SAMARQAND VILOYATINING TURISTIK IMKONIYATLARINI BAHOLASH VA KARTALASHTIRISH
SAMARQAND VILOYATINING TURISTIK IMKONIYATLARINI BAHOLASH VA KARTALASHTIRISH KIRISH 4 I BOB. TURIZMNI KARTAGA OLISHNING NAZARIY- METODOLOGIK ASOSLARI § 1.1. O‘zbekistonda turizm turlari o‘rganish ob’ekti sifatida 9-17 §1.2. Samarqand viloyatining turi zm resurslar ini kartografik tadqiq qilish 18-30 II-BOB . TURIZM TURLARI VA ULARNI KARTOGRAFIK TA’MINLASH § 2 .1. Turizm plan va kartalarning geodezik, matematik va geografik asoslari hamda mazmun - mohiyati 31-38 § 2 .2. Turizm-GAT ma’lumotlar bazasini yaratish 39-47 § 2 .3. Turizm kartalarini yaratish usullari va dizaynini takomillashtirish 48-56 III-BOB ZAMONAVIY TURISTIK KART AVA ATLASLAR YARATISH YO’LLARI HAMDA ULARNI LOYIHALASHTIRISH §3.1. Zamonaviy turizm kartalarini yaratishda GAT texnologiyalari va masofadan zondlash materiallaridan foydalanish yo‘llari 57-65 §3.2 . Samarqand viloyati turistik atlasi loyihasi bo’yicha taklif: tarkibi, mazmuni va asosiy kartalar i ro‘yxati 66-71 XULOSA 72-73 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 74-81 1
KIRISH. Jahonda va uning turli mintaqalarida turizm jarayonlarini rivojlantirishda zamonaviy uslublar asosida yaratilgan tizimli kartalardan foydalanish etakchi o‘rinni egallamoqda. Dunyo miqyosida turizm sohasi uchun aniq ma’lumotli tizimli kartalarga bo‘lgan ehtiyojning ortishini hisobga olsak, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib geografik ma’lumotlar bazasi asosida tizimli turistik kartalarni tuzishning yangi usullarini amaliyotga joriy etishni taqazo etadi. SHu jihatdan turizm maqsadlari uchun turistik resurslar va infratuzilma ob’ektlari haqidagi to‘liq, ishonchli va tezkor hamda oson qo‘lga kiritiladigan ma’lumotlar olishning kartografik usullarini joriy etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Jahonda turizm sohasini tizimli kartaga olishda kartografik usullar va zamonaviy geoaxborot texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, ularni raqamli ko‘rinishga keltirish, tahlil qilish, qayta ishlash, turistik infratuzilma ob’ektlarini davlat kadastridan o‘tkazish, tabiiy, tarixiy-madaniy resurslarni baholash va inventarizatsiya qilish, turistik-rekreatsion zonalar, turistik marshrutlarini aniqlash va tadbiq etishning yangi ilmiy-texnikaviy echimlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda . Bu borada, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni inobatga olgan holda turizm sohasini tizimli kartaga olishni ilmiy asoslarini takomillashtirishda geoaxborot tizim va kartografik ta’minlashning zamonaviy texnologiyalari va usullarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamizda iqtisodiyotni, xususan, turizmni rivojlantirish, mamlakatimiz aholisini turistik talabini maksimal darajada qondirish, mintaqalarni kompleks rivojlantirishda ekologik muvozanat va madaniy merosni saqlash, turizm sohasini barqaror rivojlanishini ta’minlash, byudjetda turizm sohasidan keladigan daromadni muntazam oshirib borish, istiqbolli turizm markazlari tashkil qilish, ekskursiya ishini rivojlanish darajasini ko‘tarish, qishloq turizmini rivojlantirish, mintaqaviy turistik-rekreatsion faoliyatni axborot va reklama ta’minotini takomillashtirishga doir keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada 2
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan « ...turizm sohalarida sun’iy yo‘ldosh qabul qilgichlardan foydalangan holda tezkor ma’lumot yig‘ish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanish» 1 bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan . Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, hududlarning turizm resurslari va infratuzilma ob’ektlarini kartografik ta’minlash va geografik axborot tizimlari (GAT) asosida mintaqaviy turizmni tizimli kartaga olishni ilmiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son « O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF- 5611-son « O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son « 2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida hamda mazkur faoliyatga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda keltirilgan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi Turizm sohasini iqtisodiyotda tutgan o‘rni o‘ta yuqoriligi, uning rivojlanishi fonida dunyoning ko‘plab mamlakatlari yuqori daromadlar olayotganligida, xuddi shunday mamlakatimizda ham mazkur sohaga keng e’tibor qaratilayotganligida namoyon bo’ladi. Tadqiqot ob’ekti: Samarqand viloyatining turistik xususiyatlari sanaladi. Tadqiqot predmeti esa Samarqand viloyati bo‘yicha turizm sohasini baholash va kartalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. 1 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida» gi Farmoni. 3
Tadqiqot maqsadi: turistik mavzudagi kartalarning mintaqaviy tizimini yaratishning ilmiy va amaliy asoslarini GAT texnologiyalari yordamida ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat . Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: tadqiqot oldiga qo`yilgan asosiy masalalar ishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Dissertatasiya ishiga qo`yilgan bosh masala turistik faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish muayyan darajada sayohatchilar uchun qiziqish uyg‘otadigan ob’ekt va hodisalar haqida to‘liq, zamonaviy va ishonchli kartografik ma’lumotga bog‘liq. Viloyat hududi, uning tarixi, tabiati, aholisi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, turizm ob’ektlari va turizm infratuzilmasi, turizm omillari haqida ma’lumotlar aks ettirilishi uchun tizimli kartaga olish zarurligini ko‘rsatadi. Jamiyatda shakllangan sharoitlar kompleksi va omillari hududning turistik potensialini belgilaydi, bu esa hudud turizmining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm taraqqiyotini quyidagi bir qator omillar bilan belgilash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatib berish dissertatsiya ishiga qo`yilgan asosiy g`oya hisoblanadi. Mavzu bo`yicha adabiyotlar tahlili: Mazkur fanni rivojlantirishning ko‘pgina muhim nazariy va amaliy muammolari bilan xorijiy davlatlaridan R.Davidson, U.Ziltener, O.Martin, H.Pechlaner, R.Blanshar, A.Mariotti, N.Leiper, I.G.Kohl, Corneliu Iatu, MDH davlatlarida A.YU.Aleksandrova, N.N.Baranskiy, YU.A.Vedenin, S.R.Erdavletov, P.N.Zachinyaev, I.I.Pirojnik, YU.D.Dmitrevskiy, N.S.Mironenko, M.B.Birjakov, I.T.Tverdoxlebov, D.V.Nikolaenko, N.S.Falkovich kabi olimlar o‘z ilmiy tadqiqotlarida turizm sohasini yanada takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqqanlar. O‘zbekistonda ham turizm geografiyasining ayrim muammolari bo‘yicha A.A.Rafiqov, A.S.Soliev, A.N.Nigmatov, S.B.Abbasov, SH.A.Azimov, A.Z.Zokirov, M.Hoshimov, R.Xayitboev, N.T.SHamuratova, X.M.Mamatqulov, I . S . Tuxliev, K . B . Urazov, M.R.Usmonov, N.E.Ibodullaev, SH.T.YAkubjonova, R.Usmanova , SH.G‘.SHomurodova, B . SH . Safarov, N . S . Ibragimov, SH.A.Xolmurodov va O‘.B.Badalov kabi olimlar tomonidan Toshkent, 4
Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari va Farg‘ona vodiysi misolida turizmning iqtisodiyotga ta’siri, ekoturizm, agroturizm masalalari ancha keng yoritilgan. Tadqiqotda qo`llanilgan usullar: Tadqiqotda geografik taqqoslash, tarixiy- geografik, kartografik, statistik, laboratoriya, ekspeditsiya, tayanch-nuqtalar hamda GIS metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dissertatsiyadagi ilmiy-nazariy xulosalar, tavsiyalar, kartografik va boshqa birlamchi materiallar, Samarqand viloyati turistik sohasini kompleks baholash, turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha metodik yondashuvlarni takomillashtirilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Samarqand viloyati turistik sohasini kompleks rivojlantirishda tabiiy, madaniy turizm va rekreatsiya resurslaridan oqilona foydalanishga, yangi turistik marshrutlar ishlab chiqishga hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Samarqand viloyati turistik resurslari baholangan. Olingan natijalar va baholash ishlari asosida turli masshtabli turistik kartalar yaratilganligi dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi hisoblanadi. Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi: Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Kirish qismida dissertatsiya ishining dolzarbligi, tadqiqot ob`ekti, prtedmeti, maqsadi va vazifalari, tadqiqot asosiy masalalari, qo`yilgan g`oya, adabiyotlar tahlili, tadqiqotda qo`llanililgan usullar, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiliklari bayon qilingan. Dissertatsiyaning birinchi bobida turizmni tadqiq qilishning ilmiy-metodik masalalari yoritib berilgan. Ikkinchi bobida asosiy e’tibor GAT texnologiyalari negizida viloyat turizmini baholash, tahlil qilish hamda uni takomillashtirish va kartalshtirish asoslarini ishlab chiqish masalalariga qaratilgan. Turizmni kartografik ta’minlash usullarini takomillashtirish masalalari uch i nchi bobda yoritilgan. 5