logo

Usmoniylar davlati

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

977.2880859375 KB
Usmoniylar davlati 
MUN DA RIJ A :
KIRISH ……………………………………………………………………………………….............2-bet
I BOB        Usmonli turklar davlati ……………………………………………………….3-bet
1.1. Kichik Osiyoda turk davlatining tashkil to……………………..………3-4-betlar
1.2.      Usmoniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli………………….5-6-betlar
II  BOB     Usmonli turklarning yevropaga harbiy yurishlari …………….…..7-
bet
2.1 . Turklarning yevropaga yurishlari…………………………………………7-13-betlar
2.2.  Lepanto urushi……………………………………………….………………….14-15-betlar
III BOB   “Usmonli turklarning yevropaga yurishlari” mavzusini o’qitishda 
pedagogik texnologiyalardan foydalanish…………………….………..…………….16-bet
3.1.  Aqliy hujum  metodidan foydalanish…………………………………....16-17-betlar
3.2.  B.B.B. metodidan foydalanish…………………………………………...….18-19-betlar
XULOSA ...................................................................................................................................20-bet
GLOSSARIY ………………………………………………………………………………………..21-bet
FOYDALANILGAN 
ADABIYOTLAR
   RO’YXATI ……..………………………………………………………………………………...21-bet.
                                                             
                                                                                                                    KIRISH
        Usmonli   imperiyasi ,   Usmonlilar   davlati   ( Yevropada   Ottoman   imperiyasi   deb
atalgan)   Kichik   Osiyo   hududlari ,   Sharqiy   Yevropa   hamda   Yaqin
Sharq   va   Shimoliy   Afrika   qisman   Kavkaz   va   Qrimda   usmonlilar   sulolasi
boshqargan davlat ( 1299 — 1922 ). Usmonli  imperiyasiga   Usmon I   asos solgan.   Bu
davlat   dastlab   Kichik   Osiyoning   Shimoliyg arbiy   qismiʻ   Eski
shahar   va   Anatoliya   hududida   saljuqiylarning   Ko niya	
ʻ   sultonligiga   tobe   kichik   bir
beklik   (beylik)   shaklida   tashkil   topgan.   Bu   beklikning   ilk
hukmdori   Erto g rul	
ʻ ʻ   bo lsa   ham,   uning   o g li   —   Usmonbey   davrida   beklik	ʻ ʻ ʻ
mustaqil   davlatga   aylanganligi   uchun   uning   nomi   bilan   Usmonli   bekligi   deb
atalgan.   Keyinchalik   bu   davlat   Usmonli   imperiyasi   nomini   olib,   o rta   asrlarda	
ʻ
jahonning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Usmon I va uning o g li
ʻ ʻ   Urxon
bek   (bey)   unvonini   qabul   qilgan   bo lsa,   Urxonning   o g li	
ʻ ʻ ʻ   Murod   I   davridan
boshlab   hukmdorlar   sulton   deb   atalgan.   Usmon   G oziy   davridayoq	
ʻ
qo shni	
ʻ   Vizantiya   imperiyasiga qarshi bir qancha harbiy yurishlar qilinib,   Qoracha
Hisor   va   Yor   Hisor   qal alari,	
ʼ   Bursaning   atroflari   egallangan.   Uning   o g li   Urxon	ʻ ʻ
G oziy   Vizantiyaning   Bursa,	
ʻ   Nikeya ,   Nikomediya   shaharlarini   istilo   qilib,   XIV
asrning   o rtalaridayoq	
ʻ   Qora   dengiz   va   Marmar   dengizi   sohillariga   chiqqan.   1356-
yilda   Bolqonni   zabt etish tugallanib,   Yevropa   hududida yangi Rum eli ( Rumeliya )
viloyati ta sis etilgan. Aynan shu paytdan Usmonlilar davlatini saltanatga aylanish
ʼ
jarayoni   boshlangan.   1360-yil   yanicharlar   (turkcha:   yangi   cherik)   —   maxsus
piyoda qo shin tashkil qilingan.
ʻ
      
       Davlatning dastlabki poytaxti   Melangiya ,   1326 —   1362 -yillarda   Bursa   bo lgan.	
ʻ
Sulton   Murod   I   1362-yilda   poytaxtni   Bursadan   Edirna   (Adrianopol)ga   ko chirgan.	
ʻ
Uning   hukmronlik   davrida   Yevropada   yangi   hududlar   zabt
etilgan.   Kosovo   maydonida   bo lgan   jang   (	
ʻ 1389 )da   serblar   maglubiyatga
uchragach,   Serbiya   Usmonli   imperiyasiga   qo shib   olindi.   Sulton	
ʻ   Boyazid   I
Yildirim   Bolgariyaning   poytaxti   Tirnovo   (1393)ni   egallab,   Nikopol   ostonalarida
salibchi   ritsarlarning   birlashgan   60.000   kishilik   qo shinini   maglubiyatga   uchratdi	
ʻ
( 1396 )   va   Vizantiyaning   poytaxti   Konstantinopolni   qamal   qilishga   kirishdi.   U
Bolgariya,   Valaxiya ,   Makedoniya     Fessaliyani   o z   davlati   tarkibiga   kiritdi.
ʻ
Biroq,   1402-yilda   bo lgan  	
ʻ   Anqara   jangi     Amir   Temur   qo shinidan   Usmonli	ʻ
imperiyasi   ning   maglubiyatga   uchrashi   va   undagi   kuchsizlanish   Vizantiya
imperiyasini   muqarrar   halokatdan     o’z   navbatida   himoya   qildi   va   saqlab   qoldi.
Sulton     Murod   III   xukmronligi   davrida     Kipr     oroli   bo ysundirilgan.   Bu
ʻ
paytda   Gibraltar   bo gozidan   Fors   qo ltig igacha,	
ʻ ʻ ʻ   Dunaydan   Nil   sohillarigacha
bo lgan hudud sultonlikka qaragan.	
ʻ
      Biroq   XVII   asr   oxiridan   boshlab   sultonlikning   harbiy,   siyosiy   va   iqtisodiy
qudrati   astasekin   zaiflasha   boshlagan.   Yevropa   mamlakatlari   o zaro   ittifoq   tuzib,	
ʻ
Usmonli   imperiyasiga   qarshi   kurashga   chog langanlar.	
ʻ   Vena   atrofida   bo lgan   2	ʻ
jangda   turk   qo shini	
ʻ   Avstriya ,   Olmoniya ,   Polshaning   birlashgan   armiyasidan   va
boshqalar   oqibatida   Usmonli   imperiyasi   asta-sekin   zaiflashib   borgan.   Hatto   bu
paytda   vahhobiylarning   ta siri   kuchayib,   ular	
ʼ   inglizlarning   yordamida   Fors qo ltig idagi   El-Xasa   (1792),   Karbalo   (1801),ʻ ʻ   Makka   va   Madina   (1803—1806)ni
egallab,   turklarga   qarshi   qirg in	
ʻ   uyushtirgan.
     Salim III   va   Mahmud II   hukmronliklari davrida saltanatni parchalanib ketishdan
saqlab   qolish   uchun   islohotlar   o tkazilgan.   Sulton	
ʻ   Abdulmajid   yana   islohotlar
( Tanzimat ) o tkazish (1839) orqali, bir tomondan, sultonlik	
ʻ   inqirozini   to xtatishga,	ʻ
ikkinchi   tomondan,   yangi   turk   ziyolilarini   (ular   o zlarini	
ʻ   yangi
usmonlilar   deyishgan)   shakllantirishga   muvaffaq   bo ldi.	
ʻ     Endi   umumiy
tushunchada ko’rib o’tamiz.
I BOB         Usmonli turklar davlati
1.1.   Kichik Osiyoda turk davlatining tashkil topishi
        Saljuqiylar   sultonlari   1071-yilda   Alp-Arslon   boshchiligida   Manzikert   yonida
vizantiya qo’shinlarni tor-mor keltiradilar va turklarning bu g’alabasi imperiyaning
parchalanishida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   1073-yildan   boshlab   saljuqiylar   alp
Arslonning   qarindoshi   Sulaymon   ibn   Qutilmish   boshchiligida   Kichik   Osiyoni
egallashni   boshlaydilar.   Vizantiya   hukdorlarining   siyosatidan   norozi   bo’lgan
mahalliy   aholi   va   ko’chirib   keltirilgan   slavyan,   valax,   suriyalik   dehqonlar   bu
bosqinchilik yurishiga qarshilik ko’rsatmaydilar, ularning ko’pchiligi hatto turklar
tomoniga   o’tib   ketadilar.   1077-yilda   Konya   va   Kaysari   hududlari   oralig’ida
saljug’iylarning Kichik Osiydagi davlatiga asos solinadi. Sulaymonning o’zi esa bu
davlatning sultoni deb e’lon qilinadi.
          Kichik   Osiyoning   g’arbiy   chegaralini   egalar   ekan,   saljuqiylar   endi
Vizantiyaning   poytahti   Konstantinopolga   xavf   sola   boshlaydilar.   Ammo   ularning
keyingi   yurushlari   salib   yurishlari   natijasida   to’xtatiladi.   Salibchilar   o’zlarining
birinchi   yurishlaridayoq   saljuqiylarni   Markaziy   Anatoliyaga   chekinishga   majbur
etib,   ularning   poytaxti   Nikeyani   egallaydilar   (1097   yilda)   va   turklarning   Janubi-
Sharqiy   Yevropaga   bo’lgan   yurushini   to’xtatadi.   Salkam   yuz   yil   maboynida
saljuqiylar   Markaziy   Anatoliyadagi   kichik   hudud   bilan   cheklanishga   majbur
bo’ladilar. 1116-yilda ularning poytaxti Konya bo’lib, Saljuqiylar hukmronligining
oxiriga qadar, ya’ni XIV asr boshlariga qadar poytaxt o’zgarmaydi. Bu shaharning
nomi   bilan   sultonlik   Konya   sultonligi,   sharqda   esa   Rum   sultonligi   nomi   bilan
mashhur bo’lgan.
      Kichik   Osiyo   turklar   tomonidan   o’zlashtirilar   ekan   bu   hududga   ko’chmanchi
qabilalrning   kelib   joylashishi   tezlasha   boradi.   Izlanuvchilarning   fikriga   ko’ra   XI-
XII   asrlarda   Kichik   Osiyoga   500   mingdan   1080   minggacha   turklar   ko’chib
kelganlar.   Saljuqiylar   sultonligida   yer   davlat   mulki   hisoblangan.   Sulton   o’z
yaqinlari   va  katta lavozim   egalariga katta   yerlar   berib  bu yerlar-   iqta, xarbiylarga
yaxshi   xizmatlari   uchun   beriladigan   yerlar-timar   (tarxon)   deb   atalgan.   Bu   yer
egalari   xarbiy   xizmat   majburiyatini   olib,   agar   bosh   tortsalar   bu   yerdan   mahrum
bo’lganlar. Bundan tashqari yer egaligining boshqa turlari – vaqf (machit-madrasa
yerlari)   va   mulk   (shaxsiy   yer   egalik   turi)   ham   bo’lgan.Bu   yerlardan
foydalanganliklari   uchun   dehqonlar   asosan   ushr   –(hosilning   o’ndan   bir   qismi) solig’ini va boshqa soliqlar to’laganlar. Boshqaruvda asosiy til – fors tili bo’lgan.
Aosiy   qonun   kodeksi   bu   shariat   bo’lib,   og’uz   ko’chmanchi   qabilalarining   qonuni
tyure   deb   atalgan.   Sultonlikning   eng   gullab   yashnagan   davri   XIII   asrning   20-30
yillariga  to’g’ri   kelib, bu  vaqtda  sultonlar  Alouddin  key Kubod  I  (1219-1236)  va
G’iyosiddin   Key   Xusrav   (1236-1245)   mamlakatni   boshqarganlar.   1242-yilda
mo’g’illar  O’rta Osiyo va Erondan so’ng Saljuqiylar  davlatining shimoli- sharqiy
hududlarini   egallaydilar. 1
  1243   yilda   Kyosedag   (Sivass   dan   60km   sharqiy
tomonda) yonidagi jangda mo’g’illar saljuqiylar qo’shini ustidan g’alaba qozonib,
davlatning   keyingi   taqdirini   xal   qiladilar.   Sulton   o’zini   mo’g’il   xonining   vasssali
deb e’lon qilib, har yili soliq to’lashni bo’yniga oladi.
        XIII   asr   oxiriga   kelib   Saljuqiylar   sultonligi   10   ta   (ba’zi   ma’lumotlarda   16   ta)
mustaqil beylik (knyazlik yoki amirlik) larga bo’linib ketadi. Ularning kuch qudrati
ularning   qo’shin   soniga   qarab   belgilangan.   Masalan:   Germiyan   –   200   ming,
Karaman – 25 ming, Kastamonu – 200 ming, Menteshe  – 100 ming, Karasi  – 40
ming,   Saruxan   –   20   ming   kishidan   iborat   qo’shin   va   boshqalar.   1307   yilda
mo’g’illar   tomonidan   oxirgi   saljuqiy   sultoni   G’iyosiddin   Ma’sud   III   bo’g’ib
o’ldiriladi.   Bu   sana   sultonlikning   tugatilish   sanasi   hisoblanadi.   Budavlat   230   yil
umr   ko’rgan.   Saljuqiylar   davlati   beyliklarga   bo’linib   ketar   ekan,   ular   ichida   bir
nechta   yiriklari   ham   bor   edi.   Ammo   geografik   jihatdan   qulay   hududdda
joylashganligi,   Vizantiyaga   yaqinligi,   Kichik   Osiyoda   mo’g’illar   vassalligidan
ozodligi,   bu   hududga   ko’plab   turk   ko’chmanchi   qabilalarning   kelib   joylashuvi
natijasida   nisbatan   zaifroq   bo’lgan   usmon   beyligini   yangi   turk   davlatining   asosi
bo’lishiga sabab bo’ladi. Beylikning markazi Syogut shahri bo’lgan.
     Usmoniylar beyligining tashkil topishi tarixi qo’yidagicha bo’lgan. Chingizxon
boshchiligidagi   mo’g’illarning   O’rta   Osiyoga   1219-1221   yillardagi   yurushidan
so’ng   turkmanlarning   qayi   qabilasi   Ertog’rul   rahbarligida   turkman   dashtlaridan
XIII   asrning   30-yillarida   g’arbga   tomon   yurib,   Kichik   Osiyoga   kelib   qoladilar.
Ertog’rul   saljuq   sultoni   Alouddin   Key   Kuboddan   iqta   sifatida   bu   hududda
joylashadi   va   buning   evaziga   bu   yerlarni   himoya   qilishgni   o’z   zimmasiga   oladi.
1281   yilda   (ba’zi   ma’lumotlarga   ko’ra   1288-yilda,   90   yoshda)   Ertog’rul   vafot
etadi. Qabilani esa uning o’g’li Usmon boshqara boshlaydi. U yangi sulolaga asos
solib,   usmoniylar   sulolasi   Turkiyada   1922-yilga   qadar,   ya’ni   sultonlikning   bekor
qilinishiga qadar boshqarganlar. (Umumiy hisobda 37 ta sulton.)
      Ertog’rulning   hukmrolik   qilgan   davrdanoq   u   vizantiyaga   tegishli   yerlarni
egalllab,   o’z   yerlarini   kengaytirishga   harakat   qila   boshlagan.   Konstantinopolning
olib   borgan   siyosatidan,   soliqlarning   og’irligi   bu   yurishlarni   muvaffaqiyatli
bo’lishiga   sabab   bo’ldi.   1258-yil   Syogut   shaxrida   dunyoga   kelgan   o’g’li   Usmon
otasining   siyosatini   davom   ettirgan.   1299-yilada   mo’g’illar   tomonidan   qo’yilgan
saljuq sultoni G’iyosiddin Ma’sud IIga qarshi qo’zg’alon ko’tariladi va u poytaxti
1
  История   средних веков .  Под ред . С.П.Крапова  част ь II M. M ГУ . 2001. 67-с Konyadan   qochib   ketishga   majbur   bo’ladi.   Usmon   esa   bu   vaziyatdan
foydalangshan   xolda   o’z   yerlarini   mustaqil   boshqara   boshlaydi.   1299-yil
Usmoniylar  davlatining  tashkil   topish  sanasi  deb  qabul   qilingan.  U  dastlab  1291-
iyulda Melangiyani 1301-yilda Yangishaxarni egallab, bu yerda qal’a qurib, 1315-
yilda Bursa shahrini qamal qilinadi. Shaxar Usmon o’lim to’shagida yotgan vaqtda
o’g’li O’rxon davrida egallanib poytaxtga aylantiriladi. Bu shaxarni egallashga o’n
yil vaqt ketadi. 1327-yildan boshlab O’rxonning buyrug’iga ko’ra bu yerda birinchi
usmoniylar kumush tangasi- aqcha zarb qilina boshlanadi. 2
  Shundan so’ng Kichik
Osiyoning   shimoli-g’arbiy   hududlarini   Marmar   va   Qora   dengiz   qirg’oqlariga
qadar,   Dardanel   bo’g’ozi   hududlarini   eagllashga   muvaffaq   bo’ladi.   (1330-yilda
Iznik-Nikeya,   1337-yilda   Nikomediya-Izmit)   Vizantiya   imperatori   Ioan   VI
O’rxonga   o’z   qizini   nikohlab   berish   bilan   munosabatlarini   yaxshilashga   xarakat
qilgan.   O’rxon   Vizantiya   hududlarida   o’z   chodirini   qurib,   imperatorni   shu   yerda
qabul qilgan.Usmoniylar hukmdorlari o’zlariga «g’ozi» nomini berganlar. (Usmon,
O’rxon).   Bosqinchilik   urushlarida   diniy   guruhlar   «axi»lar   katta   rol   o’ynab,   ular
xunarmand va savdogarlarni ham o’zlariga birlashtirganlar.
   Shu tariqa turklar bolqon yarim oroliga yaqinlashadilar. 1352-yilada Vizantiyaga
taxtiga   da’vogar   I.Kantakuzin   taxt   uchun   bo’lgan   urushda   turklardan   yordam
so’raydi va Usmonning o’g’li Sulaymon podsho Dardanelldan o’gan xolda Simpe
qal’asiga   yaqinlashadilar.   1354-yilda   kuchli   yer   qimirlashi   natijasida   ziflashgan
Galliopol   shaxri   mudofaa   devorlari,   shuningdek   shu   yilda   Ankara   egallanadi.
1357-yilda   Sulaymon   vafot   etadi.   Qo’shinga   uning   ukasi   Murod   rahbarlik
qiladi.1361-1263 yillarda Adrionopol shaxri egallanadi (turkcha Edirna) va sulton
Murod   I   (1362-1389yy)   poytaxtni   shu   yerga   ko’chiradi.   1366-yilda   u   ukalari
Ibroxim   va   Xalilni   o’ldirishga   buyruq   beradi.   Vizantiya   imperatori   o’zini
turklarning vassali  deb tan oladi va qizlarini unga va o’g’illariga nikoxlab beradi.
(1370-y),   keyin   esa   Filioppol   (Plovdiv)   shaxri   egallangandan   so’ng   bolgar
podshohi   Shishman   ham   vassalikni   bo’yniga   olgan   va   sulton   garemiga   o’z
singlisini   berishga   majbur   bo’lgan.   1373-yilda   sultonning   o’g’li   Savdji   otasiga
qarshi   qo’zg’alon   ko’taradi   va   Imperator   Ioan   Vning   merosxuri   Andronik   bilan
ittifoq tuzgan xolda. Murod I qo’zg’alonni bostirib, o’g’lining ko’zini o’yib, so’ng
kallasi   tanasidan   judo   qiladi.   XIV   asrning   60-yillarida   boshlab   turklar   Serbiyaga
yurush   boshlaydilar.   1389-yil   15-iyunda   Kosovo   maydonida   xal   qiluvchi   jang
bo’lib   bu   jangda   turklar   g’alaba   qilsada,   Murod   I   halok   bo’ladi   (serb   Milosh
tomonidan o’z chodirida o’ldiriladi). Taxtga uning o’g’li Boyazid Yildirim o’tiradi
va birinchi navbatda o’z ukalarini bo’g’ib o’ldirishga buyruq beradi.
1.2.       Usmoniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
2
  История   средних веков .  Под ред . С.П.Крапова  част ь II M. M ГУ . 2001. 69-с     1368-yildagi qonunga ko’ra bosib olingan yerlar davlat mulki deb e’lon qilinadi.
1375-   yilda   xarbiylarga   yerlar   tarqatish   haqidagi   qonun   chiqariladi,   unga   ko’ra
kichikroq   berilgan   yerlar   –   tumorilar   (tarxon),   yiriklari   –ziyamet   deb   aytilgan.
Xarbiy   –   (sipohiy-otliq)   yeriga   qarab   sarkarda   –sanjoq   bey   boshchiligida   otliq
qo’shini bilan yurishlarda ishtirok etishi lozim bo’lgan.
    O’rxon davrida davlat boshqaruv tizimi shakllana boshlanadi. Devon shakllanib,
vazirlar paydo bo’ladi. Mamlakat viloyat va tumanlarga bo’linib, yirik yer egalari
tomonidan boshqarilgan. Bosib olingan yerlarni mustahkamlash maqsadida O’rxon
davridan   boshlab   turklar   Kichik   Osiyodan   Bolqonga   ko’chirilish   siyosatini   olib
boradilar   Sud   ishlarini   kadiylar   shariat   asosida   olib   borganlar.   Ko’chmanchilar
orasida   esa   tyure   qonuni   saqlanib   qolgan.     Murod   I   davrida   dastlabki
qonunnomalar paydo bo’lib, (jumladan 1368-y, 1375-yilgi qonunlar) u Usmoniylar
davlati qonunchiligi asoschisi hisoblanadi. Uning o’g’li Boyazid davrida mamlakat
markazlashtirila  boshlanadi. Armiya sohasida  ham  katta  o’zgarishla  bo’lib o’tadi.
Asosiy harbiy kuch otliq qo’shin sipoxiylar edi. 1361- yilda (yoki 1363-y) birinchi
xristian harbiy asirlaridan tashkil topgan doimiy piyoda qo’shin tashkil etilib, ular
otliq qo’shin uchun qiyin bo’lgan kal’alarni ishg’ol qilishda muhim hisoblangan. 3
Bu   qo’shin   «yanicharlar»   nomini   oladi   (yangi).   Dastlab   ularning   soni   1-3   ming
kishi   bo’lib,   borgan   sari   ularning   soni   oshirilib   borgan.   XV   asrning   20-   yillarida
maxsus   «devshirme»   tizimini   «qon   solig’i»   joriy   etilib,   xar   3-5-7   yilda   maxsus
odamlar tomonidan xristian o’smirlarini kuch bilan olib kelib, yanicharlar korpusi
uchun   tayyorlanganlar.   Ularga   uylanish   man   etilib,   maxsus   kazarmalarda
yashaganlar.   Ular   qo’llarida   qurol   ushlashga   qurbi   yetganicha   xizmat   qilishga
majbur bo’lganlar.
        Yerlar   dehqonlar   soni   emas,   balki   undan   keladigan   daromad   bilan
belgilangan.Timor   (tarxon)   yerlardan   3   mingdan   20   ming   akchagacha   (akcha-
mayda   kumush   tanga,   grekcha   nomi   aspr),   ziamet   yerlar   20   000   –   100   000
akchagacha foyda keltirgan. (Turkiyada 40 mingga yaqin timar va ziyamet  yerlar
bo’lgan)   Eng   yirik   yer   egaligi   xoss   deb   nomlanib,   uning   foydasi   100   ming
akchadan   yuqori   bo’lgan.Xoss   yerlar   asosan   vazr,   beylarbeyi   va   boshqa   yuqori
lavozim egalariga berilgan. Lavozimidan ayrilgan shaxs xoss yeridan ham mahrum
bo’lar edi. Qaram dehqonlar rayaalar deb nomlanib, ularning ijaraga olgan yeralari
6-16   ta   ni   tashkil   etgan.   Ularning   imtiyozlari   shundan   iborat   bo’lganki   ularga
berilgan yerlar uch yil maboynida ishlov berilmasagina yer egasi tomonidan tortib
olinishi mumkin bo’lgan. Musulmon  dehqonlar  asosan  ushr  solig’ini  (xosil  bilan)
to’lganlar.   Musulmon   bo’lmaganlar   xirodj-i   mukasimma   soliqini   to’lab,   u   ushr
solig’iga uxshash bo’lib, miqdori ko’proq bo’lgan. Bundan tashqari ular, ya’ni 15
yoshdan 75 yoshgacha bo’lgan mehnatga layoqatli musulmon bo’lmaganlar juz’ya
solig’ini xam to’laganlar. (pul bilan.) Bundan tashaqari dinidan farqli ravishda ular
yer,   mol,   tutun,   kelin,   kuyov   va   boshqa   soliqlarni   to’laganlar.   Urush   vaqtida
3
  История стран Азии  и  А фрики   в   средние века  1-2  ч .  В ы ш а я   Школа , 1988.  78-с olinadigan   avariz   solig’i   keyinchalik   doimiy   ravishda   olinadigan   bo’ldi.
Shuningdek   Turkiyada   xunarmandchilik   xam   yaxshi   rivojlangan   bo’lib,   ular
alohida   obro’ga   ega   bo’lganlar.   Savdo   bilan   asosan   musulmon   bo’lmaganlar
(armanilar, greklar, bolgarlar, serblar, yevreylar va boshqalar) shug’ullanganlar.
     Davlat boshqaruvi. XV asrga kelib davlat tepasida podishox utirar, va u mutloq
hokimyatga   ega   bo’lgan.   U   qo’shin   boshida   turuvchi   asosiy   qo’mondon   ham
bo’lgan. XVII asrga qadar taxt otadan o’g’ilga meros qolgan. Taxtga chiqqan o’g’il
o’z   ukalarini   taxtga   bo’lgan   da’vogarlar   sifatida   o’ldirishga   buyruq   bergan.   XVII
asrdagi   yangi   buyruqqa   ko’ra   taxt   vorisi   deb   katta   o’g’il   e’lon   qilinadi.   Qolgan
ukalar esa saroy kamoqxonasi saqlangan. Ikkinchi shaxs buyuk vazir hisoblangan.
Alohida   sohalar   bo’yicha   vazirlar   (ministrlar)   ham   bo’lgan.   Vazirlarning   alohida
kengashi Divan-i xumayun bo’lgan. Musulmonlar boshida muftiy turib, XV asr 70-
yillaridan   boshlab   u   shayx   ul-   islom   deb   aytilgan.   Unmdan   keyin   kadiaskerlar
turgan.   Salim   I   davrida   dindorlarning   obro’si   shunchalar   oshadiki,   sulton
tomonidan   chiqarilagan   qonun   shayx-ul   islom   tomonidan   tasdiqlanishi   zarur
bo’lgan.Turkiyada   boshqa   dinlarning   o’zlarining   jamoalarini   tuzishga   xam   ruxsat
berilgan. Ular davlatga maxsus soliq to’laganlar.
    Boyazit Yildirim Serbiyani vassal davlatga aylantiradi. U Serbiyaning hukmdori
Lazarning   qiziga   uylanadi.   Lozarning   o’g’li   Stefan   merosxo’r   qoldirmay   vafot
etgandan so’ng u davlatning ichki ishlariga aralashish huquqiga ena bo’ladi. 1393-
yilda   Bolgariyaning   poytaxti   Tыrnova   shaxri   olinib,   Boyazid   bolgar   shoxi
Shishmanni bug’ib o’ldiradi, uning o’g’li esa islomni qabul qilishi bilan o’limdan
saqlanadi. 1395-yilda Bolgariyaning oxirgi shaxri Vidin egallanadi. Bolgariya turk
provinsiyasi  (viloyatiga) aylantiriladi. Kosovo maydonidagi jangdan so’ng turklar
Albaniyaga   qarshi   yurish   boshlab,   XIV   asrning   oxiriga   kelib   Bosniyaning   katta
qismi   egallanadi..   Serbiya   va   Bolgariya   egallangandan   so’ng   turklar   Vengriya
chegsharalariga yaqinlashadilar. Vengriya qiroli Siguzmund turklarga qarshi salib
yurishlarini   tashkil   etib,   bu   yurushda   fransuz,   ingliz,   nemis   va   chex   risarlari   ham
ishtirok   etadilar.   1396-yil   25-sentyabrda   Dunay   bo’yidagi   bolgar   shaxri   Nikopol
yonida xal etuvchi jang bo’lib o’tadi. Ma’lumotlarga ko’ra salibchilarning soni 60-
100   ming   kishi   bo’lgan   bo’lsa,   turklar   ulardan   ikki   barobar   ko’p   bo’lganlar.   Bu
jangda   turklar   g’alaba   qozonadilar.   Sulton   buyrug’iga   ko’ra   bir   kun   davomida
tuxtovsiz   salibchilar   qatl   etilgan   va   sulton   xizmatkorlari   bu   jarayonni   kuzatishga
xoli   qolmay   qatlni   to’xtatishni   so’raganlar.   Mashxur   fransuz   risarlari   Karl   VI   iga
katta to’lov evaziga qaytarilgan (200 ming dukat, boy sovg’alar). Sulton xam  o’z
navbatida turk xarbiysi kiyimlari va oltita odam terisi bilan ishlov berilgan kamon
yuboradi.
     Nikopol ostida salibchilarni  tor-mor etgandan so’ng Boyazid  I Bolqonga yangi
yurishlarni   boshlab   yuboradi   va   Vizantiya   poytaxti   Konstantinopolni   egallash
uchun tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. 1400-yilda Konstantinopol atrofi qaml etiladi.
Ammo kutilmaganda Kichik Osiyoga o’z qo’shini bilan Amir Temur kirib keladi.
1402-yil   iyulda   mashhur   Anqara   jangi   bo’lib,   unda   Boyazid   va   uning   ikki   o’g’li
asirga   tushadilar.(ma’lumotlarga   ko’ra   yarim   million   kishi   ishtirok   etgan,   30   ta fillardan   foydalanilgan   A.Temur)   1403-yil   sulton   Temur   uni   Samarqandga   olib
ketmoqchi bo’lganidan xabar topib, o’z joniga qasd qiladi, ya’ni zaxar ichib o’ladi.
Temur   uning   mamlakatini   to’rt   o’g’li   o’rtasida   taqsimlab   beradida,   Sulaymonga
poytaxt   Adrionopol   bilan   yevropadagi   yerlani   berar   ekan,   uni   sulton   sifatida
qoldiradi.   Aka-ukalar   o’rtasida   taxt   uchun   kurash   avj   olib   ketadi.   Musa   taxtni
Sulaymondan   tortib   olsa,   o’zi   Mexmed   bilan   bo’lgan   kurashda   xalok   bo’ladi.
Mexmed esa o’z navbatida 1413-yildan boshlab Mexmed I nomi bilan mamlakatni
boshqara   boshlaydi.   Uning   davrida   1416-yilda   shayx   Badriddin   va   uning
tarafdorlari   dehqon   Byorklyudje   Mustafa   (Byorklyudje   –   laqab   bo’lib,   kichik
qalpoq egasi ma’nosini anglatgan) va Torlak Kamol boshchiligida yirik qo’zg’alon
bo’lib   o’tadi.   Shayx   Badriddin   1416-yil   18-dekabrda   osib   o’ldiriladi.   1421-yil
mayda MexmedI vafot etgandan so’ng 40 kun e’lon qilinmagan. Ukasi Mustafani
taxtga da’vosidan qo’rqib o’g’li Murodni kutganlar. Manbalarda Mustafo A.Temur
tomonidan   o’ldirilib,   u   soxta   merosxo’r   xam   deb   aytiladi.   Murod   II   tomonidan   u
osib o’ldirilib, jasadi bir necha kun olinmagan 4
.
     Sulton Murod II (1421-1451-yy) davrida turklarning xarbiy yurishlari tiklanadi.
Papa   Yevgeniy   IV   yangi   salib   yurishlarini   e’lon   qiladi.   1439-yilda   Florentiy
uniyasi   imzolanib,   unga   ko’ra   katolik   va   provaslav   cherkovlari   turklarga   qarshi
birlashadilar.   (Vizantiya   imperatori   Ioann   VII   Paleolog).   1444-yilda   vengr
qo’shinlari   chex   qo’shinlari   bilan   Transilvaniya   sarkardasi   Yanosh   Xunyadi   va
Vengriya va Polsha qiroli Vasiliy III boshchiligida turklarga qarshi kurash boshlab,
10-noyabr   Varna   yonidagi   jangda   mag’lubiyatga   uchraydilar.   Ikkinchi   yurish
1448-yilda mashhur Kosovo maydonida yana mag’lubiyat bilan tugaydi. Murod II
dengiz flotini kuchaytirishga aloxida e’tibor qaratadi.
II  BOB     Usmonli turklarning yevropaga harbiy yurishlari
2.1 .  Turklarning yevropaga yurishlari
                    Vizantiyaning   oxirgi   imperatori   Konstantin   XI   Paleolog   (1449-1453)
zamondoshlarining   ta’rificha   kuch-g’ayratga   to’la   va   botir   insin   bo’lgan   u
siyosatchilikdan   ko’ra   harbiy   jang   sohasini   yaxshi   o’rgangan   bo’lib,   u   turklarga
qarshi  kurash  uchun  kuch  to’playdi.  Turk sultoni   Murod IIning 1451-yil   fevralda
vafot   yetishi   turklarda   boshqaruv   jarayoni   vaziyatining   o’zgarishiga   olib   keladi.
Turk   hukmdorligiga   Murod   II   ning   g’ayratli   va   bosqinchilik   olib   borish   bilan
qiziqqan   o’g’li   Mexmed   II   (1451-1481)o’tiradi.   Mexmed   II   Fotix   usmoniylar
davlatining   eng   ko’zga   ko’ringan   yirik   namoyondalaridan   biri   yedi.   U   o’z
maqsadiga   yerishish   uchun   har   qanday   ishni   qilishga   tayyor   yedi.   Sulton   Murod
IIning   xizmatkoridan   tug’ilgan   o’g’li   bo’lib   Mehmed   II   o’z   hokimiyatiga   uning
taxdid   solishidan   qo’rqar   yedi,   otasi   o’lgach,   Mexmed   II   birinchi   o’rinda   taxtga
4
  История стран Азии  и  А фрики   в   средние века  1-2  ч .  В ы ш а я   Школа , 1988.  84-с davogarlar   masalasini   hal   qiladi.   U   o’zining   9   oylik   ukasi   Amuratni   hamda   bir
nechta   qarindoshlarini   o’ldirishga   buyuradi.   Yangi   sultonnig   qaxri   qattiqligi
to’g’risida afsonalar yaratiladi. Zamondoshlarining aytishiga ko’ra, Mehmed II o’z
bog’idan qovun o’g’irlaganlarni topish uchun 14ta hizmatkorining qornini yorishni
buyuradi.   Boshqa   bir   kun   sulton   rasmini   chizayotgan   Italiyalik   mashhur   rassom
Jentili   Belliniga   odamning   bo’yin   muskulidagi   tomirini   tortilishini   ko’rsatish
uchun   rassomga   xizmatkorining   kallasini   olib   tashlaydi.   Lekin   shu   bilan   birga
usmoniylar imperiyasining yangi hukmdori yetarli darajada ta’lim olgan, bir nechta
tilni   bilgan,   shu   qatorda   yunon   tilini   ham,   matematikani   o’rgangan,   astronomiya
ilmiga   ancha   qiziqqan   va   ayniqsa   falsafaga,   yunon   faylasuflari   asarlarini   yaxshi
bilgan   va   vizantiya   olimlari   boshchiligida   ularning   taxlili   bilan   shug’ullanishgan.
Lekin   yangi   hukmdorning   asosiy   qarashlari   yangi   yerlarni   bosib   olish   bilan
yonardi.   Hokimiyatga   kelishi   bilan   Mexmed   II   o’zining   asosiy   maqsadi   yetib
Romeyalar   imperiyasini   tor-mor   qilishni   rejalashtiriladi.   Mexmed   II   nafaqat
Yevropa va Osiyoda turklar hukmronligini o’rnaga, balki   yirik va kuchli imperiya
tuzib, Konstantinopolni o’zining davlatiga poytaxt qilib olishga harakat qiladi.
     Mexmed II urushga tayyorgarlik chog’ida yunonlar xushyorligini oshirmaslikga
harakat   qiladi   va   vizantiyalik   yelchilarni   xushmuomalalik   bilan   qabul   qildi,   xatto
Konstantin XI bilan imperiya uchun foydali sulh shartnomalarini tuzadi. Mexmed
II ning qarshi harakat boshlamoqchiligi, turklarning Konstantinopoldan uncha uzoq
bo’lmagan   hudud   ya’ni   Bosfor   qirg’og’ida   mustahkam   qal’a   qurishni
boshlashganlarida ma’lum bo’ladi. Bu qal’a (Rumeli Xissar) juda qisqa vaqt ichida
qurilib   bitkaziladi.   1452-yil   mart   oyida   turklar   qurish   ishlarini   boshlagan   bo’lsa,
xuddi   o’sha   yilning   avgust   oyiga   kelib   u   qal’a   qurilishi   tugallangan   va   kuchli
garnizon   hosil   qilinib,   artelleriya   bilan   qurollantirilgan     edi.   Bir   qancha   vaqt
oldinroq turklar Bosforning Osiyo qirg’og’ida boshqa qal’ani ham qurishgan yedi.
Bu qal’aning nomi “ Anatoli-Xissor“. Shunday sharoitda endi ular Bosforning har
ikkala   qirg’og’ida   mustahkamlanib   olishadi.     Endi   Konstantinopolning   Qora dengiz   bilan   yerkin   munosabatlari   to’sqinlikka   uchraydi.   Qora   dengiz   bo’qidagi
oblastlardan   Konstantinopolga   kirib   keluvchi   non   mahsulotlarining   kelishi   har
qanday vaqtda sulton buyrug’iga ko’ra to’xtatilishi mumkin yedi. Tez orada turklar
bu   qirg’oqlardan   o’tuvchi   barcha   kemalardan   soliq   yig’ib   olishni   boshlaydi.
Konstantinopolga   qarshi   hal   qiluvchi   ishlar   qilinib   bo’lgandi.   Urush   bo’lishi
vizantiyaliklarga   aniq-ravshan   bo’lib   qoldi.   Katta   xavfning   ro’y   berishi
muqarrarligi   natijasida   imperator   Konstatin   zudlik   bilan   poytaxtda   tamirlash
ishlarini boshlab yuboradi, devorlarni qurollantiradi, ortiqcha oziq-ovqat to’playdi,
Konstantinopol   amaldorlarining   g’arbga   tomon   ko’chib   ketishi,   keng   tus   oladi.
Vizantiya   hukumati   hali   ham   g’arbdan   yordam   olishga   umidvor   yedi.   1452-yil
noyabrda   Konstantinopolga   papa   Nikolay   V   (1447-1455)   ning   maxsus   legati
keladi.   Asli   grek   bo’lga   kardinal   Isidor   papa   siyosatini   faol   tarzda   olib   brogan.
Papa   legati   bilan   birga   Italiyadan   keluvchi   yordam   rejasi   barbod   bo’lsa   ham,
Vizantiya hukmdori Isidorni  yaxshi  kutib oladi. Ular  o’rtasida  yangi  Uniya qabul
qilinadi.   1452-yil   12-dekabr   Avliyo   Sofiya   ibodatxonasida   kardinal   Isidor   Uniya
qabul qilinishi munosabati belgisi sifatida katolik tartibda.
          Vizantiyani   qutqarish   masalasi   haqida   faqatgina   Italiyaning   shahar
respublikalari—Genuya   va   Vizantiya   urinar   yedi.   Chunki   bu   shaharlar   muhim
savdo   faktoriyalariga   yega   yedi.   Biroq   ular   o’rtasidagi   doimiy   raqobat,   turklarga
qarshi   birlashib   harakat   qilishga   kelishishni   izm   bermaydi.   Vizantiyaning   turklar
qo’liga   qolishidan   ayniqsa,   oxirgi   Paleolog   hukmdorlaridan   foyda   olayotgan
genuyaliklar   uchun   zarar   yedi.   Vizantiya   poytaxti   Konatantinopol   turklar
tomonidan qamal qilinishidan sal avvalroq 700 genuyaliklardan iborat 2 ta harbiy
otryad   Konstantinopolga   suzib   keladi.   Ularga   jasur   kondator   Jovanni   Justinian
boshchilik qiladi. Ana shu G’arbning birinchi real yordami yedi. Sal keyinroq ular
ikkita   harbiy   kemasini   yuboradi.   1452-1453-yillarda   qish   davomida   har   ikkala
davlat   urushga   tayyorlanishadi.   Zamondoshlarining   so’zlariga   qaraganda,
Konstantinopolni   bosib   olish   ishtiyoqi   sultonga   hyech   tinchlik   bermasdi.   Xatto
kechasi ham u o’z huzuriga Konstantinopol joylashuvi haqida yaxshi malumotlarga
yega   odamlarni   chaqirib   shahar   xaritasini   chizar   va   bo’lajak   qamal   rejasini   tuzib
chiqar yedi. Sulton buyrug’iga ko’ra Adrianapolda pushka quyib beriladigan katta
ustaxona   quriladi.   Artilleriya   tayyorlash   uchun   mablag’   ayamay   Mexmed   II
Vizantiyaliklardan   metall   qo’yish   va   artilleriya   yasashda   iste’dodli   bo’lgan   asli
venger Urbanni o’z tomoniga og’dirib oladi. Urbanning turklar tomoniga o’tishiga
sabab   Konstantin  XI   unga  mehnatiga  yarasha   maosh  to’lamaydi.  Urban  turklarga
mislsiz o’lchamdagi pushka qo’yib beradi. Uni Konstantinopol devorini oldiga olib
kelish uchun oltmish ho’kiz va ko’p sonli hizmatkorlar harakat qilishadi. 1453-yil
martda   Mehmed   II   o’z   qaramog’idagi   barcha   mamlakatlarga   qo’shin   to’plashni
buyuradi  va  mart  oyiningo’rtalariga kelib sulton nishoni  ostida ko’p sonli  armiya
yig’ilib,   ularning   soni   150-200   ming   jangchiga   yetardi.   1453-yil   aprel   oyining
boshida   sulton   polkining   ilg’or   qismi   Konstantinopol   shaxar   oldiga   kelib,
imperiyaning   devjri   oldiga   yaqinlashadi.   Tez   orada   barcha   turk   armiyasi
quruqlikda   shaharni   o’rab   oladi,   Sulton   yesa   o’zining   yashil   tig’ini   devorga
qadaydi.   Marmar   dengiziga   3ta   turk   harbiy   yeskadrasi   va   330   ta   yuk   tashuvchi
kemasi  keladi.  Oradan  ikki  hafta o’tgach, Qora dengiz orqali  56ta harbiy va 20ta yordamchi   turk   kemalari   suzib   keladi.   Konstantinopol   devoti   ustida   o’z   flotini
ko’rib   turish   uchun   maxsus   joy   qurdiradi,   jami   400ga   yaqin   kema   suzib   kelishi
kerak   yedi,   turklar   qamalining   temir   doirasi   Konstantinopolni   ham   quruqlikdan,
ham   dengizdan   o’rab   oladi.   Kurashuvchi   kuchlar   o’rtasidagi   farq   yaqqol   ko’zga
tashlanar  yedi. Katta turk armiyasi  va flotiga qarshi  Vizantiya hukumati faqat  bir
gurux,   uncha   ko’p   bo’lmagan   yollanma   lotinlar   qo’shinini   qo’yishga   qurbi   yetar
yedi xolos. 5
          Konstantin   XI   ning   ham   do’sti,   ham   maslahatchisi   bo’lgan  Georgiy   Sfrandzi
imperator buyrug’iga ko’ra qamal boshlamasidan oldin Konstantinopolning butun
aholisini   ro’yhatdan   o’tkazib,   ular   orasidan   qurol   tutishga   qurbi   yetadiganlarni
ajratib   olishni   aytadi.Natijada   ro’yxat   qayg’uli   xolatni   aks   yettiradi;   Poytaxtni
ximoya   qilishga   qodir   bor   yo’g’i   4973   kishi   mavjud   bo’lib,   chetdan   yollanma
askari   taxminan   2000   kishiga   yaqin   yedi.   Katta   shahar   aholisini   tinch   holatda
saqlab   turish   uchun   bu   ma’lumat   qattiq   sir   saqlanadi.   Undan   tashqari   Konstantin
XI   ixtiyorida   genuyalik   va   venesiyaliklarning   ko’p   bo’lmagan   kemalari,   Krit
orolida   ham   bir   nechta   kemasi   mavjud   yedi.   Konstantinopolni   himoya   qiluvchi
kemalarning   umumiy   soni   atigi   25   tadan   ortiqroq   yedi.   To’g’ri,   italiyalikllar   va
venesiyaliklarning   harbiy   kemalari   texnik   jihatdan   turklarnikiga   nisbatan   ancha
ustunroq  bo’lib,  eng   asosiysi   ular   dengizda   kurashning   muhim   oili   bo’lgan  “gerk
olovi”dan   foydalanishni   bilar   yedilar.   Bundan   tashqari   vizantiyalik   va   italiyalik
dengizchilar   turklarga   nisbatan   dengiz   harbiy   san’atining   ustalari   yedilar.   Lekin
turklar   quruqlikda   vizantiyaliklarga   nisbatan   ancha   texnik   jihatdan   katta   kuchga
yega bo’lib, Mehmed II tomonidan tashkil yetilgan artilleriyalar Yevropada mislsiz
yedi.
         Bu voqyealarning guvohi bo’lgan Georgiy Sfrandzi  shunday yozadi:  “Harbiy
mahoratga   yega   bo’lmagan   va   son   jihatdan   kam   bo’lgan   vizantiyaliklar   ma’lum
vqat   g’alabani   o’z   qo’llarida   ushlab   turishlari   hayratlanarli   hol   yedi.   Ular   inson
qurbi, kuchi yetadigan har qanday ishni qilishdi”. Qamalning dastlabki haftalarida
Konstantinopol   himoyachilari   qo’qisda   turklarga   shahardan   hujum   qilishar   va
ularga qarshi yakkama-yakka jangga chiqishar yedi. Sultonni eng ranjitgan voqyea
ularning dengizdagi omadsizligi yedi, og’ir temir zanjir bilan to’siq o’tkazilganligi
sababli, turk kemalarining dengizdagi yurishi barbod bo’ladi.
      Sulton   tomonidan   shaharni   shturm   qilish   29-may   kuniga   belgilanadi.   Shturm
boshlanishidan   ikki   kun   oldin   har   ikki   tomon   ham   o’z   tayyorgarligini   tekshirib
chiqadi. Biri  bosqinchilikka, ikkinchisi  oxirgi  himoyaga tayyorlanadi. Mehmed II
o’z qo’shinini ruhlantirish maqsadida, g’alaba qozongan taqdirda buyuk, ulug’vor
shaharni 3 kun talash haqida imtiyoz berishni e’lon qiladi. Mullalar va darveshlar
kim   bu   jangda   o’lsa   jannatga   tushishini   va   ilohiy   rohat   olishini   ta’kidlab
jangchilarni   ruhan   qullab-quvvatlashga   harakat   qiladi.   Ular   diniy   fanatizmni   avj
5
  Османская империя в странах тсетценральной  Восточной   и   юго -  Восточной  E вроп ы  в  XV-XVI 
вв . M., 1984.  92-с oldirib, bo’xtonga yo’l qo’yishadi. Yertalabgi jang uchun turk lageri shovqin-suron
bilan   tayyorlanayotgan   bir   vaqtda,   Konstantinopolda   og’ir   sukunat   hukm   surardi.
Lekin  shahar   uxlamadi, u  ham  qonli   urushga   hozirlik  kurayotgan  yedi. Imperator
Konstantin   XI   poytaxt   himoyasini   tekshirib   chiqadi.   Konstantinopolliklar   yertaga
ko’plari dunyadan o’tishini anglab turishar va bir-birilari hamda o’zining yaqinlari
bilan   hayrlashardi.   1453-yil   29-may   erta   tong   saharida   turklar   qo’shini   shahar
tomon harakatlanishni boshladi. Qonli to’qnashuv 2 soat davom yetdi. Turklar tosh
moslama bilan quruqlikda devorni teshishar, narvon qo’yib narigi tomonga o’tishar
yedi, odamlarning o’lim  oldi  qichqiriqlari  ‘shitilar, o’q-qurollarning hidi  shaharni
qopladi.   Turklar   shafqasiz   tarzda   shahar   devorlariga   yopirilishdi.   Shunday   vaqt
ham   bo’ldiki,   omad   vizantiyaliklar   tarafiga   o’tadi.   Feofil   Paleolog   va   Dimitriy
Kantakuzin   boshchiligidagi   yunon   otryadlari   hujumni   qaytarib   xatto   ularni
Konstantinopol   devoridan   nariga   uloqtirishadi.   Bu   omadli   harakatdan   so’ng
yunonlar ozodlik haqida o’ylay ham boshlashadi. 6
        Turk   armiyasi   haqiqatdan   ham   yirik   zarba   olishadi,   xatto   orqaga
chekinishmoqchi   bo’lishadi.   Lekin   saroy   qonuniga   ko’ra   ular   temir   tayoqdek
6
  Османская империя в странах тсетценральной  Восточной   и   юго -  Восточной  E вроп ы  в  XV-XVI 
вв . M., 1984.  96-с bo’lishga   o’rgatilgan,   (ayniqsa   turk   armiyasining   harbiy   qo’shini   )   hamda
dushmanga orqa o’girishga haqqi bo’lmagan.           Dukaning ma’lumoticha qo’shin
orqasida   turgan   sulton   o’zining   jangchilarini   devor   tomon   harakat   qilishini
buyuradi.   Xalkakondilarning   so’ziga   qaraganda,   turklarda   lagerga   qochib
ketganlarni   shu   zahotiyoq   o’lim   jazosi   bilan   jazolashganlar.   Lekin   kuchlar   soni
teng yemasdi, zarbaga uchragan turk otryadi o’rniga yangi-yangi otryadlar keladi.
Sfrandzining   ma’lumoticha   Konstantinopolning   yegallanishga   asosiy   aybdor
genuyalik   Jovanni   Justinian   deb   qaralib,   u   shaharning   quruqlikdagi   qismiga
komandirlik qilgan. Jarohat olganidan so’ng, u Avliyo Roman darvozasi yaqinidagi
shahar   himoyasining   asosiy   qismini   tashlab   ketadi.   Turklarning   asosiy   kuchi   shu
yerga   tashlangan   yedi.   Imperator   iltimosiga   qaramay   Justinian   bu   yerni   tashlab
ketadi.
     Turk qo’shinlari juda ko’p talafot ko’rishgan, ular chekinishga ham tayyor yedi.
Lekin   ularni   temir   tayoqlar   bilan   urib   yana   jangga   qaytarishgan.   Kuchlar   nisbati
teng   bo’lmasada,   Konstantinopol   devorlari   yaqiniga   yangi-yangi   turk   qo’shinlari
kelib   qo’shilgan.   Nima   bo’lishidan   qat’iy   nazar   turklar   shaharga   kirib   talon-taroj
qilishni boshlashgan. Lekin vizantiyaliklar oxirigacha kurashishgan. Konstantin XI
bir to’da qahramonlar bilan jangning eng qaynoq qismlariga o’zlarini tashlashgan.
Imperatorning   qoliga   tushmasliklari   uchun,   ular   jang   maydonida   o’zlariga   o’lim
izlashgan.   U   jang   maydonida   jon   bergan.   Turk   Sultoni   uning   jasadini   topishni
buyurgan.   Murdalar   juda   ko’p   bo’lgan.   Konstantin   XI   ning   jasadini   qiyinchilik
bilan topishgan. Uni qizil rangli va oltin burgutli yetigidan topishgan. Turk sultoni
uning kallasini tanasidan judo qildirib, shaharning eng baland qismiga ostirgan. Bu
holatga   Konstantinopollik   asirlar   daxshat   bilan   qarashgan.   Turklar   shaharga
bostirib   kirib,   Vizantiyaning   qolgan   qo’shinlarini   qirib   tashlashgan.   Yo’llarida
uchragan barchani qarilarga, ayollarga hatto bolalarga ham rahm qilishmagan.
            Sfrandzining   yozishi   bo’yicha   “Shaharning   ayrim   joylarida   jasadlarning
ko’pligidan   yerning   ustki   qatlami   ham   ko’rinmagan”.   Dahshatli   manzaralar   oltin
shox qirg’oqlarida ham yuzaga keldi. Shaharni turklar ishg’ol qilishganidan xabar
topgan italyan va grek dengizchilari qochishga shaylanishdi. Qirg’oqda juda ko’p
xalq   to’plangan,   ular   bir-biriga   navbat   bermay   uzlarini   kemalarga   otishgan.   Uch
kechayu   kunduzshaharni   tashlashgan.   Barcha   ko’cha   va   uylarni   talon-taroj
qilishgan,   insonlarni   o’ldirishgan,   qullikkka   sotishgan.   Konstantinopolning
xalqining   ko’p   qismi   avliyo   Sofiya   ziyoratgohida   asir   tushirishgan.   Chunki   ular
shu   yerdan   panoh   izlab   yashirinishgan   yedi.   Uch   kundan   keyin   Mehmad   II   ning
farmoni   bilan   talonchiliklarga   chek   qo’yilgan.   U   tantanali   ravishda   shaharga
kirgan. Afsonalarga qaraganda, jangda g’olib bo’lgani bois Sulton oq otda avliyo
Sofiya   ziyoratgohiga   kiradi.   Sulton   bu   inshootning   guzalligiga   qoyil   qoladi.   Shu
yerni   mayitga   aylantirishni   buyuradi.   Shunday   qilib,   1453-yil   29-may   oyida   turk
qo’shinlarining   hujumi   natijasida   buyuk   va   eng   boy   shaharlardan   biri,   madaniyat
va san’atning markazi  Konstantinopol  tor-mor  yetiladi. Shu bilan birga Vizantiya
imperiyasi   ham   o’zining   borligini   tugatdi.   Vizantiyani   tor-mor   yetgandan   keyin
Turkiya   o’rta   asrlardagi   buyuk   davlatlardan   biriga   aylandi.   Konstantinopol   yesa
Osman imperiyasining poytaxti-Stanbulga aylandi         Usmoniy   turklarning   g’alabalariga   asosiy   sabab   va   omillar   quyidagilar   yedi.
Usmonli   turklar   qudratli   yaxshi   tashkil   yetilgan   otliq   va   piyoda   qo’shin,
lashkarboshilik   xususiyatlariga   yega   sultonlarning,   hukmdorga   sadoqatli
yanicharlar   piyoda   qo’shinining   bo’lishida   yedi.   Usmoniylar   otliq   qoshinini
kuchaytirishga   alohida   ye’tibor   qaratdilar.   Qo’shinni   har   bir   suvoriysi   3-5ming
piastr daromad keltiradigan yer-mulk tumori berilgan. Bu yerlar faqat turklarga va
harbiylarga xizmatda bo’lgan paytida taqdim yetilgan. Natijada otliq qo’shin soni
150 ming suvoriygacha yetgan.
2.2.   Lepanto urushi
      Lepanto urushi (1571-yil) Usmoniy-Yevropa munosabatlari tarixida eng muhim
voqealardan biridir.  XVI  asrdan beri bu urushni eslatib turgan ramzlar va xotiralar
islomiy   va   g'arb   tushunchasining   taqqoslanishida   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu
urush   oddiy   dengiz   urushi   emas,   balki   turli   millat   insonlarining   taqdirini
kutilmagan   yo'llar   bilan   bir-biriga   bog'lagan   hodisa   edi.   G'arb   adabiyotining
o'chmas  siymolaridan biri  ispan  yozuvchi  Migel  de Servantes  va Usmoniy  davlat
arbobi,   shoir   va   tarixshunos   Mahmudning   yozgan   hikoyalari   bunga   yaqqol   misol
bo'la oladi.
      Avstraliyalik   Don   John   tomonidan   boshqarilgan   Yevropa   dengiz   floti
Yunonistonning   Korint   ko'rfazidagi   Lepanto   (Inebahti)   sohillarida   g'alaba
qozongani   haqli   ravishda   butun   dunyoda   katta   ovoza   bo'ldi.   Yevropaliklar
Usmoniylarning   mag'lub   bo'lganidan   taajjublandilar.   Asrlar   mobaynida
yengilmagan turklar tarixda birinchi marta mag'lub bo'lgan edilar va Yevropaning
o'ziga bo'lgan ishonchi ortgan edi.
   Yevropaning har tomonida katta tantanalar va ziyofatlar o'tkazildi. Hamma joyda
g'alaba sevinchi hukmron edi. Lepanto g'alabasida katta ro'l o'ynagan Papa Pius V.
“Saratsin"larga   (Salib   yurishlari   davrida   musulmonlarga   berilgan   nom)   qarshi
jangga kirish uchun yaxshi vaziyatni qo'lga kiritgan edi. Biroq, bu g'alaba sevinchi
uzoqqa bormadi. O'sha yili Usmoniylar Kiprni bosib oldi. Dengiz flotini qaytatdan
tiklab, ulkan kuchga ega bo'ldi. Sulton 2-Salimning vaziri Sokullu Mehmet Pasha
Venetsiya   elchisi   Marjantonio   Barbaroga   shunday   dedi:   “Bu   baxtsizlikni   qanday
yengib   o'tganimizni   ko'rgani   keldingiz.   Lekin,   bizning   zararimiz   bilan   sizning
zararingiz o'rtasidagi farqqa e'tiboringizni jalb qilmoqchiman. Kiprni sizdan tortib
olib, go'yo qo'lingizdan judo qildik. Siz Lepantoda dengiz flotimizni mag'lub etib,
bizning   soqolimizni   uzdingiz.   Kesilgan   qo'l   takror   unib   chiqmaydi,   lekin   uzilgan
soqol   o'rnidan   yana   gurkirab   chiqaveradi",-dedi.   Yillar   o'tgach,   ustun   zakosidan
foydalanish   fursatini   qo'lga   kiritgan   Voltaire   shunday   dedi:   “Lepantoda   turklar
g'alaba   qozonganga   o'xshaydi…"Lepanto   urushi   o'tmishda   juda   katta   iz   qoldirdi.
Asrlar   mobaynida   siyosatni,   tushunchalarni   va   munosabatlarni   shakllantirdi.
Qahramonlik,   fidokorlik,   asirlik   va   vatanga   qaytish   hikoyalari   Yevropada   va
Usmoniy   zaminida   keng   tarqaldi.   Bu   hikoyalar   kelgusi   nasllarning   fikrlashini
rivojlantirdi.   Bulardan   ispan   va   usmoniy   hikoyalari   tarixiy   ahamiyati,   abadiy
daxosi va madaniyatlararo ahamiyati jihatidan taqdirga loyiqdir.        E'tiqodi va vatan uchun o'zini fido qilishga tayyor bo'lgan Migel de Servantes
1571-yili   Lepantoda   Usmoniylarga   qarshi   kurash   uchun   Yevropa   qo'shinining
safiga   qo'shildi.   Betobligiga   va   komondonining   ogohlantiruvlariga   qaramasdan
jangga   kirdi   va   chap   qo'lidan   og'ir   yaralandi. 7
  Lekin,   u   bu   vaziyatni   Tangrining
karomati   deb   o'yladi,   chunki   bu   holat   bir   yozuvchi   sifatida   eng   kuchli   quroli
bo'lgan yozuv qo'li (o'ng qo'li)ga e'tibor qaratishini ta'minladi. U urushda o'tkazgan
damlari   haqida   shunday   yozardi:   “O'sha   kuni   men   u   yerda   edim…"   Lekin,   yillar
o'tgach,   Servantes   musulmon   qaroqchilar   tomonidan   asirga   tushirilib,   Jazoyirga
olib   ketilgan   edi.   U   yerda   5   yil   mobaynida   asirlikda   kun   kechirdi.   Asarlarining
aksariyatida,   jumladan   “Jazoyir   asiri",   “Jazoyir   zindonlari",   “Don   Kixot"   kabi
romanlarida Jazoyirda o'tkazgan kunlari haqida yozdi. U 1580-yili Muqaddas  ruh
mazhabi   vositasida   (pora   berib)   ozodlikka   chiqadi.   Servantesning   asirlikda
o'tkazgan 5 yillik umri ona vatanida turli bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. U 5 yil
mobaynida nima qildi? E'tiqodiga hiyonat qildimi? Yashirincha musulmon bo'lgani
haqidagi   iddaolar   haqiqatmi?   Usmoniy   xokimiyati   tarkibidagi   Jazoyir   amiri
general   Hasan   Pasha   bilan   yaxshi   munosabatini   qanday   izohlaydi?   Xa   albatta,
shuni aytish joizki, u asirlikdan 4 marta qochishga urindi, lekin jazoga tortilmadi.
Aksincha,   unga   yaxshi   munosabatda   bo'ldilar.   Nima   uchun?...   Bunday   savollar
ispanlarni   bezovta   qilardi.   Lekin,   baribir   o'z   ona   vataniga   qochishdan   aslo   voz
kechmagan edi.
        Asirlikda   kun   kechirar   ekan,   kelib   ketgan   musulmon,   hristian   va   yahudiy
mahbuslarni   qunt   bilan   kuzatib   bordi   va   islom   e'tiqodi,   madaniyati,   san'ati   va
Shimoliy   Afrika   geografiyasi   haqida   katta   taassurotga   ega   bo'ldi.   Bu   tajribalari
uning adabiy asarlarining boyitilishiga sabab bo'ldi. Albattaki, Servantes bir liberal
emas edi. U islomga va musulmonlarga o'rta asr hristianligining sohta hikoyalari,
afsonalari va notog'ri tushunchalari ko'zi bilan qarardi. Va asirlikka olingani uchun
ham   ulardan   nafratlanishi   haqiqat   edi.   Lepanto   urushining   taqdirini   o'zgartirgan
yana   bir   kishi   Usmoniy   davlat   arbobi,   shoir   va   tarixshunos   Mahmud   edi.   1513-
1514-yillarda   Afyonkarahisarda   kamtarin   oilada   dunyoga   kelgan   Mahmud
Usmoniy davlatida tezda tanilib, avvalo mahkama noibi, so'ngra xazinador va elchi
sifatida   xizmat   ko'rsatdi.   Keyinchalik   unga   shaxzoda   Salim   tomonidan   “Hindli”
deb tahallus berildi. Mahmud Lepanto urushida Usmoniy dengiz flotiga qo'shilgan
paytda uning uchun qora kunlar boshlandi. Usmoniylar urushda mag'lub bo'lgach,
Don   John   tomonidan   asirga   olindi.   Bir   necha   hafta   davom   etgan   mashaqqatli
safardan  so'ng,   oldin  Messinaga,  so'ngra,   Napoliga,  keyin  esa  Rimga   olib  ketildi.
Mahmud   Rimda   Castel   Sant'Angelo'da   qamoqqa   olinishi   bilan   uning   hayotida
yangi davr boshlandi. Asirlikda o'tkazgan kunlarida Hindli Mahmud hech qachon
vataniga   qaytishdan   umidini   uzmadi.   Ko'ziga   yosh   olib,   oilasini,   rafiqasini   va
farzandlarini   o'ylab   hayol   surdi.   Allohdan   sabr   va   kuchli   iroda   tiladi.   Hujrasida
qolgan asirlarga hamisha yo'l ko'rsatdi, ularga nasihat qildi. Asirlar bir-biriga dalda
bergan   holda   hayotini   davom   ettirdilar.   U   juma   namozini   o'qish   va   diniy
7
  История стран Азии  и  А фрики   в   средние века  1-2  ч .  В ы ш а я   Школа , 1988 -г 123-с bayramlarni   nishonlashga   ruhsat   bergani   uchun   asirga   olganlardan   minnatdor
edilar.   Xatto   qamoqxonada   baland   ovoz   bilan   azon   ham   o'qidilar.   Castel
Sant'Angelo Usmoniy asirlar uchun go'yo ibodatxonaga aylangan edi.
III BOB   “Usmonli turklarning yevropaga yurishlari” mavzusini o’qitishda
pedagogik texnologiyalardan foydalanish
3.1.   Aqliy hujum  metodidan foydalanish
          Aqliy   hujum   metodi   o’z   navbatida   bu   metod   erkin   fikir   bildiradigan   metod
bo’lib hisoblanadi. Aqliy hujum metodida avvalambor mavzuga aloqador bo’lgan
muammo   aytiladi.   Ushbu   metodda   mavzuga   aloqador   bo’lgan   ma’lumotlar
gapiriladi.   O’quvchilarga   o’zlarining   erkin   fikirlarini   bildirishlari   uchun   mavzuga
aloqador   bilgan   ma’lumotlari   gapiriladi.   O’qituvchi   tomonidan   barcha   bildirib
o’tilgan   erkin   fikirlar   inobatga   olinadi   va   bu   fikirlar   o’quvchilar   tomonidan
kamsitilishiga ya’ni kulishiga yo’l qo’yilmaydi.  3.2.   B.B.B. metodidan foydalanish         “BBB"   metodi   bu   B-B-B   sxemasi   bo'yicha   o'quvchilar   bilan   mavzuni
mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi .
        O‘quvchilar   guruhlarga   bolinishadi.   Otilayotgan   mavzu   yoki   tushuncha
yuzasidan har bir guruh o‘zaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz?» ustunini
toldirishadi.   Doskadagi   birinchi   ustunga   esa   barcha   guruhlarning   javoblari
jamlanadi.   Berilgan   javoblar   toifalar   boyicha   guruhlanadi.Keyin   har   bir   guruh
a'zolari   ozaro   kelishilgan   holda   «Bilishni   xohlayman»   ustuniga   mavzu   yuzasidan
o‘zini   qiziqtirgan   savollarni   yozib   chiqishadi.   Doskadagi   ikkinchi   ustunga   esa
barcha   guruhlarning   savollari   jamlanadi.   Shundan   song   o‘quvchilar   mavzu
yuzasidan   matn   (ma’ruza)   bilan   toliq   tanishib   chiqadilar   va   jadvalning   ikkinchi
ustuniga qaytib, ozlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini
belgilab chiqishadi.
  Savollarga   topilgan   javoblar   uchinchi   «Bildik»   ustuniga   yoziladi.   O‘quvchilarni
qiziqtirgan   qaysidir   savolga   javob   chiqmay   qolgan   bolsa,   uni   oqituvchi   toldirishi
yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin. 
BILAMIZ.  Ushbu mavzu yuzasidan biz quyidagilarni bilamiz:       Usmoniylar bekligining tashkil topishida o’z navabtida Usmon I ning aloqasi bor
ya’ni   Usmoniylar   davlatiga   Usmon   I   asos   solganligini   bilamiz.     Bundan   tashqari
ushbu  davlat  yevropa  hududlariga  yurishlar  uyushtirgan.  Usmoniylarda  XV asrga
kelib davlat tepasiga podshoh o’tirganligini ham bilamiz.
BILISHNI   XOHLAYMIZ.   Usmonli   turklar   davlatining   qay   tariqa   vujudga
kelganligi haqida ma’lumotlarga egamiz.
        Ammo   ushbu   davlat   hayotini   so’ngi   o’rta   asrlarga   kelgandan   so’ng   qanday
bo’lganligini   bilishni   xohlaymiz.   Turklarning   o’z   navbatida   Yevropaga
uyushtirgan   yurishlari   bilsakda   yevropaliklarning   qanday   holda   ekanligi   va
ulardagi   qarshilik   harakatlari   haqida   ma’lumotlarni   bilishni   ham   xohlaymiz.
Bundan   tashqari   yevropada   olib   borilgan   urushlar   qanday   yakun   topganligi   va
undan keyingi holatlar haqida bilishni xohlaymiz.
BILIB   OLDIM.   Ushbu   mavzu   yuzasidan   quyidagi   yangi   ma’lumotlarni   bilib
oldim.
Usmoniylarning konstantinopolning egallashi  haqidagi ma’lumotlarni bilib oldim.
Aytish   kerakki   o’z   navbatida   Lepanto   urushi   (1571-yil)   Usmoniy-Yevropa
munosabatlari   tarixida   eng   muhim   voqealardan   biridir.   16-asrdan   beri   bu   urushni
eslatib   turgan   ramzlar   va   xotiralar   islomiy   va   g'arb   tushunchasining
taqqoslanishida   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   urush   oddiy   dengiz   urushi   emas,
balki   turli   millat   insonlarining   taqdirini   kutilmagan   yo'llar   bilan   bir-biriga
bog'lagan   hodisa   edi.   G'arb   adabiyotining   o'chmas   siymolaridan   biri   ispan
yozuvchi   Migel   de   Servantes   va   Usmoniy   davlat   arbobi,   shoir   va   tarixshunos
Mahmudning yozgan hikoyalari bunga yaqqol misol bo'la oladi. Avstraliyalik Don
John   tomonidan   boshqarilgan   Yevropa   dengiz   floti   Yunonistonning   Korint
ko'rfazidagi Lepanto (Inebahti) sohillarida g'alaba qozongani haqli ravishda butun
dunyoda   katta   ovoza   bo'ldi.   Yevropaliklar   Usmoniylarning   mag'lub   bo'lganidan
taajjublandilar.   Asrlar   mobaynida   yengilmagan   turklar   tarixda   birinchi   marta
mag'lub   bo'lgan  edilar   va  Yevropaning   o'ziga   bo'lgan   ishonchi   ortgan   edi.  Ushbu
ma’lumotlarni bilib oldim.
                                                               
                                                                 XULOSA               Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Usmonlilar imperiyasi o’z navbatida Kichik
Osiyo   hududlarini   egallagani   kabi   bu   davlat   yevropani   ham   chetlab   o’tmadi.
Usmonlilarning bu yurishlarig sabablar ko’p edi. Bu sabablarga shularni aytishimiz
mumkin:   Turklarda   Arab   bosqinchilarining   yurishlaridan   so’ng   bu   hududlarda
Islom   dini   keng   tarqalgandi.   Shundan   so’ng   ko’rinadiki   Usmoniylar   davlatining
o’z   oldiga   qo’ygan   vazifasi   o’z   navbatida   dinni   isloh   qilish   deb   ham   aytishimiz
mumkin.   Ammo   Usmonli   turklarda   dindan   tashqari   holatda   ham   boshqa   o’zining
maqsadlari   ham   bor   edi.   Bu   maqsadlar   shuki,   ular   o’z   dvalatini   yirik   davlatga
aylantirish kerak edi va o’zining davlat hududidagi yerlarni kengaytirish va davlat
xazinasini yanada boyitish kabi maqsadlar ham bo’lganligini ko’rishimiz mumkin.
O’z navbatida yevropadagi Lepanto urushi ham buni chetlab o’tmadi. 
            Lepanto   urushi   (1571-yil)   Usmoniy-Yevropa   munosabatlari   tarixida   eng
muhim voqealardan biridir. XVI asrdan beri bu urushni eslatib  turgan ramzlar  va
xotiralar   islomiy   va   g'arb   tushunchasining   taqqoslanishida   katta   ahamiyat   kasb
etadi. Bu urush oddiy dengiz urushi emas, balki turli millat insonlarining taqdirini
kutilmagan   yo'llar   bilan   bir-biriga   bog'lagan   hodisa   edi.   G'arb   adabiyotining
o'chmas  siymolaridan biri  ispan  yozuvchi  Migel  de Servantes  va Usmoniy  davlat
arbobi,   shoir   va   tarixshunos   Mahmudning   yozgan   hikoyalari   bunga   yaqqol   misol
bo'la oladi. Bu urushni dengiz urushi deb ham  aytilishi bekorga emas. Chunki  bu
urushda   turli   xalq   va   millat   vakillarining   taqdiri   kutilmagan   yo’llar   bilan
bog’langan   deb   ham   aytilishi   bekorga   emas   edi.   Bundan   tashqari
Yevropaliklarning   turk   qo’shinlariga   qarshi   kurashishda   shijoat   bilan   qarshiliklar
ko’rsatilganligini ham ko’ramiz.   Avstraliyalik Don John tomonidan boshqarilgan
Yevropa   dengiz   floti   Yunonistonning   Korint   ko'rfazidagi   Lepanto   (Inebahti)
sohillarida g'alaba qozongani haqli ravishda butun dunyoda katta ovoza bo'ldi. 
                Yevropaliklar   Usmoniylarning   mag'lub   bo'lganidan   taajjublandilar.   Asrlar
mobaynida   yengilmagan   turklar   tarixda   birinchi   marta   mag'lub   bo'lgan   edilar   va
Yevropaning   o'ziga   bo'lgan   ishonchi   ortgan   edi.   Ushbu   qahramonlarcha
yevropaning   jangida   shuncha   yillar   mobaynida   yengilmagan   va   mag’lubiyat
nimaligini bilmagan usmonli turklar qo’shini mag’lub bo’lgan edi. Bu jang tarixda
ham   yirik   iz   qoldirgan   mashhur   janglardan   bo’lib   hisoblanadi.   Xulosa   qilib
aytganda usmonli turklarning jangda mag’lubiyatiga o’ziga yarasha sabablari ham
bor   edi.   Usmonlilar   quruqlik   janglarida   juda   ham   yaxshi   taktikaga   ega
bo’lishgandi. Shuning uchun ham usmonlilar ko’p hollarda g’alaba bilan janglarini
olib borgan. Endi aytishimiz kerakki Lepanto jangi bu o’z navbatida dengiz jangi
bo’lganligi  bois Turklar  suvli  hududda joylashgan  bo’lsalarda ammo yirik dengiz
janglarida   ular   yaxshi   tayyorgarlik   ko’rmaganligi   bilan   bir   qatorda   dengiz
janglarida   yaxshi   jang   taktikasiga   ega   emas   edi.   Bundan   tashqari   Usmonli   turk
harbiy   kemalari   yevropa   kemalaridan   farqli   ravishda   yirik   edi.   Yevropa   harbiy
kemalari   ixchamligi   bilan   ham   ajralib   turgan.   Shu  sababdan   ham   turk  qo’shinlari
jangni boy berganlar
                                                                GLOSSARIY 1. Tarxon - Xarbiylarga yaxshi xizmatlari uchun beriladigan yerlar.
2. Iqta -Yirik mansabdorlarga hadya etiladigan yer.
3. «Axi»lar -Bosqinchilik urushlaridagi diniy guruhlar .
4. 1375-   yilda xarbiylarga     yerlar  tarqatish  haqidagi   qonun chiqariladi, unga
ko’ra kichikroq berilgan yerlar –  tumorilar  (tarxon), yiriklari – ziyamet  deb
aytilgan.
5. «Yanicharlar»-   ( Yangi )   Otliq   qo’shin   uchun   qiyin   bo’lgan   Qal’alarni
ishg’ol qilishda muhim hisoblangan qo’shin.
6. Ushur- Hosildan 10%  hisobida olinadigan dehqonchilik solig’i.
7. «Devshirme»   tizimi   -« Qon   solig’i »   -   xar   3-5-7   yilda   maxsus   odamlar
tomonidan   xristian   o’smirlarini   kuch   bilan   olib   kelib,   yanicharlar   korpusi
uchun tayyorlanganlar.
8. Byorklyudje   –Ushbu   atama     laqab   bo’lib,   kichik   qalpoq   egasi   degan
ma’noni anglatgan.
9. Vaqf Yerlari-  Masjid va Madrasa yerlari  bo’lib hisoblangan.
10.  Mulk Yerlari- SHaxsiy yer egaligi  turi  bo’lib hisoblangan.
                              FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
История средних веков. Под ред. С.П.Крапова часть II M. MГ У . 2001.
2.
История   стран   Азии   и   А фрики   в   средние   века   1-2   ч .   В ы ш а я   Школа ,
1988.
3.
История Азии  и  А фрики   в   средние века . M., 1988.
4.
Османская   империя   в   странах   тсетценральной   Восточной   и   юго -
Восточной  E вроп ы  в  XV-XVI  вв . M., 1984.

Usmoniylar davlati MUN DA RIJ A : KIRISH ……………………………………………………………………………………….............2-bet I BOB Usmonli turklar davlati ……………………………………………………….3-bet 1.1. Kichik Osiyoda turk davlatining tashkil to……………………..………3-4-betlar 1.2. Usmoniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli………………….5-6-betlar II BOB Usmonli turklarning yevropaga harbiy yurishlari …………….…..7- bet 2.1 . Turklarning yevropaga yurishlari…………………………………………7-13-betlar 2.2. Lepanto urushi……………………………………………….………………….14-15-betlar III BOB “Usmonli turklarning yevropaga yurishlari” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish…………………….………..…………….16-bet 3.1. Aqliy hujum metodidan foydalanish…………………………………....16-17-betlar 3.2. B.B.B. metodidan foydalanish…………………………………………...….18-19-betlar XULOSA ...................................................................................................................................20-bet GLOSSARIY ………………………………………………………………………………………..21-bet FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ……..………………………………………………………………………………...21-bet.

KIRISH Usmonli imperiyasi , Usmonlilar davlati ( Yevropada Ottoman imperiyasi deb atalgan) Kichik Osiyo hududlari , Sharqiy Yevropa hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika qisman Kavkaz va Qrimda usmonlilar sulolasi boshqargan davlat ( 1299 — 1922 ). Usmonli imperiyasiga Usmon I asos solgan. Bu davlat dastlab Kichik Osiyoning Shimoliyg arbiy qismiʻ Eski shahar va Anatoliya hududida saljuqiylarning Ko niya ʻ sultonligiga tobe kichik bir beklik (beylik) shaklida tashkil topgan. Bu beklikning ilk hukmdori Erto g rul ʻ ʻ bo lsa ham, uning o g li — Usmonbey davrida beklik ʻ ʻ ʻ mustaqil davlatga aylanganligi uchun uning nomi bilan Usmonli bekligi deb atalgan. Keyinchalik bu davlat Usmonli imperiyasi nomini olib, o rta asrlarda ʻ jahonning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Usmon I va uning o g li ʻ ʻ Urxon bek (bey) unvonini qabul qilgan bo lsa, Urxonning o g li ʻ ʻ ʻ Murod I davridan boshlab hukmdorlar sulton deb atalgan. Usmon G oziy davridayoq ʻ qo shni ʻ Vizantiya imperiyasiga qarshi bir qancha harbiy yurishlar qilinib, Qoracha Hisor va Yor Hisor qal alari, ʼ Bursaning atroflari egallangan. Uning o g li Urxon ʻ ʻ G oziy Vizantiyaning Bursa, ʻ Nikeya , Nikomediya shaharlarini istilo qilib, XIV asrning o rtalaridayoq ʻ Qora dengiz va Marmar dengizi sohillariga chiqqan. 1356- yilda Bolqonni zabt etish tugallanib, Yevropa hududida yangi Rum eli ( Rumeliya ) viloyati ta sis etilgan. Aynan shu paytdan Usmonlilar davlatini saltanatga aylanish ʼ jarayoni boshlangan. 1360-yil yanicharlar (turkcha: yangi cherik) — maxsus piyoda qo shin tashkil qilingan. ʻ Davlatning dastlabki poytaxti Melangiya , 1326 — 1362 -yillarda Bursa bo lgan. ʻ Sulton Murod I 1362-yilda poytaxtni Bursadan Edirna (Adrianopol)ga ko chirgan. ʻ Uning hukmronlik davrida Yevropada yangi hududlar zabt etilgan. Kosovo maydonida bo lgan jang ( ʻ 1389 )da serblar maglubiyatga uchragach, Serbiya Usmonli imperiyasiga qo shib olindi. Sulton ʻ Boyazid I Yildirim Bolgariyaning poytaxti Tirnovo (1393)ni egallab, Nikopol ostonalarida salibchi ritsarlarning birlashgan 60.000 kishilik qo shinini maglubiyatga uchratdi ʻ ( 1396 ) va Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolni qamal qilishga kirishdi. U Bolgariya, Valaxiya , Makedoniya Fessaliyani o z davlati tarkibiga kiritdi. ʻ Biroq, 1402-yilda bo lgan ʻ Anqara jangi Amir Temur qo shinidan Usmonli ʻ imperiyasi ning maglubiyatga uchrashi va undagi kuchsizlanish Vizantiya imperiyasini muqarrar halokatdan o’z navbatida himoya qildi va saqlab qoldi. Sulton Murod III xukmronligi davrida Kipr oroli bo ysundirilgan. Bu ʻ paytda Gibraltar bo gozidan Fors qo ltig igacha, ʻ ʻ ʻ Dunaydan Nil sohillarigacha bo lgan hudud sultonlikka qaragan. ʻ Biroq XVII asr oxiridan boshlab sultonlikning harbiy, siyosiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshlagan. Yevropa mamlakatlari o zaro ittifoq tuzib, ʻ Usmonli imperiyasiga qarshi kurashga chog langanlar. ʻ Vena atrofida bo lgan 2 ʻ jangda turk qo shini ʻ Avstriya , Olmoniya , Polshaning birlashgan armiyasidan va boshqalar oqibatida Usmonli imperiyasi asta-sekin zaiflashib borgan. Hatto bu paytda vahhobiylarning ta siri kuchayib, ular ʼ inglizlarning yordamida Fors

qo ltig idagi El-Xasa (1792), Karbalo (1801),ʻ ʻ Makka va Madina (1803—1806)ni egallab, turklarga qarshi qirg in ʻ uyushtirgan. Salim III va Mahmud II hukmronliklari davrida saltanatni parchalanib ketishdan saqlab qolish uchun islohotlar o tkazilgan. Sulton ʻ Abdulmajid yana islohotlar ( Tanzimat ) o tkazish (1839) orqali, bir tomondan, sultonlik ʻ inqirozini to xtatishga, ʻ ikkinchi tomondan, yangi turk ziyolilarini (ular o zlarini ʻ yangi usmonlilar deyishgan) shakllantirishga muvaffaq bo ldi. ʻ Endi umumiy tushunchada ko’rib o’tamiz. I BOB Usmonli turklar davlati 1.1. Kichik Osiyoda turk davlatining tashkil topishi Saljuqiylar sultonlari 1071-yilda Alp-Arslon boshchiligida Manzikert yonida vizantiya qo’shinlarni tor-mor keltiradilar va turklarning bu g’alabasi imperiyaning parchalanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 1073-yildan boshlab saljuqiylar alp Arslonning qarindoshi Sulaymon ibn Qutilmish boshchiligida Kichik Osiyoni egallashni boshlaydilar. Vizantiya hukdorlarining siyosatidan norozi bo’lgan mahalliy aholi va ko’chirib keltirilgan slavyan, valax, suriyalik dehqonlar bu bosqinchilik yurishiga qarshilik ko’rsatmaydilar, ularning ko’pchiligi hatto turklar tomoniga o’tib ketadilar. 1077-yilda Konya va Kaysari hududlari oralig’ida saljug’iylarning Kichik Osiydagi davlatiga asos solinadi. Sulaymonning o’zi esa bu davlatning sultoni deb e’lon qilinadi. Kichik Osiyoning g’arbiy chegaralini egalar ekan, saljuqiylar endi Vizantiyaning poytahti Konstantinopolga xavf sola boshlaydilar. Ammo ularning keyingi yurushlari salib yurishlari natijasida to’xtatiladi. Salibchilar o’zlarining birinchi yurishlaridayoq saljuqiylarni Markaziy Anatoliyaga chekinishga majbur etib, ularning poytaxti Nikeyani egallaydilar (1097 yilda) va turklarning Janubi- Sharqiy Yevropaga bo’lgan yurushini to’xtatadi. Salkam yuz yil maboynida saljuqiylar Markaziy Anatoliyadagi kichik hudud bilan cheklanishga majbur bo’ladilar. 1116-yilda ularning poytaxti Konya bo’lib, Saljuqiylar hukmronligining oxiriga qadar, ya’ni XIV asr boshlariga qadar poytaxt o’zgarmaydi. Bu shaharning nomi bilan sultonlik Konya sultonligi, sharqda esa Rum sultonligi nomi bilan mashhur bo’lgan. Kichik Osiyo turklar tomonidan o’zlashtirilar ekan bu hududga ko’chmanchi qabilalrning kelib joylashishi tezlasha boradi. Izlanuvchilarning fikriga ko’ra XI- XII asrlarda Kichik Osiyoga 500 mingdan 1080 minggacha turklar ko’chib kelganlar. Saljuqiylar sultonligida yer davlat mulki hisoblangan. Sulton o’z yaqinlari va katta lavozim egalariga katta yerlar berib bu yerlar- iqta, xarbiylarga yaxshi xizmatlari uchun beriladigan yerlar-timar (tarxon) deb atalgan. Bu yer egalari xarbiy xizmat majburiyatini olib, agar bosh tortsalar bu yerdan mahrum bo’lganlar. Bundan tashqari yer egaligining boshqa turlari – vaqf (machit-madrasa yerlari) va mulk (shaxsiy yer egalik turi) ham bo’lgan.Bu yerlardan foydalanganliklari uchun dehqonlar asosan ushr –(hosilning o’ndan bir qismi)

solig’ini va boshqa soliqlar to’laganlar. Boshqaruvda asosiy til – fors tili bo’lgan. Aosiy qonun kodeksi bu shariat bo’lib, og’uz ko’chmanchi qabilalarining qonuni tyure deb atalgan. Sultonlikning eng gullab yashnagan davri XIII asrning 20-30 yillariga to’g’ri kelib, bu vaqtda sultonlar Alouddin key Kubod I (1219-1236) va G’iyosiddin Key Xusrav (1236-1245) mamlakatni boshqarganlar. 1242-yilda mo’g’illar O’rta Osiyo va Erondan so’ng Saljuqiylar davlatining shimoli- sharqiy hududlarini egallaydilar. 1 1243 yilda Kyosedag (Sivass dan 60km sharqiy tomonda) yonidagi jangda mo’g’illar saljuqiylar qo’shini ustidan g’alaba qozonib, davlatning keyingi taqdirini xal qiladilar. Sulton o’zini mo’g’il xonining vasssali deb e’lon qilib, har yili soliq to’lashni bo’yniga oladi. XIII asr oxiriga kelib Saljuqiylar sultonligi 10 ta (ba’zi ma’lumotlarda 16 ta) mustaqil beylik (knyazlik yoki amirlik) larga bo’linib ketadi. Ularning kuch qudrati ularning qo’shin soniga qarab belgilangan. Masalan: Germiyan – 200 ming, Karaman – 25 ming, Kastamonu – 200 ming, Menteshe – 100 ming, Karasi – 40 ming, Saruxan – 20 ming kishidan iborat qo’shin va boshqalar. 1307 yilda mo’g’illar tomonidan oxirgi saljuqiy sultoni G’iyosiddin Ma’sud III bo’g’ib o’ldiriladi. Bu sana sultonlikning tugatilish sanasi hisoblanadi. Budavlat 230 yil umr ko’rgan. Saljuqiylar davlati beyliklarga bo’linib ketar ekan, ular ichida bir nechta yiriklari ham bor edi. Ammo geografik jihatdan qulay hududdda joylashganligi, Vizantiyaga yaqinligi, Kichik Osiyoda mo’g’illar vassalligidan ozodligi, bu hududga ko’plab turk ko’chmanchi qabilalarning kelib joylashuvi natijasida nisbatan zaifroq bo’lgan usmon beyligini yangi turk davlatining asosi bo’lishiga sabab bo’ladi. Beylikning markazi Syogut shahri bo’lgan. Usmoniylar beyligining tashkil topishi tarixi qo’yidagicha bo’lgan. Chingizxon boshchiligidagi mo’g’illarning O’rta Osiyoga 1219-1221 yillardagi yurushidan so’ng turkmanlarning qayi qabilasi Ertog’rul rahbarligida turkman dashtlaridan XIII asrning 30-yillarida g’arbga tomon yurib, Kichik Osiyoga kelib qoladilar. Ertog’rul saljuq sultoni Alouddin Key Kuboddan iqta sifatida bu hududda joylashadi va buning evaziga bu yerlarni himoya qilishgni o’z zimmasiga oladi. 1281 yilda (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 1288-yilda, 90 yoshda) Ertog’rul vafot etadi. Qabilani esa uning o’g’li Usmon boshqara boshlaydi. U yangi sulolaga asos solib, usmoniylar sulolasi Turkiyada 1922-yilga qadar, ya’ni sultonlikning bekor qilinishiga qadar boshqarganlar. (Umumiy hisobda 37 ta sulton.) Ertog’rulning hukmrolik qilgan davrdanoq u vizantiyaga tegishli yerlarni egalllab, o’z yerlarini kengaytirishga harakat qila boshlagan. Konstantinopolning olib borgan siyosatidan, soliqlarning og’irligi bu yurishlarni muvaffaqiyatli bo’lishiga sabab bo’ldi. 1258-yil Syogut shaxrida dunyoga kelgan o’g’li Usmon otasining siyosatini davom ettirgan. 1299-yilada mo’g’illar tomonidan qo’yilgan saljuq sultoni G’iyosiddin Ma’sud IIga qarshi qo’zg’alon ko’tariladi va u poytaxti 1 История средних веков . Под ред . С.П.Крапова част ь II M. M ГУ . 2001. 67-с

Konyadan qochib ketishga majbur bo’ladi. Usmon esa bu vaziyatdan foydalangshan xolda o’z yerlarini mustaqil boshqara boshlaydi. 1299-yil Usmoniylar davlatining tashkil topish sanasi deb qabul qilingan. U dastlab 1291- iyulda Melangiyani 1301-yilda Yangishaxarni egallab, bu yerda qal’a qurib, 1315- yilda Bursa shahrini qamal qilinadi. Shaxar Usmon o’lim to’shagida yotgan vaqtda o’g’li O’rxon davrida egallanib poytaxtga aylantiriladi. Bu shaxarni egallashga o’n yil vaqt ketadi. 1327-yildan boshlab O’rxonning buyrug’iga ko’ra bu yerda birinchi usmoniylar kumush tangasi- aqcha zarb qilina boshlanadi. 2 Shundan so’ng Kichik Osiyoning shimoli-g’arbiy hududlarini Marmar va Qora dengiz qirg’oqlariga qadar, Dardanel bo’g’ozi hududlarini eagllashga muvaffaq bo’ladi. (1330-yilda Iznik-Nikeya, 1337-yilda Nikomediya-Izmit) Vizantiya imperatori Ioan VI O’rxonga o’z qizini nikohlab berish bilan munosabatlarini yaxshilashga xarakat qilgan. O’rxon Vizantiya hududlarida o’z chodirini qurib, imperatorni shu yerda qabul qilgan.Usmoniylar hukmdorlari o’zlariga «g’ozi» nomini berganlar. (Usmon, O’rxon). Bosqinchilik urushlarida diniy guruhlar «axi»lar katta rol o’ynab, ular xunarmand va savdogarlarni ham o’zlariga birlashtirganlar. Shu tariqa turklar bolqon yarim oroliga yaqinlashadilar. 1352-yilada Vizantiyaga taxtiga da’vogar I.Kantakuzin taxt uchun bo’lgan urushda turklardan yordam so’raydi va Usmonning o’g’li Sulaymon podsho Dardanelldan o’gan xolda Simpe qal’asiga yaqinlashadilar. 1354-yilda kuchli yer qimirlashi natijasida ziflashgan Galliopol shaxri mudofaa devorlari, shuningdek shu yilda Ankara egallanadi. 1357-yilda Sulaymon vafot etadi. Qo’shinga uning ukasi Murod rahbarlik qiladi.1361-1263 yillarda Adrionopol shaxri egallanadi (turkcha Edirna) va sulton Murod I (1362-1389yy) poytaxtni shu yerga ko’chiradi. 1366-yilda u ukalari Ibroxim va Xalilni o’ldirishga buyruq beradi. Vizantiya imperatori o’zini turklarning vassali deb tan oladi va qizlarini unga va o’g’illariga nikoxlab beradi. (1370-y), keyin esa Filioppol (Plovdiv) shaxri egallangandan so’ng bolgar podshohi Shishman ham vassalikni bo’yniga olgan va sulton garemiga o’z singlisini berishga majbur bo’lgan. 1373-yilda sultonning o’g’li Savdji otasiga qarshi qo’zg’alon ko’taradi va Imperator Ioan Vning merosxuri Andronik bilan ittifoq tuzgan xolda. Murod I qo’zg’alonni bostirib, o’g’lining ko’zini o’yib, so’ng kallasi tanasidan judo qiladi. XIV asrning 60-yillarida boshlab turklar Serbiyaga yurush boshlaydilar. 1389-yil 15-iyunda Kosovo maydonida xal qiluvchi jang bo’lib bu jangda turklar g’alaba qilsada, Murod I halok bo’ladi (serb Milosh tomonidan o’z chodirida o’ldiriladi). Taxtga uning o’g’li Boyazid Yildirim o’tiradi va birinchi navbatda o’z ukalarini bo’g’ib o’ldirishga buyruq beradi. 1.2. Usmoniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli 2 История средних веков . Под ред . С.П.Крапова част ь II M. M ГУ . 2001. 69-с