TAMAKI TRIPISINI (THRIPS TABACI LIND) G‘O‘ZADAGI ZARARI VA UNGA QARSHI ZAMONAVIY KURASH VOSITALARINI QO‘LLASH
1 TAMAKI TRIPISINI ( THRIPS TABACI LIND) G‘O‘ZADAGI ZARARI VA UNGA QARSHI ZAMONAVIY KURASH VOSITALARINI QO‘LLASH MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………… 3 I – bob. G‘O‘ZANI SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARI, TARQALISHI, ZARARI VA KURASH CHORALARI ( ADABIYOTLAR TAHLILI )........................................................... 8 II – bob. TAMAKI TRIPSINING BIOEKOLOGIYASI, HAYOT KECHIRISHI, TARQALISHI........................................................... 17 2.1. Tamaki tripsi bioekologiyasi va hayot kechirishi ................................. 17 2.2. Tamaki tripsini tarqalishi, rivojlanishi va g‘o‘zaga yetkazadigan zarari...................................................................................................... 19 III – bob. G‘O‘ZADAGI TAMAKI TRIPSIGA QARSHI UYG‘UNLASHGAN KURASH CHORAL A RI TAHLILI............. 26 3.1. Tamaki tripsiga qarshi agrotexnik kurash choralari.............................. 26 3.2. Tamaki tripsiga qarshi biologik kurash usuli........................................ 29 3.3. Tamaki tripsiga qarshi kimyoviy kurash usuli...................................... 37 3.4. Tamaki tripsiga qarshi o‘tkaziladigan boshqa kurash usuli.................. 44 I V – bob. TAMAKI TRIPSIGA QARSHI O‘TKAZILGAN KURASH CHORALRINING BIOLOGIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI TAHLILI......................................................... 47 4.1. G‘o‘zadagi tamaki tripsiga qarshi kurash choralarining biologik samaradorligi tahlili.............................................................................. 47 4.2. G‘o‘zadagi tamaki tripsiga qarshi kurash choralarining iqtisodiy samaradorligi tahlili.............................................................................. 51 XULOSA LAR……………………………………………………….. 54 O‘RGANILGAN VA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ........................................................................................... 56 ILOVALAR ......................................................................................... 60
2 KIRISH Mavzusining dolzarbligi: G‘o‘za qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida dunyoda yetakchi o‘rinda turadi. Uning mahsuloti paxta oq, yumshoq tola bo‘lib, deyarli to‘liq sellyulozadan (taxminan 87-90%) iborat. Jahonda g‘o‘za 80 dan ortiq mamlakatda yiliga o‘rtacha 26-27 million tonna paxta hosili olinadi va uning 60 foizdan ortig‘i uch davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. G‘o‘za dehqonchilikdagi qadimgi ekinlardan biri. Uning vatani Hindiston hisoblanadi. G‘o‘za paxtasidan olinadigan toladan foydalanish qadim zamonlar — paleolit davridan boshlangan. Hind vodiysida miloddan 3 ming yil ilgari paxta yetishtirilib, undan yigirilgan ip tayyorlangan. Shuningdek, Xitoy, Eron, Peru va Meksikada g‘o‘za miloddan bir necha asr ilgari ma’lum bo‘lgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyoda miloddan avval 6-5-asrdan boshlab ekilgan. 10- asrdan Ispaniyaga va undan boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Ekin maydonining kattaligi jihatidan birinchi o‘rinda G. H irzutum turadi. Uning tabiiy holda tarqalgan joyi Markaziy Amerikadagi Meksika davlati bo‘lgani uchun Meksika g‘o‘zasi deb ataladi. Bizda bu turning tabiatiga birmuncha o‘zgarishlar kiritilgan va o‘rta tolali g‘o‘za deyiladi. Paxta tolasidan xilma-xil gazlamalar, ip, arqon, transportyor lentalari, rezina shilanka va balonlar uchun maxsus to‘qimalar va boshqalar tayyorlanadi. Jumladan, bir tonna paxtadan 340-350 kg tola, 50-60 kg momiq va 600 kg chigit olinadi. Bir tonna chigitdan esa 170 kg moy, 400 kg kunjara , 30 kg sheluxa olinadi. Bundan tashqari undan margarin, kirsovun va atir sovunlar tayyorlashda foydalaniladi. Respublikamizda g‘o‘za ekinini ichki imkoniyati juda kattadir. Agar bu ekinni biologik talablarini mumkin qadar to‘laroq qondiriladigan ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi joriy qilinsa, olinadigan paxta hosildorligi gektaridan 40-45 s/ga yetkazish mumkin. Bugungi kunda davlatimizni paxtachilikga oqilona ixtisoslashuvini saqlab qolish iqtisodiyotimizni asosini tashkil etadi. G‘o‘za ekinini ichki imkoniyatlari juda
3 kattadir. Agar bu ekinni biologik talablarini ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasida amalga oshirilsa olinadigan paxta hosildorligi gektaridan 50-60 sentnerga yetishi mumkin. Mamlakatimizda paxtachilik bilan shug‘ullana boshlaganligiga ikki ming yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan. Respublikamiz olimlari oldiga, yuqori hosilli, tezpishar tola sifati yuqori bo‘lgan, zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yetkazib berish ma’suliyati yuklanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalariga qarshi hozirgi kunda yaratilgan o‘simliklarni biologik ximoya qilish texnologiyasi mavjud bo‘lib, bu usul keng qo‘llanilmoqda. Biologik h imoya usuli, zararli organizmlarga qarshi ularni tabiiy kushandalarini qo‘llashdan iboratdir. Biroq g‘o‘za zararkunandalar va kasalliklar bilan qattiq shikas t lanadigan o‘simliklar qatoriga kiradi. Uni bir qator zararkunandalar zararlaydi. Ularga o‘z vaqtida qarshi kurashilmasa, xosilni anchagina qismini yedirib qo‘yish mumkin. Alimuxammedov S.N. va boshqalar (1989) ta’kidlashicha O‘zbekiston sharoitida g‘o‘za ekiladigan maydonlarda, g‘o‘za o‘sish rivojlanish davrida 214 turdan oshiq zararli hashoratlar rivojlanadi va zarar keltiradi. Yeremenko T.S. va boshqalar (1982) kuzatishlari shuni ta’kidlaydiki Jizzax va Sirdaryo viloyatlari sharoitida g‘o‘za agrobiosenozida 237 turdan oshiq hashoratlar hayot kechiradi. Shundan 30,4 % zararkunandalar, 53,1 % foydali h ashoratlar, 8,9 % o‘simliklarni changituvchilar va qolgan 7,6 % kanalar h isoblanadi. Ammo shu zararkunandalardan 10 turdan oshiqrog‘i asosiy va mavsumiy zararkunandalar h isoblanadi. Ko‘pchilik olimlarni fikricha asosiy zararkunandalar hisobiga yil davomida g‘o‘za hosildorligi 55-60 % gacha yo‘qotiladi. O‘simlikni himoya talablarini unumli va samarali amalga oshirish g‘o‘za hosilini saqlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Endilikda g‘o‘zani umumiy himoya qilish tadbirlari xam tubdan o‘zgarmoqda. Bunda diqqat-e‘tibor ko‘proq biologik kurashga va tabiatdagi foydali h ashoratlarni saqlab qolishga va shular orqali zararkunandalarni yo‘qotishga qaratilmoqda.
4 Hozirgi vaqtda za h arli kimyoviy vositalarni keng ko‘lamda ishlatishning zararli oqibatlari ma’lum bo‘lmoqda. Chunki zararli kimyoviy vositalarni surunkasiga ishlatilishi natijasida atrof mu h it, suv, h avo h ayvonot olami za h arlanib insonlar salomatligiga katta putur yetkazmoqda. Shuning uchun keyingi yillarda g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurashda uyg‘unlashgan kurash usulidan foydalanishga katta e‘tibor berilmoqda. Bu h imoya usulida ko‘proq biologik kurashga e‘tibor berish, tabiatdagi foydali h ash a r o tlarni rivojlanishiga sharoit yaratib berish h amda zararkunandani sonini h isobga olgan h olda unga qarshi kurashish lozimdir. Ko‘pchilik olimlarni ta’kidlashicha zararkunandalarga qo‘llaniladigan h ar qanday kurash vositasini qo‘llaganda, ularni to‘liq yo‘qotishni ko‘zda tutmasdan, balkim ularni sonini bir oz kamaytirishga erishishni afzal ko‘rish yaxshiroqdir. Chunki bir zararkunandani umuman yo‘qotishga h arakat qilinsa, uning entomofaglari h am yo‘qolib ketadi. Umuman tabiatdagi muvozanat b u zilib ketishi mumkin. Shu narsani alo h ida qayd etish kerakki , ona-tabiatning o‘zi h am ev o lyu t sion taraqqiyot davomida boshqa mavjudotlar singari h ash a r o tlar h am alo h ida ma’lum muvozanat saqlaydi. H ash a r o tlar olamining h am o‘z kushandalari bo‘ladi. Ular zararli turlarni ko‘payishini chegaralab turadi. H ozirgi vaqtda faqat g‘o‘za dalalarining o‘zida g‘o‘za bilan biror-bir ji h ati bo‘yicha aloqador bo‘lgan 300 ga yaqin turdagi h ash a r o tlar borligi aniqlangan. Ilmiy izlanishning maqsadi: tamaki tripsini g‘o‘zaga yetkazadigan zararini o‘rganish, zararkunandani tarqalishini, bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, hosil sifatini buzishdagi ahamiyatini o‘rganishdan iborat bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy izlanishning vazifalari: tamaki tripsini fenologik rivojlanish davrini o‘rgangan holda ularni ko‘payishini hamda o‘simliklarga zarar keltirish davrlarini oldindan aniqlagan holda ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralarini qo‘llashni o‘rganishdan va ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat. Mavzuning o‘rganish darajasining qiyosiy tahlili: G‘o‘zaga bir necha turdagi tripslar zarar keltiradi. Ularni i chi da eng asosiylari tamaki tripsi , g‘o‘z a tripsi , shiraburin tripsidir . Keyingi yillarda bu zararkunandalarni rivojlanish dinamikasi va
5 zarari keskin o‘zgardi. Umuman h ar bir trips alo h ida olganda o‘zining zarar keltirish vaqtiga egadir. Shu sababli ularga qarshi o‘z vaqtida kurashish talab etiladi. Adiba Bey – Biyonka (1971) ma ’ lumotiga ko‘ra sobiq ittifoq bo‘yicha, g‘o‘za ekiladigan tumanlarda, g‘o‘zada 220 turdan ortiq umurtqasiz h ayvonlar shu jumladan 156 tur h ash a r o tlar zarar keltiradi. Bizni mustaqil jum h uriyatimizda esa g‘o‘za ekiladigan maydonlarda g‘o‘za o‘sish va rivojlanish davrida 2 1 4 turdan ortiq zararli h tlar rivojlanadi va zarar keltiradi. (Alimuxammedov va boshq. 1989). Ko‘pchilik olimlarni fikricha g‘o‘za, asosiy zararkunandalar hisobiga yil davomida 55-60 % hosilni yo‘qotadi. Paxtakor xo‘jaliklarda yildan – yilga texnika mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qiluvchi vositalar bilan ta’minlash yaxshilanmoqda. O‘simliklarni himoya qilish tadbirlarini unumli va samarali amalga oshirish g‘o‘za hosilini zararkunanda va kasalliklardan saqlashni asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Endilikda g‘o‘zani zararkunanda va kasalliklardan umumiy himoya qilish sistemasi ham tubdan o‘zgarmoqda. Bunda diqqat – e’tibor, tabiatdagi foydali hasharotlarga qaratilmoqda. Ularni ko‘plab biofabrikalarda ko‘paytirilmoqda, ko‘p yillar davomida surunkasiga zararkunandalarga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy vositalar tabiatdagi turlar o‘rtasidagi muvozanatlarni buzilishiga sabab bo‘lmoqda, tabiatni ifloslanishiga olib kelmoqda. Hozirgi paytda zararkunandalarga qarshi kurashda uyg‘unlashgan himoya usuliga katta e’tibor berilmoqda va ayrim xo‘jaliklarda keng qo‘llanilmoqda. Bu kurash usuli juda keng ma’noga ega bo‘lib barcha kurash vositalarini kerakli vaqtida navbatlab zararkunandalarni zararlilik iqtisodiy chegarasini hisobga olgan holda ishlatish, tabiatdagi foydali hasharotlarni sonini hisobga olgan holda kurash choralarini qo‘llash kabi omillarga e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Uyg‘unlashgan himoya uslubida zararkunandalarni sonini kamaytirish bilan birga tabiatdagi foydali hasharotlarni ko‘payishiga o‘simlikni sog‘lom rivojlanishiga sharoit yaratib beriladi. Ko‘pchilik olimlarni fikricha zararkunandalarga qo‘llaniladigan har qanday kurash vositalarini qo‘llaganda, ularni to‘liq yo‘qotishni o‘ylamasdan, balkim, ularni sonini