logo

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI “O‘ZBEK TILI”(“ONA TILI”) DARSLIKLARIDA SIFAT SO‘Z TURKUMI TALQININING QIYOSIY TAHLILI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

175.53515625 KB
“UMUMIY O‘RTA TA’LIM  MAKTABLARI “O‘ZBEK TILI”(“ONA TILI”)
DARSLIKLARIDA SIFAT SO‘Z TURKUMI TALQININING QIYOSIY
TAHLILI”
MUNDARIJA
Kirish(Tadqiqotning umumiy tavsifi)…………………………………………….4
        I BOB.  S ifat so‘z turkumining o‘rganilishi , mavjud tadqiqotlar tahlili..........9
          1.1. O‘zbek tilshunosligida   sifat so‘z turkumining o‘rganilishi ………………….9  
1.2.Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda  umumta’lim maktablari  darsliklarida  sifat    
so‘z turkumining  berilishi………………………………………………………..19  
Bob bo‘yicha   xulosalar  ………………………………………………………….. 23
II BOB.  Hozirgi davr “O‘zbek tili”  darsliklarida sifat so‘z turkumi  talqini ..24
2.1. Umumta’lim maktablari “Ona tili” o‘quv dasturi da sifat so‘z turkumi 
mavzusining ahamiyati…………………………………………………………...24
2.2.   Mavjud darsliklarning    s ifat so‘z turkum ini  o‘rganish bosqichlari va izchilligi  
bo‘yicha tahlili……………………………………………………………………28
2.2.1. N.Mahmudov, A. Nurmonov,A. Sobirov, D. Nabiyevalar muallifligida nashr
etilgan 6-sinf “Ona tili” darsligi tahlili……………………..…………………….28
2.2.2.   A.  Rafiyev,  G.  Muxamedjanova,N.  Alovuddinovalar   muallifligidagi 5-sinf
“O‘zbek tili” darsligi tahlili……………………………………………………… 48
2.2.3. X. S. Muxitdinova, Ya. I. Avlakulov,D. A. Nuriddinovalar muallifligidagi 7-
sinf “O‘zbek tili” darsligi tahlili…………………………………………………..52
2.2.4.   M.Mirzahidova, H.Abulqosimova, M.Xalmuratovalar muallifligidagi 
Qirg‘iziston Respublikasidagi o‘zbek maktablari 6-sinf o‘quvchilari uchun 
“O‘zbek tili” darsligi tahlili……………………………………………...………..54
Bob bo‘yicha xulosalar… …………………………………………………………55
I II BOB. “O‘zbek tili”(“ O na tili”) darsliklarida sifat so‘z turkumi talqini ning  
ta’lim ning ustuvor yo‘nalishlari  bo‘yicha  tahlili… …………………………..57
3.1.   Zamonaviy ta’lim talablari bo‘yicha  “O‘zbek tili”(“Ona tili”) darsliklarining 
qiyosiy tahlili……………………………………………………………………...57
3 .2.   “O‘zbek tili” (“Ona tili”) darslarida sifat mavzusini o‘rganishda TPR metodini
qo‘llashning ahamiyati……………………………………………………..……..63
 3.3. Butunlay jismoniy reaksiya metodini sifat ta’limida qo‘llash bo‘yicha tajriba-
sinov ishlari natijalari……………………………………………………………..71
Bob bo‘yicha xulosalar… …………………………………………………...……74
Umumiy xulosalar … …………………………………………………………….75
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati… ………………………………………….77
1 KIRISH (Tadqiqotning umumiy tavsifi)
 
Mavzuning   dolzarbligi. Shiddat   bilan   o‘zgarib   borayotgan   bugungi   bir
davrda   t a’lim sohasi ning   ahamiyati   ham soniyalar sari oshib bormoqda .     Shu bois
ham   y urtimizda   yoshlarni   ma’naviy   barkamol   qilib   tarbiyalash,   Vatan   oldida
yuksak   fuqarolik   mas’uliyatini   his   qilish,   jamiyat   hayotini   yurg‘izuvchi   kuch
sifatida   yashashga   muntazam   da’vat   etish   ta’limda   ustuvorlik   kasb   qilmoqda .
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   ta’kidlanganidek,
“Mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga,
bu yo‘lda bor bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘lgan, azm-u shijoatli
yoshlarni   tarbiyalab   voyaga   yetkazish   -   biz   uchun   eng   muhim   masaladir” 1
,-   deya
alohida   e’tibor   qaratdilar.   Shu   asosda     ta’lim   sohasi   yurtimizning   hech   bir
fuqarosining   e’tiboridan   chetda   qolmasligi,   maktabgacha   ta’limdan   to   oliy
ta’limgacha bo‘lgan jarayon jamiyatimiz nazoratida bo‘lishi  lozim. O‘z navbatida
o‘qituvchi-murabbiylardan o‘z kasbiga sadoqat , innovatorlik hamda zamonga mos
faollik darajasi talab qilinadi.
Yosh   avlodni   tarbiyalash,   unga   ta’lim   berish   tizimida   millatimiz   faxri
bo‘lgan o‘zbek tilini o‘rganish va o‘rgatishning o‘rni alohidadir. Zeroki, o‘z tilini
tushunmagan,   uning   boy   imkoniyatlaridan   foydalana   olmaydigan   farzand   hech
qachon   yetuk   kadr   bo‘lib   yetisha   olmaydi.Shu   nuqtayi   nazardan   tadqiqot   ostiga
olgan   mavzumiz   sifat   so‘z   turkumi   ona   tilimiz   leksemalari   orasida   ko‘lami
jihatidan   yirik   bir   qatlamni   tashkil   qilar   ekan,   bu   borada   bilimlarga   ega   bo‘lish
maktab o‘quvchilaridan tortib to oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun muhimdir.
Sifat so‘z turkumi o‘zining ifodali xususiyatlari bilan boshqa so‘z turkumlari
orasida   ajralib   turadi.     Inson   nutqi   bu   turkumdagi   so‘zlar   bilan   yanada   go‘zal,
ta’sirchan   hamda   qimmatli   bo‘ladi.   Chunki   birgina   ot   so‘z   turkumi   shaxs   va
narsaning   nomini   bildirsa,   sifat   uning   borliqda   ma’lum   barcha   belgilarini   bildirib
1
  Mirziyoyev Sh.M.   O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 
yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi//president.uz sayti.
2 keladi.Ana shu ahamiyatli so‘z turkumini o‘rganish borasida “O‘zbek tili” va “Ona
tili” darsliklarinig tahlilini ko‘rib chiqish borasida tadqiqotlarning kamyobligi, bu
yo‘nalishning ahamiyati kattaligi mavzumizning dolzarbligini ifodalaydi.
Tadqiqotning   obyekti   va   predmeti. Tadqiqotning   obyekti   bu   sifat   so‘z
turkumi   tahlil   qilingan   mavjud   tadqiqot   ishlari;   “Ona   tili”   hamda   “O‘zbek   tili”
darsliklari , o‘quv dasturlari, uslubiy qo‘llanmalar.
Tadqiqotning   predmeti   o‘zbek   tilidagi   umumta’lim   maktablari   uchun     yaratilgan
darsliklarda sifat so‘z turkumining berilishini metodologik tadqiqi hisoblanadi.
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifalari.   Tadqiqotning   maqsadi   o‘zbek   tili
umumta’lim   maktablari   uchun     yaratilgan   darsliklarda   sifat   so‘z   turkumining
berilishini   metodologik   jihatdan   tadqiq   etishdan   iborat.Dissertatsiya   ishida
qo‘yilgan   maqsaddan   kelib   chiqib   quyidagi   ishlarni   amalga   oshirish   ko‘zda
tutilgan:
-   tilshunoslikda   o‘zbek   tili   grammatikasi,   so‘z   turkumlarining   o‘ziga   xos
xususiyatlarini     o‘rganishga   bag‘ishlangan   tadqiqotlarda   sifat   turkumiga   oid
so‘zlarning   grammatik   belgilari,   uslubiy   vazifasi   to‘g‘risida   ham   yo‘l-yo‘lakay
fikrlar   bayon   qilingan.   Dissertatsiyada   sifat   so‘z   turkumining   o‘zbek
tilshunosligida   o‘rganilishi,     umumta’lim   maktablari   darsliklarida   yoritib
berilishini aniqlashga ahamiyat beriladi.
-   sifat   s o ‘z   turkumining   o ‘zbek   tilshunosligida   o ‘rganilishi,     umumta’lim
maktablari   darsliklarida   berilishi     darsliklardan   olingan   faktik   materillar   misolida
tasnif qilinadi va shu asosda t o ‘plangan materiallar bir tizimga keltiriladi;
- sifat so‘z turkumining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi,umumta’lim maktablari
darsliklarida   berilishida   sifat   turkumiga   oid   so‘zlarning   paydo   bo‘lishi   va
shakllanishida   boshqa   so‘z   turkumlarining   ta’siri   aniqlanadi   va   ularga   tarixiy-
etimologik jihatdan munosabat bildiriladi, o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi;
-   tahlilga   tortilgan   sifat   s o ‘zlarning     o ‘zbek   adabiy   tilida   tutgan   o ‘rni   belgilanib,
izohlanadi;
- sifat turkumiga oid so‘zlar semantik jihatdan sifatning qaysi turiga mansubligiga
qarab turlarga ajratiladi va ularning qo‘llanish darajasi aniqlanadi;
3 - ilmiy tahlil o‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda erishilgan yutuqlarga tayangan
holda semantik-stilistik izoh, statistik metodlar asosida olib boriladi.   
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   Sifat   so‘z   turkumining   umumta’lim
maktablari   darsliklarida   berilishining   qiyosiy   tahlilini   o‘tkazish   orqali   mavjud
yutuq   va   kamchiliklar   tizimini   ishlab   chiqish.   Sifat   so‘z   turkumini   o‘rgatishda
qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi metod va texnologiyalarni yaratish.
Tadqiqotning   respublika   fan   va   texnologiyalari   rivojlanishining   asosiy
ustuvor   yo‘nalishlariga   mosligi.   Dissertatsiya   respublika   fan   va   texnologiyalar
rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy
rivojlantirish,   innovatsion   iqtisodiyotni   shakllantirish”ning   ustuvor   yo‘nalishiga
muvofiq bajaril adi.
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari. O‘zbek   tilshunosligida
keyingi   yillarda   o‘zbek   tili   ta’limini     mukammallashtirish,   o‘zbek   tili   o‘qitish
metodikasini   yangi   ilg‘or   pedagogik   texnologiyalar   bilan   qurollantirish     borasida
salmoqli   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Bu   esa,ayniqsa,   umumta’lim   maktablari
darsliklarini, ularda mavzularning  qay darajada va tartibda berilishini  o‘rganishni
va shu asosda muayyan ilmiy xulosalarga kelishni taqozo qiladi.   Masalaning o‘ta
dolzarbligi   va   murakkabligidan   kelib   chiqib,   mazkur   magistrlik   dissertatsiyasida
umumta’lim maktablarida sifat so‘z turkumining o‘rganilishini tadqiq etish maqsad
qilingan.     Buning   uchun   ishda   mustaqillik   davrigacha   va   undan   keyingi   davrda
yaratilgan umumta’lim maktablari darsliklarida   sifat so‘z turkumining   yoritilishi
o‘rganib chiqiladi. Turli yillarda nashr qilingan   maktab darsliklari o‘zaro qiyosiy
tahlilga   tortiladi     va   tanlangan   mavzular   ko‘lami   to‘g‘risida   muayyan     xulosalar
bayon   qilinadi.   Shuningdek,   umumta’lim   maktablarining   “O‘zbek   tili”   va   “Ona
tili”  darsliklari  asosida  ish  oxirida     ta’lim  sifatini   yaxshilash   va ta’lim  jarayoniga
ilg‘or   pedagogik   texnologiyalarni   joriy   etish   borasida   taklif   va   mulohazalar
beriladi.
O‘zbek   tilida   sifat   so‘z   turkumining   o‘zbek   tilshunosligida   o‘rganilishi,
umumta’lim   maktablari   darsliklarida   berilishini   tadqiq   etish   bo‘yicha   amalga
oshiriladigan dastlabki ishlar ko‘lami quyidagicha rejalashtirilgan:
4 1.O‘zbek   tilshunosligida   sifat   so‘z   turkumining   o‘rganilishi   va   taraqqiyotiga
bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni o‘rganish.
2.Mavzuga oid ilmiy-nazariy adabiyotlarning bibliografiyasini  tuzish.
3 .To‘plangan   materiallar   asosida   sifat   so‘z   turkumining   o‘zbek   tilshunosligida
o‘rganilishi,  umumta’lim maktablari darsliklarida berilishi tahlil qilinadi. 
4 .Sifat turkumiga oid so‘zlarning   matndagi o‘rni belgilanib, uslubiy xususiyatlari
izohlanadi.
Dissertatsiya   ishining   yozilishida   OAK   talablariga   qat’iy   rioya   qilinadi.
Jumladan,   an’anaga   muvofiq   tadqiqotning   umumiy   tavsifi   berilib,   ishning   asosiy
mazmuni, quyidagi tartibda bayon etiladi:
Ishning  kirish   qismida  tanlangan  mavzuning   o‘rganilish  darajasi   to‘g‘risida
mulohaza   yuritiladi.   Jumladan,   o‘zbek   tilshunosligida   grammatika   va   metodika
bo‘yicha   erishilgan   yutuq   va   muammolarni   tahlil   qilish   orqali   mavzuning
o‘rganilish   darajasi   belgilab   olinadi,   dissertatsiya   mavzusiga   oid   ilmiy-nazariy
asarlarga   munosabat   bildirilib,   mavzuning   dolzarbligi   asoslab   beriladi.   Ana
shundan kelib chiqib, ishning maqsad va vazifalari, metodologik asoslari va tadqiq
usullari   belgilab   olinadi.Shuningdek,   ishning   ilmiy   yangiligi   ko‘rsatilib,
tadqiqotning   o‘zbek   tilshunosligida   sifat   so‘z   turkumini   o‘rganishning   nazariy   va
amaliy jihatlariga qanday hissa qo‘shishi yoritilib beriladi.  
Tadqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi. O‘zbek   tilshunosligida
sifat   so‘z   turkumiga   oid     ilk   ilmiy   tadqiqot     40   -yillarning   ikkinchi   yarmida
vujudga   kelgan   edi.   Z.     Ma’rufov   1947-yilda   Sankt-Peterburgda   “O‘zbek   tilida
sifat   darajalari”,   1950-yilga   kelib   G‘Abdurahmonov   Samarqandda     “Hozirgi
o‘zbek     tilida     sifatlarning     substantivatsiyasi     (otlashishi)”,   1955-yilda     O.
Madrahimov     “Hozirgi     o‘zbek     tilida     yangi     yasalgan     sifatlar”   mavzuidagi
nomzodlik   ishlarini   himoya   qilgan   edi.   1957-yilda   O.Madrahimovning   “O‘zbek
tilida  sifat  va  yangi  yasalgan  sifatlar  masalasiga  doir”  nomli  maqolasi e’lon
qilingan edi.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi. Tadqiqotning   metodologik
asosini   olamdagi   narsa-hodisa,   belgi-xususiyatlarning   ob y ektivligini,
5 oppozitivligini,   substansionalligini,   tilning   evolyu t sion   rivojini   e’tirof   etuvchi
dialektik   mantiq   qonunlari   tashkil   etadi.   Dissertatsiya   ishining   tadqiq   obyekti
umumta’lim   makatablari   darsliklarida   sifat   so‘z   turkumi   berilishini   qiyosiy-
tipologik tahlil qilish metodidan foydalanildi.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati. O‘zbek   tilida   sifat
so‘z   turkumining   o‘rganilishi   bo‘yicha   tadqiqot   ishlarining   kamligi   qatorida
bunday   so‘zlarni   o‘quvchi   yoshlarga   o‘rgatish   bo‘yicha   metodik   qo‘llanmalar   ,
o‘quv-uslubiy   majmualar   ham   deyarli   yaratilmagan.   Mazkur   tadqiqot   ishimizda
sifat so‘z turkumining  “O‘zbek tili” va “Ona tili” darsliklari dagi talqinini o‘rganib
chiqib   ,   bu   boradagi   yutuq   va   kamchiliklarni   belgilashga   urindik.   Bu   borada
qo‘llash mumkin bo‘lgan metod va texnologiyalarni taklif qildik.
Ish   tuzilmasining   tavsifi.   Tadqiqot   kirish,   uch   bob,   umumiy   xulosalar   va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi    sahifa.
6 I BOB.  S ifat so‘z turkumining o‘rganilishi  , mavjud tadqiqotlar tahlili
1.1. O‘zbek tilshunosligida   sifat so‘z turkumining o‘rganilishi
Tildagi   so‘zlarning   ot,   sifat,   son,   olmosh,   fe’l,   ravish   kabi   guruhlarga
bo‘linishi ularning so‘zlik holati, grammatik xususiyatlari (morfologik belgilari va
sintaktik vazifasi) asosida maydonga keladi, ya’ni har bir so‘zda leksik-grammatik
tomonlarning   birligi   mavjud   bo‘ladi.   Mana   shunday   muammolarni   o‘rganish
tilning   grammatik   qurilishida   yuz   bergan   o‘zgarishlarni   izchil   aniqlash   imkonini
beradi. Ma’lumki, tilshunoslikda  sifat  turkumiga oid so‘zlarning o‘rganilish tarixi
olis   davrlarga   borib   taqaladi.   Mahmud   Koshg‘ariyning   «Devonu   lugotit   turk»,
Mahmud   Zamaxshariyning   «Muqaddimat-ul   adab»,   «Asos-ul   balog‘a»,   Alisher
Navoiyning   «Muhokamat-ul   lug‘atayn»   kabi   asarlaridayoq   sifatlarning   belgi
ifodalash   xususiyati,   ularning   turli   xil   tashbehlar   va   badiiy   san’atlarni   yuzaga
keltirishdagi imkoniyatlari haqida muayyan fikr-mulohazalar mavjud edi. 
Turkiyshunoslikda   sifat   turkumiga   oid   so‘zlarning   o‘rganilishi   o‘ziga   xos
tarixga   ega.   N.K.Dmitriyev,   A.P.Yakubinskiy,   L.N.Xaritonov,   N.F.Katanov,
P.M.Melioranskiy,   M.A.Kazembek,   A.N.Kononov,   A.M.Shcherbak,   S.N.Ivanov,
P.I.Kuznesov,   T.I.Grunin   singari   turkiyshunos   olimlar   sifatlarning   o‘ziga   xos
grammatik   kategoriyalarga   ega   ekanligi,   yasalish   va   otlashish   xususiyati,   gap
tarkibidagi sintaktik vazifasi haqida muhim ma’lumotlarni bildirganlar. 2
 
O‘tgan   asrning   20-yillarida   o‘zbek   tili   masalalariga   bag‘ishlangan
M.M.Faxriddinovning «Turkcha qoida» (1913), Elbekning «Bitik yo‘llari» (1919),
«Yozuv   yo‘llari»   (1921),   Shorasul   Zunnunning   «O‘zbekcha   qoidalar»   (1925),
Munavvar Qori, Qayum Ramazon, Shorasul Zunnunning «O‘zbekcha til saboqligi»
(1925),   Ye.D.Polivanovning   «Kratkaya   grammatika   uzbekskogo   yazika»   (1926)
kabi   bir   qator   darslik   va   qo‘llanmalari   nashr   etilgan   bo‘lib,   ularda   boshqa   so‘z
turkumlari  qatori  sifat   turkumiga  oid so‘zlarning  grammatik  belgilari   haqida  ham
fikrlar bayon qilingan edi. 
Madaniyatimiz tarixidagi buyuk siymolardan biri Abdurauf Fitratning ilmiy
merosida tilshunoslikka oid asarlar ham salmoqli o‘rin egallaydi. Shunisi diqqatga
2
 Фазылов Э.И., Чичулина Л.Г. Русские тюркологи и  y збекское языкознание. - Ташкент: Фан, 1979.– С. 216. 
7 sazovorki,   Fitrat   birinchilardan   bo‘lib   o‘zbek   tili   grammatikasini   yaratishga
kirishgan   olim   edi.   Uning   «Sarf»   (1925-1930)   asarida   o‘zbek   tili   morfologiyasi,
jumladan, sifat  so‘z turkumi  haqida bahs yuritiladi. Bu asarda  sifatlar  dastlab tub
va yasamalik  darajasiga  ko‘ra  ikki  guruhga ajratiladi, sifatlarning yasalishi  va bir
qancha sifat yasovchi qo‘shimchalar haqida ma’lumot beriladi. 
       Fitrat, asosan, quyidagi sifat yasovchi qo‘shimchalarni  ta’kidlab ko‘rsatadi:  -li
(bilimli), -gi (sishgi), -imtil (sarg‘imtil), -ish (sarg‘ish), -iy (tarixiy), -ma (yozma), -
ros   (yaxshiros),   -gon   (bilag‘on),   -gin   (ozg‘in),   -(a)r   (osar   suv),   -gan,   -kap,   -san
(o‘sigan yigit), -lik (o‘kurlik kitob) va shu kabilar. 
     Ko‘rinadiki, Fitrat sifat yasalishi  doirasini o‘sha vaqtda juda keng ma’noda
tushungan,   ya’ni   uning   tarkibiga   bevosita   sifat   yasalishi   (-li,   -ma,   -iy   kabi)   bilan
birga, sifat darajalari, ozaytirma sifat shakllari, sifatdosh shakllarini ham kiritgan.  3
        O‘zbek     tilshunosligida     sifat     so‘z     turkumiga     oid     ilk     ilmiy     tadqiqot   40-
yillarning  ikkinchi  yarmida  vujudga  kelgan  edi.  Z.Ma’rufov  1947-yilda Sankt-
Peterburgda  “O‘zbek  tili  sifat  darajalari”,1950-yilga  kelib  G‘.Abdurahmonov 
Samarqandda  “Hozirgi  o‘zbek  tilida  sifatlarning  substantivatsiyasi (otlashishi)”,
1955- yilda  O.Madrahimov  “Hozirgi  o‘zbek  tilida  yangi  yasalgan  sifatlar” 
mavzuidagi nomzodlik ishlari himoya qilingan edi. 1957-yilda O.Madrahimovning
“O‘zbek     tilida     sifat     va     yangi     yasalgan     sifatlar     masalasiga     doir”     nomli
maqolasi e’lon qilingan edi. 4
      “Hozirgi  zamon o‘zbek tili”  (1957) nomli tadqiqotda “Sifat” mavzusi yirik 
tilshunos olim Z. Ma’rufov qalamiga mansub. Bu ishda sifatlarning ma’nolari va 
grammatik xususiyatlari tahlili asliy va nisbiy sifatlarni bir-biridan farqlashdan 
boshlanadi.     Z.Ma’rufov     talqiniga     ko‘ra     “asliy     sifatlar     sezgi     a’zolari   bilan
bevosita   bilib     bo‘ladigan     predmetga     xos     belgini:     predmetning     rang-tusini,
inson  va jonivorlarning  fizik  xususiyatlarini  va  xarakterini  bildiradi”. 5
3
 Қурбонова М. Фитрат - тилшунос. - Тошкент: Университет, 1996. – Б.32.
4
Madrahimov O. O‘zbek tilida sifat va yangi yasalgan sifatlar masalasiga doir// O‘zFA Axboroti, 
ijtimoiy fanlar seriyasi, Toshkent, 1957. – B.41 – 47.
5
 Ma’rufov Z. Sifat // Hozirgi zamon o‘zbek tili ( leksikologiya, fonetika, grafika va orfografiya,
morfologiya ), Toshkent: O‘zFA nashriyoti, 1957. – B.343 – 357.
8 Nisbiy     sifatlar     esa   predmetdagi   belgini   uning   boshqa   biror   predmetga   bo‘lgan
turlicha munosabatiga ko‘ra  bildiradi. 6
 Ishda  sifatlarning  ma’no  turlari, yasalish
xususiyatlari, sintaktik vazifasi haqida ham asosli fikr-mulohazalar berilgan.
        60-yillarga     kelib     o‘zbek     tilshunosligida     sifat     turkumiga     oid     so‘zlarni
o‘rganishga     tilshunos     olima     M.Sodiqova     katta     hissa     qo‘shdi.     Olima     1963-
yilda “O‘zbek   tilida   rang-tus   bildiruvchi   sifatlar”   mavzuida   nomzodlik   ishini
himoya qildi.  Ikki  tomlik  “Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili”  (1966)  va  “O‘zbek  tili 
grammatikasi”  (1975) nomli tadqiqotlarning “Sifat” mavzularini yozdi, 1974-yilda
olimaning “Hozirgi o‘zbek tilida sifat” nomli monografiyasi e’lon qilindi.Masalan,
M.Sodiqova  1966-yilda  e lon  qilingan  “Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili”  asarida ‟
sifatning ma’no jihatdan olti turini alohida-alohida ajratib ko‘rsatgan edi: 
a) rang - tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil;
b) hajm bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun;
v) shakl bildiruvchi sifatlar: dumaloq, yassi, qiyshiq;
g) maza bildiruvchi sifatlar: achchiq, chuchuk, shirin;
d)  xarakter  va  xususiyat  bildiruvchi  sifatlar:  yaxshi,  yomon,  a’lo,  ablah,
urishqoq, tirishqoq;
e) holat bildiruvchi sifatlar:  kasal, musofir, boy,  kambag‘al, yosh, qari, kal, 
kar, pes va boshqalar. 7
  Olima  o‘zining  keyingi  tadqiqotlarida  sifatlarning  ma’no  turlarini  yanada 
kengaytirib, ularning sonini 8–9 taga yetkazgan. Agar M.Sodiqovaning 1974-yilgi 
monografiyasida sifatlarning ma’no turlari to‘qqiztaga yetkazilgan bo‘lsa, “O‘zbek
tili grammatikasi” (1tom,   1975)   da bu haqidagi   fikrlari yanada   aniqlashtirilgan
va kengaytirilgan.
   O‘tgan asrning 70–90-yillarida o‘zbek tilshunosligida sifat turkumini talqin 
etish yanada chuqurlashdi va ilmiy tus oldi. Jumladan, keyingi o‘ttiz-o‘ttiz besh yil
davomida     o‘zbek     tilshunosligida     tilning     grammatik     qurilishini,     lug‘aviy
tarkibini   o‘rganish   sohasida   sezilarli   yutuqlar   qo‘lga   kiritildi.   Bunday     yutuqlar
bevosita   sifat   so‘z     turkumini     o‘rganish     sohasiga     ham     aloqadordir.     Masalan,
6
 Ko‘rsatilgan asar.– B.343 – 357.
7
 Sodiqova M. Sifat // O‘zbek tili grammatikasi, ikki tomlik, 1-tom.  –Toshkent: Fan, 1976. – B.301. 
9 M.Xoliyorov  “Ot negizlaridan  so‘z yasovchi  affikslar haqida” nomli maqolasida
-chi,  -dosh,  -kash,  -kor    singari     ot    yasovchi    qo‘shimchalarning   xususiyatlarini
kengroq  tahlil  etib, quyidagi xulosani bayon etadi:
           “Demak,  “shaxs  oti  yasovchi”  deb  yuritiladigan  affikslar  yordamida 
yasalgan so‘zlar otlarga (shaxs  otlariga)  emas, sifatlarga xos ma’no va grammatik
xususiyatlarga ega. Chunki bu tipdagi  affikslar, asosan, otlarga  (otlashgan boshqa
so‘zlarga     ham)     qo‘shiladi     va   otdan     ot     emas,   otdan   sifat     yasaydi.   Shuning
uchun,   bizningcha, ot negizlariga qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z yasovchi -chi, 
-dosh,   -kash,   -kor     tipidagi     affikslarni     sifat     yasovchilar,     ular     yordamida
yasalgan     so‘zlarni     esa   yasama     sifatlar   deb   atash   lozim     bo‘ladi.     Ishchi,
kolxozchi, paxtakor  kabi  yasama sifatlarning kontekstdan tashqarida ham ot kabi
tushunilishini esa substantivatsiya hodisasi deb qarash kerak” 8
.
     G.  Sodiqova  achchiq,  harir,  qattiq,  silliq,  shirin  kabi  sifat  leksemalarni 
“sezgi     ifodalovchi     sifat     sememalari”     nomi     ostida     o‘rganib,     ularning
komponent tarkibini belgilashga harakat qildi. 9
     U.Tursunov,  J.Muxtorovlar  tomonidan  yaratilgan  “Hozirgi  o‘zbek  adabiy 
tili”     (birinchi     nashri,1965;     ikkinchi     nashri     1975;     uchinchi     nashri     1992)
asarida sifatning  ma’nosi  va  grammatik  belgilari  talqiniga  keng  o‘rin  berilgan.
Bu   ishda uning   oldingi   nashrida   bo‘lganidek,   sifatlarning   otga   ko‘chishi   va
otlashuvi   (substantivatsiyasi)   hodisalarini     bir-biridan   farqlashga   harakat   qilinadi.
“Sifatning   otga   ko‘chishi   va   otlashuvi,   boshqa-boshqa   hodisalardir.   Bir
turkumdagi   so‘zning   boshqa     turkumga     ko‘chishi     deganda     til     taraqqiyoti
natijasida  bir  turkumdan ikkinchi  turkumga o‘tgan  so‘z nazarda  tutiladi.  Bunda
mazkur   so‘zning   grammatik   mohiyati,    qisman     ma’nosi     o‘zgaradi.    Sifatlarning
otga     ko‘chishi     ham     shunday   hodisadir.     Masalan,     qiz,     o‘g‘il,     erkak,     ayol,
kasal,     chol,     kampir     kabi     so‘zlar     asli   sifat   bo‘lib,   keyinchalik   otga   aylangan.
Bunday   so‘zlarning   otga   ko‘chganini   yoki   ko‘chayotganini     ko‘rsatuvchi     belgi
ularning     sifat     bilan     ifodalangan     aniqlovchi   olishida   korinadi:   Yosh   yigit,   qari
8
 Xoliyorov M.Ot negizlaridan so‘z yasovchi affikslar // O‘zbek tili va adabiyoti, 1973.-  № 1. - B.82. 
9
 Sodiqova G. Sezgi ifodalovchi sifat sememalari // O‘zbek tili va adabiyoti, 1977.- № 3. - B.53-55.
10 chol, chiroyli ayol  kabi.Sifatning (yoki  boshqa biror  turkum  so‘zining)    otlashuvi
esa uning gapda ot bajaradigan sintaktik vazifada kelishidir…”. 10
  S.Usmonovning  M.  Mirzayev  va  I.  Rasulovlar  bilan  hamkorlikda  yozgan
“O‘zbek  tili”  nomli  asari  (1978)da  ham  sifatlar  tahlili  ancha  ixcham  berilgan.
Lekin   bu   asarda,   bizningcha,   bir   noaniqlikka   yo‘l   qo‘yilgan,   ya’ni   rus   tili
orqali   kirgan   ba’zi   sifatlar   tarkibida   uchrovchi   -ik   (pedagogik),   -iv   (obyektiv,
progressiv   ),   -l,     -al   (formal,   gorizontal),     -on     (intonatsion   )     kabi   affikslar   sifat
yasovchi   affikslar   deb   talqin     qilinadi. 11
Bu   fikrga   O.   Madrahimov   ham   o‘zining
“O‘zbek   tilida   sifat   va     yangi     yasalgan     sifatlar     masalasiga     doir”     nomli
maqolasida  qo‘shilib,  yangi yasalgan  sifatlar  haqida  so‘z  yuritar  ekan,  rus  tili
orqali     o‘zlashgan     sifatlar   tarkibida     qo‘llanuvchi     -ik-iv-al,-l,-ion,-sion,-atsion
affikslarini   o‘zbek   tilida   mustaqil     qo‘llanuvchi,     o‘zlashgan     sifat     yasovchi
affikslar,     deb     hisoblaydi.     Bu   mulohaza   dots.T.Xo‘jayevning   quyidagi     fikrlari
orqali  inkor etiladi:   “Bizningcha, antik,   kosmik,   genetik,   simfonik,   dekorativ,
operativ,     kooperativ,     aktiv,     real,   optimal,     internatsional     sifatlari     yasaluvchi
negizlarga    va   yasovchi     affikslarga  ajralmaydi.    Demak,    ular     affiksal    formali
sifatlar  emas.  Chunki  ular  o‘zbek  tilida yasalgan  emas,  balki  o‘zbek  tiligacha
yasalgan.   O‘zbek   tilida   esa   ular   bitta morfema holida qisqartirish bilan hozirgi
holatida,   aniqrog‘i   affiksli   formada   emas,   balki     morfemalarga     ajralmaydigan
negiz  formasida  qabul  qilingan.  Demak,  ular etimologik  jihatdangina  yasama
sifatlardir.     O‘zbek     tilida     esa     ular     nisbatan     yangi   so‘zlar     bo‘lgani     holda,
morfologik  strukturasi  jihatidan  tub  sifatlardir.” 12
Ayni fikrlarga  Zafar  Pardayev
o‘zining     “O‘zbek     tilida     sifatlarning     semantik-uslubiy   xususiyatlari”     ilmiy
monografiyasida     ham     qo‘shilajagini     bildiradi     va   T.Xo‘jayevning   yuqoridagi
fikrlarini   qo‘llab-quvvatlaydi.   Bizning   fikrimizcha   esa,   yuqorida     tilga     olingan
o‘zlashma    qo‘shimchalar    internatsional    qo‘shimchalar  bo‘lib, bora-bora o‘zbek
tiliga   ham   singishib,   yangi   o‘zbekcha   so‘zlar   yasalishiga   xizmat   qilishi   ham
10
 Tursunov U., Muxtorov J. Sifat // Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy 
tili, qayta ishlangan, to‘ldirilgan uchinchi nashri. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. – B.280 – 287.
11
 Usmonov  S. Sifat // Mirzayev M., Usmonov S., Rasulov I.O‘zbek tili.–Toshkent:O‘qituvchi, 1978. – B.100 –109.
12
 Xo‘jayev T., Mullajonova H. Yangi yasalgan sifatlar tahliliga tanqidiy obzor // O‘zbek   tili 
grammatik qurilishi, leksikologiyasi va dialektologiyasi masalalari, Samarqand: SamDU nashri, 1976. – B.89 – 99.   
11 mumkin.   Buni   biz   o‘zbek   tilining   tarixiy   taraqqiyot   evolutsiyasi   orqali   yaqqol
isbotini   ko‘rishimiz   mumkin.   Chunonchi   arab   tili   orqali     o‘zlashgan         -iy,     -viy
yoki     fors     tili     orqali     kirib     kelgan     -xona,     -kor,     no-,     bo-,     be-     kabi
qo‘shimchalarning, dastavval, faqat o‘zlashma so‘z yasalishidagi ishtirokiga guvoh
bo‘lgan   bo‘lsak,   keyinchalik   bu   qo‘shimchalar    o‘zbek   tili   affiksal   tarkibiga
shuqadar   singib   ketdiki,   endilikda   biz   ulardan   bemalol   sof   o‘zbekcha   so‘zlar
yasashda   ham     foydalanyapmiz.     Til     taraqqiyotida    bunga     o‘xshash     misollarga
ko‘plab     duch   kelishimiz   mumkin.   Rus   tili   orqali   o‘zlashgan   ba’zi
qo‘shimchalarning   taqdiri   ham   xuddi     shu     ko‘rinishda     davom     etsa,     ajabmas.
Chunki     til     hamonki,   ijtimoiy     hodisa   ekan,     unda     turfa     xil     o‘zgarishlar     va
yangilanishlar  sodir  bo‘lishi  juda  tabiiy  hol hisoblanadi.
              “Hozirgi     o‘zbek     adabiy     tili”     (1-qism,1980)     nomli     darslik     o‘zbek
tilshunosligida  salmoqli  o‘rin  tutadi.  Ana  shu  asardagi  “Sifat”  mavzusi  yirik 
tilshunos  olim  Azim  Hojiyev  qalamiga  mansub. 13
 Bu  darslikda  sifatlarning 
grammatik     xususiyatlarini     tahlil     etishda     oldingi     ishlarga     nisbatan     farqli
tomonlar ancha   ko‘proq.   Eng   muhimi,   bu   ishda   sifatlar   asliy   va   nisbiy   deb
ikki     turga   ajratilmagan,   bunday   yo‘l   tutishning   sababi   ham     ko‘rsatilmagan.
Sifatlarda   oddiy   (normal)     daraja,     orttirma     daraja     va     ozaytirma     daraja
mavjudligi     ta’kidlangan.   Orttirma     daraja     fonetik     usul     bilan     (dum-dumaloq,
ko‘m-ko‘k),   leksik   usul   bilan (nihoyatda baland, behad xursand, juda   go‘zal ),
ozaytirma daraja esa leksik usul bilan  (sal  durust,  bir  oz  yaxshi,  xiyol  ochiq),
morfologik     usul     bilan     (kattaroq,   kichikroq,   sarg‘ishroq   kabi)   hosil   bo‘lishi
izohlab berilgan.
   Tilshunos  olima  A.Hamitova  70–80-yillarda  turkiy  tillarda  so‘z ma’nosining
kuchaytiruv     vositalarini     o‘rganish     sohasida     qator     ishlarni     amalga   oshirdi.
Olimaning  nomzodlik  dissertatsiyasi,  bir  necha  ilmiy  maqolalari  hamda 
“Turkiy  tillarda  so‘z  ma’nosining  analitik  yo‘l  bilan  kuchaytirilishi”  nomli 
monografiyasi  (1984)  xuddi  shu  muammoni  o‘rganishga  bag‘ishlangan  edi. 
13
 Hojiyev A. Sifat // Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I.,   Doniyorov X. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili, 1- qism.  – Toshkent: O‘qituvchi, 1980. – B.251 – 258.
12 Olimaning    kuzatishlaridan     shu     narsa     ma’lum     bo‘ladiki,     o‘zbek    tilida    juda,
eng, g‘oyat, nihoyatda, bir, biram tim, naq, zap, behad, benihoya, cheksiz,  beqiyos
kabi   so‘zlar     sifat     darajalari     singari     belgini     kuchli,     emotsional     bo‘yoqdor
shaklda ifodalashga xizmat qiladi. 14
        80-yillarda   S.   G‘iyosov   o‘zbek   tilidagi     subyektiv   baho   sifatlarining   semik
tahlilini  amalga  oshirdi, shu  mavzuga  oid  bir  necha  ilmiy  maqolalar  yaratdi 15
va nomzodlik   dissertatsiyasini    himoya   qildi.   Masalan,    S.   G‘iyosov   “O‘zbek
tilida asliy   sifatlarning   ko‘chma   baholash   ma’nosi   haqida”   nomli   maqolasida
dastlab   asliy   sifatlarni   ma’no   jihatdan   tabiiy   (fizik)   xususiyatlarni   ifodalovchi
(katta tosh, kichik  tosh  kabi) va subyektiv baho ma’nolarini ifodalovchi  (yaxshi,
chiroyli     kabi)   deb   ikki   guruhga   ajratadi.   Shundan   keyin   fizik   belgi   ifodalovchi
sifatlar   ko‘chma   ma’noda     qo‘llanganda     ularning     semantik     strukturasida     ro‘y
beradigan o‘zgarishlarni birma-bir tahlil etadi, buning  uchun   og‘ir   so‘zining turli
matnlarda qo‘llanilishiga oid misollarni keltiradi.
       Ma’lumki, o‘zbek tili semasiologiyasining asosiy nazariy muammolaridan 
biri leksik materialni tahlil qilish birligi va bu birliklarning asosiy lug‘aviy birlik 
(so‘z)ga  munosabati  masalasini  aniqlashdir.  Shuningdek,  o‘zbek  tili  lug‘at 
tarkibining  leksik-semantik  guruh  (LSG)  larini  sinchiklab  o‘rganish  o‘zbek 
tilshunosligi     oldida     turgan     dolzarb     muammolardan     bir       sanaladi. 16
Masalaga
shu nuqtayi  nazardan  qaraganda,  S.  G‘iyosovning  subyektiv  baho  ifodalovchi
(SBI) sifatlarni sakkiz  ichki  LSG  ga  ajratib  tahlil  qilishi, bu  LSG  larning  bir-
biridan   semik     tarkibi   jihatidan   farqli     tomonlarini     ko‘rsatishi   diqqatga   sazovor.
Masalan,     S.   G‘iyosovning   fikriga   ko‘ra,   subyektning   aqliy   faoliyatiga   ko‘ra
belgini   ifodalovchi   LSG   ga     aqlli,   dono,   oqil     kabi   sifatlar   kiradi.   Ular
subyektning     aqliy     faoliyati     bahosini       turli      jihatdan xarakterlaydi. 17
14
 Hamitova A. Turkiy tillarda so‘z ma’nosining analitik yo‘l bilan kuchaytirilishi.  – Toshkent: Fan, 
1984.  – B.104.
15
 G‘iyosov S. O‘zbek tilida asliy sifatlarning ko‘chma baholash ma’nosi haqida // O‘zbek tili  va 
adabiyoti, 1982. – № 4. –B.51 – 54. 
G‘iyosov S. Asliy sifatlarning ikki semantik gruppasi haqida // O‘zbek tili va adabiyoti, 1984. - № 1. – B.58 – 60. 
G‘iyosov S. O‘zbek tilida subyektiv baho sifatlarining semik tahlili // O‘zbek tili va adabiyoti, 
1986.- №   2.– B.28 – 32 .
16
 Qo‘chqortoyev I. So‘z ma’nosi va uning valentligi ( o‘zbek tilidagi nutq fe’llari materiali
asosida ). – Toshkent: Fan, 1977. – B. 168.
17
 G‘iyosov S. O‘zbek tilida  subyektiv baho sifatlarining semik tahlili // O‘zbek tili va adabiyoti, 
13       O‘zbek tilshunosligida sifat so‘z turkumini o‘rganish bilan bog‘liq har bir ilmiy
tadqiqotning     o‘ziga     xosligi,     izlanish     metodlarining     xilma-xilligi     ko‘zga
tashlanadi. M. G‘anixo‘jayeva esa nomzodlik dissertatsiyasida o‘zbek tilidagi rang 
bildiruvchi  sifatlarni qiyosiy- tarixiy  yo‘nalishda tadqiq etib, ularning rivojlanish 
dinamikasini, sof turkiy va o‘zlashgan rang bildiruvchi so‘zlar qatlamini aniqlagan.
Tadqiqot     natijalari     shuni   ko‘rsatadiki,     eski   o‘zbek   tili   yozma   yodgorliklarida
qizil,   ko‘k     yashil     singari     rang     bildiruvchi     so‘zlar     ko‘chma     ma’nolarda
qo‘llanmaydi,substantivatsiyaga   uchragan   qora   so‘zi   esa   eng   ko‘p   –   sakkiz
ma’noda   qo‘llanilishi   ma’lum   bo‘ladi;   rang   bildiruvchi     so‘zlarning   yozma
yodgorliklar tilida qo‘llanish chastotasi quyidagicha:  qora –  18,8 %,  oq –  15,8%,
qizil –  6, 89 %, ko‘k – 3,5  %, yashil – 2,5 %, sariq – 2,5 % kabilar.
            Y. Tojiyev o‘zbek tilshunosligida affiksal sinonimiya muammolarini tadqiq
etishga  salmoqli  hissa  qo‘shdi.  Jumladan,  uning  qator  ilmiy  maqolalari, 18
monografiyasi     sifat     yasovchi     affikslarning     ma’nodoshligi     masalasini
o‘rganishga   bag‘ishlangan.     O‘zining     bu     sohadagi     izlanishlarini     olim
keyinchalik     doktorlik   dissertatsiyasida   umumlashtirdi.   Bu     tadqiqotlar     shuni
ko‘rsatadiki,   o‘zbek   tilida   ot   turkumiga   oid   so‘zlardan   sifat   yasab,   o‘zakdan
anglashilgan obyektga umuman ega ekanlikni bildiruvchi -li// -dor, -li// -ser, -dor//
-ser, - li//-ba, -li // -kor, - li//-mand, -li//-don,  -li//-nok  -li//  -chan,  -li//-toy,  ba-//-
dor,  ba-//-chan  kabi  so‘z  yasovchi affikslar  sinonimik  juftliklarni  hosil  qiladi.
Shuningdek,     ot     turkumiga     oid   so‘zlardan   sifat     yasab,   o‘zakdan     anglashilgan
obyektga ega   emaslikni   bildirgan   -siz//be-,   -siz//no-, be-//no-,   -siz// nim-   kabi
so‘z     yasovchi     affikslar   ham     tilimizda   sinonimik   juftliklarga   ega   ekanligini
ta’kidlab o‘tadi.
             R.R.  Lutfullayeva  nomzodlik  dissertatsiyasida  rus  va  o‘zbek  tilidagi 
baynalminal asosga ega  bo‘lgan  aktiv, intensiv, progressiv, agressiv, agrotexnik, 
omonimik,   sinonimik,   antonimik,   funksional,   internatsional,   okkazional,
ekspressiv,   emotsional,   ratsional   singari   sifatlarning   qo‘llanish   xususiyatlarini,
1986. - № 2. – B. 28 – 32.
18
 Tojiyev Y. –li,  -dor va  - ser affikslarining sinonimik munosabati haqida // O‘zbek tili stilistikasi 
masalalari, ToshDU asarlari, 427- chiqishi, Toshkent, 1972.  – B.181 – 186 .
14 ularni   bir   tildan   ikkinchi   tilga   tarjima   qilish   usullarini,   muqobil   variantlarini
o‘rgangan edi.
    90-  yillarda  nashr  etilgan  “O‘zbek  tilining  amaliy  grammatikasi”  (1992),
“O‘zbek tili jadvallarda“ (1993), “O‘zbek tili” (ixtisoslik grammatikasi, 1993) kabi
qo‘llanma     va     darsliklarda     sifat     turkumiga     oid     so‘zlarni     tahlil     qilishda
an`anadan   chekinish   hollari     unchalik   ko‘zga   tashlanmaydi.   Masalan,   “O‘zbek
tilining   amaliy   grammatikasi”     (1992)     asarida     sifatlarning     qo‘llanish
xususiyatlarini     yoritishga   alohida   e’tibor   berilgan.   Ozaytirma   va   kuchaytirma
sifatlar  (oqish, kattagina,  juda nafis), bosh qismi takrorlangan sifatlar (ko‘m-ko‘k,
qop - qora, yam - yashil, kap -katta),  ko‘chma  ma’noli sifatlar  (tulki  odam, anor
yuz,   tosh   yurak),     asosan,   turli   uslubiy     maqsadlarda     qo‘llanishi     ta’ kidlab
ko‘ rsatilgan. 19
. “O‘zbek   tili”   (1993) nomli   darslikda   esa   sifat   haqida   quyidagi
ixcham     ma’lumot     keltiriladi:     “Sifat   predmetning     belgisini     bildirib,     asliy,
nisbiy,     ozaytirma     va     kuchaytirma     darajalari   bilan   xarakterlanadi.   Gapda   esa
aniqlovchi vazifasini bajaradi”. 20
  “O‘zbek  tili jadvallarda” asari mualliflari sifatning  ma’no  turlarini  yettiga
ajratib  ko‘rsatgan:  a)  xususiyat  bildiruvchi  sifatlar:  kamtar,  quvnoq;  b)holat 
bildiruvchi     sifatlar     (keksa,     tinch     );     v)     shakl       bildiruvchi     sifatlar     (novcha,
yassi, uzunchoq   );   g)    rang-tus   bildiruvchi    sifatlar    (qizil,   sariq   );    d)   maza-
ta’m bildiruvchi  sifatlar  (achchiq,nordon);  e)  hid  bildiruvchi  sifatlar  (xushbo‘y,
qo‘lansa);  y ) narsa - buyumning vaqtga ko‘ra belgisini bildiruvchi sifatlar (kuzgi,
kechki). 21
   “Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili”  darsligida  ham  sifatlarning  belgi -xususiyatlari,
semantik   tasnifiga   doir   qimmatli     ma’lumotlar   berilgan.   Bu   darslikda   sifat
leksemalar  o‘zbek  tilining  substansial  yondashuv  nazariyasi  nuqtayi 
nazaridan     o‘rganilgan     bo‘lib,     ba’zi     bir     mulohazali     o‘rinlarga     ham     ega.
Darslikda   sifatning     umumiy     grammatik     ma’nosi     (UGM)     xususida     quyidagi
19
 Abdurahmonov H., Rafiyev A., Shodmonqulova D. O‘zbek tilining amaliy grammatikasi.  –
Toshkent: O‘qituvchi,   1992.  – B. 142 .
20
 Nazarov K., Sayfullayeva R., Ubaydullayeva M. O‘zbek tili ( ixtisoslik grammatikasi ).  – Toshkent: 
O’qituvchi, 1993.  – B.30.
21
 Nurmonov A., Rasulov R. O‘zbek tili  jadvallarda.  – Toshkent: O‘qituvchi, 1993.  – B.184.
15 ma’lumotlarga   duch     kelishimiz     mumkin:     “Asosan     predmetning,     qisman
harakatning     belgisini   bildiruvchi     darajalanuvchi     so‘z     sifat     deyiladi:     qizil
qalam,     oq     kabutar,     yaxshi   gapirmoq.Boshqa     so‘z     turkumi     ham     belgi
ifodalaydi.  Ammo   sifat  barqaror  va turg‘un  belgi  ifodalashi  jihatidan  ulardan
ajralib     turadi.     Masalan,     Gul     –     qizil   deganda     turg‘un     (statik)     belgi,     Gul
qizardi     deganda     esa     o‘zgaruvchi     (dinamik)   belgi     namoyon     bo‘lgan.Sifat
anglatadigan     belgi     boshqa     turkum     anglatadigan   belgidan   xususiyati   bilan
farqlanadi.  Masalan,  qizg‘ish  -  qizil  –  qip  –qizil.  Boshqa turkum  anglatuvchi
belgida  esa  bunday  xususiyat  yo‘q.  Sifat  gapda  asosan sifatlovchi aniqlovchi,
qisman kesim, hol vazifasida keladi.
        Shu   asosda   sifatning   UGM   sini   “asosan   predmetning,   qisman   harakatning
belgisini   bildirib,   gapda   asosan   sifatlovchi   aniqlovchi,   ba’zan   kesim,   ayrim
hollarda hol vazifasida kelish” ko `rinishida tiklash mumkin.  
   Belgi tushunchasi  o‘z  ichiga  rang  –  tus, hajm  –  shakl,  xarakter,  vazn, maza 
kabilarni   qamrab   oladi.   Belgining   xususiyatiga   ko‘ra   sifat   ikkiga   bo‘linadi:
asliy sifatlar va nisbiy sifat.
   Asliy  sifat  predmetning  turg‘un,nisbatlanmaydigan  va   darajalanadigan
belgisini   ifodalaydi:   [qizil],     [sariq],   [katta],   [ko‘p],   [oz].   Nisbiy     sifatlar     belgini
qandaydir   bir   predmet,   belgi,   miqdor,   o‘rin   va harakatga nisbatan ifodalaydi:
moddiy yordam, siniq  piyola,burchakdagi  o‘tirgich. 
    Nisbiy  sifatda darajalanish,  qiyoslanish  bo‘lmaydi. Lekin  u   daraja  belgisiga
ega   bo‘lgan     ravishdan     asosan     predmet     belgisini     bildirishi     bilan     farqlanadi.
Asliy sifatning  barchasida  daraja  shakllari,  ayrimida  ozaytirma  va  kuchaytirma
shakl bor. 22
     Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, keying yillarda yaratilayotgan  ayrim 
asarlarda   sifat    so‘z   turkumi    haqida   ba’zi    eski,   shu    so‘z   turkumi    tabiatiga
mos kelmaydigan  xususiyatlar  haqida  ham  fikr-mulohazalar  bayon  etilmoqda. 
Jumladan, nofilologik guruh talabalari uchun chiqarilgan “O‘zbek tili va adabiyoti”
22
 Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 
Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. – B.237.     
16 darsligida     “sifatlarning     ma’no     turlari     –     asliy     va     nisbiy     sifatlardan     iborat
bo‘ladi. Asliy   sifatlar   predmetning   asl    belgisini    bildiradi    (qizil,yashil,   botir)
kabi.     Nisbiy   sifatlar   yasama   sifatlardir,   ammo   ba’zan     ayrim     bosh   kelishik
shaklidagi   otlar   ham   sifat   turlariga   kiradi:   oltin   soat,   g‘isht   ko‘prik,   tulki   odam
kabi”, deb yozilgan.
Shunday qilib o‘tgan asrning  70  –  90- yillarida o‘zbek tilshunosligi sifat 
turkumiga  oid  so‘zlarning  grammatik  va  semantik  xususiyatlarini  tadqiq  etish 
sohasida qator ishlarni amalga oshirdi. 
1.2.Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda  umumta’lim maktablari  darsliklarida
sifat so‘z turkumining  berilishi
    Ta’lim-tarbiya   masalalari   doimo   o‘z   dolzarbligini   yo‘qotmagan.
Istiqlolgacha   bo‘lgan   davrda,aynan,   Chor   Rossiyasi   istilosi   davrida
mamlakatimizda   maorif   ishlari   belgilab   qo‘yilgan   dasturlar   asosida   olib   borilgan.
“Oktabr   to‘ntarishi”dan   keyingi   vaqt   oralig‘ida     maktab   hujjatlari   “Birlashgan
ishchi yoshlar maktablari dasturi”, “Davlat o‘quv-metodik kengashining kompleks
dasturi”,   “Metodlar   dasturi”asosida   yaratilgan   bo‘lib,   ma’lum   davrlarda   ularning
ta’limga sezilarli ta’siri sezilgan. 23
Ammo keyinchalik ularda o‘quvchilarning yosh
jihatlari   hisobga   olinmagani   uchun   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotgan.Shuningdek,   bu
dasturlarda alohida bir fan doirasidan kelib chiqish kuzatilmagan, aksincha ularda
umumiy metodik tavsiyalar berilgan. 
   Butun Rossiya Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo‘mitasining buyrug‘i asosida
1931-yil 5-sentabrdan 1932-yil 25-sentabrgacha qabul qilgan Qarorlariga tayangan
holda   yangi   maktab   dasturlari   yaratililishi   lozim   deb   topildi.   1933-yilda   bu
Qarorlarning   ijrosi   sifatida   Sovet   ittifoqi   Vazirlar   Mahkamasining   ilg‘or
zamonaviy talablarga asoslangan til ta’limi bo‘yicha 1- dasturi ishlab chiqildi. Bu
dastur til ta’limining asosi sifatida 1966-yilgacha xizmat qildi.
                       O‘zbekiston  SSRi  Ma’naviy ishlar  vazirligi  hamda Qori  Niyoziy nomidagi
O‘zbekiston   Pedagogika   fanlari   ilmiy   tadqiqot   instituti   tomonidan   1967-yilda
sakkiz   yillik   o‘zbek   maktablari   uchun   ona   tili   ta’limi   bo‘yicha   Dastur   ishlab
23
 Рахимова К.Развитие речи учащихся в связи с изучением темы "Имя прилагательное" в узбекской 
школе.Ташкент,1984.-  C.15.
17 chiqildi.   1971   –   1972   -yillardan   boshlab   bu   Dastur   bo‘yicha   O‘zbekistondagi
barcha maktablarda ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Bu Dasturga ko‘ra:  
1. Ona   tili   fani   bo‘yicha   materiallar   endilikda   o‘quvchilarning   yoshini   hisobga   olgan
holda, bosqichma-bosqich berib boriladigan bo‘ldi.
2. Ona   tili   darslarida   asosiy   e’tibor   o‘quvchilarning   og‘zaki   va   yozma   nutqini
o‘stirishga, ularda ifodali o‘qish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
3. Grammatik  qoidalarni  o‘rganish   jarayonida  ularni  amaliy  mashqlarni   bajarish   bilan
mustahkamalash evaziga o‘quvchilarning bilimlarini oshirish nazarda tutilgan.
4. Dasturda   yana   e’tibortalab   mavzulardan   biri   sifatida   o‘quvchilarga   til   bo‘limlarini
bir-biri   bilan   uzviylikda   o‘rganish,   so‘z   turkumlari   bo‘yicha   bilimlarni   egallashda
ularning sintaktik vazifalarini ham o‘zlashtirish birgalikda olib borilgan.
5. Ko‘lami   jihatidan   yirik   va   o‘zlashtirilishi   oson   bo‘lmagan   “Ot”,”Sifat”,   “Fe’l”
mavzulari   bir   sinf   bosqichida   emas,   balki   2   –   3   sinf   davomida   o‘rganib   borilgan.
Jumladan   ,   ”Sifat”   mavzusi   4-   va   5-sinf   darsliklarida   berilgan   bo‘lib,   bunday
taqsimlash o‘quv jarayonini birmuncha yengillashtirishga xizmat qilgan.
     O‘zbek tili  bo‘yicha 4-sinf darsligida 8 soat  davomida sifat so‘z turkumining leksik
ma’nolari   ,   asosiy   grammatik   belgilari   hamda   sifat   darajalari   mavzularini   o‘rganish
rejalashtirilgan.   5-sinfda   esa   “Orttirma   va   ozaytirma   darajadagi   sifatlar”,   “Sifatlarning
yasalishi”,   “Sifatlarning   otga   ko‘chishi”   kabi   mavzlarning   o‘rganilishi   uchun   15   soat
vaqt   ajratilgan.Aynan   shu  Dastur   asosida   darsliklar   yaratilishi   yo‘lga  qo‘yilgan  bo‘lib,
bu ishda katta ilmiy-metodik sa’y-harakatlar olib borilgan.
         O‘zbek tili bo‘yicha yaratilgan dastlabki darsliklarda , shuningdek, til muammolari
bo‘yicha   yaratilgan   ilmiy-nazariy   manbalarda   grammatik   terminlarning     berilishida
izchillik   bo‘lmagan.   Masalan,   1920-yilda   yaratilgan   o‘zbek   tili   bo‘yicha   dastlabki
darslikda “sifat” termini so‘zlashuv uslubi shaklida, ya’ni “sipat” ko‘rinishida berilgan. 
“O‘zbekcha   til   saboqlari”   darsligi   esa   “sifat   darajalari”   termini   o‘rniga   “sifat   sirlari”,
“oshirma(orttirma) daraja” o‘rniga “chog‘ishtirma daraja” terminlarini taklif qilgan. 24
 
       Sifat so‘z turkumini o‘quvchilarga o‘rgatishda izchillik 1956-yilda yaratilgan ilmiy-
nazariy   qo‘llanmalar   davriga   yetib     kelibgina   sezila   boshladi.   Tilshunos   olim   Z.
24
.Ramazon Q, Qayumi X..Grammatika.O`rta maktablar uchun darslik. I qism.-Toshkent:Davlat ilmiy nashri,1937.
18 Ma’rufovning “Hozirgi   zamon o‘zbek tili”   (1957)  nomli tadqiqotida “Sifat” mavzusi
yirik   ko‘lamda   yoritilishi   fikrimiz   dalilidir. 25
  Bu   borada   M.Sodiqovaning   tadqiqotlari
ham ahamiyatlidir.
          Metodik   jihatdan   esa   boshlang‘ich   va   o‘rta  ta’lim   maktablarida   o‘zbek   tili   ta’limi
bo‘yicha   U.Kamol   boshchiligida   nashrga   tayyorlangan   qo‘llanmada   sifat   so‘z
turkumining   qoidasi,   asliy   va   nisbiy   sifatlar   hamda   sifat   darajalari   to‘g‘risida
ma’lumotlar   berilgan   ,   xolos.   Ona   tili   darslarining   samaradorligini   oshirish   bo‘yicha
qo‘llanmada 26
 esa sifat mavzusi  qo‘shma va juft sifatlar , ularning imlosi haqidagi kabi
ma’lumotlarni o‘z ichiga jamlagan.
        Respublika   maktablari   ta’lim   tizimining   yangi   bosqichiga   o‘tishi   jarayonida   bir
soatlik dars ishlanmalarini  yaratish ehtiyoji tug‘ildi.Xuddi shunday dars ishlanmalarini
4-sinf 27
  darsligi   bo‘yicha   tuzgan   metodist   olima   professor   Karima   Qosimova     sifat
mavzusi   bo‘yicha   o‘tiladigan   har   bir   mavzuga   e’tibor   qaratdi.   5   –   6-sinflarda 28
  esa
asosiy urg‘u orttirma va ozaytirma darajadagi sifatlar va ularning imlosiga qaratilgan.
          Mazkur   davrda   sifat   so‘z   turkumini   o‘rgatishda   o‘quvchilarga   ko‘proq   yozma
matnlar ustida ishlash, bayon va insholar yozish, “Vatan adabiyoti” darsligida berilgan
parchalarda   keltirilgan   sifatlar,   epitetlarni   ajratish   vazifasi   qo‘yilgan.4   –   5-sinflarda
alohida  predmetlar,  tabiat   hodisalari,   turli   qahramonlar   haqida   ularning  xususiyatlarini
ifodalovchi   matnlar   tuzishga   ko‘poq   e’tibor   qaratilgan.Grammatik   topshiriqlardan   esa
sifatlarni   topib,   ularning   ma’nolarini   tushuntirish,   yasama   sifatlar   tarkibidagi   so‘z
yasovchi   qo‘shimchalarni   aniqlash,   ular   qaysi   darajada   ekanligi   –   oddiy   yoki   orttirma
kabi savollarga javob topish vazifalari qo‘yilgan.
            Har   bir   grammatik   mavzuni   o‘rganishda   o‘quvchilar   uchun   ma’lum   tarbiyaviy,
didaktik   vazifalar     qo‘yiladi.   Sobiq   Ittifoq   davrida     ona   tili   darslarida   o‘quvchilarning
og‘zaki   va   yozma   nutqini   o‘stirish   qatorida   ularni   kommunistik   ruhda   tarbiyalash
yetakchilik   qilgan.   O‘tilayotgan   darslar,   xususan,   sifat   mavzusini   o‘rganishda   ham
mamlakat   rahbarlarini   ulug‘lash   bo‘yicha   so‘z   birikmalarini   tuzish,   ularning
25
  Ma’rufov Z. Sifat // Hozirgi zamon o‘zbek tili ( leksikologiya, fonetika, grafika va orfografiya,
morfologiya ). - Toshkent: O‘zFA nashriyoti, 1957.
26
 Madaliyev B.Ona tili darslarining samaradorligini oshirish.-Toshkent,1969.
27
 Qosimova K.4-sinfda Ona tili darslari.- Toshkent: O`qituvchi, 1974.
28
 Omilxonova M., Abdullayev I., Abdulahatova R., Inog`omova R., Otashniyozova A..5 – 6-sinflarda Ona tili 
darslari. -Toshkent: O`qituvchi, 1978.
19 shaxsiyatini   ochib   berishga   qaratilgan   matnlar   yaratishga   ko‘proq   ahamiyat   berilgan.
Tuzilayotgan   har   bir   gapda   yuksak   vatanparvarlik   ruhi   sezilib   turgan:”Jahonda   Sovet
Ittifoqidan   ko‘ra   qudratli   kuch   yo‘q”,   “Sovet   mamlakati   barcha   tichliksevar
mamlakatlar bilan hamkor va hamnafas”. 29
          Sifat   mavzusini   o‘rganishda   qo‘yiladigan   vazifalar   esa   quyidagilardan   deb
belgilangan:
1. Sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlarning   ma’nolari   va   grammatik   belgilarini   chuqur
o‘zlashtirish.
2. Sifat so‘z turkumidagi so‘zlardan og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish qobiliyatini
shakllantirish.
3. Sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlarni   o‘rganishda   mamlakat     rahbarlari   hayoti   haqidagi
matnlarga   e’tibor   berish,   o‘quvchilarga   vatanparvarlik,   insonparvarlik,
internatsionalizm   ruhida   ta’lim   berish     ,   estetik   va   etik   tarbiya   elementlarini
shakllantirish .
4. Sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlar   bo‘yicha   bilimlarga   ega   bo‘lish   qatorida   ularni   o‘z
vaqtida mustahkamlash uchun turli yozma nazorat ishlarini o‘tkazish. 30
Bob bo‘yicha xulosalar:
1.Tilshunosligimiz tarixida sifat so‘z turkumi haqidagi ilk tadqiqotlar juda 
qadim     davrlarga     borib     taqaladi.     Chunonchi,     Koshg‘ariydan     boshlangan     bu
zanjir halqalari Navoiy davri va undan keyin XX asrning birinchi choragiga  kelib,
o‘z   takomilining   yuqori   cho‘qqisiga   ko‘tarildi.   Bunda   Abdurauf   Fitratning,
keyinchalik rus sharqshunos olimlarining xizmatlari katta bo‘ldi. 
2.   O‘zbek   tilshunosligida   sifat   so‘z   turkumiga   oid     ilk   ilmiy   tadqiqot     40     –
yillarning ikkinchi yarmida vujudga kelgan edi. Z.  Ma’rufov 1947-yilda Sankt  –
Peterburgda “O‘zbek tilida sifat darajalari”, 1950-yilga kelib G‘Abdurahmonov 
29
 Рахимова К.Развитие речи учащихся в связи с изучением темы "Имя прилагательное" в узбекской 
школе.Ташкент,1984. – C .45.
30
  Ushinskiy   K . D . Tanlangan   pedagogik   asarlar .- Toshkent : Ilmiy - pedagogik   nashr ,1954. – B .429.
20 Samarqandda     “Hozirgi     o‘zbek     tilida     sifatlarning     substantivatsiyasi
(otlashishi)”,   1955-yilda     O.     Madrahimov     “Hozirgi     o‘zbek     tilida     yangi
yasalgan    sifatlar”  mavzuidagi  nomzodlik ishlarini  himoya qilgan edi. 1957-yilda
O.Madrahimovning “O‘zbek  tilida  sifat  va  yangi  yasalgan  sifatlar  masalasiga
doir”  nomli  maqolasi e’lon qilingan edi.
3. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda umumta’lim maktablari darsliklarida sifat so‘z
turkumining berilishi, xususan,  Sobiq Sovet Ittifoqi  davrida avvaliga bir  yoqlama
munosabat   bilan   berilgan.   Bu   so‘z   turkumi   bo‘yicha   o‘quvchilarga   bilim   berish
nuqtayi   nazaridan   ona   tili   fani   bo‘yicha   1933-yilda   hamda   1937-yilda   qabul
qilingan Dasturlar asosida olib borildi.
4.Sifat   so‘z   turkumiga   oid   asosiy   mavzular:   ularning   grammatik   belgilari,
ma’noviy   guruhlari,   asliy   va   nisbiy   sifatlar,   sifat   dajalari,   sifatlarning   yasalishi
hamda   substansivatsiya(sifatlarning   otga   ko‘chishi   )   masalalarini   o‘rganishda
o‘quvchilarga asosan 4 – 5-sinflar doirasida bilim berish belgilab qo‘yildi.
5. Sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlarni   o‘rganishda   mamlakat     rahbarlari   hayoti
haiqdagi   matnlarga   e’tibor   berish,   o‘quvchilarga   vatanparvarlik,   insonparvarlik,
internatsionalizm   ruhida   ta’lim   berish     ,   estetik   va   etik   tarbiya   elementlarini
shakllantirishdan ta’lim oldiga qo‘ygan asosiy vazifalardan biri deb belgilandi.
II BOB.  Hozirgi davr “O‘zbek tili”  darsliklarida sifat so‘z turkumi  talqini
2.1. Umumta’lim maktablari “Ona tili” o‘quv dasturida sifat so‘z turkumi
mavzusining ahamiyati
          Sifat   so‘z   turkumini     o‘rganish     tizimi     materialni     leksik     va     grammatik
tomondan     izchillik     bilan     boyitib,     murakkablashtirib     borishni     ko‘zda     tutadi.
Sifat,   uning   lug‘aviy   shakllari,   yasalishi   6-sinfda   o‘rganiladi.   Ammo   bu   so‘z
turkumiga oid dastlabki ma’lumotlar boshlang‘ich sinflarda berilganligini inobatga
olib,   mazkur   so‘z   turkumini   o‘rganish   ana   shu   egallangan   zaruriy   bilimlarni
o‘quvchilar xotirasida tiklash bilan boshlanadi. 
21      Ma’lumki, o 'quvchilar  1-  va  2-sinfda  sifatning  leksik  ma’nosini  kuzatadilar,
sifatga     qanday?,     qanaqa?   so'rog‘ini     berishga     o'rganadilar;     3-sinfda   sifat     so'z
turkumi     sifatida     o'rganiladi;     4-sinfda     ilgari     o'rganilganlar   takrorlanib,
grammatik     materialga     bog‘liq     holda     qip-qizil,     yam-yashil   kabi     orttirma
darajadagi     (atama     aytilmaydi)     sifatlarning     yozilishi   o'rgatiladi.     Ona   tili     va
o‘qish  darslarida o‘quvchilar  nutqi  yangi-yangi sifatlar  bilan  boyitiladi,  ularga
oldindan  ma’lum  bo'lgan  sifatlarning ma’nosiga aniqlik  kiritiladi. 31
        Sifatni     o‘rganish     metodikasi     uning     lingvistik     xususiyatlariga     asoslanadi.
Sifat     predmetning     belgisi     (rangi,     hajmi,     shakli     va     ko'rinishi,   maza-ta’mi,
xarakter-xususiyati,     hidi,     vazni,     o‘rin     va     paytga     munosabati)ni     bildiradi.
Sifatning   leksik   ma’nosi   uni   ot   bilan   bog‘liq holda   o‘rganishni   talab   qiladi.
Sifatni     tushunish     uchun     1-sinfdanoq   o‘quvchilar     e’tibori     sifatning     otga
bog‘lanishini  aniqlashga  qaratiladi. O‘quvchilar predmetning  belgisini  aytadilar,
ularda   so‘roq   yordamida gapda   so‘zlarning   bog‘lanishini   aniqlash   ko‘nikmasi
o‘stiriladi,   ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan   so‘z birikmasini   ajratadilar
(atama aytilmaydi).  Keyingi  sinflarda  bu  bog‘liqlik  aniqlashtiriladi.  Shunday 
qilib,   sifatning semantik-grammatik xususiyatlari    sifat ustida ishlashni  leksik va
grammatik (morfologik va sintaktik) yo‘nalishda olib borishni talab  etadi.
             Boshlang‘ich   sinflarda   sifat   mavzusi  quyidagi   izchillikda o‘rganiladi:   I)
sifat   bilan   dastlabki   tanishtirish   (1-,   2-sinf);   2)   sifat   haqida tushuncha berish
(3-sinf);     3)   shu   grammatik   mavzu   bilan   bog‘liq   holda   ayrim   sifatlarning
yozilishini  o‘zlashtirish  (4-sinf).
            Sifat   bilan     (atamasiz)     dastlabki   tanishtirish     (birinchi   bosqich)     sifatning
leksik     ma’nosi     va   so‘roqlari     ustida     kuzatish     o‘tkazishdan     boshlanadi.
Predmetning   belgilari   xilma-xil     bo‘lib,     uni     rangi,     mazasi,     shakli,   xil-
xususiyatlari     tomonidan     tavsiflaydi.     Shunday     ekan,     sifat     tushunchasini
shakllantirish  uchun  uning  ma’nolarini  aniqlash  talab  etiladi.
          O‘qituvchi   predmetni   yoki   uning   rasmini   ko‘rsatadi,   o‘quvchilar   uning
belgilarini     aytadilar     va     yozadilar.     Masalan,     (qanday?)   olma     —     qizil,shirin,
31
 Qosimova K.,Matchonov S., G'ulomova X.,Yo'ldosheva Sh.,Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –Toshkent: 
Noshir,  2009. –B.258.
22 yumaloq     olma;     (qanday?)   ip     —     uzun,     ko‘k     ip.     Albatta,     suhbat   asosida
o‘quvchilar   olma,   ip   so‘zlari   nima? so‘rog‘iga   javob   bo‘lib, predmet   nomini
bildirishi,  qizil,  shirin,  yumaloq kabi  so‘zlar  qanday? so‘rog‘iga  javob  bo‘lib,
predmetning     belgisi     (rangi,     mazasi,     shakli)   ni     bildirishini     aniqlaydilar.
O‘qituvchi  atrofimizni  o‘rab  olgan  predmetlarning  o‘z  belgilari  borligini,  ular
bir-biridan     shu     belgilar     bilan   farqlanishini     yana     bir-ikki     misol     bilan
tushuntiradi   ( Qanday? Daraxt —   katta,   chiroyli, sershox,    kо ‘m-ko ‘k daraxt.
Qanaqa   ?   shkaf   —     oynali,baland   shkaf).   Xulosa   chiqariladi:     qanday?,   qanaqa?
so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar predmet  belgisini bildiradi.
         O‘quvchilar   belgi   bildirgan   bunday   so‘zlaming   nutqimizdagi  ahamiyatini
anglashlari     uchun     sifat     ko‘p     uchraydigan     matn     tanlanib,   avval     sifatlarini
tushirib   qoldirib,   so‘ngra   sifatlari   bilan   o‘qib   beriladi va   mazmuni   taqqoslab
ko‘rsatiladi.     Predmetni     aniq     tasvirlash     uchun   uning     belgisini     bildiradigan
so‘zlardan     foydalanilgani     tushuntiriladi.   Bu   darslarda   ko‘rgazma   vositalar
(predmetlar, predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan  keng  foydalaniladi.
         O‘quvchilar qanday?,   qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan   (predmet belgisini
bildirgan)  so‘zlarni  o‘zlashtirishlari  uchun  mashqning  quyidagi  turlari  samarali
hisoblanadi:     1)     so‘roq   yordamida   predmetning   belgisini     bildirgan     so‘zlarni
tanlash;  2) aralash  berilgan so‘zlardan gap tuzish;  3)  matndan  kim? yoki  nima?
so‘rog‘iga   javob   bo‘lgan   so‘zni   va   unga     bog‘langan     qanday?   va     qanaqa?
so‘rog‘iga   javob     bo‘lgan     so‘zni   tanlab     (so‘z     birikmasini     topib)     aytish     va
yozish;  4)  tayanch  so‘zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
        Ikkinchi   bosqichda     asosan     ikki   vazifa:     “Sifat”   tushunchasini   shakllantirish
hamda   o‘quvchilar   nutqini   yangi   sifatlar   bilan     boyitib     borish,   fikrni     aniq
ifodalash   uchun     mazmunga   mos   sifatlardan     nutqda     o‘rinli   foydalanish
ko‘nikmasini  o‘stirish  hal  qilinadi.
    “Sifat”  tushunchasini  shakllantirish  o‘quvchilaming  “predmet belgisi”  degan
umumlashtirilgan     kategoriyani     o‘zlashtirish     darajasiga   bevosita     bog‘liq.     Shu
maqsadda   rang,     maza,     shakl,     hajm,     xil-xususiyat   bildiradigan     so‘zlar
guruhlanadi  va  shu  so‘zlaming  xususiyatlari umumlashtiriladi.  Sifatning leksik
23 ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik   xususiyatlari   ham   qayd   etiladi.
Sifatlarning     xususiyatlarini   umumlashtirish     asosida     o‘quvchilar     uning     so‘z
turkumi  sifatidagi o‘ziga  xos  ko‘rsatkichlarini  ajratadilar:  
a)  predmet  belgisini  bildiradi,
b)  qanday? yoki  qanaqa? so‘rog‘iga  javob  bo‘ladi,  
d)   gapda   otga bog‘lanib,   shu   ot   bilan   so‘z   birikmasi   hosil   qiladi,   ikkinchi
darajali bo‘lak vazifasida keladi.
       Bu sinfda og‘zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki istirohat  bog‘iga
ekskursiya     vaqtida     kuzatilgan     daraxt,     qushlar,     hayvonlarni     tasvirlab   kichik
hikoya tuzish  kabilar)ga  katta o‘rin beriladi.
        O‘quvchilaming   sifatning     leksik     ma’nosi     haqidagi     tushunchalarini
chuqurlashtirish     va     predmetni     har     tomonlama     tasvirlash     malakasini   o‘stirish
uchun:  
1)     berilgan     predmetlarning     rangi,     mazasi,     shakli,   xususiyatini     ifodalaydigan
sifatlar tanlash  va  yozish:  
Qanday? Shaftoli —  shirin,  suvli,  tuksiz  shaftoli.  
Qanday? Kitob – qalin ,  qiziqarli  kitob ;
2)  berilgan  belgilariga  qarab  qaysi  hayvon  ekanini  aniqlash:  
Tikanli,kichkina, foydali ...  (tipratikan).  
Ehtiyotkor,  ayyor,  yovvoyi  ... (tulki);
3)  predmetlarning  belgisiga  qarab  topishmoqlarning  javobini  aytish 
kabi  mashqlardan foydalanish  mumkin.
        Sifatning   nutqimizdagi,   fikrni   aniq   va   tushunarli   ifolashdagi   o‘rnini   puxta
o‘zlashtirishga erishish uchun   ma’nodosh va zid   ma’noli sifatlar ustida   ishlash,
o‘qish     darslarida     sifatning     o‘z     va     ko‘chma     ma’noda   ishlatilishini     kuzatish
maqsadga   muvofiq.   Sifatni    o‘rganish jarayonida so‘z yasashga  oid   mashqlarni
muntazam   o‘tkazib  borish     o‘quvchilarda  u yoki   bu so‘z  turkumini   yasash   uchun
so‘z   yasovchi   qo‘shimchalardan   ongli     foydalanish     malakasini
shakllantiradi.Uchinchi     bosqichda     sifat     haqidagi     bilimlarni     takomillashtirish,
og‘zaki     va    yozma     nutqda   sifatlardan     aniq,    o‘rinli     foydalanish     ko‘nikmasini
24 o‘stirish   bilan     bog‘liq   holda     -roq   qo‘shimchasi   bilan     qo‘llangan   sifatlarni     va
ko‘m-ko‘k,     yam-yashil   kabi     sifatlarni     to‘g‘ri     yozish   malakasi   shakllantiriladi.
Ish   mazmuni   shu   vazifalarni   bajarishga   qarab   belgilanadi   va   o‘quvchilar   nutqini
o‘stirishga qaratiladi.
          Nazariy     ma’lumotlarga     asoslanib:     matnda     berilgan     otlaming   belgilarini
ifodalaydigan     sifatlarni     tanlab     qo‘yish,     gapda     sifat   bog‘langan     otni     (so‘z
birikmasini)     aniqlab   yozish;     otga     mos     sifatlar   tanlab     predmetni     tasvirlash,
berilgan     sifatlar     yoki     so‘z     birikmasi   bilan     gap     tuzish     kabi     mashqlardan
foydalaniladi.  Mashq  materialini  tanlashda  -roq  qo‘shimchasi  bilan  qo‘llangan
yaxshiroq,aqlliroq kabi,  shuningdek,  tip-tiniq,  sap-sariq kabi  sifatlar  ko‘proq 
bo‘lishiga e’tibor beriladi.  O‘quvchilaming mustaqilligi osha borgan sayin  mashq
topshiriqlari ham asta-sekin  murakkablashtira boriladi. 
Shunday     qilib,     sifatni     o‘zlashtirishda     uni     ot     bilan     o‘zaro     bog‘liq   holda
o‘rganishga     asoslaniladi.Sifat   haqidagi   bilimlarni   takomillashtirish   og‘zaki   va
yozma   nutqda   undan   o‘rinli   foydalanish   ko‘nikmasinni   o‘stiradi,orfografik
malakani   mustahkamlaydi,   o‘quvchilarni   nutq   madaniyatini   egallashlarida
ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qiladi. 32
2.2. Mavjud darsliklarning  sifat so‘z turkumini o‘rganish bosqichlari va
izchilligi bo‘yicha tahlili
2.2.1. N.Mahmudov, A. Nurmonov,A. Sobirov, D. Nabiyevalar muallifligida
nashr etilgan 6-sinf “Ona tili” darsligi tahlili
O‘quvchilarga   har   tomonlama   puxta   bilim   berishda   darsliklarning   ahamiyati
kattadir.   Jumladan   hozirgi   davr   o‘quv   qo‘llanmalaridagi   sifat   so‘z   turkumining
o‘rganish   jarayoni   to‘g‘ri   rejalashtirilsa,   samaradorlik   ko‘rsatkichi   ham   oshib
boraveradi.
        Shu   nuqtayi   nazardan   amalda   qo‘llanilib   kelayotgan   2017-yilda   Nizomiddin
Mahmudov va boshqa mualliflar tomonidan yaratilgan 6-sinf  “Ona tili “ darsligida
sifat so‘z turkumi bo‘yicha quyidagi mavzular berilgan: 33
32
 Ernazarov G`.Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi.O`quv qo`llanma. Toshkent. Ilm- ziyo, 2013.- 
B.126.
33
  Mahmudov N.va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.- Toshkent,2017. -
B.133-158.
25  Sifat 
 Sifatlarning yasalishi 
 Sifat yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi
 Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda sifat.
 Qo‘shma sifat 
 Juft sifatlar va ularning imlosi 
 Takroriy sifatlar va ularning imlosi 
 Asliy va nisbiy sifatlar
 Sifat darajalari 
 Sifatlarning oddiy daraja shakli
 Sifatlarning orttirma daraja shakli 
 Sifatlarning qiyosiy daraja shakli 
 Sifatlarning ozaytirma shakli 
 Sifatlarning ma’no guruhlari 
 Xususiyat, hajm-o‘lchov, makon-zamon sifatlari 
 Rang-tus, maza-ta’m va hid sifatlari 
 Sifatlarning otlashuvi
 Mustahkamlash 
  Demak,   yuqori   sinflarda   sifat   mavzusini   o‘rganish,   bu   so‘z   turkumga   oid
bilimlarni   boyitish   aynan   shu   mavzular   doirasida   o‘rganilar   ekan,   o‘quvchilar
uchun, avvalo , quyidagi qoida o‘ziga xos misollar orqali o‘rgatiladi:  
Otga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan va «qanday?», «qanaqa?» so‘roqlariga
javob bo‘ladigan so‘zlarga sifat deyiladi. 34
        Bu   borada   o‘quvchilar   sifat   gaplar   tarkibidagi     so‘z   turkumiga   oid   so‘zlarni
ajrata   olish   ko‘nikmasini   hosil   qilishlari   kerak.Jumladan,   bu   vazifani   bajarish
uchun quyidagi mashq berilgan:
  Baqqol   amaki   o‘zi   pakana-yu,   lekin   yuzi   katta,   peshonasi   keng,   yakkam-
dukkam   soqolli,   burni   puchuq,   iyagi   kalta   odam.   Qorni   ham   haddan   tashqari
34
  Mahmudov N.va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.- Toshkent,2017. -
B.133
26 katta   bo‘lganligi   uchun   o‘tirganda   xuddi   bir   qop   go‘shtdek   bo‘lib   qoladi.
O‘ziyam   juda   g‘alati   odam,   sergapmi,   kamgapmi,   bilib   bo‘lmaydi.   Bir
qarasangiz,   qiziq-qiziq   gaplarni   aytib,   odamlarni   kuldirib   o‘tiradi;   bir
qarasangiz, gung bo‘lib boshini egib oladi. (X. To‘xtaboyev)
        Darslikda   berilgan   navbatdagi   mashq   ham   xuddi   oldingisidek   o‘quvchilardan
sifat   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlarni   topishni   va   ularni   qanday   so‘roqlarga   javob
berishini aytishni so‘raydi. Qo‘shimcha tariqasida mavzuni yaxshi o‘zlashtirish va
belgiga xos so‘zlarni yodda saqlash  uchun quyidagi savol  va topshiriqlarga javob
berish   bilan   ushbu   mavzuga   oid   dastlabki   bilimlarini   mustahkamlashni   taklif
qilamiz:
1. Sifat deb nimaga aytiladi?
2. Sifatlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
3. Rang-tusni bildiruvchi sifatlarga misollar keltiring.
4. Maza-ta’mni bildiruvchi sifatlar ishtirokida gaplar tuzing.
5. Belgi-xususiyat bildiruvchi sifatlar qaysilar?
      Navbatdagi   o‘zlashtirilishi   biroz   murakkab   bo‘lgan   mavzulardan   birini
“Sifatlarning yasalishi” ni o‘rgatishda o‘qituvchidan mahorat talab qilinadi.
          Darslikda   berilgan   dastlabki   topshiriqqa   ko‘ra   o‘quvchilar   berilgan   sifatlarni
tahlil qilishlari , ularning qaysi tub , qaysi yasama so‘zlar ekanligini shu kungacha
olgan bilimlariga tayangan holda o‘zlashtirishlari lozim:
Shirin, oq, katta, shirali,mazmundor, serunum, kamhosil , ko‘ylakbop, xushfe’l
   Sifatlar   tarkibiga   ko‘ra   tub   va   yasama   sifatlarga   bo‘linadi.   Tarkibida   so‘z
yasovchi   qo‘shimchalar   bo‘lmagan   sifatlar   tub   sifatlar,   asos   va   so‘z   yasovchi
qismdan iborat bo‘lgan sifatlar yasama sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga
qo‘shimchalar qo‘shish yoki so‘z qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi.
    Qoidani mustahkamlash uchun quyidagi mashqni bajaramiz:
Oybekning   «Bolalik»   asaridan   olingan   gaplarni   o‘qing.Qavs   ichidagi   sifat
yasovchi qo‘shimchalardan mosini nuqtalar o‘rniga qo‘yib, ko‘chiring.
1. Otinbibi   qari,  jiddiy,  (bo-,  ser-,  no-)...  savlat   xotin. 2.  O‘yma...  (-gar, -li, -kor)
gullari  bilinmaydigan darajada o‘chgan, qo‘sh tabaqa... (-siz, -li, -dor) eski eshikka
27 kiramiz.3.   Pochcham   ellikdan   oshgan,   novcha,   kasal...   (-chan,   -kash,-mand),
rangpar kishi. 4. Cho‘ponlar sez... (-qur, -gir, -kir),itlar ham ziyrak, bo‘ridan ayyor.
5. Do‘mbirachi qadim... (-iy,-gi, -dor) qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda.
      Sifat   haqidagi   o‘rganilgan   ma’lumot   ya’ni   bilimlarga   tayangan   holda   ularni
mustahkamlash   uchun   “So‘z     ustida     so‘z”     usulini     o‘tkazish   tartibidan
foydalanishimiz mumkin.  Ushbu  usul  o‘quvchilarning  bilimlarini  qay  darajada
o‘zlashtirganligini   aniqlash   imkonini   beradi.   O‘quvchilarning   analitik   (amaliy)
tafakkurini   (aniqlash   imkoniyatini)   umumiy   xulosa   qabul   qilish   salohiyatini
o‘stiradi. 
       Sharoitga qarab to‘rtta kichik guruh hosil qilinadi. Ular maslahatlashib har bir
guruh a’zolari o‘zlariga yuklangan topshiriqni bajarishadi. 
Birinchi guruh:  Zukkolarga: 
Tub sifatlar deb nimaga aytiladi?
Ikkinchi guruh : A’lochilar a’zolariga:
Yasama sifatlar qanday qismlarga ajraladi?
Uchinchi  guruh :  Ilg‘orlar  a’zolariga :
 -li,  -siz,  -chan  qo‘shimchalari yordamida sifatlar hosil qiling.
To‘rtinchi  guruh:   Topqirlar  a’zolariga :
 Ba-,  -be,  -ser  qo‘shimchalari yordamida sifatlar hosil qiling.
Guruhlar  topshiriqni tez bajarishi, tartib  saqlashi, to‘g‘ri bajarishi, bir  guruh 
bajargan     topshiriqni     2-guruh     tekshirib,     aytib     o‘tilmagan     ma’lumotlar
to‘ldiriladi. 
To‘g‘ri bajargan guruh taqdirlanadi.
Javoblar:
1.  Zukkolar  guruhi:  Tarkibida  so‘z  yasovchi  qo‘shimchalari  bo‘lmagan 
sifatlar tub sifatlar deyiladi.
2.  A’lochilar  guruhi:  Yasama  sifatlar  asosga  qo‘shimcha  qo‘shish  orqali 
hosil qilinadi.
3.  Ilg‘orlar  guruhi:  gulli,  suvsiz,  mehnatchan.  
28 Topqirlar     guruhi     o‘z   vazifalarini     to‘liq     bajarish     bilan     birga     yuqoridagi
ikkinchi  va  uchinchi  guruhlar yo‘l qo‘ygan xatolarni ham tuzatishlari mumkin:
Yasama sifatlar so‘z qo‘shish yo‘li bilan ham hosil qilinadi.
Xatosi: mehnatchan emas mehnatkash.
“Sifat yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi” mavzusi bayoniga o‘tishda
muammoli   vaziyat   paydo   qilish   mumkin.   O‘quvchila r ning   qo‘llariga   yelimli
yopishqoq   qog‘ozga   so‘z   yasovchi   qo‘shimchalar   yozilgan   holda   tarqatiladi   va
doskaga o‘tilgan mavzulari: 
OT - FE’L yoziladi.  
O‘quvchilarning qo‘lidagi  so‘z yasovchi  qo‘shimchalar  qaysi  so‘z turkumiga
oid bo‘lsa, o `sha   so‘z   turkumining   tagiga   qog‘ozda   yozilgan   so‘z   yasovchi
qo‘shimchalar yopishtiriladi. Har ikkalasiga ham mansub bo‘lmagan qo‘shimchlar
doska chetiga yopishtiriladi. Taxminan, doskada shunday ko‘rinish hosil bo‘ladi: 
OT                          FE’L
-don                        -la                        -li 
-dosh                      -lan                      -dor
-chi                         -lash                     no-
-bon                        -ira                       -choq
-boz                        -sira                      -iq
                                                            -chil   
Chetga   yopishtirilgan   qo‘shimchalar   qaysi   so‘z   turkumiga   oid   ekanligi   dars
so‘ngida   yechiladi.Shundan   so‘ng   xatolar   bo‘lsa,   tuzatilib,   darslikdagi
topshiriqlarga e’tibor qaratiladi.
“Sifat   yasovchi   qo‘shimchalar   va   ularning   imlosi”   mavzusini   o‘rganishda
o‘quvchilarga   izchil   ma’lumotlar   berish,   darslikda   berilgan   har   bir   qo‘shimcha
ustida alohida to‘xtalish zarurdir.   Bu borada o‘quvchilarga darslikda keltirilmagan
quyidagi   ma’lumotlar   ilova   qilinsa,   ularning   bu   mavzuni   o‘zlashtirishlari   ancha
osonlashadi:
                    -li   qo‘shimchasi sifat yasovchilar ichida eng sermahsuli bo‘lib, asosan, ot
turkumidagi   so‘zlardan   sifat   yasaydi:   sevimli,   maslahatli,   bilimli,   suvli   kabi.   Bu
29 qo‘shimcha  turli  so‘zlarga  qo‘shilib  shu   o‘zakdan   anglashgan   predmetga   egalikni
yoki   predmetning   biror   ish   uchun   yaroqli   ekanligini   bildiradi:   aqlli,   uyli,   mazali,
minishli, yeyishli.
-dor.   Bu   qo‘shimcha   ma'no   va   vazifasi   jihatidan   -li   qo‘shimchasiga   yaqin
turadi: jozibador, aybdor, aloqador, vafodor. 
ser-   qo‘shimchasi   -li   va   -dor   qo‘shimchalari   bilan   yasalgan   sifatlarga
sinonim bo‘la oladi: sershox, sersoqol, serunum, sergo‘sht, sersuv.
ba-   qo‘shimchasi   arabcha   va   tojikcha   o‘zlashgan   so‘zlarga   qo‘shilib   sifat
yasaydi: baquvvat, basavlat.
-mand   qo‘shimchasi   asosdan   anglashilgan   predmetga   egalik   ma'nosini
ifodalaydi: davlatmand, kasalmand.
-kor   shakli   asosdan   anglashilgan   belgiga   egalikni   bildiradi:   zulmkor,
ehtiyotkor, isyonkor.
-siz,   be-,   no-     qo‘shimchalari   asosdan   anglashilgan   narsa   holatga   ega
emaslik   belgisini   ifodalovchi   sifatlar   yasaydi:   kuchsiz,   pulsiz,   beor,   bexosiyat,
noo‘rin.
-chan   shakli   moyillik   ma'nosidagi   sifatlar   yasaydi:   uyatchan,   xayolchan,
talabchan.
-choq,   -chiq,   -chak   qo‘shimchalari   asosdan   anglashilgan   predmetga
moyillikning   kuchsizligini   ifodalaydi:   urinchoq,   tortinchoq,   sirg‘anchiq,
kuyunchak, erinchak.
-qoq  qo‘shimchasi: tirishqoq, urishqoq.
-gir   (-kir,   -g‘ir)   qo‘shimchalari   belgi   xususiyat   anglatadi   sezgir,   keskir,
o‘tkir, topqir, olg‘ir.
-ag‘on, -mon:  bilag‘on, topag‘on, bilarmon.
-ki, -qi:  jizzaki, shartaki, vaysaqi.
-k (-k, -g‘):  chirik, o‘lik, yaltiroq, yorug‘.
-kin, -kun, -gin, -g‘in:  tushkun, jo‘shqin, ozg‘in,
-ma:  ag‘darma (etik), qovurma (sho‘rva).
-mas:  bo‘linmas, yengilmas.
30 -ildoq:  qaqildoq, chiyildoq.
-ch:  tinch, jirkanch.
-gi, -ki, -qi:  oxirgi, bahorgi, tushki, tashqi.
-i:  qishloqi.
-cha:  o‘zbekcha, erkakcha.
-namo, -simon:  majnunnamo, maymunsimon.
-parvar:  insonparvar, vatanparvar.
-aki:  zo‘raki, qalbaki, yuzaki.
bad-:  badaxloq, badbashara, badqovoq.
-chil, -don, -bop, xush-, -kash   kabi qator sifat yasovchilar borki, ular turli
ma'nodagi sifatlar yasay oladi.
Darslikdagi quyidagi mashq yordamida  sifat yasovchi qo‘shimchalarni
aniqlaymiz, imlosini tushuntiramiz.
1. Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq
quyosh   nuridan   marvariddek   tovlanadi.(O‘.   Umarbekov)   2.   Uning   chaqnoq
ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib
turardi.(Yo‘ldosh Sulaymon) 3. G‘iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi. (N.
Fozilov)   4.   Mehmon   degan   unaqa   sergap   bo‘lmaydi,—dedi   u   ayyorlarcha   kulib.
(Said   Ahmad)   5.   Bo‘m-bo‘sh   otxonaning   eshigi   lang   ochiq   turar   edi.   (O‘.
Hoshimov) 6. Avaz dahlizdan rangdor vassali, sertokcha uyga kirdi. (P. Qodirov)
        Shu   o‘rinda   shakldosh,   ma’nodosh,   zid   ma’noli   qo‘shimchalar   haqida   ham
ma’lumot berib o‘tiladi.
31 .
32(Omonim) shakldosh 	
qo`shimchasi 	
-ma 	
Fe’ldan sifat yasaydi 
(qo`shma, terma, 	
ko`chma)	
Fe’ldan ot yasaydi
(O`sma, tortma) 	
Lug`aviy shakl 	
yasovchi qo`shimcha  	
(kelma) 	
(Sinonim) ma’nodosh 	
qo`shimchalar 	
-li, -dor	
Aybli, aybdor 	
Mazmunli, 
mazmundor 	
Jarangli,   
jarangdor	
(Antonim) zid ma’noli 	
qo`shimchalar 	
-li, -siz	
Mazmunli, mazmunsiz 	Jarangli, jarangsiz 	Ko`rimli, ko`rimsiz      Navbatdagi mavzumiz “Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda sifat” bo‘lib,
o‘quvchilarning   bu   boradagi   bilimlarini   aniqlash   uchun   topshiriqni   bajarish   bilan
ish boshlanadi.Quyidagi so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turini aytamiz.
Qizil                           och pushti               egri-bugri               qip-qizil
tinchliksevar              to‘q qizil                 qing‘ir-qiyshiq
erkparvar 
   Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari : 
Sifatlar tuzilishiga ko‘ra 4 ga bo‘linadi:
1. Sodda sifatlar : qizil, chiroyli, shirin, tarqoq
2. Qo‘shma sifatlar : jigarrang, hayotbaxsh, shirinso‘z
3.       Juft sifatlar : katta-kichik, turli-tuman, egri-bugri
4. Takroriy sifatlar : uzun-uzun, elas-elas
Navbatdagi mashqimizda gaplarni ko‘chiramiz, ajratib ko‘rsatilgan sifatlarning
tuzilishiga ko‘ra turini aniqlaymiz.
1.   Barcha   ezguliklar   zamirida   xosiyatli   orzular   yotadi.(A.   Ibrohimov)   2.   Tuproq
qatlami   qalin ,   sersuv   yerlarda   o‘sgan   archalar   yo‘g‘on   va   bo‘ydor   bo‘ladi.   (Y.
Qarshiboyev) 3. Atrofdagi hovlilardan ko‘tarilgan tutunlar  ko‘kimtir ,  mayin  mavj
bilan  tiniq, sovuq  havoda suzadi. (Oybek) 4. Qo‘limda bitta sigir bor. Jonivor juda
sersut , qaymog‘i suzsangiz  bir enlik keladi.(O‘. Umarbekov) 5. Bu bog‘lar ichida
oq   qizg‘ish,   nafis   havorang   marmardan   qurilgan   ko‘rkam   binolar,   ko‘shklar,
kichik- kichik  saroylar ko‘zga tashlanadi. (Mirkarim Osim)
Yangi mavzuni  “ FSMU ”  metodi orqali mustahkamlashni maqsadga muvofiq
deb bilamiz.Bunda biz o‘quvchilarni faollikka chorlaymiz.
Bunda har bir o‘quvchiga   “ FSMU ” metodi aks etgan jadval tarqatiladi.
O‘quvchilar   bu   metod   orqali   mavzu   bo‘yicha   olgan   bilimlarini
mustahkamlashadi.Jadvalda ko‘rsatilgan guruh nomi o‘quvchining ismi-sharifi esa
o‘qituvchiga   yangi   mavzuni   qaysi   o‘quvchi   qay   darajada   o‘zlashtirganini
aniqlashda qulaylik yaratadi.
33 Bugungi mavzu bo‘yicha fikringizni
bayon eting
F
S
M
U Tub sifatlar
Fikringizni bayoniga sabab
ko‘rsating Keng, mayin so‘zlari sifatlar
sanaladi. Chunki ular  faqat bir
asosdan tashkil topgan 
Sababga misol keltiring Keng-asos , mayin - asos bularga
hech qanday sifat yasovchi
qo‘shimcha qo‘shilmagan
Fikringizni o‘ziningiz bayon qilgan
sabab va misollardan kelib chiqqan
holda umumlashtiring Demak, faqat asosdan iborat bo‘lib
qanday qanaqa so‘roqlariga javob
bo‘lgan so‘zlar tub sifatlar deyiladi.
Guruhingiz, ismi-sharifingiz 1 guruh Rahmatullayeva Sabrina
“Qo‘shma sifat” mavzusini o‘tishda darslikda berilgan topshiriqni bajarib , qoidani
tushuntiramiz:
        Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qo‘shma sifatlar hisoblanadi.
Qo‘shma sifatlar, asosan, qo‘shib yoziladi.
Navbatdagi   mashqqa   ko‘ra   gaplarni   ko‘chiramiz,   qo‘shma   sifatlarni
aniqlab,ularning qanday so‘z turkumlaridan yasalganini izohlaymiz.
1. Hulkarning   och jigarrang   yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. (P. Qodirov) 2.
Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor
kurashdi. (B. Ahmedov) 3. Milliy mafkuramizda milliylik  umumbashariy  g‘oyalar
bilan   uyg‘unlashib   ketgan.   (S.   Olimov)   4.   Orzu   millatga   hayotbaxsh   ruh
bag‘ishlaydi.   (Rahmon   Qo‘chqor)   5.   Ona   yerning   xushbo‘y   tafti   mast   qiladi
kishini.   (E.   Oxunova)   6.   U   otasi   Muzaffar   Farmonovning   batamom   aksi:   dadasi
yum-yumaloq,baqaloq bo‘lsa, bu  xushqad, xushsurat . (O. Yoqubov)
    Bunda   o‘quvchilarga   qo‘shma   hamda   sodda   yasama   sifatlarning   farqini   to‘g‘ri
tushuntirishimiz   kerak.   Sifat   yasovchi   qo‘shimchalar   vositasida   turli   so‘z
turkumlaridan   yasalgan   sifat     sodda   yasama   deyiladi.   Masalan:   bilimli,   suvsiz,
kechki,ishchan,oilaviy,tirishqoq,ag‘darma. .
34     Qo‘shma   sifat   birdan   ortiq   o‘zak-negizning   o‘zaro   qo‘shilib,   bitta   belgi
tushunchasini   anglatadigan   yasama   sifatlardir.   Qo‘shma   sifatlar   qismlarining
morfologik   tarkibiga   ko‘ra   quyidagi   guruhlarni   tashkil   etadi:  
  1) ot+ot:   shira   kayf,   sher   yurak,   bezbet,   bedana   qadam,   yer   osti;  
2)  ot+sifat:   mushtumzo‘r, mirzaquruq, nonko‘r;
3)  sifat+ot:   uzun quloq, qiziqqon, sovuqqon, shum qadam, sofdil, ochko‘z;
4)  sifat+sifat:   olachipor, qora to‘riq, qora qizil ;
5)  ravish+ot:   kamgap, hozirjavob, kamquvvat;
6)   ot   +   -ar,   -mas   va   -mon   qo‘shimchali   sifatdosh:   mehnatsevar,   jonkuyar,
lattachaynar, nonemas, ishyoqmas,   usta buzarmon , ish bilarmon;
7)  ravish+sifatdosh:   tezpishar, eapishar, tez oqar, cho‘rtkesar;
8)  olmosh+sifat yoki ravish:  o‘zbilarmon, o‘zboshimcha;
9)  son+ yasama sifat:   bir xonali, besh qavatli, bir so‘zli.
Mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi topshiriqni qo‘llaymiz:
Berilgan   so‘zlarni   tarkibiy   qismlarga   ajrating.   Sifatlarning   qanday   yasalishini
ayting: s hirin,  oq,  katta,  shirali,  mazmundor,  serunum,  kamhosil,  ko‘ylakbop, 
xushfe’l. 
Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib olamiz.
Birinchi guruh:  Binafsha.
Ikkinchi guruh:  Lola.
     Binafsha   guruhining   a’zolariga   tub   sifatlarni,   ikkinchi   Lola   guruhiga   esa
yasama   sifatlarni   topishini   buyuramiz.   O‘quvchilarga   sinf   doskasini   ikkita   teng
bo‘lakka bo‘lib   beriladi.   O‘quvchilar   tortib   saqlab,   orfografik   xatolarga   yo‘l
qo‘ymasligi   hamda       galma-galdan     doskaga     va     o‘z     daftarlariga,     chiroyli
yozishi,   tez bajarishi e’tiborga olinadi. Birinchi bajargan guruh a’zolari a’lo baho
va qizil yulduzchalar bilan taqdirlanadi. 
  Birinchi navbatda belgilangan topshiriqni bajargan guruh: 
Binafsha: shirin, oq, katta.
Lola guruhi:  shirali,  mazmundor, serunum, kamhosil, ko‘ylakbop, xushfe’l. 
G‘olib guruh aniqlanadi, taqdirlanadi.
35    Yuqoridagi  topshiriqni  bajarish  jarayonida  o‘quvchilar  sifatlarning  yasalishi 
tub  va  yasama  ekanligini  anglab  yetdilar.  O‘quvchilar  bu  haqidagi  umumiy 
bilimlariga  qoniqish  hosil  qilgach,  darslikda  berilgan  nazariy  ma’lumotlarni 
tushuntiramiz.
    Juft   va   takroriy   sifatlar   haqida   ma’lumot   berish   uchun   o‘quvchilarga   turli
mevalarga ta’rif berishni so‘rashdan foydalanib , ularni faollikka chorlash mumkin.
Masalan, olma – ship-shirin, qip-qizil, dum-dumaloq; 
nok – sap-sariq, katta-kichik,xushbo‘y kabi.
        O‘zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat
juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi.
            Juft sifat qismlari -u, -yu vositasida bog‘lansa, ular ajratib yoziladi: yakka-yu
yagona.
         Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo‘lgan sifat takroriy sifat sanaladi.
Takroriy   sifatlar   belgini   ta’kidlab,   kuchaytirib   ifodalaydi.   Takroriy   sifat   qismlari
chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
    Quyidagi mashqni bajarishda juft sifatlarni hosil qilamiz:
          1.   Shoshilish,   yengil-...   ishlarga   havas,   jahldorlik   —   nodonlar   ishi.   2.   Goho-
goho   keladigan   uzuq-...   xabarlardan   boshqa   aloqa   yo‘q.   (O.   Yoqubov)   3.   Sehrli
qalpoq   axtarib   eski-...   kiyim-boshlar   tashlanadigan   burchak-surchaklarni   tintuv
qilib   yurgan   edim.(X.   To‘xtaboyev)   4.   Mayda-...   narsalar   tugilgan   ro‘molni
ko‘tarib   qorovulxonaga   kirdi.   (N.   Yoqubov)   5.   Mahallaning   qora-...   bolalari
shoxdan shoxga tirmashadi. (O‘. Hoshimov)
So‘zlar: chuyda, yuluq, yelpi, tuski, qura.
   Mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga “Aqliy hujum” metodini qo‘llagan
holda turli savollar bilan murojaaat qilamiz:
1. Juft sifatlar deb nimaga aytiladi?
2. Juft sifatlar qanday yoziladi?
3.   Juft   sifatlar   o‘rtasida   -u,   -yu   vositalari   ishlatilganda,ularning   imlosida   qanday
o‘zgarish sodir bo‘ladi?
4. Takroriy sifatlar deb nimaga aytiladi?
36 5. Oppoq, ko‘m-ko‘k, dum-dumaloq kabi sifatlarning hosil bo‘lishi haqida so‘zlab
bering.
6. Takroriy sifatlar qanday yoziladi?
7.Ma’nodosh bO‘lgan juft sifatlarga misollar ayting.
8.   Ma’nosi qarama-qarshi sO‘zlardan tashkil topgan sO‘zlarga misol ayting? kabi.
          Navbatdagi     mavzuyimiz   “ Asliy   va   nisbiy   sifatlar”   bo‘lib,   bu   mavzuni
tushuntirishda 1-topshiriqda berilgan so‘zlarga -roq qo‘shimchasini qo‘shib ko‘rish
orqali ularni bu qo‘shimchani qabul qila oladigan va olmaydigan guruhga ajratish
lozim:
- mazali, go‘zal, chiroyli, ro‘molli, sermeva, erksevar, taxtali, tonggi, so‘nggi, kuzgi,
chillaki, yuzaki.
 2-topshiriqda esa berilgan so‘zlarni  eng, juda, sal  so‘zlari bilan birika oladigan va
birika olmaydigan guruhlarga ajratish lozim:  
- qora, qizil, qishki, soyaki, xushbichim, do‘ppili, beor,serg‘alva, devsifat, devoriy.
  Ko‘rinib   turibdiki,   yuqoridagi   sifatlarning   barchasi   ham   -roq   qo‘shimchasini,
sal,juda, eng so‘zlarini qabul qila olmasligi ma’lum. Shundan kelib chiqib quyidagi
qoidani o‘quvchilarga tushuntirish mumkin:
                Belgini   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   ifodalaydigan   va   uni   darajalab   ko‘rsatish
imkoniyatiga   ega   bo‘lgan   sifatlar   asliy   sifatlar   deyiladi:   go‘zal,   chiroyli,   shirin,
oq,aqlli,   yuzaki.   Bunday   sifatlar   –roq   qo‘shimchasini   qabulqiladi.   Belgini
to‘g‘ridan   to‘g‘ri   emas,   balki   boshqa   bir   tushunchaga   nisbatlagan   holda
ifodalaydigan   va   daraja   ko‘rsatish   imkoniyatiga   ega   bo‘lmagan   sifatlar   nisbiy
sifatlar   deyiladi:   qishki,   ko‘chma,   derazali,   devoriy.   Bunday   sifatlar   –roq
qo‘shimchasini qabul qilmaydi.
    Keyingi mashqlarda sifatlarni o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan birgalikda ko‘chirib,
ularni asliy va nisbiy sifatlarga ajratiladi.
        Sifatning quyidagi to‘rt xil darajasi mavjud: 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja;
3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja.
    Navbatdagi vazifamizga ko`ra sifatlarni topamiz, ularni asliy va nisbiy sifatlarga
ajratamiz, darajalarini ajratamiz:
37 1. Xalqimiz  qadimdan   shu   zaminga   kuchli   mehr,   yuksakmadaniyat   ila  munosabatda
bo‘lganlar.   (M.   Badalov)   2.   Kampirning   bu   so‘zlarida   cheksiz   mehr,   allaqanday
nozik   ichki   bir   dard   bor   edi.   (O.   Yoqubov)   3.   Elchi   o‘rnidan   turib,   yuzlari
cho‘zinchoq,   ko‘zlari   katta,   novchadan   kelgan   Siparganizga   ta’zim   qildi.
(Mirkarim   Osim)   4.   Kelinga   ko‘zimiz   tushadi:   yumaloq   qip-qizil   loladay   yuzli,
ko‘zlari uchqunli, yaxshigina, go‘zalgina qiz. (Oybek) 5. Sadafbibi qoramag‘izdan
kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko‘zlari qop-qora. (O. Yoqubov)
“   Sifat   darajalari”   mavzusini   tushuntirishda   o‘quvchilarga   quyidagi   tushunchalar
beriladi:
Predmetlardagi   bir   xil   belgining   ortiq   kamligi   jihatidan   farqlanishi   sifat   darajasi
deyiladi.   Sifatning   quyidagi   darajalari   bor:   oddiy   daraja,   orttirma   daraja,
qiyosiy daraja, ozaytirma daraja.
1.Oddiy   darajadagi   sifatlarda   belgi   boshqa   predmetdagi   xuddi   shunday   belgiga
qiyoslanmaydi.   Bu   daraja   belgining   me’yoridagicha   ekanligini   ko‘rsatadi   va
maxsus   ko‘rsatkichga   (qo‘shimchaga)   ega   emas:   keng   ko‘cha,   yashil   yaproq,
yaxshi odam.
2.Orttirma   daraja   predmetdagi   bir   belgining   boshqa   predmetdagi   xuddi   shunday
belgiga   nisbatan   eng   ko‘p   ekanligini   ifodalaydi.   Orttirma   daraja   quyidagi   usullar
yordamida hosil qilinadi: 
     1) morfologik usul: 
a)so‘zning   birinchi   bo‘g‘ini   ajratilib,   unga   keyingi   bo‘g‘indagi   birinchi   undosh
qo‘shiladi-da,   yopiq   bo‘g‘in   hosil   qilinadi   va   undan   keyin   to‘liq   shakli
takrorlanadi:  dum — dumaloq, pak — pakana;
b)so‘zning oldingi ikki tovushi ajratilib, unga p, m, tovushlaridan biri qo‘shiladi va
undan keyin so‘zning o‘zi takrorlanadi:  yap — yangi, ko‘m — ko‘k;
c)so‘zning   birinchi   bo‘g‘inidan   keyingi   —   ppa   shakli   qo‘shiladi:   soppa   —   sog‘,
to‘ppa — to‘g‘ri.
        2) Leksik usul:
a)Maxsus   kuchaytiruvchi   so‘zlar   orqali   ifodalanadi:   eng   kichik,   hammadana
chiroyli, zap g‘alati, beqiyos chiroyli, naqadar ulug‘vor, xo‘p bemaza;
38 b)so‘zlarni   takrorlash   vositasida:   zo‘r   —   zo‘r   (polvonlar),   uzundan   —   uzun
(kechalar), ne — ne (olimlar);
c)Turli   so‘z   birikmalari,   iboralar   yordamida:   haddan   ziyod   chiroyli,   misli
ko‘rilmagan (qahramonlik), qo‘ling o‘rgilsin (jonon); 
3)   Leksik   —   semantik   usul.   Bunda   belgi   so‘zlar   bilan   qo‘llanadi:   zahar
(garmdori), olov (bola);
4) Fonetik usul: 
a)Unlilar cho‘zib aytiladi:  tooza, chuquur;
b)Undoshlar ikkilanadi:  tekkis, yummshoq.
    3. Qiyosiy daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday
belgidan ortiq ekanligini ifodalaydi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga — roq
qo‘shimchasini   qo‘shish   yoki   sifatdan   oldin   bir   —   biridan,   undan   ham,   yanada
so‘zlarini   keltirish   bilan   yasaladi:   Olma   daraxti   shaftoli   daraxtidan   balandroq.
Bir — biridan go‘zal, bundan ham battar, yanada kuchli.
            4.   Ozaytirma   daraja   belgi   darajasining   normal   darajaga   yetmaganligi,
normaldan pastligi ifodalanadi.
      1) Qo‘shimchalar yordamida: oqish, qizg‘ish, qoramtir. -roq qo‘shimchasi ham
ozaytirma   darajani   ifodalashda   qatnashadi   (bunda   bir   narsadagi   belgi   boshqa
narsadagi shunday belgiga qiyoslanmaydi): eskiroq (kiyim); 
              2)   Sifatdan   oldin   yarim,   nim,   och,   xiyol,   chizi,   sal,   aytarli,   uncha,   u   qadar
so‘zlarini keltirish bilan:  yarim ochiq (eshik), uncha katta emas.
     Ozaytirma sifatlar  O‘zakdan anglashilgan rangning,belgining ozligini,kamligini
bildiradi va quyidagicha yasaladi:
     1 .-ish,-imtir (-mtir).    Bulardan —ish,-imtir undosh tovush bilan bitgan oq,ko‘k
kabi so‘zlarga,-mtir esa faqat qora sifatiga qo‘shiladi:oqish,ko‘kish qoramtir. 
    2.Rangni bildiruvchi sifatdan oldin  och, nim  so‘zlarini keltirish bilan.Nim bilan
hosil qilingan sifatlar qo‘shib yoziladi: och sariq,nimpushti.
      3 .-kina   (-gina,-qina).   Bu   qo‘shimchalar   o‘zakdan   anglashilgan   belgining
kuchsizligini, ozligini bildiradi. k,g bilan tugagan so‘zlarga -kina, q,f bilan tugagan
39 so‘zlarga   -qina   ,boshqa   hollarda   -gina   qo‘shimchasi   qo‘shiladi:   kichkinagina,
yumshoqqina,tuzukkina.
“Sifatlarning   ma’no   guruhlari”   mavzusini   tushuntirishda   quyidagi   topshiriq
bajariladi:
  Berilgan sifatlarni ma’nolariga ko‘ra quyidagi jadval bo‘yicha guruhlang.
 Shirin, qizil, katta, odobli, xushfe’l, behisob, tonggi,kuzgi, xushbo‘y, muattar.
Xususiyat
bildiruvchi
sifatlar   Rang-tus
bildiruvchi
sifatlar   Maza-ta’m
bildiruvchi
sifatlar   Hajm-
o‘lchov
bildiruvchi
sifatlar   Hid
bildiruvchi
sifatlar   Makon-
zamon
bildiruvchi
sifatlar 
Narsalarning   turli   xususiyat-holatlarini   bildirgan   sifatlar     xususiyat   sifatlari
deyiladi.
Mashq .Xususiyat bildiruvchi  sifatlarni  topib, izohlang.
1.  Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi: hamma ulardan 
baho oladi.
2.  Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. 
3.  Mehnatsevar,  zahmatkash  insonlar  odamlarning  ko‘rki,  ishyoqmaslar  esa 
ularning og‘riq joyidir.
4.  Toshbag‘ir odamdan yaxshilik kutma.
5.  Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir.
6.  Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi.
Uyga     berilgan     topshiriqni     bajarish     davomida     xarakter-xususiyat   bildiruvchi
sifatlar o‘quvchilar topishi bilan birga ular izohiga ham to‘xtaladi. 
Rang-tus   bildiruvchi   sifatlar.    Predmetning   belgi   xususiyatlaridan   biri   rang-
tusdir.  Bir  turkum  sifatlar  predmetning  ana  shu  belgisini  ifodalash  uchun
qo‘llanadi: oq, qizil, qora, ko‘k, yashil, malla  va b.
Ma‘lumki,   tabiat   rang   va   bo‘yoqlarga   nihoyatda   boy,   rang   turlarining
hisobiga yetib  bo‘lmaydi.  Lekin  lug‘at  boyligidagi  rang  atamalari,  ya‘ni  rang
ifodalovchi   maxsus     so‘zlar     rang-tuslarning     hammasini     atash     uchun     yetarli
40 emas.  Buning  uchun tilda  ko‘pincha  predmet  nomlari  yoki  ot  orqali  yasalgan
yasama,   qo‘shma, birikmali   rang   bildiruvchi   sifatlardan   unumli   foydalaniladi:
barikaram     (bargi   karam),     gulsafsar,     mosh     rang,     tillarang     gunafsha     rang,
shaftoli  guli,  qovoq  rang, firuza rang va b.
Ot     tuslarini     ifodalash     uchun     tilda     maxsus     so‘zlar     qo‘llanadi:     saman,
to‘riq, chovkar, jiyron, bo‘zto‘riq kabi.
O‘quvchilarga     nazariy     ma‘lumot     tushuntirilgach     sinov     tariqasida     bir
necha savol  beriladi.  Qoniqarli  javob  olingach,  ularning  buni  qay  darajada 
o‘zlashtirganligini  aniqlash  hamda  uni  mustahkamlash  maqsadida  mashq 
bajartiramiz: 
Ushbu     mashqni   bajarishda   6   x   6   x   6   metodidan   foydalanish   mumkin..   Bu
guruhning   har   bir   a‘zosini   faollik,   o‘z     fikrini     ifoda     etish,     guruhdoshlarining
fikrini     tinglash     va     tanlay     olish,     o‘rtaga   tashlangan     bir     necha     fikrni
umumlashtira  olish,  shuningdek,  o‘z  fikrini  himoya qilishga  o‘rgatadi.  Ushbu
metodda   5,6,7,8   nafar   o‘quvchidan   iborat   bo‘lishi mumkin. 6 tadan qo‘yilgan
stulga   o‘quvchilar   joylashib   olib,   bo‘linadi.   Mashqdagi   gap     o‘qiladi.     Shakl-
ko‘rinish     sifatlarni     topib,     ular     izohlanadi     guruh     a‘zolari   maslahatlashib
javoblarini     guruh     sardori     yozib,     javobini     eshittiradi.     Birinchi     va   to‘g‘ri,
chiroyli yozib bo‘lgan guruh har bir a‘zosi rag‘batlantirilib, baholanadi.
1.  Kasbning  katta-kichigi  bo‘lmaydi.  (M.Oripova).  Katta-kichik  zid  ma’noli, 
ma’no umumlashgan.
2.  Shu  payt  toshdan  tushib  kelayotgan  sarg‘ish-qo‘ng‘ir  ayiqning  bahaybat 
gavdasi ko‘rinib qoldi. (P.Qodirov). Sarg‘ish-qo‘ng‘ir o‘zaro yaqin ma’noli, ikki 
asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat.
3.    G‘ir-g‘ir  shaboda  turli-tuman  giyohlarning  hidlarini   olib keldi.  (Oybek).  Turli
tuman o‘zaro yaqin,ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat.
4.  Baland-past devorlar orasidagi  mevalarning oq, pushti, qizil guliga tabassum 
bilan qaraysan. (O‘.Umarbekov). Baland-past o‘zaro zid ma’noli ikki asosning juft 
kelishidan hosil bo‘lgan.
   Yuqoridagi  mashqda  shakl-ko‘rinish  sifat  topib  izohlash  bilimlari  tekshirilib 
41 ko‘rilsa quyidagi mashqda esa nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlarning mosini qo‘yib 
juft sifat yasash bilimi tekshiriladi. Dastlab orqa partada o‘tirgan o‘quvchilar bitta
bitta gaplarni ifodali o‘qib berishadi. Mashqni yana guruh bo‘lib bajariladi. Uchta 
qatorda  joylashgan  partalarga  qarab  o‘quvchilarni  3-guruhga  bo‘lib  olamiz. 
Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun tamoyiliga amal qilib, qaysi qator 
to‘lib  mashq  topshiriq  asosida  jamoada  hamjihatlik  o‘quvchilarda  inoqlik 
bilganlarini tortinmasdan aytish ko‘nikmasi shakllana boradi.
Bexato va to‘g‘ri, tez bajargan guruh a‘zosi taqdirlanadi.
1.  Shoshilish, yengil -yelpi ishlarga havas, jahldorlik-nodonlar ishi.
2.  Goho-goho  keladigan  uzuq  -yuluq  xabardan  boshqa  aloqa  yo‘q. 
(O.Yoqubov).
3.     Sehrli     qalpoq     axtarib     eski-tuski     kiyim-boshlar     tashlanadigan     burchak-
surchaklarni tintuv qilib yurgan edim. (X.To‘xtaboyev).
4.  Mayda-chuyda  narsalar  tugilgan  ro‘molni  ko‘tarib  qorovulxonaga  kirdi. 
(N.Yoqubov).
5.  Mahallaning  qora-qura  bolalari  shoxdan-shoxga  tirmashadi. 
(O‘.Hoshimov). 
Navbatdagi vazifamizda gaplarni  o‘qiymiz.  Ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zlarga
izoh     beramiz.     Ular     ishtirokida   gaplar   tuzamiz.   Namuna:   Esli-hushli   yoshlar
yurtimiz ravnaqiga hissasi beqiyosdir.
2. G‘adir-budir past-balandliklar tekislanib ulkan binolar qad ko‘tarmoqda.
3. Arzon-garov o‘yinchoqlar o‘zimizda ishlab chiqiladi. 
4. Bu yilgi yog‘ingarchilik o‘ydim-chuqur yo‘llarni ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
5. Alg‘ov-dalg‘ov ishlar chek-chegarasi yo‘q edi.
6. Kech kirib, yakkam-dukkam quyoshning nuri qolgan edi.
    Uyga     berilgan     topshiriqni     bajarish     jarayonida     o‘quvchilarning     juft
sifatlar haqida   bilimi   boyishi   bilan   birga   ularning   ham   og‘zaki   ham   yozma
nutqning rivojiga katta hissasini qo‘shiladi.
Hajm-o‘lchov bildiruvchi  sifatlar.   Bunday  sifatlar  predmetning
hajmi,  o‘lchovi,  miqdori  kabi  belgilarini  ifoda  etadi:  keng,  tor,  uzun,  chuqur,
42 chog‘,     yirik     kabilar.     Bu     sifatlar     ayrim     tomonlari     bilan     shakl     va     holat
bildiruvchi sifatlarga  o‘xshab  ketadi:  Keng  dala,  hamma  yoq  lolalardan  libos
kiygan  (  Sh.Rashidov).  Ummatali  yukni  orqalab,  katta  ko‘cha  tomonga  yurdi
(Shuhrat). Katakday  kichik,  yer  bag‘irlagan  qing‘ir  qiyshiq.  xarob  uylarda  rus
ishchilari yashaydi (O y b e k). Biz  olis, begona, notanish sohillar sari yo‘l oldik.
O‘quvchilarni     uch     guruhga     bo‘lib     olamiz.     Og‘zaki   ravishda   ushbu
mashqni bajartiramiz. Har bir guruh darslikda berilgan mashqni o‘z a‘zolari bilan
maslahatlashib birinchi to‘g‘ri bajargan guruh g‘olib sanaladi hamda taqdirlanadi.
Uch     guruh     ham     belgilangan     mashqni     bajargandan     so‘ng     guruh   sardorlari
javoblarini   uch   bo‘lakka   bo‘lingan   doskaga   yozishadi.   Javoblar   jamoa bo‘lib
tekshiriladi. Xatolikka yo‘l qo‘ymagan guruh taqdirlanadi.
1. O‘z onamni elas-elas xotirlayman. Ko‘zlari qop-qora chiroyli. Uzun-uzun 
kipriklari  qilt  etmaydi.  (O‘.Hoshimov).  Elas-elas,  takroriy  so‘z  ma’no 
ta’kidlanayapti,  uzun-uzun  bir  asosning  aynan  takrorlanishidan  hosil  bo‘lgan 
ma’no kuchaytiryapti. 
2.  Qishloq  obod  bo‘lsa  katta-katta  ko‘chalar  tushsa,  kim  qarshilik  qiladi. 
(O‘.Umarbekov). Katta-katta bir asosning aynan takroridan hosil bo‘lgan takroriy 
sifat. Takroriy sifat belgini kuchaytirishga xizmat qilyapti. 
3. Kimdir yelpib-yelpib, barra-barra go‘shtlardan kabob pishiryapti. Yelpib-yelpib,
barra-barra  bir  asosning  aynan  takroridan  hosil  bo‘lgan  sifat.  Takroriy 
sifat belgini kuchaytirishga xizmat qilyapti.
4. Yangi-yangi ariqlar kavlab, ariqlar ochamiz. (A.Muxtor). Yangi-yangi bir 
asosning aynan takroridan hosil bo‘lgan sifat. Takroriy sifat belgini ta’kidlaydi. 
Mashqni  bajarish  davomida  o‘quvchilar  nafaqat  jamoa  bo‘lib  balki  yakka 
mustaqil     tanqidiy     fikrlashga,     mavjud     bilimidan     foydalanib,     jamoaga     o‘z
fikrini   bildirishga,   ta‘sir   etishga   hamda   fikrini   qisqa   va   lo‘nda   ifodalashga
o‘rgatadi.
Maza-ta’m     bildiruvchi     sifatlar,     Bu     tur     sifatlar     predmetga
xosxususiyatlardan   biri   bo‘lgan   maza-ta‘mni   ifodalashga   xizmat   etadi:   U   xuddi
43 nordon   olma     yegandek     yuzlarini     burishtirdi     (Sh.     Rashidov).     Sho‘r     ko‘lmak
ichaverib Tursunboy choy ta’mini  unutayozgan edi (Said A h m a d).
  Maza-ta‘mni     ifodalash     uchun     ot     turkumidagi     so‘zlardan     ham
foydalaniladi: shakar, novvot, nomakob, suv, zahar, miya kabi.
O‘quvchilarning   maza-ta’m     bildiruvchi     sifatlar     bilan   so‘z   birikmalari
tuzish   malakasi     shakllangach,     takroriy     sifatlarning     anglatgan     ma‘nolarini
izohlash   ko‘nikmasini     hosil     qilish     uchun     mashq     bajartiriladi.Mashqni
bajarishda   musobaqa tarzda   o‘tkazamiz.   Hamma   avval   o‘z   daftariga   so‘ngra
esa     doskaga     mashq   yoziladi.   Birinchi,   to‘g‘ri,   chiroyli   yozib   faol   qatnashgan
o‘quvchilar baholanadi. 
1.  Yirik-yirik tomchilar yer-u ko‘kni savalay ketdi.
2.  To‘p-to‘p daraxtlar tag‘in lipillab orqada qolib ketdi. Yirik -yirik, to‘p-to‘p 
aynan  bir   asosning   takroridan    hosil    bo‘lgan  sifat,  belgini  kuchaytirishga  xizmat
qilyapti.
3.  Ko‘chani  sho‘x-sho‘x  bolalar  to‘ldirib  o‘tirishibdi.  Sho‘x-sho‘x  bir asosning
aynan  takroridan  hosil  bo‘lgan.   Takroriy  sifat  belgini takidlayapti.  
4.  Sayyohlar  chaqqon-chaqqon  harakatlari  bilan  qirga  ko‘tarila  boshladi. 
Chaqqon-chaqqon   bir   asosning   aynan   takroridan   hosil   bo‘lgan   sifat takroriy
sifat belgisini kuchaytiryapti.
    Mashqni bajarishda o‘quvchilar individual faoliyat olib borib, yangi mavzuni 
o‘zlashtirishga  ongli  ravishda  yondoshish  mavzuni  xotirada  uzoq  vaqt  saqlab 
qolish maqsadida qo‘llandi.
Hid   bildiruvchi    sifatlar.    Bu   tur   sifatlar    predmetning   hidini   ifodalash
uchunxizmat qiladi: xushbo‘y, qo‘lansa, sassiq, ifor, muattar va b. Bunday sifatlar
tilning   lug‘at     boyligida     juda     kam     sonni     tashkil     etadi.     Shu     tufayli     bunday
belgi     uchun  predmet     nomlaridan    foydalaniladi,    ya‘ni     hidni     ifodalash     uchun
predmet  nomiga “hid” so‘zini qo‘shib aytish orqali qo‘shma sifatlar hosil qilinadi:
atir hidi, rayhon hidi,  yog‘  hidi,  kerosin  hidi,  baliq  hidi  kabilar: Uyg‘ongan  el
jizg‘inak,  qo‘lansa, hidni dimoqqa zo‘rlab uradi (Sh u h r a t).
Hid  bildiruvchi  sifatlarni  yanada  mukammal  o‘zlashtirish  uchun  uyga 
44 vazifa beriladi. Sifatlarni topamiz va ular ishtirokida gaplar tuzamiz.
Go‘zal-go‘zal   bog‘-u   rog‘lar   yurtimiz   jamolidir.     Qalin-qalin   yog‘ayotgan
qor   inson     ko‘ngil     xotiralari     sari     yetaklaydi.         Dag‘al-dag‘al     bo‘lib     ketgan
qo‘llari uning  mehnatsevarligidan  nishona.  Uzun-uzun  o‘lchamdagi  atlas,  adras
liboslar o‘zbek xotin-qizlari husniga husn qo‘shadi. Yam-yashil bo‘lib  yotgan ona
tabiat   bahorning   kirib  kelayotganligidan   darak   beradi.Dono-dono   ota-bobolarimiz
bizni   doim     ezgulikka     undaydi.     Siyrak-siyrak    sochlari     uning    kasalligi     jiddiy
bo‘lib o‘tganidan  darak.  G‘amgin-g‘amgin  ma’sum  so‘zlar  ona  ahvoliga  jiddiy
ta’sir etdi.
Makon va zamon  bildiruvchi  sifatlar.   Bir  qator  sifatlar  o‘rin  va paytga
munosabat     bildirib     keladi:     tonggi,     kuzgi,     kechki,     keyingi,     avvalgi,     qishki,
yozgi,   ertangi,   uydagi   kabi.Bu     sifat     turkumiga     taalluqli     so‘zlar     ko‘pincha
otlarga  -gi,  -ki,  -dagi  qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi.
“Sifatlarning   otlashuvi”   mavzusiga   e’tibor   qaratadigan   bo‘lsak,sifat
bog‘lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma’nosi ham
sifatga   yuklanadi.   Natijada   sifat   otlashib,   egalik,   kelishik,ko‘plik   qo‘shimchalari
bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘ladi va ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi.
Quyidagi   mashqda   otlashgan   sifatlarni   aniqlaymiz.   Ularning   gapdagi
vazifalarini belgilaymiz.
1.   Yoshroqlari   olovga   yaqinroq,   keksalari   bo‘lsa,   olovdan   uzoqroq   o‘tirishar   edi.
(Ertakdan)   2.   Dono,   aqllilar   hech   qachon   yo‘ldan   adashmaydi.   (“Odobnoma”)   3.
Endi   senlar   o‘qib,   oq-qorani   taninglar,   —   deydi   Xoliyor   amaki.   —   Hozir   dunyo
ilmli odamlarniki. (N. Tilabov) 4. Bilimli biladi bilim hurmatin, Bilimsiz ne bilgay
bilim   qiymatin.   (Yusuf   Xos   Hojib)   5.   Yomon-u   yaxshini   xulqidin   anglag‘il,
Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil.(Navoiy)
      Shunday qilib, “Sifat” so‘z turkumini o‘rganishda   2017-yilda Nizomiddin
Mahmudov va boshqa mualliflar tomonidan yaratilgan 6-sinf  “Ona tili “ darsligini
tahlil   qilar   ekanmiz,   bu   so‘z   turkumi ning   ichki   ma’no   guruhlari   ustida   ishlash,
sifatlar   ishtirok   etgan   so‘z   birikmalari ni   hosil   qilish,   bu   so‘z   turkumiga   oid
materiallarni   semantika   va   stilistika   bilan   uzviy   aloqadorlikda   o‘rganish,   sifat
45 sinonimlari   va   sifat   antonimlari   ustida   maxsus   ish   olib   borish,   har   xil   o‘yin,
topshiriqlardan   foydalanish ni   tashkillashtirish   darslarning   samaradorligini
oshirishda yordam berishini ta’kidlab o‘tamiz .
2.2.2. A.  Rafiyev,  G.  Muxamedjanova,N.  Alovuddinovalar
muallifligidagi 5-sinf “O‘zbek tili” darsligi tahlili
Ta’lim     rus     va     qardosh     tillarda     olib     boriladigan     umumiy   o‘rta     ta’lim
maktablari   uchun   yaratilgan   “O‘zbek   tili”   darslarida   ham   o‘ziga   xos   maqsadlar
bo‘lib ular quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- o‘quvchilarni erkin fikrlashga o‘rgatish
- o‘z   fikrini   og‘zaki   va   yozma   tarzda   o‘zbek   tilining   qonun-qoidalariga
muvofiq ravishda to‘g‘ri ifodalash
- bir   ma'noni   turli   shakllarda   bera   olish   ko‘nikmalarini   shakllantirish,
so‘zlardan o‘rinli foydalanish;
- dunyoni bilishda o‘zbek tilining ahamiyatini singdirish kabi vazifalar shular
jumlasidandir.
“Sifat”   so‘z   turkumini   o‘tishda   o‘quvchilarning   so‘z   boyligini   oshirish
imkoniyatlari asosan quyidagi mavzularga orqali yuzaga chiqadi:
- tub va yasama sifatlar;
- qo‘shma va juft sifatlar va ularning imlosi;
- asliy va nisbiy sifatlar;
- sifat birikmalari;
- sifatning ichki ma’no guruhlari  
      Shu   nuqtayi   nazardan   ta’lim     rus     va     qardosh     tillarda     olib     boriladigan
umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari uchun A.  Rafiyev,  G.  Muxamedjanova,
N.     Alovuddinovalar   tomonidan   2020-yilda   yaratilgan   5-sinf   “O‘zbek   tili” 35
darsligida sifat so‘z turkumi bo‘yicha quyidagi mavzular berilgan:
1.   Sifat  so‘z  turkumi.  Rang-tus  bildiruvchi sifatlarning  qo‘llanishi.
2.   Maza-ta’m  bildiruvchi  sifatlarning  qo‘llanishi.
3.   Hajm-o‘lchovni  bildiruvchi  sifatlarning  qo‘llanishi.
35
  Rafiyev A.,    Muxamedjanova G.,  Alovuddinova N.O`zbek tili. Ta’lim  rus  va  qardosh  tillarda  olib  
boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari 5-sinf o`quvchilari uchun darslik.Toshkent: O`qituvchi,2020.
46 4.   Xarakter-xususiyatni  bildiruvchi sifatlarning  qo‘llanishi.
5.   Shakl-ko‘rinishni  bildiruvchi  sifatlarning  qo‘llanishi.
        Har   bir   mavzu   o‘ziga   xos   didaktik   yo‘nalishdagi   5   ta   dars   soatlari   bilan
boyitilgan.   Masalan,   dastlabki   dars   “Onajonlar   bayrami”ga   bag‘ishlangan   bo‘lib,
o‘quvchilar   sifat   so‘z   turkumi   bilan   tanishish   jarayonida   bahor   fasli,   undagi
bayramlar olamiga sayohat qilishadi.
    Darslikda quyidagi qoidalarning berilishi qatorida sifatlarning ma’no turlari blan
tanishtirish boshlanadi:
      “Predmetning     belgisini     bildirib,     qanday?     qanaqa?   qaysi?     so‘roqlaridan
biriga  javob  bo‘lgan  so‘zlar  sifat deyiladi.  Masalan:  kichkina,  yashil,  yozgi.”
       “Shaxs   yoki   narsalarning   rang-tusini   ifodalashda   oq, qora ,   yashil,   ko‘k,
sariq,   qizil,   jigarrang , kulrang   kabi so‘zlar   faol   qo‘llanadi.   Bunday   so‘zlar
qanday ?   so‘rog‘iga javob   bo‘ladi.   Masalan:   yashil   ( q a n d a y ? )   yaylov.
Qizil ( q a n d a y ? )  lolalar  ochildi.  Kitobni  jigarrang  javonga  qo‘ydim”.
   A mmo o‘quvchilar uchun rang-tus,maza-ta’m, hajm-o‘lchov,   xarakter-xususiyat,
shakl-ko‘rinish belgilari – bu sifatlarning ma’no guruhlari ekanligi haqida yozilgan
qoida   darslikda   keltirilmagan.   Hid   bildiruvchi   hamda   makon-zamon   ma’nolarini
ifodalovchi   sifatlar   to‘g‘risida   esa   mavzu   va   qaydlar   umuman   uchramaydi.
Quyidagi   rang-tus   bildiruvchi   sifatlarning   aytilishi   va   yozilishi   bir-biriga   mos
kelishidagi   farqlar   bois   ularning   talaffuzi   bo‘yicha   fonetik   mashq   o‘tkazish   taklif
qilingan:
-qizil   -qip-qizil      -qirmizi        -jigarrang
-oq      -oppoq          -yashil         -kulrang
-sariq   -sap-sariq     -havorang     -safsarrang, kabi.
        Rang-tus   bildiruvchi   sifatlani   o‘rganish   jarayonida   o‘quvchilarga   ozaytirma
daraja haqida ma’lumot ham berib o‘tilgan: 
      -   mtir   (   -imtir   )     qo‘shimchasi     rang     belgisining     me’yoridanozligini,     rang
darajasining     pastligini     ifodalaydi:     oqimtir,qoramtir   kabi.   -ish     qo‘shimchasi
ham     rangni     ozaytirib   ko‘rsatadi     va     rangni     ifodalovchi     so‘zlargagina
qo‘shiladi: ko‘kish,  sarg‘ish,  qizg‘ish  kabi.
47       Berilgan ta’rifda belgining kamligini ifodalovchi so‘zlar haqida fikr bildirilgan,
biroq   bunday   so‘zlar   sifatlarning   ozaytirma   darajada   kelishi,   umuman,   sifat
darajalari   haqida   ma’lumot   berish   grammatik   mavzuning   qiyinlashib   ketishiga
sabab   bo‘lishi   mumkinligidanmi   e’tiborga   olinmagan.   Mazkur   qoidani
mustahkamlash   uchun   zarur   mashqlar   qatoriga   faqat   quyidagilarni   kiritishimiz
mumkin:
Qavs     ichidagi     so‘zlardan     mosini     qo‘yib,     gaplarni   to‘ldiring     va     ular
asosida  „Bahor  manzaralari”  nomli  matn  tuzing.
1.  Bahor  keldi  va  bog‘lar  (ko‘k,  yashil)  rangga  kirdi.2 .  Qirlarda  (oq,  qizil)
lola   qizg‘aldoqlar     ochildi.     3.     O‘rik     shoxlari     (oq,     pushti)     rangli     gullarga
burkandi.     4.     Gilos     daraxti   (sariq,     oppoq)   guldastaga     aylandi.     5.     Olma
shoxlarida  (qoramtir,  och  qizil) gullar  paydo  bo‘ldi.
     Berilgan  so‘zlardan  foydalanib,  rasmga  o‘zingiz rang  bering.
Qop-qora,  qizil,  yashil,  ko‘m-ko‘k,  pushti,  qizg‘ish.
Namuna:  Qizchaning  uzun  sochlari  qop-qora.
          Maza-ta’m   bildiruvchi   sifatlar   mavzusiga   oid   darslar   yuzasidan   darslikda
quyidagi ikki ta’rif keltirilgan:
Shirin,     mazali,     totli,     chuchuk,     achchiq,     nordon,     sho‘r,bemaza     kabi
so‘zlar   narsalarning   maza-ta’mini   ifodalaydi. Masalan:   Buvim   nordon   olmani
yaxshi  ko‘radilar.  Bozordan  shirin  anor  oldik.
Maza-ta’m   bildiruvchi   so‘zlar   -li,   -siz   qo‘shimchalari  bilan   ham   hosil
bo‘ladi.  Masalan:  mazali- mazasiz,tuzli - tuzsiz  kabi.
   Shu o‘rinda  -li,-siz qo `shimchalarining   antonim,   ya’ni   zid   ma’noli
qo‘shimchalar   ekanligi,   ularning   vazifasini   be-   va   ba-   (bemaza   –   bamaza)old
qo‘shimchalari   ham   bajarishini   ta’kidlab   o‘tish   o‘quvchilarda   zaruriy
ko‘nikmalarni shakllanishida asqotadi.
Predmet     maza-ta’mining     qanday     darajadaligini     ifodalashda     sifatlar
oldiga  juda,  g‘oyat, sal, picha, biroz kabi  so‘zlar  qo‘yiladi.  So‘zlar  tarkibidagi
unli     tovushni   cho‘zib     yoki     urg‘u     bilan     talaffuz     qilganda     ham     maza-ta’m
ma’nosi  kuchayadi.Qiyoslang:
48 Mazali  taom  -  juda  mazali  taom
Nordon  uzum  -  sal  nordon  uzum
Shirin  olma  -  biroz  shirin  olma
          Maza-ta’m   bildiruvchi   sifatlarning   darajasini   aniqlash   uchun   maxsus
“indekator”larning keltirilishi o‘quvchilarni ozaytirma va orttirma daraja haqidagi
fikrlarini yuzaga keltiradi.
    Shaxs     va     narsa-hodisalarning     turli     belgi-xususiyatlarini   bildiruvchi     barcha
sifatga  oid  so‘zlar  kabi  hajm-o‘lchovni  ifodalovchi  so‘zlardan  oldin  belgining
darajasini   ko‘rsatuvchi   eng,   juda ,   nihoyatda   kabi   so‘zlar,   -roq,   -gina(-kina,
qina)  qo‘shimchalari  qo‘shilib  keladi.  
Qiyoslang:  uzun  -  juda  uzun,  uzunroq,  kattagina.
        Demak,darslik   doirasida   sifatlarning   orttirma,   ozaytirma   va   qiyosiy   darajalari
haqida ma’lumotlar aynan ularni hosil qiluvchi grammatik belgilarning qo‘shilishi
orqali   keltirilgan.   Shuningdek,   sifatlarning   ma’no   guruhlarini   turli   rang-barang
rasmlar, matn va dialoglar, mashq va topshiriqlarning berilishi orqali o‘quvchilarga
o‘rgatish ularning bilim , ko‘nikma va malakalarini oshirishi shubhasizdir.
2.2.3. X. S. Muxitdinova, Ya. I. Avlakulov,D. A. Nuriddinova lar
muallifligidagi 7-sinf “O‘zbek tili” darsligi tahlili
 X. S. Muxitdinova, Ya. I. Avlakulov,D. A. Nuriddinovalar tomonidan 2017-
yilda   yaratilgan   “O‘zbek   tili” 36
  darsligida   ham   sifat   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlarni
o‘rganish bo‘yicha bir nechta mavzular berilgan. Ular quyidagilardir:
1.   Sifatlarning yasalishi. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi va imlosi.
2.   O‘rin va payt ma’nosini bildiruvchi sifatlar, ularning yasalishi.
3.   Qo‘shma, juft va takroriy sifatlarning yasalishi va imlosi.
      Har   bir   mavzu   o‘ziga   xos   didaktik   yo‘nalishdagi   3   ta   dars   soatlari   bilan
boyitilgan. O‘quvchilar o‘zbek tiliga oid grammatik ta’riflarni o‘rganish jarayonida
ularni turli hayotiy lavhalar, she’r va adabiy parchalarni o‘qib , fikr-mulohazalarga
ega   bo‘lib   borishadi.   Ana   shunday   grammatik   ta’riflardan   dastlabkisi   sifatlarning
yasalishi haqida berilgan:
36
    Muxitdinova X. S.,. Avlakulov Ya. I, Nuriddinova D. A. O`zbek tili. Ta’lim  rus  va  qardosh  tillarda  olib  
boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari 7-sinf o`quvchilari uchun darslik.Toshkent, O`qituvchi,2017.
49 Sifatlar   tub   va   yasama   bo‘ladi.   Yasama   sifatlar   ot   va   fe’l   asoslariga   so‘z
yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasaladi.
Tub sifatlar           Yasama sifatlar
katta                      aqlli
yashil                   chiroyli
shirin                   serhosil
toza                      baquvvat
Otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar
-li         -siz       -chan       -choq           -qoq            -dor
odobli   tuzsiz    ishchan    tortinchoq    urishqoq      hosildor
          Yuqoridagi   qoidada   -choq   va   -qoq   qo‘shimchalarining   fe’ldan   sifat   yasovchi
qo‘shimchalar   tarzida   emas,   balki   otdan   sifat   yasovchi   qo‘shimchalar   tarzida
keltirilishi   mualliflarning   xatosi   ekanligi   tabiiy.   Zeroki,   darslikning   keyingi
sahifalarida   xuddi   shu   qo‘shimchalar   endilikda   fe’ldan   sifat   yasovchi
qo‘shimchalar tarzida keltirilgan:
-ma, -choq ,-q,-iq ,-    qoq    ,-gir,   -kir   qo‘shimchalari   fe’ldan   sifat   yasaydi.Masalan:
qaynatma, tortinchoq, qaynoq, siniq, urishqoq, sezgir, o‘tkir.
     Kitobda berilgan mazkur mashq ham e’tiborimizni tortmay qolmadi:
Berilgan   so‘zlarga   darajalarni   bildiruvchi   so‘zlarni   qo‘shib,   namunadagidek
darajalab yozing.
N a m u n a: Qurilishlar — ulkan qurilishlar, g‘oyat ulkan qurilishlar.
Bayram,   taassurotlar,   ko‘prik,   liboslar,   shahar,   mahalla,inson,   bola,   ustoz,
o‘quvchi, maslahat, daraxt.
          Berilgan   so‘zlar   –   otlarni   “ulkan”,   “g‘oyat”   so‘zlari   bilan   qaysi   darajaga
“qo‘yish”  mumkin? Yoki  “g‘oyat ulkan shahar” birikmasi  qaysi  darajada turibdi?
Albatta,   bunday   noaniq   mashqning   berilishi   hali   sifat   darajalari   haqida   to‘liq
ma’lumot   olib   ulgurmagan   o‘quvchilarda   xato   fikrlar,   ikkilanishlar   tug‘dirishi
tabiiy.
          Keltirilgan   juz`iy   kamchiliklarga   qaramasdan,   darslikdan   sifat   yasovchi
qo‘shimchalar   va   ularning   imlosi   xususida   atroflicha   ma’lumot   berilgan.
50 Shuningdek,   ma’nodosh   va   zid   ma’noli   sifat   yasovchi   qo‘shimchalar   haqida   ham
aytib o‘tilgan:
    Ser-, no-, be-, ba-qo‘shimchalari asosdan oldin qo‘shilib keladi. Ular ko‘pincha
-li, -siz, -dor qo‘-shimchalariga ma’nodosh va zid ma’nolarni ifodalab keladi.
        Umuman olganda sifat so‘z turkumi bo‘yicha ta’lim   rus   va   qardosh   tillarda
olib     boriladigan     umumiy   o‘rta     ta’lim     maktablari   uchun   yaratilgan   yuqoridagi
ikki   sinfda   ma’lumotlar   berilgan.   Ko‘rib   chiqqanimizdek,   grammatik   materiallar
haminqadar darajada keltirilgan. Ana shu darsliklarda o‘rganilishi jihatidan muhim
bo‘lgan sifat mavzusini yanada kengroq yoritish vazifa qilib olinsa, foydadan xoli
bo‘lmaydi.
2.2.4.  M.Mirzahidova, H.Abulqosimova, M.Xalmuratovalar muallifligidagi
Qirg‘iziston Respublikasidagi o‘zbek maktablari 6-sinf o‘quvchilari uchun
“O‘zbek tili” darsligi tahlili
          Ko‘rib   chiqmoqchi   bo‘lgan   3-darsligimiz   M.Mirzahidova,   H.Abulqosimova,
M.Xalmuratovalar tahriri asosida Qirg‘iziston Respublikasidagi o‘zbek maktablari
6-sinf o‘quvchilari uchun  nashr etilgan  “O‘zbek tili”  37
darsligidir.
    Mazkur darslikda sifat so‘z turkumi quyidagi mavzular orqali yoritib berilgan:
1. Sifat.
2. Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar.
3. Ozaytirma sifatlar va ularning yozilishi.
4. Kuchaytirma sifatlar va ularning yozilishi.
5. Otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi.
6. Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi.
Darslikda sifat darajalari bo‘yicha quyidagi ta’rif keltirilgan:
     Sifat, odatda, belgining darajasini ko‘rsatadi. Sifatlarda quyidagi darajalar 
mavjud:
1. Oddiy daraja: baland bino, chiroyli qiz.
2. Qiyosiy daraja: balandroq bino, chiroyliroq qiz.
3. Orttirma daraja:eng   baland bino, eng chiroyli qiz.
37
Mirzahidova M., Abulqosimova H., Xalmuratova M.. “O`zbek tili”. Qirg`iziston Respublikasidagi o`zbek 
maktablari 6-sinf o`quvchilari uchun darslik. Bishkek: Arkus,2018.
51 Demak, sifatlarning 3 darajasi borligi qayd qilinar ekan, ozaytirma daraja 
   haqida esa quyidagicha fikr bildiriladi:
     Sifatlarda darajalardan tashqari belgining (rangning) ortiq- kamligini 
ifodalovchi shakllar ham bor.
     Belgining me’yordan kam ekanligini bildirgan sifatlar ozaytirma sifatlar 
deyiladi. Ozaytirma sifatlar quyidagicha yasaladi va yoziladi:
1. Rang bildiruvchi sifatlar oldidan och, nim so‘zlarini keltirish bilan 
yasaladi:och sariq lenta, nimpushti ro‘mol.
2. -gina(-qina,-kina) qo‘shimchalari orqali:kichkinagina hovli
3. Sifat oldidan sal, biroz kabi so‘zlarni qo‘shish orqali :sal shirin, biroz 
beg‘am.
    Sifat   darajalari   mavzusi   doirasida   bahs-munozaralar   bugungi   kunda   ham
uchrab   turishidan   kelib   chiqqan   holda,   mualliflarning   bu   boradagi
yondashuvlarini   to‘g‘ri   qabul   qilish   mumkin.   Biroq,   darslikda   sifatlarning
ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga – asliy va nisbiy sifatlarga bo‘linadi, degan fikrni
xato   deyishimiz   mumkin.   Ma’lumki,   belgini   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   ifodalashiga   va
uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishiga ko‘ra sifatlar asliy va nisbiy
sifatlarga   ajaratiladi.   Ma’nosiga   ko‘ra   tasnif   qilinishi   esa   uning   ma’no
guruhlariga,   ya’ni   rang-tus,   maza-ta’m,   xususiyat   bildiruvchi   sifatlar   kabilarga
bo‘linishini nazarda tutadi.
                                           
52 Bob bo‘yicha xulosalar:
1.   Ona tili darslarida  ,,sifat“  tushunchasini  shakllantirish  o‘quvchilaming
„predmet   belgisi"     degan     umumlashtirilgan     kategoriyani     o‘zlashtirish
darajasiga   bevosita     bog‘liq.     Shu     maqsadda   rang,     maza,     shakl,     hajm,     xil-
xususiyat  bildiradigan   so‘zlar   guruhlanadi   va   shu   so‘zlaming   xususiyatlari
umumlashtiriladi.     Sifatning   leksik   ma’nosi   bilan   birga   uning   xarakterli
grammatik     xususiyatlari     ham     qayd     etiladi.     Sifatlarning     xususiyatlarini
umumlashtirish  asosida  o‘quvchilar  uning  so‘z  turkumi  sifatidagi o‘ziga  xos
ko‘rsatkichlarini     ajratishlari   uchun   zaruriy   bilim,   ko‘nikma   va   malakalar
shakllantirilishi kerak.  
     2.O‘quvchilarning   yozma   ishlarida   uchraydigan   imloviy   nuqsonlar   izchil
bartaraf   etilgani   holda  gap    qurilishidagi   g‘alizliklar,   mazmuniy,   mantiqiy-
uslubiy     nuqsonlar     ustida     ishlash     ona     tili     o‘qituvchilarining     e’tiboridan
chetda qolmaslgi kerak.
        3.Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   o‘quvchilarining   o‘zbek   tili     fanidan
egallagan     bilim,     ko‘nikma     va     malakalari,     kommunikativ     –     uslubiy
savodxonligi   mustaqil,   ilmiy   –   ijodiy   va   ixtisosiy   matn   yaratish   uchun   yetarli
emas.
53       4.Umumiy     o‘rta     ta’lim     maktablari       o‘quvchilarida   o‘zbek   tili   darslarida
sifatning   ma’noviy   guruhiga   oid   so‘zlarni   to‘liq   o‘rganish   uchun   vaqt   va
darsliklarda berilgan ma’lumotlar yetarli emas.
III BOB. “O‘zbek tili”(“Ona tili”) darsliklarida sifat so‘z turkumi talqinining
ta’limning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha  tahlili
3.1. Zamonaviy ta’lim talablari bo‘yicha  “O‘zbek tili”(“Ona tili”)
darsliklarining qiyosiy tahlili
     Millatimiz ruhi hisoblangan ona tilimiz – o‘zbek tili mana necha asrlarki dunyo
tillari   orasida   o‘zining   so‘z   boyligi,   ma’nolar   xazinasi,   ifoda   imkoniyatlarining
kengligi   bilan   ajralib   kelmoqda.   Shu   bois   ham   ana   shu   qadrli   tilimiz   bilan   yosh
avlodni tanishtirish, uning boy imkoniyatlaridan foydalanishni o‘rgatish o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ygan har  bir  o‘zbek tili fan o‘qituvchilarining bugungi  vazifalari
nihoyatda ahamiyatlidir. Zero, davlat tilini o‘rganish , unda bemalol suhbatlashish,
ijod   qilish,   fikrlarini   bemalol   ifodalay   olish   yurtimizning   har   bir   farzandiga   xos
bo‘lsagina, o‘zbek tili kundan kunga boyib , sayqallanib boradi.
            O‘zbek   tili   fanini     bugungi   kun   DTS   talablariga   mos   holda   o‘qitish,
o‘quvchilarda   shu   fanga   xos   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   shakllantirishda
darslar   davomida   o‘qituvchidan   yuksak   pedagogik   mahorat,   axborot
kommunikatsiya   texnologiyalaridan   o‘z   o‘rnida   foydalanish,   zamon   talablariga
mos holda ta’lim tizimini yuzaga keltirish kabi fazilatlar talab qilinadi. 
            Ta’lim   muassasalarining   o‘quv   tarbiyaviy   jarayonida   zamonaviy   o‘qitish
uslublari,   interfaol   uslublar,   innovatsion   texnologiyalarning   o‘rni   va   ahamiyati
54 beqiyosdir.   Pedagogik   texnologiyalar   va   ularning   ta’limda   qo‘llanilishiga   oid
bilim, tajriba o‘quvchilarning bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Shu  fikrlardan   kelib  chiqqan  holda  hozirgi  davr  darsliklarida  sifat  so‘z  turkumini
o‘rganish   bo‘yicha   bugungi   ta’lim   yo‘nalishlarining   qanday   belgilari   ustuvorlik
qilmoqda? Bu belgilarni quyida tahlil qilamiz:
1.Sifat so‘z turkumini o‘rganishda   o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqiy
faoliyatlarini o‘stirishga ko‘maklashuvchi mashqlardan foydalanish.
      Til ta’limiga oid darslarning asosiy maqsadi  o‘quvchilarning og‘zaki va yozma
nutqini   o‘stirishdir.   Bu   borada   bajaraladigan   mashqlarning   ahamiyatini   hisobga
olgan   holda,   sifat   so‘z   turkumini   o‘rganishda   nutqiy   faoliyatni   rivojlantiruvchi
vazifa   va   topshiriqlarning   sonini   ko‘paytirish   lozimdir.   Quyidagi   mashqni   misol
qilib olishimiz mumkin:
          Egri,   to‘g‘ri,   katta,   kichik,   oq,   qora,   dono,   nodon   so‘zlari   ishtirokida   gap
tuzish bo‘yicha musobaqa o‘tkazing. Sifatlar gapda otlashib kelsin.
Namuna: 1-guruh:To‘g‘ri o‘zadi, egri to‘zadi. 
2-guruh:To‘g‘rining gapi sariyog‘, egrining gapi to‘mtoq. 38
      Afsuski,   tahlil   ostiga   olingan   mavzumiz   doirasida   bunday   mashqlarning   soni
kam. Aksariyat mashqlar matnni ko‘chirib yozish, nuqtalar o‘rniga zarur sifatlarni
qo‘yish kabi vazifalar bilan berilgan. Matn tuzish , uni so‘zlab berishga asoslangan
topshiriqlar esa sanoqli. 
2. Misollardan     xulosalar     chiqarish     va     uni     darslikdagi   qoidalarga
taqqoslash .    O‘quvchilar  avval  misollarni kuzatadilar,  tahlil  qiladilar,  so‘ngra
xulosa  chiqaradilar. O‘zlari  chiqargan  qoidani  darslikdagi  qoidaga  taqqoslaydi. 
Bolalar   induktiv   yo‘l    bilan   qoidani    o ‘rganadi,   mustahkamlaydi. Bu jihatdan
“Ona tili “ darsliklarida berilgan topshiriqlarning ahamiyati kattadir:
Masalan: 
 Topshiriq. Berilgan so‘zlarning tarkibini aniqlang. Imlosiga e’tibor bering.
Erksevar, ochko‘z, kulrang, mehmondo‘st, devqomat, sheryurak. 39
38
 Mahmudov N.va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.- Toshkent,2017.-
B. 1 58 .
39
  Mahmudov N.va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.- Toshkent,2017. 
-B.140.
55   Yuqoridagi   topshiriq   bajarilgandan   keyingina,   qo‘shma   sifatlar   qoidasi
o‘quvchilarga tushuntirilishi dars samaradorligini oshiradi.
       Bu borada tahlil ostiga olingan “O‘zbek tili” darsliklarida ham  xuddi  shunday
induktiv yo‘l bilan mavzu tushuntirish tizimidan foydalanilgan.Darslikda sifat so‘z
turkumiga bag‘ishlangan dars mashg‘ulotining dastlabki vazifasi sifatida quyidagi
topshiriq berilgan:
Rasm     asosida     suhbatni     davom     ettiring.     Tuzgan   gaplaringizda     oq,
pushti,  sariq  rang-tus  bildiruvchi  sifatlar  ishtirok etsin. 40
  
    Grammatik mavzuning bayoni esa topshiriqdan keyin berilgan.
      3. O‘quvchilar   oldiga     muammoli     savol   va   topshiriqlar   qo‘yish.     Bunda   ,
masalan, quyidagi topshiriqlarni bajarish orqali ish boshlanadi:
1-topshiriq. Berilgan so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajrating.
Sifat yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang.
Foydali,   serharakat,   go‘shtdor,   tartibsiz,   yasama,   devoriy,   noaniq,   talabchan,
odamsimon, bebaxt, yengilmas,
basavlat.
2-topshiriq.Berilgan   so‘zlarga   -li,   ser-,   -mand,   -dor,   bo-,-siz   qo‘shimchalarini
qo‘shing. Ularning qanday ma’no ifodalashini ayting.
Shira, go‘sht, savlat, davlat.
Yangi  mavzuni  tushuntirish  shu  savollarga javob izlashdan  boshlanadi.    
4.  Sifatlarning ma’no guruhlarini o‘rganish tizmini tashkillashtirish.
Sifat   so‘z   turkumini   o‘rganishda   uning   ma’noviy   guruhlari   yuzasidan
o‘quvchilarga to‘g‘ri ta’lim berish tizimini tashkillashtirish lozim. Tadqiqotimiz
ostida   ko‘rib   chiqilayotgan   darsliklarda   ham   bu   borada   mantiqiy   izchillik,
yagona grammatik qoidaga mansublik yetishmaydi. Ilmiy manbalarga murojaat
qilganimizda   sifat   so‘z   turkuminung   9   ta   ma’no   guruhi   qayd   qilinganini
ko‘rishimiz mumkin.Ular quyidagilar:
1.Xarakter-xususiyat,xossa va qiymat bildiruvchi sifatlar.
2.Holat bildiruvchi sifatlar.
40
  Rafiyev A.,    Muxamedjanova G.,  Alovuddinova N.O`zbek tili. Ta’lim  rus  va  qardosh  tillarda  olib  
boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari 5-sinf o`quvchilari uchun darslik.- Toshkent : O`qituvchi2020.
56 3.Rang-tus   bildiruvchi sifatlar.
4.Shakl-ko‘rinish   bildiruvchi sifatlar.
5.Hajm-o‘lchov-masofa   bildiruvchi sifatlar.
6.Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar.
7.Hid bildiruvchi sifatlar.
8.Vazn-og‘irlik   bildiruvchi sifatlar.
9.O‘rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar. 41
    Albatta,   bu   tasnif   muallifning   o‘ziga   xos   ilmiy   va   nazariy   bilimlari   asosida
shakllantirilganligi   bois   sifat   so‘z   turkumining   ma’no   guruhlarini   ajratish
borasidagi munozarali masalalar qatorida sanaladi. Ammo tahlil ostiga olingan
darsliklarimizda ushbu ma’noviy guruhlar 6-sinf “Ona tili” darsligida 6 ta,5-sinf
“O‘zbek tili “ darsligida 5 ta turda ko‘rsatilgan, xolos.
№6-sinf “Ona tili” darsligida Sifatlarning ma’no guruhlari	
5-sinf “O‘zbek tili”	
darsligida Sifatlarning ma’no guruhlari
1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar Xarakter-ususiyat bildiruvchi sifatlar
2. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar
3. Rang-tus bildiruvchi sifatlar Rang-tus bildiruvchi sifatlar
4. Hid bildiruvchi sifatlar Hid bildiruvchi sifatlar
5. Hajm-o‘lchov bildiruvchi sifatlar Hajm-o‘lchov bildiruvchi sifatlar
6. Makon-zamon bildiruvchi sifatlar.
 
Agar 6-sinf “Ona tili” darsligidagi tasnifga e’tibor qaratadigan  bo‘lsak, unga
hech bo‘lmaganda shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifat guruhining kiritilishi joizdir.
Negaki,   o‘quvchilar   qiyshiq,   tor,   kalta   kabi   so‘zlarni   sifatning   qaysi   guruhiga
mansubligini aniqlashda doimo ikkilanishlari tabiiy.
  5.   Iqtidorli   o‘quvchilar   uchun   kiritilgan   mashqlar   ko‘lamini   cheklab
qo‘ymasdan, ularni butun sinf bilan birgalikda bajarish.
     Quyidagi mashq maxsus belgi orqali ajratilgan mashqlar sirasiga kiradi. Bunday
mashqlarni   nafaqat   iqtidorli   o‘quvchilar,   balki   sifdagi   barcha   bolalarni   faollikka
chorlash orqali bajarish muhimdir.
41
 Sodiqova M. Hozirgi o`zbek tilida sifat.  –Toshkent: Fan, 1974. – B. 49.
57 369-mashq.   Sifatlarni   aniqlab,   ularga   -roq   qo‘shimchasini,   juda,eng,   g‘oyatda
so‘zlarini   qo‘shing,   ularning   gap   ma’nosiga   qanday   ta’sir   etayotganini
aniqlang.
      Bobur   temuriylar   sulolasining   so‘nggi   yirik   vakili   edi.   U   tadbirkor   va   jasur
lashkarboshi, dono va adolatli hokim, fozil va o‘qimishli inson, ajoyib lirik shoir,
ilmning   turli   sohalaridan   yaxshigina   xabardor   bo‘lgan   yetuk   olim   edi.   Uning
«Boburnoma»   asari   haligacha   Sharqdagi   voqeot   janrining   beqiyos
namunasibo‘lib kelmoqda. (F. Sulaymonova)
6.Sifat mavzusiga oid nazariy-grammatik ma’lumotlar rangli jadvallar, blok-
sxemalar asosida berilishi.
   O‘rganilayotgan har bir mavzu yuzasidan darslikda zarur grammatik ma’lumotlar
qoidalar ko‘rinishida beriladi. Shunday ma’lumotlarni o‘quvchiga yetkazish uchun
o‘qituvchilar   o‘tilayotgan   dars   oldidan   turli   xil   ko‘rgazmali   qurollar,   rangli
jadvallar,   sxemalardan   foydalanishadi.Ammo   o‘quv   qo‘llanmalarda   bu   kabi
vositlarga   urg‘u   berilmaydi.   Vaholangki,   bugungi   kun   yoshlarini   dars   jarayoniga
qiziqtirishda bunday usullarning foydasi kattadir.
        Sifat   so‘z   turkumi   nuqtayi   nazaridan   ishimizning   oldingi   fasllarida   turli   xil
jadvallar   va   blok-sxemalar   namunalarini   keltirdik.   Xuddi   shu   kabi   vositalarning
darsliklarda   berilishi   ta’lim   oluvchilarning   xotirasida   ma’lumotlarning   qolishida
samarali xizmat qiladi.
7.Darslikda   illyustratsiyalar   sonini   oshirish   orqali   o‘quvchining   ijodiy
qobiliyatini rivojlantirish.
    Sifat   mavzusini   o‘rganish   jarayonida   6-sinf   “Ona   tili”   darsligida   quyidagi
mashqdan boshqa hech qaysi o‘rinda rangli tasvir vositalari keltirilmagan.
Ertalab   barvaqt   turing.   Tong   tasvirini   daftaringizga   tushiring.   Unda
sifatlardan foydalaning.
   Vaholangki, yangi davr darsliklari turli xil rasmlar, o‘ziga xos tasvirlar bilan
boyitilsa, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.   Shunday  ma lumotlarni darslikʼ
mualliflari   inobatga   olib,   mamlakatimizda   chop   etilayotgan   darsliklar   va
metodik qo‘llanmalarni mazmunan boyitishda, mavzuga mos illyustratsiyalarni
58 maqsadli   tanlashsa,   ya ni   har   bir   tanlangan   illyustratsiya   informatsionʼ
xarakterga ega bo‘lishini ta minlashsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.	
ʼ
   Bu jihatdan “O‘zbek tili“ darsliklarida sifat so‘z turkumini o‘rganish bo‘yicha
berilgan mashqlar turli  rasmlar, rangli tasvirlar  bilan boyitilgan. O‘quvchilarni
ijodiy   fikrlash   qobiliyatini   oshirish,   ularda   ko‘rish   orqali   yodda   saqlash
faoliyatini   shakllantirish   uchun   ham   rasmlarga   qarab   matnlar   tuzish
ahamiyatlidir.Jumladan,quyidagi topshiriqni ko‘rib chiqamiz:
  Berilgan rasm va savollar asosida O‘zbekiston tabiati haqida suhbatlashing.
— O‘zbekistonda qanday tog‘lar bor?
— Tog‘larda qanday o‘simliklar o‘sadi?
— Tog‘oldi mintaqalarida qanday o‘simliklar o‘sadi?
— O‘simliklardan qanday maqsadlarda foydalaniladi? 42
    Demak,   o‘quvchilar   yuqorida   keltirilgan   so‘lim   tabiat   manzarasini   baholash
qatorida   turli   savollarga   sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlardan   foydalangan   holda
javob berishadi.
8.O‘quvchilarni odob-axloq qoidalariga o‘rgatuvchi tarbiyaviy ahamiyatga
ega  mashqlarning berilishi.
      “So‘z   ko‘rki   —   maqol”   mavzusida   bog‘lanishli   matn   tuzing.   Unda
ishlatilgan sifatlarni tahlil qiling.
  “Sizni   ulug‘laymiz,   bobodehqon!”   mavzusida   matn   tuzing.   Unda   sodda
sifatlardan foydalaning.
9. Sifat mavzusini o‘rganishda fanlararo integratsiya usulidan foydalanish.
Ta’limda fanlararo integratsiya jihatini ta’minlash bugungi kunda ustuvorlik
kasb   qilmoqda.     Ona   tili   darslarida   boshqa   fanlarga   oid   bilimlarni
mustahkamlashga   asoslangan   mashqlardan   foydalanish   o‘quvchilarning   ilm
olishga  bo‘lgan  ehtiyojini  yanada  oshiradi.Masalan  ,  quyida berilgan  mashqda
o‘quvchilarning sifat so‘z turkumi bo‘yicha olgan bilimlari botanika fani bilan
uzviylikda yuzaga chiqariladi:
42
 Muxitdinova X. S., Avlakulov Ya. I., Nuriddinova D. A. O`zbek tili. Ta’lim  rus  va  qardosh  tillarda  olib  
boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari 7-sinf o`quvchilari uchun darslik.- Toshkent: O`qituvchi,2017.
59 “Biz   tabiat   farzandlarimiz”   o‘yinini   uyushtiring.   Buning   uchun   ikki
guruhga   bo‘lining.   Boychechak,   chuchmoma,   devpechak,chumchuqko‘z,
otquloq kabi  o‘simliklarga  xos bo‘lgan belgilarni  topish  bo‘yicha musobaqa
o‘tkazing. 43
10.Sifat   so‘z   turkumi   borasidagi   bilimlarni   turli   lug‘atlar   bilan   ishlash
bo‘yicha mashqlar yordamida boyitish.
        Ona   tili   va   o‘zbek   tili   darslarida   turli   qomusiy   lug‘atlar,   izohli   va   imlo
lug‘atlari, sinonimlar  va antonimlar  lug‘atlari  bilan ishlash  asosidagi  mashqlar
o‘quvchilarning   so‘z   boyligini   oshiradi,   ularni   bexato   yozishga   o‘rgatadi.
Ammo   lug‘atlarga   murojaat   qiluvchi   mashqlarning   soni   tahlil   ostiga   olingan
darsliklarimizda   sanoqli.   Sifat   so‘z   turkumi   bo‘yicha   esa   bu   ko‘rinishdagi
mashqlar deyarli uchramaydi.
3.2. “O zbek tili” (“Ona tili”) darslarida sifat mavzusini o‘rganishdaʻ
TPR metodini qo‘llashning ahamiyati
         Davrimiz soniyalar shiddati bila o zgarib borayotgan bir vaqtda o quvchilarga	
ʻ ʻ
o zbek tili saboqlarini berar ekanmiz, ularga an’anaviy darsliklar yordamida odatiy	
ʻ
darslar   o‘tish   davomida   oldimizga   qo‘yilgan   vazifalarni   bajara   olmay   qolishimiz
mumkin.   Negaki   ,   dars   jarayonida   o‘quvchilarni   qiziqtirish   uchun   turli   yangi
usulllardan   foydalanish   ,   ularni   yanada   faollikka   chorlaydi.   Rang-barang   slaydlar
namoyishi,   elektron   darsliklar   bilan   ishlash   esa   har   qanday   passiv   o‘quvchini
jonlantirishi , uni ham dars jarayoniga jalb qilishi mumkin.Bu o‘rinda biz dunyoda
chet   tillarni   o‘qitish   ta’lim   texnlogiyalari   orasida   XX   asrning   70-yillaridan   beri
ma’lum bo‘lib kelayotgan TPR– Total Physical Response , ya’ni butunlay jismoniy
reaksiya metodini qo‘llash borasida fikr bildirmoqchimiz. 
An`anaviy   dars   o‘qitish     tizimlariga   e’tibor   qaratadigan   bo‘lsak   ,   asosiy
materiallar   darsliklarda   matn     yoxud   mashq   va   topshiriqlarni   bajarish   asosida   ,
ba’zi   o‘rinlarda rasmli vazifalar orqali berilishini kuzatishimiz mumkin. Biror bir
yangi mavzuni o‘zlashtirishda o‘quvchilarga shularni o‘zi yetarlimikan? Bu borada
biz   qo‘llamoqchi   bo‘lgan   TPR   metodining   ahamiyati   shundaki,     u   ma’lumotni
43
 Mahmudov N.va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.- Toshkent,2017.-
B.139.
60 anglashda   ko‘rish,   eshitish   hamda   kinestetik   ta’sir   yo‘llaridan   foydalanish
yo‘llarini afzal tutadi. 
          TPR   –   Total   Physical   Response   ,   ya’ni   yangi   tillarni   o‘rganishda   butunlay
jismoniy   reaksiya   metodi   amerikalik   psixolog,   Kaliforniyaning   San   Xose
Universiteti   o‘qituvchisi,     doktor   Djeyms   Asher   tomonidan   o‘tgan   asrning   70-
yillarida   e’lon   qilingan   bo‘lib,   uning   asosida   inson   miyasi   o‘ng   va   chap
yarimsharlarining   faoliyati   haqidagi   teoriya   yotadi.   Unga   ko‘ra   miyaning   chap
yarimshari   mavhum,   mantiqiy   fikrlash   hamda   til   imkoniyatlaridan   foydalanishni
bajarsa, o‘ng yarimshar esa ijodiy fikrlash, intuituv yondashuvlarni bajaradi. Olim
tillarni   tushunishda   faqatgina   chap   yarimshar   faoliyatidangina   emas,   balki   o‘ng
yarimsharlarni   ham   ishlatish   lozimligini   aytadi.     Ushbu   metod   o‘quvchilarni
faollikka     chorlab,   o‘qituvchi   tomonidan     dars   jarayonida   berilgan   buyruq   va
iltimoslarga   verbal(imo-shoralar   orqali)   hamda   jismoniy   xatti-harakatlar   orqali
javob qaytarishni talab qiladi. Boshqa so‘z bilan aytganda , TPR – bu til ta’limida
nutq   va   harakatlar   tizimiga   e’tibor   qaratgan   holda   jismoniy   faollikni   oshirishga
asoslangan metod hisoblanadi. 44
      Arnold Muhrenning fikriga qaraganda TPR metodi asosiy texnologiyasi oddiy.
Bunda   dars   jarayonida     o‘quvchilar   o‘qituvchi   yoki   o‘z   sinfdoshlari   tomonidan
berilgan komanda – buyruqlarni bajarishadi  va bu buyruqlarning qiyinlik darajasi
ortib boraveradi. Masalan,  oddiy  buyruqlar (“Turing, o‘tiring”) vaqt o‘tgan sayin
qiyinlashib boraveradi(masalan, “Men xohlaymanki, o‘g‘il bolalar aylana shaklida
turib   olishsin,   iltimos”).   TPR   o‘z   navbatida   bir   murakkab   topshiriqqa   kiruvchi
harakatlar zanjirida (masalan, “O‘tiring, qog‘oz va qalam oling, uning tepasiga o‘z
ismingizni   yozing…”)   yoki   bir   syujet   chizig‘i   asosida   murakkablashib   borishi
mumkin. 45
  Bu   buyruqlar   asosini   ishtirokchilarni   faollikka   chorlash,   tildagi   yangi
so‘z   va   so‘z   birikmalarini   o‘rganishda,   yangi   ko‘nikmalar   hosil   qilishda   turli
44
 Asher J.Language by command.The total Physical Response approach to learning language//The way of learning –
1984 – P.35.
45
 Muhren A.Total Physical Response (TPR):An EffectiveLanguage Learning Method at Beginner /Intermediate 
Levels {Online}.2003. – URL :http://sastra.um.ac.id/wp-content/uploads/2009/10/Teaching -Children-Using-a-
Total- Physical-Response-TPR-Method-Rethinking-Handoyo-Puji-Widodo.pdf.:(murojaat sanasi 15.09.2018)      
61 ovozlar,   xatti-harakatlar   ,   imo-ishoralar   yordamida   tashkillashtirilgan   o‘yinlar
tizimi   tashkil   qiladi.   Zeroki,   o‘quvchilar   uchun   quvnoq,   qiziqarli   o‘yinlar   orqali
tashkillashtirilgan   dars   an’anaviy   o‘qitish   tizimidan   ko‘ra   ancha   maroqli
hisoblanadi. 
            Aytish   joizki,   TPR   metodini   til   ta’limida   qo‘llash   mumkin   oddiy   o‘yinlar
tizimidan   farqlash   lozim.       Butunlay   jismoniy   reaksiya   (TPR)   bu   avvalo
comprehension approach ,  ya’ni   tushunish, anglash va his  etishga       asoslangan
bo‘lib, bu o‘z navbatida lingvist olim Stiv Krashen tomonidan qayd etilgan. 46
 Ya’ni
olim   tilni   o‘rganishda   avvalo   uni   eshitish   va   his   etish   kerakligini   ta’kidlaydi,
Ammo   biz   bu   teoriyani   o‘z   ona   tilimiz   ta’limida   emas,   faqatgina   chet   tilini
o‘rganishda qo‘llaymiz.  Balki shu usulni ona tilimizni o‘rgatishda duch keladigan
mavzular doirasida berilgan yangi qoidalar ; yangi so‘z birikmalari va ular asosida
matnlar hosil qilishda qo‘llashni yo‘lga qo‘ysak, o‘quvchilarning   o‘z tilida sof va
ravon gapira olish koeffitsentini oshirgan bo‘lardik. Chunki bu metodning asosini
qo‘yishda   teoriyachi   olim   inson   psixologiyasi   va   pedagogika   qonuniyatlariga
tayanadi.Shuningdek   Asher     Garold   va     Doroti   Palmerlarning   1925-yilda   e’lon
qilingan   tilni   o‘rganish   metodlaridan   foydalanadi.U   tillarni   o‘rganishda   inson
miyasida   shakllanuvchi   ma’lum   “bio-programma”   dan   foydalanish   kerakligini
ilgari suradi. Unga ko‘ra ushbu tizim uch bosqichda shakllanadi:
1. Insonlarda   bolalikda   eshitish   qobiliyati   gapirish   qobiliyatidan   oldin
shakllanadi.Tillarni   o‘rganish   jarayonida   ular   ko‘p   so‘zlarni   eshitish   orqali   idrok
qilishlari mumkin, ammo mustaqil ravishda hali ularni amalda qo‘llay olishmaydi.
2. Bolalarning   eshitilgan   so‘zlarni   idrok   qilish   xususiyati   ota-onalarining
buyruqlariga javob berish orqali yuzaga keladi.
3. Ana shu buyruqlarga javob berish orqali bolalar nutqi shakllanib boradi.
    Xo‘sh,   ko‘rib   turganimizdek,   bolalarda   ona   tilini   o‘rganish   tizimi   maxsus“bio-
programma”     orqali   rivojlanib   borar   ekan.   shu   tizimni   til   ta’limi   darslarda
qo‘llashning  samarasi nechog‘lik baland bo‘ladi? Asher tayangan teoriyani o‘zbek
tilini   o‘qitishda   targ‘ib   qilish   uchun   zarur   muhitni   tashkillashtirish,   o‘quvchilarni
46
 Krashen S.D.Explorations in Language Acquisition and Use//The Taipei Lectures – Heinemann,2003. -  P.19. 
62 faol   dars   jarayoniga   qiziqtirish,   ularning   ijodkorligiga   urg‘u   berishning
ahamiyatini   tushunish   kerak.   TPR   metodi   qo‘llaniladigan   darslarda
o‘quvchilarning   o‘qituvchining   nutqini   eshitish   bilan   bir   qatorda   ular   uning
aytganlarini   turli   emotsional   bo‘yoqlar   orqali   qaytarishadi,   harakatlanishadi,
qo‘llariga   predmetlarni   olib   foydalanishadi.   Bunda   yangi   ma’lumot   nutqni
o‘zlashtirish   orqali   miyaning   chap   yarimshariga   tushibgina   qolmay,   balki   o‘ng
yarimsharga ijobiy emotsiyalar orqali muhrlanadi.
Tadqiqot   ostiga   olingan     mavzumiz   sifat   so‘z   turkumi   ekan,   asosan
predmetning,   qisman   harakatning   belgisini   bildiruvchi   darajalanuvchi   so‘z   47
larni
o‘quvchilarga   o‘rgatishimizda   yangi   pedtexnologiyalar   ,   jumladan,   TPR   ning
samarasini   tekshirib   ko‘rish   uchun   bir   necha   o‘yinlarni   taklif   qilamiz.
Umumta’lim   maktablari   ta’limi   jarayonida   bu   so‘z   turkumi   5   –   7   -   sinf
darsliklarida   berilgan.   O‘rtacha   12   –   13   yoshdagi   o‘smir   bolalar   psixologiyasi
hamda   ma’lumotlarni   qabul   qilish   darjasi   nuqtayi   nazaridan   faol   va   qiziqarli   ,
butunlay jismoniy reaksiyani talab qiladigan mashqlar ularni befarq qoldirmaydi.
          1.Ertak   vaqti.   Ertak   eshitishni   yoqtirmaydigan   bola   bo‘lmasa   kerak.   Ushbu
usulda   ham   o‘qituvchi   tomonidan   tinglovchilar   uchun   sevimli   bo‘lgan   biror   bir
ertakdan   parcha   o‘qib   beriladi   yoki   mashhur   ertakchi   suxandonlardan   yozib
olingan audio ovozlardan foydalangan holda hikoya qilib beriladi. O‘quvchilar esa
parchada   ishlatilgan   sifat   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlarni   o‘z   daftarlariga   qayd   qilib
borishadi.   Bunda   o‘quvchilarning   tinglash   qobiliyati   va   diqqatni   bir   joyga
yig‘ishlari katta ahamiyat kasb etadi.
2.Musiqali   kartochkalar.   Bu   o‘yinni   asosan   mustahkamlash   darslarida
shakllantirish   yordamida   o‘quvchilarni     tezkorlik   va   topag‘onlikka   o‘rgatamiz.
Bizga   biror   quvnoq   musiqa   hamda   mavzuga   oid   savollar   yozilgan   kartochkalar
kerak bo‘ladi.
Savollar:
a) Sifat deb nimaga aytiladi?
b) Sifat so‘z turkumining qanday xuxusiyatlari bor?
47
 Sayfullayeva R.R. va boshqalar. Hozirgi o`zbek adabiy tili.-Toshkent,2010. –B .339.
63 c) Sifat darajalarini sanab bering va shu kabilar.
         Bunda 5 – 7 o‘quvchilar aylana shaklida o‘tirib olishadi. O‘qituvchi ularning
har   biriga   savolli   kartochkalar   tarqatib,   musiqani   qo‘yish   davomida   bolalar   o‘z
kartochkalarini   almashib   bir-birlariga   uzatishadi,   Musiqa   to‘xtagach,   qaysi   savol
to‘g‘ri   kelib   qolgan   bo‘lsa,   shunga   javob   berish   talab   qilinadi.   Ijobiy
baholanmagan o‘quvchi o‘yindan chiqib ketadi.
3.   “Keling   shovqin   solamiz”.   Ushbu   o‘yinimizda   ,   avvalo,   o‘quvchilardan   o‘z
o‘rinlaridan   turib  olish   talab   qilinadi.   So‘ng     o‘qituvchi   tomonidan   mavzuga   doir
turli qoidalar, misollar navbat bilan o‘qib eshittiriladi. Bolalar to‘g‘ri jumlalar yoki
qoidalarni   eshitganlarida   qarsak   chalishadi,   noto‘g‘rilarini   eshitganlarida   esa
oyoqlarini   yerga   urishadi.   Bunda   darsga   tayyor   bo‘lmaganlarni   ajratib   olish   ham
oson bo‘ladi, albatta.
Masalan:
a) Sifat so‘z turkumi otlashish xuxusiyatiga ega. (to‘g‘ri)
b) Sershovqin so‘zi sifatning orttirma darajasida turibdi. (noto‘g‘ri)
c) -gi(-ki, -qi) qo‘shimchalari payt va o‘rin otlariga qo‘shilib sifatlar yasaydi.(to‘g‘ri)
kabilar.
  4.   “Qaysi   yo‘qoldi?”   Bu   o‘yinimizda   sinf   doskasiga   turli   sifatlar   yozilgan
kartochkalar   joylashtiriladi   (keng,   xushbo‘y,   ko‘rkam,   beminnat,   boy,   kamtarin,
kata,   ulkan,   diyonatli,   kichkina   kabi).   O‘quvchilardan   diqqatni   jamlab,
kartochkalarning   joylashish   o‘rnini   va   berilgan   so‘zlarni   yodda   tutish   talab
qilinadi.   Shu   o‘rinda   ”Ko‘zlaringiz   yordamida   rasmga   oling”     iborasini   qo‘llash
mumkin. So‘ng bolalar ko‘zlarini yumib turishadi, o‘qituvchi esa kartochkalardan
birini  olib qo‘yadi . “Ko‘zlaringizni  oching va qaysi  kartochka yo‘qligini  toping”
buyrug‘i beriladi? O‘yin shu usulda davom etadi.
5.   “Timsoh”.   Mashhur   pantonimik   o‘yinning   sifat   mavzusi   bo‘yicha
interpritatasiyasi   hisoblangan   ushbu   usulda   mazkur   so‘z   turkumining   ma’noviy
turlarini   esda   saqlashda   qo‘llash     mumkin.   Bnnda   o‘quchilar   avvalo   guruhlarga
bo‘linishadi. Guruh sardorlari tomonidan sifatlarning ma’noviy guruhlari yozilgan
kartochkalar to‘plamidan birini tanlab olishadi(xususiyat bildiruvchi sifatlar, hajm-
64 o‘lchov   bildiruvchi   sifatlar,   ta’m   va   hid   bildiruvchi   sifatlar   kabi).   Endi   har   bir
guruh a’zosidan    o‘z  kartochkalarida yozilgan  sifatlarni  pantonimik imo-ishoralar
orqali   ifodalashlari   kerak   bo‘ladi.   O‘z   navbatida   qolgan   guruhdagilar   u   qanday
sifatni ko‘rsatayotganligini topishlari zarur.
Masalan:
a) Semiz – qo‘llar bilan mesh qorinni ko‘rsatish.
b) Katta – qo‘llarni keng yoyish yordamida cheksizlik, ulkanlikni ko‘rsatish.
c) Badbo‘y – qo‘llarni burun oldida silkitib, noxush hidlarni ifodalash kabi.
6.   “Lablardan   o‘qib   olamiz”.   Bunda   o‘qituvchi   tomonidan   turli   xil   sifatlar
yozilgan   kartochkalar   o‘quvchilarga   ko‘rinmaydigan   holatda   ushlab   olinadi.
Kartochkalarda   berilgan   sifatlar   tovush   chiqarmay,   lablarni   intensiv
harakatlantirish   orqali   talaffuz   qilinadi.   Bolalardan   o‘z   navbatida   qaysi   sifat
ekanligini   topish   va   uning   ma’no   turi   ,   darajasi   haqida   ma’lumot   berish   talab
qilinadi.   Masalan,   go‘zal   –   xarakter-xususiyat   bildiruvchi   sifat,   oddiy   darajada,
eng katta  – hajm -o‘lchov bildiruvchi sifat, orttirma darajada.
7.   “U   nimani   chizyapti?”.   O‘qituvchi   doska   qarshisiga   bir   o‘quvchini   chaqirib,
unga   kartochkada   tasviri   bilan   keltirilgan   sifatni   ko‘rsatadi   .   U   esa   o‘z   navbatida
kartochkadagi   so‘zni   doskada   rasmini   chizishi   kerak.   Qolgan   o‘quvchilardan
qanday   sifat   ifodalanayotganini,   uning   ma’no   turini   birinchi   bo‘lib   topish   talab
qilinadi.
8. ”Zarur   kartochkani   top”.   Bunda   o‘qituvchi   tomonidan   sifat   so‘z   turkumiga
doir biror mavzu tanlanib, unga doir atamalar qayd qilingan kartochkalar sinfning
o‘quvchilar harakatlanib olsa bo‘ladigan joylariga yopishtiriladi. O‘yin uchun biror
bir   o‘quvchiga   savol   bilan   murojaat   qilinadi.   O‘z   navbatida   bola   sinf     bo‘ylab
joylashtirilgan   kartochkalar   orasidan   o‘z   savoliga   javob   yozilganini   topib,   uni
ustoziga   olib   kelib   berishi   talab   qilinadi.   Masalan,   belgini   to‘g‘ridan   to‘g‘ri
ifodalaydigan   va   uni   darajalab   ko‘rsatish   imkoniyatiga   ega   bo‘lgan   sifatlar
qaysilar? { asliy sifatlar }.
9 .”Quvnoq   hisob”.   Yuqoridagi   o‘yinning   mantiqiy   davomi   sifatida
tashkillashtirilishi   mumkin.   Endilikda   savolga   javob   bo‘luvchi   kartochkani
65 topishda   ketayotgan   vaqt   qolgan   o‘quvchilar   tomonidan   hisoblanadi.   Masalan,
belgining   ortiq   yoki   kamlik   jihatidan   farqlanishi     nima   deyiladi?   Kabi   savolga
javob yozilgan kartochkani sinf bo‘ylab qidirilganda “Bir, ikki,uch…” deya bolalar
sanab   turishadi.   Bu   esa   javob   qidirayotgan   o‘quvchini   tezkorlikka,   topqirlikka
chorlaydi.
10.”Stop!”.   Mazkur   o‘yin   video   slayd   yordamida   o‘tkazilsa,   yanada   qiziqarliroq
bo‘ladi.   Bunda   ma’lum   bir   turga   mansub   sifatlar   ekranda   tezlik   bilan   ketma-
ketlikda   namoyish   qilinadi.   O‘quvchilar   mazkur   sifatlar   orasidan   boshqa   turga
mansub sifat ko‘rsatilganda ”Stop!” komandasini ishlatishlari zarur. Masalan,
Hajm-o‘lchov bildiruvchi sifatlar:
-katta
-keng
-tor
-qiyshiq
-qizil {”Stop!” }
11.   “Baliq  ovi”   .  Bu  o‘yinda  akvarium   yoki   biror   suv  havzasining   tasviri   hamda
unda joylashtirilgan baliqchalar ( sifat mavzusi bo‘yicha savollar yozilgan bo‘lishi
kerak) kerak bo‘ladi. Bu narsa quticha ko‘rinishida bo‘lsa va undan o‘quvchilar o‘z
qo‘llari   yordamida   baliqchalar   “tutib   olishsa”,   o‘yin   yanada   qiziqarliroq   o‘tadi.
Baliqchalarda   berilgan   har   bir   savolga   to‘g‘ri   javob   berish   orqali   o‘quvchilar
qo‘shimcha   ballarga   ega   bo‘lishlari   mumkin.   Har   bir   noto‘g‘ri   javob   uchun   esa
turli   jismoniy   mashqlar   bilan   “jazolanishlari”   mumkin.   Masalan,   5   marta   o‘tirib
turish kabi.
11 .”Natijani   hisobla”   .   Sifat   mavzusini   o‘rganishda   matematik   amallarnig
ishlatilishiga   nima   deysiz?   Bunda   sinf   doskasiga   ma’lum   atamalar   –   javoblar
yozilgan kartochkalar joylashtiriladi. Har bir kartochkaga javob bilan birgalikda bir
raqam ham qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan savollar o‘qib eshittirilganda, bolalar
doskadan tog‘ri javob yozilgan kartochkani topishlari va unda berilgan raqamlarni
daftarlariga   qayd   qilib   ,   qo‘shib   borishlari   kerak.   Birinchi   bo‘lib   to‘g‘ri   qiymatni
hisoblab aytgan o‘quvchi o‘yinning g‘olibi sifatida ko‘rsatiladi. 
66 12 .”Shivirlab   ayt”.   Bu   o‘yin   yangi   mavzuni   tushuntirish   jarayonida   qo‘llanilishi
mumkin.   Sinf   markaziga   5   –   6   ta   o‘quvchi   taklif   qilinadi.   O‘qituvchi   ularning
birinchisiga   maxsus   kartochkada   yozilgan   qoidani   ko‘rsatadi.   Masalan,   belgini
to‘g‘ridan   to‘g‘ri   emas,   balki   boshqa   bir   tushunchaga   nisbatlagan   holda
ifodalaydigan   va   daraja   ko‘rsatish   imkoniyatiga   ega   bo‘lmagan   sifatlar   nisbiy
sifatlardir,     deb   yozilgan   kartochka   dastlabki   qatnashuvchi   tomonidan   ovoz
chiqarilmay   o‘qiladi   va   navbatdagi   o‘quvchining   qulog‘iga   shivirlab   aytiladi.
Qoida   mazkur   ko‘rinishda   so‘nggi   qatnashuvchigacha   yetkaziladi.   Oxirgi   bola
qoidani   to‘liq   ravishda   aytishga   urinishi   va   qolgan   o‘quvchilar   uni   asli   bilan
solishtirishlari kerak.
13.   “Antonimlar”.   Bunda   o‘yin   ikki   kishilik   guruhlarda   o‘tkaziladi.   Har   bir
juftlikka   murojaat   qilnganda,   ularning   birinchisi   bir   sifatni   aytishsa,   ikkinchisi
uning   antonimini   aytib   borishi   kerak.   Masalan,   qattiq-yumshoq,   keng-tor   kabi.
To‘xtab qolgan juftlik o‘yindan chiqib ketadi.
14.”Rost   yoki   yolg‘on?”.   Bunda   bizga   koptok   kerak   bo‘ladi.   O‘qituvchi   yoki
mavzuni   yaxshi   o‘zlashtirgan   o‘quvchi   biror   bir   qoidani   aytgan   holda   koptokni
boshqa   birorta   o‘quvchiga   uloqtiradi.   Agar   qoida   to‘g‘ri   aytilgan   bo‘lsa,   koptok
ilib   olinib   savol   egasiga   “rost”   so‘zi   bilan   qayta   uzatilishi   kerak.   Aksincha,
noto‘g‘ri   aytilgan   bo‘lsa,   qo‘lga   kiritilgach   “yolg‘on”   deya   to‘xtalishi   kerak.
Masalan,   sifatlar   otlashish   xususiyatiga   ega   –   rost,   sifatlar   yasalish   xuxusiyatiga
ega emas – yolg‘on.
15 .”Kim   epchil?”.   Ushbu   o‘yinda   o‘quvchilar   uch   guruhga   bo‘linishadi.   Sinf
doskasiga   turli   xildagi   sifatlar   yozilgan   kartochkalar   (masalan,asliy   sifatlar,
xarakter-xususiyat   sifatlari)   joylashtiriladi.     O‘qituvchi   tomonidan   misol   uchun,
“Xarakter- xuxusiyat sifatlarini topamiz” buyrug‘i berilgach, har bir guruh a’zolari
navbat   bilan   chiqib   aralash   holatdagi   sifatlardan   o‘zlariga   zarur   xususiyat   sifatini
topib   guruhga   olib   kelishlari   kerak.   Belgilangan   vaqt   yakunlanganida   kim   ko‘p
sifat topgan bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.
67              Ona tili darslarida yozma nutqni o‘stirishga urg‘u bermasdan bo‘lmaydi. Bu
holatda biz TPR metodining ijodiy fikrlashni  shakllantirish tarafidan foydalangan
holda o‘yinlarimizni davom ettiramiz:
16 .”Agar men bog‘bon bo‘lsam…”.   Ushbu o‘yinimiz shartiga ko‘ra o‘quvchilardan
o‘zlarini   yangi   meva   navini   yaratishga   bel   bog‘lagan   bo‘gbon   sifatida   tasavvur
qilishlari so‘raladi. Ular hali yer yuzida mavjud bo‘lmagan yangi meva turini ixtiro
qilishlari, unga o‘zlari nom berishlari, uning ta’mi, ko‘rinishi  haiqda aytishlari va
hatto uning rasmini ham chizishlari kerak. Bunda tuzilayotgan matnimizning ijodiy
mazmuniga   ,   unda   ishlatilayotgan   sifatlarning   miqdoriga   va   ularning   turini   ajrata
olish talablariga javob berish kerak bo‘ladi.
17.  “Sayohatchi bo‘lib qolsam…” .  Endi o‘quvchilardan yer yuzidagi istalgan joyga
borib   qolish   imkoniyati   tug‘ilganda,   qaysi   shaharga   yoki   qadamjoga   borishini
tasvirlash   so‘raladi.   Bunda   sayohat   uchun   tanlangan   joyga   mos   sifatlarni   to‘g‘ri
tanlash   va   shu   matnni   o‘qigan   insonda   qiziqtirish   uyg‘ota   olish   vazifa   qilib
topshiriladi.
18 .”Yulduz   bilan   uchrashuv”.   O‘quvchilardan   o‘zlari   istagan   mashhur   shaxs   bilan
uchrashish   imkoniyati   tug‘ilganda   ,   u   kim   bo‘lishini   xohlardingiz,   degan   savolga
javob   yozish   talab   qilinadi.   Nima   uchun   aynan   shu   inson?   Uning   qanday
xususiyatlari   borki,  siz  unga  havas  qilasiz?  kabi   savollarga  fikr  bildirish  borasida
o‘quvchilar   xarakter-xususiyat   bildiruvchi   sifatlarga   doir   misolar   topishadi.
19 .”Agar men oshpaz bo‘lsam…”.  O‘quvchilar o‘zlarini oshpaz sifatida tasavvur
qilishlari uchun ular toomonidan yangicha taom ixtiro qilinishi haqida matn tuzish
talab qilinadi. Ushbu taom qanday nomlanishi, unga qanday masalliqlar ishlatilishi,
uning   ko‘rinishi   ,   ta’mi   qanday   bo‘lishi   haqida   fikr   bildiriladi.   Rang-tus,   ma’za
ta’m bildiruvchi sifatlar bunda o‘quvchilarga qo‘l keladi.
20 .”Kelajakka maktub”.  O‘quvchilardan shunday bir xat yozish talab qilinadiki, uni
20   yil   keyin   olishlarini   tasavvur   qilishsin.   Ular   o‘zlariga   qanday   murojaat   qilgan
bo‘lardilar? Keyingi hayotlarini qanday o‘ylashlarini asliy va nisbiy sifatlar orqali
ifodalashlari so‘raladi.
68 3.3. Butunlay jismoniy reaksiya metodini sifat ta’limida qo‘llasg bo‘yicha
tajriba-sinov ishlari natijalari
         TPR metodining samaradorligini hamda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish
koeffitsentini   o‘rganib   chiqish   uchun   tajriba-sinov   ishlarini   olib   bordik   .   Buning
uchun   biz   Samarqand   shahar   XTB   ga   qarashli   1-umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabi   6-
sinf   o‘quvchilarini   tanladik.   Bu   borada   biz   6-“A”   va   6-“B”   sinflarining   birida
darslikdagi   “Sifat   so‘z   turkumi”   nomli   bo‘lim   mavzularini   an’anaviy   dars   tizimi
ko‘rinishida   o‘rgatgan   bo‘lsak,   ikkinchi   sinfda   ushbu   mavzularni     o‘zlashtirishda
TPR texnologiyasini qo‘lladik.
            Tajriba   uchun   tanlagan   sinfimizda   ham   avvalambor,   sifat   mavzusi   bo‘yicha
nazariy   ma’lumotlarni   berib   boorish   bilan   birgalikda   butunlay   jismoniy   reaksiya
metodiga   asoslangan   turli   faol   o‘yinlarning   tashkil   qilinishini   yo‘lga   qo‘ydik.
Ishimizni shu jihatdan quyidagi bosqichlarga bo‘ldik:
1. TEORITIK   bosqich.   Bu   bosqichda   biz   TPR   metodining   kelib   chiqishi   ,
uning konsepsiyalari , tamoyillarini tushungan holda mavjud kamchiliklarini
ham o‘rganib chiqdik.
2. METODIK   bosqich.   Bu   bosqichda   biz   aynan   6-sinf   darsligi   nuqtayi
nazaridan “Sifat so‘z turkumi” mavzusini o‘qitishda TPR ga asoslangan faol
mashqlarning qaysi birlarini tanlash nuqtayi nazaridan 15 ta og‘zaki hamda
5   ta   yozma   nutq   orqali   amlga   oshiriladigan   kompleks   mashqlar   tizimini
ishlab   chiqdik.   Bu   borada   tarqatma   materiallarning   mavjud   emasligi
jihatidan maxsus kartochkalarni shakllantirib, zaruriy materiallarni to‘pladik.
3. TAJRIBA   bosqichi.   Biz   tanlagan   ikki   sinfda   dastlab   mavzular   bo‘yicha
shakllantiruvchi   darslar,   keyin   esa   nazorat   darslarini   o‘tkazdik.   Ikki   xil
ta’lim   yo‘nalishi   tanlangan   6-A   va   6-B   sinflarida   tashkillashtirilgan
darslarning samaradorligini hisoblash uchun nazorat testlari olib borildi.
4. ANALITIK bosqich. Bu bosqichda biz natijalarni hisoblab chiqdik. Mavjud
kamchiliklar va yutuqlarni o‘ximiz uchun qayd qildik.
O‘quvchining
familiyasi O‘quvchining
ismi Sifat   mavzusini
o‘zlashtirish TPR   metodi
yordamida   sifat
69 darajasi mavzusini
o‘zlashtirish
darajasi
Akramov  Begzod  14 23
Azimov  Nodirbek 17 26
Axmatov Ardasher 13 20
Achilov  Umed  18 27
Baxriddinov Hasan 19 26
Baxriddinov Husan 15 24
Baxtiyorova  Sevinch 12 21
Bekmirzayev  Dilshod 19 28
Islomova  Shahnoza 15 26
Juraqulov Murod  12 20
Mamarajabova  Munisa 21 30
Maxmasaidova  Mohiro‘y 19 28
Maxmudov  Asadbek  19 26
Ochilova  Farzona  15 24
Qalandarova  Sevinch  12 21
Raxmatov  Shaxzod  19 28
Samatova  Fariza  15 26
Samiyev  Abdurashid  12 20
Sodiqjonova  Madina 21 30
Ulasheva Madina  19 28
Ulmasov  Damir 19 26
Xamroqulov  Og‘abek 15 24
Xusanov  Bekzod  12 21
Yusupova  Dilshoda  19 28
Ziyayev  Shahriyor  15 26
Chuliyeva  Sevinch  12 20
70 Ko‘rib   turganingizdek   ,   yuqorida   keltirilgan   o‘yinlar   juda   ham   qiziqarli
bo‘ib,   butunlay   jismoniy   reaksiya     (TPR)   metodida   qo‘llanadigan   va   samarasi
ancha   sezilarli   bo‘lgan   mashqlardir.   Har   bir   metodologik   usulda   bo‘lgani   kabi
uning   ham   bir   qator   ustunliklari   va   kamchiliklari   mavjuddir.Metodning   ijobiy
tomonlari:
1) U   darsda   pozitiv   atmosferani   shakllantiradi.     O‘quvchilar   quvnoq   kayfiyatda
bo‘lib, bu o‘yinlarni yaxshi qarshi olishadi.
2) U   materialni   yodda   yaxshi   saqlanishini   ta’mminlaydi.   Boisi   o‘quvchilar   o‘z
nutqlarini ifodalashda turli imo-ishoralar, ovozlar va harakatlardan foydalanishadi.
Bunda ko‘rish xotirasi qatorida kinestetik xotira ham kuchga kiradi.
3) O‘quvchilar   aktivligini   ta’minlovchi   ushbu   metod   miya   faoliyatini   yaxshilash
asosida ta’lim  yo‘nalishini olib boradi.
  Jumladan , TPR  ning  kamchiliklari ham borki, ular quyidagilardir:
1)Avvalo,   ushbu     metod   tabiatan   uyatchan   ,   passivroq   o‘quvchilar   uchun   biroz
qiyinchiliklar   tug‘diradi.   Ular   tengdoshlari   oldida   uyalib   qolishdan   qo‘rqib,
faollikni   pasaytirishlari   mumkin.   Ammo   bu   hol   vaqtinchalik   bo‘lib,   mahoratli
pedagog ana shunday bolalarni ham jarayonga asta-sekinlik bilan  jalb qila oladi.
2)  Agar dars jarayoni faqat o‘yinlardan iborat holda olib borilsa, ya’ni grammatik
qoidalar   tizimi   o‘quvchilarga   yaxshi   o‘rgatilmasa,   TPR   ning   ahamiyati   va
qiziqarliligi   kamayishi   mumkin.   Chunki   qatnashuvchilarda   darsga   oid   teoritik
bilimlar   jamlangandagina   ular   o‘z   kuchlarini   turli   faol   mashqalarda   sinab
ko‘rishlari mumkin.
71 UMUMIY XULOSALAR
     O‘zbek  tilshunosligida  sifatlar  mavzusi  bo‘yicha  salmoqli  ilmiy  tadqiqotlar 
qilingan,  shunga  ko‘ra  bu  mavzuni  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktabida  ilmiy 
asoslangan     bilimlarga     tayangan     holda     o‘tishni     rivojlantirish     maqsadida
qilingan   ilmiy     nazariy     talqinlar     sifatlarlarni     o‘tishning     ilmiy-amaliy     asosini
tashkil  etishi lozim.
      1.Tilshunosligimiz tarixida sifat so‘z turkumi haqidagi ilk tadqiqotlar juda 
qadim     davrlarga     borib     taqaladi.     Chunonchi,     Koshg‘ariydan     boshlangan     bu
zanjir halqalari Navoiy davri va undan keyin XX asrning birinchi choragiga  kelib,
o‘z   takomilining   yuqori   cho‘qqisiga   ko‘tarildi.   Bunda   Abdurauf   Fitratning,
keyinchalik rus sharqshunos olimlarining xizmatlari katta bo‘ldi. 
2.   O‘zbek   tilshunosligida   sifat   so‘z   turkumiga   oid     ilk   ilmiy   tadqiqot     40     –
yillarning ikkinchi yarmida vujudga kelgan edi. Z.  Ma rufov 1947-yilda Sankt  –‟
Peterburgda “O‘zbek tilida sifat darajalari”, 1950-yilga kelib G‘Abdurahmonov 
Samarqandda     “Hozirgi     o‘zbek     tilida     sifatlarning     substantivatsiyasi
(otlashishi)”,   1955-yilda     O.     Madrahimov     “Hozirgi     o‘zbek     tilida     yangi
yasalgan    sifatlar”  mavzuidagi  nomzodlik ishlarini  himoya qilgan edi. 1957-yilda
O.Madrahimovning “O‘zbek  tilida  sifat  va  yangi  yasalgan  sifatlar  masalasiga
doir”  nomli  maqolasi e’lon qilingan edi.
3. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda umumta’lim maktablari darsliklarida sifat so‘z
turkumining berilishi, xususan,  Sobiq Sovet Ittifoqi  davrida avvaliga bir  yoqlama
munosabat   bilan   berilgan.   Bu   so‘z   turkumi   bo‘yicha   o‘quvchilarga   bilim   berish
nuqtayi   nazaridan   ona   tili   fani   bo‘yicha   1933-yilda   hamda   1937-yilda   qabul
qilingan Dasturlar asosida olib borildi.
72 4.Sifat   so‘z   turkumiga   oid   asosiy   mavzular:   ularning   grammatik   belgilari,
ma’noviy   guruhlari,   asliy   va   nisbiy   sifatlar,   sifat   dajalari,   sifatlarning   yasalishi
hamda   substansivatsiya(sifatlarning   otga   ko‘chishi   )   masalalarini   o‘rganishda
o‘quvchilarga asosan 4 – 5-sinflar doirasida bilim berish belgilab qo‘yildi.
5. Sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlarni   o‘rganishda   mamlakat     rahbarlari   hayoti
haiqdagi   matnlarga   e’tibor   berish,   o‘quvchilarga   vatanparvarlik,   insonparvarlik,
internatsionalizm   ruhida   ta’lim   berish     ,   estetik   va   etik   tarbiya   elementlarini
shakllantirishdan ta’lim oldiga qo‘ygan asosiy vazifalardan biri deb belgilandi.
6.   Ona   tili   darslarida     ,,sifat“     tushunchasini     shakllantirish     o‘quvchilaming
„predmet belgisi"  degan  umumlashtirilgan  kategoriyani  o‘zlashtirish  darajasiga
bevosita     bog‘liq.     Shu     maqsadda   rang,     maza,     shakl,     hajm,     xil-xususiyat
bildiradigan     so‘zlar     guruhlanadi     va     shu     so‘zlaming     xususiyatlari
umumlashtiriladi.  Sifatning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik
xususiyatlari     ham     qayd     etiladi.     Sifatlarning     xususiyatlarini   umumlashtirish
asosida  o‘quvchilar  uning  so‘z  turkumi  sifatidagi o‘ziga  xos  ko‘rsatkichlarini
ajratishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantirilishi kerak.  
      7.O‘quvchilarning     yozma     ishlarida     uchraydigan     imloviy     nuqsonlar     izchil
bartaraf     etilgani     holda     gap       qurilishidagi     g‘alizliklar,     mazmuniy,     mantiqiy-
uslubiy  nuqsonlar  ustida  ishlash  ona  tili  o‘qituvchilarining  e’tiboridan  chetda
qolmaslgi kerak.
8.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining o‘zbek tili  fanidan    egallagan
bilim,  ko‘nikma  va  malakalari,  kommunikativ  –  uslubiy savodxonligi mustaqil,
ilmiy – ijodiy va ixtisosiy matn yaratish uchun yetarli emas.
9.Umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablari   o‘quvchilarida o‘zbek tili darslarida sifatning
ma’noviy   guruhiga   oid   so‘zlarni   to‘liq   o‘rganish   uchun   vaqt   va   darsliklarda
berilgan ma’lumotlar yetarli emas.
10.   Tadqiqot   ostiga   olingan     mavzumiz   sifat   so‘z   turkumi   ekan,   asosan
predmetning,   qisman   harakatning   belgisini   bildiruvchi   darajalanuvchi   so‘z     larni
o‘quvchilarga   o‘rgatishimizda   yangi   pedtexnologiyalar,   jumladan,   TPR   ning
samarasini   tekshirib   ko‘rish   uchun   bir   necha   o‘yinlarni   taklif   qildik   .
73 Umumta’lim   maktablari   ta’limi   jarayonida   bu   so‘z   turkumi   5   –   7   -   sinf
darsliklarida   berilgan.   O‘rtacha   12   –   13   yoshdagi   o‘smir   bolalar   psixologiyasi
hamda   ma’lumotlarni   qabul   qilish   darjasi   nuqtayi   nazaridan   faol   va   qiziqarli   ,
butunlay   jismoniy   reaksiyani   talab   qiladigan   mashqlar   ularni   befarq   qoldirmaydi,
degan umiddamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
I. Normativ- huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik
nashrlar
1.   Mirziyoyev   Sh.M.   “ O zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo yichaʻ ʻ
harakatlar strategiyasi to g risida
ʻ ʻ ”  gi Farmoni. / Xalq so zi, 2017 yil, 8 fevral. - №	ʻ
28 (6722). https://lex.uz/ru/
2.   Karimov   I.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –   Toshkent:   Ma’naviyat,
2008. – B.176.
3.  Uzviylashtirilgan Davlat ta'lim standarti.-T.:2010.- B.10.
4.Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2019   йил   21   октябрдаги
“Mамлакатимизда   ўзбек   тилини   янада   ривожлантириш   ва   тил   сиёсатини
такомиллаштириш   чора-тадбирлари   тўғрисида ”   ги   ПФ-5850-сон   Фармони.
https://lex.uz/ru/
5. Мирзиёев   Ш . М .   Миллий   тараққиёт   йўлимизни   қатъият   билан   давом
эттириб ,   янги   босқичга   кўтарамиз . 1- жилд . –  Тошкент :  Ўзбекистон , 2017. –  Б
132.
II. Monografiya, ilmiy maqola, ilmiy adabiyotlar
1. Abdurahmonov H., Rafiyev A., Shodmonqulova D. O‘zbek tilining amaliy 
grammatikasi.  –Toshkent: O‘qituvchi,   1992. –B.14
2. Abdurahmonov G‘., Mamajonov S. O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent:
O‘zbekiston, 2002.
3. Almamatov T. Yadgorov Q, Pochchayeva G. O‘zbek tili o‘qitish    
metodikasi. – Jizzax,2006 .
4. Asqarova M., Abdurahmonov X. O‘zbek tili grammatikasining
praktikumi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1981.
74 5. Asher   J.Language   by   command.The   total   Physical   Response   approach   to
learning language//The way of learning,1984 .– P.35.
6. Begmatov E. Hozirgi o„zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. –
Toshkent: Fan, 1985.
7. Ergasheva  G.  Ona  tili  darslarida  o‘quvchilar  og‘zaki  va  yozma  nutqini
o‘stirish.  Ta’lim  jarayonida  so‘z  boyligini  oshirishning  asosiy  omillari. – 
Toshkent :O‘qituvchi,2001. – B.108-109. 
8. Ernazarov G‘.Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi.O‘quv 
qo‘llanma. – Toshkent :Ilm- ziyo, 2013. – B .126.
9. Hojiyev   A.   Sifat   //   Shoabdurahmonov   Sh.,   Asqarova   M.,   Hojiyev   A.,
Rasulov I.,   Doniyorov X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, 1- qism.  – Toshkent:
O‘qituvchi, 1980, –  B.251 – 258.
10. Hamitova   A.Turkiy   tillarda   so‘z   ma’nosining   analitik   yo‘l   bilan
kuchaytirilishi.– Toshkent: Fan, 1984.  – B.104.
11. Iskandarova Sh. Sifat // Nurmonov A., Shahobiddinova Sh., Iskandarova
Sh., Nabiyeva D. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi ( morfologiya ). –
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001.
12. Krashen S.D.Explorations in Language Acquisition and Use//The Taipei 
Lectures – Heinemann.2003. - P.19.
13. Madaliyev B. Ona tili darslarining samaradorligini oshirish.-Toshkent,1969.
14. Madrahimov O.O‘zbek tilida sifat va yangi yasalgan sifatlar masalasiga 
doir// O‘zFA Axboroti, ijtimoiy fanlar seriyasi, -Toshkent, 1957. –  B.41 –
47. 
15. Mahmudov N. va boshqalar. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
6-sinfi uchun darslik.- Toshkent.2017.B.133-158.
16. Mamatov M.Sh.Sifat va otlarning ayrim stilistik xususiyatlari haqida //
O‘zbek tili stilistikasidan kuzatishlar ( ilmiy maqolalar to‘plami), -
Samarqand,1983.
17. Ma’rufov Z. Sifat // Hozirgi zamon o‘zbek tili ( leksikologiya, fonetika, 
grafika va orfografiya, morfologiya ), -Toshkent: O‘zFA nashriyoti, 1957. –
B.343 – 357.
18. Ma’rufov Z. Sifat // Hozirgi zamon o‘zbek tili ( leksikologiya, fonetika, 
grafika va orfografiya,morfologiya ), -Toshkent: O‘zFA nashriyoti, 1957.
19. Mirzahidova M., H.Abulqosimova, M.Xalmuratova. “O‘zbek tili”. 
Qirg‘iziston Respublikasidagi o‘zbek maktablari 6-sinf o‘quvchilari uchun 
darslik. - Bishkek:Arkus,2018.
20. Mirzayeva  S. “O‘zbek  tili o‘qitish  metodikasi.-Toshkent:O‘qituvchi,1992.
21.   Muhren A.Total Physical Response (TPR):An EffectiveLanguage 
Learning Method at Beginner /Intermediate Levels {Online}.2003. – 
75 URL :http://sastra.um.ac.id/wp-content/uploads/2009/10/Teaching -
Children-Using-a-Total- Physical-Response-TPR-Method-Rethinking-
Handoyo-Puji-Widodo.pdf.:(murojaat sanasi 15.09.2018)     
22. Muxitdinova X. S., Ya. I. Avlakulov,D. A. Nuriddinova. O‘zbek tili. Ta’lim
rus  va  qardosh  tillarda  olib  boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari
7-sinf o‘quvchilari uchun darslik.-Toshkent:”O‘qituvchi”,2017.
23. Nazarov K., Sayfullayeva R., Ubaydullayeva M. O‘zbek tili ( ixtisoslik 
grammatikasi ).  – Toshkent: O‘qituvchi, 1993.  – B.30.
24.   Nurmonov A., Rasulov R. O‘zbek tili  jadvallarda.  – Toshkent: 
O‘qituvchi, 1993.  – B.184.
25.   Nurmanov A., Ikromov I., Boynazarov F.  Yangi  pedagogik  tehnologiya 
asoslari. –Toshkent,2007 .
26. Omilxonova M., Abdullayev I., Abdulahatova R., Inog‘omova R., 
Otashniyozova A..5 – 6-sinflarda Ona tili darslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 
1978.
27. Qobilova  B.  O‘quvchilarni  insho  yozishga  o‘rgatish.  Ta’lim  jarayonida
matn  ustida ishlashning asosiy omilari. -Toshkent ,1997.-B. 105-106.
28.   Qosimova  N.  Matn  ustida  ishlash  jarayonida  o‘quvchilar  nutqini
sinonim  so‘zlar  bilan  boyitish.  Ta’lim  jarayonida  matn  ustida  
ishlashning  asosiy omillari. -Toshkent ,1997. –B.107.
29. Qosimova K.,Matchonov S., G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh.,Sariyev Sh. 
Ona tili o‘qitish metodikasi. –Toshkent: Noshir,  2009. – B.15.
30. Qosimova K.4-sinfda Ona tili darslari.- Toshkent: O‘qituvchi, 1974.
31. Qo‘ng‘urov R. Sifat stilistikasi // Shomaqsudov A., Rasulov I.,
Qo‘ng‘urov R., Rustamov H. O‘zbek tili stilistikasi. – Toshkent: 
O‘qituvchi,1983.
32. Qo‘chqortoyev I. So‘z ma’nosi va uning valentligi ( o‘zbek tilidagi nutq 
fe’llari materiali asosida ). – Toshkent: Fan, 1977.  –B. 168 .
33. Ramazon Q.,X.Qayumi.Grammatika.O‘rta maktablar uchun darslik. I qism.-
Toshkent:Davlat ilmiy nashri.1937.
34. Rafiyev A.,  G.  Muxamedjanova,N.  Alovuddinova.O‘zbek tili. Ta’lim  rus
va  qardosh  tillarda  olib  boriladigan  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablari 5-
sinf o‘quvchilari uchun darslik.-Toshkent: O‘qituvchi,2020.
35. Sayfullayev A.  Ona  tili  darslarida   nutq  o‘stirish  /  5-sinf  materiali 
asosida/ metodik qo‘llanma, -Toshkent, 1998.
36.  Sayfullayev A.  Ona  tili  darslarida   nutq  o‘stirish  /  6 -sinf  materiali 
asosida/ metodik qo‘llanma, Toshkent, 1998.
37. Sodiqova G. Sezgi ifodalovchi sifat sememalari // O‘zbek tili va adabiyoti, 
1977, 3 –son,  - B.53-55.
76 38. Ta’lim  bo‘g‘inlarida  ona  tili  o‘qitish  mazmunini  yangilash  asoslari. 
O‘zbek tili doimiy anjumani ikkinchi yig‘inining tezislari. - Qarshi, 1993. 
39. Ta’lim jarayonida so‘z boyligini  oshirishning asosiy omillari. O‘zbek 
tili doimiy anjumani  uchinchi  yig‘inining tezislari.- Jizzax ,1995. 
40.   Ta’lim  jarayonida  matn  ustida  ishlashning  asosiy  omillari.  O‘zbek  tili
doimiy anjumani to‘rtinchi yig‘inining tezislari. –Toshkent, 1997
41. Tilalova G. Ona tili  mashg‘ulotlarida  modal so‘zlar  ustida  ishlash. Ta’lim
jarayonida  so‘z  boyligini  oshirishning  asosiy  omillari. -Toshkent: 
O‘qituvchi, 1995, -B.86-87. 
42. Tursunov U., Muxtorov J. Sifat // Tursunov U., Muxtorov J., 
Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, qayta ishlangan, to‘ldirilgan 
uchinchi nashri. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. 280 – 287 –bet.
43. Umarxo jayev M. Qiyosiy tipologiya masalalari. – Samarqand:ʻ   SamDCh T I,
2006.
44. Usmonov  S. Sifat // Mirzayev M., Usmonov S., Rasulov I. O‘zbek tili.  – 
Toshkent: O‘qituvchi, 1978, 100 – 109 – betlar.
45. Ushinskiy K.D.Tanlangan pedagogik asarlar.-Toshkent:Ilmiy-pedagogik 
nashr,1954. 429-bet.
46. Xoliyorov   M.         Ot   negizlaridan   so‘z   yasovchi   affikslar   //   O‘zbek   tili   va
adabiyoti, 1973, 1-son, - B.82.
47. Xo‘jayev   T.,   Mullajonova   H.   Yangi   yasalgan   sifatlar   tahliliga   tanqidiy
obzor   //   O‘zbek       tili   grammatik   qurilishi,   leksikologiyasi   va
dialektologiyasi masalalari. - Samarqand:   SamDU nashri, 1976, 89 – 99 –
betlar.   
48. O‘zbek  tilini  o‘rganish  va  o‘qitishni  qayta  qurish  hamda 
takomillashtirish  dolzarb  masalalari  o‘zbek  tili  doimiy  anjumani  
birinchiyig‘ining  tezislari.- Samarqand,1991. 
49. O‘zbek  tili  nutq  madaniyatiga  oid  masalalar.  O‘zbek  tili  nutq
madaniyatiga  bag‘ishlangan  1- Respublika  tilshunoslik  konfrensiyasi  
materiali.Toshkent:Fan ,1973.
50. G‘iyosov   S.   O‘zbek   tilida   asliy   sifatlarning   ko‘chma   baholash   ma’nosi
haqida // O‘zbek tili  va adabiyoti, 1982, 4 – son, 51 – 54 – betlar.
51. G‘iyosov S. Asliy sifatlarning ikki semantik gruppasi  haqida //  O‘zbek tili
va adabiyoti, 1984, 1 -son, 58 – 60 – betlar.
52. G‘iyosov   S.   O‘zbek   tilida   subyektiv   baho   sifatlarining   semik   tahlili   //
O‘zbek tili va adabiyoti, 1986,   2 –son, 28 – 32 – betlar.
53. G‘ulomov  Y.  Rasulov  I.  Rustamov  H.  Mirzahmedov  B.  O‘zbek  tili
o‘qitish  metodikasi. -Toshkent,1975. 
77 54.  G‘ulomov  A.  Qobilova  B.  Nutq  o‘stirish  mashg‘ulotlari.  Metodik
qo‘llanma.  -Toshkent,1995.   
55.   Ишмухамедов Р.Ж., Юлдашев М. Таълим ва тарбияда инновацион
педагогик технологиялар.– Т.: Ниҳол, 2013.
56. Иноятов У.И., Муслимов Н.А., ва бошқ. Педагогика: 1000 та саволга
1000 та жавоб. ―Тошкент:Илм-Зиё, 2012.
57. Кулагина И.Ю. Возрастная психология: развитие ребенка от рождения 
до 17 лет – М.: УРАО, 1999. – 175с.
58. Леонтьев А. Н. Психологические основы дошкольной игры
//Психологическая наука и образование. – 1996. – №8 – 9. – С.23.
59. Махмудов   Н . ,   Нурманов   А.   Ўзбек   тилининг   назарий   грамматикаси.   –
Тошкент: Ўқитувчи, 1995. 
60. Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб...// Ўзбек
тили ва адабие?ти, 2012. – 5-сон, 3-16-бетлар.
61. Маъруфов З. М. Узбек тилида сифатларнинг киёсий даражалари. // А. 
С. Пушкин номидаги тил ва адаби	
е?т институт асарлари, биринчи 
китоб. Т., 1949. 
62.  Маъруфов З. М. Суз состави. От ва сифат.  - Т o шкент , 1956.
63. Миртожиева М. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. 
64. Рахимова К.Развитие речи учащихся в связи с изучением темы "Имя 
прилагательное" в узбекской школе.-Ташкент,1984.
65. Супиева Б.А. Тил таълимида замонавий педагогик
технологияларидан фойдаланиш йўл-йўриқлари. – Тошкент,2006.
66. Текучаев А.В Методика русского языка средний школе. 3-издание. 
Москва : Просвицение ,  1980.
67. Уразова М.Б., Эшпулатов Ш.Н. Бўлажак ўқитувчининг лойиҳалаш
фаолияти. // Методик қўлланма. – Т.: ТДПУ Ризографи, 2014.
68. Фазылов   Э.И.,   Чичулина   Л.Г.   Русские   тюркологи   и   y збекское
языкознание. - Ташкент: Фан, 1979. - 216 с.
69. Қурбонова М. Фитрат - тилшунос. - Тошкент: Университет, 1996. - 32
б.
70. Ҳожиев А. Ўзбек тилида қўшма, жуфт ва такрорий сўзлар. – Тошкент:
Фанлар Академияси, 1963.
III.Lug‘atlar:
1.Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent:
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2002.
78 2. Hojiyev A. O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati. – Toshkent:
O‘qituvchi, 1974.
  3.   O‘zbek   tilining   imlo   lug‘ati.   /Tuzuvchilar   E.Begmatov   va   boshqalar.   –
Toshkent:  Akademnashr, 2014. 
Internet materiallari:
1.http://www.ziyonet.uz/
2.http://www.ziyouz.uz/
3.http://superlinguist.ru
4.http://www.krugosvet.ru. 
5. http://www.twirpx.com/files/languages/linguistics/
6. https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/download/3130/2145
7. https://www.researchgate.net› publication› 337592182
8. https://science.i-edu.uz› article›   download
9.  http://library.navoiy-uni.uz   › files
79

“UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI “O‘ZBEK TILI”(“ONA TILI”) DARSLIKLARIDA SIFAT SO‘Z TURKUMI TALQININING QIYOSIY TAHLILI” MUNDARIJA Kirish(Tadqiqotning umumiy tavsifi)…………………………………………….4 I BOB. S ifat so‘z turkumining o‘rganilishi , mavjud tadqiqotlar tahlili..........9 1.1. O‘zbek tilshunosligida sifat so‘z turkumining o‘rganilishi ………………….9 1.2.Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda umumta’lim maktablari darsliklarida sifat so‘z turkumining berilishi………………………………………………………..19 Bob bo‘yicha xulosalar ………………………………………………………….. 23 II BOB. Hozirgi davr “O‘zbek tili” darsliklarida sifat so‘z turkumi talqini ..24 2.1. Umumta’lim maktablari “Ona tili” o‘quv dasturi da sifat so‘z turkumi mavzusining ahamiyati…………………………………………………………...24 2.2. Mavjud darsliklarning s ifat so‘z turkum ini o‘rganish bosqichlari va izchilligi bo‘yicha tahlili……………………………………………………………………28 2.2.1. N.Mahmudov, A. Nurmonov,A. Sobirov, D. Nabiyevalar muallifligida nashr etilgan 6-sinf “Ona tili” darsligi tahlili……………………..…………………….28 2.2.2. A. Rafiyev, G. Muxamedjanova,N. Alovuddinovalar muallifligidagi 5-sinf “O‘zbek tili” darsligi tahlili……………………………………………………… 48 2.2.3. X. S. Muxitdinova, Ya. I. Avlakulov,D. A. Nuriddinovalar muallifligidagi 7- sinf “O‘zbek tili” darsligi tahlili…………………………………………………..52 2.2.4. M.Mirzahidova, H.Abulqosimova, M.Xalmuratovalar muallifligidagi Qirg‘iziston Respublikasidagi o‘zbek maktablari 6-sinf o‘quvchilari uchun “O‘zbek tili” darsligi tahlili……………………………………………...………..54 Bob bo‘yicha xulosalar… …………………………………………………………55 I II BOB. “O‘zbek tili”(“ O na tili”) darsliklarida sifat so‘z turkumi talqini ning ta’lim ning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tahlili… …………………………..57 3.1. Zamonaviy ta’lim talablari bo‘yicha “O‘zbek tili”(“Ona tili”) darsliklarining qiyosiy tahlili……………………………………………………………………...57 3 .2. “O‘zbek tili” (“Ona tili”) darslarida sifat mavzusini o‘rganishda TPR metodini qo‘llashning ahamiyati……………………………………………………..……..63 3.3. Butunlay jismoniy reaksiya metodini sifat ta’limida qo‘llash bo‘yicha tajriba- sinov ishlari natijalari……………………………………………………………..71 Bob bo‘yicha xulosalar… …………………………………………………...……74 Umumiy xulosalar … …………………………………………………………….75 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati… ………………………………………….77 1

KIRISH (Tadqiqotning umumiy tavsifi) Mavzuning dolzarbligi. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi bir davrda t a’lim sohasi ning ahamiyati ham soniyalar sari oshib bormoqda . Shu bois ham y urtimizda yoshlarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, Vatan oldida yuksak fuqarolik mas’uliyatini his qilish, jamiyat hayotini yurg‘izuvchi kuch sifatida yashashga muntazam da’vat etish ta’limda ustuvorlik kasb qilmoqda . O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlanganidek, “Mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga, bu yo‘lda bor bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘lgan, azm-u shijoatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish - biz uchun eng muhim masaladir” 1 ,- deya alohida e’tibor qaratdilar. Shu asosda ta’lim sohasi yurtimizning hech bir fuqarosining e’tiboridan chetda qolmasligi, maktabgacha ta’limdan to oliy ta’limgacha bo‘lgan jarayon jamiyatimiz nazoratida bo‘lishi lozim. O‘z navbatida o‘qituvchi-murabbiylardan o‘z kasbiga sadoqat , innovatorlik hamda zamonga mos faollik darajasi talab qilinadi. Yosh avlodni tarbiyalash, unga ta’lim berish tizimida millatimiz faxri bo‘lgan o‘zbek tilini o‘rganish va o‘rgatishning o‘rni alohidadir. Zeroki, o‘z tilini tushunmagan, uning boy imkoniyatlaridan foydalana olmaydigan farzand hech qachon yetuk kadr bo‘lib yetisha olmaydi.Shu nuqtayi nazardan tadqiqot ostiga olgan mavzumiz sifat so‘z turkumi ona tilimiz leksemalari orasida ko‘lami jihatidan yirik bir qatlamni tashkil qilar ekan, bu borada bilimlarga ega bo‘lish maktab o‘quvchilaridan tortib to oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun muhimdir. Sifat so‘z turkumi o‘zining ifodali xususiyatlari bilan boshqa so‘z turkumlari orasida ajralib turadi. Inson nutqi bu turkumdagi so‘zlar bilan yanada go‘zal, ta’sirchan hamda qimmatli bo‘ladi. Chunki birgina ot so‘z turkumi shaxs va narsaning nomini bildirsa, sifat uning borliqda ma’lum barcha belgilarini bildirib 1 Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi//president.uz sayti. 2

keladi.Ana shu ahamiyatli so‘z turkumini o‘rganish borasida “O‘zbek tili” va “Ona tili” darsliklarinig tahlilini ko‘rib chiqish borasida tadqiqotlarning kamyobligi, bu yo‘nalishning ahamiyati kattaligi mavzumizning dolzarbligini ifodalaydi. Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyekti bu sifat so‘z turkumi tahlil qilingan mavjud tadqiqot ishlari; “Ona tili” hamda “O‘zbek tili” darsliklari , o‘quv dasturlari, uslubiy qo‘llanmalar. Tadqiqotning predmeti o‘zbek tilidagi umumta’lim maktablari uchun yaratilgan darsliklarda sifat so‘z turkumining berilishini metodologik tadqiqi hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili umumta’lim maktablari uchun yaratilgan darsliklarda sifat so‘z turkumining berilishini metodologik jihatdan tadqiq etishdan iborat.Dissertatsiya ishida qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: - tilshunoslikda o‘zbek tili grammatikasi, so‘z turkumlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda sifat turkumiga oid so‘zlarning grammatik belgilari, uslubiy vazifasi to‘g‘risida ham yo‘l-yo‘lakay fikrlar bayon qilingan. Dissertatsiyada sifat so‘z turkumining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi, umumta’lim maktablari darsliklarida yoritib berilishini aniqlashga ahamiyat beriladi. - sifat s o ‘z turkumining o ‘zbek tilshunosligida o ‘rganilishi, umumta’lim maktablari darsliklarida berilishi darsliklardan olingan faktik materillar misolida tasnif qilinadi va shu asosda t o ‘plangan materiallar bir tizimga keltiriladi; - sifat so‘z turkumining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi,umumta’lim maktablari darsliklarida berilishida sifat turkumiga oid so‘zlarning paydo bo‘lishi va shakllanishida boshqa so‘z turkumlarining ta’siri aniqlanadi va ularga tarixiy- etimologik jihatdan munosabat bildiriladi, o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi; - tahlilga tortilgan sifat s o ‘zlarning o ‘zbek adabiy tilida tutgan o ‘rni belgilanib, izohlanadi; - sifat turkumiga oid so‘zlar semantik jihatdan sifatning qaysi turiga mansubligiga qarab turlarga ajratiladi va ularning qo‘llanish darajasi aniqlanadi; 3

- ilmiy tahlil o‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda erishilgan yutuqlarga tayangan holda semantik-stilistik izoh, statistik metodlar asosida olib boriladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Sifat so‘z turkumining umumta’lim maktablari darsliklarida berilishining qiyosiy tahlilini o‘tkazish orqali mavjud yutuq va kamchiliklar tizimini ishlab chiqish. Sifat so‘z turkumini o‘rgatishda qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi metod va texnologiyalarni yaratish. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish”ning ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajaril adi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. O‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda o‘zbek tili ta’limini mukammallashtirish, o‘zbek tili o‘qitish metodikasini yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa,ayniqsa, umumta’lim maktablari darsliklarini, ularda mavzularning qay darajada va tartibda berilishini o‘rganishni va shu asosda muayyan ilmiy xulosalarga kelishni taqozo qiladi. Masalaning o‘ta dolzarbligi va murakkabligidan kelib chiqib, mazkur magistrlik dissertatsiyasida umumta’lim maktablarida sifat so‘z turkumining o‘rganilishini tadqiq etish maqsad qilingan. Buning uchun ishda mustaqillik davrigacha va undan keyingi davrda yaratilgan umumta’lim maktablari darsliklarida sifat so‘z turkumining yoritilishi o‘rganib chiqiladi. Turli yillarda nashr qilingan maktab darsliklari o‘zaro qiyosiy tahlilga tortiladi va tanlangan mavzular ko‘lami to‘g‘risida muayyan xulosalar bayon qilinadi. Shuningdek, umumta’lim maktablarining “O‘zbek tili” va “Ona tili” darsliklari asosida ish oxirida ta’lim sifatini yaxshilash va ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida taklif va mulohazalar beriladi. O‘zbek tilida sifat so‘z turkumining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi, umumta’lim maktablari darsliklarida berilishini tadqiq etish bo‘yicha amalga oshiriladigan dastlabki ishlar ko‘lami quyidagicha rejalashtirilgan: 4

1.O‘zbek tilshunosligida sifat so‘z turkumining o‘rganilishi va taraqqiyotiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni o‘rganish. 2.Mavzuga oid ilmiy-nazariy adabiyotlarning bibliografiyasini tuzish. 3 .To‘plangan materiallar asosida sifat so‘z turkumining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi, umumta’lim maktablari darsliklarida berilishi tahlil qilinadi. 4 .Sifat turkumiga oid so‘zlarning matndagi o‘rni belgilanib, uslubiy xususiyatlari izohlanadi. Dissertatsiya ishining yozilishida OAK talablariga qat’iy rioya qilinadi. Jumladan, an’anaga muvofiq tadqiqotning umumiy tavsifi berilib, ishning asosiy mazmuni, quyidagi tartibda bayon etiladi: Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning o‘rganilish darajasi to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Jumladan, o‘zbek tilshunosligida grammatika va metodika bo‘yicha erishilgan yutuq va muammolarni tahlil qilish orqali mavzuning o‘rganilish darajasi belgilab olinadi, dissertatsiya mavzusiga oid ilmiy-nazariy asarlarga munosabat bildirilib, mavzuning dolzarbligi asoslab beriladi. Ana shundan kelib chiqib, ishning maqsad va vazifalari, metodologik asoslari va tadqiq usullari belgilab olinadi.Shuningdek, ishning ilmiy yangiligi ko‘rsatilib, tadqiqotning o‘zbek tilshunosligida sifat so‘z turkumini o‘rganishning nazariy va amaliy jihatlariga qanday hissa qo‘shishi yoritilib beriladi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. O‘zbek tilshunosligida sifat so‘z turkumiga oid ilk ilmiy tadqiqot 40 -yillarning ikkinchi yarmida vujudga kelgan edi. Z. Ma’rufov 1947-yilda Sankt-Peterburgda “O‘zbek tilida sifat darajalari”, 1950-yilga kelib G‘Abdurahmonov Samarqandda “Hozirgi o‘zbek tilida sifatlarning substantivatsiyasi (otlashishi)”, 1955-yilda O. Madrahimov “Hozirgi o‘zbek tilida yangi yasalgan sifatlar” mavzuidagi nomzodlik ishlarini himoya qilgan edi. 1957-yilda O.Madrahimovning “O‘zbek tilida sifat va yangi yasalgan sifatlar masalasiga doir” nomli maqolasi e’lon qilingan edi. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqotning metodologik asosini olamdagi narsa-hodisa, belgi-xususiyatlarning ob y ektivligini, 5