PHOTOSHOP DASTURIDA TOG’RI CHIZIQLARNI CHIZISH
MAVZU: PHOTOSHOP DASTURIDA TOG’RI CHIZIQLARNI CHIZISH REJA: 1. PHOTOSHOP DASTURI HAQIDA 2. „ Image Pro“dan „Photoshop“ga o tilishiʻ 3. PHOTOSHOP DASTURIDA TOG’RI CHIZIQLAR CHIZISH
Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda qayd etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, «Adobe» kompaniyasi, Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur bo'lgan «Photoshop — 1.0» muallifini e'lon qildi. Photoshop dasturi bugungi kunda, «kompyuter grafikasi» sohasi bo'yicha eng oldingi o'rinda turibdi va mustaqil dastur bo'lib ajraldi. Biz foydalanayotgan Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari bo'lgan. Hozir 41 ta muallifi e'lon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas Nollar boshlab bergan. Ularning otasi fotograf bo'lib, ular yerto'lada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini o'rgandi. Jonn esa eski «Apple» da ishlashga qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning imkoniyatlarining ko'pligi shu dasturni tuzishga sabab bo'ldi va ularga millionlab dollar foyda keltirdi. Dasturning Boshlanishi 1987-yilgacha Jonn Noll «Lucasfilm» firmasining Industrial Light and Magic (ILM) bo'limida «Stars Wars» ga maxsus effektlar tayyorlashda ishlar edi. Tomass bu vaqtda «Tasvirlar bilan ishlash» to'g'risidagi nomzodlik dissertatsiyasini yozayotgan edi. Tomassning Apple Mac plus monitorli kompyuteri «Grayscale Images» tasvirini namoyon qilmadi. Tomass vaziyatni o'zgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi. Qizig'i shundaki, Industrial Light and Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni qayta ishlash bilan shug'ullanardi. Akasini muvaffaqiyatlarini ko'rgan Jon birga ishlashni taklif qildi. Jon o'zining «Kompyuter grafikasi asoslari» kitobida shunday yozadi:«Men Tomas ishlarining natijasini ko'rganimda, Pixar studiyasidagi tasvirlarni qayta ishlash dasturiga o'xshashligini ko'rib hayron qoldim». O'shandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display dasturini tuzdik. Oradan ko'p vaqt o'tmay Jon yangi sotib olgan rangli ekranli Macitntosh II kompyuteriga Display dasturini ko'chirishni taklif qildi. Jon display dasturida
ranglar gammasi korreksiyasi, import, fayllarni har xil formatlarda saqlash va boshqalarni o'ylab topdi. Dastur ustida ishlash Tomasni dissertatsiya yozishdan chalg'itdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha vaqt o'tmay Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini o'ylab topdi va ishlov berish asboblar to'plamini tuzdi. Keyinchalik bular «Plug-ins» deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi, ranglar va to'yinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam bo'ldi. O'sha davrda bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda bo'lgan. Ular esa faqat labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da bo'lgan. 1988-yilda «Display»ni «ImagePro» deb nomi o'zgartirildi. Dastur o'sha davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni o'ylar edi. Tomas esa unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas o'z dissertatsiyasini tugatmagan, to'liq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga o'xshash dasturlarni analiz qilishib, o'z dasturlari «Image Pro' ni boshqalardan oldinga o'tib ketganligini aniqlashdi. »Image Pro« dan „Photoshop“ ga o'tilishi Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“ atamasi qayerdan paydo bo'lganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila tomonidan „Photoshop“ deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki versiyalarda ekranlarda Photoshop ko'ringanligi hozirda bizda „ExTraneous CapitaliSation“ ko'ringanday.Qizig'i shundaki, ko'p dastur tuzuvchilar o'z yo'nalishlarini Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlab chiqa boshladilar. Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi. Bu kompaniya hozirda bizga mashhur bo'lgan „Adobe“ kompaniyasi edi. Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini ishlab chiquvchilar aka- ukalarga Photoshopni o'z mahsulotlari komplektida sotishni taklif qilishdi. Natijada 200ta nusxalangan Photoshop Barneyscan XP savdo belgisi ostida tarqalib ketdi.
Yaxshiyam Adobe bilan kelishuv uzoq davom etmadi. Tez orada Jon o'z dasturiga e'tiborni jalb qilish uchun kompaniyaga keldi. U bu yerga kelib Rassel Brounga o'z dasturini imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin Photoshop Art-director ga namoyish etildi. Direktorga ma'qul bo'ldi va tezda sotib olish kerakligini aytdi. Aobe tomonining soddaligidanmi yoki aka-ukalarning ehtiyotkorligidanmi dastur to'la sotilmadi, faqat litsenziyalandi. Shuning uchun, dasturdan keladigan gonorar aka- ukalarga tegishli bo'lib qoldi. Hammasi juda yaxshi borar edi. Lekin aka-ukalar bu muvaffaqiyatlar bilan to'xtab qolishmadi. Oldinda juda ham o'gir ish-Photoshop 1.0 rasmiy versiyasini ishlab chiqish turar edi. Tomas dasturni natijaviy kodlash ustida ishladi. Bu vaqtda Jon esa Plug-ins ni kengaytirish ustida ishlar edi. Bu esa Adobe xodimlarini hayratlantirdi. Ular bunda ayyorlik va aldashni ko'rishdi. Qizig'i shunda ediki, ba'zi qoidalarga qattiq rioya qiluvchi xodimlar, Photoshopni kengaytirish standartlarga to'g'ri kelmaydi va yaxshi natija bermaydi deb fikr bildirishdi. Boshqalar esa, uni to'g'ri ishlatish ko'p foyda berishini aytishdi. Dasturni tugatishni oxirgi bosqichlarida ham Tomas uni o'zgartirish va mukammallashtirishga vaqt va kuch topdi. Photoshopning tarafdorlari Jon va Rassel Brounning qo'llab quvatlashi va Adobe ning qarorlari natijasida 1990-yil, fevral oyida Adobe Photshop rasmiy versiya sifatida chiqdi. So'zsiz 1-versiyaning chiqishi, ko'p xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli bo'ldi. Adobe kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi, lekin u o'sha vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgna edi. Adobe kompaniyasi: Photoshop yordamida shunday natijaga erishishish mumkinligini, bunday natijaga ilgari faqat bir necha ming dollar turadigan
professional, maxsus dastur asosidagina erishish mumkin ekanligini ta'kidladi. O'sha vaqtda Photoshopning narxi 1000$ bo'lishiga qaramasdan, uning eng katta raqobatchisining narxi 1995$ turadigan Letraset's ColorStudio dasturi edi. 2.0 versiyani ishlab chiqish bosqichida Adobe dasturchilar shatitini kengaytirdi. Dasturga Bezye egri chizig'ini kiritish uchun Mark Gamburgni taklif qildi. Bu vaqtda Photoshopda yangi imkoniyatlar ochildi: Pen tool, ikki tonli tasvirda ishlash, Illustratordan ba'zi tasvirlarda import va Rasterize. Bulraga yana CMYK qo'shildi. Photoshop uchun kasb bozorining ochilishi, poligrafiya xizmatlari Adobe kompaniyasi uchun juda qo'l keldi. Sotish bo'yicha birinchi menedjer Steven Gutman beta-versiya dasturlariga kodli nomlar taklif qildi. Bu odat shu kungacha davom etyapti. 1990-yilda chiqqan 'Fast Eddy' beta-versiya 2.0 ning kodli nomidir. Photoshop uzoq vaqt, asosan Macintosh platformasida ishladi. Lekin uning muvaffaqiyatga erishishiga Grafika bozorida paydo bo'lgan Windows kafolatlab berdi. Yangi platformaga versiya ishlab chiqish oson ishlardan emas edi-buning uchun Brayan Lepkin boshchiligida yangi guruh tuzildi. Ko'p miqdorda yangi kiritmalar, masalan 16bitli fayl ishlab chiqarilishiga qaramasdan, bular faqat 1993- yil 2.5.1 versiyalarida paydo bo'ldi. 3.0 versiyadagi musiqa guruhi uchun ishlangan 3 albom ham muvaffaqiyatga erishishi yoki butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin edi. Omad Brayan Lepkin boshqarayotgan guruh tomonida bo'lib, ular qavatlar(Layers) ni ta'minlovchi dasturni rivojlantirdilar Layers ni ko'pchilik qo'llab-quvatladi, chunki u dasturning asosiy funksiyasini bajarar edi, u tez orada, ko'pgina rassom va dizaynerlarni o'ziga jalb qildi. Layers o'sha vaqtda juda mukammal emas edi. HSC keyinchalik Meta creations Live pictures nomli tasvirlarni qayta ishlash dasturini ishlab chiqdi, u ham shunday texnologiyani qo'llardi. Meta Creations juda katta xatoga yo'l qo'ygani shundaki,