
shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi anglamagan holat paydo bo’ladi. U
asta-sekin bu yorug` olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o`rganish
boshlanadi. Xuddi shu o`rganish tarbiyalanishdir.Zotan o`rganish sezishdan kelib
chiqadi.
Buyuk mutafakkir Mahmud Qoshg`ariy “Qutadg`u bilik” asarida bola
tarbiyasi haqida to’xtalib, shunday deb yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli,
xushli bo’lsa, ota-onaning yo’zi shunchalik yorug` bo’ladi”. U bola tarbiyasida
otaning ma'suliyatiga asosiy e'tibor beradi. “Kimning o’gli, qizi erka bo’lsa -deb
yozadi u,unda shu kishining o’zi mungli bo’lib yig`laydi. Ota bolani kichikligidan
bebosh qilib qo’ysa, bolada gunoh yo’q, barcha jafo otaning o’zida. O’g`il —
qizning xulq-atvori yaramas bo’lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo’ladi. Ota
bolalarni nazorat qilib turli hunarlarni o’rgatsa, ular ulg`aygach, o’gil- qizim bor
deb sevinadi, o’gil- qizga -hunar va bilim o’rgatish kerak, toki bu -hunar bilan
ularning fe'l-atvorlari go’zal bo’lsin”. Mahmud Qoshg`ariy fikricha, bola asta-
sekin hunar o’rganib hayotdan ta'lim olib, bilimdon bo’ladi, chinakam insoniy
go`zallikka erishadi.
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham ta'lim-tarbiya jarayoni
munosib o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari
umuminsoniy g`oya ekanligini o’rtaga tashlaydi. Uning fikricha, jamiyatning
16](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_16.png)
![etukligi uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog`liqdir, shunga ko`ra
bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir-deydi.
Alisher Navoiy tarbiyada insoning o’z-o’zini tarbiyalashga, xato va
kamchiliklarini anglab tuzatishiga e'tibor beradi, yanglish va xato kishilik shartidir.
Xato va yanglishishni anglab, ogohlangan baxtli kishidir. Kimki e'tirof tomon
qaytar ekan, xatosi yo’qoladi. Kimki dalil keltirib, aljiray bersa, xatosini bir karra
oshiradi. Mubolag`asi qancha ko’proq esa, yanglishishi shuncha ko’rimliroq bo’lur
va o’zini katta ko’rsatib, tortishuvi qancha esa ortiqroq, o’zi xalq o’rtasida shuncha
rasvoroq ko’rinur.
Ya`ni, kishi xato qilganda, yanglishganini bo`yniga olsa,- bu yaxshi. Agar o`z
xatosiga dalil ko`rsatib bersa, uning xatosi yana ikki barobar ortadi,- deydi alloma.
Yana bir mutafakkirlardan biri Abdurahmon Jomiy yoshlarni faqat bilim va
hunar egallashi bilan chegaralanib qolmasdan, balki hayotda yurish-turishda,
boshqa kishilar bilan munosabatda, o’zaro muomalada, axloq normalariga amal
qilishni va yoshlikdan yaxshi malakalarni kasb qilishga harakat qilishi kerakligini
uqtiradi.A. Jomiy yomon xulqli kishilarni qattiq tanqid ostiga oladi, ularni eng
yaramas pastkash kishilar qatoriga qo’shadi va yoshlarni bunday kishilar bilan
suhbat qilmaslikka chaqiradi.
A.Jomiy inson hamma vaqt boshqalarga yaxshilik qilishi lozim, chunki
yaxshilik kishining eng go’zal fazilatdir deb aytadi, jamiyat va xalq manfaati
yo’lida xizmat qilishni u yaxshilik deb tushunadi.
Jomiy yoshlarda saxiylik, shirinsuxanlik, kamtarlik, qanoat, do’stlik, aqllilik
kabi xislatlarni singdirmoqchi bo’ladi, bu fazilatlarni ko’klarga ko’tarib maqtaydi.
Mutafakkirlardan Davoniy fikricha bolani yaxshi yoki yomon bo’lishi keyingi
tarbiyaga bog’liq. Shuning uchun ham bola, yaramas odatlarni kasb qilmasligi,
yaxshi jamoa orasida tarbiyalanishi, badxulq odamlardan o’zini tortishi, ular bilan
hamsuhbat bo’lmasligi darkor. Bola har kungi hayotida zarur bo`ladigan insoniy
xislatlar- xushmuomalalilik, yurish-turish qoidalari, ota-onani hurmat qilishi,
yolg`on gapirishga o’rganmasdan, doimo to’g`ri va rost gapirishni-
shirinsuxanlikni puxta o’rganishi lozim. Bola boshqalar oldida o’zini kamtar
17](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_17.png)
![tutishi, sergap va maxmadona bo’lmasligi, gapirda me'yoridan ortiq so’zlashni, u-
kishini katta nuqsoni deb hisoblaydi. “Ko’p gapirish yaramaydi, chunki u
mahmadonalik, dimog` ko’tarilish va engil tabiatlilik nishonasidir, ana shu narsa
hurmatning yo’qolishiga va jiddiyatsizlikka sabab bo’ladi-deydi.
Biz, Sharq mutafakkirlarining ilmiy, ma`naviy merosini o`rganish asosida
allomalarimizning, barkamol, komil insonni tarbiyalash xususidagi qarashlari bilan
tanishib chiqib, undagi ilgari surilgan g`oyalar, bugungi kunda o’sib kelayotgan
yosh avlod uchun naqadar zarurligini angladik. O’rganilgan ma'lumotlarga
tayangan holda quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:
- Pedagogik faoliyatda, Sharq allomalari va mutafakkirlarining g`oyalaridan
unumli foydalanib, ta'lim oluvchilarning intellektual, ma'naviy, axloqiy sifatlarini
shakllantirish,rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
- Talabalarni insoniyat erishgan boy qadriyat va an’analarga, milliy istiqlol
g`oyasi va mafkurasiga tayangan holda, barcha fanning o’ziga xos ilmiy va amaliy
asoslari bilan qurollantirish lozim.
-Tarbiya nazariyasi va amaliyotining ilg’or qarashlarini pedagogik jarayonga
tadbiq etish orqali, pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish mumkin.
-Sharq allomalarining komil inson ta’lim-tarbiyasi xususidagi g’oyalariga
tayanib, undagi tarbiya usullari va vositalaridan, bugungi kun- ta’lim-tarbiya
jarayonida foydalanish ijobiy samara beradi beb o’ylaymiz.
18](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_18.png)
![III BOB. SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA TA'LIM -
TARBIYA MASALASINING YORITILISHI
Biz farzand tarbiyasida mutafakkirlarning qarashlari, olimlarning fikrlarini
o’rganar ekanmiz, beixtiyor milla- timizga xos bo’lgan axloqiy, tarbiyaviy
fazilatlar ko’z o’ngi- mizda gavdalanadi. Shuningdek, ilk tarbiya, samimiy muno-
sabat, go’zal muomala oiladan ota-onalarimizning namunasi timsolida shakllanadi.
Abu Nasr Forobiyning: “Inson o’z baxtiga erishishda go’zallikni ko’rishi va his
qilishi- ning o’zi etarli emas, buning uchun go’zallikni yarata olishi muhimdir”, —
degan fikrlarida olam-olam ma’no bor. Mu- tafakkirning bu fikrida bugungi ota-
onalarimiz o’zlari namuna bo’lgan holda oilalarida, ishlarida, ro’zg’orlarida, uy
tutishlarida, o’zaro munosabatlarida, yurish-turishlari- da, kiyinishlarida,
salomatliklarida, farzand tarbiyasida, ular bilan bo’ladigan muomalada go’zallikni
yarata olishla- ri zarur, degan g’oya o’z aksini topgan. Ajdodlarimiz ham o’z- lari
namuna bo’lgan holda o’z farzandlariga pandu nasihat- lar qilganlar. Jumladan,
Abu Nasr Forobiy: “Har inson kasb-korini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya
olmog’i, yaxshi 14
Mirziyoev Sh.M. 2017. 24 iyun. “Xalq so’zi” gazetasi.xulq-
atvorga, fazilatlarga ega bo’lmog’i kerak”, — degan ekan. Arab hikmatlarining
birida: “Uch narsa kishi aqlini pesh- laydi: biri olimlar va keksalar bilan suhbat,
ikkinchisi ha- yotiy tajriba, uchinchisi chidam va sabot bilan intilish. In- son ikki
narsaning qadrini faqat yo’qotgandagina biladi: biri yoshlik, biri sog’liq”, — deb
ta’kidlangani bejiz emas. Darhaqiqat, inson odamlar orasida yashar ekan, o’zaro
muomala va munosabatda bo’ladi hamda o’sha jamiyatdagi insonlarning axloqi,
tarbiyasi ko’zgusida yashaydi, unga ko’nikib ketadi. Jamiyatda xushmuomala,
tarbiyali, aqlli, tashabbuskor, faol insonlarni hamma yaxshi ko’radi.
Mutafakkirlarimizning tarbiya, ilm, fanga oid qarashlarini quyida keltirishdan
maqsad, ular farzand tarbiyasida unumli foydalanishda oz bo’lsa-da, yordam
beradi, deb umid qilamiz.
Abu Nasr Forobiy (873-950) ilmning turli sohalari- ga oid katta ilmiy
meros qoldirdi. M.Xayrullaev o’zining “Forobiy va uning falsafiy asarlari”
monografiyasida Forobiyning 119 ta asari ro’yxatini keltiradi. O’z davri- ning
19](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_19.png)
![zukko, ilmli mutafakkiri Forobiy 70 dan ortiq tilni mukammal bilgan va ko’pgina
tillardagi eng muhim asarlarni asliyatda mutolaa qilgan. 1
Agar Aristotel Sharqda
“Mual- limi avval” degan unvon olgan bo’lsa, Forobiy Aristotel asarlarini targ’ib
qilgani va uning qarashlarini yanada ri- vojlantirgani, Aristotel kabi universal
ilmga ega bo’lga- ni uchun “Muallimi soniy” 2
(“Ikkinchi muallim”) degan nom
olgan. Forobiy ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag’ishlangan “Fozil shahar
aholilarining fikrlari”, “Baxt-saodatga erishuv haqida risola”, “Baxt-saodatga
erishuv yo’llari” kabi asarlarni yozgan. Forobiy fazilatli shaharda ilm, falsafa,
axloq, ma’rifatning ahamiyati birinchi o’rinda bo’lmog’i ke- rak, shundagina
jamiyat etuklikka erishadi, deya ta’kidlaydi. Uning fikricha , insonning va
jamiyatning g’alabaga erishuvi, yaxshilikni qo’lga kiritish, axloqiy va aqliy
mukammallikka erishuvi inson va jamoaning o’z qo’lidadir, 3
shuningdek, bi- lim-
ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim, — degan so’zlari zamirida
oilada, ta’lim muassasalarida far- zandlarga nafaqat bilim, balki tarbiya ham
zarurligi ilgari surilgan. Zero, dono xalqimiz “Bola — odobi bilan go’zal”, deb
bejiz aytmagan.
Abu Homid G’azzoliy o’zining “Ihyou ulumid-din” kito- bida to’rtta katta
mavzuni jamlagan:
a) ibodatlar haqidagi qism, b) urf-odatlar haqidagi qism, v) halok qiluvchi
va g) najot beruvchi narsalar haqidagi qism- lar. Har bir qism o’ntadan, jami qirqta
kitobni o’z ichiga olgan. Ta’kidlash joiz, Abu Homid G’azzoliy biror mavzu- ni
yoritar ekan, islomiy odob va an’anaga ko’ra, dastlab unga tegishli oyatlarni
keltiradi, so’ngra Payg’ambarimizning hadislariga murojaat etadi, keyin esa
sahobalar va boshqa ulug’larning so’zlaridan, siyratlaridan dalillar keltiradi,
shundan so’ng fikr-mulohazalarini bayon etadi, lozim o’rin- larda so’zlarini hujjat
bilan quvvatlaydi. 4
Biz Abu Homid G’azzoliyning “Ihyou ulumid-din” asarining
“Muhliqot”(ha- lokatga olib boruvchi ofatlar) qismini, ya’ni “Til ofat- lari”ni
tanladik. Ushbu kitobda muomala odobi, yuksak axloqiy intizom masalalari oyat,
1 Иброҳимов А. Бизким, ўзбеклар. “Шарқ”, Т:2011. Б.142.
2 Форобий Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри. “Абдулла Қодирий”нашриёти, Т:1993.Б.10.
3 Форобий Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри.
4 Имом Абу Ҳомид Муҳаммад ибн Муҳаммад ал-Ғаззолий. “Иҳёу улумид- дин”, Т: “Мовароуннвҳр”, 2003. Б.5.
20](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_20.png)
![hadis asosida sahobalar- ning so’zlari, ibratomuz rivoyatlar orqali yoritilgan. Biz
qisqa bo’lsa-da, til, til ofatlari haqida so’z yuritar ekanmiz, tilning faoliyat va ta’sir
doirasiga chek yo’q: yaxshilik sari yursa, oldida keng maydon, ufqlar qadar
cho’zilgan, yomonlik yo’liga kirsa, ilon-chayonlar kabi sudralib, tubsiz tubanlikka
ketishi mumkin ekani beixtiyor, har birimizni avval o’ylab, keyin so’ylashga
chorlaydi.
Abu Bakr ibn Iyosh hikoya qiladi: “To’rtta shoh — Hind, Chin, Eron va
Rum podshohlari bir joyga jamlandi. Biri dedi: “Aytmaganlarimga emas, aytgan
so’zlarimga pushaymon- man”. Yana biri aytdi: “Qachonki bitta so’z gapirgan
bo’lsam, u so’z mening xo’jayinimga aylandi, men unga tobe. Gapirma- gan
so’zimga esa men xo’jayin bo’ldim, u menga tobe”. Uchinchisi dedi: “Gapirgan
gapi o’ziga qaytarilsa, zarar beradigan, agar qaytarilmasa, foyda bermaydigan
gapiruvchiga ajablana- man?!” To’rtinchisi dedi: “Aytganlarimdan ko’ra,
aytmaganla- rimni rad qilish menga osonroq”.
Abu Zar deydi: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam menga shunday
dedilar:
— Badaningga engil, mezonda og’ir amalni senga o’rgataymi?
— Ha, albatta, ey Ollohning rasuli, — dedim.
— Bu amal — jim yurish, go’zal xulq va behuda gaplardan tiyilishdir, —
dedilar.
Ibn Mas’ud aytdi: “Sizlarni ortiqcha gapdan ogohlanti- raman! Kishiga
ehtiyoj darajasidagi gap kifoyadir”.
Mujohid dedi: “Albatta, so’zlar yozib boriladi. Hatto kishi o’g’lini
tinchitish uchun: “Senga falon-falon narsalar sotib olaman,” — desa, uni “kazzob”
deb yozib qo’yiladi.
Mutafakkir Abu Homid G’azzoliy qarashlaridagi go’zal xulq, muomala,
so’zlashda aql va zakovat bilan o’ylab gapirish, yolg’on gapirishdan yiroq bo’lish
ilgari surilgan. Mutafak- kirning bu fikrlarini yoshlar ongiga singdirish va tarbiya-
lash orqali oilalardagi o’zaro munosabatlarni yaxshilash, turli kelishmovchiliklar,
nizolarni oldini olish mumkin. Chunki yaxshi gap ham, yomon gap ham bir
21](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_21.png)
![og’izdan chiqishi hech kimga sir emas. Shunday ekan, kelinglar, oilada farzandlar-
ga, yaqinlarga muloyim, shirinso’z, chiroyli muomalada bo’lib, imkon qadar
namuna bo’lishga harakat qilaylik.
Alisher Navoiy — shoir, mutafakkir, olim, davlat ar- bobi (1441-1501).
U nafaqat buyuk shoir, o’zbek adabiyotining asoschisi, ilk bora “Xamsa” asarini
turkiy tilda yaratgan buyuk mutafakkir ham edi. Uning bir qancha nasriy asarlari
o’zbek tiliga bag’ishlangan. O’zining “Majolis un-nafois”, “Muhokamatul-
lug’atayn”, “Mezon ul-avzon” kabi asarlarida
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy merosida farzand tarbiyasi o’zbek
tilining imkoniyatlarini ko’rsatib bergan. “Muhoka- mat ul-lug’atayn” asarida
o’zbek tilini fors-tojik tili bi lan qiyoslab uning boyliklarini, o’zbek tilining
imkoniyat- lari nihoyatda cheksiz ekanligini isbotlab bergan. Holbuki,
Navoiygacha o’tgan bir qancha shoirlar bu tilda asarlar yaratib bo’lmaydi, uning
imkoniyatlari cheklangan, degan qarashlarni ilgari surishgan. Zahiriddin
Muhammad Boburning ta’bi- richa: “Alisher Navoiy nazariy g’oyalarni ilgari
suribgi- na qolmay, balki bu tilda juda ko’p va xo’p asarlar yaratgan. Alisher
Navoiy asarlarida shunchalik ko’p so’zlar ishlatil- ganki, to’la bo’lmagan hisob-
kitoblarga ko’ra, u o’z ijodida 26 mingdan ortiq so’z ishlatganligi aniqlangan.
Mutafakkir o’z asarlarida bir qator to’rtliklarni ayollar, ota-ona va far- zand
munosabatlari ta’rifiga bag’ishladi. Navoiy ijodida ayollar, ayniqsa, onalarga
bo’lgan chuqur hurmat va ehtirom doi mo sezilib turadi. Jumladan, “Iffatli,
shirinso’z, xushmu- omala, aqlli va go’zal xulq ayollar hamisha qut-baraka, shirin
hayot manbaidirlar. Sen o’zingga yor, mahbubu tilasang, uning to’g’riso’zligi,
haqgo’yligi, yurish-turishiga boq” 5
— deydi. Al- batta, shoir ayollarni bebaho
so’zlar bilan ko’klarga ko’tarar ekan, erkaklarni ayol tanlashda nimalarga ahamiyat
berish ke- rakligini ta’kidlab o’tadi.
Muso Toshmuhammad o’g’li Oybekning “Navoiy” romanida insoniylik,
yaxshilik, adolat, millatlararo va dinlararo to- tuvlik kabi ezgu g’oyalarning ilgari
surilishini ko’rishimiz mumkin. Inson qalbining quvonch-qayg’usini, ezgulik va
5 Алишер Навоий. Ибратли ҳикоятлар ва хислатли ҳикматлар. Т: “Sano- standart”? 2016/ Б.82.
22](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_22.png)
![hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabi- yoti tarixida
kamdan-kam topiladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni
qanchalik ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda,
jamiyatimiz- da ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli
ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz. Alisher Navoiyning “Nasoyim-ul mu habbat”
asarida komil insonga xos xususiyat lar va uning sharqona fazilatlari sanab o’tiladi.
Bular qato- riga ulug’ mutafakkir: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, o’z
kasbidan topib kun o’tkazish, shariatga rioya etish, barcha- dan o’zini kam deb
bilish, hatto farzandlari, xizmatkorla- riga qo’pollik qilmaslik, chuchuk tilli
bo’lish, yaxshi, muloyim bo’lish, rahmdil bo’lish, saxiy bo’lish, mard bo’lish,
halimlik, xushxulq bo’lish, rizo-rozilik bilan kun o’tkazish, sabrli bo’- lish,
sadoqatli, vafoli bo’lish, riyozat chekishdan qo’rqmaslik kabilarni kiritadi. Alisher
Navoiyning quyidagi:
Befoyda so’zni ko’p aytma, Chin ayta olur tilni yolg’onga bulg’ama; Aytur
so’zni ayt, Aytmas so’zdan qayt;
“Imkoni bor har bir yaxshilik — so’z orqalidir” kabi baytlari uning
qarashlariga misol bo’la oladi. Mutafakkirning “Hayrat ul-abror” dostonlarida ota-
onaga hurmat, iymon, adolat, saxiy- lik, to’g’rilik, omonatga xiyonat qilmaslik,
sabr-qanoat, vafo, shukur, ayniqsa, rostgo’ylikka da’vat etakchilik qiladi. Mana
shunday fazilatlarga ega bo’lgan odamning oila va atrofdagi- lar oldida obro’yi va
hurmati oshishi ta’kidlanadi. Aksincha, ota-onasini ranjitadigan, va’dasida
turmaydigan, birovning omonatiga xiyonat qiladigan, do’stga vafosiz, yolg’on
so’zlaydi- ganlarning uyatga qolishi yoki biror falokatga uchrashi ayti- ladi.
Alisher Navoiy: “Yaxshilik bilan nom qoldirmoqning o’zi ulug’ mukofotdir” 6
,
deydi. Tarbiyada “yaxshilik” axloqiy tamoyillarning eng asosiysi hisoblanadi.
Albatta, yaxshilik bor joyda unga qarshi yomonlik ham bor. Inson o’z hayoti
davomi- da kimgadir yaxshilik va yomonlik qilsa, kimdandir yaxshilik va
yomonlik ko’radi. Bu hayot qonuni bo’lib inson hayotining asosi- ni “yaxshilik”
tashkil etadi. Shu o’rinda, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning “har
6 Ойбек. “Навоий”. Т: “Шарқ”, 1995. Б.36.
23](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_23.png)
![qanday kelishmovchilik va nizolarni aql bilan, umummanfaatni hisobga olgan
holda hal qilish zarur,” 7
degan fikrini eslash ayni muddao.
Alisher Navoiy o’z ruboiylarida insonlarni shukur qi- lishga chaqirib, og’ir
kundagi shukr umid uyg’otadi, boshga tushgan balolarni daf qiladi, deb
ta’kidlaydi. Shu o’rinda har birimiz beqiyos O’zbekistonning fuqarosi ekanimizga,
yurtimiz tinch, osmonimiz musaffoligiga, sog’-omon o’z oi- lamiz bag’rida
yashayotganimizga shukr qilishimiz lozim.
Mutafakkir, ma’rifatparvar Abdulla Avloniy (1878-1934) ta’lim-tarbiya
taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan ustoz, o’z asarlarida xalqimizning eng yaxshi
an’analarini aks ettirgan ijodkor, noshir va jamoat arbobidir. Abdul la Avloniy
“usuli jadid”, ya’ni ilg’or usuldagi maktablar uchun “Adabiyot yoxud milliy
she’rlar”, “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Ikkinchi muallim”,
“Maktab gulistoni” kabi darslik va o’qish kitoblarini yaratdi.
Qur’oni karim suralaridan, hadisi shariflardan, o’zbek xalqining boy
pedagogik merosi — ertak, maqol, topishmoq va didaktik hikoyalardan
foydalanilgan bu kitoblar xalq orasida ma’lum va mashhur bo’lgan. Abdulla
Avloniy o’z asar- larida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va ma-
orifni ulug’lab, xalqni ilmli, madaniyatli bo’lishga undadi. Mutafakkirning
fikricha, axloq bu — xulqlar majmui. Xulq esa ezgulik yoxud razillikning
muayyan bir insonda namoyon bo’lish shaklidir. Abdulla Avloniy o’zining “Turkiy
gulis- ton yoxud axloq” asarida bola tarbiyasini to’rt yo’nalishda: “Tarbiyaning
zamoni”, “Badan tarbiyasi”, “Fikr tarbiyasi”, “Axloq tarbiyasi” kabi bo’limlarga
ajratgan holda tadqiq etadi. «Tarbiyaning zamoni” bo’limida tarbiyani bola tug’il-
gan kundanoq boshlash kerakligini ta’kidlaydi. “Tarbiyani kimlar qilur?”, “Qayday
qilinur?” degan savollarni o’rtaga tashlaydi va ularga javob qidiradi. “Birinchi —
uy tarbi- yasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi — maktab va madrasa tarbiyasi. Bu
ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur”, deya tarbiyaga hamma — ota-
ona, muallim, hukumat va boshqalar- ning mas’ul ekanini ta’kidlaydi. Mamlakat
taraqqiyoti, dav- latning qudratli bo’lishi yosh avlod tarbiyasiga har jihatdan
7 Салимов Б. А.Навоий ижодида инсонийлик ғояларининг акс эттирилиши ва унинг аҳамияти.//А.Навоий ва XXI аср. Республика илмий-назарий
анжуман материаллари. 2016й. Б.139.
24](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_24.png)
![bog’liq deb hisoblagan alloma tarbiya xususiy emas, milliy, ijtimoiy ishdir degan
to’xtamga keladi.
Tarbiyani keng ma’noda tushungan Avloniy uni birgina axloq tarbiyasi
bilan chegaralab qo’ymaydi. U, avvalo, bolaning sog’lig’i haqida g’amxo’rlik
qilish lozimligiga e’tibor qarata- di. Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi
axloq, ilm-ma’- rifatga ega bo’lish uchun, avvalo, tan salomatligi zarur. Avlo- niy
fikricha, «badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadur.
Chunki o’qumoq, o’qutmoq, o’rganmoq va o’rgat- moq uchun insonga kuchlik,
kasalsiz jasad lozimdur».
Abdulla Avloniy bolaning badantarbiyasi, salomatligi masalasida ota-
onalarga murojaat qilsa, uning fikr tarbiya- si borasida asosiy mas’uliyat
muallimlar zimmasida ekani- ga urg’u beradi. Bolalarda fikrlash qobiliyatini
o’stirish, dunyoqarashini shakllantirish muallimlarning «diqqatla- riga suyangan,
vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki, fikrning quvvati, ziynati,
kengligi, muallimning tarbiyasiga bog’liqdur», — deydi alloma. Shu bilan birga,
mu- tafakkir Abdulla Avloniy: “Ta’lim va tarbiya uzviy bog’- liq jarayonlardur,
dars ila tarbiya orasida biroz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan
ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”, — deya ta’-
kidlaydi. Avloniy insonga yaxshilik va ezgulik faqat ilm egallash orqali singadi,
degan qat’iy fikrni bildiradi. Ilmli, ezgu g’oya ruhida tarbiyalangan kishidagina
Vatan tuy g’usi shakllanadi, ona yurti va ona tiliga muhabbat uyg’onadi, sadoqati
qaror topadi. Bu fazilatlarsiz komil insonni tasavvur etib bo’lmaydi, degan fikrlarni
ilgari suradi.
Yurt ravnaqi, avvalo, uning farzandlariga, ularning ma’- naviy va jismoniy
kamolotiga bog’liqdir. Shu bois Abdul la Avloniy yoshlarni ilm, foydali hunar
egallashga, kitob Sharq mutafakkirlarining ma’naviy merosida farzand tarbiyasi
mutolaasiga undaydi. Shuningdek, Avloniy ilmsizni jaho- lat bilan tenglashtirib,
shunday fikrlarni bildiradi: “Jaholat deb o’qimagan, bilimsiz, hech narsaga
tushunmaydur- gan nodonlikni aytilur”, — deydi. “Ilm sahroda — do’st, hayot
yo’llarida — tayanch. Yolg’izlik damlarida — yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda —
25](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_25.png)
![rahbar, qayg’uli onlarda — madadkor, odamlar orasida — zebu ziynat,
dushmanlarga qarshi kurashda — qurol- dir” 22
. Mutafakkir: “Go’zallik yuzda
ermas, ey birodar, so’zi shirin kishi har kimga yoqar”, “So’zing oz bo’lsinu,
ma’noli bo’lsun, eshitganlar qulog’i durga to’lsun,” — deb insonlarni xushsuxan
bo’lishga chorlaydiki, toki so’zlarimiz farzandla- rimiz uchun namuna bo’lsin.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Mutafakkirning 154 ta asari nomlari
ma’lum. Ulardan “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”,
“Ma’sud qonuni”, “Astronomiya va yulduzlar to’g’risida”, “Minerologiya” va
boshqa asarlari bizgacha etib kelgan. Mutafakkir o’z asarlarida falsafiy-axloqiy
qarashlar bilan bir qatorda xalqlar o’rtasida do’stlik va ilmiy hamkorlikni yuksak
qadrlaydi. Beruniyning fikricha, kishilar uchun dunyoda turli holatlar bor. Bu
mahmud (maqtaluvchi), yaxshilik va yomonlikdir. “Maqtanarli (yaxshi) hollarning
(markazi) muruvvat (mardlik-erlik) bo’lib, muruvvatning tayanchi poklik va
tozalikdir”, — deydi.
Beruniyning fikricha, kishi axloqiy mukamallikka eri- sha olishi uchun o’z
xulqi va odatlaridagi nuqsonlarni tozalab, o’zini tarbiyalab, axloqan davolashi
zarur, deydi. Beruniy xalqlar o’rtasida do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak
qadrlaydi. Beruniy o’zining “Hindiston” asarida oila va nikoh munosabatlarini
yoritadi. Mutafakkir oila va nikoh munosabatlarining nozik tomonlarini axloqiy va
huquqiy nuqtai nazardan tadqiq qilar ekan, oilaning mustahkam va tinch-totuv
bo’lishi, er-xotinning ahilligi, shirinso’zligi, bir-biriga bo’lgan mehr-oqibatiga
bog’liq, degan fikrni ilgari suradi. Beruniy yoshlarga qarata shunday dey di: “Ey,
qizim, sen o’rgangan uyingdan ketib, notanish xona- donga tushmoqdasan. Sen
bo’lajak kuyovingning hamma xislatlarini bilmaysan. Sen er bo’l, u osmon bo’ladi.
Sen u bilan shunday yo’l tutki, uning oldida er kabi kamtar bo’lsang, u osmon kabi
oliyjanob bo’ladi. Osmon shifoli yomg’iri bilan erni ko’kartirgani kabi u ham o’z
mehr-shafqati bilan seni hushnud etadi... Ering sendan shirin va yumshoq so’zlar
eshit- sin. Yaramaydigan yoki eski libosda yoki sochlaring tartibga solinmagan
holda uning oldida o’tirma.
Qizim, kuyovingdan kuchi etmagan va olib berishga qudrati bo’lmagan
26](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_26.png)
![narsalarni talab qilma. Bunday qilsang, oradagi totuvlik yo’qoladi, turli xil janjallar
paydo bo’ladi.
Qizim, rashk qilishdan saqlangin, chunki u ajralib ketishning kalitidir.
Eringga hadeb gina qilishni man qi laman. Chunki bu ezmalik nafratni uyg’otadi.
Yaxshisi, u bi lan xushmuomala, shirinso’zli bo’lgin, bu ishing har qanday sehr-
jodudan yaxshidir.
Suvdan tez-tez foydalangin. O’zingga xushbo’y narsalar bi lan oro ber.
Pokizalik hamisha yo’ldoshing bo’lsin.” 8
Beruniy qarashlaridagi tarbiya, oila, hamkorlik, o’zaro munosabatlarda
xushmuomalalik bugungi kunda aynan farzand tarbiyasida, ularni hayotga
tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining “Donishnoma” asarida — hikmat
ilmini ikki turga bo’ladi: “Birinchisi, o’zimizni o’z qilmishlarimizdan xabardor
qiladi va “Amaliy ilm” deb ataladi... U bizlarning bu dunyodagi ishlarimizni
amalga oshirishimiz uchun nima qilishimiz kerakligini o’rgatadi. “Amaliy ilm” o’z
o’rnida uch turga bo’linadi: birin chisi — mamlakatni idora qilish, ikkinchisi —
uyni idora qilish va uchinchisi o’z-o’zini idora qilish. Axloq har bir kishi uchun
“o’z-o’zini idora qilish” ilmidir 9
, — deydi.”
Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodi salarni bilish orqali
qo’lga kiritiladi, bilim inson ha yotining ajralmas qismidir. Mutafakkirning axloq
ijtimoiy munosabatlarning ilmi bo’lishi kerakligi haqidagi fikri bugungi kunda
ham muhimdir. Mutafakkir “Tadbiri manzil” asarida oilaviy munosabatlarni,
axloqiy tarbiyada oilaning o’rnini o’ziga xos tarzda bayon etadi. Ibn Sino oila
boshlig’i oldiga katta talablar qo’yadi. Oilada har qan day sharoitda ham bola
tarbiyasi ota-ona vazifasi ekanligi, ularni bir-birlariga mehribon qilib tarbiyalash
zarur, degan fikrni ilgari suradi. Ibn Sino fikriga ko’ra, oiladagi to’g’ri tarbiya oila
baxtining asosidir. Shuningdek, oilada otaning o’rni, uning qattiqqo’l bo’lishi bola
tarbiyasi uchun muhimligini e’tirof etadi. Ibn Sino “Tadbiri manzil” kitobining
“Ayollarning yaxshi sifatlari” bo’limida: “Onalar oilada bosiq, dono, halol va
8 Бобоев Х., Ҳасанов С. Берунийнинг сиёсий-ҳуқуқий қарашлари. Ҳаёт ва қонун журнали. №3. 1996.
9 Абу Али ибн Сино. Шеърлар. Нашрга тайёрловчи А.Ирисов. 1965, Б.18.
27](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_27.png)
![kamtar bo’lishlari, hamda bola tarbiyasida otaga eng yaqin ko’makdosh bo’la
olishlari oila mustahkamligini saqlashda yordam beradi”, — deydi. Axloqqa
bag’ishlangan risolasida iffat, qanoat, saxiylik, shijoat, sabr-toqat, muloyimlik,
do’stlik, sirni saqlay bilish, ilm-ma’rifatli bo’lish, ochiqlik, farosatlilik, kamtarlik,
adolatlilik kabi axloqiy fazilatlarga ta’rif beradi. U axloqiy tarbiya insonning
kamol topishida juda muhim o’rin egallashini ta’kidlaydi 10
. Jumladan, do’stlik
haqida mutafakkir “Agar do’stlik savdo-sotiqqa o’xshab, ehti- yojiga qarab
axtarilsa, zarurat tug’ilmagan chog’da do’stni na- zarga ilmay tashlab ketilsa, bu
qanday do’stlik bo’ldi endi. Do’stining boshiga mushkul tushgandagina holidan
xabar ol- gani kelib, boshqa vaqtda begonaday yursa, zarurat tug’ilgan dagina eslab,
boshqa mahalda sira eslamasa, o’ylab ko’r, shu ham do’stlik bo’ldimi axir! 11
” va
“Haqiqatni ochinglar, to’g’ri yo’l dan yuringlar! 12
” kabi fikrlaridan bugungi kunda
ham oila mustahkamligida, undagi muhitni yaxshilashda, farzand tarbiyasida va
ma’naviy barkamolligini ta’minlashda unumli foydalanish mumkin.
Umar Xayyom (1048-1123) tafakkurning teran va noyob maz- muni bilan
poeziyaning nozik shakllari o’rtasida uyg’unlik yaratgan, matematik sifatida ko’p
noma’lum tenglamalarni echgan, astronom sifatida 5000 yilda bir kunga xato
qilgan, jahonda eng mashhur va eng mukammal taqvim yaratgan buyuk
mutafakkirdir. Uning fikricha, insoniyat jamiyati kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar
joy yaratish uchun hamkorlikda yasha moqlari zarur.
Qo’lni-qo’lga berib bo’lmasak hamdard,
Shodlik kasb etmas barbod bo’lmas g’am. 13
Bir g’arib ko’nglini qila olsang shod,
Yaxshidir er yuzin qilgandan obod.
Umar Xayyom ushbu ruboiysida: “Kishiga qarata imkon qa- dar
kambag’al, och bilan baholi qudrat narsangni baham ko’r, saxiy bo’l”,.— deydi. 14
Uning fikricha, zaruriyat yomonlikning sababi bo’la olmaydi. Oz yomonlikni deb
10 Шоумаров Ғ., Акрамова Ф., Умаров Б. Оилада маънавий-ахлоқий тарбия. Т: 2015.Б.20.
11 Ҳикматлар хазинаси. Тўпловчи: М.Азаматов. Луғат ва изоҳлар тузувчи: Наим Норқулов. Т., 1977. Б.92.
12 Ўша китоб, Б.115.
13 Я.Шермуҳамедов. Ўрта Осиё мутафаккирларининг яхшилик ва ёмонлик ҳақидаги қарашлари. Т: 1970.Фан, Б.36.
14 Ўша асар, Б.39.
28](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_28.png)
![katta yaxshilikdan voz kechish katta yomonlikdir. Mutafakkir inson axloqli ki-
shilarning baxtli bo’lishi uchun xizmat qilishi kerakligi- ni, insonparvarlikni targ’ib
etadi.
Sa’diy Sheroziy (1203/08-1292) — insoniylikni madh etgan
mutafakkirlardan biri. Sa’diy yaratgan latif g’azallar, “Guliston” va “Bo’ston”
asarlari uning falsafiy va axloqiy qarashlari haqida ma’lumot beradi. Mutafakkir
fikriga ko’ra, baxt faqat bu olamdagina mavjud. Befoyda o’tkazilgan umr
behudaga sarf etilgan oltin bilan barobar, deb ta’lim beradi. Mutafakkir mehnatni,
xalqqa xizmat qi lishni ulug’laydi. U inson hayotining ma’nosi mehnat, hunar
orqali birovning og’irini engil qilishdadir, deydi. Sa’diy Sheroziy jamiyat hayotini
yaxshilash, adolatsizlikni tugatish uchun, olamni aqlga muvofiqlashtirish uchun
axloq, odob, pand-nasihat zarur, deb o’ylaydi. Shuning uchun ham mutafakkirning
“Guliston” va “Bo’ston asarlaridagi kichik hikoyalar, she’riy parchalar,
hikmatlarida yomonlik qorala- nadi, olijanob insoniy fazilatlar targ’ib etiladi.
Kimga yoshlikdan berilmas odob,
Ulg’aygach bo’ladi baxtsiz, dili g’ash. Ho’l novda egilar, qay
xilda egsang, Quruqni to’g’rilar faqat — o’t-otash. 30
Sa’diy Sheroziy axloq nazariyasida yaxshilikning barqaror bo’lishi,
yomonlikning yo’qotilishi, yaxshilikdan o’rnak olish, yomonlikdan nafratlanish
prinsipiga asoslanadi. U o’z asarlarida axloqiy tarbiyani birinchi o’ringa qo’yadi.
Mutafakkir rahmdillikning oliy xulq ekanini aytib, kishilarga zulm qiladigan,
yomonlik istaydigan, odamlarga ozor beradigan kishilarga rahm-shafqat
qilmaslikni ta’kidlaydi va jamiyatdagi zulm va zo’ravonlikni, adolatsizlikni
yomonlik deb baholaydi. U kishilardagi ta’na, hasad, ig’vo, yolg’onchilik,
o’g’rilik, ishyoqmaslikni yomonlik deb, bunday illatlarga qarshi kurashishga
chaqiradi. Sa’diy hamisha inson uchun quvnoq, baxtli hayot, xush axloq — go’zal
odatlarni tilab, istab, izlab ijod etganligi, o’zgalar g’ami bilan yashaganligi
barchamizga namunadir.
Abdurahmon Jomiy (1414-1492) qomusiy bilim egasi, atoqli shoir,
adabiyotshunos, faylasuf, musiqashunos sifa- tida mashhurdir. Jomiy Alisher
29](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_29.png)
![Navoiyning ustozi va do’s- ti bo’lgan. Mutafakkirning “Haft avrang” (Yetti taxt)
kito- bi, undagi “Silsilat ut-zahob” (“Oltin zanjir”), “Tuhfat ul-ahror”, (“Hur
kishilarning tuhfasi”), “Sabxat ul-abror” (Yaxshi kishilarning tanbehi) va boshqa
falsafiy dostonla- ri va “Solomon va Absol”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va
Majnun” nomli ishqiy-romantik dostonlari hozirgacha yuk- sak qardlanadi.
Abdurahmon Jomiy Shayx Sa’diyning “Guliston” asaridan ilhomlanib,
“Bahoriston” nomli axloqiy- ta’limiy asarini yaratgan. Jumladan:
Rotlik d an yaxshiroq ziynatni qachon,
Qayda ko’rdi ekan biror bilimdon;
Birdek qil doimo ichu tashingni,
To’g’ri bo’l, qing’irlik eyar boshingni;
Kishikim, yo’qturur mehru vafosi, Agar xursheddir, andin ne hosil?;
Behuda gaplardan tiling et xoli, Oshkor bo’ladi aqling jamoli, — deydi 3
.
Mutafakkir bu dunyoda insoniylik odamlarga yaxshilik qilishda, deb
hammaga yaxshilikni ravo ko’radi. Uning fik- richa, yomonlik qiluvchilarga ham
yaxshilik qilib, ularning nomusini uyg’otish va shu bilan ularni yaxshilikka
yo’llash va tarbiyalash mumkin, deb o’ylaydi. Abdurahmon Jomiy va Shayx
Sa’diy hayoti davomida xalqning saodati, qahramonli- gi, saxovati, rostgo’ylik va
adolatga intilishini madh etgani biz uchun vatanparvarlik namunasidir.
Ahmad Donish (1827-1897) o’z davrining atoqli olimi, ma’rifatparvari,
adolatparvar g’oyalarning ijodkori hi- soblanadi. Ahmad Donish “Agar mamlakat
adolatli boshqa- rilsa, ilm-ma’rifatga keng yo’l ochiladi, xalq baxtli bo’la oladi”,
deydi. U asrlar davomida barcha mutafakkirlarning o’y-fikrlari markazida turgan
inson va uning intilishla- ri, orzu-umidlari haqida keng fikr yuritadi. Ahmad
Donish “Kishi suratga emas, balki ma’noli ishqqa bog’lansa, ya’ni 31
Hikmatlar
xazinasi. To’plovchi: M.Azamatov. Lug’at va izohlar tuzuvchi: Naim Norqulov.
T., 1977. B. 116, 119, 136.
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy merosida farzand tarbiyasi hamma
narsani o’z haqiqati bilan bilishga, xalq uchun ilmu hunar orttirishga qiziqsa,
30](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_30.png)
![ishqning eng a’losi shudir”, — deydi 15
. Mutafakkir “Odamlarning yaxshi va yomon
bo’lishla- riga sabab nima? To’g’ri yo’ldan adashmaslik uchun odamlar ko’nglida
turli sezgi, ruh va nafs quvvatlari bor”, — deydi. Ruh quvvati yaxshilikka
buyuruvchi va yomonlikdan saqlovchi- dir, nafs quvvati esa yomonlikka
yurgizuvchi va yaxshilikdan qaytaruvchidir. Har kimda aql etakchi bo’lsa, u
kishini xatar- li joylarga kirishdan (yomonlikdan) qaytarib turadi, har ishda sabr-
qanoat qilishga buyuradi”. 16
Ahmad Donish xalq- ni botildan, yaxshini yomondan,
dononi nodondan ajratadi- gan mezon har bir kishining “etarlidan ortiqcha
dunyoga ko’n- gil qo’yish yoki qo’ymasligidadir”, deydi. U ilmni shunday
ta’riflaydi: “Butun hunarlarning a’losi ilmdir”, “Odam yaratilganidan so’ng uning
tuganmas baxti ilm va ma’rifatda bo’ladi” 17
— deb yozadi. Mutafakkir ilm olish,
yaxshi xulq, ta’lim-tarbiya, inson fe’l-atvori haqida fikr bildirar ekan, insondagi
yomon fe’l-atvor yo’qotilmog’i kerak, deydi. Uning fikricha, “ochko’zlik va
hasadning insonga hech qanday nafi yo’q, har kimning ko’kragidan xasad ko’chati
joy olgan bo’lsa, u ziyondan boshqa meva bermaydi”. 18
Mutafakkirning
qarashlaridagi ilm, mehnat, adolat, yaxshilik haqidagi fikr- larni bebaho meros
sifatida tarbiya jarayonida qo’llash kat ta ahamiyat kasb etadi.
15 Дониш А. Наводир ул-вақое. Т; 1964.Б.215.
16 Дониш А. Наводир ул-вақое. Т; 1964.Б.38.
17 Ўша асар, Б.358.
18 Ўша асар, Б.69.
31](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_31.png)
![Xulosa
Bilim olish faoliyati nazariy asoslarini asoslash uchun yaqin sharq va
Markaziy Osiyo qomusiy olimlarining pedagogik qarashlari muhim ahamiyatga
ega. Oliy ta’lim mazmunining sifatini takomillashtirish pedagogikadagi bugungi
kunda yangi pedagogik innovatsiya yo’nalishisiz mumkin emas. Oliy maktabda
innovatsiyon jarayonlar innovatsiyon xususiyati yangiliklar kiritish, o’qituvchilar
kasbiy imkoniyatlari bilan belgilanadi. Oliy maktabda pedagogik innovatsiyalar
pedagogik texnologiyalar muammolari bilan uzviy bog’liqdir. Pedagogik
texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalari ilmiy asoslarini, mualliflik
maktablarini va yangi tajriba texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bog’iiq.Mazkur
q o ’llanmada pedagogik texnologiyalam i tizim lashtirish va umumlashtirishga
urinishlar ushbu muammoni hal etmaydi.
Ta’lim mazmunini yanada takomillashtirish oliy maktabda o’quv jarayoni
yangi texnologik muammolami qo’yishni va hal etishni talab etadi.
Umuman, qadimgi Sharq va G‘arb falsafasining ijtimoiy muammolari orasida
axloq mavzusi yetakchilik qiladi. O‘sha davrda yaratilgan hikmatli so‘z, iboralar
bugungi kunda ham insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi. Markaziy Osiyoda
siyosiy fikrlarning vujudga kelishi va rivojlanishida islom dini ham muhim
manbalardan biri bo‘ldi.
IX asrda maxsus islom ilmlari shakllandi. Greklardan o‘tgan falsafa,
matematika, fizika va boshqa qator ilmlardan tashqari kalom, hadis, fiqh kabi
islomiy ilmlar yuzaga keldi. Islom Sharqda nafaqat din sifatida, balki yaxlit
madaniyat, ma’naviyatning shakllanishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U
madaniyatning ilm-fan, san’at, axloq, siyosat kabi sohalarining rivojiga ham ijobiy
ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrda diniy ilmlar sohalarida mintaqa shuhratini olamga
tanitgan imom Buxoriy, imom Termiziy, Nizomulmulk, dunyoviy ilmlar sohasida
esa, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino hamda tasavvuf ma’naviy-ma’rifiy ta’limoti
sohasida Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro,
Bahouddin Naqshband va boshqa yirik alloma va mutafakkirlarning jamiyat
taraqqiyoti rivojida ma’naviyat hodisasining beqiyos o‘rni haqidagi qarashlari
32](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_32.png)
![butun jahon ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh hissa qo‘shdi.
Abu Nasr Forobiy (873–950) jahon ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida “Sharq
Aristoteli” (“Ikkinchi muallim”) degan unvonga sazovor bo‘lgan mashhur qomusiy
olimdir. Forobiy o‘zining ijtimoiy-falsafiy qarashlarida jamiyatning vujudga kelish
sabablarini, axloqning shakllanishi, inson va jamiyatning o‘zaro
munosabatini, insoniylik, adolatparvarlik, tarraqiyot, buyuk jamiyat, komil inson
kabi mavzularni ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Forobiy
talqinicha, “…haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni
birlashtirgan shahar – fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida
birlashgan kishilar jamoasi – fazilatli jamoadir.
Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu
tartibda barcha xalqlar baxtaga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun
yer yuzi fazilatli bo‘ladi”.
33](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_33.png)
![ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Karimov I.A. “Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmaylik” O’zb.Res. Oliy
Kengashi XII sessiyasidagi nutqi 1993 y.
2. Abu Rayxon Beruniy. “Tanlangan asarlar” 1 tom Toshkent Fan 1968 y
151-b
3. O.Hasanboeva, J.Hasanboev,H.Hamidov - Pedagogika tarixi.
Toshkent.1997yil
4. X . Ibragimov,SH.Abdullaeva-Pedagogika nazariyai.Toshkent.2008
yil
5. O’zbek pedagogikasi antologoyasi (Ikkinchi jild) Toshkent.199 yil.
34](/data/documents/c4a65e10-b15d-4d08-bfff-41c323df7f00/page_34.png)
1
ONA TILI BO’YICHA YETUK MUTAFAKKIRLARNING MA’NAVIY VA MA’RIFIY, MADANIY MEROSLARI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ULARDAN FOYDALANISH MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………….3 I. BOB. Sharq mutafakkirlari ta’lim tarbiya to’g’risidagi fikrlari…..5 II. BOB. Sharq mutafakkirlarining ta'lim - tarbiya tog’risidagi ilmiy qarashlari………………………………………………………………8 III. BOB. Sharq mutafakkirlari asarlarida ta'lim - tarbiya masalasining yoritilishi………………………………………………..19 XULOSA…………………………………………………………………..32 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR…………………………………….34 2
KIRISH O’zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o’ziga xos tajribasini to’plagan. Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so’zi arabcha “robba” fe’lidan olingan bo’lib, o’stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: “Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir”. Rog’ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o’tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unlik hamda muvozanat ila o’stirishdir”. Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo’ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi [1:339-340]. Odob masalasini insoniyat tarixida to’laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning o’z odobi bor. Dunyodagi odobga bag’ishlangan asarlarning asosini va ko’piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag’a yo’q. Qadimda Sharq 3
mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g’oyalar bugungi kunda ham muhim ta’lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma’naviy ozuqa berib kelmoqda. Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining ta’limtarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do’stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, “Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o’tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi”. Har bir xalqning ta’lim-tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo’lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o’z farzandlarini barkamol inson bo’lishini istaydi, o’zlari eta olmagan orzuumidlariga bolalarining etishligini o’ylaydi. Bolalarning har bir yutug’idan quvonishadi, mag’lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko’rish ular uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi. O’tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o’z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo’lamiz. 4
I BOB. SHARQ MUTAFAKKIRLARI TA’LIM TARBIYA TO’G’RISIDAGI FIKRLARI Jonajon O’zbekistonimiz zaminidan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan, umumjahon miqyosida e’tirof etilgan qanchadan- qancha buyuk mutafakkirlar va qomusiy allomalar yetishib chiqqan. Ajdodlarimizdan qolgan boy meros o’zining o’ta muhimligi va ilmiy salohiyati bilan hanuzgacha butun dunyo xalqlarini lol qoldirib kelmoqda. Vatanimiz tarixining ibrat olsa arzigulik zarvaraqlarini holisona o’rganish va ana shunday meros namunalaridan foydalangan holda komil insonlarni shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Komil inson tarbiyasiyada o’zidan o’lmas meros qoldirgan ajdodlar xazinasidan foydalanish bugungi kunning vazifalaridandir. Darhaqiqat, ajdodlar merosi o’zligimiz, ma’naviyatimiz, aslimizdir. Tarbiya muammolari, komillik va inson kamoloti masalalarini o’z asarlarida dasturilamal qilgan ajdodlar ijodiga to’xtalsak. Hadisshunos olimlar ichida eng kuchlisi Imom al-Buxoriydir. Uning 20 dan ortiq katta va kichik kitoblari mavjud bo’lib, ular orasidan “Al-jome’ as- saxix” alohida o’rinda turadi. Bu shoh asar ahamiyati jihatidan Qur’ondan keyingi ikkinchi diniy manba deb e’lon qilingan. Imom al-Buxoriy o’z asarlarida axloq-odob haqida fikr yuritar ekan, odamlarni ota-onani e’zozlashga, ular oldidagi o’z burchlarini mukammal ado etishga da’vat etadi. Inson sifatlari haqidagi qarashlarida jaholat kishiga o’lim keltiruvchi fojea deb qaraladi. U odamlarni to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo qilishga chorlaydi. Munofiq kishining uchta belgisini ko’rsatadi, ular: yolg’on gapirish, va’daga vafo qilmaslik va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. U insonning kuch-qudratini jismonan paxlavonlikda emas, balki jahil chiqqanda o’zini tuta olishda, deb hisoblaydi. 5