logo

savod o`rgatish davrida o`qish va yozuv faoliyatining bog`liqligi

Загружено в:

13.08.2023

Скачано:

0

Размер:

75.9189453125 KB
MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB.Sinfdan   tashqari   o’qish   jarayonida   bolalar   adabiyotidan   foydalanish.
II.BOB.Boshlang‘ich   sinflarda   sinfdan   tashqari   o‘qish   darslarini   tashkil   etishning
metodik asoslari.
III.BOB.Savod o’rgatishda o`qish va yozuv faoliyatining bog`liqligi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi .   Dunyo   shiddat   bilan   o‘zgarib,   barqarorlik   va
xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar
paydo   bo‘layotgan   bugungi   kunda   ma’naviyat   va   ma’rifatga,   axloqiy   tarbiya,
yoshlarning   bilim   olish,   kamolga   yetishga   intilishiga   e’tibor   qaratish   har
qachongidan   ham   muhimdir.“Aynan   ta’lim   va   ma’rifat   bashariyat   farovonligining
asosiy   omillaridan   hisoblanadi,   insonlarni   ezgulikka   da’vat   etadi,   saxovatli,   sabr-
qanoatli   bo‘lishga   undaydi.”O‘zbekistonda   mustaqil   va   kuchli   davlat   qurishdan
asosiy   maqsad   inson,uning   huquq   va   erkinliklari   oliy   qadriyat   hisoblanadigan   va
hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir.
Bu,   avvalambor,   ta’lim   va   ma’rifat   tizimini   takomillashtirish,   mamlakatimiz
kelajagi   bo‘lgan   yoshlarni   zamonaviy   bilim   olishga   yo‘naltirish,   barkamol   shaxsni
tarbiyalash   bilan   bog‘liq   ekanini   biz   yaxshi   anglaymiz.   1997   yilda   qabul   qilingan
Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   va   boshqa   davlat   dasturlarining   hayotga   tatbiq
etilishi   samarasida   mazkur   soha   tubdan   isloh   qilindi,   zamonaviy   uzluksiz
ta’limtarbiya   tizimi   yaratildi.   Mustaqillikning   dastlabki   yillaridan   boshlab
yurtimizda   yoshlar   haqida   e’tibor   va   g‘amxo‘rlik   ko‘rsatishga   davlat   siyosatining
eng   asosiy   va   ustuvor   yo‘nalishlaridan   biri   sifatida   qarab   kelinmoqda.   Chunki
yoshlar   –   bizning   kelajagimiz.   Bu   sohadagi   davlat   siyosatini   yanada
chuqurlashtirish uchun yaqinda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat
siyosati   to‘g‘risida”gi   qonuni   yangi   tahrirda   qabul   qilindi.   Bularning   barchasi
bugungi   kunda   o‘z   samarasini   bermoqda.  Yoshlarimiz   biznes,   ilm-fan,   madaniyat,
san’at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu
mamlakatimiz   istiqboliga,   buyuk   ajdodlarimiz   boshlagan   ezgu   ishlarni   kelajak
avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bag‘ishlaydi. Har bir avlod oldida
insoniyat   yaratgan   jamiki   boyliklarni,   bilimlarni   o’rganish,   o’zlashtirish   va
rivojlantirish   vazifasi   turadi.   Hayot   taraqqiyoti   va   jamiyat   rivojini   shusiz   tasavvur
qilib   bo’lmaydi.   Ushbu   vazifani   bajarish   uchun   yoshlarimiz   ajdodlarimiz   merosini
ular  qoldirgan manbalar  orqali o‘rganishlari, ko‘proq kitob o‘qishga, bilimlarni  asl
manbalardan   oliishga   harakat   qilishlari   zarur.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti Shavkat   Mirziyoev   tomonidan   2017   yilning   12   yanvar   kuni   “Kitob   mahsulotlarini
chop   etish   va   tarqatish   tizimini   rivojlantirish,   kitob   mutolaasi   va   kitobxonlik
madaniyatini   oshirish   hamda   targ‘ibot   qilish   bo‘yicha   komissiya   tuzish
to‘g‘risida”gi   farmoyishi2   bu   mavzuning   dolzarb   ekanligini   tasdiqlaydi.   Maktab
o'quvchini   o'qish   malakasi   bilan   qurollantirish   bilan   bir   qatorda   kitobni   mustaqil
o'qiy   oladigan,   uni   tushunadigan,   ma'lum   bir   mavzuga   oid   kitoblarni   tanlay
oladigan,   gazeta   va   jurnallarni   ham   mustaqil   o'qiydigan   faol   kitobxonni
tarbiyalaydi.   Shu  jihatdan  sinfdan   tashqari   o'qish   tarbiyaning  asosiy  quroli   sifatida
xizmat   qiladi,   ko'p   narsani   bilishga   havasni   oittiradi.   Sinfdan   tashqari   o‘qish
darslarida   o‘quvchilarni   kitobga,   badiiy   asarlarga   qiziqishini   uyg‘otish   maqsadida,
ularni   ongli   kitobxonlar   bo‘lib   yetishishlari   uchun   turli   janrdagi   asarlar   bilan
tanishtirib   boriladi.   O‘zbek   xalqining   boy   madaniy   me’rosi   bo‘lmish   xalq   og‘zaki
ijodi   namunalari   kichik   maktab   yoshidagi   kitobxonlar   uchun   ulkan   ma’naviy-
ma’rifiy   manba   hisoblanadi.   Xalq   ertaklari   bu   o‘rinda   alohida   ahamiyatga   ega.
Mana   shu   asarlar   yordamida   o‘quvchilarda   tarbiyaviy   jihatlarni   takomillashtirib
borish zarur.
Sinfdan tashqari o‘qish darslariga to‘laqonli dars sifatida qaralib, o‘tilgan asar
yuzasidan suhbat, viktorinalar o‘tkazish, asarni tahlil qilish, g‘oyasini ochib berish,
qahramonlarning hatti-harakatlarini muhokama qilish; bular asosida vatanparvarlik,
do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik g‘oyalarini o‘quvchilar ongiga singdirib
borish zarurligi bizning mavzuimizning dolzarbligini belgilab beradi.
Kurs     ishning   maqsad   va   vazifalari .   Xalq   ertaklari   mazmunida   ijtimoiy,
iqtisodiy   maishiy   hayotning   hamma   masalalari   o’z   ifodasini   topadi,   desak   xato
bo’lmaydi. Boshlang‘ich sinflarda bu janrda yaratilgan asarlarni o‘rganish, g‘oyasi,
ta’lim-tarbiyaviy   ahamiyatini   o‘quvchi   ongiga   chuqurroq   singdirish   uchun   o‘qish
darslari   bilan   chegaralanib   qolmay,   balki   sinfdan   tashqari   o‘qish   darslarida   ham
ishlash zarur. Sinfdan tashqari o‘qqish darslarida ertaklarni ustida ishlashni ko‘rsatib
bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi hisobanadi.
Qo‘yilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalar belgilandi: -   boshlang‘ich   sinflarda   sinfdan   tashqari   o‘qish   mashg‘ulotlarining   maqsadi,
vazifalari va ahamiyatini o‘rganish;
-  sinfdan   tashqari   o‘qish   darslarining  hajmi  va   ularga  qo‘yilgan   talablar  bilan
tanishish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etish usullari va shakllarini
o‘rganish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar ustida ishlash tizimi va usullarini
ko‘rsatib berish;
- ertak janri va ertaklarning turlarini o‘rgani;
- boshllang‘ich sinflarda ertak ustida ishlash tizimini ko‘rsatish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar yordamida o‘quvchilarda
vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik tuyhularini
shakllantirish.
Kurs     ishining   predmeti :   boshlang‘ich   sinflarda   sinfdan   tashqari   o‘qish
darslarini samarali tashkil etish.
Kurs     ishining   obyekti :   sinfdan   tashqari   o‘qish   darslarida   ertaklar   ustida
ishlash.
Kurs     ishining   metodologik   asosi :   O`zbekiston   Respublikasining   “Ta`lim
to`g`risida”gi   Qonuni,   “Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi”,   davlat   hujjatlari,
shuningdek, boshlang`ich ta`lim bo`yicha Davlat ta`lim standartlari, “Boshlang`ich
ta`lim   konsepsiyasi”,   ona   tilidan   o`quv  dasturlari,  maktab   darsliklari,  boshlang`ich
sinflarda maktab darsliklarini yaratish mezonlari,pedagogika, psixologiya va ona tili
o`qitishning nazariy asoslarini tashkil etadi.
Kurs ishining metodlari : boshlang‘ich sinf sinfdan tashqari o`qish darslarida
ertaklarni   tahlil   qilishga   doir   nazariy   va   metodik   adabiyotlarni   o`rganish   va   ular
asosida darslarni tashkil etish.Mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyati shundan iboratki,
mavzuni   yoritish   jarayonida   sinfdan   tashqari   o‘qish   darslarining   maqsadi   va
vazifalarini,   tizimini,   davlat   ta’lim   standartlari   tomonidan   sinfdan   tashqari   o‘qish
darslariga   qo‘yilgan   talablarni   o‘rganib   chiqdik   va   o‘z   ishimizda   bayon   etdik.
Shuningdek,   sinfdan   tashqari   o‘qish   darslarida   darsliklarda   va   turli   to‘plamlarda berilgan ertaklar yordamida o‘quvchilar ijlbiy fazilatlarni tarbiyalashni bayon etdik.
Ishda   bayyon   etilgan   fikrlar   qo‘llanma   sifatida   sinfdan   tashqari   o‘qish   darslarida
ishlatilishi mumkin.
Kurs  ishining tarkibi .  Ishning tarkibi kirish,3 bob va xulosa va foydalanilgan
adabiyotlardan iborat. I BOB 
Sinfdan   tashqari   o ’ qish   jarayonida   bolalar   adabiyotidan
foydalanish .
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni
ona   tilini   puxta   o’zlashtirishga   tayyorlashning   ajralmas   qismi,   ta’lim   jarayonoda
ularni   ahloqiy-estetik   tarbiyalashning   muhim   vositasi   sifatida   qaraladi.   Sinfdan
tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq
og’zaki   ijodining   xilma-xil   namunalari   bilan   tanishtirish,   ularda   kitobxonlik
madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir.
Sinfdan   tashqari   o’qish   dasturining   mazmuniga   ko’ra   ta’limning   har   bir
bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:
1-bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda
o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
2-bosqichda   shu   o’quv   materiallari   asosida   bilim,   ko’nikma   va   malakalar
shakllantiriladi.Umumiy   o’rta   ta’limning   Davlat   standartlari   va   o’quv   dasturiga
ko’ra   1-sinfda   sinfdan   tashqari   o’qish   mashg’ulotlarida   savod   o’rgatish   darslarida
hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy
qadriyatlar   haqidagi   tasavvurlar-tushunchalari   kengaytiriladi,   boyitiladi.Sinfdan
tashqari   o’qish   va   qiroatxonlik   saboqlari   1-sinfda   haftada   1   marta   saboq   o’rgatish
darslarining   20   daqiqasida   bolalar   badiiy   adabiyoti   bilan   tanishtiriladi.   Maqsad
kichik   yoshdagi   bolalarda   kitobga   mehr   uyg’otish,   mustaqil   uquvlarini   paydo
qilishdir.  Asosan   bu   sinf   o’quvchilariga   kitob   bilan   muomala   qilish,   kitob   o’qish
qoidalari,   kitobni   asrash,   asar   qahramonlarining   hatti   harakatini   kuzatish,   ijobiy
tomonlarini   o’rganish,   obrazli   qilib   qayta   hikoya   qilib   berish   bilim,   ko’nikma   va
malakalar shakllantiriladi. Bu sinf o’quvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar
olinadi.   O’qituvchi   bolalarning   his-tuyg’ularini   o’stiradigan   kitoblarni   o’qib   berish
orqali   mustaqil   mamlakatimiz,   uning   go’zal   shaharlari,   qishloqlari,   milliy   urf-
odatlari, qadriyatlari, o’tmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi. Ularda
bilimga   havas   uyg’otadi.   2-sinfda   o’quvchilar   kichik   hajmdagi   asarlarni o’qituvchining yordami va topshirig’i asosida mustaqil o’qishga o’tadilar.  Bu sinfda
2   haftada   bir   marta   sinfdan   tashqari   o’qish   darsi   o’tkaziladi.   Ona   –  Vatan   va   ota-
bobolar jasorati, o’simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni o’qituvchi
topib,  tanlab  o’quvchilarga   o’qishga   tavsiya   etadi.3  va  4-sinflarda  sinfdan   tashqari
o’qish   mashg’ulotlarida   o’quvchilarning   mustaqil   o’qishlari   uchun   kishilarning
hayoti,   yorqin   tasvirlangan,   ularning   ma’naviy-ahloqiy   turmush   tarzi   aks   ettirilgan
badiiy   va   ilmiy-ommabop   asarlar   tavsiya   etiladi.   3-4   sinflarda   sinfdan   tashqari
o’qish   darslari   ikki   haftada   bir   marta   o’tkaziladi.   Bu   sinflarda   o’qituvchi   sinf
kutubxonasida kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos kitoblarni to’plashni davom
ettiradi.   Sinfdan   tashqari   o’qish   burchagi   turlicha   bezalishi   mumkin.   Bunda
o’qituvchi   va   o’quvchi   hamkorlikda   ish   olib   boradi.   Badiiy   va   ilmiy-ommabop
asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina o’quvchilarning dunyoqarashini
kengaytirishga,   shakllantirishga   xizmat   qiladi.Sinfdan   tashqari   o’qish   bolalarda
ezgulikka   muhabbat,   yovuzlikka   nafrat   uyg’otish,   bog’lanishni,   nutqni   o’stirish,
adabiy   –   estetik   tafakkurni   yuksaltirishga   xizmat   qiladi.Bolalar   adabiyoti   avvalo
o’zining   qiziqarli   mazmuni,   badiiy   obrazlarining   go’zalligi,   tilning   ifodaliligi,
she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda
u   bolalarga   tarbiyaviy   ta’sir   ham   ko’rsatadi.bolalar   adabiyoti   o’quvchiga   jonajon
o’lka   tabiatini,   kishilarning   mehnati,   hayoti,   ularning   qilayotgan   ishlari   va
ko’rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqealarni, bolalarning
o’yinlari,   ertaliklari,   orzu   istaklarini   hikoya   qilib   beradi.   Bu   borada   ertaklar   katta
ahamiyatga   ega.   Xalqimizning   tarixi,   uning   urf   odatlari,   moddiy   va   ma’naviy
boyliklari barcha orzu istaklari ming yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib
kelmoqda.   Kishilar   o’z   orzu   havaslariniyosh   avlodda   o’g’il-qizlarida   ko’rishni
istaydilar.   Shu   sababdab   ham   o’quvchilarga   ertaklarni   o’qishga   tavsiya   qilinadi.
Ertak o’qigan bola qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladi. O’quvchi
yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman, men o’z xalqimga qilayotgan
ishlarim   bilan   ularga   munosib   bo’lib   ulg’ayishim   kerak,desagina   o’z   xalqini
munosib farzandi  bo’la oladi. Ertaklar  yosh avlodni ana shu ruhda tarbiyalaydigan
baynalminal badiiy quroldir. “Uch og’ayni botirlar”, “Zumrad va Qimmat”, “Egri va to’g’ri” kabi  bir  qator  ertaklar  o’quvchilarning sevimli ertaklaridir. O’quvchilar bu
ertaklardan   kishi   o’z   mehnatiga   ishonib   yashashi   kerakligini,   birovning   boyligiga
hasad   bilan   qaramaslik   kerak   degan   hayotiy   xulosalarni   o’qituvchi   yordamida
tushunib   yetadilar.“Ur   to’qmoq”   ertagining   bola   harakterining   shakllanishida
alohida   o’rni   bor:   ertak   yaxshiga-yaxshi,   yomonga   yomon   bo’lish   kerak   degan
muhim qoidani o’rtaga tashlaydi. Haqiqatan ham xalqning “Qayna xumcha”, “Ochil
dasturxon”larini   zo’ravonlik   bilan   tortib   oladigan   shaxslarga   nisbatan   “Ur
to’qmoq”larni   ishlatish   zarurligini   uqtiradi.Sinfdan   tashqari   o’qish   mashg’ulotlari
o’qish   darslari   bilan   bog’lab   olib   boriladi.   O’quvchilar   o’ituvchi   rahbarligi   ostida
avval   mavzuga   oid   bir   nechta   kitob   bilan   tanishsalar,   so’ngrabolalarning
qiziqishlariga   mos,   ruhiyatlariga   yaqin   har   xil   mualliflarning   bir   mavzuga   doir
kitoblarini mustaqil tanlab o’qishga o’tadilar. 
Bunda   asosan   o’qituvchi   o’quvchilarni   maktab   kutubxonasiga,   3-4   sinflardan
boshlab   tuman   yoki   shahar   kutubxonasiga   sayohat   uyushtirib,   bolalar   adabiyoti
bilan   muntazam   tanishtirib   boradi. bolalar   gazeta   va   jurnallari   ham   o ’ quvchilarga
ertak ,  hikoyalar   o ’ qishga   yordam   beradi .
Sinfdan   tashqari   o ’ qish ,  o ’ qish   samaradorligini   ijobiy   tomonga   ta ’ sir   qilishning
eng   qulay   usuli .   Demak   maktab   kutubxonasi,   bolalar   gazeta   va   jurnallari   bilan
hamkorlik   qilishdir.Sinfda   va   sinfdan   tashqari   o’qish   boshlang’ich   sinflarda
o’qitiladigan   barcha   predmet   dasturlarining   bolimlari   bilan   bevosita   bog’liq.   O’z
navbatida   grammatika   va   to’g’ri   yozuv,   tabiatshunoslik,   tasviriy   san’at,   musiqani
o’rganishda   olingan   bilim   va   hosil   qilingan   ko’nikmalar   o’qish   darslaridan   o’qish
darslarida foydalaniladi. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar
axtarish,   asar   qahramonlarining   nomlarini   yozish,   ularni   tasvirlab   berish,   ijodiy
rasm   ishlash,   fikrni   yakunlash   uchun   mos   maqollar   yod   olish   o’quvchini   ijod
qilishga undaydi.   Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asrlar o’quvhilarga
mos   ravishda   biror   voqeani   sahnalashtirish   mumkin.   Bu   boladagi   nitqni
rivojlantirishga,   lug’at   boyligini   oshirishga   yordam   beradi.   Shuningdek
sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash
qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirisho’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik   qobiliyatini   rivojlantiradi,   suxandonlik,   rejissorlik   kabi   kasblarga   ilk
tasavvurlarni   o’rgata   boshlaydi.   Asarni   sahnalashtirish   davrida   albatta   o’qituvchi
rahbarlik   qiladi.   O’quvchilar   ifodali,   obrazli,   shuningdek   qahramonlar   harakatini
to’g’ri   bajarishlari,   o’qishlari   o’quvchilarda   zavq-shavq   uyg’otib   kitobga,   badiiy
asarga   havas,   uni   o’qib   o’rganishga   intilish   uyg’otadi.   Sinfdan   tashqari   o’qish
darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib
borishi   lozim.   Q.Muhammadiy,   P.Mo’min,   Z.Diyor,  A.Obidjon   kabi   yozuvchi   va
shoirlarning asarlari  o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun har  bir
maktab,   ta’lim   muassasasi   o’quvchilar   o’rtasida   turli   mavzularda   ijod   ahli   bo’lgan
shoir   va   yozuvchilar   bilan   uchrashuvlar   tashkil   etib   turishi   shart.   Bunday
uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni  madh qilishga uni  sevib ardoqlashga chaqiradi.
Kitobni,   asarni   qanday   paydo   bo’lishini,   uni   hurmat   qilish   asrab-avaylashni
o’rgatadi.  Shunday  qilib badiiy adabiyot,  bolalar  adabiyoti  voqelikni  haqqoniy aks
ettirishi,   yorqin   obrazlar   yaratishi   bilan   bolalarda   estetik   did   va   ahloqiy   sifatlarni
mujassamlashtiradi.   Ularda   hayot   go’zalligini   idrok   etishga   o’rgatadi.   So’z   san’ati
badiiy   asarda   o’z   ifodasini   topadi.   Xalq   badiiy   so’zning   yosh   avlod   tarbiyasidagi
kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so’z
xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o’quvchi
albatta   xalq   og’zaki   ijodini   yaqindan   o’qishi   lozim.   Ertaklar-   yaxshilikka   yetaklar
deganlariday   o’quvchi   ettaklar   bilan   tanishar   ekan   mard,   jasur   vatanparvar,
mehribon bo’lishga, topishmoqlar  o’qir  ekan,  topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga
intiladi.Kelajagimiz   bo’lgan   yosh   avlodni   milliy   qadriyatlarimazni   bilgan   holda
aqlan   yetuk,   jismonan   sog’lom   qilib   tarbiyalash   biz   murabbiylar,   ustozlar
zimmasidadir.   Shunday   ekan   mashaqqatli   ammo   sharafli   kasbimizni   sidqidildan
bajarishda   izlanuvchan   ijodkor   bo’lishimiz   zarurdir.   Chunki   yurtboshimiz
aytganlaridek   “Farzandlarimiz   bizdan   ko’ra   kuchli,   bilimli,   dono   va   albatta   baxtli
bo’lishlari shart”.
Odob   insonning   oily   fazilatidir .   Xazrat   A.Navoiy   ham   o’z   asarlarida   shu
jumladan   “Hayratul   abror”   dostonida   odobni   to’la   tushuntirib   beradi.   Yoshi
ulug’larga samimiy hurmat-izzat keltirish har kimning holatiga qarab bo’lishi kerak. Agar   yosh   bolaga   tik   turib   salom   berilsa,   uni   odob   demaydilar.   Gadoning   oldida
sajda   qilish   kerak   emas,   unga   bir   tiyin   berilsa   shu   karam   bo’ladi.   Bolalar   Navoiy
bobomiz   nihoyatda   kamtar   bo’lganlar.     Hozir   sinfdoshlaringiz   Alisherning   odobi
bilan   bog’liq   bir   voqeani   namoyish   qilishadi.   (Oldindan   tayyorlangan   7nafar,   biri
Sh.A.Yazdiy   rolida,   biri  Alisher,   qolganlari   uning   o’rtoqlari   qiyofasida   chiqishadi)
O’qituvchi   (izoh   beradi):  A.Navoiy   1447   yili  Taft   shahrida   mashhur   tarixchi   olim
Sharafiddin   Ali   Yazdiy   bilan   uchrashib   qolibdi.Sahnada   bir   mo’ysafid   xayolga
cho’mib   o’tiribdi.   Shu   payt   bir   to’da   (5-6)   nafar   bolalar   quvalashib   o’ynay
boshlaydilar.   Ularni   kuzatib   o’tirgan   mo’ysafid   bolalarni   yoniga   chorlaydi.   -Qani
bolalarim   buyoqqa   kelinglarchi,   bolalarning   mo’ysafidning   ovozini   eshitib   tarqab
ketishadi.   Faqat   5-6   yoshlar   chamasidagi   bola   qoladi.   Uning   boshida   oq   sallacha,
egnida yupqa matodan tikilgan ixcham kamzul, oyog’ida etikcha. U yugurib kelib,
qo’llarini ko’ksiga qo’ygancha salom beradi. II BOB
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari tayyorlov bosqich darslarini
tashkil etishning metodik asoslari.
Sinfdan   tashqari   o‘qishning   maqsadi   o'qish   malakalarini   takomillashtirish,
kitob   tanlay   oladigan,   muntazam   kitob   o'qiydigan,   o'qilgan   kitobni   to'g'ri   baholay
oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Maktablarda   1959-yildan   boshlab   maxsus   sinfdan   tashqari   o‘qish   darslari
tashkil   etilgan.   Sinqdan   tashqari   o‘qish   darslari   1-2-sinfda   haftada   1   marta,   3-4-
sinfda 2 haftada 1 marta o'tkaziladi. Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi
alifbe   darsining   17—20   daqiqasi   ajratiladi3.   Sinfdan   tashqari   o'qish   o'quv   dasturi
bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga
oshirishda   yaqindan   yordam   beradi.   Buning   uchun   o'quvchilarda   kitobxonlik
madaniyatini   tarbiyalash,   ularni   oddiy   kitobxondan   ijodkor   kitobxon   darajasiga
ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka
tartibda   yondashish,   shaxsiy   qizi-qishlarini   hisobga   olish   zarur.   Bolalarda   kitob
ustida   ishlash   malakasini   shakllantirish   ularda   kitobxonlik   madaniyatini
tarbiyalashning   muhim   omilidir.   Bunda   o'qish   uchun   ajratilgan   soatlardan
foydalaniladi.   Badiiy   va   ilmiy-ommabop   asarlar   mustaqil   ravishda   va   izchii   o'qib
borilsagina,   o'quvchilarning   dunyoqarashini   shakllantirish   va   kengay-tirishga
xizmat   qiladi.   Sinfdan   tashqari   o'qish   tanish   bo'lmagan   mualliflarning   kitoblari
muqovasi,   titul   varag'i,   kirish   so'zi.   mundarijasi   va   suratlariga   qarab   asarning
tahminiy mazmunini aniqlashga o'rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Sinfdan   tashqari   o'qish   darslarining   asosiy   vazifasi   o'quvchida   badiiy   kitoblarni
o'qishga   havas   uyg'otish,   o'qigan   kitoblari   yuzasidan   kundalik   yurita   olishga
o'rgatish,   bolalar   adabiyotining   mashhur   adiblari   hayoti   va   ijodi   bilan   elementar
tarzda   tanishtirish   hisoblanadi.   Bolalarda   ezgulikka   muhabbat,   yovuzlikka   nafrat
uyg'otish, ularning bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksalti-
rish   sinfdan   tashqari   o'qish   darslarining   ham   tub   mohiyatini   tashkil   etadi.   Sinfdan
tashqari   o‘qish   darslarining   muhim   vazifalaridan   biri   mustaqil   o'qish   malakalarini tarbiyalash  hisoblanadi.   Buning  uchun  mustaqil   bajarish   uchun  topshiriqlar   berish,
qiziqarli  mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi  insholarni, taqrizlarni, yozuvchi
haqida   to'plangan   ma'lumotlarni   o'qitish,   “Tez   aytish”,   “Topishmoqlar   topish”,
“Ifodali o'qish”, “Maqollar aytish musobaqasi”, „Ertak to'qish”, „Bilimdonlar anju-
mani” kabi ko'rik tanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo'yicha savol-javoblar
uyushtirish,   o'yin   tarzidagi   ish   turlaridan   foydalanish   zarur.   O ' qilgan   asarlar
yuzasidan   suhbatlar   o ' tkazish , „ Kitob   hafialigi ”   tashkil   etish ,   asarlar   asosida   kichik
insholar  yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi. Sinfdan tashqari o‘qish sinfda
o'qish   bilan   uzviy   bog'liq   ravishda   uyushtiriladi.   Sinfda   o'qish   STO'   uchun   zarur
bo'lgan   o'qish   malakalarini   shakl-lantiradi,   o'quvchilarning   o'qigan   asarini
tushunishga   o'rgatadi,  lug'atini  boyitadi.  Sinfdan  tashqari  o‘qish  qiziqarli   va  o'ziga
jalb   etadigan   faoliyat   bo'lib,   bolalarning   bilim   doirasini   boyitadi,   qiyoslash   uchun
material  beradi. Sinfda o'qish - hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o'qish
esa   hayotning   o'zidir.   Hozirgi   paytda   boshlang'ich   sinf   o'quvchilari   uchun   sinfdan
tashqari   o'qishga   mo'ljallangan   „Kitobim   -   oftobim"   (l-3-sinflar   uchun)   nomli
qo'llanmalar ham chop etilgan.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagio’quvchilarni
ona   tilini   puxta   o’zlashtirishga   tayyorlashning   ajralmas   qismi,   ta’lim   jarayonida
ularni   axloqiy-estetik   tarbiyalashning   muhum   vositasi   sifatida   qaraladi.   Sinfdan
tashqari   o’qishning   maqsadi   kichik   yoshdagi   o’quvchilarni   bolalar   adaboyoti   va
xalq   o’gzaki   ijodining   xilma-xil   namunalari   bilan   tanishtirish,   ularda   kitobxonlik
madaniyatini   tiklashdan   iboratdir.   Sinfdan   tashqari   o‘qishga   rahbarlikning   asosiy
shakli   maxsus   sinfdan   ashqari   o‘qish   darslaridir.   Sinfdan   tashqari   o’qish   darslari
erkin   dars   hisoblanadi;   bunday   maxsus   darslarda   bolalarning   kitobxonlik
qiziqishlari,   bilim   doirasi,   estetik   taassuroti,   badiiy   obrazlarni   idrok   etishi,   ijodi
rivojlanadi; faol kitobxonlar ushun zarur ko’nikma va malakalar shakllanadi.
Sinfdan   tashqari   o ’ qish   darslari   o ’ quvchilarning   faolligini   oshirishga  qaratiladi,
shuning   ushun   ularning   qurilishi   juda   xilma   –   xil   bo’ladi.   Har   bir   dars   o’qituvchi
bilan   o’quvchining   ijodi   hisoblanadi;   darsda   qanchalik   xilma   –   xillikka,
hayotiylikka   erishilsa,   o’qituvchi   o’z   sinfida   shunchalik   katta   muvaffaqiyatga erishadi.   Shularga   qaramay,   sinfdan   tashqari   o’qish   darslari   o’z   oldiga   qo’yilgan
vazifalarni bajarish ushun ma’lum talablarga bo’ysunadi.Sinflan tashqari o‘qishning
asosiy vazifalari:
1. O‘quvchilarning o‘qish va nutq o‘stirishdan olgan bilim va hosil qilgan
malakalarini mustahkamlash, takomillashtirish va ularni yuksak axloqiy ruhda
tarbiyalash.
2. O‘quvchilarning sinfda olgan bilimlarini kengaytirish.
3. O‘quvchilarni kutubxonadan kerakli kitobni, kitobdan esa kerakli
ma’lumotni topishga o‘rgatish.
4. O‘quvchilarning kitobga va bilim olishga havasini tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning kitob bilan mustaqil ishlash malakasini
takomillashtirish.4   Sinfdan   tashqari   o‘qish   darslari   ma’lum   talablarga
bo‘ysunadi:
1.Har   bir   darsda   bolalar   o’qigan   kitoblar   hisobga   olinadi.   Ular   o’qigan   yoki
o’qiyotgan   kitoblarini   sinfga   olib   kelib   ko’rsatadilar,   ikki-uch   o’quvchi   o’qigan
kitoblari   haqida   qisqacha   gapirib   beradi.   O’qituvchi   darsda   o’zaro   fikr   almashish
holati yaratadi, darsdan tashqari vaqtda ham fikr almashish davom etishi mumkin.
2.Har bir darsda yangi kitoblar tavsiya qilinadi. Tavsiya shakllari turlicha
bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatib, to’g’ridan – to’g’ri tavsiya qilish,
sinfda kishik tematik yoki muallifga tegishli ko’rgazma tashkil  etish, o’quvshilarni
qiziqtirish   ushun   tavsiya   qilinadigan   kitobdan   biror   parchani   o’qib   berish,   rasm
ko’rsatish, diapozitiv yoki parchasini namoyish qilishdan iborat.
3.Har bir darsda o’quvchilar hikoya, ertak, she’r o’qiydilar; hajmi kichik
asarni yaxlit, hajmi katta bo‘lsa, ikki – ush dars davomida o’qiydilar, sinfdagi
barcha o’quvchilar  o’qigan kitobidan biror  parchani  o’qib beradilar. Ko’proq ovoz
chiqarib o’qiydilar, bundan tashqari, darsda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan
ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.
4.Har bir darsda o’qilgan asarni suhbat, ya’ni o’qituvshi savoliga javob
berish, erkin hikoyalab tahlil qilish elementi bo’ladi. Erkin hikoya qilish uchun
savol umumiy tarzda beriladi: «Senga nimalar juda ham yoqdi?», «Bu kitob haqida sen   nimalarni   ayta   olasan?»   kabi   tahlil   jarayonida   bolalarni   axloq-odob   ruhida
tarbiyalashga alohida ahamiyat beriladi.
5.Har bir darsda ma’lum bir yangi kitobxonlik ko’nikmasi hosil qiladi:
mallif haqida ma’lumot topish, kitob nomiga qarab nima haqida ekanini bilish,
ko’rgazma tuzish, kitob haqida taqriz yozish yoki kitobxon kundaligi yuritish kabi.
6.Har bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o‘qish darslarida
qo‘llanadigan barcha usullardan foydalaniladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida an’anaviy usullar (qayta hikoyalash,
lug’at   ishi,   suhbat   kabi)dan   zarur   o’rinlardagina   foydalanish   tavsiya   etiladi,
lug’at   ishi   bunday   darslarda   yordamshi   rol   o’ynaydi:   ayrim   qiyin   so’zlar
tushuntiriladi, o’quvshilar diqqati esda saqlab qolish lozim bo’lgan aniq, qulay nutq
oborotlariga   qaratiladi.   Barsha   qiyin   so’zlarni   tushuntirish   imkoni   bo’lgani   ushun
bolalar tegishli bet tagida berilgan ayrim so’zlar izohini o’qishga o’rgatiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida qayta hikoyalashning ijodiy shakllari
bo’lgan o’qilganlarga so’z bilan yoki grafik rasm chizish, aplikatsiya, adabiy –
muzikali   kompozitsiya,   rasmlar,   portretlar,   diafilmlardan   foydalanishga   sharoit
yaratadi.   O’qilganlar   asosida   insho,   gazetaga   maqola   yozish   kabi   ijodiy   ishlardan
ham foydalanish mumkin.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida suhbat o’qilgan kitobni muhokama
qilishda ham, yangi kitob tavsiya qilishda ham qo’llaniladi; suhbat elementlari
o’qilgan   asardan   asosiy   mazmunni   ajratish   ushun,   vokealar   izshilligini,   bo’lgan
vaqti   va   o’rnini,   bog’lanishini   belgilashga   yordam   beradi.   Suhbat   ushun   savol
tuzishda   o’quvchilarning   mustaqilligi,   hayotdan,   o’qilgan   boshqa   kitoblardan
qo’shimcha   javob   berishi   hisobga   olinadi.   Boshqa   darslardagi   kabi,   bunday
darslarda ham kirish suhbati,
umumlashtiruvchi,   yakunlovchi   suhbatlar   bo’ladi.   Ko’pgina   sinfdan   tashqari
o’qish   darslari   umumlashtiruvshi   darslar   kabi   quriladi.   Savod   o’rgatish
metodikasining   ilmiy,   psixologik   va   lingvistik   asoslari
O’qish   va   yozish   -   nutq   faoliyatining   turi.   Maktabda   o’qitish   elementar   o’qish   va
yozishga   o’rgatishdan   boshlanadi.   “Alifbe”ga   asoslangan   holda   qisqa   vaqt   ichida o’quvchilar   o’qish   va   yozishga   o’rgatiladi,   ya’ni   o’qish   va   yozish   ko’nikmasini
egallaydilar.
Savod   o’rgatish   davrida   o’qish   va   yozish   harakatini   maqsadga   muvofiq
ravishda   bajara   olish   o’qish   va   yozish   ko’nikmasi   deyiladi.   Bu   ko’nikma   bilimni
talab qiladi, chunki har qanday ko’nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko’nikmaga
aylanmagan   bo’lishi   mumkin.   Masalan,   bola   v   harfining   elementlarini,   yozuv
chiziqlari   orasiga   qanday   joylashtirilishini   bilib,   uni   daftarda   yoza   olmasligi   yoki
o’quvchi harflarni tanib, ularni o’qiy olmasligi mumkin. Yozish ko’nikmasini hosil
qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to’g’ri o’tirish,
ruchkani   barmoqlar   orasida   tutish,   daftarni   qiyalikda   qo’yish   kabilar   ham
o’rgatiladi.
O’qish   va   yozish   ko’nikmasi   takomillashtirila   borib,   malakaga   aylantiriladi.
Malakaning   shakllanishi   uchun   bir   faoliyat   bir   necha   bora   takrorlanishi   lozim.
Yozish   malakasida   o’quvchi   ruchkani   qanday   ushlash,   qanday   yurgizish   haqida
o’ylab   o’tirmay,   so’z   va   gaplarni   yoza   boshlaydi.   Demak,   o’qish   va   yozish
malakasi   harakatning   o’ylab   o’tirmay   amalga   oshirilish   jarayonidir.   Malaka
o’qitishning   keyingi   bosqichlarida   mustahkamlanib,   avtomatlashish   darajasiga
yetkaziladi.
O’qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini
ta’minlaydi. SHuning uchun ham o’qishga o’rgatish bilan yozuvga o’rgatish parallel
olib   boriladi   va   bu   faoliyat   muntazam   ravishda   mashq   qildiriladi.   SHunday   ekan,
savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi va yozishi zarur.
O’zbek   tili   yozuvi   tovush   yozuvi,   ya’ni   fonematik   yozuvdir.   Har   bir   tovush
uchun,   har   bir   fonema   uchun   maxsus   grafik   shakl   (harf)   olingan.   O’qishda   grafik
shakllar   tovushga   aylantirilsa,   yozuvda   aksincha,   tovushlar   harflarga   aylantiriladi.
O’zbek   tilining   tovush   t izimi   va   yozuvi.   O’zbek   tili   yozuvi   fonematik   yozuv
hisoblanadi. 1993 yildan boshlab o’zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib
olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi. O’qituvchi   savod   o’rgatish   jarayonida   o’quvchilarni   tovush   va   harflar   bilan
tanishtirishda,   ularni   sintezlab   o’qishga   o’rgatishda   o’zbek   tilining   fonetik
xususiyatlarini   hisobga   olishi   zarur.   Savod   o’rgatish   analitik-sintetik   tovush
metodiga   asosan   olib   boriladi.   So’z   bo’g’inga   bo’linadi,   bo’g’indan   kerakli   -
o’rganilayotgan   tovush   ajratilib   olinadi,   tahlil   qilinadi,   o’rganiladigan   harf   bilan
sintezlanadi, shu asosda harf va butun o’qish jarayoni o’zlashtiriladi. Bunda o’zbek
tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod
o’rgatishda   o’zbek   tili   grafik   tizimining   quyidagi   xususiyatlarini   hisobga   olish
muhim ahamiyatg ega.
Tutuq   belgisi   (’)   unli   tovushdan   so’ng   kelsa,   uni   cho’zib   talaffuz   qilishga,
undosh   tovushdan   so’ng   kelsa,   undoshni   unlidan   ajratib   talaffuz   qilishga   xizmat
qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo’llashga doir ko’nikma va
malakalar shakllantiriladi.
O’qishning dactlabki bosqichida orfografik o’qishdan foydalaniladi, asta-sekin
orfoepik o’qish ko’nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan
tovushlar ishtirok etgan so’zlar oldin orfografik, so’ngra orfoepik o’qib beriladi va
ularning   o’qilishi   bilan   yozilishi   taqqoslanadi.   O’quvchilar   muayyan   darajada
tushunchaga ega bo’lganlaridan so’ng orfoepik o’qish mashq qilinadi.
O’qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi.   O’qish ham, yozish ham
murakkab   nutq   faoliyati   hisoblanadi.   Bu   jarayonlar   kichik   yoshdagi   o’quvchidan
iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.
Kichik yoshdagi o’quvchini   o’qishga o’rgatishda quyidagilar kuzatiladi:
1.   Bola   o’qish   paytida   bitta   harfni   ko’radi,   uni   bilish   uchun   rasmlarni   ko’z
oldiga   keltiradi,   rasmlarni   yoki   boshqa   harflarni   eslaydi,   esga   tushirgach,   uni
aytishga   oshiqadi,   biroq   o’qituvchi   aytishga   yo’l   qo’ymaydi,   undan   bo’g’inni
aytishni   talab   qiladi.   O’quvchi   ikkinchi   harfni   eslab   olguncha,   birinchisi   esdan
chiqib   qoladi   yoki   ularni   qo’shib   bo’g’in,   bo’g’indan   so’z   hosil   qilguncha,   o’qish
jarayoni sustlashadi. 2.   Ko’pincha   bola   o’qiyotgan   qatorni   yo’qotib   qo’yadi,   harfni,   bo’g’inni,
so’zni   qayta  o’qishiga  to’g’ri   keladi.  O’quvchining  diqqati   kengaygan  sari  bo’g’in
va so’zni butunligicha idrok eta boshlaydi.
O’qishni   muvaffaqiyatli   egallashlari   uchun   o’quvchilarning   idroki,   xotirasi,
tafakkuri   va   nutqini   o’stirishga   katta   e’tibor   berish   kerak.   Fonematik   eshitish
imloviy   malakani   hosil   qilishning   muhim   shartidir.   SHu   bois   savod   o’rgatish
davrida   eshitish   idrokini   o’stirish   uchun   ham   maxsus   xilma-xil   mashqlar   o’tkazib
borish maqsadga muvofiqdir.
Yozuv   jarayonida   o’quvchilar   ruchkani   to’g’ri   ushlashni,   daftarni   to’g’ri
qo’yishni,   harfni   yozishda   yozuv   chiziqlari,   ular   bo’ylab   qo’lni   harakatlantirishni
esda saqlashi,   harfni harfga qanday ulash , qatorga sig’ish-sig’masligini mo’ljallashi
lozim.
Yozuv   jarayonida   o’quvchi   ruchkani   qog’oz   ustida   sekin,   ishonchsizlik   bilan
qimirlatadi, bir harfni yozib to’xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan chiziqdan
chiqib ketadi, noto’g’rilarini bo’yab, to’g’rilaydi. III BOB
Savod o’rgatishda o`qish va yozuv faoliyatining bog`liqligi.
Eski maktabda o’qish bilan yozish bir vaqtda o’rgatilmagan, avval faqat o’qish
o’rgatilgan.   O’qish   hijo   (bo’g’in)   usuli   bilan   o’rgatilgan.   O’qishga   o’rgatishning
“hijjai qadimiy” deb atalgan usuli uzoq vaqtlar davomida hech qanday o’zgarishsiz
davom etib kelgan.
Hijo usulida o’qishga o’rgatishni 3 bosqichga bo’lish mumkin:
1-bosqich.   Harflarning   nomini   yodlatish   (“harfiy   metod”).   Bu   metodning
mohiyati   quyidagilardan   iborat   bo’lgan:   bir   necha   yildan   beri   o’qiyotgan   bolalar
maktabxonaga   yangi   kelgan   bolaga   bir   necha   kichik-kichik   surani   og’zaki
yodlatgan.   Bola   aytayotgan   suradagi   so’zlarining   ma’nosini   tushunmay,   suralarni
birin-ketin  yodlab  olgan,  bu  orada  taxminan  bir  yilga  yaqin   vaqt   o’tgan.  SHundan
keyin   arab   alifbosi   yodlatila   boshlangan;   bola   uyidan   har   ikki   tomoni   randalanib
silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh
bilan 28 ta arabcha harfning yolg’iz shaklini alifbo tartibida bandlarga bo’lib yozib
bergan.
Maktabdor   birinchi   banddagi   harflarning   nomini   alif,   be,   te,   se   deb   aytgan.
Bola   domlaga   ergashib   takrorlagan,   ayta   olmasa,   domla   yana   aytgan   va   shuni
yaxshilab   o’rganishni   vazifa   qilib   topshirgan.   Bola   birinchi   bandni   yodlab   olgach,
ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan va hok. Bolalar 28 harf nomini 5-6 oyda zo’rg’a
bilib   olganlar,   ularning   ko’pchiligi   harflarning   nomini   yodlab   olsalar   ham,
qaysisi   be   ( ﺏ ),   qaysisi   se   ( ﺙ )   ekanini   ko’rsatib   bera   olmaganlar.   Ayrim   domlalar,
otinoyilar   yosh   bolalarning   eslab   qolishiga   yordam   berish   maqsadida   har   bir   harf
uchun   shartli   iboralar   o’ylab   topganlar   ( ﺍ -uzunchoqqina   alif,   ﺏ   -   bittagina   be,   ﺕ   -
ikkitagina   te,  ﺙ   - uchtagina   se   kabi).
2-bosqich.   Bo’g’in  hosil   qilish.   Harflar   nomi   yodlab  bo’lingach,   bo’g’in   hosil
qilishga ,   ya’ni   “zeru-zabar”   ni   o’rgatishga   o’tilgan.   Eski   maktabda   “zeru-
zabar”   (zabar, zer, pesh) har xil o’rgatilgan. Masalan, ba’zi domlalar   ﺏ    (be,   zabar-
ba),   be-zer-bi,   be-pesh-bu,   te-zabar-ta   va   hok.   kabi   o’rgatsalar, boshqalari   be   zabar   ba, te zabar  ta   kabi, yana birovlari   be-zabar-a;  zer-i,   pesh-u; te-
zabar-a, zer-i, pesh-u   va hok. deb o’rgatganlar.
Maktabxonada   “zeru   zabar”   quruq   yodlatilgan,   nimaga   xizmat   qilishi
aytilmagan.  Aslida   esa   bu   belgilarning   ma’lum   xizmati   bor:   zabar   (fatha)-undosh
harf   ustidagi   urg’u   belgisiga   o’xshash   chiziqcha   bo’lib,   undoshga   a   unli   tovushini
qo’shib   aytish   zarurligini   ko’rsatadi;   zer   (kasra)   undosh   harf   ostidagi   chiziqcha
bo’lib,   shu   undoshga   i   unli   tovushini   qo’shib   aytish   kerakligini   bildiradi;   pesh
(zamma)   esa   undosh   harf   ustiga   qo’yiladigan   belgi   bo’lib,   shu   undosh
tovushga   u   unlisini qo’shib aytish zarurligini  ko’rsatadi. Demak, arabcha matnlarni
o’qish   uchun   “zeru   zabar”ni   bilish   juda   zarur   bo’lgan,   ammo   o’qishga   o’rgatish
anglab o’qishga asoslanmagani uchun bolalar   mim zabar ma,   mim zer mi,   mim pesh
mu   deb yodlaganlar, “zeru zabar”ning mohiyatini anglamaganlar.
3-bosqich. Bo’g’inlarni qo’shish.   Eski maktabda bo’g’inlarni qo’shish “abjad”
bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta
harf   jamlangan   8   so’zni   “zeru   zabar”   bilan   yozib   bergan.   Bolalar   bu   8   ta   so’zni
birin-ketin   hijo   usulida   o’qib   yodlab   olganlar.   Masalan,   abjad   so’zi   alifga   zabar
qo’yib,   bega   urishtirilsa   ab,   jimga   zabar   qo’yib,   dolga   urishtirilsa   jad,   bularning
ikkisidan abjad hosil bo’lgan.
Abjaddan   keyin   eski   maktab   o’quv   kitobi   bo’lgan   “Haftiyak”ka   o’tilgan.
“Haftiyak”dagi   suralar   ham   “Abjad”dagi   kabi   hijo   usulida   o’qitilgan.   Bolalar
“Haftiyak”ning   bir   betini   hijo   usulida   o’qish   uchun   juda   ko’p   vaqt   va   kuch
sarflaganlar.
So’zni   hijo   usulida   o’qishda   avval   so’zdagi   birinchi   undosh   harfning,   keyin
ikkinchi   undosh   harfning   nomini   aytib,   unga   zarur   harakatni   qo’yib   hijo   hosil
qilingan.   SHu   usulda   navbatdagi   harflardan   ham   hijo   hosil   qilinib ,   hijolarni   bir-
biriga   qo’shib,   bu  so’z   bir   butunicha   aytilgan.  So’zni   hijo   usulida   o’qishda   tovush
emas,   balki   shu   tovushni   ifodalovchi   harfning   nomi   asos   qilib   olingan.   So’zni
tovush   jihatidan   tahlil   qilishga   oid   hech   qanday   ish   qilinmagan,   tovushlarning
qo’shilishi bolalarga tushunarli bo’lmagan, bolalar so’zdagi har bir harf ma’lum bir
tovushni   bildirishini   mutlaqo   anglamaganlar.   Hijo   usulida   o’qishga   o’rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo’lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur
qilingan,   ikkinchidan,   bola   o’zi   aytgan   so’zining   ma’nosini   tushunmay,
maktabdordan eshitganini takrorlayvergan.
“Haftiyak”ning   keyingi   ayrim   suralari   so’zni   yaxlit   “o’qish”   usulida   olib
borilgan,   aniqrog’i   bola   o’qimagan,   eshitganini   to’tiqush   kabi   yodlagan.   Natijada
bolalar   maktabxonada   o’qiganlarini   o’zi   o’qib   yurgan   kitobidan   “o’qib   bergan”,
ammo   ularning   qo’liga   maktabda   o’qilmagan   boshqa   bir   kitob   berilsa,   uni   o’qiy
olmagan; eski maktabda 6-10 yil muntazam o’qigan bolalarning juda ko’p deganda
4-5 foizigina o’qish va yozish ko’nikmasini hosil qilgan.
Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o’rgatishda ma’lum darajada
ijobiy   o’rin   tutdi.   Rus-tuzem   maktablarinnng   o’zbekcha   sinflarida   o’zbekcha   xat-
savod o’rgatish metodi 1900 yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi: hijo metodidan
tovush   metodiga   o’tildi.   1900   yillardan   rus-tuzem   maktabi   o’zbekcha   sinflarining
peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan foydalana
boshladilar. Bu kitobning tili va mazmuni o’zbekcha sinflarga mos kelmas edi. 1902
yilda   Saidrasul   Saidazizovning   tovush   metodi   talabiga   muvofiq   tuzilgan   ona   tili
alifbesi   -   “Ustodi   avval”   nashr   etildi.   “Ustodi   avval”   nashr   qilingandan   keyin
o’zbekcha   xat-savod   o’rgatishda   yangi   davr   boshlandi.   Tovush   metodi   savod
o’rgatishning   eski   usulidan   tamomila   farq   qilib,   o’qitishni   osonlashtirdi,   ta’limni
bola tushunadigan, anglaydigan ta’limga, ya’ni faol ta’limga aylantirdi.
“Ustodi   avval”   3   bo’limdan   iborat   edi:   1-bo’lim,   hozirgi   atama   bilan
ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo’limda arab alfavitidagi harflarni alfavit
tartibida   emas,   balki   harf   orqali   ifodalangan   tovushning   talaffuzi   oson-qiyinligini
harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan holda tizib chiqqan.
Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat-savod o’rgatishni
qiyinlashtirishini   hisobga   olgan;   alifbe   davrining   boshida   deyarli   har   doim   bir   xil
shaklda   qo’llanadigan   harflarni   bergan.   U   shakli   yozilish   o’rniga   qarab   turlicha
bo’ladigan harflarning so’z boshida, so’z o’rtasida, so’z oxirida va alohida yozilish
shaklini berib, ularga mos misollar  keltirgan. Masalan,   q   harfini tanitish uchun   qor,
uyqu,   oq   so’zlarini,   g’   harfini   tanitish   uchun   g’or,   uyg’oq,   tog’   so’zlarini   tanlagan. Muallif   soddadan   murakkabga   tamoyiliga   amal   qilib ,   alifbe   davrini   asta-sekin
murakkablashtira   borgan.   Kitobning   alifbe   qismiga,   asosan,   o’zbek   tilining   lug’at
tarkibidagi so’zlar tanlab olingan.
“Ustodi   avval”ning   2-bo’limi   alifbedan   keyingi   davrdir.   Bu   bo’limda   hikoya,
masal   va   50   maqola   berilgan.   Ularning   ayrimlarida   bilim   olish   targ’ib   qilinsa,
boshqalari tarbiyaviy mazmunda bo’lgan.
S. Saidazizov kitobining 3-bo’limini “Alifboi qur’on” deb atagan va o’z oldiga
bolalarga “qur’on”ni tushunib olishga o’rgatishni maqsad qilib qo’ygan.
Umuman, tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan yoyilgan:
1.   Rus-tuzem   maktablari   ruscha   sinflarida   xat-savod   tovush   metodi   bilan
o’rgatilar edi. O’zbekcha sinf muallimlari tovush metodi oson va qulayligini amalda
o’z ko’zlari bilan ko’rganlar va asta-sekin tovush metodini o’z sinflariga tatbiq eta
boshlaganlar.
2.   XIX   asrning   oxiridan   boshlab   Rossiyadan   Markaziy   Osiyoga   kelgan   tatar
muallimlari,   ya’ni   jadidlar   tovush   metodida   xat-savod   o’rgata   boshlagan   edilar,
oradan   ko’p   o’tmay,   bir   qancha   mahalliy   muallimlar   ular   kabi   yangi   maktablar
ochadilar va bolalarga xat savodni tovush metodi asosida o’rgata boshlaydilar.
SHunday qilib, O’rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining o’rnini
egallay boshlagan.
Ma’lumki,   tovush   metodi   bilan   xat-savod   o’rgatishga   Rossiyada
K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan.
Tovush   metodi   bilan   savod   o’rgatilganda,   so’zning   eng   kichik   bo’lagi,   ya’ni
nutq   tovushlari   asos   qilib   olinadi.   So’zning   ma’nosini   o’zgartira   oluvchi   har   bir
tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so’zda tovushlar almashinishi, ortishi yoki
kamayishi natijasida boshqa bir yangi so’z hosil bo’lishi mumkinligi bolalar ongiga
yetkaziladi. Keyingi yillarda ham xat-savod tovush metodida o’rgatilmoqda. Atoqli
metodistlar   (S.P.Redazubov,   A.I.Voskresenskaya,   K.   Qosimova,   Y.Abdullaev,   O.
SHarafiddinov va boshq.) tovush metodida xat-savod o’rgatishni takomillashtirdilar.
Arab   alifbosida   yozuvni   o’rgatish   qiyin   bo’lgan.   Bu   alifbodagi   harflar   so’zda
qo’llash   o’rniga   qarab,   har   xil   shaklda   yozilgan,   bu   yozuvni   o’rganishni qiyinlashtirgan. SHuning uchun ko’p maktablarda bolalarga o’qish o’rgatilib yozuv
o’rgatilmagan,   chunki   domla   va   otinoyilarning   ko’pchiligi   o’qishni   bilib,   yozishni
bilmagan.
Eski   maktabda   yozish   chiziqsiz   tekis   oq   qog’ozga   dastlab   yo’g’onroq
savag’ich   qalamda   o’rgatilgan;   bolalar   yozishni   ozroq   o’rganganlaridan   keyin
qamish qalamda ham yozishgan, ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.
Yozishni   o’rgatish   alifbo   tartibida   harflarning   alohida-alohida   shaklini
yozdirishdan   boshlangan.   Avval   alifni   yozish   o’rgatilgan,   keyin   o’xshash   shaklli
harflar   bandlarga   bo’linib,   o’xshash   unsuri   bo’lmaganlari   esa   ayrim-ayrim
yozdirilgan.   Ba’zi   domlalar   ayrim   harflarning   elementlarini   yozishni   ham   alohida
mashq qildirganlar.
SHundan keyin harflarni nusxaga qarab alifbo tartibida katta-katta qilib yozish
(bu   mufradot   (sarhad)   deyilgan:   bunday   yozish   bir-ikki   yilga   cho’zilgan)
o’rgatilgan.
SHundan   keyin   harflarni   bir-biriga   qo’shib   yozish   mashqi   boshlangan.   Bu
mashqni   murakkabbot   deyilgan.   Harflarni   bir-biriga   qo’shib   yozish   mashqi   bir
necha   bosqichga   bo’linib,   harf   birikmalarining   ma’no   anglatish-anglatmasligi
umuman e’tiborga olinmagan, qanday qo’shilish mashq qilinavergan. Ko’pgina eski
maktablarda bunday mashq   “abjad yozish”   bilan tugallangan.
Murakkabbotdan   keyin   bayt,   qit’a   va   ruboiylarni   ko’chirib   yozish   mashqi
boshlangan.   Bu   mashqni   muqattaot   deyilgan.   Bu   mashqqa   ham   juda   ko’p   vaqt
sarflangan;   u   ma’noli   so’zlarni   yozish   bilan   boshlanib,   duoyi   salom   (insho)   yozish
bilan tugallangan. Bola   duoyi salom   yozishni bilsa, “xati chiqqan” hisoblangan.
Yozuvni   o’rgatish   va   husnixat   mashq   qildirishda   “Mufradot”   kitobidan
foydalanilgan.   Bu   kitobchada   har   uchala   mashq   turi ,   ba’zi   nashrlarda   esa   insho
namunalari berilgan.
Eski maktabda yozuvga o’rgatishning birdan-bir yo’li ko’chirib yozuv - nusxa
ko’chirish   hisoblangan,   natijada   bolada   yozma   nutq   ko’nikmasi   hosil   qilinmagan.
Bu   mashq   bolani   juda   zeriktirgan,   hech   o’ylanmasdan   yozishga   odatlantirgan.
Maktabxonada   ijodiy   ko’chirib   yozuv   mashqlarining,   shuningdek,   boshqa usullarning qo’llanilmaganligi orqasida bola chiroyli ko’chirib yozish ko’nikmasini
hosil qilgan bo’lsa ham, o’z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng oddiy jumlalarni
ham zo’r-bazo’r xato bilan yozgan.
Eski maktablarda, madrasalarda o’zbek tili o’qitilmagan, natijada eski maktab
bolalarigina   emas,   hatto   madrasada   bir   necha   yil   umr   o’tkazgan   ba’zi   bolalar   ham
o’z ismini to’g’ri yozishni bilmaganlar.
Arabchada   to’g’ri,   chiroyli   yozuvga   o’rgatish   uchun   xivalik   shoir
SHermuhammad Avazbiy o’g’li Munisning (1778-1829)  “Savodi ta’lim” kitobidan
foydalanilgan.
Rus-tuzem   maktablarida   o’qish   va   yozishni   o’rgatish,   odatda,   bir   vaqtda
boshlanib, bir-biriga bog’lab olib borilgan, har kuni avval o’qish, keyin yozuv darsi
bo’lgan; o’qish va yozish onglilik tamoyili asosida o’rgatilgan; bolalar qaysi tovush,
bo’g’in,   so’z   yoki   gapni   o’qiyotgan   yoki   yozayotganini   aniq   tasavvur   qilgan,
ma’nosiga   tushungan,   arabcha   harfning   yolg’iz   shaklini   yoxud   biror   harfning
elementini   yozayotganligini   ongli   ravishda   bilgan.   Rus-tuzem   maktablarining
o’zbekcha sinfida ko’chirib yozishga va diktantga ko’p vaqt sarf etilgan. 
Savod   o’rgatishda   analitik-sintetik   tovush   metodi
Analitik-sintetik   (tovush-tarkib)   tovush   metodiga   K.D.Ushinskiy   asos   solgan.Bu
metod   hozirgi   kunga   qadar   ancha   takomillashdi.   SHu   bois   analitik-sintetik   tovush
metodi   an’anaviy   hamda   shakllanish,   tashkil   topish   jarayonida   vujudga   kelgan
tamoyillargaega.
Metodning an’anaviy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1.   Savod   o’rgatishda   analitik-sintetik   tovush   metodi   shaxsni   shakllantirish
maqsadiga   ko’ra  ta’limiy  va  o’stiruvchi  xarakterda  bo’ladi,  nutqiy  mashqlar   orqali
aqliy o’sishini ta’minlaydi, o’qishning ongli bo’lishini talab etadi.
2.   Analitik-sintetik   tovush   metodi   tashkiliy   tomondan   quyidagi   ikki   davrga
bo’linadi.
Bunda yozuvga o’rgatish o’qishga o’rgatish bilan parallel holda olib boriladi.
3.   Analitik-sintetik   tovush   metodida   psixolingvistik   nuqtai   nazardan
quyidagilarga e’tibor qaratiladi: a)   savod   o’rgatish   bolalarning   jonli   nutqiga,   ular   egallagan   nutq   malakasiga
asoslanadi;
b)   o’qish   birligi   sifatida   bo’g’in   olinadi,   bo’g’in   ustida   ishlashga   katta
ahamiyat beriladi.
Metodning   shakllanish   va   tashkil   topish   jarayonida   bo’lgan   tamoyillari
quyidagilardir:
1.   Ta’lim   jarayonini   tashkil   etish   nuqtai   nazaridan:   savod   o’rgatish   jarayonida
o’quvchilarga   differentsial   va   individual   yondashish   (bu   bolaning   umumiy
rivojlanishi hamda o’qish va yozishga tayyorligiga bog’liq).
2.   O ’ qitishning   istiqboli   nuqtai   nazaridan :   grammatika ,   so ’ z   yasalishi ,   imlo ,
leksikologiyaga   oid   bilimlarni   nazariyasiz   amaliy   asosda   muntazam   berib   borish .
3.   Psixolingvistik   nuqtai   nazaridan :   tovush   va   harfni   o ’ qitishning   qulay   usulini
izlash ,   tovush   va   harflarning   mosligini ,   osonligini ,   ta ’ limning   tarbiyaviy   va
o ’ stiruvchi   xarakterini   hisobga   olish .Ta’lim   jarayonida   o’quvchilarga   tarbiya   ham
berib   boriladi.   Tarbiyalash   didaktikaning   muhim   tamoyillaridandir.   Maktabda
axloqiy   tarbiya   beriladi,   ilmiy   dunyoqarash   elementlari   shakllantiriladi.   Bolalar
darsda  ommaviy siyosiy tushunchalarni  egallaydilar.  “Alifbe”  sahifalarida  do’stlik,
baynalmilal   munosabat,   bolalar   mehnati,  tabiat,   kattalar   mehnati,   bolalar   o’yinlari,
oila, maktab hayotiga oid rasmlar berilgan, turli mavzularda matnlar keltirilgan.
Bolalarning   savod   o’rgatishga   tayyorligini   o’rganish
Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini
maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgust oyida, hatto undan oldin -
bahordan boshlanadi. Bunda 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar
bog’chasiga   boriladi,   suhbat   o’tkaziladi,   bolalarning   umumiy   bilim   saviyasi
aniqlanadi. XULOSA
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni
mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay
oladigan,   gazeta   va   jurnallarni   ham   mustaqil   o'qiydigan   faol   kitobxonni
tarbiyalaydi.   Shu jihatdan  sinfdan tashqari  o'qish  tarbiyaning asosiy  quroli   sifatida
xizmat   qiladi,   ko'p   narsani   bilishga   havasni   oittiradi.   Sinfdan   tashqari   o‘qish
darslarida   o‘quvchilarni   kitobga,   badiiy   asarlarga   qiziqishini   uyg‘otish   maqsadida,
ularni   ongli   kitobxonlar   bo‘lib   yetishishlari   uchun   turli   janrdagi   asarlar   bilan
tanishtirib   boriladi.   Sinfdan   tashqari   o‘qishning   maqsadi   o'qish   malakalarini
takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni
to'g'ri   baholay   oladigan   ongli   kitobxonni   tarbiyalashdir.   Sinfdan   tashqari   o’qish
mashg’ulotlari   o’qish   darslari   bilan   bog’lab   olib   boriladi.   o’qituvchi   rahbarligi
ostida   avval   mavzuga   oid   bir   necha   kitob   bilanm   tanishsalar,   so’ngra   bolalarning
qiziqishlariga   yaqin   har   xil   mualliflarning   bir   mavzuga   doir   kitoblarini   mustaqil
tanlab   olishga   o’tadilar.   Bunga   asosan   o’qituvchi   o’quvchilar   bilan   maktab
kutubxonasiga,   3-4-   sinflardan   boshlab   tuman   yoki   shahar   kutubxonasiga   sayohat
uyushtirib,   bolalar   adabiyoti   bilan   muntazam   tanishtirib   boraradi.   Shuningdek
bolalar   gazeta   va   jurnallari   ham   o’quvchilarga   ertak,   hikoyalar   o’qishga   yordam
beradi.   Xalqimizning   tarixi,   uning   urf-odatlari,   moddiy   va   ma’naviy   boyliklari,
barcha   orzu   istaklari   yillar   davomida   yaratilgan   ertaklarida   saqlanib   kelmoqda.
Kishilar   o’z   orzu   havaslarini   yosh   avlodlarda,   izlarida   ko’rishni   istaydilar.   Shu
sababdan   ham   o’quvchilarga   ertaklarni   o’qishga   tavsiya   qilinadi.   Ertak   o’qigan
bolalar   qiyinchilikni   yengishga,   botir,   jasur   bo’lishga   intiladilar.   O’quvchilar   yer
yuzidagi   barcha   insonlarning   men   bir   bo’lagiman,   men   o’z   xalqimga   qilayotgan
ishlarim   bilan   ularga   munosib   bo’lib   ulg’ayishim   kerak   desalargina   o’z   xalqini
munosib   farzandlari   bo’la   oladilar.   Ertaklar   yosh   avlodni   ana   shu   ruhda
tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir.
Ertak   matni   ustida   ishlashda   tanlab   o‘qish,   savollarga   javob   berish,
o‘quvchilarning   o‘zlari   ertak   mazmuniga   oid   savollar   tuzib,   javob   berishlari,   reja
tuzish,   qayta   hikoyalash,   ijodiy   davom   ettirish,   ertak   aytish,   qahramonlarni   grafi tasvirlash   kabi   ish   turlaridan   foydalaniladi.   Ertak   bolalarda   personajlarning   xatti   -
harakatini   muhokama   qilib,   baholash   ko’nikmasini   o’stiradi.   Boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilarida   ijobiy   fazilatlarni   tarbiyalashda   ham   ertaklardan   foydalanish   eng
yaxshi usuldir. Chunki bolalar ertaklarni sevadilar, katta qiziqish bilan tinglaydilar,
ertak   qahramonlariga   o‘xshagilari   keladi.   O‘zlari   yoqtirgan   qahramonlarga
o‘xshashni xohlagan bolajonlar albatta bu qahramonlarning yaxshi xulq-atvorlariga,
mard   va   jasurligiga,   aqlli   va   farosatliligiga,   mehnatkash   va   uddanburonligiga   ham
ahamiyat beradilar, bu fazilartlarni o‘zlarida tarbiyalashga harakat qiladilar.
Sinfdan   tashqari   o’qish   darslari,   o’qish   samaradorligini   ijobiy   tomonga   ta’sir
qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich
sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq.
O’qish   darslarida   o’tilgan   mavzular   asosida   badiiiy   kitoblar   axtarish,   asar
qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni
yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir
sinfda   sinfdan   tashqari   o’qilgan   barcha   asarlarni   o’quvchilarga   mos   ravishda   biror
voqeani   sahnalashtirish   mumkin.   Bu   boladagi   nutqni   rivojlantirishga,   lug’at
boyligini   oshirishga   yordam   beradi.   Shungdek   sahnalashtirilgan   asarni   tomosha
qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati o’sadi.  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat.–  T.: O‘zbekiston, 1998.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. - T.: Sharh nashriyot-matbaa konserni,
1999.
3.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   vazifasini   bajaruvchi   Shavkat
Mirziyoevning   Islom   hamkorlik   tashkiloti   Tashqi   ishlar   vazirlari   kengashi   43-
sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi.
4. Afzalov M., Rasulov X., Husanov Z. O’zbek xalq ertaklari. - T.: 1963.
5. Aql bilan davlat. Xalq ertaklari to’plam. – T.: O’qituvchi, 1995.
6. Jumaboyev M. O’zbek va jahon bolalar adabiyoti. – T., 1996.
7. Jumaboyev M. Kichkintoylarning katta adabiyoti. – T., 2002.
8. Ziyodova T. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish. – T.: O’qituvchi,2001
9.   Ziyomuhammedov   B.   Yangi   pedagogik   texnologiya:   nazariya   va   amaliyot.   –
T.:Chinoz ENK, 2002.
10. Ikki oy, ikki yulduz. O‘zbek xalq ertaklari. – T.: Meros, 1992.
11. Imomov K., Mirzaev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik
ijodi. - T.: O‘qituvchi, 1990.

MUNDARIJA KIRISH I.BOB.Sinfdan tashqari o’qish jarayonida bolalar adabiyotidan foydalanish. II.BOB.Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishning metodik asoslari. III.BOB.Savod o’rgatishda o`qish va yozuv faoliyatining bog`liqligi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.“Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr- qanoatli bo‘lishga undaydi.”O‘zbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson,uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir. Bu, avvalambor, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’limtarbiya tizimi yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlar – bizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Bularning barchasi bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bag‘ishlaydi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ushbu vazifani bajarish uchun yoshlarimiz ajdodlarimiz merosini ular qoldirgan manbalar orqali o‘rganishlari, ko‘proq kitob o‘qishga, bilimlarni asl manbalardan oliishga harakat qilishlari zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi2 bu mavzuning dolzarb ekanligini tasdiqlaydi. Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarni kitobga, badiiy asarlarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. O‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan ma’naviy- ma’rifiy manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega. Mana shu asarlar yordamida o‘quvchilarda tarbiyaviy jihatlarni takomillashtirib borish zarur. Sinfdan tashqari o‘qish darslariga to‘laqonli dars sifatida qaralib, o‘tilgan asar yuzasidan suhbat, viktorinalar o‘tkazish, asarni tahlil qilish, g‘oyasini ochib berish, qahramonlarning hatti-harakatlarini muhokama qilish; bular asosida vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik g‘oyalarini o‘quvchilar ongiga singdirib borish zarurligi bizning mavzuimizning dolzarbligini belgilab beradi. Kurs ishning maqsad va vazifalari . Xalq ertaklari mazmunida ijtimoiy, iqtisodiy maishiy hayotning hamma masalalari o’z ifodasini topadi, desak xato bo’lmaydi. Boshlang‘ich sinflarda bu janrda yaratilgan asarlarni o‘rganish, g‘oyasi, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘quvchi ongiga chuqurroq singdirish uchun o‘qish darslari bilan chegaralanib qolmay, balki sinfdan tashqari o‘qish darslarida ham ishlash zarur. Sinfdan tashqari o‘qqish darslarida ertaklarni ustida ishlashni ko‘rsatib bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi hisobanadi. Qo‘yilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalar belgilandi:

- boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining maqsadi, vazifalari va ahamiyatini o‘rganish; - sinfdan tashqari o‘qish darslarining hajmi va ularga qo‘yilgan talablar bilan tanishish; - sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etish usullari va shakllarini o‘rganish; - sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar ustida ishlash tizimi va usullarini ko‘rsatib berish; - ertak janri va ertaklarning turlarini o‘rgani; - boshllang‘ich sinflarda ertak ustida ishlash tizimini ko‘rsatish; - sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar yordamida o‘quvchilarda vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik tuyhularini shakllantirish. Kurs ishining predmeti : boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini samarali tashkil etish. Kurs ishining obyekti : sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar ustida ishlash. Kurs ishining metodologik asosi : O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, davlat hujjatlari, shuningdek, boshlang`ich ta`lim bo`yicha Davlat ta`lim standartlari, “Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasi”, ona tilidan o`quv dasturlari, maktab darsliklari, boshlang`ich sinflarda maktab darsliklarini yaratish mezonlari,pedagogika, psixologiya va ona tili o`qitishning nazariy asoslarini tashkil etadi. Kurs ishining metodlari : boshlang‘ich sinf sinfdan tashqari o`qish darslarida ertaklarni tahlil qilishga doir nazariy va metodik adabiyotlarni o`rganish va ular asosida darslarni tashkil etish.Mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyati shundan iboratki, mavzuni yoritish jarayonida sinfdan tashqari o‘qish darslarining maqsadi va vazifalarini, tizimini, davlat ta’lim standartlari tomonidan sinfdan tashqari o‘qish darslariga qo‘yilgan talablarni o‘rganib chiqdik va o‘z ishimizda bayon etdik. Shuningdek, sinfdan tashqari o‘qish darslarida darsliklarda va turli to‘plamlarda

berilgan ertaklar yordamida o‘quvchilar ijlbiy fazilatlarni tarbiyalashni bayon etdik. Ishda bayyon etilgan fikrlar qo‘llanma sifatida sinfdan tashqari o‘qish darslarida ishlatilishi mumkin. Kurs ishining tarkibi . Ishning tarkibi kirish,3 bob va xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.