PELLEPONES YURUSHLARI
PELLEPONES YURUSHLARI Reja: KIRISH……………………………………………………………… 1. Bob. Pellepones urushlarining boshlanishi………………….………………4 1.1 Pellepones urushlarining boshlanish sabablari………………..…………….4 1.2 Arxidam urushi……………………………..……………………………….6 1.3 Urushning borishi nikiy sulhi…………………...…………………………..9 2. Bob. Pellepones urushlarining tugashi……………………………..………..9 2.1 Sitsiliya ekspedetsiyasi………………….…………………..…………..…..9 2.2 Dekeliya urushi……………………………………………………………13 2.3 Pellepones urushlarining yakuni va oqibatlari……………………….……17 Xulosa……………………………………………………………………………20 Foydalanilgan adabiyotlar…………………….………………………….……26 1
KIRISH KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki qadimgi davr va davlatlar to‘g‘risida hozirgi kunda juda kam ilmiy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlar bajarilmoqda. Qadimgi davlatlar to‘g‘risida dalillarning kamligi va ko‘p ma'lumotlarni o‘z navbatida mubolag‘aligi bu davrning o‘rganishni biroz mushkullashishiga olib keladi. Qadimgi davrning kam o‘rganilyotganligi mavzuni dalzarbligini oshiradi. Zero “O’z tariximizga oid asar va qo’lyozmalar, ularni ayniqsa o’z ajdodlarimiz tomonidan yaqin o’tmishda bitilganlarini o’rganish tarixchilarimiz oldida eng katta vazifa bo’lib qolmoqda. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va axoli o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda” – deb ta’kidlagan edilar Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev.1 Bundan tashqari Yunoniston o‘zining tabiati, me'morchiligi, san'ati, hunarmandchiligi, madaniyati va urf-odatlari, davlatchiligining o‘ziga xosligi bilan ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otadi. Hozirgi kunimizgacha yetib kelgan yunon me'morchiligi na'munalarini t adqiq qilish, yunon san'atining o‘rganish ishtiyoqi uning qadimgi davrda qay darajada rivojlanganligini bilish ko‘pchilik tarixchilar qatori, tarixdan yiroq bo‘lgan odamlarni qiziqtirishi tabiiy. Shunday ekan qadimgi Yunonistondagi ilk davlatchilik tarixini, bu davlatlar taraqqiyotining o‘ziga xosligi, xo‘jaligi, turmush tarzi, davlatchiligi to‘g‘risida tadqiqod olib borish dolzarb masalallardan biridir.Vаtаnimizningo‘tmishtаriхigа kаttа e’tibоrbilаnqаrаgаnbirinchi yurtbоshimiz“Таriх g‘ildirаgini аylаnishibilаn, аvvаlаmbоr, yurt Хukumdоrlаri vа аmаldоrlаri xаlqning tаqdirivа kеlаjаgi хаqidа qаyg‘urish o‘rnigа, o‘z shаxsiy mаnfаtlаrini hаmmа nаrsаdаn ustunqo‘yib,jахоlа tvа g‘аflаtgа bеrilib kеtishi оqibаtidа biz bugunyashаyotgаn mintаqа umumbаshаriy tаrаqqiyot jаrаyonlаridаn uzulib, rivоjlаnishdаn kеskin оrqаdа qоlib kеtdi”. 2 Qadimgi Yunoniston davlatlari o‘rtasida kechkan o‘zaro urushlar tarixini o‘rganish, aynan Pelopones urushi tarixini yoritish, bu yunon davlatlari tarixini o‘rganishda eng muxim masala xisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida mavzuning dolzarbligini oshiradi. Mavzuninig o‘rganilish darajasi. Mavzuning o‘rganilish haqida gapiradigan bo‘lsak, Qadimgi Yunoniston, aynan pelopones urushi to‘g‘risida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Bular qatorida ko‘plab maqolalar, monografiyalar, asarlar, Yunoniston hududida olib borilgan qazishma ishlari va ularning natijalari muomalaga kiritilgan. Mahalliy olimlar bilan bir qatorda ko‘plab yevropalik va rossiyalik olimlar Yunoniston tarixiga bag‘ishlangan asarlar yozishgan. Yunonistonning qadimgi tarixiga
bo‘lgan qiziqishning yuqoriligi, bu hudud to‘g‘risida o‘rta asrlardayoq bir necha asarlarining nashr etilishidan ham ma'lum. Peloponnes urushini Fukidid o‘z “Tarix”ida izchil suratda batafsil tasvirlagan. Lekin uning xikoyasi miloddan avvalgi 411 yil voqyealari bilan o‘zilib qoladi. Urushning oxiri bizga Ksenofontning «Yunoniston tarixi»dan ma'lum. Bundan tashqari, uning tas viroti Diodorning «Tarixiy kutubxona»sida saqlanib qolgan. Mazkur davrning siyosiy va harbiy arboblarining (Perikl, Nikiy, Alkiviad, Lisandrning) tarjimai holini Plutarx yozgan. Andokidning sud majlisida so‘zlagan va bizgacha yetib kelgan nutqi muhimdir. Aristofanning Peloponnes urushi vaktida yozgan komediyalari afinaliklarning miloddan avvallgi V asrning oxirlaridagi turmushi va kayfiyatini aks ettiradi. Obidalardagi yozuvlar va umuman, arxeologik yodgorliklar ma'lumotlar beradi. Pelopones urishidan keyingi davr Yunonistonning miloddan avvalgi IV asrning birinchi yarmidagi tarixi tarixiy manbalarda garchi bir tekisda bo‘lmasada, umuman yaxshi aks ettirilgan. Xatto Yunonistonning Ksenofont tomonidan yozilgan umumiy tarixi ham mavjuddir. Ksenofont tomonidan boshqa asarlar ham yozilgan bo‘lib, bu asarlarda o‘sha zamondagi Yunoniston xayotining turli jihatlarini oydinlashtiruvchi boy ma'lumot to‘plangan. Uning ma'lumotlarini miloddan avvalgi IV asrda yashagan boshqa mualliflarning: Aristotel, Lisiy va qisman Demosfen asarlari yordamida to‘ldirish va anchagina darajada tekshirib ko‘rish mumkin. Aristofan komediyalarida va badiiy adabiyotning boshqa asarlarida ham qimmatli ma'lumot bor. Ko‘pchiligi bizga yetib kelmagan asarlar asosida uzoq o‘tmish xaqida asarlar yozgan keyingi mualliflardan Diodor bilan Plutarxni ko‘rsatish mumkin. Obidalardagi yozuvlar va tanga va chaqalar ham bizning bu davr to‘g‘risidagi bilimlarimizni aniqlashga yordam beradi. 1.Bob. Pellepones urushlarining boshlanishi 1.1.Pellepones urushlarining boshlanish sabablari Peloponnes urushi Fukidid3ning “Tarix” asarida izchil suratda batafsil tasvirlagan. Ushbu mavzuni yoritishda eng asosiy manba sifatida ushbu asarni olishimiz mumkin. Lekin uning xikoyasi 431-404 yillarda kechkan Pelopones urushini no'malum sabablarga ko‘ra miloddan avvalgi 411 yil voqyealari bilan o‘zilib qoladi. Urushning oxiri bizga Ksenofont5ning “Yunoniston tarixi” dan ma'lum. Ksenofont o‘zini asarlarini dastlabkisini Fukididning “Tarix” asarini yakuniga yetkazishdan boshlagan. Uning yana bizga bir yuz yigirmadan oshiq asarlar muallifi ekanligi ma'lum. Bundan tashqari, uning tasviroti Diodorning “Tarixiy kutubxona” sida saqlanib qolgan. Mazkur davrning siyosiy va harbiy arboblarining (Perikl, Nikiy, Alkiviad, Lisandrning) 3
tarjimai holini Plutarx yozgan. Plutarx hayoti davomida ko‘plab asarlar yozishi bilan birgalikda o‘z davrrida yashab o‘tgan ellikka yaqin siyosiy va harbiy arboblarning tarjimai xolini yozgan shaxs sifatida ma'lum. Uning tarjimai xollari orasida yuqorida tilga olingan va bevosita Pelopones urishi voqyealariga aloqadar shaxslarni hayoti orqali ushbu davr tarixini bilib olishimiz mumkin. Andokidning sud majlisida so‘zlagan va bizgacha yetib kelgan nutqi muhimdir. Aristofanning Peloponnes urushi vaktida yozgan komediyalari afinaliklarning miloddan avvallgi V asrning oxirlaridagi turmushi va kayfiyatini aks ettiradi. Obidalardagi yozuvlar va umuman, arxeologik yodgorliklar ma'lumotlar beradi. Olib borilgan arxeoligik tadqiqodlar ham bu davr tarixini o‘rganishda eng asosiy manbalardan xissoblanadi. Peloponnes urushi qadimgi Yunonistonning quldorlik jamiyatida ichki ziddiyatlarning jamlanishi va keskinlashuvi natijasida kelib chiqqan ediki, bu ziddiyatlarga viloyatlarning notekis rivojlanishi asos bo‘lgan. Qoloq Spartaning 1-Afina dengiz ittifoqini zaiflashtirish yoki qaqshatish xisobiga Yunonistonda o‘z siyosiy yetakchiligini qayta tiklashga intilishi, Afinaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan raqobatchilarini, asosan, Korinf va Megaraning o‘z savdo va hunarmandchilik muxoliflarini zaiflashtirish istagi bilan mos tushgan. Afinaning Janubiy Italiya va Sitsiliyada mustaxkamlanib olish niyati Korinf va Peloponnes ittifoqi uchun ayniqsa xavfli bo‘lgan. Miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmida yunon polislarining aksariyati yo 1-Afina dengiz ittifoqiga, yo Peloponnes ittifoqiga kirganligi sababli urush umumyunon tusini olgan. 1-Afina dengiz ittifoqining iqtisodiy va siyosiy jixatdan gurkirab rivojlanishi bilan bir qatorda Afinaning ittifoqchilar bilan xam, boshqa yunon polislari bilan ham munosabatlari keskinlashib ketgan7 . Urushning boshlanishini tezlashtirgan birinchi mojaro Korinfdan, Spartadan va Afinadan yiroqda qadimgi yunon dunyosining g‘arbiy chekkasidagi Epidamn koloniyasi 8da va Kerkira orolida (xozirgi Korfu oroli)da yuz bergan. Bu Yunonistondan Janubiy Italiyaga va Sitsiliya oroliga boriladigan dengiz kemalar qatnovi yulidagi ikki muhim bekat bo‘lgan. Epidamnda demokratik to‘ntarish yuz bergan. Shahardan qochgan aslzodalar Epidamnga xujum boshlaganlar. Epidamnliklar o‘z metropoliyasi Kerkiradan yordam so‘rasada, yordam ololmagan, chunki Kerkirada o‘sha vaqtda aslzodalar xokimlik qilgan. Kerkira o‘z navbatida Korinfning koloniyasi bo‘lganligi sababli, Epidamnliklar so‘ngra Korinfliklardan yordam so‘rashga borganlar. Korinfliklar Epidamnga yordam berganlar, lekin shu vajdan Kerkira ularga qarshi bosh ko‘tarib chiqkan. Dengiz jangida kerkiraliklar korinfliklarni yengdilar, shundan sung korinfliklar o‘ch olish uchun darxol katta tayyorgarlik boshlab yuborganlar. Shundan keyin Kerkira 1-Afina ittifoqiga kirgan, bu esa ushbu ittifoq bilan Peloponnes o‘rtasida o‘tmishda to‘zilgan sulxni bo‘zish edi. Sulx shartlarida, ittifoqlar bir biridan o‘z tomoniga tarafdorlar
tortmasligi lozim, deb pisanda qilingan edi. Afinaning yordami kerkiraliklarni korinfliklar bilan bo‘lgan dengiz jangida tomoman mag‘lub bo‘lishdan qutqazib qolgan10 . Shu tariqa Janubiy Italiya va Sitsiliyaga boriladigan dengiz yulida Korinf bilan Afina o‘rtasida harbiy nizo chiqqan. Bu nizoda demokratik Afina Kerkira aslzodalariga yordam bergan, bu yordam o‘z navbatida Epidamn demokratlariga yordam bergan aslzodalar Korinfning umumiy dushmaniga qapshi qaratilgan. Shunday kilib Korinf bilan Afinaning iqtisodiy manfaatlari ularning siyosiy totuvligi ustidan g‘olib kelgan11 . Ikkinchi mojaro bevosita birinchi mojarodan keyin yuz bergan. Voqyealar Xalkidika yarim oralidagi Korinf koloniyasi Potideyada avj olib ketgan. Xalkidika 1-Afina dengiz ittifoqiga a'zo bo‘lgan, lekin ayni vaqtda, u Korinf bilan ham mustahkam aloqada bo‘lgan, binobarin, Kerkira bilan orada nizo chikqandan keyin Korinf Potideyani Afinadan ajralishga undagan. Afinaliklar Potideyani qamal qilganlar, Korinf esa Potideyaga qurolli yordam bergan. Megara Korinf tomonini olib maydonga kirgan. Xar ikki polis jon-jaxdlari bilan Spartani Afinaga qarshi urush harakatlari boshlashga undaganlar. Shundan keyin uchunchi mojaro yuz bergan: Afina xalq yig‘ini 1-Afina dengiz ittifoqi a'zolarining barcha gavan12larida Megaraning savdo kemalariga boykot e'lon qilgan maxsus qarorni tasdiqlagan. Egey dengizi sohillaridagi barcha shaharlar va barcha orollar bilan deyarli tanho o‘zi savdo-sotiq qilib kelgan. 1.2. Arxidam urushi (miloddan avvalgi 431-421 yillar) Korinf va Megaraning tazyiqi ostida spartaliklar Arxidam II guruxi ostida Afinaga qarshi urush harakatlarini boshlab yuborganlar. Arxidam II spartaliklarning quruqlikda ustunligini hisobga olgan xolda urushni olib borish rejasini ishlab chiqan. Shu sababli bu urush Peloponnes urushi deb, uning birinchi davri esa Arxidam urushi deb nom olgan. Arxidam Attikadagi iqtisodiy va siyosiy ahvolni hisobga olib, uning qishloq xo‘jaligini xonavayron qilishga va natijada qishloq aholisini, ya'ni Attika dehqonlarini Periklga va uni qo‘llab-quvvatlab kelgan shahar aholisiga qarshi chiqishlariga umid bog‘lagan. Bundan tashqari, Arxidamning taxminicha, Sparta qo‘shinlari qilgan vayrongarchiliklar afinaliklarni ularga qarshi ochik jang bilan chiqishga majbur etishi kerak edi, Afinaning quruqlikdagi kuchlari Sparta kuchlaridan ancha kam bo‘lganligi sababli spartaliklarning g‘alabasi shubhasiz bo‘lib ko‘ringan Spartaliklarning urush olib borish rejasiga afinaliklar Perikl ishlab chiqqan rejani qarama-qarshi qilib qo‘yganlar. Spartaliklar quruqlikdagi o‘z harbiy kuchlarining ustunligiga asoslangan bo‘lsalar, afinaliklar o‘z harbiy-dengiz flotining ustunligiga asoslanganlar. 5