PROFESSOR-O'QITUVCHILAR ILMIY REYTINGINI SHAKLLANTIRISH VA MONITORING QILISHNING INTELLEKTUAL TIZIM ALGORITMI VA DASTURIY TA’MINOTINI YARATISH
PROFESSOR-O'QITUVCHILAR ILMIY REYTINGINI SHAKLLANTIRISH VA MONITORING QILISHNING INTELLEKTUAL TIZIM ALGORITMI VA DASTURIY TA’MINOTINI YARATISH MUNDARIJA Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3 I bob . Axborot tizimining m a’lumotlar bazasini yaratis h va uni loyihalash bosqichlari .. 7 1. Axborot tizimida m a’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari . . 7 2. Axborot tizimi m a’lumotlar bazasini loyihalash . . . . . . . . . . . . 11 3. Ma’lumotlar modellari va m a’lumotlar bazasini yaratish tizimlari. . . . . . . . . . . . . . 15 4. Ma’lumotlar bazasini tahrirlash uchun amaliy dastur ishlab chiqish vositasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 24 I bob bo‘yicha xulosa………………………………………….. 26 I I bob. Professor-O`qituvchilar ilmiy reytingini shakllantirishning sun`iy intellekt tizimi ma`lumotlar bazasi tavsilotlari . 27 1. Reyting tizimlari va ularning afzalliklari . . . . . . . . . . 2. O`qituvchilar ilmiy reytingini ma’lumotlari modelini ishlab chiqish va ilmiy reyting tizim ining ma’lumotlar bazasini loyixalash ……………………………………………. 37 3. 4. Ma’lumotlarga asosan so ‘rovlar hosil qilishni shakllantirish…………………………………………… Ilmiy reytingni shakllantirishda suni`y intellekt tizim algoritmlarini qo`llash……………… 38 II bob bo‘yicha xulosa………………………………………….. 38 I II bob. Professor-O`qituvchilar ilmiy reytingini shakllantirishning intellektual tizimi dasturiy ta’minotining tav f sifi ……………………… 39 1. Ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish . 41 2. Dasturiy ta’minotning mantiqiy strukturasi . . . . . . . . . . . . . . . . . 1
43 3. Dasturiy ta’minotning tarkibi tavsifi . . . . . . . . . . . . . . 49 4. Dastur yordamida reytingni shakllantirish jarayoni amalga oshirish……………………………………………………… 50 III bob bo‘yicha xulosa………………………………………….. 53 Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 54 Adabiyotlar ro‘yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Ilovalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . KIRIS H O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi [1] . Unda belgilangan vazifalar sirasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish ham aloxida ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim tizimidagi boshqaruv jarayonlarni elektron hisoblash mashinalari yordamida avtomatlashtirish usullarini yaratish bugungi kunni asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi[1]. Jamiyatning barcha sohalari jadallik bilan rivojlanayotgan bir vaqtda axborot texnologiyalari ham barcha sohalarga jadallik bilan kirib bormoqda. Bugungi kunda ma’lumotlar oqimining ko‘pligi tufayli ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlash muommosi ham ortib bormoqda. Ma’lumotlar oqimining ko‘pligi tufayli ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlash uchun ma’lum bir sohaga oid muammoni hal qiladigan avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish ta’lab etiladi[3]. Ushbu masalalarning dolzarbligi xususida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-1730 sonli qarori, hamda “O‘zbekiston Respublikasida “Elektron ta’lim milliy 2
tarmog’ini yaratish” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-1740 sonli qarori va me’yoriy hujjatlarda alohida ta’kidlab o‘tilgan. Zamonaviy axborotlar sistemasi, ma’lumotlar integrasiyasi konsepsiyasiga asoslangan katta xajmdagi ma’lumotlarni saqlash bilan tavsiflanadi va ko‘p sonli foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob berishi kerak bo‘ladi. Axborot tizimi va axborot texnologiyasining avtomatlashtirilgan elementlarini qo‘llash va avtomatlashtirish asosida yangi axborot texnologiyasini yaratish avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashtiruvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu dissertatsiya ishining maqsadi o liy ta’lim boshqaruvida professor- o`qituvchilarni ilmiy reytingini tafakkurli tizim algoritmlari yordamida shakllantirish va dasturiy ta’minotini yaratish hisoblanadi. Ishning natijasi esa oliy ta’lim tizimida eng asosiy axborot manbai bo‘lgan tarmoq (global yoki lokal) texnologiyasi asosida ishlovchi “O`qituvchilar ilmiy reytingini avtomatlashtirish tizimi” dasturiy ta’minoti hisoblanadi. Dissertatsiya ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Ta’lim tizimida o‘quv jarayonini boshqarishning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, zamonaviy axborot texnologiyalarini yurtimizda keng joriy etish uslubini yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ta’lim muassasalarining professor-o`qituvchilari ilmiy faoliyatini baholashni avtomatlashtirishda oliy ta’lim muassasasi o`qituvchilari ma’lumotlar bazasi hosil qilinadi. Ma’lumotlar bazasi asosida barcha o`qituvchilar o`zlarining ilmiy faoliyati ma’lumotlaridan tarmoq orqali avtomatik tarzda foydalanish imkoni yaratiladi. Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi: Oliy ta’lim muassasalari ilmiy-o`quv bo‘limi tadqiqot ob’yekti, uning ishini avtomatik tarzda boshqarishni tashkil etish tadqiqot predmeti hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Ishning maqsadi o‘quv muassasa o`qituvchilarining ilmiy faoliyatiga tegishli ma’lumotlar bazasini yaratish va unda tizimdan lokal yoki global tarmoq orqali foydalanish hamda ma’lumotlarni qayta 3
ishlashni amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot yaratishdan iborat. Ishning maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim: -Tezkor ravishda fakultet, kafedra, ish turlari bo yicha so rovlar asosida o`qituvchilarni amalga oshirgan ishlari haqidaʻ ʻ ma’lumotlarni shakllantirib hisobot ko rinishida chop etish. ʻ -Tizimdan foydalanuvchilarni ro yxatdan o tkazish; ʻ ʻ -Tizimga o`qituvchilarning yutuqlari haqida ma’lumot kiritish; -Har safar kiritilgan ma’lumotlarni yangilash; -Administrator ixtiyoriy vaqtda kafedra va fakultet kesimida so rovlar asosida ʻ o`qituvchilarni reytingini aniqlash; - Tekshiruvdan o`tmagan ma`lumotlarni o zgartirish; ʻ -Tizim tarkibidagi o`qituvchilarga avtomatik tarzda mavjud ma`lumotlarga asoslanib ball qo`yib bori sh ; -Ixtiyoriy kafedrada nisbatan kam ball to`plagan o`qituvchilarni aniqlash. Dasturiy ta’minot tavsifini berib, un dan amalda foydalanish uchun ko‘rsatma lar berish. Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili: Ma’lumotlar bazasining tarkibiy qismlarini, ma’lumotlarning infologik va datalogik modellari bilan ishlash, ma’lumotlar bazasining fayl tizimini yaratish, ma’lumotlar bazasiga so‘rovlar bilan ishlov berish quyidagi asosiy adabiyotlardan tahlil qilib o‘rganildi: 1. Atkinson, Leon. A92 MySQL. Biblioteka professionala.: Per. s angl. — M.: Izdatelskiy dom "Vilyame", 2002. — 624 s.: 2. T. Konolli, K. Begg "Bazы dannыx: proektirovanie, realizatsiya i soprovojdenie" , Dialektika 2000 . 3. “Professional PHP Programming” Published by Wrox Press Ltd., USA. 4
Web ilova ni yaratishda asosan Marxvida I.V. "Sozdanie Web-stranits: HTML, CSS, JavaScript" Minsk OOO "Novoe znanie", 2002 -352 s. adabiyotlar i dan foydalanildi. Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi: - ma’lumotlar bazalarini loyihalashda relyasion algebra va tarmoq texnologiyalaridan foydalanildi; - dastur client-server (mijoz-server) texnologiyasi asosida ishlab chiqildi; - ma’lumotlarni himoyalashda identifikasiyalash usulidan foydalanildi; - dastur foydalanuvchilarini guruhlarga ajratish va dasturdan foydalanish uchun avtorizatsiya tizimini qo‘llash texnologi yas idan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Dissertatsiya ishini bajarish natijasida yaratilgan ma’lumotlar bazasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi o`qituvchilarining ilmiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yagona algoritm asosida qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot yaratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiya ishi natijalaridan oliy ta’lim tizimidagi barcha oliy o‘quv yurtlarida foydalanib, real iqtisodiy va sifat samaradorlikka erishish mumkin. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Mazkur ishda universitet ilmiy-o`quv bo‘limi ishini yuritishni amalga oshirish dasturiy ta’minoti tarmoq texnologiyasidan foydalangan holda yaratildi va ma’lumotlar bazasi modeli MySQLWorkbench tizimida ishlab chiqildi. Universitet ilmiy-o`quv bo‘limi ishini avtomatik tarzda boshqarish jarayonida ma’lumotlarni saqlanish holatini, vaqtni tejash va ma’lumotlar aylanishini samarali hosil qilish imkonini beradi. Bitiruv ishining tarkibining qisqacha tavsifi: Dissertatsiya ishi, kirish qismi, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati iborat. I- bob. Ma’lumotlar bazasini yaratis h va uni loyihalash bosqichlari . Mazkur bobda ma’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari, uni loyihalash jarayoni, yaratish usullari, reyting tizimlari va ularning afzalliklari, tahrirlash uchun amaliy dastur ishlab chiqish vositasilari bayon etilgan. 5