QISQA MUDDATLI DINAMIK YUKLANISHLAR TA’SIRIDA QOVURG`ALI ELASTIK-PLASTIK YASSI QOBIQNINIG NOCHIZIQLI DEFORMATSIYALANISHI
QISQA MUDDATLI DINAMIK YUKLANISHLAR TA’SIRIDA QOVURG`ALI ELASTIK-PLASTIK YASSI QOBIQNINIG NOCHIZIQLI DEFORMATSIYALANISHI MUNDARIJA KIRISH ………………………… …………… …………….. ………… … … .. . 3-6 I-BOB. QOVURG`ALI YASSI QOBIQ HARAKAT TENGLAMALARI VA ELASTIK-PLASTIKLIK HISOBGA OLINGAN ASOSIY MUNOSABATLAR..... ………………… 1.1- §. Qovurg`ali yassi qobiq uchun harakat differensial tenglamalar 7-10 1.2- §. Elastik- plastiklik nazariyasining umumiy tushunchalari ……... 11-35 1.3 - § . Elastik-plastiklik yassi qobiq uchun asosiy munosabatlar……... 36-41 I-bob bo`yicha xulosa................................................................... 41 II-BOB. YASSI QOBIQNING NOCHIZIQLI DEFORMATSIYASINI HISOBLASH MASALASI VA UNI HISOBLASH UCHUN SONLI USUL ………………………………………………… 2.1- §. Masalaning qo`yilishi va matematik modeli…………………… 42-46 2.2 - §. Harakat tenglamalari va asosiy elastik-plastik munosabatlar uchun sonli usul........................................................................... 46-50 2.3 - §. Masalani hisoblash algoritmi va d asturlar to`plami.................... 51-52 II-bob bo`yicha xulosa................................................................ 53 III - BOB . QISQA MUDDATLI DINAMIK YUKLANISHLAR TA’SIRIDA QOVURG`ALI ELASTIK-PLASTIK YASSI QOBIQNING NOCHIZIQLI DEFORMATSIYALANISH MASALASI ……………………………….…………………... 3.1- § Qovurg`ali elastik-plastik yassi qobiqning oniy o`suvchi dinamik yuklanish ta’siridagi nochiziqli deformatsiyasi.............. 54-60 3.2- § Qovurg`ali elastik-plastik yassi qobiqning sekin ortib boruvchi kuch ta’siridagi deformatsiyalangan kuchlangan holati............... 61-68 III-bob bo`yicha xulosa………………………………………. 69 XULOSA …... ……………… …………….. ……………………….…… ….... 70-71 ADABIYOTLAR RO`YXATI ……………………..……………..………..... 72-73 1
KIRISH Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Har xil statik va dinamik yiklanishlar ta’sirida qurilmalar elementlarining plastiklik nuqtai nazaridan kuchlanganlik-deformarsiyalanganlik holatini analitik va sonli usullar yordamida o`rganishga oid bir qancha ilmiy ishlar yozilgan [1,3–6, 9]. Bu ishlar bilan tanishib chiqish shuni ko`rsatadiki, bu sohada qo`yilgan masalalarni yechish, tekshirish ishlarini uslubiyatini yanada rivojlantirish va qayta ko`rib chiqish imkoniyatlari ustida ishlash lozim. Shu maqsadda mazkur magistrlik dissertatsiyasida chetlari qistirib mahkamlangan qisqa muddatli dinamik yuklanishlar ta’siri ostidagi qovurg`ali qobiq elastik-plastik deformatsiyalari haqidagi chegaraviy masalani qobiqqa o`rnatilagan qovurg`alar soni va ularning joylashishishidan bog`liq bir necha variantlarda nochiziqli Timoshenko modellariga tayangan holda o`rganib chiqishga harakat qilindi. Texnika va xalq xo`jaligi tarmoqlarining bir necha sohalarida , xususan qurilish inshoatlarida , fuqaro aviatsyasida , kemasozlikda va yo`l qurilishlarida qobiq ko`rinishidagi yoki qovurg`alar bilan mustahkamlangan muhandislik qurilmalari ko`plab qo`llaniladi . Buday turdagi konstruksiyalarni defomasiyalanish holatlarini o`rganish , qurilma mustahkamligini oshirish va ta’minlash yoki mustahkamligini saqlagan holda material sarfini tejash masalalari muhandislik va injenerlik sohalarining dolzarb masalalari hisoblanadi . Fan va texnikaning rivojlanishi bir qancha muhandislik konstruksiyalariga dinamik ta’sirlarni konstruksiya elementlari materialining yetarlicha aniqlikda fizik - mexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqur o`rganish vazifasini bajarish o`rganish muhim ahamiyatga ega . Dissertatsiya ishining tadqiqot obekti va predmeti. Tadqiqotning obyekti sifatida qisqa muddatli yuklanishlar qo`yilgan va bu yuklanishlarda elastikplastik xususiyati namayon bo`ladigan halqali ravishda qovurg`alar bilan mustahkamlangan chetlari qistirib mahkamlangan yassi qobiq olingan. Tadqiqotning predmeti qisqa muddatli ta’sirga ega bo`lgan oniy o suvchiʻ hamda sekin orib boruvchi tashqi dinamik kuchlar ta siridagi elastik-plastik ʼ 2
qovurg ali yassi qobiqlarning qobiqqa biriktirilgan qovurg`alar soni vaʻ joylashish koordinatalaridan bog`liq nochiziqli deformatsiyalanish jarayonlarini tashkil etadi. Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari: Adabiyotlar tahliliga asoslangan holda avvalo chetlari qistirib mahkamlangan simmetrik yuklangan yassi sferik qobiqning elastik va plastik deformatsiyalanishi, keyin esa qobiqqa qovurg`a o`rnatilgan holda qovurg`a koordinatasini o`zgartirish va qovurg`alar sonini oshirishdagi nochiziqli deformatsiyalanish holatlari chegaraviy masalasi o`rganib chiqish maqsad qilib qo`yildi. Buni amalga oshirish uchun elastik-plastik deformatsiyalanuvchan yupqa yassi sferik qobiq uchun aniqlashtirilgan modellarga tayangan holda nochiziqli chiziqli muvozanat differensial tenglamalari keltirib chiqarish, plastiklik nazariyasi asosi munosabatlari hamda va tenglamalarini o`rganib chiqish, elastik-plastiklikning chegaraviy masalasida tashqi yuklanish simmetrik holatida, deb faraz qilinib, simmetrik chegaraviy masalani yechish metodikasini o`rganish, sonli hisob algoritmi tuzish va olingan natijalarni grafiklar yordamida tahlil qilish vazifalari qo`yildi. Muammoning ishlab chiqilish darajasi: Qo`yilgan elastik-plastiklik nochiziqli masalasini yechishda zamonaviy hisob usullaridan hamda hisoblash algoritmiga tayanilganligi, olingan natijalardagi xulosalar mavjud ayrim tadqiqotlar natijalari va masalaning fizik mohiyati bilan mosligi sababli mazkur magistrlik dissertatsiyasidagi hisob jarayonlari natijalari qo`yilgan muammo uchun yuqori saviyada amalga oshirildi. Tadqiqot mavzusi bo yicha adabiyotlar sharhi. ʻ Q obiqga o`rnatilgan qovurg`alar joylashishida diskretlikni hisobga olish ikkinchi xil yondashish bo`ladi va katta umumiylikni kasb etadi. Konstruksiylarning qobirg ali elementlarining ʻ static va dinamik deformatsiyalanishi masalalari bo yicha yurtimizda va chet elda taniqli olim va ʻ tadqiqotchilardan Sh.Galiev, Yu.P.Jigalko, V.V.Karpov, R.I.Xalmuradov, A. B. 3
Qarshiyev , I.Ya.Amiro, V.A.Zaruskiy va boshqalar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Konstruktiv-ortotropiyaning kiritilishi qovurg`alar va qobiq o`rtasidagi o`zaro ta’sir xususiyatlaridan chetlashishga imkon beradi hamda masalani soddalashtiradi. Qovurg`alar bilan kuchaytirilgan plastinkalar va sferik qobiqlar dinamik masalalarini yechishning sonli usullari Sh.U.Galiyev, R.I. Xalmuradov, A.B.Qarshiyev , O`.A.Nishonov lar ishlarida tadqiq qilingan bo`lib, konstruksiya qovurg`ali elementlari holatini tadqiq qilishning nisbatan yangi va kelgusida samarali yo nalishiʻ da ularning talab qilingan parametrlari sonli hisoblash bo lib ʻ hisoblanadi. Geometrik chiziqlimas qo`yish esa A.Abdirashidov, A.B.Qarshiyev , O`.A.Nishonov ishlarda foydalanilgan. Bir necha ishlardagina plastinkaning impulsli yuklanishlar ta’siridagi plastik egiluvchanlik deformatsiyasi qarab chiqilgan. Xullas , yuqoridagi aftorlarning ishlarning natijalarini , hamda bu ishlarda ko`rsatib o`tilmagan ko`pgina tadqiqotlarni tahlil qilib ko`rib , qisqa muddatli nostatsionar yuklanishlardagi elastik plastik nochiziqli deformatsiyalangan holatini aniqlash vazifa bajarildi , bu asosan bir yo`nalishda qovurg`alar bilan kuchaytirilgan yassi qobiqlar uchun tadbiq etiladi . Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: qisqa muddatli dinamik yuklangan yassi sferik qobiqning elastik va elastik-plastik deformatsiyalanishi holatini aniqlash. Shunigdek har xil yuklanishlar xususan oniy o`suvchi va sekin ortib boruvchi yuklanishlarning va qobiqqa mustahkamlangan qovurg`alarning qobiq kuchlangan-deformatsiyalangan holatiga ta’sirini aniqlash, plastiklik nazariyasi chegaraviy masalasini yechishni mavjud usul yordamida tahlil qilishdan iborat. Hozirgi kunda elastik-plastiklik nazariyasi masalalari mashinasozlik, gidroinshootlar, geologiya, gidroquvurlar, suv va gaz uzatish tarmoqlarida uchrab turadigan amaliy masalalarni yechishga asos bo`lib xizmat qiladi. 4
Ish tuzilmasining tavsifi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovadan iborat bo`lib jami 73 betni tashkil qiladi. 5