Zea mays L. Saccharataning ayrim fiziologik xususiyatlari
Zea mays L. Saccharataning ayrim fiziologik xususiyatlari MUNDARIJA KIRIS H ................................................................................................ 3 I-BOB.ADABIY O TLAR S H ARHI ...................................................... 8 1.1- §. Shirin makkajo’xorining ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi va dunyo sabzavotchiligida tutgan o’rni................................................................ 8 1.2- §. Shirin makkajo‘xorining biologik xususiyatlari va tashqi muhit omillariga munosabati ………………………………………………………… 1. 3 - §. Shirin makkajo’xori o’sishi, rivojlanishi, hosil miqdori va sifatiga ekish muddatlari hamda o’stirish usullarining ta’siri......................................... 12 1. 4 - §. Shirin makkajo’xori biologiyasi, morfologiyasi hamda keng tarqalgan nav va duragaylari........................................................... .................... 17 II-BOB . TADQIQOT O’TKAZIS H S H AROITLARI VA USLUBLARI .................................................................................................. 23 2.1- §. Tadqiqot o’tkazilgan sharoitning tuproq-iqlim tavsifi..... ........... 23 2.2- §. Tadqiqot yo’nalishlari va uslublari....................................... ...... 25 2.3- §. Tajribada o’rganilgan nav va duragaylar tavsifi................. ........ 28 2.4- §. Tajribada shirin makkajo’xori o’stirish texnologiyasi....... ......... 28 III-BOB. S H IRIN MAKKAJO’XORINI TURLI EKIS H MUDDATLARIDA O’STIRIS H ............................................................ ...... 33 3.1- §. Rivojlanish fazalarining o’tishi............................................ ....... 33 3.2- §. Shirin makkajo’xori nav va duragaylarining biometrik ko’rsatkichlari............................................................................................. ...... 37 3.3- §. Shirin makkajo’xori nav va duragaylarining poya va barg ko’rsatkichlari............................................................................................... .... 39 3.4- §. O’simlikda hosil elementlarining shakllanishi.................. ........... 41 3.5-§. Shirin makkajo’xori barglaridagi suv miqdori.................. ........... 43 3.6-§. Shirin makkajo’xori barglarining suv saqlash qobiliyati… ……. 45 3.7- § . Ширин маккажўхори нав ва дурагайларининг ривожланиш фазаларида барглардаги пигментлар миқдори.............................................. 3.8- § . Hosildorlik................................................................................ ... 3.9-§ . Shirin makkajo’xorini turli muddatlarda o’stirishning iqtisodiy samaradorligi................................. XULOSALAR ....................................................................................... 1
FOYDALANILGAN ADABIYOTL AR RO’YXATI ........................ ILOVALAR .......................................................................................... 2
KIRIS H Magistrlik dissertasiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Shirin makkajo’xori dunyoning 70 mamlakatida 400 ming gektarda yetishtiriladi. AQSh da 270,2 ming ga, Vengriyada 30,4 ming ga, Kanadada 29,1 ming ga, Yaponiyada 27,9 ming ga maydonda shirin makkajo’xori ekiladi va dunyo bo’yicha gektaridan o’rtacha hosildorlik 9,6-15,8 t ni tashkil qiladi (S.Sanayev, 2018). Dunyo hamjamiyatida inson oziqlanadigan o’simliklar tarqalish geografiyasini kengaytirish va yangi tur, xillarini iqlimlashtirish hisobiga oziq- ovqat ekinlarining turini ko’paytirish orqali sog’lom ovqatlanish tarzini yaratish borasida bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Respublikamizning barcha hududlarida oziq-ovqat ekinlarini bir tekis tarqalib o’sishini ta’minlash maqsadida ushbu dissertasiya tadqiqotlariga shirin makkajo’xorini sabzavot ekini sifatida o’stirishga mos nav va duragaylarini tanlash, qulay ekish muddatlari, biologik, fiziologik, morfologik xususiyatlari, yetishtirish texnologiyalari Samarqand viloyatining tuproq va iqlim sharoitida ilmiy asoslanmagan. Ushbu sharoitda shirin makkajo’xorini keng maydonlarda o’stirib, yuqori va sifatli hosil yetishtirish sho’rlangan sharoitlar agrobiosenozini boyitadi va aholini qimmatli mahsulot bilan ta’minlash imkonini beradi. Keyingi yillarda respublikamizda sabzavotchilikni rivojlantirishga, nafaqat ichki bozorni sabzavot mahsuloti bilan ta’minlashga, balki eksportga yo’naltirilgan mahsulot yetishtirishga va valyuta tushumini ko’paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sabzavot ekinlari olami xilma–xil bo’lib ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini izlab topish sabzavotchilik fanining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki, o’simliklar tarkibida qurg’oqchilikka, sho’rga, issiqqa va boshqa tabiiy stress sharoitlarga chidamli bo’lgan turlari mavjud. Ushbu stress sharoitlarga chidamli ekin turlaridan biri bu shirin makkajo’xoridir (Zea mays saccharata). 3
Madaniy makkajo’xori va uning kenja turlari xalq xo’jaligida juda ko’p maqsadlarda ishlatiladi, jumladan Yevropa mamlakatlarida yetishtirilgan yalpi hosilning 45-50%, Shimoliy va Markaziy Amerikada 30-35%, Janubiy Amerikada 50-55%, Osiyoda 70-80%, Afrikada 65-70%, Avstraliyada 35-40 % oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi. Portugaliya, Meksika, Kuba, Pokiston, Indoneziya kabi mamlakatlarda yetishtiriladigan makkajo’xori donining 90-95 % ovqatga solinadi (H.Yo’ldoshev, 1984). Shirin makkajo’xorini iste’molda sut-mum pishish fazasida pishirib, konservalab va yangiligicha sovutkichlarda saqlab iste’mol qilinadi. Shirin makkajo’xori doni shakar va kraxmalga boy bo’lib, undan tashqari ma’lum miqdorda oqsil, inson salomatligi uchun zarur bo’lgan moy, S, V 1 , V 2 , RR vitaminlar, bundan tashqari provitamin A saqlaydi. Oziq-ovqatlik qiymatiga ko’ra nuxat va loviyadan qolishmaydi (M.I.Rubsov, V.P.Matveyev, 1985). Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib Samarqand viloyatining sharoitida sho’rlangan tuproqlarida shirin makkajo’xori1ni ekish va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Samarqand viloyatining tabiiy sharoitini hisobga olib, shirin makkajo’xorisini asosiy va takroriy ekin sifatida ekish agrotexnologiyasi yo’nalishida izlanishlar olib borish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Bunda asosan mamlakatimizda o’stirilayotgan shirin makkajo’xorining bir necha nav va duragaylarini mazkur tuproq sharoitida ekib oziq-ovqat sanoatini yanada boyitish muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribalar natijasida istiqbolli nav va duragaylar Samarqand viloyati sharoitida ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarida ekishga tavsiya qilinadi. Bu esa xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksalishi va oziq-ovqat sanoatini muhim mahsulot bilan ta’minlashga olib keladi. Tadqiqotning obyekti sifatida shirin makkajo’xorining Zamin navi va Megaton F 1 duragayi, Samarqand viloyatining sug’oriladigan o’tloqi allyuviyal tuproqlari olindi. 4
Tadqiqotning predmeti bo’lib, shirin makkajo’xorini nav va duragaylarining o’sishi, rivojlanishi, fiziolgik va biokimyoviy xususiyatlari, barg, poya va so’talari hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi shirin makkajo’xorining Samarqand viloyatining tuproq-iqlim sharoiti uchun mos nav va duragaylarni tanlash hamda ularning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari asosida ertagi ekin sifatida yetishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari : Samarqand viloyati sharoitida ertagi muddatda o’stirishga mos nav va duragaylarini tanlash; shirin makkajo’xori nav va duragaylarining fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini o’rganish; shirin makkajo’xori nav va duragaylarini yetishtirishning o’simlik o’sishi, rivojlanishi, mahsuldorligi hamda hosildorligiga ta’sirini aniqlash; shirin makkajo’xori nav va duragaylarini yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash; Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ilk bor Samarqand viloyati sharoitida ertagi muddatda o’stirishga mos shirin makkajo’xorining istiqbolli nav va duragaylari tanlandi; ajratilgan shirin makkajo’xori nav va duragaylarining fiziologigk va biokimyoviy xususiyatlari aniqlandi; shirin makkajo’xorining istiqbolli ajratilgan nav va duragaylarining hosildorligig aniqlandi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari : Samarqand viloyati sharoitida shirin makkajo’xorining o’sishi, rivojlanishi va yuqori sifatli muayyan tovar hosildorlikni (8,4-11,2 t/ga) ta’minlovchi Zamin navi va Megaton F 1 duragaylari sinaldi; Zamin navi va Megaton F 1 duragaylari 20-aprelda ekib o’stirilganda gektaridan eng yuqori (10,8-11,8 t/ga) hamda qo’shimcha hosil olishga (1,1-1,3 t/ga) erishildi. 5