ELEAGNUS ANGUSTIFOLIA L. NING MORFO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARINI SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA O‘RGANISH
ELEAGNUS ANGUSTIF OLIA L. NING MORFO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARINI SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA O‘RGANISH
M U N D A R I J A KIRISH I. ADABIYOTLAR TAHLILI 1.1 . Jiydaning biologik va ekologik xususiyatlari. 1.2 . Jiyda o‘simligidan foydalanish istiqbollari. II. Tadqiqot o‘tkazish sharoiti,uslublari va obekti. II TADQIQOT O‘TKAZILGAN HUDUDNING TUPROQ VA IQLIM SHAROITLARI 2.1. E.angustifolia ning geografik taqalishi. 2.2 . E.angustifolia o’simligini o’rganilayotgan hududni tuproq sharoiti. III. TADQIQOT NATIJALARI 3.1. E.angustifolia ning o‘sishi va rivojlanish xususiyatlari. 3.2 . E.angustifolia ning suv almashinuv xususiyatlari. 3.2.1 Suv miqdori 3.2.2. Transpiratsiya 3.2.3 Suv tanqisligi 3.2.4 Suv saqlash qobiliyati 3.2.5 Fotosintez jadalligi (Xα Xβ,karotinoidlar) 3.3 E.angustifolia ning ko‘paytirish IV.Xulosalar V.Tavsiyalar VI.Foydalanilgan adabiyotlar.
Annotatsiya: E.angustifolia o’simligi foydali,ozuqabop,dorivor o’simliklardan biri bo’lib,floramizda keng tarqalgan. E.angustifolia o’simligini Samarqand viloyatining o’ziga xos tuproq iqlim sharoitida morfo-fiziologik xususiyatlari o’rganilmagan.Shu boisdan o’simlikning biologik va fiziologik xususiyatlarini iqlim sharoitiga mos holda o’rganish dolzarb masalalardan hisoblanadi.Qo’llanilgan chora-tadbirlar natijasida E. Angustifolia fiziologik jarayonlarini o’rgangan holda hosildorligi va yetishtirishning mintaqaviy xususiyatlari ilmiy asoslanadi. KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati . Muhtaram yurtboshimizning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O zbekiston ʻ Respublikasini yanada rivojlantirish bo yicha Harakatlar strategiyasi ʻ to g risida” Farmonlari O zbekiston Respublikasining 2016-yil 21- ʻ ʻ ʻ sentyabrdagi 409-son “O simlik dunyosini muhofaza qilish va undan ʻ foydalanish to g risida”gi Qonuni O’zbekistonda yanada o’simliklar ʻ ʻ dunyosiga katta e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi.Shuningdek,qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda aholini sifatli oziq- ovqat bilan hamda dorivor o’simliklar bilan ta’minlash to‘g’risida aytib o‘tildi. Dunyoda aholi sonining ortib borishi ularni oziq-ovqat mahsulotlariga bo lgan ʻ talablar hamda tabiatdagi o’zgarishlarning ham oshishiga olib kelmoqda. Bu o rinda tabiiy o simlik resurslaridan, jumladan, ʻ ʻ Elaeagnaceae oilasi vakillaridan biri bo’lgan E.angustifolia L o’simligi aholini oziq-ovqat mahsulaotlaridagi foydali elementlar bilan ta minlashda hamda tabiatdagi bo’ladigan qurg’oqchilik muammolarini ʼ bartaraf etish uchun strategik vosita sifatida foydalanish muhim sanaladi Muammoning o’rganilganlik darajasi Dunyo olimlari olib borgan ilmiy-tadqiqotlari:Eleagnus L.turkumi morfologiyasi,biologiyasi va dorivirlik xususiyatlariga oid ma’lumotlar
V.I. Avdeyev(1983),I.L.Sozonova (1985),T.I.Kiseleva (2011),E.A.Abizov(2012) va DNK markerlarini aniqlashga oid ma’lumotlar K.Sun (2006), M. Sun (2010), L.S. Asadiar (2012), F. Al-Ain (2017) ishalarida qayd etilgan. Yuqorida qayd etilgan tadqiqot ishlari O’zbekiston florasida E.angustifolia o’simligini morfofiziologik xususiyatlari haqida to’liq ma’lumot bera olmaydi. E.angustifolia o’simligini o’sib rivojlanishi,suv alamashinuv xusussiyatlari, suv miqdori, transpiratsiya jarayonlarini o’rgangan holda qishloq xo’jaligi oziqa modalariga bo’lgan talablarni hamda atrof muhitni yaxshilash masalalarini hal eta olamiz
Tadqiqotning maqsadi : E.angustifolia o’simligini Samarqand viloyatining o’ziga xos tuproq iqlim sharoitida,uning morfofiziologik xususiyatini o’rganish. O’simlikni hosildorligi va mintaqaviy xususiyatlarini o’rganish. Tadqiqotning vazifasi : E.angustifolia L turkumi turlarini o’sib- rivojlanish xususiyatlatini o’rganish. E.angustifolia ning suv almashinuvi,suv miqdori, transpiratsiya hamda suv saqlash jarayonlarini labaratoriya sharoitida o’rgaanish. Jiyda o’simligini yashil qismida kechadigan fotosintez jadalligini o’rganish. E.angustifolia o’simligini fiziologik xususiyatlarini o’rgangan holatda bu o’simlikdagi kerakli bo’lgan moddalarni ko’paytirish yo’llarini ishlab chqish hamda qurg’oqchilikka chidamlilik xusussiyatini amalyotda tatbiq qilish. . Tadqiqotning obekti : E.angustifolia o’simligi. Tadqiqotning predmeti : - E.angustifolia ning suv almashinuv xususiyatlari. - E.angustifolia dagi suv miqdori,transpiratsiya jarayonlari. - E.angustifolia o’simligidagi fotosintez jadalligi va ko’paytirish usullari. Tadqiqotning metodlari: