ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRISH MASALASINI TADQIQ QILISH VA DASTURIY TA’MINOTINI YARATISH
ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRISH MASALASINI TADQIQ QILISH VA DASTURIY TA’MINOTINI YARATISH 1
MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………… 3 1-BOB Ishlab chiqarish va uni rejalashtirish masalasining umumiy tavsifi ………………. . ……… . ……………………............................. 6 1 .1 Ishlab chiqarishni rejalashtirish va undagi samaradorlik tushunchalari 6 1.2 Ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirish masalalari …...... …... 7 1.3 Chiziqli dasturlash masalasining umumiy qo‘yilishi ............................. 1 1 1.4 Chiziqli dasturlash masalasini yechish uchun simpleks usul …. ……... 2 2 2-BOB Ishlab chiqarishni rejalashtirish va samarali daromad olish masalalari uchun dasturiy ta’minot ………………………………. 27 2 .1 Ishlab chiqarishni samarali rejalashtirish va daromad olish masalalarining matematik modellari ………………………………. 27 2.2 Dasturiy ta’minotdan foydalanuvchilar uchun ko‘rsatmalar ............... 29 2.3 Dasturiy taminotni boshqa mavjud bo‘lgan dasturiy ta‘minotlar bilan taqqoslash ………………………………………………………….. 35 XULOSA…………………………………………………………….. 44 Foydalanilgan adabiyotlar.………………………………………… 45 ILOVALAR 2
Kirish Masalaning qo‘yilishi. Ishlab chiqarishni tashkil etishda samarali reja va daromad olish masalalarini tadqiq qilish va matematik modellari chiziqli dasturlash masalasiga keluvchi ishlab chiqarish masalalari uchun qulay interfeysga ega bo‘lgan dasturiy ta‘minot yaratish. Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatning barcha sohalarida ishlab chiqarish va daromad olishni optimallashtirish muhum masala hisoblanadi. Ayniqsa bugungi kunda rivojlanayorgan, shiddat bilan sanoatlashayotgan jamiyatda, tabiiy holda raqobatning kuchayishi ortidan ishlab chiqarishni optimal rejalashtirish va optimal daromad olish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Ishlab chiqarishni optimallashtirish masalalari nazariy jihatdan, ya’ni ularning matematik va boshqa modellarini yaratish ularni yechish va hakozolar, birmuncha yaxshiroq o’rganilgan bo’lishiga qaramay amaliy jihatda o’rganishga yetarlicha ishlar mavjud bo’lib bulardan biri bu nazariy tomondan yaratilgan modellar uchun dasturiy ta’minot yaratish. Shuning uchun bu ishda ishlab chiqarishni samarali rejalashtirish va daromad olish masalalari uchun dasturiy taminot yaratish masalasi qaraladi. Ishning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsad va vazifasi bu ishlab chiqarish sohalar, ularning turi, yo’nalishi, ishlab chiqarish jarayoni, moddiy ta’minoti va boshqa parametrlariga ko’ra optimal rejalari va daromadlarini hisoblashlarni yengillashtirish. Ilmiy-tatqiqot usullari. Ushbu bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqarishni tashkil etishda eng samarali reja va doromad olish masalalarining matematik modeli chiziqli dasturlash masalasiga keladigan hollar uchun o’rganilgan bo’lib bu modelni yechish uchun yaratilgan dasturiy ta’minot simpleks usuliga asoslangan. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Yuqorida aytib o’tganimizdek ishlab chiqarishni va daromadni optimallashtirish masalasi nazariy jihatdan ko’plab olimlar tomonida yaxshi o’rganilgan bo’lib ular ushbu masalaning turli xil modellarini yaratish va ularni yechish kabi natijalarni olishgan. Bu kabi natijalar 3
keltirilgan ko’plab adabiyotlar mavzuni tadqiq qilishda o’rganilgan. Mavzuning o’rganilishi boshlang’ch darajada bo’lib, bu mavzuni o’rganish natijasida olingan natija ya’ni yaratilga dasturiy ta’minot sodda bo’lib u faqat bir yo’nalishga mo’ljallangan hisob kitoblarni bajaradi. Bu dasturiy ta’minotni kelajakda yanada mukammallashtirish rejalashtirilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishida olingan natijalar amaliy-uslubiy xarakterga ega bo‘lib, ishda ishlab chiqarishni eng samarali rejalashtirish va daromad olish masalalarini yechishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot yaratligan. Bu dasturiy ta’minot PHP dasturlash tilida yaratilgan bo’lib, u vizuallashgan qulay interfeysga ega. Tadqiqot predmeti va ob’ekti. Tadqiqotning predmeti “Jarayonlar tadqiqoti”, “Iqtisodiyotda jarayonlar tadqiqoti”, “Iqtisodiyot masalalarini matematik modellashtirish”, “Matematik dasturlash” , “Java dasturlash tili” va shu kabi fan sohalari bo‘lib, ob’ekti ishlab chiqarishni rejalshtirish masalalarining matematik modellaridan iborat. Tatqiqotnig ilmiy va amaliy ahamiyati. Ishda olingan natijalar va unda qo‘llanilgan usullardan turli iqtisodiy, ijtimoiy sohalarning ko‘pgina amaliy masalalari, jumladan, ishlab chiqarishni rejalashtirish va samarali daromad olish masalalarini tadqiq qilishda, “Jarayonlar tadqiqoti”, “Iqtisoriyotda jarayonlar tadqiqoti”, “Iqtisodiyot masalalarini matematik modellashtirish” va shu kabi fanlarning amaliy mashg‘ulotlari o‘quv jarayonlarida dasturiy vosita sifatida foydalanish mumkin. Ishning tuzilishi. Ushbu ish kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. I bob to‘rtta paragrafdan iborat bo‘lib, unda adabyotlardan foydalanilgan holda, bitiruv malakaviy ishiga qo’yilgan “ Ishlab chiqarishni tashkil etishda samarali reja va daromad olish” masalasi ni tavfislash va natija olish uchun zarur bo‘lgan asosiy tushunchalar, ta’riflar, tasdiqlar va matematik modellar keltirilgan. Bularning asosiylari quyidagilardan iborat: Ishlab chiqarishni tashkil qilish va 4
rejalashtirish masalalari va ularning qo’yilishi, Chiziqli dasturlash masalalari va ularning shakllari, Chiziqli dasturlash masalalarini yechish usullari-Simpleks usuli. II bob uchta paragrafdan iborat bo’lib, birinchi paragrafda ishalab chiqarishni tashkil etishda samarali reja va daromad olish masalalarining matematik modellari haqida so’z yuritilgan, ikkinchi paragrafda bu modellardan biri bo‘lgan chiziqli dasturlash masalasini simpleks usuli orqali yechishga asoslangan PHP dasturlash tilida qulay interfeysga ega bo‘lgan dasturiy ta’minotning funksional sxemasi keltirilgan hamda turli masalalarni yechish orqali dasturiy ta’minotdan foydalanuvchilar uchun ko‘rsatmalar berilgan . Uchinchi paragrafda dasturiy ta’minotning to’gri ishlashini tekshirish uchun bir nechta mavjud standartlashgan dasturiy ta’minotlar bilan taqqoslashlar o’tkazilgan. Olingan natijalarning qisqacha mazmuni. Bitiruv malakaviy ishida ishalab chiqarishni samarali rejalashtirish masalalari va ularni yechish uchun olingan matematik modellar bilan tanishib chiqildi hamda bu modellardan biri bo’lgan chiziqli dasturlash masalasini simpleks usuli yordamida yechishga asoslangan dasturiy ta’minot yaratildi. Bu dasturiy ta’minotdan foydalanib, turli xil cheklanmalar orgali berilgan chiziqli dasturlash masalalarini yechish mumkin, qaysiki bu masalalar ishlab chiqarishni rejalashtirish va samarali daromad olish masalalarining asosiy matematik modellaridan biri hisoblanadi. Chiziqli dasturlash masalasi simpleks usuliga asoslanib yechiladi. Dasturiy ta’minot yordamida olingan chiziqli dasturlash masalasining yechimi ishlab chiqarishni optimal rejalashtirish va optimal daromad olishning yechimi bo’ladi, ya’ni maqsad funksiyasining maksimumi optimal daromad olishga va shu funksiyani maksimumga erishtiruvchi o’zgaruvchilarning qiymati optimal rejalarga mos keladi. 5