Samarqand viloyati sharoitida trematadoz kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining bioekologiyasi
Samarqand viloyati sharoitida trematadoz kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining bioekologiyasi MUNDARIJA Kirish 3 Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi 12 Tadqiqot maqsadi va vazifalari 13 Tadqiqotning obyekti va predmeti 14 Tadqiqotning ilmiy yangiligi 14 I BOB ADABIYOT MA’LUMOTLARINING TAHLILI 15 II BOB ASOSIY QISM 2.1 T rematodozlar qo‘zg‘atuvchilarining tavsifi 23 2.2 Trematodozlarning tarqalishiga ta’sir qiluvchi ekologik omillar 43 2.3 F. hepatica ning tarqalishida Lymnaea avlodiga mansub mollyuskalarining epizootik monitoringi 48 III BOB TADQIQOT NATIJALARI BO‘YICHA MULOHAZALAR 3.1 Xususiy tadqiqotlar 53 3.2 Ishning iqtisodiy samaradorligi 63 Xulosa 66 Amaliy takliflar 67 Foydalanilgan manbalar ro‘yxati 68 Ilovalar 76 1
Kirish Hayvonlarning salomatligini va mamlakatimiz hududining sog‘lomligini ta’minlashda yuqori malakali va yuqori iqtisodiy samara beruvchi veterinariya xizmatini tashkil etish hamda uni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz ishlab chiqarish va intellektual salohiyatining yarmidan ko‘pini muayyan tarzda bevosita qishloq xo‘jaligi sohalari tashkil etadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari mamlakatda valyuta tushumlarining 55 foizidan ortig‘ini ta’minlaydigan muhim eksport manbalaridan biri hisoblanadi. Bu masalaning iqtisodiy jihati. Ijtimoiy sohada esa mamlakatning qishloq joylarida istiqomat qiladigan aholisining katta qismini, butun Respublika aholisining turmush darajasi, uning moddiy farovonligi qishloq xo‘jaligidagi ishlarning holatiga, uni rivojlantirish samaradorligiga bog‘liq. Respublikimiz mintaqasida kechayotgan iqtisodiy isloxotlar asosida yangi mulkchilikda shakllangan tipdagi xo‘jaliklarni yaratish, bu xo‘jaliklarni iqtisodiy va xususiy negizlarini ishlab chiqish shu asosida axolini oziq – ovqatga bo‘lgan extiyojini qondirish katta ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda 2016-2021-yillarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra 2021-yilga kelib qoramollar soni 158000 ming boshga, qo‘y va echkilar 23187 ming bosh, parrandalar soni 92000 ming boshga yyetkaziladi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish: go‘sht (t/vaznda) – 2500, sut – 13000, baliq – 150, asal - 23,0 ming tonnaga, tuxum - 9600 mln. donaga yetkazilgan Respublika aholisini muntazam ravishda sifatli chorva mahsulotlari bilan ta’minlash veterinariya fani va amaliyotining dolzarb vazifasi bo‘lib turibdi. Qishloq xo‘jaligining barcha sohalari qatori chorvachilikni rivojlantirish, aholini yuqori sifatli chorva mahsulotlari, sanoatni xom ashyo bilan yetarli darajada ta’minlash hozirgi davrning dolzarb talabidir. Sohani rivojlantirishning asosiy omillaridan biri – mustahkam ozuqa bazasini yaratish, chorva mollari zotini yaxshilash, hamda chorvachilik texnologiyasini takomillashtirib borishdan iborat. Shuning bilan bir qatorda chorva mollari orasida uchrab turadigan va 2
katta iqtisodiy zarar yetkazadigan zaharlanish kasalliklari chorvachilikni rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda chorva hayvonlari bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. hamda 2019-yil 18-martdagi PQ-4243- sonli “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida chorvachilik rivojlangan davlatlardan naslli mollarni keltirish, ularning nasliy ko‘rsatkichlaridan foydalanib, podani to‘ldirish uchun tanalarni xo‘jaliklarning o‘zida yetishtirish, hayvonlar kasalliklariga qarshi tadbirlar samaradorligini oshirish hamda chorvachilikda epizootik barqarorlik hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, tizimda uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, veterinariya xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqilishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda veterinariya sohasida yuksak malakali kadrlar tayyorlash hamda mavjud ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Tabiiyki bu borada keltirilgan misol va raqamlar tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi ma’lumotimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushinish o‘ta soddalik kechirib bo‘lmas x ato bo‘lur edi. Mamlakatimizda iqtisodiy inqirozni oldini olish chora – tadbirlarini ishlab chiqish bu jiddiy sinovni yengish, hech shubhasiz, ko‘p jihatidan hammamizdan avvalo ma’suliyatimizni teran his qilishimiz hamda imkoniyat va resurslarni ishga solishni talab qiladi. Birinchidan – Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish zamonaviy moslanuvchan texnodlogiyalarni keng joriy etish. 3
Ikkinchidan – joriy kon’yuktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lishini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha aniq chora – tadbirlarni amalga oshirish va eksport salohiyatini oshirish. Uchinchidan – Qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va maxsulotlari tannarxini kamaytirishni rag‘batdantirish hisobiga korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish . To‘rtinchidan – elektro energetik tizimini modernizatsiya qilish, energiya istemolini kamaytirish va energius tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish. Beshinchidan – mehnat bozorida talab kamayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali m aha lliy ishlab chiqarishlarni qo‘llab quvvatlash. Respublikamizda chorvachilik qishloq xo‘jaligining yetakchi s oh alaridan biri bo‘lib, a h olini oziq – ovqatlari bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Prezident tomonidan chorvachilik sohasining rivojlantirish bo‘yicha muhim qarorlarni qabul qilishi, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikning rivojlantirish hukumat dasturlar i asosida olib borayotganligi tufayli sohada chorva mollari sonining ko‘paytirish ularning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini ortishi pirovardida iste’mol bozoridagi narx barqarorligini saqlanib qolinadi. Respublikamizda chorvachilik sohasining rivojlantirish asosan uch yo‘nalishda amalga oshirilmoqda. Birinchidan – Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini sonini ko‘paytirish maqsadid a qoramol sotib olish mikrokreditlar yaratish, turli tashkilotlar qoshida qoramolchilik, parrandachilik va asalarichilik yordamchi xo‘jaliklarni tashkil etish. Ikkinchidan – chorvachilikda nasldorchilik ishlarini yaxshilash maqsadida chetdan naslli mollar keltirish, zooveterinariya punktlari sonini ko‘paytirish orqali servis xizmatlarini yanada oshirish. 4
Uchinchidan – ozuqa bazasini yaxshilash uchun mavjud ozuqa ekinlari maydonlaridan unumli foydalanish. A h oli va fermer xo‘jaliklariga om u xta yem va boshqa ozuqa mahsulotlarini maxsus shaxobchalar orqali yetkazib berish. Respublikamiz chorvachiligini veterinariya maqsadlari uchun ishlatiladigan doridarmonlar bilan ta’minlash ishlarini 670 ta ferma va xususiy veterinariya aptekalari bajarmoqda. Ular tomonidan 740 dan ortiq, jami 3,5 mlrd so‘mlik veterinariya dori – darmonlarisotilgan. Bundan tashqari aholi qaramg‘ida chorva mollari sonini ko‘paytirish va aholi banligini oshirish maqsadida so‘ngi 4 yilda chetdan qora mollar sotib olish uchun 125,6 mlrd so‘m miqdorda mikrokreditlar ajratiladi. Parrandachilik fermer xo‘jaliklari soni oxirgi 3 yilda 370 taga oshib jami soni 677 taga etkazildi. Respublikamizda agrar soxaning yetakchi tarmoqlaridan biri chorvachilikda ham amalga oshirilayotgan tub isloxatlar natijasida chorva mollarining bosh soni yildan –yilga ko‘payib, mahsuldorligi oshib bormoqda. Bu borada chorva mollarining kasalliklarini oldini olishga qaratilgan, jumladan, erta diagnostika qilish, davolash va oldini olish chora –tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha keng qamrovli chora –tadbirlar amalga oshirilmoqda Eng muhimi bu muammoning siyosiy jihatidir. Bugun biz shuni tobora chuqur anglab yetib bormoqdamiz, jamiyatimizning umuman yangilanishi, demokratik jarayonlarining rivojlanishi va ko‘p jihatdan qishloq xo‘jaligida islohotlar nechog‘li samarali kechayotgani, qishloq hayotining barcha jabhalarida qanchalik chuqur kirib borayotgani bilan bog‘liq. Bu vazifalarni hal qilish uchun nafaqat amaliyot, balki fan oldida katta vazifalar turibdi. Respublikamizda agrar soxani yetakchi tarmoqlardan biri bo‘lgan chorvachilikni rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi va hukumati tomonidan muxim qarorlar qabul qilindi. Respublikamiz Prezidenti va hukumati tomonidan har doim qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga katta ahamiyat bermoqda, respublika aholisini chorva mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, 5