PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR YUKLAMASINI BAJARILISHI NAZORAT VA MONITORING QILISH MOBIL ILOVASINI LOYIHALAS
MAVZU: PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR YUKLAMASINI BAJARILISHI NAZORAT VA MONITORING QILISH MOBIL ILOVASINI LOYIHALASH MUNDARIJA KIRISH ..................................................................................................................... 2 I-BOB. OLIY TA’LIM MUASSASINING O‘QUV YUKLAMALARINI HISOBLASH TIZIMINING TAFSILOTLARI ................................................... 4 1.1. O‘quv yuklamalarni vaqt me’yorlari bo‘yicha hisoblashni rasmiylashtirish talablari ....................................................................................... 4 1.2. Vaqt me’yorlariga asosan kafedraning umumiy yuklamasini shakllantirish .......................................................................................................... 6 II-BOB. MOBIL ILOVALARNI LOYIHALASH TEXNOLOGIYALARI .... 24 2.1. Mobil ilovalarni loyihalash uchun mo‘ljallangan tillar. Java dasturlash tili ......................................................................................................................... 24 2.2. Mobil ilovani ishlab chiqishda server bilan ishlash ................................ 29 III-BOB. DASTURIY TA’MINOTNI LOYIHALASH VA ISHLAB CHIQISH ................................................................................................................................. 35 3.1. Dasturiy ta’minotning mantiqiy loyihasi ................................................ 35 3.2. Dasturiy ta’minotni fizik jihatdan yaratish ............................................. 36 XULOSA ................................................................................................................ 43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: ........................................ 44 ILOVALAR ............................................................................................................ 46
KIRISH Bugungi kunda raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlar jamiyatning barcha sohalariga, jumladan, ta’lim jarayoniga keng joriy etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022—2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Shu munosabat bilan, ta’lim jarayonini zamonaviylashtirish, uni avtomatlashtirish va raqamlashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumotlar oqimining oshib borishi ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlashni talab etmoqda. Bu muammoni hal qilish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish va ularni joriy etish zarur. Jumladan, o‘quv jarayonlarini boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Globallashuv jarayonida ta’limni boshqarishda avtomatlashtirilgan intellektual tizimlarni joriy qilish orqali samaradorlikni oshirish mumkin. Zamonaviy axborot tizimlari katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash bilan birga, foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob bera olishi kerak. Ushbu tizimlarni loyihalashda ma’lumotlarni integratsiyalash, xavfsizlikni ta’minlash va qulay interfeys yaratish asosiy vazifalar hisoblanadi. Ta’lim tizimida professor-o‘qituvchilarning ishchi o‘quv yuklamalarini nazorat qilish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mobil ilova o‘qituvchilarga dars jadvallarini boshqarish imkonini beradi, tizim adminlar esa oylik yuklamalarni nazorat qilish, topshiriqlar belgilash va bajarilgan o‘quv yuklamalar hajmini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu tizim ta’lim muassasalarida o‘quv yuklamalarini boshqarishni soddalashtirishga xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishda ta’lim jarayonini avtomatlashtirishga doir zamonaviy dasturlash vositalari va texnologiyalari tahlil qilinadi hamda ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari, o‘quv jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida samarali boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yechimlarni o‘z ichiga oladi. 2
Ushbu ishda professor-o‘qituvchilarning ishchi o‘quv yuklamalarini hisoblash mobil ilovasini loyihalash va ishlab chiqish jarayonini tavsiflaydi. Ishda asosiy e’tibor foydalanuvchi uchun tizimning interfeysi va ishlash prinsipi qulay bo‘lishiga qaratilgan. Dasturiy mahsulot zamonaviy tendensiyalardan foydalanish va maxsus vositalar orqali ishlab chiqilgan. Bitiruv malakaviy ishi strukturasi. Ish uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Birinchi bob professor-o‘qituvchilarning ishchi o‘quv yuklamalarini hisoblash jarayonining nazariy asoslari tahlil qilinadi. Ikkinchi bob professor-o‘qituvchilarning ishchi o‘quv yuklamalarini hisoblash mobil ilovasini loyihalash va ishlab chiqish texnologiyalari batafsil ko‘rib chiqiladi. Bu yerda ilovani yaratishda tanlab olingan dasturlash tili va texnologiya haqida ma’lumotlar keltirilgan. Uchinchi bob professor-o‘qituvchilarning ishchi o‘quv yuklamalarini hisoblash mobil ilovasining dasturiy ta’minotini loyihalash va ishlab chiqish jarayonlari tahlil qilinadi. Bu yerda dasturiy ta’minotni yaratish bosqichlari, kod yozish va testlash jarayonlari, shuningdek, dasturiy ta’minotni optimallashtirish usullari haqida ma’lumot beriladi. Xulosada asosiy natijalar va takliflar, adabiyotlar ro yxatidaʻ qo llanilgan ʻ materiallar va internet-resurslar, ilovalarda esa, boshqaruvchi va qo shimcha ʻ dasturiy modullar matnlari keltirilgan . 3
I-BOB. OLIY TA’LIM MUASSASINING O‘QUV YUKLAMALARINI HISOBLASH TIZIMINING TAFSILOTLARI 1.1. O‘quv yuklamalarni vaqt me ’yo rlari bo‘yicha hisoblashni rasmiylashtirish talablari Oliy ta’lim muassasi (OTM) O‘quv-uslubiy boshqarmasida o‘quv yuklamalarini hisoblash qoidalari. OTM O‘quv-uslubiy boshqarmasi o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish ishlarini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son qarori 1 ga asosan o‘quv- uslubiy boshqarma quyidagi namunaviy shtatlari asosida xodimlarni ishga qabul qilishi mumki n. Ushbu qonunda belgilangan vazifalar sirasiga professor- o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini nazor ati olib borish vazifasi ham kirishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining(hozirgi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) 2018-yil 8-oktabrdagi “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv- uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ida 2 Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari tarkibi mehnatini normalashtirish har o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilar va kafedra mudiri tomonidan tuziladigan hamda prorektorlar bilan kelishilgan holda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (fakultet dekani) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejalariga asoslanadi. Shuningdekning buyruqning “Umumiy qoidalar” bo‘limida quyidagilar keltirilgan: – Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarining turlari kiritiladi. Ish turlari professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejalarida to‘liq va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy o‘quv yili 1 (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 122-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 10/18/2859-1/2035-son; 19.02.2020-y., 10/20/2859-2/0188-son) 2 Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz- shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida, [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8- oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3076] 4
yakunida faqat mazkur o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi. O‘quv yili davomida bajarilgan qo‘shimcha ish turlari professor- o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin; – Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasi tarkibiga kiritiladigan o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari: to‘liq shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar uchun professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida; to‘liq shtatda bo‘lmagan va o‘rindosh sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar uchun ularning stavkalariga muvofiq tarzda professor- o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida; – Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasining bajarilishi muntazam ravishda kafedra mudiri, har semestr yakunida fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Professor-o‘qituvchining o‘quv yuklamasini hisoblashda quyidagi umumiy qoidalar nazarda tutiladi: 1. OTMda professor-o‘qituvchilarni o‘quv hamda ilmiy - uslubiy va “Ustoz- shogird” ishlari hajmini hisoblash Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining “Vaqt me’yorlari” to‘g‘risida buyrug‘iga binoan mazkur nizom asosida ish yuritiladi; 2. Oliy ta’lim muassasasida professor-o‘qituvchilar soni, ish haqi fondi doirasida quyidagi tartibda o‘quv, ilmiy-uslubiy, “Ustoz-shogird” ishlari hajmini belgilovchi “Vaqt me’yorlari” joriy etilgan; 3. “Vaqt me’yorlari” me’yoriy hujjat bo‘lib, oliy ta’lim muassasasida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘quv, ilmiy-uslubiy, “Ustoz-shogird” ishlarini oliy ta’lim muassasasining shtat birliklariga muvofiq to‘g‘ri taqsimlash imkonini beradi; 4. Ma’ruzalar o‘qish professorlar, dotsentlar, katta –o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashining qarori 5