logo

O’SIMLIK KASALLIKLARIGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH USULI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

77.5048828125 KB
MAVZU: O’SIMLIK KASALLIKLARIGA QARSHI   UYG’UNLASHGAN
KURASH USULI
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I. BOB. O’simliklar kasalliklari haqida ………………………………………...6
1.1.  O’simliklarning kasalliklari haqida umumiy ma’lumotlar……………….6
1.2. Noinfeksion va infeksion kasalliklar……………………………………….10
II.BOB. O’simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaruvchilar…………………14
2.1. Viruslar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar……………………………….14
2.2. Bakteriyalar va zamburug’lar……………………………………………..17
2.3. Parazit va yarim parazit o’simliklar…………………………………….…23
III. BOB. Kasalliklarga qarshi kurash usullari………………………………..25
3.1. Karantin usuli, agrotexnik usuli, kimyoviy usul, biologik usuli…………25
3.2. Uyg’unlashgan himoya qilish usuli……………………………………...…27
XULOSA…………………………………………………………………………29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..31
1 KIRISH
O’zbekiston   qishloq   xo’jaligi   oldida   paxtachilikni   va   boshqa   texnik   ekinlar
yetishtirishni   rivojlantirish ,   aholini   o’zimizda   yetishtirilgan   don ,   sabzavot ,
kartoshka ,   meva ,   uzum ,   sitrus   va   poliz   ekinlari   mahsulotlari   bilan   to’la   ta’minlash
vazifasi   qo’yilgan   bo’lib ,   bu   sohada   mustaqillik   yillari   davomida   muayyan
muvaffaqiyatlarga   erishildi .   Shu   bilan   birga   qishloq   xo’jaligini   yanada
rivojlantirish   va   hosildorlikni   keskin   oshirish   uchun   imkoniyatlar   mavjud .   Buni
amalga   oshirish   uchun   o’simlikshunoslikning   zamonaviy   intensiv   texnologiyalarini
qo’llash ,   jumladan   ekinlarni   o’suv   davrida   va   yig’ilgan   hosilni   omborxonalarda
saqlash   paytida   zararli   hasharotlar   va   kasalliklardan   ishonchli   himoya   qilish   lozim .
Ekinlarni   kasalliklardan   himoya   qilish   uchun   birinchi   navbatda   kasallik
qo’zg’atuvchi   organizmlarni   to’g’ri   aniqlash ,   ularning   biologiyasi   va   ekologik
faktorlarga   talablari ,   rivojlanishi ,   tarqalishi ,   bir   mavsumdan   ikkinchisigacha
qanday   saqlanishi   haqidagi   va   boshqa   ma’lumotlarga   ega   bo’lish   va   shular   asosida
ekinni   himoya   qilishning   samarali   usullarini   bilish   va   ularni   to’g’ri   muddatlarda
qo’llash   lozim   bo’ladi .   Buning   uchun   fitopatologiya   asoslarini ,   jumladan   yuqorida
keltirilgan   ma’lumotlarni   chuqur   o’zlashtirgan ,   ekinlarda   uchraydigan   kasallik
qo’zg’atuvchilarini   to’g’ri   aniqlay   oladigan ,   samarali   kurash   choralarini   aniq
biladigan   va   ularni   o’z   vaqtida   qo’llashni   tashkil   qila   oladigan   malakali
mutaxassislar   tayyorlash   ta’lim   tizimining   negizi   hisoblanadi .
Fitopatologiya   -   o’simlik   kasalliklari   haqidagi   fan   bo’lib,   uning   asosiy
vazifasi   -   qishloq   xo’jaligiga   fitopatogen   organizmlar   keltiradigan   zararni
kamaytirishdan   iboratdir.   Fitopatologiya   kasallangan   o’simlikni,   kasallik   paydo
bo’lishining   sabablarini   va   atrof-muhit   sharoitlarining   kasallik   rivojlanishiga
ta’sirini o’rganadi.
Fitopatologiya   umumiy   fitopatologiya   va   qishloq   xo’jalik   fitopatologiyasiga
bo’linadi.
Umumiy fitopatologiya kasalliklar paydo bo’lishining sabablarini, kasalliklar
rivojlanishining   xususiyatlarini,   qo’zg’atuvchilarni   va   himoya   metodlarini
o’rganadi.
2 Qishloq   xujalik   fitopatologiyasi   muayyan   ekinlarning   kasalliklarini,
qo’zg’atuvchilarning   tur   tarkibini,   har   xil   mintaqalarda   o’sadigan   o’simliklardagi
kasallik belgilarini va himoya usullarini o’rganadi.
Fitopatologiya   fanining   rivojlanishi   yangi   maxsus   fanlar,   jumladan,   kasallik
sabablarini   o’rganuvchi   etiologiya,   o’simliklarning   kasalliklarga   chidamliligini
o’rganuvchi   fitoimmunologiya,   kasalliklar   paydo   bo’lishining   qonuniyatlarini   va
ular   yalpi   tarqalishining   sabablarini   o’rganuvchi   epifitotiologiya   va   o’simliklarni
kasalliklardan himoya qilish fanlari paydo bo’lishiga olib keldi.
Keyinchalik o’simliklar immuniteti, kasalliklar paydo bo’lishi  va tarqalishini
bashorat   qilish,   o’simliklarni   himoya   qilishning   biologik   usuli   va   o’simliklar
karantini kabi yangi va mustaqil fanlar ajralib chiqdi.
Barcha   maxsus   fanlar   kabi   fitopatologiya   ham   bir   qator   chegaradosh   fanlar,
jumladan   mikologiya,   mikrobiologiya,   virusologiya,   botanika   fanlarining   bilimlar
sistemasiga tayanadi va mikologiya fitopatologiyaning asoschisi hisoblanadi.
Fitopatologiya   sohasi   bo’lmish   epifitotiologiya   fanining   asosini,   iqlim
faktorlarining   qo’zg’atuvchilarga   ta’sirini   hisobga   olgan   holda,   kasalliklar   paydo
bo’lishining   qonuniyatlarini   o’rganish   tashkil   etadi.   Ob-havo   bashorati
ma’lumotlarini   kasallik   kechishini   iqlimga   bog’liq   holda   tadqiq   etib   olingan
ma’lumotlar bilan solishtirish kasallik paydo bo’lishining vaqti va rivojlanishining
xarakterini   oldindan   bashorat   qilishga   imkon   yaratadi.   Shunday   qilib
epifitotiologiya,   yoki   kasalliklar   bashorati   haqidagi   fan,   meteorologiya   bilan
yaqindan   bog’liq.   Keyingi   yillarda   kasalliklar   paydo   bo’lishini   bashorat   qilish
uchun   qo’zg’atuvchilar   rivojlanishiga   ta’sir   etuvchi   ob-havo   sharoitlarini   hisobga
oluvchi matematik modellardan foydalanishmoqda.
Fitopatologiya   o’simlikshunoslik,   dehqonchilik   va   agrokimyo   fanlari   bilan
uzviy   bog’langan.   Kasalliklar   rivojlanishining   xarakteri   ko’p   tomondan   qishloq
xo’jalik   ekinlarini   o’stirish   texnologiyalariga   bog’liq:   kasallik   qo’zg’atuvchilari
dalada   to’planishi   jarayonida   almashlab   ekish   muhim   rol   o’ynaydi;   o’g’it   turi   va
miqdori   o’simliklar   zararlanishi   darajalariga   ta’sir   etadi   va   h.   Keyingi   davrda
kasalliklarga chidamli navlar yaratishning ahamiyati tobora ortmoqda.
3 Anchagina   fitopatologik   tadqiqotlar   entomologik   ma’lumotlarga   tayanadi.
Buning   sabablari,   birinchidan,   ayrim   hasharotlar   virus   kasalliklari
qo’zg’atuvchilarining   tashuvchilari   ekanligi,   ikkinchidan,   o’simliklar   zararli
hasharotlar   bilan   shikastlanishi   qo’zg’atuvchilar   o’simlik   to’qimalariga   kirishiga
imkon yaratishi va kasalliklar rivojlanishiga ta’sir etishidir.
O’simliklarni   himoya   qilish   chora-tadbirlarining   samaradorligini   baholashda
fitopatologiya ko’p iqtisodiy va matematik tadqiq qilish metodlarini qo’llaydi.
4 I. BOB. O’SIMLIKLAR KASALLIKLARI HAQIDA
1.1.  O’simliklarning kasalliklari haqida umumiy ma’lumotlar
O’simlik   kasalligi   -   kasallik   qo’zg’atuvchi   organizm ,   o’simlik   va   atrof - muhit
faktorlari   oralaridagi   munosabatlarga   asoslangan   patologik   jarayondir .  Rossiyaning
24507-81   raqamli   GOST   iga   ko’ra   kasallik   -   fitopatogen   yoki   atrof - muhitning
noqulay   sharoitlari   ta’sirida   o’simlikning   hujayralari ,   a’zolari   yoki   barcha
qismlarida   normal   modda   almashinuvi   jarayoni   buzilishidir .   Kasallik   tufayli
o’simlikning   nafas   olishi ,   fotosintezi ,   transpirasiyasi ,   assimilyatlari   barglardan
ildizlarga   oqib   o’tishi ,   fermentlari   va   hujayra   membranasining   faoliyati ,   hujayraga
lozim   bo’lgan   moddalar   sintezi   va   boshqa   funksiyalari   ham   buziladi .
Patologik   jarayon .   O’simliklardagi   patologik   jarayon   bir - biri   bilan   yaqin
aloqadagi   va   rivojlanishi   bir - biri   bilan   yaqindan   bog’liq   bo’lgan   morfologik   va
fiziologik - biokimyoviy   o’zgarishlar   shaklida   namoyon   bo’lishi   mumkin .   Masalan ,
normal   o’stirish   birikmalari   sintezi   buzilsa   ( fiziologik - biokimyoviy   o’zgarishlar
yuz   bersa ),   o’sish   xususiyatlari   o’zgaradi ,   misol   uchun ,   o’simlik   pakana   bo’lib
qoladi  ( morfologik   o’zgarish ).
Patomorfologik   o’zgarishlar   o’simlik   o’sishi ,   butun   o’simlik   yoki   uning
ayrim   organlarining   shakli   buzilishi   bilan   ifodalanadi .
O’simliklar   o’sishi   buzilishi   ko’pincha   ularning   zaiflashishi   bilan   ifodalanadi .
Misol   uchun ,   bug’doy   qattiq   qorakuya   ( TSheIa   sape $ )   bilan   zararlanganida   poya
uzunligi   va   boshoqchalar   soni   kamayadi ,   natijada   o’simliklarning   hosildorligi
pasayadi .
Virus   kasalliklari   ko’pincha   o’simlik   bo’yini   kuchli   darajada   pasaytiradi ,  ular
hatto   karlik  ( pakana )  bo’lib   qolishi   mumkin .  Bunda   butun   o’simlikning   yoki   uning
ayrim   organlarining   shakli   buzilishi   deformasiya   deb   ataladi .   Masalan ,   zang
kasalligi   bilan   zararlangan   ixroj   ( sutlama )   o’simligining   barcha   qismlari
deformasiyasiga   uchraydi .   Fitoplazma   qo’zg’atadigan   pomidorning   stolbur
kasalligi   gullarning   shakli   buzilishiga   olib   keladi :   gulkosabarglar   hajmi
kattalashadi ,   ular   ko’pincha   uzunasiga   bir - biri   bilan   tutashib ,   qo’shilib ,   o’sib
5 ketadi ,  gullar   qo’ng’iroqchalar   shakliga   kiradi .
Ko’p   kasallik   qo’zg’atuvchilari   gipertrofiya,   giperplaziya,   gipoplaziya,
degenerasiya   va   o’simlik   to’qimalari   nekrozi   jarayonlarini   paydo   qilishi   tufayli
o’simliklarda gallar, bo’rtmalar, shishlar paydo qiladi.
Aksariyat   hollarda   o’simlik   organlarining   shakli   o’zgarishi   bilan   birga
kechadigan   o’simlik   hujayralarining   hajmi   kattalashishi   gipertrofiya   deb   ataladi.
Masalan,   kila   kasalligi   qo’zg’atuvchisi   (R1a$toShorkoga   ‘ga$$gsaye)   bilan
zararlangan   karam   ildizlari   hujayralarining   hajmi   kattalashadi,   shakli   o’zgaradi,
natijada   ildizda   shishlar   rivojlanadi.   Kasallikning   shunga   o’xshash   belgilari
kartoshka   tuganaklarida   o’simlik   rak   kasalligi   qo’zg’atuvchisi   (8upsku1gsht
yenyo’yuysit) bilan zararlanganida ham namoyon bo’ladi.
Giperplaziya   deb   patogen   yoki   boshqa   kasallik   qo’zg’atuvchi   agent   ta’sirida
va o’simlik hujayralari tez-tez bo’linishi natijasida hujayralar soni ko’payib ketishi
tushiniladi. Bo’rtma va gallar hosil bo’lishi, daraxt poyasida shishlar va bo’qoqlar
rivojlanishi   giperplaziyaning   misollaridir.   Ba’zan   gipertrofiya   va   giperplaziya
birga   uchraydi   va   tezda   yirik   gallar   paydo   bo’ladi;   misol   uchun   bu   makkajo’xori
pufak   qorakuyasi   (qo’zg’atuvchi   i$Shado   geaye)   bilan   zararlanganida   namoyon
bo’ladi.
Patologik   jarayon   tufayli   hujayralarda   degenerasiya   kuzatilishi   mumkin.
Bunda   ularning   qobiqlari   kimyoviy   tarkibi   har   xil   bo’lgan   moddalarga   aylanadi,
ular   o’simlikda   to’planishi   yoki   to’qimalardan   tashqariga   chiqarilishi   mumkin.
Degenerasiyaning   misoli   kasallik   bilan   zararlangan   danakli   mevali   daraxtlar
tanasida yelim paydo bo’lishi va oqib chiqishidir. 
Patologik   jarayon   natijasida   nekroz   -   hujayralar   nobud   bo’lishi   va   nobud
bo’lgan   to’qima   qismlari   hosil   bo’lishi   kuzatiladi.   Nobud   bo’lgan   hujayralarning
yig’indisi  - o’simlik to’qimasining jigarrang tusli uchastkalari  - nekrogen to’kima
yoki   nekroz   deb   ataladi.   Aksariyat   hollarda   hujayralar   nekrozi   o’simlik   barglari
zararlanganida dog’lar shaklida namoyon bo’ladi.
Patologik   jarayon   to’qima   hujayralari   sklerotizasiya   bo’lishi,   ya’ni
yog’ochlashishiga   olib   kelishi   mumkin.   Hujayralar   sklerozining   misoli   pomidor
6 stolbur   bilan   zararlanishidir.   Sog’lom   pomidor   mevalarining   tomir-tola   dastalari
juda kam rivojlangan, faqat ba’zi tolalarigina spiral shaklli va qalinlashgan bo’ladi.
Zararlangan   mevalarning   tomir-tola   dastalari   kuchli   rivojlangan,   tolalari
g’ovaklashgan va yog’ochlashgan bo’ladi.
Patologik jarayon epidermis chatnashi  va yorilishiga sabab bo’lishi  mumkin.
Misol   uchun   epidermis   yorilishi   tok   antraknoz   va   g’o’za   ildiz   chirishi   bilan
zararlanganida uchraydi.
Zamburug’lar   va   bakteriyalar   qo’zg’atadigan   chirish   jarayonida   maserasiya,
ya’ni   hujayralararo   modda   erishi   natijasida   hujayra   devorchalari   yumshashi   va
hujayralar bir-biridan ajralib ketishi kuzatiladi.
Patofiziologik o’zgarishlar. Fitopatogen xo’jayin o’simlik to’qimasiga kirishi
bilan   ularning   o’zaro   munosabatlari   boshlanadi.   Bunda   kasal   o’simlikda   paydo
bo’ladigan   fiziologik   va   biokimyoviy   o’zgarishlar   asosan   to’qimalar   suv   bilan
ta’minlanishi   tartibi,   fotosintetik   faollik,   nafas   olish,   fermentlar   faoliyati,
karbonsuv va oqsil almashinuvi va ba’zi boshqa faoliyatlar buzilishiga olib keladi.
Suv   bilan   ta’minlanish   buzilishi.   O’simliklar   kasallanishi   odatda   to’qimalar
suvsizlanishiga olib keladi. 
Ildizlardan   yuqorigi   qismlarga   ksilema   orqali   suv   va   mineral   tuzlar
o’tkazilishi buzilganda o’simlik yoki uning ayrim shoxlari butunlay nobud bo’lishi
mumkin. Suv transporti buzilishining sabablari ksilema hujayralari nobud bo’lishi,
ildiz   sistemasi   kasallanishi,   ildizchalar   nobud   bo’lishi   va   boshqalar   bo’lishi
mumkin.
Danakli   mevali   daraxtlar   sitosporoz   qo’zg’atuvchisining   toksinlari   ta’sirida
zararlanishdan   bir   sutka   o’tgandayoq,   novda   tomirlarida   yelimsimon   moddalar
paydo bo’ladi va ular tomirlarning ichki yo’llarini butunlay bekitib qo’yadi.
Hujayralar suv bilan ta’minlanishi tartibi buzilishi butun o’simlik yoki uning
ayrim qismlari nobud bo’lishiga olib keladi.
Fotosintez buzilishi. Patologik jarayon, o’simlik barglarining bir qismi nobud
bo’lishi   yoki   bargda   qo’zg’atuvchi   zamburug’   miseliysi   o’sishi   tufayli,   odatda
fotosintetik   jarayon   susayishiga   olib   keladi.   Kasal   o’simlikka   xos   bo’lgan   belgi   -
7 xlorofill   miqdori   kamayishi   -   parazit   mikroorganizmlar   ta’sirida   xloroplastlar
yemirilishi   bilan   bog’liq.   Fotosintez   faolligi   kamayishining   sababi   zararlangan
o’simlik   floemasining   hujayralari   nobud   bo’lishi   tufayli   fotosintez   mahsulotlari
bargdan o’simlikning boshqa qismlariga oqib borishi (transporti) jarayoni buzilishi
ham bo’lishi mumkin.
Karbonsuvlar   almashinuvi   buzilishi.   O’sayotgan   o’simliklarda   karbonsuvlar
miqdorini   aniqlovchi   fotosintez   darajasi   kuchli   ravishda   patologik   jarayon
darajasiga bog’liq. O’tkazuvchi sistema zararlanganida fotosintez mahsulotlarining
assimilyasiya organlaridan o’simlikning boshqa qismlariga transporti ham buzilishi
mumkin. 
Azot   almashinuvi   buzilishi.   Zararlangan   o’simlikning   tarkibida   azot   bo’lgan
birikmalari o’zgarishi shartlaridan biri - patogen mikroorganizmlarning proteolitik
fermentlari   mavjud   bo’lishidir.   Oqsillar   parchalanishi   va   aminokislotalar
to’planishini parazit toksinlari ta’sirida faollashgan xo’jayin o’simlikning o’zining
proteazalari ham amalga oshirishi mumkin.
O’simlik   hayotida   oqsillar   muhim   faoliyatlarni   bajarishi   tufayli,   oqsil
almashinuvi buzilishi kasal o’simlikning butun modda almashinuviga salbiy ta’sir
qiladi.
Nafas   olish   buzilishi.   O’simliklar   kasallanishi   hollarining   aksariyatida
o’simlik nafas olishi oldin ancha faollashadi, keyinchalik esa pasayadi. Bu jarayon
kuchayishining   darajasi   birinchi   navbatda   qo’zg’atuvchi   va   o’simlik   to’qimalari
xususiyatlari bilan aniqlanadi. 
Patogen   bilan   munosabatga   kirgan   o’simlik   nafas   olishining   faollashishi
oksidlovchi   fermentlar   faolligi   o’zgarishi   bilan   birga   kuzatiladi.   Patologik
jarayonlarning   aksariyati   zararlangan   to’qimalarda   peroksidaza   faolligi
kuchayishiga   olib   keladi.   Kartoshka   rak   qo’zg’atuvchisi   bilan   zararlanganida   bu
fermentning faolligi 1,5 martadan 8 martagacha kuchayishi mumkin.
Ko’p   kasalliklar,   misol   uchun   kartoshka   fitoftorozi,   sabzi   fomozi
polifenoloksidaza fermentining faolligi kuchayishiga olib keladi.
Patologik   jarayon   barcha   bosqichlarini   fermentlar   nazorat   qilib   turadigan
8 o’simlik   modda   almashinuvini   buzadi.   Shu   sababdan,   karbonsuvlar   va   oqsil
almashinuvi   hamda   nafas   olish   jarayonlari   buzilishi   muayyan   -   gidrolitik,
proteolitik,   oksidlovchi   fermentlar   guruhlarining   -   o’zgarishlari   bilan   uzilmas
shaklda bog’liqdir.
Shunday   qilib,   patologik   jarayon   o’simlik   modda   almashinuvi   va   o’simlik
o’sishi  va rivojlanishi buzilishiga, natijada hosil pasayishiga  olib keladi. O’simlik
hayotidagi   buzilishlar   qancha   kuchli   bo’lsa,   kasallik   tufayli   qishloq   xo’jaligi
ekinlarining hosili o’shancha ko’p pasayadi.
Kasallik   rivojlanishi   va   patologik   jarayonning   o’simlik   hayot   kechirishiga
ta’siri   kuchli   darajada   atrof-muhit   sharoitlariga   bog’liq,   demak   ushbu   jarayonni
muayyan   agrotexnik   usullar   vositasida   jilovlab   turish   mumkin.   Patologik   jarayon
rivojlanishining   xususiyatlari   birinchi   navbatda   o’simlik   va   parazitning
xususiyatlari,   undan   keyingina   atrof-muhitning   kompleks   sharoitlari   bilan
belgilanadi,   shu   sababdan   o’simlik   kasalliklarini   chuqur   o’rganish   uchun
tadqiqotlar   uchta   yo’nalishda   o’tkazilishi   lozim.   Birinchidan,   kasallik   sabablarini
bevosita   o’rganish,   ikkinchidan,   o’simlik   va   kasallik   qo’zg’atuvchisi   orasidagi
munosabatlarni   aniqlash,   va   uchinchidan,   patologik   jarayon   rivojlanishiga   atrof-
muhit sharoitlarining ta’sirlarini o’rganish lozim.
1.2. Noinfeksion va infeksion kasalliklar
Kasalliklar klassifikasiyasi.  Fanda barcha kasalliklarni guruhlarga bo’lishadi.
Kasalliklarning klassifikasiyasi, yoki sistematikasi, ularning diagnostikasida, ya’ni
ular   paydo   bo’lishining   sabablarini   aniqlashda,   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Kasalliklar, ularni qo’zg’atadigan sabablar asosida, ikkita - infeksion (yuqumli) va
noinfeksion (yuqumsiz) kasalliklar guruhlariga bo’linadi.
Infeksion   kasalliklarni   har   xil   organizmlar   -   zamburug’lar,   bakteriyalar,
viruslar,   viroidlar,   fitoplazmalar,   nematodalar,   yuksak   gulli   o’simliklar   va
boshqalar qo’zg’atadi. Infeksion kasalliklarning barchasiga xos bo’lgan xususiyat -
ular bir o’simlikdan ikkinchisiga o’tib, tarqala olishidir.
Noinfeksion  kasalliklar  o’simliklar  o’sishi  uchun  tuproqda,  suvda  va  havoda
har xil noqulay sharoitlar mavjudligi tufayli paydo bo’ladi.
9 Atrof-muhit   sharoitlari   (iqlim,   tuproq,   o’g’itlar,   tuproqqa   ishlov   berish   va
ekish usullari va h.) ayni paytda ham o’simlikka, ham parazitga, yoki faqat ulardan
bittasiga   kuchli   ta’sir   etishi   mumkin.   Ammo   ulardan   qaysi   biri   kuzatilmasin,
patologik   jarayon   o’zgaradi.   Shu   sababdan   ham   o’simlikka,   ham   parazitga   ta’sir
qiluvchi   va   ular   orasidagi   munosabatlarni   goh   biri,   goh   ikkinchisi   foydasiga
o’zgartiruvchi   atrof-muhit   sharoitlarini   o’rganish   patologik   jarayonni   boshqarish
yo’llarini topishga, ba’zan esa uning oldini olishga imkon beradi.
Yuqorida ko’rsatilgan kasalliklarning barcha klassifikasiya  xillari o’simliklar
kasalliklarini   aniqlash   sistemasini   yaratishga   mo’ljallangan.   Kasallikni
aniqlashning   oxirgi   maqsadi   -   uning   etiologiyasini,   ya’ni   kelib   chiqishining
sabablarini aniqlashdir. Shuning uchun kasalliklarni qo’zg’atuvchi sabablar asosida
guruhlarga ajratuvchi quyidagi etiologik klassifikasiya ko’proq qo’llaniladi.
Noinfeksion kasalliklar:
noqulay tuproq sharoitlari qo’zatgan kasalliklar;
noqulay meteorologik sharoitlar qo’zatgan kasalliklar;
mexanik ta’sirlar tufayli rivojlanadigan kasalliklar;
havoda zararli moddalar ta’sirida paydo bo’ladigan kasalliklar;
ionlovchi nurlar qo’zg’atadigan kasalliklar.
Infeksion (yusumli) kasalliklar:
zamburug’ kasalliklari (mikozlar);
bakterial kasalliklar (bakteriozlar);
virus kasalliklari (virozlar);
viroid kasalliklari (viroidozlar);
fitoplazma (mikoplazma) lar qo’zg’atadigan kasalliklar (fitoplazmozlar).
O’simliklarning   noinfeksion   kasalliklari   infeksion   kasalliklardan   tubdan   farq
qiladi   va   ularning   o’ziga  xos   uchta   xususiyati   bor:   1)   noinfeksion   kasalliklarning
qo’zg’atuvchisi mavjud emas, kasallik rivojlanishining sababi esa atrof-muhitning
abiotik   faktorlaridir;   2)   noinfeksion   kasalliklarning   belgilari   o’simliklarning
barchasida birdan paydo bo’ladi; 3) noinfeksion kasalliklar o’simlikdan o’simlikka
10 yuqmaydi.
Infeksion kasalliklar kabi noinfeksion kasalliklar ham hosil miqdori va sifatini
pasaytiradi. Ular tufayli hosil 50% va undan ham ko’proqqa kamayishi mumkin.
Noinfeksion kasalliklarning muhim salbiy ta’siri - o’simliklar zaiflashishidir.
Natijada o’simliklarning patogenlarga chidamliligi pasayadi. Noinfeksion kasallik
bilan   undan   keyin   paydo   bo’ladigan   infeksion   kasallik   orasadagi   aloqa   ulangan
kasallik (sopryajyonnoye zabolevaniye),  deb ataladi. Ulangan kasalliklar  yuqumli
kasalliklar qo’zg’atuvchilarining zarar keltirish xususiyatini kuchaytiradi. Masalan,
ekin   o’stirish   texnologiyasi   buzilganda   bodring   ildiz   chirishi   paydo   bo’ladi.
Noqulay   harorat,   namlik,   ayniqsa   kunduz   soatlari   bilan   kecha   soatlari   davomida
ular   kuchli   o’zgarib   turishi   o’simliklarni   zaiflashtiradi   va   ularning   ildiz   chirish
qo’zg’atuvchilari   bilan   zararlanishga   moyilligini   oshiradi.   Bunday   holda   ildiz
chirishi   ulangan   kasallik   sifatida   yuzaga   chiqadi   (noto’g’ri   agrotexnik   sharoitlar
ta’sirida   o’simliklar   zaiflashishi   va   patogenlar   bilan   zararlanishning   ta’sirlari
qo’shiladi) va u keng tarqalib ketadi.
Paydo   bo’lishiga   sabab   bo’luvchi   faktorlar   xilma-xilligi,   yalpi   uchrashi,
bevosita   va   bavosita   zarari   bo’yicha   noinfeksion   va   infeksion   kasalliklarning
mavqyesi teng, deb hisoblanadi.
Noinfeksion   kasalliklar   paydo   bo’lishining   sabablari   quyidagilardir.   1)   iqlim
faktorlari - harorat, yorug’lik, havo namligi va b. (do’l, jala, kuchli qor yog’ishi va
muzlashlar, kuchli shamol); 2) noqulay tuproq sharoitlari - namligi, strukturasi, rN,
kimyoviy   tarkibi   -   mineral   ozuqa   moddalari   yetishmasligi   yoki   o’simlik   uchun
toksik   kimyoviy   birikmalar   mavjud   bo’lishi   va   b.   3)   mineral   ozuqalar   va
mikroelementlar   (K,   R,   K,   Sa,   Mp,   V,   Si,   2p,   Mo,   A1,   S1)   yetishmasligi   yoki
keragidan ortiq bo’lishi; 4) mexanik yoki kimyoviy shikastlanish; 5) atrof-muhit va
o’simliklar   SO2,   SO3,   MG,   SO4,   S,   N0,   N02,   ozon   va   b.   bilan   ifloslanishi;   6)
pestisidlarni   noto’g’ri   qo’llash   natijasida   yatrogen   kasalliklar   paydo   bo’lishi);   7)
nurlanishlar (ionlovchi, masalan, radioaktiv nurlar, ultrabinafsha nurlar va h.).
Infeksion   kasalliklar   qatoriga   o’simlikdan   o’simlikka   yuqadigan   kasalliklar
kiradi.   Ularni   zamburug’lar,   bakteriyalar,   viruslar,   viroidlar,   fitoplazmalar,
11 nematodalar va gulli parazit o’simliklar qo’zg’atadi.
Kasallik   qo’zg’atuvchi   organizmlar   patogenlik,   virulentlik   va   agressivlik
xususiyatlariga   ega   bo’ladi.   Organizmning   o’simlikda   kasallik   qo’zg’atish
qobiliyati   patogenlik,   organizmning   o’zi   esa   fitopatogen   (yoki   patogen)   deb
ataladi.   Sog’lom   o’simliklarni   kuchli   zararlash   qobiliyatiga   ega   bo’lgan
qo’zg’atuvchilar   kuchli   patogen,   faqat   zaif   o’simliklarni,   ular   uchun   noqulay
bo’lgan   muayyan   ob-havo   va   boshqa   sharoitlar   mavjud   bo’lganidagina
zararlaydigan   qo’zg’atuvchilarni   esa   kuchsiz   patogen   yoki   yarim   parazit,   deb
atashadi.   Infeksion   kasalliklar   asosida   parazitizm,   ya’ni   bir   organizm   o’zining
energiyaga   ehtiyojini   o’simlik   orqali   qoplashi   jarayoni   yotishi   tufayli   o’simlik
kasalliklari   qo’zg’atuvchilarini   ko’p   hollarda   parazitlar   deb   ham   atashadi.
Parazitga   ozuqa   manbai   bo’lib   xizmat   qiladigan   o’simlik   xo’jayin   o’simlik   deb
ataladi.   Parazitning   o’simlikning   moddalarini   o’zlashtirishi   jarayoni   o’simlikning
normal hayoti buzilishiga, ya’ni kasallik paydo bo’lishiga olib keladi.
12 II.BOB. O’SIMLIKLARDA KASALLIKLARNI KELTIRIB
CHIQARUVCHILAR
2.1. Viruslar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar
XIX  asrning oxirida fitopatologlarning obyekti  sifatida patogenlarning yangi
guruhi   -   viruslar   yuzaga   chiqdi.   Viruslar   inson,   hayvon   va   o’simliklarda   kasallik
qo’zg’atuvchi   juda   mayda   (submikroskopik   -   yorug’lik   mikroskoplarida
ko’rinmaydigan)   organizmlardir.   Ular   hujayra   tuzilishiga   ega   emas,   sun’iy   ozuqa
muhitlarida o’smaydi va faqat xo’jayin organizmning tirik hujayralari ichida hayot
kechiradi.
Viruslarning   o’simliklar   kasalliklari   paydo   bo’lishidagi   roli   aniqlanishi
fitopatologiyaning yana bir - fitovirusologiya yo’nalishiga asos yaratdi.
Fitopatogen zamburug’lar kabi viruslar  ham o’simlik kasalliklarining muhim
qo’zg’atuvchilari   hisoblanadi.   Ular   o’simliklarda   keng   tarqalgan   va   o’ta   zararli
kasalliklar (virozlar) ni qo’zg’atadi. Keyingi o’n yilliklarda aniqlangan fitopatogen
viruslarning   soni   keskin   ko’paydi.   Hozir   viruslar   bilan   zararlanmaydigan   bironta
ham   madaniy   o’simlik   turi   yo’k.   Viruslar   bilan   zararlangan   ekin   maydonlari
kengaymoqda va hosil yo’qotilishi oshmoqda.
Virozlar   tufayli   yo’qotiladigan   hosil   miqdorini   aniqlash   qiyin,   chunki
virozlarni  har doim to’g’ri  aniqlashmaydi. Ko’p hollarda ular keltiradigan zararni
noqulay   ob-havo   va   tuproq   sharoitlariga   to’nkashadi.   Hisob-kitoblarga   ko’ra
barcha   ekinlarning   kasallik   va   zararkunandalar   tufayli   yo’qotiladigan   hosilining
taxminan 20 foizi  viruslar  tufayli kuzatilar  ekan. Ko’pincha viruslar  o’simliklarni
o’ldirmaydi,   ularning   zarari   hosil   miqdori   va   sifati   pasayishi,   ekin   zaif,   boshqa
kaslliklarga   va   past   haroratga   chidamsiz   bo’lib   qolishi,   kasal   o’simliklardan
olingan urug’ sifatsiz va unuvchanligi past bo’lishi bilan ifodalanadi.
Virus   bilan   zararlangan   o’simliklardan  olinadigan   ozuqa   va  yem-xashakning
sifati va mahsulotlarning qayta ishlashga yaroqliligi o’zgaradi. Misol uchun, virus
sariqligi bilan zararlangan qand lavlagining ildizmevalarida qand miqdori 1-2% ga,
har xil viruslar bilan zararlagan kartoshka tuganaklaridagi kraxmal miqdori 1,5-2%
ga kamayadi.
13 Virus   kasalliklarining   belgilari   asosan   5   xil   bo’ladi.   Bular   a)   o’simliklar
o’sishdan orqada qolishi (pakana bo’lib qolishi); b) barglarda mozaika rivojlanishi
-   ularning   normal   yashil   tusli   qismlari   anormal   (och-yashil,   sarg’ish-yashil   yoki
sariq)   tusli   qismlar   bilan   galma-gal   joylashishi,   yoki   barg   yuzasida   har   xil   tusli,
tartibsiz   ravishda   joylashgan   yoki   har   xil   (xalqa,   yarim   oy,   chiziqcha)   shakllar
hosil qiluvchi dog’lar paydo bo’lishi; och-sariq yoki oq tusli mozaika aukuba, barg
butunlay   xloroz   bilan   qoplanishi   sariqlik   deb   ataladi;   v)   o’simlik   a’zolari   (barg,
meva   yoki   gullari)   ning   to’qimalari   xunuk   shakl   olishi;   g)   o’simlik   poyasi,   barg
bandlari   va   tomirchalarida   nekroz   (dog’,   xalqa,   tasma,   chiziqcha   va   b.)   lar   hosil
bo’lishi (misollar: pomidorning juft strik, olxo’rining shishgan meva kasalliklari va
h.);   d)   o’simliklarning   reproduktiv   funksiyalari   buzilishi   (gullar   va   tugunchalar
to’kilishi,   ularning   ayrim   qismlari   xunuklashishi   yoki   yo’qotilishi,   bepushtlik,
urug’ hosil bo’lmasligi va b.).
Viruslarning   shakllari   ularning   nukleokapsidlarining   shakllari   bilan
aniqlanadi.   Fitopatogen   viruslarning   ko’pchiligini   quyidagi   4   ta:   tayokcha   va
ipsimon 50 (2000x10 nm gacha), sfera (diametri 17-75 nm) va basilla (250x70 nm)
shaklli morfologik guruhlarga bo’lish mumkin.
Viruslarning   kimyoviy   tarkibi   oqsil   va   nuklein   kislotalaridan   -
nukleoproteidlardan - iborat. Nuklein kislotasi dumaloq shaklli viruslar tarkibining
15-45   foizi,   tayoqchasimon   viruslarning   taxminan   5   foizi   va   basilla   shaklli
viruslarning   takminan   1   foizini   tashkil   qiladi,   ularning   qolgan   qismlari   oqsildan
iborat;   masalan,   kartoshka   X-virusining   zarrachalari   tarkibida   5-6%   RNK   va   94-
95%   oqsil   mavjud.   Lekin   aynan   RNK   infeksiya   tashuvchi   va   irsiy   belgilarni
aniqlovchi   agent   bo’lib,   oqsil   faqat   ushbu   nuklein   kislotasini   (virus   hujayradan
tashqarida bo’lganida) himoyalovchi qobiq vazifasini bajaradi.
Viruslarning   ko’payishi.   Viruslarning   nuklein   kislotalari   o’sish   va   bo’linib
ko’payishga qodir emas. Ular faqat o’simlik hujayralarini nuklein kislotalari bilan
zararlaganda,   o’simlikning   ribosomalaridan   foydalanib   ko’payadi;   bu   absolyut
parazitizm   hisoblanadi.   Fitopatogen   viruslarning   ko’pchiligida   infeksion   agent
funksiyasini RNK (juda kam hollarda DNK) bajaradi, ular oqsildan tashkil topgan
14 qobiqqa ega. Hujayraga kirgan virusning oqsil va nuklein kislotasi ajralib ketadi.
Viruslar tarsalishi. Viruslar kontakt-mexanik usul bilan (o’simlik qismlari bir-
biriga tekkanda, ekinga ishlov berish jihozlari va uskunalar, ishchilarning qo’llari
va   kiyimlari   orqali,   payvand   paytida   payvandtag   va   payvandust   vositasida,
chekanka,   pikirovka   qilish   paytida   va   h.;   misollar   -   TMV,   kartoshka   X-virusi,
mozaika   qo’zg’atuvchi   viruslar   va   b.),   vektorlar   (kasallik   tashuvchilar)   -   shiralar,
qandalalar,   saraton   (sikada)   lar,   tripslar,   kanalar,   nematodalar   va   zamburug’lar   -
vositasida   (misollar   -   lavlagi   va   loviya   mozaikalari,   bodringning   1-mozaikasi,
kartoshkaning ¥-, A- va M- viruslari, pomidor olachipor so’lishi, qovoq mozaikasi
va b.), urug’, gul changi bilan va boshqa usullar yordamida tarqaladi.
Virus   kasalliklari   bilan   kurash   choralari   shartli   ravishda   profilaktik   va
terapevtik   (davolovchi)   tadbirlarga   bo’linadi.   Profilaktik   choralarga   ekish   uchun
virussiz material ishlatish, viruslar va vektorlarga chidamli ekin navlarini qo’llash,
vektorlar bilan kurash, vaksinasiya, agrotexnik usullar va karantin, davolovchilarga
termoterapiya va b. kiradi.
Ekish uchun virussiz material ishlatish. Bu material virus bilan zararlanmagan
o’simliklardan   tayyorlanadi.   Urug’lik   ekinlar,   ko’chatxonalardagi   nihollar   yagana
qilinadi   va   yaqqol   virus   bilan   zararlanganlari   olib   tashlanadi.   Ammo   virus   latent
shaklda   bo’lsa,   kasallikning   tashqi   belgilari   hosil   bo’lmaydi.   Bunda   o’simliklar
serologik usul yordamida analiz qilinadi va virus bilan zararlanganlari yo’qotiladi.
Virussiz   material   tayyorlash   uchun   o’simlikning   apikal   (tepa   qismi)
meristemasi  kulturasini  tayyorlash usuli  (masalan,  kartoshka, qulupnay, chinnigul
va boshqa ekinlarni yetishtirishda) keng ishlatiladi.
Vektorlar va viruslarning rezervatorlari bo’lgan begona o’tlar bilan kurashish
muhim tadbirlar hisoblanadi va ular mexanik (ekinlarni chopiq qilish, hasharotlarni
tutqichlar   yordamida   yo’qotish)   usullarni   yoki   ko’proq   darajada   kimyoviy
preparatlarni   qo’llash   orqali   amalga   oshiriladi.   Ayniqsa   sistemali   insektisidlar
ekinlarni  virus  tashuvchi  hasharotlardan  uzoq  muddat  davomida   samarali   himoya
qiladi.
Chidamli   navlar.   Virus   kasalliklari   bilan   kurashda   virusga   yoki   uning
15 vektoriga   chidamli   navlar   o’stirish   samarali   va   iqtisodiy   jihatdan   foydali   usul
hisoblanadi.   Ayniqsa   bir   necha   virusga   chidamli   navlarning   ahamiyati   katta.
Hozirgi   davrda   viruslar   va   boshqa   patogen   mikroorganizmlarga   chidamli   bo’lgan
ko’p   ekinlar   navlari,   jumladan,   transgen   navlar   yaratilgan   va   amaliyotda
qo’llaniladi.
Vaksinasiya (emlash) - o’simliklarni viruslarning avirulent yoki kam virulent
shtammlari   bilan   oldindan   zararlab,   ularning   virulent   shtammlarga   chidamliligini
oshirishdir. Bunda o’simlikda latent (yashirin) yoki zo’rg’a ko’rinadigan infeksiya
(sub’infeksiya) rivojlanadi.
O’simlik vaksinasiyasi odamlar va hayvonlar vaksinasiyasidan farq qilmaydi.
Har   ikki   holda   ham   organizmda   infeksiyaga   immunitet   paydo   bo’ladi.   Ammo
hayvonlar va o’simliklar immuniteti mexanizmlari bir xil emas. Hayvonlar qonida
kasallik   qo’zg’atuvchining   rivojlanishi   va   ko’payishini   to’xtatadigan   antitelolar
hosil bo’ladi, o’simliklarda esa emlash viruslar interferensiyasiga asoslangan, ya’ni
hujayralarga   oldin   kiritilgan   avirulent   virusning   u   yerda   ko’payishi   keyin   kirgan
patogen virus ko’payishiga to’siq bo’lib xizmat qiladi.
Agrotexnik   tadbirlar.   Ekinni   optimal   muddatlarda   ekish   va   tavsiya   qilingan
tup sonini saqlash ko’p hollarda virozlarning tarqalishi va zararini kamaytiradi.
Termoterapiya. Ba’zi o’simlik virozlarini yuqori harorat (ya’ni termoterapiya)
yordamida   kamaytirish   yoki   to’xtatish   mumkin.   Buning   uchun   ekinga   issiq   havo
yoki   issiq   suv   bilan   ishlov   beriladi.   Masalan,   olxo’rining   nekrotik   xalqali
dog’lanishiga   qarshi   38oS   li   havo   bilan   17   kun   yoki   35oS   li   suv   bilan   36   soat
davomida,   nok   qobig’i   nekroziga   qarshi   37oS   li   havo   bilan   28   kun,   olmaning
xlorotik xalqali dog’lanishiga qarshi 38oS li havo bilan 7 kun, qulupnay virozlariga
qarshi   43oS   li   suv   bilan   30   min   davomida   ishlov   beriladi   va   h.   Termoterapiya
urug’lik, nihol, ko’chat va payvand uchun qo’llaniladigan materiallarni viruslardan
tozalash uchun ham qo’llaniladi.
2.2. Bakteriyalar va zamburug’lar
O’simliklarning   bakterial   kasalliklari   haqidagi   fan   fitopatologiyaning   bir
qismidir.   XIX   asrning   60-nchi   yillarigacha   o’simlik   kasalliklarining
16 qo’zg’atuvchilari   faqat   zamburug’lar   deb   hisoblangan.   Fitopatologlar   va
mikrobiologlar   o’simliklar   fitopatogen   bakteriyalar   bilan   zararlanishi   “prinsipial
shaklda mumkin emas” ligini, demak bunday bakteriyalar ham mavjud emasligini
isbotlashga urinishgan.
Nemis   olimi   Robert   Kox   (1843-1910)   bakteriyalar   inson   va   hayvonlarda
kasalliklar qo’zg’atishini birinchi bo’lib isbotlagandan keyin ko’p vaqt o’tmasdan,
1878   yilda,   yuksak   o’simliklar   ham   bakteriyalar   bilan   parazitik   shaklda
zararlanishi mumkinligini, mevali daraxtlar kuyish kasalligining bakterial tabiatini
aniqlagan   va   1882   yilda   o’simlikda   birinchi   bakteriozni   kashf   etgan   amerikalik
olim Tomas Djon Barril (1839-1916) isbotladi.
Fitopatologiyaning   bakteriozlar   haqidagi   yo’nalishiga   amerikalik   fitopatolog
Ervin   Smit   asos   soldi.   U   o’simliklar   ildiz   bo’g’zining   rak   kasalligini   bakteriya
(Adgoas1yegsht   ShtDasgepz)   qo’zg’atishini   isbotladi.   U   o’simliklarning   ko’p
bakterial   kasalliklarini   tadqiq   qilibgina   qolmasdan,   balki   fitopatologiyada
bakteriologik   tadqiqot   o’tkazish   metodikalarini   yaratdi   va   XX   asrning   boshida
o’simliklar   kasalliklarining   bakterial   tabiatini   ishonarli   shaklda   isbotladi.   1915
yilga kelib o’simliklarning 144 turkumiga mansub turlarida bakteriyalar aniqlandi,
1920-yillarda   esa   o’simliklarda   aniqlangan   bakteriozlar   soni   inson   va
hayvonlarning   bakterial   kasalliklari   sonidan   oshib   ketdi.   MDH,   mamlakatlarida
fitobakteriologiya   fanining   rivojlanishiga   M.   S.   Voronin,   M.   V.   Gorlenko,   I.   V.
Voronkevich, O’zbekistonda esa S.A. Asqarova, J. Safiyazov va R.K. Sattarovalar
katta hissa qo’shganlar.
Bakteriyalar   prokariot   organizmlar   bo’lib,   ularning   shakllangan   yadrosi
mavjud   emas,   nukleoplazmasi   (yadro   moddasi)   sitoplazmadan   hyech   qachon
membrana   vositasida   ajralmaydi.   Bakteriyalar   oddiy   ikkiga   (binar)   bo’linish
vositasida ko’payadi.
Bakteriyalar   xlorofillsiz,   bir   hujayrali   tuban,   geterotrof   organizmlardir.   Ular
tayyor  organik modda hisobiga oziqlanadi. Ularning hujayralarining uzunligi 0,5-
4,5   mkm,   eni   0,3-0,8   mkm.   Bakteriyalar   sporali,   sporasiz,   harakatlanuvchi   va
harakatsiz   shakllarga   ega.   Harakatchan   bakteriyalarning   xivchinchalari   mavjud.
17 Xivchinchalarning   hujayradagi   soni   va   joylashishiga   qarab   bakteriyalarni
monotrixlar (hujayraning bir uchida bitta xivchinchali), lofotrixlar (hujayraning bir
uchida   bir   dasta   xivchinchali)   va   peritrixlarga   (xivchinchalar   hujayra   ustining
barcha qismlarini qoplagan) ajratishadi.
Fitopatogen  bakteriyalar  sog’lom  o’simlik to’qimalariga kasal  o’simlik bilan
kontakt   orqali,   o’simliklardagi   tabiiy   teshiklar   -   gullar,   barglardagi   ustisalar,
gidatodalar,   mevali   daraxtlar   ildizlaridagi   kavakchalar,   kartoshka   tuganaklaridagi
kavakchalar   va   ko’zchalar   -   hamda   har   xil   mexanik   jarohatlar   va   yaralar   orqali
kiradi.   Bakteriozlarning   infeksiya   manbaalari   qatoriga   zararlangan   o’simliklar,
urug’lar   va   ekish   uchun   qo’llaniladigan   materiallar,   zararlangan   o’simliklarning
qoldiqlari,   tuproq   kiradi.   Sog’lom   o’simliklarga   bakteriyalar   hasharotlar,   qushlar,
qishloq xo’jalik ish qurollari, havo oqimlari va yomg’ir tomchilari bilan tarqaladi.
Bakteriozlarning   belgilari   va   tiplari.   Kasallik   belgilariga   asoslanib
bakteriozlarni 2 ta - diffuz va lokal tiplarga bo’lishadi.
Diffuz   (sistemali)   bakteriozda   bakteriyalar   o’tkazuvchi   naychalarga   kirib
oladi,   ushbu   naychalar   va   ularning   atrofidagi   to’qimalar   bo’ylab   tarqaladi.
Bakteriyalar   ko’payishi   jarayonida   oldin   alohida   organlarning,   keyin   esa   butun
o’simlikning o’tkazuvchi naychalari bakteriya massalari bilan to’lib, tiqilib qoladi,
to’qimalarga   suv   yetkazilishi   buziladi   va   o’simlik   so’liydi.   So’lish   sistemali
bakteriozlarning   asosiy   belgisi   hisoblanadi.   Misol   uchun,   pomidor   va   poliz
ekinlarining   bakterial   so’lish   kasalliklari   (qo’zg’atuvchilari   S1au/as1yeg
tgskgdapepzE   zzr.   tgskgdapepzE   va   Yegmta   G’askegrkIa)   oldin   alohida   barglar,
keyin   ayrim   novda   va   palaklar,   oxirida   butun   o’simlik   so’lishiga   olib   keladi.
So’lish   -   o’simlik   to’qimalarining   turgori   yo’qotilishi   tufayli   paydo   bo’ladigan
patologik o’zgarishlar natijasidir.
Lokal   bakteriozda   o’simliklarning   ayrim   organlari   -   barglari,   novdalari,
qobiqlari   va   mevalarining   parenxima   to’qimalari   zararlanadi.   Asosiy   belgilari   -
nekrozlar,   chirishlar,   xlorozlar,   shishlar,   gallar   va   bakterial   shilimshiq   -   ekssudat
hosil bo’lishidir.
Nekroz   -   halok   bo’lgan,   qo’ng’ir   yoki   qora   tus   olgan   hujayralarning   bir
18 guruhidir.   Keyin   nekroz   atrofidagi   boshqa   hujayralarga   tarqaladi.   Misol   uchun,
mevali daraxtlarning gullari va barlglarida Yegtta atu1ouoga qo’zg’atgan belgilari.
Chirish   -   ildizmevalar   va   tuganaklar   kabi,   tarkibida   shira   (namlik)   va
karbonsuvlar miqdori yuqori bo’lgan parenxima to’qimalari zararlanishi natijasidir.
Bunda   pektinaza   va   protopektinaza   fermentlari   ta’sirida   to’qima   yumshaydi,
bo’tqaga o’xshab qoladi va o’ziga xos (ko’pincha badbo’y) hid chiqaradi. Misol -
sabzi, kartoshka va boshqa ildizmevalar Yegtta sago/ogoga ta’sirida chirishi.
Xlorozlar ko’pincha kasallik rivojlanishining ilk bosqichlarida va keyinchalik
nekrozlar   bilan   birga   (odatda   nekrozlar   atrofida)   paydo   bo’ladi,   misol   -   o’simlik
barglarining   zararlangan   joyi   atrofida   hosil   bo’ladigan   xlorofilli   kam   bo’lgan
qismlari. Xlorofill kamayishi bakteriyalar toksinlarining ta’siridir.
Shishlar (gallar, bo’rtmalar) kamroq uchraydi. Misol - ko’p daraxtlarning ildiz
bo’g’zida   va   poyalarida   rak   qo’zg’atuvchi   AdgoaNegsht   ite/asgepz   bakteriyasi
qo’zg’atadigan belgilar.
Ba’zi   bakteriyalar   bir   vaqtning   o’zida   o’simliklarda   bir   necha   xil   kasallik
qo’zg’atishi   mumkin,   Yegmta   sago/oyeoga   dalada   kartoshka   nihollari   chirishi   va
poyalari   so’lishiga,   omborxonalarda   tuganaklar   chirishiga   olib   keladi.   Ba’zi
bakteriyalar (misol uchun mevali daraxtlar kuyishi qo’zg’atuvchisi va b.) bakterial
ekssudat hosil qiladi.
Zamburug’lar bir va ko’p hujayrali, shakllangan yadroga ega bo’lgan eukariot
organizmlarning   o’ziga   xos   guruhini   tashkil   etadi.   Xalqaro   mikologiya   instituti
direktori   prof.   D.   Xouksvortning   hisoblariga   ko’ra   tabiatda   zamburug’larning   1,5
mln ga yaqin turi mavjud 6,  ammo hozirgacha fan tomonidan ularning taxminan 70
mingtasi   (5   foizi)   aniqlangan   (A1yexoroi1oz   ye!   a1.,   2007).   O’simliklar
kasalliklarining aksariyatini mikroskopik zamburug’lar qo’zg’atadi.
Zamburug’larning   tirik   mavjudotlar   orasida   tutgan   o’rni   haqida   fanda   hali
ham   bahslar   ketmoqda.   Oldin   barcha   tirik   mavjudotlar   o’simlik   va   hayvonot
dunyolariga   bo’linar   edi.   Zamburug’larni   o’simliklar   dunyosida   joylashtirib,   suv
o’tlari   bilan   birga   tuban   (sporali)   o’simliklar   guruhiga   kiritishar   edi.   Haqiqatan,
hujayralarining polyarligi, ustki (apikal) qismi o’sishi chegaralanmaganligi, yaxshi
19 shakllangan   hujayra   devorchalari   va   vakuolalari   mavjudligi,   vegetativ   holatda
harakatsiz   bo’lishi   jihatidan   zamburug’lar   o’simliklarga   o’xshaydi.   Ammo
zamburug’larning   o’simliklardan   farqlari   va   hayvonlar   bilan   o’xshashlik   belgilari
ham   bor.   Bular   -   zamburug’larning   geterotrof   oziqlanishi,   vitaminlarga   ehtiyoji,
azot   almashinuvi   jarayonida   mochevina   hosil   bo’lishi   va   yig’ilishi,   zahira   ozuqa
moddasi   sifatida   glikogen   va   ba’zi   boshqa   birikmalar   sintez   qilinishi,   ko’p
turlarning  hujayra   qobig’i   xitin   (va   gemisellyuloza)   dan   tashkil   topishi   va   b.  Shu
bilan birga ba’zi belgilari - vegetativ tanasi miseliydan iborat bo’lishi va osmotrof
oziqlanishi;   o’ziga   xos   yadro   sikllari,   getero-   va   dikarioz   mavjudligi   bilan
zamburug’lar o’simliklardan ham, hayvonlardan ham farq qiladi.
Zamburug’larning vegetativ tanasi miseliydan iborat. Miseliy odatda eni 1-10
mkm,   ba’zan   20   mkm   yoki   kengroq   bo’lgan,   shoxlangan   uzun   iplar   -   gifalardan
tashkil   topgan.   Gifalar   hujayralarga   bo’linmagan   yoki   to’siqchalar   (septalar)
vositasida   bo’lingan.   Ba’zi   tuzilishi   oddiy   bo’lgan   soxta   va   tuban   haqiqiy
zamburug’larning vegetativ tanasi yalang’och (qobiqsiz) sitoplazmadan iborat va u
plazmodiy   deb   ataladi.   An’anaviy   ravishda,   vegetativ   tanasi   plazmodiy   yoki
hujayralarga   bo’linmagan   gifalardan   tashkil   topgan   turlar   tuban   zamburug’lar,
hujayralarga bo’linganlari esa yuksak zamburug’lar guruhlariga kiritiladi. Hujayra
bo’linishi   jarayonida   septalar   gifa   devorchasidan   o’rtasiga   qarab   o’sib,   hosil
bo’ladi. Hujayra o’rtasiga yetgan septaning qismlari qo’shilib ketmaydi va hujayra
o’rtasida   bir   yoki   bir   necha   teshik   qoladi.   Bu   teshik   orqali   ozuqa   moddalar   va
organellalar gifaning bir hujayrasidan boshqalariga o’tadi.
Gifalar   doim   apikal   qismi   bilan   uzunasiga   o’sadi   va   ularning   o’sishi
cheklanmagan.  O’sish  tezligi  ozuqa  moddalar  gifa  uchiga  yetkazib  berilishi  bilan
bog’liq va odatda soatiga 0,1-6,0 mm ga teng.
O’simliklarni   kasalliklardan   ishonchli   himoya   qilmasdan   qishloq   xo’jalik
sohasi   samarali   bo’lishini   va   yuqori   hosil   olishni   ta’minlash   mumkin   emas.
O’simliklarni   himoya   qilishda   profilaktik,   yoki   fitosanitar   (kasalliklarning   oldini
olishga   qaratilgan)   va   terapevtik   (davolovchi)   chora-tadbirlar   qo’llanadi.
Fitosanitar   tadbirlar   o’simliklarni   himoya   qilishning   negizidir.   Ularga   seleksion-
20 urug’chilik   va   agrotexnik   usullar,   davolovchilarga   esa   fizik-mexanik,   biologik   va
kimyoviy tadbirlar kiradi. Karantin alohida fan sifatida ajratiladi.
Seleksion-urugchilik   usulning   maqsadi   o’simliklarning   kasalliklarga
chidamliligini   oshirishdir.   Bu   usul   chidamli   duragaylar   yaratish,   ekishga
mo’ljallangan   urug’   va   ko’chatlarning   sifatini   nazorat   qilish   ishlarini   o’z   ichiga
oladi hamda ularni tashish va saqlash davrida qoidalarga rioya qilishni boshqaradi.
Profilaktik tadbirlardan urug’chilik va ko’chat yetishtirishni tashkil qilishning
ahamiyati   katta   va   ular   ekish   uchun   sog’lom   material   tayyorlashni   ta’minlaydi.
Urug’,   qalamcha   va   boshqa   ekiladigan   materiallar   yuqori   sifatli,   patogen
mikroorganizmlar   bilan   zararlanmagan   -   davlat   urug’   nazorat   tashkilotlari
tomonidan   sifatli   ekanligi   va   ularda   infeksiya   yo’qligi   sertifikatlangan   bo’lishi
lozim.
Urugchilik   tizimi   quyidagi   vazifalarni   bajarishi   o’ta   muhim:   a)   ekishga
mo’ljallangan   materialda   infeksiya   mavjudligi   yoki   yo’qligini   baholash
(fitopatologik   ekspertiza);   b)   ekiladigan   materialni   zararsizlantirish   va   urug’
yetishtirish   uchun   ekilgan   ekinlarni   ikkilamchi   zararlanishdan   himoyalash;   v)   bu
ekinlarni   muntazam   fitopatologik   nazorat   qilish   va   onda-sonda   uchraydigan
kasallangan o’simliklardan tozalab turish.
Agrotexnik usul bir qator tadbirlardan (yerni tayyorlash, ekinni parvarishlash,
almashlab   ekish   tizimini   yo’lga   qo’yish   va   h.)   iborat   bo’lib,   ular   yordamida   ekin
uchun   qulay,   kasallik   rivojlanishi,   qo’zg’atuvchilar   tuproqda   ko’payishi   va
tarqalishi uchun noqulay sharoitlar yaratiladi. Bu tadbirlar quyidagilardan iborat:
Muayyan   tuproq-iqlim   sharoitlariga   mos   keladigan,   jumladan   kasalliklar
kuchli tarqalishi va rivojlanishi xavfi bo’lgan joylarda chidamli navlar ekish.
Yerni   agrotexnika   qoidalariga   rioya   qilgan   holda   tayyorlash;   ekish   vaqtini,
ekin   qalinligini   to’g’ri   tanlash.   Bu   qoidalarga   rioya   qilmaslik   ekinlarning
kasalliklarga chidamliligi pasayishiga olib keladi. Misol uchun, ko’chat va nihollar
juda qalin ekilishi  ularda kasalliklar  tez  tarqalishi  va daraxtlar  kuchli  zararlanishi
yoki nobud bo’lishiga olib keladi.
O’simliklar  kasalliklar   bilan   zararlanishiga   o’gitlarning  ta’siri  katta.   Organik
21 va   mineral   o’g’itlarni   qo’llash   o’simliklar   ko’p   (ayniqsa   tuproq   zamburug’lari
qo’zg’atadigan) kasalliklar bilan zararlanishini kamaytiradi, saprotrof mikobiotani
faollashtiradi,   tuproqdagi   infeksiya   zahirasini   kamaytiradi,   o’simliklar   o’sish
sharoitlarini yaxshilaydi, natijada ularning kasalliklarga chidamliligi ortadi.
2.3. Parazit va yarim parazit o’simliklar
Fitopatogen   zamburug’lar   va   bakteriyalar   kabi,   ayrim   yuksak   (gulli)
o’simliklar   ham   to’la   yoki   qisman   boshqa   avtotrof   organizmlar   (yuksak
o’simliklar)   hosil   qiladigan   organik   modda   hisobiga   hayot   kechira   oladi.   Ular
xo’jayin   o’simliklarining   talaygina   kasalliklarini   qo’zg’atishi   mumkin.   Xo’jayin
o’simlikning   ildizi   yoki   poyasiga   yopishib,   parazitlar   ularning   modda
almashinuvini   buzadi,   suv   va   ozuqa   moddalarini   so’rib   oladi   va   o’simliklar
tanasiga o’zlarining modda almashinuvida  hosil bo’lgan mahsulotlarini chiqaradi.
Natijada   xo’jayin   o’simliklar   zaiflashadi,   yaxshi   rivojlanmaydi,   kam   hosil   qiladi,
ba’zan nobud bo’ladi.
Yuksak   parazit   o’simliklar   qo’zg’atadigan   kasalliklar   qishloq   xo’jaligiga
jiddiy zarar yetkazadi. Misol uchun, urug’lik beda gulli parazit - zarpechak - bilan
zararlanganida,   ko’pincha   80%   va   ko’proq   urug’   hosili   yo’qotilishi   mumkin.
Zarpechak   bilan   zararlangan   beda   va   yo’ng’ichqa   (sebarga)   ni   yegan   mollar
zaharlanishi   va   nobud   bo’lishi   mumkin.   Zarpechak   bilan   zararlangan   lavlagi
ildizmevasining   og’irligi   va   undagi   qand   moddasining   miqdori   kamayadi.
Shumg’iya   ko’p   hollarda   sabzavot,   poliz   va   tamaki   zkinlarini   butunlay   quritishi
mumkin.
Parazit   yuksak   o’simliklarning   parazitizm   usullari.   Parazit   yuksak
o’simliklarning 2500 dan ko’proq turlari mavjud. Ularning xo’jayin o’simlik turiga
bog’liqlik   darajalari   har   xil.   Ba’zi   turlari,   misol   uchun   omelalar,   xlorofillga   ega,
ammo ildizlari yo’q, xo’jayin o’simlikka faqat suv va mineral moddalar manbaasi
uchun   bog’liq.   Boshqalar,   misol   uchun   zarpechaklar,   xlorofillga   ega   emas   yoki
xlorofilli   oz,   haqiqiy   ildizlari   ham   yo’q;   bular   hayot   kechirishi   uchun   xo’jayin
ekinlarga to’la bog’liq.
Bu belgilariga asoslanib parazit yuksak o’simliklar yashil yarim parazitlar va
22 xlorofillsiz   to’lik   parazitlar   guruhlariga   bo’linadi.   Xo’jayin   o’simlikning   qanday
qismiga   yopishishiga   qarab   ham   parazit   yuksak   o’simliklarni   ikki   guruhga:
xo’jayin   o’simlikning   novda,   shox,   poya   va   boshqa   yerusti   qismlariga
yopishadigan yerusti yoki poya parazitlari hamda xo’jayin o’simlikning ildizlariga
yopishib o’sadigan yerosti yoki ildiz parazitlariga ajratishadi.
Qishloq   xo’jalik   ekinlari   va   o’rmon   daraxtlarida   parazit   sifatida   hayot
kechiradigan   yuksak   o’simliklarning   soni   nisbatan   oz.   Eng   keng   tarqalgan   va
jiddiy   zarar   yetkaza   oladigan   parazitlar   qatoriga   zarpechaklar,   kassitiya,   pakana
omelalar, Amerika va Yevropa omelalari, shumg’iyalar va strigalar kiradi.
Markaziy   Osiyoda   uchraydigan   parazit   yuksak   (gulli)   o’simliklar   qatoriga
shumg’iyalar va zarpechaklar kiradi.
23 III. BOB. Kasalliklarga qarshi kurash usullari
3.1. Karantin usuli, agrotexnik usuli, kimyoviy usul, biologik usuli.
O’simliklarni   himoya   qilish   fani   qishloq   xo’jalik   entomologiyasi,   qishloq
xo’jalik   fitopatologiyasi   va   zaharli   kimyoviy   moddalar   pestisidlar   haqidagi   fan
bo’lib,   o’simliklarga   zarar   yetkazadigan   hasharotlarni,   kasalliklarni   va   ularga
qarshi   kimyoviy   usul   qo’llanilishini,   kasallik   tarqatuvchi   manbaalar   ta’siri   va
tashqi keltiriladigan zararini o’rgatadi.
O’simliklarni   himoya   qilish   fanining   nazariy   asosi   qishloq   xo’jaligida
ishlatilayotgan   zaharli   moddalarni   o’rganuvchi   agronomik   toksikologiya
hisoblanadi.   Bu   faning   nazariy   asosi   turli   xildagi   o’simliklarni   kimyoviy   usulda
himoya qilish vositalarining zararli hasharotlar va kasallik tarqatuvchi manbalariga
fiziologik nuqtai nazardan ta’sirini o’rganish yo’li bilan qarshi kurashishning yangi
usullarini izlab topishdan iboratdir.
Bunga     erishish   uchun   agrotexnik,   karantin,   fizik,   mexanik,   biologik   va
kimyoviy usullarni o’z ichiga oladigan kompleks tadbirlarni o’z vaqtida bajarilishi
shart.
Ekin ekiladigan dalalarga eng xavfli zararkunandalar kasalliklar begona o’tlar
va   boshqa   manbaalarni   chetdan   kirib   kelishi   oldini   olishda   o’tkaziladigan   davlat
tadbiriga   karantin   tadbir   deyiladi.   Bu   tadbirlar   mamlakat   ichida   va   tashqarisida
ham birdek amalga oshirilishi shart. Bu tadbirni o’tkazilishiga asosiy sabab yildan
yilga o’sib borayotgan tovar ayri boshlashning ko’payishidir.
Agrotexnik   tadbirlariga   o’simliklarni   o’sishi   va   rivojlanishi   bir   me’yorda
o’sishda   taminlaydigan   darajadagi   barcha   sharoitlarni   yaratish,   zararli   hasharotlar
va   kasalliklarga     o’simliklarni   chidamliligini   oshirish   bularga:   tuproqqa   ishlov
berish,   yerni   ekishga   tayyorlash,   urug’likni   ekish   muddatini   belgilash   va   ekishni
sifatli   o’tkazish,     o’g’itlash,     sug’orish   va     qator   oralariga   ishlov   berishni   sifatli
o’tkazish,   shu   bilan   birga   g’o’za   va   boshqa   ekinlarning   kasallik   va
zararkunandalarga chidamli navlarini yetishtirib ekish muhim ahamiyatga egadir.
Ekinlarni   ayniqsa   g’o’zani   hamda   bug’doyni   parvarishlashda   azotli   o’g’itlar
miqdorini ko’paytirmagan holda fosforli va kaliyli o’g’itlar bilan o’simlikni to’g’ri
24 oziqlantirilsa   g’o’za   va   bug’doydagi   vertisillioz,   fuzarioz   vilti,   gommoz,
g’alladonli   ekinlardan   kuzgi   bug’doydagi   boshoq   fuzariozi,   ildiz   chirish   va   zang
kasalliklarini keskin  kamaytiradi. Tuproq orqali va o’simliklarning bargi orqali va
boshqa   mikroelementlar   bilan   oziqlantirilsa   o’simliklarni   turli   xildagi   bakterioz,
virus, fuzarioz kasalliklarini kamaytirishi mumkin.
Zararkunadalar   va   kasalliklarga   qarshi   kurashning   fizik   usuliga   ketmon
chapigi,   kultivasiya,   yuqori   va   past   harorat   berish   ultratovush,   yuqori
kuchlanishdagi elektr tokini berish, lazer va radiasiya nurlari berish kiradi.
Hasharotlar   va   kasallik   tarqatuvchi   manbaalarni   yo’qotishdagi   mexanik
usulga, yerni kuzda shudgorlash, qishda chilla suvi yaxshilab berish, hasharotlarni
mayli   tutqich   belbog’lar,   tutgich   chuqurlar   kavlash,   yorug’lik   tutgichlari
yordamida hasharotlarni tutib olish kabilar kiradi.
3.   O’simliklarni   kimyoviy   usulda   himoya   qilish   zararli   hasharotlarga   qarshi
turli   xildagi   organik   va   anorganik   birikmalarni   qo’llashga   asoslangan   bo’lib,
o’simliklarni   kimyoviy   usulda   himoya   qilish   vositalarining   ko’pchiligini   turli
xildagi   zararkunandalarga,   kasalliklarga   va   begona   o’tlarga   ta’sir   etishi   bilan
farqlanadi. O’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari yordamida har xil
qishloq   xo’jalik   ekinlaridagi   zararkunanda   va   kasalliklarga,   omborxonalardagi
zararkunanda va kasalliklarga issiqxonalarga va elivatorlardagi zararkunandalarga
qarshi kurash ishida keng ko’lamda foydalaniladi.
4. Hasharotlar va kasallik tarqatuvchi manbaalarga qarshi kurashda tabiatdagi
foydali   hasharotlardan,  laboratoriya sharoitida  ishlab  chiqariladigan  trixogramma,
brakon,   oltinko’z   podizus   kabi   foydali   hasharotlar,   fiteseyulyus,     psevdafikus,
lindarus, fito-bakteriomisin, entobakterin, dendrabasillin, bitotsibasillin, trixotesin,
lepodosid   kabi     biologik   vositalarni   qo’llash     biologik   usul   deb   ataladi.   Hozirgi
paytda eng  istiqbolli ekologik jihatdan toza, iqtisodiy, jihatdan arzon qarshi kurash
usuli   biologik   usul   hisoblanadi.   Bu     usul   haqida   maxsus   o’simliklarni   biologik
usulda himoya qilish fanini o’tish bilan to’liq tushuncha beriladi.
25 3.2. Uyg’unlashgan himoya qilish usuli.
O’simliklarni   uyg’unlashgan   himoya   qilish   sistemasi.   O’simliklarni
uygunlashgan   himoya   qilish   sistemasi   atrof-muhitni   himoya   qilishga   eng   mos   va
samarali usullar majmuasidir. O’simliklarni uyg’unlashgan himoya qilish sistemasi
alohida   zararli   organizmlarning   barchasini   mexanik   qirib   tashlashga   emas   (aslida
buni   hech   qachon   bajarib   bo’lmaydi),   balki   ularning   miqdorini   xavfsiz   darajada
ushlab turish va ayni vaqtda atrof-muhit uchun kuzatiladigan salbiy ta’sirlarni iloji
boricha   kamaytirishga   yo’naltirilgan.   Kurash   choralari   eng   samarali   va   iqtisodiy
tomondan   maqbul   bo’lishi   uchun   ekin,   uning   kasalliklarining   qo’zg’atuvchilari,
oldingi  mavsumlarda  kuzatilgan  kasalliklar, navlarning  kasalliklarga  chidamliligi,
kutilayotgan   ob-havo   (ob-havo   bashorati)   haqidagi   va   boshqa   ma’lumotlarga   ega
bo’lish   lozim.   O’simliklarni   uyg’unlashgan   himoya   qilish   sistemasi   ning
o’simliklarni   kasalliklardan   himoya   qilish   bo’yicha   asosiy   vazifalari
quyidagilardan   iborat:   birlamchi   inokulyumni   yo’qotish   yoki   kamaytirish;
birlamchi   inokulyum   qo’zg’atadigan   kasallik   miqdorini   kamaytirish;   xo’jayin
o’simlikning   chidamliligini   oshirish;   o’simlik   ikkilamchi   zararlanishlarini
kamaytirish.
O’simliklarni  uyg’unlashgan   himoya   qilish   sistemasi  mavjud  bo’lgan  barcha
kurash   usullarini   jamlashtiradi   va   quyidagilarga   asoslangan:   yuqori   agrotexnika;
chidamli   navlarni   qo’llash;   tabiatda   foydali   organizmlar   (antagonistlar)   ni   saqlab
qolish,   ularning   faoliyatini   kuchaytirish   hamda   fitopatogenlar   miqdorini
boshqarishga   qaratilgan   usullarni   keng   qo’llash;   biologik   va   kimyoviy   himoya
usullarini   zararli   organizm   rivojlanishining   va   u   keltirishi   mumkin   bo’lgan
zararning bashoratini tahlil qilish asosida qo’llash.
Shunday qilib, o’simliklarni uygunlashgan himoya qilish sistemasi, muayyan
ekologik-geografik   mintaqada   muayyan   ekin   turini   zararlaydigan   kasalliklar
(hamda   begona   o’tlar   va   zararli   hasharotlar)   kompleksiga   qarshi   ishlatiladigan
biologik,   kimyoviy,   fizik   va   boshqa   usullarning   eng   maqbul   yig’indisidir.
O’simliklarni   uyg’unlashgan   himoya   qilish   sistemasini   qo’llashdan   maqsad   -
tabiatdagi foydali organizmlar sonini saqlagan holda, zararli organizmlar miqdorini
26 iqtisodiy zarar yetkaza olmaydigan darajagacha kamaytirishdir.
O’simliklarni   uyg’unlashgan   himoya   qilish   sistemasining   amaliyotdagi
yutuqlari   qishloq   xo’jalik   ekinlari   himoyasida   agrotexnik   va   oldini   oluvchi,
birinchi navbatda kasalliklarga chidamli navlarni qo’llash bilan bog’liq bo’lib, bu
o’tkaziladigan   kimyoviy   ishlovlar   sonini   kamaytirishga   yoki   ularni   butunlay
qo’llamaslikka imkon yaratadi. Chidamli navlarni keng qo’llash nafaqat kasalliklar
tufayli   hosil   yo’qotilishini   kamaytiradi,   balki   agrobiosenozlardagi   ekologik
sharoitni tubdan yaxshilaydi, atrof-muhit va qishloq xo’jalik ekinlari mahsulotlari
pestisidlar   qoldiqlari   bilan   ifloslanishini   kamaytiradi.   Almashlab   ekish,   ekish
muddatlari,   tuproqqa   to’g’ri   ishlov   berish   va   o’g’itlarni   to’g’ri   qo’llashga   rioya
qilish,   kimyoviy   usulni   keng   qo’llamasdan   ekinlarni   kasalliklardan   himoya
qilishga imkoniyat yaratadi.
Zararli organizmlar bilan faol kurashish usullari (biologik, kimyoviy, fizik va
boshqa   tadbirlar)   O’simliklarni   uyg’unlashgan   himoya   qilish   sistemasi   da   zararli
organizmlar   rivojlanishining   va   hosil   yo’qotilishining   obyektiv   bashorati   -
iqtisodiy zararlilik mezonini aniqlash - asosida qo’llaniladi.
Iqtisodiy   zararlilik   mezoni   (IZM)   -   zararli   organizm   turi   populyasiyasining
shunday zichligiki, bunda kimyoviy yoki boshqa biror faol himoya usulini qo’llash
iqtisodiy   nuqtai-nazardan   maqsadga   muvofiqdir.   Bunda   himoya   usulini   qo’llash
ishlab   chiqarish   rentabelligini   (foydaliligini)   oshirada   va   mahsulot   tannarxini
kamaytiradi.
Kimyoviy   usulni   IZM   ni   hisobga   olgan   holda   qo’llash   o’simliklarni
uyg’unlashgan   himoya   qilish   sistemasida   pestisidlarni   ishlatish   hajmini   ancha
qisqartirishga   imkon   yaratadi.   O’simliklar   himoyasiga   uyg’unlashgan   himoya
nuqtai-nazaridan   yondashish   biologik   usulni   kengroq   qo’llash   asosida   amalga
oshiriladi.
27 XULOSA
O’simliklarning uyg’unlashgan himoyasi yuqori agrotexnika; chidamli navlar
ekish;   tabiatdagi   foydali   organizmlarni   asraydigan   va   ularning   faoliyatini
kuchaytiradigan   usullarni   keng   qo’llash;   biologik   va   kimyoviy   himoya   chora-
tadbirlarini,   zararli   organizm   rivojlanishi   va   keltirishi   mumkin   bo’lgan   zararini
bashorat qilishga asoslanib, sharoitni tahlil qilish asosida qo’llash sistemasidir.
O’simliklarni   kasalliklardan   himoya   qilishda   dehqonchilik   madaniyatini
yuksaltirish   va   dehqonchilikning   intensiv   metodlarini   qo’llash   bilan   bir   qatorda
kasalliklarga   qarshi   ishlatiladigan   agrotexnik-tashkiliy,   biologik   (jumladan
genetik-   seleksion)   va   kimyoviy   kurash   chorlarini   tadqiq   qilish   va   ulardan   eng
samaralilarini   tanlab   olib,   amaliyotda   qo’llash   ijobiy   natija   beradi.   Bunda
ekinzorlarning   fitosanitar   holatini   yaxshilash   uchun   urug’lik   va   ekish   uchun
qo’llaniladigan   materiallar   sifatli,   ularning   ichki   va   ustki   qismlari   kasallik
qo’zg’atuvchi   mikroorganizmlardan   toza   bo’lishini   hamda   tuproqdagi   infeksiya
miqdori iqtisodiy zarar keltiradigan miqdordan kamroq bo’lishini ta’minlash, o’suv
davrida   o’simliklarni   kasalliklardan   himoya   qilishni   tashkil   qilish   talab   etiladi.
Undan  keyin,  hosilni  yig’ish,  idishlarga  joylash,   tashish,   omborxonalarga  qo’yish
va u yerda saqlash davrida kasalliklardan himoya qilish ham o’ta muhim vazifalar
qatoriga   kiradi,   chunki,   bu   ishlarni   tashkillash   davrida   qoidaga   rioya   qilmaslik
natijasida dala ekinlari va mevali bog’lardan olingan mahsulotlarning ancha qismi
yo’qotiladi.
Urug’lik va ekish uchun qo’llaniladigan materiallarni ekishdan oldin dorilash
bilan   bir   qatorda,   o’simliklarni   o’suv   davrida   va   o’simlik   mahsulotlarini
omborxonalarda   saqlash   paytida   kasalliklardan   himoya   qilish   maqsadida
ishlatiladigan usullar orasida eng muhimlaridan biri kimyoviy usuldir. Dunyoning
qishloq   xo’jaligi   ekinlari   himoyasida   ishlatiladigan   zaharli   moddalar   ishlab
chiqaruvchi   yetakchi   kompaniyalari   tomonidan   o’simlik   kasalliklariga   qarshi
kurashda qo’llashga mo’ljallangan dorilarga - fungisidlarga - qo’yiladigan talablari
-   ular   muayyan   kasallik   qo’zg’atuvchilariga   qarshi   yuqori   biologik   va   iqtisodiy
samaraga,   kontakt   yoki   sistemali   ta’sirga   ega   bo’lishi,   ishlatish   usuli   qulayligi,
28 ushbu   dorilarga   kasallik   qo’zg’atuvchi   mikroorganizmlar   tezda   chidamlilik   hosil
qilmasligi,   atrof-muhitga   va   inson   salomatligiga   bezarar   yoki   kam   xavfli   bo’lishi
lozimligidir.   O’zbekistonda   o’simliklarni   kasalliklardan   himoya   qilish   uchun
ruxsat qilingan fungisidlarning aksariyati ushbu talablarga javob beradi.
Yuqorida ko’rsatilgan vazifalar bajarilishini amalga oshirish maqsadida 2000
yilda   “O’zbekiston   Respublikasining   qishloq   xo’jaligi   o’simliklarini
zararkunandalar,   kasalliklar   va   begona   o’tlardan   himoya   qilish   to’g’risidagi
Qonuni”   va   1995   yilda   “O’zbekiston   Respublikasining   o’simliklar   karantini
to’g’risidagi  Qonuni” qabul  qilingan. O’simliklarni  himoya qilish bo’yicha ushbu
qonunlarda   ko’zda   tutilgan  ishlarni  amalga   oshiradigan  asosiy  davlat  tashkilotlari
quyidagilardir: 1) O’zbekiston Respublikasining qishloq va suv xo’jaligi vazirligi,
uning   huzuridagi   Ilmiy-ishlab   chiqarish   markazi,   ITI   lari   va   b.;   2)   Respublika
o’simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, uning viloyat va tumanlardagi
bo’limlari;   3)   O’zbekiston   Respublikasi   kimyolashtirish   va   o’simliklarni   himoya
qilish   vositalari   davlat   komisiyasi   (Davlat   kimyo   komissiyasi);   4)   O’zbekiston
Respublikasi   o’simliklar   karantini   bosh   davlat   inspeksiyasi,   viloyat   tuman
inspeksiyalari   va   b.;   5)   O’zR   FA   ning   institutlari;   6)   oliy   o’quv   yurtlari,
universitetlar va b.
29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Bo’riyev H., Jo’rayev R., Alimov O. Meva-sabzavotlarni  saqlash  va ularga
dastlabki ishlov berish.  Toshkent: “Mehnat”, 2002, 184 b.
2. Sattarova R.K., Rahimov U.X., Hakimova N.T. Virusologiya, bakteriologiya
va   mikoplazma.   Talabalar   uchun   ma’ruza   matnlari.   Toshkent:   ToshDAU   nashr
tahririyati bo’limi, 2003, 63 bet.
3. Sattarova   R.K.,   Xolmurodov   E.A.,   Zuparov   M.A.,   Hakimova   N.T.
Mikroorganizmlar   sistematikasi.   Magistratura   talabalari   uchun   ma’ruza   matnlari.
Toshkent: 2003, 63 bet.
4. Hamrayev   A.Sh.,   Azimov   J.A.,   Niyozov   T.B.   va   b.   Bog’,   Tokzorlarning
zarakunandalari, kasalliklari va ularga qarshi kurash tizimi. Toshkent: “Fan”, 1995,
160 b.
5. Xamrayev A. Sh., Hasanov B. A., Kimsanboyev X. X. va b. Biozararlanish.
Oliy   o’quv   yurtlari   biologiya   mutaxassisligi   uchun   o’quv   qo’llanma.   Toshkent,
ToshDAU, 2009, 318 b.
6. Hasanov   B.A.,   Hamrayev   A.Sh.,   Eshmatov   O.T.   va   b.   G’o’zani
zararkunanda,   kasalliklar   va   begona   o’tlardan   himoya   qilish.   Toshkent:
“Universitet”, 2002, 384 bet.
7. Hasanov B.A., Ochilov R.O., Gulmurodov R.A. Sabzavot, kartoshka hamda
poliz ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash. O’quv qo’llanma. Toshkent,
2009, 244 bet
30

MAVZU: O’SIMLIK KASALLIKLARIGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH USULI MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………….3 I. BOB. O’simliklar kasalliklari haqida ………………………………………...6 1.1. O’simliklarning kasalliklari haqida umumiy ma’lumotlar……………….6 1.2. Noinfeksion va infeksion kasalliklar……………………………………….10 II.BOB. O’simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaruvchilar…………………14 2.1. Viruslar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar……………………………….14 2.2. Bakteriyalar va zamburug’lar……………………………………………..17 2.3. Parazit va yarim parazit o’simliklar…………………………………….…23 III. BOB. Kasalliklarga qarshi kurash usullari………………………………..25 3.1. Karantin usuli, agrotexnik usuli, kimyoviy usul, biologik usuli…………25 3.2. Uyg’unlashgan himoya qilish usuli……………………………………...…27 XULOSA…………………………………………………………………………29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..31 1

KIRISH O’zbekiston qishloq xo’jaligi oldida paxtachilikni va boshqa texnik ekinlar yetishtirishni rivojlantirish , aholini o’zimizda yetishtirilgan don , sabzavot , kartoshka , meva , uzum , sitrus va poliz ekinlari mahsulotlari bilan to’la ta’minlash vazifasi qo’yilgan bo’lib , bu sohada mustaqillik yillari davomida muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi . Shu bilan birga qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish va hosildorlikni keskin oshirish uchun imkoniyatlar mavjud . Buni amalga oshirish uchun o’simlikshunoslikning zamonaviy intensiv texnologiyalarini qo’llash , jumladan ekinlarni o’suv davrida va yig’ilgan hosilni omborxonalarda saqlash paytida zararli hasharotlar va kasalliklardan ishonchli himoya qilish lozim . Ekinlarni kasalliklardan himoya qilish uchun birinchi navbatda kasallik qo’zg’atuvchi organizmlarni to’g’ri aniqlash , ularning biologiyasi va ekologik faktorlarga talablari , rivojlanishi , tarqalishi , bir mavsumdan ikkinchisigacha qanday saqlanishi haqidagi va boshqa ma’lumotlarga ega bo’lish va shular asosida ekinni himoya qilishning samarali usullarini bilish va ularni to’g’ri muddatlarda qo’llash lozim bo’ladi . Buning uchun fitopatologiya asoslarini , jumladan yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni chuqur o’zlashtirgan , ekinlarda uchraydigan kasallik qo’zg’atuvchilarini to’g’ri aniqlay oladigan , samarali kurash choralarini aniq biladigan va ularni o’z vaqtida qo’llashni tashkil qila oladigan malakali mutaxassislar tayyorlash ta’lim tizimining negizi hisoblanadi . Fitopatologiya - o’simlik kasalliklari haqidagi fan bo’lib, uning asosiy vazifasi - qishloq xo’jaligiga fitopatogen organizmlar keltiradigan zararni kamaytirishdan iboratdir. Fitopatologiya kasallangan o’simlikni, kasallik paydo bo’lishining sabablarini va atrof-muhit sharoitlarining kasallik rivojlanishiga ta’sirini o’rganadi. Fitopatologiya umumiy fitopatologiya va qishloq xo’jalik fitopatologiyasiga bo’linadi. Umumiy fitopatologiya kasalliklar paydo bo’lishining sabablarini, kasalliklar rivojlanishining xususiyatlarini, qo’zg’atuvchilarni va himoya metodlarini o’rganadi. 2

Qishloq xujalik fitopatologiyasi muayyan ekinlarning kasalliklarini, qo’zg’atuvchilarning tur tarkibini, har xil mintaqalarda o’sadigan o’simliklardagi kasallik belgilarini va himoya usullarini o’rganadi. Fitopatologiya fanining rivojlanishi yangi maxsus fanlar, jumladan, kasallik sabablarini o’rganuvchi etiologiya, o’simliklarning kasalliklarga chidamliligini o’rganuvchi fitoimmunologiya, kasalliklar paydo bo’lishining qonuniyatlarini va ular yalpi tarqalishining sabablarini o’rganuvchi epifitotiologiya va o’simliklarni kasalliklardan himoya qilish fanlari paydo bo’lishiga olib keldi. Keyinchalik o’simliklar immuniteti, kasalliklar paydo bo’lishi va tarqalishini bashorat qilish, o’simliklarni himoya qilishning biologik usuli va o’simliklar karantini kabi yangi va mustaqil fanlar ajralib chiqdi. Barcha maxsus fanlar kabi fitopatologiya ham bir qator chegaradosh fanlar, jumladan mikologiya, mikrobiologiya, virusologiya, botanika fanlarining bilimlar sistemasiga tayanadi va mikologiya fitopatologiyaning asoschisi hisoblanadi. Fitopatologiya sohasi bo’lmish epifitotiologiya fanining asosini, iqlim faktorlarining qo’zg’atuvchilarga ta’sirini hisobga olgan holda, kasalliklar paydo bo’lishining qonuniyatlarini o’rganish tashkil etadi. Ob-havo bashorati ma’lumotlarini kasallik kechishini iqlimga bog’liq holda tadqiq etib olingan ma’lumotlar bilan solishtirish kasallik paydo bo’lishining vaqti va rivojlanishining xarakterini oldindan bashorat qilishga imkon yaratadi. Shunday qilib epifitotiologiya, yoki kasalliklar bashorati haqidagi fan, meteorologiya bilan yaqindan bog’liq. Keyingi yillarda kasalliklar paydo bo’lishini bashorat qilish uchun qo’zg’atuvchilar rivojlanishiga ta’sir etuvchi ob-havo sharoitlarini hisobga oluvchi matematik modellardan foydalanishmoqda. Fitopatologiya o’simlikshunoslik, dehqonchilik va agrokimyo fanlari bilan uzviy bog’langan. Kasalliklar rivojlanishining xarakteri ko’p tomondan qishloq xo’jalik ekinlarini o’stirish texnologiyalariga bog’liq: kasallik qo’zg’atuvchilari dalada to’planishi jarayonida almashlab ekish muhim rol o’ynaydi; o’g’it turi va miqdori o’simliklar zararlanishi darajalariga ta’sir etadi va h. Keyingi davrda kasalliklarga chidamli navlar yaratishning ahamiyati tobora ortmoqda. 3

Anchagina fitopatologik tadqiqotlar entomologik ma’lumotlarga tayanadi. Buning sabablari, birinchidan, ayrim hasharotlar virus kasalliklari qo’zg’atuvchilarining tashuvchilari ekanligi, ikkinchidan, o’simliklar zararli hasharotlar bilan shikastlanishi qo’zg’atuvchilar o’simlik to’qimalariga kirishiga imkon yaratishi va kasalliklar rivojlanishiga ta’sir etishidir. O’simliklarni himoya qilish chora-tadbirlarining samaradorligini baholashda fitopatologiya ko’p iqtisodiy va matematik tadqiq qilish metodlarini qo’llaydi. 4

I. BOB. O’SIMLIKLAR KASALLIKLARI HAQIDA 1.1. O’simliklarning kasalliklari haqida umumiy ma’lumotlar O’simlik kasalligi - kasallik qo’zg’atuvchi organizm , o’simlik va atrof - muhit faktorlari oralaridagi munosabatlarga asoslangan patologik jarayondir . Rossiyaning 24507-81 raqamli GOST iga ko’ra kasallik - fitopatogen yoki atrof - muhitning noqulay sharoitlari ta’sirida o’simlikning hujayralari , a’zolari yoki barcha qismlarida normal modda almashinuvi jarayoni buzilishidir . Kasallik tufayli o’simlikning nafas olishi , fotosintezi , transpirasiyasi , assimilyatlari barglardan ildizlarga oqib o’tishi , fermentlari va hujayra membranasining faoliyati , hujayraga lozim bo’lgan moddalar sintezi va boshqa funksiyalari ham buziladi . Patologik jarayon . O’simliklardagi patologik jarayon bir - biri bilan yaqin aloqadagi va rivojlanishi bir - biri bilan yaqindan bog’liq bo’lgan morfologik va fiziologik - biokimyoviy o’zgarishlar shaklida namoyon bo’lishi mumkin . Masalan , normal o’stirish birikmalari sintezi buzilsa ( fiziologik - biokimyoviy o’zgarishlar yuz bersa ), o’sish xususiyatlari o’zgaradi , misol uchun , o’simlik pakana bo’lib qoladi ( morfologik o’zgarish ). Patomorfologik o’zgarishlar o’simlik o’sishi , butun o’simlik yoki uning ayrim organlarining shakli buzilishi bilan ifodalanadi . O’simliklar o’sishi buzilishi ko’pincha ularning zaiflashishi bilan ifodalanadi . Misol uchun , bug’doy qattiq qorakuya ( TSheIa sape $ ) bilan zararlanganida poya uzunligi va boshoqchalar soni kamayadi , natijada o’simliklarning hosildorligi pasayadi . Virus kasalliklari ko’pincha o’simlik bo’yini kuchli darajada pasaytiradi , ular hatto karlik ( pakana ) bo’lib qolishi mumkin . Bunda butun o’simlikning yoki uning ayrim organlarining shakli buzilishi deformasiya deb ataladi . Masalan , zang kasalligi bilan zararlangan ixroj ( sutlama ) o’simligining barcha qismlari deformasiyasiga uchraydi . Fitoplazma qo’zg’atadigan pomidorning stolbur kasalligi gullarning shakli buzilishiga olib keladi : gulkosabarglar hajmi kattalashadi , ular ko’pincha uzunasiga bir - biri bilan tutashib , qo’shilib , o’sib 5