logo

ONA TILI MASHG‘ULOTLARIDA YOZMA NUTQ KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH MEZONLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

634 KB
ONA TILI MASHG‘ULOTLARIDA YOZMA NUTQ KO‘NIKMALARINI
RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH
MEZONLARI
MUNDARIJA
K i r i s h . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
I   BOB.   ONA   TILI   DARSLARIDA   YOZMA   NUTQNI
RIVOJLANTIRUVCHI   O‘QUV   TOPSHIRIQLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
1.1.   Ona   tili   ta’limida   yozma   nutq   ko‘nikmasini   rivojlantirish   pedagogik
muammo sifatida.........................................................................................
1.2.   Imloga   doir   o‘quv   materiallari   mazmuni   va   ularning   takomillashish
jarayoni ......................................... ................................................................
1.3.   “Ona   tili”   dastur   va   darsliklarining   imloga   doir   o‘quv   materiallari
yuzasidan tahlil  ................................................................................... ..........
1-bob bo‘yicha xulosa............................................................................
II   BOB.   O‘QUVCHILARDA   XATOSIZ   YOZISH   KO‘NIKMASINI
SHAKLLANTIRISH METODIKASI
2.1. Imloga doir mashqlar va uning turlari...........................................
2.2.   Mashq   va   topshiriqlar   tizimi   –   imloviy   ta’lim   samaradorligining
asos i .............................................. ................................................................
2.3.
  Imloga   doir   o‘quv   materiallarini   interfaol   usullardan   foydalangan   holda
o‘qitish yo‘llari .......................................... ...................................................
2-bob bo‘yicha xulosa...........................................................................
III   BOB.   IMLOGA   DOIR   TAKOMILLASHTIRILGAN   O‘QUV
TOPSHIRIG‘INING
 AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI
3.1.  O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining mazmuni............................... .
3.2. Tajriba-sinov natijalari tahlili
3-bob bo‘yicha xulosa.............................................................................. .
UMUMIY XULOSALAR .
FOYDALANILGAN ADABIY O TLAR . Kiris h
Dissertatsiya   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati .   Jahonda   globallashuv
jarayoni   tezlashayotgan   bir   paytda   tillarni   asrash,   ularni   takomillashtirish   va
o‘qitish masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda. Bugungi kunga kelib til ta’limiga doir
turli  interfaol  usullar  amaliyotda keng qo‘llanilmoqda.   Har qanday tilning asosini
uning tovushlar tizimi, ya’ni imlosi tashkil qiladi. Ingliz, fransuz, nemis va boshqa
rivojlangan   xorijiy   tillarni   o‘qitishga   doir   ilmiy   adabiyotlarda   imloga,   xususan,
talaffuzga   alohida   e’tibor   beriladi   va   ta’lim   jarayonida   imloviy   mashqlardan
unumli   foydalaniladi.   Dunyo   tajribasida   talaffuz   mashqlari   bir   bo‘lim   yoki   bir
mavzu   bilan   tugab   qolmaydi.   Darsliklarda   keltirilgan   mashq   turlari   o‘quvchida
to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarining osongina shakllanishiga olib keladi.  
Dunyoda   tillarni   o‘qitish   kompetensiyaviy   yondashuvga   asoslangan   bo‘lib,
dars   jarayonida   lingivistik   kompetensiyalarni   shakllantirish   nutqiy
kompetensiyalarning   rivojlanishiga   olib   keladi.   Shu   o‘rinda   chet   tillarni   o‘qitish
bilan   ona   tilini   o‘qitish   maqsadlari   ma’lum   ma’noda   farq   qilishini,   ularni   bir
chiziqda   tasavvur   qilib   bo‘lmasligini   ta’kidlash   lozim.   Shunga   qaramay,   ingliz
tilini o‘rganish bo‘yicha belgilangan darajalar ona tiliga ham tatbiq qilinmoqda. Til
o‘rganishga qo‘yilgan mazkur talablar asosida tinglash, gapirish, o‘qish va yozish
malakalari shakllanadi. Bunday yondashuvdan ijodiy foydalanib, ona tili darslarini
ham   samarali   tashkil   etish   mumkin.   Rivojlangan   davlatlarning   til   o‘qitish
metodikasida   gapirish   (speaking),   yozish   (writing)   kabi   mashg‘ulotlar,   asosan,
mashqqa tayanadi, mashq va topshiriq aniq farqlanadi, o‘z o‘rnida ishlatiladi. Shu
sababli   ularning   til   o‘rganish   kompetentligi   yuqoridir.   Shuningdek,   PISA,   PIRLS
kabi   xalqaro   baholash   tizimlari   orqali   dunyoning   ko‘plab   davlatlarida
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi aniqlanmoqda.  
Respublikamizda   ham   ona   tili   o‘qitish   kompetensiyaviy   yondashuvga
asoslandi.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimidagi   imloga   doi r   o‘quv   materiallari mazmunini   takomillashtirish,   o‘quvchilarda   adabiy   talaffuz   ko‘nikmalarini
shakllantirish,   uning   natijasida   imloviy   savodxonlikni   oshirish   bugungi   kunda
davlat  siyosati  darajasidagi  dolzarb masalalardan  biri  bo‘lib turibdi. Imlo o‘qitish
orqali   o‘quvchilarda   kreativ   fikrlash   ko‘nikmalarini   shakllantirish   zarur.   Zero,
“Yoshlarimizning   mustaqil   fikrlaydigan,   yuksak   intellektual   va   ma’naviy
salohiyatga   ega   bo‘lib,   dunyo   miqyosida   o‘z   tengdoshlariga   hech   qaysi   sohada
bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz
va   jamiyatimizning   bor   kuch   va   imkoniyatlarini   safarbar   etamiz”[9 ;   14-b],   –   de b
ta’kidlanishi   ona tili ta’limi oldiga   mamlakatimiz yoshlarini o‘z fikrini og‘zaki va
yozma   ravishda   erkin   hamda   savodli   bayon   qila   oladigan   mustaqil   fikr   sohiblari
etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni qo‘yadi. Shu ma’noda umumiy o‘rta ta’lim
tizimida   imlo   o‘qitish   orqali   o‘quvchilarda   nutqiy   hamda   lingvistik
kompetensiyalarni,   xususan,   adabiy   talaffuz   ko‘nikmasini   to‘la   shakllantirish,
imloviy savodxonlikni rivojlantirish, so‘z boyligining oshishiga zamin yaratish va
mustaqil   fikrlashga   o‘rgatish   uchun   imloga   doir   o‘quv   materiallarining   metodik
ta’minotini takomillashtirish zarurati mavjud. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2016-yil   13-maydagi   “Alisher
Navoiy   nomidagi   Toshkent   davlat   o‘zbek   tili   va   adabiyoti   universitetini   tashkil
etish   to‘g‘risida”gi   PF-4797-son   Farmoni,   2017-yil   16-fevraldagi   “Oliy   o‘quv
yurtidan   keyingi   ta’limni   yanada   takomillashtirish   to‘g‘risida”gi   PF-4958-son
Farmoni,   2017-yil   20-apreldagi   “Oliy   ta’lim   tizimini   yanada   rivojlantirish   chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-
iyuldagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari   to‘g‘risida”gi   571-son   Qarori   hamda   mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa
me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda   belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishga   ushbu
dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning   respublika   fan   va   texnologiyalari   rivojlanishining   asosiy
ustuvor   yo‘nalishlariga   mosligi.   Dissertatsiya   respublika   fan   va   texnologiyalar
rivojlanishining   I.   “Demokratik   va   huquqiy   jamiyatni   ma’naviy-axloqiy   va
madaniy   rivojlantirish,   innovatsion   iqtisodiyotni   shakllantirish”ning   ustuvor
yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.  Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi.   Ona   tili   o‘qitish   metodikasida
keyingi   yillarda   bir   qator   ilmiy-metodik   tadqiqotlar   olib   borildi.   Jumladan,
Sh.Yusupova   [48;   b.137]   va   N.Yuldasheva   [46;   b.123]   kabilar   o‘z   tadqiqotlarida
ona   tilini   yangi   pedagogik   texnologiyalar   asosida   o‘qitishni   targ‘ib   qilgan.
A.Gulyamov[18;   b.37],   M.Saidov[40;   b.25]   va   N.Alavuddinovalar[12;   b.24]   esa
ona tili o‘qitish orqali mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish
metodikasi ustida izlanishlar olib borgan. 
Imlo   o‘qitish   masalasi   esa,   juda   kam   o‘rganilgan   mavzulardan   hisoblanadi.
X.Muhiddinova   imloni   rus   guruhlarida   o‘qitishda   dastur   va   darsliklar
mazmunidagi   uzluksizlik   masalasiga   asosiy   e’tiborini   qaratadi   [29;   b.270].
H.Mirzohidova o‘zbek maktablarida imlo o‘qitishni qirg‘iz tiliga qiyoslab, qardosh
tillarga taqqoslab tushuntirishning qulayliklari haqida fikr yuritadi [27; b.143].
M.Saidov   o‘zining   o‘zbek   maktablarining   5-sinflarida   ona   tili   ta’limi
jarayonida   tafakkurni   rivojlantiruvchi   o‘quv   topshiriqlari   va   ulardan   foydalanish
metodikasiga doir tadqiqot ishida ona tilining “Muqaddima”, “Leksika” bo‘limlari
qatori   “Imlo”   bo‘limini   o‘qitish   masalasiga   ham   qisman   to‘xtalib   o‘tgan.   Unda
imlo   o‘qitish   jarayonida,   asosan,   mashq   va   topshiriqlarni   tafakkurni
rivojlantirishga   yo‘naltirish   ko‘zda   tutilgan.   Ammo   imlo   o‘qitishning   birlamchi
vazifasi, ya’ni adabiy talaffuzga o‘rgatish, talaffuz mashqlari, talaffuzning imloga
ta’siri   kabilar   e’tibordan   chetda   qolgan.   Mazkur   tadqiqotda   imloga   doir   o‘quv
materiallari mazmuni, usul va vositalarini takomillashtirish, o‘quvchilarda bugungi
kunda   dolzarb   bo‘lib   borayotgan   adabiy   talaffuz   ko‘nikmalarini   shakllantirish
metodikasiga doir masalalar o‘rganilgan. 
D issertatsiya   tadqiqotining   dissertatsiya   bajarilgan   oliy   ta’lim
muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi .  Ushbu tadqiqot
Samarqand   davlat   universitetining   “Til   va   adabiyot   o‘qitish   muammolari”
mavzusidagi tadqiqot rejasi asosida bajarilgan.
Tadqiqotning     maqsadi   umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida   imloga   doir   o‘quv
materiallarning metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat .
Tadqiqotning vazifalari:   - umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida   yozma   nutqni   o‘stirishning   bugungi   ahvolini
o‘rganish va  uning ona tili ta’limida tutgan o‘rnini belgilash;
- darsliklardagi   yozma   nutqni   o‘stirishga   oid   o‘quv   materiallarining   DTS
hamda   dastur   talablariga   mosligini   qiyosiy   o‘rganish,   shuningdek,   ularni   o‘qitish
bilan   bog‘liq   muammolarning   sabablarini   aniqlash   va   yechimlarini   topishga
harakat qilish;
- yozma nutqni o‘stirish orqali o‘quvchilarda adabiy talaffuzni  shakllantirish,
imloviy   savodxonlikni,   so‘z   boyligini   oshirib   borish,   mustaqil   fikrlash
ko‘nikmalarini   rivojlantirishning   mazmun,   usul,   vositalarini   ishlab   chiqishni
takomillashtirish;
- o‘quvchilar   imlo   o‘qitish   jarayonida   qaysi   o‘quv   materialini   faqat   o‘qib
tushunib   olishi   va   qaysilarini   qat’iy   yoddan   bilishi   lozimligi   aniqlash,   imlo
o‘qitishda   qanday   metod,   usul   va   texnologiyalardan   foydalanish   muhimligini
aniqlash;
- ishlab   chiqilgan   taklif   va   tavsiyalarni   tajribada   sinab   ko‘rish   va   olingan
natijalarni statistik tahlilga tortish.
Tadqiqotning   ob’ekti   u mumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   5-sinflarida
orfografiya bo‘limini o‘qitish jarayoni hisoblanadi. 
Tadqiqotning   predmeti ni   imloga   doir   o‘quv   materiallarining   metodik
ta’minoti   mazmuni,   usullari,   tizimi   va   texnologiyasini   takomillashtirish   tashkil
etadi.
Tadqiqotning   usullari:   tadqiqot   jarayonida   pedagogik   kuzatuv,   qiyosiy
tahlil,   zidlash,   tasniflash,   suhbat,   statistik   tahlil,   intervyu,   anketa-so‘rovnomalari,
pedagogik tajriba-sinov kabi bir qator usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat:  
- imlo   o‘qitish   jarayonida   talaffuzi   va   imlosi   qiyin   nutq   tovushlarini
o‘zlashtirishda   odatlantiruvchi   mashqlardan   foydalanish   adabiy   talaffuz
ko‘nikmasini rivojlantirib, imloviy savodxonlikni oshirgan;
- imloga   doir   o‘quv   materiallarini   takomillashtirishda   talaffuzning   hududiy
muammolari   inobatga   olinib,   imloviy   tahlil   uchun   tanlangan   o‘quv   materiallari
polifonik, polifunksional bo‘lganda samaradorlik yuqori  bo‘lishi isbotlangan; - mashq   va   topshiriq   tushunchalari   kompetesiyaviy   yondashuv   nuqtai
nazaridan farqlanib, ularning asosiy qo‘llanilish o‘rinlari belgilab berilgan;
-   nutqiy   kompetensiyani   rivojlantirish   uchun   imlo   bo‘limini   o‘qitish
jarayonida   o‘quvchilar   qat’iy   yod   olishi   lozim   bo‘lgan   va   yoddan   bilishi   lozim
bo‘lmagan o‘quv materiallarining chegarasi aniqlagan;
- imloga   doir   o‘quv   materiallari   metodik   ta’minotining   mazmun,   usul   va
vositalari   imloviy   kompetensiyani   rivojlantirish   nuqtai   nazaridan
takomillashtirilgan.
Tadqiqotning amaliy natija lari quyidagilardan iborat:
- umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimining   5-sinflari   uchun   maxsus   imloviy   mashq   va
topshiriqlar tizimi amaliyotga joriy etilgan;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida imlo o‘qitish orqali   o‘quvchilarda adabiy
talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish, imloviy savodxonlik, so‘z boyligini oshirish
va   mustaqil   ishlay   olish   kabi   nutqiy   ko‘nikmalarni   kompleks   shakllantirish
texnologiyasi ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilingan;
- ona tili o‘qituvchilarining imlo o‘qitishga doir ko‘nikma va malakalari, dars
jarayonida samarali o‘quv materiallaridan foydalanish metodikasi joriy qilingan;
- tadqiqot natijalaridan  kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi DTS
va o‘quv dasturlari, shuningdek, darsliklar yaratishda foydalanilgan.
Tadqiqot   natijalarining   ishonchliligi .   Qo‘llanilgan   tadqiqot   usullari   va
ilmiy-nazariy   ma’lumotlarning   rasmiy   manbalarga   aloqadorligi,   keltirilgan   tahlil
hamda   tajriba-sinov   ishlari   samaradorligi   matematik   statistika   metodlari   orqali
asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan
natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.  
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati .   Ushbu   tadqiqot
natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, pedagogika va ta’lim tarixini o‘rganishda,
ona tili o‘qitish metodikasini takomillashtirishda, imloning ta’limda tutgan o‘rnini
belgilashda   muhim   nazariy   ahamiyat   kasb   etadi.   Shuningdek,   mazkur
dissertatsiyada   aks   etgan   nazariy   qarashlar   shu   yo‘nalishdagi   yangi   tadqiqotlar
uchun manba sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot   natijalarining   amaliy   ahamiyati   shundaki,   ishda   ilgari   surilgan
g‘oyalar,   nazariy   qarash   va   amaliy   tavsiyalar   “Ona   tili”   darsliklari,   o‘quv
qo‘llanmalar   yaratishda   hamda ma’ruza matnlari  tayyorlashda  manba  bo‘la oladi.
Oliy   o‘quv   yurtlarining   filologiya   fakultetlarida   “Ona   tili   o‘qitish   metodikasi”
fanidan   ma’ruza   matnlari   tuzishda   material   bo‘lib   xizmat   qilishi,   umumiy   o‘rta
ta’lim   maktablarining   5-sinf   o‘quvchilariga   imlo   bo‘limini   yanada   mukammal
o‘qitishda muhim qo‘llanma bo‘lishi mumkin. 
Tadqiqot   natijalarining   joriy   qilinishi .   Umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida
imloga   doir   o‘quv   materiallarining   metodik   ta’minotini   takomillashtirish
mavzusidagi tadqiqotlar asosida:
Vazirlar   Mahkamasining   2017-yil   6-apreldagi   187-son   Qarori   bilan
tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani bo‘yicha
malaka talablarini ishlab chiqishda dissertatsiya xulosalari, taklif va tavsiyalaridan
foydalanilgan   (Xalq ta’limi vazirligining 2018-yil 21-fevraldagi  01-02/2-2-61-son
ma’lumotnomasi).   Natijada   umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida   imloga   doir   o‘quv
materialarining DTS, dastur va darsliklardagi mazmuni takomillashtirilgan;
  Samarqand   viloyat   teleradiokompaniyasi   tomonidan   namoyish   etilgan
“Ta’lim   islohotlari”,   “Jarayon”   kabi   ko‘rsatuvlarni   tayyorlashda,   yosh
suxandonlarning   adabiy   talaffuz   ko‘nikmalarini   rivojlantirishda   foydalanilgan
(Samarqand   viloyat   teleradiokompaniyasining   2018-yil   6-dekabrdagi   09-02/512-
son   ma’lumotnomasi).   Natijada   ko‘rsatuvlarning   ilmiyligi   va   dolzarbligi   oshgan,
keng   jamoatchilikning   ona   tiliga   e’tiborli   bo‘lish,   adabiy   talaffuz   va   imloviy
savodxonlik kabi ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan.
O‘quvchilarni   adabiy   talaffuzga   o‘rgatish,   imloviy   savodxonligi   va   so‘z
boyligini   oshirishga   doir   o‘quv   qo‘llanma   tayyorlanib,   amaliyotga   joriy   etilgan
(Xalq   ta’limi   vazirligining   2018-yil   21-fevraldagi   01-02/2-2-61-son
ma’lumotnomasi).   Natijada   maxsus   mashq   va   topshiriqlar   orqali   o‘quvchilarda
adabiy   talaffuz   ko‘nikmalari   sezilarli   shakllangan,   imloviy   xatolar   kamaygan   va
so‘z boyligi oshgan.
Tadqiqot   natijalarining   aprobatsiyasi .   Dissertatsiya   mazmuniga   doir
maqola va tezislar bilan 3 ga yaqin.  Tadqiqot   natijalarining   e’lon   qilinganligi .   Tadqiqot   natijalari   OAK   e’tirof
etgan jami 3 ta (shundan 2 tasi xorijiy) ilmiy jurnalda e’lon qilingan.
Dissertatsiyaning   tuzilishi   va   hajmi.   Dissertatsiya   kirish,   uch   bob,   xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Umumiy hajmi 83-bet. I   BOB.   ONA   TILI   DARSLARIDA   YOZMA   NUTQNI
RIVOJLANTIRUVCHI   O‘QUV   TOPSHIRIQLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
1.1. Ona tili ta’limida yozma nutq ko‘nikmasini rivojlantirish pedagogik
muammo sifatida .
Ta’lim mazmuni masalasi insoniyat tarixida eng qadimiy va ayni vaqtda eng
dolzarb masalalardan biri sanaladi. Bu tabiiy hol, albatta. Chunki insoniyat tarixiy
taraqqiyotning   barcha   davrlarida   “Nimani   o‘qitish   va   qanday   o‘qitish   kerak?”
degan savolga javob izlab kelgan va hamon izlamoqda.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi ona tiliga bo‘lgan munosabatni
tubdan   o‘zgartirdi.   Ona   tili   ta’limi   mazmunining   yangilanishi   mazkur   sohada
qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab berdi. Respublikamizning birinchi
Prezidenti   ta’lim   sohasiga   oid   muammolarga   to‘xtalib   shunday   degan   edi:   “Shu
kungacha   hech   kim   boshlang‘ich   sinflarda   va   undan   keyingi   bosqichlarda
o‘qiyotgan   o‘quvchilarga   qaysi   sinfda   nimani   o‘qitish   maqsadga   muvofiqligini
ilmiy nuqtai nazardan  to‘la asoslab bergan emas” [7; b.62].
Ilmiy, ilmiy-metodik manbalarda ta’lim mazmuni tushunchasi  turlicha talqin
qilinadi.   Jumladan,   rus   pedagog-olimlari   I.Ya.Lerner   [20;   b.186]    
va
M.N.Skatkinlar   ta’lim   mazmuniga   o‘rganish   uchun   tanlangan   va   o‘quvchilarning
o‘zlashtirishlariga   mo‘ljallangan,   metodik   jihatdan   ishlangan   boy   ijtimoiy
tajribaning bir qismi sifatida qaraydilar.
Adabiyotlarda   “ta’lim   mazmuni”   tushunchasi   bilan   birga   “ o‘quv   materiali”
atamasi   ham   qo‘llaniladi .   Didaktikada   o‘quv   materiali   tushunchasi   keng   va   tor
ma’nolarda   ishlatiladi.   Keng   ma’noda   u   “ta’lim   mazmuni”   tushunchasiga   teng
bo‘lsa,   tor   ma’noda   ma’lum   darajada   o‘rganilishi   kerak   bo‘lgan,   o‘quvchilarning
o‘zlashtirishlariga moslashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi tushuniladi.
Ta’lim  mazmuni   deganda  1)   o‘quv rejalari,  2)  o‘quv dasturlari, 3)  darsliklar
hamda   4)   o‘quv-metodik   qo‘llanmalar   nazarda   tutiladi.   Ona   tilidan   dastur   hamda
darsliklar   o‘quvchilarning   o‘rganishlari   uchun   tanlangan   va   ularning
o‘zlashtirishlariga   muvofiqlashtirilgan   til   materiallarini   o‘z   ichiga   oladi   [53;
b.128]. . Pedagogika   fanlari   doktori   Q.Husanboyevaning   ta’lim   mazmuniga
o‘qituvchini   ham   kiritishi   [19;   b.262]   nihoyatda   to‘g‘ri   yondashuv.   Chunki   til
sathlaridan   aynan   imlo   va   orfoepiyani   o‘qitishda   o‘qituvchining   roli   juda   muhim
bo‘lib, o‘quvchilar adabiy talaffuzni bevosita o‘qituvchidan o‘rganadilar. 
Shu   nuqtai   nazardan   qaraganda,   ta’lim   mazmunining   yoyilmasi   o‘qitishning
didaktik vositalari, jumladan, maktab darsliklari hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining “Ona tili” darsliklarida imloning o‘rganilishi ayrim holatlarni ta’rif
va   tavsiflash   bilan   chegaralanib   qolmoqda.   Holbuki,   o‘zbek   tilining   imloviy
qurilishi   o‘ziga   xos   murakkabliklarga   ega   bo‘lib,   uni   o‘zlashtirish   nafaqat
xorijliklardan,   balki   o‘zbeklardan   ham   qunt   bilan   ishlashni   talab   etadi.   Zero,
bugungi   kunda   ommaviy   axborot   vositalarida   ayrim   teleboshlovchilar,
radiomuxbirlarning   o‘z   nutqlarida   g‘ayritabiiy   talaffuzlardan   foydalanishlari
kishining g‘ashini keltiradi va bu holat ularning adabiy talaffuz me’yorlarini to‘g‘ri
o‘zlashtira olmaganliklarini sezdirib turadi.
Vaholanki,   o‘zbek   o‘quvchilariga   ham   imlo   ta’limi   jarayonida   faqat   nutq
organlarining   darslikdagi   umumiy   grafik   chizmasi   bilan   chegaralanib   qolmasdan,
tovushlar   talaffuzi   holati   aks   etgan   maxsus   chizmalar   asosida   ta’lim   berish,
imloviy   mashqlarga   imkoni   boricha  boshlang‘ich   sinflarda   ko‘proq  o‘rin   ajratish,
yuqori sinflarda ularga o‘rni bilan qaytib turish adabiy til me’yorlarini egallashning
muhim omili ekanligini shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozim.
Maktab   “Ona   tili”   darsliklarida   ham,   oliy   ta’lim   darsliklarida   ham   imloviy
mashqlarga   o‘rin   ajratilmagan.   Bu   holat   o‘zbek   adabiy   talaffuz   me’yorlarining
o‘quvchi   va   talabalar   tomonidan   yetarlicha   o‘zlashtirilmay   qolishiga   olib
kelayotgan   sabablardan   biridir.   Ona   tili   ta’limi   tarixiga   nazar   tashlasak,   bunday
mashqlar  o‘zbek tili fan sifatida shakllangan dastlabki  yillarda (1930–1940) chop
etilgan darsliklarda ham uchramasligiga guvoh bo‘lamiz [40; b.149]. 
Shu o‘rinda “mashq” va “topshiriq” atamalarini mohiyatan farqlash, ularning
lingvodidaktikadagi   o‘rni   hamda   ahamiyati   haqida   to‘xtalish   joizdir.   Metodist
M.Saidov o‘quv materiallari sirasida o‘quv topshiriqlarini uch turga bo‘lib, ularni
o‘zaro   farqlaydi   va,   ko‘pincha,   o‘qituvchilar   o‘z   ish   faoliyatlari   davomida
“mashq”,   “topshiriq”   va   “masala”   tushunchalarini   qorishtirib   yuborishlarini ta’kidlaydi. Olim pedagogika fanlari doktori A.G‘ulomovning “mashq ham o‘quv
topshirig‘ining   bir   shakli,   ham   o‘qitishning   muayyan   bir   usuli,”   degan   fikriga
qo‘shiladi va   topshiriq mashqning bir bo‘lagi, u, asosan,   mashqning shartida o‘z
ifodasini   topshini,   topshiriq   mashqqa   qaraganda   torroq   tushunchani   ifodalashini
e’tirof etadi [40; b.25].
Bizningcha,   topshiriq   mashqni   o‘z   ichiga   oladi,   topshiriqlar   o‘quvchini
yo‘naltiradi,   fikrlashga   undaydi;   takrorga   asoslangan   mashqlar   ko‘nikma   va
malaka hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Tilshunoslikning “Imlo” bo‘limi “Orfografiya” va “Orfoepiya” bilan bevosita
aloqador   bo‘lganligi   bois   ularni   o‘qitish   vositalari   ham   bir-biriga   chambarchas
bog‘liq.   Shu   nuqtai   nazardan   mazkur   ishda   mashq   va   topshiriq   atamalariga
o‘zgacha   yondashildi.   Darslik   va   qo‘llanmalarda   ko‘p   uchraydigan   “mashq”,
“topshiriq”   atamalari   o‘zaro   uyadoshlik   hosil   qilsa-da,   ular   orasida   sinonimik
munosabat  yo‘q. Biroq kuzatishlarimiz asosida  ayta olamizki, uzoq yillardan beri
amalda   bo‘lgan   qator   darslik   va   qo‘llanmalarda   mazkur   ikki   tushunchaning
berilishida   chalkashlik,   birining   o‘rnida   boshqasining   qo‘llanilishi   kabi   holatlarni
ko‘rish mumkin.
5-8-sinf   “Ona   tili”   darsliklaridan   olingan   quyidagi   namunalar   fikrimizni
tasdiqlaydi:
“333-mashq. Berilgan she’riy misradagi so‘zlarni unli va undoshga ajrating.
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir”   [21; b.224] .
“2-topshiriq.   Gapni   aniqlovchili,   to‘ldiruvchili,   holli   birikmalarga   ajrating”
[23; b.229] .
Keltirilgan   misollardan   ham   ko‘rinib   turibdiki,   darsliklarda   mashq   va
topshiriqlarning   berilishi,   mazmuni   bir-biridan   farqlanmaydi.   Ikkalasida   ham
“ ajrating ” topshirig‘i berilmoqda.
“O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   mashq   atamasiga   shunday   ta’rif   berilgan:
“ Mashq   1.   [arabcha.   –husnixat,   rasm   chizish   uchun   namunalar]   biror   faoliyatni
puxta   o‘rganish,   malaka   hosil   qilish   uchun   bajariladigan   ish,   tayyorgarlik
mashg‘uloti.   Harbiy   mashq.   Mashq   qilmoq.   Siddiqjon  ko‘kragini   sandalga   berib, xat   mashq   qilar,   Kanizak   uning   ro‘parasida   kitob   o‘qib   o‘tirar   edi.   A.   Qahhor,
Qo‘shchinor  chiroqlari. – Ish  yomon, – dedi  kelgan militsionerlar,  – ko‘p mashq
ko‘rmagan, hali miltiq otishni bilmaydigan militsionerlar, qo‘lidan nima kelar edi.
S.   Ayniy,   Qullar.   2.   Ma’lum   maqsadda   bajariladigan,   qilinadigan   muayyan   ish,
harakat.   Imloga   doir   mashqlar.   Jismoniy   mashqlar.   Bolalar   bir-birlarining
qo‘llarini   ushlab,   gimnastika   mashqlarini   yengil   va   chiroyli   bajaradilar.
Gazetadan.  [ 50 ; b.162].
“Pedagogika   Ensiklopediyasi”da   mashqqa   berilgan   ta’rifning   ancha
takomillashgan va ta’lim sohasiga moslashtirilgan shaklini ko‘rish mumkin:
Mashq (arabcha – husnixat, rasm chizish uchun namunalar) – biror faoliyatni
puxta o‘zlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida ko‘p marta takrorlash. Mas.,
o‘qish, yozish. Mashq ta’limda ko‘nikma va malakalar hosil qilishda muhim o‘rin
tutadi [36; b.223].
Topshiriq   atamasiga   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da   quyidagicha   ta’rif
berilgan:     “ Topshiriq   1.   Kimsaning     zimmasiga   yuklatiladigan   ish,   vazifa.
Hukumat topshirig‘i. Topshiriq bermoq.  Tergovchi ham xit bo‘ldi. Axir, u bu yerga
o‘ynagani   kelmagan-ku.   Maxsus   topshiriq   bilan   oqni   oqqa,   qorani   qoraga
ajratgani   kelgan .” 
[ 50;  b.150] .
Ko‘rinib turibdiki, har bir atama o‘z mazmun-mohiyatiga ega. Ya’ni,   mashq
muayyan     harakatni,   bir   necha   bor   aynan   takrorlash   orqali   shu   mashg‘ulotdan
ko‘zlangan ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni nazarda tutsa, topshiriq kishining,
jumladan,   o‘quvchining   zimmasiga   biror   mazvuni   mustahkamlash   maqsadida   bir
marta bajarish uchun beriladigan ish, vazifani anglatadi.
Demak,   mashq   –   ko‘nikma   yoki   malaka   hosil   qilish   vositasi.   Topshiriq   esa
ma’lumotlarni   xotiraga   kirituvchi   qurilmaga   o‘xshaydi.   U   yo‘naltiruvchi
xususiyatga   ega.   Topshiriq   orqali   o‘quvchini   fikrlashga,   mustaqil   ishlashga
o‘rgatish mumkin. Zero, mashqlar ham, topshiriqlar ham “Ona tili” darsliklarining
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Nazariy ma’lumotlar, ya’ni grammatik qoidalar
o‘quvchida   belgilangan   mavzu   doirasida   bilim,   tushuncha   hosil   qiladi.   Ta’lim
mazmunida   o‘quvchi   egallashi   ko‘zda   tutilgan   ko‘nikma   va   malakani,   asosan, mashqlar   shakllantiradi.   Topshiriqlar   bu   o‘rinda   ko‘proq   o‘quvchi   bilimini
boyitishga xizmat qiladi. 
Maktabda, odatda, muayyan o‘quv predmetiga tegishli darslik dars jarayonida
ham,   hatto   darsdan   so‘ng   ham   o‘quvchi   va   o‘qituvchining   shu   o‘quv   predmeti
bo‘yicha   bilim   berish   hamda   ma’lumot   olishning   asosiy   vositasi,   tayanchidir.
Shunday ekan, asosiy  diqqatni  darslikdagi  o‘quv materiallarining tarkibi, tuzilishi
va,   albatta,   mazmuniga   qaratish   kerak.   Maktab   darsliklarida   millat   tafakkuri   va
mafkurasining   eng   ilg‘or   namunalari   aks   etishi   kerak   [7;   b.4-19],   -   degan   ta’kid,
fikrimizcha,   “Ona   tili”   darsliklariga   ko‘proq   tegishlidir.   Ajdodlardan,   umuman,
insoniyat   daholaridan   bugungi   kungacha   yetib   kelgan   tafakkurning   eng   ilg‘or
mahsuli bo‘lgan   maqol, matal, hikmatli so‘zlar, tasviriy ifodalar, iboralar   ona tili
ta’limining   mazmunini   tashkil   etishi   kerak,   ulardan   onda-sonda   emas,   balki   har
darsda,  har   o‘quv topshiriq tarkibida  unumli   foydalanish   maqsadga  muvofiq.  O‘z
o‘rnida va o‘z vaqtida o‘quvchilar tafakkuriga singdirilgan bu kabi xalqona, milliy
durdonalar   ularning   fikrlarini   teranlashtirishga,   dunyoqarashlarini   kengaytirishga
va o‘zlarida hosil  bo‘lgan ijodiy tafakkur mahsulini ravon, aniq hamda tushunarli
tarzda bayon eta olishlariga zamin yaratadi.
Amaldagi dastur  va darsliklar o‘quvchini ona tili ta’limi maqsadiga muvofiq
mustaqil   izlanishga   undashi   lozim.   Bunday   sharoitda   darslikning   eng   muhim
qismini   nazariy   ma’lumotlar   bazasi   emas,   balki   o‘quvchiga   ona   tilimizning   son-
sanoqsiz   imkoniyatlaridan   unumli   va   o‘rinli   foydalanishni   o‘rgatadigan   o‘quv
topshiriqlari   tashkil   etmog‘i   lozim.   (Chunki   maktabda   ona   tili   ta’limi   tilshunos
tayyorlash   maqsadini   emas,   til   imkoniyatlaridan   keng   foydalana   oladigan   ijodiy
tafakkur   sohibini   jamiyatga   yetkazib   berishni   taqozo   etadi.)     Demak,   o‘quv
topshiriqlari   o‘quvchini   izlanishga   unday   olsagina,   ularni   talab   darajasida   deb
hisoblash mumkin bo‘ladi. Hozirda respublika miqyosida amalda bo‘lgan maktab
darsliklaridagi   o‘quv   topshiriqlarining   ayrimlari   belgilangan   talablarni   qondira
olmaydi.   Chunonchi,   ona   tili   darslarida   tez-tez   uchraydigan   “Matndan   otlarni
topib   tavsiflang”   kabilarni   o‘quv   topshiriqlari   darajasida   baholab   bo‘lmaydi,
sababki, ular o‘quvchida ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat
qila oladigan  yetarli ko‘nikma, malakalarni hosil qilishi qiyin. Darslikni   parovozga   qiyos   qilib,   uning   vagonlari   sifatida   har   bir   mavzuga
taalluqli   lug‘atlar,   jumladan,   orfografiya   uchun   imlo   lug‘ati,   orfoepiya   uchun
talaffuz   mashqlari   to‘plami,   leksika   uchun   izohli   lug‘at,   morfologiya   uchun
morfem lug‘at va boshqalardan samarali foydalanilsa, ko‘zlangan natijaga erishish
mumkin.   Axborot   texnologiyalari   asrida   ma’lumotlar   bazasi   muammo   emas.
Shuning   uchun   darsliklarning   topshiriqlar   qismi   mukammal,   tizimli,   puxta   ishlab
chiqilsa, bas. 
Bugungi kun ona tili ta’limi maktabda o‘rgatilishi belgilangan til sathlaridan
qat’i   nazar,   hatto   imlo   o‘qitishda   ham   o‘quvchining   so‘z   boyligini   oshirish,   shu
orqali o‘z fikrini og‘zaki va yozma shakllarda mustaqil, ravon, lo‘nda   va jozibali
ifodalay   olishiga   erishishni   talab   etadi.  Ushbu   maqsadni   amalga  oshirish,   albatta,
o‘zbek   tilining   tengsiz     xazinasi   hisoblangan   maxsus   leksik   boyliklarsiz   samarali
bo‘lishi qiyin. 
Nafaqat   imlo   o‘qitishda,   balki   tilning   barcha   sathlarini     o‘qitishda   matal,
topishmoq,   tez   aytish,   latifa,   lof,   terma   va   doston   namunalaridan   tahlil   materiali
sifatida foydalanish ona tili ta’limida samaradorlikka erishishda, barkamol avlodni
tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qila oladi.
“Ona tili” darsliklarida to‘g‘ri talaffuz va imlo me’yorlarini ko‘nikma sifatida
shakllantirish   borasida   ko‘plab   mashqlar,   turli   tushuntirishlar   beriladi.   Ammo
nutqiy   faoliyat   davomida   ayrim   nutq   tovushlarining   adabiy   talaffuzi   va   imlosini
o‘quvchiga o‘rgatish qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaraveradi.
Adabiy   talaffuz   va   uning   me’yorlari   masalasi   dunyoning   rivojlangan
mamlakatlari tillarida atroflicha o‘rganilganligini kuzatamiz [ingliz, fransuz va b.].
Bu   borada   jahon   tajribasida,   jumladan,   ingliz   tilida   imloviy   mashqlardan   unumli
foydalaniladi.   Shuning   uchun   ham   amaldagi   asosiy   darslik   va   o‘quv
qo‘llanmalarida   har   bir   nutq   tovushining   hosil   bo‘lish   jarayoni   haqida   batafsil
ma’lumot beriladi [15; b.7]. Oliy maktab va umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun
nashr   ettirilgan   darslik   hamda   o‘quv   qo‘llanmalarda   tovushlarning   talaffuz   holati
aks   etgan   maxsus   chizma   (rasm)lar   yo‘q.   O‘zbek   tiliga   xos   bo‘lgan   ayrim
tovushlarning to‘g‘ri talaffuzini oddiy, an’anaviy mashqlar bilan yetarli darajada
o‘rgatib bo‘lmasligini bugungi o‘quvchi, talaba, hatto ayrim katta yoshdagi ziyoli kishilar, xususan, o‘qituvchilarning nutqi ham isbotlab turibdi. 
Muammoning   bir   uchi   yana   o‘rta   umumta’lim   maktablarida   ona   tili   o‘qitish
masalasiga   borib   taqaladi.   Adabiy   talaffuz   –   madaniyatlilik   belgisi.   O‘rta
umumta’lim   tizimida   5-sinfdan   boshlab   talaffuzning   asosiy   birligi   hisoblangan
nutq tovushlari “Imlo” bo‘limi tarkibida tizimli o‘qitila boshlaydi. “Imlo” bo‘limi
ta’limi taqozosiga ko‘ra shu yerda o‘quvchilarga nutq tovushlari bilan birga to‘g‘ri
talaffuz hamda imlo qoidalarini singdirish talabi ham qo‘yiladi. 
O‘zbek   adabiy   tili   turli   lahjalardan   o‘sib   chiqqanligi   sababli   uning   talaffuzi
borasida   hududlar   bilan   bog‘liq   jiddiy   muammolar   bor.   Maktab   ona   tili
darsliklarini tuzishda, ayniqsa, imloga doir o‘quv materiallarini berishda mualliflar
aholi   hududiy   talaffuzining   tilga   ta’sirini   inobatga   olishlari   kerak.   (Masalan,
AQShda   har   bir   shtat   uchun   alohida   darslik   yaratilgan.)   Shu   ma’noda   dastur   va
darsliklar   tuzishda   orfoepik   nuqtai   nazardan   har   bir   hududning   talaffuzidagi
muammolari   e’tiborga   olinishi   lozim.   Masalan,   Xorazm   vohasida   ayrim   so‘zlar
talaffuzida   [ q]   undoshi   o‘rnida   [ k]   nutq   tovushini   qo‘llash   ko‘nikmaga   aylanib
qolgan.   Demak,   xorazmlik   o‘quvchiga   adabiy   talaffuz   me’yorlarini   singdirish
uchun darslikda berilgan ikkita mashq yetarli bo‘lmaydi. Mavzuga monand, ammo
darslikdagi   o‘quv   topshiriqlarini   aynan   takrorlamaydigan   o‘quv   topshiriqlarini
tuzish,   mashqlar   tizimini   yaratish   va   ulardan   unumli   foydalanishni   barcha
o‘qituvchi ham bir xilda amalga oshiravermaydi.
Toshkent   viloyati,   xususan,   shahar   hududida   ommaviy   tarzda   [ h]   bo‘g‘iz
undoshi   o‘rnida   muntazam   [ x]   chuqur   til   orqa   undoshining   ishlatilishi   ( xandaley,
xurmat,   xamma   va   b. ),   shuningdek,   Buxoro,   Samardand   (shahar   hududida),
Surxondaryo   va   Qashqadaryo   viloyatlarining     ayrim   tumanlarida   [ o‘]   unlisining
talaffuzida muammolar borligini aytish mumkin.
Bu   borada   Samarqand   viloyatiga   alohida   to‘xtalish   mumkin.   Pastdarg‘om,
Urgut va Nurobod tumanlarida [ i]–[e]  unlilarining aytilishida chalkashliklar borligi
kuzatiladi.   Xuddi   shunday   Kattaqo‘ g‘ on   tumanida   [ o‘] –   [u]   unlilarining
ishlatilishida   muammo lar   mavjud.   Mazkur   h ududda   yashovchilar,   o‘quvchilar,
hatto o‘qituvchilar ham [ o‘]   unlisi ni   [u] ,  [u]  unlisini [ o‘] o‘rnida qo‘llaydilar . 
Ko‘rinadiki, 5-sinf  “O na tili ”  darsligida yuqorida keltirilgan nutq tovushlarini o‘zlashtir i shga   mo‘ljallangan   nazariy   ma’lumotlar   va   ularni   mustahkamlovchi
mashqlar   yetarli   e mas.   Mazkur   nutq   tovushlarini   sanab   o‘tilgan   h udud lar ning
o‘quvchilar i   nutqida   adabiy   me’yor   holatiga   keltirish   uchun   bu g ungi   darslik   va
qo‘llanmalarda   deyarli   e’tibor   qaratilmagan   maxsus   imloviy   mashqlar,   tovushlar
talaffuzi   jarayonida   nutq   a’zolarining   ko‘rinishi   aks   e t gan   alohida   oksilografik
chizma(rasm)lar  ishlab chiqilishiga ehtiyoj seziladi .
Shuningdek, [ h]  bo‘ g‘ iz undoshining ko‘pchilikning ham yozma, ham o g‘ zaki
nutqda   noto‘ g‘ ri   qo‘llanilayotgani,   uni   bartaraf   etishga   qaratilgan   sa ’ y-
harakatlarning   deyarli   sezilmayotgani   bu   borada   zarur   tavsiyalar   ishlab   chiqishni
va ularni zudlik bilan amaliyotga tatbiq etishni taqazo  e tadi .
1999-2000-yillar   keng   amaliyotda   qo‘llangan   H.Ne’matov   boshchiligida
yaratilgan   5-sinf   “Ona   tili”   darsligida   [h]   va   [ x]   undoshlarini   imloda   ham
talaffuzda   farqlash   uchun   berilgan   o‘quv   materiali   boshqalariga   nisbatan
o‘quvchiga ancha foydali [31; b.102]. 
O‘zbek   tilida   [o‘]   unlisi   so‘zning   turli   o‘rinlarida   bir-biridan   farqli   talaffuz
etilishi   ma’lum,   biroq   uni   o‘quvchilarga   farqlab   berish   masalasi   muammoligicha
qolmoqda.   [o‘]   unlisi   talaffuzi   bilan   bog‘liq   nozik   jihatlarga   aksariyat   ona   tili
darsliklarida   e’tibor   qaratilmasligi   o‘quvchilarimizning   adabiy   nutq   me’yorlarini
to‘la   o‘zlashtirishlariga   soya   tashlab   turadi.   Oliy   ta’limning   sohaga   tegishli
amaldagi   darsliklarida   mazkur   masalaga   qisman   e’tibor   qaratilgan   nazariy
ma’lumotlar uchraydi, ammo u amaliy jihatdan ishlanmagan [43; b.19]. Ta’kidlash
kerakki, bugun keng amaliyotda bo‘lgan 5-sinf “Ona tili” darsligidagina   [o‘]  unlisi
talaffuzda   farq   qilishi   to‘g‘risidagi     ma’lumotlar   misollari   bilan   keltirilgan   [21;
b.224].   Bu,   albatta,   ijobiy   hodisa,   biroq   “bir   holatda   torroq,   boshqasida   kengroq
aytiladi”, degan izoh o‘quvchiga amaliy jihatdan yordam berishi qiyin. Keltirilgan
misollarni o‘qituvchi ko‘magisiz to‘g‘ri talaffuz qilib bo‘lmaydi. 
Masalan,   torroq   aytilishiga   ko‘l,   kengroq   aytilishiga   bo‘ri   so‘zlari   misol
tariqasida   keltirilgan   bo‘lsa-da,   bu   hamisha   ham   kutilgan   natijani   beravermaydi.
Shuni inobatga olib,  [o‘]  unlisi talaffuzi bilan bog‘liq mashqlarga keng o‘rin berish
zarur. 
Mashq   uzluksiz   takrorga   asoslangandagina   samara   beradi.   O‘quv materiallarining  o‘quvchi   tomonidan   samarali   o‘zlashtirilishi   takror  bilan  bog‘liq .
Zero,   “Bilimning onasi takror ”dir.
Ma’lumki,   psixologik   nuqtai   nazardan   inson   xotirasi,   jumladan,   o‘quvchi
xotirasi   ham   muayyan   turlarga   bo‘linadi.   Ma’lumotlarni   bir   marta   o‘qish   oddiy
xotirada   vaqtincha   saqlanadi   va   qisqa   muddatda   unutiladi.   Agar   uzluksiz
takrorlansa,   u   doimiy   xotiraga   o‘tadi.   E.G‘oziyev   ta’kidlagan   G.Ebbingauzning
o‘quvchi   eslab   qolishi   mumkin   bo‘lgan   ma’lumotlar   tarkibi,   miqdori   va   sifati
haqida   olgan   xulosalarini   shu   o‘rinda   keltirish   o‘rinli.   U   hech   qanday   ma’no
anglatmaydigan 38 ta bo‘g‘inni o‘quvchi 55 marta takrorlaganda eslab  qolganini;
38 –  40 ta  so‘zdan  iborat   materialni  eslab  qolish  uchun  esa,  6-7 marta takrorlash
kifoya   qilganni   aniqlagan   [51,   b.221-222].  
O‘quvchining   ijtimoiy   hayotda   aloqa-
aralashuvni  to‘g‘ri amalga oshirishida xizmat qila oladigan zaruriy ma’lumotlarni
uning   uzoq   muddatli   xotirasiga   o‘tkazish   uchun   o‘sha   ma’lumotlarni   ko‘p   marta
takrorlatish va  xotirasida  qayta tiklab turish  lozim. Shu o‘rinda aytish mumkinki,
imlo sathini o‘qitishda mashq va topshiriqlarning o‘quv materialini tashkil etuvchi
sermazmun,   purhikmat   matnlardan   o‘rinli   foydalanilsa,   o‘quvchi   ularni   bir-ikki
takrorlash bilan uzoq muddatli xotirasiga “yozib qo‘yadi”. Biror jismoniy harakat
avtomatlashish   darajasiga   yetishi   uchun   qancha   uzluksiz   mashq   zarur   bo‘lsa,
muayyan   nutqiy   malakaning   shakllanishiga   ham   shuncha   mashq,   harakat   kerak
bo‘ladi. 
5-sinfda   imlo   sathi   ta’limini   takomillashtirishda   ilg‘or   pedagogik
texnologiyalardan   unumli   foydalanish   ham   muhim   ahamiyatga   molik.   Ma’lumki,
maktabda   bugungi   “Ona   tili”   o‘quv   predmeti   ta’limida   omilkor   o‘qituvchilar
tomonidan   ko‘plab   innovatsion   texnologiyalar   zamon   talablariga   mos   holda
qo‘llanilmoqda.   Tabiiyki,   bu   “Imlo”   sathi   ta’limida,   jumladan,   o‘quvchiga   nutq
tovushlarining   to‘g‘ri   talaffuzini   o‘rgatish   jarayonida   juda   qo‘l   keladi.   Ammo
amaldagi   ishlar   yetarli   darajada   emas,   chunki   o‘quvchilar   nutqida   tovushlar
talaffuzi   bilan   bog‘liq   muammolar   to‘la   bartaraf   bo‘lgani   yoki   mazkur
muammoning   yechimi   sifatida   asosli   tavsiya-yu   metodik   ko‘rsatmalar   ishlab
chiqilib keng amaliyotga tatbiq etilgani yo‘q.  Mazkur   masalaning   yana   bir   jihati   borki,   har   qanday   sharoitda   ham   ona   tili
o‘qituvchilari   mazkur   bo‘limni   o‘z   imkoniyat   va   salohiyatlaridan   kelib   chiqib
tushuntiradilar.   Odatda,   o‘quvchi   uchun   o‘z   ona   tilining   hamma   tovushlari   ham
talaffuz   va   imloda   qiyinchilik   tug‘diravermaydi.   Mahalliy   til   hisoblangan   sheva
ta’sirida   ayrim   unli   va   undosh   tovushlarning   aytilishi   hamda   yozilishida
chalkashliklar,   xatolar   bo‘lishi   mumkin.   Amaliy   kuzatuvlar   shuni   ko‘rsatadiki,
respublikamizning turli hududlarida o‘quvchilar nutqida, asosan,   unlilardan    [i] –
[e],   [o‘]   –   [u]   va   undoshlardan   [ h ],   [ x ] ,   [ q ] ,   ba’zan   [j]   tovushlari   talaffuzida,
ba’zan shuning ta’sirida imloda ham xatoga yo‘l qo‘yishadi. Bunday vaziyatlarda
amalda   qo‘llanilayotgan   topshiriq   xarakteridagi   mashqlar   bilan   qancha   ko‘p
ishlansa ham, kutilgan natijaga erishish qiyin kechmoqda. 
O‘quvchining   og‘zaki   nutqi   tug‘ilib   o‘sgan   yeri,   oilasi,   yaqinlari   ta’sirida
shakllangan holda maktabga keladi. Ba’zan ularni o‘zlari o‘rganib qolgan holatdan
adabiy talaffuz me’yorlari doirasiga o‘tkazish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Bunday
sharoitda   o‘qituvchi,   albatta,   imlo   o‘qitish   jarayonidagi   dastlabki   faoliyatni
hududiy muammolardan kelib chiqqan holda   talaffuzi qiyin   nutq   tovushlar i   ustida
ishlashga   qaratishdan   boshlashi   zarur.   Aks   holda,   ayrim   o‘quvchilar   balo g‘ atga
yetganda ham ba’zi nutq tovushlari talaffuzini eplay olmaydigan bo‘lib qolishadi.
Bu kabi “nutqiy kemtiklik” madaniy davralarda o‘quvchiga bir umr xalaqit berishi
mumkin.   O‘qituvchi   o‘z   vaqtida   og‘zaki   nutqida   muammolari   bor   o‘quvchilarga
alohida   e’tibor   berib,   maxsus   talaffuz   mashqlari   ustida   muntazam   ishlasa,
muammoga o‘rin qolmasligi aniq. Biroq bu borada maktabning amaldagi didaktik
ta’lim   vositalari   (darslik,   qo‘llanmalar)da   imloviy   mashqlarga   maxsus   o‘rin
ajratilmagan .
Fikrimizcha,   imloga   doir   o‘quv   materiallarining   shakllanishi,   tarixiy
taraqqiyoti   tahlilidan   kelib   chiqib   bu   boradagi   muammolarni   atroflicha   o‘rganish
ularning yechimini topish imkonini beradi.  
1.2-§.  Imloga doir o‘quv materiallari mazmuni va ularning
takomillashish jarayoni
Tilimizga   xos   barcha   birliklarni   milliylik   nuqtai   nazaridan   to‘la   o‘rganilgan
deb   bo‘lmaydi.   Xususan,   o‘zbek   tilining   tovush   tizimi   ilmiy   va   metodik   jihatdan hali yetarli darajada tadqiq etilgan emas. Turmushi, urf-odatlari biri ikkinchisidan
farq   qiluvchi   xalqlarning   tilida   ham   alohida   o‘ziga   xosliklar   bo‘lishi   tabiiy   hol,
albatta.   To‘g‘ri,   o‘zbek   tili   imlosi   ilmiy   jihatdan   ma’lum   ma’noda   o‘rganilgan,
biroq   bu   borada   hozirgacha   to‘plangan   nazariy   ma’lumotlar   uning   o‘ziga   xosligi,
milliy   xususiyatlarini   to‘laligicha   yoritib   berolmaydi.   Davr   taqozosi   bilan   XX
asrning 40-yillaridan boshlab boshqa til qoliplari asosida o‘lchangan ona tilimizda
hamon   eski   qoliplar   asoratidan   to‘la-to‘kis   xalos   bo‘la   olmagan   o‘rinlar   seziladi.
Buning   natijasi   ona   tili   ta’limiga,   ayniqsa,   maktabda   ona   tili   o‘qitilishiga   salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda.
Respublika   umumta’lim   maktablarida   ona   tili,   o‘zbek   tili   bo‘yicha   amalda
bo‘lgan  dasturlarning mazmuni   va asosiy  yo‘nalishlari  1950-yillarning  o‘rtalarida
shakllangan   bo‘lib,   shundan   beri   ular   ayrim   o‘zgarishlar,   to‘ldirishlar   bilan
bugunga   qadar   kun   tartibidan   tushgani   yo‘q.   Shu   asosda   darsliklar   yaratildi,   ular
takror-takror   davr   sinovidan   o‘tdi.   Bir   tomondan   qaraganda   bu   boradagi   ishlar
takomillashib,   mukammallashib   borganga   o‘xshab   ko‘rinadi.   Biroq   ijtimoiy
hayotimizda   keyingi   chorak   asrdan   ko‘proq   o‘tgan   vaqt   mobaynida   siyosiy,
iqtisodiy,   ma’naviy,   ma’rifiy   jihatdan   keskin   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi;   milliy
dunyoqarashimizda,   shu   bilan   bog‘liq   shaxs   tarbiyasiga   munosabat   masalasida
yangilanishlar   kuzatildi;   mustaqillik   mafkurasi   jamiyatning   har   bir   a’zosi,   har   bir
sohasi,   har   bir   ko‘rinishi   oldiga   yangicha   talablarni   qo‘ydi.   Jamiyatimizda   ulkan
o‘zgarishlar   ro‘y   berdi   va   ro‘y   bermoqda.   Shunday   o‘zgarishlar   sirasida   o‘zbek
tilshunosligi   va   uning   tadriji   bilan   bog‘liq   yangilanishlar   ham   yaqqol   ko‘zga
tashlanadi. Jumladan, o‘zbek tilshunosligida tilni umumiylik, mohiyat, imkoniyat,
sabab   xarakteridagi   tizim;   nutqni   esa   alohidalik,   hodisa,   voqelik,   oqibat   sifatida
o‘rganuvchi   substansial   tilshunoslik   yo‘nalishi   shakllandi,   rivojlandi,   ulkan
yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
Biroq   bu   yangilanishlarning   barchasi   ta’lim   tizimi   bosqichlarida   saralanib,
birdek qabul qilingani yo‘q. Jumladan, o‘zbek substansial tishunosligining yuzaga
kelishi   uchun   poydevor   vazifasini   o‘tagan   an’anaviy   tilshunoslik   yutuqlari   oliy
ta’lim   dastur-u   darsliklarida   ham,   o‘rta   maxsus   ta’lim   tizimida   ham,   maktab
programmasida   ham   yangi   yo‘nalish   yutuqlari   bilan   qorishib   ketdi.   Bir-birini   rad etuvchi   nazariy   bilimlar   maktab   darsliklarida   ko‘plab   uchrashi   ham   achinarli
holdir.
Atrofimizga   nazar   tashlasak,   ilg‘or   davlatlarning   ko‘pida   ona   tilidan   ta’lim
mazmuni   tubdan   yangilandi.   “Ta’lim   mazmuni   sirasida   o‘quvchilarga   taqdim
etilayotgan   bilimlar   ularning   ijtimoiy   ehtiyojlarini   qondira   olishi,   ularni
ijodkorlikka, bunyodkorlikka undashi lozim” [48; b.11] ligi belgilandi. 
O‘quvchilarda ijodkorlikni, mustaqil fikrlash  ko‘nikmasini   shakllantirish , fikr
mahsulini   nutq   sharoitiga   mos   ravishda   og‘zaki   va   yozma   shaklda   to‘g‘ri,   ravon
ifodalashga   o‘rgatish   uchun   ona   tili   ta’limining   mazmunini   tubdan   yangilash,
o‘quv   materiallarini   zamon   ehtiyojiga   moslash   talab   qilindi   [53;   b.27].   Buni
amalga   oshirishda,   tabiiyki,   ta’lim   vositalari   muhim   ahamiyatga   ega.   Bugungi
kunga qadar bir qator maktab “Ona tili” darsliklari yaratildi, lekin ulardagi o‘quv
materiallarning   hammasi   ham   talabga   javob   beradimi,   degan   savol   atrofida
mulohaza   yuritishga   to‘g‘ri   keladi.   Professorlar   Hamid   Ne’matov   va   Askar
G‘ulomov   ona   tili   ta’limining   bugungi   holatini,   uni   yaxshilashda   nimalar   qilish
kerakligini, o‘quvchilarga nimalarni o‘rgatish lozimligini jiddiy tahlil orqali o‘rinli
asoslagan edilar [53; b.32].
Jahonga   bo‘ylasha   oladigan   malakali   kadrlarni   tarbiyalash   ona   tili   ta’limi
oldida turgan dolzarb  vazifa bo‘lib , uni   amalga  oshirish  umumiy  o‘rta ta’limning
asosiy   vositasi   bo‘lgan   darsliklar,   ulardan   o‘rin   olgan   o‘quv   materiallarining
saviyasiga ko‘proq bog‘liqdir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kun ona tili
ta’limi   maqsadi   darslarda   asosiy   ta’lim   vositasi   faqat   darslik   bo‘lishini   taqozo
etmaydi.   O‘qituvchi   ham,   o‘quvchilar   ham   belgilangan   mavzular   mohiyati   bilan
bog‘liq  tarzda,  odatda,  “Axborot  banki”  materiallari   (lug‘atlar, ma’lumotnomalar,
qomuslar,   qaydlar   va   h.lar)ga   tez-tez   murojaat   etishlari   lozim.   Afsuski,   ona   tili
ta’limi   mazmuni   yangilanganiga   qariyb   yigirma   yildan   oshgan   bo‘lsa-da,   maktab
o‘qituvchilarimizning   aksariyati   hamon   faqatgina   darslik   materiallaridan
foydalanishmoqda. 
“Ona   tili”   darsliklarida   berilgan   nazariy   ma’lumotlar   orasidagi   ayrim
chalkashlik, noaniqliklarni bartaraf etish, o‘quv materialini darsliklarda qay tarzda
berish masalalari hamon azaliy muammoligicha qolmoqda. (Ellik-oltmish yil avval qanday bo‘lsa, hozir ham  “Ona tili” darsliklari mavzuning nazariy jihatiga asosiy
e’tiborni   qaratib   har   bir   mavzu   doirasida   ikkitadan   beshtagacha   qoida   bermoqda.
Demak,   grammatizmdan   hamon   qutilganimiz   yo‘q.)   Xo‘sh,   o‘quvchiga   darslikda
zarurmi, yo‘qmi, qoida taqdim etyapmiz. Qoida noto‘g‘ri, yoki g‘aliz bo‘lsa-chi?!
Muammo   ustiga   muammo  paydo   bo‘laveradi,   darsda   mavzu   bo‘yicha   ko‘zlangan
maqsadga,   aniqrog‘i,   o‘quvchi   egallashi   zarur   bo‘lgan   malakaga   erishish   qiyin
kechadi.   Shu   ma’noda   mazkur   muammoning   yechimini   topish   uchun   “Ona   tili”
darsliklari   tarixi   hamda   ularning   mazmun-mundarijasini   o‘rganib   chiqishni   zarur,
deb   hisobladik.   “Ona   tili”   darsliklarida   mavjud   nazariy   ma’lumotlar,   ularni
mustahkamlovchi mashq va topshiriqlar qachondan boshlab va nima uchun maktab
darsliklariga   kiritilganligining   sabablarini   o‘rganish   bu   boradagi   tasavvurni
tiniqlashtiradi.
“XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   XX   asrning   boshlarida   vatanimizda   ona   tili
ta’limining   jadidchilik   harakati   bilan   bog‘liq   yangi   turdagi   o‘zbek   maktablari
uchun darslik va qo‘llanmalar yaratish davri boshlandi” [48; b.32].
Ko‘rinib   turibdiki,   bugungi   “Ona   tili”   darsliklariga   tamal   toshni   jadidlar
qo‘ygan. O‘tgan asrning 30-yillarida yaratilgan “Ona tili” darsliklari, xususan, ilk
“O‘zbek  tili   darslik”larining  yaratilishiga   xizmat   qilgan   olim  Abdurauf   Fitratning
“O‘zbek   tili   qoidalari   to‘g‘risida   bir   tajriba”   “Sarf”   kitobida   imloga   oid
ma’lumotlar ham berilgan. Mazkur qismda Fitrat nutq tovushlarini tavsiflab, ularni
unli   va   unsiz   tovushlar   deb   ikki   guruhga   ajratadi.   Olim   unlilarni   9   ta,     unsizlar
sonini   esa   23   ta   deb   keltiradi.   Shundan   so‘ng   tovush   o‘zgarishlariga   to‘xtalib,
tovush   tushishi   hamda   tovush   almashishi   haqida   ma’lumot   beradi   va   “Bu   holat
tilimizning yengillik istaganidan kelib chiqib qolg‘on bir hol”  deb izoh beradi [17;
b.36].
Uning   fikriga   ko‘ra,   o‘zbek   tili   yalpi   turk   tilining   keng   bir   tarmog‘i   sifatida
barcha   turkiy   tillarga   xos   xususiyat   o‘zbek   tilida   ham   bo‘lishi   tabiiy   ekanligi,
turkiy tillarning barcha tarmoqlarida bo‘lgani kabi o‘zbek tilida ham ohangdoshlik,
so‘zlar ohangi e’tiboriga ko‘ra   yo‘g‘on   va   ingichka ga bo‘linishi aytiladi. Masalan,
sin  so‘zi yo‘g‘on bo‘lsa,  min  so‘zi ingichka deb e’tirof etilgan. Shuningdek, ohang
masalasi   eski   yozma   asarlarimizda,   qishloq   shevalarida   uchrashi,   fors   adabiyoti ta’siri bilan buzilgan shahar shevasida bo‘lmasa-da, o‘zbek tilida bu hodisani yo‘q
deb bo‘lmasligini ta’kidlaydi.
Professor   A.Fitratning   imlo,   xususan,   nutq   tovushlari,   talaffuz   va
ohangdoshlik     masalalariga   milliylik   nuqtai   nazaridan   yondashishni   kuzatamiz.
Darhaqiqat,   til   millat   belgisi   sifatida   doimo   o‘ziga   xos   xususiylikka   ega   bo‘ladi.
Olimning   milliylikka   yo‘g‘rilgan   ilmiy   asoslari   pishiq   qarashlari   o‘z   vaqtida
maktab   o‘quvchilari   uchun   yaratilgan   “O‘zbek   tili   uchun   darslik”larida   ham   o‘z
aksini   topgan   edi.   Xususan,   buni   bevosita   Q.Ramazon   va   X.Qayyumiylarning
darsligi [40; b.149]   
 misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Darslik   mualliflari   ham   A.Fitrat   yo‘lidan   borib   tilning   milliy   xususiyatlarga
jiddiy   e’tibor   qaratishgan.   Ta’kidlash   kerakki,   darslikdagi   atamalarning   ham
aksariyati   o‘zbekcha   ( so‘zlav   a’zolari,   so‘z   tuzumi. ..).   Ushbu   darslikda   imloga
alohida   e’tibor   berilib,   nutq   tovushlari   unli   va   unsiz   (joriy   darsliklarda   buning
o‘rniga   undosh   atamasi   qo‘llangan.   1940 - yillar   darsliklarining   ayrimlarida
shovqinlilar )ga   ajratilgan.   Har   bir   nutq   tovushiga   (bugungi   imloviy   talqinlarga
unchalik   o‘xshamagan)   alohida   tavsif   berilgan.   Unlilarning   talaffuzi   va   imlosi
batafsil yoritib berilgan. Shuningdek, bo‘g‘in mavzusiga doir nazariy ma’lumotlar
ham   bugungi   talqinlarga   o‘xshamaydi.   Masalan,   “ So‘zning   ayrim   havo   zarbiga
to‘g‘ri keladigan bo‘lagi bo‘g‘in deyiladi ”
 [ 40;  b.149] .
Jadidlar   davri   darsliklari   bilan  hozirda   amaldagi   darslik   ma’lumotlar   orasida
uyg‘un   o‘rinlar   ham   uchraydi.   Masalan,   urg‘u   haqidagi   nazariy   ma’lumot   joriy
darsliklardagiga aynan o‘xshashdir. Unda nazariy ma’lumotlarni mustahkamlovchi
mashqlarning mavjud emasligini ham ta’kidlash joizdir.
Bizningcha,   darsliklar   tarixini   o‘rganish   ta’limning   kelajagini   belgilashda
muhim   omil   vazifasini   bajaradi.   Istalgan   sohada   biror   yangilik   yaratish,   albatta,
avval   erishilgan   tajriba   yoki   natijalarga   asoslangandagina   uning   yashovchanligini
va   amaliy   qiymatini   ta’minlashi   ma’lum.   Darslik   yaratish   borasida   ham   bu
yondashuv qo‘l keladi. 
Quyida   1930-1940-yillarda   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   uchun   chop
etilgan   “Ona   tili”   darsliklari   mundarijasining   diqqatga   sazovor   o‘rinlariga   e’tibor
qaratamiz. O‘tgan asrning 30-yillarida amalda bo‘lgan (lotin alifbosidagi) “O‘zbek tili”   darsliklarining   imlo   bo‘limiga   doir   “ Unsiz   tovushlar”,   “Lab   ohangi”,
“Ohangdoshlik”, “Yo‘g‘on va ingichkalik”, “Bosim”   kabi bir qator atamalar   XX
asr   boshlarida   A.Fitrat,   Q.Ramazon   va   X.Qayyumiylar   tomonidan   yaratilgan
darslik hamda qo‘llanmalarda ham uchraydi. Mazkur atamalar bugungi kun o‘zbek
terminologiyasida   ishlatilmasa-da,   ular   o‘zbek   tilining   milliy   tabiatigagina   xos
tushunchalarni   ifodalay   olishi   bilan   muhimdir.   Jadidchilik   davri   asarlarida   milliy
xarakterning ustuvorligi  ma’lum. Shu nuqtai  nazardan yondashilganda, bu davrda
yaratilgan tilshunoslikka aloqador darslik va qo‘llanmalarda ham ona tilidagi  nutq
tovushlarining   o‘ziga   xos   milliy   xususiyatlari   ko‘proq   tadqiq   qilinganligini
kuzatamiz. 
Professor   A.Fitrat   dastlab   o‘zbek   tilini   turk   tilining   keng   bir   tarmog‘i
hisoblab,   boshqa   turkiy   tillardagi   kabi   o‘zbek   tilida   ham   mavjud   bo‘lgan   so‘zlar
ohangi   masalasiga   to‘xtaladi   va   bu   borada   “yo‘g‘on”   hamda   “ingichka”
atamalarini   qo‘llaydi.   A.Fitrat   yo‘g‘on   va   ingichka likni   so‘zlarga   nisbatan
qo‘llagan   bo‘lsa,   Q.Ramazon   hamda   X.Qayyumiylar   [40;   b.37]   mazkur   atamani
nutq tovushlariga nisbatan ham ishlatadi.
“Inichka tavuş demak, asasij maxraclar blan bolgan hadisa ustiga tilni aldqa
taman   cozib   arqada   koprak   kenglik   qaldirib   ciqarilgan   tavuş   demakdir:
kana(kene), saman, gullar.
Jog‘an   tavuş   demak,   tavuşni   hasil   etgac,   tilni   arqa   tamanga   tartib
chiqarilgan tavuş demakdir: qarat, Turg‘un”.  
Bundan   tashqari,   mualliflar   darslikning   imlo   bo‘limida   “Lab   ohangi”
atamasini ham qo‘llaydilar va quyidagicha ta’rif beradilar: “ Baş bog‘unda kelgan
lab unlilarining ikkinchi  bog‘unda ham  lab unlilarini  istaşi  lab ahani  deb ataladi”
[40; b.28].
A. Fitrat so‘z va uning turlari mavzusiga to‘xtalganda “so‘z” atamasiga: “So‘z
ma’no   bildirgan   tovushlar   to‘dasidir”,   deya   o‘ziga   xos   ta’rif   ham   beradi.   Ohang
masalasiga   yana   murojaat   qilib,   asli   o‘zbekcha   so‘zlar   yo   yo‘g‘on,   yo   ingichka
bo‘lishini, asosga qo‘shilgan qo‘shimchalarni ham yo‘g‘onlik-ingichkalikda o‘ziga
ergashtirishini ta’kidlaydi. 
Uning  “ bosim”   atamasi   haqidagi   fikrlari  ham  diqqatga   sazovordir:  “ So‘z   bir bo‘g‘unini   qattiqroq   uzub   aytilishidur.   Bu   bizning   tilda   ko‘prak   so‘zning   oxirida
voqe’   bo‘lsa   ham   hali   qat’iy   suvratda   tekshirilgani   yo‘q ”   [17;   b.29].   Jadidlar
davrida qo‘llangan ushbu atama bugungi kundagi “urg‘u” terminiga to‘g‘ri keladi. 
Fitrat   o‘zbek   tili   tovushlar   tizimi   haqida   to‘xtalganda   ularning   tasnifiga   doir
quyidagi ikki atamani ishlatadi:  Unsiz:  b, p, t, ch, j,...(23ta).  Unli:  o, a, u; o‘-o‘, e,
i-y (9 ta. Kirill  alifbosiga tabdil  qilingan variantidan foydalanildi). M.  Mirtojiyev
esa o‘zbek tilida 14 ta unli ( i, i, , ы, u,   u, ye, a, á, ó, o, e.. . )   borligini ta’kidlaydi
[2 8 ;   b.424].   Unsiz   atamasi   bugungi   tilshunoslik   atamalari   sirasida   uchramaydi.
Uning   hozirgi   varianti   undosh   bo‘lib,   darsliklar   tarixida   shovqinlilar   deb   ham
nomlangan. 
A.Yo‘ldoshevning   ch alasav o dlar   maktabi   u ch un   tuzilgan   “O‘ zbek   tili
darsligi ”   g rammatika   va   iml oni   o‘qitishga   mo‘ljallangan.   Dastlabki   bo‘lim
“ Qanda y   yo z ish   kerak ? ”   deb   nomlanadi.   Imlo,   odatdagidek,   tovush   va   harfni
tushuntirishdan   boshlangan.   E’tiborli   tomoni   shundaki,   “ Yo‘g‘o n   va   i ng i ch ka
s o‘ zlar” ,   “ Yo‘g‘o n   va   i ng i ch ka   t o vu sh lar”   kabilar   bugungi   kunda   imloga   doir
o‘quv   materiallari   sirasida   uchramaydi.   Beshinchi   bo‘lim   gazeta   hamda   kitoblar
ustida ishlashni o‘rgatishga mo‘ljallangan ma’lumotlarni o‘zida jamlagan.
Mazkur   darslik   A.Fitratning   tajriba   uchun   yozilgan   darsligi   ta’sirida
yaratilgan   bo‘lib,   aynan   tovushlardagi   yo‘g‘on   va   ingichkalik   masalasi   alohida
o‘rganishni   talab   etadiki,   mazkur   tajribadan   bugungi   kunda   ham   foydalanish
mumkin. Fikrimizcha, bu hozirgi talaffuz va imlo muammolarini yechishda samara
beradi.
Q.Ramaz o n va X.Qa yyu mi y  [40; b.126] larning  5- ,  6-sinflar u ch un  yaratilgan
grammatikaga   bag‘ishlangan   darsli gi     “ Sarf”   deb   nomlanadi.   Unda,   asosan,
morfologiyaga   oid   til   materiallari   berilgan   bo‘lib,   undan   “Imlo” ,   “Ba’zi
harflarni ng   iml o si”,   “ O ha ng d osh lik”   kabi   mavzular   ham   o‘rin   olgan.   Ta’kidlash
kerakki, bu yerda  undosh tovush  atamasi uchramaydi, nutq tovushlari  unli  va  unsiz
tovushlarga  bo‘lingan.   Darslikda     ohangdoshlik  mavzusining  mavjudligi   diqqatga
sazovordir. Bu yerda nutq tovushlarining o‘ziga xos xususiyatlari orqali so‘zlarda
sodir   bo‘layotgan   yo‘g‘on   va   ingichkalik   haqida   ma’lumotlar   morfologik
yondashuv asosida yoritilgan.  Jadidlarning   sa’y-harakatlari   bilan   yaratilayotgan,   o‘z   davrida   sekin-asta
shakllanayotgan   milliy   ruhdagi   “Ona   tili”   darsliklari   o‘z   o‘rnini   1939-yilga   kelib
A.G‘ulomov   ta’kidlaganidek,   1938-yilda   (S.Barxudarov   va   Dosichevalarning   rus
maktablari   uchun   “Rus   tili”   darsligi   stabil   qo‘llanma   sifatida   qabul   qilingach),
o‘zbek maktablari uchun ham keyingi yillarda til me’yorlarini belgilashda nazariy
asos vazifasini o‘tagan Olim Usmon va Barot Avizovlarning to‘liqsiz o‘rta va o‘rta
maktablar uchun tavsiya etilgan darsligi egalladi [46; b.235]. 
Keyinchalik   professor   A.K.Borovkov   rahbarligida   tuzilgan   darsliklar   [14;
b.227]   oldingilariga   nisbatan   ancha   mukamallikka   egaligi   bilan   ajralib   turadi.
Mazkur darslikda ot so‘z turkumini tushuntirishda shunday mashqlar tanlanganki,
ular metodik jihatdan olib qaralganda o‘quvchi o‘zlashtirishi zarur deb hisoblangan
bilim,   malaka   va   ko‘nikmalar   uchun   har   tomonlama   foydali.   Masalan,   mazkur
darslikdagi 40-mashq o‘nta gapdan iborat matndan tashkil topgan. Gaplar, odatda,
turli   so‘z   turkumlari   doirasida   uchraydigan   omonimlik   asosida   qurilgan.   Shu
asosda   o‘tilgan   mavzu,   bugungi   mavzu   va   o‘tilajak   mavzular   o‘rtasida   uzviylik
ta’minlangan.   Ko‘rinadiki,   mavzulararo   uzviylikni   ta’minlash   yukini   mashqlar
zimmasiga   osongina   yuklash   mumkin  ekan.   Bugungi   kun   “Ona  tili”   darsliklarida
ham   har   bir   mavzu   o‘tilganda   mustahkamlash   uchun   berilgan   mashqlardan   hech
bo‘lmaganda   bittasi   shu   xarakterda   bo‘lsa,   o‘tilgan   –   o‘tilayotgan   –   o‘tilajak
mavzularni,   birinchidan,   bir-biriga   bog‘laydi,   ikkinchidan,   o‘tilayotgan     mavzu
o‘tilgan  mavzuni  to‘ldiradi,  o‘tilajak  mavzu  haqida  o‘quvchida  oldindan tasavvur
uyg‘otadi. 
(XXI   asrga   kelib   jahon   tilshunosligida,   jumladan,   uning   bir   bo‘lagi   bo‘lgan
o‘zbek   tilshunosligida   ham   tilni   tizim   sifatida   o‘rganish   to‘la   o‘zlashdi.   Nazariy
taraqqiyot   nuqtai   nazaridan   yondashilganda   bu   beqiyos   yutuq.   Biroq   nazariy
ma’lumotlarni akademizm asosida to‘la-to‘kis maktab darsliklariga ko‘chirish yoki
singdirish,   aslida,   maktab   o‘quvchisiga   nima   beradi?!   Shuningdek,   mashqlar
tuzishda   ko‘r-ko‘rona   jimjimador   jumlani   mashqlar   tarkibida   keltirish   ham
yaramaydi.)   Professor   A.K.Borovkov   rahbarligida   tuzilgan   mazkur   darslikdagi
imlo   mavzusiga   doir   2-mashqda   o‘quvchilarga   unli   tovushlar   haqida   batafsil
nazariy   ma’lumot   berilgan.   Ta’lim   oluvchilarni   bilim   olishga,   mehnatsevarlikka, botirlikka,   birso‘zli,   nomusli   bo‘lishga,   birdamlikka   undovchi   insoniyat   uchun
“yashash   qoidalari”   hisoblangan   xalq   maqollaridan   samarali   foydalanilganligini
kuzatamiz.   Chunonchi,   2-mashq.   Quyidagilarni   o‘qing.   Tor,   o‘rta   keng   va   keng
unlilarni aniqlab, jadvalda ko‘rsating. 
1.   Ish   ishga   tortar,   yalqovlik   boshga   tortar.   2.   Bilgan   bilganini   ishlar,
bilmagan   barmog‘ini   tishlar.   3.   Qo‘rqqanga   qo‘sh   ko‘rinibdi.   4.   Quyonni   qamchi
o‘ldirar, yigitni nomus o‘ldirar. 5. Arslon izidan qaytmas,  botir so‘zidan qaytmas.
6. Yigit kishiga yetmish hunar oz. 7. Oyni etak bilan yopib bo‘lmas.  8. Ayrilganni
bo‘ri yer   [14 ;  b.227] .
Darsliklarda   o‘quv   materiallarining   berilishi   mavjud   ikki   usulda   amalga
oshiriladi:   mashq   –   qoida   (induktiv),   qoida   –   mashq   (deduktiv)   shaklida.   Tahlil
qilinayotgan   darslikda   o‘quv   materiallarining   berilishi   ham   1.1-jadvaldagi   kabi
butunlay o‘ziga xos bo‘lib, m isol-qoida-mashq  usulida berilgan.
Mavzu: Urg‘u haqida tushuncha
1.1.-rasm. 
Ta’lim tizimining ma’lum bir bosqichida o‘quv materiallarini  misol – qoida –
mashq   shaklida   berish   samarali   bo‘lishi   mumkin.   Imlo   qismida   hozirgi
darsliklardan   farqli   ravishda   tovushlar   tasnifi   berilgan,   unli   va   undosh
tovushlarning   imlosiga   alohida   e’tibor   qaratilgan.   To‘g‘ri,   darslik   o‘z   davrining
talabi   asosida   tuzilgan.   Uning   asosiy   qismi   bugungi   kunga   mos   kelmaydi,   ammo
o‘rgansa   bo‘ladigan   jihatlari   ham   ancha.   Jumladan,   nutq   tovushlarining   to‘g‘ri
talaffuzi   va   imlosini   o‘rgatishda   mustahkamlovchi   mashqlar   tarkibida   nasriy Qishlog‘imiz  so‘zida beshta
bo‘g‘in bor. So‘z oxiridagi “ da ”
bo‘g‘ini boshqalariga qaraganda
kuchliroq aytiladi. Tasavvur
Misol
Qoida So‘z bo‘g‘inlarining bittasida
un(ovoz) kuchayib, shu bo‘g‘inning
boshqalariga nisbatan kuchliroq   aytilish
hodisasi urg‘u deb ataladi.   Xulosa
Mashq 27-mashq .  Quyidagi   maqollarni
o ‘ qing .  Har bir so‘zning qaysi bo‘g‘ini
boshqalaridan kuchliroq aytilishiga
diqqat qiling. Mustahkamlash matnlar   bilan   birga   she’riy   matnlardan   foydalanilganligi   tilni   adabiyot   bilan
bog‘lashni   ta’minlagan   va   nutq   tovushlarining   matndagi   xususiyatlarini   to‘laroq
o‘rgatish,   provardida,   o‘quvchilarni   talaffuz,   ohang,   urg‘u   va   bo‘g‘in   haqida
ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishiga olib keladi. Har bir mavzu dastlab o‘quvchini
mavzuga tayyorlash – misol, o‘quvchiga ma’lum bo‘lgan tushunchalar ehtiyojdan
kelib   chiqish   asosida   tuzilgan   qoida,   so‘ngra   o‘quvchi   olgan   yangi   bilimlarni
mustahkamlash   uchun   mashq   tarzida   berilgan.   Eng   muhimi,   hozirgi   maktab
darsliklarida uchramaydigan unli va undosh tovushlarining hosil bo‘lishini yaqqol
tasavvur ettirish maqsadida nutq organlarining maxsus chizmasi yordamida har bir
tovushning   talaffuz   holati   aks   etgan   rasmlar   berilgan.   Ayniqsa,   unlilarning
ifodalanishiga   alohida   urg‘u   berilgan.   Masalan,   [ e]   unlisining   talaffuzi   haqida
quyidagilarni keltiradi: “ e  harfi so‘z boshida kelsa [ye] tarzda talaffuz qilinadi: ye r,
yemish,  yelka,  yetmish   va  b. Undosh   tovushlardan  keyin  kelsa  [e]   tarzda aytiladi:
kel, bel, terak, kerak   va sh.k. Metodik jihatdan e’tiborga molik bu dalillar barcha
ona   tili   darsliklarida,   ayniqsa,   ta’lim   boshqa   tillarda   olib   boriladigan   maktab
o‘quvchilariga mo‘ljallangan darsliklarda ham o‘rni-o‘rni bilan yoritilishi kerak.
Biz  tahlil  etayotgan  darslikda  undosh  tovushlarni  tushuntirishda  ham   she’riy
matnlardan   o‘rinli   foydalanilgan.   Ba’zan   [ n ]   burun   tovushi   chuqur   til   orqa
shovqinlilaridan   bo‘lgan   [ q ] ,   [ g‘ ]   oldidan   kelib,   shunqor,   chanqov,   chanqoq,
qorong‘i,   yong‘oq,   qo‘ng‘iz,   qo‘ng‘ir   kabi   so‘zlarda   [ ng ]   tarzda   aytilsa   ham,   [ n ]
yozilishi   ta’kidlangan.   Mustahkamlash   uchun   esa   9-mashqda   Fozil   Yo‘ldosh
ijodidan   foydalanilgan.   Chunonchi,   [ q ] ,   [ g‘ ]   undoshlaridan   oldin   kelgan   [ n ]
undoshning aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.
Baring  Qo‘ng‘irotda  davron surgansan,
Alpomishman bir suhbatda turgansan.  
Unlilarning   ifodalanish i ga   ko‘proq     ahamiyat   berilgan .   Chunki   ular   bo‘g‘in
hosil   qiladi,   urg‘u   masalasi   ham   unli   tovushlar   bilan   bog‘liq,   hatto,   so‘zning
lug‘aviy   ma’nosiga   ham   ta’sir   qiladi.   Unli   tovushlarning   so‘zdagi   ahamiyatini
tushuntirish uchun unli tovushlarning har biriga bittadan mashq ajratilgan. 
Ko‘rinadiki, 1940-yildan to 1980-yillargacha yaratilgan maktab “O‘zbek tili”
darsliklarining   asosiy   mualliflari   –   A.Borovkov,   A.G‘ulomov, T.Shermuhammedov,   Z.Ma’rupov,   Y.Abdullayev   kabilardir.   Ular   yaratgan
“O‘zbek   tili   grammatikasi”   darsligidan   o‘z   davrida   o‘sha   davr   ta’lim   maqsadiga
mos mukammal o‘quv vositasi sifatida foydalanilgan. Mazkur darslikning birinchi
va   keyingi   to‘ldirilgan   nashrlari   o‘rtasida   bir   qator   farq   hamda   o‘zgarishlar
uchraydi.   Masalan,   IV   nashrda   berilgan   o‘quv   materiali   bilan   XIV   nashrdagisi
o‘rtasida   ba’zi   o‘zgarishlar   bor.   Darslikning   VII   nashrida   o‘quv   materiallarining
kimlar   tomonidan   ishlanganligi   haqida   ma’lumot   berilgan.   Prof.   A.K.Borovkov
imlo,   so‘z   sostavi   va   leksika   bo‘limlarini;   A.G‘ulomov   ot   va   fe’l   mavzularini;
Z.Ma’rufov sifat,  ravish,  olmosh;  T.Shermuhammedov  son,  yordamchi  so‘zlar   va
undov   so‘z   turkumlarini   ishlaganligi   ta’kidlangan.   Darsliklar   mazmunini   tarixiy-
qiyosiy aspektda o‘rganish mobaynida tilning, tilshunoslikning, o‘zbek tili o‘qitish
metodikasining tadrijiy taraqqiyotini ham bevosita kuzatish mumkin. 
Tom  ma’noda,  “O‘zbek  tili   grammatikasi”  darsligi  yillar   mobaynida  nazariy
ma’lumotlar   bilan   boyitib   borilgan.   Chetdan   kuzatilsa,   mazkur   darslik   o‘zbek
bolalariga   o‘z   ona   tillarining   imkoniyatlaridan   samarali   foydalanish   yo‘llarini
o‘rgatishga   emas,   balki   barcha   o‘zbek   bolalaridan   tilshunoslar   tayyorlash   (hech
mumkin bo‘lmagan holat)ga mo‘ljallangaligi ko‘rinadi.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida   nazariy   ma’lumotlarning   o‘quvchilarga   to‘la
tushunarli emasligi tufayli o‘tilayotgan mavzuning mazmun-mohiyati kutilganicha
anglanmaydi, natijada ta’limning samarasi past bo‘lib qolaveradi. Hozirda ham ona
tili   ta’limida   grammatizmga   berilish,   xos   atamalarning   qo‘llanilishida   ham
angashilmovchiliklar,   chalkashliklarning   mavjudligi   o‘qitish   sifatini   yaxshilashga
ma’lum   ma’noda   to‘sqinlik   qilmoqda.   O‘zbek   tilshunosligiga   taalluqli
atamalarning   ko‘pchiligi   rus   va   rus   tili   orqali   kirib   kelganligi   bugungi   kunda   sir
emas.   Buni     professorlar   A.Q.G‘ulomov,   H.G‘.Ne’matov   va   I.K.Mirzayev   [26;
b.61-63] larning ilmiy  mulohazalari ham tasdiqlaydi.
Ta’kidlanganidek, “Ona tili” darsliklariga kirib qolgan ayrim atamalar o‘tgan
asrning   30-yillarida   rus   tilidan   tarjima   yo‘li   bilan   yaratilgan   “O‘zbek   tili
grammatikasi” darsligida mavjud edi.
Shu   o‘rinda   imlo   bo‘limiga   tegishli   atamalar   xususida     to‘xtalamiz.   Hozirda
bu   sohaga   aloqador   terminlar   deyarli   o‘zgarmagan,   yangi   istilohlar   kiritilmagan. Bir atamaning turli darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarda mualliflar tomonidan har
xil   talqin   etilishi   masalasiga   ham   e’tibor   qaratish   zarur.   Bugungi   darsliklarda
uchraydigan   undosh   atamasi   A.Fitrat   va   undan   keyin   1937-yilda   Q.Ramazonlar
darsliklarida   unsiz ,   1939-yil   O.Usmon   va   B.Avizovlar   darsligida   undosh ,   1946-
yilda   professor   A.Borovkov   boshchiligida   tuzilgan   grammmatikada   shovqinlilar
atamalari bilan qo‘llangan.     
A.Borovkov, A.G‘ulomov, Z. Ma’rufov, T.Shermuhammedovlarning “O‘zbek
tili  grammatikasi  darsligi”ning  1946-yilgi  to‘rtinchi  nashrida   shovqinlilar   atamasi
qo‘llangan   bo‘lsa-da,   keyingi   nashrlari   (1949-yil,   VII   nashrida)da   mazkur   termin
undosh   atamasiga   almashtirilgan.   IV   nashrda   mualliflar   bu   haqda   quyidagi
fikrlarini   bayon   etadilar:   “Shovqinli   tovushlar   odatdagiday   bir   bo‘g‘inda   unlilar
bilan   birga   aytiladi.   Ko‘p   vaqt   bu   ikki   xil   tovushni   bir-biriga   bog‘lab,   nom   ham
berganlar.   Ruschada unlini   glasnыy , shovqinli tovushni esa   soglasnыy,   ya’ni unli
bilan   birga   aytiladigan   tovush   deb   ataydilar.   Shuningdek,   darsliklarimizda
shovqinli tovushlarni  undoshlar  deb xuddi shu ma’noda ishlatganlar [14; b.227].
M.Asqarova,   K.Qosimovalar   tomonidan   tuzilgan   5-sinflar   uchun   “Ona   tili”
darsligining   1993-ildagi   13-nashrida   imloga   doir   o‘quv   materiallarining   berilishi
“Imlo   va   grafika”dan   boshlangan.   Bo‘limning   birinchi   mavzusi   “Nutq   tovushlari
va ularning hosil bo‘lishi”  deb nomlangan. Mualliflar tomonidan mazkur darslikda
o‘quv   materiallarini,   hatto   rasmdagi   nutq   a’zolari   aks   etgan   chizmani   ham,
o‘quvchining   o‘zi   tushunib,   xulosa   chiqara   oladigan   darajada,   u   bilishi   tabiiy
bo‘lgan   misollar   asosida   keltirilgani   e’tiborga   loyiqdir.   Xususan,   unli   va   undosh
tovushlar quyidagi tartibda tushuntiriladi:
Rasmda   ko‘rsatilgan   predmetlarni   bildiradigan   so‘zlarni   ayting.   (Rasmda
olma,   gilos,   uzum   keltirilgan.)   Har   bir   so‘zdagi   unli   va   undosh   tovushlarni
ko‘rsating. Siz aytgan unlilardan tashqari yana qanday unlilar bor? 
Avval   unli   keyin   undosh   tovushlarni   talaffuz   qiling   va   savollarga   javob
bering:   a, b, o, u, t, o‘,  q, i, p, ye.  
Qaysi   tovushlarni   talaffuz   qilganingizda,   havo   og‘iz   bo‘shlig‘ida   ayrim
to‘siqlarga uchraydi [13; b. 71 ]? Darslikdagi 180-mashqda tez aytishdan foydalanilgan. Mazkur tajribadan ona
tili darslarida, ayniqsa, imlo mavzusi o‘tilayotganda ko‘proq foydalanilsa, samarali
bo‘ladi,   asosan,   talaffuzi   qiyin   tovushlarning   aytilishini   mashq   qildirishda   qo‘l
keladi.   Ma’lumki,   [ x ]   va   [ h   ]   undoshlarining   talaffuzi   va   imlosida   ko‘pchilik
o‘quvchilar   qiynaladi.   Shu   o‘rinda   tez   aytishlardan   to‘g‘ri   va   o‘rinli   foydalanish
samara beradi. Imkoniyatga qarab o‘quvchilarning o‘zlari tez aytishlarga misollar
topishsa, avvalo, ularning foalligi ortadi, qolaversa, bu o‘quvchini ijodiy o‘ylashga
undaydi.
Quyida   H.Ne’matov,   A.G‘ulomov,   M.Qodirova   hamda
M.Abduraimovalarning   5-sinflar   uchun   “Ona   tili”   darsligi   mazmuni   xususida
qisqacha to‘xtalamiz:
Unda   imlo   ona   tilining   izchil   kursi   sifatida   DTSning   “Uqtirish   xati”da
keltirilganidek, butunlay induktiv usulda berilgan. Masalan, til fanining bo‘limlari
ham   162-mashqqa   biriktirilgan   “Tilshunoslik   fani”   matni   asosida   berilgan.
Mashqning sharti esa quyidagicha:
Matnni   o‘qing.   Ajratib   ko‘rsatilgan   so‘zlarning   ma’nosini   darslikka   ilova
qilingan   “Izohli   lug‘at”dan   aniqlang   (matnda   tilshunoslik   atamalari   ajratib
ko‘rsatilgan)  [32; b. 144 ] .  
Shundan keyin “Talaffuz va imlo” mavzusiga o‘tib ketiladi. Unda bir nechta
tovushdosh so‘zlar berilgan bo‘lib, o‘quvchidan ularning talaffuz va yozuvda bir-
biridan   farqlanishini   tushuntirish   talab   qilinadi.   Xuddi   shunday   163-,   164-,   165-
mashqlar   ham   o‘quvchini   oldingi   bilimlariga   tayangan   holda   mustaqil   ishlashga
undaydi.   Ushbu   darslikning   o‘ziga   xos   tomoni   nazariy   ma’lumotlarni   uzluksiz
mashqlar   tarkibiga   kiritilganligidadir.   O‘quvchiga   nazariy   materialni   quruq
yodlataverish   uning   nutqiy   malakasi   rivojiga   ijobiy   ta’sir   qilmaydi.   Aksincha,
nazariy   ma’lumotlardan   adabiy   talaffuz,   imloviy   savodxonlik,   so‘z   boyligini
oshirish,   mustaqil   ishlay   olish   hamda   ijodiy   fikrlash   kabi   ko‘nikmalarni
shakllantirishga ko‘maklashuvchi bir vosita sifatida foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi. 
1.3-§. “Ona tili” dastur va darsliklarining imloga doir o‘quv materiallari
yuzasidan tahlili  Ta’limning   asosini   tashkil   etuvchi   vositalar,   ularning   mazmun-mundarija   va
tarkibini   o‘rganish   hamda   takomillashtirish   mazkur   sohaga   doir   tadqiqotlarning
asosiy muammolaridan hisoblanadi.
Adabiy tilda ravon, lo‘nda va mantiqan izchil so‘zlash uchun milliy imloning
qonun-qoidalari,   orfoepik   jihatdan   talaffuz   me’yorlarini   chuqur   bilishni   taqozo
etadi. Sho‘ro davri darsliklarida o‘zbek tili imlosi uning butun grammatikasi kabi
rus   tili   talqinlari   asosida   shakllantirilgan.   Jamiyatdagi   hukmron   mafkura   o‘zbek
tilining boy imloviy imkoniyatlarini inobatga olinishiga yo‘l qo‘ymagan. Natijada
o‘zbek adabiy tili talaffuz me’yorlarida hozirgacha ham g‘alizliklar seziladi. Ayrim
viloyat   vakillari   teleko‘rsatuvlarda   intervyu   berganda   kishida   maktab   ta’limini
ko‘rmagandek   taassurot   qoldiradi,   tushunib   bo‘lmaydigan   darajada   shevalarda
so‘zlashadi.   Bu   holat   o‘zbek   adabiy   tilining   shakllanish   jarayoniga   ham,   “Davlat
tili   haqida”gi   Qonunda   belgilanganlarga   to‘liq   amal   qilinishiga   ham   salbiy   ta’sir
ko‘rsatmoqda. 
Maktabda   ona   tili   ta’limiga   qo‘yilgan   eng   muhim   talablardan   biri
o‘quvchilarni  o‘z fikrlarini  bayon  qilish  faoliyatiga  tayyorlash  [53;  b.23]  ekanligi
nuqtai nazari bilan bugun amalda bo‘lgan N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov,
V.Qodirov va Z.Jo‘rayevalar muallifligidagi umumta’lim maktablarining 5-sinflari
uchun   “Ona   tili”   darsligi   (imloga   doir   o‘quv   materiallarining   berilishi)   tahliliga
kirishamiz. 
Darslikda   imloga   doir   o‘quv   materiallari   tegishli   mavzular   tarkibidan
quyidagicha o‘rin olgan:
Boshlang‘ich   sinfda   o‘tilganlarni   takrorlash   maqsadida   333-mashq   berilgan.
Uning sharti quyidagicha:  “Boburning quyidagi baytiga diqqat qiling. Undagi unli
va undosh tovushlarni ajrating.
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir”  
[ 22;  b. 22 4 ].
Imlo   va   grafika   haqidagi   nazariy   ma’lumotlardan   oldin   quyidagi   topshiriq
berilgan:   Topshiriq.   Bola,   kitob   so‘zlarini   bo‘g‘inlarga,   bo‘g‘inlarni   tovushlarga
ajrating.   So‘zlarning   nechta   bo‘g‘in   va   tovushdan   iborat   ekanini   ayting   [ 21 ,
b. 119 ]. Mazkur   darslikda   nazariy   ma’lumotlarni   mustahkamlovchi   mashqlarning
o‘quvchilar   qobiliyatiga   qarab   turlicha   berilganligi,   har   xil   boshqotirmalardan
unumli foydalanilganligi, shuningdek, maqol va tez aytishlar o‘rni bilan keltirilishi,
shubhasiz,   ijobiy   hodisadir.   Albatta,   yutuqlar   ancha.   Biroq   to‘ldirilishi   zarur
bo‘lgan   o‘rinlar   ham   mavjud.   Masalan,   o‘quvchi   mustaqil   shug‘ullanishi   uchun
mo‘ljallangan   ba’zi   mashqlarning   sharti   jo‘n   va   tushunarsizligi   (333-,   334-
mashqlar), mashqlar so‘ngidagi ayrim savol va topshiriqlarning o‘quvchilar yoshi
hamda   qobiliyatiga   mos   kelmasligi,   shuningdek,   bir   savolning   mazmunan
ikkinchisida takrorlanishi kabi holatlar uchraydi [21, b. 120 ].
Darslikdagi   o‘quv   materiallar   orasida   boshqalarida   uchramaydigan,   juda
muhim   bo‘lgan   [ o‘ ]   unlisining   talaffuz   variantlari   haqida   ma’lumot   mavjud.
O‘quvchi nutqining ravon va ta’sirchan bo‘lishida birgina tovushning, asosan, unli
tovushlarning   ta’siri   katta   ekanligi   barchamizga   ma’lum.   Agar   so‘zlovchi   birgina
tovushni   to‘g‘ri   talaffuz   qila   olmasa   ham,   uning   nutqi   buziladi.   Shuni   inobatga
olsak,   mazkur   darslikda   [ o‘ ]   unlisining   so‘zlar   tarkibida   to‘g‘ri   talaffuzi   va
ularning   bir-biridan   farqlanishi   masalasiga   e’tibor   qaratilishi   nihoyatda
ahamiyatlidir.   Buni   darslikning   yutug‘i   deb   baholash   o‘rinli.   Ammo   e’tirof   etish
hamda o‘rganish, o‘rgatish boshqa-boshqa hodisalar ekanligi aniq. Darslikda aynan
shu   jihatga   e’tibor   qaratish   zarur   bo‘lgan   o‘rinlar   bor.   Masalan,   darslikning   139-
sahifasida shunday ma’lumot berilgan: “ O‘  tovushi  ko‘l, o‘s, cho‘l, jo‘ra, mo‘tabar
kabi   so‘zlarda   torroq ,   bo‘ri,   qo‘ri,   xo‘roz,   ro‘mol   kabi   so‘zlarda   esa   kengroq
eshitiladi,   ammo   hamma   vaqt   bir   xil   yoziladi”.   Kuzatishlar   aytilgan   fikrlarni
asoslash, bu borada o‘quvchida zaruriy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish uchun
yanada aniqroq misollar keltirilishini  talab etadi. 
Yaratilgan barcha “Ona tili” darsliklarida imlodan mavjud o‘quv materiallari
o‘ziga   xoslikka   egadir.   Hammasida   ham   unli   va   undosh   tovushlar   tavsiflangan,
bo‘g‘in   va   urg‘u   mavzulari,   shuningdek,   mashqlar   tizimi   ham   keltirilgan.   Imlo
sathi   orfografiya   va   orfoepiya   bo‘limlari   bilan   chambarchas   bog‘langan.
Mustaqillik davrida yaratilgan “Ona tili” darsliklari oldingilariga nisbatan nazariy
va amaliy jihatdan biroz boyitilganligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, [ o‘ ]     unlisining
ikki   xil   talaffuz   varianti   mavjudligi   N.Mahmudov   boshchiligida   yaratilgan darslikka   qadar     umuman   e’tirof   etilmagan.   Natijada   o‘quvchi   buni   bilmagani
uchun [ u ]   va [ o‘ ]    unlilarini imloda ham chalkashtirib kelmoqda.
Maktabda   ona   tili   o‘qitishni   foydali   maqsadlarga   bo‘ysundirish,   har   bir
o‘rganiladigan grammatik tushuncha, ma’lumot, ta’rif hamda qoidalarning og‘zaki
va yozma nutqni rivojlantirishga yordamini nazarda tutishni, (nazariy emas) amaliy
tilshunoslikka e’tiborni kuchaytirishni taqozo etadi. 
Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan yana bir muhim talab o‘quvchilar tafakkurini
rivojlantirishdir [53; b.128].
Kompetensiyaviy   yondashuv   asosida   ishlab   chiqilgan   davlat   ta’lim
standartlari   bo‘yicha   tuzilgan   “Ona   tili”   dasturida   imloga   doir   o‘quv   materiallari
quyidagicha berilgan. 
Dasturda   berilganlarga   diqqat   qilsak,   unda   imloning   asosi   bo‘lgan   nutq
tovushlari   talaffuzi   va   imlosiga   soatlar   ajratilganda   bir   darsda   yonma-yon
o‘rganilishi   zarur   bo‘lgan   tovushlarga   e’tibor   qaratilmagan.   Masalan,   35-,   36-
mavzular   “N utq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi”, “ Ayrim unlilar talaffuzi
va   imlosi”,   “ u   va   i   unlilarining   talaffuzi   va   imlosi”ga   bag‘ishlangan.   Agar
o‘qituvchi   [ i]   va   [ e]   unlilarini   bir   darsda   talaffuz   asosida   bir-biridan   farqlab
o‘rgatsa, yaxshi natijaga erishish mumkin. Chunki so‘zlovchilar, asosan, talaffuzda
[ i]  va [ e]  unlilarini chalkashtirishlariga deyarli har kuni duch kelamiz.
Dasturda yana   37-, 38-mavzular   “a   va   o, o‘   unlilarining talaffuzi va imlosi”,
“Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi” uchun 2 soat vaqt ajratilgan.   Fikrimizcha,
[o‘]   unlisining   talaffuzi   va   imlosiga   2   soat   vaqt   ajratilishi   lozim.   Chunki   [o‘]
unlisining   talaffuzi   va   shu   asosda   uning   imlosiga   ta’siri   murakkab   bo‘lib   alohida
shug‘ullanishni talab qiladi.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida   imlo   o‘qitish   jarayonida   o‘quvchilarning
talaffuzi   bilan   bog‘liq   kamchiliklar   ustida   alohida   shug‘ullanilmasligi   jamiyatda
qator   kamchiliklarni   yuzaga   keltirmoqda.   O‘quvchi   nutqidagi   talaffuziy
“kemtiklik”larni   akademik   litsey   yoki   kasb-hunar   kollejlari   ham   bartaraf
etayotgani   yo‘q.   Adabiy   tilda   so‘zlash,   to‘g‘ri   talaffuz   bilan   bog‘liq
muammolarning ko‘p sonli o‘qituvchilar nutqida, ba’zan ona tili va adabiyot o‘quv
predmetlari   o‘qituvchilarining   ham   nutqida   mavjudligi   achinarli   holdir.   Xorijiy tillarni o‘rganishga alohida ahamiyat berilayotgan bir davrda har bir kishi, avvalo,
o‘z   ona   tilida   ravon   so‘zlay   olishi   zarur.   Zero,   bu   insonning   jamiyatdagi   o‘rnini,
madaniyat darajasini belgilab beradi.
Mazkur   darslikning   32-mavzu sida   og‘zaki   va   yozma   nutq   tushunchalari
haqida   nazariy   ma’lumot,   ta’rif   kiritilgan.   Bizningcha,   darslikning   shu   o‘rnida
adabiy   tilning   o‘quvchi   hayotidagi   ahamiyati,   adabiy   talaffuzning   o‘rni   haqidagi
muhim   ma’lumotlar   ham   berilishi   zarur.   Chunki   aksariyat   darsliklarda   adabiy
tilning ta’rifi va shakllari haqida ma’lumot berilib, uning kishi  kelajak hayotidagi
buyuk   xizmati,   ahamiyati   haqida   hech   narsa   aytilmaydi.   To‘g‘rirog‘i,   adabiy
tilning   targ‘iboti   shevada   so‘zlaydigan   o‘quvchi   fikrini   o‘zgartiradigan   darajada
aniq va ravshan bo‘lmog‘i juda-juda muhimdir.
“Urg‘u   va   uning   turlari”,   “So‘z   urg‘usi”   mavzulariga   2   soat   vaqt   ajratilgan.
Chuqurlashtirilgan sinflarda esa mazkur vaqt 4 soatni tashkil etadi. Biz buni (so‘z
urg‘usi   to‘g‘ri   talaffuz   uchun   zaruriy   kreteriy   ekanligini   inobatga   olib)   hamma
darajalar uchun bir xilda 4 soatga mo‘ljallash kerak, deb hisoblaymiz. 
Darsliklardan o‘rin oladigan imloga doir o‘quv materiallari, jumladan, mashq
namunalari   hamda   topshiriqlar   kompleks   shaklida   bo‘lishi,   ya’ni   bir-birini
to‘ldirishi   muhimdir.   Yuqorida   ta’kidlangani   kabi   to‘g‘ri   talaffuz   bilan   birga
o‘quvchida imloviy savodxonlik, so‘z zaxirasining boyishi, mantiqiy fikrlash kabi
malakalar ham bir paytda rivojlanib borishi kerak. 
Xo‘sh,   amaldagi   “Ona   tili”   darsliklarimiz   umumiy   o‘rta   ta’limning   asosiy
ta’lim   vositasi   sifatida   bu   talablarga   qay   darajada   javob   bera   olyapti?   Quyidagi
tahlillarimiz shu savolning javobi bilan bog‘lanadi. 
O‘quvchi   talaffuzini   adabiy   til   me’yorlariga   moslashtirish   murakkab
masalalardan biri bo‘lib, mazkur jarayonda o‘quvchilarning har biri bilan alohida-
alohida   ishlash   talab   qilinadi.   Mamlakatning   turli   hududlarida   turli   tovushlar,
bo‘g‘inlar,   qo‘shimchalar,   so‘zlar   talaffuzi   bilan   bog‘liq   muammolar   uchraydi.
Darslikdagi   mashqlarda,   o‘qituvchi   tomonidan   tuzilgan   o‘quv   topshiriqlarida
o‘quvchi   uchun   talaffuzi   qiyin   tovushlarning   talaffuzini   adabiy   me’yorlarga
moslovchi jihatlarga e’tibor berilishi  lozim. Ma’lumki, unli tovushlardan [ u]-[o‘],
[i]-[e];   undoshlardan   [ h]-   [x],   [q],   [j],   [ng]   kabilarning   aytilishi   va   yozilishida xatoliklar   ko‘p   uchraydi.   Demak,   mazkur   tovushlar   talaffuziga   doir   mashqlarga
asosiy e’tiborni qaratish kerak bo‘ladi.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   “Ona   tili”dan   5-siflar   uchun   amaldagi
dasturida   43-,   45-mavzular   b,   m   undoshlaridan   oldin   kelgan   n   undoshining
talaffuzi va imlosi.  Jj (dj)   undoshining talaffuzi va imlosi.   X    va   H    undoshlarining
talaffuzi   va   imlosiga   jami   3   soat   vaqt   ajratilgan.   Oxirgi   ikki   undosh   tovushning
talaffuzi   va   imlosidagi   muammo   va   chalkashliklar   ustida   ishlash   uchun   2   soat
kamlik   qiladi.     Bizningcha,   [ x ]   va   [ h ]   undoshlarini   alohida   mavzu   qilib   berish
zarurati mavjud. Chunki o‘quvchilar, asosan, talaffuz va imloda shu ikki tovushni
aralashtirishlarini doimiy kuzatish mumkin.
Ona   tili   ta’limida,   xususan,   imlo   o‘qitishda   adabiy   til   imlosiga   sheva
imlosining   ta’siri   masalasi   hal   etilishi   zarur   bo‘lgan   asosiy   muammo   sifatida
turibdi.   Mahalliy   tilda   unlining   9   xil   talaffuz   varianti   mavjud.   Ona   tili
o‘qituvchilarining   aksariyati   buni   farqlamaydi.   Aslida   o‘qituvchi   qat’iy   tarzda
adabiy tilda dars o‘tishi lozim. Darsliklarda bu jihat e’tiborga olinishi kerak.
“Ona   tili”   darsliklarida   [ i ]   unlisining   talaffuzi   va   imlosiga   doir   muhim
ma’lumotlar berilgan bo‘lsa-da, imlo o‘qitish jarayonida ayrim munozaralar paydo
bo‘lmoqda.   O‘zbek   tilida   [ i ]   rus   tilidagi   kabi   talaffuz   qilinmaydi.   Shu   o‘rinda
tovushlarni   ifoda   etuvchi   harflarning   talaffuzi   va   nomlanishini   o‘zaro   farqlash
lozim.
“Bo‘g‘in ko‘chirish”ga alohida e’tibor berilgan.     So‘zning bir yo‘ldan keyingi
yo‘lga bo‘g‘inlab ko‘chirilishi. Bo‘g‘in hosil qilgan bir unli harfni oldingi yo‘lda
qoldirib yoki keyingi yo‘lga ko‘chirib bo‘lmasligi. Bir bo‘g‘inli so‘zlar, ( ona, ahil,
o‘rik,   elak   kabi   ikki   bo‘g‘inli   so‘zlarning   ko‘chirish   uchun   bo‘linmasligi.   Tutuq
belgisi   qo‘yib   yoziladigan   so‘zlarni   bo‘g‘in   ko‘chirish   uchun   bo‘linishi,   tutuq
belgisining   oldingi   bo‘g‘inda   qoldirilishi   ( va’-da,   mash’-   al,   ta’-lim ).   Harf
birikmali   so‘zlarning   bo‘g‘inlab   ko‘chirilishi   ( si-ngil,   ko‘-ngil,   tong-gi   kabi)
yonma-yon kelgan bir   xil undoshli  so‘zlarning  bo‘g‘inlab ko‘chirilishi  ( ik-ki, kat-
ta,   is-siq   kabi)   Jarangli   va   jarangsiz   undosh   tovushlar,   ularning   imlosi,   bunday
so‘zlarning yozilishini so‘z oxiriga unli tovush qo‘shib aytib tekshirish: ( maktabim
–   maktab,   kitobim-kitob,   maqsadim   –   maqsad,   umidim   –   umid     kabi)   Aytilishda tushib   qoladigan undoshlar. (Farzand, daraxt, do‘st kabi) ularning imlosi ga doir
o‘quv materiallari o‘rin olgan.
3-sinf da imloga doir o‘quv materiallariga kamroq soat ajratilganligini ko‘rish
mumkin. Masalan: 
  Tovushlar va harflar. Unli va undosh tovushlar va harflar. Bo‘g‘in,  so‘zlarni
bo‘g‘inlarga     bo‘lish   va   bo‘g‘inlarga   bo‘lib   ko‘chirish   qoidalari.   So‘zlarni
bo‘g‘in,   tovush   va   tovush   –   harf   jihatdan   tahlil   qilish;   Tutuq   belgisi   va   uning
ishlatilishi.  sh, ch, ng  harf birikmalari, ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlar va
ularning   imlosi.   So‘z   oxirida   kelgan,   jarangli,   jarangsiz   jufti   bor   undoshlar
imlosi dan iborat.
4-sinfda   ham   imloga   doir   o‘quv   materiallarini   o‘qitishga   10   soat   vaqt
ajratilgan bo‘lib, ular quyidagi mazmunda:
Unli   va   undosh   tovushlar,   ularning   harfiy     ifodasi;   t alaffuzi va yozilishi  farq
qiladigan   unli   tovushli   so‘zlarning   talaffuzi   va   imlosi;   j arangli   va   jarangsiz
undoshlarning talaffuzi va   imlosi;   b ir xil qo‘sh undoshli   so‘zlar va ularning imlosi;
s o‘z oxirida qator kelgan undoshli so‘zlar va ularning imlosi,  x-h   tovushli  so‘zlar va
ularning imlosi , tutuq belgili so‘zlarning talaffuzi va imlosi  kabilar.
Bu   sinfda   ham   “ Bo‘g‘in ”   mavzusiga   2   soat   ajratilgan.   So‘zlarni
bo‘g‘inlarga bo‘lish ;  unli tovushlarning  bo‘g‘in hosil qilishi ;  so‘zlarni bir satrdan
ikkinchi   satrga   bo‘g‘inlab   ko‘chirish ;   s o‘zlarni   bo‘g‘in,   tovush   va   harf   jihatdan
tahlil   qilish ,   shuningdek,   s o‘zlarni   alifbo   tartibida   qayta   tuzish ,   a lifboning
ahamiyati  haqidagi ma’lumotlar  qamrab olingan.
Boshlang‘ich sinf dastur va darsliklari tahlil qilinganda ularda ham maxsus
talaffuz   mashqlari   yo‘qligi   ma’lum   bo‘ldi.   Vaholanki,   o‘quvchining   nutq
apparati   shakllanayotgan   bu   davrda   talaffuzi   qiyin   nutq   tovushlari   ustida
takrorga asoslangan imloviy mashqlarni muntazam o‘tkazib borish lozim.  
Birinchi bob bo‘yicha xulosa
Izlanishlarimizning mazkur bobida imloga doir o‘quv materiallari qachondan
boshlab darsliklarga kiritilgani, ona tili ta’limi maqsadi, mazmuni, o‘quv materiali
haqidagi ilmiy-nazariy fikrlar tahlil qilinib, kerakli o‘rinlarda munosabat bildirildi. Imloga   doir   o‘quv   materiallarning   asosini   tashkil   etuvchi   mashq   va   topshiriqlar
didaktik,   metodik   jihatdan   tahlilga   tortilib,   ularni   takomillashtirish   zarurati
mavjudligi   ko‘rsatildi,   kerakli   o‘rinlarda   tavsiyalar   berildi.     Ona   tili
mashg‘ulotlarida   hozirgacha   foydalanilgan   va   foydalanilayotgan   o‘quv
materiallarining   berilishi,   ularning   tadrijiy   taraqqiyoti   tarixiy   aspektda   tekshirib
ko‘rildi va quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Maktabda imlo o‘qitish jarayonida o‘quvchi uchun talaffuzi va imlosi qiyin
unlilar   (masalan,   [i]-[e],   [u]-[o‘],   [a]-[o])   va   undoshlar([x]-[h],   [g‘]-[q],   [f]-[p])ga
ko‘proq   e’tibor   berilsa,   o‘quvchining   og‘zaki   va   yozma   nutqida   sezilarli   ijobiy
o‘zgarish sodir bo‘lishini tjribalar dalillaydi. 
2.   Respublikamizning   turli   hududlarida   xalq   shevalari   bilan   bog‘liq   holda
adabiy   me’yordagi   bir   tovush   turlicha   talaffuz   ko‘rinishlariga   ega   bo‘ladi   va   bu,
tabiiyki,   talaffuzda   hududiy   muammolarni   keltirib   chiqaradi.   Mazkur   muammo
o‘qituvchining   imlo   o‘qitishda   darslik   materiali   bilangina   ishlashi   yetarli
bo‘lmasligini  ko‘rsatadi. Ularni bartaraf etish uchun esa orfoepik nuqtai nazardan
puxta o‘ylangan hududiy darsliklar yaratish yoki maxsus imloviy mashq va o‘quv
topshiriqlari tizimi ishlab chiqilishini taqozo etadi.
3. Adabiy talaffuz masalasiga jiddiy e’tibor berilishi, maktab o‘qituvchilarining
barchasi,   ayniqsa,   ona   tili   o‘quv   predmeti   o‘qituvchisi   bu   borada   o‘z
o‘quvchilariga namuna bo‘la olishlari  lozim. Ona tili o‘quv predmeti  o‘qituvchisi
aynan   imlo   bo‘limi   ta’limida   talaffuz   mashqlarini   sinfdagi   har   bir   o‘quvchi   bilan
induvidual tarzda olib borgandagina kutilgan natijaga erishiladi.
 4. Avval aytilishi qiyin tovushlarning o‘zini qayta-qayta ayttirish (ya’ni takror
orqali   mashq   qildirish,   o‘quvchining   nutq   apparatini   shu   tovushlar   talaffuziga
moslashtirish),   keyin   shu   tovushlar   ishtirok   etgan   bo‘g‘inlar,   so‘zlar   talaffuzi   va
nihoyat she’riy yoki nasriy jumla tarkibida aniq, jozibali talaffuz qilishni mashqlar
vositasida amalga oshirish samara beradi.
5.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   “Ona   tili”   dastur   va   darsliklarda
talaffuzi   hamda   imlosi   qiyin   bo‘lgan   tovushlarga,   urg‘u   va   bo‘g‘in   ko‘chirilishi
kabi mavzular ustida ishlashga amaldagidan ko‘proq dars soatlari ajratilishi lozim. II   BOB.   O‘QUVCHILARDA   XATOSIZ   YOZISH   KO‘NIKMASINI
SHAKLLANTIRISH METODIKASI
2.1. Imloga doir mashqlar va uning turlari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida imlo o‘qitishni samarali bo‘lishiga erishish
uchun   amaldagi   o‘quv   materiallarini   bu   boradagi   muammolarni   inobatga   olgan
holda takomillashtirish maqsadga  muvofiqdir. Muhimi  shuki, o‘quvchida, avvalo,
o‘quv   soati   uchun   ajratilgan   har   bir   daqiqadan,   darsliklarda   berilayotgan   har   bir
ma’lumotdan   unumli   foydalanish   ko‘nikma   hamda   malakasini   shakllantirish   va
rivojlantirish   talab   etiladi.   O‘quvchiga   taqdim   etilayotgan   o‘quv   materiallari
birgina muammo yoki mavzu doirasidagina emas, balki birdaniga o‘quvchida ikki
yoki uch zaruriy (adabiy talaffuz, imlo savodxonligi, zarur so‘z boyligi va mustaqil
ishlash)   malakalarini   shakllantirishga   xizmat   qila   olsa,   ko‘zlangan   maqsadga
erishish   oson   bo‘ladi.   Masalan,   o‘quvchiga   til   fanining   bo‘limlari   haqida   sof
nazariy ma’lumotlarni ketma-ket (Amaldagi birgina 5-sinf darsligida “Bilib oling”,
“Esda tuting” shaklida 200 dan ortiq sof nazariy qoida va ta’riflar borligini nazada
tutyapmiz)   taqdim   etgandan   ko‘ra,   ularda   to‘g‘ri   talaffuz   va   o‘z     fikrini   rang-
barang   shakllarda   aniq,   ravon   va   sodda   tarzda   ifodalay   olish   ko‘nikmalarini
shakllantirishga   xizmat   qila   oladigan     amaliy   jihatlarni   o‘rgataylik.   O‘quvchiga
imloga doir biror topshiriq berishda nutq tovushlari haqidagi ma’lumotlarni berish
asnosida   imkon   qadar   unda   ravon   nutq,   mazmunli   muloqot   malakasini,   mustaqil
ishlay   olish   ko‘nikmasini   shakllantirishga   erishish   darsning   samaradorligini
ta’minlaydi.   Shu   o‘rinda   o‘quvchiga   tahlil   uchun   berilgan   mashq   yoki   topshiriq
mazmuni   oddiy   xabar   emas,   balki   hikmatlar,   iboralar,   tasviriy   ifodalar,   yashash
qoidalariga   teng   bo‘lgan   xalq   maqollari,   xalq   dostonlaridan   zarur   parchalar
shaklida   bo‘lsa,   bir   paytning   o‘zida   darsning   ham   ta’limiy,   ham   tarbiyaviy,   ham
rivojlantiruvchi maqsadlari amalga oshadi.  
Bugungi  kunda ta’lim jarayoniga turli yangi  pedagogik texnologiyalar tatbiq
qilinmoqda.   Ilmiy   tadqiqotlar   natijasida   bir   qator   yangi   tipdagi   mashq   va
topshiriqlar amaliyotda sinab ko‘rilmoqda. Jumladan, I. Davronov [16, b.188-193]
ning   algoritmik   mashqlar   haqidagi   fikr-mulohazalari   bu   boradagi   yangicha
yondashuvlardan   biridir.   Biroq   ona   tili   o‘qitishda   shunday   mavzular   bo‘ladiki,
ularning ta’limida didaktik o‘yinlardan ko‘ra an’anaviy amaliy ishlar orqali kerakli
natijaga   erishish   mumkin   bo‘ladi.   Ta’kidlash   kerakki,   talaffuzning   imloga   va,
aksincha,   yozuvning   og‘zaki   nutqqa   ta’siri   bo‘lishi   tabiiy.   Fan-texnika   qanchalik shiddat bilan rivojlanmasin, zamonu zaminlar o‘zgarmasin, baribir insoniyat uchun
yozma nutq masalasi hech qachon o‘z mohiyatini yo‘qotmaydi. Shunday ekan, bu
masala   hamisha   ta’limning   birinchi   darajali   muammosi   bo‘lib   qolaveradi.
(Davrimiz   kishilarining   savodxonlik   darajasi   bilan   maqtanib   bo‘lmay   qoldi.
Maktab partasida o‘tirgan o‘quvchining yozma nutqini imloviy, ishoraviy, uslubiy
xatolardan   tozalashga   o‘qituvchilarning   qurbi   yetmay   qolayotganligini   hech   bir
sabab bilan oqlab bo‘lmaydi.)
  O‘quvchilar   o‘z   ona   tili   imkoniyatlaridan   mahorat   bilan   samarali
foydalansalar, o‘z fikrlarini ta’sirchan, tushunarli bayon qila olsalar, ajdodlardan
qolgan boy ilmiy, badiiy merosni chuqur anglash darajasida o‘z tilini bilsalar, ona
tili   ta’limi   o‘z   maqsadiga   erishgan   bo‘ladi .   Buning   uchun   ona   tili   darslarida
foydalaniladigan   o‘quv   materiallari   nihoyatda   puxta   ishlanishi,   ko‘nikmalarni
kompleks   tarzda   shakllantirish   imkoniyatiga   ega   bo‘lishi   lozim.   Bir   paytning
o‘zida   ham   talaffuz,   ham   imlo,   ham   so‘z   boyligini   oshirish,   qolaversa,   mustaqil
fikrlashga   yo‘naltirishga   sharoit   yaratish     zarurati   takrorlash   jarayonini   taqozo
etadi, bu esa nutqiy mahoratni oshiradi.
O‘quvchi nutqiy malakasining shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratuvchi
imlo,   orfografiya,   orfoepiya,   punktuatsiya   bo‘limlarini   o‘qitishda   mashqlardan
muntazam   foydalanish,   qolgan   bo‘limlarni   esa   topshiriqlar   asosida   o‘qitish,
fikrimizcha, kutilgan natijani beradi. 
 Avvalo, boshlang‘ich sinf “Ona tili” darsliklarida talaffuz va imlo qoidalarini
amaliy   singdirishga   ko‘proq   e’tibor   qaratilishi,   talaffuz   ustida   ishlash   keyingi
sinflarda   ham   uzluksiz   davom   ettirilishi   lozim.   Zero,   madaniyatlilikning   eng
muhim belgisi kishining to‘g‘ri so‘zlay olishi hamda xatosiz yoza bilishidir. 
Nutqning   ta’sirchan,   mazmunli   bo‘lishida     tilning   so‘zdan   boshqa   ifoda
vositalaridan   ham   o‘rinli   va   unumli   foydalanish   lozim.   Masalan,   xalq   maqollari
nafaqat “Adabiyot”, balki “Ona tili” darsliklarida ham ko‘proq keltirilsa, foydadan
xoli bo‘lmaydi. U “yashash qoidalar” sifatida o‘quvchiga oddiy misolga qaraganda
ko‘proq ma’lumot beradi. Xususan, imlo mavzularini o‘qitishda bu jihatga e’tibor
qilish   zarurati   mavjud.   Chunki,   imlo   tovushlar   talaffuzi   bilan   bog‘liq   bo‘lib,
maqollar ma’lum ohangdorlikka egadir.  Mamlakatimiz   umumiy   o‘rta   ta’lim   o‘quv   dasturida   ona   tili   ta’limi   oldiga
quyidagi   bosh   maqsad   qo‘yildi:   “Ona   tili   mashg‘ulotlari   bolalarda   ijodiylik,
mustaqil   fikrlash,   ijodiy   fikr   mahsulini   nutq   sharoitiga   mos   ravishda   og‘zaki,
yozma   shakllarda   to‘g‘ri,   ravon   ifodalash   ko‘nikmalarini   shakllantirish   va
rivojlantirish” ga qaratish lozim [25, b.16]. Chunki 8-9-sinf o‘quvchilarining ruhiy
holati,   fikrlash   qobilyati   o‘ziga   xos   shakllanayotgan   bo‘ladi.   Shuning   uchun
o‘quvchilarda   ijod   qilish,   yaratuvchanlik,   turli   xil   fikrlarni   mantiqiy   o‘ylab   tahlil
qilish jarayoni amalga oshayotgan vaqt hisoblanadi. O‘quvchining aynan shunday
qobilyatlarini   shakllantirish   ya’ni   to‘g‘ri   boshqarish   til   va   adabiyot
o‘qituvchilarining zimmasiga tushadigan vazifadir. Ona tili darslarida o‘qituvchilar
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga, so‘zlarning ma’no jihatlarini farqlashga,
so‘zlardan   o‘rinli   qo‘llashga,   imloviy   savodxonlikni   oshirishga,   so‘zlarni   to‘g‘ri
talaffuz   va   yozishga,     so‘zlardan   gap,   matn,   jumlalar   hosil   qilishga,     matn   va
jumlalardagi   xatolarni   topishga,   mantiqiy   fikrlash   qobilyatini   oshirishga   katta
e’tibor qaratish kerak.
2.2-§.  Mashq va topshiriqlar tizimi   – imloviy ta’lim samaradorligining
asosi
Ona   tili   mashg‘ulotlarida   imlo   ta’limining   maqsadi,   mazmuni   takomilini
ta’minlashda nutq tovushlariga oid mashqlarning o‘rni benihoya katta.   Chunki ular
yordamida   o‘quvchi   uchun   adabiy   tilda   so‘zlashish,   uning   rang-barang
imkoniyatlaridan     foydalanish     sharoiti   paydo   bo‘ladi.   Mazkur   masala,   ya’ni
dasliklarda   imloviy   materiallar   talqini     masalasi   ingliz,   nemis,   fransuz   tili
darsliklarida ancha mukammal, to‘liq, rang-barang shakllarda berilgan va e’tiborga
molik tomoni shundaki, imloviy mashqlardan foydalanish boshlang‘ich sinflardan
keyingi ta’lim jarayonlarida ham davom ettiriladi. 
Adabiy   til   va   uning   muhim   tarkibiy   qismi   bo‘lgan   talaffuz   me’yorlari
millatning   yuzi,   madaniyatlilik   belgisi   sifatida   namoyon  bo‘ladi,  shuningdek,   shu
millat   vakillarining     o‘zaro   muloqotlari   tushunarli   va   samarali   bo‘lishini
ta’minlaydi. Ona tili darslarida talaffuz ustida ishlanar ekan, hamma tovushlarning
to‘g‘ri talaffuzi ham maxsus mashqni talab etavermaydi. Har bir tilda ham talaffuz
va imlosi muammoli bo‘lgan nutq tovushlari mavjud. Jumladan, o‘zbek tilida ham. Asosan ,   o‘quvchilar,   barcha   soha   vakillari,   eng   achinarlisi,   ayrim   mutaxassis-
o‘qituvchilar   ham   [ x ] – [ h ] ,   [ u ] – [o‘] ,   [ i ] – [ e ]   va   ayrim   hududlarda   [ q ] ,   [ ng ]     kabi
tovushlarning   aytilishi   va   yozilishida   muntazam   xatoga   yo‘l   qo‘yadilar.
O‘.Usmonova   bu   masalani   hal   qilishdagi   qiyinchiliklarga   shevalarni   sabab   qilib
ko‘rsatadi   [45,   b.3].   Tadqiqotchi   talaffuz   masalasi   o‘zbek   tilida   o‘rganilmasdan
kelinayotganligini ta’kidlaydi va bu borada o‘z ishida adabiy talaffuz me’yorlarini
belgilash   ishlariga   birinchi   bo‘lib  qo‘l   urgan   olim   F.K.Kamolov  hamda   professor
S.I.Ibrohimovlarning qimmatli fikrlariga tayanadi.
Bugungi   kunda   ham   ayrim   unli   va   undoshlar   talaffuzini   o‘rgatishda
qiyinchiliklarga   duch   kelinadi.   Talaffuzdagi   har   xillikka   sabab   sheva   ekanligi
nazarda   tutilsa,   adabiy   talaffuzni   shakllantirishning   samarali   yo‘li   bu   –   imloviy
mashqlar   ustida   ishlash   ekanligi   ma’lum   bo‘ladi.   Talaffuzda   ham,   yozuvda   ham
eng ko‘p chalkashlik bo‘g‘iz undoshi [h]   bilan bog‘liq. Uni bartaraf qilish uchun
quyidagicha yondashish tavsiya qilinadi:
Agar   biz   videoproektor   (imkoni   bo‘lmasa,   plakatlarga   tushirib   olish   ham
mumkin) orqali maxsus tuzilgan imloviy mashqlar va shu tovushlar talaffuz holati
aks etgan oksilografik tasvirlardan foydalansak, natija ijobiyga o‘zgarishi mumkin.
Nutqiy   malakalarni   shakllantiruvchi   vosita,   bizningcha,   quyidagicha   mashqlardan
muntazam foydalanishdir. 
[X] va [H] harflarining talaffuzi hamda imlosi. [h]  – bo‘g‘iz undoshi bilan
[ x]   – chuqur til orqa undoshining ba’zan   imloda, asosan, talaffuzda almashtirilib,
xato qo‘llanilmoqda. Bu borada ko‘plab metodik tavsiyalar, hatto maxsus lug‘atlar
(“h”li   va   “x”li   so‘zlar   lug‘ati)   yartilgan   bo‘lsa-da,   bu   borada   hozirgacha   sezilarli
natija yo‘q.
Quyida   b o‘g‘iz   undoshininig   talaffuzi   va   imlosiga   doir   maxsus   mashq   va
topshiriqlar ni tavsiya etamiz:
1-mashq.   Quyidagi   ma ’ lumotlarni   o‘qing   va   t o‘g‘ ri   talaffuz   qilishni   mashq
qiling. 
[ h ]-   bo‘g‘izda   hosil   bo‘luvchi   yagona   undosh   tovush   bo‘lib,   o‘pkadan
chiqayotgan havo bo‘g‘izda to‘siqqa uchraydi. Unli tovushlardan farqi shovqindan
iboratligidadir. Chuqur til orqa undoshi  [ x ] dan talaffuziga ko‘ra farqlanadi: [ h]  -  talaffuzda til tanglayga tegmaydi, titramaydi.
[ x]   -   talaffuzda   tilning   orqa   qismi   qattiq   tanglayga   tegadi   va   o‘pkadan
kelayotgan havo bosimi til va tanglay orasidan sirg‘ a lib, titrab o‘tadi.
h al  –  hol  –  hil  –  ho‘l x ol  –  xil  –  xo‘r  –  xas
h ol –  xol   hush  –  xush
h am  –  xam h il  –  xil 
h amma  –  xamma h atto  –  xato
O‘qituvchi   shu   holatni   videoproektor   orqali   (uning   hajmi   katta   bo‘lganligi
sababli   sinfdagi   barcha   o‘quvchi   tasvirni   yaqqol   ko‘rib   turadi   va   bu   eng
muhimidir)   batafsil   izohlab,   shu   asosda   to‘ g‘ ri   talaffuz   qilib   bera   olsa,   natija
istalgandek bo‘ladi. So‘ng mustahkamlash uchun biror matn, masalan, Muhammad
Yusufning   “Ilm   istang”   she’ri   [ h]   va   [ x]   harflari   tushirilgan   holda   ekranga
chiqarilsa,   o‘quvchilar   bir   vaqtning   o‘zida   mustaqil   o‘rganganlarini   amaliyotda
qo‘llab   ko‘rish   imkoniga   ega   bo‘ladilar.   Vaqt   ham   tejaladi.   Uyga   vazifa   sifatida
biror   sevimli   asar   misolida   [ x]   yoki   [ h]   tovushi   ishtirok   etgan   20   ta   so‘z   topish
topshiriladi. Bu borada she’riy matnlar ustida ko‘proq ishlash yaxshi natija beradi.
1-mashq.   Berilgan   she’riy   matndagi   bo‘sh   o‘rinlarga   kerakli   harflarni
qo‘ying va she’rni ifodali o‘qing. 
Alp o‘ g‘ lonlar o‘lkasi  bu ko‘…na Turon, 
Qalqonlari, qanotlari ,  ilm istang.
Yarim ja…on bunyod etgan so…ibqiron, 
Alisherning avlodlari ,  ilm istang.
Ilm istang ,   izingizdan ibrat yog‘sin,
I…losingiz  sha…dingizdan shiddat yog‘sin, 
Ortingizdan mag‘rur-mag‘rur millat  yo g‘sin
Mulki Turon najotlari ,  ilm istang. (M.Yusuf)
2-mashq .   “Adabiyot”   darsligidan   uyga   vazifa   sifatida   o‘qishga   berilgan
biror asardan   [ x]   va  [ h]    undoshlari ishtirok etgan so‘zlarga 15 tadan misol topib
daftaringizga yozing va ularni to‘g‘ri talaffuz qilishga odatlaning.  
3-mashq . Tezaytishlarni takrorlang va siz ham shunday tezaytishlar tuzishga
harakat qiling.  1.Hamid hali   ham  Hamidadan  hayiqadi.  2.Xurshid  xo‘rozining xunukligidan
xo‘rsindi. 
Tutuq   belgisining   ifodalanishi.   Tutuq   belgisi   ishtirok   etgan   so‘zlarning
talaffuzida ,   ba’zan   imlosida   ham   kamchiliklar   uchraydi.   Darsliklarda   mazkur
belgining   uch   vazifasi   haqida   batafsil   ma’lumot   berilgan   bo‘lsa-da,   talaffuzda
chalkashliklar   mavjud.   Ya’ni   unlidan   keyin   kelganda   ham,   undoshdan   keyin
kelganda   ham   ajratib   aytilaveradi.   Ma’/naviyat,   ma’/rifat,   ma’/no.   Muammoni
bartaraf etish uchun, bizningcha,  masalaga quyidagicha yondashish mumkin :
E slatma [ : ]  cho‘zi qlikni bildiradi .
1-mashq.  Talaffuzda qiyoslang.
Tana – ta ’ : na ma’ : no
Davo  –  da’ :   vo ma’ : rifat
Sher  –  she’ :   r ma’ : naviyat
Agar   tutuq   belgisi   unlidan   keyin   kelsa,   shu   unli   tovush   cho‘ziqroq     talaffuz
qilinadi.
2- mashq .   Qoidaga   asosan   to‘g‘ri   talaffuz   qilishni   mashq   qiling .
San’/at – sanat mas’/ul
Tal’/at – talat jur’/at
Qal’/a – qala mas’/ud 
Sur’/at – surat   in’/om   tal ’/ at
Agar tutuq belgisi undoshdan keyin kelsa, u o‘zidan keyingi tovushdan ajratib
talaffuz qilinadi.
1-topshiriq.   Dastlab   tutuq   belgisining   unli   harflardan   keyin   kelishiga,   so‘ng
undosh  harflardan  keyin   kelishiga  xalq  maqollari   orasidan  misollar  topib  yozing
va talaffuz asosida farqlang.
Masalan , - Va’daga vafo mardning ishidir.
- Da’vogar sust bo‘lsa, Qozi muttaham bo‘lar.
- Elga ma’qul-senga ma’qul.
- Mehnat-e’tibor garovi.
- Ma’raka-mardniki, Ziyofat-xalqniki.
- Da’vo qilma domladan, Qarzdor bo‘lma so‘fidan. 2-topshiriq.   Uyga   vazifa.   Nutq   tovushlarini   aniq   talaffuz   qilishni   mashq
qiling.   Qanday   hodisa   yuz   berayotganini   yozma   izohlang.   Har   bir   so‘z   ishtirok
etgan she’riy misra keltiring.
Jumladan,   o‘quvchilarga     “U r g‘ u ”   mavzusi ni   o‘rgatishda   ham   maxsus
mashqlardan   unumli   foydalanish   nutqning   ta’sirchanligini   oshirishga   yordam
beradi. Ekranda havola etiladigan mashq  namunalari  dastlab  boshqa til  so‘zlariga
qiyoslab o‘rgatilishi maqsadga muvofiq.
1-mashq. To‘ g‘ ri talaffuz qilishni mashq qiling.
Óna  (margarin) –   oná  (oyi) ;  Samára  ( joy nomi )  –  samará  ( natija )
Akadémik  (olim)  –   akademúk   (litsey) ;  Alish é r – P u’ shkin
Nutq tovushlarining ma ’ no  farqlash vazifasi ni 
aniqlash  orqali  o‘quvchilarning  s o‘ z za x irasini boyitish
3-mashq . Berilganlarni t o‘g‘ ri talaffuz qilishni mashq qiling.
   i t  – ye t           i s – e s
i l  – e l              i sh  –   esh
t ish  –  tesh       p ish  –  pesh
i n   –  e n    i z  – e z
3-topshiriq . Berilgan matndan ma’no farqlaydigan unli va undosh tovushlar
ishtirok etgan so‘zlarni toping.
Kimki  o‘z (uz, o ‘s )   yo‘lidan  borayotgan ekan, u hamma narsani  biladi   ( bel )  va
uddalay  oladi.  Faqat   bir   narsa   orzuning  ro‘yobga  chiqishiga  mone’lik  qiladi  –  bu
omadsizlikdan cho‘chish.
O‘quvchilar uchun talaffuzi  hamda  imlosi  qiyin nutq tovushlarini
o‘zlashtirishga mo‘ljallangan maxsus imloviy mashq va topshiriqlar
4-mashq . Quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni mashq qiling.
 nutq – huquq qo‘l – qul
 sulh – xulq teri – tire
 rol – rul hush – xush
  radio  –  yadro t o‘ zgan  –  tuzgan
  I nternet  –  internat ajdar  –  ajal
I  unlisining talaffuzi va imlosi 5 -mashq .   Qanday   so‘zlarda   i   unlisi   yoziladi ,   lekin   o‘qilmaydi?   Misollar
keltiring.
[ i ]   unlisi   o‘zbekcha   va   arabcha   so‘zlarda   juda   qisqa   talaffuz   qilinadi.
Chunonchi, b ilim, iliq, din, asir, amir va b.
Rus   va   tojik   tilidan   o‘zlashgan   so‘zlarda   aniqroq,   cho‘ziqroq   talalaffuz
qilinadi. Masalan,  kino, bino, fizika, durbin  va hk . 
6 -mashq . Berilgan ma’lumotlarni o‘qing va imloviy mashqlar ustida ishlang.
[ i ]   va [ u]  unlilari ayrim holatlarda  [ e]  va  [ o‘]  unlilari bilan almashtirilib imlo
va   talaffuzda   turli   xatoliklarni   keltirib   chiqarmoqda.   Uni   bartaraf   etish   uchun
darslikdagi ma’lumotlar kifoya qilmaydi.
Fikrimizcha,   [ i ]   unlisining   qipchoq   lahjasi   vakillari   nutqidagi   talaffuzi
boshqacharoq   bo‘lib,   barcha   o‘rinlarda   qisqa   [ e]   tarz i da   talaffuz   qilinadi.   Bu
muammoni   bartaraf   etish   uchun   darslikka   ilova   tarzda   quyidagi   imloviy
mashqlarni berish zarur.
7- mashq . T o‘g‘ ri talaffuz qiling.
i n  – e n ;    i z  – e z ;    i qtisod– i qtidor ;   i flos– n afis ;    i roda– i bora ….
8-mashq.   Berilgan   so‘zlarni   to‘g‘ri   talaffuz   qiling,   ma’nosini   bir-biridan
farqlang. Har biriga ma’nodosh so‘z toping va ular    ishtirokida jumla tuzing.
e t  –  it  e’lon  –  ilon
el  –  il  eshon  –  ishon
ez  –  iz echki  –  ichki
en  –  in endi  –  indi  
  9 -mashq .   [ i ] –   [ u ]   ishtirokidagi   so‘z   juftlarini   talaffuz   me’yorlari   asosida
o‘qing va qaysi to‘g‘ri ekanligini aniqlang.
qurish  –   qurush tuzilish  –  tizilish
tug‘ulish  – tug‘ilish surush  –  surish
tuzum  –  tuzim turush  –  turish
turmish  –  turmush tiyish  –  tuyish
10 -mashq .   Quyidagi   so‘zlarni   to‘g‘ri   talaffuz   qiling   va   xato   yozilganlarini
aniqlang. Qipchoq lahjasiga mansub o‘quvchilar ko‘p holatlarda [ o‘ ] unlisini [ u ] unlisi
bilan  talaffuzda va imloda almashtirib noto‘g‘ri qo‘llashadi.
q o‘l  –  qul q o‘sh  –  qush
g‘o‘ ra  –  g‘ura g‘ o‘z a –   g‘uza
q o‘ra  –  qura q o‘shiq  –  qushiq
q o‘zi  –  quzi o‘zim  –  uzim
qo‘y – quy to‘y – tuy
o‘y – uy so‘y – suy
[a]  va  [o]  unlilari talaffuzi  hamda  imlosi 
O‘zbekcha   so‘zlarda   [a]   unlisi,   odatda,   asliga   ko‘ra   talaffuz   qilinadi,   biroq
ayrim  so‘zlarda  [o]ga o‘xshab aytiladi ,  lekin a yoziladi.  Masalan, d avom, ravon,
vagon, narvon…
11-mashq . O‘zbek tilidagi til orqa  [o]   unlisi boshqa tillardagi  [o] ga shaklan
o‘xshasa ham ,  talaffuzda farq qiladi.( O‘ qituvchi yordamida talaffuz qiling.)
ton   (so‘zidan  ton di)  – ton  (ohang) 
tok   ( uzum ) – tok (kuchlanish)
 tom  (uyning tomi)  – tom  (bob)      
12 - mashq .   Uyga   vazifa.   Keltirilgan   xalq   maqollaridagi   s o‘ zlardan
qaysilarida  [a]   unlisi  [o]  kabi talaffuz qilinadi, ammo  [a]  yoziladi .
   1.  Achchiq savol berib, shirin javob kutma.  2.  Toza havo – tanga davo.
[ o‘ ]     unlisining talaffuzi va imlosi
[ o‘ ]   unlisinining   tilimizda   bir   xil   talaffuz   etilmasligi   ma’lum.   Dastlab   [ o‘ ]
unlisining   ikki   xil   talaffuzini   farqlab   olish   uchun   misollar   shakldosh   so‘zlardan
keltiriladi va o‘qituvchi ko‘magida birma-bir talaffuz qilinadi:
to‘r (uyning to‘ri)  to‘r (setka)
o‘r (sochni)  o‘r  (o‘tni)
o‘t (harakat ) o‘t (maysa)
o‘sma (harakat)                 o‘sma (ot)
So‘z   tarkibida   talaffuz   qilib   bo‘lgandan   so‘ng   quyidagi   mashq   orqali   jumla
tarkibida ham aytib ko‘ramiz. 13-mashq.   Berilgan   gaplardagi   tagiga   chizilgan   so‘zlarni   ma’nosiga   ko‘ra
to‘g‘ri o‘qing va ma’nodoshlarini toping.
Mehmon uyning  to‘r ida o‘tiradi. Biz  to‘r ni olib baliq tutgani yo‘l oldik. Onasi
qizining sochini  o‘rib  qo‘ydi. Niholni erta ekkan, hosilni erta  o‘rar .
Oltin   o‘tda   bilinar   –   odam   mehnatda.   O‘t gan   bulutdan   yomg‘ir   kutma.
O‘sma  qoshni  o‘stiradi.  
14-mashq.   Berilgan   she’riy   matnni   ifodali   o‘qishni   mashq   qiling.   Undan
[ o‘ ]   unlisi ishtirok etgan so‘zlarni talaffuz asosida ikki ustunga ajratib yozing.
Qiyosi yo‘q aslo, mehri bir daryo,
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi o‘zbek.
Bolalariga-ku bildirmas, ammo, 
Dunyoda bolam, deb yashaydi o‘zbek.
O‘nta bo‘lsa ,  o‘rni boshqa uning-chun:
O‘g‘lim otashimdan yaralgan uchqun, 
Qizim parilardan chehrasi gulgun, 
Yuzlari lolam deb, yashaydi o‘zbek.   (M. Yusuf)
Agar   o‘zbek   tili   ikkinchi   til   yoki   davlat   tili   sifatida   o‘qitilayotgan   bo‘lsa,
mashqlar   qatorini   o‘quvchining   ona   tilidagi   tovushlar   bilan   ham   davom   ettirish
mumkin: 
bol– bol                          but – but                          kon  –  kon
sol – sol                            tut  –  tut                            ton  –  ton
son –   son                             tush – tush                        tok   –  tok
ton – ton                             shum – shum                      dom – dom
Bunday   mashqlar   birinchidan,   o‘quvchi   nutqini   adabiy   talaffuzga
odatlanishini   ta’minlaydi,   ikkinchidan,   o‘quvchining   rus   va   o‘zbek   tili   bo‘yicha
bilimlarini   ham   boyitadi.   Qolaversa,   o‘qituvchi   mazkur   mashqdagi   so‘zlarni
namuna   sifatida   talaffuz   qilib   berayotganda   so‘zlarning   ma’nosini   o‘quvchilarga
tushuntirishga   harakat   qilib,   sinonimlardan   foydalanadi,   natijada   ta’lim
oluvchining so‘z boyligi oshishiga ham erishiladi. Yoki talaffuz mashqi tugagach,
o‘quvchilarning   o‘zlariga     o‘zbekcha   so‘zlarga   ma’nosi   to‘g‘ri   keluvchi   boshqa
so‘zlar   topish   topshirig‘i   berilsa,   ularning   mustaqil   ishlashlariga,   fikrlashlariga, oldin o‘rganilganlarini amaliyotda qo‘llashlariga sharoit yaratiladi.  
Nazariy ma’lumot. Ayyub G‘ulomov ham  urg‘u masalasiga alohida ahamiyat
berib,   o‘zbek   tili   urg‘usi   chuqur   tekshirishni   talab   etishini,   ham   nazariy,   ham
amaliy jihatdan ahamiyatli  bo‘lgan qaltis hodisa  ekanligini  ta’kidlaydi  [52, b.80].
O‘z   tekshirishlarini   quyidagicha   bayon   qiladi:   “ Bizning   o‘zbek   tili   yuzasidan
bo‘lgan   kuzatuvimiz   oddiy   undash   holida   urg‘uning   o‘z   o‘rnida   qolishini,   biror
jahl   bilan   qattiq   gapirishda,   jiddiy   kuchli   undashda   haqiqatan,   ko‘chirilishini
ko‘rsatadi ”   [52,   b.3-4].   Olim   o‘zbek   tilida   urg‘u   undalmalarning   ohangida,
emotsional   munosabat   ifodalashda   turlicha   bo‘lishini   qayd   etgan   o‘rinlar   ham
mavjud. Maktab darsliklarida o‘quvchiga bu haqda ma’lumot berilmaydi.
1 -topshiriq.   “Insonni   tafakkur   ma ’ rifatli   qiladi,   tu yg‘ u   esa   uni   boshqaradi”.
(J.J.Russo)   jumlada   nechta   bo‘g‘in   bor.   Ulardan   qaysi   biri   aytilishi da
boshqalaridan balandroq, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi.
1 -mashq .   Quyidagilarni   mantiqiy   urg‘usiga   e ’ tibor   berib   o‘qishni   mashq
qiling.
Hayot nafas olish miqdori bilan o‘lchanmaydi. U   n afasni tutib turishga bizni
majbur etgan onlar miqdori bilan  o‘ lchanadi.
Vaqt   bizdan   har   bir   soniyada   o‘ tib   ketaveradi.   Uni   hozirning   o‘ zidayoq
sarflash kerak. 
2 -mashq .   O‘zbek   tilida   urg‘u,   asosan,   so‘zning   oxirgi   bo‘g‘iniga   tushadi.
Aytib k o‘ ring :  bolá ,     kit ó b , savdó ,    davó… 
3 -mashq .   Tilimizda   urg‘usi   birinchi   bo‘g‘inga   tushadigan   so‘zlar   ham
mavjud. Talaffuz qiling:   lékin, ámmo, bálki, hátto,… 
4 -mashq .   Boshqa   tillardan   o‘zlashgan   so‘zlarda   urg‘u,   ko‘pincha,   so‘z
o xiriga   tushmaydi.   O‘ qituvchi   bilan   birga   t o‘g‘ ri   talaffuz   qilishni   mashq   qiling:
tráktor,   fùzika,   matemátika,   diréktor,   fonétika,   gráfika,   krédit,   téxnika,   prùnter,
skáner, páynet,…
5 -mashq .So‘zlarni t alaffuzda farqlashni   o‘ rganing. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi
ma ’ no   farqlash   vazifasini   ham   bajaradi :   ólma   (harakat)–   olmá   (meva),   tórtma
(harakat)– tortmá (stolning tortmasi),… 6 -mashq .   Uyga   vazifa.     She’rni   o‘qing.   So‘z   urg‘ularini   qo‘yishni   mashq
qiling. 
Topshiriqlar – bilim olish va mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi vosita
Ona   tili   ta’limi   oldi d a   tur gan   aasosiy   maqsad   o‘quvchilar ning   ijodiy
tafakkurini   shakllantirish   va   rivojlantirishdir.   Zero :   “ Demokratik   jamiyatda
bolalar ,   umuman ,   har   bir   inson   erkin   fikrlaydigan   etib   tarbiyalanadi .   Agar   bola
erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’limning samarasi past bo‘lishi muqarrar.
Albatta ,   bilim   kerak ,   ammo   bilim   o‘z   yo‘liga ,   mustaqil   fikrlash   ham   katta
boylikdir ”  [7, b.4-19]. 
Bugungi   kun   izlanishni,   yangilikni,   qulaylikni   talab   qilar   ekan,   dars
jarayonida   rasm   va   boshqa   ko‘rgazmali   vositalardan   o‘rni   bilan   maqsadli
foydalanish zarur. Ishimizda an’anaga aylanib qolgan topshiriqlardan farqli o‘laroq
ehtiyojlarni   o‘rganish   asnosida   maxsus   topshiriqlar   tizimi   ishlab   chiq ildi   va   ular
ba’zi   umumta’lim   maktab larida   sinab   ko‘rildi .   Quyidagi   fikrlarimiz   shular   bilan
bog‘lanadi.
Biz   5-sinflar   uchun   quyidagi   takomillashtirilgan   topshiriqlarlarni   taklif
etamiz:  
1-topshiriq .   Berilgan   hikmatli   so‘z   ma’nosini   tushuntiring.   Unda   ishtirok
etayotgan   tovushlarning   hosil   bo‘lish   o‘rnini   talaffuz   asosida   mustaqil   aniqlang.
Har bir so‘zning ma’nodoshini topib yozing.
  Janjallashayotgan ikki kishining qaysi biri aqlliroq bo‘lsa, o‘sha aybdor.
2-topshiriq .   Berilgan   xalq   maqoli   ma’nosini   tushuntiring.   Unda   ishtirok
etayotgan tovushlarning hosil bo‘lish o‘rnini talaffuz asosida mustaqil aniqlang.
Bilimliga yorug‘ dunyo,
Bilimsizga – qorong‘u.
3-topshiriq . Maqollarni o‘qing. Xato yozilgan so‘zlarni topib, ularni tuzating
va maqollarni tanlab yod oling. Tuzatilgan so‘zlar imlosini lug‘atdan tekshiring.
Ilim o‘lchovi – aqil,
Zehin o‘lchovi – naql. 
Kitop ko‘rmagan kala   –
Giyox unmagan dalla. Bilmaganini so‘rap organgan olim,
Orlanip suramagan o‘ziga zolim.
4 -topshiriq .   Keltirilg a n   maqollarni     davom   ettiring   va   maqollar   tarkibida
ajratib ko‘rsatilgan harflar boshqalaridan qanday farq qilishini tushuntiring. 
  I sh  i sh taha o ch ar …
Mehnat. Mehnatni ng  tagi … 
U ch i sh ga qanot kerak. O‘qi sh ga…
5 -topshiriq.   Berilgan   oddiy   qoidalarni   ifodali   o‘qing   va   ularni   hamisha
yodda tuting.  
1.   K o‘ nglingizni   nafratdan   xalos   eting   –   kimdan   ranjigan   b o‘ lsangiz,   barchasini
kechiring. 2.   Yur a gingizni hayajondan ozod qiling – ularning k o‘ pchiligi foydasiz.
3.   Oddiy hayot kechiring va nimagaki ega b o‘ lsangiz, barini qadrlang. 4.   K o‘ proq
bering. 5.   Kamroq narsa kuting.
6 -topshiriq.   Fikrni  oxiriga yetkazing  va imloviy  o‘ zgarishlarni aniqlang.
Odam tushunishning iloji  yo‘ q narsani ham tushunmo g‘ i kerak: aks holda…
7- topshiriq .     Quyida   berilgan   gaplardagi   imloviy   hodisalarni   aniqlab,   ular
haqidagi   mulohazalaringizni   yozma   bayon   qiling.   Ilovadagi   hikmatli   s o‘ zlardan
unga mosini keltiring.
Chaqin b o‘ lma, b o‘ lma guldirak,
Yerdan k o‘ p ham uzoqlab ketma.
Ovozingni yirtmagin bekor, 
Yerni quchma, quloching yetmas.
Undan k o‘ ra biror odamning
Makoni b o‘ l – irmoqli, soyli .
Shamollarni t o‘ sgan to g‘ i b o‘ l,
Osmoni b o‘ l – yulduzli, oyli.  ( Sh. Rahmon )
Imlo   o‘qitish   orqali   o‘quvchilarni   bog‘lanishli   matn   tuzishga   o‘rgatish   ham
mumkin.   Bunda   o‘quvchi   o‘z   fikrlarini   donolar   fikrlari   orqali   asoslashni,
jumlalarni bir-biriga mantiqan bog‘lashni o‘rganadi.
1 -topshiriq .   Quyidagi   uch   jumlani   mazmunan   bo g‘ lang.   Undosh   tovushlar
bilan bo g‘ liq tovush  o‘ zgarishlarini ham yozma izohlang. 1.   Inson hayotida hammasidan k o‘ ra eng kerakli bilim –  o‘ z- o‘ zini anglashdir.
2.   Asosiy   raqiblaring   sening   o‘ zingda   mavjud:   bular   –   yalqovlik,   q o‘ rquv,
ikkilanish,   qat ’ iyatsizlikdir.   3.   Taqdir   –   tasodifiy   vaziyatlarning   natijasi
hisoblanmay,   balki   tanlov   natijasidir;   uni   kutish   emas,   balki   yaratish   kerak   ( B.
Fontenel ) .
2-topshiriq .   Quyidagi   ikki   alohida   fikrni   yana   bir   uchinchi   o‘ zingizdagi
(yoki   biror   manbadagi)   fikr   orqali   bo g‘ lang.   Hosil   b o‘ lgan   matndan   talaffuzi   va
yozilishi mos kelmaydigan s o‘ zlarni ajrating.
Sabr   bizni   maqsad   sari   yaqinlashtiradi,   faraz   esa   undan   uzoqlashtiradi   ( J.
Dyube ) .   Hech   kim   o‘ z   kuchini   amalda   q o‘ llamay   turib,   uning   qay   darajada
ekanligini bilmaydi  ( Gyote ) .
3 -topshiriq .   Jumlada   qanday   imloviy   hodisalar   mavjudligini   s o‘ zlab   bering .
Qaysi   tovushlar   alohida   belgiga   ega ?   Qanday   xususiyatiga   k o‘ ra   aksariyat
tovushlar bitta birlashtiruvchi belgiga ega b o‘ lad i?
E ’ tibor   –   qalbimizning   yagona   eshigi   b o‘ lib,   ong-shuurda   nimaiki   b o‘ lsa,
barchasi zudlik bilan u orqali kiradi  ( K. Ushinskiy ) . 
4 -topshiriq . Uyga vazifa .   O‘ nta tasviriy ifodani muqobil s o‘ zlari bilan yozing.
Maqol va aforizmlarda ifodalanishiga misollar keltiring, keyin ularning orfografik
tahlilini amalga oshiring .  
Imlo   o‘qitishda   tahlil   materiali   sifatida   iboralardan   foydalanish   ham   o‘rinli
ekanligini   aytgan   edik.   Har   bir   o‘quvchini   til   imkoniyataridan   samarali
foydalanishga   o‘rgatish   ona   tili   darslarining   asosiy   vazifalaridandir.   Xalqimizda
“So‘z   ko‘rki   –   maqol”   deb   bejiz   aytilmagan.   Hikmatli   so‘zlar,   maqol   va
matallardan   tashqari   yana   bir   ta’sirli   til   birligi   iboralar   ekanligini   inobatga   olsak,
ular   ham   imlo   ta’limi   jarayonida   asosiy   tahlil   materiallaridan   biri   bo‘la   olishi
anglashiladi.   Iboralardan   istalgan   mavzuni   o‘tayotganda   ham   tahlil   materiali
sifatida foydalanish mumkin. 
1 -topshiriq .   Berilgan   iboralar   o‘rniga   ma’nosi   iboraga   teng   keladigan   so‘z
toping va  ulardan   tanlaganlaringiz  ishtirokida gaplar tuzing. Gapda ishtirok etgan
s o‘ zlardagi undoshlar dan talaffuzda jarangsizlashadiganlarini a niqlang. Qo‘li   ochiq ,   ko‘zi   to‘q ,   bo‘yi   yetgan ,   ko‘ngli   oq ,   og‘zi   katta ,   ko‘z   ochib
yumguncha ,   oyoqqa   turib ,   ko‘ngli   g‘ash ,   belini   mahkam   bog‘la b,   ko‘z   ilg‘amas ,
ko‘z tutmoq ,   ko‘z boylash ,   ko‘z tashlamoq ,   ko‘zingga qara ,   oyog‘ini qo‘liga olib ,
ko‘zi ochi lmoq.
2 -topshiriq .  Iboralarni    ko‘chiring.    Unda   ishtirok  etayotgan   qator  undoshli
s o‘ zlarni aniqlang.
1.   Ikkovlari   oralaridan   qil   o‘tmaydigan   do‘st   edilar .   2.   O‘ziyam   tegirmonga
k irsa ,   butun   chiqadi - ya!   3.   Onasi   o‘ g‘lini   ko‘zi   to‘rt   bo‘lib   kutdi .   4.   Ming   xil
masala   ustida   bosh   qotirishga   to‘g‘ri   keladi .   5.   Hammamiz   bir   yoqadan   bosh
chiqaraylik .  6.  “ Nega daming chiqmaydi, ko‘ruvding - ku?”  –  dedi To‘la.
3 -topshiriq . Iboralarni o‘qib ma’nosini izohlang. Har bir iboraga ma ’ nodosh
s o‘ z ,  imkoni b o‘ lsa ,  ibora ham toping. Keyin ularga mantiqiy ur g‘ u q o‘ ying.
1.   G‘ulomjon   qishloqqa   tarvuzi   qo‘ltig‘idan   tushib   qaytib   keldi .   2.   Sattorov
oyog‘i kuygan tovuqdek   tipir chilab qoldi .  3.   Cholning dami ichiga tushib ket d i .  4.
Saida boshini  quyi  soldi .     5.   Ular boshlarini  qashishga vaqt  topolmay qoldilar .   6.
Hammaning og‘zi ochildi-qoldi .  7. Hamid jon kuyd i rib ishlar edi.
4 -topshiriq .   Ibora lar ning   ma’nosi ga     teng   kel adigan   so‘zlarni   topib
ko‘chiring .   Keyin   ochiq   b o‘g‘ inlar   sonini   aniqlab   undosh   tovushlarining   hosil
bo‘lish o‘rnini ayting . 
1.   Tog‘ni ursa talqon qiladigan.     2. Quloq solmadi .   3. Esi chiqib ket d i .   4. Bir
mayizni teng bo‘lib yeydi.     5. Oyoq - qo‘li  yengil. 6.   Ye ng shimarib.                            7.
O‘zini tomdan tashla y di.
5 -topshiriq .     Nuqtalar   o‘rniga   iboraning   ma’nosi   teng   keladigan   so‘zlarni
ilovadan olib yozing  va    n echta s o‘ zda tovush  o‘ zgarishi sodir b o‘ lganini aniqlang.
1.   Ko‘ngli   joyiga   tushdi   –……   2.   Tepa   sochi   tikka   bo‘ldi   –……
3. Xamirdan qil sug‘urganday –……… 4.   Tekkanga tegib tegmaganga kesak otadi
–…….5.   Tutgan yeridan kesadi – …….. 6. Aravani quruq olib qochadi  –.......  7.  E ti
suyagiga yopishgan –…….8.  Ye rga ursa   ko‘kka sapchiydi  –........  9.   Qo‘y og‘zidan
cho‘p   olmagan  – ……… 6 -topshiriq .   Berilgan   birikmalarni   so‘z   birikmasi   va   ibora   sifatida   qo‘llab
ikkitadan   gap   tuzing.   Gapda   nechta   s o‘ zda   tovush   almashinish     hodisasi   sodir
b o‘ lganini aniqlang.
1.   Bo‘yniga   ilmoq.   2.   Tarvuzi   qo‘lti g‘ idan   tushmoq.   3.   To‘nini   teskari
kiymoq.   4.   Qo‘li   ochiq .   5.   Tosh   otmoq.   6.   O‘z   yog‘ida   qovrilmoq.   7.   Qulog‘iga
quymoq .
7-topshiriq . Berilgan iboralarni  teng kelgan so‘z lari   bilan birga yozing. 
1.   Gap   tashiydi .     2.   Gap   k o‘ tarmaydi .     3.   Gapning   tagiga   yetdi .   4.   Jonini
hovuchladi .  5. Boshi qotdi .  6. Peshonasi tirishdi .  7.   Yuzi shuvut bo‘ldi .
Chaqimchi, aniqladi, adashdi, arazladi, qo‘rqdi, o‘ylandi, g‘azablandi, uyaldi.
8 -topshiriq . Tana a’zolari bilan bog‘liq iboralarga ikki guruhga b o‘ linib kim
o‘ zarga   misollar   keltiring.   Ma g‘ lub   bo‘lgan   jamoa   undan   imloviy   yozuvda
yoziladigan s o‘ zlarni topadi.
9 -topshiriq .   O‘qing.   Berilgan   iboralarni ng   ma’nolarini   tushuntirib   bering.
Imloviy va morfologik tamo y ilga mansub s o‘ zlarni alohida-alohida yozing.
1.   Yuzini teskari qilsin .  2. Ko‘z ostiga oldi .  3. Quloq solmadi .                      4.
Qulog‘idan   kun   ko‘rinadi .   5.   Qulog‘iga   ildi .   6.   Burni   ko‘tarilgan .
7. Burnidan chiqdi. 8. Burnidan baland gapirib bo‘lmaydi.
10 -topshiriq . Berilgan  gap tarkibidagi  iboralarni  toping.  Ularni   sinonimlari
bilan almashtirishga ur i nib ko‘ring. 
1.   Burnidan ip o‘tkazib  olgan .   2. Og‘ziga  talqon soldi .    3. Og‘zi  kuydi .     4.
Tishini ng  kirini so‘ryapti .  5. Tishini tishiga qo‘ydi .  6. Tishining oqini ko‘rsatdi .  7.
Tishining kavagida saqladi .
11 -topshiriq .   Berilgan   iboralarning   shakldoshlarini   toping.   Unda   tovush
o‘ zgarishlarining qaysi turlari mavjud?
1.  Qulog‘iga ildi .  2. Og‘zi kuygan .  3. Og‘ziga talqon soldi .  4. Boshi devorga
ur i ldi .   5. Bo‘yniga ilmoq.   6. To‘nini teskari kiymoq .  7. Tosh otmoq .   8. Qulog‘iga
quydi .  9. Qo‘li ochiq .
12 -topshiriq .   Quyidagi   iboralarni   o‘qing.   Ma’nolarini   tushuntirib   bering.
Tovush tushish hodisasi r o‘ y bergan s o‘ zlarni ayting. 1.Tilini  tiydi .   2. Tili  kuydi .     3.  Tilining uchida  turibdi .   4. Tilini   tishladi .   5.
Bo‘yniga ip bog‘ladi .  6. Bo‘yniga ildi .  7. Bo‘ynini qisdi .                       8.   Tomog‘i
tushdi .  9. Tomog‘ini moyladi .
13 -topshiriq .   Berilgan   iboralarni   «K laster »   usulidan   foydalanib   guruhlarga
ajrating.  
1.   Ye lkamning   chuquri   ko‘rsin .   2.   Ye lkasi   tirishdi .   3.   Ye lkasiga   shayton
mindi .   4.   Ye lkasidan   tog‘   ag‘darildi .   5.   Orqa   o‘girdi .   6.   Orqa   qildi.   7.   Qo‘l
yetma di.   8. Qo‘li uzun.     9. Qo‘li qisqa. 10. Qo‘lini paxsa qildi .   11.   Qo‘lini yuvib
qo‘ltig‘iga urdi .  12. Qo‘li qichidi .
14 -topshiriq .   Quyidagi   iboralarning   antonimlarini   toping.   Tovush
o‘ zgarishlarining qaysi turi k o‘ proq ekanligini aniqlang.
Qo‘li   egri ,   q o‘li   yengil ,   q o‘li   shirin ,   q o‘li   gul ,   q o‘l   uchida   kun   ko‘radi,
p ichog‘i   yog‘   ustida ,     yuragi   yo‘q ,     yu ragi   baquvvat ,   yu ragidan   urdi ,   yu ragi   jiz
etmadi .
15 -topshiriq .   Tana   a’zolari   bilan   bog‘liq   iboralar ga   bittadan   misol
keltiring.  Ochiq bo‘g‘inlarni aniqlang.
16 -topshiriq .   Matnni   ifodali   o‘qing.   Iboralarni ng   tagiga   chizing.   Unda   bir
tovushdan iborat bo‘g‘inlar soni qanchaligini aniqlang.
Matluba xonaga tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib qayt d i. Dugonasi buni ko‘rib og‘zi
ochilib qoldi. Chunki,   odatda,    Matluba ushlagan joyini uzadigan qiz edi. Sababini
so‘ramoqchi edi,   dugonasi xafa bo‘lib qolishini o‘ylab tilini tishladi. Ertasiga ham
uni ng   peshonasi   tirishib   yurdi.   Keyin   dugonasi   chidayolmay   og‘iz   juftladi.
Matluba unga bor voqeani aytib berdi va yengil tortdi.
Fonetka   o‘qitishni   mashq   va   topshiriqlar   orqali   takomillashtirish
o‘quvchilarda   DTS   malaka   talablari   va   dasturda   belgilangan   ko‘nikma   hamda
malakalarini, nutqiy kompetensiyani shakllantiradi.
2.3-§. Imloga doir o‘quv materiallarini interfaol usullardan foydalangan
holda o‘qitish yo‘llari Imlo   o‘qitishda   o‘quv   materiallarini   o‘quvchilarga   qaysi   metod   orqali
tushuntirish   yaxshi   natija   beradi?   Quyida   imloga   doir   o‘quv   materiallarini
o‘qitishda  qo‘l  keladigan  samarador  usullar  ustida ishlab,  aytilgan fikrlarni  ayrim
misollar   bilan     asoslashga   harakat   qilindi.   Har   qanday   ma’lumotni   qay   darajada
o‘zlashtirish   tinglovchining   xohish-irodasiga   bog‘liqdir.   Psixologik   nuqtai
nazardan   darsda,   ayniqsa,   yangi   dars   bayonida   o‘quvchini   qiziqtirish   lozim.   Aks
holda,   harakat   besamar   ketishi   mumkin.   Shu   ma’noda   imlo   o‘qitishda   ham   turli
noan’anaviy dars usullaridan foydalanish lozim.
Quyida “Urg‘u” mavzusining noan’anaviy ta’limi xususida to‘xtalamiz:
1.   “Qiyoslash”   metodi.   Bir     predmet   haqida   aniq   tasavvurga   ega   bo‘lish
uchun uni ikkinchisi  bilan qiyoslash  o‘quvchida yorqin tasavvur hosil  qiladi. Shu
ma’noda   o‘quvchiga   ona   tilini   boshqa   bir   tilga   qiyoslab   o‘rgatish   eng   samarali
usuldir.   O‘qituvchi   ona   tili   darslarida,   xususan,   imlo   mavzusini
tushuntirayotganda ma’lumotlarni o‘quvchiga imkon qadar u o‘rganayotgan biror
chet   tilidagi   zaruriy   bilimlar   bilan   taqqoslasa,   dars   yanada   samarali   bo‘ladi.
O‘qituvchining   taqqoslanayotgan   tilni   qay   darajada   bilishi   natijaga   salbiy   yoki
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
  “Urg‘u” mavzusini  tushuntirish uchun unga istagancha ta’rif keltirgan bilan
kutilgan   natijaga   erishish   qiyin.   Lekin   o‘zbek   tili   urg‘usini   rus,   nemis   yoki
bo‘lmasa ingliz tillaridan biridagi so‘z urg‘usi bilan solishtirish, o‘quvchida darhol
tushuncha   hosil   qiladi:   (bolalàr ,   rebyata,   chíldren ) ,   ya’ni   o‘zbek   tilida   urg‘u,
asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Boshqa tillarda esa, aksincha.
Nafaqat urg‘u, balki butun imloni qiyoslash usuli bilan o‘qitish yaxshi samara
beradi. Dars jarayonida ikki til tovushlari taqqoslanadi, ularning har biri o‘ziga xos
xususiyatga   egaligi   uqtiriladi.   Tillar   o‘rtasidagi   imloviy   farq   va   o‘xshashliklar
aytiladi. Misol uchun [ q ] ,   [ h ] , [   g‘ ] ,   [ o‘ ]   va [ ng   ]   tovushlarining   rus   tilida yo‘qligi,
alifbodagi farqlar, ingliz tilida ikki unlining bir o‘rinda kelib talaffuzda boshqa unli
tovush sifatida aytilishi ( g oo d ,   b oo k,   ch oo se ,   mee t )   yoki bo‘lmasa so‘z oxirida ye
unlisining     o‘zak   tarkibidagi   biror   unliga   qo‘shib   o‘qilishi   ( take   [te y k])   kabilarni
tushuntirishda;   o‘zbek   tiliga   xos   jaranglilarning   talaffuzda   jarangsizlashuvi,   ba’zi
burun   tovushlarining   ham   boshqacha   talaffuz   etilishi   (ta n bur-ta m bur),   og‘zaki nutqda   ba’zi   so‘zlarda   oxirgi   tovushning   tushib   qolishi   (Samarqand   –   Samarqan,
go‘sht   –   go‘sh,   baland   –   balan...)   ,   bo‘g‘in   hodisasidagi   farqlar,   umuman,
tovushlarning aytilishi va yozilishidagi muvofiq hamda nomuvofiqliklar o‘rni bilan
taqqoslab   boriladi.   Bu   jarayonda   o‘quvchilar   darsning   faol   ishtirokchisiga
aylanadi, qolaversa, sekin-asta qiyoslashni o‘zlari davom ettira boshlaydi. 
Zero,   taqqoslash   –   o‘quvchida   mustaqil   fikrlash   ko‘nikmasini   ham
shakllantiradi.   Bu   esa   bugungi   ta’limning   maqsadini   tashkil   etadi.     O‘quvchida
solishtirish   jarayonida   o‘zbek   tilining   o‘zigagina   xos   bo‘lgan   jihatlari   haqida
tushuncha paydo bo‘lgach, o‘z tilidan faxrlanish, shuning barobarida, unda milliy
g‘urur ham shakllanib boradi.
2.  “Klaster” metodidan foydalanib, bellashuvchi ikki guruh a’zolaridan qaysi
biri bo‘g‘inlarni tez va to‘g‘ri joylashtirsa, undan xalq maqolining bir qismi kelib
chiqadi. Davomini topgan ham g‘olib bo‘ladi.
“Davomini top!”  usuliga doir klaster:
1. T- chizma asosida [o‘] unlisining talaffuzdagi farqlarini aniqlash
Ikkala   guruhga   T   –   chizma   beriladi.   Ular   aralash   holda   berilgan   so‘zlar
orasidan   [o‘]   unlisining   tor   va   keng     talaffuz   qilinadiganlarini   ikkiga   ajratadilar.
Vazifani to‘g‘ri va to‘liq bajargan guruh ishtirokchilari baholanadi.
  O‘r   (sochni),   to‘r(setka),   o‘r(o‘tni),   bo‘l(nonni),   to‘r(uyning),   o‘z   (olmosh),
(talaba)  bo‘l,  (pulini) to‘la, to‘la (idish), o‘n (so‘m), o‘n (fe’l), o‘z(fe’l)  
2.   “ Veen   diagrammasi”   asosida   unli   va   undosh   tovushlar   tasnifini   samarali
o‘rgatish   mumkin.   Ikki   guruhga   bo‘linib   unli   va   undosh   tovushlarning   farqli
hamda   o‘xshash   jihatlari   quyidagi   ma’lumotlar   asosida   ajratiladi:   Sinf
o‘quvchilari   ikki   guruhga   bo‘linib   ma’lumotlarni   doiralarga   joylashtiradilar.
Noto‘g‘ri yoki chalkash ma’lumot yozgan jamoa mag‘lub bo‘ladi.
2. “Klaster” shaklidan foydalanib ikkala guruh a’zolari ham birma-bir
jarangli va jarangsiz undoshlarni jufti bilan jadvallarga joylashtiradi.
Juftini bilasizmi? 3.   “Zanjir”   usuli   ona   tili   darslarida   keng   qo‘llanilayotgan   usullardan
hisoblanib, o‘quvchilarni topqirlikka, tez fikrlashga  undaydi. O‘yin tartibiga ko‘ra
bir   o‘quvchi   biror   bo‘g‘iz   undoshi   bilan   boshlanadigan   so‘z   aytadi,   ikkinchi
o‘quvchi   esa   so‘z   oxiridagi   tovush   bilan   boshlanuvchi   tarkibida   h   harfi   bo‘lgan
so‘z aytishi lozim. Masalan, halqa – aholi – ilhom – mahliyo.... kabi. 
Bu   usul   imlo   bo‘limida   quyidagicha   qo‘llaniladi.   Usulni     boshqa   talaffuzi
qiyin unli va undosh tovushlar asosida ham o‘tkazish mumkin. Masalan:   i  tovushi.
Sinf o‘quvchilari ikki guruhga bo‘linadi. 1-guruh i bilan boshlanadigan so‘z aytadi.
2-guruh so‘z oxiridagi tovush bilan boshlanuvchi tarkibida i bor so‘z bilan davom
ettiradi. So‘z topa olmay qolgan guruh yutqazadi.
Bu   o‘yinni   boshqa   bir   shaklda   ham   o‘tkazish   mumkin.   O‘qituvchi
o‘quvchilarga   unli   bilan   boshlanib   unli   bilan   tugaydigan   yoki   undosh   bilan
boshlanib undosh bilan tugaydigan  so‘zlarni topshiriq qilib beradi. 
Sinf o‘quvchilarini ikki guruhga bo‘lib, 1-guruhga unli bilan boshlanib unli
bilan tugovchi so‘zlarni, 2-guruhga undosh bilan boshlanib undosh bilan tugovchi
so‘zlarni   topshiriq   qilib   berilsa,   o‘yin   yanada   qiziqarli   o‘tadi.   O‘quvchilarda
hozirjavoblik, topqirlik bilan birga to‘g‘ri talaffuz malakasi ham shakllanadi.
4.   “Juftini   bilasizmi?”   usuli   ham   o‘quvchini   tez   fikrlashga,   topqirlikka
undaydi.   O‘yinni   amalga   oshirish   uchun   o‘quvchilarga   biror   bir   til   sathida   oid
birliklarning   ma’lum   qismi   beriladi.   O‘quvchilar   esa   uni   to‘plashi   lozim   bo‘ladi.
Mazkur o‘yindan tilning barcha sathlarida foydalanish mumkin. “Imlo” bo‘limida
o‘quvchilar   jarangli   va   jarangsiz   undoshlar   haqida   bilimga   ega   bo‘ladilar. Jarangli undoshlar        Jarangsiz undoshlar
p..
b.. Ma’lumki, 8ta jarangsiz undosh 8ta jarangli juftiga ega. Bularni yoddan bilishning
ahamiyati   katta.   Chunki   bu   o‘quvchi   savodxonligining   asoslaridan   biridir.
O‘qituvchi   o‘quvchilarga   jarangli   –   jarangsiz   undoshlarga   oid   bilimlar   hosil
bo‘lgan shu o‘yinni o‘tkazishi mumkin. O‘quvchilardan undoshlar berilgan holatda
ulardan   jarangli   yoki   jarangsiz   juftini   topishi   talab   qilinadi:   a)   berilgan   jarangli
undoshlarning juftlarini toping:  v, d, g, (f, t, k) ; b) berilgan jarangsiz  undoshlarning
juftini toping:  s, t, f (z, d, v).
O‘quvchilarga   jarangli   –   jarangsiz   undoshlar   xato   qo‘llangan   so‘zlar
beriladi.   O‘quvchilar   so‘z   tarkibidagi   xato   qo‘llangan   undoshlarning   juftini   topib
yozishlari kerak: kitop – kitob,  bunyotkor – bunyodkor, tussiz – tuzsiz, tog‘ – toq,
o‘rig – o‘rik, shavqat – shafqat.
O‘yin   musobaqa   tarzida   ikki   o‘quvchi   orasida   yoki   guruhlar   o‘rtasida
o‘tkazilishi mumkin. 
5.   Paronim   so‘zlardan   foydalanib   imlo   o‘qitish   ham   maqsadga   muvofiq,
chunki   har   doim   bu   so‘zlar   ikki   qismdan   iborat   bo‘ladi.   Masalan,   berilgan
so‘zlarning   paronim   juftini   topish   buyuriladi.   Ma’lumki,   paronim   so‘zlar
talaffuzdosh so‘zlardir. Bu – talaffuz mashqlari o‘tkazishda qo‘l keladi.
Kafe – amr – kafe –kofe amr – amir
Afzal – devon – afzal – a b zal   devon – dovon
Razm – bob – razm – ramz bob – bop
Sada – tup – sada – sado tup – to‘p
Juft   va   takroriy   fe’llarga   oid   ham   shunday   topshiriqlar   beriladi:   Berilgan
so‘zlarni juftini topib, juft va takroriy fe’llar hosil  qilganda tovushlar takrori ham
vujudga keladi.
Bajarilishi:
O‘ynab – o‘ynab-kulib
yayrab – yayrab-yashnab
qochdi – qochdi-ketdi
aytdi –  aytdi-qo‘ydi
qo‘llab – qo‘llab-quvvatlamoq
o‘ylab – o‘ylab-o‘ylab gapira – gapira-gapira
yig‘lay – yig‘lay-yig‘lay
6.   “Tarmoqlar”   usuli.   Ikki   guruhga   bo‘linib   quyidagi   “Klaster”ni
bajaradilar. Qaysi guruh birinchi bo‘lib to‘g‘ri to‘ldirsa, g‘olib jamoa bo‘ladi. Har
bir doiraga uchtadan so‘z yoziladi.
Demak,   didaktik   o‘yinlar   o‘quvchilarning   darsga   bo‘lgan   qiziqishlarini
oshirishga   yordam   beradi.   Shu   orqali   o‘tilayotgan   mavzuni   oson   va   tez   tushunib
oladilar.   To‘g‘ri   tashkil   qilingan   didaktik   o‘yin   o‘quvchini   dars   jarayonining   faol
ishtirokchisiga   aylantiradi,   uni   zerikishdan   va   toliqishdan   asraydi.   Didaktik
o‘yinlar   ona   tili   darslarida   yaxshi   samara   beradi.   Ona   tili   ta’limining   “Imlo”
bo‘limida ham bunday o‘yin darslaridan foydalanish 5-sinf o‘quvchilarida mustaqil
fikrlash   ko‘nikmalarini   rivojlantiradi,   ularda   adabiy   talaffuz   ko‘nikmasini
shakllantiradi.
7 . “Domino”   usuli.   Bunda o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi. Jamoalardagi
har   bir   o‘quvchi   ishtirok   etadi.   O‘qituvchi   tomonidan   aytilgan   topishmoqning
javobini birinchi topgan jamoa o‘yinni boshlaydi. Guruhlar parta boshidan navbat
bilan   chiqaveradi.   Ish   sinftaxtasida   bajariladi.   “Domino”ning   sharti   shunday:
birinchi chiqqan ishtirokchi bir bo‘g‘in yozadi va o‘tiradi. Navbatdagi jamoa vakili
unga   bo‘g‘in   qo‘shganda   so‘z   hosil   bo‘lishi   kerak.   O‘yin   shunday   davom
etaveradi. 15 sekundda javob topmagan jamoa o‘yindan chiqadi.
Namuna:  xum-don-li-bos-ma-na-sim-li-kop -
8.   “ Kim   ko‘p   so‘z   topadi? ”   o‘yini   o‘quvchilarni   qiziqtirish   va   idrokini
tekshirib   ko‘rish   maqsadida   tashkil   etildi.   Natija   kutilgandan   ham   yaxshi   chiqdi .
Ya ’ ni   ayrim   o‘quvchilar   rasmdan   18   tagacha   so‘z   topgan   bo‘lsa ,   ba’zilar   7   tagina
so‘z   yoza   olgan .   Ba’zi   o‘quvchilar ning   bulut   ortidagi   osmonni,   yerdagi   kashta
suratini, maqbara tarkibidagi minora va gumbazlarni ham ko‘ra olganligi, aksariyat
o‘quvchilarning ko‘rinib turgan nar s alarni ham idrok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu   topshiriq   bolalarda   idrokni   shakllantiradi.   Ona   tili   fanini   san’at   bilan
bo g‘ laydi. Bunday topshir i qlarni bajarib ko‘nikma hosil qilgach, boshqa suratlarni
ko‘rganda ham ularga shunchaki emas, sinchkovlik bilan qarashga o‘rganadi.  Bola   ko‘rgan   narsalarni   o‘zi   bilgancha   nomlaydi,   yoddan   yozadi   va
bo‘g‘inlarga ajratadi. Bunda o‘quvchining so‘z qo‘llashi, tanlashi hamda imloviy
savodxonligi ochiq namoyon bo‘ladi. Bo‘g‘in haqida olgan nazariy ma’lumotlarini
amaliyotda qo‘llab ko‘radi, mustahkamlaydi.
9. “Kim xattot?” usuli.
Sinf   uch   guruhga   bo‘linadi.   Qur’a   tashlash   yo‘li   bilan   ulardan   biri   ekspert,
qolgan   ikkisi   bahslashuvchi   jamoalarga   ajratiladi.   Ekspert   guruhi   jamoasi   x   va   h
undoshi ishtirok etgan so‘zlarni aralash holda aytaveradi, bu so‘zlardan bir jamoa
tarkibida   x   undoshi   ishtirok   etgan   so‘zlarni,   ikkinchi   jamoa   tarkibida   h   undoshi
ishtirok   etgan   so‘zlar   qatorini   yozib   boradilar.   Belgilangan   vaqtda   jamoalar   ishi
to‘xtatiladi. Ekspertlar jamoasi ikkala guruh ishlarini tekshirib beradi. Ish yakunida
o‘qituvchi uchala guruh ishlarini ko‘rib chiqib baholaydi.
10. “Kim notiq?” usuli.
O‘qituvchi   ekspert   bo‘lib   turadi.   Uchta   jamoaga   uchta   o‘   unlisi   ko‘proq
ishtirok   etgan   she’riy   matn   beriladi.   Guruhlar   kelishib   olib,   bittadan   notiq
tayinlaydi.   Ular   matnlarni   o‘qiydi.   Guruhning   boshqa   a’zolari   o‘   tovushi   ishtirok
etgan   so‘zlarni   farqiga   ko‘ra   ikkiga   ajratib   chiqadi.   Qaysi   jamoa   ikkala
topshiriqdan ham ball olsa, g‘olib bo‘ladi.
11. “Juftini top!” usuli.
Bunda tutuq belgisi ishtirok etgan so‘zlarning paronim juftlarini topish uchun
uchta jamoa bellashadi. Sardorlar bellashgan paytda qolganlar tutuq belgisi ishtirok
etgan   so‘z   qatnashgan   xalq   maqollaridan   topib   turadi.   Kimda   misol   ko‘p   bo‘lsa,
o‘sha jamoa g‘olibdir.
Da’vo –davo, ta’na-tana, qal’a-qala, she’r-sher. 
12.   “O‘rnini   top!”   usuli.   Bu   usul   mustahkamlovchi   xarakterda   bo‘lib   [ i]
unlisining   talaffuz   variantlari   o‘rgatib   bo‘lingandan   so‘ng   qo‘llaniladi.   Birnchi
guruh   o‘quvchilari   rasmda   ko‘rsatilgan   narsalarning   nomlarini   talaffuz   qiladi.
Ikkinchi   guruh   ularni   jadvalga   joylashtiradi.   Rasmda   (videoproyektor   yoki
plakatda   it,   ilon,   tipratikon,   ukki,   tulki,   bo‘ri,   sigir,   sichqon   kabilarning   rasmi
beriladi)  Birgina 8-sinf ona tili darsligida matnlar bilan ishlashga e’tibor qaratilgan. Bu
darslik   xalqaro   baholash   tizimi   bo‘lgan   PISA   dasturiga   turli   xil   topshiriqlarni
bog‘lashga harakat qilingan. Darslikdagi matnlar o‘quvchini o‘qish savodxonligini
oshirishga,   matnni   mantiqiy   fikrlashga,   turli   xulosalar   chiqara   olishga   qaratilgan.
Matnlarda o‘qish savodxonligini oshirish bilan bir qatorda grammatik topshiriqlar
ham   berilgab   bo‘lib,   bu   esa   o‘quvchilarning   yozma   nutqini   ham   rivojlantirishga
yordam   beradi.   8-sinf   darsligi   bo‘yicha   fikr   yuritayotgan   ekanmiz,   aynan   bir
mavzu   yuzasidan   matn   va   topshiriqlarni   tahlil   qilamiz.   Masalan:   76-77-darslar
“Gapning   ikkinchi   darajali   bo‘laklari   yuzasidan   tahlil”   mavzusiga   e’tibor
qarataylik. Unda Ulug‘bekning shogirti va buyuk allomamiz Farobiyga bog‘liq bir
matn   berilgan   [38,   b.105-106].   Bunda   har   ikki   matn   doirasidan   kelib   chiqqan
holatda   topshiriqlarni   tuzish   mumkin.   Aynan   bu   matnlarni   Blum   taksanomiyasi
[41,   b.18]   orqali   turli   topshiriqlar   o‘ylab   topish   mumkin.   Blum   taksanomiyasida
savollar   bosqichma   bosqich   tuziladi.   Har   bir   bosqichda   berilgan   savollar   matn
mazmunini   chuqurroq   tushunishga   va   tahlil   qilishga   qaratilgan   bo‘ladi.   Savollar
borgan sari murakkablashib boraveradi. 
Bilish.  1. Ikkinchi matn nima haqda?
2. Berilgan savolga Farobiy qanday javob berdi?
________________________________________
Tushunish.  1. Farobiy bunday javobi bilan nima demoqchi?
2. Nima uchun aynan Farobiyga bunday savol berdi?
__________________________________________________
Qo‘llash.  Ilmga nisbatan shunday ehtirom ko‘rsatish holatini hozir ham
uchratish mumkinmi?
Tahlil.  Nima uchun odamlarni Ulug‘bekning shogirtidan qay holatda xabar
olishi qiziqtirayapti?
______________________________________________________________
____
Sintez.  Har ikkala matnda ilm orqali qanday insonga xos bo‘lgan xislat
ifodalangan?
Shu   bilan   birga   birinchi   matn   yuzasidan   turli   savol   va   topshiriqlar   ham
tuzish   mumkin.   O‘quvchilarni   guruhlarga   bo‘lib,   har   bir   guruhga   bitta-bitta
topshiriq taqsimlab chiqsa ham bo‘ladi. Jumladan: 
1-topshiriq.
Matn nima haqda? Ulug‘bekning sevimli shogirdi kim?
2-topshiriq.
“Yo‘l libosini keltiringlar, otlar hozirlansin!” – Ulug‘bek tomonidan bunday
buyruq berilishiga sabab nima edi?
3-topshiriq . Ulug‘bek hasadgo‘ylarga  nisbatan qanday yo‘l tutdi?
4-topshiriq.
Hasadgo‘y kishi deganda qanday insonni tushunasiz?
5-topshiriq.
  “Ilm   ahlini   vaqti-vaqti   bilan   ziyorat   qilib,   holidan   xabar   olish   savobdir”
fikriga qanday munosabat bildirasiz? 
Yuqorida berilga savollar  orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini ham yozma, ham
og‘zaki bayon qilishi mumkin. Sizda, albatta, savol tug‘ilishi mumkin. Nima uchun
birdaniga   ikki   xil   shart,   chunki   bir   sinfda   25-30   o‘quvchi   bo‘lishi   mumkin.
Ularning   og‘zaki   va   yozma   nutqi   har   xil:   kimdir   fikrini   og‘zaki   yaxshi   bayon
qiladi, lekin juda imloviy xatolari ko‘p. Kimdir juda chiroyli yozadi, ammo og‘zaki
nutqida   bayon   qila   olmaydi.   Shu   orqali   o‘qituvchi   ma’lum   darajada   bir   natijaga
erisha oladi. O‘qituvchi qay yo‘l bilan bo‘lsa ham o‘quvchilarning ozgina bilimini
oshirishga harakat qiladi. 
Umuman   olganda   berilgan   topshiriqlarni   bajarish   orqali   o‘quvchilarning
firlash   doirasi,   dunyoqarashi   kengayadi.   Topshiriqlarga   javob   yozishda   o‘zi
o‘ylagan   fikrlarini   yozma   bayon   etish   uning   yozuv   ko‘nikmasini   ham
shakllantiradi.   Shu   mavzuda   grammatik   mashqlar   ham   berilgan:   150-topshiriq.
Matndan   ikkinchi   darajali   bo‘laklarni   aniqlang.   159-mashq.   Berilgan   so‘zlardan
foydalanib,  matndagi   aniqlovchilarni   sinonimlari  bilan  almashtiring.   Foydalanish
uchun   so‘zlar:   istiqomat   qilmoq,   buyuk,   muhtaram,   o‘zga,   mashhur,   qaror,
farmon   [39,   b.105-106].   153-topshiriq.   Yuqoridagi   berilgan   matndan
to‘ldiruvchilarni   aniqlang.   Bu   mavzu   ikki   dars   uchun   mo‘ljallanganligi   sababli
uyga  vazifa  sifatida  154-155-topshiriqlar   va  160-mashq  berilgan.  Bu  topshiriq  va
mashqlarda   so‘zlarning   ma’nosi   bilan   lug‘at   daftarga   ko‘chirish,   yod   olish,
jumlalarni   to‘g‘ri   tuzish,   “Zukko   tilshunos”   musobaqasini   o‘tkazish   kabi   shartlar
bor. 
Aynan maktab darsliklarida bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘quvchilarni mantiqiy
fikrlashga,   yozuv   ko‘nikmalarini   shakllantirishga   qaratilayotganligini   ko‘ramiz.
Darsliklarda   o‘zgarishlar   bo‘lsa-da,   o‘quvchilarda   yozma   nutq   ko‘nikmasida
kamchiliklar   juda   ko‘p.   Shuning   uchun   boshlang‘ich   sinf   darsliklarida   va   yuqori
sinf   darsliklarida   tilshunoslikning   orfografiya   bo‘limiga   oid   qoidalar,   mashqlar
kengroq   berilib   yoritilsa,   yozma   nutqimizda   uchraydigan   kamchiliklarni   ancha
qismini bartaraf etgan bo‘lamiz deb o‘ylayman. Birgina ona tili o‘qitish metodikasi
darsligida ham grammatikaning ko‘p qoidalari orfografiya o‘qitish bilan, ayniqsa,
aytilishi   yozilishiga   to‘g‘ri   kelmaydigan   so‘zlarning   imlosi   bilan   uzviy
bog‘liqligini,   bu   xil   imlo   qoidalarni   grammatik   ma’lumotsiz   o‘quvchi   ongiga
singdirish  qiyinligini,  umuman,  orfografiyani  grammatikasiz  o‘qitib  bo‘lmasligini
aytib   o‘tadi   [54,   b.237].   Shunday   ekan   ona   tili   darslarida   yozma   nutqni
rivojlantirish   uchun   turli   xil   mavzudagi   diktant,   bayon   va   insholarni   yozdirish o‘rinlidir.   Faqat   yozdirish   orqali   yozma   nutqni   rivojlantirish   qiyin   masala.
Topshiriq,   mashq   va   o‘quvchini   mantiqiy   fikrlashga   chorlovchi   matnlar   bilan
ishlash katta samara berishini kuzatamiz.
II bob bo‘yicha xulosa
Mazkur   bobda   imloga   doir   o‘quv   materiallarining   metodik   ta’minotini
takomillashtirish   bo‘yicha   tavsiyalar,   yangicha   yondashuvlar   taqdim   qilindi.
Umumta’lim   maktablarida   imlo   o‘qitishda,   asosan,   imloviy   mashqlardan   unumli
foydalanish   lozim.   O‘quvchilarga   adabiy   talaffuzni,   imloni   o‘rgatish   mashqlar
orqaligina amalga oshiriladi. Imloviy mashqlar  ko‘nikma va malakani hosil qiladi.
Topshiriqlar   esa,   o‘quvchini   bilim   olishga   yo‘naltiradi,   fikrlashga   undaydi.
Izlanishlarimizning mazkur ikkinchi bobi bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelindi:
1.   Imlo   o‘qitishda   topshiriqlar   mazmuni   iboralar,   xalq   maqollari,   aforizmlar,
donolar   o‘giti,   hadislardan   iborat   bo‘lsa,   dars   har   tomonlama   samarali   bo‘lishi
asoslandi.
2. Talaffuzi qiyin tovushlar ustida ishlanganda, albatta, tovushlar talaffuz holati
aks   etgan   oksilografik   chizmalardan   foydalanish   o‘quvchilarda   adabiy   talaffuz
ko‘nikmasining shakllanishiga olib kelishi asoslandi. 
3. Imlo o‘qitishda omonim va paronim so‘zlardan foydalanildi va   ayrim nutq
tovushlarining aniq  talaffuzi   (o‘  unlisi,  h  va x  undoshlari, hatto  urg‘u  mavzusi)ni
qulay o‘rgatishga erishildi.
4.   Umumta’lim   maktablarida   imlo   o‘qitish   jarayonida   mavzuni   o‘quvchi
o‘rganayotgan   biror   xorijiy   tilga   qiyoslab   tushuntirish   har   tomonlama   foydali
bo‘lishi,   avvalo,   o‘z   ona   tilidagi   nutq   tovushlarini   talaffuz   qilganda   uni   rus   yoki
ingliz   tili   tovushlari,   so‘zlari   bilan   taqqoslasa,   tezroq   tushuncha   hosil   bo‘lishi,
ayniqsa,  urg‘u mavzusida  qo‘l  kelishi  ma’lum  bo‘ldi. Qolaversa,  tillar  o‘rtasidagi
integratsiyani ham ta’minlashi aniqlandi.
5.   Bir   paytning   o‘zida   adabiy   talaffuz,   imlo   savodxonligi,   lug‘at   boyligining
oshishi   va   fikrlay   olish   malakalarini   shakllantirishga   yo‘naltirilgan   maxsus
topshiriqlar   tizimi   ishlab   chiqilib,   dars   jarayonida   qo‘llab   ko‘rildi   va   nutqiy
malakalarni kompleks tarzda shakllantirishga erishildi.
6.   Imlo   o‘qitishda   darslik   materiali   yetarli   bo‘lmasligiga   yana   bir   asos   shuki,
mamlakatning   turli   hududlari   bilan   bog‘liq   turli   nutq   tovushlari   talaffuzida muammolar   borligi   aniqlandi,   darsliklar   tuzishda   tovushlar   talaffuzining   hududiy
muammolarini  inobatga olish yoki maxsus imloviy mashq va topshiriqlar tizimini
joriy qilish lozimligi ta’kidlandi.
7.   5-sinfda   imlo   o‘qitishda   bugungi   o‘quvchilarning   tasavvuri,   dunyoqarashi,
qiziqishlari   inobatga   olingan   rasmlardan   foydalanilganda,   dars   samaradorligining
oshgani ma’lum bo‘ldi.
8.   5-sinf   o‘quvchilarining   yosh   xususiyatlarini   hisobga   olib,   ular   bilan   imlo
o‘qitishni   didaktik   o‘yinlar   asosida   tashkil   etish   yaxshi   samara   beradi.   Bir
tomondan   o‘quvchi   mavzu   haqida   ma’lumotga   ega   bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan
hamkorlikda   ishlash,   tezkorlik,   hozirjavoblik   va   to‘g‘ri   talaffuz   ko‘nikmalariga
ham ega bo‘lgani kuzatildi.
III  BOB. 
IMLOGA DOIR TAKOMILLASHTIRILGAN 
O‘QUV MATERIALLARINING AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI
3.1
§.  O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining mazmuni Ta’lim tizimining umumiy o‘rta ta’lim bosqichida o‘quvchilarni ona tili o‘quv
predmeti asosida mustaqil ishlashga, o‘z fikrini og‘zaki va yozma shakllarda ravon
va   ta’sirchan   ifodalay   olish   ko‘nikmalarini   shakllantirish   bugungi   ta’lim   oldida
asosiy vazifa sifatida turibdi. Zero, o‘quvchilarni ma’rifatli, bir so‘z bilan aytganda
barkamol   shaxs   sifatida   tarbiyalashga   alohida   ahamiyat   berilishi   talab   etilmoqda.
Bu  jarayonda  yosh  avlodning  jamiyat  rivojiga mos  bilim, ko‘nikma va  malakalar
sohibi   bo‘lishi   muhimligini   ta’kidlash   lozim.   Jumladan,   umumta’lim
maktablarining   5-sinf   o‘quvchilarida   ona   tili   fani,   xususan,   imlo   bo‘limi   orqali
adabiy   talaffuz,   to‘g‘ri   yozish   (imlo   qoidalari)ni   ko‘nikma   sifatida   shakllantirish,
shuning barobarida ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, jozibali og‘zaki va
yozma nutqning asosi  bo‘lgan so‘z boyligini oshirish bugungi ona tili ta’limining
mazmuni   va   maqsadini   tashkil   etadi.   Uni   amalga   oshirish   ona   tili   ta’limi   oldiga
zamonaviy   pedagogik   texnologiyadan   foydalanish,   innovatsion   loyihalar   yaratish
muammosini   ham   qo‘ymoqda.   Shu   jihatdan   olib   qaraganda   umumiy   o‘rta   ta’lim
yo‘nalishida   tadqiq   qilinishi   lozim   bo‘lgan   muhim   masalalar   tizimida
o‘quvchilarda imloga oid o‘quv materiallar asosida mustaqil, ijodiy fikrlash hamda
o‘z   fikrini   nutq   sharoitiga   mos   holda   to‘g‘ri   va   ravon   ifodalash   malakasini
shakllantirish   hamda   takomillashtirishning   pedagogik   tizimini   ishlab   chiqish,   uni
tatbiq   etishning   yangi   metodik   yondashuvlarini   joriy   etish   va   amaliyotda   sinab
ko‘rish muhim pedagogik muammodir.
Mazkur   tajriba-sinov   ilmiy   tadqiqotning   eng   sermahsul   usuli   bo‘lib,   u
kuzatishlar jarayonida   tug‘ilgan g‘oya, taqdim etilgan tavsiya va ishlab chiqilgan
o‘quv topshiriqlarining samaradorlik darajasini belgilab beradi.
Tajriba-sinov   ishlarining   asosiy   maqsadi   ham   5-sinf   o‘quvchilarida  ona   tili
o‘quv   predmeti,   xususan,   imlo   bo‘limi   orqali   adabiy   talaffuz,   (imlo   qoidalari
asosida)   to‘g‘ri   yozishni   ko‘nikma   sifatida   shakllantirish,   shuning   barobarida
ularni   mustaqil,   ijodiy   fikrlashga   o‘rgatish,   jozibali   og‘zaki   va   yozma   nutqning
asosi   bo‘lgan   so‘z   boyligini   oshirish   ko‘nikmasini   shakllantirishning   didaktik
imkoniyatlarini   o‘rganish   va   mazkur   jarayonga   zamonaviy   usullarni   tatbiq   etish
bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdir.  Tajriba   jarayonida   5-sinf   o‘quvchilarining   darslik   materiallarini   o‘zlashtirish
imkoniyatlari aniqlandi va bu jarayonda ona tili o‘quv predmeti  o‘qituvchilarning
imlo   bo‘limini   tushuntirish   yuzasidan   kasbiy-pedagogik   tayyorgarlik   darajalari
aniqlandi. O‘quvchilarni anketa yordamida mustaqil, ijodiy fikrlashga undaydigan
maxsus   imloviy   mashq   va   topshiriqlarga   bo‘lgan   qiziqishlari,   shuningdek,   bilim
darajalari aniqlandi. Yana quyidagilar ham ma’lum bo‘ldi:
– 5-sinf o‘quvchilarining nutq tovushlari haqidagi bilimlari aniqlandi;
– o‘qituvchilarning ona tili darslari, xususan, imlo bo‘limini o‘qitishda darslik
va   boshqa   ko‘rgazmali   vositalardan   foydalanishdagi   yutuq   va   kamchiliklar
aniqlandi; 
–qiziqarli,  noan’anaviy, ijodiy  izlanishga  asoslangan   imloga doir  mashq  va
topshiriqlarga   nisbatan   o‘quvchilarning   munosabatini   aniqlash   hamda   fikrlarni
umumlashtirish maqsadida anketa-savol javoblari o‘tkazildi;  
–ta’kidlovchi   tajriba-sinovda   aniqlangan   kamchiliklarni   bartaraf   etish   usul,
shakl   va   vositalari   aniqlanib,   5-sinfda   qiziqarli,   noan’anaviy   ijodiy   izlanishga
asoslangan   imloga   doir   mashq   va   topshiriqlar   asosida   o‘quvchilarda   adabiy
talaffuz hamda imloga oid ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi  ishlab chiqildi.
Ijodiy   izlanishga   asoslangan   imloga   doir   topshiriqlar,   imloviy   mashqlar
orqali,   avvalo,   o‘quvchining   har   bir   nutq   tovushini   to‘g‘ri   talaffuz   qila   olishiga,
to‘g‘ri   yoza   olishiga,   nasriy   va   she’riy   matnlarni   ifodali   o‘qiy   olishiga,   o‘rtaga
qo‘yilgan muammo haqida shaxsiy fikrini og‘zaki va yozma shakllarda mazmunli
ifodalay   olishiga   e’tibor   qaratildi.   Zero,   sanab   o‘tilganlarga   nisbatan   o‘quvchida
ko‘nikma   shakllantirish   bugungi   kundagi   eng   dolzarb   va   muhim   pedagogik
muammolardan   biri   hisoblanadi.   Shuning   uchun   5-sinf   o‘quvchilarida   ona   tili
darslari   orqali   ijodiy  fikr   mahsulini   nutq  vaziyatiga   mos   ravishda   to‘g‘ri   qo‘llash
malakalarini shakllantirish talab etiladi.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida quyidagi ilmiy faraz tekshirib ko‘rildi va o‘z
isbotini topdi:
–   o‘quvchilarda   ijodiy   fikrlash   ko‘nikmasini   imloviy   topshiriqlar   orqali
shakllantirish;
–   imlo   o‘qitish   jarayoni   maxsus   o‘rganilib,   undagi   kamchiliklar,   ularning sabablari aniqlanib, bartaraf etish yo‘llari va omillari ishlab chiqildi;
–   talaffuzi,   imlosi   qiyin   bo‘lgan   tovushlarni   o‘rgatishning   ahamiyati   va
didaktik imkoniyatlari anglangan holda metodik jihatdan to‘g‘ri tatbiq etildi;
–   o‘quvchilarga   talaffuzi   va   imlosi   qiyin   bo‘lgan   tovushlarni   o‘rgatishning
mazmuni, shakl, usul va vositalari ishlab chiqildi;
–   o‘quvchilarda   ijodiy   tafakkurni   shakllantiradigan,   o‘z   fikrini   turli
shakllarda   to‘g‘ri   va   ravon   ifodalay   olish   ko‘nikmasini   paydo   qilishga
yo‘naltirilgan   hamda   samaradorlik   darajasi   aniqlangan   ilmiy-metodik   tavsiyalar
ishlab chiqildi. 
Shakllantiruvchi   tajriba-sinov   ishlarining   maqsadini   amalga   oshirish   uchun
quyidagi  vazifalar bajarildi:
– o‘qituvchilar ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar bilan tanishtirildi;
–   ishlab   chiqilgan   ilmiy-metodik     tavsiyalar   dars   jarayoniga   to‘liq   tatbiq
etildi;
–   olingan   natijalarga   ko‘ra   ishlab   chiqilgan   ilmiy-metodik   tavsiyalar
takomillashtirildi.
–   5-sinf   o‘quvchilarida   adabiy   talaffuz   va   imlo,   so‘z   zaxirasini   boyitish,
mustaqil   ishlay   olish   ko‘nikmalarini   shakllantirishning   yoritilmagan   qirralari
aniqlandi   va   kelajakda   olib   boriladigan   ilmiy   tadqiqot   ishlariga   material   bo‘la
oladigan tavsiyalar berildi.
Umumta’lim   maktablari   ona   tili   darsliklarida   imloga   oid   o‘quv
materiallarining  tarkibi   va  imlo  o‘qitishning  bugungi  holatini   aniqlash   maqsadida
dastlab tajriba-sinov maydonchalari aniqlab olindi.  
3.2. Tajriba-sinov natijalari tahlili.
Tajriba-sinovda   jami   145   nafar   o‘quvchi   ishtirok   etdi.   Shundan   75tasi   sinov
guruhiga,   70   nafari   nazorat   guruhiga   olindi.   Tajribaning   dastlabki   kunlarida
nazorat sinflaridan ham, tajriba sinflaridan ham yozma ishlar olindi. Bizga ikkala
guruhning   ham   darslarni   o‘zlashtirish   darajasi   deyarli   bir   xil   ekanligi   ma’lum
bo‘ldi.   “Uzuk   voqeasi”,   “Yosh   tabiatshunoslar”,   “Vatan   mo‘tabar”   kabi
mavzularda sinash uchun yozma ishlar olindi. 
Olingan natijalardan o‘qitish samaradorligini baholash mezoni birdan kattaligi va   bilish   darajasini   baholash   mezoni   noldan   kattaligini   ko‘rish   mumkin.   Bundan
ma’lumki,   tajriba   guruhidagi   o‘zlashtirish   nazorat   guruhidagi   o‘zlashtirishdan
yuqori   ekan.   Demak,   5-sinf   o‘ quvchilarida   imloviy   mashqlar   bo‘yicha   amaliy
ko‘nikma   va   malakalarni   shakllantirishning   o‘zlashtirish   darajasini   aniqlash
yuzasidan o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari samarador ekan.
Tajribaning   dastlabki   kunlarida   nazorat   sinflaridan   ham,   tajriba   sinflaridan
ham   yozma   ishlar   olindi.   Bizga   ikkala   guruhning   ham   darslarni   o‘zlashtirish
darajasi   deyarli   bir   xil   ekanligi   ma’lum   bo‘ldi.   “Qanotli   do‘stlar”,   “Bobomning
o‘gitlari”, “Bizning ko‘cha” kabi mavzularda sinash uchun yozma ishlar olindi. 
Samarqand   shahridagi   5-umumta’lim   maktabida   olib   borilgan   tajriba-sinov
jarayonida o‘quvchilar nutqida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
– og‘zaki nutqida mahalliy til hisoblangan sheva elementlari sezilib turibdi;
–   yozma   nutqda,   asosan,   jumla   tuzishda   qiynaladi.   Imlosida   xatoliklar   bor.
“Mening shahrim”   mavzusida tajriba hamda nazorat  guruhlaridan olingan bayon
natijalari o‘quvchilarning 80%da mazkur xatolar borligini ko‘rsatdi:
– o‘quvchilarning lug‘at  boyligi  nutqiy  talabga  javob bermasligi   hollari   ham
sezildi.   Aslida,   kishida   so‘z   zaxirasi   nochor   bo‘lsa,   nutqida   ko‘plab   uslubiy
xatoliklarga   yo‘l   qo‘yadi.   O‘quvchilarda   og‘zaki   nutq   va   imloviy   savodxonlik
ko‘nikmalari   shakllanishida   o‘qituvchilarning   ta’siri   katta   ekanligi   barchaga
ma’lum.   Umuman,   darsni   qanday   tashkil   qilish   o‘qituvchining   to‘plagan
malakasiga   bog‘liq.   Umumta’lim   maktablarida   nutq   o‘stirish   bilan   bog‘liq
muammolarning bir uchi maktab o‘qituvchilariga ham borib taqalmoqda. Tajriba-
sinov   jarayonida   shunday   holatlarga   duch   kelindiki,   ayrim   o‘qituvchilar   ona   tili
ta’limidan   ko‘zlangan   asosiy   maqsad   nima   ekanligi   haqida   aniq   tasavvurga   ega
emas.   Hatto   tajribali   o‘qituvchilar   ham   darsni   interfaol   usulda   turli   zamonaviy
metodlarda   qiziqarli   tashkil   eta   olsalar-da,   o‘quvchilarga   og‘zaki   va   yozma   nutq
bo‘yicha   zarur   ko‘nikma   va   malakalarni   bera   olmayapti.   O‘quvchilarni   darsga
qiziqtira   olish   yaxshi,   albatta,   biroq   shu   qiziqtirish   orqali   o‘quvchini   ijtimoy
hayotda   doim   asqotadigan   bilim   va   malakalar   bilan   qurollantirish   asosiy   masala
ekanligini   doim   esda   tutish   zarur.   Ushbu   holatning   sababini   aniqlash   maqsadida
Samarqand   shahridagi   maktab   o‘qituvchilari   orasida   anketa-so‘rov   o‘tkazilganda quyidagilar aniqlandi:
1. O‘quvchilarning ko‘p imloviy xato qilishiga sabab nima?   Javoblar   (aynan
keltirildi.):
 Uquvsizlik.
 O‘quvchilarning og‘zaki nutq tizimini mustaqil bilishi, nutq faoliyatini
o‘stirish lozim.
 O‘quvchilarni nutq tovushlari bilan  yetarli darajada tanishtirish kerak
edi.
 Grammatik a  yaxshi o‘qitilmayapti.
Samarqand   shahridagi   15-umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabi   o‘qituvchilarining
mazkur savolga bergan javobi, umuman, quyidagi mazmunda:
“O‘quvchini   to‘g‘ri   nutq   qila   olish,   imlo   xatosiz   yoza   olishi   uchun   og‘zaki
nutqini to‘g‘ri tarbiyalash, ravon qilish zarur”.
Yuqorida   keltirilgan   javoblardan   ko‘rinib   turibdiki,   ona   tili   darslarini   tashkil
qiluvchi,   o‘quvchilarni     tildan   mohirona   foydalanishga   o‘rgatuvchi   mutaxassislar
KTMD   talablarini,   ona   tilidan   DTS   malaka   talablari   va,   eng   muhimi,   ona   tili
ta’limining maqsadini aniq bilishmaydi. 
Nutq   o‘stirishdan   ko‘zlangan   maqsad   ham   ona   tili   o‘qitishning   asosiy
maqsadidan kelib chiqadi. Aytish kerakki, o‘qituvchilar orasida savolga aniq javob
berganlar   ham   bor.   Jumladan,   15-umumta’lim   maktabi   o‘qituvchisi   (Nasimova
Oynur)   “Nutq   o‘stirishdan   ko‘zlangan   maqsad   o‘quvchilarning   so‘z   boyligini
kengaytirish,   talaffuz   me’yorlarini   shakllantirish,   nutq   va   muloqot   madaniyatini
rivojlantirish,   mustaqil   fikrlay   oladigan   barkamol   avlodni   kamol   toptirish   lozim,
ko‘p badiiy asar o‘qitish kerak shunda o‘quvchi bexato yozadi”, deb javob yozgan.
Ammo bu o‘qituvchilarning umumiy soniga nisbatan juda ozdir. 
“Og‘zaki   va   yozma   nutq   mavzusi   orqali   o‘quvchilar   qanday   ko‘nikma   yoki
malakaga   ega   bo‘lishi   kerak?”,   degan   savolga   mantiqli   javobning   o‘zi   yo‘q.
Ba’zilari     havola   qilinadi.   Mavzular   bir-biri   bilan   o‘zaro   aloqada,   bog‘liqlikda
bo‘ladi.   Ayniqsa,   nutq   shakllari   bo‘limini   o‘qitishda   uni   tilning   boshqa
(leksikologiya,   so‘z   tarkibi,   morfologiya,   sintaksis   va   sh.   k.)   birliklariga   bog‘lab
tushuntirish katta natija beradi. So‘z jumla tarkibida o‘z ma’nolarini to‘la namoyon etgani   kabi   nutq   tovushlari   ham   so‘z   tarkibida,   she’riy,   nasriy   va   dramatik
matnlarda   o‘ziga   xos   barcha   xususiyatlarini   ifoda   etadi.   Bundan   tashqari,   nutq
o‘stirish mashg‘ulotlarida mazkur mavzuni boshqa fanlar (masalan: tarix, adabiyot,
san’at...) bilan bog‘lab o‘qitish o‘quvchilarga nihoyatda foydalidir. 
Til  o‘qitishda,  aynan, og‘zaki  nutq o‘stirish uchun umumta’lim maktablarida
davrning   mazkur   talabiga   mos   sharoitlar,   imkoniyatlar   davlat,   ya’ni   buyurtmachi
tomonidan   yaratib   qo‘yilgan.   Biroq   til   o‘rganish   masalasi   na   davlatning   na
jamiyatning ehtiyojini  qondira olmayapti. Bu borada yaqindan yordamchi  ona tili
darslari   bo‘lishi   zarur   edi,   ammo   o‘quvchi   o‘z   milliy   adabiy   tilida   fikrini   turli
shakllarda ravon, jozibali ifodalay olmaydi. 
O‘qituvchilarning   bu   boradagi   fikrlarini   bilish   maqsadida   anketaga   quyidagi
savol kiritilgan edi:
“Nutq o‘stirishda qaysi texnologiya yoki metodlardan foydalanasiz?”
“Lug‘at   bilan   ishlash,   gap   tuzish”   (15-maktab   o‘qituvchisi   Nasimova
Oynurning javobi aynan keltirildi).
“Shevaga xos so‘zlarga, harf birikmalariga bog‘lab” (Payariq tumanidagi 53-
umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Ochilova Feruza.)
Ayrim   o‘qituvchilar   aqliy   hujum,   ko‘rgazmali   vositalar   qolganlari   esa   rasm
yoki   til   sathlariga   bog‘lab   tushuntirishini   bayon   qilgan.   Ko‘rinib   turibdiki,   bu
borada ham o‘qituvchilarga metodik yordam berish zarur. 
Dalillarni   keltirishning   boisi   shuki,   ta’limning   asosiy   vositasi   hisoblangan
darsliklar   mazmun-mundarijasi  talab   darajasida  bo‘lishi,  o‘quv  materiallari   ta’lim
maqsadi   ro‘yobiga   xizmat   qila   olishi   shart,   aks   holda   ayrim   o‘qituvchilarning
tushunchasi   o‘zgarguncha,   mohiyatni   anglaguncha   yosh   avlod,   davlat   kutib
turolmaydi. Darsliklardagi o‘quv materiallari shunday tuzilishi kerakki, o‘quvchini
bilim  olishga,  mustaqil  ishlashga  avtomatik ravishda  yo‘naltirsin. Respublikaning
markazdan   uzoq,   chekka   tumanlarida   faoliyat   ko‘rsatayotgan   o‘qituvchilarning
saviyasi   past   ekanligi,   asosan,   darslik   materiallaridan   foydalanishni,   darsliklar
davlatning eng uzoq qishloqlariga (u yerga ona tili  o‘qituvchilari  yetib bormagan
bo‘lishi mumkin) ham yetib borishini inobatga olsak, barcha e’tiborni mukammal
darslik yaratishga qaratish lozim bo‘ladi. Nutq   o‘stirish   mashg‘ulotlari   uchun   tuzilgan   o‘quv   materiallari   –   o‘quv
topshiriqlarini amaliyotda sinashdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilar edi: 
–   5-6-sinf   o‘quvchilarida   yozma   nutq   o‘stirish   mashg‘ulotlariga   bo‘lgan
qiziqishni orttirish;
– 5-6-sinf o‘quvchilarida yozma nutq o‘stirish, mustaqil matn yaratish, ijodiy
yondashish,   muntazam   o‘z   so‘z   boyligini   oshirib   borish   va   shular   zamirida   o‘z
fikrini turli shakllarda to‘g‘ri va ravon ifodalay olishiga erishish;
–   o‘quvchini   tavsiya   etilgan   nutq   o‘stish   mashq   va   torshiriqlarni   bajarish
jarayonida  o‘z kuchiga, o‘zi mustaqil ishlay olishiga ishontirish;
–   mavzuga   doir   nazariy   ma’lumotlarni   ham   o‘quvchining   amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirishga bo‘ysundirish;
–   nutq   o‘stirishga   doir   mashq   va   topshiriqlar   orqali,   avvalo,   o‘quvchining
nafaqat   matn   tuzish,   balki,   matndan   so‘zlarni   ajratish,   almashtirish,   tushirib
qoldirilgan so‘zni yoki jumlani topish , o‘rtaga qo‘yilgan muammo haqida shaxsiy
fikrini og‘zaki va yozma shakllarda mantiqli ifodalay olishiga erishish.
Tajriba-sinov  ma’lum   ma’noda  o‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsadni   va  undan  kelib
chiquvchi vazifalarni uddaladi. Buni quyidagi jadvallarda aniq ko‘rish mumkin.
Samarqand shahri 15-umumta’lim maktabi o‘quvchilarining
o‘zlashtirish darajalari
3.2.1-jadval
Me’yorlar Sinf, sinf turi
(nazorat yoki
tajriba) O‘quv-
chilar
soni Xulosa chiqargan o‘quvchilar soni
To‘g‘ri va
to‘liq
bajarilgan Qisman   to‘g‘ri   va
xato   bilan
bajarilgan Xato
bajarilgan
T.bo
sh. T.yaku
ni T.bosh. T.yakuni T.bos
h. T.ya
kuni
Jumlani
to‘g‘ri
yoza olish 5 - a   sinf,
nazorat  30 6 6 13 15 11
9
5 - b   sinf,
tajriba 32 7 14 14 13 11
5
So‘zni 5 - a   sinf, 30 7 5 12 12 11 13 to‘g‘ri
yoza olish nazorat 
5 - b   sinf,
tajriba 32 4 18 15 11 13
3
Jumlani
davom
ettira olish 5 - a   sinf,
nazorat  30 5 7 11 16 14
7
5 - b   sinf,
tajriba 32 6 17 13 15 13
0
So‘zlarda
n   matn
tuza olish 5 - a   sinf,
nazorat  30 8 4 12 14 10
12
5 - b   sinf,
tajriba 32 9 15 13 14 10 3
Ijodiy
matn   tuza
olish 5 - a   sinf,
nazorat  30 7 6 11 13 12
11
5 - b   sinf,
tajriba 32 8 16 15 15 9
1
Yozma
matn tuzib
gapirib
bera olish 5 - a   sinf,
nazorat  30 9 8 13 14 8
8
5 - b   sinf,
tajriba 32 8 16 14 10 10
6
Jami 5 - a   sinf,
nazorat  18 0 42 36 72 84 66 60
5 - b   sinf,
tajriba 1 92 42 96 84 78 66 18
O‘rtachasi 5 - a   sinf,
nazorat  30 7 6 1
2 14 11 10
5 - b   sinf,
tajriba 32 7 16 1
4 13 11 3
Payariq tumanidagi 53-umumta’lim maktabi o‘quvchilarining
o‘zlashtirish darajalari
3.2.2-jadval
Me’yorlar Sinf, sinf turi O‘quv- Xulosa chiqargan o‘quvchilar soni (nazorat yoki
tajriba) chilar
soni To‘g‘ri va
to‘liq
bajarilgan Qisman   to‘g‘ri   va
xato   bilan
bajarilgan Xato
bajarilgan
T.bos
h. T.yaku
ni T.bosh. T.yakuni T.bos
h. T.yak
uni
Jumlani
to‘g‘ri
yoza olish 6 - a   sinf,
nazorat  31 3 5 11 13
17 13
6 - b   sinf,
tajriba 30 4 12 14 11
12 7
So‘zni
to‘g‘ri
yoza olish 6 - a   sinf,
nazorat  31 5 7 13 15
13 9
6 - b   sinf,
tajriba 30 5 14 11 10
14 6
Jumlani
davom
ettira olish 6 - a   sinf,
nazorat  1 4 6 12 14
15 11
6 - b   sinf,
tajriba 30 3 13 16 10
11 7
So‘zlarda
n   matn
tuza olish 6 - a   sinf,
nazorat  31 7 5 15 16
9 10
6 - b   sinf,
tajriba 30 6 15 15 12 9 3
Ijodiy
matn   tuza
olish 6 - a   sinf,
nazorat  31 4 5 14 10
13 16
6 - b   sinf,
tajriba 30 5 16 16 10
9 4
Yozma
matn tuzib
gapirib
bera olish 6 - a   sinf,
nazorat  31 7 8 13 16
11 7
6 - b   sinf,
tajriba 30 7 14 12 13
11 3 Jami 6 - a   sinf,
nazorat  1 86 30 36 78 84 78 66
6 - b   sinf,
tajriba 1 80 30 84 84 66 66 30
O‘rtachasi 6 - a   sinf,
nazorat  31 5 6 13 14 13 11
6 - b   sinf,
tajriba 30 5 14 14 11 11 5
3.2.2 - jadval   natijalariga   asoslangan   holda   5-6-sinf   o‘quvchilarida
takomillashtirilgan   pragmatik   o‘quv   topshiriqlarni   o‘zlashtirish   bo‘yicha   amaliy
ko‘nikma   va   malakalar   shakllantirilganligi   darajasini   aniqlash   yuzasidan   tajriba
boshi   va   yakunidagi   natijalarni   aniqlash   bo‘yicha   tajriba   hamda   nazorat
guruhlaridagi o‘zlashtirishlari matematik-statistika metodi yordamida tahlil qilindi.
Tajriba-sinovda   200   nafardan   ortiq   o‘quvchi   qatnashdi.   Hisoblash   qulay   bo‘lishi
uchun   reprezentativ   ravishda   tajriba-sinov   o‘tkazgan   har   bir   maktabdan   bittadan
sinf   olib   145   nafar   o‘quvchi   bilan   o‘tkazilgan   sinov   natijalarini   ko‘rib   chiqamiz.
Shundan  70 nafar o‘quvchi tajriba guruhida va 75 nafar o‘quvchi nazorat guruhida
qatnashishdi.   Natija   ijobiy   tomonga   o‘zgargan.   Sinfda   imlo   xato   bilan   yozadigan
o‘quvchilar soni 12 % ga kamaydi.
III  bob bo‘yicha xulosa
Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   ona   tili   darsliklarida   imloga   oid   o‘quv
materiallarining  tarkibi   va  imlo  o‘qitishning  bugungi  holatini   aniqlash   maqsadida
dastlab   tajriba-sinov   maydonchalari   aniqlab   olindi.   Tajriba-sinov   ishlari
Samarqand   shahridagi   15-maktabda,   Payariq   tumanidagi   53-maktablarda
o‘tkazildi.
Tajriba-sinovda jami 145   nafar   o‘quvchi ishtirok etdi. Shundan 70 tasi sinov
guruhiga,   75   nafari   nazorat   guruhiga   olindi.   Tajribaning   dastlabki   kunlarida
nazorat sinflaridan ham tajriba sinflaridan ham yozma ishlar olindi.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimida   imloga   doir   o‘quv   materiallarining   metodik
ta’minotini   takomillashtirishning   ishlab   chiqilgan   mazmun,   usul   va   vositalari amaliyotda sinab ko‘rildi. Olingan natijalar mazkur bobda tahlil qilindi, izohlandi.
Umumlashtirilgach, quyidagi xulosalarga kelindi.  
1.   O‘tkazilgan   tajriba-sinov   ishlari   5-sinf   ona   tili   darslarida   qo‘llangan
qiziqarli,   noan’anaviy,   ijodiy   izlanishga   asoslangan   imloga   doir   mashq   va
topshiriqlar orqali ,  avvalo, o‘quvchining har bir nutq tovushini to‘g‘ri talaffuz qila
olishiga,   to‘g‘ri   yoza   olishiga,   nasriy   va   she’riy   matnlarni   ifodali   o‘qiy   olishiga,
o‘rtaga   qo‘yilgan   muammo   haqida   shaxsiy   fikrini   og‘zaki   va   yozma   shakllarda
mazmunli   ifodalay   olishiga   erishish   mumkinligi   asosla ndi,   bu   esa   ta’lim-tarbiya
jarayonida katta ahamiyatga ega ekanligi ochib berildi.
2.   5-6-sinf   o‘quvchilarida   adabiy   talaffuz,   imloviy   savodxonlik,   mustaqil
ishlay   olish,   muntazam   so‘z   boyligini   oshirib   borishga   erishishda   qo‘l   keladigan
yangi   pedagogik   texnologiyalardan   samarali   foydalanish   imlo   ta’limini
takomillashtirishi ma’lum bo‘ldi. 
3.   O‘quvchilarning   imlo   bo‘limida   olgan   bilimlari   va   uning   ko‘nikmaga
aylanish   darajasi,   foydalanilgan   o‘quv   materiallarining   o‘zlashtirilish   jarayoni
maxsus   o‘rganilib,   undagi   kamchiliklar,   ularning   sabablari   aniqlangach,   mazkur
kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari, omillari ishlab chiqildi.  Shuningdek, didaktik
imkoniyatlari anglagan holda metodik jihatdan to‘g‘ri tatbiq etildi.
4. Tajriba-sinov o‘qitish samaradorligining baholash mezoni birdan kattaligi
va bilish darajasining baholash mezoni noldan kattaligini ko‘rsatdi. Demak, tajriba
guruhidagi   o‘zlashtirish   nazorat   guruhidagi   o‘zlashtirishdan   yuqori   ekan.   5-sinf
dars jarayonida imlo o‘qitish bo‘yicha qo‘llanilgan tavsiyalar  nutqiy ko‘nikma va
malakalarnining    shakllanganlik   darajasini   aniqlash  yuzasidan   o‘tkazilgan  tajriba-
sinov ishlari samarador ekanligi isbotlandi.
UMUMIY XULOSALAR
1. O‘zbek   o‘quvchilariga   ham   nafaqat   nutq   organlari,   shuningdek,
tovushlar   talaffuzi   holati   aks   etgan   maxsus   oksilografik   chizmalar   asosida   ta’lim berish,   imloviy   mashqlarga,   imkoni   boricha,   boshlang‘ich   sinflarda  ko‘proq   o‘rin
ajratish,   keyingi   sinflarda   ularga   o‘rni   bilan   har   sinfda   qaytib   turish   adabiy   til
me’yorlarini  egallashning muhim omili ekanligi tasdiqlandi. 
2 . Tilning   barcha   ifoda   vositalaridan   (maqol,   matal,   ibora,   tasviriy
ifodalardan)   foydalangan   holda   ona   tilidan   noan’anaviy   darslar   ham   tashkil   etish
mumkin. Xususan, musobaqa asosiga qurilgan mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali xalq
ijodiyoti   materiallaridan   unumli   foydalanib,   o‘zbek   tilida   nutq   tovushlari   va
ularning   o‘ziga   xos   akustik   xususiyatlarini   o‘rgatish   o‘qitish   samaradorligini
oshirishi aniqlandi. 
3. Imlo o‘qitishda omonim va paronim so‘zlardan foydalanilganda ayrim
nutq   tovushlarning   aniq   talaffuzini   (o‘   unlisi,   h   va   x   undoshlari,   hatto   urg‘u
mavzusini) qulay o‘rgatishga erishildi.
4. Umumta’lim maktablarida imlo o‘qitish jarayonida mavzuni o‘quvchi
o‘rganayotgan   biror   xorijiy   tilga   qiyoslab   tushuntirish   har   tomonlama   foydali
bo‘lishi,   avvalo,   o‘z   ona   tilidagi   nutq   tovushlarini   talaffuz   qilganda   uni   rus   yoki
ingliz   tili   tovushlari,   so‘zlari   bilan   taqqoslasa,   tezroq   tushuncha   hosil   bo‘lishi,
ayniqsa,  urg‘u mavzusida  qo‘l  kelishi  ma’lum  bo‘ldi. Qolaversa,  tillar  o‘rtasidagi
integratsiyani ham ta’minlashi aniqlandi.
5. Bir   paytning   o‘zida   adabiy   talaffuz,   imlo   savodxonligi,   lug‘at
boyligining   oshishi   va   fikrlay   olish   malakalarini   shakllantirishga   yo‘naltirilgan
maxsus topshiriqlar tizimi ishlab chiqilib, dars jarayonida qo‘llab ko‘rildi va nutqiy
malakalarni kompleks tarzda shakllantirishga erishildi.
6. Imlo   o‘qitishda   darslik   materiali   yetarli   bo‘lmasligiga   yana   bir   asos
shuki, mamlakatning turli  hududlari  bilan bog‘liq turli  nutq tovushlari  talaffuzida
muammolar   borligi   aniqlandi,   darsliklar   tuzishda   tovushlar   talaffuzining   hududiy
muammolarini  inobatga olish yoki maxsus imloviy mashq va topshiriqlar tizimini
joriy qilish lozimligi ta’kidlandi.
7. 5-6-sinfda   imlo   o‘qitishda   bugungi   o‘quvchilarning   tasavvuri,
dunyoqarashi,   qiziqishlari   inobatga   olingan   rasmlardan   foydalanilganda,   dars
samaradorligining oshgani ma’lum bo‘ldi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I .   Normativ-huquqiy hujjatlar 1. O‘zbekiston   Respublikasining   “ Ta’lim   to‘g‘risida ” gi   Qonuni.//
Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1997. – 64
b.
2. O‘zbekiston   Respublikasining   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”.//
Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1997. – 64
b.
3. O‘zbekiston   Respublikasining   “Yoshlarga   oid   davlat   siyosati
to‘g‘risida”gi   Qonuni.–“ICTWEEK   Uzbekistan–2016”   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari haftaligi.–2016-yil, 20-sentabr.
4.  Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Ona
tili. Adabiyot. – T.: Sharq, 1999. – 304 b.
5. Umumiy   o‘rta   ta’limning   ona   tili   fanidan   davlat   ta’lim   standarti   va
o‘quv dasturi.–Toshkent, 2017.–69 b.
6. O‘zbek   maktablarida   ona   tili   o‘qitish   konsepsiyasi.   –   Toshkent:
O‘zPFITI, 1993. – 21 b.
II. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti asarlari
7. Karimov   I.A.   Barkamol   avlod   –   O‘zbekiston   taraqqiyotining
poydevori. –T.: O‘zbekiston, 1998.– 182  b.
8. Karimov I.A.  Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat,
2008. –176 b.
I II.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
9. Mirziyo y ev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – T.: O‘zbekiston, 2016. – 212 b. 
10. Mirziyo    y   ev   Sh.M.      Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   
bilan birga quramiz.     –     Toshkent: O‘zbekiston, 2017.     –     488 b.   
IV.Monografiya, ilmiy risola, darslik, o‘quv va
 metodik qo‘llanmalar
11. Abdulahatova R., Yusupova T., Do‘sanov K. Til ta’limida uzviylik va
uzluksizlik. –T.:  2008. – 30 b.
12. Alavuddinova   N.   Ona   tili   darslarida   ijodiy   fikrlash   ko‘nikmasini
shakllantirish  metodikasi: ped. fan. nom-di diss. avtoref.TDPU. – T., 2008.– 24 b. 13. Asqarova   M.,   Qosimova   K.   O‘zbek   tili.   5-sinf   uchun   darslik.–17-
nashr.–T.: O‘qituvchi, 1993. –192 b.
14. Боровков A., Ғуломов A., Маърупов З., Шермуҳаммедов Т. Ўзбек
тили грамматикаси. Етти йиллик ва ўрта 5 – 6 синфлари учун дарслик. I қисм.
Фонетика ва морфология. –T:. Ўздавнашр, 1946 – 227 б.
15. Бонк   Н.   A.,   Котий   Г.   A.,   Лукянова   Н.   A.     Учебник   англиского
языка. – М.: Деконт,1999. – С.: 7. 
16. Davronov   I.   Algoritmik   mashq   va   uning   xususiyati.   Filologiya   va
usuliyot masalalari. Ilmiy –usuliy maqolalar to‘plami. – Buxoro,  2010. – 188-193-
b.
17. Фитрат Aбдурауф. Tанланган aсарлар. IV жилд. –T., 2006 –336 b.
18. Гулямов   A.   Meтодика   развития   учебно   -   рознователъной
активности учащиxся в протсессе преподования роднога (узбекского)  языка:
ДисDis. док. пед. наук. –T.: TГПИ, 1991. – 37 б.
19. Husanboyeva   Q.   Adabiy   ta’lim   jarayonida   o‘quvchilarni   mustaqil
fikrlashga o‘rgatishning ilmiy-metodik asoslari: ped. fan. dok-ri diss. avtoref. –T.:
TDPU, 2006. – 262 b.
20. Лернер Я. Дидактические основы методов обучения Текст. / И. Я.
Лернер.–М. : Педагогика, 1981. – 186 с.
21. Mahmudov   N.,   Nurmonov   A.,   Sobirov   A.,   Qodirov   V.,   Jo‘raboyeva
Z. Ona tili.   Umumta’lim maktabl a rining   5-sinfi uchun darslik. –   T .:   Ma’naviyat ,
2007. – 224 b.
22. Mahmudov   N.,   Nurmonov   A.,   Sobirov   A.,   Qodirov   V.   Ona   tili .
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. – T.: 2015. – 224 b.
23. Mahmudov   N.,   Sobirov   A.,   Sattorov   Sh.,   Toshmirzayeva   Sh.,
Mannopova D. Ona tili . Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik.
– T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-manbaa ijodiy uyi, 2020. – 192 b.
24. Mahmudov   N.   va   b.   Ona   tili.   Umumta’lim   maktablarining   8-sinfi
uchun darslik. –T., 2015. – 229 b.
25. Mengliyev B,.Suvonova   X. “Ona tili”ni emas, “Ona tili”dan o‘rgatish
kerak.  (Til va adabiyot ta’limi jurnali) 2017-yil, 10-son, 16-b. 26. Mirzaqulov   T.   Grammatika   o‘qitishning   lingvistik   asoslari.   –T.:
O‘qituvchi, 1994. –56 6.
27. Mirzayev   I.K.   O‘zbek   va   rus   tillari   grammatikalarida   fonetik
materiallarning  berilishi  haqida  ayrim   mulohazalar//QarDU  axborotnomasi,   2010.
–5-son. – 61 – 63-b. 
28. Mirzohidova H. O‘zbek maktablarida fonetikani qirg‘iz tiliga qiyoslab
o‘rganish :   p e d .   f a n .   n o m - d i   d i s s .   T D P I   –Toshkent, 1998. -143 b.
Mirtojiyev M. O‘zbek tili imlosi. – T.: Fan, 2013. – 424 b.  
29. Mirtojiyev M. O‘zbek tili fonetikasi. – T.: Fan, 2013 – 424 b.
3 0 . M u h i d d i n o v a   X .   Ta’lim   bosqichlarida   o‘zbek   tili   o‘qitilishi
uzluksizligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish   p e d .   f a n .
n o m - d i   d i s s .   T D P I   –Toshkent, 2011. -270 b.
31. Ne’matov H., G‘ulomov A., Abduraimova M., Qosimova N. Ona tili.
Umumta’lim maktablarining 5-sinfi uchun sinov darsligi. – T.: O‘qituvchi, 1997. –
170 b.
32. Ne’matov H., G‘ulomov A., Abduraimova M., Qosimova N. Ona tili.
Umumta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik.– T.: O‘qituvchi, 2000. –  144 b.
33. Ne’matov   H.,   G‘ulomov   A.,   Ziyodova   T.   O‘quvchilar   so‘z   boyligini
oshirish. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. –T.: O‘qituvchi,1996. – 125 b.
34. Неъматов  Ҳ.   Ўзбек  тили  тарихий  имлоси.  –T.:  Ўқитувчи,   1992  –
92 б.
35. Ne’matova   G.   Ijodiy   tafakkurni   rivojlantirish   texnologiyasi   va
o‘qituvchining mustaqil faoliyati. Ona tili o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalar.
–Toshkent, 2001. – 96 b.
36. Nurmonov   A.,   Sobirov   A.,   Qosimova   N.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   t ili.
Akademik   litseylar   va   kasb-hunar   kollejlarining   1-bosqich   talabalari   uchun
darslik.– Toshkent: Ilm ziyo,  2010. – 160  b .
37. Otamirzayeva   S.,   Yusupova   M.   O‘zbek   tili   (Fonetika,   grafika,
orfoepiya va orfografiya). O‘quv qo‘llanma, Toshkent-2004. 168-b.
38. Pedagogika Ensiklopediyasi. 2-jild. –T.: J – M.,  2012. – 223-b.
39. Qodirov   M.,   Ne’matov   H.,   Abduraimova   M.,   Sayfullayeva   R., Mengliyev B. Ona tili (umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik)
Toshkent-2019. 105-106-b.
4 0 . Р а м а з а н   Қ . , Қайюмий X. Грамматик. Сарф. Ўрта мактаблар учун
дарслик. I қисм. –T:.Ўқувпеддавнашр, 1937. –149 б. 
41. Saidov   M.   O‘zbek   maktablarining   5-sinflarida   ona   tili   ta’limi
jarayonida   tafakkurni   rivojlantiruvchi   o‘quv   topshiriqlari   va   ulardan   foydalanish
metodikasi: ped. fan. nom-di diss. avtoref.TDPU. –Toshkent, 2000.– 25 b.
42. Toshniyozova  R. Ona  tili  ta’limida kompetensiyaviy  yondashuv. (Til
va adabiyot ta’limi jurnali) 2018-yil, 8-son, 18-b.
43. Турсунов   У.,   Мухторов   A.,   Раҳматуллаев   Ш.   Ҳозирги   ўзбек
адабий тили. –T.: Ўзбекистон, 1992. – 321 b.
44. To‘xliyev   B.,   Shamsiyeva   M.,   Ziyodova   T.   O‘zbek   tili   o‘qitish
metodikasi.   O‘quv   qo‘llanma.   O‘zbekiston   Yozuvchilar   uyishmasi   Adabiyot
jamg‘armasi nashriyoti, T.: 2006. 192-b.
45. Усмонова Ў. Талаффуз маданияти. –T.: Фан, 1976. –124 б.
46. Усман   A.,   A визов   Б .   Ўзбек   тили   грамматикаси .   Биринчи   бўлим .
Фонетика ва морфология .   T ўлиқсиз ўрта ва ўрта мактаблар учун дарслик .–T:.
Ўздавнашр , 1939 .  –235  б .
47. Yuldasheva   N.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarida   lug‘aviy
sinonimlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi: ped.fan.
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilan diss.–T., 2002. –123b.
48. Yo‘ldosheva   D.   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   talablari   asosida
ta’lim maqsadini belgilashning didaktik asoslari.–T.: Fan, 2006. – 21-b.
49. Yusupova   Sh.   Ona   tili   ta’limi   samaradorligini     oshirish   va   ilg‘or
pedagogik   texnologiyalarni   joriy   etish:   ped.   fan.   nom-di   diss.   TDPI.   –T.,1998.–
137 b. 
50. O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati
.   5   jildlik.   2-jild.–T.:   O‘zME,   2004 .   –
562-b.
51. G‘oziyev E. Umumiy pedagogika. –T., 2010. – 222-b.
52. G‘ulomov A. O‘zbek tilida urg‘u. –T.: O‘zMU nashriyoti, 2009.– 134
b. 53. G‘ulomov   A.,   Ne’matov   H.   Ona   tili   ta’limi   mazmuni.   Ona   tili
o‘qituvchilari uchun qo‘llanma. –T.: O‘qituvchi, 1995. – 128 b.
54. G‘ulomov   Y.,   Rasulov   I.,   Rustamov   H.,   Mirzaahmedov   B.   Ona   tili
o‘qitish metodikasi, Toshkent: “VNESHINVESTPROM” 2019. 320-b.

ONA TILI MASHG‘ULOTLARIDA YOZMA NUTQ KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH MEZONLARI MUNDARIJA K i r i s h . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . I BOB. ONA TILI DARSLARIDA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI TAKOMILLASHTIRISH 1.1. Ona tili ta’limida yozma nutq ko‘nikmasini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida......................................................................................... 1.2. Imloga doir o‘quv materiallari mazmuni va ularning takomillashish jarayoni ......................................... ................................................................ 1.3. “Ona tili” dastur va darsliklarining imloga doir o‘quv materiallari yuzasidan tahlil ................................................................................... .......... 1-bob bo‘yicha xulosa............................................................................ II BOB. O‘QUVCHILARDA XATOSIZ YOZISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI 2.1. Imloga doir mashqlar va uning turlari........................................... 2.2. Mashq va topshiriqlar tizimi – imloviy ta’lim samaradorligining asos i .............................................. ................................................................ 2.3. Imloga doir o‘quv materiallarini interfaol usullardan foydalangan holda o‘qitish yo‘llari .......................................... ................................................... 2-bob bo‘yicha xulosa........................................................................... III BOB. IMLOGA DOIR TAKOMILLASHTIRILGAN O‘QUV TOPSHIRIG‘INING AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI 3.1. O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining mazmuni............................... . 3.2. Tajriba-sinov natijalari tahlili 3-bob bo‘yicha xulosa.............................................................................. . UMUMIY XULOSALAR . FOYDALANILGAN ADABIY O TLAR .

Kiris h Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati . Jahonda globallashuv jarayoni tezlashayotgan bir paytda tillarni asrash, ularni takomillashtirish va o‘qitish masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda. Bugungi kunga kelib til ta’limiga doir turli interfaol usullar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Har qanday tilning asosini uning tovushlar tizimi, ya’ni imlosi tashkil qiladi. Ingliz, fransuz, nemis va boshqa rivojlangan xorijiy tillarni o‘qitishga doir ilmiy adabiyotlarda imloga, xususan, talaffuzga alohida e’tibor beriladi va ta’lim jarayonida imloviy mashqlardan unumli foydalaniladi. Dunyo tajribasida talaffuz mashqlari bir bo‘lim yoki bir mavzu bilan tugab qolmaydi. Darsliklarda keltirilgan mashq turlari o‘quvchida to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarining osongina shakllanishiga olib keladi. Dunyoda tillarni o‘qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan bo‘lib, dars jarayonida lingivistik kompetensiyalarni shakllantirish nutqiy kompetensiyalarning rivojlanishiga olib keladi. Shu o‘rinda chet tillarni o‘qitish bilan ona tilini o‘qitish maqsadlari ma’lum ma’noda farq qilishini, ularni bir chiziqda tasavvur qilib bo‘lmasligini ta’kidlash lozim. Shunga qaramay, ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha belgilangan darajalar ona tiliga ham tatbiq qilinmoqda. Til o‘rganishga qo‘yilgan mazkur talablar asosida tinglash, gapirish, o‘qish va yozish malakalari shakllanadi. Bunday yondashuvdan ijodiy foydalanib, ona tili darslarini ham samarali tashkil etish mumkin. Rivojlangan davlatlarning til o‘qitish metodikasida gapirish (speaking), yozish (writing) kabi mashg‘ulotlar, asosan, mashqqa tayanadi, mashq va topshiriq aniq farqlanadi, o‘z o‘rnida ishlatiladi. Shu sababli ularning til o‘rganish kompetentligi yuqoridir. Shuningdek, PISA, PIRLS kabi xalqaro baholash tizimlari orqali dunyoning ko‘plab davlatlarida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi aniqlanmoqda. Respublikamizda ham ona tili o‘qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslandi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi imloga doi r o‘quv materiallari

mazmunini takomillashtirish, o‘quvchilarda adabiy talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish, uning natijasida imloviy savodxonlikni oshirish bugungi kunda davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Imlo o‘qitish orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Zero, “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”[9 ; 14-b], – de b ta’kidlanishi ona tili ta’limi oldiga mamlakatimiz yoshlarini o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda erkin hamda savodli bayon qila oladigan mustaqil fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni qo‘yadi. Shu ma’noda umumiy o‘rta ta’lim tizimida imlo o‘qitish orqali o‘quvchilarda nutqiy hamda lingvistik kompetensiyalarni, xususan, adabiy talaffuz ko‘nikmasini to‘la shakllantirish, imloviy savodxonlikni rivojlantirish, so‘z boyligining oshishiga zamin yaratish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun imloga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish zarurati mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4797-son Farmoni, 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4958-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24- iyuldagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 571-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish”ning ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ona tili o‘qitish metodikasida keyingi yillarda bir qator ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, Sh.Yusupova [48; b.137] va N.Yuldasheva [46; b.123] kabilar o‘z tadqiqotlarida ona tilini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni targ‘ib qilgan. A.Gulyamov[18; b.37], M.Saidov[40; b.25] va N.Alavuddinovalar[12; b.24] esa ona tili o‘qitish orqali mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi ustida izlanishlar olib borgan. Imlo o‘qitish masalasi esa, juda kam o‘rganilgan mavzulardan hisoblanadi. X.Muhiddinova imloni rus guruhlarida o‘qitishda dastur va darsliklar mazmunidagi uzluksizlik masalasiga asosiy e’tiborini qaratadi [29; b.270]. H.Mirzohidova o‘zbek maktablarida imlo o‘qitishni qirg‘iz tiliga qiyoslab, qardosh tillarga taqqoslab tushuntirishning qulayliklari haqida fikr yuritadi [27; b.143]. M.Saidov o‘zining o‘zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta’limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasiga doir tadqiqot ishida ona tilining “Muqaddima”, “Leksika” bo‘limlari qatori “Imlo” bo‘limini o‘qitish masalasiga ham qisman to‘xtalib o‘tgan. Unda imlo o‘qitish jarayonida, asosan, mashq va topshiriqlarni tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Ammo imlo o‘qitishning birlamchi vazifasi, ya’ni adabiy talaffuzga o‘rgatish, talaffuz mashqlari, talaffuzning imloga ta’siri kabilar e’tibordan chetda qolgan. Mazkur tadqiqotda imloga doir o‘quv materiallari mazmuni, usul va vositalarini takomillashtirish, o‘quvchilarda bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotgan adabiy talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasiga doir masalalar o‘rganilgan. D issertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi . Ushbu tadqiqot Samarqand davlat universitetining “Til va adabiyot o‘qitish muammolari” mavzusidagi tadqiqot rejasi asosida bajarilgan. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim tizimida imloga doir o‘quv materiallarning metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat . Tadqiqotning vazifalari:

- umumiy o‘rta ta’lim tizimida yozma nutqni o‘stirishning bugungi ahvolini o‘rganish va uning ona tili ta’limida tutgan o‘rnini belgilash; - darsliklardagi yozma nutqni o‘stirishga oid o‘quv materiallarining DTS hamda dastur talablariga mosligini qiyosiy o‘rganish, shuningdek, ularni o‘qitish bilan bog‘liq muammolarning sabablarini aniqlash va yechimlarini topishga harakat qilish; - yozma nutqni o‘stirish orqali o‘quvchilarda adabiy talaffuzni shakllantirish, imloviy savodxonlikni, so‘z boyligini oshirib borish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning mazmun, usul, vositalarini ishlab chiqishni takomillashtirish; - o‘quvchilar imlo o‘qitish jarayonida qaysi o‘quv materialini faqat o‘qib tushunib olishi va qaysilarini qat’iy yoddan bilishi lozimligi aniqlash, imlo o‘qitishda qanday metod, usul va texnologiyalardan foydalanish muhimligini aniqlash; - ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni tajribada sinab ko‘rish va olingan natijalarni statistik tahlilga tortish. Tadqiqotning ob’ekti u mumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinflarida orfografiya bo‘limini o‘qitish jarayoni hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti ni imloga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minoti mazmuni, usullari, tizimi va texnologiyasini takomillashtirish tashkil etadi. Tadqiqotning usullari: tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, zidlash, tasniflash, suhbat, statistik tahlil, intervyu, anketa-so‘rovnomalari, pedagogik tajriba-sinov kabi bir qator usullardan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: - imlo o‘qitish jarayonida talaffuzi va imlosi qiyin nutq tovushlarini o‘zlashtirishda odatlantiruvchi mashqlardan foydalanish adabiy talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirib, imloviy savodxonlikni oshirgan; - imloga doir o‘quv materiallarini takomillashtirishda talaffuzning hududiy muammolari inobatga olinib, imloviy tahlil uchun tanlangan o‘quv materiallari polifonik, polifunksional bo‘lganda samaradorlik yuqori bo‘lishi isbotlangan;