TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH JARAYONIDA YOSH VA INDIVIDUAL XUSUSIYATLARINI XISOBGA OLISH


« TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH JARAYONIDA YOSH VA INDIVIDUAL XUSUSIYATLARINI XISOBGA OLISH » MUNDARIJA : Kirish …………………………………………………………..3 1.BOB. Ta‘lim texnologiyalarini ishlab chiqish jarayonida yosh xususiyatlari ……………………………………………………………………5 1.1.Ta'lim berishning yoshga oid xususiyatlari………………………………5 1.2.Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat … ……………………..10 2.BOB. Ta‘lim olish jarayonida har bir o‘quvchining individual xususiyatlari ……………………………………………………………………23 2.1.Ta‘lim olishda o‘quvchining diqqat va tafakkur xususiyatlari……………23 2.2.O‘qituvchining dars jarayonida o‘quvchilar bilan individual tarzda yondashuvi………………………………………………………………………….26 Xulosa ………………………………………………………….35 Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………36 0
Kirish: Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarni qo‘llanilishi jadallashmoqda va bu ta’lim jarayonini yanada sifatli tashkil etishga ta’sir ko‘rsatayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Shuning uchun xam ta’lim jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash,ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning extiyojiga aylandi,talabalarning o‘qish motivlarini o‘stiradi. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy- innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida, Yoshlarni barkamol inson bo‘lib etishishlarida ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi islohatlarni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim konsepsiyasida shaxsni bilim olishga bo‘lgan ichki ehtiyojini hosil qilish va uni o‘qishga o‘rgatishga, ichki tajribasi, his-tuyg‘ulari, tafakkuriga katta e’tibor qaratilgan. Bu boradagi ishlarning ahamiyatliligini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev quyidagicha ta’kidlagan edi: «Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustivor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz». Demak, ta’lim tizimiga yangiliklarni olib kirish zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanish bugungi kun ta’limi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biridir. Darhaqiqat, interfaol usullar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fiklash jarayonini shakllantiradi, talabalarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarni 1
shakllantiradi. Demak, ta’lim tizimiga yangiliklarni olib kirish zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanish bugungi kun ta’limi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biridir. Mavzuning vazifasi : 1. Ta'lim berishning yoshga oid xususiyatlari. 2. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat 3. Ta‘lim olishda o‘quvchining diqqat va tafakkur xususiyatlari. 4. O‘qituvchining dars jarayonida o‘quvchilar bilan individual tarzda ishlash. Tadqiqot maqsadi : Tadqiqotimiz maqsadi ta’lim texnologiyalarining rivojlanishi va individual xususiyatlari yuzasidan ish olib borishning hozirgi kundagi yutuqlari haqida ma’lumotga ega bo’lish. Tadqiqod predmeti: Tadqiqod predmeti bo’lib t a’lim texnologiyalarini ishlab chiqish jarayonida yosh va individual xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi. Tadqiqot ob’ekti: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti psixologiya yo’nalishi 3-bosqich talabalari xizmat qiladi. Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to’g’risidagi qonuni’’, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sharq mutafakkir olimlari tarixiy olimlari , tarixiy meroslarinio’rganishga doir falsafiy, sotsologik, pedagogik, ta’limotlar, sharq mutafakkir olimlarining sog’lom turmush tarzini shakllantirishga oid pedagogik qarashlar, shuningdek Respublikamiz pedagog-psixolog olimlarining psixologik jarayonlarni o’rganish t a’lim texnologiyalarini ishlab chiqish jarayonida yosh va individual xususiyatlarini xisobga olish muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlari kurs ishimizni yozish uchun asos qilib olindi. 2
1.BOB. Ta‘lim texnologiyalarini ishlab chiqish jarayonida yosh xususiyatlari 1.1.Ta'lim berishning yoshga oid xususiyatlari Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma-xil bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar. Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, tarbiyachi ularni bilishi zarur. Asosiy qism: Bolaning individual–o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim. Temperament – lotincha “temperamentum”, ya’ni “qismlarning bir -biriga 3