BOLALARNING ESHITIB TUSHUNISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI























































BOLALARNING ESHITIB TUSHUNISH KO NIKMASINIʻ SHAKLLANTIRISH METODIKASI MUNDARIJA T/r Nomlanishi Bet KIRISH 3 I BOB. BOG CHA TARBIYALANUVCHILARIDA ESHITIB ʻ TUSHUNISH KO NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ʻ ASOSLARI 1.1. Eshitib tushunish ko nikmasini shakllantirishning ʻ pedagogik va psixologik omillari 8 1.2. Til ga oid mashg ulotlarda ʻ tarbiyalanuvchi larning eshitib tushunish ko nikmasi ʻ ni shakllantirish imkoniyatlarining oldingi va bugungi holati 22 Birinchi bob bo yicha xulosa ʻ 34 II BOB. MTT TARBIYALANUVCHILARINING ESHITIB TUSHUNISH KO NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI ʻ 2.1. Ona tili saboqlarida eshitib tushunish ko nikmasini ʻ shakllantirishga doir ta lim mazmunini takomillashtirish ʼ 35 2.2 . Bolalarning eshitib tushunish ko nikmasini shakllantirishda ʻ didaktik metariallarga qo yiladigan talablar ʻ 43 Ikkinchi bob bo yicha xulosa ʻ 48 UMUMIY XULOSALAR 50 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 53 KIRISH
Mavzusining dolzarbligi : Respublikamizda barcha sohalarda bo‘layotgani kabi davlat tilining o‘rni va nufuzini oshirish borasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimiga, xususan o‘zbek tilini rivojlantirish, davlat tili sifatidagi mavqeyini ko‘tarishga qaratilgan e’tibor buning yorqin isbotidir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 21-oktabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Unga ko‘ra uch oy ichida “Davlat tili haqida”gi Qonunni takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. 2019-yil 8-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi 1 . Unda, ta’lim sifatini oshirish maqsadida xalqaro tajribalarni tahlil qilish orqali oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, ya’ni ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish nazarda tutilgan. Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilib, uning asosiy vazifasi – davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish etib belgilandi 2 . O zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilkʻ qadam” davlat o quv dasturi ikkinchi marta takomillashtirilgan holda chop ʻ 1 “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Toshkent, 2019 2 “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Toshkent, 2019. 2
etildi. Dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashining 2021-yil 23-dekabrdagi 10-sonli bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan 3 . Bugungi kunda bilimga asoslangan jamiyatda axborotni izlash, saralash va qabul qilish, tushunish va uni tahlil qilish, tavsiflash, tuzish va qayta ishlash muhim aqliy ko‘nikmalarni egallashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday bilimlar bog chalarda berila boshlash kerak.ʻ O‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila oladigan, mustaqil shaxsiy fikrga ega, dunyoqarashi keng bolani tarbiyalash ona tili ta’limining asosiy maqsadini belgilaydi. Bolaning til materiali va vositalarini nutqda qo‘llay bilish uchun yetarli bilimlarni o‘zlashtirishi, muayyan bir xabarni yoki ma’lumotni turli shakllarda bera olish, badiiy asarlarni anglash , ular haqidagi fikr- mulohazasini og‘zaki shaklda to‘g‘ri bayon eta olish talab etiladi. Bugungi kunda bolalarda til ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘ziga xos metod va usullaridan foydalangan holda ta’lim sifatini shakllantirish mumkin. Shu singari bolalarda eshitib tushunish malakasini rivojlantirish, ularning nutqni qabul qilishlaridagi to‘siq va kamchiliklarni bartaraf etish borasidagi yangi usul va metodlarni ishlab chiqish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti Tadqiqotni amalga oshirishda bolalarning eshitib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish jarayoni tadqiqot obyekti qilib olindi. Bolalarning eshitib tushunish ko‘nikmalarini 3 “Ilk qadam” davlat o quv dasturi. – Toshkent, 2022. ʻ 3
shakllantirishning metodik usullari, tahlillari, natijalari va tavsiyalarini ishlab chiqish tadqiqot predmetini belgilab beradi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bolalarning eshitib tushunish ko‘nikmasini metodikasini takomillashtirishdan iborat. Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalar belgilab olindi: – eshitib tushunishga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish; – eshitib tushunish bo‘ yicha ishlab chiqilgan metod va usullarning mazmun-mohiyati, uning ta’limdagi ahamiyatini muayyan misollar bilan tizimlashtirish ; – bolalarda eshitib tushunish bo‘ yicha tatbiq etilgan o‘qitish usullarini boshqa o‘qitish usullaridan farqliligi va o‘ziga xosligini ko‘rsatib berish ; Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. Mazkur tadqiqotda badiiy matnlarni eshitib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar va ular bilan bog‘liq muammolar o‘rganib chiqilgan va shu asosida eshitib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan topshiriqlar va ularning samarali usullari ishlab chiqilgan. Bitiruv malakaviy ishining asosiy masalalari va farazlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchida hayotiy muhim ko‘nikmalardan biri bo‘lgan eshitib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda zamonaviy usullardan, pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mashq va topshiriqlar ishlab chiqilsa, ularning kompetentligini oshirishlarida yuqori natijaga erishishlari nazarda tutilgan. Muammoning ishlanganlik darajasi va adabiyotlar tahlili . Ona tili ta’limida til ko‘nikmalaridan biri bo‘lgan eshitib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning ilmiy asoslari yetarli darajada o‘rganilmagan va shuning uchun hozir ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. O.Roziqovning “Ona tili didaktikasi”, K.Qosimova, S.Matchonov va boshqalarning “Ona tili o‘qitish metodikasi”, A.Ko‘chiboyevning “Xorijiy 4
tillarga o‘rgatishning kommunikativ metodikasi”, J.Jalolovning “Chet tili o‘qitish metodikasi”, R.Zaripovaning “Chet tillar o‘qitish metodikasi”, O‘.Hoshimov, I.Yoqubovlarning “Ingliz tili o‘qitish metodikasi, I.Azimovaning “O‘zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi” (monografiya), K.Mavlonovaning “Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o‘qitish metodikasini takomillashtirish” (dissertatsiya), bir nechta metodik qo‘llanmalarda til ko‘nikmalarini rivojlantirish, jumladan bolalarning eshitib tushunish ko‘nikmasinini shakllantirish ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Xorij tilshunos olimlari D.Nunan “The importance of teaching listening and speaking skills’’, “Listening in language Learning», Pourhpossein Gilakjani va Ahmadi M.R. «A study of factors Affecting EFL Learners’English Listening Comprehension and the Strategies for Improvement», Vilmante Liubiniene «Developing Listening Skills in CLIL», Tony Lynch and Kenneth Anderson «Effectivs english learning», Brown H.D. «Principles of Language Learning and teaching», Goh C.C. «A Cognitive Perspective on Language Learners’ Listening Comprehension Problems», O‘.Malley, J.M.Chamot, Kupper L. «Listening Comprehension Strategies in Second Language Acquisition» mavzusida tadqiqot olib borgan. Yuqoridagi kabi ilmiy ishlar bilan tanishish natijasida shu mavzu bilan bog‘liq metodik muammolarni o‘rganish zarurati tug‘ildi. Bitiruv malakaviy ishining metodologik usul va metodlari. Mavzuga oid nazariy va metodik adabiyotlarni o‘rganish, muloqot jarayonlarni kuzatish, ayrim nazorat va tajriba ishlarini o‘rganish, bolalar bilan suhbatlashish, og zaki so‘rovnomalar o‘tkazish.ʻ Ishning tuzilish tartibi. Tadqiqot kirish, ikki bob, to rtta ʻ fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro yxatini o‘z ichiga oladi, 57 sahifani tashkil ʻ etadi. 5