logo

SAMARQAND VILOYATI AGROTSENOZLARIDA O’SUVCHI BEGONA O’TALAR NEMATODAFAUNASI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

19415.5 KB
SAMARQAND VILOYATI AGROTSENOZLARIDA O’SUVCHI BEGONA
O’TALAR NEMATODAFAUNASI
MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………………..………...3
I BOB. O`zbekistonda sabzavot ekinlari va begona o`tlarning nematodafaunalarini
o`rganilish holati va ularning sharhi ............................................................................6
1.1. Pomidor agrotsenozlari nematodafaunasini o`rganish holati…………....................6
1.2. Begona o`tlarning nematodafaunalarini o`rganishga oid tadqiqotlarning sharhi….10
II BOB. Tadqiqot ishlarining materiali va uslublari  ………………………………17
2.1. Tadqiqot materiali ………………………………………………………………...17
2.2. Tadqiqot uslublari ………………………………………………………………...21
III BOB. Begona o`tlarda topilgan nematodalarning taksonomik o`rni va biotoplar
bo’yicha tahlili …………..……………………………………………………….…...24
3.1.    Begona o`tlarda topilgan nematodalarning taksonomik o`rni ……………………24
3.2.   Pomidor   agrotsenozlarida   o`suvchi   begona   o`tlarning   nematodafaunalarini
tahlili……………………………………………………………………………………31
IV   BOB.   Agrotsenozlarda   topilgan   nematodalarning   ekologik   tavsifi   va   parazit
fitonematodalarning biosenotik xususiyatlari  ……………………………………...44
4.1. Agrotsenozlarda topilgan nematodalarning ekologik tavsifi ………………..……44
4.2. Begona o`tlarda topilgan parazit fitonematodalarning biosenotik xususiyatlari   …49
Xulosalar ………………………………………………………………………………51
Amaliy tavsiyalar ……………………………………………………………………..52
Foydalanilgan Adabiyotlar…………………………………………………………..53 KIRISH
Mashhur parazitolog akademik E.N. Pavlovskiy odam va hayvonlarning infeksion
va invazion (parazitar) kasalliklarini  qo`zg`atuvchilari tabiatda manba holida tarqalishi
haqida   nazariyasini   yaratar   ekan,   undagi   asosiy   qonuniyatlar   va   mulohazalar   qishloq
xo`jaligiga   ham   dahldor   ekanligini   tan   olish   lozim.   Buning   asosiy   mohiyati   shundaki
madaniy   ekinlarga   parazitlik   qiluvchi   va   fitonematodoz   kasalliklarini   keltirib
chiqaruvchi fitonematodalar tabiatda manba holida saqlanishi va ularni agrotsenozlarga
tarqalishini   ta`minlashda   turli-tuman   biogeotsenozlarda   o`suvchi   begona   va   yovvoyi
o`tlarning   roli   juda   katta   ekanligini   aytish   o`rinlidir.   Bunday   begona   o`tlar   xilma-xil
parazit   fitonematodalarga,   jumladan   bo`rtma   nematodalari,   kartoshka   nematodasi,
sabzavot va poliz ekinlarida parazitlik qiluvchi poya-nematodalari, lavlagi nematodasi,
xilma-xil   pratilenxlar   kabilarga   tabiiy   boshpana   va   manba   rolini   bajaradi.   Masalan,
birgina bo`rtma nematodalari 150 dan ortiq turdagi yovvoyi va begona o`tlarda uchraydi
yoki   kartoshka   nematodasi   tabiatda   50   turdan   ortiq   begona   o`tlarning   tanasini   o`ziga
boshpana qilishga moslashgan.   
Bunday   parazit   fitonematodalar   insonning   xo`jalik   faoliyati   tufayli
agrotsenozlarga   tarqalib,   undagi   madaniy   o`simliklarni   zararlab,   nematodoz
kasalliklarini   paydo   qiladi.   Ushbu   kasalliklar   tufayli   ekinning   hosildorligini   20   %   dan
60-70 % gacha kamayishiga sabab bo’ladi. 
Aytilganlarga   binoan   yovvoyi   va   begona   o`tlarning   fitonematodalari   faunasini
o`rganish,   ularni   agrotsenozlarga   tarqalish   yo`llarini   aniqlash   hamda   keng   tarqalgan
parazit   fitonematodalarini   bioekologik   va   biotsenotik   xususiyatlari   bo`yicha   ayrim
ma`lumotlarni   to`plash,   o`z-o`zidan   ma`lumki   ham   nazariy   va   amaliy   ahamiyatga
egadir.
Mavzuning   dolzarbligi .   Qishloq   xo’jaligi   ekinlari   yetishtiriladigan   yerlarda
o`suvchi   begona   va   yovvoyi   o`tlarning   parazit   fitonematodalarini   turlari   tarkibi   va
ularning   madaniy   ekinlarga   o`tishi   hamda   zararini   o`rganish,   shuningdek   begona
o`tlarning   qanday   turlari   parazitlarga   ko`proq   poshpana   va   tabiiy   manba   bo`laolishini
aniqlash   ishi   hozirgi   kundacha   yetarlicha   o`rganilmagan.   Bundan   tashqari
2 agrotsenozlarda   yetishtiriladigan   madaniy   ekin   bilan   parallel   ravishda   ushbu
maydonlarda   o`suvchi   begona   o`tlar   parazit   fitonematodalari   tarkibi,   ularni   o`zaro
taqqoslash hamda tahlil qilish e`tibordan deyarli chetda qolib ketgan.
Tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalari . Malakaviy bitiruv ishining mavzusi
bo`yicha olib borilgan tadqiqot ishlari oldiga quyidagi maqsad va vazifalar qo`yildi: 
Tadqiqot   ishlarining   maqsadi   Samarqand   viloyati   Payariq   tumani   sharoitida
pomidor   agrotsenozlari   begona   o’simliklari   nematodafaunasi   tarkibi,   ekologik
xususiyatlari va ularning balandlik mintaqalari bo`yicha tarqalishini aniqlashdan iborat
Tadqiqot ishlarining vazifalari:
1.   Pomidor   agrotsenozlarida   o`suvchi   begona   o`tlarning   nematodalari   faunasini
o`rganish va ular orasidan parazit fitonematodalarni ajratish;
2.   Pomidor   agrotsenozida   keng   tarqalgan   ayrim   parazit   fitonematoda   turlarini
bioekologik xususiyatlarini kuzatish va tahlil qilish; 
3.   Parazit   fitonematodalarning   o’simliklar   bilan   biosenotik   bog`langanlik
darajasini   o`rganish.   Fitoparazitlarning   pomidorga   ta`siri   va   kasallik   paydo   qilishini
aniqlash; 
4.     Parazit   fitonematodalarning   agrotsenozlarda   keng   tarqalishini   oldini   olishga
qaratilgan profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish va tavsiya qilishdan iborat bo`ladi.
Muammoning ishlab chiqish darajasi.
Bitiruv malakaviy ish mavzusi bo`yicha rejalashtirilgan maqsad va vazifalar to`la
bajarildi.   Samarqand   viloyatining   Payariq   tumani   “O`zbekiston”   jamoa   xo`jaligining
“Gegemon”   fermerchilik   maydonlaridan   begona   o`tlar   va   pomidorning   vegetativ
a`zolari   hamda   ularning   rizosferalari   tuprog`ida   yashovchi   nematodalar   o`rganildi.
Pomidor   va     begona   o`tlarning   nematodafaunalari   78   turdan   iborat   bo`lishi   aniqlandi.
Ushbu   turlarning   taksonomik   o`rni   tahlil   qilindi.   Barcha   aniqlangan   turlarning   kenja
sinflari   ,   turkumlari,   oila   va   avlodlari   oydinlashtirildi.   Pomidor   va     begona   o`tlarda
topilgan   nematoda   turlarining   69   %   sinfning   2   ta   ( Rhabditida   va   Tylenehida )
turkumlariga mansub bo`lishi aniqlandi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Ushbu   yo`nalishdagi   tadqiqotlarda   ilk   bor
pomidor   va   sabzavot   ekinlari   agrotsenozlarida   bir   xil   muhitda   o`suvchi   pomidor   va
3 begona   o`tlarda,   shuningdek   pomidor   va   begona   o`tlardagi   nematodafaunalari   tarkibi
qiyosiy   tahlil   qilindi.   Har   bir   madaniy   ekin   va   begona   o`t   o`zining   xususiy   va   barcha
o`simliklar   uchun   umumiy   bo`luvchi   turlarga   ega   bo’lishi   aniqlandi.   Shuningdek
pomidor   va   6   turga   (semizo’t,   qo`ypechak,   yantoq,   bangidevona,   itqo’noq   va   ituzum)
mansub begona o`tlar bo`rtma nematodasi bilan zararlanganligi aniqlandi.
Tadqiqotning   predmeti   va   ob`yekti.   Bitiruv   malakaviy   ishining   mavzusi
bo`yicha   tadqiqot   ishlari   Payariq   tumanining   “O`zbekiston”   jamoa   xo`jaligining
pomidor   maydonlarida   olib   borildi.   Ushbu   agrotsenozlarda   yetishtiriladigan   pomidor
shuningdek   ularning   maydonlari   hamda   sug`orish   shaxobchalarida   o`suvchi   6   tur
begona   o`tlarning   yer   usti   va   yer   osti   vegetativ   a`zolaridan,   ushbu   o`simliklarning
rizosferasi tuprog`ining 20, ba`zan 30 sm gacha chuqurligidan 200 ga yaqin o`simlik va
tuproq   namunalari   olinib,   ular   tahlil   qilinib,   pomidor   va   begona   o`tlarning
nematodafaunalari tarkibi aniqlandi.
Tadqiq   qilingan   madaniy   va   begona   o`tlarni   bo`rtma   nematodasi   bilan
zararlanganligini   aniqlash   maqsadida,   ildizi   bilan   kovlab   olingan   har   bir   tup
o`simlikning ildiz sistemasi sinchiklab ko`zdan kechirildi.
Tadqiqot   usullari.   Bermanning   varonka   usulidan   va   vizual   usulida   amalga
oshirildi.
Ish   bo’yicha   chiqarilgan   maqola.   Bakalavir     o z   tadiqotlarining   natijalariniʻ
fakultet   ITK   komissiyasiga   har   olti   oyda   taqdim   etib   bordi,   har   chorakda   kafedra
yig’ilishlarida hisobot berdi, har yili bo’lib o’tadigan bakalavrlar ilmiy konferensiyasida
ma’ruza qildi. Tadqiqot mavzusi bo yicha 1 ta ilmiy maqola (1 ta xorijiy jurnalda ) chop	
ʻ
etdi.
Tadqiqot   ishlarining   natijalarini   amaliy   ahamiyati.   Pomidor   ekini   hamda
ushbu   agrotsenozlarda   o`suvchi   begona   o`tlarning   parazit   fitonematodalari   tarkibi
o`zaro   qiyosiy   tahlil   qilindi.   Natijada   faunasi   o`rganilgan   pomidor   va     begona   o`tlar
uchun  umumiy  va  xususiy   parazit   fitonematodalar  ro`yhati  aniqlandi.  Agrotsenozlarda
tarqalgan   parazit   fitonematodalarning   pomidor   va     begona   o`tlarga   zarar   keltirish
darajasi o`rganildi. Olingan ma`lumotlar parazit fitonematodalarga qarshi profilaktik va
agrotexnik kurash tadbirlarini ishlab chiqishga qo`shimcha asos bo`lib xizmat qiladi.
4 Ishning   tuzilishi   va   hajmi.   Bitiruv   malakaviy   ishi   kirish,   4   bob,   xulosalar,
tavsiyalar,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxati   57  ta   iborat.  Ishning   matni   kompyuterda
yozilgan 59 betni o’z ichiga oladi, unda1 ta jadval, 6 ta rasmlar berilgan.
5 I BOB. O`zbekistonda sabzavot ekinlari va begona o`tlarning nematodafaunalarini
o`rganilish holati va ularning sharhi.
O`zbekiston Respublikasida qishloq xo`jaligi ekinlari nematodalarini o`rganishga
qaratilgan   ilmiy   tadqiqot   ishlari   1930   yillarda   boshlangan   bo`lib,   u   ikki   yo`nalishdan,
ya`ni: 
1. Madaniy va yovvoyi o`simliklarning tanasi va ularning ildizi atrofi (rizosferasi)
tuprog`ida   yashovchi     nematodalari   majmuini   o`rganish,   ular   orasida   parazit   turlarini
aniqlash;
2.   O`simliklarga   zarar   keltiruvchi   parazit   fitonematodalarini   bioekologik
xususiyatlarini   o`rganish   hamda   ularga   nisbatan   qarshi   kurash   choralarini   ishlab
chiqishdan iborat bo`ldi. 
Hozirgi   kunda   fitogelmintologik   tadqiqotlar   tufayli   O`zbekiston   sharoitida   turli-
tuman bir yillik va ko`p yillik madaniy o`simliklarda 40 turdan ortiq parazitlar uchrashi
aniqlangan.   Shuningdek   madaniy   va   yovvoyi   o`simliklarning   nematodafaunalari
majmuini   o`rganilishi   natijasida   turli-tuman   biotsenozlar   va   agrotsenozlarda
o`simliklarning   tanasida   hamda   ularning   rizosferalari   tuprog`ida   nematodalarning   700
turdan ortiqroq bo`lishi aniqlangan.
1.1. Pomidor agrotsenozlari nematodafaunasini o`rganishga oid tadqiqot
ishlarining holati va sharhi.
O`zbekiston   Respublikasi   sharoitida   sabzavot   ekinlarining   nematodafaunasini
o`rganish   va   ular   orasidan   parazit   fitonematodalarni   aniqlash   ishiga   dastlab   prof.
A.T.To`laganov   asos   solgan.   U   1931-1936   yillarda   Zarafshon   vodiysining   Buxoro,
Karmina,   Kattaqurg`on   va   Samarqand   tumanlari   sharoitida   pomidorning
nematodafaunasini   o`rganib,   ushbu   o`simliklarning   vegetativ   a`zolarida   hamda
rizosferasi tuprog`i qatlamlarida 25 turdan iborat nematodalar bo`lishini aniqlaydi. 
6 Nematodafauna   tarkibidagi   turlar   oddiy   afelenx   ( Aphelenchoides   parietinus ),
Kyun   afelenxi   ( A.Kűhnii ),   poya   nematodasi   ( Ditylenchus   dipsaci )   va   maysa   pratilenxi
( Pratylenchus   pratensis )   kabilar   sabzavot   ekinlariga,   jumladan   pomidor   uchun   ham
zararli   ekanligini   qayd   etadi.   A.T.To`laganovning   keyinchalik   (1949)   olib   borgan
tadqiqotlarida   Zarafshon   vodiysining   turli   tuman   va   xo`jaliklarida   sabzavot   bodring,
qand   lavlagi,   piyoz,   karam,   sabzi   va   pomidorning   fitonematodalarini   o`rganish   ishini
davom   ettirib,   ushbu   o`simliklarda   turli-tuman   fitonematodalar   uchrashini   hamda
ularning ayrimlari sabzavot ekinlari uchun katta havf tug`dirishini isbotlaydi.
A.T.To`laganovning   ma`lumotlariga   binoan   piyozda   23   tur,   bodringda   26   tur,
pomidorda 28 tur va sabzida 20 tur nematodalar bo`lishi bilan xarakterlangan. Sabzavot
ekinlarining   yer   usti   va   ildiz   sistemalarida   topilgan   turlarning   ko`pchiligi   o`simlik
shirasi bilan oziqlanuvchi  parazit  fitonematodalardan iborat bo`lgan. Shunisi  xarakterli
bo`lganki   tadqiq   etilgan   sabzavot   ekinlarining   barchasini   vegetativ   a`zolarida   parazit
turlardan   Ditylenchus   dipsaci   va   Aphelenchoides   parietinus   uchragan.   O`simliklarni
to`qimasi   bilan   oziqlanuvchi   turlar   orasidan   esa   Heterocephalobus   elongates   ko`p
uchragan.[33] 
L.T. Sheptal (1964-1968) Samarqand va Tayloq tumanlarida sabzavot ekinlari va
kartoshkaning nematodafaunalarini barafsil o`rganib, nazatiy va amaliy ahamiyatga ega
bo`lgan   ma`lumotlarni   olishi   mutaxassislar   e`tiborini   o`ziga   jalb   etadi.   U   Samarqand
viloyatining   2   ta   tumanida   etishtiriladigan   sabzavot   ekinlarida   162   tur   nematodalar
uchrasi aniqlanadi. Ularning 22 turi o`simliklarning yer usti vegetativ a`zolarida, 39 turi
ildiz sistemasida yashashi qayd qilingan.
O`simliklarning vegetativ a`zolarida topilgan turlar orasida   Aphelenchus avenae ,
Aphelenchoides parietinus ,  Ditylenchus destructor ,  D.dipsaci  va  Pratylenchus pratensis
kabi haqiqiy parazit fitonematodalar ekanligini aniqlangan. 
Ayniqsa kartoshka poya nematodasi ( D. destructor ) kartoshka, pomidor, bodring
kabilarga juda katta ziyon keltirishini qayd etadi. [57] 
O.I. Abdullayeva (1970) Toshkent viloyatida issiqxona sharoitida etishtiriladigan
pomidor va bodringni nematodafaunasini o`rganib, ushbu o`simliklarda va rizosferalari
tuprog`ida 143 tur uchrashini aniqlaydi. Issiqxonada o`suvchi  pomidor va bodringning
7 faunasi  tarkubida 22 tur parazit  fitonematodalar  bo`lishi  bilan birga, ushbu o`simliklar
ildizida   bo`rtma   nematodalari   ( Meloidogyne   hapla,   M.   incognita )   ancha   keng
tarqalganligini   qayd   qiladi.   Issiqxonalardagi   pomidor   o`simligining   30-35   %   ni,
bodringni 25-30 % ni ildizi meloydogenozga chalinganligini aniqlaydi. Bundan tashqari
o`simliklarning   yer   ustki   vegetativ   a`zolarida,   shuningdek   ildiz   sistemasida   parazit
turlardan   poya   nematodasi,   oddiy   afelenx,   maysa   pratilenxi,   ektoparazit   nematodalar
ancha keng tarqalganligi ma`lum bo`ladi. [1, 2] 
O`zbekistonda   sabzavot   ekinlarini   nematodafaunasi   va   uni   tarkibidagi   parazit
fitonematodalarni   o`rganishda   E.I.   Bratus,   M.M.   Karimova,   Z.S.   Aylarova,   S.M.
Rizayeva va boshqalarning tadqiqot ishlarining ahamiyati kattadir.
E.I.   Bratus   (1981)   Toshkent   viloyati   Kalinin   tumanining   bir   qator   xo`jaliklarida
sabzavot   ekinlari,   jumladan   pomidor   va   bodringni   nematodafaunasini   o`rganib,
pomidorda   155   tur,   bodringda   133   turdan   iborat   bo`lishini   aniqlaydi.   Ushbu
o`simliklarda   parazit   fitonematodalar   ham   ancha   katta   sonni   tashkil   qilishini   qayd
qiladi. Pomidorda 13 tur, bodringda 9 tur parazitlar bo`lishi bilan birga, ikkala ekin ham
bo`rtma   nematodasi  bilan zararlanganligini  ma`lum qiladi. Parazit  fitonematodalardan
yana   poya   nematodasi,   oddiy   afelenx,   chirituvchi   afelenx,   cho`l   nematodasi,   maysa
pratilenxi,   soxta   afelenx   kabilar   pomidor   va   bodringni   vegetativ   a`zolarida   yashashini
qayd   qiladi.   Pomidor   va   bodringning   nematodafaunalari   tarkibidagi   turlarni   ekologik
xususiyatlariga  binoan  o`zaro farqlariga e`tibor  berilganda ushbu  tomandan hali  ayrim
farqlar   borligi   namoyon   bo`ladi.   Agarda   o`simliklarning   rizosferasi   tuprog`ida   erkin
yashovchi   turlar   (para-rizobiontlar)   10   %   ni,   eusaprobiontlar   13.3   %   ni,
devisaprobiontlar 29.2 % ni tashkil etsa, fitogelmintlar 47.5 % ni tashkil etadi. [7] 
M.M. Karimova (1981) Farg`ona viloyatining Oxunboboyev tumanida 5 ta jamoa
xo`jaligida   sabzavot   ekinlari   nematodafaunasini   o`rganib,   ushbu   o`simliklar   tanasi   va
rizosferasi   tuprog`ida   52   turdan   iborat   nematodalarni   aniqlaydi.   Xo`jaliklar   sharoitida
sabzovot   (pomidor   va   bodring)   ekinlari   topilgan   turlar   orasida   parazit
fitonematodalardan   Ditylenchus   dipsacu ,   Helicotylenchus   multicinctus,
Tylenchorhynchus   dubius,   Makropostonia   rustika   va   Meloidogyne   sp.sp   kabilar   ancha
keng   tarqalganligini   qayd   qiladi.   M.M.   Karimova   hammualliflari   Z.S.   Aylarova,   S.M.
8 Rizayeva,   S.A.   Nikolashinalar   bilan   birga   (1981)   Surxandaryo   viloyatining   Sho`rchi,
Denov,   Sariosiyo,   Gagarin   va   Termiz   tumanlarida   sabzavot   va   poliz   ekinlarining
nematodafaunasini   o`rganib,   191   turga   mansub   nematodalarni   aniqlaydi.   Ularning
ma`lumotlariga   binoan   sabzavot   va   poliz     ekinlari   orasida,   parazit   fitonematodalardan
kartoshka nematodasi, maysa pratilenxi va bo`rtma nematodalarining keng tarqalganligi
aniqlandi.   [15].     O.I.   Abdullayeva   (1987)   Xorazm   viloyatining   Gurlan   tumaniga
qarashli   6   ta   xo`jalikda   sabzavot   ekinlarida   uchraydigan   nematodalar   73   turni   tashkil
qilishini   aniqlaydi.   Uning   bergan   ma`lumotlariga   binoan,   tadqiqot   olib   borilgan
xo`jaliklarda   sabzavot   ekinlari   kartoshka   nematodasi,   maysa   pratilenxi   va   cho`l
nematodalari   bilan   kuchli   zararlanganligini   qayd   qiladi.  Huddi   shunday   ma`lumotlarni
Z.S.Aylarova   (1987)   Andijon   viloyatining   Xo`jaobod   tumanida   amalga   oshirgan
tadqiqot ishlarida ham olgan. [6] 
N.X.   Xakimov   (2000-2001)   Samarqand   viloyatining   Samarqand,   Pastdarg`om,
Go`zalkent,   Jomboy   tumanlarida   sabzavot   ekinlari   maydonlarida   fitonematodalarning
tuproqda   vertikal   tarqalish   xususiyatlarini   o`rganib,   erkin   yashovchi   va   parazit   turlar
tuproqning   1   mert   chuqurligigacha   tushib   borishini   aniqlaydi.   Lekin   nematodalarning
tuproqda   vertikal   tarqalishi   ma`lum   qonuniyatlarga,   eng   avvalo   o`simlik   turi,   harorat,
namlik,   ozuqa,   tuproqning   kimyoviy   tarkibi,   gumus   va   boshqa   omillarga   bog`liq
bo`lishini   aniqlaydi.  Nematodalarning  asosiy   ko`pchiligi  tuproqning  yuza  qatlamlarida
(0-20  sm)   to`planishini   kuzatilgan.  O`simlik  bilan  yaqin  munosabatda   bo`luvchi  turlar
(parazitlar)   tuproqning   haydov   qatlamida   ko`proq   uchrashini,   undan   keyingi   pastki
qatlamlarda   esa   asosan   erkin   yashovchi   tuproq   nematodalaridan   iborat   bo`lishi
aniqlangan. []  N.X. Xakimov va K. Turdiqulova (2004) Samarqand viloyatining Tayloq
va   Urgut   tumanlarida   issiqxona   sharoitida   etishtiriladigan   pomidor   va   bodringning
nematodafaunasini o`rganadi. 
Tadqiqot   ishlari   davomida     pomidor   va   bodringda   topilgan   59   turning   19   tasi
parazit   fitonematodalar   guruhini   tashkil   etgan.   Ushbu   parazitlarning   5   tasi,   jumladan
Paraphelenchus   pseudoparietinus,   Aphelenchoides   parietinus,   Ditylenchus   dipsaci,
Pratylenchus   pratensis   va   Meloidogyne   hapla   kabilar   pomidor   va   bodringning   barcha
vegetativ   a`zolarida   ancha   katta   miqdorda   qayd   qilingan.   Shunisi   e`tiborga   sazavorki,
9 Tayloq   tumani   Bog`izag`on   shirkat   xo`jaligiga   qarashli   issiqxonalarda   pomidor   ildiz
sistemasida shimol bo`rtma nematodasi ancha keng tarqalgan. Ayrim issiqxonalarda esa
pomidorning   32-34   %,   bodringning   15-20   %   ushbu   parazit   bilan   zararlanganligi
aniqlanadi.
Shunday   qilib,   O`zbekistonning   turli   viloyatlarida   ochiq   maydonlar   va
issiqxonalar   sharoitida   etishtiriladigan   sabzavot   ekinlaridan   pomidor   va   bodring
nematodalari   faunasini   o`rganish   bo`yicha   olib   borilgan   tadqiqot   ishlari   tufayli   ushbu
ekinlarning   turli   vegetativ   a`zolarida   va   rizosferalari   tuprog`i   qatlamlarida   211   tur
topilgan,   lekin   fauna   tarkibi   turli   viloyat   va   vohalarda   turlicha   bo`lishi   qayd   qilingan.
Bunday   turli-tumanlik   hududlarda   iqlim   omillarining   turlicha   bo`lishi,   tuproq   turi   va
uning   strukturasi,   agrotexnik   tadbirlarning   turlicha   olib   borilishi   kabilar   bilan
ifodalanadi. 
Sabzavot   ekinlarining   parazit   fitonematodalarini   aniqlash   va   ularning
o`simliklarga   salbiy   ta`sirini   o`rganish   holatini   tahlil   qilish   shunday   xulosaga   olib
keladiki,   ushbu   yo`nalishdagi   ishlar   hanuzgacha   yetarlicha   amalga   oshirilmagan.
Shunga   binoan   bu   sohadagi   bo`lajak   tadqiqot   ishlarida   olinadigan   ilmiy-amaliy   yangi
ma`lumotlar nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`ladi.   
 
1.2. Begona o`tlarning nematodafaunalarini o`rganishga oid
tadqiqotlarning sharhi.
O`zbekiston   Respublikasida   madaniy   va   dekorativ   o`simliklarning
nematodafaunalarini   tadqiq   qilish   bilan   bir   qatorda   begona   va   yovvoyi   o`tlarning
nematodalari   majmuini  o`rganish  ishlari  ham  olib  borildi.  Bunday  tadqiqot   ishlarining
asosiy   maqsad   va   vazifalari   turli-tuman   biotsenozlar   va   agrotsenozlarda   tarqalgan   bir
yillik va ko`pyillik begona o`simliklarining parazit fitonematodalari faunasini o`rganish
va aniqlash hamda ularning ayrim bioekologik xususiyatlarini asoslab berishdan iborat
bo`lgan.   O`z-o`zidan   ma`lumki   ushbu   yo`nalishdagi   tadqiqot   ishlarida   olingan
ma`lumotlar va xulosalar nazariy ham amaliy ahamiyatga egadir.
10 Respublikamizda   begona   o`tlarning   fitonematodalari   faunasini   o`rganish   ishlari
1950   yillarda   boshlangan.   O`zbekiston   Fanlar   akademiyasining   akademigi,   professor
A.T.   To`laganov   rahbarligi   hamda   bevosita   ishtiroki   bilan   1952-1953   yillarda
Qoraqalpog`iston   Respublikasi   hududiga   uyushtirilgan   ilmiy   ekspeditsiyasi   davrida
Amudaryoning   quyi   oqimida   joylashgan   bir   qator   (To`rtko`l,   Qipchoq,   Qo`ng`irot,
Shumanay, Xo`jayli, Chilebay, Shabboz, Kechayli va Quybishev ) tumanlariga qarashli
yerlarning biogeotsenozlari va agrotsenazlarida tarqalgan begona va yovvoyi o`tlarning
30   dan   ortiq   turlarini   nematodafaunalarini   o`rganish   ishlari   amalga   oshirildi.   [38]
Amudaryoning   chap   sohili   bo`ylab   joylashgan   agrotsenozlarda,   shuningdek
sug`orilmaydigan   yerlarda   tarqalgan   30   turga   yaqin   begona   va   yovvoyi   o`tlarning
vegetativ   a`zolari   va   rizosferalari   tuprog`i   namunalari   to`plandi.   O`rganilishi
rejalashtirilgan   yovvoyi   va   begona   o`tlardan   semizo`t,   qo`ypechak,   bangidevona,
ituzum,   yantoq,   bo`ztikan,   itqunoq,   shuvoq,   g`umoy,   sinanxum,   oddiy   qamish,   sho`ra,
shapaloq   bargli   o`t,   qizilmiya,   qo`ng`irbosh,   tovuq   tarig`i,   amudaryo   juft   barglisi   va
boshqalarning   namunalarini   to`plash,   nematodalarini   ajratib   olish,   ularning   turlarini
aniqlash   va   tahlil   qilish   vazifasi   A.Sh.   Ataxonov   tomonidan   amalga   oshirildi.   Uning
ma`lumotlariga   binoan   tadqiq   qilingan   yovvoyi   o`simliklari   tanasida   va   ularning
rizosferasi   tuprog`ida   150   turdan   iborat   nematodalar   bo`lishi   aniqlandi.   Ushbu   turlar
orasidan   16   tasi   parazit   fitonematodalar   guruhini   tashkil   etgan.   Shuningdek   parazit
turlardan   poya   va   bo`rtma   nematodalari   begona   o`tlarda   ancha   keng   tarqalganligi
ma`lum bo`ldi. Bundan tashqari fauna tarkibidagi turlarning 12 tasi fan uchun va 25 tasi
Markaziy Osiyo faunasi uchun yangi turlar ekanligi aniqlandi.
Muallifning   nematodafaunani   har   tomonlama   tahlil   qilishi   natijasida,   har   bir
yovvoyi   o`simlik   turining   nematodalari   tarkibi   o`zgacha   bo`lishini   qayd   qildi.   Yantoq
boshqa   begona   o`simliklarga   nisbatan   turlarga   eng   boy   bo`lishini   aniqladi.
Amudaryoning   chap   sohili   bo`ylab   joylashgan   biotsenoz   va   agrotsenozlarda   o`suvchi
yantoqning   yer   usti   va   yer   osti   vegetativ   a`zolarida,   shuningdek   rizosferasi   tuprog`ida
76 turga mansub nematodalar topilgan. Fauna tarkibidan 9 turi parazit fitonematodalar
guruhini   tashkil   etgan.   Parazit   fitonematodalar   bo`rtma   nematodasining   ancha   ko`p
uchrashi   e`tiborni   o`ziga   jalb   qiladi,   chunki   ushbu   (yantoq)   o`simlik   o`zida   bo`rtma
11 nematodasini   tabiiy  manba   holida   saqlanishida   va   madaniy   ekinlar   orasida   tarqalishda
asosiy rol o`ynaydi. 
Qoraqalpoqiston   Respublikasi   hududiga   qarashli   Amudaryoning   chap   sohili
bo`ylab   tarqalgan   yovvoyi   o`simliklari   orasida   sinanxumda   eng   kam   nematoda   turlari
(29 tur) topilgan. Qolgan yovvoyi o`simliklarda 30 turdan 72 turgacha topilgan. Shunisi
xarakterliki  yovvoyi o`simliklarining ko`pgina turlari  ancha havfli  parazit  nematodalar
bilan, birinchi navbatda bo`rtma nematodalari bilan zararlanganligi qayd qilingan. 
Sh.A.   Ataxonovning   tadqiqot   ishlarida   olgan   ilmiy   ma`lumotlarini   tahlil   qilar
ekanmiz,   tadqiq   etilgan   yovvoyi   o`simliklarning   nematodafaunasi   150   turdan   iborat
bo`lar   ekan,   ularning   anchagina   turlari   saprozoylardan   iborat   ekanligini,   hamda   ushbu
guruh   vakillari   parazit   turlar   singari,   agrotsenozlarga   o`tishi   va   ularning   birqator
turlarini   madaniy   ekinlarning   vegetativ   a`zolariga   o`tib,   o`simlik   shirasi   va   to`qimasi
bilan  oziqlanishi   tufayli   ma`lum   darajada   o`simlikka  salbiy   ta`sir   ko`rsataolishini   ham
aytib   o`tish   o`rinlidir.   Saprozoylar   parazit   fitonematodalar   singari   turli-tuman   yo`llar
bilan   agrotsenozlarga   tarqalib,   madaniy   ekinlarni   zararlab,   xilma-xil   nematodoz
kasalliklarini keltirib chiqarishga faol ishtirok etishini aytib o`tish o`rinlidir. [4, 5]
Qoraqalpoqiston   hududidagi   Amudaryoning   chap   sohili   bo`ylab   joylashgan
tumanlari (To`rtko`l, Chimboy, Shabboz, Kegeyli  va Kuybishev) hududida turli-tuman
biotsenoz va agrotsenozlarda o`suvchi yovvoyi va begona o`tlarning 15 turini, jumladan
itqunoq,   yovvoyi   tariq,   bo`ztikan,   qamish,   qo`ypechak,   semizo`t,   sho`ra,   yantoq
kabilarning   nematodafaunasini   o`rganishda   A.T.   To`laganovning   olib   borgan   tadqiqot
ishining   ahamiyati   kattadir.   U   15   turga   mansub   yovvoyi   o`simliklarning   va   ularning
rizosferasi   tuprog`i   qatlamlarida   uchrovchi   saprozoy   hamda   parazit   fitonematodalar
turlari tarkibini batafsil tahlil qildi.
A.T. To`laganovning ma`lumotlariga binoan yovvoyi va begona o`tlardan yovvoyi
tariq,   itqunoq,   palchatka,   qamish   va   semizo`tda   41   turdan   54   turgacha   nematodalar
uchratilgan.   Ayrimlarida   (qo`ypechak,   sho`ra,   bangidevona,   bo`ztikan,   yantoq,
sinanxum,   amudaryo   juft   barglisi,   shuvoq)   esa   18   turdan   32   turgacha   bo`lgan.
Keltirilgan   ma`lumotlarga   binoan   Amudaryoning   o`ng   sohili   biotsenoz   va
agrotsenozlarda   o`suvchi   yovvoyi   va   begona   o`tlar   chap   sohildagiga   nisbatan
12 nematodalar   faunasi   ancha   kam   bo`lishi   bilan   xarakterlanadi.   Shuni   ham   aytib   o`tish
lozimki,   ikkala   sohildagi   nematodalar   turlarining   tarkibi   sezilarli   darajada   farq   qiladi.
Bir   yovvoyi   o`tning   nematodalari   ikkinchi   yovvoyi   o`tning   faunasi   tarkibidan   farq
qiladi.   Amudaryoning   o`ng   sohilidagi   yovvoyi   va   begona   o`tlarda   hammasi   bo`lib   83
tur   topilgan   bo`lsa,   shularning   qariyb   41   turi   (49.3   %)   o`simliklar   bilan   juda   yaqin
munosabatda bo`luvchi fitonematodalardan tashkil topgan.
Umuman   O`zbekistonda   yovvoyi   va   begona   o`simliklarni   nematodafaunalarini
o`rganishda   To`laganov   A.T.   va   Sh.A.   Ataxonovlarning   tadqiqot   ishlarining   hamda
olgan   ma`lumotlarini   nazariy   va   amaliy   ahamiyati   juda   katta   ekanligini   yana   bir   bor
aytib o`tish lozim.
Prof. Z.N. Norboevning 1964-1973 yillarda O`zbekistonning Samarqand, Andijon,
Farg`ona viloyatlari va Qoraqalpoqiston Respublikasi sharoitida bir yillik va ko`p yillik
madaniy o`simliklari hamda yovvoyi va begona o`tlar orasida bo`rtma va  Heteroderidae
oilasiga   mansub   boshqa   nematoda   turlarining   tarqalishini   o`rganish   bo`yicha
tadqiqotlarni   amalga   oshirdi.   Uning   ma`lumotlariga   binoan   xususan   Samarqand
viloyatining   Samarqand,   Urgut,   Payariq   va   Kattaqurg`on   tumanlariga   qarashli   18
xo`jaliklari hududlarida madaniy o`simliklar va yovvoyi hamda begona o`tlarda bo`rtma
va   sista   hosil   qiluvchi   nematoda   turlari   ancha   keng   tarqalganligini   aniqladi.   Madaniy
ekinlardan   pomidor,   sabzi   va   boyimjonning   ayrim   maydonlarda   shimol   bo`rtma
nematodasi bilan zararlanish darajasi 35-45 % ni tashkil etishini qayd qiladi.
Shuningdek madaniy ekin maydonlarida o`suvchi yovvoyi va begona o`tlarning bir
qancha   turlari,   jumladan   bangidevona,   kakra,   qamish,   shuvoq,   qora   ituzum,
qo`ng`irbosh, yovvoyi tariq, yovvoyi arpa, yovvoyi sabzi, china, yovvoyi beda, pudina,
qo`ypechak,   semizo`t,   amudaryo   juftbarglisi   kabilar   ham   bo`rtma   nematodalari   bilan
zararlanganligini   aniqlaydi.   Umuman   Z.N.Norboevning   tadqiqot   ishlarida   olingan
ma`lumotlarga   binoan   birgina   Samarqand   viloyati   sharoitida   madaniy   va   yovvoyi
o`simliklarning  64 turi  shimol   bo`rtma nematodasi   bilan zararlanganligini  qayd  qiladi.
[22, 23]
K.X.   Samiboeva   (1981)   Samarqand   viloyatining   Oqdaryo   tumanida   bir   qator
jamoa   xo`jaliklarida   pomidor   agrobiotsenozida   o`suvchi   begona   o`tlar   (qo`ypechak,
13 g`umay,   oddiy   qamish,   ajriq   va   boshqalar)ning   nematodafaunalari   va   uning
dinamikasini   o`rgangan.   Uning   qayd   qilishicha   agrotsenozdagi   qo`ypechakning
nematodafaunasi   36   turdan,   shiritsaning-38   turdan,   oddiy   qamishning-18   turdan,
g`umayning-12   turdan   va   ajiriqning-10   turdan   iborat   bo`lishini   aniqlaydi.
Qo`ypechakning   vegetativ   a`zolarida   25   tur   topilgan   bo`lsa,   ularning   8   turi   yer   usti
qismlarida va ildizda uchratilgan, 17 turi faqat ildiz sistemasida yashashi qayd qilingan.
Qo`ypechakning ildiz sistemasidagi turlar barcha ekologik guruhlar vakillaridan tashkil
topgan   bo`lsa,   yer   usti   vegetativ   a`zolaridagi   turlar   faqat   devisaprobiontlar   va
fitogelmintlardan   iborat   bo`lgan.   Pomidor   agrotsenozida   tarqalgan   barcha   yovvoyi
o`tlarning   yer   usti   va   yer   osti   qismlarida   doimiy   uchrovchi   turlar   sifatida
Heterocephalobus   elongatus   va   Aphelenchoides   parietinus   kabilar   barcha   begona
o`tlarda   uchratilgan.   Shuningdek   begona   o`tlar   tanasida   yana   Tylenchus   davainii,
Ditylenchus   dipsacii   va   Pratylenchus   pratensis   kabilar   ham   ancha   ko`p   uchraydigan
turlar   qatoriga   qo`shilgan.   Bundan   tashqari   begona   o`tlarning   ayrim   turlari   ekin
maydonlarining o`sishi joyiga qarab nematodalar tarkibi turlicha bo`lishini qayd qiladi.
Masalan,   maydon   chetida   sug`orish   shahobchasida   o`suvchi   begona   o`t,   maydon
o`rtasida o`suvchi o`tda nematodalarni turlari ancha kam bo`lishini aytadi. [27]
N.X.   Xakimov   (2005)   Samarqand   viloyatida   poliz   ekinlari   mahsulotini
etishtiruvchi   bir   qator   fermerchilik   xo`jaliklarida   va   shaxsiy   tamorqalarda   qovun   va
tarvuz   ekilgan   maydonlarda   o`suvchi   begona   o`tlarning   nematodafaunasini   o`rganib,
ushbu   yerlarda   keng   tarqalgan   semizo`t,   qo`ypechak,   yantoq,   ituzum,   bo`ztikan   va
itqo`noq   kabilarning   nematodalari   faunasida   parazit   turlarini   soni   va   tarqalishini
aniqlash   vazifasini   bajardi.   Begona   o`tlar   orasida   bo`ztikan   nisbatan   turli-tuman
nematodalarga ega bo`lishi bilan ajralib turadi. Begona o`tlarning faunasi turli-tuman va
o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lsa, ulardagi o`xshashlik tamoni, barcha o`tlarda bir xil
tarkibdagi   parazit   fitonematodalar   mavjudligi   aniqlandi.   Yovvoyi   o`tlarning   yer   usti
vegetativ   a`zolarida,   ayniqsa   ildiz   sistemalarida   3   ta   parazit   fitonematoda-
Aphelenchoides   parietinus,   Ditylenchus   dipsacii   va   Pratylenchus   pratensis   lar   katta
miqdordagi individlari bilan namoyon bo`ldi. [51, 52]
14 N.X.   Xakimov,   O`.   Mirzayev   (2011)   tomonidan   Samarqand   tumanida   pomidor
etishtiruvchi   fermer   xo`jaliklarining   dalalarida   tarqalgan   begona   o`tlardan   semizo`t,
qo`ypechak,   yantoq,   bangidevona,   bo`ztikan   va   itqo`noqning   nematodafaunalari
o`rganilib, ushbu o`simliklarda hammasi bo`lib 59 ta tur qayd qilingan.
Eng   avval   shuni   aytish   kerakki   begona   o`tlart   faunasida   Tylenchida   turkumiga
mansub   fitonematodalar   ko`pchilikni   tashkil   etgan.   Begona   o`tlarning
nematodafaunalari   o`zaro   solishtirilganda   ular   orasida   ayrim   farqlar   va   xususiyatlar
mavjudligi aniqlangan. Qo`ypechakda 36 tur, semizo`tda 35 tur, bangidevonada 34 tur
topilgan   bo`lsa,   qolgan   begona   o`tlarning   turlari   29-30   tadan   iborat   bo`lgan.   Begona
o`tlarning vegetativ a`zolarida parazit  fitonematodalarning 13 turi  topilgan bo`lib, ular
ancha   xavfli   hisoblanuvchi   bo`rtma   nematodasi   qo`ypechak,   bangidevona,   yantoq   va
itqo`noqda   qayd   qilingan.     Shuningdek   ushbu   begona   o`tlarning   vegetativ   a`zolari   va
rizosferasi tuprog`i qatlamlarida kartoshka poya nematodasining qayd qilinishi e`tiborni
o`ziga   jalb   etadi.   Bundan   tashqari   deyarli   barcha   begona   o`tlarning   nematodalari
orasidan   oddiy   afelenx,   soxta   afelenx   va   poya   nematodasi   ham   ancha   ko`p   bo`lishi
ma`lum bo`ldi.
Shunday   qilib,   O`zbekiston   Respublikasining   turli   viloyatlari   va   hududlaridagi
agrotsenozlarida   madaniy   ekinlardan   pomidor   va   pomidorning,   shuningdek   ushbu
maydonlarda   tarqalgan   begona   o`tlarning   nematodafaunalarini   o`rganishga
bag`ishlangan   tadqiqot   ishlarini   tahlil   qilar   ekanmiz,   shu   narsani   alohida   qayd   qilish
lozimki,   bizning   sharoitimizda   bir   qancha   bir   yillik   va   ko`p   yillik   madaniy   ekinlari
qatori   pomidor   va   sabzavot   ekinlari,   jumladan   pomidorning   ham   nematodafaunasi
ancha   yaxshi   o`rganilgan.   Ushbu   o`simliklarning   parazit   va   saprozoy   fitonematodalari
tarkibi,   tarqalishi   o`simliklarga   keltiradigan   zarari   aniqlangan.   Ushbu   yo`nalishda
tadqiqot   ishlarini   olib   borgan   mutaxassis   olimlarning   olgan   ma`lumotlariga   binoan
madaniy ekinlar orasida bo`rtma va sista hosil qiluvchi nematodalar, poya nematodalari,
turli   afelenxsimonlar,   pratilenxlar   hamda   ektoparazit   fitonematodalar   ancha   keng
tarqalganligi  aniqlangan.   Ushbu  parazit  fitonematodalar   uchun  tabiiy  manba  bo`luvchi
begona va yovvoyi o`tlarning roli beqiyos ekanligi ham aniqlangan. Bunday o`simliklar
turli   biogeotsenozlar   va   agrotsenozlarda   esa   ancha   keng   tarqalgandir,   chunki   keyingi
15 50-60 yillar davomida bunday begona va yovvoyi o`simliklarning nematodafaunalarini
o`rganish   va   ular   tarkibida   parazit   fitonematodalarni   mavjudligini   aniqlash   yuqoridagi
fikrlarni   isbotlab   berdi.   Begona   va   yovvoyi   o`tlarning   qaysi   bir   turning
nematodafaunasini tahlil qilmaylik, uning tarkibida albatta parazit fitonematodalarni bir
qancha   turlarining   mavjudligini   ko`ramiz.   Bunday   turlar   insonning   xo`jalik   faoliyati
tufayli   har  xil  yo`llar  bilan  agrotsenozlarga,  undan  esa  madaniy  ekinlarga o`tib, ularni
zararlab,   har   xil   nematodoz   kasalliklarini   paydo   qilib,   ekinlarni   nobud   bo`lishi   yoki
hech bo`lmaganda hosildorlikni kamida 20-30 % kamayishiga sabab bo`ladi.
Agrotsenozlarda   o`suvchi   begona   o`tlarning   parazit   fitonematodalari   haqida
gapirar   ekanmiz,   ushbu   parazitlarning   o`z   xo`jayinlari   bo`lmish   begona   o`tlar   orasida
qanday   darajada   tarqalganligi,   ularning   begona   o`tlarga   qanday   zarar   keltiraolishi
hamda ushbu parazit nematodalarning qanday turlari madaniy ekinlarga o`tadiyu, qaysi
biri   o`tmasdan   qoladi.   Bunday   masalani   oydinlashtirish   maqsadida   agrotsenozlardagi
begona   o`tlarning   parazit   fitonematodalarini   o`rganish   parallel   ravishda,   bir   vaqtning
o`zida   shu   agrotsenozlardagi   madaniy   ekinning   ham   fitonematodalari   faunasini   o`zaro
chog`ishtirish   usulida   olib   borilishini   taqozo   etadi.   Shundagina   biz   parazit
fitonematodalarni  bir   turdagi  xo`jayindan  boshqa   turdagi  xo`jayinga  o`tishi   yo`llari   va
mexanizmi   bo`yicha   aniq   ma`lumotlarga   ega   bo`laolamiz.   Shundagina   aniq   va   lozim
bo`lgan   tavsiyalarni   ishlab   chiqish   imkoniyatlariga   ega   bo`lamiz.   Bizning   amalga
oshirayotgan tadqiqot ishlari oldidagi asosiy maqsad va vazifalar ham shundan iboratdir
[55, 56].
16 II. TADQIQOT ISHLARINING MATERIALI VA USLUBLARI
2.1. Tadqiqot materiali
Dissertatsiya   mavzusi   bo`yicha   rejalashtirilgan   ishlarni   amalga   oshirish,   uning
materialini   yig`ish   hamda   kuzatish   Samarqand   viloyatining   Payariq   tumani
“O`zbekiston”   jamoa   xo`jaligi   hududidagi   paxtachilikga   ixtisoslashgan   “Gegemon”
fermer xo`jaligi pomidor agrotsenozlarida olib borildi.
2022-yilning avgust-sentyabr oylarida fermer xo`jaligining pomidor agrotsenozlari
maydonlarida   va   sug`orish   shaxobchalarida   o`suvchi   begona   o`tlardan   semizo`t,
qo`ypechak,   ituzum,   yantoq,   bangidevona   va   itqo`noq   kabilarning   5   tadan   pomidor
maydonnining 5 nuqtasi (bitta o`rtadan va 4 tasi to`rtala chetiga yaqin joy)dan o`simlik
va uning rizosferasi tuprog`ining 20 sm gacha chuqurligi qatlamidan namunalar olindi.
Har   bir   tur   o`simligi   va   uning   rizosferasi   tuprog`i   (0-10   va   10-20   sm)   qatlamlarining
namunalari bir kunning o`zida olinib, o`sha kunning o`zidayoq kafedra laboratoriyasiga
olib   kelinib,   ularning   tarkibidan   nematodalarni   ajratib   olish   uchun   qayta   ishlandi.
Begona   o`tlarning   har   bir   ma`lum   turidan   namunalar   olingan   oraliq   vaqt   4-5   kundan
iborat   bo`ldi,   ya`ni   begona   o`tlarning   namunalarini   yig`ish   25   avgustda   boshlanib   26-
sentyabrda   tugatildi.   Har   safar   daladan   olib   kelingan   o`simlik   va   rizosfera   tuprog`i
namunalari   o`sha   kuni   o`zidayoq   kafedra   laboratoriyasida   qayta   ishlov   berildi,
o`simliklarning ildiz sistemasi  sinchikovlik bilan ko`zdan kechirildi. O`simlik tanasiga
yopishib   qolgan   yot   narsalar   yuvib   tashlandi   va   uning   yer   usti   vegetativ   a`zolari   ildiz
sistemasidan ajratildi.
O`simlikning     vegetativ   a`zolaridan   va   rizosfera   tuprog`i   namunalaridan
nematodalarni ajratib olishda Bermanning voronkali usulidan foydalanildi. Ushbu usul
shundan  iboratki,  bir  tomoni  ingichka  nayli  shisha  voronkaga  rezina  shlang   kiydirilib,
har biri  ko`po`rinli  yog`och shtativga o`rnatiladi  va voronkaning shlangi  temir  qisqich
bilan   qistirilib,   uning   yarmigacha   toza   vodoprovod   suvi   quyiladi   va   har   bir   voronka
etiketka   bilan   belgilab   qo`yiladi.   Shundan   keyin   nematodasi   ajratib   olinadigan
o`simlikning   yer   usti   vegetativ   a`zolari   va   ildiz   sistemasi   alohida-alohida   qaychi   yoki
pichoq   bilan   1-1.5   sm   li   bo`lakchalarga   maydalanib,   har   bir   namunadan   10-15
grammdan o`lchab olinadi va doka (marliya)dan 15x15 sm li qilib kesilgan salfetkalarga
17 solinib   bog`lanadi.   Salfetkalardagi   har   bir   namuna   etiketkalashtirilgan   voronkalar
suviga   tushiriladi   hamda   14-15   soatga   qoldiriladi.   Ushbu   vaqt   davomida   namuna
tarkibidagi   nematodalar   sekin-asta   suvga   chiqib,   voronka   nayidagi   suv   tubiga   tushadi.
Cho`kib to`plangan nematodalar ajratilgan vaqt tugagach, probirkaga o`tkazilishi lozim
bo`ladi.   Voronkadan   nematodalarni   probirkaga   suv   bilan   birga   o`tkazib,   bir   yo`la
fiksatsiya   qilish   uchun   toza   probirkaga   1.5   sm³   (ya`ni   probirkaning   o`ndan   bir   qismi)
gacha 40 % li formalin suyuqligi solinadi va shundan keyin qistirilgan shlang qisqichi
olinib,   ohistalik   bilan   voronka   nayi   tubidagi   nematodalar   suv   bilan   birga   probirkaga
o`tkaziladi.   Formalinli   probirkaga   o`tkazilgan   nematodalar   shu   zahotiyoq   formalin
ta`sirida fiksatsiyalanadi (nematodalar bilan o`tgan suv 40 % li formalinni 4-5 % gacha
suyiltirgan   bo`ladi).   Probirkaga   o`tkazilgan   va   fiksatsiyalangan   nematodali   probirka
etiketkalanib, og`zi po`kak tiqin (probka) mahkamlanib, keyingi ish jarayoni uchun olib
qo`yiladi. 
Shunday   qilib,   2022-yilning   avgust-sentyabr   oylari   davomida   Payariq   tumani
“O`zbekiston”   jamoasining   “Gegemon”   fermer   xo`jaligi   pomidor   agrotsenozidan   6   ta
turga mansub begona o`tlaridan hamda ushbu o`simliklarning rizosferalari tuprog`ining
20 sm gacha qatlamidan hammasi bo`lib 120 ta o`simlik va tuproq namunalari to`planib,
nematodalar uchun tahlildan o`tkazildi. 
1-rasm. Tadqiqot uchun qo’llanilgan shtativ va voronkalar
18 Tadqiqot   ishlari   uchun   tanlangan   o`simliklarning   nematodafaunalarini   o`rganishi
uchun   olingan   o`simlik   va   tuproq   namunalarining   soni   hamda   ularning   nechtasida
nematodalar borligi bo`yicha ma`lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
Jadvalda keltirilgan ma`lumotlarga binoan pomidor maydonining 5 ta nuqtasidan
olingan   namunalar   20   ta   bo`lib,   shuning   5   tasi   begona   o’simlikning   yer   usti   vegetativ
(novda va barglar), 5 tasi ildiz sistemasi, 5 tasi rizosfera tuprog`ining 0-10 sm li qatlami
va yana 5 tasi 10-20 sm li qatlami namunalaridan iborat bo`ldi.
Pomidor   maydonida   va   uning   atrofidagi   sug`orish   shaxobchalarida   o`suvchi
begona   o`tlarning   vegetativ   a`zolari   va   rizosferalari   tuprog`ining   20   sm   chuqurligi
qatlamlaridan   olingan   namunalar   soni   ham   xuddi   pomidordagi   namunalar   soni
o`xshashdir.   Shunday   qilib   pomidor   agrotsenozidan   begona   o`tlardan   hamda   ularning
rizosferalari   tuprog`idan   olingan   namunalar   120   tani   tashkil   etsa,   ularning   60   tasi
o`simliklarning   vegetativ   a`zolaridan   va   60   tasi   tuproq   qatlamlaridan   olingan
namunalardan   iborat   bo`ldi.   Ushbu   namunalarning   barchasi   alohida-alohida   holatda
nematodalar uchun tahlil qilindi.
19 Jadvalda   keltirilgan   raqamli   ma`lumotlarga   e`tibor   beradigan   bo`lsak   ularning
hammasi   ham   nematodali   bo`lib   chiqmadi.   Umuman   olinadigan   bo`lsa   pomidor   va
begona   o`tlarning   o`simlik   va   rizosfera   tuprog`idan   olingan   120   namunaning   89   tasi
nematodali bo`lib chiqdi. Namunalar bo`yicha nematodalarning o`simliklarni vegetativ
a`zolari   va   rizosferasi   tuprog`ida   tarqalishiga   e`tibor   beradigan   bo`lsak,   eng   kam
nematodali   namunalar   o`simliklarning   yer   usti   vegetativ   a`zolari   namunalariga   to`g`ri
keladi. Ildiz sistemasi va tuproq qatlamlaridagi nematodali namunalarning soni nisbatan
bir-biriga yaqin bo`lishi aniqlandi.
1-jadval
Pomidor agrosenozida pomidor va begona o`tlardan va ular ning rizosferasi tuprog`idan
olingan namunalar.
№ O`simliklar Vegetativ a`zolari Tuproq qatlamlari
(sm)Jam
i olingan nam
unalar	
N
em
atodali nam
unalar.
Yer usti
veg.a`zolari Ildiz
Sistemasi 0-10 10-20	
olingan	
namunalar	
nematodali	
namunalar	
olingan	
namunalar	
nematodali	
namunalar	
olingan	
namunalar	
nematodali	
namunalar	
olingan	
namunalar	
nematodali	
namunalar
1 Semizo`t 5 3 5 3 5 4 5 4 20 14
2 Qo`ypechak 5 3 5 4 5 5 5 5 20 17
3 Ituzum 5 2 5 4 5 4 5 3 20 13
4 Yantoq 5 2 5 3 5 4 5 4 20 13
5 Bangidevona 5 3 5 4 5 4 5 4 20 15
6 Itqo`noq 5 3 5 4 5 5 5 5 20 17
Jami 30 16 30 25 30 26 30 25 120 89
 
20 Pomidor agrotsenozda tarqalgan begona o`tlardan semizo`t, qo`ypechak, ituzum,
yantoq,   bangidevona   va   itqo`noqlarning   vegetativ   a`zolaridan   hamda   ularning
rizosferasi   tuprog`ining   20   sm   li   qatlamlaridan   namunalar   to`plash   va   kuzatish   ishlari
2022- yilning avgust-sentyabr oylarida olib borildi. 
2.2. Tadqiqot uslublari
Fiksatsiyalangan   namunalardan   nematodalarni   ajratib   olish,   ularning   turlarini
aniqlash   maqsadida,   probirkadagi   nematodalar   Petri   idishiga   qo`yilib,   MBS-1
(binokulyar) mikroskopida ajratib olinadi hamda toza suvli soat oynachasiga to`planadi.
Ushbu   ajratib   olingan   nematodalardan   vaqtinchalik   yoki   doimiy   mirkopreparatlar
tayyorlash va turini aniqlash uchun, ularni teng nisbatli, ba`zan 1:2 nisbatida glitserin-
spirt   aralashmasida   12-14   soat   davomida   qoldirilib,   tozalanadi.   Glitserin-spirtli
aralashmada nematodalarning kutikulasi  tozalanadi. Bunday tozalangan kutikula orqali
nematodaning ichki organlari va sistemalari, turli sistematik belgilari mikroskopda aniq
ko`rinadigan   bo`lib   qoladi.   Bunday   preparatda   nematodaning   qanday   turga   mansub
ekanligini   aniqlash   osonlashadi.   Shuni   alohida   eslatib   o`tish   o`rinliki,   nematodaning
qaysi   turga   mansub   bo`lishini   aniqlash   faqat   jinsiy   jihatdan   voyada   yetgan   individ
ko`zdan   kechiriladi.   Lichinka   bosqichidagi   nematoda   orqali   turni   aniqlab   bo`lmaydi,
chunki   unda   hali   tur   uchun   xos   bo`lgan   sistematik   belgilarning   kuchli   to`la
shakllanmagan   bo`ladi.   Masalan,   uning   jinsiy   sistamasi   ham   rivojlanmagan   bo`lishi,
yoki tashqi jinsiy organlarining joyi aniqlamagan bo`lishi mumkin.
Nematoda   turini   aniqlashda   albatta   u   MBI-1   yoki   MBI-3   rusumli   yorug`lik
mikroskopida   hamda   aniqlagich   adabiyotlardan   foydalanish   tavsiya   etiladi.   Turni
aniqlashda  nematodaning tashqi  va  ichki  organlari  umumiy ravishda  mikroskop  ostida
ko`zdan kechiriladi. Shundan keyin uning umumiy uzunligi, gavdaning o`rta qismidagi
eni,   tashqi   jinsiy   belgilari   va   ularning   gavda   uzunligiga   nisbatan   joylashishi,   dum
qismining uzunligi va uning shakli oldingi ichak (qizilo`ngach)ning uzunligi va shakli,
urg`ochi   jinsli   nematodaning   tuxumdoni   va   bachadonining   uzunligi   hamda   shakllari
kabi belgilar asos qilib olinadi. 
21 3-rasm. Mikroskop yordamida nematodalar turlarini aniqlash jarayoni
Nematodalar   turini   aniqlashda   yuqorida   keltirilgan   sistematik   belgilarga   e`tibor
berishdan   tashqari,   yana   de   Manning   (de   Man,   1884)   tavsiya   etgan   formulasidan
foydalaniladi. Ushbu formula nematoda tanasining quyidagi qismlarini o`zaro nisbatini
aniqlashga asoslangan va 
    V= a-b/c x L   formulasi ishlatiladi. 
Formuladagi harflar quyidagilarni anglatadi; yani
L=tananing umumiy uzunligi; 
a=tana uzunligini eniga nisbati;
b=tana uzunligini oldingi ichak uzunligiga nisbati;
c=tana uzunligining dum uzunligiga nisbati;
V=urg`ochi   nematodaning   tashqi   jinsiy   teshigi   (vulva)ning   gavdani   qaysi   joyida
tashqariga ochilish joyi kabi xususiyatlar e`tiborga olinadi.
Ushbu   asosiy   sistematik   belgilardan   tashqari   nematodalar   turlarini   aniqlashda
yana   qo`shimcha   belgilarga   ham   jumladan   og`iz   bo`shlig`ining   o`zgarib,   sanchib-
so`ruvchi   organ   (stilet)ga   aylanganligi   yoki   og`iz   bo`shlig`idagi   sanchuvchi   organ-
22 nayza   (kopyo)ning   shakli   va   uzunligi,   qizilo`ngachdagi   muskulli   piyozbosh
(bulbus)ning shakli hamda joylashgan joyi, erkak jinsli  individlarning jinsiy qo`shilish
organi   (spikula)ning   shakli   va   uning   uzunligi,   urg`ochilarda   bachadon   va
tuxumdonlarning   soni   hamda   ularning   rivojlanganlik   darajasi   kabilarga   ham   e`tibor
qaratiladi. 
23 III BOB. BEGONA O`TLARDA TOPILGAN NEMATODALARNING
TAKSONOMIK O`RNI VA BIOTOPLAR BO’YICHA TAHLILI 
3.1. Begona o`tlarda topilgan nematodalarning taksonomik o`rni
Samarqand   viloyatining   Payariq   tumani   “O`zbekiston”   jamoa   xo`jaligi   pomidor
agrotsenozlarda tarqalgan semizo`t, qo`ypechak, ituzum, yantoq, bangidevona, itqo`noq
kabi   begona   o`tlarning   nematodafaunasi   78   turdan   iborat   bo`ldi.   Ushbu   turlar
nematodalar sinfining 2 ta kenja sinfi ( Adenophorea, Secernentea ) ga va 7 ta turkumiga
mansub   bo`ldi.   Topilgan   turlar   turkumlari   bo`yicha   quyidagicha   taqsimlandi:
Araeolaimida   -4   tur,   Monhysterida -2   tur,   Enoplida -1   tur,   Mononchida -5   tur,
Dorylaimida -13 tur,   Rhabditida -25 tur va   Tylenchida -29 turdan iborat bo`ldi. Tadqiqot
ishlari   jarayonida   pomidor   agrotsenozlarida   topilgan   nematoda   turlarining   taksonomik
o`rni quyidagicha bo`ldi.
Tip  Nemathelminthes Schneider  , 1873
Sinf  Nematodes  ( Rudolphi , 1808)  Skrjabini et Schulz , 1931
Kenja sinf   Adenophorea  ( von Linstow , 1905)  Chitwood , 1958
Turkum  Araeolaimida de Conick et Schuurmans Stekhoven , 1933
Oila  Plectidae Oerley , 1880
Kenja oila  Plectinae Oerley , 1880
Avlod  Plectus Bastian , 1865
1 tur  Plectus cirratus Bastian , 1865
2 tur  Plectus parietinus Bastian , 1865  
Avlod  Proteroplectus Paramonov , 1964
3 tur  Proteroplectus granulosus Bastian , 1865
4 tur  Proteroplectus rhizophilus (de Man ,1880 )Paramonov ,1964
Turkum  Monhysterida Oerley , 1880
Oila  Monhysteridae Oerley , 1880
Kenja oila  Monhysterinae Micoletzky , 1922
Avlod  Monhystera Bastian , 1865
5 tur  Monhystera vulgaris de Man , 1880
6 tur  Monhystera simplex de Man , 1880
24 Turkum  Enoplida  ( Baird , 1853)  Chitwood et Chitwood , 1933
Kenja turkum  Enoplata   Chitwood et Chitwood , 1937
Oila  Onchulidae Andrassy , 1964
Kenja oila  Prismatolaiminae Micoletzky , 1922
Avlod  Prismatolaimus de Man , 1880
7 tur  Prismatolaimus intermedius  ( Biitschli , 1873)  de Man , 1884
Turkum  Mononchida Jairajpuri , 1969
Katta oila  Mononchoidae Chitwood , 1937
Oila  Mylonchulidae Jairajpuri , 1969
Avlod  Anatonchus  ( Cobb , 1916)  Andrassy , 1958
8 tur  Anathonchus tridentatus  ( de Man , 1876)  Andrassy , 1958
Avlod  Mylonchulus Cobb , 1916 
9 tur  Mylonchulus solus Mylvey , 1961
10 tur  Mylonchulus cavensis  ( Schneider , 1940)  Andrassy , 1958
Avlod  Mononchus Bastian , 1865
11 tur  Mononchus papillatus Bastian , 1865
12 tur  Mononchus sigmaturus Cobb , 1917
Turkum  Dorylaimida de Man , 1876
Kenja turkum  Alaimina Micoletzky , 1922
Oila  Alaimidae Micoletzky , 1922
Avlod  Alaimus de Man , 1880
13 tur  Alaimus primitivus de Man , 1880
Kenja turkum  Dorylaimina de Man , 1880
Katta oila  Dorylaimoidea de Man , 1880
Oila  Nygolaimidae Thorne , 1935
Kenja oila  Nygolaiminae Thorne , 1935
Avlod  Nygolaimus Cobb , 1913
14 tur  Nygolaimus brachyuris  ( de Man , 1880)  Thorne , 1930
Oila  Dorylaimidae de Man , 1876
Kenja oila  Dorylaiminae de Man , 1876
25 Avlod  Dorylaimus Dujardin , 1845
15 tur  Dorylaimus agilis de Man , 1876
16 tur  Dorylaimus filiformis Bastian , 1845
Avlod  Aporcelaimus Heyns , 1865
17 tur  Aporcelaimus superbus Heyns , 1865
Avlod  Eudorylaimus Andrassy , 1959
18 tur  Eudorylaimus bryophilus  ( de Man . 1880)  Andrassy , 1959
19 tur  Eudorylaimus monhystera  ( de Man , 1880)  Andrassy , 1959
20 tur  Eudorylaimus microdorus  ( de Man , 1880)  Andrassy , 1959
21 tur  Eudorylaimus obtusicaudatus  ( Bastian , 1865)  Andrassy , 1959
22 tur  Eudorylaimus parvulus  ( de Man , 1880)  Andrassy , 1959
23 tur  Eudorylaimus skrjabini  ( Tulaganov , 1949)  Andrassy , 1959
24 tur  Eudorylaimus sulphasae  ( Tulaganov , 1949)  Andrassy , 1959
Oila  Diphtherophoridae Thorne , 1935 
Avlod  Diphtherophora de Man , 1880
25 tur  Diphtherophora obesus Thorne , 1939
Kenja sinf  Secernentea  ( von Linstow , 1905)  Dougherty , 1958
Turkum  Rhabditida   Chitwood , 1933
Kenja turkum  Rhabditata   Chitwood , 1935
Katta oila  Rhabditoidea  ( Oerley , 1880)  Travassos , 1920
Oila  Rhabditidae Oerley , 1880
Kenja oila  Rhabditinae Micoletzky , 1922
Avlod  Pelodera Schneider , 1866
26 tur  Pelodera cylindrica  ( Cobb , 1898)  Dougherty , 1953
Avlod  Rhabditis Dujardin , 1845
27 tur  Rhabditis brevispina  (C laus , 1862)  Biitschlit , 1873
28 tur  Rhabditis filiformis Biitschli , 1873
29 tur  Rhabditis intermedius de Man , 1880
Avlod  Mesorhabditis  ( Osche , 1952)  Dougherty , 1953 
30 tur  Mesorhabditis monhystera  ( Biitschli )  Dougherty , 1953
26 Kenja oila  Diploscapterinae   Micoletzky , 1922
Avlod  Diploscapter Cobb , 1913 
31 tur  Diploscapter rhizophilus Rahm , 1928
Katta oila  Cephaloboidea  ( Paramonov , 1952)  Paramonov , 1962
Oila  Panagrolaimidae  ( Thorne , 1937)  Paramonov , 1962
Kenja oila  Panagrolaiminae Thorne , 1937
Avlod  Panagrolaimus Fuchs , 1930
32 tur  Panagrolaimus rigidus  ( Schneider , 1866)  Thorne , 1937
33 tur  Panagrolaimus   subelongatus  ( Cobb , 1914)  Thorne , 1937
Oila  Cephalobidae  ( Filipjev , 1934)  Chitwood et Mc Jntosh , 1934
Kenja oila  Cephalobinae Filipjev , 1934
Avlod  Cephalobus Bastian , 1865
34 tur  Cephalobus nanus de Man , 1880 
35 tur  Cephalobus persegnis Bastian , 1865
Avlod  Eucephalobus Steiner , 1936
36 tur  Eucephalobus oxyuroides  ( de Man , 1876)  Steiner , 1936
37 tur  Eucephalobus filiformis  ( de Man , 1880)  Thorne , 1937
38 tur  Eucephalobus striatus  ( Bastian , 1865)  Thorne , 1937
  Avlod  Heterocephalobus Brzesky , 1960
39 tur  Heterocephalobus elongatus  ( de Man , 1880)  Andrassy , 1967
40 tur  Heterocephalobus teres  ( Thorne , 1937)  Andrassy ,1967
Kenja oila  Acrobelinae Thorne , 1937
Avlod  Acroles von Linstow , 1877
41 tur  Acrobeles ciliatus  ( de Man , 1884)  Steiner et Biihrer , 1933
Avlod  Acrobeloides  ( Cobb , 1924)  Steiner et Biihrer , 1933
42 tur  Acrobeloides bűtschlii  ( de Man , 1884)  Steiner et Biihrer , 1933
43 tur  Acrobeloides emarginatus  ( de Man , 1880)  Thorne , 1937
44 tur  Acrobeloides tricornis  ( Thorne , 1925)  Thorne , 1937
Avlod  Cervidellus   Thorne , 1937
45 tur  Cervidellus   insubricus  ( Steiner , 1914)  Thorne , 1937
27 Avlod  Chiloplacus   Thorne , 1937
46 tur  Chiloplacus lentus  ( Maupas , 1900)  Thorne , 1937
47 tur  Chiloplacus   propinguus  ( de   Man , 1921)  Thorne , 1937
48 tur  Chiloplacus samarcandicus Erzhanova , 1964 
49 tur  Chiloplacus symmetricus  ( Thorne , 1925)  Thorne , 1937
Avlod  Zeldia   Thorne , 1937
50 tur  Zeldia punctata  ( Thorne , 1925)  Thorne , 1937
Turkum  Tylenchida Thorne , 1946 
Kenja turkum  Aphelenchinae  ( Fuchs , 1937)  Paramonov , 1970
Katta oila  Aphelenchoidea  ( Fuchs , 1937)  Thorne , 1949 
Oila  Aphelenchidae  ( Fuchs , 1937)  Steiner , 1949
Kenja   oila   Aphelenchinae   ( Fuchs ,   1937)   Schuurmas ,   Stekhoven   et
Tenuissen , 1938
Avlod  Aphelenchus Bastian , 1865 
51 tur  Aphelenchus avenae Bastian , 1865
52 tur  Aphelenchus   cylindricaudatus  ( Cobb   et Steiner , 1926)  Steiner , 1931
Kenja oila  Paraphelenchinae  Loodey , 1951
Avlod  Paraphelenchus Micoletzky , 1922
53 tur  Paraphelenchus   pseudoparietinus Micoletzky  1922  
Oila  Aphelenchoididae  ( Skarbilovich,  1947 )  Paramonov  1953
Kenja oila  Aphelenchoidinae Skarbilovich , 1947 
Avlod  Aphelenchoides Fissher , 1894
54 tur  Aphelenchoides   bicaudatus Lmamara , 1931
55 tur  Aphelenchoides helophilus  ( de Man , 1880)  Loodey , 1933
56 tur  Aphelenchoides kűhnii  ( Fissher , 1894)  Filipjev , 1934
57 tur  Aphelenchoides limberi Steiner , 1936
58 tur  Aphelenchoides clarolineatus Baranovskaja , 1958
59 tur  Aphelenchoides parietinus  ( Bastian , 1865)  Franklin , 1955
60 tur  Aphelenchoides subtenuis  ( Cobb , 1926)  Steiner et Biihrer , 1932
Kenja oila  Seinurinae Paramonov , 1968
28 Avlod  Seinura Fuchs , 1931
61 tur  Seinura   tenuicauda  ( de Man , 1895)  J.B. Lolden  1960
Kenja oila  Tylenchinae Filipjev , 1934
Avlod  Aglenchus  ( Andrassy , 1954)  Meyl , 1960
62 tur  Aglenchus agricola  ( Andrassy , 1954)  Meyl , 1960 
Avlod  Tylenchus   Bastian , 1865
63 tur  Tylenchus   davainli  ( Bastian , 1865)  Andrassy , 1954
64 tur  Tylenchus  ( Filenchus )  filiformis Biitselii , 1873
Avlod  Ditylenchus Filipjev , 1934
65 tur  Ditylenchus destructor Thorne , 1945
66 tur  Ditylenchus   dipsaci  ( Kűhni , 1857)
67 tur  Ditylenchus   intermedius  ( de Man , 1880)  Filipjev , 1936
Oila  Hoplolaimidae  ( Filipjev , 1934)  Wiesser , 1953
Kenja oila  Hoplolaiminae   Filipjev , 1934
Avlod  Helicotylenchus   Steiner , 1945
68 tur  Helicotylenchus   erythrinae  ( Zimmerman , 1904)  Lolden , 1956
69 tur  Helicotylenchus   multicinctus  ( Cobb , 1893)  Lolden , 1956
Avlod  Rotylenchus   Filipjev , 1934
70 tur  Rotylenchus   robustus  ( de   Man , 1880)  Filipjev , 1934
Oila  Nothotylenchidae   Jairajpuri ,  Siddigi , 1969
Kenja oila  Boleodorinae   Jairajpuri ,  Siddigi , 1969
Avlod  Boleodorus   Thorne , 1941
71 tur  Boleodorus   innuptus  ( Andrassy , 1961)  Siddigi , 1963 
Oila  Neotylenchidae   Thorne , 1949
Kenja oila  Neotylenchinae   Thorne , 1941
Avlod  Neotylenchus   Steiner , 1931
72 tur  Neotylenchus   abulbosus   Steiner , 1931
Oila  Dolichodoridae   Siddigi , 1970
Kenja oila  Tylenchorhynchinae   Eliava , 1964
Avlod  Tylenchorhynchus   Cobb , 1913  
29 73 tur  Tylenchorhynchus   dibius  ( Biitschli , 1973)  Filipjev , 1936
74 tur  Tylenchorhynchus   obtusus   Bastian , 1865
Oila  Pratylenchidae  ( Thorne , 1949)  Siddigi , 1963
Kenja oila  Pratylenchinae   Thorne , 1949
Avlod  Pratylenchus   Filipjev , 1934
75 tur  Pratylenchus   pratensis  ( de   Man , 1880)  Filipjev , 1936
Oila  Criconematidae   Thorne , 1949
Kenja oila  Paratylenchinae   Thorne , 1949
Avlod  Paratylenchus   Micoletzky , 1922
76 tur  Paratylenchus   amblicephalus   Reuver , 1959
77 tur  Paratylenchus   macrophallus  ( de   Man , 1880)  Loodey , 1934
Oila  Heteroderidae   Filipjev , 1934
Avlod  Meloidogyne   Loeldi , 1884
78 tur  Meloidogyne   arenariya Chitwood , 1949
Keltirilgan taksonomik ro`yxatga binoan pomidor va ushbu maydonlarda tarqalgan
6 tur begona o`tlarning nematodalari sinfning 2 ta kenja sinfi, 7 ta turkumi, 20 ta oilasi
va   41   ta   avlodiga   mansubligi   aniqlandi.   Lekin   ushbu   taksonomik   birliklar   o`z
tarkibidagi   turlari   bo`yicha   har   xil   bo`lishi   qayd   qilindi.   Masalan   Adenophorea   kenja
sinfining   25   ta   turi   topilgan   bo`lsa,   Secernentea   kenja   sinfi   54   turi   bilan   namoyon
bo`ldi. Huddi shuningdek turkumlar tarkibidagi turlar ham har xil nisbatni tashkil etdi,
ya`ni   Enoplida   turkumi   1   ta   turdan   (1.3   %)   iborat   bo`lsa,   Monhusterida -2   ta   (2.5   %)
turdan,   Araeolaimida -   4   ta   (5.1   %)   turdan,   Mononchida -5   ta   (6.4   %)   turdan,
Dorylaimida -13 ta (16.4 %) turdan,  Rhabditida -25 ta (31.7 %) turdan va  Tylenchida -28
ta   (36.6   %)   turni   tashkil   etdi.   Ushbu   raqamlardan   ko`rinib   turibdiki,   begona   o`tlar
nematodafaunalari   tarkibida   Rhabditida   va   Tylenchida   turkumlari   tarkibidagi
nematodalarning turli-tuman bo`lishi bilan keskin ajralib turadi.
Nematodafauna   tarkibida   avlodlar   ham   o`z   vakillari   bilan   turlicha   bo`lishi   qayd
qilindi. Masalan,  Eudorylaimus  ( Dorylaimida  turkumi) va   Aphelenchoides  ( Tylenchida
turkumi)   avlodlari   7   tadan   turlari   bilan   taksonomik   ro`yxatdan   joy   olgan   bo`lsa,
30 Rhabditis ,   Eucephalobus ,     Acrobeloides ,   Chiloplacus   ( Rhabditida   turkumi   Ditylenchus
va   Tylenchorhunchus   ( Tylenchida )   turkumi)   avlodlari   3-4   tadan   turlari   bilan   ajralib
turibdi.
4-rasm. Nematodalar turlarining turkumlar bo’yicha taqsimlanishi (turlar soni va foizda)
Umuman   olganda   nematodafauna   tarkibidagi   turlar   orasida   saprozoy   va   parazit
fitonematodalarning ustunlik qilishi ko`rinib turibdi.
3.2. Pomidor agrotsenozlarida o`suvchi begona o`tlarning nematodafaunalarini
tahlili.
Tadqiqot ishlari olib borilgan pomidor va uning agrotsenozlari maydonlari hamda
sug`orish   shahobchalarida   nisbatan   ko`proq   uchrovchi   begona   o`tlardan   semizo`t,
qo`ypechak, ituzum, yantoq, bangidevona va itqo`noq kabilarning nematodafaunalarini
o`rganish   uchun   ikkala   agrotsenozdan   hammasi   bo`lib   120   ta   o`simlik   va   tuproq
31 namunalari   to`planib,   laboratoriya   sharoitida   tahlil   qilinganda,   ularning   89   tasida
nematodalar bo`lishi aniqlandi (1 va 2 jadvallar).
Tadqiq   etilgan   yovvoyi   o`simliklarning   vegetativ   a`zolarida   va   ularning
rizosferalari tuprog`ining 20 sm gacha qatlamida hammasi bo`lib 78 turdan iborat 1840
ta   nematodalar   topildi   (5   jadval).   Ushbu   turlar   turkumlar   bo`yicha   quyidagicha
taqsimlandi,   ya`ni   Araeolaimida -4   tur,   Monhysterida -2   tur,   Enoplida -1   tur,
Mononchida -5   tur,   Dorylaimida -13   tur,   Rhabditida -25   tur   va   Tylenchida -28   turdan
iborat bo`ldi.
Begona   o`tlarda   topilgan  nematoda   turlari   va  ularning  individlari   miqdori   har   bir
tur   yovvoyi   o`tning   vegetativ   a`zolarida   va   rizosferasi   tuprog`i   qatlamlarida   turlicha
taqsimlanish xususiyatlariga ega bo`lishi aniqlandi. 
5-rasm. Begona o’simliklarda aniqlangan nematodalar turlari soni
Quyida   har   bir   begona   o`tning   nematodafaunasi   tarkibi   va   o`z   xo`jayinlari   bilan
bog`lanish darajalari tahlil qilinadi.
32 Semizo`t- Portulaca oleracea L.
Semizo`tning   vegetativ   a`zolari   va   rizosferasi   tuprog`ining   20   sm   li   qatlamidan
olingan   40   ta   namunalarning   30   tasi   (13   ta   o`simlik   va   17   ta   tuproq)da   nematodalar
borligi   aniqlandi.   O`simlik   va   tuproq   namunalarida   topilgan   nematodalar   tahlil
qilinganda   50   turdan   iborat   360   ta   individni   tashkil   etadi.   Ushbu   turlar   va   individlar
turkumlar   bo`yicha   quyidagicha   taqsimlandi,   Araeolaimida -2   tur   va   8   individ,
Enoplida -1   tur,   2  ta   individ,   Mononchida -2   tur,   3  ta   individ,   Dorylaimida -8   tur,   25  ta
individ,   Rhabditida -17   tur,   137   ta   individ   va   Tylenchida -20   tur   va   185   ta   individni
tashkil etdi. (5 jadval).
Semizo`tning   vegetativ   a`zolarida   va   rizosferasi   tuprog`i   qatlamlarida   qayd
qilingan turlar va ularning individlarini uchrashi joyiga e`tibor beradigan bo`lsak, ushbu
holat tomonidan ham farqlar borligi aniqlandi. Masalan, vegetativ a`zolarda (yer usti va
yer   osti   qismlar)   10   turdan   iborat   76   ta   individ   topilgan   bo`lsa,   rizosfera   tuprog`i
qatlamlari (0-10 va 10-20 sm) da 50 turdan iborat 284 ta nematoda topildi. Shuni aytib
o`tish   o`rinliki,   semizo`tning   vegetativ   a`zolarida   qayd   qilingan   turlarning   barchasi
rizosfera tuprog`i qatlamlarida ham ma`lum miqdordagi individlari uchratildi.
Semizo`tning vegetativ a`zolarida   Araeolaimida   turkumining 1 ta ( Proteroplectus
rhizophilus ) vakili,  Rhabditida  turkumining 2 ta ( Panagrolaimus rigidus  va  Chiloplacus
lentus ) turlari topilgan bo`lsa, qolgan 7 ta turlar ( Aphelenchus   avenae ,   Paraphelenchus
pseudoparietinus ,   Aphelenchoides   parietinus ,   Aphelenchoides   bicaudatus ,   Ditylenchus
destructor ,   D. dipsaci ,   Pratylenchus pratensis   )   Tylenchida   turkumi vakillaridan iborat
bo`ldi.   Monhysterida ,   Enoplida ,   Mononchida   va   Dorylaimida   turkumlarining   vakillari
vegetativ a`zolarda umuman uchratilmadi.
Vegetativ a`zolarda uchratilgan turlar o`zlarining individlari soni bilan farq qilishi
ham   namoyon   bo`ldi.   Masalan,   Araeolaimida   va   Rhabditida   turkumlariga   mansub
turlarning   individlari   1-3   tadan   tashkil   topgan   bo`lsa,   Tylenchida   turkumi   turlaridan
Aphelenchoides   parietinus ,   Ditylenchus   destructor   va   D.dipsaci   larning       har   biri   13
tadan   21   tagacha   individlarga   ega   bo`ldi.   Turkumning   boshqa   vakillari   esa   2   tadan   8
tagacha   individlari   bilan   namoyon   bo`ldi.   Bunday   turli-tumanlilik   holati   rizosfera
tuprog`i qatlamlarida ham kuzatildi.
33 Semizo`tning rizosferasi tuprog`i qatlamlarida 50 tur nematoda qayd etilgan bo`lsa
shuning   2   ta   turi   ( P.   parietinus ,   P.   rhizophilus )     Araeolaimida ,   1   ta   turi   ( Pris.
intermedius )   Enoplida ,   2   ta   turi   ( Mylonchulus   solus ,   M.   cavensis ),   8   ta   turi   ( A.
primitivus ,   N. brachyuris ,   D. agilis ,   Eud. Bryophilus ,   Eud. Monhustera ,   Eud. parvulus ,
Eud. skrjabini ,  Eud. sulphasae  )  Dorylaimida , 17 ta turi (5 jadval)  Rhabditida  va qolgan
barchasi (20 tur)  Tylenchida  turkumi vakillaridir.
Tuproq   qatlamlarida   uchratilgan   turlarning   asosiy   ko`pchiligi   va   ularning
individlari   0-10   sm   li   qatlamda   joylashgan.   Ushbu   qatlamda   uchratilgan   turlardan   Rh.
brevispina ,   Rh.   filiformis ,   H.   elongatus ,   Ch.   lentus ,   Ch.   propinguus ,   Aphelenchus
avenae ,   Aphelenchoides   parietinus   kabilar   o`zlarining   17   tadan   26   tagacha   individlari
bilan   uchragan   bo`lsa,   boshqa   bir   guruhi   ( Ch.   propinguus ,   Aphelenchoides   subtenuis ,
Tylenchus   davainii ,   D.   destructor ,   Prat.   pratensis )   7-11   tadan   individlarga   ega
bo`lishgan.
Rizosfera tuprog`ining 10-20 sm li qatlamida ham anchagina (29) turlar uchratildi,
lekin ushbu qatlamda aksariyat turlarning individlari soni 3-6 tadan iborat bo`ldi. Shuni
qayd   qilish   lozimki,   10-20   sm   li   qatlamda,   ustki   qatlamdagiga   nisbatan   turlar   12   taga
kam bo`lsa, individlar miqdori qariyb 2.5 barobar kam bo`lgan.
Keltirilgan   ma`lumotlardan   shu   narsani   alohida   qayd   qilish   lozimki,   semizo`t
nematodafaunasi   tarkibiga   kiruvchi   turlar   va   ularning   individlari   asosan   rizosfera
tuprog`ining 0-10 sm qatlamida hamda ildiz sistemasida joylashganligi ma`lum bo`ldi.
Bundan   tashqari   semizo`t   nematodafaunasi   tarkibidagi   parazit   va   saprozoy
fitonematodalardan   Ditylenchus   destructor ,   D.   dipsaci ,   Aph.   avenae ,   Aphelen.
parietinus ,   Rh. brevispina ,   Rh. filiformis ,   Heteroceph. elongatus   kabilar individlarining
ancha   ko`p   miqdorda   bo`lishi   bilan   boshqa   guruh   va   turlardan   sezilarli   ajralib   turishi
aniqlandi.
Qo`ypechak- Convolvulus arvensis L.
Qo`ypechakning   nematodafaunasini   aniqlash   maqsadida   ikkala   agrotsenozlardan
olingan 40 ta (20 ta o`simlik va 20 ta rizosfera tuprog`i) namunalarining 32 tasi (14 ta
o`simlik   va   18   ta   tuproq)   da   nematodalar   borligi   aniqlandi.   O`simlik   va   tuproq
namunalarida   topilgan   nematodalar   tahlil   qilinganda   hammasi   bo`lib   52   turdan   iborat
34 357   ta   individlar   borligi   ma`lum   bo`ldi.   Ushbu   nematodalarni   turkumlar   bo`yicha
ajratadigan bo`lsak, quyidagi holatni oldik, ya`ni  Araeolaimida  turkumiga 2 ta tur 14 ta
individ,   Enoplida   turkumiga 1 ta tur 2 ta individ,   Dorylaimida   turkumiga 6 ta tur 15 ta
individ,  Rhabditida  turkumiga 19 ta tur 115 ta individ va  Tylenchida  turkumiga 24 ta tur
va   194   ta   individ   to`g`ri   keldi.   Qo`ypechakning   nematodafaunasi   tarkibida
Monhysterida  va  Mononchida  turkumlarining vakillari uchramadi.
Qo`ypechakning   vegetativ   a`zolari   va   rizosfera   tuprog`i   qatlamlarida   topilgan
turlar   soni   va   ular   individlarining   miqdorini   o`zaro   solishtiradigan   bo`lsak,   ushbu
jihatdan   ham   ma`lum   farqlar   mavjudligi   qayd   qilindi.   Jumladan,   qo`ypechakning   yer
usti vegetativ a`zolari va ildiz sistemasida 14 turdan iborat 98 ta individ topilgan bo`lsa,
rizosfera   tuprog`i   qatlamlari   (0-10   va   10-20   sm)   da   51   turdan   iborat   259   ta   individ
topildi.   (5   jadval).   Ushbu   raqamlardan   ko`rinib   turganidek,   tuproq   qatlamlarida
vegetativ   a`zolaridagiga   nisbatan   turlar   soni   3.5   barobar,   individlar   miqdori   esa   2.5
barobar   ko`p   bo`lishi   qayd   qilindi.   Fauna   tarkibidagi   nematodalarning   yana   bir
xususiyatiga   e`tibor   beradigan   bo`lsak,   qo`ypechakning     vegetativ   a`zolarida   topilgan
turlarning   13   tasi   ( Neotylenchus   abulbosus   bundan   istisno)   rizosfera   tuprog`i
qatlamlarida ham uchratildi. 
Qo`ypechakning   vegetativ  a`zolarida  topilgan  nematodalar   faqat   2  ta  ( Rhabditida
va   Tylenchida )   turkum   vakillaridan   iborat   bo`ldi,  ya`ni   14   ta  turning  5   tasi   ( Rhabditis
brevispina ,   Rhab.   intermedius ,   Heteroceph.   elongatus ,   Chiloplacus   lentus ,   Zeldia
punctata )   Rhabditida ,   qolgan   9   tasi   ( Aph.   avenae ,   Paraph.   pseudoparietinus ,   Aph.
parietinus ,   Tyl.   davainii ,   D.   destructor ,   D.   dipsaci ,   Neotylenchus   abulbosus ,   Pratyl.
pratensis ,  Paratyl. macrophallus  kabilar)  Tylenchida  turkumi vakillaridan iborat bo`ldi.
Qo`ypechakning   ildiz   sistemasida   bo`rtma   nematodasi   ( Meloidagyne   hapla )ning
borligini   hisobga   oladigan   bo`lsak,   vegetativ   a`zolarda   15   ta   tur   ( Tylenchida
turkumining 10-turi bo`ladi) topilgan deb hisoblash mumkin.
Shu   narsani   aytib   o`tish   lozimki,   qo`ypechakning   vegetativ   a`zolarida   5   ta
turkumlari   ( Araeolaimida ,   Monhysterida ,   Enoplida ,   Mononchida ,   Dorylaimida )   ning
vakillari umuman uchramadi.
35 Vegetativ a`zolarda qayd qilingan turlar o`zlarining individlari miqdori bilan ham
o`zaro farq qilishdi. Ushbu joylarda qayd qilingan turlarning aksariyati  o`zlarining 1-4
tagacha individlari bilan namoyon bo`lsa, ayrimlari 5-8 tadan individlarga ega bo`lishdi.
Bunday   turlarga   Rh.   brevispina ,   Rh.   intermedius ,   Ch.   lentus ,   Zeldia   punctata ,   Aph.
avenae ,   Paraph.   pseudoparietinus ,   Neotylenchus   abulbosus   va   boshqalarni   ko`rsatsak,
individlar 11 tadan 31 tagacha bo`lgan turlarga  Heteroceph. elongatus ,  Aph. parietinus ,
D. dipsaci   larni ko`rsatish mumkin. Ushbu turlar orasida    Aph. parietinus   dominant tur
deb olish mumkin, chunki uning 31 ta individi vegetativ a`zolarda uchratildi.
Qo`ypechakning   rizosferasi   tuprog`i   qatlamlarida   51   ta   tur   topilib,   shuning
aksariyati   Tylenchida   (46.1   %)   va   Rhabditida   (36.5   %)   turkumlariga   mansub.
Araeolaimida ,   Enoplida   va   Dorylaimida   turkumlari   esa   qolgan   (17.4   %)   turlarni   o`z
ichiga oladi.
Rizosfera tuprog`i qatlamlarida topilgan nematodalarning asosiy  qismi 0-10 sm li
qatlamda   joylashgan.   Ushbu   qatlamda   37   tur   topilgan   bo`lib,   ular   orasida   Rh.
brevispina ,   Mesorhab.   monhustera ,   Aph.   avenae ,   Paraph.   pseudoparietinus ,   Aph.
parietinus   kabilarning   invidlari   16-32   tadan   tashkil   topgan   bo`lsa,   Proteroplectus
rhizophilus ,   Acrobeloides   tricornis ,   Dit.   destructor   kabilarning   individlari   7-11   tadan
iborat bo`ldi. Qolgan turlar 1-3 tagacha individlarga ega bo`ldi.
Rizosfera   tuprog`ining   10-20   sm   li   qatlamida   26   tur   topilgan   bo`lib,   ularning
aksariyati   yuza   qatlamda   ham   qayd   etilgan,   lekin   ba`zilari,   masalan   Eucephalobus
oxyuroides ,   Aphelenchoides   helophilus ,   Aph.   subtenuis ,   Tylenchus   davainii ,
Helicotylenchus   erthrinae ,   Tylenchorhunchus   dubius   lar   faqat   ushbu   qatlamda
uchratildi. Bundan tashqari 10-20 sm li qatlamda qayd qilingan turlarning aksariyat kam
individli bo`ldi, ayrim turlarigina 10-13 tadan individlari bilan ajralib turadi. Umuman
keltirilgan   ma`lumotlarga   nazar   tashlasak,   qo`ypechak   nematodafaunasi   tarkibining
asosiy qismi parazit va saprozoy fitonematodalardan iborat. Ushbu guruhlarga mansub
nematodalardan   P.   pratensis ,   Ditylenchus   destructor ,   Aph.   parietinus ,   Aph.   avenae ,
Heterocephalobus   elongatus ,   Rhabditis   brevispina   kabilar   ancha   ko`p   miqdordagi
individlarga ega bo`lganligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari qo`ypechakning ildizi
bo`rtma   nematodasi   bilan   zararlanganligi,   ushbu   begona   o`t   shu   parazitga   tabiiy
36 boshpana   va     manba   bo`lishida,   hamda   bu   parazitni   agrotsenozlarda   madaniy   ekinlar
orasida tarqatishda muhim zveno rolini bajarishi mumkin degan fikrga olib keladi.
Ituzum- Solanum nigrum L.
Yuqorida   nematodafaunasi   tahlil   qilingan   begona   o`tlardan   semizo`t   va
qo`ypechakning   vegetativ   a`zolari   va   rizosfera   tuprog`i   qatlamlaridan   qanchadan
namuna olingan bo`lsa, ituzumda ham shuncha miqdorda o`simlik va tuproq namunalari
olinib,   ular   tahlil   qilinganda,   28     tasida   nematodalar   topildi.   Ushbu   ajratib   olingan
nematodalarning   turlari   va   ularning   individlari   taksonomik   tahlildan   o`tkazilganda,
hammasi bo`lib 46 turdan iborat 235 individ aniqlandi. 
Ituzum   nematodafaunasini   turkumlar   bo`yicha   tahlil   qiladigan   bo`lsak,   u
quyidagicha   bo`ldi,   ya`ni   Araeolaimida   turkumi   2   tur   va   3   ta   individ,   Monhysterida
turkumi   ham   2   tur   va   5   ta   individ,   Mononchida   turkumi   2   ta   tur   va   5   ta   individ,
Dorylaimida   turkumi 6 tur va 23 ta individ,  Rhabditida  turkumi 16 tur, 69 ta individ va
Tylenchida   turkumi 18 tur va 130 ta individdan iborat bo`ldi. Ituzum nematodafaunasi
tarkibida  Enoplida  turkumi vakillari uchramadi.
Ituzumning vegetativ a`zolari va rizosfera tuprog`i qatlamlarida topilgan turlar soni
va ularning har birining individlarining miqdorini o`zaro solishtiradigan bo`lsak, ushbu
jihatdan ham ma`lum farqlar bo`lishi aniqlandi. 
Ituzumning   yer   usti   vegetativ   a`zolari   va   ildiz   sistemasida   18   turdan   iborat   65   ta
individ   topilgan   bo`lsa,   rizosfera   tuprog`ining   0-10   va   10-20   sm   li   qatlamlarida   45
turdan   iborat   170   ta   individ   qayd   qilindi   (5   jadval).   Keltirilgan   raqamlardan   ko`rinib
turibdiki   yer   usti   vegetativ   a`zolarida   va   ildiz   sistamasida   turlar   soni   va   individlar
miqdori   2.5   barobar   kamdir.   Vegetativ   a`zolarda   qayd   qilingan   turlarning   barchasi
tuproqning ikkala yoki bitta qatlamida ham o`z individlariga ega bo`lishi aniqlandi. 
Ituzumning   vegetativ   a`zolarida   topilgan   turlarning   1   tasi   ( Eud.   monhystera )
Dorylaimida   turkumiga,   7   tasi   ( Rhab.   filiformis ,   Mesorhab.monhystera ,   Diploscapter
rhizophilus ,   Ceph.  persegnis ,   Heteroceph.   elongatus ,   Panagrolaimus  rigidus ,   Acrobel.
emarginatus )   Rhabditida   turkumiga   va   10   tasi   ( A ,   avenae ,   A.   cylindricaudatus ,     Aph.
limberi ,   Aph.   kűhnii ,   Aph.   subtenuis ,   D.   destructor ,   D.   dipsaci ,   Tylenchorhynchus
37 dubius ,  Pratylenchus pratensis   va  Meloidogyne hapla )  Tylenchida  turkumi vakillaridan
iborat bo`ldi. Ituzumning vegetativ a`zolarida  Araeolaimida ,  Monhysterida ,  Enoplida  va
Mononchida  turkumlarining vakillari umuman uchramadi.
Vegetativ a`zolarda topilgan turlar o`zlarining individlari miqdori bilan ham o`zaro
farq qiladi. Ituzumning yer usti qismlari va ildiz sistemasida topilgan turlarning asosiy
ko`pchiligi   1-5   tagacha   individlarga   ega   bo`lishi   bilan   xarakterlansa,   faqat   uchta   turi
( Heterocephalobus  elongatus ,   Aphelenchus  avenae   va   Ditylenchus   destructor )  8  tadan
17 tagacha individlarga ega bo`ldi. Individlari ko`p bo`lgan turlar orasida  D. destructor
dominantlik qiladi.
Ituzumning   rizosferasi   tuprog`ining   0-10   va   10-20   sm   li   qatlamlarida   45   turdan
iborat   170   ta   nematoda   topilib,   ular   Araeolaimida ,   Monhysterida ,   Mononchida ,
Dorylaimida ,   Rhabditida   va   Tylenchida   turkumlariga   mansubdir,   lekin   turlarning
aksariyati   (73.9   %)   keyingi   2   ta   turkumlarga   mansubdir.   Qolgan   26.1   %   turlar   esa
birinchi 4 ta turkumlarga mansub bo`ldi. Tuproqning 0-10 va 10-20 sm li qatlamlarida
topilgan   turlarning   birontasi   ham   katta   sondagi   individlarga   ega   bo`lmadi,   yoki
dominant uchratilmadi, yoki aksariyat  turlarning individlari 1-5 ta bilan chegaralangan
bo`ldi,   lekin   Ditylenchus   avlodi   turlari   va   H .   multicinctus   ning   individlari   8-9   tadan
bo`ldi   xolos.   Aytilganlarga   ituzumning   rizosferasi   tuprog`ida   uchrovchi   nematodalar
o`zlarining siyrakligi bilan xarakterlanadi.
Yantoq- Alhagi persarum Boiss end Buhse.
Yantoqning nematodafaunasini o`rganish uchun boshqa begona o`tlardan o`simlik
va   rizosfera   tuprog`ining   20   sm   gacha   chuqurligidan   olingan   namunalar   soni   singari,
ushbu   o`simlikdan   ham   20   ta   o`simlik   va   20   ta   (jami   40   ta)   tuproq   namunalari   tahlil
qilindi. Ushbu namunalardan hammasi bo`lib 27 ta (10 ta o`simlik va 17 ta tuproq) sida
nematodalar topilgan bo`lib, 36 turdan iborat 193 ta individni tashkil etdi.
Fauna   tarkibidagi   nematodalarning   turkumlar   bo`yicha   tahlil   qilganimizda,   ular
quyidagicha   taqsimlandi,   ya`ni   Araeolaimida   turkumi   3   ta   tur   va   6   ta   individ,
Monhysterida   turkumi   1   ta   tur   va   7   ta   individ,   Mononchida   turkumi   1   ta   tur   va   2   ta
individ,    Dorylaimida   turkumi 4 ta tur va 7 ta individ,   Rhabditida   turkumi 11 ta tur va
38 63 ta individ,  Tylenchida  turkumi 17 ta tur va 108 ta individni tashkil etdi. Yantoqning
nematodafaunasi   tarkibida   Enoplida   turkumining   vakillari   uchramadi.   Shuningdek
boshqa   begona   o`tlar   nematodafaunasi   tarkibidadek   Tylenchida   turkumining   turlari
ko`pchilikni tashkil qilishi bilan ajralib turadi.
Yantoqning   vegetativ   a`zolari   va   rizosferasi   tuprog`i   qatlamlarida   topilgan   turlar
va ularning individlarini yashash joyi bo`yicha ham o`zaro tahlil qiladigan bo`lsa, ushbu
tomondan   ham   farqlar   mavjudligi   aniqlandi.   Masalan,   yantoqning   yer   usti   vegetativ
a`zolari va ildiz sistemasida  14 ta turdan iborat 31 ta individ topilgan bo`lsa, rizosfera
tuprog`i qatlamlari  (0-10 va 10-20 sm)  da 37 turdan iborat 162 ta nematoda topildi (5
jadval). Jadvalda keltirilgan raqamlardan ko`rinib turganidek tuproq qatlamlarida turlar
soni   qariyb   3   baravar,   individlar   soni   esa   5   baravar   ko`proqni   tashkil   etadi.   Bundan
tashqari   o`simlikning   yer   usti   vegetativ   a`zolari     va   ildiz   sistemasida   uchragan   barcha
turlar   rizosfera   tuprog`i   qatlamlarida   ham   uchratildi.   Vegetativ   a`zolarda   uchratilgan
turlar   huddi   qo`ypechakdagidek   faqat   2   ta   ( Rhabditida   va   Tylenchida )   turkum
vakillaridan   iborat   bo`ldi.   Vegetativ   a`zolarda   qayd   qilingan   turlarning   aksariyati   1-3
individli bo`lsa, faqat 2 ta turi   ( Mesorhabditis monhystera   va   Ditylenchus dipsaci ) 5-6
ta   individga   ega   bo`lishdi.   Yantoqning   vegetativ   a`zolarida   topilgan   14   tur   orasida
birontasi ham dominantlik qilaolmasligi ma`lum bo`ldi.
Yantoqning yer usti vegetativ a`zolarida va ildiz sistemasida tarqalishi va uchrash
darajasiga   e`tibor   beradigan   bo`lsak,   ushbu   holatda   ham   ayrim   farqlar   bo`lishi   qayd
qilindi.   Masalan,   yer   usti   vegetativ   a`zolari   4   ta   ( Acrobeloides   emarginatus ,
Paraphelenchus   pseudoparietinus ,   Aphelenchoides   bicaudatus   va   Ditylenchus   dipsaci )
tur   uchragan   bo`lsa,   ildiz   sitemasida   aytilgan   4   ta   turlardan   tashqari,   yana   10   ta   tur
( Mesorhabditis   monhystera ,   Panagrolaimus   rigidus ,   Cephalobus   persegnis ,
Eucephalobus   oxyuroides ,   Acrobeloides   bűtsclii ,   Aphelenchoides   parietinus ,   Seinura
tenuicauda ,   Ditylenchus   destructor ,   Paratylenchus   amblicephalus   va   Meloidogyne
hapla ) uchradi.
Yantoqning   rizosfera   tuprog`ining   ikkala   qatlamlari   ham   nematodalar   turlicha
tarqalganligi ma`lum bo`ldi. Agarda 0-10 sm li qatlamda 31 turdan iborat 121 ta individ
topilgan bo`lsa, 10-20 sm li qatlamda 22 turdan iborat 41 ta individ uchratildi. Bundan
39 ko`rinib   turibdiki   rizosfera   tuprog`ining   0-10   sm   li   qatlamida   turlar   soni   qariyb   1.5
baravar,   individlar   miqdori   esa   uch   barovar   kam   uchratildi.   Bunday   turli-tumanlilik
shundan   iboratki,   yuza   qatlamda   katta   miqdordagi   individlari   bilan   namoyon   bo`lgan
turlar   ( Mesorhabditis   monhystera ,   Panagr.   rigidus ,   Aphelen .   bicaudatus ,   Aph .
parietinus ,  Seinura   tenuicauda ,  Dit .  destructor ,  H .  multicinctus ,  Pratylenchus   pratensis
kabilar   )ning   individlarini   asosiy   qismi   0-10   sm   li   qatlamlarda   joylashgan   yoki   10-20
sm li qatlamda umuman uchramagan.
Shunday   qilib,   yantoq   nematodafaunasi   bo`yicha   keltirilgan   tahlildan   shu   narsa
ko`rinib   turibdiki,   yantoqning   vegetativ   a`zolarida   uchrovchi   nematodalar   asosan   2   ta
turkum   ( Rhabditida ,   Tylenchida )   laridan   iboratdir.   Individlari   soni   bo`yicha   esa
birontasi dominantlik qilaolmagan. Fauna tarkibidagi eng asosiy narsa shundan iboratki,
yantoq   bo`rtma   nematodasining   xo`jayinlaridan   biri   bo`lishi   va   uni   agrotsenozlarga
tarqatishda tabiiy manba rolini o`ynashi e`tiborni o`ziga jalb etadi. 
Bangidevona- Datura stramonium L.
Bangidevonaning   vegetativ   a`zolari   va   rizosferasi   tuprog`ining   20   sm   gacha
chuqurligidan   olingan   namunalarda   hammasi   bo`lib   45   turga   mansub   262   ta
nematodalar   topildi.   Ushbu   turlar   va   ularning   individlarini   turkumlari   bo`yicha   tahlil
qilganimizda,   raqamlar   quyidagicha   tus   oldi,   ya`ni   Araeolaimida ,   Monhysterida,
Enoplida   turkumlari   1   tadan,   Mononchida   turkumi   2   ta   va   Dorylaimida   turkumi   9   ta
turga ega bo`lishdi. Bangidevona nematodafaunasi tarkibidagi turlarning asosiy qismi 2
ta   turkum   vakillaridan   iborat   bo`ldi.   Jumladan   Rhabditida   turkumiga   11   ta   va
Tylenchida  turkumiga esa 20 ta tur mansub bo`ldi,  ya`ni fauna tarkibidagi turlarning 68
% keyingi ikki turkumning vakillaridan iborat bo`ldi.
Bangidevonaning   vegetativ   a`zolari   va   rizosfera   tuprog`i   qatlamlarida   ham
nematodalar bir tekis tarqalmagan. O`simlikning yer usti va yer osti vegetativ a`zolarida
12   turdan   iborat   59   ta   individ   topilgan   bo`lsa,   shularda   6   ta   turi   ( Heterocephalobus
elongatus ,   Aphelenchoides   parietinus ,   Aph.   kühnii ,   Dityl.   dipsaci ,   Helocotylenchus
multicinctus   va   Pratylenchus   pratensis   lar)   bangidevonaning   yer   usti   vegetativ
a`zolarida  va   ildiz   sistemasida  uchragan  bo`lsa,  qolgan   6  turi   (   Cephalobus   persegnis ,
40 Aphelenchus   avenae,   Paraphelenchus   pseudoparietinus ,   Ditylenchus   destructor ,
Neotylenchus abulbosus  va  Meloidogyne hapla  kabilar) ildiz sistemasida uchratildi. Yer
usti vegetativ a`zolarida uchratilgan turlarning birontasi ham ko`p sondagi individlarga
ega bo`laolmagan, balki ular 2-6 individli bo`lgan.
Ildiz   sistemasida   uchratilgan   turlar   orasida   esa   Aphelenchus     parietinus   va
Ditylenchus   destructor   larning   individlari   8-11   tani   tashkil   etgan.   Qolgan   turlarning
barchasi 1-6 ta individli bo`lgan. Umuman olganda bangidevonaning yer usti va yer osti
vegetativ  a`zolarida  individlari   miqdori  bilan  dominantlik qiluvchi   tur   qayd qilinmadi.
Lekin   e`tiborni   jalb   qiladigan   narsa   shu   bo`ldiki,   bangidevonaning   ildiz   sistemasining
bo`rtma nematodasi ( Meloidogyne hapla ) bilan zararlanganligidir. Shunga binoan ushbu
begona o`t ushbu parazit fitonematodaga tabiiy manba bo`lish rolini o`taydi. Boshqa bir
xarakterli   xususiyat   shundan   iboratki,   bangidevonaning   yer   usti   va   yer   osti   vegetativ
a`zolarida,   o`z   tarkibiga   fitonematodalarni   oluvchi   5   ta   turkum   -   Araeolaimida ,
Monhysterida ,   Enoplida ,   Mononchida   va   Dorylaimida   larning   birorta   ham   vakillari
qayd qilinmadi.
Bangidevonaning   rizosferasi   tuprog`i   qatlamlarida   ham   nematodalar   bir   tekis
tarqalmagan, chunki tuproqning 0-10 sm li qatlamida 39 turdan iborat 149 ta nematoda
topilgan   bo`lsa,   10-20   sm   li   qatlamda   esa   25   turdan   iborat   54   ta   nematoda   topildi.
Ushbu raqamlardan ko`rinib turibdiki, tuproqning ustki qatlamida nematoda turlari 1.5
barobar, individlar miqdori esa qariyb uch barovar ko`p uchrar ekan.
Bangidevonaning nematodafaunasi tarkibida   shunday turlar mavjud bo`ldiki, ular
o`simlikning barcha vegetativ a`zolarida va ikkala tuproq qatlamlarida birday uchratildi.
Bunday   turlarga   Heterocephalobus     elongatus ,   Aphelenchoides   parietinus ,
Aphelenchoides   kűhnii ,   Ditylenchus   dipsaci ,   Helicotylenchus   multicinctus   va
Pratylenchus pratensis  lar mansub bo`ldi. 
Shuning   bilan   birga   fauna   tarkibidagi   turlardan   Mononchus   papillatus,
Eudorylaimus   monhystera ,   Heterocephalobus     elongatus,   Aphelenchus ,   Aphelenchus
avenae  kabilar tuproqning yuza (0-10 sm) qatlamida ancha ko`p sonda  to`planishi qayd
qilindi.
41 Umuman   olganda   bangidevonaning   nematodafaunasi   tarkibi   7   ta   turkum
vakillaridan   iborat   bo`lsa   ham,   uning   asosiy   qismini   Rhabditida   va   Tylenchida
turkumlariga   mansub   bo`lgan   saprozoy   va   parazit   fitonematodalardan   iborat
bo`lganligini alohida qayd qilish o`rinlidir.
Itqo`noq -  Setaria viridis L.
Yuqorida   nematodafaunalari   tahlil   qilingan   begona   o`tlarda   va   ularning
rizosferalari   tuprog`ining   20   sm   chuqurligidan   qanday   sonda   o`simlik   va   tuproq
namunalari   olingan   bo`lsa,   itqo`noqning   vegetativ   a`zolari   va   rizosferasi   tuprog`idan
ham shuncha sondagi namunalar olinib, ularni nematoda turlari va ularning individlari
uchun   tahlil   qilganimizda   hammasi   bo`lib   41   turdan   iborat   179   ta   nematoda   topildi.
Ushbu   turlar   5   ta   turkumga   mansubligi   aniqlandi.   Araeolaimida   turkumi   3   ta   tur   va   6
individ,   Mononchida   turkumi 2 ta tur va 6 individ,   Dorylaimida   turkumi 6 ta tur va 21
ta individ,  Rhabditida  turkumi 15 ta tur va 49 ta individ va  Tylenchida  turkumi 15 ta tur
va 86 ta individdan iborat bo`ldi. Itqo`noq nematodafaunasi tarkibida   Monhysterida   va
Enoplida   turkumlarining   vakillari   umuman   uchratilmadi.   Ushbu   raqamlar   va
xususiyatlardan   shunday   holatni   alohida   qayd   qilish   mumkinki,   itqo`noq
nematodafaunasi   tarkibi   boshqa   begona   o`tlar   nematodafaunasi   tarkibiga   va   soniga
o`xshash   bo`lsa   ham   individlarning   sonini   kam   bo`lishi   bilan   farq   qiladi.   Bunday
xususiyatni o`simlikning vegetativ a`zolarida va rizosfera tuprog`i qatlamlarida topilgan
nematoda individlarining sonidan ham payqash mumkin.
Birinchi   navbatda   shuni   qayd   qilish   o’rinliki   o’simlikning   yer   usti   va   yer   osti
vegetativ a`zolarida birinchi 5 ta turkumning vakillari umuman uchratilmadi. Vegetativ
a`zolarida   topilgan   11   ta   tur   nematodaning   faqat   2   ta   turi   ( Ditylenchus   dipsaci   va
Pratylenchus   pratensis )   va   4   ta   individi   yer   usti   vegetativ   a`zolarida   uchratildi.   Ildiz
sistemasida   esa   yuqoridagi   ikki   turdan   tashqari   yana   Panagrolaimus   rigidus ,
Cephalobus nanus ,   Eucephalobus striatus ,   Acrobeloides emarginatus ,   Zeldia punctata ,
Aph.   avenae ,   Aglenchus   agricola ,   Tylenchus   davainii ,   Dit.   destructor   kabilar   ham
uchratildi, lekin ularning aksariyati 1-4 tadan individlarga ega bo`ldi. Faqat  P. pratensis
42 ning individlari 13 tani tashkil etdi. Bundan tashqari itqo`noq ildiz sistemasida bo`rtma
nematodasi ham topilmadi.
Itqo`noqning   rizosferasi   tuprog`i   qatlamlarida   41   turdan   iborat   139   ta   nematoda
topilgan   bo`lsa,   ular   ham   tuproq   qatlamlarida   turlicha   taqsimlanish   xususiyatiga   ega.
Masalan,   tuproqning   0-10   sm   li   qatlamida   40   turdan   iborat   96   ta   nematoda   topilgan
bo`lsa,   10-20   sm   li   qatlamida   esa   24   turdan   iborat   43   ta   individ   topildi.   Rizosfera
tuprog`i   qatlamlarida   topilgan   turlar   orasida   Mesorhabditis   monhystera ,   Acrobeloides
emarginatus ,   Aphelenchoides   helophilus ,   Tylenchus   davainii ,   Dityl.   dipsaci ,
Helicotylenchus multicinctus   kabilarning individlari 6-13 tadan iborat bo`ldi. Aksariyat
turlarning   esa   individlari   1-4   tadan   iborat   bo`ldi.   Shunday   qilib   pomidor   va   sabzavot
ekinlari   agrotsenozlarida   tarqalgan   begona   o`tlardan   6   ta   turi   (semizo`t,   qo`ypechak,
ituzum, yantoq,  bangidevona,  itqo`noq)  ning  nematodafaunalarini   tahlil  qilar  ekanmiz,
ushbu   o`simliklarning   nematodafaunalari   tarkibi   va   turlari   soni   bilan   o`zaro   farq
qilishini guvohi bo`ldik. Fauna tarkibidagi turlar 7 ta turkum vakillari bo`lib hisoblansa
ham,   ularning   asosiy   qismi   (qariyb   70   %)   Rhabditida   va   Tylenchida   turkumlari
vakillaridan   iborat   bo`lishi   aniqlandi.   Lekin   begona   o`tlarning   vegetativ   a`zolarida
uchrovchi nematodalarni ikkala turkum bo`yicha tahlil qiladigan bo`lsak, barcha begona
o`tlarning   vegetativ   a`zolarida   yashovchi   turlarning   qariyb   60-65   %   Tylenchida
turkumiga mansub bo`lishi ma`lum bo`ldi. Shuningdek nematodafaunasi  tadqiq etilgan
7   tur   begona   o`tlarning   4   tasi   (qo`ypechak,   ituzum,   yantoq,   bangidevona,)   bo`rtma
nematodasi   bilan   zararlanganligi   qayd   qilindi.   Ushbu   dalildan   shunday   xulosa   kelib
chiqadiki,   bo`rtma   nematodasi   bilan   zararlangan   begona   o`tlar,   aynan   ushbu   xavfli
fitoparazitni agrotsenozlardagi madaniy ekinlar orasida tarqalishida tabiiy manba rolini
o`ynaydi.   Bundan   tashqari   begona   o`tlarning   5   ta   turini   faunasi   tarkibida   poya
nematodalari,   afelenxlar,   pratilenxlar,   ektoparazit   fitonematodalar   ham   muhum   o`rin
egallaydi.   Ushbu   parazitlarga   ham   tabiiy   manba   bo`lishi   va   ularni   agrotsenozlarga
tarqalishda ham muhim rol o`ynashi mumkin. 
43 IV BOB. AGROTSENOZLARDA TOPILGAN NEMATODALARNING
EKOLOGIK TAVSIFI VA PARAZIT FITONEMATODALARNING
BIOSENOTIK XUSUSIYATLARI
4.1. Agrotsenozlarda topilgan nematodalarning ekologik tavsifi
Samarqand   viloyatining   Payariq   tumani   sharoitida   pomidor   va   sabzavot   ekinlari
agrotsenozlarida   madaniy   ekinlardan   pomidor   va   ushbu   agrotsenozlarda   tarqalgan
begona   o`tlardan   semizo`t,   qo`ypechak,   ituzum,   yantoq,   bangidevona   va   itqo`noqning
vegetativ   a`zolari   va   ularning   rizosferasi   tuprog`ining   20   sm   gacha   chuqurligida
topilgan   nematodalar   78   turdan   iborat   bo`lib,   ularning   yashash   joylari,   oziqlanish
usullari hamda o`simliklarga nisbatan munosabatlariga qarab, professor A.A Paramonov
(1962,   1964,   1970)   ishlab   chiqqan   prinsipga   asosan   4   ekologik   guruhlarga   ajratish
mumkin.   Ushbu   ekologik   guruhlar   pararizobiontlar,   eusaprobiontlar,   devisaprobiontlar
va fitogelmintlardan iborat.
1-guruh. Pararizobiontlar, ya`ni o`simliklarning rizosferasidagi tuproq qatlamlarida
uchrovchi   nematodalar.   Bizning   materialimizda   pararizobiontlarga   mansub   bo`lgan
nematodalar   26   turdan   iborat   bo`ldi.   Pararizobiontlar   hayot   kechirish   tarzi,   oziqlanish
usuli va o`simliklarga nisbatan munosabatiga binoan 3 ta kichik guruhlarga ajratildi:
a)   erkin   yashovchi   tuproq   pararizobiontlari.   Ushbu   kichik   guruhga   mansub
nematodalarning   ko`pgina   turlari   chuchuk   suvlarda   va   nam   tuproqda   yashashga
moslashgan.   Ba`zan   ular   o`simlik   tanasiga   tasodifan   kirib   qolishi   mumkin,   lekin   unga
hech   qanday   salbiy   ta`sir   ko`rsatmaydi.   Chunki   aslida   ular   o`simlik   qoldiqlari,   turli-
tuman mikroorganizmlar bilan oziqlanadi.
Pomidor   agrotsenozlarida   pararizobiontlarining   7   turi   ( Plectus   cirratus ,   P .
parietinus ,  Proteroplectus   granulosus ,  P .  rhizophilus ,  Monhystera   vulgaris ,  M .  simplex ,
Prismatolaimus   intermedius )   aynan   ushbu   kichik   guruhga   mansub   bo`ldi.   Kichik
guruhning   turlari   agrotsenozlardagi   begona   o`tlarning   rizosferasi   tuprog`ida   ancha
siyrak   tarqalganligi   kuzatildi.   Faqat   Proteroplectus   rhizophilus   qo`ypechakning
rizosferasida 11 ta individi va 1 ta individi semizo`tning ildiz sistemasida bo`lishi qayd
qilindi. Qolgan barcha turlarining individlari faqat tuproqda 1-3 tadan iborat bo`ldi. 
44 b)   yirtqichlik   bilan   oziqlanuvchi   pararizobiontlar   kichik   guruhi.   Ushbu   kichik
guruhga   kiruvchi   nematodalarning   og`iz   bo`shlig`ida   nayza   yoki   xitinlashgan   og`iz
kapsulasi yoki tishlar shakllangan. Yirtqich pararizobiontlar boshqa mayda nematodalar
va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Bundan tashqari ular ba`zan o`simlikning ildiz
sistemasiga   ham   kirib   olishi   mumkin,   lekin   salbiy   ta`sir   ko`rsatmaydi.   Bizning
materialimizda   ushbu   kichik   guruh   turlaridan   6   ta   ( Mylonchulus   solus ,   M .   cavensis ,
Anathonchus   tridentatus ,   Manonchus   sigmaturus ,   M .   papillatus   va   Nygolaimus
brachyuris )   topildi   (5   jadval).     Yirtqich   pararizobiontlarning   materialimizdagi   barcha
turlari   pomidor,   pamidor   va   begona   o`tlarning   rizosferalari   tuprog`ida   ancha   siyrak
tarqalganligi   ma`lum   bo`ldi.   Masalan,   A .   tridentatus   faqat   itqo`noq   rizosferasida,
Manonchus   sigmaturus   faqat   bangidevona   rizosferasida,   qolgan   turlari   esa   2   yoki   3
turdagi   begona   o`tlar   rizosferasida   qayd   qilindi,   lekin   N .   brachyuris   turi   itqo`noqdan
tashqari boshqa barcha begona o`tlarning rizosferasida uchratildi.
v) fitofag pararizobiontlar kichik guruhiga mansub bo`lgan nematodalarning og`iz
bo`shlig`ida   nayza   yoki   ayrim   avlodlarining   turlarida   sanchib-so`ruvchi   naysimon
shakldagi   og`iz   bo`shlig`iga   (stiletga)   aylangan   organ   hosil   qilganligi   bilan
xarakterlanadi.   Fitofag   pararizobiontlar   asosan   rizosfera   tuprog`ida   yashashga
moslashgan.  Lekin  ular   ba`zan  o`simliklarning turli   vegetativ  a`zolariga  kirishi  hamda
xo`jayini shirasi bilan oziqlanishi mumkin. Ushbu xususiyatidan qat`iy nazar o`simlikda
nematodozlarni   hosil   qilaolmaydi.   Pomidor   va   begona   o`tlar   nematodafaunalari
tarkibida fitofag pararizobiontlarning 12 ta turi ( Alaimus   primitivus ,   Dorylaimus   agilis ,
D .  filiformis ,  Aporcelaimus   superbus ,  Eudorylaimus   bryophilus ,  Eud .  monhystera ,  Eud .
microdorus ,   Eud .   obtusicaudatus ,   Eud .   parvulus ,   Eud .   skrjabini ,   Eud .   sulphasae ,
Diphtherophora   obesus )   topildi.   Ushbu   turlar   asosan   madaniy   va   begona   o`tlarning
rizosferalari tuprog`i qatlamlarida qayd qilindi. Individlari soni ham ancha kam. Lekin
ayrim   turlari,   jumladan   Eud .   monhystera   turi   pomidor,   semizo`t,   bo`ztikanning   ildiz
sistemasida   ham   bo`lishi   qayd   qilindi.   Fitofag   pararizobiontlarning   individlari   ham
oldingi 2 ta guruhlarning vakillari singari madaniy ekinlar va begona o`tlar rizosferalari
tuprog`ida ancha kam individli bo`lishi aniqlandi. (5 jadval). 
45 2-guruh. Eusaprobiontlar yoki o`simliklarning zararlangan joylarida va chiriyotgan
qismlarida,   shuningdek   tuproqning   turli   qatlamlarida   mavjud   bo`lgan   saprobiotik
jarayonda   yashashga   moslashgan   hamda   organik   chirindi   bilan   oziqlanuvchi
nematodalar   hisoblanadi.   Pomidor   va   begona   o`tlar   nematodafaunasi   tarkibida
eusaprobiontlar   guruhi   6   ta   ( Pelodera   cylindrica ,   Rhabditis   brevispina ,   Rh.   filiformis ,
Rh. intermedius ,   Mesorhabditis monhystera   va   Diploscapter rhizophilus ) turdan iborat
bo`ldi. Aytilgan turlardan  Rh. brevispina ,  Rh. intermedius  kabilar pomidor, qo`ypechak
va   qisman   semizo`tning   vegetativ   a`zolarida   va   rizosfera   tuprog`ida   qayd   qilingan
bo`lsa,   Mesorhabditis monhystera   esa pomidordan tashqari aksariyat begona o`tlarning
vegetativ   a`zolari   va  rizosfera  tuprog`ida   uchradi.  Bundan   tashqari   Rh.   brevispina   turi
esa   pomidor   va   pomidorning   rizosfera   tuprog`ining   0-10   sm   li   qatlamida   juda   katta
miqdordagi   individlari   bilan   namoyon   bo`lganligi   qayd   qilindi.   Eusaprobiontlardan
Pelodera   cylindrica   va   Diploscapter   rhizophilus   begona   o`tlar   orasida   juda   kam
tarqalganligi   ma`lum   bo`ldi.   Ushbu   fikrni   Rh.   intermedius   haqida   aytish   o`rinlidir,
chunki u qo`ypechakdan boshqa bironta ham begona o`tda uchramadi. 
3-guruh. Devisaprobiontlar  yoki  notipik saprobiontlar. Ushbu  guruh nematodalari
tuproqda   erkin   yashovchi,   ba`zan   chirish   jarayoni   borayotgan   manbalarda   yashovchi,
shuningdek   ko`p   hollarda  o`simliklarning  sog`lom   vegetativ   a`zolarida  ham   uchrovchi
chuvalchanglar   hisoblanadi.   Tadqiqot   ishlari   jarayonida   pomidor   va   begona   o`tlarda,
shu   o`simliklarning   rizosferasi   tuprog`ida   devisaprobiontlarning   19   turi   topildi.
Devisaprobionlarning   oziqlanish   usuli,   ozuqa   turi   va   o`simliklarga   nisbatan
munosabatiga   binoan   2   ta   kichik   guruhlarga   ajratiladi.   Birinchi   guruh   vakillari
o`simliklarning   kasallangan   qismlarida,   o`simlik   qoldiqlarining   tuproqda   chiriyotgan
joylarida   yashab,   chin   saprobiont   nematodalar   (eusaprobiontlar)   singari   chirindi   bilan
oziqlanadi. Bizning materialimizda bunday nematodalar  Panagrolaimus ,  Cephalobus  va
Acrobeloides   avlodlarining   8   ta   turidan   iborat   bo`ldi.   Ushbu   kichik   guruh
nematodalarining og`iz bo`shlig`i (stomasi) nisbatan bo`lishi bilan xarakterlanadi.
Ikkinchi   kichik   guruh   devisaprobiontlari   esa   ko`pgina   madaniy   va   begona
o`simliklarning   rizosferasi   tuprog`ida   yashaydi.   Lekin   bosh   qismidagi   nisbatan   qattiq
bo`rtib   turuvchi   organi   (probolasi)   bo`lganligi   sababli   uning   yordamida   o`simlik
46 to`qimasini   shikastlashi   mumkin.   Shunga   binoan   ular   o`simliklarning   vegetativ
a`zolariga   ham   kirib   oziqlanishi   ehtimoldan   uzoq   emas.   Bunday   devisaprobiontlarga
Eucephalobus ,   Heterocephalobus ,   Acrobeles ,   Chiloplacus ,   Zeldia   avlodlarining 11 turi
mansub   bo`ldi.   Devisaprobiontlar   orasidan   Panagrolaimus   rigidus ,   Cephalobus
persegnis ,   Heterocephalobus   elongatus ,   Acrobeloides   emarginatus   kabilar   pomidor,
pomidor   va   aksariyat   begona   o`tlarning   ildiz   sistemasida   hamda   qisman   yer   usti
vegetativ a`zolarida nisbatan ko`p miqdorda qayd qilindi.  (3, 4 va 5 jadvallar). 
4-guruh. Fitogelmintlar yoki o`simliklarning parazit fitonematodalari. Pomidor va
ikkala   agrotsenozlarda   tarqalgan   begona   o`tlarning   nematodafaunasi   tarkibida   27   tur
fitogelmintlar topildi. [25] 
Parazit   fitonematodalarni   oziqlanish   usuli   hamda   ozuqasi   turiga   binoan   uchta
kichik   guruhga   ajratish   mumkin,   ya`ni   parazit   mikogelmintlar   (zamburug`lar   bilan
oziqlanuvchilar), ektoparazit fitonematodalar va chin parazit fitonematodalar. 
Parazit mikogelmintlar kichik guruhiga mansub turlar turli-tumanliligi bilan ajralib
turadi. Materialimizdagi 28 tur fitogelmintlarning 12 turi aynan ana shu kichik guruhga
mansubdir.   Mikogelmintlarning   5   turi   ( Aphelenchus   avenae ,   Aphelenchoides
bicaudatus ,   Aph.   subtenuis ,   Tylenchus   davainii ,   Seinura   tenuicauda )   madaniy
o`simliklar   va   ayrim   begona   o`tlar   (semizo`t,   qo`ypechak,   ituzum,   bangidevona)   ning
vegetativ a`zolarida va rizosfera tuprog`i qatlamlarida uchratilgan bo`lsa, qolgan turlari
( Aph. clarolineatus ,  Aglenchus agricola, Tylenchus filiformis   va boshqalar-7 tur) ancha
siyrak   holda   ayrim   begona   o`tlar   (semizo`t,   qo`ypechak,   ituzum,   bangidevona)ning
rizosfera tuprog`ida topildi. 
Fitogelmintlarning   ikkinchi   kichik   (ektoparazitlar)   guruhiga   8   tur   mansub   bo`lib,
ularning   og`iz   bo`shlig`i   kuchli   va   yirik  stiletga   (sanchib-so`ruvchi   og`izga)   aylangan.
Ana shu organi yordamida o`simlik to`qimalarini tashqaridan turib teshib, shirani so`rib
oladi.   Materialimizdagi   ektoparazit   fitonematodalardan   Helicotylenchus   multicinctus ,
Tylenchorhynchus dubius ,   Paratylenchus macrophallus   lar pomidor maydonlari tuproq
qatlamlarida,   ayniqsa,   ituzum,   yantoq,   bangidevona   kabilarning   rizosfera   tuprog`ining
0-10   sm   li   qatlamida   ancha   ko`p   uchrashi   qayd   qilindi.   Qolgan   turlari   esa   jumladan
Helicotylenchus   erythrinae ,   Rotylenchus   robustus ,   Boleodorus   innuptus ,
47 Tylenchorhynchus   tener   va   Paratylenchus   amblicephalus   lar   ancha   siyrak   va   kam
individli turlar qatoriga kiradi. 
Fitogelmintlarning uchinchi kichik guruhi haqiqiy parazitlar hisoblanib, ular ham 8
turdan, ya`ni  Paraphelenchus pseudoparietinus ,  Aphelenchoides parietinus ,  Ditylenchus
destructor ,  D. dipsaci ,  D. intermedius ,  Neotylenchus abulbosus ,  Pratylenchus pratensis
va  Meloidogyne hapla  lardan iborat bo`ldi. Agrotsenozlarda madaniy va begona o`tlarda
haqiqiy parazit  fitonematodalardan   D. intermedius   va   N. abulbosus   juda kam  uchrashi
qayd   qilindi.   Masalan,   N.   abulbosus   faqat   qo`ypechak   va   bangidevonada   topilgan
bo`lsa,   pomidorning   ildiz   sistemasida   4   tagina   individi   bilan   uchradi.   D.   intermedius
ham   begona   o`tlarning   rizosferasi   tuprog`ida   juda   siyrak   uchradi.   Lekin   ushbu   kichik
guruh   turlarining   aksariyati   agrotsenozlardagi   begona   o`tlar   orasida,   madaniy   ekinlar
orasida   ham   ancha   ko`p   miqdorda   uchrashi   ma`lum   bo`ldi.   Masalan,   bo`rtma
nematodasi   semizo`t   va   itqo`noqdan   tashqari,   qolgan   5   tur   begona   o`tlarning   ildiz
sistemasi bo`rtma nematodasi bilan zararlanganligi, pomidorning 10 % dan 27 % gacha
meloydoginozga chalinganligi aniqlandi.
6-rasm.  Aniqlangan turlarning ekologik guruhlar bo’yicha taqsimlanishi  (turlar soni
bo’yicha)
48 Shunday qilib agrotsenozlardagi  pomidor va begona o`tlarning nematodafaunalari
tarkibidagi 78 turning 37 turi o`simliklarning vegetativ a`zolarida qayd qilingan bo`lsa,
shularning aksariyati (21 turi) parazit fitogelmintlar guruhi vakillaridan iborat bo`ldi. 
4.2. Begona o`tlarda topilgan parazit fitonematodalarning biosenotik xususiyatlari.
Fitonematodalarning o`z xo`jayinlari bilan biotsenotik bog`langanlik xususiyatlari
haqida fikr yuritilar va tahlil qilinar ekan ikkala agrotsenozlarda topilgan 78 turning 34
turi   pomidor   va   begona   o`tlarning   turli   vegetativ   a`zolarida   ma`lum   bir   miqdordagi
individlari   bo`lishi   qayd   qilingan.   Ushbu   turlar   ekologik   xususiyatlari   va   oziqlanish
usuli   jihatdan   pararizobiontlar,   eusaprobiontlar,   devisaprobiontlar   va   parazit
fitogelmintlar   kabilardan   iborat   bo`lishi   aniqlandi.   Ushbu   guruhlarga   mansub
nematodalarning   har   xil   sondagi   turlari   begona   o`tlarning   vegetativ   a`zolarida   turli
darajada  bo`lishi   qayd  qilindi.  Masalan,  pararizobiontlarning  25  turidan   faqat  2  ta   turi
o`simliklarning vegetativ a`zolarida uchratildi. Ulardan  biri   Proteroplectus  rhizophilus
semizo`tning   ildiz   sistemasida   1   ta   individi   uchratilgan   bo`lsa,   2-turi   Eudorylaimus
monhystera   esa   ituzum   va   bo`ztikanning   ildiz  sitemasida   topildi.  Shuni   aytish   kerakki
ushbu   ikkala   turlarning   asosiy   individlari   shu   o`simliklarning   rizosferasi   tuprog`ida
tarqalganligi   kuzatildi.   Shunga   binoan   ular   erkin   yashovchi   pararizobiontlar   deb
hisoblash   lozim   va   o`simliklarning   vegetativ   a`zolarida   uchratilishi   tasodifiy   hol   deb
qabul   qilish   lozim.   Bunday   fikrlarni   eusaprobiontlar   va   devisaprobiontlarning
o`simliklar   tanasida   uchratilgan   turlari   haqida   ham   aytish   mumkin.   Lekin
eusaprobiontlarning ayrimlarini o`simlikning u yoki bu qismida ko`plab topilishi, ushbu
qismlarda zararlanish va saprobiotik manba borligidan dalolat beradi deb xulosa qilsak,
devisaprobiontlarning   ko`p   uchrashini   esa   ularni   o`simlik   to`qimalari   va   shirasi   bilan
oziqlanishga o`rgangan turlar bo`lishi mumkin deb xulosa qilish mumkin. Lekin bunday
nematoda   turlari   o`simlikda   kasallik   (nematodoz)   paydo   qilaolmaydi,   chunki   ularda
to`qimalarni   erituvchi   suyuqlik   ajratuvchi   bezlar   bo`lmaydi.   Ushbu   mulohazalardan
qat`iy nazar devisaprobiontlardan   Panagrolaimus   rigidus ,   Heterocephalobus elongatus
kabilarning   ayrim   begona   o`tlar   (semizo`t,   qo`ypechak,   ituzum,   yantoq,
49 bangidevona)ning   vegetativ   a`zolarida   va   rizosferasi   tuprog`i   qatlamlarida   katta
miqdordagi   individlarini   qayd   qilinishi   ushbu   turlarning   o`simliklar   bilan   juda   yaqin
biotsenotik munosabatda ekanligini ko`rsatadi. Bularning katta miqdordagi individlarini
o`simlik   shirasi   va   tirik   to`qimasi   bilan   oziqlanishini   so`zsiz   salbiy   oqibatlarga   olib
keladi.
Nematodafaunasi   o’rganilgan   6   tur   begona   o`tlarda   28   turdan   iborat   parazit
fitonematodalar topilgan bo`lib, ularning 21 turi ko`pchilik begona o`tlarning yer usti va
yer   osti   vegetativ   a`zolari   bilan   ma`lum   darajada   yaqin   biotsenotik   munosabatda
bo`lishi   aniqlandi.   Materialimizda   parazit   fitonematodalarning   bir   qancha   turlari
jumladan   Aphelenchus   avenae ,   Paraphelenchus   pseudoparietinus ,   Aphelenchoides
bicaudatus ,  Aph. limberi ,  Aph. kűhnii ,  Aph. parietinus ,  Tylenchus davainii ,  Ditylenchus
destructor ,   D.   dipsaci ,   Helecotylenchus   multicinctus ,   Tylenchorhunchus   dubius ,
Pratylenchus   pratensis ,   Paratylenchus   amblicephalus   fauna   tarkibidan   o`rin   olganki
pomidor,   pomidor   hamda   deyarli   barcha   begona   o`tlarning   vegetativ   a`zolarida   va
rizosfera   tuprog`i   qatlamlarida   ko`p   uchrovchi   doimiy  turlar   hisoblanadi.   Ushbu   turlar
o`simliklarning   shirasini   so`rib   oziqlanar   ekan,   albatta   o`zlaridan   zaharli   xususiyatga
ega   bo`lgan   suyuqliklarni   o`simlik   tanasiga   o`tkazadi.   Natijada   turli   nematodoz
kasalliklarini   yuzaga   kelishiga   sabab   bo`lishadi.   Ba`zan   esa   ayrim   maydonlarda
o`simlik nihollarini butunlay yalpi halok bo`lishiga olib keladi. Ayrim hollarda o`simlik
va   tuproqda   yashovchi   fitonematodalar   o`simlik   tanasida   boshlangan   bakterioz   va
mikoz   kasalliklarini   rivojlanishiga   sabab   bo`ladi.   Shuningdek   ayrim   parazit   turlar
o`simliklar orasida virusli kasalliklarni ham tarqatishda faol ishtirok etadi. 
Bir   qancha   madaniy   ekinlar,   jumladan   sabzavot   ekinlarining   ko`pgina   turlarida
jumladan   pomidorda   ham   bo`rtma   nematodalarining   ( Meloidogyne   avlodi )   ning   zarari
ayniqsa kattadir. Ushbu avlodga mansub parazit tur pomidor agrotsenozlaridagi begona
o`tlar orasida ancha keng tarqalganligi e`tiborni o`ziga jalb etadi. 
XULOSALAR
50 Payariq   tumani   sharoitida   pomidor   agrotsenozlarida   6   turga   mansub   bo`lgan
begona   o`tlarning   nematodafaunalari   tarkibi   78   turdan   iborat   bo`lib   ular   nematodalar
(Nematoda)   sinfining   Araeolaimida,   Monhysterida,   Enoplida,   Mononchida,
Dorylaimida,   Rhabditida   va   Tylenchida   turkumlariga   mansubdir.   Ushbu   turkumlar
orasida Dorylaimida, Rhabditida, ayniqsa Tylenchida turli-tumanligi bilan ajralib turadi.
Agrotsenozlardagi   madaniy   va   begona   o`simliklarning   nematodafaunalari
tarkibidagi   turlar   soni   turlicha   bo`lishi   aniqlandi.   Jumladan   semizo`tda-50   tur,
qo`ypechakda-52   tur,   ituzumda-46   tur,   yantoqda-36   tur,   bangidevonada-45   tur   va
itqo`noqda-41   turdan   iborat   bo`ldi.   Madaniy   ekinlar   va   begona   o`tlarning
nemotodafaunalari   tarkibidagi   turlarning   asosiy   ko`pchiligi   parazit   fitonematodalardan
tashkil topishi aniqlandi.
Agrotsenozlardagi begona o`tlarning nematodafaunasi o`rganilgan 6 turidan 4 tasi,
ya’ni   qo`ypechak,   ituzum,   yantoq   va   bangidevonalar   bo`rtma   nematodasi   ( M.
arenariya ) bilan zararlanganligi aniqlandi hamda ushbu begona o`tlar agrotsenozlardagi
madaniy   ekinlar   orasida   shu   fitoparazitni   saqlovchi   va   tarqatuvchi   tabiiy   manba   rolini
bajaradi.
Pomidor   agrotsenozlaridagi   begona   o`tlarning   nematodafaunalari   tarkibidagi
parazit   fitonematodalarning   aksariyati   begona   o`tlar   orasida   keng   tarqalganligi
aniqlandi. Bunday parazit nematodalar   Aphelenchus, Paraphelenchus, Aphelenchoides,
Ditylenchus,   Helicotylenchus,   Pratylenchus,   Paratylenchus   avlodlarining   vakillaridan
iborat bo`ldi.
Amaliy tavsiyalar
51 1.   Agrotexnik   tadbirlardan   biri   sifatida   pomidor   agrotsenozini   keng   tarqalgan
begona   o’tlardan   tozalab   turish   amalga   oshiriladi.   Ushbu   tadbir   agrotsenozda   parazit
nematodalarni tarqalishi va madaniy ekinlarga o’tishini oldini oladi.
2.   Bo’rtma   nematodasi   bilan   zararlangan   tuproqda   pomidor   va   boshqa   sabzavot
ekinlarining ko’chatlarini o’stirmaslik.
3.   Bo’rtma   nematodasi   bilan   zararlangan   uchastka   yoki   maydonlarda   almashlab
ekish  agrotexnikasiga   rioya   qilish.   Bo’rtma  nematodasiga  chidamli    yoki  meledaginoz
bilan kasallanmaydigan ekinlar jumladan makkajo’xori, oqjo’xori yoki bug’doy bilan 2-
3 yil almashtirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
52 1. Абдуллаева О. И. Фауна нематод томата и огурца и прикорневой почвы,
её   динамика   в   условиях   теплиц   Ташкентской   области.   Автореф.   канд.диссерт.
Изд. ТашГУ. Ташкент, 1970 стр. 1-21.
2.   Абдуллаева   О.   И.   О   нахождении   галловых   нематод   в   теплицах   колхоза
“Кзыл   Узбекистан”   Орджоникидзевского   района   Ташкентской   области.
Паразитофауна   растений   и   животных   Узбекистана.   Институт   зоологии   и
паразитологии Ан УзССР. Ташкент, 1970 стр. 17-18.
3.   Атаханов   Ш.   А.   Нематоды   диких   и   сорных   растений   левобережья
низовьев Амударьи. Автореф. канд.диссерт. Изд. САГУ Ташкент, 1956 
стр. 1-19.
4. Атаханов Ш. А. Нематоды верблюжьей колючки- Alhagi   persarum   Boiss   et
Buhse  и прикорневой почвы в Каракалпакии. Сб. “ Нематоды вредные в сельском
хозяйстве и борьба с ними”. Тр.  V  Всесоюзного совеец. фитогельминтологов. Изд.
УзТУ, Самарк. 1962. стр. 19-25.
5.   Атаханов   Ш.   А.   Паразитические   и   сапрозойные   нематоды   некоторых
диких   и   сорных   растений   Узбекистана.   Ученые   записки   Каршинского   гос.   пед.
инс-та. Серия естеств. наук, 16 Карши, 1964. стр. 229-265.
6.   Айларова   З.   С.   Фитонематоды   некоторых   овощных   культур
Ходжиабадского   р-на   Андижанской   обл.   X   Всесоюзное   совещание   по
нематодным   болезням   сельскохозяйственых   культур.   Тезисы   докладов   и
сообщений., Воронеж, 1987, стр. 105-106.
7.   Братусь   Е.   И.   Фауна   нематод   овоще-бахчевых   культур   некоторых
хозяйства   Ташкентской   области.   Первая   конф.   ( IX   совещ.)   по   нематодам
растений,   насекомых,   почвы   и   воды.   Тез.   докл.   и   сообщ.   Изд.   ТашГУ   Ташкент,
1981. стр. 26-27.
8. Бродский А. Л. Методы  изучения почвеных нематод. Исслед.  по фауне
почв. Изд. Комитета наук УзССР. Ташкент, 1937 стр. 20-31.
9. Ержанова П. К. Фауна нематод хлопчатника и почвы вокруг его корней в
Самаркандском   сельском   районе   Узбекистана.   Автореф.   канд.дисс.   Изд.   СамГУ.
Самарканд, 1962. стр. 1-17.
53 10. Ержанова П. К. О нематодах хлопчатника и почвы вокруг его корней в
Самаркандском   сельском   районе   Узбекистана.   В   сборн.   “   Нематоды   вредные   в
сельском хозяйстве и борьба с ними”. Изд. СамГУ, Самарканд, 1962. стр. 386-391.
11. Ержанова П. К. Фауна нематод хлопчатника и почвы вокруг его корней в
Самаркандском   сельском   районе   Узбекистана.   Матер.   к   научной   конф.
Всесоюзного общества гельминтологов. Ан СССР. Москва, 1965,3: 
стр. 76-81.
12. Ержанова П. К. Фауна нематод хлопчатника и почвы вокруг его корней в
Самаркандском сельском районе: В кн. “ Гельминты растений Узбекистана ”. кн.
2. Изд. “Фан” УзССР, Ташкент, 1968. стр. 45-85.
13.   Землянская   А.   И.   Галловая   нематода- Meloidogyne   marioni   ( Cornu )   в
Узбекистане   и   мероприятия   по   борьбе   с   ней.   В   сб.   “Паразитические   круглые
черви-нематоды   сельскохозяйственых   культур   Узбекистана”   Изд.   Ан   УзССР,
Ташкент, 1957 стр. 5-100.
14.  Каримова   С.   М.   Нематоды   сельскохозяйственых   культур  левобережья
низовьев   Амударьи.   В   сборн.   “Паразитические   круглые   черви-нематоды
Узбекистана” Изд. Ан УзССР, Ташкент, 1957 стр.135-208.
15.   Каримова   М.   М.   О   нематодах   овоще-бахчевых   культур   Ферганской
области. Первая конф. ( IX  совещание) по нематодам растений, насекомых, почвы
и воды. Тез. докладов и сообщ. Изд. ТашГУ Ташк. 1981. стр. 42-44.
16.   Кирьянова   Е.   С.   К   познанию   паразитических   нематод   хлопчатника   в
Средне6 Азии. Труды НИХИ. Ташкент, 1931, стр. 1-22.
17. Кирьянова Е. С. Нематоды хлопкового поля и целины в Голодной степи
(Узбекистан). Труды Зоологического инс-та Ан СССР, 9 (2), Ленинград, стр. 626-
657.
18.   Мавлонов   О.   М.   Бўртма   нематодалари   ғўзанинг   хавфли   кушандаси.
“Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги” 1971, № 6, 41-42 бет. 
19.   Мавлянов   О.М.   Галловые   нематоды-опасные   паразиты   хлопчатника.
“Сельское хозяйство Узбекистана”,  1971, № 6, стр. 43-44.
54 20.   Мавлянов   О.М.   Паразитические   и   почвеные   нематоды   технических
культур юга Узбекистана. Изд. “Фан” Узб. ССР, Ташкент, 1976 стр. 84.
21.   Мавлянов   О.М.   Галловые   нематоды-опасные   паразиты   растений.   Изд.
“Мехнат” Ташкент, 1987 стр. 96. 
22.   Нарбаев   З.   Н.   К   изучению   галловых   и   цистообразующих   нематод-
вредителей   хлопчатника   и  других   сельскохозяйственых   культур   в  Узбекистане.
Материалы   Узбекск.   Республиканской   научно-технической   конференции
молодых ученых и аспирантов сер. биол., Самарканд, 1968. стр. 89-91.
23.   Нарбаев   З.   Н.   Галловые   и   другие   нематоды   семейства   Heteroderidae
( Skarbilovich ,   1941) Thorne ,   1949   в   некоторых   районах   Узбекистана.   Вопросы
фитогельминтологии в Узбекистане. . Изд. “Фан” Ташкент, 1973. стр. 215-245.
24. Нарбаев З. Н. Некоторые итого изучения галловых и цистообразующих
нематод   в   Узбекистане.   Первая   конференция   ( IX   совещание)   по   нематодам
растений,   насекомых,   почвы   и   воды.   Ташкент,   16-18   сентября   1981   г.   Тезисы
докл. и сообщений. Изд. ТашГУ Ташкент, 1981. стр. 192-193.
25.   Парамонов   А.   А.   Основы   фитогельминтологии.   Том   I.   Изд.   Ан   СССР,
Москва, 1962. стр. 480.
26.   Поладов   Г.   Р.   Нематоды   хлопчатника   и   прикорневой   почвы
Пастдаргомского   района   Самаркандской   области   Узбекистана.   Автореф.
канд.диссерт., Баку, 1967. стр. 11 
27.   Самибаева   К.   Х.   Нематодофауна   сорных   растений   хлопкового
агробиоценоза   Самаркандской   области.   Первая   конф.   ( IX   совещание)   по
нематодам растений, насекомых, почвы и вод. Ташкент, 16-18 сентября, 1981. Тез.
докл. и сообщ. Изд. ТашГУ, 1981. стр. 73-75.
28.   Самибаева   К.   Х.   Фауна   нематод   сорных   растений   из   сем.
сложноцветных   и   почвы   их   корней   с   хлопково-табачных   полей   Самаркандской
области.   X   Всесоюзное   совещание   по   нематодным   болезням
сельскохозяйственых  культур. Рамонь, 8-10 сентября,  1987. Тез. докл. и сообщ.
Воронеж, 1987, стр. 146.
55 29.   Стрепкова   Э.   С.   Сезоная   динамика   фауны   нематод   хлопчатника   и
прикорневой   почвы.   Материалы   научн.   конф.   Всесоюзн.   общества
гельминтологов Ан СССР.  III . 1965 стр. 248-252.
30.  Стрепкова   Э.   С.   Динамика  фауны   нематод   хлопчатника   и   прикорневой
почвы   по   основным   фазам   его   развития.   Мат.   научн.   конф.   аспирантов   ТашГУ,
“Естественые науки” Ташкент, 1966, стр. 129-132.
31.   Стрепкова   Э.   С.   Изменение   количественого   и   качественого   состава
нематодофауны   хлопчатника   и   его   прикорневой   почвы   по   основным   фазам
развития   растения.   Материалы   научн.   конференции   Всесоюзн.   общества
гельминтологов Ан СССР, Москва, 1967, стр. 308-314.  
32.   Стрепкова   Э.   С.   Фауна   нематод   хлопковых   полей   и   её   динамика   в
условиях Ташкентской области. Автореф. канд.диссерт. Ташкент, 1967 стр. 
1-20.
33. Тулаганов А. Т. Фауна нематод томата ( Lycopersicum   esculentum   Mill ) и
окружающей почвы. Труды Узб. гос. унив., Самарканд, 1937., 8. стр. 63-102.
34.   Тулаганов   А.   Т.   Нематодофауна   хлопчатника   и   окружающей   почвы.
Катта-Курганского района Узбекской ССР. Тр. Узб. гос. унив., Самарканд 12, (2):
1938, стр. 1-25.  
35.   Тулаганов   А.   Т.   Нематоды   хлопчатника   в   Бухарском   районе.   Тр.   Узб.
гос. унив., серия биологическая, 12 (6) Самарк., 1939. стр. 1-12. 
36.   Тулаганов   А.   Т.   Нематоды   хлопчатника   Самаркандского   района.   Узб.
ССР. Тр. Узб. гос. унив. Юбилейн. сб., 16; Самарканд, 1939, стр. 63-68.  
37.   Тулаганов   А.   Т.   Растениеядные   и   почвеные   нематоды   Узбекистана.
Изд. Инс-та зоол. и ботан. Ан Уз ССР. Ташкент, 1949. стр. 227. 
38.   Тулаганов   А.   Т.,   Атаханов   Ш.   А.   Сорные   растения   как   очаг
паразитических   нематод   сельскохозяйственых   культур.   “ДАК   УзССР”.,   №3,
1953. стр. 39-42. Ташкент.
39. Тулаганов А. Т. Нематоды сельскохозяйственых культур Узбекистана и
борьба с ними. Труды Среднеазиатск.  гос. унив. новая  серия 127, 1958 Ташкент,
стр. 1-136. 
56 40. Тулаганов А. Т. Нематоды сельскохозяйственых культур Узбекистана и
борьба с ними (Нематоды диких и сорных растений Каракалпакской АССР). Изд.
СамГУ, Самарк. 1960. стр. 72. 
41.   Тулаганов   А.   Т.,   Землянская   А.   И.   К   изучению   нематод   больных
растений   овоще-бахчевых   культур   и   картофеля.   Ташкентской   области
Узбекистана.   В   сборн.   “   Нематоды   вредные   в   сельском   хозяйстве   и   борьба   с
ними”. Изд. СамГУ. Самарк., 1962. стр. 312-333.   
42.   Тулаганов   А.   Т.,   Каримова   С.   М.   Фауна   нематод   целины   и
сельскохозяйственых   культур   разных   возрастов   освоения   в   голодной   степи
Узбекистана.  В кн. “ Гельминты растений Узбекистана  и   борьба с ними”. кн. 2.
Тошкент, 1968, Изд. “Фан” , стр. 6-44.     
43. Тулаганов А. Т., Шептал Л. Т. Нематоды некоторых овощных культур и
почвы  вокруг   их  корней  в  Самаркандском  районе  Самаркандской  области.   В  сб.
“Паразитофауна  растений  и  животных  Узбекистана”,  Инс.  зоол. и  паразитол.  Ан
Уз ССР. Тошкент, 1970, стр. 11-16 (Деп. № 2157-70).
44.   Тулаганов   А.   Т.   Нематоды   растений   и   почвы   Узбекистана   (по
материалам Голодной степи). Книга 4. Тошкент. Изд. “Фан” Ан УзССР., 1972 356
стр.
45. Тулаганов А. Т., Усманова А. З. Фитонематоды Узбекистана. Изд. “Фан”
Ан УзССР. Тошкент, 1975. 372 стр.
46. Тулаганов А. Т., Усманова А. З. Фитонематоды Узбекистана. Изд. “Фан”
Ан УзССР. Тошкент, 1978. 442 стр.
47.   Усманова   А.   З.,   Каримова   М.   М.   О   фауне   нематод   овощных   культур
Тошкентской области. “Узб. биол. журнал”. № 1   192. стр. 48-50.
48. Хакимов Н. Х. Нематоды целины и хлопковых полей в Голодной степи.
Автореф. канд.диссертации. Ташкент, стр. 1-18. 
49.   Хакимов   Н.   Х.   Освоение   целинных   почв   и   его   влияние   на
фитогельминтов.   Матер.научн.   конф.   общ.   гельминтологов   Узб-на.   Ташкент,
1968. стр. 132-135.   
57 50.   Хакимов   Н.   Х.   Нематоды   некоторых   дикорастущих   лекарственых
растений. Тез. докл.   IV   науч. конф. проф.-прек. состава СамГПУ. (декабрь 1970).
серия естеств. науки, Самарканд, 1970, стр. 20-23.   
51.   Хакимов   Н.   Х.   Фитонематоды   овощных   культур   и   их   экологические
особености   в   условиях   закрытого   грунта.   Материалы   международ.   научно-
практической   конф.   по   вопросам   экологии   и   охраны   природн.   ресурсов.   Карши,
2005.
52.   Хакимов   Н.   Х.   Полиз   экинлари   майдонларида   тарқалган   бегона
ўтларнинг фитонематодалари ва уларнинг экологик хусусиятлари. Фан ютуқлари
ва   қишлоқ   хўжалигини   ривожлантириш   истиқболлари   илмий-амалий   анжуман
материаллари. СамДУ нашр. Самарқанд, 2005.
53. Хакимов Н. Х. Экологические особености фитонематод дикорастущих
лекарственых   растений.   Зоология   ва   гистологиянинг   долзарб   муаммолари.
Республика   илмий-амалий   конференция   материаллари.   23   октябрь   2008   й.
Тошкент, 134-136 бетлар.     
54.   Хакимов   Н.   Х.   Паразитические   фитонематоды   томата   и   их
биоценотические   особености   в   условиях   открытого   грунта.   “Ҳайвонлар
морфологияси  ва экологияси”.  Илмий ишлар тўплами. СамДУ нашр. Самарқанд,
2011 йил.   
55. Хакимов Н. Х., Мирзаев У. Агроценозларда тарқалган бегона ўтларнинг
паразит   фитонематодалари   ва   уларнинг   экологик   хусусиятлари.   СамДУ   ёш
олимлар ва магистрларнинг илмий ишлари тўплами. СамДУ, Самарқанд, 2011 й.
56. Хакимов Н. Х. Мирзаев  У. Сабзавот  экинлари майдонларида  тарқалган
бегона   ўтларнинг   паразит   фитонематодалари.   Ҳайвонлар   морфологияси   ва
экологияси. Илмий ишлар тўплами. СамДУ нашр., Самарқанд, 2011 йил. 
57.   Шептал   Л.   Т.   Нематодофауна   овощных   культур   и   почвы   вокруг   их
корней   в   Самаркандском   районе.   В   кн.   “Гельминты   растений   Узбекистана   и
борьба с ними” кн. 2. Тошкент. Изд. “Фан”, 1968, стр. 127-201.
 
58                           
  
 
59

SAMARQAND VILOYATI AGROTSENOZLARIDA O’SUVCHI BEGONA O’TALAR NEMATODAFAUNASI MUNDARIJA Kirish …………………………………………………………………..………...3 I BOB. O`zbekistonda sabzavot ekinlari va begona o`tlarning nematodafaunalarini o`rganilish holati va ularning sharhi ............................................................................6 1.1. Pomidor agrotsenozlari nematodafaunasini o`rganish holati…………....................6 1.2. Begona o`tlarning nematodafaunalarini o`rganishga oid tadqiqotlarning sharhi….10 II BOB. Tadqiqot ishlarining materiali va uslublari ………………………………17 2.1. Tadqiqot materiali ………………………………………………………………...17 2.2. Tadqiqot uslublari ………………………………………………………………...21 III BOB. Begona o`tlarda topilgan nematodalarning taksonomik o`rni va biotoplar bo’yicha tahlili …………..……………………………………………………….…...24 3.1. Begona o`tlarda topilgan nematodalarning taksonomik o`rni ……………………24 3.2. Pomidor agrotsenozlarida o`suvchi begona o`tlarning nematodafaunalarini tahlili……………………………………………………………………………………31 IV BOB. Agrotsenozlarda topilgan nematodalarning ekologik tavsifi va parazit fitonematodalarning biosenotik xususiyatlari ……………………………………...44 4.1. Agrotsenozlarda topilgan nematodalarning ekologik tavsifi ………………..……44 4.2. Begona o`tlarda topilgan parazit fitonematodalarning biosenotik xususiyatlari …49 Xulosalar ………………………………………………………………………………51 Amaliy tavsiyalar ……………………………………………………………………..52 Foydalanilgan Adabiyotlar…………………………………………………………..53

KIRISH Mashhur parazitolog akademik E.N. Pavlovskiy odam va hayvonlarning infeksion va invazion (parazitar) kasalliklarini qo`zg`atuvchilari tabiatda manba holida tarqalishi haqida nazariyasini yaratar ekan, undagi asosiy qonuniyatlar va mulohazalar qishloq xo`jaligiga ham dahldor ekanligini tan olish lozim. Buning asosiy mohiyati shundaki madaniy ekinlarga parazitlik qiluvchi va fitonematodoz kasalliklarini keltirib chiqaruvchi fitonematodalar tabiatda manba holida saqlanishi va ularni agrotsenozlarga tarqalishini ta`minlashda turli-tuman biogeotsenozlarda o`suvchi begona va yovvoyi o`tlarning roli juda katta ekanligini aytish o`rinlidir. Bunday begona o`tlar xilma-xil parazit fitonematodalarga, jumladan bo`rtma nematodalari, kartoshka nematodasi, sabzavot va poliz ekinlarida parazitlik qiluvchi poya-nematodalari, lavlagi nematodasi, xilma-xil pratilenxlar kabilarga tabiiy boshpana va manba rolini bajaradi. Masalan, birgina bo`rtma nematodalari 150 dan ortiq turdagi yovvoyi va begona o`tlarda uchraydi yoki kartoshka nematodasi tabiatda 50 turdan ortiq begona o`tlarning tanasini o`ziga boshpana qilishga moslashgan. Bunday parazit fitonematodalar insonning xo`jalik faoliyati tufayli agrotsenozlarga tarqalib, undagi madaniy o`simliklarni zararlab, nematodoz kasalliklarini paydo qiladi. Ushbu kasalliklar tufayli ekinning hosildorligini 20 % dan 60-70 % gacha kamayishiga sabab bo’ladi. Aytilganlarga binoan yovvoyi va begona o`tlarning fitonematodalari faunasini o`rganish, ularni agrotsenozlarga tarqalish yo`llarini aniqlash hamda keng tarqalgan parazit fitonematodalarini bioekologik va biotsenotik xususiyatlari bo`yicha ayrim ma`lumotlarni to`plash, o`z-o`zidan ma`lumki ham nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Mavzuning dolzarbligi . Qishloq xo’jaligi ekinlari yetishtiriladigan yerlarda o`suvchi begona va yovvoyi o`tlarning parazit fitonematodalarini turlari tarkibi va ularning madaniy ekinlarga o`tishi hamda zararini o`rganish, shuningdek begona o`tlarning qanday turlari parazitlarga ko`proq poshpana va tabiiy manba bo`laolishini aniqlash ishi hozirgi kundacha yetarlicha o`rganilmagan. Bundan tashqari 2

agrotsenozlarda yetishtiriladigan madaniy ekin bilan parallel ravishda ushbu maydonlarda o`suvchi begona o`tlar parazit fitonematodalari tarkibi, ularni o`zaro taqqoslash hamda tahlil qilish e`tibordan deyarli chetda qolib ketgan. Tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalari . Malakaviy bitiruv ishining mavzusi bo`yicha olib borilgan tadqiqot ishlari oldiga quyidagi maqsad va vazifalar qo`yildi: Tadqiqot ishlarining maqsadi Samarqand viloyati Payariq tumani sharoitida pomidor agrotsenozlari begona o’simliklari nematodafaunasi tarkibi, ekologik xususiyatlari va ularning balandlik mintaqalari bo`yicha tarqalishini aniqlashdan iborat Tadqiqot ishlarining vazifalari: 1. Pomidor agrotsenozlarida o`suvchi begona o`tlarning nematodalari faunasini o`rganish va ular orasidan parazit fitonematodalarni ajratish; 2. Pomidor agrotsenozida keng tarqalgan ayrim parazit fitonematoda turlarini bioekologik xususiyatlarini kuzatish va tahlil qilish; 3. Parazit fitonematodalarning o’simliklar bilan biosenotik bog`langanlik darajasini o`rganish. Fitoparazitlarning pomidorga ta`siri va kasallik paydo qilishini aniqlash; 4. Parazit fitonematodalarning agrotsenozlarda keng tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish va tavsiya qilishdan iborat bo`ladi. Muammoning ishlab chiqish darajasi. Bitiruv malakaviy ish mavzusi bo`yicha rejalashtirilgan maqsad va vazifalar to`la bajarildi. Samarqand viloyatining Payariq tumani “O`zbekiston” jamoa xo`jaligining “Gegemon” fermerchilik maydonlaridan begona o`tlar va pomidorning vegetativ a`zolari hamda ularning rizosferalari tuprog`ida yashovchi nematodalar o`rganildi. Pomidor va begona o`tlarning nematodafaunalari 78 turdan iborat bo`lishi aniqlandi. Ushbu turlarning taksonomik o`rni tahlil qilindi. Barcha aniqlangan turlarning kenja sinflari , turkumlari, oila va avlodlari oydinlashtirildi. Pomidor va begona o`tlarda topilgan nematoda turlarining 69 % sinfning 2 ta ( Rhabditida va Tylenehida ) turkumlariga mansub bo`lishi aniqlandi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Ushbu yo`nalishdagi tadqiqotlarda ilk bor pomidor va sabzavot ekinlari agrotsenozlarida bir xil muhitda o`suvchi pomidor va 3

begona o`tlarda, shuningdek pomidor va begona o`tlardagi nematodafaunalari tarkibi qiyosiy tahlil qilindi. Har bir madaniy ekin va begona o`t o`zining xususiy va barcha o`simliklar uchun umumiy bo`luvchi turlarga ega bo’lishi aniqlandi. Shuningdek pomidor va 6 turga (semizo’t, qo`ypechak, yantoq, bangidevona, itqo’noq va ituzum) mansub begona o`tlar bo`rtma nematodasi bilan zararlanganligi aniqlandi. Tadqiqotning predmeti va ob`yekti. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi bo`yicha tadqiqot ishlari Payariq tumanining “O`zbekiston” jamoa xo`jaligining pomidor maydonlarida olib borildi. Ushbu agrotsenozlarda yetishtiriladigan pomidor shuningdek ularning maydonlari hamda sug`orish shaxobchalarida o`suvchi 6 tur begona o`tlarning yer usti va yer osti vegetativ a`zolaridan, ushbu o`simliklarning rizosferasi tuprog`ining 20, ba`zan 30 sm gacha chuqurligidan 200 ga yaqin o`simlik va tuproq namunalari olinib, ular tahlil qilinib, pomidor va begona o`tlarning nematodafaunalari tarkibi aniqlandi. Tadqiq qilingan madaniy va begona o`tlarni bo`rtma nematodasi bilan zararlanganligini aniqlash maqsadida, ildizi bilan kovlab olingan har bir tup o`simlikning ildiz sistemasi sinchiklab ko`zdan kechirildi. Tadqiqot usullari. Bermanning varonka usulidan va vizual usulida amalga oshirildi. Ish bo’yicha chiqarilgan maqola. Bakalavir o z tadiqotlarining natijalariniʻ fakultet ITK komissiyasiga har olti oyda taqdim etib bordi, har chorakda kafedra yig’ilishlarida hisobot berdi, har yili bo’lib o’tadigan bakalavrlar ilmiy konferensiyasida ma’ruza qildi. Tadqiqot mavzusi bo yicha 1 ta ilmiy maqola (1 ta xorijiy jurnalda ) chop ʻ etdi. Tadqiqot ishlarining natijalarini amaliy ahamiyati. Pomidor ekini hamda ushbu agrotsenozlarda o`suvchi begona o`tlarning parazit fitonematodalari tarkibi o`zaro qiyosiy tahlil qilindi. Natijada faunasi o`rganilgan pomidor va begona o`tlar uchun umumiy va xususiy parazit fitonematodalar ro`yhati aniqlandi. Agrotsenozlarda tarqalgan parazit fitonematodalarning pomidor va begona o`tlarga zarar keltirish darajasi o`rganildi. Olingan ma`lumotlar parazit fitonematodalarga qarshi profilaktik va agrotexnik kurash tadbirlarini ishlab chiqishga qo`shimcha asos bo`lib xizmat qiladi. 4

Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 4 bob, xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 57 ta iborat. Ishning matni kompyuterda yozilgan 59 betni o’z ichiga oladi, unda1 ta jadval, 6 ta rasmlar berilgan. 5