SHIRINMIYA(GLYCYRRHIZA GLABRA L.)O’SIMLIGI YETISHTIRISH VA UNI MAHSULOT SIFATIGA TA’SIRI.
SHIRINMIYA(GLYCYRRHIZA GLABRA L.)O’SIMLIGI YETISHTIRISH VA UNI MAHSULOT SIFATIGA TA’SIRI. .....................................................................................................................3 I.Bob. ADABIYOTLAR TAHLILI ........................................................................ 7 II.Bob. TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTI VA METODLARI ..........23 2.1 Tadqiqot sharoitlari...........................................................................................23 2.2 Tadqiqot obyektlari...........................................................................................27 2.3 Tadqiqot metodlari............................................................................................29 III.Bob. SHIRINMIYA( Glycyrrhiza glabra L) NING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI ……………………………………………………………...31 3.1.1 O’simlik ontogenezining asosiy davrlari va bosqichlari................................31 3.1.2 O’simlikning fenologiyasi..............................................................................36 3.2 O’simlikning ildiz sistemasinig tuzilishi..........................................................40 3.3 O’simlikning gullash biologiyasi......................................................................43 3.4 O’simlikning urug’ biologiyasi.........................................................................48 3.4.1 O’simlik urug’uning uvchanligi.....................................................................49 3.4.2 O’simlikning yer ustki va urug’ mahsuldorligi .............................................51 3.5 O’simlikning fitosenozdagi o’rni......................................................................52 3.6 S h irinmiya o‘simligi ta’sirida sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining kimyoviy t arkibin i o‘zgarish.......................................................................................54 XULOSALAR ……………………………………………………………………64 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………. ............................ 66 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunga kelib dunyo aholisining soni ortib borayotgan bir paytda insonlarning oziq-ovaqat, kiyim-kechak va dori-daronga bo’lgan ehtiyoji ham o’sib bormoqda. Insoniyat qadimdan dorivor o’simliklardan foydalanib kelishgan. Hozirgi kunda ham turli kasalliklarni davolashda dorivor o’simliklarga talab juda yuqori. O’z navbatida bu o’simliklarga bo’lgan talab kelajakda yanada o’sadi. Insonlar tomonidan tabiiy holda o’sayotgan ko’plab dorivor o’simliklardan foydalanish yo’lga qo’yilgan, lekin tabiiy o’simlik zaxiralaridan rejasiz foydalanish oqibatida ko’plab o’simliklar zaxiralari yo’qolib bormoqda. Shuning uchun dorivor o’simliklarning biologik xususiyatlarini o’ragnish, ularning madaniy plantatsiyalarini tashkil etish katta amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23- martdagi 85-son “Respublikaning qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida o’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori [1.1], 2018-yil 27-yanvar 63-son “O’zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o’simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori [1.2], 2019-yil 15-fevral 138-son “Qizilmiya va boshqa dorivor o’simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qarori [1.3], O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 10-aprel PQ-4670-son “yaylov holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori [1.4], 10.06.2022 yil “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari to’g’risida”gi Prizedent qarori [1.5] yuqoridagi fikrlarimizning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. 2
Yer yuzida 10-12 ming, mamlakatimiz hududida 1700 ga yaqin, Samarqand vilaytida esa 1140 dan ziyod dorivor o’simliklar uchraydi. Hozirgi paytda tibbiyotda va xalq tobobatida 1250 dan ziyod dorivor o’simliklardan foydalaniladi. Yuqoridagi ma’lumotlarga asosalangan holda shuni aytishimiz mumkinki mamlakatimiz florasida uchraydigan shifobaxsh o’simliklarning hammasidan ham yetarlicha foydalanilmayapti. Respublikamiz florasidagi juda ko’p darivorlar o’simlar orasida uchraydigan keksa yoshdagi o’simliklardan biri bu G.glabra o’simligidir [2.23,2.1]. Bu o’simlik qo'llaniladigan dorilar soni bo'yicha gulli o'simliklar orasida birinchi o'rinda turadi [3,18]. Glycyrrhiza glabra (Shirinmiya yoki Qizilmiya) ildizi jahon bozori tovarlari orasida tobora raqobatbardosh bo’lib bormoqda. Bu o’simlik ishlab chiqarishning ko’plab sohalarida qo’llanilmoqda. Xususan, og’ir va yengil sanoat tarmoqlarida, kosmetika, tibbiyotda, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo’llanilmoqda. O’simlikning barglari va poyasidan chorva mollariga yem-xashak tayyorlashda foydalaniladi. Guli esa asal- shiraga boy bo’lganligi sababli asalarichilikda ham samarali foydalanilish mumkin. O’zbekistonda bu o’simlikni yetishtirish iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan juda foyda keltiradi. G. glabra ildizi Sharqda ham, G'arb tibbiyotida ham qadimdan turli xil kasalliklarni davolash uchun ishlatilgan. Bu o’simlik ildizi asosan quruq va qurutilmagan holatida iste'mol qilinadi. Hozirgi paytga kelib esa qurutilgan qizilmiya tayoqchalari holida, qizilmiya kukuni holida, qizilmiya ekstrakti, qizilmiya siropi, qizilmiya xamiri ko’rinishida foydalaniladi. Glycyrrhiza glabra L. ekstrakti pishirilgan ovqatlar, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, saqich tarkibidagi xushbo'y moddalar va ziravorlar sifatida ham ishlatiladi. G. Glabra ildizi tasdiqlangan yaxshi chorvachilik qo'shimchasidir. Qizilmiya barglari tarkibida bedadan ikki baravar ko'p protein mavjud. Bu qimmatbaho ozuqa quruq yem-xashak aralashmalarida ishlatilsa bo’ladi. Bundan tashqari, asalarilarni boqish uchun ishlatiladi [3.28,2.27,3.10]. 3
G. glabra o’simligining biologik xususiyatlarini o’ganish bo’yicha Respublikamiz olimlari tomonidan bir qancha ishlar olib borilgan, lekin Samarqand viloyati tumanlarida o’rganilmagan. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda biz Samarqand viloyatining Oqdaryo va Urgut tumanlarida Glycyrrhiza glabra o’simligining tabiiy va tajriba maydonchasidagi biologik xususiyatlarini o’rgandik. Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tuksiz shirinmiya ( Glycyrrhiza glabra L. ) burchoqdoshlar (Fabaceae) yoki dukkakdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t o’simlik. O’simlikning morfologik, anatomik tuzilishi, o’sish va rivojlanishi, urug’ hosildorligi, tabiiy fitosenozdagi tutgan o’rni o’rganildi. Tadqiqotning maqsadi. Samarqand viloyati hududida S hirinmiya ( Glycyrrhiza glabra L. )ning yetishtirish, biologik xususiyatlarini o’rganish va uning mahsulot sifatiga va tuproq kimyoviy tarkibiga ta’siri. Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot oldiga quyidagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi: - shirinmiya to’g’risida adabiy manbalar asosida ma’lumotlar to’plash va ularni tahlil qilish; -shirinmiyaning sistematik holati va tarqalishini o’rganish; - shirinmiya urug’ining dala sharoitida unishini aniqlash; - shirinmiyaning ontogenezini o’rganish; - shirinmiyaning fenologik xususiyatlarini o’rganish; - shirinmiyaning gullash biologiyasini o’rganish; - shirinmiyaning ildiz tizim tuzilishi o’rganish; - shirinmiyaning urug’ mahsuldorligini o’rganish. - shirinmiya o’simligini tuproq kimyoviy ta’sirini o’rganish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Samarqand viloyati Urgut tumani sharoitida ( Glycyrrhiza glabra L. )ning biologik xususiyatlari o’rganildi. Shirinmiyaning ontogenezining asosiy davrlari, fenologiyasi, labaratoriya sharoitida urug’ unuvchanligi, sutkalik va mavsumiy gullash biologiyasi, ildiz tizimining tuzilishi, tuproq sharoitida urug’ mahsuldorligi o’rganildi. Shuningdek shirinmiya 4
urug’larining unuvchanligiga haroratning va tuproqning ta’siri aniqlandi. Shirinmiyaning tabiiy tajriba maydonnida tarqalgan tuproq sharoitida urug’ mahsuldorligi aniqlandi. Shirinmiyaning tuproq ustki va tuproq ostki mahsuldorligi aniqlandi.Shirinmiyaning tabiiy mahsulot sifatida tutgan o’rni o’rganild.Shirinmiyaning tuproq kimyoviy tarkibiga ta’siri. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Turli tomonlama foydali bo’lgan dorivor shirinmiya o’simlik Glycyrrhiza glabra L. ning ba’zi biologik xususiyatlari tipik bo’z tuproqlar sharoitida o’rganildi. Tajriba natijalariga ko’ra tipik bo’z tuproq sharoitiga yangi bo’lgan shirinmiya qo’llanildi.Shirinmiya Glycyrrhiza glabra L. ni shu ma’lumotlar asosida uning urug`ining dala tuproq sharoitida unishi, fenologik xususiyatlari, ontogenezini va gullash biologiyasini o’rganish hamda sistematik holati va tarqalishini o’rganish mumkin bo’ladi. Ishning strukturasi va hajmi. Bakalavr lik BMI ishi 77 betdan iborat bo’lib, kirish, adabiyotlar sharhi va tahlili, asosiy qism (tadqiqot ob’ekti, uslublari va tadqiqot natijalari), xulosalar, tavsiyalar, adabiyotlar ro’yxatidan va jadval, rasmlarlan iborat. BMI 62 ta adabiyotlardan foydalanilgan bo’lib, shundan 29 tasi chet el adabiyotlaridan iborat. 5